text
stringlengths
0
1.47M
timestamp
stringlengths
9
10
source
stringlengths
24
687
Koronavirus pandemiyasi jahon mamlakatlari qatori, yurtimizda ham koʻpgina rejalarni amalga oshirishga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti. Lekin oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida 2021-yilning birinchi yarim yilligini yalpi ichki mahsulotning oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizga oʻsishi bilan yakunlashga erishdik. Oʻtgan davr ichida barcha sohalar qatori, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, investitsiyaviy faollikni ragʻbatlantirish, aholi bandligini oshirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilgani tufayli iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining oʻsishi kuzatildi. Sanoat, xizmatlar, qishloq xoʻjaligi sohalarida yuqori koʻrsatkichlar qayd etildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmogʻi kabi agrar sektorda ham keng koʻlamli islohotlar olib borildi. Xususan, bugungi kunga qadar yerlarni foydalanishga kiritish uchun 1 203 km sugʻorish tarmoqlari qurilib, 391 km kollektor tarmoqlari taʼmirlandi, 997 dona sugʻorish quduqlari va 201 dona nasos agregatlari oʻrnatilib, 1 782 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi. Natijada respublika boʻyicha jami 189,0 ming gektar, shundan 100,5 ming gektar foydalanishdan chiqqan yerlar hamda yer osti zaxira suvlari mavjud boʻlgan 88,4 ming gektar choʻl, adir hududlardagi lalmi va yaylov yerlar oʻzlashtirilib, qishloq xoʻjaligi foydalanishiga kiritildi. Oʻzlashtirilgan yer maydonlarda 20 ming gektar sabzavot, 12,5 ming gektar poliz, 18,2 ming gektar moyli, 17,3 ming gektar dukkakli, 38 ming gektar ozuqa ekinlari, 37,9 ming gektar bogʻ, 26 ming gektar uzumzor, 9,2 ming gektar sholi va 9,8 ming gektar boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirildi. 2021-yilda fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 7 mln. tonna sabzavot, 1,6 mln. tonna kartoshka, 3,1 mln. tonna meva va 1,8 mln. tonna uzum yetishtirish belgilangan. Buning uchun qoʻshimcha ravishda hisobot davrida 64 ming gektar mevali bogʻ va 37,6 ming gektar uzumzorlar barpo etildi. Mevali bogʻlar va uzumzorlarni tashkil etish uchun 64,3 ming dona mevali, 100,6 ming dona tok koʻchatlari hisob-kitob qilinib, bugungi kunga qadar 44,9 mln dona meva va 51,9 mln dona tok koʻchatlari yetkazib berildi. Fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarning gʻalladan boʻshagan takroriy maydonlariga 92,5 ming gektar sabzavot, 22,9 ming gektar kartoshka va 33,8 ming gektar poliz ekinlari ekilishi belgilangan boʻlib, oʻtgan davrda 13,2 ming gektar sabzavot, 453 gektar kartoshka, 10,7 ming gektar poliz ekinlari ekilgani agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar natijasi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Maʼlumki, investitsiya — bu iqtisodiyot drayveri boʻlib, u boʻlmasa, iqtisodiyot rivojlanmaydi. Iqtisodiyotda investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish esa koʻplab sohalar, tarmoqlar va hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar kirib kelishiga xizmat qiladi. ​ Shu nuqtayi nazardan joriy yilning birinchi yarim yilligida 4,8 mlrd. dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi yoki prognozga nisbatan 130 foizga bajarildi. Eng muhimi, Davlat investitsiya dasturi doirasida 746 mln. dollarlik 50 ta yirik va ahamiyatli loyihalar, hududiy investitsiya dasturlari doirasida esa 21 trln. soʻmlik 5 246 ta loyihalar ishga tushirilib, 70 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bu, albatta, quvonarli holatdir. Hisobot davrida respublika boʻyicha eksport hajmlari 7 mlrd. 55 mln. dollarni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surati 112,3 foizni tashkil etganini ham alohida qayd etish zarur. Ayniqsa, eksportchi korxonalarning muammolarini tezkorlik bilan hal etish, ularga zarur koʻmakni koʻrsatish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida 24 soat faoliyat yurituvchi respublika eksport shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, eksportchi korxonalarning 1 208 ta muammoli masalalari tezkorlik bilan hal etilgani mamlakatimizda biznes vakillariga davlat siyosati darajasida katta eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan jami 150 mlrd. soʻmlik moliyaviy yordamlar koʻrsatilgani, shuningdek, eksportoldi moliyalashtirish maqsadida eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan 100 mln. dollar mablagʻ toʻliq oʻzlashtirilib, 193 ta eksportchi korxonalarga arzon foizlarda ajratilishi taʼminlangani koʻplab tadbirkorlarimiz uchun katta ragʻbat va imkoniyat boʻldi. Albatta, joriy yilning birinchi yarim yilligida qilingan ishlar diqqatga sazovor. Lekin hisobot davrida yutuqlar bilan birga bir qator muammo va kamchiliklar ham borki, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish kechiktirib boʻlmas vazifa hisoblanadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yilga moʻljallangan Davlat dasturining birinchi yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini eshitish jarayonida ayni shu jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi. Majlisda Hukumat tomonidan taqdim etilgan hisobotda barcha muhim masalalar keng qamrovda aks ettirilgani, ayniqsa, Vazirlar Mahkamasiga, uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga yuborilgan parlament hamda deputatlik soʻrovlariga berilgan javoblar chuqur tahlil qilingani ijobiy baholandi. Oʻz navbatida, Hukumatga yil yakuniga qadar Dastur ijrosini toʻliq bajarish choralarini koʻrish boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Birinchidan, Dasturning birinchi yarim yillikka belgilangan 116 ta bandidan 89 tasi toʻliq ijro etilgan, 7 ta bandning ijrosi muddatidan avval taʼminlangan. Ammo ayrim bandlar ijrosi bajarilishi kechikkan, belgilangan vazifalar hozirga qadar taʼminlanmagan. Hozirda 1-iyul holatiga muddatidan kechikishga yoʻl qoʻyilgan ayrim topshiriqlar yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda. Xususan, partiyamiz elektorati manfaatiga xizmat qiladigan, moliyaviy bozorni kengaytirishga qaratilgan muhim tadbir koʻzda tutilgan 60-band ijrosi yuzasidan «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi shu yil 9-iyul kuni Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ikkinchidan, OʻzLiDeP dasturidagi muhim yoʻnalishlardan biri boʻlgan davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish choralari koʻrilayotgani ham quvonarlidir. Zotan, davlatimiz rahbarining joriy yil 23-martdagi tegishli farmoni bilan 18 turdagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali berilishi, 28 ta turdagi davlat xizmatining natijasi aholiga pochta aloqasi orqali yetkazilishi belgilandi. Uchinchidan, energetika tizimi iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omili hisoblanadi. Bu borada elektr energetikasi sohasida raqamlashtirish siyosatini amalga oshirilayotgani, bugungi kunga qadar 7,2 milliondan ortiq aholi xonadonlariga zamonaviy elektron hisoblagichlar oʻrnatilgani, ularning 6,3 milliontasi billing tizimiga ulanib, elektr energiyasi isteʼmolini onlayn monitoring qilish yoʻlga qoʻyilgani diqqatga sazovor, albatta. Shu oʻrinda hisobotda keltirilgan bir raqamga toʻxtalishni joiz bildim.Ayni vaqtda respublikada elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari 14 ming 131 megavattni tashkil etmoqda. 2000-yilda bu koʻrsatkich 7 ming 750 megavattni, 2016-yilda 10 ming 830 megavattni tashkil qilgan. Soʻngi 20 yilda ishlab chiqarish quvvatlari 2 barobarga, oxirgi 4 yil ichida esa 25 foizga oʻsgan. Joriy yilning yakuniga qadar 9 ta issiqlik va quyosh elektr stansiyalari ishga tushirilib, generatsiya quvvatlari 1 ming 560 megavattga oshirilishi maqsad qilingan. Ushbu muhim vazifani bajarish hamda Toshkent, Xorazm, Navoiy viloyatlarida belgilangan aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun Hukumat albatta, barcha zarur choralarni koʻrishiga ishonamiz. Bu borada fraksiyamiz ham energetika vazirligi bilan hamkorlikda nazorat tahlil tadbirlarini amalga oshiradi. Toʻrtinchidan, serquyosh yurtimizda yetishtirilayotgan noz-neʼmatlar oʻzining betakror taʼmi, inson organizmi uchun foydali boʻlgan vitaminlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Shu bois meva-sabzavotlarimizga talab xorijda ham yuqori. Hozirgi murakkab sharoitda aholini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, eksport koʻlamini kengaytirish dolzarb masalalardan boʻlgani bois, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va yil davomida narx-navo barqarorligiga erishish uchun ijro organi bilan deputatlik korpusi hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyib, nazorat ishlarini kuchaytirish kerakligi tavsiya etildi. Xulosa shuki, Davlat dasturida aholi turmush sharoitini yana-da yaxshilash, odamlarning hayotdan rozi boʻlib umrguzaronlik qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bandlikni taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan muhim masalalar oʻz aksini topgan. Shu nuqtayi nazardan uning har bir bandida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilsa, joylardagi muammolar yechim topadi, jamiyatda, odamlar hayotida oʻzgarish boʻladi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/davlat-dasturi-izhrosi-belgilangan-muddatda-bazharilsa-muammolar-hududda-echim-topadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” konini borib koʻrdi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ochiq va yerosti konlari, metallurgiya va sement zavodlari, keng qamrovli infratuzilma obyektlarini birlashtirgan ulkan sanoat majmuasidir. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 7 foizi, eksport hajmining 15 foizi mazkur kombinat hissasiga toʻgʻri keladi. Oxirgi yillardagi eʼtibor natijasida yangi konlar topilib, ishlab chiqarish hajmi yana-da oshirilmoqda. “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasi shulardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi qaroriga muvofiq boshlangan ushbu loyihaning qiymati 4 milliard 894 million dollar. Davlatimiz rahbariga konning salohiyati, uni oʻzlashtirish boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Hududi 11 ming gektar boʻlgan mazkur kondan yiliga 65 million tonna maʼdan qazib olinadi. 60 million tonna mis-molibden rudasini qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasi quriladi. Shuningdek, ohak zavodi, 650 megavattli elektr tarmogʻi va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etiladi. Loyiha doirasida oʻtgan 4 yilda zamonaviy geologik tadqiqotlar, konda 83 million kub metrdan ortiq hajmdagi qazish ishlari bajarilgan. Buning uchun umumiy qiymati 415 million dollar boʻlgan 570 dan ziyod maxsus texnikalar jalb etilgan. Ushbu ulkan loyiha 2024-yilda ishga tushirilishi, jami 6 mingta ish oʻrni tashkil etilishi rejalashtirilgan.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoev-okmkning-yoshlik-1-konini-borib-kordi
Jizzaxda fuqaroning uy-joy qurishi uchun moʻljallangan yer maydoni hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. Xabarga koʻra, fuqaro A.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga Sharof Rashidov tumani, Gandumtosh MFY hududida joylashgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan 8 sotix yer maydonining kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 350 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/zhizzakhda-8-sotikh-erning-kadastr-huzhzhatlarini-rasmijlashtirib-berish-evaziga-350-dollar-olgan-fuqaro-qolga-tushdi
Andijonda baliqchilik koʻli tashkil qilish uchun yer olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Xabarga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. tadbirkor Oʻ.ning ishonchiga kirib, unga Andijon tumani, Mirobod MFY hududidan sholichilik hamda baliqchilik koʻli tashkil qilishi uchun kadastr idoralarida ishlovchi tanishi orqali 2,3 gektar yer maydonini 20 000 AQSH dollariga olib berishni vaʼda qilib, shundan 18 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Andijon viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk davlat kadastr korxonasi sobiq mutaxassisi B.A. fuqaro M.M.dan 18 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/andizhonda-20-ming-dollar-evaziga-er-olib-bermoqchi-bolgan-sobiq-kadastr-khodimi-ushlandi
Ijtimoiy tarmoqda “Toshkentda birga bir gaplashadigan GAI” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan YHXBB maʼlumot berdi. Joriy yilning 22-iyul kuni soat 23:00 larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz va T.Shevchenko koʻchalari kesishgan chorrahada YPX xodimlari O.Nazirov va F.Atayevlar tomonidan «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchisi toʻxtatilgan. Tekshiruv davomida fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisining amal qilish muddati oʻtganligi va oʻz muddatida toʻlanmagan jarimalari mavjudligi aniqlangan. YPX xodimi tomonidan qoidabuzarlik boʻyicha bayonnoma tuzilgan. Haydovchi oʻz muddatida toʻlanmagan jarimalarni shu joyning oʻzida onlayn tarzda bartaraf qilgan. Shundan soʻng, haydovchi transport vositasi texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon yoʻqolib qolganligini aytib YPX xodimiga eʼtirozlar bildirgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/toshkentda-birga-bir-gaplashadigan-gai-khodimi-bilan-bogliq-holat-haqida-malumot-berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarori bilan vakolati yakuniga yetgan olti nafar sudya navbatdagi oʻn yillik muddatga tayinlandi. Yaʼni: Turdiyev Burxon Raximovich - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi lavozimiga; Usmonov Zafar Akramovich - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻijduvon tumanlararo sudining raisi lavozimiga; Xamrayev Akram Abdurashidovich - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Navoiy viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Navbahor tumanlararo sudining raisi lavozimiga; Raximov Azamat Oqboyevich - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Sariosiyo tumanlararo sudining raisi lavozimiga; Mavlonova Dilbar Suvonovna - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga; Mamajonov Burhonjon Maxmudovich - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/vakolati-yakuniga-etgan-olti-nafar-sudya-navbatdagi-on-jillik-muddatga-tajinlandi
“Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan tegishli davlat tibbiyot muassasalarida (14 ta) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinadi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimi joriy etiladi. 2022-yil 1-yanvardan kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilishiga ruxsat beriladi. Amaldagi order berish tartibiga asosan rasmiylashtirilgan orderlardan 2022-yilning 1-yanvarigacha foydalanish mumkin. 2022-yil 1-yanvardan tegishli davlat tibbiyot muassasalarida (13 ta) imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tartibi joriy etiladi. 2021-yil 1-oktyabrdan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida bazaviy narxlarda moliyalashtirish mexanizmi joriy etiladi. 2021-yil 1-avgustdan onkologiya, onkogematologiya va gematologiya muassasalarining palliativ yordam koʻrsatish boʻlimlari shifokorlari, oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari lavozim maoshiga mehnatning sogʻliq uchun oʻta xavfli sharoitlari uchun 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq toʻlanadi. 2022-yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tugʻuruq boʻlimlari negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etiladi. 2021-yil 1-sentyabrgacha imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga respublika miqyosida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish, ularning murojaatlarini qabul qilish, maslahat berish va axborot taqdim etishga moʻljallangan yagona qisqa raqamli bepul “tezkor aloqa” yoʻlga qoʻyiladi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/ozbekistondagi-46-ta-tuguruq-bolimlari-negizida-tumanlararo-perinatal-markazlar-tashkil-etiladi
Toshkent shahrida oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. Xabarga koʻra, fuqaro Ismonaliyev Shoyadbek Sherali oʻgʻli, 1997-yilda tugʻilgan, oʻta ogʻir jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda. Ismonaliyev Shoyadbek haqida biror maʼlumotga ega boʻlganlar yoki unga oʻxshash shaxsni koʻrganlar 71-232-05-62, 102 raqamlari orqali xabar berishlari soʻraladi.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/toshkentda-ota-ogir-zhinoyat-sodir-etgan-24-yoshli-shakhs-qidirilmoqda
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 127 694,7 mlrd. soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 28 861,6 mlrd. soʻmga oshgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 118,3 % ni tashkil etgan. Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi: aloqa va axborotlashtirish – 7 318,1 mlrd. moliyaviy – 28 594,1 mlrd transport – 30 091,6 mlrd shu jumladan: avtotransport – 16 161,4 mlrd yashash va ovqatlanish – 3 618,2 mlrd savdo – 32 085,5 mlrd koʻchmas mulk bilan bogʻliq – 3 684,7 mlrd taʼlim sohasi – 5 411,5 mlrd sogʻliqni saqlash sohasi – 2 259,2 mlrd ijara – 2 643,9 mlrd kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash – 2 137,2 mlrd shaxsiy – 3 104,1 mlrd meʼmorchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 2 702,2 mlrd; boshqalar – 4 044,4 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-yanvar-iyun-ojlarida-127-6947-mlrd-somlik-moliyavij-khizmatlar-korsatilgan
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi tomonidan «Toshkent-tovar» hamda “Chuqursoy texnik idorasi” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda bojxona toʻlovlaridan qochish maqsadida sodir etilgan navbatdagi nayrangni fosh qilishdi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi. Yurtimizda faoliyat olib boruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan yuk konteyneri oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi. Hujjatlarga koʻra, konteynerda toʻqimachilik matolari yuklangan boʻlishi lozim edi. Ammo, koʻrik davomida mazkur matolar oʻrniga hujjatlarda umuman qayd etilmagan 191 ming m. kv. pardalik matolar ortilgani fosh boʻldi. Ularning umumiy qiymati esa 2 mlrd. 941,2 mln. soʻmni tashkil qilmoqda. Shu yoʻl bilan yuk egalari davlat byudjetiga undirilishi lozim boʻlgan 884,2 mln. soʻmlik bojxona toʻlovlaridan qochishga urinishgani fosh boʻldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/bozhkhonachilar-salkam-3-mlrd-somlik-pardalik-matolarning-boshqa-nom-ostida-olib-kirilishiga-chek-qojishdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman boʻlimi hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.S. pandemiya sharoitida talab yuqori boʻlgan dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, tegishli hujjatlari boʻlmagan 435 dona “Remdessa remdesivir 100mg” nomli hamda 500 dona “Kyupen” nomli dori vositalarini xaridorga 181 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/toshkent-tumanida-pandemiya-sharoitida-talab-yuqori-bolgan-dori-vositalarining-noqonunij-muomalaga-kiritilishining-oldi-olindi
Prezidentimizning “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tizimini takomillashtirish boʻyicha bir qator muhim vazifalar belgilandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi. Unga koʻra, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab, yurtimizdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasasi va Bolalar milliy tibbiyot markaziga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilinadi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimi joriy etiladi. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga davolanishga yoʻllashda: — kasallikning ogʻirligi darajasidan kelib chiqib axborot tizimi orqali navbatda turishning shaffof mexanizmlari tatbiq etiladi; — kam taʼminlangan oilalarga mansub shaxslar toifasiga kiruvchi fuqarolar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq aniqlanadi; — bemorlarga oʻzlarining soʻrovlari, murojaatlari hamda navbati haqidagi axborotni real vaqt rejimida olish imkoniyati taʼminlanadi; — bemorlarga, ularning kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma beriladi; — yoʻllanma axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi va davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmatlar olish huquqini beradi; — bemor, davolanganidan soʻng Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi davolagan muassasaga bazaviy narxlar doirasida bemorga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga muvofiq, sarflangan mablagʻni Davlat byudjeti hisobidan oʻtkazib beradi. Qarorga muvofiq, amaldagi order berish tartibiga asosan rasmiylashtirilgan orderlardan 2022-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish belgilangan.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/imtiyozli-davolanishning-shaffof-tizimi-zhorij-etiladi
Prezidentimiz shu yil 26-iyul kuni “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Unga asosan, 2021-2022-yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilandi. Xoʻsh, bu markazlarning tashkil etilishidan maqsad nima? Oʻzi bunga ehtiyoj bor edimi? Aytish joizki, ushbu qaror oʻz vaqtida va eng zarur paytda qabul qilindi. Chunki bugungi kunda mamlakatimizda qoʻshma shikastlanishlar hamda oʻtkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish masalasi juda dolzarb boʻlib turibdi. Ayniqsa, oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmatini koʻrsatishga talab ortib bormoqda. Shu jihatdan qarorda hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik boʻlimlarining umumiy oʻrinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha oʻrinlar ajratish, hududiy sogʻliqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qoʻshimcha neyroxirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritilishi belgilab qoʻyildi. Maʼlumki, Prezidentimizning 2020-yil 10-noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, 6-23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini, 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar, homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati, 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash nazarda tutilgan edi. Ana shu tartib-tamoyillar mazkur hujjatda ham mustahkamlab qoʻyilgani ayni muddao boʻldi. Yana bir muhim masala. Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida hududlarning umumiy oʻrinlar fondi hisobidan nefrologiya va gemodializ boʻlimlarini 50 oʻringacha yetkazish, dializ apparatlari va sarflash vositalarini xarid qilish, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab oliy tibbiyot taʼlim muassasalarida nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binolarini qurish va rekonstruksiya qilish masalalari ham oʻz ifodasini topgan. Qaror matni bilan tanishar ekanmiz, mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirishga, aholiga qulay, tezkor va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yaratish borasida katta gʻamxoʻrliklar qilinayotganiga amin boʻlasiz. Maqsad el sogʻligini muhofaza qilish, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodni sogʻlom, barkamol qilib tarbiyalash haqida borar ekan, ushbu qaror ijrosini taʼminlashda biz deputatlar ham astoydil harakat qilishimiz lozim. Zotan, el sogʻligi yurt boyligi, bu boylikni asrash uchun esa har birimiz masʼulmiz.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/mamlakatimizda-35-ta-tumanlararo-otkir-qon-tomir-kasalliklari-markazi-tashkil-etiladi
Hukumat qarori (470-son, 28.07.2021-y.) bilan Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Nizomga koʻra, Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi. Zarar oʻrnini qoplash masalasini koʻrib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar tuziladi. Shunga koʻra, xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar oʻrnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi. Zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masala 10 kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda esa 20 kun ichida koʻrib chiqiladi. Komissiya qarori 3 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi. Komissiya qarori qabul qilingach, Milliy gvardiya organlari tomonidan 10 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/millij-gvardiya-khizmatchisining-mol-mulkiga-etkazilgan-zararni-qoplash-tartibi-belgilandi
Mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi xabariga koʻra, Oʻzbekiston-AQSH parlamentlararo hamkorligini yana-da kengaytirish, shuningdek, AQSH Kongressi bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston elchisi Javlon Vahobov amerikalik qonun chiqaruvchilar bilan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi. AQSH Kongressi tashqi ishlar qoʻmitasida Osiyo, Tinch okeani va Markaziy Osiyo boʻyicha quyi qoʻmitaning hamraisi, Ogayo shtatidan saylangan respublikachi kongressmen Stiv Chabot bilan uchrashuv chogʻida u Oʻzbekiston rahbariyatini “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi. “Toshkent konferensiyasi mintaqaning ulkan iqtisodiy, transport va gumanitar salohiyatidan foydalangan holda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi”, - dedi kongressmen. Stiv Chabot AQSH Kongressiga 1995-yil yanvar oyida saylangan. U Tashqi ishlar, sud va kichik biznes qoʻmitalarining aʼzosi. AQSH Kongressiga Nyu-Jersi shtatidan saylangan kongressmen, Demokratik partiya aʼzosi Endryu Kim Oʻzbekiston ilgari surayotgan mintaqaviy siyosatni qoʻllab-quvvatlar ekan, bunday siyosat Markaziy Osiyoda ishonch va oʻzaro tushunish muhitini mustahkamlashga hissa qoʻshayotganini qayd etdi. Kongressmen Toshkentda oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro anjumani yakunlariga yuqori baho berdi. Ushbu anjuman davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish imkonini berishini va davlatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamda transport aloqalarini kengaytirish orqali Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Endryu Kim AQSH Kongressiga 2019-yil yanvar oyida saylangan. Etnik koreyslardan Kongressga saylangan birinchi vakil, Demokratik partiya aʼzosi. U Qurolli kuchlar, tashqi ishlar va kichik biznes qoʻmitalari faoliyatida ishtirok etadi. Tennessi shtatidan respublikachi kongressmen Tim Burchett bilan uchrashuv chogʻida amerikalik qonun chiqaruvchi AQSH va Oʻzbekiston munosabatlaridagi hozirgi yuqori darajadagi izchillikdan, jumladan, parlamentlararo hamkorlik aloqalaridan mamnuniyat bildirdi. Kongressmenning aytishicha, parlamentlararo yaqin aloqalar koʻp qirrali strategik sheriklikni targʻib qilishning muhim koʻmagiga aylanishi kerak. Shu munosabat bilan Tim Burchett AQSH Kongressi vakillari bilan hamkorlikni yana-da jadallashtirish zarurligini taʼkidladi. Tim Burchett AQSH Kongressiga 2019-yil yanvar oyida saylangan. U Osiyo, Tinch okeani va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha Subqoʻmita aʼzosi va AQSH Kongressiningg Tashqi ishlar qoʻmitasida Yadro tarqalishiga qarshi kurash hamda Transport va infratuzilma boʻyicha qoʻmitalarining aʼzosi. Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotiga koʻra, amerikalik qonun chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar natijasida Oʻzbekiston-AQSH hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan muntazam muloqotlarni rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Kongressmenlar Vakillar palatasidagi «Oʻzbekiston boʻyicha kokus» guruhiga qoʻshilish boʻyicha qiziqishini tasdiqladi. Ular ushbu doʻstlik guruhi Kongressda keng qoʻllab-quvvatlanayotganini maʼlum qildi. Bundan tashqari, AQSH Kongressi aʼzolari 2021-yilning kuzida AQSH delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etishni rejalashtirayotgan Missisipi shtatidan saylangan respublikachi kongressmen Trent Kelli bilan birga mamlakatimizga safar qilishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-elchisi-vashingtonda-aqsh-kongressi-azolari-bilan-ikki-tomonlama-munosabatlar-masalalarini-muhokama-qildi
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari doirasida bokschimiz Fanat Qahramonov ikkinchi bahsida ringga koʻtarildi. Bu gal unga qozogʻistonlik sportchi raqiblik qildi. Jahon chempionati va Osiyo oʻyinlari finalchisi Abilxan Amankulga qarshi kechgan jang raqibning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa yana bir bokschimiz Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini yakunlamoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/tokio-2020-fanat-qahramonov-ham-olimpiya-ojinlaridagi-ishtirokini-yakunladi
Prezidentimizning “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra: 2021-yil 1-noyabrdan boshlab, respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi va urologiya; 2022-yil 1-yanvardan kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatilishiga ruxsat beriladi. Ushbu yangi tizim orqali imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar tibbiy xizmat koʻrsatadigan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan shartnomasi mavjud davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarini oʻz xohishiga koʻra erkin tanlash huquqiga ega boʻladi. Shuningdek: — imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi; — nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan tuziladigan shartnoma asosida bazaviy narxlardan kelib chiqib, amalga oshiriladi. Bundan tashqari, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar sifatini baholash hamda ularning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini, ajratilgan mablagʻlar samaradorligi va natijadorligini nazorat qilish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/imtiyozli-toifaga-kiruvchi-bemorlar-nodavlat-tibbiyot-muassasalarida-ham-bepul-davolanadi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun kasbiy ijodiy imtihonlar boshlandi. Joriy yilning 28-iyul sanasidan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlar Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, Musiqiy taʼlim, Jismoniy madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha boshlandi. Ijodiy imtihonlar Chilonzor tumanida joylashgan universitetning bosh binosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport majmuasida boʻlib oʻtmoqda. Imtihonlar oʻtkazilishidan oldin abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish vaqtida koʻrsatgan telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborilib, ularga imtihon oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti maʼlum qilingan. Xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida har bir imtihon oʻtkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlandi va ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini   havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan. Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirayotgan abituriyentlar tibbiyot niqobi va qoʻlqopi, ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/pedagogika-universitetida-kasbij-izhodij-imtihonlar-boshlandi
2021-yil 28-iyulda BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. Bu haqda TIV xabar berdi. Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006-yil 13-dekabrdagi 61/106-sonli Rezolyutsiya bilan qabul qilingan va 2008-yil 3-may kuni kuchga kirgan. Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 2009-yil 27-fevral kuni imzolangan va 2021-yil 7-iyunda OʻRQ-695-sonli Qonun bilan ratifikatsiya qilingan edi. Ushbu xalqaro shartnomada bugungi kunda 184 ta davlat ishtirok etadi. Konvensiya 50 moddadan iborat boʻlib, unda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va asosiy erkinliklari, jumladan ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, taʼlim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, boʻsh vaqtni oʻtkazish, dam olish va sport bilan shugʻullanish, yetarlicha turmush sharoitiga ega boʻlish va ijtimoiy yordam huquqlari eʼtirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan. Konvensiyada qoidalariga rioya etilishi va ishtirok etuvchi davlatlarning majburiyatlarining bajarilishini muvofiqlashtirish va buning monitoringini amalga oshirish maqsadida BMTning Nogironlar huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tashkil etilgan. Oʻzbekistonda 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining F-5006-son Farmoyishi bilan Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash boʻyicha komissiya tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5270-sonli Farmoni, shuningdek, 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonuni qabul qilingan. Konvensiyada ishtirok etish milliy qonunchilikni va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirishga hamda ularni xalqaro norma va standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/nogironlar-huquqlari-togrisidagi-konventsiya-ozbekiston-respublikasi-uchun-kuchga-kirdi
Osvensim(nemislar Aushvis-Birkenau deb atashgan) Polsha hududida natsistlar asirlarni saqlagan eng yirik oʻlim lagerlaridan biri hisoblanadi. Hozirgacha boʻlgan hisob-kitoblarga koʻra bu yerda 1,1 milliondan ortiq kishi 1940-45 yillarda jisman yoʻq qilingan. Tadqiqotlar esa davom etmoqda. Xususan, yaqinda mazkur konslager va oʻlim lagerlari majmuasida saqlangan oʻzbekistonliklarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarning birinchi va eng muhim bosqichi yakuniga yetdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasiga tayanib xabar qiladi. Tadqiqotning oraliq natijalariga koʻra lagerda saqlangan oʻzbekistonliklar 100 nafardan ortiqroqni tashkil etib, ular asosan 1941-1942-yillarda keltirilgan. «Bugun Aushvis-Birkenauda turli sabablardan – ochlik, oʻpka, yurak va oshqozon kasalliklaridan vafot etgan 22 nafar oʻzbek asiri haqida maʼlum boʻldi...»-deyiladi xabarda. Ular toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar shakllantirildi. Besh yil davom etgan tadqiqotlar ikki davlat diplomatik vakolatxonalari, shuningdek “Aushwitz-Birkenau Fondation” fondi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida olib borildi. Loyiha hududdagi jonkuyarlar tomonidan moliyalashtirilib, polyak tarixchilari va guvohlar yordamida amalga oshirildi. “Dunyo” maʼlumotlariga koʻra, Aushvis-Birkenau oʻlim lagerida vafot etgan asirlarning qarindoshlarini aniqlash boʻyicha olib borilgan ishlar natijasida 22 nafar asirdan ikki nafarining Navoiy viloyatida qarindoshlari topilgan. “Otalari va bobolari taqdiri haqida xabardor boʻlish ham quvonchli, ham qaygʻuli hodisa boʻldi. Oilalar uzoq yillar oʻz bobolarini izlashgani, biroq natijasi boʻlmaganini maʼlum qildi. Mahalliy qabristonda ularning ramziy qabristonini oʻrnatishga qaror qilindi”, - deya etgan agentlik. Ikki davlat elchixonalari ayni vaqtda joriy yil oktyabrida Oʻzbekistonga 60 nafarga yaqin polyak ekspertlari, Polsha Xalq xotirasi instituti tarixchi va tadqiqotchilarining tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Toshkentdagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida ular ishtirokida tadbir boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Taʼkidlash joiz, bir-biridan ming-minglab kilometr olislikdagi Oʻzbekiston va Polsha mamlakatlarini oʻtgan asrning oʻta shafqatsiz qirgʻinbarotlari xotirasi ham bogʻlab turadi. Bugungi kunda Navoiy viloyatida ham polyak ofitserlarining qabristoni mavjud. Bu yerda Germaniya va sobiq SSSR oʻrtasidagi 1939-yil pakti asosida Polshaning sobiq ittifoqqa oʻtgan hududidan deportatsiya qilingan askarlari dafn etilgan. Qabristonga kiraverishdagi ramziy yodgorlikdagi taxtachaga “Bu yerda qalbda sogʻinch, nigohlari olisdagi Vatanga qadalgan 7-polyak diviziyasining 1942-yilda halok boʻlgan askarlari dafn etilgan”, deb yozib qoʻyilgan.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/navoij-viloyatida-osventsim-olim-lagerida-halok-bolgan-22-nafar-asirdan-2-nafarining-qarindoshlari-aniqlandi
Joriy yilning 28-iyul kuni soat 16:20 larda, Navoiy viloyati, Nurota tumani, Qadoq MFY hududidan oʻtgan 4R-55 avtomobil yoʻlining 76-kilometrida haydovchi, 1978-yilda tugʻilgan B.P. “Nekciya-3” rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yoʻqotgan va transport vositasi yoʻldan chiqib ketib agʻdarilgan. Natijada, yoʻlovchi, 1982-yilda tugʻilgan X.K. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan, deb xabar berdi YHXBB. Mazkur YTH yuzasidan Nurota tumani IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/nurotada-neksiya-3-agdarilib-ketdi-hajdovchi-voqea-zhojida-vafot-etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash va qoʻllab-quvvatlashning bir necha tuzilmalari yoʻlga qoʻyilgan. 13 ta Bolalar uyida 560 nafar, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasida 1 ming 823 nafar, 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming nafar oʻgʻil-qizlar tarbiyalanmoqda. Bundan tashqari, 79 ming nafar bolalar homiylik, vasiylik va oila patronati qaramogʻiga olingan. Yigʻilishda mazkur muassasalardagi yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, uy va ish bilan taʼminlanish darajasi tahlil qilindi. Soʻnggi oʻn yilda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilarining 51 foiziga uy-joy ajratilgan. Mehribonlik uylaridan chiqqan yigit-qizlarning 64 foizi ish bilan taʼminlangan. Taʼlim-tarbiya sifati ham yuqori emas. Davlatimiz rahbari Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish zarurligini taʼkidladi. Shu maqsadda bu borada yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Unga koʻra, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchalaridagi yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi masʼul boʻladi. Buning uchun qoʻmondon oʻrinbosari lavozimi joriy etilib, alohida boshqarma tashkil etiladi. Mehribonlik uylaridagi bolalarga saboq berish, ularni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, sport bilan shugʻullanishlarini tashkil etish boʻyicha yangi metodikalar ishlab chiqiladi. 14 yoshdan yuqori oʻgʻil-qizlarni eng talab yuqori kasblarga oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligiga har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga oliy oʻquv yurti hamda sport maktablarini biriktirish vazifasi qoʻyildi. Ular tomonidan fan va sport toʻgaraklari tashkil etiladi, bunga jalb etilgan ustozlarga ustama toʻlanadi. Bundan tashqari, sharoiti ogʻir boʻlgan Mehribonlik uylari Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimliklari tomonidan otaliqqa olinadi. Bugungi kunda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining 17 foizi chin yetimlar, qolgan 83 foizi esa ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari voz kechgan bolalar hisoblanadi. Bunday oilalarga moddiy yordam berish orqali aksariyat bolalarni oʻz oilasi bagʻriga qaytarish mumkinligi aytildi. Vasiylik va homiylik organlarida 79 ming bola roʻyxatda turadi, shundan 35 ming nafari farzandlikka olingan. Lekin, ular bilan shugʻullanish uchun tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlarida bitta xodim biriktirilgan. Bu yetarli emasligi taʼkidlanib, har bir tuman va shahar hokimligida Vasiylik, homiylik va patronat ishlari boʻlimi tashkil etilishi hamda ularga 4 nafardan shtat ajratilishi belgilandi. Shuningdek, Milliy gvardiya, maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, mahalla va sektor vakillaridan iborat ishchi guruh tuziladi. Ularga vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalarning ahvoli, oilaviy sharoitidan har hafta xabar olish yuklatiladi. Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar 18 yoshga toʻlguniga qadar ular uchun mahalliy byudjetdan 1 million 200 ming soʻm, nogironligi boʻlganlarga esa respublika byudjetidan 2 million 500 ming soʻm toʻlanadi. Nogironligi boʻlgan bolalarni oʻz qaramogʻiga olgan oilalarga ularning parvarishi davrini mehnat stajiga qoʻshib hisoblash tartibi joriy etiladi. Shu yil 1-sentyabrdan boshlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha, toʻlov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi. Bundan tashqari, “temir daftar”ga kirgan oilalar farzandlari, shuningdek, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan bolalarga maktabga chiqishi uchun 500 ming soʻmdan beriladi. Vasiylik, homiylik va patronatga olinganlar ham oliy oʻquv yurtlariga kirishda Mehribonlik uylari bitiruvchilari uchun ajratilgan qoʻshimcha kvotadan foydalanadilar. Prezidentimiz Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yana-da kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Jumladan, 18 yoshga toʻlgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi. Buning uchun joriy yilda byudjetdan 120 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Yana bir yangilik – yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi. Shuningdek, bunday talabalarga pensiya toʻlash muddati amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytiriladi. Ularga zarur adabiyotlar sotib olishi uchun har yili bir marta 1 million 200 ming soʻm subsidiya beriladi. Yigʻilishda nogironligi boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash va davolash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Davlatimiz rahbari bunday bolalarni zarur tibbiy vosita va aravachalar bilan taʼminlash, jarrohlik operatsiyalari oʻtkazish, implantant va protez oʻrnatish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratishga koʻrsatma berdi. Shuningdek, ixtisoslashgan maktablarga yirik korxonalar va klasterlarni biriktirib, sharoitlarni yaxshilash mumkinligi qayd etildi. Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari oʻrniga Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya tashkil etilishi, hududiy komissiyalarga esa viloyat hokimlari rahbarlik qilishi belgilandi. – Ota-ona mehridan mahrum va nogironligi bor bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni jamiyatning faol aʼzolari sifatida tarbiyalash barchamizdan jiddiy eʼtibor va amaliy harakatlarni talab qiladi. Birorta bola “men yetim yoki nogironman” deb oʻksinmasligi, davlatimiz va jamiyatimizning mehridan chetda qolmasligi kerak. Ularni zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish, barcha sharoitlarni yaratib berish nafaqat vazifa, balki muqaddas burchdir. Masalaga shu jihatdan yondashsak, ishimizda albatta natija boʻladi. Farzandlarimizga qilgan har bir yaxshiligimiz oʻn yaxshilik boʻlib qaytadi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev. Yigʻilishda mutasaddilar, pedagog va yoshlar muhokama qilingan masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/izhtimoij-himoyaga-muhtozh-bolalar-talim-tarbiyasi-bojicha-yangi-tizim-zhorij-etiladi
Italiyaning «Jenoa» klubi aʼzosi boʻlgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov oʻz faoliyatini Rimning «Roma» klubida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira oʻzining «Tvitter»dagi sahifasida . Manbaga koʻra, oʻzbekistonlik hujumchi «Roma»ga ijara huquqi asosida koʻchib oʻtadi. Ijara shartnomasi futbolchini 16 mln. yevro evaziga sotib olish majburiyatini ham oʻz ichiga oladi. «Jenoa», shuningdek, Shomurodovning boshqa klubga transferidan foiz olishi maʼlum qilingan. Oʻzbekistonlik legionerning shartnomasi 2026-yilgacha moʻljallangan. Eslatib oʻtamiz, hamyurtimiz 2020-yilda Rossiyaning “Rostov”  klubidan «Jenoa» safiga 7,5 mln. yevro evaziga borib qoʻshilgandi. Uning genuyaliklar bilan tuzgan kelishuvi 2024-yil yozigacha moʻljallangan edi. Oʻtgan mavsumda Eldor Italiya A seriyasi doirasida 31 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va bitti golli uzatmaga mualliflik qildi. Ayni paytda  Transfermarkt internet-portali Shomurodovning transfer narxini 7 mln. yevro deb baholamoqda.
2021-07-29
https://xs.uz/uz/post/eldor-shomurodov-oz-faoliyatini-romada-davom-ettiradi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar quyidagilar: Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning yanvar - iyun oylarida Oʻzbekistonning jami eksport hajmi 7,0 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-eksportidagi-top-10-davlatlar-elon-qilindi
“Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali koʻrsatiladi. Qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga koʻra, avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Avtotransport orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnoma uchun toʻlov 10 kun muddatda amalga oshiriladi. Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi. YAIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/hukumat-tonirovkaga-rukhsatnoma-olishga-doir-qaror-qabul-qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishda talabgorlardan olinadigan test sinovlarini internet tarmogʻida onlayn efirga uzatish boʻyicha vazifalar belgilab berilgandi. Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan imtihon.tdi.uz sayti ishga tushirildi. Endilikda barcha qiziqish bildirganlar ushbu sayt va Taʼlim inspeksiyasining Youtube ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasi orqali xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlarini onlayn vaqt rejimida . Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha sinovlar talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda har oyda avvaldan eʼlon qilinadigan kunlari oʻtkazib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 27-30-iyul kunlari tashkil etilayotgan navbatdagi jarayonlarda talabgorlar “Huquqshunoslik”, “Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish” hamda “Oʻqituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishmoqda. Taʼkidlash lozim, talabgorlarning hujjatlari davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi hamda sinovlar oʻtkaziladigan muddat haqida talabgorlarga xabarnoma yuboriladi. Test sinovlari jarayonida talabgorlarga kompyuterda 50 ta test topshirigʻini yechishlari uchun 1 soat 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, talabgorlar testni yakunlashlari bilan oʻzlari qayd etgan natijalarni bilib olishlari mumkin. Ijobiy natija qayd etganlar esa xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomalarni tegishliligi boʻyicha davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuklab olishlari mumkin.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/khorizhij-diplomlarni-tan-olish-bojicha-imtihonlar-internet-tarmogida-zhonli-efirga-uzatila-boshlandi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar quyidagilar: Eslatib oʻtamiz, 2021- yilning yanvar – iyun oylarida Oʻzbekistonning jami import hajmi 10,9 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/khitoj-rossiya-ozbekiston-importida-yuqori-ulushga-ega-bolgan-davlatlar-elon-qilindi
“Oʻzgidromet” 29-iyul kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.  havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja boʻladi.  havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 39-44 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yunalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 25-30 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-29-iyul-kuni-qandaj-ob-havo-bolishi-malum-qilindi
Maʼlumki, soʻnggi toʻrt yilda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, oila institutini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda Ushbu davr mobaynida, davlatimiz xotin-qizlarni har qanday kamsitilish va tahqirlashdan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qiladigan barcha yirik xalqaro shartnomalarga qoʻshildi. Unga koʻra, “Ayollar va erkaklar teng huquqliligi hamda imkoniyatlarning kafolatlari toʻgʻrisida”, “Ayollarni zulmdan himoya qilish toʻgʻrisida“, ”Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida“, ”Oila kodeksining 15-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“, ”Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida", ilgari taʼqiqlangan ish shakllarini va mehnat qonunchiligining boshqa gender-assimetrik qoidalarini tanlash bilan bogʻliq cheklovlarni olib tashlash toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, bu borada mamlakatimiz rahbarining qariyb 20 dan ortiq farmonlari va qarorlari hamda hukumat qarorlari qabul qilindi. Shu maqsadda, Oliy Majlis Senati huzurida Xotin-qizlar masalalari va gender tengligi qoʻmitasi, Davlat Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi oʻz faoliyatini oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi davlat organi sifatida boshladi. Zoʻravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha jami 197 ta markaz va ishonch telefonlari, hududlarda jami 14 ta xotin-qizlar tadbirkorligi markazlari hamda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti ochildi. Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari boʻyicha yangi qoʻmita tuzildi, qonun hujjatlarining majburiy gender-huquqiy ekspertizasi joriy etildi, shuningdek xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi. BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya Germanning fikriga koʻra, xalqaro hamjamiyat Oʻzbekistonning gender tengligi sohasidagi saʼy-harakatlarini ijobiy baholayotganini taʼkidladi. Mazkur qonunlarning qabul qilinishi va amalga oshirilishi xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini 33 foizga, mehnatga layoqatli aholining oʻrtacha 45 foizgacha oʻsishiga yordam beradi. Bu esa ayollarning siyosat va koʻplab sohalarda yetakchilik darajasi sezilarli darajada oshganidan, mamlakatning gender tengligiga erishish yoʻlidagi izchil taraqqiyotidan dalolat beradi. Quvonarli jihati shundaki, 2019-yil oxirida oʻtgan Oʻzbekiston parlamentiga saylovlar natijalariga koʻra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizini, Senatda 25 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Parlamentlararo ittifoqning “Parlamentdagi ayollar” va “BMT-Ayollar” tashkilotining yillik hisoboti maʼlumotlariga koʻra, bu borada mamlakatimiz yetakchi sanalib, dunyoning eng yaxshi 50 mamlakati qatoridan oʻrin egalladi. Xotin-qizlarning sifatli taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi va ishga qabul qilinishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Hozirgi vaqtda talabalarning qariyb 47 foizdan ortigʻini xotin-qizlar tashkil etadi. Ayniqsa, 2020-yili joriy etilgan oliy taʼlimga qabul qilish tartibiga koʻra, oliy oʻquv yurtlariga kiruvchi xotin-qizlar uchun imtiyozlar ikki baravar oshdi. Binobarin, shu yili ijtimoiy himoyaga muhtoj jami 950 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilindi. Qolaversa, 585 ming nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan boʻlsa, bundan tashqari 36 ming nafari kasb-hunarga oʻqitildi. Shuningdek, Davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha 6 yilgacha boʻlgan imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 3 yilgacha boʻlgan muddatga hisobotning 150 baravarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi. Bu borada, ehtiyojmand ayollarni uy-joy bilan taʼminlash, yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning daromadlarini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar ijobiy samara bermoqda. Ayni paytda, xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar” kabi mexanizm joriy etildi. Bu orqali aholining turmush darajasi chuqur oʻrganilib, unda ehtiyojmand aholi qatlamlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etishga hamda 30 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishga imkon beradi. Shu maqsadda, 9 mezon asosida ularga 433 ming nafar xotin-qizlar kiritilib, elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirildi. Bugungi kunga qadar “daftar”ga kiritilgan jami 80 ming nafar xotin-qizlar muammolari ijobiy hal etildi. Joriy yil mazkur “daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan ularning turar-joy sotib olishi uchun ipoteka kreditlari boshlangʻich toʻlovni amalga oshirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston, Toshkent shahar va viloyatlar uchun byudjet mablagʻlari ajratiladi: turar joyga ega boʻlmagan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha 10 milliard soʻm miqdorida; har biri 5 milliard soʻm - voyaga yetgan qizlar va ayollarni uy-joy bilan taʼminlash uchun; otasidan ayrilgan, yolgʻiz onaning qaramogʻida, uy-joyga muhtoj. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan hokimliklar turar-joyga ega boʻlmagan xonadonlarda yashovchi ayollarga uy-joyni ijaraga berish uchun tovon puli toʻlash uchun 11 milliard soʻm ajratadilar. Ayniqsa, hududlarda ayollarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur Jamgʻarma tomonidan maxsus jarrohlik amaliyotiga muhtoj, shuningdek kam taʼminlangan va “daftarlar”ga kiritilgan xotin-qizlarni davolash uchun qariyb 30 milliard soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi. Bundan tashqari, joriy yilda hokimliklar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan boquvchisini yoʻqotgan, nogiron va yordamga muhtoj xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish maqsadida jami 80 mlrd miqdorida mablagʻ ajratildi. Oʻzbekiston tajribasini muhim ahamiyatga ega xalqaro hamjamiyat bilan almashish maqsadida, Toshkentda xotin-qizlar muammolariga bagʻishlangan qator yirik forumlar oʻtkazildi. Shu munosabat bilan, 2020-yil 22-dekabrda Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari bilan muloqotida, quyidagi masalalar koʻtarilgan: mintaqada tinchlik va barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash, barqaror rivojlanishga erishishda mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro ishonchni mustahkamlash, davlat va jamoat boshqaruvi tizimida ayollarning vakolatlarini kengaytirish kabilar shular jumlasidandir. Joriy yilning aprel oyida Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar rahbar ayollari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shafeligida, SHHT Xalq diplomatiyasi markazi senatorlar ishtirokida, Shanxay hamkorlik tashkilotining barcha mamlakatlaridan kelgan deputatlar, ayollar assotsiatsiyalari rahbarlari, olimlar ishtirokida forum boʻlib oʻtdi. Ushbu Forumda SHHT ga aʼzo davlatlarning keng koʻlamli barqaror rivojlanishini taʼminlash, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy oʻzgarishlarda va madaniy hamda xalq diplomatiyasini amalga oshirishda ayol rahbarlarning ishtiroki va rolini oshirish kabi dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Ishtirokchilar forumning ahamiyatini taʼkidladilar, qayerda ilmiy nuqtayi nazardan, yetakchi ayollar rolini oshirishda erishilgan yutuqlar va muammolar baholanadi SHHT makonida barqaror rivojlanishni taʼminlashda. Shu yilning iyun oyida Toshkentda "Barqaror rivojlanish yoʻlida Markaziy Osiyo va Afgʻoniston ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish" Xalqaro biznes forumi boʻlib oʻtdi. Unda xotin-qizlarning iqtisodiy jihatdan huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, pullik xizmatni joriy etish va ayollarning uy yumushlarini kamaytirish, oʻqitish, malakasini oshirish va munosib ish oʻrni bilan taʼminlash orqali xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar koʻtarildi. Oʻz navbatida, Jahon bankining ishbilarmon xotin-qizlar huquqlari indeksiga muvofiq, Oʻzbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi sohasida samarali islohotlarni amalga oshirgan 27 mamlakat orasida 190 orasida 134-oʻrinni egalladi (2019-yilda - 139-oʻrin). Ayni paytda, Jahon banki ekspertlari Odri Saks va Uilyam Zays taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston mamlakatdagi qariyb 17 milliondan ortiq xotin-qizlarga imkoniyatlarni kengaytirish borasida ulkan yutuqlarga erishdi. Shunday qilib, ishonch bilan taʼkidlash mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida xotin-qizlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning huquqiy va institutsional mexanizmlari yaratilgan. Iqtisodiy oʻsish, bandlik va ayollar oʻrtasida kambagʻallikni qisqartirish oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik mavjud. Davlatimiz salohiyatli kadrlarni tayyorlash hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini, yaʼni xotin-qizlar, yoshlar va nogironlar bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqda. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Gender tengligini taʼminlash, davlat va jamiyat barqarorligining asosi boʻlgan siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirishda ayollarning toʻliq ishtirokini taʼminlashga doir koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-khotin-qizlarni-qollab-quvvatlash-borasda-qandaj-ishlar-amalga-oshirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bugun videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi maʼlum qildi. Prezident yigʻilish mehribonlik uylarida mutlaqo yangi tizim joriy qilinishini maʼlum qildi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/mehribonlik-ujlari-va-bolalar-shaharchalari-khalq-talimi-vazirligi-tizimidan-chiqarilib-millij-gvardiyaga-otkaziladi
Maʼlumki, keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan bogʻliq turli asossiz mish-mishlar keng tarqalmoqda. Bu masalaga aniqlik kiritish maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyev ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat bilan chiqdi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/fargona-hokimi-khajrullo-bozorov-operatsiya-qilindi
Fargʻona vodiysining qator hududlariga yana sel kelishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi. Qayd etilishicha, Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻli hududlarida va vodiyning Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomgʻirlar hisobiga, 29-31-iyul kunlarida Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelish xavfi bor.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/29-31-iyul-kunlari-fargona-vodijsiga-yana-sel-kelishi-mumkin
Oʻzbekistonlik dzyudochi Davlat Bobonov (-90 kg) “Tokio-2020” Olimpiya oʻyinlaridagi bronza medalni qoʻlga kiritdi. Sovrin uchun kechgan bellashuvda hamyurtimiz turkiyalik Mixael Zgank ustidan sof gʻalabaga erishdi.  Bu oʻzbekistonlik sportchilar tomonidan  “Tokio-2020”da qoʻlga kiritilgan ikkinchi medal hisoblanadi. Bungacha taekvondochimiz Ulugʻbek Rashitov oltin medalga sazovor boʻlgan edi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/tokio-2020-dzyudochi-davlat-bobonov-bronza-medalini-qolga-kiritdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bugun videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi maʼlum qildi. Unda Shavkat Mirziyoyev mehribonlik uylarida joriy etiladigan yangi tizim qanday boʻlishi kerakligini maʼlum qildi. «Bir oy muddatda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi kamida 20 tadan eng zamonaviy kompyuter va tezkor Internet bilan taʼminlansin. Bir oy muddatda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi Inxa universiteti, Axborot texnologiyalari universiteti, IT markaz va parklarga bogʻlab, oʻquv kurslarini tashkil etilsin. Moliya vazirligi har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalariga oʻz tizimidagi ikkitadan mutaxassisni doimiy biriktirib, oʻz vaqtida moliyalashtirish va ajratilgan mablagʻlarni samarali ishlatishga javob beradi. Bundan tashqari, sharoiti ogʻir boʻlgan Mehribonlik uylarini Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimlari otaliqqa oladi. Masalan, Prezident Administratsiyasi – Yashnoboddagi 30-son, Vazirlar Mahkamasi – Yunusoboddagi 23-son, Davlat xavfsizlik xizmati – Boʻkadagi 15-son, Bosh prokuratura – Samarqand shahridagi 1-son, Chegara qoʻshinlari – Buxoro shahridagi 32-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligi – Margʻilondagi 1-son, Bojxona qoʻmitasi – Qoʻqondagi 12-son Mehribonlik uylari, Mudofaa vazirligi – Andijon shahridagi “Bolalar shaharchasi” bilan shaxsan shugʻullanib, yil yakuniga qadar ularning barcha muammolarini hal etib beradilar. Shuningdek, Mehribonlik uylarida tarbiya olayotgan qizlarimizning taʼlim-tarbiyasi, ularni balogʻatga, turmushga tayyorlash Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalaridan biri boʻladi. Ushbu qizlarning barchasi “ayollar daftari”ga kiritilib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda Mehribonlik uylaridan keyingi hayotidagi oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashiladi», dedi Prezident.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/sharoiti-ogir-mehribonlik-ujlarini-prezident-administratsiyasi-vazirlar-mahkamasi-viloyat-hokimlari-otaliqqa-oladi-prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2016-2021-yillarda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, nogironligi boʻlgan bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash, kam taʼminlangan oilaning bolalariga moddiy yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Yigʻilishda ishtirok etayotgan muxbirimizning xabar berishicha, Prezident yurtimizda ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlar talab darajasida emasligini taʼkidlagan. — Har bir goʻdak bu yorugʻ dunyoga kelar ekan, unga hamma  ota-onasi bagʻrida yayrab oʻssin, baxtli-saodatli boʻlsin, deb tilak bildiradi. Lekin taqdir taqozosi bilan ularning ayrimlari ota-ona mehridan benasib qoladi. Bunday holatda  bu norasida bolalarning aslo aybi yoʻq ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz, albatta, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Hozirgi kunda 13 ta Bolalar uyida 560 nafar (3-4 yoshgacha), 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasida 1,8 ming nafar (3 yoshdan 18 yoshgacha), 86 ta maxsus internatda 21 ming nafar (7 yoshdan 18 yoshgacha), homiylik, vasiylik, oila patronati asosida 79 ming nafar bola tarbiyalanmoqda. — Lekin bir oʻzimizga savol beraylik,  ushbu mehrga muhtoj bolalar  gʻamxoʻrlikni toʻliq his qilyapti-mi? Afsuski, yoʻq. Bugun Yunusoboddagi 21-son Mehribonlik uyiga borganimda,  sohaga masʼul vazirlik ham, hudud sektor rahbarlari ham bu yerdagi muhit va sharoit bilan ishlamagani ayon boʻldi. Misol uchun,  soʻnggi 10 yilda  Mehribonlik uylari va “Bolalar shaharchalari”ni  uy-joyga muhtoj 1 ming 188 nafar bitiruvchidan  610 nafariga yoki  51 foiziga uy-joy ajratilgan. Mehribonlik uylaridagi taʼlim-tarbiya ishlari ham  mutlaqo qoniqarsiz. Shuningdek, Mehribonlik uylari bitiruvchilarining  atigi 1,6 ming nafari  yoki 64 foizi ish bilan taʼminlangan. Shu kabi,  oʻtgan yili ixtisoslashgan maktablarni bitirgan  1,5 mingdan ziyod nogironligi bor yoshlarning atigi 264 nafari ishga joylashtirilgan. Ochiq aytish kerak,  bugungi kunda xalq taʼlimi tizimiga qarashli Mehribonlik uylari va “Bolalar shaharchalari”dagi tarbiyachilarning 95 foizi ayollar boʻlib, bolalar ularni “ona” deb chaqirishadi. Lekin  “ota” tarbiyasichi? Bu yerdagi farzandlarimizni  oilaga imkon qadar yaqin muhitda tarbiyalashimiz uchun,  albatta, “ota” va “ona” mehrini bera oladigan tizim yaratishimiz kerak, — dedi davlatimiz rahbari. Yigʻilishda tuman va shahar hokimlari hamda sektor rahbarlari  bolalarni homiylik, vasiylik va oila patronatiga berish ishlariga umuman eʼtiborsizligi qayd etib oʻtildi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/mehrga-muhtozh-bolalar-gamkhorlikni-toliq-his-qilyapti-mi-afsuski-joq-shavkat-mirziyoev
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bugun videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi maʼlum qildi. Prezident yigʻilish boshlar ekan, shunday dedi:
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/mehribonlik-ujlaridagi-talim-tarbiya-ishlari-ham-mutlaqo-qoniqarsiz-prezident
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bagʻdod tuman boʻlimi tomonidan DXXning Fargʻona viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qoʻqon pedagogika instituti talabasi Z.A. fuqaro Q.ni tanishlari orqali Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filialiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Qoʻqon pedagogika institutning sirtqi boʻlimi bosh mutaxassisi X.B. talaba Z.A. dan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/fuqaroni-oqishga-kiritib-qojishni-vada-qilgan-talaba-va-uning-sherigi-ushlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bugun videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi maʼlum qildi. Unda Shavkat Mirziyoyev nafaqa miqdorini hisoblash oʻzgarishini maʼlum qildi. «1-sentyabrdan boshlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha, toʻlov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi. Bundan tashqari, 122 ming nafar “temir daftar”ga kirgan oila farzandlari, shuningdek 370 ming nafar boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan bolalarga maktabga chiqishi uchun 500 ming soʻmdan beriladi. Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ham oliygohlarga kirishda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari uchun ajratilgan qoʻshimcha kvotadan foydalanadilar. Toʻrtinchidan, Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yana-da takomillashtiriladi. Jumladan, 18 yoshga toʻlgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi. Buning uchun, 757 nafar bolaga uy-joy sotib olishga joriy yilda byudjetdan 120 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Viloyat hokimlari 1-oktyabrga qadar 757 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlasin. Yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi. Shuningdek, ota-onasidan ajragan talabalarga pensiya toʻlash muddatini amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytirsak, oʻylaymanki, bu ham adolatdan boʻladi. Ushbu talabalarga zarur adabiyotlar sotib olish uchun har yili bir marta 1,2 million soʻm subsidiya beriladi», dedi Prezident.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/tezkor-1-sentyabrdan-boshlab-nafaqa-miqdori-oiladagi-bolalar-sonidan-kelib-chiqib-belgilanadi
Arxiv surat Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektorda maʼlum qilindi. Yigʻilishda qatnashayotgan muxbirimizning xabar berishicha, davlatimiz rahbari yangi tizim boʻyicha muhim takliflarni bildirdi. Unga muvofiq, birinchidan, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidan chiqarilib, Milliy gvardiyaga oʻtkaziladi. Buning uchun, Milliy gvardiyada alohida qoʻmondon oʻrinbosari lavozimi joriy etilib, boshqarma tashkil etiladi. Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalariga Milliy gvardiyaning hududiy boshqarma boshliqlari, har bir guruhga malakali ofitser va psixologlar biriktiriladi, logoped va defektologlar ishga olinadi. Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ular Milliy gvardiyaning harbiy qismlari, poligonlari, “chavandozlar maktablari”ga olib chiqilib, harbiy texnikadan foydalanishga, ot sportiga oʻrgatish tashkil etiladi. Ikki oy muddatda biriktirilgan Milliy gvardiya xodimlari  bolalar bilan ishlashga oʻqitiladi. Shuningdek, “Mehribonlik uylari”dagi bolalarga tarbiya berish,  ularni fan, IT-texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish,  sportning nufuzli turlari bilan shugʻullanishlarini tashkil etish boʻyicha mutlaqo yangi metodikalar ishlab chiqiladi. — Bu tizim orqali, kelgusida ushbu oʻgʻil-qizlar orasidan  “Temurbeklar maktablari” oʻquvchilari va Jamoat xavfsizligi universiteti tinglovchilari, Vatanimizning chinakam posbonlari yetishib chiqishiga ishonchim komil, — dedi Prezidentimiz. Shuningdek, har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga  2 tadan oliygoh va sport maktablari biriktiriladi. Jumladan, Yunusobod tumanidagi 21-son “Mehribonlik uyi”ga Axborot texnologiyalari universiteti va Moliya instituti, Chilonzordagi 22-son “Mehribonlik uyi”ga Jahon tillari universiteti va Toshkent pedagogika universiteti biriktiriladi. Biriktirilgan OTM rektori Mehribonlik uylariga  tarbiyachilar tayyorlash, kutubxona fondini boyitish,  bolalarni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarga oʻrgatish  va ularni kelgusida  oliygohlarga kirishiga koʻmaklashish muhitini shakllantirishga,  teatr va konsertlar tashkil etishga  masʼul va javobgar boʻladilar. Oliygohlarning yetakchi professor-oʻqituvchilari  haftada kamida ikki kun ushbu toʻgaraklarga kelib,  bolalarni oʻqitib beradilar. Buning uchun, ularga alohida ustama toʻlanadi. Shuningdek, rektorlar “Mehribonlik uylari”ning har bir tarbiyalanuvchisiga  bitiruvchi kurs aʼlochi talabalarini biriktirib, ularga motivatsiya berib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/har-bir-mehribonlik-uji-va-bolalar-shaharchasiga-2-tadan-otm-va-sport-maktablari-biriktiriladi
Prezidentimiz videoselektor yigʻilishida ota-ona mehridan mahrum va nogironligi bor bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni jamiyatning faol aʼzolari sifatida tarbiyalash barchamizdan jiddiy eʼtibor va amaliy harakatlarni talab qilishini taʼkidladi. — Viloyat, tuman va shahar hokimlari, soha rahbarlari  bir narsani aniq tushunishi lozim. Birorta bola “men yetim yoki nogironman” deb oʻksinmasligi, hech bir bola davlatimiz va jamiyatimizning eʼtibori va mehridan chetda qolmasligi kerak. Buning uchun, ularni eng zamonaviy kasb-hunarga oʻqitish,  bilim olishiga barcha sharoitlarni yaratib berish barchamiz uchun nafaqat vazifa, balki muqaddas burchdir. Masalaga xuddi shu jihatdan yondashsak, ishimizda albatta natija boʻladi. Faqat vazifa yoki majburiyat nuqtayi nazaridan qarasak, hech narsaga erisha olmaymiz. Ana shu farzandlarimizga qilgan har bir yaxshiligimiz oʻn yaxshilik boʻlib albatta qaytadi. Shuni hech birimiz yodimizdan chiqarmasligimiz zarur, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/ota-ona-mehridan-mahrum-va-nogironligi-bor-bolalarga-qilgan-har-bir-yakhshiligimiz-on-yakhshilik-bolib-albatta-qajtadi-shavkat-mirziyoev
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyini borib koʻrdi. Bu muassasada 122 nafar oʻgʻil-qiz tarbiyalanmoqda. Ularning 47 nafari yetim, 75 nafari ijtimoiy yetim bolalardir. Taʼlim maskanida malakali oʻqituvchilar, psixolog, logoped, defektologlar faoliyat yuritmoqda. Robototexnika, mental arifmetika, sartaroshlik, pazandalik, tikuvchilik toʻgaraklari tashkil etilgan. Sport mashgʻulotlarida bolalar salomatligini mustahkamlash bilan birga respublika va xalqaro musobaqalarda sovrindor ham boʻlmoqda. Davlatimiz rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalarning mashgʻulotlarini koʻzdan kechirdi. - Bugun kelishimizdan maqsad sizlar bilan koʻrishib, sizlarning timsolingizda barcha tarbiyalanuvchilar uchun sharoitlarni bundan-da yaxshilash, iloji boricha, oiladagidek muhit, tarbiya tashkil qilish. Hamma bilan teng boʻlib taʼlim-tarbiya olishingiz, oliygohlarda oʻqib, kasb egallashingiz, uy va ish bilan taʼminlanib, hayotda munosib oʻrin topishingiz uchun imkoniyatlar yaratamiz. Shuni bilinglarki, sizlarning ota-onangiz, vataningiz bor. Davlat sizlarni hech qachon eʼtiborsiz qoldirmaydi, - dedi Prezident. Mehribonlik uyida sharoitlar yaxshi. Lekin bolalar bilan yakka tartibda ishlash, ularni kasbga yoʻnaltirish talab darajasida emas. Tarbiyalanuvchilarning 18 yoshdan keyingi mustaqil hayoti, oliy maʼlumot olishi va bandligiga koʻmaklashuvchi masʼul idora yoʻq. Shu bois davlatimiz rahbari barcha Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi masʼulligiga oʻtkazish taklifini bildirdi. – Bu muassasalarning moddiy homiysi bor, maʼnaviy homiy kerak. Bu ham savob, ham kerakli ish, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Mamlakatimizda 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasi bor. Ularda 1 ming 823 nafar oʻgʻil-qiz yashab, oʻqimoqda. 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming 363 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ushbu muassasalar, sinov tariqasida, Milliy gvardiya masʼulligiga oʻtkazilishi belgilandi. Bolalarga ixtisoslashgan taʼlim berish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha metodika yaratish vazifasi qoʻyildi. Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni fan, sanʼat va sport tashkilotlari bilan bogʻlab, tarbiyalanuvchilarning qobiliyatini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/bu-muassasalarning-moddij-homijsi-bor-manavij-homij-kerak-bu-ham-savob-shavkat-mirziyoev-21-mehribonlik-ujini-borib-kordi
Koronavirus pandemiyasi kirib kelishi bilan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlandi. Biroq, koʻcha-koʻyda, jamoat joylarida “Men vaksina olganman”, “Oʻzimning ishxonam boʻlsa, niqob taqishim shartmi?”, “Uyda qolib ketibdi” kabi bahonalar ila beniqob yurganlarni uchratib qolamiz. Niqob taqish qaysidir maʼnoda himoya vazifasini bajaradi. Oʻtgan yilning mart oyidan buyon niqob taqing, ijtimoiy masofani saqlang, deb har qadamda bong uriladi. Ammo bunga soʻzsiz amal qilish uchun tibbiy madaniyatimiz oqsayaptimikan, deb oʻylab qolaman. Koʻcha-koʻyda, yon-atrofdagilarga bir eʼtibor bering. Ayrimlar niqobni iyagiga tushirib olgan, birov bilagiga bogʻlab olgan yoki bir qulogʻida sirgʻaday boʻlib osilib turibdi. Bunday niqobdor boʻlishning nima foydasi bor? Tibbiy niqob taqishdan asosiy maqsad kasallikdan himoyalanish emasmi? Karantin choralari yumshatilgach, odamlarning turli yumush bilan koʻchaga chiqishi koʻpaydi, ayrim tadbirlar oʻtkazilyapti. Guvoh boʻlyapmizki, ayrim yurtdoshlarimiz to nazoratchi baqirib-chaqirmagunga qadar maska yoki ijtimoiy masofa haqida oʻylab ham koʻrmaydi. Goʻyoki bizning salomatligimiz oʻsha nazoratchiga kerakdek. —Odamlarda allaqachon koronavirusga qarshi immunitet hosil boʻlgan, deb oʻylabman, — deydi Marjona Xolboyeva. — Shunday xulosa bilan niqob taqish masalasiga beparvo qarayapman. Yaqinda bir tadbirda boʻldik. Yigʻin ham qiziyapti, quyosh ham yondiraman deydi. Atrofni zimdan kuzataman. Kimdir niqob taqqan, kimdir taqmagan. Terlagan manglayini niqob bilan artgan bir amaki uni qaytib yuziga taqib oladi. Bir opaxon esa olti marta buklab, dastroʻmolcha singari taxlangan niqobni qoʻliga olib oʻtiribdi. Nahotki, infeksiyadan saqlaydigan tibbiy niqobdan dastroʻmolcha sifatida foydalanishdan iymanmasak. Sogʻlik oʻzimizga kerakligini bila turib, shunday eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻyishimiz, niqobdan dastroʻmolcha sifatida foydalanishimiz qay darajada toʻgʻri? —Niqob taqmaganimning sababi, issiqda koʻchada yurganda, niqob namlanib, hoʻl boʻlib qolyapti, — deydi yana bir suhbatdoshim. — Hoʻl maskada esa nafas ololmayman. nafas olish uchun niqobni jagʻimga tushirib qoʻyaman. Bu manzara esa juda xunuk koʻrinadi. niqob taqib yurish menga noqulaylik tugʻdiradi. Kasal boʻlganim yoʻq, soppa-sogʻman. Yaxshi ovqat yeyman. Vaqtida uxlab, vaqtida dam olaman. Sport bilan shugʻullanaman. Sogʻligʻim yaxshiligi uchun ham niqob taqmayman. Agar xavf tugʻilib qolsa, taqib yurish kerak boʻladi. Xullas har kim oʻz fikrida sobit turgisi keladi. Nima boʻlganda ham odam oʻzining sogʻligini avvalo oʻzi oʻylagani yaxshi. Nafaqat niqob taqish, qoʻlni sovunlab yuvish, dastroʻmollarini toza tutish, xonalarni tez-tez shamollatib turish kabi ishlarni ham kundalik odatga aylantirolsak, nafaqat koronavirus, balki boshqa xastaliklar ham yengishi qiyin boʻladi, deb oʻylayman.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/niqob-dastromolcha-emas-ku
Arxiv surat Prezident raisligida oʻtayotgan selektor yigʻilishida bu haqda aytib oʻtildi. Taʼkidlanganidek, Mehribonlik uylari bitiruvchilarini  davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yana-da takomillashtiriladi. Jumladan, 18 yoshga toʻlgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi. Buning uchun, 757 nafar bolaga uy-joy sotib olishga joriy yilda byudjetdan 120 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Uning 50 foizi respublika, qolgan 50 foizi mahalliy byudjetdan beriladi. Viloyat hokimlariga 1-oktyabrga qadar 757 nafar yetim bolalarni  uy-joy bilan taʼminlash topshirildi. — “Mehribonlik uylari” bitiruvchilarini uy-joy bilan taʼminlash bilan hokimlar shu paytgacha shugʻullanmagan, desak, bu ayni haqiqat boʻladi. Shu bois, Bosh vazirimiz hamda Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari boshchiligida komissiya tuzilib, mehrga muhtoj yoshlarga uy-joy berishni shaxsan nazoratga oladi, — dedi davlat rahbari. Mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga viloyat hokimlari bilan birga, bir oy muddatda avval uy-joy ajratilgan deb koʻrsatilgan 610 nafar yoshlar bilan ham birma-bir uchrashib, qoʻshimcha uy-joyga ehtiyojini aniqlab, ularga joriy yilda ijara toʻlovlarini toʻliq kompensatsiya qilib berish topshirildi. Yigʻilishda taʼkidlanganidek, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi. Shuningdek, davlatimiz rahbari ota-onasidan ajragan talabalarga pensiya toʻlash muddatini amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytirish taklifini bildirdi. Ushbu talabalarga zarur adabiyotlar sotib olish uchun har yili bir marta 1,2 million soʻm subsidiya berilishi aytib oʻtildi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/uj-zhojga-muhtozh-etim-bolalarga-yangi-qurilgan-uj-zhojlar-bepul-azhratiladi
Angliyada topilgan kichik tosh boʻlagi qadimiy meteorit boʻlib chiqdi. 4,6 milliard yil deb taxmin qilingan ushbu obyekt Yerda topilgan eng qadimgi meteorit ekanligi taʼkidlanmoqda. Lafboro universiteti bayonotiga koʻra, mahalliy aholi tomonidan topilgan koʻmir rangidagi bu kichik tosh Quyosh tizimidagi sayyoralar paydo boʻlishidan avval paydo boʻlgan qoldiqlarning bir qismidir. Meteorit Yerga Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroid kamaridan kelgan deb taxmin qilinyapti. Meteoritga oʻzi topilgan joy yaqinidagi Vinchkom qishlogʻining nomi berilgan.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/erga-tushgan-eng-qadimgi-meteorit-parchasi-aniqlandi
Oʻzbekistonda COVID-19 kasalligi boʻyicha tashkil qilingan Call-markazlarga murojaatlar soni iyul oyiga kelib keskin koʻtarildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Qayd etilishicha, 2020-yil kasallik avjiga chiqqan vaqtda Call-markazda 200 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar, tajribali shifokorlar uch smenada uzluksiz fuqarolarning murojaatlarini qabul qilgan edi. 2021-yilning may—iyun oylarida markazda 15 nafar mutaxassis qoʻngʻiroqlarga javob bergan boʻlsa, iyulda murojaatlar soni oshgani munosabati bilan oy boshida 25 nafar, hozirda esa 50 nafar mutaxassis navbatma-navbat tun-u kun uch smenada xizmat qilmoqda. Ularning orasida tibbiyot fanlari nomzodi va doktorlari, malakali mutaxassislar boʻlib, fuqarolardan tushgan savollarga tibbiy asoslangan javoblar va tavsiyalar bermoqda. Maʼlumot qilinishicha, Call-markazga 2021-yilning may oyida kuniga oʻrtacha 300 ta qoʻngʻiroq kelib tushgan boʻlsa, iyun oyida bir kunda oʻrtacha 200—400 nafar fuqaro murojaat qilgan. Iyul oyiga kelib esa kunlik murojaatlar soni oʻrtacha 1800 tagacha koʻtarilgan. Shundan iyulning birinchi oʻn kunligida oʻrtacha murojaatlar soni kuniga 1450 tani, ikkinchi oʻn kunligida esa 2080 tani tashkil qildi. Jumladan, 15—25-iyul kunlari jami 23 436 ta qoʻngʻiroq kelib tushdi, solishtirish uchun: iyun oyining xuddi shu davrida 3711 nafar fuqaro qoʻngʻiroq qilgandi. Eng koʻp berilayotgan savollar qatorida, bugun virusning qaysi shtammlari Oʻzbekistonda qayd etilgan, ular klinikasi boʻyicha bir-biridan qanday farq qiladi, bolalarda ularning belgilari qanday namoyon boʻlmoqda, bir marta kasallangan kishi yana qayta virusni yuqtirishi mumkinmi kabi qator savollar berilmoqda. Shuningdek, koronavirusga qarshi emlash bilan bogʻliq savollar ham dolzarb boʻlib turibdi. «Bundan tashqari, kasallikning yengil shaklini boshidan oʻtkazayotgan fuqarolar ham murojaat qilib, uy sharoitida qanday davolanish, qaysi dori vositalarini qabul qilishlari kerakligini soʻrashmoqda. Albatta, biz ularga dorilarni tavsiya eta olmaymiz. Shuning uchun bunday tavsiya bera oladigan tibbiyot xodimlariga, xususan, oilaviy poliklinikadagi shifokorlarga murojaat qilishlari kerakligi, u yerda esa bemorga holatiga qarab dorilar toʻplami berilishini aytamiz. Taʼkidlash lozimki, fuqarolarning bergan savollari bir-birini qaytarmaydi. Har qaysisini alohida detallar qiziqtiradi. Mutaxassislarimiz shunga mos tarzda, ularni qoniqtirgan holda javob berishga harakat qilmoqda», — deydi Call-markaz mutaxassisi Feruz Tojiyev. Shuningdek, murojaatchilar Toshkent shahar va viloyatlardagi COVID-19 bilan ogʻrigan bemorlarni qabul qilayotgan shifoxonalarning manzili va qaysi tibbiyot muassasalarida boʻsh joy mavjudligini ham soʻramoqda. Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda koronavirus infeksiyasi, pnevmoniya yoki ushbu kasalliklarga gumon qilingan va boshqa yuqumli xastaliklar bilan kasallangan bemorlarni davolash maqsadida Oʻzbekiston boʻyicha jami 82 ta maxsus shifoxona faoliyat yuritmoqda. Kasallik klinik belgilarsiz va yengil kechayotgani sababli uy sharoitida davolanayotgan bemorlar salomatligi nazorati va davolanishini tashkil etish hamda ularga ambulator hamda bemor uyiga borgan holda xizmat koʻrsatishni tashkil qilish maqsadida 124 ta ixtisoslashtirilgan maxsus poliklinika faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ularda 222 ta “mobil brigadalar” tashkil etilgan.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-tashkil-qilingan-koronavirus-bojicha-call-markazlarga-kunlik-murozhaatlar-soni-bir-ojda-5-marotabaga-oshdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, koʻplab jurnalistlarning ustozi Boyboʻta Doʻstqorayev vafot etdi. Doʻstqorayev ToshDU (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetida 1969-yildan ishlagan. “Xalq soʻzi” marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-khizmat-korsatgan-yoshlar-murabbijsi-bojbota-dostqoraev-vafot-etdi
Akademik litseylarga 2021/2022 oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlgan, maʼlum sabablarga koʻra hujjat topshirishga ulgurmaganlar uchun 10 kun davomida onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali belgilangan hujjatlarni topshirish imkoniyati yaratildi. Akademik litseylarga oʻquvchilardan hujjatlarni qabul qilish joriy yil 29-iyuldan boshlanib, 7-avgust (shu kuni ham) kuni soat 24:00 ga qadar davom etadi. Qabul yakunlanguniga qadar elektron platforma orqali onlayn arizangiz holatini tekshirishingiz va oʻzgartirishlar kiritishingiz mumkin.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/akademik-litsejlarga-huzhzhatlar-qabul-qilishga-qoshimcha-10-kun-berildi
Misrda olib borilgan arxeologik qidiruvlar natijasida mamlakatning eng yirik porti sifatida foydalanilgan qadimiy choʻkkan shahar topildi. Yevropa suv osti arxeologiyasi instituti boshchiligidagi tadqiqotlar choʻkib ketgan shaharda harbiy kema va yunon savdogarlariga tegishli qabriston qoldiqlarini aniqlashdi. Nil daryosining gʻarbiy tarmogʻining boshida topilgan va Misrga kirishni boshqaruvchi Thonis-Gerakliyon miloddan avvalgi 331-yilda Aleksandr Makedonskiy tomonidan asos solingan va mintaqaning Iskandariyadagi markazi hisoblanadi. Qadimgi shahar miloddan avvalgi II asrda mashhur Amun ibodatxonasi qulashi bilan choʻkib ketgan deya taxmin qilinadi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/misrda-chokib-ketgan-mashhur-shahar-topildi
Samarqand shahrining Shohizinda koʻchasidagi xonadonda yuz bergan yongʻin qoʻshni uyga ham tarqaldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, 26-iyul kuni soat 14:58 da Samarqand shahar Shohizinda koʻchasidagi 242-uyda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar berilgan. Olingan xabarga asosan yongʻin joyiga 5 ta yongʻin qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yongʻin joyiga birinchi ekipaj soat 15:04 yetib borganda 5 ta xonadonning, taxminan, 200 metr kvadrat maydonda shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonayotgan boʻlgan. Yongʻin kuchli shamol natijasida tezda katta maydonga tarqalgan. Tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 15:39 da oʻrab olinib, soat 17:00 da oʻchirilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yoʻq. Yongʻinning sababi va zarari aniqlanmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/samarqandda-5-ta-khonadonda-yongin-yuz-berdi
Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtayotgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida bugun ikki nafar bokschimiz ham ringga koʻtarilishi belgilangan. Jumladan, -57 kg vazn toifasidagi vakilimiz Mirazizbek Mirzaxalilov irlandiyalik Entoni Uolkerga qarshi jang qildi. Mazkur bokschi 2019-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi hamda oʻsha yili Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan. Bahsda hamyurtimiz magʻlubiyatga uchradi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/tokio-2020-mirazizbek-mirzakhalilov-ham-maglubiyatga-uchradi
Davlat komissiyasining 2-son bayoni  bilan sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchi-oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda, sport turlari hamda paralimpiya sport turlari boʻyicha Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchi-oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022 oʻquv yili qabulida faqat “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” va "Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga kirish uchun  onlayn roʻyxatdan oʻtgan ushbu toifadagi abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi. Unga koʻra: — ikkinchi mutaxassislik fani (umumiy jismoniy tayyorgarlikni nazarda tutgan holda) hamda majburiy uchta fanga – ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va Oʻzbekiston tarixi boʻyicha test sinovlaridan ozod etgan holda maksimal ball beriladi; — kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʻra, ushbu toifadagi abituriyentlarning toʻplagan ballariga muvofiq, ular umumiy tanlovdan tashqari davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Bunda, kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʻra, ushbu toifadagi abituriyentlarni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun minimal oʻtish bali Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq belgilanadi; — “Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayonida mazkur bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shaklini tanlagan ushbu toifadagi abituriyentlar kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga koʻra faqat toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin; —“Jismoniy madaniyat” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan ushbu toifadagi abituriyentlarga sovrinli oʻrinlar qoʻlga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishining sport turlari boʻyicha tuzilgan fan dasturlari asosida birinchi mutaxassislik fani boʻyicha kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) oʻtkaziladi; — sovrinli oʻrinlar qoʻlga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, birinchi mutaxassislik fani boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihon oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari, tegishli sport federatsiyalari, Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakillaridan iborat boʻlgan tarkibda tuziladigan imtihon komissiyasi tomonidan onlayn video translyatsiya qilingan holda belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/sportchi-abiturientlarga-istisno-tariqasida-imtiyozlar-berildi
Bugun, 28-iyul kuni soat 06:15da Muzrabot tumani “Yurtim jamoli” MFYda joylashgan “Qora marvarid” MCHJga qarashli Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida “UAZ” rusumli avtomobilga oʻrnatilgan gaz ballonining yorilishi yuzaga keldi. Natijada avtomobil va shoxobchaning tom qismi zararlangan. Hodisa oqibatida jarohatlangan hamda vafot etganlar yoʻq. Hozirda hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/surkhondaryodagi-zapravkada-uazning-gaz-balloni-portladi
Hukumat qarori bilan Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Nizomga koʻra, notariuslarning notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat qilish quyidagi tekshirishlar orqali amalga oshiriladi: ➖rejali tekshirish – adliya organlari tomonidan tasdiqlangan yillik (choraklik) ish rejasiga kiritilgan va har uch yilda bir marta oʻtkaziladigan nazorat shakli; ➖qisqa muddatli tekshirish – notariuslar faoliyati adliya organi tomonidan reyd (har yili kamida bir marta), “sirli mijoz” hamda xizmat tekshiruvi tarzida amalga oshiriladigan nazorat shakli; ➖kameral tekshirish – adliya organlari tomonidan oʻzi joylashgan manzil boʻyicha notariuslarning notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya etilishini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maʼlumotlar hamda adliya organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan nazorat shakli. Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish boshlaganidan bir yil oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi. Rejali tekshirish muddati bir notarius faoliyatini oʻrganish uchun 5 ish kunidan oshmasligi shart. Reyd tadbiri adliya organi rahbarining buyrugʻiga asosan amalga oshirilib, uni oʻtkazish muddati 1 ish kuni etib belgilanadi. “Sirli mijoz” tadbiri quyidagi hollarda oʻtkaziladi: notarial harakatlarning sifati va tezkorligi adliya organida shubha uygʻotganda, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish zarurati tugʻilganda; huquqiy xizmat koʻrsatish jarayonidan noroziligi haqidagi murojaatlar kelib tushganda. “Sirli mijoz” tadbirini oʻtkazish uchun 1 ish kuni, davomli notarial harakatlar uchun – ushbu harakatning oxirgi kuniga qadar muddat belgilanadi. Kameral tekshirish adliya organi rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi va u muntazam ravishda oʻtkaziladi. Barcha turdagi tekshirish natijasi boʻyicha tegishli maʼlumotnoma tuziladi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/notariat-togrisidagi-qonunchilik-huzhzhatlariga-rioya-etilishi-ustidan-nazorat-qilish-tartibi-belgilandi
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining dzyudo boʻyicha -90 kg vazn toifasida navbatdagi bellashuvi yakunlandi. Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov ukrainalik Kuedju Nabaliga qarshi tatamiga tushdi. Murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimizning qoʻli baland keldi va u ippon bahosi bilan chorak finalga yoʻl oldi. Uning keying raqibi gruziyalik Lasha Bekauri boʻladi. Yana ikkita bellashuvda gʻalaba qozonsa, Bobonov Olimpiya oʻyinlari sovrindoriga aylanadi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/tokio-2020-davlat-bobonovdan-ikkinchi-galaba
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi yigʻilishida qonuni loyihasi muhokama qilindi. Unga koʻra COVIDga qarshi vaksina olmagan xodimga ish beruvchi ish bermaslikka haqli boʻladi, deb yozmoqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Gulbahor Saidgʻaniyeva. "
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/odamzod-qoj-emas-fikr-bildirishga-haqqimiz-bor-ortoq-qodirov-deputat-mazhburij-emlash-khususida-qodirovga-qarshi-chiqmoqda
Avval xabar berganimizdek, saylov qonunchiligi talablariga muvofiq siyosiy partiyalarning oʻz vakolatli vakillarini tayinlaganligi hamda ularni oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish va belgilangan namunadagi mandatni berish haqidagi murojaatlari Markaziy saylov komissiyasiga kelib tusha boshlagan edi. Bugun 27-iyul kuni ushbu jarayon oʻz yakuniga yetdi. Oʻzbekiston ekologik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi hamda Xalq demokratik partiyasi vakolatli vakillarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi murojaatlari Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli hujjatlarni koʻrib chiqib, uch kunlik muddatda uni roʻyxatga oladi va unga belgilangan shaklda mandat beradi. Eslatib oʻtamiz, 26-iyul kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan murojaatlar kelib tushgan edi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/siyosij-partiyalar-oz-vakolatli-vakillarini-rojkhatga-olishni-sorab-murozhaat-qilish-zharayonlari-yakunlandi
2021-yil 27-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126627 (+843) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: Bundan tashqari, kecha kun davomida 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Kecha kun davomida: Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 853 nafarni tashkil qildi.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/koronavirus-ozbekistonda-ilk-bor-bir-kunda-8-olim-holati-qajd-etildi
XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining dzyudo musobaqalarida erkaklar oʻrtasida -90 kg vazn toifasida barcha yarim finalchilar nomi maʼlum boʻldi. Afsuski, hamyurtimiz Davlat Bobonov chorak finalda gruziyalik Lasha Bekauriga ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay hamyurtimizda bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Buning uchun u avvaliga yana bir gruzin millatiga mansub polvon, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Nikoloz Sherazadishvilidan ustun kelishi, keyin esa yarim final omadsizini magʻlub etishi lozim.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/tokio-2020-davlat-bobonov-yarim-final-ostonasi-tokhtadi-ammo-bronza-uchun-imkoniyat-saqlanib-qoldi
2021-yilning 5-iyulidan beri yurtimizda 8723 nafar bemorlarda pnevmoniya aniqlangan boʻlsa, ularning 2770 nafari sogʻayib chiqdi. Shu kungacha bemorlarning 60 nafari vafot etdi. Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sogʻayish koʻrsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/5-iyuldan-buyon-60-kishi-pnevmoniya-qurboni-boldi
27-iyulda mamlakatimiz hududlari boʻylab 212 226 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan: Ayni kungacha mamlakatimizda jami 6 763 780 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 120 826 nafarni tashkil qilmoqda. 27-iyul kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni: Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-koronavirusga-qarshi-1-million-120-ming-nafardan-ortiq-kishi-toliq-emlandi
1949-yilda tugʻilgan Shek Antonina Vladimirovna joriy yilning 17-iyul kuni Sergeli tumani, Daryoboʻyi koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. Belgilari: boʻyi 165 sm, oʻrtacha gavdali, sochi jigarrang, qosh koʻzi qora. Egnida: qizil kofta, qizil yubka va shippak boʻlgan. Alohida belgilari: koʻzoynakda, qoʻlida hassasi bor.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/toshkentda-72-yoshli-fuqaro-bedarak-joqoldi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyul holatiga koʻra, respublikamizda 390,7 ming tugʻilish qayd etilgan. Yillar kesimida tugʻilishlar soni (yanvar-iyun oylarida):
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-jil-boshidan-qancha-tugilish-qajd-etilgani-malum-qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.N. fuqaro D.ni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, keyinchalik 6 000 AQSH dollarini qaytarib, qolgan 4 000 AQSH dollari evaziga uni Avstraliya davlatiga yuborishni vaʼda qilib, hozirgi kunga qadar ushbu pul mablagʻlarini qaytarib bermasdan aldab kelayotganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-28
https://xs.uz/uz/post/samarqandda-fuqaroni-isroil-davlatiga-ishga-yuborishni-vada-qilgan-firibgar-ushlandi
“UzAuto Motors” AJ axborot xizmati  , ushbu shaxslar yuzaga kelgan holatni oʻz biznesiga aylantirib, qoʻyilgan navbatini kutishni xohlamaydigan shaxslarga oʻz navbatini imtiyozli berish maqsadida shartnomalar tuzishadi. Kompaniya yangi avtomobillarni sotish va sotib olishning barcha noqonuniy yoʻllarini oldini olish uchun savdo maʼlumotlar bazasini Davlat yoʻl harakati xavfsizlik xizmati inspeksiyasining yangi avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish bazasi bilan sinxronlashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi koʻmagidagi hamkorlikni oʻzida aks ettirgan ushbu loyiha oʻsha noqonuniy boyish tizimi paydo boʻlishining oldini oladi va avtomobilni olishda navbatni berishning imkonsizligini taʼminlaydi, deyiladi xabarda. Taʼkidlanishicha, joriy yilda kompaniyaning ishonch telefon raqamlari va kol-sentr xizmatiga “shapka”ga oid birorta ham shikoyat kelib tushmagan. Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlariga ham bunday murojaat boʻlmagan. Noqonuniy bitimlar tuzishda qatnashgan har bir ishtirokchi jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu hodisa haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki kompaniyaning kol-sentr xizmatiga xabar berish har bir fuqaroning burchidir, deyiladi xabarda.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/bir-shakhs-tomonidan-avtomobillarni-sotib-olish-uchun-10-20-va-hattoki-200-ta-kelishuv-shartnomalarining-tuzilganlik-holatlari-aniqlandi
“iPhone 14”ni “Pro” versiyasini ishlab chiqarishda zanglamaydigan poʻlat oʻrniga titandan foydalaniladi. Bu haqda “JP Morgan Chase” xolding kompaniyasi investorlarining hisobotiga asoslanib ”ArsTechnica" yozmoqda. Tahlilchilarning fikriga koʻra, bu 2022-yilda chiqariladigan “iPhone” dizaynidagi eng muhim oʻzgarish boʻladi. “Apple” ilgari smartfonlar ishlab chiqarishda titandan foydalanmagan. Hozirgi “iPhone 12 Pro” modellarida zanglamaydigan poʻlatdan ishlatilgan. Yangi material qirilishga, korroziyaga, egilishga ancha chidamli va shuningdek, poʻlatdan engilroq. Taʼkidlanishicha, bu yerda gap smartfonning metall qirralari haqida gap ketmoqda. “MagSafe” simsiz quvvat olish tizimini qoʻllash uchun smartfonning orqa qismi oynadan yasaladi. Xabarlarga koʻra, “Apple” “iPhone 13” modelini joriy yilning kuzida taqdim etadi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/iphone-14ni-ishlab-chiqarishda-titan-fojdalaniladi
Yaqin kelajakda Oʻzbekistonda Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosari Rashid Nurgaliyev “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida aytib oʻtgan. Shu tariqa Oʻzbekiston MDHdagi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyilgan uchinchi davlatga aylanadi. Bungacha Belorus va Qozogʻistonda Rossiya texnologiyalari asosida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish tashkil etilgan edi. Avvalroq tomonlar Toshkentdagi “Jurabek Laboratories” korxonasida mazkur vaksinani ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu haqda iyun oyi oxirida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov oʻrtasidagi uchrashuvda aytib oʻtilgan.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-rossiyaning-koronavirusga-qarshi-sputnik-v-vaktsinasini-ishlab-chiqarish-boshlanadi
Akademik litseylarga kirish imtihonlari joriy yilning 26-28-avgust kunlari Davlat test markazi tomonidan maxsus pavilyonlarda oʻtkaziladi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi. Kirish imtihonlari zaruriyatga koʻra ikki smenada oʻtkazilishi mumkin. Yurtimizda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, mazkur kirish imtihonlari bilan bogʻliq oʻzgarishlar boʻlganda, vazirlikning rasmiy veb-sayti ehamda telegram kanali orqali qoʻshimcha maʼlumot eʼlon qilinadi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/akademik-litsejlarga-kirish-imtihonlari-sanasi-aniq-boldi
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Respublika tojik milliy madaniy markazi rahbari Gulandom Subhanova Tojik milliy madaniy markaz faoliyati haqida maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda bir million olti yuz ellik nafar tojik yashaydi. Bugungi kunda yurtimizda 255 ta tojik umumiy oʻrta taʼlim maktabi bor. Termiz, Fargʻona, Samarqand, Buxoro davlat universitetlari va Chirchiq davlat pedagogika institutida tojik guruhlari mavjud.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-qancha-tozhiklar-yashashi-malum-qilindi
Buxoro va Xorazm viloyatlarida yer sotish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.N. “Z.” bogʻdorchilik shirkati tomonidan otasi va fuqaro F.ga bogʻdorchilik bilan shugʻullanish uchun ajratilgan 0,20 gektar yer maydonini fuqaro U.ga firibgarlik yoʻli bilan 20 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, vakolatli tanishlari orqali uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Xuddi shunday, Departamentning Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.Yu.va R.M.lar fuqaro O.ga uy-joy qurishi uchun tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 2,4 sotix yer uchastkasini firibgarlik yoʻli bilan 15 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/bukhoroda-20-ming-khorazmda-15-ming-dollarga-er-sotishmoqchi-bolganlar-ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bemorning deltasimon mushagidan bir metall parchasi chiqarib olish jarayoni namoyish qilinyapti. Bu videoni tarqatayotganlar buni vaksinadan keyingi holat ekanini aytib, uni maxsus “chip” deyishmoqda. Bu haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda Nurmat Otabekov maʼlum qildi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/temir-moddasini-organizmga-yuborish-uchun-igna-uchi-zhuda-ham-jogon-bolishi-kerak-otabekov-mushakdan-chip-chiqarilgani-aks-etgan-videolarga-munosabat-bildirdi
2021-yilning 31-iyuldan boshlab, “Toshkent – Nukus – Toshkent” yoʻnalishida 154/153 sonli qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ maʼlum qildi. Harakat jadvaliga koʻra “Toshkent – Nukus” yoʻnalishidagi 154 - sonli yoʻlovchi poyezdi har haftaning shanba kuni soat 20:13 da Toshkent janubiy temir yoʻl vokzalidan, “Nukus – Toshkent” yoʻnalishidagi 153- sonli yoʻlovchi poyezdi har haftaning yakshanba kuni soat 18:40 da Nukus temir yoʻl vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/toshkentdan-nukusga-qoshimcha-poezdlar-qatnovi-jolga-qojiladi
Bugun, 27-iyul kuni soat 14:20 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlining 215-kilometrida «Kaptiva» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻldan chiqib ketib transport vositasi agʻdarilgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi. Natijada, mazkur avtomobil haydovchisi va 4 nafar yoʻlovchisi birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan. YTH yuzasidan hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/toshkent-viloyatida-kaptiva-hajdovchisi-boshqaruvni-joqotgan-va-mashina-agdarildi-hajdovchisi-va-4-nafar-jolovchi-shifokhonada
OʻzR taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 26-iyuldagi 2-son qaroriga koʻra, pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 5-avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan) boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda oʻtkazilishi belgilandi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/rasman-test-sinovlari-5-avgustdan-ochiq-stadion-va-khiyobonlarda-otkazilishi-belgilandi
23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasiga start berilgan edi. Bu, oʻz navbatida, Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha kalendar rejadagi tadbirlarni oʻz vaqtida hamda bosqichma-bosqich amalga oshirib borishlari zarurligini anglatadi.  Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, siyosiy partiyalar oʻz vakolatli vakillarini roʻyxatga olishni soʻrab murojaat qilishmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 34-moddasida «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining mandatini oʻz yonida olib yurishi shart», deb koʻrsatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi 935-sonli qarori bilan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizomga muvofiq esa «Markaziy saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun siyosiy partiya yuqori organining rahbari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda oʻz vakolatli vakilini tayinlaydi hamda uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlarni (murojaatnoma, nomzodning pasport nusxasi, 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat) taqdim etadi. Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli hujjatlarni koʻrib chiqib, uch kunlik muddatda uni roʻyxatga oladi va unga belgilangan shaklda mandat beradi». Yuqoridagi talablarga asosan, siyosiy partiyalarning oʻz vakolatli vakillarini tayinlaganligi hamda ularni oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish va belgilangan namunadagi mandatni berish haqidagi murojaatlari Markaziy saylov komissiyasiga kelib tusha boshladi. Xususan, 26-iyul kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ana shunday murojaatlar kelib tushdi. Taʼkidlash joizki, saylov kampaniyasida Markaziy saylov komissiyasi va siyosiy partiya oʻrtasida muloqot olib borish, talab etilgan hujjatlarni taqdim qilishni tashkiliy ravishda tartibga solish uchun Vakolatli vakil faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Vakolatli vakil, birinchi navbatda, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyaning manfaatini ifodalaydi va uning saylov jarayonidagi ishtirokiga oid masalalarni hal qilib boradi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/ozlidep-va-millij-tiklanish-partiyalari-prezidenti-sajlovi-uchun-oz-vakolatli-vakillarini-rojkhatga-olishni-sorab-murozhaat-qilgan-msk
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda oʻz diplomatik missiyasini yakunlayotgan Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mixails Popkovsni qabul qildi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Elchining ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirishga qoʻshgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi. M.Popkovs Latviyaning Oʻzbekistondagi Elchisi sifatidagi faoliyati davomida unga koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlash va samarali hamkorlik uchun minnatdorlik izhor etdi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/latviya-elchisi-ozbekistondagi-missiyasini-yakunlamoqda
Davlat komissiyasining 2-son bayoni test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi. Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha: Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 21 ball. Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan Maksimal ball – 21 ball. Oʻzbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 21 ball. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 63 ball. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan boʻyicha: 1-fan - 20 ta savol. Har biri uchun 3.15 balldan. Maksimal ball – 63 ball. 2-fan - 20 ta savol. Har biri uchun 3.15 balldan. Maksimal ball – 63 ball. Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 126 ball. Umumiy holda, 2021-2022-oʻquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan boʻyicha jami 70 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/tezkor-test-topshiriqlari-soni-qisqartirildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyul holatiga respublikaning demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/eng-eng-eng-ozbekistonning-demografik-korsatkichlari-elon-qilindi-2
Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan talabalar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali talabasi I.E. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni ushbu universitetga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 54 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, I.E.ning sherigi yana bir talaba O.X. 42,4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shu kabi, Departament hamda DXXning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.A. Namangan davlat universiteti talabasi I.P. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni Qirgʻiziston Respublikasidagi universitetlardan biriga Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiritish va 1-bosqichni tamomlaganligi haqida maʼlumotnoma tayyorlatib berish evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/surkhondaryo-va-fargonada-pul-evaziga-oqishga-kiritib-qojish-bilan-shugullanayotgan-talabalar-ushlandi
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov koronavirusga qarshi emlashning ikkinchi dozasini qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. «
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/namangan-viloyati-hokimi-koronavirusga-qarshi-vaktsinaning-ikkinchi-dozasini-qabul-qildi
Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2021-yil mobaynida jami 273 ta band, jumladan joriy yilning 1-iyuliga qadar 126 ta band boʻyicha chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlash nazarda tutilgan. “Taraqqit strategiyasi” markazi Axborot xizmati shu boʻyicha batafsil maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 15-iyul holatiga 99 ta bandi boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar (shu jumladan, 9 ta band muddatidan avval) toʻliq ijro etilgan. Qoʻshimcha muddat talab etgan hamda sharoit va holatga bogʻliq boʻlgan 2 ta bandning ijro muddati uzaytirilgan boʻlsa, 29 ta band ijrosi boʻyicha tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va tegishli takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan. 2 ta band ijrosi boʻyicha esa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Shuningdek, 3 ta band ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Davlat dasturi doirasida 2 ta Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 5 ta Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma qarori, 2 ta Oliy Majlis Senati Kengashining qarori, 3 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi, 8 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, 24 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori hamda 24 ta Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilingan. Shu bilan birga, 20 ta band boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 13 ta band boʻyicha amaliy chora-tadbirlar yakunlanib, 7 ta band boʻyicha idoraviy va idoralararo normativ hujjatlar tasdiqlandi. Bundan tashqari, Davlat dasturi va uning doirasida oʻtgan davr mobaynida salmoqli va keng koʻlamli ishlar olib borildi. Jumladan: Respublika boʻylab 6 millionga yaqin gʻayrati baland, intiluvchan yoshlar ishtirokida yetuklik va haqiqiy vatanparvarlik koʻrigi boʻlgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida festivallar oʻtkazildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 30-iyun kuni Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumida ishtirok etdi. Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumida ilgari surilgan yangi tashabbus va gʻoyalarni amalga oshirish hamda Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini soʻzsiz taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yana-da oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq quyidagilar belgilandi: - 2021-yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan har bir farzandi uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi; “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan farzandlariga 2021/2022 oʻquv yilida birinchi oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi; “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratilishi; Yosh oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida ipoteka dasturi doirasida boshlangʻich badal va foiz toʻlovlari boʻyicha qoʻshimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratilishi; 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab respublikadagi oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va oʻqish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida taʼlim kreditlari berilishi; Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ustamalar toʻlab borilishi; 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022-yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etilishi; 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap gʻoyalari tanlovlarini tashkil etish hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan gʻolibga grantlar berish amaliyoti joriy etilishi; Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha grant mablagʻlari berilishi va ular 2022-2023-yillarda Davlat byudjetidan 100 milliard soʻm miqdorida qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi; 2021/2022 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida axborot texnologiyalari darslari Kembrij dasturi asosida oʻtkazilishini hamda oʻqituvchilarning ushbu dastur asosida qayta tayyorlanishi; 2021-yil yakuniga qadar barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlarini toʻliq yakunlanishi; 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab har yili yoshlarga moʻljallangan badiiy asarlar mualliflarini ragʻbatlantirish maqsadida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovini tashkil etgan holda, tanlovda gʻolib deb topilgan mualliflarga birinchi oʻrin uchun - 100 million soʻm, ikkinchi oʻrin uchun - 75 million soʻm, uchinchi oʻrin uchun - 50 million soʻm mukofot mablagʻlari ajratilishi belgilandi. Aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni yana-da jadallashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta Farmoni, 5 ta qarori qabul qilindi. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini samarali tashkil etish uchun 660 ming doza AstraZeneca va 6,5 mln doza ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi va 370 ming doza Rossiyaning "Sputnik-V” vaksinasi yetkazib kelindi hamda shu kunga qadar jami 5,3 mln doza vaksina bilan aholi emlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol- mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi belgilab qoʻyildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, u bilan 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida oʻtkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatish belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, axborot olish erkinligini taʼminlash orqali jamoatchilik nazoratini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur masalada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tuzildi, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi sifatida qayta tashkil etildi va ularning asosiy vazifalari belgilab berildi. Olis aholi punktlarida, qishloq hududlarida aholining hayot tarzini yaxshilash, zarur infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2021-yilda jami 7794 ta qishloq va mahallada 20,8 trln soʻmlik qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi parametrlar tasdiqlandi. Davlat byudjetining shakllanishi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan 2021-yil may oyidan 14 ta tuman (shahar)da byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish, 2021-yil 1-iyuldan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish, tuman hokimliklari jamoatchilik fikri asosidagi tadbirlarni byudjetdan moliyalashtirishga oid maʼlumotlarni har chorak boʻyicha rasmiy veb-saytlariga va “Ochiq byudjet” portaliga joylashtirish belgilandi. Vazirlar Mahkamasining «Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish boʻyicha statistik hisobotlarni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida» qarori qabul qilindi. Mazkur qaror qabul qilinishi xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlarni moliya sektori rivojlanishi holati boʻyicha toʻlaqonli statistik maʼlumotlar bilan taʼminlash orqali mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek, xalqaro reyting va indekslarda mamlakat oʻrnini yana-da yaxshilashga xizmat qiladi. Mazkur sharhni shakllantirishning yoʻlga qoʻyilishi Markaziy bank tomonidan shakllantirib kelinayotgan pul-kredit sharhlari bilan birgalikda “Moliya sektori sharhi”ni yuritishning yoʻlga qoʻyilishini hamda respublika bank-moliya tizimi statistikasini xalqaro standartlar asosida yagona formatda toʻliq qamrab olinishini taʼminlaydi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/yoshlarni-qollab-quvvatlash-va-aholi-salomatligini-mustahkamlash-jili-davlat-dasturi-bojicha-qandaj-ishlar-amalga-oshirilmoqda-sarhisob
Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Qonunchilikka koʻra, 2021-yil 1-avgustdan: — yer uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga – doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi; — meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga boʻlgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi; — ijaraga olingan yer uchastkasida qurilgan koʻchmas mulk obyektiga mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga oʻtadi; — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga koʻra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi; — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi; — davlat tashkilotlariga yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi; — barcha hollarda yer uchastkalari faqat boʻsh turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratiladi, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning oʻzida yer uchastkasini olib qoʻyish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanadi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi; — davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi; — koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli boʻlmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/1-avgustdan-ajni-bir-huzhzhat-bilan-yoki-bir-vaqtning-ozida-erni-olib-qojish-zakhiraga-olish-boshqa-shakhsga-azhratish-taqiqlanadi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoʻqon shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.A. boshqa bir fuqaro O.ga goʻyoki oʻzini Uchkoʻprik tumani “Yer resurslari va davlat kadastri” boʻlimi mutaxassisi deb tanishtirib, shu yoʻl bilan uning ishonchiga kirib, yaqin qarindoshiga tegishli savdo doʻkoni boʻyicha mulkka egalik huquqini tiklashga tanishlari orqali yordamlashishi hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/fuqaroning-savdo-dokoni-huzhzhatlarini-rasmijlashtirib-berishni-vada-qilgan-sokhta-kadastr-khodimi-ushlandi
2021-yil 26-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 125784 (+789) nafarni  Yangi kasallanish holatlarining: 75 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 23 nafari Andijon viloyatida, 16 nafari Buxoro viloyatida, 79 nafari Jizzax viloyatida, 25 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Navoiy viloyatida, 32 nafari Namangan viloyatida, 78 nafari Samarqand viloyatida, 25 nafari Sirdaryo viloyatida, 89 nafari Surxondaryo viloyatida, 72 nafari Fargʻona viloyatida, 42 nafari Xorazm viloyatida, 105 nafari Toshkent viloyatida, 112 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Kecha kun davomida: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 92 nafar, Andijon viloyatida 98 nafar, Buxoro viloyatida 33 nafar, Jizzax viloyatida 104 nafar, Qashqadaryo viloyatida 22 nafar, Navoiy viloyatida 10 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 120 nafar, Sirdaryo viloyatida 28 nafar, Surxondaryo viloyatida 72 nafar, Fargʻona viloyatida 65 nafar, Xorazm viloyatida 40 nafar, Toshkent viloyatida 61 nafar, Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 120320 (+871) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 845 nafarni tashkil qildi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/789-kishi-kasallik-yuqtirdi6-nafar-bemor-vafot-etdi-kecha-ozbekistonda-pandemiya-boshlangandan-beri-koronavirusdan-kunlik-kasallanish-bojicha-antirekord-yangilandi
Hozirgina XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan dzyudo musobaqalarining erkaklar oʻrtasida -81 kg vazn toifasidagi oʻtish bahsi yakunlandi. Afsuski, bugun ham dzyudochilarimiz Oʻzbekistonga medal taqdim  Sharofiddin Boltaboyev oʻtish bahsida gruziyalik sportchi Tato Grigalashviliga vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berdi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/tokio-2020-dzyudochimiz-sharofiddin-boltaboev-ham-ishtirokini-yakunladi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 194 million 080 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 162 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 422 294 yangi holati aniqlandi. 4 162 nafar bemor vafot etdi. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 194 million 723 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 167 mingdan ortigʻi vafot etgan. Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha: AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 34,223 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (31,411 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (19,670 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (6,149 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Fransiya (5,871 milliondan ortiq). Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 885 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/dunyo-bojicha-koronavirus-yuqtirganlar-soni-194-milliondan-oshdi
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/aholi-murozhaatlari-bilan-ishlashning-holati-qandaj
Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasida dori vositalari tanqisligi kuzatilayotgani, shifokorlar tomonidan bemorlar qoʻliga dori retseptlari yozib berish holatlari uchrayotgani haqida turli asossiz va notoʻgʻri maʼlumotlar tarqaldi. Aytish mumkinki, bu xabarlar keng jamoatchilikning bahs-munozaralariga sabab boʻldi. Zangiota 1-yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar HUSANOV ushbu xabarlar yuzasidan SSV Matbuot xizmatiga shifoxonaning dorilar zaxirasini . Unda barcha kerakli dorilar mavjudligi aks etgan. Direktorning qayd etishicha, bemorlardan dori talab qilishga asos yoʻq va talab qilinmaydi ham.
2021-07-26
https://xs.uz/uz/post/zangiotada-dori-darmon-zakhirasi-etarli-shifokhona-direktori
Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotlariga koʻra soʻnggi vaqtlarda Turkiyaga sayyoh boʻlib kelib, maʼlum bir muddatdan soʻng Oʻzbekistonga qaytmoqchi boʻlganlarning COVID-19 testlari natijalari “ijobiy” chiqayotganlar soni keskin oshib bormoqda. Shu munosabat bilan Turkiyaga kelishni rejalashtirgan fuqarolarga quyidagilarni maʼlum qilamiz: Turkiyaning tegishli vazirlik va idoralari bayonnomalariga koʻra, COVID-19 kasalligidan sugʻurtalangan chet el fuqarolari tibbiyot muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Ushbu virusning yengil shakli bilan kasallangan sayyohlar 10-14 kun davomida mehmonxonalarning maxsus xonalarida saqlanadilar va xarajatlar sugʻurta hisobiga qoplanadi. Sugʻurtaga ega boʻlmagan sayyohlar mehmonxonada turar joy uchun toʻlovni oʻz hisoblaridan qoplaydilar yoki hududlardagi maxsus bepul karantin markazi(asosan talabalar yotoqxonalari)ga yuboriladi (misol uchun, Istanbul shahrida Maltepa tumanida joylashgan «Mimar Sinan» nomidagi yotoqxona karantin markazi sifatida xizmat qiladi). COVID-19ga chalingan sayyohlarning bepul karantin markaziga joylashtirish masalasi viloyat gubernatorligi tomonidan belgilanadi. Oʻz oʻrnida, Turkiyaning Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, yangi oʻquv mavsumi boshlanishiga tayyorgarlik munosabati bilan yaqin davrda ushbu markazlar yopilishi kutilyapti. COVID-19ga chalingan shaxslar 10-14 kundan soʻng PZR testini qayta topshirishlari va test natijasi “manfiy” chiqqan taqdirda uchib ketishlari mumkin boʻladi. Virusni yuqtirgan davrdan to toʻliq tiklanishgacha boʻlgan jarayon Turkiyaning “Hayat Eve Sığar” (HES-kod) dasturi orqali nazorat qilinadi.
2021-07-26
https://xs.uz/uz/post/turkiyaga-borishni-rezhalashtirgan-fuqarolarga-qoshimcha-talablar-qojildi
AQSHning “The New York Times”, “New York Post”, “NBC New York”, “USA Today”, “The Los Angeles Daily News” singari yetakchi ommaviy axborot vositalarida Oksana Chusovitinaning Tokioda oʻtayotgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi soʻnggi ishtiroki haqida qator maqolalar eʼlon qilindi. Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasiga koʻra, barcha nashrlar Oksana Chusovitinaning Olimpiya oʻyinlaridagi rekord natijaga, sakkizinchi ishtirokiga eʼtibor qaratgan. U 11 jahon chempionatida 17 ta medalni qoʻlga kiritgan, jahon chempionatlari va Olimpiya oʻyinlarida Oksana tomonidan birinchi marta bajarilgan mashqlar oʻzbekistonlik sportchi sharafiga qoʻyilgan. Xususan, “The New York Times” gazetasida «46 yoshli Oksana Chusovitina soʻnggi Olimpiadadan bir olam quvonch oldi» sarlavhali maqola nashr etildi. Materialda «Chusovitina qariyb oʻttiz yil davomida oʻz sport turida yuqori natijalarni qayd etdi», deya taʼkidlanadi. Muallif sportchimizning uzoq yillik jismoniy holatiga qoyil qolgan holda uni sakkizinchi Olimpiadani “Yoshlarga yoʻnaltirilgan sportdagi taʼsirchan seriya”, deya etirof etadi va “u uzoq umr koʻrish va mukammallikni oshirish imkoniyatlarini namoyish etdi”, deb qoʻshib qoʻydi. Maqolada Oksana Chusovitinaning shaxsiy va kasb faoliyati boʻyicha atroflicha maʼlumotlar oʻquvchilarning eʼtiboriga havola etilgan. «Gimnastika maydonidagi hissiyotli lahzalar Chusovitina oʻz dasturini yakunlaganidan keyin sodir boʻldi, - deb yozadi nashr. – Albatta, sport arenasida muxlislar juda kam edi. Ammo shunday boʻlsada, zaldagi boshqa sportchilar va musobaqada qatnashish uchun kelgan gimnastika olami vakillari tomonidan unga yuksak hurmat koʻrsatildi. Ular gimnastika qirolichasi bilan birga selfiga tushish uchun navbatda turdi». “New York Post” gazetasida «Oksana Chusovitinaning afsonaviy Olimpiya karyerasi 46 yoshda tugadi» sarlavhali maqola chop etildi. Maqolada Oksananing sportdagi faoliyati “Yorqin Olimpiya karyerasi” deya eʼtirof etildi. U Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston, Germaniya va sobiq ittifoq birlashgan jamoalari tarkibida ishtirok etgan. “NBC New York” nashri ushbu mavzuda eʼlon qilgan materialda «Boʻsh arenada turib olqish oladigan gimnastikachilar sanoqli. Sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi Oksana Chusovitinaga sport gimnastikasi boʻyicha saralash musobaqasining toʻrtinchi boʻlimidagi sakrashidan keyin sportchilar va hakamlar tomonidan yuksak ehtirom koʻrsatildi», deya qayd etilgan. «1975-yilda tugʻilgan faxriy gimnastikachi Tokio Olimpiadasida ishtirok etayotgan koʻplab gimnastikachilar tugʻilishidan oldin oʻz faoliyatini boshlagan. Oksana nafaqat uzoq umr koʻrish uchun, balki davomli muvaffaqiyati uchun ham sportda afsonadir», deb yozadi “NBC New York”. Mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasidan xabar berishlaricha, koʻplab amerikalik sportchilar Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi vakili sharafiga bildirilgan eng iliq soʻz va tilaklarni millionlab obunachilarga ega ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ham joylashtirmoqda Masalan, AQSH vakili, uch karra Olimpiada chempioni Aleksandr Raysman “Twitter”dagi sahifasida Oksana Chusovitina 1992-yildagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida, Aleksandra Raysman tugʻilishidan ikki yil oldin sakrashni amalga oshirgan videoni eʼlon qildi va Oksana Chusovitinani “abadiy afsonaviy sportchi”, deya taʼrifladi.
2021-07-26
https://xs.uz/uz/post/aqshdan-munosabat-oksana-chusovitina-olimpiya-ojinlari-afsonasi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshida pichoqbozlik” sarlavhasi ostida tarqalayotgan videolar boʻyicha Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, Qarshi shahar “Charmgar” MFYda yashovchi voyaga yetmagan P.S. 2021-yil 24-iyul kuni soat 16:30larda, Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasida joylashgan “Sharq” supermarketida sotuvchi boʻlib ishlovchi D.S.ning oldiga kelib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat joyida qoʻpol soʻzlar bilan uni haqorat qilgan. Shu vaqtda P.S.ning nooʻrin xatti-harakatlarini oldini olmoqchi boʻlgan supermarket qoʻriqchisi X.J.ga “Sen aralashma!” deb oʻzi bilan olib yurgan oshxona pichogʻi bilan tan jarohati yetkazmoqchi boʻlgan. Natijada P.S. supermarket ishchilari tomonidan toʻxtatib qolingan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 24-iyul kuni P.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/qarshida-pichoqbozlik-videosi-bojicha-izoh-berildi
Oʻzbekistonlik Muattar Nabiyeva Olimpiada rekordini oʻrnatgani haqida xabar bergan edik. Ogʻir atletikachimiz ikki mashq natijasiga koʻra 212 kg bilan (98, 114) 4-oʻrinni egalladi.
2021-07-26
https://xs.uz/uz/post/muattar-nabievaning-olimpiya-rekordi-medal-uchun-etarli-bolmadi
“Milliy tiklanish” DP fraksiyasining bugungi yigʻilishida Mehnat kodeksining 113-moddasiga va “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunning 28-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha tashabbus qoʻllab-quvvatlandi. Bu haqda Alisher Qodirov maʼlum qildi. Qonun loyihalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga oʻz qarori bilan aholini profilaktik emlashdan oʻtkazishni joriy qilish vakolati berilmoqda. Shuningdek, Mehnat kodeksida ish beruvchiga xodim tibbiy koʻrik natijalari va shifokorlarning tavsiyasiga koʻra emlanishi kerak boʻlsayu, emlanishni rad etsa xodimni ish haqini saqlamagan holda ishga qoʻymaslik huquqi berilmoqda. «Diqqat bilan oʻqing, shifokor tavsiya qilsa! Agar fuqaroning vaksina olishiga monelik qiladigan muammo boʻlsa shifokor tavsiya qilmaydi! Nima uchun bu qonun muhim? Aholining 70 foizi emlanmasa jamoaviy immunitet hosil boʻlmaydi. Virusni fuqarolarga yuqishi va mutatsiyaga uchrashi uchun Oʻzbekistonda qulay sharoit yaratiladi. Kuz-qishning bu turdagi viruslar uchun faol davr ekanligini hisoblasak, avgust-dekabr oylari immun tizimi zaif boʻlgan fuqarolar uchun katta xavf paydo boʻladi. Jamoatchilik bilan ishlaydigan xodimlar (militsiya, savdo xodimi, oʻqituvchi, tibbiyot xodimi va hokazo) virus tarqatuvchisi sifatida hamma uchun xavfli boʻladilar. Bugunga kelib Fransiya, Gretsiya, Avstraliya, Italiya, Latviya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va bir qancha davlatlarda vaksinatsiya shifokor tavsiyasiga muvofiq majburiy qilib belgilandi. Bu davlatlar oʻz fuqarolarining xavfsizligi haqida qaygʻurmoqdalar. Hech kim hech kimni majburlamayapti. Hech qanday muammo boʻlmasayu, emlanishni rad etsangiz, ish beruvchi va jamoa sizni xavf manbai sifatida koʻrishga haqqi bor. Endi korxonalar yopilmaydi, taʼlim toʻxtatilmaydi, savdo-sotiq cheklanmaydi. Virus bilan kurashish uchun ham mablagʻ kerak. Tekinga berilayotgan vaksina ham tekinga kelmayapti. Shu bilan birga unutmaslik kerak, birinchi toʻlqin davridagidek, har bir fuqaroning davolanish harakatlari uchun mablagʻ masalasi Hukumat tomonidan Oliy Majlisga kiritilmadi. Masala ochiq turibdi. Mablagʻni qayerdan qisqartiramiz? Maktablarni qurmaymizmi, elektr-gaz liniyalarini taʼmirlamaymizmi... Har ehtimolga qarshi xususiy klinikalarga pullik davolash uchun ruxsat berildi. Sogʻlom inson davlat uchun boylik, lekin sogʻliq inson uchun boylikdir. Sogʻliq va hayotni yoʻqotmasdan avval qadrlashimiz kerak», deydi Qodirov.
2021-07-26
https://xs.uz/uz/post/tekinga-berilayotgan-vaktsina-ham-tekinga-kelmayapti-alisher-qodirov
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqovning otas Umurzaqov Oʻktam Pardayevich vafot etdi. Respublika oliy taʼlim kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Oʻktam Pardayevich fidoyi olim, ilm-fan va taʼlimning haqiqiy jonkuyari edi. 1952-yil 20-avgust kuni tavallud topgan Umurzakov Oʻktam Pardayevich koʻp yillardan beri oʻz ish faoliyati davomida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining rivojlanishi uchun ulkan hissani qoʻshib kelayotgan edi.
2021-07-26
https://xs.uz/uz/post/toshkent-irrigatsiya-instituti-rektori-oktam-umurzoqov-68-yoshida-vafot-etdi
“Oʻzgidromet” 28-iyul, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.  havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja boʻladi.  havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 39-44 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi. havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/ertaga-ozbekistonda-ob-havo-qandaj-boladi-3
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-iyun oylarida 1855 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 % ga oshgan. Ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni (yanvar-iyun oylarida): 2019-yil - 2456 dona 2020-yil - 1832 dona 2021-yil - 1855 dona
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/iyun-ojida-249-dona-yuk-avtomobillari-ishlab-chiqarilgan
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonada imtihonlar jaziramada oʻtkazilgani boʻyicha eʼtirozli fikrlar bildirildi. Xabarlarga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, oʻtgan yili pandemiya tufayli Prezident maktablariga qabul oʻtkazilmagan edi. Bu yil pandemiya sharoitida qanchalik qiyin boʻlmasin, qatʼiy tartib-qoidalar asosida ochiq havoda kirish imtihonlari tashkil etilmoqda. Shu oʻrinda, har bir kishi, jumladan, ota-onalar shaxsiy masʼuliyatini oshirishga va ijtimoiy masofa saqlashga muntazam daʼvat etilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Cambridge Assessment tashkilotining talablari asosida barcha sharoitlar maksimal darajada tashkil etilmoqda. Imtihonlar 2 smenada yaʼni 8:00 va 19:00 da boshlanadi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-maydagi 7- sonli majlis bayoni asosida imtihonlar oʻtkaziladigan hududlar belgilab berilgan. Bunda imtihonni oʻtkazishga masʼul barcha tashkilotlar tomonidan mazkur hududlarning video-kuzatuv, internet, elektr va boshqa shu kabi shart-sharoitlar bilan taʼminlanganligi inobatga olingan. Shu bilan birga, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda imtihon davomiyligi 90 daqiqadan 60 daqiqaga qisqartirildi.
2021-07-26
https://xs.uz/uz/post/fargonada-zhaziramada-ochiq-zhojda-otkazilgan-maktab-imtihonlari-yuzasidan-izoh-berildi
Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari bir vaqtning oʻzida “Tolibon” harakatining bir nechta qoʻmondonini hibsga oldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi  Hibsga olishlar Kobul va Gor provinsiyalari hududida aksilterror operatsiyalari paytida yuz bergan. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, xavfsizlik kuchlari aholi punktlarini bogʻlaydigan avtomagistralni boshqarish, hujumlarni uyushtirish uchun masʼul boʻlgan “Tolibon” qoʻmondoni Muhammad Janni ham qoʻlga olgan. Yana bir qancha toliblar yoʻq qilingan. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi katta yoʻl boʻyidagi qishloqlarni ozod qilish va radikal harakat aʼzolari tomonidan yoʻllarda oʻrnatilgan tankka qarshi beshta mina zararsizlantirilgani haqida xabar berdi. Afgʻonistondagi vaziyat AQSH va NATO joriy yilning 1-may kuni Afgʻoniston hududlaridan oʻz qoʻshinlarini rasmiy ravishda olib chiqishni boshlaganidan soʻng keskinlashdi. 8-iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH armiyasi Afgʻonistonni 31-avgustgacha toʻliq tark etishini maʼlum qildi. Unga koʻra, AQSH Afgʻonistonda diplomatik ishtirokini saqlab qoladi va mamlakatdagi vaziyatni yaxshilashga intiladi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/afgoniston-khavfsizlik-kuchlari-tolibon-harakatining-bir-nechta-qomondonini-qolga-olgan
Polshada voyaga etmaganlarga qarshi jinsiy jinoyatlarda gumon qilinayotgan har toʻrt kishidan biri ruhoniy boʻlib chiqdi. Xuddi shunday xulosaga voyaga etmaganlarga qarshi jinsiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻyicha Polsha davlat komissiyasi tomonidan kelindi, deya   “Wiadomosci”. Bunday jinoyatlarning uchdan biridan koʻprogʻida (35,6 foiz) bolaning qarindoshlari tomonidan sodir etilgan. Bunda cherkov xizmatchilari taxminan 30 foizni tashkil etgan. 2019-yilda tashkil etilgan komissiya tomonidan oʻtgan yillar davomida 349 ish koʻrib chiqilgan. Ushbu jinoyatlarning yuzga yaqini ruhoniylar tomonidan sodir etilgani gumon qilinmoqda. Koʻrib chiqilgan barcha ishlarning 55 tasi prokuraturaga oʻtkazilgan. Statistik maʼlumotlarni keltirgan oʻsha hisobotda komissiya aʼzolari bunday ishlar bilan shugʻullanadigan maxsus bolalar advokati institutini yaratishni taklif qilmoqdalar. Avvalroq, shunday tadqiqot natijalari Fransiyada maʼlum boʻlgan. Unga koʻra, 1950-yillardan beri ruhoniylar tomonidan jinsiy tahqirlashning 10 mingga yaqin holati aniqlangan.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/polshada-har-tortinchi-pedofil-ruhonij-bolib-chiqdi
Yaqin kunlarda AQSH prezidenti Jo Bayden va Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Qadimiy AQSH askarlari Iroqdan chiqib ketishini eʼlon qiladi. Bu haqda “Associated Press” AQSH prezidenti maʼmuriyatining yuqori lavozimli xodimiga tayanib  AQSH armiyasining Iroqdagi missiyasi 2021-yil oxiriga yakuniga yetishi kerak. AQSH harbiylarini olib chiqib ketganidan soʻng, Vashington Bagʻdodga “ISHID”ga qarshi kurashda yordam berishda davom etadi. Yaʼni amerikalik instruktorlar Iroq askarlariga maslahat beradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi. Bayden maʼmuriyati vakilining soʻzlariga koʻra, Iroq qurolli kuchlari oʻzlarini mamlakatni himoya qilishga qodirligini isbotladilar. “Associated Press”ning yozishicha, AQSH kontingentini qisqartirish bahorda rejalashtirilgan edi. Ammo keyinchalik tomonlar qoʻshinlarni olib chiqish jadvalini kelisha olmagan.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/aqsh-2021-jil-okhiriga-qadar-iroqdan-oz-qoshinlarini-olib-chiqib-ketadi-oav
Prezidentimizning “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida kichik yoshdagi bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish, homilador va bola emizuvchi ayollar va bolalarni yod, polivitamin temir va foliy kislotasi preparatlari bilan taʼminlash boʻyicha bir qator muhim vazifalar belgilandi. Unga koʻra, Prezidentimizning 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq: 6 – 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan; 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan; 2 – 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan; homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 – 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan; 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni polivitamin temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilindi. Shuningdek, yangi qarorga muvofiq, 2021 – 2023-yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollar profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlanadi. Bundan tashqari, qaror boʻyicha bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarning profilaktik maxsus preparatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ushbu preparatlarni taqsimlash hamda yetkazish tartibi ham tasdiqlandi.
2021-07-27
https://xs.uz/uz/post/tugish-yoshidagi-ayollar-polivitamin-temir-va-folij-kislotasi-preparati-bilan-bepul-taminlanadi