text
stringlengths
0
1.47M
timestamp
stringlengths
9
10
source
stringlengths
24
687
Andijon viloyati hokimining qaroriga asosan Nizomova Mavlyudaxon Sheraliyevna viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/andizhon-viloyati-hokimiga-maslahatchi-tajinlandi
Samarqand viloyati IIB YHXBning xabar berishicha, joriy yil 31-iyul kuni soat 01:45 larda, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani, “Alijon” MFY hududidan oʻtuvchi M-37 «Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» avtomobil yoʻlining 71-kilometrida, haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan E.U. "YUTONG“ rusumli avtobusda «Buxoro-Toshkent» yoʻnalishida harakatlanayotib yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchini urib yubormaslik maqsadida rulni oʻng tomonga burgan va boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida avtobus agʻdarilgan. Natijada, avtobus salonida boʻlgan, 24 yoshli J.N. shifoxonada va 40-45 yoshlar atrofida boʻlgan (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) yoʻlovchi shifoxonaga olib borilayotganda, yoʻlda vafot etgan. Shuningdek, yoʻlovchilar, 48 yoshli B.S., 29 yoshli A.A., 22 yoshli G.S., 48 yoshli M.B. va 35 yoshli D.A.lar turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur YTH yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
2021-08-01
https://xs.uz/uz/post/samarqandda-avtobus-agdarilib-ketishi-oqibatida-ikki-nafar-fuqaro-vafot-etdi
Xabaringiz bor, bugundan Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari doirasida yunon-rum kurashi ustalari bahslarga kirishdi. Vakillarimiz orasida birinchi boʻlib Elmurat Tasmuradov kurash olib bordi. -60 kg vazn toifasida kurashayotgan polvonimiz dastlabki davrani ukrainalik Lenur Temirovga qarshi oʻtkazdi. Murosasiz kurashlarga boy boʻlgan bahs ukrainalik kurashchining 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi, deb xabar berdi MOQ.  Endi Temirov finalga yetib borgan taqdirda Tasmuradov bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.
2021-08-01
https://xs.uz/uz/post/elmurat-tasmuradov-birinchi-davrada-imkoniyatni-boj-berdi-bronzaga-umid-qilamiz
— Aslida ikki tomonlama pnevmoniya kelib chiqishida virus, bakteriyalar yoki zamburugʻlar sababchi boʻladi.Ular keltirib chiqaradigan ikki tomonlama pnevmoniya kasalligi shu keltirib chiqaruvchi infeksiya yuqish yoʻllariga qarab yuqumli hisoblanadi.  Hozirda virus kasalliklari dolzarb boʻlib qolgani bois, biz havo tomchi orqali yuquvchi kasalliklardan koʻproq xavotirlanishni boshladik. Aslida bakteriyalar, zamburugʻlar va oddiy hujayrali parazitlar ham oʻz oʻrnida yuqumli hisoblanadi. Ularning yuqish yoʻli havo tomchi orqali boʻlmasligi mumkin, lekin organizmga tushgan bunday infeksiya turlari pnevmoniya kabi oʻtkir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yoki parazitlar inson organizmi immun tizimi pasayishini kutib yotadi. Immun tizimi pasaysa, bu infeksiya joylashgan aʼzosini jarohatlab, kasallik chaqiradi.  Shu bois, biz doimiy ravishda infeksiyalardan oʻzimizni himoya qilishimiz, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz, sogʻlom turmush tarzini yuritgan holda toʻgʻri va muqobil ovqatlanishimiz, yengil jismoniy faollikni doim bajarib yurishimiz zarur.
2021-08-01
https://xs.uz/uz/post/ikki-tomonlama-pnevmoniya-yuqumli-kasalliklar-sirasiga-kiradimi-mutakhassis-zhavobi
Oliy Majlis Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi. Unda qaayd etilishicha, 2021-yil 6 oyi mobaynida respublikada jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash borasida Ichki ishlar vazirligi tomonidan boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2021-yil 6 oyda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,3 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 1 833 nafar shaxs ushlangan. Bedarak yoʻqolgan 218 nafar shaxs topilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan mazkur davrda 15 434 ta jinoyat aniqlangan. Qayd etish lozimki, ichki ishlar organlari xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 71,4 foizga yaxshilangan. Xususan, 2021-yil 6 oyida respublika miqyosida sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 45 630 tani tashkil etib, har 100 ming aholiga oʻrtacha 132 tadan toʻgʻri kelgan. Oʻtgan yilga nisbatan 111,9 foizga ortgan. Ushbu koʻrsatkich Toshkent shahriga 383,3 tadan, Fargʻona viloyatiga 223,4 tadan, Toshkent viloyatiga 168,4 tadan, Sirdaryo viloyatiga 151,4 tadan toʻgʻri kelib, respublika miqyosida salbiy koʻrsatkich qayd etilgan. Oldi olinishi mumkin boʻlgan 217 ta qotillik, 4 137 ta tan jarohati yetkazish, 135 ta bosqinchilik, 1 100 ta bezorilik, 7 618 ta oʻgʻrilik, 9 439 ta firibgarlik jinoyati sodir etilishiga yoʻl qoʻyilgan. Bundan tashqari, 6 mingga yaqin  , ayniqsa, Andijon  , Toshkent  , Fargʻona   viloyatlari va Toshkent shahrida   ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilib, joylarda aholining bandligini taʼminlash ishlari samarasiz tashkil etilganligidan dalolat beradi. Oilalardagi notinchlik, nizolarning oʻz vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning eʼtiboridan chetda qolganligi oqibatida oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etilmoqda. Jumladan, 2021-yil 6 oyida oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilgan jinoyatlarning 77 tasi qotillik, 798 tasi tan jarohati yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlardir.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/zhinoyatlar-statistikasi-bojicha-salbij-korsatkichga-ega-viloyatlar-ochiqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda davlat xaridlari sohasida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari eʼlon qilindi. Agentlik tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida oʻtkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika boʻyicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. soʻmlik 458 ta tanlovda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlarning talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/byudzhet-buyurtmachilari-141-mlrd-somlik-458ta-tanlovda-kharid-qonunchiligiga-amal-qilmagan-eng-kop-qonunbuzilish-andizhonda
Oʻzining uchinchi Olimpiadasida kurashayotgan mahoratli polvonimiz Moʻminjon Abdullayev Tokio-2020dagi ikkinchi bellashuvini oʻtkazdi. Kurashchimiz chorak final bosqichida chililik raqibiga qarshi kurashdi. Yasmani Fernandesga qarshi kechgan bellashuvda raqib 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritmoqda. Endi Abdullayev ham raqib finalga chiqqan taqdirda bronza medali uchun kurashish imkonini saqlab qoladi.
2021-08-01
https://xs.uz/uz/post/tokio-2020-birinchi-bosqichda-31-soniyada-galaba-qozongan-mominzhon-abdullaev-chorak-finalda-imkoniyatni-boj-berib-qojdi
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining navbatdagi kun dasturida hamyurtlarimizning ishtiroki boshlandi. Dastlab yengil atletikachimiz Darya Reznichenko startga chiqdi. MOQ matbuot xizmatining xabar berishichA, uzunlikka sakrash bahslarining “V” guruhida ishtirok etgan vakilamiz 6.19 metr natija qayd etdi. Tabiiyki, bu saralashdan oʻtish uchun kamlik qildi va Reznichenko shu nuqtada Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
2021-08-01
https://xs.uz/uz/post/yana-bir-engil-atletikachimiz-saralashda-ishtirokini-yakunladi
2021-2022 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.  Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud. Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin boʻlgan botlar: DTM test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlni soʻragan. Eslatib oʻtamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. Pasport (ID-karta) boʻlmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/abiturientlarga-rukhsatnomalarni-berish-boshlandi-2
Surxondaryo viloyati hududidagi “Termiz” poligonida Oʻzbekiston – Rossiya Qurolli Kuchlari hamkorligida oʻtkaziladigan qoʻshma oʻquvlarda ishtirok etuvchi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari mamlakatimizga yetib Mehmonlar Termiz xalqaro aeroportida kutib olindi. Hamkorlikdagi oʻquvlar bugun, 30-iyuldan boshlanadi. Mashgʻulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanning yashirin bazalarini qidirib topish va yoʻq qilish, ular tomonidan ehtimoliy hujumlar amalga oshirilganda, uni bartaraf etish kabi vazifalarni bajarishadi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/rossiya-harbijlari-surkhondaryoga-keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori Mazkur Qaror Vazirlar Mahkamasining 2020-yilda davlat xizmatlarini ustuvor ravishda elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish hamda fuqarolarga nafaqalarni tayinlash uchun faqat pasport bilan murojaat qilishi kifoya boʻladigan tizimni yaratishni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan. Qarorning asosiy gʻoyasi davlat pensiyasini olish huquqi mavjud boʻlmagan fuqarolarga qaʼti miqdorlarda belgilanadigan yetti turdagi nafaqalarni tayinlash uchun hech bir hujjatlarsiz qisqa muddatlarda va eng eʼtiborlisi davlat idorasiga tashrif buyurmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxat oʻtish orqali eksterritorial tartibda respublika boʻyicha davlat hizmatlariga murojaat etgan holda nafaqalarni tayinlash uchun murojaat qilish huquqini beriladi. Amaldagi tartibda nafaqa olish uchun fuqarolar faqatgina yashash manzillari boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlariga murojaat qiladilar hamda fuqarolar tomonidan nafaqa turiga qarab oʻnga yaqin hujjatlarni qogʻoz koʻrinishida taqdim qilinganidan soʻng oʻn kunlik muddatda nafaqa tayinlash masalasi koʻrib chiqiladi. Ushbu qarorga koʻra nafaqa tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarodan hech qanday hujjatlar talab qilinmasdan nafaqa tayinlash kerakli hujjatlar Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy majmuasi orqali tegishli vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvi orqali 15 daqiqa ichida olinadi va nafaqa tayinlanadi. Endilikda, yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga, bolalikdan nogironlarga va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqalar tayinlash uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxat oʻtish orqali murojaat qiladilar. Mazkur amaliyot joriy etilishi natijasida Respublika boʻyicha joriy yilda 64 500 nafar fuqaroga faqat birgina pasport asosida boshqa hech qanday hujjatlarsiz yana eng asosiysi 15 daqiqa ichida davlat idorasiga tashrif buyurmasdan eksterritorial tartibda olti turdagi nafaqani tayinlash uchun murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, mazkur qaror bilan qoʻshimchalar va oʻzgartirishga muvofiq endilikda manzil-koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ijtimoiy taʼminot bilan kafolatlanadi hamda fuqarolarga nafaqa ular murojaat qilgan kundan emas balki nafaqaga huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab tayinlanadi va toʻlanadi, shu bilan ularga ijtimoiy jihatdan koʻmaklashish mexanizmi yaratiladi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-nafaqa-olish-uchun-faqat-pasport-talab-etiladigan-tizim-ishga-tushadi
30-iyulda mamlakatimiz hududlari boʻylab 238 980 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan: Ayni kungacha mamlakatimizda jami 7 434 689 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 192 413 nafarni tashkil qilmoqda. Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-1-million-192-ming-nafardan-ortiq-fuqaro-koronavirusga-qarshi-toliq-emlandi
2021-yil 30-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129327 (+924) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: Bundan tashqari, kecha kun davomida 559 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 874 nafarni tashkil qildi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/yana-antirekord-bir-kunda-koronavirus-va-pnevmoniya-aniqlanganlar-1500-nafarga-yaqinlashdi
“Huquqiy axborot” telegram kanali vaksinatsiyalash majburiy qilib belgilangan davlatlar haqida maʼlumot berdi. Joriy yil iyun oyini oxirida karantinli mehmonxonalarda keksa yoshdagi ishchilar va xizmatchilar uchun COVID-19 vaksinasi bilan emlash majburiy qilindi. Tokioga boradigan parolimpiya sportchilari uchun emlanish majburiy qilingan. “Qariyalar uyi” ishchilari uchun oktyabr oyidan boshlab koronavirusga qarshi emlash majburiy boʻladi. 2021-yil 12-iyuldan barcha sogʻliqni saqlash xodimlari, kinoteatrga kirmoqchi yoki poyezdga chiqmoqchi boʻlganlar emlanganligi toʻgʻrisida hujjatni yoki kovidga chalinmaganligi boʻyicha salbiy test natijasini koʻrsatishi shart. 2021-yil 12-iyuldan qariyalar uyi xodimlari emlanishi majburiy, sentyabr oyidan faqat vaksina olgan fuqarolar barlar, kinoteatrlar, teatrlar va boshqa yopiq joylarga kirishiga ruxsat berilgan. 2021-yil fevral oyidan emlash majburiy ravishda amalga oshirilmoqda. Indoneziya poytaxti Jakartada vaksina olishdan bosh tortganligi uchun 5 mln rupiya (357 AQSH dollari)gacha jarima qoʻllanilishi belgilangan. 2021-yil mart oyida sogʻliqni saqlash xodimlari, shu jumladan farmatsevtlar majburiy emlangan. Rad etganlarga yil davomida maosh berilishi toʻxtatilgan. 2021-yil iyun oyidan 20 dan ortiq sohada ishlaydigan odamlar majburiy emlangan, emlashdan bosh tortganlarda haftalik sinovlar oʻtkazilgan. 2021-yil avgust oyidan boshlab xavf yuqori boʻlgan ayrim toifadagi odamlar uchun emlashni majburiy amalga oshirish rejalashtirilgan. Moskvada 2021-yil iyun oyining oxiridan kafe, bar va restoranlarga faqat emlanganlar yoki kovidga chalinmaganligi toʻgʻrisida salbiy test natijasi mavjud boʻlganlar kirishiga ruxsat berilgan. 2021-yil may oyidan ish joyiga borib ishlash uchun davlat va xususiy sektor ishchilari majburiy emlanishi belgilangan (bunga muddat belgilanmagan). Shuningdek, 1-avgustdan boshlab har qanday davlat, xususiy yoki taʼlim muassasalariga kirish, jamoat transportidan foydalanish uchun majburiy emlanish belgilanmoqda.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/koronavirus-qajsi-davlatlarda-vaktsina-olish-mazhburij-qilib-belgilandi
“Kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2021-yilning avgust oyida aholining quyidagi qatlamlariga 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi: ➖ boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga toʻlmagan farzandlariga; ➖ nogironligi boʻlgan 18 yoshga toʻlmagan bolalarga. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari sonidan kelib chiqib, toʻlov vedomostlarini shakllantiradi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari orqali ularga moddiy yordam pullarining joriy yil 25-avgustga qadar manzilli yetkazilishini taʼminlaydi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/aholining-ajrim-toifalariga-500-ming-somdan-moddij-yordam-beriladi-batafsil
OʻzR FA Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan “Rutan , tabletkalari, 100 mg” preparati COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash protokoliga kiritildi.  Endilikda, Rutan preparatini koronavirusga chalingan bemorlarda, oʻtkir respirator infeksiya bilan bogʻliq boʻlgan holsizlikning birinchi belgilari paydo boʻlganida, shifokor tavsiyasiga koʻra qoʻllash Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilandi. Rutan preparati Rhus coriaria (Totum) oʻsimligidan ajratib olingan dori preparati boʻlib, klinik sinovlar natijasiga koʻra, gripp virusining turli shtammlariga, shuningdek, SARS-Cov-2 virusiga qarshi samarali taʼsir koʻrsatishi  Mazkur tadqiqotlar Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilgan grant mablagʻlari yordamida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu ishlanma Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan OʻzR Prezidentining PQ-3855 sonli Qarori doirasida tijoratlashtirishgacha tayyorlandi va ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi. Klinik sinovlar natijasida Rutan dori preparatining 100 milligrammlik optimal dozasi 6 yoshdan katta bemorlarda xavfsiz qoʻllanishi mumkinligi va uni kuniga 2 marotaba ichish virusning koʻpayishiga toʻsqinlik qilishi, shamollash va yalligʻlanish jarayonlarining oldini olishi, xususan oʻtkir va atipik pnevmoniya yuzaga kelishiga toʻsqinlik qilishini koʻrsatdi. Virusning patologik taʼsirga ega boʻlgan barcha funksional va strukturaviy oqsillarining hosil boʻlishida ishtirok etuvchi ikkita asosiy konservativ fermentini - 3SL proteazasini va RNKga bogʻliq RNK polimerazasini ingibirlash (toʻxtatish) xususiyati va u oʻsimliklardan olingan dori vositasi ekanligi eʼtiborga molikdir. Natijada, organizmda strukturaviy va funksional oqsillar paydo boʻlmaydi va infeksiyalash qobiliyatiga ega boʻlmagan yetilmagan viruslar hosil boʻladi. Rutan preparatining afzalligi uning viruslarga qarshi qoʻllanilayotgan boshqa preparatlarga nisbatan toksiklik darajasi nihoyatda past ekani, davolash samarasi yuqoriligi va nojoʻya taʼsirlari yoʻqligidadir. “Rutan , tabletkalari, 100 mg” preparatini qoʻllash COVID-19 kasalligidagi yalligʻlanish jarayonlarining asosiy mediatori boʻlgan S-rekativ oqsilining sezilardi kamayishiga olib keldi va sinov natijalariga koʻra, davolash guruhidagi bemorlarining hech birida oksiginatsiya oʻtkazish talab etiladigan kritik holat rivojlanishi qayd etilmadi. OʻzR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti bilan hamkorlikda “Rutan , tabletkalari, 100 mg”preparatining kunlik dozadan yuqori - 250 mg dozada in vitro sharoitida immunotrop faolligi va “sitokin boʻroni” boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar uning qoʻllanilgan dozalarda tamoman xavfsizligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Bioximiya va biofizika instituti bilan hamkorlikda olib borilgan izlanishlar natijasida Rutan preparati kuchli antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, antiradikal, antioksidant xususiyatlarga ega ekanligi va uning terapevtik samaradorligi virusga qarshi faolligi bilan uygʻunlashganligi munosabati bilan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda preparatning samaradorligi yuqori boʻladi. Tadqiqotlar Rutan 100 mg. dori preparatini koronavirus infeksiyasi oʻrta ogʻirlikda kechayotgan bemorlarga keng qoʻllashni tavsiya qilish mumkinligini koʻrsatdi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/rutan-koronavirus-infektsiyasini-davolash-protokoliga-kiritildi
Bugun, 31-iyul kuni “Uzbekistan Helicopters” MCHJ UAT samolyot-taʼmirlash majmuasida AIRBUS H-125 va MI-8MTV vertolyotlari taqdimotini oʻtkazdi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ axborot xizmati xabar berdi. “Uzbekistan Helicopters” aerovizual parvozlar boʻyicha xizmatlarni taqdim etadi. Shuningdek, eng murakkab qurilish loyihalarining montaj ishlarini bajarish, yirik gabaritli yuklarni tashish, togʻlarda turistik ekskursiya parvozlarni va Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari boʻylab tashishni amalga oshiradi. H-125 vertolyoti yuqori baland togʻ va issiq iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilishga moslashtirilgan va tashqi ilgakka osgan holda 1400 kg.gacha yukni olib keta oladi. Aviatransport shuningdek kuzatuv-qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish, yirik yongʻin maydonini oʻchirish, yuklarni koʻtarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashyutda sakrash, geologik qidiruv va boshqa keng koʻlamli vazifalarda samarali qoʻllaniladi. Bugungi kunda “Uzbekistan Helicopters” MCHJ uchuvchilari muhandislar va texniklar bilan hamkorlikda yangi AIRBUS H-125 va MI-8MTV-1 vertolyotlarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha tajribalarni mustahkamlamoqda.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-tizhorat-maqsadida-fojdalanish-uchun-molzhallangan-yangi-vertolyotlar-taqdimotini-otkazdi
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bellashuvda chorak final yoʻllanmasi uchun bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bellashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi. Oltin ochko uchun kechgan qoʻshimcha raundda +90 kg vazn toifasi tanlab olindi. Unda Bekmurod Oltiboyev Xenk Grolga shidolar boʻyicha imkoniyatni boy berib qoʻydi va raqib jamoa keyingi bosqichga yoʻl oldi, deb xabar berdi MOQ. Shu tariqa, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini ushbu nuqtada yakunladi. Fursatdan foydalanib, musobaqa davomida taqdim qilgan ajoyib kurash uchun vakillarimizga tashakkur aytib qolamiz. Eslatib oʻtamiz, ushbu Olimpiya oʻyinlarida -90 kg vazn toifasida kurashgan Davlat Bobonov delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim qildi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/dzyudochilarimiz-olimpiadadagi-ishtirokini-yakunlashdi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 36-38 daraja issiq boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-26, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/1-avgust-kuni-havo-bulutli-boladi
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Muxtasar Tohirova oʻz chiqishlarini yakunladi. Bugun u 50 metrdan 3 holatda oʻq otish dasturida qatnashdi, deb xabar berdi MOQ. Vakilamiz har uch mashqlar yakuni boʻyicha 1155 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Bu bilan u ushbu dasturni 30-natijada yakunladi. Eslatib oʻtamiz, ushbu Olimpiadaga 2 ta litsenziya olgan Tohirova bungacha 10 metr masofada oʻtkazilgan dasturda ham ishtirok etgan edi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/mergan-qizimiz-mukhtasar-tohirova-tokio-2020dagi-ishtirokini-tugatdi
Joriy yilning 17-may kuni Mirobod tumani Avliyo ota koʻchasida joylashgan kafelardan birida Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari qoʻshni respublikalik 43 yoshli Olgani (ismlar oʻzgartirilgan) 13 yoshli qizini 3 500 AQSH dollari evaziga sotmoqchi boʻlganida qoʻlga oldi. Holat haqida Olgani dugonasi tegishli organlarga murojaat qilgan. Natijada Olga oʻsmir qizini pulga sotayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Mazkur fakt boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Jinoyatchiga nisbatan tegishli choralar koʻrildi.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/toshkentda-ona-13-yoshli-qizini-3-500-dollarga-sotishga-urindi
Bugun ikki nafar bokschimiz Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Elnur Abduraimov (-63 kg) Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining medali sari navbatdagi muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirdilar. Har ikki bokschimiz ham chorak final uchun kechgan jangni ajoyib oʻtkazib, muxlislarimizning kayfiyatini koʻtarishdi. Bu haqda MOQ xabar berdi. Xususan, bokschimiz Shahobiddin Zoirov Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining navbatdagi kun bellashuvlarini gʻalaba bilan boshlab berdi. Vakilimiz Kabo-Verde vakilini magʻlub etib, chempionlikni himoya qilish yoʻlida muhim qadam tashladi. Nimchorak final bosqichi doirasidan oʻrin olgan mazkur bellashuv Varela Danielga qarshi oʻtdi. Shubhasiz, tajriba va mahorat bobida ancha ustun boʻlgan Zoirov bahsni oʻz foydasiga hal qilishga muvaffaq boʻldi. Shu tariqa, vakilimiz chorak finalga yoʻl olmoqda. Yarim final uchun kechadigan bellashuvda bokschimizga Filippin va Jazoir vakillari oʻrtasidagi bahs gʻolibi raqiblik qiladi. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida Elnur Abduraimov ham oʻzining ikkinchi jangini muvaffaqiyatli oʻtkazib, chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Nimchorak finalda unga tojikistonlik tajribali bokschi Bahodur Usmonov raqiblik qildi. Raundlardagi aniq va kuchli zarbalar yakunda hakamlarning baholarida aks etdi. Shu tariqa Elnur Abduraimov bu bellashuvni yaqqol ustunlik bilan yakunlab, chorak finalga yoʻl oldi. Yarim final uchun u armanistonlik Xovxannes Bachkov qarshiligini sindirishi kerak.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/bokschilarimiz-olimpiada-medali-sari-dadil-qadam-tashlashdi
Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar kimlarga mumkin emas?  ▫️18 yoshgacha boʻlganlar; ▫️homiladorlar, emizikli va tuqqan ayollar; ▫️vaksinani tarkibidagi vositaga yoki kuchli allergik reaksiyalari kuzatiladigan odamlarga; ▫️infeksion yoki aʼzolarning noinfeksion surunkali kasalliklari (yurak qon tomir tizimi, oʻpka va nafas yoʻllari, oshqozon ichak tizimi, endokrin tizim kabilar) avj yoki xuruj qilgan davrida vaksinani olish mumkinmas. Vaksina olgandan keyin birinchi 3 kunlikda bosh ogʻrigʻi, tana harorati koʻtarilishi, umumiy holsizlik, vaksina olgan joy qizarishi yoki shishi yoki ogʻrishi kabi umumiy holatlar kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda patronaj hamshiralari vaksina olganlarni keyingi 3 kun davomida xabar olishi jarayonlarida sizda kuzatilayotgan holatlarni aniq va toʻliq aytishingiz kerak.  Bronxit kasalligi bor odamlarda vaksina ogʻir asoratlar qoldiradimi?  Koʻp holatlarda bu kasallikni qayta xuruji yoki asoratlanishida tashqi muhitni taʼsirida organizmga tushgan viruslar ham sabab boʻlishi mumkin. Shu bois, bronxit kasalligi bor bemorlar viruslar bilan toʻqnashuvdan oʻzlarini himoya qilishlari kerak, yaʼni karantin qoidalariga rioya qilishlari va vaksinani olishlari talab etiladi. Vaksina bu kabi bemorlarni kasalliklari asoratlanishini oldini olish imkoniyatini yaratadi. Yaʼni, vaksina olib organizmda himoya shakllanishi bilan, koronavirus organizmda kasallikni keltirib chiqarishini oldini olish mumkin yoki yengil kechuvida oʻtishga va asoratlanmaslikka yordam beradi.  Men ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasining 1-bosqichi bilan emlanganman. Hozirda uyda kovid alomatlari bilan davolanyapman. 27-iyulda 2-bosqichni olishim kerak edi. Toʻliq tuzalmasdan turib keyingi olish mumkinmi?  Sizning holatingizda, uy sharoitida kovid kasalligidan davolanayotgan ekansiz,demak kasallikni yengil darajasi kuzatilmoqda. Bunday holatlarda, vaksinalari ishlab chiqaruvchilari vaksina olishni vaqtinchalik toʻxtatish, yaʼni 2 haftaga tibbiy cheklov berish tavsiya qilinadi. Bu davrda shu inson organizmidagi jarayonni kuzatish kerak, unda organizmdagi javob reaksiya va hosil boʻlayotgan immun hujayralar holati baholanadi. Agarda, oʻrganish jarayonida inson organizmida vaksinadan keyingi himoya hujayralar koʻrsatkichida oʻzgarish kuzatilmasa, shifokor tomonidan bu holat oʻrganilib, organizmda qarshilik topilmasagina, keyin vaksinani davom ettirish tavsiya etiladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/koronavirus-infektsiyasiga-qarshi-vaktsinalar-kimlarga-mumkin-emas-dolzarb-savollarga-aniq-zhavoblar
Joriy yil 1-avgustdan : Prezident Farmoniga asosan elektron hukumatni rivojlantirish doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga barcha belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar, jarimalar va boshqa majburiy toʻlovlarni elektron toʻlov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda toʻlash imkoniyati taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qaroriga koʻra: a) xizmat avtotransport vositalari: respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning oʻrinbosarlariga; respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlarda hamda ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi; b) respublika davlat boshqaruvi organlarida xizmat maqsadlarida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransport vositalari xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi. Bunda: autsorsing shartlari asosida avtotransport vositalarini jalb etish tashkilotning har 100 nafar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimiga 1 ta avtotransport vositasi hisobida navbatchi xizmat avtotransport vositasi uchun belgilangan yoʻl bosish yillik limitidan oshmasligi lozim; autsorsing shartlari asosida jalb qilingan avtotransport vositalari xizmatlaridan respublika davlat boshqaruvi organlarida foydalanish ushbu organ rahbari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazilmagan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qaroriga koʻra, oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlarni YAIDXP orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratiladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/1-avgustdan-nimalar-ozgaradi-3
Hudud aholisidan kelib tushgan koʻp sonli murojaatlarning ijobiy yechimini taʼminlash, yoʻlovchilarga zamon talablari darajasida avtotransport xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish maqsadida viloyat transport boshqarmasi tomonidan mazkur yoʻnalishdagi qatnov tashkil etildi. Ushbu yoʻnalishda “Uzautotrans service” korxonasi oʻzining zamonaviy YUTONG avtobuslarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda. Yangi tashkil etilgan shaharlararo avtobus yoʻnalishi viloyatning Rishton va Bagʻdod tumanlari aholisi uchun ham judda katta qulaylik yaratdi. Qatnovlar qatʼiy tasdiqlangan jadval asosida har soatda amalga oshiriladi. Masofasi 105 km boʻlgan ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 14 ming soʻm etib belgilangan.
2021-07-31
https://xs.uz/uz/post/fargona-qoqon-jonalishida-avtobus-qatnovi-jolga-qojildi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi «Qizilsoy”da choʻmilgan ayol “samosud” qilindi» sarlavhasi ostida videoroliklar tarqalib, qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Ushbu videodagi ayolni shafqatsizlarcha doʻpposlayotgan “ayol” va uni video tasvirga olayotgan “erkak”ning oiladagi, jamiyatdagi oʻrni qanday boʻlishi mumkin? Ularni ayol va erkak deb atash mumkinmi? Ular oʻz oilasida farzandlariga qanday tarbiya berishlari mumkin? Boshqalarga nisbatan hurmat-izzat, mehr-oqibat koʻrsatish oʻrniga zoʻravonlik qilish, biror kishining sirini bilsa hammaga tarqatish kabi masalalarni oʻrgatarmikin oilasida? Bu kabi holatlarning ijtimoiy tarmoqlarda birinchi marta boʻlmayotganligi jamiyatimizda qonunlarga befarqlik holatlarining oshib borayotganligidan dalolatdir. Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, ayollarga nisbatan boʻlayotgan zoʻravonlik holatlarining oldini olish Oʻzbekiston “Adolat” SDPning asosiy maqsadlaridan biridir. Yurtdoshlarimiz orasida tobora ortib borayotgan oʻzaro hurmatsizlik, insonning, ayniqsa ayolning qadr-qimmati, shaʼni va obroʻsi toptalishining oldini olish bir yoki ikki vazirlikning zimmasida emas. Bu masalaga davlat miqyosida tizimli yondashish lozim. Birinchidan, Respublika Maʼnaviyat-maʼrifat markazi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari Qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va mahallani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini yana-da kuchaytirish, fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlarga nisbatan boʻlayotgan zoʻravonliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oqibatlarini oʻrganib, tahlil qilinishi; Ikkinchidan, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi mazkur holatlarni tanqidiy oʻrganishi, bunday holatlarning davom etmasligi uchun kerakli chora-tadbirlarni aniq koʻrsatib berishi; Uchinchidan, Din ishlari qoʻmitasi mamlakatimiz aholisini zoʻravonliklarning oldini olishga chorlash borasida juma namozlarida va boshqa diniy tadbirlarda oʻz munosabatini bildirishi va ushbu munosabatini keng ommaga tarqatishi; Toʻrtinchidan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi aholi bilan muntazam ravishda insoniylik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat, oiladagi qadriyatlarni ulugʻlash, jamiyatda ayollarga ona, rafiqa, qiz, singil sifatida eʼtibor qaratish, eʼzozlash, hurmatini joyiga qoʻyish, qadrlash boʻyicha targʻibot tadbirlarini kuchaytirib, jamiyatda kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy voqea-hodisalarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari haqida aholi oʻrtasida hisobot berish tizimini yoʻlga qoʻyishlari; Toʻrtinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur turdagi ijtimoiy xavfi yuqori boʻlgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik ishlarning samaradorligini oshirish hamda bu borada har qanday huquqbuzarlikka qonuniy jazo muqarrarligini fuqarolarimiz ongiga singdirishi lozim, deb hisoblaymiz. Shu bilan birga Oʻzbekiston “Adolat” SDP yuqoridagi kabi zoʻravonlikni qoʻllayotgan va uni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish orqali inson, ayniqsa ayol shaʼnini toptayotgan, ularga nisbatan qonuniy jazo turini qoʻllab, bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun sudlarni ochiq tarzda oʻtkazish va ularni ijtimoiy tarmoqlar, umuman barcha turdagi OAV orqali namoyishini tashkil etishni lozim deb hisoblaydi va oʻzining saylovoldi dasturida insonning shaʼni, uning qadr-qimmati har narsadan ustunligini belgilagan. Konstitutsiyaning 24-moddasida belgilanganidek, “yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir”. Zero, Oʻzbekistonning har bir fuqarosi anglab yetishi lozimki, uning huquq va erkinliklari amaldagi qonunchilikda belgilanib, qonunan himoyalanadi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/samosud-qilishga-hech-kimning-haqi-joq
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida «Mikrokreditbank» ATB Jizzax viloyati Doʻstlik tumani filiali mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida ayblanayotgan fuqaro “Sh.M”ning advokati “N.P” Doʻstlik tuman sudidagi tanishlari orqali yengil jazo turini qoʻllashni vaʼda qilib, 11.200 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qoʻlga olindi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar b yerdi. Olib borilgan surishtiruvlar davomida advokat “N.P” fuqaro “Sh.M”dan jami 11.200 AQSH dollari olib, shundan 1.200 AQSH dollarini sud va tibbiy ekspertiza viloyat boʻlinmasi xodimiga, 10.000 AQSH dollarini tuman sudidagi tanishlariga berishni rejalashtirganligi aniqlandi. Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida toʻplangan materiallar asosida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan “N.P” va uning jinoiy sheriklariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168, 25,211 va 210-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov jarayonida advokat “N.P”ga JKning 28, 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb eʼlon qilingan boʻlib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Jinoyat ishining “N.P”ning jinoiy sheriklariga tegishli qismi alohida ajratib olinib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda. Hozirda mazkur jinoyat ishi sud tomonidan mazmunan koʻrib chiqilmoqda.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/zhizzakhda-advokat-ajblanuvchiga-nisbatan-zhazo-turini-engillashtirishni-vada-qilib-pora-olayotgan-vaqtda-qolga-olindi
Xabar berilganidek, bugun, 30-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi. Parlament yuqori palatasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etilgan ushbu yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Shu jumladan, senatorlar tomonidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi doirasida Samarqand viloyatida ichimlik suvi taʼminoti obyektlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni oʻrganish natijalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya (Toshkent, 2021-yil 15-16-iyul) yakunlaridan kelib chiqadigan vazifalar koʻrib chiqildi. Qolaversa, 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti, Ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi. Shuningdek, Boyovut, Qarshi, Boʻston, Toʻraqoʻrgʻon, Olot tumanlari hamda Kattaqoʻrgʻon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi masalalar muhokama markazida boʻldi. Shuning bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/senatning-on-ettinchi-yalpi-mazhlisining-birinchi-ish-kuni-yakunlandi
Bugundan Tokio-2020 doirasida yengil atletika bahslari boshlandi. Unda vakillarimiz orasida birinchi boʻlib uch hatlab sakrash dasturidagi vakilamiz ishtirok etdi. Bu haqda MOQ xabar berdi. Saralashning “A” guruhida ishtirok etgan hamyurtimiz Roksana Xudoyorovaning 3 urinishdan eng yaxshi koʻrsatkichi 13.02 metrni tashkil etdi. Bu natija unga final dasturiga yoʻl olish uchun kamlik qildi. Finalga yoʻl olgan eng past koʻrsatkich egasining natijasi esa 14.21 metrni tashkil etmoqda.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/roksana-khudoyorova-ham-olimpiada-bilan-khajrlashdi
Byudjet buyurtmachilari tomonidan obyektlarni joriy taʼmirlash boʻyicha “dxarid.uz” maxsus axborot portaliga joylashtirilgan eʼlonlar joylarga chiqqan holda oʻrganilganda, quyidagilar aniqlandi: Toshkent shahridagi 4 ta obyektda 3,7 mlrd. soʻmlik, shundan 2,8 mlrd. soʻmlik Obodonlashtirish boshqarmasi, 611 mln. soʻmlik oliy taʼlim, 200 mln. soʻmlik xalq taʼlimi tizimida joriy taʼmirlash va qurilish ishlari tanlov gʻoliblari aniqlanmasdan turib boshlab yuborilganligi yoki allaqachon tamomlanganligi aniqlandi. Shuningdek, Jizzax viloyatidagi tanlov eʼloni tamomlanmagan 7 ta obyekt joyiga chiqib oʻrganilganida, xalq taʼlimidagi 4 ta obyektda 2.2 mlrd. soʻmlik qurilish va joriy taʼmirlash ishlari tanlov gʻoliblari aniqlanmasdan turib yakunlanganligi, sogʻliqni saqlash sohasidagi 2 ta obyektda 1,1 mlrd soʻmlik, shahar hokimligining 1 ta obyektida 386 mln. soʻmlik qurilish ishlari boshlanib, yakunlanish arafasida ekanligi maʼlum boʻldi. Masalan, Jizzax shahar 1-sonli maktab binosining isitish tizimida 2020-yilda bajarib boʻlingan ish uchun davlat byudjeti hisobidan yangidan 815 mln. soʻmlik lot qoʻyilgani aniqlandi. Qashqadaryo viloyatida tanlov eʼlon qilingan 3,8 mlrd. soʻmlik 10 ta (3,7 mlrd. soʻmlik obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli 9 ta va 100 mln. soʻmlik xalq taʼlim tizimiga qarashli 1 ta) obyekt joyiga chiqib oʻrganilganida, tanlov gʻoliblari aniqlanmasdan turib obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 6 ta obyektda 3 mlrd. soʻmlik qurilish va joriy taʼmirlash ishlari oldin yakunlanganligi, qolgan 4 ta obyektda qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlangan. Agentlik xodimlari tomonidan oʻrganishlar doirasida, Buxoro viloyatida taʼlim tizimidagi muassasalarda olib borilayotgan joriy taʼmirlash ishlari oʻrganilganda, xalq taʼlimi tizimidagi 3 ta obyektda 304 mln. soʻmlik, maktabgacha taʼlim tizimidagi 1 ta obyektda 28 mln. soʻmlik jami 4 ta obyektda 332 mln. soʻmlik qurilish va joriy taʼmirlash ishlari tanlov gʻoliblari aniqlanmasdan turib, yakunlanganligi yoki taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, Buxoro viloyati Oliy taʼlim tizimidagi 5 ta obyektda jami 20,0 mlrd. soʻmlik qurilish taʼmirlash bilan bogʻliq tender savdolarini oʻtkazish jarayonida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilganligi maʼlum boʻldi. Masalan: Buxoro davlat universitetiga qarashli talabalar turar joyini kapital taʼmirlash boʻyicha 5, 6 mlrd soʻmlik, universitet oʻquv binosini kapital taʼmirlash boʻyicha 7, 0 mlrd soʻmlik, Harbiy taʼlim fakulteti oʻquv binosini mukammal taʼmirlash boʻyicha 6, 4 mlrd soʻmlik hamda agronomiya va biotexnologiya fakulteti oʻquv binosini joriy taʼmirlash boʻyicha 1, 3 mlrd soʻmlik eʼlonlar boʻyicha oʻtkazilgan tanlov-tender jarayonlari boʻyicha tender hujjatlari Loyihalar va import kontraktlar kompleks ekspertiza qilish markazi orqali ekspertizadan oʻtkazilmaganligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, oʻrganishlar davomida Namangan viloyati xalq taʼlimi tizimidagi 15 ta obyekt koʻzdan kechirilganida, 3.3 mlrd. soʻmlik, sogʻliqni saqlash tizimidagi 7 ta obyektda 850 mln. soʻmlik taʼmirlash ishlari boʻyicha tanlov eʼlon qilingan boʻlsada, tanlov gʻoliblari aniqlanmasdan turib, taʼmirlash ishlari yakunlanganligi yoki davom etayotganligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, Andijon viloyatidagi tender tanlovlari tugallanmagan 39 ta obyekt joyiga chiqib oʻrganilganida, Xalq taʼlimi tizimiga qarashli 21 ta obyektda 6 mlrd. soʻmlik, hududiy hokimlikka tegishli 11 ta obyektda 4,5 mlrd. soʻmlik, Maktabgacha taʼlimi tizimidagi 6 ta obyektda 1,8 mlrd. soʻmlik, Sogʻliqni saqlash tizimidagi 4 ta obyektda 1 mlrd. soʻmlik, Oliy taʼlim tizimidagi 3 ta obyektda 700 mln. soʻmlik qurilish ishlari boshlanib, yakunlanish arafasida ekanligi maʼlum boʻldi. Masalan, Shahrixon tumanidagi – Obodonlashtirish boʻlimi binosini joriy taʼmirlash yuzasidan qiymati 1,1 mlrd. soʻmlik eʼlon berilgan va hujjatlarni taqdim qilishning oxirgi muddati 2021-yil 16-iyul qilib belgilangan. Ammo, oʻrganish jarayonida boʻlim binosini joriy taʼmirlash uchun hech qanday ehtiyoj mavjud emasligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlar doirasida, Fargʻona shahridagi Oʻrmon xoʻjaligi binosini mukammal taʼmirlash boʻyicha maxsus axborot portalida joylashtirilgan qiymati 421 mln. soʻmlik tanlov eʼloni tanlov gʻolibi aniqlanmasdan turib, binoda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirib kelinayotganligi maʼlum boʻldi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi 76 ta umumtaʼlim maktablarida jami 47,8 mlrd. soʻmlik, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 14 ta tashkilotda jami 7,9 mlrd. soʻmlik, Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida 16 ta tashkilotda jami 7,9 mlrd. soʻmlik jami 63,6 mlrd. soʻmlik smeta xarajatlarida mablagʻ rejalashtirilmagan boʻlsada, amalda boʻlgan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda “dxarid.uz” maxsus axborot portaliga eʼlonlar joylashtirilganligi aniqlandi. Monitoring yakunlari boʻyicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qonunchilikka zid ravishda 141,0 mlrd. soʻmlik 458 ta davlat xaridlarini amalga oshirilishi boʻyicha eʼlon qilingan tanlovni bekor qilish haqida vazirlik va idoralarga 372 ta taqdimnoma kiritish yoʻli bilan qonunbuzilishlarning oldi olinishi taʼminlandi. 111 ta obyektda esa 29,5 mlrd. soʻmlik qurilish va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha eʼlon qilingan tanlovlar yuzasidan gʻoliblar aniqlanmasdan turib, qonunchilik talablariga zid ravishda qurilish va joriy taʼmirlash ishlari boshlab yuborilganligi yoki yakunlanganligi maʼlum boʻldi. Hozirda oʻrganishlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha toʻplangan hujjatlar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida prokuratura organlariga yuborish choralari koʻrilmoqda. Davlat xaridlari sohasida oʻtkazilgan yuqoridagi oʻrganishlar natijalariga oid toʻliq maʼlumotlar bilan Agentlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishishingiz mumkin boʻladi. Ishchi guruhlar tomonidan Respublikaning boshqa hududlarida ham davlat xaridlarining amalga oshirilishi boʻyicha oʻrganish ishlari davom etmoqda.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/toshkent-shahridagi-37-mlrd-somlik-4-ta-obekt-tender-goliblari-aniqlanmasdan-qurilish-boshlangan-va-bitkazilgan
2021-yil 30-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar Xalq taʼlimi vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi farmoniga asosan Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi tizimida vakant maktab direktorlik lavozimlari va ularni toʻldirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdi. Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida maktab taʼlimini tubdan isloh qilish, oʻquvchilarga zamonning ilgʻor texnologiyalariga tayangan holda chuqur va sifatli saboq berish yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ixtisoslashgan ziyo maskanlari ochilmoqda, tarixda ilk bor Prezident maktablari faoliyat boshladi. Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sinfxonalarini oʻquv jihozlari bilan taʼminlash yangi bosqichga olib chiqildi. Ilm dargohlarida iqtidorli oʻgʻil-qizlarni tarbiyalash, pedagoglarni moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida oʻzini oqlayotgan loyihalar eʼtiborga molik. Maktablarga rahbar tayinlash tizimining yangi tartibi joriy etilishi ham tizimdagi yangi islohotlar sirasiga kiradi. Maqsad-direktor tayinlashda xalq vakillarining ovozini olish, turli korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik va isteʼdodli maktab yetakchisini tanlashdan iboratdir. Lekin, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan mazkur tamoyil joylarda qanday bajarilyapti? Ushbu masalalar Qashqadaryo viloyati misolida oʻrganildi. Hududdagi 1164 ta umumtaʼlim maktablaridan 373 tasida direktor lavozimlari vakant boʻlib turibdi. Joriy yilning 1-yanvaridan 15-iyul holatiga qadar Xalq taʼlimi vazirligining ish.uzedu.uz sayti orqali faqat 154 tasi uchun belgilangan tartibda tanlov eʼlon qilingan. Ammo aksariyat, yaʼni 219 ta lavozim uchun tanlov oʻtkazilmagan. Hisobotda keltirib oʻtilganidek, viloyat xalq taʼlimi tizimida 2019-2020 oʻquv yilidagi taʼlim muassasasi koʻrsatkichlari monitoring qilinganda “qizil toifa”dagi maktablar soni 185 tani tashkil etib, mazkur taʼlim muassasalaridan 69 tasida faoliyat yuritib kelayotgan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Qolgan maktab direktorlari faoliyatiga munosabat bildirish boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga belgilangan tartibda xat yuborilgan boʻlsada, boshqarma tomonidan mazkur taʼlim muassasalari faoliyati tahlili, aniqlangan kamchiliklar, taʼlim sifatini oshirish yuzasidan mavjud muammolar toʻgʻrisida asoslantiruvchi hujjatlar Kengashlarga taqdim etilmagan. Shuningdek, ish.uzedu.uz sayti orqali tanlovi yakunlangan 90 ta vakant umumtaʼlim maktablari uchun nomzodlarning hujjatlari Xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan bugungi kunga qadar koʻrib chiqilmagan va Kengashlarga berilmagan. Ushbu sayt orqali 3 ta maktab yaʼni, Kitob tumanidagi 43-, 57-, 64-maktablar direktori lavozimi uchun tanlov jarayonlari davom etmoqda. Mazkur taqdim etilgan 38 ta umumtaʼlim maktablaridan xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga tavsiya etilgan 11 ta vakant maktab direktorlarining 4 tasi uchun 2-iyul kuni (18-, 26-, 38-, 81-maktablar) rozilik berilgan boʻlib, qaror 2021-yilning 13-iyul kuni boshqarmaga taqdim etilgan. 7 ta vakant maktab direktorligiga nomzodlarning Dasturlari navbatdagi sessiyada koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Yigʻilishda deputatlar Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan 90 tadan ortiq vakant umumtaʼlim maktablariga direktorlik lavozimlari uchun tanlovlarning oʻz vaqtida tashkil etilmasligi, jarayonlarning kechiktirilishi natijasida maktab direktori lavozimlari uzoq muddat davomida vakant saqlanib qolayotganini aytib, bu holat yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish va taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etishda turli muammolarni keltirib chiqarayotganini bildirdi. Shuningdek, xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan vakant umumtaʼlim maktablari direktorligi lavozimlariga tavsiya etilgan nomzodlarning tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qisqa muddatlarda koʻrib chiqilmasligi hamda Kengash qarorlarining oʻz vaqtida taqdim etilmasligi natijasida direktorlik lavozimlari vakant saqlanib qolishiga yana bir sabab boʻlmoqda. Eshituv davomida xalq vakillari umumtaʼlim maktablari direktori lavozimlari uzoq muddat davomida vakantlar saqlanib qolinayotganing sababi bilan qiziqdilar. Qayd etilishicha, Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 25-dekabrdagi 325-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizomda koʻra, umumtaʼlim maktabi direktori lavozimlarida vakant yuzaga kelgan taqdirda 3 kun muddatda tanlov eʼlon qilinishi, arizalar kelib tushishi tugagan kundan boshlab 10 ish kunida nomzodlarning malaka talabiga mosligi toʻliq oʻrganib chiqilgan holda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlariga tavsiya etilishi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda, qoʻmita aʼzolari Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi tegishli farmoni hamda “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirish, viloyatda mavjud vakant umumtaʼlim maktablari direktorlik lavozimlari uchun 3 kun muddatda belgilangan tartibda tanlov eʼlon qilish va bir oy muddatda barcha vakant lavozimlarga munosib nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishgan holda tayinlash zarurligini taʼkidlashdi. Uzoq vaqt davomida vakant boʻlgan, vaqtincha tayinlash hamda vaqtincha vazifasini bajarishni yuklatish orqali direktorlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning faoliyatini qonunga muvofiqlashtirish, mazkur maktablarni belgilangan tartibga asosan tanlov eʼlon qilish yoʻli bilan malakali kadrlar bilan toʻldirish, Xalq taʼlimi tizimidagi boshqaruv lavozimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining vacancy.argos.uz sayti orqali tanlov eʼlon qilish va munosib nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilish boʻyicha bir qator tavsiyalar berildi. Deputatlarning aytishicha, viloyatda mavjud vakant umumtaʼlim maktablari direktorlik lavozimlari uchun 3 kun muddatda belgilangan tartibda tanlov eʼlon qilish hamda bir oy muddatda barcha vakant lavozimlarga munosib nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishgan holda tayinlash muammoning yechimidir. Bu borada Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi, uning tizimidagi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari hamda tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishlim idoralar vakillari ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etish taklif etildi. Yigʻilishda deputatlar tomonidan koʻtarilgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar olinib, bildirilgan takliflar asosida qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/maktablarda-direktorlik-lavozimi-uchun-tanlov-zharayonlari-shaffof-otkazilyaptimi
Joriy yilning 30-iyul kuni soat 10:45 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik shoh koʻchasida “Neksiya” rusumli avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan, deb xabar berdi YHXBB. Haydovchi avtomobilni toʻxtatgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida kuyish tan jarohati olganlar yoʻq. Avtomobilga zarar yetgan. Hodisa yuzasidan shahar FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/qarshida-neksiya-yonib-ketdi
“Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5203-son, 30.07.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda: ➖ tijorat banklari taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi; ➖ taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi; ➖ taʼlim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan taʼlim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etildi.  Jamgʻarmaga 2021-yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablagʻlar ajratiladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/tolov-kontrakt-asosida-oqish-uchun-talim-krediti-azhratishning-yangi-tizimi-jolga-qojiladi
“Tesla” AQSHdagi 5 970 ta elektr transport vositasini qaytarib olmoqchi. AP manbasining xabar berishicha, avtomobillarni qaytarib olishning asosiy sababi — bu transport vositalarining tormoz tizimidagi nosozlik hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu avtoulovlarning tormoz bosimi murvatlari yaxshi tortilmaganligi maʼlum boʻldi. AQSH avtomobil yoʻllari harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi  ham“Model 3” va ”Model Y" modellarida ana shunday nuqsonlar aniqlanganani tasdiqlagan.  Shu yilning fevral oyida kompaniya AQSH boʻyicha 135 mingta “Model S“ va ”Model V” avtomobillarini qaytarib olgandi. Bu ularning sensorli ekranlarida uchragan kamchiliklar bilan izohlangandi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/tesla-6-mingga-yaqin-avtomobilni-qajtarib-olmoqchi
Bu haqda ushbu bankning bildirishnomasida maʼlum qilingan: «Turonbank» ATB Kengashining 2021-yil 27-iyuldagi K-50-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Turonbank» ATBning qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarori 2021-yil 30-iyulda R0496-25-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini maʼlum qiladi. Ushbu chiqarilish doirasida egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi nominal qiymati 1 700 soʻm boʻlgan umumiy qiymatdagi 50 815 041 700 coʻmlik 29 891 201 dona oddiy aksiyalar joylashtiriladi. Aksiyalarning har bir donasi uchun sotish narxi 1 700 soʻm. Ushbu aksiyalar yopiq obuna orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga joylashtiriladi. Aksiyadorlar qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalardan oʻzi egalik qilayotgan shu turdagi aksiyalar ulushiga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin. Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati ushbu bildirishnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kunni tashkil etadi. Bank aksiyalarini olishda imtiyozli huquqqa ega aksiyadorlar roʻyxati 2021-yil 27-iyul holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reyestri maʼlumotlari asosida tuziladi. Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni bankka yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida bankka taqdim etilishi kerak. Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. Aksiyalar boʻyicha toʻlovlar pul mablagʻlari bilan naqd va naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasiga asosan aksiyalarning imtiyozli sotib olish huquqi amal qilish davrida toʻlovlar, yuridik shaxslar uchun naqdsiz shaklda – pul oʻtkazish yoʻli bilan, jismoniy shaxslar uchun naqd – bank kassasiga topshirish yoʻli bilan va naqdsiz shaklda – talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlari orqali, shu jumladan plastik kartochkalar orqali ham amalga oshiriladi, bunda aksiyalar uchun pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladigan toʻlovlar «Turonbank» ATB Markaziy amaliyot boshqarmasidagi quyidagi hisob raqamga qabul qilinadi: H/r: 29830 000 2 00000 446 354, MFO 00446, STIR 201 055 108; Bank joylashgan manzil: Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy. Aksiyalar uchun naqd shakldagi toʻlovlar «Turonbank» ATBning barcha filiallari tomonidan qabul qilinadi. «Turonbank» ATB aksiyadorlari olishga xaqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi: A/579 081 655 =B 29 891 201 *B=C Shunda: 579 081 655 – Bank ustav kapitalidagi umumiy aksiyalar soni 29 891 201 – qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni A – aksiyadorning Bank ustav kapitalidagi aksiyalari soni V – Bank ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyalar soni C – imtiyozli huquq qoʻllanilganda aksiyador tomonidan cotib olinadigan aksiyalar soni. Qoldiq hosil boʻlgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq boʻlsa koʻpaygan tomonga, 5 (besh) dan kam boʻlsa kamaygan tomonga butlanadi. Aksiyadorlar, qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun bankning Gʻaznachilik va qimmatli qogʻozlar departamentiga murojaat qilishlari mumkin. Maʼlumot uchun telefonlar: +998 71 202 01 01 ichki raqam:124".
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/turonbank-atb-qoshimcha-aktsiyalar-chiqaradi
Dunyodagi eng qimmat pochta markasi deb sanaladigan “British Guiana 1c Magenta” Londonning “Sothebyʼs” koʻrgazmasida namoyish etiladi. Maʼlumotlarga qaraganda, undan birinchi boʻlib 1856-yilda Buyuk Britaniya Gvianasida foydalanilgan. Auksion tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyilgan va taxminan 7,5 million yevroga sotilgan “British Guiana 1c Magenta” markasining oʻlchami bor-yoʻgʻi 2,9x2,6 santimetrni tashkil qiladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/dunyodagi-eng-qimmat-pochta-markasi-auktsionga-qojildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani, Bogʻaro mahallasida yashovchi fuqarodan yashash sharoiti ogʻirligi sabab farzandlarini “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda qizi va nabiralarining boquvchisi boʻlmagani sababli uy-joyini taʼmirlashda yordam soʻragan. Murojaatchining yozishicha, pandemiya sharoitida qarmogʻidagi 5 nafar farzandi va nabiralari ogʻir ahvolga tushib qolgan. Ish joyi boʻlmagani uchun 2 nafar farzandi poytaxtga qatnab, yollanma ishchi sifatida ishlashga majbur. Murojaat Ombudsman nazoratiga olinib oʻrganilganda, murojaatchi 2020-yilda pandemiya tufayli daromadini yoʻqotgan oila sifatida “Temir daftar”ga kiritilgani va unga bir bosh qoramol berilgani maʼlum boʻldi. Shuningdek, farzandlari ham “Yoshlar daftari”ga asbob-uskunalar mehnat qurollari uchun subsidiya ajratilishi istagini bildirgan yoshlar sifatida roʻyxatga olingan. Ombudsman aralashuvi bilan murojaatchining farzandlarini doimiy daromadga ega boʻlishi uchun “Yoshlar jamgʻarmasi” hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Shuningdek, murojaatchining boquvchisini yoʻqotgan qizi va nabiralarining uyini taʼmirlash uchun 1 tonna sement va 50 dona shifer xom ashyosi moddiy yordam sifatida berilgan. Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaror bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga koʻra “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari: • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam koʻrsatishga; • yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga; • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda oʻzini oʻzi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini koʻpi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga; • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga; • mamlakatimizdagi OTMda oʻqiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab berishga; • “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli ogʻir boʻlgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga yoʻnaltiriladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ombudsman-yoshlar-daftariga-kiritilgan-yoshlarga-amalij-yordam-korsatilishiga-erishdi
Buxoro viloyat markazida Nodavlat notijorat tashkilotlari va Doʻstlik uyi foydalanishga topshirildi. 750 mln. soʻm mablagʻ evaziga kapital taʼmirlanib, jihozlangan mazkur binoda milliy-madaniy markazlarning faoliyat yuritishlari, turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishlari, fan toʻgaraklarini tashkil etishlari uchun munosib sharoitlar yaratilgan. Mazkur inshootning ochilish marosimida taʼkidlanganidek, koʻhna Buxoro qadim sharq sivilizatsiyasi beshiklaridan biri sifatida asrlar davomida millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik maskani boʻlib kelgan. Bugungi kunda ushbu anʼanalar munosib davom ettirilmoqda. Hozir 40 dan ortiq millat vakillari hudud ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va maʼrifiy taraqqiyoti yoʻlida munosib xizmat qilishyapti. Viloyatda 11 ta milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Mazkur markaz aʼzolarining Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida qilgan mehnatlari munosib baholanyapti. Natalya Chapanashvili, Irina Kotova, Alixan Umarov, Bayramgul Maratova, Olim Rahmatov, Juma Shukurov, Svetlana Ahmedova, Nishon Otamurodov singari turli millat vakillari sanalgan yurtdoshlarimiz turli yillarda davlatimizning nufuzli mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Shu bilan birgalikda Gavhar Jarilkasimova, Baxtiyor Navroʻzzoda, Ilhom Shukurov, Zebo Hasanova, Shavkat Razzakov, Alisher Gaffarov kabi fan fidoyilari ilmiy unvon va darajalarga sazovor boʻlishdi. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga viloyatdan saylangan deputatlarning 2 nafari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining 2 nafari hamda shahar va tumanlar Kengashlari deputatlarining 6 nafari boshqa millatga mansub fuqarolar ekanligi, qonun ijodkorligi va mahalliy boshqaruv tizimida ham ularning oʻrni nechogʻli zalvorli ekanligidan dalolat berib turibdi. — Buxoroda ayni paytda 150 ming nafarga yaqin turkman millatiga mansub aholi istiqomat qilyapti, — deydi viloyat turkman milliy-madaniy markazi rahbari Olim Rahmatov. — Boshqa millat vakillari bilan aka- ukadek ahil, inoq, doʻst-birodar yashab kelayapmiz. Quda-anda tutinganmiz. Xalqlar doʻstligi kunida shunday shinam binoning ixtiyorimizga topshirilgani biz uchun bayram sovgʻasi boʻldi. Darhaqiqat, ushbu binoning joriy yilda alohida Qonun bilan belgilangan “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan foydalanishga topshirilgani oʻziga xos ahamiyatga ega. Mazkur sana munosabati bilan milliy-madaniy markazlarning faollari taqdirlandi, shuningdek, viloyatdagi oliy oʻquv yurtlarini tamomlagan turli millatga mansub bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Marosimda viloyat hokimi B. Zaripov ishtirok etdi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/bukhoroda-dostlik-uji-fojdalanishga-topshirildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–5202-son, 29.07.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Qarorga koʻra, Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi. Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi huzurida oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan taʼminlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi ochiladi. Yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari elektron xaritalanib, maʼlumotlar bazasi yaratiladi. Shaxslarning yuzi boʻyicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik shoʻr suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, gʻalla, kunjut, makkajoʻxori va chorva ozuqasi ekinlarini sugʻorishda yomgʻirlatib sugʻorish tizimi joriy etiladi. Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib (oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat), namunalarni laboratoriyaga yetkazish boʻyicha logistika xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, shoʻrlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlash maqsadida oliy taʼlim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazi tashkil etiladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/nukusda-yosh-olimlar-akademiyasi-hamda-yoshlar-tekhnoparki-tashkil-etiladi-prezident-qarori
– Sogʻliqni saqlash xodimlari joylarda uyma-uy yurib, aholi oʻrtasida koʻproq kaysi kasalliklar kuzatilayotganini aniqlashi kerak, – dedi Senat Raisi T.Norboyeva. – Shu orqali hududlarda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish mumkin. Buning uchun jalb etilgan mutaxassislar malakali boʻlishi, bemorlar dardini tinglay olishi lozim. Bundan tashqari, aholiga bir martalik tibbiy yordam koʻrsatish yoki davolash bilan cheklanmasligimiz, hozirgi pandemiya davrida bu masalalarga alohida eʼtibor berib ishlash orqali aholining salomatligi saqlash zarur. Oʻz navbatida, oʻtkazilayotgan tibbiy xatlov natijalari yuzaki oʻtkazilmasligi kerak.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/aholiga-bir-martalik-tibbij-yordam-korsatish-yoki-davolash-bilan-cheklanmasligimiz-kerak-tnorbaeva
1966-yilda tugʻilgan Gilazitdinov Renat Xamzayevich joriy yilning 15-iyun kuni Sergeli tumani, Quyitolariq koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.  boʻyi 160 sm, toʻlachadan kelgan, sochi qora. toʻq koʻk rangli futbolka, qora rangli shim va qora rangli krossovka boʻlgan. 1944-yilda tugʻilgan Xudoba Vladimir 24-iyul kuni Chilonzor tumani, 7-mavzesida turar joyidan chiqib, qaytib kelmagan. boʻyi 170 sm, sochi oq, koʻzi kulrang. jigarrang futbolka, kulrang shalvar, qora rangli shippak boʻlgan. 1949-yilda tugʻilgan Shek Antonina Vladimirovna joriy yilning 17-iyul kuni Sergeli tumani, Daryoboʻyi koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.  boʻyi 165 sm, oʻrtacha gavdali, sochi jigarrang, qosh koʻzi qora. : qizil kofta, qizil yubka va shippak boʻlgan. Alohida belgilari: koʻzoynakda, koʻlida hassasi bor. Hurmatli fuqarolar! Agar siz yuqorida keltirilgan shaxslar haqida biron bir maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar boʻlimiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/toshkentda-3-nafar-fuqaro-bedarak-joqoldi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston qiymati 402,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 716,7 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-iyun oylarida meva va sabzavotlarni eng koʻp eksport qilgan davlatlar: Rossiya – 113,7 mln. Qozogʻiston – 106,7 mln. Qirgʻiz R. – 58,6 mln. Xitoy – 29,8 mln. Pokiston – 27,0 mln. Afgʻoniston – 12,1 mln. Ukraina – 7,2 mln. Turkiya – 5,6 mln. Belarus R. – 4,8 mln. Ozarbayjon – 4,3 mln. Turkmaniston – 4,2 mln. Germaniya – 3,7 mln. Tojikiston – 2,9 mln. AQSH – 2,8 mln. BAA – 2,8 mln. Eron – 2,6 mln. Boshqalar – 13,6 mln. AQSH dollari
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-yanvar-iyun-ojlarida-4027-mln-aqsh-dollariga-teng-meva-va-sabzavotlar-eksport-qilgan
– Haligacha muammo va kamchiliklar mavjudligi tufayli Davlat dasturi boʻyicha qilingan koʻplab ishlar koʻrinmayapti, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Xususan, bajarilmagan bandlar koʻproq ijtimoiy soha bilan bogʻliq boʻlyapti. Shu sababli Davlat dasturidagi muddatida bajarilmagan bandlar boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida qabul qilinmayotgani masalasini oldin ham bir necha marotaba muhokama qilganmiz. Lekin shu paytgacha bu borada jiddiy oʻzgarish sezilmayapti. Shuning uchun ham belgilangan vazifalar ijrosi toʻxtab qolyapti. Ayniqsa, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” kabi muhim dasturlarning tegishli hududlarda ijro etilishi holati mahalliy Kengashlarda ham muhokama qilinishi kerak. Bu jarayonda mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari faol boʻlishi, har bir masalaga doir real holatni chuqur tahlil qilgan holda hududiy ijro tuzilmalari oldiga vazifalar qoʻyishi zarur.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/senat-raisi-haligacha-muammo-va-kamchiliklar-mavzhudligi-tufajli-davlat-dasturi-bojicha-qilingan-koplab-ishlar-korinmayapti
Xabar berilganidek, ayni daqiqalarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisi oʻtkazilmoqda. Yalpi majlisni parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda. Senat Raisi oʻz nutqida butun dunyoda pandemiya xavfi hukmron boʻlib turgan bir sharoitda davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz hayotini farovonlashtirish, hayoti va sogʻligini kafolatli himoya qilish, har bir yurtdoshimizning hayotdan rozi boʻlib yashashi uchun barcha imkoniyatlar safabar etilyotganini taʼkidladi. – Uzoqni koʻzlab olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat samaralarini bugun koʻplab jabhalarda erishilayotgan ijobiy natijalar misolida koʻrishimiz mumkin, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichi ostonasida hurmatli Prezidentimiz xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak, deya qatʼiy taʼkidlagan edilar. Soʻnggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalarni koʻp jihatdan aynan shu talab samarasi deyish mumkin. Xalq bilan muloqot, jumladan, murojaatlar bilan ishlash jamiyat hayotining barcha sohalariga doir muhim qarorlar qabul qilishning asosiy manbasiga aylandi, desak xato qilmagan boʻlamiz. Yaqinda davlatimiz rahbari huzurida oʻtkazilgan yigʻilishda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari belgilandi. Bunda asosiy eʼtibor aholiga maksimal darajada qoʻlaylik yaratgan holda murojaatlarni imkon qadar joyida, mahallaning oʻzida hal qilish masalasiga qaratildi. Ayniqsa, hudud rahbarlarining masʼuliyati va javobgarligi keskin oshirildi. Endilikda har bir rahbarning aholi murojaatlaridan kelib chiqadigan vazifalarga doir oʻz strategiyasi boʻlishi lozimligi qayd etildi. Tizimda raqamlashtirish darajasini oshirish, xususan, murojaatlarni yagona elekron bazaga jamlash va ular bilan ishlash boʻyicha yagona onlayn platformani ishga tushirishga doir belgilab berilgan aniq vazifalar tizimda tezkorlik va samaradorlikni oshirishi tabiiy. Bu borada Senat va mahalliy Kengashlar ishtiroki va taʼsirini kuchaytirish, xususan, ijro organlarining murojaatlar bilan ishlash samaradorligini nazorat qilib borishga doir vazifalar barchamizdan alohida masʼuliyat va faollikni talab qiladi. Aholi murojaatlarida koʻtarilayotgan masalalarni hal etish boʻyicha vazirlik, idora va hudud rahbarlarining hisobotini har chorakda Senatda, mahalliy hokimliklar hisobotini esa har oyda mahalliy Kengashlarda eshitish orqali parlament nazorati kuchaytiriladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/senat-raisi-murozhaatlar-bilan-ishlashda-rahbarlar-masuliyati-haqida-tokhtalib-otdi
“Oʻzgidromet” 31-iyul, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.  havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 35-37 daraja boʻladi.  havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.  va havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi. va havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi. va havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozgidromet-31-iyul-uchun-ob-havo-malumotini-elon-qildi
Bu haqda Oliy Majlis Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisida maʼlum qilindi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi. Maʼlumki, 2021-yil 12-martda Ichki ishlar vazirining 2020-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axboroti yuzasidan Oliy Majlis Senatining Qarori qabul qilingan edi. Mazkur Qarordagi barcha topshiriqlar muddatida bajarilishi taʼminlangan va bu haqda Ichki ishlar vazirligi tomonidan axborot kiritildi. Taʼkidlanganidek, 2021-yil 6 oyi mobaynida respublikada jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash borasida Ichki ishlar vazirligi tomonidan boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2021-yil 6 oyda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,3 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 1 833 nafar shaxs ushlangan. Bedarak yoʻqolgan 218 nafar shaxs topilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan mazkur davrda 15 434 ta jinoyat aniqlangan. Qayd etish lozimki, ichki ishlar organlari xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 71,4 foizga yaxshilangan. Shu bilan birga, muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va toʻliq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatmoqda. Biroq oʻtkazilgan oʻrganishlar huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmaganligi ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va toʻliq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatdi. Xususan, 2021-yil 6 oyida respublika miqyosida sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 45 630 tani tashkil etib, har 100 ming aholiga oʻrtacha 132 tadan toʻgʻri kelgan. Oʻtgan yilga nisbatan 111,9 foizga ortgan. Ushbu koʻrsatkich Toshkent shahriga 383,3 tadan, Fargʻona viloyatiga 223,4 tadan, Toshkent viloyatiga 168,4 tadan, Sirdaryo viloyatiga 151,4 tadan toʻgʻri kelib, respublika miqyosida salbiy koʻrsatkich qayd etilgan. Oldi olinishi mumkin boʻlgan 217 ta qotillik, 4 137 ta tan jarohati yetkazish, 135 ta bosqinchilik, 1 100 ta bezorilik, 7 618 ta oʻgʻrilik, 9 439 ta firibgarlik jinoyati sodir etilishiga yoʻl qoʻyilgan. Bundan tashqari, 6 mingga yaqin (5 837 nafar), ayniqsa, Andijon (1130), Toshkent (709), Fargʻona (602) viloyatlari va Toshkent shahrida (595) ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilib, joylarda aholining bandligini taʼminlash ishlari samarasiz tashkil etilganligidan dalolat beradi. Oilalardagi notinchlik, nizolarning oʻz vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning eʼtiboridan chetda qolganligi oqibatida oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etilmoqda. Jumladan, 2021-yil 6 oyida oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilgan jinoyatlarning 77 tasi qotillik, 798 tasi tan jarohati yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlardir. Shu bilan birga, oilaviy nizolarga oʻz vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 9 575 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati, yaʼni 70 foizi Toshkent shahar, Toshkent, Fargʻona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari toʻliq hal etilmasdan kelinayotganligi oqibatida 2021-yilning birinchi yarim yilligida 3 236 nafar xotin-qiz tomonidan 1 163 ta jinoyat sodir etilgan. Yoshlar bilan ishlashda hanuz koʻplab muammolar saqlanib qolayotganligi, ularni bartaraf etishga yetarli darajada eʼtibor qaratilmaganligi oqibatida 2021-yilning 6 oyida sodir etilgan jami jinoyatlarning 7 849 tasi aynan yoshlar tomonidan sodir etilgan. Jinoyatga qoʻl urgan yoshlarning 3180 nafarining bandligi taʼminlanmagan, taʼlim bilan qamrab olinmagan yoshlar tashkil etgan. Bundan tashqari, respublika hududida sodir etilgan yoʻl transport hodisalarining oldini olish ishlari ham toʻgʻri tashkil etilmagan. Mamlakatimizda haydovchilarni tayyorlash va ulardan imtihon olish tartibi bilan bogʻliq muammolar mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalarini ham takomillashtirish taqozo etiladi. Mazkur qoidalardagi baʼzi bandlarning oʻrni almashtirib yuborilgani oqibatida tegishli bandlardagi havolalar mutlaqo boshqa bandlarga taalluqli boʻlib qolmoqda. Yoʻl harakati qoidalari 2015-yilda tasdiqlangan boʻlsa-da, haydovchilar va haydovchilikka nomzodlardan imtihon olish Davlat test markazining 2011-yil 29-iyuldagi qaroriga asosan ishlab chiqilgan va Ichki ishlar vazirining 2011-yil 23-fevraldagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq qabul qilinmoqda. Test savollari imtihon biletlaridagi yoʻl harakati qoidalariga zid yoki maʼnaviy, texnik eskirgan. Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlardan amaliy imtihon olish uchun yaratilgan sharoitlar ham talabga javob bermaydi. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 990-sonli qarorida belgilangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda zamonaviy oʻquv avtodromlarini qurish vazifasi shu kunga qadar bironta hududda bajarilmagan. Buning natijasida esa sifatsiz taʼlim olgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisalari sodir etilmoqda. Bundan tashqari, avtomobil yoʻllarida yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan nazorat toʻliq va samarali oʻrnatilmaganligi sababli Respublika boʻyicha 2021-yilning oʻtgan 6 oyi davomida jami 3,5 millionga yaqin, 2020-yilga nisbatan 40,8 foizga koʻp yoʻl harakati qoidabuzarligi sodir etilgan. Natijada 3754 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3170 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok boʻlgan. Eng achinarlisi, ushbu YTXHlarda 458 nafar bola jarohatlangan va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok boʻlgan. Ushbu raqamlarni 2020-yilning olti oyi bilan solishtiradigan boʻlsak, jami yoʻl-transport xodisalar soni 57,2 foizga, ulardan halok boʻlganlar 30,5 foizga, jarohatlanganlar esa 38,1 foizga ortib ketgan. Bolalar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari esa 2020-yilning olti oyiga nisbatan 40,8 foiz, jarohatlanganlar 44,9 foiz, halok boʻlganlar esa 33,3 foizga ortib ketgan. Bundan tashqari, yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari ham talab darajasida emas. Ayrim xodimlarning esa bilim saviyasi va huquqiy madaniyati bugungi kun talablariga javob bermaydi. Oqibatda, fuqarolarning jiddiy eʼtirozlari kun sayin ortib bormoqda. Majlisda senatorlar tomonidan aholi oʻrtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Mazkur masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-2021-jil-6-ojida-sodir-etilgan-umumij-zhinoyatlar-soni-otgan-jilga-nisbatan-1119-foizga-ortgan-ichki-ishlar-vaziri
Bokschimiz Rayhona Qodirova Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki jangini oʻtkazdi. Qashqadaryolik bokschimiz unda Afrika vakilasiga qarshi bahs Kongo DR vakilasi Yumba Naomiyega qarshi jang vakilimizning ustunligida oʻtdi va bu yakunda hakamlarning bahosida ham oʻz isbotini topdi. Endi Qodirova yarim finalga chiqish uchun amaldagi jahon chempioni braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga koʻtariladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/rajhona-qodirova-tokio-2020-olimpiadasida-muvaffaqiyatli-start-oldi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov 27-iyul kuni Tokio shahrida Yaponiyaning Nagoya shahri merini qabul qildi. Bugungi kunga kelib Oʻzbekistonning ushbu shahar bilan hamkorligi jadal rivojlanmoqda, bunda 2019-yilda Toshkent — Nagoya shaharlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan sheriklik aloqalarining ahamiyati katta. Takasi Kavamura Oʻzbekiston Prezidentining Nagoyaga tashrifi shahar tarixida misli koʻrilmagan hodisa boʻlganligi va bu tashrif ikki xalq oʻrtasidagi munosabatlarning yangi bosqichini boshlab berganini faxr bilan taʼkidladi. Taʼkidlash joizki, 2020-yilning 19-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Nagoya shahridagi I “Toshkent kuni” forumi ishtirokchilariga onlayn murojaat qilib, ularga tabrik yoʻllagan hamda mazkur rasmiy tashrifi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar hamda turizm sohasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash yoʻlida muhim zamin yaratganini taʼkidlagan edi. Ochilish marosimida Nagoya shahri meri janob Takasi Kavamura qatnashgan. «Oʻzbekiston qadim zamonlardan buyon jahon sivilizatsiyalarining chorrahasi va Buyuk Ipak yoʻlining markazi sanalgan. Yaponiya xalqi esa Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy markazlarini juda sevadi. Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan cheklovlar tufayli joriy yil yapon sayyohlari Oʻzbekistonga tashrif buyura olmadi. Oʻzbekiston hukumati tomonidan «Uzbekistan Safe travel GUARANTEED» sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi joriy etilganligi bois bugungi kunda yapon sayyohlari uchun Oʻzbekistonga sayohat xavfsiz hisoblanadi». Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiyot, madaniyat, turizm va taʼlim sohalarida ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarining joriy holati va kelgusidagi istiqbollarini muhokama qilishdi. Toshkent va Nagoya shaharlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik, turistik salohiyatni birgalikda targʻib qilish, mutaxassislar almashinuvi, aviaqatnovlar va boshqa oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi. Uchrashuv yakuniga koʻra, Toshkent va Nagoya shaharlari hayvonot bogʻlari faoliyatini rivojlantirish, hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish, jumladan Toshkentda Yaponiya ijodiy va sport jamoalari ishtirokida “Nagoya kunlari”ni tashkil qilish, shuningdek mahalliy organlar, institutlar va biznes hamjamiyatlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga doir kelishuvga erishildi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/aziz-abduhakimov-yaponiyaning-nagoya-shahri-meri-bilan-uchrashdi
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi shahar aholisiga ana shunday murojaat bilan chiqdi. "Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik! Hurmatli hamshaharlar, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va «Maxsustrans» DUK tashabbusi bilan joriy yilning 2-7-avgust kunlari “Shahrimiz daraxtlarini birgalikda asraylik!” shiori ostida daraxtlarni sugʻorish aksiyasi oʻtkazmoqda. Shuningdek, aksiya davomida har bir hududda aholini qiynab kelayotgan ekologik muammolar yuzasidan “Sayyor qabul” ham boʻlib oʻtadi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad — poytaxtimiz koʻchalari va mahallalarida qarovsiz qolgan daraxtlarni sugʻorib, parvarishlash orqali bioxilmaxillikni taʼminlash. Aksiya davomida shahrimizning barcha tumanlarida koʻchatlarni sugʻorish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ushbu xayrli tadbirda poytaxtimiz jamoatchiligini faol ishtirok etishiga umid bildiramiz" deyiladi shu boʻyicha berilgan xabarda.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/toshkentda-2-7-avgust-kunlari-darakhtlarni-sugorish-aktsiyasi-otkaziladi
Yozyovon tumanining Yangi Boʻston mahalla fuqarolari yigʻini markaziy Fargʻona choʻllari bagʻridagi hudud. Bu qishloq tuman markazidan 40 km. uzoqlikda joylashgan. Mutasaddilarning saʼy harakatlari bilan xayrli ishga qoʻl urildi. Qishloqda moʻjazgina maktabgacha taʼlim tashkilotining ish boshlashi 130 xonadonli qishloq ahlining chinakam quvonchiga aylandi. Avvallari qishloq bolalari qoʻni-qoʻshnilar va mahalladoshlarning shaxsiy transport vositasida bir necha oʻn kilometrlab masofaga bogʻchaga qatnagan. Qamrov koʻrsatkichi esa juda past edi. Zamonaviy muassasaning ish boshlashi qishloq onalarining huzur xalovati, farzandlari kelajagining ostonasiga aylandi. Qishloq ahli uchun hududning markazdan uzoqligi sabab boshqa masalalarda ham qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Yozyovon tuman Davlat xizmatlari markazi yangi boʻstonliklarning uzogʻini yaqin,ogʻirini yengil qilish maqsadida yangi ochilgan muassasaga bolalarni navbatga qoʻyish jarayonini bogʻchaning oʻzida sayyor tartibda amalga oshirdi. Mobil xizmatlar davomida 50 dan ortiq bolajonlarga MTT ga borish uchun yoʻllanmalar berildi. — Qishlogʻimiz markaziy Fargʻona choʻllarini oʻzlashtirish jarayonlarida posyolka sifatida tashkil etilgan. Hozirda bu yerda 350 dan ortiq fuqarolar istiqomat qiladi, — deydi qishloq faoli Hilola Nishonova.- Xursand boʻlganimiz MTT ochilishi bilan yoʻlimizni yaqin qilib tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari sayyor tartibda, bolajonlarimizga yoʻllanmalarni shakllantirib berishdi. Sayyor xizmatlar davomida bolalarni bogʻchaga joylashtirishga yoʻllanmalar berilishi bilan bir qatorda,kadastr,kommunal sohalar boʻyicha ham huquqiy tushunchalar berildi.Aholiga davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar va yaratilayotgan imtiyozlar haqida aytib oʻtildi. Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish mumkinki, tuman miqyosida joriy yil 6 oyi davomida aholiga 1 ming 200 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilgan.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/markazij-fargona-chollarida-sajyor-khizmat-korsatildi
Bugungi kunda bitiruvchilar diplom olishlarida yuzaga kelayotgan muammolar haqida Xalq demokratik partiyasi oʻz . "Bir necha kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilariga diplom berilmayotgani va uni olishdagi qiyinchiliklar qizgʻin muhokama etilmoqda. Bunga ishga kirganlik haqida maʼlumotnoma va mehnat daftarchasidan nusxa talab etilayotgani sabab boʻlmoqda ekan. Bu talab barchaga – davlat granti, shartnoma asosida taʼlim olganlarga ham, magistraturaga oʻqishga kirganlarga ham tegishli ekani maʼlum qilingan. Bitiruvchilarga bu tartibda diplom berish qanday asoslarga koʻra joriy etilgan va u qanchalik qonuniy? Afsuski, ushbu jarayonga va bu kabi savollarga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi sukut saqlashdan boshqa javob bergani yoʻq. Bitiruvchilarning diplomini bosib turgan 32 ta universitet va institutlar maʼmuriyati ham ogʻziga talqon solib olgan. Shamol boʻlmasa daraxtning shoxi qimirlamaydi. Demak, bayon etilgan noqonuniy holatlar sodir etilyapti va mutasaddilar oʻz harakatlarini nima deb izohlashni bilmaganliklaridan koʻzlarini yumib, quloqlarini berkitib olganlar. Rostini aytish kerak, ilgari ayrim oliy oʻquv yurtlarda shunday tartib bor edi. Davlat granti asosida taʼlim olganlarga yoʻllanma bilan yuborilgan joyda belgilangan muddatgacha ishlab berilmasa diplom berilmas, toʻlov-shartnoma asosida oʻqiganlar esa ishga kirganligi xususida maʼlumotnoma olib keltirishi va bu bilan davlat bandlik rejasi bajarilishiga oʻz “hissasi”ni qoʻshishi shart edi. Ushbu masalaga munosabat bildirgan ayrim yurtdoshlarimiz oliygohlardagi byurokratiya tufayli diplomlarini bitirganlaridan soʻng oʻn yil oʻtib olganliklarini bildirgan! Mamlakatimizda barcha sohalarda tub oʻzgarishlar kuzatilyapti. Bundan taʼlim tizimi ham mustasno emas. Afsuski, oliy taʼlim sohasida butun jamiyat oʻzgarayotgan paytda yarq etgan bir oʻzgarishni sezmadik. Aksincha, bitiruvchilarga diplom berilishida eski davrga xos uslubni saqlab qolmoqda. Bunday holatlarni hozirgi kunda aslo qabul qilib boʻlmaydi. Xalq demokratik partiyasi oliy taʼlim tizimida bunday qonunga zid tartib-tamoyillar davom etayotganidan taassuf bildiradi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bitiruvchilarga diplom berilishi bilan bogʻliq sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etishiga umid qiladi" deyiladi OʻzXDP Axborot xizmati maʼlumotida.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/10-jillab-sarson-bolayotgan-bitiruvchilar-yokhud-diplom-berishdagi-sunij-tosiqlar-qachon-olib-tashlanadi-khdp-muammoga-zhiddij-munosabat-bildirdi
Tokio — 2020 Olimpiya oʻyinlarining dzyudo boʻyicha yakkalik bellashuvlari vakillarimiz uchun oʻz poyoniga yetdi. Eng ogʻir vazn toifasida kechgan bahsda Bekmurod Oltiboyev yurtimiz sharafini himoya qildi. Ukrainalik Yakiv Xamnoga qarshi bronza medali uchun oʻtish bosqichida kechgan bellashuvda vakilimiz vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shu tariqa u yakkalik bahslarini yettinchi oʻrinda yakunladi, deb xabar berdi MOQ. Ertaga aralash jamoaviy yoʻnalishda hamyurtlarimiz oʻz ishtiroklarini davom ettirishadi. Unda dastlabki raqibimiz Niderlandiya jamoasi boʻladi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/bekmurod-oltiboev-olimpiadani-ettinchi-orinda-yakunladi-ammo-dzyudochilarimizda-hali-medal-olish-uchun-imkon-bor
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab oʻldirgani haqida xabarlar . Bosh prokuratura axborot xizmati ushbu holat boʻyicha maʼlumot berdi.  Aniqlanishicha, shu yilning 10-iyulida Denov tumani Oqtom mahallasida yashovchi fuqaro Yunus Xushmatov tuman ichki ishlar boʻlimiga akasi Hasan Xushmatov mast holda yashash uyida janjal qilib, tinchligini buzayotgani haqida xabar bergan. Shunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi H.Xushmatovning xonadoniga kelishgan va uni avtomashinaga oʻtkazib, tuman IIBga olib ketishgan. Yoʻlda profilaktika inspektorining yordamchilari H.Xushmatovni bir necha bor urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.Xushmatov 11-iyul kuni shifoxonada vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104 va 206-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.  Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/denovda-profilaktika-inspektori-yordamchilari-fuqaroni-urib-oldirib-qojishdi-ular-qamoqqa-olingan
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan joriy yilning 6 oyida jami 695 milliard soʻmlik 71 ming 614 ta hujjat yuzasidan ijro tadbirlari amalga oshirilgan. Bu haqda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish sohasida joriy yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi. MIB viloyat boshqarmasi boshligʻi Olimjon Mardonovning maʼlumot berishicha, ushbu ijro ishlarining asosiy qismi yaʼni, 571 mlrd. soʻmlik 50 ming 514 tasini sud organlaridan, 124 mlrd. soʻmlik 21 ming 100 ta ijro hujjatini davlat soliq organlari, IIB, DSEOM va boshqa vakolatli organlardan kelib tushgan ijro hujjatlarini tashkil etgan. Mulkiy undiruvlarga oid ijro ishlari boʻyicha davlat foydasiga 72,4 mlrd., yuridik shaxslar foydasiga 144,5 mlrd., jismoniy shaxslar foydasiga 14,8 mlrd. soʻm pul mablagʻlari undirilgan, deb xabar berdi MIB axborot xizmati. Xususan: - soliq qarzini undirish boʻyicha 2,5 mingta ijro ishidan 58,3 mlrd. soʻm; - davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklar boʻyicha 606,8 mln. soʻm; - jinoiy zararlar bilan bogʻliq 14 ta ijro ishidan 80,6 mln. soʻm; - jinoiy va maʼmuriy jarimalar bilan bogʻliq 10 mingga yaqin ijro ishi boʻyicha 6,2 mlrd. soʻm mablagʻlar undirilgan. Qonunga xilof ravishda ishdan boʻshatilgan 152 nafar shaxs ishga tiklanib, toʻlanmay qolgan 757 mln. soʻm ish haqlari ularga undirib berilgan. — Jamiyatimizda oila qadriyatlariga yuzaki yondashish, er-xotinning oʻzaro kelishmovchiliklari oqibatida ajrashib ketish holatlari yildan yilga oʻsmoqda, – deydi boshqarma boshligʻi O.Mardonov. Tahlillarga koʻra, 2017-yil 6 oyigacha boʻlgan davrda 6 ming 337 ta aliment undirish haqidagi ishlar mavjud boʻlgan boʻlsa, ayni vaqtda bu koʻrsatkich 11 ming 254 taga yetgan. Tizim xodimlarining mavjud muammolarga oʻzgacha yondashib, aliment undirish bilan bogʻliq ijro hujjatlari yuzasidan aloqador tashkilotlar bilan oilalarni oʻzaro yarashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 230 oila yarashtirildi, jami 2,5 mlrd. soʻmdan ortiq aliment pullari undiruvchilarga undirib berildi, ishsiz, yordamga muhtoj, ogʻir ahvolga tushib qolgan 396 nafar qarzdorlar ishga joylashtirildi, 5 ta holatda uy-joy, avtomashina va boshqa shaklda aliment pullari oldindan qoplab berildi. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni talabidan kelib chiqib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga 7 mlrd. soʻm pul mablagʻlari undirilishi taʼminlandi. Shuningdek, matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/navoijda-mib-ehtiyozhmand-fuqarolarga-7-mlrd-som-undirib-berdi
Yaponiyaga tashrif doirasida Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari Tashkiliy qoʻmitasi vitse-prezidenti, Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputati Totsiaki Endo bilan uchrashdi. Yaponiyaga tashrif doirasida Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari Tashkiliy qoʻmitasi vitse-prezidenti, Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputati Totsiaki Endo bilan uchrashdi. Tomonlar Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar hamda Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilishdi. Totsiaki Endo Oʻzbekiston tomonini Tokio-2020 olimpiadasida taekvondo boʻyicha qoʻlga kiritilgan birinchi oltin medal bilan samimiy tabrikladi. U oʻzbekistonlik sportchilarning barcha sport turlari, ayniqsa boks va dzyudo boʻyicha jismoniy tayyorgarligini yuqori baholab, delegatsiyamizning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston tomoni bilan sport va sport taʼlimini hamda sogʻlom turmush tarzi targʻibotini rivojlantirish, shuningdek Oʻzbekistonda zarur sport infratuzilmasini yaratish boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, uchrashuv doirasida tomonlar Oʻzbekistonga Paralimpiya harakatini rivojlantirish maqsadida yaponiyalik mutaxassislarni jalb qilish hamda Yaponiya tajribasidan kelib chiqib, yurtimizda sport inshootlarini barpo etishda hamkorlik qilishga oid kelishuvga erishildi. Yakunda, Yaponiya tomoni hamkorlik koʻlamini kengaytirishda Oʻzbekistonni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun barcha saʼy-harakatlarni ishga solishga tayyor ekanini taʼkidladi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-paralimpiya-harakatini-rivozhlantirishda-yaponiya-tazhribasidan-fojdalaniladi
21-sonli Mehribonlik uyiga Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Ibroxim Yuldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-mayor Rustam Joʻrayev, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Mamirjon Gʻaniyevlar tashrif buyurdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining talabalikka qabul boʻyicha granti sovrindori Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Novoselova Milena Alekseyevna Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya: amaliy psixologiya yoʻnalishiga grant asosida oʻqishga qabul qilindi. Tadbir yakunida OʻzMU rektori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining talabalikka qabul boʻyicha granti sovrindoriga sertifikat, talabalik guvohnomasi, elektron bazalardan foydalanish uchun planshet va kitoblar sovgʻa qildi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/prezident-tavsiyasi-bilan-mehribonlik-uji-tarbiyalanuvchisi-ozmuga-grant-asosida-qabul-qilindi
2021-yil 1-avgustdan 7-sonli avtobus yoʻnalishi tashkil etilmoqda. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» Matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu yoʻnalish, “Yunusobod 9-daha”dan Uchqahramon, Rihsiliy, A.Temur, A.Donish, Yunus ota, Dehqonobod, TXAY, Yangi Yunusobod koʻchalari orqali “Yunusobod 19-daha”ga mavzelari aro qisqa masofada 5 ta jadval asosida 9-10 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/toshkentda-yangi-avtobus-jonalishi-tashkil-etiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida 5 nafar shaxs qasddan oʻldirilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. Qayd etilishicha, 29-iyul kuni Qibray tumanida yashagan A.Ye., M.A., M.Ye., A.Ye. va ularning xonadonida yollanma ishchi boʻlib ishlagan K.Q.ning vafot etganligi holati yuzasidan Sh.I.ga nisbatan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.  Gumonlanuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.  Hozirda dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan olib borilmoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/qibrajda-bir-khonadonning-tort-azosi-va-yollanma-ishchi-oldirib-ketildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab oʻldirgani haqida xabarlar yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov izoh berdi. Maʼlum qilinishicha, 10-iyul kuni Denov tumani Oqtom mahallasida yashovchi fuqaro Yu.X. tuman ichki ishlar boʻlimiga akasi Hasan Xushmatov mast holda yashash uyida janjal qilib, tinchligini buzayotgani haqida xabar bergan. Shunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi H.X. ning xonadoniga kelib, uni tuman IIBga olib ketishgan. Yoʻlda profilaktika inspektorining yordamchilari H.X. ni bir necha bor urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro H. H. 11-iyul kuni shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/surkhondaryoda-profilaktika-inspektori-yordamchilari-fuqaroni-urib-uning-olimiga-sabab-boldi
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.  2021-yil 28-iyul holatiga koʻra: Suyakli mol goʻshti (1 kg) ➖ 45000 – 68000 soʻm Qoʻy goʻshti (1 kg) ➖ 52000 – 80000 soʻm Kartoshka (1 kg) ➖ 1500 – 5000 soʻm Piyoz (1 kg) ➖ 800 – 3000 soʻm Sabzi (1 kg) ➖ 2500 – 10000 soʻm Tuxum (10 dona) ➖ 5000 – 14000 soʻm  Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 18000 soʻm Oʻsimlik yogʻi (1 l) ➖ 14000 – 24000 soʻm Shakar (1 kg) ➖ 7500 – 9000 soʻm
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/gosht-45-mingdan-80-ming-somgacha-bozorlardagi-narkh-navo-elon-qilindi
Foto: Genoa CFC Italiyaning “Jenoa” klubi aʼzosi boʻlgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov oʻz faoliyatini Rimning “Roma” klubida davom ettirishi haqida xabar bergan edik. Rim klubi 26 yoshli futbolchimizga bir mavsumda 2 million yevro miqdorida maosh toʻlaydi. Kelishuvga koʻra, agar “Roma” Yevropa chempionlar ligasiga chiqsa, futbolchi “Jenoa”dan 15 million yevroga sotib olinadi. Shomurodov oʻtgan mavsum A Seriya doirasida 31 oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 8 ta gol urgan edi. Eslatib oʻtamiz, hamyurtimiz 2020-yilda Rossiyaning “Rostov” klubidan “Jenoa” safiga 7,5 mln. yevro evaziga borib qoʻshilgandi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/shomurodov-romada-jiliga-qancha-maosh-olishi-malum-boldi
Biz olayotgan vaksinalar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Botir Qurbonov brifing davomida javob berdi. -
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozbekistondagi-vaktsinalar-bir-biridan-nimasi-bilan-farqlanadi
2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi» doirasida jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilgʻi, elektr va boshqa muqobil yoqilgʻi turlariga oʻtkazish boʻyicha alohida vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida oʻtgan davr mobaynida respublikada foydalanishda boʻlgan 3,0 million donadan ortiq avtotransport vositalarining 60 foizi gaz yoqilgʻisida harakatlanishga oʻtkazilgan. Gaz yoqilgʻisida harakatlanadigan transportlarning eng koʻpi Andijon (79,0 foiz), Namangan (86,0 foiz) va Surxondaryo (87,0 foiz) viloyatlari hissalariga toʻgʻri kelmoqda. Shu bilan birga, joriy yilning 1-yarim yilligida Oʻzbekistonga xorijdan 268 ta elektromobillar import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 230 taga koʻp. Oʻzbekistonga elektromobillar asosan Xitoydan olib kelingan boʻlib, 228 tani tashkil etmoqda. Maʼlumot uchun, respublikaga 2018-yilda 13 ta, 2019-yilda 39 ta, 2020-yilda esa 131 ta elektromobillar import qilingan.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/andizhon-namangan-gaz-yoqilgisida-harakatlanadigan-transportlar-qajsi-viloyatlar-eng-kop
Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi 3 million 60 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Vaksina AQSH tomonidan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining COVAX dasturi doirasida ajratilgan boʻlib, ayni shu soniyalarda maxsus havo qatnovi vositasida AQSHning Alabama shtatidan yurtimizga yetkazib berildi. Aeroportda yukni qabul qilib olish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Behzod Musayev, Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi, Bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev, xalqaro miqyosda esa AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniel Rozenblyum, USAID ning Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit, YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchisi Kristofer Fitspatrik va boshqa masʼullar ishtirok etishdi. Maʼlumki, “Moderna” kompaniyasining koronavirusga qarshi qoʻllaniladigan 3 million 60 doza vaksinasini Oʻzbekiston uchun AQSH begʻaraz koʻmak tariqasida ajratdi. Aytish lozimki, Moderna Qoʻshma Shtatlarda qoʻllanilayotgan 3 ta vaksinadan bittasi hisoblanadi. Shuningdek, AQSH Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish boʻyicha markazi (CDC) maʼlumotiga koʻra, “Moderna” kompaniyasining vaksinasi 94 foizdan ziyod samaradorlikka ega boʻlgani holda COVID-19 virusi yuqishini bartaraf etadi. Ahamiyatli jihati, Amerikaning Moderna vaksinasi JSST tomonidan favqulodda holatlarda foydalanish uchun tasdiqlangan (“Pfizer”, “Johnson & Johnson” kompaniyalarining vaksinalari, shuningdek, “AstraZeneca” kompaniyasining ikki turdagi preparatidan soʻng) beshinchi vaksina hisoblanadi. JSST ekspertlar guruhi vaksinaning virusga qarshi 94,1 foiz samarador ekanini taʼkidlab, uni 18 yoshdan katta boʻlgan barcha aholi guruhlari uchun tavsiya qilgan. JSSTning maʼlumotiga koʻra, vaksina koʻp dozali flakonda –25ºC dan –15ºC gacha boʻlgan muzlatilgan suspenziya sifatida yetkazilsa-da, flakonlarni birinchi dozani olishdan oldin 30 kungacha 2–8°C haroratda sovutgichda saqlash mumkin. Bu degani preparatni joylarga yetkazish uchun sovuqlik zanjirini taʼminlovchi uskunalar boʻlishi har doim ham shart emas. Uni oddiy sovutkichda ham saqlasa boʻladi. Mazkur vaksina teri ostiga yuboriladi, emlash 28 kunlik interval bilan ikki dozadan iborat. Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida COVAX dasturiga asosan 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilgan edi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 12 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan: Hozirda yurtimizda (28-iyul holatiga koʻra) koronavirus infeksiyasiga qarshi jami 6 982 431 doza vaksinadan foydalanildi, 1 149 687 nafar fuqaro toʻliq emlandi. Bugun, 30-iyul kuni soat 11:00 da Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati binosida rasmiy vakillar ishtirokida Moderna vaksinasini rasmiy topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonga-aqshdan-koronavirusga-qarshi-3-mln-dozadan-ortiq-moderna-vaktsinasi-keltirildi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti kunduzgi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 2021-2022 oʻquv yili uchun Arab tili, Aqoid-fiqh va Oʻzbekiston tarixi fanlaridan oʻtkazilgan qabul imtihonlari mandat natijasi eʼlon qilindi. Mandatga koʻra, yigitlar boʻyicha eng yuqori kirish bali 156.8, eng past kirish bali 117.6 va ayol-qizlar boʻyicha eng yuqori kirish bali 152, eng past kirish bali 116.3 ni tashkil qilib, 50 nafar yigit va 10 nafar ayol-qiz Oliy maʼhad talabasiga aylandi. Maʼlumot uchun, nizomga koʻra, 1 nafar abituriyent “Yagona olimpiada-2021” gʻolibi sifatida imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/toshkent-islom-institutida-otkazilgan-qabul-imtihonlarining-mandat-natizhasi-elon-qilindi
Oʻzbekistonda 29-iyul kuni pandemiya boshidan beri antirekord yanglilandi — 897 kishi koronavirusga chalindi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 128 403 nafarga yetdi. Shuningdek, kecha kun davomida:
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/yana-antirekord-bir-kunda-897-kishida-koronavirus-aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Q.J. oʻziga issiqxona qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining 4 sotixini fuqaro D.ga uy-joy qurish uchun vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga uning 2 700 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan, shuningdek tekshiruv jarayonida Q.J. oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlib, ushbu pullar hisobidan 3 mln soʻmni oʻz ixtiyori bilan taqdim qilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/shahrikhon-tumanida-issiqkhona-qurish-uchun-azhratilgan-er-majdonining-bir-qismini-sotmoqchi-bolgan-fuqaro-aniqlandi
29-iyulda mamlakatimiz hududlari boʻylab 213 278 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan: Ayni kungacha mamlakatimizda jami 7 195 709 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 170 003 nafarni tashkil qilmoqda.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-koronavirusga-qarshi-7-million-dozadan-ortiq-vaktsina-qollanildi
Oliy Majlis Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisida 2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yilning birinchi yarim yilligidagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi. Taʼkidlanganidek, Davlat dasturi 273 ta banddan iborat boʻlib, 2021-yilning birinchi yarmida 116 ta banddagi topshiriqning ijrosi taʼminlanishi belgilangan. Ularning 89 tasi toʻliq bajarilgan, 2 ta bandning ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan. Dasturning 7 ta bandidagi vazifalar muddatidan avval bajarilib, yil davomida ijro etilishi belgilangan 82 ta band yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida davlat byudjeti daromadlari 74,9 trln soʻmga yetgan. Jami xarajatlar 79,3 trln soʻmni, shundan ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 40,4 trln soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16,6 foizga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori asosida 2021-yilda jami 7794 ta qishloq va mahallada 20,8 trln soʻmlik qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi parametrlar tasdiqlangan. 2021-yilning 30-iyun holatiga 209,2 ming yangi ish oʻrni yaratilgan, 78,5 ming nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitilgan, 24 mingdan ortiq fuqarolarga subsidiyalar ajratilgan. Yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi barcha sektorlar va mahallalar kesimida alohida rejalar tasdiqlangan hamda jami 425 ming 662 nafardan ortiq yoshlarning bandligiga erishilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini samarali tashkil etish uchun 660 mingta AstraZeneca, 6,5 mln doza ZF-UZ-VAK 2001, 370 ming doza «Sputnik-V” vaksinalari olib kelingan hamda hisobot davrida aholi jami 5,3 mln doza vaksina bilan emlangan. Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligiga eʼtibor qaratildi. Xususan, har bir hududda tashqi qarz hisobiga amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga axborot kiritish amaliyoti talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan. Dasturda 2021-yilning birinchi yarmida bajarilishi qayd etilgan 7 ta, jumladan, 30, 142, 231, 234, 237, 242-bandlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari belgilangan muddatlarda qabul qilinmagan. Natijada Dasturning quyidagi muhim vazifalari ijrosi oʻz vaqtida taʼminlanmagan: xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan va xorijiy til hamda kasblar boʻyicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish; alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning taʼlim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun koʻmaklashish; oliy taʼlim muassasalari va taʼlim tizimining quyi boʻgʻinlari oʻrtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litseyning oliy taʼlim muassasalari bilan uzviy bogʻlanishini taʼminlash, 187 ta texnikumni oʻz yoʻnalishi boʻyicha turdosh oliy taʼlim muassasalari va tarmoq korxonalariga biriktirish; oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga taʼlim krediti berish tartibini joriy etish; muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish. Bundan tashqari, Dasturda yil davomida bajarilishi nazarda tutilgan ayrim vazifalar ijrosi yuzasidan ishlar talab darajasida olib borilmayapti. Xususan, Dasturning 209-bandida sportning yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi) turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish maqsadida aholi punktlarida, har bir mahalla va tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilish belgilangan. Bu borada ijrochilar tomonidan 2021-yil 25-may kuni loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Hukumat qarori bugungi kunga qadar qabul qilinmagan. Shuningdek, senatorlar, xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston mehnat migrantlariga xizmat koʻrsatish, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish, jumladan, hayoti, sogʻligʻi, mehnat sharoitlari va shartnomada belgilangan ish haqi oʻz vaqtida berilayotgani haqida doimiy monitoring olib borish zarurligini taʼkidladilar. Qizgʻin savol-javoblar asosida oʻtgan Davlat dasturi muhokamasida senatorlar aholi tomonidan koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratdilar. Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/davlat-dasturining-izhrosi-bojicha-vazirlar-mahkamasining-hisoboti-eshitildi
Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 402,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 716,7 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-6-ojda-qancha-meva-sabzavot-eksport-qilgani-malum-boldi
Joriy yil iyun oyida «BMB Trade Group» tomonidan italiyalik hamkorlar bilan umumiy qiymati 15 million yevroni tashkil etadigan eksport shartnomasi imzolangan edi. Mazkur bitim ijrosi doirasida kecha «BMB Zaʻfaron» brendi ostidagi tovarning dastlabki turkumi Yevropaga joʻnatildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA. Kelajakda nafaqat koʻhna qitʼa, balki Amerika hamda Osiyo davlatlariga ham Oʻzbekistonda yetishtirilgan oliy navli va yuqori sifatga ega zaʼfaron mahsulotini yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozbekistondan-zafaron-mahsulotini-evropaga-eksport-qilish-boshlandi
Davlatimiz rahbari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi quruvchilari uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Korxona yaqinida 3 ming kishiga moʻljallangan yotoq majmuasi barpo etilgan. Ishchilarning yashashi, dam olishi, sport bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Prezident bu yerda yotoq oʻrinlarini koʻpaytirish, bunday ixcham, shinam majmualarni boshqa zavodlarda ham tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berdi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/prezident-quruvchilarning-yashash-zhojini-borib-kordi
Usmonova Yulduzning sud ishi qoldirilgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar sudlarining   23-iyul kuni Oliy sudning VKA rejimi orqali respublika miqyosida sudyalar faoliyatining 2021-yil 1-yarim yillik yakuni boʻyicha yigʻilishi oʻtkazilgan. Shunga koʻra, daʼvogar Tajimuratov Dauletmuratning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan shaʼn-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha 2021-yil 23-iyul soat 15:00 ga tayinlangan VKA rejimida koʻrilishi rejalashtirilgan ish boshqa kunga qoldirilgan. Sud majlisining muhokamasi bugun – 29-iyul soat 15:00 ga VKA rejimida FIB Nukus tumanlararo sudi ishtirokida koʻrilishi tayinlangan boʻlib, taraflarga telefonogramma orqali xabar berilgan. 2021-yil 29-iyul kuniga tayinlangan sud majlisi daʼvogar Tajimuratov Dauletmuratning ishni koʻrmasdan qoldirish haqidagi arizasi sudga kelib tushganligi sababli uning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan shaʼn-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 122-moddasi 9-bandiga asosan koʻrmasdan qoldirildi va bu haqda sudning shu kundagi ajrimi eʼlon qilindi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/yulduz-usmonova-sud-ishi-kormasdan-qoldirildi-davogar-shuni-soragan
«Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlariga binoan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiyaning vakolatli vakili roʻyxatga olindi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan guvohnomalar topshiriladigan siyosiy partiyalar vakolatli vakillari: YAKUBOV Baxtiyor Sultannazirovich – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili MAMATXONOV Bahodirjon Moʻllajon oʻgʻli – Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining vakolatli vakili RAHMONOV Abdukamol Shodiyevich – Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakili SANGINOV Saidrasul Saidakparovich – Oʻzbekiston Ekologik partiyasining vakolatli vakili VAFOYEV Ulugʻbek Nazarovich – Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining vakolatli vakili
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/ozbekistondagi-beshta-siyosij-partiyaning-vakolatli-vakili-rojkhatga-olindi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishining boshlanishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Keyingi yillarda kombinat faoliyati yuksak darajaga koʻtarilib, mis ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobarga koʻpaygani va 150 ming tonnaga yetkazilgani taʼkidlandi. Oʻtgan uch yil mobaynida kombinat konlarida umumiy uzunligi 206 ming metr boʻlgan 475 ta quduq burgʻulangan. Xalqaro miqyosda tan olingan xorijiy laboratoriyalarda ushbu konlar rudasining 100 mingdan ortiq namunalari kimyoviy tahlillar asosida chuqur oʻrganilgan. Xalqaro baholash mezonlariga koʻra, bu yerda misning yalpi zaxirasi 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etishi aniqlangan. Bu dunyo miqyosida ham eng yirik va noyob koʻrsatkichlardir. Shuningdek, bu yerda qazib olinayotgan ruda tarkibida kumush, molibden, selen, tellur, reniy va boshqa nodir metallar borligi ham aniqlangan. Bugun dunyoda “yashil iqtisodiyot”, qayta tiklanadigan energiya manbalariga eʼtibor kun sayin ortib bormoqda, elektr texnikasi sanoati jadal rivojlanmoqda. Buning natijasida 2030-yilga borib mis mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoj kamida 40 foizga ortishi kutilmoqda. Bu Olmaliq kombinati mahsulotlariga xalqaro talab uzoq yillar davomida yuqori boʻladi, deganidir. Shu bois mamlakatimizda rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. “Yoshlik-1” koni negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi shu boradagi ulkan qadamlardan biridir. Qiymati 2 milliard dollar boʻlgan ushbu korxona birinchi bosqichda yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi. Ikkinchi bosqichda quvvat 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi koʻrsatkichdan 3 barobarga koʻpayadi. Ushbu ikki bosqich amalga oshirilishi natijasida korxona 2028-yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi. Shu tariqa Olmaliq kombinati togʻ-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi. Davlatimiz rahbari rangli metallar sanoatini rivojlantirishga qaratilgan rejalarga ham toʻxtalib oʻtdi. Kelgusi yildan geologiya-qidiruv ishlarida toʻliq xalqaro JORC standartlariga oʻtiladi. Yaqin 5 yilda barcha loyihalar hisobidan ruda qazib olish va qayta ishlash hajmi mamlakatimiz boʻyicha yillik 130 million tonnadan 300 million tonnaga ortadi. Hozirgi kunda yurtimizda konlarni geologik jihatdan oʻrganish va oʻzlashtirish boʻyicha Kanada, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar kompaniyalari ish olib bormoqda. Prezidentimiz chet ellik investorlar uchun imkoniyatlar yana-da kengaytirilishini taʼkidladi. Xususan, mis va oltin boʻyicha qazilma boyliklarga soliq stavkalarini 10 foizdan 7 foizga, tabiiy gaz va neft boʻyicha 10 foizga, uran boʻyicha 8 foizga, volfram boʻyicha 10 foizdan 2,7 foizga tushirish rejalashtirilgan. Bunday imtiyozlar investorlarda albatta katta qiziqish uygʻotadi. Shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Toshkentda geologiya fanlari boʻyicha Italiyaning Piza universiteti filiali ochiladi. Marosimda “Gazprombank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari Aleksey Matveyev, “SRK Consulting” kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Mayk Bir, geolog va metallurglar, nuroniylar soʻzga chiqdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qoʻydi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoev-okmkdagi-3-mis-bojitish-fabrikasi-qurilishiga-tamal-toshini-qojdi
Prezident togʻ-kon sanoati texnikasini koʻzdan kechirib, samosval haydovchisi bilan suhbatlashdi.  Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/kun-fotosi-prezident-samosval-hajdadi
Oʻzbekistonda Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi. Prezident geologiya sohasida kadrlar tayyorlash masalasiga toʻxtaldi. “Rangli metallarni qayta ishlash zanjirlarini «xom-ashyodan – tayyor mahsulotgacha” degan tamoyil asosida rivojlantirishimiz zarur. Ushbu yoʻnalishda mis sanoati va unga turdosh tarmoqlar, yaʼni, elektrotexnika, mashinasozlik, metall qotishmalar va turli metall mahsulotlari sanoatining integratsiyalashuvi, xususiy sektor bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Shu maqsadda tegishli ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlari tashkil etiladi. Bu borada qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xorijiy kompaniyalarni keng jalb etamiz. Barcha darajadagi kadrlar – muhandislar, ximik-texnologlar, operatorlar, mashinistlar va boshqa texnik xodimlarni tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bogʻlangan, yagona tizimni yaratishimiz lozim. Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, mis ishlab chiqarishda bitta ish oʻrnini tashkil etish boshqa tarmoqlarda eng kamida uchtadan ish oʻrnini yaratishga olib keladi. Ushbu yoʻnalishdagi birinchi qadam sifatida biz rossiyalik sheriklarimiz bilan birgalikda Olmaliq shahrida “MISiS” milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti filialini tashkil etdik. Bundan tashqari, mamlakatimizda Geologiya fanlari universiteti ham tashkil etildi. U geologiya sohasidagi 5 ta ilmiy-tadqiqot markazini oʻz ichiga oladi. Universitet bazasida Moskva davlat universiteti bilan birgalikda qoʻshma taʼlim dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda. Kuni kecha Toshkentda geologiya fanlari yoʻnalishi boʻyicha Italiyaning Piza universiteti filialini ochish haqida kelishuvga erishildi. Bir soʻz bilan aytganda, sanoat klasterlarining tashkil etilishi ushbu tarmoqda ishlab chiqarish hajmini kamida 12 milliard dollargacha oshirish imkonini beradi», dedi Prezident.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/toshkentda-italiyaning-piza-universitetining-filiali-ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahridagi “Jurabek laboratories” qoʻshma korxonasi faoliyatini koʻzdan kechirdi. Korxona 48 million flakon infuzion eritmalar, 480 million dona ampula, 60 million dona quruq antibiotiklar, 20 million dona liofilizatsiya qilingan dori shakllarini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda GLP laboratoriyasi mavjud, xalqaro GMP standarti joriy etilgan. Korxona tomonidan 300 turdan ortiq dori vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. 15 dan ortiq xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Bugungi pandemiya davrida juda muhim boʻlgan remdesivir, favipiravir, geparin, enoksaparin kabi dorilar ham ishlab chiqarilmoqda. Biotexnologiyalar sohasida monoklonial antitanachalar turidagi dori vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha 30 million dollarlik yangi loyihaga kirishilgan. Korxonada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish moʻljallanmoqda. Davlatimiz rahbari shu boradagi texnik imkoniyatlar bilan tanishdi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/prezident-koronavirusga-qarshi-vaktsina-ishlab-chiqarish-molzhallangan-korkhonaga-bordi
Qonunga koʻra, barcha sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq sud majlisida koʻrib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Sud majlisi zalida hozir boʻlgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin. Oʻzbekistonda sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas. Shu bilan birga, Oliy sud quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. 35 yoshdan kichik boʻlmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston fuqarosi xalq maslahatchisi boʻlishi mumkinligi belgilandi. Sudya birinchi marta 5 yillik muddatga, navbatdagi 10 yillik muddatga va lavozimda boʻlishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi. Oliy sud sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun – 65 yoshni tashkil etadi. Uy-joyga muhtoj boʻlgan sudya mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan yerda xizmat turar joyi bilan taʼminlanadi. Sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan bogʻliq xarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga ega. Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning oʻrtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin koʻpi bilan uch oygacha saqlab qolinadi. Sudyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/prezident-sudlar-togrisidagi-qonunni-imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi «Tashqi reklamani koʻcha yoritkichlarining tayanchlarida hamda koʻcha va yoʻllar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yoʻl belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning oʻtish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini toʻsib qoʻymagan holda, shuningdek bunday reklama yoʻl belgilari tasvirini takrorlanmagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi. Tashqi reklamani moddiy madaniy meros obyektlarida, yoʻl belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yoʻli bilan joylashtirish taqiqlanadi», deya belgilab qoʻyilgan. Lekin shunga qaramay ayrim tadbirkorlarimiz oʻz boshimchalik bilan qonun talablariga rioya qilmagan holda reklamalarini noqonuniy tartibda joylashtirib kelmoqda. Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Yusuf Nasullayevning maʼlum qilishicha, tuman hokimi boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan 4P-66 “Quyimozor — Azizobod — Vobkent —Yangibozor” yoʻli yoqasida joylashgan obyektlar koʻzdan kechirilgan. Oʻrganish davomida yoʻlning harakatlanuvchi qismiga yaqin holda va elektr simyogʻochlarda oʻrnatilgan 30 dan ortiq tashqi reklama vositalari olib tashlandi. Shuningdek, savdo doʻkonlari, ovqatlanish hamda xizmat koʻrsatish shoxobchalaridagi maʼnan eskirgan va xorijiy tillarda yozilgan bannerlarni qisqa muddat ichida tartibga keltirish boʻyicha tadbirkorlarga koʻrsatmalar berildi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/har-bir-tashqi-reklama-vositasi-qonun-talablari-asosida-moslashtiriladi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Margʻilon shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Sh.Q. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro S.ga Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod davlat universitetining 1-kursini tamomlaganligi haqida maʼlumotnoma olib berish va ushbu maʼlumotnoma orqali Fargʻona politexnika institutiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/fargona-viloyatida-oqishga-kiritish-bilan-bogliq-firibgarlik-holati-aniqlandi
Fargʻona viloyatida oʻqishga kiritish bilan bogʻliq firibgarlik holati aniqlandi deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament. Qayd etilishicha, Margʻilon shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Sh.Q. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro S.ga Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod davlat universitetining 1-kursini tamomlaganligi haqida maʼlumotnoma olib berish va ushbu maʼlumotnoma orqali Fargʻona politexnika institutiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Bugungi kunda, Respublikamizda mavjud 141 ta oliy taʼlim muassasalarining barchasiga onlayn hujjat topshirish va oʻqishga kirish borasida keng imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, yaʼni har bir abituriyent bir vaqtning oʻzida mos taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 5 tagacha OTM larga hujjat topshirishi, shu bilan birga kirish imtihonlaridan yetarlicha ball toʻplolmagan taqdirda kontrakt yoki oshirilgan kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish orqali ham talaba boʻlish imkoniyati yaratilgan. Shunday ekan, oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishda, oʻqishga kirishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida harakat qilishingizni, firibgarlar tuzogʻidan ehtiyot boʻlishingizni soʻrab qolamiz.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/fargona-politekhnika-institutiga-oqishga-kiritib-qojish-evaziga-2-ming-dollari-olgan-fuqaro-ushlandi
“Namangan HETK” matbuot xizmati maʼlum qilishicha, bugungi kunda umumiy 47 mingdan ortiq isteʼmolchiga xizmat koʻrsatuvchi Toʻraqoʻrgʻon tumani elektr taʼminoti korxonasi balansida 764 ta transformator punkti mavjud boʻlib, ularga konsentrator qurilmalari oʻrnatilgan. Bu yerda tashkil etilgan “Data center”da ana shu konsentratorlar orqali kelib tushadigan koʻrsatkich tahlillari olib boriladi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/toraqorgon-tumanida-data-center-faoliyati-jolga-qojildi
Choʻmilish kishiga gʻayrat va shijoat baxsh etadi yoz mavsumi kelgach, kunning issiq harorati kishining choʻmilishga boʻlgan ehtiyojini oshiradi. Shu sababli nafaqat kichik yoshdagilar, balki yoshi katta kishilarni ham suzish havzalarida uchratamiz. Choʻmilish masalasida doimo hushyor boʻlish choʻkish bilan bogʻliq mudhish holatlarning oldini oladi. Ayni damda choʻkish bilan bogʻliq favqulodda holatlarning oldini olish borasida nimalarga eʼtibor berish kerakligi, shuningdek, bu borada foydali boʻlgan ayrim maslahatlarga toʻxtalsak. Demak, bolalar yoki birinchi marotaba suvga tushgan katta yoshdagilarni suzishga oʻrgatish joyi 60-90 santimetrgacha chuqurlikda boʻlishi kerak. Bunday chuqurlikda odam suvdan choʻchimaydi, chunki oyogʻi tayanch nuqtaga ega boʻladi. Ochiq suv havzalarida suzishga oʻrganishda, albatta, suvning chuqurligi bilan birga, oqim tezligini ham eʼtiborga olish lozim. Oqim tezligi daqiqasiga 10-metrdan oshmasligi zarur. Yoz oylarida farzandlarimizni suzishga oʻrgatish vaqtini toʻgʻri tanlash kerak. Ayrim ota-onalar kunning issiq paytidagina (soat 13:00-15:00) suzishga oʻrgatishga yoki choʻmilishga ruxsat berishadi. Aslida esa ertalab soat 10:00 dan 12:00 gacha va kechqurun soat 17:00 dan 19:00 gacha quyoshning ultrabinafsha nurlari koʻp boʻladi va ana shu soatlarda choʻmilish juda foydali. Choʻmilish muddati 5 daqiqadan 25-30 daqiqagacha davom etishi mumkin. Unda bolaning yoshi, suzishga tayyorgarligi, suvning haroratiga eʼtibor berib, suzish muddati asta-sekin oshirib boriladi. Yoz paytlari katta yoshdagi bolalar suv harorati +18 boʻlganda, kechik yoshlardagilar +20 +28 dan kam boʻlmaganda ochiq suv havzalarida choʻmilishlari mumkin.Agar suvning harorati +16 dan past boʻlsa, choʻmilmaslik kerak. Suvga tushishdan oldin bosh, koʻkrakni qoʻllab, soʻng shoʻngʻib olish darkor. Taʼkidlash joizki, ayni yoz mavsumida choʻkish bilan bogʻliq mudhish hodisalar uchrab turadi. Bunday fojeaga asosan ota-onalar, kattalar tomonidan nazorat boʻshashtirilgani, mahalla, maktab, kollej, akademik litsey va boshqa xizmat xodimlarining yoshlar orasida tushuntirish ishlari qoniqarsiz olib borilayotgani, shuningdek, bolalarning suza olmasliklari ham sabab boʻladi. Shuni eslatib oʻtish zarurki, faqat qutqaruv xizmati boʻlgan joylardagina choʻmilishga ruxsat etiladi. Shunda baxtsiz hodisa yuz bersa, yaʼni biror bir odam choʻksa, qutqaruv xizmati tezda yordamga keladi. Choʻmilish joyini cheklaydigan, koʻpirib oqayotgan suvga shoʻngʻish mumkin emas. Choʻkish nafas yoʻllarining suv va boshqa suyuqliklar bilan toʻlib qolishi oqibatida yuzaga keladigan holatdir. Agar, nihoyatdan charchagan, suvda uzoq vaqt qolib ketgan yoki qorni och boʻlsa, shuningdek, spirtli ichimlik isteʼmol qilingan, chanqoq, kasallik sizni bezovta qilayotgan vaqtlarda choʻmilmaganingiz maʼqul. Choʻkayotgan odamni suvdan olib chiqish ham katta mahorat talab etadi. Bunda bir necha qutqarish usullari mavjud. Ulardan biri – choʻkayotgan kishiga orqa tomonidan suzib yaqinlashish, sochi va qoʻltigʻi ostidan ushlab, yuzini tepaga qaratib, oʻzingizni ushlab olishga yoʻl qoʻymagan holda qirgʻoqqa qarab suzish kerak. Harakat usullaridan biri jabrlanuvchining changak quchogʻidan ushlab olishdir. Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish esa jabrlanuvchining ahvoliga bogʻliq. Agar u hushida boʻlib, yurak faoliyati va nafas olishi saqlangan boʻlsa, uning boshini pastga eggan holda quruq qiya joyga yotqizish va shundan keyin yechintirib hoʻl yoki quruq sochiq bilan artish kerak. Imkoniyati bilan unga issiq ichimlik (choy, qahva, yoshi kattalarga 1-2 osh qoshiq spirtli ichimlik ham berish mumkin) ichirib, issiq koʻrpa bilan oʻrash va dam oldirish talab qilinadi. Agar jabrlanuvchining mustaqil nafas olishi yoʻqolib, yurak faoliyati saqlanib qolsa, uning nafas yoʻllari tozalanib, iloji boricha tezroq sunʼiy nafas oldirishga kirishiladi. Vaqtida va malakali koʻrsatiladigan birinchi tibbiy yordam jabrlanuvchining hayotini asrab qoladi. Aytib oʻtish kerak, ayrim insonlar suv havzalariga spirtli ichimliklar ichib kelishadi. Maʼlumki, spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish natijasida inson tanasini boshqara olmay qoladi. Xulosa qiladigan boʻlsak, mast holatda choʻmilishning oqibati esa oʻzingizga maʼlum. Ekspertiza xulosalari va tahlillariga qaraganda, suvda choʻkish kabi baxtsizlik yuz berishiga sabab, avvalo, taʼqiqlangan joylarda choʻmilish, suzishni bilmaslik yoki spirtli ichimlik isteʼmol qilish tufaylidir. Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, choʻmilish borasida hushyor boʻlish kishi salomatligi va xavfsizligining garovidir. Shunday ekan, yurtimizda mavjud choʻmilish havzalaridan foydalanganda hushyor boʻlish, bu borada maʼlum qoidalarga amal qilish hamda farzandlarimizning taqiqlangan joylarda choʻmilmasligini nazorat qilish orqali ularning xavfsizligini taʼminlash har birimizning burchimizdir.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/suv-havzalarida-chomilish-qoidasini-bilasizmi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.M. noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab, internet tarmogʻida asosiy faoliyati tavakkalchilikka asoslangan onlayn platforma orqali fuqarolarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulklarini sport oʻyinlariga pul tikish yoʻli bilan qoʻlga kiritib, evaziga oʻzi va farzandlari nomiga 4 ta turar-joy va 3 ta avtotransport vositalarini rasmiylashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/fuqarolarni-sport-ojinlariga-pul-mablaglari-va-boshqa-mol-mulklarini-tikishga-zhalb-etish-holati-aniqlandi
Margʻilon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qirguli MFY hududida yashovchi Z.Usmonovning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ishonch telefoniga qilgan murojaati tegishliligi boʻyicha oʻrganildi. Murojaatdan maʼlum boʻlishicha, murojaat egasining farzandi 2021-yilning iyun oyida Margʻilon shahrida joylashgan aviakassadan Qirgʻiziston Respublikasi orqali Rossiya Federatsiyasiga uchish uchun 3 000 000 (uch million) soʻmga aviachipta sotib olgan. Biroq keyinchalik uzrli sabab bilan ucha olmasligi maʼlum boʻlgach, aviakassa masʼullariga ushbu masalada murojaat qilib, aviachipta pulini qaytarilishini soʻragan. Aviakompaniya vakillari esa unga ushbu holatda aviachipta uchun toʻlangan pulni toʻliq emas, balki uning 400 000 (toʻrt yuz ming) soʻminigina qaytara olishlarini maʼlum qilganlar. Murojaat mutaxassislar tomonidan oʻrganilishi jarayonida isteʼmolchi va aviakassa rahbarining muloqoti taʼminlandi hamda ularga Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari tushuntirildi. Aviakassa rahbariga yuzaga kelgan holatda isteʼmolchiga aviachipta puli qaytarilishi lozimligi yoki bunga muqobil variant sifatida parvoz muddatini boshqa paytga koʻchirib berish zarurligi tushuntirildi. Olib borilgan tushuntirish va targʻibot ishlari natijasi bilan hamda har ikki tomonning roziligi asosida isteʼmolchi chiptasi uch yil muddatgacha foydalanish huquqi bilan uzaytirilib berildi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/istemolchi-aviachiptadan-uch-jilgacha-bolgan-muddat-ichida-fojdalanish-huquqiga-ega-boldi
Oʻzbekistonning YEXHTdagi doimiy vakili, elchi Abat Fayzullayev Shvetsiyaning YEXHTdagi bagʻrikenglik va kamsitmaslik boʻyicha vakillari Endryu Beyker, Mehmet Pachaji va Regina Polak bilan videokonferensiya shaklida muloqot oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA. Uchrashuv davomida diniy bagʻrikenglikni taʼminlash va kamsitishlarga qarshi kurashda YEXHT bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, YEXHT vakillari ishtirokida istiqbolda Oʻzbekistonda qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish xususida ham oʻzaro fikr almashildi. Uchrashuv doirasida soʻnggi yillarda mamlakatimizda diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, diniy erkinlikni taʼminlash, shuningdek, eʼtiqod qiluvchilar huquqlarini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik sohalarida amalga oshirilgan muhim islohotlar va qabul qilingan chora–tadbirlar taqdimoti ham oʻtkazildi. Xususan, ishtirokchilar yaqinda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirildi. Oʻzbekistonning dinlararo, madaniyatlararo, konfessiyalararo hamjihatlikni taʼminlash va kamsitishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro tashabbuslari alohida qayd etildi. Shvetsiya maxsus vakillari BMTning Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2018-yil 12-dekabr kuni qabul qilingan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” maxsus rezolyutsiyasi ahamiyatini eʼtirof etdi. YEXHT vakillari Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda inson huquqlari va erkinliklarini, soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash, shuningdek, Gender tenglikka erishish sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. Muzokaralar chogʻida YEXHT tomonidan Oʻzbekistonning diniy bagʻrikenglik va kamsitilmaslikni taʼminlash hamda Shvetsiyaning YEXHTga raisligidagi maxsus vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi. Shvetsiyaning YEXHT raisligidagi tolerantlik va kamsitmaslik boʻyicha maxsus vakillari Oʻzbekistonda bagʻrikenglikni taʼminlash va kamsitishga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishish maqsadida joriy yil kuz faslida Oʻzbekistonga kelish niyatlarini bildirdi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/ekhht-ozbekistonda-dinij-bagrikenglikni-taminlash-borasidagi-islohotlarni-yuksak-baholadi
Joriy yil 29-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning 2021-yilning birinchi yarim yillikdagi murojaatlar bilan ishlash faoliyati koʻrib chiqildi. Yigʻilishda soʻz olgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili hamda Ombudsman huzuridagi komissiya raisi Feruza Eshmatovaning soʻzlariga koʻra, 2021-yilning birinchi yarim yilligida Vakil nomiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 9 632 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning sal kam 40 foizi yaʼni 4083 tasi shaxsiy huquq va erkinliklarni amalga oshirish masalasiga taalluqli. Ombudsman ish yurituviga olingan murojaatlarning koʻrib chiqilishi natijasida 13 ta jinoiy, 4 ta maʼmuriy va 8 ta intizomiy ish qoʻzgʻatildi, masʼul mansabdor shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun 23 ta tekshiruv oʻtkazildi, 16 nafar davlat idoralari xodimlari turli darajadagi javobgarliklarga tortildi, sud qarorlariga nisbatan prokuratura organlari orqali 2 ta protest kiritildi hamda murojaat qiluvchilar manfaatlarini koʻzlab jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi 26 ta qaror bekor qilindi. Inson shaxsiy huquqlari va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi shikoyatlar tahlili sud tizimi inson va fuqarolarning qonun hujjatlarida kafolatlangan huquqlarini toʻliq taʼminlay olmayotganini koʻrsatmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligida Ombudsman manziliga jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlaridan norozi boʻlgan fuqarolardan 680 ta murojaat kelib tushdi. Bundan tashqari, xorijdan 3 ta va mahkumlardan 256 ta murojaat yoʻllangan. F.Eshmatovaning qayd etishicha, murojaatlarda asosan dastlabki tergovda yoʻl qoʻyilgan protsessual kamchiliklar sud jarayonida aniqlanganda, sudya tomonidan taʼsir chorasi qoʻllanilmasligi, sudya iltimosnomani rad etishi, majlis bayonnomasiga tomonlar chiqishlarining kiritilmasligi, guvohlarni chaqirishni rad etish va ularni soʻroq qilmaslik, ekspertiza oʻtkazishni rad etish, advokat chiqishini keyinga qoldirish kabi holatlar koʻrsatilgan. Mazkur holatlar sud qarorlarining qonuniyligi, xolisligi va adolatliligiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, fuqarolarning Ombudsman nomiga sud tergovining toʻliq emasligi va baʼzan bir yoqlamaligi, jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilayotganligi, sud jarayonlari oʻz vaqtida boshlanmasligi hamda jazoning adolatsizligidan norozi boʻlib Ombudsman xodimlarini sudda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini soʻrab yozgan murojaatlariga asosan 2021-yilning birinchi yarim yilligida 45 marotaba sud jarayonlarida ishtirok etilgan. Yigʻilishda yakunida komissiya aʼzolari tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha Vakili (Ombudsman) faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi hamda koʻrib chiqilgan mazkur masala yuzasidan Parlament komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/ombudsman-khodimlarining-sudda-kuzatuvchi-sifatida-ishtirok-etishini-sorab-yozgan-murozhaatlari-soni-oshib-bormoqda-feruza-eshmatova
Bu haqda DTM maʼlum qildi. “2021-2022-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish maqsadida onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 2021-yil 1-avgust sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz» deyiladi DTM xabarida.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/abiturientlarga-rukhsatnomalarni-berish-1-avgustdan-boshlanadi
va ijtimoiy tarmoqlarda italiyalik dizayner Stefano Richchi Oʻzbekiston uchun kolleksiya yaratgani haqida xabarlar tarqaldi. Ularda taʼkidlanishicha, Stefano Richchi tomonidan yaratilgan oyoq kiyimlarida Oʻzbekiston gerbi va bayrogʻini tasvirlangan. Mazkur holat Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari – bayroq va gerbga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Ushbu holatga Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi tomonidan munosabat bildirildi. «Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi, va madhiyasiga egadir. Davlat ramzlarining mavjudligi Oʻzbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas boʻlib, ularni har qanday yoʻl bilan tahqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5 -moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Shu bilan birga, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat muassasalarida davlat ramzlaridan foydalanishda huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganilgan. Oʻrganish davomida 363 ta holatda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonuni Shunga koʻra, Toshkent shahrida joylashgan shahar hamda tuman miqyosidagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida 103 ta taqdimnoma hamda 70 ta qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohnoma, shuningdek Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga 49 ta maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar yuborilgan. Natijada 55 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, 18 ta huquqbuzar maʼmuriy ravishda ogohlantirilgan, 9 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jarima jazosi qoʻllanilgan», deyiladi vazirlik munosabatida.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/stefano-richchining-oz-kollektsiyasida-ozbekistonning-bajroq-va-gerbiga-nisbatan-hurmatsizlik-qilgan-adliya-vazirligi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab oʻldirgani haqida murojaat tarqaldi. Videomurojaatda aytilishicha, erkakning jarohatlanmagan joyi qolmagan va ayovsiz kaltaklanishidan ahvoli juda ayanchli holga tushgan. Afsuski, IIB xodimlarining fuqarolarni qiynoqqa solishi ortidan ularning vafot etishi bilan bogʻliq holat yagona emas. Bunday fojiali voqealar Andijonda, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlarida ham kuzatilgan va tasdigʻini topgan. Demak, tizim tasodifiy ishga qabul qilingan kuch ishlatar xodimlardan xoli emas.. Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasida hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Toʻgʻri, fuqarolarimiz qonunga yoki hokimiyat vakiliga itoat etmaganligi uchun jazoga tortilishiga qarshi emasmiz. Lekin, jarima miqdorlarini oshirishdan avval tizimdagi nohalol ayrim xodimlarni bugungi kunda shiddat bilan odimlayotgan Yangi Oʻzbekistonda fuqarolar bilan ishlashning yangicha tizimini yaratish, inson huquqlari va erkinligiga tahdid qilmagan holda, ularni qonunlarga itoat etish zarurligini tushuntirishi, ular ham insonni qadrlashi, boshqalarga hurmat bilan murojaat qilishni oʻrganishlari zarur. Shu oʻrinda eslatib oʻtishni joiz deb bildim, qonunchilikka koʻra, agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni kuch ishlatmasdan turib bajarishning iloji boʻlmasa, kurashning jang usullarini qoʻllashi mumkin. Shu bilan birga, xodim gumonlanuvchini jismoniy kuch ishlatish niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan holda ogohlantirishi kerak. Ichki ishlar organi xodimi har qanday zararni minimallashtirishga harakat qilishi shart. Agar IIB xodimlarining ayrimlari(!) ham hech boʻlmaganda mana shu tartib-tamoyillarga amal qilib, inson huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat ekanligi haqida ozgina boʻlsa ham xabardor boʻlishganida yuqoridagi holatlar roʻy bermagan boʻlar va farzandlar otasiz qolmagan boʻlar edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzolari shunday holatlarni avj olmasligini oldini olish va bugungi pandemiya sharoitida fuqarolarimizning mablagʻlari jarimalarga emas, aksincha, farzandlarining yeb-ichishi va taʼlim, tarbiyasiga sarflanishi zarur deb hisoblaydi. Shuning uchun ham fraksiya aʼzolari yuqorida nomi keltirilgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda qoʻllab-quvvatlamadi. Oʻylaymanki, Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtgan hodisa yuzasidan tushuntirish beradi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/kuch-ishlatar-tizimda-ishlash-faqat-kuch-ishlatish-kerakligini-anglatmajdi-deputat
Bolajon xalqmiz. Odatda eng yaxshi narsalarni farzandlarimizga ilinamiz. Xalqimizning bu ezgu fazilati davlatimiz rahbari tomonidan “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikda ham oʻz aksini topmoqda. Bu gʻamxoʻrlik va eʼtibor samarasi ayniqsa, keyingi yillarda yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Taʼkidlash joiz, 2017-2020-yillarda yurtimizdagi barcha “Muruvvat” va “Saxovat” uylarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlab, zamonaviy sharoitlar yaratish koʻzda tutilgan edi. Shu munosabat bilan 2020-yil boshida Jizzax shahridagi 29-sonli “Mehribonlik” uyi hamda joriy yil Zarbdor tumanidagi Kar va soqov bolalar maktab – internati hamda Zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab – internati zamonaviy tarzda toʻliq qayta taʼmirlandi. Tarbiyalanuvchilar uchun zarur boʻlgan barcha jihozlar bilan toʻliq taʼminlanib, foydalanishga topshirildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlashning bir necha tuzilmalari yoʻlga qoʻyilgan. 13 ta Bolalar uyida 560 nafar, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasida 1 ming 823 nafar, 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming nafar oʻgʻil-qizlar tarbiyalanmoqda. Qolaversa, 79 ming nafar bolalar homiylik, vasiylik va oila patronaji qaramogʻiga olingan. Ular davlatimiz, xalqimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikni yana-da chuqurroq his qilishlari uchun yana bir qator ishlarni amalga oshirish belgilab berildi. Jumladan, yetim bolalar uchun xorijda oʻtqaziladigan murakkab jarrohlik amaliyotlari byudjetdan toʻliq kompensatsiya qilinadi. Nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 1-avgustdan boshlab byudjetdan qoʻshimcha 100 milliard soʻm ajratiladi. 2 ming nafar bola uchun 4 mingta zamonaviy eshitish vositalari xarid qilinadi. Tugʻma yurak nuqsoni bor 2 ming nafar, bosh miyada oʻzgarishlari bor 1 ming nafar hamda harakat aʼzolari kasalliklari boʻyicha 1,7 ming nafar bolalarda bepul jarrohlik operatsiyalari oʻtqaziladi, ularning 1 ming nafari protezlash va boshqa zarur uskunalar bilan taʼminlanadi. Joriy yilda harakatlanishi cheklangan 1 ming 100 nafar bolalar elektr aravachalar, kelgusi 5 yilda yana 12 ming nafar nogironligi boʻlgan bolalar bu aravachalar bilan taʼminlanadi. 18 yoshga toʻlgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi. Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yana-da takomillashtiriladi. Bu kabi savobli ishlar roʻyxatini yana ancha davom ettirish mumkin. Zero, bugun mamlakatimizda har bir mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, yetim bolalar davlat eʼtiborida. Buning amaldagi ifodasini joriy yilning iyul oyida Jizzax shahridagi 29-sonli “Mehribonlik” uyi sobiq tarbiyalanuvchilaridan R.Damrachayev, A.Axmedjanov, S.Jdanova, U.Qarayev, S.Axmedova va G.Mamadaliyevalarning uy-joy bilan taʼminlangani misolida ham yaqqol koʻrish mumkin. Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan bu vazifalar ijrosini taʼminlash biz deputatlar oldiga ham bir qator masʼuliyatli vazifalarni qoʻyadi. Shu nuqtayi nazardan, bu borada partiya dasturi va saylovoldi platformasidan kelib chiqib, deputatlik va jamoatchilik nazoratini, bu yoʻnalishdagi ishlarni yana-da kuchaytirishimiz zarur.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/bolaning-begonasi-bolmajdi-3
Tarixdan maʼlumki, buyuk ajdodlarimiz yurtimiz dovrugʻini butun dunyoga yoygan. Oʻrta asrlardan buyon Gʻarb mamlakatlarida el-yurtimiz tarixi va madaniyati, tili va adabiyoti, bor qadimiy va boy maʼnaviy merosimiz chuqur oʻrganib kelingan. Vatanimiz istiqlolga erishgach, jahon adabiyotining shoh asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish bilan bir qatorda, bizning ilmiy, badiiy va tarixiy asarlarimizni ham dunyo tillariga, jumladan, fransuz tiliga tarjima qilishga alohida eʼtibor berilmoqda. Bir paytlari fransuz adabiyotining mashhur namunalari rus tili orqali oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻtgan asrning soʻnggi oʻn yilliklariga kelib fransuz tilidagi asarlarni bevosita, yaʼni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzbek tiliga tarjima qilish boshlandi. Biroq Viktor Gyugo va Aleksandr Dyuma kabi zabardast adiblar badiiy uslublarining sayqal topishiga xizmat qilgan jozibador fransuz tilini mukammal darajada biladiganlar sanoqli ekani ham bor gap. Shu maʼnoda, ayni sohani yurtimizda fransuz tarjimashunosligi maktabining asoschisi va dargʻalaridan biri — Shoazim Minovarovsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Mohir tarjimon, oʻz kasbining ustasi, kamtarin inson Shoazim Minovarov 1951-yilda Toshkent shahrida — jadidchilik maktabining yirik vakili Munavvarqori Abdurashid­xonov xonadonida tugʻilgan. Darvoqe, 2020-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Farmoniga koʻra jadidchilik harakati namoyandalari – Abdulla Avloniy, Mahmudxoʻja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlanganda, Shoazim aka maʼrifatparvar bobosining munosib vorisi sifatida ana shu yuksak davlat mukofotini qabul qilib olgan. Sh.Minovarov 1973-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti fransuz tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha tahsil olib, koʻp yillar davomida turli masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, sobiq SSSRning Gvineyadagi elchixonasida, Jazoirdagi bosh konsulxonada xizmat qilgan. Istiqlol yillarida Shoazim aka Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekistonning Misrdagi Favqulodda va muxtor elchisi, Toshkentdagi Fransuz alyansi raisi, Islom sivilizatsiyasi markazining direktori lavozimlarida samarali faoliyat olib bordi. Ayni paytda Sh.Minovarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, shu bilan birga Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyati boshqaruv kengashi aʼzosi hisoblanadi. Shoazim aka bilan ilk yuzma-yuz tanishuvimiz 1993-yil oktyabrida — kamina Oʻzbekis­tonning Fransiyadagi birinchi Favqulodda va muxtor elchisi hamda YUNESKOdagi doimiy vakili boʻlib ish boshlagan davrda kechgan. Keyinchalik, 1996-yili — Amir Temur yubileyi munosabati bilan Parijda oʻtkazilgan rasmiy tadbirlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi chogʻida Sh.Minovarov davlat boshligʻining fransuz tili boʻyicha tarjimoni sifatida nechogʻlik mahorat bilan ishlashini bevosita kuzatganman. Sh.Minovarov badiiy adabiyot tarjimoni sifatida fransuz adiblarining bir qator asarlarini oʻzbek tiliga toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilgani ham diqqatga loyiqdir. Xususan, Sharl Perroning “Ona gʻoz ertaklari”, “Qizil qalpoqcha”, «Kuloyim yoki billur boshmoqchalar», “Ustasi farang yoki etik kiygan mushuk”, “Sehrgarlar”, «Kokildor Rike» kabi ertaklari, Le Klezioning «Odel. Mondo va boshqa hikoyatlar» asari, Fransua Moriakning “Ilonlar komida” romani, Charlz Dikkensning “Katta umidlar” romani (ingliz va rus tillaridan), Monteskyening “Fors nomalari” asari, Lyusen Kerenning «Buyuk Temur» pyesasi, Patrik Modianoning “Toʻy sayohati” romani, Mopassanning hikoyalari shular sirasiga kiradi. Shu bilan birga Sh.Minovarov milliy maʼnaviyatimiz boyligi hisoblanuvchi bir qancha kitoblarni, jumladan, taniqli oʻzbek adibi Erkin Aʼzamning “Alvido, ertaklar” nomli asarini, YUNESKOning “Temuriylar Uygʻonish davri” kitobini fransuz tiliga tarjima qilgan. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari oʻzbek, fors, rus, ingliz va fransuz tilda yagona jildda jam holda Shoazim Minovarov rahbarligida Islom sivilizatsiyasi markazining bir guruh ilmiy xodimlari tomonidan nashrga tayyorlangan. 2020-yilda Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan tayyorlangan «Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri» kitobi nashrdan chiqqan. Ushbu muborak nashrning tahrir hayʼati aʼzolari hisoblanuvchi taniqli olimlar safida Shoazim Minovarov ham bor. U kishi adabiyotshunos sifatida ham koʻplab kitoblar chop ettirgan, maqolalari matbuotda muntazam eʼlon qilinmoqda. Har bir tarjima qilingan asar xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, madaniyatlar, maʼnaviyatlar, tillarni boyitishga xizmat qiladi. Sh. Minovarovning “Choʻlpon Fransiyada” nomli maqolasida qayd etilganidek, «Tarjimachilik yozma adabiyot bilan bir paytda paydo boʻlgan. Agar Ibn Sino, Beruniy, Ulugʻbek kabi olimlar Ptolemey, Platon, Gippokratlarning asarlarini arab tiliga va Toledoda (Ispaniya) Oʻrta asrlarda faoliyat koʻrsatgan tarjimachilik maktabidagilar Sharq olimlari asarlarini lotin tiliga oʻgirmaganlarida, insoniyat koʻplab ilmiy-madaniy boyliklardan mahrum qilingan boʻlardi». Haqiqatan ham, olis tarixga nazar solsak, Birinchi va Ikkinchi Uygʻonish davrlarida xalqlar, madaniyatlar va adabiyotlarning oʻzaro yaqinlashishi hamda bir-birlaridan kuch-quvvat olib yakdil yuksalishida aynan tarjimonlarning oʻrni hamda ahamiyati beqiyos boʻlganini koʻramiz. Shunday ekan, Uchinchi Renessans sari dadil odimlayotgan yangi Oʻzbekistonning yana-da yuksalishi yoʻlida Shoazim Minavvarov kabi fidoyi ziyolilarimiz hali koʻp xizmat qilish­lariga aminmiz.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/tarzhima-sanatidan-nafis-diplomatiya-sari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 26-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻn oltinchi yalpi majlisida Senat aʼzosi F.Toshevning “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi doirasida Samarqand viloyatida ichimlik suvi taʼminoti obyektlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar toʻgʻrisidagi masala koʻtarilgan edi. Ushbu masala Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan oʻrganildi. Bugun, 30-iyul kuni oʻtkazilayotgan Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisida mazkur oʻrganish natijalari Qoʻmita raisi E. Gadoyev maʼlumot berdi. Oʻrganish natijasiga koʻra, Samarqand viloyatida 2,3 mln kishi yoki aholining 58,9 foiz markazlashgan tartibda, qolgan 1,6 mln kishi yoki aholining 41,1 foizi boshqa manbalar (shaxsiy quduq, kachalka, buloq, tashib berish) orqali ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Viloyatda 1 689 ta ichimlik suv olish inshooti mavjud boʻlib, shundan 542 tasi (32,1 foizi) taʼmirtalab holatda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimi obyektlarini qurish taʼmirlash parametrlariga koʻra, viloyatda 35 ta obyektda 212 km uzunlikdagi tarmoq hamda 34 ta inshoot (yer osti qudugʻi, nasos stansiya, xlorlash xonasi)ni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish belgilangan. Joriy yilning 3-may kuni buyurtmachi va bosh pudrat tashkiloti oʻrtasida jami 35 ta obyektda 42,3 mlrd soʻmlik qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilgan. Texnik jihatdan kuzatib boruvchi mutaxassislar tomonidan olib borilgan nazorat ishlariga koʻra, obyektlarda 127,9 km ichimlik suvi va 2,6 km oqova suv uchun transheya qazish ishlari amalga oshirilgan. Amalga oshirilgan ishlar bilan birga, Dastur doirasidagi viloyat aholisi ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash tadbirlari ijrosini taʼminlashda qator muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Pudrat tashkilotlari tomonidan 79,1 km ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 2 suv inshootini rekonstruksiya qilish ishlar amalga oshirilgan boʻlsada, amalda mazkur obyektlarning loyiha smeta hujjatlari sohaviy ekspertizadan oʻtmaganligi sababli, may-iyun oylarida bajarilgan ishlar uchun hisobvaraq fakturalar rasmiylashtirilmagan. Shuningdek, 12 ta suv taʼminoti obyektlari qurilish boʻyicha loyihachi tashkilot tomonidan loyiha smeta hujjatlari va ekspertiza xulosalari buyurtmachiga taqdim etilmagan. Qoʻshrabot tumani “Jonbuloq” MFY Mijgʻon qishlogʻi va Poyariq tumani “Baxrin” MFY Baxrin qishlogʻi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun mazkur hududlardagi yer osti suvlarining belgilangan standart talablariga nomuvofiqligi sababli Zarafshon gidrogeologiya stansiyasi tomonidan xulosa berish rad etilgan. Natijada bugungi kunga qadar muammo hal etilmaganligi sababli mazkur obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun mablagʻ (dastlabki avans toʻlovi) ajratilmagan va ichimlik suvi tarmogʻini yotqizish ishlari boshlanmagan. Qolgan 33 ta obyektda joriy yilning 13-iyuliga qadar amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari, joriy yilning may va iyun oylari uchun tasdiqlangan ishlarni bajarish grafigiga nisbatan ortda qolib 8,5 mlrd soʻmlik qurilish-montaj ishlari muddatida bajarilmasdan kechiktirilmoqda. Qurilish ishlarining sust ravishda olib borilishi, qazilgan transheyalarga quvurlar yotqizilib, oʻz vaqtida koʻmilmasligi (50 kmga yaqin) natijasida aholi uchun noqulaylik keltirib chiqarib, mahalliy hokimiyat organlariga hamda mahalliy Kengash deputatlariga shikoyat tarzidagi murojaatlar soni oshgan. Majlisda Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar va xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari hamda Mahalliy hokimiyat vakillari organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent viloyati hokimligi mutasaddilari bilan birgalikda bir oy muddatda mummoni hal qilish choralarini koʻrishi va natijasi boʻyicha axborot kiritishi, shuningdek, keyingi yalpi majlisda ushbu masala boʻyicha tegishli mansabdor shaxslarning axborotini eshitish belgilandi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/samarqand-viloyatida-ichimlik-suvi-taminotidagi-kamchiliklar-korib-chiqildi
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisida aytib oʻtildi. Unda qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini takomillashtirish maqsadida qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoring oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, Senat qoʻmitalari tomonidan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda 20 ga yaqin Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari oʻrganib chiqildi. Tahlillar ayrim qonunlarda aniq mexanizmlarning aks ettirilmaganligi, havolaki normalarning mavjudligi sababli sohaning asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinib kelinganligi, shuningdek, qabul qilingan ayrim qonunlardagi normalarning amaliyotda qoʻllanilmayotganligi sababli qonunlarni bugungi kun talablari asosida qayta koʻrib chiqish hamda takomillashtirish lozimligini koʻrsatdi. Jumladan, «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi Qonunida Chernobil halokati hamda harbiy xizmatni oʻtash oqibatida III guruh nogironi, deb topilgan shaxslarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi norma oʻz aksini topmagan. Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi xodimining aybi bilan toʻlangan ortiqcha pensiya natijasida byudjetga yetkazilgan zarar miqdori aybdor shaxsdan regress tartibida sud orqali undirilishiga oid normalar qonunda keltirilmagan. Shuningdek, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda jurnalistlik faoliyatining zamonaviy yoʻnalishlariga oid (mediamarketing va boshqalar) tushunchalarning huquqiy taʼrifi belgilanmagan. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilishga masʼul boʻlgan vakolatli davlat organlari va ularning vakolatlari aniq belgilanmagan. Bundan tashqari, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunda qutqaruv faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi harakatlar rejalari tushunchasiga taʼrif berilmagan. Qutqaruv ishlarining turlari keng va batafsil yoritilmagan. Favqulodda vaziyatlarning klassifikatsiyasi va toifalari belgilanmagan. Qolaversa, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonun 1999-yilda qabul qilingan boʻlib, uni bugungi kun nuqtai-nazaridan qayta koʻrib chiqish lozimligi, xususan, aloqa liniyasi, tarif rejasi, tarmoq xizmatlari, telekommunikatsiya infratuzilmasidan birgalikda foydalanish, telekommunikatsiya infratuzilmasi kabi tushunchalar va ularning taʼriflari berilmaganligi qayd etildi. Senat qoʻmitalari tomonidan Parlament huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilgan monitoringlar natijasida qonunlarni takomillashtirish, amaliyotda uchrayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqilganligi taʼkidlandi. Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.
2021-07-30
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-zhurnalistlik-faoliyatni-himoya-qilishga-masul-davlat-organlari-va-ularning-vakolatlari-aniq-belgilanmagan-monitoring-natizhalari-malum-qilindi
2021-yil 28-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 127506 (+879) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 90 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 32 nafari Andijon viloyatida, 16 nafari Buxoro viloyatida, 98 nafari Jizzax viloyatida, 27 nafari Qashqadaryo viloyatida, 15 nafari Navoiy viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 82 nafari Samarqand viloyatida, 22 nafari Sirdaryo viloyatida, 95 nafari Surxondaryo viloyatida, 75 nafari Fargʻona viloyatida, 50 nafari Xorazm viloyatida, 109 nafari Toshkent viloyatida, 140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Kecha kun davomida: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 49 nafar, Jizzax viloyatida 55 nafar, Navoiy viloyatida 17 nafar, Namangan viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 106 nafar, Sirdaryo viloyatida 28 nafar, Fargʻona viloyatida 66 nafar, Xorazm viloyatida 51 nafar, Toshkent viloyatida 72 nafar, Toshkent shahrida 108 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 121718 (+573) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 859 nafarni tashkil qildi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-879-nafar-kishida-koronavirus-529-nafar-kishida-pnevmoniya-aniqlandi-6-nafar-bemor-vafot-etdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. tadbirkor Oʻ.ning ishonchiga kirib, unga Andijon tumani, Mirobod MFY hududidan sholichilik hamda baliqchilik koʻli tashkil qilishi uchun kadastr idoralarida ishlovchi tanishi orqali 2,3 gektar yer maydonini 20 000 AQSH dollariga olib berishni vaʼda qilib, shundan 18 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Andijon viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk davlat kadastr korxonasi sobiq mutaxassisi B.A. fuqaro M.M.dan 18 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/baliqchilik-koli-tashkil-qilish-uchun-er-olib-berishni-vada-qilgan-firibgarlar-ushlandi
28-iyulda mamlakatimiz hududlari boʻylab 218 651 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 137 758 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 52 801 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 28 092 nafarni tashkil qildi. Ayni kungacha mamlakatimizda jami 6 982 431 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 4 489 719 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 1 787 226 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 705 486 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 149 687 nafarni tashkil qilmoqda. 28-iyul kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni: Fargʻona viloyati (28 136 doza), Andijon viloyati (24 341 doza), Namangan viloyati (21 367 doza), Buxoro viloyati (20 097 doza) band qildi. Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar: Namangan viloyatida 910 884 doza, Fargʻona viloyatida 907 405 doza, Andijon viloyatida 772 916 doza, Samarqand viloyatida 648 144 dozani tashkil qilmoqda. Emlash jarayonlari davom etadi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/yurtimizda-koronavirusga-qarshi-1-million-149-ming-nafardan-ortiq-kishi-toliq-emlandi
Buxoro turizm texnikumida umumiy ovqatlanish va servis yoʻnalishida talabalarga mahorat darslari oʻtgan Fransiyalik oshpaz Tiyeri Dezaga oʻzining ikki oylik faoliyatini yakunlab, Fransiyaga joʻnab ketdi. Oshpaz shu qisqa muddat ichida oʻz shogirdlariga Yevropa va milliy taomlarni tayyorlash sirlarini oʻrgatdi hamda yuqori servis xizmatlari sirlari bilan oʻrtoqlashdi. Tiyeri Dezaga bilan xayrlashuv kechasida talabalar ikki oy davomida undan oʻrgangan taomlardan namunalar taqdim etishdi. “Yurtimga qaytyapman, ammo Sizlarni va bu dargohdagi barchani sogʻinib qolaman. Aminmanki, men oʻrgatgan bilim va koʻnikmalar bilan siz sayyohlarni kutib olish maskanlarida mahoratingizni namoyish etasiz, yuqori servisning qanday ekanligini namoyon qilasiz. Gastronomiya sohasida yetuk kadrlar boʻlib yetishasiz, bunga ishonaman!”- dedi Tiyeri oʻz talabalariga qarata. Tadbir yakunida barcha talabalar fransuz oshpazidan sertifikatlarga ega boʻlishdi. Oʻz oʻrnida viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi mutasaddilari ham Tiyeri Dezagaga Buxoro sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi esdalik sovgʻalarini taqdim etishdi. Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekistonda turizm xizmatlarini yaxshilashga qaratilgan bu kabi loyihalar davom ettiriladi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/frantsiyalik-mashhur-oshpaz-bukhoro-turizm-tekhnikumi-talabalari-uchun-mahorat-darslari-otdi
Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.  Shu bilan birga, Markaziy bank foiz koridori ±2 foiz bandga kengaytirildi hamda pul-kredit instrumentlari toʻplamiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/markazij-bank-asosij-stavkani-14-foiz-darazhasida-qoldirdi