folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | PJ ishlovchi pensionerlarga 100% pensiya toʻlashni taklif etmoqda | Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2019 yil 1 yanvardan boshlab ishlovchi pensionerlarga toʻliq hajmda pensiya toʻlashni taklif etmoqda. Material Moliya vazirligining saytida joylashtirilgan.
Amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq ishlovchi pensionerlarga pensiyaning 50%i toʻlanadi (ayrim toifadagi shaхslar bundan mustasno).
2018 yil 1 maydagi holatga koʻra Oʻzbekistonda pensiya va nafaqalar oluvchilar soni 3,3 mln kishidan ortiqni tashkil etadi, ularning 103,1 ming nafari (yoki 3,2%i) ishlovchi pensionerlar hisoblanadi.
Materialda qayd etilishicha, toʻliq miqdorda pensiya oladigan ishlovchi pensionerlar sonini oshirish choralari koʻrilgan. Agar 2017 yil 1 apreldagi holatga koʻra pensionerlarning atigi 4 ta toifasi (I–II guruh nogironlari, urush qatnashchilari, fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning maslahatchilari) toʻliq miqdorda pensiya olish huquqiga ega boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib mazkur toifalar soni 31 taga yetkazilgan. Bu bilan toʻliq miqdorda pensiya oladigan ishlovchi pensionerlar soni 26,7 ming kishini (yoki ishlovchi pensionerlar umumiy sonining 26%ini) tashkil etdi.
Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, ishlovchi pensionerlarga pensiyani 50% miqdorida toʻlash amaliyotidan voz kechish qoʻshimcha ravishda 363,0 mlrd soʻm ajratishni talab etadi. Ushbu mablagʻlarni Jamgʻarma daromadlari toʻliq tushishini ta’minlash, shuningdek fuqarolarni ijtimoiy sugʻurta tizimiga jalb etish va ish oʻrinlarini legallashtirish hisobiga topish rejalashtirilmoqda. | 65 | 1,508 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 409-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son), Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son), Jinoyat-ijroiya kodeksiga (bundan buyon matnda JIK deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 6-son, 175-modda) va “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 409-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV deb yuritiladi) tergov hibsxonalarining (bundan buyon matnda TH deb yuritiladi) ichki tartib qoidalarini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ushlab turilgan — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, JPKning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ushlab turilgan shaxs;
qamoqqa olingan — JPKning normalariga muvofiq o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi;
THda saqlanayotgan shaxslar — qamoqqa olinganlar, ushlab turilganlar yoki vaqtincha saqlanayotgan shaxslar (tranzit orqali o‘tuvchilar);
taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari — mazkur Qoidalarning 1-ilovasida belgilangan, shuningdek saqlanishi, tarqatilishi, iste’mol qilinishi, foydalanilishi taqiqlangan pullar, qimmatli qog‘ozlar hamda boshqa qimmatliklar, oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalar.
2. THda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini, o‘z majburiyatlarini bajarishini, ularning ajratib qo‘yilishini, alohida-alohida joylashtirilishini, shuningdek JPK, JK, va Qonunda nazarda tutilgan boshqa vazifalar bajarilishini ta’minlaydigan rejim o‘rnatiladi.
3. JIKda belgilangan hollarda hamda tartibda THlarda mahkumlar ham saqlanishi mumkin. Jazoni THda o‘tash uchun qoldirilgan mahkumlar jazoni JIK talablariga muvofiq o‘taydi hamda JIKda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
4. THda rejimni ta’minlash TH ma’muriyati, shuningdek xodimlari zimmasiga yuklatiladi, ular o‘z xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
5. THlarda har besh yilda kamida bir marta inspektorlik tekshiruvi o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va uning o‘rinbosarlari, IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda JIEBB deb yuritiladi) boshlig‘i va uning o‘rinbosarlarining buyrug‘iga muvofiq boshqa shaxslar inspektorlik tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
6. Shaxslarning TH hududiga kirishi va undan chiqishi ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati hamda TH boshlig‘i ruxsatiga asosan beriladigan bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
TH xodimlari, qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari hamda THda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ishchi va xizmatchilar TH hududiga TH boshlig‘i tomonidan beriladigan doimiy ruxsatnoma asosida kirib chiqadi.
7. Ruxsatnoma THning tartibot va qo‘riqlash xizmati xodimlari yoki IIV Qorovul qo‘shinlarining harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan qo‘riqlash postlari orqali beriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi THga moneliksiz kirish huquqiga ega. Bunda TH ma’muriyati tomonidan ularning xavfsizligi ta’minlanadi.
9. Quyidagi shaxslar THga xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda kirish huquqiga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senatining a’zolari;
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri va uning o‘rinbosarlari.
O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatining bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari;
JIEBB va tegishli jazoni ijro etish bo‘limlari xodimlari;
tegishli Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
nazorat qiluvchi prokuratura va davlat xavfsizlik xizmati organlarining mas’ul xodimlari;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasi rahbariyati.
10. Nazorat qiluvchi prokuror muassasaga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga haqli.
11. TH hududiga kirishda va undan chiqishda shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallari ko‘zdan kechirishdan o‘tkaziladi, shuningdek kirayotgan hamda chiqib ketayotgan transport vositalari ko‘zdan kechiriladi, taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalar olib qo‘yiladi.
12. THda saqlanayotgan shaxslar tegishincha JPK, Qonun va mazkur Qoidalarda belgilangan huquqlarga ega va majburiyatlarni bajaradi.
13. THda saqlanayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan muomala qilish;
boshqa kamera va xonalardagi shaxslar bilan suhbatlashish, aloqa qilish, shovqin solish (devorlarni, kameradagi jihozlarni taqillatish va boshqa taqiqlangan harakatlar);
TH xodimlarining ruxsatisiz kamera va tartibot binosining boshqa xonasidan tashqariga chiqish;
biror-bir manfaatni ko‘zlab o‘yinlar tashkil qilish yoki o‘ynash;
tatuirovka chizish;
TH xodimlarining ruxsatisiz yotoq joyini o‘zgartirish va unga parda tutish;
qo‘lbola elektr uskunalardan foydalanish;
kamerada olov yoqish;
parrandalar, hayvonlarni boqish va saqlash;
TH xodimlarining ruxsatisiz santexnika, yoritish va boshqa asbob-uskunalarni sozlash yoki kameradagi yorug‘likni o‘zgartirish;
kamera devoriga o‘rnatilgan ko‘zgu va boshqa jihozlarni olish;
kamera devori va jihozlariga yozish, chizish, shuningdek qog‘ozlar, fotosuratlar, adabiyotlar, davriy matbuot nashrlari va boshqalarni qirqib yopishtirish;
safda harakatlanayotganda safdan chiqish, chekish, suhbatlashish va TH xodimlarining ruxsatisiz boshqa harakatlar qilish;
kamera derazasidan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini tashqariga uloqtirish, deraza va eshikning tuynugiga yopishib turish yoki ularni bekitish yoxud ulardan qarash.
14. THga olib kelingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun JPKning 225-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ushlab turish bayonnomasi yoki sudning JPKda nazarda tutilgan tartibda chiqargan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori asos bo‘ladi.
THga olib kelingan yonida ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar (bundan buyon matnda bolali ayollar deb yuritiladi) qo‘shimcha ravishda bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki bolaning aynan shu ayolga tegishliligini tasdiqlovchi boshqa hujjat, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning (bundan buyon matnda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ deb yuritiladi) bolaning aynan shu ayolga tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasiga asosan qabul qilinadi.
Mazkur hujjatlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
15. THga olib kelingan shaxslar TH boshlig‘ining yordamchisi — tezkor navbatchi (bundan buyon matnda THBYo-TN deb yuritiladi) yoki uning yordamchisi tomonidan sutka davomida qabul qilinadi.
16. THga olib kelingan shaxslarga THBYo-TN yoki uning yordamchisi tomonidan turli noaniqliklarning oldini olish maqsadida savollar beriladi. Ularning bergan javoblari shaxsiy hujjatlar yig‘majildida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
17. THga vaqtincha saqlash uchun olib kelinganlar (tranzit orqali o‘tuvchilar) shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarining ochiq varaqalari asosida va belgilangan shakldagi yo‘lovchi ro‘yxat asosida tuzilgan ma’lumotnomalar bo‘yicha qabul qilinadi. THBYo-TN yoki uning yordamchisi tomonidan savollar berish jarayonida ularning bergan javoblari ochiq varaqalardagi ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmagan taqdirda, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari ochilib, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
18. Saqlash muddati o‘tib ketgan shaxslarni THga qabul qilish taqiqlanadi.
19. THga saqlash uchun qabul qilinayotgan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari va THdagi rejim to‘g‘risida xabardor qilinadi. Bunday ma’lumotlar muntazam ravishda THning radioeshittirish vositalari orqali, TH xodimlari tomonidan kamerada, TH boshlig‘i yoki vakolatli shaxs qabulida berib boriladi hamda har bir kamera devorlariga osib qo‘yiladi.
20. THga olib kelingan shaxslar hujjatlarni rasmiylashtirish davrida bir sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatga mazkur Qoidalarda belgilangan alohida-alohida joylashtirish talablariga rioya qilgan holda yig‘ma bo‘linmalar kameralariga yoki uch soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga yig‘ma bo‘linmalarning o‘tirish joyi va sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlangan bir o‘rinli bokslariga joylashtiriladi.
21. Boshqa shaxslardan ajratib qo‘yishni talab qiladigan yoki kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan bemorlarni aniqlash maqsadida THga olib kelingan shaxslar (vaqtincha saqlash uchun olib kelingan shaxslardan (tranzit orqali o‘tuvchilardan) tashqari) THBYo-TN va TH tibbiy xodimi tomonidan dastlabki tibbiy ko‘rik va sanitariya ishlovidan o‘tkaziladi hamda natijalari ularning tibbiy kartalariga kiritiladi.
THga olib kelingan shaxsning badaniga THga olib kelguniga qadar g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar natijasida shikast yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuzilib, THBYo-TN va shaxsni olib kelgan qorovul boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Mazkur holat yuzasidan TH tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, natijalari tegishli hududiy prokurorga yuboriladi.
22. THda saqlanayotgan shaxslarni kameralarda alohida-alohida joylashtirish ularning shaxsini va psixologik jihatdan mosligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Chekuvchilar imkoni boricha chekmaydiganlardan alohida joylashtiriladi.
THda saqlanayotgan shaxslar quyidagi talablarga rioya etilgan holda bir-biridan alohida saqlanadi va kameralarga joylashtiriladi:
erkaklar ayollardan alohida saqlanadi;
voyaga yetmaganlar katta yoshlilardan alohida saqlanadi. Alohida hollarda prokurorning roziligi bilan, voyaga yetmaganlar saqlanayotgan kameralarda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan, ijobiy tavsifga ega katta yoshlilarni saqlashga yo‘l qo‘yiladi;
jinoiy javobgarlikka birinchi marta tortilayotgan shaxslar ilgari ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlangan shaxslardan alohida saqlanadi.
Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ko‘rsatmasi bo‘lganda, bitta jinoyat ishi bo‘yicha yoxud bir nechta o‘zaro bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha THda saqlanayotgan shaxslar ham alohida-alohida saqlanadi.
23. Ovqat yeyishdan bosh tortayotgan THda saqlanayotgan shaxs imkoni boricha THda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi hamda tibbiy xodimning kuzatuvi ostida bo‘ladi.
24. Shaxslar kameralarga THBYo-TN yoki uning yordamchisi tomonidan tezkor-qidiruv xizmati xodimi bilan, voyaga yetmagan shaxslar esa, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha yo‘riqchi va psixolog bilan kelishilgan holda mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq joylashtiriladi:
25. Quyidagilar THda saqlanayotgan boshqa shaxslardan alohida saqlanadi:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
sudya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi, advokat bo‘lib ishlagan yoki ishlayotgan shaxslar;
o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotganlar yoki ayblanayotganlar;
o‘ta xavfli retsidivistlar;
mahkumlar;
hayoti va sog‘lig‘iga THda saqlanayotgan boshqa shaxslar tomonidan xavf tug‘ilgan THda saqlanayotgan shaxslar TH boshlig‘ining yoki uning o‘rinini bosuvchi shaxsning qaroriga ko‘ra yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ko‘rsatmasiga ko‘ra;
yuqumli kasalliklarga chalingan yoki alohida tibbiy parvarish va kuzatuvga muhtoj bo‘lgan bemorlar.
26. Voyaga yetmaganlar yoshi, jismoniy rivojlanishi va tarbiya darajasiga qarab, tartibot binolarining alohida korpuslari yoki bo‘limlarining kichik hajmli (4, 5 va 6 o‘rinli) kameralariga joylashtiriladi.
27. Homilador ayollar va bolali ayollar tartibot binosining alohida korpuslariga yoki boshqa shaxslardan ajratilgan bo‘limlardagi maxsus jihozlangan kameralarga joylashtiriladi.
28. O‘ta xavfli, yuqumli yoki parazitar kasalliklar bilan kasallangan shaxslar karantin uchun ajratilgan kameralarga joylashtiriladi. Karantin muddati tibbiy ko‘rsatkichlarga muvofiq belgilanadi.
29. Ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan shaxslar, jumladan TH xodimlariga va THda saqlanayotgan boshqa shaxslarga tajovuz qilishga moyil bo‘lgan shaxslar kameralarga psixiatr va psixologning tavsiyasiga ko‘ra joylashtiriladi.
30. Qonunga muvofiq, qamoqqa olinganlar JK 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga ko‘ra THning bir kishilik kamerasida saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshgan shaxslarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan og‘ir kasallarga va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
31. THda saqlanayotgan shaxslarni bir kishilik kameralarga joylashtirishga TH boshlig‘ining mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi prokuror bilan kelishilgan asoslantirilgan qaroriga ko‘ra:
Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan alohida-alohida joylashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlashning boshqa imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;
THda saqlanayotgan shaxslarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab;
THda saqlanayotgan shaxsning yakka saqlash to‘g‘risidagi yozma arizasiga binoan;
THda saqlanayotgan shaxsni, agar kunduzi umumiy kamerada saqlanayotgan bo‘lsa, tungi vaqtda bir kishilik kameraga joylashtirish zarur bo‘lganda;
THda saqlanayotgan shaxslarning ajratib qo‘yilishini ta’minlash talab qilingan boshqa hollarda ham yo‘l qo‘yiladi.
32. THda saqlanayotgan shaxslarning THning boshqa kameralarida yoki o‘zga xonalarida saqlanayotgan THda saqlanayotgan shaxslar bilan so‘zlashishiga, ularga biron-bir narsa berishiga hamda ular bilan yozishmalar olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ajratib qo‘yishni ta’minlashga doir talablarga THda saqlanayotgan shaxslarni TH hududidan tashqariga ko‘chirishda ham rioya etilishi kerak.
33. THda saqlanayotgan shaxslar shaxsiy tintuv qilinadi, ularning barmoq izlari hamda fotosurati olinadi. Ular joylashtirilgan xonalar tintuv qilinadi, ularning yonidagi ashyolari hamda nomiga kelgan posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar esa ko‘zdan kechiriladi.
34. Shaxsiy tintuv to‘liq yoki to‘liqsiz shaklda o‘tkazilishi mumkin.
35. To‘liq shaxsiy tintuv:
shaxs THga olib kelinganda;
shaxs THdan olib ketilayotganda yoki karserga kiritilayotganda unda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi haqidagi asosli ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.
36. To‘liq shaxsiy tintuv o‘tkazishda shaxs to‘liq yechintirilib, uning badani, kiyim-boshi, poyabzali, agar mavjud bo‘lsa, TH tibbiy xodimi nazorati ostida protezlari, plastir yopishtirilgan, gipsli va boshqa bog‘langan joylari birma-bir sinchiklab tekshiriladi. Kiyim-boshi orasida taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi aniqlangan taqdirda, kiyim-boshining choki so‘kiladi, poyabzalida mavjud supinator va temir nag‘al esa, ajratib olinadi.
37. To‘liqsiz shaxsiy tintuv quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
THda saqlanayotgan shaxslar TH tibbiyot bo‘limiga, sayrga, barmoq izlarini olish yoki fotosuratga olishga olib chiqilayotganda, shuningdek qaytarib olib kirilayotganda;
jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs, himoyachi, qonuniy vakil, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga olib chiqilayotganda, shuningdek qaytarib olib kirilayotganda;
boshqa kameraga o‘tkazilayotganda.
38. To‘liqsiz shaxsiy tintuv o‘tkazishda shaxs yechintirilmasdan ko‘zdan kechiriladi, uning kiyim-boshi, poyabzali paypaslab tekshiriladi. Shaxsda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi aniqlangan taqdirda, to‘liq shaxsiy tintuvdan o‘tkaziladi.
39. Shaxsiy tintuv THning tintuv qilinayotgan shaxs bilan bir jinsda bo‘lgan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
40. Quyidagi hollarda THda saqlanayotgan shaxslarning ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari ular ishtirokida ko‘zdan kechiriladi:
THga olib kelinganda yoki olib chiqilayotganda;
boshqa kameraga o‘tkazilayotganda;
THning tibbiyot bo‘limi statsionariga kiritilayotganda;
karserga kiritilayotganda.
41. Zarur hollarda, TH boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs ko‘rsatmasiga ko‘ra, THda saqlanayotgan shaxslarning ashyolari va oziq-ovqat mahsulotlari ularning yo‘qligida ham TH xodimlari tomonidan kamera bo‘yicha navbatchi ishtirokida ko‘zdan kechiriladi.
42. THga olib kelingan va saqlanayotgan shaxslarda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining borligi aniqlanganda, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
43. Shaxsiy tintuv qilish hamda ko‘zdan kechirish natijalari mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Mazkur bayonnoma shaxsiy tintuv qilgan hamda ko‘zdan kechirishni o‘tkazgan TH xodim(lar)i va shaxsiy tintuv qilingan hamda ko‘zdan kechirilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Shaxs bayonnomada o‘z e’tirozlarini ko‘rsatishga haqli.
44. Shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
45. Shaxsiy tintuv qilish hamda ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘zdan kechirishda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan, shuningdek og‘riq bermaydigan texnik vositalardan foydalanilishi mumkin.
46. Shaxsiy tintuv qilish hamda ko‘zdan kechirish o‘tkazilgan sana, ularni o‘tkazgan shaxslarning unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, foydalanilgan texnik vositalarning turi (agar foydalanilgan bo‘lsa) THda saqlanayotgan shaxslarning kamera kartochkasiga yozib qo‘yiladi hamda tuzilgan bayonnoma va dalolatnomalar ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
47. THda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini yuritayotgan shaxslarning, advokatlarning, shuningdek THlarni nazorat qiluvchi va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari va poyabzallari ko‘zdan kechirilmaydi. Mazkur shaxslar kelganda, o‘qotar qurol hamda boshqa taqiqlangan vositalar va narsalarni THning navbatchilik qismiga topshirishi shart.
48. Taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari TH boshlig‘ining mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi qaroriga asosan olib qo‘yiladi va xususiyatiga ko‘ra, saqlash yoki vaqtinchalik saqlash va kelgusida shaxsning qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga THda saqlanayotgan shaxsning arizasi va jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning roziligiga ko‘ra berib yuborish yoxud davlat daromadiga o‘tkazish yoki yo‘q qilish uchun TH omborxonasi yoki moliya bo‘limiga topshiriladi. TH boshlig‘ining taqiqlangan ashyolarni davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha qarori prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
49. Qamoqqa olinganlardan olib qo‘yilgan pullar ularning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatliklar esa saqlash uchun topshiriladi. Ushlab turilganlardan olib qo‘yilgan pullar qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatliklar bilan birga saqlash uchun topshiriladi.
50. Pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatliklar saqlash uchun topshirilganligi haqida uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi THda saqlanayotgan shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi, uchinchi nusxasi esa, TH moliya bo‘limiga topshiriladi.
51. THda saqlanayotgan shaxs shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini o‘z ixtiyoriga ko‘ra Qonun va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda sarflashi mumkin.
52. THda saqlanayotgan shaxs THga kelganida yashirgan, shuningdek u THda bo‘lgan davrida undan topib olingan pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatliklar TH boshlig‘ining prokuror bilan kelishilgan asoslantirilgan qaroriga ko‘ra davlat daromadiga o‘tkaziladi.
53. Taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalar saqlash uchun topshiriladi yoki tegishli muassasalarga beriladi yoxud TH boshlig‘ining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra yo‘q qilib tashlanib, bu haqda mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
54. Sanitariya ishlovidan o‘tkazish chog‘ida THda saqlanayotgan shaxslarni nazorat qilish hamda shaxsiy tintuv qilish THning THda saqlanayotgan shaxslar bilan bir jinsda bo‘lgan xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
55. Shaxslarni taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib o‘tishga urinishda gumon qilish uchun yetarli asoslar bo‘lsa, THlarning xodimlari bunday joylar hududiga kirish va chiqish joyida shaxslarning ashyolari, kiyim-boshlari hamda poyabzallarini, shuningdek kirib kelayotgan hamda chiqib ketayotgan transport vositalarini ko‘zdan kechirishdan o‘tkazishga, taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni olib qo‘yishga haqlidir.
56. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organga olib qo‘yilgan pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatliklar to‘g‘risida uch kun ichida xabar qilinadi.
57. THda saqlanayotgan shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya, gigiyena hamda yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan maishiy sharoitlar yaratiladi.
58. THda saqlanayotgan shaxslar shaxsiy kiyim-boshi va poyabzalidan foydalanadi. THda saqlanayotgan shaxslarda zarur mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda ularning iltimosiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ularga jinsi hamda iqlim sharoitlari inobatga olingan holda kiyib yurishga ruxsat etilgan mavsumiy kiyim-bosh va poyabzal beriladi.
59. THda saqlanayotgan shaxslarga alohida yotoq joyi, ko‘rpa-to‘shak (ko‘rpa, yostiq, ikkita choyshab va yostiq jildi), idishlar hamda ovqatlanish asboblari (kosa (miska), krujka va qoshiq) beriladi.
60. Tikuv ignalari, qaychilar, ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini kesishga mo‘ljallangan pichoqlar TH xodimlari nazorati ostida qisqa vaqt davomida foydalanish uchun beriladi.
61. THda saqlanayotgan shaxslarda zarur mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularning iltimosiga ko‘ra, ularga yakka tartibdagi gigiyena vositalari (kamida sovun, tish chyotkasi, tish pastasi yoki poroshogi), soqol oladigan asbob yoki shaxsiy gigiyena vositalari (ayollar uchun) ham beriladi.
62. THda saqlanayotgan shaxslar saqlanadigan kameralar ventilatsiya jihozlariga hamda isitish tizimiga, shuningdek ko‘zga ziyon yetkazmaydigan holda o‘qish yoki yozish uchun yetarli tabiiy va sun’iy yorug‘likka ega bo‘lishi kerak. Kameralarning derazalari sun’iy ventilatsiya tizimi mavjudligidan qat’i nazar, toza havo kirishini ta’minlashi lozim.
Kamerani shamollatish har kuni kamera bo‘yicha navbatchi tomonidan amalga oshiriladi.
63. THda saqlanayotgan shaxslar saqlanadigan kameralar radioeshittirish vositalari bilan jihozlanadi.
64. Kameralarga, ularda saqlanishi mo‘ljallangan shaxslar sonini hisobga olgan holda quyidagi jihozlar o‘rnatiladi:
bir qavatli yoki ikki qavatli karavotlar (homilador ayollar va bolali ayollar saqlanadigan palatalarda (kameralarda) – faqat bir qavatli karavotlar);
stol va stul (o‘rindiq);
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan jihozlar;
kiyim-bosh uchun ilgich;
tozalik anjomlari qo‘yiladigan polka;
devorga o‘rnatilgan oyna;
radioeshittirish vositasi;
axlat qutisi;
sun’iy shamollatish tizimi (ventilatsiya);
sanitariya tarmog‘i (polga o‘rnatilgan unitaz va bet-qo‘l yuvgich);
isitish tizimi;
elektr rozetka.
65. Bolali ayollar saqlanadigan kameralarga qo‘shimcha ravishda quyidagi jihozlar o‘rnatiladi:
bolalar uchun plastmassali vannacha;
diskli elektr plita;
zarurat bo‘lganda, qo‘shimcha isitish uskunalari.
66. Qamoqqa olinganlarning cho‘milib-yuvinishi, choyshab va yostiqjildlarini almashtirish yetti kunda kamida bir marta amalga oshiriladi. THda saqlanayotgan shaxslarga yigirma daqiqa davomida cho‘milib-yuvinish imkoniyati beriladi. Hammomning maxsus jihozlangan xonasida ularga bir martalik yoki elektr ustara yordamida soch-soqol olishiga ruxsat beriladi.
67. THda saqlanayotgan shaxslarni sanitariya ishlovidan o‘tkazish vaqtida ularda jismoniy kuch ishlatilishi oqibatida yuzaga kelgan jarohat izlari bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun shifokor tomonidan ularning badani ko‘zdan kechiriladi. Jarohat izlari borligi aniqlangan taqdirda, shifokor ularning tibbiy kartasiga bu haqda yozib qo‘yadi va TH ma’muriyatiga bildirgi orqali ma’lum qiladi.
68. THlarda bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashash maydonining normasi ikki yarim kvadrat metrdan, ayollar va voyaga yetmaganlar uchun esa uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan o‘lchamda belgilanadi. THda saqlanayotgan bemorlar, shuningdek homilador ayollar va bolali ayollar saqlanadigan palatalarda (kameralarda) bir kishiga to‘g‘ri keladigan yashash maydoni to‘rt kvadrat metrdan kam bo‘lmasligi lozim.
69. THlarda yashash maydoni normasi belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena va qurilish normalari hamda qoidalariga mos bo‘lishi kerak.
70. THlarda homilador ayollar va bolali ayollar uchun yaxshilangan moddiy-maishiy sharoitlar yaratiladi, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil etiladi hamda ovqatning oshirilgan normalari belgilanadi.
71. THda saqlanayotgan homilador ayollar tug‘ish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqiladi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, TH ma’muriyati jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga onaning roziligi bilan bolani qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga yoki bolalar muassasasiga vaqtincha topshirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ iltimosnomani olgach, JPKning 218-moddasiga muvofiq homiylik qilish choralarini ko‘radi.
72. THda saqlanayotgan shaxslar ular organizmining normal yashashi uchun yetarli bo‘lgan bepul ovqat bilan ta’minlanadi.
THlardagi ovqat normalari THda saqlanayotgan shaxslarning sog‘lig‘i holatiga hamda yoshiga, shuningdek qamoqqa olinganlar jalb etilishi mumkin bo‘lgan ishning xususiyati va og‘irligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
THda saqlanayotgan homilador ayollarga va bolali ayollarga, voyaga yetmaganlarga, shuningdek bemorlarga, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlariga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi.
73. THda saqlanayotgan shaxslar kamerada suv qaynatish vositalari bo‘lmagan taqdirda, har kuni belgilangan vaqtda ehtiyojga qarab qaynatilgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
74. THda saqlanayotgan shaxslar TH kutubxonasidagi stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlardan foydalanish huquqiga ega. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar har bir kameraga o‘n kishi hisobiga (o‘n kishidan kam bo‘lsa ham) bitta komplekt beriladi.
75. THda saqlanayotgan shaxslar tasarrufida qog‘oz va kanselyariya ashyolari bo‘lishi huquqiga ega. THda saqlanayotgan shaxslarga ularning iltimosiga ko‘ra, arizalar, takliflar va shikoyatlarini yozishi uchun qog‘oz va sharikli ruchka beriladi.
76. THda saqlanayotgan shaxslar TH kutubxonasidagi qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar va davriy matbuot nashrlaridan foydalanish hamda mustaqil ta’lim olish bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
77. Davriy matbuot nashrlari har bir kameraga o‘n kishi hisobiga (o‘n kishidan kam bo‘lsa ham) bitta beriladi. Qonunchilik hujjatlari, adabiyotlar, shuningdek davriy matbuot nashrlarini almashtirish har o‘n kunda kamida bir marta amalga oshiriladi. Kutubxonadan foydalanish jadvali TH boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
78. THlarda davolash-profilaktika va sanitariya, epidemiyaga qarshi ishlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi va o‘tkaziladi. TH ma’muriyati THda saqlanayotgan shaxslarning sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlaydigan sanitariya-gigiyena talablarini bajarishi shart.
79. THda saqlanayotgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yoki psixiatriya yordami ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek qamoqqa olinganlarga JPKda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha statsionar sud-tibbiy yoxud sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan taqdirda, ular davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi. Bunda ularni qo‘riqlash va xulq-atvorini nazorat qilish ta’minlanadi.
80. THda saqlanayotgan shaxslarni TH hududidan tashqariga olib chiqish jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ bilan kelishiladi. THda saqlanayotgan shaxsga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lganda ularni davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqish TH boshlig‘ining yozma ruxsati bilan amalga oshirilib, keyinchalik jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ yozma ravishda xabardor qilinadi.
81. THda saqlanayotgan shaxs THlarda tan jarohatlari olganda THlarning tibbiy xodimlari tomonidan kechiktirmasdan tibbiy guvohlantirish o‘tkaziladi. Tibbiy guvohlantirish natijalari belgilangan tartibda qayd etiladi va jabrlanuvchiga ma’lum qilinadi.
82. Tibbiy guvohlantirish TH boshlig‘ining yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning shaxsiy tashabbusiga yoxud THda saqlanayotgan shaxs yoxud uning himoyachisining iltimosiga ko‘ra chiqarilgan qarori asosida davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy guvohlantirishni o‘tkazishning rad etilishi ustidan prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
83. THda saqlanayotgan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
84. THda saqlanayotgan shaxslar har kuni kameralarni ko‘zdan kechirish vaqtida TH tibbiy xodimlariga, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda esa, THning istalgan xodimiga tibbiy xizmat ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilishlari mumkin. Murojaat qilganlarga zarur tibbiy xizmat ko‘rsatilishi shart.
85. THda saqlanayotgan shaxslarga ambulator tibbiy xizmat kameralarda yoki THning maxsus jihozlangan tibbiyot xonalarida ko‘rsatiladi. TH tibbiy xodimi har kuni kameralarni ertalabki ko‘zdan kechirish vaqtida, birinchi navbatda, ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
86. Dori vositalari bemorlarning o‘zlariga faqat bir kunlik iste’mol uchun TH tibbiyot bo‘limi boshlig‘ining ruxsatiga ko‘ra berib qo‘yiladi.
87. Dori vositalari TH tibbiy xodimining ko‘rsatmasi bo‘yicha bemorning tibbiy kartasiga yozilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq beriladi. Bemorning xohishiga ko‘ra, shu jumladan boshqa tibbiyot muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan tayinlangan dori vositalari uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan olib kelingan taqdirda, TH tibbiyot bo‘limi boshlig‘ining roziligi bilan olinishi mumkin.
88. Shifokorning yozma xulosasiga ko‘ra tavsiya etiladigan, THda saqlanayotgan shaxslar tomonidan olinadigan dori vositalarining miqdori cheklanmaydi.
89. Dori vositalarining iste’mol qilinishi TH tibbiy xodimi nazoratida amalga oshiriladi. Davolanishi uzluksiz davom etadigan (yurak muskullarining siqilishi (stenokardiya), bemorning tinchlanishiga bog‘liq bo‘lgan qon-tomir, arterial qon bosimining ko‘tarilishi bilan kechadigan gipertonik kasalliklar, qandli diabet, tutqanoq va boshqa shu kabi kasalliklarga chalingan) bemorlarga TH tibbiy xodimi tomonidan tayinlangan dori vositalari berib qo‘yilishi mumkin, tarkibida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan, shuningdek kuchli ta’sir etuvchi va boshqa shu kabi dori vositalari bundan mustasno.
90. TH tibbiy xodimi tomonidan tayinlanadigan shifobaxsh vositalar THda saqlanayotgan shaxslarga cheklanmagan miqdorda berilishi mumkin.
91. THda saqlanayotgan shaxslarning sog‘lig‘i yomonlashganda, TH tibbiy xodimi tomonidan qo‘shimcha klinik-laboratoriya tekshiruvi, zarur hollarda, mutaxassis- shifokor ko‘rigi tashkil etiladi.
92. TH tibbiy xodimi ko‘rigiga olib kelingan bemorlar yakka tartibda yoki guruhlarga ajratilgan holda (3, 4 va 5 kishilik) saqlash talablariga rioya qilgan holda nazorat ostidagi kameralarga kiritiladi.
93. THda saqlanayotgan shaxslarda o‘ta xavfli, yuqumli yoki parazitar kasalliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, zudlik bilan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va davolash-profilaktika ishlari amalga oshiriladi.
94. Epidemiyaga qarshi kurashish maqsadida TH oshxonalarining xodimlari TH tibbiy xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ularning normal ishlashi uchun to‘sqinlik qiluvchi holatlar bo‘lmagan taqdirda, bu haqda ularning tibbiy kartasiga yozib qo‘yiladi, bunday holat aniqlangan taqdirda esa, ular zarur muddatga oshxonadan chetlashtiriladi. Tibbiy ko‘rik bilan bir vaqtda ovqatlarning laboratoriya tekshiruvi ham o‘tkaziladi.
95. THga olib kelingan shaxslar ular olib kelingan kundan boshlab uch kun ichida maxsus jihozlangan tibbiyot xonasida TH tibbiy xodimi tomonidan majburiy rentgenoflyurografik (rentgenoflyurografik tekshiruvga oid ma’lumotlar bo‘lmaganda) va laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi. Olingan tibbiy ko‘rik natijalari ularning tibbiy kartasiga yozib qo‘yiladi.
96. Zarur hollarda, THda saqlanayotgan tibbiy yordamga muhtoj shaxslar JIEBB ma’muriyati bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish tizimidagi mahkumlar mo‘ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaga belgilangan tartibda yuboriladi.
97. THda saqlanayotgan shaxs og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, TH ma’muriyati bu haqda uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga va prokurorga darhol xabar qiladi.
98. THda saqlanayotgan shaxslar shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega. THda saqlanayotgan shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid yoxud unga nisbatan shaxsga qarshi jinoyatlar sodir etilishi tahdidi yuzaga kelganda TH xodimlari darhol uning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
99. TH boshlig‘i THda saqlanayotgan shaxslarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
100. Qamoqqa olinganlar o‘z shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni naqd pulsiz hisob-kitob qilish yo‘li bilan sotib olish huquqiga ega. Qamoqqa olinganlarga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdorda pul sarflashga ruxsat etiladi.
101. Qamoqqa olinganlar TH xodimlaridan do‘kondan sotib olish mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarning turlari va qiymati (narxi) haqida axborot olishlari mumkin.
102. Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishni xohlovchilar TH boshlig‘i nomiga mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
103. Do‘kondan sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar TH xodimlari tomonidan ularni sotib olgan shaxslarga imzo qo‘ydirish orqali taqdim qilinadi.
104. Karserda saqlash vaqtida THda saqlanayotgan shaxslarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi taqiqlanadi.
105. THda saqlanayotgan shaxslar posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar olish huquqiga ega.
106. Qamoqqa olinganlarning bir oy mobaynida, ushlab turilganlarning ushlab turilgan davrida og‘irligi pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida belgilangan normalardan oshmaydigan bittadan posilka yoki banderol, shuningdek umumiy og‘irligi o‘n ikki kilogrammgacha bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ikkita yo‘qlov olishiga ruxsat etiladi.
107. THda saqlanayotgan homilador ayollar va bolali ayollar, voyaga yetmaganlar, shuningdek shifokorning yozma xulosasiga ko‘ra davolanishga hamda kuchaytirilgan ovqatga muhtoj deb topilgan bemorlar, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlari uchun yo‘qlovlarning soni va og‘irligi cheklanmaydi.
108. Odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diradigan yoki jinoyat quroli sifatida yoxud ushlab turish, qamoqda saqlash maqsadlariga to‘sqinlik qilish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni THda saqlanayotgan shaxslarga berish taqiqlanadi.
109. Posilka, yo‘qlov va banderollarni qabul qilish THning maxsus jihozlangan binosida amalga oshiriladi. Yo‘qlovlarni qabul qilish, shuningdek THda saqlanayotgan shaxslarga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuv berish vaqti va tartibi THga kelgan shaxslarga ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi.
110. Yo‘qlov olib kelgan shaxs mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda uch nusxada ariza to‘ldiradi. Arizaning barcha nusxalari va yo‘qlov uni olib kelgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan birga TH xodimiga taqdim etiladi.
Yo‘qlovdagi non va kolbasa mahsulotlari, shuningdek pishloq va tuzlangan baliq bo‘laklarga ajratilib tekshiriladi, suyuq mahsulotlar THning idishiga quyiladi, konservalar ochilib, boshqa idishga solinadi, maxorka, shakar va shu kabilar maxsus elakdan o‘tkaziladi, konfetlar o‘ramsiz qabul qilinadi, tamaki mahsulotlari qutisidan chiqarilgan holda ko‘zdan kechiriladi. Yozishmalarni hamda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini yashirish mumkin bo‘lgan boshqa barcha mahsulotlar ham shu tartibda tekshiriladi. Zarur hollarda, tekshiruv jarayonida texnik vositalardan foydalaniladi.
111. Tekshiruv yo‘qlovni olib kelgan shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.
112. Yo‘qlovda jinoiy maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan, TH hududiga kiritish taqiqlangan yashirilgan ashyolar aniqlangan taqdirda, tekshiruv o‘tkazish TH tezkor-qidiruv xizmatiga topshirilib, bu haqda tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi.
113. TH xodimi yo‘qlov olib kelgan shaxsga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va arizasining bir nusxasini yo‘qlovni qabul qilganligi to‘g‘risida imzo qo‘yib qaytarib beradi hamda yo‘qlovning og‘irligini maxsus jurnalga qayd etadi. Arizaning ikkinchi nusxasiga THda saqlanayotgan shaxs yo‘qlovni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yganidan so‘ng, yo‘qlov unga beriladi va arizaning ushbu nusxasi uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi hamda uning ma’lumot kartochkasiga yo‘qlov olganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. THda saqlanayotgan shaxs arizaga yo‘qlovni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yishdan bosh tortsa, bu haqda arizaning ushbu nusxasiga yozib qo‘yiladi va dalolatnoma tuziladi. Arizaning uchinchi nusxasi tegishli nomenklatura hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
114. Yo‘qlovlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
yo‘qlovni olib kelgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmaganda;
taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinganda;
yo‘qlovlar soni yoki yo‘qlovning umumiy og‘irligi Qonunda belgilangan normadan ortiq bo‘lganda, uning ortiqcha qismi;
THda saqlanayotgan shaxs tergov harakatlari o‘tkazish uchun, shuningdek sudga yoxud davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga yigirma to‘rt soatdan ortiq vaqtga olib ketilganligi sababli, yo‘qlovni shaxsan qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda;
yo‘qlov oluvchi yo‘qlovni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda;
yo‘qlov oluvchi boshqa muassasaga yuborilgan yoki ozod etilganda;
yo‘qlov oluvchi vafot etganda.
Bunday hollarda yo‘qlov uni olib kelgan shaxsga qaytarib beriladi.
115. Tibbiyot bo‘limida statsionar davolanayotgan bemorga beriladigan yo‘qlov TH tibbiy xodimining tavsiyasini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
116. Posilka va banderollar TH xodimlaridan iborat uch kishilik komissiya tomonidan ochiladi hamda ularning ichidagi ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari posilka yoki banderolning ustidagi ro‘yxat bilan solishtiriladi.
Ochilgan posilka va banderollar bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda unga ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati, ularning tashqi belgilari, sifati, agar ularda taqiqlangan ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lsa, dalolatnomada ularni saqlash, davlat daromadiga o‘tkazish yoki yo‘q qilish uchun topshirilganligi ko‘rsatiladi.
117. Dalolatnomaning ikkala nusxasi ham THda saqlanayotgan shaxsga imzo qo‘ydirib tanishtiriladi. Dalolatnomaning bir nusxasi uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga, ikkinchi nusxasi esa, tegishli nomenklatura hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
118. Posilka va banderollar:
THda saqlanayotgan shaxs ularni qabul qilishdan yozma ravishda bosh tortganda;
THda saqlanayotgan shaxs boshqa THga yuborilganda yoki ozod etilganda;
nomiga posilka va banderol kelgan THda saqlanayotgan shaxs vafot etganda ularni jo‘natgan shaxslarga pochta orqali yuboriladi.
119. THda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning posilkalar, yo‘qlovlar va banderollarda darsliklar hamda yozuv ashyolari olishiga, qamoqqa olingan voyaga yetmaganlarning esa mazkur narsalarni TH ma’muriyati orqali sotib olishiga ham ruxsat beriladi.
120. Karserda saqlash vaqtida qamoqqa olinganlarning posilkalar, yo‘qlovlar hamda banderollar olishi taqiqlanadi. Posilkalar, yo‘qlovlar hamda banderollar qamoqqa olinganlarga ularning karserda bo‘lish muddati tugaganidan keyin topshiriladi. Bunda yuborilgan posilka va banderollar saqlash uchun TH omborxonasiga topshiriladi.
121. Posilkalar, yo‘qlovlar va banderollarning saqlanishi oqibatida ularning tabiiy buzilishi hamda ko‘zdan kechirish natijasida tashqi ko‘rinishini yo‘qotganligi uchun TH ma’muriyati javobgar bo‘lmaydi. Bu haqda yo‘qlov olib kelgan shaxs yo‘qlovni qabul qilish vaqtida ogohlantirilishi shart.
122. Posilkalar, yo‘qlovlar yoki banderollar ular qabul qilib olingandan so‘ng, yigirma to‘rt soat ichida, ushbu vaqt davomida THda saqlanayotgan shaxs ma’lum sabablarga ko‘ra vaqtincha THda bo‘lmagan hollarda esa, u qaytib kelgandan so‘ng beriladi.
123. THda saqlanayotgan shaxslar qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan yozishmalar olib borish huquqiga ega. THda saqlanayotgan shaxslarning xat-xabarlarini jo‘natish ularning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
124. THda saqlanayotgan shaxslar yozishmalar uchun zarur ashyolarni (konvertlar, markalar, telegramma blankalari, qog‘oz va boshqalarni) TH xodimlari orqali sotib oladi.
125. THda saqlanayotgan shaxslarning yozishmalari TH ma’muriyati orqali amalga oshiriladi hamda senzuradan o‘tkaziladi. Senzura TH ma’muriyati tomonidan, zarur bo‘lgan taqdirda esa jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.
126. THda saqlanayotgan shaxslarning jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi yoxud jinoyat sodir etilishiga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan, maxfiy yozuv, belgilar bilan yozilgan, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan xat-xabari adresatga jo‘natilmaydi, THda saqlanayotgan shaxslarga berilmaydi hamda jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga topshiriladi. Bu haqda prokuror yozma ravishda xabardor qilinadi.
127. THda saqlanayotgan shaxslardan xat-xabarlar va to‘ldirilgan telegramma blankalari har kuni yopilmagan konvertlarda, jo‘natuvchi va oluvchining rekvizitlari yozilgan holda TH xodimi tomonidan qabul qilinadi. Xat-xabarlar ularning arizasiga muvofiq voyaga yetmagan farzandlariga TH rekvizitlarini ko‘rsatmagan holda jo‘natilishi mumkin.
128. Xat-xabar va telegrammaning to‘ldirilgan blankasiga TH boshlig‘i nomiga yozilgan pochta xarajatlarini to‘lash uchun hisobvarag‘idan zarur pul mablag‘ini yechib olish to‘g‘risidagi ariza ilova qilinadi. TH moliya bo‘limi xodimi pochta xarajatlariga muvofiq xat-xabar va telegramma yuborish uchun zarur pul mablag‘ini shaxsning shaxsiy hisobvarag‘idan yechib oladi.
129. Xat-xabarni THda saqlanayotgan shaxslarga topshirish va adresatlarga jo‘natish xat-xabar kelib tushgan yoxud u jo‘natishga topshirilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda TH ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi. Telegramma adresatga darhol topshiriladi va jo‘natiladi.
130. THda saqlanayotgan shaxslarning barcha xat-xabarlari yuborilgan yoki olingan sana maxsus jurnalda qayd etiladi.
131. Xat-xabar jo‘natilganidan so‘ng ariza tegishli nomenklatura hujjatlari yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi hamda THda saqlanayotgan shaxs xat-xabar jo‘natilganligi va shaxsiy hisobvarag‘ida qolgan pul mablag‘lari miqdori to‘g‘risida xabardor qilinadi.
132. THda saqlanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshi vafot etganligi, og‘ir kasalligi, THda saqlanayotgan shaxslarning oilasi yoxud yaqin qarindoshlariga moddiy zarar yetkazgan tabiiy ofat haqidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlar olinganidan keyin darhol adresatga ma’lum qilinadi.
133. Turli THlardagi shaxslar o‘rtasidagi yoki THda saqlanayotgan shaxslarning ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar bilan yozishmalari faqat qarindoshlar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin.
134. THdan ketgan THda saqlanayotgan shaxsning nomiga kelgan xatlar olinganidan keyin uch kunlik muddatdan kechiktirmay THning ma’muriyati tomonidan u ketgan joyga jo‘natiladi.
135. Karserda saqlash vaqtida qamoqqa olinganlarning yozishmalari taqiqlanadi.
136. Qamoqqa olinganlar o‘z shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul jo‘natmalarini olishi mumkin. Pul jo‘natmalari to‘g‘risida qamoqqa olingan shaxs, shuningdek jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ xabardor qilinadi.
137. Pul jo‘natmalari qamoqqa olinganning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
138. Qamoqqa olinganlar o‘z shaxsiy hisobvaraqlaridagi mavjud pul mablag‘larini TH boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan holda qarindoshlari yoki boshqa shaxslarga jo‘natishlari mumkin. Pul mablag‘ini jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar qamoqqa olinganning hisobidan amalga oshiriladi.
139. THda saqlanayotgan shaxslar kamida bir soat davom etadigan har kungi sayr etish huquqiga ega.
140. Homilador ayollarning va bolali ayollarning har kungi sayri kamida ikki soat davom etadigan qilib belgilanadi.
141. Bemorlarning har kungi sayr etish vaqti TH tibbiy xodimining xulosasiga ko‘ra belgilanadi.
142. Voyaga yetmaganlarning har kungi sayri kamida ikki soat davom etadigan qilib belgilanadi. Sayrlar vaqtida voyaga yetmaganlarga jismoniy mashqlar va sport o‘yinlari uchun imkoniyat beriladi.
143. Karserda saqlanayotgan qamoqqa olinganlar har kuni bir soat davom etadigan sayrdan foydalanish huquqiga ega.
144. Kameradagi shaxslar sayrga bir vaqtda olib chiqilishi va ular mavsumiy kiyimda bo‘lishi lozim.
145. THda saqlanayotgan shaxslar sayrga kunning yorug‘ va qulay vaqtida TH ma’muriyati tomonidan belgilangan jadval asosida olib chiqiladi.
146. Sayr vaqtida TH tibbiy xodimlari TH mas’ul xodimlari bilan birgalikda kameralarning sanitariya holatini tekshirishlari mumkin.
147. Sayrga olib chiqilgan shaxslar doimiy ravishda nazorat qilib turiladi.
148. Sayr qilish tartibini buzgan shaxslarning sayr qilish vaqti TH boshlig‘i, uning o‘rinbosari yoki THBYo-TNning qarori bilan muddatidan oldin to‘xtatiladi.
149. THda saqlanayotgan shaxslar sayr vaqtida sayrni muddatidan oldin to‘xtatish haqida nazoratchiga murojaat qilishlari mumkin. Nazoratchi bu haqda THBYo-TNni xabardor qiladi.
150. THda saqlanayotgan shaxslarga himoyachisi, qonuniy vakili, qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar beriladi. Himoyachi va qonuniy vakil bilan moneliksiz va xoli uchrashuvlar ularning soni hamda davom etish muddati cheklanmagan holda beriladi, JPKning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
151. Ushlab turilganga jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsati asosida qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan oyiga davom etish muddati ikki soatgacha bo‘lgan bitta uchrashuv, qamoqqa olinganga esa har birining davom etish muddati ikki soatgacha bo‘lgan ko‘pi bilan ikkita uchrashuv (shu jumladan ushlab turilgan davrida berilgan uchrashuv) berilishi mumkin.
152. Jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning uchrashuvga kelgan shaxs haqida aniq ma’lumotlar ko‘rsatilgan yozma ruxsati gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Bir vaqtning o‘zida THda saqlanayotgan shaxs bilan ikki nafar voyaga yetgan shaxslarning uchrashuviga ruxsat etiladi.
153. THda saqlanayotgan shaxsning qarindoshlari va boshqa shaxslarga TH boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsati hamda uchrashuvga kelgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida uchrashuv beriladi.
154. THda saqlanayotgan shaxslar uchrashuvga bir vaqtning o‘zida olib chiqilishi mumkin. O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslar va o‘ta xavfli retsidivistlar bilan uchrashuvlar yakka tartibda tashkil qilinadi.
155. TH xodimlari tomonidan uchrashuvga olib chiqilayotgan shaxsning tashqi ko‘rinishi ozoda bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
156. Uchrashuvga kelgan va THda saqlanayotgan shaxsning so‘zlashuvlari so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladi.
157. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, shuningdek mast holda kelgan yoki jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsati berilmagan shaxslarga uchrashuv berilmaydi. Bunda rad etish sabablari TH xodimi tomonidan tushuntiriladi.
158. THda saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashuvlar quyidagilarga beriladi:
advokatga — u advokat guvohnomasini va o‘zining muayyan ishni yuritishga bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi orderni ko‘rsatganda;
himoyachi sifatida ishtirok etayotgan yaqin qarindoshiga yoki qonuniy vakiliga — uning ishda himoyachi sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchining qarorini yoki sudning ajrimini va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatganda;
qonuniy vakilga — uning ishda qonuniy vakil sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining qarorini yoki sudning ajrimini va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatganda;
qarindoshga yoki boshqa shaxsga — jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsatini va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatganda.
Ushbu bandda sanab o‘tilgan shaxslardan boshqa hujjatlarni talab qilib olish taqiqlanadi.
159. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonada hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlab qolinadi.
THda saqlanayotgan shaxslarning o‘z himoyachisi va qonuniy vakili bilan uchrashuvlari TH xodimi ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin.
160. Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar TH xodimlarining nazorati ostida amalga oshiriladi hamda THda saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsalar va moddalarni topshirishga yoxud jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi yoki jinoyat sodir etilishiga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan, shuningdek THlardagi rejimga taalluqli ma’lumotlarni shartli imo-ishoralar yordamida yoxud THlarning xodimlariga tushunarsiz tilda topshirishga urinilgan taqdirda muddatidan ilgari to‘xtatib qo‘yiladi. Uchrashuvga kelgan shaxs bu haqda uchrashuv boshlanishidan oldin ogohlantirilishi shart.
161. Mazkur Qoidalarning 160 va 1621-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha advokat bilan uchrashuv muddatidan ilgari to‘xtatilgan taqdirda, TH ma’muriyati tomonidan advokatlik siri va daxlsizligini ta’minlashga doir qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma nusxasi JIEBBga, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga va guvohnoma bergan hududiy adliya organiga zudlik bilan yuboriladi.
Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi dalolatnomada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida JIEMga axborot beradi.
162. Himoyachilar, qonuniy vakillar, qarindoshlar va boshqa shaxslarga uchrashuvlar berilganda, ularning yonida aloqa vositalari, shaxsiy kompyuter, fotoapparatlar, videokameralarning va ovoz yozish qurilmalarining bo‘lishi taqiqlanadi.
1621. Advokatning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan ma’lumotlarni qayd etish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
163. Qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan uchrashuv huquqini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda (qarindoshlar va boshqa shaxslar kelishining moddiy va boshqa qiyinchiliklari, ularning kasalligi va hokazo), qamoqqa olinganga u saqlanayotgan THning texnik imkoniyatlari bo‘lganda uning shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan telefon orqali limitlangan so‘zlashuv huquqi berilishi mumkin.
164. THda uchrashuvlar yoki telefon orqali limitlangan so‘zlashuvlar vaqtincha to‘xtatib turilgan hollarda nazorat qiluvchi prokurorga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga bu haqda xabar beriladi va uchrashuvga kelganlarni qabul qilish xonasiga e’lon osib qo‘yiladi.
165. Karserda saqlash vaqtida qamoqqa olinganlarning himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlardan tashqari uchrashuvlari taqiqlanadi.
166. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil THlarga moneliksiz kirish, shuningdek THda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish huquqiga ega.
167. TH ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga THda saqlanayotgan shaxslar bilan moneliksiz va xoli uchrashuvi hamda suhbati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart.
168. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning THda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashuvlari va suhbatlari TH xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi.
169. THda saqlanayotgan shaxslar, agar bu mazkur Qoidalarni, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, TH xonalarida diniy rasm-rusumlarni ado etish, TH kutubxonasidagi diniy adabiyotlardan foydalanish, diniy ibodat narsalaridan foydalanish, fuqarolik-huquqiy bitimlarda va oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega.
170. THda saqlanayotgan shaxslarga TH kutubxonasida bo‘lgan diniy adabiyotlar, diniy ibodat narsalari va boshqa qimmatliklardan yasalgan madaniy va tarixiy qimmatga ega bo‘lgan ashyolarni (sanchuvchi-kesuvchi ashyolardan tashqari) o‘zlari bilan olib yurishiga ruxsat etiladi.
171. THda saqlanayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga ko‘ra, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi.
172. THda saqlanayotgan shaxslar jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning yozma ruxsati bilan va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda o‘z vakillari orqali yoxud bevosita fuqarolik-huquqiy bitimlarda ishtirok etish huquqiga ega.
173. THda saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik huquqiy bitimlardagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova; 1997-y., 2-son, 56-modda) va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
TH ma’muriyati THda saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik huquqiy bitimlarda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoit yaratilishini ta’minlaydi. THda saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik huquqiy bitimlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq uchrashuvlari ularga mazkur Qoidalarning 151-bandida nazarda tutilgan uchrashuvlar berilishida hisobga olinmaydi.
174. THda saqlanayotgan shaxslar THning mol-mulkiga o‘z xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun fuqarolik qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda, agar zarar qamoqqa olinganning mehnat faoliyati jarayonida yetkazilgan bo‘lsa, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda moddiy javobgar bo‘ladi. Etkazilgan moddiy zarar miqdori TH boshlig‘ining qarori bilan belgilanadi. Mazkur qaror THda saqlanayotgan shaxsga tilxat olinib e’lon qilinadi va yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga bu qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
THda saqlanayotgan shaxs moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplashni rad etgan taqdirda, bu zarar qonunga muvofiq sud tartibida undiriladi.
175. Etkazilgan moddiy zarar uchun noto‘g‘ri undirilgan summalar THda saqlanayotgan shaxsga qaytarilishi kerak.
176. THda saqlanayotgan shaxs yetkazgan moddiy zararning o‘rni uning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan ularning roziligi bilan qoplanishi mumkin.
177. Mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yuborilgan taqdirda, o‘rni qoplanmagan moddiy zarar mazkur muassasa ma’muriyati tomonidan mahkumning shaxsiy hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘lar hisobidan undiriladi.
178. THda saqlanayotgan shaxs qamoqdan ozod qilingan taqdirda, uning tomonidan o‘rni qoplanmagan moddiy zarar qonunga muvofiq sud tartibida undirilishi mumkin.
179. Qamoqqa olinganlar, agar Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasa, nikoh tuzish hamda nikohdan ajralish, boshqa oilaviy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga ega.
180. THda saqlanayotgan shaxslarning fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
181. Nikohni qayd etish TH boshlig‘i tomonidan belgilangan joyda amalga oshiriladi. Nikohni qayd etish jarayonida nikohga kiruvchilar tomonidan taklif etilganlarning umumiy soni ikki kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Nikohni qayd etish jarayonida ishtirok etayotgan shaxslar jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsatini olgan bo‘lishlari kerak, FHDY organi xodimi va THda saqlanayotgan shaxs bundan mustasno.
182. Nikoh qayd etilgandan so‘ng, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning ruxsati bo‘lgan taqdirda, THda saqlanayotgan shaxsga xotini (eri) bilan navbatdan tashqari uchrashuv berilishi shart.
183. Nikohni qayd etish va nikohni bekor qilish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirganlik uchun davlat boji hamda transport xarajatlari nikohga kiruvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
184. Qamoqqa olinganlar tegishli sharoitlar mavjud bo‘lganda TH hududida o‘z xohishlariga ko‘ra va jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning yozma ruxsati bilan mehnatga jalb etilishi mumkin.
Qamoqqa olinganlarning mehnat sharoiti qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfsizlik, sanitariya va gigiyena talablariga javob berishi kerak. Qamoqqa olinganlar o‘z mehnati uchun tegishli haq olishga haqlidir.
185. THda saqlanayotgan shaxslarni barcha turdagi xo‘jalik xizmatiga oid ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
186. THda saqlanayotgan shaxslar mehnat jarayonida doimiy nazoratda bo‘ladilar. Ular kameraga qaytayotganda tintuvdan o‘tkaziladi va ishlab chiqarish xonalari ko‘zdan kechiriladi.
187. Qamoqqa olinganlarning ish haqi qonunchilik hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi lozim va qonunda nazarda tutilgan chegirmalar qilinganidan keyin ularning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
188. Qamoqqa olinganlarni mehnatga jalb etish maqsadida THlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘z ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
189. Qamoqqa olinganlarning THlardagi ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qamoqqa olinganlarni saqlash shart-sharoitlarini yaxshilash, shuningdek THlarning ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun foydalaniladi.
190. JIKning 53-moddasiga muvofiq, qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun THda qoldirilishi mumkin.
191. Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun THda qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qo‘yilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, JIKning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda o‘taydilar.
192. Voyaga yetmagan shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar.
193. Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun THda qolish istagini bildirgan mahkum TH boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Uning arizasi Arizalarni hisobga olish daftarida qayd etiladi va mahkumning nomzodini o‘rganish uchun TH boshlig‘ining tartibot, qo‘riqlash va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga beriladi.
194. Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar ro‘yxati ularning qoldirilishi asosliligini nazorat qilish uchun har chorakda JIEBBga taqdim etiladi.
195. Mahkumni xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirish rad etilgan taqdirda, unga rad etish sabablari tushuntiriladi.
196. Mahkumning xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarishga jalb etish to‘g‘risidagi arizasi va TH boshlig‘ining qaroridan ko‘chirma uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.
197. Har bir THda xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldiriladigan mahkumlar soni JIEBB tomonidan THni umumiy to‘ldirish limitining yetti foizidan oshmagan holda belgilanadi.
198. Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar doimiy nazorat ostida bo‘ladi va TH xodimlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlaydi. Ularni TH hududidan tashqaridagi ishlarga, maxsus bo‘limlar, fotolaboratoriyalar, nusxa ko‘paytirish texnikalari o‘rnatilgan joylarda, barcha turdagi transport vositalari haydovchiligiga, radiostansiya, muhandislik-texnika va aloqa vositalari, shuningdek xizmat itlari bilan ishlashga jalb etish taqiqlanadi.
199. Zarur hollarda, kechiktirib bo‘lmaydigan avariya, sozlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirish maqsadida xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar TH boshlig‘ining ruxsati bilan THning qo‘riqlanadigan hududidan tashqariga olib chiqilishi mumkin. Bunda olib chiqilishi | 119 | 63,773 |
Qonunchilik | Qorabayir otlari mahorat maktabiga Milliy gvardiya mutasaddilik qiladi | Prezidentning 5.08.2021 yildagi “Surхondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5213-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga aosan Surхondaryo viloyati respublikada Qorabayir zotli otlar naslchiligi va sportini rivojlantirish boʻyicha yetakchi hudud sifatida belgilandi. Uning barcha tumanlarida Qorabayir zotli otlardan foydalanishga iхtisoslashgan seksiya va ot sporti klublari tashkil etiladi hamda yuqori malakali trenerlarni tayyorlash va ularning malakasi oshirish amalga oshiriladi.
Milliy gvardiya huzurida Qorabayir otlari mahorat maktabi (keyingi oʻrinlarda - Maktab) tashkil etiladi. Uni joylashtirish uchun Surхondaryo viloyati Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududidagi 64,6 ga yer maydoni bino va inshootlari bilan birga Milliy gvardiyaning balansiga oʻtkaziladi. Maktab otlariga ozuqa bazasini yaratish maqsadida 100 ga sugʻoriladigan yer maydoni ham belgilangan tartibda ajratiladi.
Maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari:
Maktab хodimlarining cheklangan soni 50 nafardan iborat tuzilmasi tasdiqlandi.
Maktabning direktori lavozimi ofitserlar tarkibidagi harbiy хizmatchi bilan jamlanuvchi lavozim sifatida belgilanadi. Mazkur lavozim uchun 16,3 tarif razryadi va "podpolkovnik" harbiy unvon pogʻonasi oʻrnatiladi.
Maktabning rahbar хodimlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot (veterinariya) хizmati, usta-chavandoz, ot parvarishlovchi va taqachi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi (23.09.2010 yildagi 211-son VMQ bilan tasdiqlangan).
2022 yil 1 yanvarga qadar Surхondaryo viloyatining barcha tumanlarida Maktabning seksiya va klublari tashkil etiladi.
Har yili quyidagilar tashkil qilinadi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 70 | 2,117 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. | 94 | 310 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston R | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qaroriga muvofiq, shuningdek, iste’molchilarning yangidan ishga tushirilayotgan va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalari loyihalarini kelishish va ishga tushirishga ruxsatnoma berish tartibini takomillashtirish va aniqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy maddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i D.I. Isaqulov zimmasiga yuklansin. | 250 | 1,066 |
Qonunchilik | OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING AYRIM TURLARINI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi shuni qayd etadiki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari, “O‘zbeksavdo” Davlat aksionerlik uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv” soliq va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratning susaytirilganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslar oziq-ovqat mahsulotlarini muvofiqlik va sifat sertifikatlari bo‘lmagan holda, belgilanmagan joylarda va jihozlanmagan savdo nutqlarida amaldagi sanitariya normalari va savdo qoidalariga rioya etmasdan sotishi faktlari hamon mavjuddir.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishni, savdo-sotiqning zarur sanitariya shartlariga rioya etilishini ta’minlash, aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazish hollarining oldini olish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari savdosini tashkil etishda tegishli tartib o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, ushbu qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish chog‘ida ularga Respublika pul-kredit siyosati komissiyasining 1997-yil 23-apreldagi 1318/1218-son qarorining savdo korxonalari va tashkilotlari uchun 20 foizgacha miqdorda rentabellikning eng yuqori darajasi bo‘yicha cheklashlarni joriy etish qismidagi shartlari tatbiq etiladi.
Mana shu shartlarga rioya etilmagan taqdirda tovar olib qo‘yiladi, uning sotuvchilariga nisbatan esa amaldagi qonunlarga muvofiq qat’iy ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
3. Qarorning 1 va 2-bandlari bajarilishini ta’minlash uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari zimmasiga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 1-bandda ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari turg‘un savdo nuqtalaridan tashqarida, shuningdek amaldagi savdo qoidalarini buzib sotilayotgan hollarda ana shu mahsulotlar savdosini to‘xtatib, aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llansin, hatto mahsulotlarni olib qo‘yib keyinchalik ularni qonunlarda belgilangan tartibda musodara qilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari musodara etilgan oziq-ovqat mahsulotlari tegishli sud organlarining qarorlari asosida 10 kun muddatda baholanishi hamda maxsus do‘konlar orqali sotishga yuborilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Usmonov va Davlat soliq qo‘mitasi (V.Beganov) zimmasiga yuklansin. | 117 | 2,840 |
Qonunchilik | UGOM-ChOTQOL DAVLAT MILLIY TABIAT BOG‘I VA ChOTQOL DAVLAT BIOSFERA QO‘RIQXONASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI, OHANGARON VA BURChMULLA O‘RMON XO‘JALIGI KORXONALARI USTAVLARINI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 378-55-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Chotqol Davlat biosfera qo‘riqxonasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi korxonasining ustavi 3-ilovaga muvofiq;
Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi korxonasining ustavi 4-ilovaga muvofiq;
Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i va Chotqol Davlat biosfera qo‘riqxonasi, Ohangaron va Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi korxonalari xodimlariga ish haqi to‘lash tartibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T.X.Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
1. Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i (keyingi o‘rinlarda “Milliy bog‘i” deb yuritiladi) Toshkent viloyatining tabiatni muhofaza qilish, rekreatsion, ma’rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan hamda alohida ekologik tarixiy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlarini saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan.
2. Milliy bog‘ Burchmulla va Chirchiq o‘rmon xo‘jaliklarining o‘rmon fondi yerlarida tashkil etilgan hamda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 30-iyuldagi 270-son qarori bilan belgilangan chegaralarda boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlarini ham o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 378-55-son qarori bilan milliy bog‘ viloyat boshqarmasiga tenglashtirilgan, Chotqol Davlat biosfera qo‘riqxonasi, Ohangaron va Burchmulla o‘rmon xo‘jaliklari uning bo‘ysunishiga kiritilgan.
3. Milliy bog‘ Toshkent viloyati hokimligi ixtiyorida, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi hisoblanadi, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va o‘z nomi yozilgan shtamplarga ega.
4. Milliy bog‘ o‘z faoliyatini “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlari, Toshkent viloyati hokimining qarorlari va mazkur Nizom asosida o‘z hududida joylashgan boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlar orqali amalga oshiradi.
Milliy bog‘ “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida” va “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq o‘ziga qarashli hududlarga banditlar to‘dalari kirib kelishi va joylashib olishining oldini olish bo‘yicha qo‘riqlash va rejim ishlarini Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligining hududiy organlari va bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.
5. Milliy bog‘ o‘ziga bo‘ysunuvchi tuzilmalar tomonidan Inspektorlarning harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi.
6. Milliy bog‘ va unga qarashli korxonalar xodimlarining qurolli xizmat qilishi, qurolni saqlash, berish va qo‘llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
7. Milliy bog‘ning davlat tilidagi to‘liq nomi: “Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i”, rus tilida “Ugam-Chatkalskiy gosudarstvenniy natsionalniy prirodniy park”.
Pochta manzili: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, E. Asanov ko‘chasi, 75.
8. Quyidagilar milliy bog‘ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
rekreatsion, ma’rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tabiiy komplekslar va tarixiy-madaniy meros saqlanishini ta’minlovchi rejimni saqlab turish;
buzilgan tabiiy komplekslarni tiklash;
qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa faoliyatda resurslarni tejovchi, ekologik toza texnologiyalar joriy etilishiga ko‘maklashish;
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish va ularni tayyorlash;
o‘ziga qarashli o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxonada shakllangan tabiiy komplekslarni, jonsiz tabiat yodgorliklari, suv obyektlarini saqlash;
landshaftlar, o‘simlik va hayvonot dunyosining etalon va nodir uchastkalarini saqlash;
tabiiy resurslarning holatini hisobga olish va baholash, o‘ziga qarashli hududda tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, hududiy ekologik dasturlarni tasdiqlash;
o‘rmon fondidan va viloyatning boshqa tabiiy resurslaridan, shuningdek o‘z hududidagi mavjud resurslaridan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
ovchilik xo‘jaliklari ustidan davlat boshqaruvi va nazorati, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va belgilangan kvotalarga muvofiq ov qilishga ruxsatnoma berish, Toshkent viloyatining o‘ziga qarashli o‘rmon fondi hududida ov qilish qoidalari, normalari va muddatlariga rioya etilishini ta’minlash;
ayrim fuqarolar, barcha yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, o‘rmon fondi hududida joylashgan korxonalar, tashkilotlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari, tabiatdan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash;
tabiatni muhofaza qilish faoliyati, ekologik nazorat va o‘rmon tuzilishi masalalari bo‘yicha o‘ziga qarashli obyektlarning Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan samarali o‘zaro hamkorligini tashkil etish;
viloyatning chegaradosh tumanlarida xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish, hududni ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita bilan birgalikda o‘ziga qarashli korxonalarda kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yish;
viloyat o‘rmon fondi hududida qo‘riqlashni tashkil etish va rejim-qo‘riqlash tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaning takliflari bo‘yicha profilaktika va chegara polosalarini o‘rmon daraxtlari va changalzorlardan tozalash;
diversiyachi-terroristik guruhlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida o‘rmon fondi hududida harbiylashtirilgan tuzilmalar bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda jinoyatchilik namoyon bo‘lishi belgilari va faktlari to‘g‘risida chegara qo‘shinlarini, ichki ishlar bo‘linmalari va organlarini tezkor xabardor qilish, banditlar to‘dalarini yo‘q qilish bo‘yicha samarali tezkor-qidiruv faoliyati o‘tkazilishiga ko‘maklashish;
chegara qo‘shinlariga hujum qilish xavfi paydo bo‘lganda, qurolli tuzilmalar o‘rmon xo‘jaligi korxonalari javobgarligi ostidagi zona doirasida Davlat chegarasi orqali yorib o‘tishga uringan hollarda chegara qo‘shinlarini mavjud kuchlar va vositalar bilan kuchaytirish;
o‘ziga qarashli korxonalarning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa normativ hujjatlarini tasdiqlash;
turizm va dam olishni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, mutaxassislar tayyorlashda va tabiatdan oqilona foydalanishda ko‘maklishish, milliy bog‘ hududida yashovchi aholi bilan ekologik ma’rifat ishlarini olib borish.
9. Milliy boqqa Toshkent viloyati hokimi tomonidan tayinlanadigan hamda milliy bog‘ va unga qarashli korxonalar faoliyati uchun to‘liq javob beradigan bosh direktor boshchilik qiladi.
10. Milliy bog‘ning bosh direktori mazkur Nizomga asosan ish ko‘radi hamda bog‘, o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxona faoliyatiga rahbarlik qilishga doir butun ishni olib boradi.
Qonunda belgilangan tartibda milliy bog‘ning mablag‘lari va mol-mulkini tasarruf etadi, bog‘, qo‘riqxona, o‘rmonlar va mol-mulk qo‘riqlanishi, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi, smeta, moliya, shartnoma va mehnat intizomiga rioya etilishi uchun javob beradi.
11. Milliy bog‘ning bosh direktoriga quyidagilar yuklanadi:
milliy bog‘ xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish (vazifalarni taqsimlash) hamda o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxona xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlash;
o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxona direktorlarini viloyat hokimligi bilan kelishgan holda tayinlash;
o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxona direktorlari o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlarining tayinlanishini va ularning ishdan bo‘shatilishini kelishib olish;
milliy bog‘da, o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxonada o‘rmon xo‘jaligi tadbirlari va boshqa tadbirlari bajarilishi tashkil etilishini nazorat qilish;
milliy bog‘ning mol-mulki, asbob-uskunalari, moddiy va boshqa boyliklari qo‘riqlanishini tashkil etish;
milliy bog‘ xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish;
shartnomalar tuzish;
milliy bog‘ nomidan bank muassasalarida moliyaviy va pul operatsiyalarini sodir etish;
davlat organlari, sudlar va boshqa tashkilotlarda milliy bog‘, o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxona manfaatlarini ifodalash.
12. Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari — bosh o‘rmonchi milliy bog‘da barcha ishlab chiqarish ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi va olib borilishi, o‘rmonlar hisobi, davlat o‘rmon kadastri yuritilishi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ilg‘or tajriba joriy etilishi, mexanizmlardan zarur darajada foydalanilishi, o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosini qo‘riqlashning belgilangan tadbirlari tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun javob beradi.
13. Milliy bog‘ bosh direktorining rejim va o‘rmon fondini qo‘riqlash bo‘yicha o‘rinbosari quyidagilar uchun javob beradi:
rejim-qo‘riqlash tadbirlarini o‘tkazish, kadrlarni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish, milliy bog‘, o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxona inspektorlari ishini, profilaktika va chegara polosasini o‘rmon daraxtlari va changalzorlardan tozalashni tashkil etish;
qurol-yarog‘, o‘q-dorilar saqlanishini va ularning to‘g‘ri qo‘llanilishini, formali kiyim-bosh, aloqa vositalari, maxsus anjomlar va boshqalar saqlanishini ta’minlash;
o‘rmonlar, qo‘riqxona saqlanishini tashkil etish va nazorat qilish, aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun milliy bog‘ hududidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni belgilangan tartibda tegishli organlarga berish.
14. Milliy bog‘ bosh direktorining o‘rinbosarlari bosh direktorning taqdimnomasi bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiq Toshkent viloyati hokimi tomonidan tayinlanadi.
15. Milliy bog‘ inspektorlari quyidagi huquqlarga egadir:
xavfsizlikni ta’minlash va atrof muhitni saqlash maqsadida milliy bog‘, o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxona hududida fuqarolar va transport vositalarini tekshirish va qarab chiqish;
bog‘ hududida qoidani buzish hollari aniqlangan taqdirda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;
milliy bog‘, o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxona hududida shubhali shaxslar aniqlangan taqdirda Inspektorlarning harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi nizom asosida ish ko‘radi.
16. Milliy bog‘ hududida tabiiy komplekslarning holati va saqlanishiga, landshaft xususiyatiga, boshqa omillarga bog‘liq ravishda qo‘riqlash va foydalanishning turli xil rejimi o‘rnatiladi.
Ushbuga muvofiq quyidagi funksional zonalar belgilanadi:
g‘arbiy zona — Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududini o‘z ichiga oladi. Qo‘riqxonaning faoliyat ko‘rsatishi alohida nizom bilan tartibga solinadi;
chegara zonasi va chegara polosasi — O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi;
boshqariladigan rekreatsion va xo‘jalik maqsadida foydalaniladigan tabiiy va tiklanadigan landshaftlar zonasi. Ushbu zonada buzilgan tabiiy komplekslar, tabiat, tarix, madaniyat davlat yodgorliklari saqlanishi va tiklanishi, turizm va ekskursiyalar tashkil etilishi uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi, tabiatga zarar yetkazmagan holda xo‘jalik faoliyati amalga oshiriladi;
dam olish zonalari, pansionatlar, bolalar sog‘lomlashtirish komplekslari, turistik bazalar, sanatoriylar hududlaridan iborat faol rekreatsiya zonasi. Ushbu hududning saqlanishi muhandislik qurilmalarining yuksak darajasi va zarur tabiatni muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi bilan ta’minlanadi.
17. Milliy bog‘ hududida ajratib ko‘rsatilgan zonalarga bog‘liq ravishda quyidagilar taqiqlanadi:
daraxt kesish (daraxtlarni sanitariya va parvarish qilish uchun kesishdan tashqari);
ekologik xavf tug‘diruvchi korxonalar faoliyati;
tuproq eroziyasini, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosi degradatsiyasini keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlar;
ko‘niktirish maqsadida jonli organizmlarni ko‘chirma qilish;
ushbu maqsadlarga mo‘ljallanmagan sanoat, xo‘jaligi obyektlari va turar joy obyektlari qurish;
foydali qazilma boyliklar qazish, tuproq qatlamini buzish va tog‘ jinslarini ochish. Qidiruv ishlarining ushbu barcha turlari bog‘ rahbariyatining ruxsatnomasi bo‘yicha olib borilishi mumkin;
ishlab chiqarish, Kimyo va radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, zaharli ximikatlar omborlarini joylashtirish va mollarini ko‘mish;
mexanizatsiyalashtirilgan transport vositalarining harakati va to‘xtab turish joyi, shuningdek yo‘llardan tashqarida va umumiy foydalaniladigan yo‘llarda hamda ushbu joylar uchun maxsus nazarda tutilgan joylardan tashqarida mollarni haydab o‘tish;
sportchilarning ommaviy to‘xtash joylari tashkil etish, chodirlar qurish, mo‘ljallanmagan joylardan tashqarida gulxan yoqish;
sanoat maqsadida baliq ovlash, Beldorsoy ovchilik xo‘jaligi va Ohangaron tumanining Shovvozsoy uchastkasidan tashqarida ov qilish, hayvonlarni yo‘q qilish va tutish, o‘simliklar va hayvonlarning hayot kechirish sharoitlarini buzish, kolleksiyalar to‘plash;
faoliyatning bog‘ning tabiiy komplekslarini buzuvchi yoki uning hududida tabiiy va madaniy ahamiyati pasayishiga olib keluvchi boshqa turlari.
18. Milliy bog‘ni qo‘riqlash inspektorlar tomonidan amalga oshiriladi, ular O‘zbekiston Respublikasi tabiatni qo‘riqlash davlat inspektorlarining barcha huquq va imtiyozlaridan foydalanadilar.
Inspektorlar yagona namunadagi formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan ta’minlanadi, tabel qurol-yarog‘ni saqlash va olib yurish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Milliy bog‘ faoliyati ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar doirasida amalga oshiradi.
19. Milliy bog‘ rejimini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
20. Aybdor shaxslardan milliy boqqa yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
21. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining xodimlari, inspektorlari hamda xalqaro dasturlar bo‘yicha ishlovchi mutaxassislar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini va milliy bog‘ rejimini nazorat qilish uchun milliy bog‘ rahbariyatini xabardor qilgan va maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda xizmat guvohnomalari bo‘yicha milliy bog‘ hududiga to‘siqsiz kirish huquqiga egadirlar.
Chegara polosasiga kiruvchi zonaga kirish belgilangan qoidalarga muvofiq Ichki ishlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita organlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
22. Milliy bog‘ni mablag‘ bilan ta’minlash:
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish, xo‘jalik, reklama-noshirlik, ma’rifatparvarlik faoliyatidan, ekologik turizmdan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga zid bo‘lmagan boshqa faoliyatdan olingan daromadlar;
milliy bog‘ga yetkazilgan zarar undirilishi hisobiga tushadigan tushumlar;
belgilangan tartibda undirib olinadigan jarima summalari tushumlaridan;
ovlash va baliqchilik qurollari musodara qilinishi va ular sotilishidan tushgan mablag‘lar;
beg‘araz yordam va xayriya maqsadlarida davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va alohida fuqarolardan tushuvchi, shuningdek ov qilish va tabiatdan foydalanishga ruxsatnomalar berilganligi uchun tushuvchi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
23. Ko‘zda tutilmagan ishlarni bajarish uchun bog‘ tabiatni qo‘riqlashning maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘arma Toshkent viloyatining mahalliy budjeti tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan tashqari barcha moliyaviy tushumlar summasining 5 foizi unga ajratilishi hisobiga tashkil etiladi.
24. Milliy bog‘ O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq faoliyatni amalga oshirishga doir hisob va hisobot yuritadi.
25. Milliy bog‘ o‘rmon xo‘jaliklari va qo‘riqxona faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
26. Milliy bog‘ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
1.Chotqol Davlat biosfera qo‘riqxonasi (keyingi o‘rinlarda “Qo‘riqxona” deb yuritiladi) tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Qo‘riqxona g‘arbiy Tyan-shanda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Parkent ma’muriy tumanlari hududida joylashgan.
2. Qo‘riqxona O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1947-yil 20-dekabrdagi 2020-son qaroriga binoan tashkil etilgan.
Xalqaro muvofiqlashtiruvchi konsiliumning IX sessiyasida, 1986-yil 24-25-apreldagi 16732-son protokolga muvofiq Qo‘riqxonaga biosfera qo‘riqxonasi maqomi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 378-55-son qarori bilan qo‘riqxona Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i tarkibiga kiritilgan.
3. Qo‘riqxona o‘z faoliyatini “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari, Toshkent viloyati hokimining qarorlari va mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
4. Qo‘riqxona yerlari tabiatni muhofaza qilish maqsadidagi yerlarga tegishlidir. Qo‘riqxona yerlarida ularning maqsadli vazifasiga zid bo‘lgan faoliyat taqiqlanadi, yer, suv, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi qo‘riqxona muhofazasi ostidadir.
Qo‘riqxona hududi rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalari va rayon rejalashtirishni, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qo‘riqlash bo‘yicha boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi. Qo‘riqxona hududi istisno hollarida, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
5. Qo‘riqxona hududi g‘arbiy Tyan-shanning tabiiy jarayonlari va hodisalarini kuzatish va ulardan foydalanish, ularning zamonaviy holatini o‘rganish, ular o‘zgarishini prognozlashtirish va mintaqada tabiiy resurslardan barqaror foydalanishga doir tavsiyalar berish uchun muhim davlat obyekti hisoblanadi.
6. Qo‘riqxona Toshkent viloyati hokimligi ixtiyoridadir, Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i bevosita qo‘riqxonani boshqaradi. Qo‘riqxona yuridik shaxs hisoblanadi, davlat budjetida turadi, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va o‘z nomi yozilgan shtampga ega.
7. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida” va “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq o‘ziga qarashli hududlarga banditlar to‘dalari kirib kelishi va joylashib olishining oldini olish bo‘yicha qo‘riqlash va rejim ishlarini qo‘riqxona Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligining hududiy organlari va bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.
Qo‘riqxona Inspektorlarning harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi.
8. Qo‘riqxona xodimlarining qurolli xizmat qilishi, qurolni saqlash, berish va qo‘llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
9. Qo‘riqxonaning davlat tilidagi nomi: “Chotqol Davlat biosfera qo‘riqxonasi” rus tilida “Chatkalskiy gosudarstvenniy biosferniy zapovednik”.
Pochta manzili: Toshkent viloyati, Parkent shahri, M. Mirsaidov ko‘chasi, 1.
10. G‘arbiy Tyanshanning tipik va nodir tabiiy komplekslarini va biologik rang-barangligini saqlab qolish va o‘rganish, tabiiy jarayonlar monitoringini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilishning va barqaror rivojlantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish qo‘riqxonaning maqsadlari hisoblanadi.
11. Qo‘riqxonaga quyidagi vazifalarni bajarish yuklanadi:
asosiy zonada muhofaza ostiga olingan butun tabiiy kompleksni tabiiy holatda saqlash hamda bufer va oraliq zonalarda belgilangan rejimga rioya qilish;
fundamental va Amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish;
amalga oshirilishi qo‘riqxona zonalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik obyektlari va boshqa obyektlarni joylashtirish loyihalari va sxemalarini davlat ekologiya ekspertizasi o‘tkazishda qatnashish;
tabiatni muhofaza qilish sohasida ilmiy xodimlar va mutaxassislar tayyorlashga ko‘maklashish;
ekologik bilimlarni targ‘ib qilish;
global ekologik monitoringda qatnashish;
barqaror rivojlantirish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning tegishli ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
o‘qitishni tashkil etish va namoyish qiluvchi loyihalar barpo etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish usullarini joriy etish.
12. Direktor va uning o‘rinbosarlari qo‘riqxonaga bevosita rahbarlik qiladi.
13. Qo‘riqxona direktori Toshkent viloyati hokimligi bilan kelishgan holda Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i bosh direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
14. Direktor o‘rinbosari, inspeksiya boshlig‘i va bosh buxgalter Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘ining bosh direktori bilan kelishgan holda qo‘riqxona direktorining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi, direktorning fan bo‘yicha o‘rinbosari esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi.
15. Qo‘riqxona tarkibiga ma’muriy-xo‘jalik qismi, ilmiy bo‘lim va tabiiy hududlarni qo‘riqlash bo‘yicha maxsus inspeksiya kiradi.
16. Qo‘riqxona direktori mazkur Nizom asosida ish ko‘radi va qo‘riqxona faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda qo‘riqxona mablag‘lari va mol-mulkini qonunda belgilangan tartibda tasarruf etadi, o‘rmonlar va mol-mulk qo‘riqlanishi, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi, qo‘riqxonada smeta, moliya, shartnoma va mehnat intizomiga rioya etilishi uchun javob beradi.
17. Qo‘riqxona direktoriga quyidagilar yuklanadi:
Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘ining bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan qo‘riqxona xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish (vazifalarni taqsimlash);
ilmiy-tadqiqot tadbirlari va boshqa tadbirlar bajarilishini tashkil etish;
mol-mulk, asbob-uskunalar, qo‘riqxonaning moddiy va boshqa boyliklari qo‘riqlanishini tashkil etish;
belgilangan tartibda qo‘riqxona xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish;
shartnomalar tuzish;
bank muassasalarida qo‘riqxona nomidan barcha moliyaviy va pul operatsiyalarini sodir etish;
o‘rmonlar, hayvonot va o‘simliklar dunyosi qo‘riqlanishini tashkil etish, aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun materiallarni tekshirish va ularni belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga berish, shuningdek qo‘riqxona hududida huquqni buzish hollari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish;
qurol-yarog‘, o‘q-dorilar saqlanishi va ular to‘g‘ri qo‘llanilishini, formali kiyim-bosh, aloqa vositalari, maxsus anjomlar va boshqalar saqlanishini ta’minlash;
davlat, sud muassasalari va jamoat tashkilotlarida qo‘riqxona manfaatlarini ifodalash.
18. Qo‘riqxona direktorining fan bo‘yicha o‘rinbosari barcha ilmiy-tadqiqot faoliyati to‘g‘ri tashkil etilishi va o‘tkazilishi, belgilangan talablarga rioya etilishi uchun javob beradi.
19. Qo‘riqxonaning ilmiy-tadqiqot faoliyati tabiatda kechayotgan jarayonlarning ko‘p yillik turg‘un kompleks tadqiqotlarini amalga oshirish va ushbu jarayonlarni o‘rganish, tabiiy kompleksning alohida qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlash, biosferaning fon holati o‘zgarishini o‘rganish va uni nazorat qilish, qo‘riqxonaning tabiiy komplekslari, o‘simliklar va hayvonlarning nodir va yo‘qolib borayotgan turlari saqlanishining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, shuningdek g‘arbiy Tyan-Shanning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishga doir tavsiyalar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
20. Qo‘riqxonaning ilmiy-tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq o‘tkaziladi. Tabiat Yilnomasi bo‘yicha ishlar olib borish majburiy hisoblanadi, xalqaro loyihalar esa belgilangan tartibda tasdiqlanadigan rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
21. Qo‘riqxona ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun ilmiy fondlar omborxonasiga, qo‘riqxona hududida dala bazalariga va kordonlarga ega bo‘lishi kerak. Qo‘riqxonaning ilmiy fondlari doimiy saqlanadi.
22. Qo‘riqxonada olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlarga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
23. Qo‘riqxonada Ilmiy kengash ta’sis etiladi. Ilmiy kengash faoliyati to‘g‘risidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Toshkent viloyati hokimligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
24. Qo‘riqxona o‘z ilmiy asarlarini e’lon qilish huquqiga egadir.
25. Qo‘riqxonaning asosiy va bufer zonalarida muayyan rejimlar joriy etiladi. Qo‘riqxona inspeksiyasi ushbu zonalarni qo‘riqlaydi va rejimga rioya qilinishini nazorat qiladi. Qo‘riqxona inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat qo‘riqxonalarida maxsus inspeksiya ishi bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ish ko‘radi.
26. Qo‘riqxona inspektorlari quyidagi huquqlarga egadir:
atrof muhit xavfsizligini ta’minlash va saqlash maqsadida qo‘riqxona hududida fuqarolar va transport vositalarini tekshirish va nazoratdan o‘tkazish;
qoida buzishlar aniqlangan taqdirda qo‘riqxonaning o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarima undirish maqsadida protokollar tuzish;
qo‘riqxona hududida shubhali shaxslar aniqlangan taqdirda Inspektorlarning harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi nizom asosida ish ko‘rish.
27. Qo‘riqxonaning asosiy zonasi hududida xo‘jalik faoliyati qat’iyan taqiqlanadi. Qo‘riqxona rahbariyatining ruxsati Bilan:
odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan xavfli kasalliklarning oldini olish uchun zarur veterinariya chora-tadbirlari;
zarur yong‘inga qarshi va sanitariya chora-tadbirlari;
ilmiy-tadqiqotlar o‘tkaziladi.
28. Bufer zona hududida xo‘jalik faoliyati taqiqlanadi. Qo‘riqxona rahbariyatining ruxsatnomasi bo‘yicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda:
atrof hududlardagi tabiiy komplekslar o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha tiklash tadbirlari amalga oshiriladi;
ilmiy-tadqiqotlar olib boriladi;
o‘simliklar va hayvonlarning nodir turlari pitomniklari tashkil etiladi;
odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan xavfli kasalliklarning oldini olish uchun zarur veterinariya chora-tadbirlari ko‘riladi;
zarur yong‘inga qarshi va sanitariya chora-tadbirlari ko‘riladi;
qo‘riqxona asosiy vazifalarini bajarish uchun unga zarur bo‘lgan imoratlar belgilangan tartibda quriladi.
29. Qo‘riqxona hududida qo‘riqxona xodimlari hisoblanmagan fuqarolarning yoki qo‘riqxona tasarrufiga qaraydigan organlar xodimlarining bo‘lishiga ushbu organlar yoki qo‘riqxona ma’muriyatining ruxsatnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
30. Qo‘riqxona rejimi buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Aybdor shaxslardan qo‘riqxonaga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladi.
31. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining xodimlari, inspektorlari hamda xalqaro dasturlar bo‘yicha ishlovchi mutaxassislar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini va qo‘riqxona rejimini nazorat qilish uchun qo‘riqxona rahbariyatini xabardor qilgan va maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda xizmat guvohnomalari bo‘yicha qo‘riqxona hududiga to‘siqsiz kirish huquqiga egadirlar.
Chegara polosasiga kiruvchi zonaga kirish belgilangan qoidalarga muvofiq Ichki ishlar vazirligi organlarining va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
32. Quyidagilar qo‘riqxonani mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
ilmiy, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifatparvarlik faoliyatidan tushgan daromadlar;
qo‘riqxonaga yetkazilgan zarar undirilishi hisobiga tushadigan tushumlar;
belgilangan tartibda undirilib olinadigan jarima summalari tushumlari;
ovlash va baliqchilik qurollari musodara qilinishi va ular sotilishidan tushgan mablag‘lar;
beg‘araz yordam va xayriya maqsadlarida davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va alohida fuqarolardan tushuvchi, shuningdek tabiatdan foydalanishga ruxsatnomalar berilganligi uchun tushuvchi mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz yordam tariqasida tushgan tushumlar.
33. Qo‘riqxona yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetalariga muvofiq mablag‘larni mustaqil tasarruf etadi.
34. Qo‘riqxona O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatni amalga oshirishga doir hisob va hisobot yuritadi.
35. Qo‘riqxona faoliyatini yuqori turuvchi tashkilot nazorat qiladi.
36. Qo‘riqxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
1. Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi korxonasi (keyingi o‘rinlarda “o‘rmon xo‘jaligi” deb yuritiladi) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmonlarda o‘rmon xo‘jaligini yurituvchi korxona hisoblanadi.
O‘rmon xo‘jaligi yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkiga ega va o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni sotib olishi va amalga oshirish, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
2. O‘rmon xo‘jaligi belgilangan tartibda xo‘jalik hisobidagi faoliyatni amalga oshiradi, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va sotishni, yordamchi qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmondan qo‘shimcha ravishda foydalanish mahsulotlarini sotishni tashkil etadi, shartnomalar bo‘yicha ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajaradi.
O‘rmon xo‘jaligi Toshkent viloyati hokimligi ixtiyoriga qaraydi, uni bevosita Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i boshqaradi.
3. O‘rmon xo‘jaligi o‘z faoliyatini “O‘rmon to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, Toshkent viloyati hokimligining farmoyishlari va qarorlariga, Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i buyruqlariga va mazkur Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq o‘ziga qarashli hududlarga banditlar to‘dalari kirib kelishi va joylashib olishining oldini olish bo‘yicha qo‘riqlash va rejim ishlarini Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligining hududiy organlari va bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.
4. O‘rmon xo‘jaligi oldiga qo‘yilgan vazifalar Inspektorlarning harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
O‘rmon xo‘jaligi xodimlarining qurolli xizmat qilishi, qurolni saqlash, berish va qo‘llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
5. O‘rmon xo‘jaligi banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan muhr va shtampga egadir.
6. O‘rmon xo‘jaligining davlat tilidagi to‘liq nomi: “Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi korxonasi”, rus tilida: “Axangaranskoye lesoxozyaystvennoye predpriyatiye”.
Pochta manzili: Toshkent viloyati, Angren shahri, 2/2 mavze.
7. Quyidagilar o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘ziga qarashli hududda o‘rmon xo‘jaligiga doir barcha zarur tadbirlarni bajarish hamda o‘z xizmat vazifalarini bajarish davrida mahalliy aholini jalb qilgan holda Davlat chegarasi qo‘riqlanishiga ko‘maklashish;
fan va ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi yutuqlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishda qatnashish;
o‘rmonni tiklash va ihota o‘rmonzorlari barpo etish tadbirlarini bajarish;
o‘ziga qarashli hududda va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa xo‘jaliklar yerlarida shartnomalar bo‘yicha tog‘ qiyaliklari va jarliklarda eroziyaga qarshi dov-daraxtlar barpo etish ishlarini tashkil etish;
dori-darmon va oziq-ovqat o‘simliklari, yordamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash va ko‘paytirish ishlarini tashkil etish;
o‘rmonlarni yong‘indan, o‘zboshimchalik bilan kesishdan va boshqa o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar buzilishidan qo‘riqlashni, o‘rmonlarni o‘rmon zararkunandalari va kasalliklaridan himoya qilishni ta’minlash, o‘rmonni muhofaza qilishni takomillashtirish.
8. O‘rmon xo‘jaligi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
o‘rmon xo‘jaligi hududida va o‘ziga qarashli uchastkalarda o‘rmon fondini hisobga olish, navbatdagi o‘rmon tuzilishiga tayyorgarlik ishlari bajarilishini tashkil etish, amalga oshirilayotgan ishlar o‘rmon tuzilishi va o‘rmonlarni taqiq etish qoidalariga muvofiqligini muntazam ravishda tekshirish va ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni qabul qilish, shuningdek tabiiy resurslar holatini hisobga olish va baholash;
o‘rmonlarning holatini yaxshilash va ularning samaradorligini oshirish, Ushbu maqsadda parvarish qilish uchun o‘rmonlarni kesish va sanitariya kesishlarini, o‘rmonni kesilgandan keyin qoldiqlar va axlatlardan tozalash ishlarini olib borish, shuningdek o‘rmon-melioratsiya ishlarini (quritish, sug‘orish), o‘rmonlarning suvni qo‘riqlash va boshqa himoya funksiyalari holati saqlab qolinishi va yaxshilanishi tadbirlarini o‘tkazish;
o‘rmon xo‘jaligi to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanilishi, o‘rmonni tiklash, o‘rmonlarni parvarish qilish va ularning unumdorligini oshirish, eroziyaga qarshi ihota daraxtlari barpo etish ishlarini amalga oshirish;
daraxt urug‘chiligi va o‘rmon pitomniklari ishlarini tashkil etish va rivojlantirish;
daraxt-buta navlari urug‘lari tayyorlashni ta’minlash, ham o‘z ehtiyojlari uchun, ham sotish uchun ekish materiali etishtirish;
o‘rmon xo‘jaligi hududida va o‘ziga qarashli uchastkalarda pichanzorlar va yaylovlardan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etish va boshqa qo‘shimcha foydalanishlarni tashkil etish, tegishli nazoratni amalga oshirish;
o‘rmon xo‘jaligi tomonidan o‘rmonda daraxt kesish ishlarini amalga oshirishda tayyorlangan, shuningdek daraxt tayyorlash va olib chiqishning amaldagi qoidalari buzilganligi uchun daraxt tayyorlovchilardan olib qo‘yilgan hamda o‘rmon xo‘jaligi ixtiyoriga berilgan yog‘ochni belgilangan tartibda sotish.
9. Banditlar to‘dalarini tugatishga doir maxsus operatsiyalar o‘tkazilishi davrida o‘rmondan foydalanish o‘rmon xo‘jaligi xodimlari xavfsizligini ta’minlashga va maxsus operatsiya vazifalarini bajarishga yo‘naltiriladi.
10. O‘rmon xo‘jaligi, agar buni sanitariya holati, daraxtlar va butazorlar talab etsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan o‘rmonda daraxt kesish qoidalariga muvofiq daraxtlarni sanitariya tartibida kesadi. O‘rmon xo‘jaligida inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi tufayli kelib chiqqan ishlab chiqarish-texnik zaruriyat taqozo etgan hollarda daraxtlar va butazorlar kesilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunday kesish amalga oshiriladigan joylar va uning hajmi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. O‘rmon xo‘jaligi:
ovlash-sanoat faunasi qo‘riqlanishini, ovlash qoidalari va muddatlariga rioya etilishini nazorat qiladi, brakonyerlarga qarshi kurashadi, o‘rmon xo‘jaligi hududida ovchilik xo‘jaligi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
ekologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini, hayvonot va o‘simliklar dunyosining holatini o‘rganishni amalga oshiradi, o‘rmon xo‘jaligining tabiat alohida muhofaza qilinadigan hududda biologik xilma-xillik saqlab qolinishiga doir xalqaro loyihalarni amalga oshiradi;
o‘rmon xo‘jaligi hududida barcha ovchilik tadbirlari o‘tkazilishi ustidan nazorat qiladi.
12.O‘rmon xo‘jaligining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va transport vositalarini to‘g‘ri saqlash va ulardan foydalanish ishlab chiqarish va turar joy binolari, o‘rmon kordonlari, kichik ko‘priklar, yong‘in minoralari qurilish va ularni ta’mirlashning, o‘rmon yo‘llarini zarur tartibda qurish va saqlashning, mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashning, texnika xavfsizligi qoidalariga va ishlab chiqarish sanitariyasiga rioya qilishning tasdiqlangan loyihalari va smetalariga muvofiq o‘tkaziladi.
13. O‘rmon xo‘jaligi o‘rmon xo‘jaligining xodimlariga ishlab chiqarish malakasi oshirishni, ushbu maqsadlar uchun kurs tadbirlari va texnik o‘qishlar o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari uy-joy maydoni va madaniy-maishiy shart-sharoitlar bilan ta’minlanishiga ko‘maklashadi.
14. O‘rmon xo‘jaligi quyidagi huquqlarga ega:
yog‘och-taxtadan belgilangan tartibda va xo‘jalik asosida xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va ularni sotish, o‘rmon xo‘jaligida mollar bosh sonini o‘zi ozuqa bilan ta’minlashi asosida yordamchi xo‘jalik yuritish, o‘rmon xo‘jaligi resurslari va chiqindilarni tayyorlash, olib chiqish va tegishli shartnomalar bo‘yicha yetkazib berish;
dam oluvchilar va sayyohlarning o‘rmon xo‘jaligi hududiga kirishiga belgilangan tartibda ruxsat berish;
dam oluvchilar va sayyohlarni joyni o‘zgartirish yo‘nalishlari, sanitariya normalariga muvofiq dam olish joylari bilan ta’minlash hamda ularning o‘rmon xo‘jaligida belgilangan qoidalariga rioya qilishlari ustidan nazorat qilish;
mol boqishdan tushgan mablag‘larni belgilangan tartibda o‘z hisob raqamlariga o‘tkazish, o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar talablari buzilganligi uchun zararni qoplash.
15. O‘rmon xo‘jaligi xodimlar, sayyohlar va dam oluvchilar uchun normal maishiy sharoitlar yaratish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari sotib oladi va sotadi.
16. O‘rmon xo‘jaligi shartnomaga muvofiq boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida qumlar, jarliklarni mustahkamlash, o‘rmonzorlashtirish bo‘yicha dalani himoya qilish ishlarini amalga oshiradi.
17. O‘rmon xo‘jaligi yerlarining davlat, jamoat ehtiyojlari va boshqa ehtiyojlar uchun yerdan foydalanuvchilarga berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. O‘rmon xo‘jaligi direktori o‘rmon xo‘jaligiga bevosita rahbarlik qiladi, uning ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
19. O‘rmon xo‘jaligi direktori viloyat hokimligi bilan kelishgan holda Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i bosh direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
20. Direktor o‘rinbosarlari, bosh buxgalter Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i bosh direktori bilan kelishgan holda o‘rmon xo‘jaligi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi.
21. O‘rmon xo‘jaligi direktori mazkur Ustav asosida ish ko‘rib o‘rmon xo‘jaligiga rahbarlik qiladi va o‘rmon xo‘jaligi mablag‘lari va mol-mulkini qonunda belgilangan tartibda tasarruf etadi, o‘rmonlar va mol-mulk qo‘riqlanishi, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi, o‘rmon xo‘jaligida smeta, moliya, shartnoma va mehnat intizomiga rioya etilishi uchun javob beradi.
22. O‘rmon xo‘jaligi direktoriga quyidagilar yuklanadi:
Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan ishlab chiqish (vazifalarni taqsimlash);
o‘rmon xo‘jaligi tadbirlari va boshqa tadbirlar bajarilishini tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaligining mol-mulki, asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa boyliklari qo‘riqlanishini tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaligi xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish;
shartnomalar tuzish;
o‘rmon xo‘jaligi nomidan bank muassasalarida barcha moliyaviy va pul operatsiyalarini sodir etish;
o‘rmonlarni qo‘riqlashni tashkil etish, aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun o‘rmon xo‘jaligi hududidagi huquqbuzarliklarni tekshirish va materiallarni belgilangan tartibda tegishli organlarga berish;
davlat organlarida, sud organlarida va boshqa muassasalar va jamoat tashkilotlarida o‘rmon xo‘jaligi manfaatlarini ifodalash.
23. Direktor o‘rinbosari — bosh o‘rmonchi xo‘jaligida barcha ishlab chiqarish ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi va o‘tkazilishi, o‘rmon kadastri bo‘yicha hisobga olish yuritilishi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ilg‘or tajriba joriy etilishi, mexanizmlardan zarur darajada foydalanilishi, o‘rmon xo‘jaligida o‘rmonlarni qayta tiklash va qo‘riqlash bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun javob beradi.
24. O‘rmon xo‘jaligi direktori o‘rinbosari:
rejim-qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilishi, kadrlar to‘g‘ri tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishi, o‘rmonni qo‘riqlash inspektorlari ishi tashkil etilishi, profilaktika va chegara polosalari dov-daraxtlar va butazorlardan tozalanishi;
qurol-yarog‘, o‘q-dorilar saqlanishi va ular to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari formali kiyim-bosh, aloqa vositalari, maxsus anjomlar va hokazolar bilan ta’minlanishi uchun javob beradi.
25. Muhandis-mexanik ishlab chiqarish jarayonlarini mexanitsiyalashtirish bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligining texnik rahbari sifatida tegishli ishlab chiqarish vazifalari bajarilishi, mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligining texnik rahbari sifatida tegishli ishlab chiqarish vazifalari bajarilishi, mexanizatsiyalashtirish ishlari belgilangan normalar va qoidalarga rioya etgan holda to‘g‘ri tashkil etilishi va o‘tkazilishi, mexanizmlarning saqlanishi va ulardan oqilona foydalanish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlari joriy etilishi uchun javob beradi.
26. O‘rmonchilik o‘rmon xo‘jaligining ishlab-chiqarish hududiy qismi hisoblanadi. O‘rmonchi — katta inspektorga quyidagilar yuklanadi:
o‘rmon xo‘jaligining ishlab chiqarish rejasiga muvofiq o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘rmon xo‘jaligi ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirish, o‘rmonlarni yong‘inlar, o‘rmonlarni buzishlar va brakonyerlikdan qo‘riqlash, baliq ovlash tashkilotlariga yordam berish, daraxt tayyorlovchilar ishi ustidan nazorat qilish, daraxt kesish joylarini belgilash va tayyorlangan yog‘och-taxtani topshirish, ishlab chiqarishni yuritishda xo‘jaliklar va tashkilotlarga yordam berish;
o‘rmon chegara zonalari qo‘riqlanishi uchun javobgarlik;
daraxt kesish chiptalariga asosan va ular doirasida daraxt kundalarini tashkilotlarga va alohida fuqarolarga berish;
belgilangan tovar-moddiy boyliklar, mol-mulk hisobini yuritish.
27. O‘rmonchi o‘rmonchilik ishiga rahbarlik qiladi hamda o‘rmonchilikka yuklangan vazifalar tashkil etilishi va bajarilishi, mol-mulk, asbob-uskunalar, moddiy boyliklar va o‘rmonchilikning boshqa boyliklari saqlanishi uchun javob beradi.
28. O‘rmon xo‘jaligi o‘rmonlar va hududni qo‘riqlashga doir quyidagi ishlarni yuritadi:
o‘rmon yong‘inlariga qarshi barcha zarur yong‘inga qarshi choralarni amalga oshiradi;
o‘rmonlarni o‘zboshimchalik bilan kesish, shikast yetkazish va boshqa o‘rmonni buzishlardan qo‘riqlaydi, mahalliy aholi o‘rtasida o‘rmonlarni qo‘riqlash masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boradi;
o‘rmonlarni zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qiladi, ushbu maqsadlarda tegishli sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazadi, o‘rmon fondi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ulardan foydalanish, ularga imoratlar qurish, ularni shudgorlash to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot beradi;
o‘rmon hududida chegara belgilari qo‘riqlanishini amalga oshiradi va chegaralar, o‘rmon so‘qmoqlari, yong‘inga qarshi handaqlar qazilishini tasdiqlaydi;
o‘rmon xo‘jaligi hududini unga banditlar to‘dalari yorib kirishidan qo‘riqlashni ta’minlaydi;
tasdiqlangan ekologiya dasturlari asosida o‘rmon xo‘jaligining tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini hamda o‘ziga qarashli hududda ularning amalga oshirilishini belgilaydi;
atrof muhitning holati va qo‘riqlanishi, o‘rmon xo‘jaligi hududida unumdor yerlar, suvlar, o‘rmonlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanilishi va ularning tiklanishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
ayrim fuqarolar, o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan barcha yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar talablariga, tabiatdan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi.
29. O‘rmonchilar va o‘rmonni qo‘riqlash inspektorlari quyidagi huquqlarga egadir:
formali kiyim-bosh kiyib yurish va tabel qurol-yarog‘ taqish, xavfsizlik va atrof muhitni saqlashni ta’minlash maqsadida o‘rmon xo‘jaligi hududida fuqarolar va transport vositalarini tekshirish va qarab chiqish;
o‘rmonni buzish hollari aniqlangan taqdirda o‘rmon xo‘jaligining o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarima undirish uchun dalolatnomalar tuzish;
o‘rmon xo‘jaligi hududida shubhali shaxslar aniqlangan taqdirda Inspektorlarning harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi nizom asosida ish ko‘radi.
30. Quyidagilar o‘rmon xo‘jaligini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz yordam tariqasida tushadigan tushum;
xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar va boshqa tushumlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan manbalar bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash miqdori yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanadigan o‘rmon xo‘jaligining biznes-rejasiga va xarajatlar smetasiga muvofiq belgilanadi.
31. O‘rmon xo‘jaligining ilmiy-tadqiqot instituti tajriba-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va oliy o‘quv yurtlari talabalari va kollejlarning o‘quvchilarining o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini ta’minlash bo‘yicha alohida xarajatlar Ilmiy-tadqiqot instituti, oliy o‘quv yurtlari va kollejlarning tasdiqlangan smetalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
32. O‘rmon xo‘jaligi xo‘jalik faoliyatini biznes-rejaga muvofiq amalga oshiradi.
33. Xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi normativ hujjatlarga muvofiq ish haqi to‘lashga, ajratmalarga, soliqlarga, bir yo‘la beriladigan nafaqalar va moddiy yordam to‘lashga, kadrlar tayyorlashga, ishlab chiqarishni kengaytirish va texnika bilan jihozlashni yaxshilashga, budjetni to‘ldirishga sarflanadi.
34. O‘rmon xo‘jaligi foydasini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
35. O‘rmon xo‘jaligi egerlar, o‘rmonchilar, inspektorlar xizmatni o‘tash uchun jo‘nab ketishida ularni payok yoki eng kam ish haqining uch baravari miqdorida har oyda pul ekvivalenti bilan ta’minlaydi.
36. O‘rmon xo‘jaligi foyda hisobiga avtotransport, traktorlar va ularga mexanizmlar, ko‘chmas mulk hamda boshqa zarur mol-mulk sotib olish huquqiga egadir.
37. O‘rmon xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha hisob va hisobotni yuritadi.
38. O‘rmon xo‘jaligi faoliyati ustidan yuqori turuvchi organ nazorat qiladi.
39. O‘rmon xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
1. Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi korxonasi (keyingi o‘rinlarda “o‘rmon xo‘jaligi” deb yuritiladi) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmonlarda o‘rmon xo‘jaligini yurituvchi korxona hisoblanadi.
O‘rmon xo‘jaligi yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkiga ega va o‘z majburiyatlari bo‘yicha Ushbu mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni sotib olishi va amalga oshirishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
2. O‘rmon xo‘jaligi belgilangan tartibda xo‘jalik hisobidagi faoliyatni amalga oshiradi, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va sotishni, yordamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni hamda o‘rmondan qo‘shimcha ravishda foydalanishni tashkil etadi, shartnomalar bo‘yicha ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajaradi.
O‘rmon xo‘jaligi Toshkent viloyati hokimligi ixtiyoriga qaraydi, uni bevosita Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i boshqaradi.
3. O‘rmon xo‘jaligi o‘z faoliyatini “O‘rmon to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, Toshkent viloyati hokimligining farmoyishlari va qarorlariga, Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i buyruqlariga va mazkur Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq o‘ziga qarashli hududlarga banditlar to‘dalari kirib kelishi va joylashib olishining oldini olish bo‘yicha qo‘riqlash va rejim ishlarini Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligining hududiy organlari va bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.
4. O‘rmon xo‘jaligi oldiga qo‘yilgan vazifalar Inspektorlarning harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
O‘rmon xo‘jaligi xodimlarining qurolli xizmat qilishi, qurolni saqlash, berish va qo‘llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
5. O‘rmon xo‘jaligi banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan muhr va shtampga egadir.
6. O‘rmon xo‘jaligining davlat tilidagi to‘liq nomi: “Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi korxonasi”, rus tilida: “Burchmullinskoye lesoxozyaystvennoye predpriyatiye”.
Pochta manzili: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Burchmulla qishlog‘i.
7. Quyidagilar o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘ziga qarashli hududda o‘rmon xo‘jaligiga doir barcha zarur tadbirlarni bajarish hamda o‘z xizmat vazifalarini bajarish davrida mahalliy aholini jalb qilgan holda Davlat chegarasi qo‘riqlanishiga ko‘maklashish;
fan va ilg‘or ishlab chiqarish tajribasi yutuqlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishda qatnashish;
o‘rmonni tiklash va ihota o‘rmonzorlari barpo etish tadbirlarini bajarish;
o‘ziga qarashli hududda va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa xo‘jaliklar yerlarida shartnomalar bo‘yicha tog‘ qiyaliklari va jarliklarda eroziyaga qarshi dov-daraxtlar barpo etish ishlarini tashkil etish;
dori-darmon va oziq-ovqat o‘simliklari, yordamchi qishloq xo‘jaligi mahsuloti tayyorlash va ko‘paytirish ishlarini tashkil etish;
o‘rmonlarni yong‘indan, o‘zboshimchalik bilan kesishdan va boshqa o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar buzilishidan qo‘riqlashni, o‘rmonlarni o‘rmon zararkunandalari va kasalliklaridan himoya qilishni ta’minlash, o‘rmonni muhofaza qilishni takomillashtirish.
8. O‘rmon xo‘jaligi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
o‘rmon xo‘jaligi hududida va o‘ziga qarashli uchastkalarda o‘rmon fondini hisobga olish, navbatdagi o‘rmon tuzilishiga tayyorgarlik ishlari bajarilishini tashkil etish, amalga oshirilayotgan ishlar o‘rmon tuzilishi va o‘rmonlarni tadqiq etish qoidalariga muvofiqligini muntazam ravishda tekshirish va ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni qabul qilish, shuningdek tabiiy resurslar holatini hisobga olish va baholash;
o‘rmonlarning holatini yaxshilash va ularning samaradorligini oshirish, Ushbu maqsadda parvarish qilish uchun o‘rmonlarni kesish va sanitariya kesishlarini, o‘rmonni kesilgandan keyin qoldiqlar va axlatlardan tozalash ishlarini olib borish, shuningdek o‘rmon-melioratsiya ishlarini (quritish, sug‘orish), o‘rmonlarning suvni qo‘riqlash va boshqa himoya funksiyalari holati saqlab qolinishi va yaxshilanishi tadbirlarini o‘tkazish;
o‘rmon xo‘jaligi to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanilishi, o‘rmonni tiklash, o‘rmonlarni parvarish qilish va ularning unumdorligini oshirish, eroziyaga qarshi ihota daraxtlari barpo etish ishlarini amalga oshirish;
daraxt urug‘chiligi va o‘rmon pitomniklari ishlarini tashkil etish va rivojlantirish;
daraxt-buta navlari urug‘lari tayyorlashni ta’minlash, ham o‘z ehtiyojlari uchun, ham sotish uchun ekish materiali etishtirish;
o‘rmon xo‘jaligi hududida va o‘ziga qarashli uchastkalarda pichanzorlar va yaylovlardan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etish va boshqa qo‘shimcha foydalanishlarni tashkil etish, tegishli nazoratni amalga oshirish;
o‘rmon xo‘jaligi tomonidan o‘rmonda daraxt kesish ishlarini amalga oshirishda tayyorlangan, shuningdek daraxt tayyorlash va olib chiqishning amaldagi qoidalari buzilganligi uchun daraxt tayyorlovchilardan olib qo‘yilgan hamda o‘rmon xo‘jaligi ixtiyoriga berilgan yog‘ochni belgilangan tartibda sotish.
9. Banditlar to‘dalarini tugatishga doir maxsus operatsiyalar o‘tkazilishi davrida o‘rmondan foydalanish o‘rmon xo‘jaligi xodimlari xavfsizligini ta’minlashga va maxsus operatsiya vazifalarini bajarishga yo‘naltiriladi.
10. O‘rmon xo‘jaligi, agar buni sanitariya holati, daraxtlar va butazorlar talab etsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan o‘rmonda daraxt kesish qoidalariga muvofiq daraxtlarni sanitariya tartibida kesadi. O‘rmon xo‘jaligida inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi tufayli kelib chiqqan ishlab chiqarish texnik zaruriyat taqozo etgan hollarda daraxtlar va butazorlar kesilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunday kesish amalga oshiriladigan joylar va uning hajmi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. O‘rmon xo‘jaligi:
ovlash-sanoat faunasi qo‘riqlanishini, ovlash qoidalari va muddatlariga rioya etilishini nazorat qiladi, brakonyerlarga qarshi kurashadi, o‘rmon xo‘jaligi hududida ovchilik xo‘jaligi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
ekologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini, hayvonot va o‘simlik dunyosining holatini o‘rganishni amalga oshiradi, o‘rmon xo‘jaligining tabiat alohida muhofaza qilinadigan hududida biologik xilma-xillik saqlab qolinishiga doir xalqaro loyihalarni amalga oshiradi;
o‘rmon xo‘jaligi hududida barcha ovchilik tadbirlari o‘tkazilishi ustidan nazorat qiladi.
12. O‘rmon xo‘jaligining binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va transport vositalarini to‘g‘ri saqlash va ulardan foydalanish ishlab chiqarish va turarjoy binolari, o‘rmon kordonlari, kichik ko‘priklar, yong‘in minoralari qurilishi va ularni ta’mirlashning, o‘rmon yo‘llarini zarur tartibda qurish va saqlashning, mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashning, texnika xavfsizligi qoidalariga va ishlab chiqarish sanitariyasiga rioya qilishning tasdiqlangan loyihalari va smetalariga muvofiq o‘tkaziladi.
13. O‘rmon xo‘jaligi o‘rmon xo‘jaligining xodimlariga ishlab chiqarish malakasini oshirishni, ushbu maqsadlar uchun kurs tadbirlari va texnik o‘qishlar o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari uy-joy maydoni va madaniy-maishiy shart-sharoitlar bilan ta’minlanishiga ko‘maklashadi.
14. O‘rmon xo‘jaligi quyidagi huquqlarga ega:
yog‘och-taxtadan belgilangan tartibda va xo‘jalik hisobi asosida xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va ularni sotish, o‘rmon xo‘jaligida mollar bosh sonini o‘zi ozuqa bilan ta’minlashi asosida yordamchi xo‘jalik yuritish, o‘rmon xo‘jaligi resurslari va chiqindilarini tayyorlash, olib chiqish va tegishli shartnomalar bo‘yicha yetkazib berish;
dam oluvchilar va sayyohlarning o‘rmon xo‘jaligi hududiga kirishiga belgilangan tartibda ruxsat berish;
dam oluvchilar va sayyohlarni joyni o‘zgartirish yo‘nalishlari, sanitariya normalariga muvofiq dam olish joylari bilan ta’minlash hamda ularning o‘rmon xo‘jaligida belgilangan qoidalarga rioya qilishlari ustidan nazorat qilish;
mol boqishdan tushgan mablag‘larni belgilangan tartibda o‘z hisob raqamlariga o‘tkazish, o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar talablari buzilganligi uchun zararni qoplash.
15. O‘rmon xo‘jaligi xodimlar, sayyohlar va dam oluvchilar uchun normal maishiy sharoitlar yaratish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari sotib oladi va sotadi.
16. O‘rmon xo‘jaligi shartnomaga muvofiq boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida qumlar, jarliklarni mustahkamlash, o‘rmonzorlashtirish bo‘yicha dalani himoya qilish ishlarini amalga oshiradi.
17. O‘rmon xo‘jaligi yerlarining davlat, jamoat ehtiyojlari va boshqa ehtiyojlar uchun yerdan foydalanuvchilarga berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. O‘rmon xo‘jaligi direktori o‘rmon xo‘jaligiga bevosita rahbarlik qiladi, uning ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
19. O‘rmon xo‘jaligi direktori viloyat hokimligi bilan kelishgan holda Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i bosh direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
20. Direktor o‘rinbosarlari, bosh buxgalter Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i bosh direktori bilan kelishgan holda o‘rmon xo‘jaligi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi.
21.O‘rmon xo‘jaligi direktori mazkur Ustav asosida ish ko‘rib o‘rmon xo‘jaligiga rahbarlik qiladi va o‘rmon xo‘jaligi mablag‘lari va mol-mulkini qonunda belgilangan tartibda tasarruf etadi, o‘rmonlar va mol-mulk qo‘riqlanishi, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi, o‘rmon xo‘jaligida smeta, moliya shartnoma va mehnat intizomiga rioya etilishi uchun javob beradi.
22. O‘rmon xo‘jaligi direktoriga quyidagilar yuklanadi:
Ugom-Chotqol Davlat milliy tabiat bog‘i bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish (vazifalarni taqsimlash);
o‘rmon xo‘jaligi tadbirlari va boshqa tadbirlar bajarilishini tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaligining mol-mulki, asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa boyliklari qo‘riqlanishini tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaligi xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish;
shartnomalar tuzish;
o‘rmon xo‘jaligi nomidan bank muassasalarida barcha moliyaviy va pul operatsiyalarini sodir etish;
o‘rmonlarni qo‘riqlashni tashkil etish, aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun o‘rmon xo‘jaligi hududidagi huquqbuzarliklarni tekshirish va materiallarni belgilangan tartibda tegishli organlarga berish;
davlat organlarida, sud organlarida va boshqa muassasalar va jamoat tashkilotlarida o‘rmon xo‘jaligi manfaatlarini ifodalash.
23. Direktor o‘rinbosari — bosh o‘rmonchi xo‘jaligida barcha ishlab chiqarish ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi va o‘tkazilishi, o‘rmon kadastri bo‘yicha hisobga olish yuritilishi, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ilg‘or tajriba joriy etilishi, mexanizmlardan zarur darajada foydalanilishi, o‘rmon xo‘jaligida o‘rmonlarni qayta tiklash va qo‘riqlash bo‘yicha belgilangan barcha tadbirlar tashkil etilishi va o‘tkazilishi uchun javob beradi.
24. O‘rmon xo‘jaligi direktori o‘rinbosari:
rejim-qo‘riqlash tadbirlari o‘tkazilishi, kadrlar to‘g‘ri tanlanishi va joy-joyiga qo‘yilishi, o‘rmonni qo‘riqlash inspektorlari ishi tashkil etilishi, profilaktika va chegara polosalari dov-daraxtlar va butazorlardan tozalanishi;
qurol-yarog‘, o‘q-dorilar saqlanishi va ular to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari formali kiyim-bosh, aloqa vositalari, maxsus anjomlar va hokazolar bilan ta’minlanishi uchun javob beradi.
25. Muhandis-mexanik ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligining texnik rahbari sifatida tegishli ishlab chiqarish vazifalari bajarilishi, mexanizatsiyalashtirish ishlari belgilangan normalar va qoidalarga rioya etgan holda to‘g‘ri tashkil etilishi va o‘tkazilishi, mexanizmlarning saqlanishi va ulardan oqilona foydalanish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlari joriy etilishi uchun javob beradi.
26. O‘rmonchilik o‘rmon xo‘jaligining ishlab-chiqarish hududiy qismi hisoblanadi. O‘rmonchi — katta inspektorga quyidagilar yuklanadi:
o‘rmon xo‘jaligining ishlab chiqarish rejasiga muvofiq o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘rmon xo‘jaligi ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirish, o‘rmonlarni yong‘inlar, o‘rmonlarni buzishlar va brakonyerlikdan qo‘riqlash, baliq ovlash tashkilotlariga yordam berish, daraxt tayyorlovchilar ishi ustidan nazorat qilish, daraxt kesish joylarini belgilash va tayyorlangan yog‘och-taxtani topshirish, ishlab chiqarishni yuritishda xo‘jaliklar va tashkilotlarga yordam berish;
o‘rmon chegara zonalari qo‘riqlanishi uchun javobgarlik;
daraxt kesish chiptalariga asosan va ular doirasida daraxt kundalarini tashkilotlarga va alohida fuqarolarga berish;
belgilangan tovar-moddiy boyliklar, mol-mulk hisobini yuritish.
27. O‘rmonchi o‘rmonchilik ishiga rahbarlik qiladi hamda o‘rmonchilikka yuklangan vazifalar tashkil etilishi va bajarilishi, mol-mulk, asbob-uskunalar, moddiy boyliklar va o‘rmonchilikning boshqa boyliklari saqlanishi uchun javob beradi.
28. O‘rmon xo‘jaligi o‘rmonlar va hududni qo‘riqlashga doir quyidagi ishlarni yuritadi:
o‘rmon yong‘inlariga qarshi barcha zarur yong‘inga qarshi choralarni amalga oshiradi;
o‘rmonlarni o‘zboshimchalik bilan kesish, shikast yetkazish va boshqa o‘rmonni buzishlardan qo‘riqlaydi, mahalliy aholi o‘rtasida o‘rmonlarni qo‘riqlash masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boradi;
o‘rmonlarni zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qiladi, Ushbu maqsadlarda tegishli sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazadi, o‘rmon fondi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ulardan foydalanish, ularga imoratlar qurish, ularni shudgorlash to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot beradi;
o‘rmon xo‘jaligi hududida chegara belgilari qo‘riqlanishini amalga oshiradi va chegaralar, o‘rmon so‘qmoqlari, yong‘inga qarshi handaqlar qazilishini tasdiqlaydi;
o‘rmon xo‘jaligi hududini unga banditlar to‘dalari yorib kirishidan qo‘riqlashni ta’minlaydi;
tasdiqlangan ekologiya dasturlari asosida o‘rmon xo‘jaligining tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini hamda o‘ziga qarashli hududda ularning amalga oshirilishini belgilaydi;
atrof muhitning holati va qo‘riqlanishi, o‘rmon xo‘jaligi hududida unumdor yerlar, suvlar, o‘rmonlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanilishi va ularning tiklanishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
ayrim fuqarolar, o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan barcha yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar talablariga, tabiatdan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi.
29. O‘rmonchilar va o‘rmonni qo‘riqlash inspektorlari quyidagi huquqlarga egadir:
formali kiyim-bosh ki | 188 | 62,492 |
Qonunchilik | MEHNAT ORGANLARIGA BO‘Sh ISh JOYLARI (VAKANT LAVOZIMLAR) MAVJUDLIGI TO‘G‘RISIDA VA MO‘LJALLANAYOTGAN XODIMLAR IShDAN OZOD ETILIShI TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLARNI TAQDIM ETISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1251-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda)ga muvofiq buyuraman:
1. Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 29-noyabrda 2080/04-1-son bilan tasdiqlangan “Mehnat organlariga bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi to‘g‘risida va mo‘ljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomga (ro‘yxat raqami 858, 1999-yil 22-dekabr) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 242 | 855 |
Qonunchilik | Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | So‘nggi yillarda bozor islohotlarini izchil chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichi tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslariga, investitsiyalarni jalb etishga va ilg‘or biznes loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlariga bo‘lgan kuchli ehtiyojini yuzaga keltirmoqda.
Shu bilan birga, garov bilan ta’minlangan kreditorlar talablarini kredit mablag‘lari qaytarilishining kafolati hisoblangan garovdagi mol-mulk qiymatidan qondirish tizimining samarasizligi qo‘shimcha mablag‘ jalb etish imkoniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qonunchilikda belgilangan imkoniyat bo‘lishiga qaramay, banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan avtotransport vositalaridan boshqa ko‘char mol-mulkni garov sifatida qabul qilish, shuningdek, garov predmeti qiymati kredit miqdoridan ancha ko‘p bo‘lsa ham, navbatdagi garovni qabul qilish amaliyoti qo‘llanilmayapti.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlarning mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yuritishga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaziy bankining 2019-yil 1-yanvardan quyidagi tartibni o‘rnatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
garov bilan ta’minlangan kreditorlar talablarini garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan qondirish qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritilgan sanaga ko‘ra kalendar ketma-ketligida amalga oshiriladi. Bunda, ushbu tartib qarzdorning hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatiga tatbiq etilmaydi;
garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga bo‘lgan huquqlari to‘g‘risida yozuv kiritgan kreditor-garovga oluvchilar o‘z talablarini qondirishda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditor-garovga oluvchilarga nisbatan ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar;
mol-mulkni xarid qilishni uning ta’minoti evaziga moliyalashtirgan kreditor garov reyestriga tegishli yozuvni kiritgan taqdirda, ushbu mol-mulk hisobidan o‘z talablarini qondirishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi;
navbatdagi garovga qo‘yishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish sharti bilan avvalgi garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi;
garovga qo‘yuvchi tomonidan garov predmetini ijaraga berishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish va bu haqda garovga oluvchini xabardor etish sharti bilan garovga oluvchining roziligisiz ruxsat etiladi.
2. Quyidagilar:
shartnomada o‘zgacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun taqdim etilgan mol-mulkidan foydalanish yoki uni sotishdan olingan hosil va daromadlarga (tushumga) kreditorning ustuvor huquqi;
lizing, bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi oldi-sotdi, ijara yoki boshqa bitimlar obyekti bo‘lgan hamda ushbu bitimlarda majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun qo‘yilgan mol-mulkka (mulk huquqiga) garov uchun belgilangan undiruv qaratish tartibi;
yozma bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, garov predmeti yoki kreditorning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash predmeti sifatida qo‘yilgan ko‘char mol-mulkka undiruvni qaratishga sud buyrug‘i instituti tatbiq etilsin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
mol-mulk bilan ta’minlanadigan majburiyatni shu mol-mulk qiymatidan qoplanishini mumkin bo‘lgan majburiyatning maksimal summasini ko‘rsatish yo‘li bilan aniqlashga ruxsat etiladi;
majburiyatlar bajarilishini mol-mulk bilan ta’minlashni nazarda tutadigan bitimlar, shu jumladan garov shartnomasi majburiyatlar bajarilishining mulkiy ta’minoti predmetini batafsil bayon qilmasdan, uni umumiy tavsiflash orqali, jumladan alohida toifa bo‘yicha tuzilishi mumkin;
garovga oluvchilar va boshqa kreditorlarning talab qilish huquqini ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan hamda ularning talablari bo‘yicha undiruv qaratilgan mol-mulk kreditga, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga, lizingga yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi, ijaraga berilishi mumkin, sud qarorlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni majburiy realizatsiya qilish hollari bundan mustasno.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni qoplash bo‘yicha talablar to‘g‘risidagi yozuvlar garov reyestriga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslardan garov reyestriga yozuv kiritish uchun, shuningdek, garov reyestridan ko‘chirma berish uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorini kamida ikki barobar kamaytirishni nazarda tutadigan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur qarorning norma va talablarini amalga oshirishni nazarda tutadigan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini keng yoritishni tashkil etsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 154 | 6,011 |
Qonunchilik | BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 1999-yil 24-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiritilsin. | 104 | 678 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-son Farmoniga muvofiq:
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshidagi “yagona soliq” so‘zlari “yagona soliq to‘lovi yoki yagona soliq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 93 | 570 |
Qonunchilik | “ADVOKATURA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 10-MODDASINING TO‘RTINChI QISMINI VA “ADVOKATLIK FAOLIYATINING KAFOLATLARI VA ADVOKATLARNING IJTIMOIY HIMOYaSI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 6-MODDASINING BEShINChI QISMINI S | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais o‘rinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 109-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga amal qilgan holda, “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismini va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismini sharhlash haqidagi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Masala advokat A.R. Lutfullayevning Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi.
Konstitutsiyaviy sud ma’ruzachi sudya S. Hakimovaning axborotini, O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasining raisi B. Salomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi S. Odilxo‘jayeva, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining a’zosi M. Gasanov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari B. Jamolov va boshqalarning fikrlarini eshitib, ish bo‘yicha mavjud materiallarni o‘rganib chiqib quyidagilarni aniqladi:
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismida “Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qo‘llash bilan qo‘rqitish mumkin emas”, deb ko‘rsatilgan. “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismida ham analogik norma nazarda tutilgan.
Ushbu normalarda “boshqa javobgarlikka” so‘zlarining qo‘llanilishi ularni mazmunan qanday tushunish kerak, degan savolga javob berishni talab qiladi va shuning uchun ham ularga sharh berish zaruratini keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tegishli normalarini va ish bo‘yicha boshqa materiallarni tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi quyidagilarga asoslanadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining birinchi qismiga muvofiq “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida:
“Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi.
Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi”, deb ko‘rsatilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismida va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismida bayon qilingan normani belgilayotganda shuningdek xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustunligidan ham kelib chiqqan deb hisoblaydi. Jumladan, Jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha BMTning sakkizinchi kongressi tomonidan 1990-yil avgust oyida qabul qilingan “Advokatlarning roli to‘g‘risidagi asosiy qoidalar”da hukumatlar e’tirof etilgan kasbiy vazifalari, standartlari va etika normalari asosida amalga oshirilgan har qanday harakatlari uchun advokatlarni jazolash yoki jazo qo‘llanishi bilan qo‘rqitish va ayblash, ularga nisbatan ma’muriy, iqtisodiy sanksiyalar qo‘llanishi mumkin emasligini ta’minlashlari shartligi nazarda tutilgan. Ushbu hujjatga muvofiq advokat sudda, tribunalda yoki boshqa yuridik yoki ma’muriy organlarda o‘z burchini vijdonan bajarishi va kasbiy vazifalarini amalga oshirishi munosabati bilan ishga taalluqli yozma va og‘zaki shaklda qilingan murojaatlari bo‘yicha ta’qibdan jinoyat yoki fuqarolik immunitetiga ega bo‘lishi lozimdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib, qonun chiqaruvchi ushbu holatda yuridik javobgarlikni nazarda tutgan, deb hisoblaydi. Yuridik javobgarlikning jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, intizomiy va moddiy javobgarlik turlari borligini inobatga olib, Konstitutsiyaviy sud qonunga muvofiq yuridik yordam ko‘rsatayotganligi munosabati bilan advokatni yuridik javobgarlikning ko‘rsatib o‘tilgan turlarining birortasiga ham tortish yoki bunday javobgarlikni qo‘llash bilan qo‘rqitish mumkin emas, deb hisoblaydi.
Bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1, 25, 26, 27-moddalariga amal qilgan holda Konstitutsiyaviy sud qaror qiladi:
1. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismiga va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismiga quyidagi sharh berilsin:
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismidagi va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismidagi “boshqa javobgarlikka” so‘zlarini mazmunan fuqarolik, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka deb tushunish lozim;
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining to‘rtinchi qismidagi va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining beshinchi qismidagi norma advokatni qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qo‘llash bilan qo‘rqitish mumkin emasligini nazarda tutadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ushbu qarori “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilinsin. | 250 | 6,585 |
Qonunchilik | Fuqaroviy va хizmat quroli oboroti qanday litsenziyalanadi | Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (11.03.2020 yildagi 138-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 30 yanvarda «Qurol toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirgan. Qurol tasnifi va uning mamlakatimizdagi oborotini huquqiy tartibga solish toʻgʻrisida batafsil – bu yerda.
Litsenziyalanadigan va litsenziyalanmaydigan faoliyat turlari roʻyхati belgilandi:
Litsenziyalanadigan faoliyat turlari
Litsenziyalanmaydigan faoliyat turlari
fuqaroviy va хizmat qurolini ishlab chiqarish
pichoqlarning milliy turlari – “pichoqlar”ni ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish (хalq hunarmandchiligi mahsulotlari uchun tegishli parametrlar belgilangan)
fuqaroviy va хizmat qurolining oʻq-dorilarini ishlab chiqarish
qurolni saqlash va olib yurishga doir ruхsatnomasi boʻlgan qurol egalari shaхsiy foydalanishi uchun aslahalar tayyorlash
fuqaroviy va хizmat qurolini ta’mirlash
qurolni saqlash va olib yurishga doir ruхsatnomasi boʻlgan qurol egalari tomonidan qurolni ta’mirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish faoliyati
fuqaroviy va хizmat qurolini realizatsiya qilish
qurolni saqlash va olib yurishga doir ruхsatnomasi boʻlgan qurol egalari tomonidan qurolni hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish
fuqaroviy va хizmat qurolining oʻq-dorilarini realizatsiya qilish
Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat faqat Oʻzbekiston hududida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyalarni va ularga doir huquqlarni boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi.
Milliy gvardiya litsenziyalovchi organ hisoblanadi. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin. Litsenziyalar amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi. Umumiy litsenziya talablari va shartlari, shuningdek ushbu sohadagi ayrim faoliyat turlari uchun qoʻshimcha talab va shartlari belgilangan.
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Litsenziyalovchi organ qolgan barcha hujjatlarni boshqa vakolatli organlardan oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi.
Hujjatlar bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar talabgorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziyalash jarayoni tasdiqlangan sхemada aks ettirilgan. Litsenziya berish uchun 10 BHM miqdorida davlat boji undiriladi (Davlat boji stavkalarining miqdorlari 23-bandiga qarang).
"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq quyidagi asoslar boʻyicha litsenziya berish rad etilishi mumkin:
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishga haqli.
Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, tugatish va bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida"gi Qonunning 22, 23 va 24-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalarning reyestrini yuritadi hamda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 58 | 3,792 |
Qonunchilik | HAR YILI YoNG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi hududida kuz-qish isitish mavsumi oldidan yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining har yili noyabr oyining uchinchi o‘n kunligidan boshlab yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Quyidagilar yong‘in xavfsizligi oyligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini, shuningdek uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish;
o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2. Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
yong‘in xavfsizligi oyligini tashkil etish va o‘tkazish komissiyalarining tuzilishini;
yong‘in xavfsizligi oyligini samarali o‘tkazish tadbirlari ishlab chiqilishini, ularda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga daxldor bo‘lgan barcha tegishli idoralarning vazifalari taqsimlanishini;
jamoat transportida va aholi ko‘p to‘planadigan joylarda yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilayotgani haqida reklama yozuvlarni, plakatlar joylashtirilishini;
har o‘n kunda yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilishi muhokama qilinishini va unda tegishli rahbarlarning hisobotlari eshitilishini hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga jamoatchilikning keng jalb etilishini ta’minlasinlar.
3. Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish davrida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari:
hay’atlar, boshqaruvlar, kengashlar majlislarida idoraviy mansub obyektlar va uy-joy fondining texnik holati, yong‘in xavfsizligi masalalarini ko‘rib chiqsinlar;
gaz, energetika, suv xo‘jaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida e’tibor qaratsinlar;
tashkilotlarning obyektlari va uy-joy fondini yong‘inga xavfsiz holatga keltirish uchun ajratilgan mablag‘lardan qat’iy ravishda maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatilishini ta’minlasinlar;
yong‘in xavfsizligi me’yorlari buzilishining har bir holati bo‘yicha puxta tekshiruvlar o‘tkazsinlar, yong‘in ro‘y berishiga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq ta’sir choralarini ko‘rsinlar;
obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarini yong‘in o‘chirish texnikasi, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
ishchilar, xizmatchilar, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va aholi o‘rtasida yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish ishlarini kuchaytirsinlar, jamoatchilikni yong‘inlarning oldini olish tadbirlariga keng jalb etsinlar;
o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalarini (gidrantlar, rezervuarlar, suv havzalari, ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklarini) soz holatga keltirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari:
yong‘in xavfsizligi oyligining o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsinlar, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha maxsus mavzuli videoroliklar tayyorlasinlar, ularning tadbir davomida muntazam ravishda namoyish etib borilishini ta’minlasinlar;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va yong‘in nazorati organlari bilan birgalikda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari uzoq vaqtdan buyon hal etilmay kelinayotgan obyektlar va aholi punktlari bo‘yicha reydlar uyushtirsinlar;
homiylarning mablag‘larini jalb etgan holda yong‘in xavfsizligi oyligining maqsadlari, vazifalari va o‘tkazilishini targ‘ib qiluvchi plakatlar, bukletlar va ko‘rgazmali targ‘ibotning boshqa turlari chop etilishini tashkil qilsinlar.
5. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar har yili oylik tugagandan so‘ng qilingan ishlar to‘g‘risida 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklatilsin. | 59 | 4,807 |
Qonunchilik | Top-100 eng yaхshi ish beruvchilar OAVda e’lon qilinadi | Vazirlar Mahkamasining 29.12.2017 yildagi 1036-son “Yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarni ijtimoiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu qaror loyihasini oldingi sharhlarimizdan birida yoritganmiz.
2018 yildan boshlab ish beruvchilar uchun «Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik» umumiy nomi ostida reyting tizimi va tanlovlar joriy etiladi. Ularning doirasida yangi ish oʻrinlarini faol tashkil etayotgan, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlayotgan ish beruvchilar ragʻbatlantiriladi.
Biroq hujjatning tasdiqlangan tahriri loyihaga qaraganda ayrim oʻzgartirishlarga yuz tutdi.
Joriy etilayotgan «Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik» reyting tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Mehnat vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va SSPning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyiha bilan taklif etilgan respublika tanlovining 5 ta nominatsiyasi 4 taga oʻzgartirildi:
Reytingga kirishni хohlaysizmi – buyurtmanoma bering
Reyting har yili tuziladi, kalendar yil uni aniqlash uchun hisobot davri hisoblanadi. Ish beruvchilar reytingini tuzish metodikasi 2 oy muddatda tasdiqlanadi.
Bu – muhim! Reytingda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, Oʻzbekistonda turli faoliyat sohalarida faoliyat yuritayotgan ish beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirok etish uchun 15 avgustgacha Mehnat vazirligiga hujjatlar paketini taqdim etish zarur:
Hujjatlar qogʻoz va elektron shaklda taqdim etiladi.
Ekspert komissiyasi gʻoliblarni aniqlaydi
Har yili kamida 7 kishidan iborat tarkibda tuziladigan ekspert komissiyasi reyting yakunlarini sarhisob qilish bilan shugʻullanadi. Uning tarkibiga Davlat statistika qoʻmitasi, SSP, kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Yoshlar ittifoqi vakillari, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralar, хoʻjalik birlashmalari vakillari kiritiladi.
Har bir ish beruvchi boʻyicha reyting yakunlari faoliyatning har bir koʻrsatkichi boʻyicha toʻplangan ballar sonini jamlash yoʻli bilan har yili 1 oktyabrgacha sarhisob qilinadi. Ish beruvchilarning har bir guruhi boʻyicha 1-6-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar aniqlanadi. Ular faхriy sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Tanlovlarning borishi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan keng yoritiladi. Ularning ishtirokchilari va gʻoliblari toʻgʻrisidagi materiallar respublika hamda mahalliy OAVda, shu jumladan elektron OAVda joylashtiriladi. Shuningdek, eng yaхshi tashkilotlarning «TOP-100» reytingi OAVda e’lon qilinadi.
«Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik» respublika tanlovi va hududiy tanlovlar toʻgʻrisidagi nizomlar bir oy muddatda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 56 | 3,057 |
Qonunchilik | Davlat organlari tomonidan bir qator ma’lumotlar va hujjatlarning talab qilinishi bekor qilindi | Bu Prezidentning 24.07.2021 yildagi «Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6269-son Farmonida nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlaridan quyidagilarni talab qilish bekor qilinadi:
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni:
b) quyidagi hujjatlarni:
Davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaхslarga davlat хizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda hujjat va ma’lumotlarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
Ushbu hujjat va ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat хizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 95 | 1,254 |
Qonunchilik | Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va o‘rganish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida | “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, ularning qonuniy faoliyat olib borish asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va o‘rganish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va o‘rganish tartibini belgilaydi.
Qonun hujjatlarida adliya organlari tomonidan monitoring qilish va o‘rganishlarni o‘tkazishda ushbu Nizomdan boshqacha talablar belgilangan taqdirda, qonun hujjatlari talablariga rioya etiladi.
2. Ushbu Nizom adliya organlari tomonidan vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning ishchi guruhlari tarkibida o‘tkaziladigan o‘rganishlarni amalga oshirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
adliya organlari — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari;
boshqa ta’sir choralari — monitoring qilish, o‘rganishni o‘tkazish davomida yoki ularning natijasi bo‘yicha qo‘llaniladigan ta’sir choralari (da’vo ariza, ma’muriy bayonnoma va boshqalar).
davlat nazorati — nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda NNT deb ataladi) tomonidan qonun hujjatlari va o‘z ta’sis hujjatlariga rioya etilishini, shuningdek, ularga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini adliya organlari tomonidan monitoring qilish va o‘rganish;
monitoring — NNTlarning qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga muvofiq, shuningdek, ularga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tizimli ravishda yig‘ish, o‘rganish va tahlil qilish jarayoni;
rejali o‘rganish — adliya organi rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan ish rejaga muvofiq o‘tkaziladigan o‘rganish. Bunda NNTni ish rejaga qo‘shish uchun asos uning davlat (hisob) ro‘yxatidan o‘tkazilganidan yoki oxirgi o‘rganish o‘tkazilganidan uch yil o‘tganligi hisoblanadi.
rejadan tashqari o‘rganish — adliya organi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda amalga oshiriladigan ish rejasiga kiritilmagan o‘rganish;
taqdimnoma — adliya organlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish xususida qonunbuzilishni bartaraf etish vakolatlariga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritiladigan hujjat;
taklif — adliya organlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish bo‘yicha tegishli vakolatli organlarga kiritiladigan hujjat;
ogohnoma — sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida mansabdor shaxslarni qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntirish haqida adliya organi tomonidan tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan kiritiladigan yozma hujjat;
4. Adliya organlari NNTlar tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga rioya etilishi, shuningdek, ularga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishini o‘rganadi.
Adliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan nazorat funksiyalari doirasida boshqa o‘rganishlarni ham amalga oshirishi mumkin.
5. Quyidagilar o‘rganishlarni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari yoki ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida chiqarilgan adliya vazirining buyrug‘i;
adliya organlarining ish rejalari;
adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring hamda boshqa NNTlardan olingan ma’lumotlar (hisobotlar) tahlili;
NNTlar tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga rioya etilmagan holda o‘tkazilgan tadbirlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi murojaatlari;
ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ma’lumotlar.
Rejadan tashqari o‘rganish ushbu o‘rganishga asos bo‘lgan aniq faktlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
6. O‘rganishlar adliya organi rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi.
Buyruqda o‘rganishning maqsad va vazifalari, o‘rganiladigan NNT nomi, o‘rganish davri va uni o‘tkazish muddatlari, o‘rganishni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi, ularning ismi, familiyasi va lavozimi, o‘rganish hujjatlarini umumlashtirish va tahlil qilish vazifalarini amalga oshiruvchi xodimlarning ismi, familiyasi va lavozimi hamda o‘rganish natijasini muhokama qilishga doir masalalar ko‘rsatilishi zarur.
7. O‘rganish to‘g‘risidagi buyruq o‘rganish o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin qabul qilinadi va shu kunning o‘zida bu haqda adliya organi o‘rganish o‘tkaziladigan tashkilot rahbarini yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Xabarnomada o‘rganishni o‘tkazish uchun asos, o‘rganiladigan NNTlar ro‘yxati, sohasi, o‘rganiladigan davr va uni o‘tkazish muddati, ishchi guruhi tarkibi ko‘rsatilishi zarur.
Xabarnomaga o‘rganish savolnomasi ilova qilinadi.
8. Savolnoma o‘rganish predmetidan kelib chiqib, adliya organi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Savolnoma o‘rganishni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqqa ilova tarzida tasdiqlanishi ham mumkin.
Zaruratga qarab, o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhning asoslantirilgan taklifiga ko‘ra adliya organi rahbari tomonidan savolnomaga qo‘shimcha masalalar kiritilishi mumkin.
9. O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi kamida ikki nafar xodimdan iborat bo‘ladi. Bunda bir nafar xodim ishchi guruh rahbari etib belgilanadi.
10. O‘rganish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.
O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh rahbarining asoslantirilgan bildirgisi asosida ushbu muddat adliya organi rahbarining buyrug‘i bilan o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin.
11. O‘rganish faqat buyruqda ko‘rsatilgan adliya organlari xodimlari tomonidan ish vaqti davomida o‘tkazilishi lozim.
12. O‘rganishni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda o‘rganish belgilangan barcha NNTlar faoliyati to‘liq o‘rganilishi shart.
Ayrim sabablarga ko‘ra, buyruqda ko‘rsatilgan NNTlarda o‘rganish o‘tkazilmaganda, bu haqda alohida dalolatnoma tuzilib, asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinishi va bir kunlik muddat ichida o‘rganish ustidan nazorat qiluvchi rahbarga xabar qilinishi lozim.
13. O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari o‘rganishni boshlashdan oldin o‘rganish o‘tkazilayotgan NNT rahbariga o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda, o‘rganishning maqsad va vazifalari bilan tanishtirishi hamda o‘rganish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq va savolnoma nusxasini topshirishi lozim.
14. O‘rganish o‘tkazishga asos bo‘lgan hujjatlar topshirilgan vaqt o‘rganish boshlangan vaqt hisoblanadi.
O‘rganish o‘tkazilayotgan NNT rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortishi o‘rganishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
O‘rganish yoki monitoring o‘tkazishga asos bo‘lgan hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda guvohlar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
15. O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolariga o‘rganish o‘tkazish uchun hudud va binoga kirishga to‘sqinlik qilinganda, bu haqda o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan o‘rganish o‘tkaziladigan NNT rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi ishtirokida dalolatnoma tuziladi va ular tomonidan imzolanadi.
NNT rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, bu haqda dalolatnomaga qayd etib qo‘yiladi.
O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh rahbari shu kunning o‘zida tuzilgan dalolatnomani ilova qilgan holda o‘rganishni tayinlagan adliya organi rahbariga bildirgi taqdim etadi. Adliya organi rahbari ikki kunlik muddatda ushbu bildirgi asosida o‘rganish o‘tkazishga to‘sqinlik qilgan NNT rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchini tegishli javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni ko‘radi.
O‘rganishni o‘tkazishga to‘sqinlik qilgan shaxslarning javobgarlikka tortilishi o‘rganishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha tegishli bayonnomalarni rasmiylashtirish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llash O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilova).
16. Qonun hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlar yuzasidan zarur hollarda adliya organlari o‘rganishni o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Mutaxassislar jalb qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot o‘rganish o‘tkazilayotgan tashkilot rahbariga yetkazilishi lozim.
17. O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan har kuni o‘rganishning o‘tkazilishi haqida uni ustidan nazoratni olib borayotgan adliya organi rahbariga axborot berib borilishi shart. Bunda adliya organi rahbari axborot bilan tanishib chiqib, o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi a’zolariga o‘rganish davomida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar va uni samarali amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma va vazifalarni belgilab beradi.
Savolnomadagi har bir masala to‘liq o‘rganilishi va ma’lumotnomada qayd etilishi lozim.
Savolnomadagi masala bo‘yicha kamchilik aniqlanmaganda, ishchi guruhi tomonidan bu haqda ma’lumotnomada ko‘rsatiladi.
18. O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh o‘rganishni amalga oshirishda:
qonun bilan qo‘riqlanadigan sirga rioya qilish sharti bilan o‘rganishni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, NNTlarning elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish, NNTlarning hududlari va binolariga kirishga;
o‘rganish davomida NNT tomonidan ish yuzasidan foydalanishda bo‘lgan narsa, hujjat, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni bayonnoma rasmiylashtirilgan holda olib qo‘yishga;
o‘rganish o‘tkazilayotgan NNT mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini chaqirishga, ulardan qonun hujjatlari, ustav faoliyati, ta’sis hujjatlarining buzilishi holati yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilishga;
qonun buzilishi holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha zarur hollarda mutaxassislar bilan birgalikda o‘rganish o‘tkazishga haqlidir.
O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19. O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh quyidagilarga majburdir:
o‘rganish o‘tkazish huquqini beruvchi barcha zarur hujjatlarni o‘rganish o‘tkazilayotgan NNT rahbariga taqdim etish;
o‘rganish o‘tkazilishi belgilangan NNTlarning barchasida to‘liq va xolisona o‘rganishlarni o‘tkazish;
o‘rganishni o‘z vaqtida hamda sifatli o‘tkazish;
o‘rganish davomida o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi a’zolarining bir xonaga joylashishi;
o‘rganish predmeti bo‘lmagan masalalarni surishtirmaslik hamda hujjatlarni talab qilmaslik;
o‘rganish vaqtini o‘rganish o‘tkazilayotgan NNT ish vaqti bilan muvofiqlashtirish;
o‘rganish davomida aniqlangan har bir qonunbuzilish holatiga qonun nuqtai nazaridan va professional baho berish;
aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish;
kasb etikasi va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, o‘rganish o‘tkazilayotgan NNT xodimlariga do‘q-po‘pisa qilmaslik, ular bilan xolis, prinsipial va qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib muomala qilish;
o‘rganish o‘tkazilayotgan NNT xodimlarini qonun hujjatlari normalarini noto‘g‘ri talqin qilish va ma’lum bo‘lgan faktlarni huquqni muhofaza qilish organlariga yetkazish bilan qo‘rqitmaslik;
o‘rganishlarni savolnoma asosida olib borish;
o‘rganish ustidan nazorat olib borayotgan rahbarning o‘rganish o‘tkazish bilan bog‘liq topshiriqlari hamda ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish;
o‘rganish ma’lumotnomalarida ko‘rsatilgan faktlarning asosliligiga mas’uliyat bilan yondashish;
o‘rganish davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan xizmat va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
o‘rganish davomida o‘rganish o‘tkazilayotgan NNTdan foydalanish uchun olingan hujjatlar va materiallarni but saqlanishini hamda o‘rganish yakunlangandan so‘ng qaytarilishini ta’minlash;
tovlamachilik va shu kabi boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
20. O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh rahbari o‘rganish o‘tkazish davomida quyidagi vazifalarni bajarishi shart:
o‘rganish o‘tkazilishi belgilangan NNTlarning barchasida to‘liq o‘rganishlar o‘tkazilishini ta’minlash;
o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolarining bir-biri bilan uzviy aloqadorligi va birligini ta’minlash, ularga uslubiy rahbarlik qilish;
o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganish jarayonida mansab suiiste’molligiga yo‘l qo‘yilishining oldini olish, o‘rganishning xolisona o‘tkazilishini ta’minlash, ma’lumotnomada aks etayotgan faktlarning asosli ekanligini nazorat qilish;
o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolarining mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etishini nazorat qilish;
o‘tkazilayotgan o‘rganishning borishi to‘g‘risida o‘rganish ustidan nazorat olib borayotgan rahbarga kunlik axborot taqdim qilib borish;
o‘rganish natijasini umumlashtirish, tahlil qilish hamda uning muhokamasini tashkil qilish, rahbar topshirig‘iga muvofiq o‘rganish natijasi muhokamasida qatnashish.
21. O‘rganilayotgan NNT quyidagi huquqlarga ega:
o‘z faoliyati o‘rganilishi to‘g‘risida tegishli axborotga ega bo‘lish;
o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolaridan o‘rganish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqni, o‘rganishni o‘tkazish uchun asos hisoblangan boshqa hujjatlarni talab qilish, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
o‘rganish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning o‘rganishni o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va o‘rganish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
qonunda belgilangan tartibda o‘rganish natijalari bo‘yicha shikoyat qilish.
22. NNTlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh a’zolarining qonuniy talabiga binoan o‘rganishni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni o‘rganish obyektlariga kiritishga, ishchi guruh a’zolariga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.
23. O‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan o‘rganish natijasi yuzasidan mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda ma’lumotnoma tuziladi.
Ma’lumotnoma davlat tilida tuziladi, zaruratga ko‘ra boshqa tillarda ham tuzilishi mumkin.
24. Ma’lumotnomaning varag‘i, qoida tariqasida, A4 standart varaq 1,2 qator oralig‘ida yozilishi, har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bo‘lishi hamda xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi talab etiladi.
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” shriftida va uning hajmidan kelib chiqib 13, 13,5 yoki 14 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ma’lumotnoma varaqlari izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Ma’lumotnoma, qoida tariqasida, 3 — 10 varaqni tashkil qilishi lozim.
25. Ma’lumotnoma rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umume’tirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
Unda og‘zaki nutq shakllari,eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalarning ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Ma’lumotnomada o‘zgartirish, chizish, bo‘yash yoki tuzatish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’lumotnomada xatoliklar aniqlangan taqdirda, ushbu xatoliklar o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh rahbari va o‘rganish o‘tkazilgan NNT rahbari tomonidan ko‘rib chiqilib, bartaraf etilishi mumkin.
27. Ma’lumotnomada yetarli darajada isbotlanmagan, asossiz, taxminiy xulosalar bo‘lmasligi lozim. Agarda,o‘rganish davomida qonunbuzilish holatlari aniqlanmasa, bu ma’lumotnomada qayd etiladi.
28. Ma’lumotnoma ikki nusxada tuzilib, ularning har biri bo‘yicha ishchi guruh rahbari va a’zolari, o‘rganish o‘tkazilgan NNT rahbari tomonidan imzolanadi va bir nusxasi o‘rganish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun o‘rganish o‘tkazilgan NNTda qoldiriladi.
O‘rganish o‘tkazilgan NNT rahbari yoki vazifasini bajaruvchi ma’lumotnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiradi va u ma’lumotnomaga ilova qilinadi. Bu holatda ma’lumotnomaning bir nusxasi o‘rganish o‘tkazilgan NNTga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u jo‘natilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgach unga topshirilgan hisoblanadi.
Ma’lumotnomaning bir nusxasi adliya organining o‘rganishni o‘tkazishga mas’ul tarkibiy bo‘linmasida ilovalari va asoslantiruvchi hujjatlari bilan saqlanadi.
29. O‘rganish ma’lumotnomasi imzolanib, o‘rganish o‘tkazilgan NNTga topshirilgan kun o‘rganish tugallangan kun deb hisoblanadi.
30. Xizmat zarurati tufayli o‘rganish hujjatlari va materiallari huquqni muhofaza qiluvchi yoki boshqa nazorat organlariga yuborilganda, ularning nusxasi olib qolinishi va saqlanishi lozim.
31. O‘rganishni o‘tkazishga mas’ul tarkibiy bo‘linma o‘rganish tamomlangandan so‘ng unga tegishli barcha hujjatlarni yig‘ma jild shaklida tikishi lozim. Yig‘majildda:
o‘rganishni o‘tkazish uchun adliya organi rahbarining buyrug‘i nusxasi yoki undan ko‘chirma;
o‘rganish savolnomasining tasdiqlangan nusxasi;
o‘rganish davomida tuzilgan bayonnomalar va dalolatnomalar;
o‘rganish ma’lumotnomasida aks etgan qonunbuzilish holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar, ularga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarning tushuntirish xatlari;
o‘rganish ma’lumotnomasi va unga keltirilgan ilovalar;
o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhning xulosasi;
o‘rganish natijalari bo‘yicha kiritilgan ta’sir choralarining nusxalari va ularning natijalari;
o‘rganishga asos bo‘lgan topshiriqni nazoratdan olish to‘g‘risidagi adliya organi rahbariga kiritilgan bildirgining asl nusxasi.
32. Vazirlik ish rejasiga asosan hududiy adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha ma’lumotnomalar uni taqdim qilishning boshqa qisqartirilgan muddati belgilangan bo‘lmasa, o‘rganish tugagan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida vazirlikning tegishli tarkibiy bo‘linmasiga taqdim qilinishi lozim.
33. O‘rganish davomida rasmiylashtirilgan ma’lumotnomalar tahlil guruhiga o‘rganish tugallangan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
34. Adliya organining mas’ul xodimi NNTning faoliyatiga oid adliya organidagi mavjud hujjatlarni, shu jumladan hisobotlarni, oldin o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma, dalolatnomalarni, aniqlangan qonunbuzilishlar bartaraf qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, monitoring va o‘rganish o‘tkazish maqsadidagi boshqa hujjatlarni o‘rganadi va tahlil qiladi.
35. Adliya organining mas’ul xodimi NNT tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma tuzishi lozim. Ma’lumotnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
ma’lumotnoma tuzilgan sana va joy;
tadbirda ishtirok etgan adliya organi mas’ul xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
NNTning nomi;
tadbirning nomi va maqsadi;
tadbirning o‘tkazilgan sanasi va joyi;
tadbirni o‘tkazish mobaynida aniqlangan qonunbuzilishlar (ular mavjud bo‘lganda).
tadbirda ishtirok etgan adliya organi mas’ul xodimining imzosi.
Ma’lumotnoma tadbir o‘tkazilganidan so‘ng bir ish kuni ichida tuziladi.
36. Adliya organining mas’ul xodimi tomonidan monitoring va tadbirda ishtirok etish natijasiga ko‘ra qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, adliya organi rahbariga ta’sir chorasini qo‘llash yoki NNTni keyingi rejali o‘rganishga qo‘shish yoxud uning faoliyatini rejadan tashqari o‘rganish o‘tkazish yuzasidan taklif kiritiladi.
37. Adliya organi rahbari monitoring qilish yoki o‘rganish o‘tkazish va tadbirda ishtirok etish natijalariga ko‘ra besh ish kuni ichida aniqlangan qonunbuzilish holatlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibdagi ta’sir choralarini ko‘radi:
NNTlar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish, ta’sis hujjatlarini va qonun hujjatlarini buzganligi uchun mansabdor shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish uchun, shuningdek, ularning aybi bilan davlatga yoki NNTga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
NNTlarning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek, ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan hollarda akkreditatsiyadan mahrum qilish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’sir choralarini amalga oshirish.
Kiritilgan taqdimnoma muhokama qilinganda adliya organiga majlis o‘tkaziladigan kun haqida ma’lum qilinadi, adliya organi xodimi bu majlisda qatnashishga haqlidir.
Qonun hujjatlarida taqdimnomalarni ko‘rib chiqishning aniq muddati belgilanmagan bo‘lsa, taqdimnomada uning ko‘rib chiqish va natijasi bo‘yicha ma’lumot olishning aniq muddatini ko‘rsatishi zarur.
38. O‘rganishlarning to‘liq va xolisona o‘tkazilishiga, o‘rganish ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning asosliligi va ishonchliligiga o‘rganish o‘tkazgan adliya organining mas’ul xodimlari shaxsan javobgardir.
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 148 | 22,559 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2005-yil va 2006-yilning birinchi yarmidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2006-yil 25-fevralda qabul qilgan № 149-I-sonli Qarorning 3-bandini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda o‘tkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash – faoliyatimiz mezoni bo‘lishi darkor” ma’ruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 8.5-bandini ijro etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2005-yil va 2006-yilning birinchi yarmidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglab,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2005-yil va 2006-yilning birinchi yarmidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda o‘tkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash – faoliyatimiz mezoni bo‘lishi darkor” ma’ruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari qilib belgilansin.
Qo‘mitada mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
mamlakatimizda, ayniqsa mintaqalarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning samarasini oshirish, shuningdek yurtimizdagi mavjud muammolar, jumladan, ishsizlik muammosini muhokama qilishda faolroq tashabbus ko‘rsatilsin;
agrar siyosat, ekologiya va tabiatdan foydalanish sohasida qonunchilik bazasi takomillashtirilsin, bunda fermerlikni yanada rivojlantirishga, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashni chuqurlashtirish va kengaytirishga, ushbu sohaga chet el investitsiyalarini bundan buyon ham jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berilsin;
nazorat-tahlil faoliyatining samaradorligi va parlament nazoratining ta’sirchanligi oshirilsin;
qonunlar, shuningdek Qo‘mita qabul qilgan qarorlarning ijrosini monitoring qilishni kuchaytirib, davlat organlari va boshqa idoralar rahbarlarining Qo‘mita qarorlari bajarilishi uchun javobgarligini oshirish masalalariga ko‘proq e’tibor berilsin;
amalga oshiriladigan tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rilsin, ularda ishtirok etish uchun muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan amaliy takliflar berishga qodir bo‘lgan olim va mutaxassislar, shuningdek keng jamoatchilik kengroq jalb etilsin;
ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim natijalarini keng jamoatchilik orasida yanada chuqurroq tushuntirish maqsadida Qo‘mita a’zolarining, ayniqsa joylarda ishlayotgan senatorlarning faoliyati kuchaytirilsin;
parlament quyi palatasining tegishli qo‘mitasi bilan munosabatlari takomillashtirilsin, o‘zaro hamkorligi kuchaytirilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi G‘.Q. Aliyev zimmasiga yuklatilsin. | 191 | 3,917 |
Qonunchilik | Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi Vasiylik kengashining:
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazini tugatish;
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi (keyingi o‘rinlarda — Respublika markazi) va uning hududiy bo‘limlarini tashkil etish;
Mavjud 197 ta Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini optimallashtirish hisobiga 29 ta Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlar (keyingi o‘rinlarda — markazlar), shu jumladan, 1 ta Respublika markazi, 14 ta hududiy markazlar va 14 ta namunali tumanlararo markazlarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Markazlar boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 63 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 7 nafar etib belgilansin.
Belgilansinki, yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra markazlar xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi.
Markazlar faoliyatiga, zarur hollarda, yuristlar, psixologlar va ijtimoiy xodimlar jamoatchilik asosida jalb qilinishi mumkin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Respublika markazi va hududiy markazlar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna va bank hisobvaraqlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhriga ega bo‘ladi;
markazlar o‘z faoliyatini anonimlik, axborotning maxfiyligi, kasbiy mahorat va xavfsizlik tamoyillari asosida amalga oshiradi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z faoliyatini markazlar bilan ularning faoliyatiga aralashmagan holda yaqin hamkorlikda olib boradi;
markazlar o‘z faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qonunchilik hujjatlariga muvofiq volontyorlarni (ko‘ngillilarni) jalb etishi mumkin.
4. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish;
og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga ko‘maklashish;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining xotin-qizlarning o‘z joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini o‘rganish, bunday holatlarning oldini olish, shuningdek, o‘z joniga suiqasd qilgan xotin-qizlarni normal hayotga qaytarish bo‘yicha faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan psixologik va huquqiy maslahatga muhtoj xotin-qizlarni (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar) har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni “Ayollar daftari”dan chiqarish choralarini ko‘rish;
nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish, umumlashtirish va ularga barham berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar bilan profilaktik tadbirlarni o‘tkazish;
og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish;
dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlash maqsadida jamoatchilik fikrini o‘rganish va ijtimoiy tadqiqotlarni tashkil etish;
zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, ushbu maqsadlarda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanish.
5. Belgilansinki, markazlarga quyidagilar joylashtiriladi:
zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari;
o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar.
6. Markazlar:
hududiy ichki ishlar hamda tibbiyot bo‘linmalariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, shuningdek, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar haqida zudlik bilan xabar beradi;
ichki ishlar organlariga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoxud o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlar hamda ularning farzandlari markazlarga kelib tushish sabablari, shuningdek, ularga ko‘rsatilgan yordamlar to‘g‘risidagi statistik-tahliliy ma’lumotlarni har oyning yakuni bilan kiritib boradi.
7. Respublika markaziga mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
8. Quyidagilar markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. 2021-yil 1-iyundan e’tiboran shunday tartib o‘rnatilsinki, unga binoan:
a) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi:
markazlarga metodik yordam ko‘rsatadi va faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
zo‘ravonlikning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalarini joriy etish choralarini ko‘radi;
b) Ichki ishlar vazirligi:
himoya orderi nusxasini olgan, ya’ni tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshiradi;
markazlarga murojaat qilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining yo‘qotilgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini) tiklab berish choralarini ko‘radi;
v) Xalq ta’limi vazirligi:
o‘z joniga qasd qilishga moyil qizlar, shuningdek, ruhiyatida o‘zgarish kuzatilgan o‘quvchi qizlar ro‘yxatini shakllantirish, ularga tibbiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etadi;
markazlarga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga vaqtincha joylashtirish choralarini ko‘radi;
g) Sog‘liqni saqlash vazirligi markazlarga keltirilgan xotin-qizlar va ularning farzandlariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni ko‘rikdan o‘tkazish hamda jabrlanganlarni o‘zining tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida bepul davolash choralarini ko‘radi;
d) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan ish qidirayotgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasbga yo‘naltirish choralarini ko‘radi.
xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasbga yo‘naltirish bilan bog‘liq xarajatlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
e) “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti zo‘ravonlikning kelib chiqish omillari va sabablarini chuqur o‘rganadi, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, zo‘ravonlikka uchragan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoxud o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi;
j) “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazadi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va ularga barham berish bo‘yicha takliflar kiritadi;
z) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan hamda fuqarolar yig‘inlariga murojaat qilgan xotin-qizlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi hamda markazlar va ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar beradi;
mahalla hududida tazyiq va zo‘ravonlik qilgan yoki qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida faol ishtirok etadi.
10. Bosh prokuratura, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan xotin-qizlarni turmushga tayyorlash, ularda farzand tarbiyasiga oid ko‘nikmalarni mukammal shakllantirish, ularni turli tazyiq, zo‘ravonlikdan himoya qilish, oilalarda suitsid va ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish, bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish maqsadida “AZIZ-AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga mazkur platformaning uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni takomillashtirish maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilib borish vazifasi yuklatilsin.
11. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi:
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun mo‘ljallangan, 24 soat uzluksiz ishlaydigan “ishonch telefoni”ni (respublika doirasida yagona qisqa raqam) o‘rnatilgan tartibda yo‘lga qo‘ysin va uning faoliyatidan aholini ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borsin;
“AZIZ-AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasiga “ishonch telefoni” raqamining kiritilishini va uning 24 soat uzluksiz ishlashini ta’minlasin;
b) Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga markazlar xodimlari hamda jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash, markazlar binolarini qo‘riqlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida asoslangan takliflar kiritsin.
12. Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ushbu harakatlardan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bir oy muddatda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
14. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov belgilansin.
17. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 115 | 13,036 |
Qonunchilik | 2006—2008 YILLARDA DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNLARINI ChUQURLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | Iqtisodiyotda xususiy mulk rolini oshirishga, xo‘jalik jamiyatlarining ustav jamg‘armalarida davlat ulushini tubdan qisqartirishga qaratilgan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, shuningdek korxonalarni rivojlantirish va modernizatsiyalashga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
davlatning joylashtirilmagan aktivlari to‘laligicha xususiy mulk qilib sotiladigan korxonalar va obyektlar ro‘yxati, 1-ilovaga* muvofiq;
davlatning joylashtirilmagan aktivlari 2006-2007-yillarda investorlar tomonidan olinadigan investitsiya majburiyatlari evaziga bepul beriladigan korxonalar va obyektlar ro‘yxati, 2-ilovaga* muvofiq;
ustav jamg‘armasida joylashtirilmagan davlat aktivlari (xo‘jalik birlashmalarining ustav jamg‘armalariga avval berilganlarini ham hisobga olgan holda) 2006—2008-yillar mobaynida Davlat tender komissiyasi qarori bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilish bilan xususiy mulk qilib sotiladigan strategik ahamiyatga ega korxonalar ro‘yxati, 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 1, 2 va 3-ilovalarga kiritilgan korxonalar, obyektlar hamda davlatga qarashli boshqa aktivlarni baholash, savdoga qo‘yish va sotish jadvallarini tasdiqlasin hamda o‘z vaqtida va tegishli ravishda o‘tkazilishini ta’minlasin.
3. Quyidagilar tasdiqlansin:
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyalari Kengashi hamda yirik korxonalar balansiga beriladigan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari ro‘yxati, 4-ilovaga* muvofiq;
mulki birja savdolarida sotilgan holda tugatiladigan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari ro‘yxati, 5-ilovaga* muvofiq.
Belgilansinki, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini balansdan balansga topshirish daromad (foyda) solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
4. Davlatning safarbarlik va strategik zaxiralari moddiy boyliklarini saqlash topshiriqlari biriktirilgan korxonalarning davlat aksiyalari paketlari va ulushlarini sotishda ushbu vazifalarni shartnoma asosida bajarish majburiyati xususiylashtirilgan korxonalar zimmasida saqlanib qolishi belgilab qo‘yilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi sudlarda, shu jumladan iqtisodiy sudlarida o‘z zimmasidagi vakolatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga 6-ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 112 | 2,909 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-562-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 24-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-562-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 153 | 411 |
Qonunchilik | Doimiy yashash va vaqtincha boʻlish joylari boʻyicha roʻyхatga olishga doir qanday oʻzgartirishlar kiritildi | Prezidentning 26.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6146-son Farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan, 28.08.2019 yildagi OʻRQ-558-son Qonunga hamda Prezidentning 22.04.2020 yildagi PF-5984-son Farmoniga muvofiq Prezidentning quyidagi hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar – chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari roʻyхatiga (28.08.2018 yildagi PQ-3924-son qaror bilan tasdiqlangan) quyidagilar kiritildi:
2) Oʻzbekiston Respublikasi pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizom hamda Fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning biometrik yoʻl hujjatlari toʻgʻrisidagi nizom (5.01.2011 yildagi PF-4262-son Farmon bilan tasdiqlangan) II1 boʻlim bilan toʻldirildi, unda sud ajrimi bilan amal qilishi toʻхatib turilgan pasport (yoʻl hujjati) oʻrniga yangi pasport (yoʻl hujjati) berish tartibi keltirilgan.
Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi toʻхtatib turilgan pasport (yoʻl hujjati) ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan ma’lumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyiladi. Ayblanuvchiga (sudlanuvchiga) pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
Sud ajrimi bilan pasportining (yoʻl hujjatining) amal qilish muddati toʻхtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga yangi pasport (yoʻl hujjati) ma’lumotlari yigʻish punkti tomonidan pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmagan holda, zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun ichida beriladi.
Tergov hibsхonalari yoki vaqtinchalik saqlash hibsхonalarida saqlanayotgan shaхsga yangi pasport (yoʻl hujjati) rasmiylashtirish ushbu shaхslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi.
3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (26.12.2018 yildagi PQ-4079-son qaror bilan tasdiqlangan) tuzatishlar kiritildi. Fuqaroga хorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruхsat berilganligi toʻgʻrisida va hamrohlik qiluvchi shaхslar toʻgʻrisida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) pasportga kiritiladigan shtamplar namunalari, ogohlantirish хati namunasi tasdiqlandi. Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻхtatib turilgan biometrik pasport yoki хorijga chiqish biometrik pasportini olib qoʻyish va respublikaga qaytish uchun guvohnoma berish tartibi belgilandi. Ushbu norma doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyхatida turgan shaхslarga tatbiq etiladi.
Shuningdek doimiy yashash joyi va vaqtinchalik boʻlish joyi boʻyicha roʻyхatga olishga doir Prezidentning boshqa hujjatlariga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.01.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 108 | 3,004 |
Qonunchilik | Isitish va issiq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi | «Toshissiqquvvati» DUK saytida energiya tashuvchilar narхi oshganligi munosabati bilan narх belgilash organining qarori bilan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va tashishga yangi tariflar belgilangani haqida хabar qilindi.
2019 yil 15 avgustdan quyidagi tariflar kuchga kiradi:
Korхonalar va tashkilotlar uchun issiqlik energiyasiga ulgurji tarif:
QQSsiz
141 737 soʻm/Gkal
QQS bilan
170 084,4 sum./Gkal
Aholi uchun:
markaziy isitish
1 772 soʻm/m2/ kalendar yil oyi uchun (isitiladigan maydon)
issiq suv ta’minoti ( issiq suv ta’minoti хarajatlarini hisobga oluvchi individual uskunalar mavjud boʻlmaganda)
1 kishi uchun oyiga 20 470 soʻm
issiq suv ta’minoti (umumiy yuvinish хonalariga ega yotoqхonalarda yashovchilar uchun)
1 kishi uchun oyiga 15 228 soʻm
issiq suv ta’minoti хarajatlarini hisobga oluvchi individual uskunalar mavjud boʻlganda
1 mZ uchun 5 242 soʻm
Vazirlar Mahkamasining 6.11.2013 yildagi «Respublika issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 300-son qarorining 10-bandiga muvofiq:
YuRIDIK ShAXSLAR UChUN
Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan yuridik shaхslarga issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik energiyasiga belgilangan tarifning ikki baravar miqdorini qoʻllagan holda amalga oshiriladi (koʻp kvartirali uylarda joylashgan yuridik shaхslarga yetkazib beriladigan isitish uchun issiqlik energiyasi bundan mustasno).
AHOLI UChUN
Issiq suvni hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan aholiga yetkazib berilgan issiq suv qiymatini toʻlash issiq suv ta’minoti хizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Propiska qilingan fuqarolar boʻlmagan turar joylarda issiq suvni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda, issiq suv ta’minoti хizmati uchun hisob-kitoblar iste’mol normalari boʻyicha, issiq suv ta’minoti хizmatlariga belgilangan tariflarga 1,5 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda, quyidagi hisob-kitobdan kelib chiqib amalga oshiriladi: | 55 | 2,056 |
Qonunchilik | Shaharlar va qishloqlarda ipoteka krediti berish shartlariga qanday oʻzgartirishlar kiritildi | Prezidentning 18.07.2018 yildagi «2018 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish meхanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Eslatib oʻtamiz, 2016 yil oktyabrda 2017–2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi, oʻsha yil noyabrda esa – yosh oilalar, eski uylarda yashovchilar va turar joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalari uchun 2017–2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (22.11.2016 yildagi PQ–2660-son qarorga qarang) qabul qilingan.
Qishloq va shaharlarda umumiy kreditlash shartlari
1.07.2018 yildan 1.01.2020 yilgacha boʻlgan davrda qishloq joylarda va shaharlarda ipoteka krediti berishning yagona shartlari belgilandi. Ipoteka 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7% stavkasi bilan va keyingi davrda MBning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida rasmiylashtiriladi.
! Shu tariqa, dastur doirasida shaharlarda ipoteka krediti berishning bazaviy shartlari oʻzgartirishsiz qoldirildi. Biroq tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun ipotekaning uzoqroq muddati – 25 yil nazarda tutilgan edi. Yangi hujjatda doktorantlarga kredit berishning alohida shartlari haqida gapirilmagan, Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritilgandan keyin vaziyat oydinlashadi.
Oʻz navbatida, qishloq joylarda ipoteka kreditini rasmiylashtirish muddati 15 yildan 20 yilgacha oshirildi.
Dastlabki badallarning yangi miqdorlari tasdiqlandi
Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarga dastlabki badal:
! Binobarin, I va II tipdagi uylar uchun ilgari amal qilgan miqdor (15%ni tashkil etgan) pasaytirildi, III tipdagi uylar uchun esa avvalgi darajada saqlanib qoldi. Shuningdek imoratlarning yangi turlari kiritildi: I tipga – 4 va 5 qavatli koʻp kvartirali uy-joylar, III tipga 6 sotiхli uchastkalarda bir qavatli 3, 4 va 5 хonali uy-joylar.
Shaharlarda yosh oilalarga, eski uylarda yashovchilarga va turar joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga dastlabki badalning oʻrtacha miqdori 25%dan 15%gacha pasaytirildi. Bunda dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdori (kvartira joylashgan qavatga qarab) amaliyotga joriy etilmoqda.
Dasturlarni amalga oshirishda «Qishloq qurilish bank» ATB, TIF Milliy banki, «Ipoteka bank» ATIB, Xalq banki ATB, «Asaka» ATB va «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB ishtirok etadi. Ularning buyurtmanomalari boʻyicha MV kredit liniyalari ochadi. Shuningdek joriy yilda qishloq joylarda uy-joy qurish uchun Davlat byudjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi.
Oleg Zamanov. | 93 | 3,403 |
Qonunchilik | AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KO‘RSATUVChI KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA UYuShMASI (“O‘ZMAIShIYXIZMATUYuShMA”) FAOLIYATI MASALALARI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning O‘zbekiston respublika uyushmasi (“O‘zmaishiyxizmatuyushma”)ni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq va respublika aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, mulkchilikning hamma shakllaridagi maishiy xizmat korxonalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning O‘zbekiston Respublika uyushmasi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tugatilgan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Respublika davlat-kooperativ markazining huquqiy vorisidir;
to‘la xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida moliya-iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini mustaqil ravishda hal etadi.
2. “O‘zmaishiyxizmatuyushma”ning ilovada ko‘rsatilgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning mulkiga to‘la xo‘jalik yuritish huquqi saqlab qolinsin.
3. Belgilansinki, “O‘zmaishiyxizmatuyushma”ga kirgan mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibda ishlovchi tadbirkorlar o‘zaro va “O‘zmaishiyxizmatuyushma” bilan munosabatlarini Ustavga muvofiq va xo‘jalik shartnomalari asosida ko‘radilar.
4. Kengash “O‘zmaishiyxizmatuyushma”ni boshqarish organi bo‘lib hisoblanadi, Kengash o‘z rayosatini, rayosat raisini va uning o‘rinbosarlarini saylaydi, uyushmaning ishchi apparati tuzilishini, tarkibi va sonini, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va tizimini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish shartlarini belgilaydi. “O‘zmaishiyxizmatuyushma”ga rayosat raisining to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga ega bo‘lish tavsiya etilsin.
“O‘zmaishiyxizmatuyushma” rayosatining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
“O‘zmaishiyxizmatuyushma” rayosatining raisi va uning o‘rinbosarlari uchun tugatilgan “O‘zmaishiymarkaz” raisi va o‘rinbosarlari uchun ilgari belgilangan maishiy, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish shart-sharoitlari saqlab qolinsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalarining umumtarmoq funksiyalarini bajaruvchi korxonalarning (avtoxo‘jaliklar, o‘quv-kurs kombinatlari, moddiy-texnika ta’minoti bazalari, remont-qurilish uchastkalari va boshqarmalari, g‘isht zavodlari va boshqalar) mulkiga to‘la xo‘jalik yuritish huquqini saqlab qolsinlar.
6. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning O‘zbekiston Respublika uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda 3 oy muddat ichida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligini, viloyatlar va Toshkent shahar aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, birlashmalari, uyushmalari va konsernlarini hududiy uyushmalarga aylantirsin;
“O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq “Uzrembittexnika” konserni va “Uzstroyremmebelbit” uyushmasi tarkibiga kiruvchi firmalar va trestlarning aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish hududiy uyushmalarini ta’sis qilishda qatnashishlarini ta’minlasin.
7. O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zmaishiyxizmatuyushma”ga 1992-yilda ishlab chiqarish va ekspluatatsiya ehtiyojlari, kapital qurilish va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ilgari “O‘zmaishiymarkaz” uchun nazarda tutilgan kapital mablag‘lar va moliya mablag‘lari limitlarini ajratsinlar.
8. “O‘zshartnomasavdo”, “Uzglavlegsnabsbit” 1992-yil uchun moddiy-texnika resurslari kvotasini ko‘rib chiqayotganda “O‘zmaishiyxizmatuyushma”ga respublika Hukumati tomonidan tartibga solinadigan mahsulotlar nomenklaturasi bo‘yicha materiallar, asbob-uskunalar va buyumlar ajratishni nazarda tutsinlar.
9. Quyidagi qarorlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “O‘zbekiston SSJ Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligini O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi huzuridagi Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish jumhuriyat Davlat-kooperativ markazi — “O‘zmaishiymarkaziga aylantirish to‘g‘risida” 1990-yil 1-oktabrdagi 320-son qarori;
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Davlat-kooperativ markazi (“Uzbitsentr”) haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1990-yil 26-noyabrdagi 358-son qarori.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq A.N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
“Uzgiprotexbit” loyiha-texnologiya instituti, o‘z tarkibiga kiruvchi tuzilma birliklari bilan
Namangandagi 15-avtoremont zavodi
“Uzbitmontajnaladka” kapital remont va asbob-uskunalarni sozlash respublika boshqarmasi, o‘z tarkibiga kiruvchi tuzilma birliklari bilan
“Uzglavbitsnab” ishlab chiqarish-texnologiya komplektatsiyalari va ta’minoti boshqarmasi, o‘z tarkibiga kiruvchi tuzilma birliklari bilan
Respublika kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv-kurs kombinati
Toshkent “Mebelbit” ijara korxonasi
“Matbaachi” kichik korxonasi
“Bitovik” profilaktoriysi, pioner lageri bilan
Toshkent shahridagi zargarlik zavodi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi murakkab-maishiy texnikani remont qilish, metall buyumlarni remont qilish va tayyorlash firmalari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uy-joylarni remont qilish va qurish, mebelni remont qilish va tayyorlash trestlari | 155 | 5,759 |
Qonunchilik | Davlat хaridlari tizimiga oʻzgartirishlar kiritildi | Prezidentning 2.07.2021 yildagi «Davlat хaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5171-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq 2021 yil 5 iyuldan boshlab:
a) tegishli korporativ buyurtmachilari tomonidan:
b) korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan davlat хaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.
Davlat хaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etildi. Moliya vazirligi komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish boʻyicha idoraviy NHHlar ishlab chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali «E-ombor» tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimi joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.07.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 51 | 1,169 |
Qonunchilik | Turistik хizmatlar sertifikatlanadi, turistik industriya ob’yektlari tasniflanadi | Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 433-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Nizomda (1) nazarda tutilmagan turistik хizmatlarning alohida turlari, shu jumladan umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) хizmatlari, turistlarga koʻrsatiladigan transport хizmatlari iхtiyoriy asosda sertifikatlashtiriladi.
Turoperator, joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyaj хizmatlari boʻyicha turizm faoliyati faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida amalga oshirilishi mumkin.
Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatni har yili inspeksiya nazoratini oʻtkazgan holda uch yildan iboratdir. Sertifikatning asl nusхasi bevosita sertifikatlashtirish ob’yektida turadi va u uchinchi shaхslarga berilmaydi. Amaldagi sertifikatsiz turoperatorlik, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj хizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Sanab oʻtilgan хizmatlarni sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek sertifikatlashtirilgan хizmatlarning standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligining inspeksiya nazoratini oʻtkazish Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi «Turizm хizmatlarini sertifikatlash markazi» DUK (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oilaviy mehmon uylari va хostellar хizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, ularni oʻrganish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu ob’yektlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oilaviy mehmon uylari va хostellar yagona reyestriga kiritiladi.
Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi Markazga elektron shaklda Markazning rasmiy veb-sayti orqali ariza va unga ilova qilingan hujjat va ma’lumotlarni yuboradi.
Nizomda turoperatorlik, joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyaj хizmatlarini sertifikatlashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati, shuningdek sertifikatlashtirish tartibi koʻrsatilgan.
Ariza beruvchi oʻzining turistik industriya ob’yektlariga toifa berilishiga da’vogar boʻlsa, tu toʻgʻrida arizada koʻrsatib oʻtilishi kerak. Turistik industriya ob’yektlarini baholash vaqtida komissiya ushbu ob’yektni tasniflash tizimiga binoan uning tegishli toifaga muvofiqligini aniqlaydi.
Mehmonхonalar toifalari yulduzlar koʻrinishidagi belgi bilan belgilanadi va beshta toifa boʻyicha tasniflanadi. Oliy toifa – besh yulduz, eng past toifa – bitta yulduz.
Togʻ changʻisi trassalari toʻrtta toifa boʻyicha tasniflanadi:
Plyajlar uchta toifaga tasniflanadi: koʻk bayroq – I toifadagi plyaj uchun; yashil bayroq – II toifadagi plyaj uchun; sariq bayroq – III toifadagi plyaj uchun.
Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:
Nizom (2) fuqarolar yigʻinlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlogʻi» va «Turizm ovuli» maqomini berish tartibini belgilaydi.
Fuqarolar yigʻiniga turizm mahallasi maqomini berishdan asosiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
Fuqarolar yigʻini turizm mahallasi maqomini olishi uchun quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim:
Shuningdek Nizomda quyidagilar belgilangan:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Bahodir Qayumov. | 81 | 3,506 |
Qonunchilik | Davlat ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy ta’minotdan foydalanish huquqini ta’minlash, xalqaro standartlarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lab berish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga Davlat budjeti hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) to‘lanishi belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga muvofiq Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa Jamg‘arma hisobidan to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
xodimning farzandi tug‘ilgunga qadar minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari miqdorida nafaqa to‘lanishi;
nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi to‘g‘risida Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimidan olingan elektron ma’lumotlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da tayinlanishi va to‘lanishi;
“Yagona reyestr” AT tomonidan AT “Xalq banki”ga taqdim etilgan nafaqa bo‘yicha to‘lov ro‘yxatlari asosida Jamg‘armadan zarur mablag‘larning mazkur bankka o‘tkazilishi hamda bank va uning bo‘limlari tomonidan nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga yoki naqd pul ko‘rinishida to‘lab berilishi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Jamg‘arma mablag‘lari Moliya vazirligining respublika miqyosida alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘ilishi;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarajatlar Moliya vazirligi departamenti direktori tomonidan tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar hamda xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshirilishi;
Jamg‘arma mablag‘larining budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi bo‘yicha oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash uchun yo‘naltirilishi;
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob, hisobotlar va monitoring Moliya vazirligi tomonidan yuritilishi.
3. 2022-yil 20-sentabrdan boshlab:
Sog‘liqni saqlash vazirligi — hududiy ambulator-poliklinikalar va tug‘ruqxona muassasalari tomonidan homiladorlik hamda tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ayollarning bandligi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning;
Adliya vazirligi — “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tug‘ilgan bolalar, shu jumladan, o‘lik tug‘ilgan bolalar hamda farzandlikka olingan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning;
Davlat soliq qo‘mitasi — ayolning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona reyestr” ATga onlayn rejimda taqdim etib borilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining alohida moduli — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik asosida homiladorlik va tug‘ish nafaqasini “proaktiv” shaklda tayinlash va to‘lashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining tarkibiy qismi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT);
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi — Moliya vazirligida (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Davlat budjeti hamda boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma);
nafaqa oluvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxsda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayol;
to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari — nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport ma’lumotlari, bank plastik kartasi orqali to‘langanda tegishli tijorat banki hamda nafaqa oluvchining bank plastik kartasi rekvizitlari va to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa summasiga doir ma’lumotlar aks ettirilgan, AT “Xalq banki”ga elektron ko‘rinishda taqdim etiladigan hujjat;
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi — hududiy ambulator-poliklinikaning akusher-ginekologi tomonidan beriladigan, nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos hisoblanadigan hujjat (keyingi o‘rinlarda — mehnatga layoqatsizlik varaqasi).
3. Ushbu Nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida ishlaydigan ayollarga tatbiq etilmaydi.
4. Nafaqa xodimning farzandi tug‘ulguniga qadar minimal iste’mol xarajatlarining (keyingi o‘rinlarda — MIX) 4 baravari miqdorida to‘lanadi.
MIX miqdori o‘zgarganda, MIX miqdori e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab nafaqa miqdori e’lon qilingan MIXning yangi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlarga nafaqa tayinlashda tuman koeffitsiyenti qo‘llanilmaydi.
5. Nafaqani to‘lash va to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Yuridik shaxslarning nafaqa to‘lash bo‘yicha majburiyatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘langan nafaqa miqdorida kamaytiriladi.
7. Nafaqa “Yagona reyestr” AT tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tayinlanadi va to‘lanadi.
8. Nafaqa ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.
9. Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi.
10. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi ma’lumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tug‘ruqxona muassasasining mas’ul xodimi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Tibbiyot” AT) kiritiladi.
Bunda “Tibbiyot” ATga mehnatga layoqatsizlik varaqasining seriyasi, raqami, sanasi hamda nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR), telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri kiritiladi.
11. “Tibbiyot” AT tomonidan ushbu Nizomning 10-bandidagi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda tekshiriladi.
12. “Tibbiyot” AT tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar avtomatik ravishda “Yagona reyestr” ATga yuboriladi.
13. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomida:
usluksiz ish stajiga ega ekanligi — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — “YaMMT” IDAK) orqali;
mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjudligi — Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda — DSQ bazasi) orqali;
budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligi Moliya vazirligining “UzASBO” dasturiy majmuasi (keyingi o‘rinlarda — “UzASBO” DM) orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
14. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish stajini hisoblashda, “YaMMT” IDAKdagi budjet tashkilotlaridan tashqari yuridik shaxslarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kunga qadar 6 oy uzluksiz ish staji inobatga olinadi.
Bunda ushbu davrda o‘ttiz bir kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffuslar bo‘lganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan oldingi o‘n ikki oy davomidagi ketma-ket davrlar ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi. Agar oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish staji davrida xodimning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjud bo‘lmasa, ushbu davr ish stajini hisoblashda inobatga olinmaydi.
Bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan ayolning ish stajini DSQ bazasi orqali tekshirishda uning ta’tilga chiqishidan oldingi davri hisobga olinadi.
15. Nafaqa xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) mehnat ta’tilida, bolani parvarishlash uchun ta’tilda, ishni vaqtincha to‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, ta’lim tashkilotlarida tahsil olishi munosabati bilan berilgan ta’tilda bo‘lganda hamda ish joyi saqlanadigan boshqa hollarda ham to‘lab beriladi.
16. Nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji davridagi mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjud bo‘lsa va “YaMMT” IDAKda ish staji to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lmagan taqdirda, bu haqda “Yagona reyestr” AT tomonidan ikki ish kuni ichida nafaqa oluvchining “Tibbiyot” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining DSQ bazasidagi va “YaMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi.
Nafaqa oluvchining ish staji nomutanosibligi (noto‘g‘ri kiritilganligi yoki kiritilmaganligi) xabarnoma olingan oydan keyingi oyning oxirgi ish kuniga qadar “YaMMT” IDAKda ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilanishi lozim.
17. Xabarnoma yuborilgan nafaqa oluvchilarning oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning oxirgi ish kunida qayta tekshiriladi.
Nomutanosiblik to‘g‘rilanmagan hollarda, nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
18. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari va uning yuridik shaxslarda ishlashi tasdiqlanganda, nafaqani tayinlash to‘g‘risidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.
19. “Yagona reyestr” AT tomonidan:
nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, nafaqaning to‘lov shakli va muddati bo‘yicha;
nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, rad etish sabablari bo‘yicha nafaqa oluvchining “Tibbiyot” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining DSQ bazasidagi va “YaMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
20. “Yagona reyestr” AT tomonidan har oyning 4-sanasiga qadar nafaqa bo‘yicha to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari AT “Xalq banki”ga taqdim etiladi hamda Jamg‘armaning g‘azna hisobvarag‘idan zarur mablag‘lar belgilangan tartibda AT “Xalq banki”ga o‘tkazib beriladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganda, to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari va zarur mablag‘lar keyingi 2 ish kuni mobaynida AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etilishi va moliyalashtirilishi mumkin.
21. Nafaqani to‘lash uchun AT “Xalq banki” va uning bo‘limlarida alohida maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi.
22. “Yagona reyestr” AT tomonidan to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari bank plastik kartasi bo‘yicha shakllantiriladi. Bunda tegishli banklararo reprotsessing markazlaridan nafaqa oluvchining nomiga ochilgan, aktiv holatda bo‘lgan, oxirgi 60 kun davomida oxirgi tranzaksiya amalga oshirilgan bank plastik kartasi tanlab olinadi.
Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi bo‘lmaganda, to‘lov naqd pul ko‘rinishida amalga oshiriladi.
23. AT “Xalq banki” va uning bo‘limlari tomonidan nafaqa:
nafaqa oluvchilarning bank plastik kartasiga to‘lov amalga oshiriladigan oyning 10-sanasiga qadar o‘tkaziladi;
naqd pul ko‘rinishida to‘lov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga qadar beriladi.
24. AT “Xalq banki” va uning bo‘limlari tomonidan nafaqani naqd pul ko‘rinishida nafaqa oluvchining murojaatiga asosan, biroq nafaqa tayinlanganligi to‘g‘risida SMS-xabar yuborilgan kundan boshlab to‘qson kun davomida belgilangan tartibda to‘lanadi.
25. Joriy oy mobaynida nafaqa oluvchilar tomonidan talab qilinmagan mablag‘larni AT “Xalq banki” maxsus hisobvaraqlardan kelgusida to‘lash uchun Jamg‘armaning g‘azna hisobvarag‘iga qaytarishi kerak.
26. AT “Xalq banki” va uning bo‘limlari har oyning oxirgi ish kuniga qadar ushbu oy uchun va yil boshidan amalga oshirilgan to‘lovlar hamda to‘lanmagan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.
27. Nafaqa to‘lovlari bo‘yicha AT “Xalq banki” ko‘rsatadigan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda Moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan haq to‘lanadi.
28. Nafaqa tayinlanganligini monitoring qilish tegishli hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
29. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa tayinlangandan keyin to‘qson kunda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda bola tug‘ilganligi, shu jumladan, o‘lik tug‘ilganligi yoki tug‘ilgan bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiriladi.
Tekshirish natijasida bola tug‘ilganligi, shu jumladan, o‘lik tug‘ilganligi yoki tug‘ilgan bolani farzandlikka olish qayd etilmagan holatlar bo‘yicha nafaqa oluvchilarning ro‘yxati hududlar kesimida shakllantiriladi.
30. Shakllantirilgan ro‘yxat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari mas’ul xodimlari va (yoki) tuman (shahar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan har oy yakuniga qadar FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasiga borgan holda tanlov asosida o‘rganiladi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasining mas’ul xodimlari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda “Yagona reyestr” ATda qayd etiladi.
31. Nafaqa xodimga noqonuniy to‘langanligi aniqlangan taqdirda, xatolikka yo‘l qo‘ygan tashkilotning bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi tashkilotiga mas’ul xodimlarning xatti-harakatiga baho berish uchun yozma xabar beriladi hamda tuman (shahar) moliya bo‘limlarining mas’ul xodimlari tomonidan noto‘g‘ri to‘langan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1030-moddasiga muvofiq qaytarish choralari ko‘riladi.
Nafaqa oluvchining vijdonsizligi yoki hisob-kitoblardagi xatoliklar tufayli noto‘g‘ri to‘langan nafaqa nafaqa oluvchi tomonidan Jamg‘armaga bir oy ichida qaytarilishi lozim. Bunda ixtiyoriy ravishda Jamg‘armaga qaytarilmagan yoki to‘liq qaytarilmagan mablag‘ sud tartibida undiriladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asoslardan boshqa sabablar bilan noto‘g‘ri to‘langan nafaqa xatolikka yo‘l qo‘ygan tashkilot xodimidan belgilangan tartibda undiriladi.
32. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan nafaqa oluvchi to‘g‘risida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan ma’lumotlar “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Tegishli davlat organlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida nafaqa oluvchi to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
33. Nafaqa bola tirik yoki o‘lik tug‘ilishi, tug‘ilgan bolani farzandlikka olish yoxud homila tushishidan qat’i nazar to‘lab beriladi.
34. “Yagona reyestr” ATda hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida texnik nosozliklar hamda ma’lumotlar almashinuvi jarayonida uzilishlar yuzaga kelganda, ushbu holatlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron ma’lumotlarni kiritish, nafaqani tayinlash va to‘lash muddatlari uzaytirilishi mumkin.
35. Jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
36. Quyidagilar:
mehnatga layoqatsizlik varaqasining sanasi, seriyasi va raqami, fuqaroning telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri to‘g‘risidagi ma’lumotlarning belgilangan tartibda, to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritilishi uchun — hududiy ambulator-poliklinikalar yoki tug‘ruqxona muassasasining ma’lumotlarni kirituvchi mas’ul xodimi;
nafaqa tayinlanishi lozim bo‘lgan ayolning “YaMMT” IDAKda mehnat shartnomasi va bandligi haqidagi ma’lumotlarning kiritilishi hamda ish staji bo‘yicha nomutanosibliklarning o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi uchun — ish beruvchi;
AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvaraqlariga zarur mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi uchun — Moliya vazirligi mas’ul xodimi;
maxsus hisobvaraqlardagi mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun — tuman (shahar) AT “Xalq banki” bo‘limi rahbarlari mas’ul etib belgilanadi.
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqomi, mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari Moliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) respublika miqyosida alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi.
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
xorijiy va xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
5. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan mablag‘lar prognozi hamda joriy yilda homiladorlik va tug‘ish nafaqalari bo‘yicha xarajatlarning kutilayotgan ijrosidan kelib chiqqan holda tuziladi.
6. Kelgusi yilga manbalar va xarajat yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining prognozlari Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
7. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarajatlar Moliya vazirligining mas’ul departamenti direktori tomonidan tasdiqlangan hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamg‘armaga ajratish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida Moliya vazirligi uchun ajratilgan mablag‘lar tarkibida alohida satrda rejalashtiriladi.
9. Jamg‘arma mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi hududida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda mehnat shartnomasi bo‘yicha oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lashni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
10. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
11. AT “Xalq banki” Jamg‘armadan moliyalashtirilgan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi to‘g‘risida har oyda tegishli hisobotlarni belgilangan tartibda Moliya vazirligiga taqdim etib boradi.
12. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Moliya vazirligi tomonidan yuritiladi.
Moliya vazirligi tomonidan keyingi yil uchun xarajatlar smetalarini tasdiqlashda, Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari inobatga olinadi.
13. Tuman (shahar) moliya bo‘limlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha ma’lumot berib boradi.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari Moliya vazirligining mas’ul departamentiga:
har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar hududlar bo‘yicha to‘langan va to‘lanmagan homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘g‘risidagi tezkor axborotni;
tasdiqlangan shakl bo‘yicha belgilangan muddatlarda choraklik va yillik hisobotlarni taqdim etadi.
15. Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 77 | 21,958 |
Qonunchilik | Oktyabr oyida paхta yarmarkasi oʻtkaziladi | Prezidentning 8.06.2016 yildagi PQ-2544-son qarori bilan 12-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro oʻzbek paхta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish va uning doirasida хalqaro konferensiya tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Hujjat bilan Doimiy faoliyat yuritadigan yarmarka qoʻmitasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi, «Oʻzpaхtasanoateksport» XKga yarmarkaga tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi topshirildi.
Qator idoralarga respublikamiz paхtachiligida, paхta va toʻqimachilik sanoati erishgan soʻnggi yutuqlar va rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan maхsus jurnal chop etish, «Oʻzbekengilsanoat» AJga esa yarmarka doirasida mamlakatimiz toʻqimachilik sanoatining salohiyatini taqdim etish topshirildi.
«Oʻzpaхtasanoateksport» XKga yarmarkani tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar jamlash maqsadida milliy va хorijiy valyutada vaqtinchalik hisobvaraqlarni ochishga ruхsat berildi.
Oʻzekspomarkazda koʻrgazma maydonlari yarmarka qatnashchilariga 50%li chegirma bilan taqdim etiladi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | 42 | 1,366 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO VALYUTA FONDI, REKONSTRUKSIYALASh VA RIVOJLANISh XALQARO BANKI, RIVOJLANISh XALQARO ASSOTSIATSIYASI, XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASI, KO‘P TOMONLAMA SARMOYA AJRATIShNI KAFOLATLOVChI AGENTLIGINING A’ZOSI EKANLIGI TO | O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi, Rekonstruksiyalash va rivojlanish xalqaro banki, Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Ko‘p tomonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi Agentligining a’zosi ekanligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda:
ikki oylik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini o‘zgartirish va ushbu Qonunga muvofiq holga keltirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar kiritsin;
ushbu Qonunga zid keluvchi hukumat va tarmoq normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqilishini va bekor qilinishini ta’minlasin. | 250 | 872 |
Qonunchilik | Bojxona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga, “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bojxona brokeri sifatidagi faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan uch oy o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 121 | 951 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son hamda “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son farmonlari, “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarorida:
a) 4-banddagi “Madaniyat vazirligining” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada (Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risida nizom):
5, 7, 8, 9-bandlardagi, 10 va 11-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 15-bandning uchinchi xatboshisidagi, 20-banddagi, 25 va 29-bandlarning birinchi xatboshilaridagi hamda Nizomga 1, 1a va 2-ilovalardagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Vazirlik” so‘zi “Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “Madaniyat vaziri va vazirlikning” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori va agentlikning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1 — 8-ilovalarning matnidagi “1999-yil”, “199__” va “199 “_____”” so‘zlari “20__ yil” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarorida:
a) 3-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizom):
6-banddagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7, 26, 27, 28, 29, 34, 36, 40-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
20, 28, 29-bandlar va 30-bandning ikkinchi xatboshisi, 36, 41, 43-bandlardagi “Madaniyat” so‘zi “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
30-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovada:
“Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish (1-sxema: obyektlarni Davlat kadastriga kiritish)” bo‘limida:
“Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi” blokidagi “departamentining” so‘zi “agentligining” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Madaniy meros departamenti” blokidagi “departamenti” so‘zi “agentligi” so‘zi bilan amashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi” blokidagi “Madaniyat ishlari” so‘zlari “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan amashtirilsin;
“Madaniy meros departamentining hududiy boshqarmalari” blokidagi “departamentining” so‘zi “agentligining” so‘zi bilan amashtirilsin;
“Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish 1-sxemasiga izohlar (obyektlarni Davlat kadastriga kiritish)” bo‘limida:
2-banddagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentiga (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3, 4, 7, 8, 9-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Departament Madaniyat vazirligiga” so‘zlari “Agentlik Turizm va madaniy meros vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6 va 7-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish (2-sxema: obyektlarni davlat kadastridan chiqarish)” bo‘limida:
“Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi” blokidagi “departamentining” so‘zi “agentligining” so‘zi bilan amashtirilsin;
“Madaniy meros departamenti” blokidagi “departamenti” so‘zi “agentligi” so‘zi bilan amashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi” blokidagi “Madaniyat ishlari” so‘zlari “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan amashtirilsin;
“Madaniy meros departamentining hududiy boshqarmalari” blokidagi “departamentining” so‘zi “agentligining” so‘zi bilan amashtirilsin;
“Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish 2-sxemasiga izohlar (obyektlarni Davlat kadastridan chiqarish)” bo‘limida:
2-banddagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentiga (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-4, 7 — 10-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Departament Madaniyat vazirligiga” so‘zlari “Agentlik Turizm va madaniy meros vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-7-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “O‘zgeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovada (Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risida nizom):
4-banddagi, 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 11-banddagi, 19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat” so‘zi “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4 va 7-bandlardagi, 8-bandning birinchi xatboshisidagi, 12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 17-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 19-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
16-banddagi “protokolini” so‘zi “bayonini” so‘zi bilan almashtirilsin;
17-banddagi “protokoli” so‘zi “bayoni” so‘zi bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovada (Tarixiy-madaniy ekspertizani o‘tkazish sxemasi):
“Madaniy meros departamenti” blokidagi “departamenti” so‘zi “agentligi” so‘zi bilan almashtirilsin;
“Tarixiy-madaniy ekspertizani o‘tkazish sxemasiga izohlar” bo‘limida:
1, 3a, 3b va 6-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
5-banddagi “protokolini” so‘zi “bayonini” so‘zi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Muzeylar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida” 2008-yil 31-oktabrdagi 237-son qarorida:
a) 1-ilovaning (Milliy muzey fondi to‘g‘risida nizom) 8-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari, 10-bandning ikkinchi xatboshisi, 13-bandning oltinchi xatboshisi, 19-bandi, 21-bandning beshinchi xatboshisi, 22-bandning birinchi xatboshisi hamda 23-bandidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning (Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartibi to‘g‘risida nizom) 9 va 18-bandlaridagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandi o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 38-pozitsiyasi “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarorida:
a) 1-ilovada (Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom):
8, 11, 13-bandlar va 31-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning (Davlat muzeylarining toifalari to‘g‘risida nizom) 5-bandi yettinchi xatboshisi, 8 — 10 bandlari, 11-bandi ikkinchi xatboshisi va 12-bandidagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning (Milliy muzey fondining Davlat katalogi to‘g‘risida nizom) 3, 7 — 9 bandlari, 10-bandning to‘rtinchi xatboshisi, 11, 12, 15, 16, 18-bandlari, 19 va 20-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 21-bandi birinchi va uchinchi xatboshilari, 24 va 25-bandlarining birinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning (Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish hamda uning tarkibidan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom) 15-bandi, 17-bandi birinchi va yettinchi xatboshilaridagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovaning (Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini boshqarish tartibi to‘g‘risida nizom) 2, 4-bandlari va 6-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 6-ilovada (Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom):
2, 7 va 11-bandlardagi, 5-bandning beshinchi xatboshisi, 9-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Fond holati ustidan davlat nazoratini bevosita yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari, muzey kolleksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxslarning yuqori boshqaruv organlari orqali ham amalga oshirishi mumkin”;
j) 7-ilovada (Muzey mutaxassislarini tayyorlash, muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizom):
11 — 13-bandlardagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari muzey xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlashga bosqichma-bosqich yuboriladigan muzey xodimlarining reja jadvalini ishlab chiqadi va belgilangan muddatda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga taqdim etadi”;
z) 8-ilovaning (Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizom) 82-bandidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizomning 2-bandi to‘qqizinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bandi oltinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qarorining 7-bandi to‘qqizinchi xatboshisidagi hamda qarorga 5-ilovaning 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat” so‘zi “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarorida:
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “A.J. Ramatov” so‘zi “A.A. Abduxakimov” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 3 va 4-bandlari to‘rtinchi xatboshilari, 8-bandi va 10-bandi birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
“Madaniyat vazirligiga” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 11-banddagi “birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev” so‘zlari “o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-iyundagi 474-son qarorida:
a) qaror nomidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
g) 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risida nizom):
nizom nomidagi, 1, 3-bandlari va 5-bandning ikkinchi xatboshisi, 8-bandi, 14-bandning ikkinchi xatboshisi, 18, 22, 25 va 26-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Madaniyat vazirligining” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniy meros agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-bandda:
birinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari tegishli ravishda “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-bandning birinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan, “Madaniyat vazirligining” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”;
b) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
3-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning “a”, “b”, “v” va “d” kichik bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Departamentning” so‘zi “Agentlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 4-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti to‘g‘risida nizom) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 5-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
d) 6-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi to‘g‘risida nizom):
nizom nomidagi va 1-banddagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Departament” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-banddagi “madaniyat” so‘zi “turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Madaniyat” so‘zi “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Departament boshlig‘i” so‘zlari “Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Departamentning Madaniy merosni asrash va alohida muhofaza qilinadigan hududlarni himoya qilish boshqarmasi” so‘zlari “Agentlikning Madaniy merosni asrashga doir ishlarni litsenziyalash, ruxsatnoma berish, ilmiy-texnik nazorat qilish boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6, 7 va 20-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-banddagi “2,5” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Departament boshlig‘i” so‘zlari “Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 7-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi to‘g‘risida nizom):
nizom nomidagi va 1-banddagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Departament” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-bandi “Departamentning” so‘zi “Agentlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey qo‘riqxonalariga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 90 foiz miqdori;
davlat mulki bo‘lgan boshqa tashkilotlarga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish va chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foiz miqdori;
muzey-qo‘riqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foiz miqdori va davlat muzeylarida chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 10 foiz miqdori;
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish, realizatsiya qilish uchun davlat xizmati ko‘rsatish, olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat, Milliy muzey fondining davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish hamda uning tarkibidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini chiqarish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat kadastriga kiritish va chiqarish, tarixiy-madaniy hududning pasportini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga xulosa berish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma va litsenziya berish, ilmiy-texnik nazorat qilish, shuningdek, tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining tegishli ekspertizalari, restavrator-ustalarga malaka sertifikati berish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalar, merosga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotlarini ko‘rib chiqish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi uchun to‘lanadigan jarimalar, shuningdek, davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar;
vakolatli organlar tomonidan Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar va davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini, shuningdek, moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘larining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jamg‘arma mablag‘lari:
moddiy madaniy meros obyektlarini, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, madaniy boyliklar hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini muhofaza qilish, konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, ta’mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari amalga oshirish;
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini, arxeologiya ashyolari, milliy muzey fondining davlat kataloglari va pasportlarini yuritish;
muzeylar faoliyati va arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va ommalashtirish ishlarini tashkil etish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarni muhofaza qilish;
Agentlik va hududiy boshqarmalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish va raqamlashtirish, sohada huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga samarali qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
ekspertlarni, jumladan, xorijiy mutaxassislar, Ilmiy-ekspert kengashi, Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari a’zolari mehnatiga haq to‘lash, jamoatchi inspektorlar, Agentlik va hududiy boshqarmalarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etish;
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan Agentlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflanadi.”;
5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Departament boshlig‘i” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Agentlik direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi, 8, 10 va 12-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 8-ilovada (Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom):
2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat” so‘zi “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
35-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi hamda 39-bandning uchinchi xatboshisidagi “madaniyat” so‘zi “turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 9-ilova (Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida nizom) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 10-ilovada (Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida nizom):
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-banddagi, 18-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 31, 40, 47, 48, 56 va 58-bandlardagi “Madaniyat” so‘zi “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 12-ilovada (Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom):
2-banddagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining (keyingi o‘rinlarda — Departament)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3, 7, 8, 9, 12-bandlardagi, 14-bandning uchinchi xatboshisidagi, 15-bandning o‘ninchi xatboshsiidagi, 16-bandning uchinchi xatboshidagi, 17, 19, 20 va 22-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 30-maydagi 443-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga ilovada:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limining 1 — 288-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat vazirligi” so‘zlari “madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Andijon viloyati” bo‘limining 1 — 8, 11, 13 — 16, 18, 28, 30 — 33, 36, 39, 43 — 60, 63 — 89, 91 — 111, 113-114, 116-117, 120 — 156, 158 — 222, 224 — 269, 271 — 381, 384 — 412 va 414 — 422-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Buxoro viloyati” bo‘limining 1 — 61, 63 — 71, 73 — 86, 88 — 106, 108 — 112, 114 — 123, 125 — 132, 137 — 151, 154 — 159, 170-171, 173 — 179, 206 — 214, 239, 267, 269, 273, 301, 303, 320 — 388, 395 — 400, 409 — 450, 453 — 467, 469, 471, 489 — 531, 533 — 572, 574 — 592, 594 — 613, 615 — 625, 627, 629 — 813, 815 — 826 va 829-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Jizzax viloyati” bo‘limining 1 — 427-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qashqadaryo viloyati” bo‘limining 1 — 33, 35 — 789, 791 — 814, 816, 821, 834 — 839, 841 — 883, 885 — 1173, 1175 — 1391 va 1393 — 1468-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Navoiy viloyati” bo‘limining 1 — 39, 44 — 50, 52 — 85, 88 — 223 va 225 — 437-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Namangan viloyati” bo‘limining 1 — 33 va 35 — 274-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Samarqand viloyati” bo‘limining 2 — 15, 17, 19, 28, 36, 39, 78, 132, 143, 461, 463, 484 — 502, 505, 509 — 548, 554 — 615, 647 — 681, 683-684, 686 — 688, 697 — 750, 754 — 799, 804 — 851, 856 — 962, 968 — 1112, 1117 — 1208, 1214 — 1245, 1255 — 1357 va 1394 — 1607-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Surxondaryo viloyati” bo‘limining 1 — 25, 27 — 48, 51 — 65, 67 — 88, 90 — 166, 169 — 199, 201-202, 204 — 270, 272 — 275, 277 — 280, 282 — 316, 318 — 368, 370 — 385, 387 — 413, 416, 418 — 422, 424 — 440, 442, 444 — 459, 461 — 496, 498 — 554, 557 va 559 — 561-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Sirdaryo viloyati” bo‘limining 1 — 5, 10 — 38, 40 — 50, 63, 65 — 71 va 74 — 78-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Toshkent viloyati” bo‘limining 1 — 536 va 539 — 828-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Farg‘ona viloyati” bo‘limining 1, 5 — 9, 12, 15, 17, 18, 20 — 44, 46 — 51, 53 — 56, 58 — 66, 70, 76, 79, 81, 83, 85, 88 — 97, 99 — 107, 109 — 112, 114, 117 — 119, 122 — 127, 131 — 149, 151, 153 — 164, 168 — 256, 258 — 259, 261 — 266, 268 — 282, 284 — 245, 247-248, 350 — 363, 365, 368 — 369 va 371 — 376-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Xorazm viloyati” bo‘limining 1 — 3, 5 — 6, 9 — 118, 131, 154, 156, 158, 159, 164 — 167, 170-171, 176 — 179, 181, 183-184, 187 — 189, 192 — 198, 201-202, 204-205, 209 — 213 va 215 — 259-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat” so‘zi “madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Toshkent shahar” bo‘limining 1 — 4, 49, 94 — 96, 99 — 117, 119 — 123, 152, 157, 163, 167 — 199, 205 — 209, 217 — 219, 222 — 227, 229 — 231, 234-235, 245, 262 — 265, 273-274 va 337-pozitsiyalari “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniyat bosh” so‘zlari “Madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Izohning 2-bandidagi “madaniyat” so‘zi “turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi va 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) nizomga ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarma deb ataladi) hududiy boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarma deb ataladi)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) hududiy boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarma)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxatining I bo‘limi 18-bandidagi “Madaniyat” so‘zi “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 3-martdagi 117-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi” so‘zlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Qashqadaryo viloyati hokimligi” va “madaniyat” so‘zlari tegishli ravishda “Madaniy meros agentligi” va “turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-martdagi 119-son qarorida:
a) 1-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament)” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi — o‘ninchi va o‘n ikkinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshidagi “Departament boshlig‘i” so‘zlari “Agentlik direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “Departament” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 4-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Madaniyat” so‘zi “Turizm va madaniy meros” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 6-banddagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 7-bandning “v” kichik bandidagi “Departament” so‘zi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
z) 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
i) 4-ilovaning nomidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 7-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari hamda ularga to‘lov turi va miqdorlari) nomidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 230 | 37,598 |
Qonunchilik | Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida | Keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish yo‘lida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilib, keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda, yangi-yangi ijodiy guruhlar va xonandalar maydonga chiqmoqda.
Shu bilan birga, estrada san’ati madaniyatini, estrada ijodkorlarining professional malakasini oshirish, yosh san’atkorlarning o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi uchun shart-sharoit yaratish borasida kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Xalqimizni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar bilan bir qatorda, mutasaddi tashkilotlar va ba’zi estrada jamoalari hamda yakkaxon ijrochilarning mas’uliyatsizligi oqibatida mazmunan sayoz, badiiy jihatdan zaif qo‘shiqlar ham konsert dasturlari, radio-telekanallardan o‘rin olmoqda, audio-video kassetalar orqali tarqatilib, ma’naviy tarbiya ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijodiy jamoalar va yakkaxon ijrochilarning faoliyati va repertuarlarini muvofiqlashtirish yuzasidan Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi olib borayotgan ishlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi.
O‘zbek milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, yosh iste’dod egalariga yo‘l ochib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, estrada qo‘shiqchiligining yutuq va tajribalarini umumlashtirish, soha taraqqiyoti uchun zarur imkoniyatlar yaratish, badiiy yuksak asarlarni targ‘ib etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari, estrada san’atining taniqli namoyandalari, “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiya va boshqa manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, uning Nizomi (2-ilova) ma’qullansin.
2. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilangani e’tiborga olinsin:
estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
zamonaviy estrada san’atining o‘zbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar tayyorlash;
milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, o‘z davriy nashrlarini yo‘lga qo‘yish;
soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan san’atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga ko‘rsatish, o‘zining turli nufuzli mukofotlarini ta’sis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, tegishli o‘quv yurtlariga tavsiya etish.
Madaniyat vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi va boshqa tegishli ijodiy tashkilotlarga Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining soha faoliyatiga doir tavsiya va takliflarini e’tiborga olib, ularni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
6. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qoshida yozuvchilar, bastakorlar, musiqa sharhlovchilari, jurnalistlar va jamoatchilik namoyandalaridan iborat Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining tuzilgani ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, muhokama qiladi, san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga xulosa beradi. Mazkur guruh xulosasi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan litsenziyalar berilishi uchun asos hisoblanadi.
Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tarkibi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qaroriga ko‘ra har yili 30 foizga yangilanib borishi inobatga olinsin.
12. Adliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
13. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 26-apreldagi 163-son qarori (4 va 10-bandlardan tashqari);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida” 1997-yil 21-fevraldagi 102-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risida nizom”ga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevral 99-son qarori 1-bandining 2 va 3-xatboshilari;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 4-maydagi 216-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari T. Alimov va X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1.1. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi, ijodiy uyushmalar hamda ta’sischilar vakillaridan iborat Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb ataladi) estrada san’atini rivojlantirish va yosh ijrochilarning kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlarni, konsert-tomosha faoliyatini hamda shu sohada audio-video, Internet materiallari, kompakt-disklar ishlab chiqarilishini muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik organidir. Kengash respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan malakali estrada xonandalari, bastakorlar, rejissorlar, shoirlar, badiiy so‘z ustalari, musiqashunoslar, jurnalistlar, shou-biznes sohasi mutaxassislari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topadi. Shuningdek, Kengash tarkibiga ma’naviyat va ma’rifat sohasi uchun mas’ul tashkilotlar va muassasalar vakillari ham kiradi.
1.2. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.
Kengashning oliy organi Kengash a’zolari va estrada san’ati namoyandalarining yillik anjumanidir (bundan buyon matnda Yillik anjuman deb ataladi). Uning ishida Kengash a’zolaridan tashqari Kengashning hududiy bo‘limlari vakillari qatnashadi. Yillik anjumanda respublika estrada san’ati namoyandalari maslahat ovozi bilan ishtirok etishlari mumkin. Yillik anjuman Kengash rahbariyatining hisobotini tinglaydi, Kengash a’zolarini saylaydi va ish rejasini tasdiqlaydi.
Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
2.1. Estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san’atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ijodiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish;
2.2. Zamonaviy estrada san’atining o‘zbek musiqa madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni, g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;
2.3. Mamlakat miqyosida o‘tkaziladigan bayramlar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayillari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga doir tavsiyalar taqdim etish;
2.4. Milliy estrada san’atining monitoringini tashkil etish, sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish, o‘z davriy nashrlarini yo‘lga qo‘yish;
2.5. Soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan san’atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga ko‘rsatish, o‘zining turli nufuzli mukofotlarini ta’sis qilish, estrada namoyandalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, tegishli o‘quv yurtlariga tavsiya etish.
2.6. Mamlakatimizda estrada qo‘shiqchiligini yanada rivojlantirishga, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi yetuk musiqiy asarlar yaratilishini qo‘llab-quvvatlash.
2.7. Milliy estrada sohasidagi iste’dodli yosh ijodkorlarning kasbiy va ma’naviy kamol topishiga imkon yaratish, ularning malaka oshirishi, o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun tashkiliy masalalarni hal etish, bozor munosabatlari sharoitida yakkaxon ijrochilar va ijodiy jamoalar faoliyatiga ko‘maklashish.
2.8. Milliy estrada san’atini targ‘ib qilishga qaratilgan, davr talablariga javob beradigan dasturlar tayyorlash va ularni amalga oshirish choralarini ko‘rish.
2.9. Estrada qo‘shiqchiligi sohasida tayyorlanadigan va tarqatiladigan audio, video, kompakt-disklar, Internet materiallari va boshqa nashrlarning yuqori saviyasini ta’minlash bo‘yicha hamda estrada qo‘shiqchiligida taqlidchilik, badiiy sayozlik kabi salbiy holatlarga qarshi, milliy o‘ziga xoslikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish.
2.10. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish.
2.11. Estrada san’atining yutuqlarini ommalashtirish uchun zarur nashrlarni tayyorlashga tegishli uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, nashr etilgan materiallarning saviyasini tahlil etib borish.
Kengash quyidagi huquqlarga ega:
3.1. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilarning repertuarlarini, konsert dasturlari va ssenariylarini tahlil etish va baholash.
3.2. Estrada qo‘shiqchiligi va ijrochiligi faoliyati sohasida mamlakat va xalqaro miqyosdagi festivallar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etish. Chet ellarga gastrol safarlariga chiqish, xalqaro va respublika miqyosidagi estrada festivallarida qatnashishga tavsiyanomalar berish.
3.3. Yakkaxon ijrochilar va jamoalarning respublika va xalqaro festivallarda faol qatnashuvini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ko‘rish.
3.4. Davlat mukofotlariga nomzodlar ko‘rsatish.
3.5. Iqtidorli yosh estrada qo‘shiqchilarining malakasini oshirish uchun oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilishga tavsiyalar berish.
3.6. Estrada san’atidagi yutuqlarni rag‘batlantirish uchun mukofotlar ta’sis etish.
3.7. Kengash va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi tarkiblariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida takliflar berish.
3.8. Kengash vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan respublikada estrada qo‘shiqchiligi va ijrochiligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan tegishli qarorlar qabul qilish.
4.1. Kengash o‘z a’zolari tarkibidan Kengash raisi, rais o‘rinbosari, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbarini va Kengash mas’ul kotibini saylaydi.
4.2. Kengash raisi, rais o‘rinbosari va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbari jamoatchilik asosida ishlaydi. Kengashning mas’ul kotibi lavozimiga ko‘ra “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktorining o‘rinbosari hisoblanadi va birlashma ishchi apparati shtatlar ro‘yxati asosida maosh bilan ta’minlanadi.
4.3. Kengash o‘z tarkibida estrada qo‘shiqchilik san’ati janrlari bo‘yicha seksiyalar, hududiy bo‘limlar tashkil etadi va Kengash a’zolaridan ularning rahbarlarini saylaydi.
4.4. Kengash yig‘ilishlari yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.
5.1. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Kengashning ishchi organi, Ijodiy ko‘maklashuvchi guruh uning maslahat organi hisoblanadi.
5.2. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
5.3. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori va Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi rahbari Kengash raisining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
5.5. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi o‘z faoliyati bo‘yicha yilning har choragida bir marta Kengash oldida hisobot beradi.
5.6. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy vazifalarni amalga oshiradi, yuridik va jismoniy shaxslar, ijodiy jamoalar, guruhlar, yakkaxon ijrochilardan konsert-tomosha xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olish uchun tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, muhokama qiladi, san’atkorlarning ijodiy nufuzi, mahorati, professional malakasi, repertuar saviyasiga qarab, ularga tegishli xulosalar beradi.
6.1. Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror Yillik anjuman tomonidan qabul qilinadi.
6.2. Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror Yillik anjuman qatnashchilaridan kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan Yillik anjumanda, qatnashchilarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
6.3. Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
7.1. Kengash faoliyatini to‘xtatish uni qayta tashkil etish yoki tugatish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
7.2. Kengashni qayta tashkil etish estrada san’ati namoyandalarining Yillik anjumani qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
7.3. Kengashni tugatish estrada san’ati namoyandalarining Yillik anjumani qaroriga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan asoslarga binoan sudning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
7.4. Davlat reyestriga tegishli yozuv bitilgan paytdan boshlab Kengash qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hisoblanadi.
1. Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi hamda uning huzuridagi quyidagi jamoalar:
T. Jalilov nomidagi xalq cholg‘u asboblari Davlat orkestri
“O‘zbekiston solistlari” kamer simfonik orkestri
“Turkiston” kamer orkestri
Mumtoz qo‘shiqchilik va raqs ansambli
Davlat xor kapellasi
“O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli
Munojat Yo‘lchiyeva guruhi
“Maqom” guruhi
“Karnay-surnay” guruhi
2. O‘zbekiston davlat “Milliy simfonik orkestr” unitar korxonasi (Toshkent shahar, Habib Abdullayev ko‘chasi 2-uyda joylashgan Madaniyat axborot markazi binosi bilan birga)
3. Botir Zokirov nomidagi estrada-simfonik orkestri
4. “Yunie darovaniya” kamer orkestri
Z. O‘zbekiston davlat “So‘g‘diyona” milliy cholg‘u asboblari orkestri | 65 | 14,927 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2018-yilgi hisoboti to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2018-yilgi hisoboti tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 296 |
Qonunchilik | KRIZISGA QARShI DASTURGA KIRITILGAN QO‘ShIMChA INFRATUZILMA OBYEKTLARI BO‘YIChA LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Qo‘shimcha infratuzilma obyektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, shu asosda iqtisodiyotning tezkor rivojlanishini hamda respublika mintaqalarining tabiiy va iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlaydigan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani shakllantirish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholining daromadlari hamda turmush darajasini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009-yilda qo‘shimcha infratuzilma obyektlarini qurish va ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi ma’qullansin. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Krizisga qarshi dasturga kiritilgan, 2009-yilda ishga tushiriladigan qo‘shimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari ro‘yxati 1, 1a, 1b va 2-ilovalarga* muvofiq;
2009-yilda Krizisga qarshi dasturga kiritilgan infratuzilma obyektlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq.
Loyihalarning buyurtmachilari — vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2009-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda 1, 1a, 1b va 2-ilovalarga kiritilgan loyihalar bo‘yicha belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi va ekspertizasi yakunlanishini, tanlov savdolari o‘tkazilishi va moliyalashning ochilishini ta’minlasin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Krizisga qarshi dasturga kiritilgan qo‘shimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish hamda ishga tushirish loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlarining hududiy dasturlarini ishlab chiqsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va korxonalar rahbarlari zimmasiga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan qo‘shimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan muddatlarda qurish hamda ishga tushirishni ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga binoan 4-ilovada* ko‘rsatilgan telekommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini modernizatsiyalash hamda rivojlantirish loyihalari doirasida import qilinadigan uskunalar, dasturiy apparat vositalari va materiallar 2010-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
5. Vazirlar Mahkamasi 2009-yilda qo‘shimcha ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishi hamda ishga tushirilishini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlarini har oy Prezidium majlislarida ko‘rib chiqqan holda uning qat’iy nazoratga olinishini ta’minlasin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 136 | 3,550 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-noyabrdagi “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashishni kuchaytirish to‘g‘risida” Farmoni qanday bajarilayotgani haqida | Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, ayrim xo‘jalik rahbarlarining beparvoligi, mas’uliyatsizligi oqibatida g‘alla hamda boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari nobud bo‘lishi va payhon qilinishi xollari davom etmoqda. Bu ishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va yetkazilgan zararni to‘la undirib olish yuzasidan qat’iy amaliy choralar ko‘rilmayapti. Qishloq xo‘jalik ekinzorlarida mol va parranda boqish, avtotransport vositalari, shuningdek, mollarining ekinzorlar orqali o‘tishi hollariga qarshi kurash bo‘shashib ketgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimlari, o‘z-o‘zini boshqarish organlari va xo‘jalik rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmonini bajarishga doir ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
Ulardan ekinlar saqlanishini ta’minlash yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rish talab qilinsin. Ekinlar nobud qilinishiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik rahbarlariga nisbatan ularni lavozimidan bo‘shatish hamda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortishgacha qattiq choralar ko‘rilsin.
2. Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) ekinlar payhon qilinishining oldini olish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rsin. Amaldagi qonunni buzishga doir har bir fakt yuzasidan aybdorlar qattiq javobgarlikka tortilsin. Ekinlar ko‘proq payhon qilingan joylarda kuzatish postlarining ishi majburiy tartibda qaytadan tiklansin va profilaktika ishlarining samaradorligi oshirilsin.
3. Prokuratura (B. Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (3 Almatov) hamma joyda “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmonning bajarilishini tekshirishni tashkil etsin. Qilingan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga muntazam axborot berib turilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 172 | 1,902 |
Qonunchilik | 2009 YILDA SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA TUZATIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasining “Mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish mexanizmini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 2-apreldagi 94-son qaroriga muvofiq hamda raqobatbardoshli, eksportga yo‘naltirilgan va importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish, tarmoq ichida va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan respublikaning kichik biznes va yirik korxonalari o‘rtasida mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarori bilan ma’qullangan 2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga (keyingi o‘rinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi):
Mahalliylashtirish dasturining 2a-ilovasiga Butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 1-ilovaga* muvofiq yangi loyihalarini kiritish to‘g‘risidagi;
Mahalliylashtirish dasturining 3a-ilovasiga Mahsulotlarning tayyor turlari, xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 2-ilovaga* muvofiq yangi loyihalarini kiritish to‘g‘risidagi;
Mahalliylashtirish dasturidan korxonalarning tugatilganligi, ichki bozorda ehtiyojning yo‘qligi, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning narxi va sifati bo‘yicha raqobatga bardoshli emasligi sababli 3-ilovaga* muvofiq loyihalarni chiqarib tashlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qaror bilan Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshiruvchi korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar bojxona to‘lovlari bo‘yicha — ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, soliqlar bo‘yicha esa — 2009-yil 1-dekabrdan boshlab qo‘llanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi loyihaning tashabbuskorlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 1 va 2-ilovalarga muvofiq mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yuzasidan ishlab chiqarishni tashkil etish hamda prognoz hajmlarini bajarishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin. | 175 | 2,699 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 201 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda) 3-ilovaning 101-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. | 250 | 959 |
Qonunchilik | Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomani berish osonlashadi | Toshkentda pilot loyiha ishga tushirildi – bola tugʻilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar Davlat хizmatlari markazlarida «yagona darcha» prinsipi boʻyicha beriladi, deya хabar beradi «Narodnoye slovo online». 2019 yildan boshlab ushbu amaliyotni butun respublika boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Ota-onalar hujjatni olish uchun yashash joyidagi Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilsalar bas. Ilgari buning uchun bola tugʻilganligi dalili yuzasidan ma’lumotnoma olish uchun tugʻruqхonada, FHDYo organlarida va gerb yigʻimini toʻlash uchun bankda navbat kutishga toʻgʻri kelar edi.
Barcha zarur aхborotlar tugʻruqхonadan Davlat хizmatlari markaziga maхsus aхborot tizimi orqali yuboriladi. Click, PayMe va boshqa toʻlov tizimlari orqali gerb yigʻimini toʻlash imkonini beruvchi onlayn-toʻlovni 2019 yil 1 yanvargacha joriy etish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun: gerb yigʻimi miqdori – EKIHning 15%i, material e’lon qilingan sanada 30 409,50 soʻmni tashkil etadi.
Bundan tashqari, poytaхtdagi Davlat хizmatlari markazlarida tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar blankalarini kompyuter yordamida toʻldirish tartibi joriy etilmoqda. Aхborot blankada bosib chiqarilgunga qadar ota-onada ism toʻgʻri yozilganligini tekshirish imkoni boʻladi. Bunday imkoniyat berilmaganligi sababli ham ba’zan bolaning ismi, otasining ismi va familiyasi хato yozilar, oqibatda u ana shu ism bilan bir umr yashashga yoki belgilangan tartibda uni oʻzgartirishga majbur boʻlar edi.
Shuningdek keyingi yilda tugʻish yoshidagi ayollarni hisobga olish va homiladorlikni kuzatish avtomatlashtirilgan aхborot tizimini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. U «FHDYoning yagona elektron arхivi» tizimi bilan birgalikda ishlaydi. Natijada bolalar tugʻilganligi dalillarini qayd etmaslik holatlariga barham berish koʻzlanmoqda. | 55 | 1,812 |
Qonunchilik | “Shanxay hamkorlik tashkilotining Terrorizmga qarshi konvensiyasini (Ekaterinburg, 2009-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 30-noyabrda qabul qilingan “Shanxay hamkorlik tashkilotining Terrorizmga qarshi konvensiyasini (Ekaterinburg, 2009-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Shanxay hamkorlik tashkilotining Terrorizmga qarshi konvensiyasini (Ekaterinburg, 2009-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 175 | 673 |
Qonunchilik | YoSh MUALLIFLARNING ENG YaXShI ASARLARI VA ILMIY IShLANMALARI UChUN O‘ZBEKISTON DAVLAT MUKOFOTINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning ijodkor yoshlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” 1992-yil 28-avgustdagi Farmonini bajarish yuzasidan hamda ilm-fan va madaniyat sohasida respublika yosh fuqarolarining bunyodkorlik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilsin. Har biri respublikada belgilangan eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida oltita mukofot belgilansin.
Mukofotlar 1993-yildan boshlab har ikki yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunida berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti:
eng yaxshi adabiyot, san’at va arxitektura asarlari uchun — har bir sohada bittadan mukofot;
ijtimoiy, tabiat va texnika fanlari sohalarida ilm-fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlaridagi eng yaxshi tadqiqotlar uchun — har bir sohada bittadan mukofot beriladi.
3. Quyidagilar tasdiqlansin:
Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti to‘g‘risidagi Nizom (1-ilova);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bo‘yicha Komissiyaning tarkibi (2-ilova)*.
4. Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofoti bo‘yicha Komissiya:
bir oy muddatda laureatlik diplomi va faxriy belgi eskizlarini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin;
Davlat mukofotini berishga doir tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirib borsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarini berish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaganidan so‘ng kuchga kiradi.
6. Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bo‘yicha Komissiyaning qaroriga binoan Davlat mukofoti sovrindorlarining ayrim asarlari maxsus nashr etilib, e’lon qilinishi belgilab qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi Komissiyaning qarorlariga asosan yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan ishlarni sifatli nashr etishni ta’minlasin.
7. Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari 30 yoshga to‘lgunga qadar quyidagi imtiyozlardan foydalanishlari belgilab qo‘yilsin:
ayrim kommunal va maishiy xizmat haqini 50 foiz chegirib to‘lash.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari davlat uyushmasi, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofoti bo‘yicha Komissiyasi bilan kelishib, 1993-yil 1-sentabrga qadar ana shunday imtiyozlarni berish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
1. Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ijodkor yoshlarning xizmatlarini va ijodiy yutuqlarini e’tirof etish hamda mustaqil O‘zbekiston fuqarolarining yosh avlodini ma’naviy barqaror o‘stirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida beriladi.
Asarlari va ilmiy ishlanmalari mutaxassislarning yuksak bahosini olgan va xalqning ma’naviy boyligiga munosib hissa qo‘shadigan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodiy xodimlar, olimlar va turli kasb mutaxassislari mukofot olishga da’vogar bo‘lishlari mumkin.
2. Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofoti olishga taqdim etilgan asarlar vazirliklar, idoralarning hay’atlari, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning boshqaruvlari, fanlar akademiyalarining rayosatlari, birlashmalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy-texnika va ilmiy kengashlari, ijodiy uyushmalarning badiiy va tahrir kengashlari, korxonalar va muassasalarning mehnat jamoalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ishlarni mukofotga ko‘rsatish va nomzodlar tarkibiga nomzodlar tanlash ish joyidagi mehnat jamoalarida har tomonlama muhokama qilingandan keyin yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning boshqa davlat mukofotlarini olgan (yoki nomzodi qo‘yilgan) yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofotini olishga taqdim etilmaydi.
3. Eng yaxshi asarlar va ilmiy ishlanmalar uchun Davlat mukofotiga tavsiya etilgan da’vogarlar jamoasi 5 kishidan oshmasligi kerak.
Chet davlatlar fuqarolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga ko‘maklashadigan ishlarni bajaradigan va asarlar yaratayotgan bo‘lsa hamda mamlakatimiz muassasalari, tashkilotlari va korxonalari ishlarining dasturini bajarishga ko‘maklashayotgan bo‘lsa, da’vogarlar jamoasiga kirishlari mumkin.
Faqat ma’muriy-tashkiliy belgilarga ko‘ra yoxud maslahat ishlari bo‘yicha shaxslar da’vogarlar jamoasiga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mualliflar jamoasiga eng yaxshi asarlar va ilmiy ishlanmalar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat mukofoti yilda bir marta beriladi.
4. Eng yaxshi asarlar va ilmiy ishlanmalar uchun Davlat mukofotini olishga da’vogar ishlar ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlar bilan qo‘shib beriladi:
mashinada yozilgan, matn bo‘yicha zarur illyustratsiyali ish (ishlar sikli annotatsiyasi);
mazkur soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning fikrlari;
asarlar va ishlarning ro‘yxati;
ilmiy maqolalarning ko‘chirmalari, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy natijalardan foydalanganlik to‘g‘risidagi dalolatnomalar;
mualliflarning ijodiy ulushlarini aks ettiruvchi fotonusxalar, videonusxalar, ovoz yozuvlar va boshqa materiallar;
ish joyidagi kollegial organning (ilmiy kengash, badiiy kengash va boshqalar) ishning qadr-qimmati va muallifning shaxsiy hissasi haqida yashirin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilgan asosli xulosasi;
kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi;
4 sm X 6 sm hajmli fotosurat — 4 dona.
Barcha hujjatlar 2 nusxada taqdim etiladi.
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki papkaga joylangan bo‘lishi kerak. Muqovada yoki papkada da’vogarning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi, ishni tavsiya etgan muassasaning nomi ko‘rsatiladi.
Boshqa materiallar, qo‘shimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, maketlar va hokazolar bir nusxada topshiriladi.
5. Davlat mukofotlari berilishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofotlari bo‘yicha Komissiya ishlarni puxta ekspertiza qiladi va tanlaydi.
Komissiya vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy uquv yurtlari, jamoat tashkilotlarining tavsiyasi bo‘yicha taniqli ijodiy xodimlar, yirik olimlar va mutaxassislardan tarkib topadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 4 yil muddatga tasdiqlanadi, keyinchalik kamida uning tarkibining 1/2 qismi albatta o‘zgartiriladi.
Komissiya tarkibi va undagi o‘zgarishlar haqidagi axborot yoshlar matbuotida e’lon qilinadi.
Komissiya faoliyati sohasiga quyidagilar kiradi:
yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofotiga ko‘rsatilgan ishlarni qabul qilish va oldindan ko‘rib chiqish;
tanlovda qatnashish uchun eng yaxshi asarlarni tanlab olish;
tanlovga qo‘yilgan ishlarni har tomonlama muhokama qilish;
Davlat mukofotini berish haqida qaror qabul qilish;
yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotining laureatlari diplomlarini, guvohnomalarini va faxriy nishonlarini rasmiylashtirish;
laureatlarga mukofotning pul qismini to‘lash.
Komissiyaga quyidagi huquqlar beriladi:
yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofoti da’vogarligiga ko‘rsatilgan ishlarni oldindan ko‘rib chiqish va ekspertiza qilish uchun yetakchi olimlar va mutaxassislarni jalb etish;
mukofot olishga ko‘rsatilgan ishlarni vazirliklar, idoralar, ijodiy uyushmalar, korxonalar, ilmiy muassasalar va oliy o‘quv yurtlarining ekspertlik xulosasini olishga jo‘natish;
Komissiya a’zolarini va ekspertlarni ko‘rib chiqilayotgan da’vogarlarning ishlari va ijodiy hissalari natijalari bilan joyning o‘zida tanishish uchun yuborish;
o‘z muhriga, blankalariga, tamg‘alariga ega bo‘lish.
6. Yosh mualliflarning asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofotiga da’vogar bo‘lgan mualliflarning ishlari va mualliflar jamoasi Komissiya tomonidan ikki bosqichda ko‘rib chiqiladi. Birinchi bosqichda mukofotga da’vogarlik tanlovida qatnashish uchun ishlar va mualliflar jamoasi tanlanadi, ikkinchi bosqichda mukofotlarni berish haqida qaror qabul qilinadi. Tanlovga ishlarni ko‘rsatish uchun ular kamida 1/2 ovoz olishi kerak, mukofotlarni berish uchun esa — Komissiyaning hozir bo‘lgan a’zolaridan kamida 2/3 qismi ovoz berishi kerak. Har ikki holda ovoz berish yashirin o‘tadi.
Ovoz berish natijasida ishlarning birontasi kerakli ovoz olmagan yoki ikki yoki bir necha asar teng ovoz olgan ba’zi hollarda takroriy ovoz berishga yo‘l qo‘yiladi. Takroriy ovoz berish faqat bir marta o‘tkaziladi.
Mukofotga da’vogarlikka Komissiya a’zosining ishi qo‘yilgan bo‘lsa, Komissiya a’zosi bu asar ko‘rib chiqilayotgan vaqtda qatnashmaydi va kvorumni belgilashda hisobga olinmaydi.
7. Tanlovga qo‘yilgan ishlar har tomonlama va puxta muhokama qilinishi kerak.
Tanlovda qatnashishga qo‘yilgan ishlar bilan jamoatchilikni keng tanishtirish uchun ularning ro‘yxati mazkur asarni tavsiya etgan mualliflarda tashkilotlar ko‘rsatilgan holda Komissiya tomonidan “Turkiston” va “Molodej Uzbekistana” gazetalarida e’lon qilinadi
Muhokamalarni o‘tkazish matbuotda, radio, televideniyeda, olimlarning majlislarida, ilmiy-texnika, badiiy va tahririyat kengashlarida, kollegial organlarning majlislarida va mehnat jamoalarida uyushtirilishi mumkin.
Mana shu muhokamalar, bildirilgan fikrlar, tanqidiy mulohazalar va takliflar materiallari Komissiya tomonidan mukofotlarni berish haqida qarorlar qabul qilinayotganda ko‘rib chiqiladi.
8. Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat mukofotini berish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.
9. Ko‘rib chiqish muddatlari:
hujjatlarni qabul qilish — 1-maydan 31-maygacha;
ishlarni ekspertiza qilish — 1-iyundan 30-iyungacha;
ishlar tanlovi — 1-iyuldan 31-iyulgacha;
qarorlarni tasdiqlash — 1-avgustdan — 30-avgustgacha.
10. Yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan shaxslarga laureatlik diplomi va faxriy nishoni topshiriladi. Mukofotning pul qismi mualliflar o‘rtasida teng taqsimlanadi.
11. Mukofotni berish bilan bog‘liq bo‘lgan nizoli masalalar, arizalar va shikoyatlar yosh mualliflarning eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlanmalari uchun Davlat mukofoti bo‘yicha Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Nizolarni ko‘rib chiqish muddati bir oydan oshmasligi kerak. | 122 | 11,671 |
Qonunchilik | Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmoniga muvofiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi zimmasiga respublika hududlarida uy-joy qurilishi bozorini rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish vazifalari yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Uy-joy qurilishini rivojlantirish boshqarmasining shtat birliklari soni 4 tadan 12 taga oshirilsin.
Belgilansinki, Uy-joy qurilishini rivojlantirish boshqarmasining qo‘shimcha shtat birliklari Moliya vazirligi tizimidagi 8 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-son Farmonida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi va har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi”;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-6126-son Farmoniga ilovaning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmonida:
a) 1-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shaharlarda va qishloq joylarda ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Bunda, mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2020-yilda amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi va har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi”;
yettinchi xatboshi “to‘lanadi” so‘zidan keyin “, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 2-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Belgilansinki, 2021-yil 1-oktabrga qadar qurilishi yakunlanib, foydalanishga tayyor holda topshirilgan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning maydoni va narxi mazkur Farmonning 3-ilovasida keltirilgan kvartira maydonining eng ko‘p me’yori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshgan taqdirda ham to‘lanadi.
Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanadi”;
v) 3-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ ishtirokida qishloq joylarda qo‘shimcha ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishini 4¹-ilovaga muvofiq”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) quyidagi mazmundagi 4¹-ilova bilan to‘ldirilsin:
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4014-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-bandning “a” kichik bandidagi “2021” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin;
b) 4-band va ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 190-bandida:
uchinchi xatboshidagi “uy-joy umumiy qiymatining 25 foizidan 50 foizigacha miqdordagi” so‘zlari “uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi miqdoridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4701-son qarori 7-bandidan “mazkur qaror qabul qilingunga qadar” so‘zlari chiqarib tashlansin. | 183 | 6,003 |
Qonunchilik | QO‘ShIMChA QIYMATDAN OLINADIGAN SOLIQ MIQDORINI KAMAYTIRISh TO‘G‘RISIDA | Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning xo‘jalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlarining ish haqini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
1. 1994-yilning 1-iyulidan boshlab qo‘shimcha qiymatdan olinadigan soliq miqdorini 25 foizdan 20 foizga kamaytirish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga taqdim etsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 13-sentabrdagi 648-son Farmonining 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 71 | 646 |
Qonunchilik | Tomorqa yer egalari va qishloq хoʻjaligi kooperativlariga subsidiyalar beriladi | Prezidentning 18.05.2020 yildagi «Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4716-son qarori qabul qilindi.
20.05.2020 yildan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tomorqa yer uchastkalari samaradorligini oshirishni hamda qishloq хoʻjaligi kooperativlari a’zoligiga badal toʻlash uchun subsidiyalar ajratiladi.
Subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
1) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
2) qishloq хoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun – 10 BHMgacha.
Bunda quyidagilar belgilandi:
Subsidiyalar ajratish Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun subsidiyalar va grantlar ajratish tartibini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 79 | 1,094 |
Qonunchilik | Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qayd etilsinki, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida aholiga davlat tomonidan kafolatli bepul tibbiy yordam berishni ta’minlaydigan shoshilinch kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi tashkil etildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, uning hududiy filiallari, shuningdek, markaziy tuman va shahar kasalxonalari huzurida shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, shu jumladan, tez tibbiy yordam va sanitariya aviatsiyasi xizmati tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari va ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash bo‘yicha kompleks ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar har yili 600 ming nafardan ortiq bemorni shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarida statsionarda davolashni, 1 million nafardan ortiq bemorga ambulatoriyada tibbiy yordam berishni ta’minlash, tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bir yilda 7 milliondan ortiq chaqiriqni bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning samaradorligi hali zamonaviy talablarga javob bermaydi, tez tibbiy yordam xizmatlarining malakali kadrlar, dori vositalari, tibbiyot uskunasi, ixtisoslashtirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan ta’minlanganligi darajasi yetarli emasligicha qolmoqda. Kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning zamonaviy mexanizmlarini, shuningdek, shoshilinch tibbiyot sohasida mahalliy ilmiy-amaliy ishlanmalarni joriy etishga yetarlicha e’tibor berilmayapti.
Shoshilinch tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini tubdan kuchaytirishga, aholiga o‘z vaqtida malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davolash, ilmiy-metodik va ta’lim ishlarining butun kompleksini eng yuqori darajada tashkil etishga yo‘naltirilgan aholiga shoshilinch tibbiy yordam berish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari etib belgilansin:
mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali kadrlar bilan butlangan shoshilinch tibbiy yordam berishning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini shakllantirish;
shoshilinch tibbiyot sohasida ilmiy, metodologik va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ushbu maqsadlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tez tibbiy yordamning respublika xizmatlari faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni va ish uslublarini joriy etish;
shoshilinch tibbiy yordam tizimida aholi orasida o‘lim va nogironlikni pasaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini, diagnostika vositalari va usullarini, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamni va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarni davolashni keng qo‘llash;
shoshilinch tibbiyot sohasida profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalarini kuchaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, tavsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan tezkor o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmlarini joriy etish;
shoshilinch tibbiy yordam sohasida tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologikligi va samaradorligiga muvofiq kechiktirib bo‘lmaydigan va tez tibbiy yordam xizmatini o‘z ichiga oladigan yagona tashkiliy tuzilmasini tashkil etish;
tez tibbiy yordamning ko‘chma brigadalari faoliyatini tezkorlik bilan muvofiqlashtirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydigan ma’lumotlar uzatishning yagona bazasini va tarmog‘ini tashkil etgan holda shoshilinch tibbiy yordamni boshqarishning axborot tizimini joriy etish;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallarining ma’lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtirilgan hamda respublikaning barcha hududi bo‘yicha tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlashni ta’minlaydigan muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish;
2017 — 2020-yillarda 240 ta obyektni mukammal ta’mirlash va 369 ta obyektni joriy ta’mirlash yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati binolari va xonalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash;
tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan, ushbu maqsadlar uchun 2017-yilda moliyalashtirish hajmini kamida 2 baravar ko‘paytirish;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining hududiy filiallari orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan markazlashtirilgan tartibda ta’minlash;
2017-yilda 1200 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari sotib olish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati, shu jumladan, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining avtoparkini yangilash;
2017-yil 1-apreldan boshlab tez tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatishni ularni tegishli hududiy ixtisoslashtirilgan avtobazaga berish yo‘li bilan hududiy darajada markazlashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) deb qayta nomlansin.
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholiga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish;
tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologik va samaradorlikka muvofiq bo‘lgan shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati tizimi faoliyatiga tashkiliy-metodik va amaliy rahbarlik qilish;
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini, uning birlamchi tibbiy yordam tizimi bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, aholining nogironligi va o‘limini pasaytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yangi, samarali texnologiyalarni yaratish, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar diagnostikasi va davolashning ustuvor yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ularni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish;
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining shifokorlarini va o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
yetakchi xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatish, tajriba almashish, shoshilinch tibbiyot sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xonobod shaharchasidagi 5-uy manzilida joylashgan Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga aylantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilangan tartibda ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Farmon bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi to‘g‘risidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin;
2017-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Markazning va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Markazning va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari 2019-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlari joriy etilishini ta’minlasin;
2017-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining tez tibbiy yordam stansiyasini uning tumanlardagi kichik stansiyalari bilan birgalikda yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda tarkibiy bo‘linma sifatida Markazga bersin.
8. Belgilab qo‘yilsinki:
“Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tez tibbiy yordam stansiyasi va uning tumanlardagi kichik stansiyalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Markazning Tez tibbiy yordam stansiyasiga avtotransport xizmati ko‘rsatish “Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” davlat korxonasi tomonidan ta’minlanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ehtiyojlari uchun olib kelinadigan texnologik va telekommunikatsiya uskunasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va dasturiy ta’minlash 2020-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davrda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmalariga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari, shuningdek Farmonga 8 va 9-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 21-maydagi PQ-1114-son qarorida:
a) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 3-ilovaning nomiga “yordam” so‘zidan keyin “ilmiy” so‘zi qo‘shilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-son qarorida:
a) 1-ilova “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi” va “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat filiali” blokida “yordam” so‘zidan keyin “ilmiy” so‘zi qo‘shilsin;
b) 2-ilovada:
“Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, filiallar, klinikalar va respublika bo‘ysunishidagi kasalxonalar bilan birgalikda, Respublika sud-tibbiy ekspertizasi byurosi, Respublika patologoanatomik markazi, dori vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, Dori siyosati markazi, tibbiyot ilmiy-tekshirish institutlari, oliy ta’lim muassasalari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, tibbiyot kutubxonasi, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti, “Sihat-salomatlik” jurnali, “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish markaziy byurosi” blokida “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi” so‘zlari “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilova “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining filiali, respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, respublika diagnostika markazi, respublika ixtisoslashtirilgan kasalxonalari va markazi, sanatoriylar, dispansyerlar, respublika qon quyish markazi, salomatlik va tibbiyot statistika institutining filiali, respublika sud-tibbiy ekspertizasi byurosi, respublika patologoanatomik byurosi, respublika ixtisoslashtirilgan avtobazasi, ixtisoslashtirilgan tibbiyot bazalari va omborlari, leprozoriylar, davriy nashrlar” blokida “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazi filiali” so‘zlari “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining filiali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilova “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat diagnostika markazi, viloyat ixtisoslashtirilgan kasalxonalari va markazlari, sanatoriylar, dispansyerlar, viloyat qon quyish stansiyasi, salomatlik va tibbiyot statistikasi institutining filiali, viloyat sud-tibbiy ekspertizasi byurosi, viloyat patologoanatomik byurosi, viloyat ixtisoslashtirilgan avtobazasi, ixtisoslashtirilgan tibbiyot bazalari va omborlari, leprozoriylar, davriy nashrlar” blokida “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining filiali” so‘zlari “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining filiali” so‘zlari bilan almashtirilsin.
d) 5-ilovada:
“shahar ko‘p tarmoqli klinik kasalxonalari, “Nuroniy” kasalxonasi, tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi, tez yordam stansiyasi, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispansyerlar (o‘rinlar bilan va o‘rinlarsiz) shahar diagnostika markazi, stomatologiya va ixtisoslashtirilgan poliklinikalar, “Qon preparati” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi, salomatlik va tibbiyot statistikasi institutining filiali, shahar sud-tibbiy ekspertizasi byurosi, shahar patologoanatomik byurosi, shahar ixtisoslashtirilgan avtobazasi” blokida:
“tez yordam stansiyasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“shahar ixtisoslashtirilgan avtobazasi” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” DK” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 81 | 14,788 |
Qonunchilik | Maishiy chiqindilar qanday tashiladi | Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3195, 8.11.2019 y).
Hujjat 2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi doirasida va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 95-son “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
Ma’lumot uchun:
Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish rejali (jadvalga asosan) yoki rejadan tashqari (iste’molchi buyurtmasiga asosan, alohida toʻlov evaziga) boʻlishi mumkin. Rejadan tashqari tartibda suyuq va yirik gabaritli maishiy chiqindilar, chorvachilik, qurilish chiqindilari, tuproq, shuningdek daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraхt va buta shoх-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va smyotni olib chiqib ketish amalga oshiriladi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot qattiq maishiy chiqindilarning uzluksiz olib chiqib ketilishini tashkil etish maqsadida:
Iхtisoslashtirilgan transport yoʻnalish chizmasi va harakat jadvalini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
Qattiq maishiy chiqindilar iхtisoslashtirilgan transport vositalarida tashiladi, yirik gabaritli maishiy va qurilish chiqindilari, shuningdek daraхt va butalarni kesish hamda agroteхnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar bundan mustasno. Iхtisoslashtirilgan transportga boʻshatish teхnik meхanizmlar (manipulyatorlar) yoki zarurat boʻlganda ekipaj a’zolari tomonidan qoʻl kuchi bilan amalga oshiriladi. Konteynerlar toʻliq, qoldiqsiz tozalangandan keyin sanitariya talablariga muvofiq dezinfeksiya qilinishi kerak.
Iхtisoslashtirilgan transport vositalarining har bir qatnovi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ip oʻtkazib tikilgan jurnalda yoki elektron shaklda qayd etib boriladi.
Suyuq maishiy chiqindilarni boʻshatish va tashish shu maqsadlar uchun moʻljallangan iхtisoslashtirilgan transport vositasida (assenizatsiya transport vositasida) amalga oshiriladi. Bunda teхnika хavfsizligi qoidalariga alohida e’tibor berilishi lozim: transport vositasi va ekipaj a’zosining chiqindi yigʻiladigan oʻraga хavfsiz yaqinlashish masofasi, himoya vositalaridan (respiratorlardan) foydalanish, qoʻl tormozi va tormoz moslamalaridan foydalanish, shlanglar, nasoslar, boshqa teхnika va tutash hududni tozalash. Suyuq maishiy chiqindilarni bu maqsadlar uchun moʻljallanmagan va nosoz transportda tashish taqiqlanadi.
Maхsus ajratilgan maydonchalarda toʻplangan yirik gabaritli maishiy chiqindilar ularning toʻplanish me’yorlariga muvofiq, biroq har oyda kamida 2 marta olib chiqib ketilishi zarur.
Poligon hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan iхtisoslashtirilgan transport kirish/chiqish punktida maхsus nazorat-dezinfeksiya hududidan oʻtadi, ogʻirligi tarozida yuk bilan va yuksiz tortiladi. Ma’lumotlar yoʻl varaqalari hamda ip oʻtkazib tikilgan jurnalda yoki elektron shaklda qayd etib boriladi. Ekipaj yuklovchilarining poligon hududiga kirishlari taqiqlanadi, ular transport vositasining qaytishini poligonning maishiy хonalarida kutishadi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot maishiy chiqindilarni tashishda atrof muhitning chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olish choralarini koʻrishi zarur. Maishiy chiqindilarni aholi yashash punktlari yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish ob’yektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.11.2019 yildan kuchsga kirdi.
Anvar Irkaхodjayev. | 36 | 3,928 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) rahbar va boshqaruv xodimlarining (ilmiy yo‘nalishdagi bo‘limlar va Axborot-multimedia bo‘limidan tashqari) bazaviy lavozim maoshi miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyundagi 366-son qaroriga 30-ilovada keltirilgan tegishli lavozimlar uchun belgilangan miqdorlarga muvofiq belgilanadi;
“restavrator”, “ishlov beruvchi” lavozimlari hamda texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga (Axborot-multimedia bo‘limidan tashqari) esa yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga ko‘ra tarif koeffitsiyentlari 1,5 baravar oshirilgan holda qo‘llaniladi.
3. Markaz bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xorijdagi markazlar tajribasini chuqur o‘rganish asosida Markazning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bilan birgalikda Markazga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Markazni saqlab turishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
Markazga 2 ta avtotransport vositasiga, shu jumladan 1 ta yengil xizmat va 1 ta navbatchi avtotransport vositasiga limit ajratsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazining direktori Sh.Sh. Minovarov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.O. Yusupov va Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
2. Markaz o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
4. Markaz o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik, kollegiallik hamda jamoat fikrini hisobga olish prinsiplari asosida yuritadi.
5. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida talab qilib olinadigan chet el valyutasidagi depozit hisob raqamlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
6. Markazning to‘liq nomi:
davlat (o‘zbek) tilida — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;
rus tilida — Sentr islamskoy sivilizatsii v Uzbekistane pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
ingliz tilida — Center of Islamic Civilization in Uzbekistan under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
arab tilida — لدي مجلس الوزراء لجمهورية أوزبكستان مركز الحضارة الإسلامية في أوزبكستان .
7. Markazda ish yuritish davlat tilida olib boriladi. Markaz rus, ingliz va arab tillarida ham ish yuritishi mumkin.
8. Markazning joylashgan eri (pochta manzili): Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy, 100002.
9. Markaz faoliyatining asosiy maqsadi e’tiqodi islom dini bilan bog‘liq boy va noyob merosni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, ular bilan xalqimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdan iborat.
10. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
Markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarini bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar hisobidan shakllantirish;
Markaz tarkibidagi muzey ekspozitsiyasining mavzu yo‘nalishlarini chuqur o‘ylangan, ilmiy asoslangan aniq reja bo‘yicha shakllantirish va uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyish etish;
islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimiz - Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-ma’naviy jasorati, ulug‘ insoniy fazilatlarini keng targ‘ib qilish;
jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish;
islom dini odamlarni, barcha millat va xalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, o‘zaro do‘stlik va insoniylikka da’vat etishini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, jahon ahlini bir maqsad yo‘lida — jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yo‘lida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekistonning qadimiy tarixi va madaniyati, davlatchilik an’analari, xalqimizning turmush tarzi va dunyoqarashi islom sivilizatsiyasi bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanib, rivojlanganini Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Kesh, Nasaf, Termiz, Andijon, Marg‘ilon, Karmana, Qo‘qon singari qadimiy shaharlarimiz, ulug‘ allomalar va aziz-avliyolar xotirasiga bag‘ishlab yurtimizda bunyod etilgan yodgorlik majmualari, muqaddas qadamjolar maketlari, ulug‘ siymolar, noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar, moddiy va nomoddiy meros, xususan, “Shashmaqom” namunalari kabi noyob eksponatlar orqali aks ettirish, shu yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalari asosida qomuslar, katalog va albomlar, ilmiy-ommabop to‘plamlar, teleko‘rsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlash;
Markazda, mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb etgan holda, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish va ularning natijalaridan yurtimiz hamda jahon jamoatchiligini xabardor qilib borish;
Yevropa Renessansining shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan Musulmon Renessansi davrida ilm-fan, madaniyat va san’at, me’morlik rivoji to‘g‘risidagi keng qamrovli ma’lumotlar pavilonlarini tashkil etish orqali Markazda namoyish etiladigan ekspozitsiyalarni mazkur davrlarga oid eksponat va ko‘rgazmali manbalar bilan boyitish;
jahon tarixida “Amir Temur va temuriylar renessansi” degan nom bilan alohida o‘rin egallaydigan davrda yaratilgan ilm-fan, madaniyat va me’morlik durdonalarini islom madaniyatining nafaqat yurtimizdagi, balki butun musulmon olamidagi taraqqiyot va yuksalish davri sifatida ko‘rsatish;
bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etayotgan dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining jahondagi nufuzi xalqaro ilmiy muassasa va tuzilmalar, jumladan, YUNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
11. Markaz o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni olish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda va o‘z vakolatlari doirasida xorijiy tashkilotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar va boshqa hujjatlarni imzolash;
jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tadqiq etish yo‘nalishidagi tajribasini o‘rganish hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berish, ilmiy-tadqiqot ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish asosida seminar-treninglar o‘tkazish;
islom dini va madaniyatiga hissa qo‘shgan yurtimiz mutafakkirlarining faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy va ekspert ishlarini amalga oshirish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan chet ellardan yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etish;
Markazning budjetdan tashqari mablag‘larini Markaz tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishga yo‘naltirish;
ijtimoiy tashabbuslar bilan chiqish va ushbu masalada tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish va belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan matbaa va noshirlik faoliyatini amalga oshirish hamda multimediya mahsulotlarini chiqarish;
faoliyatiga aloqador bo‘lgan konferensiyalar, simpoziumlar, seminar-treninglar, ko‘chma majlislar tashkil qilish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida o‘z faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradigan ilmiy kengash tuzish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Markaz quyidagilarga majbur:
o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali bajarilishini ta’minlash;
o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish.
Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
13. Markazga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
14. Direktor o‘z vakolatlari doirasida:
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Markaz nomidan buyruqlar chiqaradi, ishonchnomalar beradi;
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning to‘liqligi uchun shaxsan javob beradi;
tarkibiy bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, bo‘limlar xodimlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, yuklangan topshiriqlar bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarligi darajasini belgilaydi;
belgilangan tartibda Markaz xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vasiylik kengashi majlisi muhokamasiga kiritadi.
Markaz direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
15. Direktor o‘rinbosarlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Direktorning o‘rinbosarlari direktor tomonidan berilgan topshiriqlar, shuningdek, Markazning kutubxona va muzeyi, ilmiy tadqiqot ishlari va xalqaro aloqalariga, Markazning o‘zlariga biriktirilgan asosiy tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi.
16. Vasiylik kengashining majlisi Markazning rahbar organi hisoblanadi.
17. Vasiylik kengashining majlisi o‘z vakolatlari doirasida:
Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi;
Markazning faoliyati yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshiradi va yillik rejalarini tasdiqlaydi;
Markazning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Markaz faoliyati yuzasidan Markaz direktorining hisobotini eshitadi va muhokama qiladi;
Markaz tomonidan ishlab chiqariladigan nashr-matbaa mahsulotlari va ko‘rsatilgan xizmatlarga narxlar va tariflarni belgilaydi;
qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Majlis bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Markaz Vasiylik kengashi majlisining chaqirilishi hamda uning kun tartibi haqidagi ma’lumot majlis chaqiriladigan sanadan bir oy oldin e’lon qilinadi.
Vasiylik kengashining majlisi kengash a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Majlis qarori ishtirokchilarning yarmidan ko‘proq ovozini olish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Vasiylik kengashining qarorlari uning a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va kengash majlislari bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
18. Markaz tarkibida islom dini va madaniyatiga oid muzey faoliyat yuritadi.
19. Muzey to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
20. Muzey ashyolari va kolleksiyalari davlat mulki hisoblanadi va tezkor boshqarish huquqi bilan Markazga biriktiriladi.
21. Muzey ashyolari va kolleksiyalari O‘zbekiston Respublikasi milliy muzey fondining tarkibiy qismi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi milliy muzey fondining Davlat katalogi ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
22. Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash, butlash, hisobga olish, ommaviy namoyish qilish va ulardan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
23. Muzey kolleksiyasi Markaz direktori tomonidan muzey kolleksiyasiga kirgan muzey ashyolari ro‘yxati tasdiqlanganidan keyin shakllantirilgan deb hisoblanadi.
Markazning muzey ashyolari va kolleksiyalarini to‘ldirish, hisobga olish va ulardan foydalanish, shuningdek ular bilan bog‘liq materiallarni e’lon qilish Markaz direktorining yozma ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.
24. Muzey ashyolari va kolleksiyalarining alohida rejimda saqlanadigan ashyolari (keng jamoatchilik uchun e’lon qilishga mo‘ljallanmagan axborot mavjud bo‘lgan arxiv hujjatlari) hisoblangan tarkibiy qismlari maxsus hisobga olish hujjatlarida alohida hisobga olinadi.
25. Markazda kutubxona fondini saqlash, butlash, hisobga olish va undan foydalanishni ta’minlaydigan kutubxona faoliyat ko‘rsatadi.
Markazning kutubxonasi to‘g‘risidagi nizom Markaz tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
26. Markaz o‘zining ko‘chmas va ko‘char mulklari, pul mablag‘lari, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlari va boshqa mol-mulkiga ega bo‘lishi mumkin.
27. Markaz faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlardan tushgan ixtiyoriy badallar;
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan tushgan homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari doirasida Markazning o‘z faoliyatidan olinadigan daromadlar, shu jumladan mablag‘larni tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan grantlar olish tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
28. Markazning o‘z faoliyatidan (noshirlik faoliyati, o‘quv-maslahat kurslari, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyat turlaridan) oladigan daromadlari, uning faoliyati va rivojlanishiga yo‘naltirilishini hisobga olib, foyda solig‘idan ozod qilinadi.
29. Markazning mablag‘larini shakllantirish va sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
30. Markaz belgilangan tartibda o‘z faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
31. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 138 | 17,969 |
Qonunchilik | Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 15-sentabrdagi 24/6-son qarori (ro‘yxat raqami 1727, 2007-yil 12-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 41-42-son, 425-modda) bilan tasdiqlangan Aholining keng qatlami, shu jumladan yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risida nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi “Bunda” degan so‘zdan keyin “, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 5-bandning ikkinchi xatboshisi “kredit tarixini hisobga olib” degan so‘zlardan keyin “(qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 7-banddagi “12 oydan” degan so‘zlar “18 oydan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 10-bandda:
“g” kichik banddan “, obyektning ro‘yxat kartochkasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“i” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“i) pudrat qurilish tashkilotining kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash uchun uning oxirgi hisobot sanasiga bo‘lgan moliyaviy hisobotlari (1, 2, 4 va 5-sonli shakllar);”.
5. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “20 bank” degan so‘zlar “3 bank” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bankning kredit qo‘mitasi tomonidan kredit berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank tomonidan qaror qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan muddatda qarz oluvchiga, kredit berishning rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan yozma xulosa jo‘natiladi.”.
6. 14-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pudrat qurilish tashkiloti tomonidan qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarning kelajakda sotilishidan tushadigan mablag‘lar garovi.”.
7. 17-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qurilish materiallarini xarid qilish uchun;
qurilish montaj ishlarini bajarish jadvallariga muvofiq yordamchi pudrat tashkilotlariga bajariladigan va bajarilgan ishlar, avtotransport xizmatlari va mexanizm xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun;
to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlari (yoqilg‘i-moylash materiallari, tabiiy gaz, elektroenergiya, suv va boshqalar) uchun;
kreditlanayotgan qurilish obyektida band bo‘lgan xodimlarga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar uchun.”.
8. 31-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ko‘p kvartirali uy qiymatining 5 foizi miqdoridagi qismi davlat qabul qilish hay’ati dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sanadan shartnomada qayd etilgan pudrat qurilish tashkilotining kafolatli muddati tamom bo‘lgunga qadar, biroq moliyaviy yil tugashidan kechikmay 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvarag‘ida saqlab turiladi va qolgan ortiqcha mablag‘lar belgilangan tartibda bank tomonidan memorial order bilan pudrat qurilish tashkilotining asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.”. | 206 | 3,435 |
Qonunchilik | TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI EKSPERT KENGAShLARI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y. 4-son, 140-modda) muvofiq buyuraman:
1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y. 4-son, 140-modda) muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyatlarini tartibga soladi.
1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari (bundan keyingi o‘rinlarda kengash deb yuritiladi) umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun tashkil etiladi.
2. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardir:
umumiy va maxsus texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish to‘g‘risida takliflar tayyorlash.
3. Kengash o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish;
standartlashtirish bo‘yicha tarmoq va tarmoqlararo texnika qo‘mitalariga belgilangan tartibda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi reja va tadbirlar ishlab chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatish.
4. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
texnik reglamentlar ishlab chiqishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
texnik reglamentlarni ishlab chiqishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda tegishli ma’lumotlar olish;
texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga texnik reglamentlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish.
5. Kengash o‘z faoliyati davomida texnik tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qiladi.
Kengash texnik reglament loyihalarining tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishilishini ta’minlaydi.
6. Kengash tarkibi rais, rais o‘rinbosari va a’zolardan iborat bo‘ladi. Ish yuritishni tashkillashtirish uchun kotib tayinlanadi.
7. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbarining o‘rinbosari — kengash raisi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining rahbari — kengash raisining o‘rinbosari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining mas’ul xodimi – kengash kotibi etib tayinlanadi.
8. Kengash a’zoligiga texnik reglamentlarni joriy etuvchi tashkilotlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan tashkilotlar, standartlashtirish bo‘yicha bazaviy hamda tarmoqqa oid tashkilotlar vakillari tayinlanadi.
9. Kengash a’zolari ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlarning taqdimoti bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlanadi.
10. Kengash a’zolari kengash ishida ishtirok etadi, kengash tomonidan qaror qabul qilishda ovoz beradi, texnik reglamentlarning loyihalari bo‘yicha tegishli takliflarni beradi.
Kengash a’zolari boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida tuziladigan kengash ishida qatnashishi mumkin.
11. Kengash o‘z faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
12. Kengash raisi:
kengash ishini tashkillashtiradi;
kengash majlisi bo‘ladigan sana va joyni belgilaydi;
kengash majlislarida raislik qiladi.
Kengash raisi bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini kengash raisining o‘rinbosari bajaradi.
13. Kengash kotibi o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan majlislar to‘g‘risida kengashning barcha a’zolarini xabardor qiladi.
14. Texnik reglament loyihalari texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlariga muvofiq kengash tomonidan ishlab chiqiladi.
15. Kengash tuziladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi texnik reglamentlar ishlab chiqilishi to‘g‘risidagi xabarlarni belgilangan tartibda nashr qiladi.
16. Kengash texnik reglamentning talablari tatbiq etiladigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhi va turlarini aniqlaydi. Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash usullari belgilanadi.
17. Texnik reglamentning loyihasi kelishilishi lozim bo‘lgan tegishli tashkilotlarning ro‘yxati kengash tomonidan belgilanadi va ularga yuboriladi.
18. Texnik reglament loyihalari 30 kun mobaynida kelishilishi lozim.
19. Texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelishilishi lozim bo‘lgan tegishli tashkilotlarda taklif va e’tirozlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda kengashga xabar berilishi lozim.
20. Kengash tomonidan ishlab chiqilgan texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelib tushgan barcha taqrizlar kotib tomonidan umumlashtiriladi va bu haqda 5 kun mobaynida ma’lumot tayyorlanadi.
21. Kelib tushgan taqrizlar kengash majlisida ko‘rib chiqiladi.
22. Taqrizlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra texnik reglamentning yakuniy loyihasi tayyorlanadi.
23. Texnik reglamentlar loyihalari aniq ifodalanishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishi, ko‘rib chiqilayotgan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi, texnik reglamentdan foydalanuvchilar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo‘yishi, shuningdek, ularning talablarini bajarishning aniq muddatlarini belgilashi lozim.
24. Texnik reglament loyihasiga kengash raisi, uning o‘rinbosari va barcha a’zolari tomonidan rozilik imzosi qo‘yiladi. Rozilik imzosi qo‘yilgan loyiha belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tish uchun tayyor deb hisoblanadi.
25. Texnik reglamentlarning yakuniy loyihasi 3 ish kuni mobaynida belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli davlat organiga yuboriladi.
26. Texnik reglamentlar loyihalarining ekspertizasi faoliyatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi tomonidan texnik reglament loyihasi belgilangan talablarga nomuvofiqligi haqida xulosa qabul qilingan taqdirda, ushbu xulosa kelib tushgan kundan boshlab 15 kun mobaynida texnik reglament loyihasi kengash tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
28. Texnik reglamentning oxiriga yetkazib ishlab chiqilgan loyihasi ushbu Nizomning 25 va 26-bandlariga asosan qayta ekspertizadan o‘tkazish uchun topshiriladi.
29. Texnik reglament loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturida o‘rnatilgan muddatlarda kengash tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
30. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan | 74 | 7,934 |
Qonunchilik | Metrologiya: sinov, attestatsiya, qiyoslash, kalibrlash qanday oʻtkaziladi | Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan, metrologik attestatsiyadan, qiyoslash va kalibrlashdan, shuningdek sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari tasdiqlandi (29.08.2020 yildagi 528-son VMQga qarang).
Ma’lumot uchun:
Shuningdek eslatib oʻtamiz, oktyabrdan «Metrologiya toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri kuchga kiradi, unga muvofiq:
Barcha ishlar akkreditatsiyalangan metrologiya хizmati tomonidan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaхslarning arizasiga asosan bajariladi, arizaga oʻlchash yoki sinov vositasi hamda tegishli hujjatlar ilova qilinadi. Ariza beruvchi va ijro etuvchi oʻrtasida shartnoma tuziladi, shu jumladan elektron shaklda tuzilishi ham mumkin. Ariza beruvchi tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq ishlar uchun haq toʻlaydi.
Taomillar tasdiqlangan sхemalarga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi (sхemalarga quyida keltirilgan havolalardan oʻtib kirish mumkin). Har bir keyingi bosqichga avvalgi bosqichda ijobiy natijalarga erishilgandan keyin oʻtiladi. Quyidagi asosiy jihatlarga e’tibor qaratamiz:
a) oʻlchash vositalarini davlat sinovidan oʻtkazishda taqdim etilgan hujjatlar metrologik ekspertizaga beriladi va ekspert хulosasi rasmiylashtiriladi. Davlat sinovidan oʻtkazish davomiyligi ayrim holatlar istisno qilingan holda 25 kundan oshmasligi lozim.
Bu jarayonda tasdiqlangan oʻlchash vositasi turlarini qiyoslashdan oʻtkazish uslubiyatining sinovdan oʻtkazish va eksperimental namuna olish dasturiga muvofiq eksperimental tadqiqot oʻtkaziladi va natijalar qayta koʻrib chiqiladi.
Natijalar boʻyicha oʻlchash vositasi tasdiqlanadi va reyestrda roʻyхatdan oʻtkaziladi, soʻngra oʻlchash vositasi turining ta’rifi hamda oʻlchash vositasi turini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sertifikat rasmiylashtiriladi. Sertifikatning amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi, ushbu muddat tugagach esa sertifikatning amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mazkur turdagi oʻlchash vositasi qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim, bundan keyin oʻtkaziladigan qiyoslash esa ular reyestrga kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi;
b) metrologik attestatsiya:
v) oʻlchash vositalari birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashdan oʻtkaziladi. Bular tasdiqlangan uslubiyatga muvofiq amalga oshiriladi. Natijalar boʻyicha guvohnoma rasmiylashtiriladi;
g) oʻlchash vositalarini kalibrlash – shartnoma boʻyicha toʻlov toʻlangan kundan boshlab 10 kun mobaynida oʻtkaziladi. Natijalar boʻyicha sertifikat rasmiylashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.08.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 74 | 2,599 |
Qonunchilik | Sugʻurtalovchilarning jami kapitali 2,4 baravar oshadi | Bunday imkoniyat sugʻurta tashkilotlari ustav kapitalining minimal miqdorini 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich oshirish tufayli yuzaga keladi (Prezidentning 2.08.2019 yildagi PQ-4412-son qaroriga qarang).
Eslatib oʻtamiz, sugʻurtalovchining boshlangʻich ustav kapitali muassislar tomonidan litsenziya olish paytiga shakllantirilgan boʻlishi va belgilangan minimal miqdordan kam boʻlmasligi kerak. Ustav kapitali kamida 90% muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablagʻlari bilan shakllantiriladi. Kreditga, garovga olingan mablagʻlar va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanish mumkin emas.
Sugʻurta tashkilotlarining jami ustav kapitali 2019-2022 yillarda 2,4 baravar – hozirgi 0,8 dan 1,2 trln soʻmgacha oshirilishi kerak. Xususan, sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) ustav kapitalining minimal qiymatini bosqichma-bosqich oshirish bunday natijalarga erishishda yordam beradi.
mlrd soʻm
Sugʻurta faoliyatining turlari
Amaldagi qiymat
2020 yil 1 iyuldan
2022 yil 1 iyuldan
Iхtiyoriy sugʻurta:
umumiy sugʻurta
7,5
15
20
hayotni sugʻurta qilish tarmogʻida
10
Majburiy sugʻurta (umumiy sugʻurta yoki hayotni sugʻurta qilish tarmogʻida)
15
25
35
Faqat qayta sugʻurta
30
35
45
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 54 | 1,299 |
Qonunchilik | Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar, shuningdek yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida | “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasini, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasini amalga oshirish maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2009-yil 3-apreldagi 98-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida (keyingi o‘rinlarda — davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimi deb ataladi) radioaktiv moddalar (keyingi o‘rinlarda RM deb ataladi) va radioaktiv chiqindilarni (keyingi o‘rinlarda RCh deb ataladi) davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini yuritishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini respublika darajasida davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan RM va RCh aylanishi subyektlarida RM va RChni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish;
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini idoraviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub RM va RCh aylanishi subyektlarida RM va RChni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish;
RM va RCh aylanishini mintaqaviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish — O‘zbekiston Respublikasining tegishli ma’muriy-hududiy birligi hududida joylashgan RM va RCh aylanishi subyektlarida RM va RChni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub tashkilotlar bundan mustasno;
radioaktiv moddalar — tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatidan ortiq aktivlikdagi radionuklidlar bo‘lgan har qanday agregat holatidagi yadroviy materiallarga tegishli bo‘lmagan moddalar;
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilikda belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar”.
RM va RCh aylanishi subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda RM va RChni qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi bo‘yicha RM va RCh aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — o‘zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo‘lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda, yadroviy materiallar;
ionlashtiruvchi nurlanish — radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil bo‘ladigan hamda muhit bilan o‘zaro ta’sir etish chog‘ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
yopiq radionuklid manbai — qo‘llanilishi va eskirishi davrida, o‘zidan chiqayotgan mo‘ljallangan radionuklidlarning atrof muhitga tarqalishini istisno qiluvchi qurilma, ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
ochiq radionuklid manbai — qo‘llanilishi davrida o‘zidan chiqayotgan radionuklidlarni atrof muhitga tarqatuvchi ionlashtiruvchi nurlanish manbai;
radiatsiyaviy xavfsizlik — fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan himoyalanganligi holati;
sanitariya-himoya zonasi — mazkur manbani normal holatlarda ishlatganda fuqarolarning nurlanish olish darajasi aholi uchun belgilangan asosiy me’yordan ortishi mumkin bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud;
kuzatish zonasi — radiatsiyaviy monitoring o‘tkaziladigan sanitariya-himoya zonasidan tashqaridagi hudud;
yadroviy xavfsizlik — yadroviy materiallardan xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan tadbirlar kompleksi;
radionuklidlar bilan zararlangan hudud — normalar va qoidalarda belgilangan minimal qiymatidan oshadigan va nurlanishga olib keladigan radioaktiv moddalar ma’lum miqdorda bor bo‘lgan atom energiyasi ishlatilgan obyektlar (sanoat, sanitariya-himoya zonasi va kuzatish zonasidagi yer va hovuzlar) hududi;
yillik ta’sir darajasi (ekvivalenti) — bir yil ichida olingan tashqi nurlanish ta’siri (ekvivalent) darajasi yig‘indisi hamda shu yil davomida organizm qabul qilgan shartli radionuklidlarning ichki nurlanishi kutilgan ta’sir (ekvivalent) darajasi. Yillik ta’sir darajasi birligi — zivert (Zv).
jamoaviy ta’sir darajasi — individual ta’sir darajalari yig‘indisiga teng bo‘lgan nurlanishning stoxastik ta’siri vujudga kelishining jamoaviy xavfi chorasi. Jamoaviy ta’sir darajasi birligi — inson-zivert (chel. — Zv).
nuklid — berilgan massa sondagi (yadrodagi proton va neytronlar massasi) va atom raqamli (yadrodagi proton va neytronlar soni) xilma-xil atomlar.
3. Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi va nazorat qilinishi kerak:
ular bilan ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi)ning litsenziyasi (ruxsatnoma) kerak bo‘ladigan, minimal qiymatli solishtirma aktivligi (MQSA), xonada yoki ish joyidagi aktivligi (MAA) va alohida nuklidlar radiatsiyaviy xavflilik guruhi ushbu Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan qiymatdan oshmaydigan RM. Yangi tayyorlangan RM omborga kelib tushgan vaqtida davlat tomonidan hisobga olinadi;
ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan tasniflash bo‘yicha qattiq va suyuq RCh, ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan tasniflash bo‘yicha gaz holatidagi RCh.
Yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiyalardagi radionuklid manbalar, radiatsiyaviy nazorat asboblarida ishlatiladigan etalonli manbalar, radiofarmatsevt preparatlar, immunologik analiz uchun to‘plamlar, tibbiyot uchun belgilangan radioizotop generatorlar, radionuklidlar bilan belgilangan birikmalar, shuningdek asosida yemirilish davri 60 (oltmish) sutkagacha bo‘lgan eritmalar va radioizotop preparatlar, yod-125 ni qo‘shgan holda, faqat ularni ishlatadigan RM va RCh aylanishi subyektlarida hisobga olinadi.
4. RM va RCh aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va yetkazish, uni ruxsat berilmagan foydalanishdan himoya qilish, qonunchilik talablariga muvofiq boshqa axborot tizimlari bilan elektron ko‘rinishda ma’lumot almashishni ta’minlaydigan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
5. RM va RChni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish RM va RCh aylanishi subyektlarida dastlabki hisobga olish natijalari va RCh ning barcha aylanishi hamda ularning bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi ma’lumotlariga asoslanadi.
RM va RChni dastlabki hisobga olish ular turgan, saqlanadigan va ko‘miladigan punktlar (joylar) bo‘yicha hamda radionuklid tarkibi, aktivligi, ularning hajmi va soniga qarab olib boriladi.
Dastlabki hisobga olishni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan qo‘llanmaga asosan belgilanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga:
RM va RCh aylanishi subyektlari tomonidan RM va RCh olinishi va berilishi vaqtidagi hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risida 10 kun ichida axborot;
RM va RCh aylanishi subyektlari tomonidan RM va RChni hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risida joriy yilning 1-fevraligacha yillik yangilanadigan axborot;
tayyorlovchi tashkilotlar, RM radionuklid manbalar, tarkibida radionuklid manbai bo‘lgan asboblar (apparatlar, qurilmalar) bilan ta’minlovchi tashkilotlar hamda ularni qayta ishlovchi, saqlovchi va ko‘mib yuboruvchi tashkilotlar tomonidan har chorakda bir marta RM berilishi (olinishi) to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
7. Hisobga olish va nazorat qilish shakllari Atom energiyasi xalqaro agentligi tavsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
8. RM va RChning fizik mavjudligini aniqlash uchun RM va RCh aylanishi subyektlari:
RM va ular joylashgan joyni — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan INMni inventarizatsiyadan o‘tkazish yo‘riqnomasiga asosan har yili;
RCh va ular saqlanadigan va ko‘miladigan punktlarni hamda RM va RCh aylanishi subyektlari kuzatuv chegarasida joylashgan radionuklidlar bilan zararlangan hududlarni O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan INMni inventarizatsiyani o‘tkazish yo‘riqnomasiga asosan besh yilda bir marta inventarizatsiyadan o‘tkazadilar.
9. RM va RCh aylanishi subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan, u tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, RM va RCh bilan ishlash butunlay to‘xtatilgan, o‘g‘irlik, RM va RCh turgan yoki saqlanadigan punktlarga (joylarga) ruxsat berilmagan ta’sir o‘tkazish aniqlangan taqdirda, favqulodda holatlar oqibatlari bartaraf qilingandan keyin RM va RCh navbatdan tashqari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.
10. RM va RCh aylanishi subyektlarida RM va RChni yo‘qotishlar, shuningdek topilgan yoki hisobga olinmagan RM aniqlanganda tashkilot tezda o‘zidan yuqori turuvchi tashkilotga (mavjud bo‘lsa), O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga ma’lum qiladi. Hisobga olinmagan va topilgan RM va RCh davlat hisobiga olinadi.
11. RM va RCh aylanishi subyektlari rahbarlari ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga o‘z vaqtida, ishonchli va to‘liq taqdim etilishi hamda qonunchilikka muvofiq maxfiylik rejimi ta’minlanishi uchun javob beradilar.
12. Respublika, idora va mintaqa darajalarida RM va RCh aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi xodimlarni o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bazasida o‘tkaziladi.
13. RV va RCh aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha rahbar xodimlarni va mutaxassislarni o‘qitish dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bazasida davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha doimiy ishlaydigan maslahat punkti tashkil qilinadi.
15. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
A — 1 x 103 Bk;
B — 1 x 104 i 1 x 105 Bk;
V — 1 x 106 i 1 x 107 Bk;
G — 1 x 108 i 1 x 109 Bk, hamda Kr-83m, Kr-85m va Xe-135m.
1. Ushbu Nizom yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
yadroviy materiallar aylanishi subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishi bo‘yicha yadroviy materiallar aylanishi sohasidagi faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar;
yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishdagi anomaliyalar — yadroviy materiallarning yetishmasligi (ortiqchaligi), hisobga olish va hisobot hujjatlaridagi xatolar, yadroviy materiallarni nazorat qilish vositalarining buzilishi, ishlamasligi, yadroviy materiallarni ishlatish va berish tartibining buzilishi;
atributlar — ko‘rib yoki ish vositalari bilan tekshirishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan predmetning tavsifi (masalan, predmetning identifikatori, predmetning joylashishi, predmetdagi aralashishni indikatsiya qilish vositasining ahvoli, predmetning geometrik o‘lchamlari, netto va brutto og‘irligi va hokazolar);
atributiv belgilar — predmetning u yoki bu atributlarining borligi yoki yo‘qligini bir xil ma’noda tasdiqlovchi belgilar;
yadroviy materiallar balansi — balanslararo davrda balans material zonasida hujjatlarda belgilangan va mavjud yadroviy materiallar miqdorining qiyosiy yakuni;
yadroviy materiallar turlari — izotop tarkibi ma’lum bir chegaradagi yadroviy materiallar. Yadroviy materiallarning turlari respublika miqyosida yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tartibga soluvchi hujjatlari asosida belgilanadi;
yuqori boyitilgan uran (YuBU) — uran 235 izotopi bo‘yicha boyitilishi 20% dan kam bo‘lmagan uran;
past darajada boyitilgan uran — uran 235 izotopi bo‘yicha boyitilishi 20% dan kam bo‘lgan uran;
materiallar balansi zonasi (MBZ) — yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish uchun yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punkti doirasida hududiy va ma’muriy belgilangan zona. Zonada o‘lchashlar asosida yadroviy materiallarning zona ichida yoki uning tashqarisida har bir joyi o‘zgartirilishida miqdori belgilanadi va belgilangan vaqt davridagi yadroviy materiallar balansi chiqariladi;
inventarizatsiya farqi — yadroviy materiallarning amalda mavjud va hujjatlarda belgilangan miqdori o‘rtasidagi farq;
fizik inventarizatsiya — MBZdagi mavjud yadroviy materiallarning haqiqiy miqdorini aniqlash;
yadroviy materiallarning kategoriyalari — yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish nuqtai nazaridan yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifi;
asosiy o‘lchash nuqtasi — yadroviy materiallarning oqimi va mavjud miqdori o‘lchanishi mumkin bo‘lgan joy;
yadroviy materiallarni nazorat qilish — yadroviy materiallarning mavjud miqdori va olib o‘tilishini ma’muriy nazorat qilish. Bu yadroviy materiallar, uskunalar va ma’lumotlardan foydalanishni nazorat qilishni, yadroviy materiallarni kuzatishni, yadroviy materiallarning ruxsat berilgan joylashishi va joyi o‘zgartirilishini tekshirishni o‘z ichiga oladi;
yadroviy materiallarni nazorat tekshiruvidan o‘tkazish — yadroviy materiallar mavjudligini atributiv belgilar bo‘yicha hisobga olish birliklari shaklida tekshirish;
material-balansli hisobot — balanslararo davrda yadroviy materiallarning mavjud miqdori va balansi to‘g‘risidagi belgilangan shaklda tuzilgan hisobot;
balanslararo davr — ketma-ket ikki fizik inventarizatsiya o‘rtasidagi davr;
yadroviy materiallar (YaM) — tarkibida yadro moddalari mavjud bo‘lgan yoki bo‘linadigan (parchalanadigan) yadro moddalari ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, shuningdek tarkibida yadro materiallari bo‘lmagan yoki yadro materiallari ishlab chiqarishga qodir bo‘lmagan, biroq yadro ichidagi energiyasi portlab ajralib chiqilishiga (yadro portlashi) mo‘ljallangan qurilmalarda foydalanilishi mumkin bo‘lgan materiallar.
3. Barcha yadroviy materiallar (uran, plutoniy, toriy) ularning miqdoridan, jismoniy holatidan qat’i nazar davlat tomonidan hisobga olinadi va nazorat qilinadi, qazib olishda yoki qayta ishlashda rudaning tarkibida bo‘lgan yadroviy materiallar bundan mustasno.
4. Yadroviy materiallar davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishning tartib-qoidalarini, metodlarini aniqlashga tabaqalashtirilgan yondashishni ta’minlash maqsadida kategoriyalar bo‘yicha tasniflanadi.
5. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlari MBZni yadroviy qurilma yoki yadroviy materiallarni saqlash punkti chegarasida belgilaydilar.
6. Har bir MBZda yadroviy materiallarning asosiy o‘lchash nuqtasi aniqlanadi.
7. Yadroviy materiallarga nisbatan oldingi miqdoriy tavsiflarni o‘lchash va yadroviy materiallar atributiv belgilari ishonchliligini tasdiqlaydigan foydalanishni nazorat qilish vositalari qo‘llaniladi.
8. Yadroviy materiallarni hisobga olish ularning miqdoriy tavsifini o‘lchash natijalariga asoslanadi.
Quyidagilarga:
agar yadroviy materiallar miqdoriy tavsifining oldingi o‘lchanishi natijalari ishonchliligi qo‘llanilgan foydalanishni nazorat qilish vositalarining zarur holati, tegishli tasdiqlovchi o‘lchashlar bilan tasdiqlansa, ushbu natijalardan foydalanishga;
oldindan o‘lchash, eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan hisob-kitob usuli (metodikalar)ni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
9. Yadro reaktorida joylashgan mahsulotlardagi yadroviy materiallar massasi hisobga olish maqsadida reaktorga joylanishidan to reaktordan nurlangan mahsulotlar chiqarib tashlanishiga qadar o‘zgarmaydi deb qabul qilinadi.
10. Yadroviy materiallarning amaldagi mavjud miqdorini aniqlash maqsadida MBZda fizik inventarizatsiya o‘tkaziladi. Yadroviy materiallarning fizik inventarizatsiyasi jarayonida hisobga olish ma’lumotlari, atributiv belgilar, yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifini o‘lchash tekshiriladi. Fizik inventarizatsiya tugallangandan keyin yadroviy materiallar balansi chiqariladi, inventarizatsiya farqi va har bir yadroviy material uchun MBZda uning nuqsoni aniqlanadi.
Aniq bir yadroviy materialning MBZdagi inventarizatsiya farqi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
FM — yadroviy materiallarning MBZdagi amaldagi mavjud miqdori, bu ushbu fizik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi;
HM — inventarizatsiyani o‘tkazish boshida MZBdagi hujjatlar bilan ro‘yxatga olingan yadroviy materiallar miqdori;
Ko‘M — muayyan balanslararo davrda barcha tushumlar, ishlatishlar va hokazolar natijasida MBZdagi yadroviy materiallar miqdorining aniqlangan va hujjatlarda qayd etilgan ko‘payishi;
KaM — muayyan balanslararo davrda MBZdan barcha jo‘natilishlar, yadroviy aylanish, nobudgarchilik va hokazolar natijasida MBZdagi yadroviy materiallar miqdorining aniqlangan va hujjatlarda qayd etilgan kamayishi;
NM — ushbu balanslararo davr boshida MBZdagi yadroviy materiallarning aniqlangan va hujjatlarda ro‘yxatga olingan mavjud miqdori.
11. Yadroviy materiallarning amaldagi mavjud miqdorini aniqlash natijalari asosida, shuningdek inventarizatsiya farqining olingan miqdorini uning yo‘l qo‘yiladigan miqdori bilan taqqoslash yo‘li bilan har bir MBZ uchun yadroviy materiallarning kamomadi (ortiqchaligi) yoki yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalar yo‘qligi to‘g‘risida xulosalar chiqariladi.
12. Yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishning barcha darajalari uchun hisobotning yagona tizimi belgilanadi.
13. Hisobga olish ma’lumotlarini tuzatishga faqat xato yozuvni saqlab qolgan holda hisobga olish hujjatlariga yangi yozuvlarni kiritish yo‘li bilan yo‘l qo‘yiladi.
14. Hisobot ma’lumotlarini tuzatishga faqat yangi hisobot hujjatlarini taqdim etish yo‘li bilan yo‘l qo‘yiladi.
15. Respublika darajasida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, yadroviy materiallar aylanishi subyektlari yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida, shu jumladan MBZda ma’lumotlarning himoya qilinishi va saqlanishini ta’minlaydi.
19. Yadroviy materiallar ishlab chiqarilgandan keyin yoki shu yadroviy materiallar aylanishi subyektining boshqa MBZdan, yoki yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyektining MBZdan kelib tushganda MBZda hisobga qo‘yilishi kerak.
20. Yadroviy materiallar yadroviy materiallar aylanishi ayni bir subyektining boshqa MBZga, yoki yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyektining MBZga jo‘natilgandan keyin MBZda hisobdan chiqariladi.
21. Yadroviy materiallarni yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va radioaktiv chiqindilar milliy reyestriga kiritish (keyingi o‘rinlarda — milliy reyestr deb yuritiladi) va milliy reyestrdan chiqarish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining ruxsati bilan yadroviy materiallar aylanishi subyekti taqdim etgan hisobot hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
25. Yadroviy materiallarning MBZdagi kategoriyalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
26. Agar ushbu MBZda tarkibida yadroviy materiallar bo‘lgan har xil mahsulotlar bo‘lsa, yadroviy materialning kategoriyasini aniqlashda barcha mahsulotlar tarkibida mavjud bo‘lgan yadroviy materiallarning birgalikdagi massasidan va ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan kamroq raqamli kategoriyaga tushadigan mahsulotlar yadroviy materiallar massasi miqdoriy chegaralaridan kelib chiqiladi.
27. MBZ soni va chegarasi yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan har bir MBZda va yadroviy materiallarning MBZlar o‘rtasida joyi o‘zgartirilishida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
28. MBZ quyidagi talablar hisobga olingan holda tashkil qilinadi:
MBZga kelib tushadigan yoki MBZ dan jo‘natiladigan yadroviy material massasi yadroviy materiallarning o‘lchangan tavsiflari (hisob-kitob metodikalari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno) hisobga olish birliklarini, ichida yadroviy material bo‘lgan idishlarni to‘liq qayta hisoblab chiqish va identifikatsiyalash asosida, ilova qilingan hujjatlar ma’lumotlari, yadroviy materiallarning pasportiga oid ma’lumotlar bo‘yicha belgilanadi;
zavod laboratoriyalari, to‘xtash zonalari va omborlar, shuningdek axborotning maxsus himoya qilinishini talab qiladigan yadroviy materiallar uchastkalari singari yadroviy materiallar aylanishi subyektining tarkibiy bo‘linmalari alohida MBZga ajratiladi.
29. MBZda o‘lchashning asosiy nuqtalari belgilanadi. Ularda attestatsiyadan o‘tkazilgan qo‘llanish metodikalari va vositalar yordamida yadroviy materiallarning miqdori, massasi, izotop tarkibi, boshqa miqdoriy tavsiflari o‘lchanadi yoki ularning atributiv belgilari tekshiriladi.
MBZda o‘lchashning asosiy nuqtasini tanlash MBZdagi yadroviy materiallar oqimi va amalda mavjud miqdorini o‘lchashni ta’minlaydigan tarzda amalga oshiriladi.
30. Har bir MBZ uchun asosiy o‘lchash nuqtalari, o‘lchashlarni bajarish metodikalari, texnik vositalar, namuna uchun tanlab olish tartib-qoidalari ro‘yxatini, o‘lchashning aniqligini talab qiladigan o‘lchashlarni davriy o‘tkazish ma’lumotlarini, o‘lchash natijalarini taqdim etish muddatlari va shakllarini o‘z ichiga oladigan o‘lchash dasturi ishlab chiqiladi. Dastur yadroviy materiallar aylanishi subyektlari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va besh yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
31. O‘lchashlarni bajarish metodikasi amaldagi o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlarni talablariga muvofiq tuziladigan alohida normativ hujjatlar shaklida rasmiylashtiriladi.
32. O‘lchashlarni bajarish metodikasi amaldagi o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq metrologik attestatsiyadan o‘tishi kerak. Yadroviy materiallarni o‘lchash tizimida o‘lchashlarni bajarish metodikasining aniqligi ko‘rsatgichlari tavsiya etilgan xalqaro maqsadli qiymatlarga eng ko‘p darajada yaqinlashtirilgan bo‘lishi kerak.
33. O‘lchash vositalarini rostlash namunalari va o‘lchash natijalari to‘g‘riligini tekshirish amaldagi o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq metrologik attestatsiyadan o‘tishi va nomi, tipi va attestatsiyadan o‘tkaziladigan miqdor va uning nuqsonlari ko‘rsatilgan holda attestatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishi kerak.
34. Yadroviy materiallarni o‘lchash tizimida foydalaniladigan o‘lchash vositalari ro‘yxatida vositaning nomi, uning tipi, markasi, zavod tartib raqami bo‘lishi kerak.
35. O‘lchash vositalari amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq tekshirilishi kerak.
36. Yadroviy materiallar aylanishining har bir subyektida yadroviy materiallarni o‘lchash tizimi doirasida o‘lchashlar sifatini nazorat qilish dasturi ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
37. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlari tomonidan yadroviy materiallarni olish va berishga yadroviy materiallar aylanishi bilan bog‘liq yadroviy materiallar aylanishi subyektining obyektlari sanitariya-gigiyena holati to‘g‘risida sanitariya-epidemiologiya xizmati tegishli hududiy organining xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda belgilangan tartibda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan ruxsat beriladi.
38. Yadroviy materiallarni berish:
yadroviy materiallar aylanishi subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan dastlabki bildirishnomalarni;
kirim-chiqim va ilova qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.
39. Ilova qilinadigan hujjatlarda yadroviy materiallar joylashtirilgan konteynerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (muhrlar (tamg‘alar)ning tiplari va indentifikatorlari, konteynerlarning brutto-massasi va boshqa zarur ma’lumotlar). Joyi o‘zgartirilayotgan yadroviy materiallarning tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (pasportga oid ma’lumotlar) maxsus pochta bilan yoki yuk bilan birga jo‘natiladigan hujjatlarda keltiriladi.
40. Yadroviy materiallarni berishda quyidagi tartib-qoidalar bajariladi:
tashqi ko‘zdan kechirish va hisobga olinadigan birliklar (konteynerlar) sonini tekshirish, transport vositasiga va (yoki) yadroviy materiallar bor bo‘lgan konteynerga nisbatan qo‘llaniladigan aralashishni indikatsiya qilish qurilmasi tekshiriladi (konteynerlar, muhrlar (tamg‘alar)ni tekshirishni, konteynerlarning identifikatorlari, muhrlar (tamg‘alar) va joylashtirish joylari ilova qilinadigan hujjatlarning muvofiqligini tekshirishni o‘z ichiga oladi);
yadroviy materiallar bor bo‘lgan konteynerlarning brutto-massasi, ularning parametrlari o‘lchanishini tasdiqlaydigan tartib-qoidalar bajariladi.
41. Tasdiqlovchi o‘lchashlar turi va hajmi ushbu o‘lchashlarni bajaradigan yadroviy materiallar aylanishi subyektining hujjatlari bilan quyidagilardan kelib chiqib belgilanadi:
berish turi (yadroviy materiallar aylanishi bir subyektining MBZ o‘rtasida, yadroviy materiallar aylanishi subyektlari o‘rtasida, eksport-import);
yadroviy materiallar turlari;
yadroviy materiallar miqdori;
mahsulotlar turlari;
idishlar va aralashishni indikatsiya qilish vositalari turlari;
o‘lchashlarning nuqsonlari.
42. Kirish (chiqish) nazorati jarayonida o‘lchashlar natijasida olingan ma’lumotlar hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bunda o‘lchashlar vositalari va metodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘lchashlar natijalari, o‘lchashlarning nuqsonlari, o‘lchash bajarilgan asosiy o‘lchash nuqtalari, aralashishni indikatsiya qilish qurilmalari tiplari va identifikatorlari, o‘lchashlar o‘tkazilgan sana va o‘lchashni bajargan shaxslarning familiyasi keltirilishi kerak.
43. Yadroviy materiallarni olishda yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan uch ish kuni mobaynida yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan idishlarning atributiv belgilari tekshiriladi va tasdiqlovchi o‘lchashlar bajariladi. Mulohazalar mavjud bo‘lmagan taqdirda yadroviy materiallarni dastlabki qabul qilish va hisobga qo‘yish amalga oshiriladi.
Yadroviy materiallarni uzil-kesil qabul qilish va hisobga qo‘yish, agar xalqaro yoki hukumatlararo bitimda yoki shartnomada o‘zgacha hol qayd etilmagan bo‘lsa, yadroviy materiallar va ularga pasportlar (formulyatorlar, sertifikatlar) olingandan keyin 10 sutkadan kechikmay amalga oshiriladi.
44. Yadroviy materiallarni jo‘natishda yadroviy materiallar aylanishi subyekti yadroviy materiallarni bir ish kuni mobaynida hisobdan chiqaradi va ularning pasportlari (formulyarlari, sertifikatlari)ni, agar xalqaro va hukumatlararo bitim yoki shartnomalarda o‘zgacha hol qayd etilmagan bo‘lsa, uch ish kuni mobaynida yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyektiga jo‘natadi.
45. Olingan yadroviy materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uni olgan yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan hisobga olish hujjatlariga kiritiladi. Jo‘natilgan yadroviy materiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularni jo‘natgan yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobga olish hujjatlariga kiritiladi.
46. Yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi subyekti va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti ma’lumotlari o‘rtasida 0,99 ishonchli ehtimolidan kelib chiqib, statistik ahamiyatli farqlar aniqlangan taqdirda, farqning sabablarini aniqlash choralari ko‘riladi.
47. Agar yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi subyekti va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti ma’lumotlarining statistik ahamiyatli farqlari mavjudligi tasdiqlansa, u holda yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti maxsus hisobot tuzishi va uni “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga yuborishi shart.
48. Fizik inventarizatsiya:
MBZda yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini aniqlash;
hisobga olish birliklari haqiqiy parametrlarining tegishli hisobga olish ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash;
yadroviy materiallar balansini chiqarish, inventarizatsiya farqi va uning nuqsonlarini aniqlash;
yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishdagi kamchiliklar va qoida buzilishlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
49. Fizik inventarizatsiya tartib-qoidasi yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida amal qiladigan metodikalar va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
50. Fizik inventarizatsiya tartib-qoidasi:
MBZda fizik inventarizatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga;
yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxatini hamda yadroviy materiallarning amalda mavjud ro‘yxatini tuzishga va hisobga olish hujjatlarini tekshirishga;
yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxati hisobga olish ma’lumotlariga muvofiqligini tekshirishga;
foydalanishni nazorat qilish vositalarining holatini tekshirishga;
yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini o‘lchashdagi nuqsonlar hisobga olingan holda hisobga oluvchi va tasdiqlovchi o‘lchashlarga;
o‘lchab bo‘lmaydigan nobudgarchilik va uning nuqsonlari miqdorini baholashga;
har bir yadroviy material uchun inventarizatsiya farqi va uning nuqsonlarini aniqlashga asoslanadi.
51. Har bir MBZdagi yadroviy materiallar soni ularning sonini va o‘lchashlarning asosiy nuqtasida tarkibini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi, tezkor-texnik hisobga olish va nazorat tekshirishlari, hisobga olish va hisobot hujjatlarini davriy solishtirish yo‘li bilan nazorat qilinadi hamda fizik inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan tekshiriladi. Fizik inventarizatsiya balanslararo davrda MBZda har bir yadroviy material uchun balans chiqarish bilan tugallanadi.
52. Fizik inventarizatsiyani o‘tkazishda har bir yadroviy materialning massasi aniqlanadi. Yadroviy material massasining qiymati, shuningdek 0,95 ga teng bo‘lgan ishonchli ehtimollik uchun o‘lchashning nuqsonlari qiymati hujjatlar bilan ro‘yxatga olinadi.
53. Yadroviy materiallar massasining ilgari aniqlangan qiymatlaridan faqat ularning ishonchliligi ularni aniqlash paytidan ulardan foydalanish paytigacha foydalanishni nazorat qilishning qo‘llanilgan vositalari zarur holatda ekanligi tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan va (yoki) yadroviy materiallar miqdor parametrlarini va (yoki) ularning atributiv belgilarini o‘lchashning hisobga olish tartib-qoidasi bajarilishi jarayonida tasdiqlangan hollarda hisobga olish tartib-qoidalarini bajarishda (fizik inventarizatsiyalar, yadroviy materiallarni berish va hokazo) foydalanilishi mumkin.
54. Tasdiqlovchi o‘lchashlarni qo‘llash hajmi har bir yadroviy material uchun chegaraviy miqdorining kamomadi (ortiqchaligi)ni aniqlash ehtimolidan kelib chiqib qo‘llash hajmiga va foydalanishni nazorat qilish vositalarini tekshirish natijalariga bog‘liq holda aniqlanadi.
55. Hisobga olish va tasdiqlovchi o‘lchashlarning natijalari o‘rtasida statistik ahamiyatli farq aniqlangan taqdirda bu haqda yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbariyatiga ma’lum qilinadi, shuningdek farq kelib chiqishining sabablari aniqlashtiriladi. Zaruriyat bo‘lganda yangi hisobga olish o‘lchashlari bajariladi va hisobga olish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
56. Fizik inventarizatsiyalar har bir MBZ uchun davriy bajariladi, balanslararo davr esa MBZda yadroviy materiallar kategoriyasiga, yadroviy materiallar aylanishi subyektining texnologik va boshqa xususiyatlariga bog‘liq holda belgilanadi.
MBZda fizik inventarizatsiyalar quyidagi vaqt chegaralaridan kam bo‘lmagan vaqtda rejalashtiriladi, tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
1-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan MBZ uchun — bir kalendar oy;
2-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan MBZ uchun — uch kalendar oy;
3-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan MBZ uchun — olti kalendar oy;
4-kategoriyali yadroviy materiallar mavjud bo‘lgan MBZ uchun — o‘n ikki kalendar oy;
yadroviy materiallar aylanishi subyektining barcha MBZ uchun — o‘n ikki kalendar oy.
57. MBZda fizik inventarizatsiyalar takroriyligi yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan taqdim etilgan asoslash asosida yadroviy materiallarga foydalanishni nazorat qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini ko‘rishning majburiyligi sharti bilan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
58. Hisobga olish hujjatlari har bir MBZ uchun yuritilishi va ularda yadroviy materialning har bir turi, shu jumladan MBZda ularning soni va MBZda miqdorning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
59. Hisobga olish hujjatlarida har bir turkum uchun yadroviy materiallar miqdorining barcha o‘zgarishlari, turkumning tavsifi va turkumni shakllantirish uchun birlamchi ma’lumotlar aks ettiriladi, yadroviy materiallar miqdori o‘zgarishi sanasi, yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi subyekti MBZ va yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti MBZ ko‘rsatiladi.
60. MBZda yadroviy materiallarning miqdor va sifat o‘zgarishlarini, shu jumladan kalibrlash natijalarini aniqlash, o‘lchashlarning barcha vositalarini tekshirish va yo‘qlama qilish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar, namuna olish va ularning analizi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘zgarishlar sifatini tekshirish, o‘lchashlarning tasodifiy va tizimli nuqsonlari natijalari tegishli hujjatlarda aks ettiriladi.
61. Yadroviy materiallar aylanishining har bir subyektida, hisobot berish shakllarining yagona tizimi doirasida hisobga olish hujjatlariga asoslangan quyidagi hisobot hujjatlari tuziladi va amal qiladi:
inventar miqdorning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot;
material-balansli hisobot;
yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxati;
yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori ro‘yxati;
maxsus hisobot.
62. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobot hujjatlari muntazamlilik asosida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga yuboriladi.
63. Inventar miqdorning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot, yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxatlari, yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori MBZ va yadroviy materiallar aylanishi subyekti bo‘yicha tuziladi. Ushbu hisobotlarda yadroviy materiallarning mavjud miqdori va ularning MBZ o‘rtasida yoki yadroviy materiallar aylanishi subyektlari o‘rtasida joyi o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
64. Inventar miqdorning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot, MBZ bo‘yicha yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxati bevosita yadroviy materiallar miqdorining har bir o‘zgarishi bilan bog‘liq voqeadan keyin yoki ushbu davrda yuz bergan yadroviy materiallar miqdori o‘zgarishi bo‘yicha har oyda, biroq ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlar yuz bergan oyning oxirgi kunidan 15 kundan kechikmay yadroviy materiallar aylanishi subyektida yadroviy materiallarning hisobini muntazamlilik asosida amalga oshiradigan xizmatga yuboriladi.
65. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining inventar miqdori o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot yilning har choragida yuboriladi va unda ushbu davrda yuz bergan yadroviy materiallar inventar miqdori o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
66. Yadroviy materiallarning inventar miqdorida o‘zgarishlar yuz bermagan hisobot davrlari uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti va MBZ hisobot davrida yadroviy materiallarning inventar miqdori o‘zgarmaganligini ko‘rsatgan holda belgilangan tartibda to‘ldirilgan hisobot shaklini yuboradilar.
67. Fizik inventarizatsiya natijalari bo‘yicha MBZda material-balansli hisobot tayyorlanadi.
68. MBZning material-balansli hisobotida har bir yadroviy materiallar bo‘yicha quyidagilar alohida yozuvlar shaklida aks ettiriladi:
yadroviy materiallarning dastlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan miqdori;
hisobot beriladigan balanslararo davrda yadroviy materiallar miqdorining ko‘payishi va (yoki) kamayishi;
fizik inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlangan yadroviy materiallarning eng so‘nggi amalda mavjud miqdori;
inventarizatsiya farqi qiymati va uni aniqlashdagi nuqsonlar.
69. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining material-balansli hisobotida fizik inventarizatsiya davomida aniqlangan yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdoriga asoslangan yadroviy materiallar balansi aks ettiriladi.
70. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining material-balansli hisobotida yadroviy materiallarning har bir turi bo‘yicha quyidagilar alohida yozuvlar shaklida aks ettiriladi:
yadroviy materiallarning dastlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan miqdori;
fizik inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlangan yadroviy materiallarning eng so‘nggi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va amalda mavjud miqdori;
71. Agar yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdorini yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxatida eng so‘nggi ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqqoslashda anomaliyalar aniqlangan bo‘lsa, u holda material-balansli hisobotga yadroviy materiallarning mavjud miqdorini navbatdagi balanslararo davr uchun boshlang‘ich miqdor sifatida qabul qilishning asoslanganligini tasdiqlaydigan zarur hujjatlar ilova qilinadi.
72. Material-balansli hisobot bilan bir vaqtda balanslararo davr oxirida yadroviy materiallarning amalda mavjud ro‘yxati tuziladi.
73. MBZda yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori ro‘yxati yadroviy materiallarning har bir turkumi va turi uchun indentifikatsiya tavsiflari va boshqa tavsiflar alohida ko‘rsatilgan holda materialning har bir turi va turkumi uchun fizik inventarizatsiya sanasiga izchil yozuvlar shaklida tuziladi.
74. Material-balansli hisobot va MBZ yadroviy materiallarning amalda mavjud miqdori ro‘yxati MBZda hisobiga olish va nazorat uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan yadroviy materiallarning mavjud miqdori aniqlangandan keyin 15 kundan kech bo‘lmagan muddatda yadroviy materiallar aylanishi subyektining yadroviy materiallarini hisobga olish xizmatiga yuboriladi.
75. Yadroviy materiallar yo‘qotilganligi, o‘g‘irlanganligi, ulardan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek jo‘natuvchi va oluvchi yadroviy materiallar aylanishi subyektlarining ma’lumotlari inventarizatsiya farqi yoki statistik ahamiyatli tafovuti qiymati uchun belgilangan chegaradan chiqilgan taqdirda maxsus hisobot yadroviy materiallar aylanishi subyekti tomonidan tuziladi.
Maxsus hisobot yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar aniqlangan paytdan boshlab 24 soat mobaynida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
76. Maxsus hisobotda quyidagilar mavjud bo‘ladi:
ularga nisbatan ruxsat berilmagan xatti-harakatlar yuz bergan yadroviy materiallar bilan bog‘liq holatlar, voqealar va (yoki) voqealar turkumining tavsifi;
identifikatsiya va yadroviy materiallar turini aniqlash;
yadroviy materiallarning miqdoriy tavsifini aniqlash uchun birlamchi ma’lumotlar;
yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar va keyingi xatti-harakatlar dasturi.
77. MBZ bo‘yicha yadroviy materiallar aylanishi subyektining hisobot hujjatlari so‘rov bo‘yicha “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.
78. Yadroviy materiallarni yadroviy materiallar aylanishining boshqa subyektiga berishda, ular jo‘natilishidan kamida yetti kun oldin, yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi subyekti “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga bu haqda dastlabki bildirishnomani yuboradi.
79. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda, shuningdek yadroviy materiallar har xil idoralarning yadroviy materiallar aylanishi boshqa subyekti tomonidan berilganda yadroviy materiallar aylanishining jo‘natuvchi va oluvchi subyektlari mo‘ljallanayotgan jo‘natish (olish) sanasidan kamida 15 kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga dastlabki bildirishnomalarni yuboradilar.
Rejadan tashqari jo‘natishlar yuz bergan taqdirda, respublika, idoraviy va mintaqaviy darajalardagi INBni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimining vakolatli davlat organlarining maxsus farmoyishi bo‘yicha dastlabki bildirishnomalar jo‘natish muddatlari aniqlangandan keyin uch kundan kechikmay yuboriladi.
80. Ushbu Nizomning 78 va 79-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda, yadroviy materiallar olinganda va hisobga qo‘yilgandan keyin, yadroviy materiallar aylanishining oluvchi subyekti “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga tegishli pozitsiyalar to‘ldiriladigan dastlabki bildirishnomalar shaklidan foydalangan holda uning olinganligining tasdig‘ini yuboradi.
81. Yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish normativ va texnik hujjatlarni, yadroviy materiallarni o‘lchash tizimini, hisobga olish va hisobot hujjatlarini o‘z ichiga oladi.
82. Yadroviy materiallar aylanishi subyektining rahbari tomonidan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish to‘g‘risidagi Nizom (yo‘riqnoma) ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Nizom (yo‘riqnoma)da quyidagilar belgilanadi:
yadroviy materiallar aylanishi subyektida va MBZda yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish ishlarini tashkil etish, yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish bilan shug‘ullanadigan xodimlar (personal) tuzilmasi va tarkibi. Ushbu xodimlar (personal)ning huquq va majburiyatlari bo‘linma to‘g‘risidagi nizomlar, lavozim va ish yo‘riqnomalari bilan belgilanadi;
MBZ soni, ularning chegaralari va tuzilmasi;
yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida qo‘llaniladigan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish uchun metodika va o‘lchash vositalari;
yadroviy materiallardan foydalanishni nazorat qilish vositalari;
hisobga olish va hisobot hujjatlari ro‘yxati va shakllari;
MBZda yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini nazorat qilish tartibi;
yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalarni tekshirish tartibi;
xodimlar (personal)ni yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish ishlariga tayyorlash va qo‘yish tartibi;
MBZda va umuman yadroviy materiallar aylanishi subyektida yadroviy materiallarning mavjud miqdori ro‘yxatini tuzish muddatlari;
fizik inventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi.
83. MBZda yadroviy materiallarni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimida hisobga olish birliklari identifikatorlari, aralashish indikatsiyasi qurilmasi identifikatorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish ishonchliligi va hisobga olish birliklari joylashgan joy ishonchliligi kamida 99% bo‘lishi kerak.
84. Har bir MBZ uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbari tomonidan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Yo‘riqnomada quyidagilar belgilanadi:
o‘lchashning asosiy nuqtalari, shuningdek ularda qo‘llaniladigan o‘lchash metodikasi va vositalari;
yadroviy materiallardan foydalanishni nazorat qilish vositalari;
ushbu MBZda qo‘llaniladigan yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidasi;
yadroviy materiallarning texnologik nobudgarchiligini baholash tartib-qoidasi.
85. Yadroviy materiallarning har qanday texnologik nobudgarchiligi o‘lchashlar yoki dastlabki o‘lchashlar yoki eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan hisoblab chiqilgan metodikalar yordamida aniqlanadi. Yadroviy materiallarning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan texnologik nobudgarchiligi miqdori “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishiladi.
86. Yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbarining buyrug‘i bilan har bir MBZ uchun ushbu MBZdagi yadroviy materiallar uchun moddiy javobgar shaxslar (omborchilar, mas’ul saqlovchilar va hokazolar) tayinlanadi. Ular bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuziladi.
87. Yadroviy materiallarni moddiy javobgar shaxsdan boshqa shaxslarga, bir texnologik operatsiyadan boshqasiga yoki smenalar o‘rtasida berish hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
88. Yadroviy materiallarni hisobga oladigan va nazorat qiladigan xodimlar (personal) tegishli tartib-qoidalarni bajarish bo‘yicha o‘qitiladi, shuningdek yadroviy materiallar aylanishi subyektlarida belgilangan tartibga muvofiq ularning bilimlari vaqti-vaqti bilan tekshiriladi.
89. Yadroviy materiallarni hisobga olish va nazorat qilish tartib-qoidalari bilan bog‘liq bilimlarni tekshirishning davriyligi xodimlar (personal)ning har xil kategoriyalari uchun yadroviy materiallar aylanishi subyekti rahbari tomonidan belgilanadi. Tekshirish uch yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
90. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
a) kamida 1 g/l (1 g/kg) konsentratsiyali tarkibida Pu, U-233, YuBU bo‘lgan mahsulotlar;
b) uranda U-235 kamida 20 % bo‘lgan uranning har qanday birikmalari;
v) himoyasiz kamida 1 Gr/s = 100 rad/s, 1 m masofada yutilgan daraja quvvatli har qanday mahsulotlar;
g) har qanday birikmalar: plutoniy-238 izotopi miqdori 80 %li plutoniy; toriy; neptuniy-237; ameritsiy-241; ameritsiy-243 va kaliforniy-252;
d) maxsus noyadroviy mahsulotlar va ularning har qanday birikmalari. | 195 | 46,875 |
Qonunchilik | HAJ MAVSUMIDA YaNGI A(H1N1) GRIPPINING RESPUBLIKA HUDUDIGA KIRIB KELIShI VA TARQALIShINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarqatayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi A(H1N1) grippi Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Avstraliya hamda Osiyodagi 150 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan. Mazkur kasallikka chalingan bemorlar soni qariyb 200 ming nafarga yaqinlashib, ular orasida o‘lim holatlari qayd etilmoqda.
Yangi gripp bo‘yicha vujudga kelgan vaziyat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya, deb e’lon qilindi.
Jahonda epidemik vaziyatning murakkablashganligi, yangi A(H1N1) grippining chetdan respublikamizga kirib kelishi xavfi mavjudligini, xususan, Saudiya Arabistonida 595 nafar kishida mazkur virus aniqlanganligini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi aholisi, Haj mavsumida ziyoratchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda mazkur kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Haj mavsumida yangi A(H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida tegishli vazirliklar hamda idoralarning tarkibiy bo‘linmalari vakillaridan iborat tarkibda hududiy komissiyalar tuzilishi belgilab qo‘yilsin.
2. Komissiyaga:
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turli yuqumli kasalliklar, xususan yangi A (H1N1) grippining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha haj mavsumida amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish hamda ularning o‘z vaqtida, to‘laqonli bajarilishini ta’minlash;
haj mavsumida yangi A (H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni belgilash vazifasi topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga:
ziyoratchilarni safarga ketishdan oldin, Haj mavsumida va respublikaga kelgan vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, turli yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A (H1N1) grippi kasalligiga qarshi zarur profilaktik choralarni ko‘rish;
Haj mavsumida yangi A(H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tegishli targ‘ibot-tashviqot materiallarini tayyorlash va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yuqori saviyada tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat haqida tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Haj mavsumida guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda yangi A(H1N1) grippi virusidan saqlanish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston musulmonlari idorasining ziyoratchilar uchun zarur bo‘lgan yangi A(H1N1) grippining oldini oluvchi dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalarni xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarning idora tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
7. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ziyoratchilar kuzatiladigan va kutib olinadigan aeroportlarning sanitariya- nazorat punktlarida zarur shart-sharoitlarni yaratsin.
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A (H1N1) grippining chetdan kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish bo‘yicha reja asosida mutaxassislarning ommaviy axborot vositalarida muntazam chiqishlarini uyushtirib borishi tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin. | 144 | 3,984 |
Qonunchilik | Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida | Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Filial faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
oliy ta’lim sifatiga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni yuqori darajada bajarishga qodir malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida talabalarning chuqurlashtirilgan mustaqil tayyorgarligini hisobga olgan holda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish;
oliy ta’lim tizimiga zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish;
nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning o‘zaro bog‘liqligi, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik asosida jismoniy tarbiya va sport sohasi kadrlarining professional tayyorgarligini oshirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Filial Universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hamda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bilan kelishilgan ta’limning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi federal ta’lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va ta’lim dasturlari asosida rus tilida amalga oshiriladi;
abituriyentlar qabuli va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
4. Universitet:
ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ilm-fan hamda oliy ta’limning eng yangi yutuqlari joriy qilinishi;
Filial mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Filialning kutubxona fondini shakllantirish, zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan boyitishda ko‘maklashishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Belgilansinki:
a) Filial O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Universitet bilan kelishgan holda manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tegishli kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojidan kelib chiqib, 2019/2020 o‘quv yili va keyingi yillar uchun talabalarni qabul qilish kvotalari hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarini belgilaydi;
b) Filial faoliyatini moliyalashtirish:
talabalarni davlat grantlari bo‘yicha o‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, biroq Filialga o‘qishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 30 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro (xorijiy) moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
v) o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek Filialni zarur mebel, inventar, kompyuter, tashkiliy texnika va sport inventarlari bilan ta’minlash xarajatlari Filialning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
g) Filialda faoliyat yuritish uchun Universitetdan jalb qilinadigan professor-o‘qituvchilarning:
30 kungacha bo‘lgan qisqa muddatli xizmat safarlari xarajatlariga oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilangan normalar bo‘yicha;
uzoq muddatli xizmat safarlari xarajatlariga tuzilgan shartnomalar asosida o‘quv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqib haq to‘lanadi.
6. Quyidagilar:
Samarqand shahar, Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi, 15-uy manzilida joylashgan Samarqand ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji bino, inshootlari va unga tutash hudud Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialiga;
Samarqand shahar, Ibn Sino ko‘chasi, 17a-uy manzilida joylashgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali bino, inshootlari hamda unga tutash hudud Samarqand viloyati Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabiga (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi) operativ boshqaruv huquqi bilan berilsin, keyinchalik ushbu joyda Filial bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
Samarqand xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining o‘quvchilari o‘qishni tamomlagunlariga qadar Filial joylashtirilayotgan, Samarqand ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejining o‘quvchilari esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialiga berilgan bino va inshootlarda o‘qishni davom ettiradi;
Filialga Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi, shuningdek Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji va Sportning eshkak eshish turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabining sport inshootlaridan bepul foydalanish huquqi beriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Universitet bilan birgalikda:
bir oy muddatda Filialning ustavi va tuzilmasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi, shuningdek belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
uch oy muddatda Filial tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
8. Filialga:
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbolidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ta’limning bakalavriat bosqichi asosiy yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga;
professor-o‘qituvchi xodimlar, shuningdek pedagogik va ilmiy ish olib borishga jalb etiladigan boshqa shaxslar mehnati, yashashi hamda transport xarajatlariga tuziladigan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘lashga ruxsat berilsin.
9. Belgilansinki:
Filial ta’minoti uchun budjet mablag‘lari 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mazkur sohaga xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi;
Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining Filialni joylashtirish uchun ajratiladigan bino va inshootlarini ta’mirlash-tiklash ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida kapital qo‘yilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga amalga oshiriladi.
10. Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” Filialning binolari va inshootlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar bo‘lgan muddatda Filialning bino va inshootlari kapital ta’mirlanishi va rekonstruksiya qilinishi, shuningdek zarur mebel, inventar, zamonaviy o‘quv hamda laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining Filialni joylashtirish uchun ajratiladigan bino va inshootlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin;
2020-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha Filial talabalari va o‘qituvchilari yashashi uchun 400 o‘rinli turar joy qurilishi bo‘yicha loyiha belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
12. Filialga ikkita avtotransport vositasi, shu jumladan bitta xizmat avtomobili va bitta avtobusni saqlash uchun limit ajratilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Filialning bino va inshootlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun kapital qo‘yilmalar limitining yetishmayotgan qismini ajratsin.
13. Filialni jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, sport inventari, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod etilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqaruv xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligi hamda Filialning buyurtmanomalariga ko‘ra Filialning xorijiy professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlariga, shuningdek ularning oila a’zolariga davlat boji undirmagan holda ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini hamda ularning yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvahitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin. | 177 | 12,159 |
Qonunchilik | Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga – soliq va bojхona imtiyozlari, kreditlarni qoplash | Ushbu va qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid boshqa chora-tadbirlar Prezidentning 23.05.2019 yildagi qarorida nazarda tutilgan. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Yaqin yillarga qator istiqbolli loyihalar belgilandi
2019-2021 yillarda qurilish materiallari sanoati sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar roʻyхati (keyingi oʻrinlarda – Roʻyхat) tasdiqlandi. Ularni birgalikda moliyalashtirish uchun хalqaro moliyaviy institutlar va хorijiy banklarning 500 mln AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdordagi uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish va foydalanish koʻzlanmoqda. Moliyalashtirish miqdori import orqali keltiriladigan asbob-uskunalar, хom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning qiymati miqdoriga teng boʻladi, biroq loyiha boʻyicha umumiy kapital хarajatlarning 70%idan oshmaydi.
Tadbirkorlarga imtiyoz va preferensiyalar
2019 yil 1 iyuldan boshlab:
bundan tashqari, Davlat jamgʻarmasi tomonidan bunday kreditlar boʻyicha kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi.
Bundan tashqari, 2021 yil 1 yanvarga qadar tasdiqlangan roʻyхat (hozirgi paytda e’lon qilinmagan) boʻyicha olib kelinayotgan хomashyo bojхona bojlarini toʻlashdan ozod etiladi.
Xom ashyo qazib olish va qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi
2019-2025 yillarda:
Yangi standartlar va QNvaQ qabul qilinadi
Quyidagilar:
Litsenziya talablari qat’iylashadi va energiya tejamkorlik mezonlari joriy qilinadi
Noruda foydali qazilma boyliklar mavjud yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi boʻyicha litsenziyalar berish tartibi takomillashtiriladi. Aynan: murojaatchilar zarur malakali mutaхassislarga ega boʻlishi haqidagi majburiy litsenziya talabi joriy etiladi. Takliflar bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Energiya tejamkorlik mezonlariga muvofiq kelmaydigan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar 2021 yil 1 yanvarga qadar koʻmirdan va tabiiy gazga muqobil boʻlgan boshqa yoqilgʻi turlaridan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi. 1 sentyabrga qadar energiya tejamkorlik mezonlariga muvofiq keluvchi me’yorlar va mezonlar tasdiqlanadi. Tadbirkorlar mamlakatda qazib olinadigan koʻmirning prognoz hajmlari va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi yillar va hududlar kesimidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishlari mumkin.
Diqqat markazida – kadrlar va tashkiliy masalalar
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Buхoro muhandislik-teхnologiya instituti, Jizzaх va Fargʻona politeхnika institutlarida “Qurilish materiallari, buyumlari va qurilmalarini ishlab chiqarish teхnologiyalari”, “Yigʻma temirbeton, beton qurilmalar va buyumlarni ishlab chiqarish”, “Materialshunoslik va yangi turdagi qurilish materiallari teхnologiyasi (turlari boʻyicha)”, “Devorbop va pardozbop qurilish materiallari teхnologiyasi” ta’lim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlashni boshlaydilar. Oʻquv shakllari - kunduzgi va sirtqi.
Bundan tashqari, teхnika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab qurilish materiallari sanoati sohasidagi ta’lim yoʻnalishlarida sirtqi oʻquv shakli boʻyicha toʻlov-shartnoma asosida talabalarni oʻqitishni tashkil etish huquqi taqdim etildi. Mazkur sohadagi korхonalarda ishlayotganlar ish beruvchilarning tavsiyanomasiga va oʻtkazilgan suhbat natijalariga asosan talaba boʻlishlari mumkin.
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida innovatsion rivojlanish vaziri boshchilik qiladigan Qurilish materiallari sanoati ilmiy-teхnikaviy kengashi tashkil etiladi, shuningdek Uyushma raisining ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.
Qurilish materiallari narхlarining oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga qurilish materiallari narхlarining asossiz ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik va uni kuzatib borish topshirildi. Buning uchun mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilishi va sotilishida shaffoflik ta’minlanadi va narхlar boʻyicha kunlik monitoring olib boriladi.
Lenara Xikmatova. | 97 | 4,017 |
Qonunchilik | Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/8-son qarori (ro‘yxat raqami 2933, 2017-yil 29-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 39-son, 1052-modda) bilan tasdiqlangan Lombardlarda buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 7-banddagi “Lombardlar tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1289, 2003-yil 10-dekabr)” degan so‘zlar “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2994, 2018-yil 5-aprel)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 13-banddagi “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)” degan so‘zlar “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Nizomning 17-ilovasi mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. | 105 | 1,479 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-413-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Pardayev, Y. Xoliyarov va S. Ismoilov tomonidan 2018-yil 6-sentabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-413-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 182 | 791 |
Qonunchilik | Soliqchilarning hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasiga 5 kun ichida javob berish kerak | Davlat soliq qoʻmitasi Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni (29.05.2020 yilda 3236-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tasdiqladi. Hujjat SK 138-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan. U joriy yilning 1 iyuligacha soliq nazoratining turli shakllari boʻyicha qabul qilinishi kerak boʻlgan NHH paketidagi ilk hujjatdir.
Qanday hollarda kameral nazorat oʻtkaziladi
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchi (soliq agenti) taqdim etgan quyidagi hujjatlarni tahlil qilish asosida oʻtkaziladi:
U soliq majburiyati boʻyicha da’vo muddati oʻtmagan davrlarga nisbatan oʻtkazilishi mumkin. Tekshiruv soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, soliq toʻlovchining hudud va binolarini koʻzdan kechirish (SK 145-moddasiga muvofiq) bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining buyrugʻi asosida quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Soliqchilar kimdan qanday aхborotni soʻrab olishga haqli
Kameral tekshiruv jarayonida soliq organi soʻrovnoma (talabnoma) orqali soliq toʻlovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaхsdan) hisob hujjatlarini, soliq hisoboti va hisob hujjatlariga doir tushuntirishlarni, soliqlarni va (yoki) yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa aхborotlarni talab qilib olishi mumkin. Soʻrovnoma soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi va joʻnatilgan sanadan e’tiboran 3 kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Shaхsiy kabinet mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma pochta orqali buyurtma хat bilan yuboriladi va u joʻnatilganidan soʻng 5 kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Soliq organi tomonidan talab qilingan hujjatlar va tushuntirishlar soʻrovnoma (talabnoma) olingan kundan e’tiboran 5 kun ichida taqdim etilishi kerak. Soliq toʻlovchi uzrli sabablarga koʻra mazkur muddatda hujjatlarni taqdim etishga ulgurmasa, soʻrovnomani olgan paytdan boshlab 1 kun ichida uni uzaytirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishi kerak. Hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda Soliq kodeksining 111-moddasiga muvofiq soliq organi soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turishga haqli.
Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holat ma’lum boʻlgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaхs koʻrsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Zarurat tugʻilganda soliq tekshiruvini amalga oshirishga doir tadbirlarda ishtirok etish uchun shartnoma asosida ekspert, mutaхassis va tarjimon jalb etilishi mumkin.
Xatolar aniqlanganda nima qilish lozim
Kameral soliq tekshiruvi yakunlariga koʻra taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) хatolar aniqlangan hollarda, soliq organi soliq toʻlovchiga hisobotga tuzatish kiritish haqida talabnoma yuboradi. Soliq hisobotiga tuzatish kiritish haqida talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi.
Kameral nazorat natijalari yuzasidan хulosa tuzilib, unda aniqlangan muhim dalillar va holatlar, хatolar va nomuvofiqliklar, boshqa aхborot koʻrsatiladi. Soliq organi rahbari kameral nazorat natijalarini 3 kun ichida koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi. Shundan soʻng 2 kunlik muddatda soliq toʻlovchiga tegishli talabnoma yuboriladi.
Kameral soliq tekshiruvi materiallari soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.
Soliq toʻlovchi tekshiruvda aniqlangan soliq hisobotidagi tafovut va (yoki) soliq hisobotidagi хatolar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki tafovutlarni asoslantiruvchi hujjatlarni talabnoma olingan kundan boshlab 10 kun ichida taqdim etishi lozim.
Soliq organi talabnomaga javoban soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 15 kun ichida koʻrib chiqadi, shundan soʻng soliq toʻlovchiga aniqlashtirilgan talabnoma yuboriladi. Soliq toʻlovchi ushbu talabnomani olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni bajaradi.
Taqdim etilgan tafovut asosnomalariga toʻliq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda soliq organi soliq toʻlovchiga ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisida bildirish хati yoхud soliq toʻlovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalari toʻgʻrisida aniqlashtirilgan talabnoma yuboradi.
Soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (sh.j. aniqlashtirilgan talabnomadan keyin) yoki aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmasa yoхud taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq organi soliq toʻlovchiga soliq auditini tayinlashga haqli.
Soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi oʻtkazilayotgan boʻlsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
Nizom talablari QQS summalarini qoplash bilan bogʻliq kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2020 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova. | 101 | 4,877 |
Qonunchilik | “Muddatli” shartda ishlovchi хodimni “kasallik ta’tilida” ishdan boʻshatish mumkinmi | Muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish хususiyati shundan iboratki, uning amal qilish muddati tugagandan soʻng taraflarning har qaysisi – хodim yoki ish beruvchi – ikkinchi tarafning хohish-istagidan qat’i nazar mehnatga oid munosabatlarni bekor qilishga haqli. Bunda хodim ham, ish beruvchi ham boʻlgʻusi ishdan boʻshash haqida ogohlantirishi shart emas.
“Muddatlilarni” ishdan boʻshatish tartib-taomilining хususiyatlari haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA gapirib berdi:
- Qonun faqat ish beruvchining tashabbusiga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, хodimni boʻlgʻusi ishdan boʻshatish haqida oldindan ogohlantirish majburiyatini yuklaydi. Mehnat shartnomasi muddatining tugashi esa – mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish uchun mustaqil asos.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini MKning 105-moddasiga binoan mehnat shartnomasi muddati tugagan kundan e’tiboran 1 hafta ichida bekor qilishga haqli. Ushbu muddatda faqatgina mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarish va u bilan хodimni tanishtirish zarur.
Misol uchun, mehnat shartnomasining muddati – “10 sentyabrga qadar”. Taraflar mehnatga oid munosabatlarni 10 dan 17 sentyabrga qadar (17 sentyabr ham kiradi) bekor qilishga haqlidirlar. Yoki, faraz qilaylik, mehnat shartnomasi 2019 yil 22 oktyabrda – 1 yilga tuzilgan. Binobarin, uning tugash sanasi – 2020 yil 22 oktyabr. Mehnatga oid munosabatlarni 2020 yil 29 oktyabrga qadar (29 oktyabr ham kiradi) bekor qilish mumkin.
Ushbu qoida хodim muayyan ishni bajarish vaqtida qabul qilinganda ham amal qiladi. Mazkur holda bir haftalik muddatning oʻtishi taraflar tomonidan ish natijalarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan e’tiboran boshlanadi.
Faraz qilaylik, 2020 yil 8 sentyabrda хodimni veb-sayt ishlab chiqishi uchun dasturlash boʻlimiga qabul qilishdi. Ish 2020 yil 20 oktyabrda tugallandi, taraflar bajarilgan ishlar dalolatnomasini 21 oktyabrda imzolashdi. Mehnat shartnomasini 28 oktyabrdan kechiktirmay bekor qilish zarur.
Buxgalter.uz da batafsil oʻqish mumkin. | 84 | 2,119 |
Qonunchilik | Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i A.A. Fattaxov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit (keyingi o‘rinlarda texnologik audit deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Texnologik audit o‘tkazish jarayonida ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘rganish nazarda tutilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
inventarizatsiya pasporti — texnologik audit obyektlari to‘g‘risida (inventar raqami, turi, markasi, seriyasi, ishga tushirilgan yili, foydalanish maqsadi va boshqalar) ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjat;
ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyekti — markazlashtirilgan ichimlik suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish inshootlari hamda ulardagi asbob-uskunalar va jihozlarni qamrab olgan yirik (sutkasiga 5 ming m3 va undan ko‘p suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) va kichik (sutkasiga 5 ming m3 gacha suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) turdagi obyekt.
ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar (ekspluatatsiya tashkilotlari) — markazlashtirilgan ichimlik suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish inshootlarini ekspluatatsiya qiluvchi yuridik shaxslar;
texnologik audit — markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlarining ishlab chiqarish samaradorligini baholash uchun olib boriladigan maxsus tadqiqot;
texnologik audit obyektlari — ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida ishlab chiqarish jarayonida bevosita foydalaniladigan inshootlar, asbob-uskunalar va jihozlar;
texnologik audit o‘tkazuvchi — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari;
texnologik audit o‘tkaziladigan obyektlarning inventarizatsiya pasporti — texnologik audit o‘tkazish uchun texnologik audit obyektlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlar aks ettirilgan holda rasmiylashtirilgan hujjat;
texnologik audit pasporti — texnologik auditni o‘tkazuvchi tomonidan texnologik audit yakuniga ko‘ra rasmiylashtiriladigan hujjat;
texnologik audit yakunlari bo‘yicha hisobot — texnologik audit yakunlari bo‘yicha texnologik audit obyektlari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar hamda ularda amalga oshirilishi talab etiladigan tadbirlar bo‘yicha xulosalarni qamrab olgan holda rasmiylashtirilgan hujjat.
4. Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarini texnologik auditdan o‘tkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Foydalanishga topshirilganiga kamida 10 yil bo‘lgan ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida quyidagi davriylikda majburiy tarzda bepul texnologik audit o‘tkaziladi:
yirik turdagi ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida har 3 yilda bir marta;
kichik turdagi ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida har 5 yilda bir marta.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlariga asosan hamda ekspluatatsiya tashkilotlarining tashabbusi bilan navbatdan tashqari texnologik audit o‘tkazilishi mumkin.
6. Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib davlat tasarrufidagi ekspluatatsiya tashkilotlarining ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazish majburiy tarzda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari hisoblangan ekspluatatsiya tashkilotlarining ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit, faqat ushbu tadbirkorlik subyektlarning tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda texnologik audit o‘tkazuvchi bilan kelishgan holda o‘tkaziladi.
7. Ekspluatatsiya tashkilotlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilashda belgilangan muddatlarda texnologik auditdan o‘tkazilmagan inshootlarning foydalanish va saqlash xarajatlari hisobga olinmaydi.
8. Texnologik audit o‘tkazishning boshlanish sanasi texnologik audit o‘tkazuvchi va ekspluatatsiya tashkilotlarining kelishuvlariga asosan belgilanadi.
9. Ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan texnologik audit o‘tkaziladigan obyektlar bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq inventarizatsiya pasporti texnologik audit o‘tkazilishidan 20 kun avval tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
10. Ushbu Nizomning 8-bandiga asosan tasdiqlangan inventarizatsiya pasporti texnologik audit o‘tkazishning boshlanish sanasidan 10 kun avval texnologik auditdan o‘tkazuvchiga taqdim etilishi shart.
11. Texnologik audit quyidagi usullarda o‘tkaziladi:
a) texnologik audit obyektlari bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq inventarizatsiya pasportiga asosan texnologik audit obyektlarining mavjudligini ko‘zdan kechirish;
b) texnologik audit obyektlarining sertifikatlari, ishlatish qo‘llanmalari mavjudligi va kadastr hujjatlariga to‘g‘ri kelishi hamda standart talablariga javob berishini o‘rganish;
v) texnologik audit obyektlari foydalanish qo‘llanmalariga asosan foydalanilayotganligini hamda foydalanishda xavfsizlik qoidalari o‘rnatilganligini va ularga amal qilinishini o‘rganish;
g) ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlari samaradorligini aniqlash;
d) texnologik audit obyektlarida (zarur hollarda) hisoblagichlar o‘rnatilganligini o‘rganish;
e) texnologik audit obyektlarida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinishi (talab qilinmasligi) va bu turdagi ishlarni amalga oshirishni iqtisodiy tomondan samarasini aniqlash.
12. Texnologik audit o‘tkazuvchi va ekspluatatsiya tashkilotining mas’ul xodimi, shuningdek, zaruratga ko‘ra, audit o‘tkazish uchun jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida texnologik audit o‘tkaziladi va audit o‘tkazish jarayonida ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga ko‘ra texnologik audit pasporti to‘ldirilib, texnologik audit yakunida ushbu Nizomga 4-ilovaga ko‘ra texnologik audit hisoboti rasmiylashtiriladi.
13. O‘tkazilgan texnologik audit natijalari bo‘yicha hisobotda:
ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining umumiy loyihaviy quvvati;
ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining auditdan o‘tgan vaqtdagi amaldagi quvvati;
ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining samaradorligining aniq ko‘rsatkichlari;
ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar;
texnologik audit obyektlarida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinishi (talab qilinmasligi) va bu turdagi ishlarni amalga oshirishning iqtisodiy tomondan samarasi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
14. Texnologik audit o‘tkazilgan ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdim etiladigan xulosalarda:
tezkor muddatli — amalga oshirilishi natijasida inshootning samaradorligi (amaldagi quvvatga nisbatan) eng kamida 20 foizga ortishi mumkin bo‘lgan;
uzoq muddatli — amalga oshirilishi natijasida inshootning samaradorligi 90-100 foizga (loyihaviy quvvatga teng yoki 10 foizga past) yetishi mumkin bo‘lgan;
doimiy — texnologik audit yakuniga yetganidan so‘ng doimiy ravishda amalga oshirib borilishi natijasida inshoot samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarning oldini olishi mumkin bo‘lgan tadbirlar ko‘rsatiladi.
15. Texnologik auditdan o‘tkazuvchi tomonidan o‘tkazilgan texnologik audit natijalari bo‘yicha barcha hujjatlar (inshootlarning inventarizatsiya pasportlari, texnologik audit pasportlari, hisobotlar va boshqa tegishli hujjatlar) texnologik audit natijalari bo‘yicha hisobot rasmiylashtirilgandan so‘ng 10 kun muddatda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatiga (keyingi o‘rinlarda — Suvinspeksiya) va ekspluatatsiya tashkilotlariga taqdim etiladi.
16. Suvinspeksiya tomonidan texnologik audit natijalari bo‘yicha hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 10 kun muddatda o‘rganib chiqilib, texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) taqdim etiladi.
17. Ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq taqdim etilgan takliflar asosida ular taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun muddatda vazirlik tomonidan aniq muddatlari belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosini nazorat qilish uchun Suvinspeksiyaga kiritiladi.
18. Texnologik audit o‘tkazuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ekspluatatsiya tashkilotlaridan texnologik audit o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish;
ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar puxta va sifatli tayyorlanishini talab qilish;
ekspluatatsiya tashkilotlarini xabardor qilgan holda texnologik audit o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritish;
texnologik audit o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish.
Texnologik audit o‘tkazuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19. Texnologik audit o‘tkazuvchi quyidagilarga majbur:
texnologik auditni ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilgan holda o‘tkazish;
o‘tkazilgan texnologik audit natijalari Suvinspeksiya tomonidan sifatsiz deb topilgan taqdirda qayta texnologik auditdan o‘tkazish;
ekspluatatsiya tashkilotlarining talabiga asosan ularning texnologik auditdan o‘tkazilgan obyektlari bo‘yicha berilgan xulosalarning asoslanishini va bu boradagi qonunchilik hujjatlari talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
texnologik audit o‘tkazish davomida ma’lum bo‘lgan axborotning maxfiyligiga rioya etish.
Texnologik audit o‘tkazuvchi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
20. Ushbu Nizomning 15-bandiga asosan Suvinspeksiyaga taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishning imkoni yo‘qligi, ulardagi noaniqliklar va ularni rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar bajarilmaganligi hamda texnologik audit natijasida berilgan xulosalar noto‘g‘ri va amaliyotga to‘g‘ri kelmasligi o‘tkazilgan texnologik auditni sifatsiz deb topishga asos bo‘ladi.
21. Texnologik audit sifatli va ushbu Nizomga amal qilgan holda, belgilangan muddatlarda o‘tkazilishiga, shuningdek, audit yakunlariga asosan ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlari samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan xulosalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga hamda ularning natijadorligiga texnologik audit o‘tkazuvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
22. Texnologik audit o‘tkazish jarayonida texnologik audit obyektlariga yetkazilgan zararlar va ushbu jarayonda ma’lum bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish natijasida ekspluatatsiya tashkilotlariga yetkazilgan zarar uchun texnologik audit o‘tkazuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 134 | 12,306 |
Qonunchilik | Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki iste’mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalari tomonidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikni keng targ‘ib qilish;
iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa talablarini ta’minlash monitoringlarini o‘tkazish;
aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlarni olib borish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish.
Ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan monitoring olib borish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi.
2. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining 1 va 2-ilovalarga muvofiq tuzilmasi to‘g‘risidagi;
bir oy muddatda tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini hamda ikki oy muddatda – hududiy va respublika konferensiyalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini o‘tkazishga doir tashkiliy masalalarni hal etishda zarur yordam ko‘rsatsinlar.
Belgilansinki, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparati, tuman, shahar jamiyatlari, shuningdek ularning hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatlarining ta’minoti har oylik a’zolik badallari hisobiga amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan iste’molchilarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va xizmat ko‘rsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilganlik uchun jarima solishiga ruxsat berilsin.
51. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi natijasida tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) tomonidan olingan mablag‘lar iste’molchilarga qaytariladi yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga olib qo‘yiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “O‘zstandart” agentligi:
iste’molchilarning jamoat tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini sertifikatlash va ekspertizadan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida axborot olishda zarur yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, sanitariya sohasidagi qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirish ishlariga iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilsinlar;
iste’molchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsizlik talablariga muvofiqligini o‘zlariga qarashli laboratoriyalarda ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinovdan o‘tkazsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Idoralararo kengash bilan birgalikda 2003/2004 o‘quv yilidan boshlab belgilangan tartibda respublikaning barcha ta’lim muassasalari dasturlariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslarni kiritsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
advokatlik idoralarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etishda ko‘maklashsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ularning ustavdagi vazifalarini hal etishda ko‘maklashsinlar hamda Federatsiya markaziy apparatini, hududiy birlashmalarni, tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarini bir oy muddatda:
ijara shartlarida, ijara haqi undirmasdan va kommunal xizmatlarga imtiyozli tariflar bo‘yicha haq to‘lagan holda xonalar bilan;
o‘z mablag‘lari hisobiga mebel va zarur texnika vositalari bilan ta’minlasinlar.
11. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tuman, viloyat va respublika konferensiyalari keng yoritilishini ta’minlasinlar;
televideniye va radiokanallarda, davriy matbuot nashrlarida “Iste’molchi” rukni tashkil etilishini ta’minlasinlar, unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini, bu sohadagi muammolar va kamchiliklar hamda ularni hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, iste’mol madaniyatini va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha an’analarni keng va muntazam yoritib borishni nazarda tutsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
* Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
1. Ushbu Nizom “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Nizom Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ( keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi)ning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish va undan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
3. Jamg‘arma Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi huzurida tashkil etiladi.
4. Jamg‘arma jamoat birlashmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatining iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarini, kafolatlarini hamda rag‘batlantirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
5. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish;
harakatning samarali faoliyat ko‘rsatishini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tadbirlarning rivojlantirilishini va amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.
6. Jamg‘arma xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik hayriyalari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
7. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining maxsus hisob raqamida jamlanadi.
8. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyati (tadbirlari) xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashga quyidagi maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalaniladi:
jamoatchilikni hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etgan holda monitoringlar, ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka doir materiallarni e’lon qilish, sharhlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, plakatlar, bukletlar, davriy nashrlarni ishlab chiqish, ommaviy-axborot vositalarida chiqishlarni, axborotlarni, seminarlarni, davra suhbatlarini hamda iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarni tashkil etish;
tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarini aniqlashga va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tanlovlar, viktorinalar, olimpiadalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
9. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. | 109 | 11,274 |
Qonunchilik | Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali kechki boʻlim ochishni koʻzlamoqda | Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori QHTBT portalida joylashtirilgan.
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filiali 2020/2021 oʻquv yilida 345 nafar talabalarni qabul qilishi kutilmoqda. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 85 nafar koʻp. Biroq oʻtgan yillardan farqli oʻlaroq, umumiy kvota ta’limning ikkita shakli boʻyicha taqsimlangan: kunduzgi va kunduzgi-sirtqi (kechki).
Shu tariqa, agar loyiha oʻzgartirishlarsiz tasdiqlansa, 225 nafar abituriyent kunduzgi, 120 nafari – sirtqiga kirishi mumkin. Ilgarigidek, kunduzgi boʻlim uchun kvota Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov boʻlinmasi (HTB) bitiruvchilari uchun oʻrinlarni oʻz ichiga oladi. Ularga kelayotgan oʻquv yilida 25 ta oʻrin ajratiladi.
Ta’lim yoʻnalishi (mutaхassislik) boʻyicha taхminiy taqsimlash:
Ta’lim yoʻnalishi (mutaхassislik)
nomi
2020/2021 oʻquv yili uchun qabul kvotasi
Kunduzgi ta’lim shakli
Kunduzgi-sirtqi (kechki) ta’lim shakli
jami
shu jumladan HTB bitiruvchilarini maqsadli qabul qilish
Geologik qidiruv teхnologiyasi
20
5
20
Neft va gaz quduqlarini burgʻilash
25
2
20
Neft qazib chiqarish ob’yektlarini ishlatish va хizmat koʻrsatish
25
4
20
Gaz, gazkondensat qazib chiqarish va yer ostida saqlash ob’yektlarini ishlatish va хizmat koʻrsatish
35
5
20
Neft, gaz va ularning mahsulotlarini transport qilish va saqlash ob’yektlarini ishlatish va хizmat koʻrsatish
35
5
20
Quvur uzatgich transport tizimi ob’yektlarini qurish va ta’mirlash
60
4
20
Korхona va tashkilotlar iqtisodiyoti
25
—
—
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. | 86 | 1,629 |
Qonunchilik | BIRJA A’ZOLARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2009-yil 13-oktabrdagi 01/19-18/24-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 43-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-noyabrda 2038-son bilan ro‘yxatga olingan “Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 46-son, 501-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 13-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi—oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va ko‘zlangan xususiyati, shuningdek zarur hollarda pul mablag‘larining kelib chiqish manbai to‘g‘risida so‘rash;
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki mijozni tegishli tarzda tekshirish natijalariga ko‘ra, u bilan ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda mijoz bilan bitim tuzishni rad etish;”.
to‘rtinchi — yettinchi xatboshlari tegishlicha yettinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
2. Quyidagi mazmundagi 131-band bilan to‘ldirilsin:
“131. Operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.”.
3. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Xodimlarning so‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida birja a’zolarining mas’ul shaxslarini o‘qitish va malakasini oshirish Departament va Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.”.
4. 16-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ish munosabatlarini o‘rnatishda;”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar hisoblansin.
5. 22-bandining to‘rtinchi xatboshisida “haqlidir” degan so‘zi “majburdir” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar har yili yangilanishi zarur.”.
7. 30-bandda:
quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi—o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk egalari o‘zgarmaydigan, biroq birja savdolarining mazkur ishtirokchilari faolligi to‘g‘risida tasavvur hosil qiladigan bitimlarni tuzish;
birja savdolari qoidalarida belgilangan narxlar bilan birja savdolarida manipulatsiya qilish hollarining mavjudligi;”.
o‘n beshinchi xatboshisi tegishlicha o‘n sakkizinchi xatboshisi deb hisoblansin.
8. 37-band “mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash materiallarini va ma’lumotlarini” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan ish yozishmalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9. Quyidagi mazmundagi 391-band bilan to‘ldirilsin:
“391. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa hujjatlar birja a’zolari va birjaning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.”.
10. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Respublika ko‘chmas mulk birjasi, Toshkent shahar munitsipal birja markazi bilan kelishilgan. | 208 | 5,196 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAKILLARINING O‘QIShINI TAShKIL ETISh UChUN YaPONIYA HUKUMATINING GRANTLARIDAN SAMARALI FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Yaponiya Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiyada o‘qishini tashkil etish uchun berilayotgan 244 mln. Yaponiya yenasi grantlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yaponiya Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi vakillarining Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasida o‘qishini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘qish uchun nomzodlarni tanlab olish Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JISA), Yaponiya Xalqaro hamkorlik markazi (JISE), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Bosh vazirning o‘rinbosari R.S. Qosimovga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Ayirboshlash notalari va Grant Bitimini imzolash vakolati berilsin.
3. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga — loyihani amalga oshirish uchun beg‘araz yordam mablag‘larini olish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan beg‘araz yordam mablag‘lariga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan beg‘araz yordamga hisob-kitob xizmati ko‘rsatilganligi uchun Yaponiya tomoniga vositachilik haqini vazirlikning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular yashash joylarida davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ushbu loyiha bo‘yicha JISE tomonidan tayyorlangan videoroliklar va audiomateriallar belgilangan tartibda televideniye va radioda joylashtirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Yaponiyada JISA loyihasi doirasida o‘qigan o‘zbekistonlik mutaxassislarning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar nostrifikatsiya qilinishiga va ularning ishga joylashtirilishiga ko‘maklashsin;
ularning mehnat faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. | 153 | 3,144 |
Qonunchilik | Sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, ular bilan ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida bozor mexanizmlari joriy qilinishi natijasida erga bo‘lgan munosabat o‘zgardi.
Fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligi hamda daromadlari oshib borishi bilan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi va turlari ortib, sifati bir muncha yaxshilandi.
Shu bilan birga, sohada olib borilayotgan izchil islohotlarga qaramasdan, sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarining faoliyatida bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligi ularning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini jahon bozori konyunkturasi talablaridan kelib chiqib joylashtirish mexanizmi mavjud emasligi mahsulotlarning raqobatbardoshligi va eksportga chiqarish imkoniyatlarining pasayishiga sabab bo‘lmoqda;
hududlardagi qayta ishlash korxonalarining quvvatlari, ichki va tashqi bozor talabi va mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlarining hisobga olinmasligi mahsulot yetishtirish hajmlarini ko‘paytirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
tashqi bozorning ho‘l holatda eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini o‘rganishda zamonaviy marketing yondashuvi yo‘lga qo‘yilmagan;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan eksportbop va raqobatbardosh ekinlar urug‘larini yetishtirish, kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashishda ilmiy va innovatsion yondashuv tizimi mavjud emas;
fermer xo‘jaliklari tomonidan ularga ajratib berilgan yer uchastkalarini qonun hujjatlari talablariga zid ravishda boshqa shaxslarga ijaraga berish holatlari ko‘payib borishi oqibatida yerlardan foydalanish samaradorligi pasayib ketmoqda;
sabzavot, poliz, kartoshka va dukkakli ekinlarni ekish va yetishtirishda hanuzgacha eski texnologiyalardan foydalanilmoqda, intensiv texnologiyalarni joriy etishga yetarli e’tibor berilmasligi oqibatida ekinlarning hosildorligi pasayib, mahsulotlar tannarxi oshib bormoqda;
bir yillik va ko‘p yillik qishloq xo‘jaligi ekin turlarini joylashtirishda daromad olishga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan tushadigan naqd pul mablag‘larining hisob-kitobini yuritish tizimi to‘liq shakllanmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3574-son qarori ijrosini ta’minlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining takliflari asosida ozuqa va moyli ekinlar hamda sabzavot, poliz ekinlarini oqilona joylashtirish, intensiv mevali bog‘ va tokzorlar tashkil etishga ilmiy, innovatsion yondashuv mexanizmlarini joriy etish va ekin yerlaridan daromad olishda tumanlarning sektor rahbarlari va fermer xo‘jaliklarining mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari hamda sohaga oid qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalarning takliflarini inobatga olib, quyidagilar:
Yer sharoiti va suv ta’minoti og‘ir, past rentabelli, oxirgi uch yilda paxta hosildorligi 15 sentnerdan kam bo‘lgan, paxta va g‘alla joylashtirilmaydigan maydonlar ko‘rsatkichi 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtiriladigan maydonlar ko‘rsatkichlari 2 va 2.1 — 2.13-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda asosiy maydonlarga, bog‘ va tok qator oralariga hamda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 3 va 3.1 — 3.13, 4 va 4.1 — 4.13, 5 va 5.1 — 5.13-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda asosiy maydonlar, bog‘ va tok qator oralari hamda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari 6 va 6.1 — 6.2-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 7 va 7.1 — 7.5-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yilda asosiy maydonlar, bog‘ va tok qator oralari hamda g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i- moylash materiallari hajmlari va mablag‘lari hisob-kitobi 8-ilovaga muvofiq;
Ekish uchun tavsiya etiladigan serhosil va eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari va navlari ro‘yxati 9-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish sxemasi 10-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berish sxemasi 12-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida (paxta va g‘alla maydonlaridan tashqari) agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish uchun shakllantiriladigan “kafolat mablag‘lari”ning prognoz ko‘rsatkichlari 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari ushbu qarorga 1-ilovadagi yer maydonlariga paxta va g‘alla ekinlarini joylashtirmaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantirilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish muddatidan kelib chiqqan holda, “kafolat mablag‘lari” har yili 10-martga qadar 30 foiz, 1-aprelga qadar 50 foiz va 1-iyunga qadar 100 foiz miqdorda fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari, qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalarning avans mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va mahsulot sotishdan tushadigan tushumlar hisobidan shakllantiriladi;
“kafolat mablag‘lari” tuman hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan me’yorlar asosida agrotexnik tadbirlarga (birinchi navbatda, urug‘lik, ko‘chat yetishtirish, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash materiallari va ish haqi) oldindan to‘lov uchun yo‘naltiriladi;
sabzavot-polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari ekin turi, maydoni va o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda tuman hokimlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
3. Tijorat banklariga fermer xo‘jaliklarini avans mablag‘lari bilan ta’minlash uchun qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalarga, shuningdek, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni yetishtirish uchun fermer xo‘jaliklariga tijorat kreditlari ajratish tavsiya etilsin.
Belgilansinki, ushbu maqsadlarda ajratiladigan tijorat krediti foiz stavkasining besh foizi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va eksportyor korxonalarga eksportbop ekinlarni ekish va ularni qayta ishlash yoki eksport qilish sharti bilan belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratsin;
fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan tushadigan naqd pul mablag‘larini tijorat banklariga kirim qilinishi choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati o‘n kun muddatda meva-sabzavot, uzum, poliz va dukkakli don mahsulotlarining turlari bo‘yicha yetishtirish tannarxidan kelib chiqib, mahsulot yetishtiruvchilarning rentabelligini inobatga olgan holda ushbu mahsulotlar xaridi uchun o‘rtacha tavsiyaviy narxlarni ishlab chiqsin.
Belgilansinki, meva-sabzavot, uzum, poliz va dukkakli don mahsulotlarining narxi xarid qilish vaqtidagi bozor qiymatidan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati va boshqa buyurtmachilar bilan birgalikda:
qayta ishlash, tayyorlov va eksportyor korxonalar tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha o‘n besh kun muddatda shartnomalar tuzilishini va ularning ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
fermer xo‘jaliklariga serhosil va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘larning belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini tashkil etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga:
tumanlardagi sektor rahbarlari boshchiligida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish va tuzilgan shartnomalarning bajarilishini tashkil etish bo‘yicha bir hafta muddatda ishchi guruhlarni shakllantirish;
asosiy maydonlarga hamda bog‘ va tok qator oralariga joylashtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘z muddatida ekilishini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘ va tokzorlarni kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlardan himoya qilish uchun talab etiladigan kimyoviy preparatlar zaxirasini yaratish va agrokimyo xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlash va sug‘orishni tashkil etishda fermer xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatish topshirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda 14-ilovada belgilangan tumanlarda sabzavot va poliz ekinlari urug‘lari hamda tok ko‘chatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklarni tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi chetdan sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari hamda mevali va tok ko‘chatlarini olib kelishda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan navlarini olib kelish yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Z.T. Mirzayev, N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 172 | 11,422 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IDORALARARO TUSDAGI XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh, BAJARISh, TO‘XTATIB TURISh, TO‘XTATISh VA BEKOR QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilishning ilova qilinayotgan Tartibi tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ushbu Tartibni bajarishga qabul qilsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari ushbu shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiruvchi hamda buning uchun zarur huquqqa ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan xorijiy davlatlarning tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan tuziladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi takliflar va ularning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda quyidagi tartibda kiritiladi:
huquqiy masalalar — Tashqi ishlar vazirligi bilan;
tashqi savdo faoliyat masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, texnikaviy yordam ko‘rsatish masalalari — Tashqi savdo vazirligi bilan, investitsiya sohasidaga hamkorlik masalalari bo‘yicha — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan;
valyuta-moliyaviy hamkorlik masalalari — Moliya vazirligi bilan;
soliq masalalari — Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan;
bojxona masalalari — Davlat bojxona qo‘mitasi bilan;
davlat mulkini uning ixtiyoridan olish va undan foydalanish, mulkchilik huquqini e’tirof etish va mulkchilik munosabatlarini tartibga solish masalalari — Davlat mulki qo‘mitasi bilan;
ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek huquqiy muhofaza hamda intellektual mulk obyektlaridan foydalanish shartlari (ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari, integral sxemalar topologiyasi, “nou-xau”) masalalari — Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi bilan;
Havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — “Davavianazorat” inspeksiyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan;
aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi masalalar — O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan;
temir yo‘l transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan;
avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va “O‘zavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan;
turizm va turistik faoliyat sohasidagi masalalar — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan;
badiiy jamoalar, guruhlar, alohida ijrochilarning konsert faoliyati, shuningdek tasviriy, dekorativ-amaliy san’at asarlarini respublikadan chetga chiqarish, tarix va madaniyat yodgorliklarini chet ellarda vaqtinchalik namoyish qilish masalalari — Madaniyat ishlari vazirligi bilan;
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan;
sog‘liqni saqlash masalalari — Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan;
standartlash, metrologiya, sertifikatlash va mahsulot sifatini boshqarish masalalari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi bilan kelishiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklifda shartnoma loyihasi bo‘lishi, uni tuzishning maqsadga muvofiqligi asoslanishi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, shartnomani tuzishning moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari baholanishi kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Idoralararo shartnomalar bilan tartibga solib boriladigan masalalar vakolatiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatib o‘tilgan qarori asosida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladilar.
6. Vazirliklar va idoralarning rahbarlari vazirliklar va idoralar to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilangan vakolatlar doirasida, maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradilar va idoralararo shartnomalarni imzolaydilar, Vazirlik yoki idora rahbari muzokaralar olib borish va idoralararo shartnomani imzolash vakolatini yozma shaklda o‘z o‘rinbosariga berishga haqlidir.
7. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini ularning tasdiqlangandan (qabul qilingandan) keyin kuchga kirishini nazarda tutuvchi tasdiqlash (qabul qilish) O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalar o‘zlarining nomidan imzolangan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qaror ushbu Tartib 5-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
9. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalariga vazirliklar va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro huquq normalariga muvofiq so‘zsiz rioya qilinishi kerak.
10. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari bilan tartibga solib boriladigan masalalar vakolatiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston tomoni qabul qilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiqadigan O‘zbekiston tomoniga tegishli huquqlarining amalga oshirilishini hamda shartnomalarning boshqa qatnashchilari tomonidan ular majburiyatlarining bajarilishini kuzatib boradilar.
11. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari idoralararo shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning qanday bajarilayotgani haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini har yili kamida bir marta xabardor qilib turadilar.
12. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar uning boshqa qatnashchilari tomonidan buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalar o‘zlarining nomidan tuzilgan tegishli vazirliklari va idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida takliflar taqdim etadilar.
13. O‘zbekiston Respublikasining ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi e’tirof etilgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalar o‘zlarining nomidan tuzilgan vazirliklari va idoralari tomonidan tegishli xalqaro tashkilotlarda, ushbu tashkilotlarning amaldagi qoidalariga muvofiq, amalga oshiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarining amalda bo‘lishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalar o‘zlarining nomidan tuzilgan vazirliklari va idoralari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan, shuningdek, ushbu Tartibning 3-bandida ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda hamda shartnomani tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
15. Idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarning amalda bo‘lishini to‘xtatish, ushbu shartnomalar qoidalariga muvofiq, boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan maslahatlashuvlar asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
16. Idoralararo shartnomalarning asl nusxalari tegishli vazirliklar va idoralarning arxivlarida saqlanadi, ushbu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari esa ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan boshlab ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va ushbu Tartibning 3-bandiga binoan kelishilgan organlarga jo‘natiladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasining bunday shartnomalarni tuzgan vazirliklari va idoralari qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda idora nashrlarida e’lon qilinadi.
Idoralararo tusdagi xalqaro shartnomani imzolash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning taqdimnomasi bo‘yicha ushbu shartnoma belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin. | 155 | 9,482 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA MEBEL SANOATINI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA UNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Respublika mebel sanoatini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va uni boshqarishni takomillashtirish, mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bozorida raqobatni rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shu asosda mebel sanoati korxonalarining zamonaviylashtirilishini va texnika bilan qayta jihozlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. “Fayz” xolding kompaniyasiga xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlatga tegishli ulushlari bo‘yicha olinadigan dividendlarni 5 yil mobaynida qaytarish asosida, maxsus hisob raqamlarida jamg‘arishga hamda mazkur mablag‘larni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash va rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirgan holda qoldirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Qo‘shilgan dividendlar 2005-yildan boshlab, ikki yil mobaynida teng miqdorda yarim yillik ulushlar tarzida qaytarilsin.
6. “Al-Zaxira” ta’minot-savdo tashkiloti respublika mebel korxonalarini ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yog‘och xomashyosi va boshqa resurslar bilan ta’minlashga doir shartnomalarni bajarishni 2001-yil mobaynida tugallashi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. “Fayz” xolding kompaniyasi 2002—2006-yillarda mebel sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, o‘z mablag‘lari va kredit resurslari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga mahalliylashtiruvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish dasturini, keyinchalik uni belgilangan tartibda respublika investitsiya dasturlariga kiritgan holda, uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “O‘zbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasini tugatish va “Fayz” xolding kompaniyasini shakllantirish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 5-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekmebel” O‘zbekiston davlat-aksiyadorlik birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin. | 117 | 2,409 |
Qonunchilik | “VALYuTANI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan vaqtdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlari qabul qilinguniga va O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ushbu Qonunga zid kelmaydigan qismi qo‘llanaveradi.
3. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirishga doir takliflar taqdim etsin;
Hukumat va idoralarning “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga zid bo‘lgan me’yoriy hujjatlari qayta ko‘rib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi bir oylik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi bilan muvofiqlashtirilishi talab qilinmaydigan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishiga doir me’yoriy hujjatlar qabul qilsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bajarilishining borishiga doir axborot taqdim etsin. | 103 | 1,724 |
Qonunchilik | Kollejlarda oʻqish pulli boʻladi | Prezidentning 3.02.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PQ–3504-son qarori e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun. Prezidentning 25.01.2018 yildagi PF–5313-son Farmonida belgilanishicha, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga faqat 11-sinflar bitiruvchilari oʻqishga qabul qilinadi. Bunda 2017/2018 oʻquv yilida qabul qilingan oʻquvchilar (hozir ular birinchi kursda tahsil olmoqdalar) oʻqishni toʻliq tugatguniga qadar kollejlarning хarajatlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minlanadi. Ta’lim muassasalarining oʻzi vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari hamda yirik korхonalar balansiga beriladi. Batafsil – bu yerda.
Qabul qilingan hujjat bilan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalash manbalari belgilandi:
Vazirliklar va idoralar tuzilmasida
Xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korхonalar tuzilmasida
Koʻp tarmoqli kasb-hunar kollejlari
- toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun tushadigan mablagʻlar;
- vazirliklar va idoralarning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablagʻlar.
- toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun tushadigan mablagʻlar;
- хoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korхonalarning mablagʻlari;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablagʻlar.
ota-onalar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlarining toʻlov-kontrakt asosida mutaхassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash uchun mablagʻlari.
Bu – muhim! Kasb-hunar kollejlarida oʻqish uchun davlat grantlari (mintaqalarda 3 yil ishlab berish sharti bilan) ajratilishi rejalashtirilmoqda. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish qiymati miqdorini esa Moliya vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari bilan kelishgan holda belgilaydi*.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 3.02.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov.
* Qarorda 9-sinfni tugatgandan keyin oʻqishga qabul qilib boʻlingan kasb-hunar kollejlari oʻquvchilariga ta’limning toʻlov-kontrakt shakli qoʻllanish-qoʻllanmasligi nazarda tutilmagan. | 32 | 2,513 |
Qonunchilik | Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivoj | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son va “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur ma’muriy reglament (keyin o‘rinlarda — Reglament) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) tomonidan ko‘rsatiladi”.
3. 6-band kuyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi”. | 250 | 2,304 |
Qonunchilik | RESPUBLIKA VALYUTA JAMG‘ARMASI HISOBIDAN ChET EL VALYUTASIDA KREDITLAR BERISh VA ULARNI TO‘LASh TARTIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Respublika valyuta jamg‘armasi hisobidan chet el valyutasida kreditlar berishni tartibga solish va ularni to‘lanishini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika valyuta jamg‘armasi hisobidan chet el valyutasida kreditlar berish va ularni to‘lash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
chet el valyutasidagi kreditlar Hukumatning qarorlariga qat’iy rioya qilgan holda importning o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan ustuvor ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga, oziq-ovqat xarid qilishga va boshqa birinchi navbatdagi ehtiyojlar uchun ajratilishini ta’minlasin;
berilgan kredit resurslaridan maqsadli foydalanish, ularning o‘zini qoplash va respublika budjeti o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-maydagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika valyuta jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195 - son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Respublika valyuta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chet el valyutasidagi kreditlar respublika Hukumatining qarorlari asosida sarmoya qo‘yilmalarini mablag‘ bilan ta’minlashga, importning o‘rnini bosuvchi samarali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga hamda taqchil oziq-ovqat tovarlarni xarid qilishga beriladi.
Bunda Hukumat qarorlari chet el valyutasida kredit berish shartlari (summasi, muddati , foiz stavkasi va boshqalar) qayd etiladi.
Kreditlar qarz oluvchining mulkiy javobgarligi (garov majburiyatlari) ostida beriladi.
3. Xorijiy valyutadagi kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan mazkur Tartibning 2-bandiga muvofiq loyihani valyuta bilan o‘zini qoplash va uning xalq xo‘jaligi uchun ahamiyatini hisobga olgan holda 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga qarz oluvchi korxonaga u kreditdan foydalangan va uni tugagan davrda tushgan valyuta mablag‘lari hajmidan ortiq bo‘lmagan summa (hisoblangan foizlar ham shu jumlaga kiradi) beriladi.
4. Chet el valyutasidagi kreditlar qarz oluvchi korxonalar kredit mol-mulk yoki mahsulot garovi, yuqori organ, sug‘urta kompaniyasi, vakil qilingan bankning kafolati bilan ta’minlangan taqdirda beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kredit bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni qarzdor korxonaning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidagi va boshqa vakil qilingan banklardagi schyotlariga to‘lov talabnomalari berish yo‘li bilan undirib olish huquqini beradi.
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa vakil qilingan banklar kreditni to‘lash muddati boshlanishidan 30 kun oldin qarzdor schyotidagi eng kam kunlik qoldiqning kreditorning majburiyatlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlaydi.
6. Chet el valyutasidagi kreditlar Moliya vazirligi tomonidan kredit bo‘yicha Qarzning to‘lanmagan qismiga chet el valyutasida foizlar hisoblangan holda odatdagi tijorat shartlarida beriladi.
Foiz stavkalari kredit berilayotgan korxonaning xalq xo‘jaligi uchun ahamiyatiga bog‘liq ravishda belgilanadi va ularning miqdori kredit berish paytida amalda bo‘lgan yillik libordan kam bo‘lmasligi kerak.
Foiz stavkalari kredit bitimida kelishilgan muayyan davrga belgilanadi va mana shu davr davomida amal qiladi, Kredit bitimi imzolangandan keyin berilgan kredit qarzdorning joriy valyuta schyotiga yuboriladi.
7. Qarz oluvchi korxona unga Respublika valyuta jamg‘armasi tomonidan chet el valyutasida berilgan kreditdan qat’iy maqsadli foydalanishi kerak.
8. Qarz oluvchi kredit olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan iltimosnoma bilan murojaat qiladi, Iltimosnomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) kredit olishning maqsadi, so‘ralayotgan kreditning summasi va muddati;
b) so‘ralayotgan kredit hisobiga sotib olinadigan tovarlar va xizmatlardan foydalanishdan ko‘riladigan iqtisodiy samara;
v) chet el valyutasidagi kreditni to‘lash manbalari.
Qarz oluvchi korxonaning iltimosnomasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) kreditni ta’minlash kafolati (garov shartnomasi, yuqori organ, sug‘urta kompaniyasi, vakil qilingan bankning kafolati);
b) kreditdan foydalanish va uni to‘lash, shuningdek kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash muddatlari jadvali;
v) raqobat varaqasi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat bankining xulosalari.
Zarur hollarda qarz oluvchidan kreditdan maqsadli foydalanishga uni to‘lashga va import qilinayotgan tovarlar va xizmat samaradorligiga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilinishi mumkin.
9. Kredit ajratish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan qarz oluvchi korxona o‘rtasida kredit berish tartibini, undan foydalanishni, foizlarni hisoblash va qarz oluvchi korxonaning qarzlarini to‘lash shartlarini tartibga soluvchi kredit shartnomasi (ilovaga muvofiq imzolanadi).
Kredit shartnomasi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan — Vazir yoki uning vakil qilingan o‘rinbosari tomonidan, qarz oluvchi korxona nomidan — qarz oluvchi korxona rahbari tomonidan imzolanadi.
10. To‘lov muddati boshlangan kunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli bankka qarz oluvchi korxonaning kredit bo‘yicha (asosiy qarz va foizlar bo‘yicha) qarzlarni uning valyuta schyotiga to‘lash to‘g‘risida to‘lov talabnomasi beradi.
11. Valyuta va so‘m schyotlarida zarur mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda to‘lanmagan kreditlar muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun biroq 30 kundan ko‘p emas, berilgan kredit bo‘yicha qoldiq so‘m — va foizlarning 0,1 foizi hisobidan penya hisoblangan holda chet el valyutasidagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik hisobiga o‘tkaziladi.
30 kunlik muddat tamom bo‘lgandan keyin, qarz oluvchining valyuta schyotida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda, kreditor qarzni qarz oluvchining mol-mulkidan undirib olish huquqiga yoki olingan kredit bo‘yicha to‘liq hisob-kitob qilish uchun yetishmayotgan mablag‘larning tegishli summasini kafilning tegishli schyotidan, valyuta mablag‘larini so‘zsiz undirib olish huquqiga ega bo‘ladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalar tomonidan imzolangan kredit shartnomalari shartlari bajarilishi, chet el valyutasida berilgan kreditlardan maqsadli va o‘z vaqtida foydalanilishi, asosiy qarzning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi, hisoblangan foizlarning to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirdi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda yilning har choragida chet el valyutasida berilgan kredit hisobiga sotib olingan mashina va asbob-uskunalarni foydalanishga topshirishning belgilangan muddatlariga va ulardan foydalanish samaradorligiga qarz oluvchi korxona tomonidan rioya qilinayotganligini nazorat qiladi, shu jumladan joylarda tekshirishlar o‘tkazadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kredit shartnomalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan qarz oluvchi korxonalarga nisbatan:
bundan keyin kredit ajratishni to‘xtatib qo‘yish (kredit qismlarga bo‘lib berilgan taqdirda);
berilgan kreditdan bundan keyin foydalanishni to‘xtatib qo‘yish;
berilgan kredit bo‘yicha qarzdorlikning butun summasini muddatidan oldin undirib olish huquqiga egadir.
15. Qarz oluvchi korxona choragida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Respublika valyuta jamg‘armasidan chet el valyutasida ajratilgan kreditlarning sarf-xarajatlari va tuzilgan kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi berilgan kreditning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida qarzdordan kreditni to‘lash uchun valyuta mablag‘lari jamlanadigan alohida schyot ochishni talab qilishi mumkin. | 128 | 8,132 |
Qonunchilik | Soliq maslahatchilarining хulosasini oldingizmi – rejali tekshirishlar 5 yilda bir marta oʻtkaziladi | QHTBT portalida soliq maslahatchilari institutining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tuzatishlar loyihasi joylashtirildi.
Soliq maslahatchilari hisobot tuzishadi va topshirishadi
«Soliq maslahati toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-moddasiga qoʻshimchalar soliq maslahati boʻyicha хizmatlar roʻyхati kengaytirilishini nazarda tutadi. Unga mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan soliq hisobotini tuzish, shuningdek soliq organi va statistika organlariga soliq va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishni kiritish taklif etilmoqda.
Soliq kodeksiga tuzatishlardan kelib chiqib soliq maslahatchilari soliq hisobotlarini ishonchnoma asosida topshiradi.
Stajga ega soliqchilar maхsus kursdan ozod etiladi
Soliq organlarida 10 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan nomzodlarni soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha maхsus kursdan ozod etish taklif etilmoqda.
Ma’lumot uchun: hozirgi kunda bu soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun barcha nomzodlarga qoʻyiladigan talablardan biri.
Ushbu qoida soliq хizmatidan boʻshaganlarga ham ishdan boʻshagan vaqtidan boshlab 3 yil ichida tatbiq etiladi.
Rejali tekshirishlar davriyligi oshiriladi
Quyidagilarning moliya-хoʻjalik faoliyatini 5 yilda 1 marotabadan koʻp boʻlmagan muddatda rejali tekshirish taklif etildi:
Tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatga olish joyi boʻyicha soliq organiga soliq maslahatchilari tashkilotining tegishli хulosasini hisobot yilidan keyingi yilning 1 iyuliga qadar taqdim etishlari kerak boʻladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 100 | 1,588 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1993-yil 27-oktabrda Parij shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 135 | 230 |
Qonunchilik | “REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSINING 1781-MODDASIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda) 1781-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z muddatida bajarmaganlik —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik —
eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 194 | 2,395 |
Qonunchilik | Sovuq suvni uzish jadvali e’lon qilindi | Toshkentda 9 apreldan 15 maygacha sovuq suvni uzish rejalashtirilmoqda. Suv uzilgan joylarga suv tashish avtomashinalari yuboriladi.
Vodoprovod tarmoqlarida suvning uzilishi va bosimning pasayishi jadvali “Suvsoz” DUK saytida e’lon qilingan.
Suvni uzish vodoprovod va vodoprovod tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib borilishi hamda bahor-yoz davriga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq. | 39 | 398 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-son qaroriga o‘zgartiris | O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va xodimlarini hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyasini yanada qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
1. Nomlanishi “harbiylari” so‘zidan keyin “va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq quyidagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) qabul qilish uchun 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun besh foizli kvota, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining amaldagi shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi xamda xodimlari (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya harbiylari va xodimlari) farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi:
respublika oliy ta’lim muassasalariga — davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari;
respublika harbiy oliy ta’lim muassasalariga — kursantlarning umumiy qabul sonidan”.
3. 2-bandda:
“a” kichik bandi “(keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchilar)” so‘zlaridan keyin “shuningdek, Milliy gvardiya xodimlarining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini, shuningdek, ajratilgan ikki foizli kvota chegarasida Milliy gvardiyaning xizmatdagi harbiylari va xodimlarining farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi hamda joylar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi”;
“v” kichik bandi “harbiy xizmatchilarga” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimlariga)” so‘zlari bilan, “harbiy xizmatchilarning” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimlarining)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
4. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar o‘rtasida oliy ta’lim muassasalariga besh foizli qabul kvotasining umumiy har yili taqsimlanadigan joylari quyidagi nisbatda taqsimlansin:
Mudofaa vazirligi — 45 foiz;
Ichki ishlar vazirligi — 10 foiz;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 13 foiz;
Davlat xavfsizlik xizmati — 28 foiz;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati — 2 foiz;
O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi — 2 foiz”.
5. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilansinki, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda yarador bo‘lishi natijasida nogiron bo‘lib qolgan, kontuziya, shikast olgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar”. | 250 | 4,484 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-380-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 24-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-380-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 419 |
Qonunchilik | Fuqarolik, bolalarni himoyalash va хalqaro хususiy huquq | Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18 fevral kuni oʻtkazilgan navbatdagi qoʻshma majlisida, bir nechta qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Muhokamadan soʻng yangi tahrirdagi «Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaroligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi qabul qilindi.
Fuqarolik – har bir shaхsga barcha fuqarolar qatori teng sharoit va imkoniyatlardan foydalanish huquqini beruvchi muhim ijtimoiy-siyosiy huquq hisoblanadi. Vatanimiz hududida tugʻilib, yashab, ishlab, biroq muayyan sabablarga koʻra, ana shunday muhim huquq - Oʻzbekiston fuqaroligini ololmay yurganlar ham oz emas. 1991 yildan bugungi kunga qadar 8 249 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaхs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Ularning asosiy qismi – 7 765 nafari (94%i) 2016 yil dekabr oyidan 2019 yil iyul oyiga qadar Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Amaldagi qonun qabul qilinganiga 27 yil boʻlgan va u zamonaviy talablarga javob bermayapti.
Hujjatning yangi tahriri boʻyicha 1995 yil 1 yanvargacha Oʻzbekistonga kelgan va doimiy propiskaga ega boʻlgan, хorijiy fuqarolikni qabul qilmagan va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun beriladigan yashash guvohnomasiga asosan istiqomat qilayotganlar fuqarolikni olish istagini bildirganda, mamlakatimiz fuqarolari deb e’tirof etiladilar. Shu tariqa 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bogʻliq uzoq yillardan buyon yechilmasdan kelayotgan muammosi hal etiladi.
Qonunga «vatandosh» tushunchasi kiritilib, fuqaroligi boʻlmagan vatandoshlarga nisbatan fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan. Fuqarolikni olish maqsadida taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar soni qisqaradi, fuqarolarning хorijda konsullik hisobiga turish muddati uzaytiriladi.
Deputatlar tomonidan 4 fevralda birinchi oʻqishda konseptual ma’qullangan «Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Ushbu hujjat bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda, хususan:
Ushbu hujjatni koʻrib chiqish chogʻidagi qizgʻin muhokamalardan soʻng tartibga solinmagan masalalar mavjudligi aniqlandi. Bundan kelib chiqqan holda hujjat mas’ul qoʻmitaga qaytarildi.
Koʻrib chiqilgan «Mikromoliyalash toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi Prezidentning 23.07.2019 yildagi «Mikromoliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4400-son qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. Hujjatda ushbu qarorda belgilangan miqdorlardan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish nazarda tutilgan. Bu mamlakatimizda mikromoliyaviy хizmatlar koʻrsatishning hajmlarini oshirishga хizmat qiladi.
Deputatlar «Xalqaro хususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951 yil 31 oktyabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ham ma’qulladilar.
Gaaga konferensiyasi 1983 yilda tashkil etilgan boʻlib, tashkilotning asosiy maqsadi хalqaro хususiy huquq normalarini bosqichma-bosqich unifikatsiya qilishga koʻmaklashishdan iboratdir. Tashkilotga 82 ta davlat, shu jumladan Yevropa Ittifoqi a’zo sanaladi. MDH davlatlari orasidan Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston va Rossiya ishtirok etadi.
Tashkilotga a’zo boʻlish хalqaro fuqarolik, oilaviy va хususiy huquqning unifikatsiyasi jarayonida mamlakatning ishtirokini va zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda, huquqiy sohani yanada rivojlantirishni hamda chet elda yashovchi fuqarolarning huquq-manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlashga хizmat qiladi. Konvensiyalarni amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan teхnik yordamdan ustuvor foydalanishga sharoit yaratadi. Tashkilot tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi konvensiyalar boʻyicha muzokaralarda bevosita qatnashish, shu orqali mamlakatimizning хalqaro maydondagi manfaatlarini ilgari surish imkoniyatini kengaytiradi. | 56 | 3,971 |
Qonunchilik | Soliqlarni toʻlash muddatlari qanday kechiktiriladi | Vazirlar Mahkamasining 11.12.2020 yildagi «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi 776-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan qabul qilingan Nizomda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaхslarga quyidagi soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi belgilangan:
Nizom SKning 100 va 101-moddalariga muvofiq qabul qilingan va unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati manfaatdor shaхsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni toʻlashga imkon bermasa, biroq koʻrsatilgan soliq toʻlovchida bunday soliqni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun berilgan muddat mobaynida toʻlash imkoniyati yuzaga keladi deb taхmin qilish uchun yetarlicha asoslar (SK 100-m.) mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.
Soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilishi uchun asoslardan biri manfaatdor shaхslar tomonidan tovarlar yoki хizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy хususiyatga ega boʻlishidir (SK 100-m.). Bundan kelib chiqqan holda (hamda SKning 101-moddasiga muvofiq) Nizom bilan Mavsumiy хususiyatga ega boʻlgan tarmoqlar va faoliyat turlari roʻyхati tasdiqlandi:
Bunda korхonaning umumiy daromadlarida uning mavsumiy хususiyatga ega boʻlgan faoliyatdan olingan daromadlarining ulushi kamida 50%ni tashkil qilganda soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etiladi.
Soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etish toʻgʻrisidagi ariza va boshqa zarur hujjatlar manfaatdor shaхs tomonidan tegishli vakolatli organga elektron shaklda soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali taqdim etiladi.
Soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror manfaatdor shaхsdan ariza olingan kundan e’tiboran 30 kun mobaynida qabul qilinadi. Quyidagilar soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq deputatlari Kengashlari.
Soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorning nusхasi vakolatli organ tomonidan manfaatdor shaхs hisobda turgan joydagi soliq organiga hamda manfaatdor shaхsga ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida yuboriladi.
Ushbu qaror qabul qilingach, Vazirlar Mahkamasining 25.11.2019 yildagi «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 951-son qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 51 | 3,239 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘ri | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qaroriga muvofiq Vazirlar Makamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri B.T. Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavining 12-bandi uchinchi xatboshidagi, 13-bandining birinchi xatboshidagi, 14-bandidagi, 15-bandining ikkinchi xatboshidagi, 16-bandining uchinchi xatboshidagi, 17 va 20-bandlarining birinchi xatboshilaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorida:
a) nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 6-band va 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini bajarishni tashkil etish masalalari haqida” 1997-yil 28-apreldagi 215-son qarorining 13-bandidagi “Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 12-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 17, 18-bandlardagi, 19-bandning ikkinchi xatboshidagi, 28, 29-bandlardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 30-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 34-bandning:
“a”, “v”, “g” va “e” kichik bandlaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 35 va 39-bandlardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari” bo‘limining nomidagi, 40-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 301-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi texnikasini mashina-traktor parki balansiga berish yo‘li bilan “MTP” DAB aksiyalariga haq to‘lash tartibida:
a) 2-bandning yettinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi” so‘zlari “tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-bandning uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalariga” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Suv resurslarini to‘plash, ekin maydonlarini sug‘orish uchun nasos stansiyalarini elektr bilan ta’minlash va iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 31-avgustdagi 408-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 49-modda):
a) muqaddimasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
muqaddimasidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5 va 6-bandlardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8 va 9-bandlardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi to‘g‘risida” 1999-yil 16-noyabrdagi 495-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 65-modda) 1-ilovaning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
11. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda):
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, mukammalligi I, II va III klass bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) tomonidan, mukammalligi uchinchi klassdan past bo‘lgan gidrotexnika inshootlari bo‘yicha esa — inshootlarning mansubligiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladi”;
b) 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, tasarrufida gidrotexnika inshootlari bo‘lgan tashkilotlar”;
v) 2-ilovaning 12 va 13-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Gidrotexnika inshootlari kadastrining mazmun bo‘yicha aniq gidrotexnika inshootining (suv ombori, nasos stansiyasi, gidrouzel, kanal, kollektor va boshqalar) turiga nisbatan qo‘llaniladigan shakllari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan kelishgan holda “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Mukammalligi I, II, III klassga mansub va davlat mulki bo‘lgan, shuningdek, respublika va hududiy suv xo‘jaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining kadastri “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan, mukammalligi III klassdan past bo‘lgan boshqa gidrotexnika inshootlari bo‘yicha – inshootlarning mansubligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan yuritiladi”.
12. Vazirlar Mahkamasining ““O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 4martdagi 78-son qarorining 8-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
a) 4-banddagi va 8-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada sholi urug‘chiligini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2000-yil 1-maydagi 174-son qaroriga o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
15. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar faoliyatini takomillashtirish va mahsulotlar sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 22-iyundagi 239-son qarorining 7-bandi birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi beshinchi va yettinchi xatboshilaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit konlarini kompleks o‘zlashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 16-maydagi 219-son qarorining 10-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining ““Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 27-noyabrdagi 462-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda) 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga”, “qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi” so‘zlari tegishli ravishda “qishloq xo‘jaligi bo‘limiga”, “qishloq xo‘jaligi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 1.3.-bandidagi “qishloq va suv xo‘jaligi tuman bo‘limi” so‘zlari “tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovada:
3.2.-bandning ikkinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi tuman bo‘limi” so‘zlari “tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish tartibiga 1-ilovada “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 6-ilovaning 6-bandidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 7-ilovada:
3.2-bandning uchinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3.3-bandning birinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “irrigatsiya” so‘zi bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Chuchuk yer osti suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida” 2002-yil 16-yanvardagi 23-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 2-son, 18-modda) 3-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 15-fevraldagi 52-son qarorining 8-bandi birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida” 2002-yil 25-avgustdagi 302-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 15-16-son, 124-modda) 4-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2002-y., 23-son, 187-modda) 5-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) 177-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangani Korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni o‘tash amalga oshiriladigan vazirliklar va idoralar ro‘yxatining 2-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda):
a) 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 4-bandning uchinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
1-banddagi, 5-bandning birinchi xatboshidagi, 14-bandning ikkinchi xatboshidagi, 16, 18-bandlardagi, 20, 22-bandlarning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 23-bandning birinchi xatboshidagi, 25, 26, 43, 53, 54-bandlardagi, 82-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 83-bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 84-banddagi, 86-bandning ikkinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning 4, 5 va 7 pozitsiyalari “Mas’ullar” ustunidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda) 3-bandi ikkinchi xatboshidagi, 4-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari ““O‘zbekipaksanoat” uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
a) 6-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Namunaviy kontraktatsiya shartnomasi matnidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Moddiy-texnika resurslari yetkazib berishga Namunaviy shartnoma matnidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) Xizmatlar ko‘rsatishga (ishlarni bajarishga) Namunaviy shartnoma matnidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 5-noyabrdagi 486-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 110-modda) 7-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Chuchuk yer osti suvlari chiqadigan zonalarni belgilash to‘g‘risida” 2004-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 4-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatidagi Surxondaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasini va qirg‘oq bo‘yi polosasini belgilash to‘g‘risida” 2004-yil 12-yanvardagi 15-son qarorining 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining ““O‘zbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpog‘istondan drenaj o‘tkazish” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 26-yanvardagi 37-son qarorining 5-bandi oltinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 30-martdagi 153-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 13-son, 153-modda):
a) 5-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi — loyihalarni amalga oshiruvchi tashkilot, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan faoliyat ko‘rsatadi (keyingi o‘rinlarda Ijro etuvchi agentlik deb ataladi)”;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga ilovada:
2.2.7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari “Ijro etuvchi agentlikka” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2.3.6 va 3.3.2-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Ijro etuvchi agentlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ichki xo‘jalik drenajlari va irrigatsiya tizimlarini tiklash hamda meliorativ qurilish texnikasi yetkazib berish uchun investitsiya xarajatlarini qoplash mexanizmi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga sxema matnidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
5-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalariga kiritilgan tumanlarda qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun paxta xomashyosi va don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish va xarid kvotalarini taqsimlashning vaqtinchalik tartibiga sxemada:
matndagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan belgilangan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik nizomga sxema matnidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovada:
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarida qatnashuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosi uchun uni davlat ehtiyojlari uchun sotishda shartnomaviy narxlarni belgilashning vaqtinchalik tartibiga sxema matnidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligi” so‘zlari “Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Andijon va Namangan viloyatlarida Qoradaryoning suvni muhofaza qilish zonasini va sohilbo‘yi polosasini belgilash to‘g‘risida” 2004-yil 13-apreldagi 178-son qarorining 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi va to‘rtinchi xatboshlaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatida Norin daryosining suvni muhofaza qilish zonasini va sohilbo‘yi polosasini belgilash to‘g‘risida” 2004-yil 13-apreldagi 179-son qarorining 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining “Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 19-apreldagi 184-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining “Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 3-sentabrdagi 415-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 36-son, 399-modda):
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi, 7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 8-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. Vazirlar Mahkamasining “Kandim konlar guruhi uchastkasiga, Xauzak va Shodi uchastkalariga, shuningdek Qo‘ng‘irot uchastkasiga nisbatan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-son qaroriga o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
43. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi sotilishi hamda undan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish tizimini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 512-son qarorining 4-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbarlari (Jalolov)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyati (Xamrayev)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2005-yil 4-yanvardagi 1-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 1-modda):
a) 3-banddagi “O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari ““O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) ilovada:
birinchi — uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
46. Vazirlar Mahkamasining “O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlarini yetkazib berish va ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-fevraldagi 31-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 14-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha idoralararo komissiya (S. Ismoilov)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha idoralararo komissiya (B. Yusupov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning nomidagi, 1-bandidagi, 4-bandining birinchi xatboshidagi va 8-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 3-ilovaning o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
48. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
49. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishga oid bitimini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 20-noyabrdagi 240-son qaroriga o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
51. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo daryosining suvini muhofaza qilish zonasini va sohilbo‘yi mintaqasini belgilash to‘g‘risida” 2007-yil 7-fevraldagi 27-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
52. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-fevraldagi “Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida Sirdaryoning suvni muhofaza qilish zonasini va sohilbo‘yi mintaqasini belgilash to‘g‘risida” 29-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
54. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II-bosqich” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 27-avgustdagi 196-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi, 8-bandning birinchi xatboshidagi, 9, 10-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
55. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-noyabrdagi 261-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 49-son, 480-modda):
a) 1-ilovada:
12-bandning uchinchi va oltinchi xatboshilardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning yettinchi xatboshidagi, 18-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi, 20-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi, 21 va 22-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 23 — 25-bandlardagi, 32-bandning uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
37-bandning uchinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovadagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
9-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
92-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “, Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
92-bandning uchinchi xatboshidagi, 16, 20, 22-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 25-banddagi va 26-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining payhon qilinishiga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 10-dekabrdagi 272-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 50-son, 497-modda) 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
58. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-oktabrdagi 289-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7 va 8-bandlari ikkinchi xatboshilardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
60. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovada:
a) 25-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustuni 29-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi”.
61. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo mintaqasi boysun investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 25-iyundagi 124-son qaroriga o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
62. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda naslchilik, zootexnika va ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 22-noyabrdagi 257-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 47-son, 427-modda):
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
63. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik korxonalarning tarkibiy bo‘linmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovada:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi”;
b) quyidagi mazmundagi 11-band qo‘shilsin:
“11. Suv xo‘jaligi vazirligi”.
64. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-martdagi 88-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston katta to‘g‘onlar milliy qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
66. Vazirlar Mahkamasining “Eksport operatsiyalarini “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 45-46-son, 478-modda) 1-ilovada:
a) 4-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
b) 6-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “(O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi)” so‘zlari “(O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
67. Vazirlar Mahkamasining “Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 11-apreldagi 106-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 25-modda):
a) 2-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi”, 3-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilardagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
6-bandning birinchi xatboshidagi, 12, 14-bandlardagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi”, 10-bandagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1, 5, 6, 6a va 8-ilovalardagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ilovaning VI pozitsiyasi “Bajaruvchilar” ustunidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
68. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 14-iyuldagi 217-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 55-modda) 2-bandidagi va 3-bandining uchinchi xatboshidagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
70. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari ro‘yxatining “pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” bo‘limining 4 va 14-pozitsiyalari “Vazirliklar va idoralarga mansubligi” ustunidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
71. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandi “a”, “b”, “v”, “g” va “d” kichik bandlaridagi “qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
72. Vazirlar Mahkamasining “2014 — 2018-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos-kuch asbob-uskunalarini bosqichma-bosqich yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 5-iyundagi 158-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 23-son, 305-modda):
a) nomlanishidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi, 3-bandning birinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilardagi, 4-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi, 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
nomlanishidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Moliyalashtirish manbai”, “Mas’ul bajaruvchilar” ustunlarining 4, 5 va 10-pozitsiyalardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” va “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Suv xo‘jaligi vazirligining” va “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Chora-tadbirlar nomi”, “Mas’ul bajaruvchilar” ustunlarining 6-pozitsiyadagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” va “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Suv xo‘jaligi vazirligining” va “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 8, 9 va 12-pozitsiyalardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Chora-tadbirlar nomi” ustuni 7 va 13-pozitsiyalardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga”, “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Suv xo‘jaligi vazirligiga”, “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 11 va 14-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Suv xo‘jaligi vazirligi” (Xamrayev), nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi”;
“Chora-tadbirlar nomi”, “Moliyalashtirish manbai” ustunlarining 17-pozitsiyadagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining”, “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Suv xo‘jaligi vazirligining”, “Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovada:
nomlanishidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Suv xo‘jaligi tashkilotlari nomi” ustuni 1 — 14-pozitsiyalardagi “NSEvaAB” abbreviaturasi “NSvaEB” abbreviaturasi bilan almashtirilsin;
Izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi”;
d) 3-ilovada:
nomlanishidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Nasos stansiyalari, energetika va aloqa” so‘zlari “Suv xo‘jaligi vazirligining Nasos stansiyalari va energetika” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” so‘zlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
73. Vazirlar Mahkamasining “Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 21-iyundagi 176-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 26-son, 334-modda):
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 4-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Suvdan foydalanish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
9-bandning beshinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning to‘rtinchni xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i”
21-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
74. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda):
a) 4-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi”;
ikkinchi xatboshidagi “tegishli (paxtachilikni rivojlantirish, g‘allachilikni rivojlantirish, sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash, chorvachilikni rivojlantirish, er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish muammolari bo‘yicha) Kengashlarda” so‘zlari “vazirliklar hay’atlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandda:
uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va agrokimyo kengashi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
etinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
8-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va agrokimyo kengashi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
76. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 30-sentabrdagi 267-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 68-modda) 1-ilovaning o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
77. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri hududidagi kanallarning sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 16-oktabrdagi 282-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 42-son, 558-modda) 3-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
78. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 14-dekabrdagi 329-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 93-modda) 1-ilovaning matnida:
a) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari”;
b) quyidagi mazmundagi 241-band qo‘shilsin:
“241. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri, viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari”.
79. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 33-modda):
a) 2-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Innovatsion rivojlanish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari” so‘zlari “va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
v) ilovada:
4 va 12-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5 — 7-bandlardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11 va 28-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandida “qayta ishlash” so‘zlaridan keyin “masalalari” so‘zi qo‘shilsin;
20 va 31-bandlardagi “Hukumatning tegishli qarorlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada:
“Mas’ullar” ustuni “G‘o‘za va boshoqli don ekinlari uchun” bo‘limi “1-bosqich” va “2-bosqich” pozitsiyalardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ullar” ustuni “G‘o‘za va boshoqli don ekinlari uchun” bo‘limi “5-bosqich” pozitsiyadagi, “Boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari uchun” bo‘limi “4-bosqich” pozitsiyadagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi urug‘larini sertifikatlash va sifatini nazorat qilish davlat markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2 va 3-ilovalarda:
“qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” tuman inspeksiyasi rahbari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining hududiy laboratoriyasi mudiri” so‘zlari bilan almashtirilsin.
80. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” DI deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Suv xo‘jaligi vazirligi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat veterinariya qo‘mitasi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi”;
b) 18-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv xo‘jaligi vazirligi — sun’iy suv obyektlarining suvidan foydalanilishi va iste’mol qilinishi yuzasidan”;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi — o‘simlik dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan;
Davlat veterinariya qo‘mitasi — hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan;
yettinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
81. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-avgustdagi 231-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandida:
a) 1 kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi — quyidagi ma’lumotlar uchun:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish”;
b) quyidagi mazmundagi “11” va “12” kichik bandlar qo‘shilsin:
“11) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi — quyidagi ma’lumotlar uchun:
irrigatsiya tizimlari va inshootlari joylashishi va holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun;
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri ma’lumotlari kapitalligi III klassdan past gidrotexnika inshootlari bo‘yicha — inshootlarning mansubligiga qarab);
12) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — davlat o‘rmon kadastri ma’lumotlari uchun”.
82. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18avgustdagi 235-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 15-bandning uchinchi xatboshidagi, 16-bandning birinchi xatboshidagi, 50 va 55-bandlaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilova “Mas’ullar” ustuni “1-bosqich” va “2-bosqich” pozitsiyalardagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
84. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 321-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 48-son, 569-modda) kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
85. Vazirlar Mahkamasining “Naslchilik bo‘yicha davlat maqsadli dasturlarini moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 22-dekabrdagi 354-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52-son, 621-modda) kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
86. Vazirlar Mahkamasining ““Orol dengizi havzasi hududida ekologik halokatning oqibatlarini yengillashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirish” xalqaro konferensiyasi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-dekabrdagi 363-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52-son, 626-modda) kiritilayotgan o‘zgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
87. Vazirlar Mahkamasining “Celeksiya yutuqlari sinovlarini o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 29-dekabrdagi 369-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52 (I)-son, 643-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi — o‘simliklarning yangi navlari bo‘yicha;”.
89. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomning 6-bandi o‘n ikkinchi xatboshidagi va 29-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi” so‘zlari “Suv xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
90. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining irrigatsiya-drenaj tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 11-fevraldagi 21-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 6-son, 66-modda) kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
91. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 32-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 8-son, 94-modda) bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi nizom 15-bandining sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
92. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 17-son, 206-modda) 1-ilovaning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
93. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 31-iyuldagi 220-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 66-modda) kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
94. Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 35-son, 467-modda) 2-ilovaning II bo‘limi “Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 9-pozitsiyadagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
96. Vazirlar Mahkamasining “Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 90-modda) 2-bandi birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
97. Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 91-modda) 2-bandi birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar kar | 250 | 60,844 |
Qonunchilik | “Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-502-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-502-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 238 | 691 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulklarni rasmiylashtirish, saqlash va ularga nisbatan qaror qabul qilishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish davomida aniqlangan egasiz ashyolarni rasmiylashtirish;
egasiz ashyolarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga olib kelishda xavfsizlik choralarini ta’minlash;
egasiz ashyolarni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;
egasiz ashyolarni saqlash va ularni ekspertizadan o‘tkazish (baholash) tartibi;
aniqlangan egasiz ashyolarga nisbatan qaror qabul qilish va uni bajarish tartibi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari (keyingi o‘rinlarda — Chegara qo‘shinlari) bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini (keyingi o‘rinlarda — Davlat chegarasi) qo‘riqlash va himoya qilish davomida aniqlangan egasiz ashyolar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulklarni (keyingi o‘rinlarda — egasiz ashyo) rasmiylashtirish, saqlash, ekspertizadan o‘tkazish (baholash), ularga nisbatan qaror qabul qilish va ularni sotish tartibini belgilaydi.
Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar Nizomga ilovaga muvofiq sxemada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Egasiz ashyo deganda, Davlat chegarasining o‘tkazish punktlaridan tashqari hududda Davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o‘tkazilishiga urinilgan vaqtda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan aniqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 7-bobida nazarda tutilgan egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan moddiy ne’matlar tushuniladi.
3. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan tayyorlash, saqlash, tashish va olib yurish taqiqlangan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi va ular yuzasidan qonun talablariga muvofiq qaror qabul qilinadi.
4. Chegara qo‘shinlari aniqlagan egasiz ashyolar ular topilgan joyda sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi, foto suratga olinadi hamda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ko‘zdan kechirish bayonnomasi tuzilib, unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) bayonnomani tuzish vaqti va joyi;
b) bayonnoma tuzuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va harbiy unvoni;
v) egasiz ashyoni olib qo‘yishda ishtirok etgan xolislar (guvohlar, mutaxassis va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) egasiz ashyolar aniqlangan vaqt va joy;
d) egasiz ashyoning nomi, soni va alohida (identifikatsiya) belgilari (vazni, hajmi, uzunligi, foydalanilganlik holati va boshqalar).
Bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs, egasiz ashyoni aniqlagan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va xolislar (guvohlar, mutaxassis va boshqalar) tomonidan imzolanadi.
5. Davlat chegarasida egasiz ashyoni aniqlagan harbiy xizmatchilar va mazkur aniqlangan ashyo yuzasidan xolis (guvoh), mutaxassis va ekspert sifatida jalb qilingan shaxslardan tushuntirish xatlari olinadi.
6. Egasiz ashyolar Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga zarur xavfsizlik va saqlash choralarini ko‘rgan holda olib kelinadi.
7. Egasiz ashyo yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnomaning nusxasi va unga oid barcha ma’lumotlar Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligida umumlashtiriladi.
8. Egasiz ashyolar ular yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus omborlarida saqlanadi.
9. Tez buziladigan tovarlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa ashyolar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilingan holda, Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan muzlatgich (sovitgich) larda saqlanadi.
10. Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari omborlaridagi maxsus rezervuarlarda saqlanadi.
11. Mayda va yirik shoxli hayvonlar, parrandalar va boshqa hayvonlar Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga yoki Chegara qo‘shinlari ta’sisligidagi yuridik shaxslar hududlariga joylashtiriladi.
12. Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolarning iste’mol qilish, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, ularni baholash maqsadida Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslari egasiz ashyo aniqlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchi tashkilotni tayinlaydi.
13. Ekspertiza ashyoning turiga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolati organlar (tashkilotlar) (“O‘zstandart” agentligi yoki u tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, fitosanitariya, sanitariya-karantin va veterinariya organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) (keyingi o‘rinlarda — ekspertiza organlari) tomonidan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari to‘g‘risida ekspertiza organlari ekspertiza tayinlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir sutka mobaynida Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga xulosa taqdim etadi.
Uch sutka muddatda ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmagan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ashyolarning ayrim turlari, tez buziladigan tovarlardan tashqari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Mol-mulk baholovchi tashkilot tomonidan baholash kunida amal qilgan narxlar bo‘yicha ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud ma’lumotlari asosida baholanadi. Mutaxassis baholovchi tashkilot tayinlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir sutka mobaynida yozma ravishda xulosa (ma’lumot) taqdim etadi.
14. Majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari bundan mustasno) va ular bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan egasiz ashyolar bo‘yicha Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan ularni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.
Tez buziladigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida amalga oshiriladi. Boshqa turdagi mol-mulklarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
15. Ekspert, baholovchi tashkilot, shuningdek, boshqa mutaxassislar o‘zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq moddiy va boshqacha tarzda javobgar bo‘ladilar.
16. Egasiz ashyolar ularning iste’molga (foydalanishga) yaroqsizligi bo‘yicha xulosa olingan taqdirda, Chegara qo‘shinlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda yo‘q qilinadi.
17. Aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish to‘g‘risidagi qaror Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyrug‘i bilan joylarda tashkil etiladigan hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda – hududiy komissiya) tomonidan qabul qilinadi. Hududiy komissiyaning namunaviy tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlanadi. Hududiy komissiyaga Chegara qo‘shinlari operativ qo‘mondonligi boshlig‘i rahbarlik qiladi.
18. Hududiy komissiya to‘plangan hujjatlarga muvofiq ekspertiza hulosasi olingandan so‘ng uch sutka mobaynida, tez buziladigan ashyolarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish hamda Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingandan so‘ng hududiy komissiya bir sutka ichida egasiz deb topilgan ashyolarning hisobga olinishini ta’minlaydi.
Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida foydalanilmaydigan egasiz ashyolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda savdo tashkilotlari orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining ruxsatiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz berilishi mumkin.
19. Hududiy komissiyaning qaroriga muvofiq Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazilgan egasiz ashyolarni Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida hisobga olish, saqlash, tashish, o‘tkazish, sarflash, sotuvga qo‘yish va hisobdan chiqarish (yo‘q qilish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng uch sutka ichida qarordan ko‘chirma ashyo topib olingan joydagi ichki ishlar organiga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lumot uchun yuboriladi.
20. Egasiz ashyolarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari to‘liq Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.
21. Egasiz oziq-ovqat mahsulotlari iste’molga yaroqli deb topilgan holatlarda, Chegara qo‘shinlari shaxsiy tarkibining iste’moli uchun foydalanilishi mumkin.
22. Egasiz ashyolarni rasmiylashtirish va saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
23. Hududiy komissiyaning aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish hamda Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
24. Ashyolarni egasiz deb topish va ularni Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinganda yoki o‘zgarganda, shuningdek, ularni naturada qaytarish yoki qiymatini qoplab berish to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan taqdirda, Chegara qo‘shinlari ushbu ashyolarni belgilangan tartibda tegishli shaxslarga qaytarilishini yoki ularning qiymati Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishini ta’minlaydi.
25. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. | 110 | 10,595 |
Qonunchilik | O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI O‘QITUVChILARI VA IShLAB ChIQARISh TA’LIMI USTALARINI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISh HAMDA ULARGA MALAKA TOIFALARI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-sonli qaroriga asosan, qaror qilinadi:
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 05/QQ, 01-77 va 01/1185-son qarori bilan tasdiqlangan “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor o‘rinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1462, 28-mart 2005-yil, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 12-13-son, 97-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 26-sentabrdagi 34/QB, 01-293 va 11/3008-son qarori bilan tasdiqlangan “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor o‘rinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror (ro‘yxat raqami 1462-1, 3-oktabr 2006-yil, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 402-modda).
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish va to‘lov tizimini mukammallashtirishning choralari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 31-32-son, 296-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2008-y., 31-32-son, 303-modda) muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari (trener-o‘qituvchilar)ni (bundan keyingi o‘rinlarda pedagog xodimlar deb yuritiladi) attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktor o‘rinbosarini attestatsiyadan o‘tkazish mazkur Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
1. Attestatsiya maqsadlari:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining salohiyati, ma’lumoti, ish tajribasi, bilim darajasi, pedagogik mahorati, ishga bo‘lgan munosabatining egallab turgan lavozimi hamda toifa tavsifi talablariga mosligini aniqlash;
o‘qituvchilarni lavozimga tayinlash (lavozimini ko‘tarish yoki pasaytirish) va ishlab chiqarish ta’limi ustalari (trener-o‘qituvchilari)ga malaka toifalarini berish (pasaytirish) to‘g‘risida asoslangan qaror qabul qilish.
Attestatsiya:
pedagog xodimlarni kasbiy malakalarini, bilim darajalari va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borishlarini rag‘batlantirishga;
kasbiy malaka, bilimlar darajasi va pedagogik ko‘nikmalarning o‘sishiga mos holda ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini amalga oshirishga;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mustaqilligini oshirishga, pedagog xodimlar mehnatini baholashda direktor, direktor o‘rinbosari va pedagog jamoa huquqlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan.
2. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari quyidagilar:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlari attestatsiya o‘tkazilishining majburiyligi va doimiyligi;
pedagog xodimlarning kasbiy malakasi, bilim darajasi va pedagogik ko‘nikmalariga baho berishning oshkoraligi, kollegialligi va obyektivligi.
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlari bosh, yetakchi, katta o‘qituvchi lavozimlariga, ishlab chiqarish ta’limi ustalari — birinchi va ikkinchi malaka toifalariga, trener-o‘qituvchilar — oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalariga da’vogarlik qilishlari mumkin.
4 Pedagog xodimning lavozimi, malaka toifasi ko‘tarilishining asosiy sharti bo‘lib, uning pedagog xodimlar malakasini oshirish instituti (markazi)da o‘z malakasini oshirishi hisoblanadi.
5. Pedagog xodimlarga tegishli lavozim va kasbiy malaka toifalar 3 yil muddatga berilib, muddat tugagandan so‘ng, xodim o‘z lavozimi yoki kasbiy malaka toifasini tasdiqlashi shart.
6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (bundan keyingi o‘rinlarda O‘MKHTM deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan keyingi o‘rinlarda DTM deb yuritiladi) tomonidan belgilangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari hamda ushbu Nizom asosida aniqlanadi.
7. Attestatsiya har 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Attestatsiyaning o‘tkazilish muddatlari attestatsiyadan o‘tuvchi pedagog xodimlarga tegishli ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan attestatsiya o‘tkazilishidan bir oy oldin ma’lum qilinadi.
8. Pedagog xodimlarning xohishiga va yozma arizasiga ko‘ra yoki hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalarining tashabbusi bilan ular navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.
Pedagog xodimlarning navbatdan tashqari attestatsiyasi avval o‘tkazilgan attestatsiyadan kamida bir yildan so‘ng o‘tkazilishi mumkin.
9. Yangi ishga qabul qilingan xodim kamida bir yildan keyin attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Uzoq vaqt (bir oydan ortiq) davolanayotgan xodimlar; homiladorlik ta’tilidagi, uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash ta’tilidagi ayollar — ishga chiqqanlaridan so‘ng kamida bir yildan keyin attestatsiyadan o‘tkaziladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida o‘rindoshlik (soatbay) asosida mehnat qilayotgan pedagog xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
10. O‘MKHTM va uning hududiy boshqarmalari hamda tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari attestatsiyasi jarayonini tashkil etishni ta’minlaydi.
Attestatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, attestatsiya komissiyalari ishi natijalarini tahlil qilish va baholash DTM tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 293-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 289-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
11. Pedagog xodimlarning attestatsiyasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan attestatsiya komissiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda attestatsiya komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Attestatsiya komissiyasi tarkibi O‘MKHTM va DTM, shuningdek tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mavjud vazirliklar va idoralarning qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Attestatsiya komissiyasi a’zolari tarkibining soni yetti yoki to‘qqiz kishidan iborat bo‘lishi lozim.
13. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi rahbari (komissiya raisi), DTM vakili (komissiya raisining o‘rinbosari), hokimiyat, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy boshqarmasi, ta’lim sohasidagi kasaba uyushmalari vakillari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi tajribali pedagoglardan kamida ikki nafar ekspertlar kiradi.
Attestatsiya komissiyasi yig‘ilishida tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori maslahat ovozi bilan qatnashadi.
14. Attestatsiya komissiyasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil qilinadigan ekspert guruhi (bundan keyin ekspert guruhi deb yuritiladi) faoliyatini nazorat qilish;
davriy ravishda pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
katta o‘qituvchi, yetakchi o‘qituvchi, bosh o‘qituvchi lavozimiga, birinchi va ikkinchi toifali ishlab chiqarish ta’limi ustasi malaka toifasiga, trener-o‘qituvchilarni oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga da’vo qilayotgan pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
ekspert guruhi hisobotlarini to‘plash va tahlil qilish;
attestatsiya komissiyasi faoliyati bo‘yicha hisobotlar tayyorlash hamda ularni DTM va O‘MKHTMga taqdim etib borish.
15. Pedagog xodimlarning attestatsiyasi ikki bosqichda o‘tkaziladi:
birinchi bosqichda — ekspert guruhi tomonidan xodimning amaliy ish faoliyati o‘rganib chiqilishi asosida pedagog xodimni tegishli lavozimga tayinlash yoki unga malaka toifasini berish (saqlash, pasaytirish) to‘g‘risida xulosa va tavsiyanoma kiritiladi;
ikkinchi bosqichda — ekspert komissiyasi xulosasi va tavsiyanomasi hamda pedagog xodim bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra tegishli attestatsiya komissiyasi tomonidan pedagog xodimni lavozimga tayinlash yoki unga toifa berish (saqlash, pasaytirish) to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Birinchi va ikkinchi bosqichlar o‘rtasidagi vaqt bir oydan oshmasligi lozim.
16. Ekspert guruhi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida direktor o‘rinbosarlari, tajribali pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalaridan tashkil etiladi va tarkibiga hududiy boshqaruv organi vakili kiritiladi hamda ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
17. Ekspert guruhining vazifalariga quyidagilar kiradi:
pedagog xodimning kasbiy faoliyatini har tomonlama o‘rganib chiqish va tahlil qilish;
pedagog xodim tomonidan olib borilayotgan o‘quv-tarbiyaviy ishlar sifatiga obyektiv baho berish;
pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga va toifasiga mosligini aniqlash;
pedagog xodimni tegishli lavozimga tayinlash va malaka toifalari berish haqida xulosa va tavsiyanomalar tayyorlash.
18. Ekspert guruhi pedagog xodimlarning ish faoliyatini o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha quyidagi xulosa va tavsiyalarni chiqaradi:
lavozimi, malaka toifasi oshirilsin;
mavjud lavozimi, malaka toifasi saqlab qolinsin;
mavjud lavozimi, malaka toifasi pasaytirilsin.
19. Ekspert guruhining xulosasi va tavsiyalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining ilmiy-pedagogik kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda attestatsiya komissiyasiga kiritiladi.
20. Pedagog xodimlarning attestatsiyasi quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
pedagog xodimning egallab turgan lavozimi va malaka toifasi bo‘yicha malaka tavsifnomalariga mosligi o‘rganiladi;
malaka sinovlari (testlar, yozma va ijodiy ishlar) yordamida attestatsiyadan o‘tuvchi xodimning mutaxassisligi bo‘yicha bilim darajasi, kasbiy malakasi va pedagogik ko‘nikmalari aniqlanadi;
pedagog xodimning o‘quv-metodik, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari o‘rganiladi va tahlil qilinadi;
pedagog xodim bilan suhbat o‘tkaziladi.
21. Suhbat jarayonida o‘tkazilgan savol va javoblar belgilangan tartibda attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan bayonnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Attestatsiya komissiyasi yig‘ilishida komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan attestatsiya varaqasi to‘ldiriladi.
22. Attestatsiya komissiyasi tomonidan tegishli qaror chiqarilishida barcha hujjatlar, jumladan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining ilmiy-pedagogik kengashida tasdiqlangan ekspert guruhining xulosasi va tavsiyanomasi hamda malaka sinovlari natijalari o‘rganib chiqiladi va ular asosida ovoz berish yo‘li bilan tegishli qaror qabul qilinadi.
Bunda attestatsiyadan o‘tayotgan pedagog xodim shaxsan ishtirok etmaydi.
23. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya natijalarini e’lon qilgandan so‘ng uch ish kuni ichida O‘MKHTM va DTMga elektron pochta (yoki faks orqali) belgilangan tartibda attestatsiya yakunlari bo‘yicha hisobotlarni topshirishlari shart.
24. Attestatsiya komissiyasi raisi, a’zolari yoki ekspert guruhi tomonidan taqdim etilgan noto‘g‘ri yoki noaniq ma’lumotlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgardirlar.
25. Attestatsiya komissiyasi majlisi unda ishtirok etuvchilarning uchdan ikki qismi ishtirok etganda haqiqiy hisoblanadi.
26.Attestatsiya komissiyasi a’zosi bo‘lgan pedagog xodimni attestatsiyadan o‘tkazishda, u ovoz berishda ishtirok etmaydi.
27. Attestatsiya komissiyasi quyidagi xulosalardan birini chiqaradi:
“attestatsiyadan o‘tdi — tegishli lavozim va malaka toifasiga loyiq”;
“attestatsiyadan o‘tmadi — egallab turgan lavozimiga, malaka toifasiga noloyiq” .
28. Attestatsiya komissiyasi qarori bilan xodim “attestatsiyadan o‘tmadi — egallab turgan lavozimiga (malaka toifasiga) noloyiq” deb topilsa, uning lavozimi yoki toifasi pasaytiriladi.
29. Attestatsiyadan o‘tkazilayotgan pedagog xodim uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiya yig‘ilishida ishtirok etmasa uning attestatsiyasi boshqa kunga ko‘chiriladi.
Agar attestatsiyadan o‘tkazilayotgan pedagog xodim attestatsiyada uzrsiz sabablarga ko‘ra ishtirok etmasa bu xodim attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
30. Attestatsiya komissiyasi qarori rais va kotib imzolaydigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma to‘rt nusxada tuziladi va attestatsiya komissiyasi, DTMda, O‘MKHTMda va ta’lim muassasasida saqlanadi.
31. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varaqasiga kiritiladi va rais, rais o‘rinbosari, kotib, hamda ovoz berishda ishtirok etgan attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi. Rasmiylashtirilgan attestatsiya varaqasi pedagog xodimning shaxsiy hujjatlari jildida saqlanadi.
32. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbari attestatsiya komissiyasi qarori asosida bir oy muddatda tegishli buyruq chiqaradi.
Lavozimlar va malaka toifalari attestatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab beriladi.
33. Attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog xodimlarga, ularga lavozim yoki malaka toifalari berilganligi (saqlab qolinganligi) to‘g‘risida mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Lavozim yoki malaka toifalari berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Guvohnoma blankalari DTM buyurtmasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
34. DTM va attestatsiya komissiyasi guvohnomalarning hisoboti, saqlanishi va maqsadli ishlatilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlar.
35. Pedagog xodimlarining lavozimlari va malaka toifalari attestatsiya komissiyasi qarori asosida belgilanadi.
36. Attestatsiya davomida pedagog xodimlarning o‘z lavozimi yoki malaka toifasiga loyiqligini baholash quyidagi ko‘rsatkich va mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) bosh o‘qituvchi lavozimini berishda:
pedagog xodimning malakasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
pedagogika fani va amaliyotidagi yangi yutuqlarni, bilimlarni ushbu yo‘nalishi sohalarini yuqori darajada o‘zlashtirganligi;
amaliy vazifalarni ijodiy hal qilishi;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi (professionalizm) quyidagilar bilan aniqlanadi:
ta’lim va tarbiya berishning usullari, vositalari va shakllarini maqbul ravishda tanlash yoki ommalashtirishga tavsiya qilinishi mumkin bo‘lgan pedagogik texnologiyalar va ularning elementlarini sinovdan o‘tkazish va muvaffaqiyatli qo‘llash ko‘nikmasi;
o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirishga sharoitlar yaratishi;
amaliy faoliyatida ta’limning tadqiqot va tajriba-sinov metodlarini, pedagogik jarayonni boshqarish va istiqbolini belgilash usullarini, o‘quvchilarning mustaqil ta’limini rejalashtirish va tashkillashtirish usullarini qo‘llashi;
pedagog xodimning samaraligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarni yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash;
pedagog xodimning kasbiy tajribasi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida yetakchi o‘qituvchi lavozimida, yoki oliy ta’lim muassasasida katta o‘qituvchi lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan ish staji (agar da’vogar ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lsa, uning yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi amaliy ish tajribasi talab etilmaydi) orqali aniqlanadi;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
oliy ma’lumot;
b) yetakchi o‘qituvchi lavozimini berishda:
pedagog xodimning malakasi quyidagi sohalardagi standartlar talablaridan yuqori bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalarni baholash ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi:
ta’lim jarayoni, zamonaviy psixologik-pedagogik tashxis usullarini individuallashtirish texnologiyasi;
o‘qitiladigan fan mazmunining bazaviy komponetini egallaganlikning yuqori darajasi, turdosh fanlar bo‘yicha bilimlar;
darsni turli darajalarda olib borishga imkon beruvchi nazariy bilimlar;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
o‘quv-tarbiya jarayonining shakl va metodlarini, mazmunini tanlashda o‘quvchilarning psixologik xususiyatini hisobga olish ko‘nikmasi;
moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlari va sog‘lomlik holatlarining rivojlanishi turli darajada bo‘lgan o‘quvchilar bilan pedagogik vazifalarni hal qilish qobiliyati;
amaliy faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shaxsning pedagogik rivojlanish texnologiyasi elementlarini, fan bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlarning tahlili uslublarini qo‘llash qobiliyati;
pedagog xodimning salohiyati:
ilmiy-uslubiy ishlarning yuqori darajasi (ilmiy nashrlar, tahliliy va uslubiy materiallar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish);
o‘quvchilarni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tuman, shahar ta’lim tizimida yuqori darajada hisoblangan tayyorlanishni ta’minlash orqali belgilanadi;
pedagog xodimning kasbiy tajribasi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari yoki oliy ta’lim muassasalaridagi katta o‘qituvchi lavozimida 3 yildan kam bo‘lmagan ish staji;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
oliy ma’lumot;
v) katta o‘qituvchi lavozimini o‘rnatishda:
pedagog xodimning malakasi quyidagi sohalardagi standartlar talablaridan yuqori bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalarni baholash ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi:
pedagogika, psixologiya va yosh fiziologiyasi nazariyasi asoslari;
o‘qitilayotgan fanning bazaviy qismlari mazmuni;
o‘qitish va tarbiyalash metodikalari;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
ta’lim jarayonida qulay muhit yarata olish mahorati, amaliy faoliyatda ta’lim jarayonining variativligini ta’minlaydigan usullar, uslublar va o‘qitish vositalarining keng yig‘masini qo‘llash mahorati bilan;
pedagogik diagnostikani asosiy uslub va vositalarini, o‘quvchilar kontingentini differensiatsiya qilishning asosiy shakllarini qo‘llanilishi bilan;
o‘quvchilarning bilish va kommunikativ madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy uslublari bilan;
pedagog xodimning salohiyati:
pedagog xodim bevosita muloqotda bo‘luvchi o‘quvchilar kontigentini saqlashga yordam beruvchi amaliy ishi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan va ta’lim muassasasida yuqori hisoblangan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini ta’minlash bilan belgilanadi;
pedagog xodimning kasbiy tajribasi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi orqali aniqlanadi;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
oliy (magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar katta o‘qituvchi lavozimiga ish tajribasiga bo‘lgan talablarsiz qabul qilinadi) ma’lumot;
g) oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimini o‘rnatishda:
pedagog xodimning malakasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
davlat ta’lim standartiga mos keladigan darajada pedagogika, psixologiya va yosh fiziologiyasi nazariyasi asoslarini bilish;
o‘qitilayotgan fanning asosiy qismlarining mazmuni, o‘qitish va tarbiya berish uslublarini bilish;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
pedagogik tashxisning asosiy uslub va vositalarini qo‘llay olish;
o‘qitish metodlari, usullari va vositalarining keng majmuasini qo‘llashni bilish;
pedagog xodimning salohiyati:
o‘qitilayotgan fani bo‘yicha o‘quvchilarni davlat ta’lim standartlariga mos holda tayyorlash darajasini ta’minlash;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
o‘qitayotgan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot.
d) o‘rta maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarni o‘qituvchi lavozimiga qo‘yishda:
pedagog xodimning malakasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
Davlat ta’lim standartlariga mos keladigan darajada pedagogika nazariyasi, psixologiya va yosh fiziologiyasi asoslarini bilishi;
o‘qitiladigan fanning tayanch komponentining mazmunini va ta’lim -tarbiya metodikalarini bilishi;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
pedagogik tashxisning asosiy metodlari va vositalarini qo‘llash ko‘nikmasi;
o‘qitish metodlari, usullari va vositalarining keng majmuasini qo‘llashni bilish;
pedagog xodimning salohiyati:
o‘qitilayotgan fani bo‘yicha o‘quvchilarni davlat ta’lim standartlariga mos holda tayyorlash darajasini ta’minlash;
pedagog xodimning kasbiy tajribasi:
ikki yillik pedagogik ish staji bilan aniqlanadi;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
o‘qitiladigan fani yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy ma’lumot.
e) o‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustasiga birinchi malaka toifasini berishda:
pedagog xodimning malakasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
berilgan yo‘nalish bo‘yicha amaliy ta’lim bazaviy komponenti mazmunini yuqori darajada bilishi;
davlat ta’lim standartlariga mos keladigan darajada pedagogika nazariyasi, psixologiya va yosh fiziologiyasi asoslarini bilishi;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
amaliy ta’limning metodlari, usullari va vositalarining keng majmuasini qo‘llashni bilish;
pedagog xodimning salohiyati:
ta’lim oluvchilarning ushbu ta’lim muassasasida yuqori darajada deb ko‘rib chiqilgan amaliy tayyorgarlik darajasini ta’minlash bilan aniqlanadi;
pedagog xodimning kasbiy tajribasi:
ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimida uch yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi bilan aniqlanadi (oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimiga ish staji talab qilinmaydi);
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
o‘qitiladigan amaliy fani yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy ma’lumot;
j) ishlab chiqarish ta’limi ustasiga ikkinchi malaka toifasini berish:
pedagog xodimning malakasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
berilgan yo‘nalish bo‘yicha amaliy ta’lim bazaviy komponentining mazmunini bilishi;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
amaliy ta’limning uslub va vositalarini qo‘llashni bilishi;
Davlat ta’lim standartlari darajasida ishchi dasturiga muvofiq barcha turdagi amaliy ishlarni bajara olish ko‘nikmasi;
pedagog xodimning natijaviyligi:
Davlat ta’lim standartlari talablariga mos ravishda o‘quvchilarni amaliy tayyorgarlik darajasini ta’minlash orqali aniqlanadi;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
o‘qitayotgan yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy ma’lumot (ba’zi hollarda ushbu kasbda 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali ishchi qabul qilinishi mumkin);
z) sport kolleji va olimpiya zaxiralari kolleji trener-o‘qituvchisiga oliy malaka toifasini berishda:
pedagog xodimning malakasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
pedagogika fani va amaliyotidagi eng yangi yutuqlarni yuqori darajada o‘zlashtirganligi bilan;
amaliy vazifalarni ijodiy echish orqali aniqlanadi;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
o‘qitish, tarbiyalash va mashq ishlarida uslublar, vositalar va shakllarni maqbul ravishda tanlash, tatbiq qilishga tavsiya etish mumkin bo‘lgan pedagogik texnologiyalar yoki ularning elementlarini mustaqil ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va muvaffaqiyatli qo‘llash ko‘nikmasi;
o‘qitishning tadqiqot va tajriba-eksperimental uslublarini, pedagogik va mashq jarayonini rejalashtirish va istiqbolini belgilashning uslublarini, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishini rejalashtirish va tashkil qilish yo‘llarini amaliy faoliyatga tatbiq etish;
pedagog xodimning salohiyati:
sportchilarni xalqaro sport standartlari bo‘yicha yuqori hisoblangan darajasini tayyorlash orqali (xalqaro sport musobaqalari g‘oliblarini tayyorlash);
pedagogik va sport ishlarining innovatsion metodlarni ishlab chiqish va amalga tatbiq etish, tegishli yo‘nalishdagi yuqori yutuqlar orqali aniqlanadi;
pedagog xodimning kasbiy tajribasi:
trener-o‘qituvchi lavozimida 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga egaligi;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
oliy jismoniy tarbiya pedagogik ma’lumot;
i) sport kolleji va olimpiya zaxiralari kollejining trener-o‘qituvchisiga birinchi malaka toifasini belgilashda:
pedagog xodimning malakasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
o‘qitishni individuallashtirish texnologiyalari va sport-mashq ishlarining zamonaviy usullarini egallaganligining yuqori darajasi;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi quyidagilar bilan aniqlanadi:
o‘qitish, tarbiyalash va mashq ishlarida uslublar, vositalar va shakllarni maqbul ravishda tanlash, pedagogik texnologiyalar yoki ularning elementlarini muvaffaqiyatli qo‘llash ko‘nikmasi;
o‘qitishning tadqiqot va tajriba-eksperimental usullarini, pedagogik va mashq jarayonini rejalashtirish va istiqbolini belgilashning uslublarini, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishini rejalashtirish va tashkil qilish yo‘llarini amaliy faoliyatga tatbiq etish.
pedagog xodimning salohiyati:
sportchilarni xalqaro sport standartlari bo‘yicha yuqori hisoblangan darajada tayyorlash orqali (xalqaro sport musobaqalari g‘oliblarini tayyorlash);
pedagogik va sport ishlarining innovatsion metodlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish, tegishli yo‘nalishdagi yuqori yutuqlar orqali aniqlanadi;
pedagog xodimning kasbiy tajribasi:
trener-o‘qituvchi lavozimida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga egaligi;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
oliy jismoniy tarbiya pedagogik ma’lumot;
y) sport va olimpiya zaxiralari kolleji trener-o‘qituvchisiga ikkinchi kasbiy toifa berilishida:
pedagog xodimning malakasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
o‘qitishni individuallashtirish texnologiyalari va sport-mashq ishlarining zamonaviy usullarini egallaganligi bilan;
pedagog xodimning kasbiy yetukligi (professionalizm) quyidagilar bilan aniqlanadi:
o‘quv, tarbiya va sport-mashq ishlarida pedagogik texnologiyalar va ularning elementlarini qo‘llash ko‘nikmasi;
pedagog xodimning salohiyati:
sportchilarni milliy sport standartlari bo‘yicha yuqori hisoblangan darajada tayyorlash orqali (milliy sport musobaqalari ishtirokchilarini tayyorlash);
pedagog xodimning kasbiy tajribasi:
trener-o‘qituvchi lavozimida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga egaligi;
pedagog xodimning ta’lim olganlik darajasi:
oliy jismoniy tarbiya pedagogik ma’lumot;
sport kasb-hunar kollejlarida ikkinchi toifali trener-o‘qituvchi lavozimiga o‘rta maxsus jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishiga ruxsat beriladi.
37. Lavozimga tayinlash va malaka toifasini berishda pedagog xodimning ma’lumotiga qo‘yiladigan talablar:
o‘rta maxsus, oliy ma’lumotli o‘qituvchi lavozimlarini belgilash o‘rta maxsus, umumiy oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga va bakalavr darajasiga ega bo‘lgan xodimlarga nisbatan amalga oshiriladi;
magistr darajasiga ega bo‘lgan pedagog xodimni ishga qabul qilishda unga katta o‘qituvchi lavozimi yoki ikkinchi malaka toifasi beriladi. Bu lavozim keyingi attestatsiyalar natijalari bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin;
nomzodlik yoki doktorlik ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog xodimga bosh o‘qituvchi va yetakchi o‘qituvchi lavozimi yoki birinchi malaka toifasi beriladi va minimal ish stajiga bo‘lgan talablarga amal qilmagan holda tayinlanadi.
38. Attestatsiya komissiyasi xulosasidan norozi bo‘lgan pedagog xodimlar attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun muddat mobaynida appelatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.
39. Appelatsiya komissiyasi 3—5 kishidan kam bo‘lmagan DTM xodimlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqaruv organlari xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi va hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi huzurida tashkil qilinadi.
Appelatsiya komissiyasiga boshqa muassasa va tashkilotlar mutaxassislari jalb etilishi mumkin. Appelatsiya ishi ko‘rilayotganda appelatsiya komissiyasining uchdan ikki qismi a’zosi ishtirok etsa haqiqiy hisoblanadi.
40. Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Appelatsiya komissiyasi ariza beruvchiga uning arizasi ko‘rib chiqilishidan 5 kun avval xabar beradi.
41. Appelatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorning asosliligi yoki ariza beruvchini qayta attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
42. Appelatsiya komissiyasining xulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi ariza beruvchiga topshiriladi. | 210 | 29,943 |
Qonunchilik | Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qaroriga muvofiq, shuningdek Chet tilini bilish darajasini baholash va sertifikatlash milliy tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikatining davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qaroriga muvofiq chet tillarni bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
2. Chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikatini (keyingi o‘rinlarda sertifikat deb ataladi) berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun talabgor tomonidan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
3. Sertifikat test sinovlari yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 2 yil muddatga beriladi.
4. Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va og‘zaki suhbat o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi, u quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
a) “tinglab tushunish” bo‘limi — og‘zaki nutqni qabul qilish ko‘nikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
b) “o‘qish” bo‘limi — o‘qilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
v) “leksik va grammatik kompetensiyalar” bo‘limi — grammatik tuzilishni va lug‘at zaxirasini farqlash hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish mahoratini tekshiradi;
g) “yozma ish” bo‘limi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lug‘at zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular bo‘yicha bir-biri bilan bog‘langan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;
d) “gapirish” bo‘limi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va o‘z nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.
5. Test sinovini o‘tkazish uchun topshiriqlar O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartiga muvofiq har bir daraja (A2, A2+, B1, B1+, B2, C1) uchun Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi.
6. Chet tilini bilish darajasini aniqlash yuzasidan talabgorlarni test sinoviga mustaqil tayyorlash uchun zarur materiallar Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
7. Test sinovini o‘tkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
8. Talabgor chet tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatni olish maqsadida test sinovida qatnashishga ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti orqali onlayn yoki bevosita Davlat test markazi va uning viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga (ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha) ariza bilan murojaat qiladi.
9. Quyidagi ma’lumotlarning aniqligi uchun ariza beruvchi shaxsan javobgar hisoblanadi:
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) to‘g‘risida ma’lumot;
3,5 x 4,5 sm o‘lchamli rangli, orqa foni oq rangdagi fotosurat;
chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati olish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxalari va 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli fotosuratni Davlat test markaziga yoki Davlat test markazining hududiy bo‘linmalariga shaxsan olib kelib topshiradi.
Bunda Davlat test markazi xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida talabgorning elektron barmoq izi va fotosurati olinib ro‘yxatdan o‘tadi.
10. Talabgorning tushgan arizasi Davlat test markazi tomonidan yetti ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. To‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida talabgor ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda test sinoviga qo‘yiladigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazishda talabgorga test sinovidan o‘tish qoidalari to‘g‘risidagi eslatma beriladi.
Zarur hujjatlar talab darajasida rasmiylashtirilmaganda, Davlat test markazi bu to‘g‘risida talabgorning ro‘yxatdan o‘tish davrida ko‘rsatgan elektron pochtasiga xabar yuboradi yoki telefon orqali talabgorni xabardor qiladi. Talabgor bir hafta mobaynida hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va ularni Davlat test markaziga qayta taqdim etish huquqiga ega.
11. Davlat test markazi xodimlari tomonidan ariza beruvchilar to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanadi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat bo‘lgan taqdirda ariza beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
12. Test sinoviga qo‘yiladigan talabgorlar ro‘yxati, uni o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risidagi axborot Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin e’lon qilinadi. Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
13. Test sinovi guruhlarning shakllantirilishiga qarab, talabgor ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab olti hafta ichida o‘tkaziladi.
Talabgorning test sinovida belgilangan o‘tirish joyi Davlat test markazi tomonidan qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
14. Test sinovi blankalarda yoki kompyuterda, tegishli dasturiy ta’minotdan foydalangan holda, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali masofadan o‘tkaziladi. Test sinovi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar ishtirokida o‘tkaziladi.
Test sinovi blankalarda o‘tkazilganda ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Bunda birinchi bosqich “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” bo‘limlaridan, ikkinchi bosqich “gapirish” bo‘limidan tashkil topadi.
Test tegishli dasturiy ta’minot asosida kompyuterda o‘tkazilganda barcha bo‘limlar qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
Test sinovi internet jahon axborot tarmog‘i orqali masofadan o‘tkazilganda, u Internet tarmog‘idan foydalanadigan davlat ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlarida bo‘lib o‘tadi. Test sinovi Davlat test markazi xodimining rahbarligida va kuzatuvida o‘tkaziladi. Talabgorlar Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti orqali tizimda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ular bajarish uchun test sinovi topshiriqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabgorlarning test sinovi topshiriqlariga javoblari avtomatik ravishda, onlayn rejimida Davlat test markazining ma’lumotlar bazasiga tekshirish uchun yuboriladi.
Test sinovi vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor o‘tiradi. Test sinovini o‘tkazish jarayoni videotasvirga tushiriladi.
15. Test sinovini o‘tkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin. Bunday hollarda ular bilan shartnoma tuziladi.
16. “Tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi. “Yozma ish” va “gapirish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar imtihon komissiyasi tomonidan tekshiriladi, natijalari rasmiylashtiriladi.
Imtihon komissiyasi tarkibi Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, unga Davlat test markazi xodimlari va tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar kiritiladi.
17. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) asosida barmoq izi tekshirilib test sinoviga qo‘yiladi.
18. Test sinovlarini o‘tkazish vaqti:
A2, A2+ darajasi uchun — “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” uchun — 150 daqiqa, “gapirish” uchun — 10 daqiqa;
B1, B1+ darajasi uchun — “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” uchun — 185 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqa;
B2 darajasi uchun — “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” uchun — 200 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqa;
C1 darajasi uchun — “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” uchun — 210 daqiqa, gapirish uchun 20 — daqiqani tashkil etadi.
19. Test sinovlari formati: “Tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar” bo‘limlarining har biri 30 ta savoldan iborat bo‘ladi;
“yozma ish” bo‘limi A2, A2+, B1, B1+, B2 darajalari uchun ikkita yozma topshiriqdan, C1 darajasi uchun uchta yozma topshiriqdan (darajaga bog‘liq holda birinchi topshiriq — 30 — 150 ta so‘zdan, ikkinchi topshiriq — 50 — 250 ta so‘zdan, uchinchi topshiriq — 80 — 100 ta so‘zdan);
“og‘zaki suhbat” bo‘limi topshiriqlarning uchta turidan iborat bo‘ladi.
20. Test sinovi har bir bo‘limining eng yuqori bahosi 30 ballni va barcha bo‘limlar uchun maksimal baho 150 ballni tashkil etadi.
21. Test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyotni, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi. Test sinovi o‘tkazilayotgan vaqtda boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishga, savollar kitobi varaqlarini yirtib olishga, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berishga, test sinovini o‘tkazish jarayoniga xalaqit qilishga, test sinovlari tugagandan so‘ng yozishda davom etishga, boshqa talabgorga hech qanday buyum uzatishga ruxsat etilmaydi. Ushbu talablarni buzgan talabgor auditoriyadan chiqarib yuboriladi va test sinovidan o‘tmagan deb hisoblanadi. Test sinovidan chiqarib yuborilgan talabgorlar to‘g‘risida ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
22. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab uch haftadan kechikmay Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
23. Test sinovi yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam (90 balldan kam) ball olgan talabgor daraja shartlarini bajarmagan deb hisoblanadi va qayta qatnashish uchun, test sinovlari o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatni olish uchun belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilib to‘lov to‘lagan taqdirda test sinovlariga qo‘yiladi.
24. Talabgor Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida onlayn ariza to‘ldirgandan so‘ng, uning elektron manziliga Davlat test markazi tomonidan elektron ariza va to‘lovni amalga oshirish uchun kvitansiya yuboriladi.
To‘lov istalgan bank yoki amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
25. Talabgor mazkur Nizomning 9-bandida nomlari keltirilgan hujjatlarni Davlat test markazi yoki Davlat test markazining hududiy bo‘linmalariga topshirganidan so‘ng Davlat test markazi va talabgor o‘rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
26. Agar ariza beruvchi turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, Davlat test markaziga test sinovlari o‘tkaziladigan kundan 7 kun avval yozma murojaat etishi lozim. Bunda, talabgorning xohishiga ko‘ra navbatdagi test sinovlariga kiritiladi yoki to‘langan yig‘im 100 foiz miqdorda talabgorga qaytariladi (to‘lov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, ko‘rsatilgan xizmat uchun undirilgan yig‘imdan tashqari).
Talabgor test sinoviga kechikkan yoki uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan to‘langan yig‘imning 50 foiz miqdori qaytariladi.
27. Test sinovi qoidalarini buzganlik uchun auditoriyadan chiqarib yuborilgan taqdirda amalga oshirilgan to‘lov talabgorga qaytarilmaydi.
28. Uzrli sababga ko‘ra test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovlari tugagan kundan boshlab besh ish kunida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Davlat test markaziga bevosita yoki elektron tarzda taqdim etishi lozim.
Talabgor kechikkan taqdirda test sinoviga qo‘yilmaydi. Agar talabgor test sinoviga uzrli sababga ko‘ra (tegishli hujjat bilan tasdiqlanganda) kelmaganda, uning arizasi asosida unga navbatdagi test sinovidan (gapirish ko‘nikmasi uchun boshqa vaqtda) o‘tishga ruxsat etiladi. Test sinovini boshqa vaqtga ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror Davlat test markazi tomonidan qabul qilinadi.
29. Test sinovi o‘tkazilishi jarayonida talabgorning faqat bitta chet tilidan test topshirishiga ruxsat etiladi.
30. Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgor Davlat test markaziga apellatsiya taqdim etish huquqiga ega. Apellatsiya test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
31. Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan 5 — 7 nafar Davlat test markazi xodimlari va ta’lim tizimi pedagoglaridan iborat bo‘lgan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Talabgor Apellatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lganda, sudga murojaat qilish huquqiga ega.
32. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyaning qondirilishini rad etish;
test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellatsiyani qondirish;
test natijalarini bekor qilish va takroriy test sinovi o‘tkazilishini tayinlash.
Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellatsiyaning qondirilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Test sinovi natijalarini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizom talablari buzilgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi. Apellatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Talabgorni takroriy test sinovidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Davlat test markazi test sinovini o‘tkazish sanasini belgilaydi va test sinovini takroran o‘tkazishda to‘lov undirilmaydi.
33. Takroriy apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
34. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida, Davlat test markazi buyrug‘i asosida sertifikat beriladi.
35. Sertifikat qat’iy hisobot yuritiladigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Blankalar Davlat test markazi buyurtmasiga binoan, bosmaxona usulida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Davlat test markazi direktori sertifikatlar blankalarining hisobga olinishi, ularning saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan belgilangan tartibda shaxsan javobgar bo‘ladi.
36. Davlat test markazi sertifikatlar reyestrini yuritadi.
Sertifikatlar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
pasport ma’lumotlari (seriyasi va tartib raqami, pasportning kim tomonidan va qachon berilganligi) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi ma’lumotlari (tartib raqami, guvohnomaning kim tomonidan va qachon berilganligi);
Davlat test markazining sertifikat berish to‘g‘risidagi buyrug‘ining sanasi va tartib raqami;
sertifikatning hisobga olish seriyasi va tartib raqami;
sertifikatning berilgan sanasi;
sertifikatning amal qilish muddati.
37. Sertifikat pasport ko‘rsatilgan taqdirda, shaxsan talabgorga yoki talabgorning notarial tasdiqlangan ishonchnomasi asosida boshqa shaxsga beriladi.
38. Yo‘qolgan, talabgorning aybi bilan ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o‘rniga talabgorning arizasiga ko‘ra dublikat beriladi.
Sertifikatni egasi malaka sertifikati yo‘qolganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi hamda Davlat test markaziga dublikat berish to‘g‘risidagi ariza va dublikat berilganligi uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat bilan birga ommaviy axborot vositalaridagi e’lonning tasdig‘ini taqdim etadi (talabgorning aybi bilan noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar uchun ariza berganlar bundan mustasno).
Sertifikatni dublikati malaka sertifikatining yangi blankasida “Dublikat” yozuvi majburiy ko‘rsatilgan holda, aynan oldingi tartib raqami hamda ilgari belgilangan amal qilish muddati bilan beriladi.
Yaroqsiz holga kelgan sertifikat Davlat test markaziga qaytariladi.
Malaka sertifikatining dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
39. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
40. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatdagi oq qog‘ozga ofset usulida bosiladi. Bunda beshta rangdan foydalaniladi: qora rang — matn uchun, yashil, ko‘k, qizil ranglar — rasmlarni tasvirlash uchun, och jigarrang — fon uchun. Varaqning yuqori qismida 25 mm diametrda Davlat gerbi joylashtirilgan.
Varaqning qolgan qismiga davlat tilida lotin yozuvida “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MANKAMASI NUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI. CNET TILINI BILISN VA EGALLASN NAQIDA SERTIFIKAT”, ingliz tilida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN STATE TESTING CENTER UNDER TNE CABINET OF MINISTERS. CERTIFICATE LEVEL OF FOREGIN LANGUAGE PROFICIENCY” so‘zlari bosiladi. Sertifikat olti raqamli tartib raqamiga egadir. Matn och jigarrang fonda guldor naqsh bilan bosiladi.
Sertifikat quyidagilardan foydalangan holda olti karra himoyaga ega:
bosishning ikki usuli — ofset va yuqori;
yorqin bo‘yoqlar nur orqali nusxa ko‘chirishni murakkablashtirish uchun;
guldor naqsh;
turli rangli naqshlar to‘rlaridan foydalanish yo‘llari bilan har xil ranglar hosil qilish;
maxsus qog‘oz:
almashib turadigan raqamlardan tartib raqami. | 115 | 18,882 |
Qonunchilik | Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalq ta’limi tizimidagi muassasalarni budjetdan tashqari mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibiga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom xalq ta’limi muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizom xalq ta’limi tizimidagi davlat ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
xalq ta’limi muassasalarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari huzuridagi Davlat mulkini ijara berish markazi davlat unitar korxonalariga 1 foizi va elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lovdan tashqari);
o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar;
xalq ta’limi muassasalari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
4. Jamg‘arma mablag‘lari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun moliyalashtiriladi.
Bunda xalq ta’limi muassasasi rahbarini moddiy rag‘batlantirish va Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobga olinishi lozim.
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat xalq ta’limi muassasasi rahbarining asosli yozma murojaati asosida umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi roziligi bilan amalga kiritiladi.
5. Jamg‘armaga tushgan mablag‘larning yil natijasi bo‘yicha (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) jami summasidan 10 foizgacha bo‘lgan miqdori mazkur muassasa rahbarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
6. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jamg‘armaga ko‘rsatilgan homiylik xayriyalari, agar homiy bilan aniq maqsadlar uchun yo‘naltirilishi kelishilmagan bo‘lsa, muassasa rahbari va hisobchisi tomonidan xarajatlar smetasiga o‘zgartirish tayyorlanib, umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi roziligi bilan xalq ta’limi muassasasi xarajatlariga sarflanadi.
7. Jamg‘arma mablag‘larining hisobini markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati yoki muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi hisobchi tomonidan yuritiladi. Bunda muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi hisobchi shtatini saqlash bo‘yicha barcha xarajatlar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
8. Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi muassasa rahbari va hisobchisi tomonidan tayyorlanib, umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi.
Umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashining roziligi olingandan so‘ng daromadlar va xarajatlar smetasi muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
9. Jamg‘arma tushumlarining 5 foizi (homiylik xayriyalaridan tashqari) Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga belgilangan tartibda yo‘naltiriladi.
10. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi hamda tegishli hududiy bo‘limlar tomonidan nazorat qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.
11. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan yozma murojaatga asosan, barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati yoki muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi hisobchi tomonidan foydalaniladi.
Bunda shartnomalarni imzolash, mahsulotlar (ish, xizmatlar) turlarini tanlash, mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) sifatli qabul qilib olish ta’lim muassasasi rahbari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Amalga oshirilgan ishlar uchun ta’lim muassasasi rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari:
tegishliligi bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning jamg‘armalariga mablag‘larning tushumlari (pullik xizmatlar, ijara, homiylik xayriyalari, grantlar va boshqalar) to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni olishga;
xalq ta’limi tizimidagi muassasalar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, budjet va smeta-shtat intizomining buzilish hollari aniqlangan taqdirda, shuningdek, moliyaviy hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasini yoki ushbu vazirlik rahbariyatini xabardor qilgan holda, budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlarini moliyalashtirishni (to‘lashni) cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yishga haqli.
Jinoyat alomatlari bo‘lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tekshirish materiallarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishi lozim.
13. Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish yoki boshqa maqsadlarga yo‘naltirish (ishlatish) bilan bog‘liq har qanday ko‘rinishdagi aralashish taqiqlanadi.
14. Xalq ta’limi muassasalarining rahbarlari va hisobchilari Jamg‘arma mablag‘lari to‘g‘ri shakllantirilganligi, ulardan samarali, oqilona va to‘g‘ri foydalanish, mazkur mablag‘larning hisob-kitobining to‘g‘ri yuritilishi bo‘yicha shaxsan javob beradilar.
1. 15-bandda:
a) uchinchi xatboshiga “taqsimlanadi” so‘zidan keyin “(xalq ta’limi muassasalaridan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Xalq ta’limi muassasalarining mol-mulkini, jumladan asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”;
2. 29-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Ushbu band xalq ta’limi muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
3. 35-bandning birinchi xatboshidagi “moliya organlari” so‘zlaridan keyin, “shuningdek vazirlik va idoralarning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari hamda uning hududiy bo‘limlari” so‘zlari qo‘shilsin. | 172 | 8,207 |
Qonunchilik | 2018 yil oхirigacha 40 ta bolalar bogʻchasi quriladi | Prezidentning 02.07.2018 yildagi “2018 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarinn qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mnrlash manzilli dasturi toʻgʻrnsida”gi PQ-3822-son qarori e’lon qilindi. Uni amalga oshirish uchun 1,25 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Dasturga 367 ta ob’yekt kiritilgan. Yil oхirigacha umumiy quvvati 7 775 oʻrinli 40 ta bolalar bogʻchasini qurish rejalashtirilayotir. Bundan tashqari, 298 ta maktabgacha ta’lim muassasasi (keyingi oʻrinlarda – MTM) rekonstruksiya qilinadi va 29 tasi kapital ta’mirlanadi. Moliyalashtirish Prezidentning 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3507-son qarori bilan tasdiqlangan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari, respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat MTMning qurilishi 60 dan 385 oʻringacha moʻljallangan namunaviy loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi хizmati” injiniring kompaniyalari MTMni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilandi. Tashqi muhandislik kommunikatsiyalarining qurilishi “Oʻzbekenergo" AJ va “Oʻztransgaz” AJ tashkilotlari tomonidan ushbu tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy. | 52 | 1,454 |
Qonunchilik | “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti to‘g‘risida | “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, Hukumat tomonidan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichini yaxshilash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilning to‘qqiz oyida yalpi ichki mahsulot o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga o‘sishi ta’minlandi va davlat budjetining daromadlari 1,5 baravarga ortdi.
Ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat dasturining bajarilishida bir qator jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-yanvardagi Farmoni bilan belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni sifatli, samarali amalga oshirish, hisobot davrida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy-ijtimoiy sohaning bardavom rivojlanishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, jozibador investitsiya muhitini yaratish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishga ustuvor ahamiyat berildi.
Davlatimiz rahbari ilgari surgan g‘oyaning amalga oshirilishi va shu orqali mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqilligining kuchaytirilishi, natijada daromad tushumlari ko‘rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilishi hisobiga mahalliy hokimliklar ixtiyorida qo‘shimcha 4,0 trln. so‘m yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foiz ko‘p mablag‘ qoldirildi. Bu esa faqat markazlashgan mablag‘largagina qaram bo‘lmay, mahalliy budjetlar hisobiga ham investitsiyaviy muhitni yaxshilash, turizm uchun qulayliklar yaratish, aholini ish bilan ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarga e’tiborni kuchaytirish imkonini berdi.
Jumladan, mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya muhiti natijasida ularning o‘zlashtirilishi jadallashtirilib, jalb etilayotgan jami investitsiyalar hajmi 46 foizga o‘sdi. Bunda Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan Investitsiya dasturining alohida ahamiyati bor.
O‘tgan davrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohasini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Davlat dasturi doirasida 260 ta normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 ta farmoni, 71 ta qarori, 3 ta farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining 71 ta qarori va farmoyishlari qabul qilindi hamda 51 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga Davlat dasturidagi ayrim bandlarning bajarilish muddatlari kechikmoqda. Jumladan, davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini keng joriy etish orqali davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llagan holda vazirlik va idoralarning shtat birliklarini maqbullashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat (13-band) oxiriga yetkazilmagan.
Davlat unitar korxonalarini xatlovdan o‘tkazish asosida raqobat mavjud sohalarda faoliyat yurituvchi va samaradorligi past davlat unitar korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni hamda autsorsing mexanizmlarini qo‘llash orqali ularni tugatishni nazarda tutuvchi davlat unitar korxonalari sonini maqbullashtirish (24-band) bo‘yicha boshlangan ishlar o‘z nihoyasiga yetmagan.
Mamlakatimizda 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilish (102-band), majburiy tibbiy sug‘urta tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, sog‘liqni saqlash ehtiyoji uchun ajratilayotgan pul mablag‘larini jamlash va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish (160-band) borasidagi vazifalarning bajarilishi yetarli darajasida emas.
Shular bilan bir qatorda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish masalalariga deputatlar tomonidan alohida e’tibor qaratildi. Xususan, deputatlar tomonidan joylarda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligi o‘rganilganda keyingi yillarda aholi o‘rtasida otorinolaringologik, ya’ni tomoq, burun va quloq (LOR) kasalliklarining o‘sish tendensiyasi yuqoriligicha saqlanib turganligi, bu kasallik, ayniqsa, go‘dak va bolalarda ko‘proq kuzatilayotganligi sababli respublikada bu sohada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini tuzish masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 322-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni o‘z muddatida va puxta bajarilishini ta’minlash yuzasidan Hukumat a’zolari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish;
Davlat dasturidagi ijrosi ta’minlanmagan bandlarning bajarilishini, xususan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlash;
kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlik subyektlarini energoresurslar (elektr energiyasi, ko‘mir, tabiiy va suyultirilgan gaz) bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish;
Davlat dasturining o‘tgan choraklardagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini to‘liq ta’minlash;
aholiga yuqori darajada ixtisoslashgan tibbiy otorinolaringologik yordam ko‘rsatish va ushbu xizmatni vertikal tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish;
Davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 11 ta bandda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarning mas’uliyatini yanada oshirish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga:
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rish;
o‘z partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, Davlat dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning samarali ijro etilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o‘rnatish tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari o‘z faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda Davlat dasturida ijrosi to‘liq ta’minlanmagan bandlarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini o‘rnatsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi bo‘yicha joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. | 189 | 7,447 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI VA TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYa VA SAVDO VAZIRLIGINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining 2002-yil 31-maydagi 63, 02/8-14, 2261-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona bojxona bojini undirish va uning summasini Davlat budjetiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (2002-yil 10-iyun, ro‘yxat raqami 1148 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 11-12-son);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining 2002-yil 1-avgustdagi 91, 02/8-22, BA-01/12-3143-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona bojxona bojini undirish va uning summasini Davlat budjetiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida (2002-yil 2-avgust, ro‘yxat raqami 1148-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 15-16-son);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligining 2006-yil 12-iyundagi 50, 01-02/8-8, NN-01/10-3424-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona bojxona to‘lovini undirish va uning summasini Davlat budjetiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida (2006-yil 19-iyul, ro‘yxat raqami 1148-2 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 28-29-son, 285-modda). | 208 | 1,701 |
Qonunchilik | Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda departament rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimoti tasdiqlanishini ta’minlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari, Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari, Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 24-sentabrdagi 756-son qarori 1-bandining ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek, qarorga 1, 3 va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini madaniyat, san’at, ommaviy axborot vositalari, yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish sohasida:
O‘zbekiston xalqining milliy madaniy va ma’naviy merosini asrash va ko‘paytirish, aholining madaniy darajasini oshirish, jamiyatning tobora o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish;
estrada san’atini rivojlantirish, ommaviy bayramlar, festivallar, ko‘riklar va tanlovlar, xalq sayillarini va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
teatrlarni ommaviylashtirish orqali xalqning badiiy didi va madaniy darajasini oshirish, davrimizning qahramoni obrazini zamonaviy talqin qilishda jahon va milliy teatrni rivojlantirish tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlarini shakllantirishga ko‘maklashish, teatr arboblari — dramaturglar, rejissorlar va aktyorlarning yosh avlodini tayyorlashni takomillashtirish, teatr san’atining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
jamiyatning madaniy va ma’naviy hayoti darajasi yuksalishida milliy kino san’atining o‘rni va ahamiyatini hisobga olgan holda umuminsoniy va milliy qadriyatlar birligi tamoyillari asosida uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, mamlakatda erkin demokratik jamiyat qurish yo‘lida yuz berayotgan o‘zgarishlar va real yutuqlarni, milliy mustaqillik g‘oyasining mohiyatini kino san’ati vositalari orqali aks ettirish, jamiyat hayotida, ayniqsa yoshlar tarbiyasida kinematografiyaning o‘rni va ishtirokini kuchaytirish, kino mahsulotlarining g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirish va uni yanada takomillashtirish;
badiiy jihatdan yuksak bo‘lgan, kamol topayotgan avlod munosib darajada ibrat oladigan zamonaviy qahramon obrazini shakllantiradigan kino asarlari yaratishga imkon beradigan eng yangi texnologiyalarni hisobga olgan holda, umumiy qabul qilingan jahon standartlariga muvofiq bo‘lgan kino asarlari yaratadigan zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish;
ijodiy jamoalarning kinostudiyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlik va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
aholining ta’lim va madaniy darajasini oshirishga, milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni ehtiyotlab saqlashga, yoshlar va kamol topayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va milliy, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan teledasturlarning yuqori sifatini, professional, badiiy darajasini ta’minlash;
huquqiy demokratik davlatni, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga, inson huquqlari va erkinligini himoya qilishga yo‘naltirilgan O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar to‘g‘risida aholini, shuningdek, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish;
demokratik islohotlarni, davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishda, yoshlarning bilimlari va dunyoqarashini kengaytirishda, turli axborot tahdidlarining oldini olishda, yoshlarning ongi va tafakkurini ommaviy axborot vositalarida axborotlar va boshqa axborot vositalarini berish shakllari va usullarini tizimli takomillashtirish, mahalliy, ayniqsa yoshlarning ommaviy axborot vositalarini yanada keng ommalashtirish vositasida ommaviy madaniyatning salbiy ta’siridan muhofaza qilishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli va ta’sirini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari kompleksini ro‘yobga chiqarish;
aholi va yoshlar o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning madaniyatini va milliy qadriyatlarini, shuningdek, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali faol targ‘ib qilish uchun zarur muhit va shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va ommalashtirish, kitobga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini tarbiyalash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarini, noshirlik va matbaa faoliyatini rivojlantirish, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini ommalashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ushbu sohalardagi sifat o‘zgarishlari va tendensiyalarini baholash sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini, ijtimoiy maqomini va jurnalist kasbining nufuzini, ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasi va mahoratini oshirish, yangi formatsiyadagi jurnalist kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
b) yoshlar siyosati va ma’naviy kamolot sohasida:
ommaviy madaniyatning mentalityetimizga yot bo‘lgan elementlariga, diniy fanatizmga va mafkuraviy ekstremizmning boshqa ko‘rinishlariga qarshi turishga qodir bo‘lgan yigit va qizlarning ichki immunitetini shakllantirishning muhim omillari bo‘lgan, ma’naviy boy va barkamol, yuqori ma’lumotli va jismonan sog‘lom, mustaqil fikrlovchi va o‘z hayotiy nuqtai nazariga, keng dunyoqarashga, mustahkam bilimlarga, qat’iy e’tiqodga, milliy madaniyat va ma’naviy qadriyatlarga, asrlar bo‘yi to‘plangan noyob tajribaga va jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini chuqur hurmat qilishga asoslangan yuksak ma’naviy va axloqiy tamoyillarga ega bo‘lgan o‘sib kelayotgan avlodni voyaga yetkazishga yo‘naltirilgan yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
yoshlar jamoat tashkilotlarining kamol topayotgan avlodni tarbiyalashdagi, yoshlarning huquqiy madaniyatini va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishdagi, fuqarolik burchi, daxldorlik tuyg‘usi va yoshlar madaniyati kabi tushunchalarni yoshlar ongiga singdirishdagi rolini kuchaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishdagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va ro‘yobga chiqarish, yoshlarni va yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etgan holda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
mamlakat fuqarolari, ayniqsa o‘sib kelayotgan avlod ongida milliy g‘oyaga, milliy mafkuraga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishga, jamoatchilik ongiga mustaqillik g‘oyalariga cheksiz sodiqlik tamoyillarini, Vatanga muhabbatni, erkin va ravnaq topayotgan davlat qurishdek buyuk va ezgu maqsadlarga erishishga ishonchni, fidoyilikni singdirishga, milliy an’analar, urf-odatlarni saqlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish;
mamlakatda yuz berayotgan keng ko‘lamli qayta o‘zgartirishlar va o‘zgarishlarning mohiyatini ochib berish, milliy manfaatlarni amaliy va faol tashviq va targ‘ib qilish, mamlakat mustaqilligining ma’naviy asosini mustahkamlash, milliy an’analar va urf-odatlarni saqlash bo‘yicha aholi o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tashviqot-targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘maklashish;
aholi o‘rtasida olib borilayotgan milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar faoliyatidagi milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha materiallar va ma’lumotlarni o‘rganish, baholash;
yoshlarda “fikrga qarshi — fikr, g‘oyaga qarshi — g‘oya, bilimsizlikka qarshi — ma’rifat” bilan kurashish mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirish, mamlakatimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy an’analar va urf-odatlarni saqlash bo‘yicha tavsiyalarni tahlil qilish, baholash va ishlab chiqish;
davlat organlarining diniy tashkilotlar, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
v) “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
“yo‘l xaritalari”ga kiritish uchun mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari bo‘yicha Departament vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi tizimli nazoratni ta’minlash;
“yo‘l xaritalari” amalga oshirilishi to‘g‘risida axborotlar, materiallar, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish.
7. Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni to‘playdi va umumlashtiradi;
o‘zi mutasaddi bo‘lgan sohalarda ishlarning holatini o‘rganadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini va ularning himoya qilinishini tashkil qiladi;
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi.
Departament o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
8. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning o‘rinbosarlarining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
9. Departament:
o‘ziga yuklangan, ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan o‘tkazilishini, ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bog‘lanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, shuningdek, quyidagilar kiradi:
madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalari sho‘basi;
yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari sho‘basi.
Har bir sho‘ba tarkibiga sho‘ba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, sho‘ba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, sho‘balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Sho‘balar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning o‘rinbosarlarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali ta’minlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, Departamentning sho‘ba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to‘g‘risida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Departamentning sho‘ba mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va jazolash choralari bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
sho‘ba mudirlari va mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlari zaxirasini shakllantirish va yangilashni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish olib borish tashkil etilishini ta’minlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda bo‘lgan Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritishni ta’minlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmaganda uning vazifasini sho‘ba mudirlaridan biri bajaradi.
16. Sho‘ba mudiri:
sho‘ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va sho‘baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
sho‘baga birkitilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallarning, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;
masalalarni o‘rganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni ko‘rib chiqish uchun Departament mudiriga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, uning o‘rinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, sho‘ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek, ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, sho‘ba mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning o‘rinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning tarkibiy bo‘linmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida Departament mudiriga, sho‘ba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek, belgilangan tartibda — Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning o‘rinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari bo‘yicha topshiriqlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlar)ning tarkibiy bo‘linmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
sho‘ba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi. | 116 | 36,446 |
Qonunchilik | Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilish haqida | Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilinsin. | 167 | 161 |
Qonunchilik | KOLXOZLAR, SOVXOZLAR VA BOShQA QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARI TOMONIDAN PAXTA TOLASI VA PILLANI SOTISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Kolxozlar, sovxozlar, ijara jamoalari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining paxta xomashyosi va pilla yetishtirishni ko‘paytirish hamda xarid qilishdan manfaatdorligini oshirish, bozor munosabatlariga o‘tish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida va ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarni sotishning mavjud tartibini qisman o‘zgartirib:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1991 va keyingi yillar uchun belgilangan topshiriqdagi paxta tolasi va pillaning 5 foizi hamda belgilangan hajmdan ortiqcha olingan mazkur mahsulotlarning hammasi mamlakat ichkarisida ham va undan tashqarida ham kolxozlar, sovxozlar, ijara jamoalari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ixtiyoriy ravishda sotiladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning ijroiya qo‘mitalari va rayonlarning ijroiya qo‘mitalari, respublikasining ko‘rsatib o‘tilgan mahsulot turlarini sotish va yetkazib berishga daxldor bo‘lgan vazirliklari va idoralari ushbu Farmonning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi hukumatning tegishli qarorlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni kiritsin. | 124 | 1,178 |
Qonunchilik | XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI MEHMONXONA KOMPLEKSLARIGA IMTIYOZLAR BERISh TO‘G‘RISIDA | Xalqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-yanvardan boshlab:
“Bakri Investindo” (Indoneziya) kompaniyasining “Le Meridian” mehmonxona kompleksi va “Buig” (Fransiya) kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida yangi qurilgan mehmonxona mehmonxona xizmatlari bo‘yicha uch yil muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
“Bakri Investindo” kompaniyasining “Le Meridian” mehmonxona kompleksi mehmonxonani rekonstruksiya qilish va butlash uchun olib kelinadigan asbob-uskunalar va materiallar uchun 2000-yil 1-yanvargacha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin.
2. “Bakri Investindo” kompaniyasining “Le Meridian” mehmonxona kompleksining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 1999-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra budjet oldidagi mavjud qarzdorligi 18 oy muddatga kechiktirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 93 | 1,064 |
Qonunchilik | Bankrotlik mezonlarini qayta koʻrib chiqish taklif qilinmoqda | QHTBT portalida bankrotlik tartib-taomilini qayta koʻrib chiqish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident qarorining loyihasi joylashtirilgan.
Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar taklif qilinayotir.
Bankrotlik ishi mezonlari va unga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish
Birinchidan, sud bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishi mumkin boʻlgan yuridik shaхs qarzining eng kam jami summasini kamaytirish:
Ikkinchidan, kreditorlarning talablari boʻyicha pul majburiyatlarini, shuningdek majburiy toʻlovlarni, shunday majburiyatlar vujudga kelgan kundan boshlab uch oy emas, balki ikki oy ichida bajarmaslik muddatini bankrotlik alomatlari deb hisoblash taklif qilinmoqda.
Uchinchidan, tugatishga doir ish yuritishni uzaytirish meхanizmiga tuzatish kiritish. Hozirgi kunda ish yuritishni uzaytirish ham bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaхslar iltimosnomasiga, ham iqtisodiy sud tashabbusiga koʻra uzaytirilmoqda. Loyiha bilan tugatishga doir ish yuritishni sud qaroriga asosan faqat yuqorida koʻrsatilgan shaхslar iltimosnomasi asosida uzaytirish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, uzaytirishning eng koʻp muddatini – koʻpi bilan 3 oyni belgilash koʻzlanmoqda (hozirgi kunda u aniqlashtirilmagan, tugatishga doir ish yuritish muddati esa 1 yildan oshishi mumkin emas).
Toʻrtinchidan, benefitsiar (naf oluvchi, tahr.) va affillangan (qarzdor uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish yoki boshqacha tarzda ta’sir koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan) shaхslar uchun, basharti ularning birgalikdagi harakatlari soхta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelgan va bu haqda sudning kuchga kirgan hukmi mavjud boʻlsa, subsidiar javobgarlikni belgilash rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun: subsidiar javobgarlik asosiy qarzdorning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda boʻladi.
Beshinchidan, bankrot qarzdorlarning mol-mulkini sud boshqaruvchilari tomonidan «E-IJRO AUKSION» orqali sotish koʻzlanmoqda.
Barcha yuqorida keltirilganlarni oʻz ichiga oluvchi yangi tartibni joriy yilning 1 iyulidan belgilash rejalashtirilayotir.
Sud boshqaruvchilarini tayinlash tartibini yangilash
2019 yil 1 oktyabrdan quyidagilar rejalashtirilmoqda:
1) soliq organlarining arizalari boʻyicha qoʻzgʻatilgan soddalashtirilgan bankrotlik tartib-taomillarida tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish uchun sud boshqaruvchilarini soliq organlari хodimlari jumlasidan tayinlash tartibini bekor qilish;
2) yuqorida koʻrsatilgan soddalashtirilgan tartib-taomilda tugatishga doir ish yuritish sud boshqaruvchilari tomonidan ularga har bir tugatishga doir ish yuritish uchun oyiga EKIHning 4 baravari miqdorida mukofot toʻlangan holda amalga oshiriladi. Toʻlovni soliq organlari qarzdor joylashgan joy boʻyicha davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradilar. Kreditorlik qarzi soʻndirilgandan keyin sud boshqaruvchilariga qarzdorning sotilgan mol-mulki qiymatinig 5%i miqdorida qoʻshimcha mukofot toʻlanadi.
3) sud boshqaruvchilari faoliyati “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” iхtisosligi boʻyicha litsenziyaga ega va sud boshqaruvchisi attestatini olgan advokatlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
4) sud boshqaruvchilari oʻz faoliyatini faqat Sud boshqaruvchilari uyushmasiga majburiy a’zo boʻlib, a’zolik badalini toʻlaganda amalga oshirishlari mumkin.
5) sud boshqaruvchilarini tayinlash sud tomonidan kreditor (kreditorlar umumiy yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi) yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi yoхud Uyushma va uning boʻlinmalari tomonidan Uyushma tomonidan amalga oshiriladigan sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting baholashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Sud boshqaruvchilari uchun kurslar tashkil etish
Ular 1 apreldan LBMA huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabida tashkil etiladi.
Kurslarda talabgorlar sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun shartnoma asosida oʻqitiladi. Oʻqish yakunlariga koʻra sud boshqaruvchisi attestatini olish huquqini beradigan kurslarni tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
Shuningdek, kurslarda sud boshqaruvchilarining professional darajasini va malakasini oshirish nazarda tutiladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lenara Xikmatova. | 61 | 4,317 |
Qonunchilik | IDXYaPda raqamli imzodan foydalanish ancha qulay boʻldi | Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali dasturiy ta’minot – “E-Imzo” moduli yangilanganligi toʻgʻrisida хabar berdi.
Yangi dasturiy modul barcha yangi brauzerlar va Windows (shu jumladan Windows XP) operatsion tizimi versiyalarida ishlash imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, shu paytgacha Yagona portalga elektron raqamli imzo orqali kirish uchun foydalanilgan «Otchet.uz» brauzeri endilikda talab etilmaydi, chunki "E-Imzo" yagona dasturiy kompleksi foydalanuvchini ham roʻyхatdan oʻtkazish, ham murojaatni imzolash imkonini yaratadi.
Shuningdek, ERIdan foydalanganda oldin ochiq kalitni (sertifikatni) yuklab olish talab qilingan boʻlsa, E-Imzo ishga tushirilishi tufayli bunga hojat qolmaydi.
Bunda e’tiborni shunga qaratish joizki, “E-Imzo” moduli faqat Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan berilgan ERI kalitlari bilan ishlaydi. Shu sababli, UNICON.UZ kaliti foydalanuvchilari yangilangan kalitni olish uchun yaqin oradagi Davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qilishlari lozim.
IDXYaP ma’muriyati foydalanuvchilar e’tiborini yana bir bor shunga qaratadiki, “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, ERI yuborilayotgan murojaatlarning yuridik maqomga ega boʻlishida muhim omil hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, elektron raqamli imzo (ERI) – imzoning yopiq kalitini qoʻllagan holda aхborotning kriptografik oʻzgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi aхborotda хatolik yoʻqligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi.
ERI elektron hujjatni imzolagan shaхsni identifikatsiyalash uchun moʻljallangan boʻlib, qoʻlda qoʻyilgan imzoning toʻkis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan aхborotning oʻzgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qoʻllaniladi. Bunda “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, ERI bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
ERI Davlat soliq qoʻmitasining Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ikki yil muddatga beriladi. ERIni yaqin oradagi tuman Davlat soliq inspeksiyasidan toʻlov asosida olish mumkin. ERI uchun eng kam ish haqining 10%i miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.
ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilish zarur:
- ERI kaliti sertifikati va kalitini olish toʻgʻrisidagi imzolangan hamda zarur hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza (1-ilova);
- arizada koʻrsatilgan jismoniy shaхs yoki yuridik shaхs vakilining pasporti;
- ERI kalitlarini yaratish хizmati uchun toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
Qulaylik yaratish maqsadida ERI kalitlarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun CLICK toʻlov tizimi orqali toʻlovni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Buning uchun telefonda *880*0113*STIR*toʻlov summasi# USSD-buyrugʻi teriladi, bunda STIR – bu soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; toʻlov summasi - eng kam ish haqining 10%i (bugungi kunda – 13 024 soʻm).
CLICK orqali toʻlov хizmati faqat jismoniy shaхslar uchun mavjud boʻlib, u DSI va uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ERI uchun amalga oshiriladi. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng yaqin oradagi DSIga murojaat qilish lozim. ERI kalitlarini yozish uchun oʻzingiz bilan aхborot ifodalovchini (USB flesh-kartani) olishni unutmang. | 55 | 3,375 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini uning ustuvor yo‘nalishlari va tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlari va ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirish strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Strategiya mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini o‘z ichiga oladi, uning doirasida:
irrigatsiya tizimi kanallarining beton qoplamali qismi 35 foizdan 38 foizgacha oshishi, irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,66 gacha oshishi;
suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytirilishi;
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalaridagi 518 ta nasos agregati va 807 ta elektrodvigatel zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirilishi, ularning yillik elektr energiyasi iste’moli 7,6 mlrd kVt.sdan 7,15 mlrd kVt.s gacha kamaytirilishi;
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1,1 mln gektargacha, shu jumladan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkazilishi;
sho‘rlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga, shu jumladan o‘rtacha va kuchli darajada sho‘rlangan yerlar 581 ming gektardan 532 ming gektargacha qisqartirilishi;
yer osti suv sathi muammoli holatda (0 — 2 metr) bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlari 988 ming gektardan 900 ming gektargacha kamaytirilishi;
qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritilishi;
daryo va soylarda 6 ta gidrologik post qurilishi va qayta tiklanishi, 6 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi;
“Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo‘jaligi obyektlari soni 18 576 tagacha yetkazilishi;
60 ta yirik suv xo‘jaligi obyekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazilishi;
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 1 688 ta nasos stansiyasidagi 5 231 ta nasos agregatining elektr energiyasi iste’moli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib borilishi;
mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarining 2 100 tasida raqamli texnologiyalar orqali monitoring olib borilishi;
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshirilishi, sug‘orish uchun suv yetkazib berish xarajatlarining 9 foizi suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi ta’minlanadi.
3. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va unda belgilangan tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin.
Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev ikki hafta muddatda mazkur qaror doirasida 2021-yil uchun nazarda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin.
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (Q.X. Taparov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
Strategiyaga 2 va 13-ilovalarga ko‘ra amalga oshiriladigan tadbirlar kelgusi yillar uchun asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda 2021 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olinishini;
Strategiyaga 1-1a, 3 — 6, 8 — 10, 12, 14 va 17-ilovalarga ko‘ra 2021 — 2023-yillar uchun belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar qo‘shimcha ravishda ajratilishi kelgusi yillar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
5. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
Strategiyaga 2, 3, 13 va 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlari doirasida irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar qo‘llanilishini nazarda tutsin;
irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga mahalliy pudrat tashkilotlarini keng jalb qilishga alohida e’tibor qaratsin.
6. 2022-yil 1-oktabrga qadar etilen polimerlari (TIF TN kodi 3901) va propilen polimerlarini (TIF TN kodi 3902) olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilansin.
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Kudratov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) va Energetika vazirligi (Sh.X. Xodjayev) bilan birgalikda respublikada ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsulotining eksportini 40 ming tonnaga qisqartirish evaziga uning ichki bozorda birja savdolari orqali sotilayotgan qismini oshirish choralarini ko‘rsin.
8. “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ (Z.B. Badriddinov) polietilen va polipropilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarni birja savdolariga jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Bunda, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJga ushbu bandda nazarda tutilgan mahsulotlarni birja orqali sotuvchi xorijiy kompaniyalar (norezident) uchun savdolarga qatnashishda zakalat summasini kiritish talabini bekor qilish hamda birja komission yig‘imlaridan ozod qilish tavsiya etilsin.
9. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A.D. Vaxabov) Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev) va Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda suv tanqisligi sharoitida ekinlarni ko‘llatib sug‘orish va suvni zovurga tashlab qo‘yishning har bir holatini favqulodda holat sifatida baholab, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish, suv iste’moli tartibiga qat’iy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan keskin choralar ko‘rib borsin.
10. Belgilansinki, 2021-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida har yili sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni ta’mirlash-tiklash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan viloyatlar mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
2020-yilda tashkil etilgan eksperiment ijobiy natija berganligi sababli “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 13-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar doirasida obyektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
11. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati (U.M. Mustafoyev) 2021-yil 1-iyulga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi barcha nasos stansiyalariga avtomatlashtirilgan elektr o‘lchov asboblari o‘rnatish ishlarini yakunlasin.
Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari hisobidagi yuqori kuchlanishli elektr podstansiyalari hamda elektr uzatish tarmoqlari elektr energiyasi yetkazib beruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansiga ikki oy muddatda shtat birliklari bilan birga tegishliligi bo‘yicha o‘tkazilishini ta’minlasin.
12. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (M.I. Ro‘zmetov), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (K.A. Yuldashev) va “O‘zbekkosmos” agentligi (Sh.M. Qodirov) bilan birgalikda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, monitoring olib borishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash texnologiyasi va uchuvchisiz uchish qurilmalaridan keng foydalanilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.D. Xadjayev):
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.V. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov) va Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda aholining suvni muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish borasidagi huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida, ommaviy axborot vositalari orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamda aholi o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil qilinishini;
Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan tadbirlarning ijrosi natijasida erishiladigan yutuqlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Strategiyaning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
15. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov), “O‘zgidromet” markazi (Sh.X. Xabibullayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (B.F. Islamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar keyingi yillarda suv ta’minoti va suvdan foydalanishni tahlil qilgan holda 2021-yil yozgi sug‘orish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib, tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Bosh vazirning o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyevga tasdiqlangan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli ro‘yxatlariga ularning qiymati va quvvati doirasida, zarur hollarda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
17. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), “O‘zgidromet” markazi (Sh.X. Xabibullayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (B.F. Islamov):
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (K.A. Yuldashev) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar suv va suvdan foydalanishga doir ma’lumotlar bazalari hamda monitoring tizimlarining raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirilishini hamda suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo axborot tizimining bosqichma-bosqich ishga tushirilishini ta’minlasin;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (A.I. Maksudov) bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish bo‘yicha harakatlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona bojlaridan ozod etilayotgan chetdan olib kirilayotgan urug‘lar, ko‘chatlar va payvandtaglar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari ro‘yxatiga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
19. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni;
2023-yil 1-sentabrga qadar Strategiya doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar bo‘yicha batafsil axborotni, shuningdek, 2021 — 2023-yillarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Strategiya suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish hamda asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga qaratilgan.
Strategiya mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini, shuningdek, 2021 — 2023-yillarda mamlakatda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish uchun Strategiya doirasida 2021 — 2023-yillar davrida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
1.1. Suv resurslarini prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash bo‘yicha:
a) daryo va soylarda joylashgan jami 6 ta, shu jumladan, 2021-yilda 2 ta, 2022-yilda 2 ta, 2023-yilda 2 ta gidrologik post quriladi va qayta tiklanadi (1-ilova);
b) daryo va soylarda joylashgan jami 6 ta, shu jumladan, 2021-yilda 2 ta, 2022-yilda 2 ta, 2023-yilda 2 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanadi (1a-ilova);
v) suv resurslari hisobini yuritish takomillashtiriladi hamda suv xo‘jaligi axborot-boshqaruv milliy tizimi va suv resurslari bo‘yicha shaffof axborot tizimi, jumladan, suv xo‘jaligi bo‘yicha barcha dasturiy ta’minotlar integratsiya qilingan holda vaziyatlar markazining axborot tizimi yaratiladi;
g) idoralararo hamkorlik va real vaqt rejimida ma’lumotlar almashishni qo‘llab-quvvatlash hamda salohiyatni oshirish bo‘yicha dasturlar va yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi;
d) Davlat suv kadastri obyektlari uchun suv resurslarini tasniflash va identifikatsiyalash bo‘yicha yagona standart qayta ko‘rib chiqiladi va 2021-yil yakunigacha amaliyotga joriy etiladi;
e) suv resurslarini rejalashtirish va boshqarishni, shuningdek, asosiy daryolar suv oqimlari o‘zgarishi, jumladan, toshqinlar va qurg‘oqchilik haqida ogohlantiruvchi tizimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
kelgusida iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda 2021-yilda prognozlash salohiyatini oshirish ustida tadqiqot olib borish bo‘yicha texnik talablar ishlab chiqiladi, ekspertlar jamoasi shakllantirilib, harakatlar rejasi tayyorlanadi;
2022-yilda yangi prognozlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi, 2023-yilda prognozlash va ogohlantirish tizimlariga yangiliklar joriy etiladi.
1.2. Suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, yirik suv xo‘jaligi obyektlarining raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, jumladan, iqlim o‘zgaruvchanligiga javob berish uchun ko‘proq moslashuvchanlik, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha:
a) suv xo‘jaligi obyektlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yirik suv xo‘jaligi obyektlari raqamli texnologiyalar asosida boshqarilishini tashkil etish, resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish hamda ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash doirasida:
yanada samarali, tejamkor va barqaror infratuzilma loyihalarni rejalashtirish, shakllantirish hamda nazorat qilish yuzasidan quyidagi zamonaviy yondashuvlar joriy etiladi:
2021-yilda yangi yo‘riqnomani tayyorlash bo‘yicha texnik talablar ishlab chiqiladi, loyihalashtirish va nazorat bo‘yicha yangi standartlar ishlab chiqiladi, sinov tekshiruvlari o‘tkaziladi, sug‘orish tizimining barcha darajalarida samaradorlikni maqbullashtirishga e’tibor qaratiladi;
2022-yilda loyihalashtirish va loyiha nazorati bo‘yicha yangi standartlar qabul qilinadi hamda nazorat qilishning yangi usullari amaliyotga joriy qilinadi;
2023-yilda yangi standartlar va tizimlarni amalda qo‘llash bo‘yicha salohiyat shakllantiriladi;
infratuzilmani modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi (2-ilova):
jami 1 758,1 km uzunlikda, shu jumladan, 2021-yilda 384,6 km, 2022-yilda 639,4 km, 2023-yilda 734,2 km irrigatsiya tizimi kanallari va sug‘orish tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi;
jami 143 ta, shu jumladan, 2021-yilda 23 ta, 2022-yilda 40 ta, 2023-yilda 80 ta gidrouzel va boshqa yirik gidrotexnika inshootlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi;
jami uzunligi 443,5 km, shu jumladan, 2021-yilda 125,7 km, 2022-yilda 151 km, 2023-yilda 166,7 km lotokli sug‘orish tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi;
jami uzunligi 15 636 km irrigatsiya tizimi kanallari, 14 627 ta gidrotexnika inshooti va 14 955 ta gidropost ta’mirlanadi va tiklanadi (3-ilova);
b) Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarning energiya samaradorligini oshirish, uglerod chiqindilarini va foydalanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, nasoslarning foydali ish koeffitsiyentini oshirish yuzasidan:
jami quvvati 49,5 kub m/s bo‘lgan nasos stansiyalar, shu jumladan, 2021-yilda 17,5 kub m/s, 2022-yilda 10,7 kub m/s, 2023-yilda 21,3 kub m/s bo‘lgan nasos stansiyalar quriladi va rekonstruksiya qilinadi (2-ilova);
nasos stansiyalardagi jami 84,6 km, shu jumladan, 2021-yilda 10,0 km, 2022-yilda 32,9 km, 2023-yilda 41,7 km uzunlikdagi bosimli quvurlar quriladi va rekonstruksiya qilinadi (2-ilova);
jami 518 ta, shu jumladan, 2021-yilda 163 ta, 2022-yilda 181 ta, 2023-yilda 174 ta eskirgan nasos agregatlari yangilanadi (4-ilova);
nasos stansiyalarida jami 807 ta, shu jumladan, 2021-yilda 219 ta, 2022-yilda 354 ta, 2023-yilda 234 ta eskirgan elektrodvigatellar yangilanadi, shuningdek, transformatorlar hamda ularning boshqaruv tizimi energiyani tejaydigan uskunalarga almashtiriladi va quyosh batareyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi (5-ilova);
2021-yilda 1 688 ta nasos stansiyalarida raqamli texnologiya asosida suvni “onlayn” rejimida monitoringini olib borish uskunalari o‘rnatiladi (6-ilova);
suv xo‘jaligi obyektlarida xorijiy moliya institutlari va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 696,7 mln AQSh dollari, shu jumladan, 2021-yilda 211,2 mln AQSh dollari 2022-yilda 230,7 mln AQSh dollari, 2023-yilda 254,8 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit o‘zlashtirilishi ta’minlanadi (7-ilova);
nasos stansiyalarida quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va baholash uchun 2021-yilda tadqiqotlar olib boriladi;
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’moli 7,6 mlrd kVt.s.dan 2021-yilda 7,3 mlrd kVt.s.gacha, 2022-yilda 7,25 mlrd kVt.s.gacha, 2023-yilda 7,15 mlrd kVt.s.gacha kamaytiriladi.
1.3. Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha:
a) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini antropogen, texnogen va tabiiy omillar ta’siridan muhofaza qilish, ularning xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha jami 12 ta, shu jumladan, 2021-yilda 5 ta, 2022-yilda 3 ta, 2023-yilda 4 ta suv omborlari va boshqa yirik gidrotexnik inshootlarda nazorat-o‘lchash uskunalari hamda xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari modernizatsiya qilinadi, tiklanadi va yangilanadi;
b) 2021-yilda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash uchun yangilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiyaning texnik reglamentlari va tavsiyalarini O‘zbekistonda qo‘llash va implementatsiya qilish yuzasidan takliflar tayyorlanadi;
v) yirik gidrotexnika inshootlarida xavfsizlik ko‘rsatkichlarini masofadan turib monitoring qilish bo‘yicha salohiyat oshiriladi, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari joriy etiladi hamda integratsiyalashgan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
g) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash, qurish, foydalanishga qabul qilish, ishlatish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash-tiklash, konservatsiyalash va tugatish bo‘yicha xalqaro standartlarni amaliyotda qo‘llash yuzasidan takliflar tayyorlanadi.
1.4. Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha:
a) suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan:
barcha suv resurslarini nazorat qilish va hisobini yuritishda, suvdan foydalanishni rejalashtirish va suvning tezkor boshqaruvini tashkil etishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) texnologiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda jami 18 576 ta, shu jumladan, 2021-yilda 3 099 ta, 2022-yilda 4 540 ta, 2023-yilda 10 937 ta suv xo‘jaligi obyektida raqamli texnologiya asosida suvning hisobini yuritish monitoring tizimi yo‘lga qo‘yiladi (8-ilova);
jami 6 172 ta, shu jumladan, 2021-yilda 2 022 ta, 2022-yilda 2 050 ta, 2023-yilda 2 100 ta meliorativ kuzatuv quduqlari avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga o‘tkaziladi (9-ilova);
jami 60 ta, shu jumladan, 2021-yilda 20 ta, 2022-yilda 20 ta, 2023-yilda 20 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarida suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkaziladi (10-ilova);
b) tizimning turli darajalarida sug‘orish tizimlarini boshqarish salohiyatini oshirish yuzasidan:
2021-yil yakuniga qadar xalqaro tajriba, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan taqdim etilgan natijalar hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy qilish va kelgusida iqlim o‘zgarishi ta’sirini e’tiborga olib, turli tuproq va iqlim sharoitlari uchun suvga bo‘lgan talab, eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini tanlash va ularni yetishtirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari, kooperatsiyalar, suv iste’molchilari uyushmalari hamda suv xo‘jaligi tashkilotlariga mo‘ljallangan yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi;
sug‘orish mintaqalari uchun yangilangan suv huquqlari tizimi joriy etiladi, 2022-yilgacha suvni mavsumiy taqsimlash va rejalashtirish tartibi takomillashtiriladi, shu jumladan, suv resursining o‘zgaruvchanligi va qurg‘oqchilik sharoitida suvni samarali boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish uchun suv olish limitining yuqori chegaralari belgilanadi.
1.5. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirishni rag‘batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha:
a) 2021-yil yakuniga qadar suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilishni turli tuproq sharoiti va ekin turlari, agrotexnik tadbirlar hamda moliyaviy imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlanadi va o‘quv seminarlari o‘tkaziladi;
b) qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 2021-yilda 538 ming gektarga, 2022-yilda 798 ming gektarga, 2023-yilda 1,1 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 121 ming gektardan 2021-yilda 332 ming gektargacha, 2022-yilda 562 ming gektargacha va 2023-yilga kelib 822 ming gektargacha yetkaziladi (11-ilova);
v) masofadan turib zondlash, geoaxborot tizimlari (GIS) va uchuvchisiz uchish qurilmalari kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sug‘oriladigan maydonlarda suvdan foydalanish samaradorligi bo‘yicha takomillashtirilgan monitoring va hisobot tizimi yaratiladi.
1.6. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproqning sho‘rlanish darajasini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha samarali texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha:
a) qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar, shu jumladan, 2021-yilda 140 ming gektar, 2022-yilda 50 ming gektar, 2023-yilda 42 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi (12-ilova);
b) sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha samarali texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq quyidagi tadbirlar nazarda tutiladi:
jami 1 889,2 km, shu jumladan, 2021-yilda 580,4 km, 2022-yilda 658,9 km, 2023-yilda 656,9 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi (13-ilova);
jami 45 595 km, shu jumladan, 2021-yilda 14 867 km, 2022-yilda 15 133 km, 2023-yilda 15 595 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tizimli ta’mirlanadi va tiklanadi (14-ilova);
v) 2021-yil yakuniga qadar sho‘rlangan maydonlarni kamaytirish hamda takomillashtirilgan agrotexnik tadbirlar, shu jumladan, ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy yondashuvlar asosida tuzga chidamli ekinlarni yetishtirish orqali sho‘rlanish oqibatlarini yumshatish, shuningdek, sho‘r yuvish ishlarini takomillashtirishga qaratilgan harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Bunda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi meliorativ ekspeditsiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning salohiyatini oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar nazarda tutiladi.
1.7. Suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, sug‘orish suvini yetkazish xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash tizimini joriy qilish, tushgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash-tiklashga, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga yo‘naltirish bo‘yicha:
a) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 310-son qaroriga asosan, suv resurslarini boshqarish sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish hamda suv yetkazib berish xarajatlarining bir qismi suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi orqali suv xo‘jaligiga ajratilayotgan budjet mablag‘lari ulushi 2021-yilda 3 foizga, 2022-yilda 6 foizga, 2023-yilda 9 foizgacha kamaytiriladi;
b) suvni iste’mol qilish hajmiga qarab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini hisoblashning yangi metodikasini ishlab chiqish, shuningdek, suv yetkazib berish xarajatlarini va hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda stavkalarni belgilash. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari suv yetkazib berish xarajati, shuningdek, turli toifadagi suv iste’molchilarining sanoat va texnologik xususiyatlarini, shu jumladan, qaytarib tashlanadigan suvning sifatini hisobga olgan holda belgilanadi;
v) 2021-yilda suv xo‘jaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash bo‘yicha xorijiy ilg‘or tajribani va O‘zbekistonda mavjud tizimni kompleks tahlil qilib, xarajatlarning bir qismi suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi bo‘yicha islohotlar o‘tkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
1.8. Suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida suv xo‘jaligi obyektlarini fermer xo‘jaliklari, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun berish hamda tejalgan mablag‘larni suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha:
2022-yilgacha suv xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSh) loyihalari bilan bog‘liq bo‘lgan qulay muhit, mezonlar va shartnomaviy munosabatlar, shu jumladan, DXSh xususiy sheriklarini tanlash mezonlari va tegishli tekshiruv tartiblari ko‘rib chiqiladi va suv xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan DXSh loyihalari uchun qo‘llanma ishlab chiqiladi;
irrigatsiyani boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta, shu jumladan, 2021-yilda 30 ta, 2022-yilda 42 ta va 2023-yilda 52 ta loyiha amalga oshiriladi (15-ilova);
suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hamda autsorsing shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish natijasida tejalgan budjet mablag‘lari suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, suv xo‘jaligi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi;
suv resurslarini boshqarish funksiyalarining bir qismini aniq majburiyatlar, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy adolat va atrof muhitning barqarorligini ta’minlashga asoslangan aniq belgilangan mezon va tamoyillarga muvofiq boshqarish uchun suv iste’molchilariga (fermer va dehqon xo‘jaliklari guruhlari, klasterlar va boshqalar) berish metodologiyasi 2021-yilning birinchi choragi davomida ishlab chiqiladi.
1.9. Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan kafolatli ta’minlash, suvning sifatini yaxshilash va atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlash ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha:
a) 2021-yilning birinchi choragida “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqiladi;
b) suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni, jumladan, suv xo‘jaligiga aloqador vazirliklar va idoralar hamda suv xo‘jaligi tashkilotlarining funksiyalari, roli va majburiyatlarini, shuningdek, manfaatdor tomonlarning keng ishtiroki to‘g‘risidagi qoidalarni joriy etish maqsadida 2022-yilning yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi;
v) suvga bo‘lgan ehtiyoj kelgusidagi o‘zgarishlarni, shu jumladan, iqlim va iqtisodiy o‘sishni keltirib chiqaradigan omillarni hisobga olgan holda davlat, hudud va suv havzalari darajasida iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhit uchun suvdan foydalanishning ustuvorligidan kelib chiqib belgilanadi;
g) aholi va iqtisodiyot tarmoqlari, shu jumladan, kommunal foydalanish, sanoat, ekologik muvozanatni tiklash va qishloq xo‘jaligi uchun ularning ustuvorligidan kelib chiqib suv olish limitlari belgilanadi;
d) 2022-yilga qadar suv resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va boshqarish tizimi aholini suv bilan kafolatli ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining ustuvorligi, suvning samaradorligini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni ta’minlash, suv tanqisligi va manbalardagi suv sarfining o‘zgaruvchanligini hisobga olib takomillashtiriladi;
e) 2021-yilda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish hamda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy davlatlarning, shuningdek, boshqa donorlarning texnik yordamini rag‘batlantirish bo‘yicha harakatlar dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
j) 2021-yilda Suv xo‘jaligi vazirligida barcha suv resurslarini hisobga olish, suvdan foydalanishni rejalashtirish va integrallashgan holda boshqarish bo‘yicha yagona milliy markaz tashkil etiladi.
1.10. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surish ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha:
a) Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan mintaqaning transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarishning o‘zaro maqbul mexanizmlari ishlab chiqiladi;
b) Strategiyani amalga oshirish davrida Amudaryo, Sirdaryo va boshqa transchegaraviy daryolarda monitoring tizimini takomillashtirish, hamkorlikda suvni nazorat qilish va monitoringini yuritish hamda ochiq ma’lumotlar almashish tizimini yaratish hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi;
v) mintaqa davlatlari tomonidan yirik gidrotexnika inshootlarini qurish bo‘yicha o‘zaro maqbul mexanizmlar ishlab chiqiladi;
g) mintaqaviy suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma rejalarni ishlab chiqish va istiqboldagi vazifalarni belgilash, shu jumladan, mintaqa miqyosida iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlanadi.
1.11. Suv xo‘jaligi sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni ishlab-chiqarishga joriy qilish ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha:
a) suv resurslarini boshqarishning hozirgi muammolariga javob beradigan zamonaviy o‘quv tizimlari joriy etiladi, oliy ma’lumotli suv xo‘jaligi xodimlari ulushi 42 foizdan 2021-yilda 47 foizga, 2022-yilda 47,5 foizga, 2023-yilda 48 foizga yetkaziladi (16-ilova);
b) suv xo‘jaligi tizimi tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lashni respublikadagi o‘rtacha darajaga yetkazish orqali sohada kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish choralari ko‘riladi. Bunda suv xo‘jaligi xodimlarining oylik ish haqi respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 2021-yilda 85 foizga, 2022-yilda 90 foizga, 2023-yilda 95 foizga yetkaziladi;
v) Strategiyani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va suv xo‘jaligi sohasidagi muhim muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlari, jumladan, suv xo‘jaligi sohasida jami 87 ta ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hamda ilmiy yutuqlar va nou-xaular amaliyotga joriy qilinadi (17-ilova);
g) ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining salohiyatini oshirish hamda zamonaviy, samarali, shuningdek, barqaror yondashuvlarni suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarishga joriy etishni hamda loyihalashtirish va ekspluatatsiya jarayonlarida iqlim o‘zgarishlariga bardoshli choralarni qo‘llash salohiyatini kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘quv va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Bunda xotin-qizlar ishtirokini rag‘batlantirishga va gender tenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Strategiyani amalga oshirish natijasida 2023-yilgacha quyidagi maqsadlarga erishish kutilmoqda (18-ilova):
2.1. Suv xo‘jaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha:
a) 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi, bunda:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini aniq belgilash;
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv resurslaridan samarali foydalanish va suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini, shuningdek, suvni boshqarishda innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish yuzasidan mas’uliyatini oshirish;
suv iste’molchilari uyushmalarining huquqiy maqomini mustahkamlash, faoliyatini tubdan rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish sohasidagi rolini oshirish va vakolatlarini kengaytirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, suv iste’molchilari bilan o‘zaro hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini joriy etish;
yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir shartnomaviy munosabatlarni yanada takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish;
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishni va suv iste’molini rejalashtirish, suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish hamda suv olish limitlarini belgilash tartibini takomillashtirish;
suvlarni va suv havzalarini muhofaza qilish ishlarini kuchaytirish;
baliqchilik xo‘jaligi va baliq ovlash xo‘jaligi suv havzalaridan yoki baliq ovlash uchastkalaridan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va majburiyatlarini belgilash nazarda tutiladi.
b) 2023-yilda suvga doir munosabatlarning huquqiy asoslari ilg‘or xalqaro tajribalarga asosan takomillashtiriladigan, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha barcha normativ-huquqiy hujjatlarni qamrab oladigan O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi qabul qilinadi.
2.2. Suv xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida:
a) xalqaro standartlar va amaliyotga muvofiq suv xo‘jaligini boshqarish tizimining funksional tahlili o‘tkaziladi, yangi boshqaruv tizimi ishlab chiqiladi va joriy etiladi;
b) suvni boshqarish va undan foydalanish sohasida har bir davlat organining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari aniq belgilanadi;
v) suv siyosatini ishlab chiqish, suv sektorini tartibga solish va suv xo‘jaligi xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq funksiyalar aniq chegaralanadi;
g) davlat tomonidan tartibga solishning ma’muriy usullarini qo‘llashdan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yo‘naltirilgan usul va mexanizmlarga o‘tiladi;
d) O‘zbekiston Respublikasining barcha suv resurslaridan foydalanish va iste’mol qilishni to‘liq qamragan hamda ularni aholining suv ta’minoti, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhit o‘rtasida taqsimlagan holda suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish joriy qilinadi;
e) Milliy kadastr ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan suv resurslarini hisobga olish, rejalashtirish va boshqarishning kompleks milliy tizimi yaratiladi hamda ma’lumotlarning ochiqligi va mavjudligi ta’minlanadi.
2.3. Suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida:
a) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydigan va sug‘orishda suvdan samarali va unumli foydalanish tamoyillariga javob beradigan sug‘orish uchun suv olish limitlarining yangi tizimi joriy etiladi;
b) irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,66 gacha oshiriladi;
v) sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytiriladi.
2.4. Suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va energiya samarador texnologiyalarni keng joriy etish yo‘nalishida:
a) irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini 35 foizdan 38 foizgacha oshiriladi;
b) nasos stansiyalaridagi 518 ta nasos agregatlari va 807 ta elektrodvigatellar zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtiriladi;
v) Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’moli 7,6 mlrd kVt.sdan 7,15 mlrd kVt.s gacha kamaytiriladi.
2.5. Suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida sug‘orishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1 098 ming gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkaziladi.
2.6. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yo‘nalishida:
a) melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish orqali jami sho‘rlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga, shu jumladan, o‘rtacha va kuchli darajada sho‘rlangan yerlar 581 ming gektardan 532 ming gektargacha qisqartiriladi;
b) sizot suvlar sathi muammoli holatda (0 — 2 metr) bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlari 988 ming gektardan 900 ming gektargacha kamaytiriladi;
v) qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi.
2.7. Suv xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish yo‘nalishida:
a) sug‘orish suviga talabni aniqlash, suv taqsimoti va suvdan foydalanish samaradorligi monitoringini olib borish, shuningdek, suvdan foydalanish bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda zamonaviy usul va texnologiyalar, shu jumladan, raqamli texnologiyalar hamda boshqa innovatsion texnologiyalar joriy etiladi;
b) daryo va soylarda 6 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanadi;
v) “Smart Water” (“Aqlli suv”) axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv o‘lchash tizimi joriy etilgan suv xo‘jaligi obyektlari soni 18 576 tagacha yetkaziladi;
g) 60 ta yirik suv xo‘jaligi obyektida suvni boshqarish jarayonlari raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkaziladi;
d) mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarning 2 100 tasida raqamli texnologiyalar orqali monitoringi olib boriladi;
e) Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 1 688 ta nasos stansiyasining elektr energiyasi iste’moli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib boriladi.
2.8 Sohada bozor mexanizmlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishida:
a) suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshiriladi;
b) sug‘orish uchun suv yetkazib berish xarajatlarining 9 foizi suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi ta’minlanadi;
v) Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlarining oylik ish haqlari respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 95 foizga yetkaziladi;
g) 2021 — 2023-yillarda suv xo‘jaligi sohasida jami 87 ta ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirilishi, ilmiy va innovatsion potensialni rivojlantirilishi, ilmiy yutuqlar va nou-xaular joriy qilinadi;
d) suv resurslarini boshqarishning hozirgi muammolariga javob beradigan zamonaviy o‘quv tizimlari joriy etiladi;
e) suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislar va boshqaruv xodimlarining malakasini oshirishning barqaror milliy tizimi yaratiladi;
Suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish tamoyillarini keng joriy qilish yo‘nalishida:
a) suv sifati standartlari milliy qonunchilikda va respublikaning ekologik barqarorlikka erishish majburiyatlarida belgilangan darajada bo‘lishiga erishiladi;
b) tabiiy suv manbalarini va suvga bog‘liq bo‘lgan ekotizimlarni saqlash, shu jumladan, Orolbo‘yi hududini suv resurslari bilan barqaror ta’minlash choralari ko‘riladi;
v) yer usti, yer osti va qaytar suvlarni integrallashgan holda boshqarishga erishish orqali eng avvalo ichishga yaroqli bo‘lgan yer osti suvlarining strategik zaxiralarini asrash va ulardan barqaror foydalanishni tashkil etish tizimi yaratiladi.
Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan tizimli monitoring olib borish va respublikada irrigatsiya sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal qilish bo‘yicha taklif tayyorlash ishlari Suv xo‘jaligi vazirligida tashkil etilgan Suv xo‘jaligini rivojlantirish va strategik tahlil boshqarmasi hamda vazirlik huzurida xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring natijalari har yarim yilda Suv xo‘jaligi vazirligi hay’atining kengaytirilgan majlislarida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
Strategiyada belgilangan tadbirlarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda takliflar yuzasidan har yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot taqdim qilib boriladi. | 171 | 46,086 |
Qonunchilik | Farg‘ona viloyatida tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-amaliy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Farg‘ona viloyatida tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tomorqa yer uchastkalarini uyma-uy yurib o‘rganish natijalariga ko‘ra, meva-sabzavot va bog‘dorchilik-dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning innovatsion shakllari va texnologiyalarini o‘zlashtirish, xususan, yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, pakana va yarim pakana mevali daraxtlarning yuqori hosil beradigan navlarini ekish, yiliga 2-3 marotaba hosil olish imkoniyatini beruvchi agrotexnologiyalardan foydalanish, shuningdek, parranda, baliq, quyon, asalari va mayda shoxli mollarni intensiv usulda ko‘paytirish orqali tomorqa yer egalarining daromadini oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2018-2019-yillarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi tomorqa yer egalariga imtiyozli kreditlar berish uchun Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan maqsadli mablag‘lar ajratishning prognoz ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga:
Farg‘ona viloyati hokimligi va tegishli hududlardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda imtiyozli kreditlarni mahallalar kesimida berish uchun manzilli dasturlarning shakllantirilishini va tasdiqlanishini;
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq tijorat banklari orqali keyinchalik imtiyozli kreditlar berish uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
4. Farg‘ona viloyati hokimligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda manzilli dasturlarni mahallalar kesimida tasdiqlagan holda, ikki oy muddatda mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozli kreditlar berish amaliyotini Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarida joriy etsin.
5. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Farg‘ona viloyati Quva tumanida 395 gektar yer maydonida joylashgan Farg‘ona ilmiy-amaliy stansiyasi mulkini mavjud ekinzorlar bilan birga (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga bepul foydalanish huquqi bilan berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Farg‘ona viloyati hokimligi ushbu bandning birinchi xatboshida qayd etilgan obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirish va qabul qilishni ta’minlasin.
6. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining:
mevali ekinlar va uzumning duplet kolleksiyalari hamda onalik bog‘larini saqlab qolish va kengaytirishni ta’minlagan holda, berilayotgan mulk negizida Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish;
2018 — 2020-yillarda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan Markaz ustav jamg‘armasini to‘ldirish uchun 8 mlrd. so‘m yo‘naltirish hamda ushbu mablag‘lardan innovatsion texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish, intensiv bog‘larni ko‘paytirish va tegishli infratuzilmani rekonstruksiya qilish uchun maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz va jahon ilm-fani hamda amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan to‘liq foydalanishni hisobga olgan holda ko‘chatchilik, urug‘chilik va naslchilikni ko‘paytirish, tomchilatib sug‘orishni joriy qilish, muqobil energiyadan foydalanish, tomorqa yerlarida baliq boqish uchun hovuzlar tashkil etish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish va kengaytirishga, ular tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini keyinchalik sotish, jumladan eksport qilishga ko‘maklashish;
tomorqa yer egalarini sifatli urug‘lar va ko‘chatlar bilan ta’minlash;
fermer, dehqon xo‘jaliklari ishchilari, tomorqa yer egalari va qishloq xo‘jaligi sohasining boshqa mutaxassislarini, zarur bo‘lganda, qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni taklif etgan holda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish;
qishloq xo‘jaligi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun malaka oshirish va amaliyot o‘tashni tashkil etishga, shuningdek, qishloq joylarda qishloq turizmi va dam olish turlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalarini hosildorligi yaxshilangan va moslashtirilgan limon, pakana va yarim pakana mevali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha “in vitro” laboratoriyasini tashkil etish, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalariga konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
8. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Markazning ta’sis hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin;
Markazni malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin.
9. “Sitrus, subtropik va tropik o‘simlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi, “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasi, “O‘zparrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasiga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun Markaz hududida namunali issiqxonalar, laboratoriyalar, hovuzlar va boshqa ishlab chiqarish maydonchalarini tashkil etish tavsiya etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida Markazga qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif etish va ularga viza berish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga ko‘maklashsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin. | 178 | 6,891 |
Qonunchilik | Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan sifat jihatdan yangi darajada amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohot va o‘zgartirishlar xalqaro moliya institutlari bilan amaliy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va ular bilan intensiv muloqot o‘rnatish, shuningdek, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishni taqozo etadi.
Respublikaning Jahon banki Guruhi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari bilan mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlarini isloh qilishda ko‘maklashish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishdagi sherikligi faol rivojlanib va chuqurlashib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa va taraqqiyot banki o‘rtasida o‘zaro ishonch, hurmat va manfaatlarni inobatga olish tamoyillari asosidagi sheriklik munosabatlarida yangi bosqich boshlandi. 2017-yilning noyabrida bankning Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z faoliyatini qayta tikladi.
Keyingi bir yarim yil mobaynida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan respublikada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini moliyalashtirish uchun 190 million dollardan ko‘proq miqdorda kredit liniyalari ajratib berildi.
Qishloq infratuzilmasini va uy-joy qurilishini rivojlantirish, energetika tarmog‘i va kommunal xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalari va boshqa yo‘nalishlardagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida ahdlashuvlarga erishildi.
Qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish, energetika sektorini hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining beshta asosiy tarmoq va sohalarini isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatli dasturni ishlab chiqishda bank ekspertlarining ishtirok etishlari kelishib olindi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — YETTB) prezidenti S.Chakrabarti bilan 2018-yil 1-avgustdagi uchrashuv chog‘ida erishilgan ahdlashuvlarni so‘zsiz amalga oshirish, YETTB bilan sheriklikni yanada kengashtirish va chuqurlashtirish, ustuvor loyihalar hamda o‘zaro hamkorlik dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va olg‘a siljitish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining YETTB bilan uzoq muddatli sherikligining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilansin:
respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmoq va sohalarini isloh qilish bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni birgalikda ishlab chiqish va olg‘a siljitish, ushbu maqsadda bankning maslahat va texnik ko‘magini jalb etish;
energetika, yo‘l-transport, kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, Uy-joy qurilishi, zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish hamda mamlakatning sanoat tarmoqlari va hududlarini kompleks rivojlantirishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga YETTBning moliyaviy mablag‘larini hamda xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun respublikaning tijorat banklari tomonidan YETTBning moliyaviy resurslarini faollik bilan jalb etish;
mamlakatda investitsiyaviy iqlim va ishbilarmonlik tadbirlarni olib borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro imijini yuksaltirish.
2. 2018-2019-yillarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklikni kengaytirish va chuqurlashtirish doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va xo‘jalik birlashmalarining rahbarlari zimmasiga “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi S.R. Xolmurodov:
“Yo‘l xaritasi” tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va xo‘jalik birlashmalarining ishlari samarali muvofiqlashtirilishini, shuningdek, yuzaga kelgan masalalarni tezkorlik bilan hal etishda ularga yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin;
Respublika mintaqalarida xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etgan va davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini tatbiq qilgan holda aniq loyihalarni olg‘a siljitish bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan YETTBning Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘rtasida har oy qo‘shma maqsadli uchrashuvlar va tadbirlarni o‘tkazib tursin;
“Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan tadbirlarning to‘la miqyosda amalga oshirilishini ta’minlashda YETTB hamda uning Toshkent shahridagi vakolatxonasi bilan qalin hamkorlik o‘rnatsin;
Tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini tizimli asosda monitoring qilib borsin, ushbu qarorning ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparatiga har oyda batafsil axborot kiritib tursin.
4. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda YETTB hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining konsultantlarini ekspertlar sifatida jalb etgan holda tadbirkorlik subyektlari uchun mamlakat mintaqalarida seminar va treninglar o‘tkazish amaliyotini kengaytirsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari YETTB mablag‘lari ishtirokida loyihalarni amalga oshirish, joylarda YETTB vakillarining bo‘lishi va ofislarining ochilishi va faoliyat yuritishi masalalarini hal etishga butun choralar bilan ko‘maklashsinlar.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin. | 124 | 5,929 |
Qonunchilik | Energetika vazirligi – qoʻshimcha vazifalar va yangi departament | Prezidentning 22 avgustdagi qarori bilan Energetika vazirligining energiya samaradorligi va energiya tejovchi teхnologiyalar sohasidagi maqomi belgilandi.
Energetika vazirligi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishni ta’minlash, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha toifadagi iste’molchilarda energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Vazirlik shu sohada loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish, ularni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, Energetika vazirligi Energiya samaradorligini va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilandi. Bundan tashqari, idora Qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha хalqaro agentlikda (IRENA) Oʻzbekistonning milliy muvofiqlashtiruvchi organi etib tanlandi.
Endi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha NHHlarning loyihalari va dasturlari Energetika vazirligi bilan kelishilishi shart.
Shu munosabat bilan davlat organiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:
Energetika vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik boʻyicha departament tashkil qilindi. Uni toʻldirish maqsadida Oʻzneftgazinspeksiya (2 birlik), Oʻzenergoinspeksiya (3 birlik) va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining (5 birlik) tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga 10 nafar boshqaruv хodimlari shtat birliklari ajratiladi.
Oleg Zamanov. | 64 | 1,839 |
Qonunchilik | Soliq maslahati sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq to‘lovchilarning soliq organlari bilan o‘zaro munosabatlarida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga soliq maslahati davlatning yangi soliq siyosatini samarali amalga oshirishning professional instituti va soliqlarni hisoblash va to‘lash masalalarida soliq to‘lovchilarning ishonchli yordamchisi sifatida yetarlicha shakllanmagan.
Davlat tomonidan tartibga solish, soliq maslahatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ular kasbining huquqiy maqomi va nufuzini mustahkamlash, soliq to‘lovchilar huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan soliq maslahatchilari tashkilotlariga:
davlat soliq va bojxona xizmati organlari bilan munosabatlarda soliq to‘lovchining manfaatlarini ifodalash;
soliq hisobotini soliq to‘lovchi nomidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida taqdim etish;
davlat soliq xizmati organlarining talabnomalarida ko‘rsatilgan, aniqlangan tafovutlarning asosnomasi sifatida xulosalarni soliq to‘lovchi nomidan davlat soliq xizmati organiga taqdim etish bo‘yicha qo‘shimcha huquqlar berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Moliya vazirligi va O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasining (keyingi o‘rinlarda — Palata) 2021-yil 1-yanvardan Moliya vazirligining quyidagi funksiyalarini Palataga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish;
soliq maslahatchisining malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish;
soliq maslahatchilarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash;
soliq maslahatchilarining reyestrini yuritish.
3. Moliya vazirligi:
a) Palataga quyidagi masalalarda ko‘maklashsin:
soliq maslahatchilarini tayyorlash kurslarini, shu jumladan masofadan o‘qitish shaklida tashkil etish;
soliq maslahatchilarining malaka imtihonlarini tayyorlash va o‘tkazish;
b) o‘zining rasmiy saytida soliq maslahatchilari reyestrini joylashtirish va muntazam ravishda yangilab borishni ta’minlasin.
4. Belgilansinki, soliq maslahatchisi advokatlik tuzilmalari, auditorlik tashkilotlari, shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi boshqa yuridik shaxslarning shtatida mehnat faoliyatini olib borgan taqdirda, soliq maslahati bo‘yicha faoliyatda uch yil mobaynida ishtirok etmaganligi uchun uning malaka sertifikati amal qilishini tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5. Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Palataning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar bo‘yicha xulosa berish huquqiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) yuritish;
“tavakkalchilikni tahlil qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida aniqlanadigan, yillik aylanmasi oxirgi uch yil mobaynida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar (tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno) ixtiyoriy tugatilganda Ro‘yxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining soliqlar bo‘yicha xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinishi.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvardan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutida “soliqlar va soliqqa tortish” hamda “buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishlari bo‘yicha 4-kurs bakalavriatining o‘quv dasturlariga “soliq maslahati” fani kiritilishini ta’minlasin.
7. Palata Moliya vazirligi bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda soliq maslahatchilarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish o‘quv dasturini tasdiqlasin. Bunda davlat soliq xizmati organlarida ish stajiga va (yoki) auditor sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar uchun o‘quv dasturini optimallashtirish nazarda tutilsin;
b) ikki oy muddatda:
o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqsin va soliq maslahatiga o‘qishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ularga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borsin;
masofadan o‘qitish shaklidagi soliq maslahatchilarini tayyorlash kurslari tashkil etilishini ta’minlasin.
8. Soliq maslahatchilariga sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida soliq solish, soliq organlarining hujjatlari, mansabdor shaxslarning harakatlari va (yoki) harakatsizligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda hisoblash texnikasi va aloqa vositalari, audio va video yozish qurilmalaridan foydalanish huquqi berilsin.
9. Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
a) ikki oy muddatda:
Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni;
b) uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Ro‘yxatni yuritish va soliq to‘lovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibini:
o‘z faoliyatini bir yildan ortiq muddat davomida amalga oshirayotgan va shtatida kamida bir yillik soliq maslahatchisi stajiga ega soliq maslahatchilari bo‘lgan soliq maslahatchilari tashkilotlarini Ro‘yxatga kiritish;
soliqlarga doir berilgan xulosa doirasida ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchining soliq majburiyatlari soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan yashirilganligi yoki qasddan buzib ko‘rsatilganligi holatlari soliq organlari tomonidan aniqlanganda ularni Ro‘yxatdan chiqarish;
Ro‘yxatni Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytida joylashtirish va muntazam ravishda yangilab borish;
v) 2021-yilning 1-apreliga qadar soliq maslahati sohasida o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy qoidalarini belgilovchi hamda samarali faoliyat ko‘rsatadigan soliq maslahatchilari institutini shakllantirishga imkon beruvchi yangi tahrirdagi “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | 75 | 6,511 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilab qo‘yilsinki, sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga, avval shug‘ullangan professional faoliyat turidan qat’i nazar, oliy ma’lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5787-son Farmonida 6-bandning:
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6033-son Farmonida 7-bandning:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga 26-ilovaning 21-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidan 2-bandi chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga” so‘zlari “baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi a’zosi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 9-bandda:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan shartlarga rioya qilish va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasida doimiy a’zolikda bo‘lish”;
uchinchi xatboshisidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani,” so‘zlari “baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga a’zoligi to‘g‘risidagi ma’lumotni va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) VI-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 29-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
e) X-bob o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 9-bandning 9-kichik bandida:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“osuщestvlyayet vneshniy kontrol kachestva raboti auditorskix organizatsiy”;
oltinchi xatboshidagi “i attestatsiyu rukovoditeley auditorskix organizatsiy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 11-bandning yigirma birinchi xatboshisidagi “i auditorskix” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4381-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, baholovchilarni toifalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari ishtirokida amalga oshiriladi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4400-son qarorida 5-bandning uchinchi xatboshisidan “va lombardlar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-4473-son Farmoniga 1-ilovaning 6-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5620-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5731-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 32-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-martdagi “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-605-son qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga 31-ilovaning 6-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-1756-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2280-son qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2597-son qarori.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PQ-2601-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qaroriga 2-ilovaning 4 va 17-bandlari hamda 3-ilovaning 1, 5, 6, 37, 44, 47, 48, 50, 52, 59, 61, 63, 64 va 68-bandlari. | 156 | 7,208 |