text
stringlengths
1
1.49M
timestamp
stringlengths
9
10
source
stringlengths
21
684
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Qirg‘iziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev Markaziy Osiyoda "Al-Qoida"*, "ID"* va boshqa xalqaro terroristik uyushmalarning "uyqudagi yacheykalari" bor, deya taxmin qilmoqda. Biroq, uning aytishicha, bu yerda gap "Tolibon"* haqida borayotgani yo‘q. "Agar "uyqudagi yacheykalar" haqida gapirilsa, bu toliblar haqida emas. "Tolibon"* harakati rahbariyati oldin ham ko‘plab marotaba ichki kun tartibiga diqqatni jamlaganini, tashqi ekspansiyaga doir hech qanday rejalari yo‘qligi haqida gapirgan edi", - dedi u RIA Novostiga bergan intervyusida, Qirg‘izistonda toliblarning "uyqudagi yacheykalari" mavjudligi haqidagi savolga javob berar ekan. O‘zbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi - Mirziyoyev23 Avgust 2021, 19:44 "Markaziy Osiyo mamlakatlarida "Al-Qoida"*, "ID"* va boshqa xalqaro terroristik uyushmalarning "uyqudagi yacheykalari" bo‘lishi mumkin, ular o‘z mafkurasi tashviqotidan manfaatdor", - deya qayd etgan Kazakbayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, "butun dunyoda xavfsizlikni ta’minlash borasida ko‘riladigan harakatlar va choralarning umumiy tizimli algoritmlari mavjud va bizning mamlakatimiz ham albatta, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari kabi ular bilan hamkorlikda, ikkiyoqlama formatda va mintaqaviy tashkilotlar doirasida xuddi shunday choralarni ko‘rmoqda". AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilgach, "Tolibon"* harakati jangarilari mamlakat hududini bosib olishni boshladi va 15-avgust kuni Qobulga kirib keldi. Respublika prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatni tark etdi. Vitse-prezident Amrulla Solix o‘zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qilib, afg‘on poytaxti shimolidagi hududlarda toliblarga qarshi harakatlarni tashkillashtirdi. 16-avgustga o‘tar kechasi toliblar siyosiy ofisi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush yakun topganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniqlanishini aytdi. * Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/markaziy-osiyoda-al-qoida-va-idning-uyqudagi-yacheykalari-bor---kazakbaev-20207792.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Xitoyning "Chjujun" apparati Mars sathi bo‘ylab bir kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi, deb xabar qildi XXR Markaziy televideniyesi. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, marsoxod Qizil sayyora landshaftining o‘ziga xosliklari, uning tuprog‘i va ob-havosi haqida ma’lumot to‘plagan. NASA marsoxodi Mars qumi namunalarini o‘rganishga kirishdi24 Yanvar 2016, 19:42 Xitoyning Marsni tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan "Tanven-1" apparati o‘tgan yilning 23-iyulida Xaynan orolida joylashgan kosmodromdan uchirilgan edi. "Chjujun" marsoxodi 15-may kuni Marsning janubiy qismidagi Utopiya nomli yalangligida qo‘ndi. Missiyaning bosh maqsadi – sayyorada hayot alomatlarini topish, shuningdek, kelajakda yerliklar Marsda yashay olishlari mumkin-mumkinmasligiga aniqlik kiritish. Eslatib o‘tamiz, hozirda Marsda NASAning Curiosity (2012-yilning avgustida qo‘ngan) va Perseverance (2021-yilning fevrali) marsoxodlari mavjud. Apparatlar chuqur geologik va geokimoviy tadqiqotlarni o‘tkaziB atmosferani o‘rganishmoqda, suv va organikani izlash bilan shug‘ullanib, sayyora sathini suratga tushirish bilan shug‘ullanmoqda.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/xitoy-marsoxodi-mars-boylab-bir-kilometrdan-oshiq-yurib-qoydi-20208801.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z maqolasida ukrain mustaqilligi aholini jipslashtirish maqsadiga ega bo‘lmaganini ta’kidlagandi. Bu elitaning “kichik hovuzda katta baliq” bo‘lish uchun Rossiyadan ajralishga urinishi edi. Buning uchun “Ukraina – Rossiya emas” sun’iy konsepsiyasi o‘ylab chiqarilgan edi. Rossiyaga hamma narsada qarshi chiqqan Kiyev qanday qilib G‘arb qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylandi va Yevropa Ittifoqi bilan ittifoqchilik Ukrainaga nima keltirdi – batafsil Sputnik maqolasida. Yevropa oyog‘i ostida Ukraina davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyada shunday bob bor, unda mamlakat “ kelajakda harbiy bloklarda qatnashmaydigan doimo neytral davlat bo‘ladigan niyatini e’lon qiladi” degan so‘zlar yozilgan. Bu qoida ishlamayapti, deydi RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti ommaviy kommunikatsiyalar va mediabiznes departamenti dotsenti Gevorg Mirzayan. “Ukrainlar o‘zini G‘arbning bir qismi sifatida ko‘rishadi. Biroq ular G‘arbning hech qanday bir qismi emas va hech qachon bo‘lishmaydi, shu bois ularni Yevropa ittifoqi va, ehtimol, NATO dahlizidan uzoqroq tutib turishadi”, - deb hisoblaydi siyosatshunos. Cobiq sovet ittifoq davlatlari uchun Ukraina darslari20 Avgust 2021, 17:47 “AntiRossiya” konsepsiyasi doirasida Kiyev NATO bilan yaqinlashish sari ishonchli qadam tashladi: 1997-yil 9-iyulda NATO va Ukraina “Alohida hamkorlik to‘g‘risidagi xartiya”ni imzoladi. 2005-2006 yildan buyon har yili Ukraina NATOning besh-olti harbiy mashg‘ulotlarida, asosan, Qora dengizdagi mashg‘ulotlarda qatnashib keladi. Ulardan oxirgi Dive-2021 5-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Kiyevning YeI sari harakatlanishi Potr Poroshenko davrida Oliy Rada qarori bilan Ukraina konstitutsiyasiga uni Yevropa va Yevroatlantik yo‘nalishi sari borishini belgilaydigan qoidalar kiritilgan – ya’ni mamlakatning YeI va NATOga qo‘shilishi. Agar 2013-yilgacha Ukraina mustaqilligi ko‘rinishini saqlagan bo‘lsa, “Yevromaydan”dan so‘ng ukrain davlatining qo‘g‘irchoqlik fe’l-atvori ayon bo‘ldi. “Maydan” arafasida Ukrainada muammolar to‘plami mavjud edi. Viktor Yanukovich kuchlarning ikki markazlari o‘rtasida ustalik bilan chap berishga urindi va bunda yutib chiqishiga umid qildi, deb tushuntiradi Integratsiya istiqbollarini o‘rganish markazi direktori Sergey Rekeda. Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi20 Avgust 2021, 11:11 “Yanukovich Brussel bilan faol muloqot olib bordi. Brussel esa aynan jalb qilish taktikasini amalga oshirardi. Keyin buni Belarus bilan ham qilishni boshlashdi. Jalb qilish taktikasi – bu Ukraina ustidan nazoratni rejimni o‘zgartirish orqali emas, balki amaldagi rejimni YeIga bo‘ysundirish bilan olishga urinish demakdir”, - dedi Sputnik suhbatdoshi. Bu taktika Brusselning islohotlarga oid Kiyevga qo‘ygan talablari bo‘lgan “Fule ro‘yxati” voqeasida yaqqol namoyon bo‘ldi. “Brussel Kiyevga rad javobini bermadi. Bitim ostidagi imzo Brussel uchun Kiyevning asta-sekin YeI tomon og‘ishini anglatardi. Yanukovich ham umuman olganda hech qanday islohotlar o‘tkazmaslikdan manfaatdor edi”, - deya tushuntiradi Rekeda. Ammo jalb qilish taktikasi Yanukovich Rossiya tomonidan moliyaviy yordamni olishga rozilik berishi bilan o‘zgardi. Hukumat tepasiga g‘arbiy markaziy kuchga sodiq bo‘lgan siyosatchilar keltirildi. Dmitriy Vidrin: Kiyevning “Qrim platformasi” sammiti – quruq gap19 Avgust 2021, 17:16 Keng ko‘lamli manipulyatsiya Ukrainlar tomonidan shunchalik kutilgan (go‘yoki) Ukraina va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ittifoqchilik to‘g‘risidagi bitim faqat 2017-yilda kuchga kirdi, “maydan”dan to‘rt yil o‘tib. Yanukovich davrida ittifoqlik to‘g‘risidagi bitimga hujjat mamlakat korxonalarini bankrotlikka olib kelishini tushungan ukrain ishbilarmonlari, sanoatchilari qarshi chiqqan, deydi Mirzayan. “Bitimning mazmuni shunda ediki, Ukraina evaziga Yevropa bozorida kichik ulushni olib, barcha yevropa tovarlari uchun to‘liq ochiladi. Pul bo‘lmagan jiddiy sertifikatsion yangilanishlardan so‘ng. O‘shanda Yanukovich uni qayta ko‘rib chiqmagunlarida bitimni imzolashdan vaqtinchalik bosh tortdi”, - deydi siyosatshunos. Rekeda ittifoqchilik to‘g‘risidagi bitim siyosiy maqsadlarda imzolanganini aytib, iqtisodiy samaraga ega bo‘lmaganini ta’kidlaydi. Ukraina uchun YeI bilan erkin savdo zonasidagi cheklangan jiddiy kvota bor edi. Ukrain ishlab chiqaruvchilari YeI mamlakatlariga cheklangan miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishlari mumkin edi, xolos. Siyosatshunos: millatchilik – ukrain siyosatining avangardi19 Avgust 2021, 13:12 Hujjatning ikkinchi muhim jihati bu vizasiz rejim edi. “Vizasiz rejim ulkan manipulyatsiya ekan, chunki ukrainlarning YeI ichida ishlashlariga ruxsat berilmagan, YeI bo‘ylab turistik maqsadlarda harakatlanishni nazarda tutardi, xolos”, - deydi Rekeda. Ukrainlar qo‘lga kiritgan yagona imkoniyat bu ularning YeI hududiga sayyoh sifatida erkin kirish va keyinchalik Yevropada noqonuniy ishlashdir. “Bu ittifoqchilikning Ukrainaga bergan bor narsasi bu – ruhiy huquq. Ya’ni ular mutlaqo amalda hech qanday mustahkamlanmagan ishlar bilan Yevropa Ittifoqiga yaqin bo‘lishdi”, - deya qayd etadi Rekeda. Ekspert taqqoslash uchun Armanistonni misol keltiradi. 2013-yilda Yerevan ham YeI bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi muzokaralar olib bordi, natijada 2013-yil sentabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini e’lon qildi. YeOIIga qo‘shilgandan keyin Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik to‘g‘risida chuqurlashtirilgan bitim imzoladi. Qaytmaslik nuqtasi YeI bilan ittifoqchilik Ukrainaga siyosiy va kredit qaramligidan boshqa narsa keltirmadi. Boz ustiga, Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni uzishga harakat qilib, Xalqaro valyuta jamg‘armasining tobeligiga to‘liq tushib qoldi. Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida17 Avgust 2021, 16:34 Joriy yil avgustida Zelenskiy ofisi 2020-yil iyunida tasdiqlangan Stand by loyihasi doirasida XVJ mamlakatga galdagi 2,7 milliard dollar miqdordagi transhni go‘yoki “beg‘araz va qo‘shimcha shartlarsiz” taqdim etishga tayyorligini e’lon qildi. Ammo bu transh XVJning pandemiyadan keyingi rivojlanishi uchun barcha mamlakatlarga ko‘rsatadigan yordamining bir qismidir. Ukraina uni olishda hech qanday ustuvorliklarga ega emas. Ustiga ustak, birinchi transhni muvofiqlashtirishda 2020-yil 10-iyun kuni Kiyev YeI va XVJ talabi bilan quyidalarni bajardi: qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni sotishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi; XVJga de-fakto Ukraina Milliy banki ustidan nazoratni berdi va hatto uni qisman Ukrainaning huquqiy maydonidan chiqardi; mamlakatdan mablag‘larni chiqarish uchun to‘siqlarni olib tashlab, xalqaro moliyaviy spekulyantlar va transmilliy kompaniyalar foydasiga jiddiy soliq yengilliklarini berdi. “Rossiya va G‘arb munosabatlari hozirgi holatda bo‘larkan, yoki tanazzulga yuz tutadi, Ukrainada hech qanday ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermaydi. Iqtisod qulashda davom etadi, aholi turmushi minimalligicha qoladi va boylar va qashshoqlar o‘rtasidagi tabaqaga ajralish davom etadi”, - deya taxmin qiladi Rekeda. Ukraina – bu Rossiya va g‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarining mutloq proyeksiyasi, deydi ekspert. Hozirgi xalqaro vaziyatda Kiyev va Moskva munosabatlarining qayta jonlanishining imkoni yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrain inqirozi “busiz ham yomonlashgan Rossiya va G‘arbning” natijasi bo‘lgan. Sputnik suhbatdoshi hatto G‘arb o‘z muammolari keskinlashishi sabab Kiyevni faol dastaklashdan voz kechsada, Kiyev baribir Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmaydi deb taxmin qiladi. “Ukraina holatida qaytmaslik nuqtasidan o‘tib bo‘lingan. U hech bo‘lmaganda qariyb o‘n yil davomida rusofob kayfiyatlari kuzatilayotgani sabab avtomatik ravishda Rossiyaga diqqatini qaytadan jalb qilolmaydi. Rossiyani qardosh davlat deb bilmaydigan, biz turli qadriyatlarga ega bo‘lgan boshqa-boshqa xalqmiz deb hisoblaydigan, Ukraina boshdan kechirayotgan barcha muammolar sababchisi biz deb hisoblaydigan ukrain avlodi bor”, - deya tushuntiradi Rekeda.
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/siyosiy-va-kredit-qaramligi-ei-bilan-dostlik-ukrainaga-nima-keltirdi-20203207.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Bu Andersson "UzAuto Motors" va "UzAuto Motors Powertrain" bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. 2017 yildan buyon tayinlovga qadar Andersson eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan "Yazaki Europe, Africa, North & South America" korporatsiyasiga rahbarlik qilgan. 65 yoshli shvetsiyalik mutaxassis (1955 yilda tug‘ilgan) 2009-yildan 2013-yilgacha "Gruppa GAZ" korxonasiga prezident etib tayinlangan. 2014-yildan 2016-yilgacha "AvtoVAZ" OAJ prezidenti bo‘lgan. UzAuto navbatni sotishni biznesga aylantirgan shaxslarni aniqladi28 Iyul 2021, 10:20 1993 yildan 2009-yilgacha xarid yo‘nalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001−2009 yillarda "General Motors"ning global xarid bo‘linmasiga rahbarlik qilgan. Bungacha u Shvetsiyada harbiy faoliyatini davom ettirishga harakat qilgan. Bungacha “GM Uzbekistan”ni (keyinchalik “UzAuto Motors”) 2016-yildan beri Rustam Radjabov boshqarib kelayotgan edi.
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/uzauto-motors-kompaniyasiga-yangi-bosh-direktor-tayinlandi-20199252.html
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. "Tolibon"* Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishilik kengashni shakllantirishni rejalashtirmoqda, kengashga mamlakatning oldingi hukumatidan ayrim a’zolar ham jalb etiladi, deb xabar berdi Foreign Policy jurnali harakat yetakchilariga tayangan holda. Ta’kidlanishicha, toliblar Afg‘onistonda prezident yoki boshqa yakka yetakchi lavozimini qayta tiklashni rejalashtirmayapti. Ahmad Ma’sud toliblar yetakchisi bilan muzokara o‘tkazdi23 Avgust 2021, 14:15 Shu bilan, qayd etilmoqdaki, yangi afg‘on hukumati kengashidagi uch nafar eng obro‘li shaxslar toliblarning siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar, "Tolibon"* harbiy komissiyasi rahbari Moulavi Yakub va "Haqqoniy tarmog‘i" diversion uyushmasi rahbari Sirojiddin Hakkoniy bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, bundan oldingi, AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadigan hukumat a’zolariga vazirliklarda va ular xohishiga ko‘ra, yangi hukumatda lavozimlar taklif etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Yakub va Barodarga yaqin bo‘lgan manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, toliblar boshqaruv kengashi tarkibida mashhur dala qo‘mondoni Axmad Shoh Mas’udning o‘g‘li kichik-Ahmad Shoh Mas’udni ko‘rish istagini bildirganlar. *- "Tolibon" harakati Rossiya Federatsiyasi va qator boshqa mamlakatlarda terroristik uyushma sifatida tan olingan.
2021-08-24
https://oz.sputniknews.uz/20210824/prezident-kerakmas-afgonistonni-bir-necha-kishi-boshqaradi-20210627.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining Keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari Topiboldi Xoldorov 22-avgust kuni 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. Ta’kidlanishicha, u surunkali yurak va buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. So‘nggi kunlarda Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy yordam markazida davolanayotgan bo‘lgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi11 Avgust 2021, 19:41 Topiboldi Xoldorov 1942-yil 1-fevralda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan, viloyatda matlubot va savdo sohalarida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2000-yildan 2009-yilga qadar "Nuroniy" jamg‘armasi Farg‘ona tumani bo‘linmasi, 2009—2020 yillarda "Nuroniy" jamg‘armasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi bo‘lgan. 60 yillik mehnat faoliyati davrida jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etib kelgan. 2016-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/senat-azosi-topiboldi-xoldorov-79-yoshida-vafot-etdi-20185367.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Jizzax viloyati Forish harbiy tog‘ poligonida 22-avgust kuni "ArMI–2021" harbiy o‘yinlari doirasida "Harbiy tibbiy estafeta" va "Dala oshxonasi" tanlovlariga start berildi. Bu haqda O‘zbeksiton Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Kuch birlikdadir: MOda harbiy o‘quv-mashqlar10 Avgust 2021, 12:27 Malum qilinishicha, "Harbiy tibbiy estafeta" musobaqasida 8 davlat qatnashadi. Bular O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Belarus, Vyetnam, Myanma, Falastin, Tojikiston jamoalaridir. Shuningdek, "Dala oshxonasi" musobaqasida 5 davlat: O‘zbekiston, Rossiya, Vyetnam, Belarus, Tojikiston vakillari ishtirok etadi. Musobaqalar 22-avgustdan 5-sentabrgacha davom etadi. Ushbu musobaqalarda o‘tgan yilgi o‘yinlarga 5 ta mamlakat mezbonlik qilib, 30 dan oshiq davlat ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil "ArMI–2021" Xalqaro armiya o‘yinlarida dunyoning 43 davlatidan 295 jamoa ishtirok etapdi. O‘yinlar esa 11 davlat hududida o‘tkazilmoqda. Bundan avvalgi musobaqalarda O‘zbekiston harbiylari uchinchi o‘rinni egallagan edi.
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/jizzaxda-xalqaro-armiya-oyinlari--2021-musobaqalariga-start-berildi-20190799.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekistonga o‘zbek–xitoy vaksinasining yana 3 mln dozasi keltirildi. Bu haqda mamlakat SSV matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 17 million 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 370 000 dozasi "Sputnik V", 986 480 dozasi AstraZeneca, 13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir. Kelasi 3 oy ichida qanday vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinadi18 Avgust 2021, 16:03 Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar 12 million 750 ming 44 doza vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Koronavirusga qarshi 1 million 479 ming 304 kishi to‘liq emlangan.
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/ozbekistonga-ozbekxitoy-vaktsinasining-yana-3-mln-dozasi-keltirildi-20187956.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Kiyev meri Vitaliy Klichko uni Borispol aeroportiga Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olishga kiritishmaganini ma’lum qildi. “Borispol aeroprtiga keldim, u yerda, protokolga binoan, poytaxt meri sifatida Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olishi kerak edim. Uning Kiyevga oldingi tashriflaridagi kabi. Biroq su safar meni kiritishmadi. Kuch bilan, albatta, kirmayman”, - deya yozdi u o‘zining Telegram kanalida. Klichko joylashtirgan videoda mer ro‘yxatda bo‘lmagani sabab aeroportga kiritilmasligi aytiladi. “Bunaqasi mer faoliyatimdagi birinchisi. Shu bois qiziq: “g‘arbparast” Ukraina Ichki ishlar vaziri zudlik bilan tadbir qoidalarini buzishua qaror qildimi? Buyruq olib, titraganlaridan bunaqa sirk ko‘rsatishdimi?”, - deya g‘azabini yashirmagan Kiyev meri. Avvalroq ukrain OAVlari prezident Vladimir Zelenskiy tez orada Klichkodan Kiyev meri lavozimidan ketishini iltimos qilishi mumkinligi haqida yozgandi.
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/royxatda-yoqsiz-klichkoga-merkelni-aeroportda-kutib-olishga-imkon-berishmadi-20186479.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati jangchilari ular nazorati ostida bo‘lmagan yagona viloyat – Panjsherga hujum qilishga tayyorlanishmoqda, deb yozadi RIA Novosti. Toliblar allaqachon yo‘lga chiqishgan va qarshilik kuchlari bo‘lgan Panjsherga hujum qilish uchun buyruq kutishmoqda. Kuni kecha toliblar viloyatdagi qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Mas’udga taslim bo‘lish uchun to‘rt soat vaqt berishgandi. Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?19 Avgust 2021, 09:24 Mas’ud bunga javoban Panjsher topshirilmasligi va uning aholisi qarshilik ko‘rsatishga hozirligini bildirdi. Mas’udning so‘zlariga ko‘ra, u va uning tarafdorlari “urushni yakunlashga va muloqot o‘rnatishga harakat qilishmoqda”, “Tolibon”* esa o‘zini shunday tutishda davom etsa, uzoq tura olmaydi. Mas’ud - 1990-yillarda toliblarga qarshi kurashgan “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/toliblar--panjsherga-hujum-qilishga-shaylanishmoqda-20193026.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonda Amerika qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi emas, balki taslim bo‘lish ro‘y berayotganini ma’lum qildi. “Biz armiyamizni dushmanga qanday topshirayotishganini ko‘rapmiz”, - dedi Tramp Alabama shtatidagi tarafdorlari bilan bo‘lgan mitingda. Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi16 Avgust 2021, 11:21 Siyosatchi amaldagi ma’muriyat Afg‘onistonda 83 milliard dollarlik asbob-uskuna, harbiy bazalar va elchixonaning qimmatbaho binosini qoldirganini bildirdi. Tramp Afg‘onistondagi vaziyatni “AQSh tarixidagi ulkan harbiy kamsitilish” deb atadi. “Siz hech qachon qo‘shinlarni birinchi bo‘lib olib chiqmaysiz, qo‘shinlar oxirgi bo‘lib tark etadi”, - dedi Tramp. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan. Afg‘onistondagi vaziyat Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan: so‘nggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan. O‘zbek-afg‘on chegarasidagi vaziyat: NO‘Pdan video21 Avgust 2021, 17:03 15 avgust kuni “Tolibon”* a’zolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish maqsadida” Afg‘onistonni tark etdi. 16 avgustga o‘tar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi. *Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/tramp-baydenni-aqsh-tarixidagi-ulkan-harbiy-kamsitilishda-aybladi-20183144.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Kobul aeroportini u yerda bo‘lganlarni evakuatsiya qilish uchun 48 soatga yopishadi. Bu haqda “Khaama Press” AQSh Davlat departamentiga tayangan holda xabar qilmoqda. Shu bilan birga, aeroport darvozasi oldida mamlakat tark etmoqchi bo‘lgan minglab kishilar to‘plangan. Toliblar* yaqin soatlarda vaziyatni izga solish va aeroportdan chiqish tartibini yengillashtirish niyatida ekanliklarini bildirishdi. “Kobul aeroportidan chiqish uchun yo‘lni ochish tartib va qonunga rioya qilish uchun zarur”, - degan harakat vakili RIA Novostiga. Ur-yiqit, vahima: Afg‘onistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda17 Avgust 2021, 13:28 * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/kobul-aeroporti-48-soatga-yopiladi-20184445.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingani uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qilmoqda. Test sinovlarida quyidagilar qatnasha oladi: test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37 gradusdan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;16 avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar. Aniqlik kiritilishicha, qayta tashkil etilgan test kuni ham tana harorati 37 gradusdan yuqori bo‘lgan yoki koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi. Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi. Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?17 Avgust 2021, 11:59 Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng, 21-avgust kunidan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/qoshimcha-test-sinovlari-23-avgust-kuni-bolib-otadi-20186879.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. “Tolibon”* harakati vakili Suhayl Shohin AQSh va Britaniyaga evakuatsiya uchun qo‘shimcha vaqt berilmasligini ma’lum qildi. “Bu qizil chiziq. Prezident Bayden 31-avgust kuni ular barcha qurolli kuchlarini olib chiqib ketishini e’lon qilgan. Shu bois, agar ular cho‘zishsa (bo‘lib turishlarini), bu ular istilo qilishni kengaytirayotganliklarini anglatadi, garchi bunga zarurat yo‘q bo‘lsada”, - dedi Shohin Sky News telekanaliga bergan intervyusida. “Agar AQSh yoki Buyuk Britaniya evakuatsiya uchun qo‘shimcha vaqt so‘rasa, rad etiladi. Aks hola buning oqibatlari bo‘ladi”, - dedi u. Toliblar Panjsherga hujum qilishga shaylanishmoqda23 Avgust 2021, 10:45 Afg‘onistondagi vaziyat Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan: so‘nggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan. 15 avgust kuni “Tolibon”* a’zolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish maqsadida” Afg‘onistonni tark etdi. Hozir u BAAdan boshpana topgan. 16 avgustga o‘tar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/tolibon-aqsh-uchun-qizil-chiziq-belgiladi-20196052.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Tashqi siyosiy vaziyat tufayli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum vaqtga yopiladi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, viza olish uchun tayinlangan uchrashuvlar bekor qilinadi. “Yangi vizaga yozilish vaqtlari hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar beriladi. So‘rovnomalaringizni yubormasligingizni iltimos qilamiz. Bu boradagi savollar hozircha javobsiz qoladi”, -deyilgan xabarda. Hozirda Germaniya o‘z fuqarolari va afg‘on qochoqlarini Kobuldan O‘zbekiston orqali evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. 19-avgustdan Toshkent aeroporti terminali Germaniya, Afg‘oniston va YeI davlatlari fuqarolarini mamlakat orqali evakuatsiya qilinishi uchun ajratilgan edi. Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi18 Avgust 2021, 19:29 So‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuatsiyasi ta’minlangan.
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/germaniyaning-toshkentdagi-elchixonasi-viza-bolimi-nomalum-vaqtga-yopiladi-20184777.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin afg‘on qochoqlarini ular viza olgunga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirish g‘oyasini qoraladi. Rossiya rahbari AQSh o‘ziga vizasiz migrantlarni qabul qilmayotganini inobatga olib, bu adolatsiz ekanini ta’kidladi. “Bu mamlakatlarga, qo‘shnilarimizga, vizasiz jo‘natish mumkin, o‘zlariga esa vizasiz olishni xohlashmaydimi? Bu masalani hal qilishdagi qanday haqoratomuz yondashuv”, - dedi u “Yedinaya Rossiya” partiya vakillari bilan uchrashuvda. Putin Afg‘onistondagi vaziyatning Rossiya xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi borligini qo‘shimcha qildi. U qochoqlar masalasi KXTSh sammiti va boshqa tadbirlarda muhokama qilinishini bildirdi. Afg‘onlar O‘zbekiston chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tishning ayyorona yo‘lini topdi21 Avgust 2021, 16:00 Rossiya yetakchisi G‘arb Markaziy Osiyo mamlakatlaridan qochoqlar uchun AQSh va Yevropaga viza olgunlariga qadar “tranzit punktlari” sifatida foydalanmoqchi ekanini aytdi.
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/putin-vizasiz-afgon-qochoqlarini-mo-mamlakatlariga-joylashtirishga-qarshi-chiqdi-20189209.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Germaniya o‘tgan hafta davomida Toshkent orqali Afg‘onistondan 2 mingdan ziyod fuqaroni evakuatsiya qildi. Bu haqda Germaniya TIV o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Aniqlik kiritilishicha, Germaniya, Yevropa Ittifoqi va Afg‘oniston fuqarolari 22-avgust kuniga qadar 18 ta aviareys bilan Kobuldan Toshkentga olib kelingan. “Evakuatsiya qilinayotganlar aeroportda zarur mahsulotlar va dorilar bilan ta’minlanmoqda, shuningdek, COVID-19 ga test topshirilgach, Germaniyaga maxsus reyslarda yuborilyapti”, — deyiladi xabarda. O‘zbekiston Afg‘onistondan 2 mingga yaqin chet el fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam berdi20 Avgust 2021, 20:36 Hozirda Germaniya o‘z fuqarolari va afg‘on qochoqlarini Kobuldan O‘zbekiston orqali evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. 19-avgustdan Toshkent aeroporti terminali Germaniya, Afg‘oniston va YeI davlatlari fuqarolarini mamlakat orqali evakuatsiya qilinishi uchun ajratilgan edi. Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi18 Avgust 2021, 19:29
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/germaniya-kobuldan-toshkent-orqali--ikki-mingdan-ziyod-kishini-evakuatsiya-qildi-20193314.html
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiyada ta’qiqlangan "Tolibon" radikal harakati tarafdorlari Afg‘oniston shimolida yosh ayolni tiriklay yoqib yuborishdi. Ularning bu harakatiga ayol tushlikni bemaza tayyorlagani sabab bo‘lgan. Bu haqda huquq himoyachisi, sobiq sudya Najla Ayubi xabar bergan. Ayol so‘zlaridan The New York Post iqtibos keltirgan. Ayubining so‘zlariga ko‘ra, yosh ayolni jangarilar uchun ovqat tayyorlashga majburlashgan, ammo ularga yosh beka tomonidan tayyorlangan taom manzur kelmagan. Radikallar ayolga "seni ovqating yomon chiqdi", deb aytib, so‘ngra uni o‘ldirishgan. Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak19 Iyul 2021, 18:19 Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, bu toliblar yosh afg‘on ayollariga nisbatan sodir etilayotgan birinchi zo‘ravonlik holati emas. Ayubining ta’kidiga ko‘ra, radikallar yosh ayollarni qullikka olib, yopiq tobutlarda Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlarga yuborishadi. Sal avval bunday holatlar haqida o‘z manbalariga tayangan holda Daily Mail xabar bergan edi. Nashr ta’kidiga ko‘ra, jangarilar bosib olingan hududlar oqsoqollaridan o‘z askarlariga majburlar xotin qilib berish maqsadida ayollar va qizlar ro‘yxatini talab qilishgan. Toliblar davlat bayrog‘ini qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilarni o‘qqa tutdi18 Avgust 2021, 14:07 Gap avvalo 15 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar haqida borgan. Ammo hozirda 12 yoshli bolalar ham qullikka olinayotgani haqida xabarlar tarqamoqda. Toliblarning rasmiy bayonotlari esa bu singari xabarlarni rad etmoqda. Harakat vakillari ayollar huquqlariga rioya etishlarini, biroq bu shariat normalari doirasida bo‘lajagini ta’kidlashmoqda. Radikallar qizlarga OAVda faoliyat yuritishga ruxsat berishdi hamda ayollarni Afg‘onistonning kelajakda shakllantiriladigan hukumatiga ishga taklif qilishdi.
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/toliblar-bemaza-tushlik-uchun-ayolni-tiriklayin-yoqib-yuborishdi-20190421.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko‘p. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda. O‘zbekistonga asosan Xitoydan (388 ta) elektromobillar import qilingan. Import qilingan davlatlar orasida Turkiya (24 ta), AQSh (6), Koreya (5), Germaniya (4), Litva (1), Ispaniya (1), Rossiya (1), Gongkong (1), BAA (1) ham bor. Shu oylarda import qilingan elektromobillar uchun 7,7 mln dollar sarflangan. O‘zbekistonga o‘tgan yilda 130dan ortiq elektromobil olib kelingan16 Fevral 2021, 09:55
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/etti-oyda-ozbekistonga-432-ta-elektromobil-olib-kelindi-20191753.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Haftada davomida O‘zbekiston hududida avgust oyining oxirgi o‘n kunligiga xos bo‘lgan asosan kam bulutli issiq ob-havo va ba’zi joylarda biroz esadigan shamollar ustunlik qiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.Hafta davomida faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23-24 avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.Haftaning birinchi yarmida respublika hududida meyordan 2-3 darajaga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi va faqat haftaning ikkinchi yarmida harorat asta-sekin pasayishni boshlaydi. Hafta davomida harorat kechalari +17...+22 daraja, kunduz kunlari 23-26 avgustda +33...+38daraja, 27-28 avgustda +31...+36 daraja atrofida bo‘ladi.
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/ozgidromet-yoz-oz-ornini-boshatishga-shoshilmayapti-20194910.html
TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Boshqa davlatlarda yashayotgan va ishlayotgan Afg‘oniston fuqarolari o‘z vatanida ro‘y berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatishmoqda. Ulardan biri bir necha yildan buyon Termizda istiqomat qilib kelayotgan ishbilarmon Faridulloh Hasanzoda. U Sputnik muxbiri bilan suhbatda hukumat armiyasi bunchalik tez taslim bo‘lganidan shok holatiga tushganini yashirmadi. Hasanzoda 2018-yilda Termizga kelgan va shaharda o‘z restoranini ochgan. Uning restorani shaharga keladigan afg‘onlar va mahalliy aholi orasida mashhur. “Ochig‘ini aytsam, bunaqa voqealar rivojini kutmagandik. Afg‘onistonning o‘z armiyasi, tashqi va ichki siyosati bor edi. Lekin mana bunday ishlab bo‘lib ketdi – hukumat o‘zgardi. Umuman olganda, afg‘onlar urishqoq xalq emas, aksincha tinchliksevar kishilardir. Albatta, bu yerda tashqi kuchlar aralashuvi bor. Yangi hukumat mamlakatni qanday boshqarishini kuzatamiz”, - deydi tadbirkor. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik aytaptiki, hozirgi toliblar* hukumatni 1990-yillar o‘rtasida qo‘lga olganlardan farq qiladi. Tadbirkor hukumat o‘zgargandan so‘ng darhol o‘zbek-afg‘on chegarasidagi ishni qayta tiklashga muvaffaq bo‘linganidan xursandchiligini yashirmadi. Chunki bu har qanday savdo-sotiq uchun juda muhim sanaladi. Sputnik / Ramiz BaxtiyarovObstanovka v Termeze Obstanovka v Termeze Sputnik / Ramiz Baxtiyarov “Termiz chegara oldidagi shahar, albatta, bu yerga tez-tez Afg‘onistondan mehmonlar kelib turadi, shu bois mijozlar soni biroz kamaydi. Lekin restoranimizga mahalliy aholi ham kelib turadi, chunki biz ishlab turibmiz”, - dedi Hasanzoda. O‘zbek-afg‘on chegarasidagi vaziyat: NO‘Pdan video21 Avgust 2021, 17:03 Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov bilan uchrashuv yakunlari ham umid bag‘ishlamoqda, chunki uchrashuvda hokim biznes vakillariga Kobuldagi yangi hukumat o‘zbek-afg‘on munosabatlariga to‘sqinlik qilish niyatlari yo‘qligini bildirishganini ma’lum qildi. Afg‘onistondagi vaziyat Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgan: so‘nggi haftalarda toliblar* hududlarni faol bosib olishni boshlab yuborgan va chegarada nazoratni qo‘lga olgan. 15 avgust kuni “Tolibon”* a’zolari poytaxt Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab oldi. Amaldagi davlat rahbari Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish maqsadida” Afg‘onistonni tark etdi. Hozir u BAAdan boshpana topgan. 16 avgustga o‘tar kechasi toliblar* siyosiy ofisining vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush yakunlanganini, davlat boshqaruv shakli esa tez orada aniq bo‘lishini ma’lum qildi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-23
https://oz.sputniknews.uz/20210823/afgonistonlik-ishbilarmon-kobulning-bunchalik-tez-qulashini-kutmagandik-20192445.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdi O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘pi bilan besh kunda yetkazib berishni ta’minlaydi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk bilan uchrashuvida ma’lum qilindi. Uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika hamkorligining keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida logistika yo‘laklarini rivojlantirish sohasidagi O‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Yana bir mamlakat "RF-O‘zbekiston" agroyo‘lagiga qo‘shiladi - buni qanday afzalliklari bor?30 Iyul 2021, 11:02 Hujjatda zarur infratuzilmani yaratish va tegishli logistika xizmatini tashkil etish bo‘yicha birinchi darajali chora-tadbirlar belgilangan. Hujjatda bojxona, sanitariya va fitosanitariya tartib-taomillarini takomillashtirish, ikki mamlakat o‘rtasida tovarlarni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, davlat organlari o‘rtasida raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik qilishning shakllari belgilangan. Unda, shuningdek, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, agro-logistika va ulgurji taqsimot markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar qayd etilgan. "Shunday chora-tadbirlardan biri “Agroekspress” muntazam marshrut poyezdini “yashil yo‘lak” tamoyili asosida tashkil etish bo‘lib, u O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘pi bilan besh kunda yetkazib berishni ta’minlaydi", - deyilgan xabarda. Uchrashuv yakunida tomonlar munosabatlarning muhokama qilingan yo‘nalishlari doirasida amaliy hamkorlik qilish uchun navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar va yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal qilish maqsadida barcha darajalarda yaqin aloqalarni saqlab qolishga kelishib oldilar. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida “Agroekspresslar” yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/ozbekistondan-rossiyaga-qishloq-xojaligi-mahsulotlari-kopi-bilan-besh-kunda-etkazib-beriladi-20182296.html
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Belarusda giyohvandlik va psixotrop moddalar ro‘yxati yangilandi. Unga isiriq, tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan o‘ta xavfli o‘simlik sifatida kiritildi. Yangi qoidalar haqida Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi ogohlantirdi. Lukashenko Belarus prezidenti lavozimidan qachon ketishi haqidagi savolga javob berdi9 Avgust 2021, 18:28 “Belarus Respublikasi bojxona organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus Respublikasida davlat nazoratiga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning respublika ro‘yxatiga ko‘ra, "garmalin" va "garmin" tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan, o‘ta xavfli psixotrop moddalar hisobladi” – deyilgan elchixona bayonotida. Endi bu mamlakatga taqiqlangan o‘simliklarni olib kirgan fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
2021-08-21
https://oz.sputniknews.uz/20210821/belarusga-isiriq-olib-kirish-taqiqlandi-20180977.html
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekiston qator xorijiy davlatlar ularning fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilish borasida hamkorlik qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Ayni vaqtda Germaniya, Rossiya, AQSh, Shveysariya, Avstriya, Daniya, Polsha, Vengriya, Slovakiya, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan aeroport infratuzilmasidan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, havo hududidan uchish uchun ruxsat olish, uchish va qo‘nish hamda zarur texnik va logistik yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikda sayi-harakatlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda urib tushirilgan afg‘on HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi20 Avgust 2021, 14:12 Xorijiy sheriklar bilan birgalikda xorijiy davlatlar fuqarolari bilan bir qatorda Afg‘oniston fuqarolarini AIRdan oldindan kelishilgan davlatlarga tartibli evakuatsiya qilish bo‘yicha tartibli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuatsiyasi ta’minlangan. Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak19 Iyul 2021, 18:19 O‘zbekiston hududida qisqa muddat bo‘lib turgan vaqtda evakuatsiya qilinganlarga karantin choralariga qat’iy rioya qilingan holda barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda, shundan so‘ng ular hammasi kechiktirmagan holda belgilangan mamlakatlarga yuborilmoqda. Bundan tashqari, "Tolibon" harakati vakillari bilan ushbu foijali kunlarda o‘zbek-afg‘on chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan afg‘on fuqarolariga xavfsizlik kafolatlarini olish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgan. Toliblar ommaviy afv e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi17 Avgust 2021, 11:38 Toliblar rahbariyati vakillari bilan ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik choralarini qo‘llamaslik, ularni ta’qib qilmaslik va ta’qiblarning oldini olish bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan so‘ng 150 nafar Afg‘oniston fuqarosi o‘z xohishiga ko‘ra orqaga, vatanga qaytarilgan. Afg‘onistonga qaytgan fuqarolarning o‘zidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularga nisbatan o‘tkazilgan rasmiy protsessual tadbirlardan so‘ng, ularning barchasi uy-uylariga qo‘yib yuborilgan, va ayni vaqtla ular o‘z oilalari davrasida to‘liq xavfsizlikdadir.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/ozbekiston-afgonistondan-2-mingga-yaqin-chet-el-fuqarolarini-evakuatsiya-qilishda-yordam-berdi-20174768.html
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Toshkentda hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatgan ayol ustidan rasmiylashtilgan hujjatlar sudga oshirildi, deb xabar qildi IIBB matbuot xizmati. Xabarda aytilishicha, 18-avgust kuni Yashnobod tumani IIO FMBga Jarqo‘rg‘on ko‘chasida janjal bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori Z.Baimbetov 1978-yilda tug‘ilgan K.Olga tomonidan tuman hokimiyati vakillariga qarshilik ko‘rsatayotganligiga guvoh bo‘lgan. Aniqlanishicha, “Jarqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida mahallada joylashgan noqonuniy qurilmalar buzilayotgan bo‘lgan. Mo‘ynoqda futbol o‘yini vaqtida katta janjal yuzaga keldi11 Avgust 2021, 12:51 Shu hududda istiqomat qiluvchi K.Olgaga tegishli bo‘lgan garaj noqonuniy qurilganligi sababli olib tashlashi lozimligi haqida tuman hokimiyati tomonidan u bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, garajni o‘z ixtiyori bilan olib tashlamagan, hokimiyat vakillari tomonidan buzilishiga esa qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilgan va janjal ko‘targan. Profilaktika inspektori tomonidan janjalni to‘xtatish, jamoat tartibini saqlash, vaziyatni yumshatish va holatni to‘liq o‘rganish maqsadida K.Olgaga tinchlanishi aytilgan va mahalladagi tayanch punktga taklif etilgan. Biroq K.Olga IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatgan, atrofdagi fuqarolarni o‘ziga jalb qilish maqsadida baqir-chaqir qilib to‘polon ko‘targan. Shundan so‘ng profilaktika inspektori K.Olgaga kuch ishlatib xizmat mashinasiga o‘tqazgan. K.Olgaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi hamda 198-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan. Profilaktika inspektori ayol kishiga qo‘pol munosabatda bo‘lganligi holati bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
2021-08-21
https://oz.sputniknews.uz/20210821/toshkentda-ayol-hokimiyati-vakillariga-qarshilik-korsatdi-hujjatlar-sudga-oshirildi-20176914.html
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi. Bir sutka davomida 881 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 148 203 nafarni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda koronavirus: 863 kishida kovid aniqlandi, 6 kishi vafot etdi20 Avgust 2021, 10:41 Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (83), Andijon viloyatida (43), Buxoro viloyatida (24), Jizzax viloyatida (45), Qashqadaryo viloyatida (33), Navoiy viloyatida (15), Namangan viloyatida (42), Samarqand viloyatida (89), Sirdaryo viloyatida (24), Surxondaryo viloyatida (85), Farg‘ona viloyatida (87), Xorazm viloyatida (25), Toshkent viloyatida (92), Toshkent shahrida (194) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, 412 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 140 941 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetdi. O‘lim holatlari Koronavirusga chalingan 7 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1015 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi. Dunyo salomatligi Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 210,0 milliondan oshdi, 4,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (37,2 mln), Hindistonda (32,3 mln), Braziliyada (20,4 mln).
2021-08-21
https://oz.sputniknews.uz/20210821/ozbekiston-salkam-1300-kishida-kovid-va-pnevmoniya-7-kishi-vafot-etdi-20176400.html
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories korxonalarida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” va o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC 2001 vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda shanba kuni e’lon qilingan hukumat qarorida bayon etilgan. O‘zbekistonda emlashning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta mavjud19 Avgust 2021, 17:39 "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Jurabek Laboratories” MChJ QK tomonidan ishlab chiqariladigan ”ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarini, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlariga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, ”ZF-UZ-VAC 2001” hamda “Sputnik V” vaksinalarining substansiyalari va/yoki “in bulk” ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olgan holda ushbu vaksinalarni, istisno tariqasida, taqdim etilgan hujjat hamda sertifikatlar asosida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin", - deyilgan hujjatda. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ekspertizasini besh ish kunida amalga oshirish haqida topishiriq berildi. Bundan avval Jurabek Laboratories boshlang‘ich bosqichda oyiga 2 million doza vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgandi. Kelasi 3 oy ichida qanday vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinadi18 Avgust 2021, 16:03 May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgandi. 29 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi. 31 iyul kuni Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) respublikada “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish maqsadida Gamaleya markaziga yuborilgandi. 11 avgust kuni Gamaleya markazidan “Sputnik V” vaksinalarining ilk partiyasi sifati bo‘yicha ijobiy natijalar olingan.
2021-08-21
https://oz.sputniknews.uz/20210821/ozbekistonda-ishlab-chiqariladigan-sputnik-v-vaktsinasi-royxatga-olindi-20180800.html
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Umumxalq hasharda 5 mingdan ziyod xonadon ta’mirlab beriladi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi va 21-avgust – umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari davomida 6 mingdan ziyod ehtiyojmand, 2 mingga yaqin nogiron va yolg‘iz qariyalarga qariyb 800 million so‘mlik moddiy yordamlar ajratilishi rejalashtirilgan. Bu haqda AOKAda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi. Yigirma birinchi avgust kuni umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi18 Avgust 2021, 19:40 Qayd etilishicha, 21-avgustda tashkil etiladigan umumxalq xayriya hasharida 8 milliondan ziyod fuqaro qatnashishi kutilmoqda. Hasharda 21 ming gektardan ortiq yer maydonlari obodonlashtirilashtirilishi, qariyb 14 ming tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlash, 8 mingdan ziyod qabristonlar, mingga yaqin ziyoratgohlar obodonlashtirilib, salkam 6 millionta daraxtga shakl berilib, oqlanishi ko‘zda tutilgan. Bu galgi xayriya xasharida kam ta’minlangan oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilmoqda.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/umumxalq-hashar-5-mingdan-ziyod-xonadon-tamirlab-beriladi-20172572.html
TOShKENT, 21 avg — Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Termiz va O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida boshqa davlatga uchish bahonasida o‘zbek-afg‘on chegarasini qonuniy ravishda kesib o‘tgan Afg‘oniston fuqarolari bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi. Hozir tovar yuklangan yuk mashinalari, shuningdek, yengil jumladan, afg‘on raqamli avtomobillar respublikaga va ortga harakatlanmoqda. Sariq davlat raqamli mashinalar O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘lganlarga tegishli - ular respublikaga bemalol kelishi mumkin. Afg‘onlar Amudaryo orqali O‘zbekistonga qanday suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi19 Avgust 2021, 14:09 Shuningdek, Afg‘oniston fuqarolari chegaradan chet elga chiqish avia-chiptalarini ko‘rsatib o‘tishadi, lekin hamma ham bu chiptalar bilan uchib ketmaydi. Vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaning aytishicha, ular chegarani kesib o‘tgandan so‘ng yoki aeroportga yetib kelganda, ular xaridni bekor qilib, chiptalarni aviakassaga qaytarib berishadi. Elektron chiptani o‘z vaqtida qaytarganda ozgina pul yo‘qotadilar. Chegarani kesib o‘tishning bu kabi ayyorona mexanizmi ko‘paydi. Bu fuqarolar Termiz shahrida uy-joy ijaraga olishi yoki respublikaning boshqa shaharlariga borishi mumkin. Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, yangi qochoqlar oqimi ortadi, chunki toliblar bergan va’dalariga qaramay, “Tolibon” (Rossiyada taqiqlangan) siyosati va mafkurasi Afg‘onistonning barcha fuqarolariga ma’qul emas.
2021-08-21
https://oz.sputniknews.uz/20210821/afgonlar-ozbekiston-chegarasini-qonuniy-ravishda-kesib-otishning-ayyorona-yolini-topdi-20179181.html
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. RF Qurolli Kuchlarining Harbiy-vatanparvarlik madaniyat va hordiq bog‘i hududida "Madaniyat armiyasi" ijodiy guruhlari xalqaro tanlovida ishtirok etadigan jamoalarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ArMI matbuot-markazi xabar qildi. 20 ta davlatdan 180 ishtirokchi yangi musobaqada medallar uchun kuch sinashadi: Ozarbayjon, Angola, Armaniston, Belarus, Venesuyela, Vyetnam, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Laos, Mali, Myanma, Rossiya, Serbiya, Suriya, O‘zbekiston , Burkina -Faso va Shri-Lanka. Press-sentr Armeyskiy mejdunarodnix igr 2021Jerebyevka konkursa "Armiya kulturi" na ArMI-2021 Jerebyevka konkursa "Armiya kulturi" na ArMI-2021 Press-sentr Armeyskiy mejdunarodnix igr 2021 Ishtirokchilar 5ta nominatsiyada bellashadi: "Vokal mahorati", "Xoreografik mahorat", "Instrumental janr", "Ko‘rgazma faoliyati" va Tomoshabinlar e’tirofi” mukofoti. O‘zbekiston qurolli kuchlarining boy an’analarini hisobga olgan holda, respublika terma jamoasi ArMI musobaqasi yangi turida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin. Navbatdagi Xalqaro armiya o‘yinlari 2021-yil 22-avgustdan 1-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.
2021-08-21
https://oz.sputniknews.uz/20210821/armida-yangi-tanlov-ozbekiston-harbiylari-galab-qozonishga-barcha-imkoniyatlarga-ega--20177515.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7-yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizatsiya yig‘imi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi: “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39). Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7-yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi: - “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar; - avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar. MAZ O‘zbekistonda yuk avtomobillari shassisi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi 9 Mart 2021, 16:04
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/yuk-mashinalari-import-imtiyoz-20181458.html
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar Tokioga kuzatildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Ularni bosh vazir Abdulla Aripov, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Rustam Shoabdurahmonov kuzatib qo‘ydi. Tanzila Norboyeva sportchilarga musobaqalarda omad va zafarlar tiladi. Abdulla Aripov ularga kuch-quvvat tilab, prezident hamda millionlab muxlislar ulardan g‘alabalar kutishlarini aytib o‘tdi. Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida yengil atletikachilar Muhammad Rexsimov va Nurxon Qurbonova O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qiladi – yakuniy ro‘yxat19 Avgust 2021, 13:40 Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2021-yilning 24-avgustidan 5-sentabriga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi sportning 8 turida 55 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
2021-08-22
https://oz.sputniknews.uz/20210822/ozbekistonlik-paralimpiyachilar-tokioga-jonab-ketdi-20181621.html
Zamonaviy dunyoda bir qator davlatlar (yoki davlatlar birlashmalari) qolganlarga misol bo‘la oladi. Masalan, Yevroittifoqi bugungi kunda eng samarali integratsiya birlashmasi hisoblanadi. Insoniyat feodal tarqoqlik sharoitida yashashga mahkum emasligi, asrlar davomida bir-biri bilan urush qilgan davlatlar yuksak maqsadlar uchun birlasha olishining ramzi hisoblanadi. AQSh bir paytlar demokratiya va muvaffaqiyatli rivojlanishning namunasi bo‘lgandi, lekin bugungi kunda u demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish tamoyillari qonun va maqsadga muvofiqlik bilan cheklanmagan bo‘lsa, nimaga aylanishi mumkinligiga misol bo‘la oldi. BLM va MeToo kabi harakatlar bunday tubanlashishning namunasidir va amerika jamiyatini ichidan vayron qilmoqda. Defolt, ishsizlik, bankrotlik: Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qayerga olib keldi20 Avgust 2021, 11:11 Rossiyaning vazifasi boshqa. U (Xitoy va qisman Turkiya bilan birgalikda) G‘arb modelidagi demokratiya muvaffaqiyatli siyosiy tizimning yagona modeli emasligiga misol bo‘la oldi. Har bir davlat o‘z an’analari, geografiyasi, turmush darajasi va aholining ehtiyojlariga asoslanib, o‘ziga xos bunday tizimga ega bo‘lishi kerak. Ukraina ham yorqin misol bo‘la oldi. Hech kimga sir emaski, AQSh (bu mamlakatni tashqaridan boshqaruvni amalga oshiradi) Kiyevga nisbatan katta rejalari bor edi. Vashington uzoq vaqtdan beri sobiq sovet ittifoqi hududida o‘ziga xos "taraqqiyot va demokratiya mash’ali"ni paydo qilish g‘oyasini o‘ylab yurgandi. G‘arbga yuz qaratib, demokratik va liberal islohotlar masalasida uning barcha maslahatlarini itoatkorlik bilan qabul qilish hisobiga, ona mamlakatni avtoritar davlatdan zamonaviy farovon jamiyatga aylantirishning namunali misol sifatida ko‘rishgan. Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev19 Avgust 2021, 12:45 Bu "mash’al" Rossiya jamiyatini hokimiyatdan xuddi shu yo‘ldan borishni talab qilishga undashi kerak edi va shu bilan AQShga Moskvada rangli inqilob bo‘lmasada, hech bo‘lmaganda Vashingtonga itoatsiz Kremlning hozirgi rahbariyatini jiddiy ravishda zaiflashtirishga yordam berardi. Yana hech kimga sir emaski, AQSh postsovet hududida o‘z siyosatini asosan Rossiyani tiyib turish nuqtasidan qaraydi. Mash’allar yoqilmadi "Mash’al” bo‘lishga Amerikaning birinchi nomzodi – Gruziya bo‘ldi, u yerda Mixail Saakashvili "atirgul inqilobi" paytida hokimiyatga keldi, shundan so‘ng u Amerika va Yevropa pullari bilan bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Liberallar darhol uni qalqonga ko‘tarib, "Nega Gruziya uddaladi" sarlavhasi ostida kitoblar chiqarishdi, lekin oxir-oqibat Gruziya tajribasi muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Buning sabablari ko‘p - ijrochining tinchlikni buzishi (Saakashvili Janubiy Osetiyaga bostirib kirishga qaror qildi, bu bilan ruslar va gruzinlar oldida o‘zini obro‘sizlantirdi), liberalizmni haddan tashqari oshirish (masalan, don importi bo‘yicha bojlarni bekor qilish, Gruziyaning qishloq xo‘jaligiga zarba berdi), Gruziyada o‘z rivojlanish resurslarining yetishmasligi, shuningdek, gruzinlar orasida chuqur singdirilgan rusofobiyaning yo‘qligi. Ukraina armiyasi – 2021: qurollanish va jangovarlik qobiliyati18 Avgust 2021, 18:44 Nigoh Ukrainaga qaratildi. Ko‘p sonli aholisi bo‘lgan, resurslarga boy mamlakat, elita ko‘p yillar davomida o‘z davlati va jamiyatini "Rossiyasiz"ga aylantirish siyosatini olib bordi. Rus xalqining bir qismini ajratib qo‘yish, ularni "haqiqiy ukrainaliklarga" aylantirish va Rossiya bo‘lmagan alohida tarixi, o‘z tili va milliy qahramonlari siyosati olib borildi. Amerika qo‘lning yengil harakati bilan "Rossiyasiz" 2014-yilda batamom "AntiRossiya"ga aylandi, Maydan keyingi hukumat esa amerikalik kuratorlar nazorati ostida liberal va demokratik islohotlar jarayonini boshladi. Natijada Ukraina haqiqatan ham namunaga aylandi, lekin amerikaliklar xohlagandek bo‘lmadi. Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida17 Avgust 2021, 16:34 U mamlakatning agressiv rusofobiyaning namunasi bo‘ldi, katta qismi rus tilida gapiradi, ruscha o‘ylaydi va o‘zini rus deb biladigan mamlakatda barqaror va farovon jamiyat yaratilishiga olib kelmaydi. Aksincha, ixtilof, fuqarolar o‘rtasida mojaro va hatto fuqarolar urushini qo‘zg‘atadi. U Rossiya bilan chegaradosh va ko‘p jihatdan unga bog‘liq bo‘lgan mamlakatda agressiv rusofobiya davlatning xavfsizligi va rivojlanishiga olib kelmasligiga misol bo‘la oldi. Ukraina Rossiya bozoriga bojsiz kirishni yo‘qotdi va faqat Kremlning vazminligi va yumshoq pozitsiyasi tufayli (buning uchun Vladimir Putin bir qator rossiyalik ekspertlari tomonidan tanqid qilingan) vizasiz rejim, gastarbayterlarga Rossiyada ishlashi uchun imkonini yo‘qotmadi, shuningdek, jiddiy iqtisodiy sanksiyalar olmadi. Yanukovich Ukrainaning 30-yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi17 Avgust 2021, 14:38 U G‘arbning Rossiyaga qarshi istehkom rolini ixtiyoriy ravishda qabul qilish katta dividend keltirmasligiga misol bo‘la oldi. Axir Ukrainada ular Vashington va Brussel (Kiyevning aqlli kishilarining fikriga ko‘ra, Moskva bilan ekzistensial ziddiyatda) o‘z istehkomini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashiga ishonishgan. Unga pul quyish, siyosiy sarmoya kiritish va hatto uni G‘arb integratsion bloklariga qo‘shish (agar Yevropa Ittifoqi bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda NATO). Biroq, bularning hech biri yuz bermadi - aksincha, G‘arb asta-sekin Ukrainani tashlashmoqda. YeIda Rossiya bilan ziddiyat ma’nosiz ekanligini tushunishmoqda va unda g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q, AQShda esa bu tushuncha alohida odamlar orasida paydo bo‘lmoqda - natijada G‘arb Moskva bilan kelishishga urinmoqda. Ukraina rusofobiyasi bilan tarixiy jarayonning chetida (aksincha, ular qanchalik aksi haqida qattiq baqirishmasin), va istiqbolda esa - Rossiya bilan yuzma-yuz (ma’lum bo‘lganidek, u mehribon, lekin uning xotirasi yaxshi) qolib ketmoqda. Axir AQShning ittifoqchilik majburiyatlari (nafaqat mamlakatlar, balki mahalliy xoinlar (kollaborantlar) oldida) o‘z ishonchliligini bir qancha joylarda ko‘rsatdi, oxirgisi Afg‘oniston bo‘ldi. Ayniqsa, Kobul aeroportida. Shuning uchun barcha davlatlar Ukraina tajribasini sinchiklab o‘rganishi va uni takrorlamasligi kerak. Bu postsovet hududidagi davlatlar uchun ayniqsa tegishli, ular Rossiya bilan yashaydi, aslini olib qaraganda, Rossiya ularni qashshoqlikdan ham, tashqi tahdidlardan ham qutqarmoqda.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/cobiq-sovet-ittifoq-davlatlari-uchun-ukraina-darslari-20171465.html
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Toshkentga Rossiya taraqqiyot davlat korporatsiyasi (VEB.RF) ko‘magida 20ta yangi TMX metro vagonlari yuborildi. Podmoskovyening Mitishi shahrida Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy metro vagonlarini O‘zbekistonga jo‘natish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Vagonlar Metrovagonmash korxonasida ishlab chiqarilgan. Toshkent metrosi yana 10 ta Rossiya poyezdlari bilan to‘ldiriladi13 Iyul 2021, 15:51 Vagonlar sostavi Toshkent metropolitenida ishlatiladi. Yangi vagonlardan 5ta poyezdlarni shakllantirish ko‘zda tutilgan. Yil yakuniga qadar Toshkentga yana 20ta metro vagonlari yuborilishi rejalashtirilgan. VEB.RF va Toshkent metropoliteni o‘rtasida 40ta vagonlarni yetkazib berish bo‘yicha kredit shartnomasi 2021-yilning aprelida imzolangan. Kredit liniyasi hajmi 30,4 mln yevroni tashkil etib, u 12-yil muddatga taqdim etilgan. "METROVAGONMASh" AJning ishlab chiqarish bo‘yicha direktor vazifasini bajaruvchi Grigoriy Ilyuxinning aytishicha, TMX bugungi kunda metro poyezdlarini ishlab chiqarishda dunyodagi yetakchilardan biri sanaladi. "O‘zbekistonlik sheriklarimizga eng zamonaviy texnik yechimlarni taklif etamiz, bu vagonlar Toshkent metrosida o‘zining samarali va ishonchli faoliyatini isbotlagan", - deydi u. Toshkent metropoliteniga Sharof Rashidov nomini berish taklif etildi30 Iyun 2021, 09:27 Metroning 81-765/766/767 seriyali poyezdlari 2016-yildan buyon turli modifikatsiyalarda chiqarilib keladi. Vagonlar Moskva, Qozon, Baku va Toshkent metropolitenlarida ishlatilib kelinadi. Vagonlar vagonlararo o‘tish yo‘lakchalari, ochiq va yopiq turdagi svet signalizatsiyalari, eni 1,4 m teng yonboshga ochiluvchi eshiklar bilan jihozlangan. Bosh vagonlarda nogironlik kolyaskalari uchun joylar ko‘zda tutilgan. Har bir yo‘lovchilar saloni sensorli axborot monitorlari bilan jihozlangan bo‘lib, ular orqali kerakli stansiyani izlash, marshrutni sozlash, harakat vaqtini hisoblash kabi operatsiyalarni bajarish mumkin. Yo‘lovchi salonlari va mashinist kabinasi videokuzatuv, konditsioner va havoni zararsizlantirish tizimlari bilan jihozlangan. Metro vagonlarining xizmat ko‘rsatish muddati 30-yilni tashkil etadi.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/rossiyadan-ozbekistonga-20-ta-zamonaviy-metro-vagonlari-yuborildi-20170183.html
Shuningdek, yuk tashish harakati tiklandi - yuk mashinalari ikkala yo‘nalishda qatnamoqda. Chegara yaqinidagi qochoqlar uchun vaqtinchalik chodirli lager bo‘sh, O‘zbekiston TIV kuni kecha u yerda bo‘lgan 150 nafar Afg‘oniston fuqarosiga zarur yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, o‘z vataniga qaytarilgani haqida ma’lum qildi.
2021-08-21
https://oz.sputniknews.uz/20210821/ozbek-afgon-chegarasidagi-vaziyat-nazorat-otkazish-punktidan-video-20179936.html
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Bu haqda qo‘shni respublika Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi. Press-slujba Kabmina KirgizstanaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil v Kirgizstan Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil v Kirgizstan Press-slujba Kabmina Kirgizstana O‘zbekiston bosh vaziri aeroportda tantanali kutib olindi. Press-slujba Kabmina KirgizstanaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil v Kirgizstan Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil v Kirgizstan Press-slujba Kabmina Kirgizstana Qayd etilishicha, Aripov Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga keldi. Tadbirlar bugun boshlanadi. U Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda integratsion birlashma bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/abdulla-aripov-eoii-yigilishida-ishtirok-etish-uchun-qirgizistonga-keldi-20164713.html
24 avgust kuni Ukraina mustaqilligining 30-yilligini nishonlaydi. Shu kuni Kiyevni ko‘plab vatanparvarlik tadbirlari - Qurolli Kuchlar paradi va "DNKimizda mustaqillik" shousi kutmoqda. Ammo Ukraina Davlat statistika hisobotlari buning aksini ko‘rsatmoqda: yildan-yilga Kiyev tobora ko‘proq erkinlikni yo‘qotmoqda - birinchi navbatda iqtisodiy. Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev19 Avgust 2021, 12:45 Nima uchun mamlakat yillar davomida inqirozdan chiqa olmayapti va Rossiyaga qarshi siyosat Ukrainani qanday qilib G‘arbning xomashyo qo‘shimchasiga aylantiradi – bu haqda batafsil Sputnik materialida. Muammolar ko‘paymoqda Ukraina Davlat statistikasisalbiy baholarga to‘la. Yil boshidan buyon iste’mol narxlari 6,5 %ga o‘sdi. Hamma narsa qimmatlashmoqda: iyul oyi o‘zidashakar narxi deyarli 7 %ga, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari - 0,8 %ga, maishiy texnika - 0,4 %ga oshdi. Elektr va gaz ham ortda qolmadi, ular 0,6%ga qimmatlashdi, aloqa (0,1%), transport (1,1%), shuningdek, sog‘liqni saqlash (0,1%) narxlari oshdi. Va bu oxiri emas - Ukraina Milliy bankining prognozlariga ko‘ra, yil oxirigacha narxlar 9,6 %ga ko‘tariladi. Shu sababli, hukumat o‘rtacha ish haqining oshishi haqida gapirishsada (2021 yilda u haqiqatan ham 423 dollardan 532 dollarga ko‘tarildi), oddiy ukrainaliklar bu o‘sishni sezmaydilar. Ukraina armiyasi – 2021: qurollanish va jangovarlik qobiliyati18 Avgust 2021, 18:44 Umuman olganda, 10-yil mobaynida mamlakatda tovarlar narxi qariyb 200%ga oshdi. Oddiy fuqarolarning qarzlari ham ta’sirchan o‘sishni ko‘rsatmoqda. Kommunal xizmatlar uchun ukrainaliklarning 2 milliard dollardan ortiq qarzi bor, eng ko‘p elektr energiyasi uchun, chunki ko‘p oilalar va bolalar uylari uchun imtiyozli tariflar bekor qilindi, ularesamamlakat aholisining eng kam to‘lay oladigan qismi. Hamma narsada Rossiyani ayblash an’anasi Biroq bu muammolarning barchasi faqat oddiy xalqni bezovta qilmoqda shekilli. Chunki 11-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy saytida xabar paydo bo‘ldi: mamlakat rahbari 2025-yilgacha iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini qabul qildi va Rossiya hujjatda "muhim o‘rin"ni egallamoqda. Strategiyaga ko‘ra, "Ukraina iqtisodiyotini yo‘q qilish" - "Rossiya Federatsiyasining ongli va maqsadli harakati", shuning uchun Ukraina jamiyatidagi ijtimoiy keskinlik yuzaga kelgan. Bu konsepsiyaning iqtisod yoki haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q, deydi Aleksey Zubes, iqtisod fanlari doktori, RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti prorektori. Ukraina endi jim bo‘ladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi22 Iyul 2021, 17:43 "Rossiyani muammolar manbai deb atashga urinish faqat targ‘ibotchilarga va iqtisodni tushunmaydigan odamlarga mos keladi", - deydi ekspert. - Ukraina iqtisodiyoti uchun asosiy xavf - bu o‘z hukumatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini bajara olmasligi. Mamlakat budjeti juda yomon ahvolda - bu Ukraina uchun zarur bo‘lgan jahon bozorida ko‘mir narxi oshgani, chunki u ko‘mirdan ishlaydigan elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Mamlakat esa uni sotib ololmayapti”. Xuddi shunday fikrni Ukrainaning Energiya strategiyasi jamg‘armasi hamraisi Dmitriy Marunich ham bildirdi, u Sputnik muxbiriga bergan intervusida Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini "oddiy qog‘oz" deb atadi. Hatto rasmiylar Rossiya bilan savdo qilish Ukrainaga tahdid soladi, deyishsa ham, hamma tushunadiki, bu mamlakat Rossiya ko‘mirini sotib olmasdan turib qila olmaydi. Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida17 Avgust 2021, 16:34 "Agar biz Rossiyadan ko‘mir olib kelmasak, ertaga butun Ukrainada elektr energiyasi o‘chadi, buni hamma yaxshi tushunadi", deydi Marunich - Rossiyaning ko‘mir yetkazib berishini almashtirishning iloji yo‘q, boshqa davlatlar nafaqat ko‘mir uchun, balki tashish uchun ham to‘lashga majbur bo‘ladi, bundan tashqari, portlar bunchalik ko‘p yuk tashiy olmaydi. Kollaps bo‘ladi. G‘alati holat paydo bo‘ladi: Ukraina Rossiyadan hamma narsani rad etadi, lekin buning imkoni yo‘q. Qachonki biznes- asosiy dushman Ko‘p yillar oldin boshlangan jarayonlar barcha mavjud muammolarga olib keldi, deydi Aleksey Zubes. "Mamlakatni qo‘llab-quvvatlash uchun pulni, texnologik jihatdan murakkab mahsulotlar ishlab chiqaradigan iqtisodiyotberishi mumkin", - deydi u. "Biroq, Ukraina sanoat salohiyatini yo‘qotdi yoki ataylab yo‘q qildi. Sanoat poydevori bo‘lmasa, fuqarolarning hayot sifatini ta’minlash mushkul". Ukrainaning tugatilgan sanoat obyektlarini sanash uchun ko‘p vaqt ketishi mumkin. Ko‘pgina Ukraina korxonalari Rossiya bozoriga yo‘naltirilgandi va eng yomon inqirozga faqat 2014-yilda, mamlakat Rossiya bilan munosabatlarni uzishga qaror qilganida duch keldi. Yanukovich Ukrainaning 30-yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi17 Avgust 2021, 14:38 Natijada mashhur Lvov avtobus zavodi (LAZ) 2014-yilda yopildi va 2018-yilda Zaporoj avtomobilsozlik zavodi bankrot deb e’lon qilindi, uning uchun Rossiya asosiy savdo bozori bo‘lgandi (2007-2012 yillarda mahsulot yetkazib berishning 89 %Rossiyaga to‘g‘ri kelgan). Bu yil SSSRning barcha samolyot tashuvchi kreyserlarini qurgan Nikolayevdagi Qora dengiz kemasozlik zavodi rasman tugatildi. Ilgari Rossiya bilan hamkorlik qilgan "Yujmash" raketa-kosmik korxonasi ham inqirozni boshdan kechirmoqda. O‘tgan yili Ukraina hukumati ishchilarga maosh to‘lash uchun "Yujmash" qarzini qoplash maqsadida davlat budjetidan qariyb 8 million dollar ajratishi kerak edi. Rossiyadan butlovchi qismlarni sotib olishni to‘xtatgan Antonov samolyot zavodi 2016-yildan 2019-yilgacha bitta ham samolyot ishlab chiqarmadi. “Ukrainadan hamma charchadi” - siyosatchi xulosasi4 Avgust 2021, 18:05 Ishlab chiqarishning ommaviy yopilishi, albatta, Ukraina iqtisodiyotiga zarba bermoqda. Bugungi kunda mamlakat Yevropaning eng qashshoq davlati va sobiq SSSRning eng qashshoq davlatlaridan biri hisoblanadi. Hatto hukmron "Xalq xizmatkori" partiyasi ham bu haqiqatni tan olishga majbur. "Agar Ukrainaning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIMni Polsha bilan solishtiradigan bo‘lsak, Polshaga yetib olish uchun bizga 30-40 yil kerak bo‘ladi", -dedi "Xalq xizmatkori" deputati, moliya masalalari bo‘yicha parlament qo‘mitasi rahbari Daniil Getmansev. Yevropa yordam bermaydi Sanoatlashtirish davom etayotgani Ukrainani G‘arbning xomashyo qo‘shimcha qismiga aylantiradi, deb hisoblaydi Aleksiy Zubes. Hozir Ukraina don ishlab chiqarishni rivojlantirmoqda va qishloq xo‘jaligiga xorijiy sarmoyadorlardan umid qilmoqda. Avvalroq, ekspert oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish xalqaro kompaniyalar hisobidan o‘sishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Biroq, g‘alla yetishtirish katta mehnat talab qilmasligini tushunish kerak. Putin Ukraina to‘g‘risida maqola yozdi12 Iyul 2021, 20:27 Demak, iqtisodiyotning bu sohasi ukrainaliklarni ish bilan ta’minlamaydi - va migratsion inqiroz davom etadi. Bugungi kunda Polshada 1,5 million ukrainalik mehnat qilmoqda. Rossiyada ham ukrainalik migrantlar ko‘p: 2016 - 2020-yillarda deyarli bir million ukrainalik Rossiya fuqaroligini oldi. Kuchli demografik vaziyatni Davlat statistika xizmati hisoboti ham tasdiqlaydi: yil boshidan beri Ukraina aholisi 180 ming kishiga kamaydi va hozirda 41,4 million kishini tashkil etdi. 2013-yilda bu ko‘rsatkich 45 milliondan ko‘p bo‘lgan. Agar demografik vaziyat yaxshilanmasa, 10-15 yil ichida mamlakat defoltga uchrashi mumkin, chunki mamlakat inson resurslari zarur bo‘ladi, dedi Ukraina ish beruvchilar federatsiyasi rahbarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Pavel Vernivskiy. NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali8 Aprel 2021, 16:59 "Birinchi navbatda Pensiya jamg‘armasi qulab tushadi. Har bir alohida soliq to‘lovchiga qarz yuki oshadi, bu esa defolt xavfini oshiradi”, - deb tushuntirdi u. Aleksey Zubes defolt xavfi haqida ham aytdi. “Hozir Ukraina 1996-1997 yillarda Rossiyaga yaqin", - deydi ekspert. Mamlakat iqtisodiy inqirozdan qochib qutula oladimi - bu savol. Mustaqillikning 30-yilida respublika inqirozdan chiqa olmadi. Bir vaqtlar Ukrainani SSSR sanoatining yetakchisiga aylantirgan odamlar qaridi - mamlakatda 11 milliondan ortiq pensioner bor. Va yangi avlod ish topa olmaydi, chunki fabrikalar yopilgandan keyin u umuman yo‘q: 2020-yilda atigi 11,3 million Ukraina fuqarosi rasmiy maosh olgan. Yangi avlod esa ish topa olmayapti, chunki fabrikalar yopilgandan keyin u umuman yo‘q: 2020-yilda atigi 11,3 million Ukraina fuqarosi rasmiy maosh olgan.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/defolt-ishsizlik-bankrotlik-rossiyaga-qarshi-siyosat-ukrainani-qaerga-olib-keldi-20162254.html
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Toliblar Afg‘oniston ustidan nazoratni o‘rnatganidan so‘ng Qozog‘iston hukumati Tolibon harakatini (Rossiyada taqiqlangan) tan olmadi. Bu haqda juma kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Akan Rahmetullin brifingda ma’lum qildi. “Biz Tolibonni tan olmadik. Xabaringiz bor, kuni kecha Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi, u milliy ommaviy axborot vositalarimizda e’lon qilindi. Qozog‘istonda biz bu mamlakatdagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatishni davom ettiramiz”, - dedi Rahmetullin. Undan oldin Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondan qochoqlarni qabul qilish masalasi kun tartibida emasligini ma’lum qilgandi. Odamlarning samolyotdan qulab tushishida amerikaliklar aybdor - Tolibon* vakili17 Avgust 2021, 18:46 Shu o‘rinda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev etnik qozoqlarni Afg‘onistondan qaytarish imkoniyatlarini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi, ularning soni 200 nafarga yaqin. “Tolibon”* Afg‘onistonda hokimiyatni bosib olishi So‘nggi haftalarda “Tolibon”* harakati yirik shaharlarga hujumi ortidan Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar toliblar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilishganini aytishdi. Keyinchalik o‘sha kuni jangarilar Kobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qilishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etdi. Dushanba kuni kechasi Tolibon* siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qildi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/qozogiston-tiv-tolibonni-tan-olmaganligini-malum-qildi-20167593.html
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Tesla Inc 2022-yilda Tesla Bot gumanoid-robot prototipini taqdim etishni rejalashtirdi. Teslarati portali xabariga ko‘ra, bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask Palo-Altoda sun’iy intellektga bag‘ishlangan tadbir doirasida o‘tkazilgan taqdimotda aytib o‘tdi. Maskning aytishicha, robotning bo‘yi 172 santimetr, vazni 57 kilogramm bo‘ladi. Yuz o‘rniga ekran bo‘ladi, qo‘llari va oyoqlari 40 ta maxsus simlar orqali boshqariladi. Bundan tashqari, robot mavjud bo‘lgan sun’iy intellekt qurilmalarining bir qismini ishlata oladi. Masalan, robot Tesla avtomashinalari kabi maxsus kameralar bilan jihozlanadi. Rossiyada ilk bor odamsimon robot ishga qabul qilindi16 Iyul 2020, 16:16 Maskning so‘zlariga ko‘ra, robot do‘konga borishi, buyumlarni olib kelishi va boshqa buyruqlarni bajarishi mumkin.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/ilon-mask-kompaniyasi-odamsimon-robot-yaratishini-elon-qildi-20165565.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik.O‘zbekistonda vaksinatsiyaning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifing davomida “O‘zagrosug‘urta” AJ kompaniyasi axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov ma’lum qildi. “So‘nggi vaqtlarda koronavirusga qarshi vaksinalar haqidagi turli mish-mishlar aholi orasida emlanishdan ikkilanishni keltirib chiqarmoqda. “UZINSURANCE” kompaniyasi tomonidan bozorda birinchilardan bo‘lib, vaksina qabul qilgan shaxsning mehnat qobiliyatini yo‘qotishi yoki vafot etish holatlaridan sug‘urta qilish mahsuloti ishlab chiqilgan” – dedi u. Ma’lum qilinishicha, sug‘urta polisi uchun to‘lov 5 va10 ming so‘m bo‘lib, bunda sug‘urta javobgarligi 25 va 50 mln so‘mni tashkil etadi. Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, vaksina olish jarayoni bilan bog‘liq ma’lumotlar talab etiladi. Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida 18 Avgust 2021, 21:25 O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari davom ettirilmoqda. Jami 12,4 million dozadan ziyod vaksinadan foydalanilgan. Shu kungacha 1,4 milliondan ziyod kishi kovidga qarshi to‘liq emlangan.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ozbekistonda-emlashning-salbiy-oqibatlaridan-himoyalanishga-qaratilgan-sugurta-mavjud-20156845.html
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yer masalasida o‘ziga 4 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushganini aytdi. "Joriy yilda ushbu yo‘nalishda katta islohotlarni boshladik. Bu borada Oliy Majlis palatalari tomonidan ma’qullangan Qonunni men kuni kecha imzoladim. Bu hujjat mamlakatimizning yangi tarixida eng katta islohotlardan biri bo‘ldi, deb hech bir mubolag‘asiz ayta olamiz. Mana shu islohotlar mazmunini tarmoq va hudud rahbarlari ham, tadbirkorlar ham, aholimiz ham yaxshi tushunib olishlari zarur", - dedi prezident. Birinchidan, yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov obyektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi. Ikkinchidan, biz barcha yerlarni 2 ta toifaga, ya’ni qishloq xo‘jaligi yerlari va noqishloq yerlariga ajratdik. Qishloq xo‘jaligi yerlari – bu bizning bebaho milliy boyligimiz, oziq-ovqat xavfsizligi, bu oddiy qishloq aholisining kundalik hayoti, degani. Shuning uchun, ushbu yerlar ochiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi. Tanlov – har bir yer uchastkasi bo‘yicha “bu yerni olishga kim eng ko‘p haqli?” degan savolga adolatli javob topish uchun o‘tkaziladi. Bu tanlovda barcha – dehqon ham, fermer ham, agrofirma va klasterlar ham, teng shartlarda ishtirok etadilar. Uchinchidan, noqishloq yer maydonlari esa faqat auksion orqali sotiladi. Biz so‘nggi bir yarim yil davomida yerlarni auksion orqali ochiq-oshkora sotish bo‘yicha yetarli tajriba orttirdik. Lekin aksariyat hollarda auksionga qo‘yilgan yer maydonlarining tadbirkorga ma’qul joylardan emas, balki olis, chekka hududdagi infratuzilmasi bo‘lmagan joylardan berilgan. Yaxshi maydonlar esa har xil yo‘llar bilan hokimlar qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri berib kelingani ham hech kimga sir emas. Bundan buyon yer maydonlari faqat va faqat ochiq-oshkora auksion orqali xususiy mulk sifatida sotiladi yoki ijaraga beriladi. Ko‘pchilikda “yer xususiy bo‘ldi nimayu, xususiy bo‘lmadi nima”, degan fikr bo‘lishi tabiiy, albatta. Chunki, bizda yerga xususiy mulkchilik bekor bo‘lganidan buyon 3-4 ta avlod almashdi. Bir narsani aniq bilib olish zarur: xususiylashgani bilan yer maydonlari kamayib yoki ko‘payib qolmaydi, lekin uning bozor qiymati paydo bo‘ladi. Yeri bor odam haqiqiy mulkdorga, kapital egasiga aylanadi. To‘rtinchidan, ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘z korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri ertaga nima bo‘ladi, degan savollar qiynayotgani ham joylarda bor gap. Ushbu korxonalarning hozirda egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida egallab turgan yer maydonlari ularga mulk qilib rasmiylashtirib beriladi. Ya’ni, bu yerni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat yer egasining o‘zi haqli bo‘ladi. Bunda, yerning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib, yerlar imtiyozli shartlar asosida ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi. Bundan keyin tadbirkorlar yerdan yuqori likvidli aktiv va garov obyekti sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Men o‘ylamanki, bu yangiliklar tadbirkorlarimiz uzoq yillar kutgan tarixiy adolatni ro‘yobga chiqaradi. Beshinchidan, bundan buyon davlat mulki obyektlarini, ular joylashgan yer bilan birga yagona mulkiy majmua sifatida auksion orqali sotamiz. Binoni sotib olgan tadbirkorlar unga biriktirilgan yerga ham xususiy mulk huquqi asosida egalik qiladilar. Tasdiqlangan dasturga qo‘shimcha ravishda yil yakuniga qadar yana 500 ta davlat aktivlari ochiq savdoga chiqariladi. Fursatdan foydalanib, hurmatli tadbirkorlarimizni ushbu savdolarda, faol ishtirok etishga chaqiraman. Oltinchidan, bundan keyin yangi yer maydonlarini auksionga chiqarishdan oldin, hudud rivojlanishining aniq rejasini tuzib olishimiz zarur. Ko‘plab rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganganimizda, birorta mamlakatda yer maydonlarini rejasiz berib yuborish mumkin emasligiga guvoh bo‘ldik. Oldin aniq hudud tanlab olinib, uning “master-plani” ishlab chiqiladi. Qayerda uy, qayerda maktab, qayerda ishlab chiqarish bo‘lishi aniq belgilanib, infrastruktura olib kelish rejasi tuziladi. Shundan keyingina yer uchastkalari aniq loyiha bilan savdoga chiqariladi. Shuning uchun, viloyat hokimlari kadastr va arxitektura idoralari bilan birga ushbu tajriba asosida ishlarni tashkil etishlari, aniq hududni belgilab, rejasini tasdiqlab, keyin yerlarni auksionga qo‘yishlari lozim. Shuningdek, har bir viloyatda maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablag‘ to‘liq tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirilib, tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Qo‘chqorov, viloyat hokimlari iqtisodiy kompleks bilan birga joriy yil 1-noyabrga qadar har bir hududda kamida mingtadan yer maydonini sotuvga chiqarsin. Shuningdek, magistral yo‘llar bo‘yida, loyiha asosida, har bir hududdan kamida 200 tadan yer maydoni auksionga qo‘yiladi.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/ozbekiston-tarixidagi-eng-katta-islohot-mirziyoev-er-haqidagi-qonunni-imzoladi-20165801.html
REUTERS / Yannis BehrakisToliblar mamlakatda o‘z tartib qoidalarini o‘rnatishlarini ma’lum qilishdi.1/17 REUTERS / Yannis BehrakisToliblar mamlakatda o‘z tartib qoidalarini o‘rnatishlarini ma’lum qilishdi. Sputnik / Alexander Grashchenkov / Mediabankka o‘tishQandahor yaqinidagi qishloqdagi go‘dak2/17 Sputnik / Alexander Grashchenkov / Mediabankka o‘tishQandahor yaqinidagi qishloqdagi go‘dak AFP 2023 / Hoshang HashimiHirotda txekvondo bilan shug‘illanayotgan afg‘onlar, 2018-yil.3/17 AFP 2023 / Hoshang HashimiHirotda txekvondo bilan shug‘illanayotgan afg‘onlar, 2018-yil. REUTERS / hamil ZhumatovToliblar farmoni bilan yil yil o‘chirib qo‘yilgan elekt energiyasi uzilishidan keyin Kobul televideniyega qaytgan 16 yoshli Mariam.4/17 REUTERS / hamil ZhumatovToliblar farmoni bilan yil yil o‘chirib qo‘yilgan elekt energiyasi uzilishidan keyin Kobul televideniyega qaytgan 16 yoshli Mariam. AFP 2023 / Noorullah ShirzadaAfg‘onlar bir-birlarini Qurbon hayiti bilan qutlamoqda, 2017-yil.5/17 AFP 2023 / Noorullah ShirzadaAfg‘onlar bir-birlarini Qurbon hayiti bilan qutlamoqda, 2017-yil. AFP 2023 / Wakil KohsarBusiness savdo markazi sotuvchilari yong‘in paytida mollariga yerga uloqtirishmoqda, 2016-yil6/17 AFP 2023 / Wakil KohsarBusiness savdo markazi sotuvchilari yong‘in paytida mollariga yerga uloqtirishmoqda, 2016-yil AFP 2023 / Hoshang HashimiHirotda keksa afg‘on uyi oldida, 2018-yil7/17 AFP 2023 / Hoshang HashimiHirotda keksa afg‘on uyi oldida, 2018-yil Sputnik / Valery Melnikov / Mediabankka o‘tishKobuldagi maktablardan birida.8/17 Sputnik / Valery Melnikov / Mediabankka o‘tishKobuldagi maktablardan birida. AFP 2023 / Wakil KohsarMua tay bilan shug‘ullanayotgan sportchilar, 2021-yil mart.9/17 AFP 2023 / Wakil KohsarMua tay bilan shug‘ullanayotgan sportchilar, 2021-yil mart. AP Photo / Rahmat GulKobuldagi qizaloq, 2018-yil.10/17 AP Photo / Rahmat GulKobuldagi qizaloq, 2018-yil. AFP 2023 / Wakil KohsarKobul 2019-yil11/17 AFP 2023 / Wakil KohsarKobul 2019-yil AFP 2023 / Adek Berry Kobul 2021-yil iyun12/17 AFP 2023 / Adek Berry Kobul 2021-yil iyun AFP 2023 / Noorullah ShirzadaFarzandlari IShID* jangarilari tomonidan o‘ldirilgan Niyoz Bibi13/17 AFP 2023 / Noorullah ShirzadaFarzandlari IShID* jangarilari tomonidan o‘ldirilgan Niyoz Bibi Sputnik / Valery Melnikov / Mediabankka o‘tishBamiyon viloyatidagi ommaviy to‘y.14/17 Sputnik / Valery Melnikov / Mediabankka o‘tishBamiyon viloyatidagi ommaviy to‘y. AFP 2023 / Noorullah ShirzadaJalolobodda iftor vaqti, 2016-yil.15/17 AFP 2023 / Noorullah ShirzadaJalolobodda iftor vaqti, 2016-yil. AFP 2023 / Rohullah AminKobulda jangarilar hujumi oqibatida yaralangan qizaloq, 2016-yil 11-oktabr16/17 AFP 2023 / Rohullah AminKobulda jangarilar hujumi oqibatida yaralangan qizaloq, 2016-yil 11-oktabr AP Photo / Ahmad JamshidKobulda mashina yukxonasida ketayotgan oila, 2013-yil17/17 AP Photo / Ahmad JamshidKobulda mashina yukxonasida ketayotgan oila, 2013-yil Afg‘onistonda hukumat o‘zgargandan keyin ko‘plab fuqarolar mamlakatni tark etishga urinmoqda. Ular har qanday yo‘l bilan bo‘lsada, xorijga ketish ilinjida tunu kun Kobul aeroportida qolishmoqda. Duch kelgan samolyotga minib olishga harakat qilishmoqda. Afsuski, ketish istagida bo‘lganlarning ayrimlari ur-yiqitda va samolyotdan tushib ketib, ayanchli o‘lim topdi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida barcha davlatlarni afg‘onistonlik qochoqlarni qabul qilishga va ularni ortga qaytarmaslikka chaqirdi. U BMT Xavfsizlik kengashi va jahon hamjamiyati Afg‘oniston yana terrorchi tashkilotlar uchun xavfsiz hududga aylanmasligini kafolatlashi va global terrorchilik xavfiga qarshi barcha vositalarni qo‘llashi lozimligini bildirdi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/afgon-xalqi-20151333.html
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. 19 avgust “Roma” kuni Yevropa Konferensiyalar Ligasining saralash o‘yinida Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga qarshi o‘ynadi. Trabzonda kechgan bahsning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi 45 daqiqalikda jamoalar umumiy hisobda 3 ta gol urdi. 81-daqiqada esa o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov "Roma"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Shu tariqa, “Roma” 2:1 hisobda zafar quchdi. Ta’kidlash joizki, bu Shomurodovning "Roma" tarkibida rasmiy o‘yinlaridagi debuti sanaladi. U bunga qadar klubning o‘rtoqlik uchrashuvlarida gol urgandi. "Men urgan gol jamoamga g‘alaba keltirganidan baxtliman. O‘ylashimcha, keyingi o‘yin haqida o‘ylashni boshlash kerak. Sababi, A Seriya uch kundan so‘ng start oladi", - dedi bu g‘alabadan so‘ng Eldor Shomurodov Sky Sports kanaliga bergan intervyusida.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/rasmiy-debyut-gol-va-muhim-zafar-shomurodov-romaga-galaba-keltirdi-20161715.html
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi. Sutka davomida 863 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 147 322 nafarni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda emlashning salbiy oqibatlaridan himoyalanishga qaratilgan sug‘urta mavjud19 Avgust 2021, 17:39 Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (92), Andijon viloyatida (41), Buxoro viloyatida (27), Jizzax viloyatida (50), Qashqadaryo viloyatida (20), Navoiy viloyatida (20), Namangan viloyatida (39), Samarqand viloyatida (93), Sirdaryo viloyatida (22), Surxondaryo viloyatida (88), Farg‘ona viloyatida (90), Xorazm viloyatida (31), Toshkent viloyatida (93), Toshkent shahrida (157) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 140 088 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz. O‘lim holatlari 6 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1008 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi. Dunyo salomatligi Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 209,3 milliondan oshdi, 4,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (37,1 mln), Hindistonda (32,3 mln), Braziliyada (20,4 mln).
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/ozbekistonda-koronavirus-863-kishida-kovid-aniqlandi-6-kishi-vafot-etdi-20161516.html
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Bugun Maktabgacha ta’lim vazirligida Rossiya Federatsiyasi prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boshqarmasi departament boshlig‘i Aleksey Vlasov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya UzbekistanaV Tashkent pribila delegatsiya upravleniya Prezidenta Rossiyskoy Federatsii po mejregionalnim i kulturnim svazam s zarubejnimi stranami V Tashkent pribila delegatsiya upravleniya Prezidenta Rossiyskoy Federatsii po mejregionalnim i kulturnim svazam s zarubejnimi stranami Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana Unda A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkentdagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi. Oliy ta’lim muasssasida 2021-2022 o‘quv yili uchun 8 ta yo‘nalishda jami 400 dan ortiq qabul kvotasi belgilangan. Ayniqsa, “Psixologiya”, “Maktabgacha ta’lim” va “Lingvistika” (rus tilini o‘qitish metodikasi) yo‘nalishlarida tanlov yuqori ekanligi ta’kidlandi. Respublikada so‘nggi 4-yil ichida bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish 27 foizdan 60 foizga yetgani inobatga olinsa, mazkur Universitetda tayyorlanadigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj kuchli ekani oydinlashadi. Uchrashuvda vazirlik bilan hamkorlikda “Mittivoy” loyihasi amalga oshirilayotgani, buning uchun 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi tanlab olingani haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini samarali tashkil etishga oid va yil davomida ikki davlat mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ozbekiston-va-rossiya-maktabgacha-talim-tizimi-uchun-mutaxassislarni-tayyorlaydi-20155793.html
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Prezident tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. - Men sizlar tomoningizdan ko‘tarilgan masalalar bilan atroflicha tanishib chiqdim. Shu bois, sizlarni qiynayotgan barcha muammo va savollardan to‘la xabardorman. Bugunga qadar eng dolzarb muammolarni tizimlashtirib, ularni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdik. Birinchi yo‘nalish. Sizlardan kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish va moliya-kredit masalalari bilan bog‘liq. Jumladan, ushbu murojaatlarning asosiy qismida kredit stavkalarining yuqoriligi, va ko‘plab kreditlarning qisqa muddatga, tadbirkor uchun noqulay shartlarda berilayotgani qayd etilgan. Haqiqatdan ham, tan olib aytishimiz kerak, tadbirkorlarga bugungi kunda berilayotgan aksariyat kreditlarning muddati 3-yildan oshmaydi. Shuningdek, banklar tomonidan yillik 8-10 foizdan xorijiy valyutada 18 mingga yaqin tadbirkorlarga berilgan kredit valyuta kursining muntazam o‘sishi hisobiga qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgani ham ushbu masalalar tadbirkorlikni rivojlantirish uchun og‘ir yuk bo‘lib turganini ko‘rsatmoqda. Shu bois, tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasi va kreditlarning maqbul foiz stavkalarini shakllantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishimiz talab etiladi. Birinchidan, banklarning kapitalini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ishga solinadi. Buning uchun, kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi. Bu mablag‘lar tanlov asosida ham davlat, ham xususiy banklarga joylashtiriladi. Aksariyat yosh tadbirkorlar maishiy xizmatlar sohasini tanlamoqda – DSQ1 Iyul 2021, 17:28 Ikkinchidan, yuqoridagi mablag‘larni jalb qilmoqchi bo‘lgan bankning o‘zi ham tashqi va ichki moliya bozorlaridan kamida 30 foiz qo‘shimcha resurslar jalb qiladi. Jumladan, banklar tomonidan kelgusi yili xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion so‘mlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Shuningdek, O‘zbekiston bozorida ishlashga tayyor bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalarga ega yirik xorijiy banklarni kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratamiz. Bu ham, o‘z navbatida, tadbirkorlarimiz uchun qulay sharoitlar taqdim etadi va bank tizimida biz uchun nihoyatda kerak bo‘lgan sog‘lom raqobat paydo bo‘ladi. Uchinchidan, banklar chetdan resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta – so‘mda va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Valyutada kredit olgan va bugun qiyin ahvolga tushib qolgan yuzlab tadbirkorlarimiz ushbu masalani o‘z murojaatlarida ko‘targanlar. Shu bois, Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi. Ushbu kompaniya banklar tomonidan chet el valyutasida jalb qilinayotgan mablag‘larni so‘mga o‘girib, kreditni ichki bozorda faqat milliy valyutada berish uchun zarur sharoit yaratadi. Lo‘nda qilib aytganda, bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi tadbirkorga qo‘shimcha muammo yoki ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltirmaydi. To‘rtinchidan, bundan buyon Hukumat tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilinayotgan imtiyozli mablag‘lar hisobidan banklarga beriladigan kreditlarning muddatini cheklash amaliyoti bekor qilinadi. Beshinchidan, joriy yil 1-oktabrdan boshlab, ilgari 1 million dollargacha xorijiy valyutada olingan 6 mingga yaqin tadbirkorning jami 1 milliard dollarga yaqin kreditlari, tadbirkor va tijorat banklari o‘rtasidagi kelishuvga asosan, milliy valyutaga o‘tkazib beriladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga 750 mln dollardan ziyod ajratishi mumkin3 Avgust 2021, 12:34 Umuman, yuqorida taklif etilayotgan mexanizmlar hisobiga, tijorat banklarida har yili o‘rtacha 30-40 trillion so‘mlik milliy valyutadagi, uzoq muddatli qo‘shimcha resurslar shakllanadi. Bular hisobiga, tadbirkorlar milliy valyutadagi kreditlarni uzoq muddatga va hozirgi stavkalardan kamida 5 foiz arzon olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Men o‘ylaymanki, bu yangi imkoniyatlar mamlakatimizda tadbirkorlik rivojiga katta turtki beradi. "Men yaxshi tushunaman, hamma arzon kredit olishni xohlaydi. Lekin, kredit foiz stavkalarini sun’iy pasaytirsak, pul bozoridagi muvozanat buziladi. Shuning uchun, iqtisodiyotga arzon kredit beramiz deb, makroiqtisodiy barqarorlikni unutib qo‘ymasligimiz lozim. Barqarorlik bo‘lmasa, iqtisodiy o‘sish bo‘yicha ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Bu borada, foiz stavkalariga bevosita ta’sir etadigan inflyatsiyani va yana takror aytaman, inflyatsiyani pasaytirish hamda bank orqali kreditlash jarayonini to‘liq bozor mexanizmlariga o‘tkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiramiz. Zamonaviy bozor tamoyillarida ishlash uchun hududlarda banklar loyiha fabrikalari va tadbirkorlikka o‘qitish markazlarini tashkil etib, xorijiy mutaxassislarni jalb qilmoqda. Ushbu markazlar tadbirkorlarga, ayniqsa yoshlarga o‘z g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, biznes rejalarni ishlab chiqish, mablag‘lar jalb qilishga yordamlashadi hamda ularga biznes jarayonining barcha zanjirida ko‘makdosh bo‘ladi. Umuman, inflyatsiya darajasini joriy yilda 10 foizga, kelgusi ikki yilda 5 foizga tushirishni reja qilganmiz. Bu esa, tabiiy ravishda kredit stavkalarini ham maqbul darajaga tushirish va muddatini uzaytirish imkonini beradi". Oltinchidan, islohotlarimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida ham 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Endi, bu yangi tizimda odamlarimiz tadbirkorlik uchun kredit olaman deb hokimiyatga, bankka yoki boshqa idoraga borib yurmaydi, asbob-uskunalarni sotib olish uchun ta’minotchini qayerdan topaman deb, bosh qotirishga zarurat qolmaydi. Kreditni rasmiylashtirishdan tortib, mahsulotni olish-sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar elektron tarzda, onlayn hal etiladi. O‘z navbatida, ushbu platforma ta’minotchi korxonalar uchun ham kamida 10 trillion so‘mlik bozor yaratadi. Iqtisodiy kompleks rahbarlari Qo‘chqorov, Nurmuratov, tijorat banklari uch oy muddatda joylarda, tadbirkor va aholimizga ushbu qulayliklarni keng tushuntirib, undan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishni tashkil etishlari zarur. Bu borada, mahallabay ish tashkil etish bo‘yicha “Andijon tajribasi”ni butun mamlakat bo‘ylab keng qo‘llash lozim bo‘ladi. Yettinchidan, ko‘plab murojaatlarda biznesni moliyalashtirish manbalarini yanada ko‘paytirish maqsadida nobank kredit tashkilotlarini ochish va yuritishga bo‘lgan mavjud talablarni kamaytirish va yengillashtirish so‘ralgan. Bu takliflar bizga juda ma’qul. Shuning uchun, joriy yil 1-oktabrdan mikromoliya tashkilotlarini litsenziyalash tartibi to‘liq bekor qilinadi. Endi, ular faoliyatini boshlashi uchun faqatgina Markaziy bank reyestriga kirishlari kifoya. Shuningdek, bundan buyon ularga kassa xonalari tashkil etish, hududlarda filiallar ochish uchun Markaziy bankning roziligini olish shart bo‘lmaydi. Ular tomonidan tadbirkorlarga beriladigan mikrokredit (300 million so‘m) va mikrolizing (600 million so‘m) uchun amaldagi cheklovlar ham olib tashlanadi. Shu bilan birga, mikromoliya tashkilotlariga boshqa tashkilotlardan mablag‘lar jalb qilish, obligatsiyalar chiqarish huquqlari ham beriladi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar xuddi banklar kabi to‘lovlarni qabul qilish vakolatiga ham ega bo‘ladilar. Umuman, ushbu yangi imkoniyatlar hisobidan ham kredit bozorida tadbirkorlarimiz uchun yiliga qo‘shimcha 10 trillion so‘m mablag‘ shakllanadi. Jahon banki O‘zbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi17 Iyun 2021, 15:45 Ikkinchi yo‘nalish – soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi: – Ma’lumki, so‘nggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Ko‘pchilikning esidan chiqqan bo‘lishi mumkin, yaqingacha Pensiya, Maktab va Yo‘l jamg‘armalariga biznes uchun og‘ir yuk bo‘lgan 3,2 foizli yig‘imlar to‘lanar edi. Ushbu yig‘imlar korxonalarning foydasidan qat’iy nazar, oborotdan olinib, ularning miqdori korxonalarning kamida 20-25 foiz foydasiga teng bo‘lgan. Budjetdan tashqari jamg‘armalarga mazkur yig‘imlarni bekor qilish hisobiga, 7 mingga yaqin korxona har yili o‘rtacha 6 trillion so‘m soliq to‘lashdan ozod bo‘ldilar. Molk-mulk, daromad solig‘i va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi. Aniq misollar bilan gapiradigan bo‘lsak, transport sohasida soliq yuki – 3 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 2 barobar, to‘qimachilik va elektrotexnika sanoatida esa, 20 foizgacha kamaydi. Ayniqsa, pandemiya davrida xarajatlarimiz keskin oshganiga qaramay, qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, ko‘proq zarar ko‘rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to‘lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, o‘z navbatida tadbirkorlar ixtiyorida qolgan 2 trillion so‘m mablag‘ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini berdi.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/mirziyoev-tadbirkorlar-muammolarini-hal-qilish-boyicha-muhim-yonalishlarga-toxtaldi-20164528.html
TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2021-yilning 26-avgustidan boshlab yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakat hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bag‘ishlangan. Banknotlar himoyalangan qog‘ozda chop etilgan. SB UzbekistanaSentralniy bank pokazal kak viglyadat banknoti 5000 sumov i 10 tisach sumov novix obrazsov. Sentralniy bank pokazal kak viglyadat banknoti 5000 sumov i 10 tisach sumov novix obrazsov. SB Uzbekistana 5000 so‘mlik banknot: O‘lchami 142 x 69 mm. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “5000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan. Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 2 mm. bo‘lgan “UZB” yozuvi tushirilgan turli ranglarda tovlanuvchan metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan. Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – yashil va jigarranglardan iborat. Banknot old tomoni chap qismida 1619-1635 yillarda qurilgan Samarqand shahridagi “SHERDOR MADRASASI” tasvirlangan. O‘ng va chap tomoni chekkasida jigarrangda joylashgan maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi. Banknotning quyi qismida naqshinkor bezak asosida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega. “Xonatlas” fonida tushirilgan O‘zbekiston xaritasi chizmasida ko‘k chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Yuqori chap qismida Samarqand shahrining ramzi hisoblangan “qanotli qoplon” tasviri registr vazifasini bajargani holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli fon bilan qo‘shilib to‘liq tasvir hosil qiladi. Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi VIII-V asrlarga tegishli bo‘lgan “AFROSIYOB ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan. O‘ng qismida Afrosiyob xarobalaridan topilgan X asrga tegishli bo‘lgan sopol ko‘za va naqshinkor sopol lagan arxeologiya topilmasi tasviri aks etgan. 10 000 so‘mlik banknot: O‘lchami 147 x 69 mm. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan. Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 3 mm.li “golografik” himoyalangan, “UZB” yozuvi mavjud metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan. Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – ko‘k, binafsha va pushti ranglardan iborat. Banknot old tomoni chap qismida 1551-1575 yillarda qurilgan Toshkent shahridagi “KO‘KALDOSH MADRASASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan. O‘ng va chap tomoni chekkasida joylashgan ko‘k rangdagi maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi. Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega. Yuqori qismidagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi I asrga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri hududidagi eng qadimiy yodgorlik – “SHOSHTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan. O‘ng qismida Toshkentning qadimiy hunarmandchilik namunalari bo‘lgan X-XII asrlarga tegishli sopol lagan hamda X asrga tegishli ro‘zg‘or idishi tasviri aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shuni alohida qayd etadiki: muomalaga chiqarilayotgan yangi ko‘rinishdagi qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2013-yil namunasidagi 5000 so‘mlik va 2017-yil namunasidagi 10 000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi; ya’ni, 2013-yil va 2017-yil namunasidagi 5000 so‘mlik va 10 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi; shuningdek, yangi ko‘rinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.
2021-08-20
https://oz.sputniknews.uz/20210820/yangi-5-000-ming-va-10-000-somlik-banknotalar-qanday-korinishga-ega-boladi---mb-axboroti-20167734.html
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. "Kuzminki" metro bekati yaqinida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 46 nafar xorijlik Rossiyadan deportatsiya qilindi, deb xabar qildi Moskva politsiyasi matbuot xizmati boshlig‘i Vladimir Vasenin. Yaqin kunlarda yana 41 nafar migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Ichki ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, sud qarori bilan 87 kishi Rossiya Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi Bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga 90 sutka muddatga joylashtirildi. Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar “deport” qilinadi13 Iyul 2021, 18:13 Ularga nisbatan Rossiyaga kirishga ruxsat bermaslik va mamlakat hududida bo‘lish muddatini qisqartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sakkiz nafar migrantga nisbatan "bezorilik" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni “Kuzminki” metro stansiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 200-400 nafar migrant ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergandi.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/moskvadagi-ommaviy-mushtlashuvda-ishtirok-etgan-50-nafarga-yaqin-migrant-deport-qilindi-20157414.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Bu sammitdan siyosiy naf bormi va nega uchrashuvga Rossiyani taklif qilishmadi – siyosatshunos va publitsist, sobiq Ukrainaning to‘rt prezidentining maslahatchisi, Ukraina Oliy radasining V chaqiruv deputati Dmitriy VidrinSputnik agentligiga bergan intrevyusida bu borada mulohaza bildirdi. Mazmunsiz sammit “Qrim platformasi” – bu shirin so‘zlar va deklaratsiyalar to‘plami, deb hisoblaydi Sputnik suhbatdoshi. “Yoshlik paytlarimda platformadagi poyabzallar juda mashhur edi – chiroyli, biroq noqulay. Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy birinchi navbatda tadbirning go‘zalligiga e’tibor qilgan. Bu sammitning mazmuni yo‘q”, - deydi Dmitriy Vidrin. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, uch turdagi sammit mavjud: ishtirokchilar bilim, texnologiyalar bilan boyiydigan uchrashuvlar; muammo qaynoq kartoshka kabi bir ishtirokchidan boshqasiga otiladigan uchrashuvlar. Yana muammo hal bo‘lingani haqida xomxayolni yuzaga keltiradigan uchrashuvlar, keyin esa kartoshkani bir-biriga otish bilan yakunlanadi. “Qrim platformasi”, siyosatshunosning fikricha, oxirgi ikki turga kiradi. “Bu sammitda moddiy yoki ruhiy, ma’naviy resurslar bilan o‘rtoqlashishga tayyor bo‘lgan ishtirokchilar yo‘q. Hech kim baham ko‘rmaydi, biroq muammoni bir-biriga otadi. Shu bois sammit – chiroyli quruq gap. Mazmun bo‘lmasa, demak, shakl quruqdir”, - deb hisoblaydi Vidrin. Jinlar bazmi yoki karnaval Ukraina TIV rahabri Dmitriy Kuleva avvalroq Kiyevga 44 ta mamlakat va xalqaro tashkilotlar “Qrim platformasi” asoschilari sifatida qo‘shilishga qaror qilishganinini ma’lum qilgandi. Ammo taklif qilingan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yo‘q. Dmitriy Vidrinning fikriga ko‘ra, Rossiya ishtirok etgan taqdirda uchrashuv shaklini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelardi. Siyosatshunos: millatchilik – ukrain siyosatining avangardi19 Avgust 2021, 13:12 “Ishga pul tikadigan mamlakatlar bor, yana so‘zga pul tikadiganlar bor. “Shimoliy oqim”, qandaydir og‘ir muammolar haqidagi gapiradigan Rossiyani chaqirishdan ko‘rqishgan. Bu yerda esa so‘zlar, va’dalar boy bo‘ladigan uchrashuv bo‘ladi”, - deya tushuntiradi siyosatshunos. Rossiya TIV Sergey Lavrov Ukraina tashabbusi bilan tashkil etilayotgani uchrashuvga munosabat bildirib, uni “G‘arb hozirgi ukrain hukumatining neonatsist va irqiy kayfiyatini tarbiyalashda davom etadigan jinlar bazmi” deb atagandi. Sputnik agentligi suhbatdoshi ham sammitni karnavalga qiyosladi. Nafratga pul tikish Rossiya-Ukraina munosabatlarining boshqa shaklini o‘rnatishga urinish dixotomiyaga olib keladi, deb hisoblaydi Vidrin. “Rossiya ulkan geosiyosiy massa sifatida unga tarix, lingvistika, genotip jihatdan qardosh bo‘lgan boshqa massalarga o‘ziga tortadi. Lekin mana shunday ulkan tortish tahdidi tufayli bu tortishga qarshilik ko‘rsatishni izlayotgan mamlakatlar bor. Ular mamlakatlar o‘rtasida nafratni sepishdan boshqa yaxshiroq narsani hozircha topishmagan. Nafrat qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik, ular fikriga ko‘ra, imkoniyat kamroq. Bu ulkan massa: ijtimoiy, madaniy, makon va resurs, - ularni o‘ziga tortadi. Shuning uchun nafratga pul tikishdan boshqa chora qolmaydi. Nafrat keragidan ortiq bo‘ladi. Ularning boshqa vositasi yo‘q”, - deya fikr bildiradi siyosatshunos. Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev19 Avgust 2021, 12:45 Ekspert Ukraina yuzaga muammolarni harbiy yo‘l bilan hal qilmaydi deb hisoblaydi. “Urush – bu katta ish, xarajat va qon. Ukraina xatardan iborat hech qanday ishga jazm qilmaydigan tantiq mamlakatlar sirasiga kiradi. Tahdidlar bo‘ladi, kimdir musht o‘qtaladi, lekin urush bo‘lmaydi”, - deya taxmin qiladi Vidrin. Uning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘p mamlakatlar uchun nafrat, o‘zlarining aytishicha, mustaqillikni saqlab qolishdagi urinishlarda so‘nggi umid qolgan xasdir, aslida esa ular ehtiyojlariga ko‘ra sarflaydigan, buyruq beradigan va o‘maradigan o‘z otameroslarini saqlab qolishga urinishmoqda.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/dmitriy-vidrin-kievning-qrim-platformasi-sammiti--quruq-gap-20156052.html
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘ani Birlashgan Arab Amirliklaridan boshpana topgan. Bu haqda Amirliklar TIV rasmiy bayonot berdi. “BAA tashqi ishlar vazirligi BAA insonparvarlik nuqtayi nazaridan prezident Ashraf G‘ani va uning oilasini qabul qilganini tasdiqlaydi”, - deyilgan rasmiy xabarda. 15 avgust kuni toliblar Kobulni qurshab olgach, 2014-yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etgan edi. OAVlar o‘z manbalarini tayangan holda G‘ani Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, O‘zbekistonga uchib ketgani haqida yozishdi. Biroq bu xabarlar tasdiqlanmadi va rad etildi. “Tolibon”* va qator OAVlar G‘ani O‘mon davlatiga uchib ketganini ham ta’kidlashdi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ashraf-gani-qaerdaligi-malum-boldi-20134686.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runov yana Rossiyaning Premyer ligasidagi "Ufa" jamoasiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Moskvaning "Spartak" klubi O‘runovni keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan "Ufa"ga ijaraga berishga rozi bo‘lgan. Oston O‘runov jarohatlandi9 Mart 2021, 12:37 Futbolchi 2019/20, 2020/21 yilgi mavsumda "Ufa" tarkibidda to‘p surgan edi. U jamoa bilan jami 20 ta o‘yin o‘tkazgan. “Ufa” futbol klubi Ostonni jamoamizga qaytishi bilan tabriklaydi, ulkan muvaffaqiyatlar va ko‘plab zafarlar tilaymiz!, - deyilgan xabarda.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/oston-orunov-ufa-20150933.html
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. "Tolibon"* yetakchisi Xaybatullo Oxunzoda Afg‘onistondagi barcha qamoqxonalardan siyosiy mahkumlarni ozod etish buyrug‘ini berdi, bu haqda Twitter da toliblarning rasmiy vakili Qori Yusuf Axmadiy xabar bergan. Unga ko‘ra, provinsiyalar rahbarlari "past va oliy martabali barcha siyosiy mahbuslarni so‘zsiz ozod qiladilar". 20-avgust, juma kunidan boshlab ularni qarindoshlariga topshirish boshlanadi. Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?19 Avgust 2021, 09:24 So‘nggi haftalarda toliblar butun Afg‘oniston bo‘ylab shiddatli hujumlarni amalga oshirishni boshladilar, 15-avgust kuni ular Qobulga kirib bordi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani respublikani tark etdi. Vitse-prezident Amrullo Solix o‘zini muvaqqat davlat rahbari deb e’lon qildi va afg‘on poytaxtidan shimolda joylashgan hududlarda toliblarga qarshilik ko‘rsatishga urinmoqda.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/toliblar-etakchisi-qamoqxonalardagi-barcha-siyosiy-mahbuslarni-ozodlikka-chiqarishni-buyurdi-20146074.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Kelgusida homilador ayollar va bolalar ham emlanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston bosh virusologi Nurmat Otabekov Toshkent viloyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida 18 Avgust 2021, 21:25 Uning so‘zlariga ko‘ra emlanish tufayli homiladorlikni keyinga surish shart emas. Xomiladorlikni rejalashtirish yoki ma’lum bo‘lmagan homiladorlik emlanishga monelik qilmaydi. Ammo jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tasdiqlangan xomiladorlikda emlanishni kechiktirib turgan ma’qulligini aytib o‘tmoqda. Kelajakda esa bunday toifadagi ayollar va bolalarni ham nazorat asosida emlanishi rejalashtirilmoqda. Hozircha bu borada sinov-tadqiqotlar yakuniga yetgani yo‘q.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/kelgusida-homilador-ayollar-va-bolalar-ham-emlanishi-mumkin-20143089.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1002 nafarga yetdi. 18-avgust kuni COVID-19 bilan kasallangan yana sakkiz bemor vafot etgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Kecha yana 844 kishida koronavirus aniqlangan va mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 146 459 ming nafarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, 18-avgust kuni 386 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 19 586 nafarga yetgan. Ulardan 12 168 nafari sog‘ayib ketgan. O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda – Atabekov18 Avgust 2021, 15:24 Shuningdek, 3 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etgan va shu kungacha qurbon bo‘lganlar soni 132 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari davom ettirilmoqda. Jami 12,4 million dozadan ziyod vaksinadan foydalanilgan. Shu kungacha 1,4 milliondan ziyod kishi kovidga qarshi to‘liq emlangan.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ozbekistonda-koviddan-vafot-etganlar-1000-nafardan-oshdi-20142959.html
TOShKENT, 19 avg — Sputnik, Ramiz Baxtiyarov. Bir necha afg‘onistonlik besh litrli plastik butilkalar yordamida Amudaryo orqali respublikaga suzib o‘tishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston manbasi xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday usul o‘tgan asrning boshidan buyon ma’lum bo‘lgan, u vaqtlarda shishirilgan qo‘y terilari (mesh) qo‘lbola sol sifatida ishlatilgan. O‘zbekiston hududida bir necha yuz afg‘on qochoqlarini joylashtirdi – manba18 Avgust 2021, 19:09 Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan qoidabuzarlar daryo bo‘ylab ancha masofani suzib o‘tishgan va Tojikiston hududi yaqinidagi chegarani kesib o‘tishga harakat qilishgan. "Chegarachilar ularni qo‘lga olib, Do‘stlik ko‘prigi yaqinidagi chodirli lagerga jo‘natishdi", - dedi manba. Avvalroq 150 nafarga yaqin qochoq O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi vaqtinchalik lagerga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Mamlakatga samolyot bilan kelgan yana bir necha yuz afg‘on harbiy xizmatchisi mahalliy o‘quv poligoni hududiga joylashtirildi. Shu bilan birga, Toshkent Afg‘onistondan xorijiy fuqarolarni tashkillashtirilgan holda evakuatsiya qilish uchun o‘z aeroportini taqdim etdi. Xususan, O‘zbekiston poytaxti orqali tranzit reyslar Germaniya samolyotlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Qayd etilishicha, bu samolyotlarda kelgan Afg‘oniston fuqarolari aeroport tranzit zonasidan chiqmaydi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/afgonlar-daryo-orqali-ozbekistonga-qanday-otishi-malum-boldi-20149172.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekistonda Xalqaro hojatxonalar sammiti o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi vakillarining World Toilet Organization - WTO (Butunjahon hojatxona tashkiloti) bosh kotibi va asoschisi Jek Lim hamda Xalqaro loyihalar boshqaruvchisi Sarika Saluja o‘rtasidagi onlayn uchrashuvda ma’lum qilindi. Uchrashuvda sanitariya va gigiyena sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va shu kunga qadar O‘zbekistonda qilingan loyihalar holati bilan tanishtirish maqsadida taqdimot o‘tkazildi. Jek Lim Xitoy va Hindistonda xorijiy turizm rivojlanishi arafasida Hojatxona inqilobi milliy hukumat dasturini tashkil etish haqida batafsil ma’lumot bergan. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar, avvalo, mahalliy aholi uchun, keyingi navbatda esa xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish, mamlakat haqida ijobiy fikrni shakllantirishga katta e’tibor qaratgan. Uchrashuv yakunida vazirlik mas’ullari mazkur tashkilot yetakchi ekspertlarini soha bo‘yicha tegishli fikrlar almashish va tashkilotning 2021-yildagi xalqaro sammitini o‘tkazish masalasini muhokama qilish maqsadida mamlakatga taklif qilgan. World Toilet Organization 2001-yilning 17-noyabrida Singapurda tashkil etilgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab tozalik va sanitariya normalarini ishlab chiqish, hojatxonalar uchun talablar, yangi texnologiyalar tatbiq etish, ularning jamiyat salomatligi va atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Toshkentda 61 ta zamonaviy hojatxona quriladi27 Mart 2019, 16:27 Ko‘plab mamlakatlarda milliy loyihalarni shakllantirish, jamiyatda hojatxona mavzusiga bo‘lgan e’tiborsizlikka qarshi kurashish va milliy dasturlarni xorijda targ‘ib qilish ushbu nufuzli tashkilotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ozbekistonda-xalqaro-hojatxonalar-sammiti-otkazilishi-taklif-qilindi-20142476.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Nega Ukraina “nezalejnosti”ning (mutaqilligi) yakunlari millatchilikning gullab-yashnashi bo‘ldi, davlat darajasida rusiyzabon aholining huquqlari qanday poymol qilinmoqda va radikallar qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda – Sputnik materiali bu haqda. Inqiroz konsepsiyasi O‘ttiz yil ichida Ukraina davlat sifatida shakllanmadi, deydi RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti ommaviy kommunikatsiyalar va mediabiznes departamenti dotsenti Gevorg Mirzayan. Buning sababi – davlat tuzishning eng nomuvofiq shakli, Rossiyaga har narsada qarshi chiqishga mo‘ljallangan “Ukraina – Rossiya emas” sun’iy konsepsiyasi. Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda - Patrushev19 Avgust 2021, 12:45 Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng faqat beshta sobiq respublika ular egallagan chegaralar doirasida katta davlatchilik tarixiga ega edi: Rossiya, Armaniston, Gruziya, Litva va Moldova, deb tushuntiradi Mirzayan. “Fuqaroviy millat sharoitida belorus va qozoqlar singari davlatchilikni barpo etish mumkin edi, chunki ular ularning hududlarida turli millat, din va tilga mansub kishilar yashashini yaxshi bilishardi. Ukrainlar ko‘p millatli davlat tuzish o‘rniga “Rossiya bo‘lmagan”, o‘zining rus emasligini maksimal namoyish etishi shart bo‘lgan davlatni barpo eta boshlashdi”, - deydi ekspert. Siyosatshunos tegishli ravishda Ukraina xalqaro munosabatlarning alohida subyeti sifatida mavjud bo‘lgan tarix yozilganiga e’tibor qaratadi. Natijada bu ukrain jamiyatini rusiyzabon va rusiyzabon bo‘lmaganlarga ajratgan, xolos. “Maydandan keyin Ukraina hukumati bu noto‘g‘ri siyosatni qizdirdi, xolos. Ular endi “Rossiyani emas”, Vladimir Putin mutlaqo to‘g‘ri ta’kidlagandek, “Antirossiyani” barpo eta boshlashgan. Ya’ni o‘zining rusligini inkor etayotgan shunchalik davlatni esa, balki rus bo‘lgan barcha narsaga qarshi chiqayotgan va janjallashayotgan. Buni “Rossiya bo‘lmagan” siyosat evolyutsiyasining mantiqli davomi deyish mumkin”, - deya xulosa qiladi Mirzayan. NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali8 Aprel 2021, 16:59 Uning fikricha, bunday siyosat natijasi ko‘rinib turibdi: “Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Yevropa eshigi oldida turgan bir paytda”, mamlakatda deindustrializatsiya, depopulyatsiya, fuqarolar urushi, uzluksiz iqtisodiy inqirozi ro‘y bermoqda. Ruslar genotsidi Ukraina davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyada shunday bob bor, unda Ukraina SSR qonun oldida barcha fuqarolarning millati, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, turar joyi va hokazolardan qat’i nazar barobarligini ta’minlashi aytilgan. Ammo voqelikda bu butunlay yoddan ko‘tarildi, deydi Donbass Kinematogroflar ittifoqi raisi Roman Razum. “Rusiyzabon aholining huquqlari poymol qilinmoqda. Rus bolalari rus maktabida ta’lim ololmaydi va ona tilisini o‘rgana olmaydi. Rus filmlari va qo‘shiqlari taqiqqa tushgan. 2014-yilgacha barobarlikka rioya qilinmoqda deb hisoblash mumkin edi, lekin davlat to‘ntarilishi bo‘lganidan keyin va fuqarolar urushi boshlanishi bilan hammasi yomonlashdi”, - deydi Sputnik suhbatdoshi. 2020 yilda Ukrainada o‘rta ta’lim to‘g‘risida qonun qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, ukrain tili so‘zlashuvchi etnik ukrainlar va “tub aholi” vakillari (qrimlik tatarlar, karaimlar va qrimchaklar) ta’lim vaqtining 100 foizida ona tilida, “YeI mamlakatlari tillari” sohiblari o‘quv vaqtining 40 foizigacha ta’lim olish huquqiga ega, ruslar va rusiyzabonlarga ona tilida 20 foizdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda o‘qishga imkon beriladi. Tarixni qutqarish kerakmi-yo‘qmi? Ukraina qanday qilib XVI asr qo‘rg‘onchalariga "qo‘l siltadi"23 Fevral 2021, 12:13 Boz ustiga Ukraina Bosh prokuraturasi “Kivalov – Kolesnichenko qonuni” deb ataluvchi qonun asosida qabul qilingan mahalliy hukumatlarning rus tilining mintaqaviy mavqeyi to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qilib keladi. Qonunni “maydonchilar” g‘alabasidan so‘ng darhol yo‘q qilishni xohlashgandi va uzul-kesil 2018-yil martida “konstitutitsiyaga zid” deb tan olishdi. 2021 yil iyulida prezident Vladimir Zelenskiy taqdimnomasi bilan tub aholi to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilindi, unda ruslar, Kiyev fikricha, bu toifaga kirmaydi. “Ro‘y berayotgan voqealarni rusiyzabon aholi genotsidi deb atash mumkin. Qolaversa, Ukrainada ruslarni jismonan qirib tashlashmoqda. Fuqarolar urushi tufayli ko‘p odam mamlakatni tark etdi”, - deydi Razum. Rossiya prezidenti ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilan 2020-yilgacha Ukrainaning qariyb bir million fuqarosi Rossiya fuqaroligini olgan. Rossiya IIV statistikasiga ko‘ra, 2020-yilda Rossiya pasportini olganlarning 62 foizini Ukraina fuqarolari tashkil etadi. Yashash joy bo‘yicha kamsitish Ustiga ustak zamonaviy ukrain voqeligida “yashash joyidan qat’i nazar” kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy norma Donbass aholisiga taalluqli emas. 2014 yil 1-dekabrdan, prezident Potr Poroshenkoning farmoniga muvofiq Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan Donbass qismida moliyaviy-iqtisodiy va transport qamali o‘rnatilgan. Belgilangan pensiya va nafaqani olish uchun mahalliy aholi “nazorat ostidagi” hududga chiqishi kerak. Ko‘pincha jismonan buning iloji yo‘q. “Ukrainadagi prezident saylovida bizga ovoz berish huquqini berishmadi. Pensionerlar esa aholimizning eng jabr ko‘rgan qatlami bo‘ldi. Ularning belgilangan to‘lovlarni olishlari uchun mamlakatga kirishi uchun Ukraina chegarasida bir sutkalab qolib ketishlariga to‘g‘ri kelmoqda”, - deydi Razum. Millatchilar milliy qahramonga aylanishdi Bugungi Ukraina – bu millatparast jinoyatchilarga milliy qahramon maqomini berayotgan, etnik, til va mahalliy mansubligiga ko‘ra kamsitish davlat siyosatining bir qismiga aylangan mamlakat. Ukrainada millatchilik g‘oyasini targ‘ib qilayotganlar hatto huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining homiyligidan foydalanmoqda. "Bepul" pishloq. Sorosning pullari Ukrainada nimaga sarflandi?12 Fevral 2020, 12:25 Millatchilik – “Antirossiyaning” avangard siyosati, deb hisoblaydi Gevorg Mirzayan. “Politsiya tomonidan rusiyzabonlarning ommaviy kaltaklash Ukrainaning obro‘yiga ta’sir qilgan bo‘lardi. Jangari millatchilar va millatparast radikallar bu bilan shug‘ullanishlari mumkin. Ular proksi – bu etika yoki obro‘ jihatdan Ukraina hukumati o‘zining “Antirossiya” siyosati doirasida qilolmaydigan ishlarni bajarayotgan kishilar”, - deya tushuntiradi siyosatshunos. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bunday siyosat jamiyat, ukrain davlatchiligining keyingi tanazzuliga, tizim muammolari va Ukrainaning hududiy parchalanishiga olib keladi.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/siyosatshunos-millatchilik--ukrain-siyosatining-avangardi-20147404.html
TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Samarqandda Covid-19 infeksiyasiga chalinganlarni davolashga mo‘ljallangan ikkita markaz yopildi. Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida 18 Avgust 2021, 21:25 "Viloyatda koronovirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani hamda kasalliklar aniqlanishi keskin kamayganligi bois bugun, 19-avgust kunidan boshlab Samarqand shahri Kimogarlar qo‘rg‘oni (Xospis) va Kattaqo‘rg‘on shahridagi "Marvarid" davolash markazlaridagi faoliyatini to‘xtatdi", deyiladi VSSB axborot xizmati xabarida. O‘zbekistonda koviddan vafot etganlar 1000 nafardan oshdi19 Avgust 2021, 10:55 Ta’kidlanishicha, mazkur markazlarda davolanyotgan bemorlar sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatilgan.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/samarqandda-ikkita-covid-19-markazi-yopildi-20143911.html
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Ukrainani Afg‘onistonning taqdiri kutmoqda, deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev. Bu haqda u “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyuda fikrlarini bildirdi. Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Kiyevda o‘ziga sodiqlarni hokimiyatga qo‘ydi. "AQSh bu mamlakatni amerikaliklarning o‘zlariga keraksiz bo‘lgan qurollar bilan to‘ldirmoqda, ko‘zlarini yumishmoqda, ammo aslida ular kuchayib borayotgan neonatsizm, ekstremizm, jinoyatchilik, narkotrafik, millatlararo va dinlararo nizolarni qo‘llab-quvvatlamoqda",-dedi RF Xavfsizlik Kengashi kotibi. Ukraina, o‘z navbatida, xushomadgo‘ylik bilan xizmatkorlik qilish pozitsiyasini egalladi, deb qo‘shimcha qildi Patrushev. Mamlakatning asosiy maqsadi - NATOga a’zo bo‘lish. "Ammo Afg‘oniston NATOdan tashqarida AQShning asosiy ittifoqchisi maqomiga ega bo‘lgan, bu Kobulda ag‘darilgan amerikaparast rejimni qutqardimi?" - ta’kidladi Patrushev. Yanukovich Ukrainaning 30-yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi17 Avgust 2021, 14:38 Uning fikricha, Ukraina va Amerika tanlovi tarafdorlari ham xuddi shunday vaziyatdan chetda qolmaydi. Neonatsistlarning hokimiyat tepasiga kelishi mamlakatning qulashiga olib keladi. Shu bilan birga, AQSh, kerak bo‘lganda, "o‘zining Kiyev tarafdorlari" haqida ham eslamaydi, - dedi Xavfsizlik Kengashi kotibi. Kobul bilan aynan shunday bo‘ldi. “Tolibon”* Afg‘onistonda hokimiyatni bosib olishi So‘nggi haftalarda “Tolibon”* harakati yirik shaharlarga hujumi ortidan Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar toliblar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilishganini aytishdi. Keyinchalik o‘sha kuni jangarilar Kobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qilishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etdi. Dushanba kuni kechasi Tolibon* siyosiy idorasi vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugaganini e’lon qildi. * Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ukrainani-afgoniston-taqdiri-kutmoqda-patrushev-20145880.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Srechko Katanes Toshkentga keldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, uning tashrifining boisi ikki tomonlama muzokaralarning so‘nggi bosqichini o‘tkazishdir. Sloveniyalik mutaxassisni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va muxlislar kutib oldi. Assotsiatsiya futbola Uzbekistana1/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana Assotsiatsiya futbola Uzbekistana2/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana Assotsiatsiya futbola Uzbekistana3/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana Assotsiatsiya futbola Uzbekistana4/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana Assotsiatsiya futbola Uzbekistana5/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana Assotsiatsiya futbola Uzbekistana6/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana1/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana2/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana3/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana4/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana5/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana6/6 Assotsiatsiya futbola Uzbekistana Avvalroq O‘FA sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanes nomzodini milliy jamoa bosh murabbiyligiga ma’qul deb topgan edi. 2019 yilning sentabridan buyon O‘zbekiston terma jamoasini boshqarib kelayotgan Vadim Abramov Jahon chempionati saralash bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi treneri nomi ma’lum bo‘ldi13 Avgust 2021, 11:10
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/milliy-terma-jamoa-bosh-murabbiyligiga-nomzod-srechko-katanets-toshkentga-keldi-20142035.html
"Jamoaviy immunitetsiz koronavirusni yenga olmaymiz" Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov aytadiki, aholini 70 foizini to‘liq emlamasdan turib, epidemiologik vaziyatning barqarorlashuvining bosh omili sanalgan jamoaviy immunitetni hosil qilib bo‘lmaydi. "Buning ikkita yo‘li bor. Bittasi – kasallanib, shu immunitetni hosil qilishimiz kerak, ikkinchisi – emlanib. "Kasallanib hosil qilinadigan immunitetni nechog‘lik tahlikali, havotirli yo‘l ekanini hammamiz ko‘rdik. Ko‘p yaqinlarimizni, tanish-bilishlarimizni oramizdan yo‘qotdik. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizda yagona yo‘l qolyapti – u ham bo‘lsa emlash orqali vaziyatni barqarorlashtirish", - deydi Otabekov. Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan emlanuvchilar soni 21 455 214 nafarni tashkil qilib, bugungi kunga qadar ushbu kontingentga jami 12390,7 ming doza (1 doza – 8 728,5, 2-doza 2 688,2 ming, 3-doza 974,0 ming) vaksina qo‘llanilgan. Kelasi 3 oy ichida qanday vaksinalar O‘zbekistonga olib kelinadi18 Avgust 2021, 16:03 Hozirgi kunda respublikada jami 2 433,2 ming doza vaksina zaxirasi mavjud. Shu jumladan ZF-UZ-VAC-2001 - 524,3 ming doza, Moderna - 1 613,6 ming doza, Sputnik V - 3,0 ming doza va AstraZeneca - 292,3 ming doza. Respublikada vaksina uzluksizligini taminlash maqsadida joriy yilning avgust-oktabr oylarida 10 mln doza ZF-UZ-VAC-2001, shuningdek 1,7 mln doza Sputnik V hamda avgust-sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca, 1,2 mln doza Pfizer vaksinalarini olib kelish rejalashtirilgan. O‘zbekiston poliklinikalarida Sputnik Vning "mahalliy" varianti qachon paydo bo‘ladi? Otabekov bu savolni O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga berish o‘rinliroq bo‘lar edi, deya ta’kidlagan holda, bir narsani ochiq aytadi, tanlangan korxonada liniyalar vaksinani ishlab chiqarishga to‘liq tayyor holatga keltirilgan. Moskva viloyatida migrantlarni emlash boshlandi18 Avgust 2021, 14:27 “O‘ylaymanki, tez kunlarda koronavirusga qarshi vaksina O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishni boshladi, degan xabarlarni ham eshitib qolamiz. Bir narsani unutmaslik lozim, O‘zbekistonda vaksina ishlab chiqariladigan bo‘lsa, u xoh Sputnik V, xoh boshqa vaksina bo‘lsin, ommaviy ishlab chiqarishdan oldin sinov tariqasida ishlab chiqarilgan varianti hamkor davlatga yuborilishi kerak. Ya’ni vaksina o‘sha mamlakat standartlariga qanchalik mos ishlab chiqarilganini solishtirish uchun. Shu bois, bu tez bo‘ladigan jarayon emas, bir oz vaqt talab etiladi”, - deydi u. O‘zbekiston bosh virusologining aytishicha, shu kunga qadar Sputnik V vaksinasi, o‘zbek-xitoy hammuallifligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC-2001 vaksinalari bilan qancha odam emlangan bo‘lsa, birorta ham nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan. "Shu bois, ishonib qolamanki, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan vaksinalar ham xuddi shunday ta’sirga ega bo‘ladi, nega deganda aholining vaksina preparatlariga bo‘lgan ishonchi aynan shunga bog‘liq", - deydi Otabekov. ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi sertifikati Saudiya Arabistonida qachon tan olinadi? Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozir dunyoda 9,4 milliarddan ko‘proq vaksinalar ishlatilgan bo‘lib, ular 14 xildagi vaksinalardir. Shulardan faqat oltitasigina Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan favqulodda holatlarda ishlatilish bo‘yicha beriladigan tavsiyaga ega (ya’ni sertifikatlar xalqaro darajada tan olinadi). Otabekovning fikricha, aksariyat davlatlarda shu oltita vaksinadan tashqari boshqa turdagi vaksinalar sertifikatini tan olmaslik masalasiga yaqin istiqbolda yechim albatta topilishi shart va bu masala o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymaydi. Noyabrdan umra ziyoratiga ruxsat berilmoqda - talablar haqida batafsil29 Oktabr 2020, 12:16 "Saudiya Arabistoni nafaqat O‘zbekiston sharoitida ishlatilayotgan, balki dunyoning 67ta davlatida ma’qullangan Sputnik V vaksinasi sertifikatini ham hozircha tan olgani yo‘q. Diniy idora vakillari bevosita Umra va Haj safarlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar, Tashqi ishlar vazirligi va Saudiya Arabistonidagi elchixona va konsullik burolari orqali bu masalani muhokama qiladi, oydinlik kiritiladi, albatta. Albatta, qabul qiluvchi davlat o‘rnatadigan tartib oliy sanaladi, u bunga haqli. Biz vaksinatsiya orqali fuqarolarimizda immunitet shakllantirilishiga ko‘maklashdik. Sertifikatlarni tan olish yoki olmaslik masalasi esa, nazarimda, yaqin kunlarda yanada kengroq muhokama qilinadi. Nega deganda, favqulodda holatlarda ishlatilishi bo‘yicha beriladigan tavsiyaga ega oltitagina vaksina sertifikatlarining tan olinishi, qolgan 8 turdagi vaksinalarni qabul qilgan fuqarolar ega bo‘lgan sertifikatlarni tan olmaslik odamlarni xalqaro darajada - davlatlararo harakatlanishida monelik qiladigan bir holat bo‘lib qolishi mumkin", - deya fikr bildirdi Otabekov. Hozircha esa, virusologning fikricha, O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini 1-bosqichi bilan emlangan fuqarolar, shu vaksina bilan to‘liq emlanishi talab etiladi. Agar fuqaro reja qilgan davlatning ro‘yxatida bu vaksina bo‘lmasa, to‘liq vaksinatsiyadan o‘tgandan so‘ng 3-6 oy o‘tib, oilaviy shifokorga uchrashishi, organizmdagi hosil bo‘lgan antitanachalar va salomatligi holati baholangan holda mos keladigan turdagi vaksinani olishi mumkin. Takroriy COVID: koronavirusni qayta-qayta yuqtirish mumkinmi? Nurmat Otabekovning aytishicha, koronavirus kasalligini boshdan kechirgan odamda yetarli miqdorda immunitet hosil bo‘lishi kerak, aslida. "Yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq qonuniyat bu. Tabiiy jarayon", - deya tushuntiradi virusolog. Ammo kimdir kasallikni yengil o‘tkazgan bo‘lsa, klinik belgilarsiz o‘tkazgan bo‘lsa, yoki qisqa muddatda shu kasallikdan sog‘ayib ketgan bo‘lsa, u holda hosil bo‘lgan immunitetni titri past bo‘lishi mumkin. "Sputnik Layt" va Pfizer vaksinalari birikmasi delta-shtammdan kuchliroq himoyalashi mumkin17 Avgust 2021, 10:48 "Men ba’zan eshitib qolaman, 6-, hatto 7- marta koronavirus bo‘ldim, deydiganlar ham bor. Aslini olganda, bu yolg‘ondan boshqa narsamas. Chunki bir marta kasallanganda hosil bo‘lgan immunitet ishlashi kerak. Xalq orasida emlangandan keyin ham kasallikni yuqtirganlar haqida fikrlar bor. Albatta, emlangandan keyin, ya’ni to‘liq emlangandan keyin oradan 1,5-4 oy o‘tib to‘liq immunitet shakllanadi. Shunday ekan, kasallikka chalinib turib, kasalligimiz borligini bilmasdan emlangan bo‘lishimiz mumkin. Yoki kasallikni immunitet hosil bo‘lmasdan yuqtirib olgan bo‘lishimiz mumkin. Yoki hali to‘liq emlanib bo‘lmasdan (hamma dozalarni olmasdan) profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yganimiz uchun kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishimiz mumkin", - deya takroriy kovid sabablarini tushuntiradi Otabekov. Gibrid (aralash) vaksinatsiya haqida Hozirda dunyoda vaksinalarga ishonch oshdi, shu bois, jahon miqyosida vaksinalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning quvvati yetishmay, aholining tegishli qatlamini vaksina bilan ta’minlashda uzilishlar ro‘y bermoqda, deydi Otabekov. "BSSTning shu paytgacha bo‘lgan tavsiyalarida aholini emlashda qaysi vaksina bilan boshlansa emlash, shu vaksina bilan yakunlash kerakligi ko‘rsatilgan edi. Ammo kelajakda vaksinalarni kombinatsiyalash - gibrid-vaksinatsiyaga ruxsat beriladigan bo‘lsa, BSST bu haqda o‘zining tavsiyasini beradi va bu tavsiyalarda qaysi vaksinalarni birgalikda ishlatish mumkin va qanday ketma-ketlikda ishlatish mumkinligi to‘g‘risida albatta bizlarga ko‘rsatma beradi, va biz o‘sha ko‘rsatmaga asosan ish tutamiz", - deya tushuntiradi Otabekov. Yilning bosh siyosiy tadbiri - prezident saylovlari pandemiya sharoitida qanday o‘tkaziladi? Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, yilning asosiy siyosiy tadbirini pandemiya sharoitida munosib o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan. Saylov uchastkalariga kelayotgan odamlarni epidemiologik nuqtayi-nazardan xavfsizligini ta’minlash nuqtayi-nazaridan, ular qandaydir kafolatga ega bo‘lishi kerak, deydi suhbatdosh. O‘zbekistonda bunday saylovlar bo‘lmagan: 2021-yil oktabrda saylovchilarni nimalar kutmoqda9 Avgust 2021, 16:23 "Bugun ertalab ham aynan shu masalada hududlardagi bo‘linmalar bilan video-konferens aloqaga chiqib, har bir hudud bo‘yicha alohida topshiriqlar berdik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining joylardagi saylov uchastkalarni sanitariya-epidemiologik nuqtayi-nazaridan tayyor holatga keltirish bo‘yicha alohida buyrug‘i ishlab chiqarilgan. Saylov uchastkalariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha alohida yo‘riqnomalar tayyorlangan va joylarga yetkazilgan. Bizning vazifamiz: saylovni o‘tkazish jarayoniga jalb qilingan barcha ishtirokchilarni emlash orqali, ularda immunitet hosil qilish, qolaversa, saylovchilarning kelishi, ovoz berishi jarayonida ijtimoiy masofani saqlashlari, bir joyda to‘planib qolmasliklari, antiseptik vositalardan foydalanishi, doka-niqoblarda bo‘lishi, tana harorati o‘lchanishi kabi holatlarni bevosita nazoratga olamiz. Barcha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun shay holatda turibmiz", - deydi Otabekov.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/otabekov-tan-olinmayotgan-sertifikat-gibrid-vaktsinatsiya-va-pandemiyadagi-saylovlar-haqida---20133960.html
TOShKENT, 19 avg – Sputnik. O‘zbekiston 3 pog‘onali pensiya tizimiga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqdaPensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farrux Pardayev AOKAdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. Pardayevning so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilgacha jamg‘armaga pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyani ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Bu konsepsiyada uch pog‘onali pensiya tizimi tashkil etish ko‘zda tutilgan. Sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda18 Avgust 2021, 09:11 Qayd etilishicha, birinchi pog‘ona kafolatlangan pensiya, ya’ni talab qilingan stajga ega bo‘lganlarda davlat tomonidan kafolatlangan pensiya hisoblanadi. Ikkinchisi — sug‘urtalangan pensiya. Unda ish staji va ish haqiga mutanosib ravishda belgilanadi. Uchinchisi esa jamg‘arib boriladigan pensiya, ya’ni har kim o‘zining jamg‘arib borgan hissasiga qarab olinadi. Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i uch pog‘onali pensiya tizimi jahon va MDH davlatlarida hayotga tatbiq etilganini ta’kidladi.
2021-08-19
https://oz.sputniknews.uz/20210819/ozbekiston-3-pogonali-pensiya-tizimiga-otishni-rejalashtirmoqda-20141307.html
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida siyosiy partiyalarning saylovoldi jarayonlarda faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish, ushbu muhim siyosiy jarayonda siyosiy partiyalarning qonun bilan kafolatlangan saylovoldi tadbirlarini amalga oshirishlarini ta’minlash bilan bog‘liq ayrim masalalar ko‘rib chiqildi. Otabekov tan olinmayotgan sertifikat, gibrid-vaksinatsiya va pandemiyadagi saylovlar haqida 18 Avgust 2021, 21:25 Xususan, Komissiyaning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi siyosiy partiyalarning O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasini yuqori saviyada xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazish maqsadida saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. Bunda siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishda ishtirokchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lish, antiseptik vositalardan foydalanishga rioya etish kabi sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etishga hamda uchrashuvlarga taklif etilayotgan fuqarolarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligiga e’tibor qaratish tavsiya etildi.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ozbekistonda-siyosiy-partiyalarga-ommaviy-tadbirlarni-otkazishga-ruxsat-berildi-20138483.html
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbatda yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda Afg‘onistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtayi nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. O‘zbekiston Germaniyaga Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilishda yordam bermoqda18 Avgust 2021, 17:16 Ushbu mamlakatda keskinlik va zo‘ravonlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, afg‘on mojarosini siyosiy yo‘l bilan tartibga solishni xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalarida ikki mamlakatning pozitsiya va yondashuvlari mos ekani alohida ta’kidlandi. “Fuqarolarni Afg‘onistondan aviatsiya transportida O‘zbekiston hududi orqali tranzit yo‘li bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishda yaqindan muvofiqlashuvni va faol idoralararo hamkorlikni davom ettirish muhim ekani qayd etildi”, - deyilgan xabarda. Shuningdek, mintaqadagi vaziyatning yanada rivojlanishi bo‘yicha oliy va yuqori darajadagi muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi. Kecha Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan ham Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalarini muhokama qilgan edi.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/mirziyoev-va-merkel-fuqarolarni-afgonistondan-evakuatsiya-qilishni-muhokama-qildi-20133619.html
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. AQSh Harbiy -havo kuchlari Qobul aeroportida amerika transport samolyotining uchishi paytida odam halok bo‘lganligi ehtimolini tekshirmoqda. Tegishli bayonot Amerika harbiy havo kuchlari tomonidan tarqatildi. Tergov boshlanishiga samolyotning qo‘nish moslamasi bo‘lmasida odam qoldiqlari topilgani sabab bo‘lgan. Ur-yiqit, vahima: Afg‘onistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda17 Avgust 2021, 13:28 Sal avval ijtimoiy tarmoqlar va dunyo telekanallarida Qobuldagi afg‘onlar uchish--qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab tezlikni oshirayotgan samolyot bilan barobar yugurishayotgani, samolyot fuzelyajiga yopishib, ehtimol, katta balandlikdan tushib ketayotgani tasvirlangan roliklar namoyish etilgan va bu turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ushbu videoroliklar bilan bir qatorda, tergovchilar, samolyot Qatardagi aviabazada qo‘nganidan so‘ng shasse bo‘lmasida aniqlangan inson tana qoldiqlari holatini ham o‘rganishadi. Afg‘oniston amirlikka aylanyapti: Rossiya va AQShning bunga munosabati farq qilmoqda13 Avgust 2021, 21:51 Dushanba kuni Qobul aeroportida bortida chet el diplomatik missiyalari bo‘lgan vertolotlarning son-sanoqsiz uchish-qo‘nishlari tufayli katta tartibsizlik hukmron edi. Afg‘onlarning aksariyati mamlakatni tark etish ilinjida aeroportga kelib, nafaqat bino, balki samolyotlarni ham shturm qila boshlashdi. AQSh javobgarlikni o‘zidan sokit qildi Pentagon va Davlat departamenti rasmiylari bayonotida qayd etilishicha, amerikaliklar Kobul aeroportidagi tartibsizliklar uchun "Tolibon"* (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot)ni ayblamaydilar, biroq o‘zlarini ham yuz bergan voqealarga aloqador, deya sanamaydilar. Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi16 Avgust 2021, 11:21 Harbiy idora matbuot-kotibi Jon Kirbi Qobul aeroportida dushanba kuni yuz bergan hodisalar "sharmandalik emasdi", deya qayd etdi. Davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays, o‘z navbatida, Qobul aeroportidagi tartibsizliklar "idoradagi barcha xodimlar qalbida achinish hissini uyg‘otganini" ta’kidladi. Afg‘onistondagi vaziyat Bir necha hafta oldin, Amerika kontingenti Afg‘onistondan chiqarilishi fonida mamlakatdagi vaziyat keskin yomonlashdi: toliblar katta shaharlarga hujumni boshladi. Yakshanba kuni ular Qobulni to‘liq nazoratga oldi va mamlakatda hokimiyatni egallashdi. Mamlakatning sobiq prezident Ashraf G‘ani qochib ketdi. Odamlarning samolyotdan qulab tushishida amerikaliklar aybdor - Tolibon* vakili17 Avgust 2021, 18:46 "Tolibon"* siyosiy idorasi (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot) matbuot-kotibi Muhammad Naim 20-yil davom etgan urush tugaganini va tez orada yangi boshqaruv shakli aniq bo‘lishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih prezident yo‘qligida u vaqtinchalik davlat rahbari ekanligini aytdi. Afg‘oniston armiyasining alohida bo‘linmalari toliblarga qarshi janglar olib bormoqda. AQShning "hayratlanarli" muvaffaqiyatsizliklari Afg‘oniston davlatchiligini rekonstruksiya qilishda Vashington "hayratlanarli" xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda AQShning respublikani qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori Jon Sopko hisobotiga tayangan holda Fox News xabar qildi. Toliblar ommaviy afv e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi17 Avgust 2021, 11:38 AQSh hukumati davlatchilik qurilishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini yetarlicha baholay olmadi. Jon Sopko fikricha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning "ijtimoiy landshaftini" tushuna olmagan.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/aqsh-qobuldan-kotarilgan-samolyot-shassisida-odam-qoldiqlari-aniqlanganini-tasdiqladi-20121480.html
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Ramiz Baxtiyarov. Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilishidan keyin toliblar mamlakatda hukumatni deyarli batamom qo‘lga oldi. Hozirda inklyuziv hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, xalqaro hamjamiyat, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari voqealar rivojini kuzatmoqda. O‘zbekiston TIV O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga va qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini qat’iy bildirdi. Shu bilan birga, Toshkent yana bir bor davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar keskin ravishda bartaraf etilishini eslatdi. Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTermez Termez Sputnik / Ramiz Baxtiyarov O‘zbek-afg‘on chegarasini faqat bir yo‘nalishda kesib o‘tish mumkin – O‘zbekiston tomoniga. Respublika fuqarolari va biznes-vizaga ega bo‘lganlar bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Termizdan Afg‘onistonga o‘tish hozircha vaqtincha to‘xtatilgan. Chegara yaqinidagi qishloqlarda harbiylar navbatchilik qilmoqda. Ular hududni qo‘riqlab, aholi orasida mish-mishlar va vahima tarqalmasligi uchun tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Umuman olganda, Termizning o‘zida va uning atrofida vaziyat barqaror. 17 avgust kuni ertalab chegara oldida o‘ndan ziyod avtobuslar borligi kuzatilgan. Mahalliy aholining aytishicha, avtobuslarni qochoqlarni evakuatsiya qilish uchun yuborgan bo‘lishlari mumkin, boshqalar esa ularda chegarada navbatchilik qilayotgan harbiylar olib kelinayotgani yoki olib ketilayotganini taxmin qilmoqda. Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKolonna avtobusov v rayone uzbeksko-afganskoy granisi Kolonna avtobusov v rayone uzbeksko-afganskoy granisi Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Sputnik manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialida besh afg‘on davolanmoqda, ular orasida samolyotlar bilan bo‘lgan voqeada jabrlaganlar bor. Termizning o‘zida odatdagi hayot davom etmoqda. Shaharda do‘konlar, bozorlar va barcha muassasalar ishlamoqda. Yo‘llardan hech qanday post yoki boshqa maxsus choralar yo‘q. Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTermez1/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTermez Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane2/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane3/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane4/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane5/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane1/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTermez2/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane3/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane4/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane5/5 Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane O‘zbekistonda xavfsizlik masalasi ravshan bo‘lsa, janubiy qo‘shnilarda hokimiyat almashishi ortidan tashqi savdo va tranzit istiqbollari qator savollarni keltirib chiqaradi. Sputnik muxbiri bilan suhbatda bo‘lganlar bu borada optimistik kayfiyatda ekanliklarini bildirishdi. Yuk tashish va logistik masalalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Termez Kargo Sentr” direktori Nodirbek Jalilovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda hukumat o‘zgargandan keyin savdo aloqalari, hoynahoy, tezda tiklanadi. Mudofaa vazirligi O‘zbekiston hududida afg‘on Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi16 Avgust 2021, 17:14 “Amaldorlar va boshqa davlat xodimlari ishga chiqishi uchun bugundan toliblar afv e’lon qilishdi. O‘ylaymanki, tez orada banklar ishlay boshlaydi va bizning ishimiz bu yo‘nalishda to‘laqonli tiklanadi. Boz ustiga Tojikiston tomonidan (Afg‘onistonga) yuk tashish allaqachon qayta tiklandi. O‘ylaymanki, jiddiy qiyinchilik bo‘lmaydi. Qolaversa, oldingi hukumatga qaraganda toliblar bilan ishlash osonroq bo‘ladi, chunki korrupsiyaviy to‘siqlar kam bo‘ladi”, - deya tushuntiradi Jalilov. Siyosiy o‘zgarish tranzit biznesiga hali unchalik kuchli zarba bergani yo‘q, chunki talab yuqori bo‘lgan tovarlar mavsumi kelganicha yo‘q. Gap birinchi navbatda endi pishib yetilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida bormoqda. “Afg‘oniston orqali bizning tranzitimiz ko‘p (Rossiya, Qozog‘iston tovarlari). Qurilish mahsulotlarining Afg‘oniston uchun maxsus narxi yo‘q, shu bois ishlab chiqaruvchilarimizga ularni mamlakat ichida sotish foydaliroq. O‘z navbatida Afg‘oniston orqali orqaga Pokistondan yuk olib kelinadi – bular asosan sitrus va shakar”, - deya aniqlik kiritdi Jalilov. Afg‘onistonda hukumat o‘zgarishining faol bosqichiga qadar yuk aylanmasi 5 million tonnagacha yetardi. Hozir biroz sustlik kuzatilmoqda, lekin, logistik kompaniya vakilining ta’kidlashicha, katta qulash yo‘q. “Har qanday holatda ishimiz davom etmoqda, axir biz nafaqat Afg‘oniston, balki Tojikiston bilan ham ishlaymiz. Ichki yuklar, bojxona-omborxona ishlari bor”, - deydi u. Jalilov vaziyat sentabrdayoq o‘z iziga tushishiga umid bildirmoqda. O‘shanda afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha tranzitning to‘laqonli tiklanishini kutish mumkin. Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi ortidan chegara oldidagi Termiz qanday hayot kechirmoqda11 Iyul 2021, 12:43 Agentlikning yana bir suhbatdoshi o‘zbek-afg‘on kelajagi, jumladan, infratuzilma loyihalari borasida yaxshi rivojlanishini qayd etdi. Voqeadan xabardor manbaning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan qurilgan Termiz – Mozori Sharif temir yo‘liga yangi hukumat davrida ham talab yuqori bo‘ladi. Hozirda magistralni Hirotgacha tortib borish rejalari mavjud. Uning fikricha, “Tolibon”*ga Afg‘onistonning shimoliy hududlari O‘zbekiston bilan yuk aloqalariga ega bo‘lishi muhim. Avtoyo‘llar yaxshi holatda emasligi, mamlakat janubida logistik quvvat haminqadar ekanini inobatga olib, bunday strategik yo‘nalishlardan Afg‘onistondagi yangi hukumat manfaatdor bo‘ladi. Toliblar Afg‘onistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri17 Avgust 2021, 09:58 * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/afgoniston-orqali-savdo-va-tranzit-toliblar-davrida-nima-boladi--termizdan-nazar--20127578.html
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston Milliy Universiteti va Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Unga ko‘ra, Milliy Universitetda Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etilib, abituriyentlardan hujjat qabul qilish davom etmoqda. “Shu paytga qadar 100 nafardan ortiq yoshlar hujjat topshirdi, – deydi O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi Axborot xizmati rahbari Munisa Asilxo‘jayeva. – Talabalar “Meteorologiya va iqlimshunoslik” yo‘nalishida sirtdan tahsil oladilar hamda yakunda ikki Universitetning bakalavr diplomlariga ega bo‘ladilar”. Toshkentda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlaydigan xorijiy OTM filiali ish boshlaydi9 Oktabr 2020, 11:40 Mashg‘ulotlar yetakchi o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi – rossiyalik mutaxassislarni jalb etish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Xohlovchilar esa Rossiya davlat gidrometeorologiya Universitetida ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi. Shu paytga qadar o‘zbekistonlik soha xodimlari ushbu Universitetda faqatgina malaka oshirib kelishgani inobatga olinsa, bu yangilik qanchalik ahamiyatli ekani oydinlashadi. Bitiruvchilarga beriladigan diplom Jahon meteorologiya tashkilotiga a’zo barcha davlatlarda qabul qilinadi. Lekin suhbatdoshimizning so‘zlariga ko‘ra, bunday mutaxassislar O‘zbekistonning o‘zi uchun ham nihoyatda zarur – ular o‘qishni tamomlagach, sohaning turli yo‘nalishlarida, jumladan xalqaro loyihalarda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/rossiya-ozbekiston-bilan-hamkorlikda-gidrometeorologiya-fakultetini-tashkil-etdi-20130475.html
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori bilan Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan 7,8 ming gektardan ko‘proq yer maydonlari qo‘shib berilmoqda. Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkaziladi.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/toshkent-va-toshkent-viloyati-chegaralari-qanday-ozgaradi-20127239.html
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov kelgusi uch oy ichida respublikaga olib kelinadigan vaksinalar haqida ma’lum berdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan. “Respublikada vaksina uzluksizligini taminlash maqsadida joriy yilning avgust-oktabr oylarida 10 million doza ZF-UZ-VAC2001, shuningdek 1,7 million doza Sputnik V, avgust-sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca, 1,2 million doza Pfizer vaksinalarini olib kelish rejalashtirilgan”, - dedi Atabekov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda respublikada jami 2 433,2 ming doza vaksina zaxirasi mavjud. Shu jumladan ZF-UZ-VAC2001 - 524,3 ming doza, Moderna - 1 613,6 ming doza, Sputnik V - 3,0 ming doza va AstraZeneca 292,3 ming doza.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/kelasi-3-oy-ichida-qanday-vaktsinalar-ozbekistonga-olib-kelinadi-20128588.html
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘zbekiston chegara yaqinidagi chodirli lagerga 150 nafar afg‘on qochoqlari, jumladan, 17 ayol va bolalarni joylashtirdi. Bu haqda Sputnik agentligiga voqeadan xabardor manba ma’lum qildi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, lager qo‘riqlanmoqda hamda yordamga muhtoj bo‘lganlarga yordam berish uchun tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Joylashtirishdan avval ularning bari koronavirusga test topshirgan. Kasallanganlar aniqlanmagan. Ta’kidlanishicha, qochoqlar uchun yaxshi ovqatlanish uchun sharoitlar yaratilgan, zaruriy buyumlar berilmoqda. Bu odamlarning qancha muddatga qolishi va keyingi taqdiri haqida ma’lumot hozircha ma’lumot berilmagan. Afg‘oniston orqali savdo va tranzit: toliblar davrida nima bo‘ladi – Termizdan nazar 18 Avgust 2021, 15:21 Bundan tashqari, manba ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga samolyot bilan kelgan taxminan 650 nafar afg‘on armiyasi harbiy xizmatchilari ham mahalliy harbiy poligon yaqinidagi kovid markazga vaqtinchalik joylashtirilgan. Avvalroq O‘zbekiston TIV 14-avgust kuni 84 nafar Afg‘oniston harbiy xizmatchilarini qabul qilganini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, Termiz-Hayraton ko‘prigining Afg‘oniston qismida Afg‘oniston hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari to‘plangani qayd etilgan. Keyinroq 15-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagani, xususan, ko‘prikda to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi hududni mustaqil ravishda tark etgani xabar qilingan edi. Ur-yiqit, vahima: Afg‘onistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda17 Avgust 2021, 13:28 Rasmiy Toshkent 17-avgust kuni yana bir bor davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar keskin ravishda bartaraf etilishini eslatdi.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ozbekiston-hududida-bir-necha-yuz-afgon-qochoqlarini-joylashtirdi--manba-20133128.html
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda, deb aytdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Atabekov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga. Ammo oxirgi uch kun ichida kasallik pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Vaziyatni barqarorlashtirish uchun bizda ikkita yo‘l bor. Biri kasallanib, antitanachalar hosil bo‘lishi, ikkinchisi vaksina olish. Kasallanish bu tahlikali, xavotirli yo‘l bo‘lgani uchun, emlash yo‘lini tanlashimiz to‘g‘ri bo‘ladi.Nurmat AtabekovSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Atabekov shuningdek, bugungi kunda mamlakatda kuzatilayetgan vaksinalar yetishmovchiligi kabi muammoga to‘xtalib, bugungi kunda bor harakatlar vaksinalar ta’minotida uzilishlarning oldini olishga qaratilganini qayd etdi. Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan kasalliklarning yoshma-yosh tahlili: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13 foizni, 15-19 yoshdagilar besh foizni, 20-29 yoshdagilar 18 foizni, 50-59 yoshdagilar 13 foizni, 60 yosh va undan kattalar 14 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, epidemiologik monitoring natijalariga ko‘ra, respublikada 2021-yil 1-apreldan 16-avgust kuniga qadar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning 266 nafari ushbu kasallik bilan qayta kasallangani aniqlangan. O‘zbek-xitoy vaksinasi: Otabekov internetda tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi20 Iyul 2021, 20:34 Ayni damda Nurafshon shahrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov hamda viloyatning soha mutasaddilari ishtirok etapti. Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi orasida koronavirus kasalligiga qarshi ommaviy emlash jarayonlari borasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy muhokamalarga sabab bo‘layotgan joylardagi muammolar yuzasidan ma’lumot berilmoqda.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ozbekistonda-koronavirus-boyicha-vaziyat-murakkabligicha-saqlanib-qolmoqda--atabekov-20127895.html
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘ttizdan ziyod mamlakatdan kelgan mehmonlar ukrain harbiy qurilishiga baho berishi mumkin. Ukraina davlati va Ukraina armiyasini deyarli o‘ttiz yilki Rossiya va Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi qilishga urinishmoqda. Ukraina davlatchiligi va harbiy qurilishning boshqa ma’nosi G‘arb jamoasi ko‘rmaydi, Kiyevni esa AQSh va NATOning geosiyosiy o‘yinlarida Rossiyaga qarshi qo‘g‘irchoq destruktiv rolini o‘ynash to‘liq qoniqtiradi. Ukraina Mustaqilligining 30-yilligiga asosan o‘z hududida va uchinchi dunyo mamlakatlarida politsiya, jazo berish operatsiyalari uchun mo‘ljallangan 255 minglik Qurolli kuchlari bilan yetib keldi. G‘arbning “Global Firepower ” harbiy qudrat reytingi Ukrainaga dunyodagi 25 o‘rinni bergan – Vyetnam va Tailand o‘rtasida, lekin voqelik Ukraina Qurolli kuchlarini (UQK) AQSh va NATOning izmidagi razradga uloqtiradi. Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida17 Avgust 2021, 16:34 UQKning ko‘p yillik uzlukchiz Donbass konchilari bilan otishmalari, ukrain mutaxassislarining NATO harbiylari ustalaridan ta’lim olishi qo‘shinlarning o‘sib borayotgan qudrati va hatto mamlakatning alyansga qo‘shilishiga yaqinligi xom xayollarini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga ukrain qurolli kuchlari samarali va jangovar qudratli harbiy-dengiz kuchlari va harbiy-havo kuchlariga ega emas, quruqlikdagi qo‘shinlar esa qurollanish va shaxsiy tarkibning tayyorgarlik ko‘rish darajasi bo‘yicha xalqning norozilik namoyishlarini muvaffaqiyatsiz bostirishga urinishga yaraydi, xolos. Oliy harbiy qo‘mondonlik qaror qabul qilish va strategik rejalashtirishda mustaqil emas – UQK Vashington va Brussel nazorati ostida. NATO ukrain hududidan xalqaro mashg‘ulotlar va alohida bo‘linmalarning Rossiya chegarasi yaqinida “ilg‘or bo‘lishi” yo‘lidan faol foydalanmoqda, biroq Ukrainani a’zolikka qabul qilishga shoshilishmayapti. Hatto aniq mezon yoki muhlatlarni belgilashmayapti. Ukraina, 2014-yildan buyon urinib kelishiga qaramasdan, AQShning NATOdan tashqari asosiy ittifoqchisi maqomini olishdan ham uzoq. Aftidan, “asosiy ittifoqchi” maqomi moliyaviy nafni va’da qiladi, Kiyevga dunyodagi eng qo‘rqinchli “Rossiya tahdididan” amerikacha himoyani kafolat beradi. Kimning loyihasi edi — Ukrainadagi davlat to‘ntarishi sababi Yanukovich nigohida17 Avgust 2021, 16:34 Ammo Afg‘onistonning yangi misoli (2012 yildan AQShning NATOdan tashqari asosiy ittifoqchisi) ishonchli ravishda isbotlaydiki, amerikaliklar va alyans, 300 ming kishilik milliy armiyani qurollantirish va tayyorlashnng g‘arbcha standartlari, katta pul – hech narsani kafolatlamaydi. Qo‘shma Shtatlar ittifoqdoshlarini og‘ir damlarda sotishga tayyor. Chunonchi, 12 ukrain harbiy xizmatchilarini toliblar tomonidan Afg‘oniston poytaxti egallab olingandan keyin Kobuldagi bazalardan birida shoshilinch evakuatsiya vaqtida tashlab (unutib) ketib bo‘lishdi. u yerda yana bir necha gruzin, bolgar va rumin harbiylari tashlab ketilgan. Jangovar ojizlik Ukraina Harbiy-havo kuchlari Sovet armiyamidan qolgan 42 ta qiruvchi va 34 ta zarba beruvchi vertolotga ega. Uchuvchilarning tayyorgarlik darajasi va uchar qurilmalarning texnik tayyorligi ularga, masalan, Donbass osmonida paydo bo‘lishga imkon bermaydi. Ukrain harbiy uchuvchilar jangovar tajribaga ega emas. UQK quruqlikdagi qo‘shinlari parklarda sezilarli zihrli texnika va artilleriyaga ega: 2430 ta tank, 11 400 dan ziyod zihrli transportor, 3000 ga yaqin o‘ziyurar va shatakchi artilleriya qurilmalari, 550 ta zalp bilan otadigan reaktiv tizim. Bu texnikalarning aksariyati o‘tgan asrniki va ularni ukrain korxonalarida modernizatsiya qilishga urinishmoqda. Ukraina mudofaa qudratining eng zaif bo‘g‘ini – Harbiy-dengiz kuchlari – o‘ntacha patrul va artilleriya kater, “jajji flot”dan tashkil topgan. Xorijlik suzish vositalari deyarli qurolsiz holatda yotibdi. Ukraina endi jim bo‘ladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi22 Iyul 2021, 17:43 Shu bilan birga ayrim ekspertlar aytishapdiki: “O‘lik narsaning o‘lishi mumkin emas”, “chivin chaqishlar”, diversiya, provokatsiya va janjallar uchun katerlar yaraydi. Asosiysi, harbiy-dngiz “antikvariat” uni albatta tutib oladigan yoki “yomon ruslar” cho‘ktirib yuboradigan yerlarga yetib borishida. Ehtimol, bundan keyin Yevropa “Shimoliy oqim-2”ni o‘chirib qo‘yadi va “tajovuzkor mamlakat” ustidan “zafar” quchiladi. Ta’kidlash joizki, Qora dengizdagi Rossiyaning faqat bitta “Moskva” raketa kreyseri bir zalp bilan butun Ukraina harbiy-dengiz kuchlarini cho‘ktirib yuborishi mumkin, NATo flotini ham uning ortidan ravona qilishi mumkin. Qora dengizda Rossiyaning harbiy-dengiz ustuvorligi ravshan va shubhaga hojat yo‘q. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, Ukrainadagi sovet harbiy-dengiz merosi sotib bo‘lingan yoki 2014-yilgacha “o‘ldirilgan”. Ukrainaning ochiq-oydin harbiy ojizligi ko‘rinib turganda Oliy Rada 2014-yil dekabrida davlatning blokdan tashqari maqomidan voz kechib, ikki qonunga o‘zgartirish kiritdi. 2019-yilda esa ukrain parlamenti mamlakatning NATO sari borishini konstitutsion ravishda ma’qulladi. Mustaqil Ukraina alyansning kengaytirilgan imkoniyatlarga ega oltinchi hamkor davlatga aylandi. Hammasi sotuvga qo‘yilgan Ukraina SSSRdan meros sifatida yaxshi qo‘shnilar hamda milliy mudofaa qurilishi uchun boshlang‘ich imkoniyatlarni oldi: 980 ming nafargacha harbiy xizmatchilar, 10 mingta zirhli transportor va BMP, 20 mingta turli artilleriya tizimlari, 1100 dan ziyod jangovar samolyot va 400 ta vertolot, 350 tagacha Qora dengiz flotining kemalari. 14 ta motoo‘qchi diviziyasi, to‘rtta tank va uchta artilleriya diviziyasi, bitta maxsus bo‘linma brigadasi, sakkizta artilleriya brigadasi, alohida armiya va to‘qqizta PVO brigadasi, uchta havo armiyasi, yettita vertolot polki. Bari qurib bo‘lingandi, asosiysi – yo‘qotmaslik. “Qo‘rqinchli ssenariy bor”: G‘arb nega Ukrainaga qo‘shin tortib kelmoqda10 Iyun 2021, 18:19 Avvaliga UQK soni besh baravarga qisqardi. Milliy armiyada xizmatni o‘tashga xohish bildirganlardan 1990-yillar boshilarida Rossiya bilan jang qilishga tayyorliklari haqida so‘rashgan (UQKni “ishonchsiz” zobitlardan tozalashgan). Mustaqillikning birinchi o‘n yilligida Kiyev sovet qurollarini Osiyo va Afrika mamlakatlariga pulladi. Natijada aviatsiya, raketa qo‘shinlarini to‘liq qo‘ldan boy berishga bir bahya qoldi. 2005 yilda Ukraina qurol-yaroq eksporti bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri bo‘ldi. Ukrainaning minglarcha jangovar texnikasi izsiz yo‘qoldi va Stokgolm dunyo muammolarini o‘rganish instituti va Strategik tadqiqotlar xalqaro institutining hisobotlaridan o‘rin olmadi. UQK 2010-yilga kelib tanklarning uchdan ikki qismi, zihrli mashinalar va artilleriya tizimining yarmini yo‘qotdi. Pullar qayoqqa ketdi – ma’lum emas. Ukraina 1991-yildan 2015-yilgacha 75 ta Saxon zirhli mashinalari, sakkizta Spartan bronevik va qurib bitkazilmagan korvet 58250 loyihasi uchun qurollanishga ega bo‘ldi, xolos. 2014 yilgi galdagi “maydanni” Ukraina safdagi 700 ta tank va saqlash bazalaridagi 1445 ta tank, 2189 ta jangovar mashina, 1421 ta artilleriya tizimi, 206 ta vertolot va 326 ta samolyot bilan kutib oldi. Keyin Donbassda UQK 300 ta tank, zirhli mashinalarning yarmidan ko‘pa, artilleriya tizimlarining deyarli 50 foizini yo‘qotdi. Bu faqat rasmiy ma’lumotlar. International Institute for Strategic Studies Military Balance tahliliy agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘qotishdan bundan juda ko‘p. O‘ttiz yillik sust ketayotgan harbiy-siyosiy falokatni mustaqil Ukrainaga qarshi “Rossiya agressiyasi” bilan tushuntirishning imkoni yo‘q. Zotan bu davlatchilik inqirozi. Ukrain mudofaa-sanoat majmuasining darajasidan to‘liq yo‘q qilingan harbiy kemasozlik dalolat beradi. Sovet davri vaqtida Nikolay zavodida muntazam aviatashuvchi kreyserlar qurilardi. Artilleriya tizimlari, vertolotlar, qiruvchilar, hujumchi samolyot, PVO tizimlari va aloqa bilan bog‘liq muammolar hal qilinmayapti. Ukraina jangovar samolyotlarni “minib ado qilmoqda”, kelajakda esa faqat NATO mamlakatlarining “sekon xendida” uchishni niyat qilmoqda. Mustaqil Ukrainaning harbiy sanoati hatto sovetcha o‘qotar qurol o‘qlarini ishlab chiqishni o‘rgana olmadi, yangi jiddiy ishlamalar haqida gapirishga yo‘l bo‘lsin. “Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSh Ukrainaga yangi qurol beradi28 Aprel 2021, 17:25 NATO investitsiyalari yomg‘ir yog‘dira olmaydi. 2014-yildan so‘ng bir necha yil Ukraina yashirincha va maxfiy ravishda xorijiy hamkorlaridan “UQKni mustahkamlash uchun” bir dunyo qurol va milliard dollarlar oldi. Qurollar qandaydir Ukrainani tranzit bilan chetlab o‘tdi, savdo-sotiqning eski sxemasiga ko‘ra Osiyo va Afrika mamlakatlarida yangi egalarini topdi. Naqd pullar gum bo‘ldi. Kiyev rahbariyatining 2021-yil 24-avgust kuni “mutlaqo yangi armiya” tuzilgani haqidagi ehtimoliy bayramona bayonotlari raqamlar yoki faktlar bilan isbotlanmaydi. Shodiyona “Yevropani Rossiya agressiyasidan himoya qilish” haqidagi shomonlik qilish galdagi kulguga sabab bo‘ladi – UQK “har qanday tajovuzkorga qarshi turishga” qodir emas. Eng asosiysi esa bunday xalqqa qarshi va antirus armiyada xizmat qilishni xohlovchi Ukraina fuqarolari kamaygandan kamayib bormoqda. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ukraina-armiyasi--2021-qurollanish-va-jangovarlik-qobiliyati-20132363.html
“Tolibon”* a’zolari qo‘lida qurol bilan ko‘chalarda patrullik qilmoqda, ayollar hijobda, ma’muriy binolarda radikal harakat bayroqlari paydo bo‘lmoqda. Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin Afg‘oniston qanday yashamoqda – bu haqda video lavhamizda ko‘rishingiz mumkin. * Rossiyada va bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/tolibon-hokimiyat-tepasiga-kelgandan-keyin-afgonistondagi-vaziyat-video-20131544.html
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Qrimda “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” terrorchilik guruhining 5 nafar a’zosi qo‘lga olindi. FXXning ma’lumotiga ko‘ra, ular “umumjahon xalifaligi" tuzish haqidagi doktrinaga asoslangan va amaldagi hukumatni zo‘ravonlik bilan ag‘darish va dunyoviy institutlarni yo‘q qilishga qaratilgan konstitutsiyaga qarshi faoliyat bilan shug‘ullanishgan. Ular terrorchilik g‘oyalarni tarqatish va mahalliy musulmonlarni yollashda ayblanmoqda. Targ‘ibot materiallari olib qo‘yildi. "Islomiy ozodlik partiyasi" ("Hizb ut-Tahrir al-Islomiy"*) ko‘plab davlatlarda terrorchilik tashkilot deb tan olingan, 2003-yilda Rossiya Oliy sud qarori bilan mamlakatda uning faoliyati taqiqlangan.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/qrimda-hizb-ut-tahrir-al-islomi-guruhining-azolari-qolga-olindi-video-20124852.html
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi, bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanalida xabar berildi. Qonunchilikka muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan: - 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda18 Avgust 2021, 09:11 Bolalar nafaqasini tayinlashda: - inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi; - to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi; - uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llaniladi. Bolalar nafaqasining har oylik miqdori: * 250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun; * 150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha; * 100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun. Yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi. Moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m etib belgilanadi.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/kam-taminlangan-oilalarga-bolalar-nafaqasi-joriy-etiladi-20121745.html
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Sentabrning birinchi sanasidan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda. Bu haqda prezidentning tegishli Farmoni imzolandi. Hujjatga ko‘ra, 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. 2021 yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m; bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so‘m; yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘m; bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so‘m; ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so‘m; belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so‘m; 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 so‘m etib; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 so‘m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi; boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 440 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 165 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/sentyabrdan-ish-haqi-pensiyalar-stipendiyalar-va-nafaqalar-miqdori-oshirilmoqda-20119453.html
TOShKENT, 17 avg - Sputnik. FHDYo organlari tomonidan 2021-yilning yanvar-iyul oylarida 2 113 nafar O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik fuqarolar o‘rtasida nikoh qayd qilingan. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlar asosida xabar bermoqda. Jumladan, 1 272 nafar o‘zbekistonlik qizlar xorijiy mamlakat fuqarolariga turmushga uzatildi hamda 937 nafar xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan chet ellik qizlar O‘zbekistonga kelin qilib olindi. To‘y va marosimlarni o‘tkazishda cheklov kiritildi6 Iyul 2021, 10:14 Kuyovlarning ko‘pchiligi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa xorijiy mamlakat fuqarolari bo‘lib, kelinlarning ko‘pchiligi Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon mamlakatlari fuqarolarini tashkil etdi. FHDYo organlari tomonidan 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida 143 555ta nikoh qayd etildi. Eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida (16 680ta) va eng kam nikoh Sirdaryo viloyatida (3 667ta) qayd qilindi. Eng ko‘p quda-andalik rishtalarini bog‘lagan hududlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hisoblanib, jami 1 517ta holatda ikki qo‘shni hududlar o‘rtasida nikoh qayd etilgan. Shuningdek, ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Sirdaryo va Jizzax viloyatlari (519ta), Samarqand va Jizzax viloyatlari (460ta) egallagan. FHDYo organlari tomonidan 2021-yilning yanvar-iyul oylarida jami 385 nafar ota-onasi xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan bolalarning tug‘ilishi qayd etildi. Eng ko‘p tug‘ilish holatlari Surxondaryo (70ta) va Qashqadaryo (43ta) viloyatlarida qayd qilindi. FHDYo organlari tomonidan 96ta chet elliklar, ya’ni ikki tomon ham xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan shaxslarning nikohi qayd qilinib, shundan eng ko‘p nikoh Toshkent shahri (16ta) va Surxondaryo viloyatida (13ta) qayd qilingan.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekistonga-kuyov-bolganlarning-asosiy-qismi-rossiyadan-ekani-ochiqlandi-20114773.html
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga 122 million so‘mgacha pul mukofotlari topshirildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Kecha, eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarning g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 5 ta medalga ega chiqdi18 Mart 2021, 15:19 Matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika xalqaro nufuzli fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar o‘quvchi va ularning o‘qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi: 1-o‘rin (oltin medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravar (122,5 mln. so‘m), o‘qituvchiga – 450 baravar (110,25 mln. so‘m); 2-o‘rin (kumush medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravar (73,5 mln. so‘m), o‘qituvchiga – 250 baravar (61,25 mln. so‘m); 3-o‘rin (bronza medal) uchun – o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravar (49 mln. so‘m), o‘qituvchiga –150 baravarida (36,75 mln. so‘m).
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/toshkentda-xalqaro-musobaqalar-goliblariga-122-million-somgacha-pul-mukofotlari-topshirildi-20120035.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Rossiya oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistonga kirib kelishi 2002-yilda boshlangan edi. O‘shanda ilk qaldirg‘och sifatida Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Birin-ketin Lomonosov nomidagi MDU (2006 yil) hamda Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (2007 yil) filiallari tashkil etildi. So‘nggi to‘rt yilda esa keskin o‘sish yuz berdi va jami Universitetlar soni 12 taga yetdi. Bugungi kunda Rossiya bilan hamkorlikda yigirmadan ziyod yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mehnat bozorida bu mutaxassislarga talab qanchalik yuqori? Sputnik muxbiri bu savolga javob izladi. Muvaffaqiyatlar kaliti – ustozlar bergan bilimda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy 2020-2021 o‘quv yili uchun mamlakatdagi Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarida 2180 ta kvota ajratilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonning 34 ta oliy ta’lim muassasasida rossiyalik hamkasblar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Yana bir e’tiborli raqam – har yili 200 nafardan ko‘proq o‘zbekistonlik yoshlar Rossiya federal budjeti hisobidan grant asosida ushbu mamlakat oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinadi. Bu yilgi abituriyentlar sonining keskin kamayishi sababi nimada12 Avgust 2021, 17:36 Mehnat bozori tadqiqotlari instituti bo‘lim boshlig‘i Behzod Tagayevning so‘zlariga ko‘ra, “...ular (bitiruvchilar – tahr.) hali o‘qishni tugatmasdan avval ish bilan bandligi ta’minlanadi”. Ana shunday muddatidan oldin ish joyini topgan yosh mutaxassislardan biri – I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali bitiruvchisi Murodjon Usmonov. “O‘qishni 2014-yilda tamomlagan edim. Yo‘llanma bo‘yicha Buxoro geofizika ekspeditsiyasi filialida oddiy texnik lavozimida ish boshladim. To‘rt yil deganda Sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va ekologiya xizmati boshlig‘i lavozimiga ko‘tarildim. Maoshim ham shunga yarasha... Kursdoshlarim orasida kimdir ishsiz qolib ketgani yoki hayotda o‘z o‘rnini topa olmagani haqida eshitmaganman. Muvaffaqiyatlarimiz kaliti – ustozlarimiz bergan bilimda. Maxsus fanlar bo‘yicha Rossiyadan o‘qituvchilar kelib imtihon qabul qilishgan. Talablar juda yuqori – ulardan “a’lo” olish oson emas...”, - deydi Usmonov. O‘zbekiston Markaziy banki Ijro apparati boshqarmasi boshlig‘i Shohrux G‘aybullayevning so‘zlariga ko‘ra, u 2016-yilda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialini tamomlagan. O‘sha yili Markaziy bankka ishga qabul qilingan. “Sho‘’ba mudiri, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i kabi lavozimlarda ishladim, bugungi kunda Ijro apparati boshqarma boshlig‘iman. Ilmiy faoliyatim ham to‘xtab qolgani yo‘q. Hozir sun’iy intellekt yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish ustida ish olib borayapman. Bu iqtisodiy samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirishda qo‘l keladi. Amaliyotda qo‘llab ko‘rdim – dastlabki natijalar chakki emas.Universitetda fidoyi o‘qituvchilar qo‘lida ta’lim olish baxti nasib etgan. Diplom ishi yozayotganimda ustozim kech soat sakkiz-to‘qqizgacha men bilan o‘tirib ishlar edi... O‘zbekistonda bank sohasini raqamlashtirish, sohaga sun’iy intellektni olib kirishni orzu qilaman”, - deya rejalari bilan o‘rtoqlashadi u. Ayrim OTMlarda “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi20 Fevral 2021, 14:53 Yana bir “Plexanov”ni tamomlagan Malika Rahimova hozirda "LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” xodimidir. U universitetni ikki yil oldin qizil diplom bilan bitirgan. Keyin “Lukoyl”ga ish yurituvchi bo‘lib kirgan. “Hozir yetakchi hisobchiman. Kompaniya doirasida o‘tkazilgan ilmiy-texnik ishlanmalar tanlovida qatnashib, ikkinchi bosqichga o‘tdim. Agar g‘olib chiqsam, imkoniyatlar yanada kengayadi. Umuman, hayotda va ishda erishayotgan barcha yutuqlarim uchun Universitetimizdan minnatdorman. U yerda izlanuvchan yoshlar uchun barcha sharoitlar muhayyo. Dunyoning ko‘zga ko‘ringan mutaxassislaridan ma’ruzalar tingladik, ta’limdagi eng ilg‘or innovatsiyalardan foydalandik. Menga filialimiz direktori, akademik Qalandar Abdurahmonovning o‘zi ilmiy rahbarlik qilgan edi”, - deydi Rahimova. Darvoqe, maqola davomida Rossiya oliy o‘quv yurtlariga har yili grant asosida 200 dan ziyod o‘zbekistonlik talabalar qabul qilinayotgani haqida aytgan edik. Yangi 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston uchun kvota qariyb ikki baravar oshirildi va 405 o‘ringa yetdi. Bundan tashqari, har yili Rossiyaning 50 ga yaqin universitetlaridan delegatsiyalar tashrif buyurib, o‘z oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim imkoniyatlari yuzasidan taqdimotlar, ko‘rgazmalar hamda bo‘lajak abituriyentlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Yana 1 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik esa ko‘chma qabul komissiyalari orqali o‘qishga qabul qilinadi. Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali ijrochi direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Qahramon Olimovning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt yil ilgari respublikada bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish 27 foiz edi, bugungi kunda 60 foizdan oshgan. “O‘z navbatida, pedagog kadrlarga bo‘lgan talab ham kuchaydi. Shuningdek, so‘nggi yillarda bog‘chalar va maktablarda rus tilidagi guruhlar soni ko‘payishi natijasida rus tili o‘qituvchilariga va rus guruhlari uchun tarbiyachilarga ehtiyoj yuqori bo‘lmoqda. Filialimiz 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogik ta’lim, pedagogika va ijtimoiy psixologiya, maxsus pedagogika, lingvistika (rus tilini o‘qitish nazariyasi, metodikasi va madaniyatlararo kommunikatsiya) kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi. Yuksak saviyali va yuqori mahoratga ega mutaxassislarni yetishtirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oliy ma’lumotli kadrlar salmog‘ini oshirish; pedagoglarlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz seminarlar, treninglar va o‘quv kurslarini tashkil qilish; ta’lim va tarbiya jarayoniga innovatsion metodlarni va xorijiy tajribalarni joriy etishga e’tiborni kuchaytirish lozim, deb hisoblayman”, - deydi Olimov. Umuman olganda, Rossiya OTMlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni 2018-yildagi 26 500 dan 30 264 nafarga yetdi. Ular mashinasozlik, energetika, jumladan atom energetikasi, axborot texnologiyalari, qurilish, tibbiyot, geologiya, kimyo va biotexnologiyalar kabi yo‘nalishlarda tahsil olishmoqda. Bu sohalar mamlakat taraqqiyoti uchun qanchalar ahamiyatli ekani haqida ortiqcha so‘zga hojat bo‘lmasa kerak. Toshkentda Rossiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi1 Iyul 2021, 18:36 Mehnat bozori tadqiqotlari instituti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 11-yil davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarish, qurilish, aloqa va axborot, moliya hamda sug‘urta yo‘nalishlari eng ko‘p haq to‘lanadigan sohalar bo‘lib kelmoqda. Bilimga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish oliy ta’lim sifati va yetishib chiqayotgan mutaxassislarning malakasi bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekistonda yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016-yilgi 9 foizdan 28 foizga yetdi. Bu mavzuda gapirganda, o‘sib borayotgan raqamlar, jumladan, Rossiya universitetlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari hisobiga shakllanayotganini ham nazarda tutamiz, albatta.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/mehnat-bozori-rossiya-otmlari-filiallari-bitiruvchilari-talab-20108021.html
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Dushanba kuni Kobul aeroportidan uchib chiqqan samolyotdan odamlarning qulab tushishi aks etgan video internetda tarqaldi, Tolibon* harakati vakili Suheyl Shohin amerikaliklarni aybladi. Afg‘oniston OAVlari Kobuldan uchib chiqqan Amerika samolyotidan yiqilayotgan odamlar aks etgan videoni tarqatdi, ehtimol afg‘onlar, samolyot shassisiga osilib, qochmoqchi bo‘lishgan. "Amerikaliklar xavfsizlikni ta’minlashi, hamma odamlarning aeroportga kirishiga ruxsat bermasliklari kerak edi, bizning kuchlarimiz u yerda yo‘q edi. Biz javobgar emasmiz. Ular u yerda javob berishgan, bu bizniki emas, ularning samolyoti edi", - dedi Suheyl Shohin Sky News telekanaliga bergan intervyusida. Harakat vakilining so‘zlariga ko‘ra, toliblar "aeroport xavfsizligini ta’minlashga kirishganidan so‘ng, bunday hodisalar yuz berishi to‘xtadi".
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/odamlarning-samolyotdan-qulab-tushishida-amerikaliklar-aybdor-tolibon-vakili-20116252.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston vakillari chegarani demarkatsiya qilishni yakunlashni muhokama qiladi. Ikki davlat ishchi guruhlarining uchrashuvi Dushanbeda 24-avgustdan 29-avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Tomonlar muzokaralar davomida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish va chegara ustunlarini o‘rnatishni muhokama qiladi, deb yozadi Sputnik Tojikiston. Hukumatlar Tashqi ishlar vazirligi, geodeziya, kartografiya va boshqa mutaxassislarga chegara oldididagi hudud ishlarini 2021-yil oxiriga qadar yakunlash vazifasini topshirgan. O‘zbekiston va Tojikiston chegarada demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldi22 May 2021, 15:45 Ma’lumot uchun, tojik-o‘zbek chegarasining uzunligi 1332 kilometrni tashkil qiladi.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekiston-va-tojikiston-chegara-demarkatsiya-ishlarini-yakunlamoqda--20109621.html
TOShKENT, 17 avg - Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati seshanba kuni ommaviy afv e’lon qildi va fuqarolarni ishga qaytishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi. RIA Novosti xabari asosida. "Ommaviy afv e’lon qilindi ... shu bois, siz to‘liq ishonch bilan kundalik hayotingizga qaytishingiz mumkin", - deya iqtibos keltiradi toliblar bayonotidan agentlik. Toliblar Afg‘onistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri17 Avgust 2021, 09:58 Shu bilan birga, nashr ta’kidiga ko‘ra, gap hukumatdagi barcha amaldorlarga nisbatan afv haqida bormoqda. Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi. * Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/toliblar-ommaviy-afv-elon-qildi-va-afgonlarni-ishga-qaytishga-chaqirdi-20107707.html
OAVlar o‘z manbalarini tayangan holda G‘ani Markaziy Osiyo mamlakatlariga uchib ketgani haqida yozishmoqda. Biroq bu xabarlar tasdiqlanmadi va rad etildi. Xususan, Tojikiston va Qozog‘iston TIV Afg‘oniston sobiq yetakchisi Ashraf G‘ani bu mamlakatlarda emasligini rasman ma’lum qildi. Afg‘onistonning Toshkentdagi elchixonasi Ashraf G‘ani O‘zbekistonda ekani haqidagi ma’lumotga ega emasligini aytdi. “Tolibon”* va qator OAVlar G‘ani O‘mon davlatiga uchib ketganini ta’kidlamoqda. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ashraf-gani-qaerga-uchib-ketdi-20097083.html
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014-yilda yuz bergan davlat to‘ntarishi sabablari haqida gapirdi va u "g‘arb loyihasi" bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining murojaatida aytilgan. Murojaat matni RIA Novostiga taqdim etilgan. 24 avgust kuni Ukraina mustaqillikning 30-yilligini nishonlaydi. Yanukovich mamlakatni 2014-yilda, davlat to‘ntarishidan so‘ng tark etgan. Yanukovich Ukrainaning 30-yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi17 Avgust 2021, 14:38 "Ham G‘arb, ham Rossiya bilan teng huquqli muloqot olib borishga harakat qilib, mamlakat doimo qiyinchiliklarga duch kelardi, uning ildizi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlay olmasligimizda emas, balki geosiyosiy ma’nodagi muammolarda edi. Oddiy sheriklik. Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi normal sheriklik munosabatlari G‘arbda, asosan AQShda, Rossiya Federatsiyasining jahon siyosatiga sobiq SSSR o‘ynagan rolda qaytishi mumkinligi tahdidi sifatida qaralar edi", - deyiladi murojaatnomada. Sobiq prezident so‘zlariga ko‘ra, "Ukrainada ichki siyosiy zo‘riqishning kuchayishi va uning muxolifat va hozirgi hukumat o‘rtasida ochiq mojaroga aylanishi bu vaqt masalasi edi, xolos". 2014 yildagi davlat to‘ntarishi hukumatning "yumshoqliligi" natijasi emas edi, u "Ukraina Aksilrossiya" loyihasining hayotga tatbiq etilishi sifatida belgilab qo‘yilgandi, deb hisoblaydi Yanukovich. “Ukrainadan hamma charchadi” - siyosatchi xulosasi4 Avgust 2021, 18:05 ""Biz so‘z erkinligini ushbu "erkinlik" davlatchilik poydevoriga putur yetkazgan holatlarda ham ta’minlagan edik. Biz G‘arbiy hududlar aholisining ular milliy qahramonlar deb hisoblagan kishilarga yodgorlik o‘rnatish huquqiga to‘sqinlik qilmaganmiz. Toki bu istak mamlakat janubi -sharqida yashovchilarning tarixiy xotirasini haqoratlashgacha borgan bo‘lsa-da. Biz millatchi tashkilotlar a’zolarini ta’qib qilmaganmiz, ular kun kelib davlatning bag‘rikengligini qadrlashlariga ishongan edik. Biz ko‘p narsalarga ko‘z yumgandik... Bu noto‘g‘ri siyosat bo‘lgan, deb o‘ylamayman. 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishi bizning "yumshoqligimiz" natijasi bo‘lmagan edi. U "Ukraina Aksilrossiya sifatida" loyihasining hayotga tatbiq etilishi sifatida belgilab qo‘yilgan, agar biz buni fakt sifatida qabul qilsak, hammasi o‘z o‘rniga tushadi", - dedi Yanukovich. Putin Ukraina to‘g‘risida maqola yozdi12 Iyul 2021, 20:27 Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya to‘g‘risida bitim imzolanishi muddatlarining kechiktirilishi "hokimiyatni noqonuniy bosib olish va Rossiyaga qarshi isteriya boshlanishiga signal" sifatida xizmat qilgan. "Assotsiatsiya shartnomasini imzolashga shoshilganimizni tushunganimiz hamon, bizning raqiblarimiz har qanday holatda ham bu qarorni o‘tkazish payiga tushgani holatiga duch keldik. Oqibatlar ularni qiziqtirmas edi, chunki har qanday holatda ham biz bugun Ukrainada kuzatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy fojia uchun javobgarlik amaldagi hokimiyat zimmasiga yuklanar edi", -deb hisoblaydi sobiq prezident. Kiyevning bosh maydoni - Mustaqillik maydoni - 2013-yil 21-noyabrda, Nikolay Azarov hukumati tomonidan YeI bilan assotsiatsiya shartnomasini imzolash to‘xtatilishi haqidagi e’londan so‘ng yevrointegrallashuv tarafdorlari tomonidan egallab olingan edi. Pentagon rahbari Ukrainaga "Rossiya tajovuziga qarshi" ko‘makni va’da qildi20 Fevral 2021, 09:53 Keyinchalik maydon kuch tuzilmalari va radikallar to‘qnashuvi episentriga aylandi. Yuzdan ziyod kishilar o‘limi uchun javobgarlikni Ukrainaning yangi hukumati o‘zining siyosiy opponenti Viktor Yanukovich va IIVning "Berkut" maxsus bo‘linmalari zimmasiga yukladilar. Yanukovich va "Berkut" xodimlari ushbu qotilliklarga aloqadorligini rad etib kelishadi. Sobiq prezident tinch mitingchilarga qarata o‘q uzish buyrug‘ini bermaganini va hatto Kiyevdan militsiyaning barcha bo‘linmalarini chiqarib ketish topshirig‘ini berganini aytadi. Davlat to‘ntarishidan so‘ng "Berkut" maxsus bo‘linmasi tarqatib yuborilgan.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/kimning-loyihasi-edi--ukrainadagi-davlat-tontarishi-sababi-yanukovich-nigohida-20112806.html
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Germaniya havo harbiy kuchlariga qarashli bo‘lgan ikkinchi samolyot Kobuldan Toshkentga yo‘l oldi, bortdagi yo‘lovchilar soni hozircha noma’lum. Bu haqda RIA Novosti Bild nashriga asosan xabar qildi. Rossiya toliblarning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi shartini aytdi16 Avgust 2021, 17:39 Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, "dushanba kuni bo‘lgan tartibsiz vaziyatdan qochishga" urinishlar tufayli kechiktirilgan Lyuftvaffe A400M aerobusi Kobuldan Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketdi. Dushanba kuni Kobul aeroportida diplomatik vakolatxonalar xodimlari bo‘lgan vertolotlar ko‘plab uchish-qo‘nishi tufayli vaziyat xaosga aylandi. Mahalliy aholi Afg‘onistonni tark etish maqsadida aeroportga yetib kelib, nafaqat binolarni balki samolyotlarga ham hujum qila boshlashdi. Avvalroq, Germaniya TIV seshanba kuni kechasi Kobuldan 7 kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berdi. Ular Germaniya havo harbiy kuchlariga qarashli samolyotlarda uchishdi.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/germaniyaning-ikkinchi-harbiy-samolyoti-kobuldan-toshkentga-yol-oldi--oav-20113770.html
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi arafasida "Zarchob-2" va "Kamolot" GESlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda GESning asosiy qurilish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, oxirgi montaj-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda. Kuni kecha Toshkent viloyatida yangidan bunyod etilayotgan "Kamolot" GESiga jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. oAV vakillari olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Sentabr oyida “Zarchob-2” kichik GESini topshirish ko‘zda tutilmoqda - Sanginov3 Aprel 2021, 15:57 Mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot davomida GES qurilishi bilan bog‘liq barcha savollariga javob olishdi. "O‘zbekgidroenergoqurilish" AJ direktori Said Yusupovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda 2017-yilgacha jami GESlar soni 36 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib bu ko‘rsatgich mikro GESlarni qo‘shib hisoblaganda 49 ga yetkazilgan. “Zarchob-2” va “Kamolot” GESlari ishga tushsa yuqorida keltirilgan ko‘rsatgich qariyb 51 taga yetadi. "Bugungi kunda Toshkent viloyatida qurilayotgan ko‘plab GESlarimizdan biri Chirchiq shahrida barpo etilayotgan, Chirchiq-Bo‘zsuv traktida joylashgan yangi “Kamolot” GESidir. Ushbu GESning qurilish ishlari O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi qarori asosida, umumiy qiymati 22,6 mln dollarga teng, quvvati 8.6 MVt ni (2.15 MVtdan bo‘lgan 4ta kapsula tipidagi gidroagregatdan iborot) tashkil etadi. Mazkur GESda ilk bor tajriba sifatida "kapsula" usulidagi gidroagregatlar o‘rnatiladi", - deydi Yusupov. Mazkur GESning qurilish ishlari energetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish borasida yirik tajribaga ega bo‘lgan, “O‘zbekgidroenergo” AJ tizim tashkiloti “O‘zbekgidroenergoqurilish” kompaniyasi tomonidan, loyiha ishlari “Gidroproyekt” AJlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirda GESning asosiy qurilish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, oxirgi montaj-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Rossiya banki O‘zbekistonda GESlar qurilishini moliyalashtiradi7 Aprel 2021, 09:38 Ushbu GESning asosiy uskuna va jihozlari Xitoyning "Dongfang Electric Corporation" kompaniyasi hamda "Andridz gidro" tomonidan yetkazib berildi. GESning afzalliklaridan biri avtomatik, aqlli, xafvsiz boshqaruv tizimiga ega. “Kamolot” GESini o‘z vaqtida topshirish uchun ishlar tartibli va karantin qoidalari talablari asosida olib borilmoqda. Mazkur GES Mustaqillik bayramining 30-yilligiga xalqimizga munosib tuhfa sifatida topshiriladi, deya ta’kidladi o‘z so‘zi yakunida Yusupov.
2021-08-18
https://oz.sputniknews.uz/20210818/bayramga-sovga-aqlli-tizimga-ega-kamolot-va-zarchob-2-geslari-ishga-tushirilmoqda-20120220.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. 17 avgustdan “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni tiklaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda. Parvozlar haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. “UzAirways” Mustaqillik bayramida 50 foizgacha chegirma joriy etadi15 Avgust 2021, 14:06 17 avgust holatiga ko‘ra, Toshkent – London yo‘nalishi bo‘yicha chipta narxi 3,2 million, Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7,3 million so‘mdan boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Toshkentdan Londonga bo‘lgan muntazam parvozlar vaqtincha bekor qilingan edi.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/toshkent--london-parvoz-20114983.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashirin faoliyat olib borayotgan “jihodchilar” oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda. Ular 16-avgust kuni DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIBB o‘tkazgan tezkor tadbirda ushlangan. Toshkent viloyatida bir guruh ekstremistlar ushlandi12 Avgust 2021, 20:09 Surishtiruv davomida ushbu shaxslar "jihod" maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirganliklari aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Avvalroq Zangiota tumanida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlangan edi.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/chinozda-bir-guruh-jihodchi-qolga-olindi-20111476.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda mamlakat TIV ma’lum qildi. “Ichki afg‘on kuchlarining inklyuziv hukumat shakllantirishga tayyorligi haqidagi bayonotlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.Dohadagi afg‘onlararo muzokaralar doirasida keng ko‘lamli tinchlikka erishilishiga umid bildiramiz. Umid qilamizki, mamlakatda hokimiyat tranziti xalqaro huquqning umume’tirof etilgan meyorlarini inobatga olgan holda umumiy konsensus asosida tinch yo‘l bilan amalga oshiriladi”, - deyilgan rasmiy bayonotda. Bildirilishicha, vaziyatning bu yo‘nalishda rivojlanishi milliy kelishuvga erishishga olib keladi hamda kuchli va layoqatli davlatni shakllantirish uchun sharoit yaratadi. “O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga va qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini qat’iy bildiradi”, - deyilgan bayonotda. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda ishlamoqda. Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni chegara himoyasini ta’minlash va chegara hududida tinchlikni saqlash masalalari bo‘yicha “Tolibon”* harakati vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi. “Shuni qat’iy ma’lum qilamizki, O‘zbekiston davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar milliy qonunchilikka muvofiq keskin ravishda bartaraf etiladi”, - deyilgan vazirlik xabarida. O‘zbekiston Afg‘onistonda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdor – Mirziyoyev17 Avgust 2021, 09:18 * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekiston-tiv-afgoniston-boyicha-bayonot-berdi-20108308.html
Prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistondan qochib ketdi. Hozirgacha uning qayerdaligi noma’lum. Ayrim OAVlar sobiq prezident O‘monda boshpana topgani haqida yozmoqda. Toliblar* hukumat tepasiga kelgandan so‘ng qator xorijiy davlatlar Kobuldan o‘z elchixonalarini evakuatsiya qilishni boshladi. Ayrim fuqarolar “Tolibon”* Afg‘onistonda tuzishni rejalashtirayotgan davlatda yashamasliklarini aytib, qochib ketish payiga tushgan. Ularning manzili – Kobul aeroporti. Olomon aeroportga hujum qilib, duch kelgan samolyotga minib olishga urinmoqda. Ur-yiqit vaqtida bir necha kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ur-yiqit-vahima-afgonistondan-qochib-ketish-ilinjidagilar-kobul-aeroportiga-hujum-qilmoqda-20111037.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistonda 1—5-sentabr kunlari dam olish kuni etib belgilandi. Farmonga binoan, kelayotgan bayramda ish haftasi turidan qat’i nazar, idoralar, korxona va tashkilotlarning barcha xodimlariga ketma-ket besh kunlik ta’til beriladi. Hujjatga ko‘ra dam olish kunlari quyidagi tartibda belgilandi. 1-sentabr (chorshanba) — Mustaqillik kuni; 2-sentabr (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;3-sentabr (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;4-sentabr (shanba) — dam olish kuni (hamma uchun, ish haftasi turidan qat’i nazar);5-sentabr (yakshanba) — dam olish kuni.Shuningdek farmonda fuqarolarning rasmiy sanani nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunalaridan oqilona foydalanishini ta’minlash lozimligi aytib o‘tilgan.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekistonliklar-mustaqillik-bayrami-munosabati-bilan-5-kun-dam-oladi-20103966.html
Tegishli buyruq kecha Jo Bayden tomonidan berilgan bo‘lib, AQSh rahbari o‘zining ushbu qarorini son jihatdan qisqartirilayotgan diplomatik xodimlarning xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan izohlagan edi. Garchi hech kim oxir-oqibat mamlakatdagi hukumat "Tolibon" harakati nazorati ostiga o‘tishiga shubha qilmagan esa-da, AQSh prezidenti qarori bu voqeani qanchalik uzoqlashtira olishi mumkinligi to‘g‘risida turli fikr-mulohazalar ilgari surilardi. Berilgan baholarning aksariyatida muddat bir necha haftadan tortib ikki oygacha bo‘lishi mumkinligi chamalagan edi. “Tolibon”* Afg‘onistondagi urush yakunlanganini e’lon qildi16 Avgust 2021, 09:26 Yakshanba kuni ertalab esa ushbu jamiki ekspertlar va shunga o‘xshashlarning prognozlarini axlat qutisiga uloqtirish mumkinligi ayon bo‘lib qoldi. G‘arbning "Tolibon"*ga qarshi kurash va Afg‘onistonni g‘arblashtirishga sarflagan yigirma yillik sayi-harakatlari bir kunda, sanoqli soatlar ichida xuddi kartadan yasalgan uycha singari to‘kilib ketdi. Yuz berayotgan voqealarning ko‘lami va tezligi shundayki, garchi bunday yakun avval boshdan hammaga ayon bo‘lgan bo‘lsa -da, bugungi voqealar barchada shok, sarosima va qo‘rquvni keltirib chiqargan edi. Bu qo‘rquv shunchalik ulkan ediki, butun dunyo ko‘z oldida ulkan sharmandali muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirayotgan Qo‘shma Shtatlar nomiga yog‘dirilayotgan zaharli-ichiqoralik ila aytilayotgan izohlar deyarli eshitilmadi hatto. Shubhasiz, bu yerda amerikaliklar o‘rniga kim kelayotgani va bu bilan bog‘liq dahshatli oqibatlarni anglash muhim rol o‘ynaydi. Toliblarning oldingi hukumatga xizmat qilganlarga nisbatan qatag‘on o‘tkazmaslik borasida bergan va’dalariyu, ayollarning jamiyatdagi o‘rni borasidagi pozitsiyani yumshatishlari haqidagi bayonotlariga qaramay, oldinda Afg‘onistonni shafqatsiz jazolar va qatllar kutmoqda. Afg‘on ayollarining taqdiriga esa avvalgidek havas qilib bo‘lmaydi. Surxondaryoda Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani haqidagi xabar o‘rganilmoqda16 Avgust 2021, 15:10 Eskilik zamonaviy sivilizatsiyani yengdi — G‘arbga bo‘lgan munosabatdan qat’iy nazar, ushbu faktga xursand bo‘lib bo‘lmaydi. Biroq, gap faqatgina shafqatsiz va qonli afg‘on haqiqatlari, yoki olis o‘rta asrlarga qaytayotgan baxtsiz mamlakat fuqarolariga hamdardlikda ham emas. Yakshanba kungi voqealar shu jihati bilan hayratlanarli ediki, ular butun dunyoga AQSh global gegemonligining yakuniy qulashi qanday bo‘lishi mumkinligi va hatto, qanday bo‘lishi haqida aniq tasavvur berdi. O‘ttiz yil oldin, SSSR o‘z faoliyatini to‘xtatdi va o‘sha paytdagi voqeliklarda shu kunga qadar bir narsa juda katta qiziqish uyg‘otib keladi - o‘sha vaqtdagi voqealar qanchalik shiddat va o‘zgartirib bo‘lmaydigan darajada yuz bergani. Lo‘nda qilib aytganda, kechagina dunyoning yarmida hukmronlik qilgan jahon superderjavasi bo‘lgan joyda, oradan bir necha oy o‘tib, xaosga burkangan va ko‘pincha qonga belanayotgan yangi davlat tuzilmalari konglomerati vujudga kelgan edi. Odatda, nega hammasi bunday ro‘y bergani sabablari haqida fikr yuritadilar. Fikrlar orasida tizim to‘liq ichdan chirib bo‘lgani, oxiri bo‘lib fasad qulagani keltiriladi. Ashraf G‘ani O‘zbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qozog‘istonda ham emasligi aytildi16 Avgust 2021, 11:42 Ammo shu fakt muhimki, ko‘pincha xuddi shunday yuz beradi: yengib bo‘lmasdek ko‘ringan tizim yashin tezligida odamlar boshiga bir chelak suv quygandek kutilmaganda darz ketadi, va eng yomon voqealarning oldini olishga mitti imkoniyat ham qolmaydi. Inson shunchaki qum zarrasiga aylanadi, tarix shtormi uni barcha dahshatlar, buzg‘ungarchilik va ajal orasidan uchirib o‘tadi. Hozirda sodir bo‘layotgan voqealar, AQShning global gegemonlik maqomini yo‘qotishi aynan mana shu ssenariy asosida ro‘y berishi mumkinligini ko‘rsatib turibdi - bunda Qo‘shma Shtatlar superderjava maqomidan boshqa geosiyosiy kuchlar tomonidan funksiyalar, instrumentlar va boshqa richaglarning sekin-asta tortib olinishi bilan "taxtdan" tushirilmaydi, balki hammasi ortga qaytarib bo‘lmas shiddatli qulashga aylanadi. Asadov Afg‘oniston bilan bog‘liq voqealar haqida turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi 16 Avgust 2021, 13:15 So‘nggi o‘n yillar davomida Afg‘oniston dunyoning katta qismi uchun o‘ta tushunarsiz bo‘lgan hududga aylangan edi, u doimo urushar, va ancha eskicha qoidalar asosida kun kechirardi. Shu bois unga nisbatan samimiy his-tuyg‘ularni ifodalash og‘ir kechardi. Shu tariqa, u yerdan kelayotgan yangiliklar, hatto eng fojialisi ham, odatga ko‘ra, rasmiy munosabatnigina uyg‘otardi: "Ha, ha, bu dahshat, choy uchun shirinlik olishni unutmaylik-a". Yakshanba kungi voqealar esa butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilik odamlarni afg‘onlarni anglashga majburladi. Hatto ko‘pchilik odamlarning eti junjikib ketdi. Ular yashaydigan davlatda "Tolibon"* yo‘q, ammo ularning kundalik hayotlarida AQShning roli juda ulkan. Kimlar uchundir u yetakchi savdo sherigi, boshqalar uchun — geosiyosiy suzeren, uchinchilar uchun — bosqinchi kuch, to‘rtinchilar uchun — milliy iqtisodiyoti uzil-kesil bog‘liq bo‘lgan jahonning bosh valyutasi emitentidir. Bu odamlarning hammasi hozir o‘zlariga: agar AQSh qudrati boshqa sohalarda ham shu darajada shiddat bilan qulasa nima bo‘ladi - ya’ni bu aynan ularga qanday ta’sir qiladi, degan savolni bermasliklari mumkin emas. Hozirgi kunda millionlab odamlar bu miqyosdagi geosiyosiy falokatlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy sunamilarga olib kelishini, bu sunamilar har tomonga yoyilib, eng farovon va tinch hududlargacha yetib borishini anglab yetdilar. Ular bu anglashni o‘z hayotlariga qiyosladilar va qo‘rqib ketdilar. Hukumat o‘zgargan Afg‘onistondagi vaziyat qanday16 Avgust 2021, 14:05 Sovet Ittifoqi qulashini boshdan kechirgan Rossiya uchun sodir bo‘layotgan voqealar 30-yil oldin boshdan kechirganimizdan ham kattaroq ofatlar butun dunyoga raxna solayotgani haqidagi aniq ogohlantirishga aylandi. To‘g‘ri, biz uchun yaxshi yangilik ham bor. Agar inson yakka o‘zi bu darajadagi ko‘lamdor tarix chaqiriqlarini chetlab o‘ta olmasa, va u bu chaqiriqlar harakat maydonida bo‘lib qolsa, butun boshli mamlakatlarda bunday imkoniyat mavjud. Ular buning uchun, shu jumladan, yuqori darajadagi mavjudlikni avtonom saqlab qolish layoqatiga ega bo‘lish bilan bir qatorda - tish-tirnog‘icha qurollangan bo‘lishlari talab etiladi. Rossiya, ma’lum bo‘lganidek, ikkala yo‘nalishda ham faol faoliyat olib boradi. *Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi uyushma.
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/shok-va-dahshat-dunyo-afgonistonda-oz-taqdirini-kordi-20094354.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Rossiya O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan chegara tomonidan xavf tug‘ilgan taqdirda tashlab qo‘ymaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Djabarov ma’lum qildi. “Afsuski, O‘zbekiston KXShT tarkibiga kirmaydi, biroq Rossiyaning Toshkent bilan yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomasi bor. Shu bois Afg‘oniston bilan chegara tomondan O‘zbekistonga tahdid bo‘lsa, Rossiya O‘zbekistonni tashlab qo‘ymaydi”, - dedi u Moskvaning ehtimoliy yordami haqida. Djabarovning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan. Shuningdek, rossiyalik senator Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish uchun o‘zining vositachilik say’-harakatlarini davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi, lekin hammasi toliblarning* yaqin vaqt ichida qanday choralar ko‘rishlariga bog‘liq bo‘ladi – ular konstitutsiyaviy yo‘ldan borishadimi yoki zolimona ish tutishni boshladimi. Djabarov Tojikistonda, ayrim OAVlar xabariga ko‘ra hozir marshal Abdul Rashid Do‘stum u yerda bo‘lib turibdi, toliblarga* qarshilik ko‘rsatish o‘chog‘i yuzaga kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi. O‘zbekiston Afg‘onistonda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdor – Mirziyoyev17 Avgust 2021, 09:18 Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning osuda aholisi bugungi afg‘on voqealarining sababi bo‘lgan AQShning Afg‘onistondagi xatti-harakatlaridan jabr ko‘rmasligi lozim. Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar* yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. 15-avgust kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Kobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “qon to‘kilishining oldini olish uchun” mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. 16-avgustga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti “Qudratimizga shubha qilma”: O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya mashg‘ulotlari qanday o‘tdi11 Avgust 2021, 13:44
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/rossiya-afgon-chegarasida-xavf-tugilgan-taqdirda-ozbekistonni-tashlab-qoymadi--djabarov-20106541.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning joylardagi vakillari bo‘lgan hokimlarning ish faoliyati uni qoniqtirishi yoki qoniqtirmasligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, nafaqat hokimlar, balki barcha bo‘g‘indagi aksariyat katta-kichik rahbarlarda bilim va tajriba, tashkilotchilik salohiyati, el-yurt ishi uchun fidoyilik tuyg‘usining yetishmasligi uni qiynaydigan eng murakkab masaladir. Mirziyoyev joylarda islohotlarning samarali amalga oshirilishi birinchi navbatda hokimlarga, ularning bilim va tajribasi, ishbilarmonlik xususiyatlariga bog‘liqligini qayd etdi. Eng muhimi, ular odamlarning ishonchini qozongan bo‘lishi shart. Aholi joylardagi rahbarlarga, ularning ishi, xizmat va muomala madaniyati, siyosiy, huquqiy va axloqiy saviyasiga qarab, davlat hokimiyatiga baho beradi. Lekin ochiq aytadigan bo‘lsak, hokimlar, umuman, quyi bo‘g‘indagi rahbarlarning barchasi ham el-yurt o‘rtasida yetarli obro‘-e’tiborga ega emas. Prezident yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan qator mansabdorlarni ishdan bo‘shatdi13 Aprel 2021, 17:26 Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, murakkab sharoitda el-yurt bilan hamdard, hamnafas bo‘lib yashamaydigan, hayotning o‘zi taqozo etayotgan oddiy haqiqatlarni tushunmaydigan mansabdorlarning rahbar sifatida kelajagi yo‘q. U hokimlar mustaqil qaror qabul qilib, mustaqil ish olib borish vakolatiga ega ekanini eslatdi. Ulardan ilgarigidek har bir qadamini Toshkentda, markaziy idoralardagi mutasaddilar bilan kelishish, bo‘lar-bo‘lmasga ijozat so‘rash talab etilmaydi. “Hokim, rahbar inson sifatida, nimanidir bilmasligi yoki ko‘zdan qochirishi, xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, buni tushunsa bo‘ladi, lekin u ana shu xatolarini tan olmasa, ularni tuzatishni istamasa, o‘qib-o‘rganishga, yangicha ishlashga, o‘z bilim va tajribasini oshirishga intilmasa, manfaatparastlik va maishatga berilgan bo‘lsa, bu holatni mutlaqo kechirib bo‘lmaydi. Mening asosiy talabim – odamlarni tushunish, ularning quvonchu tashvishlari bilan yashash, yon-atrofdagi vaziyatga oddiy xalqning ko‘zi bilan qarash va baho berish, el-ulusdan ajralib qolmaslik kerak. Shundagina hudud yoki tarmoqni boshqarish va muhim qarorlar qabul qilishda aniq samara bo‘ladi”, - dedi Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida. Prezident har bir rahbarning faoliyat mezoni – bu xalqning orzu-umidlarini o‘zi uchun asosiy maqsad qilib, ularni izchillik bilan ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini urg‘uladi. “Afsuski, ba’zi yetakchi va mutasaddilar manmanlikka berilib, havolanib, oyog‘i yerdan uzilganini bilmay qoladi. Bu – ular uchun haqiqiy fojia. Albatta, bunday rahbarlarga bizning safimizda o‘rin bo‘lishi mumkin emas. Bu nafaqat Prezidentning, ayni paytda xalqimizning, hayotning talabidir”, - deya xulosa qildi davlat rahbari. Buxoroda murojaatlarga bepisand munosabatda bo‘lgan mas’ullarning 22 nafari ishdan olindi9 Mart 2021, 15:47
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/mirziyoev-manfaatparastlik-va-maishatga-berilgan-hokimni-mutlaqo-kechirib-bolmasligini-aytdi-20105457.html
TOShKENT, 16 avg - Sputnik. BMT Xavfsizlik Kengashi Afg‘onistonda yangi hokimiyat o‘zini madaniyatli tutishiga ishonch hosil qilganidan keyingina toliblarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishi mumkin. Bu haqda "Rossiya-24" telekanali efirida Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi. Ashraf G‘ani qayerda?17 Avgust 2021, 20:05 Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat jangarilar mamlakatni qanday boshqarayotganini kuzatib kelmoqda. "Agar ular inson huquqlariga rioya qilishning asosiy, fundamental tamoyillarini buzmasa, unda bunday qarorni qabul qilish BMT Xavfsizlik Kengashining huquqidir", - dedi Kabulov. Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, toliblarni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish jarayoni boshlab yuboriladi. Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi16 Avgust 2021, 16:24 "Tolibon"* BMT XK tomonidan terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilgandan keyingina RF ham tashkilotni terrorchilar safidan chiqarishi mumkin, deb qo‘shimcha qilgan Kabulov. Kuni kecha jangarilar Qobulga hujum qilib, prezident saroyini egallab olgan edi. Davlat rahbari Ashraf G‘ani iste’fo berdi va Afg‘onistonni tark etdi. OAV bergan xabarlarga ko‘ra, AIR sobiq prezidenti samolyoti Ummonga qarab yo‘l olgan. Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik kengashi va Rossiya Oliy sudi "Tolibon"ni 2003-yilda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shgan. *RFda taqiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/rossiya-toliblarning-terrorchi-tashkilotlar-royxatidan-chiqarilishi-shartini-aytdi-20098788.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot 15-avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qulab tushgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorovning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, mazkur holat o‘rganilmoqda. “Voqea joyidan bizga ma’lumot yo‘llashapti. Bir soat ichida rus va o‘zbek tilida bayonot beramiz”, - dedi Zulfiqorov. Uning qo‘shimcha qilishicha, mutaxassislar bu xabarni o‘rganish uchun yo‘lga chiqishgan.
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/surxondaryoda-afgoniston-harbiy-samolyoti-qulab-tushgani-haqidagi-xabar-organilmoqda-20094957.html
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov xonadoniga tashrif buyurib, marhumning oila a’zolariga hamdardlik hamdardlik bildirdi. Davlat rahbarining tashrifi, hamdardlik so‘zlari og‘ir judolikka uchragan ko‘ngillarga taskin bo‘ldi. Marhumning haqiga duo qilindi. “Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘layapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15-avgust kuni xastalik tufayli vafot etdi. Muftiy Usmonxon Alimovning dafn marosimi Samarqandda bo‘lib o‘tadi15 Avgust 2021, 16:11 Usmonxon Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, Toshkent islom institutida, Marokash davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil olib, islom dini asoslarini, arab va fors tillarini chuqur o‘rgangan. U 1980-2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida ishlagan. 2000-2006 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi bo‘lgan. Usmonxon Alimov 2006-yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2021-08-16
https://oz.sputniknews.uz/20210816/prezident-muftiy-usmonxon-alimov-xonadoniga-borib-uning-oilasiga-taziya-bildirdi-20092543.html
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg‘onistonda ommaviy terror uyushtirmaydi. Bu haqda "Ridus" bilan suhbatda Butunjahon rus xalq sobori Inson huquqlarini himoya qilish markazi direktori, islomshunos Roman Silantyev fikr bildirdi, deya xabar beradi Sputnik Tojikiston. Islomshunos so‘zlariga ko‘ra, jangarilar shafqatsiz choralardan voz kechadi, sababi, ular shundoq ham g‘olib sanalmoqda. Afg‘oniston. Hatto urush ham jaholat bilan olib borilmasligi kerak19 Iyul 2021, 18:19 Shu bilan bir qatorda, radikallar Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlarga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, deydi mutaxassis. "Toliblarning oxirgi 20-yilda aqli kirdi, meni nazdimda, ular ommaviy terrorga qo‘l urmaydi. Bu narsa ularga kerak emas - ulardan shusiz ham hamma qo‘rqadi", - deydi Silantyev. Uning ta’kidlashicha, jangarilar aviatsiyasiz Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarini shturm qila olmaydi. O‘z navbatida, Eron, Pokiston va Xitoy radikallarga faol qarshilik ko‘rsatadi. Silantyevning fikricha, Markaziy Osiyoda yagona noziq bo‘g‘in bu Turkmaniston bo‘lib, ammo unga ham boshqa davlatlar yordam ko‘rsatadi. Hukumat o‘zgargan Afg‘onistondagi vaziyat qanday16 Avgust 2021, 14:05 Avvalroq, toliblar bir kun avval qo‘lga olgan Qobulda jamoat tartibini o‘rnatishga kirishgani ma’lum bo‘lgan edi. Harakat vakillari mahalliy aholi va xorijiy diplomatik vakolatxonalar xavfsizligini kafolatlagan, deb xabar qiladi Rossiya TIV. O‘z navbatida, Afg‘onistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi doimiy vakili G‘ulom Isxakzayning aytishicha, jangarilar "Tolibon" muxoliflarini jazolash maqsadida Qobulda uyma-uy yurishni boshlashgan. Uning aytishicha, shaharliklar qattiq qo‘rquvda hayot kechirmoqda. Isxakzay xalqaro hamjamiyatni "Afg‘onistondagi islom amirligini" tan olmaslikka chaqirgan. Eslatib o‘tamiz, Daily Mail nashri radikallar 12 yashar qizaloqlarni qullikka olishni boshlagani va egallab olingan hududlarda o‘ta qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshlashgani haqida xabar bergan edi.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/toliblar-afgonistonni-qanday-boshqaradi---islomshunos-fikri-20105179.html
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga intervyu berdi. Unda mamlakat tashqi siyosati va Afg‘oniston haqida to‘xtaldi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat yangilanish davriga qadam qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. O‘zbekiston o‘tgan davrda ana shu strategik yo‘lga doimo sodiq qolib, o‘z sheriklari hamda xalqaro tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarib kelmoqda. O‘zbekiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdordirShavkat MirziyoyevO‘zbekiston prezidenti 15 avgust kuni Kobul "Tolibon"*ga taslim bo‘ldi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani "qon to‘kilmasligi uchun" iste’foga chiqib, mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. * Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekiston-afgonistonda-tezroq-tinchlik-va-barqarorlik-ornatilishidan-manfaatdor--mirziyoev-20104410.html
TOShKENT, 17 avg - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston qochqinlariga yordam uchun 500 million dollar ajratishni buyurdi, deb xabar bermoqda Oq uy. Oq uy matbuot-xizmati tomonidan tarqatilgan Bayden imzolagan memorandumga ko‘ra, miqdori 500 million dollardan oshmaydigan mablag‘ qochqinlar, mojaro qurbonlari va Afg‘onistondagi vaziyat natijasida xavf ostida qolayotgan boshqa shaxslarning shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi. Qobul "amerikancha orzu" bilan vidolashmoqda: jihod davom etapti17 Avgust 2021, 00:53 Ilgariroq Pentagon vakillari AQSh hududidagi uchta harbiy baza (Virjiniya, Texas va Viskonsin shtatlaridagi) Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan 22 ming nafargacha kishilarni qabul qilishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumot tarqatilgan edi. Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi. * Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
2021-08-17
https://oz.sputniknews.uz/20210817/aqsh-prezidenti-bayden-afgoniston-qochoqlari-uchun-500-million-dollar-ajratdi-20104228.html