text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Lola Barselonada dam olmoqda, uning ma’muri esa litsenziya masalasi bo‘yicha izoh berishni istamadi Litsenziyasidan ayrilgan Lola hozircha bu masala bo‘yicha o‘z fikrini bildirmadi, deb xabar qiladi “Uz24.uz”. Lolaning ma’muridan kuni kecha bo‘lgan ishlarga munosabat bildirishini so‘raganlarida, u “Hech qanday izohsiz”, deb javob bergan. Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 14-iyul kuni Lolaning litsenziyasini to‘xtatdi. Birlashmaning litsenziya bo‘limi boshlig‘i xonandaning kiyinish uslubi milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmasligi haqida bir necha marta ogohlantirilganiga qaramay, Lola bu ishni takrorlagani, ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan suratlari esa yoshlarga sharm-hayo, ibo va uyat borasida salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani uchun litsenziyasi to‘xtatilganini aytib o‘tdi. Ayni vaqtda esa Lolaning o‘zi Barselonada ta’tilini o‘tkazmoqda va “Kamp Nou” stadionida tushgan suratlarini Facebook tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirdi.
7Madaniyat
Qo‘qonda televizorni qaysi kanalga olish ustida yuz bergan janjal oqibatida 17 yoshli yigit akasiga 9 marta pichoq urdi Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida akasiga 9 marta pichoq urgan 17 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi Elyor Hakimov ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 13-yanvar kuni Qo‘qon shahar, Degrezlik ko‘chasida yashovchi Sh.A. kechki payt onasi bilan televizor ko‘rib o‘tirib, qaysi kanalga olish ustida tortishib qolgan. Shu payt yigitning akasi kelib, ukasiga shovqin ko‘tarmaslikni aytgan va o‘rtada janjal kelib chiqqan. Dastlab ularni ona va to‘ng‘ich aka ajratgan. Biroq uka jahl ustida oshxona pichog‘ini olib, hovlida turgan akasiga tan jarohati yetkazgan. Aka ko‘chaga qochib chiqqan, uka unga yetib olib, yana bir necha marotaba pichoq urgan. Tan jarohatlari oqibatida holdan toyib yiqilgan akasini tepkilayotgan vaqtida qo‘shnilar chiqib qolgan. Shundan so‘ng Sh.A. hodisa joyidan qochib, yashiringan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida akaning hayoti saqlab qolingan. Sud tibbiy ekspertizasining 15-yanvardagi xulosasida jabrlanuvchi Sh.I.da ko‘krak qafasining old va orqa, o‘ng va chap yuzalarida, ikki yelka sohalarida, bel va qorin bo‘shlig‘ida sanchilgan-kesilgan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari mavjudligi qayd etilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining hukmiga ko‘ra Sh.A. Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan yigit aybli deb topilgan. Uning muqaddam sudlanmagani, jabrlanuvchi bilan yaqin qarindoshligi inobatga olinib, kodeksning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
8O‘zbekiston
«Mahalladan ma’lumotnoma» talab qilsalar, nima qilish kerak Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi fuqarolardan yashash joyidan ma’lumotnomalarni taqdim etishni talab qilishga va ularni olish uchun Davlat хizmatlari markazlariga yuborishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida eslatadi. 2018 yil 15 oktyabrdan davlat хizmatlari koʻrsatilishida fuqarolar davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek hokimliklarga tavsifnoma va quyidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishga majbur emaslar: Koʻrsatilgan ma’lumotlarni olish zaruriyati tugʻilganda davlat organlari ularni IIV, Mehnat vazirligi organlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik orqali soʻrab olishi lozim. Ammo, bugungi kunda mahallalar va davlat хizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa muassasalar (hokimliklar, IIB, pensiya boʻlimlari, tuman soliq inspeksiyalari, ta’lim muassasalari, banklar va b.) qonunchilik talablarini notoʻgʻri talqin etib, fuqarolarni yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni olish uchun Davlat хizmatlari markazlariga yuborish holatlari juda koʻp kuzatilmoqda. Bu esa oʻz navbatida fuqarolarning ovoragarchiligi va noroziligiga, shu bilan birga davlat organlariga nisbatan salbiy qarashiga sabab boʻlmoqda. Shu bois, Agentlik Davlat хizmatlari markazlari tomonidan «mahalladan ma’lumotnoma» berilmasligini rasman e’lon qiladi. Ular orqali avvallari Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan manzil-ma’lumot aхborotlari beriladi. Mazkur hujjat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan ma’lumotnomadan tubdan farqlanadi. ! Yashash joyidan ma’lumotnomani taqdim etish talab qilingan fuqarolar quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin:
10Qonunchilik
O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyadagi yig`inni yakunladi O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o`quv mashg`ulot yig`ini o`tkazdi. Yig`in davomida futbolchilarimiz Shveysariyaning «Delemon» (2:2) va Gruziyaning «Lokomotiv» (3:2) jamoalariga qarshi o`rtoqlik o`yinlari o`tkazishdi, deb xabar bermoqda O`FA. Lyubinko Drulovich shogirdlari kecha Ispaniyadagi yig`inni yakunlab, Turkiyaga etib borishdi. Endilikda vakillarimiz Turkiyada yig`inni davom ettirishadi. Terma jamoamiz delegasiyasi «Limak Eurasia» mehmonxonasiga joylashgan. Turkiyada Olimpiya terma jamoasi a`zolari nazorat o`yini o`tkazishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, 27 fevral kuni futbolchilarimiz «Istambul Bashakshehir» klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turkiyadagi yig`in 3 mart kunigacha davom etadi. Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Taylandda bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko`rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o`tkazilib, terma jamoamiz a`zolari Osiyo chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.
13Sport
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Mustaqillik yillarida respublikada zamonaviy milliy estrada san’atini yanada rivojlantirish, estrada ijrochilarining professional mahoratini oshirish hamda iqtidorli yosh xonandalarni kashf etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi. Estrada ijrochilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, badiiy jihatdan yuksak musiqa asarlarini keng targ‘ib qilish ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan konsert-tomosha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish, badiiy jihatdan yuksak musiqa asarlarini yaratish sohasidagi ishlar susaygan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida belgilangan yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalari ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shadigan musiqa asarlari yaratishni rag‘batlantirish, sog‘lom ijodiy muhitni shakllantirish borasidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati qoniqarsizligicha qolmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori talablariga to‘liq rioya etilmayapti. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining televideniye va radio dasturlarining yuqori badiiy darajasini ta’minlashga doir ishlari yetarli emas, azaliy ma’naviy-madaniy qadriyatlarga va milliy urf-odatlarga muvofiq bo‘lmagan, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shiqlar va videokliplarning efirga chiqishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Ushbu holatlar madaniy-tomosha tadbirlarini o‘tkazish tartibining qo‘pol tarzda buzilishiga, estrada ijrochilari tomonidan odob-axloq me’yorlariga rioya qilinmasligiga, ular tomonidan badiiy jihatdan sayoz musiqiy asarlarning ijro etilishiga olib kelmoqda. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida” hamda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, ushbu sohani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, badiiy jihatdan yuksak asarlarni targ‘ib qilish, litsenziya talablari va shartlarini kuchaytirish orqali madaniy-tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazishni tizimli ravishda tartibga solish, litsenziya talabgorlariga qo‘yiladigan mezonlarni va malaka talablarini takomillashtirish, shuningdek litsenziatlarning aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha huquqlari va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (Ahmedov), “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi (Majidov), Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi (Mirzaaliyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev)ning konsert-tomosha faoliyati sohasini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga doir ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: konsert-tomosha va madaniy-ommaviy tadbirlarni chuqur va noformal g‘oyaviy mazmun bilan to‘ldirish, ijodiy uyushmalar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatish chora-tadbirlarini ko‘rsin; konsert-tomosha hamda madaniy-ommaviy tadbirlarning o‘tkazilishini muvofiqlashtirsin, ular yuzasidan samarali monitoringni amalga oshirsin; tadbirlarning dastur va ssenariylarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tartibot reglamentlariga, tadbir tashkilotchilarining qonunchilikka muvofiq talablarga so‘zsiz rioya etishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi: litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin; litsenziatlar va konsert-tomosha tadbirlarining tashkilotchilari tomonidan qonunchilik talablarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatsin. 5. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi: tegishli tashkilotlarning yosh va iqtidorli ijrochilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, qo‘shiqlar va videokliplarning badiiy saviyasini oshirish, badiiy yuksak musiqa asarlari yaratishni rag‘batlantirish ishlarini muvofiqlashtirsin; konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalashda mezonlarga va litsenziya talabgorlariga qo‘yiladigan malaka talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin; bir oy muddatda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ommaviy tadbirlarning o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiyalar ishlarini bir oy muddatda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsinlar va komissiya a’zolarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rsinlar, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarga og‘ishmay rioya etilishini ta’minlasinlar. 61. Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: xalq sayillarini, konsert-tomosha va madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda belgilangan talablarga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratning kuchaytirilishini; ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan o‘tkazish va texnik jihatdan tekshirish, shu jumladan ularning muhandislik-texnik kommunikatsiyalari, yong‘inga qarshi, evakuatsiya inshootlari, yer osti yo‘llari va transport vositalarining to‘xtab turish joylari, dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari, texnik uskunalar, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan maxsus vositalarning hisoblangan zaxirasi va turlari holatini tekshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni; ommaviy tadbirlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari joylashgan joylar va obyektlarning shart-shartlaridan kelib chiqqan holda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalarning zarur maxsus vositalar va texnika bilan ta’minlangan malakali mutaxassislari ishga jalb etilishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishning belgilangan tartibiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi yuzasidan qat’iy va muntazam nazoratni amalga oshirsinlar, aybdor shaxslarning qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishini ta’minlasinlar. 9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi: Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda televideniye va radio dasturlarining badiiy jihatdan yuksak darajasini ta’minlashda televideniye va radiokanallarning badiiy kengashlari ishlarini tanqidiy ko‘rib chiqsin, madaniy qadriyatlarga va milliy urf-odatlarga muvofiq bo‘lmagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shiqlar va videokliplarning efirga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Bastakorlar uyushmasi bilan birgalikda milliy musiqani qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish hamda badiiy jihatdan yuksak asarlarni yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar tomonidan konsert-tomosha faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli monitoring yuritilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 13. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi to‘g‘risidagi nizom 3.1-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyati sohasida soliq solishni va audio-, videokassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 29-iyundagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 36-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 114-modda). 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 18-modda). 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 31-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda). 5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 52-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda). 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi O‘RQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ilovaning 16-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda). 7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-son Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 15-martdagi 72-son qaroriga 3-ilovaning 3 va 7-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda). 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 47-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda). 9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 6 va 18-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda).
10Qonunchilik
​“Qiltomoq" qanday kasallik? Xalq orasida “qiltomoq” bo`libdi” degan iborani ko`p eshitamiz, ammo doim ham bu qanday kasallik ekanini bilavermaymiz. Xo`sh, “qiltomoq” qanday kasallik?! Ushbu xastalikni oldini olishda nimalarga e`tibor qaratish lozim? SSV Matbuot xizmatining shu mavzudagi savollariga tibbiyot fanlari doktori Olimjon G`ulomov javob beradi. — “Qiltomoq” yoxud qizilo`ngach o`smasi deb ataladigan ushbu kasallik asosan tomoqdagi noqulaylik, ovqatni chaynash va yutish paytidagi qiyinchiliklar orqali boshlanadi, — deydi Olimjon G`ulomov.  — Kasallikning kelib chiqishiga asosan tanovul vaqtidagi noxush holatlar — qizilo`ngachning baliq qiltanoqlari, ovqatdagi mayda suyaklardan shikastlanish yoki kimyoviy kislotalar va ishqorlardan kuyishi sabab bo`ladi. Shuningdek, ushbu xastalik miya qon-tomirlari jarohatlanishi, miya shikastlanishi, xavfli va xavsiz o`smalar, asab kasalliklari va boshqa omillar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. — Kasallik vaqti bemorda qanday salbiy o`zgarishlar kuzatiladi? — Xastalikda qizilo`ngach devorlari shikastlanib, torayadi va bu holat ovqat yutishning qiyinlashishi (disfagiya)ga olib keladi. Bunda bemor dastlab quyuq, keyinchalik suyuq ovqatlarni yutolmay qoladi. To`sh orqasida, ba`zan ko`krak pasti va qorin sohasida turli og`riqlar kuzatiladi. Qizilo`ngach teshigining torayishi vaqti ko`pincha ovqatni yutishdan ko`ra, taom o`tayotgandagi kuchli og`riq bemorga noqulaylik tug`diradi. Bunday vaqtda suyuq ovqatlar, bo`tqalarni tanovul qilish qiyin bo`lmasligi mumkin, ammo quyuq ovqatlarni eyayotganda odam suyuqlik ichishga majbur bo`ladi. Agar yutish buzilishi bemorning hayotiga xavf tug`dirsa, shifokor tomonidan bemorni maxsus naycha orqali ovqatlantirish buyuriladi. — Disfagiya belgilari kuzatilganda, bemor qanday taomlanishi lozim? — Avvalo ovqatni oz-ozdan, bo`lib-bo`lib eyishga odatlanishi kerak. Buning uchun kuniga 4-5 mahal taomlanishi maqsadga muvofiq. Dasturxon oldida imkon boricha gapirmaslik, taomlanayotganda shoshilmaslik lozim. Aks holda qizilo`ngachga havo ketib, ovqat o`tishi yanada qiyinlashishi, bu esa bemorga ortiqcha noqulaylik tug`dirishi mumkin. Bundan tashqari, ovqatdan so`ng darhol uxlashga yotib olmaslik zarur. Chunki bu ham disfagiyaga sabab bo`ladi. — Qizilo`ngach faoliyatining buzilishiga yana qanday omillar sabab bo`ladi? — Qizilo`ngach sohasidagi aksariyat og`ir xastaliklar shilliq qavatning shikastlanishi tufayli kelib chiqadi. Ba`zan shoshib ovqatlanish yoki quruq eguliklarni yaxshi chaynamasdan yutish ham qizilo`ngachning ichki nozik shilliq qavatlarini shikastlantirishi mumkin. Buning natijasida shilliq qavatda turli o`smalar paydo bo`ladi. Qizilo`ngach saratonining dastlabki bosqichlari ko`pincha alomatlarsiz o`tadi. Kasallik faqat ovqatni yutish qiyinlashgandagina o`zini namoyon qiladi. Bu holat esa qizilo`ngachning ichkarida o`sayotgan o`simta bilan to`sib qo`yilganda yuzaga keladi. Xususan, kichik shish paydo bo`lishi devorning spazmiga va natijada ovqatning siqilishga olib kelishi mumkin. Aslida qizilo`ngach o`smalari ikki xil bo`lib, xavfli va xavfsiz turlarga ajraladi. Xavfsiz o`sma hujayralari tananing boshqa a`zolariga tarqalmaydi. Masalan, fibroma, gemangioma, neyrofibroma, leymiomalar asosan erkaklarda uchraydi. Xavfli o`sma esa xavfsiziga qaraganda tezroq va betartib rivojlanadi. Keyinchalik esa yon-atrofdagi to`qimalarga kirib borib, ularni zararlaydi.
11Salomatlik
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Navoiy KMK” DK deb ataladi) boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, “Navoiy KMK” DKda korporativ boshqaruv va xalqaro standartlarning zamonaviy tizimlarini joriy etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Navoiy KMK” DK Kuzatuv kengashining: a) “Navoiy KMK” DK Loyiha ofisini tashkil etish, unga quyidagi vazifalarni yuklash: korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va “Navoiy KMK” DKni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish ishlarini tashkil etish; moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq “Navoiy KMK” DKning moliyaviy hisobotini o‘tkazish ishlarini tashkil etish; biznes-jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini pasaytirish; korxonaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini, shu jumladan, moliya va xaridlar sohasida transformatsiyalarni amalga oshirish hisobiga takomillashtirish; b) “Navoiy KMK” DK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimini joriy etish, unga quyidagi asosiy funksiyalarni yuklash: “Navoiy KMK” DKda korporativ boshqaruv va moliyaviy menejmentning zamonaviy usullarini joriy etish, shu jumladan, investorlar uchun moliyaviy hisobotlarni va boshqa hisobotlarni e’lon qilgan holda belgilangan tartibda mustaqil tashqi audit o‘tkazilishini tashkil etish; “Navoiy KMK” DK Loyiha ofisi ishi samaradorligini tashkil etish, uning tarkibiga ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lgan xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilish; shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish yo‘li bilan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish va diversifikatsiyalash, shuningdek, mamlakatimiz va xalqaro fond bozorlarida aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Quyidagilarning: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq; “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Loyiha ofisining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 3. Belgilansinki, “Navoiy KMK” DK bosh direktorining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha “Navoiy KMK” DK bosh direktori birinchi o‘rinbosariga va qolgan masalalar, shu jumladan, “Navoiy KMK” DKning operatsiya faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — “Navoiy KMK” DK bosh direktoriga bo‘ysunadi. 4. “Navoiy KMK” DK bosh direktori “Navoiy KMK” DK bosh direktorining birinchi o‘rinbosariga: “Navoiy KMK” DK Loyiha ofisi xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustamalar miqdorlarini belgilash; o‘ziga yuklangan vazifalar bajarilishini ta’minlash uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni belgilangan tartibda xarid qilishga shartnomalarni “Navoiy KMK” DK nomidan imzolash vakolatini bersin. 5. “Navoiy KMK” DK ikki oy muddatda 2019-yil uchun “Navoiy KMK” DK biznes-rejasini ko‘rib chiqish uchun Kuzatuv kengashiga taqdim etsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “Navoiy KMK” DK bosh direktori Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
10Qonunchilik
“O‘zbekneftgaz” Janubiy Koreya kompaniyasi bilan 4,5 mlrd dollarlik loyihani amalga oshiradi Janubiy Koreyaning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri GS Engineering & Construction Co. 28-may, payshanba kuni O‘zbekistonda neft-kimyo korxonasi loyihasi bo‘yicha 4,5 milliard dollarlik shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda “Review.uz”. “O‘zbekneftgaz” MXK bilan hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandumga muvofiq Janubiy Koreya kompaniyasi tabiiy gazdan olefin ishlab chiqarish bo‘yicha korxona quradi. Olefin plastmassa ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. GS Engineering & Construction Co. janubiy koreyalik investorlar bilan konsosium shakllantirib, loyiha qiymatining 50 foizini moliyalashtiradi, qolgan qismi “O‘zbekneftgaz” tomonidan qoplanadi.
8O‘zbekiston
Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin birinchi marta omma oldida nutq so‘zlaydi AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp fevral oxirida konservativ siyosatchilar va faollar an’anaviy anjumanida nutq so‘zlaydi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. Bu uning davlat rahbari lavozimini tark etganidan keyin birinchi marta ommaviy tadbirda qatnashishi bo‘ladi, deb yozadi “RBK”. CNN xabariga ko‘ra, anjuman 28-fevral kuni Orlando (Florida shtati)da bo‘lib o‘tadi. The Hill ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Respublikachilar partiyasi va konservativ harakatning kelajagi haqida gapirmoqchi. Amerika Konservativ ittifoqi Tramp so‘zga chiqishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Ushbu anjuman odatda Merilendda o‘tkaziladi, ammo bu yil pandemiya tufayli uni Orlandoga ko‘chirishga qaror qilishdi, u Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini tiklashni va jurnalistlar bilan yana muloqot qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Ta’kidlanishicha, sobiq prezident “uning impichmentini qo‘llab-quvvatlagan yoki noyabrdagi saylov natijalarini bekor qilish harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan respublikachilardan qasos olishni istayapti”. Yanvar oyida Donald Tramp Florida shtatida o‘z vakolatxonasini ochgan edi. U “sobiq prezident devoni” deb nomlangan. Devonxona Trampning yozishmalari, ommaviy bayonotlari va nutqlari bilan shug‘ullanadi.
2Dunyo
Parkentda 15 mln so‘m pul va 9 mln so‘mlik zargarlik buyumlari o‘marildi Parkent tuman IIBga 1970 yilda tug‘ilgan Adham Boyqo‘ziyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 26 oktabr kuni soat 05.00 dan 08.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uy eshigiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, uyi ichida bo‘lgan 15.000.000 so‘m pullari va 9.000.000 so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Parkent tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Xushnud Tojiyev va Erali Yorbekovlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. Ashyoviy dalillar olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.
5Jamiyat
Yerning boshni aylantiradigan ajoyib manzaralari (fotogalereya) Yer sayyorasida shunday joylar borki, ularga lol holda qarab qolmasdan iloj yo‘q. Chunki ularning manzarasi haqiqatan ham jozibali. AdMe rostakamiga chuqur taassurot qoldiruvchi bunday joylarning o‘ntasini to‘pladi.
3Foto
Diyego Maradona vafot etdi Oktyabr oyi oxirida u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun shifoxonaga yotqizilgan, unda subdural gematoma aniqlangandi. Bunday gematoma odatda bosh miya jarohati asoratlari natijasida paydo bo‘ladi. Yosh o‘tgandan keyin u surunkali gematomaga aylanishi mumkin. Clarín nashri ma'lumotiga ko‘ra, noyabr oyi boshida uning miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, unga 12 noyabr kuni javob berilgandi. «Juda qayg‘uli xabar. Men yaxshi do‘stimni, dunyo afsonani yo‘qotdi. Hali ko‘p narsa aytish mumkin, lekin hozir oila a'zolariga sabr tilayman. Umid qilaman, bir kun osmonlarda birga to‘p teparmiz...», deb yozdi Maradonaning o‘limi haqidagi xabarlardan keyin boshqa bir afsonaviy futbolchi, braziliyalik Pele. Ole nashri xabariga ko‘ra, futbolchi tiklanish jarayonini o‘tayotgan Buenos-Ayresdagi uyida o‘zini yomon his qila boshlagan va olamdan ko‘z yumgan. Argentinada Maradonaning o‘limi tufayli uch kunlik motam e'lon qilingan.
13Sport
Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Xususan, quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi: suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga karatilgan loyihalarni aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; suv xo‘jaligi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va bosh pudrat tashkilotlarini tender savdolari asosida aniqlashni hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirishni nazorat qilish;  loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta'minlash, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish,”Suvqurilishinvest” DUKlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda loyihalarni amalga oshirish doirasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishga ko‘maklashish. Hujjat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining tarkibiga kiruvchi suv xo‘jaligi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirishda buyurtmachi vazifasini bajaruvchi ”Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonalari ro‘yxati tasdiqlandi. Agentlik huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining suv xo‘jaligi bo‘yicha investitsiya loyihalari negizida alohida yuridik shaxslar sifatida: Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi; Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi; Arab muvofiqlashtirish guruhi loyihalarini amalga oshirish guruhi tashkil etildi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda qo‘l jangi yanada rivojlantiriladi - Prezident qarori loyihasi Prezidentning “O‘zbekistonda qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Qo‘l jangi sport turini rivojlantirish doirasida amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar sifatida quyidagilar belgilanadi: Belgilanishicha, qo‘l jangi sporti o‘zida sambo, boks, kurash, karate, ushu, taekvondo, aralash jang san’ati kabi sport turlarini jamlaganini inobatga olib, qo‘l jangi sport turi bo‘yicha yaratilayotgan barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar ta’kidlangan sport turlarini rivojlantirishning asosiy mezoni hamda yo‘naltiruvchisi hisoblanadi. Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi va Qo‘l jangi federatsiyasining har bir bolalar-o‘smirlar sport maktabida (shu jumladan, kelgusida yangi tashkil qilinadigan maktablarda) hamda yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘l jangi sport turi bo‘yicha seksiya va bo‘limlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi. 2023 yildan boshlab qo‘l jangi sport turi bo‘yicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning to‘rt bosqichli tizimi joriy etiladi.  Bunda: Turizm va sport vazirligi hamda Qo‘l jangi federatsiyasining 2023 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda qo‘l jangi sport turi bo‘yicha: Toshkent shahar hokimligi Qo‘l jangi federatsiyasining ma’muriy ofisi va qo‘l jangi bo‘yicha milliy terma jamoa o‘quv-mashg‘uloti yig‘inlarini tashkil etishi uchun sport bazasini joylashtirish maqsadida Toshkent shahrining yangi hududlari hisobidan 1,5 gektar yer maydonini ajratadi.
5Jamiyat
«Tadbirkorlarga hech qanday og‘irlik tushmaydi» – «Saxovat va ko‘mak» harakatiga hissa qo‘shganlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta'kidlandi Prezident o‘z nutqi avvalida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi. «Fursatdan foydalanib, kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatib, ushbu kasallikka qarshi kurashayotgan jonkuyar shifokorlarimizga, ular bilan bir safda turib xizmat qilayotgan xorijiy vrachlarga, shuningdek, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlariga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan yana bir bor minnatdorchilik bildiraman», degan Shavkat Mirziyoyev. Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshladi. «20 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida biz xalqaro va milliy talablarga to‘liq amal qilgan holda, mamlakatimizda karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatish, shu asosda tezroq normal hayotga qaytish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlarni belgilab olgan edik. Bugungi kunda virusdan xoli hududlardagi bir qator sanoat korxonalarida, qurilish maydonlarida, fermer va klaster xo‘jaliklarida, sanitar-epidemiologik normalarga qat'iy amal qilgan holda, ishlar asta-sekin boshlandi. Ayniqsa, «Ko‘klamning har bir dami – g‘animat!» degan da'vatni o‘zlari uchun hayotiy shiorga aylantirib, dalalarimizda, tomorqalarda ter to‘kib, halol mehnat qilayotgan fidoyi dehqon va fermerlarimizga, klaster xo‘jaliklari rahbarlari va ishchi-xizmatchilariga o‘z rahmatimni aytaman. Albatta, biz koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni bir lahza ham to‘xtatmaymiz. Bu odamlarimiz, aholimizning sog‘lig‘i, hayoti bilan bog‘liq o‘ta muhim masala. Ayni paytda, biz 34 millionli xalqimizni oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar bilan kafolatlangan holda ta'minlash, fuqarolar daromadlarining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, yordam va ko‘makka muhtoj yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashdek g‘oyat dolzarb vazifani ham kechiktirmasdan hal qilishimiz kerak. Buning uchun iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlari barqaror ishlashi shart. Ko‘rinib turganidek, biz bir vaqtning o‘zida qator murakkab vazifalarni yechishimiz zarur. Hozirgi og‘ir paytda aholimizning yordam va ko‘makka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish haqidagi tashabbusni xalqimiz, jamoatchiligimiz ko‘tarinki ruhda, qizg‘in kutib olgani barchamizni, albatta, xursand qiladi. Bu masala bo‘yicha muhtaram faxriylarimiz, olimlar, madaniyat va san'at arboblari, hurmatli ulamolarimiz, biznes hamjamiyat vakillari, yoshlarimiz tomonidan televideniye va ro‘znomalarda, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlar, samimiy munosabat bunday ezgu intilish xalqimizning yuragida, qalbida mujassam ekanini yaqqol tasdiqlaydi. Bu samimiy fikr-mulohazalar el boshiga ish tushgan qiyin damlarda bir-biriga yelkadosh bo‘lish, bir-biriga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kabi eng olijanob fazilatlar xalqimizning yuragida, qalbida azaldan mujassam bo‘lganini, bugun ushbu intilishlar yanada kuchliroq jo‘sh urayotganini namoyon etadi. Shu ma'noda, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning «Saxovatli insonning boshiga jannat daraxtlari soya soladi» degan so‘zlarida chuqur hikmat bor, albatta. Men, mana shu tashabbusni chin dildan qo‘llab-quvvatlab, bu savobli ishga munosib hissa qo‘shayotgan barcha vatandoshlarimizga, saxovatli tadbirkorlarimizga muqaddas kitoblarimizda aytilgan: «Yaxshilikning mukofoti – faqat yaxshilikdir», degan gapni yana bir bor eslatmoqchiman. Albatta, ehtiyojmand, kam ta'minlangan insonlar va oilalarga mehr va hurmat bilan yordam qo‘lini cho‘zadigan barcha tadbirkorlar va fermerlarga, xo‘jalik birlashmalari vakillariga, vazirlik, idora va tashkilotlarning ishchi-xodimlariga bu qilgan yaxshiliklari bir necha bor ziyoda bo‘lib qaytadi. Ta'kidlab aytaman: o‘z navbatida, davlatimiz, jamiyatimiz saxovatpesha tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Ularga hech qanday og‘irlik tushmaydi. Shu ma'noda, «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati davlatimiz va xalqimiz birligini, uning beqiyos qudratini yorqin namoyon etib, yangi tariximiz sahifalaridan mustahkam o‘rin oladi, deb ishonaman», degan prezident.. Prezident kelayotgan Ramazon oyi bilan barchani qutlagan. «Mana, jonajon vatanimizga Ramazoni sharif kirib kelmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka, opa-singillarimizni, iymon-e'tiqodli xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik, baxt-u saodat yor bo‘lishini tilayman. Bugungi o‘tkinchi qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazoni sharif har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonch, yurtimizga fayzu baraka baxsh etadi, bir-birimizga bo‘lgan mehr-oqibatimizni yanada ziyoda qiladi, deb ishonaman. Fursatdan foydalanib, uzoq-yaqin mamlakatlardagi mo‘min-musulmon birodarlarimizni ham samimiy tabriklab, ularga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan tinchlik va farovonlik tilayman. Hammamizga ayonki, Alloh taoloning marhamati bilan shahri Ramazonda ezgu niyatlar ijobat bo‘ladi. Mana shu muborak oyda barchamiz tutgan ro‘zalarimiz, qilayotgan duoi fotihalarimiz, xayrli amallarimiz sharofati bilan barcha mamlakatlar qatori el-yurtimizni ham ushbu ofatdan tezroq xalos etishini Yaratgan Parvardigordan so‘rab qolamiz», degan davlat rahbari.
8O‘zbekiston
Bizni qarituvchi 5 ta narsa Jismoniy qarish – qaytarib bo‘lmaydigan jarayon. Lekin hayotimizdagi barvaqt qarishga olib keladigan omillardan qutulishning yo‘llari bor albatta. Muntazam ravishda bezovtalik, xavotir yoki stress terida o‘z izini qoldiradi. Bundan tashqari, stress miyani ham qaritadi, qon bosimini oshiradi va uyquni buzadi. Ish joyida hayajon va xavotirni kamaytirishga yordam beradigan bir nechta oddiy usullar bor. Masalan, iste’moldagi kofein miqdorini biroz kamaytiring, ovqat hazm qilish tizimiga og‘irlik qiluvchi taomlardan voz keching va kayfiyatni ko‘tarish uchun ish vaqti boshlanishidan oldin sportning biror turi bilan shug‘ullaning. Me’yoridan kam uxlash vaznning ortishiga, immun tizimining buzilishiga, diqqatning pasayishiga va xotiraning pasayishiga olib keladi. Shuning uchun bir sutkada 7—9 soat uxlashga harakat qiling. Quyosh nurlari ostida ko‘p yurish teri hujayralari va qon tomirlarini kuchsizlantiradi, terini yupqalashtiradi. Chekish yurak xastaliklarini, yuqori qon bosimini va o‘pka saratonini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, muntazam ravishda chekish teri kasalliklarining paydo bo‘lishiga va kollagenning parchalanishi natijasida yuz, bo‘yin va yelka terisining bevaqt qarishiga olib keladi.
1Ayollar
Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari Yakunlanib borayotgan 24 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.   Virtual qabulxona haydovchi militsiya xodimini videotasvirga olishi qonunga zid emasligini "tasdiqladi" Ayrim holatlarda haydovchi va militsiya xodimi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Xo‘sh, bunday holatda o‘z vazifasini ado etayotgan DAN xodimini videotasvirga tushirsa bo‘ladimi? Aksariyat holatlarda bunga DAN xodimi e'tiroz bildirishi tabiiy. >>> Batafsil. “O‘zbekiston havo yo‘llari” tasarrufidagi ikkinchi Boeing 787 Dreamliner bilan ilk parvozni amalga oshirdi Joriy yilning 23 noyabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyotida ilk parvozni amalga oshirdi. >>> Batafsil. O‘zbekiston xalqaro armiyalar tanloviga taklif etildi 2016 yil 23 noyabrida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida QR mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov O‘zbekiston Respublikasi Bosh shtabi Bosh boshqarmasi rahbari polkovnik Farxod Shermatovni qabul qildi. >>> Batafsil. O‘zbekiston energetika sohasi  Jahon banki ko‘magida modernizatsiya qilinadi 2016 yil 23 noyabrda Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasiga 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratish bo‘ycha qaror qabul qildi. >>> Batafsil. Isroil uchinchi kundirki o‘rmon yong‘inlari qurshovida 22 noyabr seshanba kunidan boshlangan o‘rmon yong‘inlari Isroil uzra tarqalmoqda. Bunga, ikki oydan beri davom etgan qurg‘oqchilik va kuchli shamol esayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. >>> Batafsil. O‘zbekistonlik qotil-enaga jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi Moskvadagi Xoroshevskiy sudi 4 yoshli qizning o‘limida ayblangan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi va uni majburiy psixiatrik davolanishga jo‘natdi. >>> Batafsil. YeI parlamenti Turkiyaning tashkilotga a'zoligini vaqtinchalik muzlatish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi Yevropa parlamenti 24 noyabr, payshanba kuni Strasburgda Turkiyaning blokdagi a'zoligini vaqtinchalik muzlatishga doir tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi. >>> Batafsil. Xitoy elektrostansiyasidagi halokat qurbonlari soni 67 nafarga yetdi Xitoyning Tszyansi provinsiyasidagi eletrostansiyada sodir bo‘lgan halokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 nafarga yetdi. >>> Batafsil. Burgut Saudiya Arabistoni havo kemasi qanotini teshib o‘tdi Saudiya podshohligining Saudi Arabian Airlines samolyoti bilan kam uchraydigan hodisalardan biri ro‘y berdi. >>> Batafsil. Tadqiqot: Arktika Alyaska va Texas hududiga teng muzliklaridan mahrum bo‘ldi Shimoliy muz okeani ekologiyasi global iqlim isishidan jiddiy o‘zgarishlarga uchradi. Va bularning barcha mintaqadagi barcha hayvonot dunyosi, morjlar, qutb ayiqlari va kitlarga ta'sir ko‘rsatmoqda. >>> Batafsil. Nazarboyev keyingi prezident farzandi bo‘lishi mumkinligiga oydinlik kiritdi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Bloomberg agentligiga intervyu berdi. Unda qozoq davlati rahbari farzandlarini o‘zining siyosiy merosxo‘ri bo‘lishiga oid savollarga oydinlik kiritdi.  >>> Batafsil. Smartfonlar uchun soniyali quvvat: AQShda yangi akkumulyator ishlab chiqishdi AQShda Florida Markaziy universitetida (UCF) bir necha soniyada to‘la quvvatlanuvchi akkumulyator ishlab chiqishdi. >>> Batafsil. Stiven Jyerrard futbolchilik faoliyatini yakunladi «Liverpul» va Angliya terma jamoasining sobiq sardori Stiven Jyerrard futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi. >>> Batafsil.
2Dunyo
Habib Nurmagomedov UFC bilan aloqalarini uzadi UFC'ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lining Nevada shtati sport komissiyasi tomonidan jazoga tortilgani borasida o‘z fikrini aytdi. «Komissiya qarori adolatli bo‘ldimi? Diskvalifikatsiya muddati va jarima summasi o‘rtasidagi farqni ko‘rib turibsiz. Bu qarorga qo‘shilmayman. Qarang, Habibning jamoasiga 550 ming dollar jarima yozildi, Makgregorga esa – bor-yo‘g‘i 50 ming. Bu – adolatsizlik, bu yerda ikki tomonga ham birdek qaralmayapti. Har qanaqasiga bo‘lsa ham, jazo muddatini qisqartirish kerak. Diskvalifikatsiya 9 oydan kamaytirilishi uchun imkoni bor barcha ishni qilamiz. Jamoa qanday fikr aytishini bilmayman. Oldimizda Xabib va Islom Maxachevning  bittadan jangi turibdi. Bu vaziyatda qo‘limizdan nima kelishini aniqlashga zo‘r berib urinyapmiz. Axir komissiya qarorini kutib, qancha vaqt sarfladik – oktabr, noyabr, dekabr o‘tdi, yanvar ham tugayapti. Amalda biz to‘rt oyni boy berdik. Nima qilish mumkinligi borasida o‘ylab ko‘ramiz. Ammo qarorga rozi emasmiz, uning ikki xil standartlar asosida qabul qilingani kundek ravshan. Habibning UFC'da bitta jangi qoldi. Kim bilandir jang o‘tkazib, undan (UFC promousheni oldidagi majburiyatlardan) xoli bo‘lib olishga harakat qilamiz», – degan Abdulmanap  Magomedovichning so‘zlarini keltirmoqda «R-Sport». Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jangdan keyin uning ishtirokida chiqqan to‘polon uchun 9 oyga musobaqalardan chetlatilishi va 500 ming dollar miqdorida jarimaga tortilishi ma'lum bo‘lgan edi. Nevada shtati sport komissiyasi Makgregorga nisbatan ham chora ko‘rgan, u yarim yilga chetlatilgan va 50 ming dollarlik jarimaga tortilgan. Ikkala sportchi uchun ham diskvalifikatsiya muddati 2018 yil 10 oktyabrdan boshlab hisoblanadi. Nurmagomedovning diskvalifikatsiyasi, agar u bezorilikka qarshi yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturda ishtirok etsa, 3 oyga qisqartirilishi mumkin.
13Sport
TIV koronavirus tarqalgan Xitoyning Uxan shahrida qancha o‘zbekistonlik borligi haqida ma’lumot berdi O‘zbekistonning Xitoydagi еlchixonasi Xubey provinsiyasining Uxan shahrida koronavirus tarqalishiga oid vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda. Rasmiylarga ko‘ra, shaharda maxsus shoshilinch shtab joylashtirilgan va 2020-yil 23-yanvar soat 10:00 dan boshlab jamoat transporti (avtobuslar, metro, paromlar va boshqalar) vaqtincha to‘xtatildi, aeroport va temir yo‘l stansiyalaridan chiqadigan reyslar bekor qilindi. Shahardan chiqish yo‘llari yopilgan. Shaharning barcha transport vositalari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan, deb yozmoqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Uxan shahrida 250 nafar atrofida O‘zbekiston fuqarolari, asosan oliy ta’lim muassasalari talabalari yashaydi. Ularning ko‘pchilik qismi semestr yakunlanganligi sababli O‘zbekistonga qaytgan. Elchixona ma’lumoti bo‘yicha hozirda shaharda 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Wechat ijtimoiy tarmog‘ida “Uxan 2020 O‘zbekiston” guruhi tuzilgan. Talabalarga xotirjamlikni saqlash, zaruriy ehtiyot va profilaktika choralariga amal qilish kerakligi tushuntirilgan, elchixona konsullik bo‘limi xodimlarining telefon raqamlari berilgan. Mazkur yo‘nalishda ishlar davom ettirilmoqda. TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilganda mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasiga (tel.: +8610-6532-6305) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +8621-6307-1896) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi, deyiladi xabarda.   Bu TIVning koronavirus borasidagi uchinchi rasmiy munosabati bo‘lib avval vazirlik Xitoyda bo‘lib turgan va u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirgandi. So‘ngra SSV chegarada sanitar nazorat kuchaytirilganini bildirdi. TIV fuqarolarni xavfli o‘tkir respirator virus yuqtirish xavfidan yana ogohlantirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi 23-yanvarda o‘zbekistonliklarning koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘qligini xabar qildi. 2020-yil 23-yanvar holatiga butun dunyoda koronavirus bilan zaralanish bo‘yicha 617 ta holat kuzatilgan, shularning 17 tasida bemorlar vafot etgan. Hastalik asosiy markazi Xitoyning Uxan shahri, u yerda jami 444 ta odamga pnevmoniyaga uchrash holati kuzatilgan. Kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida Uxan shahriga kirish va undan chiqishni deyarli yopib qo‘ygan. Xuangane va Echjou shaharlarida ham shunda chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Tojikistonning Somon Air aviashirkati fevral oyigacha Dushanbe – Urumchi (Xitoy) yo‘nalishidagi parvozlarni to‘xtatgan.
8O‘zbekiston
Naqd valyutani sotish valyutani tartibga solish haqidagi qonun chiqqandan keyin ko‘rib chiqiladi Naqd valyutani jismoniy shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish masalasi valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonun qabul qilingandan keyin ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”. 2019-yilgi Davlat dasturi loyihasining dastlabki versiyasi 66-bandida valyuta bozori liberalizatsiyasi bo‘yicha tadbirlar ko‘rsatilgan edi. Mas’ul idoralarga 1-martga qadar valyuta almashtirish va sotish, jumladan, naqd valyutani jismoniy shaxslarga sotishdagi asossiz cheklovlarni olib tashlash haqidagi hujjatni ishlab chiqish yuklatilgan edi. Markaziy bank valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun hukumatga taqdim etilganligini ma’lum qildi. “Qonun ma’qullangandan so‘ng zaruriyatga qarab valyuta bozoridagi qolgan yangiliklarni ko‘rib chiqamiz. Bu hujjat qabul qilinishi bilan naqd valyutani sotish boshlanishini anglatmaydi”, — deya ta’kidladi Markaziy bank.
8O‘zbekiston
Minorai Kalon “O‘lim minorasi”mi? Ibn Battutaning “Sayohatnoma”sida Chingizxon haqida shunday ma'lumot berilgan: “Chingiz Movarounnahrni bosib oldi, Buxoro, Samarqand, Termizni vayron qildi... Ammo keyin Buxoro va Samarqand aholisini afv etib, ularga tegmadi va Iroqqa qaytib ketdi”. Bu kitobda Chingizxon mazkur shaharlarni nima sababdan afv etgani haqida ma'lumot yo‘q.  Lekin bu haqda ko‘plab tarixiy manbalarda zikr etilgan bir voqea bor: 1220 yil mo‘g‘ul qo‘shinlari Buxoroi sharifga yopirilib kiradi. Hukmdorning buyrug‘i bilan shaharni bir boshdan buza boshlaydilar. Shu jarayonda Chingizxon Arslon minorasini yaqindan kelib tomosha qila boshlaydi. Kutilmaganda, boshidagi tulki terisidan tikilgan qalpog‘i uchib ketib, oti hurkib orqaga tisariladi. Shunda “Minora ilohiy ekan, ta'zim bajo keltirmaganim uchun menga g‘azab qildi”, degan fikr uning xayoliga keladi. Shundan so‘ng Chingizxon  bu muqaddas dargohni buzdirmaydi va minoraning sharofati bilan shaharning markaziy, janubiy va g‘arbiy qismlari omon qoladi. Minorai Kalon Qoraxoniylarning so‘nggi hukmdori bo‘lmish Amir Arslonxon tomonidan 1124-1127 yillarda qurdirilgan. Uning umumiy balandligi 50 metrga yaqin. Minoraga chiqiladigan zinalarning soni 104tani tashkil etadi. Qoraxoniylar davrida masjid imomlari u yerdagi aniq quyosh soatiga qarab, shahar ahlini namozga da'vat etib turganlar.  Minora tepasining yopiq o‘chog‘idagi olov o‘n metrlardan oshiq balandlikka ko‘tarilib, gurillab yonib, kechasi chor-atrofni yoritib turgan. Buxoroi sharifga kelayotgan karvonlar adashmay yo‘l topib kelgan bo‘lsa, yaqin atrofdagi mahalla ahli sayillar uyushtirgan, bolalar esa kechalari bemalol o‘ynab yurishgan. Masjidga namozga kelayotganlar qish-qirovli kunlarda fonus ko‘tarib yurish tashvishidan qutilishgan. Sayyohlar Minora tepasiga chiqib, go‘zal shahar va yam-yashil daraxtlar bilan qurshalgan qishloq, dala-dashtlarni zavq bilan tomosha qilishgan.  Ammo 1920 yil 20 sentabr kechasi Frunze boshliq bosqinchilar Buxoroi sharifni to‘plardan o‘qqa tutib, vayron etishadi. Arslon Minorasining ham 7-8 joyini o‘q teshib o‘tadi. Bu ham yetmaganday ko‘chalarning qor va yomg‘ir suvlarini uning tagiga oqizib qo‘yadilar... Bugungi kunda noyob yodgorlik namunasi bo‘lmish Minorai kalon O‘zbekiston javohirlaridan biri sifatida ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylanmoqda. U sayyohlarning diqqat markazidagi maskanlardan sanaladi.  Shu o‘rinda aytmasak bo‘lmaydigan bir gap: Ayrimlar bu tarixiy binoni “O‘lim minorasi” deb ataydilar. Bu o‘ta sovuq va noto‘g‘ri talqindir. Chunki tarixchilarning fikricha, bu minora hech qachon qatl uchun xizmat qilmagan. Tarixda amir yo xon biror kishini minoradan tashlab o‘limga mahkum qilgan emas. Faqat bir o‘rinda yozuvchi Sadriddin Ayniyning yozishicha, vobkentlik Fayzi Avliyo degan kishi Buxoroi sharifga kelib, mablag‘ topib, o‘z hamqishloqlariga ko‘mak berib turgan. Hatto u bir gal Minora tepasidagi amir bayrog‘ini ham o‘g‘irlab ketgan ekan. Amir bir necha begunoh odamlarni zindonga solgach, Fayzi Avliyo bo‘yin egib kelib, ularni ozod etishni so‘raydi. Bu mardligi uchun Amir uning gunohidan o‘tadi. Ammo saroy a'yonlari bunga rozi bo‘lmaydilar. Shunda Fayzi Avliyo o‘zining o‘z manfaati uchun gunohga botadigan o‘g‘rilardan emasligini aytib, o‘zini shu minoradan tashlagan ekan.  Bu voqeaning tarixiy haqiqat yoki yolg‘onligi ham isbotlanmagan. Shunday ekan, bu go‘zal va qadimiy bino sovuq nomlar bilan atalmasligi kerak. 891 yoshlik qo‘hna va betakror Minorai Kalonga “Buxoroning go‘zal Kelinchagi”, “Buxoroi sharifning go‘zal Malikasi”, “Buxoro posboni” yoki “Arslon minorasi” kabi nafis ismlar esa, albatta, yarashadi.
8O‘zbekiston
U-Report: O‘zbekistonda yangi innovatsion loyiha ishga tushirildi 5 oktabr kuni poytaxtda U-Report nomli yangi raqamli platformani ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri. Tadbirda davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda maktab o‘quvchilari, kollej va universitet talabalari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi a'zolari ishtirok etdi. U-Report loyihasi YUNISEF va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy Majlis Senati va Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ucell kompaniyasi ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlamoqda.  Mazkur interaktiv vosita yoshlar va hukumatni o‘zaro yaqinlashtirishga imkon beradi. U-Report yoshlarga ularning hayotiga taalluqli bo‘lgan muhim masalalar muhokamasida ishtirok etish imkonini beradi. Loyiha doirasida yigit-qizlar SMS, Facebook, Telegram orqali doimiy ravishdagi so‘rovnomalarda ishtirok etadilar. So‘rovnomalarning natijalaridan hukumat, Yoshlar ittifoqi va Parlamentda qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanish mumkin.  “Bu uzoq muddat davomida yoshlarga foyda keltiradigan hamda O‘zbekistonni ijtimoiy-siyosiy rivojlanishidagi keyingi bosqichga olib chiqadigan siyosatni yanada mukammallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Yoshlar ularning ovozi hisobga olinayotganini ko‘rsa, kuchli daxldorlik va fuqarolik ishtiroki hissini tuyadi”, dedi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. Mazkur platforma dunyoning 49ta mamlakatida mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib ushbu innovatsion tashabbusni boshladi.
14Texnologiya
Psixotrop preparatlarni targ‘ibot qiluvchi sayt reklamasi konstruksiyalari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlar yakuni ma'lum qilindi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi respublikada taqiqlangan psixotrop preparatlarni targ‘ibot qiluvchi sayt to‘g‘risidagi reklama konstruksiyalari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlarning yakuni to‘g‘risida ma'lumot berdi. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabr oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida respublikada taqiqlangan psixotrop preparatlarni sotuvchi saytning kodi - QR ko‘rsatilgan yuklash aks ettirilgan reklama konstruksiyalari o‘rnatilgani aniqlangan. Ushbu holatni o‘rganish va tegishli munosabat bildirish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligida  maxsus komissiya tuzildi. Olib borilgan o‘rganishlar  natijasida,  Toshkent shahrining  Ohangaron shossesi va Cho‘lpon (Krestik) ko‘chalari kesishgan joyda hamda Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chalarida yuqorida qayd qilingan reklama bannerlari o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi. Qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha quyidagi xulosa taqdim etilgan: «Psixotrop preparatlarni sotuvchi saytni yuklash kodi ko‘rsatilgan bannerlar Samarqand shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Xamdamov Sanjar Samadovich” YaTTning buyurtmasiga ko‘ra “Media lux” XK tomonidan  (2019 yil 11 noyabrda №2291-sonli shartnoma asosida) o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi. Shartnoma shartiga ko‘ra, reklama bannerining eskizi (nusxasi) “Xamdamov Sanjar Samadovich” YaTT tomonidan tayyorlangan va “Media lux” XK taqdim etilgan. “Media lux” XK o‘z navbatida uni bosib chiqargan va  yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi joyga o‘rnatgan. Bir qaraganda bu yerda hech qanday ajablanarli holatning o‘zi yo‘q: buyurtma olindi, imlo xatolari bormi-yo‘qmi tekshirib chiqildi.  Biroq, masalaning huquqiy tomoniga e'tibor berilmagan. (qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!). Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutaxassislari “Media lux” XK Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Nursulton shahrida ham xuddi shunga o‘xshash holat sodir etilgani ko‘rsatilgan xolda, ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha yakuniy xulosalarni taqdim etdilar. Taqdim etilgan materiallar bilan tanishib chiqqan “Media lux” XK  tomonidan Toshkent shahrida o‘rnatilgan  reklama konstruksiyasi demontaj qilinib, ushbu to‘g‘risida  Agentlikka javob xati yuborildi. Shunday qilib, reklama beruvchi va buyurtmachining (“Media lux” XK va “Xamdamov Sanjar Samatovich” YaTT) xatti-harakatlari “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasini buzilishi deb talqin qilindi. Samarqand hududiy boshqarmasining xulosasi: Xuddi shunday, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan Samarqand shahrida ham “Xamdamov Sanjar Samadovich” YaTT tomonidan o‘sha reklama bannerini o‘rnatishga buyurtma berilgan. Bu safar buyurtmani bajarish uchun “Voxidov Bexzod Abduvaxobovich” XK bilan shartnoma tuzgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu reklama banneri  Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chasiga o‘rnatilgan edi. Bu holat ham  “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasini buzilishi deb topildi. Natijada, har ikkala holat bo‘yicha ishlar Toshkent shahar Yunusobod tumani ma'muriy sudiga va Samarqand shahar ma'muriy sudiga topshirildi. “Media lux” XKning ishi bo‘yicha sud hali bo‘lib o‘tmadi. Reklama beruvchi-buyurtmachi “Xamdamov Sanjar Samatovich” YaTT va reklama konstruksiyasining egasi – reklama tarqatuvchi “Voxidov Bexzod Abduvaxobovich” XK ishi Samarqand shahar ma'muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi va ularning har biriga tomonidan 1 mln.115 ming so‘m miqdorida jarima to‘lash to‘g‘risida sudning qarori chiqarildi». Ma'lum qilinishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan  “Reklama to‘g‘risida”gi va “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlangan. Ishlab chiqarish, sotish va reklama qilinishi O‘zbekiston qonunchiligi bilan taqiqlangan mahsulotlarni reklama qilganlik uchun  – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 50 baravarigacha jarima belgilanadi. Ishlab chiqarish, sotish va reklama qilish O‘zbekiston qonunchiligi bilan taqiqlangan mahsulotlarni oldinga olib chiqqanlik uchun jismoniy shaxslarga – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari va yuridik shaxslar uchun – 15 baravarigacha jarima belgilanadi.
8O‘zbekiston
Nima uchun odamlar kariyesdan aziyat chekadi? Kasallikning sabablari va kurashish usullari Tishlarga doimiy va yo‘q qilish qiyin bo‘lgan infeksiyaning hujum qilishiga insoniyatning o‘zi ham qisman aybdor. Bugungi kunda ko‘pchilik stomatologlar kariogen bakteriya — Streptococcus mutans — 10-15 ming yil oldin birinchi qabilalar ovchilikdan voz kechib, dehqonchilik va chorvachilikka o‘tganda, og‘iz bo‘shlig‘iga oshqozondan ko‘chib o‘tgan degan fikrga ishonishadi. Ya’ni bu oqsil — go‘shtni kamaytirib, uglevodlar — don, sabzavotlar va sut mahsulotlarini iste’mol qilish tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin, degan fikrda. Ajablanarlisi shundaki, kariyesning yuqumli tabiati va sabablari yarim asrdan kamroq vaqt oldin ishonchli tarzda aniqlangan. Kariyes jarayonining rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan bakteriyalar XX asrning boshlarida aniqlangan. Ammo kariyesning dastlabki bosqichi tashabbuskori Streptococcus mutans bilan bir qatorda, olimlar keyinchalik jarayonni davom ettiradigan streptokokklar va laktobakteriyalarning yana bir qancha turlarini va bundan tashqari, kariyes uchun sababchi bo‘lgan aktinomitsetlarning bir turini kashf etdi. Streptokokklar noxush kasallikning sababi bo‘lishi juda mantiqiy. Ushbu turdagi mikroblar odamlar va hayvonlarning ovqat hazm qilish tizimida ming yillar davomida mavjud bo‘lib, odatda hech qanday zarar yetkazmagan. Shunday qilib, bugungi kunda kariyes rivojlanishining sabablari aniq ma’lum. O‘z hayotini saqlab qolish uchun streptokokklar oziq-ovqatdagi uglevodlardan foydalanadi, ularni boshqa bakteriyalarga nisbatan rekord tezlikda parchalaydi va spirtli ichimliklar, aldegidlar yoki kislotalarni qoldiradi. Katta shaharlar va umumiy ovqatlanish joylari paydo bo‘lishi bilan, karioz bakteriya tobora ko‘proq og‘izlarni egalladi va tozalangan shakar, limonad va saxarozaga boy boshqa oziq-ovqatlar —uglevod fermentatsiyasi uchun ideal bo‘lganida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, kariyes sabablari ham ijtimoiy jarayonlar, xususan, sanoatlashtirish bilan bog‘liq. Kariyes shakllanishining sabablari Kariyes qanday paydo bo‘lishini tushunish uchun birinchi navbatda tish emalining taxminan 95 foizi mineral — kalsiy gidroksiapatit Ca10 (PO4) 6 (OH) 2 dan iborat ekanligini bilish kerak. Uning olti burchakli kristallari birlashib, prizmalarni hosil qiladi va suyak va tishlarni mustahkamlaydi. Faqat bitta kesmaning emalida 5 millionga yaqin mineral prizmalar mavjud. Kalsiy gidroksiapatit tish kariyesining sababi hisoblanadi. Barcha gidroksil (“ishqoriy”) minerallar singari, gidroksiapatit kislotalar tomonidan yo‘q qilinadi. Bu saqich reklamasidan boshlab hammaga ma’lum bo‘lgan mashhur kislota-ishqor muvozanatining buzilishi tufayli sodir bo‘ladi. Kislota og‘izga kirganda, masalan, bir qultum sharob bilan, tanamiz uni zararsizlantirishga harakat qiladi va emaldagi kalsiy tupukka o‘tadi. Kalsiysiz mineral prizmalar yo‘q bo‘lib ketadi. Agar jarayon takrorlansa, kislotalar dentinga hujum qiladi. Keyin tishda karioz bo‘shliq paydo bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, kislotalar kariyesni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, sharob yoki apelsinli sharbat iste’mol qilinganda, tishlar emali qisman yo‘q qilinishga mahkumdir. Ammo kislotalar busiz ham og‘izda paydo bo‘ladi. Streptokokklar uglevodlar bilan oziqlanadi. Uglevod qanchalik oddiy bo‘lsa, undan tezroq kislota hosil bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, oddiy uglevodlar (glyukoza, fruktoza, saxaroza) qanchalik tez-tez iste’mol qilinsa, kariyes shuncha tez rivojlanadi. Korinib turibdiki, kariyesning sabablari aniqlangach, davolanish qiyin bo‘lmasligi kerak. Karieysdan qanday qutulish mumkin? Albatta, odamlar uzoq vaqt davomida “shirinlik tishlarni kasal qiladi” deb bilishgan, ammo kariyes paydo bo‘lishida parhezning rolini faqat ko‘plab mustaqil tajribalar davomida streptokokklar mavjudligi aniqlanganda isbotlash mumkin edi. Tish kariyesining sabablari haqidagi gipotezalar tadqiqotlar yordamida amaliyotda tekshirila boshlandi. Shakarning “aybi”ni isbotlashda birinchi qadamni Orxusdagi Qirollik stomatologiya kollejidan daniyalik professor Frederik fon der Fer qo‘ydi. 1970-yilda fon der Fer tajriba o‘tkazdi, unda yaxshi tish emali bo‘lgan ko‘ngillilar guruhi og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini butunlay chiqarib tashladi — ular ovqatdan keyin tishlarini yuvmadi. Ularning yarmi ham kuniga bir necha marta 50 foiz saxaroza eritmasi bilan og‘zini chayishdi. Gigiyenaning yetishmasligi bakteriyalar sonini ko‘paytirdi, ammo nazorat guruhi bilan og‘zini shirin eritma bilan yuvganlarning tishlari holatini solishtirganda, kariyesning aniqroq belgilari aniqlandi. Kariyesning oldini qanday olish mumkin? Agar kariyes bilan kurashishning birinchi usuli — shirinliklardan voz kechish hamma uchun mos bo‘lmasa, unda tish emalini kislotalarga nisbatan chidamli qilish ancha oson. Bugungi kunga kelib, florizatsiya emalni mustahkamlashning yagona global tan olingan va eng samarali usuli hisoblanadi. Emal kariyesining sabablarini aniqlash stomatologiyaga oldinga qadam tashlashga va davolash rejasini va odamlarni ushbu kasallikdan xalos qilish usullarini ishlab chiqishga imkon berdi. 1953-yilda Shveysariyada maktab va bolalar bog‘chalarida birinchi marta kariyesning oldini olish uchun sutga ftoridlarni ko‘p miqdorda qo‘shish boshlandi. 60 yil o‘tgach, dunyodagi tish pastalarining 95 foizi ftoridni o‘z ichiga oldi. Agar tish pastasining tarkibiy qismlari ro‘yxati o‘qilsa, unda natriy ftorid, monoftorofosfat yoki aminofloridni topish mumkin. Yoki, ehtimol, bir nechta ftoridlar bo‘ladi. Bu tish kariyesini yo‘q qilmaydi, ammo sabablarni bartaraf qiladi, davolanishga tayyorlaydi. Boshqa tomondan, ftorid tufayli tish pastasini televizor reklamasida ko‘rsatilganidek, tish cho‘tkasining butun uzunligidagi miqdorida emas, balki no‘xat o‘lchamida ishlatish tavsiya etiladi. Buning asosiy sababi floroz xavfi yoki emalning ftor bilan to‘yinganligidir. Ehtiyot bo‘lish kerak, aks holda kariyesning sabablari boshqa sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Kariyes boshqa usul bilan davolanadimi? Kariyesga qarshi vaksina ixtiro qilish, kariyesning asosiy sababi bo‘lgan patogen streptokokklarni o‘ldirish ko‘plab olimlarning orzusidir. Ammo tish shifokorlarining arsenalida kariyesga qarshi vaksina paydo bo‘lsa ham, plomba va protezlarni unutish dargumon. Dunyoning yetakchi epidemiologlaridan biri, Bostondagi Forsit instituti xodimi Daniel Smit tushuntirganidek, emlash faqat bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga — birinchi sut tishlari paydo bo‘lganda berilsagina, samarali bo‘ladi. Chunki ularda bakteriyalar jamoasi shakllanishga ulgurmagan. Shunday qilib, bolalarda kariyesning asosiy sababini oldindan istisno qilish mumkin. Kariyesga qarshi vaksina yana bir zaif nuqtaga ega. Agar u kasallikning dastlabki belgilarini keltirib chiqaradigan streptokokkning bir turini yengishga muvaffaq bo‘lsa ham, turli bosqichlarda tishlarning parchalanishiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bakteriya turlari tashabbuskor sifatida paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun stomatologlar tish kariyesini ayyor infeksiya deb atashadi, bu bilan an’anaviy usullar bilan kurashish mumkin va kerak: parhezga rioya qilish va muntazam ravishda tish shifokoriga tashrif buyurish kerak. Chunki hayoti davomida bir necha ming tishlarni yangilay oladigan akulalardan farqli o‘laroq, biz insonlar ularni bir umrga yo‘qotishimiz mumkin.
11Salomatlik
Toshkentning qoq markazida qiymati millionlab dollarga teng osori atiqalarga to‘la xazina topildi (Fotoreportaj) O‘zbekiston milliy universiteti olimlari poytaxtimizning markazidagi eski binolardan birida olib borilgan qidiruv ishlari vaqtida, yerto‘ladan 80 yillar avval yo‘qolgan va million AQSh dollaridan ortiq qiymatga ega xazina topishdi. Bino 1870 yillarda qurilgan bo‘lib, uning yerto‘lasi ostida yana bir yashirin hujra mavjud bo‘lgan. Bu hujraga tushish joyi ko‘milib ketganligi sababli salkam 80 yil bu haqida hech kim bilmagan. Noyob san'at asarlari, oltin kumush tanga va idishlar, burjuaziya uslubida ishlangan buyumlar Toshkent shahridagi XIX asr avliyo Yevangel protestantlar va xristian provaslavlar cherkovlari devorlariga ishlangan qadimiy suratlar, ikonalar, qimmatli metalldan yasalgan buyumlar shular jumlasidandir. Hozirda topilmalar muzeyga olib kelinmoqda. Ayrim topilmalar restavratsiya ishlarini olib borish uchun Germaniya va polshalik mutaxassislar guruhidan iborat maxsus laboratoriyaga topshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu topilmalar orasida 1918 yil Toshkentdagi knyaz Romanov saroyining noyob kolleksiyalari, 1920 yilda Toshkentga Yevropa va Sankt-Peterburgdan kelgan mashhur dvoryanlar va olimlarga hamda 1932-38 yillarda Stalin repressiyasi qurbonlari hamda general Jo‘rabek uyidan yo‘qolgan ashyolar ham mavjud. Hozircha topilmalari aniq soni, nomi va qiymati to‘liq e'lon qilingani yo‘q. Qidiruv ishlari O‘zFA ning tarix va arxeologiya sohasidagi akademik ekspertlar guruhi bilan davom ettirilmoqda. Quyidagi suratlarda ushbu xazinadan misollar keltirib o‘tamiz. Oltin mikroskop. XIX asr. Avstriya imperiyasi Oltin mikroskop. XIX asr. Avstriya imperiyasi Oltin-kumush tangalar namunalari. Bu joyda ko‘plab tangalardan biri keltirilgan. Xazinada o‘nlab bunday tangalardan mavjud Ikona. XIX asr Oltin quymalari. XX asr. Bunday quymalar jami 8 kg bo‘lib, suratda uning bir qismi xolos Kumush quymalaridan bir dona namuna XVIII-XIX asrlarda Rossiya imperatorining saroyidan keltirilgan, oltin bilan bezatilgan kitoblar 1830 yilgi Amerika qushlari kitobi. Narxi 150 ming AQSh dollari atrofida. Bunday qimmatbaho kitoblardan xazinada 4 dona mavjud 1535 yilgi kitob. Eski lotin va yunon tilida XV-XVI asrlar atrofidagi qimmatbaho kitoblar XII asrdan XVIII asrgacha bo‘lgan qo‘lyozmalar Nikolay Dimo ismli badavlat rus fuqarosi, ushbu xazinaning O‘rta Osiyoga olib kelinishiga sababchi bo‘lgan shaxs Topilmalar orasida o‘rta asrlarga(XII-XVII) tegishli mashhur o‘zbek allomalarining o‘nlab qo‘lyozma kitoblari mavjud bo‘lib ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelmagan deb hisoblanardi. 1920 yil Peterburgdan Toshkentga kelgan poyezd. Xazinani yurtga olib kelgan insonlar. Ushbu noyob va bebaho kitoblar nafaqat O‘zbekiston balki jahonning mashhur muzeylarini ham bezashga arziydigan katta xazinadir. Kitoblar bilan birga o‘zbek xonliklari davridagi o‘nlab diniy siyosiy hujjatlar shajaralar tarixiy ma'lumotlar ham topildi. Hozirgi kunda ushbu qidiruv ishlari hali davom etmoqda. Olimlarimiz ilmiy izlanishlarida yanada ko‘proq topilmalar aniqlashiga umid qilib qolamiz. Ushbu topilmalar tarixiy ahamiyatga molik yodgorlik bo‘lganligi sababli davlat muhofazasiga olingan. Bahodir Ahmedov
8O‘zbekiston
Samarqand viloyatidagi 7 tumanda IIB rahbari almashdi O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Samarqand viloyatidagi 7 tumanda IIB rahbarlarini almashtirdi. Bu haqda “Na postu” gazetasiga tayanib, “Uznews.uz” xabar bermoqda. Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Samarqand, Poyariq, Jomboy va Oqdaryo tumanlari IIB boshliqlari vazifasidan ozod etildi. Podpolkovnik Sodiqjon Abduhakimov Bulung‘ur, mayor Ilyos Abduqahhorov Kattaqo‘rg‘on, podpolkovnik Aslamjon Ochilov Nurobod, podpolkovnik Abdurasul Sulaymonov Samarqand, podpolkovnik O‘ktam Mamatqulov Poyariq, podpolkovnik Akram Halimov Jomboy, mayor Elyor Nurmamatov Oqdaryo tuman IIB boshlig‘i etib tayinlandi.
8O‘zbekiston
AQSh rossiyalik 60 nafar diplomatni chiqarib yubormoqda Amerika Qo‘shma Shtatlari rossiyalik 60 nafar diplomatga mamlakatni tark etish uchun bir hafta muddat berdi. Bu haqda RIA «Novosti» tomonidan tarqatilgan xabarda aytiladi. AQSh hukumati «Skripal ishi» tufayli mamlakatdan rossiyalik 48 diplomatni, shuningdek, Rossiyaning BMTdagi missiyasi 14 xodimini chiqarib yuboradi. «Biz mamlakatdan rossiyalik 48 diplomatni, shuningdek, Rossiyaning BMTdagi missiyasi 14 xodimini chiqarib yuboramiz. Hammasi bo‘lib 60 diplomat», - deya aytib o‘tgan Oq uydagi manba. Ta'kidlanishicha, AQSh «rossiyalik o‘nlab razvedkachilarni» chiqarib yuborish hamda Rossiyaning Sietldagi bosh konsulligini yopish haqida qaror qabul qilgan.
2Dunyo
Rossiyaning yana to`rt shahrida O`zbekiston bosh konsulliklari ochiladi Rossiyaning Vladivostok, Ekaterinburg, Qozon va Rostov-Don shaharlarida O`zbekistonning bosh konsulliklari ochiladi. Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Moskva shahrida o`tkazgan muzokaralari yakunlariga ko`ra bayonot berdi, deb xabar qiladi «TASS». «Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligimiz ochilib bo`ldi, — dedi u. — 2017 yili Rossiya TIV ko`magida Rossiyaning yana to`rt federal okrugida O`zbekiston bosh konsulliklarini ochish masalasini ijobiy ko`rib chiqdik». Xabarda ta`kidlanishicha, bu shaharlarda bosh konsulliklar tashkil etish bo`yicha Rossiya hukumati farmoyishi e`lon qilingan.
12Siyosat
Yangi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan qonunlarga oʻzgartirishlar kiritildi 2020 yil 7 yanvar kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi (OʻRQ-601-son Qonun). Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi quyidagilarni nazarda tutadi: Shundan kelib chiqib qator qonunlarga  tegishli oʻzgartirishlar kiritildi: 1) yangi tahrirdagi Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun bonuslar kabi toʻlovlar mavjud emas. Bonuslar «Yer osti boyliklari toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻtkazildi (2018–XII-son Qonun). Bonuslarga soliq solish tartibi saqlab qolingan holda (ham imzoli bonus, ham tijoratbop topilma bonusi) imzoli bonusning eng kam miqdorining miqdorlari oʻzgardi. Endi foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish huquqi uchun ular: 2) yangi tahrirdagi SKda ekinzorlarning maydoniga bogʻliq holda aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar toʻlashi kerakligi nazarda tutilgan. Shu bilan birga umumbelgilangan tartibda soliqlar (QQS va boshqalar) toʻlovchi korхonalar uchun foyda soligʻi boʻyicha nol darajali stavka belgilanadi. Shu munosabat bilan «Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunga (602–I-son Qonun) oʻzgartirishlar kiritildi; 3) amaldagi «Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq (OʻRQ–327-son Qonun) oilaviy korхonalar YaST toʻlaydi. Bunda uy sharoitida ishlab chiqarilgan хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini realizatsiya qilishdan olingan tushum boʻyicha ham ular YaST toʻlashdan  ozod qilingan. Yangi tahrirdagi SKga muvofiq «Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida»gi Qonunga oilaviy korхonalar barcha boshqa korхonalar kabi tushum hajmiga bogʻliq holda: aylanmadan olinadigan soliq yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar toʻlashini nazarda tutuvchi  oʻzgartirishlar kiritildi; 4) «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga (69–II-son Qonun) tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlari qismida oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, kodeksning yangi tahririga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy soliqlar boʻyicha imtiyoz belgilash huquqi bekor qilinadi; 5) yangi tahrirdagi SK qabul qilinishi munosabati bilan boshqa qonunlarga ham (OʻRQ-313,  OʻRQ-379,  OʻRQ-417,  OʻRQ-436,  OʻRQ-454, OʻRQ-456, OʻRQ-476, OʻRQ-497, OʻRQ-508-son) oʻzgartirishlar kirtildi. Jorilla ABDULLAYeV, «Norma» MChJ yetakchi eksperti.
10Qonunchilik
Trampning «Twitter»dagi obunachilaridan deyarli yarmi botlar ekani ma'lum bo‘ldi AQSh prezidenti Donald Trampning «Twitter»dagi 31 milliondan oshiq obunachisidan 15,1 millioni — botlar ekan, deya xabar beriladi Twitter Audit Report hisobotida. Ushbu resurs u yoki bu profilning «Twitter» ijtimoiy tarmog‘idagi haqiqiy obunachilari sonini hisoblab beradi, deya izohlaydi TASS. Hisobotda ko‘rinishicha, Trampning «Twitter»dagi sahifasini muntazam kuzatib borayotgan 15,1 million obunachi (49 foiz!) inson emas — ular bo‘sh, biror yozuv va fotosuratlarsiz soxta akkauntlar, deb yozadi «New York Daily News». Nashrning qayd etishicha, so‘nggi dam olish kunlari obunachilarning soni kutilmaganda birdaniga 3 million kishiga oshgan. Nashr shuningdek, AQShning avvalgi prezidenti Barak Obamaning «Twitter»da 89 million obunachisi bo‘lgani va ularning 79 foizi real insonlar ekanini qayd etib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, Tramp «Twitter»dan siyosiy kurashlarda faol foydalanadi, chunki u ijtimoiy tarmoqni respublikachi siyosatchiga dushmanona munosabatda bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini chetlab o‘tib, Amerika xalqi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish vositasi deb biladi. Saylovda g‘alaba qozongach, Tramp «Twitter»da AQSh prezidentining rasmiy akkaunti — Barak Obama ishlatgan @POTUS dan foydalanishni rad etib, o‘zining @realdonaldtrump akkauntida tvitlar yozib kelmoqda. Jumladan, bugun ertalab u «coverage» so‘zini «covfefe» sifatida xato yozib yuborib, o‘sha so‘zning mem sifatida jahon trendlari ro‘yxatiga chiqishiga sabab bo‘ldi
2Dunyo
Haaga YeIning Ukraina bilan bitimidan harbiy va moliyaviy yordamni olib tashlashni talab qilmoqda Haaga YeIning Ukraina bilan assotsiatsiya haqidagi Bitimi Kiyevga yangi harbiy va moliyaviy yordam bermaslikni ko‘zda tutishi kerakligini talab qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Haaga tomonidan YeIning Ukraina bo‘yicha sammiti 15-16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi hamda u Niderlaniyaga assotsiatsiya haqidagi bitimni ratifikatsiya qilish imkonini beradi.  "Gollandiya bosh vaziri Mark Ryutte Ukraina bilan yanada mustahkam aloqalar haqidagi hamjamiyat yangi kelishuvi o‘z ichiga yangi moliyaviy yoki xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarni olmasligini istamoqda. U YeI yetakchilari bu haqda ma'lum qilishlaridan umidvor", - ta'kidlab o‘tgan agentlik. Niderlandiyada YeI va Ukraina o‘rtasidagi assotsiatsiya haqidagi Bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha referendumda ovoz beruvchilarning 60 foizi hujjatni tasdiqlashga qarshi chiqishgan. Referendum tavsiyaviy xarakterda bo‘lsa ham, endilikda golland hukumati Bitim talablarini o‘zgartirish harakatida yuribdi. Hujjat referendum natijalarini hisobga olgan holda ratifikatsiya qilinishi ham mumkin. Haaga YeIning 15-16 dekabr kunlaridagi sammitiga qadar o‘z takliflarini bildirishi lozim.  Ma'lumot uchun, ayni damda Bitim YeI 28 davlatining 27 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. Avvalroq, Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk kelishuv matni qayta ko‘rib chiqilmasligini ma'lum qilgandi.
2Dunyo
Eron raketa dasturini moliyalashtirishni 520 million dollarga oshirdi Eron parlamenti yakshanba kuni ballistik raketalar ishlab chiqarish dasturiga qo‘shimcha 520 million dollar ajratish, shuningdek mintaqadagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) faoliyatini kengaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi uchun ovoz berdi. France-Presse agentligi shu haqida xabar berdi.  Unga ko‘ra, AQShning islom respublikasiga qarshi yangi sanksiyalariga javoban ishlab chiqilgan qonun loyihasi aksariyatning ovozi bilan qabul qilingan. "Amerikaliklar bu bor-yo‘g‘i birinchi qadam ekanini tushunishi kerak", - deydi majlis (parlament) raisi Ali Larijoniy.  18 iyulda AQSh ma'muriyati Eron ballistik raketa dasturini qo‘llab-quvvatlovchi 18 tashkilot va shaxslarni qora ro‘yxatga kiritgani haqida e'lon qilgandi. Bunga javoban Eron hukumati BMT Xavfsizlik Kengashiga AQSh sanksiyalari ustidan shikoyat bilan murojaat qildi hamda Vashingtonni yadroviy bitimni buzishda aybladi.
2Dunyo
Shahrisabzga tezyurar poyezd boradi Shahrisabz shahriga tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev Oqsaroy maydonidagi “Koba” madaniyat majmuasida viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Loyihalar iqtisodiy jihatdan rang-barang bo‘lib, barchasi aholi farovonligi va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Dastlab Qashqadaryo viloyatida 2018–2019-yillarda turizm infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish rejasi taqdim qilindi. Rejaga ko‘ra, 167 ta loyiha amalga oshiriladi. Xususan, zamonaviy mehmonxonalar tashkil etish, transport xizmatlari ko‘rsatish, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, tarixiy-madaniy obidalarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. “O‘zbekturizm” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan loyihalardan yana biri eko va etno turizmni rivojlantirish, Amir Temur tug‘ilgan maskanni turizm maskaniga aylantirishga qaratilgan. Davlat rahbari bugun dunyoda ko‘plab davlatlar bu sohani o‘zlashtirib, katta daromad olayotganini ta’kidlar ekan, yurtimizdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Yana bir muhim tashabbus Qashqadaryo viloyati ko‘p qavatli uy-joy fondini ta’mirlash dasturini amalga oshirish hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan. Viloyatda jami 1 ming 656 ta ko‘p qavatli uy-joy bo‘lib, ularga 151 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 346 ta ko‘p qavatli uy-joy ta’mirlangan. Tijorat banklari tomonidan 13 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Joriy yilgi dasturda 48,1 milliard so‘m jalb etish ko‘zda tutilgan. Qashqadaryo viloyati bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va soliq to‘lovchilar soni, yirik korxonalar tomonidan byudjetga to‘lanadigan to‘lovlar, joriy yilgi prognoz ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar navbatdagi taqdimotda namoyish etildi. Shavkat Mirziyoyevga jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlari va yer maydonlarini hisobga olish va soliq undirish hisobidan budjetga tushumlar, tuman va shahar soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari to‘g‘risidagi loyihalarni soha rahbarlari taqdim qildi. Davlatimiz rahbari bu borada ularning takliflarini tinglar ekan, bu borada zarur ko‘rsatmalar berdi, takliflar bildirdi. Viloyatda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasida ichimlik suvi olish inshootlarini qurish, 77 kilometr magistraltarmog‘i, 162 kilometr ichki tarmoq tortish, 16 ta suv taqsimlash inshooti qurish ko‘zda tutilgan. Toshguzar-Shahrisabz-Kitob temir yo‘lini modernizatsiya qilish va elektrlashtirishni nazarda tutuvchi loyiha Shahrisabz shahrigacha tezyurar poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi. Bugungi kunda viloyat aholisi toza ichimlik suvi bilan to‘la ta’minlanmagani achinarli holat, dedi Prezident. Bu dolzarb masalani qisqa vaqtda hal qilish uchun bor imkoniyatimizni ishga solishimiz lozim. Shahrisabz shahri va tumanida mehnat bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasiga alohida e’tibor qaratildi. Loyihada vaqtincha ishsizlar haqida ma’lumot, kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish, kasblarga bo‘lgan talab kabi ma’lumotlar o‘rin olgan. Prezident ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bugungi kuning muhim masalasi ekanini alohida ta’kidladi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi? Gidrometeorologiya xizmati markazi 29—31-oktabr va 1-noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 29 va 31-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-oktabrda kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 20—25 daraja issiq, 30—31-oktabr va 1-noyabrda kechasi 2—7 daraja, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-oktabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, 31-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7—12 daraja iliq, kunduzi 29—30 oktabrda 20—25 daraja, 31-oktabrda 18—23 daraja issiq, 1-noyabrda 15—20 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30—31-oktabr va 1-noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-oktabrda 5—10 daraja, 30—31-oktabr va 1-noyabrda 7—12 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabr 20—25 daraja issiq, 1-noyabr 15—20 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 29-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30—31-oktabrda va 1-noyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9—14 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabrda kunduzi 23—28 daraja, 1-noyabrda 18—23 daraja issiq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-oktabrda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 31-oktabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5—10 daraja iliq, kunduzi 29—31-oktabrda 20—25 daraja, 1-noyabrda 18—23 daraja issiq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30—31-oktabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, 30—31-oktabrda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja, kunduzi 29—31-oktabrda 12—17 daraja, 1-noyabrda 7—12 daraja iliq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Bolaning bitta buyrak bilan tug`ilishi qanchalik xavfli? Sog`liqni saqlash vaziriligi Matbuot xizmatining ushbu savoliga  tibbiyot fanlari nomzodi, dosent,  Bolalar milliy tibbiyot markazi nefrologiya bo`limi shifokori Komiljon Hamzaev quyidagicha javob berdi: — Ba`zan bola yagona buyrak bilan tug`iladi. Agar mavjud buyrak sog`lom va nuqsonsiz bo`lsa, birgina shu a`zo bilan ham bekamu ko`st hayot kechirishi mumkin. Lekin bu holatni ham ertaroq aniqlash maqsadga muvofiq.   Buning uchun o`g`il-qizlarni pediatriyada belgilangan tartibda chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklardan o`tkazib turish lozim.   Agar bolada bitta buyrak borligi aniqlansa va u sog`lom bo`lsa, mutaxassislar kichkintoyning kelgusida ham sog`lom hayot kechirishi uchun zarur choralarni ko`radi.   Oshqozon-ichak tizimi infeksiyalari buyrak etishmovchiligiga olib kelishi mumkinmi? — Bolalar orasida oshqozon-ichak tizimi infeksiyalari bilan kasallanish tez-tez uchrab turadi.   Ushbu xastaliklarda ba`zi bolalarda tinimsiz ich ketishi va qayt qilish tufayli juda ko`p suyuqlik yo`qotiladi, natijada organizm suvsizlanib peshob ajralmay qoladi. Bu buyrak o`z faoliyatini to`xtatganining alomatidir. Mazkur holat zamonaviy tibbiyotda buyraklarning o`tkir zararlanishi, deb ataladi.  Buyraklarning o`tkir zararlanishi o`lim darajasi yuqori bo`lgan shoshilinch holat bo`lib, unga zudlik bilan yuqori malakali davo usullari qo`llanilmasa, bola hayoti xavf ostida qoladi.   Bolalar milliy tibbiyot markazi va viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazlarida buyraklarning o`tkir zararlanishiga chalingan kichik yoshli bemorlar uchun etarli darajada sun`iy buyrak apparatlari mavjud.   Biroq ba`zida zarur davo choralari ko`rilsa-da, bolalarda buyraklar ish faoliyati tiklanmasligi ham kuzatiladi. Natijada kichkintoylar hayotdan ko`z yumishi yoki ularda surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishi mumkin, – deydi Komiljon Hamzaev.
11Salomatlik
O‘zbekistonda “Taraqqiyot” tanlovi finali ishtirokchilari rahbarlik lavozimlariga tanlovsiz qabul qilinadi Hukumat qarori bilan “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, “Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari fuqarolarning boshqa toifalari uchun nazarda tutilgan kadrlar zaxirasiga tanlov tartibotlaridan o‘tmagan holda davlat tashkilotining kadrlar zaxirasiga kiritilishi lozim va boshqaruv xodimlarining tanlovdagi nominatsiya sohalariga mos keladigan bo‘sh turgan, qoida tariqasida, rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinish (tayinlanish) huquqiga ega. “Taraqqiyot” respublika tanlovi o‘tkazilishini tashkil etuvchi Respublika komissiyasi maxsus veb-saytda tanlov natijalari joylashtirilgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt mobaynida tanlov finali ishtirokchilari davlat tashkilotining kadrlar zaxirasida turishi mumkin emas. Tanlov finalining ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan davlat tashkilotining, shu jumladan, o‘zi ishlayotgan tashkilotning kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin. Tanlov finalining ishtirokchilari davlat tashkilotiga ishga joylashtirilsa, ularga ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 10 oy mobaynida tegishli davlat tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.
8O‘zbekiston
«Tolibon» bilan qochqinlar oqimining oldini olish bo‘yicha kelishib olingan - Abdulaziz Komilov 22 oktyabr kuni Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov jurnalistlarning qator savollariga javob berdi. Tashqi ishlar vazirligi 2 noyabr kuni Abdulaziz Komilov ishtirokidagi tadbirning to‘liq videosini e'lon qildi. Jurnalistlarning Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat va qochqinlar oqimi bor-yo‘qligi haqidagi savoliga javob berar ekan, Abdulaziz Komilov shunday dedi: «Qochqinlar oqimi yo‘q, qochqinlar umuman yo‘q. Biz dastlab qochqinlarni qabul qilmasligimizni aytdik. Bizning pozitsiyamiz - Afg‘onistonga yordam berish edi, lekin bir guruh afg‘onlarni uchinchi davlat hududiga olib chiqish, keyin esa qochqin sifatida ularga g‘amxo‘rlik qilish orqali emas». Tashqi ishlar vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston uchinchi davlatlarga, diplomatik korpus vakillariga va haqiqatan ham tahdid ostida qolgan odamlarga tranzit hamda mamlakatdan chiqib ketishda yordam ko‘rsatgan.  «Bu O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va darhol uchinchi davlatga olib chiqib ketilgan toifa edi. Bu borada biz yordam berdik, agar kimdir yordamga muhtoj bo‘lsa, Afg‘onistondan tashqariga O‘zbekiston orqali chiqib ketishi uchun biz bunday xizmatlarni ko‘rsatishga tayyormiz. Ammo qochqinlar uchun maxsus joylar barpo etilmagan va etilmaydi ham», dedi Komilov.  Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston «Tolibon» harakati bilan qochqinlarning nazoratsiz oqimi oldini olish bo‘yicha kelishib olgan. «Ular bizga yordam berdi, odamlarni tinchlantirdi, uyga qaytinglar va tinch-totuv yashanglar, dedi», deya ta'kidlab o‘tdi TIV rahbari.  «O‘shandan beri deyarli hech kim chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinmadi. Biz qochqinlarning nazoratsiz oqimiga ham guvoh bo‘lmayapmiz. Chegarada vaziyat tinch. Qolaversa, Balx viloyati bilan alohida aloqalar o‘rnatganmiz – u bevosita Surxondaryoga tutashgan. Viloyat hokimlari bilan iqtisodiy tuzilmalar o‘rtasida, ayniqsa, tranzit yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Chunki hamma narsa – ko‘prik ham, temiryo‘l ham, avtomobil yo‘li ham Balx viloyatiga olib boradi», dedi A.Komilov.
8O‘zbekiston
Video: Dmitriy Medvedev forum o‘tayotgan zaldan zudlik bilan evakuatsiya qilindi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Skolkovoda o‘tayotgan “ochiq innovatsiyalar” forumi qatnashchilari bilan birga tadbir bo‘layotgan zaldan evakuatsiya qilindi. Bahs-munozaralar vaqtida boshlovchi “xavfsizlik nuqtai nazaridan binoni tark etish lozimligini” aytib qoldi. Qatnashchilar chiqish eshigi tomon yo‘nalishdi. Manbaning ma'lum qilishicha, sessiya ishtirokchilarini federal xavfsizlik xizmati xodimlari olib chiqib ketishgan.  Asosiy zaldan kuyindi hidi sezilgan. Taxminlarga ko‘ra, bino gumbazlari ostida o‘tgan kabellarda qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Forumda bosh vazir Medvedev, bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich, vazirlar va biznesmenlar ishtirok etishmoqda.
2Dunyo
Braziliyada damba o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 84 nafarga yetdi Braziliyada to‘g‘on yorilib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 84 nafarga yetdi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”. 300 kishi bedarak yo‘qolganlar sifatida ro‘yxatga olingan. Favqulodda hodisa bir hafta oldin yuz bergan va hozirda qutqaruvchilar yo‘qolganlarni tirik topilishiga ishonmayapti. Eslatib o‘tamiz, to‘g‘on metallurgiya sanoati chiqindilaridan iborat suvni ushlab turgan. Damba yorilishi oqibatida loy oqimi mahalliy tog‘-kon kompaniyasining ma’muriy binolari va aholi yashash joylariga yopirilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hodisadan oldin ogohlantiruvchi avariya signali ishlamagan. Qutqaruv ishlari bir necha haftaga cho‘zilishi mumkin. Halok bo‘lganlarning yarmining shaxsi aniqlangan.  Braziliyada damba o‘pirilishi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi  Braziliyada damba o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetdi
2Dunyo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ–255-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizomda: 1 va 2-bandlardagi, 3-bandning uchinchi xatboshidagi hamda 22-banddagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin; 5 va 26-bandlardagi hamda 27-bandning yettinchi xatboshidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 3-iyuldagi 281-son qarorida: 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qarori 1-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 4-martdagi 78-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi, 3, 7 va 8-bandlaridagi, shuningdek qarorga 1-ilovaning nomidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sog‘lomlashtirish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 6-sentabrdagi 362-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar bilan hamkorligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-martdagi 134-son qaroriga 1-ilovaning 5.22-bandidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin. 17. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-iyuldagi 349-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 73-modda) 1-ilovaning “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi bo‘limi nomidagi “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” so‘zlari “O‘zvinosanoat-xolding” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10Qonunchilik
Kembrijda takrorlanmas echimlarga ega bo`lgan masjid ochildi Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida ekologik jihatda toza materiallardan qurilgan masjid barpo etildi. Shu kunlarda ushbu masjidning ochilish marosimi ham tashkil etilgan. Islam-today nashrining ma`lum qilishicha, musulmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida qurilgan yirik masjidni barpo etish uchun butun dunyo xayriya jamg`armalari va tashkilotlaridan mablag`lar kelib tushgan. Ushbu masjidda bir vaqtning o`zida 1 ming nafar namozxon ibodatlarini amalga oshirishi mumkin. Masjidning e`tiborli yana bir jihati uning ekologik toza ekanidir. Masjid qurilishida ekologik jihatdan toza bo`lgan marmar va yog`och materiallaridan foydalanilgan. Binoning uglerod chiqindilarini havoga chiqarish miqdori butunlay nol darajaga teng. Yomg`ir suvlari esa masjidning tom qismidagi maxsus konstruksiya orqali rezervuarga to`planadi va u ko`chatlarni sug`orish va boshqa ehtiyojlarda qo`llanilishi qayd etilgan. Bundan tashqari, masjidning tom qismida quyosh panellari o`rnatilgan, bu masjid binosining elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyojini uchdan bir qismini qondiradi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.
2Dunyo
Sirdaryoda «Kamaz» piyodani urib yubordi Joriy yilning 19 avgust kuni soat 16:50larda fuqaro J.A. boshqaruvidagi "KAMAZ-532120" yuk transport vositasida Oqoltin tumani hududidan o‘tgan xalqaro A-373 avtomobil yo‘lining 8-km.da, Termiz-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u yo‘lning belgilanmagan qismini kesib o‘tayotgan fuqaro D.M.ni urib yuborib, YTH sodir etgan. Natijada, piyoda D.M. olgan tan jarohatlari og‘irligidan voqea joyida vafot etgan. “Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilishlarini, kuchli charchoqlik va toliqish holatida transport vositalarini boshqarmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
5Jamiyat
IIB xodimlari tomonidan olib ketilgach vafot etgan fuqaroni “Xudo urgan odam” degani uchun IIV matbuot kotibiga chora ko‘rildi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovga IIB xodimlari tomonidan olib ketilgach, vafot etgan fuqaroni “Xudo urgan” deb atagani uchun intizomiy chora ko‘rilgan. Bu haqda AOKAda IIV rasmiylari ishtirokida 10-avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Shohrux G‘iyosov. 2021-yilning iyul—avgust oylarida fuqarolarning ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib ketilgach, vafot etganiga doir bir necha xabar tarqaldi. Xususan, Surxondaryoning Denov tumanida profilaktika inspektorining ikki yordamchisi bo‘linmaga olib ketilayotgan fuqaroga kuch ishlatgani, oqibatda fuqaro kasalxonada vafot etgani, shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanida IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan mast fuqaroning joni oxir-oqibat kasalxonada uzilgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirda har ikkala holat yuzasidan tergov-tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur voqealar haqidagi xabarlar tarqalgach, ushbu voqealarning yoritilishi yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning fikrlari yozilgan ovozli xabar “Rost24.uz” sayti tomonidan e’lon qilindi. Unda, jumladan, Taxiatosh va Denovdagi voqealar yuzasidan ma’lumot bergan. Qoraqalpog‘istondagi holatda fuqaro pnevmoniyadan o‘lib qolgan. U haqiqatan ham ichki ishlar organiga olib kelingan. Ko‘chada g‘irt mast-alast ahvolda yotganida, dastlab (kasalxonaga) olib borilib, tekshirtirilgan, peshonasida jarohati bo‘lgan, keyin “rayotdel”ga olib kelingan. Mazasi bo‘lmagani uchun (yana kasalxonaga) olib borilgan, o‘sha yerda o‘lib qolgan. Bu holatni prokuratura to‘liq tekshirgan, xodimda hech qanday ayb yo‘q va shu bois jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan. Hozir qayta tekshirilyapti, chunki onasi “ichki ishlar organlari xodimlari urdi”, deb yana yozgan. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning “Rost24.uz” sayti tomonidan e’lon qilingan ovozli xabaridan ko‘chirma  “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha yana 2 nafar IIB xodimi 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingani aytilmoqda IIV vakili Denovda profilaktika inspektori yordamchilari tomonidan olib ketish jarayonida vafot etgan fuqaro haqida fikr bildirar ekan, uni “g‘irt Xudo urgan, undan oldin qotillik bilan sudlangan odam”ligini alohida ta’kidlagan. Uyida ham hech kimga tinchlik bermagan, har doim janjal. Undan oldin qayerdadir kaltak yegan, borib xodimlar olib kelgan. Yo‘lda ham qarshilik ko‘rsatgan, qarshilik ko‘rsatganidan keyin nima qilsin biznikilar? Kuch ishlatadi-da. Keyin uni qo‘yib yuborishgan. Xudo biladi qayerda yurgan, nima bo‘lgan. Haqiqatan ham jarohatlardan o‘lgan, lekin qayerda jarohat olgan, nima qilgan? O‘lishidan oldin kasalxonaga olib ketilayotganida “meni militsiya urdi”, degan. Shuning uchun hozir, mana, ikki nafar yosh bola — biri 1997-yilda, ikkinchisi 2003-yilda tug‘ilgan — profilaktika inspektori yordamchilari juvonmarg bo‘lib ketdi, bitta Xudo urganning orqasidan. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning “Rost24.uz” sayti tomonidan e’lon qilingan ovozli xabaridan ko‘chirma Shohrux G‘iyosov ovozli xabar davomida yuqorida bayon qilingan voqealar haqidagi xabarlar “tekshirilmay” tarqatilganini qoralagan, bu kabi holatlarga doir axborotni tarqatishdan avval IIV matbuot xizmati bilan bog‘lanib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadga muvofiqligini tushuntirgan. “Bir narsa gapirishdan, yozishdan oldin til bilan chopmanglar, iltimos, ozgina surishtirib ko‘ringlar. Menga chiqinglar, so‘ranglar mendan. Nima holat bo‘lgan u yerda — o‘zim tushuntirib beraman. Bu umumiy gaplar – sizlar hulosa qilishingar uchun, bu hech qanaqa rasmiy munosabat emas”, — deya qo‘shimcha qilgan G‘iyosov.  Andijonda IIB xodimlarining qiynog‘idan so‘ng vafot etgan fuqaroning singlisi: “Akam qimmatbaho tosh mojarosi qurboni bo‘ldi” Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev vazirlik matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov tomonidan yuborilgan ovozli xabardagi fikrlarni “nomaqbul” deb atadi. Ushbu holat vazirimizning shaxsan o‘zlari huzurida muhokama qilindi. Vazirimiz tomonidan Shohrux G‘iyosovga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi. Chunki ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilishi kerak bo‘lgan mas’ul rahbar, albatta, bunday so‘zlarni ishlatishi kerak emas edi. Yana bir bor qaytaraman — bu vaziyatni hurmatli vazirimiz shaxsan o‘zlari muhokama qildilar, — deya ma’lum qildi Bekmurod Abdullayev. Bundan avval Kattaqo‘rg‘onda DSI xodimi YPX mashinasida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgani hamda Namangan viloyat IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasining ikki nafar katta tezkor vakili jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Qoshiqchining o‘ldirilishi. Besh nafar ayblanuvchi o‘limga hukm qilindi Saudiya Arabistonida o‘tgan yilning oktyabrida Istanbulda o‘ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limi ishi bo‘yicha tergov ishlari yakunlandi. Uni o‘ldirishda ayblangan besh kishi o‘lim jazosiga, yana uch kishi 24 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etildi. Shu bilan birgalikda, Saudiya hukumati ushbu qotillik avvaldan rejalashtirilmagan holda sodir etilganini ma'lum qilgan. Bu esa hukumatning avvalgi bayonotlariga mos kelmaydi. Qirollikning Istanbuldagi bosh konsulxonasi konsuli jinoyat sodir etilgan vaqtda boshqa joyda bo‘lganini isbotlovchi dalillarni taqdim etgani bois aybsiz deb topildi. Sudlanganlar orasida Saudiya taxti valiahdi Muhammad ibn Salmonning maslahatchisi Saud al-Qahtoniy yo‘q. Holbuki aynan u OAV tomonidan qotillik tashkilotchisi sifatida ko‘rsatilgandi. Qotillikka aloqadorlardan biri sifatida ko‘rilgan mamlakat razvedkasi rahbarining sobiq o‘rinbosari Ahmad al-Asiriy esa o‘tgan yili iste'foga chiqarilib, hibsga olingandi, ammo u dalillar yetarli bo‘lmagani sababli qo‘yib yuborilgan. Saudiya Arabistoni hukumati tanqidchisi bo‘lgan Jamol Qoshiqchi AQShning Washington Post nashrida sharhlovchi sifatida ishlagan va 2017 yildan AQShda yashagan. 2018 yil 2 oktabr kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga hujjatlarni rasmiylashtirgani kirgach bedarak yo‘qolgan. Avvaliga Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etgan va u elchixonani sog‘ holda tark etganini bildirgandi. Keyinroq Saudiyadagi nashrlar Qoshiqchi elchixona hududida halok bo‘lganini tasdiqlovchi xabarlarni tarqatdi, ammo bu xabarlarda Qoshiqchining o‘limiga konsullik xodimlari bilan janjallashib qolgani olib kelgani aytildi. Keyinroq rasmiy Ar-Riyod jurnalistning o‘limi qasddan sodir etilganini tan olishga majbur bo‘lgandi. Istanbul prokuraturasi ma'lumotiga ko‘ra, Qoshiqchi konsullikda bo‘g‘ib o‘ldirilgan va uning jasadi bo‘laklarga bo‘linib, konsullik hududidan olib ketilgan. Shu vaqtga qadar uning jasadi qoldiqlari topilmagan. Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, Qoshiqchining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha 21 kishi hibsga olingan. Valiahd shahzodaning qanday aloqasi bor? Qoshiqchi bir qancha yaqin do‘stlari hibsga olingach 2017 yilning sentyabrida Saudiya Arabistonini tark etgandi. Shundan keyin u Amerikaning Washington Post nashrida kolumnist sifatida ishlay boshlagan. Vatanni tark etgan Qoshiqchi shahzoda Muhammadni dissidentlarni ta'qib qilishda ayblaydi va bu haqda o‘z maqolalarida yozadi. Bu tanqidlar esa G‘arbda o‘zini islohotchi sifatida ko‘rsatishga urinayotgan valiahd shahzodaning obro‘siga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Washington Post va New York Times nashrlari shu vaqtga qadar shahzodani podshohlikning modernizatsiyalashuvi timsoli sifatida taqdim etib kelishardi. 2018 yilning bahorida AQShga tashrifi davomida Muhammad ibn Salmon Google, Amazon va Apple asoschilari bilan uchrashgan, shuningdek, Facebook ofisiga borgandi. Qoshiqchi Istanbuldagi konsullikda yo‘qolib qolgach shahzodaga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Turkiyada ham, G‘arb mamlakatlarida ham shahzodani jurnalist o‘limidagi aybdorlardan biri sifatida ayblashdi. AQSh Senati 2018 yilning dekabrida tegishli rezolyutsiyani qabul qilgandi. Ekspertlar va tanqidchilar taniqli dissidentning qotilligi Muhammad ibn Salmonning roziligi bilan amalga oshirilganini tusmol qilishadi. Ar-Riyodda esa podshohlik xonadoni bu qotillikka aloqadorligi keskin rad etiladi.
2Dunyo
Mbappe yaqin vaqt ichida «PSJ» a'zosiga aylanadi «PSJ» «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe transferining so‘nggi jihatlari haqida kelishib oldi va yaqin orada shartnoma haqida rasman ma'lum qilishi kerak, deya xabar bermoqda Le Parisien. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, monegasklar parijliklarning so‘nggi taklifini qabul qilgan va Kilian uchun 150 mln yevro hamda bir o‘yinchini oladi. Neymar uchun yaqinda 222 mln yevro to‘lagan qizil-ko‘klar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun qator futbolchilarni qo‘yib yuborishi lozim bo‘ladi. Klubni Serj Ore, Hotam Bin-Arfa, Gjyegoj Krixovyak, Gonsalu Guedesh, Lukas Moura, Yulian Draksler va Anxel Di Mariya tark etishi mumkin. Mbappening monegaskliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2019 yilgacha. U 2015 yildan buyon shu jamoa safida to‘p suradi. Uning o‘tgan mavsumdagi yorqin o‘yinlaridan keyin «Arsenal», «Real», «Barselona», «Yuventus» va «Manchester Siti» kabi jamoalar e'tiboriga tushgan, ammo fransuzlar klubi barcha takliflarni rad qilgandi. Avvalroq Mbappe «PSJ» bilan besh yillik shartnoma haqida kelishib olgani xabar berilgandi.
13Sport
Adliya vazirligi aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning umuman o‘rni yo‘q ekanini bildirdi 2019-yilda xalqaro tuzilmalar va fuqarolardan Gulnora Karimovaga nisbatan oldin olib borilgan tergov harakatlari bilan qamrab olinmagan jinoyatlar haqida xabarlar kelib tushgan. Bu esa yangi jinoyat ishi ochilishiga asos bo‘lgan, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining matbuot xizmati. Tergovda Gulnora Karimova o‘ziga yaqin shaxslardan iborat bir nechta uyushgan jinoiy guruh tuzib, jinoiy uyushmaga rahbarlik qilganligi, respublikaning sanoat korxonalarida faoliyat yuritib, unga jinoiy yo‘l bilan orttirilgan daromaddan ulush berib turgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilganligi aniqlangan. Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, G.Karimova fuqarolarga va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘li bilan o‘zlarining mulklarini unga qarashli kompaniyalarga qayta rasmiylashtirib berishga majburlagan. Ish bo‘yicha tergov davomida G.Karimovaning qonuniy huquq va manfaatlarini u va uning yaqin qarindoshlari tomonidan jalb etilgan 7 nafar advokat himoya qildi. Bundan tashqari, barcha tergov harakatlarida advokatlarning ishtiroki ta’minlandi va ularning hech qanday cheklovlarsiz G.Karimova bilan holi uchrashishiga imkoniyat yaratib berildi. Tergov tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligining buzilishiga, shuningdek, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan. 2020-yil 18-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida G.Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. O‘tkazilgan sud majlisida sudlanuvchilar, guvohlar, jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi, dalillar tekshirildi va sudlanuvchilar himoyachilarining vajlari muhokama qilindi. Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi G.Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi. Sud hukmi bilan G.Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanganligini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015-yil 21-avgustdan boshlab hisoblash belgilandi. Qolgan sudlanuvchilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning og‘irlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, tegishli jazolar tayinlandi. Oldin ko‘rilgan jinoiy ishlar, shuningdek, so‘nggi jinoiy ish doirasida yetkazilgan zarar miqdori 3,8 trillion so‘m va 165 million AQSh dollarini tashkil etgan. G.Karimovaga oid xabarlarda mulklarni qaytarish masalasi yana ko‘tarilayotganligi munosabati bilan Adliya vazirligi ayblanuvchiga nisbatan boshqa davlatlarda ham tergov harakatlari olib borilayotganligini eslatib o‘tishni joiz deb hisoblaydi. Ushbu ishlar bo‘yicha G.Karimova jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mablag‘larni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urganlikda ayblanmoqda. Xorijiy davlatlarda olib borilayotgan tergov materiallari va rasmiy manbalarda keltirilishicha, G.Karimova va unga aloqador shaxslar tomonidan Latviya, Shveysariya, Fransiya, Shvetsiya, Niderlandiya va ehtimol boshqa davlatlarda jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mablag‘larni yuvish bo‘yicha noqonuniy korrupsion sxemalar amalga oshirilgan. Qayd etish joizki, mulklarni qaytarish bo‘yicha barcha muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda. Xususan, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida G.Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Mazkur mulklar xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olinganligi munosabati bilan, ular anchadan buyon G.Karimova (uning oila a’zolari) tasarrufida emas. Shu bois, O‘zbekistonga mulklarni G.Karimovaning o‘zi qaytarganligi yoki qolgan mulklar bevosita G.Karimova yoxud boshqa alohida shaxslar tomonidan qaytarilishi mumkinligi haqidagi ta’kidlar huquqiy asosga ega emas va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyilgan xabarda.   O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 2017-yil iyulida Gulnora Karimovaga 2015-yil avgustida besh yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganini ma’lum qilgan. O‘sha vaqtda unga nisbatan boshqa jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etayotgan edi. Ikki jinoyat ishi bo‘yicha davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zarar 3,7 trillion so‘mga baholangan. Gulnora Karimova 2019-yil martidan beri Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan umumiy tartibdagi 21-son koloniyada saqlanmoqda. Unga nisbatan yana bir qator jinoyat ishlari ochilgan, jumladan, u talon-toroj qilish va davlatga zarar yetkazishda ayblanmoqda. 2019-yil oxirida Bosh prokuratura Gulnora Karimovaning 1,3 milliard dollardan ortiq miqdordagi daromadlarini qaytarish masalasida AQSh, Shveysariya, Fransiya, Rossiya va Latviya bilan birgalikda ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi, alohida mamlakatlarda ushbu mablag‘lar bo‘yicha ham jinoyat ishlari ochilgan.
8O‘zbekiston
Bolalikda o‘qilgan fantastik kitoblar yoxud 2018-yilning 10 ta kashfiyoti (foto) Bugungi kunga kelib texnologiya o‘z chegarasiga yetib borgan va boshqa hech qanday yangi kashfiyotlar qilinmaydigandek tuyuladi. Biroq ixtirochilar bunday fikrda emas va turmushimizni yengillashtirishtiruvchi yangidan yangi gadjetlar bilan hayron qoldirishdan to‘xtamayapti. AdMe texnika borasidagi shunday kashfiyotlardan 10 tasini taqdim etdi. Aksariyat odamlar reklamani yoqtirmaydi. Haqiqatan ham, shahar ko‘chalarida juda ko‘p reklama bannerlariga duch kelamiz, sevimli serialimiz orasida ham reklama berilganidan ba’zan ulardan qochib qutulib bo‘lmaydi. Shu sababli Ivan Kesh va Skott Blyu filtrlash prinsipi asosida ishlovchi maxsus IRL Glasses ko‘zoynagini yaratdi. Uning linzalariga maxsus qoplama o‘rnatilgan bo‘lib, nafaqat ultrabinafsha nurdan himoya qiladi, balki ekranlardan taraluvchi nurni xam bloklaydi. IRL Glasses smartfon displeyi va OLED-matritsalaridan tashqari barcha turdagi displeylardan himoya qiladi, biroq ishlab chiqaruvchilar buni tuzatishga va’da bergan. Ushbu sehrli ko‘zoynak 2019-yilning aprel oyida savdoga chiqariladi. Narxi esa 49 dollarni tashkil etadi. Biror narsani yo‘qotishdan hech kim sug‘urtalanmagan. Endi esa kalit, hamyon, bagaj va boshqa qimmatli narsalar ishonchli himoya ostida bo‘ladi. Tile Mate qurilmasi signal chalib narsalarni qoldirib ketishga yoki yo‘qotishga imkon bermaydi. Bu portativ Bluetooth-datchik bo‘lib, uni istalgan narsaga biriktirib qo‘yish mumkin. Qurilma Bluetooth orqali smartfon yoki planshetga ulanadi. Maxsus dastur unga bog‘langan narsalarning holatini nazorat qiladi va ko’rsatadi (yoqilgan/o‘chirilgan). Brelok aloqada bo‘lganda uni dasturdagi tugmani bosib, buyumdan chiqqan musiqa ovozi yordamida topib olish mumkin. Qurilma allaqachon savdoga chiqarilgan. Scribit — interyerni bezatishda foydalaniladigan robot. U vertikal devorlarni yarim avtomat rejimda bo‘yaydi. U uncha katta bo‘lmagan metall platformadan iborat bo‘lib, ikkita trosda oddiy romga yoki devorning o‘ziga osib qo‘yiladi. Qurilma troslar yordamida harakatlanib, devor yuzasi bo‘ylab surat chizadi. Unda turli rangdagi to‘rtta marker va o‘chirg‘ich bor. Robot smartfonga o‘rnatilgan maxsus dastur yordamida ishlaydi. Unda chiziladigan surat trayektoriyasi belgilanadi. Foydalanuvchi nimani chizish kerakligini va chizish chegarasidan chiqib ketmasligi uchun “xolst”ning masshtabini belgilab olishi kerak. Hozircha qurilma savdoga chiqarilmagan. U 2019-yilning 26-aprel kuni Milanda bo‘lib o‘tadigan Salone del Mobile ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Myo Armband — nazorat qiluvchi braslet bo‘lib, dastchikni bir joyda ushlab turuvchi rezina shnurlardan iborat. U mushak impulsini hisoblaydi va siz amalga oshirmasingizdan avval bajarmoqchi bo‘lgan harakatlaringizni aniqlaydi. Qurilma to‘rt turdagi harakatlarni kuzatadi. Mirror — interaktiv fitnes murabbiy vazifasini bajaruvchi devor ekrani. U foydalanuvchilarga mashqlarni real vaqtda ko‘rsatish va shu vaqtning o‘zida trenerdan javob olish imkonini beradi. Bu qurilma sport bilan fitnes zalga qatnamasdan, istalgan vaqtda uyda shug‘ullanish imkonini beradi. SproutsIO — ildizmevalar, ko‘katlar va mevalar yetishtirish uchun qulay sharoit yaratuvchi intellektual bog‘. Qurilmadagi dastur yordamida suv, ozuqa moddalari va yorug‘likni avtomatik ravishda kerakli miqdorda tanlaydigan sozlamalarni o‘rnatish mumkin. Shuningdek, dastur mevaning shirinlik darajasini o‘zgartirish imkonini beradi. Qurilma ochiq havodagi an’anaviy bog‘larga kerak bo‘ladigan suvning atigi ikki foizini iste’mol qiladi, lekin shu bilan birga, o‘simliklar o‘sishini uch baravar tezlashtiradi. Care OS – maxsus oyna bo‘lib, teri parvarishi borasida maslahatlar berish uchun yuzni tanib olish va imo-ishoralardan foydalaniladi. U, shuningdek, musiqa qo‘yish va selfi tushish imkonini ham beradi. Kashfiyotning asosi kamera bo‘lib, foydalanuvchining teri holatini tahlili qilib, uni namlantirish va ultrabinafsha nurlardan himoya qilish borasida tavsiyalar beradi. Breaze niqobi kundalik hayotda sog‘liqqa zarar yetkazuvchi mayda zarralardan tortib bakteriyalargacha filtrlaydi. Katta shaharlar va megapolislarda yashovchi va o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘uruvchi odamlarga ayni muddao. LG kompaniyasining OLED-televizori juda ingichka bo‘lib,vazni taxminan ikki kilogramm keladi. U magnit taglik yordamida devorga yopishtiriladi. Bunday ekran ranglarni tiniq ko‘rsatadi va boshqa suyuq kristalli televizorlarga nisbatan energiyani ancha tejaydi. August Smart Lock — aqlli qulf bo‘lib, ko‘cha eshigini Bluetooth orqali mobil dasturi yordamida boshqarish imkonini beradi. Dastur bloklash jarayonini kuzatib, eshik yopilganiga ishonch hosil qilish ga yordam beradi. Shuningdek, dastur yordamida masofadan turgan holda yaqin insonlar va do‘stlarga eshikni ochish ham mumkin. Qurilma allaqachon savdoga chiqarilgan.
14Texnologiya
Pompeo Rossiya keyingi saylovlarga ham aralashishga urinishidan ogohlantirdi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyaning kelgusida AQSh va boshqa g‘arb davlatlaridagi saylovlarga aralashishga urinishiga «ishonchi komilligi»ni aytdi. «Ishonchim komilki, Rossiya 2017, 2018, 2019 yillarda va uzoq vaqt davomida g‘arb demokratiyasini parchalashga urinadi. Biz Amerika hukumatini boshqaramiz va ularning nafaqat bizning saylovlarga aralashuvi, balki keng ma'nodagi aralashuviga xalal berish uchun barcha ishlarni amalga oshirish bizning mas'uliyatimizga kiradi», — dedi Pompeo Fox News’ga bergan intervyusida. Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga aralashuvi hamda prezident Donald Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bo‘yicha ish maxsus mustaqil prokuror Robert Myuller hamda AQSh vakillar palatasi va kongressining razvedka bo‘yicha qo‘mitalari tomonidan olib borilmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov saylovlarga aralashuv haqidagi ayblovlarni «mutlaqo asossiz» deb atadi.
2Dunyo
O‘zbekiston yana ikkita davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatdi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Afg‘oniston, Eron va Italiyada bo‘lib turgan yoki mazkur davlatlarga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga ma'lumotnoma bilan chiqdi.  Qayd etilishicha, COVID-19 koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat Transport vazirligi Afg‘oniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Italiya Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab mazkur davlatlar bilan aviaqatnovlarning vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi. Bildirilishicha, O‘zbekiston tomoni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning barqarorlashishi bilan mazkur mamlakatlar aviakompaniyalarining mavjud slotlari qayta tiklanishiga kafolat berilishini tasdiqladi. O‘zbekiston fuqarolariga Afg‘oniston, Eron va Italiyadagi holatning yaxshilanishiga qadar ushbu mamlakatlarga borishdan tiyilib turishlari tavsiya etilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan. Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus sababli Tokio va Rim shaharlariga ham parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgani xabar qilingandi.  Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 martdan Janubiy Koreyaga bo‘lgan qatnovlarni ham vaqtincha to‘xtatgan va ushbu mamlakatdagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlagan. Shuningdek, 27 fevral kunidan Toshkentdan Jidda va Madinaga reyslar to‘xtatilgan, u yerdagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun reyslar tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda.
8O‘zbekiston
Minskda Ryanair samolyotining majburan qo‘ndirilishi haqida nimalar ma'lum? 23 may kuni Ryanair aviakompaniyasi samolyoti Minskda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Samolyot bortida Belarusda ekstremistik deb tan olingan NEXTA Telegram-kanalining sobiq muharriri va asoschilaridan biri Roman Protasevich bor edi. U qo‘lga olindi. Voqealar rivoji Protasevich nimada ayblanmoqda? Xalqaro hamjamiyatning javobi
2Dunyo
QL-782 va QL-790-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-782-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-790-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
O‘zbekiston bozorlarida 28-apreldagi narx-navo qanday? O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 28-aprel holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Mol go‘shti 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda. Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi Markaziy dehqon bozorda, Qarshi shahar Markaziy dehqon bozorida, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000—40 000 so‘m. Qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Farxod dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin. Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti — 42 000 dan 44 000 so‘mgacha. Tovuq go‘shti 12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha. Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000–20 000 so‘m. Guruch 3 000 so‘mdan 16000 so‘mgacha Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha. Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m. O‘simlik yog‘i 7200 so‘mdan 12 500 so‘mgacha Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin. Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12500 so‘mgacha. Un 1 750 so‘mdan 4 900 so‘mgacha Eng arzon un Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 1 750 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan. Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha. Shakar 4 300 so‘mdan 5 500 so‘mgacha Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 so‘m. 1 kilogramm shakar uchun respublikadagi eng qimmat narx Termiz shahri Markaziy dehqon bozori va Buxoro shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 so‘m. Tuxum 350 so‘mdan 700 so‘mgacha Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350—700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin. Kartoshka 1 200 so‘mdan 4 500 so‘mgacha Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farhod”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha. 1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 – 4 500 so‘mgacha. Pomidor 5 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha Eng arzon narx Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 so‘mdan  8 000 so‘mgacha. Eng qimmat narx esa Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 – 17 000 so‘mgacha. Xo‘jalik sovuni 1 000 so‘mdan 3500 so‘mgacha Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin. Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘mgacha.
8O‘zbekiston
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston Iordaniyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi Uch kun avval Malayziyaga qarshi yirik g‘alabali o‘yindan farqli ravishda ushbu bahsda bosh murabbiy Srechko Katanets ikki nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmadi – klubi safiga qaytgan Jaloliddin Masharipov va jarohat olgan Odilbek Hamrobekov. O‘yinning 30-daqiqasida himoyachi Islom Qobilovning xatosidan keyin raqib qarshi hujumda hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada jarima to‘pi uzatmasidan so‘ng farq ikkitaga yetdi. 83-daqiqaga kelib iordaniyaliklar Eldor Suyunov darvozasini uchinchi marta ishg‘ol etishdi – 3:0. Ushbu mag‘lubiyat Srechko Katanets murabbiyligida o‘tgan 3-o‘yindagi ikkinchi yutqazish bo‘ldi. Bungacha milliy jamoa sentyabrda Shvetsiyaga yutqazgan (2:1), uch kun avval Malayziyani mag‘lub (5:1) etgan edi.  12 oktabr (seshanba) Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi Iordaniya – O‘zbekiston – 3:0 Gollar: Faysal Baha 30, An-Nasib Abdulloh 56, Hamza Al-Dardeh 83. Iordaniya: Yozid Abdulla, Ehson Haddad, An-Nasib Abdulloh, Yazan Al-Arab, Muhammad Ali Hashesh, Odai Sayfi, Fadel Hassan, Abdulrahmon Baha, Faysal Baha, Musa Tamari (Al-Dardeh, 60), Ali Olvan. O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Islom Qobilov (Abdulla Abdullayev, 46) Doston Tursunov (Husniddin Aliqulov, 60), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Farrux Sayfiyev, 60), Otabek Shukurov, Akmal Mozgovoy, Shahboz Umarov, Dostonbek Hamdamov (Azizbek Amonov, 46), Oybek Bozorov (Igor Sergeyev, 60), Eldor Shomurodov (Aziz G‘aniyev, 73)
13Sport
Ronaldu “Real”ga qaytishi kerakmi? Nazariyalar to‘qnashuvi Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz sport, xususan, futbolga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Tabiiyki, bu holatda aksariyat klublarning moliyaviy imkoniyatlari yomonlashdi va futbolchilarning transferlar narxlari sezilarli darajada pasaydi. Biroq yetakchi klublar yuqoridagi qiyinchiliklarga qaramay, seleksiya ishlarini qizg‘in olib borishda davom etadi. Ana shunday bir paytda Italiya matbuotida Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dagi kelajagiga shubha qilina boshladi va uning “Real”ga qaytishi mumkinligi to‘g‘risida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Quyida Ronalduning “Qirollik klubiga” qaytishining ijobiy va salbiy tomonlari haqida fikr yuritiladi. Ronaldu – yuqori darajadagi o‘yinchi Ronaldu kamida yana ikki mavsumni yuqori darajada o‘tkazishi mumkin. Bu esa “Real”ga ko‘proq gollarni kafolatlashi mumkin, bundan tashqari, portugaliyalik yulduzning ulkan tajribasi jamoadagi yosh futbolchilarning tezroq rivojlanishiga yordam beradi. Messi va Ronaldu raqobatining qaytishi Krishtianu Italiyaga ko‘chib o‘tgach, u va Messi o‘rtasidagi qarama-qarshilik faqat Yevrokuboklar va individual sovrinlar darajasiga tushib qoldi. 35 yoshli Ronalduning to‘satdan “Real”ga qaytishi kurashning jonlanishiga va “El Klassiko”ning yana haqiqiy bayramga aylanishiga xizmat qilgan bo‘lardi. Klub bilan munosib xayrlashish Turli xil mish-mishlarga ko‘ra, Ronaldu Florentino Peres bilan janjallashib qolganidan keyin “Real”ni tark etgan. Ronaldu “Yuventus”ga o‘tishidan oldin faoliyatining ancha qismini Madridda o‘tkazdi va ko‘plab yutuqlarga erishdi. Shunday ekan, u klub bilan munosib xayrlashishga loyiq. Xayp (piar) Ba’zida bu yaxshi natija berib turadi. Krishtianuning qaytishi klubga global qiziqishning yangi to‘lqinini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, moliyaviy jihatlarni ham unutmaslik kerak. Ronaldu nomi ostida chiqarilgan millionlab sport formalari anchagina daromad olib kelishi shubhasiz haqiqat. Bu esa pandemiyadan keyingi inqiroz davrida asqatadi. Ronalduning o‘yinidagi pasayish Krishtianu hozirda 35 yoshda va u hech qachon avvalgiday bo‘la olmaydi. To‘g‘ri, u hali ham yuqori darajada o‘ynamoqda, biroq bu uning oldingi muvaffaqiyatlarini takrorlash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.  “Yangi Madrid” qurilishini keyinroqqa surishga to‘g‘ri keladi Krishtianuning qaytishi rahbariyatning 2022-yilga qadar yangi jamoa tuzish rejasiga xalaqit berib qo‘yishi mumkin. Ronaldu kelgach, “Real”ning istiqbolli yosh o‘yinchilariga o‘yin amaliyotini kafolatlash oson kechmaydi. Tovon puli va xarajatlar Agar “Real” yozda boshqa futbolchilarni ham sotib olishni xohlayotgan bo‘lsa, Ronaldunining tovon puli (60 million yevro — uning pasaygan narxi) klub uchun qimmatlik qilishi mumkin. Ushbu mablag‘ evaziga esa Erling Hollandni sotib olsa bo‘ladi. Norvegiyalik yosh va iqtidorli futbolchining maoshi esa Ronaldunikiga qaraganda uch yoki to‘rt baravar kamroq bo‘ladi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
TIVda o‘zgarish. Abdulaziz Komilovga maslahatchi tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga maslahatchi - ijro etuvchi apparat rahbari tayinlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.   Qayd etilishicha, 2018 yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV hay'atining kengaytirilgan majlisida vazir maslahatchisi - Ijro etuvchi apparat rahbari etib tayinlangan Jahongir Xidayxo‘jayevni tanishtirgan. J.Xidayxo‘jayev bunga qadar TIV Konsullik-huquqiy departamenti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston bozorlarida go‘shtning narxi qimmatlashmoqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi, deb xabar berdi O‘zA. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 19-may holatidagi narxlari Mol go‘shti 28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha Eng arzon narx Qoraqalpog‘istonning Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda. Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jizzax shaxri Markaziy dehqon bozori hamda “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 so‘m. Qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda 1 kilogramm qo‘y go‘shtini 28000 dan 33 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin. Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha. Tovuq go‘shti 13 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 13 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha. Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 20 000 so‘m. Guruch 4 000 so‘mdan – 16000 so‘mgacha Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 so‘m. Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 6 000 – 16 000 so‘m. O‘simlik yog‘i 7200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi “Farhod” dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilish mumkin. Eng qimmat narx ham poyxtaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12500 so‘mgacha. Un 1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 so‘m. Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha. Shakar 4 500 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod”, “Farhod” hamda “Qo‘yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200so‘m. 1 kilogramm shakar uchun respublikadagi eng qimmat narx Buxoro shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri “Sahovat” MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori, Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida hamda Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 – 5 500so‘m. Tuxum 350 so‘mdan – 700 so‘mgacha Eng arzon narx Qashqadaryoning Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida qayd etildi 350 so‘mdan 400 so‘mgacha. 1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx poytaxtdagi Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 450 – 700 so‘mgacha. Kartoshka 1 000 so‘mdan – 4 000 so‘mgacha Eng arzon narx Farg‘ona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha. 1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 – 4 000 so‘mgacha. Pomidor  3 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha Eng arzon narx poytaxtdagi Qo‘yliq dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 so‘mdan – 7 000 so‘mgacha. Eng qimmat narx esa Andijonning Yangi shahar bozori hamda Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 9 000 – 15 000 so‘mgacha. Xo‘jalik sovuni 8 00 so‘mdan – 3500 so‘mgacha Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilish mumkin. Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazmning Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘m.
8O‘zbekiston
Respublika immunologiya ilmiy markazi Immunologiya va inson genomikasi instituti etib qayta tashkil etildi “Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda. Qarorga muvofiq, Respublika immunologiya ilmiy markazi Immunologiya va inson genomikasi instituti etib qayta tashkil etildi va Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan filiallari tashkil etildi. Institutning asosiy vazifalari etib, shu jumladan, biotibbiyotning umumjahon yutuqlari bilan o‘zaro bog‘liq kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish hamda sohaga yuqori malakali kadrlar tayyorlash belgilandi. Institut huzurida pulli asosda Fanlar akademiyasi, Sog‘likni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining immunologiya va inson genomikasi sohasida mutaxassislar malakasini oshiradigan va ularni qayta tayyorlaydigan ixtisoslashgan markaz tashkil etiladi.
8O‘zbekiston
Toshkentda dekan o`rinbosari talaba qizni zo`rlashga harakat qilib, derazadan itarib yuborgani aytilmoqda. Tekshiruv boshlandi Ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini dekan  o`rinbosari zo`rlashga harakat qilgani va qiz o`zini himoya qilish uchu derezaga talpinganda "zam dekan" uni itarib yuborgani haqida  xabar tarqaldi.  Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, xabarlarda ko`rsatilgan holat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o`rganib chiqilmoqda. Natijasi haqida xabar qilinadi.
5Jamiyat
Alisher To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Alisher Melsovich To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Alisher To‘rayev 1961 yilda tug‘ilgan, mutaxassisligi bo‘yicha biolog-genetik, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tugallagan. Vena universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida, Rossiya Federatsiyasi Fizika — texnika institutida faoliyat yuritgan. 2019 yilning iyun oyidan buyon Toshkent davlat agrar universiteti, «Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi» kafedrasi professori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 13 yanvar kuni qishloq xo‘jaligi vazirining ikki nafar o‘rinbosari Saidkamol Xodjayev hamda Botirjon Sulaymonov lavozimidan ozod etilgan edi.
12Siyosat
Merkel Kemeronning Yevroittifoqdagi islohotlar bo‘yicha talablarini qo‘llab-quvvatladi Germaniya kansleri Angela Merkel 17-fevral, chorshanba kuni Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning Yevroittifoqdagi islohotlar bo‘yicha talablarini qo‘llab-quvvatlab fikr bildirdi, deb yozadi “Interfaks”. “Bunda gap qator masalalar bo‘yicha nafaqat Britaniyaning shaxsiy manfaatlari, balki tushunarli va o‘rinli bo‘lgan bir nechta bandlar haqida bormoqda”, — deya izohladi kansler Kemeronning talablarini. “Xuddi Devid Kemeron kabi, Yevroittifoq raqobatbardoshligimizni, shaffofligimizni yaxshilashi, shuningdek, rasmiyatchilik darajasini kamaytirishi kerak deb hisoblayman. Germaniya ushbu bezovtalikka ko‘p yillar davomida sherik bo‘lib kelgan”, — deya qo‘shimcha qildi Merkel.
2Dunyo
“Assoodiq” loyihasi yangi “Zakot” kitobini chop etdi 14 aprel kuni Toshkentdagi Turin Politexnika universitetida “Assoodiq” loyihasining yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyihaning navbatdagi kitobi “Zakot” deb nomlangan va Ramazon oyida dolzarb bo‘lgan zakot masalalari batafsil sharhlar asosida yoritib berilgan. Muallif Abdulmannon Abdulloh qalamiga mansub kitobda zakot, fitr sadaqasi, xayr-ehson kabi moliyaviy ibodatlar ta’limotiga oid savollarga javob topish mumkin.  Taqdimot marosimida ishtirok etgan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid kitobning mo‘min-musulmonlar uchun moliyaviy ibodatlar borasidagi ilmlarini oshirishda foydali manba ekanligini ta’kidladi.  “Zakot” kitobi muallifi Abdulmannon Abdulloh zakotning asl mohiyatini anglatish, uning tartib-qoidalarini, ilohiy hikmatlarini, ajr- savoblarini va samaralarini xalqimizga tushuntirishda olib borilgan izlanishlari haqida gapirdi.  Tadbir ishtirokchilariga kitoblar sovg‘a qilinib, ularning savollariga batafsil javob berildi. Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 3 iyuldagi 03-07-4255 hamda 2022 yil 13 yanvardagi 03-07/208 raqamli xulosalari asosida chop etilgan.
5Jamiyat
Rossiyalik erkak insonnikiga o`xshash tishli baliq tutib oldi(Foto) Tulalik fuqaro markaziy park hovuzida baliq tutayotganda inson jag`ini eslatuvchi tishlari bo`lgan baliqni ushladi, deb xabar berdi “Interfax.ru” nashri. Ekspertlar bu baliq janubiy Amerikaning paku nomli balig`i bo`lib, inson uchun hech qanday xavf tug`dirmasligini aytgan. Baliqning suratlari ijtimoiy tarmoqning turli nashrlarida chop etilgan. Xabarlar “Tula parki” tashkiloti rahbarlarini qiziqtirib qo`ygan. “Ijtimoiy tarmoqda baliqning suratini ko`rib, uni tutgan odam bilan aloqaga chiqdik. Undan baliqni olib, ekspertizaga topshirdik. Ekspertlar bergan ma`lumotga ko`ra, bu o`txo`r baliq bo`lib, uning nomi paku ekan. U inson uchun xatarli emas”, dedi tashkilot rahbari Varvara Trunova. Bog` ma`muriyatining taxminicha, baliq hovuzga akvariumchilardan biri tomonidan tashlangan. “Bu baliqlar zoomagazinlarda akvariumda saqlash uchun sotiladi. Tabiat qo`ynida ularning uzunligi 50 santimetrni tashkil etadi”, deydi park xodimlaridan biri.  Paku – chuchuk suvli ko`llarda yashaydigan baliq bo`lib, asosan Janubiy Amerikaning Amazonka va Orinoko daryolarida uchraydi va piranelarga o`xshab ketsa-da, o`simlik bilan oziqlanadi.
2Dunyo
1 martdan ayrim tanga va pullar muomaladan chiqarilmoqda Eski namunadagi 25 so‘m va undan kichik bo‘lgan tanga va banknotlar 1 martdan boshlab muomaladan chiqariladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lumot bergan. Ushbu o‘zgarish 2019 yil 18 sentyabrda tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatidagi eski namunadagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib olish to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta’kidlanishicha, qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgan eski namunadagi tangalar va banknotlar 1 martdan boshlab faqat Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan muomaladagi tanga va banknotlarga almashtirib berilishi mumkin. Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tanga va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021 yil 1 yanvargacha etib belgilandi. Bunda hisob-kitoblar mijozlar va aholining talabiga asosan: Ma’lumot uchun, 2019 yilning 1 iyulidan boshlab Markaziy bankning eski namunadagi (2001−2002, 2004 va 2009 yillar namunasidagi) 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalari hamda (1994 yil namunasidagi) 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlari to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi va muomaladan chiqarilgan edi.
4Iqtisodiyot
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻrib chiqildi 05.09.2019 Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlash boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Joriy yil 30-iyulda davlatimiz rahbarining mazkur chora-tadbirlarga oid qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Bosh vazir raisligida Respublika komissiyasi tuzilib, barcha mutasaddi idoralarning bu boradagi vazifalari belgilandi. Turar joylar, ijtimoiy muassasalar va korxonalarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, qozonxona va tarmoqlarni ta’mirlashga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Yigʻilishda yoqilgʻi-energetika kompleksidagi korxonalar faoliyati tahlil qilinib, galdagi muhim choralar belgilab berildi. Kuz-qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplash hamda eksportni ta’minlash, buning uchun tabiiy gaz qazib olishni koʻpaytirish dasturini samarali bajarish zarurligi ta’kidlandi. Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligiga iste’molchilar ehtiyojini qondirish imkoniyatlarini toʻliq safarbar etish yuzasidan topshiriq berildi. “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlariga 1 noyabrgacha 93 kilometr gaz tarmogʻi va 172 ta gaz taqsimlash punktini rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, yerosti omborlarida gaz zaxirasini shakllantirish vazifasi qoʻyildi. “Muborakneftgaz” va “Gazlineftgazqazibchiqarish” korxonalarida yangi kompressor stansiyalarini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. Kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun 245 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish koʻzda tutilgan. Yigʻilishda davlatimiz rahbari har bir hudud kesimida aholi ehtiyojini chuqur oʻrganib, zarurat boʻlsa, qoʻshimcha suyultirilgan gaz yetkazib berish kerakligini ta’kidladi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi, “Gazlineftgazqazibchiqarish” va “Shoʻrtanneftgaz” korxonalarida propan-butan aralashmasi olish uskunalarini ishga tushirish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, joriy yilgi mavsumda elektr energiyasiga talab oʻtgan yilgiga nisbatan 11,5 foizga oshishi kutilmoqda. Shu bois Energetika vazirligiga oktyabr oyida issiqlik elektr stansiyalarida 7 ta energoblok, 7 ta qozon agregati, bitta gaz turbinasi va bitta bugʻ-gaz qurilmasini kapital ta’mirlash boʻyicha topshiriqlar berildi. Joriy yil yakunigacha Navoiy issiqlik elektr stansiyasida quvvati 450 MVt boʻlgan ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasini foydalanishga topshirish, Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 450 MVt boʻlgan birinchi bugʻ-gaz qurilmasini toʻliq loyiha quvvatiga olib chiqish hamda ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasini ishga tushirish zarurligi qayd etildi. Dekabrgacha 3,5 ming kilometr elektr tarmogʻini hamda 1 ming 171 ta transformator punktini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish choralari koʻrsatib oʻtildi. Energetika va moliya vazirliklari, “O‘zbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga kuz-qish mavsumida aholining koʻmirga boʻlgan talabini toʻliq qondirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Tashishda imtiyozlarni qoʻllagan holda, koʻmirni aholiga yetkazib berish narxlari yuqori boʻlmasligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Issiqlik ta’minoti va ichimlik suvi tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash holati ham muhokama qilinib, bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani uchun Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va mahalliy hokimliklar rahbarlarining faoliyati jiddiy tanqid qilindi. Ularga issiqlik va ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini hamda koʻp qavatli uylarni ta’mirlash ishlarini jadallashtirib, qisqa muddatlarda yakunlash vazifalari topshirildi.
12Siyosat
AQSh sobiq prezidentlari dovullardan jabrlanganlarga yordam jamg‘armasini tashkil etishdi AQShning besh nafar sobiq prezidenti «Harvi» va «Irma» dovullaridan jabrlanganlarga yordam jamg‘armasini tashkil etishdi. Bu haqda CBS xabar bermoqda. Ular orasida Jimmi Karter, katta Jorj Bush, Bill Klinton, kichik Jorj Bush va Barak Obama bor. Ta'kidlanishicha, pul mablag‘lari OneAmericaAppeal.org saytida, shuningdek, katta Jorj Bushning prezidentlik kutubxonasi tomonidan ochilgan maxsus hisob raqami orqali yig‘iladi. Avvalroq BMT «Irma»  dovuli sababli 37 mln kishi jabr ko‘rishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.
5Jamiyat
«UzAuto Motors» ishontira olmadi – e'tirozlar davom etmoqda. Alisher Qodirov esa monopolistni himoya qildi Barnogul Sanaqulova: «UzAuto Motors monopolist korxona sifatida o‘ta yopiq va noshaffof ishlaydi» Toshkent Moliya instituti «Soliq va soliqqa tortish kafedrasi» professori Barnogul Sanaqulovaning fikricha, narxlar shakllanishi ustidan deyarli hech qanday nazorat o‘rnatilmaganini shu kecha kunduzdagi voqealar ham ko‘rsatib turibdi. «UzAuto Motors 100 foiz davlatga qarashli korxona bo‘lsa-da, boshqa davlat korxonalari kabi davlat xaridlari tizimiga kirmaydi, shuningdek butlovchi qismlar ochiq tender savdolarida sotib olinmaydi. Albatta, bu jarayon juda ko‘p savollarni tug‘diradi. Nega bu korxonaga nisbatan me'yoriy qonunchilik bazasi alohida holatda tatbiq etiladi? Bundan tashqari, tizimga kiruvchi korxonalar o‘rtasidagi transfer narxlarni shakllantirish tizimi ham shaffof emas. Tizimga kiruvchi korxonalar yetkazib beruvchi butlovchi qismlar narxlarini yuqori tashkilot – «O‘zavtosanoat» AJning o‘zi belgilab beradi, narx shakllantirishda ochiq bozor mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan, bu holat esa albatta narxlarni doimiy ravishda monitoring qilib borish imkoniyatini cheklaydi», deydi professor. Barnogul Sanoqulovaning aytishicha, dunyoda birorta davlatda bitta AJ davlatdagi avtomobil ishlab chiqarish tizimini o‘zi to‘liq nazorat qilib, ham bu sohada davlat siyosatini yuritib, ham o‘zi shu sohada biznes bilan shug‘ullanib, mashina ishlab chiqarib, sotmaydi. Unga ko‘ra, bunday o‘ziga xos «unikal» tizimning o‘zi mavjud emas. Shuningdek, bu holat sog‘lom bozor qonuniyatlariga ham zid hisoblanadi. «Davlat bosh islohotchi sifatida bozordagi barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim bo‘lgan o‘yin qoidalari yakdilligi va umumiy o‘zgarmasligini belgilashi hamda shu qoidalarga hamma bir xilda rioya qilishini tekshirib, nazorat qilib borish funksiyasini bajarishi kerak. Albatta, bunday jarayonda narxlarning baland bo‘lishi tabiiy hisoblanadi. Sababi, «O‘zavtosanoat» AJ o‘zi mashina ishlab chiqaradi. U kerak bo‘lganda o‘zi ishlab chiqargan avtomobillarni sotish uchun bozorni yopa oladi, boshqa bironta ishlab chiqaruvchini kiritmaydi, erkin raqobatni turli yo‘llar bilan cheklaydi. Bu holat esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot narxi oshirilishiga zamin yaratadi. Fikrimcha, «O‘zavtosanoat» AJ faoliyati tanqidiy tizimli tahlil qilinishi, amalga oshirilayotgan strategik menejment qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Aks holda, bunday «qimmat avtomashinalarni» ishlab chiqarish sohasini ushlab turishda mantiq ko‘rmayapman», dedi Barnogul Sanaqulova. Kecha UzAuto Motors vakillari bergan bayonotdan qoniqdingizmi, deya bergan savolimizga professor quyidagicha javob berdi: «Yo‘q, qoniqmadim. Bayonotda deyarli bironta savolga javob berilmagan. Keltirilgan sabablarning aksariyati asossiz. Misol uchun, korxona vakillari narx oshirilishiga sabablardan biri sifatida QQS to‘laganini keltirishdi. Aslida bu soliq korxona faoliyatiga bevosita tasir ko‘rsatmaydi. Soliq to‘lovchisi bu oxirgi istemolchi, yani oddiy xalq. Korxona esa QQS zanjirida faqat huquqiy to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, kecha keltirilgan sabablar UzAuto Motors keltirgan avvalgi bayonotlarga mutlaqo zid. Masalan, narxlarning oshirilishiga sabab sifatida avvalroq xomashyo importidagi narxlarning oshishi keltirilgan edi. Kechagi muloqotda esa ishlab chiqarish jarayoni qariyb 50 foizga lokalizatsiya qilingani, mahalliylashtirilgani aytildi. Berilayotgan bayonotlar o‘rtasida umuman bog‘liqlik yo‘q». «O‘zavtosanoat» vakillari bergan javoblarning biri ikkinchisiga zid» – deputat Doniyor G‘aniyev Nodir Jumayev: «Bizda ba'zi deputatlar avtomobil ishlab chiqarish sohasi vakillari manfaatlarini himoya qilayotgandek» Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayevni esa bir savol qiynamoqda: UzAuto Motors kompaniyasi o‘zini saqlab qolish uchun qachon xalqni qiynashni to‘xtatadi? Qachon u bozor qoidalari bo‘yicha ishlaydi? «Kechagi muloqotda mutasaddilar tomonidan avtomobillar narxining oshishi valuta devalvatsiyasi, QQS to‘lovlari bilan izohlandi. Bu esa ularning masalaga javob berishga tayyor emasligini ko‘rsatdi. Avtomobillarning asossiz oshirilaveradigan narxlari nafaqat mehnatkash xalqimizni, balki ular saylagan, ular ishonch bildirgan va ular umid bilan faoliyatimizni kuzatib turgan deputatlarni ham qiynamoqda. Albatta, bu masalaga barcha deputatlar ham birdek munosabat bildirishmadi. Xalqaro amaliyotdan ma'lumki, ayrim deputatlar ba'zi soha vakillarining manfaatlarini himoya qiladi. Bizda ham shu tizim ishlayotgandek», – dedi deputat. Nodir Jumayev suhbat davomida makroiqtisodiy vazifaning o‘zgarishiga bozor kon'yukturasi ta'sir o‘tkazishi, UzAuto Motors esa shu kunga qadar bozor qonunlarini o‘z faoliyatiga tatbiq qilishga shoshilmayotganini tanqid qildi. U shuningdek, UzAutoMotors 2020 yilning 4 martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun shartnomadagi barcha shartlar saqlab qolinishini e'lon qilgani, lekin yangi narxlar haqidagi jadval korxona saytida 2020 yil 9 mart kuni joylashtirilganini ta'kidladi. «Bu – iste'molchilar huquqlarini buzish», dedi deputat. «Fikrimcha, milliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarimizda uzoq yillarga mo‘ljallangan strategik reja yo‘q. Umuman olganda, UzAutoMotorsʼning bu kabi harakatlari xalqimiz manfaatlariga ham, islohotlar jarayoniga ham mos emas». Alisher Qodirov: «Bizda sotilayotgan avtomashinalar Rossiya va Qozog‘istondagidan 500-900 dollarga arzonroq» «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovning fikricha, UzAuto Motors – shaffoflashayotgan korxona va u qilishi kerak bo‘lgan ishlarni qilayotgani uchun xalq tomonidan tanqid qilinishi adolatsizlik bo‘ladi. Deputat o‘z Telegram-kanalida noroziliklarga sabab bo‘layotgan holat yuzasidan fikrlarini quyidagi mazmunda ifodaladi. «Men monopoliyaga qarshiman. Monopoliya raqobatni yo‘q qiladi. Raqobatni yo‘qligi esa rivojlanishni yo‘q qiladi. UzAuto Motors – monopolist, to‘g‘ri. Lekin u mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi, 18 ming vatandoshimiz non topayotgan va budjetimizga 4 trln. so‘mdan ko‘proq soliq to‘layotgan monopolist. Biz ushbu sohani korrupsiya botqog‘iga botib ketgan davrini ham ko‘rdik. «Shapka»larimiz bilan, lom-mim demasdan ushbu monopolistni «vahshiylashishiga» hissa qo‘shganlarimiz ham qancha. Endi u raqobatga tayyorgarlik ko‘ryapti, shaffoflashyapti, haqiqiy tannarxini topyapti. Bu zaruriy ehtiyoj, boshqa yo‘li yo‘q». Qodirovning postidan shuningdek, O‘zbekistonning kelgusi yillarda JSTga a'zo bo‘lishi bilan bozorlarimiz ochilishi mumkinligi, unga qadar esa xaridorlar ko‘tarilayotgan narxlarga rozi bo‘lib turishi kerak, degandek ma'noni ham tushunish mumkin. «Sohada raqobatni yuzaga kelishi – vaqt masalasi, hammamiz bilamiz. Biz kutayotgan JSTga a'zolik bilan bozorimiz ochiladi va xaqiqiy raqobat boshlanadi. Hozir dod solganimiz bilan yengil avtomashina ishlab chiqaradigan yana bir kompaniya paydo bo‘lib qolmaydi. O‘shanda narxi arzonroq bo‘lgan avtomashinani sotib olish haqida o‘ylaymiz, narxi qimmat va sifati past ishlab chiqaruvchilar kasodga uchramaslik uchun turli «karomatlar» ko‘rsatishadi. Qimmat mashinani «qimmat ekan» deb dod solmaymiz, olmay qo‘ya qolamiz, tamom», deb yozadi u. Deputat fikrlarini xulosalar ekan, avtomashinalarning oshirilayotgan narxlari tannarxga mutanosib ekanligini aytadi. «Narxlar oshishi xorijdan kelayotgan ehtiyot qismlar ko‘pligi bilan bog‘liq. Shuncha vaqtdan beri mahalliylashtirilmagan! Muammo, lekin shaffoflashayotgan kompaniyani qilishi kerak bo‘lgan ishlarni qilayotgani uchun tanqid qilish – adolatsizlik. Ikkinchidan, avtomashina narxi xorijda sotilayotgan narxlardan yuqori emas. Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda arzon ko‘rsatilayotgan narxlar avtomashinalar uchun boshlang‘ich to‘lov bo‘lib chiqmoqda. Bizda sotilayotgan avtomashinalar 500-900 dollarga arzonroq», – deya yozadi Alisher Qodirov. Botirjon Shermuhammad: «O‘zbekistondagi ushbu holat Rossiyadagi «AvtoVAZ» vaziyatini eslatadi» «Aslini olganda, qariyb 25 yildan ortiq muddat davomida ushbu tashkilot tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi (5 yil davomida hech qanday soliqsiz ishlagani, mamlakatga chetdan olib kiriladigan yengil avtomobillarga yuqori miqdordagi boj stavkalarining belgilanishi va boshqalar) moliyaviy holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsata olmadi», – deydi Rossiyada ishlayotgan muhojirlar ishlari bo‘yicha huquqshunos Botirjon Shermuhammad. Uning aytishicha, bunday holat Rossiyadagi «AvtoVAZ» bilan bog‘liq vaziyatni eslatadi. Ya'ni davlat tomonidan ko‘plab yordam va qo‘llab-quvvatlash ta'sirida xam milliy ishlab chiqaruvchi samarali faoliyat olib bora olmayapti. 2008 yilgi moliyaviy inqiroz davrida avtomobillarning ichki bozorda so‘mga emas, xorijiy valutaga sotilganini xam eslatib o‘tish lozim. Avtomobillar uchun to‘lovni oldindan olib, keyinchalik shartnomadagi narxni oshirish esa firibgarlikdan boshqa narsa emas. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisdagi bahslarni ko‘rib, korxona vakillarining ham o‘z haqiqati borligi va har qanday e'tirozlarga bahonalari yetarli ekanini anglash mumkin», dedi u. Huquqshunos vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha o‘z takliflarini ham bildirdi. Unga ko‘ra, birinchi navbatda «O‘zavtosanoat» menejmentini almashtirish lozim. «U yerga bu sohada tajribaga ega menejyer va tadbirkorlarni jalb qilish lozim. Sobiq prokurorlar bilan ish bitmaydi. Ikkinchidan, korxona rivojlanishi uchun uni sof iqtisodiy qonunlar dunyosiga qaytarish kerak. Ya'ni, chetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun boj stavkalarini butunlay bekor qilish yoki keskin kamaytirish zarur. Shundagina raqobat paydo bo‘ladi. Uchinchidan, korxonani xususiylashtirish kerak. Davlatning ulushi 25 foizdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Faqat xususiy tadbirkorgina korxonani hozirgi botqoqdan chiqarishi va iste'molchilar hurmatini o‘z joyiga qo‘yishi mumkin», – dedi Botirjon Shermuhammad. Ilyos Safarov suhbatlashdi
8O‘zbekiston
​48 yoshli ayol plastik operasiyadan keyin vafot etdi Moskva shahar klinikalaridan birida plastik operasiya qildirgan ayol ertasi kuni vafot etdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Mazkur fakt bo`yicha Tergov qo`mitasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Operasiya Moskva shahridagi klinikalardan birida 10 mart kuni o`tkazilgan. Plastik operasiyaning ertasi kuni 48 yoshli ayol o`zini yomon his qilgan. U zudlik bilan jonlantirish bo`limiga yotqizilgan, ammo barcha urinishlarga qaramay, ayol vafot etgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ayol yurak qon-tomir tizimi faoliyatidagi buzilishdan vafot etgan. Tergovchilar hodisani batafsil o`rganish uchun klinika xodimlarini so`roq qilmoqda.
2Dunyo
Samarqandda ishsiz fuqaro o‘zgaga tegishli 5 sotix yerni 100 ming dollarga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aniqlandi Samarqandda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament. Ma’lum qilinishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz X.S. mazkur tumandagi mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonining 5 sotixini boshqa bir fuqaroning nomiga trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrika qurish uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga undan 100 ming dollar talab qilib, so‘ralgan pulning 70 ming dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Avvalroq Toshkentda 1 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotishga uringan shaxslar ushlangani, Surxondaryoda 20 sotix yerni uch kishiga 220 mln so‘mga sotib, hujjatlarni rasmiylashtirib bermagan shaxs aniqlangani, Andijonda sotish taqiqlangan yerni 9 ming dollarga sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
«Men ham shunday yo‘ldan o‘tganman». O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari nimalar deyishdi? Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov o‘rtasidagi muzokaralardan keyin hujjatlarni imzolash marosimi va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu jarayon mahalliy televideniye orqali jonli namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sooranbay Jeenbekovni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, bugungi muzokaralar O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi. Prezident 2017 yil ikki davlat munosabatlarida tarixiy yilga aylanganini qayd etdi. «Keyingi 6 yilda Almazbek Atamboyev juda ko‘plab islohotlarni amalga oshirdi. Qirg‘izistonning bugungi yo‘lini butun xalq qo‘llab-quvvatlamoqda. Qirg‘izistondagi saylovlar butun dunyoga hokimiyatning demokratik yo‘l bilan topshirilishiga namuna bo‘ldi. Biz Qirg‘iziston xalqi to‘g‘ri yo‘lni tanlaganidan mamnunmiz. Qaysiki, Almazbek Atambayev boshlagan yo‘lni. Prezidentlik saylovlari bu islohotlar davom ettirilishini ko‘rsatdi. O‘zbek xalqi sizning g‘alabangizdan juda xursand bo‘ldi», dedi O‘zbekiston rahbari. Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekov o‘z xalqi ishonchi va hurmatini qozona olishiga ishonch bildirdi. «Siz tajribali rahbarsiz, katta viloyatni boshqargansiz, mamlakat bosh vaziri bo‘lib ishlagansiz. Men ham shunday siyosiy yo‘lni bosib o‘tganman va bu yo‘l qanchalik mashaqqatli ekanini bilaman», deya qayd etdi prezident. «Siz munosib saylangan prezidentsiz. Biz bundan juda xursandmiz, ilk xorijiy tashriflaringizdan birini O‘zbekiston zaminidan boshlaganingizni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga sadoqatning ifodasi deb bilaman», degan O‘zbekiston rahbari. Prezident O‘zbekistonning tashqi siyosatida qo‘shnilar bilan munosabatlar ustivor ekanini ta'kidladi. «Bizning eng yaqin qo‘shinimiz - Qirg‘iziston. Shuning uchun bizning oramizda hech qanday chegara bo‘lishi kerak emas. Ishonamanki, biz tutash nuqtalarni topamiz. Qanday masala bo‘lsa, yechilishi lozim. Buni ayniqsa, chegara hududida istiqomat qiluvchi aholi istaydi», deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev. Prezident ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi tarixdagi eng yuqori darajaga chiqayotganiga e'tibor qaratdi. «Yil yakunigacha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 250 million dollarga yetadi. Bu nafaqat chegaralarni, balki bir-birimizga qalbimizni, bag‘rimizni ochganimiz uchundir. Munosabatlarni yangi bosqichga olib o‘tish uchun siyosiy iroda topilishi prezidentlarga bog‘liq bo‘ladi. Biz odamlarimiz istagini qilyapmiz. Odamlar barchasi ertaga emas, bugun yaxshi bo‘lishini ko‘rishni istaydi», dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘z navbatida Sooranbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonga taklif etgani uchun minnatdorlik bildirdi va Qirg‘iziston xalqi nomidan chuqur hurmat-ehtirom izhor etdi.  «Biz ilk daqiqalardanoq o‘zbeklar mehmondo‘stligini his qildik. Biz bunday iliq qabul uchun minnatdorchilik bildiramiz. Bu mening davlat rahbari sifatidagi ilk rasmiy tashrifim bo‘ldi. Qirg‘iziston birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish tarafdoridir. Biz bundan juda ham manfaatdormiz.  Siz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi davlat chegaralarini do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik chegarasiga aylantirdingiz. 2017 yil — bizning munosabatlarimizda, tarixiy burilishlar yili bo‘ldi. Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga, sizning Qirg‘izistonga davlat tashriflaringiz amalga oshirildi. Bu esa ikki davlat aloqalarini yuqori darajaga ko‘tardi. Strategik hamkorlik darajasiga», — dedi Qirg‘iziston prezidenti. Sooronbay Jeenbekov xalqlarimiz shunday kelishuvlarga erishilishini kutganini va o‘zaro munosabatlarimiz tarixiga bitiladigan bu ezgu ishga hissa qo‘shganidan mamnun ekanini ta'kidladi.  «Buning uchun bir yilda katta ishlar amalga oshirildi, oxirgi chorak asrda bunday ishlar amalga oshirilmagandi. Men davlatning yangi prezidenti sifatida tasdiqlashni istardimki, barcha kelishuvlar o‘z kuchida qoladi. Men xalqlarimiz farovonligi uchun bu kelishuvlar amalga oshirilishida o‘zimning bor kuchimni ishga solmoqchiman», — deya qayd etgan Qirg‘iziston prezidenti.
8O‘zbekiston
Prezidentimiz Iso Termiziy ziyoratgohida boʻldi 10.02.2017 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Buyuk vatandoshimiz huquqshunoslik, tabiatshunoslik, tabobat, ilmu nujum, tilshunoslik, axloq va boshqa koʻplab sohalarda asarlar yaratgan. Musulmon olamida buyuk muhaddislaridan biri sifatida mashhur boʻlgan ulugʻ ajdodimizning bebaho merosi bugungi kunda ham keng oʻrganilmoqda.  2016-yil oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev mazkur ziyoratgohga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, quruvchilarga tegishli koʻrsatmalar bergan edi.  Ayni paytda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari keng miqyosda davom etmoqda. Majmua yonidagi qabriston obodonlashtirildi, 4,5 kilometr yoʻlga asfalt yotqizildi, suv, elektr energiyasi va gaz tarmoqlari tortildi.  Davlatimiz rahbari bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, majmuani obod maskanga aylantirish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha tavsiyalar berdi.
12Siyosat

Dataset Card for "uzbek_news"

Dataset Summary

Multi-label text classification dataset for Uzbek language and some sourcode for analysis. This repository contains the code and dataset used for text classification analysis for the Uzbek language. The dataset consists text data from 9 Uzbek news websites and press portals that included news articles and press releases. These websites were selected to cover various categories such as politics, sports, entertainment, technology, and others. In total, we collected 512,750 articles with over 120 million words accross 15 distinct categories, which provides a large and diverse corpus for text classification. It is worth noting that all the text in the corpus is written in the Latin script.

Please refer to paper and GitHub repository for further details.

Disclaimer: The team releasing UzTextClassification did not write this model card. This is HuggingFace version of the dataset that is created for mainly easy to access usage. The original dataset files can be accessed and downloaded from https://doi.org/10.5281/zenodo.7677431

Dataset Structure

Data Instances

default

  • Size of downloaded dataset files: 593 MB
  • Size of the generated dataset: 522 MB
  • Total amount of disk used: 1115 MB

An example of 'train' looks as follows.

{
    "label": 14,
    "text": "Samsung Galaxy S21 Ultra eng yaxshi kamerofonlar reytingida 17-o‘rinni egalladi DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari Samsung Galaxy S21 Ultra’ning asosiy ..."
}

Data Fields

The data fields are the same among all splits.

default

  • text: a string feature.
  • label: a classification label, with possible values including 'Avto' (0), 'Ayollar' (1), 'Dunyo' (2), 'Foto' (3), 'Iqtisodiyot' (4), 'Jamiyat' (5), 'Jinoyat' (6), 'Madaniyat' (7), 'O‘zbekiston' (8), 'Pazandachilik' (9), 'Qonunchilik' (10), 'Salomatlik' (11), 'Siyosat' (12), 'Sport' (13), 'Texnologiya' (14).

Data Splits

name train validation test
default 410200 51275 51275

Citation Information

@proceedings{kuriyozov_elmurod_2023_7677431,
  title        = {{Text classification dataset and analysis for Uzbek 
                   language}},
  year         = 2023,
  publisher    = {Zenodo},
  month        = feb,
  doi          = {10.5281/zenodo.7677431},
  url          = {https://doi.org/10.5281/zenodo.7677431}
}

Contact

For any questions or issues related to the dataset or code, please contact [elmurod1202@urdu.uz, ulugbek.salaev@urdu.uz].

Downloads last month
2
Edit dataset card