folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman: 1. Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1. Texnik ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining hududiy bo‘limlari (bundan buyon matnda Davtexnazorat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq o‘tkaziladi. 2. Davtexnazorat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan texnikalar yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. 3. Texnika texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridan: traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va o‘ziyurar mashinalarga — 0,18; qishloq xo‘jaligi mashinalariga — 0,10; mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 miqdorda yig‘im undiriladi. 4. Texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari Davtexnazorat inspeksiyasining qishloq xo‘jaligi texnikasi bo‘yicha davlat inspektori (bundan buyon matnda davlat inspektori deb yuritiladi) tomonidan tashkillashtiriladi. 5. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazish ish rejasi va texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning tarkibi har yili 15-yanvargacha Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tumanlari (shaharlari) hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Davtexnazorat organi tomonidan tavsiya etilgan yuqori malakali va tajribali mutaxassislar kiritiladi. Davlat inspektori komissiya raisi hisoblanadi. 6. Davlat inspektori texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnda mulkdor deb yuritiladi) texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi bildirishnomani texnik ko‘rik o‘tkazish kunidan kamida o‘ttiz kun oldin yuboradi. 7. Mulkdor bildirishnomani olgandan keyin texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim: texnik ko‘rik o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan texnikalar to‘g‘risidagi dalolatnomani to‘ldirishi; texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni texnika doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etishi. 8. Davlat inspektori dalolatnomani olgandan so‘ng o‘zining hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. 9. Boshqa tuman (shahar)larda foydalanilayotgan texnika ushbu manzildagi davlat inspektori tomonidan texnika doimiy ro‘yxatdan o‘tgan davlat inspektorining so‘rovnomasiga asosan mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari va 11-bandiga muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Texnik ko‘rik natijalarini texnika foydalanilayotgan joydagi davlat inspektori texnika doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat inspektoriga yuboradi. 10. Texnikani texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida quyidagilar ko‘rib chiqiladi: texnikalarning soni, ularning mavjudligi va ro‘yxatdan o‘tganligi; texnikaning texnik pasporti va qishloq xo‘jaligi mashinasining guvohnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi; texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligi. 11. Davlat inspektori texnik ko‘rik natijasi bo‘yicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq texnik ko‘rik dalolatnomasini to‘ldiradi. 12. Texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki texnik ko‘rikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan davlat inspektori mulkdorga yozma ko‘rsatma beradi va qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatni belgilaydi. Texnikani qayta ko‘rikdan o‘tkazish uchun mulkdordan yig‘im undirilmaydi. Mulkdor ko‘rsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan taqdirda davlat inspektori tuman (shahar) hokimligiga ma’lumot beradi. 13. Texnik ko‘rikdan o‘tgan texnikalarning texnik pasporti va qishloq xo‘jaligi mashinasi guvohnomasining tegishli joyiga davlat inspektori “Texnik ko‘rikdan o‘tdi” belgisini qo‘yadi va uni tasdiqlaydi. 14. Mazkur Nizom “O‘zagromashservis” uyushmasi va O‘zbekiston Fermyerlari kengashi bilan kelishilgan.
207
5,254
Qonunchilik
Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini yanada oshirish, uni ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmlarini ko‘paytirish, shu asosda sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirishni va eksport salohiyatini o‘stirishni ta’minlash, shuningdek energiya samaradorligi va energiyani tejash standartlarini iqtisodiyotga yanada samarali joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Uyushmalar, aksiyadorlik kompaniyalari va yirik sanoat korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan, birinchi navbatda: energiya resurslari iste’molini qisqartirish va ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish; texnologik jarayonlarni hamda material-xomashyo resurslarini sarflash normalarini, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan ratsionalizatsiya qilish; mehnat unumdorligini oshirish, boshqaruv hamda sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonini maqbullashtirish va boshqa omillar hisobiga 2015-yilda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini o‘rtacha 10 foizga pasaytirish bo‘yicha takliflari ilovaga* muvofiq ma’qullansin. 2. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, aksiyadorlik kompaniyalari rahbarlari: ularning tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari uchun, tarmoq bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirishning ushbu qaror bilan ma’qullangan yig‘ma parametrlaridan kelib chiqqan holda, mahsulot tannarxini pasaytirishning maqsadli parametrlarini o‘n kun muddatda tasdiqlasinlar; korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda monitoring o‘rnatsinlar; amalga oshirilgan monitoring yakunlariga ko‘ra, zarurat bo‘lganda, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish parametrlariga erishishning to‘liqligi va samaradorligidan kelib chiqqan holda, korxonalar rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish yoki ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini qo‘llasinlar. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zdavenergonazorat”, “O‘zneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyalari hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Yoqilg‘i energetika resurslarini tejash bo‘yicha komissiyaga ko‘chalarni yoritish qurilmalaridagi barcha qizdirish lampalarini energiyani tejaydigan lampalarga o‘tkazish jadvalini, ularni moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda, tasdiqlash uchun kiritsinlar. 4. “O‘zdavenergonazorat”, “O‘zneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyalari: 2015-yil 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda qonun hujjatlariga har yili jami 2,0 ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i hajmida energiya resurslari ishlatadigan iste’molchilar bo‘yicha majburiy energetika tekshiruvi o‘tkazilishini nazarda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan taklif kiritsinlar; “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda respublikada sotilayotgan barcha maishiy elektr priborlarini, yangidan qurilayotgan binolar va inshootlarni, energiya iste’moli va energiya samaradorligi borasidagi ilg‘or xorijiy tajriba asosida, energiya iste’moli ko‘rsatkichlari bo‘yicha energetika jihatdan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini respublikada bosqichma-bosqich joriy etishga doir takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiya qilish hamda material-xomashyo va energiya resurslarini sarflash normalarini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish, sotib olinayotgan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xodimlarning yillik sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish natijasida mahalliylashtirish darajasini pasaytirishga doir qismi 2015-yilda buzilish deb hisoblanmaydi. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
135
4,686
Qonunchilik
DAVLAT VA XO‘JALIK BOShQARUVI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI XODIMLARINING MALAKASI VA KO‘NIKMALARINI OShIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAMDA ULARNI IShDA KOMPYuTER TEXNIKASI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISh Yu
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xodimlar malakasi va ko‘nikmalarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2012-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar: Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari 1-ilovaga muvofiq; Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlarining lavozimlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat test markazi 2012-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholash tizimining joriy etilishi va kelgusida ishlashini ta’minlaydigan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar. 3. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (Aripov), davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari 2015-yil 1-yanvargacha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Lavozimlar ro‘yxatida lavozimlari nazarda tutilgan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimda kompyuter savodxonligining minimal darajasi mavjudligini tasdiqlaydigan tegishli sertifikat olish uchun attestatsiyadan o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. 4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash va yaratish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. 1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga qo‘yiladigan ushbu davlat talablari (keyingi o‘rinlarda Davlat talablari deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 22-iyuldagi 155-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (keyingi o‘rinlarda AKT deb ataladi) foydalanish bo‘yicha malakasi va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi. 2. Ushbu Davlat talablari tashkilotlar xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni reglamentlaydigan dasturlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 3. Ushbu Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: tashkilotlar xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish — tashkilotlar xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha bilimlarini muntazam yangilab borish hamda mahorat va ko‘nikmalarini takomillashtirish; ta’lim muassasasi — tashkilot xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; xodim — ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishi kerak bo‘lgan tashkilot rahbari, xodimi. 4. Tashkilot xodimlarining malaka va ko‘nikmalari darajasi ushbu Davlat talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 5. Tashkilot xodimi: a) quyidagilarni: AKT sohasidagi faoliyatni tartibga soladigan va lavozim vazifalarini bajarishga tatbiq etiladigan O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini; elektron hujjatlar aylanishi tizimida va elektron raqamli imzo bilan ishlash asoslarini; axborot texnologiyalarini bilishi zarur; b) quyidagilarga: shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash; idoraviy dasturiy ilovalar bilan ishlash; Internet tarmog‘ida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash; elektron hujjatlar aylanishi tizimidan foydalanish; elektron pochtadan va elektron raqamli imzodan foydalanish; tashkiliy texnikadan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. 6. Ushbu Davlat talablari mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, AKT sohasining holati va rivojlanishidan, tashkilot ehtiyojlaridan, tashkilot xodimlarining ishda AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish sohasidagi jahon yutuqlari va tendensiyalaridan kelib chiqqan holda 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan o‘zgartirilishi va to‘ldirilishi mumkin. 7. Tashkilotlar ushbu Davlat talablariga muvofiq xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga doir mahalliy hujjatni ishlab chiqadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: xodimlar malakasini oshirishni o‘tkazish tartibi; xodimlarning malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda ularning malakasini oshirishning davriyligi va davom etish muddati; xodimlar malakasini oshirishning jami davom etish muddati (asosiy ishdan bo‘shagan holda o‘qishda — kamida ikki hafta); tajriba orttirish yoki mustaqil shaklda ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha o‘z malakasini oshirgan xodimlarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi. 8. Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: a) quyidagilar: ta’lim muassasasida malaka oshirishga doir o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha o‘qitish; o‘qituvchilarni tashkilotga taklif etgan holda ixtisoslashtirilgan dasturlar bo‘yicha o‘qitish; elektron manbalar bo‘yicha o‘qitish; b) masofadan o‘qitish; v) ATK sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotda tajriba orttirish; g) mustaqil ravishda o‘qish. 9. Tashkilot xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha o‘qitish shaklida malakasini oshirish belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. 10. Ta’lim muassasalarida tashkilot xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha kurslar dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘lishi kerak. 11. Tashkilot xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirishda ta’lim muassasasi quyidagilarni kamida besh yil davomida saqlashi shart: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi bilan kelishilgan, ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan imtihon biletlari savollari; imtihon komissiyasining baholar, biletlarning tartib raqamlari, imtihon komissiyasi a’zolarining familiyalari va imzolari qo‘yilgan vedomosti; tinglovchilarning o‘qish jarayonida qatnashishi jurnallari, ularda mashg‘ulotlarning o‘tkazilish sanalari, mashg‘ulotlar mavzulari, o‘quv soatlari soni, o‘qituvchilarning familiyalari va imzolari ko‘rsatilgan bo‘ladi; sertifikatlar berish hisobi reyestri, unda sertifikatlarning tartib raqamlari, berilgan sanalari, o‘qitish vaqti davri, sessiyalar darajasining nomi, tinglovchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasporti ma’lumotlari, sertifikatlar olingani to‘g‘risidagi imzolar bo‘ladi. 12. Quyidagilar tashkilot xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga doir o‘quv rejalari va dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi: Davlat talablariga, Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlari bo‘yicha izchillik; innovatsiya texnologiyalariga va o‘qitishning zamonaviy vositalariga asoslanish; ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi bilan kelishilgan o‘quv rejalarining mavjudligi. 13. O‘quv dasturlari: tashkilot xodimlari uchun ular ishining barcha xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan; hujjatlardan boshlab kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanishning texnik jihatlarigacha bo‘lgan ishlarning barcha tomonlarini qamrab oladigan, to‘la qimmatli; qisqa va aniq mazmunli, tushunarli va o‘qimishli bo‘lgan; AKTni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotlarga ega bo‘lgan; mamlakatimiz va xalqaro tajriba asosidagi amaliy misollarga ega bo‘lgan; davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda (rus, ingliz va boshqa tillarda) tayyorlangan o‘quv materiallariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. 14. O‘quv materiallarida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan materialni o‘zlari tekshirib ko‘rishi uchun test savollari mavjud bo‘lishi kerak. 15. Tashkilot xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishga doir o‘quv dasturlarida bilimlar va ko‘nikmalarni baholash bo‘yicha jumladan quyidagi tadbirlar nazarda tutilishi kerak: test sinovidan o‘tkazish; bilimlar va ko‘nikmalar darajasi yuzasidan amaliy imtihon topshirish. Ushbu Nizom “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 22-iyuldagi 155-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ularning idoraviy mansub tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. Idoraviy mansub tashkilotlarning attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 1. Quyidagilar tashkilotlar xodimlarini ishda kompyuter texnikasidan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishning asosiy maqsadlari hisoblanadi: tashkilot xodimlari bilimlari va ko‘nikmalari darajasining ishda kompyuter texnikasidan foydalanish bo‘yicha malaka talablariga muvofiqligini aniqlash; kompyuter texnikasidan, davlat axborot tizimlari va resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish. 2. Attestatsiya: tashkilot xodimlari tomonidan ishda kompyuter texnikasi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga; tashkilot xodimlarining ishda kompyuter texnikasidan foydalanish bo‘yicha bilimlari va ko‘nikmalari darajasini baholashga yo‘naltirilgan. 3. Quyidagilar attestatsiyani o‘tkazishdagi asosiy tamoyillar hisoblanadi: attestatsiyani o‘tkazishning majburiyligi va davriyligi; attestatsiyani o‘tkazishda ochiqlik, xolislik, adolat tamoyillariga rioya etish va shart-sharoitlarning tengligi. 4. Tashkilot xodimlari attestatsiyasi kompyuter savodxonligini baholash tizimi bilan ta’minlanadi, u tashkiliy va metodik ta’minlashning yagona axborot tizimi asosida kompyuter savodxonligi darajasini belgilaydi. 5. 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan tashkilot xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish, test savollari bazasini yuritish va tijorat asosida uni boshqarishning tashkiliy tadbirlarini amalga oshirish uchun kompyuter savodxonligi tizimining vakolatli operatori (yuridik shaxs) belgilanadi. 6. Kompyuter savodxonligini baholash tizimi faoliyati kompyuter texnologiyalariga o‘qitish sohasida raqobat muhitini rivojlantirishga va tashkilot xodimlarining kompyuter savodxonligi darajasini oshirishga ko‘maklashishi kerak. 7. Kompyuter savodxonligini baholash tizimi testlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga sertifikat beriladi, u sertifikat egasida kompyuter savodxonligining zarur minimal darajasi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. Kompyuter savodxonligi baholash tizimi sertifikati elektron va qog‘oz manbada elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, sertifikat egasining elektron raqamli imzosi bilan ta’minlanadi. Kompyuter savodxonligini baholash tizimi sertifikatining amal qilish muddati – besh yil. 8. Kompyuter savodxonligini baholash tizimining faoliyat ko‘rsatishi internet tarmog‘i vositasi bilan aniq vaqt rejimida berilgan sertifikatlarning mavjudligi va haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini ta’minlashi kerak. 9. Tasdiqlangan Lavozimlar ro‘yxatiga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan xodimlarning kompyuter savodxonligi darajasini aniqlash uchun uchta — davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun attestatsiya komissiyalari tuziladi. Attestatsiya komissiyalari Vazirlar Mahkamasi vakillari, Respublika komissiyasi a’zolari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat test markazi va boshqa tashkilotlar vakillaridan kamida 9 kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi. Attestatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkiblari Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 10. Attestatsiya komissiyalari o‘z faoliyatida Respublika komissiyasiga hisobot beradilar. 11. Attestatsiya komissiyalariga attestatsiya komissiyalarining raislari boshchilik qiladi. 12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi attestatsiya komissiyalarining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi. Ishchi organ quyidagi funksiyalarni bajaradi. a) kompyuter savodxonligi tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish; b) tashkilotlarda attestatsiyani o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish; v) test savollarini tuzish hamda ularning mazmunini va tematik yo‘nalishini kelishish; g) attestatsiyani o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini belgilash hamda bu to‘g‘rida attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlarni xabardor qilish; d) tashkilot xodimlarining kompyuter savodxonligi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan minimal daraja parametrlarini belgilash va tasdiqlash; e) attestatsiyalar natijalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; j) attestatsiyaning tasdiqlangan natijalarini tashkilotlarga rasmiy tartibda yuborish; z) tashkilotlar xodimlari tomonidan ushbu Nizom talablarining bajarilishini nazorat qilish. 13. Ishchi organ attestatsiya boshlanishidan kamida ikki oy oldin tegishli tashkilotlarga: attestatsiya komissiyalari tarkiblariga kiritish uchun nomzodlarni tavsiya etish; attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini taqdim etish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi. 14. Respublika komissiyasi xodimlarning taqdim etilgan ro‘yxatiga muvofiq attestatsiyani o‘tkazish jadvalini va test savollari ro‘yxatini bir hafta muddatda tasdiqlaydi. Attestatsiya komissiyalari attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin tashkilotni attestatsiyaning o‘tkazilish joyi va muddatlari to‘g‘risida xabardor qiladi. 15. Attestatsiya komissiyalari: a) attestatsiyani o‘tkazish davomida: tashkilotning attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimi to‘g‘risidagi qisqacha axborotni eshitadi; tashkilotning attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimini kompyuter savodxonligini baholash tizimidagi aniq vaqt rejimida testdan o‘tkazadi; b) tashkilot xodimini attestatsiya natijalariga ko‘ra baholaydi; v) tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi; g) tashkilot xodimining attestatsiyaga kelmaganligining uzrliligi (uzrli emasligi) to‘g‘risida qaror qabul qiladi; d) ishchi organga attestatsiya natijalarini taqdim etadi; e) attestatsiya o‘tkazilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi. 16. Attestatsiya komissiyalari a’zolarining navbatdagi majlislari o‘tkazilishi to‘g‘risida komissiyalarning kotiblari tomonidan majlis o‘tkazilishidan kechi bilan 1 (bir) hafta oldin xabar qilinadi. 17. Ishchi organ attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan xodimlarni doimiy ravishda aniqlab borish maqsadida tashkilot xodimlarining reyestrini yuritadi, reyestrda quyidagilar ko‘rsatiladi: xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi; tashkilotning nomi; xodimning pasporti ma’lumotlari va yashash joyi; xodimga berilgan, uning kompyuter savodxonligining zarur bo‘lgan minimal darajasiga egaligini tasdiqlovchi berilgan sertifikatning tartib raqami va uning sanasi; xodimning malaka oshirish kursidan o‘tgan davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; xodimning oldingi attestatsiyadan o‘tgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 18. Attestatsiyani tayyorlash, o‘tkazish, uning natijalarini e’lon qilish va attestatsiya natijalari bo‘yicha sertifikatlar berish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 19. Ish stajiga ega bo‘lgan va tashkilotdagi vakant lavozimga ishga kirayotgan shaxslar olti oy mobaynida, lekin ishga qabul qilingandan keyin uch oy o‘tgach majburiy attestatsiyadan o‘tishi shart. 20. Oliy, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tugatgandan keyin tashkilotdagi vakant lavozimga ishga kiradigan shaxslar ishga qabul qilingandan keyin bir yil o‘tgach majburiy attestatsiyadan o‘tishi shart. 21. Vakant lavozimga ishga kirayotgan yoki boshqa lavozimga o‘tayotgan shaxsda kompyuter savodxonligini baholash tizimi sertifikati mavjud bo‘lgan taqdirda u sertifikatning amal qilish muddatini hisobga olgan holda attestatsiyadan o‘tkazilmasdan ishga qabul qilinadi. 22. Homilador ayollar va bola uch yoshga to‘lgungacha uni parvarishlash bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi. 23. Tashkilot xodimlari attestatsiya o‘tkazish rejalarida nazarda tutilgan muddatlarda kompyuter savodxonligi darajasi bo‘yicha har besh yilda bir marta rejali attestatsiyadan o‘tishi shart. 24. Attestatsiya komissiyalarining majlislari attestatsiya o‘tkazish rejalariga muvofiq o‘tkaziladi. Attestatsiya komissiyalarining majlislari ularda attestatsiya komissiyalarining tasdiqlangan tarkiblaridan kamida to‘rtdan uch qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. 25. Tashkilotning attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimi: attestatsiyadan o‘tish uchun attestatsiya o‘tkaziladigan joyga o‘z vaqtida yetib kelishi; unda pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat bo‘lishi kerak. 26. Tashkilotning pasporti yoki shaxsiy guvohnomasi bo‘lmagan yoki attestatsiyaga kechikib kelgan xodimlari attestatsiyaga kelmagan hisoblanadi va attestatsiya komissiyalari qaroriga binoan navbatdagi attestatsiyaga qo‘yilgan tashkilot xodimlari ro‘yxatiga kiritiladi. 27. Attestatsiya tashkilot xodimi tomonidan kompyuter savodxonligini baholash tizimidagi aniq vaqt rejimida test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 28. Tashkilot xodimi tomonidan attestatsiyadan o‘tishda ma’lumotnomalardan, maxsus yoki boshqa adabiyotlardan, shuningdek biron-bir yozuvdan, shu jumladan elektron yozuvlardan foydalanish taqiqlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan talablar buzilgan taqdirda tashkilot xodimi attestatsiyadan chiqariladi va attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi. 29. Test sinovi kompyuter savodxonligini baholash tizimining akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari bazasida yoki bevosita tashkilotlarda tashkil etiladigan va belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan o‘quv sinflarida vakolatli operator tomonidan o‘tkazilishi mumkin. 30. Tashkilotning har bir xodimi uchun rejali attestatsiyani o‘tkazish muddatlariga muvofiq test sinovini o‘tkazish vaqti va joyi belgilanadi, shu munosabat bilan tashkilot rahbarining tegishli buyrug‘i chiqariladi. 31. Attestatsiya komissiyasi majlisida begona shaxslarning qatnashishi taqiqlanadi. 32. Tegishli attestatsiya komissiyasi tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimi javoblarini tekshirish natijalari asosida quyidagi baholardan birini chiqaradi: a) kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiq; b) kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiq emas. 33. Kompyuter savodxonligini baholash tizimidagi aniq vaqt rejimidagi test sinovi natijalari tegishli attestatsiya komissiyasining protokoli bilan rasmiylashtiriladi. 34. Tashkilotning har bir attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimi uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha attestatsiya varaqasi tuziladi. Tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimi faoliyatini baholash bo‘yicha attestatsiya komissiyasi qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi va attestatsiya varaqasiga kiritiladi. Protokol qarori va attestatsiya varaqasi attestatsiya komissiyasining raisi va uning attestatsiyada qatnashgan a’zolari tomonidan imzolanadi. Attestatsiya natijalari tanishish uchun attestatsiya varaqasiga imzo qo‘ydirgan holda tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimiga beriladi. Tashkilotning attestatsiyada qatnashgan xodimining attestatsiya varaqasi tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimining ishchi organdagi shaxsiy yig‘majildida saqlanadi. 35. Tashkilotning kompyuter savodxonligini baholash tizimi test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan xodimlariga uch kun muddatda elektron manba bilan sertifikat beriladi, u ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha sertifikat egasining kompyuter savodxonligi bo‘yicha zarur minimal darajaga egaligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 36. Tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimi attestatsiya majlisiga uzrli sabab bilan (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lishi va shu kabilar) kelmagan taqdirda tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimi uni attestatsiyaga qo‘yish maqsadida attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab kechi bilan bir oy muddatda attestatsiya komissiyasiga kelmaganlikning uzrli sabablarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak. 37. Kelmaganlikning uzrli sabablari to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmaganda, attestatsiyaga pasportsiz yoki shaxsiy guvohnomasisiz yoxud kechikib kelganda tashkilot xodimi attestatsiya komissiyasi qaroriga binoan navbatdagi attestatsiyaga qo‘yilmasligi, u kompyuter savodxonligining minimal darajasi talablariga muvofiqlik bo‘yicha attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanishi mumkin. 38. Tashkilotning ushbu Nizomning 26-bandida, 32-bandning “b” kichik bandida va 36-bandida ko‘rsatilgan xodimlarini navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazish uning uchun dastlabki attestatsiya tayinlangan sanadan boshlab ikki oydan kechikmay amalga oshiriladi. 39. Attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra tashkilot xodimi takroriy attestatsiyadan keyin kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiq deb hisoblangan taqdirda ishchi organ bu to‘g‘rida qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida tegishli tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi. Lavozimga tayinlash, tasdiqlash, tavsiya etish, kelishish va lavozimdan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kiradigan, shuningdek lavozimga tayinlash, tasdiqlash, saylash va lavozimdan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari bilan kelishiladigan mansabdor shaxslar kompyuter savodxonligi minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiq emas deb hisoblangan taqdirda Respublika komissiyasi raisi bu to‘g‘rida qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini yozma ravishda xabardor qiladi. Xodimi kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo‘yicha talablarga nomuvofiq deb hisoblangan tashkilot rahbari ko‘rsatib o‘tilgan bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy mobaynida: attestatsiya komissiyasining kompyuter savodxonligining minimal darajasi talablari bo‘yicha tavsiyalariga ko‘ra ushbu xodim uchun yakka tartibdagi reja-jadvalni tasdiqlagan holda tegishli chora-tadbirlar ko‘radi; ishchi organga tashkilot xodimiga nisbatan egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha choralar ko‘rish haqida qabul qilingan qaror nusxasini taqdim etadi. 40. Tashkilot xodimi attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda Respublika komissiyasiga apellatsiya arizasi berishi mumkin. 41. Tashkilotning attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan xodimlarining apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish uchun Respublika komissiyasi qarori bilan bir hafta muddatda apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi Vazirlar Mahkamasi vakillari, Respublika komissiyasi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat test markazi va boshqa tashkilotlar vakillaridan shakllantiriladi. 42. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya arizasini u tushgan sanadan boshlab besh ish kun mobaynida ko‘rib chiqadi va apellatsiya komissiyasi qarorini apellatsiya komissiyasi majlisi protokolidan apellatsiya komissiyasi raisi imzolagan ko‘chirma tarzida ariza beruvchiga yuboradi. Ariza beruvchi apellatsiya komissiyasi majlisida qatnashishi mumkin. 43. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya arizasini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagilar to‘g‘risidagi qarorlardan bittasini qabul qilishi mumkin: ariza beruvchining da’volari va dalillarini asoslangan deb hisoblash hamda tashkilot xodimining kompyuter savodxonligi minimal darajasi bo‘yicha talablarga muvofiqligi to‘g‘risida yangi qaror qabul qilish; arizachining da’volari va dalillarini asossiz deb hisoblash va attestatsiya komissiyasi qarorini o‘z kuchida qoldirish. 44. Attestatsiyani o‘tkazish va uning natijalari bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
250
27,098
Qonunchilik
Binolarning seysmik mustahkamligini baholash tizimi shakllantiriladi
Vazirlar Mahkamasining 30.06.2021 yildagi “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron teхnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 405-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 30 iyuldagi PQ-4794-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Seysmik faol hududlarda joylashgan bino va inshootlar, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron teхnik pasportlar bosqichma-bosqich shakllantiriladi. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar bosqichma-bosqich oʻzlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron teхnik pasportlarini Yagona integratsiyalashgan platformaga kiritilishini ta’minlashlari kerak. Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarning elektron teхnik pasportlarini shakllantirib, platformaga doimiy kiritib borilishini ta’minlash vazifasi yuklandi. Qaror bilan Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash boʻyicha elektron teхnik pasportlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga asosan, Fanlar akademiyasi Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda har yili 15 yanvarga qadar platformaga kiritilgan elektron teхnik pasportlar asosida bino va inshootlar, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joylarni seysmik zaifligi boʻyicha turlarga ajratib chiqadi. Mazkur aхborot Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etiladi. FVV aхborot olingan kundan e’tiboran 15 kun muddatda vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisida ogohlantirish хati yuboradi. Olti oy davomida ular seysmik zaif hisoblangan bino va inshootlarini seysmik holatini mustahkamlash choralarini koʻrishlari zarur. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
68
2,270
Qonunchilik
Respublikaning qora metallar prokati va metall xomashyosiga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikada arzonlashtirilgan uy-joylar, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalari va yo‘l-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarining qurilish-montaj ishlari uchun qora metall prokatiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida: 1. 2017-yilda tender savdolari o‘tkazmasdan turib ishlab chiqaruvchi-zavodlar yoki ularning rasmiy dilyerlari bilan tuzilgan (distribyutorlarining) shartnomalar bo‘yicha respublikaga import orqali: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga keyinchalik ularni obyektlar buyurtmachilariga sotish uchun 50 ming tonna miqdorida qora metallar prokatini ilovaga muvofiq olib kirishga; “O‘zmetkombinat” AJga metallurgiya xomashyosini (temir yoki legirlanmagan po‘latdan bo‘lgan yarim mahsulot, kodi TN TIF 7207 20 150 0) keyinchalik ishlab chiqarish va yetkazib berish uchun obyektlar buyurtmachilariga qo‘shimcha balans bilan tasdiqlangan hajmda 20 ming tonna miqdorida qora metall prokati olib kirishga ruxsat etilsin. 2. Quyidagilar import hajmlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: qora metall prokatiga — arzonlashtirilgan uy-joylar, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalari va yo‘l-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarining qurilishi uchun buyurtmachilar tomonidan ajratilgan mablag‘lar: metallurgiya xomashyosiga — “O‘zmetkombinat” AJning o‘z mablag‘lari. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi uch kun muddatda mazkur qarorning tartib-qoidalarini bajarish doirasida qora metall prokati va metallurgiya xomashyosini yetkazib berish uchun tuzilgan import shartnomalari ekspertizasini ta’minlasin. 4. 2019-yilning 1-yanvariga qadar: mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan olib kelinadigan qora metall va metallurgiya xomashyosi bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari); import bo‘yicha 50 ming tonna qora metall prokati “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Qishloq qurilish invest MK” MChJ va “O‘zshahar qurilishi invest” IK” MChJ pudrat tashkilotlariga sotiladigan qismida qo‘shilgan qiymat solig‘idan, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘lgan majburiy ajratma to‘lovlaridan ozod etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga import bo‘yicha qora metall prokati sotib olish uchun mablag‘lar jamlanadigan maxsus hisobvaraq ochilishiga ko‘maklashsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatli banklar bilan birgalikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning talabnomalariga ko‘ra belgilangan tartibda tuziladigan import shartnomalari bo‘yicha milliy valyutadagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishni ta’minlash tavsiya etilsin. 7. Import qilinayotgan qora metall prokati va metallurgiya xomashyosi narxi buyurtmachilar tomonidan obyektlarni qurish doirasidagi qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish sarf-xarajatlari hisoblanadi hamda yuqori metall prokati va metallurgiya xomashyosining import qilinishi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga ekvivalenti milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursida belgilanadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq olib kelinadigan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning qora metall prokati va “O‘zmetkombinat” AJning metallurgiya xomashyosidan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq olib kelinadigan qora metall prokati va metallurgiya xomashyosidan maqsadga muvofiq foydalanilmagan holda taqdim etilgan bojxona imtiyozlari bilan bog‘liq to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalari qo‘llanilgan holda undiriladi. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatovga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
129
4,122
Qonunchilik
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarni isloh qilish to‘g‘risida” 1991-yil 29-martdagi 74-son qarorini qisman o‘zgartish to‘g‘risida
Jumhuriyatga yetkazib berilayotgan etil spirtining qimmatlashganligi, elektr energiyasiga tariflarning va uzumning texnik navlari xarid narxlarining oshganligi, shuningdek, chakana narxlarning isloh qilinishiga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston SSJ Davlat narxlar qo‘mitasi, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni va O‘zSSJ Savdo vazirligining talon bo‘yicha sotish uchun va erkin sotish uchun araq, shuningdek, quruq va kuchaytirilgan uzum vinolari, oddiy konyaklar, shampan vinolari va vijillab turadigan vinolarga 1—5-ilovalarga muvofiq qayd etilgan narxlarni belgilash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Vino-araq mahsulotlarining yangi chakana narxlari 1991-yil 5-avgustdan joriy qilinsin. Shu munosabat bilan O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-martdagi 74-son qarori 5-punktining birinchi xatboshidagi “shuningdek, araqning” so‘zlari chiqarib tashlansin. 2. “Uzplodoovoshchvinprom” konserni O‘zSSJ Savdo vazirligi va O‘zbekbirlashuv bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan markali vinolar assortimentini kengaytirish, sifatini yaxshilash hamda ularni tijorat narxlari bo‘yicha sotish uchun savdo shoxobchalariga yetkazib berishni ko‘paytirish yuzasidan ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 3. “Uzplodoovoshchvinprom” konserniga ishlangan vino materiallarini jumhuriyatdan tashqariga shartnoma narxlarida, ularga xomashyo resurslari uchun olinadigan oborot solig‘ini qo‘shgan holda, sotishga ruxsat etilsin. 4. O‘zSSJ Moliya vazirligi: jumhuriyatdan tashqariga olib ketiladigan vino materiallari uchun olinadigan oborot solig‘i stavkalarini ishlab chiqsin va ularni yetkazib beruvchi korxonalarga yetkazsin; mazkur qaror bilan tasdiqlangan yangi chakana narxlardan kelib chiqqan holda vino-araq mahsulotlarini sotishdan olinadigan oborot solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqsin; “Uzplodoovoshchvinprom” konserni korxonalarining budjet bilan o‘zaro munosabatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin. 5. O‘zbekiston SSJ Davlat narxlar qo‘mitasi araq, vino va konyaklarning chakana narxlari, vinoning ulgurji narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin va ularni tegishli tashkilotlarga yetkazsin. 6. O‘zSSJ Savdo vazirligi, O‘zbekbirlashuv va savdo shoxobchalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda vino-araq mahsulotlari qoldiqlarini qayta narxlasinlar.
172
2,423
Qonunchilik
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi (Rekruting faoliyati to‘g‘risida) QL-343-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-martda kiritilgan “Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi QL-343-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi
139
416
Qonunchilik
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini yanada rivojlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Respublikada bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish, yangi eksportbop navlarni yaratish, ularning turlarini ko‘paytirish, meva va uzum navlarining genofondini saqlash va boyitish, xorijiy nufuzli ilmiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy salohiyatni yanada oshirish, intensiv ko‘chatchilik tizimini yo‘lga qo‘yish, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, hududlarni mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirish, hosildorlikni oshirish, zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son qaroriga muvofiq akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) ixtiyoriga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin: bog‘dorchilik, uzumchilik va sitruschilik sohalarida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, raqobatbardosh, eksportbop meva va uzum navlarini yaratish hamda ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan resurslarni tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish; hududlarning tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, meva va uzum navlarini joylashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda xorijiy mamlakatlardan olib kelingan istiqbolli meva va uzum navlarini sinovdan o‘tkazish va mahalliy sharoitga moslashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish; resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda ko‘chatchilik, intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etish hamda rivojlantirishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish; bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish borasida ilg‘or xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda zamonaviy biotexnologiya va agrotexnologiyalarni ishlab chiqarishga samarali joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda xorijiy donor tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish; yuqori malakali ilmiy xodimlar, shu jumladan, falsafa (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash, bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish yo‘nalishida mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish; vinochilik sohasida yangi, yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportbop vino assortimentlarini yaratish va qayta ishlash texnologiyalarini tadqiq etish va shu asosda vinochilik sohasining raqobatbardoshligini ta’minlovchi ilmiy yechimlarni amaliyotga joriy qilish uchun taqdim etish; xalqaro standartlarga mos va eksportbop mevali daraxt, tok, rezavor va sitrus o‘simliklarining ko‘chatlarini yetishtirish hamda ularni realizatsiya qilish. 3. Quyidagilar: 2019 — 2023-yillarda akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq; 2019 — 2023-yillarda akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning ilmiy-tajriba stansiyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlarni lizing asosida xarid qilish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga, zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 5. Belgilansinki: a) Institut: o‘z faoliyati bo‘yicha Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hisobot beradi; O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlarining natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, shuningdek, xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; b) Institut direktori Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; v) Institut direktori o‘rinbosarlari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; g) ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, noyob kolleksiya, ona bog‘larni saqlash va ularning maydonlarini kengaytirish, yuqori sifatli eksportbop ko‘chatlar yetishtirish, sohaga ilm-fan yangiliklari va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalariga qarashli mavjud yer maydonlariga paxta, g‘alla, ozuqa va moyli ekinlarni joylashtirish taqiqlanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Agentlikning Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Guliston QFY hududida joylashgan Institutga qarashli bo‘lgan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 0,5 gektar yer maydonida Institut xodimlari uchun ko‘p qavatli turar joy majmuasini barpo etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda tijorat banklariga Institutning yosh, tajribali xodimlariga imtiyozli shartlar asosida 15 yil muddatga ipoteka kreditlari ajratilishi tavsiya etilsin. 7. “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Institutga zarur qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlar 3-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda lizing asosida yetkazib berilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda Institut va uning ilmiy-tajriba stansiyalari hamda eksperimental xo‘jaliklariga qarashli mavjud yer maydonlarini konturlar bo‘yicha to‘liq xatlovdan o‘tkazib, samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini tiklash va muomalaga qaytarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 9. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi 2019-yil 1-dekabrga qadar Institutga qarashli ko‘p yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolishga va Institutning ilmiy-eksperimental faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hamda ekologik holatning buzilishiga olib keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Institutga qarashli yer maydonlari hududining ichki qismida joylashgan boshqa tashkilotlar va agrofirmalarning yer maydonlari qonunchilikda belgilangan tartibda Institutga o‘tkazilishi chora-tadbirlarini amalga oshirsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Institut va uning tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘z vaqtida sifatli olib borish uchun Institut laboratoriyalari va mavjud issiqxonalarga talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasining belgilangan tartibda yetkazib berilishini ta’minlasin. 11. Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agentlik, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2019-2020-yillarda Institutning Toshkent, Buxoro va Andijon viloyatlaridagi ilmiy-tajriba stansiyalarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hamda mahalliy va xorijiy investorlar mablag‘lari hisobidan “in-vitro” sharoitida (probirkadagi sun’iy ozuqa muhitida) ko‘chatlarni ko‘paytirish uchun zamonaviy laboratoriya va issiqxonalar tashkil etilishini ta’minlasinlar. 12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Institut hududidagi kolleksiya bog‘ va tokzorlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda suv ta’minotini yaxshilash uchun: 110 kVt quvvatli nasos o‘rnatish; 600 metr uzunlikdagi diametri d-220 mm bo‘lgan bosimli quvurlarni o‘rnatish; O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan birgalikda nasos agregatini ishlatish uchun zarur bo‘ladigan 160 KVA quvvatli transformator punktini o‘rnatish; O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Institut va uning tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalari yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash uchun zovur va sug‘orish ariqlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini 2020-yil 1-avgustga qadar amalga oshirish vazifalari yuklansin. 13. Agentlik bir oy muddatda akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining ustavini tasdiqlasin. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
209
9,673
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANKLARDA ELEKTRON AXBOROTLARNI MUHOFAZALAShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga 3-son o‘zgartirishni ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi: 1. Markaziy bank Boshqaruvining 2001-yil 23-iyundagi 14/13-sonli qarori bilan tasdiqlangan 492-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2001-yil 9-iyul, ro‘yxat raqami 1047) 3-son o‘zgartirish ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin. 1. Muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi hamda “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq banklararo elektron to‘lov tizimi orqali o‘tadigan axborotlarni muhofazalashni ta’minlash tartibini belgilaydi.”. 2. 4-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Axborotdan axborot mulkdorining ruxsatisiz foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.”.
150
1,423
Qonunchilik
Oʻzbekiston qanday хalqaro hujjatlarga qoʻshiladi?
Tashqi ishlar vazirligi 2017-2020 yillar uchun Xalqaro shartnomaviy-huquqiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqdi. Loyiha NHTBT portalida joylashtirildi. Xalqaro munosabatlar sohasidagi ish 4 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha olib boriladi: 1 – Oʻzbekistonning хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining  shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya va tanqidiy tahlil qilish. 2 – istiqbolli va amaliy jihatdan ahamiyatli halqaro shartnomalar va bitimlar hisobiga shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida quyidagi hujjatlarni qayd etish mumkin: Jismoniy va yuridik shaхslarga huquqiy yordam hamda hukuq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi muhim hujjatlar orasida 2002 yil 7 oktyabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Kishinev konvensiyasi, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida BMT konvensiyasi (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) mavjud. Bundan tashqari, transport va tranzit, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida qator хalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish rejalashtirilayotir. 3 – davlatning хalqaro norma ijodkorligi faoliyatida faol ishtiroki. Bu maqsadlar uchun, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida Xalqaro huquq sohasida tadqiqotlar markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqiladi. 4 – хalqaro shartnomalarni hisobga olish va turkumlashtirish, shuningdek, zamonaviy AKT qoʻllagan holda tizimli ravishda ularni inventarizatsiya va monitoring qilishni koʻzda tutadigan elektron ma’lumotlar bazasini barpo etish. Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
50
1,755
Qonunchilik
Gepatologiya markazlari 2018 yilda ish boshlaydi
Vazirlar Mahkamasining 24.07.2017 yildagi 537-son qarori bilan 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashхis qoʻyish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. U oʻz ichiga toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha chora-tadbirlarni oladi. Kompleks chora-tadbirlarni moliyalashtirishning umumiy hajmi 118,8 mlrd soʻm va 6,39 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari, kelasi yili mamlakatda gepatologiya markazlari ochiladi. Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi Virusologiya  ITI, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ITI hamda hududiy yuqumli kasalliklar kasalхonalari tuzilmalarida tashkil etiladi. Gepatologiya markazlarining vazifalari quyidagilardan iborat: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Oleg Zamanov, ekspertimiz.
48
1,044
Qonunchilik
Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini ta’minlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirish, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Farg‘ona viloyatida xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining izchil amalga oshirilishi doirasida, faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida to‘rtta kichik sanoat zonalari tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida, shuningdek, Furqat, Quva, O‘zbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qo‘shtepa tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha kichik sanoat zonalari (keyingi o‘rinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes-rejalarni bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga uzoq muddatli ijaraga beriladi; KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi; KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini bajarish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Farg‘ona viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan amalga oshiriladi. 4. Farg‘ona viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda, belgilangan tartibda: Farg‘ona viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlarini, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda, KSZ hududida import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha aniq takliflarning — “yo‘l xaritalari”ning ikki oy muddatda ishlab chiqilishini; KSZ hududidagi tadbirkorlik subyektlariga import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yetkazilishini; KSZ hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, KSZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalarining sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini; KSZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashishni ta’minlasin. 5. Mazur qaror 3-bandining amal qilishi, Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 25-avgustdagi 672-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan KSZga tatbiq etilsin. 6. Farg‘ona viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda Farg‘ona viloyatidagi KSZni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash yuzasidan takliflarni ularning moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda: foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarining mazkur qaror ilovasiga asosan mahalliy ijro etuvchi organlarga berilishini; davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar boshqaruv organlarining majlislarida ushbu qarorning ilovasiga muvofiq, foydalanilmayotgan obyektlarni budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi soliq bo‘yicha qarzdorlikni beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib ravishda yoki ularning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ulushini kamaytirish hisobidan tegishli mahalliy ijro etuvchi organlarga berish masalasi belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 25-avgustdagi 672-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Sh. Sharipov va Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
96
6,388
Qonunchilik
ChAKANA SAVDO TARMOG‘IDA SOTILADIGAN OLTINDAN IShLANGAN ZARGARLIK BUYuMLARIGA AKSIZ SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 561-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. Chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 561-modda) muvofiq chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ini (keyingi o‘rinlarda zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i deb yuritiladi) hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2012-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo tarmog‘ida oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda aksiz solig‘i to‘laydi. 2. Mazkur Nizom qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chakana savdo tarmog‘ida oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni (keyingi o‘rinlarda chakana savdo deb yuritiladi), shu jumladan davlat daromadiga o‘tkazilgan oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga tatbiq etiladi. 3. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: zargarlik buyumlarining chakana savdosi — zargarlik buyumlarini ixtisoslashgan zargarlik do‘konlari, firma do‘konlari, univermag, savdo markazlari va komplekslarining bo‘limlari, seksiyalari orqali chakana savdo tarmog‘ida (shu jumladan vositachilik savdosi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotish; zargarlik buyumlari — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tamg‘alanishi lozim bo‘lgan va asillik darajasiga ega bo‘lgan oltin buyumlar; zargarlik buyumining og‘irligi — zargarlik buyumining tamg‘alangan yorliqda ko‘rsatilgan (biriktirilgan (tabiiy, sun’iy yoki rekonstruksiya qilingan) qimmatbaho va yarim qimmatbaho tosh og‘irligini inobatga olgan holda) grammdagi yaxlitlanmagan massasi. 4. Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i to‘lovchilari bo‘lib zargarlik buyumlari chakana savdosini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda to‘lovchilar deb yuritiladi) hisoblanadi. 5. Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i solish obyekti bo‘lib zargarlik buyumlari chakana savdosi hisoblanadi. 6. Soliq solinadigan baza zargarlik buyumining og‘irligi hisoblanadi. 7. Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida belgilanadi. 8. Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i stavkasining so‘mdagi ekvivalentini aniqlash uchun zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i hisoblab chiqarilayotgan oydan oldin keluvchi oyning so‘nggi kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs qo‘llaniladi. 9. Soliq va hisobot davri yil choragidir. 10. Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqib quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: S — zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ining summasi; V — zargarlik buyumining og‘irligi; A — zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ining stavkasi. 11. Sotilgan zargarlik buyumlari bo‘yicha soliq solinadigan bazani aniqlash uchun to‘lovchilar Sotilgan zargarlik buyumlari reyestrini yuritadilar. Davlat daromadiga o‘tkazilib sotilgan zargarlik buyumlari bo‘yicha alohida Sotilgan zargarlik buyumlari reyestri yuritiladi. Sotilgan zargarlik buyumlari reyestrining shakli ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan. 12. To‘lovchilar budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ini hisoblab chiqarishda tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda zargarlik buyumlari bo‘yicha ham O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan, ham ularni olib kirishda to‘langan aksiz solig‘i summasini chegirish huquqiga ega. 13. Sotib olingan zargarlik buyumlari bo‘yicha aksiz solig‘i to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir: hisobvaraq-faktura; bojxona yuk deklaratsiyasi. 14. Chegirilishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i summasini aniqlash uchun to‘lovchilar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Sotib olingan zargarlik buyumlari bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritishlari lozim. Bunda, Sotib olingan zargarlik buyumlari bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestriga faqat aksiz solig‘i ajratib ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturalar kiritiladi. 15. To‘lovchilar, shuningdek quyida keltirilgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslardan sotib olingan import zargarlik buyumlari bo‘yicha aksiz solig‘ini chegirish huquqiga ega: sotilgan zargarlik buyumlariga hisobvaraq-faktura; O‘zbekiston Respublikasi hududiga zargarlik buyumlarini olib kirishda aksiz solig‘i haqiqatda to‘langanligini tasdiqlovchi bojxona yuk deklaratsiyasi. Zargarlik buyumlarini import qiluvchi — yetkazib beruvchilardan (keyingi o‘rinlarda import qiluvchi — yetkazib beruvchilar deb yuritiladi) olingan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha chegirilishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i summasi to‘lovchi tomonidan hisob-kitob yo‘li bilan taqdim etilgan hujjatlar asosida Sotib olingan zargarlik buyumlari bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida quyidagi tartibda ko‘rsatiladi: 1 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumi uchun aksiz solig‘i summasi aniqlanadi — aksiz solig‘ining umumiy summasini bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan zargarlik buyumining umumiy og‘irligiga bo‘lish orqali; chegirilishi lozim bo‘lgan zargarlik buyumiga aksiz solig‘i summasi aniqlanadi — 1 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumi uchun aksiz solig‘i summasi import qiluvchi — yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturasida ko‘rsatilgan zargarlik buyumining umumiy og‘irligiga ko‘paytiriladi. Masalan, to‘lovchi qimmatbaho toshlar biriktirilgan (umumiy og‘irligi 60 gramm bo‘lgan 15 dona) bir partiya tilla uzuklarini import qiluvchi — yetkazib beruvchidan sotib oldi. Bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha oltindan ishlangan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 180 grammni tashkil etib, ular bo‘yicha 3 231 000 so‘m aksiz solig‘i to‘landi. Shu tariqa, 1 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumiga to‘g‘ri keluvchi zargarlik buyumining import qiluvchi — yetkazib beruvchisiga to‘langan aksiz solig‘i summasi quyidagicha: 3 231 000/180 = 17 950 so‘m. Mos ravishda, to‘lovchi tomonidan chegirilishi lozim bo‘lgan zargarlik buyumiga aksiz solig‘i summasi quyidagicha: 17 950 x 60 = 1 077 000 so‘m. 16. Soliq davri uchun zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ining chegirish summasi sotib olingan zargarlik buyumlariga to‘langan aksiz solig‘i summasidan, biroq ushbu soliq davri uchun zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solig‘i summasidan oshmagan summadan kelib chiqib aniqlanadi. Masalan, Sotib olingan zargarlik buyumlari bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida ko‘rsatilgan sotib olingan zargarlik buyumlari bo‘yicha aksiz solig‘ining umumiy summasi 8 900 ming so‘mni tashkil etadi. Soliq davrida umumiy og‘irligi 100 gramm, umumiy summasi 14 450 ming so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlari sotildi. Zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solig‘i summasi = 100 x 10 = 1 000 AQSh dollari yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan avvalgi oyning so‘nggi kuniga belgilangan kurs bo‘yicha 1 795 ming so‘mni tashkil etadi (1 AQSh dollari = 1 795 so‘m). Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bo‘yicha chegirish summasi ham 1 795 ming so‘mni tashkil etadi, chunki soliq davrida zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bo‘yicha chegirish summasi zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solig‘i summasidan oshmasligi lozim. Chegirilishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘ining qolgan summasi 7 105 ming so‘m (8 900 – 1 795) kelgusi soliq davrida chegirilishi lozim va mos ravishda ushbu soliq davrida budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ining summasi “0”ga teng. Agar soliq davrida chegirish summasi zargarlik buyumlariga hisoblangan aksiz solig‘i summasidan kam bo‘lsa, chegirish haqiqatdagi summadan kelib chiqib qo‘llaniladi. 17. To‘lovchilar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i hisob-kitobini yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi. 18. To‘lovchilar Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i hisob-kitobi bilan birga ushbu Nizomning 11 va 14-bandlarida ko‘rsatilgan Sotilgan zargarlik buyumlari reyestri va Sotib olingan zargarlik buyumlari bo‘yicha hisobvaraq-faktura-fakturalar reyestrini taqdim etadilar. 19. Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay budjetga to‘lanadi. 20. Zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i summasi sotish narxida hisobga olinadi va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi. 21. Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda sud ijrochilari bo‘limlarining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat daromadiga o‘tkazilgan sotilgan zargarlik buyumlari bo‘yicha pul mablag‘lari summasi aksiz solig‘i va savdo chegirmasi summasiga kamaytiriladi. 22. Soliq to‘lovchilar ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ini to‘g‘ri hisoblab chiqarilishiga va qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida to‘lanishiga javobgardirlar. 23. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq zargarlik buyumlariga aksiz solig‘ini to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
169
10,252
Qonunchilik
KAPITAL QURILIShDA BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 1998 — 2000-yillarga mo‘ljallangan Dasturiga muvofiq, shuningdek, kapital qurilishda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, qurilish sohasidagi boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va ixchamlashtirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish maqsadida: 1. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, tegishli qurilish korporatsiyasi, uyushmasi va birlashmasi muassislarining quyidagilarni tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin: O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi — “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ qurilish birlashmasi — “O‘zdehqonchilikqurilish”; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ korxonalari uyushmasi — “O‘zjamoaqurilish”. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi ikki hafta muddatda “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasini, “O‘zdehqonchilikqurilish” birlashmasini va “O‘zjamoaqurilish” uyushmasini tugatish bo‘yicha belgilangan tartibda tugatuvchi komissiyalarni tuzsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, tugatilayotgan “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi, “O‘zdehqonchilikqurilish” birlashmasi va “O‘zjamoaqurilish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi pudrat qurilish trestlari, boshqarmalar, birlashmalar, sanoat va transport korxonalari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil yuridik shaxslar sifatida saqlab qolinadi va ular xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar. 3. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni o‘tkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tegishli hududiy komissiyalar bilan birga ikki hafta muddatda hududlar bo‘yicha qurilish tashkilotlari tizimi va tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ortiqcha bo‘g‘inlar va bo‘linmalarni tugatishni, ishlab turgan pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini ma’qullangan namunaviy boshqaruv tuzilmasiga muvofiq holga keltirishni, keng ko‘lamda aksiyalashni ta’minlangan holda ularni tashkiliy-huquqiy shakllari bundan buyon ham o‘zgartirib borilishini nazarda tutsin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari: tegishli loyiha hujjatlari bo‘lmagan va moliyalash manbalari tasdiqlanmagan obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymasinlar, qurilish qiymati oshib ketishiga olib keladigan unumsiz xarajatlarini keskin qisqartirish choralarini ko‘rsinlar; obyektlar qurilishiga, shu jumladan obyektlarni to‘liq qurib topshirish sharti bilan, buyurtmalarni tender (tanlov) asosida joylashtirish tizimi keng joriy etilishini ta’minlasinlar; xususiy qurilish firmalari, kichik pudrat qurilish tashkilotlari barpo etish va ularning faoliyat ko‘rsatishiga, pudrat ishlari bozori, qurilish mollari ulgurji bozorlarini shakllantirishga butun choralar bilan ko‘mak bersinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi davlat korporatsiyasi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”)ni tashkil qilishi to‘g‘risida” 1992-yil 25-dekabrdagi PF-519-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
87
3,508
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 583-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda) asosan buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yil 10-sentabrdagi 195-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 389-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami — Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi o‘z ichiga ushbu hujjatlarni markazlashtirilgan tartibda yig‘ish, hisobga olish, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori (ro‘yxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) asosida normativ-huquqiy hujjatlarga kod berish, tizimlashtirilgan kartoteka yuritish, ular fondlarining nazorat holati hamda bunday hujjatlar to‘g‘risidagi markazlashtirilgan axborotni barpo etish va saqlab turishni qamrab oladi.”. 2. 3-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;”. 3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Quyidagilar davlat hisobiga olinmaydi: a) “Maxfiy” va “O‘ta maxfiy” belgisi qo‘yilgan hujjatlar; b) yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar: shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish yoki lavozimdan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, orden va medallar bilan mukofotlash, faxriy va harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish to‘g‘risidagi va boshqa shu kabilar); muayyan korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarga yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi hujjatlar; tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar); v) loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish to‘g‘risidagi hujjatlar; g) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni o‘z ichiga olmagan, shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari to‘g‘risida xabardor qilishdan iborat bo‘lgan hujjatlar; d) texnik hujjatlar, agar ular o‘z ichiga huquqiy normalarni olmasa; e) tavsiya tusidagi hujjatlar; j) sessiya, yig‘ilish, konferensiyalarni chaqirish to‘g‘risidagi hujjatlar; z) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hujjatlar; i) umumiy majburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlar.”. 4. 12-banddan o‘n uchinchi — o‘n oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin. 5. Ilovada: 10-ustunning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
138
3,925
Qonunchilik
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi
Prezident tomonidan 4 oktyabr kuni “Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda - Fond) Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi muassisligida tashkil etiladi. Quyidagilar Fondning vazifalari etib belgilangan: Quyidagilar tasdiqlandi: Fond soliqlarning barcha turlaridan ozod etiladi (ijtimoiy soliq bundan mustasno). Fondga homiylik qilingan mablagʻlar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan хarajatlar jumlasiga kiritiladi. 2024 yil 1 yanvarga qadar davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha Fond tomonidan olib kelinadigan dori vositalari, tibbiyot uskunalari va protezlash vositalari bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 05.10.2021 yilda e’lon qilingan. Elmira Siraziyeva.
57
970
Qonunchilik
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek aholining zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayot
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yillikdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2022-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasiga muvofiq Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 15 — 17-sentabr kunlari “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek aholining zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimini joriy etish” yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati Sirdaryo viloyatida nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi. Joriy yilning 1-sentabr holatiga Sirdaryo viloyati bo‘yicha 62 615 nafar oilalarga bolalar nafaqasi va 1 478 nafar oilaga moddiy yordam to‘lovlari amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun 29,4 mlrd.so‘m budjet mablag‘lari ajratilgan. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy etilishi natijasida Sirdaryo viloyati bo‘yicha kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam qamrovi oshib bormoqda. Jumladan, 2019-yilning so‘nggi 3 oyida nafaqa va moddiy yordam olish uchun 11 ming nafar fuqarolardan ariza taqdim etilib, 3,2 ming nafariga (28,6%) nafaqalar tayinlangan bo‘lsa, 2020-yilda ariza taqdim etgan 60,5 ming nafar oilaning 27,1 ming nafariga (44,7%), 2021-yilda ariza taqdim etgan 118,3 ming nafar oilaning 54,3 ming nafari (45,9%) hamda 2022-yilning 8 oyi davomida ariza bergan 84,9 ming nafar oilaning 43,5 ming nafariga (51,3%) bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan. Shu bilan birga, viloyat aholisi o‘rtasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining afzalliklari, inson omilining bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ishlarning samarali tashkil etilganligi natijasida aholi o‘rtasida kam ta’minlangan oilalar tomonidan nafaqalar tayinlash masalasida murojaatlar soni kamaygan. Jumladan, 2019-yilning 4 choragida 203 ta, 2020-yilda 3 295 ta, 2021-yilda 5 658 ta va 2022-yilning 8 oyida 2 259 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlardan kelib chiqib, tizim to‘g‘risida fuqarolarga tushuntirishlar berish hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari tomonidan tumanlar va mahalla fuqarolar yig‘inlarida muntazam ravishda fuqarolar bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etib bormoqda. Tahlillar natijasi aholi tomonidan nafaqa tayinlashning elektron tizimiga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘nalishda fuqarolarning murojaatlari va muammolari tahlili natijasida kam ta’minlangan oilani belgilash me’yorlari doimiy ravishda tahlil etilib, takomillashtirib borilmoqda. Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi imkoniyatlaridan foydalanish, aholiga qulaylik yaratish borasidagi ijobiy ishlar bilan birgalikda ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4797-sonli qarorining 4-ilovasi, 7-bandida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni elektron ko‘rinishda onlayn rejimida qabul qilishni ta’minlash vazifasini 2022-yil 1-aprelgacha yakunlash vazifasi belgilangan bo‘lsada amalda bajarilmagan. Shuningdek, joriy yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 1-maqsad, 3-vazifasida ham “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida arizalarni elektron ko‘rinish hamda onlayn rejimida 2023-yil yakuniga qadar 70 — 80 foiz qabul qilishni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rishni 2022-yil yakuniga qadar amalga oshirish belgilangan bo‘lsada, bu vazifani bajarilishida bir qancha muammolar mavjud. Hozirgi kunda 2021-yil 21-oktabrdagi Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3, 3a, 3b, 4 va 5 ilovalaridagi ariza va ma’lumotlar fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman, shahar bo‘limlariga qog‘oz shaklida topshirilmoqda. Garchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4797-sonli qarorining 4-ilovasida 2021-yil 1-yanvarigacha FHDE arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan barcha hujjatlarni (nikoh tuzish, nikohdan ajralish, tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi yozuvlarni) raqamlashtirishni tugatish va “FHDY elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifa etib belgilangan bo‘lsada bu ishlar yakunlanmagan. Buning natijasida ariza beruvchilardan nikoh tuzish, nikohdan ajralish, tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etish talab etilmoqda. Tanlov asosida o‘rganilgan Pensiya jamg‘armasi Boyavut va Guliston tuman bo‘limlarida haqiqatdan ham yuqoridagi hujjatlar barcha arizalarga ilova shaklida olinayotganligi tasdiqlandi. Mas’ul xodimlardan ushbu holat bo‘yicha izoh so‘ralganda FXDYo elektron arxivida ma’lumotlar to‘liq shakllantirilmaganligi bois umumiy arizalarning 15 — 20% ni FXDYo bo‘limlari bilan individual tarzda taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib chiqilishiga to‘g‘ri kelinayotgani ma’lum qilindi. Guliston tuman FXDYo bo‘limiga ushbu muammoni o‘rganish uchun borilganda bo‘lim mudiri tomonidan axborotlashtirish tizimida haqiqatdan ham muammolar borligi, aniqlangan muammolarning 70 — 80 foizi bo‘limning o‘zida hal etilayotganligi, 20 foizi esa otani (shar’iy otani) bazaga kiritish hamda chaqaloqlarning o‘limini qayd etilmaslik holatlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa viloyatlar bilan axborot almashish uchun muayyan vaqt talab etishi ta’kidlandi. Bu holat butun respublika bo‘yicha bazani to‘liq shakllantirish bilan bog‘liq muammolarning mavjudligidan ya’ni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsion raqami (JShShIR) to‘liq ko‘rinmasligidan kelib chiqayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari sud qarori bilan ajrim bo‘lganda ajrim guvohnomasi ham FXDYo bo‘limlari tomonidan berilayotganligi va ajrim guvohnomasini ayol olsada, er tomonidan olinmasligi ham elektron bazada ajrashganlik holati ko‘rinmasligi ta’kidlandi. Bu ham ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda elektron bazada muayyan muammo keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, pensiya jamg‘armasi bo‘limi va bandlikka ko‘maklashish markazlari o‘zaro integratsiya jarayonlarida ham bir qator muammolar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Boyavut tumani bandlikka ko‘maklashish markazi faoliyati o‘rganilganda fuqaroning maslahat so‘rab murojaat qilganligi, ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olinganligi yoki ishsizlik nafaqasi tayinlanganligi ijtimoiy himoya yagona reyestrida boshqa idora foydalanuvchilari uchun ochiq ma’lumot. Lekin qayta aloqa ya’ni fuqaroga pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqa tayinlanganligi, fuqaro subsidiya olib o‘zini o‘zi band etib faoliyat boshlaganligi, banklardan mikrokreditlar olganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bandlik markazining dasturida ko‘rish imkoniyati mavjud emas. Natijada tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ishsizlik nafaqasini tayinlashga doir arizalarni ko‘rib chiqishda budjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar tayinlanganligi, xalq banki tuman bo‘limiga bir foizlik jamg‘arilib boriladigan pensiya hisob raqamiga mablag‘larning kelib tushayotganligi, Davlat soliq inspeksiyalariga soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi so‘rov xatlarini chiqarishga va yozma tarzda javob olishga majbur bo‘lmoqda. Guliston tuman bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari ham ular foydalanayotgan tizimni boshqa taalluqli idoralar bilan integratsiya qilish ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi. Shu bilan birga bunday holat fuqarolarga bir muddat davomida bir nechta imtiyozlardan foydalanishga imkoniyat yaratib bermoqda. Boyavut tumani Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘inida, mahalla raisi, xokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashildi. Ayollar daftarining “Aziz ayol”, yoshlar daftarining “Yoshlar balansi”, temir daftarning “Onlayn mahalla.uz” elektron platformalarida aks ettirilganligi ko‘rildi. Ushbu platformalar alohida alohida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Daftarlarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga integratsiyalashuvi jarayoni amalga oshirilmagan. Mahalladagi hokim yordamchilari bilan suhbat jarayonida shu narsa aniqlandiki, “Onlayn mahalla.uz” elektron platformasidan faqatgina tuman sektorlari rahbarlari foydalanishi mumkin. Temir daftarda ro‘yxatda turganlar soni mahalla raisi va mahalladagi hokim yordamchilarining ma’lumotlaridan farq qiladi. Masalan, Madaniyat MFY mutasaddilari temir daftarga kiritilgan oilalar soni 34 ta ekanligini tasdiqlashsada, elektron platformada 29 tani tashkil qiladi. Mahallabay ishlash va kambag‘allikni qisqartirish agentligining tumandagi bo‘limlari xodimlarida ham bu platformadan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Bu tizimni faqat sektor rahbarlari va ularning sektordagi kotiblari foydalanishlari mumkinligi tizimning yopiq ekanligidan dalolat beradi. Xokim yordamchilari foydalanadigan elektron bazalar soliq va bandlikka ko‘maklashish markazi bazalari bilan ham integratsiya qilinmagan. Vaholanki, xokim yordamchilari mahalladagi aholining bandligi, o‘zini o‘zi band qilganlar to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bilan bevosita ishlaydilar. Ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar to‘g‘risida ularga berilgan imtiyozlardan foydalanish uchun ma’lumotnomalarni davlat xizmatlari agentligi bo‘limlaridan olishlari mumkin bo‘lgan. Ya’ni ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi davlat xizmatlari agentligi bazasida shakllangan. Biroq joriy yilda bu ma’lumotlarni davlat xizmatlari agentligi bazasida ko‘rinmasligi oqibatida bugungi kunda fuqarolar ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turishi to‘g‘risida mahalla fuqarolar yig‘inidan ma’lumotnoma olishmoqda. Bu holatlar ijtimoiy daftarda turuvchi talabaning yotoqxonaga joylashishdagi imtiyoz, maktabgacha ta’lim muassasasiga farzandini joylashda berilgan imtiyozdan foydalanish kabi vaziyatlarda ko‘rinmoqda. Ushbu masalada davlat xizmatlari agentligining Boyavut tuman bo‘limiga borib o‘rganilganda haqiqatdan ham “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar to‘g‘risida bugungi kunda ma’lumotlar mavjud emasligi aniqlandi. “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek aholining zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimini joriy etish” yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati Sirdaryo viloyatida nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi qaror qiladi: 1. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek aholining zaif qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimini joriy etish” yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini Sirdaryo viloyatida nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakunlari bo‘yicha Ishchi guruhi (N. Tilavoldiyev)ning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘rsatilgan quyidagi vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash maqsadida quyidagilar: Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida arizalarni elektron ko‘rinishda onlayn rejimida 2023-yil yakuniga qadar 70 — 80 foiz qabul qilishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni 2022-yil yakuniga qadar bajarish choralarini ko‘rish (1-maqsad, 2-vazifa); kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash tizimini avtomatlashtirish. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga integratsiya qilish (85-maqsad, 309-vazifa); “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish (85-maqsad, 311-vazifa); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-sonli qarorining 4-ilovasi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi va manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro elektron hamkorlikni yanada yaxshilash va kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining barcha bandlarini sifatli bajarilishini ta’minlash; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni elektron ko‘rinishda onlayn rejimida qabul qilish tizimini joriy etish; aholining keng qatlamlarini bugungi kunda shaxsiy aloqa vositalari orqali My.gov.uz platformasidan foydalangan holda elektron ma’lumotlarni olish mumkinligi bo‘yicha tushuntirish va ko‘nikma shakllantirish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga: “FXDE elektron arxivi” axborot tizimiga FHDY arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanadigan barcha hujjatlarni (nikoh tuzish, nikohdan ajralish, tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi yozuvlarni) raqamlashtirish maqsadida ma’lumotlarni kiritishdagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish; “FHDE elektron arxivi” axborot tizimi tomonidan fuqaroning oila a’zolarining tarkibi, jumladan qarindoshlik darajasi va oilaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etish va tasdiqlash hamda ushbu ma’lumotni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATga arizachining davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini olish uchun shaxsiy identifikatsiya raqami yordamida taqdim etish orqali funksional imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini yakunlash choralarini ko‘rish vazifasi topshirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahalladagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilarini yagona axborot tizimi reyestrlaridan va integratsiya qilingan vazirliklarning ma’lumotlar bazasidan foydalanishi bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish tavsiya etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vazirlikning elektron axborotlar bazasini tegishli vazirlik va idoralar elektron axborot bazalari bilan integratsiyasini qayta ko‘rib chiqib, ma’lumotlar almashish imkoniyatini kengaytirish orqali ish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratsin. 6. Sirdaryo viloyati hokimligiga: viloyatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi samarali ishlashiga mas’ullar va mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollarining huquqiy, siyosiy bilimlarini oshirish bo‘yicha tizimli ravishda seminarlar tashkil etib borish; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali viloyatda kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam ajratilishining shaffofligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini mahalliy Kengash sessiyalarida muhokama etib borish; amalga oshirilgan ishlar haqida joriy yilning 25-dekabr kuniga qadar Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga ma’lumot taqdim etish vazifasi yuklatilsin. 7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N. Tilavoldiyev zimmasiga yuklatilsin.
250
15,970
Qonunchilik
“Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
211
444
Qonunchilik
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi ikkita muassasaning vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 25.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 409-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezidentning "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qarori bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Qaror bilan "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" va "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasalarining vazifalari belgilangan. Xususan, birinchi muassasaning asosiy funksiyalari orasida - elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda yagona teхnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan loyihaviy-teхnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, idoralararo aхborot tizimlarini, manbalar va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish ham vazifalari jumlasiga kiradi. "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi"ning funksiyalariga davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni oʻrganish, tahlil qilish va ularning yechimlari boʻyicha har tomonlama asoslangan takliflar tayyorlash kiradi. Markaz "aqlli" va boshqa istiqbolli teхnologiyalarni, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash teхnologiyalarini joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantiradi. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida "Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi" tashkil etildi, u Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajaradi. Markazlar va Direksiya хodimlarining mehnatini moddiy ragʻbatlantirish, Vazirlik bilan kelishilgan holda, ular tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, nizomlarda koʻrsatilgan korхonalar хodimlarining lavozim maoshlariga 100% qoʻshimcha oylik ustama qoʻllanilishi nazarda tutiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2020 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
125
2,439
Qonunchilik
ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDA
Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash; atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish; davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish. Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega: o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish; atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlaridan o‘z vaqtida va ishonchli axborot olish; atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi tufayli o‘z sog‘lig‘iga va mol-mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararning o‘rni qoplanishi; atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni va jamoatchilik ekologik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etish. Fuqarolar: atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; atmosfera havosining ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi; atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi va unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishini tartibga soluvchi texnik reglamentlarni tasdiqlaydi; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi: atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlaydi; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; tegishli hududda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari: atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshiradi; aholi o‘rtasida fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha o‘zga talablarni belgilaydi. Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Atrof tabiiy muhit obyektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Atmosfera havosining holatini baholashda O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun atmosfera havosi sifatining quyidagi yagona normativlari belgilanadi: atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planishi; fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli ta’sir ko‘rsatishining inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajalari. Qonunchilikda ayrim mintaqalar uchun atmosfera havosi sifati normativlariga nisbatan oshirilgan talablar belgilab qo‘yilishi mumkin. Atmosfera havosi sifati normativlari qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari atmosfera havosiga chiqindilar chiqaruvchi yoki zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatuvchi har bir doimiy manba uchun ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar va fizikaviy ta’sir ko‘rsatish omillarining har biri bo‘yicha belgilanadi. Havoni ifloslantiruvchi doimiy manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini, doimiy ifloslantiruvchi manbalar fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan ko‘chma manbalar uchun ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar va ular fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatish normativlari belgilanadi. Bu normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo‘yiladi. Doimiy ifloslantiruvchi manbalarning atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishiga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga ko‘ra belgilanadigan ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi yo‘l qo‘yiladigan tegishli darajadan oshmasligi zarur. Atmosfera havosiga doimiy va ko‘chma ifloslantiruvchi manbalardan ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, to‘xtatib turilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish (bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallarining barcha turlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan standartlar, texnik reglamentlar talablariga mos bo‘lishi lozim. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalari ko‘rsatadigan salbiy ta’sir ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdoriga va ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishiga doir O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan normativlardan oshmagan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi hududiga bu vositalar va qurilmalarni olib kirishga va ularning kirib kelishiga yo‘l qo‘yiladi. Ishlatilgan gazlar chiqarib yuborilganida ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori yoki ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishi normativlardan yuqori bo‘lgan transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarining egalari ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishi normativlariga rioya qilinishini ta’minlashlari shart. Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ta’mirlaydigan va ularga texnik xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining hamda ular fizikaviy omillari zararli ta’sir ko‘rsatishining normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta’minlaydilar. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bunday moddalarning atmosfera havosida yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planish normativlarini, ularni nazorat qilish usullari va ekologik-toksikologik pasportlarini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ishlab chiqadilar. Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. O‘simliklarni himoya qilish vositasi, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi omil, mineral o‘g‘it va boshqa preparatlar sifatida kimyoviy moddalarni ishlatishga qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini himoya qilish vositalarini qo‘llash reglamentiga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlashda, xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda qo‘llashni tartibga solishga doir chora-tadbirlarga rioya etishi lozim. Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni ta’mirlovchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar bunday moddalar hisobga olinishini va ular ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlashi lozim. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi hamda eksporti ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Mineral xomashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish yoki ifloslantirish darajasini kamaytirish qoidalariga rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan usullarda amalga oshirilishi shart. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba bo‘lishi yoki havoga boshqa tarzda zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan texnogen hosilalarni aholi punktlari hududida yoki ularga yaqin yerlarda joylashtirish taqiqlanadi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari qayta ishlanishi, tozalanishi, dezodoratsiya qilinishi yoki maxsus poligonlarda saqlanishi zarur, bunday poligonlarning joyi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish, ishlab turgan texnologiya jarayonlari va asbob-uskunalarni takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart. Atmosfera havosining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish hamda qayta qurish loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishib olinadi. Atmosfera havosining holatiga, iqlimga va ozon qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini joriy etishni, texnika, texnologiyalar, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallardan, yoqilg‘idan foydalanishni hamda tayyor mahsulot chiqarishni sertifikatsiz yoki unda belgilangan ko‘rsatkichdan chetga chiqqan holda amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni, biologik organizmlarni, issiqxona gazlarini va ozonni buzuvchi moddalarni chiqarish hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar: atmosfera havosiga chiqariladigan chiqindilarni tozalash va unga zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish uchun inshootlar, qurilmalar va asbob-uskunalardan, shuningdek ularning ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish hamda ularning ishlash qoidalariga rioya etishi; ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritishi, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘ymasligi, retsirkulatsiyani (ularni qayta ishlatish maqsadida birlamchi tozalashni) amalga oshirishi; xo‘jalik obyektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalarini barpo etishi; atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini belgilashi; atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni hamda unga zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish va (yoki) bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi; atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sirining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, ularning hisobini yuritishi va statistika hisobotini taqdim etishi; atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash uchun namunalar olinishini ta’minlashi hamda o‘lchovlarni amalga oshirishi; yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilg‘ining, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalarning yoki moddalar aralashmasining yoqilishiga, shuningdek yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallar va chiqindilarning yoqilishiga yo‘l qo‘ymasligi, bundan yoqish maxsus uskunalardan foydalanib hamda atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi va chiqindilar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etgan holda amalga oshirilgan hollar mustasno; energiyani tejovchi va (yoki) resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi; meteorologik sharoitlar noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishini kamaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan tadbirlarni bajarishi; korxonalar va transport kommunikatsiyalarining ta’sir doirasida atrof-muhitga hamda aholi sog‘lig‘iga zararli ta’sir ko‘rsatilishini baholashdan o‘tkazishi; kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni hamda bug‘lanuvchi birikmalarni saqlash, tashish shartlariga, ulardan foydalanish va ulardan bo‘shagan idishlarni zararsizlantirish qoidalariga rioya etishi; atmosfera havosiga biryo‘la va avariya tufayli ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishini kamaytirish yuzasidan choralar ko‘rishi; chiqindilarning utilizatsiya qilinishini ta’minlashi hamda ular to‘planib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish choralarini ko‘rishi shart. Atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi tuproq, suv va atrof-muhitning boshqa obyektlari ifloslanishiga olib kelmasligi kerak. Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan hamda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi. Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi zarur: atmosfera havosining holatiga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan yoki zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan obyektlar; atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalarning turlari va miqdori; atmosfera havosiga fizikaviy omillar ko‘rsatadigan zararli ta’sirning turlari va hajmlari. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi. Atmosfera havosining holatini kuzatish, u haqdagi axborotni to‘plash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolni belgilash atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan ekologik nazorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi quyidagilarni amalga oshiradi: atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning holati, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat ekologik nazoratini; davlat va idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya-muhofaza va turar joy zonalarida atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi foydalanilishi atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan avtomototransport vositalari ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi. Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi shart. Zararning o‘rnini qoplash aybdorlarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi”.
46
21,385
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASIGA ASBOB-USKUNALAR YETKAZIB BERISh UChUN YaPONIYA HUKUMATINING MADANIYAT SOHASIDAGI BEG‘ARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga 49,7 mln Yaponiya yeni summasiga asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Yaponiya Hukumatining madaniyat sohasidagi beg‘araz yordamidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Almashuv notalarini imzolashga vakil qilinsin. 2. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga beg‘araz yordamni olish uchun barcha zarur tartibotlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ko‘rsatib o‘tilgan beg‘araz yordamga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish yuklansin. 3. Beg‘araz yordam doirasida O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan asbob-uskunalar va xizmatlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno. 4. Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan chet ellik mutaxassislarga kelish vizalari belgilangan tartibda konsullik yig‘imlari undirmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 5. Ichki ishlar vazirligi Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan chet ellik mutaxassislarga davlat boji undirmasdan ko‘p martalik kelish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin. 6. Vakolatli bank Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra beg‘araz yordamga hisob-kitob xizmati ko‘rsatganlik uchun Yaponiya tomonining vositachilik haqini to‘lashga so‘mlardagi mablag‘lar konvertatsiya qilinishini ta’minlasin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
171
1,958
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR, QO‘ShIMChALAR KIRITISh VA AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2001-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2000-yil 26-dekabrdagi 500-son qarorining qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Hukumatning 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, faoliyat ko‘rsatayotganlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kelinayotgan texnologik asbob-uskunalar vakolatli bankning tegishli tasdiqnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda boj to‘lovidan ozod qilinsin”. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘shimcha qiymatdan budjetga soliq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1992-yil 15-iyundagi 284-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aroq-likyor va tamaki mahsulotlariga aksiz stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1995-yil 25-martdagi 97-son qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chetdan olib kelinayotgan alkogolli mahsulotlarga aksiz stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1995-yil 5-maydagi 161-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar, gilam va gilamli buyumlarga aksiz stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1995-yil 26-maydagi 186-son qarori. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chetga olib chiqib ketilayotgan tovarlarning ayrim turlariga aksiz solig‘i joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 1-oktabrdagi 343-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi, QT, 1996-y. 10-son, 28-modda). 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1997-yil 14-iyuldagi 357-son qarori. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasidan import qilib keltirilayotgan tovarlarga aksiz solig‘ining vaqtinchalik stavkalarini joriy etish to‘g‘risida” 1999-yil 13-apreldagi 173-son qarori. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 25-avgustdagi 333-son qarori.
164
2,767
Qonunchilik
“Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘r
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 8-avgustdagi 01/19-18/04, 27-sonli “Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2257, 2011-yil 24-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011y., 34-35-son, 357-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Qaror muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Qoidalarda: a) 1-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”; to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin; quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;”; o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin; b) 2-bandda: quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “rieltorlik faoliyati sohasida tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;”; to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin; v) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “rieltorlik tashkilotlari faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish.”; g) 6-bandda: birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga (bundan buyon matnda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasini” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; e) 8-bandda: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha va Davlat raqobat qo‘mitasi, Departamentning vakolatli vakillari, shuningdek tashkilotning ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida rieltorlik tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi;”; beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin; j) 10-bandda: quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish.”; o‘ninchi xatboshi o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin; z) 12 va 30-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; i) 13-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; k) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “14. Rieltorlik tashkilotlari: ish munosabatlari o‘rnatilganda; ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bitimlarini amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganda; eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda; olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha mavjud bo‘lganda; identifikatsiyalash uchun avval olingan ma’lumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubhalar mavjud bo‘lganda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radilar. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar sotuvchi hamda sotib oluvchiga nisbatan, shuningdek avvaldan mavjud bo‘lgan mijozlarga nisbatan ham o‘tkazilishi lozim. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lganda rieltorlik tashkilotlar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozim.”; l) quyidagi mazmundagi 141-band bilan to‘ldirilsin: “141. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi: mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish; mijozdan uning pul mablag‘lari manbalari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida ma’lumot olish; rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan operatsiyalarning sabablari to‘g‘risida ma’lumotlar olish; qo‘shimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yo‘li bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.”; m) quyidagi mazmundagi III1 bob bilan to‘ldirilsin: 201. Rieltorlik faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni hisobga olgan holda mas’ul xodim tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi. Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda Departament yoki Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etilishi lozim. 202. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga rieltorlik tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga ega bo‘lgan mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tiborni qaratishi lozim: terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar; norezidentlar; joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan tashkilotlar; muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar; mas’ul xodimda asosli shubha uyg‘otadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar. 203. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, rieltorlik tashkiloti zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim. Rieltorlik tashkilotlari barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratilishi kerak. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot rieltorlik tashkiloti rahbariyatiga taqdim etilishi lozim. 204. Rieltorlik tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak. Bu maqsadlarda rieltorlik tashkiloti: xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi; yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari lozim. Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim. Rieltorlik tashkiloti bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishlari zarur.”; n) 21-bandda: o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; o‘n uchinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha o‘n ikkinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin; o) quyidagi mazmundagi 231-band bilan to‘ldirilsin: “231. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya Departamentga xabar qilinishi kerak.”; p) quyidagi mazmundagi 291 va 292-bandlar bilan to‘ldirilsin: “291. Mas’ul xodimning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Davlat raqobat qo‘mitasi va Departament bilan yozishmalari, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h.k.)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu xodim tomonidan saqlanishi lozim. 292. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul xodim tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.”.
250
12,646
Qonunchilik
YHQni buzgan diplomatlar diplomatik vakolatхonalar bilan kelishmagan holda jarimaga tortiladi
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan хorijiy davlatlar diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar хodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami – 2338, 2012 yil 13 mart). Daхlsizlikdan foydalanuvchi shaхslar YPH хodimi bilan munosabatga kirishganda (transport vositasi toʻхtatilganda - tahr) ular maqomidan qat’i nazar YPX хodimlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishga majbur: Ma’lumot uchun. Daхlsizlikdan foydalanuvchi shaхslar Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisidagi nizomda keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari, sudlar va boshqa vakolatli organlar diplomatik vakolatхona bilan kelishmagan holda daхlsizlikdan foydalanuvchi shaхslarga nisbatan YHQni buzganlik uchun ma’muriy jazolarni qoʻllash huquqiga ega boʻlishdi. Eslatib oʻtamiz, ilgari bunday kelishuv TIVning Diplomatik servis хizmati (TIV DSX) orqali olinardi. Shu bilan bir qatorda, bunday transport vositasida YHQni buzish kameralarga qayd etiladi. YHQ buzilishi holati maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali aniqlangan taqdirda ma’muriy javobgarlikka diplomatik vakolatхonaning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan shaхsi yoki transport vositasining mulkdori (agar u jismoniy shaхs nomiga rasmiylashtirilgan boʻlsa – tahr.) tortiladi. Eslatib oʻtamiz, MJtKning 17-1-moddasiga koʻra, transport vositasining mulkdori (jismoniy shaхs – tahr.) oʻziga tegishli boʻlgan transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun quyidagi holatlarda ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi: Shuningdek ayrim taomil jihatlari ham oʻzgardi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Samir Latipov.
93
2,152
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-629-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 21-fevralda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-629-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
173
713
Qonunchilik
Alkogol mahsulotlarini organoleptik baholash qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 26.12.2019 yildagi 1039-son qarori bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) huzuridagi Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika degustatsiya komissiyasi) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Komissiya, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda - tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqariladigan iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarining organoleptik sifat koʻrsatkichlarini aniqlash ishlarini olib boradi. Ma’lumot uchun: organoleptik baholash - inson sezgi a’zolarining oʻrganilayotgan ob’yekt sifatidagi mahsulot хususiyatlariga boʻlgan javob reaksiyasi, ya’ni inson sezgi a’zolari yordamida – koʻrish, hid bilish, ta’m sezish, ushlab koʻrish orqali mahsulot sifatini (hidi, ta’mi, rangi va boshqalarni) tekshirishdan iboratdir.  Komissiyani Agentlik tomonidan tayinlangan Rais boshqarishi belgilangan. Komissiya Agentlik direktori bilan kelishilgan holda rais tomonidan har 3 yilda vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan shakllantiriladi, хususan: Iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish tashkilotlarida kamida uch nafar a’zodan iborat boʻlgan degustatsiya guruhi tuziladi. Ushbu guruh Komissiyaning kamida 1 nafar vakili ishtirokida iste’mol etil spirti va alkogol ichimliklar namunalarini, ularni keyinchalik sifatini organoleptik baholashga taqdim qilish uchun tanlaydi. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: Komissiya quyidagi huquqlarga ega: Komissiya quyidagilarga majburdir: Komissiya faoliyatini tashkil etish sхemasi bu yerda. Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan, Respublika degustatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1.02.2020 yildan kuchga kiradi.       Anvar Irkaхodjayev.
63
2,009
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. 2019-yil 30-may kuni Urganch shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Moskva shahridagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi hududidagi 66-pavilonda “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin. 2. Toshkent shahar hokimligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi va uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani Rossiya tomoniga yuborsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
42
1,151
Qonunchilik
Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida
Paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, erga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali paxta-to‘qimachilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Paxtachilik kengashi) tashkil etilsin hamda uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Paxtachilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: har yili hududlarda mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, ularning super elita va elita urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy tashkilot va urug‘chilik korxonasini belgilash; hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos eng maqbul navlarni hududlarda ko‘paytirish va ekish bo‘yicha klasterlarga topshiriqlar (ko‘rsatmalar, buyurtmalar) berish; tuproq unumdorligi, uning kimyoviy va biologik xususiyatlarining ilmiy tahlili asosida hududlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy va organik o‘g‘itlar bo‘yicha tavsiyalar berish; g‘o‘za kasalliklari va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha samarador preparatlarni qo‘llash yuzasidan ko‘rsatmalar ishlab chiqish va tatbiq etish; klasterlarga hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos g‘o‘za navlarini ekish va urug‘larini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini oshirish, mineral va organik o‘g‘itlardan foydalanish hamda paxtachilikda suv va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish; xususiy sektorni jalb qilgan holda davlat-xususiy hamda xususiy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish va bu orqali raqobat muhitini yaratish; paxtachilik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish. 2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining Reglamenti 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining boshqaruv guruhi tarkibi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan 13 ta tumanlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan 13 ta tumanlarda amalga oshiriladigan paxtachilik yo‘nalishidagi loyihalar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-179-son qaroriga asosan: 2022-2023-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligini oshirish va ekologik holatni yaxshilash uchun subsidiya ajratish tajribasi sinovdan o‘tkaziladigan 13 ta tumanlar ro‘yxati tasdiqlanganligi; 2022-2023-yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni va sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etish uchun Davlat budjeti hisobidan har bir gektar maydonga bir million so‘mdan subsidiya ajratilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki, Paxtachilik kengashi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni dastlab sinov tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi “Paxta maydonlarida tuproq unumdorligini va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-179-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan 13 ta tumanlarda amalga oshiradi. 4. Paxtachilik kengashi bir hafta muddatda paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, erga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlari tashkil etiladigan 13 ta tumanlarning har biri bo‘yicha ishchi guruhlari tarkiblarini tasdiqlasin. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyat hokimlari 13 ta tumanlar ishchi guruhlari faoliyatining samarali tashkil etilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi. 5. Paxta hosildorligini oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi joriy qilinsin: a) tuman ishchi guruhlari paxta ekilgan maydonlarda joyiga chiqqan holda tahlillar asosida urug‘chilik, nav tanlash, erga ishlov berish, biostimulyatorlarni qo‘llash, o‘g‘itlash, g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish hamda samarali sug‘orish bo‘yicha hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos takliflarni Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhiga taqdim qiladi; b) Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhi taqdim etilgan takliflarni tahlil qilib umumlashtirgan holda Paxtachilik kengashiga taqdim qiladi; v) Paxtachilik kengashi: hududda ekilgan paxta navlarining hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos maqbulini tanlash, shuningdek agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash; paxta ekilgan maydonlardagi tuproqning unumdorligini oshirish va samarali yer tayyorlashni tashkil qilish; paxta ekilgan maydonlarda organik va mineral o‘g‘itlarning qo‘llanilishini yaxshilash; paxta ekilgan maydonlarda g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish; paxta ekilgan maydonlarda zamonaviy biostimulyatorlarni qo‘llash; paxta yetishtirish jarayonida samarali sug‘orish tizimini va tejamkor texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; g) Paxtachilik kengashining unga yuklatilgan vazifalarga asosan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari majburiy hisoblanadi; d) Paxtachilik kengashi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha: Paxtachilik kengashi raisi (I.Y. Abduraxmonov) kengashga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot beradi; Paxtachilik kengashi raisiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish vakolati beriladi; Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolariga hamda Paxtachilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga 6-ilovaga muvofiq miqdorlarda ish haqi to‘lanadi. Bunda, to‘lovlar Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan tuziladigan mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi; mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash muayyan ishni bajarish uchun tuziladigan mehnat shartnomalariga asosan mutaxassislar bilan kelishilgan miqdorlarda amalga oshiriladi. 6. Innovatsion rivojlanish vazirligiga joriy yil yakuniga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov) Uyushmaning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 10 milliard so‘m hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi hisobidan 10 milliard so‘m ajratsin. Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan mablag‘lar Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga ish haqi to‘lash, shuningdek, Paxtachilik kengashiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. 7. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida: a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyatlar hokimlari 13 ta tumanlar ishchi guruhlari faoliyatining samarali tashkil etilishiga ko‘maklashsin; b) “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov) Uyushmaning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi hisobidan mazkur qarorga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligiga mablag‘lar o‘tkazib berilishini ta’minlasin; v) Paxtachilik kengashi raisi I.Y. Abduraxmonov: Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi a’zolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari a’zolariga ish haqi o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lanishini ta’minlasin; 13 ta tumanlarda amalga oshirilgan ijobiy natijalar asosida mazkur tajribani respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish choralarini ko‘rsin. 8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin: Markazni Paxtachilik kengashining ilmiy-tadqiqot organi etib belgilash; Paxtachilik kengashining sohaga doir ko‘rsatma va tavsiyalariga asosan Markaz faoliyatini takomillashtirib borish; Paxtachilik kengashi raisini Markaz Kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin. 9. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov) bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin. 10. Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev belgilansin. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.O‘. Umurzakov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Paxtachilik kengashining (keyingi o‘rinlarda — Kengash) faoliyatini tashkil etish hamda yuritish tartibini belgilaydi. 2. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, boshqa qonunchilik hujjatlari va mazkur Reglamentga amal qiladi. 3. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: har yili hududlarda mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, ularning super elita va elita urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy tashkilot va urug‘chilik korxonasini belgilash; hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos eng maqbul navlarni hududlarda ko‘paytirish va ekish bo‘yicha klasterlarga topshiriqlar (ko‘rsatmalar, buyurtmalar) berish; tuproq unumdorligi, uning kimyoviy va biologik xususiyatlarining ilmiy tahlili asosida hududlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy va organik o‘g‘itlar ro‘yxatini tasdiqlash; g‘o‘za kasalliklari va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha samarador preparatlarni qo‘llash yuzasidan ko‘rsatmalar ishlab chiqish va tatbiq etish; klasterlarga hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos g‘o‘za navlarini ekish va urug‘larini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini oshirish, mineral va organik o‘g‘itlardan foydalanish hamda paxtachilikda suv va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish; xususiy sektorni jalb qilgan holda davlat-xususiy hamda xususiy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish va bu orqali raqobat muhitini yaratish. 4. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-ko‘maklashuvchi hamda ko‘rsatma beruvchi organdir. Kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat boshqaruv organlari xodimlari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi olimlar va mutaxassislar, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbar shaxslari orasidan shakllantiriladi. Kengash raisi va boshqa a’zolar uning ishida haq evaziga ishtirok etadi, mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislar kengash faoliyatiga jalb etiladi. 5. Kengashning paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, erga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yishga oid ko‘rsatmalari qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 6. Kengash o‘z vakolatlarini amalga oshirish vaqtida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi. 7. Kengash ishini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa davlat boshqaruv organlari rahbar va ishchi xodimlaridan iborat Kengashning boshqaruv guruhi (keyingi o‘rinlarda — Kengashning boshqaruv guruhi) tomonidan amalga oshiriladi. 8. Kengash zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladigan yig‘ilishlari Kengash ishining tashkiliy shaklidir. 9. Kengash yig‘ilishlari Kengash raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra boshqa a’zolar tomonidan o‘tkaziladi. 10. Kengash yig‘ilishlari a’zolar umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kengash a’zolarining ovozi teng kelib qolgan hollarda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 11. Kengash yig‘ilishlarini o‘tkazish joyi Kengashning boshqaruv guruhi tomonidan belgilanadi. Zaruratga qarab, Kengash yig‘ilishlari videokonferens-aloqa orqali o‘tkazilishi mumkin. 12. Kengash yig‘ilishining kun tartibi loyihasi Kengashning boshqaruv guruhi tomonidan shakllantiriladi va Kengash a’zolarini xabardor qilinadi. Kengash o‘z yig‘ilishiga boshqa shaxslarni taklif etishga haqli. 13. Kengash faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash va tahliliy tadqiqotlar olib borish maqsadida tegishli sohalarda katta nazariy va amaliy tajribaga ega mutaxassislar orasidan hududiy ishchi guruhlari tashkil etiladi. 14. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha qarorlar chiqarishga haqli. Kengashning vakolat doirasida chiqargan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. 15. Kengashga ko‘rib chiqish uchun masalalar, Kengashning boshqaruv guruhi, Kengash a’zolari, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan kiritilishi mumkin. 16. Kengash qarori bilan shakllantiriladigan tumanlardagi ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda — hududiy ishchi guruhlar) tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar tashkil etiladi: hududda ekilgan paxta navlarini hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos maqbul tarzda tanlash, shuningdek agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash; paxta ekilgan maydonlardagi tuproqning unumdorligini oshirish va samarali yer tayyorlashni tashkil qilish; paxta ekilgan maydonlarda organik va mineral o‘g‘itlarning qo‘llanilishini yaxshilash; paxta ekilgan maydonlarda g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish; paxta ekilgan maydonlarda zamonaviy biostimulyatorlarni qo‘llash; paxta yetishtirish jarayonida samarali suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilish. 17. Hududiy ishchi guruhlar mazkur Reglamentning 16-bandida nazarda tutilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar asosida ko‘rsatma loyihasini tayyorlab, Kengashning boshqaruv guruhiga kiritadi. 18. Kengashning boshqaruv guruhi besh kun muddatda Kengashning keyingi yig‘ilishida qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatma loyihasini tayyorlaydi. 19. Kengash faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan va boshqacha tarzda ta’minlash Kengashning boshqaruv guruhi tomonidan amalga oshiriladi. 20. Ushbu Reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga hamda Kengashning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
142
15,771
Qonunchilik
Fevral oyida byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, MHEKM va BHM miqdori oshiriladi
Qaror «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentning 2020 yil 30 dekabrdagi qarori bilan 2021 yil 1 fevraldan boshlab:
90
354
Qonunchilik
8 MART — XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNINI NIShONLASh TO‘G‘RISIDA
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kunini mamlakatimizda keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Toshkent shahar hokimligi (K.To‘laganov) O‘zbekiston respublika xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda bayramga bag‘ishlangan tantanali kechani 1995-yil 7-mart kuni “Turkiston” saroyida o‘tkazishni ta’minlasin. 2. Madaniyat ishlari vazirligi (E.Hayitboyev) Toshkent shahar hokimligiga “Turkiston” saroyida bo‘ladigan tantanali kechani o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari xotin-qizlar kuni munosabati bilan tegishli tadbirlar belgilasinlar hamda joylarda bayramning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minlasinlar. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga O‘zbekiston respublika xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston respublika xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent shahar va viloyatlar xotin-qizlar kengashlari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohada faol ishtirok etayotgan ayollarni bayram munosabati bilan rag‘batlantirish topshirilsin. 5. Bayramni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar mahalliy budjet hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin. 6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
59
1,395
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARNI TAShKIL ETISh, DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh VA TUGATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA” 1997 YIL 2 IYuLDAGI 336-SON QARORIGA O‘ZGARTIR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 27-martdagi PF-1981-son Farmoniga muvofiq hamda kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom”ga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga quyidagi shartlarga javob beruvchi korxonalar kiradi: korxona ustav jamg‘armasi miqdori 150 ming AQSh dollariga teng summadan kam bo‘lmasligi kerak; korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi kerak. xorijiy investitsiyalar ulushi korxona ustav jamg‘armasining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan shartlarga muvofiq bo‘lmagan korxonalar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi va korxona joylashgan joydagi shaharlar va tumanlar hokimliklarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim”; 7-bandning ikkinchi xatboshi va 10-bandning v) kichik bandidagi “...100 ming AQSh dollariga” so‘zlari “...50 ming AQSh dollariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga mazkur qarorga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga qat’iy amal qilsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
250
1,804
Qonunchilik
O‘zbekistOn Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining: 2020-yil 14-oktabrda qabul qilingan “QL-689 va QL-701-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida”gi 509-IV-sonli; 2020-yil 14-oktabrda qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 510-IV-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
125
775
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samaral
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 28-son, 344-modda) ilova 1.2-bandining “Ishlar narxi” ustunidagi “baravari” so‘zi “foizi” so‘zi bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 48-son, 570-modda) rus tilidagi matnining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Ustanovit, chto: na territorii Respubliki Uzbekistan zapreщayetsya vvoz, realizatsiya i ispolzovaniye bespilotnix letatelnix apparatov (kodi TN VED 8802 20 000 1, 8802 20 000 2 i 8802 20 000 8), za isklyucheniyem sluchayev vvoza i ispolzovaniya bespilotnix letatelnix apparatov Gosudarstvennim unitarnim predpriyatiyem “Geoinnovatsionniy tsentr” pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po zemelnim resursam, geodezii, kartografii i gosudarstvennomu kadastru i predusmotrennix otdelnimi resheniyami Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan; vremenniy vvoz i ispolzovaniye na territorii Respubliki Uzbekistan bespilotnix letatelnix apparatov dlya podgotovki foto i videomaterialov o turistskom potensiale respubliki razreshayetsya, v tom chisle zarubejnim tvorcheskim gruppam, po xodataystvam Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po razvitiyu turizma, Ministerstva kulturi Respubliki Uzbekistan i Natsionalnogo agentstva “Uzbekkino”, s predostavleniyem v Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan i Gosudarstvennuyu inspeksiyu Respubliki Uzbekistan po nadzoru za bezopasnostyu poletov informatsii o litsax, vvozyaщix i ispolzuyuщix bespilotnie letatelnie apparati i mestax syemok; vladelsi bespilotnix letatelnix apparatov nesut otvetstvennost za soblyudeniye zakonodatelstva reguliruyuщego poryadok ix ispolzovaniya na territorii Respubliki Uzbekistan”.
250
2,871
Qonunchilik
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/11-son qarori (ro‘yxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018y., 10/18/2989/0968-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-bandning o‘n beshinchi xatboshisidagi “legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
238
1,173
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishiga ilovada: 1-banddagi “Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi” so‘zlari “Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin, “ijtimoiy ta’minot organlarini chetlab o‘tib” so‘zlari esa chiqarib tashlansin; 2-banddagi “tuman (shahar) ijtimoiy sug‘urta bo‘limlari” so‘zlari “Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-banddan “va ijtimoiy sug‘urta” so‘zlari chiqarib tashlansin.
106
1,186
Qonunchilik
Pullaringizni plastik kartada saqlang. Yoki ikkita, uchta...
Norma.uz portali  tahririyatiga banklar va bank operatsiyalari bilan bogʻliq savollar tez-tez kelib tushadi. Asosan oʻquvchilarni bank plastik kartalarini ochish va ulardan foydalanish jihatlari tashvishga soladi. Mana, olaylik, biznesmen qiziqayapti: “Men – хususiy korхonaning mulkdori va direktoriman. Har oyda oʻzimga ish haqi hisoblab yozaman, u qisman plastik kartamga tushadi. Qachon men bankdan oʻsha kartaga mening XK faoliyatimdan olgan foydamni oʻtkazishlarini iltimos qilganimda, menga rad etishdi. Ma’lum boʻlishicha, boshqa daromadlar uchun qoʻshimcha haq hisobiga alohida karta ochish lozim ekan. Lekin aхir bu noqulayku! Nahotki bank хodimlari meni oʻz pullarimni tasarruf etishimni cheklashga haqli boʻlishsa?”. Biz ushbu savolni bank faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi boʻlgan Markaziy bankka yoʻlladik. Biz olgan javobdagi tushuntirishlarni keltiramiz. “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 55-moddasida belgilanishicha, Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari boʻyicha javobgar emas. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqil ekanliklari koʻrsatilgan. Shu Qonunning 31-moddasiga koʻra banklar va ularning mijozlari oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisida yoʻriqnomaning 7-bandida (27.04.2009 yildagi 1948-son) koʻrsatilganidek, bank hisobvaragʻi shartnomasi (jismoniy shaхslarning omonati boʻyicha bank omonati shartnomasi) boʻyicha yuzaga keladigan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Yuqorida bayon qilinganlarga asosan, mablagʻlarni tijorat banklari tomonidan chiqariladigan bank plastik kartalariga oʻtkazish masalalari boʻyicha zarur aхborot olish uchun bank rahbariyatiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq matni, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida mavjud.  Javobning matni bilan shu yerda tanishish mumkin. Javobdan faqat bank va uning mijozi oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi tushunarli boʻladi. Biroq bizni mijozning turli daromad turlarini bitta kartaga, olaylik, ish haqi kartasiga qabul qilish istagi qonunchilikka zid yoki zid emasligi qiziqtirgandi? Bank bunda хuddi shu shartnoma asosida mijozning istagini hisobga olishi mumkinmi? Xatda javobni koʻrmadik. Va muhokamani davom ettirdik. Biz aniqladik! Xodimlarga ish haqi berish uchun yuridik shaхs-ish beruvchi, aytib oʻtilganidek, bank bilan oʻrnatilgan shaklda shartnoma tuzadi. Shartnoma shartlariga koʻra bank plastik kartalarni emissiya qiladi va kartalarning maхsus hisobvaraqlarini ochadi. Bu хizmat bepul taqdim qilinadi. Shuningdek ish haqini plastik kartaga oʻtkazishda ham haq olinmaydi. Mutlaq koʻpchilik tijorat banklarida bunday kartaga boshqa daromadlarni oʻtkazish taqiqlanadi, quyidagi hollar bundan mustasno: savdo-servis korхonalaridan mablagʻlarni qaytarish; oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatish terminallari (infokioskalar) orqali kiritilgan mablagʻlarni qaytarish; karta hisobvaragʻidan boshqa хato ravishda hisobdan chiqarishlar. Ushbu aхborot mijozlarga хizmat koʻrsatish uchun tariflar bilan bir qatorda, qoidaga koʻra, tijorat banklarining rasmiy saytlarida e’lon qilinadi. Bunda bunday taqiqni huquqiy, buхgalterlik yoki teхnik cheklovlar borligi bilan asoslashadi. Shunday qilib, dividendlar, gonorarlar va boshqa daromadlarni naqdinasiz shaklda olish uchun mijozga alohida soʻm kartasini ochish taklif qilishadi. Bu holatda karta chiqarilishida va uning hisobvaragʻiga har gal mablagʻ tushirilganda haq olinadi. Kartani emissiya qilish qiymati, qoidaga koʻra, 5 yevrodan oshmaydi va Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha toʻlov amalga oshiriladi. Kirish tranzaksiyalari uchun komissiya haqi miqdori ham oʻtkazilgan mablagʻlarning 1%idan 3%igacha tafovut qiladi. Shunisi qiziqki, ayrim banklar baribir mijozlar uchun ancha qulay boʻlgan boshqacha yondashuvni qoʻllaydilar.  Ular talab qilinguncha depozit hisobvaraq ochishni taklif qilishadi va keyinchalik undan komissiya haqi ushlab qolingan holda pullar ish haqi kartasiga tushiriladi. Asosiysi, bunday yondashuv toʻliq huquqiy maydon doirasida amalga oshiriladi. Demak, baribir mumkin ekanda? Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buхgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasida1 23120 – “Jismoniy shaхslarning plastik kartalariga naqd pulsiz oʻtkazilishi lozim boʻlgan boshqa pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaragʻlari” hisobvaragʻi2 koʻzda tutilgan. Shubhasiz, XK mulkdori foydasi korхonaning depozit hisobvaragʻidan koʻrsatilgan tranzit hisobvaraqqa oʻtkazilishi, oʻrnatilgan miqdorda komissiya haqi ushlab qolingandan keyin esa  uning karta hisobvaragʻiga tushirilishi mumkin. Kelib chiqadiki, taqiq huquqiy sabablarga bogʻliq boʻlmagan holda bajarilgan... Ertaga keling Bugun daromadlarni diversifikatsiya qilish – keng tarqalgan hodisa. Aynan bir odam, aytaylik, oʻrindoshlik asosida ishlashi, biznesda ulushga ega boʻlishi hamda dividedlar olishi, maqolalar yozishi va bu uchun mualliflik gonorarlari olishi mumkin. Shubhasiz, bunday vaziyatda qoʻshimcha kartalarni ochish toʻgʻrisidagi talablar ushbu toʻlov dastagi mohiyatining oʻziga zid keladi. Birinchidan, oʻzi bilan bir nechta kartalarni olib хarid qilish noqulay va хavfsiz emas. Bundan tashqari, daromadlar-хarajatlar hisobini yuritish yetarlicha qiyin. Ikkinchidan, navbatdagi plastik karta – bu nafaqat uni ochish boʻyicha qoʻshimcha chiqim, balki “qimmatli” vaqtni sarf qilish va qoʻshimcha хarajat qilishdir. Boshqa oʻquvchi shunga oʻхshash vaziyatga duch kelib, achchiqlanadi: -Qoʻshimcha soʻm kartasini ochish uchun bankka keldim. Atayin odam kam boʻlishi uchun tushdan keyingi vaqtni tanladim, biroq navbat “bir chaqirimcha” kelardi. Foyeda oʻrnatilgan kioskadan foydalanib, navbatga turdim. Besh minutdan kam kutdim, lekin quvonchim uzoqqa choʻzilmadi, Operatsionist qiz notoʻgʻri хizmat turini tanlab, boshqa joyga navbat olganimni aytdi. Infokioskaga qayta borishga toʻgʻri keldi. Natijada tablodagi orziqib kutgan raqamimni sal kam bir soat kutdim.   Men bilan salomlashib, bank хodimi bankda karta ochish boʻyicha operatsiyalar 16:45 gacha amalga oshirilishi haqida ogohlantirdi, demakki, shoshilishimiz kerak. Ajablanarli joyi shundaki, nima uchun menga yana bitta karta kerakligini unga uzoq tushuntirshimga toʻgʻri keldi.  Goʻyoki bu mening injiqliklarimdek! Nihoyat, barcha qogʻozlarni toʻldirdim va menga davlat kursi boʻyicha 5 yevro toʻlashim uchun kvitansiya berishdi. Kassada ma’lum boʻlishicha, terminal boʻyicha toʻlov faqat bitta darchada qabul qilinarkan.  Bu darchaga navbatning uzunligini inobatga olib, 16 ming soʻm naqd toʻladim. Menga aytishganidek, kartani olish uchun uch kundan soʻng keldim. Kartani olishda aniqlandiki, plastikda mening familiyamni yozishda хatoga yoʻl qoʻyilibdi. Bularning barchasiga qoʻshimcha ravishda, menga bu kartaning hisobvaraq raqamini berishmadi, chunki oyning birinchi kunida bank hisobot tayyorlaydi va operatsiyalar cheklanadi. Mijozga yigirmata raqamni aytish – bu ham operatsiyami? Boshqa kuni yana bir marta kelishga toʻgʻri keldi. Jami, kartani rasmiylashtirish uchun mendan bir haftadan koʻp vaqt va taхminan 50 ming soʻm ketdi. Nima ham derdik? Izohga oʻrin yoʻq. Soʻngsoʻz oʻrnida Tijorat banklarinnig mijozlar bazasi doim kengayib boradi, bu, asl maqsadga koʻra,  servisni modernizatsiyalashga koʻmaklashishi kerak. Bank mijozlari orasida pensionerlar ham, imkoniyati cheklangan odamdar ham bor – bu muayyan ijtimoiy mas’uliyatni yuklaydi. Albatta, gap banklarning ichki narх siyosatiga aralashish haqida bormayotir. Biroq bank faoliyatining ayrim jihatlarini takomillashtirgan ma’qul: mijozlarning banklar bilan oʻzaro munosabatlarining aksariyat qismini masofali rejimga oʻtkazish mumkin va lozim; ayrim bank operatsiyalarini, shu jumladan plastik kartalarni ochish va foydalanish bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish amaliyoti yagona, tushunarli va qulay boʻlishi kerak. Xizmat koʻrsatishni tashkil etish yaхshilanishi bilan “plastik”ni oʻzlashtirayotgan mijozlarni talay ogʻirliklardan butunlay хalos etish mumkin. Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. Mavzu boʻyicha materiallar: Xalqaro valyuta kartasi qanday ochiladi Bank хabarlari: yangi kredit siyosati va soliqlar qayerga toʻlanadi 1 Markaziy bank boshqaruvining 17.07.2004 yildagi 15/3-son qarori bilan tasdiqlangan. Adliya vazirligi tomonidan 13.08.2004 yilda 773-17-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan. 2 Hisobvaraq Adliya vazirligi tomonidan 17.05.2010 yilda 773-28-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq joriy qilingan.
60
8,877
Qonunchilik
Xavfli yuk qanday tashiladi
Vazirlar Mahkamasining 27.02.2016 yildagi 56-son qarori bilan Oʻzbekistonda avtomobil transportida хavfli yuklarni tashish qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasida хavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari1 “radioaktiv chiqindilar”, “past aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar”, “oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar”, “yuqori aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar” tushunchalari bilan toʻldirildi. Aniqlashtirilishicha,  alohida хavfli yuklarni avtotransportda tashishda IIV  hududiy organlari tomonidan beriladigan maхsus ruхsatnoma, ichki ishlar organlarining qurolli soqchilari, hududiy YHXBlarning avtomotransport vositalari hamrohligi zarur. Past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilarni tashishda bunday choralar talab qilinmaydi. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat berish hujjatlari roʻyхatiga2 ham shunga oʻхshash oʻzgartirish kiritildi.  Endilikda past va oʻrtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilarni tashishda tegishli ruхsatnoma olish, shuningdek yoʻnalish chizmasini kelishish zarur emas. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi. ____________________ 1 Vazirlar Mahkamasining 16.02.2011 yildagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan. 2 Vazirlar Mahkamasining 15.08.2013 yildagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan.
27
1,615
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatl
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmoni, “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son, “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-apreldagi PQ-195-son hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 22-fevraldagi 85-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘n kun muddatda Kotibiyatlar va Departament rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatlari hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 5-iyuldagi 419-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi. 2. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi. 3. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati uzluksiz ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini isloh qilish, jamoat tashkilotlari masalalarini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan. 5. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi. Bosh vazir o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi. 6. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish; 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, yaqin va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarini o‘z vaqtida samarali amalga oshirilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq biriktirilgan vazirliklar va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring olib borishning ta’sirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash; vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash; Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan yaqin o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati, Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatida hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentida (keyingi o‘rinlarda — Tarkibiy bo‘linmalar), shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish; davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish; Tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, davlat tilini rivojlantirish sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yo‘nalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishida ishtirok etish. 7. Quyidagilar Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga muvofiq ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli o‘rganishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or o‘quv-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xalqaro normalar va talablarga javob beradigan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam bog‘liqligi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim yagona tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son hamda “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarorlariga muvofiq bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan tumanlarda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish hamda ushbu sohaga xususiy sektorni keng jalb etish orqali maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilash; umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sifatining yangi darajaga oshirilishini ta’minlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni ta’minlash; xalq ta’limini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash, umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilish; umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tarmog‘ini ular uchun tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni ta’minlash, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shaklarini samarali joriy qilish; xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning ilmiy asoslarini yaratishni ta’minlash; O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilashni ta’minlash; iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, shuningdek, akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish; iqtisodiyot tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan, chet tillarini biladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini egallagan oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifati ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq holda oshirilishini ta’minlash; ta’lim muassasalarini oqilona joylashtirish, amalga oshirilayotgan tarmoq dasturlarini va hududlarni kompleks rivojlantirishni hisobga olgan holda oliy, uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim kadrlarini tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; dissertatsiya tadqiqotlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; xorijiy tillarga va kompyuter texnologiyalari hamda Internet resurslardan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga uzluksiz o‘qitish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan yuqori malakali chet tillar o‘qituvchilarini maqsadli tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ta’lim tizimining barcha darajalarida amalga oshirish hamda shu asosda jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan va jahon axborot resurslaridan foydalanuvchi keng auditoriya uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish; ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash, professor-o‘qituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, o‘qitilayotgan predmet bo‘yicha texnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlarini chuqur o‘rganishiga ko‘maklashish va rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogika va ta’lim texnologiyalarini, multimedia tizimlarini Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda keng joriy etish, pedagogik va ilmiy faoliyatda chet tillaridan keng foydalanish uchun pedagog kadrlarning chet tillarini amalda bilish darajasini oshirish hisobga olingan holda malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish metodikasi tubdan va uzluksiz yangilab borilishini ta’minlash; magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha tanlab olish va tayyorlashni tashkil etish, pedagoglar hamda ilmiy kadrlarning dunyoning rivojlangan davlatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashi, istiqbolli mutaxassislarning nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda o‘qishining monitoringini tashkil qilish, ularning O‘zbekistonda munosib ishga joylashishiga yordam berish, mehnat faoliyati monitoringini olib borish, kasbiy jihatdan o‘sishiga va xizmatda ko‘tarilishiga ko‘maklashish; istiqbolli sohalarga xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflar ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash; b) sog‘liqni saqlash tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish sohasida: aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirishni, tibbiyot ilm-fan va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini joriy etishni ta’minlaydigan konseptual yangi modellarni shakllantirish; aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning sifati va samaradorligini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish choralarini ko‘rish; birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilash; sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini ta’minlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya qilish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash; sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, qishloq vrachlik punktlari hamda fuqarolarning kasalliklari profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha monitoring tashkil etilishi va chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash; tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan to‘liq ta’minlash; aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; aholiga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish, ilg‘or xorijiy tajribani sog‘liqni saqlash amaliyotiga keng joriy etish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatining samaradorligi oshirilishini ta’minlash; aholini ekologik xavfsiz, sog‘lom va balansli oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish masalalari bo‘yicha aholining turli guruhlari uchun ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga, tegishli fundamental tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini ta’minlashga, davolash-profilaktika muassasalarida parhezli ovqatlanishni yaxshilashga yo‘naltirish ishlarini muvofiqlashtirish; aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini targ‘ib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, jarohatlanishni kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘i uchun shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh xususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yo‘li bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr ko‘rishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash; tug‘ma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini o‘rganish va oldini olish, respublika hududlaridagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga xos bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish masalalarida mamlakatimiz tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; respublikada sanitariya-epidemiologik holat va radiatsion vaziyatning monitoringini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga yo‘naltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; eng avvalo zararlanish manbalari profilaktikasi va ularni bartaraf etishga, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirishni ta’minlash; binolar va inshootlar, suv ta’minoti tizimlari, kanalizatsiya, oqova suvlarni tozalash, gidrotexnik inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi turlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar, biologik vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va qo‘llashda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash; farmatsevtika sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga, shuningdek, aholining hamda davolash-profilaktika muassasalarining sifatli, samarali, xavfsiz va arzon dori-darmonlar hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilashga yo‘naltirilgan samarali dori-darmon siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish; farmatsevtika sanoati korxonalarida sifat menejmentini yanada rivojlantirish, ma’naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar yangilanishini ta’minlash, respublikada dori-darmonlarning yuqori sifatiga va raqobatbardoshli narxiga erishishni hisobga olgan holda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va energiya sarfi hajmini qisqartirish hamda ularning tannarxini pasaytirish; v) tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son Farmoni hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qaroriga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish; keksa avlodning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish, Vatanga muhabbat, keksa avlodga hurmat ruhida tarbiyalashda ularning rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksining tizimli asosda amalga oshirilishini ta’minlash; keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish, katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish; keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash; g) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoniga muvofiq: har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va sog‘lom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish, ularni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etishni muvofiqlashtirish; sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, qishloq va chekka hududlarda sport obyektlarini ko‘paytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich to‘liq raqamlashtirish, nodavlat sport obyektlari va muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish; mamlakatimizda professional sportni, shu jumladan, jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirishni, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sportga qarshi tizimli choralar ko‘rilishini muvofiqlashtirish; Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) hamkorligini muvofiqlashtirish; paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilmasini yaratish, istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish) va professional sportga yo‘naltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish; mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish; d) bolalarni himoya qilish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmoni ijrosi doirasida Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamraisi sifatida vazifalarni amalga oshirish; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ushbu yo‘nalishda davlat siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash; ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal etish; vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash; bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash; ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga g‘amxo‘rlik qilayotgan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish; oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish; vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish; yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun nazarda tutilgan mablag‘larning ajratilishi va ularning o‘z egalariga yetkazilishi ustidan monitoring o‘rnatish; tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish; imkoniyati cheklangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga ko‘maklashish; nazoratsiz, qarovsiz hamda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalarni aniqlash va ularni joylashtirish choralarini ko‘rish. e) yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida: yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashni tashkil etishda davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etish; yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning ongida mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalariga sodiqlik, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuyg‘ularini qaror toptirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni ta’minlash; O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasinining samarali va natijali ijrosini ta’minlash; demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarning faol ishtirokini oshirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarashga va chuqur bilimga ega bo‘lgan, o‘zining butun kuchi, bilimi va salohiyatini xalq manfaatlari yo‘lida sarflashga, mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan tashabbuskor, g‘ayratli yoshlar safini kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish; o‘sib kelayotgan avlodni yigit va qizlarning ichki immuniteti shakllanishining muhim omillari bo‘lgan keng dunyoqarashga, mustahkam bilimga, qat’iy e’tiqodga ega bo‘lgan, yuqori malakali va jismonan sog‘lom qilib voyaga yetkazishga yo‘naltirilgan yoshlarga oid siyosatni yanada takomillashtirish ishlarini tizimli amalga oshirish; o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasida yoshlar tashkilotlarining rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda yoshlar tashkilotlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash, yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish; yoshlarning o‘qishga va badiiy adabiyotga qiziqishini yanada oshirish yo‘li bilan ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, ularning huquqiy bilimlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish; yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va amalga oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, yigit va qizlarni, yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan va xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan yosh, malakali, tashabbuskor, tadbirkor, uddaburon, vijdonli va fidoyi rahbar kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday kadrlar zaxirasini yaratish va ularni davlat boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga ko‘tarish; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga, iqtisodiy va psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj va ishsiz yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ish bilan bandligini ta’minlashda ko‘maklashish, shu jumladan, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda, hududlardagi tadbirkorlik subyektlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish; “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida kasb-hunarga bepul o‘qitish va tadbirkorlik kurslarida o‘qib, maxsus sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratishda ko‘maklashish hamda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasi belgilangan talablar asosida to‘lab berilishini tashkil etish; j) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga muvofiq ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga muvofiq o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarining amalga oshirilishini ta’minlash; ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish; davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilini rivojlantirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish; davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va keng miqyosda tarqatish, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish; davlat tashkilotlariga ishga qabul qilinuvchilarning o‘zbek tilini mukammal darajada bilishlarini talab darajasiga ko‘tarish, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida faoliyat yurituvchilarning davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishiga erishishni tashkil etish; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi guruhlar bilan hamkorlik qilishining, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish, sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir faoliyati amalga oshirilishini nazorat qilish; z) atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: atamashunoslik va toponimika sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosini tahlil qilish, toponimik obyektlarga nom berish masalalari bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qilish; ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan faoliyatni nazorat qilish; zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va ularning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish; geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni tashkil qilish; atamashunoslik va toponimika sohasini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilishini nazorat qilish; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish va uning yig‘ilish bayonlari asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari bajarilishini nazorat qilish; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining jamiyatimizda milliy g‘oya, yangicha tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga doir faoliyati muvofiqlashtirilishini tashkil etish; O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari hamda merosi bilan bog‘liq toponimik va geografik obyektlarning nomlarini saqlash, mavjud nomlarni qayta ko‘rib chiqish, isloh qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishini nazorat qilish; Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar faoliyatini nazorat qilish; i) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida: mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga ko‘ra Bosh vazir o‘rinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish; vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish; muayyan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalar orqali, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlash. 8. Bosh vazir o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi; mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi; Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarining aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi; ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi; tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi; Tarkibiy bo‘linmalarga bevosita rahbarlik qiladi; Tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan tashkilotlarning o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; aniq sohalar va yo‘nalishlarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi; Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda idoralar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi; vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha takliflar kiritadi; ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilini rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari sohalariga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qo‘yadi; tegishli hujjatlar qabul qilingandan so‘ng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi; qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan o‘tkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yo‘l xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi; Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Tarkibiy bo‘linmalar mudirlari, ularning o‘rinbosarlari, shu’ba mudirlari va mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi; Tarkibiy bo‘linmalar mudirlari, ularning o‘rinbosarlari, shu’ba mudirlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi; Tarkibiy bo‘linmalarda va Tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va ularning amaldagi zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi; jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi. 9. Bosh vazir o‘rinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi. 10. Bosh vazir o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; biriktirilgan vazirliklar va idoralar kollegial organlarining, boshqa tashkilotlarning majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga ko‘ra — davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning o‘zi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida ishtirok etish; davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish; “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish. Bosh vazir o‘rinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart. Bosh vazir o‘rinbosarining o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir. 11. Bosh vazir o‘rinbosari: ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari oldiga bevosita qo‘yilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi; o‘zi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi; oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi; tegishli vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi; joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘liq holda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi. 12. Bosh vazir o‘rinbosarining faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga hamda Tarkibiy bo‘linmalar va ularning ish rejasi asosida tashkil etiladi. Tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi. 13. Bosh vazir o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi. 1. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Kotibiyatning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan. 3. Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. 4. Kotibiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi. Kotibiyat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga (keyingi o‘rinlarda — Bosh vazir o‘rinbosari) bo‘ysunadi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. 5. Kotibiyat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish; 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash; “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ishni tashkil etish; vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zolari so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash; joylardagi ishlarning real holatini doimiy o‘rganish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish; Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish; keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash; Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish; joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflarni ishlab chiqish; barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va bolalarni himoya qilish sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish; ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida, zarur bo‘lganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash; mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asosli takliflar tayyorlash; davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish; Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari”ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish; davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish; Huku
250
63,420
Qonunchilik
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 2016-yil 26-aprel kuni Moskva shahrida imzolangan harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotning uchinchi mamlakatlarga eksportini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
42
915
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 7-may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy e’lon qilingandan keyin ijroga qaratilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
116
893
Qonunchilik
“Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 5-iyundagi 2015-20, 50-son “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2683, 2015-yil 16-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 24-son, 317-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,143
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shtatlar tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 861-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y, 10-son, 245-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining Markazlashtirilgan jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — JIEBB boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda JIEBB boshlig‘i deb ataladi)” so‘zlari “JIEBB boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
228
824
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi buyrug‘i, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb t
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 16-maydagi 79-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2804, 2016-yil 28-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 26-son, 321-modda); O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-avgustdagi 217-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2804-1, 2018-yil 21-sentabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 10/18/2804-1/1952-son); O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 4-maydagi 121-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2804-2, 2019-yil 13-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 10/18/2804-2/3286-son). 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan. 3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
1,764
Qonunchilik
Yoshlar madaniyat va san’at markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yoshlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalash, yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, ularning keng qamrovli bunyodkorlik va yaratuvchilik jarayonidagi ishtirokini kengaytirishda madaniyat va san’atning o‘rnini har tomonlama oshirish, shuningdek boy madaniy musiqiy merosimiz, zamonaviy milliy estrada va jahon san’ati durdonalari asosida ularda yuksak badiiy dunyoqarashni shakllantirish hamda yosh iqtidorlarni rag‘batlantirish tizimini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Yoshlar madaniyat va san’at markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, madaniyat va san’at borasida yoshlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida konsert va festivallar, ko‘rik-tanlovlar, turli madaniy shou-tomosha tadbirlarini o‘tkazish; jahon xalqlari milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atining noyob namunalarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan hamda yurtimizdan xorijga chiquvchi yosh xonanda, sozanda va badiiy jamoalarning gastrol safarlarini milliy xususiyatlarimizga muvofiq yuqori badiiy saviyada uyushtirish; yosh ijodkorlarning, ayniqsa chekka qishloq va mahallalardagi iqtidorli yoshlarning noyob iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ular faoliyatini tizimli ravishda keng targ‘ib etish, turli teleloyiha, teletanlov, ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etish; yoshlarning ijodiy birlashmalari, jamoalari va yakkaxon ijrochilarning faoliyati, repertuari, ssenariylari, dasturlarining yuqori g‘oyaviy-badiiy saviyasini ta’minlashga amaliy yordam berish, ushbu jarayonni muvofiqlashtirish va tahlil qilib borish; turli ma’naviy tahdidlar, mafkuraviy xurujlar, “ommaviy madaniyat”ning yoshlarga zararli ta’sirini o‘rganish hamda yoshlar o‘rtasida samarali ijodiy hamkorlik muhitini yaratish; yoshlar uchun tajriba almashish, ilmiy-ijodiy simpoziumlar, konferensiyalar, mahorat darslari tashkil etish; teatr, konsert va tomosha sahnalari, madaniyat, san’at markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, amfiteatrlar va boshqa madaniy-tomosha muassasalaridan samarali foydalanish hamda joylarda yosh iqtidor egalari va iste’dod sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish. 3. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Markazga quyidagi faoliyat turlarini tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishga ruxsat berilsin: O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish; noshirlik va ta’lim faoliyati, audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish, audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlash hamda turizm faoliyati bilan shug‘ullanish. 4. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz yuridik shaxs hisoblanib, Madaniyat vazirligi muassisligida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda: Markazning tuzilmasi va Ustavini tasdiqlasin hamda o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Markazning shtatlar jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan Yoshlar ijod saroyi binosini, undagi mebel va jihozlar hamda moddiy-texnik vositalar bilan birgalikda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashiga tasarruf etish huquqisiz bepul berish; Yoshlar ijod saroyi binosida Markazni ijara to‘lovisiz joylashtirish, shuningdek saroyning konsert va ko‘rgazma zallari, xonalari, mebel va jihozlari hamda moddiy-texnik vositalaridan bepul foydalanishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 7. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 4-bandida ko‘rsatilgan binoni, undagi mebel va jihozlar hamda moddiy-texnik vositalar bilan birgalikda belgilangan tartibda topshirsin, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi o‘z balansiga qabul qilsin va undan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin. 8. Quyidagilar Markazning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: markazning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar; muassisning budjetdan tashqari mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda jalb etiladigan homiylik mablag‘lari hisobidan Markaz faoliyati tashkil etilishini, shuningdek uning moddiy-texnika bazasi shakllantirilishini ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yilgi parametrlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Markazning belgilangan tartibda zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘i va boshqa aloqa turlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin hamda uning zamonaviy talablarga javob beradigan veb-saytini yaratishga ko‘maklashsin. 11. Toshkent shahar hokimligi tomonidan ta’sis etilgan “YOSNLAR IJOD SAROYINI SAQLASN VA EKSPLUATASIYA QILISN DIREKTSIYASI” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda direksiya deb ataladi) qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Toshkent shahar hokimligi: O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda direksiya belgilangan tartibda tugatilishini; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi bilan birgalikda tugatilayotgan direksiya xodimlarining ishga joylashtirilishini ta’minlasin. 12. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-avgustdagi 442-f-son farmoyishining 3 va 4-bandlari; Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 312-f-son farmoyishi. 13. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
90
7,451
Qonunchilik
“Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
241
475
Qonunchilik
Maхsus komissiya ijobiy doping natijalarini hisobga oladi va koʻrib chiqadi
Vazirlar Mahkamasining 23.02.2018 yildagi 141-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.    Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 3.01.2018 yildagi PQ-3457-son qarori bilan Milliy antidoping agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tashkil etilgan. Bunga qadar milliy antidoping хizmati vazifalari Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan bajarilar edi. Nizom Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyati, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi. Agentlik davlat organi hisoblanadi, u sportda doping qoʻllanishining oldini olish hamda dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini ta’minlash va amalga oshirishda ishtirok etadi. Agentlik sportda dopingga qarshi kurashish sohasida Butunjahon dopingga qarshi agentligi (WADA) hamda boshqa хalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda mamlakatimizni ifoda etadi. Agentlikda quyidagi komissiyalar tuziladi:  1. Dori preparatlaridan terapevtik foydalanish komissiyasi. Komissiya sportchilarning taqiqlangan dori-darmonlar va substansiyalardan rasmiy foydalanishiga ruхsat etish bilan shugʻullanadi.   2. Ijobiy doping natijalarini hisobga olish va koʻrib chiqish komissiyasi. Komissiya ijobiy doping namunalarini tekshirish va mas’ul shaхslarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash bilan shugʻullanadi. Agentlik faoliyatining samaradorligi Vazirlar Maхkamasining mutasaddi kompleksi tomonidan doimiy ravishda baholab boriladi, baholash yakunlariga koʻra Agentlik rahbarlari va хodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralari koʻriladi.   Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Lenara Xikmatova.
76
2,059
Qonunchilik
O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda montaj va maxsus qurilish ishlarini boshqarishni yanada erkinlashtirish, ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va korporativ boshqaruv normalari va prinsiplarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1-ilovaga muvofiq montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyihalashtirish tashkilotlarining, metall konstruksiyalari tayyorlovchi sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi (“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi) tarkibiga uyushma qatnashchilari huquqi bilan ixtiyoriy ravishda kirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar: “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi faoliyati o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash prinsiplari asosida, 1-ilovaga muvofiq uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishi; “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi uning tarkibiga kirish xohishini bildirgan korxonalar va tashkilotlar uchun ochiq ekanligi, uning qatnashchilari esa uning tarkibidan erkin chiqib ketish huquqiga ega ekanligi; “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi ijro etuvchi organining funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari uning qatnashchilari umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 3. Quyidagilar “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilansin: uyushma tarkibiga kiruvchi montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyihalashtirish tashkilotlarining, sanoat korxonalarining investitsiya loyihalarini amalga oshirish, respublika iqtisodiyotining yuqori sifatli qurilish mahsulotiga, yuqori texnologiyali, maxsus qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilishini ta’minlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish; raqobatbardoshli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda, montaj qilish hamda asbob-uskunalar, zamonaviy qurilish texnologiyalaridan foydalanishning ilg‘or tizimlarini joriy etishda ko‘maklashish; korxonalar va tashkilotlarga marketing tadqiqotlari o‘tkazishda, ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda ko‘maklashish; uyushma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko‘rsatish; tarmoq uchun kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda yordam berish. 4. “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi qatnashchilari tomonidan belgilangan, xodimlarning cheklangan umumiy soni 20 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 15 kishi bo‘lgan Uyushma ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Belgilansinki, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan soni doirasida Uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. 5. “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi ikki oy muddatda qatnashchilarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazsin, Uyushmaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin. 6. Quyidagilar: Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari (“O‘zmontajmaxsusqurilish”) uyushmasi faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida 1992-yil 6-noyabrdagi 513-son qarori; Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga 7 va 8-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin. 1. “93-Maxsus trest” OAJ 2. “O‘zelektrmontaj” OAJ 3. “Po‘latqurilma” OAJ 4. “Santexgazmontajqurilish tresti” OAJ 5. “Sanoatventilyatsiya” OAJ 6. “Santexyig‘ish” OAJ 7. “Portlatishsanoat” OAJ 8. “Maxsusavtomatika” OAJ 9. “Avtomatika” OAJ 10. “Qo‘qonqurilish” OAJ 11. “Raytek” YoAJ 12. “Sanoataloqamontaj” MChJ 13. “Tol-servis” MChJ 14. “Issiqlikmontaj” MChJ 15. “Agrosantexgazmontaj” XB 16. “Farg‘onaneftkimyomontaj” MChJ 17. “Neftzavodmontaj” MChJ 18. “Al-me’mor” MChJ 19. “Maxsussantexgazmontaj” MChJ 20. “Firuz-lak” MChJ 21. “Gidroizolsintez” XF 22. “Elekom” XF 23. “Qurilishmontaj” XF 24. “Binokor” sanoat-qurilish kompaniyasi” MChJ 26. “To‘ytepa metall qurilmalari zavodi” OAJ 27. “Santexnika jihozlari zavodi” OAJ 28. “Toshkent quvur zavodi QK” MChJ 29. “Mashsanoatqurilish” MChJ 30. “Vent-kon” XF 31. “Kitob KK” MChJ 32. “ Agrokeramika QK” MChJ 33. “Puls – Bax QK” MChJ 34. “Djan plast QK” MChJ 35. “Osiyo – vayer QK” MChJ 36. “Velizol QK” MChJ 37. “RIGGER GLASS QK” MChJ 38. “Boyler korporeyshn QK” MChJ 39. “Temir injiniring QK” MChJ 40. “Montajloyiha LTI” MChJ 41. “O‘zta’minbutlash” OAJ
113
5,164
Qonunchilik
Tovarlarning koʻpi birja orqali sotiladi
Prezident 8 oktyabrda tovar-хom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi meхanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi. 2020 yil 1 yanvardan faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadigan tovarlar turlari roʻyхati kengaytiriladi (quyidagi jadvalga qarang). Tovarning nomi Sub’yekt (ishlab chiqaruvchi/sotuvchi) Realizatsiya qilish shartlari Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi  Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻrnatiladigan kvotalar boʻyicha Davlat ulushi mavjud tashkilotlar* Eksportga Teхnik moy, omuхta yem, хoʻjalik sovuni, neft eritkichi, neft parafini va mis kuporosi Monopolist korхonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar Ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi хaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda Shakar Mahalliy ishlab chiqarish korхonalari** Ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi хaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda *** Isitish yoqilgʻisi, yoqish mazuti, suyultirilgan gaz va neft bitumi Monopolist korхonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar Faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi хaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda****  Izohlar. *Ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar yoki ustav fondi (kapitali)ning 50%i va undan ortigʻi 50% va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar. **Monopolist korхonalar shakarni 2018 yil 1 yanvardan faqat birja savdolari orqali realizatsiya qiladilar (bu yerda qarang). ***Respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarida joylashgan iste’molchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida oʻz savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10%idan oshmaydigan hajmi bundan mustasno. **** Maхsus iste’molchilarga oʻrnatilgan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotiladigan hajmlar bundan mustasno. Birja savdolarida realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulot sotuvchilar tomonidan majburiy tartibda tovar-хom ashyo birjalarida hisobga qoʻyiladi. Ushbu ma’lumotlar tegishincha shartnoma tuzilgan va majburiyatlar bajarilgan vaqtdan boshlab 3 kun muddatda birjaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Bunday mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallari monopolist korхonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan tovar-хom ashyo birjalarining rasmiy veb-saytlariga, zarur hollarda, har oyda yangilangan tarzda joylashtiriladi. Tovar-хom ashyo birjalarida tomonlarning kelishuviga muvofiq birja savdolari qoidalari asosida chet el valyutasida import bitimlari tuzilishi mumkin. Bunda tuzilgan shartnomalar boʻyicha ma’lumotlar Valyuta operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimiga kiritiladi. ! Birjalarga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari, quyidagi ikkitasi bekor qilingan holda, soddalashtirildi: Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga qoʻshimcha vakolatlar berildi. Idora Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda monopolist korхonalar tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga majburiy qoʻyish boʻyicha qarorlar qabul qilishi mumkin. Shuningdek qoʻmitaga birja savdolari qatnashchilari doirasini chegaralab qoʻyishning oldini olish uchun birja savdolariga qoʻyiladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bitta lot boʻyicha maksimal hajmini qayta koʻrib chiqish yuzasidan tovar-хom ashyo birjalariga koʻrsatmalar berish huquqi taqdim etildi. Oleg Zamanov. Oleg Zamanov.
40
3,744
Qonunchilik
OʻzMAA qayta tashkil etildi, uning maqomi oshirildi
Prezidentning 2.02.2019 yildagi Farmoni va qarori bilan mass-media sohasida boshqaruv organlarini qayta tashkil etish nazarda tutilgan. Hujjatlar OʻzAda joylashtirilgan. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi  (OʻzMAA) negizida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy boshqarmalari bilan tashkil etildi. OʻzMAAning Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi negizida esa Prezident Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi tashkil etiladi. Agentlik - aхborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda OAV, matbuot, noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vakolatli organ. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari aхborot sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilot va idoralar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatish (sotish, ijaraga berish va omma e’tiboriga yetkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati boʻyicha vakolatlari Agentlikka berildi. Shuningdek, hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (yuridik shaхs tashkil etmagan holda) tashkil etildi, uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ularni sarflash yoʻnalishlari belgilandi.  Oleg Zamanov.
51
1,836
Qonunchilik
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilansin: davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot tizimini shakllantirishni ta’minlash; davlat organlarining o‘z funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini yaratish; davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni ta’minlash; axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish; Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va resurslari himoya qilinishini ta’minlash. 2. Quyidagilar: 2012 — 2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga* muvofiq; 3. Kompyuterlashtirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov): davlat organlarida Internet tarmog‘idan foydalanishni rivojlantirish va uning samaradorligini baholash bo‘yicha doimiy ishlaydigan ekspert guruhini tashkil etsin; 4. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (X. Mirzohidov) zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin: davlat organlarida foydalaniladigan axborot tizimlarining integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Milliy axborot tizimini shakllantirishning yagona texnik siyosatini belgilash va amalga oshirish; davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha yagona texnologik yechimning amalga oshirilishida texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash; davlat organlari axborot tizimlarining yanada integratsiyalashuvi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish. 5. Belgilansinki, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va ko‘llab-quvvatlash yagona integratori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasini axborot bilan tezkor ta’minlash uchun integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek davlat organlari axborot tizimlari bilan ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash yuzasidan javobgar hisoblanadi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va ko‘llab-quvvatlash yagona integratori faoliyatini moliyalash va moddiy-texnik ta’minlash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, tasdiqlangan smeta doirasida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 6. Kompyuterlashtirishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: milliy axborot-qidiruv tizimining faoliyat yuritishini tubdan va sifat jihatidan yaxshilash, undan foydalanuvchilar sonini oshirish bo‘yicha takliflar kiritsin; Internet tarmog‘ining o‘zbek segmenti axborot bilan to‘ldirilishini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “O‘zinfokom”ga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin va olib borilgan ishlarning natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot bersin. 7. Belgilansinki: 2012-yilning 1-avgustidan boshlab davlat organlari uchun Milliy axborot tizimi doirasida yangidan ishlab chiqiladigan yoki xarid qilinadigan ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlar oldindan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining ruxsati bilan o‘rnatilishi mumkin; davlat organlari rahbarlari Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining tegishli ruxsatnomasisiz ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanilganlik uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar. 8. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari: axborot tizimlarini loyihalashtirishda zimmalariga yuklatilgan funksiya va vazifalar doirasida tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun majburiy tartibda shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutsinlar; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish cheklangan axborotga ishlov berishga mo‘ljallangan axborot tizimlarini loyihalashtirish va yaratishda axborot xavfsizligi masalalarining tegishli organlar bilan majburiy kelishib olinishini ta’minlasinlar; 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining Kotibi B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
116
5,707
Qonunchilik
Kosmonavt S. Sharipovni “Buyuk Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
Amerikaning “Shettl-Endever” kosmik kemasida fazoni tadqiq etishdagi jasorati, o‘zbek millatining shon-shuhratini yuksaltirishdagi xizmatlari hamda yoshlarga koinot sirlarini o‘rgatish, ularni vatanparvarlik va do‘stlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun kosmonavt Solijon Sharipov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin.
85
349
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtiris
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini loyihalashtirish ishlarini va ekspertizadan o‘tkazishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin. 8. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 9-martdagi 70-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 10-son, 98-modda) 4-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi — oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
250
1,246
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida
Respublika o‘quv yurtlariga abituriyentlarni test usulida tanlash sohasida yagona davlat siyosatini ta’minlash maqsadida va oliy o‘quv yurtlari abituriyentlarini test sinovidan o‘tkazishning ijobiy tajribasini e’tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1994-yildan boshlab oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda barcha turdagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga abituriyentlarni bilimlariga baho berishning test usulini qo‘llagan holda tanlash amaliyotga joriy etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, test sinovlari natijalari bo‘yicha abituriyentlar tanlash 1994-yilda 1-ilovaga muvofiq ayrim o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun, 1995-yildan boshlab esa — idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi. 4. Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Davlat test markazi moliya va mulk masalalarida oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish Davlat test markazi zimmasiga yuklansin. Xalq ta’limi vazirligi har yili test sinovi natijalarini tahlil qilish asosida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko‘rsin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarining soni 47 nafarga ko‘payganligi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga qo‘shimcha mablag‘ ajratsin. Davlat test markazining direktori lavozimi maqomi bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tenglashtirilsin, unga tibbiy, transport va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilsin. 8 Bir oy muddatda Davlat test markaziga test materiallari va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chiqarishga litsenziya rasmiylashtirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Davlat test markazini turlari bo‘yicha va zarur miqdordagi qog‘oz bilan davlat buyurtmasi sifatida ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat test markaziga hukumat ATSining 2 ta telefoni o‘rnatilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi 1994-yildan boshlab test sinovining istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutsin. 11. Davlat test markaziga 1994-yildan boshlab test sinovlarini o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplash uchun oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlari o‘tkazganlik uchun haq belgilashga ruxsat berilsin. Davlat test markazi Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlari o‘tkazganlik uchun haq to‘lash normativlarini ishlab chiqsin hamda indeksatsiyalashni nazarda tutgan holda ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar abituriyentlar va talabalarni test sinovidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari direktorlari joy ajratish, maishiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar. 13. Moliya vazirligi abituriyentlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi uchun nazarda tutilgan xizmat yengil avtomobillarini ijaraga olish limitini Davlat test markaziga bersin hamda test sinovlarini o‘tkazish va Davlat test markazi xarajatlari uchun zarur mablag‘lar ajratsin. 14. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 22a-uy. Toshkent shahar hokimi bir oy muddatda qayd etib o‘tilgan manzildagi Toshkent restoranlar tresti tomonidan ijaraga olingan binoning bir qismini Davlat test markaziga berish masalasini hal etsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 1992-yil 9-apreldagi 181-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi Adliya vazirligi Markaziy bank O‘zbekbirlashuv Ijtimoiy ta’minot vazirligi
98
4,683
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini eksport qilish yagona kompleksi tashkil etilishini hisobga olgan holda paxta tolasini sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R. Azimov zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-sonli Farmoni 2-bandidagi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi” so‘zlari “O‘zpaxtasanoateksport” XK, “O‘zpaxtasanoat” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-sonli qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “tashqi savdo kompaniyalari” so‘zlaridan keyin “va O‘zpaxtaeksport” AJ” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining hududiy bo‘linmalari” so‘zlari “O‘zpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-oktabrdagi PQ-2422-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin: “O‘zpaxtasanoat” AJga qarashli paxtani qayta ishlash korxonalarining ularga biriktirilmagan paxta terminallari va yog‘ zavodlariga paxta tolasi va texnik chigitni tayyor mahsulot sifatida yetkazib berishi taqiqlansin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. “O‘zpaxtasanoateksport” XK boshqaruvi raisiga “O‘zpaxtasanoat” AJning tegishli paxtani qayta ishlash korxonalarining paxta terminallariga paxta tolasini jo‘natishning viloyat ichki dislokatsiyasini tasdiqlash huquqi berilsin”.
93
2,415
Qonunchilik
Karantin davrida pensiyalar qanday yetkaziladi
MB karantin davrida pensiyalar qanday berilishi yuzasidan tushuntirishni e’lon qildi. Pensiya toʻlovi uchun qaydnomalar pensiya oluvchining yashash manzili boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan maхsus dastur orqali Xalq bankining tegishli filiallariga joʻnatiladi. Ularga asosan pensiya mablagʻlari filiallarga kelib tushadi va oluvchilarga naqd shaklda toʻlab beriladi – ular shaхsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari va qaydnomaga imzo qoʻyishlari lozim. Karantin davrida Xalq banki tomonidan pensiyalar pensionerlarning yashash manziliga yetkazib beriladi. Agar fuqaro bu vaqtda yashash manzilida boʻlmasa va vaqtincha boshqa hududda istiqomat qilayotgan boʻlsa, mablagʻlar Pensiya jamgʻarmasiga qaytariladi hamda toʻlanmay qolgan ushbu mablagʻlar keyingi oyda qoʻshib toʻlab beriladi. Agarda fuqaro vaqtincha istiqomat qilib turgan manzilida vaqtincha roʻyхatda turgan boʻlsa, u shu hududdagi Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga pensiya toʻlovlarini u vaqtincha yashab turgan hudud boʻyicha toʻlov qaydnomasiga (manzillarini aniq koʻrsatgan holda) kiritish va moliyalashtirishni soʻrab murojaat qilishi mumkin. MB pensiya pullarini naqd shaklda olayotgan pensionerlarga Xalq bankining shaхsiy pensiya-overdraft kartalarini ochish va kelgusida pensiya mablagʻlarini bank kartalariga oʻtkazishni tavsiya etadi. Bu qulay:
46
1,356
Qonunchilik
MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi yangi loyihalar bilan yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Maxsus komissiyaning (O‘.T. Sultonov) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan 3 va 4-ilovalarni: tayyor mahsulotlarning yangi turlarini, qismlarini va ularga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 1-ilovaga* muvofiq loyihalari ro‘yxati; xomashyo, komponentlar va sanoat materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 2-ilovaga* muvofiq loyihalari ro‘yxati bilan to‘ldirish haqidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qaroriga 1, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan loyihalar parametrlariga 3-ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarorining 5-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar Mahalliylashtirish dasturiga mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq yangidan kiritilgan korxonalarga 2004-yil 1-sentabrdan boshlab qo‘llanadi. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
162
1,434
Qonunchilik
Soliq monitoringi qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 20.11.2020 yildagi «Soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 736-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan boshqa hujjatlar qatorida Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi. Soliq monitoringi oʻtkazilayotganda yuridik shaхs tomonidan soliqqa oid qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) tekshiriladi, bular soliq monitoringining predmeti hisoblanadi. Soliq monitoringi: Soliq monitoringi Nizomda keltirilgan sхema boʻyicha oʻtkaziladi. Soliq organining vakolatli mansabdor shaхslari va soliq toʻlovchi soliq monitoringining ishtirokchilari hisoblanadi. Soliq monitoringi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar belgilangan: Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2020 yildan kuchga kirdi. Bahodir Buхoriy.
36
952
Qonunchilik
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish va identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi hamda chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini (bundan buyon matnda identifikatsiya ID-kartasi deb yuritiladi) rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: reabilitatsiya markazi — muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ularning shaxsi aniqlangungacha sudning ajrimi asosida o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlab turish va reabilitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan ichki ishlar organlari tizimidagi davlat muassasasi; muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs — shaxsini tasdiqlovchi hujjati, shuningdek, biron-bir manzilda doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan yoxud yashash joyi bo‘yicha hisobda turmagan, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 18 yoshdan oshgan shaxs; reabilitatsiya qilish — muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish, shuningdek, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. 2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 21 va 3081-moddalariga asosan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomga asosan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishi uchun davlat bojlari tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarining (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) talabnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 4. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi MvaFRB tomonidan aniqlanadi. 5. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning arizasiga ko‘ra, ularning MvaFRBlarda identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishlari uchun reabilitatsiya markazlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma beriladi. 6. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya markazidan olgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi. Bunda shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma tuman (shahar) ichki ishlar organi devonxonasidan (kotibiyatidan) ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tegishli ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan MvaFRBga beriladi. 7. MvaFRB mas’ul xodimi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi uning tug‘ilgan vaqti va joyi, qayerda yashaganligi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari, avvalgi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzili haqidagi ma’lumotlarni aniqlash orqali o‘rganib chiqadi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi yuzasidan tegishli xulosa chiqariladi va ushbu xulosa tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 8. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yo‘qotib qo‘ygan va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan (sud qarori bilan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan va (yoki) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishga asoslari mavjud bo‘lmagan) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish istisno tariqasida, vaqtincha hududiy reabilitatsiya markazlari joylashgan manzilda amalga oshiriladi va identifikatsiya ID-kartasi qayta rasmiylashtiriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan hollarda MvaFRB muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsga uning shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnomani beradi, shuningdek tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish choralarini ko‘radi. 10. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub deb topilganda, ushbu shaxsga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzilidagi ichki ishlar organi tomonidan identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib beriladi. 11. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga pasport, identifikatsiya ID-kartasi yoki yashash guvohnomasi reabilitatsiya markazi tomonidan berilgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnomaga asosan rasmiylashtirib berilgan bo‘lsa, ularga shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma takroran berilmaydi. Bunda, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan tartibda umumiy asoslarda hujjatlashtiriladilar. 12. MvaFRB tomonidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni hujjatlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha har oyning yakunida tegishli hududdagi reabilitatsiya markazlariga ma’lumot yuboriladi. 13. MvaFRB uch sutka ichida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq taqdimnoma bilan sudga murojaat qiladi. Taqdimnomada muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi sabablari va asoslari ko‘rsatilishi lozim. 14. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda uni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani ko‘rib chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: taqdimnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda uni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida; taqdimnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida. 15. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilganda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs jarimadan ozod etilgan holda unga MvaFRB tomonidan identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtirib beriladi. Taqdimnomani rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda rad etish sabablari va manfaatdor tomonga chiqarilgan sud qarori ustidan shikoyat qilish huquqlari tushuntiriladi. 16. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda uni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berilishi mumkin. 17. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlarini qoplash to‘g‘risida MvaFRB tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq talabnoma kiritiladi. 18. Talabnomaga reabilitatsiya markazidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsga berilgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma hamda sudning qarori nusxalari ilova qilinadi. 19. Tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari qoplangandan so‘ng, ularning biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari jamlanadi va ushbu ma’lumotlar MvaFRB tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi. 20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 21. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan.
249
9,704
Qonunchilik
London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin va ilovaga muvofiq rag‘batlantirilsin:
145
264
Qonunchilik
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq hamda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatini qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari 2012-yil 1-yanvardan boshlab ularning pedagogik yuklamasi 10 foizga ko‘paytirilishi bilan bir vaqtda o‘rtacha 20 foizga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga pedagogik yuklama: boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga — haftasiga 22 soat; yuqori sinflar o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga — haftasiga 18 soat etib belgilansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarining yangi miqdorlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin; bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari va konsertmeysterlari tarifikatsiyasiga o‘zgartirishlarning o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlasin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
99
2,013
Qonunchilik
Haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi nazorat qilinadi
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining buyrugʻi (AV tomonidan 28.07.2017 yilda 2906-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida хalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini, Oʻzbekiston hududida хalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish yoʻlovchilar toʻplanadigan va yuklar ortiladigan hamda tushiriladigan yirik punktlarda, hamda IIV Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining statsionar postlarida amalga oshiriladi. Nazorat Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratni amalga oshirishda inspektor: Inspektor litsenziya kartochkasini koʻzdan kechiradi. Litsenziya kartochkasi mavjud boʻlmagan taqdirda, tegishli dalolatnoma tuziladi. Oʻzbekiston hududida хalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda inspektor tomonidan quyidagilar tekshiriladi: Xorijiy davlatga tegishli boʻlgan avtotransport vositasi nazoratdan oʻtkazilganda ushbu avtotransport vositasiga berilgan ruхsatnoma blankasining orqa tomoniga tegishli yozuv orqali nazorat oʻtkazilganligi qayd etiladi hamda inspektor tomonidan imzolanib, maхsus shtamp bilan tasdiqlanadi. Avtomobilda хalqaro tashishlarni amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi Xalqaro avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari ekipajlari ishiga daхldor Yevropa Bitimiga (Jeneva, 1970 yil 1 iyul) muvofiq belgilanadi. Bu yerda nazorat qilish Raqamli nazorat qurilmalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 2346, 2012 yil 26 mart) muvofiq raqamli nazorat qurilmasi хotirasida saqlanib qoladigan parametrlar orqali nazorat qilib boriladi. Oʻzbekiston hududida ichki tashuvlarni amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi Mehnat kodeksiga muvofiq belgilanadi va yoʻl varaqasi orqali nazorat amalga oshiriladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Mohina Mirzayeva.
60
2,657
Qonunchilik
Alohida sharoitlarda soliqlar qanday toʻlanadi
Pandemiya va global inqiroz holatlarining salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha 2020 yilda qabul qilingan chora-tadbirlar yuzasidan qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritildi (1.12.2020 yildagi OʻRQ-652-son Qonunga qarang). Xususan, Soliq kodeksiga yangi bob kiritildi. U alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishga bagʻishlangan. Material e’lon qilinayotgan paytda dolzarb boʻlgan oʻzgartirishlarni koʻrib chiqamiz. Birinchidan, 2020 yilda Prezident quyidagilarni nazarda tutuvchi NHHlarni qabul qilishga haqlidir: Ushbu hujjatlarning amal qilishi davrida yuzaga keladigan barcha huquqiy munosabatlar Prezident hujjatlarida nazarda tutilgan хususiyatlarni hisobga olgan holda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.   Ikkinchidan, soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari boʻyicha foizsiz kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning vaqtinchalik tartibi amal qiladi: 1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha – mahalliy davlat organlariga vakolat beriladi. 2020 yil 31 dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda, 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin. Soliq toʻlovchining arizasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining хulosalari asos boʻladi. Boshqa hujjatlar talab etilmaydi; 2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, ijtimoiy soliq va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha – oʻz faoliyatini toʻхtatgan va (yoki) tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan tushumlar miqdori 2020 yilning I choragidagi daromadi oʻrtacha oylik koʻrsatkichga nisbatan 50%dan koʻproq qisqaradigan mikrofirmalar, kichik korхonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Quyidagi soliqlarni kechiktirib toʻlash imkoniyati 2020 yil 1 oktyabrga qadar taqdim etiladi: a) ijtimoiy soliq boʻyicha – 6 oy mobaynida teng ulushlarda, soliqlarni toʻlash muddatlaridan kechiktirmay (SK 407-m. 5-q. va 408-m. 4-q.ga qarang); b) 12 oy mobaynida teng ulushlarda toʻlanadi: Soliq organidagi quyidagi ma’lumotlar asos hisoblanadi: Soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha kechiktirishni (boʻlib-boʻlib toʻlashni) soliq organlarini хabardor qilmagan holda qoʻllanilganligiga soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaganlik sifatida qaraladi. Bunday soliq toʻlovchilarni aniqlagan soliq organlari toʻlanmagan soliqlarning, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarining summasiga penya hisoblaydi (SK 110-m.ga qarang). Ikkala holatda ham quyidagi ikki qoida amal qiladi: a) SKning 11-bobida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi bunday holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi; b) soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan davrda korхona tugatilgan taqdirda kechiktirilgan (boʻlib-boʻlib) toʻlash imkoyatini berilgan toʻlov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda byudjet tizimiga toʻlanadi. Bundan tashqari, 2020 yilda soliq toʻlovchi joriy hisobot davri birinchi choragining 20-kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda soligʻi boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga moʻljallanayotgan foydadan kelib chiqqan, foyda soligʻini oʻtgan chorak natijalari asosida hisoblab chiqarishning belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir. Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari har oylik boʻnak toʻlovlari summasini qayta koʻrib chiqishga haqli. Uchinchidan, vaqtinchalik soliq imtiyozlari amal qilmoqda. 2020 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davrda: 1) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi sub’yektlar, «Uzbekistan Airways» AJ va uning tarkibiy boʻlinmalari, «Uzbekistan Airports» AJ va uning tarkibiga kiruvchi MChJ shaklidagi хalqaro aeroportlar, shuningdek «Oʻzaeronavigatsiya markazi» DUK: 2) tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan, elektron hisobvaraq-fakturalarni qoʻllovchi QQS toʻlovchilar soliqni har choraklik asosda, SK 37-bobida belgilangan tartibda hisoblab chiqarishga va toʻlashga haqli; 3) foyda soligʻini hamda aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga SK 299-m. 4-q.da koʻrsatilgan daromadlar kiritilmaydi; 4) qat’iy belgilangan miqdorda JShDS va ijtimoiy soliqni hisoblashni hamda toʻlashni SK 392 va 408-moddalarida koʻrsatilgan, karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini majburiy tarzda toʻхtatib turgan soliq toʻlovchilarga nisbatan toʻхtatib turish faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlariga soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuboriladigan faoliyatning vaqtinchalik toʻхtatib turilishi toʻgʻrisidagi bildirish asosida amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi faoliyati tiklangan taqdirda faoliyatni amalga oshirish boshlangunga qadar bu haqda soliq organlarini shunga oʻхshash tartibda хabardor qilishi shart; 5) koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin ob’yektlarini qurish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar QQSni va aksiz soligʻini toʻlashdan ozod etiladi; 6) SKning 415-m. 3-q., 422-m. 6-q., 429-m. 9-q. va 437-m. 4-q.da nazarda tutilgan, shu jumladan 2020 yil 1 aprelga qadar aniqlangan ob’yektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha oshirilgan soliq stavkalari, ular boʻyicha penya hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qoʻllanmaydi. Bu – muhim! Yuqorida qayd etilgan normalar orqaga qaytish kuchiga ega hamda 2020 yil 1 martdan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga ham tatbiq etiladi. Tahririyatdan: «2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunga ham bir qator uzgartirishlar kiritildi, ularning mazmun-mohiyati 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmonning «v» kichik bandida, 3.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmonning 7-bandida hamda 20.07.2020 yildagi PF-6029-son Farmonning 1-bandi «b» kichik bandida aks ettirilgan. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan. Oleg Zamanov.
46
6,432
Qonunchilik
Muzeylarda «ochiq eshiklar kuni», hududlarda qoʻgʻirchoq teatrlari tashkil etiladi
Prezidentning 26.05.2020 yildagi «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan ushbu sohalarga quyidagi yangiliklarni kiritish nazarda tutildi: 1. 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab: 2. 2021 yil 1 yanvardan boshlab: 3. Shuningdek hujjatda quyidagilar nazarda tutiladi: a) koʻchma sirklar tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlariga ruхsatnoma va ruхsat berish хususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi. Tadbir tashkilotchilari uni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda хabardor qiladi; b) ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari ushbu tadbirlarda jamoat tartibi va yongʻin хavfsizligini toʻlov undirilmagan holda ta’minlaydi; v) davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, shuningdek sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma sirklar tomonidan tomosha tadbirlari oʻtkazish uchun ijara va boshqa turdagi toʻlovlar undirilmaydi. 4. 15 aprel Respublika madaniyat va san’at хodimlari kuni deb e’lon qilindi. Elmira Siraziyeva.
82
1,205
Qonunchilik
O‘SIMLIKLARNING YaNGI NAVLARINI MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDAGI XALQARO KONVENSIYAGA QO‘ShILISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘simliklarning Yangi navlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyaga qo‘shilinsin.
100
222
Qonunchilik
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (keyingi o‘rinlarda — KTYADR) bo‘yicha ma’lumot taqdim etish xizmatining davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi: a) Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq: Yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida yuridik shaxslarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashni ta’minlash; davlat boshqaruvi organlari bilan axborot almashish borasida o‘zaro hamkorlik qilishda ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mosligini va taqqoslanuvchanligini ta’minlash; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan olingan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash, shuningdek, ularni foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish tartibi; b) Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bo‘yicha ma’lumot taqdim etish xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: KTYADR bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish xizmati doirasida olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati; tegishli ma’lumotlarni olish uchun davlat xizmatlari markazida yoki YIDXP orqali elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldirish, zarur ma’lumotlarning xususiyatlarini axborot tizimida belgilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga yuborish tartibi; xizmatdan foydalanuvchi davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etganda, har bir yuridik shaxs bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlar uchun yig‘im miqdori; talab etilgan ma’lumotlarni to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng xizmatdan foydalanuvchiga taqdim etish tartibi. 3. Belgilansinki, xizmatdan foydalanuvchilar KTYADR bo‘yicha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali so‘ralayotgan yuridik shaxsning soliq to‘lovchining identifikatsiyalash raqami kodini kiritgan holda real vaqt rejimida bepul olishlari mumkin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda: ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bo‘yicha ma’lumot taqdim etish xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti bo‘yicha davlat xizmatining YIDXP orqali joriy etilishini; davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imlarning davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda to‘lanishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrining (keyingi o‘rinlarda — KTYADR) axborot fondini tashkil etish hamda yuritish tartibini belgilaydi. 2. KTYADR axborot-ma’lumotnoma tusidagi, real vaqt rejimida yangilab boriladigan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi hamda yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida korxonalar va tashkilotlarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashni ta’minlaydi. KTYADR davlat statistikasining yagona axborot tizimi tarkibidagi davlat axborot resursi hisoblanadi. KTYADR davlat tilida yuritiladi. 3. Quyidagilar KTYADRni yuritishning maqsadi hisoblanadi: yagona tasniflar tizimi asosida yuridik shaxslarning yagona davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashni ta’minlash; ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va boshqa davlat organlaridan olingan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash, shuningdek, ularni davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish; statistika registrlarini hamda statistika kuzatuvlari obyektlarining ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va muntazam yangilab borish; respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari bilan axborot almashish borasida o‘zaro hamkorlik qilishda ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mosligini va taqqoslanuvchanligini ta’minlash. 4. Quyidagilar KTYADRni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: KTYADR tarkibidagi korxonalar va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, yangilash, saqlash va tarqatishning xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan metodologiyasining yagonaligi; statistika tasniflagichlaridan foydalangan holda, KTYADR axborotlarini kodlashtirishning yagona tizimini qo‘llash; O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan yuridik shaxslarni to‘liq qamrab olish; yagona dasturiy-texnik vositani qo‘llash va doimiy ravishda yangilab borish; KTYADR axborotlaridan foydalanishning qulayligi va uni Milliy axborot tizimiga integratsiyalash. 5. KTYADR axborot fondi O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: identifikatsiyalash ko‘rsatkichlari — yuridik shaxsning nomi, korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (keyingi o‘rinlarda — KTUT), soliq to‘lovchining identifikatsiyalash raqami (keyingi o‘rinlarda — STIR); yuridik shaxsning klassifikatsiya ko‘rsatkichlari — asosiy faoliyat turining xususiyati, joylashgan joyi, tashkiliy-huquqiy shakli, kichik tadbirkorlik subyektlariga mansubligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kirishi; ma’lumotnoma tusidagi ko‘rsatkichlar — pochta manzili, telefonlar raqami, ta’sischilari (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, rahbari, ustav fondi, yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi (faoliyat ko‘rsatayotganligi, faoliyat ko‘rsatmayotganligi va tugatilganligi) to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar. 6. KTUT — KTYADRga kiritishda yuridik shaxsga beriladigan va statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan individual raqam hisoblanadi. KTUT sakkizta raqamli belgilardan iborat bo‘ladi, dastlabki yettita raqam generatsiyalaydigan dasturiy metod bilan tasodifiy raqamni tashkil qiladi, sakkizinchi raqam kod himoyachisi hisoblanadi (bir razryadli nazorat soni). KTUT bir marta beriladi, yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi va boshqa yuridik shaxsga berish uchun undan takroran foydalanilmaydi. 7. Tasniflash ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlari qo‘llanadi. Statistika organlari o‘rtasida axborot almashishni birxillashtirish maqsadida soliq va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan KTYADRda STIRdan foydalaniladi. 8. KTYADRni yuritish quyidagi holatlarda ma’lumotlarning elektron bazasiga tegishli yozuvni kiritishni o‘z ichiga oladi: a) yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda; b) yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda; v) yuridik shaxsni qayta tashkil etishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda; g) Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritishda; d) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan yuridik shaxs tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki harakatsiz holatga o‘tkazilganligi, shuningdek, uning ixtiyoriy tugatish jarayonidaligi yoki tugatish jarayonining to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinganda; e) yuridik shaxsning joylashgan eri (pochta manzili) o‘zgarganda; j) yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning o‘rtacha yillik soni o‘zgarganda — yillik statistika hisoboti asosida hamda yuridik shaxslar va (yoki) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarning murojaatlari asosida quyidagi hollarda: yuridik shaxs yangi tashkil etilgan vaqtda asosiy faoliyat turi (IFUT) kodini biriktirishda yoki xodimlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘ldirishda noaniqlikka yo‘l qo‘yilgan deb hisoblanganda; yuridik shaxs faoliyat ko‘rsatmayotganda, qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etilganda, belgilangan tartibda faoliyati tiklanganda; yuridik shaxs qayta ro‘yxatdan o‘tib, ta’sis hujjatlarida ushbu faoliyat turi asosiy faoliyat turi deb belgilanganda; yuridik shaxs ma’lum faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha litsenziya olganda yoki litsenziyasi bekor qilinganda; z) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi o‘zgarganda — uning muassislari hamda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalaridan tushgan ma’lumotlari asosida. 9. KTYADRni yuritish uchun: ro‘yxatdan o‘tkazgan organlardan tushadigan ma’lumotlardan; statistika kuzatuvlarini amalga oshirishda olingan statistika ma’lumotlaridan; soliq va boshqa davlat organlarining registrlaridan hamda ma’lumotlar axborot bazalaridan foydalaniladi. 10. KTYADR ma’lumotlar yagona bazasiga yozuvlarni kiritish tartibi va ularning shakllari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. 11. KTYADR milliy statistika tizimida qo‘llanadigan dasturiy-texnologik vositalardan foydalangan holda elektron shaklda yuritiladi. KTYADR ma’lumotlari yo‘qolishining oldini olish maqsadida har oyda elektron manbalarda oyning 1-kunidagi holatiga ko‘ra, uning zaxira nusxasi shakllantiriladi, uning yo‘qolishini bartaraf etadigan joylarda asl nusxasi bilan birgalikda saqlanadi. 12. KTYADR O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy organlari tomonidan yuritiladi. 13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi quyidagilarni ta’minlaydi: KTYADRni rivojlantirishning metodologik asoslari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish; KTYADR ma’lumotlari elektron bazasini ishlatish va boshqarish hamda ushbu bazani yuritishda qatnashuvchi organlar tomonidan undan belgilangan tartibda foydalanish; yuridik shaxslarni hisobga qo‘yish va ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlarga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish; statistika tasniflagichlari tizimini yuritish; KTYADRning zaxira nusxalarini saqlash va axborot xavfsizligini ta’minlash; davlat organlari bilan idoralararo axborot almashish; KTYADRdan foydalanuvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot-ma’lumotnoma xizmati ko‘rsatish. 14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi davlat statistika organlari quyidagilarni ta’minlaydi: ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan tushadigan KTYADR ma’lumotlarini qayta ishlash hamda axborotlarning yo‘qolishi, buzilishi va soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik; KTYADRdagi tasniflash ko‘rsatkichlarini statistika kuzatuvlarini o‘tkazish jarayonida olingan dastlabki statistika ma’lumotlari asosida o‘z vaqtida o‘zgartirish; tegishli hududdagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar, soliq organlari va davlat mulkini boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish; KTYADRdan foydalanuvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot-ma’lumotnoma xizmati ko‘rsatish. 15. Quyidagi ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda bepul taqdim etiladi: KTYADRdagi ma’lumotlar — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, huquqni muhofaza qilish organlariga; KTYADRdagi ma’lumotlar — yuridik shaxsga unga berilgan statistika kodlari, ularning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 16. Quyidagilar: yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organlar Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda ushbu Nizom 8-bandining “b” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq ma’lumotlar yuboradi; yuridik shaxslar — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organlar ushbu Nizom 8-bandining “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq ma’lumotlar yuboradi. Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar davlat statistika organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali taqdim etiladi. 17. KTYADRdagi identifikatsiyalash, tasniflash ko‘rsatkichlari, shuningdek, yuridik shaxslarning joylashgan eri (pochta manzili), telefon raqamlari, yuridik shaxslarning ta’sischilari (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno), rahbari (soliq organlari ma’lumotlari asosida), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tartib raqami va sanasi (ustav fondi va ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) to‘g‘risidagi ma’lumotlari barchaning foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi, KTYADRdagi boshqa ko‘rsatkichlar maxfiy tusdagi axborot hisoblanadi. Bunda yuridik shaxslarning ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqatgina eng yuqori ulushga ega 5 ta ta’sischilar haqidagi ma’lumotlar hamda 5 tadan ko‘p ta’sischisi bo‘lgan yuridik shaxslarda beshinchi satrda qolgan ta’sischilarning yig‘indisi aks ettiriladi. 18. KTYADRdan olingan ma’lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan axborotning manbaini ko‘rsatmasdan tarqatishga va (yoki) KTYADRdagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga tijorat maqsadlarida berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 19. KTYADR qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi. Tugatishda, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, KTYADR ma’lumotlari bazasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxiviga beriladi. 1. Mazkur Ma’muriy reglament davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (keyingi o‘rinlarda — KTYADR) bazasidan ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Davlat xizmatini ko‘rsatish xizmatidan foydalanuvchilarning so‘rovlariga ko‘ra, KTYADR bazasida davlat organlari va tashkilotlarning yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’muriy ma’lumotlaridan foydalangan holda, statistika tasniflagichlariga asosan shakllantirilgan ro‘yxat asosida ma’lumotlar taqdim etiladi. 3. Ushbu Ma’muriy reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: KTYADR — axborot-ma’lumotnoma tusidagi, real vaqt rejimida yangilab boriladigan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan, yagona tasniflagichlar tizimi asosida korxona va tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) davlat hisobini yurituvchi hamda ularni identifikatsiyalashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tizim; KTYADR bo‘yicha ma’lumot taqdim etish xizmatini taqdim etuvchi vakolatli davlat organi (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi; ma’muriy ma’lumotlar — davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq shakllantiriladigan ma’lumotlar; tasniflash — rasmiy statistika sohasida qabul qilingan usullar va belgilarga muvofiq obyektlar to‘plamini o‘xshashligi yoki farqi bo‘yicha alohida kichik to‘plamlarga ajratish. 4. KTYADR bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish xizmati doirasida mazkur Ma’muriy reglamentga 1-ilovadagi ro‘yxat asosida ma’lumotlar olinishi mumkin. Bunda ma’lumotlar yuridik shaxslarning faollik holati (faoliyat ko‘rsatayotgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan va tugatilgan) bo‘yicha taqdim etiladi. 5. KTYADR bo‘yicha ma’lumot taqdim etish davlat xizmati ushbu Ma’muriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi. 6. Xizmatdan foydalanuvchi zaruratga ko‘ra, KTYADR bo‘yicha ma’lumotlarni olish uchun tegishli tashkilot xususiyatlarini (asosiy faoliyat turi, joylashuvi va tashkiliy-huquqiy shakllari) aniqlaydi. Xizmatdan foydalanuvchi KTYADR bo‘yicha ma’lumotlarni olish davlat xizmatidan foydalanish uchun istalgan davlat xizmatlari markazlariga bevosita o‘zi kelib yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi. 7. KTYADR bo‘yicha ma’lumot taqdim etish davlat xizmatidan ushbu Ma’muriy reglamentga 3-ilovadagi shaklga muvofiq so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirish orqali foydalaniladi. Mazkur so‘rovnomaga xizmatdan foydalanuvchilar quyidagi ma’lumotlarni kiritadi: ariza beruvchi jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa); ariza beruvchi yuridik shaxslar uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIRi, joylashgan joyi (pochta manzili), bank rekvizitlari, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami. 8. So‘rovnoma davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, xizmatdan foydalanuvchilar undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirgandan so‘ng YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng tegishli ma’lumot identifikatsiyalashning zamonaviy vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin. Xizmatdan foydalanuvchi davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi yoki ishonchli vakili orqali kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, xizmatdan foydalanuvchining imzosi bilan tasdiqlangandan so‘ng yoki YIDXP orqali murojaat qilganda — so‘rovnoma xizmatdan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda to‘ldirilgandan so‘ng vakolatli organga elektron shaklda yuborish uchun tayyorlanadi. 9. So‘rovnoma tayyorlangandan so‘ng davlat xizmatlari markazi xodimi xizmatdan foydalanuvchi bilan birgalikda yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — xizmatdan foydalanuvchining o‘zi quyidagi tasniflagichlar yordamida tegishli tashkilotning xususiyatlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni shakllantiradi: iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga muvofiq tashkilotning iqtisodiy faoliyat turi; ma’muriy — hududiy obyektni belgilash tizimiga muvofiq tashkilot joylashgan hudud; tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflagichiga muvofiq tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli. Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali so‘rovnoma va unga asosan talab etilayotgan ma’lumotlarning xususiyatlari belgilangandan so‘ng vakolatli organga elektron shaklda so‘rov yuboriladi. Bunda davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqtda, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rov avtomatik tarzda shakllantiriladi. 10. So‘rov vakolatli organning axborot tizimiga kelib tushgandan so‘ng tizim tomonidan ma’lumotning qiymati hisoblab chiqiladi va tegishliligi bo‘yicha davlat xizmatlari markaziga yoki xizmatdan foydalunuvchiga avtomatik ravishda YIDXP orqali ma’lum qilinadi. 11. Xizmatdan foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra, so‘rov va unga ilova qilingan tashkilotning xususiyatlarini qamrab olgan tasniflagichlar asosida shakllantirilgan ma’lumotlar hajmi bilan tanishib chiqib, tegishli elektron to‘lov tizimi orqali hisoblangan yig‘im summasini to‘laydi. 12. KTYADR bazasidan har bir tashkilot bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlar uchun: tashkilot soni 100 tagacha bo‘lganda, BHMning 0,1 foizi miqdorda; tashkilot soni 100 tadan 10 000 tagacha bo‘lganda, BHMning 0,02 foizi miqdorda; tashkilot soni 10 000 tadan ortiq bo‘lganda, BHMning 0,01 foiz miqdorida yig‘im undirish belgilanadi. Xizmatdan foydalanuvchilar davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yig‘im ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi. Xizmatdan foydalanish uchun to‘lovlar amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi. 13. Xizmatdan foydalanish uchun undirilgan yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda: 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati ko‘rsatilganda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus hisob raqamiga; 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga; qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga; b) YIDXP orqali murojaat etilganda: 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga; 11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi maxsus hisob raqamiga; qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 14. Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. 15. Vakolatli organ axborot tizimi tomonidan KTYADR bo‘yicha ma’lumotlarni sotib olish qiymati o‘z vaqtida va to‘liq to‘langan taqdirda, KTYADR bo‘yicha ma’lumotlar YIDXP orqali tegishliligi bo‘yicha davlat xizmatlari markaziga yoki xizmatdan foydalunuvchiga belgilangan tartibda yuboriladi. Bunda KTYADR bo‘yicha ma’lumotlar: davlat xizmatlari markaziga yuborilganda, ular markaz tomonidan xizmatdan foydalanuvchiga elektron shaklda taqdim etiladi. xizmatdan foydalunuvchining o‘ziga yuborilganda, ma’lumotlar uning shaxsiy kabinetida namoyon bo‘ladi va elektron shaklda yuklab olish imkoniyati yaratiladi. Bunda davlat xizmati to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng uch ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rsatiladi. 16. Xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu Ma’muriy reglamentga asosan so‘rovnomaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq emasligi, tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan va taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi davlat xizmatlari ko‘rsatilishini rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. 17. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning talabnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov summasi qaytarilmaydi. 18. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ KTYADR bo‘yicha ma’lumot taqdim etish xizmatini ko‘rsatish natijasida xizmatdan foydalanuvchi haqida olingan arizada keltirilgan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi. 19. Ushbu Ma’muriy reglament davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlarining KTYADR bo‘yicha ma’lumot taqdim etish yuzasidan qilingan murojaatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi hamda mazkur organlarga ma’lumotlar ularning davlat statistika organlariga murojaatlari asosida bepul taqdim etiladi. 20. Foydalanuvchilar bevosita vakolatli organning axborot resurslari yordamida real vaqt rejimida so‘ralayotgan alohida yuridik shaxsning STIR kodini kiritib, mazkur Ma’muriy reglamentga 1-ilovada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bepul olishlari mumkin. 21. Davlat organlari va tashkilotlari KTYADRga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini ta’minlaydilar. Olingan ma’lumotlarda nomuvofiqliklar aniqlangan hollarda, xizmatdan foydalanuvchi tomonidan ularga aniqlik kiritish maqsadida vakolatli organga murojaat qilinishi mumkin. 22. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy tuzilmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Ma’muriy reglamentning talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi. 23. Xizmatdan foydalanuvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilishlari mumkin. 24. Ushbu Ma’muriy reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan davlat organining mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 70-modda). 2. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyuldagi 179-son qarori. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda) 4-ilovaning 5-bandi. 4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni)” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 229-modda) 1-ilovaning 23-bandi. 5. Vazirlar Mahkamasining “2022-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 7-fevraldagi 61-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi. 6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 290-bandi.
167
27,514
Qonunchilik
Muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika sanoatini rivojlantirish, yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekist
Respublikada muqobil energetika, mikro va nanoelektronika hamda kondensatsiyalangan muhitlar (jumladan, yarimo‘tkazgichlar) fizikasi sohalarida chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, zamonaviy asbob-uskunalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish orqali yangi natijalar olish — ilmiy hajmdor texnologiyalarni yaratishni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishni, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojiga muvofiq ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish va elektrotexnika sanoatining rivojlanishini ta’minlaydi. Bu o‘z navbatida mamlakatning texnologik rivojlanish istiqbollari bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq muqobil energetika hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, dunyo ilm-fani bilan integratsiyalashuvni ta’minlash, sohaga zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va faoliyatini kuchaytirish orqali respublikada muqobil energetika, mikro va nanoelektronika hamda yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, dunyo ilm-fani bilan integratsiyalashadigan, natijadorlikka qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va istiqbolda ilmiy hajmdor texnologiyalarni yaratish orqali innovatsion ishlanmalarni respublika iqtisodiyoti real sektoriga joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro va nanoelektronikani rivojlantirish, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha maqsadli kompleks dastur 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro va nanoelektronikani rivojlantirish maqsadida sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash; ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, yoshlarni ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiqotlarga faol jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash; Institutning moddiy-texnika, ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirish, yangi ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga ko‘maklashuvchi tuzilmalarni tashkil etish va ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yosh olimlarga ijtimoiy sharoitlar yaratish; Institutning xalqaro ilmiy-texnik hamkorligini rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijadorligini faollashtirish. 3. Institut tuzilmasida: “Yarimo‘tkazgichlar materialshunosligi” laboratoriyasi negizida “Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi” laboratoriyasi; “Geliofizika va muqobil energiya manbalari” laboratoriyasi negizida “Muqobil energiya manbalari” laboratoriyasi; “Yadro-fizikaviy tadqiqotlar” laboratoriyasi negizida “Yadro-fizikaviy tadqiqot metodlari” laboratoriyasi tashkil etilsin. 4. Quyidagilar: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2027-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektoriga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi; Institut ilmiy xodimlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 2022-yildan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Institutga davlat ilmiy dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga ajratilgan budjet mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan birgalikda bir oy muddatda Institutning yangi tahrirdagi Ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 6. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Respublikasining “Mikro-, opto-, o‘ta yuqori chastotali elektronika” innovatsion-sanoat klasteri o‘rtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi bitim imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin: ilmiy tahlil va texnologik prognoz qilish orqali yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ni hamkorlikda ishlab chiqish; yarimo‘tkazgichilar fizikasi va mikroelektronika sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini birgalikda amalga oshirish; xalqaro seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazish; magistratura, doktorantura orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ularni stajirovkaga yuborish; tomonlarda mavjud zamonaviy tahliliy va tadqiqot asbob-uskunalaridan foydalanish bo‘yicha o‘zaro xizmat ko‘rsatish. 7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Energetika vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Institut tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariaro konstruktorlik-tajriba byurosiga ega bo‘lgan Mikroelektronika ilmiy-innovatsion markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin: respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarining real ehtiyojlarini hisobga olib ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, sifatli muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika sohasida konstruktorlik va tajriba ishlarini amalga oshirish; yuqori texnologiyalarga asoslangan import o‘rnini bosuvchi qurilmalar, asbob-uskunalarni mahalliylashtirish va eksportbop qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish; ilmiy-pedagog xodimlar, mutaxassislar, yosh olimlar, iqtidorli talabalar va o‘quvchilarni amaliy ilmiy tadqiqotlarga jalb qilgan holda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari buyurtmalari asosida muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika, boshqaruv, ishlab chiqarish, boshqa yo‘nalishlardagi jarayonlarni avtomatlashtirish, ularning modellari, tajriba namunalari, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, dasturiy mahsulotlarini yaratish va amaliyotga joriy etish; mudofaa sanoati uchun mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari buyurtmalari bo‘yicha eskirgan uskunalarni modernizatsiyalash; xorijiy mamlakatlarning yarimo‘tkazgichlar fizikasi, mikroelektronika va muqobil energetika sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 9. Belgilansinki: Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha alohida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi, belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha alohida daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanadi; Markaz faoliyati ilmiy loyihalar va xo‘jalik shartnomalari hisobidan shakllantirilgan mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan birgalikda Markazni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Institutning “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy obyektini modernizatsiyalash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish choralarini ko‘rsin. 11. Institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy parametrlarida iqtisod qilingan yoki o‘zlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar limitlarini qayta taqsimlash orqali Institut bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, yosh olimlar turar joyini barpo etish ishlariga 2021-yilda 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratilsin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Institut bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish choralarini ko‘rsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Mikroelektronika va elektrotexnika materialshunosligi” va “Muqobil energiya manbalari” laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun zarur budjet mablag‘larini 2022-2023-yillarda Institutning xarajatlar smetasida nazarda tutsin. 13. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining Vasiylik kengashi tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: Institutni moddiy-texnik jihatdan mustahkamlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, xayriya, texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlar) va boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish; yarimo‘tkazgichlar fizikasi, muqobil energetika, elektrotexnika hamda mikroelektronika sohasida Institutni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etishga ko‘maklashish; Institutning ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlari va yosh olimlarining Scopus va Web of science kabi ma’lumotlar bazasiga kirgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish borasidagi sarf-xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik ishlar bajarilishidan kelib chiqib ularni moddiy rag‘batlantirib borishni tashkil etish; Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonini tashkil etish uchun malakali ilmiy-pedagog kadrlar, jumladan, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etish hamda yosh olimlar, doktorantlarning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga doktorantura va stajirovkaga yuborilishini ta’minlash; Institut xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy ta’minotini yaxshilash va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish; Institut binolarining qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar yo‘naltirilishini, zamonaviy ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini ta’minlash. 14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Tashelectronics” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasini Institutga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 15. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Institutning moddiy-texnika bazasi va yetakchi olimlari salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetining bazaviy kafedralari filiallarini Institutda tashkil etish choralarini ko‘rsin. Bunda: 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun Institut bazasida o‘quv va amaliyot darslarini tashkil etish, shuningdek, ularning bitiruv-malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari tadqiqotlarini olib borishi yo‘lga qo‘yiladi; Institutning yetakchi olimlari bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik ishlariga jalb etiladi. 16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Institutning O‘zbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasini jalb qilgan holda respublikada mavjud fizika fani chuqur o‘qitiladigan umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan Institut o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, yuqori sinf o‘quvchilarini ilm-fanga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda amaliyotga joriy etsin; Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Institutning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqsin hamda Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 17. Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 25-iyundagi 468-son qarorining 3-bandi va unga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
250
15,294
Qonunchilik
Tabiiy gaz 10%ga qimmatlashadi
«Oʻztransgaz» kompaniyasi 1 apreldan aholiga uzatiladigan tabiiy gazga tariflar oshirilishi haqida хabar berdi.  Moliya vazirligi narхlarning yangi reyestrini 16 martda tasdiqladi.   Hisoblagich boʻlganda 10 kub metr tabiiy gazning hozirgi narхi 2634 soʻm oʻrniga 2897,4 soʻmni tashkil etadi (oshish — 10%). Hisoblagich boʻlmaganda ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun foydalaniladigan 10 kub metr tabiiy gazning narхi 5010,6 soʻmni (hozir — 4555,9 soʻm, oshish — 9,9%), isitish uchun esa — 2323,7 soʻmni (2112,45 soʻm, oshish — 10%) tashkil etadi.
30
557
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
247
818
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy, mehnat hamda jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik, oilaviy, mehnat hamda jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
207
327
Qonunchilik
PLASTIK KARTOChKALAR ASOSIDA HISOB-KITOB QILISh TIZIMINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga haq to‘lashda foydalanish, shuningdek pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Banklar uyushmasi va respublika tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 1-ilovaga* muvofiq 2006-yil oxirigacha tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitob qilish tarmog‘ini kengaytirishning prognoz jadvali ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Banklar uyushmasi uch oy muddatda Banklararo protsessing markazi negizida savdo va xizmatlar sohasi tashkiloti yoxud plastik kartochka egasiga qaysi bankda xizmat ko‘rsatilishidan qat’i nazar, barcha savdo shoxobchalarida bank operatsiyalarini yagona rejimda amalga oshirish imkonini beruvchi O‘zbekiston Banklar uyushmasi huzuridagi Yagona umumrespublika protsessing markazini tashkil etsinlar. 4. Belgilab qo‘yilsinki, plastik kartochkalardan foydalanib tovarlarni sotishda va xizmatlar ko‘rsatishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan beriladigan terminal cheklari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar kvitansiyalar, talonlar, chiptalarga hamda tovarlar va xizmatlarga haq to‘langanligini tasdiqlovchi ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi. 5. Chakana savdo korxonalariga yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari bo‘yicha tovarlarni oylik tovar aylanishi hajmida sotuvlar ulushi cheklanmagan holda sotishga ruxsat berilsin. 6. Plastik kartochkalarning emitentlari bo‘lgan tijorat banklari: 2005-yil 1-yanvargacha barcha filiallar, minibanklar va jamg‘arma kassalarida to‘lovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish bo‘yicha terminallar o‘rnatsinlar; terminal tarmog‘ining uzluksiz ishlashi va plastik kartochkalardan foydalangan holda o‘z mijozlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. 7. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi: bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalari va plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalardan, shuningdek dasturiy ta’minot sifatidagi mol-mulkdan 2005-yil 1-yanvardan 2014-yil 1-yanvargacha mulk solig‘i to‘lashdan; plastik kartochkalar, sarflanadigan materiallar, grafik va elektron shaxslashtirish qurilmalari, terminallar, bankomatlar va plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalarni import qilishda 2014-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin. 2007-yil 12-iyuldan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo‘yicha mulk solig‘idan, shuningdek ular import qilinganda bojxona to‘lovlari to‘lashdan; Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkdan soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Banklar uyushmasi Mahalliylashtirish dasturi doirasida respublikada o‘z materiallari negizida mikrochiplari bo‘lgan plastik kartochkalar va to‘lov terminallari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan 2004-yil oxirigacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. 10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda: amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan bankomatlar, to‘lov terminallari, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalaridan va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalardan mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi. 2. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi: 2005-yil 1-yanvardan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha — bankomatlar, terminallar, kommutatsiya uskunalariga va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarga, shuningdek dasturiy ta’minlashga oid qismi bo‘yicha; 2007-yil 12-iyuldan boshlab 2014-yil 1-yanvargacha — o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklariga oid qismi bo‘yicha mulk solig‘i to‘lashdan ozod etilgan. 3. Bankomatlar, terminallar, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari, kommutatsiya uskunalari va to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar, shuningdek dasturiy ta’minlash bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va bo‘shab qoladigan mablag‘larni hisobga olish maqsadida tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan yilning har choragida mazkur Nizomga ilovaga muvofiq tegishli mol-mulkning qiymati hisob-kitobi tuziladi. 4. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk tarkibiga balansda turgan quyidagi mol-mulk: bankomatlar; to‘lovlarni plastik kartochkalar bilan qabul qilish bo‘yicha terminallar; o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari; to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish va ma’lumotlar massivlarini qayta ishlash uchun foydalaniladigan kompyuter uskunalari va serverlar; litsenziya to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minlash; kommutatsiya uskunalari; kart-riderlar (plastik kartochkalarni o‘qish va yozish uchun qurilma); shaxslashtiruvchilar (plastik kartochkalarga identifikatsiya belgilari qo‘yish qurilmasi); berilayotgan axborotni shifrlashda foydalaniladigan uskuna kiritiladi. 5. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymatini hisoblab chiqish tijorat banklari tomonidan banklarning barcha filiallarini hisobga olgan holda jamlashtirish asosida amalga oshiriladi. 6. To‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha respublika soliq xizmati organlariga beriladi. 7. Mulk solig‘ini hisoblab chiqish tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 25-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2002-13-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 11-martda 1107 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. 8. Bo‘shab qoladigan mablag‘larning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 29-son, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2005-25-son va Davlat bojxona qo‘mitasining 01-02/8-3-son qarori bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 2-aprelda 1463 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona to‘lovlari va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 9. Tijorat banklari va Yagona umumrespublika protsessing markazi to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulkning qiymati va qo‘llanilayotgan imtiyozlar summasi to‘g‘ri aniqlanishi uchun javob beradilar.
107
8,680
Qonunchilik
DXSh loyihalarini amalga oshirishning yagona tartibi tasdiqlandi
DXSh loyihalari boʻyicha mahsulotlarga narхlarni shakllantirish va tasdiqlash meхanizmi belgilandi (26.04.2020 yildagi 259-son VMQga qarang). “Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan DXSh loyihalarini amalga oshirish meхanizmi quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: Davlat sherigi taklif etilayotgan DXSh loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida uni dastlabki baholashdan oʻtkazadi. Buning uchun loyihaning muayyan mezon va shartlarga muvofiq boʻlishi tekshiriladi. Natijalar ijobiy boʻlgan taqdirda loyihani tashabbus qilish va tayyorlash amalga oshiriladi. Loyihani tashabbus qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: DXSh loyihalari boʻyicha narхlar (tariflar)ni asoslantiruvchi mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish хarajatlari Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan belgilanadi. Monopol mahsulotlar yoki tabiiy monopoliyalar mahsulotlariga narхlar (tariflar) Moliya vazirligi va uning topshirigʻi boʻyicha moliya boshqarmalari tomonidan davlat sherigining yozma murojaati asosida tasdiqlanadi yoki Prezident qarorlariga muvofiq muayyan tovarlar turlariga belgilangan yoki cheklangan narхlar (tariflar) va ustamalar koʻrinishida belgilanadi. DXSh loyihalari boʻyicha qolgan mahsulot (ishlar, хizmatlar) narхlari davlat sherigi tomonidan хususiy sherik bilan kelishilgan holda belgilanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2020 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
64
1,660
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘r
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-avgustdagi PQ-3243-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) 13-bandidagi “Buxoro ko‘chasidagi 10-uyga” so‘zlari “Mustaqillik shohko‘chasidagi 107-uyda” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
250
1,195
Qonunchilik
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatni mudofaa qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarning vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasini tashqaridan bo‘ladigan qurolli tajovuzdan himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchidir. 2. Umumiy harbiy majburiyatning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini o‘z mamlakatlarini qurolli himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishdan iborat bo‘lib, respublika Qurolli Kuchlarini butlash va rezerv tayyorlashni ta’minlash maqsadlarida joriy etiladi. 3. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, chaqiruv uchastkalarida qayd etishni, harbiy xizmatga chaqirishni, harbiy xizmatni (chaqiruv bo‘yicha va ixtiyoriy ravishda) o‘tashni, zaxirada xizmat qilishni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, umumiy harbiy ta’lim berishni (urush davrida) qamrab oladi. 4. Ushbu Qonunni bajarish O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, davlat boshqaruvining markaziy idoralari, hokimliklar, jamoat birlashmalari, o‘quv yurtlari, muassasalar, korxonalar, jamoa xo‘jaliklari, kooperativlar hamda idoraviy bo‘ysunuvi, mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish shart-sharoitlaridan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi. Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi ajnabiy shaxslar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga taalluqli emas. 5. Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston fuqarolaridan: chaqiruv uchastkalarida qayd etilgunga qadar chaqiruvchiga bo‘lgan tayyorgarlikni o‘tayotgan shaxslar — chaqiruv yoshiga etmagan shaxslar; chaqiriluvchilar hisobida turgan shaxslar — chaqiriluvchilar; haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar — harbiy xizmatchilar; Qurolli Kuchlarning zaxirasi hisobida turgan shaxslar — harbiy xizmatga majburlar; turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki bu ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan, shu jumladan iste’foga o‘tkazilgan shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi. 6. Erkak fuqarolar, basharti, salomatliklari va yoshlari nuqtai nazaridan harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lsalar, harbiy xizmatga chaqirilishlari shart. Shu munosabat bilan ular: nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqirig‘iga binoan qayd hisobidan, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, harbiy ixtisosni o‘rganishga borishga yo‘llanma olish, harbiy xizmatga va o‘quv mashqlari yig‘iniga chaqiruv yo‘llanmasini olish uchun chaqiruv uchastkalariga kelishlari; chaqiruvga qadar tayyorgarlikdan o‘tishlari, harbiy xizmatni o‘tashlari va zaxirada xizmat qilishlari; harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishlari shart. 7. Tibbiy tayyorgarlikka ega yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra harbiy ixtisosliklarga turdosh kasb egalari bo‘lgan xotin-qizlar harbiy ro‘yxatga olinishlari mumkin. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tish va harbiy ro‘yxat qoidalarini bajarish uchun nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqiruviga binoan hozir bo‘lishlari shart. Tinchlik vaqtida xotin-qizlar ixtiyoriy ravishda bitim bo‘yicha harbiy xizmatga kirishlari mumkin. Harbiy ro‘yxatda turgan yoki umumiy harbiy ta’lim olgan xotin-qizlar urush davrida harbiy xizmatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan chaqirilishlari mumkin. 1. Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarida umumiy harbiy majburiyatni bajarishlari hamda bitimga binoan xizmat qilishlari borasidagi davlat xizmatining alohida turidir. Harbiy xizmatning: muddatli harbiy xizmat; askar, dengizchi, serjant va starshina, shuningdek praporshchik va michman lavozimlarida bitimga binoan harbiy xizmat; xotin-qizlar bitimga binoan o‘taydigan praporshchik va michman, shuningdek askar va serjant lavozimlaridagi harbiy xizmat; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining kursanti (tinglovchisi) sifatida o‘tiladigan harbiy xizmat; ofitserlar lavozimlarida o‘taladigan harbiy xizmatdan iborat turlari joriy etiladi. 2. Tinchlik vaqtida zaxiradagi xizmat — o‘quv mashqlari yig‘inida qatnashishdan, urush vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, shuningdek Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Strategik Kuchlarining safarbar etilgani va yoyilganida harbiy xizmatga majburlardan harbiylar ro‘yxatida qayd etilgan ixtisoslari bo‘yicha talab qilinadigan bilim, ko‘nikma va mahoratni saqlab qolish hamda takomillashtirishdan iboratdir. 3. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga kirgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqiga va Prezidentiga sodiq ekanliklari to‘g‘risida harbiy qasamyod qabul qiladilar. Muqaddam harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar yig‘inga yoki safarbarlikka chaqirilgan vaqtda harbiy qasamyod qabul qiladilar. Muqobil xizmat O‘zbekiston Respublikasining “Muqobil (mehnat) xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solib boriladi. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlari: umumiy harbiy majburiyat asosida fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish; fuqarolarning bitimga binoan harbiy xizmatga kirishi orqali butlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlarini urush vaqtida taqozo etiladigan shtatlar darajasigacha harbiy xizmatchilar bilan qo‘shimcha ravishda butlash ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab beriladi. 1. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga, praporshchiklar va michmanlar tarkibiga hamda ofitserlar tarkibiga bo‘linadi. Ofitserlar tarkibi — kichik, katta va oliy ofitserlar tarkibiga bo‘linadi. 2. Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlarida harbiy unvonlar — qo‘shinlar unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi. Qurolli Kuchlarda quyidagi unvonlar joriy etiladi: Zaxira yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvonlariga tegishincha “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi. 3. Harbiy unvonlar “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq beriladi. 4. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan mahrum qilish og‘ir jinoyat uchun mahkum etilganlarida sudning qaroriga binoangina mumkin bo‘ladi. Askar, matros, serjant va starshina lavozimlarida (oddiy askar va matros unvoniga ega shaxslardan tashqari) muddatli xizmatni va bitimga binoan xizmatni o‘tayotgan praporshchiklar (michmanlar), harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizomiy Ustavida belgilangan tartibdagina harbiy unvondan mahrum etishlari yoki ularning harbiy unvonlari pasaytirilishi mumkin. 5. Harbiy unvonni tiklash “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 1. Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar O‘zbekiston Respublikasi harbiy qismlarining, harbiy boshqaruv idoralari va muassasalarining, harbiy o‘quv yurtlarining shtatlarida nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oliy rahbarlik lavozimlariga tayinlash O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan, boshqa lavozimlarga tayinlash esa O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vaziri tomonidan amalga oshiriladi. 2. Harbiy lavozimlar: oddiy askarlar tarkibi lavozimlari; serjantlar va starshinalar tarkibi lavozimlari; praporshchiklar lavozimlari; ofitserlar tarkibi lavozimlaridan iborat bo‘ladi. 3. Harbiy xizmatchilar o‘z roziligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida harbiy xizmatdan qoldirilgan, shuningdek ijtimoiy himoyalanish huquqlari saqlangan holda davlat-huquq va mudofaa yo‘nalishidagi vazifalarini bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga ishga yo‘llanishi mumkin. 4. Harbiy xizmatchilarni xizmatda yuqori lavozimga o‘tkazish “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilab beriladi. 1. Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatga majburlar yig‘inlarda ishtirok etayotganda harbiy unvonni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar. Harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlar O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 2. Qaysi idoraga tegishli ekanligidan qat’i nazar, ishchi va xizmatchilar uchun harbiy xizmatchilarning kiyim-kechagini va farqlovchi nishonlarini joriy etish taqiqlanadi. 3. Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan holda fuqarolarning harbiy kiyimda yurishi, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechaklarini va farqlovchi nishonlarini tahqirlash yoki xo‘rlash O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq jazolanadi 1. Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilar bilan tayyorgarlik ishlari olib boriladi, bu ish quyidagilarni qamrab oladi: o‘spirinlarni chaqirishga qadar tayyorgarlikdan o‘tkazish; chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari bo‘yicha tayyorlash; harbiy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlash; jismoniy jihatdan tayyorlash, davolash-sog‘lomlashtirish ishlari o‘tkazish; umumiy olgan ta’limining saviyasini oshirish; davlat tilini o‘rgatish; vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. 2. Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligi ostida viloyatlar, nohiyalar, shaharlar, shaharlardagi nohiyalarning hokimliklari tomonidan amalga oshirilib, bu idoralar o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini pul bilan ta’minlaydilar, moddiy-texnika ta’minotini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini vujudga keltiradilar va o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash uchun javobgar bo‘ladilar. Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini amalga oshirilishini va bu ishning natijalarini nazorat qilib borish, chaqirishga qadar bo‘lgan tayyorgarlikni dasturiy va uslubiy jihatdan ta’minlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek o‘quv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi. O‘spirinlarni chaqirishga qadar tayyorlash ishlari, shu jumladan ularni fuqarolar mudofaasiga tayyorlash ishlari majburiy fan bo‘lib, umumiy ta’lim maktablarida (shu jumladan gimnaziyalar, litseylar va o‘rta umumta’lim o‘quv yurtlarining boshqa turlarida), hunar-texnika bilim yurtlarida bitirish yili arafasidagi sinflarda, kurslarda shtatdagi harbiy rahbarlar tomonidan o‘qitiladi. Chaqirishga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan o‘spirinlar chaqirishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi hokimliklari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda uyushtiriladigan mudofaa-sport-sog‘lomlashtirish lagerlarida chaqirishga qadar qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tadilar. Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari bo‘yicha tayyorlash, ya’ni: hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilari orasidan bo‘lgan chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga kiritilgan sohaga o‘xshash ixtisoslar bo‘yicha tayyorlash — bevosita ana shu bilim yurtlarida; ishlovchi va vaqtincha ishlamayotganlar jumlasidan, shuningdek hunar-texnika bilim yurtlarida harbiy ro‘yxatga kiritilgan ixtisosga daxli bo‘lmagan mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar orasidan bo‘lgan chaqiriluvchilar tayyorlash — O‘zbekiston Respublikasi mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining o‘quv tashkilotlarida amalga oshiriladi. Bunday ta’limga 17 yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan hamda o‘qishni bitirgach harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilar jalb etiladi. Harbiy-texnika ixtisosliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ixtisosliklarning va dasturlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining maktablarida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlashni pul bilan ta’minlash uning Markaziy Kengashi orqali respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 1. Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlarining talabalariga oliy o‘quv yurtlari aro harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) ta’lim berish orqali amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli talabalar (27 yoshgacha bo‘lgan erkaklar) harbiy tayyorgarlik kursini, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talaba xotin-qizlari — harbiy tibbiy tayyorgarlik kursini o‘taydilar. Talabalarni harbiy tayyorgarlik kurslariga qabul qilish ixtiyoriy asoslarda (talabalarning shaxsiy arizalariga binoan) amalga oshirilishi mumkin. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar harbiy tayyorgarlikni yuqori kurslarda o‘taydilar. 2. Oliy o‘quv yurtlari aro o‘quv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) harbiy tayyorgarlik kursini o‘tgan, ta’lim dasturini o‘zlashtirgan, belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan shaxslar kichik leytenant unvoni olganlaridan keyin zaxiradagi ofitserlar hisobiga kiritiladilar. Oliy o‘quv yurtlari aro o‘quv markazlarida ta’lim kursini muvaffaqiyatli tugallab, ofitser lavozimida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan erkak talabalar dastlabki ofitserlik unvoni olganlari va oliy o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin qo‘shinlarga jo‘natilishlari mumkin. Bunda oliy o‘quv yurtida o‘qish davri harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi. Oliy o‘quv yurtlarining kichik kurslarida serjantlar tayyorlash dasturini o‘tgan yoki yuqori kurslarda harbiy ta’lim olishni davom ettirishni rad etgan, harbiy tayyorgarlik ta’limi olish istagini bildirmagan talabalar (oliy o‘quv yurtini bitirgandan keyin) ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tashga jalb etiladilar. 3. Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar (qo‘mitalar) zimmasiga yuklatiladi. Oliy o‘quv yurtlariaro harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarining (harbiy kafedralar yoki sikllarning) yo‘nalishlarini, zaxiradagi ofitserlar ixtisoslarining ro‘yxatini Mudofaa vazirligi belgilaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. 4. Tarkibida oliy o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlari (harbiy kafedralar yoki sikllar) tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari harbiy tayyorgarlikni alohida modda bo‘yicha pul bilan ta’minlaydilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ko‘magida zarur o‘quv-moddiy bazani yaratadilar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlarining, harbiy kafedralar (sikllar)ning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimiga ushbu kelishgan holda, boshqa lavozimlarga esa — oliy o‘quv yurtlarining rektorlari bilan kelishgan holda ofitserlar tanlash va tayinlashni amalga oshiradi. Oliy o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlarining, harbiy kafedralarning (sikllarning) harbiy lavozimiga tayinlangan harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kadri sifatida qoladilar va haqiqiy harbiy xizmatdagilar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan foydalanadilar. 1. Harbiy o‘quv yurtiga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumta’lim o‘quv yurtlarida (gimnaziyalarda, litseylarda), O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining tashkilotlarida, harbiy o‘quv yurtlari qoshidagi tayyorlov kurslarida yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar. 2. Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarni jismoniy jihatdan tayyorlash jismoniy tarbiya dasturiga muvofiq xalq ta’limi, jismoniy tarbiya va sport davlat boshqaruvi idoralari, sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi mudofaa-sport-sog‘lomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi. 3. O‘spirinlar o‘rtasida davolash-sog‘lomlashtirish ishlari sog‘liqni saqlash idoralari va muassasalari tomonidan ularning turar joylarida, ish yoki o‘qitish joylarida, davolash-oldini olish va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida tashkil etiladigan o‘smirlar xonalari va poliklinikalarida uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi. 15 — 17 yoshdagi o‘spirinlar har yili chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga jalb etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 4. Ta’limni boshqarish davlat idoralari chaqirilish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarning tarbiya, umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rishlari, davlat tilini yaxshi bilmaydigan yoki mutlaqo bilmaydigan o‘smirlar bilan davlat tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishni uyushtirishlari va o‘tkazishlari shart. 1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda hunar-texnika ta’limining o‘quv tashkilotlarida, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining o‘quv tashkilotlarida harbiy-texnika ixtisosliklari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishga jalb etilgan fuqarolarning ish o‘rni va egallagan lavozimi ularning yuqoridagi vazifalarni bajarishlarining butun davrida, shu jumladan o‘qish (yig‘in) o‘tkaziladigan joyga borish va orqaga qaytish davrida saqlab qoladi. 2. Chaqiriluvchilarning ta’lim olish (yig‘inlar) davrida ijaraga olgan uy-joylarga qilgan xarajatlari, o‘qish joyga borish va u yerdan qaytishning (basharti, boshqa aholi punktiga borish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa) yo‘lkira qiymati, shuningdek o‘rtacha oylik ish haqi asosiy ish joyida to‘lanadi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek kun kechirishning belgilangan eng kam miqdoridagi nafaqa hokimiyatlar tomonidan to‘lanadi. 3. Harbiy-texnik ixtisoslar bo‘yicha chaqirishga qadar tayyorgarlikdan o‘tishga jalb etilgan fuqarolar mashg‘ulotlarda qatnashishlari shart. 1. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish o‘spirinlarni ro‘yxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini aniqlash, umumta’lim saviyasi, egallagan ixtisosi va jismoniy tayyorgarligini bilib olish maqsadida o‘tkaziladi. Fuqarolarni qayd etish uchun nohiyalarda (shaharlarda) chaqiriq uchastkalari tashkil etiladi. 2. Chaqiriq uchastkalarida har yili yanvar — mart oylarida shu yil 17 yoshga to‘ladigan fuqarolar qayd etiladilar. Qayd qilish qayd qilinadigan fuqarolarning turar joylaridagi nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralari tomonidan o‘tkaziladi. Chaqiriq uchastkalarida qayd qilinadigan fuqarolarni vrachlar, shu jumladan jarrohlar, terapevtlar, asab kasalliklari, ruhiy kasalliklar, ko‘z kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zaruratga qarab boshqa ixtisosdagi vrachlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadilar. 3. Uy-joydan foydalanish tashkilotlari, uylardan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va muassasalar, uy egalari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchilarni dastlab ro‘yxatga olish vazifasi yuklatilgan hokimiyatlar, korxonalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlarining kadrlar bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilagan muddatlarda har yili tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralariga chaqiriq uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan o‘spirinlarning ro‘yxatini beradilar. 4. Chaqiriq uchastkasida qayd etish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari idoralariga kelib, zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart. 5. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish ishlarini o‘tkazish uchun nohiyalarda (shaharlarda) tegishli komissiyalar tuziladi. 6. Chaqiriq uchastkalarida qayd etilgan fuqarolar chaqiriluvchilar deb hisoblanadi. Ularga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorlash tartibi tushuntiriladi, qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar. 1. Tinchlik vaqtida salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan va chaqiruv kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmish yigitlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladilar. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilinganidan keyin har bir chaqiriluvchi, shu jumladan vaqtincha ro‘yxatda turgan chaqiriluvchi chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatga kiritilmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy istiqomat joyidan vaqtincha boshqa joyga ketib qolgan va u yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari idoralariga borishlari shart. 2. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari, kooperativlar va o‘quv yurtlarining rahbarlari xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiriq uchastkasida o‘z vaqtida hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart. 3. 18 yoshga to‘lgan va 18 yoshdan katta chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi, qaror e’lon qilinganidan keyin esa faqatgina ayrim hollarda, basharti chaqiriluvchi mudofaa ishlari idoralariga: boshqa joydagi ishga o‘tkazilganligini; yangi istiqomat joyiga ko‘chib o‘tganligini; o‘quv yurtiga qabul qilinganligi va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotganligi yoki o‘quv yurtini tugatib, yo‘llanma bo‘yicha ishga jo‘natilayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etganidan keyin harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishi mumkin. 4. Quyidagilar: fuqaroning chaqiriq uchastkasiga shaxsan kelishiga imkon bermagan kasalligi; yaqin tug‘ishganining vafot etgani yoki og‘ir betobligi; fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda, uni ko‘rsatilgan uchastkalarga va muddatlarda shaxsan etib kelishiga to‘sqinlik qilgan tabiiy ofat va shunga o‘xshash boshqa vaziyatlar fuqaroning mudofaa ishlari idoralari belgilagan muddatlarda chaqiriq uchastkalariga etib kelmaganligining uzrli sabablari hisoblanadi. Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. 5. Tinchlik vaqtida: ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga muvofiq chaqiruvdan ozod etilgan; o‘tkazilayotgan dastlabki surishtiruv yoki tergov daxldor bo‘lgan shaxslar; jinoiy ishga daxldor bo‘lgan shaxslar ish to sudda uzil-kesil qarab chiqilib, ayblov yoki oqlov xulosasi chiqarilgunga qadar; shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar muddatli xizmatga chaqirilmaydilar. 1. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga chaqiruvini o‘tkazish uchun nohiyalarda, shaharlarda, viloyatlarda, Qoraqalpog‘istan Respublikasida chaqiruv komissiyalari tuziladi. Chaqiruv komissiyalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘istan Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va nohiya hokimlari tomonidan viloyat, shahar va nohiya harbiy boshqaruv idoralarining muqarrar ishtirokida belgilanadi. Yuqori turuvchi chaqiruv komissiyalari zimmasiga: chaqiruv muddatini kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod qilganlik qay darajada to‘g‘ri ekanligini tekshirish; chaqiriluvchilarni harbiy kasb-korlarga tayinlashda ularning tajribasi, qobiliyati, qiziqishlari va shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olishi qay darajada asosli bo‘lganligini nazorat qilish: fuqarolarning nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining xatti-harakatlari ustidan qilgan shikoyatlarini qarab chiqish vazifalari yuklatiladi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlarni, shuningdek nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining tibbiy ko‘rik natijalariga hamda qaroriga noroziligini bayon etgan shaxslarni harbiy qismlarga jo‘natishdan avval nazorat tarzida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy vrachlar komissiyalari amalga oshiradilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlarini ko‘rib chiqish va bekor qilish huquqiga egalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasining qarorlari ustidan davlat boshqaruvi idoralari va mansabdor shaxslarning fuqarolar huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda xalq sudiga shikoyat qilishi mumkin. 2. Harbiy xizmatga chaqirilayotgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq mutaxassis vrachlarning tibbiy ko‘rigidan o‘tishlari shart. 3. Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga, uning ma’naviy va kasbiy xislatlarini o‘rganishga, shuningdek oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganib chiqish natijalariga muvofiq nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasi: harbiy xizmatga yaroqliligi va qo‘shin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi; muqobil xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi; salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi to‘g‘risidagi; ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga asosan muddatli xizmatga chaqirishni kechiktirish yoki chaqirishdan ozod qilish to‘g‘risidagi; salomatligiga ko‘ra tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush vaqtida cheklangan ravishda yaroqliligi va zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risidagi; harbiy ro‘yxatdan chiqargan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi qarorlardan birini qabul qiladi. 1. Muddatli harbiy xizmatga chaqirish muddatini uzaytirish: fuqarolarning oilaviy sharoiti, salomatligining yomonlashganligi munosabati bilan o‘qishni davom ettirishlari uchun nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Quyidagi chaqiriluvchilarning chaqirish muddati oilaviy sharoitga ko‘ra uzaytiriladi, chunonchi: a) chaqiriluvchining otasi va onasi yoki ulardan biri mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib ular bilan birga yoki ayrim holda istiqomat qilishdan qat’i nazar, o‘zlarini boqishi shart bo‘lgan boshqa mehnatga qobiliyatli o‘g‘li bo‘lmasa. Ota-onalarning mehnatga qobiliyatsizligi amaldagi qonunlarga muvofiq aniqlanadi; b) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli onasi yolg‘iz bo‘lib, uning 16 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo‘lsa-yu, istiqomat joyidan qat’i nazar, amaldagi qonunlarga muvofiq onasiga moddiy yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli boshqa bolalari bo‘lmasa; v) chaqiriluvchining bir farzandi bo‘lib, uni yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan bo‘lsa; g) chaqiriluvchining ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa, yoki xotini I yoinki II guruh nogironi bo‘lsa. Ota-onasining vafot etganligi, ularning uzoq muddat betobligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra chaqiriluvchini kamida besh yil davomida o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga teng shaxslar hisoblanadilar. O‘rta umumiy ta’lim, hunar texnika bilim yurtlari, kunduzgi diniy o‘rta o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati — to‘liq umumiy ta’lim olgunlariga qadar, lekin ko‘pi bilan 21 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan studentlarga hamda kunduzgi diniy oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan fuqarolarga chaqirish muddati — o‘quv yurtini bitirgunlariga qadar ta’lim olishni davom ettirishlari maqsadida uzaytiriladi. O‘quv yurtlaridan intizomsizligi, o‘qishda ulgurmasligi va o‘qishni xohlamasligi sababli haydab yuborilgan shaxslar chaqirilish muddatini uzaytirish huquqidan mahrum bo‘ladilar. 2. Tabiiy ofat ro‘y bergan joylardan ko‘chirilgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan ko‘chirilgan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan 2 yilga kechiktiriladi. 3. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqini yo‘qotgan chaqiriluvchilar, shuningdek chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan yoki ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan chaqirilishdan ozod bo‘lish asoslari bo‘lmagan shaxslar va turli sabablarga ko‘ra muddatli xizmatga chaqirilmaganlar qo‘shinlarga jo‘natish kunigacha 27 yoshga to‘lgunga qadar navbatdagi chaqirish amalga oshirilayotganda chaqiriladilar. Tinchlik vaqtida: tinchlik vaqtida salomatligi yomonlashganligi uchun harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan; 27 yoshga to‘lguniga qadar muddatli harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilmagan; ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy idoralarning birida diniy rutbaga ega bo‘lgan; tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki o‘lgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etiladilar. Muddatli xizmatni o‘tamagan 40 yoshgacha bo‘lgan va (17-moddaga binoan) chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega bo‘lmagan ofitserlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan tinchlik vaqtida 18 oy davomida ofitserlar tarkibiga kiruvchi lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirilishlari mumkin. Keyinchalik esa ofitser ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatni o‘tashi mumkin. Bunda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtida ta’lim olish davri va harbiy ro‘yxatdagi ixtisoslikka mos keladigan uzluksiz ish staji harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi. 1. Harbiy xizmatning talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar, chunonchi: chaqiruvga binoan kamida bir yil oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibida xizmatni o‘tagan hamda ixtisosi bo‘yicha tegishli hunar bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar bitimga binoan askarlik va serjantlik lavozimidagi harbiy xizmatga; 19 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibidagi lavozimlarda xotin-qizlar bajaradigan harbiy xizmatga; muddatli xizmatni o‘tab bo‘lgan oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan harbiy xizmatga majburlar — 30 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek 19 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli, tegishli ixtisos tayyorgarligiga ega xotin-qizlar — praporshchiklar lavozimidagi harbiy xizmatga; 17 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘lgan fuqarolar, shuningdek ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar — harbiy o‘quv yurtlarining kursantlari lavozimidagi harbiy xizmatga; zaxiradagi ofitserlar va ofitserlar tarkibiga kiruvchi unvonlar berilgan 40 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar — ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda qabul qilinadilar. 2. Harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. 1. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki qabul qilingan fuqarolarga ish joyidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ishdan bo‘shaganlik nafaqalari to‘lanadi. 2. Fuqarolar harbiy ro‘yxatdan o‘tish, harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishlari uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan (o‘qishdan) ozod etilib, ularning doimiy ish (o‘qish) joyidagi o‘rtacha ish haqi (o‘qish puli) saqlab qolinadi. 3. Harbiy o‘quv yurtlariga kirayotgan fuqarolar o‘quv yurtiga borish va u yerdan qaytish, kirish imtihonlarini topshirish uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan ozod etilib, doimiy ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. 4. Mudofaa ishlari idoralari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruvga yuborilgan fuqarolarning tibbiy tekshiruvda bo‘lgan butun davr uchun ish joyi va egallab turgan lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi, tekshiruv joyiga borish hamda u yerdan qaytishga ketgan xarajatlarini ish (o‘qish) joyida qoplanadi. Fuqaro statsionar davolanishga yuborilganida unga ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotganlik nafaqasi to‘lanadi. 1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilab beriladi. 2. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi: a) xizmatni bitimga binoan o‘tayotgan askarlar, dengizchilar, serjantlar va starshinalar uchun — 45 yoshgacha; b) oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xotin-qiz harbiy xizmatchilar uchun, shuningdek praporshchiklar va michmanlar uchun — 45 yoshgacha; v) kichik ofitserlar uchun — 43 yoshgacha; g) katta ofitserlar uchun — 45 yoshgacha, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun — 50 yoshgacha; d) oliy ofitserlar uchun: general-mayor, general-leytenant harbiy unvonidagilarga — 55 yoshgacha, general polkovnik harbiy unvonidagilarga — 60 yoshgacha, armiya generallariga — 65 yoshgacha qilib belgilanadi. Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan ofitserlarning, shuningdek yuksak kasb mahoratiga, egallab turgan lavozimida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli ofitserlarning xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri xizmatni bitimga binoan o‘tayotgan askarlar, dengizchilar, serjantlar va starshinalarning, shuningdek praporshchik va michman lavozimidagi harbiy xizmatchilarning, shu jumladan xotin-qiz harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasini besh yilgacha uzaytirishi mumkin. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga etgan harbiy xizmatchilar “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan tartibda zaxiraga bo‘shatilishlari lozim. Harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobda: a) askar, serjant va starshinalar uchun: xizmatni chaqiruvga binoan o‘tayotganlarga — 18 oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun — 12 oy), birinchi bitimga binoan o‘tayotganlarga 3-yil; b) askar, serjant lavozimlaridagi xotin-qizlar uchun — birinchi bitimga binoan kamida 3 yil; v) praporshchiklar uchun — birinchi bitimga binoan kamida 5 yil; g) harbiy xizmatga zaxiradan chaqirilgan ofitserlar uchun 12 oy, harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda kelganlar uchun — kamida uch yil qilib belgilanadi. Ushbu moddada belgilangan harbiy xizmat muddati tugaganidan so‘ng bu xizmat ofitserlarining istagiga ko‘ra davom ettirilishi mumkin. 1. Chaqiriluvchilar va zaxiradan chaqirilgan ofitserlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari idoralariga kelgan kun; xotin-qiz harbiy xizmatchilar uchun — mudofaa ishlari idoralarining ko‘rsatmasiga muvofiq xizmat joyiga jo‘nab ketilgan kun; harbiy xizmatga majbur bo‘lgan chaqiriluvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan kun harbiy xizmatning boshlanishi hisoblanadi. 2. Harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan harbiy xizmatdan bo‘shatilishi, iste’foga chiqishi munosabati bilan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun – harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatning tugashi hisoblanadi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar kursantlarning va (tinglovchilarning) harbiy xizmatida bo‘lib, basharti, ular ofitserlar tarkibiga kiruvchi unvonga ega bo‘lmasalar — kursantlar deb, agar bunday unvonlarga ega bo‘lsalar — tinglovchilar deb ataladilar. 2. Harbiy o‘quv yurtiga kirgunga qadar harbiy unvonga ega bo‘lmagan fuqarolarga o‘qishga qabul qilinish chog‘ida “oddiy askar” harbiy unvoni beriladi, harbiy o‘quv yurtiga kirgunga qadar berilgan boshqa harbiy unvonlar saqlab qolinadi. Kursantlarning harbiy xizmatni o‘tashiga doir masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlanadigan “Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy o‘quv yurtlari to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari umumqo‘shin ustavlarida belgilab beriladi. Kursantlar amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar hamda vazifalarni bajaradilar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalaridan chiqarilgan kursantlar zaxiraga bo‘shatiladilar yoki agar, muddatli harbiy xizmat muddatini o‘tamagan bo‘lsalar, harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismlarga yuboriladilar. 1. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan: a) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etmagan bo‘lsalar, salomatliklariga ko‘ra urush yoki tinchlik vaqtida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lsalar — zaxiraga; b) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etgan bo‘lsalar yoki harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilsalar — harbiylar ro‘yxatidan chiqarilgan holda iste’foga; v) basharti, harbiy xizmatchilar belgilangan yosh chegarasiga etishlariga besh yil va undan kam muhlat qolsa-yu, uzoq yil xizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lsalar — yoshga ko‘ra; g) harbiy-vrachlar komissiyasining harbiy xizmatga yaroqsizlikka doir qaroriga asosan salomatligining yomonlashganligi tufayli; d) shtatlarning qisqartirilishi, xizmatda foydalanish imkoni bo‘lmagan taqdirda tashkiliy tadbirlar munosabati bilan; e) xizmatga nomuvofiqligi tufayli; j) mahkum etilganligi munosabati bilan bo‘shatiladilar. 1. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan ozod etilgan fuqarolar (salomatligining yomonlashganligi tufayli harbiy hisobidan chiqarilganlardan tashqari) zaxiradagilar ro‘yxatiga olinadilar. 2. Zaxira birinchi va ikkinchi toifalarga bo‘linadi. Harbiy xizmatda kamida 18 oy xizmat qilib, shu davr ichida harbiy ixtisoslar ro‘yxatiga kiradigan mutaxassislikni egallagan harbiy xizmatga majburlar birinchi toifadagi zaxiraga kiradilar. 12 oydan kam harbiy xizmat qilgan yoki harbiy xizmatga chaqirilmagan harbiy xizmatchilar ikkinchi toifadagi zaxiraga kiradilar. Ikkinchi toifadagi zaxiraga kiradigan harbiy xizmatga majburlar o‘quv mashqlari yig‘inida harbiy ixtisoslar ro‘yxatiga kiradigan mutaxassislikni yoki tegishli fuqarolik kasbini egallaganlari taqdirda birinchi toifa zaxiraga o‘tkaziladilar. Harbiylar ro‘yxatiga olingan xotin-qizlar ikkinchi toifadagi zaxirada bo‘ladilar. 3. Zaxiraga o‘tkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yuborilishlari mumkin. Bunda harbiy xizmatni o‘tamagan holda salomatligiga ko‘ra zaxiraga o‘tkazilgan harbiy xizmatchilar 27 yoshga to‘lgunga qadar harbiy xizmatga yaroqli deb topilsalar, chaqiruvchilarning ro‘yxatiga qayta kiritilib, ular umumiy asoslarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilishlari lozim. 1. Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab uch darajaga bo‘linadi. Uchinchi daraja zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi umuman zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi. 2. Askarlar, serjantlar va starshinalar, praporshchiklar va michmanlarning zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi quyidagichadir: birinchi darajadagilar uchun — 35 yoshgacha; ikkinchi darajadagilar uchun — 45 yoshgacha; uchinchi darajadagilar uchun—50 yoshgacha. 3. Ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar zaxirada quyidagi eng yuqori yoshgacha bo‘ladilar: 4. Harbiy xizmatga majbur xotin-qizlar, o‘zlariga berilgan harbiy unvondan qati nazar, uchinchi darajadagi zaxirada bo‘ladilar. Ularning zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi quyidagicha belgilanadi: ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun — 50 yosh; boshqa harbiy xizmatga majbur xotin-qizlar uchun — 40 yosh. 1. Harbiy xizmatga majburlar zaxirada bo‘lish vaqtida: o‘quv (sinov) mashqlariga va maxsus mashqlarga chaqiriladilar. Yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat shart-sharoitlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari ushbu Qonun va “harbiy xizmatchilarning maqomi, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilanadi. 2. Ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan harbiy xizmatga majburlar zaxirada bo‘lish vaqtlarida yig‘inlarga quyidagi muddatlarga chaqiriladilar: Zaxiradagi ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar zaxirada bo‘lish vaqtlarida quyidagi muddatlarga o‘quv yig‘inlariga chaqirilishlari mumkin: 3. Harbiy majburlarning yig‘inlarini o‘tkazish muddati va vaqti ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. 4. Harbiy xizmatga majburlar yig‘inlar oralig‘idagi davrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rejasiga binoan 10 kunlik muhlatga sinov yig‘iniga jalb etilishlari mumkin. 5. Zaxirada bo‘lish vaqtida jami yig‘inlarning umumiy vaqti 4 oydan oshmasligi kerak. Bunda harbiy unvon olish uchun tayyorgarlik yig‘inida bo‘lish vaqti ham zaxiradagi ofitserlarning yig‘inlarda ishtirok etishi umumiy muddatiga qo‘shiladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasining tinch hayot faoliyatiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldini olish yoki uning oqibatlarini tugatish uchun 2 oygacha muddatga maxsus yig‘inlarga chaqirilishlari mumkin. 7. Yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va miqdorlarda naqd pul bilan ta’minlanadilar. Yig‘inda bo‘lishning butun davrida, shu jumladan yig‘in o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan orqaga qaytish uchun ketadigan vaqt davomida ularning egallab turgan lavozimlari (ishlari) saqlab turiladi va ularga ish joyidan o‘rtacha ish haqi to‘lanadi. Uqtirib o‘tilgan shaxslar yig‘inga borish to‘g‘risidagi chaqiriq qog‘ozini olgan kundan boshlab to yig‘indan qaytgunga qadar ishdan bo‘shatilishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot to‘liq tugatilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda harbiy xizmatga majburlarga taalluqli ish haqi yoki boshqa moddiy to‘lovlar tugatilgan korxona, muassasa yoki tashkilot yoxud ularning huquqiy vorisi tomonidan to‘lanadi. Shaxsiy sektorda ishlayotgan harbiy xizmatga majburlarni yig‘inlarga chaqirish tartibi, shuningdek ular yo‘qligida ishlab chiqarishga yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lash yo‘l-yo‘riqlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi. Basharti, harbiy xizmatga majbur shaxs yig‘in vaqtida betob bo‘lib qolsa va yig‘inlar tugaganidan keyin ham betob bo‘lsa, uning ish joyi va lavozimi saqlanadi, yig‘in tugagan kundan boshlab esa — unga ish haqi o‘rniga amaldagi qonunlarga muvofiq mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotganlik nafaqasi to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bronlab qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar o‘quv mashqlari yig‘inida qatnashishdan ozod qilinadilar. O‘quv mashqlari yig‘inida ishtirok etib, ta’lim dasturi bo‘yicha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatga majburlarga “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilanadigan tartibda zaxiradagi podpolkovnik unvonigacha (podpolkovnik unvoni ham shunga kiradi) navbatdagi harbiy unvonlar berilishi mumkin. Zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etgan, shuningdek harbiy-vrachlar komissiyasi harbiy xizmatga yaroqsiz deb topgan harbiy xizmatga majburlar harbiy ro‘yxatidan chiqarilib, iste’fodagilar hisobiga o‘tkaziladilar. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatga kiritilishlari lozim. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga kiritish davlatning mavjud bo‘lgan va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilarining hisobini olish va tahlil etish umumdavlat tizimi hisoblanadi. Hisobga olish tiziminiig amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat, nohiya va shahar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi. Harbiy xizmatga majburlarning va chaqiriluvchilarning barchasini harbiy ro‘yxatga kiritish ishlari ularning turar joylarida o‘tkazilib, umumiy, maxsus, shaxsiy-sifat ko‘rsatkichi va shaxsiy-boshlang‘ich ro‘yxatga bo‘linadi. Umumiy harbiy hisobda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbar etish davrida va urush vaqtida xalq xo‘jaligi uchun bronlashtirib qo‘yilmagan harbiy xizmatga majburlar bo‘ladilar. Safarbar etish davri va urush vaqtida xalq xo‘jaligi uchun bronlashtirib qo‘yiladigan harbiy majburlar harbiylarning maxsus ro‘yxatida bo‘ladilar. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaxsiy-sifat ko‘rsatkichi ro‘yxatini yuritish nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralariga yuklatiladi. Mudofaa ishlari idoralari yo‘q bo‘lgan qishloq joylarida, shaharlar va posyolkalarda harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarning shaxsiy-boshlang‘ich ro‘yxatini yuritish ishlari tegishli hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlovchi yoki ta’lim olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni nomma-nom ro‘yxatga olish qaysi idoraga bo‘ysunishi, mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish shart-sharoitlaridan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari tomonidan amalga oshiriladi. 1. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiruv bo‘yicha xizmat qilib zaxiraga bo‘shatilgan shaxslar harbiy ro‘yxatda rasmiylashtirilish uchun turar joylarga qaytib kelganlaridan keyin 3 kunlik muddat ichida mudofaa ishlari tegishli idoralarida hozir bo‘lishlari shart. 2. Turar joyi bir yarim oydan ko‘proq muddatga o‘zgargani, uch oydan ko‘proq muddatga xizmat safari, o‘qish, ta’til yoki davolanishga borgani taqdirda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joylaridagi harbiy ro‘yxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan so‘ng o‘n kunlik muddat ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari lozim Urush vaqtida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ruxsatisiz doimiy istiqomat joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi. 3. Ushbu moddaning 2-bandida uqtirib o‘tilgan hollarda harbiy ro‘yxatdan chiqish va harbiy ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun harbiy xizmatga majburlar uy-joydan foydalanish idorasiga harbiy biletlarini topshirishlari lozim. Qishloq joyiga kelgan yoki u yerdan ketayotgan harbiy xizmatchilar harbiy ro‘yxatdan o‘tish yoxud harbiy ro‘yxatdan chiqishni rasmiylashtirish uchun harbiy ro‘yxatga doir hujjatlari bilan tegishli hokimlikka shaxsan kelishlari lozim. Zaxiradagi ofitserlar harbiy ro‘yxatdan chiqish yoki harbiy ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga shaxsan kelishlari lozim. 4. Olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida istiqomat qiluvchi zaxiradagi ofitserlarni harbiy ro‘yxatga kiritish va harbiy ro‘yxatdan chiqarishni rasmiylashtirish nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi belgilaydigan tartibda shaxsiy-boshlang‘ich hisobni yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan tegishli hokimliklar amalga oshirishlari mumkin. 5. Quyidagi fuqarolar: a) vrachlar komissiyasi tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan fuqarolar harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan holda; b) zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etgan fuqarolar; v) harbiy xizmatga chaqirilgan yoki qabul etilgan fuqarolar; g) boshqa doimiy istiqomat joyiga jo‘nab ketgan fuqarolar; d) vafot etgan fuqarolar harbiy ro‘yxatdan chiqarilishlari lozim. 1. Shaxsiy-boshlang‘ich ro‘yxat yuritish vazifasi yuklatilgan hokimliklar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlarining rahbarlari mudofaa ishlari idoralarining talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklardan voqif etishlari hamda ularning chaqiruv bo‘yicha o‘z vaqtida hozir bo‘lishlarini ta’minlashlari shart. 2. Ichki ishlar idoralari: harbiy ro‘yxatga doir hujjatlarda mudofaa ishlari idoralarining harbiy ro‘yxatga olinganlik yoki undan chiqarilganlik to‘g‘risidagi belgilari bo‘lgan taqdirdagina harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni turar joylarida ro‘yxatga olishlari yoki ro‘yxatdan chiqarishlari; chaqirish yoshiga etmaganlarni harbiy ro‘yxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yig‘inlarga) chaqiruvini o‘tkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda va harbiy ro‘yxatning belgilangan qoidalarini buzuvchi harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarni aniqlashda mudofaa ishlari idoralariga yordam ko‘rsatishlari va ko‘maklashishlari; umumiy harbiy majburiyatni, shuningdek muqobil xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari idoralariga yetkazib kelishni tashkil etishlari shart. 3. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish idoralari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirganligi to‘g‘risida, fuqarolik holatini qayd hujjatlariga ularning tug‘ilgan kuni va joyiga o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek, harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchilarning vafoti qayd etilgan hollar to‘g‘risida yetti kunlik muddat ichida nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lum qilishlari shart. 4. Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daxldor bo‘lgan chaqiriluvchilar to‘g‘risida, sudlar esa sud qarab chiqayotgan jinoiy ishga daxldor bo‘lgan chaqiriluvchilar to‘g‘risida, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga daxldor bo‘lgan qonuniy kuchga kirgan hukmlar to‘g‘risida nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart. Ozodlikdan mahrum etilgan (shu jumladan shartli mahkum etilgan) harbiy xizmatga majburlarning harbiy biletlari va chaqiriluvchilarning guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari bo‘limlariga yuboriladi. 5. Vrachlardan iborat mehnat ekspert komissiyalari qaysi guruh nogironi ekanligidan qat’i nazar, nogiron deb topilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risida tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart. Chaqiruv o‘tkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari davolash uchun qabul qilingan chaqiruv yoshidagi barcha fuqarolarni uch kunlik muddat ichida tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lum qilishlari shart. 6. Uy-joylardan foydalanish idoralarining rahbarlari va uy egalari tegishli mudofaa ishlari bo‘limi va harbiy ro‘yxatni yuritish vazifasi yuklatilgan hokimlikning talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga doir uy daftarlari, turar joyda ro‘yxatdan o‘tkazishga doir varaqalar, harbiylar ro‘yxatiga doir va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqiriltirilganliklaridan voqif etishlari shart. 7. Oilaviy sharoitlari, sihat-salomatliklari, turar joylari, ma’lumotlari, ish joylari va lavozimlari o‘zgargani taqdirda harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilar o‘zlari harbiy ro‘yxatda turgan joydagi idoraga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart. 1. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qilinishi ehtimol tutilgan harbiy hujumning oldini olish va tajovuzga Qurolli zarba berish maqsadida umumiy va qisman safarbarlik e’lon qilinganda zarur miqdordagi harbiy xizmatga majburlar zaxiradan harbiy xizmatga uch oygacha muddatga chaqiriladi. Bu muddat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan uzaytirilishi mumkin. Fuqarolarni urush vaqtida safarbarlik bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari asosida o‘tkaziladi. 2. Safarbarlik e’lon qilinganida harbiy xizmatda va harbiy yig‘inlarda bo‘lgan barcha fuqarolar maxsus farmoyish berilguniga qadar ushlab turiladilar, harbiy xizmatga majburlar esa harbiy xizmatga chaqiriladilar. Harbiy xizmatchilarning ta’tillari to‘xtatiladi, harbiy xizmatga majburlar o‘zlari harbiy ro‘yxatga olingan joydagi nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga, harbiy xizmatchilar esa o‘zlari xizmat o‘tayotgan joyga kelishlari shart. Safarbarlik e’lon qilinganida nohiya chaqiruv komissiyalarining chaqiruv yoshidagi fuqarolarni chaqirish muddatini kechiktirish va ularni chaqirishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilinadi. Keyinchalik chaqiruv muddatini kechiktirish va chaqirishdan ozod etish faqatgina salomatligiga ko‘ra, maxsus ro‘yxatda turganligiga qarab amalga oshirilishi mumkin. 3. Urush vaqtida safarbarlik e’lon qilinganida va undan keyingi chaqiriqlarda harbiy xizmatga 17 yoshdan to ushbu Qonunda belgilangan zaxirada bo‘lish yoshidagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hamda harbiy ro‘yxatda turmagan 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar (16 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor xotin-qizlar bundan mustasno) chaqirilishlari mumkin. 4. Urush vaqtida safarbarlik bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar faqatgina mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi. 1. Urush vaqtida safarbarlik bo‘yicha va undan keyingi chaqiriqlar bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (xizmat) joyida to‘la hisob-kitob qilinadi, ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan bo‘shaganda beriladigan nafaqa va foydalanilmagan ta’til uchun tovon to‘lanadi. Urush vaqtida safarbarlik va undan keyingi chaqiriqlar bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslarning egallab turgan uy-joylari o‘z nomlarida qoladi. 2. Urush vaqtida safarbarlik va undan keyingi chaqiriqlar bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini davlat tomonidan ta’minlash (yordam ko‘rsatish va pensiya) mavjud qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. 1. Safarbarlikdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan amalga oshiriladi. 2. Harbiy xizmatdan safarbarlikdan so‘ng bo‘shatilayotgan harbiy xizmatchilarga davlat hisobidan to‘liq kiyim-kechak va poyabzal beriladi. Bunday harbiy xizmatchilarni turar joylarga yetkazib qo‘yish, yo‘lda oziq-ovqat bilan ta’minlash davlat hisobidan amalga oshiriladi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlari uchun urush vaqtida butlash uchun talab qilinadigan miqdordagi xizmatchilarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan barcha fuqarolar uchun majburiy umumiy harbiy ta’lim joriy etiladi. Bu ta’limga: 15 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan — erkaklar; bolalari bo‘lmagan yoki bolalari 8 yoshdan katta bo‘lgan 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan — xotin-qizlar jalb etiladilar. Fuqarolarning umumiy harbiy ta’limi ishlab chiqarishdan yoki o‘qishdan ajralmagan holda ish, o‘qish yoki turar joylarda amalga oshiriladi. 2. Umumiy harbiy ta’limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda mahalliy hokimiyat idoralari zimmasiga yuklatiladi. Vazirliklar va idoralar, davlat boshqaruvining boshqa markaziy idoralari, hokimiyatlar, korxona, muassasa va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda zarur o‘quv-moddiy bazani yaratadilar, harbiy ta’lim rahbarlarining tanlovini va ularni tayyorlashni ta’minlaydilar. 3. Umumiy harbiy ta’limni o‘tkazish tartibi va bu ta’limdan ozod etiladigan shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish respublika har bir fuqarosining muqaddas burchidir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlari taqdirda amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunni buzishda aybdor bo‘lgan davlat idoralari, korxonalar muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. 1. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy ta’minlash amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli hokimiyatlar fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularni harbiy xizmatga chaqirish, chaqirilganlarni harbiy qismlarga jo‘natish uchun mudofaa ishlari idoralarini qurilmalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yig‘in) punktlari, dori-darmonlar, asbob-uskunalar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashlari shart. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun mutaxassislarning harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar tayyorgarligi Vazirlar Mahkamasi respublika budjetdan ajratib beradigan mablag‘lar, shuningdek mahalliy boshqaruv idoralari budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan pul va moddiy-texnika bilan ta’minlanadi. 3. Urush vaqtida safarbarlik o‘tkazish rejalarini to‘liq va sifatli bajarish uchun vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, o‘quv yurtlari, jamoa xo‘jaliklari, sho‘ro xo‘jaliklari, kooperativlar tegishli hokimiyatlarning qaroriga binoan tinchlik vaqtida mudofaa ishlari bo‘limlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish punktlari, xalq xo‘jaligi texnikasini to‘lash punktlarini tashkil etadilar, asosiy ish joyidagi vazifalardan ozod etmagan holda ana shu punktlarning shaxsiy tarkibini butlaydilar. 4. Chaqiruv yoshiga etmaganlarni harbiy ro‘yxatga olish va fuqarolarni harbiy xizmatga yoki yig‘inlarga chaqirish, fuqarolarni harbiy ko‘rikdan va takroriy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek chaqirilganlarni harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash vazifalarini bajarishga jalb etilgan mudofaa ishlari idoralari huzuridagi chaqirish yoshiga etmaganlarni chaqirish uchastkalarida qayd etish komissiyalari a’zolarining, chaqiruv komissiyalari vrachlar komissiyalari a’zolarining, vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi yuqorida uqtirib o‘tilgan ishlar bajarilishining butun davrida saqlab qolinadi. Uqtirib o‘tilgan komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarini saqlashga ketadigan xarajatlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Basharti, yuqorida uqtirib o‘tilgan shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy istiqomat joylaridan tashqarida bajarsalar, ularning istiqomat joylaridan ish joylariga borish va orqaga qaytish, uy-joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlari mudofaa ishlari idoralarining taqdimiga ko‘ra tegishli hokimiyatlar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha sutkalik haq to‘lanadi. Qurolli Kuchlarga, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlariga, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlariga va boshqa harbiy tuzilmalarga chaqirish va ular safidan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6, 12-moddalarida nazarda tutilgan huquqlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisiga ham beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6 va 26-moddalarida nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Favqulodda vaziyatlar vazirining va Milliy xavfsizlik xizmati raisining, Davlat bojxona qo‘mitasining raisining harbiy majburiyatlarni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash tartibiga doir normativ hujjatlari ushbu Qonunning talablariga zid bo‘lmasligi kerak”.
53
61,640
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi ener
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining “2016 — 2020-yillarga gidroenergetikani rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 16-noyabrdagi 331-son qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Energiyani tejovchi lampalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 20-oktabrdagi 299-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorining 6-bandiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qarorining 10-bandiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 25-noyabrdagi 343-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “biogaz qurilmalaridan (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq) foydalanuvchi tashkilotlarga, shuningdek biogaz qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig‘imini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorining 5-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qarorining 10-bandi tatbiq etilishi”.
250
2,796
Qonunchilik
Boj toʻlanganligi haqida YaIDXP orqali хabarnoma bering
Xizmatning ijrochisi Davlat bojхona qoʻmitasi hisoblanadi. Xizmat tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan avtomobil transportida oʻtkazishdan manfaatdor shaхslar uchun moʻljallangan. Mazkur хizmatdan foydalanishda hujjatlarni ilova qilish talab etilmaydi. U bepul asosda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining "Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlashni vakolatli shaхslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 16 avgustdagi 01-02/12-58-son qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Mazkur хizmatning natijasi onlayn rejimda tizim orqali avtomatik tarzda shakllanadigan elektron tasdiq va identifikatsiya kodini olish hisoblanadi. Mavzuga oid material: Interaktiv хizmatlarni yaхshilash – DBQning ustuvor maqsadlaridan biri
55
911
Qonunchilik
Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 18.02.2020 yildagi 95-son qarori bilan Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda – Teхnik reglament) tasdiqlandi. U rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 18 oy oʻtgach amalga kiritiladi. Mazkur hujjat mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik хavfsizlikni ta’minlashda majburiy talablarni belgilaydi. Xoʻjalik va boshqa faoliyat yurituvchi ob’yektlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish hamda utilizatsiya qilishda qoʻllanilayotgan yoki qoʻllaniladigan jarayonlar Teхnik reglamentning tartibga solish ob’yektlari hisoblanadi. Xoʻjalik va boshqa faoliyat yurituvchi ob’yektlarning ekologik хavfsizligi quyidagilar orqali amalga oshiriladi: Teхnik reglament mahsulotlarni (chiqindilarni) ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarining ekologik хavfsizligini ta’minlash uchun atmosfera havosi muhofazasini, suv ob’yektlarining muhofazasini, hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining muhofazasini, yer resurslarining muhofazasini, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindi bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilishini ta’minlaydigan majburiy talablarni belgilaydi. Ularga nisbatan maхsus ekologik хavfsizlik talablari belgilangan. Atrof tabiiy muhit holatining barqarorligi va yaхshilanishi mavjud хoʻjalik va boshqa faoliyat ob’yektlarining atrof tabiiy muhitga  koʻrsatayotgan salbiy ta’sirining ruхsat etilgan bosqichma-bosqich kamayib boradigan darajalariga erishish eng yaхshi qulay teхnologiyalarni qoʻllanishi bilan ta’minlanadi. Xoʻjalik va boshqa faoliyatning mavjud statsionar ob’yektlari uchun atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning ruхsat etilgan cheklangan tashlamalarining, yer usti suv havzalari va joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalarning ruхsat etilgan cheklangan oqavalari, chiqindilar hosil boʻlishi va joylashtirilishining ekologik normativlari belgilanadi. Ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ob’yekt rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq ishlab chiqarish ekologik nazoratni amalga oshiradi. Ular atrof-muhitga tushadigan ogʻirlikni normativ darajagacha pasaytirishni ta’minlaydigan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarni amalga oshiradi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida хavfli moddalar ishlatilsa, хoʻjalik yurituvchi va boshqa faoliyat ob’yekti uchun favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqiladi, unda noqulay ob-havo sharoiti yoki boshqa tabiiy hamda teхnogen favqulodda holatlar sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy ekologik oqibatlar va ularning oldini olish yuzasidan ma’lumotlarni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar yoki tegishli davlat organlari tomonidan aholiga yetkazilishi koʻzda tutiladi. Atrof tabiiy muhitga bevosita yoki bilvosita ta’sir koʻrsatadigan rejalashtirilgan хoʻjalik yoki boshqa faoliyat ob’yektlarini loyihalashtirish bosqichida ekologik хavfsizlik talablarini hisobga olish uchun ob’yekt joylashgan joyga nisbatan atrof-muhitga ta’sir baholanadi va davlat ekologik ekspertizasi oʻtkaziladi. Ushbu tadbirlar хoʻjalik yurituvchi sub’yektning faoliyat yoʻnalishi oʻzgartirilganda yoki faoliyatning yangi turlari joriy qilinganda, shuningdek, uning joylashgan joyi oʻzgarganda amalga oshiriladi. Tabiatni shovqin, tebranish, elektr magnit maydonlari va boshqa zararli fizik ta’sirlardan muhofaza qilish, tabiatni nazorat etilmaydigan va zararli biologik ta’sirlardan muhofaza qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi qabul qilingan sanitar qoidalar va normalarga muvofiq amalga oshiriladi. Teхnik reglamentni qoʻllash uchun mahsulotlar, хizmatlar, mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish jarayonlarining muvofiqligini baholashning quyidagi shakllariga yoʻl qoʻyiladi: Ekologik хavfsizlik talablari buzilishi natijasida aholidan asosli murojaatlar boʻlgan taqdirda, Teхnik reglament talablariga rioya etilishi yuzasidan jamoat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishi mumkin. Teхnik reglament talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazorati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va davlatning vakolatli boshqa organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2020 yildan kuchga kirdi.   Anvar Irkaхodjayev.
71
4,402
Qonunchilik
«Javob beramiz!» Ma’lumot хizmati: eng qiziqarli savollar
«Javob beramiz!» Ma’lumot хizmatining mavzuga doir javoblar toʻplami oilaviy korхona faoliyatiga bagʻishlanadi. - Oilaviy korхona muassislarining oila a’zosi hisoblanmaydigan хodimlarni oilaviy korхona ishga qabul qilishi mumkinmi? - Turli shaharlarda, masalan, Toshkentda va Termizda yashaydigan qarindoshlar, basharti barcha faoliyat ularning birida yoki ikkalasida amalga oshirilsa, oilaviy korхona ishtirokchilari boʻlishlari mumkinmi? - Agar men oilaviy korхona boshligʻi boʻlsam pensiyani 100% miqdorda olamanmi?
57
518
Qonunchilik
Xorazm viloyatining Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish va Tuproqqal’a tumanini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69, 78-moddalariga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2, 5-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib: Xorazm viloyati tarkibida Hazorasp tumanining chegaralari o‘zgartirilsin Tuproqqal’a tumani tashkil etilsin; Pitnak shahri Tuproqqal’a tumanining ma’muriy markazi etib belgilansin. 2. Xorazm viloyati Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi “A. Ibragimov”, “Muhabbat”, “Navbahor”, “Yoshlik”, “Sharlauq”, “Oxunboboyev”, “Obod”, “Sayapir”, “Shexlar”, “Pastom” va “Saidlar” hamda Tuproqqal’a maskani hududidagi “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari (umumiy yer madoni 192 262 gektor) tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkazilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Xorazm viloyatining Hazorasp tumani hududidan Tuproqqal’a tumani hududiga o‘tkazilayotgan yer maydonlari chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tegishlicha 1-2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki, chegarasi o‘zgartirilayotgan Hazorasp tumanidagi saylov okruglaridan (25-Qizilqum, 26-Sharlauq, 27-Temur, 28-Nurushlar, 29-Sayapir, 30-Shexlar) saylangan xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputatlari xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin. 6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin. 7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
112
1,972
Qonunchilik
Chaqiriluvchilarni tanlab olishda sinovlar qat’iylashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 9.04.2019 yildagi 291-son qarori bilan chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish va muddatli harbiy хizmatni oʻtash uchun tanlab olishning yangilangan tartibi tasdiqlandi. Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan 10 fevraliga qadar (ilgari – 25 sentyabrdan 15 yanvarga qadar) oʻtkaziladi. Tanlovga chaqirish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, sogʻligʻining holati boʻyicha harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan shaхslar jalb etiladi. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan tuman хalq ta’limi boʻlimlari, «Nuroniy» jamgʻarmasi, Yoshlar ittifoqining hududiy kengashi, IIO vakillari va boshqalardan iborat maхsus kengash shugʻullanadi. Unga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi raisining birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladi. Uning tarkibiga chaqiriluvchilarning ota-onalari orasidan vakillar ham kiritiladi. Qolgan ota-onalar tanlab olish jarayonini bevosita kuzatishlari mumkin, bu uning shaffofligini ta’minlaydi.  Tanlab olishda 3 ta sinov oʻtkaziladi  Chaqiriluvchilar 3 ta tanlov bosqichidan oʻtishlari kerak boʻladi: 1) umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash (normativlarni topshirish); 2) kasbiy tanlov oʻtkazish – bilim saviyasi va intellektual qobiliyatini baholash uchun; 3) yakka tartibda suhbat oʻtkazish – chaqiriluvchining Oʻzbekiston tariхi, Amir Temur va boshqa ulugʻ ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga doir bilimlarini aniqlash uchun. Eslatib oʻtamiz, ilgari normativlar topshirilar va yozma test oʻtkazilar edi. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun normativlar oʻzgarmadi: turnikda tortilish, 100 va 3 000 metrga yugurish. Ayni paytda baholash mezonlari birmuncha qat’iylashtirildi (jadvalga qarang). Turnikda tortilish 100 metrga yugurish 3 000 metrga yugurish Baholar «5» «4» «3» «2» «5» «4» «3» «2» «5» «4» «3» «2» 12 marotaba va undan koʻp 10–11 marotaba 8–9 marotaba 1–7 marotaba 14,0 soniya ichida 14,1 – 14,4 soniyada 14,5 – 15,0 soniyada 15,0 soniya va undan koʻp 12,40 daqiqa ichida 12,40 daqiqadan 13,20 daqiqagacha 13,20 daqiqadan 14,0 daqaqagacha 14,0 daqiqadan koʻp Loaqal bitta «2» baho olgan normativlarni topshira olmagan deb hisoblanadi va tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi. Kasbiy tanlov vaqtida chaqiriluvchilar umumiy oʻrta, oʻrta maхsus yoki kasb-hunar ta’limi dasturlari boʻyicha tuzilgan savollarga kompyuterda javob beradilar. Xonada videokuzatuv tashkil etiladi, u orqali ota-onalar jarayonni kuzatib boradilar. Chaqiriluvchilarga 60 ta savol va javob berish uchun 1 soat 30 daqiqa (ilgari – 1 soat 50 daqiqa) vaqt beriladi. Toʻgʻri javoblar soniga qarab baho chiqariladi: Yakuniy baholar ekran orqali kuzatuvchi ota-onalarga koʻrsatiladi. «2» baho olganlar yakka tartibda oʻtkaziladigan suhbatga qoʻyilmaydi.  Chaqiriluvchi bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazish chogʻida uning qiziqishlari, jamiyat va mahallada tutgan oʻrni, obroʻ-e’tibori, yurish-turishi, tariхni bilishi aniqlanadi.   Barcha sinovlar natijalari asosida chaqiriluvchini harbiy-teхnika mutaхassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish yoki uning muddatli harbiy хizmatni oʻtashi yuzasidan tavsiya beriladi (tavsiya berilmaydi) Uning asosida tuman chaqiruv komissiyalari tegishli qarorlarni qabul qiladi. Eslatib oʻtamiz, shu yildan boshlab Oʻzbekiston fuqarolarini mart–aprel oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqiriladi (22.02.2019 yildagi PQ–4203-son qaror).   Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
60
3,644
Qonunchilik
Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli boshoqli don urug‘ligi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-sentabrdagi PQ–1621-son “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 11-maydagi 7 va 42-son qarori (ro‘yxat raqami 2130, 2010-yil 6-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 32-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli boshoqli don urug‘ligi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni rag‘batlantirish Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallariga urug‘chilik hamda boshqa xo‘jaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urug‘lik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2382, 2012-yil 25-iyul) muvofiq amalga oshiriladi.”. 2. 12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan.
134
1,534
Qonunchilik
"Elektron hukumat"ni rivojlantirish boʻyicha loyihalar toʻхtatib qoʻyildi
“Elektron hukumat” tizimini boshqarish boʻyicha funksiyalar  Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga oʻtkazilganligi vaqtinchalik choraga sabab boʻldi (Prezidentning 13.12.2018 yildagi Farmoni). Hujjatda vakolatlarni idoralar oʻrtasida qayta taqsimlashning sababi aniq belgilandi – LBMA raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ, Elektron hukumat esa uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini toʻхtatib qoʻyish va bir oy muddatda ularni toʻliq хatlovdan oʻtkazish topshirildi. LBMA, oʻz navbatida, 2019 yil 1 aprelga qadar amalga oshirilayotgan loyihalarni tanqidiy koʻrib chiqadi hamda maqsadga muvofiq, dolzarb, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladigan loyihalarning davom ettirilishini ta’minlaydi. 2019 yil 1 mayga qadar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyiхasi Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. Bu – muhim! "Elektron hukumat" ishini toʻхtatib qoʻyish haqida gap borayotgani yoʻq. Elektron davlat хizmatlarini odatdagi tartibda koʻrsatish davom ettiriladi. Bunda kelasi yilda barcha davlat хizmatlarini faqat “Universal Mobile Systems” MChJ ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari orqali taqdim etish boshlanadi. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 mayiga qadar ma’lumotlarni qayta ishlash markazlariga boʻlgan ehtiyoj va ularning joylashuvi toʻgʻrisida Prezident Administratsiyasiga takliflar kiritadi. Mohiyatiga koʻra, operator "Elektron hukumat" uchun hisoblash quvvati va aloqa kanalini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Elektron hukumatni rivojlantirish uchun alohida bojхona ombori tashkil etiladi. Samir Latipov.
73
1,918
Qonunchilik
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmonida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida o‘zbek tilining o‘rnini kuchaytirish va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini mustahkamlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish hamda atamashunoslik bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilansin. 2. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari xodimlari hamda respublikada doimiy istiqomat qilayotgan boshqa tillarda so‘zlashuvchi aholi, shu jumladan xorijiy fuqarolar uchun Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlari huzurida hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin. 3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish; davlat xizmatchilarining o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmlarini joriy etish; aholining yozma va og‘zaki savodxonligini oshirish, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek tilining tuzilishi bo‘yicha amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini tizimli asosda oshirib borish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish; davlat xizmatchilari va aholining nutq madaniyati hamda notiqlik mahoratini oshirish; sohalar kesimida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha ommabop qo‘llanmalar yaratish; o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish; sohaga oid o‘quv va malaka oshirish kurslarining, shu jumladan masofaviy o‘qitishning o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirib borish; O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash. normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish. 4. Quyidagilar: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining xodimlari umumiy cheklangan soni 53 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hududiy bo‘linmalari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Belgilansinki: Markaz va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari uchun tatbiq etiladigan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari qo‘llaniladi; Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida o‘quv rejadagi fanlarni o‘qitish uchun professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar shtat va soatbay asosida jalb etiladi; malaka oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqining miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga ko‘paytiriladi; Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari xodimlari (keyingi o‘rinlarda — tinglovchilar) pulli shartnoma asosida o‘qitiladi; Markaz va uning hududiy bo‘linmalari tinglovchilari tegishli oliy ta’lim muassasalarining Axborot-resurs markazi elektron adabiyotlar fondidan bepul asosda foydalanadi; Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida aholi uchun o‘zbek tilida yozma va nutq madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tashkil etiladigan bepul o‘quv kurslari xarajatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi; Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida ish joyidan ajralgan holda ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun o‘qish davrida asosiy ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi. 6. Markazning hududiy bo‘linmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarining binolariga “nol” stavkadagi ijara to‘lovi asosida hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplagan holda joylashtirilsin. 7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; tinglovchilarni pulli shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan tushumlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar; xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi davlat tilini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 2020-yildan boshlab dolzarb filologik ilmiy-texnik muammolar yechimiga bag‘ishlangan fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari bajarilishini maqsadli moliyalashtirish; universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2021-yildan boshlab tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarini oshirish choralarini ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: a) bir oy muddatda mazkur qaror bilan joriy etilayotgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlash; b) ikki oy muddatda Markaz ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; v) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika hududlarida o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda respublika ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyoti o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash va uzoq hududlardan o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarida o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish; g) 2020-yildan boshlab ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda, o‘zbek tili bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, takomillashtirilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishni kengaytirish; d) o‘zbek tilining lug‘at boyligini yangi so‘zlar bilan doimiy boyitib borish va ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan O‘zbek shevashunosligi markazini bir oy muddatda tashkil etish; e) Universitetda: 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Sinxron tarjima” va “Kompyuter lingvistikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik (etnologiya)”, “Kompyuter lingvistikasi”, “Psixologiya”, “Sotsiologiya”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)”, “Folklorshunoslik va shevashunoslik”, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “Badiiy tarjima”, “Ilmiy-texnik tarjima” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash choralarini ko‘rsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda: davlat tilining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, yangi o‘qitish metodikasiga asoslangan o‘zbek tilini bilish darajasini baholashning xalqaro standartini yaratish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish; xorijiy universitetlarda mavjud bo‘lgan o‘zbek tili markazlarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy va malakali kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish, o‘zbek tili bo‘yicha ilmiy tadqiqot va ta’lim dasturlarini hamkorlikda amalga oshirish choralarini ko‘rsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda: jahon hamjamiyatining, xususan, xorijlik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini fan va ta’limdagi hamkorlik loyihalari orqali oshirish; O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi madaniy-gumanitar va ilmiy-ta’lim hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida o‘zbek tili targ‘ibotini keng yo‘lga qo‘yish va bu borada xorijdagi mavjud infratuzilma, vosita va imkoniyatlardan samarali foydalanish; xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tilini targ‘ib qilish, uni o‘rgatish va o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘zbek madaniyati, fani va ta’limini jahonda ommalashtirish maqsadida o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan kompleks aksiya va tadbirlar o‘tkazish choralarini ko‘rsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda: 2020-yildan boshlab Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi tanlovlarini o‘tkazishda o‘zbek tili metodikasi sohasini inobatga olsin hamda ushbu soha mutaxassislarining Jamg‘arma tanlovlarida ishtirok etishini ta’minlasin; 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitetda hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni tashkil etsin. 13. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitet professor-o‘qituvchilarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlariga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish bilan bog‘liq xarajatlar Universitetning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar 2019/2020 o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti kafedralari tashkil etilishini ta’minlasin. 15. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash (shu jumladan, professor-o‘qituvchilarning mehnatiga haq to‘lash) va saqlash xarajatlari, shuningdek, Markaz va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, jumladan, mebel, o‘quv va masofaviy ta’lim uchun zarur jihozlar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlash xarajatlari tinglovchilarni pulli shartnoma asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 16. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari 2020-yildan boshlab o‘z tizimidagi tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari xarajatlar smetalarini shakllantirishda xodimlarining davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha malakasini oshirish uchun to‘lanadigan mablag‘lar rejalashtirilishini nazarda tutsin. 17. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni Toshkent shahrida bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin. 18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentiga yuklansin. 1. Qoraqalpoq davlat universiteti 2. Andijon davlat universiteti 3. Buxoro davlat universiteti 4. Guliston davlat universiteti 5. Jizzax davlat pedagogika instituti 6. Navoiy davlat pedagogika instituti 7. Namangan davlat universiteti 8. Samarqand davlat universiteti 9. Termiz davlat universiteti 10. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 11. Urganch davlat universiteti 12. Farg‘ona davlat universiteti 13. Qarshi davlat universiteti
143
13,691
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 29-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-406-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin. 2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin. 3. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin.
153
1,259
Qonunchilik
Ma’mun akademiyasi uchun yangi tuzilma tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 211-son «Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi. Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi - Xorazm Ma’mun akademiyasiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Shuningdek Xorazm Ma’mun akademiyasining tuzilmasi, uning faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Bundan tashqari, Xorazm viloyatida ilm-fan bilan bogʻliq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish maqsadida Xorazm Ma’mun akademiyasi huzurida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi. Tegishli davlat organlariga Qarordan kelib chiqadigan topshiriqlar berildi. Eslatib oʻtamiz, Xorazm Ma’mun akademiyasi 1997 yil 11 noyabrdagi PF-1880-son “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida” Prezident Farmoniga muvofiq Xiva shahrida tashkil etilgan. Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 24 aprelda kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV tayyorladi.
50
1,387
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KUMUSh BUYuMLAR IShLABChIQARUVChI QUVVATLARNI BARPO ETISh TO‘G‘RISIDA
Respublikada qazib olinayotgan kumushdan aholi o‘rtasida talab katta bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Toshkentdagi 1-zargarlik zavodi negizida Amerikaning “Goldxouk Treyding Inkorporeyted” firmasi bilan birgalikda kumushdan sanoat yo‘li bilan jahon bozorida raqobatga bardoshli buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonani barpo etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Ta’sis etuvchilarning: yiliga 50 tonna kumushni qayta ishlaydigan quvvatlarni barpo etish uchun qo‘shma korxonaning ustav jamg‘armasi — jami 10 mln AQSh dollari, shu jumladan, “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining ulushi 7 mln AQSh dollari (import asbob-uskunalar, ishlab chiqarish binolari va inshootlar), “Goldxouk Treyding Inkorporeyted” firmasining ulushi — 3 mln AQSh dollari (asbob-uskunalar, texnologiya) miqdorida bo‘lishi haqidagi; foyda (daromad)ni qo‘shma korxona qatnashchilari o‘rtasida ularning ustav jamg‘armasidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlash haqidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi (o‘rtoq Chjen)ga: bir oy muddatda “Goldxouk Treyding Inkorporeyted” firmasi bilan birgalikda qo‘shma korxonani barpo etish va uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni, kontrakt tuzishdan oldin ishlab chiqsin, bunda chiqariladigan buyumlar nomenklaturasini, qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab va ularni qoplash manbalarini belgilasin. Shu vaqt ichida O‘zbekiston — Amerika qo‘shma korxonasining ta’sis hujjatlarini tayyorlasin va ularni ro‘yxatga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin; shu yilning aprel oyida kumush buyumlar chiqarish uchun Toshkent zargarlik zavodini qayta qurishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin, bunda amerika firmasidan olinadigan asbob-uskunalar va ishlab chiqarish texnologiyasini hisobga olgan holda, to‘la texnologiya sikli (quyishdan boshlab tayyor mahsulot chiqarishgacha) bo‘lgan ishlab chiqarishni vujudga keltirish nazarda tutilsin; ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirmagan holda Toshkent zargarlik zavodini 12 oy muddat ichida to‘la qayta qurishni, zarur miqdordagi mutaxassislarni, shu jumladan, ularni firma korxonalariga yuborish hisobiga tayyorlashni amalga oshirsin; yuqorida ko‘rsatilgan qo‘shma korxonada tayyorlangan buyumlarni iste’molchilarga belgilangan tartibda yetkazib berishni amalga oshirsin. 4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi (o‘rtoq Korneyev) har yili qimmatbaho metallar sarfi balansida “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga mazkur maqsadlar uchun zarur miqdorda kumush ajratishni nazarda tutsin. 5. Toshkent zargarlik zavodini qayta qurish bo‘yicha bosh pudratchi etib “Toshkentqurilish” davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi belgilansin, qayta qurish ishlarini 1994-yilning birinchi choragida nihoyasiga yetkazish ta’minlansin. 6. “O‘zshartnomasavdo” (o‘rtoq Sharipov) “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi buyurtmanomasi bo‘yicha Toshkent zargarlik zavodini qayta qurish uchun tegishli moddiy-texnika resurslarini o‘z vaqtida ajratsin va yetkazib bersin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (o‘rtoq Mullajonov)ga “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent zargarlik zavodini qayta qurish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun “O‘zsanoatqurilishbank”ka 1993-1994-yillar uchun zarur kredit resurslarini ajratish tavsiya etilsin. 8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (o‘rtoq Rafikov) “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining buyurtmanomasi bo‘yicha yuklarni Italiyaga va Italiyadan Toshkentga o‘z vaqtida tashishni amalga oshirsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (o‘rtoq Sultonov) “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi (o‘rtoq Chjen) bilan birgalikda qo‘shma korxonaning ustav jamg‘armasidagi O‘zbekistonning ulushi hisobiga import asbob-uskunalar sotib olish uchun mablag‘lar manbalari to‘g‘risidagi takliflarni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Kumush buyumlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona: qurilish va ishlab chiqarishni o‘zlashtirish davrida hamda buyumlar ishlab chiqarish boshlangandan keyin 3 yil davomida O‘zbekiston hududida amal qiluvchi soliqlarning barcha turlaridan; 11. “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga: qo‘shma korxonada ishlash uchun kelgan xorijiy mutaxassislarning yashashi va O‘zbekiston hududida yurishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi aholisi uchun amalda bo‘lgan baholar bo‘yicha so‘mlarda haq to‘lash huquqi berilsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Xalq iste’mol mollari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmui rahbari zimmasiga yuklatilsin.
96
4,739
Qonunchilik
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari; Hukumat komissiyasining huquqlari va javobgarligi; Hukumat komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi; Hukumat komissiyasining ishchi organlari va kotibi; Hukumat komissiyasi qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash tartibi. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyati, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi. 2. Hukumat komissiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 3. Hukumat komissiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. 4. Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: eksport salohiyatini rivojlantirish; investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash; hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning ijrosini nazorat qilish. 5. Hukumat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari sohasida: eksport prognoz parametrlarining bajarilishini doimiy ravishda monitoring qilish, shuningdek kelgusi yillar uchun eksport prognozini shakllantirish ishlarini tashkil etish; hududlar va tarmoq eksport salohiyatining o‘sishi va safarbar etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash; nobarqaror tashqi konyunktura, shuningdek yangi turdagi xalqaro tahdid va xatarlar (koronavirus pandemiyasi kabi) sharoitida mamlakatning eksport qilish salohiyatini rivojlantirish; eksport faoliyatini amalga oshirishda aniqlangan muammolarni o‘rganib, zarur hollarda joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish; eksport salohiyatini yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy, shu jumladan qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; b) investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalalari sohasida: davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirgan holda investitsiya dasturlari va markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirish hamda ularning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini tashkil etish; investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish hamda investitsiya oqimining o‘sishi va ularning jalb etilishiga to‘sqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash; investitsiya dasturlari va tarmoqlar yo‘nalishi doirasida investitsiyalarning o‘zlashtirilishi va loyihalarning amalga oshirilishi holatini o‘rganish, ishga tushgan ishlab chiqarish loyihalarining samaradorligini baholash hamda vujudga kelayotgan muammolarni, shu jumladan joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish; investitsiya loyihalari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kelishiladigan ko‘p yillik hamkorlik dasturlari va strategiyalarini taqdim etish, ular ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va loyihalarni amalga oshirish guruhlarining hisobotlarini eshitish, shuningdek, ushbu loyihalarning o‘z vaqtida ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish; v) hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari sohasida: respublika hududlarida sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish; mahalliy xomashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish; mamlakatning salohiyatini inobatga olgan holda import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan, xalqaro standartlar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiyaviy loyiha takliflarini tayyorlash hamda investorlarni jalb qilib, ularni amalga oshirish; g) oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning ijrosini nazorat qilish sohasida: “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan eksport kelishuvlarining to‘laqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida hamda samarali ijro etilishini ta’minlash, to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish; vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning ijro etilishida sun’iy ravishda cho‘zish va sansalorlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish. 6. Hukumat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: jahon va ichki bozorda narx va talab konyunkturasi, ishlab chiqarish va taqsimot balanslaridan kelib chiqib, eksport prognozining yillik umumiy ko‘rsatkichlarini saqlagan holda eksport prognoz ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritish, investitsiya dasturlariga ularning umumiy parametrlari hamda ko‘rsatkichlarini saqlagan holda tuzatish, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. Bunda, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning umumiy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish Hukumat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan Hukumat komissiyasining vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish; Hukumat komissiyasi faoliyati sohasiga oid masalalarni o‘rganish va takliflar tayyorlash uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni jalb etish; eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, subsidiyalar taqdim etish shartlari va miqdorlarini belgilash hamda tartibini tasdiqlash, shuningdek, mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishiga qarab subsidiyaning qat’iy miqdorlarini belgilash; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlash, zarur hollarda, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; tashqi savdo shartnomalari yuzasidan debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish, shuningdek, umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish choralarini ko‘rish; elektrotexnika tarmog‘i tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans to‘lovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha kafolat muddatlarini ta’minlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov ta’minoti sifatida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan kafilliklar berish tartibini tasdiqlash, zarur hollarda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; mahalliy eksport qiluvchi korxonalarning murojaatlariga asosan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatini olti oygacha uzaytirish; Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish tartibini belgilash. Hukumat komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 7. Hukumat komissiyasi raisi komissiya faoliyati tashkil etilishi, unga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli ijro etilishi, shuningdek, Hukumat komissiyasi samarasiz faoliyat yuritgan taqdirda, uni tugatish bo‘yicha takliflar o‘z vaqtida kiritilishi uchun shaxsan javob beradi. 8. Hukumat komissiyasi a’zolari ushbu Nizomga muvofiq ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni sifatli va samarali bajarish, shuningdek, Hukumat komissiyasi yig‘ilishlarida shaxsan ishtirok etish uchun javob beradilar. Hukumat komissiyasi a’zosining uzrli sababga ko‘ra komissiya yig‘ilishida shaxsan ishtirok etishi imkoni bo‘lmaganda komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun tegishli vazirlik yoki idoradan uning o‘rnini bosuvchi xodim (rahbar) yuboriladi. 9. Hukumat komissiyasi: o‘z faoliyatida belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini o‘rganish uchun doimiy ravishda respublika hududlariga tashriflarni amalga oshirib boradi; har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga o‘ziga yuklangan vazifalarning ijrosi to‘g‘risida axborot kiritib boradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonnoma topshiriqlarining eksport, investitsiyalar, hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda boshqa tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qismining ijrosini ta’minlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasidagi Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Hukumat komissiyasining raisi hisoblanadi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi: Hukumat komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qilish; Hukumat komissiyasi yig‘ilishini (sayyor yig‘ilishini) chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ushbu yig‘ilish kun tartibini belgilash; Hukumat komissiyasi faoliyatini nazorat qilish; Hukumat komissiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan Hukumat komissiyasi a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish; Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni, majlislar bayonlarini, ish rejalarini va komissiyaning boshqa hujjatlarini tasdiqlash; Hukumat komissiyasi samarali faoliyatini ta’minlashga oid boshqa funksiyalarni bajarish. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Hukumat komissiyasi raisi Hukumat komissiyasi a’zolari bilan so‘rov yo‘li bilan kelishilgan alohida masalalar bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarorlarini tasdiqlashi mumkin. 11. Hukumat komissiyasi raisining o‘rinbosarlari vakolatiga quyidagilar kiradi: Hukumat komissiyasi yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi)ni chaqirishni tashkil etish; Hukumat komissiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanishini tashkil etish; tasdiqlangan rejaga muvofiq chora-tadbirlar rejasi bajarilishi va Hukumat komissiyasi a’zolari ishi ustidan nazorat qilish; tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash, tegishli axborot va takliflarni Hukumat komissiyasi raisiga kiritish; Hukumat komissiyasi raisi bo‘lmaganda yoki uning topshirig‘i bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishlariga raislik qilish; Hukumat komissiyasi samarali ish olib borishini ta’minlash maqsadida boshqa funksiyalarni bajarish. 12. Hukumat komissiyasi a’zolari quyidagi huquqlarga ega: Hukumat komissiyasi yig‘ilishlarida (sayyor yig‘ilishlarida) ko‘rib chiqiladigan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamada ishtirok etish va qarorlar qabul qilinishini ta’minlash; Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlash; Hukumat komissiyasi qarorlari va yuklangan vazifalarning ijrosi yakunlari to‘g‘risidagi hisobotni Hukumat komissiyasi raisiga taqdim etish; Hukumat komissiyasi samarali ish olib borishini ta’minlashga oid boshqa funksiyalarni bajarish. 13. Majlislar zaruratga ko‘ra Hukumat komissiyasi raisi tomonidan, u bo‘lmagan taqdirda esa uning o‘rinbosarlari tomonidan chaqiriladi. Hukumat komissiyasi majlislari, agar ularning ishida Hukumat komissiyasi a’zolarining umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. 14. Zarurat bo‘lganda, Hukumat komissiyasi majlisiga ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga qarab vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif qilinadi. 15. Quyidagilar: eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati; hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti Hukumat komissiyasining Ishchi organlari hisoblanadi. Hukumat komissiyasi kotibi Hukumat komissiyasining ishini yuritadi. 16. Hukumat komissiyasining Ishchi organlari va kotibi: Hukumat komissiyasi faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minotini amalga oshiradi; ish rejasining loyihasini tayyorlaydi, uni Hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritadi; Hukumat komissiyasi yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) ko‘rib chiqish uchun materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, uning ishi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan so‘raydi va oladi; Hukumat komissiyasi yig‘ilishining (sayyor yig‘ilishining) kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi; Hukumat komissiyasi a’zolarining takliflari, shuningdek, mulohazalarini qabul qiladi va tizimlashtiradi; Hukumat komissiyasi yig‘ilishi (sayyor yig‘ilishi) uchun zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi; Hukumat komissiyasi raisi bilan yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) o‘tkazish muddati va joyini, shuningdek, taklif etilganlar ro‘yxatini kelishadi, Hukumat komissiyasi a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni yig‘ilish (sayyor yig‘ilish) sanasi, vaqti va o‘tkaziladigan joyi haqida xabardor qiladi; Hukumat komissiyasi yig‘ilishi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalar nusxalari Hukumat komissiyasi a’zolari, tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishini ta’minlaydi; Hukumat komissiyasi qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning yakunlarini Hukumat komissiyasi yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) ko‘rib chiqish uchun kiritadi. 17. Hukumat komissiyasi qarorlari Hukumat komissiyasining yig‘ilishda (sayyor yig‘ilishda) ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Hukumat komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Hukumat komissiyasining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan o‘z fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir. 18. Hukumat komissiyasi yig‘ilishida (sayyor yig‘ilishida) qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va ushbu bayonnoma Hukumat komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddatda Hukumat komissiyasi a’zolari, tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. 19. Hukumat komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish Hukumat komissiyasining ishchi organlari tomonidan tegishli qismi bo‘yicha amalga oshiriladi. 20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
178
18,323
Qonunchilik
XORAZM VILOYaTI HOKIMLIGINING 1996 YIL 11 NOYaBRDAGI 275-RAQAMLI QARORI BILAN QABUL QILINGAN «VILOYaT HUDUDIDA BADIIY JAMOALAR KONSYeRT GASTROL FAOLIYaTINI HAMDA YaKKA IJROChILARNING TO‘Y VA MAROSIMLARDA BADIIY XIZMAT KO‘RSATIShLARINI TARTIBGA SOLISh
Konstitutsiyaviy sud Rais B. Eshonov, sudyalar O. Ernazarov, G‘. Abdumajidov va G. Pirjanovdan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasining 1-bandiga va «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasiga amal qilib, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan qabul qilingan «Viloyat hududida badiiy jamoalar konsert gastrol faoliyatini hamda yakka ijrochilarning to‘y va marosimlarda badiiy xizmat ko‘rsatishlarini tartibga solish maqsadida davlat ruxsatnomasi (litsenziya) berish hamda madaniy xizmat byurosi faoliyati to‘g‘risida» Nizomning 2.7-bandi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga qanchalik mos kelishi to‘g‘risidagi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi. Ishni ko‘rib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari O. Ernazarov, G‘. Abdumajidov, G. Pirjanovni tashabbusi asos bo‘ldi. Ma’ruzachi sudya O. Ernazarovning axborotini, Xorazm viloyati hokimining yozma tushuntirishi va ish materiallarini tekshirib Konstitutsiyaviy sud quyidagilarni aniqladi: Xorazm viloyati hokimligining 1996 yil 11 noyabrdagi 27-raqamli qarori bilan qabul qilingan «Viloyat hududida badiiy jamoalar konsert gastrol faoliyatini hamda yakka ijrochilarni to‘y va marosimlarda badiiy xizmat ko‘rsatishlarini tartibga solish maqsadida davlat ruxsatnomasi (litsenziya) berish hamda madaniy xizmat byurosi faoliyati to‘g‘risida» Nizomning 2.7-bandida «Mahalla qo‘mitalari va qishloq kengashlari oqsoqollari o‘z hududlaridagi to‘y-marosimlarda badiiy xizmat ko‘rsatayotgan jamoalar, guruhlar va yakka ijrochilarning davlat ruxsatnomalari (litsenziya) va kundalik yo‘llanmasi bor-yo‘qligini qattiq nazorat qilish uchun mas’uldir» deb yozilgan. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklar tarkibiga kirmaydigan, jamoatchilik asosida ishlaydigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari zimmasiga bunday mas’uliyatni yuklash Konstitutsiya talablariga ziddir. Chunki Konstitutsiya 105-moddasining 2-qismida «O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi» deb ko‘rsatilgan. Nizomning 2.7-bandi Konstitutsiyaning qonunlarning ustunligini so‘zsiz tan olish haqidagi 15-moddasiga ham ziddir. Bayon qilinganlarga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 25, 26 va 27-moddalariga amal qilib, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi: 1. Xorazm viloyati hokimligining 1996 yil 11 noyabrdagi 275-raqamli qarori bilan qabul qilingan «Viloyat hududida badiiy jamoalar konsert gastrol faoliyatini hamda yakka ijrochilarning to‘y va marosimlarda badiiy xizmat ko‘rsatishlarini tartibga solish maqsadida davlat ruxsatnomasi (litsenziya) berish hamda madaniy xizmat byurosi faoliyati to‘g‘risida» Nizomning 2.7-bandi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga muvofiq emas deb topilsin. 2. Ushbu qaror qat’iy, uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
250
2,966
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Jel konini Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlari asosida o‘zlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3997-son qaroriga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Jel konini o‘zlashtirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali uglevodorod xomashyosini qazib olish va eksport qilish hajmlarini yanada oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar: “O‘zbekneftgaz” MXK va “Gazprom” OAJ (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida 2006-yil 25-yanvarda imzolangan O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasi investitsion bloklarida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi Bitim doirasida 2006 — 2009-yillarda Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlari olib borilib, “Gazprom” OAJning 371,0 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari o‘zlashtirilgani; “Gazprom” OAJ (Rossiya Federatsiyasi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Shaxpaxta investitsion blokida amalga oshirilgan qidirish va razvedka qilish ishlari natijasida sanoat toifasidagi umumiy tabiiy gaz zaxirasi 6,4 mlrd. m kub va gaz kondensati zaxirasi 76,0 ming tonnaga teng yangi Jel koni ochilgani; O‘zbekiston Respublikasi va “Gazprom” OAJning (Rossiya Federatsiyasi) xorijda qidiruv, razvedka ishlarini o‘tkazish, konlarni ishlatish va qazib chiqarish sohasidagi neft va gaz loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yagona ixtisoslashgan kompaniyasi hisoblangan “Gazprom EP Interneshnl B.V.” (Niderlandiya) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid Bitim (keyingi o‘rinlarda — Bitim) imzolangani; foydaga qolgan mahsulotni tenglik asosida taqsimlashni mustahkamlab qo‘yish maqsadida tomonlar o‘rtasida qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazilgani va o‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda Bitimga tegishli o‘zgartirishlar tayyorlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan me’yorlar bilan bir qatorda quyidagi asosiy shartlarni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi va “Gazprom EP Interneshnl B. V.” (Niderlandiya) (keyingi o‘rinlarda — investor) o‘rtasida 2018-yil 18-oktabrda Toshkent shahrida imzolangan Bitim hamda 2019-yil 28-iyundagi 1-son Qo‘shimcha bitim ma’qullansin: kompensatsiya mahsulotining cheklangan darajasi — 75 foiz; foyda solig‘ining stavkasi — 12 foiz; Bitim shartlariga muvofiq investorning qoplanishi shart bo‘lgan xarajatlarining qoplanmagan qismi uchun yillik moliyalashtirish stavkasi — 8 foiz; Bitimni amalga oshirish davrida tabiiy gazning narx konyunkturasi o‘zgarganda tabiiy gaz uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (royalti)ni qo‘llashni mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi hamda investorning O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Shaxpaxta investitsion bloki doirasidagi tarixiy sarf-xarajatlarining mustaqil auditini o‘tkazish natijalariga ko‘ra investorning ushbu investitsion blokda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda qilgan tarixiy sarf-xarajatlarini qoplash; texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishda va investorning Bitimda belgilangan ichki daromadlilik normasi (IRR) saqlanishini ta’minlashda foydaga qolgan mahsulotni tenglik asosida taqsimlashni nazarda tutgan holda Bitimning ayrim texnik-iqtisodiy parametrlarini qayta ko‘rib chiqish; investor tomonidan o‘z huquq va majburiyatlarini uning “Gazprom zarubejneftegaz” AJ sho‘ba kompaniyasiga topshirish imkoniyati; Bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga o‘tkazish. 3. Belgilansinki, Bitimni amalga oshirish doirasida: Bitimda ko‘zda tutilgan soliqqa tortish, shu jumladan bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi Bitimning butun amal qilish davrida o‘z kuchini saqlab qoladi; investorga taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar operatorga ham tatbiq etiladi; “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar Bitimning butun amal qilish davrida investor (operator)ga beg‘araz asosda vaqtinchalik foydalanishga (tasarruf etish huquqisiz) beriladigan mol-mulklar uchun mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etiladi; Bitim imzolanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga Bitim shartlarini yomonlashtiradigan o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilganida (ishlarni xavfsiz olib borish, mehnat, yer osti boyliklari, atrof-muhit va fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha standartlar (normalar, qoidalar)ga o‘zgartirishlar bundan mustasno), Bitimda ko‘zda tutilgan shartlar o‘z kuchini saqlab qoladi. 4. “O‘zbekneftgaz” AJga Bitim shartlariga muvofiq investorga quyidagilarni: Bitimni amalga oshirish doirasida neft-gaz ishlarini olib borish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan, Ustyurt mintaqasining Shaxpaxta investitsion blokida joylashgan obyektlar va mulkni vaqtincha foydalanish uchun beg‘araz asosda (tasarruf etish huquqisiz) topshirishga ruxsat etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Bitimning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishda foydaga qolgan mahsulotni teng taqsimlash va loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarini qayta ko‘rib chiqish sharti bilan ichki bozorda realizatsiya qilinadigan neft-gaz mahsulotlari narxiga chegirma qo‘llashni nazarda tutsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi Bitimning amal qilish muddatiga investorga Bitimda ko‘zda tutilgan shartlar asosida geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalarni belgilangan tartibda bersin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Bitimni amalga oshirish uchun investorga zarur bo‘lgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi investorga O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida joylashgan Jel konida tabiiy gaz va gaz kondensatini qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda bersin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatorga O‘zbekiston Respublikasining rezident banklari bilan korrespondentlik aloqalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklarda, Bitimni amalga oshirish doirasida faqat neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish maqsadlarida foydalaniladigan, chet el valyutasidagi bank hisob raqamlarini ochishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishini ta’minlasin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bitimni amalga oshirish doirasida operatorga, uning pudratchi va subpudratchi tashkilotlariga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsatnoma bersin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi operatorning O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan buyurtmanomalariga binoan Bitimni amalga oshirishda qatnashayotgan chet el mutaxassislarining davlat bojini undirmasdan O‘zbekiston Respublikasidagi yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi operatorning buyurtmanomalariga ko‘ra Bitimni amalga oshirishda qatnashayotgan yuqori malakali xorijiy (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bo‘lmagan) mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishi (uzaytirilishi)ni ta’minlasin. 13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
136
7,990
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Banklar ushbu Yo‘riqnomada belgilangan qoidalar doirasida o‘zlarining ish xususiyatlarini hisobga olgan holda filial, minibank va boshqa shoxobchalar faoliyatida buxgalteriya hisobini aniq va to‘liq yuritilishi va ichki nazorat samaradorligini ta’minlash maqsadida hamda ularning daromad va xarajatlari hisobini to‘g‘ri yuritish, moliyaviy va soliq hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash va taqdim qilish hamda pul hisob-kitob hujjatlarini tikish va saqlash tartibotlarini belgilovchi ichki hisob siyosatini ishlab chiqishlari lozim.”. 2. 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 10. Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgaltyerlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar bank ichki tartib qoidalari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanadiki, bunda bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimiga biriktiriladi. Chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlar boshqa xodim tomonidan yuritilishi mumkin. Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi qo‘lda yoki dasturiy ravishda bosh buxgalter tomonidan yuritiladi.”. 3. 11-band birinchi xatboshisining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Daftar varaqlari raqamlangan, bog‘langan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan alohida kitobda ro‘yxatga olinishi lozim.”. 4. 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Front-ofis va Bek-ofis xodimlarining aniq vazifalari mos ravishda Front-ofis va Bek-ofis boshliqlari tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”. 5. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “18. Minibanklarda ish kuni bank ish kuni davomida amalga oshirilgan operatsiyalarga asos bo‘lgan pul hisob-kitob hujjatlarini yakuniy nazoratdan o‘tkazish va kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun bankka ish kuni tugamasdan oldin inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berilgandan so‘ng yakunlanadi.”. 6. 26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “26. Banklarda barcha operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining qog‘oz hamda elektron shakllari asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi. 27. Pul hisob-kitob hujjatlari, shuningdek Bank hisobvarag‘i shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar bank tomonidan faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan shaxslar yoki mijozning vakil qilingan shaxsidan ishonchnoma asosida qabul qilinadi.”. 7. 31, 32, 33, 74 va 125-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 8. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “48. Kirim va chiqim kassa jurnallari kompyuter texnikasi yordamida shakllantirilib, uning rekvizitlari qo‘lda to‘ldiriladi. Unda sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot ramzi hamda uning summasi ko‘rsatilishi lozim. Kirim va chiqim kassa jurnallari bank amaliyot kuni davomida kompyuterda yuritilganda, ular kun yakunida qog‘ozga chop etiladi hamda dastlabki nazoratdan o‘tkazgan Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi, kirim yoki chiqim kassirlari hamda kassa mudiri tomonidan imzolanadi. Kirim va chiqim kassa jurnallarining shakli mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan.”. 9. 57-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 10. 60-bandning ikkinchi xatboshisidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin. 11. 67-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda, yakuniy nazorat xizmati xodimiga topshirilayotgan kunlik yig‘majild raqamlangan va broshyuralanib tikilgan bo‘lishi shart.”. 12. 68-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin. 13. 70-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yakuniy nazorat tekshiruvlari natijalari alohida yig‘majildga tikilishi lozim.”. 14. 73-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. 15. 79-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agar hisobvaraq egasi bank plastik kartochkasi va naqd pul cheki yo‘qolgani yoki o‘g‘irlangani haqida bankka xabar bergunga qadar, mazkur bank plastik kartasi va cheklar bo‘yicha mablag‘lar to‘lab yuborilgan bo‘lsa, bu to‘lov uchun bank javob bermaydi.”. 16. 123-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “123. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlang‘ich hujjatlar asosida dasturiy yo‘l bilan tayyorlanadi. Mijozga berish uchun shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma bir nusxada chop etiladi va u mijozning hisobvarag‘idan amalga oshirilgan operatsiyalarni bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘chirma mijoz bilan kelishilgan tartibda uning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan shaxslari yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxs tomonidan olinadi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimida tayyorlanadi, ular mijozlarga berilayotganda mazkur mijozga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi buxgalter (Front-ofis xodimi) imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan rasmiylashtiriladi. Banklar uchun shaxsiy hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan hollarda integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimining elektron ma’lumotnomalar yagona bazasidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.”. 17. 157-bandda: yettinchi va sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “kunlik balans hisoboti. Kunlik buxgalteriya jurnali elektron ko‘rinishda o‘rnatilgan tartibda saqlanadi va zarur hollarda hujjatlar ro‘yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo‘l bilan olinadi.”; to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 18. Yo‘riqnomaning 6-ilovasi mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. Har bir varaq oxirida mazkur varaqdagi hujjatlar soni, mazkur varaq bo‘yicha to‘lov hujjatlarining umumiy summasi, bank rahbari hamda bosh buxgalteri imzosi bo‘lishi kerak. Mazkur dasturiy majmua orqali amalga oshirilgan to‘lov hujjatlari shakli oxirida hujjatlarning umumiy soni, umumiy summa, bank rahbari va bosh buxgalteri imzosi bo‘lishi lozim.”.
188
7,306
Qonunchilik
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi PQ-4193-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmonidagi Xorijiy shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish tartibi va muddatlarini nazarda tutuvchi normativ-xuquqiy hujjat loyihasini 2019-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 2020-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami takdim etilishini yakunlasin. 3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. 1. 7-banddagi: “a” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya rakami”; 26 va 27-xatboshilari chiqarib tashlansin. 2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin: “Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun jismoniy shaxs yashash joyidagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilishi kerak. Shaxsning roziligi bilan yashash guvohnomasida sog‘likni saqlash muassasasi tomonidan yashash guvohnomasi egasining qon guruhi va qanday rezusga mansubligi to‘g‘risidagi belgilar ko‘yiladi. Yashash guvohnomasining amal qilish muddati uzaytirilganligi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lmagan takdirda, yashash guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi. Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasiga ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan yozuvlarni kiritish taqiqlanadi”.
147
2,589
Qonunchilik
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi: intellektual mulk obyektlaridan foydalanish, shuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing to‘g‘risidagi shartnoma) asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati; tadbirkorlik subyektlarini, bitimlarni, huquqlarni va mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda hisobga qo‘yish; akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish; davlat ekologik ekspertizasi; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat; ushbu Qonunning 2-ilovasida ko‘rsatilmagan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni jismoniy shaxslarga berish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ushbu Qonunning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatlariga taalluqli bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tegishli faoliyat sohalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarining o‘ziga xos xususiyatlari qonun bilan belgilanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat; litsenziyalash — litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui; faoliyatning litsenziyalanadigan turi — O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan, qonun bilan belgilanadigan faoliyat turi; litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari — faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirish chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan, qonunchilikda belgilangan talablar hamda shartlar majmui; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) — faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni amalga oshiradigan, shuningdek maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qiladigan maxsus vakolatli organlar va tashkilotlar; litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari — vakolatli organlarning tegishincha berilgan, uzaytirilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risidagi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarga yuborilgan xabarnomalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari; litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi — faoliyatning litsenziyalanadigan turi tarkibiga kiritiladigan faoliyat turining yo‘nalishi; davlat xizmatlari pasporti (bundan buyon matnda pasport deb yuritiladi) — litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos talablar va shartlarni, shuningdek ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi hujjat; ruxsat berish tartib-taomili — ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek uni bekor qilish, qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui; ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda beriladigan, ruxsat berish talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda muayyan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish huquqini beradigan hujjat; talabgor — litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs; xabarnoma — xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishni boshlash (tugatish) uchun xabardor qiluvchi tomonidan vakolatli organga yuboriladigan ma’lumotlar; xabardor qiluvchi — vakolatli organga xabarnoma yuborgan va xabarnomalar reyestriga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxs; xabardor qilish tartib-taomili — xabarnoma yuborish, xabarnomani qabul qilish (qabul qilmaslik), xabarnoma qabul qilinganligini tasdiqlash, shuningdek xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish va xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishga taqiq joriy etish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui; “yagona darcha” prinsipi — xizmatlar ko‘rsatish tartibi bo‘lib, bunda talabgorga tegishincha litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun vakolatli organga boshqa davlat organlari yoki tashkilotlar tomonidan beriladigan turli boshqa hujjatlarni olish talab qilinadigan hollarda mazkur vakolatli organ ko‘rsatilgan hujjatlarni talabgorning ishtirokisiz mustaqil ravishda so‘raydi va oladi. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat: qonuniylik; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida vakolatli organlar faoliyatining ochiqligi; inson huquqlari va erkinliklarining, jismoniy va yuridik shaxslar qonuniy manfaatlarining, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining shaffofligi; litsenziyalashning va ruxsat berish tartib-taomillarining “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshirilishi. Agar jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan faoliyatning (harakatlarning) ayrim turlarini amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga ziyon, jamoat xavfsizligiga ziyon va (yoki) atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini belgilaydi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi: vakolatli organlar tomonidan litsenziyalash tartibi, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi amaliyotini o‘rganadi hamda uning tahlilini amalga oshiradi; davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan litsenziyalash tartibi, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi, shu jumladan maxsus elektron tizim orqali amalga oshiradi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikni hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish, vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini o‘tkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq bo‘lgan “Litsenziya” axborot tizimi maxsus elektron tizimdir. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi maxsus elektron tizim operatoridir. Maxsus elektron tizimda quyidagilar aks ettiriladi: 1) quyidagilarni o‘z ichiga oladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonlari: litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni topshirish; vakolatli organlar tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish hamda litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish; QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron shakldagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish; vakolatli organni faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish; arizani ko‘rib chiqish uchun davlat bojining, yig‘imlarning elektron to‘lovini amalga oshirish; litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish hamda ularni bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish; 2) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish chog‘ida davlat organlari va tashkilotlar hamkorligining quyidagilarni o‘z ichiga oladigan jarayonlari: boshqa davlat organlari va tashkilotlardan qo‘shimcha hujjatlar hamda axborotni mustaqil ravishda olish, shuningdek ular bilan “yagona darcha” prinsipi bo‘yicha kelishish; litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritish; litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek xabarnomalar bilan bog‘liq axborotni tegishli davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari orqali tekshirish; 3) litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining bajarilishi monitoringini o‘tkazishning quyidagilarni o‘z ichiga oladigan jarayonlari: litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi ustidan vakolatli organlar tomonidan masofaviy monitoringni amalga oshirish; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tishning har bir bosqichida arizalar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish; litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish chog‘ida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda vakolatli organlarning sudlarga murojaat qilishi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; vakolatli organlarning avtomatik tarzda shakllantiriladigan reytingini yuritish; jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati (harakatlari) ustidan nazorat qilishning muayyan mezonlarini aniqlagan holda, vakolatli organlar tomonidan berilgan litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, “xavfni tahlil qilish” tizimini joriy etish. Maxsus elektron tizimda qonunchilikka muvofiq boshqa jarayonlar ham aks ettirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat muassasalari, basharti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lsa, faoliyatning ushbu turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Mazkur qoida ko‘rsatilgan davlat muassasalarini litsenziya talablari va shartlarini bajarishdan ozod etmaydi. Yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalar uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi. Bunda yuridik shaxslar tomonidan avval olingan litsenziyalarda va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarda vakolatli organlar tomonidan mazkur hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilgan holda filiallar va vakolatxonalarning manzillari ko‘rsatiladi. Filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslar filiallar hamda vakolatxonalar tomonidan faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga oshirish boshlanguniga qadar bu haqda vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) orqali xabardor qilishi kerak. Bunda vakolatli organ ko‘rsatilgan filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi axborotni xabarnomalar reyestriga kiritadi. Filiallar va vakolatxonalar faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirayotganda yoki faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirayotganda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etishi kerak. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari faoliyatning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yuritiladi. Reyestrlardagi axborot ochiqdir. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarida quyidagilar aks ettiriladi: yuridik shaxs uchun — nomi, joylashgan eri (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR); jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), faoliyat (harakatlar) amalga oshiriladigan manzil; xabardor qilish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshiruvchi filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi axborot; berilgan litsenziyalarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning va xabarnomalar sanasi va tartib raqamlari; cheklangan amal qilish muddatiga beriladigan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun — litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatlari; amalga oshirilishi uchun litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talab qilinadigan, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turi (kichik turi); litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini uzaytirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari; litsenziyalarni chaqirib olish asoslari va sanalari; xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirishga doir taqiqning muddati to‘g‘risidagi axborot; litsenziyaga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) o‘zgartirish haqidagi xabarnomani yuborish asoslari hamda sanalari; faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirishga doir taqiqning qolgan muddati. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari litsenziatlarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olgan shaxslarning hamda xabardor qiluvchilarning davlat tomonidan hisobga olinishini ta’minlash, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga mazkur shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yuritiladi. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini doimiy asosda yuritish hamda ularga tegishli o‘zgartishlar kiritish vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi. Ushbu Qonunning 1-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat turlari faoliyatning litsenziyalanadigan turlaridir. Litsenziya faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi uchun alohida beriladi. Litsenziya talabgorning arizasiga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turiga (kichik turlariga) berilishi mumkin. Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat turi (kichik turi) faqat litsenziya olgan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar: talabgorlarning murojaatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi; litsenziyalar beradi yoki ularni berishni rad etadi, litsenziyalarning amal qilishi muddatini uzaytiradi; litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi; litsenziyalarni qayta rasmiylashtiradi; litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi, qayta tiklaydi; litsenziyalarni bekor qiladi yoki ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi; litsenziyalarni o‘zgartiradi; litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar qonunga, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash haqidagi nizomlarga va ularning pasportlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar ushbu vakolatli organlar tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni tashkil etishga yoki ularning faoliyatida muassislar, aksiyadorlar yoxud ishtirokchilar sifatida ishtirok etishga haqli emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibda bo‘lishi mumkin. Agar cheklanmagan miqdordagi talabgorlar faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona litsenziya talablari va shartlariga javob bersa, ushbu shaxslarga beriladigan litsenziyalar namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga kiradi. Talabgorlarga alohida litsenziya talablari va shartlari asosida beriladigan, faoliyatning muayyan turini amalga oshirishda litsenziatlarga mutlaq huquqlarni taqdim etadigan litsenziyalar yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat obyekti bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa asoslarga ko‘ra soni jihatidan cheklanadi. Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender) asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan tanlovlarni (tenderlarni) o‘tkazish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi, bundan quyidagilarni amalga oshirish uchun litsenziyalar mustasno: tibbiy faoliyat; farmatsevtika faoliyati; mineral o‘g‘itlarning, o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyat; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat; tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati; ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish hamda ularning xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat; neftni, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat; affinaj faoliyati. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan faoliyat turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida belgilanadi, lekin bu muddatlar besh yildan kam bo‘lmasligi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga topshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun davlat boji undiriladi. Litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun davlat boji miqdorlari hamda uni to‘lash tartibi “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilanadi. Litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun qonunda davlat boji stavkalarining kamaytirilgan miqdorlari belgilanishi mumkin. Faoliyatning quyidagi turlari bo‘yicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi: konsert-tomosha faoliyati; iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish; alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi sohasidagi faoliyat; telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish. Litsenziat litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatni litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirishi mumkin. Muayyan sohada faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziat xuddi shu sohadagi faoliyatning kichik turiga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, u vakolatli organga faqat faoliyatning tegishli kichik turiga qo‘yiladigan qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan axborotni taqdim etadi. Bunda vakolatli organ litsenziat tomonidan ilgari olingan litsenziyaga litsenziyalanadigan faoliyat turining tegishli kichik turiga taalluqli o‘zgartishlar kiritadi. Ushbu Qonunning 2-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlaridir. Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar: talabgorlarning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, uni qayta rasmiylashtirish va bekor qilish to‘g‘risidagi murojaatlarini qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi; ushbu Qonun talablariga va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq belgilangan muddatlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni beradi yoki uni berishni asosli ravishda rad etadi; ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning reyestrini yuritadi; ruxsat berish tartib-taomillari masalalari yuzasidan talabgorlarning og‘zaki yoki yozma, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘roviga ko‘ra bepul asosda to‘liq axborot va malakali maslahatlar (tushuntirishlar) beradi; talabgorlar ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi bilan moneliksiz tanishib chiqishi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar moneliksiz taqdim etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi; ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni elektron shaklda beradi; ushbu Qonunning 32 va 33-moddalarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi va (yoki) ushbu masalalarni sud tartibida ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqadi. Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar qonunga, shuningdek ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga va ularning pasportlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati, qoida tariqasida, cheklanmaydi, bundan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek bir martalik harakatni bajarish uchun beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugagach, u talabgorning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga topshiriladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishning soddalashtirilgan tartibi belgilanishi mumkin. Agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ruxsat berish talablari va shartlariga lozim darajada rioya etgan talabgor ushbu hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Agar ruxsat berish talablari va shartlariga lozim darajada rioya etgan talabgorning taklifi tanlovda (tenderda) ishtirok etuvchi boshqa talabgorning eng maqbul taklifiga teng qiymatda bo‘lsa, ushbu ustuvorlik qo‘llaniladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan hollarda hamda miqdorlarda yig‘im undiriladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘im summasi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilanadi. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda quyidagilar nazarda tutiladi: litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning, shuningdek ularni berish zimmasiga yuklatiladigan vakolatli organning nomi; litsenziyalashdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishdan maqsad; litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning tugal ro‘yxati; talabgorning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, hujjatni berish yoki uni berishni rad etish tartibi va muddatlari, shu jumladan agar mazkur hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun tanlov (tender) o‘tkazish tartibi; litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari; litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni maxsus elektron tizim vositasida berishda litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlarning boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi; litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini qayta rasmiylashtirish, to‘xtatib turish, qayta tiklash, ularni bekor qilish tartibi; tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat cheklanmagan muddatga berilishi mumkin bo‘lmagan hollarda, litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati; agar talabgor tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur bo‘lsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida vakolatli organ yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlarning yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning tugal ro‘yxati. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash haqidagi va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda ushbu Qonunga muvofiq boshqa normalar ham ko‘rsatilishi, shuningdek litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning soddalashtirilgan tartibi belgilanishi mumkin. Litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar pasportlarida talabgor tomonidan litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish va faoliyatini davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan axborot ko‘rsatiladi. Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turining va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turining har biri bo‘yicha ko‘rsatiladi. Bunda raqobatni cheklovchi talablar va shartlarni joriy etish taqiqlanadi. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida quyidagi litsenziya hamda ruxsat berish talablari va shartlari ko‘rsatiladi: litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi shartligi; faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishga talabgor shaxslarga nisbatan aniq malaka talablari, shu jumladan maxsus tayyorgarlikka doir talablar; faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishning maxsus shartlariga doir tugal talablar, shu jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga doir aniq talablar; xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga o‘zgartishlar kiritish va ularni tugatish hollarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish — tegishli faoliyatni (harakatni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan shunday talab mavjud bo‘lgan taqdirda; faoliyatning litsenziyalanadigan turining yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa litsenziya va ruxsat berish talablari va shartlari. Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga rioya etilishini vakolatli organlar tomonidan nazorat qilish “xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi. Talabgorlarning litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish to‘g‘risidagi arizalari, shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar maxsus elektron tizim vositasida yoki YIDXP orqali qabul qilinishi mumkin. Davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish to‘g‘risidagi arizalar vakolatli organlar tomonidan qabul qilinishi va bevosita ularga berilishi mumkin. Ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli organga kelib tushgan paytdan e’tiboran ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan deb hisoblanadi. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda talabgorga yuboriladi (beriladi). Arizani qabul qilishni vakolatli organ tomonidan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Elektron shaklda berilgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar manfaatdor shaxslar tomonidan maxsus elektron tizim vositasida qog‘ozda chop etilishi mumkin. Bunda qog‘ozda chop etilgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar elektron shaklda berilgan litsenziyalarga va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga tenglashtiriladi. Talabgor maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali ariza bilan murojaat etganda, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan tartibda taqsimlanadigan davlat boji va yig‘imning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi ariza bilan ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda murojaat qilgan taqdirda, talabgor tomonidan quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxs uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR); jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR); talabgor amalga oshirish niyatida bo‘lgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda — mazkur faoliyatning kichik turi; qonunchilikda nazarda tutilgan litsenziya yoki ruxsat berish talablari hamda shartlari talabgor tomonidan bajarilishi mumkinligini tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlar. Talabgor tomonidan taqdim etilgan, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, vakolatli organ aksini isbotlaguniga qadar, barcha hollarda to‘g‘ri deb hisoblanadi. Talabgordan ushbu moddada hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ariza talabgor tomonidan maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida yuborilgan taqdirda, u elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Talabgor noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi. Litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi, bundan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq maxsus qog‘oz blankalarida rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlar mustasno. Barcha turdagi litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning to‘g‘riligini tekshirish mazkur hujjatlarga tushiriladigan yagona QR-kodni (matrik shtrixli kodni) tegishli reyestrda ko‘rsatilgan axborot bilan solishtirib ko‘rish orqali amalga oshiriladi. Bunda qog‘oz shaklidagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi. Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari maxsus elektron tizim orqali elektron shaklda amalga oshiriladi, bundan davlat sirlarini yoki qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari mustasno. Talabgorning arizasi ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan sanadan e’tiboran vakolatli organ tomonidan uni ko‘rib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish muddati yigirma ish kunidan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatning ayrim litsenziyalanadigan turlari va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish zarur bo‘lgan faoliyat (harakatlar) turlari uchun ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda talabgorlarning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddatlarini yigirma ish kunidan ortiq etib belgilashi mumkin. Vakolatli organ, zarur bo‘lgan taqdirda, o‘z mablag‘lari hisobidan tegishli xulosalarni tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishga haqli. Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay uni maxsus elektron tizimga joylashtiradi va talabgorni mazkur qaror joylashtirilgan paytdan e’tiboran bir ish soatidan oshmagan muddatda maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda xabardor qiladi. Agar vakolatli organ talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida talabgorga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bermasa va uni berishni rad etmasa, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tganidan keyin talabgor amalga oshirilishi uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish niyatida bo‘lgan faoliyatni (harakatni) amalga oshirish huquqiga, bu haqda vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida elektron shaklda xabardor qilgan holda, ega bo‘ladi. Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holda talabgor belgilangan davlat bojini yoki yig‘imni to‘laganidan keyin maxsus elektron tizim vositasida unga litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat beriladi. Bunda talabgor litsenziyasiz va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda vakolatli organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi; talabgorning litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi; talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi; faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy hamda texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan quyidagi hollarda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi: xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda; taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda; litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmaganda. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi va ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek talabgor ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek litsenziyalarni hamda ruxsat etish xususiyatiga ega o‘zga hujjatlarni olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam ko‘rsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorlar taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno. Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati to‘xtatib turiladi. Hujjatlar xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yuboriladi. Talabgorlar rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi elektron xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Talabgor litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan oshmaydigan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Talabgorlarning arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organlar tomonidan talabgorga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi mustasno. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin talabgor tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. Talabgor litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Qonunning 7-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) faoliyat turlari bo‘yicha o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki bir nechta faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda o‘zgartirilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar talabgor tomonidan ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda beriladi. Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilguniga qadar, tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi asosida unda ko‘rsatilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiradi. Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda vakolatli organ litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish hamda berish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilayotganda talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar litsenziatning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsning arizasi asosida vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin: litsenziya asosida amalga oshirilayotgan faoliyat turi litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirilganda; filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslarga berilgan litsenziyaga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga muvofiq ushbu filiallar va vakolatxonalar tomonidan faoliyatni amalga oshirish boshlanganda; yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatni amalga oshirish manzili o‘zgarganda, agar uning joylashgan eriga nisbatan litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari belgilangan bo‘lsa. Litsenziyalarga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziya o‘zgartirilgan taqdirda davlat boji, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat o‘zgartirilganda esa yig‘im tegishincha litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida undiriladi. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlarining buzilganligi aniqlanganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan vakolatli organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini uning zimmasiga yuklovchi qarori bajarilmaganda. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini o‘n kungacha muddatga to‘xtatib turish vakolatli organ tomonidan, o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga esa — sud tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli organning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yetkaziladi. Sudning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Vakolatli organlar yoki sud litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda ko‘rsatilgan muddat litsenziat yoki ruxsat beruvchi hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam va olti oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Sudning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida tegishli vakolatli organga qonunda belgilangan tartibda yetkaziladi. Bunda vakolatli organ esa litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni maxsus elektron tizimga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi. Agar vakolatli organ litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash haqida yoki qayta tiklashni rad etish to‘g‘risida uch ish kuni ichida qaror qabul qilmasa, litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs mazkur muddat o‘tgandan so‘ng vakolatli organni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qilgan holda o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin. Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, sud litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Vakolatli organning litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, vakolatli organlar litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs oldida ular ko‘rgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Bunda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat amal qilishining to‘xtatib turilishi sud tomonidan asossiz deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi. Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs o‘z faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgan taqdirda litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Agar litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi to‘xtatib turilganidan keyin olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida vakolatli organga ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa, litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatiladi. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida maxsus elektron tizimga joylashtirilishi kerak. Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi hollarda bekor qilinadi: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda; yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini yoki harakatlarni (faoliyatni) amalga oshirish uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno; yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda; jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda; litsenziya berilganligi uchun davlat boji yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im belgilangan muddatda to‘lanmaganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda; vakolatli organning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning bekor qilinishiga asos bo‘ladigan qo‘pol qoidabuzarliklarning ro‘yxati faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilanadi; litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu modda birinchi qismining yettinchi — o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi. Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yetkazadi. Litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ular berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. Sudning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga hamda vakolatli organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yetkazadi. Vakolatli organ bekor qilingan litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar to‘g‘risidagi axborotni bir ish kuni ichida maxsus elektron tizim vositasida tegishincha litsenziyalar reyestriga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritadi. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: litsenziyalash tartibi yoki ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinganda; litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda; bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda; litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga ega bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan vakolatli organga litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan ilgari murojaat etilgan bo‘lib, mazkur muddat ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilgan hollarda vakolatli organ tomonidan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilish talab etilmaydi. Talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan hollarda hamda miqdorlarda undiriladi. Yig‘im miqdori vakolatli organning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilanadi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni talabgorga berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, shuningdek talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda talabgorning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqqanlik uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) faoliyatni (harakatlarni) boshlash uchun vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinishini talab etmaydigan, biroq davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, shuningdek tegishli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan subyektlarning hisobini yuritish va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar hamda shartlarga rioya etish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar o‘z zimmasiga majburiyatlar qabul qilishi orqali amalga oshiriladigan faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu Qonunning 3-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun bu haqda vakolatli organni xabardor qilish talab etiladi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) ushbu Qonunda nazarda tutilmagan yangi turlarini (kichik turlarini) joriy etish taqiqlanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari (kichik turlari) bilan vakolatli organni xabardor qilmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi. Xabardor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda nazarda tutiladi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) o‘ziga xos qoidalari va xususiyatlari xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga ilovalar hisoblanuvchi pasportlarda belgilanadi. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablar va shartlar xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) har bir turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xaba
78
64,160
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-761-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 12-aprel kuni kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-761-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
206
742
Qonunchilik
RESPUBLIKA QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI UChUN YuQORI MALAKALI KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-martdagi 150-son qarori bilan tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalarida tartib o‘rnatish yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. 2004/2005 o‘quv yilida qishloq xo‘jaligi sohasi oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilishni rejalashtirishda Maxsus komissiyaning qishloq va suv xo‘jaligi sohasida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini takomillashtirish bo‘yicha takliflari hisobga olingan — 28 bakalavriat yo‘nalishidan 10 yo‘nalishga o‘zgartirishlar kiritildi va 7 mutaxassislik bo‘yicha talabalar qabul qilish to‘xtatildi. Shu bilan birga 7 yangi istiqbolli mutaxassislik kiritildi. O‘qitishning yangi — fermer xo‘jaligini boshqarish yo‘nalishi qabul qilindi. Qishloq va suv xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash sohasidagi ishlarning ahvoliga tanqidiy baho berish bir qancha kamchiliklar va buzilishlar mavjudligini ko‘rsatdi, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash davom etmoqda. Professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka darajasi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Sobiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti xodimlarining 28 foizdan ortig‘i, shu jumladan fakultetlar rahbarlarining 44 foizi va kafedra mudirlarining 29 foizi attestatsiyadan o‘tmadi. Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish va kadrlar salohiyotini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: bir oy muddatda, Maxsus komissiyaning takliflarini hisobga olgan holda, Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha bakalavriat ta’limi va magistratura mutaxassisliklari yo‘nalishlari klassifakatoriga o‘zgartirishlar kiritsin, ularni alohida “Qishloq va suv xo‘jaligi” ta’lim yo‘nalishiga jamlasinlar; ta’lim yo‘nalishlariga qishloq va suv xo‘jaligining malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib tuzatishlar kiritgan holda bakalavriat ta’limi va magistratura mutaxassisliklari yo‘nalishlari klassifikatorini har uch yilda qayta ko‘rib chiqsinlar; qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarida yangidan joriy etilgan — fermer xo‘jaligini boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratsinlar. Ushbu muhim ustuvor vazifani hal etish uchun: 2004/2005 o‘quv yili mobaynida zamonaviy talablarga javob beradigan, fermer xo‘jaligini yuritish nazariyasi va amaliyoti bilan uyg‘unlashgan sifatli o‘quv rejalari va dasturlar ishlab chiqilsin va tasdiqlansin; o‘quvchilar kontingenti ustun darajada ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘z malakasini kontrakt asosida oshirishga tayyor bo‘lgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari orasidan tanlab olinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti negizida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qayta tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetini tegishli kafedralar, professor-o‘qituvchilar tarkibi soni, talabalar kontingenti va moddiy-texnik baza bilan birgalikda Toshkent davlat agrar universitetiga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand va Andijon qishloq xo‘jaligi institutlarining ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini va professor-o‘qituvchilar tarkibini attestatsiyadan o‘tkazsin. Maxsus komissiya (R. Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tashkiliy-kadrlar xizmati bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalarini boshqarishning yangidan tasdiqlangan tuzilmalarini va attestatsiya yakunlarini hisobga olgan holda rahbar kadrlarni va professor-o‘qituvchilar tarkibini, birinchi navbatda, prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlarini tanlashni ta’minlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fakultetlar huzurida ilmiy tadqiqotlar jarayoniga qobiliyatli talabalarni faol jalb etgan holda agrar fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazlari (ilmiy-muammoli laboratoriyalar) tashkil etishga doir takliflar kiritsinlar. 7. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, qishloq yoshlarini qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga jalb etish uchun 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarning o‘quvchilari kontingentini ustun darajada qishloq maktablarining bitiruvchilari hisobiga shakllantirsinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari talabalarda mustahkam kasb ko‘nikmalarini shakllantirish, tajriba-ishlab chiqarish sinovlari o‘tkazish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish maqsadida qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi o‘quv-tajriba xo‘jaliklari maqomini qayta ko‘rib chiqsinlar, ularga 300 gektardan ortiq bo‘lmagan ekin maydoni biriktirilsin. 9. “El-yurt umidi” jamg‘armasi qishloq va suv xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibini maqsadli stajirovka orqali qayta tayyorlash va malakasini oshirishni nazarda tutsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
115
6,444
Qonunchilik
BUXORO, NAVOIY, NAMANGAN, SAMARQAND VA FARG‘ONA ShAHARLARINING TUMAN MA’MURIY-HUDUDIY TUZILMALARINI TUGATISh HAMDA NAVOIY VILOYaTINING NAVOIY TUMANI ChEGARALARINI KENGAYTIRISh VA NOMINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ma’muriy-hududiy tuzilmalarni maqbullashtirish va takomillashtirish, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida hamda “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda xalq deputatlari Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari Kengashlarining Buxoro shahridagi Fayzulla Xo‘jayev va To‘qimachi tumanlarini, Navoiy shahridagi Karmana tumanini Namangan shahridagi Davlatobod tumanini, Samarqand shahridagi Siyob, Bog‘ishamol va Temir yo‘l tumanlarini hamda Farg‘ona shahridagi Qirguli tumanini 2004-yilning 1-yanvaridan tugatish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Buxoro, Namangan, Samarqand va Farg‘ona shaharlarining hududlarida tumanlar tugatilayotganligi munosabati bilan bu shaharlarning ilgarigi chegaralari saqlanib qoladi. 3. Navoiy viloyatining Navoiy tumani Karmana tumani deb qayta nomlansin va unga Navoiy shahrining tugatilayotgan Karmana tumani hududi qo‘shilsin. 4. Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralari grafik chizmaga* muvofiq tasdiqlansin. 5. Karmana tumanining markazi deb Karmana shaharchasi belgilansin. 6. Tugatilayotgan Karmana tumani hududidagi saylov okruglaridan xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashiga saylangan deputatlar hamda xalq deputatlari Navoiy tumani Kengashi deputatlari yangitdan tuzilayotgan xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatlari ekanliklari belgilab qo‘yilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorning tegishincha 1 va 3-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan tumanlar tugatilayotgan hamda qayta tashkil etilayotgan davrda joylardagi tegishli hokimiyat ijro etuvchi organlari tomonidan shahar xo‘jaligi tashkiliy tartibda boshqarilishini ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
210
2,082
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TAShQI IQTISODIY ALOQALAR KOMPLEKSINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Eksport salohiyatini kengaytirishni ta’minlash, mamlakatimiz mahsulotlarining jahon bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi tashkil etilsin. Quyidagilar Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksining asosiy vazifalari etib belgilansin: tashqi iqtisodiy, savdo aloqalarini rivojlantirish va amalga oshirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish; tashqi iqtisodiy aloqalarning ahvoli hamda tashqi iqtisodiyot xavfsizligi ustidan davlat nazoratini ta’minlash; eksport salohiyatini rivojlantirishga, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish; qulay investitsiya muhitini shakllantirishga, iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish; eng muhim tashqi iqtisodiy, investitsiya va tashqi savdo shartnomalari (bitimlar, kontraktlar, protokollar va boshqalar) tayyorlanishi va amalga oshirilishi ustidan muntazam monitoring olib borilishini ta’minlash. 2. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi tarkibiga kiritilsin va Kompleksning ishchi organi etib belgilansin. 3. Quyidagilar: Bosh vazir o‘rinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari apparatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi “O‘zmarkazimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zinterimpeks” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zmaxsusimpeks” davlat korxonasi “O‘ztashqitrans” davlat-aksiyadorlik transport-ekspeditorlik kompaniyasi “O‘rta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi “O‘zbekinvest” kompaniyasi “O‘zbyuroKES” Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Asaka” banki Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti har yilgi prognozlarini ishlab chiqish, shuningdek investitsiya dasturiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi loyihalarning aniq ro‘yxati va yig‘ma ro‘yxati bo‘yicha; Vazirliklar va idoralar — importning o‘rnini to‘ldirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha; Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar — xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha; Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar — tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash idoralararo komissiyasi; Idoralararo bojxona-tarif kengashi; Konsalting firmalari va davlat boshqaruv organlarining o‘zaro hamkorligini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash; Eksport salohiyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika kengashi (hamraisi). Xodimlarning umumiy soni: 29 kishi. 1. Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti (keyingi o‘rinlarda “Departament” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 2. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalqaro shartnomalarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari rahbarligida amalga oshiradi hamda bevosita ularga hisob beradi, ijro intizomini mustahkamlash masalalari bo‘yicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga hisob beradi. 4. Departament o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z blankasiga egadir. 5. Departament tarkibiga quyidagilar kiradi: Eksport salohiyatini kengaytirish va import o‘rnini to‘ldirish (ishlab chiqarishni mahalliylashtirish) masalalari guruhi; Xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan aloqalar hamda Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik guruhi; Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlar bilan ishlash masalalari guruhi; Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik masalalari guruhi; Tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash guruhi; Kompleks tuzilmasiga kiruvchi tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati monitoringi guruhi; Eksport imkoniyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish Respublika kengashi kotibiyati. Departament tarkibiga, shuningdek mustaqil yuridik shaxs bo‘lgan O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi (“O‘ZbyuroKES”) ham kiradi. 6. Departament ishlariga maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilgan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi. 7. Departament bo‘linmalari ishini O‘zbekiston Respublikasi vazirining o‘rinbosariga tenglashtirilgan guruh rahbarlari boshqaradi. 8. Departament boshlig‘i va bo‘linmalar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 9. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) eksport imkoniyatini kengaytirish va importning o‘rnini to‘ldirish (ishlab chiqarishni mahalliylashtirish) sohasida: vazirliklar, idoralar va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy boshqaruv organlarining respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; jahon tovar bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va eksport tarkibini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish va ularning bajarilishini nazorat qilish; eksport mahsulotlari miqdorini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha potensial imkoniyatlarni tahlil qilish va chora-tadbirlarni amalga oshirish; tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirishga doir takliflar tayyorlash; xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar ayrim turlari importining o‘rnini qoplash tarmoq dasturlarini shakllantirishga doir ishlarni tashkil etish; ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish; respublika vazirliklari va idoralarining xorijiy mamlakatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik dasturlarini amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish; b) xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik sohasida: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlari bilan aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish va chora-tadbirlarni amalga oshirish; Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat boshqaruv organlarining Jahon savdo tashkilotiga kirish masalalari bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiish; xalqaro moliya va iqtisodiyot tashkilotlarining imtiyozli kreditlari va grantlarini, texnikaviy ko‘maklashish vositalarini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va dasturlarini amalga oshirish uchun jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasining donor mamlakatlar bilan moliyaviy va texnikaviy hamkorligi dasturlari monitoringini olib borish; vakolatli tijorat banklarining xalqaro moliya institutlari mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga jalb etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish; v) xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlar bilan ishlash sohasida: xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashish; O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitining ahvolini tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari tuzilishi va ularning shartlariga hamda eng muhim loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslash parametrlariga rioya qilinishi monitoringini amalga oshirish; potensial investorlarni O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhiti to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; xorijiy kreditlar va bevosita investitsiyalarni investitsiya dasturlari hamda ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish; vazirliklar, idoralar va mahalliy boshqaruv organlariga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etishda va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar loyihalari ro‘yxatini shakllantirishda va mazkur loyihalarning amalga oshirilishi ustidan monitoring tashkil etishda qatnashish; Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari va Departamentlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida amalga oshiriladigan eng yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini, mablag‘ bilan ta’minlash sxemalarini ko‘rib chiqish va ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish; g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan hamkorlik sohasida; MDH mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda MDH mamlakatlari bilan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik shartnomalari va bitimlarini tayyorlash hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish; vazirliklar va idoralarning mintaqaviy hamkorlik sohasidagi bitimlarning MDH doirasida bajarish masalalaridagi o‘zaro hamkorligini ta’minlash; MDHga a’zo davlatlar ishtirokida iqtisodiy guruhlar bilan hamkorlik sohasida yagona siyosatni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; d) tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash sohasida: tashqi iqtisodiy aloqalarning, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni va ularning faoliyatini tashkil etish, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; eng muhim investitsiya loyihalari bo‘yicha shartnomalar (kontraktlar, bitimlar)ning huquqiy ekspertizasini o‘tkazishni muvofiqlashtirish; eng muhim tashqi iqtisodiy, investitsiya, tashqi savdo shartnomalari (bitimlari, kontraktlari, protokollari va boshqalar)ni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish jarayonlarini huquqiy ta’minlash hamda eng muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish barcha bosqichlarining muntazam monitoringini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan imzolangan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama idoralararo bitimlarning bajarilishi monitoringini amalga oshirish; e) Kompleks tarkibiga kiruvchi tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati monitoringi sohasida: tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratni ta’minlash; tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan davlat eksport dasturlari va import bo‘yicha topshiriqlarning amalga oshirilishi monitoringini olib borish, ular tomonidan amalga oshiriladigan eng yirik kontraktlar samaradorligini baholash. 10. Departament o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi: Departamentning yuritishiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Hukumat qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish; a) eksport imkoniyatini kengaytirish va importning o‘rnini to‘ldirish (ishlab chiqarishni mahalliylashtirish) sohasida: manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmini ko‘paytirish va ularning turlarini kengaytirish bo‘yicha eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozini ishlab chiqish va uning bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorini tayyorlash; importning o‘rnini to‘ldirish va mahalliy xomashyo negizida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish, shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ishlarini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini, mamlakat korxonalari va tashkilotlarini harbiy-texnik mol-mulk va maxsus texnologiyalar bilan jihozlash masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash; b) xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik sohasida: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi, shuningdek ham qarz olingan, ham qarz olinmagan operatsiyalarni kengaytirish strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish; xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, texnik ko‘maklashish vositalarini jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan moliyaviy va texnik hamkorligi dasturlari monitoringini olib borish; Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan bitimlar loyihalarini tayyorlash, shuningdek imzolangan bitimlar bajarilishini nazorat qilish; xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan loyihalar monitoringini olib borish; xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari faoliyatiga ko‘maklashish, ularga zarur iqtisodiy axborotlarni, shu jumladan maxfiy tusdagi axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish; Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik qilish jarayonini tashkil etish va Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha Idoralararo komissiya kotibiyati funksiyalarini bajarish; respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining mablag‘ bilan ta’minlash va sug‘urtalashni tashkil etish yuzasidan xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlarning eksport-kredit agentliklari bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish; v) xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlar bilan ishlash sohasida: xorijiy davlatlarning siyosiy va ishbilarmon doiralari, xalqaro moliya-iqtisodiy institutlar va xorijiy banklarning respublikadagi investitsiya muhiti va amalga oshirilishida xorijiy investorlar qatnashishi mumkin bo‘lgan loyihalar to‘g‘risida keng xabardor qilinishini tashkil etish; xalqaro tashkilotlarning texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilishiga mo‘ljallangan va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga kreditlari va texnik yordamidan samarali foydalanilishini ta’minlash; Vazirlar Mahkamasining Komplekslari kotibiyatlari va Departamentlari ko‘magida, xorijiy investitsiyalar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan ayrim investitsiya loyihalari bo‘yicha Hukumat qarorlari tayyorlanishi, qabul qilinishi va ularning ijro etilishi nazorat qilinishi jarayonini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi huzurida tashkil etiladigan xorijiy investitsiyalar jalb etilishini axborot bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish; xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining tashkiliy masalalari o‘z vaqtida hal etilishi monitoringini olib borish; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar bilan ishlash masalalarida “O‘zinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi, Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha agentlik va investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtirish; g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik sohasida: Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishining ahvolini va ularda iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish hamda ular bilan iqtisodiy hamkorlik qilish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash; Vazirlar Mahkamasi Kompleksi kotibiyatlari va Departamentlari bilan birgalikda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari va bitimlari tayyorlash hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari subyektlari bilan imzolagan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama idoralararo bitimlarning bajarilishini nazorat qilish. d) tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash sohasida: tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash; tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi normativ huquqiy amaliyotni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning mavqeyini huquqiy tahlil qilish; tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishga, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish; eng muhim tashqi iqtisodiy, investitsiya, tashqi savdo shartnomalari (bitimlari, kontraktlari, protokollari va boshqalar)ning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish hamda eng muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida muntazam monitoringni tashkil etish; e) Kompleks tarkibiga kiruvchi tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati monitoringini olib borish sohasida; tashqi savdo va transport aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati samaradorligini tahlil qilish hamda uni oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; tashqi savdo va transport kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning kelishilgan savdo va marketing siyosatini ishlab chiqish; aksiyadorlik kompaniyalari uchun davlat eksport dasturlarini va import bo‘yicha topshiriqlarni shakllantirishda qatnashish; strategik tovar pozitsiyalari bo‘yicha eng yirik kontraktlarning amalga oshirilishi samaradorligini baholash. 11. Departament quyidagi huquqlarga ega: Vazirlar Mahkamasi Komplekslari kotibiyatlari, bo‘limlari va Departamentlaridan, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalardan, shuningdek barcha darajalardagi davlat boshqaruvi organlaridan Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallarni so‘rab olish; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek davlat-tijorat banklarining hisobotlarini eshitish va o‘z vakolatlari doirasida ularga topshiriqlar berish; tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi eng muhim muammolarni maslahatlashish, o‘rganish va hal etish, ushbu sohada takliflar tayyorlash uchun vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi olimlari va mutaxassislarini, shuningdek xorijiy ekspertlarni jalb qilish; moliyaviy va texnik ko‘maklashish yuzasidan xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlarga va xorijiy agentliklarga so‘rovlar berish; xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalariga doir muzokaralarda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari bilan kelishilgan holda qatnashish; vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirokida kengashlar o‘tkazish, ularning hay’atlari ishida, Vazirlar Mahkamasi, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari majlislarida, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va korxonalardagi kengashlarda qatnashish; O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyati yuzasidan takomillashtirishga doir takliflar kiritish; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan, shuningdek o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro, xorijiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish; o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari axborotlaridan va ma’lumotlar elektron bazalaridan foydalanish; “O‘zmaxsusimpeks” davlat korxonasi orqali davlat xaridlari portfelini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasining harbiylashtirilgan tuzilmalaridan harbiy-texnik mol-mulkka va maxsus texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida axborotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish. 12. Departament quyidagilarga majbur: xorijiy investitsiyalar jalb qilingan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi samaradorligi monitoringi natijalarini, tovarlar (xizmatlar) eksporti va importining yillik va uzoq muddatli prognozlarini, importning o‘rnini to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlari bajarilishini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni Vazirlar Mahkamasi rahbariyati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etish; vazirliklar va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar jalb qilingan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan bajarilishini amaliy nazorat qilish; moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning, xorijiy hukumat muassasalarining va yirik investorlarning o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi takliflarini ishlab chiqish. 13. Departament o‘zi qabul qilgan qarorlar uchun amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan o‘z vakolatlari doirasida javob beradi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbariyati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 310-son qaroriga 2-ilovada “O‘zbekinvest” so‘zi chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 5-martdagi 112-son qarori 3-bandining birinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2001-yil 29-sentabrdagi 395-son qarorida: 1-ilovada I bobning 4-bandi, III bobning ikkinchi va oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 2-ilovada I bob 5-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
111
24,845
Qonunchilik
Qishloq хoʻjaligi mashinasozligi korхonalari ishonchli boshqaruvga beriladi
Vazirlar Mahkamasi 8.07.2020 yildagi “Qishloq хoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 430-son qarorni qabul qildi. Hujjat bilan qishloq хoʻjaligi mashinasozligini yanada rivojlantirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi: Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq хoʻjalik jamiyatlari ustav kapitalidagi «Oʻzagroteхsanoatхolding» AJning ulushlarini (aksiyalarini) «Oʻzavtosanoat» AJga ishonchli boshqaruvga berish yuklatildi, хususan: Hujjat bilan «Urganchozuqamash» AJning (26%) va «Agroteх-lit» MChJning (2,7%) ustav kapitalidagi davlat ulushlarini savdoga qoʻyish, «Agroteхmash-DD» MChJ va «Agromash sanoat invest» MChJ faoliyatini tugatish nazarda tutilgan. Qarorda «Oʻzavtosanoat» AJning yangilangan tashkiliy tuzilmasi bir oy muddatda tasdiqlanishi, «Oʻzavtosanoat» AJning oʻz nomlarida «UzAuto» brendidan foydalanish huquqiga ega boʻladigan sohaga iхtisoslashtirilgan alohida guruhlarga ajratilgan va 100% ulushli ishtiroki bilan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi boshqaruvchi kompaniyalar tashkil etilishi yozilgan. Ishonchli boshqaruvchilarning vakolatlari, vazifalari va ularning хizmatlariga haq toʻlash tartibi belgilangan. Ishonchli boshqaruvchiga manfaatdor vazirliklar, idoralar va ilgari jalb qilingan konsalting kompaniyalari bilan birgalikda qishloq хoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqilishini bir oy muddatda yakunlash topshirildi: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil yakunlariga koʻra «Oʻzavtosanoat» AJ aksiyalari boʻyicha dividendlarni sof foydaning 30%i miqdorida hisoblash va dividendlarni toʻlash muddatini penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020 yil 31 dekabrgacha belgilash taklifi tasdiqlandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.07.2020 yildan kuchga kirdi.  Lola Abduazimova.
75
2,046
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XO‘JALIGIDA VEKSELLARNI QO‘LLASh TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 2 IYuNDAGI 204-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada veksel muomalasini tartibga solish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 19-martdagi PF-1738-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligida veksellarni qo‘llash to‘g‘risida” 1995-yil 2-iyundagi 204-son qaroriga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin: a) 1-bandda: ikkinchi xatboshida “faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsati bo‘yicha” so‘zlari “faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, istisno hollarda 6 oygacha muddatga” so‘zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bank veksellari chiqarish huquqini berish tartibiga rioya etilishi uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklansin”; band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Veksellarni trast boshqaruviga berish, shuningdek kreditlarni veksellar bilan berish taqiqlanadi”; b) 2-bandda: band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, moliyaviy barqaror korxonalar va tashkilotlar uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, istisno hollarda esa 6 oygacha bo‘lgan muddatga veksellar chiqarish huquqiga ega bo‘ladilar”; “korxonalar va tashkilotlar tomonidan veksellar chiqarilishiga ularga yetkazib beriladigan aniq tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitob qilishga ularda pul mablag‘lari vaqtincha yetishmasligini qoplash uchungina xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan veksel topshirig‘i (aval) majburiy tartibda rasmiylashtirilgan holda yo‘l qo‘yiladi”; bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin. v) 4-bandning uchinchi xatboshida “va veksel kreditlarini” so‘zlari chiqarib tashlansin; g) 5-bandning ikkinchi xatboshida “qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiradigan va sotadigan” so‘zlari chiqarib tashlansin; d) 6-bandning uchinchi xatboshida “jumladan” va “veksel krediti olishda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
193
2,057
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-788-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2021-yil 4-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-788-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi haqidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
214
884
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-948-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-948-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining xulosasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Dj. Shirinov, Sh. Buranov va S. G‘iyosov tomonidan 2022-yil 25-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-948-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilinsin. 2. Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
234
1,245
Qonunchilik
Urugʻchilik: klasterlar, ekstenshn markazi va oliy ta’lim muassasalariga kvotalarning oshirilishi
Prezidentning 20.11.2018 yildagi «Issiqхona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida mahalliy urugʻchilikni rivojlantirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan. Hujjat matnini OʻzA e’lon qildi. Birinchidan, Buхoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surхondaryo va Fargʻona viloyatlarida qishloq хoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish boʻyicha urugʻchilik klasterlari tashkil etiladi. Hukumat bir oy muddatda ular joylashtiriladigan aniq yer maydonlari, moliyalashtirish manbalari, salohiyatli investorlar, davlat-хususiy sheriklik shartlari va monitoring yuritish meхanizmlarini aniqlaydi. Klasterlar sh.j. himoyalangan maydonlarda, gidroponika va aeroponika teхnologiyalarini qoʻllagan holda teхnik, don, dukkakli don, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urugʻlarini yetishtirish, tayyorlash va sotish bilan shugʻullanadi. Seleksiya ishlari, yangi navlar va duragaylarni yetishtirish, shuningdek urugʻchilik sohasida kadrlar malakasini oshirish ham ularning vazifalari sirasiga kiradi. Ikkinchidan, 2019 yil 1 sentyabrga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining sifatni nazorat qilish laboratoriyasi negizida laboratoriya amaliyotining хalqaro standartlari (GLP) boʻyicha zamonaviy yuqori teхnologiyali uskunalar bilan jihozlangan qishloq хoʻjaligi ekinlari urugʻlarining nav, genetika va ekish sifat koʻrsatkichlarini baholash boʻyicha laboratoriya tashkil etiladi. Ushbu laboratoriya Urugʻ sifatini nazorat qilish boʻyicha halqaro uyushmada (ISTA) akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi esa ISTAga a’zo sifatida kiritiladi.   Uchinchidan, issiqхona хoʻjaliklari uchun jahon bozori talablariga mos keladigan, mazali sabzavot ekinlarining hosildorligi yuqori yangi navlari va duragaylari yaratiladi. Bunda mavjud genetik resurslar va zamonaviy seleksiya usullari qoʻllaniladi. Kelasi yildan boshlab yetishtirishning gidroponika usuli qoʻllaniladigan issiqхona komplekslari uchun sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifati yuqori boʻlgan, transportda tashishga moʻljallangan, jahon bozori talablariga mos keladigan navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha 5 yillik davr uchun ilmiy loyihalarning respublika grant tanlovlari tashkil etiladi. Toʻrtinchidan, Samarqand viloyati Samarqand tumanida qishloq хoʻjaligi aхborot-maslahat markazini (ekstenshn markazini) tashkil etish boʻyicha dastlabki loyiha amalga oshiriladi. U tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritadi. Uning asosiy vazifalari: qishloq хoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarga aхborot va maslahat хizmatlari koʻrsatish, qishloq хoʻjaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar va ilgʻor tajribani oʻzlashtirish hamda joriy etishda ularga koʻmaklashish, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari. Qishloq хoʻjaligi vazirligi 2019 yil yakuniga qadar dastlabki loyiha natijalarini tahlil qilib, tajribani boshqa hududlarda tatbiq etish yuzasidan oʻz takliflarini Hukumatga kiritadi. Beshinchidan, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab «Issiqхona хoʻjaliklarini tashkil etish va yuritish», «Agrokimyo va agrotuproqshunoslik», «Oʻsimliklarni himoya qilish» iхtisosliklari yoʻnalishlari boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalari kamida 2 barobar oshiriladi. Oleg Zamanov.
97
3,436