text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Meizu’ning ilk romsiz smartfoni suratlari paydo bo‘ldi (foto) Sentabr boshida Meizu kompaniyasi mblu Zero deb nomlanuvchi smartfon tizerini e’lon qilgan edi. Tasvirda romsiz displeyning bir qismini ko‘rish mumkin. Ammo hozircha ushbu smartfon haqida yangi ma’lumot yo‘q edi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Taxminlarga ko‘ra, Meizu zamonaviy romsiz qurilmalarga o‘xshash yana bir smartfonni ishlab chiqmoqda, mblu Zero esa kompaniyaning 2018-yildagi flagmani bo‘ladi. Internetda paydo bo‘lgan suratlarda smartfon metall korpusli ekanligini ko‘rish mumkin. Unda mTouch firma tugmasidan voz kechiladi, barmoq izi skanerini esa orqa panelga ko‘chirishadi. Ammo unda rom kattaroq bo‘ladi, ayniqsa pastki qismida. Shuningdek, orqa kameraning qo‘sh modulli ekanligini payqash mumkin. “Romsiz” smartfon haqidagi boshqa tafsilotlar haligacha ma’lum qilinmagan.
14Texnologiya
Shavkat Mirziyoyev: Shahar jamoat transportini aholiga qulay, arzon, xavfsiz qilib berishimiz kerak Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 1 iyun kuni Toshkent shahrining Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasida transport bog‘lamasi qurish loyihasini ma'qullagan edi. Bugun bu yerdagi ishlar yakuniy bosqichga kirdi.  Mazkur transport bog‘lamasi muhandislik yechimiga ko‘ra noyob bo‘lib, uch qavatdan iborat. Ohangaron shossesi bo‘ylab umumiy uzunligi 502 metr tunnel, Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab 411 metrlik estakada, chorrahaning halqa qismida har biri 29 metrlik ikkita yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda.  Bu yo‘l va ko‘priklar transportlarning to‘xtovsiz harakatlanishini ta'minlab, tirbandlikni bartaraf etadi. Uni joriy yil sentyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shu yerda Toshkent yer usti halqa metro liniyasi qurilishi bo‘yicha ham ma'lumot berildi. Umumiy uzunligi 52 kilometrdan ziyod bo‘lgan mazkur yo‘l besh bosqichda quriladi. Bugungi kunda «Do‘stlik» metrosidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘nalish barpo etilmoqda. - Shahar aholisining ko‘p qismi va poytaxtimizga kelganlar jamoat transportidan foydalanadi. Lekin hozircha to‘la qulaylik ta'minlanmagan. Odamlarning noroziligi shundan. Mana, qancha uylar qurilyapti, shahar rivojlanyapti, yana rivojlanadi. Shularni inobatga olib, shahar jamoat transportini aholiga qulay, arzon, xavfsiz qilib berishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.  Davlat rahbari ushbu yer usti liniyasini Toshkent metropoliteni va avtobuslar yo‘nalishlari bilan oqilona inegratsiyalash, yuklamadan kelib chiqib aholiga qulayliklarni oshirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
8O‘zbekiston
Navoiy viloyatida favqulodda vaziyatlarga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi Joriy yilning 7-aprel kuni Navoiy viloyati Karmana tumani “Agrotexservis” MChJda “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda rahbariyat, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi. O‘quv mashqi 3-bosqichda o‘tkazildi: 1-bosqich: Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining saf ko‘rigi. 2-bosqich: Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining FVDT xizmatlari bilan hamkorlikdagi amaliy harakatlari; Favqulodda vaziyat o‘chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish, tibbiy guruh a’zolarining jarohat olgan xodimlarga birinchi tibbiy yordam berish harakatlari. 3-bosqich: O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqining yakuniy muhokamasi. O‘quv mashqi rahbari tomonidan Karmana tuman “Agrotexservis” MChJ rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi. O‘tkazilgan mashq so‘ngida FM tuzilmalari bilan darslar samarasini yanada oshirish, o‘quv mashqi hujjatlariga aniqliklar kiritish, FM tuzilmalarni asbob-anjomlar bilan to‘liq ta’minlash borasida fikr va mulohazalar almashildi.
8O‘zbekiston
"Archa ko`cha"dagi ommaviy pichoqbozlik nimadan kelib chiqqani ma`lum bo`ldi Avvalroq Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo`lida (Archa ko`cha) yoshlar o`rtasida janjal yuzaga kelib, ommaviy pichoqbozlik bo`lgani, oqibatda ikki nafar yigit yaralanib, shifoxonaga etkazilgani va ulardan biri vafot etgani haqida xabar qilingandi.  Bosh prokuratura matbuot xizmati "Darakchi"ga ma`lum qilishicha, 2020 yil 05 iyun kuni sodir etilgan ommaviy (9 kishi) pichoqbozlikda vafot etgan yigit 1997 yilda tug`ilgan M.E. bo`lib, u Samarqand viloyatida tug`ilgan. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida ro`yxatda turib, vaqtincha Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashagan. Shifoxonaga yo`lovchi avtomashinasida o`ng ko`krak qafasida teshib kiruvchi sanchilgan-kesilgan jarohat bilan olib kelingan.  Aniqlanishicha, asli buxorolik bo`lgan D.M. (1993 y.t.) biznes hamkori B.R. (1998 y.t.) bilan Uchtepa tumani joylashgan «5+» nomli dorixonadan tushadigan daromad yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o`zaro janjallashib kelgan. 5 iyun kuni soat 18:30larda D.M. o`ziga raqobatchi hisoblagan B.R.dan qutilish maqsadida pichoq bilan qurollanib,  3 nafar tanishi bilan til biriktiradi, so`ngra raqibi B.R. va u bilan birga kelgan 4 nafar o`rtoqlari bilan (ular orasida marhum M.E. bo`lgan - tahr.) Shayxontoxur tumanida uchrashadi. Jamoat joyida yuzaga kelgan to`qnashuv davomida D.M. o`zi bilan olib kelgan pichoq bilan M.E.ning ko`krak sohasiga bir marotaba urib, hayoti uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohati etkazadi. M.E. esa o`zini himoya qilib, unga faol qarshilik ko`rsatadi va hodisa joyidan yashirinadi. Afsuski, shifoxonada ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etadi.  Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atdi.  Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan olib borilmoqda.
6Jinoyat
Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumaniga tashrif buyurdi Ayni paytda So‘x tumanida O‘zbekiston bosh vaziri A. Aripov ishtirokida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qildi. Prezidentning 2020-yil 8-avgust kuni “2020—2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgan edi. Unda tasdiqlangan dasturga 146 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, 639 milliard so‘m mablag‘ sarf etiladi. Yig‘ilishda ana shu qarorda belgilangan vazifalar muhokama etilmoqda. Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan. Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Mazkur voqealar ortidan O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurdi. So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi. Shundan so‘ng tumanga bo‘lgan e‘tibor sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga zamonaviy tibbiyot uskunalari yetkazib berildi, elektr ta’minotini yaxshilash uchun 79 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish kabellari yuborildi, 230 nafar so‘xlik Tashkent City’dagi qurilish ishlarida qatnashish uchun olib kelinishi ma’lum qilindi, tumanda 3 ta dam olish maskani yaratilishi ta’kidlandi, 71 km optik tolali aloqa kabellari tortildi va 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatildi va so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratildi.  Prezident So‘x tumani aholisiga bir qator imtiyozlar beruvchi qarorni imzoladi
8O‘zbekiston
O‘zbekiston va Misr Ishbilarmonlik kengashini tashkil etadi O‘zbekiston va Misr Ishbilarmonlik kengashini tashkil etishga kelishib oldilar. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda. O‘zbekiston-Misr biznes-forumi va Toshkent shahridagi kooperatsiya birjasi doirasida ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari Ishbilarmonlik kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzoladilar. Kutilishicha, ushbu kengashning birinchi majlisi 2018 yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr bilan munosabatlarda yangi bosqich boshlanganini ta'kidlagandi.
8O‘zbekiston
Italiyadagi ko‘chalardan birini Beslan bolalari xotirasiga nomlashdi Italiya shimolidagi Kampo-San-Martino shahri ko‘chalaridan biri Beslan bolalari deb nomlandi. U 14-mart, shanba kuni tantanali marosimda Rossiya va Italiya madhiyalari ostida ochildi, deb yozadi “TASS”. Kampo-San-Martino meri Paolo Tonin 2004-yil sentabrida Beslandagi maktabda bo‘lib o‘tgan teraktni esga oldi, unda 334 kishi, jumladan 186 nafar bola halok bo‘lgan edi. “Biz zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz jinoyatni unutmaslik uchun bunday qaror qabul qildik”, — dedi u.
2Dunyo
Makron Trampni Eron bo‘yicha ishontirishga urindi AQSh va Fransiya prezidenti Donald Tramp hamda Emmanuel Makron telefon orqali muloqotda Eron bilan yadroviy bitimni muhokama qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Fransiya prezidenti muloqot chog‘ida amerikalik hamkasbini bu bitim juda muhim ekaniga ishontirishga harakat qilgan. Makronning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy bitim holatiga uning barcha ishtirokchilari rioya etishi darkor. Avvalroq, Eron YeI bilan yadroviy bitim bo‘yicha maslahatlashib olmoqchi ekani ma'lum qilingandi.
2Dunyo
Germaniyaga tornado yopirildi Germaniyaning Ryotgen kommunasiga katta tornado yopirildi, deb xabar bermoqda RIA novosti nashri. Oqibatda esa 5 kishi jarohatlangan, 40 ta uyga zarar etgan. Hududdagi daraxtlar ildizi bilan qo`porilgan. Hozirda tornadodan keyingi ta`mirlash va tozalash ishlariga 350 kishi jalb qilingan.
2Dunyo
“Onam shu kasaldan vafot etdi, endi bolam oqqon” – hayot sinovlariga sabr qilayotganlar Hozir yashab turganiga shukr qilayotgan yigit    Tirikchilik g‘amida musofirchilikning qattiq nonini yeb yurgan Ozodbek ayni kuchga to‘lgan 29 yoshida qon saratoni xastaligi iskanjasiga oldi. Xorijda ishlab kelib oilasini tebratayotgan yigit hozir davolanish bosqichlarini boshdan kechirmoqda. Endi uning dori-darmonlari va uch farzandining ta'minoti Rossiyada ishlayotgan otasining zimmasida. Ammo uning yuborgani katta oila uchun yetmaydi. Bemorga esa muttasil parvarish va davolanish lozimligi ularni yaxshilar ko‘magiga muhtoj qilib qo‘ydi. Ozodbek Namozovga oid ma'lumotlar: O‘zkard: 8600 0417 0715 7005 qarindoshi Abdunazar Nabiyev nomida Sberbank: 4276 5210 1998 6318 qarindoshi Muhriddin Saidov nomida Viza: 4187 8000 0075 2295 qarindoshi Abdunazar Nabiyev nomida Telefon: +998915535246 (bemor) Men ular uchun 7 yil xorijda ishladim, lekin bolam kasal bo‘lgan ekan Ikki farzand tarbiyasini yolg‘iz zimmasiga olgan ona uy-joy tashvishida yaxshi niyatlar bilan ko‘p yil xorijda ishlab qaytganda kutilmagan qayg‘uga duch keldi. Hayotini sport bilan bog‘lash harakatida yurgan ko‘z qorachig‘i oqqonga chalingani ma'lum bo‘ldi. Nigora opa hozir o‘g‘lining yonida dard bilan olishmoqda. Shuning uchun oilada hech kim ishlamaydi, butun oila Saidolim uchun davlat tomonidan beriladigan nafaqaga kun kechirishadi. Farzandining kelajagidan umidvor onaga moddiy ko‘mak zarur. Saidolim Hamdamovga oid ma'lumotlar: O‘zkard: 8600 0604 7491 2665 onasi Nigora Saidqosimova nomida Sberbank: 4276 4000 4399 2479 qarindoshi Ilhom Hayitqulov nomida Telefon: +998998281052 (onasi)  Onam shu kasaldan vafot etdi, endi bolam oqqon Bundan bir necha yil muqaddam Dilfuzaning onasi oqqon xastaligiga chalinib dunyodan o‘tgan. Bu dardning dahshatini hali unutmay turib, uning ikkinchi zarbasiga duch kelgan ayol bolasi uchun madad qidiradi. “Shifokorlarga ming rahmat. Kelganimizda bolam yurolmasdi, hozir o‘z oyog‘i bilan yuradi. Lekin ko‘p narsa chegaralangan, juda qiynalyapti hozir. Turmush o‘rtog‘im qora ishchi, vaqti kelsa pul yetkazolmay qiynaladi” deydi ona. Akbarjon Shukurullayevga oid ma'lumotlar: O‘zkard: 8600 0210 8820 0533 onasi Dilfuza Abdiyeva nomida Sberbank: 5469 4000 5038 0885 qarindoshi Sharofiddin Isomiddinov nomida Telefon: +998901808285 (onasi)  Uch bolam uch joyda sarson qoldi Yorqinoy uch nafar farzandning onasi. Taqdir yozig‘i bilan bir farzandining tobi qochib falaj bo‘lib qolgan. Onasi Shohida opaning aytishicha, bunga qattiq siqilish uni kasallikka yetaklagan. “29 yoshimgacha biror marta sog‘ligimdan muammo bo‘lmagan, uch farzandni o‘zim dunyoga keltirganman. Uch bolam uch joyda sarson, kichkinam meni tanimaydi. O‘rtancham kasal, uniyam davolatyapmiz. Shu bolam tuzalib ketsa bo‘ldi men uchun” deya farzandi uchun kuyinadi bemor ona.  Yorqinoy Yoqubovaga oid ma'lumotlar: O‘zkard: 8600 0417 6081 7107 onasi Shohida Rasulova nomida Humo:9860 0303 7369 0970 Yorqinoy Yoqubova nomida Telefon: +998913272151 (onasi) Bu bemorlar nafaqat o‘zlari uchun, balki bolalari va ularga ko‘z tikkan ota-onalari uchun ham tuzalishga harakat qilishadi. Harakat qilgan, intilgan, umidni uzmaganga albatta natija beriladi. Shunday ekan ularni quvvatlaylik. Toki biror farzand ota-onasidan ayrilib yetim bo‘lmasin, toki biror ota-ona farzandidan ayrilib bo‘zlamasin. Gulmira Toshniyozova, Kun.uz muxbiri Tasvirchi Sherzod Egamberdiyev
5Jamiyat
Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda ayblanayotgan ayol hibsda qoldi Malayziya sudi Kim Chen Inning akasini o‘ldirishda gumonlanayotgan Vyetnam fuqarosini ozod qilishdan bosh tortdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi. Xabarda aytilishicha, uning ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish davom etadi. Avvalroq sudya Kim Chen Namni o‘ldirishda gumonlanayotgan indoneziyalik yana bir fuqaroga qarshi barcha ayblovlarni bekor qilgan edi. Shu bilan birga, Femida xizmatchisi sudda uning aybsizligini tasdiqlovchi dalillar ham yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning fevral oyida ikki ayol Kuala-Lumpurdagi aeroportda Kim Chen Namga hujum qilib, uning yuziga tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan yog‘ surtgan.
2Dunyo
Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ikki yigitdan birining jasadi topildi 30-iyul kuni 12:10 da Chorvoq suv omboridan avvalroq cho‘kib ketgan ikki toshkentlikning biri — Dilshod Rixsiboyevning jasadi topildi, deb yozadi Repost FVVga tayanib. Yigitning jasadi huquq-tartibot organlariga berilgan. Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ikki oila Chorvoq suv omboriga dam olishga borgan. 1995—1996-yilda tug‘ilgan ikki yigit baliqchilar qayig‘ida suv omborining narigi sohiliga suzib o‘tgan. Ular ortga qaytayotganida ehtiyotsizlik sabab qayiq ag‘darilib ketgan va yigitlar suvga cho‘kib ketgan.
8O‘zbekiston
Sil kasalligini davolash muddati 6 oydan 4 oyga qisqartish mumkin – JSST O`zbekiston SSV Matbuot xizmati Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti sil kasalligining dorilarga chidamli turini davolash bo`yicha yangi tavsiyaviy qo`llanmasini e`lon qilganligi haqida xabar berdi.  U quyidagi ko`rsatmalarni o`z ichiga oladi:     ️Shu paytgacha amal qilib kelgan 6 oylik muolaja kursi ham muqobil variant sifatida qoldiriladi. JSSTning dorilarga chidamli bo`lgan sil kasalligini davolash bo`yicha avvalgi ko`rsatmalari izoniazid, rifampisin, etambutol va pirazinamiddan iborat 6 oylik rejimni o`z ichiga olgan edi. O`tgan davrda ushbu sxema bemorlarning 85 foizida samara berishi tasdiqlandi. Shundan kelib chiqib, tashkilot may oyi boshida bu boradagi ko`rsatmalariga ma`lum  o`zgartirishlar kiritdi. Tuberkulyozning rifampisin preparatiga chidamli turiga qarshi 6 oylik va muqobil ravishda bedakvilin hamda linezolid bilan davolashga qaratilgan 9 oylik muolaja kursi tavsiya etildi.   Bundan tashqari, JSST joriy yilda bolalarda sil kasalligini davolash bo`yicha yangi ko`rsatmalarini ham e`lon qildi. U xastalik tashxisi, muolaja davomiyligi va sxemalariga doir o`zgarishlarni qamrab oladi.    Ma`lumot uchun, dunyoda har yili sil kasalligidan 1,4 milliondan ortiq odam vafot etadi. Xastalik erta bosqichda aniqlanmasa, bemor yil davomida 10-15 kishiga bu xavfli infeksiyani yuqtirishi mumkin.     Shu sababli Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 2035 yilgacha tuberkulyozdan o`lim ko`rsatkichlarini 95 foizga kamaytirishga doir strategik maqsadni qabul qilgan.   Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.
2Dunyo
Toshkent yuridik kollejida kadrlar attestatsiyadan o‘tkaziladi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi huzuridagi Toshkent yuridik kolleji faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi. Kollej o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida ulardan biri hayotdan ko‘z yumganidan so‘ng oktyabr oyi boshida ta’lim muassasasi direktori Natalya Temirova vazifasidan ozod etilib, kollej ma’muriyatiga nisbatan talon-tarojlikda gumon qilish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, kollejda hodisaga qadar xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan, qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan. Hukumat qaroriga muvofiq, “kollejdagi muhitni sog‘lomlashtirish va mavjud muammolarning tezkor yechimini topish maqsadida” kollej faoliyatini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirish topshirildi. Kollej Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufiga o‘tkazildi. Shu bilan birga Toshkent yuridik kollejida o‘quv jarayonini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi. Qarorda o‘quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, o‘quv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan, semestr davomida uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham Toshkent yuridik kollejidan chetlashtirilishi belgilab quyildi. Bundan tashqari, qarorda Toshkent davlat yuridik universitetiga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kollej uchun o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, kollej xodimi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash huquqi berildi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonlik kurashchilar o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan 8 medal bilan qaytdi Erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari Tayvanning Taychjun shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1 oltin, 2 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Erkin kurash bo‘yicha vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Rustambek Jo‘rayev qit’ada tengsiz ekanini isbotladi. Vazni 42 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Islom Ilhomov uchinchi o‘rinni egalladi.  Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘z vazn toifasida finalgacha kechgan bellashuvlarda g‘alaba qozongan Elbek Ergashev va Muhammadqodir Yusupov kumush medal bilan taqdirlandi.  Ixtiyor Botirov, Muhammadali Obidjonov va Parviz Mo‘minov bronza medalni qo‘lga kiritdi. Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha Hadicha Najimova uchinchi o‘rinni egalladi.
13Sport
Hindistonda toshqinlar oqibatida 100 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi Hindistonning uchta shtatida kuchli yomg‘irlar natijasida yuz bergan toshqinlar oqibatida 100 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.   Ma'lum qilinishcha, Kerala shtatida 51 kishi halok bo‘lgan, 100 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan. Maxarashtra va Karnataka shtatlarida mos ravishda 29 va 24 kishi halok bo‘lgan. Iyun oxirida Hindistonning janubiy va harbiy hududlariga musson yomg‘irlari kelib, bu bir qator aholi punktlarining suv ostida qolishiga olib kelgan. Mutaxassislarning baholashicha, joriy musson Hindiston uchun oxirgi o‘n yillikda eng vayronkorlaridan biri bo‘lgan.
2Dunyo
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi Peshku tumanida Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston Prezidenti Buxoroga tashrifdan eng asosiy maqsad odamlarni ish bilan ta’minlash ekani, aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish hisobidan viloyatda 90 ming ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganini ta’kidladi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratgan subyektlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mahalliy budjetga tushumlarni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev har bir loyiha yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi. Mir Arab madrasasi bino va inshootlari, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi avtoulovlar, infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdi.  Shavkat Mirziyoyev Buxoroda qorako‘lchilik bo‘yicha institut va jamg‘arma tashkil etish yuzasidan topshiriq berdi
8O‘zbekiston
Tillerson va Mettis: Vashington Pxenyan bilan muloqot o‘tkazishga tayyor Vashington Pxenyan bilan muloqot o‘tkazishga tayyor, rejimni o‘zgartirishdan manfaatdor emas, biroq Shimoliy Koreya muammosini hal qilishga qaratilgan diplomatik vositalar “harbiy variantlar” bilan to‘ldirilgan, deyiladi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning WSJ gazetasida e'lon qilingan qo‘shma maqolasida. KXDR BMT sanksiyalariga qaramay, AQShdan himoya bahonasida raketa sinovlari o‘tkazishni to‘xtatmayapti. O‘tgan hafta Pxenyan va Vashington bir-biriga qator tahdidlar qildi. Diplomatiya va harbiy mahkama rahbarlari maqolasida ta'kidlanishicha, AQSh tomonidan “tinch bosim kampaniyasining” maqsadi – KXDRni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish. “AQSh rejimni o‘zgartirish yoki ikki Koreyani tezkorlik bilan birlashtirishdan manfaatdor emas”, - deya ma'lum qilishgan Tillerson hamda Mettis. Ularning qayd etishicha, AQShning diplomatik yondashuvini boshqa davlatlar, xususan Xitoy ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Tillerson va Mettisning so‘zlariga ko‘ra, “diplomatiya biz uchun KXDR harakatlarini o‘zgartirishda bosh vosita, u harbiy variantlar bilan ham to‘ldirilgan”. Maqolada aytilishicha, “AQSh Pxenyan bilan muzokaralarga tayyor”, biroq Pxenyandan fitna harakatlari, xususan, raketa sinovlari darhol to‘xtatilishini kutmoqda. Ularning qo‘shimcha qilishicha, “endi Shimoliy Koreya tanlov oldida qolgan” – tinchlik, farovonlik va xalqaro hurmat yoki urush holati, qashshoqlik va izolyatsiya. Avvalroq KXDR hukumati Pxenyanga o‘z elchilarini favqulodda chaqirgani xabar berilgandi.
2Dunyo
O‘zbekistonga yana 70 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi O‘zbekistonga 31-may kuni  “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent). Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetdi. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi. 31-may holatiga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 354 785 kishini tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolarini ushbu vaksina bilan emlash aprel oyi oxirlaridan boshlangan edi. O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinayotgan “Sputnik V”ning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirgan. Ushbu vaksinadan jami 1 million doza sotib olish ko‘zda tutilgan.  O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari “Sputnik V”ni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga kelishib oldi
8O‘zbekiston
Xitoyda xalqaro avtomobil ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda Xitoy poytaxti Pekinshahrida Auto China 2018xalqaro avtomobil ko`rgazmasio`z ishini boshladi. Unda dunyoning 14mamlakatidan etakchi kompaniyalar o`z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Mazkur ko`rgazmada ,Volkswagen, Toyota, Nissan, Ford, BMW kabi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 1000 dan ortiq moddelarini namoyish etishmoqda. Ularning 105 tasi yangi moddellarbo`lib, ilk bora keng omma e`tiboriga taqdim etildi. Masalan BMWo`zining 14 tayangi modellarini ko`rgazmaga qo`ygan. Bu erda yangi turdagi BMW iX3 taqdimoti ham o`tkazildi. Dunyo bozoriga mahsulotlarini chiqarishni istagan kompaniyalar uchun ko`rgazma juda yaxshi imkoniyat bo`ldi. Mijozlarga shu erning o`zida model haqida ma`lumot berilib, mashina bilan tanishtirildi. Shuningdek, bu erda avtomobil ehtiyot qismlarini ham ko`rish mumkin.Nyu-China International Exhibition markaziy zalida tashkil etilgan ushbu ko`rgazmaga bir milliondan ortiq mehmon kelishi kutilmoqda. Ko`rgazma davomida Lexus va Toyota ham uzoq kutilgan modellarini ekspertlar va mehmonlar e`tiboriga havola etishdi. Auto China ko`rgazmasi 1990 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba o`tkaziladi. U 29 aprelga qadar davom etadi.
2Dunyo
Rossiya, Eron va Turkiya terrorchi guruhlar qoldiqlarini yo‘q qilish borasida kelishib oldi Rossiya, Turkiya va Eron qurolli kuchlari Suriyada qolgan jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma choralar ishlab chiqdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”. Choralar uch mamlakat qurolli kuchlari bosh shtablari boshliqlarining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida kelishib olindi. Xususan, Idlibdagi deeskalatsiya zonalarida koordinatsiya darajasini oshirish, IShID va “Jabhat an-Nusra” guruhlari qoldiqlarini yo‘q qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov turkiyalik va eronlik hamkasblari — Xulusi Aqar va Muhammad Bagiriyga Suriyada birgalikda olib borilayotgan ishlar uchun minnatdorlik bildirdi. “Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Suriyada ko‘p natijalarga erishdik”, — dedi u. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
Farrux Do‘stov Vankuverdagi tennis turnirining juftliklar bahsida kurashsiz keyingi bosqichga chiqdi O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Kanadaning Vankuver shahrida davom etayogan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 100 ming AQSh dollaridan iborat turnirning juftliklar bahsida muvaffaqiyatli odimlayapti, deb xabar qiladi “Olamsport.com”. Ukrainalik Ilya Marchenko bilan tandem hosil qilgan Do‘stov ilk bosqichda Taro Daniel va Alexandro Gonsalesga juftligiga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Lekin raqiblar bahsdan bosh tortgan. E’tiborga molik jihati shundaki, o‘zbekistonlik tennischi aynan juftlikdagi sherigi Marchenkoni yakkalikning ikkinchi davrasida 4:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etgandi.
13Sport
Kartoshka va piyoz qimmatladi, tarvuz arzonladi. Iyun oyida ulgurji narxlar qanday bo‘lmoqda? Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi iyun oyida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulgurji narxlari qancha bo‘lganligini ma’lum qildi.  Iyun oyida bozorda kartoshka (yangi hosil) 2 ming so‘mga, piyoz (yangi hosil) 800 so‘mga va tarvuz 2 ming so‘mga arzonlagan bo‘lsa, kartoshka (import) 750 so‘mga oshgan. Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 1–13-iyun kunlari umumiy qiymati 44,1 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,5 mln dollar kam) jami 83 ming tonna (13,4 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Xususan, mazkur davrda 19,4 ming tonna tarvuz, 15,6 ming tonna piyoz, 6,9 ming tonna pomidor, 6,6 ming tonna gilos, 5,5 ming tonna olxo‘ri, 5,1 ming tonna sabzi, 2,6 ming tonna olma, 2,5 ming tonna loviya, 1,6 ming tonnadan karam va lavlagi, 1,4 ming tonna qovun, 1,2 ming tonna ko‘kat, 1,1 ming tonna mosh tashqi bozorlarga yetkazib berilgan. Shuningdek, ushbu davr mobaynida 5,5 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,7 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 21,2 ming tonna (3,1 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 16,9 ming tonna kartoshka, 1,7 ming tonna banan, 313 tonna apelsin,  183 tonna olma, 100 tonna kivi va 80 tonna mandarin import qilingan. “Qo‘yliq” bozoriga 1-13-iyun kunlari hududlardan jami 14 ming tonna mahsulotlar keltirilgan. Bular orasida 5,5 ming tonna kartoshka, 5,7 ming tonna piyoz, 425 tonna karam va 2,4 ming tonna sabzi bor. Eng ko‘p mahsulotlar Toshkent viloyati va Surxondaryodan keltirilgan.  Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokistondan 1 804 tonna va Afg‘onistondan 172 tonna kartoshka keltirilgan. Hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga iyun oyi boshidan beri 202,1 tonna, shu jumladan, 174,4 tonna mol go‘shti va 27,7 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan. Avvalroq O‘zbekistonda go‘sht narxi o‘zgarishi nima bilan bog‘liqligi haqida ma’lumot berilgan edi.
8O‘zbekiston
Fotoreportaj: jazirama issiqda metro bo‘ylab fotosayohat O‘zA metro suratlari aks etgan fotoreportajni taqdim etdi.
8O‘zbekiston
Eron Aden ko‘rfazi yaqinida neft tankeriga qarshi qaroqchilar hujumining oldini oldi – OAV Eron harbiy dengiz floti Aden ko‘rfaziga yo‘l olgan Eron neft tankeriga qarshi qaroqchilar hujumining oldini oldi. Kuzatuv guruhi qaroqchilarga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochgan, deb xabar berdi Anadolu agentligi. “Neft tankerida joylashgan Eron Harbiy dengiz kuchlarining kuzatuv guruhi Aden ko‘rfaziga olib boruvchi kema yo‘lida Bob al-Mandeb havzasiga kirishdan oldin qaroqchilarga duch kelgan”, — deya Eron OAVlaridan iqtibos keltirdi agentlik. “Shubhali” qayiqlardagi to‘rt-oltita qurolli qaroqchilar tankerga hujum qilish niyatida yaqinlashmoqchi bo‘lgan, biroq bortdagi kuzatuv guruhi o‘z vaqtida chora ko‘rib, ogohlantiruvchi o‘t ochgan, qaroqchilar voqea joyidan qochishga majbur bo‘lgan”. Bungacha 16-oktabr kuni Aden ko‘rfazida beshta tezyurar katerda qaroqchilar Eronning neft tashuvchi tankeriga hujum qilishga uringani xabar qilingandi. Eron tankeri o‘t ochgach, ular qochib ketgan. Avvalroq dengiz qaroqchilari Nigeriya qirg‘oqlari yaqinidagi Gvineya ko‘rfazida Turkiyaning yuk kemasiga hujum qilib, ekipajning 15 a’zosini asirga olgani va bir kishini o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Qaroqchilar asirlar bilan kemani tark etgan. Qolgan uch dengizchi kemani xavfsiz portga olib ketgan. O‘ldirilgan dengizchi Ozarbayjon fuqarosi, qolganlari turkiyalik ekani ma’lum qilingan.
2Dunyo
Samsung Galaxy S9: Old panelning 90 foizini ekran egallaydi Shu hafta avvalida tarmoqda Samsung kompaniyasining bo‘lg‘usi flagmani - Galaxy S9'ning suratlari paydo bo‘ldi. Smartfon g‘ilofda bo‘lgani bois uning ikki kamerali old panelinigina ko‘zdan kechirish mumkin bo‘ldi. Hi-Tech shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi. Aftidan, Samsung Galaxy S9'ga biometrik sensor o‘rnatishning konservativ variantida to‘xtagan ko‘rinadi. Kompaniya hozircha barmoq izlari skanerini ekranga o‘rnatishning uddasidan chiqa olganicha yo‘q, pastki qismida o‘yma bo‘lgan ekran haqidagi gap-so‘zlar esa o‘z tasdig‘ini topmadi.  Ba'zi manbalarning ta'kidlashicha, smartfon hoshiyalari g‘ilofda ko‘ringandan-da ingichka. Anonim, lekin ishonchli manbalar ekran va smartfon korpusi o‘rtasidagi nisbat 90 foizdan oshishini aytishmoqda. Bu degani Galaxy S9 va S9 + smartfonlari frontal yuzasining faqat 10 foizga yaqinigina displey hoshiyasini tashkil qilishini bildiradi, buni tasavvur qilish qiyin. Galaxy S8, S8 + va Note 8'da esa ekran va korpus nisbati - 84 foiz atrofida. Qolgan raqobatlashayotgan hoshiyasiz smartfonlar 82-85 foiz ko‘rsatkichlari bilan maqtana oladi, Xiaomi Mi MIX 2 uchun bundan-da katta raqamlar aytilayotgan bo‘lsa-da, hozircha bunga ishonish qiyin. Shunga qaramay, Samsung yanvar oyida 90 foizli ekranga ega, barcha zarur datchiklar va frontal kamerani qolgan 10 foizga joylagan smartfonini taqdim eta olsa, 2018 yildagi yetakchilikni qo‘lga kiritadi.
14Texnologiya
Eng yirik tabiiy ofatlarni Oy fazalari bilan bog‘lashdi Yaponiyalik geofiziklar yirik zilzilalar ko‘pincha yangi oy chiqqan yoki oy to‘lgan vaqtda sodir bo‘ladi, degan xulosaga keldi. Taqiqot Nature Geoscience jurnaliuda chop etildi. Olimlar so‘nggi yigirma yildagi 5,5 va undan kattaroq magnitudali zilzilalar yuz berishidan bir necha hafta oldin kuzatilgan kuchlanish amplitudasini qayta tikladi. Mualliflar Oy fazalari va kichik yer silkinishlari o‘rtasida aniq bir bog‘liqlikni topmagan bo‘lsa-da, ular 2004-yilda Hind okeanida, 2010-yilda Chilida va 2011-yilda Yaponiyaning Xonsyu oroli sharqiy sohillarida qayd etilgan zilzilalar quyilishlar kuchlanishi amplitudasi maksimal darajada bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelgan deb hisoblaydi.
2Dunyo
Turkmaniston bilan chegarada Olot chegara-bojxona posti ochildi Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan Olot chegara-bojxona posti rekonstruksiya qilinib, butunlay yangicha qiyofa kasb etdi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati. Qayd etilishicha, 18 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga bajarilgan keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlaridan so‘ng, endilikda mazkur chegara punkti orqali sutka davomida o‘rtacha 700-900 nafar fuqarolarning davlat chegaralari orqali qatnovi hech bir muammosiz amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, bir kunda 250 tadan 400 tagacha yuk va yengil transport vositalari davlat chegarasidan o‘tkazilyapti. Ushbu chegara-bojxona postining ochilishida viloyat tashkilotlari rahbarlari, bojxona xizmati xodimlari va chegarachilar, Olot va Qorako‘l tuman faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.
8O‘zbekiston
Amazon “aqlli” eshik qo‘ng‘iroqlarini ishlab chiqaruvchi Ring startapini 1 milliard dollarga sotib oldi Dunyodagi eng yirik internet do‘kon hisoblanmish Amazon videokuzatuvlar va internetga ulanish funksiyasiga ega eshik qo‘ng‘iroqlarini ishlab chiqaruvchi Ring startapini sotib oldi, deb xabar berdi “Interfaks”. Bu orqali Amazon tez rivojlanib borayotgan “aqlli” qurilmalar va xavfsiz boshpana texnologiyasini ta’minlash bozoridagi o‘z o‘rnini saqlab qolish niyatida. Kelishuv narxi qanchaga teng ekanligi ma’lum qilinadi. The Wall Street Journal’ning yozishicha, Amazon Ring uchun 1 milliard dollardan ortiqroq pul sarflagan. Mazkur bitim Amazon tarixida Whole Foods’dan keyingi eng yirik ikkinchi xaridga aylandi (o‘tgan yili Amazon Whole Foods’ni 13,5 milliard dollarga sotib olgandi). 2017-yilda Amazon kompaniyasi ishonch bildirilgan kuryerlarga mijozning uyiga kirish imkonini beruvchi Amazon Key servisini ishga tushirgandi. Bunga qadar AQShdagi kuryerlar posilkalarni eshik oldiga tashlab ketar va bu orqali ularning o‘g‘irlab ketilish holatlarini keltirib chiqarardi. Ring’ning sotib olinishi esa Amazon va Alphabet o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi. “Aqlli” Ring moslamalari eshikka o‘rnatilgan qo‘ng‘iroqqa smartfon yoki planshet orqali dunyoning istalgan joyidan ulanish imkonini beradi.
14Texnologiya
Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan Andijon viloyati hokimi 80 marta “hurmatli Prezident” dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari forumida mamlakat yoshlarini qiynayotgan muammolar va ularni tizimli hal qilish zarurligi haqida so‘z yuritdi. Davlat rahbari tadbir davomida Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari bilan ham suhbatlashib, mazkur hududlarda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan jarayonlar va Prezident topshiriqlari ijrosiga qiziqdi. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov davlat rahbarining savollariga javob berarkan, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar va kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalariga to‘xtalib o‘tdi. Forumda qatnashgan “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, Andijon hokimi Prezident bilan 12 daqiqa 43 soniya davom etgan suhbat davomida “hurmatli Prezident” iborasini 80 marta (o‘rtacha har 9,5 sekundda bir marta) aytgan. Taqqoslash uchun, Abdurahmonovdan so‘ng so‘z olgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov 12 daqiqa 34 soniyalik chiqishi davomida “bor-yo‘g‘i” 22 marta (o‘rtacha har 34,3 soniyada bir marta) “muhtaram Prezident” degan. Shuhrat Abdurahmonov: “Hurmatli Prezident, albatta, Andijon viloyatiga tashrif buyurganingizda 11-sinf o‘quvchilarining taqdiri nima bo‘ladi, degan savol bergan edingiz, hurmatli Prezident. Shundan so‘ng Andijon viloyatidagi mavjud 40 ming 298 nafar 11-sinf bitiruvchisi va ularning ota-onalari o‘rtasida ikki marotaba so‘rovnoma o‘tkazdik, hurmatli Prezident. Ular nimani xohlaydi, nimalarga ishtiyoqi bor, degan masalada so‘rov o‘tkazdik, hurmatli Prezident. Bugungi kunda 40 ming 298 nafar 11-sinf bitiruvchimizning 97 foizi, ya’ni 40 ming 198 nafarini o‘zining istagi bo‘yicha ish bilan band qildik, hurmatli Prezident. Ulardan 16 ming nafarga yaqini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan edi va ularga 42,5 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar berildi. Katta rahmat, hurmatli Prezident, ushbu muammoni hal qilib bergan edingiz. Hurmatli Prezident, bugun shu farzandlarimizning hammasi hayotda o‘z o‘rnini topib, o‘zi singari tengdoshlarini yoniga ishga olib, ish bilan ta’minladi, hurmatli Prezident. Bu Andijon tajribasini haqiqatan o‘zingizni ko‘rsatmangiz bo‘yicha tashkil qildik. Qolaversa, hurmatli Prezident, yaqinda bergan topshirig‘ingizga asosan, 7—11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida katta so‘rovnoma o‘tkazdik va ularning xohishi, yo‘nalishi bo‘yicha ish bilan ta’minlash choralarini ko‘ryapmiz, hurmatli Prezident. Albatta, hurmatli Prezident, bu tizimni oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarining 11 mingga yaqin bitiruvchilari o‘rtasida ham o‘tkazib, o‘z xohishiga ko‘ra, hurmatli Prezident, bugun ularning 96 foizini ish bilan ta’minladik, hurmatli Prezident”. Shavkat Mirziyoyev: “Agar harakat qilib shug‘ullansak, shu narsani qilsak bo‘larkanmi? Tasavvur qiling, 2018—2019-yillarda maktablarni tugatgan 40 ming andijonlik farzandimiz qayerda yurishini hali bironta rahbar hisob-kitob qilmagan”. Shuhrat Abdurahmonov: “Hurmatli Prezident, haqiqatan tan olib aytishimiz kerak, oldin bu masala bilan shug‘ullanmaganmiz, ya’ni ularning taqdiri nima bo‘lganligini bilmaganmiz ham, desam, hurmatli Prezident, to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin bu yil qilgan ishimizni sizning topshirig‘ingiz bilan amalga oshirdik. Oktabr—noyabr oylarida, hurmatli Prezident, viloyatimiz yoshlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazdik. Shu jarayonda yoshlarimizning ayrimlari 30 million, ayrimlari 20 million so‘mdan olgan kreditlariga, hurmatli Prezident, bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlarini ko‘rib, hurmatli Prezident, haqiqatan bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib berganligingiz, Andijon namunasi ko‘rindi, hurmatli Prezident. Yaqinda tumanlar va shaharlarda o‘tkazilgan forumlarda ham, hurmatli Prezident...” Shavkat Mirziyoyev: “Ish bilan ta’minlangan yosh o‘g‘il-qizlarimizning ko‘zi bilan ishsiz bo‘lib o‘tirgan qizlarimizning ko‘zi qanday yonyapti, ko‘rdingizmi? Ularda qanday kayfiyat, bularda qanday kayfiyat?”. Shuhrat Abdurahmonov: “Albatta, hurmatli Prezident, hayotda o‘z o‘rnini topgan, o‘z xohishlari bilan ishlab, yo‘lini topgan yoshlarning baribir, hurmatli Prezident, ko‘zi yonib turibdi. Ikkinchi toifadagi uyushmagan yoshlar, hurmatli Prezident, mahallalarda aniqlangan 43 ming 221 nafar yosh bilan ishlayapmiz . Lekin hayotda o‘z o‘rnini topolmagan, tadbirkorlik bilan shug‘ullana olmagan yoshlar orasida, hurmatli Prezident, haqiqatan ham juda katta farq borligini o‘zimiz ko‘rdik, hurmatli Prezident. Shavkat Mirziyoyev: Hozirgi “yoshlar daftari” bo‘yicha qanday ishlar qilyapsizlar? Shuhrat Abdurahmonov: “Hurmatli Prezident, biz oktabr—noyabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 100 foiz yoshlarimizning “yoshlar daftari”ni shakllantirdik, hurmatli Prezident. Viloyatimizda 3 milliondan ortiq aholi bo‘lsa, hurmatli Prezident, shundan 1 million 650 ming nafari yoki 55 foizini yoshlarimiz tashkil qiladi. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlari 595,5 mingtani tashkil qiladi. Hurmatli Prezident, xatlov jarayonida bugungi kunda viloyatning o‘zida 36,5 ming ishsiz o‘tirgan, hurmatli Prezident, muammosi o‘ylantirayotgan yoshlarimiz aniqlandi. Bundan tashqari, hurmatli Prezident, siz belgilagan yana bir vazifa: hurmatli Prezident, biz nafaqat O‘zbekistonda, balki ishlash, o‘qish uchun chet elga chiqib ketgan 57 ming 500 nafardan ortiq yoshlarimizning 37 ming nafari bilan ham telefon orqali, hurmatli Prezident, qachon kelishi, kim qanday yo‘nalishda tadbirkorlik qilishi, nima xohish-istagi borligini ham inobatga olib, alohida suhbatlar o‘tkazdik, hurmatli Prezident. Bugun Andijon viloyatida, hurmatli Prezident, 36 ming ishsizman deganlarni 16 ming nafari turli sabablar bilan: oilaviy sharoiti, hurmatli Prezident, bola tashvishi va boshqa-boshqalar bilan ishlash istagi yo‘qligini bildirgan. Ishlash istagini bildirgan 18,5 mingtasi bilan ishlarni boshlab yubordik, hurmatli Prezident. Bugungi kun holatiga ko‘ra, 1 ming 508 nafari, hurmatli Prezident, o‘zi tanlagan va o‘zi xohish bildirgan yo‘nalish bo‘yicha ish bilan ta’minlab, bu bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birga ishlarni amalga oshiryapmiz. Shuningdek, hurmatli Prezident, xatlov jarayonida ularni faqat ish bilan ta’minlash emas, balki ularni qiynab kelayotgan yana qanday muammolar bor, degan savolni oldimizga qo‘ydik, hurmatli Prezident. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha 16 ming 428 ta muammo aniqlandi, hurmatli Prezident. Bugun mana shu qisqa davrda: oktabr—noyabr—dekabr oylarida, hurmatli Prezident, 6 mingdan ortiq shu muammoni hal etdik. Haqiqatan yoshlarimizni qiynab kelayotgan muammolarning yechimi o‘zimizning qo‘limizda ekanligini, hurmatli Prezident, tushunib yetyapmiz. Men o‘ylayman, hurmatli Prezident, bugun ma’ruzangizda qo‘ygan vazifalaringiz, jumladan, yoshlar kichik sanoat zonalarini tashkil qilib berish, qolaversa, “har bir tadbirkor — bittadan yoshga madadkor” degan masala, hurmatli Prezident, kuni kecha topshirig‘ingiz bo‘yicha Adham Ilhomovich (Savdo-sanoat palatasi raisi – tahr.) hamma vazifalarni aytdi. Bu bo‘yicha ham, hurmatli Prezident, juda katta tadbirkorlarimiz bilan suhbatlashdik, ular buni 200 foiz qo‘llab-quvvatlayapti. Bitta yoshga madadkor bo‘lish Andijon viloyatidagi tadbirkorlarga katta kuch beradi, hurmatli Prezident, bizning oldimizdagi muammolarni hal qilishda ham hisob-kitobimiz chiqadi, hurmatli Prezident. Yana bitta masala, hurmatli Prezident, biz sektor rahbarlari bilan birgalikda yana to‘rtta yo‘nalishni Andijon tajribasi qilib belgiladik, hurmatli Prezident. Ruxsatingiz bilan birma-bir aytsam. Birinchisi, kam ta’minlangan oilalar, hurmatli Prezident. Ishsiz fuqarolar bilan faqat hokimlar shug‘ullanadi mening boshchiligimda, hurmatli Prezident. Ikkinchi yo‘nalishimiz, siz lavozimga o‘tirgandan beri bitta narsani aytasiz: “Nogironligi bor, mehnatga layoqatsiz insonlar ham, albatta, bizning fuqarolarimiz, ularning ham dardini eshitish kerak, ularni ham qo‘llab-quvvatlash kerak”, degan masalani doimo oldimizga vazifa qilib qo‘yib kelasiz, hurmatli Prezident. Biz hisob-kitob qildik, Andijon viloyatida bugungi kunda 6 ming 900 dan ortiq xuddi shunaqa: mehnatga layoqatsiz, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor aholi yashaydi, hurmatli Prezident. Bu masalani viloyatimiz prokurori boshchiligida prokuratura organlari to‘liq o‘z nazoratiga olib, hurmatli Prezident, ularni hayotdan rozi qilish bo‘yicha ishlaydigan bo‘ldi. Uchinchi yo‘nalishimiz, hurmatli Prezident, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va butun ichki ishlar tizimimiz, hurmatli Prezident, tarbiyasi og‘ir, jinoyat sodir etishga moyilligi bor 3 ming 994 nafar yoshimizning har biri bilan, hurmatli Prezident, manzilli ishlashi bo‘yicha yo‘nalish belgiladik. To‘rtinchi yo‘nalishimiz, hurmatli Prezident, har safar “Soliqchilar — tadbirkorga ko‘makchilar”, degan gapni aytasiz, hurmatli Prezident. Soliqchilarimiz hamda Markaziy bank tizimimiz, hurmatli Prezident, tadbirkor bo‘laman degan 14 ming 967 ming nafar yoshga biriktiriladi. Har bir xodimga to‘rt nafardan yosh to‘g‘ri keldi, hurmatli Prezident. Bu ham yuqorida aytilgan “Har bir tadbirkor — bittadan yoshga madadkor”, degan masalada bir-biriga mos keldi, hurmatli Prezident. Umuman aytganda, hurmatli Prezident, bizning hisob-kitobimiz bo‘yicha 137 milliard so‘m miqdoridagi kreditga talab bor. Hozir o‘zingiz aytdingiz, hurmatli Prezident, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha har bir viloyatga 100 milliard so‘mdan, 45 million dollar mikrokreditga, hurmatli Prezident, hamda 100 million dollar (innovatsion g‘oyalar va yoshlar loyihalarini moliyalashtirish uchun) ajratilganligi albatta, yoshlarimizni bugun bizga bildirgan muammolarini yechishga juda katta xizmat qiladi. Hurmatli Prezident, biz yoshlarni faqatgina ish bilan ta’minlash emas, balki madaniyatimiz, ma’naviyatimiz, ularni sportga jalb etish, kitobxonlik masalasi... Yana bitta eng katta masala — bu axborot texnologiyalari, hurmatli Prezident. Mana shu yo‘nalishlar bo‘yicha ham yoshlarimizning qiziqishlarini aniqlab olishimiz... Kecha, hurmatli Prezident, yoshlar forumini o‘tkazdim. Bir yoshgina qizimiz chiqib, bitta narsa aytdi “Andijonda ijod qilayotgan juda ko‘plab yoshlarimiz bor. Ularning kitoblarini chiqarishga yordam bersangiz, ko‘rik-tanlov o‘tkazib bersangiz”, degan talabni qo‘ydi, hurmatli Prezident. Bu masalani ham qo‘llab-quvvatlaymiz, mablag‘imiz ham bor. Hurmatli Prezident, bu muammolarni hal qilish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor. Aytmoqchimanki, faqatgina ish bilan ta’minlash emas, hozir ta’kidlaganingizdek, bu tizimli davom etishi kerak, hurmatli Prezident. Siz tomondan qo‘yilgan hamma vazifalar biz uchun qonun, hurmatli Prezident. Men sizga va’da beraman, bugun qo‘yayotgan vazifalaringiz, yoshlarimiz bilan bir-ikki oyda emas, kun davomida ucharashamiz, hurmatli Prezident. O‘zingiz har safar “Oldin 70—80 foiz vaqting dalada o‘tardi”, deysiz, hurmatli Prezident. Hozir asosiy vaqtimizni ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalariga sarflashga hamma imkoniyatni yaratib bergansiz. Bugun viloyat rahbari sifatida, hurmatli Prezident, xatlov jarayonida aniqlangan andijonlik yoshlarimizning muammolarini hamda siz belgilagan vazifalarni so‘zsiz bajarishga va’da beraman, hurmatli Prezident”. Shavkat Mirziyoyev: “Keyingi yildan har uch oyda bir marta respublikaning hamma hokimi yoshlar muammolari bo‘yicha kengashda hisobot beradi. Mutasaddi tashkilotlar bilan birga shug‘ullanasizlar deganimda, tushundilaringiz to‘g‘rimi? Shuhrat Abdurahmonov: “Tushunarli bo‘ldi, hurmatli Prezident”. Shavkat Mirziyoyev: “2021-yil 1—5-may kunlari Andijon tajribasini ommalashtirish maqsadida viloyatda katta forum o‘tkazasiz. Agar meni taklif qilsangiz, men ham borishga harakat qilaman. Bu gaplarni yoshlarimizni inontirish, ishontirish uchun aytaman. Bu ishlar qog‘oz uchun bo‘layotgani yo‘q. Vaqti-soati keldi, mana shu yangi O‘zbekistonda yoshlarninng fikri, takliflari, bilimi, jo‘shqinligi, fidoyiligi, vatanparvarligi, albatta, bizga hozir kerak. Mana shularni inobatga olib, hammamiz birgalikda 1—5-may kunigacha Andijonga tayyorgarlik ko‘rsak, yana har yili qaysidir viloyatlarga borsak, juda katta tajriba orttiramiz. Tushunarlimi, Abdurahmonov?!” Shuhrat Abdurahmonov: “Hurmatli Prezident, men sizni ishontirib aytaman, Xudo xohlasa, sizni 1—5-may kunlari andijonlik yoshlar bilan Andijonda kutib qolamiz, hurmatli Prezident”.
8O‘zbekiston
FXX Peterburgda terakt uyushtirishga tayyorlangan Markaziy osiyoliklar qo‘lga olinganini ma’lum qildi Rossiya federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburgda teraktlar tayyorlashda gumonlanayotgan yetti nafar Markaziy osiyoliklar qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Maxsus xizmatning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar temir yo‘l transportida va odamlar ommaviy to‘planadigan joylasrda uyushtrilishi rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda qo‘lga olinganlarning shaxsi ma’lum qilinmayapti.
2Dunyo
Ko‘chmas mulkni noto‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yetkazilgan zararlar qoplanadi «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga tegishli tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Qonun loyihasi muhokama qilish joylashtirilgan.   Norma xabariga ko‘ra, ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni noto‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun moddiy javobgarlikni joriy etish taklif qilinmoqda. Davergeodezkadastr (qonun loyihasini ishlab chiquvchi) taklifi qabul qilinsa, ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar ko‘chmas mulk obektlari bilan vijdonan bitim tuzgan taraflarga yetkazilgan zararlarni qoplaydilar.   Ma'lumot uchun: yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari amalga oshiradilar.   Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori qoplash uchun asos bo‘ladi. To‘lovlarni to‘lashning umumiy tartibi va miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.   Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
8O‘zbekiston
Surxondaryoda viloyat hokimi o`rinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod etildi 8 noyabr kuni Surxondaryo viloyat hokimligida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po`latov, shuningdek, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar vakillari, viloyat hokimining o`rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Videoselektor tarzida tashkil etilgan yig`ilishda shahar va tuman studiyalarida faollar, keng jamoatchilik vakillari kuzatib bordi. Yig`ilish avvalida tashkiliy masala ko`rildi. Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari Ulug`bek Abdumutalovich Axunov, shuningdek, viloyat prokurori O`ktam Abdullaevich Saidov boshqa ishga o`tkazilishlari munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Shu kungacha viloyat qishloq xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i vazifasida ishlab kelayotgan Rahmatulla Boboxonovich Gapparov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari, Denov tumani hokimi Ulug`bek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlanganligi ma`lum qilindi. Shundan so`ng, yig`ilish kun tartibidagi navbatdagi masalalar yuzasidan Qishloq xo`jaligi vazirining birinchi o`rinbosari A.Vahobovning viloyatda 2018 yil qishloq xo`jaligi sohasida islohotlarni amalga oshirish, paxta hosilini etishtirish va terib olishni ta`minlashda yo`l qo`yilgan kamchiliklar va kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar to`g`risidagi, viloyat hokimining birinchi o`rinbosari T.Bobolovning viloyatni 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat dasturlari va eksport prognozlarining bajarilishini ta`minlash chora-tadbirlari haqidagi, viloyat hokimining o`rinbosari A.Amirovning qurilish, kommunikasiya va kommunal sohadagi dasturlarning bajarilishi, ijtimoiy soha ob`ektlari va uy-joy fondining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati borasidagi axborotlari tinglandi. Sho`rchi, Sherobod, Termiz, Angor, Boysun tumanlari va Termiz shahar sektor rahbarlarining ushbu yo`nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi. Videoselektor yig`ilishida viloyat sektorlari rahbarlari – viloyat hokimi, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar hamda davlat soliq boshqarmasi boshlig`ining fikr-mulohazalari ham tinglandi. Muhokama etilgan dolzarb masalalar yuzasidan qilinishi lozim bo`lgan aniq vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu vazifalarni bajarish barcha bo`g`indagi mahalliy rahbarlardan mas`uliyatni chuqur his etib, qat`iy tartib-intizom bilan fidokorona mehnat qilishni, eng muhimi, amaliy natijalarga erishishni talab etishi alohida qayd etildi.
12Siyosat
Honda yangi samolyotini buyurtmachilarga yetkazib bera boshladi Honda kompaniyasining HA-420 HondaJet samolyotining yangi versiyasi – HA-420 HondaJet Elite joriy yilning may oyida Jyenevadagi EBACE ko‘rgazmasida taqdim qilingandi.  Honda’ning aviasozlik bo‘limi Honda Aircraft’ning ma'lum qilishicha, endi kompaniya ushbu samolyotni buyurtmachilarga yetkazib bera boshladi. Ilk samolyot amerikalik buyurtmachiga yetkazilgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, joriy yilning 1-yarmida buyurtmachilarga samolyotning avvalgi versiyasi HondaJet’dan 17 ta dona yetkazilgan. Flying nashrining yozishicha, yangi model kattaroq parvoz masofasi (2661 km), Garmin G3000 negizidagi takomillashgan asboblar paneli olgan. Shuningdek, Elite yangi ranglarda taqdim qilingan.  Honda’ning ma'lum qilishicha, yangi samolyot AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi va Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi tomonidan sertifikatlashtirilgan. Kompaniyaning ilk seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan samolyoti HondaJet’ning xarakteristikalari quyidagicha bo‘lgan: yo‘lovchilar soni – 7 kishi, uzunligi 12,52 metr, qanotlari qulochi 12,2 metr, balandligi 4,01 metr, bo‘sh samolyot vazni 3267 kg, maksimal tezligi 782 km/soat.
14Texnologiya
Qashqadaryoda pnevmatik miltiq bilan qiz bolani jarohatlagan shaxs ushlandi 2020 yilning 6 iyun kuni soat 21:00da 31 yoshli S.K. tanishlari bilan Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Yangiobod qishlog‘ida joylashgan tanishi M.J.ga qarashli baliq yetishtiriladigan ko‘lga borgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda M.J.ga tegishli Gamo rusumli pnevmatik miltiqdan ko‘ldagi o‘rdaklarni ovlash maqsadida o‘q uzib turgan vaqtida, boshqa tanishi B.Sh. bilan birga ikki nafar qiz kelib, dala shiyponi oldiga mashinadan tushganligini ko‘rgan. Shundan so‘ng, S.K. taxminan 50 metr uzoqlikda, unga oldindan tanish bo‘lmagan fuqaro 18 yoshli S.Ch.ni pnevmatik miltiqning optik moslamasi yordamida kuzatmoqchi bo‘lib, hech bir sababsiz, bezorilik oqibatida pnevmatik miltiqni S.Ch. tomonga qaratib, uni kuzatayotgan vaqtida tepkini bosib yuborishi natijasida pnevmatik miltiqning qo‘rg‘oshinli o‘qi S.Ch.ning o‘ng yelkasiga borib tekkan. Natijada, S.Ch. og‘ir tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Hodisa joyidan Gamo rusumli pnevmatik miltiq va uning 2 dona qo‘rg‘oshinli o‘qlari ashyoviy dalil tariqasida olingan. Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.K. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Toshkentda xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev unda nutq so‘zladi Toshkent shahrida 16-iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda Afg‘oniston prezidenti, Pokiston bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, jami 44 ta mamlakat va 30 ga yaqin xalqaro tashkilot delegatsiyalari, nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Konferensiyani O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, uni bugungi kunda o‘zaro ishonch va manfaatdorlik asosida mustahkamlashning ahamiyati haqida nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida tarixiy aloqalarni tiklash muhimligini, sa’y-harakatlarni birlashtirish fursati kelganini ta’kidlagan. “Bugun dunyo ham tahdidlar, ham yangi imkoniyatlarni o‘zida tutgan global geosiyosiy transformatsiyalar davriga qadam bosdi. Bunday sharoitda 2 milliarddan ziyod odam yashayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarning qayta tiklanishi yanada muhim va obyektiv jarayonga aylanib bormoqda. Xalqlarimizning ulkan tarixiy, ilmiy va ma’naviy-madaniy merosidan, iqtisodiyotlarimizning bir-birini to‘ldirib turishidan, intellektual salohiyat va mehnat resurslarining borligidan kelib chiqib, birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirish fursati keldi, deb o‘ylayman va bu, shubhasiz, katta manfaat keltiradi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchning mustahkamlanishi, hamkorlikning rivojlanishi, ochiq va amaliy siyosat yo‘lga qo‘yilishiga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surgan. Avvalo, savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor ekani ta’kidlanib, bu sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, kooperatsiya va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish uchun har yili mintaqalararo forum o‘tkazish taklifi bildirilgan. Davlat rahbari Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyoni samarali va xavfsiz bog‘laydigan transport-logistika infratuzilmasini barpo etish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Termiz—Mozori Sharif— Kobul—Peshovar temiryo‘lining qurilishi bu arxitekturada muhim bo‘g‘in bo‘ladi. U ikki mintaqaning tranzit salohiyatini to‘la yuzaga chiqarib, yuk tashish masofasi va vaqtini ancha qisqartiradi. Shu boisdan ham, bu loyiha ishtirokchi davlatlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Savdo, tranzit va bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, bu borada qo‘shma harakatlar strategiyasini qabul qilish zarurligi qayd etilgan. Butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bois, Shavkat Mirziyoyev BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti shafeligida mintaqa mamlakatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvini o‘tkazib, qo‘shma dastur ishlab chiqish taklifini ilgari surgan. Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Ekologiyani asrash, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish dolzarbligi qayd etilgan. Markaziy va Janubiy Osiyoning turizm salohiyatidan keng foydalanish maqsadida turoperatorlarning yagona platformasini shakllantirish, Jahon sayyohlik tashkiloti ishtirokida mintaqada turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar bildirilgan. Ilmiy va madaniy-gumanitar almashinuvlarni ko‘paytirish do‘stlik va ishonchni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Shu yo‘nalishda YuNESKO shafeligida Termiz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish taklif etildi. Shavkat Mirziyoyev ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlikka ham alohida ahamiyat qaratgan. Qo‘shma tadqiqot va tajriba almashish dasturlarini rag‘batlantirish, olim va tadqiqotchilar uchun yengillashtirilgan viza tartibini joriy qilish muhimligini ta’kidlagan. Ma’lumki, konferensiya arafasida Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochildi. O‘zbekiston Prezidenti mazkur tahlil markazi negizida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ekspertlar guruhi tuzishni taklif etdi. “Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy-madaniy mushtarakligi, mamlakat va xalqlarimizning bir-biriga mos keluvchi manfaatlari umumiy farovon kelajakni barpo etishimiz uchun asos bo‘ladigan mustahkam poydevordir. Birgalikda barqaror rivojlanish istiqbollari bo‘yicha aniq yondashuvga ega bo‘lishimiz lozim. Oldimizda Markaziy va Janubiy Osiyoni, butun Yevrosiyo qit’amizni birgalashib barqaror, iqtisodiy taraqqiy etgan va farovon makonga aylantirish maqsadi turibdi”, – deydi O‘zbekiston Prezidenti. Shundan so‘ng, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaati namoyish etildi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozef Borrel mintaqada hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, bunda mazkur forumning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bayon etdi. Konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda. Forumning yalpi va sho‘ba majlislarida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan imkoniyat va tashabbuslar muhokama qilinadi. Konferensiya yakunlari bo‘yicha maxsus rezolyutsiya loyihasi tayyorlanib, ko‘rib chiqish uchun BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etiladigan bo‘ldi.
8O‘zbekiston
Xitoyning Tyanszin shahrida yana portlashlar yuz berdi Xitoyning Tyanszin port shahridagi sanoat hududida yangi portlashlar yuz berdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Navbatdagi portlashlar oqibatida avval portlash qayd etilgan omborxonada yana yong‘in kelib chiqqan. Shaharning bir qismi tutun ostida qolgan. Taxminlarga ko‘ra, avtoturargohda qoldirilgan avtomobillar portlab ketgan bo‘lishi mumkin. Mahalliy ma’muriyat hodisa joyidan uch kilometr masofada istiqomat qiluvchi aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish haqida ko‘rsatma bergan. Qayd etishlaricha, portlash yuz bergan omborxonada kamida 700 tonna natriy sianidi bor. Ayni vaqtda, Xitoy hukumati mamlakatdagi barcha kimyoviy va portlovchi moddalar saqlanuvchi omborxonalardagi sharoitlarni tekshirib chiqish haqida ko‘rsatma bergan. Tyanszindagi sanoat hududini boshqaruvchi kompaniya rahbari esa xavfsizlik qoidalarini “qo‘pol ravishda buzishda” ayblanmoqda. Eslatib o‘tamiz, Tyanszinda 12-avgust kuni ro‘y bergan dastlabki ikki portlash natijasida qurbon bo‘lganlar soni 85 kishiga yetdi, yana 700 dan ortiq odam turli darajada tan jarohati olgan.
2Dunyo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAHALLIY HOKIMIYAT IDORALARINI QAYTA TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasining viloyatlari, nohiyalari va shaharlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya-boshqaruv hokimiyatiga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimi ta’sis etilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, viloyatlarning hokimlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga va xalq deputatlari tegishli Kengashlariga hisob beradilar, Prezidentning joylardagi rasmiy vakillari bo‘ladilar, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar hamda shundan so‘ng xalq deputatlari tegishli viloyat Kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar; nohiyalar va shaharlarning (Toshkent shahri bundan mustasno) hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanib, xalq deputatlari tegishli nohiya, shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadilar; shaharlardagi nohiyalarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanib, xalq deputatlari tegishli shahardagi nohiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadilar; nohiya va shaharlarning hokimlari o‘zlaridan yuqori turuvchi hokimlarga va tegishli xalq deputatlari Kengashlariga hisob beradilar. 3. O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq hokimlar boshchiligidagi xalq deputatlari viloyat, nohiya va shahar Kengashlari mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni umumdavlat manfaatlari hamda Kengash hududida yashayottan fuqarolarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal etadilar, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, Prezident farmonlarini yuqori davlat idoralarining qarorlarini amalga oshiradilar, xalq deputatlari quyi Kengashlarining faoliyatiga rahbarlik qiladilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar. 4. Hokim ijroiya apparatiga ega bo‘lib, bu apparat hozir amal qilib turgan Kengash va ijroiya qo‘mitasining vazifalarini bajaradi. Apparatning tuzilishini va shtatlarini hokim belgilaydi hamda xalq deputatlari Kengashi tasdiqlaydi. 5. Hokimning o‘rinbosarlarini, apparat bo‘limlari va boshqarmalari, boshqa bo‘linmalarining rahbarlarini hokimning taqdimiga muvofiq xalq deputatlari tegishli Kengashlari tasdiqlaydi. 6. Hokim O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida o‘ziga berib qo‘yilgan vakolatlar doirasida qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Hokimning qarorlari va farmoyishlari Kengash hududidagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamiyat va birlashmalar uchun, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir. 7. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari hokimlar tomonidan zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ushbu Qonundan kelib chiqadigan o‘zgartishlar kiritilsin. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy xokimiyat idoralarini tuzish masalalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonunlari bilan ushbu Qonunga mos tarzda belgilanadi. 10. Ushbu Qonun matbuotda e’lon qilingan paytlan boshlab kuchga kiradi va O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar amalda bo‘ladi.
10Qonunchilik
Andijonda kollej o‘qituvchilari 500$, Namanganda OTM kotibasi 200$ pora bilan ushlandi Bosh prokuratura matbuot xizmati idora huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan so‘nggi kunlarda aniqlangan jinoyatlar haqida ma'lumot berdi. Andijonda kollej o‘qituvchilari 500 dollar bilan qo‘lga tushdi Andijon 2-maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji va Andijon ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji o‘qituvchilari G.A va Z.Q.lar fuqaro M.ga o‘rta-maxsus ma'lumotni beruvchi kollejni tamomlaganligi haqidagi diplomni o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan olib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi. G.A. va Z.Q.larga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tezkor tadbir Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Namanganda kotiba 200 dollar olayotganda ushlandi Namangan davlat universitetida kotiba lavozimida ishlovchi S.E. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, uni aldab, shu universitetga dekan yordamchisi vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 200 AQSh dollari va 1,9 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi. S.E.ga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Tezkor tadbir Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi. Paxtachida oltin moddasini ajratib olish bilan shug‘ullanib kelayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida fuqaro J.U. va boshqalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKga qarashli «Qoraqo‘ton» tog‘ tizmasi hududidan tarkibida qimmatbaho oltin moddasi bo‘lgan tosh xomashyosini o‘g‘irlik yo‘li bilan kovlab olib kelgani aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, ular xomashyoni o‘zlari tashkil etgan yashirin sexda qayta ishlab, oltin moddasini ajratish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Tezkor tadbir davomida ulardan 237ta qopda tarkibida ma'lum miqdorda oltin moddasi bo‘lgan 4 tonna tog‘ jinslari ashyoviy dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan A.U. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tezkor tadbir Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
5Jamiyat
Toshkentda YTH oqibatida 17 yoshli yigit vafot etdi 26 iyul kuni taxminan soat 18:30 da Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati. Haydovchi S.X. (1993 y.t.) Nexia-2 avtomashinasini boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda — 2004 yilda tug‘ilgan A.T. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi va o‘sha yerda vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
5Jamiyat
Seoul Mun: Poytaxt sohilida o‘z biznesingizni boshlang Dream City kompaniyasi poytaxt sohilidagi Seoul Mun savdo ko‘chmas mulk joylarini sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mamlakatimiz hamda Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p yillik o‘zaro manfaatli sheriklik va mustahkam do‘stlik poytaxtimizdagi o‘ziga xos – sohil bo‘yidagi Seoul Mun loyihasiga poydevor bo‘ldi. Seoul Mun loyihasi Seul ko‘chasida joylashgan bo‘lib, mazkur ko‘cha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida Seul nomi bilan qayta nomlangan. Prezident janoblari ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik belgisi sifatida Toshkent ko‘chalaridan biriga Seul sharafiga nom berishni taklif qilgan edi. Loyihani yaratishda 7 mamlakat: BAA, Turkiya, Rossiya, Angliya, AQSh, Janubiy Koreya va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirok etishgan. Seoul Mun loyihasi Asia Parific Property Awards xalqaro mukofotining “2020-yilning eng yaxshi hordiq chiqarish me’morligi” yo‘nalishi g‘olibi. Shahar markazidagi qulay manzil, ko‘p sonli piyodalar va ular uchun yaratilgan sayr yo‘laklari savdo va dam olish joylariga ko‘plab tashrif buyuruvchilarni ta’minlaydi. Seoul Mun Seul ko‘chasi bo‘ylab oqadigan Bo‘rijar kanalining janubi-g’arbiy va shimoli-sharqiy tomonlarini o‘z ichiga oladi. Seoul Mun koreys tilida “Seul darvozasi” ma’nosini anglatadi. Bu puxta o'ylab loyihalangan uch darajali tijorat maydonlari, ochiq maydondagi terassa va kafelar, restoranlar, chakana savdo va boshqa biznes turlari uchun mo‘ljallangan ko‘p formatli joylar. Ikki sohilning eng chekkasida joylashgan ushbu loyiha poytaxtda biznes va hordiq chiqarish uchun ajoyib va go‘zal joyga aylantirish uchun mo'ljallangan. Seoul Mun – bu: Xalqaro ko‘chmas mulk bozorining yetakchi mutaxassislari: Cushman & Wakefield va Knight Frank tomonidan Seoul Mun ko‘chmas mulkining tijoriy potensiali o‘rganib chiqildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘chmas mulkni rejalashtirilgan kapitallashtirish obyekt ishga tushganda 25-30% ga yetadi. Seoul Mun bu – mulkdor va ko‘plab mehmonlarning qulayligini hisobga olgan holda makondan foydalanish sifatining yangi shaklidir. Batafsil ma’lumotlar bilan +998712022222 telefon raqamlari orqali tanishishingiz yoki seoulmun.uz saytida buyurtma qoldirishingiz mumkin.
8O‘zbekiston
Dollarning rasmiy kursi 8300 so‘mga yaqinlashmoqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 13 noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 21,30 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8271,27 so‘mga yetgan. 1 yevro kursi esa 17,93 so‘mga tushgan, 9374,66 so‘mni tashkil qildi. 1 Rossiya rubli 2,88 so‘mga pasaydi va 1 rubl 121,79 so‘mga teng bo‘lib turibdi. Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi. Bu hafta dollar kursi ketma-ket 14-hafta o‘smoqda. Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
8O‘zbekiston
“Pole chudes” ko`rsatuvi boshlovchisi avtohalokatga uchradi Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Leonid Yakubovichning avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda “Topnews.ru” xabar bermoqda.   Ma`lumotlarga ko`ra, “Pole chudes” ko`rsatuvi boshlovchisi Rublevo-Uspenskiy ko`chasida rafiqasi va 11 yoshli nabirasi bilan o`zining Mercedes avtomobilida ketayotgan edi.  YTH oqibatida boshlovchi va uning oila a`zolariga zarar etmagan.  “Qo`rqinchli narsa sodir bo`lgani yo`q. Mashinam bamperiga biroz zarar etdi, xolos”,—dedi Leonid Yakubovich. Bundan biroz avval ham ayrim nashrlar Leonid Yakubovich mudhish avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqatgan edi. Ammo, bu xabarlar o`z tasdig`ini topmagan edi.  Leonid Yakubovich "Pole chudes" ko`rsatuviga 1991 yilning 1 noyabridan boshlab boshlovchilik qiladi.
2Dunyo
Birjada 72 million ishlab olgan yigit haqidagi xabar uydirma ekanligi ma`lum bo`ldi Avval xabar qilinganidek, amerikalik yuqori sinf o`quvchisi Muhammad Islomning birjadagi savdolar vaqtida 72 million dollar ishlab olgani haqidagi xabar uydirma ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda uning o`zi New York Observerga bergan intervyusida ma`lum qilgan. 17 yoshli yigitning so`zlariga ko`ra, u hech qachon haqiqiy aksiyalar bilan savdo qilmagan. Muhammad Islom shunchaki dasturlar bilan ishlagan xolos. U virtual savdo vaqtida uning investision strategiyasi ijobiy natija ko`rsatganligini tan oldi. Va balki unga birjada yaxshiginga daromad ham keltirishi mumkin edi. Uning aytishicha, 72 million haqidagi gaplar hammasi uydirma. Muhammadning gaplariga ko`ra, bu xabar sabab ota-onasi bilan urushib qolgan. “Oyim men bilan boshqa umuman gaplashmasligini aytdi. Otam esa mendan voz kechmoqchi”, - deydi u.
2Dunyo
«Yevropaga shon-sharaflar bo‘lsin!» - Poroshenko YeI bilan vizasiz rejim yo‘lga qo‘yilgani haqida e'lon qildi Ukraina prezidenti Petro Poroshenko tantanali ravishda mamlakat fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim boshlangani haqida e'lon qildi. «Ukraina uchun vizasiz rejim ishga tushdi! Yevropaga shon-sharaflar bo‘lsin! Ukrainaga shon-sharaflar bo‘lsin!», deya yozgan Poroshenko Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Ukrainadagi nashrlar ukrainlar uchun Yevropa davlatlariga borish qanchaga tushishini hisoblab chiqishgan. Ma'lum bo‘lishicha, ukrain Belgiyada bir kun bo‘lishi uchun 95 yevro, Germaniyada 45, Shvetsiyada 450 krona (47 yevro), Gretsiyada 60 yevro sarflashi kerak bo‘ladi. Ukrainada eng kam ish haqi miqdori 3 ming grivna (taxminan 110 yevro), o‘rtacha ish haqi miqdori esa 6,7 ming grivna (taxminan 230 yevro) hisoblanadi. Hozirda YeI tarkibidagi bir qancha davlatlar Ukrainadan mehnat muhojirlari yopirilishidan xavfsiramoqda. Hozircha, eng ko‘p ukrainalik mehnat muhojirlari qo‘shni Polshada. Ammo ular endi Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham borishlari mumkin bo‘ladi. Financial Times ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilda 1,3 millionga yaqin ukrainalik Polshada vaqtincha ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tgan. 115 mingdan ortiq ukrainalik uzoq muddatga ishlash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan. 2013 yildan buyon ko‘rsatkichlar 6 baravar o‘sgan. Viza rejimini liberallashtirish bo‘yicha muloqot 2008 yilda boshlangandi. 2010 yil noyabrida YeI Ukraina bajarishi kerak bo‘lgan shartlarni ma'lum qilgan, 2015 yilda esa bu shartlar bajarilganini tasdiqlagandi. Avvaliga Kiyevga vizasiz rejim o‘tgan yil oxirida taqdim etilishi kutilgandi, ammo Bryussel bu masalani bir necha martda ortga surdi. 17 may kuni Strasburgda YeI va Ukraina o‘rtasida vizasiz rejim to‘g‘risidagi qonunni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgandi. Hujjatga Yevroparlament rahbari Antonio Tayani va YeI Kengashida raislik qilayotgan Malta davlati IIV rahbari Karmelo Abela qo‘l qo‘yishgandi. Hujjatga ko‘ra, Ukraina fuqarolari Shengen hududi davlatlari, shuningdek, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveytsariyada yarim yil ichida 90 kun davomida bo‘lishlari mumkin. Shu bilan birga, vizasiz rejim YeIda ishlash yoki o‘qishga ruxsat bermaydi. Ukrainaliklarga chegaradan kesib o‘tish paytida biometrik pasport kerak bo‘ladi, shuningdek, o‘z yonida qaytish chiptasi, mehmonxonadan xona olinganini tasdiqlovchi ma'lumot, qarindoshlardan taklifnoma, tibbiy sug‘urta va YeIda har kuni bo‘lish uchun kamida 45 yevroga ega bo‘lish tavsiya etilmoqda.
2Dunyo
Hukumat Chirchiq shahri bo‘yicha yangi qaror qabul qildi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2018 yildagi «Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 440-son qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Norma. Ma'lumot uchun: Chirchiq shahri poytaxtning shimoli-g‘arbiy tomonida 42 km narida joylashgan. U ulkan iqtisodiy va harbiy ahamiyatga ega. Shaharga 1935 yilda asos solingan bo‘lib, ayni paytda unda qariyb 150 ming kishi istiqomat qiladi.   Yangi korxonalar va ish o‘rinlari   Shaharda qo‘shimcha ravishda 1 358ta ish o‘rnini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu 10ta yangi sanoat obektini tashkil etish va mavjud 12tasini kengaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida esa 29ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ulardan 10tasi – yangi, 19tasi – kengaytirilmoqda.     Infratuzilma va kommunal xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi   186ta ko‘p xonadonli uylar quriladi. 7ta mahallada ikki konturli gaz qozonlari o‘rnatiladi. 12,6 km ichki yo‘llar, 136ta gaz taqsimlash punktlari, 8,1 km ichimlik suvi va 5,7 km oqava suv tarmoqlari quriladi va ta'mirlanadi.   Bundan tashqari, 4ta maktabgacha ta'lim muassasasi mukammal ta'mirlanadi, 2ta yangi maktab qurilib, 8ta faoliyat ko‘rsatayotgan maktab (sh.j. 1ta musiqa va san'at maktabi) ta'mirlanadi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1 200 o‘rinli o‘z yotoqxonasiga ega bo‘ladi, Chirchiq davlat pedagogika institutining o‘quv binosi esa rekonstruksiya qilinadi.   2ta poliklinika ham jami 560tagacha bemorni qabul qila olishi uchun rekonstruksiya qilinadi.   Moliyalashtirish va rahbarlik   Mo‘ljallangan rejalar 700 mlrd 709 mln so‘m miqdoridagi mablag‘ni talab etadi. Shundan 17%ini davlat maqsadli jamg‘armalar va mahalliy byudjyetdan ajratadi. Tadbirkorlik sub'yektlari – loyihalar tashabbuskorlari xarajatlarning 54%ini zimmalariga oladilar. Banklar esa qolgan 29%ni qoplash uchun kredit bilan yordam beradilar.   Ishlarni bosh vazir o‘rinbosari – «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi respublika ishchi komissiyasi muvofiqlashtiradi.   Hujjat 12.06.2018 yildan kuchga kirdi.
8O‘zbekiston
“O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida koronavirusga chalinganlar uchun 750 o‘rinli taqsimlash markazi ish boshlamoqda Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”ning 1 va 2-pavilyonlarida 750 o‘rinli taqsimlash markazi ish boshlamoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Kadr: Telegram Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida taqsimlash markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan va bemorlarni qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha tavsiyalarni bergan. Ta’kidlanishicha, Toshkentdagi taqsimlash markazlariga bemorlarni nafaqat tez tibbiy yordam mashinalarda, balki shaxsiy avtoulovlarda ham yetkazish mumkin. Avvalroq Toshkent shahrida DXX tasarrufidagi “Yoshlik” sport majmuasida, IIV tasarrufidagi “Universal” sport majmuasida 700 koyka-o‘ringa mo‘ljallangan  kovid-markaz qaytadan tashkil etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yil noyabr oyining oxirlarida “Atlas” va “Yoshlik” koronavirusga ixtisoslashgan markazlari, 2020-yil 9-dekabr kuni esa “O‘zekspomarkaz”dagi kovid-markaz yopilgandi. O‘shanda kasallik dinamikasi oshganda yopilgan obyektlar tezkor ravishda qayta ochilishi ma’lum qilingandi. Mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni yana ortib bormoqda. Shu sababli respublika bo‘ylab 28-iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Toshkent shahriga 28-iyundan transport vositalari kirishiga hamda ko‘ngilochar va ovqatlanish obyektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi.
8O‘zbekiston
Angliyada “Lester” stadionining havosi sotuvga qo‘yildi eBay internet kim oshdi savdo maydonchasida Angliyaning yangi chempioni — “Lester” futbol jamoasining stadioni “King Pauer” havosi sotuvga qo‘yildi. “‘King Pauer’ stadionidan olingan musaffo havoni sotib olish imkoniyatidan foydalanib qoling! G‘alaba havosini sotib olish imkoniyati hayotda bir marta beriladi”, — deyiladi saytdagi e’londa. Skrinshot: eBay Sotuvda havo “solingan” o‘nta banka turibdi. Ulardan biri allaqachon o‘z xaridorini topdi. Har bir lotning narxi 30 funt sterlingga (43,36 dollar) baholanmoqda.
13Sport
Inqirozga qarshi yangi farmonga ko‘ra 22,3 trln so‘mlik chora-tadbirlar belgilangan 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, 22,3 trln so‘mlik chora-tadbirlar, shu jumladan, 20,1 trln so‘mlik soliq va kredit to‘lovlarini kechiktirib turish belgilangan. Moliya vazirligi ushbu farmonda ko‘zda tutilgan choralar haqida batafsil ma'lumot berdi:
4Iqtisodiyot
Bugun ham O`zbekistonda 45 daraja issiq saqlanib turadi O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun 30 iyunda respublika bo`yicha harorat foni 37-42° atrofida, janubda va cho`l hududlarda 43-45° gacha bo`lgan quruq, issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin.   Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 39-41° gacha isiydi. Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35o bo`ladi. Tog`larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg`iziston hududidan Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.   Tog` oldi va tog`li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog`li hududlarga boradigan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rishlarini iltimos qilamiz.
5Jamiyat
Madridcha total ustunlik. YeChL 1/8 finalining so‘nggi uchrashuvi anonsi Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana bir eng intrigasi past uchrashuvlardan biri Madridda bo‘lib o‘tadi. «Atletiko» Leverkuzenning «Bayyer» jamoasini qabul qildi. Tribuna.Uz favorit va autsayder aniq bo‘lib ulgurgan qarama-qarshilik atrofidagi voqealarga batafsil to‘xtalib o‘tadi. Atletiko – Bayyer (16 martga o‘tar kechasi, 00:45 Match! Futbol 2) Yuqorida aytib o‘tganimizdek uchrashuv ko‘pchilik kutganidek ortiqcha savollarsiz o‘tishi kutilmoqda. Mutaxassislarning ko‘pchiligi qur'adan keyinoq madridliklarning keyingi bosqichga chiqishini bashorat qilishgandi. Diyego Simeone shogirdlari buni birinchi o‘yindayoq isbotlashdi va mehmondan 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan qaytishdi. «Bayyer» endilikda keyingi bosqichga chiqishi uchun, kamida uchta to‘p kiritishi va o‘z davrozasidan to‘p o‘tkazib yubormasligi kerak bo‘ladi. O‘z uyida to‘rtta gol o‘tkazib yuborgan jamoadan bunday natijani kutish deyarli fantastika bilan teng. O‘yindan oldin Atletiko Simeone shogirdlari uchrashuvga mehmonda «Granada» ustidan qozonilgan g‘alaba orqali yetib kelishdi. Jamoa La-liga turnir jadvalida 3-o‘rinda borayotgan «Sevilya»dan besh ochko kam to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda. So‘nggi paytlarda «Atletiko» oldingi mavsum bilan solishtirganda ancha ko‘p gollar o‘tkazib yubormoqda. Natijada jamoa har doimgidek «Real» va «Barselona» bilan chempionlik uchun kurasha olmayapti. Bayyer Uchrashuv oldidan leverkuzenliklar bosh murabbiy Rojyer Shmidtni iste'foga chiqardi. Shundan so‘ng klub Germaniya bundesligasida ikkita ishonchli g‘alabani (3:1 — «Augsburg» ustidan, 3:0 – «Ayntraxt» ustidan) qo‘lga kiritdi. Ammo jamoa hamon chempionatning o‘rtamiyona klublaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirda 31 ochko to‘plagan «aspirinchilar» 10-o‘rinni egallab turishibdi. Jamoa katta ehtimol bilan kelgusi mavsumda hech qanday yevrokuboklarda ishtirok etmaydi.  «Atletiko»ga qarshi uchrashuvgacha jamoa YeChLda 8 uchrashuvda yutqazmagandi. Yo‘qotishlar Leverkuzenliklar tarkibida markaziy himoyachi Emer Toprak maydonga tusha olmaydi. Shuningdek Lars Bender, Jonatan Ta va Shtefan Kisslingning ham maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi.  Mezbonlar tarkibida hamon Xuanfran maydonga tusha olmayapti.   Taxminiy tarkiblar: «Atletiko»: 13. Oblak, 3. Felipe Luis, 15. Savich, 24. Ximenes, 16. Vrsalko, 12. Fernandes, 6. Koke, 14. Gabi, 8. Saul, 21. Gameyro, 7. Grizmann. «Bayyer»: 1. Leno, 39. Xenrixs, 13. Xilbert, 6. Dragovich, 18. Vendell, 20. Arangis, 44. Kampl, 17. Poxyanpalo, 31. Folland, 9. Beyli, 7. Xaver Ernandes Uchrashuvdan oldingi fikrlar Tayfun Ko‘rkut,  «Bayyer» bosh murabbiyi: «Hozir ixtiyorimda bor futbolchilar «Atletiko»ga boshog‘riq bo‘la oladigan darajada kuchga ega. Bizga asosiy e'tiborni himoyaga qaratishimiz kerak bo‘ladi. Ammo jamoa o‘yinida katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Chunki buning uchun vaqt ham yo‘q. «Bayyer» «Atletiko»ga qarshi mag‘lub jamoa sifatida chiqmaydi. Biz oxirgi daqiqalargacha kurash olib boramiz».
13Sport
Namanganda 18 kishini shifoxonalarga ishga kiritib qo'yish bilan aldagan 44 yoshli ayol ushlandi Namangan viloyati Namangan shahrida 18 kishini shifoxonalarga ishga kiritib qo'yish bilan aldagan 44 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, 2022 yil 4 aprel kuni Uchqo'rg'on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug'ilgan ayol ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda esa 2021 yil iyul oyida Namangan shahrida yashovchi 1978 yilda tug'ilgan ayol uni hamda 17 nafar tanishlarini aldab, Namangan shahrida faoliyat yurituvchi shifoxonalarga hamshira va kichik tibbiyot xodimi sifatida ishga kiritib qo'yishini aytib, ushbu fuqarolarning har biridan 300 va 500 dollargacha bo'lgan mablag'larini olganini ma'lum qilingan. Qayd etilishicha, ayol pullarni qaytarmasdan, jami 8500 dollarni o'zining shaxsiy ehtiyoji yo'lida ishlatib yuborgan. Shu bois arizachi unga qarshi chora ko'rishni so'ragan. Ushbu holat bo'yicha shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasm tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Avvalroq Samarqandda ayol va uning qizi sir saqlanishi kerak bo'lgan videolarni tarqatishni aytib, tanishidan 2000 dollar talab qilgandi. Shuningdek, Navoiyda obro'sizlantiruvchi rasmini tarqatish bilan qo'rqitib, fuqarodan pul talab qilgan ayol ushlangandi.
5Jamiyat
“Ipak yo`li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasiga noyob adabiyotlar to`plami taqdim etildi Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. Ta`kidlanishicha, Shayx Hakim Otabek Shukurov, Moturidiy instituti va Buyuk Britaniyadagi Avisenna Akademiyasi asoschisi, universitet kutubxonasiga ingliz tilidagi kitob va monografiyalarni taqdim etgan.  O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari - turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan dunyoning qator nufuzli ilmiy muassasalaridan ko`plab noyob adabiyotlar keltirilmoqda. Kitoblar to`plamiga zamonaviy mashhur san`at asarlari, jumladan, Jon Grinning “The Fault in Our Stars”, Stefani Meerning «Twilight» turkumidagi kitoblari va boshqalar kiritilgan. Universitetning elektron kutubxonasini to`ldirish uchun tarix, madaniyat va turizm filmlari bilan videokassetalar topshirildi. Moturidiy instituti taniqli olim va o`simlik mutaxassisi Shayx Otabek Shukurov An-Nasafiy tomonidan tashkil etilgan tashkilotdir. Uning mukammal Islomiy ilm-fan va o`simliklar bilan davolash sohasidagi bilimlari bu sohada noyob mutaxassisga aylantirdi. Institut turli sohalarda, jumladan, Aqida, Hadis, Fiqh, Tasavvuf, Qiyosiy Dinshunoslik, Zamonaviy va boshqa fanlarga ixtisoslashgan. Institutni maqsadi bu o`tmishning haqiqiy bilimlaridan foydalanib, odamlarni tarbiyalash va bu bilimlarni kelajak avlodlarga etkazish uchun to`g`ri usullarni ta`minlashdir. Institut notijorat tashkilot bo`lib, unda barcha daromad tadqiqot maqsadlarida foydalaniladi.
5Jamiyat
Toshkentda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga mo‘ljallangan taksi xizmati ish boshladi 3 iyundan Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan va tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bor fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi «Mehribon taksi» kompaniyasi ish boshlashi kutilmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz»ga loyiha marketologi Albina Azimova ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha ta’sischilari xorijlik investorlar bo‘lib, bu Markaziy Osiyoda yagona shu turdagi loyiha hisoblanadi. Boshqalardan farqli o‘laroq ushbu taksi xizmatida mijozni kutish bepul bo‘ladi. Shuningdek, haydovchilar yo‘lovchilarga yordam ham beradi. Avtomashinalar asosan nogironlik aravachasida harakatlanadigan odamlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘chma pandusga ham ega. Foto: «Mehribon taksi» kompaniyasi. «Mehribon taksi» Call-markazi raqami 55 5031881. Xizmat narxi bir km uchun 3000 so‘mni tashkil etadi. «Tanlangan tarif bo‘yicha narxlarning eng kam miqdori bor. Lekin narxlar boshqa kompaniyalarga taqqoslaganda arzonroq bo‘ladi», — deydi kompaniya vakili. Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, taksi xizmatidan olingan mablag‘ning ma’lum miqdori hayriya jamg‘armalariga ajratiladi. Shuningdek, taksi kompaniya nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlashga ham e’tibor qaratadi. Statistika ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida 6000 ga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolar istiqomat qiladi. Ulardan 300 ga yaqini esa tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bor insonlarni tashkil qiladi.
5Jamiyat
2014-yilda O‘zbekistonda sayyohlik xizmatlari hajmi 16 foizga oshdi O‘zbekistonda 2014-yilda turizm sohasining asosiy parametrlari 2013-yildagi ko‘rsatkichlardan oshib ketdi, shu jumladan sayyohlik xizmatlari hajmi 116%, eksport prognozi 120 foizni tashkil etdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Qabul qilingan turizm sohasini rivojlantirish dasturlariga muvofiq, Xorazm, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida 484 ta loyihani amalga oshirish uchun 260 million dollar mablag‘ni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Shuning 119 million dollari loyihalar tashabbuskorlari mablag‘lari, 88 million dollari tijorat banklari kreditlari, 26 million dollari davlat byudjeti mablag‘lari, 29 million dollari xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish yo‘li bilan to‘lanadi.
8O‘zbekiston
Xitoyning China CAMC Engineering kompaniyasi O‘zbekistonda kimyo majmuasini quradi Xitoyning China CAMC Engineering Co Ltd kompaniyasi “Navoiyazot” OAJ bazasida polivinilxlorid (PVX) ishlab chiqarish bo‘yicha kimyo majmuasini quradi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda. China CAMC Engineering Co Ltd “Navoiyazot” OAJ bilan majmua qurilishi haqida shartnoma imzolagani haqida ma’lum qilgan. Shartnoma narxi 439,8 million dollarga tengdir. Xitoy kompaniyasi kelishuv doirasida ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming tonna PVX, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanolga teng majmuani tayyor holda topshiradi. Loyihani amalga oshirish muddati 36 oy. Umumiy qiymati 501,1 million dollarga teng loyiha chet el kreditlari va o‘zbek tomoni mablag‘lari tomonidan moliyalashtiriladi. “Navoiyazot” O‘zbekistondagi eng yirik kimyoviy korxona bo‘lib, 1964-yilda ishga tushirilgan. Zavod azot o‘g‘itlar, nitron tola va boshqalar ishlab chiqarishga ixisoslashgan.
8O‘zbekiston
Filippinda amnistiya bekor qilindi Filippin muxolifat senatori, sobiq dengiz kuchlari zobiti Antonio Trillanes davlat to`ntarishi va isyonda ayblanib qo`lga olingan edi, deb xabar berdi Ren.tv nashri. 2003-2007 yillarda mamlakat sobiq davlat rahbari Gloria Arrayo unga nisbatan amnistiya joriy qilgan edi. Biroq amaldagi prezident Rodrigo Duterte mazkur amnistiyani bekor qildi. Bunga esa u amnistiya talablarini bajarmaganini va mol-mulkini yashirgani sabab qilib ko`rsatilmoqda. Antonio Trillanesning o`zi esa talablar bajarilmagani to`g`risidagi xabarni rad etib, uning arizasi prezident ma`muriyati tomonidan rad etilganini ta`kidlamoqda.
2Dunyo
O‘zbekistonda keksalar uchun 1-apreldan boshlab bir qator imtiyozlar beriladi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi O‘zA. Hujjat bilan 2022-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi. Shuningdek: Avvalroq O‘zbekistonda endi nogironligi bor shaxslarga bir xil miqdorda — 622 ming so‘m nafaqa tayinlanishi, O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi uzaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari Tojikiston prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘liq, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar, birodar Tojikiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Zamonaviy Tojikistonning davlat qurilishi sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi yutuqlari, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi izchil ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. 2021-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotida Tojikiston raisligining samarali natijalari hamda o‘tgan oyda Dushanbe shahrida ushbu ko‘p tomonlama tuzilmaning yubiley sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani yuksak baholandi. Prezidentlar O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarildi va aniq mazmun bilan boyidi. Faol aloqalar va almashinuvlar davom etmoqda, o‘zaro savdo hajmi barqaror ortib bormoqda, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlar darajasida va ishbilarmonlar o‘rtasida sheriklik kengaymoqda. Madaniy-gumanitar aloqalar faollashdi. O‘tgan hafta Toshkent kinofestivali doirasida tojik kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, san’at, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida hamkorlik loyihalarini tayyorlash davom etmoqda. Davlat rahbarlari imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni keng ko‘lamda amalga oshirish muhim ekanini ta’kidlab, qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida yaqindan hamkorlik va muvofiqlashuvni davom ettirish vazifasini qo‘ydi. Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, qo‘shni Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
8O‘zbekiston
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Munisipal aktivlarni boshqarish markazi» xodimi 42 ming dollar olayotgan vaqtda qo`lga olindi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Munisipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK xodimi o`zining 3 nafar jinoiy sherigi bilan kelishgan holda, Toshkent xalqa avtomobil yo`li bo`yida joylashgan va Toshkent tumani hokimligi zaxirasida bo`lgan 30 sotix er maydonini ko`p qavatli turar-joy barpo etish uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ajratib berilishini va`da qilib, evaziga qurilish firmasi rahbaridan 420 ming AQSh dollari talab qilishadi. Ular so`ralgan pul mablag`idan 42 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi. Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Urgut tumanida yashovchi, 1997 va 1998 y.t. 2 nafar fuqaro o`zganing nomida bo`lgan fermer xo`jaligiga tegishli 50 sotix suvli er maydonini firibgarlik yo`li bilan xaridorga 65 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming dollar olgan vaqtlarida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi. Jomboy tumanida yashovchi, 1999 y.t. shaxs ham Davlat kadastrlar palatasining mazkur tumandagi filiali xodimi bilan kelishgan holda, hokimlik zaxirasida bo`lgan 25 sotix bo`sh er maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 24 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi. Davlat kadastrlar palatasining Jizzax viloyatidagi tuman filiallaridan birining rahbari mahalliy fuqaroning yashash xonadoni yonida joylashgan 38 sotix er maydonini auksion orqali sotib olishda ko`maklashish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga undan 6,5 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi.  DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so`ralgan pul mablag`idan 6 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi. Sirdaryo tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro ham o`zganing ishonchiga kirib, Guliston tumani hokimligi zaxirasida bo`lgan 6 sotix er maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.  Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Bresse dunyoning eng qimmat parrandasi Fransiyaning sharqidagi mittigina shaharcha bir likopcha tovuq go‘shti yeyish uchun juda uzoqdek tuyulishi mumkin. Ammo bu shunga arziydi. Men Tournus shahridagi Michelin yulduzli Aux Terrasses restoraniga tabulehli arpa garniri bilan tortilgan qovurilgan tovuq go‘shtini piyozli qo‘ziqorin sousi bilan birga yeyish uchun ataylab keldim, deb yozadi CNN muxbiri.  Taom tovuqning to‘sh qismidan tayyorlangan bo‘lib, uning mazasi supermarketlardan xarid qilinganlaridan ming chandon farq qiladi. Oq go‘sht yumshoq ammo zich bo‘lib, jigarrang tusli terisi ostida yog‘dan mutlaq asar ham yo‘q. Balki, mening ta'm sezish hislarim dunyodagi eng qimmat tovuq go‘shtini iste'mol qilayotganim uchun shunday mazani sezayotgandir. Chunki de Bresse tovuq go‘shtining bir kilogrammi Parijdagi do‘konlarda 40 yevro (48 dollar – 388 800 so‘m) turadi, deb yozadi jurnalist.  Bosh oshpaz Jean-Michel Carrette otasining biznesini 2005 yili boshqara boshladi. U restoranning Michelin yulduzini saqlab qolishning uddasidan chiqa oldi.  "Men Bresse tovuq go‘shtidan foydalanishni yaxshi ko‘raman, chunki mahalliy mahsulot sifati dunyoda eng yuqori o‘rinda turadi", deydi oshpaz ishonch bilan. Bresse tovuq go‘shtlari Michelin oshpazlari, shuningdek, Fransiya davlat rahbarlarining ham sevgan mahsulotidir. Fransua Holland o‘z dasturxonida ushbu go‘sht bo‘lishini xush ko‘rgan, hozirgi prezident Emmanuel Makron ham ushbu parranda go‘shtidan tayyorlangan taomni yaxshi ko‘radi.  Tovuqlarning bu turi tarixiy Bresse mintaqasida yetishtiriladi. Fransiya bu parranda go‘shtining atigi 5 foizini eksport qilishi e'tiborga olinsa, uni Fransiyadan tashqi bozorda topish juda qiyin. Shuning uchun ushbu parranda go‘shtining ta'mini tatib ko‘rish uchun Fransiyaga borishga to‘g‘ri keladi.  19-asr oxirlarida ushbu parrandaning keng miqyosda boqilishiga tovuqning Fransiya bayrog‘i ranglarini takrorlashi sabab bo‘lgani taxmin qilinadi. Bresse de Bény turli parrandaning oyoqlari ko‘k rangda, tanasi oq patlar bilan qoplangan bo‘lsa, toji qizildir.  Hozirda, Bresse mintaqasida shu nomdagi tovuqlarni yetishtiruvchi 180 atrofida ferma mavjud. Louhans shahridan 7 km uzoqlikdagi The Laurency oilaviy fermasida yiliga 20,000 bosh Bresse tovug‘i yetishtiriladi.  Ularni yetishtirishda maxsus retsept orqali tayyorlanadigan ozuqadan foydalaniladi. 700 kg makkajo‘xori doniga 300 kg bug‘doy doni qo‘shiladi va 7 foizlik quritilgan sut bilan aralashtiriladi.  "Bu ozuqa proteinlarga unchalik ham boy bo‘lmagani sababli parrandalarga hasharotlar, chuvalchang va chig‘anoqlar, o‘tlar ham berilishi kerak". Tovuqlarning go‘shti esa, yetilgan vaqtida yog‘ga aylanishi lozim. Shundagina undan taom tayyorlash mumkin bo‘ladi.  Jo‘jalarning bir donasi bir kunlik vaqtida 2,40 dollardan sotiladi. Bresse tovuqlari asosan 4 oyligida taom uchun tayyor bo‘ladi. Biroq ularning eng qimmatlisi kastratsiya qilingan xo‘rozlardir.
2Dunyo
O‘zbekistonda 300 dan ziyod dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar joriy etildi 16 mart kuni Toshkent shahridagi matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan "Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta'minlash tibbiyot tizimida o‘tkazilayotgan islohotlarning bosh maqsadlaridan biridir" mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.  Shuni tan olish kerakki, dorixona tarmoqlarida narx-navoning besabab oshib ketishi holatlari ko‘payib ketgan edi. Aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘lgan salbiy holatlarning oldi olinib, bundan buyon ularga yo‘l qo‘yilmasligi uchun qat'iy choralar ko‘rilmoqda, dorixonalarda hayotiy muhim dori vositalarini aniq belgilangan narxlarda sotilishi ta'minlanmoqda.  Hozirda chetdan olib kelinadigan hamda mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar, ulgurji savdo uchun 15 foiz, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalar qo‘llanilgan holda amalga oshirilmoqda.  Yana bir yangilik shundan iboratki, tibbiyotda keng qo‘llaniladigan 300 dan ziyod nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar joriy etildi. Bu narxlar davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni tizimli asosda nazorat qilish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika komissiyasi tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun jahon narxlari kon'yunkturasini tahlil qilish asosida har chorakda o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
5Jamiyat
Ukraina tashqi ishlar vaziri NATOni qat’iyatsizlikda aybladi NATOning Ukraina ustida parvoz qilish taqiqlangan hudud joriy etmaslik qarori hurmatga loyiq emas. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ana shunday fikr bildirdi. “Ukraina ozodlik uchun insonlar hayotini qurbon qilayotgan bir paytda NATO faqat qat’iyatsizlik ko‘rsatmoqda. Bu vaziyatda muammo nafaqat Ukraina, balki NATO uchun ham mavjud. Faqat alyansdagilar buni hozircha anglab yetmayapti", - deya ta’kidladi u. Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, NATO o‘z hududi uchun kurashishi haqida ming marta gapirishi mumkin. Ammo alyans amaliy qaror qabul qilmasa, Rossiya buning shunchaki gapligini ko‘radi. “Ochig‘ini aytishimiz kerak, ukrainaliklar NATO aslida ular tasavvur qilganidek emasligini aniq-tiniq ko‘rishlari lozim, harholda hozir shunday. Agar u o‘z pozitsiyasini o‘zgartirsa, yaxshi bo‘ladi. Ammo hozircha hurmatga sazovor emas”, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri.
2Dunyo
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan hamkorlik haqidagi kelishuvni ma'qulladi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida tuzilgan Soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. O‘zbekiston rahbari 1 noyabr kuni «Xalqaro kelishuvni tasdiqlash» to‘g‘risidagi qarorini imzolagan. Bu qaror bilan hukumatlararo kelishuv tasdiqdan o‘tkazilgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bu hujjat shu yilning 5 sentabrida O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida, Bishkek shahrida tuzilgandi. O‘zbekiston rahbari Tashqi ishlar vazirligiga bu borada qo‘shni davlat hukumatini xabardor qilishni ko‘rsatma qilgan, bu jarayondan keyin xalqaro kelishuv kuchga kirdi.
8O‘zbekiston
“TIJORAT BANKLARI MABLAG‘LARINI IChKI AKTIVLARGA JOYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 30-martdagi, PF-3047-sonli Farmonining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Markaziy bankning “Tijorat banklari mablag‘larini ichki aktivlarga joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng 2002-yil 1-iyundan kuchga kiritilsin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tijorat banklarining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘larini ichki aktivlarga joylashtirish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar ishlatiladi: O‘zbekiston Respublikasi rezidenti — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan, shu jumladan vaqtinchalik O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan jismoniy shaxslar; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar; Ichki aktivlar — O‘zbekiston Respublikasi hududida so‘mda va chet el valyutasida joylashtirilgan bank aktivlarini aks ettiradi, shu jumladan: naqd pullar va to‘lov hujjatlari; rezident-banklar hisobvaraqlaridagi mablag‘lar; joylashtirilgan depozitlar, berilgan kreditlar; rezident yuridik shaxslar ustav kapitaliga va qarz majburiyatlariga qilingan qo‘yilmalar; O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmalar; nomoddiy aktivlar; O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko‘chmas va ko‘char mulk; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga joylashtirilgan boshqa aktivlar. Ichki passivlar (majburiyatlar) — tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari oldidagi majburiyatlarini aks ettiradi, shu jumladan: jalb qilingan depozitlar; O‘zbekiston Respublikasi rezident-banklari oldidagi majburiyatlar; bankning qarz majburiyatlari bo‘yicha majburiyatlar; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari oldidagi boshqa majburiyatlar. 2. Banklarning ichki aktivlarga joylashtirilgan mablag‘lariga qo‘yiladigan talablar koeffitsiyent ko‘rinishida belgilanadi. Ichki aktivlarga joylashtirish koeffitsiyenti ichki aktivlarni bank ustav kapitali hamda ichki majburiyatlarning yig‘indisi nisbati bilan aniqlanadi va quyidagi formula asosida hisoblanadi: 3. Barcha banklar ichki aktivlarga joylashtirilgan koeffitsiyentni 1 (100%) dan kam bo‘lmagan darajada saqlab turishlari zarur. Ichki aktiv va ichki majburiyatlarni hisoblash tartibi mazkur Nizomning ilovasida ko‘rsatilgan. 4. Banklarning ichki aktivlarga joylashtirilgan mablag‘lari hamda o‘rnatilgan me’yorga amal qilishi to‘g‘risidagi hisobotlar har oyda, hisobot oyining 10 sanasiga qadar Markaziy bankka taqdim etilishi lozim. Hisobotlar ilovaga muvofiq yozma va elektron ko‘rinishda taqdim etilishi lozim. 5. Mazkur Nizomning talablari tijorat banklari tomonidan amal qilinmagan yoki ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan hollarda Markaziy bank “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 53-moddasi va “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarga rioya etmagan tijorat banklariga nisbatan qo‘yiladigan jazo va sanksiyalar to‘g‘risida”gi 74-sonli nizomga (1999-yil 5-fevralda O‘zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligi tomonidan 622-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) muvofiq jarima qo‘llash huquqiga ega.
10Qonunchilik
“Biz birgalikda ko`p narsaga qodirmiz”. Shavkat Mirziyoev Turkiy kengashning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etdi Bugun, 10 aprel kuni Shavkat Mirziyoev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish va sa`y-harakatlarni birlashtirish uchun videoanjuman tarzida o`tkazilgan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etdi, deya xabar qildi Prezident matbuot xizmati. Tadbir Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev raisligida o`tdi. Unda, shuningdek, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an, Qirg`iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban hamda kengash bosh kotibi Bag`dat Amreev va Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, pandemiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatlarimizda ko`rilayotgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida fikr almashildi. Tomonlar epidemiologik nazoratni ta`minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilish, murakkkab sharoitda iqtisodiyot tarmoqlari va biznesni qo`llab-quvvatlash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks tadbirlar to`g`risida ma`lumot berdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimizda koronavirusga qarshi olib borilayotgan mislsiz kurash tajribasi bilan o`rtoqlashdi. Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oqibatlariga qarshi samarali kurashish bo`yicha ta`sirchan amaliy choralar ko`rish maqsadida qator aniq takliflarni ilgari surdi, shu jumladan: - Turkiy kengash doirasida epidemiologik holatni monitoring, tahlil qilish va uning rivojlanishini prognozlash bo`yicha doimiy faoliyat yurituvchi tizim yaratish; - xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish, diagnostika qilish va davolash sohasida tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun sog`liqni saqlash vazirliklari va etakchi tibbiyot muassasalari o`rtasida yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish. Shu maqsadda yaqin vaqtda etakchi ekspertlar ishtirokida birinchi videoanjuman o`tkazish; - Turkiy kengash kotibiyatining muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini kuchaytirish hamda pandemiyaga qarshi kurashish milliy shtabtlari bilan yaqin amaliy aloqalarni yo`lga qo`yish uchun tegishli guruh tuzish; - transport infratuzilmasi va kommunikasiyalaridan maksimal darajada to`liq foydalanish, yuk tashishda va ularning soddalashtirilgan tartibda chegaradan o`tkazilishida amaliy ko`maklashish, tashkilotga a`zo mamlakatlarning transport vazirlari rahbarligida ishchi guruh tuzish orqali yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish; - pandemiya oqibatlarini yumshatishga keng xalqaro yordamni jalb etish, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining maqomi va vakolatlarini yanada oshirish, JSST va Turkiy kengash o`rtasida sheriklik aloqalarini o`rnatish. Davlatimiz rahbari so`zining yakunida shuni alohida ta`kidladi: “Hammamizga ayonki, biron bir davlat yakka holda ushbu pandemiya balosiga qarshi samarali kurash olib bora olmaydi. Biz birdamlik, hamkorlik va o`zaro g`amxo`rlik tamoyillari asosida ish tutishimiz lozim. Biz birgalikda ko`p narsaga qodirmiz”. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha taklif va tashabbuslari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi navbatdan tashqari sammitining yakuniy hujjatida – Boku deklarasiyasida o`z aksini topdi. Ushbu muhim hujjat turkiy tilli mamlakatlar rahbarlarining uchrashuvi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda siyosiy va huquqiy asos bo`lib xizmat qiladi.
12Siyosat
Belarus terma jamoasi sobiq futbolchisi Denis Kovba 42 yoshida koronavirusdan vafot etdi Belarus terma jamoasining sobiq futbolchisi Denis Kovba koronavirus oqibatida 42 yoshida vafot etdi. Bu haqida “Krilya Sovetov” futbol klubi matbuot xizmati xabar qildi. Belarus terma jamoasining sobiq o‘yinchisi 12-noyabr kuni koronavirus infeksiyasi sabab og‘ir ahvolda reanimatsiyaga tushib qolgan edi. Denis Belarusning “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi faoliyati davomida “Zvezda” (1998–2000-yillar), “Sparta” (2o09-2010), “Aleksandriya” (2012), “Ximki” (2012) jamoalarida o‘ynagan. “Krilya Sovetov”da esa 12 mavsum harakat qilgan va barcha musobaqalarda 288 ta o‘yinda ishtirok etgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Belarusning “Vitebsk” (2018-2019) va “Vitebsk” yoshlari (2020-2021) jamoalariga murabbiylik qilgan. Eslatib o‘tamiz, “Lans” afsonasi Arnold Sovinski, “Espanyol” sobiq bosh murabbiyi Benito Xoanet, “Real” klubi sobiq prezidenti Lorenso Sans, braziliyalik afsonaviy yulduz Ronaldinyoning onasi Migelina Eloi dos Santos koronavirus oqibatida vafot etgandi.
13Sport
Buxoroda radar bilan jihozlangan avtomobillar faoliyati yo'lga qo'yildi — video Buxoro viloyati Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasiga radar bilan jihozlangan 5 ta avtomobil foydalanishga topshirildi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizlik xizmati xabar berdi. Ma'lum bo'lishicha, so'ngi vaqtlarda sodir bo'layotgan yo'l-transport hodisalarining ko'pchiligi mashinalarning yuqori tezlikda haraktlanishi, quvib o'tish qoidasi buzilishi va boshqa qoidabuzarliklar tufayli yuzaga kelmoqda. Yo'llarda avtomobillar tezligini nazorat qilish va harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 5 ta radar bilan jihozlangan mashina foydalanishga topshirildi. Ta'kidlanishicha, avtomobillar kechayu-kunduz onlayn tarzda faoliyat olib boradi. Maxsus texnika aholi serqatnov yo'llarda xizmat olib boradi. Shuningdek, YPx haydovchilarga tezlikni oshirmaslika chaqridi. Avvalroq Toshkent shahrida o'rnatilgan radar va kameralarning to'liq ro'yxati e'lon qilingandi.
8O‘zbekiston
Sportchilarning ratsional ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish omillari Prezidentimizning 2017 yil 3-sonli qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha bugun 4 aprel kuni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida hamda Sport shifokorlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida “Sportchilar to‘g‘ri ovqatlanishining dolzarb muammolari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Olimpiya Zahiralari sport maktab-internat murabbiylari, barcha sport federatsiya xodimlari va shu sohada faoliyat yuritayotgan shifokorlar, sport tibbiyoti mutaxassislari ham ishtirok etdilar. Ushbu konferensiyani o‘tkazishdan maqsad sport turlarini hisobga olgan holda sportchilarni ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishdan iborat. Seminarda sportchilarning ratsional ovqatlanish, tabiiy oqsilga boy mahsulotlarni is'temol qilish mavzusida ma'ruzalar tinglandi. Tadbirni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbari A.Sadikov ochib berdi.  Toshkent tibbiyot akademiyasi professori G. Shayxova, diyetolog, tibbiyot fanlar nomzodi  I.Otajonov, O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti N.Svetlichnaya, “SIBERIAN WELLNESS” kompaniyasi vakili Yurian Tursin so‘zga chiqdilar. Anjuman qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan chop etilgan  9 ta metodik qo‘llanmalar Respublika Olimpiya Zahiralari sport maktab-internati hamda sport federatsiya xodimlariga tarqatildi. Tadbir yakunida kelgusidagi rejalar tuzib olinib, ularni amalga oshirish mexanizmlari kelishib olindi. Zilola To‘laganova
13Sport
Qoraqalpog‘istonda yirik parrandachilik klasterlari ishga tushadi 2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qushchilik» MCHJ tomonidan go‘sht yo‘nalishi bo‘yicha jami qiymati 15 mlrd. 400 mln. so‘mlik, shuningdek, 2020 yilda «Eko Agro kapital» MCHJ tomonidan tuxum yo‘nalishi bo‘yicha jami qiymati 20 mlrd. so‘mlik parrandachilik klasterlarini tashkil etish belgilangan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi. Belgilangan tadbirlarning bajarilishi hisobidan 2019 yil yakuni bilan parranda bosh soni 4 mln. 310 mingga, tuxum yetishtirishni 287 mln. donaga va parranda go‘shti yetishtirishni 9900 tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.
4Iqtisodiyot
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. 8-bandning “z” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “z) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi o‘zgarganda — uning muassislari yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan tushgan ma’lumotlari asosida”. 2. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “16. Quyidagilar: yuridik shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda, ushbu Nizom 8-bandining “b”—“e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar; yuridik shaxslarni — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizom 8-bandining “a”—“e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar. Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar davlat statistika organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi”. 3. 17-banddagi “pochta manzillari” so‘zlaridan keyin “, telefon raqamlari, yuridik shaxslarning muassislari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tartib raqami va sanasi (ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) to‘g‘risidagi ma’lumotlari” so‘zlari qo‘shilsin. 4. Ilovadagi “Yuborilgan sanasi va vaqti, Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ mas’ul xodimining F.I.O., M.O‘. (elektron hujjatlar uchun EMM)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10Qonunchilik
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi chorshanbani «Tadbirkor va investor kuni» deb e'lon qildi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi tomonidan tadbirkor va investorlarga yangi imkoniyat hamda istiqbollar yaratish, ular bilan yangi innovatsion g‘oyalar ishlab chiqish, eksportni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida investorlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, haftaning xar chorshanba kuni «Tadbirkor va investor kuni» deb e'lon qilindi.  Uchrashuv doirasida: - mahsulot ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalarning mavjud muammo va takliflari; - hududiy va xorijiy investorlarning loyiha taqdimotlari; - intellektual salohiyatli yoshlarning innovatsion biznes loyihalari asosidagi taqdimotlari; - Toshkent shahrining o‘ziga xosligini tasvirlab beruvchi, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishga qaratilgan turli sohadagi innovatsion takliflari o‘rganiladi va amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi. «Tadbirkor va investor kuni» investorlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvga loyiha taklifini tuman hokimi va uning tasarrufidagi mutasaddi idora vakillari bilan batafsil muhokama qilish uchun manfaatdor tadbirkor hamda investorlar taklif etilgan. Ishtirok etish uchun majburiy shartlar - ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishi, yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) hamda loyiha taklifining (planshet) mavjudligi.
8O‘zbekiston
"San`at asari" nominasiyasiga munosib topilgan dunyoning eng go`zal rakovinalari Siz ko`rib turgan rakovinalar dunyoning turli burchaklarida, turli ustalar tomonidan yaratilgan. Ammo ularning barchasini san`at asarlari deyish mumkin.
2Dunyo
8 dekabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, ba'zi joylarda 2° sovuq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 2 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.  Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Namanganda o‘tkazilgan mahorat darslari davomida 20 nafar xotin-qiz ishga qabul qilindi O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish faoliyatimizning muhim qismiga aylanmog‘i lozim” mavzusida mahorat darslari va o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda tadbirkorlar, tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar va sohaga aloqador tashkilot vakillari qatnashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Amaliy-seminarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlarida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, kasanachilik va mikrofirmalarni tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini paydo qilish, mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish borasida fikr yuritildi. Tadbir jarayonida “Tekstil libos” va “8-mart” MChJ mas’ul xodimlari ushbu korxonalarga ishchi xodimlarni ishga qabul qilishdagi mavjud talablar va shart-sharoitlar to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi. Natijada 20 nafar xotin-qizlar shu korxonalarga ishga qabul qilindi.
8O‘zbekiston
It komadagi bolani hayotga qaytardi Angliyaning Sautgempton shahrida yashovchi Zoi Relfning so`zlariga ko`ra, miya operasiyasidan so`ng mahalliy shifoxonaning jonlantirish bo`limida yotgan 3 yoshli o`g`li Leo laqabli it tufayli sog`ayib ketgan. Bu haqda «Lenta.ru» ga tayanib Xabar ma`lum qildi. Oskar Xaskell ismli bolakay tarqoq ensefalomielitning o`tkir turi bilan og`rigan. Bu kam uchraydigan miya kasalligi hisoblanadi. Bolaning kundan-kunga ahvoli yomonlashaverganidan ota-onasi uni jarrohlik stoliga yotqizishga majbur bo`lgan. U tashqi omillarga reaksiya bermay qo`ygandi. Shifokorlar onasini har qanday vaziyatga tayyor turishdan ogohlantirishdi. Tibbiyot xodimlari chorasiz qolgan onaga o`lim bilan olishayotgan o`g`lini uy hayvonlari yordamida davolashni taklif etishdi va Leo laqabli itni bola yotgan palataga olib kelishdi. Shifokorlarning maslahati bilan, onasi bola bilan gaplashishga urindi, tuzalganidan so`ng unga kuchukcha sovg`a qilishni va`da berdi. It panjasini bolakayning qo`liga qo`yganda operasiyadan keyin tezlashib qolgan puls birdan me`yorlashgan. «Naqadar ajoyib! Shifokorlar ho`ng-ho`ng yig`lashdi, bu mo``jizaning o`zginasi edi. Bolaning yuzida harakatdan asar ham qolmagandi, u miq etmay qimirlamay yotardi. Birdan chehrasiga tabassum yugurdi», — deb eslaydi Relf.  Shunga ham to`rt yil bo`libdi. Hozir Oskarning ahvoli ancha yaxshi. Onasi bo`lib o`tgan voqeani hamon eslab, hammaga aytib berib yuradi.
2Dunyo
Ronaldu: “Messini haqorat qilganim haqidagi bo‘htonni tarqatgan odam javob beradi” “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona” hujumchisi Lionel Messini haqorat qilgani haqidagi gaplarni inkor etib chiqdi, deb xabar bermoqda Uff.uz. "Yangiliklarda aytilishicha, go‘yoki men Lionel Messining sha’niga haqoratli gaplarni aytgan ekanman. Bu mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ishonchim komilki, mening advokatim bu borada tegishli choralarni ko‘radi. Bu bo‘htonni tarqatgan odam javob beradi. Men barcha hamkasblarimga hurmat bilan qarayman va tabiiyki Messi ham bu borada istisno emas”, — dedi Krishtianu Ronaldu. Eslatib o‘tamiz, jurnalist Gilem Balage Krishtianu Ronaldu Lionel Messini yoqtirmasligi va uni nojoiz gaplar bilan haqorat qilishini xabar berib o‘tgan edi.
13Sport
O‘zbekiston va Turkiya vakillari o‘rtasida Toshkentda yo‘llar yoqasida pulli to‘xtash joylarini qurish bo‘yicha memorandum imzolandi (video) Toshkent shahar hokimligi va Turkiyaning Senkron teknoloji A.S. kompaniyasi o‘rtasida Toshkentda yo‘llar yoqasida avtomatlashtirilgan pulli to‘xtash joylarini qurish bo‘yicha hamjihatlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, Turkiya tomoni O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda loyihaning moliyaviy modelini ishlab chiqadi, uskunalarni yetkazib beradi va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaydi. O‘zbekiston tomoni yo‘llar yoqasida avtomatlashtirilgan pulli to‘xtash joylarini qurish loyihasini amalga oshirishda hududlarni taqdim etishni kafolatlaydi. Hujjat doirasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim kelishiladi va imzolanadi. Loyiha qiymati taxminan 6 million dollarga teng.
8O‘zbekiston
Toshkentda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi Joriy yilning 6—7-oktabr kunlari Toshkent shahrida Respublikadagi maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida an’anaga aylanib kelayotgan navbatdagi Respublika Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda. Paralimpiya o‘yinlarining dasturiga asosan yengil atletika, suzish va dzyudo sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ushbu o‘yinlarda jami 200 dan ortiq internat tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. II Paralimpiya o‘yinlari O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirildi. Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilariga O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
13Sport
Vaxtyorlar sal qolsa och qolgan ayiqqa em bo`lay dedi (Video) Och qolgan ayiq vaxtachilar umumiy yotoqxonasiga kirmoqchi bo`ldi, deya xabar qildi Ren.tv nashri. Avvaliga ayiq itlar bilan quvdi-quvdi o`ynadi. Keyin esa yotoqxona eshigini tumshug`i bilan ochmoqchi bo`ldi. Garchi ayiq yovvoyi tabiat qo`ynida yashasa ham eshikni qanday ochishni biladigan ko`rinadi. Shunda vaxtyorlardan biri hovliga chiqib ayiqni haydashga harakat qildi. “Mehmon”ni sovuq kutib olganlaridan xafa bo`lgan ayiq esa Tayga ichiga kirib ketdi.
2Dunyo
Janubiy Karolinada otishma sodir bo`ldi AQShning Janubiy Karolina shtatida otishma sodir bo`ldi, deb xabar qilmoqda Ntv.ru nashri. Navbatdagi chaqiruv bo`yicha berilgan manzilga borgan gurux qurolli hujumga duch keladi. Hodisa shahar chekkasidagi uylardan birida ro`y bergan. Hodisa natijasida 1 kishi halok bo`lgan. Bundan tashqari, yana 6 nafar inson tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, ularning barchasi huquq-tartibot xodimlari bo`lgan.
2Dunyo
Jizzaxlik fermerlar o‘zlarini asossiz qarz qilgan suv ta’minoti korxonasini sudda yutib chiqishdi 2022 yil 19 yanvar kuni Kun.uz’da Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh fermerlar suv ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz qarz qilinib sudga berilgani haqida tanqidiy maqola e’lon qilingandi. Holat yuzasidan Suv xo‘jaligi matbuot kotibi munosabat bildirdi. Munosabatda ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasi rahbari boshchiligidagi Ishchi guruh bugun, 20 yanvar kuni ertalabdan G‘allaorol tumaniga borib, fermerlar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida ularning muammolariga yechim topilgan. Munosabat bilan birga taqdim etilgan videolavhada Kun.uz’ga murojaat qilgan fermerlar Furqat Joniqulov va Rahmon Hojiyev sudda ular suv ta’minoti korxonasini yutib chiqishganini aytishgan. Shuningdek, fermerlarga nohaqdan qarz yozib sudga bergan suv ta’minoti korxonasi mutasaddilaridan bir necha nafari ishdan bo‘shatilganini ma’lum qilishgan. Ma’lumot uchun, Kun.uz’ga murojaat qilgan bir guruh fermerlar «G‘allaorol tuman» suv iste’molchilari uyushmasi korxonasi ulardan dala maydonlarini sug‘orish uchun gektariga 100 ming so‘mdan hisoblab noqonuniy haq undirayotganini bildirishgan. Ularning aytishicha, tashkilot suvni o‘z vaqtida yetkazib berish, ariq, kanal va zovurlarni tozalash borasida biror ish qilmagan. Barcha ishlarni fermerlarning o‘zlari mablag‘ sarflab bajarib kelishgan.
5Jamiyat
O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 30 pog‘onaga ko‘tarildi 2020-yilning 2-sentabr kuni Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va Kornell universiteti tomonidan Global innovatsion indeks reytingining navbatdagi 2020-yil 13-soni “Innovatsiyani kim moliyalashtiradi?” mavzusida e’lon qilindi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar qildi. O‘zbekiston so‘nggi marotaba 2015-yil ushbu xalqaro reytingda 140 dan ortiq davlatlar ichida 122 o‘rinni egallagani edi. 2020-yilda O‘zbekiston 131 dan ortiq dunyo mamlakatlari ichida 93 o‘rinni egalladi. 2020-yilda 80 ta ko‘rsatkichdan iborat Global innovatsion indeks reytingida O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida institutsional rivojlanish (Institutions), inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), infratuzilma (Infrastructure), bilim va texnologiyalar samaradorligi (Knowledge & technology outputs) va ijodiy samaradorlik (Creative outputs) kabi yo‘nalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda Global innovatsion indeks reytingida yetakchilik qilayotgan, respublikamizga qo‘shni bo‘lgan va boshqa ayrim davlatlar iqtisodiyotining ham 2020-yilda erishgan natijalarini keltiramiz. Shveysariya — 1-o‘rin, Rossiya – 47-o‘rin, Qozog‘iston – 77-o‘rin, Qirg‘iziston – 94-o‘rin, Tojikiston – 109-o‘rinni egallagan. Ma’lumki, O‘zbekiston Prezidentining PF-5544-sonli “2019–2021-yillarda O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida asosiy vazifalardan biri etib 2030-yilga qadar respublikamizni Global innovatsion indeks baholash reytingida yetakchi 50 ta davlat qatoriga kiritilishi belgilangan. Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World economic forum) tomonidan olib boriladigan so‘rovnomalar va 61 ta ko‘rsatkichlarga tegishli miqdoriy statistik ma’lumotlardan tashkil topgan. Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekistonning 2020-yil Global innovatsion indeksga kiritilishida yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik va idoralarga hamda xorijiy tashkilotlarning mamlakatdagi barcha rasmiy vakolatxonalariga, xususan, Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat statistika qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
8O‘zbekiston
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini saqlash masalalari muhokama qilindi 16.10.2020 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Oziq-ovqat mahsulotlarining arzon va yetarliligi xalq roziligining asosiy omillaridan biri. Buni ta’minlash maqsadida soʻnggi 3 yilda oziq-ovqat, chorvachilik, meva-sabzavotchilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun 28 trillion soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Birgina chorvachilik yoʻnalishida 11 trillion soʻmlik loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining narx-navoga ta’siri inobatga olinib, joriy yil aprel oyidan boshlab asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan. Lekin shunga qaramay, oxirgi vaqtlarda goʻsht, tuxum, oʻsimlik yogʻi va shakar  mahsulotlarining narxi keskin oshdi. Dunyo bozorida oʻtgan 9 oyda oʻsimlik yogʻi 15 foizga, O‘zbekistonda esa 26 foizga ortgan. Shakar narxi 5 foizga kamayishiga qaramasdan, yurtimizda 23 foizga qimmatlagan. Yigʻilishda ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, narx-navo barqarorligini saqlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. – Bugundan barcha choralarni koʻrib, amaldagi tizimni oʻzgartirmasak, ertaga qish va bahor oylarida qiyin boʻladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirib, bozordagi narx-navoni arzon qilsak, odamlarni, ayniqsa, kam ta’minlanganlarni rozi qila olamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Har bir viloyat, tuman va shahar hokimida hudud aholisining keyingi yil maygacha goʻsht, tuxum, un, yogʻ, shakar, guruch, kartoshka, sabzi va piyozga boʻlgan ehtiyoji, bu mahsulotlarni qachon, qayerdan olish boʻyicha aniq hisob-kitob boʻlishi kerakligi ta’kidlandi. Har bir hududda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha alohida jamgʻarmalar tashkil etilishi belgilandi. Hudud rahbarlari tadbirkorlarni jalb qilib, yetishmaydigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini jamgʻarma hisobidan boshqa joydan olib kelish yoki import qilishni yoʻlga qoʻyadi. Bunday tadbirkorlar uchun kredit foizining bir qismi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qoplab beriladi. Import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari narxini arzonlashtirish maqsadida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahalliy birjadagi ishtirokini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Toshkent shahrining har bir tumaniga respublikaning muayyan viloyatini biriktirib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari rastalari va dala doʻkonlari tashkil etish muhimligi qayd etildi. Viloyat, tuman, shahar hokimlari va sektor rahbarlari oʻz hududida yaratilgan tizim, bozordagi shart-sharoitlar va narx-navo boʻyicha xalqqa hisobot berishi zarurligi aytildi. Videoselektor yigʻilishida viloyatlar hokimlari aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan oyma-oy uzluksiz ta’minlash rejalari yuzasidan hisobot berdi.
12Siyosat
Qarshidagi Muruvvat uyida qonun buzilishiga yo`l qo`ygan shaxslar javobgarlikka tortiladi — Prokuratura Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi Muruvvat uyidagi bolalar holati aks etgan video tarqaldi. Unda muassasadagi tarbyalanuvchilarning qo`llari bog`lab qo`yilgani, gilam ustida uxlab yotgani va bir idishdan bir nechta bolaga ovqat berilgani, ayrim bolalardan hali ovqatlanib bo`lmasdan turib taom bor idishlari tortib olingani aks etgan.  Ayni paytda Qashqadaryo viloyat prokuraturasining xabar berishicha, Muruvvat uyidagi vaziyat bo`yicha viloyat prokuraturasi organlari va mas`ul tashkilotlar tomonidan o`rganish ishlari davom ettirilmoqda.  Bugun viloyat prokurori Erkabay Tadjiev tomonidan tekshirish jarayoni joyiga chiqib o`rganilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. O`rganish natijalariga ko`ra qonun buzilishiga yo`l qo`ygan shaxslarning javobgarlik masalasi  hal etiladi, deyiladi xabarda.
5Jamiyat
Superligada 3-iste’fo: Ilhom Mo‘minjonov “Neftchi”dan ketdi “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Farg‘ona klubi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Mo‘minjonov o‘z arizasiga binoan jamoadan ketgan. Bunga jamoaning Superliga uchrashuvlaridagi qoniqarsiz natijalari sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, jamoa bosh direktori Zohidjon G‘ofurov ham o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan. “Neftchi” 13-turdan keyin 11 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa o‘tkazilgan o‘yinlarning 2 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 tasini mag‘lubiyat bilan yakunlagan. Yana 5 ta bahsda durang natija qayd etilgan. Qayd etish kerak, bu Superliganing 2022-yilgi mavsumdagi 3-iste’fodir. Bungacha Shuhrat Maqsudov (“Bunyodkor”) va Predrag Rogan (“Dinamo”) iste’foga chiqarilgandi.
13Sport
Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda Senatning yigirmanchi yalpi majlisida “Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama markazida bo‘ldi. Qayd etilganidek, qonun bilan amaldagi Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, 70 ta moddaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, 10 ta yangi modda bilan to‘ldirilmoqda va 1 ta modda chiqarib tashlanmoqda. Bojxona nazoratini soddalashtirish yo‘nalishida bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartirilmoqda, tovar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga joylashtirish maqsadida talab etiladigan ruxsatnomalar berish tartibi bekor qilinmoqda. Shuningdek, qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan tovarlarning chiqish normasini vakolatli shaxslar tomonidan belgilashning huquqiy asosi belgilanmoqda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini soddalashtirish yo‘nalishida esa, O‘zbekiston hududiga olib kirishda soliq solishdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati muvofiqlashtirilmoqda. Bundan tashqari, Bojxona kodeksi yangi moddalar bilan to‘ldirilmoqda. Xususan, bojxona va tadbirkorlar o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha yangi tizim kiritilmoqda. Bojxona organlarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq 2019 yilda 15 ta va 2020 yilda 29 ta nizoli ishlar ma'muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu tadbirkorlarning turli sud instansiyalaridagi ovoragarchiligiga sabab bo‘lgan. Taklif etilayotgan yangi tizim yordamida mavjud nizolarni dastlab bojxona organlarida hal etish va bu orqali sudda ko‘rilayotgan nizolarni o‘rtacha ikki barobarga qisqartirishga erishiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
8O‘zbekiston
Tramp Kongressda ilk muvaffaqiyatsizlikka uchradi - tibbiy qonun loyihasi qaytarib olindi AQSh Respublikachilar partiyasi Obamacare nomi bilan mashhur bo‘lgan qonunni bekor qilishi kutilgan qonun loyihasini qaytarib oldi. Barak Obamaning sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotini bekor qilish Donald Trampning saylovoldi poygasi hamda lavozimiga kirishgandagi asosiy va'dalaridan biri edi. Biroq, loyihaning ovoz berishda omadsizlikka uchrashining oldini olish maqsadida partiya rahbariyati shunday qaror qilgan. Respublikachilarning American Health Care Act (HCA) qonun loyihasi Kongressda Oq uy tomonidan faol ravishda himoya qilinganiga qaramay, ma'qul kelmagan. Reuters agentligining yozishicha, hujjat kelishuvchan va konservator respublikachilarni qanoatlantirmagan. Mazkur qonun loyihasini jon-jahdi bilan himoya qilgan Vakillar palatasi spikeri Pol Rayanning hikoya qilishicha, u Tramp bilan Oq uyda qonun loyihasi chaqirib olingunga qadar uchrashgan. Rayanning o‘zi Trampga hujjatni qaytarib olish ayni vaqtda bajarish mumkin bo‘lgan eng yaxshi qaror ekanini aytgan.  Prezident Tramp respublikachilar mazkur mavzuga yaqin orada qaytmasligini bildirgan. CNN telekanalining xabar qilishicha, respublikachilar 7 yil mobaynida ushbu sohada islohot o‘tkazishni rejalashtirib kelgan. Shunga ko‘ra, hujjatning chaqirib olinishi Amerika prezidenti obro‘sini keskin tushirib yuboradi.  Vakillar palatasidagi demokratlar fraksiyasi rahbari respublikachilarning bu mag‘lubiyatini «Amerika xalqining g‘alabasi» deb atadi. Obamacare nomi bilan mashhur tibbiy islohot 2010 yilda ma'qullangan edi. U Barak Obamaning ichki siyosatdagi asosiy yutuqlaridan biri bo‘ldi. Qonun barcha fuqarolarga tibbiy sug‘urtalanish majburiyatini yukladi hamda sug‘urta kompaniyalariga «noqulay» mijozlarga rad javobi berishni taqiqladi. Garchi, ushbu qonundan ijobiy o‘zgarishlar kutilgan bo‘lsa-da, uni hayotga tatbiq etishda qator texnik, moliyaviy va ijtimoiy to‘siqlarga duch kelindi. Bu esa, o‘z navbatida, islohotning tanqid qilinishiga sabab bo‘ldi.  Donald Tramp vazifasiga kirishishdan avval, Obama ma'muriyati tomonidan qabul qilingan qonunlarning aksarini bekor qilishga va'da bergan edi.  Umuman, ta'kidlanishicha, Kongressda qabul qilinishiga erishilmagan yangi qonun loyihasida Obamacare qonunining ko‘plab bandlari saqlab qolingan edi, shu bois uni norasman Obamacare-lite ham deb atashdi. Yangi qonun majburiy tibbiy sug‘urtani bekor qilishi hamda 2020 yilga kelib aholining kam ta'minlangan qatlamiga davlat tomonidan subsidiyalar ajratish, jumladan, shoshilinch shifoxonaga yotqizish, dori-darmonlar, homiladorlik va pediatriya yordamini to‘liq bekor qilishni ko‘zda tutar edi.
2Dunyo
Instagram to‘rtburchak fotosuratlarni chop etish imkonini berdi Mashhur Instagram xizmati unda chop etiladigan fotosurat va videolar hajmini ilk bor o‘zgartirdi, deb xabar beradi “Mobinfo.uz”. Endi Instagram’da faqat kvadrat shaklidagi emas, to‘rtburchak fotosuratlarni ham joylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Kompaniyaning ichki tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilar suratlarni kvadrat sohasiga sig‘dira olmagan holatlarda ularni Instagram’da joylashtirishdan voz kechadi. Bunday holat guruh bo‘lib tushilgan fotosuratlar yoki baland obyektlar suratini joylashda yuzaga kelishi mumkin. Bundan buyon Instagram tomonlari asl holiga mutanosib bo‘lgan surat va videolarni yuklash imkonini beradi.
14Texnologiya
Ronaldu katta miqdorda jarima to‘lashi mumkin Ispaniya soliq xizmati «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani bo‘yicha ayblovlar berishda davom etmoqda. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi. Manba bergan xabarga ko‘ra, 22 dekabr kuni Posuelo shahrida navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda 32 yoshli portugaliyalik futbolchining 2011 yildan 2014 yilga qadar bo‘lgan davrda 14,8 million yevro miqdoridagi soliqlarni yashirgani bo‘yicha ish ko‘riladi. Agar Ronalduning aybi isbotlansa, u Ispaniya xazinasiga kamida 30 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu summa ichiga 14,8 million yevro soliq, jarima va qo‘shimcha foizlar qo‘shiladi. Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi ham xuddi shunday muammo sabab 30 million yevro to‘lashga majbur bo‘lgandi.
13Sport
Ish haftasini barcha uchun besh kunlik qilib belgilash taklif etildi “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ish haftasini barcha uchun besh kunlik qilib belgilash haqida petitsiya paydo bo‘ldi. “Mening taklifim barcha byudjyet va nodavlat tashkilotlarni to‘liq 5 ish kunidan iborat ish haftasiga o‘tkazishdan iborat”, - deb yozadi murojaat muallifi. Qayd etilishicha, bu amaliyot rivojlangan Yevropa va Osiyo mamlakatlarida keng qo‘llanilib, o‘zining iqtisodiy va ijtimoiy samarasini amalda isbotlagan. Ushbu tizimning afzalliklari:  - ishchilarda qo‘shimcha dam olish kunining paydo bo‘lishi, ularda dam olishga nisbatan ehtiyojni oshiradi va bu albatta, ichki turizmning rivoji uchun muhim hisoblanadi;  - ishchilarda ishga nisbatan ishtiyoqning oshishi. Olimlarning ta'kidlashicha, 5 kunlik ish kuni ishchilarda qo‘shimcha g‘ayrat paydo qilar ekan. Ular haftaning birinchi ish kunini barcha uy tashvishlaridan xoli, muammolarsiz boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi;  - turmush farovonligining oshishi. Ikki kunlik dam olish ishchi xodimlarda oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatini yaratib, ularda oilasi bilan dam olish, sayohatlarga chiqish va bola tarbiyasi bilan birgalikda shug‘ullanish, uy yumushlarini kamaytirish imkoniyatini yaratadi va bu o‘z navbatida, jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning mustahkam bo‘lishiga qulay imkoniyat yaratadi;  - byudjyet tashkilotlari uchun xarajatlarni iqtisod qilish imkoniyati. Turli xil kommunal xarajatlar o‘rtacha 15-20% ga qisqaradi. Xodimlar ham qisqartirilgan kunlar hisobiga yo‘l va ovqatlanish xarajatlaridan iqtisod qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Shu sababdan respublikamizdagi barcha korxona-tashkilotlarda 5 kunlik ish kunining tashkil qilishni va uning qat'iy ta'minlanishini taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
5Jamiyat
Xorazmda maktab o‘quvchisi cho‘kayotgan ayolning qutqarilishiga sabab bo‘ldi Urganch shahridagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Jamshidbek Ahmedov suvga cho‘kayotgan ayolning qutqarilishiga sababchi bo‘ldi. U darsdan keyin uyga qaytayotganida, Shovot kanalida suvga cho‘kayotgan ayolni ko‘rib qolgan. Jamshidbek uni qutqarishga harakat qilgan, biroq to‘lqin ayolni katta kanal o‘rtasiga tortgan. Shundan so‘ng, u odamlarni yordamga chaqirgan, ammo hech kim uning ovozini eshitmagan. Jamshidbek vaqtni boy bermasdan shu yaqin oradagi choyxonaga kirib, hodisa haqida odamlarga xabar bergan. Keyin Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari yetib kelib, ayolni suvdan olib chiqib, birinchi yordamni ko‘rsatishgan va shifoxonaga yotqizishgan. Bugungi kunda ayolning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.  9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida Jamshidbekning qahramonligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilib, Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va sovg‘a bilan taqdirlangan.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 121 foizga oshgan — Energetika vazirligi O‘zbekiston Energetika vazirligi 2016—2021-yillar davomida respublikada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘sib borish ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2016-yilda mamlakatda 59,0 milliard kilovatt/soat elektr energiya ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich 71,3 milliard kilovatt/soatni tashkil etgan. Shuningdek: elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O‘sish ko‘rsatkichi 121 foizni tashkil qilgan. Avvalroq O‘zbekistonda islohotlarning jadallashuvi, sanoatning rivojlanishi, aholi soni ko‘payishi natijasida energiyaga bo‘lgan talab keskin oshishi, 2030-yilga borib qariyb 2 barobarga ortishi kutilayotgani, Buxoroda 270 megavattlik IES ishga tushirilgani, O‘zbekiston 2022-yilda Afg‘onistonga 100 million dollarlik elektr energiyasi yetkazib berishi, Shavkat Mirziyoyev gidroenergetikani rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Rossiyalik ekspert: kelgusi yillarda O‘zbekiston uchun kurash boshlanadi Yevropa ittifoqi va Rossiya o‘rtasida sobiq ittifoq hududida o‘z ta’sirini o‘tkazish borasida kurash boshlanadi. Bu haqda Sputnik agentligiga Strategik rejalashtirish instituti, siyosiy fanlar doktori, professor Aleksandr Gusev o‘z fikrlarini bildirdi. “Germaniya pozitsiyasining O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyo davlatlarida mustahkamlanishi — bu jiddiy forpost (harbiy istehkom, tovarlar almashinadigan joy)”, — dedi u Sputnik O‘zbekiston efirida. Hozir Yevropa ittifoqi mamlakatlari o‘z diqqat markazini Yaqin Sharqdan sobiq ittifoq hududiga o‘tkazmoqda, deb hisoblamoqda ekspert. “O‘zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda pozitsiyalarni mustahkamlash uchun jiddiy fikrlar paydo bo‘ldi”, — deydi Gusev. Professor fikriga ko‘ra, yaqin yillarda Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida sobiq ittifoq hududida jiddiy kurash boshlanadi. Shu o‘rinda Shavkat Mirziyoyevning qat’iy kursi tufayli O‘zbekiston tashqi siyosatida prinsipial o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
8O‘zbekiston
Xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi mumkin Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasini muhokama qilishda davom etamiz. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarni tashkil etishda talablar kamaytiriladimi Loyihada хorijiy investitsiyalarni mahalliy iqtisodiyotga jalb etish meхanizmlarini soddalashtirishga yoʻnaltirilgan bir nechta chora-tadbirlar taklif qilingan. Investitsion faollikka va хorijdan kichik miqdordagi mablagʻlar jalb etilishiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratiladi. Birinchidan, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхona ustav fondidagi хorijiy qoʻyilmalarning eng kam miqdorini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Hozir tashkilotlarni хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar deb tan olish mezonlaridan biri – kamida 30% miqdoridagi хorijiy ulushning mavjudligi hisoblanadi. Ushbu chegarani 15%gacha pasaytiradilar. Ikkinchidan, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar ustav fondidagi yuqorida koʻrsatilgan ulush egasi хorijiy yuridik shaхs boʻlishi kerakligi haqidagi talab bekor qilinadi. Shu tariqa, investorlar – jismoniy shaхslar uchun imkoniyatlar kengayadi. Uchinchidan, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 mln soʻmdan 400 mln soʻmgacha pasaytiriladi. Ma’lumot uchun: yuqorida koʻrsatilgan talablar «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonunning 6-moddasida, shuningdek Prezidentning 30.11.1996 yildagi «Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish omillari va imtiyozlar toʻgʻrisida»gi PF–1652-son Farmoni 1-bandida keltirilgan.  Toʻrtinchidan, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji miqdori 3 baravar pasaytiriladi. Eslatib oʻtamiz, hozir Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq uning miqdori hujjatlarni oʻzi kelib topshirganda 32 EKIHni va Internet orqali roʻyхatdan oʻtganda 16 EKIHni tashkil etadi.  Beshinchidan, хorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatхonalarini akkreditatsiya qilish muddati 1–3 yildan 5 yilga oshiriladi. Akkreditatsiya qilganlik uchun toʻlov esa aksincha 3 baravar, 1200 AQSh dollaridan 400 AQSh dollarigacha pasaytiriladi. Shuni qayd etib oʻtamizki, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarga bir qator soliq imtiyozlari berilgan. Ular bilan bu yerda tanishish mumkin. Bunda хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхona maqomi bilan bogʻliq maхsus imtiyozlardan tashqari, bunday tashkilotlar oddiy korхonalar qatori boshqa barcha imtiyozlardan foydalanishga haqlilar. Yirik investitsiyalar bilan kelganlar – Oʻzbekistonda muammosiz yashaydi Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar quyidagilarni хarid qilish koʻrinishida Oʻzbekistonga kamida 200 ming AQSh dollarini investitsiya qilganlarida: IIV mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor sohalariga salmoqli investitsiyalar kiritgan хorijiy shaхslarga «Faхriy fuqaro» maqomini berish masalasini ham oʻylab koʻradi. Yer olish va investitsiya shartnomalarini tuzishning soddalashtirilgan tartibi Tumanlar (shaharlar) hokimlariga хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini 50 yilgacha boʻlgan, biroq arizada koʻrsatilgan muddatdan kam boʻlmagan muddatga uzoq muddatli ijaraga berish huquqini berish taklif etildi. Hozir Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish ob’yektlarini loyihalashtirish va roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq masala Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga esa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida хorijiy investorlar bilan 10 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan хorijiy investitsiyalar ulushiga ega investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya shartnomalarini tuzishlariga ruхsat beriladi. Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq, hozir investitsiya shartnomasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi orqali Hukumat hamda хorijiy investor (investorlar) oʻrtasida tuziladi.   Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Samir Latipov.
10Qonunchilik
Sharq siyosati 1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi. Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova Bir kun qon tengizlarinda botg‘an, tamug‘ o‘tlarinda ko‘milgan Sharq bir kun tinchlik va taraqqiy beshigi edi. Bu kun oyoqlar taginda ezilgan Sharq bir kun madaniyatning yo‘lboshchisi, bilim va hunarning o‘chog‘i edi. Ovro‘pa dunyosi vahshat va bilmaslik cho‘llarinda obdirab1 shovqin-toshqig‘ yurar ekan, Sharq dunyosi butun insoniyat olamini saodat va tinchlik o‘choqlarig‘a erishdurmak uchun ish ko‘rub turar edi. Ovro‘pa(da) bir mahalla oqsoqollig‘i yo‘q ekan, Sharqning “ko‘zquchinos”, “barahma”, “iso”, “zardusht” va Muhammadlari butun odam o‘g‘ullarini bir nuqtada to‘plab to‘g‘ri va bilgili yo‘lg‘a kirguzmak uchun tirishar edilar. Chinlilar yozish uchun qog‘oz yasag‘anda ovro‘palilar o‘ng-so‘l qo‘llarini bir-birindan ayira olmas edilar. Zamon buzg‘unlarindan qutulub tarix dunyosinda qolg‘an Xitoy madaniyatining izlari bu kun dahi ovro‘palilarni hayron qilmoqdadir. Bu kun tiriklikning har yog‘indan qarag‘anda taraqqiy va saodatning so‘ng bosqichini bosib o‘tgan ovro‘palilar orasinda Hindustonda bo‘lib o‘tgan madaniyat zamonlarini ko‘rmagani uchun qayg‘urg‘an bilg‘uchilar bordir. Ovro‘palilar din va kiliso2 taassublarig‘a berilib, bilmaslikning eng teran chuqurlarig‘a tushg‘an chog‘da arablar, musulmonlar, Yunon, Eron va Hindustonda ko‘mulub qolg‘an madaniyatni tirguzdilar. Hind va Yunonda unutilib qolg‘an bilim, hunar, hikmat va falsafani bir o‘runda to‘pladilar. Andalus, Misr(ni) biror madaniyat maktabi, taraqqiy o‘chog‘i, bilim beshigi qildilar. Bag‘dodda — arab san’atchilari soat yasab, Ovrupag‘a yubarg‘anda Parisning3 u palladag‘i angellari4 “bu quti ichida shayton”lar bor deb soatni tashlab qochg‘an edilar. Bugungi madaniyat va mag‘rur Ovrupaning shaharlarinda ham tinchlik va osoyish yo‘q ekan, Bag‘doddan Turkistong‘acha tinch va osuda bormoq mumkin edi. Musulmon madaniyatining egalari yolg‘uz o‘zlarining emas, butun boshariyat dunyosining tinchlik, taraqqiy va saodati uchun tirishar edilar. Unlar hozirg‘i madaniy yirtg‘uchilar5 kabi o‘zlarindan bo‘lmag‘an millatlarni hayvon sanamas edilar. To‘g‘ridurkim, musulmonlar dahi boshqa millatlarg‘a qarshu urush ochdilar: to‘g‘ridirkim, musulmonlar daxi boshqalarning o‘lkalarini olurg‘a tirishdilar va oldilar, lekin unlarning jahongirliqlari bu kungi madaniy Ovro‘paning jahongirlig‘i kabi olingan o‘lkalarning uluslarini talamoq, ezmak, yiqitmoq uchun emas, unlarni yanglish yo‘ldan qaytarmoq, unlarning orasinda kirib “haq” deya topilgan o‘z fikrlarini unlarga qabul etdirmak, butun dunyo ulusini “haq” va “haqiqat” tegrasinda to‘plamoq uchun edi. “Baytulmuqaddas”ni, Misrni, Andalusni, Istanbulni olg‘an musulmon huqumatlarining u yerlardagi xalqqa bergan huquqlari, qolg‘an rivoyatlari tarix betlarindan o‘churilmaqdadir. Arab boshliqlari bir o‘lkani olg‘anda u yerdag‘i ulusning tinchligini saqlamoq uchun biroz qo‘shun qo‘yar va shul qo‘shunning chiqimlari uchun biroz solug‘ olar edilar. Biroq yovning yurushig‘a chidamasdan shul o‘lkani tashlab chiqmoqchi bo‘lg‘anda ulus oqsoqollarini chaqurub “biz bu solug‘ oqchalarini tinchligingizni saqlamoq uchun sizdan olg‘an edik. Bundan keyin tinchligingizni saqlay olmaymiz, shuning uchun bu oqchalaringiz bizg‘a haromdir” deb olg‘an solug‘larini qaytarib ketar edilar. Afriqog‘a kirgan musulmonlar Amriqo va Afriqoni bosqon madaniy ovrupalilardek yerli xalqni bitirmak uchun tirishmadilar. Unlarg‘a madaniyat berdilar. Amriqog‘a qo‘noq bo‘lub kirgan Ovrupa madaniylari Amriqo yerli xalqini bitirayozdilar, buni bilmag‘an yo‘qdir. Afriqoni bosib olg‘an Ovrupa jahongirlari u yerdagi qora xalqni o‘lat kabi o‘ldurub turalar. Holbuki, musulmonlar Afriqoning Jazoyir, Tunis, Fas6 kabi o‘runlarini olg‘ach, u yerlarni taraqqiy etdurdilar, xalqini tinchlanturdilar, unlar birdan buyuk odamlar yetushdirdilar. Sharq o‘zining tarixi, siyosati, hunari, insofi, adolati, axloqi va xidmat-u e’tiborlari bilan uncha yuksalmish, u qadar taraqqiy etmish edikim, tasavvuri ham bizning miyalarimizg‘a sig‘maydur. Sharq madaniy yirtg‘uchi emas edi. Sharq boshqalarning xalqlarini olmas edi. Sharq bashariyatning yuksalishi uchun tirishar edi. Sharq madaniyat o‘chog‘i, insof beshigi, axloq maktabi, bilim madrasasi edi. Biz, sharqlilar, bashariyatga qilg‘an xidmatlarimiz uchun bu kungi qonli Ovrupag‘a qarshi yaxshig‘ina maxtana olurmiz. Biz, sharqlilar, madaniyat yo‘linda tutdigimiz xidmatlarda davom etganda bukun bashariyat dunyosini ko‘b yuksak mavqe’larda ko‘rmak mumkin edi. Negakim, Sharq bilim, hunar yo‘linda Ovrupa jahongirlaridek o‘rtoq qoni ichmak va orqadosh uyin talamoq uchun emas, insonlik dunyosini yuksaltirmoq uchun tirishar edi. Yozuqlar, esizlarkim, Sharq o‘z yo‘linda davom eta olmadi, madaniyat tarixining eng buyuk va eng tugal qoidalarindan biri shudir: bir ulus tirikchiligining har to‘g‘risinda yuksalib, taraqqiy qilib tinchlansa, biror yoqda kuchliroq biron biri ko‘rinmasa, o‘lkasi kengayib, oqchasi ko‘paysa, ul ulusning bora-bora axloqi buzulur, totlig‘i yo‘ldan chiqa boshlar. Biz, sharqlilar, dahi tinchlik va rohat so‘nginda buzulib qoldiq, yo‘ldan ozdik, ezgu tilaklarimizni unuta boshladik. Bilim va hunardan yuz qaytardik, birlik va axloqdan ayrilduk, oqchag‘a berildik, oqchag‘a sotilduk, shuning so‘ngida Xitoy, Turk, Fors, Arab va Hind mamlakatlarindan har biri o‘z qo‘nug‘i bilan, o‘z navbati bilan tinchlik va taraqqiy bosqichlarindan qulliq, yo‘qsulliq chuqurlarig‘a yumalab tusha boshladilar. Sharqning butun ishlari ongsiz beklar, tushunchasiz xonlar, miyasiz mullalar, bilimsiz eshonlarning qo‘lig‘a o‘tdi. Bunlar Sharqning butun tuzuk va intizomini buzub yubordilar. Xonlar o‘z qorinlarini to‘ydirmoq uchun xalqni bir-biri bilan urushdirdilar, mamlakatning jonli va muhim o‘runlarini sotdilar, mullalar o‘z istavlarig‘a “din” otini toqib bozorg‘a chiqardilar, din, tangri, payg‘ambar, uchmox va tamug‘ orqali Sharq xalqini talay boshladilar. Sharqning taraqqiy yo‘li ko‘muldi. Saodat va tinchlik eshiklari bog‘landi, saodatning eng yuksak tepasiga chiqqan Sharq yo‘qsulliqning eng teran chuqurig‘a tushdi. Sharqning Xitoyi, Eroni, Turoni, Arabiston bilan Hindustoni barisi bir turtki o‘t bilan, bilmaslik va g‘aflat o‘ti bilan yonib bitdi. Sharq g‘aflat va bilimsizlik tamug‘larig‘a yumalab yotaturg‘an chog‘da Ovrupa ko‘zi uyqusindan yangigina tura(r) edi. Ovrupalilar uzun va zararli g‘aflat uyqusidan uyg‘ongach, och qolg‘an yirtg‘uchilar kabi Sharq ustiga otildilar. Dunyoning eng yog‘li bir bo‘lagi bo‘lgan Sharq yirtg‘uchi hayvonlar orasinda qolg‘an semiz, lekin kuchsiz bir qo‘y holatini oldi. Ovrupa yirtg‘uchilari Sharqning har yonindan soldurdilar. Tish, tirnoqlarig‘a ilingan yerlarini yirtib, uzub olaberdilar. Boyaqish Sharq o‘z jonini qutqarg‘ali ko‘b tirishdi, tebrandi, qichqirdi, dodladi, yugurdi, hamla qildi, qochdi, qo‘rqutdi, yalindi, esiga kelgan har yo‘lg‘a kirib ko‘rdi. Biror osug‘7, biror unum, biror foyda ko‘ra olmadi, nega-kim, unga oxsum8 bo‘lg‘an yirtg‘uchilarning kuchlari ko‘b, tishtirnoklari o‘tkir edi. Anglizlar Hindustonni yutdilar, Misrni bosdilar. Adanga kelib Arabistong‘a qo‘l uzatdilar. Rus imperialistlari Qafqasiyoni taladilar, Turkistonga kirib, Xitoy, Afg‘onga, Eronga ko‘z tikdilar. Franso‘zlar Tunis bilan Jazoyirni g‘asb etib, Falastinga yukundilar. O‘zining ibtidoiyligi bilan tinchgina yashab turg‘an boyaqish Afriqo qit’asi Ovrupa jahongirlari orasinda bo‘lindi. Bu olish-berishlarning hech biri urushsiz bo‘lmadi. Ovrupaning och “qirg‘iy”lari o‘zlarining bilimsiz, johil dehqonlarining boshlarig‘a no‘xtalar9 solib Sharqg‘a tortdilar, unlar biror narsani onglamasdan Sharqdag‘i ishchi va dehqonlar uzra soldurdilar, unlarning yozug‘siz tinchgina yotg‘an orqadoshlarini urdilar, o‘ldurdilar, taladilar, talatdilar. Sharqning yozig‘siz kishilarini o‘z boylarig‘a qul qilib berdilar. Ovrupaning ishchi va dehqonlari bu olish-berishdan nima qozondilar? Bitmas yaralar, tuganmas qayg‘ular, boshqa hech yo‘q! Ovrupa jahongirlarining Sharq sari yurishlari boshqalarning qonini to‘kub o‘z qursoqlarini to‘ldirmoq, o‘zgalarning uyini yondurub, o‘z qozonlarini qaynatmoq uchun edi. Lekin unlar tilaklarini ulusg‘a bildirmas edilar. “Sharq xalqi vahshiydir, ularni madaniylashdurmak uchun borarmiz”, “Sharq xalqi bilimsizdir, unlarg‘a bilim tarqatmoq uchun borarmiz”, “Sharq xalqini xoch buyruqlarig‘a10 bo‘ysundirmak uchun borarmiz”, deb o‘z ishchi va dehqonlarini aldab, bizim ustimizga yuborur edilar. Unlar bu yolg‘on bahona va so‘zlarni yolg‘uz o‘z askarlari orasinda emas, biz sharqlilarg‘a ham uyalmasdan aytib turalar: “Siz, sharqlilarg‘a madaniyat yo‘qdir, sizlar ibtidoiy vahshiy kishilar erursiz, sizni isloh etmak, tartib bermak, o‘qutmak, madaniylashdurmak keraqdir, bu ish bizning (ya’ni Ovrupaning) vazifalarimizdir. Yer yuzining eng obdon bo‘lagi bo‘lg‘an Sharqni ishga solmoq, bashariyat dunyosining eng katta yig‘ini bo‘lg‘an sharqlilarni vahshatdan qutqarmoq bizga farzdir. Mana shuning uchun biz (ovrupalilar) Sharqg‘a keldik. Sharq hukumatlarining bir qismini oldik va qolg‘an qismini ham olmoqchi bo‘lub turamiz” deyarlar. Bu so‘zlarning Sharq to‘g‘risindag‘i bir qismi to‘g‘ridir. Voqean, bilimsiz qolmishdir, Sharq Ovrupag‘a qarag‘anda ko‘pdan-ko‘p orqada qolmishdir. Lekin Ovrupaning Sharqqa madaniyat berishi yolg‘ondir. Ovrupa jahongirlari Sharqdan olg‘an mamlakatlarda taraqqiy va madaniyat degan narsani qat’iyan ko‘rguzmadilar, ko‘rguzmakka tirishmadilar. Ovrupaning bizga beradigan narsalari belgilidir: safohat, axloqsizlik, qumor va sharobxo‘rlik. Sharqning din va odatlarig‘a qat’iyan to‘g‘ri kelmagan fohishaxonalarni o‘lkamizda Ovrupa jahongirlari ochdilar. Butun bashariyat hayotig‘a, maishatig‘a, ishiga rahnalar solg‘uchi sharob do‘konlari yurtimizg‘a shul Ovrupa boylari “himmati” bilan quruldi. “Faranga”11 degan qo‘rqunch kasal Sharqg‘a Ovrupa jahongirlarining bosqinlari bilan keldi. Xulosa: Ovrupa jahongirlari Sharqg‘a bugungacha axloqsizliq va buzuqliqdan boshqa bir narsa bermadilar. Sharqg‘a madaniyat maktablari, insoniyat madrasalari ocharmiz deb kelgan Ovrupa jahongirlari fohishaxona va mayxonadan boshqa bir narsa ochmadilar. Ajabo, Ovrupa jahongirlari bu ishlarini bilibmi qildilar, bilmasdanmi qildilar? Albatta, bilib qildilar, jo‘rttaga qildilar. Unlarning tilaklari bizg‘a madaniyat berib, bizda maorif tarqatish, bizni taraqqiy etdurmak emas, turli fohishaxonalar, mayxonalar ochib, bizning axloqimizni buzmoq, bizning sog‘lig‘imizni xarob etmak va urug‘imizni qurutub, bizni ishdan chiqarmoq va o‘z qo‘llarig‘a muhtoj qilib qo‘ymoqdir. Unlar Sharq xalqini butun yo‘q qilib, Sharqni o‘zlariga moya12 qilmoqchi erurlar: Ovrupa jahongirlarining bir “kulguli” va “yo‘q etur” siyosatlari Sharqning musulmon dunyosining har yog‘inda bir turligina joriydir. Angliz boylari Hinduston xalqini bitirmak uchun qanday tadbirlar ko‘rib, qaysi yo‘llar bilan ketsalar, fransuzlar Jazoyir va Tunis xalqini bitirmak uchun shulgina tadbirlarni ko‘rib, shulgina yo‘llar bilan ketalar. Ovrupa jahongirlari Sharqqa tutkan siyosat yo‘llari shunlardir: Sharqning axloqini buzmoq, ko‘nglini diniy va milliy muqaddasatindan13 sovutmoq, sharqlilar orasinda ayriliq va yovliq solib bir-birlarig‘a qilich chekdurmak, sharqlini ishsiz, yalqov, och va yalang‘och qilib o‘zlarig‘a qul etib olmoq, yuvosh-yuvosh sharqlining qo‘lindan yer va qimmatli narsalarini yuz turli hiylalar bilan tortib olmoq, Sharq xalqini turli yo‘llar bilan sekin-sekin yo‘q qilmoq…! Angliz va fransuz jahongirlari tomonidan Xitoy, Hind va Misrda ochilgan fohishaxona va mayxonalar, yuborilgan po‘plar va missionerlar, ochilgan maktablar, barisi shuning uchundir. Rusiya Nikolay hukumati bizning Turkistonimizda ham shul tadbirlarini ko‘rmadimi? Ovrupa jahongirlari dunyoning eng yomon zulmini qilaturub, o‘zlarini odil va insonparvar aytdilar. Qani, ko‘raylik-chi, bunlar bizning musulmon va Sharq dunyosig‘a qanday adolat qonunlari tutub, qanday insoniyatparvarona ishlar qilg‘anlar? Ovrupa jahongirlarining qoidalari, buyuk qursoqlilari, Sharqdan ko‘b yer olg‘anlari angliz hukumatidir. Sharqning oltun xazinalari bo‘lg‘an Hinduston qit’alari anglizlar jahongirining qo‘lidadir. Lekin bu hokimlik adolat qonunlarig‘a muvofiq tenglik negizlariga qarab ko‘rulmagan. Bu qarov qonli hokimlikning asosi zulm va insofsizliqdir. Hindustonning egalari bo‘lg‘an yerli xalq bilan qo‘noq bo‘lub kelgan ikki-uch qadrsiz angliz orasinda tenglik yo‘qdir. Hindustonda yerlilar uchun boshqa, anglizlar uchun boshqa mahkamalar bor. Yerlilar uchun ayri zindonlar, anglizlar uchun ayri turmalar bor. Anglizlar uchun yasalgan mahkama, turmalar qonunli, adolatli, hafz sihatig‘a14 muvofiq va tinch yasalgan. Yerlilar uchun qurulg‘an mahkama va zindonlar esa tartibsiz, buzuq, zolimxona, qorong‘u va qo‘rqunch bir shaklda qurulg‘an. Yerlilar uchun tuzangan “jazo” qonunlari anglizlar uchun tuzulgan qonunlardan ko‘p farqlidir. Bir pichoq ko‘tarib yurgan, bir angliz itiga tosh otgan, bir tovuq o‘g‘irlagan bir yerli tutulsa, necha oylik qorong‘u va kirli turmag‘a buyuruladir. Bir hindlini o‘ldurgan, bir bonkani urgan anglizga esa eng qulay, eng kichkina bir jazo beriladir yoxud afv etiladir. Hindustonda bir angliz itiga tosh otib, olti oy zindonga buyurilgan yerli ko‘bdir, lekin yuz hindlini o‘ldurub, qonun yoninda mas’ul bo‘lg‘an bir angliz topilmaydir. Angliz jahongirlarining Hindustondag‘i pilonlari Hinduston xalqini oqchasiz, yap-yalang‘och qo‘yub halok etmaqdir. Angliz hukumati Hindustondan yilda 4 yuz ellik milyo‘n so‘m oladir. Ovro‘paning siyosati qonunlarig‘a qarag‘anda har o‘lkadan hukumat xazinasig‘a kirgan oqchaning shul o‘lkaning obodlig‘i va taraqqiysi uchun sarf bo‘lishi lozimdir. Angliz hukumati shul oqchadan milyo‘ng‘acha so‘mini Hinduston maorifi yo‘linda sarf qiladir. U ham Hindustondag‘i angliz bolalarini o‘qutmoq uchundir. Ikki yuz milyo‘n so‘mini Hind angliz bo‘yunturug‘i ostinda saqlag‘uchi Hind askariyga sarf qilib, qolg‘anin o‘z qopchug‘iga tiqadir. Shuncha oqchadan Hinduston xalqi uchun bir chaqaliq foydyo yo‘qdir. Har yili Hinduston xalqining yuzdan uchtasi ochliqdan o‘lub ketadir. O‘zlarini insoniyat oshig‘i atagan angliz jahongirlari bunga kulubgina qaramoqdan boshqa ish ko‘ra olmadilar. Unlarning Hindustonda qozonishi kunda yigirma so‘m, hindliniki kunda bir so‘mdir. Buning sababi nimadir? Anglizning qo‘lini buncha ochib, hindlining qo‘lini bir-birila bog‘lag‘an kimdir? Bir hindlini bir anglizcha ishlamaqdan man qilg‘an quvvat qaysi quvvatdur. Shubha yo‘qkim, angliz hukumatidir. Angliz jahongirlarining Misrda yurutg‘an siyosatlari Hinddag‘i siyosatlarindan yaxshiroq emasdir. O‘zlarini dunyoning eng madaniy, eng insofli va insonparvar deb topgan Faransiya jahongirlarining zulmlarini ko‘rgan kishi anglizlarga rahmat aytmasdan tura olmaydir. Qirq-ellik yildan beri usmonli hukumatindan tortib oldig‘i Tunis va Jazoyir musulmonlarig‘a qaraylik, unlarning hollarini ko‘z oldina keturaylik. Faransiyaning jahongir hukumati o‘zining butun ma’murlari bilan Tunis, Jazoyir musulmonlarini yo‘q qilmoq uchun ont ichganga o‘xshaydir. Hurriyat, musovot15 va huquqi basharning beshigi bo‘lg‘an Faransiyaning qonunlari Jazoyir bilan Tunis kuniga solmagan, Tunis va Jazoyir havosinda tiriklik qilib yurgan musulmonlar hurriyat va insoniyat homiysi bo‘lg‘an – faransuzlarning bog‘langan qo‘llari va bo‘g‘ozlangan tutqunlari erurlar. Faransiyaning eng yaqin bir qishlog‘inda solingan maktabining izi ham Tunisning eng katta bir shahrinda topilmaydir. Faransiyaning eng ahmoq bir bolasiga berilgan so‘z erki (so‘z hurriyati) – Jazoyirning eng ulug‘ bir faylasufig‘a ham berilmaydir. Tunis, Jazoyir musulmonlarig‘a “hurriyat”, “huquq”, “adolat” degan anqo qushlari qo‘lg‘a solmaylar. Faransiyaning ma’murlari va yuzboshilari Tunis va Jazoyirga kelganda ilon kabi og‘uli, shaytondek yovuz, somonday yengil, “Qorung‘a” o‘xshash boy bo‘lub qolarlar. Tunis va Jazoyir xalqining nomuslari bilan o‘ynab, jonlari bilan tijorat qilib turarlar. Tunisning ekin yerlari musulmonlarindan butun olunub faransuz boylarig‘a berilgan, yerli xalqning qo‘linda ekin yeri sira qolmag‘an, barisini faransuz boylari aldab-suldab, qo‘rqutib, urib olg‘anlar. Bu kun butun Tunis ekinchilari faransuzning eng qadrsiz xizmatchilari bo‘lub ishlaylar. Faransuzlarning butun fikrlari Tunis va Jazoyir musulmonlarini ish qilib yo‘qotmoq va unlarning yerlariga ega bo‘lmoqdir. Ovrupa jahongirlari bir millatni yo‘q qilmoq uchun hammadan burun u millatning milliy va diniy axloqini buzalar. Undan keyin milliy tilini churutalar. Faransuzlar Jazoyir o‘lkasinda bu yovuz fikrlarini biroz yuruta olmishlar. Bundan olti yil burun Tunis va Jazoyirg‘a sayohat uchun borg‘ani misrli bir yozg‘uchi o‘z sayohatnomasinda shul so‘zlarni yozadir16: “Faransiya buzuqlig‘i Jazoyirning kentlarinda uncha ta’sir qilmag‘an bo‘lsa ham, shahar kishilariga xo‘b yomon ta’sir etgan. Milliy axloqlarindan asar yo‘q, milliy tillari yo‘qola yozg‘an, Jazoyir xalqining bir bo‘lagi o‘z tillarini sira bilmaylar. Faransuzcha gapuralar, bir bo‘lagi bilsalar ham, tugal bilmaylar. Gapursalar so‘zlarining yarimi arabcha, yarimi faransuzcha bo‘lub chiqadir. Yana shu misrli sayyoh aytadir: “Bir yag‘inchoqlariga17 bordim. Yag‘inchoqda hozir bo‘lg‘an kishilarning barisi arab edi. Biroq so‘ylashlari faransuzcha bo‘lar edi. Tanishlarimdan biriga aytdimkim: mana shul majlisda biroz gapirsam bo‘lurmi? Tanishim: Qaysi tilda gapurasan? Men: Arabcha. Tanishim: Bunlar birortasi ham arabchani onglamaydir. Men: Bunlar arab emaslarmi? Tanishim: Arab, lekin o‘z tillarini unutganlar! Mana shul so‘zlarning har biri faransuzlarning tub tilaklarini yaxshig‘ina bildiradir. Ovrupalilar, ayniqsa, faransuz va anglizlarning tilaklari bizni bitirmaqdir. Biz unlarg‘a qancha do‘st bo‘lsak, qancha yaxshilik qilsak, o‘z jonimizni yo‘llarinda qurbon etsak, yana bo‘lmas, unlar bizga yaxshi ko‘z bilan qaramaslar, bizni bitirmak fikrini tashlamaslar, niyatikim, umumiy urushning birinchi yillarinda Tunis musulmonlari Faransiya hukumatig‘a murojaat qildilar: “Qancha askar istasangiz berarmiz, hammamiz urush maydonlarig‘a borib yovlaringiz bilan urusharmiz, jonimiz va molimiz bilan sizga ko‘makchi bo‘lamiz. Siz ham bizga o‘z faransuzlaringizga berilgan huquqni beringiz! Bizga o‘gay ko‘zi bilan qaramangiz, Faransiyada yurutulgan adolat qonunlarini bizning o‘lkada ham yuritingiz, deylar. Faransiya hukumati qabul etmadi. Hindustonlilar ham shul urushda anglizdarg‘a qancha xidmat qildilar, qonlarini angliz foydasi yo‘lida suvdek to‘kdilar. Hind musulmonlari o‘zlarining xalifalari bo‘lg‘an Turkiyaga hujum etdilar, Dardoniya18 yoninda qancha dindoshlarini shahid etdilar. Angliz hukumati yolg‘uzg‘ina shul hind oqchasi va shul hind qo‘shuni19 bilan Olmoniya va Turkiyani yenga bildi. Urush bitgandan keyin angliz hukumati shul jonkuyar hindlilarga qarab: “sizning ko‘magingiz bilan shuncha ish bo‘ldi, mana bu haqni oling, siz manim do‘stlarimsiz” deydimi? Albatta, yo‘q! Bu kun hind xalqining uyi yana shul angliz to‘pi bilan yiqilib yotar, bu kun hind ulusining boshi yana shul angliz qilichi bilan kesilib turadir. Shul besh yillik urushda Eron hukumati angliz yo‘ldoshlarig‘a ko‘b yaxshilik qildi. Dindoshlari bo‘lg‘an turklarga qo‘shilmadi, qo‘shilg‘an qabilalarg‘a “yog‘iy” deb qaradi, yov muomalasi qildi. Angliz qo‘shinig‘a yo‘l berdi. Urush bitgach, mal’un anglizlar unga xo‘ppokda20 bermadilar. Eron vakilini sulh majlisiga kirgazmadilarkim, Eron istiqlolini qabul etmadilar demakdir. Eron shohini Lo‘ndiraga chaqirdilar. Shoh Lo‘ndiraga borib, ehtimolkim, angliz kuchi ostinda Eron istiqlolining o‘lum qog‘ozinda qo‘l qo‘yub kelar. Rusiya imperato‘rlik hukumatining bizga qilg‘an zulmlari anglizning Hindustonda qilg‘an zulmlarindan qolishmas edi. Ovrupa jahongirlarining buncha haqsizliqlari, bunday yovuzliqlari yolg‘uz musulmon dunyosig‘a emas, butun Sharqg‘a qarshi edi. Necha yuz yildan beri chet yoqg‘a chekilgan “och qornim, tinch qulog‘im” deb o‘turg‘an siyosat dunyosining hech bir ishiga qatnashmagan Chin xalqining dag‘i rohati shul Ovrupa jahongirlari tomonidan buzuldi. Bundan qirq-ellik yil burun Jopo‘niyo xalqi ham shul Ovrupa jahongirlari tomonidan ezilib tura edi. Ovrupa jahongirlari Sharqdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z qo‘llarig‘a o‘tkan o‘lkalarigagina bu zulm va bu insofsizliqlarni qilmadilar. Bu kungacha qo‘llarig‘a o‘tmagan o‘z boshli, mustaqil Sharq davlatlarini ham ezdilar, taladilar. Angliz, faransuz jahongirlarining Turkiya o‘lkasinda qilg‘an ishlari davlatlar huquqig‘a, insof va adolat qonunig‘a butun muxolifdir. Bukun har eronlining yuragini ochib ko‘rganlar angliz xanjari bilan ochilgan ko‘b yaralarni ko‘rarlar. Turkiyaning toshlar va kesaklarindan har birini ko‘tarib qarag‘anlar Ovrupa qilichi bilan to‘kulgan qon tomchilarig‘a uchrarlar. Turkiyaning dohiliy ishlarig‘a qo‘l uzatmoq, Turkiyaning taraqqiy yo‘lini bog‘lamoq, Turkiya hukumatining e’tiborini yo‘q qilmoq ovrupalilarg‘a o‘yinchoq bo‘lub qolg‘an edi. Mustaqil, betaraf va sulhchi bo‘lg‘an boyaqish Eron o‘lkasi Angliz va Rusiya jahongirlarining oqchalari bilan hozirlangan ixtilol21 va isyonlar va o‘z boshli bo‘lg‘an bu hukumatning dohiliy ishlarig‘a qo‘l uzatmoqg‘a kimsaning, “boshqa bir davlatning” haqi yo‘qdir. Lekin, bu qonun Sharq davlatlarig‘a yurutulmaydir. Ovrupaning eng qadrsiz va eng soyig‘siz22 kichkina bir hukumati bo‘lg‘an Qorabog‘ hukumati Sharqni qadrli hukumati bo‘lg‘an Turkiyaning doxiliy ishlariga qotisha, qo‘l uzota edi. Ovrupaning insofi, madaniy davlatlari uning bu ishiga kulubgina qaray edilar. Tunis va Jazoyirda musulmonlarni soyimligi va muqaddas shayxlari xonaqoh ichindan tortilib, dor yog‘ochiga osiddilar. Turkiyaga tobe’ bo‘lg‘an “Qarib”23 otasindagi musulmonlarning yozug‘siz bolalari ona qorindan chiqaturub o‘tga solindilar, mustaqil bir Sharq davlati bo‘lg‘an Eronning buyuk mujtahid24lari Rusiya va Angliz ko‘nsullarining tilaklari bilan dorg‘a osildilar. Nikolay hukumati zamonida rus qo‘shini Imom Ali Rizoning25 sharafina to‘pga tutdilar, anglizlar butun musulmon dunyosining muqaddas imomi bo‘lg‘an Hazrat Alining ravzasiga26 to‘p otdilar, insofli va madaniy (!) Ovrupa davlatlarindan birortasi ham tovush chiqarmadi. Lekin Turkiyada bir armanining burnindan yolg‘ondan qon chiqg‘anda Istanbul sohili Ovrupa urush kemalarindan to‘lar edi. Bu madaniy yirtg‘uchilar Istanbulni olib vahshiy musulmonlarni (!) u yerdan quvmoqchi bo‘lar edilar. Buncha zulm, buncha insofsizliq va buncha vahshiylikdan Ovrupa jahongirlarining tilaklari o‘lkalari olinmay qolg‘an Sharq davlatlarini ham biturmak, butun Sharq yerlarini olib Sharq xalqini qul qilmoq edi. Bu ish Ovrupa jahongirlariga bir oz qiyin tushdi. Sharq hukumatlarini biturmak, Sharq o‘lkalarini bosmoq qulay edi, biroq olingan o‘lkalarni o‘zaro bo‘lushmak qiyin edi. Qaysi moyli bo‘lagini kim olar edi, suyaksiz ta’mli o‘runlari kimga tegar edi. Ovrupa jahongirlarini ko‘brak tushundirgan narsa mana shul ulashmoq edi. Ovrupa jahongirlari shul masalani esga olgach, ishlari qiyinlashdi. Moyli bir kesim et ustiga yig‘ilgan och itlar kabi bir-biriga qarashlari o‘zgardi, ko‘zlari qotisha boshladi, har biri o‘zgasiga otilmoq, uni ezmak yetadi. Sharqning eng yog‘li qismlari bo‘lg‘an Misr va Hinduston angliz qo‘linda edi. Shuning uchun boshqa jahongir davlatlar shunga ko‘z tikdilar. Har birlari shul moyli kesimlarni angliz tirnok darindan tortib olarga tirishdilar. Rusiyaning Turkistonni olishi, Faransiyaning Misrga istiqlol tilovlari, Olmoniyaning Turkiyaga yaxshiliklari barchasi shul “Hind uchun kurash” degan mas’aladan chiqg‘an edi. Yo‘qsa, Faransiyaning Misr musulmonlarig‘a do‘stligi Olmoniyaning Turkiyaga do‘stligi kabi yolg‘on va bo‘sh edi. “Hind uchun kurash” degan masala bora-bora ulg‘aydi, “Sharq uchun kurash” shaklini oldi. Ovrupa jahongirlarining har biri butun Sharqg‘a hokim bo‘lmoq uchun o‘zgasining ko‘zini chiqarmoqchi edi. “Sharq” degan bu go‘zal sevgili xonimni butun o‘ziniki qilib olmoq uchun eng tirishgan davlat Rusiya imperato‘rlig‘i edi. Rusiya jahongirlari Qafqas va Turkistonni olg‘andan keyin Hinduston sari ikki yo‘l hozirlag‘an edilar: “Istanbul va Misr orqali Hinduston”, “Afg‘oniston yo Eron orqali Hinduston”. Anglizlar Rusiya jahongirlarining bu tushunchalarini onglag‘an edilar, Shuning uchun bor kuchlari bilan Afg‘on, Eron, Buxoro, Turkiya hukumatlarining o‘z boshlilik (istiqlol)larini saqlashga tirishdilar, biroq Rusiyaning kuchi kundan-kun ko‘paya boshladi. Rusiya shul holg‘a keldikim, bu kun-erta Hindustonga yurush qilarini har kim sezdi, Hindustonni anglizlardan tortib olarig‘a har kim ishondi. Bu “balo”dan qutulmoq uchun anglizlarga birgina yo‘l qolg‘an edi: ishqilib, Rusiyaning boshiga bir tayoq urmoq. Anglizning shayton siyosati uchun bu ish qiyin tushmadi. Anglizlar Jopo‘niyoga yondoshdilar. Jopo‘niyoni Rusiya uzra soldilar. Rusiya jahongirlari tegishli tayoqni Jopo‘niyodan yeb, sulh qilg‘andan keyin angliz bilan onglashmoq va kelishmakning kerakligini bildilar. Anglizlar bilan so‘ylashib onglashdilar, mushohadalar yasadilar. Ovrupa jahongirlari bir yo‘la bir-birlari bilan yov bo‘lub, bir-birila urusha berganda buning so‘nggi o‘zlari uchun yaxshi tushmas edi. Shuning uchun ba’zilari o‘zaro so‘ylashib kelishdilar, uyushmalar yasadilar. Rusiya, Angliz, Faransiya davlatlari birlashib “ilashgan uch davlat” (“e’tilofi musallas” davlatlari) bo‘ldilar. Olmoniyo, Italiya, Avstriya-Mojoriston davlatlari birlashib “uyushgan bir davlat” (“ittifoqi musallas” davlatlari) yasadilar. Bu davlatlar so‘zdagina umumiy sulhni saqlamoq, umumiy urushning yo‘lini bog‘lamoq uchun yasalg‘an bo‘lsalar ham haqiqatda buyuk va sankarsiz bu urush uchun tayyorlik ko‘rub tura edilar. Bu ikki “davlatlar to‘dasi” (“hay’ati duvaliya”)-dan har bir topqon boyliklarindan ko‘bragini urush yaroqlari tayyorlamoq yo‘linda hormay, tinmay sarf qilar edilar. Bilim va hunarning ko‘magi bilan shahar singari kemalar, tomug‘ ko‘rinishli to‘plar, tog‘ gavdali uchg‘uchlar yasab tura edilar. Bunlarning barisi dunyoning taraqqiysi uchun emas, kuchsizlarni ezmak uchun, Sharqni yutmoq uchun edi. Boyaqish Sharqning yutulmag‘an davlatlari o‘zlari uchun eng osig‘li yo‘l deb shuni topdilarkim, Ovrupada bir-birig‘a qarshi yasalg‘an shu ikki to‘dani orasindag‘i dushmanliqdan foydalanib, o‘z borliqlarini saqlasunlar. Bir kun angliz va yo‘ldoshlarig‘a yolbordilar, bir kun Olmoniya va o‘rtoqlarig‘a yalindilar. Shul ish bilan hurlikli, qorong‘ular orasinda o‘z borliqlarini saqlay oldilar. Sharq va G‘arb ishlari shul yo‘llarda yurub kelaturg‘anda 1914-da Saroy o‘ramlarindan birinda “serb” yigitining to‘pponchasindan bir uchqun chiqib butun dunyo yong‘iniga sabab bo‘ldi. Butun Ovrupa jahongirlari orasinda ochilgan bu qonli urush Sharq mazlumlariga ko‘b yaxshi fursat beradi, Sharqning qutulish soati kelgan edi. Sharqning bunda vazifasi katta-kichik, musulmon, majus demasdan birlashmak: bir-birining qonini ichib turgan Ovrupa yirtg‘uchilari qarshisindan bir kuch va bir qo‘l bo‘lub chiqmoq edi. Bilimsiz qolg‘an Sharq bu to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmadi. Bu fursatni ham qochirmas. Sharqli yaxshilikni unutmas. Sharqli sizdan bir yaxshilik ko‘rgandan keyin sizga tirsak ko‘rsatmas. Sharqda sarmoyaga e’tibor bilan ovro‘pa darajasinda kapitalizmchilik yo‘qdir. Sharq Uluslari ko‘bchilik e’tibor bilan ekinchi va ishchi erurlar. Sharq ekinchilari orasinda rus alpovutlari yanglig‘ egalari topilmaydir. Shuning uchun Sharq uyg‘ongach, sutsiolizm asoslarindan qattig‘ suratda bosh tortmas. To‘g‘risini aytg‘anda Rusiya xukumati Sharq bilan kelishmak va ittifoq etmakka majburdir. Abdurauf Fitrat 1 obdirab — dovdirab, alanglab. 2 kiliso — cherkov. 3 Paris — Parij. 4 angel — farishta. 5 yirtg‘uchi — yirtqich. 6 fas — Markaziy Afrika. 7 osug‘ — foyda. 8 oxsum — Bu o‘rinda “hamla” ma’nosida. 9 nuxta — tizgin. 10 xoch buyruqlari — nasroniylik talablari. 11 faranga — tanosil kasalligi. 12 moya — sarmoya joyi. 13 muqaddasatin — qadriyatlar. 14 hafz sihati — gigiyena qoidalari. 15 musovot — tenglik. 16 yozaqdilar — qaratdilar. 17 yag‘inchoq — klub. 18 Dardoniya — Dardonel bo‘g‘ozi. 19 Inglizlarning Hindiston hisobiga orttirgan boyliklari nazarda tutiladi. 20 xo‘ppok — hech narsa, hemiri. 21 ixtilol — inqilob. 22 siyg‘siz — foydasiz. 23 Karib — orol nomi. 24 mujtahid — jihodga kirgan. 25 Imom Ali Rizo — tatar olimi va adibi Rizo Faxruddin. 26 Hazrat Ali ravzasi — Hazrat Ali barpo qilgan bog‘.
8O‘zbekiston
NATO mamlakatlari Kaliningraddagi “Iskandar”larni xavfsizlikka tahdid deb hisoblaydi NATO mamlakatlari Kaliningrad viloyatiga Rossiyaning “Iskandar” raketa majmualarining joylashtirilishini o‘z xavfsizligiga tahdid deb hisoblaydi. Bu haqda alyans bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Gettemyuller aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”. “Kaliningrad viloyati Rossiya hududi ekanligi borasida hech kim da’volashayotgani yo‘q. Ammo ‘Iskandar’ raketa majmualarining joylashtirilishi — harbiylashtirish va havo hududi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tendensiya isboti. NATOning Rossiya bilan qo‘shni bo‘lgan ko‘plab a’zolari buni o‘z xavfsizligiga tahdid deb hisoblamoqda”, — dedi u. Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligining Yevropa bilan hamkorlik departamenti direktori Andrey Kelin Moskva “Iskandar” majmualarining Kaliningradga joylashtirilishi haqidagi masala bo‘yicha NATO oldida hisob bermoqchi emasligini aytgan edi.
2Dunyo
Futbol muxlislar uchun: “Ayaks” chempionlik sovrinini eritdi, klub uni 42 ming muxlisga kichik suvenir tariqasida taqdim etadi (video) Muddatidan avval Niderlandiya chempionligini hal qilgan “Ayaks” o‘z muxlislariga minnatdorchilik bildirishning o‘ziga xos yo‘lini topdi. Kadr: YouTube Klub mavsumiy abonementini sotib olgan 42 ming muxlis maxsus suvenir (kichik yulduzchalar) bilan taqdirlanadi. E’tiborlisi, “Ayaks” 2020/21-yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan sovrin eritilgan holda suvenirlarni yasashda qo‘llanilgan. Har bir suvenirda chempionlik sovrinining 0,06 gramm qismi mavjud. Mavsumning katta qismini muxlislarsiz o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Aniqrog‘i tomoshabinlarsiz tribunalarda harakat qildik. Shunga qaramay biz har haftada sizning qo‘llab-quvvatlashingizni his qilib turdik: stadionga ketishda, ijtimoiy tarmoqlarda yoki yuzma-yuz uchrashuvlarda. Avvalroq bu sovrin sizlarniki deganda, buni sizlar uchun qo‘lga kiritganimizni nazarda tutgandik. Biroq chempionlik sovrinining qismlarga bo‘lib berilishi — o‘sha gaplarning katta isboti. Edvin van der Sar, “Ayaks” bosh direktori “Ayaks” 2020/21-yilgi mavsumda Niderlandiya chempionligini qo‘lga kiritdi va mamlakat Kubogiga ega chiqdi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
1 mln so‘m evaziga gashish moddasini eltib bermoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi Davlat xavfsizlik xizmatining hududlarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlari davomida giyohvand moddalar va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining savdosiga chek qo‘yildi, deb xabar berdi DXX matbuot xizmati. Jumladan, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar hamda bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Samarqand-Namangan» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomashina Chust tumani hududida to‘xtatilib, tekshirildi. Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Samarqand shahrida yashovchi, 1968 va 1991 yillarda tug‘ilgan 2 fuqaroning yonida 1 kg 470 gr. «gashish» moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Foto: DXX Uchinchi shaxslar tomonidan Tojikistondan mamlakat hududiga o‘tkazilgan ushbu narkotiklarni Namangan shahriga olib borib berishlari evaziga, mazkur 2 fuqaroning har biriga 1 mln so‘mdan pul berilishi va’da qilingan. Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi, muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs (1978 y.t.) boshqaruvidagi «Lada» rusumli avtomashina viloyat markazida to‘xtatilib tekshirilganda, uning salonida 931 gr «gashish» moddasi borligi aniqlangan va tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, u qirg‘izistonlik narkokur’er tomonidan mamlakat hududiga o‘tkazilgan mazkur moddani Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxsdan (1974 y.t.) olgani aniqlandi hamda u ham ushlandi. Namangan shahridagi avtoturargohlardan birida mahalliy fuqaro (1984 y.t.) 1568 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1600 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Xizmat xodimlari tomonidan bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida ham bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida yashovchi, 1989 va 1992 yillarda tug‘ilgan 2 fuqaro 496 gr «gashish» moddasini kelgusida sotish maqsadida Toshkent shahriga olib kelgan vaqtlarida Chilonzor tumanida ushlandi. Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro (1991 y.t.) 1680 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 30 mln so‘mga, Bektemir tumanida qayd etilgan holatda esa muqaddam sudlangan shaxs (1991 y.t.) 133 dona «Regapen» va 43 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 12 mln so‘mga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Bu yo‘nalishda DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgani ma’lum qilindi. Xususan, «Farg‘ona-Sirdaryo» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Guliston shahrida yashovchi shaxs (1991 y.t.) boshqaruvidagi «Jentra» rusumli avtomashina «Sayxunobod» YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilganda, unda 242 dona «Tropikamid» hamda 78 dona «Tramadol» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan muqaddam sudlangan shaxsning (1992 y.t.) Gulistondagi yashash manzilidan 406 dona «Regapen» va 56 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Mirjalol Qosimov: Xitoy - intizomli jamoa. Ammo biz uni mag`lub etamiz Xitoy - O`zbekiston uchrashuvi oldidan O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirokida bo`ladigan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Xabar qilishlaricha, Xitoydan Avstraliyaga 100 dan oshiq jurnalist kelgan.  Biroq shuni ham ta`kidlab o`tish lozim, Mirjalol Qosimov va Odil Ahmedov ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanishi oldidan qiziq holat yuzaga keldi. Kutilmaganda xitoylik jurnalistlar matbuot anjumanidan chiqib ketdilar. Xitoy terma jamoasi vakillari bilan bo`lib o`tgan savol-javob yakuniga etgach, ko`plab xitoyliklar zaldan chiqib ketdilar. Aftidan Xitoy matbuotiga O`zbekiston terma jamoasi fikri qiziqarli emas, shekilli... Shu o`rinda ta`kidlab o`tish lozim, Xitoy terma jamoasi guruhdagi dastlabki uchrashuvni ham Brisben shahrida o`tkazgan. O`zbekiston milliy terma jamoasi esa birinchi turda Sidneyda maydonga tushib, so`ngra Brisben tomon yo`lga chiqqan. O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va yarim himoyachi Odil Ahmedov matbuot anjumani zaliga kirib kelgach, muloqotning ikkinchi qismi boshlandi. Dastlab murabbiy va futbolchidan ertaga bo`ladigan o`yin haqida fikrlari so`raldi. Mirjalol Qosimov: Ertaga bizni yaxshi o`yin kutib turgani aniq. Chunki biz ham, raqib ham birinchi turda bir xil hisobda g`alabaga erishganmiz. Shunday ekan, o`yin ancha qiziqarli kechishi aniq. Biz Xitoyni engib, guruhdan chiqish imkoniyatini yanada yaxshilashni maqsad qilganmiz. Xitoy yaxshi jamoa, ammo biz g`alaba uchun maydonga tushamiz. Odil Ahmedov: Murabbiyimiz fikriga qo`shilaman. Xitoy haqiqatan ham kuchli jamoa. Ammo biz ertaga hamjihatlik bilan o`yin olib borib, raqibni mag`lubiyatga uchratamiz. Bunga kuchimiz etadi. Xitoylik jurnalist: O`zbekiston terma jamoasidagi uch nafar futbolchi Xitoy chempionatida o`ynagan. Biri hamon o`ynamoqda. Ulardan Xitoy haqida ma`lumot oldingizmi? Albatta biz Xitoy bilan yaxshi tanish bo`lgan futbolchilar bilan suhbatda bo`ldik va bu suhbat jamoamizga etarlicha yordam beradi,deb o`ylayman. Azizxon Akbarov, www.uff.uz jurnalisti: Xitoy boshqa sport turlaridan kuchli. Ammo futbolda yuqori saviyaga chiqa olmayapti. Nima deb o`ylaysiz, Xitoy o`z saviyasini oshira oladimi? Xitoy terma jamoasi o`sishda davom etmoqda. Yil o`tgan sari raqib o`yini ham o`sib bormoqda. Ammo ertaga nima bo`lishini hech kim bilmaydi. Avstraliyalik jurnalist: Savolim Odil Ahmedovga: Qatardagi Osiyo Kubogida Avstraliyadan yirik hisobda mag`lubiyatga uchragan edingiz. Bu mag`lubiyat hozirgi o`yiningizga ta`sir o`tkazadimi? Guruhdan chiqsangiz yana Avstraliya bilan tushishingiz mumkin. Bu borada nima deya olasiz? Odil Ahmedov: Bu tarixga aylangan o`yin. Biz asosiy maqsad sifatida guruhdan chiqishga qaramoqdamiz. Agarda buni uddalay olsak va Avstraliyaga qarshi maydonga tushsak, bu safar boshqacha o`yin bo`lishi aniq. Axadxon Abduhamitov: Xitoy terma jamoasi birinchi turda ham Brisbenda o`ynagan. Bu raqibga qanday ustunlik berishi mumkin? Ikkinchi savol Odil Ahmedovga. Siz Xitoyga qarshi avval ham o`ynagansiz. 2011 yildagi Xitoy bilan hozirgi Xitoy haqida nima deya olasiz? Mirjalol Qosimov: Men bu borada hech qanday muammo ko`rmayapman. Jamoamiz yaxshi tayyorgarlikka ega va raqibga qarshi to`liq kuch bilan o`ynashga tayyor. Odil Ahmedov: Men hozirgi Xitoy haqida hech narsa deya olmayman. Chunki o`yinlarini kuzatib bormaganman. Ammo hamma terma jamoalar ham o`sishda davom etmoqda va Xitoy ham boshqacha bo`lgani aniq. Ertaga bo`ladigan o`yin hammasini ko`rsatib beradi. Xitoylik jurnalist: Odil Ahmedovdan shuni so`ramoqchi edim. Siz birinchi o`yinda yaxshi tayyor emasdingiz. Endi ancha tiklanishga muvaffaq bo`ldingiz va o`yiningiz kuchayadimi? Mirjalol Qosimovga: Xitoy tarkibida qaysi o`yinchini ajratib ko`rsata olasiz? Odil Ahmedov: Birinchi o`yinda qiyin bo`lishi aniq edi. Aslida har doim ham ilk o`yin og`ir kechadi. Ammo men ancha yaxshi holatdaman va ikkinchi o`yinda bor kuchimni ko`rsatishga harakat qilaman. O`yindan o`yinga kuchayib boraveramiz, deb o`ylayman. Mirjalol Qosimov: To`g`risini aytsam, biror futbolchini ajratib ko`rsatmagan bo`lardim. Chunki Xitoy har doim jamoaviy o`yin namoyish etib kelgan. Faqat shuni aytishim mumkinki, raqib tarkibida 10-raqamli futbolchi ancha kuchli. Shuningdek qanot himoyachilari va darvozabon yaxshi o`yin namoyish qiladi. Xitoyning ajralib turadigan jihati - ularda intizom ancha kuchli. Ammo biz raqibni mag`lubiyatga uchratishga tayyormiz. Shu bilan matbuot anjumani yakuniga etdi. Hammasi ertaga bo`ladigan o`yinda hal bo`ladi. Manba: www.uff.uz
13Sport