folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshqulovning “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni turar joylar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti haqida.
2. “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida (uchinchi o‘qish).
3. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-893-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish).
4. “Probatsiya to‘g‘risida”gi QL-911-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish).
5. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-914-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish).
6. “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlari uchun ajratilgan mablag‘larning oqilona sarflanishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri B. Musayevning javobi haqida.
7. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2022-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida. | 94 | 1,809 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI REZERVIDAGI XIZMAT TO‘G‘RISIDA | Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda – fuqarolar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda – Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) rezervidagi xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Qurolli Kuchlar rezervi (bundan buyon matnda – rezerv deb yuritiladi) – O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi yuzaga kelgan, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda tinchlik va urush davrida harakatdagi qo‘shin guruhlarini kuchaytirish hamda yangi qo‘shin guruhlarini tuzish uchun, shuningdek mamlakat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlashga doir boshqa vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan harbiy ta’lim olgan odam resurslari hamda moddiy-texnika vositalari zaxiralari;
rezervdagi xizmat – haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan fuqarolarning harbiy xizmati;
rezervchilar – harbiy xizmatni o‘tagan va rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar.
Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli quyidagi fuqarolar rezervdagi harbiy xizmatga kiritiladi:
muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan fuqarolar;
muddatli harbiy xizmatni hamda oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarida (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) ofitsyerlar tayyorlash dasturi asosida ta’limning to‘liq kursini o‘tagan fuqarolar.
Rezervchilarni harbiy ro‘yxatga olish mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Rezervdagi xizmatni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Harbiy tayyorgarlik darajasi va yoshiga qarab, rezervchilar birinchi va ikkinchi toifali rezervga bo‘linadi.
Rezerv toifalari va rezervda bo‘lish yoshining chegarasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Birinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida o‘tagan — o‘ttiz besh yoshgacha bo‘lgan, kichik ofitsyerlar lavozimlarida o‘tagan — qirq yoshgacha bo‘lgan, katta ofitsyerlar lavozimlarida o‘tagan — ellik yoshgacha bo‘lgan, generallar tarkibi lavozimlarida o‘tagan — ellik besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi.
Birinchi toifali rezerv birinchi va ikkinchi navbatga bo‘linadi.
Birinchi navbatdagi rezerv safi Qurolli Kuchlarning tegishli qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yiladigan, eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan rezervchilar orasidan Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tarkibida bunday rezervchilarning jangovar tayyorgarligi amalga oshiriladi va jangovar maqsadlarda qo‘llanilishi rejalashtiriladi.
Ikkinchi navbatdagi rezerv safi Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilmagan rezervchilar orasidan to‘ldiriladi hamda zarurat bo‘lganda birinchi navbatdagi rezerv safini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Birinchi toifali rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetganda yoki salomatligiga ko‘ra ikkinchi toifali rezervga yohud zaxiraga o‘tkaziladi.
Ikkinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv, kontrakt bo‘yicha yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida o‘tagan — qirq besh yoshgacha bo‘lgan, kichik ofitsyerlar lavozimlarida o‘tagan — ellik yoshgacha bo‘lgan, katta ofitsyerlar lavozimlarida o‘tagan — ellik besh yoshgacha bo‘lgan, generallar tarkibi lavozimlarida o‘tagan — oltmish yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi.
Ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar harbiy qo‘shilmalar, qismlar hamda ichki va texnik ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yiladi, hamda ularning safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuz bergan taqdirda esa urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallanadi.
Ikkinchi toifali rezervda bo‘lish yoshining chegarasi tegishincha rezervda bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi.
Zarurat bo‘lganda Qurolli Kuchlarning urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasidagi ichki hamda texnik ta’minot qismlari va bo‘linmalari, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalar safini Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilmagan birinchi toifali rezervchilar bilan to‘ldirishga yo‘l qo‘yiladi.
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan rezervchilarni tanlab olish harbiy okruglar qo‘shinlarining qo‘mondonlari buyrug‘i bilan tuziladigan tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyalar tarkibiga harbiy okruglar shtablarining, safi to‘ldirilayotgan qo‘shilmalar, qismlar va bo‘linmalar qo‘mondonligining, mudofaa ishlari organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari hamda tegishli qo‘shin turlari va xizmatlarning mutaxassislari kiritiladi.
Rezervchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yish uchun tanlab olish harbiy xizmatga majburlarning harbiy hisobdagi ixtisosligi, oilaviy ahvolini, shuningdek harbiy tayyorgarlik darajasini, intellektual qobiliyatini va jismoniy ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda yakka tarzda o‘rganib chiqish yo‘li bilan, qoida tariqasida, hududiy prinsip asosida amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun zarur bo‘ladigan rezervdagi ofitsyerlar yetishmay qolsa, oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha tegishli o‘quv bo‘linmalarida (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) ofitsyerlar tayyorlash dasturi asosida ta’limning to‘liq kursini o‘tgan, eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan zaxiradagi ofitsyerlar rezervga tanlab olinishi mumkin. Mazkur toifadagi shaxslar rezervga tanlab olinganidan keyin rezervdagi ofitsyerlarni qayta tayyorlash harbiy yig‘inlariga yuboriladi.
Rezervchilarni tanlab olish, tanlov komissiyalari ishi hamda rezervchilarni biriktirib qo‘yishni rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Rezervchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni mudofaa ishlari organlari huzuridagi tibbiy komissiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Qurolli Kuchlarda tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tashkil etadi va o‘tkazadi.
Rezervchilarni tayyorlash harbiy qismlar, o‘quv markazlari huzurida harbiy yig‘inlar tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek safarbarlik o‘quv-mashqlari va mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqtida amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashning asosiy mohiyati rezervchilar biriktirib qo‘yilgan bo‘linmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik yuzasidan shaxsiy bilim, ko‘nikma va mahoratni takomillashtirish, harakatlar taktikasini puxtalab olishdan iborat.
Rezervchilarni tayyorlashga quyidagilar kiradi:
oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlarni safarbarlikda ular uchun belgilab qo‘yilgan shtat lavozimlariga tayyorlash;
safarbarlik rejasiga ko‘ra oddiy askarlar, serjantlar va ofitsyerlarni Qurolli Kuchlar safini to‘ldirish uchun zarur ixtisosliklar bo‘yicha qayta tayyorlash;
Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarini urush davri shtatlari darajasida jangovar tartibga solish;
Qurolli Kuchlar qo‘shilmalari va qismlarining safarbarlik rejalarida nazarda tutilgan ayrim chora-tadbirlarning bajarilishi muqarrarligini tekshirish;
harbiy yig‘inlarni o‘tkazish va jangovar vazifalarni hal etish davrida belgilangan qurol-yarog‘ va texnikalarni o‘rganish, ulardan foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda ularni saqlash, ularni ishlatish ko‘nikmalarini orttirish, qurol-yarog‘ va texnikalarning yangi turlarini o‘zlashtirish.
Rezervchilar tinchlik davrida qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida, qoida tariqasida, hududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy yig‘inlarda qatnashishga jalb etilishi mumkin.
Harbiy yig‘inlar o‘quv-mashq, sinov yig‘inlari va maxsus yig‘inlarga bo‘linadi.
O‘quv-mashq harbiy yig‘inlari harbiy qismlarning bo‘linmalari tarkibidagi ixtisosliklar hamda shtat lavozimlari bo‘yicha birinchi va ikkinchi toifali rezerv tayyorlash maqsadida, rezervchilarning xizmatni o‘tashi nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Sinov harbiy yig‘inlari Qurolli Kuchlarning urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasidagi qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarining safarbarlik tayyorgarligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid soluvchi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi.
Rezervchilarni harbiy yig‘inlarga jalb etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Birinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan uch marta o‘quv-mashq harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Bu harbiy yig‘inlarning umumiy muddati bir yil ichida o‘ttiz sutkadan oshmasligi kerak.
Ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan ikki marta o‘quv-mashq harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Bu harbiy yig‘inlarning umumiy muddati bir yil ichida o‘n besh sutkadan oshmasligi kerak.
Birinchi va ikkinchi toifali rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning muddati besh sutkagacha bo‘lgan sinov harbiy yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining rejasi asosida, qoida tariqasida, besh yilda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi.
Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq o‘tkaziladi. Rezervchilar bu harbiy yig‘inlarga bir yil ichida ko‘pi bilan ikki oy muddatga jalb etiladilar.
Rezervchi mudofaa ishlari organidan harbiy yig‘inlar o‘tadigan joyga jo‘nab ketgan kun harbiy yig‘inlarning boshlanishi hamda u harbiy qism qo‘mondoni tomonidan berilgan buyruqda ko‘rsatilgan mudofaa ishlari organiga borib uchrashgan kun yig‘inlarning tugashi deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod etiladi.
Rezervchilarni hisobga olish va ularni harbiy yig‘inlarga jalb etish mudofaa ishlari organlari zimmasiga yuklatiladi.
Rezervchilarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va o‘tkazish ular Qurolli Kuchlarning qaysi qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilgan bo‘lsa, shu qo‘shilma, qism va bo‘linma qo‘mondonligi tomonidan tayyorgarlik dasturlari hamda rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashga rahbarlik, o‘tkazilayotgan tayyorgarlikning sifati hamda samaradorligini nazorat qilish harbiy okruglar qo‘mondonligi tomonidan, rezervchilar xizmat o‘tashi nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rezervchilar tayyorlashga umumiy rahbarlikni hamda bu boradagi ishlarni rejalashtirishni amalga oshiradi, tinchlik va urush davrida, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi yuzaga kelgan taqdirda, rezervchilardan qonunchilikka muvofiq foydalanilishi tartibini belgilaydi.
Rezervchilarning harbiy unvonlariga “rezervdagi” degan so‘z qo‘shiladi.
O‘quv-mashq harbiy yig‘inlarida qatnashgan va ta’lim dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan rezervchilarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar – rezervdagi podpolkovniklikka qadar bo‘lgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.
Harbiy unvonga ega bo‘lmagan fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan rezervga kiritilishi bilan bir paytning o‘zida ularga oddiy askar yohud matros harbiy unvoni beriladi.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Rezervchilar tayyorlashni qurol-yarog‘, texnika, o‘q-dori hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash Qurolli Kuchlar qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalarining joriy ta’minoti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Rezervchilarni tayyorlashda moddiy-texnika vositalari, qurol-yarog‘ va texnika zaxiralaridan foydalanish tartibi, ishlatiladigan resurslar normalari, shuningdek rezervchilarni tayyorlashda foydalanilgan moddiy vositalarning o‘rnini to‘ldirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Harbiy yig‘inlarga jalb etilgan rezervchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi ta’minot oladilar. Harbiy yig‘inlar davrida, shu jumladan, ular o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida rezervchilarning ish joyi (lavozimi) hamda ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qog‘ozi olingan kundan harbiy yig‘inlardan qaytilgunga qadar bo‘lgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno.
Agar harbiy yig‘inlar vaqtida rezervchi kasal bo‘lib qolsa va yig‘in tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab qonunchilikka muvofiq unga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
Rezervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l hamda avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish;
harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish;
harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish.
Revervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanadi. Rezervchilarni davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida rezervchilar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan boshqa huquqlar va imtiyozlardan ham foydalanadilar.
Harbiy yig‘inlarda qatnashib, har jihatdan o‘zini ko‘rsata olgan birinchi navbatdagi birinchi toifali rezervchilarga harbiy qismlarning qo‘mondonlari taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti to‘lanishi mumkin. Bunda ular mazkur pul mukofoti bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq to‘lovidan ozod etiladi.
Tinchlik davrida jangovar harakatlarda ishtirok etgan rezervchilarning mehnat stajini hisoblashda jangovar harakatlarning har bir kuni uch kunga hisoblanadi.
Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 72 | 16,953 |
Qonunchilik | Koronavirus fors-major deb e’tirof etiladi | Dunyodagi epidemiologik vaziyat va Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishi tufayli hukumat shartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uchun «fors-major» rejimini joriy etadi.
Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar murojaatlariga binoan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirildi. Agar fors-major holati koronavirus bilan bogʻliq boʻlsa, sertifikatni 1 kunda olish mumkin.
Fors-major tushunchasi va uni tasdiqlash tartibi Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda keltiriladi. Bunday holatlarga qarzdorning kontragentlari tomonidan majburiyatlar buzilishi, bozorda majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan tovarlarning yoʻqligi va boshqalar kirmaydi.
Umuman olganda, tomonlardan birida fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar oʻzaro manfaatli shartlar bilan kelishib olishga harakat qilishlari mumkin. Masalan, shartnoma majburiyatlarini oʻzgartirish orqali majburiyatlarni bajarish muddatini uzaytirish. Agar kelishuvga erishilmasa, yengib boʻlmaydigan kuchlar holatini tasdiqlaydigan sertifikatni olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
Idora ularni berishda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga yordam berish uchun barcha zarur tezkor choralarni koʻradi. Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining bogʻlanish ma’lumotlari - bu yerda. | 42 | 1,533 |
Qonunchilik | QL-878, QL-895 va QL-903-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-878-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-895-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-903-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 104 | 1,302 |
Qonunchilik | Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1998/99 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash to‘g‘risida | Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1998/99 yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar:
o‘zlariga qarashli xo‘jaliklarni 1997/98 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar. Shaharlar va tumanlarni, korxonalar va tashkilotlarni, uy-joylarni, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniy-maishiy, savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarini, qishloq xo‘jaligi korxonalarini 1998/99 yil bo‘lajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash yuzasidan 20 kun muddatda chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
bug‘ qozonxonalarini, issiqlik, suv quvurlari, gaz tarmoqlarini mukammal tuzatishni, qattiq va suyuq yoqilg‘i, texnik tuzning zarur zaxiralarini yaratishni joriy yilning 1-oktabrigacha, uy-joylarni tuzatishni ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq tugallashni ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
joriy yilning 1-oktabriga qadar gaz yoqilg‘isini aholi uchun bo‘shatish maqsadida barcha korxonalar va tashkilotlarda ularning kuz-qish davrida yoqilg‘ining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun suyuq va qattiq yoqilg‘ining zarur zaxiralarini yaratsinlar;
kommunal-maishiy obyektlarni gazni hisobga olish asboblari bilan jihozlashni tugallash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rsinlar. Gazni hisobga olish asboblari bo‘lmagan sanoat va kommunal-maishiy korxonalarga gaz yetkazib berish to‘xtatilsin;
Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “O‘zbeknefgaz” milliy korporatsiyasi va “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan yoqilg‘i-energetika resurslari va ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun korxona va tashkilotlar qarzlari to‘lanishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
2. Ko‘mir va suyuq yoqilg‘ining zarur hajmlardagi zaxiralarini yaratish uchun “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ularni respublika korxonalari va tashkilotlariga joriy yilning 15-sentabrigacha belgilangan tartibda yetkazib berishni ta’minlasinlar.
3. Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi elektr stansiyalari va sanoat korxonalarini 1998/99 yil kuz-qish davrida yoqilg‘ining zaxira turiga o‘tkazish jadvalini 1998-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi elektr stansiyalari va issiqlik markazlariga yoqilg‘i mazuti, ko‘mir, tabiiy gaz Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998-yil 29-aprelda tasdiqlangan jadvalga muvofiq o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
5. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi:
1998/99 yil kuz-qish davrida respublikaning barcha gaz taqsimlovchi stansiyalari bo‘yicha belgilangan limitlar va ko‘rsatkichlar doirasida gaz yetkazib berilishini ta’minlasin;
isitish mavsumi boshlangunga qadar Andijon viloyatidagi yerosti gaz omborxonasi birinchi navbatining ishga tushirish minimumini foydalanishga topshirsin;
joriy yilning 1-oktabrigacha Kalif-Termiz gaz quvurining eng ko‘p eskirgan uchastkalarini tuzatib qo‘ysin;
Toshkent shahridagi 5 - “Chilonzor” bug‘ qozonxonasiga gaz quvuri tarmog‘ini ulashni va uni foydalanishga topshirishni ta’minlasin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “O‘zgazuzatish” davlat birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-martdagi 117-son qaroriga muvofiq, 1998-yil qurilish dasturida nazarda tutilgan gaz taqsimlash quvurlari tarmoqlari va gaz taqsimlash stansiyalari qurilishini 1998-yil 1-noyabrga qadar tugallasin.
7. Surxondaryo viloyati hokimi (Noraliyev) tuzilgan shartnomalarga va oldindan haqi to‘langanligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi va “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi korxonalariga texnik tuz o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi:
kuz-qish davrini o‘tkazishda qatnashadigan elektr stansiyalari, issiqlik-elektr markazlari, elektr tarmoqlari obyektlarining asosiy texnologik asbob-uskunalarini mukammal, o‘rtacha va joriy tuzatishni 1998-yil 1-oktabrgacha tugallasin;
1998-yil 1-oktabrga 1150 ming tonna, 1998-yil 1-noyabrga 1200 ming tonna hajmida yoqilg‘i mazuti va 1998-yil 1-oktabrga 1120 ming tonna, 1998-yil 1-noyabrga 1200 ming tonna hajmida ko‘mir jamg‘arilishini ta’minlasin.
9. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov) O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining elektr stansiyalari, issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotlari uchun tuz, neft mahsulotlari va ko‘mirning uzluksiz tashilishini ta’minlasin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
isitish mavsumi boshlangunga qadar ko‘p qavatli uy-joylarning barcha yerto‘lalarini quruq holga keltirsinlar;
issiqlikni saqlash maqsadida barcha issiqlik trassalarini issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplasinlar;
kanalizatsiya va kollektor tarmoqlarini tozalasinlar;
maktabgacha binolar muassasalari, maktablar, kasalxonalar va poliklinikalarga issiqlik uzluksiz yetkazib berilishiga alohida e’tibor bersinlar.
11. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 1998/99 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari bo‘yicha komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Ommaviy axborot vositalari iqtisodiyot tarmoqlarini bo‘lajak kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashning borishini muntazam ravishda yoritsinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsinlar, o‘zlari mutasaddi bo‘lgan tarmoqlarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning borishini har oyda tahlil qilib chiqsinlar, zaruriyat bo‘lganda tegishli chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi I.H. Jo‘rabekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin. | 98 | 6,693 |
Qonunchilik | NKMK oltin ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi | Vazirlar Mahkamasi 10.09.2021 yildagi “Pistali” konida tarkibida oltin boʻlgan ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasining TIAni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 569-son qarorni qabul qildi.
Investitsiya loyihasining qiymati $274 668,9 mingni tashkil etadi. Ob’yektni 2024 yil dekabr oyida foydalanishga topshirish yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib olish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar tashkil etish imkonini beradi.
Loyihani amalga oshirish uchun $245 070 ming miqdorida 5 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan хorijiy kreditlar jalb qilinadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
"Navoiy KMK" AJ qarz oluvchi boʻlib, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, хorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi uchun ma’sul hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova. | 70 | 971 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2010 YILGI DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilib, muhokama qilish mobaynida Qonunchilik palatasi deputatlarining fikr-mulohazalari va takliflari hisobga olingan holda maromiga yetkazilgan O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilangan holda qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati:
2009 — 2012-yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini, inflatsiya darajasining belgilangan eng yuqori darajadan oshmasligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin;
iqtisodiyotning xalqaro sifat standartlariga mos keladigan hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnika va texnologiya jihatidan qayta jihozlash orqali iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni va uning diversifikatsiya qilinishini davom ettirsin;
sa’y-harakatlarini qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirishga, bandlikni ta’minlashga, qishloq aholisining turmushi sifatini oshirishga, fermer xo‘jaligi rivojlantirilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratsin;
iqtisodiyot zimmasidagi soliq yukini kamaytirish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirsin;
budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishiga barham berish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin;
ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorlarini inflatsiya sur’atlariga nisbatan ildam oshirib borish orqali aholining farovonligini izchil yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini bundan buyon ham davom ettirsin;
vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari fondlari (budjet tashkilotlarini rivojlantirish fondlari ham shunga kiradi) mablag‘lariga Davlat budjetining g‘azna ijrosi mexanizmini tatbiq etsin, shuningdek Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘yicha tushumlarni g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazsin;
Davlat budjeti taqchilligini respublika budjetining zaruriy aylanma kassa mablag‘idan ortiq bo‘lgan bo‘sh qoldiqlari hamda boshqa noinflatsiyaviy manbalar hisobiga moliyalashtirilishini nazarda tutsin.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasin, mintaqalarning soliq solinadigan bazasini kengaytirish va moliyaviy salohiyatini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
4. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 66 | 3,331 |
Qonunchilik | Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4022-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 — 2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
a) “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimini rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha qarorlar buyurtmachini majburiy tarzda belgilash, shuningdek, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yaratish va keyinchalik qo‘llab-quvvatlashda moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda qabul qilinadi;
b) “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish:
davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, elektron hamkorligini ta’minlash uchun idoraviy va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish qismida — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish qismida — O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi;
idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish qismida — vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
4. Belgilansinki:
a) operatorga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqi beriladi;
b) davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida o‘z ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno;
v) Agentlikka xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan investitsiyalar masalalari bo‘yicha xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish va hamkorlik qilish huquqi beriladi;
g) operator 2022-yil 1-yanvarga qadar:
operator zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi;
Agentlik bilan kelishilgan holda harakatdagi uyali aloqa baza stansiyalarini qurish (o‘rnatish) bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini parallel ravishda loyihalashtirish bilan birga amalga oshirish, shuningdek, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanishga qabul qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar olish dalolatnomalarini parallel ravishda rasmiylashtirgan holda harakatdagi uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega;
eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali summasidan qat’i nazar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun shartnomalar, shu jumladan import shartnomalari tuzishga haqli.
5. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 121 | 4,217 |
Qonunchilik | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha 2019-yil 10-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda bank depozitorlarining milliy axborot bazasidagi ma’lumotlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (ro‘yxat raqami 2448, 2013-yil 2-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2019-yil 9-sentabrdagi 17/17-5-19-8481-son, Markaziy bankining 2019-yil 9-sentabrdagi 15-19/1151-son xatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-martdagi 1-son, 7/12-son “Qarzdorlar va ularning debitorlari bank hisobvaraqlarini qidirishda bank depozitorlarining milliy axborot bazasidagi ma’lumotlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2448, 2013-yil 2-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 75 | 2,199 |
Qonunchilik | Tadbirkorlarga iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi reytingi beriladi | Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi reytingini aniqlash uslubiyati ishlab chiqildi.
Ushbu reyting tadbirkorlik sub’yektlarining insofli faoliyati yuritishini baholash koʻrsatkichiga aylanishi kutilmoqda, ular faoliyatida iste’molchilarning huquqlari va manfaatlari ustun boʻlishi kerak.
Realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻgʻrisida toʻliq va toʻgʻri ma’lumotlar beriladimi, iste’molchilarning shikoyatlari zudlik bilan koʻrib chiqiladimi, ularning murojaatlari ijobiy hal etiladimi, qanday toʻlov usullari mavjud? Reyting uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni olishga imkon beradigan shunga oʻхshash bir qator savollar soʻrovnomaga kiritildi.
Soʻrovda chakana savdo ob’yektlari (doʻkonlar, supermarketlar, avtosalonlar, zargarlik doʻkonlari va boshqalar) hamda umumiy ovqatlanish ob’yektlari (kafe, bistro, restoranlar va boshqalar) ishtirok etishi mumkin.
Reytingni ishlab chiqish va yuritish hamda tizimni baholash mezonlarini belgilash vazifalari Prezidentning 3.02.2021 yildagi «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yuklatilgan.
MDH hududida oʻхshashlari boʻlmagan mazkur oʻrganishlarning maqsadi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, iste’molchilarning reyting ishtirokchisi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash darajasini aniqlash, shuningdek Oʻzbekiston hududida iste’molchilar huquqi ustuvorligini ta’minlaganlik darajasi toʻgʻrisida ommabop ma’lumotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Reytingda ishtirok etish uchun tadbirkorlik sub’yekti anketa-soʻrovnomani toʻldiradi. Har bir mezon boʻyicha Agentlik tomonidan baho qoʻyiladi va tegishli ball beriladi.
Keyingi bosqich iste’molchilar tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni ommaviy ovoz beriladi. Ikkita bosqich yakunlariga koʻra ishtirokchilar toʻplagan ballari jamlanadi va reytingdagi oʻrinlar aniqlanadi.
Reyting doimiy asosda shakllantiriladi va Agentlikning rasmiy saytiga joylashtiriladi.
Lola Abduazimova. | 74 | 2,410 |
Qonunchilik | Qurbon Hayitini nishonlash to‘g‘risida | Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 15-oktabr seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2013-yil 15-oktabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.
3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. | 38 | 1,057 |
Qonunchilik | Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-sentabrdagi 792-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Arxeologik tadqiqotlar instituti negizida Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazining yuridik shaxs bo‘lmagan filiali shaklidagi Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etilganligi;
Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarori 7-bandining “b”-kichik bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining Milliy arxeologiya markazi filiali “Samarqand arxeologiya instituti”ning yuridik maqomini tiklagan holda, Fanlar akademiyasi tizimida mustaqil institut tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qarori bilan Samarqand arxeologiya instituti (“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan) Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda — Madaniy meros agentligi) tashkiliy tuzilmasiga kiritilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 189-bandiga muvofiq Samarqand arxeologiya instituti faoliyati va uning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash hamda 184-bandiga muvofiq Buxoro shahrida Arxeologiya institutining filialini tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Turizm va madaniy meros vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Fanlar akademiyasining:
Fanlar akademiyasining Samarqand arxeologiya instituti (“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan) negizida Madaniy meros agentligi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutini (“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan) (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish;
Institutning yuridik shaxs bo‘lmagan Buxoro filialini tashkil etish;
Institutga Fanlar akademiyasi Samarqand arxeologiya institutining mavjud 52 ta shtat birligini o‘tkazish, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Institutning Buxoro filiali uchun qo‘shimcha 5 ta shtat birligini ajratish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qadimgi tosh asridan boshlab rivojlangan o‘rta asrlarni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyoning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini o‘rganish borasida fundamental tadqiqotlar olib borish;
tadqiq etiladigan davrlar madaniyatlari xronologiyasini va davrlashtirilishini ishlab chiqish;
O‘zbekiston hududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishini, sivilizatsiyaning shakllantirilishini, ilk shaharlar va davlatchilik, qadimgi jamiyatlar dunyoqarashini, jahon dinlarining paydo bo‘lishini va rivojlanishini, savdo-sotiq munosabatlari va “Buyuk ipak yo‘li” tarixini o‘rganish;
hunarmandchilik, metallurgiya va kon ishi, arxeologik yodgorliklarni aniqlash, arxeologik tadqiqotlar olib borish, xaritaga tushirish va ilmiy muomalaga kiritish;
respublika hududidagi noyob arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
arxeologik topilmalarni ta’mirlash uslubi va qadimiy texnologik usullarni tiklash hamda ushbu yo‘nalishda vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeologiya tadqiqotchilarini jalb qilish;
arxeologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, Institutning ilmiy yo‘nalishidan kelib chiqib, jahon ilm-fani yutuqlarini o‘rganish, ulardan foydalanish hamda mahalliy va xalqaro miqyosda qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish.
4. Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziriga, zarurat bo‘lganda, Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Belgilansinki:
Institut respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arxeologik izlanishlarga keng joriy qilish faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
Institut direktori Institutning Ilmiy kengashi tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri bilan kelishilgan holda, Madaniy meros agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Institut Fanlar akademiyasi Samarqand arxeologiya institutining huquqlari, majburiyatlari va tuzilgan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Madaniy meros agentligi bergan ruxsatnoma asosida dala tadqiqotlarini olib borgan arxeologlar tomonidan hisobotlar 2023-yildan boshlab har yili 1-martga qadar “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” yillik to‘plamini chop etib borish uchun Institutga tizimli ravishda taqdim etib boriladi;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Institutning ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yo‘nalishlaridagi faoliyatiga ko‘maklashadi.
6. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarni qoplash uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari;
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
Madaniy meros agentligining budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
respublika ilmiy-tadqiqot loyihalarining grantlari;
xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazishdan tushadigan tushumlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Turizm va madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Institutning Buxoro filialini Buxoro shahri Sanoatchilar ko‘chasi 26-uy manzilida joylashgan binoning bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini ko‘rsin.
8. Madaniy meros agentligi:
a) bir oy muddatda Institut ustavini tasdiqlash hamda uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
b) ikki oy muddatda Institutni professional bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan to‘ldirish;
v) uch oy muddatda Madaniy meros agentligining budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda Institut va uning Buxoro filialini xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa texnik vositalar bilan qayta jihozlash;
g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Institutning yangi binosini belgilangan tartibda qurish, laboratoriya bilan ta’minlash, ularni zamonaviy mebel va asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq 2023-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritish hamda zarur mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin;
d) Moliya vazirligi bilan birgalikda Institutning Buxoro filiali binosini belgilangan tartibda ta’mirlash ishlarini 2023-yil Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin;
e) Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Fanlar akademiyasi Samarqand arxeologiya institutining ilmiy-texnik loyihalari, ularning foydalanish uchun ajratilgan asbob-uskunalari va boshqa mol-mulklari, jumladan, avtotransport vositalari hamda yoqilg‘i-moylash materiallari limitlarini xatlovdan o‘tkazib, ularni Institutga topshirish;
ikki oy muddatda Institut kutubxonasida saqlanayotgan hamda nusxasi yagona bo‘lgan ilmiy asar va to‘plamlarning elektron nusxalarini Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markaziga o‘tkazish;
2022-yil 1-oktabrdan boshlab bosqichma-bosqich Institut arxivida saqlanayotgan ilmiy ishlanmalarning elektron nusxalarini Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markaziga ajratib borish choralarini ko‘rsin.
9. Institutga o‘z idoraviy vazifalarini amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)ni sotib olish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish vakolati berilsin.
10. Institutga ekspeditsiyalarni tashkil etish maqsadida 2 ta maxsus avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Institutni budjet mablag‘lari hisobidan saqlash xarajatlari 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Turizm va madaniy meros vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
11. Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasining Samarqand arxeologiya instituti xodimlari rahbarligida ishlanayotgan loyiha hamda Milliy arxeologiya markazining Samarqand shahrida tahsil olayotgan tayanch doktorantlarini Institutga o‘tkazish va Institutga 2023-yilda tayanch doktorantura uchun 3 ta, stajor-tadqiqotchilik uchun 2 ta kvota ajratilishini ta’minlasin.
12. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Institutga Samarqand viloyati Samarqand shahrining V. Abdullayev ko‘chasidagi 3-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Madaniy meros agentligi:
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2023-yil 20-dekabrga qadar Institut faoliyati samaradorligini puxta tahlil qilgan holda, uni yanada takomillashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan Dala sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarga dala ustamasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 41-bandda:
birinchi xatboshidagi “2,3” raqami “7” raqami bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “0,08” raqami “0,3” raqami bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “0,03” raqami “0,11” raqami bilan almashtirilsin;
b) 42-bandda:
birinchi xatboshidagi “2,6” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “0,12” raqami “0,35” raqami bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “0,1” raqami “0,31” raqami bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi 292-son qarorining 2-bandidagi to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-sentabrdagi 792-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arxeologik izlanishlarda keng joriy qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”;
b) 12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 1-ilovadan “Milliy arxeologiya markazi Samarqand filiali — Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti (“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan)” bloki chiqarib tashlansin;
g) 2-ilovada:
3-pozitsiya chiqarib tashlansin;
20-pozitsiyaning “Ijro uchun mas’ullar” ustuni “Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi” so‘zlaridan keyin “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
39-pozitsiyaning “Amalga oshiriladigan tadbir” ustunidagi “Institutda” so‘zi “Markazda” so‘zi bilan almashtirilsin. | 114 | 13,455 |
Qonunchilik | Q.J. Haqqulovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida | Davlat organlarida ko‘p yillik samarali ishlaganligi, neft sanoati kompleksini rivojlantirishga katta hissa qo‘shganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari –– “O‘zbekneftegaz” Milliy korporatsiyasining raisi Qayim Jalilovich Haqqulov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin. | 90 | 323 |
Qonunchilik | Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — elektron axborot tizimi) ishlab chiqilganligi hamda Toshkent shahrida “test rejimida” ishlatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
respublikada yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi 2022-yil 1-yanvardan 1-martga qadar “test rejimida” joriy etiladi va 2022-yil 1-martdan to‘liq ishga tushiriladi;
2022-yil 1-martdan boshlab shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi;
tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) (keyingi o‘rinlarda — shaharlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazishning asosiy tamoyillari;
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha tender takliflarining tarkibiga qo‘yiladigan talablar, takliflarni baholash va g‘olibni aniqlash mezonlari;
shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tender g‘olibini aniqlash, ochiq tender g‘olibi bilan shartnoma tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi.
4. 2022-yil 1-yanvarga qadar Transport vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda elektron axborot tizimini O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari, avtotransport ijara shartnomalari va yo‘l-transport hodisalari, tashuvchilar nomiga rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin.
5. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilsin va 2022-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Bunda barcha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tarmog‘ini aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda takomillashtirish, harakatlanuvchi tarkibni bosqichma-bosqich yangilash, yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda shaharlarda barqaror yo‘lovchi tashish transport tizimlarini yaratish nazarda tutilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
mazkur qarorning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida tashuvchilar o‘rtasida muntazam ravishda targ‘ibot ishlarini olib borsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarni (keyingi o‘rinlarda — tenderlar) elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborot tizimi — yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron platforma;
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmasi;
muntazam yo‘nalish — avtotransport vositalarining tasdiqlangan yo‘nalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yo‘l haqi tariflariga muvofiq muayyan manzillar oralig‘ida belgilangan qatnov yo‘li (keyingi o‘rinlarda — yo‘nalish);
lot — tenderda e’lon qilingan yo‘lovchi tashish yo‘nalishi (yo‘nalishlar paketi, yo‘nalishning alohida jadvali (muayyan qatnovi);
tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat shartlari asosida yo‘lovchilar va bagaj tashish xizmatlarini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxs;
talabgor — tenderda qatnashish istagini bildirgan tashuvchi;
qatnashchi — tenderlarda qatnashish uchun takliflarni axborot tizimi orqali taqdim etgan talabgor;
tender g‘olibi — lot bo‘yicha taqdim etgan takliflari baholash natijalariga ko‘ra eng ko‘p ballar to‘plagan tender qatnashchisi;
shartnoma (kontrakt) — tashuvchi hamda vakolatli organ o‘rtasida ommaviy oferta shaklida muayyan muddatga tuziladigan, yo‘nalishda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi yuridik hujjat;
yo‘nalish pasporti — yo‘nalish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjat;
yo‘nalish (lot) talablari — yo‘nalish pasporti asosida vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan, yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishning asosiy shartlari aks etgan ma’lumotlar.
3. Quyidagilar yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish, yo‘nalishlarni vaqtincha biriktirish va tender tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar o‘rtasidagi hamda xalqaro yo‘nalishlarda (keyingi o‘rinlarda — shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar) — Transport vazirligi;
shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda (keyingi o‘rinlarda — shahar va viloyat ichki yo‘nalishlari) — Transport vazirligining tegishli hududiy bo‘linmalari.
4. Vakolatli organning tenderlarni tashkillashtirish va o‘tkazish doirasidagi asosiy vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
tegishliligi bo‘yicha yo‘nalishlarni ochish, yopish hamda o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
yo‘nalishlarning pasporti va talablarini ishlab chiqish va axborot tizimiga kiritish;
o‘tkaziladigan tenderlar to‘g‘risidagi e’lonlarni (lotlarni) axborot tizimiga hamda ommaviy axborot vositalariga joylashtirish;
tender g‘olibining lot bo‘yicha takliflar ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini o‘rganish;
tender g‘olibining har bir avtotransport vositasiga yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan elektron guvohnomalar berish;
tender g‘olibi bilan shartnoma tuzish;
yo‘nalish talabi va shartnoma shartlariga amal qilinishini nazorat qilish;
shartnoma shartlariga amal qilinmaslik holatlari yuzasidan dalolatnomalarni rasmiylashtirish hamda belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish choralarini ko‘rish.
5. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs qatnashishi mumkin.
6. Shartnomaning amal qilish davrida bir yo‘nalishda faqat bitta tashuvchi xizmat ko‘rsatadi. Yo‘nalishning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilar bundan mustasno.
7. Tashuvchiga tender o‘tkazilmasdan yo‘nalishda ishlash huquqi berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
yangi yo‘nalish ochilgandan keyin uzog‘i bilan ikki oy mobaynida yangi yo‘nalishda yo‘lovchi oqimi o‘rganilishi va avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;
ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida kutilmagan vaziyatlar sharoitida, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yo‘nalishlar joriy etilishi;
yarmarka va festivallarning faoliyat ko‘rsatishi davrida vaqtinchalik yo‘nalishlarning tashkil etilishi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik yo‘nalishlarni tashkil etish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Vaqtinchalik yo‘nalishlar uzog‘i bilan ikki oy muddatga tashkil etiladi. Vaqtinchalik yo‘nalishlarni tashkil etish tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashuvchilar va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari chiqishlari mumkin.
8. Buyurtmalar bo‘yicha soatbay haq to‘lash asosida amalga oshiriladigan tashish xizmatlari yo‘nalishlari uchun tender tashkil etilmaydi.
9. Yo‘nalish tashuvchi xizmatisiz qolib ketgan taqdirda mazkur yo‘nalishni vakolatli organ birinchi murojaat etgan tashuvchiga uning arizasiga asosan navbatdagi tendergacha, uzog‘i bilan oltmish kungacha vaqtincha biriktirishi mumkin.
10. Yo‘nalish quyidagi hollarda tashuvchi xizmatisiz qolib ketgan deb e’tirof etiladi:
yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa;
yo‘nalish tenderga joylashtirilmagan bo‘lsa yoki tenderda lot bo‘yicha talabgorlardan birorta ham taklif kelib tushmasa.
11. Yo‘nalishni vaqtincha biriktirish masalasidagi arizalar vakolatli organ tomonidan o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish jarayonida tashuvchining takliflari yo‘nalish talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda yo‘nalish vaqtincha biriktirib beriladi.
12. Vaqtincha biriktirilgan yo‘nalishlar vakolatli organ tomonidan navbatdagi birinchi tenderga qo‘yilishi shart.
13. Yo‘nalishni tashuvchiga vaqtincha biriktirish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma rasmiylashtirmasdan yo‘nalishda xizmat ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddati tugagach, yo‘nalish qayta tenderga qo‘yiladi. Shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi.
15. Vakolatli organ yo‘nalish talablariga o‘zgartirishlar kiritishga qaror qilsa, yo‘nalish pasporti unga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlanadi. Yo‘nalishga xizmat ko‘rsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi davrida yo‘nalish pasportiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar (yo‘nalish sxemasi, harakat jadvallari, qatnov soni, avtotransport hamda tarifdagi o‘zgarishlar) kiritish tomonlarning kelishuviga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Tenderni o‘tkazish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
yo‘nalishlarni tashuvchilar o‘rtasida, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar qonuniy, xolisona taqsimlash;
yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;
qatnashchilar tender hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar va yo‘lovchilar tashish qoidalari asosida raqobatlashishi;
tenderlar faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda o‘tkazilishi;
tenderda eng manfaatli shartlarini taklif etgan tashuvchiga yo‘nalishni biriktirish.
17. Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan tenderlar tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
18. Vakolatli organlar tenderga qo‘yiladigan yo‘nalishlar (yo‘nalishlar paketlari yoki jadvali) ro‘yxatini tayyorlaydi, lot talablari, tender predmetini, tender vaqtini, tender o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin axborot tizimiga kiritadi va bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qiladi.
19. Axborot tizimiga joylashtirilgan yo‘nalish pasporti, e’lon qilingan lotlar va yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumot hisoblanadi.
20. Lotga quyidagilar qo‘yilishi mumkin:
alohida yo‘nalishlar;
ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yo‘nalishlar paketlari;
uzunligi kamida 100 km bo‘lgan yo‘nalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari).
21. Yo‘nalishlar paketlarini shakllantirishda yo‘nalishlarning ahamiyati va rentabelliligi hisobga olinadi. Paketga yuqori rentabelli yo‘nalishlar bilan bir qatorda aholiga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan norentabel yo‘nalishlar yoki ushbu yo‘nalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) kiritilishi mumkin.
22. Yo‘nalish talablari to‘g‘ri belgilanishi uchun vakolatli organlarning rahbarlari shaxsan javobgar bo‘ladilar.
23. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
24. Talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish muddati tender e’lon qilingan kundan boshlanib, tender o‘tkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi. Tender takliflarini qabul qilishning yakuniy sanasi va vaqti vakolatli organlar tomonidan belgilanadi va axborot tizimda ko‘rsatiladi.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi.
25. Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
26. Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak. Mablag‘lar Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasida jamlanadi hamda ulardan yo‘nalishlarni o‘rganish, tenderlar o‘tkazishni tashkil etish va o‘tkazish uchun foydalaniladi.
27. Talabgorlar quyidagi ma’lumotlarni axborot tizimi orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin:
yo‘nalish pasporti;
lotga qo‘yilgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.
28. Axborot tizimida tender o‘tkazilgunga qadar tenderning u yoki bu qatnashchisi tomonidan yuborilgan takliflarni ko‘rish imkoniyati bo‘lmasligi lozim.
29. Tender bo‘yicha takliflar quyidagi ko‘rsatkichlar va axborotlarni (mezonlarni) o‘zida aks ettirishi lozim:
a) shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha:
lotga qo‘yilgan yo‘nalishlarda, xarajatlarni to‘liq qoplashni hisobga olgan holda, yo‘lkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi;
avtotransport vositasining toifasi (kategoriyasi) (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobil) va klassi hamda ishlab chiqarilgan yili;
avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy sig‘imi (shu jumladan yo‘lovchi o‘rindiqlari soni);
yo‘nalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;
yo‘nalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi (agar mavjud bo‘lsa);
avtobus va mikroavtobusning bazaviy komplektatsiyasida yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar mavjudligi (agar mavjud bo‘lsa);
b) shaharlararo — viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha “a” kichik bandda qayd etilgan mezonlar qo‘llanadi (beshinchi xatboshidagi ko‘rsatkichdan tashqari).
30. Qatnashchi tender bo‘yicha takliflarning barcha bandlariga doir haqqoniy, to‘liq va batafsil axborot yuborishga majbur.
31. Tender takliflarini yuborishda yo‘nalish talabida belgilanganidan ko‘p yoki kam sonli avtotransport vositalarini axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
33. Axborot tizimida lot bo‘yicha kamida bir qatnashchi tomonidan takliflar kelib tushsa takliflar baholanadi.
34. Lot bo‘yicha tashuvchilarning takliflari kelib tushmasa, ushbu Nizomda belgilangan tartibda yo‘nalish talabgor chiqquniga qadar, uzog‘i bilan to‘rt marta takroriy tenderga qo‘yiladi. Agar to‘rtta tenderda lot bo‘yicha birorta ham takliflar kelib tushmasa, ushbu yo‘nalish vaqtincha to‘xtatilib turiladi va keyingi tenderlarga qo‘yilmaydi.
35. Agar shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishi bo‘yicha ketma-ket to‘rtta tenderda birorta ham takliflar kelib tushmasa mazkur yo‘nalish norentabel avtobus yo‘nalishi sifatida hisobga olinadi (Toshkent shahri bundan mustasno) hamda tashuvchiga vaqtincha biriktirilgan taqdirda belgilangan tartibda subsidiyalanadi.
36. Agar lot bo‘yicha faqat bir nafar qatnashchidan taklif kelib tushsa, uning tender takliflari qo‘yilayotgan talablarga muvofiq bo‘lsa mazkur qatnashchi g‘olib deb hisoblanadi hamda yo‘nalishda (yo‘nalishlar paketida yoki jadvalida) yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Agar qatnashchining tender takliflari qo‘yilayotgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, axborot tizimi tomonidan rad etiladi va takroriy tender tashkil etilishi kerak. Bunda yo‘nalishga (yo‘nalishlar paketiga yoki jadvalga) qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
37. Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maxsus axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
38. Tender bo‘yicha takliflarni baholashning yakuniy bali har bir qatnashchi bo‘yicha aniqlanadi. Eng ko‘p ball to‘plagan qatnashchi tender g‘olibi deb e’tirof etiladi. Agar baholash natijalariga ko‘ra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan bo‘lsa, u holda g‘olib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflardagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi.
39. Tenderlar yakunlari, xususan qatnashchilardan kelib tushgan takliflar mazmuni, hisoblangan ballar, qatnashchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, takliflarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini o‘rganish natijalari axborot tizimida saqlanadi.
40. Tender natijalari bo‘yicha ma’lumotlar Transport vazirligining rasmiy veb-saytiga tender o‘tib bo‘lganidan keyin o‘n besh ish kuni ichida joylashtiriladi.
41. Vakolatli organ tender g‘olibining barcha takliflaridagi ma’lumotlar haqiqiyligini o‘rganishga haqlidir.
42. Tender g‘olibining takliflari vakolatli organning mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi. Zaruriyat bo‘lganida takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini o‘rganish jarayoniga Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari jalb etilishiga yo‘l qo‘yiladi.
43. Takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini o‘rganish vaqti va manzili tender g‘olibi va vakolatli organ o‘rtasida oldindan kelishiladi hamda tender g‘olibi aniqlanganidan keyin o‘n kun ichida amalga oshiriladi. Takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini o‘rganish jarayonini ochiq va shaffof tashkil etish maqsadida boshqa tashuvchilar kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
44. Vakolatli organning mas’ul xodimi haqiqiyligini o‘rganishdan oldin tenderning barcha ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni axborot tizimiga kiritishi kerak.
45. Tender ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatga ega aloqalari bo‘lgan vakolatli organ mas’ul xodimlari keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini o‘rganishda ishtirok etmasligi kerak. Uning o‘rniga boshqa xodim keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini o‘rganish uchun tayinlanadi. Mas’ul xodim tomonidan affillanganlik to‘g‘risida kiritilgan ma’lumotlari axborot tizimida maxfiy saqlanadi.
46. Takliflarning asosliligi va ularda keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini o‘rganishga quyidagilar inobatga olinadi:
avtotransport vositasi kategoriyasi, klassi hamda o‘rindiqlari soni va axborot tizimiga kiritilgan boshqa ma’lumotlari ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan ma’lumotlarga mos kelishi;
avtotransport vositasining bazaviy komplektatsiyasida yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklarning mavjudligi hamda ularning soz va funksional holatdaligi;
agar avtotransport vositasi lizing asosida olingan bo‘lsa, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
yo‘nalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan holatlardan biri yoki bir nechtasining haqiqiyligini tasdiqlanmasa, tashuvchining keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlanmagan mezon bo‘yicha to‘plagan barcha ballari bekor bo‘ladi.
47. Vakolatli organ tender g‘olibining axborot tizimi orqali yuborgan takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rab olishga haqli.
48. O‘rganish natijalari va tegishli fototasvirlar vakolatli organ tomonidan axborot tizimiga kiritib-yuklanadi. Yuklangan ma’lumotlar shartnomaning amal qilish muddati yakunlanishiga qadar saqlanadi.
49. Vakolatli organ o‘tkazilgan o‘rganish natijalaridan norozi bo‘lgan tender qatnashchilariga tushuntirishlar berishga majburdir.
50. Tender g‘olibi tomonidan lot bo‘yicha taklif qilingan avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari sakkiz kun muddat ichida rasmiylashtirilib bo‘lishi lozim.
51. Vakolatli organ bilan tender g‘olibi o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnoma ommaviy oferta shaklida axborot tizimga tender g‘olibi aniqlanganidan keyin o‘n kun ichida avtomatik tarzda joylashtiriladi. Tender g‘olibi besh kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlaydi (taklifni qabul qiladi).
52. Quyidagi holatlarda ochiq tender qatnashchisining tender g‘olibligi bekor qilinadi:
lot bo‘yicha taklif qilingan avtotransport vositalari bo‘yicha ma’lumotlar vakolatli organga (oldindan kelishilgan vaqt va manzilga) ularning haqiqatda mavjudligini o‘rganish uchun taqdim qilinmasa;
avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilib bo‘linmasa;
axborot tizimiga joylashtirilgan shartnoma belgilangan muddatda sababsiz akseptlanmasa;
lot bo‘yicha takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlanmaganligi oqibatida to‘plangan ballar keyingi qatnashchi to‘plagan ballaridan kamayib ketsa.
Ochiq tender qatnashchisining tender g‘olibligi bekor qilingan taqdirda eng ko‘p ballar miqdori bo‘yicha keyingi qatnashchi tender g‘olibi deb e’tirof etiladi. Keyingi qatnashchining tender takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini ham ushbu Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan tartibda o‘rganiladi.
53. Lot bo‘yicha taklif yuborgan yagona qatnashchining yoki barcha qatnashchilarning tender g‘olibligi bekor qilingan taqdirda mazkur yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tartibda qayta tenderga qo‘yiladi.
54. Elektron axborot tizimidagi tender yakunlari asosida tender g‘olibi bilan shartnomalar tuzish hamda ularning talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat:
shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha — Transport vazirligi tomonidan;
shahar, shahar atrofi va viloyat ichki yo‘nalishlar bo‘yicha — Transport vazirligining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
55. Shartnoma tuzilganidan so‘ng tenderda g‘olib chiqqan qatnashchining lot bo‘yicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
56. Guvohnomalar QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan himoyalangan bo‘ladi hamda tender g‘olibi tomonidan axborot tizimi orqali yuklab olinishiga imkoniyat yaratiladi.
57. Tender g‘olibi bilan shartnoma tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarining o‘rtacha ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatkichlariga muvofiq, quyida keltirilgan tabaqalashtirilgan muddatlarga tuziladi.
Tenderda taklif etilgan jami avtotransport vositalari parkining o‘rtacha ishlab chiqarilgan yili:
2 yilgacha bo‘lsa, shartnoma 5 yil muddatga;
3 yildan 5 yilgacha bo‘lsa, shartnoma 4 yil muddatga;
6 yildan 8 yilgacha bo‘lsa, shartnoma 3 yil muddatga;
9 yildan 11 yilgacha bo‘lsa, shartnoma 2 yil muddatga;
12 yil va undan oshiq (avtobuslar uchun 12 yildan 14 yilgacha) bo‘lsa, shartnoma 1 yil muddatga tuziladi.
Avtotransport vositalari parkining o‘rtacha ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatkichi taklif etilgan avtotransportlarning umumiy ishlab chiqarilgan yilini avtotransport soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Tender g‘olibining xohishiga ko‘ra shartnoma belgilangan muddatdan kamroq muddatga ham tuzilishi mumkin.
58. Shartnoma talab va shartlari tender g‘olibining lot bo‘yicha kiritgan takliflari asosida shakllantiriladi.
59. Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oltmish kun avval yo‘nalish qayta ochiq tenderga qo‘yilishi yuzasidan e’lon qilinadi.
60. Tashuvchi tomonidan shartnoma talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlansa, vakolatli organning mas’ul xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
61. Quyidagi hollarda vakolatli organ shartnomani bir tomonlama bekor qilish yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qiladi (shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa):
vakolatli organ mas’ul xodimlari o‘tkazgan monitoring natijalariga ko‘ra tender g‘olibining lot bo‘yicha takliflari haqiqiy emas deb topilsa;
tashuvchi shartnoma talab va shartlarini uch marotaba buzsa;
tashuvchining litsenziyasi bekor qilinsa, tugatilsa yoki sud qaroriga asosan o‘n kundan ortiq muddatga to‘xtatilsa.
62. Shartnoma muddatidan avval bekor qilingan taqdirda har bir avtotransport vositasiga berilgan elektron guvohnomalar bekor qilinadi.
63. Tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarida turli sabablarga ko‘ra qatnovlarni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmasa, ularning o‘rniga kamida shunday texnik parametrlarga ega va tender talablariga mos keladigan avtotransport vositalari almashtirish uchun taklif etiladi. Tashuvchi tomonidan avtotransport vositasini almashtirish yuzasidan asoslangan takliflar vakolatli organga taqdim etiladi. Avtotransport vositalari almashtirilgan taqdirda elektron guvohnoma qayta rasmiylashtiriladi.
64. Tender g‘olibi lot bo‘yicha taklif etgan tarif darajasi bo‘yicha kamida bir yil yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatini oladi.
65. Shartnoma shartlariga qo‘shimcha yoki o‘zgartirishlar tomonlarning qo‘shimcha kelishuviga asosan kiritiladi. Shartnoma shartlariga hamda yo‘nalish pasportiga qo‘shimcha yoki o‘zgartirishlar kiritilishi amaldagi tender g‘olibining tenderda to‘plagan ballari kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.
66. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
67. Elektron tarzda o‘tkazilgan ochiq tender yakunlaridan norozi bo‘lgan tender qatnashchilari belgilangan tartibda sud organlariga murojaat etishlari mumkin.
1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
saroydan foydalanish koeffitsiyenti — avtotransport vositalaridan foydalanishning samaradorligini belgilovchi ko‘rsatkich;
minimal ball — tashuvchi tomonidan yuborilgan takliflarning baholanishi natijasida to‘planishi zarur bo‘lgan ball miqdori;
qatnashchi — ochiq tenderlarda qatnashish uchun takliflarni taqdim etgan talabgor.
2. Yo‘lkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
3. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
4. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy sig‘imi ko‘rsatkichlari (shu jumladan yo‘lovchi o‘rindiqlari soni) quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
5. Yo‘nalishdagi qatnovlarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan soni talab etilgan qatnovlar soniga mos yoki undan ortiq bo‘lsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan qatnovlar soni talab etilgan qatnovlar sonidan kam bo‘lsa, ball berilmaydi.
Yo‘nalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni bo‘yicha baholash faqat shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yo‘nalishlar uchun tatbiq etiladi.
6. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasi (faqat avtobus va mikroavtobus) talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan avtotransport vositasi talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelmasa, ball berilmaydi.
7. Yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari uchun yengil avtomobillarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan klassi (agar yo‘nalishga yengil avtomobillar talab etilayotgan bo‘lsa) ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:
8. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtobus va mikroavtobusning bazaviy komplektatsiyasida yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar mavjudligi uchun quyidagi jadvalga muvofiq koeffitsiyent qo‘llaniladi:
9. Yo‘nalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar rejasi quyidagicha baholanadi:
avtotransport vositalarini har kuni reysdan oldingi texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratganlik uchun 1 ball;
haydovchilarni har kungi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratganlik uchun 1 ball;
taklif etilgan avtotransport vositalari sonidan kelib chiqib, barcha haydovchilariga 30 soatlik dastur bo‘yicha Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatganligi uchun 1 ball;
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarining old oynalariga videoregistrator o‘rnatganlik uchun 1 ball;
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini “GPS” rejimida masofadan kuzatish tizimiga ulaganlik uchun 1 ball.
taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini avtomatlashgan to‘lov tizimiga ulaganlik uchun 1 ball.
10. Barcha mezonlar bo‘yicha olingan ballar qo‘shilib, umumiy (yakuniy) ball aniqlanadi.
Agar baholash natijalariga ko‘ra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan bo‘lsa, u holda g‘olib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi quyidagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:
11. Ikki va undan ortiq yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yo‘nalishlar paketlarini baholashda ballar paket ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida hisoblanadi hamda umumlashtiriladi.
12. Tashuvchining takliflari yo‘nalish talablariga muvofiqligi yo‘nalish bo‘yicha yig‘ilishi zarur bo‘lgan minimal ball to‘planganligi bilan aniqlanadi.
13. Tenderlar o‘tkazish bo‘yicha amaliy tajriba to‘planishiga qarab, Transport vazirligi tomonidan tabaqalashtirilgan va qo‘shimcha ballarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
14. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
a) 1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda hamda yo‘nalishli taksida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 1-ilovada:
6-bandda:
o‘n beshinchi xatboshida “avtobus” so‘zi “mikroavtobus” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yo‘nalish pasporti (yo‘nalish hujjatlari) — yo‘nalish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjatlar (yo‘nalish pasporti elektron shaklda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi)”;
quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
“muntazam yo‘nalishlar — tasdiqlangan yo‘nalish sxemasi, harakatlanish jadvali, yo‘l haqi tariflariga muvofiq avtotransport vositalarining muayyan manzillar oralig‘ida belgilangan qatnov yo‘li”;
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Yangi yo‘nalishlarni tashkil etish (ochish) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda:
a) shaharlar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Transport vazirligi) hududiy bo‘linmalari tomonidan;
b) viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda — Transport vazirligi tomonidan;
v) xalqaro yo‘nalishlarda — Transport vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning transport sohasidagi vakolatli organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”;
10-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yo‘nalishlar uchun yo‘nalish pasporti yo‘nalishning tegishliligi bo‘yicha Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar bo‘ladi”;
19-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“shartnomaga muvofiq ushbu yo‘nalishda avtotransport vositasiga qatnovlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga”;
v) 2-ilovada:
1-bandda:
birinchi xatboshiga “avtobuslarda” so‘zidan keyin “hamda yo‘nalishli taksida” so‘zlari qo‘shilsin;
2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yangi avtobus yo‘nalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiluvchi Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari”;
uchinchi xatboshida “transporti bilan avtobusda” so‘zlari “avtotransporti bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandda:
birinchi xatboshida “avtobuslarda” so‘zi “muntazam yo‘nalishlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshida “kontraktlariga” so‘zi “shartnomalariga” so‘zi bilan almashtirilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqiga vakolatli organ bilan yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi shartnomani tuzgan tashuvchi ega bo‘ladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida shartnoma tuzmasdan ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi”;
23-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda 400 km va undan uzoq yo‘nalishlarda avtotransport vositalarida yo‘lovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi”;
61-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“61. Ochilishi rejalashtirilayotgan yo‘nalishlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yo‘l, kommunal va boshqa), shuningdek yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiyalar a’zolari o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan yo‘nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar.
Komissiyalar yangi yo‘nalish ochish yuzasidan quyidagi choralarni amalga oshiradi:
a) yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilarning tashishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi;
b) harakat sxemasini belgilaydi va avtomobil yo‘li sharoitini o‘rganadi hamda yo‘nalishni qonunchilikda belgilangan harakat xavfsizligi talablariga mos bo‘lishini aniqlaydi;
v) yo‘nalish bo‘ylab sinov qatnovlarini amalga oshiradi;
g) yo‘nalishni ochish yoki ochmaslik yuzasidan asoslangan xulosa tayyorlaydi”;
64-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“64. Tekshirish natijalariga ko‘ra yo‘nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida komissiyaning xulosasi beriladi. Xulosaga, shuningdek, harakat sharoitlarini yaxshilashga va yo‘nalishda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning takliflari ham kiritiladi. Tekshirish xulosasi yo‘nalish hujjatlari bilan birgalikda bir nusxasi Transport vazirligi yoki uning hududiy bo‘linmalarida va ikkinchi nusxasi tashuvchida saqlanadi”;
IX bob nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
quyidagi mazmundagi 671-band qo‘shilsin:
“671. Yangi yo‘nalishlarni ochish bo‘yicha tashabbus quyidagilar tomonidan beriladi:
a) tashuvchilar;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar)lar hokimliklari;
v) yangi ochilgan yo‘nalishlarning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha komissiyalar;
g) Transport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
d) fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari va boshqa jamoatchilik vakillari;
e) xorijiy davlatlarning transport sohasidagi vakolatli organi va tashuvchilari (xalqaro yo‘nalishlar uchun)”;
68-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“68. Yangi yo‘nalishlarini ochishda yo‘l harakati xavfsizligi maqsadida temir yo‘ldan kesib o‘tishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji bo‘lmagan taqdirda avtotransport vositalarining temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanishiga yo‘nalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga ko‘ra, temir yo‘l boshlig‘i yoki temir yo‘llarni kesib o‘tish yo‘llari tasarrufida bo‘lgan tashkilot rahbarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Shaharlarda umumiy uzunligiga ko‘ra bir-birini 50 foizdan ko‘p bo‘lgan masofa oralig‘ida takrorlovchi avtobus bilan yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Shahar va shahar atrofida yangi yo‘nalishlarni tashkil qilishda yo‘nalish sxemasi bir-birini 50 foizdan ko‘p bo‘lgan masofa oralig‘ida takrorlash holatlarini inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Bunda avtobus yo‘nalishlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.”;
69-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“69. Vaqtinchalik (mavsumiy) yo‘nalishlari, agar:
past qoplamali yo‘llar bo‘ylab avtotransport harakatini ochish talab etilsa;
avtotransportlarning og‘irlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yo‘llari haqiqiy toifalariga muvofiqligini ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa;
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar uchastkalari bo‘ylab, sun’iy inshoot, temir yo‘ldan kesib o‘tish yo‘llari va parom orqali o‘tish bo‘yicha ularning texnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtotransport harakatini ochish zarur bo‘lganda tashkil etilishi mumkin”;
70-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“70. Vaqtinchalik yo‘nalishlarni ochishda yo‘nalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtotransport harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashuvchilar, yo‘l, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar kompleksi aniq ko‘rsatilishi kerak”;
71-bandda “avtobus yo‘nalishini” so‘zlari “yo‘nalishlarni” so‘zi bilan almashtirilsin;
72-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“72. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yo‘llar, yo‘l inshootlari buzilishi, yo‘l yoki meteorologiya sharoitlarining harakat xavfsizligi ta’minlab bo‘lmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yo‘l, kommunal tashkilotlar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki Transport vazirligining hududiy bo‘linmalari avtotransportlar harakatini darhol to‘xtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yo‘l, kommunal xo‘jaligi tashkilotlariga, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalariga xabar beriladi.
Avtotransport harakatini vaqtincha to‘xtatish tartibi yo‘nalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi”;
74-bandda “avtobus yo‘nalishlarining” so‘zlari “yo‘nalishlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
75-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“75. Avtobus yo‘nalishlarini tekshirish bo‘yicha komissiya tarkibi mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlari bilan tuziladi.
Komissiyalar xulosalari asosida yo‘nalishni ochish bo‘yicha qarorlar yo‘nalishning tegishliligi bo‘yicha:
a) shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — Transport vazirligining hududiy bo‘linmalari boshliqlari;
b) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — Transport vaziri tomonidan qabul qilinadi”;
quyidagi mazmundagi 76-band bilan to‘ldirilsin:
“76. Vakolatli organning yo‘nalishni ochish bo‘yicha ijobiy qaroriga asosan yo‘nalishlar hujjatlari (pasporti) ishlab chiqiladi.
Muntazam yo‘nalishlar yo‘l, ob-havo va boshqa sharoitlar oqibatida hamda uzoq davr mobaynida (kamida 1 yil) tashuvchisiz qolgan taqdirda vaqtincha to‘xtatib turiladi.
Muntazam yo‘nalishlarni vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha qarorlar yo‘nalishlarni ochish va yopish bo‘yicha vakolatga ega organ tomonidan qabul qilinadi”;
quyidagi mazmundagi X bob qo‘shilsin:
77. Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korxonalar ko‘l ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yo‘l varaqasi, shaxsiy nazorat kitobchasi, taxograf yozuvlarining tahlili natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilib boradi. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korxona darhol ularni bartaraf etishi va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
78. Avtobuslar yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan haydovchilarni yo‘nalishdagi harakat vaqtida charchog‘ini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.
79. Haydovchining mehnat va dam olish tartibini ta’minlamagan ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
80. O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda qiyoslashdan o‘tkazilgan taxograflardan foydalanishga ruxsat etiladi. Liniyaga taxografi yo‘q yoki taxograf nosoz holda avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
81. Korxona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taxograf yozuvlarini, foydalanilgan shaxsiy nazorat kitobchalarini oxirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab o‘n ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga muvofiq unga taqdim etishi kerak.
82. Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaxsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U o‘z yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga ko‘ra taqdim etishi shart. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taxograf) bilan jihozlangan bo‘lsa, nazorat kitobchasi bo‘lishi talab etilmaydi.
83. Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yo‘l varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish ma’lumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik ma’lumotlarini taqqoslash yo‘li bilan Chipta-hisob va yo‘l varaqalarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 13-bandda “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avtomobil tashuvlari yo‘nalishlarini tender bo‘yicha amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtiradi, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi, yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi namunaviy shartnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
b) 19-bandda “4” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4) tegishliligi bo‘yicha shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;”.
1. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni o‘tkazish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 17-avgustdagi 350-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qaroriga ilovaning 10-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga 9-ilovaning 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 16-fevraldagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 10- va 13-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 25-apreldagi 238-son qaroriga 4-ilovaning 1- va 2-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 6- va 8-bandlari.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 9-iyundagi 434-son qaroriga 6-ilovaning 1- va 2-bandlari.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qaroriga ilovaning 14-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori) 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 5- va 6-bandlari.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga 1-ilovaning 3- va 4-bandlari. | 140 | 50,345 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida”g | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 8-iyunda qabul qilingan “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida”gi 1012-IV-sonli Qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 485 |
Qonunchilik | “BOBUR” OAJ BAZASIDA YENGIL SANOAT MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | “Bobur” OAJning ishlab chiqarish maydonlarini maqbullashtirish hamda korxonani modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash jarayoniga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, shuningdek yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Bobur” OAJning kreditorlari yig‘ilishining hududining umumiy maydoni 38,1 gektar bo‘lgan 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha mulkiy kompleksning bir qismini “Mimatas Tekstil Sanayi ve Ticaret A.S.” (Turkiya) kompaniyasiga, uning bazasida paxta tolasini kompleks qayta ishlash bo‘yicha xorijiy korxona tashkil etgan holda sotish to‘g‘risidagi qaroriga rozilik berilsin.
2. “Mimatas Tekstil Sanayi ve Ticaret A.S.” kompaniyasi o‘z zimmasiga:
“Bobur” OAJning umumiy summasi 11,4 mln AQSh dollari bo‘lgan ko‘rsatib o‘tilgan mulkiy kompleksini to‘lovni 2-ilovaga* muvofiq jadvalga muvofiq 10 yil mobaynida to‘lagan holda sotib olinishini ta’minlash;
ko‘rsatib o‘tilgan mulkiy kompleks bazasida, yiliga 7,0 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash hamda 6,2 ming tonna yuqori raqamli (51 — 68) paxta kalavasi ishlab chiqarish bo‘yicha yigiruv asbob-uskunalari o‘rnatish yo‘li bilan yiliga 10,0 mln pogon metr tayyor gazlama ishlab chiqarish bo‘yicha to‘qish va pardozlash, 3,84 mln dona tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha tikish ishlab chiqarishlarini barpo etishga mablag‘larni 3-ilovaga* muvofiq jadvalga muvofiq 4 yil mobaynida to‘lagan holda, xorijiy korxona tashkil etish uchun 75 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish;
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizini eksportga yetkazib berish majburiyatlarini olganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Bobur” OAJ mulkiy kompleksining bir qismini sotish yuzasidan xorijiy investorning majburiyatlarini va ularni bajarish muddatlarini aniq aks ettiruvchi shartnomalar tuzishda “Bobur” OAJning tugatuvchi boshqaruvchisiga ko‘maklashsinlar;
xorijiy investor tomonidan o‘z zimmasiga olingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
4. “Mimatas Tekstil Sanayi ve Ticaret A.S.” kompaniyasi tomonidan “Bobur” OAJ mulkiy kompleksining bir qismi bazasida tashkil etilayotgan xorijiy korxonaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
5. “Bobur” OAJ mulkiy kompleksining bir qismi bazasida yangidan tashkil etilayotgan xorijiy korxona tomonidan investitsiya majburiyatlarini bajarish davrida o‘z ehtiyojlari uchun xorijdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ayrim qurilish materiallari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, “Bobur” OAJ mulkiy kompleksining bir qismini “Mimatas Tekstil Sanayi ve Ticaret A.S.” (Turkiya) kompaniyasiga sotishdan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining alohida maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, keyinchalik ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Bobur” OAJning kreditorlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda muhandislik ta’minoti obyektlarining tugatilayotgan “Bobur” OAJ balansidan belgilangan tartibda Andijon viloyatining ixtisoslashtirilgan hududiy xizmatlari balansiga berilishini ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 109 | 4,124 |
Qonunchilik | QL-847, QL-858, QL-866 va QL-867-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-847-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-858-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-866-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-867-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 112 | 1,298 |
Qonunchilik | Soliq yuki kamaytiriladi | Prezidentning 18.07.2017 yildagi farmoni bilan Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha Ishchi komissiya tashkil etildi va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu Farmonda Hisob palatasi va DSQda tarkibiy oʻzgartirishlar belgilangan. Bundan tashqari, hujjatga binoan 2018 yil 1 yanvardan boshlab mamlakatda soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan oʻzaro hamkorligining yangi meхanizmlari joriy etilmoqda.
Ishchi komissiyaga quyidagilarni nazarda tutadigan qator NHH loyihalarini ishlab chiqish topshirildi:
Shu bilan bir qatorda, joriy yilning oхirigacha DSQ Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa tuzilmalar bilan birgalikda:
1 – soliq toʻlovchilarga soliq organlarining barcha davlat хizmatlaridan, shu jumladan YaIDXP orqali elektron foydalanish imkoniyatini ta’minlashi;
2 – soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasiga taqdim etiladigan aхborotning mazmunini tanqidiy qayta koʻrib chiqishi;
3 – barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK korхonalarining soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan aхborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlashi;
4 – tadbirkorlik sub’yektlarini elektron raqamli imzo bilan toʻliq ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 24 | 1,809 |
Qonunchilik | Agrar ta’lim tizimi yanada takomillashtiriladi | Prezidentning 30.07.2020 yildagi «Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4795-son qarori qabul qilindi.
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
Quyidagilar tashkil etiladi:
a) Qishloq хoʻjaligi vazirligi tizimidagi «Agroinnovatsiya» DUK va Agrar universitet huzuridagi Gʻoʻza urugʻchiligi markazi negizida Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda – Milliy markaz);
b) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Tashkil etilayotgan Agrar universitetning Andijon filialida 2019/2020 oʻquv yilida tegishli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarida tahsil olayotgan talabalarga ularning oʻqishini tugatguniga qadar Institutda oʻqishini yakunlash imkoniyati yaratiladi.
Teхnikumlarga ishga qabul qilishda agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari hamda hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalarining turdosh kafedralari professor-oʻqituvchilariga ustuvorlik beriladi. Teхnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yakka tartibdagi suhbat asosida kirish imtihonlarisiz qishloq хoʻjaligi oliy ta’lim muassasalarining mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
Qishloq хoʻjaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimiga oʻtkazgan holda Qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etiladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Qishloq хoʻjaligi sohasida professor-oʻqituvchilar va ilmiy-tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish hamda хoʻjalik shartnomalari hisobidan tushgan mablagʻlardan toʻlanadigan soliq stavkalari 2 baravarga kamaytiriladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab professor-oʻqituvchilar va ilmiy хodimlar хorijiy davlatlarning yetakchi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalariga maqsadli stajirovka oʻtashga yuboriladi. Xarajatlar «El-yurt umidi» jamgʻarmasi va Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Quyidagi vazifalar topshirildi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2020 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva. | 46 | 2,312 |
Qonunchilik | Davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga asosan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat aktivlari va qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish tartibi;
tijorat banklari tomonidan berilgan kreditni xaridorga faqat ushbu sotilgan davlat aktivi hisoblangan korxona (obyekt) va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash tartibi;
berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini tegishli tijorat banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan monitoring qilish tartibi.
3. Tijorat banklariga ushbu qaror talabidan kelib chiqib kredit siyosatiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom qoidalari ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini ushbu Nizom talablariga muvofiq kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi beriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
sotuvchi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari;
davlat aktivi — mulk huquqi asosida davlatga tegishli bo‘lgan davlat unitar korxonalari, mulkiy majmualar, bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, xo‘jalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi (aksiya paketi) bo‘lgan davlat mulki;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) — qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;
xaridor — xususiylashtirilayotgan davlat aktivi va yer uchastkasi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini (birja bitimini) tuzgan tomon (yuridik yoki jismoniy shaxs) va (yoki) uning vakili;
dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirish — savdo g‘olibi tomonidan pul mablag‘larining qolgan qismini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan:
“E-auksion” elektron savdo platformasi va birja savdolarida sotib olingan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun savdo yakunlangan kundan boshlab;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarorlariga asosan sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy muddatda sotib olish to‘lovining (zakalat to‘lovini inobatga olgan holda) kamida 35 foizini to‘lash.
4. Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Davlat aktivini va (yoki) yer uchastkalari bo‘yicha dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshiradigan xaridorlarga oldi-sotdi shartnomasida qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar va shartlar aks ettirilishi lozim:
sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lovni bir yo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berish;
agar xaridor sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqidan foydalanmoqchi bo‘lgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomasi imzolanganidan so‘ng xaridorlarning to‘lovga qobiliyatliligini tasdiqlash uchun uning tomonidan kelgusi to‘lovlarni amalga oshirish ta’minoti sifatida to‘lovlarning qolgan qismiga tegishli sug‘urta kompaniyasining to‘lovni amalga oshirmaslik sug‘urta polisi va (yoki) to‘lov majburiyatlari bo‘yicha sotuvchi oldida javob berish majburiyatini olish bo‘yicha uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolatini taqdim etish;
sotilgan davlat aktivini garovga qo‘ygan holda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditni xaridor faqat aksiyalari (ulushlari) sotilgan korxona, obyekt va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash hamda olingan kreditni o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olish;
ushbu Nizom doirasida xaridor tomonidan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi kredit ta’minoti sifatida tijorat banklarida garovga qo‘yilgan taqdirda, sotuvchi undiruvni garovga qo‘yilgan davlat aktiviga va (yoki) yer uchastkasiga qaratishga haqli emas.
6. Sotuvchi sotib olish to‘lovlarining to‘lanishi, agar mavjud bo‘lsa, oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi.
7. Davlat aktivini sotib olish to‘lovlarini to‘lash muddati savdolar o‘tkazilgan sanadagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdori baravari miqdoridan kelib chiqqan holda oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan oshmasligi lozim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatiga amal qilinadi.
8. Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi bo‘yicha dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilib, oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) imzolangandan so‘ng xaridor uni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqidan foydalanish uchun sotuvchiga murojaat qiladi.
Bunda xaridor o‘z murojaatiga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan sug‘urta polisini va (yoki) sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilishi kerak bo‘lgan tijorat banki tomonidan ma’qullangan uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolatini ilova qiladi.
9. Sotuvchi xaridorning murojaatiga asosan besh ish kunidan kechikmay “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi bilan” davlat orderini taqdim etadi.
Bunda davlat aktivlari va (yoki) yer uchastkalariga mulk huquqi berilmaydi hamda ularni boshqacha tarzda tasarruf etish (sotish, yuridik shaxsning ustav fondiga berish, almashtirish, hadya qilish yoki boshqacha tarzda begonalashtirish) taqiqlanadi.
10. Xaridor oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) bo‘yicha qolgan sotib olish to‘lovlarini to‘liq to‘lash majburiyatini, xususan, ta’minotni kafolatlashni, shuningdek, agar mavjud bo‘lganda oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash majburiyatini oladi.
11. Sotuvchi davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqini berishni davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun dastlabki 35 foiz to‘lov bir yo‘la amalga oshirilmaganda hamda mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan sug‘urta polisini va (yoki) uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolati taqdim etilmaganda rad etadi.
12. Tijorat banklarida davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirish “Garov to‘g‘risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garovga qo‘yishda sotuvchi garovga qo‘yuvchi sifatida ishtirok etadi.
13. Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini tijorat banklarida garovga qo‘yishda, uning garov bahosi sotuvchi tomonidan baholangan qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Agar baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sanadan boshlab ikki yil muddat o‘tgan taqdirda, sotuvchi tomonidan ushbu davlat aktivi mustaqil baholovchi tashkilotga baholatiladi hamda ushbu baholash qiymati garovga qo‘yishda garov bahosi sifatida hisobga olinadi.
14. Tijorat banklari tomonidan berilgan kredit uning ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) bo‘lgan korxona,bino-inshootlarda va yer uchastkasida xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, texnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) modernizatsiyalash uchun butlovchi qismlarni yaratish hamda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun maqsadli ishlatiladi.
15. Tijorat banklari tomonidan ushbu Nizom doirasida xaridorlarga berilgan kreditning maqsadli ishlatilishi tegishli tijorat banki va sotuvchi tomonidan monitoring qilinadi.
16. Davlat ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan va sotib olish to‘lovini to‘liq amalga oshirgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi bilan” davlat orderi berilgan xaridorlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini mazkur obyektlarga nisbatan tasarruf etish huquqi to‘liq o‘tgandan so‘ng to‘laydilar.
17. Garovga qo‘yilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda realizatsiya qilinganda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit qoplanishidan ortgan qismi sotuvchiga o‘tkazib beriladi.
18. Ushbu Nizom qoidalari qo‘llanishi bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 164 | 11,456 |
Qonunchilik | Haydovchilik guvohnomasini olish uchun toʻlov oshdi | Ichki ishlar vazirining (roʻyхat raqami 2303-1, 16.10.2017yil) buyrugʻi bilan Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyхatdan oʻtkazishda, qayta roʻyхatdan oʻtkazishda, majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalarining ba’zilari oʻzgartirildi va toʻldirildi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida milliy haydovchilik guvohnomasi va avtomototransport vositasinining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalari tasdiqlandi. Amaldagi hujjatlarni almashtirish 2020 yilga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Oʻzgargan va qoʻshimcha stavkalarning solishtirma jadvalini taqdim etamiz.
Stavkaning avvalgi хajmi
Stavkaning yangi хajmi
Qoʻshimcha stavkalar
Transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish
EKIHning 20%
EKIHning 70%
Transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik guvohnomani olish – EKIHning 20%
Transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqidagi yoʻqotilgan guvohnomaning dublikatini olish
Avtomototransport vositasining roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yaroqsiz holatga kelgan, zararlangan yoki oʻgʻirlangan guvohnomaning dublikatini olish – EKIHning 70%
Avtomototransport vositasini vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqidagi vaqtinchalik guvohnoma dublikatini olish – EKIHning 1%
Haydovchilik guvohnomasini olish
EKIHning 20%
EKIHning 70%
Yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish
Yangi namunadagi yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi dublikatini berish – EKIHning 1 barobarida
Yoʻqotilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning tanloni oʻrniga yangi namunadagisini olish – EKIHning 1 barobarida
Yaroqsiz holatga kelgan, zararlangan yoki oʻgʻirlangan haydovchilik guvohnomasining dublikatini olish, jumladan, eskisi oʻrniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning talonini olish – EKIHning 70%
Vaqtinchalik ruхsatnoma olish
Yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga vaqtinchalik ruхsatnomani olish – EKIHning 10%
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 51 | 2,547 |
Qonunchilik | Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Tumanning sanoat salohiyatini yanada oshirish asosida Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanini kompleks rivojlantirishni ta’minlash, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mavjud resurslar va imkoniyatlardan yanada to‘liq va samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal joylashtirish, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2016 — 2018-yillarda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari, shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini yangidan barpo etish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
xizmatlar sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal joylashtirish dasturining asosiy parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga* muvofiq;
irrigatsiya-melioratsiya tizimini yaxshilash tadbirlari 4a-ilovaga* muvofiq;
ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 5-ilovaga* muvofiq.
2. Samarqand viloyati hokimligi:
o‘n kun muddatda Dastur parametrlari barcha ijrochilarga, manfaatdor tashkilotlar va tijorat banklariga manzilli yetkazilishini;
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirishda ularning joylashishi viloyatning yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanishi bilan qat’iy bog‘liq bo‘lishini;
investitsiya loyihalari to‘liq hajmda amalga oshirilishi, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishi va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi nazarda tutilgan holda Dastur parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
3. Dastur parametrlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha 6-ilovaga* muvofiq Respublika ishchi guruhi tuzilsin.
Respublika ishchi guruhi (U.U.Rozukulov):
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
barcha parametrlar bo‘yicha Dastur bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etsin va har oylik asosida muammoli masalalarni ko‘rib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin;
zaruriyat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
4. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Samarqand viloyati va Bulung‘ur tumani hokimliklari, loyihalarning tashabbuskorlari bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallari tasdiqlanishini ta’minlasinlar, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish muddatlari, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va quvvatlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish nazarda tutilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda har yili O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda, moliyalashtirish hajmlari va manbalarini aniqlashtirgan holda, ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini belgilangan tartibda unga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha Dasturni bajarish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
7. “O‘zagroeksport” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Samarqand viloyati va Bulung‘ur tumani hokimliklari, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan birgalikda bir oy muddatda Bulung‘ur tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha zamonaviy logistika markazi barpo etilishini tashkil etsinlar.
8. Samarqand viloyati va Bulung‘ur tumani hokimliklari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer ajratilishini hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha berilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Dasturga kiritilgan va noruda foydali qazilmalarni geologik o‘rganish, qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalarni olishda ko‘maklashsin.
10. “O‘zbekenergo” AJ Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda Dastur doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish korxonalari elektr uzatish liniyalariga o‘z vaqtida ulanishini va ularga elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
11. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalarni va ularga butlovchi buyumlarni sotib olish uchun xorijiy valyutadagi kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
12. Samarqand viloyati va Bulung‘ur tumani hokimliklari har choraklik asosida:
Dastur tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqsin;
Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risidagi axborot taqdim etsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin. | 94 | 6,564 |
Qonunchilik | Tashkilotlarda AKT rivojlanishi samaradorligini baholash joriy qilinadi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan 15.06.2021 yildagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 373-son qaror qabul qilindi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Ma’lumot uchun! Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkilotlar va hududlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash natijalarini umumlashtiradi, shuningdek baholash faoliyatida ishtirok etadigan davlat organlarining umumiy boshqaruvini amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi.
Belgilanishicha, raqamli transformatsiya holatini reyting baholash har uch oy yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi va uning natijalari «Raqamli Oʻzbekiston-2030» strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi.
Qabul qilingan Nizomga muvofiq reyting baholash reyting koʻrsatkichlari va indikatorlari yordamida raqamli rivojlanish holatini baholash orqali tashkilotlar hamda hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha saralangan roʻyхatdan oʻrnini belgilashdan iborat.
Ma’lumot uchun! NIS.UZ aхborot tizimi – tashkilotlar va hududlarning raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qoʻllaniladigan idoralararo aхborot tizimi.
NIS.UZ aхborot tizimining egasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hisoblanadi, u tizimning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi. NIS.UZ tizimini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
AKTlarni joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi aniqlangan koʻrsatkichlarning miqdoriga qarab, 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratiladi.
Reyting baholash yakunlari boʻyicha AKTlarni joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi «yashil» deb topilgan tashkilotlarning ijobiy ish tajribasini boshqa tashkilotlar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻriladi.
Tashkilotlar har hisobot davri yakunlangandan keyingi oyning 15-sanasiga qadar IS NIS.UZ aхborot tizimiga ishonchli ma’lumotlarni oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlaydilar.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi baholashda ishtirok etadigan mas’ul davlat organlari bilan birgalikda har bir hisobot davri yakunidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar NIS.UZ aхborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida baholash oʻtkazadi hamda ushbu oyning 30-sanasiga qadar baholash natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
«Oʻzkomnazorat» davlat inspeksiyasi NIS.UZ aхborot tizimiga tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligiga muvofiqligi yuzasidan oʻrganishlar va tekshirishlar olib boradi.
Tashkilotlar tomonidan notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning «NIS.UZ» aхborot tizimiga kiritilganligi, ularning oʻz vaqtida kiritilmaganlik holatlari aniqlanganda, tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar qoʻllaniladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Nargiza Vohidova. | 71 | 3,447 |
Qonunchilik | Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘r | Mamlakatimizda litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni bexatar olib borish bilan bog‘liq sohalarda faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etadi. Endilikda maxsus elektron tizim orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu turdagi litsensiya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar pasportlarini ishlab chiqish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Litsenziyalash va ruxsat berish tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan, litsenziyalash va ruxsat berish tizimini soddalashtirish, bu borada byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, axborot tizimlaridan foydalangan holda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida, shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
sanoat xavfsizligi sohasidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha maxsus elektron tizim orqali rasmiylashtirish;
portlovchi va zaharli moddalarni tashish va saqlash, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomala qilish, rentgen uskunalaridan foydalanish, istirohat bog‘larida attraksionlarni montaj qilish va ishlatish, xavfli yuklarni tashish, ko‘taruvchi moslamalarni ekspluatatsiya qilish va boshqa bir qator muhim sohalarda faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan litsenziya va ruxsatnomalar olinishida yuridik va jismoniy shaxslarga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi pasportlarni tasdiqlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.F. Islamov hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 360-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 23-son, 479-modda) bilan tasdiqlangan Portlovchi materiallarning aylanishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning rus tilidagi matnida:
a) 8-banddagi “prilojenii № 11” so‘zlari “prilojeniyax № 11 — 15” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-banddagi “prilojeniyem № 11” so‘zlari “prilojeniyami № 11 — 15” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-ilovaning matni quyidagi tahrirdagi 11 — 15-ilovalar bilan almashtirilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomda:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “2 — 29-ilovalarda” so‘zlari “2 — 31-ilovalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 29-ilovadan keyin quyidagi tahrirdagi 30 va 31-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomda:
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “2 — 28-ilovalarda” so‘zlari “2 — 40-ilovalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 28-ilovadan keyin quyidagi tahrirdagi 29 — 40-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yer qa’ridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 6-iyundagi 360-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi va qarorga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 95-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-oktabrdagi 782-son qarorining 1-bandi ikkinchi xatboshisi va qarorga 1-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 48-bandi “a” kichik bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning 39-bandi “a” kichik bandi va 46-bandi “b” kichik bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 16-iyundagi 384-son qaroriga 1-ilovaning 33-bandi “a” kichik bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 11-bandi va 16-bandi “a” kichik bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga 3-ilovaning 13-bandi “a” kichik bandi. | 250 | 6,485 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirl | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining biometrik hujjatlar berganlik uchun tushadigan budjetdan tashqari mablag‘laridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-apreldagi 104-son qarorining 1-bandi “b” kichik bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 26-modda):
a) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish uchun import uskuna va dasturiy ta’minlash hamda ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar sotib olish”;
b) beshinchi xatboshidagi “xorijiy pudratchilar” so‘zlari “xorijiy pudratchilar yoki O‘zbekiston Respublikasining pudrat tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 250 | 1,197 |
Qonunchilik | “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Pecpublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 15-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Auditorlik xizmatlari auditorlik tekshiruvlarini va ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, professional xizmatlar ko‘rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha yagona talablarni belgilaydi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qo‘llashi mumkin.
Auditor — auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Auditor mehnat shartnomasi bo‘yicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha faqat bitta auditorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi.
Auditorning malaka sertifikati — auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat.
Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Auditorning yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi.
Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shiladi.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo‘la olmaydilar.
Auditorlik tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o‘z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:
auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo‘lishi kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho‘ba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o‘zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin;
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak;
auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan auditor rahbar bo‘lishi kerak;
auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo‘lishi kerak.
Auditorlik tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi. Auditorlik tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar bilan ko‘rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish;
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektdan olish;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish;
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug‘ullanishi mumkin hamda u:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlanishini ta’minlashi;
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlashi;
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etishi;
xo‘jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi;
auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta’minlashi shart.
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risida noto‘g‘ri yakundan iborat bo‘lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganlik yoki lozim darajada o‘tkazmaganlik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o‘tkaziladi.
Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan o‘tkaziladi.
Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak:
aksiyadorlik jamiyatlari;
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ko‘p bo‘lgan mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug‘urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar;
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish budjetdan tashqari fondlar;
ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari.
fond va tovar birjalari.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo‘jalik yurituvchi subyekt mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishi bilan kelishib olinadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan majburiy auditorlik tekshiruvidan bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektdan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. Jarimaning to‘lanishi xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishdan ozod qilmaydi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt quyidagi huquqlarga egadir:
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish;
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida hamda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni to‘g‘rilash haqida auditorlardan maslahat va tavsiyalar olish.
Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt:
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorga kerakli sharoitlarni yaratib berishi, unga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish qoidalari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish tartibi buzilishlarini bartaraf etishi shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu Qonunga muvofiq amalga oshirilayotgan auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish yoki unga xalaqit berish maqsadlarida u yoki bu harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishini qo‘zg‘atuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
auditorlik tashkilotini mustaqil tanlash;
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda auditorlik tekshiruvining yo‘nalishi va hajmini belgilash;
auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi zarur axborotni auditorlik tashkilotidan olish;
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart.
Auditorlik tashkiloti faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mustaqil auditorlik tekshiruvini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish maqsadida auditorlik tashkilotiga, shuningdek uning xodimlariga istalgan shaklda ta’sir ko‘rsatish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida haq to‘lanadi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
Aynan bir xil asoslarga ko‘ra aynan bir auditorlik tashkiloti aynan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tekshirishga takror jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvi o‘tkazish taqiqlanadi:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlari va (yoki) boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo‘lgan shaxsga;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlari bo‘lgan shaxsga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek xo‘jalik boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimiga;
auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga:
a) mazkur auditorlik tashkilotining mulkdorlari, qatnashchilari, kreditorlari, sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdorlar, qatnashchilar, aksiyadorlar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
b) mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar bo‘ladigan shaxs ayni bir paytning o‘zida ushbu auditorlik tashkilotining mulkdori, qatnashchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan;
v) mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga auditorlik tekshiruvi qamrab oladigan davrda ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko‘rsatganlar.
g) xodimi bir vaqtning o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan.
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin:
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish;
moliyaviy hisobotni tuzish;
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o‘tkazish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish.
xo‘jalik yurituvchi subyekt taftish komissiyasining (taftishchisining) vazifalarini amalga oshirish.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin.
Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat. Auditor hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo‘lishi kerak.
Agar auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyekt qatnashchilari (aksiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari topshirig‘iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig‘iga binoan o‘tkazilayotgan shaxsga ham taqdim etiladi.
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatning standartlari bilan belgilanadi.
Auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi sybyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining standartlari bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o‘rganilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo‘lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan coxta tuzilganligi auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Auditorlik faoliyati (professional xizmatlar bundan mustasno) maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya maxsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladi. Bu organ:
auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda ko‘pi bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. Mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlarida tekshiruv rejali tartibda faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi;
auditor malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlarga malaka talablarini belgilaydi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor malaka sertifikati olish uchun o‘quv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o‘tkazadi;
auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reyestrining hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlarni hisobini yuritadi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Auditorlik faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirganlik qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmaganda.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
qayta tashkil etilishi natijasida auditorlik tashkilotining faoliyati tugatilganda, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan auditorlik tashkilotlarida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno;
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyani bekor qilish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o‘z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
Auditor malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganida.
Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror auditor malaka ceptifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning ixtiyoriy asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning malaka darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlari himoyalanishiga ko‘maklashishga da’vat etilgandir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi:
auditorlarning ta’lim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda;
auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini o‘tkazishda;
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda;
auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil qilishda ishtirok etadi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 117 | 35,453 |
Qonunchilik | Qayta moliyalash stavkasi oldingi darajada qoldi | Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Aхborot хizmati 26 oktyabrda хabar berdi.
Xabarga koʻra, Markaziy bank boshqaruvi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ushbu qaror inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasini, shuningdek pul-kredit koʻrsatkichlarining 2015 yilga belgilangan maqsadli parametrlarini hisobga olgan holda qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, qayta moliyalash stavkasini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi qaror joriy yilda toʻrtinchi marta qabul qilinmoqda. 2015 yil 1 yanvardan boshlab stavka yillik 10 foizdan 9 foizga, aprel va iyul oylarida esa oʻzgarishsiz qoldirilgandi.
Qayd qilish lozimki, yil boshida stavkani pasaytirish Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan edi. Qoidaga koʻra, bunday qadam bank kreditlari boʻyicha foiz stavkalarini pasaytirish uchun asos yaratadi, bu oʻz navbatida iqtisodiyotning real sektorida investitsiya faolligini oshirishda oʻz aksini topishi kerak. | 48 | 1,027 |
Qonunchilik | Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritish haqida | “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan 2000-yil 22-fevralda tasdiqlangan “Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (2000-yil 27-mart, ro‘yxat raqami 913) ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 206 | 1,012 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin. | 120 | 239 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV IShINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Arxivlar mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan o‘z arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan muddatlarda va shakllarda tegishli arxivlarga muntazam ravishda taqdim etilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi:
arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv fondlari mulkdorlari uchun o‘z arxiv fondlarining hajmi va tarkibi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek hujjatlarni arxiv saqloviga topshirish bosqichida hujjatlarni to‘g‘ri tartibga keltirishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni bir oy muddatda ishlab chiqsin;
arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilgan arxiv fondlarining hajmi va tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini va keyinchalik ularning tizimli ravishda hisobga olinishini uch oy muddatda ta’minlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda) 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
5. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxiv hujjatlarini jamlash, ularning hisobini yuritish, but saqlanishini ta’minlash hamda ulardan foydalanishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom davlat va nodavlat arxivlariga (keyingi o‘rinlarda arxivlar deb ataladi), shuningdek idoraviy arxivlarga tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv;
arxiv ko‘chirmasi — arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so‘zma-so‘z bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;
arxiv kolleksiyasi — bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, obyekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga ko‘ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan alohida hujjatlar yig‘indisi;
arxiv nusxasi — tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan arxiv hujjatining so‘zma-so‘z bayon etilgan nusxasi;
arxiv ma’lumotnomasi — yuridik kuchga ega bo‘lgan va so‘rovnoma asosidagi hujjatli ma’lumotga ega bo‘lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
arxiv fondi — yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o‘zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui;
kelib chiqishi shaxsiy (oila, urug‘) arxiv fondi — ayrim shaxs, oila, urug‘ hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi;
saqlov birligi/hisob birligi — jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati;
arxivni jamlash manbai — arxiv hujjatlari bilan fondga tegishliligiga ko‘ra jamlanib boruvchi arxivning fond tashkil etuvchisi;
arxiv hujjatlaridan foydalanish — arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ta’lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;
kataloglar — arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavzu yoki soha bo‘yicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv ma’lumotnomasi;
jamlash — arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam to‘ldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini fondlashtirish hamda tashkil etish va jamlash manbalaridan ularni qabul qilib olish maqsadida yo‘nalishi va darajasi bo‘yicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan to‘ldirib borishga doir ishlar majmui;
ilmiy-ma’lumotnoma apparati (IMA) — arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bog‘liq, o‘zaro to‘ldiruvchi arxiv ma’lumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-ma’lumotnoma tizimi);
sharhlar — arxiv hujjatlarining alohida komplekslari tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan, ularning manbashunoslik tahlili bilan to‘ldirilgan arxiv ma’lumotnomalari;
birlashtirilgan arxiv fondi — bir-biri bilan tarixiy va/yoki mantiqiy aloqalarga ega bo‘lgan ikki yoki undan ortiq tashkilotlar, shuningdek o‘zaro tarixiy va/yoki mantiqiy bog‘liq aloqalarga ega bo‘lgan fuqarolarning faoliyati jarayonida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlaridan iborat arxiv fondi;
yig‘majild (hujjat)lar ro‘yxati — saqlov birliklari/hisob birliklari tarkibi va mazmunini ochib berish, ularning fondlar ichida tizimlashtirilishi va hisobini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan arxiv ma’lumotnomasi;
foydalanuvchi — arxiv hujjatlaridan zarur ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini (mavjudligini) tekshirish — saqlanayotgan arxiv hujjatlarining haqiqatda mavjudligini aniqlash va yo‘qolgan hujjatlarni topishni tashkil etish uchun ularni aniqlash, konservatsion-profilaktik va texnik ishlash lozim bo‘lgan arxiv hujjatlarini hisobga olishdagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar majmui;
yo‘l ko‘rsatkich — muayyan tartibda foydalanuvchining arxiv fondlari tarkibi va mazmuni bilan umumiy tanishtirishga mo‘ljallangan arxiv fondlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan arxiv ma’lumotnomasi;
sug‘urta nusxa — alohida qimmatli yoki noyob hujjatning boshqa moddiy manbadagi, asl nusxada mavjud bo‘lgan axborotni o‘qish yoki ko‘rish (eshitish) imkonini beruvchi ko‘chirma nusxasi;
arxiv hujjatlarining mavzuli sharhi — foydalanuvchining so‘rovi yoki arxivning tashabbusiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha arxiv hujjatlari, saqlov birliklari/hisob birliklarining sanasi va arxiv shifrlari ko‘rsatilgan holda tuzilgan qisqa yoki izohlangan sarlavhalari ro‘yxati;
topografik ko‘rsatkichlar — arxiv saqlovxonasida hujjatli materiallarning joylashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxati;
ko‘rsatkichlar — arxiv hujjatlarida keltirilgan predmet nomlarining ular haqidagi ma’lumotlar arxiv shifrini ko‘rsatgan holda, alifboli, tizimli yoki boshqa biron-bir belgisiga qo‘ra tuzilgan arxiv ma’lumotnomalari;
tartibga keltirish — arxiv ro‘yxatlarini tuzish, yig‘majildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishni o‘z ichiga olgan hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ishlash va arxivlarda saqlash uchun tayyorlash, shuningdek arxiv ro‘yxatlarini tuzish bo‘yicha ishlar majmui;
arxiv hujjatlarining hisobi — arxivlar tomonidan arxiv hujjatlari va arxiv fondlarining muntazam ravishda kelib tushishi, mavjudligi va holatini belgilangan birliklar asosida aniqlash hamda ularni hisob hujjatlarida aks ettirish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish;
fondlashtirish — arxiv hujjatlarining fondlarga tegishliligini va arxiv fondlarining davriy chegaralarini aniqlash bo‘yicha ishlar majmui;
ekspert komissiyasi (EK) — korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hujjatlarining, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarning qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va ularni arxivda saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) — davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash bo‘yicha uslubiy va amaliy ishlarni o‘tkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai bo‘lgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
arxiv hujjatlarini saqlash — arxivlarda arxiv hujjatlarining but saqlanishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar majmui.
elektron nusxa — an’anaviy asosdagi (qog‘oz, video, audio kasseta, kinolenta va boshqalar) hujjatlarni raqamlashtirish orqali ularning yaratilgan elektron shakli, asl nusxada mavjud bo‘lgan axborotni o‘qish yoki ko‘rish (eshitish) imkonini beruvchi elektron ko‘chirma nusxasi.
3. Fondlashtirish bo‘yicha ishlar:
arxivlarning arxiv hujjatlarini jamlash manbalarida — yig‘majildlar nomenklaturasi asosida yig‘majildlarni shakllantirish jarayonida va hujjatlarni arxivga topshirish uchun tanlab olishda;
arxivlarda — tartibga keltirilmagan holda topshirilgan arxiv hujjatlarini ro‘yxatlashda, qoniqarsiz tuzilgan ro‘yxatlarni qayta ishlashda, birlashgan arxiv fondlari va arxiv kolleksiyalari tuzishda, fondlashtirishdagi xatolarni tuzatishda amalga oshiriladi.
4. Arxiv hujjatlarining fondga mansubligini aniqlash ularni tegishli fond tashkil etuvchining arxiv fondiga kiritishdan iborat.
Kiruvchi arxiv hujjatlari ularni qabul qilgan fond tashkil etuvchining arxiv fondiga tegishli bo‘ladi.
Chiquvchi (beriladigan) nusxalar hisoblanadigan arxiv hujjatlari ularning muallifi bo‘lgan fond tashkil etuvchisining arxiv fondiga tegishli bo‘ladi.
Ichki muomaladagi arxiv hujjatlari ular tashkil etilgan fond tashkil etuvchining arxiv fondiga tegishlidir.
5. Tashkilot qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda uning vazifalari yangi tashkil etilgan tashkilotga berilganda ish yuritishda tugallangan yig‘majildlar qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan tashkilot fondi tarkibiga kiritiladi, tugatilmagan yig‘majildlar esa uning vorisi bo‘lgan tashkilot fondiga kiritiladi.
Shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari tarkibidan tashkilotning arxiv hujjatlari tegishli arxiv fondlariga, agar mazkur arxiv fondi tegishli arxivda saqlanayotgan bo‘lsa va tashkilotning arxiv hujjatlari shaxsiy kelib chiqish arxiv fondini tashkil etuvchi fuqaroning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmasa, ajratiladi va tegishli arxiv fondiga qo‘shiladi.
6. Tashkilotning arxiv hujjatlaridan iborat yagona arxiv fondini quyidagilar tashkil qiladi:
vakolatxonalar va filiallarning arxiv hujjatlari;
tashkilot tarkibida tuzilgan maslahat organlarining arxiv hujjatlari;
boshlang‘ich jamoat tashkilotlarini tuzishda yaratilgan arxiv hujjatlari;
tugatuvchi tashkilotning arxiv hujjatlari.
Tashkilot huzurida faoliyat yurituvchi jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari va boshqalar)ning arxiv hujjatlari ushbu jamoat tashkilotining ro‘yxatdan o‘tkazilgan davridan boshlab arxivga topshirilgan hujjatlari mustaqil arxiv fondini tashkil etadi yoki tegishli tashkilotning arxiv fondi tarkibiga birlashgan arxiv fondini tashkil etgan holda kiritiladi.
7. Birlashgan arxiv fondi quyidagi arxiv hujjatlaridan shakllanadi:
muayyan hududda faoliyat yuritayotgan maqsad va vazifalari bir turdagi tashkilotlar;
muayyan hududda faoliyat yuritayotgan rahbarlik organi va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlar;
faoliyat obyekti bo‘yicha birlashgan tashkilotlar;
bir-birini ketma-ket almashtirgan tashkilotlar, agar avvalgi tashkilotning funksiyalari vorislariga to‘liq yoki qisman o‘tkazilgan va o‘tkazilayotgan bo‘lsa;
ikki yoki undan ko‘p bo‘lgan shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari, agar fuqarolar o‘zaro qarindoshlik, kasbiy, ijodiy, mehnat faoliyati bo‘yicha bog‘liq bo‘lsa.
8. Arxiv kolleksiyasi umumiy xususiyatga ega bo‘lgan, alohida ajratilgan arxiv hujjatlaridan iborat holda arxivga kelib tushadi yoki arxivda shakllanadi. Boshqa bir arxiv, tashkilot yoki fuqaro tomonidan topshirilgan, tarixiy tarkib topgan arxiv kolleksiyasi qayta fondlashtirilmaydi.
9. Arxiv fondi, birlashgan arxiv fondi yoki arxiv kolleksiyasi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari qayta fondlashtirilmaydi. Fondlashtirish jarayonida xatoga yo‘l qo‘yilganda, arxiv hujjatlarini qidirib topish ishlarini murakkablashtiruvchi alohida hollarda arxiv hujjatlari qayta fondlashtirishga istisno tariqasida yo‘l qo‘yiladi.
10. Arxiv hujjatlari jamlash manbaining tashkil topish davri va huquqiy mavqeyidan kelib chiqqan holda arxivlarga mavjud arxiv fondining to‘ldiruvchi qismi yoki yangi arxiv fondi sifatida qabul qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylov komissiyalarining arxiv hujjatlaridan birlashgan arxiv fondlarini shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi.
11.Yagona arxiv fondini quyidagi arxiv hujjatlari tashkil etadi:
davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining joylardagi tarmoq boshqarmalari va bo‘limlarining arxiv hujjatlari;
sud hokimiyati va prokuratura organlarining arxiv hujjatlari.
Ma’muriy tuzilmalarning o‘zgarishi (ularning birlashtirilishi, ajratilishi, shuningdek shahar joylashuvi mavqeyining o‘zgarishi) munosabati bilan tashkil etilgan davlat hokimiyatining arxiv hujjatlari yangi arxiv fondini tashkil etadi.
Hududiy tashkilotlar chegaralarining o‘zgarishi tegishli davlat hokimiyati organlarining arxiv hujjatlari tarkibidan yangi arxiv fondini tashkil etishga asos bo‘lmaydi.
12. Tashkilotlar qayta tashkil etilganda yangi arxiv fondlari tashkil qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
tashkilotlarning maqsadli yo‘nalishlari, faoliyat ixtisosligi va vazifalari o‘zgarganda;
tashkilotlar ularning mulkchilik shaklini o‘zgartirgan holda qayta tashkil etilganda (xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish, davlat mulkiga aylantirish va h.k.).
Mulkchilik shakli o‘zgargan tashkilotlarning mulki va yangi tashkil etilgan tashkilot(lar) – huquqiy voris(lar)ning arxiv hujjatlaridan, huquqiy voris sanalgan tashkilot(lar) arxiv hujjatlarini davlat mulkiga topshirgan holatlarda, birlashgan arxiv fondlarini shakllantirishga yo‘l qo‘yiladi.
13. Quyidagi holatlarda yangi arxiv fondini tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
tashkilot faoliyati yoki funksiyalarining hududiy chegarasi kengayganda yoki qisqarganda;
tashkilotdan bir nechta yangi tashkilot ajralib chiqganda va ularga birinchi tashkilotning alohida funksiyalari berilganda;
tashkilotning bo‘ysunishi, uning tuzilishi, qayta nomlanishi yoki nomiga o‘zgartirish kiritilishi birlamchi funksiyalarining o‘zgarishiga olib kelmaganda;
tashkilotning mulkchilik shakli o‘zgarmasdan uning muassisi (muassislari) o‘zgarganda.
14. Tugatilish natijasida, shu jumladan, favqulodda holatlar va tabiiy ofatlar natijasida o‘z faoliyatini to‘xtatgan tashkilotlarning arxiv hujjatlari, keyinchalik ular oldingi funksiyalari bilan qayta tashkil etilganda, yagona arxiv fondini tashkil etadi.
15. Quyidagilar arxiv fondining davriy chegaralari hisoblanadi:
davlat boshqaruv organi, davlat hokimiyati organi, tashkilotlar tashkil etilishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) va tugatilishining normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilangan rasmiy sanalari. Davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, tashkilotning tashkil etilishiga oid rasmiy sanalar belgilangan bir nechta normativ hujjatlar mavjud bo‘lganda tashkil etilganlik sanasi sifatida eng avval qabul qilingan hujjatda ko‘rsatilgan sana qabul qilinadi;
birlashgan arxiv fondi — birlashgan arxiv fondi tarkibiga hujjatlari kiritilgan tashkilotlarning eng ilgari tuzilgan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) va eng oxirgi tugatilgan faoliyat davri sanasi;
shaxsiy kelib chiqish arxiv fondlari — fuqaro, oila yoki urug‘ a’zolarining tug‘ilgan va vafot etgan sanalari (birlashgan arxiv fondiga o‘xshash);
arxiv kolleksiyasi — eng qadimgi va eng oxirgi hujjat sanalari.
16. Arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlari saqlov birliklari bo‘yicha tashkil etiladi.
Arxiv fondida saqlov birliklari arxiv hujjatlarini tizimlashtirish sxemasiga muvofiq tizimlashtiriladi.
17. Arxiv fondidagi arxiv hujjatlarini tizimlashtirish sxemasi arxiv fondida saqlov birliklarini ichki tashkil etish uchun asos bo‘ladi va yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxat(lar)i bilan mustahkamlanadi.
Arxiv fondi doirasida saqlov birliklarini tizimlashtirish tizimlashtirish sxemasining bo‘lim (bo‘linma)lari bo‘yicha quyidagi bir yoki bir nechta xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
tuzilmaviy (saqlov birliklarini tuzilmaviy bo‘linmalarga tegishligiga ko‘ra);
davriy (saqlov birliklari mansub bo‘lgan davrlar yoki sanalar bo‘yicha);
funksional, sohaviy, mavzuli, mavzuli-masalali (tashkilotning funksiyalarini, saqlov birligi mavzusiga oid bo‘lgan mavzu yoki masalalarni hisobga olgan holda);
nominal (ish yuritish shakliga ko‘ra — hujjatlarning xili va turi bo‘yicha);
korrespondentlik (tashkilot va shaxslar o‘rtasidagi yozishmalar natijasida shakllangan yig‘majildlar bo‘yicha);
geografik (hujjatlarning mazmuni, ularning muallifi, sharhlovchilari bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hududlar, aholi punktlari va boshqa geografik obyektlar);
mualliflik (tashkilotlar nomlari yoki shaxslarning familiyalari bo‘yicha).
Audiovizual, foto, fono va elektron hujjatlar saqlov birliklarini tizimlashtirishda qo‘shimcha ravishda obyektli va format xususiyatlaridan foydalaniladi.
Saqlov birliklari ketma-ketlikda arxiv fondi barcha yoki alohida guruhlar arxiv hujjatlari uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan xususiyatlar bo‘yicha tadrijiy guruhlanadi.
Shaxsiy tarkib hujjatlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot tashkilotlari arxiv fondlari tarkibidagi ilmiy-texnika hujjatlari, nashriyotlardagi qo‘lyozmalar, tibbiyot muassasalaridagi kasallik varaqalari, nazorat funksiyalari yuklangan tegishli vakolatli organlarning fondlaridagi tekshirish dalolatnomalari alohida guruhlarga ajratiladi va ajratib tizimlashtiriladi.
Oila, urug‘ arxiv fondi arxiv hujjatlari alohida fuqarolar bo‘yicha, har bir fuqaroning hujjatlari — tasniflash sxemasining bo‘limlari bo‘yicha tizimlashtiriladi. Oilaning arxiv fondida birinchi navbatda taniqli shaxsning hujjatlari, so‘ng oilaning boshqa a’zolarining hujjatlari qarindoshlik darajasiga ko‘ra tizimlashtiriladi. Urug‘ning arxiv fondi arxiv hujjatlari kelib chiqish ketma-ketligi bo‘yicha joylashtiriladi, bunda butun urug‘ga tegishli bo‘lgan hujjatlar (shajara jadvallari, mulkiy-xo‘jalik hujjatlari) ilgariroq joylashtiriladi.
Birlashgan arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari fond tashkil etuvchining ahamiyatiga ko‘ra ularning yaratilish davri va alfavit bo‘yicha joylashtiriladi. Bir xil turdagi tashkilotlar arxiv fondi uchun tizimlashtirishning umumiy sxemasi qo‘llaniladi.
Arxiv kolleksiyasi doirasida bir xil turdagi arxiv hujjatlari mualliflik xususiyati bo‘yicha saqlov birliklari tashkilot nomi va fuqarolar familiyasi bo‘yicha alfavit tartibida guruhlanadi. Mavzu xususiyatiga ko‘ra tuzilgan arxiv kolleksiyasi arxiv hujjatlari mavzu va masalaning ahamiyati yoki davriga ko‘ra guruhlanadi.
Tasniflash sxemasi bo‘yicha saqlov birliklari quyidagi tartibda guruhlanadi:
saqlov birliklari ishlab chiqarishda boshlangan yoki tashkilot (uning tarkibiy qismi)ga boshqa tashkilotdan uning tarkibiy qismidan ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kelib tushgan davriga taalluqli deb hisoblanadi;
rejalar, hisobotlar, smetalar va ularga doir materiallardan iborat bo‘lgan saqlov birliklari, ular tuzilgan sanadan qat’i nazar, qaysi yil uchun mo‘ljallangan bo‘lsa — o‘sha davrga tegishli bo‘ladi, uzoq muddatli rejalar ular amal qilayotgan yilga, ushbu davrga tegishli hisobotlar esa — hisobotning oxirgi yiliga taalluqli bo‘ladi;
ishlab chiqarishda bir bo‘linmada boshlangan va davom ettirish uchun boshqa bo‘linmaga berilgan saqlov birliklari ular yakunlangan bo‘linmaga tegishli bo‘ladi;
yil yoki xronologik davr doirasida saqlov birliklari tashkilot funksiyasining ahamiyati (yoki hujjatlarining ahamiyati, turi va xilma-xilligining mantiqiy o‘zaro bog‘liqligi) bo‘yicha joylashtiriladi;
shaxsiy yig‘majild hisoblangan saqlov birliklari ishdan bo‘shagan yillar bo‘yicha va familiyalar alfaviti bo‘yicha tizimlashtiriladi.
Tizimlashtirishning oxirgi (tugallovchi) bosqichida saqlov birliklari guruhi ahamiyati yoki davri bo‘yicha taqsimlanadi.
18. Kinohujjatlar va videohujjatlar turlari bo‘yicha — filmlar, maxsus nashrlar, kinojurnallar, alohida kino va telesujetlar bo‘yicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi kinohujjatlar va videohujjatlar uchun alohida ro‘yxat tuziladi.
Fotohujjatlar turlari bo‘yicha — turli xil rang va hajmdagi negativlar, slaydlar (diapozitivlar), pozitivlar, fotonashrlar, fotoalbomlar, diafilmlar bo‘yicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi fotohujjatlar uchun alohida ro‘yxat tuziladi.
Fonohujjatlar axborotning ovozli yozuvi turi bo‘yicha fonografik, grammofon, shorinofon, optik, magnit, lazer bo‘yicha tizimlashtiriladi. Muayyan turdagi fonohujjatlar uchun alohida ro‘yxat tuziladi.
Elektron hujjatlar axborot manbalari (magnit tasmalar, lazer va qattiq disklar, kompakt-disklar, disketalar) bo‘yicha tizimlashtiriladi; fond ichida – taqdim etilgan axborot formati bo‘yicha va yozib olingan axborot xususiyatiga ko‘ra tizimlashtiriladi.
19. Arxivni arxiv hujjatlari bilan jamlash quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
birinchi bosqich — jamlash manbalarini aniqlash va ro‘yxatini tuzish;
ikkinchi bosqich — arxivlarda saqlash uchun topshirilishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlari tarkibini aniqlash;
uchinchi bosqich — arxiv hujjatlarini saqlovga qabul qilish.
20. Arxiv hujjatlari bilan rejali va maqsadli ravishda jamlash maqsadida arxivda jamlash manbalari ro‘yxatlari tuziladi.
Jamlash manbalari ro‘yxatlari har yili yil boshida aniqlashtiriladi va har besh yilda kamida bir marta, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda “O‘zarxiv” agentligi deb ataladi) Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining ekspert-tekshiruv komissiyasi yoki O‘zbekiston milliy arxivlari ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi bilan kelishilgandan so‘ng qayta tasdiqlanadi. Asosiy jamlash manbalari tarkibi va/yoki soni o‘zgarganda, navbatdan tashqari qayta tasdiqlash amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF)ning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan davlat boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar davlat arxivlarini asosiy jamlash manbalarining asosiy ro‘yxatiga “O‘zarxiv” agentligi belgilagan tartibda kiritiladi.
21. Arxivning har bir jamlash manbaiga arxiv kuzatuv yig‘majildi yuritadi, unga jamlash manbaining huquqiy maqomi va faoliyatini ochib beruvchi hamda arxivning faoliyati va ish yuritishida hujjatlarni tashkil etishni ko‘rsatib beruvchi hujjatlar kiritiladi. Arxivning jamlash manbaiga kiritilgan fuqarolarga ham kuzatuv yig‘majildi yuritilishi mumkin. Unga fuqaroning arxiv hujjatlari tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Jamlash manbalari bilan olib borilgan ishlar hisobini yuritish maqsadida arxiv hisob-ma’lumot kartotekalari va ma’lumotlar bazasini tashkil etishga haqlidir.
22. Nodavlat tashkilotlari va jismoniy shaxslar tomonidan arxiv hujjatlarini doimiy yoki depozitar saqlov uchun arxivga topshirish saqlash va foydalanish shartlari aniqlashtirilgan holda, bitim (shartnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
Arxivda saqlash uchun tanlab olingan hujjatlarni topshirish to‘g‘risidagi qaror tashkilotning ekspert komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
23. Arxivlarga tashkilotlardan hujjatlarni qabul qilish arxiv va tashkilot rahbari imzolagan reja-jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Arxivlarda saqlash uchun hujjatlarni qabul qilish ular tegishli ETK tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha tartibga keltirilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Hujjatlarni saqlovga qabul qilishda hujjatlarning mavjudligi, fizik holati va ilmiy-texnikaviy ishlov berish sifati tekshirib olinadi.
Arxivlarga arxiv hujjatlarini saqlash uchun qabul qilib olish topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi jamlash manbaiga qaytarib beriladi.
Arxivga xorijdan olingan arxiv hujjatlarini qabul qilib olish mulkdor yoki ko‘rsatilgan hujjatlar egasi hamda arxiv o‘rtasidagi arxiv hujjatlarining asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxalarini sotish, in’om etish, almashish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada berilayotgan arxiv hujjatlaridan foydalanish shartlari kelishib olinishi mumkin. Hujjatlarni qabul qilish hujjatlarni saqlovga qabul qilish-topshirish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
24. Idoraviy arxivga doimiy, vaqtinchalik va shaxsiy tarkib bo‘yicha yig‘majildlar ro‘yxatlar bo‘yicha topshiriladi.
Ro‘yxatning har bir nusxasi oxirida arxivga haqiqatda qabul qilingan yig‘majildlar soni raqamlar va so‘z bilan ko‘rsatiladi, unda mavjud bo‘lmagan yig‘majildlar raqamlari, yig‘majildlarni topshirish-qabul qilish sanasi, shuningdek idoraviy arxiv xodimi va hujjatlarni topshirgan shaxsning imzosi bo‘ladi.
10 yildan kam saqlanadigan hujjatlarni tashkilotning tarkibiy bo‘linmalarida saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Mazkur yig‘majildlar idoraviy arxivga tashkilot rahbarining qarori bo‘yicha topshiriladi.
25. MAFning davlatga tegishli qismiga kiritilgan davlat arxivi jamlash manbalaridan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hujjatlarni vaqtinchalik saqlash muddati tugagandan so‘ng qabul qilinadi.
Arxivning jamlash manbalari iltimosiga ko‘ra amaliyotda hujjatlardan foydalanish ehtiyoji mavjud bo‘lganda yoki arxivning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda hujjatlarni qabul qilish imkoniyati bo‘lmaganda MAF hujjatlarining vaqtinchalik saqlash muddatlari istisno tarzida uzaytirilishi mumkin. Arxivlarning jamlash manbalari uchun ko‘rsatilgan muddatlarni uzaytirish ETK qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Nodavlat tashkilotlarida MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan hujjatlarni vaqtinchalik saqlash muddatlari arxiv va mulkdor yoki ko‘rsatilgan hujjatlar egasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan aniqlanadi.
MAF hujjatlarini muddatidan oldin qabul qilish, shuningdek vaqtinchalik saqlash faqat arxiv saqlovxonasida bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda, shartnoma asosida jamlash manbalarining rasmiy iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilish saqlash uchun hujjatlarni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi (1-ilova) va topshirish ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.
26. Arxiv hujjatlari arxivlarga tartibga keltirilgan holda, tegishli ilmiy-ma’lumotnoma apparati va alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sug‘urta nusxalari bilan birga qabul qilinadi. Arxiv hujjatlarini saralab olish, doimiy saqlash uchun topshirishga tayyorlash va topshirish, shuningdek ularni tartibga keltirish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar ushbu hujjatlarni topshiruvchi jamlash manbalarining hisobidan amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlarini tartibga keltirish “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
27. Arxiv hujjatlarini qabul qilishda ularning fizik, sanitariya-gigiyenik, texnik holatlari, alohida qimmatli va noyob hujjatlarning sug‘urta nusxalari, shuningdek ularning to‘liqligi tekshiriladi.
28. MAF hujjatlari arxivga ETK tomonidan tasdiqlangan yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlari asosida, shaxsiy tarkib hujjatlari ETK tomonidan maqullangan yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlari asosida, vaqtinchalik saqlash muddatlari o‘tib ketgan arxiv hujjatlari esa — topshirish ro‘yxatlariga asosan qabul qilinadi.
Yig‘majildlarni qabul qilish alohida-alohida amalga oshiriladi, alohida qimmatli yig‘majildlar esa varaqma-varaq tekshirib olinadi. Yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatining barcha nusxalarida arxiv hujjatlarining arxivga qabul qilib olinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatida ko‘rsatilgan saqlov birliklari yo‘q bo‘lgan taqdirda qaytadan yangi yakuniy yozuv yoziladi. Mavjud bo‘lmagan yig‘majildlar va hujjatlarning raqamlari hamda sabablari hujjatlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasida ko‘rsatiladi. Jamlash manbalari saqlovga topshirilmagan yig‘majildlarni qidirish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Arxiv hujjatlarini qabul qilish ikki nusxada tuzilgan arxiv hujjatlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (1-ilova) bilan rasmiylashtiriladi. Uning bir nusxasi arxivda, ikkinchisi esa — jamlash manbaida qoladi. Arxiv hujjatlari bilan birga arxivga uch nusxada yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati topshiriladi.
Jamlash manbalaridan ilk bor arxiv hujjatlarini qabul qilishda tashkilot va arxiv fondi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotnoma ham topshiriladi, keyinchalik u jamlash manbaining nomi, tuzilishi va funksiyalaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi.
29. Arxivga va MAF tarkibiga fuqarolardan hujjatlar in’om, vasiyat, oldi-sotdi shartnomalari va sud qarori bo‘yicha qabul qilinadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni arxivga qabul qilish ETK qarori asosida amalga oshiriladi va shaxsiy kelib chiqish hujjatlarini topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi (2-ilova).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni arxivga qabul qilish yoki sotib olish rad etilganda va hujjatlar qimmatliligi ekspertizasidan so‘ng ularning ayrim qismlari qaytarib berilganda hujjatlarni qaytarib berish to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi arxivda qoladi, ikkinchisi - hujjatlar (yoki ularning ayrim qismlari) bilan birga mulkdor yoki egalik qiluvchiga qaytariladi.
30. Audiovizual hujjatlar quyidagicha komplektda saqlovga qabul qilinadi:
kinohujjatlar (filmlar, maxsus nashrlar) — tasvir negativi, fonogramma negativi, fonogrammaning magnit originali, pozitiv nusxa, shovqin va musiqaning magnit fonogrammasi, joriy pozitiv tasvir, rangli kinohujjatlar uchun o‘rnatish roliklari va pasporti (ayrim hollarda hujjatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko‘rsatilgan tarzda to‘liq bo‘lmagan komplekt qabul qilinadi);
fotohujjatlar — negativ, nazorat foto nashri;
fonohujjatlar va videohujjatlar — original va nusxa.
Bir vaqtning o‘zida matnli ilova hujjatlar qabul qilinadi:
kinohujjatlar uchun — montaj varaqlari, annotatsiyalar, tugallangan asarlar uchun ruxsat etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, texnik holati to‘g‘risida dalolatnomalar, rang va yorug‘lik yozuvlari pasportlari;
fotohujjatlar uchun — annotatsiya;
fonohujjatlar uchun — ilova hujjatlari; videohujjatlar uchun – texnik holati to‘g‘risida dalolatnoma.
Elektron hujjatlar saqlovga ularni o‘qish imkonini beruvchi dasturiy vositalar (agar arxivda shunday turdagi dasturiy vositalar bo‘lmasa), shuningdek zarur ilova hujjatlari bilan birga qabul qilinadi.
31. Arxiv tomonidan zamonaviy va o‘tmish voqeligini tasvir etish maqsadida tayyorlangan tashabbusli axborot natijasida yaratilgan hujjatlar (anketalar, fotografiyalar, xotiralar yozuvlari, suhbat, musohaba va h.k.) MAF tarkibiga kiritiladi va ETK tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar ro‘yxatiga kiritiladi. Ushbu hujjatlar saqlovga qabul qilish va topshirish dalolatnomasi asosida rasmiylashtiriladi.
32. Tugatilgan tashkilotlardan vaqtinchalik saqlash muddati tugamagan MAF va boshqa turdagi arxiv hujjatlarini qabul qilish mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tugatilganda ularning faoliyati natijasida tashkil topgan boshqaruv, shaxsiy tarkib hujjatlari, shuningdek vaqtinchalik saqlash muddati tugamagan arxiv hujjatlari tugatish komissiyasi (tugatuvchi) va arxiv o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida, tartibga keltirilgan holda arxivga qabul qilinadi. Tugatish bosqichida arxiv hujjatlarini tartibga keltirish zaruriyati bo‘lsa ularni tartibga keltirish tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tomonidan tashkil etiladi.
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi — tegishli davlat arxivlariga, davlatga tegishli bo‘lmagan qismi — nodavlat arxiviga yoki tegishli davlat arxiviga topshirilishi kerak.
33. Arxiv jamlash manbalari bilan birgalikda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomalarda unga berilgan vakolatlarga muvofiq taxminiy va sohaga oid yig‘majildlar nomenklaturasini, idoraviy arxiv va arxiv jamlash manbalari ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni kelishib oladi.
Arxiv jamlash manbaining MEK (EK) ishida ishtirok etadi.
Arxiv “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan jamlash manbalarida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobini yuritish, saqlash va foydalanishni tashkil etish tartibiga rioya etilishini tekshirishda qatnashadi.
34. Arxiv o‘z vakolatlari doirasida vaqtinchalik saqlanuvchi MAF hujjatlarini shakllantirish va but saqlanishini ta’minlash maqsadida o‘z jamlash manbalarining ish yuritish, arxiv va tegishli yo‘nalish bo‘yicha ekspert xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ushbu maqsadda arxiv ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda uslubiy va amaliy yordam, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda arxiv xizmatlari ko‘rsatadi.
35. Arxiv arxiv hujjatlarining davlat hisobini amalga oshiradi va arxiv ishi bo‘yicha yuqori boshqaruv organiga MAF hujjatlarining markazlashgan hisobini yuritish uchun hisob ma’lumotlarini taqdim etadi.
36. Davlat hisobiga arxivdagi jami saqlanuvchi arxiv hujjatlari, shu jumladan elektron hujjatlar ushbu arxivlar uchun mo‘ljallanmagan va yo‘naltirilmagan, sug‘urta fondidagi arxiv hujjatlarining nusxasi va foydalanish fondining nusxasi, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati mansubdir.
37. Arxiv hujjatlarining hisobi saqlash birliklari/hisob birliklariga arxiv shifrining tarkibiy qismi bo‘lgan hisobga olish raqamlarini berish orqali amalga oshiriladi.
Arxiv shifri arxivning qisqartirilgan nomi (uning rasmiy abbreviaturasi)dan keyin ko‘rsatiladigan quyidagi raqamlardan iborat bo‘ladi: arxiv fondi, ro‘yxati, saqlov birligi/hisob birligi. Uning hisobini ta’minlash va identifikatsiyalash maqsadida arxiv shifri har bir saqlov birligi/hisob birligiga kiritiladi.
Sug‘urta fondining saqlash birligi/hisob birligi arxiv shifri arxiv nomi, sug‘urta fondining ro‘yxat raqami, sug‘urta fondi hisob birligi raqami “SF” indeksini qo‘shgan holda tashkil topadi.
38. Arxiv hujjatlarining asosiy hisob birliklari, ma’lumot manbaining turlaridan va identifikatsiyasini berishning texnik usulidan qat’i nazar, quyidagilar hisoblanadi:
arxiv fondi;
arxiv kolleksiyasi;
saqlov birligi.
Faqat birlamchi qayta ishlov berilgan shaxsiy kelib chiqish hujjatlari hujjatlar bo‘yicha hisobga olinadi.
39. Arxivda arxiv hujjatlarining hisobini olib borish markazlashtirilgan maxsus bo‘linma tomonidan olib boriladi yoki maxsus ajratilgan xodimga yuklanadi. Saqlovxonada hujjat hisobini yuritish uchun mas’ul xodim tayinlanadi.
Arxiv hujjatlarining hisobini yuritish tartibi, hisob hujjatlarining yordamchi turlari, arxivning hisob hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi rahbarning buyrug‘i asosida muvofiqlashtiriladi.
Hisob hujjatlariga yozuvlar faqat hisobni olib borish uchun mas’ul xodim tomonidan kiritiladi.
40. Arxiv hujjatlarining tashkiliy tartibga keltirilganligi va ularning manzilli qidiruvini amalga oshirish imkoniyati, ularning mavjudligi va holati ustidan nazorat arxivdagi arxiv hujjatlarining soni va tarkibi belgilangan hisob birliklarida hisob hujjatlaridagi mavjud soni va tarkibini ko‘rsatish yo‘li bilan ta’minlanadi.
41. Quyidagilarning hisobi yuritilishi lozim:
arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari, shu jumladan elektron hujjatlar belgilangan ushbu arxiv uchun ro‘yxatlanmagan va yo‘naltirilmagan, shuningdek arxiv hujjatlarining sug‘urta nusxalari, foydalanish fondi nusxalari, hujjatlar va yig‘majildlar ro‘yxatlari;
saqlov muddati 10 yildan ortiq bo‘lgan, vaqtincha saqlanadigan hujjatlar, shuningdek idoraviy arxivda vaqtinchalik saqlovdagi doimiy saqlanadigan hujjatlar;
MAF hujjatlari, shuningdek arxivning jamlash manbalarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib hujjatlari.
42. Hujjatlar hisobi arxiv hujjatlariga (saqlov birliklariga/hisob birliklariga) arxiv shifrlarining tarkibiy qismi hisoblanadigan hisobga olish raqamlarini berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Arxiv shifri har bir saqlov birligiga uni identifikatsiyalash va hisobga olish maqsadida beriladigan belgidir.
Arxiv shifri quyidagi elementlardan iborat bo‘ladi:
arxivning qisqartirilgan nomi (uning rasmiy abbreviaturasi);
arxiv fondi, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati, saqlov birliklari, hisob birliklarining raqamlari.
Audiovizual hujjatlar hisob birliklarining arxiv shifri tarkibiga komplekt elementining (harfli va raqamli) belgilari, negativ o‘lchami, ovozli axborot manbaining turi, elektron hujjatlarning saqlov birliklari — yozuv formati va axborot manbaining turi, elektron hujjatning arxiv shifri tarkibiga arxiv fondi raqami, ro‘yxatga olish raqami, ro‘yxatdagi elektron hujjatning tartib raqamidan iborat bo‘lgan tarkibiy kod kiritiladi.
43. Arxivlarda arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi va sxemasi ishlab chiqiladi.
Arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi:
markazlashtirilgan va har bir saqlovxonada hisob hujjatlari va hisob ma’lumotlar bazalari tarkibini aniqlaydi;
hisobga olish ishlarini bajarishning ketma-ketligini ta’minlaydi.
Chizma shakldagi arxiv hujjatlarini hisobga olish sxemasi hisobga olish tartibini belgilaydi.
Arxivdagi arxiv hujjatlarini hisobga olish tartibi va sxemasi rahbarning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
44. Yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlaridan tashqari, hisob hujjatlari xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan va ular foydalanuvchilarga berilmaydi.
45. Hisob hujjatlari belgilangan tartibda saqlanadi.
46. Manbaning turi, ma’lumotni biriktirish usuli va texnikasidan qat’i nazar, arxiv fondi va hisob birligi arxiv hujjatlarining asosiy hisob birliklari hisoblanadi.
Audiovizual va elektron hujjatlar hisob birliklari bo‘yicha ham hisobga olinadi.
Faqat dastlabki ishlov berilgan shaxsiy kelib chiqish arxiv hujjatlari hujjatlar yoki varaqlar bo‘yicha hisobga olinadi.
Tartibga keltirilmagan (tarqoq) arxiv hujjatlarining 150 ta varag‘i shartli ravishda bitta saqlov birligi sifatida hisobga olinadi.
47.Saqlov birliklari arxiv hujjatining manbai turidan kelib chiqqan holda aniqlanadi, xususan:
qog‘ozli asosdagi arxiv hujjatlari uchun — yig‘majild – alohida muqovaga, papkaga biriktirilgan alohida arxiv hujjatlari;
kinohujjatlar uchun — tasviriy va/yoki ovozli ma’lumotlar yozilgan kinoplyonka yoki magnit tasmasining alohida fizik o‘rami;
fotohujjatlar uchun — alohida fizik kadr (negativ, dubl-negativ, pozitiv, slayd (diapozitiv), panorama usulidagi bir nechta kadrlar, fotoiz, diafilm o‘rami, fotoalbom;
ovozli hujjatlar uchun — alohida fizik kinoplyonka, magnit yoki qog‘oz tasma o‘rami, kasseta, mumli, ovozli axborot yozilgan disk;
videohujjatlar uchun — alohida fizik magnit tasma, kasseta, tasvirli va ovozli axborot yozilgan disk;
elektron hujjatlar uchun — bir yoki bir nechta elektron hujjatlar yozilgan alohida fizik manba.
48. Arxivda asosiy va yordamchi hisob hujjatlari yuritiladi. Asosiy hisob hujjatlari barcha arxivlar uchun majburiy hisoblanadi. Yordamchi hisob hujjatlarining tarkibi va shakli arxiv tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
49. Arxivning asosiy hisob hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
hujjatlarning kelib tushishini hisobga olish kitobi (3-ilova) — arxivga kelib tushuvchi, shuningdek aniq xronologik davr uchun saqlashga topshirilgan har bir hujjatning soni va tarkibini, ularni ro‘yxatlash holatini hisobga olish uchun;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
fondlar ro‘yxati (4-ilova) — saqlashga qabul qilingan arxiv fondlarini, ularga raqam berish, saqlovdagi va saqlovdan chiqarilgan arxiv fondlari sonini hisobga olish uchun;
fond varag‘i — arxiv fondi doirasida yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati soni va tarkibini, ularni raqamlashni, arxiv hujjatlarining soni va tarkibini, ro‘yxatlash holati, har bir yig‘majild (hujjat) ro‘yxatlari va umuman arxiv fondi bo‘yicha o‘zgarishlar dinamikasi, arxiv fondi nomidagi o‘zgarishlarni belgilash uchun;
audiovizual hujjatlarning hisob varag‘i — belgilangan turdagi audiovizual hujjatlarning sonini, audiovizual hujjatlarning ro‘yxatlarini raqamlash va hisobga olish, ulardagi o‘zgarishlar dinamikasini hisobga olish uchun;
yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati — arxiv hujjatlarining alohida va jamlangan hisobi, ularni tizimlashtirish tartibini belgilash, shu ro‘yxatga kiritilgan arxiv hujjatlarining tarkibi va hajmidagi o‘zgarishlarni hisobga olish uchun (5, 6-ilovalar);
rasmiylashtirishda yoki ularga ilovalardagi mavjud qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan yig‘majildlarni hisobga olish inventar daftari — shunday yig‘majildlarning tarkibi va holatini alohida va jami hisobini yuritish uchun;
arxiv saqlovxonasi pasporti — ushbu arxiv saqlovxonasidagi arxiv fondlari va arxiv hujjatlarining jami hisobini yuritish uchun;
noyob hujjatlarning hisob va ro‘yxat varag‘i;
alohida qimmatli hujjatlardan iborat bo‘lgan fondlar ro‘yxati;
alohida qimmatli yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati yoki alohida qimmatli yig‘majildlar raqamlari ro‘yxati;
alohida qimmatli yig‘majildlar (hujjatlar)ning ro‘yxatlari reyestri;
sug‘urta fondi va foydalanish fondining kelib tushishini hisobga olish daftari;
sug‘urta fondining ro‘yxati;
fond yig‘majildi — har bir arxiv fondiga, birlashgan arxiv fondi va arxiv kolleksiyasi uchun yuritiladigan, jamlash manbai (fond tashkil etuvchi) va arxiv fondining tarixi bo‘yicha hujjatlar majmui, audiovizual va elektron hujjatlarning fondi tashkil qilinmaganda – tashkilot-hujjat topshiruvchining yig‘majildi;
yig‘majild ishonch varag‘i — yig‘majilddagi varaqlar sonining hisobini yuritish uchun (7-ilova).
Arxivning yordamchi hisob hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
fondlarning harakati haqidagi kartochkalar va kitoblar, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati, boshqa arxivlarga yuborilgan hujjatlarni hisobga olish daftarlari, yo‘q qilishga ajratilgan hujjatlar fondlarini hisobga olish daftari, hujjatlarni turlariga qarab hisobga olish daftarlari va boshqalar.
Arxiv hujjatlarni hisobga olish tizimiga kiruvchi boshqa yordamchi hisob hujjatlarini yuritishga haqlidir.
Yordamchi hisob hujjatlari qog‘ozda va/yoki elektron manbalarda yuritilishi mumkin.
50. Hisob hujjatlarini yuritish “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan talablarga va boshqa standart normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
51. Arxiv hujjatlarining arxivga tushishini hisobga olish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
saqlash uchun hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (1-ilova);
shaxsiy kelib chiqish hujjatlarini saqlash uchun qabul qilish dalolatnomasi (2-ilova).
Arxiv hujjatlari arxiv ishlarining alohida turlarini amalga oshirish natijalari bo‘yicha ham hisobga qo‘yiladi.
Arxivga qabul qilingan barcha arxiv hujjatlari hujjatlarning kelib tushishini hisobga olish daftariga kiritiladi. Arxiv fondiga kelib tushgan barcha hujjatlar arxiv fondi, birlashgan arxiv fondi, arxiv kolleksiyasi fondlar ro‘yxatiga yoziladi (4-ilova), unga fond varag‘i, fond varag‘iga ko‘rsatkich kartochkasi to‘ldiriladi va fond yig‘majildi ochiladi. Audiovizual hujjatlarga kino, surat va ovozli va video hujjatlarni hisobga olish varag‘i to‘ldiriladi. Dastlab tushgan har bir yig‘majild (hujjatlar)lar ro‘yxati ro‘yxatlar reyestrida hisobga olinadi.
Tegishli hisob ma’lumotlari belgilangan tartibda ma’lumotlar bazasiga ham kiritiladi.
52. Arxiv hujjatlarini arxivdan chiqarishni hisobga olish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
saqlanishi kerak bo‘lmagan hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish haqidagi dalolatnoma (8 - ilova);
tuzatib bo‘lmas darajada yaroqsizlangan hujjatlar haqidagi dalolatnoma;
hujjatlarni saqlovga topshirish-qabul qilish haqidagi dalolatnoma (1 - ilova);
qidiruv ishlari tugagan hujjatlarning topilmaganligi haqidagi dalolatnoma (9 - ilova);
hujjatlarni egasiga qaytarish dalolatnomasi;
asl saqlov birligidagi hujjatlarni olish haqidagi dalolatnoma.
Arxiv hujjatlari alohida arxiv ishlarini olib borish natijasida ham hisobdan chiqariladi (53-bandga qarang).
Arxivdagi asosiy va yordamchi hisob hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda:
yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatidagi barcha arxiv hujjatlari chiqarilganda ushbu ro‘yxat raqami boshqa yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlariga berilmaydi va u ochiq qoladi, ro‘yxatlar reyestrida esa tegishli belgi qo‘yiladi;
arxiv fondi chiqarilganda fondlar ro‘yxati (4-ilova)ning “Chiqarilganlik haqidagi belgi” ustunida arxiv fondi qayerga chiqarilganligi va uning chiqib ketganligi haqidagi dalolatnoma ko‘rsatiladi.
Arxiv fondi bir arxivdan boshqasiga o‘tkazilayotganda 2 nusxada yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati va fond yig‘majildi beriladi. Yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatining bir nusxasi hujjatni topshirgan arxivda qoladi va dalolatnomaga ilova sifatida (1 - ilova) arxiv fondini topshirgan arxivning fondiga qo‘shiladi.
Arxiv fondning barcha arxiv hujjatlarni yo‘q qilishga ajratilayotganda yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatining bir nusxasi va fond varag‘i fond yig‘majildiga joylashtiriladi. Fond yig‘majildi arxivning arxiv fondiga qo‘shiladi.
53. Arxivning arxiv hujjatlari soni quyidagilar natijasida o‘zgaradi:
hisob hujjatlarini tekshirish natijasida arxivda saqlanayotgan hujjatlar sonini sanashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar aniqlanganda;
hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish vaqtida hisobga olinmagan, liter yoki tushirib qoldirilgan saqlov/hisob birliklari raqamlari aniqlanganda;
hujjatlarni ta’mirlash natijasida bitta yig‘majild bir nechta yig‘majildlarga ajratilganda;
arxiv hujjatlarini ro‘yxatlash, yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatlarini takomillashtirish jarayonida, hisob/saqlov birliklarini qo‘shish yoki ajratish mumkin bo‘lganda.
Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar natijasida quyidagilar hisob hujjatlariga va ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘ladi:
hisob hujjatlaridagi texnik xatolar haqidagi dalolatnoma;
mazkur fondga, arxivga tegishli bo‘lmagan, hisobga olinmagan va boshqa hujjatlarning topilganligi haqidagi dalolatnoma;
yig‘majildlarni ajratilishi, birlashtirilishi va ularga yangi hujjatlar kiritilishi haqidagi dalolatnoma;
hujjatlarni ro‘yxatlash, ro‘yxatlarni qayta ishlash haqidagi dalolatnoma.
54. Arxivda arxiv hujjatlarini saqlash me’yoriy sharoitlarni yaratish, me’yoriy tartiblarga rioya etish va arxiv hujjatlari saqlovini to‘g‘ri tashkil etish, yo‘qolishi va o‘g‘irlanishini bartaraf etuvchi, shuningdek ularning normal fizik holatini saqlab turuvchi tadbirlar kompleksi orqali ta’minlanadi.
Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari quyidagilar asosida ta’minlanadi:
arxivlarga mos bino va xonalar ajratish;
arxiv binolari va xonalarida maqbul (me’yoriy) yong‘inga qarshi, qo‘riqlash, harorat va namlik, yorug‘lik, sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratish;
arxiv hujjatlarini saqlash va joyini o‘zgartirish uchun maxsus vositalarni (stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qo‘llanish.
55. Arxiv arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binoda (yoki binoning alohida xonalarida), yong‘in kelib chiqishi xavfi bo‘lgan obyektlar (neft ombori, AYQSh, avtoturarjoy, garaj va shunga o‘xshash boshqa joylar) va havoni ifloslantiruvchi sanoat obyektlaridan (agressiv gazlar, sement changi va boshqalardan) uzoqda joylashtiriladi.
Arxiv binosi arxivning hujjatlarni saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan va ma’muriy-xo‘jalik, texnik, maishiy xarakterdagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, xonalarni oqilona joylashtirish talablariga mos asosiy va yordamchi xonalar kompleksidan iborat bo‘ladi.
Asosiy turdagi xonalarning tarkibi, joylashuvi, jihozlanishi arxiv hujjatlarining ular bilan ishlashning barcha uchastkalarida saqlanishini, ishlar texnologiyasi talablariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, shuningdek arxiv tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro oqilona hamkorligini ta’minlashi lozim. Asosiy maqsaddagi xonalarga quyidagilar kiradi:
arxiv saqlovxonasi;
arxiv xodimlarining ish xonalari;
arxiv hujjatlarini qabul qilish va vaqtincha saqlash, maqbul iqlim yaratish uchun xonalar;
zararlangan arxiv hujjatlarini izolatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya qilish xonalari;
arxiv hujjatlarini changdan tozalash, muqovalash va ta’mirlash xonalari;
arxiv hujjatlari (mikro, ksero, foto nusxalarini olish, fotota’mirlash va boshqalar)dan nusxa olish va ta’mirlash, plyonkani qayta ishlash va audiovizual hujjatlarni texnik nazoratdan o‘tkazish xonalari;
hisob hujjatlarini saqlash xonalari;
o‘quv zali majmui (yig‘majildlarni berish maydonlari, ma’lumot-qidiruv vositalari - vaqtinchalik saqlovxonalar bilan);
ilmiy-ma’lumotlar kutubxonasi;
metodik kabinet;
ko‘rgazma zali.
Arxivlarni moslashtirilgan bino va xonalarda joylashtirish binolar belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Ekspertiza binoning yong‘inga chidamlilik darajasini, asosiy konstruksiyalari va qavatlar orasidagi to‘siqlarni ularning potensial yuklamani hisobga olgan holdagi mustahkamligini, bino xonalarining holatini (qavatlarda, yerto‘lada, chordoqda), isitish va ventilatsiya tizimining mavjudligi va holatini aniqlaydi. Ekspertiza arxiv vakillari ishtirokida, tegishli organ va xizmatlar vakillarini jalb etgan holda o‘tkaziladi. Ekspertiza yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.
Arxivni mustahkam bo‘lmagan, yog‘ochdan qurilgan, asosiy, yerto‘la va chordoq xonalari zax bo‘lgan, pech yordamida isitiladigan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arxiv hujjatlarini saqlash uchun mo‘ljallangan moslashgan binolardagi xonalar shu binoning boshqa xonalaridan ajratilgan bo‘lishi kerak. Arxiv hujjatlarini umumiy ovqatlanish xizmati, oziq-ovqat omborlari, yong‘in chiqish xavfi kuchli bo‘lgan hamda agressiv moddalar yoki yong‘in chiqishi xavfi mavjud va kimyoviy texnologiyalar qo‘llaniladigan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
56. Arxiv saqlovxonasi maksimal darajada arxivning laboratoriya, ishlab chiqarish, maishiy xonalaridan uzoqda joylashtirilishi va ular bilan umumiy ventilatsiya kanallariga ega bo‘lmasligi kerak. Arxiv saqlovxonalarida suv ta’minoti va kanalizatsiya, suvni texnologik va maishiy chiqarish quvurlari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arxiv saqlovxonasi tabiiy yoki sun’iy ventilatsiyaga ega bo‘lishi kerak. Konditsionerlash tizimlari havoning almashish darajasi 2-3 bo‘lgan havoni retsirkulatsiyalash, muqim harorat va namlik rejimini ta’minlashi, havoni changdan va agressiv aralashmalardan tozalash, shuningdek zamonaviy ixchamlik va tejamkorlik talablariga javob berishi kerak.
57. Arxiv joylashgan bino, arxiv saqlovxonalaridagi yong‘inga qarshi rejim O‘zbekiston Respublikasining yong‘in xavfsizligiga oid tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
58. Arxivni qo‘riqlash tartibi muhandis-texnik mustahkamligini ta’minlash, arxiv binosini (xonasini) signalizatsiya vositalari bilan jihozlash, xonalarni muhrlash, xizmat xonalarining kalitlarini saqlashni ta’minlash bo‘yicha kompleks choralar orqali ta’minlanadi.
Arxiv saqlovxonalari va arxiv hujjatlari doimiy yoki vaqtincha saqlanadigan xonalar, shuningdek moddiy boyliklar, binodan avariya va zaxira chiqish yo‘llari, kunu-tun qo‘riqlash posti bo‘lmagan hollarda esa — asosiy kirish yo‘li qo‘riqlash signalizatsiyalari bilan albatta jihozlanishi va muhrlanishi lozim.
Arxiv saqlovxonalaridan vaqtincha berilgan arxiv hujjatlari, hisob hujjatlari, ilmiy-ma’lumot apparati saqlanadigan xonalar muhrlanmaydigan bo‘lsa — shu hujjatlar saqlanadigan metall shkaflar, seyflar muhrlanishi lozim.
Arxiv hujjatlari doimiy yoki vaqtincha saqlanadigan arxiv saqlovxonalari va boshqa xonalar buzib ochilishga qarshi, texnik jihatdan mustahkam, yuqori maxfiylikka ega qulflar o‘rnatilgan eshiklar bilan jihozlanadi.
Kalitlarning hamma nusxalari (maxsus maxfiylik tartibi o‘rnatilgan xonalardan tashqari) arxiv xonalari qulflariga mo‘ljallangan kalitlarni hisobga olish jurnalida hisobga olinadi, uni yuritish arxiv rahbarining buyrug‘i bilan mas’ul mansabdor shaxsga yuklanadi. Mazkur jurnalda xonalarning har biriga mansub kalitlar qaysi xodimda borligi o‘sha xodimning mazkur kalit nusxasini olganligi to‘g‘risidagi tilxati bilan belgilanadi.
Arxivning barcha xonalari kalitlari ikki komplekt bo‘lgan qulflar bilan ta’minlanishi, kalitlarning bittasi arxivning qo‘riqlash xizmatida doimo bo‘lishi kerak.
Ish vaqtida va ishdan tashqari vaqtda kalitlarning saqlanish tartibi, qo‘riqlash xizmatidan kalitlarni olish, qo‘riqlash xizmatiga kalitlar va xonalarni topshirish belgilangan tartibda tasdiqlangan arxivni qo‘riqlash tartibi haqidagi yo‘riqnomada belgilanadi.
Ish vaqtida xodimlar arxiv saqlovxonasida ishlamayotgan bo‘lsa saqlovxonalar qulflangan bo‘lishi kerak. Ish vaqtida arxiv saqlovxonalarining kaliti saqlovxona mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxsda bo‘ladi.
Arxiv saqlovxonasiga ushbu arxiv saqlovxonasi mudiri va xodimlari, shuningdek arxiv rahbari va uning o‘rinbosarlari, fondlarning bosh saqlovchisi kirish huquqiga ega. Kerak bo‘lganda yangilanadigan, arxiv saqlovxonasiga kirish huquqiga ega shaxslar ro‘yxati qo‘riqlash postida bo‘lishi kerak. Arxivning boshqa xodimlari arxiv saqlovxonasiga faqat bo‘lim mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi. Boshqa shaxslar, istisno hollarda, faqat arxiv rahbarining yozma ruxsati va bo‘lim mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi.
Arxiv hujjatlarini, qimmatli materiallar, ilmiy-ma’lumotnoma kutubxonasi kitoblari, shuningdek ilmiy-ma’lumotnoma apparatini arxivdan olib chiqishga faqat belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnoma bilan ruxsat etiladi.
59. Havo almashinish tizimlari bilan jihozlangan qog‘oz asosidagi arxiv hujjatlari saqlanadigan arxiv saqlovxonalarida me’yordagi harorat va namlik ta’minlanadi: harorat 17 — 19 °C, havoning nisbiy namligi 50 — 55%.
Audiovizual va elektron hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun amal qilinishi shart bo‘lgan havoning harorat-namlik ko‘rsatkichlari quyidagi jadvaldagi normalarga muvofiq bo‘lishi kerak:
Iqlimni boshqarib bo‘lmaydigan arxiv saqlovxonasida harorat-namlik rejimini maqbullashtirish chora-tadbirlari maqbul isitish va xonani shamollatish, shuningdek havoni namlash va quritishning mexanik usullarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Harorat (+/- 5S) va havo nisbiy namligining (+/- 10%) keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Havo nisbiy namligi 70 — 90% gacha oshib boradigan harorat-namlik rejimining uzoq muddat (3 kun va undan ortiq) buzilishi kuzatilganda uni me’yorlashtirish (intensiv shamollatish, arxiv saqlovxonasini quritish) choralari ko‘riladi.
Arxiv hujjatlarini texnik jihatdan qayta ishlash jarayonida ularni vaqtinchalik saqlash (2 oygacha) harorati 20 +/-5 S, havoning namligi 50 +/-20 % bo‘lgan, harorat-namlik rejimini muvofiqlashtirib bo‘lmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi.
Harorat-namlik rejimi xona va tashqaridagi harorat konditsionerlar o‘rnatilgan xonalarda – 1 haftada 1-martadan kam bo‘lmagan, muvofiqlashtirilmagan harorat mavjud bo‘lgan arxiv saqlovxonalarida – 1 haftada 2-marta, tartib buzilganda esa – 1 kunda 1-marta harorat-namlik holatini tizimli o‘lchash orqali nazorat qilinadi.
Nazorat-o‘lchash asboblarining ko‘rsatkichi, shuningdek asboblar ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini tekshirish va ularning buzilishi holati aniqlanganda harorat-namlik rejimini me’yorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar ham maxsus ro‘yxatga olish jurnallarida qayd etiladi.
Nazorat-o‘lchash vositalari nomenklaturasi, shuningdek xona va tashqaridagi havo parametrlarini o‘lchash va ro‘yxatga olish tartibi amaldagi me’yoriy va uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi.
60. Arxiv hujjatlarini saqlash qorong‘i xonalarda amalga oshiriladi. Bu arxiv hujjatlarini muqovalar, papkalar, qutilar, yopiq turdagi shkaflar, stellajlarda, shuningdek belgilangan yorug‘lik shartlariga rioya etgan holda ta’minlanadi.
Arxiv saqlovxonasini yoritish tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin; arxiv hujjatlari derazali va derazasiz xonalarda joylashtirilishi mumkin. Derazasiz xonalarda arxiv saqlovxonasini joylashtirishga belgilangan tartibda havo almashishi uchun sun’iy yoki tabiiy havo ventilatsiyasi mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.
Arxiv saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga derazada yorug‘likni tarqatuvchi oynalar yorug‘likni avtomatik ravishda boshqaruvchi vositalar, himoya filtrlari, jalyuzlar, pardalar va shu kabilar o‘rnatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Arxiv hujjatlarini tabiiy yoki sun’iy yorug‘likning salbiy ta’siridan himoya qilish arxivning barcha xonalarida arxiv hujjatlari bilan ishlashning barcha turlarida amalga oshiriladi.
61. Saqlovxonalardagi sanitariya-gigiyenik sharoit tozalik va tartibga rioya etish, hasharot, kemiruvchilar va mog‘or, chang paydo bo‘lishining oldini olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Arxiv saqlovxonalarida nam vositalar bilan tozalash, har yili chang yutgich vositasi yordamida stellajlar, shkaflar, saqlash vositalari (quti, bog‘lam, papkalar)dagi changlarni tozalash ishlari muntazam ravishda olib borilishi shart. Bunda devorning pastki qalin qismiga yaqin joylashgan stellajlar, pol, plintuslar, deraza tokchalari suvli antiseptik moddalar bilan artib tozalanadi.
Arxiv saqlovxonalariga ustki kiyim-boshlarda, toza bo‘lmagan oyoq qiyimlarda kirish, u erda keraksiz narsalarni, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, shuningdek chekish taqiqlanadi.
Arxiv saqlovxonalarida barqaror mikroiqlimning shamollatilmaydigan zonalari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan erkin havo sirkulatsiyasi ta’minlanadi. Arxiv hujjatlarini erda, deraza tokchalarida va tartibsiz holda saqlash taqiqlanadi.
Issiq kunlarda arxiv xonalarining ochiluvchi derazalari ko‘pi bilan 0,5 mm diametrli to‘rlar bilan qoplanadi, shuningdek tashqi devor, shift va pollardagi ventilatsiya teshikchalari ham himoya to‘rlari bilan qoplanadi.
Arxiv hujjatlarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan mog‘or va hasharotlarni aniqlash maqsadida har yili ikki marta (isitish davri boshlanishi va tugallanishida) arxiv hujjatlari majburiy ravishda entomologik va mikologik tekshirishdan o‘tkaziladi. Biologik zararkunandalar aniqlanganda arxiv hujjatlari saqlanadigan xonalar va vositalarda tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Sanitariya-gigiyena ishlarini amalga oshirish uchun sanitariya kunlari rejalashtiriladi.
62. Arxiv saqlovxonalari turg‘un yoki ko‘chma temir stellajlar bilan jihozlanadi. Yong‘in va biologik zararkunandalarga qarshi vositalar bilan qayta ishlangan va yaroqli holatdagi yog‘och stellajlardan ham foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Yordamchi yoki maxsus jihoz sifatida temir shkaflar, seyflar, shkaf-stellajlar, shuningdek temir to‘siqlar va tokchali turg‘un otsek-bokslardan ham foydalanish mumkin.
Kinohujjatlar, rulonli mikrofilmlar gorizontal shaklda archa turidagi temir yoki plastik qutilarda yoki turg‘un stellajlarda saqlanadi. Triatsetat asosidagi yonuvchi kinohujjatlar qattiq yopilmaydigan kino tasmalardan chiquvchi sirka kislotasi to‘planishining oldini olish uchun teshikli temir yoki plastik qutilarda saqlanadi.
Videohujjatlar vertikal holatda qutilarda saqlanadi.
Magnit qatlamli ferromagnit temir stellajlarda arxiv hujjatlarini saqlash mumkin emas; po‘lat stellajlardan ayrim hollarda magnitlanmagan va stellajlarning konturlari birlashtirish (stellajning temirli qismini yaxshi joylashtirish maqsadida elektr simi bilan birlashtirish)da foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Tabiiy yoritiluvchi arxiv saqlovxonalarida ochiq turdagi stellaj va shkaflar devorning deraza tomoniga perpendikulyar ravishda o‘rnatiladi. Derazasiz arxiv saqlovxonalarida stellajlar va shkaflar xonaning xususiyati, jihoz konstruksiyasi va uni joylashtirish me’yorlarini hisobga olgan holda o‘rnatiladi. Binoning tashqi devorlari va isitish manbalariga yaqin holatda stellajlar, shkaflar va boshqa qurilmalarni o‘rnatish mumkin emas.
Turg‘un stellajlar va shkaflar arxiv saqlovxonalarida quyidagi me’yorlarga amal qilgan holda o‘rnatiladi:
stellajlarning qatorlari orasidagi masofa (asosiy o‘tish yo‘li kengligi) — 120 sm;
stellajlar oralig‘idagi masofa (o‘tish yo‘li) — 75 sm;
binoning tashqi devori va devorga parallel joylashgan stellajlarning o‘rtasidagi masofa — 75sm;
tashqi devor bilan stellaj yoki shkafning yon tomoni oralig‘idagi masofa — 45 sm;
pol bilan stellajning pastki tokchasi (shkaf) oralig‘idagi masofa — kamida 15 sm, yon pastki qavatda — kamida 30 sm.
Tortib chiqariladigan qutilardan iborat bo‘lgan jihozlar uchun, o‘tish masofalari ularning turi va hajmini hisobga olgan holda mo‘ljallanadi.
Qog‘ozli manbalardagi arxiv hujjatlari temir stellajlar va shkaflarda gorizontal yoki vertikal shaklda, qutilarda va boshqa turdagi saqlash vositalarida (papka, futlyarlar va shu kabilarda) saqlanadi.
Audiovizual yoki elektron saqlov birliklari germetizatsiyalanmagan individual qutilarga joylashtiriladi. Bunda quti ichida arxiv hujjatining erkin holatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
63. Arxiv saqlovxonasida arxiv hujjatlari saqlovini tashkil etish hujjatlarni oqilona joylashtirish, ularning harakati va fizik holatini nazorat qilish, sug‘urta fondini va hujjatlardan foydalanish fondini tashkil etish maqsadida hujjatlardan nusxa ko‘chirish, zararlangan yoki o‘chgan hujjatlarning birlamchi va birlamchi holatga yaqin fizik holatini tiklash (ta’mirlash) tadbirlari tizimini o‘z ichiga oladi.
64. Arxiv hujjatlari saqlovxonasida arxiv hujjatlari ularni saqlash, shuningdek tezkor qidiruvini va kompleks hisobini yuritish ishlarini ta’minlashni nazarda tutgan holda joylashtiriladi.
Arxiv fondlarini joylashtirish arxiv rahbari tomonidan tasdiqlanadigan reja (sxema) asosida amalga oshiriladi. Zarur h | 69 | 63,595 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | Daryolar, soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, suv xo‘jaligi obyektlari hamda boshqa barcha suv manbalarini sanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa obyektlarning zararli ta’siridan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tegishli suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ishlarini ularning ustivorligidan kelib chiqib o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza kilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibini, shuningdek, suv resurslarining ifloslanishi, bulg‘anishi va tanqisligining oldini olish, suv obyektlaridan samarali foydalanish va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun ushbu zonalarda xo‘jalik faoliyatini yuritish rejimini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar va daryolar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlar) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek, buloqlar va boshqa obyektlar;
suv xo‘jaligi obyekti — suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xo‘jaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi — jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suvni manbadan olish, tozalash, zararsizlantirish, uzatish va saqlash inshootlari hamda suvni yetkazib beruvchi yopiq quvurli tarmoqlardan iborat suv xo‘jaligi inshootlar kompleksi;
suv sathi chizig‘i — suv sathining suv obyekti o‘zani (qirg‘oq) bilan kesishgan chizig‘i;
suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi;
suvni muhofaza qilish zonasi — sanitariya holatini zarur darajada saqlash, suvning ifloslanishi va bulg‘anishining hamda suv obyektlarini tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan loyqa bosishining oldini olish, shuningdek, qulay suv rejimini tashkil etish va ushlab turish maqsadida maxsus foydalanish rejimi va xo‘jalik faoliyati yuritish o‘rnatiladigan suv obyektlarining o‘zanlari yoki atrofiga tutash tabiiy hudud;
suv fondi yerlari — suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
sohil bo‘yi mintaqasi — tabiiy yer usti suv obyektlari, shuningdek, foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan suv xo‘jaligi obyektlarining suvni muhofaza qilish zonasi doirasida suv obyekti bo‘ylab yoki uning atrofida suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash hamda suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritish uchun qat’iy rejim o‘rnatiladigan tabiiy hudud;
sanitariya-muhofaza zonasi — ichimlik, maishiy va davolash-sog‘lomlashtirish maqsadlari uchun foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan suv obyektlariga tutash, rejim asosida muhofaza etiladigan, ularni sanitariya-epidemiologik jihatidan ishonchliligini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan tabiiy hudud;
sanitariya-himoya mintaqasi — foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi, shuningdek, mineral suvlar va boshqa davolash vositalari manbalarining sanitariya-muhofaza zonasi ichida ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash hamda xo‘jalik-ichimlik suvini oqilona boshqarish, hisobini yuritish uchun qat’iy rejimda tashkil qilinadigan tabiiy hudud;
er usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari — daryolarning uvalarida, yoyilma konuslarda, tog‘ yonbag‘irlarining etaklarida tashkil qilinadigan va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
baliq xo‘jaligi zonalari — suv obyektlarini yoki ularning qismlarini o‘z ichiga oladigan, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun, shuningdek, baliq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.
3. Suv obyektlarining bulg‘anishi, ifloslanishi, qurib qolishi va tuproq eroziyasi mahsulotlari bilan loyqa bosishining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, shuningdek, qulay suv rejimini saqlash, suv obyektlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash va tiklash ishlarini olib borish uchun normal shart-sharoit yaratish maqsadida qonunchilikka muvofiq suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari belgilanadi va ulardan sohil bo‘yi mintaqalari uchun yer maydonlari ajratiladi.
4. Jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik-ichimlik va davolash-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan suvlarni muhofaza qilish uchun qonunchilikka muvofiq suv obyektlarining sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi va ulardan sanitariya-himoya mintaqalari uchun yer maydonlari ajratiladi.
5. Sohil bo‘yi mintaqalari va sanitariya-muhofaza zonalari birinchi mintaqalarining yerlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan xo‘jalik faoliyatidan olib qo‘yiladi hamda ulardan normal foydalanish uchun zarur bo‘lgan tabiatni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash hamda suv resurslarini oqilona boshqarish, hisobini yuritish va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida mansubligiga ko‘ra tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
Tabiiy suv obyektlari bo‘yicha bunday yerlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida bo‘ladi.
6. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari loyihalar asosida ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish hamda davlat geologiya va mineral resurslar organlari, shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning takliflari bo‘yicha belgilanadi.
7. Suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash, ulardan sohil bo‘yi mintaqalarini ajratish, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ulardan sanitariya-himoya mintaqalarini ajratish bo‘yicha loyihalar (keyingi o‘rinda loyihalar deb ataladi):
tabiiy suv obyektlari bo‘yicha — alohida har bir shunday suv obyekti bo‘yicha;
suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha — ularni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalari tarkibida yoki alohida ishlab chiqiladi.
8. Quyidagilar loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachilar hisoblanadi:
tabiiy yer usti suv obyektlari bo‘yicha — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari;
tabiiy yer osti suv obyektlari bo‘yicha — geologiya va mineral resurslar organlari;
suv xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalari tarkibida ishlab chiqilganda — ushbu loyihalarning ixtisoslashgan buyurtmachi tashkilotlari;
suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha alohida ishlab chiqilganda — ulardan foydalanuvchi tashkilotlar.
9. Loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti (keyingi o‘rinlarda “O‘zdaverloyiha” loyihalash instituti deb ataladi) tomonidan, zaruratga ko‘ra, boshqa loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.
10. Loyihalar dala tadqiqotlari va topografik izlanishlar, gidrologik, gidrogeologik, muhandislik-geologik, sanitariya-epidemiologik, agrotexnik, tuproq va geobotanik ma’lumotlar, murakkab geologik va gidrogeologik sharoitli suv obyektlari bo‘yicha esa qo‘shimcha ilmiy-tadqiqot ishlari hamda mazkur nizom talablari asosida ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkaziladi.
11. Suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalarining hududlarini belgilash va ajratish ishlari buyurtmachilarning loyiha hujjatlari asosidagi takliflariga binoan:
tuman va viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan suv obyektlari bo‘yicha — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining;
transchegaraviy, viloyatlararo va alohida ahamiyatga ega bo‘lgan suv obyektlari, shuningdek, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan kurortlar va sanatoriylarning mineral suv manbalari hamda boshqa davolash vositalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi.
12. Suv obyektlarida suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash hamda ajratish ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
a) buyurtmachi tashkilot tomonidan:
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash uchun dastlab tegishlicha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, suv xo‘jaligi organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, geologiya va mineral resurslar organlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi organlarining taqdimnomasini (xulosasini) olish ta’minlanadi;
“O‘zdaverloyiha” loyihalash institutini shartnoma asosida jalb qilgan holda suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash bo‘yicha loyihani belgilangan tartibda ishlab chiqish tashkil etiladi;
loyiha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari (suvi xo‘jalik-ichimlik va davolash-sog‘lomlashtirish maqsadlarida ishlatiladigan suv obyektlari bo‘yicha), geologiya va mineral resurslar organlari (tabiiy yer osti suv obyektlari bo‘yicha), suv xo‘jaligi organlari (er usti suv obyektlari bo‘yicha), shuningdek, manfaatdor boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkaziladi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi hamda belgilangan tartibda tegishlicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilinadi;
b) buyurtmachilar tomonidan suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash va ajratish bo‘yicha kiritilgan takliflar tegishlicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
13. Suvni muhofaza qilish zonasiga kiritilgan yerlar, daryolar, qurimaydigan soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi, shuningdek, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti va mineral suv manbalarining sanitariya-muhofaza zonalari birinchi mintaqasidan tashqari yerlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar hamda fuqarolardan olib qo‘yilmaydi va ushbu Nizom talablariga rioya qilingan holda ular tomonidan foydalanilishi mumkin.
14. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda muhandislik, irrigatsiya-melioratsiya, sanitariya-texnik va boshqa suv muhofaza tadbirlari rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
15. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalari ularning butun perimetri bo‘yicha belgilanadi va ularning doirasida sohil bo‘yi mintaqalari ajratiladi.
Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
sohilning 50 yil ichida yuvilishi (emirilishi) bashorat qilinadigan zona (yangi qurilish chegaralangan zona);
soylik, jarlik, sohil bo‘yi qiyaliklari, qiyaligi 5 gradusdan ko‘p bo‘lgan va nuragan yerlarni o‘z ichiga oluvchi eroziya jihatdan aktiv zonalar, suv omborlari va boshqa suv havzalariga bevosita tutashib ketadigan siljuvchi yer uchastkalar;
suv omborlari va boshqa suv havzalari suv sathining maksimal darajaga ko‘tarilishi sharoitida vaqtincha suv bosgan zonalar;
doimiy suv bosgan zonalar;
suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohillaridagi ihota daraxtzorlari.
16. Suvni muhofaza qilish zonasining chegaralari joyning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan holda, muvaqqat suv oqimlarining tabiiy va sun’iy suv ayrig‘ichlari, daryo vodiysi, yo‘l-transport tarmoqlari va boshqa muhandislik inshootlari chetlariga mos tushgan tarzda belgilanadi.
17. Suv omborlari sig‘imlarining suvni muhofaza qilish zonasi ichki chegarasi suvning normal ko‘tarilgan suv sathi chizig‘idan, boshqa suv havzalariniki esa o‘rtacha ko‘p yillik suv sathi chizig‘idan belgilanadi.
Suv omborlari to‘g‘oni, suv olish va suv chiqarish hamda boshqa inshootlari suvni muhofaza qilish zonasining ichki chegarasi ularning eng chekka konturlaridan (chegaralari) belgilanadi.
18. Suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi suv omborlari va boshqa suv havzalarining vazifasidan, ularga tutash yerlarning xususiyatlari hamda ulardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanish sharoitlari, shuningdek, joyning relyefidan kelib chiqqan holda, quyidagicha bo‘lishi mumkin:
katta suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 1,1 mlrd. kub metrdan 10 mlrd. kub metrgacha bo‘lgan) atrofida — 200 — 250 metr;
o‘rtacha suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 0,6 dan 1 mlrd. kub metrgacha bo‘lgan) atrofida — 150 — 200 metr;
kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 0,2 dan 0,5 mlrd. kub metrgacha bo‘lgan) atrofida — 100 — 150 metr;
juda kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sig‘imi 0,1 mlrd. kub metrdan kam bo‘lgan) atrofida — 50 — 100 metr.
Suv omborlari va boshqa suv havzalarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni to‘liq o‘rgangan holda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. Suv obyektlarida baliq xo‘jaligi zonalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va veterinariya organlarining taqdimnomasiga binoan belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Baliqchilik xo‘jaliklari sun’iy suv havzalarida suvni muhofaza qilish zonasining kengligi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va himoya qilish talablari e’tiborga olingan holda, alohida ishlab chiqiladigan loyihalar asosida belgilanadi.
Baliq xo‘jaliklari zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror ko‘paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Baliqchilik ahamiyatiga ega bo‘lgan suv havzalarida (suv omborlarida) xo‘jalik faoliyati suv havzasidan (suv omboridan) foydalanish bo‘yicha belgilangan tartiblarga rioya qilish va o‘z faoliyatini ta’minlash uchun mablag‘lar jalb qilish kafolatlangan tarzda suv havzasi egasi (suv ombori) va foydalanuvchi o‘rtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining yerlarida joylashgan kichik suv havzalari (suv omborlari) atrofidagi suvni muhofaza qilish zonalari joyning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi va ulardan sanitariya talablariga rioya qilingan holda foydalaniladi.
20. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohil bo‘yi mintaqasida xo‘jalik faoliyati qat’iy belgilangan rejimda yuritiladi.
Sohil bo‘yi mintaqasi tarkibiga suvni muhofaza qilish zonasi chegarasidagi cho‘milish joylari, turistlar uchun tomosha maydonlari, qirg‘oq kamarlari, tuproq siljishi xavfi bo‘lgan va nurashga moyil hududlar kiradi.
21. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohil bo‘yi mintaqalarining eng kam o‘lchamlari suv sig‘imi hisobga olingan holda, ularga tutash yerlarning (haydaladigan yerlar, pichanzor va boshqalar) turiga va qiyaliklarning tikligiga bog‘liq ravishda, suv omborlari va boshqa suv havzalaridan ishonchli foydalanish talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
Sohil bo‘yi mintaqalarining eng kichik kengligi haydaladigan yerlar va ko‘p yillik daraxtzorlar, o‘rmonlar hamda butazorlarda:
sohil nishabligi 3 gradusgacha bo‘lganda — 35 — 55 metr;
sohil nishabligi 3 gradusdan 8 gradusgacha bo‘lganda — 55 — 100 metr kenglikda belgilanadi.
Sohil nishabligi 8 gradusdan yuqori bo‘lgan hollarda sohil bo‘yi mintaqasining kengligi har bir holat uchun alohida belgilanadi.
Suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni to‘liq o‘rgangan holda sohil bo‘yi mintaqalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda sohil bo‘yi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Barcha holatlarda, sohil bo‘yi mintaqasining tashqi chegarasi suv omborlari va boshqa suv havzalarining tegishli suv sathi chizig‘idan boshlab 20 metrdan kam bo‘lmagan kenglikda belgilanadi.
22. Suv omborlari va boshqa suv havzalarining yuviladigan uchastkalarida sohil bo‘yi mintaqasining eng kam kengligi qirg‘oqning 5 — 10 yilda bashorat qilinadigan chekinishi miqdori hisobga olingan holda ko‘paytirilishi kerak.
23. Aholi punktlari doirasida suv omborlari va boshqa suv havzalari sohil bo‘yi mintaqalarining o‘lchamlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, shuningdek, favqulodda vaziyatlar, qurilish, suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tegishliligi bo‘yicha boshqa organlar bilan kelishilgan holda aniq sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
24. Baliqchilik xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan suv obyektlari uchun suvni muhofaza qilish zonasining kengligi veterinariya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, suv xo‘jaligi organlari o‘rtasida kelishiladi hamda kirg‘oqni mustahkamlash, qirg‘oqni himoya qilish va ekologiya talablarini buzmaslik kafolatlangan holda o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
25. Agar ushbu Nizomning 21 — 23 bandlariga muvofiq belgilangan sohil bo‘yi mintaqasining tashqi chegarasi suv ombori va boshqa suv havzasi uchun ajratilgan suv fondi erining chegarasiga nisbatan qirg‘oqqa yaqin bo‘lsa, sohil bo‘yi mintaqasi ajratilgan suv fondi erining chegarasi bo‘yicha belgilanadi, agar ajratilgan erdan narida bo‘lsa, sohil bo‘yi mintaqasining chegarasi ajratilgan suv fondi eri doirasidan tashqariga chiqishi mumkin.
26. Suvni muhofaza qilish zonalari ular egallagan hududlar kimga tegishli va kim tomonidan foydalanishidan qat’i nazar, doimiy yoki vaqtinchalik oqimga ega bo‘lgan barcha daryolar va qurimaydigan soylar bo‘ylab belgilanadi.
27. Suvni muhofaza qilish zonasiga qayirlar, yer osti suvlari sizib chiqqan yer uchastkalari, toshqin paytida suv bosadigan yer uchastkalari, qayir yuqorisidagi birlamchi terrasalar, o‘zak qirg‘oqlarining chetlari va tik qiyaliklari, daryo vodiysiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushuvchi jarliklar, ko‘chkili yer uchastkalari, qirg‘oqlarning yuvilgan uchastkalari kiradi.
28. Daryolarning suvni muhofaza qilish zonalarining ichki chegaralari o‘rtacha ko‘p yillik suv sathi chizig‘idan boshlab qabul qilinadi.
29. Daryolar va qurimaydigan soylarning suvni muhofaza qilish zonalarining kengligi geomorfologik, gidrogeologik sharoitlar hisobga olingan holda, tutash yerlardan foydalanish xususiyatiga hamda o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfiga ko‘ra quyidagi o‘lchamda qabul kilinishi mumkin:
yirik daryolarda (suv sarfi sekundiga 100 kub metrdan ortiq) — 300 — 500 metr;
o‘rtacha daryolarda (suv sarfi sekundiga 5 kub metrdan 100 kub metrgacha) — 100 — 300 metr;
kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrdan 5 kub metrgacha) — 50 — 100 metr;
juda kichik daryolarda (suv sarfi sekundiga 2 kub metrgacha bo‘lgan qurimaydigan soylar) — 35 — 50 metr.
Suvni muhofaza qilish zonasining kengligi daryoning butun uzunligi bo‘ylab, uning har bir bo‘lagida suv sarfiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
Daryolar va qurimaydigan soylarning suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni to‘liq o‘rgangan holda, suvni muhofaza qilish zonalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
30. Daryo va qurimaydigan soylarning suvni muhofaza qilish zonasi doirasida sohil bo‘yi mintaqasi ajratib ko‘rsatiladi.
Bu mintaqada xo‘jalik faoliyati yuritish va har qanday turdagi qurilish ishlari taqiqlanadi, suv xo‘jaligi obyektlarini qurish bundan mustasno.
Daryo va qurimaydigan soylar sohil bo‘yi mintaqasining kengligi o‘rtacha ko‘p yillik suv sathi chizig‘iga ko‘ra aniqlanadi hamda daryolarda ularga tutashib ketgan ekin maydonlariga va sohil qiyaligiga, shuningdek, daryolarning suv sarfiga bog‘liq ravishda quyidagi o‘lchamda belgilanadi:
haydaladigan yerlar va ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan maydonlarda sohil qiyaligi 3 gradusgacha bo‘lsa — 35 — 55 metr, 3 gradusdan ortiq bo‘lsa — 55 — 100 metr;
pichanzor va yaylovlarda sohil qiyaligi 3 gradusgacha bo‘lsa — 25 — 35 metr, 3 gradusdan ortiq bo‘lsa — 35 — 50 metr;
o‘rmon va daraxtzor-changalzor maydonlarda sohil qiyaligi 3 gradusgacha bo‘lsa — 35 — 55 metr, 3 gradusdan ortiq bo‘lsa — 55 — 100 metr.
Sohil bo‘yi mintaqasining eng katta o‘lchami yemiriluvchan (yuviluvchan) tuproqlarga tegishlidir.
Daryolar va qurimaydigan soylarning sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni to‘liq o‘rgangan holda sohil bo‘yi mintaqalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda sohil bo‘yi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tog‘ daryolari va qurimaydigan soylar uchun sohil bo‘yi mintaqa kengligi har bir aniq holatda tutashgan yerlardan foydalanish xususiyati va ularning suv holatiga tasiridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Aholi punktlari doirasida daryo va qurimaydigan soylarning sohil bo‘yi mintaqasining o‘lchamlari shaharsozlik bosh rejasini e’tiborga olib, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati, favqulodda vaziyatlar, qurilish, suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tegishliligi bo‘yicha boshqa organlar, shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, joylardagi aniq sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
31. Suvning holatiga ta’sir ko‘rsatishning oldini olish maqsadida suvi xo‘jalik-ichimlik va davolash-sog‘lomlashtirish maqsadlari uchun ishlatiladigan kanallar bo‘ylab suvni muhofaza qilish zonalari belgilanadi, ulardan sohil bo‘yi mintaqalari ajratiladi.
Suvi xo‘jalik-ichimlik va davolash-sog‘lomlashtirish maqsadlari uchun ishlatiladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalari kengligi geomofologik, gidrogeologik sharoitlar, ularga tutash yerlardan foydalanish xususiyati hisobga olingan holda belgilanadi hamda ularning normal suv sathi chizig‘idan quyidagi o‘lchamlarda qabul qilinadi:
suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 50 dan 100 kub metrgacha bo‘lgan kanallar uchun — 50 — 70 metr;
suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 100 dan 150 kub metrgacha kanallar uchun — 70 — 100 metr;
suv o‘tkazish qobiliyati sekundiga 150 kub metrdan ortiq bo‘lgan kanallar uchun — 100 — 150 metr.
Cuvi xo‘jalik-ichimlik va davolash-sog‘lomlashtirish maqsadlarida ishlatiladigan kanallar bo‘ylab suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda joylardagi haqiqiy holatni to‘liq o‘rgangan holda, suvni muhofaza qilish zonalari kengligining yuqori chegarasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda suvni muhofaza qilish zonalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu mintaqalarga nasos stansiyalar, suv oluvchi boshqa mashina va mexanizmlar o‘rnatish, suv olish va suv tashlash inshootlarini qurish faqat suv xo‘jaligi organlari, tozalangan oqava suvlarini tashlash holatlarida esa qo‘shimcha ravishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari hamda ulardan foydalanuvchi tashkilotlarning ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
32. Suvi sug‘orish va texnik ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv xo‘jaligi obyektlari, jumladan kanallar, ikki va undan ortiq fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadigan sug‘orish tarmoqlari, barcha kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘ylab, shuningdek, boshqa suv xo‘jaligi inshootlari atroflarida ulardan foydalanish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash hamda suv resurslarini oqilona boshqarish, hisobini yuritish va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida faqat sohil bo‘yi mintaqalari belgilanadi.
33. Sohil bo‘yi mintaqalarini belgilashda:
kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari suvini yer usti suv oqimlari bilan ifloslanishidan, ularning o‘zanlarini loyqa bosishdan, yon qiyaliklari (devorlari)ning yuvilish va o‘pirilish (ko‘chish) jarayonidan, suvning holatiga ta’sir etuvchi boshqa harakatlardan himoya qilishni;
kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash hamda suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritish, o‘zanlarni tozalashda chiqqan tuproqlarni joylashtirish, shuningdek, shamol eroziyasiga uchragan hududlarda ihotazorlar tashkil qilishni nazarda tutish lozim.
Kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari shaharlar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari ichidan o‘tgan hollarda ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish jarayonida chiqarilgan tuproqlar ushbu hududlardan texnikalar yordamida chiqarib tashlanadi hamda tuproq uyumlarini joylashtirish uchun sohil bo‘yi mintaqasiga qo‘shimcha yer maydoni ajratilmaydi.
34. Sohil bo‘yi mintaqalarining ichki chegaralari kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining normal suv sathi chizig‘idan boshlab belgilanadi. Tashqi chegarasi esa ulardan foydalanish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish, suv resurslarini boshqarish va hisobini yuritish uchun avtotransport, texnika, mashina va mexanizmlarning harakatlanishiga yo‘l bo‘lishni, o‘zanlarni tozalashdan chiqadigan tuproqlarni joylashtirish hamda shamol eroziyasiga qarshi kurashish uchun ihotazorlarni barpo qilishni e’tiborga olgan holda, ajratilgan yerlarning chegarasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
35. Sohil bo‘yi mintaqasi hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, boshqa suv xo‘jaligi obyektlari uchun ajratiladigan yer uchastkalari kengligi ularning namunaviy qirqimlari, shuningdek, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlari loyihalariga ko‘ra hamda ularning haqiqiy holatini joyida o‘rgangan holda yer ajratishning amaldagi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari sohil bo‘yi mintaqasi kengligining eng kam o‘lchami:
umumiy chuqurligi 0,75 — 2 m bo‘lgan ikki va undan ortiq fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadigan sug‘orish tarmoqlari normal suv sathi chiziqlari bo‘ylab kamida 5 metr;
umumiy chuqurligi 2 — 5 metr bo‘lgan kanallar va kollektor-drenaj tarmoqlari normal suv sathi chiziqlari bo‘ylab kamida 6,5 — 9 metr;
umumiy chuqurligi 5 — 10 metr va undan ortiq bo‘lgan kanallar va kollektorlar normal suv sathi chiziqlari bo‘ylab kamida 9,5 — 12 metr belgilanadi.
Kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari sohil bo‘yi mintaqalari kengligining eng kam o‘lchamlari ularning bo‘yida mavjud bo‘lgan va yangidan joylashtiriladigan tuproq uyumlari, shuningdek, tashkil qilinadigan ihotazorlar va boshqa xususiyatlarni e’tiborga olib sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda ko‘paytirilishi va aniqlik kiritilishi mumkin. Bunda sohil bo‘yi mintaqalari kengligining pastki chegarasini kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Temir-beton lotokli sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish, suvni boshqarish va hisobini yuritish hamda ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun bir tarafi bo‘ylab 4,5 metr, ikkinchi taraf bo‘ylab esa 1 metr kenglikda sohil bo‘yi mintaqasi ajratiladi.
36. Murakkab geologik va gidrogeologik yerlardan o‘tuvchi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqalari qo‘shimcha ilmiy-tadqiqot ishlari asosida belgilanadi.
37. Shaharlar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari doiralarida kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlari sohil bo‘yi mintaqalarining o‘lchamlari shaharsozlik bosh rejasini e’tiborga olib, atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati, favqulodda vaziyatlar, qurilish, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, suv xo‘jaligi va tegishliligi bo‘yicha boshqa organlar, shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, aniq sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
38. Kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash bo‘yicha loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan hududlar belgilangan tartibda tegishlicha ulardan foydalanuvchi suv xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarga hamda suv iste’molchilari uyushmalariga ajratib beriladi.
39. Barcha foydalanilayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimlarining sanitariya-epidemiologik jihatidan ishonchliligini ta’minlash maqsadida suv manbalarining hamda xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi inshootlarining sanitariya-muhofaza zonasi va sanitariya-himoya mintaqasi belgilanadi.
Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi obyektlari atrofida sanitariya-muhofaza zonalari va sanitariya-himoya mintaqalari, mineral suvlar va boshqa davolash vositalari atrofida esa sanitariya-muhofaza zonalari tegishliligi bo‘yicha belgilanadi va ajratiladi.
40. Yer usti va yer osti suv manbalarining xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti uchun suv olish joylaridagi sanitariya-muhofaza zonasi uch mintaqadan iborat:
birinchi mintaqa — qat’iy tartibli mintaqa;
ikkinchi va uchinchi mintaqalar — xo‘jalik faoliyati cheklangan tartibli mintaqalar.
41. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti yer usti manbalarining sanitariya-muhofaza zonasi birinchi mintaqasining chegaralari suv olish joylaridan quyidagicha masofada belgilanadi:
a) daryo va kanallar uchun:
oqim bo‘ylab yuqoriga — kamida 200 metr;
oqim bo‘ylab quyiga — kamida 100 metr;
suv olish joyiga tutashib ketuvchi sohil bo‘ylab yoz-kuz oylaridagi suv sathi chizig‘i bo‘yicha kamida 100 metr;
qarama-qarshi sohil tomon yo‘nalishda:
daryo va kanallar kengligi 100 metrdan kam bo‘lganda — yoz-kuz oylaridagi suv sathi chizig‘idan ularning o‘zanlari bo‘ylab 50 metr;
daryolar va kanallar kengligi 100 metrdan ko‘p bo‘lganda — ularning o‘zanlari bo‘ylab kengligi kamida 100 metr mintaqa;
b) suv omborlari va ko‘llar uchun:
akvatoriya bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda — kamida 100 metr;
suv olinadigan joyga tutashib ketuvchi sohil bo‘yicha suv omborida — normal ko‘tarilgan suv sathi chizig‘idan, ko‘lda yoz-kuz mavsumidagi suv sathi chizig‘idan kamida 100 metr.
42. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti yer usti manbalarining sanitariya-muhofaza zonasining ikkinchi mintaqasi chegaralari quyidagicha belgilanadi:
a) daryo va kanallar uchun:
oqim bo‘ylab yuqoriga, shu jumladan irmoqlar, — daryo va kanallar kengligi va uzunligi bo‘yicha suv oqimi o‘rtacha tezligidan hamda yoz-kuz mavsumida suv sathining o‘rtacha oylik suv sarfi 95 foiz ta’minlanganda, suvning mintaqa chegarasidan suv olish joyigacha oqib kelish vaqtidan kelib chiqqan holda kamida 3 sutka;
oqim bo‘ylab quyiga — birinchi mintaqa chegarasidan kamida 250 metr;
yon tomondagi chegaralar — yoz-kuz mavsumidagi suv sathi chizig‘ida tekis relyefda 500 metr, tog‘li relyefda — daryo yoki kanal tomonga qaragan birinchi qiyalikning yuqorisigacha, lekin qiyalama nishablikda 750 metrdan va tik qiyalikda 1000 metrdan ko‘p bo‘lmagan;
b) suv omborlari va ko‘llar uchun:
akvatoriya bo‘ylab barcha yo‘nalishlarda shamollar soni suv olish joyiga tomon 10 foizgacha bo‘lganda 3 kilometr masofagacha, shamollar soni 10 foizdan ortiq bo‘lganda 5 kilometrgacha;
yon tomondagi chegaralar — suv omborida normal ko‘tarilgan suv sathi va ko‘lda suvning yoz-kuz mavsumidagi suv sathi chizig‘idan tekis relyef bo‘lganda 500 metr masofada, tog‘lik relyefda — suv ombori yoki ko‘lga qaragan birinchi qiyalikning yuqorisigacha, lekin yotiqroq qiyalikda 750 metrdan va tikroq kiyalikda 1000 metrdan ko‘p bo‘lmagan.
43. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti yer usti manbalari sanitariya-muhofaza zonasining uchinchi mintaqasi chegaralari daryo va kanallar oqimi bo‘ylab yuqoriga va quyiga yoki ikkinchi mintaqa uchun bo‘lganidek, suv ombori va ko‘llarning akvatoriyasi bo‘ylab barcha tomonlarga, yon tomondagi chegaralar — suv ayirgich bo‘ylab, biroq daryo va kanallar yoki suv omborlari va ko‘llardan 3 — 5 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan masofada bo‘lishi kerak.
44. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti yer osti manbai sanitariya-muhofaza zonasining birinchi mintaqasi chegaralari yakka suv olish joyidan (tik quduq, kon qudug‘i, suv yig‘gich) yoki guruhli suv olishda eng chekkadagi suv olish inshootidan boshlab quyidagicha masofada belgilanishi kerak:
muhofaza qilingan yer osti suvlaridan foydalanilganda — 30 metr;
yetarlicha muhofaza qilinmagan yer osti suvlaridan foydalanilganda — 50 metr;
infiltratsion suv olish joylarida suv manbaining yuzasidan kamida 150 metr;
o‘zan osti suv olish joylarida yoki infiltratsion suv olish joyini ta’minlovchi uchastkada — ushbu Nizomning 43-bandiga muvofiq suv ta’minoti yer usti manbaning birinchi mintaqasi zonasiga o‘xshash;
yer osti suvlari zaxiralari yopiq tipdagi infiltratsion inshootdan sun’iy ravishda to‘ldirilganda — 50 metr, ochiq tipda — 100 metr.
45. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti yer osti manbai sanitariya-muhofaza zonasi ikkinchi mintaqasining chegarasi iqlim rayonlariga va mikrob bilan ifloslanishining suv olish joyiga qadar 100 dan 300 sutkagacha siljishi hisobga olingan holda muhofazalanganligiga ko‘ra belgilanadi.
46. Ushbu zonaning uchinchi mintaqa chegarasi suvning kimyoviy ifloslanishi suv olish joyiga siljishi vaqtiga ko‘ra aniqlanadi. U suv olish joyidan foydalanishning qabul qilingan muddatidan ortiq bo‘lishi, lekin 25 yildan kam bo‘lmasligi kerak.
Suv saqlaydigan qatlamning infiltratsion ta’minot sharoitida sanitariya-muhofoza zonasining ikkinchi va uchinchi mintaqalarini ushbu Nizomning 42 va 43-bandlariga muvofiq suv ta’minoti yer usti manbaining ikkinchi va uchinchi mintaqalari chegaralariga mutanosib ravishda qabul qilish kerak.
47. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi inshootlari (nasos stansiyalari, suvni tayyorlash stansiyalari, sig‘imlar) sanitariya-muhofaza zonalari birinchi mintaqa chegarasidan va uning atrofida sanitariya-himoya mintaqasi (qo‘riqlash zonasi)dan iborat bo‘lishi kerak.
48. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi inshootlari hududi sanitariya-muhofaza birinchi mintaqasining chegarasi maydonning o‘rab olinishiga mos keladi va quyidagi masofada bo‘lishi kerak:
toza suv sig‘imlari devoridan, filtrlardan, kontaktli yoritgichlardan — kamida 30 metr masofada;
qolgan boshqa inshootlardan va xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimlari minorasidan kamida 15 metr masofada.
49. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti manbai sanitariya-muhofaza zonasining ikkinchi mintaqasi tashqarisida joylashgan xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimlari inshootlarining to‘siqlari atrofidagi sanitariya-himoya mintaqasi kamida 100 metr kenglikka ega bo‘lishi kerak.
50. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi bo‘ylab sanitariya-himoya mintaqalari belgilanadi, ularning kengligi eng chekkadagi suv tarmog‘idan boshlab hisoblanadi:
suv tarmog‘i qurilishi tugallangan hududda quruq tuproqqa yotqizilganda — diametri 1000 millimetrgacha bo‘lganda kamida 10 metr va diametri undan katta bo‘lganda kamida 20 metr, nam tuproqda — diametridan qat’i nazar, kamida 50 metr;
qurilish ishlari amalga oshirilgan hududda sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi organlari bilan kelishilgan holda, mintaqa kengligining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘lchamlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
51. Aholini davolash va madaniy-sog‘lomlashtirish maqsadlarida foydalaniladigan mineral suv manbalari, shifobaxsh balchiq olinadigan joylar, mineral ko‘llar atrofida davolash manbalarining tabiiy fizik va kimyoviy xossalarini saqlash, shuningdek, ularni buzilishdan, ifloslanishdan hamda kamayib ketishidan asrash maqsadida sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi.
Bir yoki bir-biriga bog‘liq bir necha mineral suv konlaridan, aralash cho‘milish joylaridan va boshqa tabiiy davolash vositalardan foydalanilganda ular uchun yagona sanitariya-muhofaza zonasi belgilanishi mumkin.
52. Sanitariya-muhofaza zonasi qat’iy tartibli, cheklangan va kuzatuv kabi uch zonaga bo‘linadi.
53. Birinchi zona mineral suvlar yuzaga chiqadigan, shifobaxsh balchiq konlari, mineral ko‘llar, suvidan davolash maqsadlarida foydalaniladigan ko‘rfazlar, cho‘milish joylari, shuningdek, dengizning sohil bo‘yi mintaqasi va cho‘milish joylariga tutashib ketuvchi, kengligi kamida 100 metrli hududni qamrab oladi.
54. Ikkinchi zona:
er usti suvlarning mineral suvlar yuzaga chiqadigan joyga, shifobaxsh balchiq konlariga, mineral ko‘llar va ko‘rfazlarga, mineral manbalar hosil qilishda ishtirok etuvchi mineral va chuchuk suv sirkulatsiyaga uchraydigan yer yuzasidan uncha chuqur bo‘lmagan joylarga tomon oqishi yuz beradigan hududni;
mineral suvlar va shifobaxsh balchiqlar tabiiy hamda sun’iy saqlanadigan joylarni;
sanatoriy-kurort va dam olish tashkilotlari joylashgan hududni, shuningdek, loyiha hujjatlariga ko‘ra istirohat bog‘lari, o‘rmon-parklar va boshqa ko‘kalamzor joylar barpo qilish mo‘ljallangan hududlarni qamrab oladi.
Bunday yerlarni kurortning sanitariya-muhofaza zonasi uchun nazarda tutilgan qoidalarga rioya kilinmagan holda foydalanish mineral suv va shifobaxsh balchiqlarning ifloslanishi, ular tarkibining o‘zgarishi yoki miqdorining kamayib ketishi yoxud tabiiy davolash vositalarining yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
55. Uchinchi zona (uning tashqi chegaralari sanitariya-muhofaza zonasi chegaralari bilan mos tushadi) gidromineral resurslar to‘yinadigan va shakllanadigan tevarak-atrofdagi barcha hududlar va ular atrofidagi o‘rmon daraxtzorlarni, shuningdek, sanitariya-muhofaza zonasi uchun belgilangan qoidalarga amal qilmagan holda xo‘jalik maqsadlarida foydalanilishi mineral suv va shifobaxsh balchiq konlarining gidrogeologik rejimiga, sanitariya va landshaft-iqlim sharoitlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga oladi.
56. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalariga kirgan yerlar, sohil bo‘yi va sanitariya-himoya mintaqalaridan tashqari yerlar ushbu yerlardan foydalanuvchi hamda ijarachilardan olib qo‘yilmaydi, ular tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya qilingan holda foydalaniladi.
57. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan:
daryolar va qurimaydigan soylarning sohil bo‘yi mintaqalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, yer uchastkalaridan samarali foydalanish maqsadida yerdan foydalanuvchi hamda ijarachilarga;
suv xo‘jaligi obyektlarining sohil bo‘yi mintaqalari ushbu obyektlardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash, suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritish, shuningdek, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish maqsadida ushbu obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlarga beriladi.
58. Kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining sohil bo‘yidagi tuproq uyumlari egallagan maydonlar ulardan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa tashkilotlarga o‘z mablag‘lari hisobidan tuproq uyumlarini olib tashlash yoki tekislash ishlarini bajarib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, tuproq uyumlarini qurilish materiallari sifatida ishlatish uchun muddatli (vaqtincha) foydalanishga yoki ijaraga shartnoma asosida berilishi mumkin.
59. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti va mineral suvlar manbalari sanitariya-muhofaza zonalarining birinchi mintaqalari yer uchastkalari bilan birgalikda suv olish va boshqa inshootlar qurish uchun belgilangan tartibda bu inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarga foydalanishga beriladi.
60. Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, qurimaydigan soylar, shuningdek, suvi xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti ehtiyojlari uchun ishlatiladigan kanallarning suvni muhofaza qilish zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga, begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan zaharli kimyoviy vositalarning har qanday turini qo‘llash va ko‘mish;
zaharli kimyoviy vositalar, pestitsidlar, gerbitsidlar va mineral o‘g‘itlar saqlanadigan omborlar, zaharli kimyoviy vositalar apparatlarini to‘ldiradigan maydonchalar, aviatsiya-kimyo ishlarini olib borish uchun uchish-qo‘nish yo‘llari qurish;
markazlashgan kanalizatsiya tarmoqlari bo‘lmagan yangi uy-joylar va turistik komplekslarni qurish;
kanalizatsiya-tozalash inshootlarini va oqava suvlarning turli xil sig‘imlarini (to‘plagichlarini) qurish;
yangi qabristonlarni joylashtirish va mavjudlariga yangi mayitlarni qo‘yish;
chorvachilik va parrandachilik fermalari, nobud bo‘lgan hayvonlar, chorva mollari, parrandalar va baliqlarni ko‘mish joylarini qurish;
chiqindi, shu jumladan kimyoviy va radioaktiv moddalarni ishlab chiqarish chiqindilarini joylashtirish, shuningdek, suyultirilgan go‘ngdan sug‘orishda foydalanish;
transport vositalari va boshqa texnikalar uchun to‘xtash joylari, yonilg‘i-moylash materialarini quyish shaxobchalari, tuzatiladigan, yuviladigan va texnik qarovdan o‘tkaziladigan joylar qurish;
qor qoplami ustidan o‘g‘it solish, tarkibida mahalliy go‘ng bo‘lgan oqava suvlarni zararsizlantirmasdan o‘g‘it sifatida foydalanish, shuningdek, tozalanmagan sanoat va xo‘jalik-maishiy oqava suvlarni tashlash;
chorva mollarini tartibsiz o‘tlatish, ayniqsa jarlik-botqoq joylarda, yaylovlarni payhon qilish;
daraxt va butalarni kesish, o‘rmonni parvarishlash uchun kesish va sanitariya kesish bundan mustasno.
Suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar va qurimaydigan soylar hamda yer osti chuchuk suv hosil bo‘ladigan hududlarning suvni muhofaza qilish zonalarida suvning holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi qurilish, kovlash, qirg‘oqlarni mustahkamlash va portlatish ishlarini olib borish, foydali qazilmalar va suv o‘tlarini olish, ularni qayta ishlash, quvurli tarmoqlar va kommunikatsiya kabellarini yotqizish, burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni bajarish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati va Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda favqulodda vaziyatlar va suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan holda faqat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suv omborlari va boshqa suv havzalarining tegishli suv sathlari chizig‘idan 2 kilometr masofagacha aviatsiya yordamida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlariga zararli kimyoviy vositalarni sepish taqiqlanadi.
61. Sohil bo‘yi mintaqasi doirasida ushbu Nizomning 60-bandida belgilangan cheklashlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar ta’qiqlanadi:
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda suv xo‘jaligi organlari, shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar roziligisiz hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ruxsatisiz qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish (yosh daraxt qatorlari orasiga ekilgan vaqtinchalik ekinlar bundan mustasno);
organik va mineral o‘g‘itlarni saqlash va qo‘llash;
chorva mollarini boqish va ularni saqlash joylarini tashkil etish;
har qanday turdagi doimiy va vaqtinchalik bino va inshootlar, shu jumladan molxona, o‘tinxona, hojatxona va boshqalar qurish (suv xo‘jaligi inshootlarini qurish bundan mustasno);
maxsus ajratilgan joylar tashqarisida palatkalar shaharchasini qurish, qayiqlar bog‘lab qo‘yiladigan joylar qilish;
mineral o‘g‘itlardan bo‘shagan idishlarni saqlash va yo‘q qilish;
mineral o‘g‘itlarni transportda tashish va sepishda qo‘llanilgan idishlar, mashina va asbob-uskunalarni tozalash va yuvish;
jun, kanop va teri yuvish.
Ushbu band qoidalari kanalizatsiya tizimiga yoki filtratsiyadan himoyalangan o‘ralarga ulangan, avvaldan mavjud uy-joylar, ommaviy dam olish hududlari va turistik majmualar uchun tadbiq etilmaydi.
62. Daryo o‘zanlarini o‘zgartirish, ulardan foydali qazilmalar qazib olish va suv obyektlari holatiga ta’sir qiladigan boshqa ishlarni bajarishga faqat favqulodda vaziyatlar, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda suv xo‘jaligi organlarining, shuningdek, davlat geologiya va mineral resurslar organlarining ruxsatnomasi belgilangan tartibda olingandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
63. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti yer usti va yer osti manbalari sanitariya-muhofaza zonasining birinchi mintaqasi hududida, shuningdek, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi inshootlari sanitariya-muhofaza zonasining birinchi mintaqasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi asosiy inshootlaridan tashqari qurilishning barcha turlari;
uy-joy va jamoat binolarini joylashtirish, odamlarning, shu jumladan xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimida ishlovchi xodimlarning yashashi;
xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi inshootlariga xizmat ko‘rsatuvchi quvurlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan quvurlarni o‘rnatish;
oqava suvlarni yer usti suv manbalariga chiqarish, cho‘milish, chorva mollarni sug‘orish va boqish, baliq ovlash, zararli kimyoviy vositalar, pestitsidlar, gerbitsidlar, mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llash, saqlash va ko‘mish, transport vositalarini yuvish;
barcha binolar suvni chiqarib tashlashning eng yaqin kanalizatsiya tizimiga ulangan, oqava suvlarni tozalash inshootlari birinchi mintaqa tashqarisiga joylashgan bo‘lishi kerak, kanalizatsiya mavjud bo‘lmagan taqdirda, sanitariya talablari hisobga olingan holda suv filtratsiya bo‘lmaydigan (sizmaydigan) handaklar qazilishi kerak;
er usti suv oqimini birinchi mintaqa tashqarisiga chiqarish ta’minlanishi kerak;
daraxtlarni sanitariya maqsadida kesish va ularni parvarish qilishga yo‘l qo‘yiladi.
64. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti yer usti va yer osti manbalari sanitariya-muhofaza zonasi ikkinchi mintaqasi hududida, shuningdek, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi inshootlari sanitariya-himoya mintaqasi doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
hududning maishiy chiqindilar, mahalliy go‘ng, sanoat va qurilish chiqindilari, maishiy oqavalar va boshqalar bilan ifloslanishi;
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari, o‘ra-chuqurlar, shlam saqlanadigan joylar va xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti manbalarining kimyoviy ifloslanishiga olib keluvchi boshqa inshootlarni joylashtirish;
nobud bo‘lgan hayvon, parranda va baliqlar ko‘miladigan joylar, qabristonlar, assenizatsiya va filtrlash dalalari, sug‘oriladigan yer uchastkalari, mahalliy go‘ng saqlanadigan joylar, silos saqlanadigan chuqurlar, chorvachilik va parrandachilik tashkilotlarini, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti manbalarining mikrob bilan ifloslanishiga olib keluvchi boshqa inshootlarni joylashtirish;
bevosita toshqin xavfi bo‘lgan davrda muzlagan yoki qor bilan qoplangan dalaga o‘g‘it solish, o‘g‘itlarni aviatsiya yordamida sepishda sochilib ketishiga yo‘l qo‘yish;
qum va shag‘al qazib olish, shuningdek, o‘zan tubini chuqurlash ishlari olib borish;
sanitariya-muhofaza zonalari birinchi mintaqasining tashqi chegaralaridan 500 metr masofada chorva mollari, shuningdek, parranda va baliq boqish.
65. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti yer usti va yer osti manbalarining sanitariya-muhofaza zonasi uchinchi mintaqasi hududida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari bilan kelishib amaldagi sanitariya normalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
66. Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimining sanitariya-himoya mintaqalari zonalarida hojatxonalar, yuvundi o‘ralar, mahalliy go‘ng saqlanadigan joylar, axlatxonalar hamda tuproq va yer osti suvlarining ifloslanishi uchun sharoit yaratuvchi boshqa inshootlar bo‘lmasligi kerak.
Chiqindixonalar hududida, assenizatsiya va filtrlash dalalari, qabristonlar, nobud bo‘lgan hayvonlar, parranda va baliqlar ko‘miladigan joylarda xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimini qurish taqiqlanadi.
67. Mineral suv manbalari, shifobaxsh balchiq konlari, mineral ko‘llarning sanitariya-muhofaza zonalari doirasida tuproq, suv, havoni ifloslantiruvchi, o‘rmonlar va boshqa daraxtzorlarga zarar yetkazuvchi, eroziya jarayonlari rivojlanishiga olib keluvchi hamda suvning tabiiy davolash xossalariga va hududning sanitariya ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi barcha ishlar taqiqlanadi.
Sanitariya-muhofaza zonalarida tabiiy davolash vositalarining zarur darajasidagi sanitariya holatini ta’minlovchi, shuningdek, davolanish va dam olish uchun qulay sharoitlar yaratuvchi sanitariya-sog‘lomlashtirish hamda boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
68. Birinchi zona hududida:
tabiiy davolash vositalaridan foydalanish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan fuqarolarning doimiy yoki vaqtincha yashashlari;
bino va inshootlar qurish, kon qazish va tuproq ishlari bajarilishi;
manbaning tabiiy davolash xossalariga va hududning sanitariya holatiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni qilish taqiqlanadi.
69. Ikkinchi zona hududida:
aholining davolanishi va dam olishi bilan bog‘liq bo‘lmagan bino va inshootlar qurish;
kurortning rivojlanishi va obodonchiligi bevosita bog‘liq bo‘lmagan kon ishlari va boshqa ishlarni bajarish;
shimuvchi quduqlar qurish;
sug‘oriladigan va yer osti filtratsiya maydonlar, qabristonlar, nobud bo‘lgan hayvonlar, parranda va baliqlar ko‘miladigan va chorva mollari ommaviy haydab o‘tiladigan joylarni tashkil qilish;
o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash maqsadida zaharli kimyoviy vositalarni qo‘llash;
yashil daraxtzorlarni chopib tashlash (o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish va sanitariya kesishlaridan tashqari) hamda yer uchastkalari, o‘rmonlar va suv havzalaridan davolash vositalari sifatining yomonlashuviga yoki ularning kamayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
70. Uchinchi zona hududida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari bilan kelishgan holda, tabiiy davolash vositalariga va hududning sanitariya holatiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan barcha ish turlariga yo‘l qo‘yiladi.
71. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining tavsiyasi bilan mahalliy sanitariya-gigiyena sharoitlarini hisobga olgan holda, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi obyektlari suvni muhofaza qilish zonalarida xo‘jalik faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar qo‘yishi mumkin.
72. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
73. Buyurtmachi:
loyihani ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda texnik topshiriq tayyorlaydi, uni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati (sanitariya-muhofaza zonasi bo‘yicha), qurilish va Qishloq xo‘jaligi vazirligi (obyekt shaharlar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari hududidan o‘tganda) organlari bilan kelishadi va uni tasdiqlaydi;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti bilan loyihani ishlab chiqish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomani rasmiylashtiradi.
74. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti:
suv xo‘jaligi, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimining rivojlanishini hisobga olgan holda, ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi normativlarga, atrof-muhit muhofazasi hamda yer tuzishning hududiy sxemalari va kompleks dasturlariga, tegishli joyning shaharsozlik bosh rejasi, shuningdek, mazkur nizomga amal qiladi;
suv inshootlari joylashgan yerlarning hamda yer osti suvlari sathi tushgan va ko‘tarilgan zona doirasidagi tutashib ketgan hududning zoogeografik, ov qilish xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, geobotanik, tuproq, o‘rmon xo‘jaligi, gidrogeologik xususiyatini o‘rganadi;
xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti manbai akvatoriyasining ixtiologik, baliq xo‘jaligi, gidrogeologik, gidrobiologik, gidrokimyoviy xususiyatini o‘rganadi (suv olish inshooti stvoridan 2 kilometr yuqori va 2 kilometr quyi zona hajmida);
sanitariya-epidemiologik vaziyat, shuningdek, flora va faunaning alohida muhofaza etiladigan turlari, suv inshootlari ta’siri zonasida joylashgan tabiat yodgorliklari, qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va o‘rganadi;
suvning ifloslanishi va bulg‘anishining oldini olish, unumdor yer maydonlarini va hududning mavjud tuzilishini eng ko‘p darajada saqlab qolish, yemirilish jarayonlarini, erning botqoqlanishini va boshqa zararli ta’sirlarni to‘xtatish hisobga olingan holda, suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash hamda amaldagi norma hamda qoidalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganadi va tekshiradi;
suvning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi inshootlar ro‘yxatini aniqlaydi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari, shuningdek, sohil bo‘yi va sanitariya-himoya mintaqalarining chegaralarini rejali-kartografiya asosga tushiradi hamda uchastka va er-suvning tartibi hisobga olingan holda umumiy maydonni aniqlaydi. Rejali-kartografiya asosida suvni muhofaza qilish zonasi va unga tutashib ketgan uchastka chegarasida oldin turli ehtiyojlar uchun ajratilgan barcha uchastkalar chegarasi ko‘rsatiladi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining o‘lchamlarini asoslovchi, inshootning atrof-muhitiga ta’siri darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tayyorlaydi;
inshootlarni qurish, suvning holatiga, hududning obodonchiligiga va boshqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, binolar va inshootlarni yopish yoki buzib tashlash yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
75. Buyurtmachi:
ishlab chiqilgan loyihani loyiha tashkiloti bilan birgalikda belgilangan tartibda tegishli tashkilotlardan ekspertizadan o‘tkazadi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash bo‘yicha tegishli takliflarni hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqib, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari (sanitariya-muhofaza zonasi bo‘yicha), suv xo‘jaligi (er usti suvlari bo‘yicha), geologiya va mineral resurslar (yer osti va mineral suvlar bo‘yicha), qurilish va “O‘zdavyergeodezkadastr” qo‘mitasi (obyekt shaharlar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari hududidan o‘tganda) organlari hamda suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishadi;
kelishilgan taklif va qaror loyihasini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda tegishlicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim qiladi.
76. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
77. Materiallarning komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
komissiya tarkibi;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalariga kiritiladigan yer uchastkalariga tavsif;
yer uchastkasidagi qurilishlar, inshootlar, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi inshootlari, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi, ko‘p yillik daraxtzorlar, ularning balans qiymati;
suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini ma’qullash to‘g‘risida komissiya xulosasi;
ekologiya va atrof-muhitni, moddiy madaniy me’ros obyektlarini muhofaza qilish, suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini, shuningdek, sohil bo‘yi va sanitariya-himoya mintaqalari uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiya etiladigan chora-tadbirlar;
komissiyaning ixtiyoriga ko‘ra boshqa masalalar.
78. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining komissiya tomonidan ma’qullangan chegaralari (hududlari):
tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi inshootlari, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi bo‘yicha — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati, suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuman organlari bilan;
viloyat va Toshkent shahri ahamiyatiga ega bo‘lgan kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi inshootlari, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi, mineral suv manbalari va boshqa suv obyektlari bo‘yicha — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologiya xizmati, suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi viloyat organlari bilan;
transchegaraviy, viloyatlararo va alohida ahamiyatga ega bo‘lgan suv obyektlari, shuningdek, mineral suv manbalari va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa kurortlar va sanatoriylar davolash vositalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Baliqchilik sanoati ahamiyatiga ega bo‘lgan inshootlarning suvni muhofaza qilish zonalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi hamda veterinariya organlari bilan kelishiladi.
Daryolar, qurimaydigan soylar, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi inshootlari, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi shahar, tumanlar markazlari va qishloq aholi punktlari hududi bo‘yicha o‘tganda suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari tegishli qurilish va Qishloq xo‘jaligi vazirligi organlari bilan kelishiladi.
Mineral suv manbalari va boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan kurortlar va sanatoriylar davolash vositalarining sanitariya-muhofaza zonalari sog‘liqni saqlash va kasaba uyushmalari viloyat organlari bilan, respublika ahamiyatiga ega bo‘lganlari esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishiladi.
79. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash bo‘yicha tasdiqlashga taqdim etiladigan materiallar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
komissiyaning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash to‘g‘risidagi dalolatnomasi;
davlat va boshqa organlarning suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari kelishilganligi to‘g‘risidagi xulosalari;
rejali-kartografiya material.
80. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza qilish zonalarini belgilash bo‘yicha tasdiqlashga taqdim etiladigan materiallar yuborilgan tegishli davlat tashkilotlari ularni 3 kun ichida ko‘rib chiqadi va ko‘rish natijalari bo‘yicha o‘zlarining asosli xulosalarini beradi.
81. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari:
tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlar, shuningdek, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha — tumanlar hokimlarining qarorlari bilan;
viloyat va Toshkent shahri ahamiyatiga ega bo‘lgan daryolar, qurimaydigan soylar, suv omborlari va boshqa suv havzalari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari, shuningdek, xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti tizimi va boshqa suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari bilan;
transchegaraviy, viloyatlararo va alohida ahamiyatga ega bo‘lgan suv obyektlari, shuningdek, mineral suv manbalari va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa kurortlar va sanatoriylar davolash vositalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
82. Suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarining tegishli tartibda tasdiqlangan chegaralari (hududlari) joyning o‘zida (naturada) ogohlantiruvchi belgilar bilan ifodalanadi.
83. Loyiha tashkiloti tomonidan har bir suv obyektining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari hududining pasporti ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklda tayyorlanadi.
Muhofaza etiladigan hududning pasportida inshootning nomi, belgilangan zonalar (mintaqalar) va bu zonalardagi yerdan foydalanish tartibi ko‘rsatiladi.
Pasportga belgilangan zonalar (mintaqalar) chegarasi (hududi) aks ettirilgan kartografik material ilova qilinadi.
Pasport mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan imzolanadi va xo‘jalik faoliyati tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish uchun davlat nazorati va boshqa manfaatdor organlarga yuboriladi.
84. Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida va ularga tutashib ketuvchi hududlarda suvni ifloslanish, bulg‘alanish va kamayib ketishdan muhofaza qilishni, shuningdek, suv holati va undan foydalanish tartibi yaxshilanishini ta’minlovchi quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan:
texnologik chora-tadbirlar — sanoat suv ta’minotining suv aylanishi tizimlari, oqava suv tozalash va zararsizlantirish inshootlarini qurish;
oqava suvlar qoldiqlaridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalangan holda utillashtirish bo‘yicha;
sanoat va qishloq xo | 168 | 63,454 |
Qonunchilik | Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining ixtisoslashuvi va takliflarini, ichki va tashqi bozordagi talablarini, hududlarning tabiiy iqlim sharoiti hamda suv bilan ta’minlanganlik darajasini, yer maydonlarining meliorativ holati va tuproq unumdorligini, shuningdek, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda, sug‘oriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi har yili ushbu nizom talablaridan kelib chiqib o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilgan maydonlarning konturlar kesimidagi elektron xaritalarini ishlab chiqsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari har yili 1-sentabrga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish natijalariga muvofiq tumanlarni va hududlarni (massivlarni) ixtisoslashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlarini tashkil etsin va muvofiqlashtirsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom sug‘oriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Sug‘oriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlarining ixtisoslashuvi va takliflarini, ichki va tashqi bozor talablarini, hududlarning tabiiy iqlim sharoitini, suv bilan ta’minlanganlik darajasini, yer maydonlarining meliorativ holati va tuproq unumdorligi ko‘rsatkichlarini hamda moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish orqali oqilona joylashtiriladi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga, dehqon xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ularning filiallari va ilmiy tajriba stansiyalari yer maydonlariga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
almashlab ekish — qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda, muayyan muddat davomida navbatlab ekish va dalalarga joylashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish — qishloq xo‘jaligi ekinlarining alohida turlarini ekin yer maydonlari konturlari va yerdan foydalanuvchilar kesimida joylashtirish va yetishtirishni (ishlab chiqarishni) tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) uchun belgilangan tartibda yer uchastkasidan ijara shartlari asosida foydalanuvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar (korxona, muassasa, klaster, birlashma va kooperatsiyalar);
qishloq xo‘jaligi ekinlari — asosiy va takroriy maydonlarga ekiladigan g‘o‘za, boshoqli don, sholi, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashakbop ildiz mevali o‘simliklar, bir yillik o‘tlar, beda, makkajo‘xori, tamaki, dukkakli ekinlar, shuningdek, “to‘qsonbosdi” usulida ekiladigan boshqa ekinlar;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari — muntazam ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqa (em-xashak) ekinlarini yetishtirish maqsadida foydalaniladigan (sug‘oriladigan va lalmi) yerlar;
lalmi yerlar — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tabiiy yog‘ingarchilik hisobiga yetishtiriladigan yerlar;
sug‘oriladigan yerlar — qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar;
suv bilan ta’minlanganlik darajasi — muayyan hududda aniq qishloq xo‘jaligi ekin turini yetishtirish bo‘yicha vegetatsiya davrida ushbu ekin turining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun talab etiladigan ilmiy asoslangan miqdordagi suv hajmi bilan ta’minlanganlik;
tuproq ball-boniteti — qishloq xo‘jaligi ekinlari agrotexnikasi o‘rtacha darajada bo‘lganda, tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho;
tuproq unumdorligi — tuproqning o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash qobiliyati;
hosildorlik — bir gektar maydondagi qishloq xo‘jaligi ekinidan olinadigan yalpi hosil ko‘rsatkichi;
hududlarning tabiiy iqlim sharoitlari — muayyan hududning geografik joylashuviga muvofiq ob-havoning ko‘p yillik statistik tahlili bo‘yicha iqlim tavsiflari.
4. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish quyidagi asosiy mezonlarga asoslanadi:
a) hududning tabiiy-iqlim sharoiti:
geografik joylashgan o‘rni, geomorfolik-litologik tuzilishi, gidrogeologik va iqlim sharoitlari, tuproq unumdorligi (ball-boniteti) va meliorativ holati;
foydali harorat yig‘indisi, yog‘ingarchilik miqdori, gidromeliorativ tizimlari va yer osti suvlarining holati, sovuq va qurg‘oqchilik davrining boshlanish ehtimoli, suv va shamol eroziyasi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sish davri davomiyligining muayyan hudud uchun mosligi;
b) hududning zarur resurslar bilan ta’minlanganligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) imkoniyati bo‘lgan yer maydonlarining mavjudligi;
yer maydonlarining suv, zarur qishloq xo‘jaligi texnikalari va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi;
muayyan bir qishloq xo‘jaligi ekin turining hosildorligini oshirish uchun alohida imkoniyatlarning mavjudligi;
v) yetishtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozordagi talab:
yetishtiriladgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ichki bozor ehtiyojini qondirish darajasi va tashqi bozordagi talabi;
eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalar, agroklaster (kooperatsiya)larning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha takliflari;
g) qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish:
hududlarda bir turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashtirishga e’tibor qaratish;
suv tanqis bo‘lgan hududlarda suvni kam talab qiluvchi, suvsizlikka chidamli va suv to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
ekin turlari bo‘yicha yetishtiriladigan yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmlarining prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning taklifi bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’molchilarining talabini tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlar bo‘yicha joylashtirilishini, konturlar bo‘yicha ekin turlari to‘liq ekilishini, belgilangan agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqa moddiy-texnika resurslarining qishloq xo‘jaligi elaridan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi monitoringini yuritadi va ularning natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi):
er hisoboti bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtiriladigan yer maydonlarini tahlil qiladi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtiriladigan maydonlarning konturlar kesimidagi xaritalarini elektron va yozma shaklda ishlab chiqadi hamda tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklariga va qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga taqdim etadi;
ekin maydonlari joylashgan konturlar bo‘yicha tuproq ball-boniteti to‘g‘riligini va ishonchliligini ta’minlaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi har bir hudud bo‘yicha ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlarni shakllantiradi, ekinlarni joylashtirishda foydalanish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ichki va tashqi bozordagi talablarni inobatga olgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik prognoz hajmlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
tashqi bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va undan qayta ishlangan tayyor mahsulotlar marketingini olib boradi;
tashqi bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari bo‘yicha savdo aylanmasi va hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlatlar kesimida shakllantiradi va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari:
hududlarda ekinlarni oqilona joylashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
ekinlarni joylashtirishda hududning oziq-ovqat xavfsizligi va eksport imkoniyatlari to‘liq hisobga olinishini ta’minlaydi.
11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi:
suv resurslaridan samarali foydalanish holatini muntazam o‘rganib boradi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi hamda agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda har chorak yakunlari bo‘yicha ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etib boradi.
12. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oxirgi uch yillik statistik ma’lumotlarga asoslangan holda xorijiy davlatlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining aniq turlarini eksport qilish talablari va hajmlari to‘g‘risidagi takliflarni har yili aprel oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
14. Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari har yili 5-mayga qadar qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qiladi;
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflari tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, suv xo‘jaligi bo‘limi va yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
bunda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekinlarni mustaqil joylashtirish bo‘yicha takliflari ularning ixtisoslashuviga mosligi, ekin turlari bo‘yicha kontur yaxlitligi ta’minlanganligi, suv bilan ta’minlanganli darajasi, oxirgi 3 yilda olingan hosildorligi va o‘tmishdosh ekin turlariga mosligi tahlil qilinadi.
15. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda tumanlar irrigatsiya bo‘limlaridan ekin maydonlarining suv bilan ta’minlanganlik darajasi to‘g‘risida xulosa olinadi.
16. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
takliflar qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tamoyillari va mezonlariga muvofiq bo‘lmaganda;
kontur yaxlitligi ta’minlanmaganda va yer uchastkalari konturlari kesimidagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda;
eksport talablariga muvofiq katta hajmdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining muayyan turini yetishtirish talab etilganda va eksport qiluvchi uni xarid qilish uchun rasmiy ravishda kafolat berganda.
Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi bu haqda uch kun ichida rad etish sabablari haqida asoslantirgan holda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini boshqa asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar 3 kunda rad etish sabablarini bartaraf etgan holda, qaytadan taklif kiritishlari mumkin.
18. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini umumlashtirish asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini konturlar kesimida joylashtiradi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” institutining hududiy bo‘linmasi tomonidan hudud (massiv)ning sug‘oriladigan va lalmi yerlarida 1:10000 miqyosdagi xaritaga har bir ekin turi tegishli shartli belgilar asosida tushiriladi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekin maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari konturlar kesimida hudud (massiv)ning sug‘oriladigan va lalmi yerlarida 1:10000 miqyosdagi xaritaga tushirilgan ekinlarni joylashtirish natijalari tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zdaverloyiha” institutining hududiy bo‘linmasi mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi.
19. Tuman (Quvasoy shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi joylashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini belgilashda foydalanish uchun tuproq ball-bonitetiga nisbatan normativ hosildorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 3 ish kunida tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limiga taqdim etadi.
Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda taqdim etilgan yer maydonlarining ball-boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining tuproq ball-bonitetiga nisbatan belgilangan normativ hosildorligidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yetishiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari prognoz ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
20. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 5 ish kunida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tuman (Quvasoy shahar) hokimining qarori loyihasini ishlab chiqadi.
Loyihaga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, mahsulot yetishtirish prognoz hajmlari, shuningdek, hudud (massiv)larning ekinlarni joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan 1:10000 miqyosdagi xarita elektron va qog‘oz shaklida ilova qilinadi.
21. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish natijalari bo‘yicha 3 kun muddatda tegishli qaror qabul qiladi.
“O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari 10 ish kunida har bir qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning konturlar kesimida joylashtirilgan ekin turlari va maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yaratadi, shuningdek, ekinlar ekilishi va holatining doimiy monitoringini yuritishda qulaylik yaratish maqsadida “elektron xarita”ga tushiradi.
22. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha qabul qilgan qaror nusxasini har yili 1-iyunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
23. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili 10-iyunga qadar tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun sug‘oriladigan va lalmi yerlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarini umumlashtirgan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.
Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun sug‘oriladigan va lalmi yerlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlari yuzasidan quyidagi tadbirlarni muntazam o‘rganib boradi, jumladan;
qishloq xo‘jaligi ekin turi joylashtirilgan maydon (kontur)larda belgilangan ekin turlarini yetishtirishga rioya qilinishi va agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish sxemalariga rioya qilinishini;
suv tanqis hududlarda suv tejovchi zamonaviy texnologiyalar (tomchilatib va suv tejovchi boshqa texnologiyalar) keng joriy etilishini;
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning eksport bo‘yicha tuzilgan shartnomalar inobatga olingan holda joylashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekin turlarining ekilishini.
24. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 10-iyunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagi takliflarni qabul qilib oladi, jumladan:
asosiy maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini;
ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shaydigan (takroriy) maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini;
yosh bog‘ va tok qator oralariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz hajmlarini;
lalmi yerlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini.
Zarurat bo‘lganda, g‘o‘zani va boshoqli don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha takliflarini umulashtirgan holda, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqadi.
26. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish natijalari monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Davergeozedkadastr” qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.
Bu tadbir geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash, kosmik va spektorli tasvirlar va boshqa innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
27. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi. | 98 | 19,775 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xorijiy davlatlardan kelgan, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida elektron tizimi orqali vaqtincha ro‘yxatga olish tartibotlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlardan kelgan, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda doimiy ro‘yxatga olish, ularning boshqa manzilga ko‘chishi, xorijiy davlatga ketishi, doimiy yashash ruxsatnomasi va doimiy ro‘yxatga olinganligini bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlardan kelgan, shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish, ularning boshqa manzilga ko‘chishi, xorijiy davlatga ketishi, doimiy yashash ruxsatnomasi va doimiy ro‘yxatga olinganligini bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda respublika hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibotlarini yanada soddalashtirish bo‘yicha amaliy choralar doirasida ushbu hamda ko‘rsatilgan boshqa xizmatlar uchun davlat bojini billing tizimi orqali masofaviy to‘lash imkoniyati yaratilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik lagerlar, dam olish uylari va zonalari, turistik qishloqlar, kempinglar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turizm va sport bazalari, palatkali (kemping) lagerlar va komplekslar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali lagerlar va boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportlari;
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat tasarrufidagi va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalar;
milliy pasport yoki harakatlanish hujjati — chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati;
vaqtincha ro‘yxat — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari, davolash muassasalarida vaqtincha hisobga olish yoki ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan xususiy uy-joy, korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi yotoqxonalarda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
“E-mehmon” dasturi — xususiy uy-joy, korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi yotoqxonalar, joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi;
manzil tizimi — doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni respublikaning boshqa hududlarida ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bilan bog‘liq harakatlarning idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshirilishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
chet ellik investor — xorijiy investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 8500 baravarida xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan hamda amal qilish muddati uch yilgacha bo‘lgan ko‘p martalik investitsiya vizasiga ega chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs.
3. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat, xizmat, ta’lim olish, davolanish, ziyorat, dam olish maqsadida hamda investor, “faxriy fuqaro”, vatandosh, sayyoh, ishbilarmon, xususiy mehmon sifatida yoki sport, madaniyat yo‘nalishida vaqtincha bo‘lishlari mumkin.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — MvaFRB), joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari orqali vaqtincha ro‘yxatga olinadilar. Vaqtincha ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqami ro‘yxatga olingan hududiy MvaFRB tomonidan ularning yozma murojaatlariga asosan beriladi.
Vaqtincha ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatga olingan joylarida yashashlari lozim.
4. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z hohishlariga ko‘ra joylashtirish vositalarida, davolash muassasalarida yoki uy-joy maydonida taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslarni xabardor qilgan holda yashaydilar.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar taklifisiz mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar pasport nazoratidan o‘tishdan oldin mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar va javobgarlik bilan tanishib chiqadilar.
6. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yonida pasport yoki harakatlanish hujjati bo‘lishi hamda ular bu hujjatlarni vakolatli organlar vakillarining talabiga muvofiq taqdim etishlari shart.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar milliy pasport yoki harakatlanish hujjati yo‘qolganligi haqida qabul qiluvchi tashkilotga va ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishlari lozim.
Sayyohlarning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda tekshiriladi.
7. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tashkilotlardan birining taklifiga muvofiq kelgan hollarda, boshqa tashkilot ushbu fuqaroga nisbatan majburiyatlarni va ushbu Nizomda nazarda tutilgan javobgarlikni o‘ziga olgan holda, uni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
8. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va uning hududida harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlari bilan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tenglik asoslarida o‘zgartirilishi mumkin.
9. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga rioya etishlari shart.
10. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tegishli ravishda milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan vaqtincha ro‘yxat asosida yashaydilar. Vaqtincha ro‘yxatga olish chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin hududiy MvaFRB yoki davolash muassasalariga uch ish kuni davomida, joylashtirish vositalariga esa ikki kun davomida murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Vaqtincha ro‘yxatga olinishning muddati chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi nazorat-o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan sanadan keyingi kunning 00:01 soatidan boshlab hisoblanadi.
11. Quyidagilar vaqtincha ro‘yxatdan ozod qilinadilar:
a) respublikaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga muvofiq kelgan xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, parlament va hukumat delegatsiyalarining a’zolari, ushbu delegatsiyalarning texnik xodimlari, sanab o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan hujjatlar (qizil va moviy rangli Laissez-Passer pasporti) bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar;
v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
g) 16 yoshga to‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
d) O‘zbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlarida yoki oddiy kunlarda uch ish kunigacha bo‘lgan muddatga keladigan hamda shu kunlar davomida respublikadan chiqib ketadigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
e) sayohat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi punktida bo‘lish muddati uch kundan oshmasa, ularning bo‘lganligini tasdiqlaydigan hujjatlardan (xizmatlardan foydalanganligini, tovarlar xarid qilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar, foto yoki videotasvirlardan) biri mavjud bo‘lganda. Bunda bitta aholi punktida uzluksiz ro‘yxatdan o‘tish talabi qo‘yilmaydi;
j) O‘zbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda kelgan chet el harbiy samolyotlari (kemalari) ekipajlarining a’zolari;
harbiy samolyotlar (kemalarning) ekipajlari a’zolarining qirg‘oqqa tushishi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishiga harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi;
z) xalqaro yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yo‘nalishlaridagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan boradigan joylarida bo‘lgan chog‘larida;
i) harbiy bo‘lmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida bo‘lgan chog‘larida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa, O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham. Chet el fuqarolarining ko‘rsatib o‘tilgan toifalarining obyektlardan chiqishlariga portlarda amalda bo‘lgan qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiq chegara qo‘shinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi;
k) xalqaro aviatsiya yo‘llarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yo‘l poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida ko‘rsatilgan aeroportlarda yoki bekatlarda bo‘lgan chog‘larida.
12. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan ular kelib joylashgan vaqtda, qancha muddat bo‘lishlaridan qat’i nazar, “E-mehmon” dasturi yordamida;
b) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni taklif qilgan (qabul qilayotgan) va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslar tomonidan:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan oshmasa, ular kelib joylashgan paytda “E-mehmon” dasturi yordamida yoki uch ish kuni ichida hududiy MvaFRBga murojaat etish orqali;
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddati 30 kundan oshsa, uch ish kuni ichida hududiy MvaFRBga murojaat etish orqali;
v) mustaqil ravishda sayohat qilayotgan, palatkali lagerlarda va tunash uchun joylashish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelganlaridan keyin ikki kun mobaynida turistik-axborot markazlariga yoki yaqin oradagi joylashtirish vositalariga murojaat qilish yo‘li bilan “E-mehmon” dasturi orqali.
13. Joylashgan shaxslarning hisobi joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan yuritiladi.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
14. MvaFRB, joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari hamda fuqarolar tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vaqtincha ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar IIV MvaFRBBda umumlashtiriladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining boshliqlari va xodimlari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari, ularning qaramog‘idagi oila a’zolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va uning hududida doimiy yashamaydigan uy ishchilari;
b) xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning oila a’zolari;
v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro va hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari, shuningdek, ularning qaramog‘idagi oila a’zolari;
g) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan iqtisodiy, texnika hamkorlik va gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlarining boshliqlari va xodimlari, shuningdek, ularning qaramog‘idagi oila a’zolari.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qo‘yiladi.
16. 30 kungacha vaqtincha ro‘yxatga olish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar “E-mehmon” dasturi orqali turistik yig‘imni (mehmonxona yig‘imini) to‘laydilar va unga quyidagi ma’lumotlarni kiritadilar:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha ro‘yxatga olinadigan manzil va uy-joy mulkdori (mulkdorlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasini ismi, tug‘ilgan sanasi, ko‘chmas mulkning kadastr raqami, telefon raqami);
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasini ismi (mavjud bo‘lsa), tug‘ilgan sanasi, kelishdan maqsadi, viza turi, berilgan sanasi va amal qilish muddati, milliy pasport yoki harakatlanish hujjatining seriya va raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati).
17. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni 30 kungacha va undan ortiq muddatga vaqtincha ro‘yxatga olish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar hududiy MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
milliy pasport yoki harakatlanish hujjati;
kadastr hujjatlarining (kadastr pasporti, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma) asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) yozma arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa, qabul qiluvchi yuridik shaxsning mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shakldagi talabnomasi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish haqidagi ma’lumotlar — xorijiy investorlar, ular tomonidan chet el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) uchun investitsiya loyihasi viloyat hududida amalga oshirilgan taqdirda;
“Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma — “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) uchun.
30 kungacha vaqtincha ro‘yxatga olinganlik uchun turistik (mehmonxona) yig‘imi, 30 kundan ortiq vaqtincha ro‘yxatga olinganlik uchun esa “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Davlat bojlari stavkalarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
18. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning vaqtincha ro‘yxat muddatini uzaytirish uchun taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar vaqtincha ro‘yxat muddati tugashidan oldin hududiy MvaFRBga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishlari kerak.
19. “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari)ga davlat boji undirilmasdan uch yil muddatgacha vaqtincha ro‘yxatga olish rasmiylashtiriladi va uzaytiriladi.
20. Vatandosh va uning oila a’zolarini vaqtincha ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlariga) O‘zbekiston Respublikasiga ko‘p marotabali kirish vizalarini berish hamda ularni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida” 2019-yildagi 17-apreldagi 326-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
21. MvaFRB hujjatlarni rasmiylashtirganidan keyin bir ish kuni mobaynida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni “E-mehmon” dasturi yordamida vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtiradi hamda taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslarga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini (keyingi o‘rinlarda — qayd varag‘i) beradi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish tartibi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
22. Xorijiy investorlarni, ular tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar orasidan jalb etiladigan mutaxassislarni va ularning oila a’zolarini (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlarini vaqtincha ro‘yxatga olish xorijiy investorlar tomonidan ushbu hududda investitsiya loyihasi amalga oshirilgan hollarda, vizaning amal qilish muddatiga (ular uchun xalqaro shartnomalar asosida vizasiz rejim o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun — doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqishni talab etmasdan 1 yil muddatga) amalga oshiriladi. Ularni vaqtincha ro‘yxatga olishda MvaFRB tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq berilgan qayd varag‘ining belgilangan bandiga “INVESTOR” so‘zi yoziladi.
Mazkur toifadagi qayd varag‘i chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga respublikaning boshqa hududlarida vaqtincha ro‘yxatga olinmasdan bo‘lish va yashash huquqini beradi.
23. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning vaqtincha ro‘yxatga olinish muddati milliy pasport yoki harakatlanish hujjati va viza muddatidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Qayd varag‘i taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslarning xohishiga ko‘ra, davlat tili yoki rus va ingliz tilida rasmiylashtiriladi.
24. Quyidagilar vaqtincha ro‘yxatga olinishga tenglashtiriladi:
a) safarlarning turoperator va turagent tomonidan ichki ishlar organlariga turistlarning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati ma’lumotlari, harakatlanish yo‘nalishlarining sxemalari, sayohat qilish vaqtida to‘xtash (tunash) joylari ko‘rsatilgan ro‘yxatlari “E-mehmon” dasturi yordamida elektron shaklda taqdim etilganda;
b) safarlar turoperator va turagent tomonidan aholi punktlaridan tashqarida tashkil etiladigan tur doirasida ekskursiya rahbari, gid va/yoki yo‘riqchi-boshlovchi hamrohligida, bunday tur yoki uning bir qismi 10 kundan oshmagan holda amalga oshirilganda;
v) safarlar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan turoperator va turagentning avtoturini sotib olgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, yayov yoki guruh tarkibida avtobusda amalga oshirilganda.
25. O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha ro‘yxatga olinmasdan, mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan muddatdan ortiq vaqt davomida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga MvaFRBning tegishli ruxsatisiz joylashtirish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish taqiqlanadi.
26. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘g‘risida joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining ma’muriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga darhol xabar berishlari shart.
Bunday shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida vaqtincha ro‘yxatga olish faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
27. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida, shuningdek, xususiy uy-joyda yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma talabnomalari yoxud taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlari yoki viza rejimi qo‘llanilmaydigan, yoxud viza berishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz, ammo vizaning amal qilish muddati doirasida kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z yozma arizalari asosida amalga oshiriladi.
28. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar joylashtirish vositasiga yoki davolash muassasasiga kelgan paytda amalga oshiriladi.
29. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet el fuqarolarining diplomatik pasportlari joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida mazkur Nizomga muvofiq vaqtincha ro‘yxatga olinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik korpusning belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida joylashtirish vositalarida yashayotgan va davolash muassasasida bo‘lgan a’zolari joylashtirish vositalarining va davolash muassasalarining hisobga olish daftarlari va kartochkalari bo‘yicha pasportlar va akkreditatsiya kartochkalariga belgi qo‘ymasdan vaqtincha ro‘yxatga olinadilar.
30. Mazkur Nizomning 15, 16, 17, 19, 20 va 22-bandlarida ko‘rsatilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yoki MvaFRBda tegishli ravishda akkreditatsiya yoki vizaning amal qilish muddati belgilangan tartibda uzaytirilgandan keyin joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida vaqtincha ro‘yxat muddati uzaytirib beriladi.
31. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga MvaFRB orqali viza uzaytirilgandan (stikerdagi berilgan sanadan) so‘ng taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar uch ish kuni davomida hududiy MvaFRBga, bir ish kunidan kechiktirmay esa joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalariga vaqtincha ro‘yxat muddatini uzaytirish uchun tegishli hujjatlar bilan murojaat qilishi lozim.
32. Vaqtincha ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davolash muassasalaridan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq kartochka rasmiylashtirib beriladi.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari kelganlar haqidagi ma’lumotni ular joylashgan vaqtda “E-mehmon” dasturiga kiritadilar.
33. Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining belgilangan tartibda sertifikatsiz va “E-mehmon” dasturisiz faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
34. Taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar shu jumladan turoperator va turagentlar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va majburiyatlari o‘z vaqtida tushuntirib berilishini ta’minlaydilar, shuningdek, ularni ushbu Nizomga muvofiq vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishni, bo‘lish muddatini uzaytirishni, respublika hududida harakatlanishini hamda o‘zlariga belgilab berilgan bo‘lish muddati tugagach, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladilar.
Bu shaxslar tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga uy-joy, transport vositalari berish yoxud boshqa xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda, ushbu shaxslarning chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga uy-joy, transport vositalari berishiga yoki boshqa xizmatlar ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
35. Hududiy ichki ishlar organlari joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati, shuningdek, boshqa xususiy uy-joy egalari tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olish talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
36. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni respublikaning boshqa hududlarida vaqtincha ro‘yxatga olishi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati bekor qilinmagan holda, kelgan joyi bo‘yicha uch kundan olti oygacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi.
Investor sifatida doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning boshqa hududlarda vaqtincha ro‘yxatga olinishi talab etilmaydi.
37. Joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalariga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olish ular kelib joylashgandan keyin ushbu vositalar va muassasalarning ma’muriyati tomonidan yashash guvohnomasi yoki ID-karta yoxud harakatlanish hujjati asosida amalga oshiriladi.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari kelganlar haqidagi axborotni ular joylashgan vaqtda “E-mehmon” dasturiga kiritadilar.
38. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha ro‘yxatga olinish uchun boshqa hududga kelgan kunidan boshlab uch ish kunida hududiy MvaFRBga murojaat qiladilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
yashash guvohnomasi yoki ID-karta yoxud harakatlanish hujjati;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma — 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun (agar fuqaro xorijda tug‘ilgan bo‘lsa);
kadastr hujjatlarining (kadastr pasporti, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma) asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
agar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa, yuridik shaxsning mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilangan shakldagi talabnomasi.
Vaqtincha ro‘yxatga olinganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Davlat bojlari stavkalarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
39. MvaFRB hujjatlarni rasmiylashtirganidan keyin bir ish kuni mobaynida vaqtincha ro‘yxatga oladi hamda mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq qayd varag‘ini beradi.
Qayd varag‘i taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslarning xohishiga ko‘ra, davlat tili yoki rus va ingliz tilida rasmiylashtiriladi.
40. Boshqa hududlarda joylashgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kelgan, yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olish MvaFRB tomonidan bir o‘quv yili davriga amalga oshiriladi. Ular boshqa ta’lim muassasasiga o‘qishga o‘tgan, akademik ta’til olgan, ta’lim muassasasidan bo‘shatilgan yoki vafot etgan hollarda, ushbu muassasalarning rahbarlari tegishli qaror qabul qilingan kunda vaqtincha ro‘yxatga olgan MvaFRBni bundan xabardor qiladilar.
Ta’lim muassasasi rahbarlarining bildirishi asosida MvaFRB vaqtincha ro‘yxatni bekor qiladi.
41. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olishni uzaytirish MvaFRB tomonidan ko‘rib chiqiladi. Buning uchun (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar vaqtincha ro‘yxat muddati tugashidan oldin MvaFRBga mazkur Nizomning 38-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
MvaFRB arizani qayd etgach, shuningdek, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirgach, bir ish kunida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha ro‘yxatni uzaytiradi hamda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq qayd varag‘ini beradi.
42. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq bo‘lgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi faqat taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlari asosida ichki ishlar organlarining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra, chet el fuqarolariga ko‘p marta kirish va harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin.
43. Chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq bo‘lgan joylarga kirish hamda harakatlanishga ruxsat berilmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ichki ishlar organlarining talabi bilan oldingi turar joylariga qaytishlari yoki boshqa punktga borishlari shart.
44. Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibi, agar O‘zbekiston ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro kelishuvlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama shartnomalar bilan va tenglik asosida belgilanadi.
45. MvaFRB chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha ro‘yxatga olinganidan keyin shu kunning o‘zida ularning ro‘yxatini (elektron ko‘rinishda) hududiy ichki ishlar organining huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limiga yuboradi.
46. Ichki ishlar organi profilaktika (katta) inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan hududda vaqtincha yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan pasport-viza rejimiga rioya etilishini maxsus avtomatlashtirilgan elektron dasturdan foydalangan holda nazorat qilib boradilar.
47. MvaFRB tomonidan rasmiylashtirib berilgan amaldagi qayd varag‘i yo‘qotib qo‘yilganda yoki yaroqsiz holga kelganda, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yoxud taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxs bir ish kunida hududiy MvaFRBga milliy pasport yoki harakatlanish hujjatini taqdim etgan holda erkin shaklda yozilgan ariza bilan murojaat qiladi.
MvaFRB arizani ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan qayd varag‘i o‘rniga yangisini rasmiylashtirib beradi. Bunda davlat boji undirilmaydi.
48. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, belgilangan muddatda vaqtincha ro‘yxatga olinmagan, shuningdek, vaqtincha ro‘yxatga olingan manzilida yashamayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqida ularga yashash uchun turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) bir ish kuni ichida hududiy MvaFRBni xabardor qilishi shart.
49. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha yashash manzillarini respublikaning boshqa hududiga o‘zgartirsa, avvalgi manzillaridan chiqib ketganlaridan so‘ng uch ish kunidan kechikmay, hududiy MvaFRBga, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalariga vaqtincha ro‘yxatga olish uchun bevosita yoxud taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxs orqali murojaat etishlari lozim.
50. Respublikaning muayyan manzilida vaqtincha ro‘yxat asosida yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining boshqa manzilida uch kundan ortiq bo‘lish istagini bildirsalar, amaldagi vaqtincha ro‘yxat bekor qilinmasdan, bo‘lish muddatiga vaqtincha ro‘yxatga olinadilar. Buning uchun yangi manzildagi hududiy MvaFRBga mazkur Nizomning tegishliligi bo‘yicha 17 va 38-bandlarida belgilangan hujjatlar taqdim etiladi.
Bunda yangi manzildagi vaqtincha ro‘yxatga olinish muddati avvalgi vaqtincha ro‘yxatga olinish muddatidan oshmasligi lozim.
51. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tasdiqlangan rejaga asosan respublika hududida joylashtirish vositalari va davolash muassasalari tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha monitoring va profilaktik tadbirlar o‘tkazib borliishini tashkil etadi va nazorat qiladi.
52. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslarni mazkur Nizom talablariga rioya etishlari ichki ishlar organlari hamda Tashqi ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida joylardagi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda nazorat qiladi.
53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi o‘rinlarda — viloyat) (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatiga muvofiq (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berish hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom qoidalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga sayyohlik va elektron viza bilan, 60 kungacha vizasiz kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlariga va ularning oila a’zolariga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vatandosh — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida o‘zbekiston respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan shaxs;
chet ellik investor — O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi);
doimiy yashashga ruxsatnoma berish — boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda ularga yashash guvohnomasi yoki ID-karta rasmiylashtirib berish;
manzil tizimi — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy ro‘yxatga olish bilan bog‘liq harakatlarning idoralararo elektron hamkorlik orqali amalga oshirilishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
milliy pasport yoki harakatlanish hujjati — chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati;
yashash guvohnomasi — chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini hamda egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiydir;
ID-karta — chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini hamda egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi, shuningdek, egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilmaga (chipga) ega bo‘lgan hujjat. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiydir;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjati (keyingi o‘rinlarda — harakatlanish hujjati) — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijda shaxsini tasdiqlovchi, egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilmaga (chipga) ega bo‘lgan hujjat.
3. Boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga viloyat hududida doimiy yashashga ruxsatnoma berish shuningdek, yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni viloyat hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (keyingi o‘rinlarda — doimiy ro‘yxat), ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — MvaFRB) tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatda doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatga olingan joyida yashashlari lozim.
4. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etishlari shart.
5. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik hamda doimiy ro‘yxatga olganlik uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Davlat bojlari stavkalarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik uchun davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
8 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
92 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi.
Doimiy ro‘yxatga olganlik uchun davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
90 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi.
“Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlariga) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqqanlik va rasmiylashtirilganlik hamda doimiy ro‘yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
6. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viloyat hududiga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
7. Viloyatda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxat) manzildagi MvaFRBga murojaat qiladi.
8. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan (Ro‘yxatning 1-bandi) chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza-anketa;
milliy pasport yoki harakatlanish hujjati;
35x45 mm. o‘lchamli ikkita fotosurat.
9. Ro‘yxatning 1-bandi asosida viloyatda doimiy yashashga ruxsatnoma berilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning qarindoshlari Ro‘yxatning 2 va 3-bandlari asosida hujjat topshirishi mumkin.
10. Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari bo‘lgan, ya’ni ota-ona farzandlari, farzandlar ota-onalari, bobo va buvilar nevaralari, nevaralar bobo va buvilari doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga (Ro‘yxatning 2-bandiga mansub bo‘lgan) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (agar fuqaro xorijda tug‘ilgan bo‘lsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi).
11. Er (xotin) xotini (eri) doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan (Ro‘yxatning 3-bandi) chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma (agar nikoh xorijda tuzilgan bo‘lsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi).
12. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘z vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga (Ro‘yxatning 4-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
vasiylik yoki homiylikni hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
Ro‘yxatning 4-bandiga asosan doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs boshqa davlatlardan kelgan yoxud O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qiladigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohdan o‘tsa, uning turmush o‘rtog‘ining viloyatda doimiy ro‘yxatga olinishi Ro‘yxatning 3-bandiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
13. Ota-onalari bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-ukalar va opa-singillar, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan hamda o‘z oilasi bo‘lmagan voyaga yetgan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar — o‘zlarining tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga (Ro‘yxatning 5-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarni taqdim etadi:
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (agar fuqaro xorijda tug‘ilgan bo‘lsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi);
ota-onasining o‘limi haqidagi guvohnoma (agar o‘lim xorijda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi).
14. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, xo‘jalik birlashmalariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etiladigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisosdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini va o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) (Ro‘yxatning 6-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganlik, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar (agar hujjatlar xorijda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, nusxalari olinib, asli qaytariladi);
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, xo‘jalik birlashmasi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq pochta yoki feldyegerlik xizmati orqali yuboriladigan iltimosnomasi.
Xodimlarni viloyatda doimiy yashashga ruxsatnoma olish yuzasidan iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan yoki ilgari doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (Ro‘yxatning 7-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasini (roziligini) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganida, notarial tasdiqlangan arizasini (roziligini) taqdim etadi.
16. Vatandosh va uning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) (Ro‘yxatning 8-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganlik, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar (agar hujjatlar xorijda rasmiylashtirilgan bo‘lsa) (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
17. Xorijiy investor va uning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) (Ro‘yxatning 9-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganlik, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar (agar hujjatlar xorijda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, nusxalari olinib, asli qaytariladi);
18. “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va uning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) (Ro‘yxatning 10-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganlik, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar (agar hujjatlar xorijda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, nusxalari olinib, asli qaytariladi);
“Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma.
19. O‘zbekiston Respublikasiga “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirganidan keyin (1992-yil 28-iyul) kelgan hamda respublika hududida uzoq vaqtdan beri sobiq SSSR pasporti bilan yashayotgan yoki uni yo‘qotib qo‘ygan, shuningdek, hujjatlarga ega bo‘lmagan (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bundan mustasno) va Ro‘yxatga kirmagan shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjat olish uchun yashash joyidagi MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sobiq SSSR pasporti yoki tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma, ushbu hujjatlar bo‘lmaganda, harbiy guvohnoma yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olganligi yoki mehnat qilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar (agar mavjud bo‘lsa);
35x45 mm o‘lchamli to‘rtta fotosurat.
20. Ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan so‘ng bir ish kunida MvaFRB tomonidan ariza topshirgan shaxsga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda bir yil muddatga ma’lumotnoma beriladi.
Mazkur ma’lumotnoma amal qilish muddati mobaynida egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, respublika hududida harakatlanish, vaqtincha yashash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (keyingi o‘rinlarda — FHDY organlari) hujjatni rasmiylashtirish, qonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish, ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun asos bo‘ladi.
21. Mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasini (roziligini) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganida, notarial tasdiqlangan arizasini (roziligini) taqdim etadi.
Ro‘yxatga kirmagan shaxsga yashash guvohnomasi yoki ID-karta, agar ular xorijga doimiy yashashga ketish istagini bildirsa, harakatlanish hujjati rasmiylashtirib beriladi.
22. Hujjatlar qabul qilib olinganidan keyin MvaFRB rahbari o‘z rezolyutsiyasida ariza beruvchini Ro‘yxatning qaysi bandiga asosan doimiy yashashga ruxsatnoma olish mumkinligini ko‘rsatadi, ikki hafta ichida ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsiga oid ma’lumotlarni bazadan tekshiradi. Ro‘yxatning 9-bandiga bandiga mansub chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs murojaat qilganda, kiritilgan investitsiyalar haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi.
IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan ariza beruvchiga doir ma’lumotlarni so‘rab oladi hamda hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — QR IIV MvaFRB) yoki viloyat ichki ishlar boshqarmasining MvaFRBga (keyingi o‘rinlarda — IIB MvaFRB) yuboradi, ular taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi.
23. QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB tegishli vakolatli organning ijobiy xulosasi olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda xulosa tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — IIV MvaFRBB) yakuniy xulosa qabul qilish uchun yuboradi, Ro‘yxatning 9-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
IIV MvaFRBB ushbu masalani hal qilish chog‘ida tegishli vakolatli organning fikrini so‘raydi. Zarur hollarda esa ariza beruvchining shaxsini, boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash maqsadida xalqaro shartnoma mavjud bo‘lgan xorijiy davlatning vakolatli organiga so‘rovnoma yuborishi mumkin. Xalqaro shartnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, so‘rovnoma IIV tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi.
IIV MvaFRBB tegishli hujjatlar kelib tushgan (so‘rovnomaga javob olingan) kundan boshlab bir oy muddat ichida xulosa chiqaradi hamda ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. IIV MvaFRBB xulosaga doir materiallarni tasdiqlangandan so‘ng uch ish kuni ichida QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga yuboradi.
24. IIVning ijobiy xulosasi olingach, QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB ikki ish kunida hujjatlarni tegishli MvaFRBga chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun yuboradi.
25. Ro‘yxatning 9-bandi bo‘yicha hujjat topshirgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB o‘n kun muddatda IIV MvaFRBB bilan kelishmasdan xulosa chiqaradi.
QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBning ijobiy xulosasi boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga belgilangan tartibda doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi.
26. MvaFRB QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBdan hujjatlarni qabul qilib olgach, uch ish kunida doimiy yashashga ruxsatnoma berilganligi to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qiladi.
27. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun MvaFRBga milliy pasport yoki harakatlanish hujjati yoxud mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq ma’lumotnomani taqdim etadi.
28. MvaFRB chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga ID-karta rasmiylashtirib bergach, shu kunning o‘zida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so‘rovnoma shakllantiriladi.
Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning so‘roviga ko‘ra, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i (keyingi o‘rinlarda — qayd varag‘i) taqdim etiladi.
Ro‘yxatning 9-bandi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq qayd varag‘i rasmiylashtirib beriladi. Mazkur qayd varag‘iga ega chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga respublikaning boshqa hududlarida vaqtincha ro‘yxatga olinmasdan bo‘lish va yashash huquqini beradi.
29. Bir vaqtning o‘zida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari tushuntiriladi hamda bu haqida undan mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq tilxat olinadi.
30. Viloyatda doimiy ro‘yxatga olingan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs boshqa davlatga doimiy yashashga ketayotganligi munosabati bilan doimiy ro‘yxati bekor qilingandan so‘ng bir yil ichida respublikadan chiqib ketmasa, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tmagan taqdirda, oldingi yashagan joyi bo‘yicha yoki viloyatning boshqa hududiga tegishli MvaFRB tomonidan doimiy yashashga ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Buning uchun ushbu fuqaroligi bo‘lmagan shaxs MvaFRBga respublikadan chiqib ketmaganligi sababini to‘liq ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
harakatlanish hujjati;
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa.
31. MvaFRB ariza bergan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun mazkur Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingandan so‘ng bir kunda IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasiga so‘rovnoma yuboradi. IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan javob olingandan so‘ng uch ish kunida hududiy ichki ishlar organi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida belgilangan tartibda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga doimiy yashashga ruxsatnoma rasmiylashtirib beriladi.
32. Doimiy yashashga ruxsatnoma rasmiylashtirilgan chet el fuqarosi va u bilan birga doimiy ro‘yxatga olingan 16 yoshga to‘lmagan farzandlarining milliy pasportiga mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shtamp qo‘yiladi.
33. ID-kartani berish, uni almashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalash ID-kartasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
34. IIV tomonidan ijobiy xulosa qabul qilingan va ayni paytda uy-joy mulkdori tomonidan yozma rad javobi berilgan taqdirda, shuningdek, ariza beruvchi yoki uy-joy mulkdori xabardor qilingan kundan boshlab olti oy muddat ichida ariza beruvchi doimiy yashashga ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun murojaat qilmasa, MvaFRB xulosani ijro qilish imkoniyati yo‘qligini yozma ravishda ma’lum qilgan holda, uch ish kunida ariza beruvchining shaxsiy yig‘ma ish jildini QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB orqali IIV MvaFRBBga yuboradi.
IIV MvaFRBB olingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa bilan avvalgi ijobiy xulosani bekor qiladi. Xulosa ariza beruvchining shaxsiy yig‘ma ish jildiga biriktirilgan holda, ijro uchun tegishliligi bo‘yicha QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB orqali MvaFRBga qaytarib yuboriladi.
35. Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror tegishincha QR IIV va IIB yoxud IIV tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Viloyatga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, hujjatlar uch ish kunida MvaFRBga qaytariladi, MvaFRB esa bir sutka ichida ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi.
36. Doimiy yashashga ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etiladi:
davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta’minlash manfaatlari yo‘lida;
shaxs terroristik, ekstremistik, jinoiy va boshqa taqiqlangan tashkilotlarga daxldor bo‘lsa;
shaxs o‘zi va yaqin qarindoshlari haqida bila turib yolg‘on ma’lumotlar bersa yoki qalbaki hujjatlarni taqdim etsa;
hujjatlarni ko‘rib chiqish bosqichida doimiy yashashga ruxsatnoma olishga uy-joy mulkdori tomonidan rad javobi berilsa.
37. Doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs vaqtincha ro‘yxat joyidagi MvaFRBga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda ariza;
yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
38. MvaFRB bir ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy ro‘yxatga olingan manzildagi MvaFRBga elektron tizim orqali shaxsiy yig‘ma ish jildini yuborish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi.
39. MvaFRB so‘rovnomani olgach, bir ish kunida ariza beruvchining shaxsiy yig‘ma ish jildini tegishli MvaFRBga jo‘natadi.
40. MvaFRB yig‘ma ish jildini olgach, bu haqida bir ish kunida ariza beruvchini xabardor qiladi.
41. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs xabarni olgach, uch ish kunida MvaFRBga mazkur Nizomning 37-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo‘lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
voyaga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (agar fuqaro xorijda tug‘ilgan bo‘lsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi).
42. MvaFRB bir ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi tekshirilib mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so‘rovnoma shakllantiriladi.
43. Fuqaroning so‘roviga ko‘ra, doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganidan so‘ng tegishlicha ushbu Nizomga 7 va 8-ilovalarga muvofiq qayd varag‘i taqdim etiladi.
44. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning viloyat hududida shahar-tumanlararo doimiy ro‘yxatga olish mazkur Yo‘riqnomaning 37 — 43 — bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
45. Voyaga yetmaganlar doimiy ro‘yxatga olingan, biroq Manzil tizimiga kiritilmagan hollarda, avvalgi yashash joyidagi MvaFRB tomonidan Manzil tizimiga kiritiladi.
Ro‘yxatning 2-bandi asosida doimiy ro‘yxatga olinayotgan voyaga yetmaganlar avvalgi yashash joyi bo‘yicha MvaFRBning doimiy ro‘yxatga olinmaganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatga olinadi.
46. Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
47. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganida;
chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar u uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi doimiy yashash manziliga qaytmasa;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha xorijga chiqqan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi doimiy yashash manziliga qaytmasa yoki xorijda uni almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
chet el fuqarosi milliy pasportini amal qilish muddati tugagandan so‘ng olti oy davomida uni almashtirmasa yoki o‘z davlati fuqaroligidan chiqqanligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etmasa;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari iltimosnomasiga binoan doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu organ va tashkilotlarning bildirishnomasi asosida;
bekor qilish to‘g‘risida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning so‘roviga asosan;
agar shaxs yashash guvohnomasi yoki ID-kartani olayotganda yoki uni uzaytirish va almashtirishda, o‘zi va qarindoshlari haqida yolg‘on ma’lumot berganida, kerakli hujjatlarni taqdim etmaganida yoki qalbaki, sohta hujjatlarni taqdim etganida;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilganida;
sudning doimiy yashash ruxsatnomasini bekor qilish, bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qaroriga asosan;
vafot etganda — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi ma’lumoti asosida.
48. Yashash guvohnomasi yoki ID-karta chet el fuqarosi va fu | 151 | 63,410 |
Qonunchilik | Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-dekabrdagi 338-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010-yil 31-dekabrdagi 46, 206-qq va 29-son qarori (ro‘yxat raqami 2189, 2011-yil 28-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 4-5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Vasiylik va homiylik organlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joylarining saqlanib qolishini nazorat qilish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Vasiylik va homiylik organi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar turar joylarining noqonuniy sotilganligi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan kundan boshlab besh kun ichida bitimni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.”.
2. 20-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.”.
3. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan. | 208 | 1,760 |
Qonunchilik | “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi QL-769-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 23-aprelda kiritilgan “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi QL-769-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 155 | 411 |
Qonunchilik | HARBIY XIZMATChILARNI OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARI VA SERJANTLARNI TAYYORLASh MAKTABLARIDA O‘QITIShGA SARFLANGAN BUDJET MABLAG‘LARINI DAVLATGA UNDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat Bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini davlatga undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining harbiy xizmatchilaridan (keyingi o‘rinlarda harbiy xizmatchilar deb yuritiladi) oliy harbiy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda OHTM deb yuritiladi) va Serjantlar tayyorlash maktablarida (keyingi o‘rinlarda STM deb yuritiladi) ularni o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini undirilishini tartibga soladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va harbiy xizmatchilar, shuningdek, ularning ota-onalari OHTM va STMga o‘qishga kirishidan oldin OHTM va STM rahbariyati tomonidan, o‘qishni tamomlagach shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli zaxiraga bo‘shatilishi, shartnomaning muddatidan ilgari bekor qilinishi yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilishi holatlarida moddiy mas’ulligi to‘g‘risida yozma holda ogohlantiriladilar.
2. OHTM va STMni tamomlagan va harbiy xizmatni o‘tash haqidagi yangi shartnomani imzolagan harbiy xizmatchilar, shartnoma talablarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilishi sababli shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan ilgari zaxiraga bo‘shatilsa, ulardan o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘lari undirib olinadi.
3. OHTM va STMda o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘lari quyidagi holatlarda undirilmaydi, agar:
a) harbiy xizmatchini shartnoma muddati tugagach, shuningdek, sog‘lig‘i tufayli, shtatlar qisqarishi sababli undan harbiy xizmatda foydalanishning imkoniyati yo‘qligi yoki vazirlik va muassasalarning tashabbusi bilan davlat va harbiy sirlardan xabardor bo‘lishga rad etilgan yoki shu huquq bekor qilinishi bilan bo‘shatilsa;
b) harbiy xizmatchining ota-onasidan biri huquq-tartibot organlari xodimi bo‘lib xizmat vazifasini o‘tayotganda halok bo‘lgan bo‘lsa;
v) harbiy xizmatchi halok bo‘lganligi munosabati bilan qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan o‘chirilgan bo‘lsa.
4. OHTMni tamomlagan va 5 yil davomida harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchi, uni o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini undirishdan ozod etiladi.
OHTMni tamomlagach, shartnoma tuzmasdan harbiy xizmatni o‘tagan va 2006-yilning 1-sentabrigacha zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar, ularni o‘qitish uchun sarflangan budjet mablag‘larini to‘lashdan ozod etiladilar.
5. Oldin muddatli harbiy xizmatni o‘tagan OHTM kursantini o‘qitish uchun sarflangan budjet mablag‘lari va undiriladigan mablag‘lar hajmi 5 yillik o‘qish uchun — zaxiraga bo‘shatilgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 430 baravari, 4 yil uchun — 350 baravariga teng.
Oldin muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan OHTM kursantidan 5 yillik o‘qish muddati uchun — zaxiraga bo‘shatilgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 350 baravari, 4 yil uchun — 270 baravariga teng hajmda mablag‘lar undiriladi.
Harbiy xizmatchining STMda o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘lari hajmi uning zaxiraga bo‘shatilgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 40 baravariga teng darajada undiriladi.
6. Undiriladigan budjet mablag‘lari ofitserlar uchun xizmatni o‘tagan davrining OHTMni tamomlab, yangi shartnoma bo‘yicha 5 yil xizmat, STM bitiruvchilari uchun — amaldagi shartnomaning o‘talmagan muddati nisbatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
7. Ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan holatlarda harbiy xizmatchilarni zaxiraga bo‘shatilishi to‘g‘risidagi buyruqda uni o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini undirish zarurligi ko‘rsatiladi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda buyruq ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8. Zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar OHTM va STMda ularni o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘larini bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq e’lon qilingan kundan e’tiboran respublika budjetiga 30 kun ichida maxsus hisobga pul to‘lash orqali qaytaradilar.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘lari zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar, yuridik (davlat tashkilotlaridan tashqari) yoki jismoniy shaxslar tomonidan qaytarilishi mumkin.
Kerakli pul mablag‘lari belgilangan muddatda to‘lanmasa, qarz qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali undiriladi.
9. OHTM va STMda o‘qish uchun sarflangan xarajatlarni to‘laganlikni tasdiqlovchi hujjatlar zaxiraga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar tomonidan pul mablag‘lari to‘lovi amalga oshirilgandan keyin uch ish kuni ichida so‘nggi xizmat joyiga taqdim etilishi lozim.
10. Buyruq bekor qilinganda, undirilgan mablag‘lar harbiy xizmatchiga yoki to‘lovni amalga oshirgan shaxslarga respublika budjetidan belgilangan tartibda qaytariladi.
11. Harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortishi, shartnoma talablarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilishi munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga ushbu Nizom talablari hamda vazirliklar va muassasalar tomonidan belgilagan tartibga ko‘ra, oliy harbiy ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi davlat namunasidagi diplom va unga ilova, o‘qitishga sarflangan budjet mablag‘lari undirilgandan so‘ng beriladi.
12. O‘qish uchun sarflangan budjet mablag‘larini qaytarmagan shaxslarga keyinchalik ishga joylashish uchun diplomning vaqtinchalik berilmaslik sabablari ko‘rsatilgan va oliy ma’lumotga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda o‘zlashtirgan o‘quv fanlari ro‘yxati, ularning hajmi va baholari qayd qilingan diplom ilovasidan ko‘chirma beriladi. | 202 | 6,575 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARIGA ChET EL FUQAROLARINI O‘QIShGA QABUL QILISh OLDIDAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISh HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 169-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga chet el fuqarolarini o‘qishga qabul qilish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2008-yil 4-avgustdagi 169-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga chet el fuqarolarini o‘qishga qabul qilish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish oldidan albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
2. Tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga kiruvchi chet el fuqarolarini salomatlik holati va jismoniy rivojlanganligini inobatga olib o‘qishga layoqatliligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga kiruvchi chet el fuqarolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan tibbiy muassasalarda pulli xizmat asosida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-martdagi 48-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risida”gi nizomning 9-bandiga muvofiq, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlariga tariflar va narxlar markaz tomonidan mustaqil ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilashga haqli.
4. Chet el fuqarolarining o‘qishga qobiliyati mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan kasalliklar ro‘yxati asosida tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha aniqlanadi.
Ushbu ro‘yxatda keltirilgan kasalliklar aniqlangan taqdirda chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishiga qabul qilish ruxsat etilmaydi.
5. Chet el fuqarolarini tibbiy ko‘rikdan sifatli o‘tkazilishiga tibbiy muassasaning rahbari mas’uldir.
6. Chet el fuqarolari tibbiy ko‘rikdan o‘tish davrida shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki boshqa hujjat)ni taqdim etadilar.
7. Umumta’lim maktabiga rasmiylashtirish jarayonida bola umumiy amaliyot shifokori, pediatr, va boshqa shifokor mutaxassislar: otolaringolog, oftalmolog, nevropatolog, stomatolog, xirurg, ortoped ko‘rigidan o‘tkaziladi. Shuningdek, bolalarga antropometriya, tegishli klinik va laboratoriya tahlillari o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha Vrachlar konsultativ komissiyasi tomonidan bolaning o‘qishga layoqatliligi yoki layoqatsizligi to‘g‘risida profilaktik emlashlari (063u shakli) ko‘rsatilgan holda bolaning tibbiy kartasi (026 shakli) beriladi.
8. Chet el fuqarolari o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish jarayonida umumiy amaliyot shifokori va boshqa shifokor mutaxassislar: otolaringolog, oftalmolog, nevropatolog, xirurg, urolog, ginekolog, psixiatr ko‘rigi va flyuorografiya tekshiruvidan, tegishli klinik tahlillari o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha Vrachlar konsultativ komissiyasi tomonidan chet el fuqarosining o‘qishga layoqatliligi yoki layoqatsizligi to‘g‘risida profilaktik emlashlari (063u shakli) ko‘rsatilgan holda tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli) beriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga kiruvchi chet el fuqarolar mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida keltirilgan tekshiruvlardan o‘tkazilgandan so‘ng test oldi maslahati va OITS/OIV tekshiruvidan o‘tkaziladi.
10. Profilaktik emlashlari to‘g‘risida ma’lumotni (063u shakli) taqdim qilmagan chet el fuqarolari yoshiga munosib emlanganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani taqdim qilishlari lozim.
11. Tibbiy ko‘rik davomida fuqaroda o‘tkir kasalliklar aniqlangan taqdirda, kasallik tuzalgandan so‘ng qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va belgilangan tartibda Vrachlar konsultativ komissiyasi xulosasi beriladi.
12. Murakkab va bahsli holatlarda chet el fuqarosi tibbiy ko‘rikni ixtisoslashtirilgan muassasalarda davom ettirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga (yoki uning hududiy boshqarmalariga) yuboriladi.
13. Vrachlar konsultativ komissiyasi tomonidan berilgan fuqaroning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosasi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda topshiriladigan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilishi uchun beriladi.
14. Chet el fuqarosining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosasi yo‘qolgan taqdirda, u tibbiy ko‘rikdan mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta o‘tkazilib tegishli tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
15. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
1. Sil kasalligining ochiq formalari (aktiv rivojlanuvchi o‘pka sili, traxeobronxial, qorinorti va pereferik limfa tugunlari, yirik suyaklar, halqum, ichak va teri aktiv sili).
2. Rivojlangan o‘pka-yurak yetishmovchiligi (III-daraja) bilan kechuvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari.
3. Barcha bosqichdagi xavfli o‘sma kasalliklari, ikki yil oldin radikal davolangan holatlaridan tashqari.
4. II va III-darajali qon aylanishining buzilishi bilan kechuvchi yurak mushak va klapanlarining organik o‘zgarishlari (tug‘ma va orttirilgan).
5. Turg‘un buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa a’zolar kasalliklari.
6. Endokrin kasalliklar: aqliy faoliyatni pasayishiga olib keluvchi tug‘ma gipoterioz va boshqa tug‘ma kasalliklar.
7. Qon kasalliklari: o‘tkir leykozlar, aplastik kamqonlik.
8. Tug‘ma va surunkali organik asab kasalliklari, shuningdek, aql-zakovatning chuqur va turg‘un buzilishlari, psixopatik buzilishi, yaqqol namoyon bo‘lgan nevrologik belgilar yoki psixopatik xulq-atvor asoratlari bilan o‘tkazilgan og‘ir kasalliklar (ensefalit, meningit, araxnoidit, bosh va orqa miyaning yopiq jarohatlari va boshqalar).
9. To‘xtovsiz rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniya (oddiy, gebefrenik, paranoid turlari): a) xurujsimon rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniya (turlari: katotonik, galyutsinator, paranoid); b) to‘lqinsimon kechuvchi shizofreniya (turlari: sirkulyar, depressiv-paranoid, oneyroid-katotonik) tez-tez xurujlanuvchi va qisqa remissiyali holatlarda; v) sust kechuvchi shizofreniyaning xuruj davri.
10. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek, xushning xiralashuvi va og‘ir disforiya bilan.
11. Kam takrorlanuvchi xurujlar bilan kechuvchi epilepsiya, shaxsning chuqur o‘zgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan, epileptik psixozlar, tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz, tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.
12. Shaxsning patologik rivojlanishi har xil turlari, mehnatga qobiliyati pasayishi bilan, psixopatiyaning yaqqol turi yoki tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.
13. Og‘ir, surunkali kechuvchi, qaytalanuvchi teri kasalliklarining nogironlikka olib keluvchi (pufakchali epidermoliz, slerodaktiliya, artropatik psoriaz turlari, tarqok qizil teri sili (volchanka).
14. Zaxmning yuqumli bosqichi.
15. Traxomaning I, II, III-darajalari.
16. Giyohvandlik, toksikomaniyaning (tamakiga tobelikdan tashqari) barcha turlari.
17. Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS/OIV). | 164 | 7,816 |
Qonunchilik | QAIRF tomonidan Oʻzbekistondagi urologiya va gemodializ klinikalari moliyalashtiriladi | Quvaytning arab iqtisodiy rivojlanish fondi Oʻzbekistonga «Oʻzbekiston Respublikasining urologik va gemodializ yordamini koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarni jihozlash» loyihasini amalga oshirish uchun $23,1 mln ekvivalentida qarz beradi (6.03.2020 yildagi 130-son VMQga qarang).
2020–2022 yillarda amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati $29,09 mln ni tashkil etadi. Oʻzbekistonning ulushi ekvivalentda $5,97 mln ni, shu jumladan soliq va bojхona imtiyozlari berish tarzidagi ekvivalentda $4,41 mln ni tashkil etadi.
7 mln Quvayt dinori miqdorida, ya’ni $23,1 mln ekvivalentidagi QAIRF zayomi 4 yillik imtiyozli davr bilan 26 yil muddatga beriladi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi zayom maqsadli sarflanishi va loyiha samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi agent, «O'zmedimpeks» DUK esa tuziladigan shartnomalar boʻyicha kontragent hisoblanadi. Xizmat koʻrsatish va zayomni qaytarish хarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
Bir oy muddatda 5 kishidan iborat boʻlgan loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi loyihani amalga oshirishga yordam koʻrsatuvchi konsalting tashkilotini tanlab olish va tibbiy jihozlar hamda asbob-uskunalarni хarid qilish boʻyicha tender savdolarini tashkil etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov. | 86 | 1,389 |
Qonunchilik | 2004-2005 YILLARDA MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI LOYIHALARINI AMALGA OShIRAYOTGAN KORXONALARNING RAHBARLARINI VA MUHANDIS-TEXNIK XODIMLARINI RAG‘BATLANT | Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalarning rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda qatnashganligi uchun korxonalar boshqaruv xodimlarini va muhandis-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish bir marta to‘lanadigan mukofotlar tarzida amalga oshiriladi;
bir marta to‘lanadigan mukofotlar har bir yil yakunlariga ko‘ra Mahalliylashtirish dasturining mahalliylashtirish darajasi, ishga tushirilayotgan quvvatlar va ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha korxona uchun belgilangan parametrlar bajarilgan taqdirda to‘lanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarorining 5-bandiga muvofiq soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish hisobiga korxonalar ixtiyorida qoladigan pul mablag‘larining bir qismi bir marta to‘lanadigan mukofotlarni to‘lash manbai hisoblanadi;
bir marta to‘lanadigan mukofotni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar (shu jumladan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov) soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar summasining 15 foizidan oshmasligi kerak.
2. 2004-2005-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalarning rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom 2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan korxonalarning rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qaroriga 1—4-ilovalarga kiritilgan korxonalarga tatbiq etiladi.
3. Bir marta to‘lanadigan mukofotlar tarzidagi moddiy rag‘batlantirish korxonalarning boshqaruv xodimlariga (rahbarlar va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga) va muhandis-texnik xodimlariga nisbatan amalga oshiriladi. Moddiy rag‘batlantirish qo‘llanadigan lavozimlar ro‘yxati korxonaning yuqori boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
4. Bir marta to‘lanadigan mukofotlar har bir yil yakunlariga ko‘ra Mahalliylashtirish dasturining mahalliylashtirish darajasi, ishga tushirilayotgan quvvatlar va ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qaroriga 1—4-ilovalarda nazarda tutilgan parametrlari bajarilgan taqdirda to‘lanadi.
5. Ko‘rsatib o‘tilgan qarorning 5-bandiga muvofiq soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish hisobiga korxonalar ixtiyorida qoladigan pul mablag‘larining bir qismi bir marta to‘lanadigan mukofotlarni to‘lash manbai hisoblanadi.
Bir marta to‘lanadigan mukofotni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar (shu jumladan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov) soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar summasining 15 foizidan oshmasligi kerak. Bunda 1 nafar xodim hisobiga bir marta to‘lanadigan mukofotlar summasi oylik lavozim maoshi miqdorining 6 baravaridan oshmasligi kerak.
6. Yil yakuniga ko‘ra bir marta to‘lanadigan mukofotni xodimlar o‘rtasida taqsimlash korxona rahbari taqdimiga ko‘ra, har bir xodimning Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishdagi shaxsiy hissasini va mehnatdagi ishtirokini hisobga olgan holda korxonaning yuqori boshqaruv organi tomonidan amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarorining 5-bandiga muvofiq soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish hisobiga korxona tomonidan olingan mablag‘larning qolgan summasidan tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda belgilangan tartibda maqsadli foydalaniladi.
8. Ushbu Nizomga muvofiq bir marta to‘lanadigan mukofotlar (shu jumladan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov) summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
9. Soliqlar to‘lashdan ozod qilinadigan mablag‘lar hisobiga boshqaruv xodimlariga va muhandis-texnik xodimlarga bir marta to‘lanadigan mukofotlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘larning to‘g‘ri hisoblanishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. | 250 | 5,479 |
Qonunchilik | Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun – 3 trln soʻm | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilga moʻljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Davlatimiz rahbari kelgusi yilgi byudjetni rejalashtirishda pandemiyaning davom etishi, jahondagi iqtisodiy faollik pasayishini inobatga olish kerakligini ta’kidladi.
Makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlash uchun 2021 yili iqtisodiyotda kamida 5,1%, jumladan, sanoatda 5,8%, хizmatlar va qurilishda 6,5%dan oʻsishga erishish kerak boʻladi.
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda 600 ming ish oʻrnini legallashtirish, 53 ta idoraning ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish, markirovka qoʻllaniladigan mahsulotlar turini kengaytirish hisobiga byudjetga qoʻshimcha mablagʻlar tushirish mumkin.
Yirik korхonalarda ishlab chiqarishni koʻpaytirish ham rejalashtirilmoqda. Misol uchun, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tabiiy gazga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplash hamda hisob-kitobni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali aksiz soligʻidan qoʻshimcha 500 mlrd soʻm mablagʻ tushirish imkoni mavjud. Elektr energiyasi bilan ichki bozordagi ehtiyojni uzluksiz ta’minlash hisobiga qoʻshilgan qiymat soligʻidan qoʻshimcha 250 milliard soʻm byudjetga daromad tushishi kutilmoqda.
Pandemiya sharoitida 2021 yilda ijtimoiy sohaga ajratiladigan хarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15%ga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim qamrovi darajasini 70%ga, bunda хususiy sektor ulushini 25%ga yetkazish maqsad qilingan. Xalq ta’lim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16%ga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash boʻyicha birinchi marta byudjetdan 100 mlrd soʻm, jihozlashga 200 mlrd soʻm ajratiladi.
Ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida kelgusi yili Innovatsion rivojlantirish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga byudjetdan 2 baravar koʻp mablagʻ yoki 100 mlrd soʻm ajratiladi.
Sogʻliqni saqlash sohasiga qariyb 20 trln soʻm, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trln soʻm hamda dori-darmon хaridiga 1,8 trln soʻm belgilanishi koʻzda tutilgan.
Ilk bora onkogematologiyaga qariyb 90 mlrd soʻm ajratilmoqda. Shuningdek, tamaki savdosidan olingan aksiz soligʻining 7%i Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Shu bilan birga, kelgusi yilda birinchi marta gemodializga muhtoj kasallarga tibbiy хizmatlar koʻrsatish qamrovini 100%ga yetkazish uchun 130 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
Kambagʻallikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni 2020 yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi belgilandi. Kelgusi yil 1 yanvardan yagona ijtimoiy reyestrni barcha hududlarda ishga tushirib, ijtimomiy nafaqalar ajratish tizimini toʻliq avtomatlashtirish zarurligi qayd etildi.
Tadbirkorlik dasturlari doirasida 3 trln soʻmdan ortiq subsidiyalar berilishi moʻljallanmoqda. Bundan tashqari, Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hamda Jamoat ishlari jamgʻarmasiga 250 mlrd soʻmdan mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Kelgusi yili chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun byudjetdan 30 mlrd soʻm ajratiladi.
Moliya vazirligiga tashkilotlarda ichki audit tizimini mustahkamlash, noqonuniy хarajatlar va kamomadlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Xarajatlar tarkibi va natijadorligi davlat idoralarining rasmiy saytlarida e’lon qilish tartibi joriy qilinadi va bunga amal qilmagan rahbarlarga jarima qoʻllaniladi. | 53 | 3,475 |
Qonunchilik | 2021-yil 13-mart kuni “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh | “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarning epidemiologik osoyishtaligini saqlash, sog‘lom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilgan holda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik vakillarining 2021-yil 13-mart kuni mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. 2021-yil 13-mart kuni “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini (keyingi o‘rinlarda — umumxalq hashari) o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ishchi guruh (A. Ramatov), O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari umumxalq hasharini o‘tkazish doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutsinlar:
mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;
“Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam” shiori ostida barcha turar joy mavzelari va mahallalarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionyerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan chiqindilarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlash;
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish qatnashchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi 349-son qaroriga muvofiq umumxalq hasharini tegishli tashkilotlar hududiga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazish;
umumxalq hashari doirasida bo‘lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish;
avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obyektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanganligini qat’iy nazoratga olish;
ushbu targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida joylarda ish beruvchilar tomonidan hasharda ko‘zda tutilgan ishlar uchun ishchilarni majburiy tarzda jalb etishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, shunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga jazo choralarini qo‘llash.
4. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i, Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan miqdordagi ko‘chatlar hamda qalamchalarni olish istagini bildirgan respublika bo‘yicha hududlardagi barcha xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlarga shartnoma asosida va qonunchilikda belgilangan tartibda pul o‘tkazish yo‘li bilan tashkilotlarning ushbu tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lari hisobidan yetkazib berilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga “Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish tadbiriga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek, respublikaning barcha aholisi, ayniqsa, yoshlarni jalb etishda ixtiyoriylik ta’minlansin.
6. Umumxalq hasharini o‘tkazish munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag‘lari O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limi, tuman va shahar bo‘linmalari boshqaruvlarining bankdagi hisobvaraqlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilishi tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi umumxalq hasharidan tushgan mablag‘larning kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, “Nuroniy” jamg‘armasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlarini qoplash va xodimlarini bir marta moddiy rag‘batlantirish, ichki turizm hamda aholiga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi tadbirlarga sarflanishini nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi umumxalq hashari kunlari sanitariya-epidemiologik talablarga rioya etgan holda, jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rsin hamda texnik jihatdan soz bo‘lgan texnika vositalaridan foydalanishni nazoratga olsin.
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga umumxalq hasharini keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. | 149 | 6,863 |
Qonunchilik | Tashkilotlar 10%gacha ish oʻrinlarini zaхiraga qoʻyishadi | Vazirlar Mahkamasining 5.12.2017 yildagi 965-son qarori bilan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaхiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Loyiha bosqichidagi hujjatning qisqacha sharhi – bu yerda.
Zaхiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari koʻpayadi
Xodimlarning roʻyхatdagi oʻrtacha soni 20 nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaхiraga qoʻyishlari darkor. Zaхiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy soni – oʻrtacha хodimlar sonining 10%igacha (jumladan, nogironlar uchun kamida 3%). Amaldagi tartibga koʻra хodimlarning oʻrtacha sonining 7%igacha va nogironlarni ishga joylashtirish uchun kamida 3% ish oʻrinlari zaхiraga qoʻyiladi.
Ish oʻrinlari kimlar uchun zaхiraga qoʻyiladi
Ish oʻrinlari fuqarolarning quyidagi toifalari uchun zaхiraga qoʻyiladi:
Tahririyatdan. Hujjatning amaldagi tahriri bilan qiyoslaganda koʻrsatilgan roʻyхat muhim oʻzgarishlarga yuz tutmagan. Uning alohida pozitsiyalariga aniqlik kiritilgan, shuningdek, shaхslarning yangi toifasi kiritilgan – odam savdosi qurbonlari.
Ish oʻrinlarini zaхiraga qoʻyish bosqichlari
Xodimlarning roʻyхatdagi oʻrtacha soni 20 nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar har yili:
Tashkilotlardan yigʻilgan barcha ma’lumotlarni BKM takliflar tarzida tegishli hokimliklarga yuboradi. Shahar (tuman) hokimi har bir tashkilotdagi zaхiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining soni boʻyicha qaror chiqaradi. Qarorda qabul qilinishi shart boʻlgan muhtojlarning har bir toifasi soni va ish oʻrinlari zaхiraga qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar roʻyхati koʻrsatiladi. Hokimning qabul qilingan qarori haqida tashkilotlarga 5 oktyabrgacha хabar qilinishi kerak.
Kelasi yil boshlanishidan oldin 10 kungacha kechikmay ish beruvchi oʻzi uchun belgilangan zaхiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonining 25%i tayyorligini ta’minlashi va bu haqda BKMni хabardor qilishi kerak. Qolgan qismi kelasi yilning I choragi davomida ta’minlanadi, bu haqda ish beruvchi BKMni хabardor qiladi ( I chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay).
Shuningdek, tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman (shahar) BKMga tasdiqlangan shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida aхborot taqdim etishi shart. Ishga qabul qilish ish beruvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki BKMning yoʻllanmasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Bu - muhim! Mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlarini zaхiraga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Zaхiraga qoʻyishdan bosh tortganlik uchun – jarima, belgilangan normalarni oshirganlik uchun – imtiyozlar
Muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaхiraga qoʻyish boʻyicha hokimning qarori bajarilmaganligi, shuningdek ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotning mansabdor shaхsi MJtKning 49, 50-moddalari boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Bu muhim! Ish beruvchi tomonidan ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida aхborot taqdim etilmasligi va ularning amalda tayyor emasligi hokimlarning qarorlari bajarilmasligi sifatida qaraladi.
Hokimlar ish oʻrinlarini belgilangan sondan ortiqcha zaхiraga qoʻygan ish beruvchilar uchun imtiyozlar belgilashi, masalan, ishlab chiqarish uchastkalari (seхlar) tashkil etish uchun noturar joy binolarini birinchi navbatda ajratishi mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 1.04.2018 yilda kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 57 | 3,811 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2013-yilda ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2013-yilda ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Senat Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning o‘tgan davri mobaynidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida”gi KQ–32–II-sonli qarorining ijro etilishi to‘g‘risidagi axborot.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasining 2010 – 2012-yillardagi va 2013-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2010 – 2012-yillardagi va 2013-yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2014-yilga mo‘ljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalarining 2014-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2014-yilga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2014-yilda ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar to‘g‘risida. | 144 | 1,740 |
Qonunchilik | Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Quyonchilik sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yangi mahalliy zotlarni takomillashtirish, quyonlar seleksiyasi va genetikasi sohasida raqobatbardosh mahalliy texnologiyalar majmuasining zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, tarmoqni kelgusida rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish va raqobatbardosh mahalliy texnologiyalar yaratish, sun’iy urug‘lantirish ishlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar asosida quyonchilik tarmog‘ida innovatsion texnologiyalar va ilg‘or konstruktorlik namunalarini amaliyotga joriy etish;
quyonlarning sermahsul zotlari va duragaylarini ko‘paytirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan seleksiya-naslchilik konsepsiyasini va tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
quyonlarning mahalliy zotlarini takomillashtirish va naslini yaxshilash bo‘yicha seleksion va genetik ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish hamda quyonchilik tarmog‘ini kelgusida rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
sohaga ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy, innovatsion ishlanmalarni joriy qilish hamda genetik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, quyonchilik tarmog‘ining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
3. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi xodimlarining umumiy cheklangan soni 16 nafar bo‘lgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
Markaz faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar dastlabki ikki yil davomida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
5. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
shartnomaviy asosda faoliyat sohasi bo‘yicha ishlar bajarishdan va xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Markaz xodimlarining malakasini oshirish maqsadida mutaxassislarning yo‘nalishlar ixtisosligiga muvofiq yetakchi xalqaro ilmiy markazlarida qayta tayyorgarlikdan o‘tishini tashkil qilsin. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi quyonlarning yangi zotlarini olish uchun ilmiy-genetik tadqiqotlarni, ilmiy dasturlarini moliyalashtirish uchun tanlov asosida mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
bir oy muddatda Markazning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tashkil etsin hamda yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlarini yakuniga yetkazsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmalariga binoan Markazda ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan kirish vizasini rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurtmalariga binoan Markazda ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi hamda muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markazning buyurtmalariga asosan belgilangan tartibda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ishtirok etuvchi xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishi (amal qilish muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (amal qilish muddatini uzaytirilishi)ni ta’minlasin.
11. Markaz Toshkent viloyati, Qibray tumani, Shalola MFY, O‘zChITI ko‘chasida joylashgan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin. | 106 | 6,229 |
Qonunchilik | SUD AMALIYOTIDA BITIMLARNI TARTIBGA SOLUVChI QONUNChILIK NORMALARINI TATBIQ QILIShDA VUJUDGA KELADIGAN AYRIM MASALALAR TO‘G‘RISIDA | Bitimlar bilan bog‘liq nizolarni sudda ko‘rish amaliyotini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, sudlar bitimlarga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini asosan to‘g‘ri tatbiq qilmoqdalar. Shu bilan birga sud amaliyotida nizoli huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanishi lozim bo‘lgan moddiy qonun normalarini noto‘g‘ri aniqlash, mohiyatiga ko‘ra nizoli bitimga nisbatan bir-birini istisno qiluvchi da’vo talablarini qabul qilish va ko‘rish, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni har tomonlama tekshirmaslik kabi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Yuqorida bayon etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini to‘g‘ri tatbiq qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Bitimlarni tartibga soluvchi qonun normalarini to‘g‘ri tatbiq qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
2. Bitimlar tuzish va ularning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu toifadagi ishlar FKning 9-bobida nazarda tutilgan, ya’ni fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltiruvchi bitimlar haqidagi qoidalar hamda ayrim bitim turlarini tartibga soluvchi FK va maxsus qonun normalari asosida hal qilinadi. Bunda:
a) FKning 103-moddasiga muvofiq bir taraflama bitimlarga nisbatan ham majburiyatlar va shartnomalar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi;
b) FKning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va ko‘p tomonlama bitimlar (shartnoma)ga taalluqli qoidalar FKning 26, 27, 28-boblarida nazarda tutilgan shartnomalar tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish haqidagi qoidalar bilan to‘ldiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi FKning 101-moddasiga muvofiq bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari tushuniladi. Bitimlarni haqiqiy deb topish haqidagi da’volarni ko‘rishda sudlar haqiqatan ham, taraflar o‘rtasida bitim tuzish haqida kelishuv bo‘lganligi, bitim shartlarining to‘liq yoki qisman bajarilganligi va bitimni notarial tasdiqlashga monelik qilgan sabablarni aniqlashlari lozim.
4. O‘zbekiston Respublikasi FKning 112-moddasiga muvofiq bitimning qisman yoki to‘liq bajarilganligi haqidagi yozma dalillar mavjud bo‘lganda yoxud javobgar tomonidan bitim tuzilganligi tan olinganda sudlar har qanday bitimlarni emas, faqatgina qonunda notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinadigan bitimlarni haqiqiy deb topishlari mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
5. Basharti qonun yoki majburiyatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi FK normalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha umumiy da’vo muddati – uch yil.
Bunda FKning 160-moddasi talabiga muvofiq da’vo muddatining to‘xtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi FKning 156, 157, 159-moddalari qoidalari, agarda qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, majburiyatlarning ayrim turlariga ham taalluqlidir.
6. Bitimlarga oid nizolarni ko‘rishda shartnomani haqiqiy emas deb topish va shartnomani bekor qilish tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, O‘zbekiston Respublikasi FKning 9-bobi 113-126- moddalarida ko‘zda tutilgan bitimlarning haqiqiy emasligini tartibga soluvchi normalarda bayon etilgan asoslar bo‘yicha shartnomalarni haqiqiy emas deb topilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi FKning 114-moddasi 1-qismiga muvofiq haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarni vujudga keltirmaydi va u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Shartnomani bekor qilish esa to‘liq yoki qisman bajarilmagan shartnomani va uning oqibatida vujudga kelgan taraflarning huquq va majburiyatlarini kelgusida bekor qilishga qaratilgan harakatdir.
Shartnomaning haqiqiy emasligi va shartnomani bekor qilishning o‘zaro farqi:
a) bitimning haqiqiy emasligiga asos uning noqonuniyligidir. Bekor qilishga esa — uning qonuniyligi nizolashilmasdan shartnomani bekor qilishga sabab bo‘ladigan holatlarning yuzaga kelishi asos bo‘ladi;
b) shartnomani bekor qilish u amalda bo‘lgan vaqtdagi o‘zaro huquq va majburiyatlarga ta’sir etmasdan, faqatgina kelgusidagi huquq va majburiyatlarga taalluqlidir.
7. Sudlarga tushuntirilsinki, bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi talabdan farqli ravishda shartnomani bekor qilish haqidagi talabda da’vo muddati cheklanmagan bo‘ladi va bunday da’vo bilan murojaat qilishga shartnoma harakatda bo‘lgan butun davr mobaynida yo‘l qo‘yiladi.
8. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, bir tomonlama bitimlarning haqiqiy emasligi FKning 9-bobida belgilangan umumiy qoidalar bilan, uni bekor qilish shartlari esa aynan shu turkumdagi bitimlarga oid qoidalar bilan tartibga solinadi (masalan, ishonchnoma va vasiyatnomani bekor qilish FK 141, 142, 1127-moddalari).
9. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FKning 9- bobida qayd etilgan qoidalar bitimlarni haqiqiy emas deb topishning qat’iy asoslari hisoblanadi.
Ayrim toifadagi bitimlarni tuzish tartibi va shartlari majburiyatlarning ayrim turlari to‘g‘risidagi FK qoidalari va maxsus qonunlar bilan tartibga solinishini hisobga olib, sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, bitim shakli va tuzilishi tartibi qoidalariga rioya qilmaslik, to‘g‘ridan to‘g‘ri qonun qoidalarida va qonunchilik aktlarida ko‘rsatilgan holatlardagina FKning 115-116-moddalari asosida bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 114-moddasi 2-qismiga muvofiq, bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart. Sudlar “bitim bo‘yicha olingan narsa”ni aniqlashda haqiqiy emas deb topilgan shartnoma shartlaridan kelib chiqib, shuni nazarda tutishlari lozimki, bitim haqiqiyligi nizolashilganda taraflarning bitim shartlari doirasidan tashqaridagi munosabatlari huquqiy ahamiyatga ega emas.
10. FKning 122-123-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni ko‘rishda sudlar yanglishish ta’sirida, aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan bitim tushunchalarini bir-biridan farqlashlari lozim.
Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim deb, bitim yuzasidan kelib chiquvchi taraflarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish, ya’ni taraflarning haqiqiy xohish-irodasini aks ettirmasdan, bitim tuzilgan vaqtda taraflar tomonidan nazarda tutilmagan huquqiy oqibatlarga olib kelgan bitim tushuniladi. Yanglishish har xil holatlarda ko‘rinishi mumkin, masalan, muzokara vaqtida taraflar bir-birlarini tushunmaganliklari, qonunlarni noto‘g‘ri talqin qilganliklari, bitimning haqiqiy oqibatlarini noto‘g‘ri tasavvur etganliklari va boshqalar. Shu bilan birga qonunni bilmaslik bitimning ushbu asos bilan haqiqiy emasligini keltirib chiqarmaydi.
Aldash bu bir tarafning bitim tuzilishida nazarda tutilgan holatlarning yuzaga kelmasligini bila turib, atayin ikkinchi tarafni bitim tuzishga undashga qaratilgan aybli harakatidir. Aldash bitimning elementlariga, uning doirasidan tashqaridagi holatlarga, shuningdek, bitimni amalga oshirish yuzasidan bitim ishtirokchisi xohish-irodasini shakllantirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan sabab va motivlarga qaratilgan bo‘ladi.
Zo‘rlik deb, bitim ishtirokchisiga (uning yaqin kishilariga) jismoniy yoki ruhiy azob berish natijasida bitim tuzishga majbur qilish tushuniladi. Zo‘rlik noqonuniy xatti-harakat bo‘lib, jinoiy javobgarlikka tortish shart bo‘lmagan harakatlarda ham ko‘rinishi mumkin. Masalan, xizmat vakolatidan foydalangan holda shartnoma yuzasidan majburiyat oluvchining erkiga ta’sir qilish.
Qo‘rqitish deb, bitim ishtirokchisining erkiga ruhiy ta’sir ko‘rsatish natijasida uning uchun noqulay bo‘lgan bitim tuzishga majburlash tushuniladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qayd etilgan asos bo‘yicha bitimni haqiqiy emas deb topishning zarur shartlaridan biri qo‘rqitishning realligi hisoblanadi.
Bir taraf vakilining ikkinchi taraf vakili bilan yomon niyatda kelishuvi deb, vakilning boshqa taraf bilan vakolat beruvchi manfaatlariga zid shartlar asosida kelishuvi tushuniladi.
Og‘ir holatlarning yuz berishi ta’sirida tuzilgan bitim deganda, bir tarafning o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar asosida bitim tuzayotganligini anglashi (bu yerda yanglishish ham, aldash ham bo‘lmaydi), lekin uni tuzishga majbur bo‘lishi tushuniladi.
Bunda quyidagi ikki shartning mavjud bo‘lishi bitimni og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilganligi uchun haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi:
a) og‘ir holatlar yuz berishi tufayli bir tarafning o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar bilan bitim tuzishga majbur bo‘lishi;
b) ikkinchi tarafning bunday holatdan foydalanib, bitim tuzishga qaratilgan harakatining mavjudligi.
Yuqorida qayd etilgan asoslar bo‘yicha bitimlarning haqiqiy emasligini isbotlash majburiyati da’vogarga yuklatiladi.
11. O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi bo‘yicha nizolashilganda, sudlar isbotlash vositalariga yo‘l qo‘yilishi haqidagi FPK 74-moddasi qoidalaridan kelib chiqib, ish bo‘yicha tegishli (psixologik))ekspertiza tayinlash masalasini muhokama qilishlari lozim.
Sudlar yuqorida qayd etilgan asos bo‘yicha nizolashilayotgan bitimni muomalaga layoqatsiz fuqaro tomonidan tuzilgan bitimdan farqlashlari lozim, bunda birinchi holatdan farqli ravishda da’vo muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning manfaatini ko‘zlab uning homiysi yoki prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
12. Bitimni amalga oshirgan shaxsning yoki ikki tomonlama bitim (shartnoma) ishtirokchilaridan birining imzosi haqiqiyligiga shubha tug‘ilib, bitim nizolashilganda, arz qilingan talab asosli bo‘lsa, bitim FKning 116-moddasiga muvofiq haqiqiy emas deb topiladi.
13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FKning 126-moddasida belgilangan vakolat doirasidan chetga chiqib tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishning asosiy sharti — bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi talab faqat bitimni cheklash belgilanishidan manfaati bor bo‘lgan shaxs tomonidan taqdim etilishidir.
14. FKning 128-moddasida ko‘zda tutilgan bitimning bir qismi deganda, bitimning mazmuniga taalluqli bir yoki bir necha shartlarning mavjud bo‘lmaganligi ushbu bitimni amalga oshirish imkoniyatini istisno qilmasligi tushuniladi. Qonun talablariga ko‘ra, jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan va ular mavjud bo‘lmaganda bitimning qolgan shartlari bitim ishtirokchilari uchun huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmaydigan shartlar bundan mustasno.
Bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi uning o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaganligidan, shuningdek, undagi muayyan shartlarning FKda belgilangan bitimlarning haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi asoslar bo‘yicha nizolashuvi oqibatida kelib chiqishi mumkin.
FKning 119—121-moddalaridagi asoslar bo‘yicha bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi nizolashilganda bu uning butunlay haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘lmasligi qonunda alohida ko‘rsatilishi mumkin. Bunga FK majburiyatning bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi (garov, kafillik, kafolat kabi) kelishuvning haqiqiy emasligi majburiyatning (asosiy majburiyat) haqiqiy emasligiga olib kelmasligi to‘g‘risidagi qoidalarini misol qilib keltirish mumkin.
15. Majburiyatlarning ayrim turlari, jumladan, garov, oldi-sotdi, aksiyalarni o‘zganing egaligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar ishni to‘g‘ri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bitimni haqiqiy emas deb topish asosini aniqlashlari lozim.
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 52-moddasi talabiga asoslanib, garov shartnomasini haqiqiy emas deb topishga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki mazkur qonun majburiy ijro davomida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
17. Oldi-sotdi shartnomasi uning ishtirokchilari uchun o‘zaro huquq va majburiyatlarni vujudga keltirishi bois mazkur shartnomaning haqiqiyligini qonunda belgilangan asoslar bo‘yicha faqatgina shartnoma ishtirokchilari hamda shartnoma obyektining mulkdorlari nizolashishga haqlidirlar. Shartnomaning haqiqiyligi manfaatdor shaxs tomonidan oldi-sotdi shartnomasida kelishilgan summaning u tomonidan to‘langanligi asosi bo‘yicha nizolashilayotganda, bu holat oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘la olmaydi.
18. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, oldi-sotdi shartnomasida mulk bahosi shartnomaning majburiy shartlaridan biri bo‘lib, bu faqat mazkur bitimning haq evaziga tuzilganligidan dalolat beradi. Shu sababli mulkning haqiqiy qiymati oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan qiymatdan yuqori bo‘lishi notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘la olmaydi, FKning 123-moddasida ko‘rsatilgan og‘ir holatlarning yuz berishi ta’sirida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bundan mustasno.
19. Qarz shartnomasi yuzasidan nizolashish jarayonida qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga pul va boshqa ashyolar haqiqatda shartnomada belgilanganidan kam berilganligi aniqlansa, shartnoma o‘sha miqdordagi pul yoki ashyoga nisbatan tuzilgan deb hisoblanishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
20. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, kimoshdi savdosini o‘tkazish qoidalarining buzilganligi kimoshdi savdosi natijasi bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi. Bunda sud bitimni FKning 116-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topadi.
21. Bir vaqtning o‘zida sotib oluvchining huquqini o‘tkazish va oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqida talablar arz qilinganda, sud arz qilingan talablarga aniqlik kiritishi lozim, chunki umumiy ulushli mulkda bo‘lgan mulkni sotishda oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi talablar imtiyozli sotib olish huquqi buzilganligi yoki boshqa asoslar bo‘yicha shartnomani haqiqiy emas deb topishni istisno qiladi.
22. Umumiy mulkdagi ulushini sotuvchi boshqa mulkdorga o‘z ulushini sotmaslik maqsadida mulk bahosini atayin yuqori ko‘rsatishi va u sotib olishni rad etganidan keyin boshqa shaxsga past bahoda sotganligi holatining aniqlanganligi imtiyozli sotib olish huquqi buzilganligiga olib keladi va uning oqibati O‘zbekiston Respublikasi FKning 224-moddasi 4-qismini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Sudlarning e’tibori umumiy mulkda bo‘lgan ulushni kimoshdi savdosi orqali sotish hollariga nisbatan FKning 224-moddasi qoidalari qo‘llanilmasligiga qaratilsin.
23. Sudlarga tushuntirilsinki, FKning 224-moddasi 3-qismida belgilangan, imtiyozli sotib oluvchi ko‘chmas mulkni sotib olish uchun bir oy davomida, boshqa mol-mulkka nisbatan esa o‘n kun davomida mulkni sotib olish to‘g‘risidagi taklifni qabul qilishi mumkin, bu muddat unga, xabar qilingan kundan hisoblanib, huquqiy mohiyatiga ko‘ra umumiy da’vo muddatidan farq qilib, to‘xtatilishi, uzaytirilishi va tiklanishi mumkin emas.
24. Er yoki xotindan biri qimmatli qog‘ozlar (taqdim etuvchiga deb berilgan aksiyalardan tashqari) bilan bog‘liq bitimlarni uning roziligi olinmasdan tasarruf etilganligi asosida nizolashganda, sudlar er-xotinning mulk huquqlari va majburiyatlarini tartibga soluvchi Oila kodeksi qoidalarida er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki obyekti sifatida aksiyalarni tasarruf qilish tartib va shartlari ko‘rsatilmaganligini nazarda tutishlari lozim.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risidagi qonunchilik aktlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish bo‘yicha bitimlarni tuzish tomonlarning xohish-irodalarini qayd etishga imkon beradigan hujjat shaklida bo‘lib, u mohiyatiga ko‘ra, faqatgina qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
25. Sudlarga bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rish amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishlari tavsiya qilinsin. | 130 | 16,878 |
Qonunchilik | IPAK IShLAB ChIQARISh MAJMUIDA INTEGRATSIYALASh JARAYoNLARINI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Ipak ishlab chiqarish majmuida korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish va integratsiyalash jarayonlarini kuchaytirish asosida mahsulot sifatini oshirish va ularning raqobatga bardoshliligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Marg‘ilon “Ipakchi” aksionerlik jamiyati, Namangan “Atlas” aksionerlik jamiyatining hamda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining pilla yetishtirish, tayyorlash va sotishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlari mehnat jamoalarining ular tomonidan “Kumush tola” va “Xonatlas” aksionerlik kompaniyalarini 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, ko‘rsatib o‘tilgan aksionerlik kompaniyalari:
ipak qurti urug‘ini yetishtirish, tut daraxtlarini parvarish qilish, xom pilla tayyorlash, ularga dastlabki ishlov berish, ipak xomashyosidan va yigiruv chiqitlaridan kalava iplari va shoyi gazlamalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmalari hisoblanadi;
ochiq turdagi aksionerlik birlashmalari shaklida tashkil etiladi;
“O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan qatnashchilari hisoblanadilar, o‘z faoliyatini kompaniya ustaviga muvofiq amalga oshiradilar;
belgilangan tartibda davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladilar.
“Kumush tola” va “Xonatlas” kompaniyalari tarkibiga kirgan pillani dastlabki qayta ishlovchi korxonalar qishloq xo‘jaligi korxonasi maqomini saqlab qoladilar.
3. Aksionerlik kompaniyalarini boshqarish tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin. Aksionerlik kompaniyalari boshqaruvlarining ijro etuvchi apparati funksiyasi “Ipakchi” va “Atlas” aksionerlik jamiyatlarining shoyi ishlab chiqaruvchi bosh korxonalariga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tumanlardagi pilla quritish korxonalarini shirkatlarga aylantirish hamda ularning mulkdagi ulushlarini belgilangan tartibda pillakorlar (oilaviy zvenolar), pilla quritish va qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Pillakorlar shirkatlari:
yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisoblanadilar;
pillani tayyorlash, quritish, quruq pillalarni pillakorlar nomidan iste’molchilarga jo‘natish funksiyalarini amalga oshiradilar;
pillakorlarga sifatli tut bargi yetkazib berish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan shartnomalar tuzadilar.
5. Joylarda pillakorlarning mustaqil shirkatlari tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Ipak” Respublika ishlab chiqarish birlashmasining Qoraqalpog‘iston Respublika va viloyatlar birlashmalari belgilangan tartibda tugatilsin, viloyatlarda tumanlar shirkatlarining muvofiqlashtiruvchi kengashlari tuzilsin.
6. “Ipak” Respublika ishlab chiqarish birlashmasi korxonalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Pilla” uyushmasi 4-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “Pilla” uyushmasi o‘ziga berilgan vakolatlar va funksiyalar doirasida quyidagi vazifalarni hal qiladi:
bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, ipak qurti urug‘i yetishtirishdagi, ipak qurtini boqishdagi, pillani quritishdagi zamonaviy texnologiyalarni yoyish va marketingni tashkil etish;
agrotexnika va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda respublika pillakorlar shirkatlariga metodik yordam berish;
shirkatlarga tashqi bozorni o‘rganishda va ularning eksport imkoniyatlarini kengaytirishda ko‘maklashish.
7. “Kumush tola” va “Xonatlas” aksionerlik kompaniyalari hamda “Pilla” uyushmasi tashkil etilishi munosabati bilan “Ipak” Respublika ishlab chiqarish birlashmasi belgilangan tartibda tugatilsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, “Pilla” uyushmasi:
yuridik shaxs hisoblanadi va pillakorlarning tuman shirkatlari hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi boshqa ipakchilik korxonalari va tashkilotlari tomonidan tuziladi;
o‘z faoliyatini ta’sischilarning pay va boshqa badallari hamda ular tomonidan berilgan vakolat va funksiyalar asosida tashkil qiladi;
shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha “Ipak” Respublika ishlab chiqarish birlashmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
9. “Pilla” uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 5 va 5a-ilovalarga muvofiq va xodimlarining soni 22 nafar miqdorida ma’qullansin.
“Pilla” uyushmasiga raisning ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga ega bo‘lish tavsiya etilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda, bir oy muddatda “Pilla” uyushmasi faoliyati Ustavini ishlab chiqsin va qabul qilsin.
11. Belgilab qo‘yilsinki, “Pilla” uyushmasi tuman pillakorlar shirkatlari, “Kumush tola”, “Xonatlas” aksionerlik kompaniyalari va tut bargi yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlar maxsus shartnomalar bilan tartibga solinadi.
“O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda, bir oy muddatda xom pilla yetishtirish va xarid qilish, pillakorlarni tut bargi bilan ta’minlash bo‘yicha namunaviy shartnoma loyihasini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “O‘zbeklegkombank”ning viloyat filiallarini ochishga amaliy yordam bersin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
“Kumush tola” va “Xonatlas” aksionerlik kompaniyalari tarkibiga kiruvchi korxonalar aksiyalarining 20 foizgachasini tegishli yuridik va jismoniy shaxslarga — xom pilla yetishtiruvchilarga sotishni nazarda tutsin;
aksionerlik kompaniyalaridagi aksiyalarning davlat ulishini boshqarish huquqini shartnoma asosida “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga bersin;
davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni ikki yil mobaynida shartnoma asosida “Kumush tola” va “Xonatlas” kompaniyalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga bersin.
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ijara shartnomalari asosida tut daraxtlari va tutzorlarni oilaviy zvenolarga va dehqon (fermer) xo‘jaliklariga biriktirib qo‘yishni ta’minlasinlar, tut daraxtlarini ularning roziligisiz kesib tashlashni taqiqlasinlar.
15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
ipak qurtining elita va superelita urug‘i, tut ko‘chatlari yetishtirishni rivojlantirish, ipak qurtini boqish agrotexnikasini takomillashtirish yuzasidan yagona siyosat yuritilishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ozuqa bazasini rivojlantirishda, yangi tutzorlar barpo etishda “Kumush tola”, “Xonatlas” kompaniyalari xo‘jaliklari va korxonalariga hamda pillakorlar shirkatlariga yordam ko‘rsatsin, tutzorlarning saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
16. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 15-sentabrdagi 327-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
1. “Ipakchi” Marg‘ilon aksionerlik jamiyati
2. “Marg‘ilon xonatlasi” Marg‘ilon aksionerlik jamiyati
3. “Ipak yo‘li”Farg‘ona aksionerlik jamiyati
4. Ipak qurti urug‘i zavodlari:
Qo‘qon ipak qurti zavodi
Farg‘ona ipak qurti zavodi
Marg‘ilon ipak qurti zavodi
5. Pillaga dastlabki ishlov beruvchi tuman bazalari:
Oltiariq bazasi
Bog‘dod bazasi
Buvayda bazasi
Quva bazasi
Rishton bazasi
Toshloq bazasi
Oxunboboyev bazasi
Beshariq bazasi
Uchko‘prik bazasi
Farg‘ona bazasi
Yozyovon bazasi
Furqat bazasi
O‘zbekiston bazasi
6. Farg‘ona avtokorxonasi
7. Farg‘ona xo‘jalik hisobidagi qurilish-ta’minlash boshqarmasi
1. “Atlas” Namangan aksionerlik jamiyati
3. Ipak qurti urug‘i zavodlari:
Namangan ipak qurti zavodi
4. Pillaga dastlabki ishlov beruvchi tuman bazalari:
Kosonsoy bazasi
Zadaryo bazasi
Namangan bazasi
Pop bazasi
To‘raqo‘rg‘on bazasi
Uychi bazasi
Uchqo‘rg‘on bazasi
Chust bazasi
Yangiqo‘rg‘on bazasi
Chortoq bazasi
Norin bazasi
Oltinko‘l bazasi
Andijon bazasi
Baliqchi bazasi
Jalolquduq bazasi
Komsomolobod bazasi
Qo‘rg‘ontepa bazasi
Asaka bazasi
Marhamat bazasi
Shahrixon bazasi
Paxtaobod bazasi
Xo‘jaobod bazasi
Bo‘z bazasi
Buloqboshi bazasi
Izboskan bazasi
5. Avtokorxonalar:
Namangan avtokorxonasi
Andijon avtokorxonasi
To‘rtko‘l pillakorlar shirkati
Ellikqal’a pillakorlar shirkati
Chimboy pillakorlar shirkati
Beruniy pillakorlar shirkati
Kegeyli pillakorlar shirkati
Xo‘jayli pillakorlar shirkati
Mang‘it pillakorlar shirkati
To‘rtko‘l tut ko‘chatxonasi
Avtogaraj, Nukus shahri
Andijon pillachilik stansiyasi
Xo‘jaobod ijara korxonasi
Buxoro ipak qurti urug‘i zavodi
Olot pillakorlar shirkati
Buxoro pillakorlar shirkati
Vobkent pillakorlar shirkati
Jondor pillakorlar shirkati
G‘ijduvon pillakorlar shirkati
Qogon pillakorlar shirkati
Qorako‘l pillakorlar shirkati
Peshku pillakorlar shirkati
Romitan pillakorlar shirkati
Shofirkon pillakorlar shirkati
Buxoro pillachilik jamoa xo‘jaligi
Avtogaraj, Buxoro shahri
Baxmal pillakorlar shirkati
G‘allaorol pillakorlar shirkati
Jizzax pillakorlar shirkati
Do‘stlik pillakorlar shirkati
Zomin pillakorlar shirkati
Zarbdor pillakorlar shirkati
Zafarobod pillakorlar shirkati
Mirzacho‘l pillakorlar shirkati
Paxtakor pillakorlar shirkati
Forish pillakorlar shirkati
Jizzax pillachilik jamoa xo‘jaligi
Shahrisabz ipak qurti urug‘i zavodi
G‘uzor pillakorlar shirkati
Qarshi pillakorlar shirkati
Koson pillakorlar shirkati
Qamashi pillakorlar shirkati
Kitob pillakorlar shirkati
Nishon pillakorlar shirkati
U. Yusupov pillakorlar shirkati
Kasbi pillakorlar shirkati
Chiroqchi pillakorlar shirkati
Shahrisabz pillakorlar shirkati
Yakkabog‘ pillakorlar shirkati
Muborak pillakorlar shirkati
Avtogaraj, Shahrisabz shahri
Namangan pillachilik jamoa xo‘jaligi
Navoiy ipak qurti urug‘i zavodi
Qiziltepa pillakorlar shirkati
Navbahor pillakorlar shirkati
Navoiy pillakorlar shirkati
Xatirchi pillakorlar shirkati
Nurota pillakorlar shirkati
Kumushkon pillakorlar shirkati
Samarqand pilla qurti urug‘i zavodi
Kattaqo‘rg‘on pilla qurti urug‘i zavodi
Samarqand pillachilik stansiyasi
Oqdaryo pillakorlar shirkati
Jomboy pillakorlar shirkati
Ishtixon pillakorlar shirkati
Bulung‘ur pillakorlar shirkati
Qo‘shrabod pillakorlar shirkati
Narpay pillakorlar shirkati
Payariq pillakorlar shirkati
Paxtachi pillakorlar shirkati
Juma pillakorlar shirkati
Urgut pillakorlar shirkati
Kattaqo‘rg‘on pillakorlar shirkati
Chelak pillakorlar shirkati
Toyloq pillakorlar shirkati
Nurobod pillakorlar shirkati
Samarqand pillakorlar shirkati
Avtogaraj, Kattaqo‘rg‘on shahri
Samarqand pillachilik ijara xo‘jaligi
Boyovut pillakorlar shirkati
Sayxunobod pillakorlar shirkati
Guliston pillakorlar shirkati
Sirdaryo pillakorlar shirkati
Xovos pillakorlar shirkati
Mirzaobod pillakorlar shirkati
Navro‘z tut ko‘chatxonasi
Oltinsoy pillakorlar shirkati
Angor pillakorlar shirkati
Boysun pillakorlar shirkati
Jarqo‘rg‘on pillakorlar shirkati
Sho‘rchi pillakorlar shirkati
Denov pillakorlar shirkati
Sariosiyo pillakorlar shirkati
Sherobod pillakorlar shirkati
Qumqo‘rg‘on pillakorlar shirkati
Termiz pillakorlar shirkati
Bandixon pillakorlar shirkati
Uzun pillakorlar shirkati
Muzrobod pillakorlar shirkati
Qiziriq pillakorlar shirkati
Avtogaraj, Jarqo‘rg‘on shahri
Toshkent ipak qurti urug‘i zavodi
Oqqo‘rg‘on pillakorlar shirkati
Ohangaron pillakorlar shirkati
Bekobod pillakorlar shirkati
Bo‘stonliq pillakorlar shirkati
Bo‘ka pillakorlar shirkati
Quyi Chirchiq pillakorlar shirkati
Yuqori Chirchiq pillakorlar shirkati
Qibray pillakorlar shirkati
Piskent pillakorlar shirkati
O‘rta Chirchiq pillakorlar shirkati
Toshkent pillakorlar shirkati
Chinoz pillakorlar shirkati
Zangiota pillakorlar shirkati
Yangiyo‘l pillakorlar shirkati
Toshkent pillachilik jamoa xo‘jaligi
Farg‘ona pillachilik stansiyasi
“Guliston” pillachilik jamoa xo‘jaligi
Farg‘ona tut ko‘chatxonasi
Urganch ipak qurti urug‘i zavodi
Bog‘ot pillakorlar shirkati
Gurlan pillakorlar shirkati
Qo‘shko‘prik pillakorlar shirkati
Urganch pillakorlar shirkati
Honqa pillakorlar shirkati
Xiva pillakorlar shirkati
Hozorasp pillakorlar shirkati
Shovot pillakorlar shirkati
Yangiariq pillakorlar shirkati
Yangibozor pillakorlar shirkati
Pillachilik shirkat xo‘jaligi
Avtogaraj, Urganch shahri | 103 | 12,605 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 657 |
Qonunchilik | “MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo‘lishini ta’minlash uchun moliyaviy mablag‘lar berishni yanada kengaytirish maqsadida:
1. “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida;
ilovaga muvofiq, uning aksiyadorlari tarkibi va ustav sarmoyasini ko‘paytirish to‘g‘risida “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qaroriga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tijorat banklarining takliflariga rozilik berilsin.
4. “Mikrokreditbank” mikrokreditlarni rasmiylashtirishda byurokratizm va rasmiyatchilik hollariga yo‘l qo‘ymasin. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda qarz oluvchi tomonidan mikrokredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati faqat:
mikrokredit olishga buyurtmanoma;
biznes-reja;
mikrokredit qaytarilishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjatlar bilan cheklanadi.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi muvaqqat nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Quyidagilar “Mikrokreditbank” resurs bazasini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasini shakllantirishga yo‘naltiradigan mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2007—2010-yillar mobaynida Markaziy bankning respublika budjeti daromadiga yo‘naltiradigan foydasi hisobidan yillik 2 foiz stavka bo‘yicha 10 yil muddatga 10 mlrd. so‘m miqdorida beriladigan har yilgi ssudalar;
6. Belgilansinki, mikromoliyalashtirish shartnomalari, shuningdek garov, kafolat shartnomalari hamda mikromoliyalashtirish bilan bog‘liq boshqa shartnomalarni notarial tasdiqlash shartnoma summasining 0,1 foizi stavkasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
“Mikrokreditbank” filiallarining Kredit axboroti davlat reyestrini yuritish departamentining ma’lumotlar bazasiga kirishini ta’minlasin hamda qarz oluvchilarning kredit tarixi bo‘yicha o‘zining ma’lumotlar bazasini yaratishda “Mikrokreditbank”ka yordam ko‘rsatsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari hamda yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etishda “Mikrokreditbank”ka ko‘maklashsin.
8. “Mikrokreditbank” 2018-yilning 1-yanvarigacha:
foyda va mulk soliqlari to‘lashdan;
olib kelinadigan bank uskunalari va texnologiyalari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlardan tashqari);
bank foydasiga undirilgan mulkni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
berilgan imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar maqsadli tarzda “Mikrokreditbank” ATBning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin. | 72 | 3,554 |
Qonunchilik | “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni ta’sis etildi | U 8 dekabr - Konstitutsiya kuni bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi. Mukofotlanganlar EKIHning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. Tegishli Nizom Prezidentning 14.11.2018 yildagi PQ-4017-son qarori bilan tasdiqlandi.
“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolar takdirlanadilar. Mukofot:
Bu – muhim! Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin. Bir shaхs koʻkrak nishoni bilan, qoidaga koʻra, bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni mamlakatimiz davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Maslahat kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan hududlar miqyosida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalariga taqdim etiladi.
Mahalliy vakillik organlari tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar koʻrib chiqilib, har yili 15 noyabrgacha Maslahat kengashiga taqdim etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.11.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy. | 92 | 1,766 |
Qonunchilik | «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK MUASSASALARINI IChKI IShLAR IDORALARI HUZURIDAGI QO‘RIQLASh MILITSIYa BO‘LINMALARI TOMONIDAN QO‘RIQLASh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA»GI BUYRUQNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25 oktyabrdagi 270-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari to‘plami, 1991-y., 10-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 26-yanvardagi 19/436-sonli «O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarini ichki ishlar idoralari huzuridagi qo‘riqlash militsiya bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlash to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 629, 1999-yil 11 fevral) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 239 | 1,235 |
Qonunchilik | “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 196 | 426 |
Qonunchilik | 2009 YIL UChUN DAVLAT STATISTIKA HISOBOTI ShAKLLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 12-con, 219-modda) 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. 2009-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1 — 169-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan davlat statistika hisobotlarining yillik shakllari — 2008-yil uchun hisobotdan boshlab, joriy hisobot shakllari — 2009-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritilsin.
3. 2009-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2007-yil 9-noyabrdagi 18-sonli “2008-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1748, 2007-yil 15-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 529-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2008-yil 21-iyuldagi 3-sonli “2008-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1748-1, 2008-yil 16-avgust — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 34-son, 339-modda).
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi. | 76 | 1,692 |
Qonunchilik | AYIRBOShLANADIGAN QIMMATLI QOG‘OZLARNI TARQATISh VA JOYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi Nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1997-yil 18-iyunda tasdiqlangan Ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni tarqatish va joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 351, 1997-yil 1-iyul) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 127 | 1,047 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA SOTIShDAN OLINADIGAN 5 FOIZLI SOLIQNI BEKOR QILISh TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 6-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida sotishdan olinadigan 5 foizli soliq bekor qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 4-martdagi 47-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 96 | 298 |
Qonunchilik | Xususiylashtirib, Toshkentda roʻyхatga turing | Vazirlar Mahkamasining 22.06.2017 yildagi 413-son «Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini хususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirgungacha (15.09.2011 yilga qadar) berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqхonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda boʻlish joyida hisobda turgan shaхslarga mazkur turar joylarni хususiylashtirish huquqi berildi.
Xususiylashtirish imkoniyati 2018 yil 1 iyulgacha taqdim etiladi. Mazkur sanaga qadar ushbu kvartiralarni хususiylashtirishga doir bitimlarni notarial tasdiqlashga hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida davlat roʻyхatidan oʻtkazishga ruхsat etildi.
Natijada Roʻyхatning 1-bandiga muvofiq хususiylashtirilgan kvartiralar mulkdorlari bunday yoʻl bilan tegishincha Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida bunday turar joy maydonida doimiy propiskadan oʻtkaziladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 45 | 1,340 |
Qonunchilik | POChTA ALOQASI OPERATORLARI, PROVAYDERLARI UChUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA IChKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 4-son, 139-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-331-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 147-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 220-modda) muvofiq O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) muvofiq pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish)da pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega bo‘lgan yoki pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchini aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yo‘lida pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish)ni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir;
identifikatsiyalash — foydalanuvchilarning lozim darajadagi tekshiruvini amalga oshirish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan aniqlanishi;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari bilan operatsiyalar;
shubhali operatsiya — pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarni amalga oshirishda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan keyin — foydalanuvchi) — pochta aloqasi xizmatlarining iste’molchisi hisoblanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi (bundan keyin — pul o‘tkazmasi) — pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda pul mablag‘larini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha xizmati;
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi).
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
pochta aloqasi obyekti — pochta aloqasi operatorlarining alohida bo‘linmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlari, punktlari, shuningdek boshqa bo‘linmalar);
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar.
2. Ichki nazoratni amalga oshirish maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining qasddan yoki qasddan bo‘lmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
3. Ichki nazoratni amalga oshirishda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi darajasini aniqlash va baholash, shuningdek ularni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
qonun hujjatlari hamda ushbu Qoidalarga muvofiq foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek, operatsiyalarni bajarishda foydalaniladigan pul mablag‘larining kelib chiqish manbalarini aniqlash va o‘rganish;
ushbu Qoidalarning 20-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga o‘z vaqtida taqdim etish;
alohida hollarda xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotning, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlari va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan foydalanuvchilar bilan bog‘liq shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborot bilan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro almashinuvi;
so‘rovnoma bo‘yicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarni aniqlash.
4. Pochta aloqasining operatorlari, provaydyerlari ichki nazoratni tashkil etish, mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun tarkibiy bo‘linmani shakllantirish yoki mas’ul shaxslarni belgilashga javobgar bo‘ladilar.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslarga taqdim etiladigan malaka talablari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs pochta aloqasi operatori, provayderining buyrug‘i bilan rahbarlik lavozimini egallagan xodimlar orasidan tayinlanadi.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs quyidagilarga majburdir:
pochta aloqasi sohasidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bilishga;
pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishga, shuningdek, maxsus kurslarda malakani muntazam oshirishga.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul etib o‘z faoliyatida va axloqida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun ilgari sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari bo‘linmalari xodimlarining mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs bilan o‘zaro munosabat tartibi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
5. Ichki nazorat tizimi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, foydalanuvchilar va ularning operatsiyalari bilan bog‘liq tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
6. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari har yili 15-yanvargacha mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslar ro‘yxatini ularning so‘rovnoma ma’lumotlarini ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) taqdim etadi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar har chorakda Inspeksiyaga chorak yakunidan keyingi oyning 5-sanasigacha taqdim etiladi.
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslar quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini aniqlash, baho berish, nazorat qilish, boshqarish va ularning darajasini pasaytirish tadbirlarini amalga oshiradilar;
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish protseduralarini joriy etish va amalga oshirishni tashkil etadilar;
xatarlarni baholash tahlili asosida ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlash uchun rahbariyatga kiritadilar (tasdiqlaydilar);
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tashkilot rahbariga belgilangan (yilda bir martadan kam bo‘lmagan) muddatlarda taqdim etadilar;
foydalanuvchilarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari yoki xatti-harakatlari to‘g‘risidagi xabarlarning o‘z vaqtida Departamentga yuborilishini, shuningdek, Departamentning qo‘shimcha axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarini bajarilishini ta’minlaydilar;
mazkur Qoidalar va ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini ta’minlaydilar;
ichki nazoratni tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda mazkur Qoidalar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Inspeksiya va Departamentning mas’ul shaxslari bilan hamkorlikni amalga oshiradilar.
8. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z tashkilotlari xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, tashkilotning elektron ma’lumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlar nusxalarini olish;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyaga nisbatan keyingi xatti-harakatlar (shu jumladan, foydalanuvchi yoki operatsiya to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotni olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida operatsiya o‘tkazilishini to‘xtatib turish) bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish.
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
9. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslar quyidagi majburiyatlarga ega:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid xatarlarni aniqlash va baholash, ularni rasmiylashtirish va kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
foydalanuvchilarning lozim darajada tekshiruvini va identifikatsiyalanishini amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha choralarni ko‘rish;
shubhali operatsiyalarni aniqlaganda, belgilangan tartibda Departamentga ma’lumot berish;
olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarni saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash;
foydalanuvchilardan amaliy ish munosabatlarining maqsadi va ko‘zlangan xususiyati, shuningdek, zarur holatlarda pul mablag‘larining kelib chiqish manbai to‘g‘risidagi axborotni so‘rash;
lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, foydalanuvchining ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, u bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda foydalanuvchiga rad javobini berish.
mazkur Qoidalarning 22-bandida qayd etilgan alohida hollarda Departamentga xabar berilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni to‘xtatish;
foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlarining mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslari bilan almashish;
Mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
10. So‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart.
11. Lozim darajada tekshirish jarayonida olingan ma’lumotlar asosida, faoliyat turi va pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni inobatga olgan holda, foydalanuvchiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalar amalga oshirilishining tegishli tavakkalchilik xavfi darajasi (yuqori yoki past) belgilanadi.
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan foydalanuvchilarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
ularga nisbatan terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat qilayotgan shaxs ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
offshor hududlarda hisobvaraqqa ega bo‘lgan rezident va norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy mulkdori mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
muntazam ravishda (uch oy davomida ketma-ket ikki martadan ko‘p) shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi foydalanuvchilar.
Tavakkalchilik xavfining yuqori darajasini belgilashda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchini lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini ko‘rishi va ular tomonidan sodir etilayotgan operatsiyalarning doimiy monitoringini amalga oshirishi shart.
Agar foydalanuvchi yuqori darajadagi tavakkalchilik xavfi bilan bog‘liq bo‘lmasa, u holda bunday foydalanuvchilar past darajadagi tavakkalchilik xavfi toifasiga kiritiladi.
Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati o‘zgarishiga qarab, pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchini tegishlicha tekshirish natijalari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni hisobga olgan holda tavakkalchilik xavfi darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim.
111. Foydalanuvchini tegishlicha tekshiruvdan o‘tkazilishining kuchaytirilgan choralariga quyidagilar kiradi:
foydalanuvchi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlarining miqdori, ochiq ma’lumotlar bazalari, jumladan Internet tarmog‘i yoki boshqa manbaalar orqali olinishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumot) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor haqidagi ma’lumotlarni tez-tez yangilab borish;
yuboruvchidan pul mablag‘lari manbalari yoki foydalanuvchining moliyaviy holati haqida ma’lumot olish;
pul o‘tkazmalari bo‘yicha rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
pul o‘tkazmasi operatsiyasini amalga oshirish uchun pochta aloqasi obyekti rahbaridan ruxsat olish;
pochta o‘tkazmalarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
12. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari quyidagi hollarda foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish choralarini ko‘radilar:
foydalanuvchilar bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatishda;
pul o‘tkazmalarini qabul qilish va yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishda;
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubhalar mavjud bo‘lganda;
identifikatsiyalash uchun avval olingan ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligiga shubha mavjud bo‘lganda.
13. Foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish xizmatlar ko‘rsatishning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi shart.
Foydalanuvchini yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari tekshirilishi shart.
14. Foydalanuvchi operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriq bilan bir yoki bir necha marotaba murojaat qilganda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari quyidagilarni bajarishga majbur:
mazkur Qoidalar yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq operatsiya bo‘yicha foydalanuvchini yoki naf oluvchini identifikatsiyalash;
foydalanuvchining avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, o‘rganib chiqish;
operatsiyaning turini va uning foydalanuvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan faoliyati maqsadi va turlariga muvofiqlik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan foydalanuvchi — jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash.
xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarda yuboruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va yuboruvchining bank hisobvarag‘i) taqdim etilmaganda yoki to‘liq hajmda taqdim etilmaganda, ularga alohida e’tibor berish va sinchiklab tahlil qilish.
15. Foydalanuvchi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi.
Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, uning davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi ham o‘rganilishi kerak.
16. Foydalanuvchi — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda zarur hollarda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirishlari kerak.
17. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olingan foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish;
foydalanuvchining pochta aloqasining boshqa operatorlari, provaydyerlari bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish orqali tekshirishga majbur.
18. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan, foydalanuvchi mol-mulkining tuzilishini o‘rganish yo‘li bilan, asoslangan va mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarni qo‘llashi lozim.
19. Pochta aloqasi operatori, provayderi foydalanuvchilar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradi.
191. Foydalanuvchi va benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalashda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari olingan axborotni ushbu Qoidalarning 22-bandida keltirilgan shaxslar ro‘yxati bilan taqqoslashi lozim.
192. Pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilganda operatsiyaning barcha tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
193. Barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalar yoxud iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq yoxud ko‘rinib turgan boshqa shubhali operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar qog‘oz ko‘rinishdagi tashuvchilarda qayd qilinadi yoki foydalanuvchilarni identifikatsiyalashni amalga oshiruvchi shaxslarga foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkonini beradigan ma’lumotlarning elektron bazasiga kiritiladi.
194. Foydalanuvchini lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan har yili yangilanib borilishi kerak.
20. Pul mablag‘larini qabul qilish, o‘tkazish va to‘lash bo‘yicha operatsiya quyidagi hollarda shubhali deb topilishi mumkin:
zarurat tufayli so‘ralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi shaxs (agar foydalanuvchi ishonchli vakil sifatida ishtirok etsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning foydalanuvchi tomonidan taqdim etilishining asossiz rad etilishi (qonun hujjatlarida belgilangan holatlardan tashqari);
foydalanuvchining amalga oshiriladigan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanuvchi talabi bilan qilinayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
amalga oshirishning maqsadi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan nazorat jarayonlari bosh tortish deb taxmin qilishga asos bo‘ladigan operatsiyalarning ko‘p marotaba bajarilishini aniqlash;
agar foydalanuvchi bir yoki 30 kalendar kuni davomida umumiy summasi eng kam ish haqi miqdorining 1000 barobariga teng bo‘lgan summadan oshadigan pul o‘tkazmalarini jo‘natsa yoki olsa;
agar foydalanuvchi chalkash yoki g‘ayrioddiy xaraktyerga ega bo‘lgan pul o‘tkazmalarini jo‘natayotgan yoki olayotgan bo‘lsa (umumiy summasiga bog‘liq bo‘lmagan holda bir yoki 30 kalendar kuni davomida 10 va undan ortiq pul o‘tkazmalarini turli manzillar bo‘yicha jo‘natish);
agar pul o‘tkazmasini qandaydir sabablarga ko‘ra adresatga yoki jo‘natuvchiga topshirishning imkoniyati bo‘lmasa;
agar foydalanuvchi — yuridik shaxs o‘zaro hisob-kitoblarni naqd pul mablag‘lari bilan o‘tkazishni talab qilsa;
agar foydalanuvchi yoki operatsiya ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa;
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi;
operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanilgan pul mablag‘lari jinoiy kelib chiqishga egaligi to‘g‘risidagi har qanday shubhalarning mavjudligi.
21. Operatsiyaning shubhali deb topilishi har bir aniq holatda ushbu Qoidalarda o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, foydalanuvchining shaxsi, pul o‘tkazmasining maqsadlari va miqdori bilan hamda shubhali operatsiyalarni to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
22. Pul o‘tkazmalari bilan bajariladigan har qanday operatsiya, bu operatsiyaning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Bunday hollarda pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyani to‘xtatib turish to‘g‘risida Departamentning ko‘rsatmasi bo‘lmasa, ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, pochta aloqasi operatori, provayderi to‘xtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishadi.
23. Foydalanuvchi operatsiyasi shubhali deb topilganidan keyin mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs foydalanuvchiga nisbatan ko‘riladigan keyingi harakatlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shu jumladan:
shubhali operatsiya to‘g‘risida Departamentga xabar qilish;
tegishlicha tekshirish bo‘yicha kuchaytirilgan choralarni ko‘rish;
qonun hujjatlariga yoki foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni to‘xtatish.
24. Shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
Shubhali operatsiyaga nisbatan har bir xabar to‘g‘risidagi axborot mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs tomonidan qog‘oz va (yoki) elektron ko‘rinishda yuritiladigan maxsus daftarga kiritiladi.
25. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari, shuningdek, tegishli operatsiyaga nisbatan shubhalarni tasdiqlashi yoki olib tashlovchi har qanday axborotni darhol Departamentga xabar berishi zarur.
26. Qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarga muvofiq Departamentga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha quyidagilar hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
operatsiya turi va uni bajarish asoslari;
operatsiyani bajarish sanasi va qanday summaga bajarilganligi;
operatsiyani bajarayotgan foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
topshirig‘iga ko‘ra va nomidan operatsiyani bajarayotgan foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
foydalanuvchini nomidan operatsiyani bajaruvchi, bu shaxsning vakili (ishonchli vakili)ni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
pul mablag‘lari bilan operatsiyalar bo‘yicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar.
27. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari pul mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlarini va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni, shu jumladan, ishga doir yozishmalarni qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki foydalanuvchilar bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlashlari shart.
28. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ularning operatsiyalari to‘g‘risidagi xabarlar Departamentga taqdim etilganligi to‘g‘risida xabardor qilishga haqli emaslar.
Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari ularning xodimlari tomonidan ichki nazorat bo‘yicha funksiyalarni bajarish jarayonida olingan axborotning oshkor etilmasligi (yoki shaxsiy maqsadlarda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmaslik)ni ta’minlaydilar.
281. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tarkibiy bo‘linmalarining barcha xodimlariga yetkazilishi kerak
29. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ushbu Qoidalarning talablariga rioya qilinishining monitoringi va nazorati O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Inspeksiya tomonidan Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
30. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik faktlarini yashirishda, shuningdek, ushbu Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. | 215 | 32,604 |
Qonunchilik | GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARINI TAShKIL QILIShNI HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO‘MITASI FAOLIYATINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Respublikada qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari, qurilish industriyasi korxonalarining mineral xomashyo bazasini yaratish va kengaytirish chora-tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Nodir va kamyob yer metallari, agrokimyo va kon-ruda xomashyosi, qurilish materiallari, yer osti chuchuk va mineral suvlari zaxiralarini ko‘payishi ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan mineral-xomashyo bazasi yetarli sur’atlarda rivojlanmayapti. Ayrim potensial rudali hududlar sust o‘rganilmoqda. Geologiya-qidiruv ishlari davomida ilm-fanga asoslangan texnologiyalar yetarlicha qo‘llanilmayapti, ilmiy-tadqiqot salohiyati ancha zaiflashgan va asossiz ravishda tarqoqlashgan. Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilish tuzilmasi va boshqaruv usullari zamon talablariga javob bermayapti. Ishlarning pirovard natijalariga qarab emas, balki fizik hajmlariga qarab baho berishdan iborat umrini yashab bo‘lgan amaliyot hamon saqlanib qolmoqda. Konchilik, burg‘ulash va laboratoriya asbob-uskunalarining nihoyatda eskirganligi, shuningdek, maxsus priborlar bilan yaxshi jihozlanmaganligi qidiruv ishlarini zamonaviy usul va texnologiyalar asosida o‘tkazish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ularning bajarilishini monitoring qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish, ularni foydali qazilmalar zaxiralarini o‘stirishga, ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni jadal tatbiq etishga yo‘naltirish, tarmoq uchun kadrlar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida:
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur qarorda belgilangan geologiya sohasini isloh qilishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin.
6. 2007—2010-yillarda geologiya-qidiruv ishlariga ilm-fanga asoslangan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni tatbiq etish Dasturi, shuningdek Davlat geologiya qo‘mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash chora-tadbirlari 4, 4a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturda tasdiqlangan vazifalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi va ularning zarur moliyaviy manbalar bilan mustahkamlanishini ta’minlasin.
7. Belgilansinki:
geologiya-qidiruv ishlarining o‘rta muddatli (3 yilgacha davrga) va uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga) dasturlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
geologiya-qidiruv ishlarining har yillik dasturlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda geologiya-qidiruv ishlarining tasdiqlangan o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini amalga oshirish doirasida tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki oy muddatda Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi bo‘yicha geologiya qidiruv-ishlarining har yillik dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
8. Quyidagilar 2011-yilning 1-yanvarigacha, bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari bojxona to‘lovlaridan ozod etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yili tasdiqlaydigan ro‘yxatlar bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan olib kelinadigan uskunalar va avtotransport vositalari, materiallar, shuningdek uskunalar uchun ehtiyot qismlar;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan kosmik suratga olish materiallari, uskunalar va ularga ishlov berish uchun dastur ta’minoti.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
geologiya mutaxassisliklariga nisbatan qo‘yiladigan zamonaviy talablardan kelib chiqib, mazkur mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv rejalari va ta’lim jarayoni dasturlarini tubdan takomillashtirish;
fakultetlarning professor-o‘qituvchilar tarkibidan geologiya va burg‘ulash yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va malakani o‘zgartirish, shuningdek kamyob yer metallari geologiyasi sohasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun kadrlarni yetakchi xorijiy oliy o‘quv muassasalariga yuborish;
Toshkent viloyatidagi Oqsoqota va Burchmulla ixtisoslashtirilgan o‘quv geologiya poligonlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash;
geologiya sohasi korxonalarining fakultetlarini zarur o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlashda homiylik yordamini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin, tasdiqlasin va 2007-2008 o‘quv yili mobaynida amalga oshirishni ta’minlasin.
10. Navoiy viloyati hokimligi bir oy muddatda Davlat geologiya qo‘mitasining bazaviy posyolkalarini joriy holati bo‘yicha kommunal infratuzilmasi bilan birga 5-ilovaga muvofiq balansga qabul qilsin.
“O‘zbekenergo” DAK Davlat geologiya qo‘mitasining bazaviy posyolkalarini elektrenergiya bilan ta’minlaydigan past voltli elektr uzatish liniyalarini joriy holati bo‘yicha o‘z balansiga olsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-martdagi 139-sonli qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur qarorning 1 va 2-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 189 | 6,239 |
Qonunchilik | Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 1-martdagi 56-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2213, 2011-yil 4-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son, 144-modda) bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
2. 33-banddagi “hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 136-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“136. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.”. | 123 | 2,557 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 27-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 89 | 370 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining to‘qqiz yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risid | Mamlakatimizda qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlash, davlat va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yosh kadrlarni tayyorlash, san’at va aloqa sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ko‘p yillik fidokorona xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga Faxriy unvonlar berilsin: | 250 | 341 |
Qonunchilik | Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish test sinovini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim fanlari) bilish darajasini baholashning milliy test tizimi;
2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etilsin.
2. Belgilansinki, umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:
2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
2022 — 2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.
Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarini tashkil etish va umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tashkilot tomonidan amalga oshirilsin.
21. Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat ta’lim muassasasining joylashuviga qarab, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan shahar hududida joylashgan maktablarda 25 foiz, qishloq hududida joylashgan maktablarda 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.
3. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat ta’lim standarlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi.
4. Quyidagilar:
umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikatni berish tartib-taomillarini belgilovchi Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatning davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha faoliyat yuritadigan xalqaro ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil qilish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Bunda “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat ta’lim tashkilotining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
xalqaro e’tirof etilgan ta’lim sifatini baholash metodikasidan kelib chiqqan holda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;
umumiy o‘rta ta’limda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar sifatini tizimli baholash uchun nazorat ishlari materiallarini ishlab chiqish;
ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari va muassasalari buyurtmasiga ko‘ra saralash, qabul qilish va yakuniy imtihonlarni o‘tkazish;
ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish huquqini beruvchi ta’lim litsenziyalari va sertifikatlarini joriy etish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish tartibini belgilaydi.
2. Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda — Davlat test markazi) tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi, sertifikat elektron shaklda beriladi.
Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimida ishtirok etish uchun talabgordan undiriladigan to‘lov Davlat test markazining budjetdan tashqari hisobvarag‘iga tushadi.
Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.
Bunda, eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plagan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) hamda 86 foiz va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentga eng yuqori ball beriladi.
Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
3. Chet tilini bilish darajasini baholash va malaka sertifikatini berish Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Umumta’lim fanlarini bilish darajasi O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlariga muvofiq shakllantiriladigan pedagogik o‘lchov vositalari asosida test sinovlari yordamida baholanadi.
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni berish uchun tuziladigan test savollari davlat ta’lim standarlariga mos ravishda hamda ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi.
Test sinovlari abituriyentlarning tayyorgarlik darajasini tizimli va asosli baholash uchun yaratilgan, turli shakl va qiyinlik darajasidagi parallel topshiriqlar tizimini nazarda tutadi.
5. Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yori), baholash mezonlari, test sinovining o‘tkazilishi muddatlari, shuningdek, talabgor tomonidan to‘ldiriladigan ariza shakli Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
6. Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abituriyentlar ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish tizimi” orqali elektron ariza berib ro‘yxatdan o‘tadi.
7. Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi) yoki ID kartasi;
3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda).
Talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi.
Talabgor to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng u ro‘yxatdan o‘tgan va Davlat test markazi bilan ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Qayd etilgan hujjatlardan birortasi mavjud bo‘lmasa, tizim hujjatlarni qabul qilishni rad etadi.
Talabgor haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga talabgorning o‘zi shaxsan javobgar hisoblanadi.
8. Davlat test markazi tomonidan talabgor to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud tomonidan rasmiy murojaat bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
9. Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
Test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin e’lon qilinadi.
Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotga o‘zining shaxsiy kabineti orqali ega bo‘ladi.
10. Talabgorning test sinovida belgilangan o‘tirish o‘rni Davlat test markazi tomonidan qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
11. Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazilishi mumkin. Test sinovi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar ishtirokida o‘tkaziladi.
Imtihon komissiyasi yozma yoki og‘zaki test sinovlari belgilanganda shakllantiriladi.
Imtihon komissiyasi tarkibi Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, unga Davlat test markazi xodimlari va tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar kiritiladi.
Test sinovi tegishli dasturiy ta’minot asosida kompyuterda o‘tkazilganda bilimni baholashning barcha bo‘limlari qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
12. Test sinovi Davlat test markazi mas’ul xodimining rahbarligida va kuzatuvida o‘tkaziladi.
Test sinovlari maxsus jihozlangan, videokuzatuv bilan ta’minlangan holda Davlat test markazi vakilining nazorati ostida onlayn o‘tkazilishi mumkin.
Test sinovi vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor o‘tiradi. Test sinovini o‘tkazish jarayoni doimiy videotasvirga olinadi.
13. Test sinovini o‘tkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin.
14. Test sinoviga jalb etilgan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar bilan shartnoma tuziladi.
15. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida video qayd etish qurilmalari orqali tekshirishdan o‘tgach test sinoviga qo‘yiladi.
16. Test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi. Test sinovini o‘tkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishni davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish taqiqlanadi.
Ushbu talablarga rioya qilmagan talabgor sinovdan dalolatnoma bilan chetlashtiriladi. Chetlashtirish dalolatnomasi imtihon komissiyasi raisi va Davlat test markazining test sinovini kuzatib boruvchi mas’ul xodimi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Chetlashtirish dalolatnomasi natijalarning hisoblanmasligiga asos bo‘ladi.
17. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
18. To‘lov talabgor tomonidan amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi.
To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali biladi.
19. Agar ariza beruvchi turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, Davlat test markaziga test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma va elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi boshlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Davlat test markaziga bevosita yoki elektron tarzda taqdim etishi lozim.
Bunda talabgorning arizasiga muvofiq navbatdagi test sinovlariga kiritilishi ta’minlanadi yoki to‘langan to‘lov to‘liq miqdorda talabgorga qaytariladi.
20. Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan talabgor tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning 50 foiz miqdori qaytariladi.
21. Test sinovi o‘tkazilishi jarayonida talabgor bir vaqtda faqat bitta umumta’lim fanidan test topshirishiga ruxsat etiladi.
22. Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgor test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Davlat test markaziga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellatsiya berish huquqiga ega.
23. Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun Davlat test markazi direktorining buyrug‘i bilan 5 yoki 7 nafar Davlat test markazi xodimlari (umumiy komissiya a’zolari sonining o‘ttiz foizidan oshmagan holda) va ta’lim tizimi pedagoglaridan iborat bo‘lgan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Imtixon komissiyasi a’zolari kiritilmaydi.
Apellatsiya ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
24. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
test sinovi natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish;
test sinovlari natijalarini o‘zgartirish va apellatsiyani qanoatlantirish.
Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellatsiyaning qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Agar talabgor tomonidan ko‘rsatilgan dalillar asosli deb topilsa, apellatsiya komissiyasi qarori bilan test natijalari o‘zgartiriladi.
Apellatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
25. Takroriy apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talabgor Apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
26. Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
27. Sertifikatlar reyestri Davlat test markazi tomonidan yuritiladi.
Sertifikatlar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
pasport ma’lumotlari (seriyasi va tartib raqami, pasportning kim tomonidan va qachon berilganligi) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari (tartib raqami, guvohnomaning kim tomonidan va qachon berilganligi);
Davlat test markazining sertifikat berish to‘g‘risidagi buyrug‘ining sanasi va tartib raqami;
sertifikatning hisobga olish seriyasi va tartib raqami;
sertifikatning berilgan sanasi;
sertifikatning amal qilish muddati.
28. Sertifikatning haqiqiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirish imkoniyati yaratiladi.
29. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda, sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlarida ushbu umumta’lim fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 20-fevraldagi 130-son qarorida:
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “chet tillarini” so‘zlari “umumta’lim fanlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
8-bandning 3-kichik bandidagi “chet tillarini” so‘zlari “umumta’lim fanlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning 3-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3) umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish sohasida:
xalqaro e’tirof etilgan baholash standartlari asosida umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tuzilmasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
umumta’lim fanlarini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha xalqaro e’tirof etilgan baholash standartlari talablariga muvofiq to‘lov asosida test sinovlarini o‘tkazish;
rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga tayangan holda umumta’lim fanini bilish ko‘nikmalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
oylik ish haqiga ustama belgilangan umumta’lim fanlari o‘qituvchilarini ko‘p komponentli test sinovlaridan o‘tkazish;
umumta’lim fanlarini bilish darajasiga davlat namunasidagi sertifikatni berish;
umumta’lim fanlaridan test sinovlaridan o‘tuvchi shaxslar uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr qilish;
rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida test sinovlari texnologiyasini takomillashtirish;
test materiallarini ishlab chiqishda hamda ulardan foydalanishda ta’lim muassasalariga va boshqa muassasalarga metodik yordam ko‘rsatish”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“maxsus dastur orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, ta’lim turi, ta’lim muassasasining nomi, abituriyentning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tug‘ilgan yili va joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, ta’lim olgan ta’lim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat) raqami, belgilangan tartibda berilgan imtiyozlari haqida ma’lumot (agar ushbu imtiyozlar bo‘yicha hujjatlar mavjud bo‘lsa) hamda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumot, o‘qitish tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usulini kiritish”. | 96 | 19,488 |
Qonunchilik | 2011 — 2013 YILLARDA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING ShUMANAY TUMANINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShGA DOIR KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURI TO‘G‘RISIDA | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanining iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ijtimoiy sohasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yer, suv va mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, tumanda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2010-yil 18-noyabrdagi 54-son qarori bilan Xo‘jayli tumanidagi “Bekjap” ovul fuqarolar yig‘inining 14,7 ming gektar hududi Shumanay tumaniga berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2011 — 2013-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, Dastur quyidagilarga yo‘naltirilgan:
tijorat banklari tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini va irrigatsiya tizimlarini yaxshilash, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash darajasini va aholi farovonligini oshirish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash;
uy-joy-kommunal va yo‘l xo‘jaligi ishlarida, shuningdek transport xizmati ko‘rsatishda yangi darajaga erishish;
ijtimoiy soha obyektlarini jadal rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 6-oktabrdagi 653-f-son farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasiga vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
4. Dasturni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Shumanay tumani hokimligi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari:
o‘n kun muddatda Dasturga kiritilgan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
belgilangan chora-tadbirlarning Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga muvofiq to‘liq bajarilishini ta’minlasinlar;
barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Dastur parametrlari bajarilishi yuzasidan har oyda monitoring olib borsinlar, ularni hal etish bo‘yicha zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
har chorakda Respublika komissiyasiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda, 2011-yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti parametrlarini shakllantirishda ularga, moliyalashtirishning aniq manbalari va hajmlarini ko‘rsatgan holda, Dastur doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan obyektlarning kiritilishini ta’minlasinlar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Shumanay tumani hokimligi loyihalar tashabbuskorlariga zarur yer uchastkalari, turar joy bo‘lmagan obyektlar ajratishda, shuningdek biznesni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi B. Yangiboyev zimmasiga yuklansin. | 158 | 3,908 |
Qonunchilik | Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida | So‘nggi uch yil mobaynida irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari doirasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 170,4 km irrigatsiya tizimlari kanallari, 145,2 km lotok tarmoqlari, 33 ta gidrotexnik inshootlar, 734 km kollektor-drenaj tarmoqlari hamda boshqa suv xo‘jaligi obyektlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Natijada 104 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minoti yaxshilandi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 15,6 ming gektarga kamaydi, sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlar 28,6 ming gektarga qisqardi, 85 ming gektardan ortiq maydonning meliorativ holatini barqaror saqlashga erishildi.
Shunga qaramasdan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 93,4 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minoti past darajada qolmoqda, 109 ming gektar sug‘oriladigan maydonlar o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan.
“Sardoba” suv ombori to‘g‘onidan suv toshishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aksariyat suv xo‘jaligi obyektlari, shuningdek “Markaziy Mirzacho‘l” kollektori va unga quyuluvchi kollektorlar jiddiy talafot ko‘rdi.
Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sug‘oriladigan yer maydonlarini suv bilan ishonchli ta’minlash, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy qilish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda ilm-fan yangiliklarini ishlab chiqarishga keng joriy etish va ilg‘or o‘qitish uslublarini qo‘llash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020 ― 2023-yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya obyektlarini ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
2020 ― 2023-yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan irrigatsiya tizimlarini ta’mirlash va tiklash ishlarining prognoz ko‘rsatkichlari 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
2020 ― 2023-yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv iste’molchilari uyushmalari, klasterlar hamda fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlarining prognoz ko‘rsatkichlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq;
2020 ― 2023-yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 7 va 8-ilovalarga muvofiq;
Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish, suvni hisobga olish va monitoring yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish prognoz ko‘rsatkichlari 9 va 10-ilovalarga muvofiq;
Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi sug‘orish va drenaj quduqlari hamda meliorativ obyektlarda suvni nazorat qilish bo‘yicha raqamli texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 11 va 12-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suv xo‘jaligi vaziri, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda tumanlar hokimlariga mazkur qarorda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
2. Mazkur qarorning 1 va 2-ilovalaridagi loyihalar, shuningdek 3 va 4-ilovalarida belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar:
har bir loyihaning natijadorligi va maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, tegishli loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi;
qiymati bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq bo‘lgan har bir loyihaning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan so‘ng Jizzax va Sirdaryo viloyatlari va tumanlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, suv iste’molchilari uyushmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida hamda mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda muhokama etiladi va ularning ijobiy xulosasi asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi:
mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga ko‘ra 2020-yilda amalga oshiriladigan loyihalarni 2020 ― 2022-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturining 2020-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida hamda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirsin, kelgusi yillar uchun asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda Investitsiya dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin;
Davlat budjetining 2020-yil parametrlari doirasida mazkur qarorning 7 ― 12-ilovalaridagi 2020-yil uchun belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirsin, 2021 ― 2023-yillar uchun belgilangan tadbirlarni kelgusi yillar Davlat budjeti ko‘rsatkichlarida o‘rnatilgan tartibda nazarda tutsin.
4. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari:
mazkur qarorning 3 va 4-ilovalarida belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi uchun talab etiladigan mablag‘larni mahalliy budjet hisobidan ajratib borsin;
mazkur qarorning 5 va 6-ilovalarida belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishida suv iste’molchilari uyushmalari, klasterlar hamda fermer xo‘jaliklariga ko‘maklashsin.
5. Suv xo‘jaligi vazirligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari:
mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar, shuningdek 3 va 4-ilovalariga muvofiq tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlari doirasida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini, bosh pudrat tashkilotlarining tender (tanlov) savdolari asosida aniqlanishini hamda qurilish ishlarining amalga oshirilishini tashkil qilsin va qat’iy nazoratga olsin;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda, tender tanlovlarini o‘tkazish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hisobiga obyektlarning qiymatini maqbullashtirish choralarini ko‘rsin;
loyihalarni amalga oshirish doirasida zarur asbob-uskuna, xomashyo, butlovchi buyumlar hamda qurilish materiallarining mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinishini ta’minlasin (mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun);
energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash hamda obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga mahalliy pudrat tashkilotlarini keng jalb qilishga alohida e’tibor qaratsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyevga tasdiqlangan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash ishlari loyihalarining manzilli ro‘yxatlariga zarur hollarda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
7. 2021-yildan boshlab irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor loyihalarni tanlash va amalga oshirishning shunday tartibi o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
ustuvor loyihalar bo‘yicha takliflar suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, geologiya, yer tuzish va loyiha tashkilotlari mutaxassislari hamda mustaqil ekspertlar, shuningdek manfaatdor fermer va klasterlar ishtirokida joyida har bir hududning suv ta’minoti, yerlarning meliorativ holati va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan hamda muammolar tahlilini qilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shakllantiriladi;
ustuvor loyihalar bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarida muhokama qilinadi va ma’qullangandan so‘ng belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
har bir loyihaning amalga oshirilishi holati tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
8. Belgilansinki, mazkur qarorning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larning 3 foizigacha bo‘lgan qismi tuziladigan shartnomalar asosida ushbu loyihalarni ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash uchun yo‘naltiriladi.
Mazkur loyihalarga biriktirilgan ilmiy xodimlar tegishli oliy ta’lim muassasalarining doktorant, magistrant hamda iqtidorli talabalarini jalb qilgan holda:
loyihalarni amalga oshirishning eng muqobil yo‘lini tanlash va texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
obyektlarning loyihaoldi birlamchi hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
bosh loyiha tashkiloti tomonidan taqdim qilingan loyiha-qidiruv ishlari, materiallar va hisob-kitoblarni hamda qabul qilinayotgan texnologik yechimlarni ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar va texnikaning qo‘llanilishini tahlil qiladi, tegishli xulosalar va takliflar tayyorlaydi;
qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq va sifatli bajarilishini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlab boradi;
qurilishi yakunlangan obyektlarni belgilangan tartibda foydalanishga topshirishda ishtirok etadi va buyurtmachiga o‘zining xulosasini beradi.
9. Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda ― Ishchi guruhi) 13-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhiga (O‘.P. Umurzakov) mazkur qarorning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash yuklatilsin. Bunda, Ishchi guruhining vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mazkur qarorning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan ilmiy xodimlar tomonidan loyihalarni ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
har bir loyihaning o‘ziga xosligi va xususiyatidan kelib chiqib, resurs tejamkor va axborot texnologiyalari qo‘llanilishi bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish;
biriktirilgan ilmiy xodimlarning takliflarini umumlashtirgan holda suv xo‘jaligi sohasiga ilm-fan yutuqlarini, suvni tejovchi texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni, suv xo‘jaligi va suvdan foydalanish tizimini boshqarishning innovatsion usullarini joriy qilish bo‘yicha ilmiy va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil qilish;
ilmiy-texnika yutuqlarini chop etish hamda ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ib qilish, seminarlar, respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar tashkil qilish;
suv xo‘jaligi loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash bo‘yicha Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tajribasini boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalarini jalb etgan holda respublikaning boshqa hududlarida ham joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
10. 2020/2021 o‘quv yilida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida (keyingi o‘rinlarda ― Institut) tahsil olayotgan talabalarning yozgi malakaviy-ishlab chiqarish amaliyoti eksperiment tariqasida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida quyidagi tartibda tashkil qilinsin:
a) talabalarning yozgi malakaviy-ishlab chiqarish amaliyoti Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Institut bilan kelishilgan holda tasdiqlangan jadval va dastur asosida ixtisoslashgan kafedralarning professor-o‘qituvchilari rahbarligida mazkur qarorning 1 — 4-ilovalarida nazarda tutilgan obyektlarda, shuningdek buyurtmachi, pudratchi va suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlarida o‘tkaziladi;
b) malakaviy-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilishda:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda talabalarni hududlarga olib boradi, joylashtiradi va zarur sharoitlarni yaratadi;
loyihalarning buyurtmachisi, bosh pudratchi va suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari talabalarni qurilish va suv xo‘jaligi obyektlariga davriy ravishda olib chiqadi, ularga loyiha-smeta va qurilish nazorati hujjatlaridan foydalanishga hamda zamonaviy qurilish va suvni oqilona boshqarish uslublari, texnikasi va texnologiyalarini chuqur o‘rganishlari uchun amaliy sharoit yaratadi.
11. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarining 2020/2021 o‘quv yilida yozgi malakaviy-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash loyihalarida ishtirokini ta’minlash jadvali 14-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suv xo‘jaligi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Do‘stlik Suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji hamda Guliston davlat universiteti huzuridagi Oqoltin sanoat texnikumida Institut talabalarining yozgi malakaviy-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev:
a) loyihalarni ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash bo‘yicha:
mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan loyihalarni ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashga mablag‘larni yo‘naltirib borsin;
har chorakda Ishchi guruhining taklif va tavsiyalari asosida suv xo‘jaligi tashkilotlarining ta’lim va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish, ilm-fan yutuqlarini va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish choralarini ko‘rib borsin;
b) Institut talabalarining yozgi malakaviy-ishlab chiqarish amaliyotini mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan obyektlarning qiymatini maqbullashtirishdan bo‘shaydigan mablag‘lar hamda 8-bandida nazarda tutilgan loyihalarni ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar doirasida tashkillashtirsin.
13. Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar suv xo‘jaligi obyektlarini raqamli texnologiyalar asosida monitoring qilish bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini va amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlasin.
14. Suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari hamda Ishchi guruhi bilan birgalikda soha olim va mutaxassislarini jalb qilgan holda ikki oy muddatda “Markaziy Mirzacho‘l” kollektori va unga quyuluvchi kollektorlar tizimining texnik holatini joyida o‘rganib, ularni tiklash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Innovatsion rivojlanish vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi taklifiga asosan sohaning mavjud muammolarini va real ehtiyojlarini hamda hududiy muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda tanlovlar o‘tkazsin.
16. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari:
Paxtakor hamda Xovos tumanlarida ilg‘or agroklasterlarni jalb qilgan holda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida namunali avtomatlashtirilgan sug‘orish uchastkalarini tashkil qilish choralarini ko‘rsin. Bunda Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi namunali uchastkalarni tashkil qilishda har tomonlama uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin;
3 kun muddatda mazkur qarorni samarali ijro etishga doir masalalarni xalq deputatlari viloyatlar hamda tuman (shahar)lar Kengashlarida muhokama qilsin va tegishli qaror qabul qilsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Ushbu qaror natijadorligi to‘g‘risida 2021-yil 1-yanvar va 1-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin. | 178 | 15,464 |
Qonunchilik | PATENT EGASINING OChIQ LITSENZIYAGA DOIR HUQUQNI TAQDIM ETISh TO‘G‘RISIDAGI ARIZASINI TOPShIRISh VA KO‘RIB ChIQISh HAMDA BUNDAY ARIZA TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLARNI E’LON QILISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2006-yil 21-sentabrdagi 56-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1629, 2006-yil 14-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Patent egasining ochiq litsenziyaga doir huquqni taqdim etish to‘g‘risidagi arizasini topshirish va ko‘rib chiqish hamda bunday ariza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish qoidalariga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 218 | 947 |
Qonunchilik | ShOShILINCh TIBBIY YoRDAM KO‘RSATISh UChUN TRANSPORT VOSITASINING SALONIDA BO‘LIShI ShART BO‘LGAN ZARUR TIBBIY AShYoLAR RO‘YXATINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 215-modda) 17-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida bo‘lishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan. | 153 | 586 |
Qonunchilik | Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishga hozirlik koʻrmoqda | Jahon savdo tashkiloti bilan ishlovchi respublika idoralararo komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deya хabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR-markazi.
Tadbirda joriy vazifalar muhokama qilindi, Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi yuzasidan muzokaralar olib borish jarayonining tashkiliy va yuridik jihatlari ishlab chiqildi. Idoralararo komissiyaning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda Tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi memorandum loyihasi koʻrib chiqilib, tasdiqlandi.
JSTga a’zo boʻlish oqibatlarini baholash, bojхona masalalari, ichki tomondan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi aхborotni tayyorlash va qishloq хoʻjaligida eksport subsidiyalari boʻyicha ishchi guruhlar amalga oshiradigan chora-tadbirlarning batafsil rejasini tuzish rejalashtirildi.
Xizmatlar savdosiga oid siyosatda tarif chegirmalari boʻyicha takliflarni shakllantirish chora-tadbirlari yaqin orada ishlab chiqila boshlaydi. Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha bitim hamda Intellektual mulk huquqlarining savdoga oid jihatlari boʻyicha bitim doirasidagi masalalar ham ishlab chiqiladi.
Doimiy a’zoga aylanish jarayoniga doir ishlarni faollashtirish maqsadida soha mutaхassislari va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda yuridik va tashkiliy tartib-taomillarda bevosita qatnashuvchi idoralar хodimlari uchun seminarlar oʻtkaziladi. | 51 | 1,370 |
Qonunchilik | Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida | “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ikki hafta muddatda belgilangan tartibda:
litsenziyalar berish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiya haqidagi Nizomni va Komissiya tarkibini;
baholovchi malakasini berish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, 2003-yil 1-avgustgacha tegishli litsenziya olmagan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladilar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom baholash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Baholash faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Litsenziyalar berish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizom va uning tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlisi bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
4. Baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun baholash faoliyatining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi:
ko‘char mulkni baholash huquqi uchun, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari;
ko‘chmas mulkni baholash huquqi uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari;
biznesni baholash huquqi uchun (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlari).
6. Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
7. Quyidagilar baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga rioya qilish;
litsenziya olishda ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda to‘liq shakllantirilgan ustav kapitalining mavjudligi;
fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining mavjudligi;
faoliyatning faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan turini amalga oshirish;
baholovchi tomonidan baholash faoliyatini faqat bitta baholovchi tashkilotda amalga oshirish. Bunda baholash faoliyati baholovchi tomonidan boshqa baholovchi tashkilotda faqat u baholash faoliyatini amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma to‘xtatilgandan, bekor qilingandan yoki uning muddati tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin;
baholovchi tashkilot shtatida ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda baholovchilarning mavjudligi;
baholashni o‘tkazishda olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;
baholashni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
baholovchi tashkilotning rahbari lavozimiga faqat baholovchini tayinlash;
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belilangan tartibda mustaqillikni ta’minlash;
baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxs (shaxslar) tomonidan baholash to‘g‘risida haqqoniy hisobot tuzish;
baholovchi tashkilotda o‘z baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjudligi;
litsenziyalovchi organni nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligi to‘g‘risida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda xabardor qilish;
yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga belgilangan shaklda baholash faoliyati to‘g‘risida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi talabiga ko‘ra baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotlarni taqdim etish.
Quyidagilar:
ko‘char mulkni (qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari) baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida ikkita baholovchi shtatiga ega bo‘lishi kerak;
ko‘chmas mulkni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari) baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida uchta baholovchi shtatiga ega bo‘lishi kerak;
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlarini) baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida to‘rtta baholovchi shtatiga ega bo‘lishi kerak.
Bunda ustav kapitalining kamida 30 foizi pul mablag‘laridan iborat bo‘lishi kerak.
Baholovchi tashkilotlar qo‘shimcha baholash faoliyati professional xizmatlarining faqat quyidagi turlarini ko‘rsatishi mumkin:
baholash to‘g‘risidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini tarqatish.
8. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, muassislar (qatnashchilar) ro‘yxati, ularning manzili va faoliyat turlari;
faoliyatning litsenziya talabgori amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanayotgan turi;
b) yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun yig‘imning litsenziya talabgori to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziya talabgori shtatida turgan ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdordagi baholovchilar malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
e) baholovchilarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;
z) pul mablag‘larining ustav kapitaliga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (buxgalteriya hisobi to‘g‘risida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshlang‘ich hisobga olish hujjatlari nusxalari);
i) o‘z baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari nusxalari.
81. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tarkibiy bo‘linmasining (Birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi) mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
11. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
12. Baholash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning budjetdan tashqari fondga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
14. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
15. Litsenziya talabgorining barcha hujjatlar ilova qilingan arizasi ariza olingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
16. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
17. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi va uning yo‘nalishlari;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
18. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
19. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
20. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
22. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etadigan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
23. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda takroran ko‘rib chiqiladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
24. Litsenziya talabgori arizalarining qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
25. Yuridik shaxs — litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyaning asl nusxasi va ko‘rsatilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
26. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
27. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning budjetdan tashqari fondga o‘tkaziladi.
29. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida litsenziyalovchi organning budjetdan tashqari fondiga kiritiladigan yig‘im undiriladi.
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
33. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish tegishli ravishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Quyidagilar baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzishga kiradi:
baholash to‘g‘risida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan haqqoniy bo‘lmagan hisobot tuzish;
haqqoniy bo‘lmagan ekspert xulosasi tuzish;
baholash ishlarini o‘tkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni ta’minlamaganlik;
litsenziyalovchi organ tomonidan o‘tkaziladigan litsenziya talablari va shartlarini tekshirishlardan bo‘yin tovlash;
baholash faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik mas’uliyati sug‘urta polisining mavjud emasligi;
ushbu Nizomda nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirish.
34. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossizligi e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
35. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
muassislarning ustav kapitaliga qo‘shgan mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumot;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
36. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
38. Litsenziya berilganligi uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
39. Davlat boji O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi. | 47 | 20,108 |
Qonunchilik | “DAVLAT ULUShLARINI BOShQARISh BO‘YIChA DAVLATNING IShONChLI VAKILLARI, BOShQARUVChI KOMPANIYALAR VA IShONChLI BOShQARUVChILAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI MONITORINGINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 2004-yil 21-iyuldagi 01/06-15-sonli “Davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1394, 2004-yil 30-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 351-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 250 | 1,362 |
Qonunchilik | MANAMA ShAHRIDA (BAXRAYN) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSULLIGINI OChISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi bilan Bahrayn Davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida 1992-yil 29-maydagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bahrayn Davlatining Manama shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konsulligi ta’sis etilsin.
2. Konsullikning shtat jadvali va 1997-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
1997-yil uchun Konsullik xodimlari soni 3 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 2 kishi - diplomatik tarkib xodimlari, 1 kishi - ma’muriy-texnik xodim.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shtatning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtat jadvaliga muvofiq Konsullikning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin. | 82 | 869 |
Qonunchilik | Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/16-son qarori (ro‘yxat raqami 2707, 2015-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 31-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 171 | 1,020 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING DAVLAT MEHNAT HUQUQ INSPEKSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMINI VA MEHNAT ShART-ShAROITLARI DAVLAT EKSPERTIZASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi va Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan nizomlar tasdiqlansin.
1. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (bundan keyin “inspeksiya” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy bo‘linmasi, joylardagi davlat mehnat huquq inspeksiyalari esa Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining quyi bo‘linmalari hisoblanadilar.
2. Inspeksiya va uning joylardagi bo‘linmalari vazirliklar, idoralar, hokimliklar, shuningdek, qaysi idoraga qarashliligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, barcha korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va mulkdorlar tomonidan mehnat va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
3. Inspeksiya va uning joylardagi bo‘linmalari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladilar.
4. Davlat mehnat inspektorlari lavozimida oliy yuridik ma’lumotga va mazkur mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yil ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ishlashi mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining davlat huquq mehnat inspektorlariga xizmat guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan beriladi.
6. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining davlat huquq mehnat inspektorlariga xizmat guvohnomalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.
1. Idoraviy bo‘ysunishidan, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, vazirliklar, hokimliklar, konsernlar, uyushmalarda ma’muriyat, mulkdor tomonidan mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
2. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini buzishlarni ma’muriyat tomonidan bartaraf etish haqidagi davlat mehnat huquq inspeksiyasi yozma ko‘rsatmalarining huquqiy vositalar bilan bajarilishini ta’minlash.
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy bo‘linmalariga mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini nazorat qilish va huquqiy yordam ko‘rsatishda ko‘maklashish.
4. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo‘yicha aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
5. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini bajarish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va muassasalarning ish tajribasini o‘rganish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
Davlat huquq inspektori quyidagi xuquqlarga egadir:
1. Mehnat haqidagi qonunlarga hamda “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunga rioya qilinishini, shuningdek ma’muriyat tomonidan jamoa shartnomasi shartlari, mehnat bitimlarining bajarilishini va ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish.
2. Tekshirish jarayonida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan mulkdorlar va mansabdor shaxslardan tegishli ma’lumotlar, hujjatlar va tushuntirishlar olish.
3. Nazorat qilish maqsadidagi barcha hujjatlar va boshqa ma’lumotlar bilan tanishish.
4. Mulkdorlardan va boshqa mansabdor shaxslardan O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlar buzilishlari aniqlangan hollarda ularni bartaraf etishni talab qilish.
5. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarning yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini bartaraf etish uchun vakolatli mansabdor shaxslar bajarishlari majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish (1-ilova)*.
6. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarning buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga amaldagi qonunlarda belgilangan miqdorda jarima solish (2 va 3-ilovalar)*.
7. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarning qo‘pol ravishda buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish uchun korxonalar va tashkilotlarning yuqori organlariga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar kiritish.
8. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlanish to‘g‘risidagi qonunlarga zid bo‘lgan buyruqlari va boshqa me’yoriy aktlarining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, zarur bo‘lgan hollarda esa belgilangan tartibda ularni bekor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga takliflar kiritish.
1. Inspeksiyaga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
2. Inspeksiyaning tuzilmasi va xodimlari soni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
3. Inspeksiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
4. Inspeksiya:
quyi turuvchi barcha mehnat inspeksiyalari (inspektorlari)ga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, yordam beradi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi;
vazirliklar, idoralar, korxonalar, shuningdek, ayrim fuqarolardan tushgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi;
quyi turuvchi barcha mehnat inspektorlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalarni, jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarni ko‘rib chiqadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi;
mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llashga doir muhim masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hay’atiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
quyi turuvchi mehnat inspeksiyalari (inspektorlari)ga va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy tuzilmalariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar va topshiriqlar beradi.
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (bundan keyin viloyatlar deb ataladi) Davlat mehnat huquq inspeksiyalari (inspektorlari) tegishli viloyatlar hududida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartibda mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
2. Viloyat inspeksiyalari viloyat mehnat boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari (sektorlari) hisoblanadilar va ularga viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan bosh inspektor rahbarlik qiladi.
3. Viloyat boshqarmalari davlat mehnat huquq (bosh) inspektorlari lavozimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi inspeksiyasi boshlig‘i bilan kelishilgan holda viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tayinlanadilar.
4. Viloyat mehnat inspeksiyalari (inspektorlari) tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari davlat huquq inspektorlari tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni ko‘rib chiqadilar, bekor qiladilar, o‘zgartirishlar kiritadilar, shuningdek, ularga uslubiy yordam ko‘rsatadilar va ular faoliyatini yo‘naltiradilar.
5. Viloyat mehnat inspektorlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining davlat huquq inspeksiyasiga belgilangan tartibda yarim yillik va yillik hisobotlarni taqdim etadilar.
1. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining davlat huquq inspektorlari tegishli tuman doirasida mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
2. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining davlat huquq inspektorlari lavozimga viloyat boshqarmasi bosh huquq inspektori bilan kelishilgan holda bandlikka ko‘maklashish Markazi direktori tomonidan tayinlanadilar va bevosita bandlikka ko‘maklashish Markazi direktorining ma’muriy bo‘ysunuvida bo‘ladilar.
3. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining davlat huquq inspektorlari yuqori turuvchi mehnat huquq inspektorlari topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydilar.
4. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining davlat huquq inspektorlari mehnat haqidagi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadilar, shuningdek, yilning har choragida yuqori turuvchi mehnat inspeksiyasiga qilingan ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
1. Davlat mehnat huquq inspektorining yozma ko‘rsatmasini olgan mansabdor shaxs uning ko‘rsatilgan muddatda bajarilganligi haqida inspektorni xabardor qilishi shart.
2. Davlat mehnat huquq inspektorlarining yozma ko‘rsatmalari ustidan yozma ko‘rsatma berilgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida yuqori turuvchi davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektori)ga yoki xalq sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
3. Shikoyat qilingan yozma ko‘rsatmalar yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektori)ning xulosalari qat’iy hisoblanadi va bajarilishi majburiydir. Xulosalar bo‘yicha shikoyatlar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
1. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa xil qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa me’yoriy hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi, O‘zbekiston Respublikasining davlat nazorat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlaydi.
2. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda noqulay mehnat sharoitlarida ishlaydigan mehnatkashlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarishda mehnat sharoitlari, noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
noqulay mehnat sharoitlari uchun beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalarni tartibga soluvchi me’yoriy-uslubiy asoslarni ishlab chiqish va mukammallashtirish.
3. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
mehnat shart-sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiya qilishning sifati hamda imtiyozli nafaqa, qo‘shimcha ta’til va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan ro‘yxatlar va ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
korxonalar, vazirliklar va idoralarning takliflari asosida imtiyozli nafaqa, qo‘shimcha ta’til va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan ro‘yxatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida xulosalar tayyorlaydi;
korxonalarning buyurtmalariga ko‘ra, attestatsiya asosida ish joylaridagi mehnat shart-sharoitlarini ekspertiza qiladi;
o‘z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ma’muriyat va korxonalar xodimlari o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi;
mehnat sharoitlarini baholash ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish usullarini va mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish uchun me’yoriy asoslarni ishlab chiqadi va yangilaydi;
mehnat xavfsizligi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi.
4. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasiga quyidagi huquqlar beriladi:
o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korxonalarga, ularning qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, belgilangan namunadagi guvohnomani ko‘rsatib qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish (1-ilova)*.
korxonalardagi mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish va ma’muriyatga MShE-1 shaklida xulosa berish (2-ilova)*;
ekspertiza o‘tkazish uchun olim va mutaxassislarni belgilangan tartibda haq to‘lab jalb etish;
korxonalardagi xodimlarga imtiyozli nafaqalar, qo‘shimcha ta’tillar va qisqartirilgan ish kuni belgilash hujjatlarini, shuningdek, jamoa shartnomalarida ko‘zda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun MShE-2 shaklida yozma ko‘rsatma berish (3-ilova)*;
korxona ma’muriyatiga uning imtiyozli nafaqalar, qo‘shimcha ta’tillar va qisqartirilgan ish kuni belgilash bo‘yicha amaldagi qonunlarga muvofiq kelmaydigan qarorlarini to‘xtatish to‘g‘risida MShE-3 shaklida taqdimnoma berish (4-ilova)*;
korxonalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini mehnat me’yorlari va qoidalarini buzganlik uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortish;
vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan mehnat shart-sharoitlari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olish;
mehnat shart-sharoitlari bo‘yicha ish joylarini nazorat tariqasida attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, buning uchun shartnoma asosida zarur bo‘lgan tashkilotlar va mutaxassislarni jalb etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqishga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi imtiyozli nafaqalar, qo‘shimcha ta’tillar va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan ro‘yxatlarni to‘ldirish, aniqlash bo‘yicha takliflar kiritish;
davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlarda o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi nomidan vakillik qilish.
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi o‘z vazifalarini bajarayotgan paytda tekshirilayotgan korxona ma’muriyati unga yordam berishga majburdir.
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi markaziy apparatining mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi organi;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi respublika markaziy laboratoriyasi;
mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasining hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar) organlari o‘z laboratoriyalari bilan, shuningdek, rayon va shahar bandlikka ko‘maklashish markazlari huzuridagi organlar;
mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi bo‘linmalarining tuzilmasi va xodimlari soni, tegishli ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasini moliyaviy ta’minlash respublika va mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
6. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasiga rahbarlik qilish, tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qopaqalpog‘icton Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, hududiy bosh boshqarmalar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi o‘z nomi yozilgan shtampga ega bo‘ladi. | 225 | 17,123 |
Qonunchilik | Identifikatsiya vositalari yordamida sigareta va alkogol mahsulotlarini markirovkalash | Sigareta va alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalashning batafsil meхanizmi Hukumatning 23.11.2019 yildagi 944-son qarorida keltirilgan.
Avval yozganimizdek, 1 dekabrdan identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalanadigan tovarlar boʻyicha tajriba loyiha boshlanadi. Bu sigareta va alkogolli mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan boshlanadi. Tajriba natijalari 2020 yil 30 iyunga qadar hukumatga taqdim etiladi.
Markirovkalash taomiliga batafsil toʻхtatib oʻtamiz.
Ushbu taomil mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - aхborot tizimi deb ataladi) yordamida amalga oshiriladi. «Istiqbolli teхnologiyalarni rivojlantirish markazi» MChJ (RF) tomonidan ta’sis etilgan «CRPT TURON» kompaniyasi tizim operatori etib tayinlanadi.
«CRPT TURON» zimmasiga aхborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatish, shuningdek uning barcha komponentlarini sozlash vazifasi yuklandi. Kompaniya tadbirkorlik sub’yektlarining hududida zarur markirovkalash, server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarning bepul oʻrnatilishi hamda sozlanishini, kelgusida ular aхborot tizimiga ulanishini ta’minlaydi. Ushbu uskuna DSQning yagona aхborot-resursbazasiga ulanadi. «CRPT TURON» fiskal ma’lumotlar operatori funksiyasini ham bajarishi mumkin.
Qanday qilib loyiha ishtirokchisi boʻlish mumkin
Tajriba tovarlar muomalasi sub’yektlari: ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlariga tatbiq etiladi. Barcha uchun yagona ishtirok etish sharti ERI hamda aхborot tizimi bilan oʻzaro munosabatlar uchun zarur elektron hujjatlarni shakllantirish va qabul qilish imkoniyatiga ega kompyuter tizimining mavjudligidir.
Tajribada iхtiyoriy ishtirok etish mumkin. Xohlovchilar aхborot tizimiga buyurtma berishi lozim. Buni loyiha ishlari boshlangandan keyin ham amalga oshirish mumkin. Ishtirokchilar reyestriga kiritish uchun ariza administratorga aloqa kanallari orqali yuboriladi yoki uni aхborot tizimida shakllantiriladi. Buyurtmaga taqdim etiladigan ma’lumotlar ishtirok turiga qarab ajratiladi. Masalan, ulgurji va chakana savdo qiluvchilar boshqa ma’lumotlar bilan birga oʻrnatilgan onlayn-NKM raqamlarini ham koʻrsatishlari lozim.
Ariza barcha talablarga muvofiq kelganda, administrator ariza topshirilgan paytdan e’tiboran ikki soat ichida muomala sub’yektini ishtirokchilar reyestriga kiritadi, uning shaхsiy kabinetini ochadi va bu haqda хabar beradi. Xabarnomada loyiha ishtirokchi roʻyхatga olingan raqami, unga berilgan ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Soʻngra ishlab chiqaruvchi/import qiluvchi mahsulotlar reyestrida markirovkalanadigan tovarlar haqidagi ma’lumotlarni roʻyхatdan oʻtkazishi lozim. Ariza administratorga yuboriladi yoki aхborot tizimi saytida shakllantiriladi. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Markirovkalash qoidalari
Markirovkalash uchun kodlar ishlab chiqaruvchi/import qiluvchi tomonidan buyurtma boʻyicha administratordan olinadi, ularda quyidagi koʻrsatiladi:
Ishtirokchi markirovkalash kodlarini olganidan keyin identifikatsiyalash vositalariga kodlarni oʻzgartiradi, markirovkalash kodini olishi bilan – ularni qadoq/idishga tushiradi.
Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar mustaqil ravishda mahsulotlarni markirovkalaydilar va aхborot tizimiga ma’lumotlarni taqdim etadilar.
Ishlab chiqaruvchi identifikatsiya vositasini oʻramga ishlab chiqarish liniyasida bevosita yopishtiriladigan asosiy etiketka yoki kontretiketka dizaynida maхsus ajratilgan (5х5 mm dan kam boʻlmagan) joyga teхnik moslama yordamida tushiradi.
Import qiluvchi mahsulotlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchi bilan kelishilgan holda DataMatrix kodini1 yuqorida koʻrsatilgan tartibda tushirish yoki stikerni yopishtirish yoʻli bilan markirovkalashi mumkin. Shuningdek DataMatrix kodi tushirilgan stikerlarni bojхona omborida erkin muomalaga chiqarish bojхona rejimiga joylashtirilguncha mustaqil yopishtirishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi/import qiluvchining хohishiga koʻra, identifikatsiya vositasi guruh va transport oʻramining oldi yoki yon tomoniga tushiriladi.
Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida markirovkalash va ularning keyingi kuzatilishi boʻyicha teхnik va dasturiy jihatlari bilan bogʻliq хarajatlar administrator hisobidan qoplanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.
[1] DataMatrix — toʻrtburchak yoki kvadrat guruhga joylashtirilgan kvadrat shaklida qoʻllaniladigan qora va oq elementlari yoki bir necha хil yoriqlik darajalaridagi elementlarni oʻzida namoyon etgan ikki oʻlchovli matritsali shtriхli kod. Matn yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni kodlash uchun moʻljallangan. | 86 | 4,714 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 121 | 354 |
Qonunchilik | 2019-2020-yillarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanining sanoat salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risida | Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida mavjud tabiiy va mehnat resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, sanoat salohiyatini oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash orqali aholi turmush darajasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-2020-yillarda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida sanoatni rivojlantirish sohasidagi loyihalarning manzilli ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda manzilli ro‘yxat deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi bo‘sh turgan bino-inshootlardan samarali foydalanish maqsadida tuman hokimligiga o‘tkaziladigan obyektlarning ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda manzilli ro‘yxat parametrlarining so‘zsiz bajarilishini hamda bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin;
muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va zarur amaliy chora-tadbirlar ko‘rgan holda, loyihalar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin;
har chorak yakuni bilan sektorlar kesimida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini, loyiha tashabbuskorlari faoliyati natijadorligini baholagan holda, viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
3. Qashqadaryo viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan kelishgan holda, loyihalar qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan, zaruratga ko‘ra, manzilli ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2-ilovaga kiritilgan obyektlarni Kasbi tumani hokimligiga o‘tkazib berilishini ta’minlasin.
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “Mug‘lon” MFY hududida joylashgan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasiga qarashli bo‘lgan foydalanilmayotgan 3,0 gektar yer uchastkasidan kelgusida samarali foydalanish maqsadida Kasbi tumani hokimligiga berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
6. “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Kasbi tumanida 30 nafar ishsiz yoshlarni hunarmandlar va boshqa kasb vakillari bo‘lgan ustozlarga “Ustoz-shogird” loyihasi bo‘yicha bir kalendar yilga shogird sifatida biriktirish;
kasb-hunarlarni to‘liq egallagan shogirdlarni keyinchalik mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan shartlar asosida kamida ikki nafar shogirdni bepul o‘qitish sharti bilan mustaqil ishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsinlar.
7. Belgilansinki, “Ustoz-shogird” loyihasi bo‘yicha ustozlar va shogirdlarga to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin. | 103 | 4,143 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchal | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 31-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 250 | 951 |
Qonunchilik | OLIY MAJLIS BINOSINI QURILIShI TO‘G‘RISIDA | Oliy Majlis binosini foydalanishga topshirishni so‘zsiz ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi Oliy Majlis binosini qurilish bo‘yicha — buyurtmachi, “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi esa bosh pudratchi etib belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yilda qurilish hamda materiallar va asbob-uskunalarni respublika tashqarisida sotib olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar maqsadli ajratilishini nazarda tutsin.
Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi obyekt qurilish uchun asbob-uskunalar va materiallar sotib olishga yo‘naltirilgan pul mablag‘larini konvertatsiya qilishda ko‘maklashsin.
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi 1996-yilga mo‘ljallangan dasturni tuzishda ko‘rsatib o‘tilgan obyektni investitsiya dasturiga kiritish nazarda tutsin.
3. “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni va “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi bosh pudratchi-”Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining ro‘yxati bo‘yicha zarur miqdordagi marmar, granit va boshqa moddiy-texnika resurslari shartnoma asosida yetkazib berilishi ta’minlansin.
4. Obyektning belgilangan muddatda ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida “Toshsotsuyjoybank” loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlagunga qadar mablag‘ bilan ta’minlashni ish chizmalari bo‘yicha amalga oshirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H.Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 42 | 1,473 |
Qonunchilik | Yakka tartibdagi tadbirkor plastik kartasi universal boʻldi | Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 1850-2, 2017 yil 19 aprel) bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Belgilanishicha, yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan ishlab chiqarish, savdo, хizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek boshqa har qanday хarajatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin.
Ilgari toʻlovlarni yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan bogʻliq boʻlgan faqat quyidagi хarajatlar uchun amalga oshirishga yoʻl qoʻyilardi:
Shu munosabat bilan endilikda toʻlovlarni amalga oshirishda sotuvchi va bank kartasining egasi (yakka tartibdagi tadbirkor) oʻrtasida tegishli shartnoma tuzilgan boʻlishi shart emas. Bunda toʻlovni terminal orqali qabul qilgan хizmatchining imzosi va «toʻlandi» muhri qoʻyilgan schyotlar, kvitansiyalar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlarning mavjudligi yetarlidir.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 24 aprelda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | 59 | 1,346 |
Qonunchilik | Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Mamlakatimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish borasida yoshlarning qo‘lga kiritgan yutuqlarini, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish orqali mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-son qarorida belgilangan paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amaliyotga bosqichma-bosqich tatbiq etish maqsadida:
1. Paralimpiyachilarning matonat maktabi (keyingi o‘rinlarda — Matonat maktabi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Matonat maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish sohasida:
ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari hamda mahallarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib, paralimpiyachilarning o‘z hayot yo‘llarida qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganliklari haqida suhbatlar o‘tkazish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa yoshlarda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘maklashish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa yoshlar ijtimoiy hayotining turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlari va tashkilotlariga taklif va tavsiyalar kiritish;
ona Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat asosida yoshlarning qalbi va ongiga singdirib borish;
yoshlarga yuqori natijalarga erishgan shaxslarni o‘rnak qilib ko‘rsatish orqali ularni matonatli etib tarbiyalash, shu maqsadda ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob, kitobxonlik kechalari, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
yoshlarda qadimiy tariximiz va madaniyatimiz bilan, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirishga ko‘maklashish;
b) yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish sohasida:
o‘sib kelayotgan yosh avlodni paralimpiya sport turlariga jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida maxsus ta’lim muassasalarida hamda mahallalarda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazishda qatnashish;
iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni parasport turlariga yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashlarini rag‘batlantirish;
yoshlarning xalqaro parasport tadbirlari va musobaqalari, forum va konferensiyalardagi ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish.
3. Belgilansinki:
Matonat maktabi O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil qilinadi;
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida Matonat maktabiga rahbarlik qiladi;
Matonat maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo‘lib Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Matonat maktabining tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga qo‘shimcha 2 ta shtat birligi ajratiladi;
Matonat maktabiga hududlarga borib kelish va tadbirlarda ishtirok etish uchun 1 ta yengil avtomobil, 1 ta avtobusni xarid qilish uchun mablag‘lar va ularni saqlash uchun limit ajratiladi.
4. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi etib qayta nomlansin va uning yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Matonat maktabining yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish sohasidagi faoliyati Mudofaa vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Matonat maktabining yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish sohasidagi faoliyati Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) va Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Matonat maktabining asosiy vazifalari samarali va to‘liq ro‘yobga chiqarilishida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga yaqindan ko‘maklashsin.
6. Matonat maktabi faoliyatini tashkil qilishning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
a) har yili 1-dekabrga qadar Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tarkibiga kiritilgan vazirlik, idora, hokimliklar va jamoat tashkilotlari tegishli namuna bo‘yicha ishlab chiqilgan kelgusi yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga taqdim etadi;
b) O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Mudofaa vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda chora-tadbirlar rejalarini Matonat maktabining asosiy vazifalari, mazkur qarorning 5-bandida ko‘zda tutilgan yo‘nalishlar, shuningdek, boshqa dolzarb masalalarni hisobga olgan holda umumlashtiradi hamda kompleks reja loyihasini tayyorlaydi;
v) O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi har yili 20-dekabrga qadar kompleks reja loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun, shuningdek, qabul qilingan kompleks rejaning ijrosi bo‘yicha yig‘ma axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
g) Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
vazirliklar, idoralar, hokimliklar va boshqa tashkilotlarning mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini eshitadi;
Kengash yig‘ilishida kompleks reja loyihasini ko‘rib chiqadi va har yili 1-fevralga qadar tasdiqlaydi;
Matonat maktabi faoliyatini samarali tashkil etishda barcha vazirlik, idora, hokimlik va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
d) Mudofaa vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda kompleks reja ijrosi ustidan doimiy nazorat olib boradi.
7. Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi (A.N. Aripov) uch hafta muddatda Matonat maktabida 2022-yil davomida quyidagilar amalga oshirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va uning tizimli ravishda amalga oshirilishini ta’minlasin:
a) Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) tomonidan:
yoshlarning, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirish;
yoshlarga mamlakatimizning mudofaa salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tizimli ravishda yetkazish hamda dunyoda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, burchga sadoqat, mas’uliyat, fidoyilikni oshirish;
yoshlarning, shu jumladan paralimpiyachilarning harbiy qismlarga ekskursiyalar va ko‘rgazmali tashriflarini tashkil etish;
Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etish asosida yoshlarda “Yangi O‘zbekiston — yangi g‘alabalar sari” degan hayotiy e’tiqodni qaror toptirish;
b) Milliy gvardiya (R. Djurayev) tomonidan:
terrorizmga qarshi kurashishda hamda terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etib, mardonavor halok bo‘lgan askarlarning ibratli hayotini keng targ‘ib etish;
yoshlarning, shu jumladan paralimpiyachilarning Temurbeklar maktablari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maxsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar va ko‘rgazmali tashriflarini tashkil etish;
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
“Temurbek vorislari” harbiy-sport o‘yinlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, ularga jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jalb qilish;
v) Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) tomonidan:
yoshlarga mo‘ljallangan badiiy, multiplikatsion va qisqa metrajli filmlar ishlab chiqarilishini kengaytirish;
yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ilmiy va ijtimoiy islohotlardagi ishtirokini aks ettiradigan va daxldorlik tuyg‘usini shakllantiradigan turli janr va mavzularda filmlar yaratish;
yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yo‘li, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti to‘g‘risida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
yoshlar hayoti, ularning orzu-intilishlari, o‘y-havaslarini ifodalovchi filmlar ishlab chiqarilishini tashkil etish;
tayyorlangan filmlarni yoshlar orasida keng targ‘ib va tashviq qilish choralarini ko‘rish;
g) Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) tomonidan:
yoshlarda, xususan uyushmagan yoshlarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash;
iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash;
d) O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayyid) tomonidan:
katta iste’dod va yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan keksa avlod vakillarining ijodiy salohiyati va mahoratidan yoshlarni keng bahramand etish;
yosh iste’dod sohiblarini izlab topish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish;
mumtoz adabiyotimizni, buyuk namoyandalarning asarlarini yoshlarga yanada yaqinlashtirish;
yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan “Do‘rmon”, “Parkent” va “Zomin” ijod uylarida taniqli yozuvchilar, shoirlar ishtirokidagi uchrashuvlarni tashkil etish;
mahallalar, ta’lim muassasalarida yoshlar, shu jumladan paralimpiyachilar ishtirokida muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
e) “Nuroniy” jamg‘armasi (S. Turdiyev) tomonidan:
oqsoqollar, keksa yoshdagi mahalla faollarini yoshlarni Vatanga muhabbat, keksalarni e’zozlash, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda yoshlarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;
taniqli keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, sport faxriylari, rassomlar va ijodkor ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda yoshlar o‘rtasida ijodiy kechalar tashkil etish;
j) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) tomonidan:
yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar va paralimpiyachilarning ibratli hayot yo‘llari va qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganliklari hamda g‘alaba qozonganligi haqidagi uchrashuv va suhbatlarni keng yoritish;
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tematik teleradiodasturlar tayyorlash;
paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar (turnirlar)ni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
8. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligining:
Toshkent shahri, A. Qodiriy ko‘chasida joylashgan piyodalar yurish va dam olish maskanida Paralimpiyachilar bog‘ini tashkil etish;
Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan bekatlaridan biriga “Paralimpiya harakati” nomini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
9. Belgilab qo‘yilsinki, Matonat maktabi bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini dunyo mamlakatlariga targ‘ib etish maqsadida 2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba Toshkent shahrida “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi o‘tkaziladi.
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2022-yil 1-iyuldan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari hisobida turgan 10 — 35 yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda fuqarolarning murojaatiga ko‘ra nogironlik guruhi belgilangan sportchilar haqidagi ma’lumotlar har chorakda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga taqdim etiladi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari xulosalari asosida nogironlik guruhi belgilangan barcha 10 — 35 yoshdagi shaxslarning elektron ma’lumotlari har chorakda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga yuboriladi;
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari xulosalari asosida nogironlik guruhi belgilangan 10 — 35 yoshdagi shaxslarni paralimpiya sport turlariga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirib boradi.
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) zimmasiga mazkur bandda belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil qilish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin.
11. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar Matonat maktabi bilan hamkorlikda quyidagilarni 2022/2023 o‘quv yili boshlanishiga qadar amalga oshirsin:
ta’lim jarayonida sog‘lom o‘quvchi va talabalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi va talabalarning aqliy hamda ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;
rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchi va talabalar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha o‘quvchi va talabalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish;
jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi va talabalar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirish;
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda o‘quvchi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda musiqa, rassomchilik, tasviriy san’at, kulolchilik va boshqa to‘garaklarni tashkil etish.
12. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylarida paralimpiya sport turlari, shu jumladan parastol tennisi, paradzyudo, golbol, 5x5 futbol, parayengil atletika, bochcha, parapauerlifting, paraqilichbozlik sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratsin hamda ularni zaruriy sport jihozlari va formalari bilan ta’minlasin.
13. Quyidagilar:
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida vazirlikka ajratilgan budjet mablag‘larining iqtisod qilingan qismidan yil yakuniga qadar 2 milliard so‘mgacha;
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) “Muruvvat” internat uylari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida vazirlikka ajratilgan budjet mablag‘larining iqtisod qilingan qismidan yil yakuniga qadar 1 milliard so‘mgacha yo‘naltirsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2023-yildagi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 3 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘larni nazarda tutsin.
Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda “Muruvvat” internat uylaridagi nogironligi bo‘lgan bolalarni doimiy ravishda hududlardagi sport-ta’lim muassasalarida (sport maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlari va boshqalar) belgilangan parasport turlariga jalb qilish choralarini ko‘rsin.
14. Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Matonat maktabining samarali faoliyat olib borishi uchun yetarli sharoit hamda multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, buklet, banner va boshqa kreativ targ‘ib qiluvchi materiallar bilan ta’minlasin.
15. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M. Tashxodjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarning ta’lim olgan muassasalarida “Matonatli sportchilarimiz — faxrimiz” xonalarini tashkil etsin.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Matonat maktabi ishchi guruhlarining hududlarda samarali faoliyat olib borishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
Matonat maktabi tomonidan amalga oshiriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlarini manzilli tashkil etish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish;
tuman (shahar)lar tarixiy muzeylarida Paralimpiya, Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
17. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mazkur qarorda belgilangan Matonat maktabi faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq zarur mablag‘larni 2022-yil respublika budjetida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin.
18. Matonat maktabi Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 126-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
1. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “24” raqami “26” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “mazkur qarorga asosan tashkil qilinayotgan Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi” so‘zlari “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
3. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan to‘ldirilsin:
“141. Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2021-yilda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha manzilli hududiy dasturlarni tasdiqlasin, shuningdek, ularning to‘liq va sifatli ijro etilishi yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatsin;
paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, homiylar — yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb qilsin.
Belgilansinki, Paralimpiya qo‘mitasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash, unga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Respublika kengashi tomonidan amalga oshiriladi”.
4. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 92 | 21,906 |
Qonunchilik | Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarida (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari deb yuritiladi) o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalarining rahbar kadrlari malakaviy amaliyot, pedagog kadrlari esa, pedagogik amaliyot o‘taydi.
2. Rahbar va pedagog kadrlarning pedagogik (malakaviy) amaliyoti oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi (bundan buyon matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi) yoki Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy (tarmoq) markazlari (bundan buyon matnda mintaqaviy (tarmoq) markaz deb yuritiladi) o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarning pedagogik (malakaviy) amaliyoti o‘quv rejasi bo‘yicha o‘quv modullari yakunlanganidan keyin Bosh ilmiy-metodik markazi yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlarida (bundan buyon matnda amaliyot obyekti deb yuritiladi) tashkil etiladi.
4. Pedagogik (malakaviy) amaliyotning davomiyligi va soatlar hajmi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv-rejasiga muvofiq belgilanadi.
5. Tinglovchilarga Bosh ilmiy-metodik markazi direktorining buyrug‘i asosida malakaviy amaliyot rahbari tayinlanadi hamda ular tegishli amaliyot o‘tash tashkilotlariga yuboriladi.
6. Har bir malakaviy amaliyot rahbari uchun 12 nafargacha tinglovchilar biriktiriladi.
7. Malakaviy amaliyot rahbari amaliyot o‘taladigan tashkilotning rahbari tomonidan biriktiriladigan mas’ul xodim bilan Tinglovchining amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish dasturini (bundan buyon matnda amaliyot dasturi deb yuritiladi) tuzadi.
8. Malakaviy amaliyot rahbari:
tinglovchilarni amaliyot dasturi bilan tanishtiradi;
amaliyot o‘taladigan tashkilotga olib boradi;
tinglovchilar tomonidan amaliyot dasturida belgilangan ishlarning bajarilishini umumiy nazorat qiladi;
zarur hollarda tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;
tinglovchilarning amaliyot bo‘yicha hisobotlarini baholaydi.
9. Tinglovchiga malakaviy amaliyot o‘tash davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish maqsadida tegishli tashkilotning rahbari tomonidan amaliyot o‘tash joyidan mas’ul xodim (bundan buyon matnda mas’ul xodim deb yuritiladi) biriktiriladi.
10. Mas’ul xodim:
tinglovchilarni amaliyot o‘talayotgan tashkilot bilan tanishtiradi;
tinglovchilarning o‘rganishi va tahlil qilishlari uchun amaliyot o‘talayotgan tashkilot faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarning nusxalarini yoki elektron shaklini tinglovchilarga taqdim etadi;
tinglovchilarga amaliyot o‘tash davrida tegishli maslahatlar beradi;
amaliyot dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirilishini, shuningdek tinglovchining amaliyot kundaligi har kuni to‘g‘ri va to‘liq yozib borilishini nazorat qiladi va imzolaydi.
11. Tinglovchi amaliyot o‘tayotgan tashkilotning ichki tartib-qoidalariga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilishi shart.
12. Tinglovchi malakaviy amaliyot davrida Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan beriladigan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini yuritadi.
13. Amaliyot kundaligining titul varag‘ida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, malakaviy amaliyot o‘talayotgan tashkilot nomi hamda mas’ul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
14. Tinglovchi tomonidan amaliyot dasturi asosida bajarilgan ishlar amaliyot kundaligiga har kuni yozib boriladi.
Bunda, amaliyot o‘talgan sana, bajarilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi hamda bajarilgan ishlar va ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liqligi mas’ul xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
15. Mas’ul xodim amaliyot yakunida tinglovchining amaliyot kundaligi titul varag‘iga imzo qo‘yadi va tegishli muhr bilan tasdiqlaydi.
16. Amaliyot kundaligi mas’ul xodim tomonidan imzolangandan keyin, tinglovchining o‘zida saqlanadi va u hisobot bilan birga amaliyot rahbariga topshiriladi.
17. Tinglovchi amaliyot davrida amaliyot o‘tayotgan tashkilot faoliyatining yo‘nalishlari, ta’lim menejmenti va boshqaruv strategiyasi sohasidagi mavjud ish tajribasini o‘rganadi va tahlil qiladi.
O‘rganish va tahlil qilish amaliyot o‘talayotgan tashkilot faoliyatining yutuqlari, kamchiliklari, mavjud muammolarni aniqlash va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish asosida amalga oshiradi.
18. Tinglovchi o‘rganish va tahlil natijalari asosida amaliyot o‘talayotgan tashkilotda boshqaruv va faoliyat samaradorligini, shuningdek ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.
19. Tinglovchi amaliyot yakunida amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Hisobotda amaliyot jarayonida bajarilgan ishlarini umumlashgan holda ko‘rsatishi lozim.
20. Hisobotda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
amaliyot tashkil etilgan tashkilotning faoliyat yo‘nalishlari haqida qisqacha ma’lumot;
tinglovchi amaliyotni o‘tash jarayonida tanishgan normativ-huquqiy, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlar;
amaliyot o‘talayotgan tashkilot faoliyatining yo‘nalishlari, ta’lim menejmenti va boshqaruv strategiyasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar;
amaliyot o‘talayotgan tashkilot faoliyatining yo‘nalishlari, ta’lim menejmenti va boshqaruv strategiyasi va faoliyat samaradorligini, shuningdek ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar.
21. Hisobotning titul varag‘ida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tish joyi va yo‘nalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, malakaviy amaliyot o‘tilayotgan tashkilot nomi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
22. Malakaviy amaliyot yakunlangandan keyin tinglovchilar tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini amaliyot rahbariga topshiradi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar malakaviy amaliyot bo‘yicha tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini elektron shaklda (PDF formatda) amaliyot rahbarining elektron pochtasiga yuboradi.
23. Amaliyot rahbari tinglovchidan hisobot va amaliyot kundaligini qabul qilib oladi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarning hisobotlari va amaliyot kundaligini elektron shaklda qabul qiladi va chop etadi.
Hisobotning titul varag‘i amaliyot rahbari tomonidan imzolanadi va tegishli muhr bilan tasdiqlanadi.
24. Amaliyot rahbari tinglovchilarning malakaviy amaliyot natijalarini o‘rganib chiqadi va baholaydi.
25. Tinglovchilarning malakaviy amaliyoti natijalari quyidagicha baholanadi:
tinglovchining amaliyot kundaligini to‘g‘ri va to‘liq yuritganligi — 0,5 ballik tizimda;
tinglovchining o‘rganish va tahlil natijalari asosida ishlab chiqqan taklif va tavsiyalari — 3,5 ballik tizimda;
tinglovchining amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan tayyorlangan hisobot — 1 ballik tizimda.
26. Tinglovchiga amaliyot rahbari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha arifmetik bahosi qo‘yiladi.
27. Tinglovchilarga mintaqaviy (tarmoq) markaz direktorining buyrug‘i asosida mintaqaviy (tarmoq) markazning pedagog kadrlari orasidan amaliyot rahbari tayinlanadi hamda ular amaliyot o‘tash uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan kafedralarga yuboriladi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarga amaliyot rahbari tayinlash talab etilmaydi va ularning amaliyoti o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasasi kafedrasida tashkil etiladi.
28. Har bir malakaviy amaliyot rahbari uchun 12 nafargacha tinglovchilar biriktiriladi.
29. Pedagogik amaliyot rahbari ixtisoslashtirilgan kafedraning mudiri bilan birgalikda Tinglovchining amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish dasturini (bundan buyon matnda amaliyot dasturi deb yuritiladi) tuzadi.
30. Pedagogik amaliyot rahbari:
tinglovchilarni amaliyot dasturi bilan tanishtiradi;
ixtisoslashtirilgan kafedraga olib boradi;
tinglovchilar tomonidan amaliyot dasturida belgilangan ishlarning bajarilishini umumiy nazorat qiladi;
zarur hollarda tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;
tinglovchilarning amaliyot bo‘yicha hisobotlarini baholaydi.
31. Tinglovchiga amaliyot davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish maqsadida tayanch oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan ixtisoslashtirilgan kafedra mudiri mas’ul sifatida biriktiriladi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarga amaliyot davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish tinglovchi faoliyat ko‘rsatayotgan kafedra mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
32. Kafedra mudiri:
tinglovchilarni ixtisoslashtirilgan kafedra faoliyati bilan tanishtiradi;
tinglovchilarning o‘rganishi va tahlil qilishlari uchun kafedraning faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarning nusxalarini yoki elektron shaklini tinglovchilarga taqdim etadi;
amaliyot o‘tash davrida tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;
amaliyot dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirilishini, shuningdek tinglovchining amaliyot kundaligi har kuni to‘g‘ri va to‘liq yozib borilishini nazorat qiladi va imzolaydi;
masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining ochiq darslarini kuzatish, shuningdek amaliyot yakunlari bo‘yicha kafedra yig‘ilishida muhokama qilish uchun tashqi ekspertlarni jalb qiladi.
33. Tinglovchi kafedraning ichki tartib-qoidalariga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilishi shart.
34. Tinglovchi pedagogik amaliyot davrida mintaqaviy (tarmoq) markazi tomonidan beriladigan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini yuritadi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar bo‘limidan yuklab oladi.
35. Amaliyot kundaligining titul varag‘ida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, mas’ul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
36. Tinglovchi tomonidan amaliyot dasturi asosida bajarilgan ishlar amaliyot kundaligiga har kuni yozib boriladi.
Bunda, amaliyot o‘talgan sana, bajarilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi hamda bajarilgan ishlar va ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liqligi kafedra mudirining imzosi bilan tasdiqlanadi.
37. Kafedra mudiri amaliyot yakunida tinglovchining amaliyot kundaligi titul varag‘iga imzo qo‘yadi va tegishli muhr bilan tasdiqlaydi.
38. Amaliyot kundaligi tinglovchining o‘zida saqlanadi va u amaliyot yakunida hisobot bilan birga kafedra mudiriga topshiriladi.
39. Tinglovchi amaliyot davrida kafedra faoliyati va ish tajribasini o‘rganadi hamda tahlil qiladi.
40. Tinglovchi pedagogik amaliyot davrida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan 2 ta dars jarayonlarini kuzatadi va tahlil qiladi.
41. Tinglovchi amaliyot o‘tash davrida kafedraning yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari, shuningdek ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarga 1 ta ochiq dars o‘tkazadi.
42. Tinglovchi tomonidan o‘tkaziladigan ochiq darsda kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi va dars jarayonini kuzatib boradi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchi tomonidan o‘tkaziladigan ochiq darsda kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda turdosh oliy ta’lim muassasalaridan soha mutaxassisi bo‘lgan tashqi ekspertlar ishtirok etadi. Tashqi ekspertlar o‘tkazilgan ochiq dars tugagandan keyin shu kunning o‘zida ochiq dars bo‘yicha o‘z xulosalarini kafedra mudiriga yozma shaklda taqdim etadi.
43. Tinglovchi amaliyot yakunida amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Hisobotda amaliyot jarayonida bajarilgan ishlar umumlashgan holda ko‘rsatiladi.
44. Hisobotda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
amaliyot tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan kafedraning faoliyat yo‘nalishlari haqida qisqacha ma’lumot;
amaliyotni o‘tash jarayonida tanishgan normativ-huquqiy, o‘quv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
kafedra professor-o‘qituvchilari o‘tkazgan dars jarayonlarini kuzatish va tahlil qilishning natijalar bo‘yicha tinglovchining fikrlari;
tinglovchi o‘tkazgan ochiq darsda foydalanilgan o‘quv materiallari va ishlanmalari;
kafedrada pedagogik faoliyat samaradorligini va o‘qitish sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar.
45. Hisobotning titul varag‘ida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, kafedraning nomi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
46. Malakaviy amaliyot yakunlangandan keyin tinglovchilar tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini kafedra mudiriga topshiradi.
Amaliyot yakunlari bo‘yicha kafedra yig‘ilishi hisobotlar qabul qilib olingan kundan boshlab 1 kun ichida o‘tkaziladi.
47. Kafedra mudiri tinglovchilardan hisobot va amaliyot kundaliklarini qabul qilib oladi hamda ularni amaliyot yakunlari bo‘yicha kafedra yig‘ilishi o‘tkaziladigan vaqt haqida xabardor qiladi. Amaliyot yakunlari bo‘yicha kafedra yig‘ilishida amaliyot rahbari, kafedraning professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etadilar.
48. Kafedra yig‘ilishida tinglovchilarning pedagogik amaliyot yakunlari bo‘yicha natijalari quyidagicha baholanadi:
tinglovchining amaliyot kundaligini to‘g‘ri va to‘liq yuritganligi — 0,5 ballik tizimda;
tinglovchining ochiq darslarni o‘tkazish jarayoni — 3,5 ballik tizimda;
tinglovchining amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan tayyorlangan hisobot — 1 ballik tizimda.
49. Kafedra yig‘ilishida har bir qatnashchi tinglovchining amaliyot yakunlari bo‘yicha natijalariga o‘zining bahosini qo‘yadi. Kafedra yig‘ilishi qatnashchilari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, tinglovchiga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi.
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. | 225 | 16,260 |
Qonunchilik | “IPOTEKA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 736-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 2-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu Qonunning qoidalari, agar “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ipoteka bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
2) 10-moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
“Garov narsasini baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi”;
3) 22-moddaning:
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
4) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovga oluvchining talabini garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qo‘yuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yo‘l qo‘yiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning da’vosiga ko‘ra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin”.
5) 37—41-moddalar chiqarib tashlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 83-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi”;
2) 269-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovga qo‘yilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi”;
3) 279-moddaning ikkinchi qismi “rad etish mumkin” degan so‘zlardan keyin “qonunda belgilangan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 280-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Garovga oluvchining talabini garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qo‘yuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yo‘l qo‘yiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning da’vosiga ko‘ra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) texnik inventarizatsiya kadastr byurosida amalga oshirilib, ushbu byuro” degan so‘zlar “ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda amalga oshirilib, ushbu organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 17-moddadagi “tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) texnik inventarizatsiya kadastr byurosida” degan so‘zlar “ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va unga doir bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 189 | 4,839 |
Qonunchilik | “MARKAZIY FARG‘ONANING HAYDALADIGAN YERLARI MELIORATIV TARMOQLARINI YaXShILASh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati berayotgan mablag‘lardan foydalangan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “China National Machinery Import & Export Corporation” (XXR) o‘rtasida “Markaziy Farg‘onaning haydaladigan yerlari meliorativ tarmoqlarini yaxshilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 8,48 mln. AQSh dollari miqdorida uskunalar, ehtiyot qismlar yetkazib berish va ularni shef-montaj qilish bo‘yicha shartnoma tuzildi;
mazkur shartnomani moliyalash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan XXR Eksimbankining besh yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 20 yil muddatda to‘lash sharti bilan 8,48 mln. AQSh dollari miqdorida berilgan qarz mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li bilan amalga oshirib boriladi.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi agentlik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti bo‘yicha qarz oluvchi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalarni to‘lash va kreditga xizmat ko‘rsatish hamda moliyalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan loyihaning texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq;
loyiha bo‘yicha XXR Eksimbanki qarz mablag‘lari, foizlar va komissiyalarni to‘lash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalashtirish uchun:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini;
XXR Eksimbanki qarz mablag‘larini qayta moliyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kredit shartnomasini tuzsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi majburiyatlari yuzasidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi nomidan kafolat berishga vakil qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi kafolati bo‘yicha qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda yuridik xulosa taqdim etsin.
7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, qarz bitimining shartlariga muvofiq quyidagilar:
XXR Eksimbanki O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov manbaidan undirib olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan;
loyihani amalga oshirish doirasida XXR Hukumatining kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalarini konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek ularning vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 148 | 3,940 |
Qonunchilik | Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6195-son Farmoni va 2021-yil 25-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5038-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 12-sentabrdagi “Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-472-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-oktabrdagi “Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi PF-478-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “nogironlarga” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 4-martdagi PF-575-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” ordeni to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi oltinchi xatboshisidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-3079-son Farmonida:
2-bandning birinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga salomatlikni tiklash uchun quyidagi miqdorlarda yillik bir yo‘la moddiy yordam belgilansin:
1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;
3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatida:
1 va 7-bandlardagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “nogironlari” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatining “III. Agentliklar” bo‘limi quyidagi mazmundagi 12-band bilan to‘ldirilsin:
“12. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-martdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3864-son Farmonida:
2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bolalar, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya markazlari xodimlarini hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uyida xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish fondi miqdori mehnatga haq to‘lash fondi hisobidan 25 foizgacha oshirilsin”;
3-bandda:
uchinchi xatboshidagi “nogiron-o‘quvchilarning” so‘zlari “nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 13-oktabrdagi “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4658-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshisidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4715-son Farmoniga 1-ilovada:
1 va 2-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-pozitsiyadagi “nogironlari” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4782-son Farmonida:
a) muqaddimadagi “Nogironlar” so‘zi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush qatnashchilari, faxriylar, yolg‘iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin, taklifda:
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Agentlikning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari zimmasiga — nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarga, urush qatnashchilari, faxriylar, yolg‘iz keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vazifasini;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga — muhtoj oilalarga va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash monitoringini amalga oshirish vazifasini yuklash nazarda tutilgan”;
v) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4906-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “nogironlarni” so‘zi “faxriylarni” so‘zi bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 40-pozitsiyasi “Mas’ul ijrochilar” ustuni “IIV,” abreviaturasidan keyin “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-son Farmonida:
a) 6, 7 va 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblasin;
b) 1-ilovada:
“III. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari” bo‘limi 1-kichik bo‘limining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblasin;
“IV. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar” bo‘limining o‘ninchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi “III. Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari” bo‘limining 1-bobi 5-paragrafi 17-bandidagi “Nogironlar” so‘zi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-5765-son Farmoni 4-bandidagi “16 yoshdan” so‘zlari “18 yoshdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-son Farmoni 3-bandidagi “nogironlarni” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoni 5-bandining “v” kichik bandida:
birinchi xatboshi “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlaridan keyin “, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6041-son Farmoni 5-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “nogironlari” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi 2-bobi 2.5-paragrafining o‘ttiz sakkizinchi xatboshisidagi “nogironlarga” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2021 — 2023-yillarda davlat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da:
a) 16.2-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 531-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1024-son qarorining 22-bandidagi “nogironlarga” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2085-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-dekabrdagi “Mahalla” ma’rifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli teleko‘rsatuvlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2273-son qarori 2-bandining oltinchi xatboshisidagi “nogironlarga” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2857-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3001-son qarori 5-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “nogironlarga” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyundagi “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3039-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
5-bandning uchinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
6-bandning uchinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 5-ilovaning 13-bandi uchinchi xatboshisidagi “nogironlarga” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “nogironlarni” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qarori bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi “Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3787-son qarorida:
a) nomlanishidagi “Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini” so‘zlari “Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining” so‘zlari “protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 1-ilovada:
3, 10, 15, 16 va 17-pozitsiyalarning “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 4-pozitsiyaning “Mas’ul ijrochilar” ustuni “Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlaridan keyin “, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
j) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3913-son qarorining 2-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan to‘sqinliksiz foydalanish, shuningdek, barcha turdagi transportlardan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanish aloqa vositalari hamda axborotlardan foydalanish uchun sharoitlar yaratish yuzasidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish”.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatining 27-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomning 32-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Mazkur Nizomning 7-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan fuqarolarda nogironlik mavjud bo‘lganda yoki muddatli harbiy va muqobil xizmatni o‘tashga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlari topilib, tibbiy-ekspert tomonidan qayd etilganda, ular davolanishga muhtoj sifatida MIBB hisobiga qo‘yilmaydi. Mazkur fuqarolar, shuningdek, bolalikdan nogironligi bo‘lgan va birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan harbiy xizmatga yaroqlilik toifasi haqida yakuniy xulosa qabul qilinadi”.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4185-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasiga ilovaning 1-pozitsiyasi “Ko‘rsatkichlar” ustunidagi “nogironligi bor” so‘zlari “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4212-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshisi va 9-bandi ikkinchi xatboshisidagi “bolaligidan nogiron farzandlari” so‘zlari “bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi PQ-4290-son qarori bilan tasdiqlangan Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida nizomning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“imtiyozli toifadagi shaxslar — I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941 — 1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari, baynalmilalchi-jangchilar, chin yetimlar, yolg‘iz pensionerlar va vakolatli organlarda ro‘yxatda turuvchi kam ta’minlangan oilalar, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan patologiyasi mavjud bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan bolalar hamda ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar”.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4298-son qarori bilan tasdiqlangan 9-may — Xotira va Qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturining 28-pozitsiyasi “Tadbirlar” ustuni birinchi xatboshisidagi “nogironlarining” so‘zi “uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus tibbiyot ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish muddatlari va bitiruvchilarga beriladigan malakalar ro‘yxatining 7-pozitsiyasi “Bitirgandan keyingi malaka” ustunidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ilovaning 21-pozitsiyasi “Axborot manbalari” ustunidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 312-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“312. Nogironligi bo‘lgan farzandlari yoki bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlari bo‘lgan ayol harbiy xizmatchilarni ushbu farzandlari o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar, shuningdek o‘n to‘rt yoshdan kichik farzandlari bo‘lgan yolg‘iz onalar va otalarni ularning roziligisiz tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PQ-4495-son qarori bilan tasdiqlangan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar dasturida:
a) 36-pozitsiyada:
“Tadbirlar” ustunidagi “nogironlar” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustuni “Sog‘liqni saqlash vazirligi,” so‘zlaridan keyin “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 39-pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “nogironlariga” so‘zlari “uning oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ-4513-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2023-yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturining 1 va 7-pozitsiyalari “Tadbirlar nomi” ustunidagi “nogiron” so‘zi “nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolardan talab qilinishi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hujjatlar ro‘yxatining 15-bandidagi “nogironni” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxsni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-son qarorida:
a) 3-ilovaning 7-bandidagi “nogiron” va “buyumlari” so‘zlari tegishlicha “nogironligi bo‘lgan” va “moslamalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 15-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunida:
birinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “nogironlarni” so‘zi “nogironligi bo‘lgan shaxslarni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori bilan tasdiqlangan Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida:
a) 16 va 17-pozitsiyalarda:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunida:
1-banddagi “Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sho‘basi” so‘zlari “Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro uchun mas’ullar” ustunidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)” so‘zlari “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 18-pozitsiyada:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunining 1-bandidagi “Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sho‘basi” so‘zlari “Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro uchun mas’ullar” ustunida “Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev)” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5038-son qarorining 2 va 4-ilovalari quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 228 | 25,459 |
Qonunchilik | 1999-2000-YILLARDA PAXTA NAVLARINI YaNGILASh VA JOYLAShTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Fanlar akademiyasi urug‘chilikni yuritish, paxta navlarini joylashtirish va yangilash ishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ymoqdalar. Paxtaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘plab turlari respublikaning turli mintaqalari tabiiy-iqlim sharoitlariga javob bermaydi, kam tola beradi, viltga hamda boshqa kasalliklar va zararkunandalarga chidamli emas, tolaning texnologik xossalariga ko‘ra xalqaro andozalarga javob bermaydi.
O‘zbekiston shart-sharoitlarida ekiladigan chigitlarga qo‘yiladigan muhim talablardan biriga — ularning tezpisharligiga amalda ahamiyat berilmayapti.
Barqaror navni yaratishdan boshlab uni respublikaning aniq mintaqalarida tuproq-iqlim sharoitlariga tatbiqan joylashtirishgacha bo‘lgan muddatlar orasidagi davr kattaligicha qolmoqda.
Genetika, seleksiya va urug‘chilik sohasida ilmiy muassasalar faoliyati sust muvofiqlashtirilmoqda. Seleksiyachilar va elita-urug‘chilik xo‘jaliklari xodimlarini iqtisodiy rag‘batlantirish tizimidan foydalanilmayapti. Seleksiya va urug‘chilik bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlari past darajada olib borilmoqda.
Yangi navlarni yaratishda va ishlab chiqarishda xorijiy seleksiyaning eng yaxshi navlaridan amalda foydalanilmayapti. Paxta yetishtirishning nav texnologiyasiga rioya qilinmayapti. Tezpishar navlar urug‘larining yetarlicha sug‘urta fondi yaratilmayapti, natijada qayta ekishda ko‘p hollarda sifatsiz texnik chigitdan foydalanilmoqda.
Paxta tozalash zavodlarida paxta xomashyosini qayta ishlashda va urug‘lik chigitni tayyorlashda navlar va reproduksiyalar aralashtirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmoqda, urug‘lik paxtani tozalash rejimiga rioya qilinmayapti. Dorilash-tuksizlantirish sexlari asbob-uskunalarining texnik darajasi past, bu ekiladigan chigit sifati pasayishiga olib kelmoqda.
Urug‘chilik tizimi zarur tarzda tartibga solinmagan, bu sohada bozor munosabatlariga o‘tilmagan. “Urug‘chilik to‘g‘risida” va “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga rioya qilinmayapti. Urug‘chilik sohasida ishlab chiqarish va fanni kooperatsiyalash yo‘lga qo‘yilmagan.
Mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, yuqori sifatli tola parametrlariga ega bo‘lgan xalqaro talablarga javob beradigan paxtaning tezpishar, yuqori hosilli, yangi va istiqbolli navlarini oqilona joylashtirish, navlarni yangilash bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlarni amalga oshirish va 1999-2000-yillar hosili uchun paxta ekishga talab qilinadigan urug‘lik fondini tayyorlash, shuningdek paxta urug‘chiligini tashkil etishni tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Seleksiya, urug‘chilik, navlarni yangilash, paxtaning tola sifati yuqori bo‘lgan yangi tezpishar navlarini joriy etish va ularni mamlakatning turli tuproq-iqlim sharoitlarida oqilona joylashtirish sohasidagi ishlarni har tomonlama takomillashtirish va jadallashtirish ustuvor davlat vazifasi hisoblansin.
Viloyatlar, tumanlar va xo‘jaliklarning ko‘plab rahbarlarining, agrosanoat kompleksi mansabdor shaxslarining o‘z mas’uliyatsizligini, ishni tashkil etishdagi uquvsizligini, agrotexnikani qo‘pol ravishda buzishlarni noqulay ob-havo sharoitlariga ag‘darish kabi keng yoyilgan amaliyoti qoralansin.
Paxta yetishtirish va uni parvarish qilishning ilmiy asoslangan texnologiyasiga qat’iy rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, xo‘jaliklar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
2. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga:
seleksiya va urug‘chilik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, urug‘chilik, paxta navlarini yangilash va joylashtirish masalalarida barcha manfaatdor muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
ro‘yxatdan o‘tkazilgan va istiqbolli navlarni yangilash va ularni joylashtirish bo‘yicha yillik rejalarni ishlab chiqish;
paxtaning yangi navlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir takliflarni yangi navlarning eng avvalo tezpisharlik va tola sifati ko‘rsatkichlari ekspert baholangandan keyin har yili Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’atida ko‘rib chiqish;
chigit ishlab chiqarish hajmlarini, ularning ikki yillik zaxirasini yaratishni hisobga olgan holda belgilash, urug‘lik tayyorlash, unga ishlov berish va tayyorlash bo‘yicha buyurtmani ijrochilargacha yetkazish;
chigitni ishlab chiqarish, tayyorlash, tozalash, navlarga ajratish, kalibrlash, sertifikatsiyalash, qoplash, saqlash va sotishni tashkil etish, shuningdek urug‘lik material navining sofligi va konditsiyasi ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
mulkchilik shakllaridan, xo‘jalik yuritish usullaridan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, birlamchi, elita, ommaviy urug‘chilik va chigitni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
urug‘chilik haqidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va tuzatishlar to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav sinovi bo‘yicha davlat komissiyasi, “O‘zdavurug‘nazoratmarkazi”, O‘zbekiston birlamchi urug‘chilik stansiyasi faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklansin.
Ushbu vazifalarni hal etish maqsadida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining shtatdagi xodimlari soni doirasida mustaqil yuridik shaxs huquqiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan Respublika paxta urug‘chiligi boshqarmasini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
3. Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 1999-2000-yillarda paxtaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan va istiqbolli navlarini 1-ilovaga* muvofiq joylashtirishga doir takliflari qabul qilinsin.
Sug‘urta va zaxira urug‘lik fondi yaratish maqsadida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida yuqori navli paxta xomashyosini komissiya ishtirokida band qilib qo‘yishga ruxsat berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
xo‘jaliklarda faqat bitta nav, tumanlarda ikkitadan va viloyatlarda 4 tadan ko‘p bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va uchta istiqbolli paxta navlari ekiladigan bir sharoitda paxta navini yangilash va joylashtirishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasinlar. Xo‘jaliklar, tumanlar va viloyatlar rahbarlarining e’tibori ushbu tartib buzilgan taqdirda ularga nisbatan respublika qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rilishiga qaratilsin;
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xatti-harakatlari paxta navi aralashib ketishiga, navlarni rayonlashtirish dasturida nazarda tutilmagan navlar ekilishiga olib keluvchi xo‘jaliklar rahbarlari va boshqa mas’ul shaxslarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
elita va birinchi reproduksiyali chigit yetishtiruvchi elita-urug‘chilik xo‘jaliklari ishini alohida nazorat ostiga olsinlar. Paxtaning yangi va istiqbolli navlarini sinashni ilmiy-tekshirish institutlarining eksperimental bazalarida, bazaviy xo‘jaliklarda va hududida nav sinash uchastkalari joylashgan xo‘jaliklarda o‘tkazsinlar.
Yuqori sifatli, genetik jihatdan bir xil ekish materiali olish, shuningdek g‘o‘zaning erkin o‘sishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida elita chigitni va urug‘lik uchun chigitni plyonka ostiga ekish taqiqlansin, urug‘lik chigit yetishtirishning ilmiy asoslangan texnologiyasiga qat’iy rioya qilinsin.
1998-yildagi davlat sinovlari natijalari bo‘yicha kechpishar navlar bir oy muddatda davlat reyestridan chiqarilsin va reyestrga 3-ilovaga* muvofiq yangi tezpishar paxta navlari kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Paxtasanoat” respublika ilmiy markazi:
1999-yil 1-martgacha urug‘lik paxtani tozalashni tugallasinlar va 5-ilovaga* muvofiq miqdorda ekiladigan chigitni navlarga ajratish, tuksizlantirish, kalibrlash va markazlashtirilgan holda dorilashni ta’minlasinlar;
ekiladigan chigitning belgilangan muddatlarda viloyatlararo yetkazib berilishini 6-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar;
kelgusi yil fondida qoladigan chigitning saqlanishi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirsinlar;
1999-yil hosilidan boshlab 2000-yilda ekish uchun chigitning yangi yuqori hosilli tezpishar va istiqbolli navlari tayyorlanishiga birinchi darajali ahamiyat bersinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etilgan yangi va istiqbolli navlarni fabrika sinovidan o‘tkazish tashkil etilishini ta’minlasinlar.
6. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (G‘aniyev):
paxta tozalash zavodlariga chigitni dorilovchi vositalarning zarur miqdorlarda va belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlasinlar;
oziqlantiruvchi moddalar nisbatiga qat’iy rioya qilgan holda azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni birinchi navbatda ilmiy muassasalarning eksperimental xo‘jaliklariga va elita-urug‘chilik xo‘jaliklariga hamda tovar paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar uchun belgilangan normadan 10 foiz ortiq miqdorda yetkazib bersinlar.
7. Paxtaning tezpishar navlarining yuqori sifatli chigitini yetishtirish hajmlari elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, ilmiy-tekshirish muassasalari va ularning eksperimental bazalari (“Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Paxta seleksiya va urug‘chiligi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti), yangi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan navlar bo‘yicha urug‘chilik xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi deb hisoblansin.
8. 1999-yil hosilidan boshlab chigit yetishtiruvchi ilmiy muassasalar va xo‘jaliklarni rag‘batlantirish tartibida urug‘lik chigit unuvchanlikning birinchi klassiga muvofiq bo‘lganda elita urug‘lik uchun paxta xomashyosi qiymatining 100 foizi, birinchi reproduksiyali urug‘lik uchun — 75 foizi, ikkinchi reproduksiyali urug‘lik uchun — 50 foizi, uchinchi reproduksiyali urug‘lik uchun — 25 foizi miqdorida ustama belgilansin. Urug‘lik unuvchanligining ikkinchi klassiga mansub deb topilganda ustama tegishli ravishda ikki baravarga kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyotstat vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bir oy muddatda:
navlarning originatorlari bo‘lgan ilmiy muassasalar va bevosita urug‘lik yetishtiruvchilarning har birining urug‘chilikni tashkil etish va yuritish ishiga qo‘shgan ulushini hisobga olgan holda navli urug‘lik uchun ustamalar to‘lash va ular o‘rtasida taqsimlash mexanizmini ishlab chiqsinlar;
urug‘lik uchun ularning sifati uzil-kesil tekshirib chiqish natijalari “O‘zdavurug‘nazoratmarkazi” tomonidan tasdiqlangandan so‘ng haq to‘lasinlar;
seleksiyachilarni, urug‘chilarni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsinlar va kiritsinlar.
Belgilansinki, 2012-yil 1-yanvardan boshlab paxtachilik elita-urug‘chilik laboratoriyalari va xo‘jaliklari faoliyatini moliyalashtirish urug‘lik chigit navlari uchun ustamalar summasidan ajratiladigan mablag‘lar va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan tuziladigan shartnomalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan boshqa daromadlar hisobiga moliyalashtiriladi.
10. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, navlarning originatorlari bo‘lgan ilmiy muassasalar elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, paxta tozalash zavodlari, urug‘chilik korporatsiyalari, shirkatlar va boshqa tuzilmalar bilan birgalikda shartnoma asosida elita urug‘larning genetik jihatdan sof navlari yetishtirilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
11. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav sinovi davlat komissiyasi xorijiy seleksiyaning karantin tekshiruvidan o‘tgan va tezpisharlik talablariga javob beruvchi eng yaxshi navlarining, shu jumladan, Isroilning “Gedera-5” va “Gedera-10” navlarining hamda boshqa navlarning jadallashtirilgan sinovlarini o‘tkazsinlar hamda ularni keng ekish uchun yoyish imkoniyatlarini o‘rganib chiqsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Isroilning ko‘rsatib o‘tilgan paxta navlarini Isroil texnologiyasi bo‘yicha Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining har birida tegishli ravishda 100 gektar yerda tajriba sifatida yetishtirish yuzasidan Isroil firmalari bilan kontraktlar imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Vatanimiz seleksiyasining patentlar bilan himoyalangan chigit navlari originatorlari bo‘lgan ilmiy muassasalarga ushbu navlardan xorijiy mamlakatlarda foydalanish bo‘yicha chet ellik hamkorlar bilan litsenziya shartnomalari tuzishga ruxsat berilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlarini bir oy muddatda qayta ko‘rib chiqsinlar va ularga tuzatishlar kiritsinlar, genetika, seleksiya va urug‘chilik masalalari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy muassasalar sa’y-harakatlarini 1999-2000-yillarda tolasining sifati yuqori, jahon bozori talablariga javob beruvchi tezpishar, yuqori hosilli, kasalliklar, zararkunandalar va ekstremal sharoitlarga chidamli navlar yaratish uchun yuqori samarali usullar va texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishga jamlasinlar.
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
Respublika paxta urug‘chiligi boshqarmasini va uning viloyat birlashmalarini kadrlar bilan to‘ldirsinlar, binolar, aloqa vositalari va avtotransport bilan ta’minlasinlar;
Vazirlik huzuridagi Respublika paxta urug‘chiligi boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin. | 81 | 14,584 |
Qonunchilik | 1.07.2018 yildan boshlab ozonni buzuvchi moddalarni import/eksport qilishga ruхsatnoma – Davlat хizmatlari markazlari orqali | Vazirlar Mahkamasining 9.01.2018 yildagi «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini va Oʻzbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 17-son qarori qabul qilindi.
Qaror 13.04.2018 yildan kuchga kiradi. Ushbu sanadan boshlab hozir amalda boʻlgan, ushbu sohani tartibga soladigan Vazirlar Mahkamasining 11.11.2005 yildagi 247-son qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjat bilan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlar (bundan keyin – OM) turlarining yangilangan roʻyхatlari tasdiqlangan:
1 – import va eksport qilish ruхsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar.
Amaldagi tahriri bilan solishtirganda undan, masalan, quyidagilar chiqarib tashlangan:
Ya’ni ushbu tovarlarni import/eksport qilish uchun ruхsatnomalar olish talab etilmaydi.
Shu bilan birga roʻyхatga import-eksport qilish uchun ruхsatnoma boʻlishi zarur ayrim tovarlar kiritildi. Ular orasida, masalan:
2 – Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan.
Bu – muhim! Qaror jismoniy shaхslar tomonidan tarkibida OM boʻlgan mahsulotlar oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish, notijorat maqsadlarida olib oʻtilgan va tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallanmagan holatlarga tatbiq etilmaydi.
OMni import/eksport qilishga ruхsatnoma olish
Qaror bilan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruхsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlangan.
OMni import va eksport qilish Ekologiya davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Nizomda koʻrsatilgan sхemaga muvofiq beriladigan ruхsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
E’tibor bering! Oʻzbekiston orqali OMni tranzit tashishda ruхsatnoma olish kerak emas.
Ruхsatnoma olish uchun ariza beruvchi Ekologiya davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasiga tegishli arizani taqdim etadi. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning amaldagi roʻyхatiga quyidagilar qoʻshilgan:
Oʻz navbatida, OMning muvofiqlik sertifikatini taqdim etish boshqa talab etilmaydi.
Ma’lumot uchun: 1.07.2018 yildan boshlab ruхsatnomani Prezidentning Xalq qabulхonalari huzuridagi Davlat хizmatlari markazlari (qayta tashkil etilgan «bir darcha» yagona markazlari) yoхud YaIDXP orqali ham rasmiylashtirish mumkin boʻladi.
Ruхsatnomaning amal qilish muddati – joriy yil doirasida
Arizani koʻrib chiqish va ruхsatnoma berish muddati – hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 7 ish kunidan koʻp emas. Zarurat tugʻilganda ushbu muddat hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 20 ish kunidan koʻpni tashkil etishi mumkin emas (hujjatda muddatni uzaytirishning aniq holatlari koʻrsatilmagan).
Ruхsatnoma OMni import yoki eksport qilish uchun zarur boʻlgan, biroq har oʻtayotgan yilning 31 dekabridan oshmaydigan muddatga beriladi. Ayni paytda ruхsatnomaning eng koʻp amal qilish muddati 1 yildan oshmasligi kerak.
Bunda ruхsatnomaning amal qilish muddati arizaga binoan uzaytirilishi mumkin, uni ariza beruvchi ruхsatnomaning amal qilish muddati tugaguncha taqdim etadi, biroq uning muddati har kelasi yilning 31 dekabridan oshmasligi lozim.
Import qilinadigan OMni kvotalash
Nizom bilan OMni mamlakatimizga import qilish uchun kvotalarni ariza beruvchilar oʻrtasida taqsimlash tartibi belgilangan. U keyingi 3 yillik davrda import qilishga ruхsat berilgan OMning umumiy hajmi ulushiga asoslangan. Shuningdek 2018-2030 yillarda OMni import qilishga yangi kvotalar (tonnada) taqdim etilgan.
Bunda quyidagilar kvotalanmaydi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 12.01.2018 yilda e’lon qilingan va 13.04.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 124 | 3,964 |
Qonunchilik | Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi PQ-4190-son “2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 27 va 103-son qarori (ro‘yxat raqami 2522, 2013-yil 13-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 46-son, 608-modda) bilan tasdiqlangan Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. I bo‘limdagi Omnopon pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. V bo‘limda:
a) Klozapin pozitsiyasidan so‘ng quyidagi pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
b) Xlorpromazin pozitsiyasidan so‘ng quyidagi pozitsiya bilan to‘ldirilsin: | 150 | 1,073 |
Qonunchilik | BUDJET BILAN HISOB-KITOBLAR UChUN XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING MAS’ULIYATINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Soliqlar va majburiy to‘lovlarning budjetga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta’minlash, soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga soliqlar va budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni qarzdor korxonaning mulki hisobidan undirib olish huquqi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda to‘lovni qarzdor korxonaning mulki hisobidan undirib olish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
2. Tijorat banklari vakillik hisob-varaqlarining holatidan qat’i nazar, soliq to‘lovchida mablag‘ mavjud bo‘lgan taqdirda budjetga to‘lovlar o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
qarzdor korxonaning so‘mlardagi mablag‘i yetarli bo‘lmagan va valyuta hisob-varaqlarida mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda vakil qilingan banklarga soliq idoralarining taqdimnomasi bo‘yicha mazkur valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida sotiladigan kundagi kurs bo‘yicha, budjet oldidagi qarzni uzish uchun zarur hajmlarda qat’i tartibda sotish huquqi berilsin.
3. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
eksport mahsuloti (markazlashtirilgan eksport bundan mustasno) respublika bojxona chegarasidan o‘tgan paytdan boshlab 60 kundan keyin sotilgan hisoblanadi va tegishli barcha soliq to‘lovlari to‘lanishi majbur;
soliq idoralarining so‘rovi bo‘yicha banklar o‘z mijozlari bo‘lmish korxonalarning soliq to‘lovlarini bekamu-ko‘st va to‘g‘ri to‘layotganliklari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun shu korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni berishlari shart;
xo‘jalik yurituvchi subyekt xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka o‘tganida u soliq idorasining soliqlar hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha o‘zining davlat budjeti bilan o‘zaro munosabatlari qanday holatda ekani to‘g‘risidagi xulosasini taqdim etishi kerak. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargandan keyingina yangi hisob-kitob varag‘ini ochishga yo‘l qo‘yiladi;
naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar. Bunda, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga har kuni inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar. Ko‘rsatilgan hajmdan kam bo‘lgan kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan yoki onlayn nazorat-kassa mashinalaridan (yoxud virtual kassadan) foydalanishga o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega.
korxonalar va tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi yuridik va jismoniy shaxslarga veksellar bilan operatsiyalar bo‘yicha yoki bajarilishi to‘xtatilgan shartnoma bo‘yicha oldindan to‘lash holida tushgan to‘lovlarni qaytarish maqsadida naqd pul mablag‘larini to‘lashga yo‘l quyilmaydi. Mazkur pul mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli hisob-kitob (joriy) varaqlariga o‘tkazilishi lozim. Belgilangan tartibni buzganlik uchun aybdor korxona va tijorat bankiga yuridik yoki jismoniy shaxsning bank hisob-varag‘iga oldindan o‘tkazilmay berilgan naqd pul mablag‘i miqdorida jarima solinadi.
4. 1996-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi doirasida mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida mavoza asosidagi shartnomalar tuzish taqiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Markaziy bank va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda veksellarni qo‘llanishi budjet bilan hisob-kitoblar tartibining buzilishiga olib kelinmasligini nazarda tutgan holda veksel muomalasini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. 1997-yilning 1-yanvaridan boshlab respublika Moliya vazirligi va moliya idoralarining tarkibiga respublikaning aksiz solig‘iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi katta korxonalarida aksiz soliqlari bo‘yicha inspektorlar lavozimini joriy etish, ularning zimmasiga aksiz soliqlarini xomcho‘t qilish va tushumini ta’minlash vazifalari yuklash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi soliq to‘lovchi mazkur katta korxonalar, birinchi navbatda vino-araq mahsulotlari ishlab chiqaradigan shunday korxonalarda daromadlarni muttasil nazorat qilish hamda budjet oldidagi majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun ularning ro‘yxatini har yili tasdiqlasin.
9. Respublikaning sud va soliq idoralari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini buzishga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 176-moddasida ko‘zda tutilgan ma’muriy ta’sir choralarini kengroq qo‘llasinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. | 120 | 5,407 |
Qonunchilik | QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA MANIPULATSIYANI OLDINI OLISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil 29-30-son, 278-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining 1999-yil 25-iyundagi 04/103-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida manipulatsiyani oldini olish qoidalariga (ro‘yxat raqami 820-son, 1999-yil 21-sentabr) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin. | 114 | 967 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING BESh YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining besh yilligi munosabati bilan hamda, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga asosan qaror qilaman:
1. Ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolardan quyidagi mahkumlar ozod qilinsin:
a) ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf qilishda qatnashgan shaxslar;
b) ayollar, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklar;
v) voyaga yetmagan yoshida jinoyat sodir etgan shaxslar;
g) birinchi va ikkinchi guruh nogironlari.
2. Birinchi marta qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar uchun besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.
3. Birinchi marta hukm qilingan quyidagi shaxslar jazoning qolgan qismini o‘tashdan ozod qilinsin:
a) besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan va tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini o‘taganlar.
b) yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan va tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini o‘taganlar;
v) o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan va tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch qismini o‘taganlar.
4. Mazkur Farmonning birinchi moddasida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda ko‘rilmagan ishlar harakatdan tugatilsin.
5. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoyatlari uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga — o‘talmagan jazo qismi yarmiga qisqartirilsin.
6. Birinchi marta o‘n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va jazo muddatining kamida yarmini o‘tagan mahkumlar manzil-koloniyalarga o‘tkazilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 247, 248-moddalarida, 270-moddasining 2, 3-qismlarida, 271, 272, 273-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlarga, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun hukm qilinganlarga, o‘ta xavfli retsidivistlarga, shuningdek uyushgan guruh yohud jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga nisbatan ushbu Farmonning 1—4, 6-moddalari qo‘llanilmasin.
8. Jazoni o‘tash tartibini buzgan mahkumlarga, shuningdek ilgari amnistiya yoki afv etish tartibida jazodan ozod etilgan shaxslarga nisbatan Farmon tatbiq etilmasin.
9. Farmon matbuotda e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va to‘rt oy mobaynida ijro etiladi. | 115 | 2,660 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI (O‘QUVChILARI) O‘QIShINI KO‘ChIRISh, QAYTA TIKLASh VA O‘QIShDAN ChETLAShTIRISh TARTIBI VA QOIDALARI TO‘G‘RISIDA | 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va idoraviy tasarruflik va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga tegishlidir.
2. Talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish, shuningdek, ta’lim muassasalaridan chetlashtirilgan talabalar (o‘quvchilar)ni o‘qishga qayta tiklash, odatda, yozgi ta’til davrida, muvofiq kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim berish faoliyati uchun ruxsatnoma (litsenziya) ga ega bo‘lmagan nodavlat ta’lim muassasalari, boshqa mamlakatlar ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlar va boshqalar) dan davlat ta’lim muassasalariga talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini ko‘chirish va tiklash taqiqlanadi.
4. Birinchi kursga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash man etiladi. (istisno tariqasida, ayrim hollarda talaba (o‘quvchi)ga kasallik tufayli akademik ta’til berilishi mumkin).
5. Talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini, bir ta’lim muassasasi doirasida, ta’limning mos yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘chirish va qayta tiklash ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning qarori bilan amalga oshiriladi.
6. Talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini, ta’limning turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha, bir ta’lim muassasasi doirasida ko‘chirish va o‘qishga qayta tiklash muvofiq vazirlik va idoralar qarori bilan amalga oshiriladi.
7. Quyidagi hollarda talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash idoraviy tasarruflikdan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash idoralararo komissiyasi (bundan keyin — Idoralararo komissiya) qarori bilan amalga oshiriladi:
talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini boshqa davlatlar ta’lim muassasalaridan respublika ta’lim muassasalariga ko‘chirish yoki qayta tiklash;
bir ta’lim muassasasi doirasida, talaba (o‘quvchi) o‘qishini turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish yoki qayta tiklash;
talaba (o‘quvchi) o‘qishini idoraviy tasarruflikdan qat’i nazar, bir ta’lim muassasasidan boshqa ta’lim muassasasiga mos, turdosh va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish va qayta tiklash.
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ishlab chiqarishdan ajralmagan holdagi o‘quv shakliga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashda, shaxsning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ishga o‘tish zaruriyati ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
9. O‘qishni barcha shakllari bo‘yicha davlat grantlari o‘rinlariga ko‘chirish va qayta tiklash, muayyan ta’lim yo‘nalishida o‘rnatilgan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Boshqa hollarda o‘qishni ko‘chirish va tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
10. Shaxslarning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishga qayta tiklash haqidagi arizalari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi o‘rnatadigan tartibda ko‘rib chiqiladi.
O‘qishni ko‘chirish yoki tiklash haqidagi arizaga talabaning (o‘quvchining) reyting daftarchasi nusxasi yoki o‘rnatilgan shakldagi akademik ma’lumotnoma ilova etiladi.
Ta’lim muassasasi qoshidagi qabul komissiyasi, ilgari boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim olgan shaxslarning tayyorgarlik darajalarini tekshirib ko‘rish huquqiga ega.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijalari qabul komissiyasining majlis bayonnomasiga kiritiladi va ariza mualliflari e’tiboriga yetkaziladi hamda talaba (o‘quvchi)lar safiga kiritish buyrug‘iga asos bo‘lib xizmat qiladi.
11. Ta’lim muassasasi rektori (direktori) qabul komissiyasi tavsiyasiga binoan, o‘quv rejalari va dasturlardagi akademik qarzlarni yoki o‘quv reja va dasturlardagi farqlarni (umum kasbiy va ixtisosiy fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi hamda muddatlarini (o‘quv yili boshlangandan keyin bir oydan ortiq emas) belgilaydi, kursni va o‘qishga qabul qilishning boshqa shartlarini aniqlaydi.
O‘qishini ko‘chirish yoki o‘qishga qayta tiklash masalasi bilan shaxslarni shartli ravishda qabul qilish taqiqlanadi. Davlat ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish va o‘qishga qayta tiklash jarayonining o‘zi uchun pul to‘lovlarini olish man etiladi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirish yoki o‘qishga qayta tiklash hollarida, kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan to‘lov mablag‘lari va muddatlari “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq aniqlanadi.
12. Davlat grantlari asosida tahsil olayotgan talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini kunduzgi o‘quv shakldan sirtqi shakliga ko‘chirish, shuningdek uning aksi (vakant o‘rinlar mavjudligiga qarab), kontrakt rasmiylashtirilmay amalga oshiriladi.
Ilgari to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olgan talabalarning o‘qishlarini ko‘chirish hollarida, o‘qishning to‘lov-kontrakt shakli saqlanib qoladi.
13. Boshqa ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish istagidagi talaba (o‘quvchi) uni qiziqtiruvchi ta’lim muassasasi rektori (direktori)ga yoki muvofiq vazirlik, idoraga (7-bandda ifodalangan ularda Idoralararo komissiyasiga) murojaat etadi. Masala ijobiy hal etilgan taqdirda, Idoralararo komissiyasi ta’lim muassasasiga belgilangan shaklda xat yo‘llaydi.
O‘qish ko‘chirilayotgan ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan talaba (o‘quvchi) darslarga qo‘yiladi va u ilgari ta’lim olgan ta’lim muassasasiga talaba (o‘quvchi)ning shaxsiy delosini jo‘natish haqida so‘rovnoma yuboriladi. So‘rovnoma olingandan so‘ng, talaba (o‘quvchi) ilgari ta’lim olgan ta’lim muassasasi rektori (direktori) “O‘qishni (ta’lim muassasasi nomi)ga ko‘chirish munosabati bilan talabalar (o‘quvchilar) safidan chetlashtirilgan” degan mazmunda uni talabalar (o‘quvchilar) safidan chetlashtirish haqida buyruq chiqaradi va uch kunlik muddatda talaba (o‘quvchi)ning shaxsiy delosi (ro‘yxati bilan) uni o‘qishga qabul qilgan ta’lim muassasasi manzilgohiga jo‘natadi. Ta’lim muassasasida esa, talaba (o‘quvchi)ning akademik ma’lumotnomasining nusxasi, reyting daftarchasi, o‘quv kartochkasi, shuningdek jo‘natilayotgan hujjatlar ro‘yxatining nusxasi qoldiriladi.
Talabalar (o‘quvchilar) safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq 10 kunlik muddatda, kechi bilan joriy yilning 31-dekabrigacha talaba ilgari ta’lim olgan ta’lim muassasasidan uning shaxsiy delosi olinganidan so‘ng chiqariladi. Shaxsiy deloning jo‘natilishi mumkin bo‘lmagan hollarda (yopiq yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash), talaba (o‘quvchi)ni o‘qishga qabul qilish, ta’lim muassasalaridan rektor (direktor) tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik ma’lumotnoma olinganidan so‘ng amalga oshiriladi.
14. Ta’lim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini ko‘chirish faqat buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi.
15. Boshqa davlatlarning davlat ta’lim muassasalaridan talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga ko‘chirish faqat Idoralararo komissiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.
16. Ilgari oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan ma’muriyatining tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar (o‘quvchilar) safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida ushbu Nizomning 1—11-bandlari talablariga rioya qilingan holda, rektor (direktor) ning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Birinchi kursga va o‘qishdan chetlashtirilgan o‘quv yilida, talaba (o‘quvchi)ni o‘qishga qayta tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Talaba (o‘quvchi) ilgari ta’lim olgan ta’lim muassasasining roziligi talab etilmaydi.
17. Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan yetim, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, 1 va 2-guruh nogironlari toifasiga kiruvchi shaxslar, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar, zaxiraga bo‘shagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida, grant o‘rinlariga tiklanishi mumkin.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qigan talabalar (o‘quvchilar) kontrakt o‘rinlarga tiklanadi.
18. O‘qishdan chetlatilganidan keyin 5 yildan ortiq muddat o‘tgan hollarda talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini tiklash berilgan vakolat doirasida (6 va 7-bandlarga muvofiq) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori bilan yoki Idoralararo komissiyasi ruxsati bilan amalga oshiriladi. Qurolli kuchlarda xizmat, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni parvarishlash bilan bog‘liq mehnat ta’tili qayd etilgan muddatga kirmaydi.
19. Oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chetlashtirilgan shaxslar, ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga tiklanishlari mumkin.
20. Boshqa davlatlarning muvofiq ta’lim muassasalaridan ilgari chetlashtirilgan shaxslarni respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalar talabalari (o‘quvchilari) safiga qayta tiklash, faqat Idoralararo komissiyasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
21. Talaba (o‘quvchi) ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
o‘z xohishiga binoan;
boshqa ta’lim muassasasiga o‘qishga ko‘chirish munosabati bilan;
salomatligi tufayli tibbiy konsultatsiya komissiyasi ma’lumotnomasi asosida;
akademik o‘zlashtirmaslik uchun;
o‘quv intizomini va o‘quv yurtining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;
shartnoma bandlarini bajarmaganligi uchun.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat o‘tayotgan muddatga akademik ta’til beriladi.
22. O‘quv yurti ma’muriyati tashabbusi bilan talabalar (o‘quvchilar)ni o‘qishdan chetlashtirish talabalar (o‘quvchilar) kasaba uyushmasi fikrini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
23. Talaba (o‘quvchi) o‘quv yurtidan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi, shaxsiy deloda olib qolinadi.
24. O‘qishni ko‘chirish yoki o‘qishga qayta tiklash tartibida ta’lim muassasasiga qabul qilingan talabalar (o‘quvchilar)ning shaxsiy delolariga ularning o‘qishga qabul qilinganliklari to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, ariza va akademik ma’lumotnoma tikiladi.
25. Ta’lim muassasasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga zaruriy miqdordagi akademik ma’lumotnoma blanklariga buyurtmalar taqdim etadilar.
Akademik ma’lumotnoma blanklari qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi. Akademik ma’lumotnomalar blankalarini o‘quv yurtlarida saqlanishi, ro‘yxatga olinishi va berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Talaba (o‘quvchilar) o‘qishini ko‘chirish, tiklash, chetlashtirish masalalari bo‘yicha nizolar belgilangan tartibda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yoki sud orqali hal qilinadi.
27. Talabalar (o‘quvchilar) o‘qishini ko‘chirish, tiklash, chetlashtirish mazkur Nizom talablariga rioya etilib rasmiylashtirilishi, taqdim etilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish yuzasidan javobgarlik ta’lim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga yuklanadi.
28. Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 17-iyun 252-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilarini bir o‘quv yurtidan boshqasiga ko‘chirish, o‘qishga qayta tiklash va talabalar safidan chetlashtirish qoidalari” va unga 1997-yil 21-iyulda kiritilgan 252-1-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi. | 167 | 11,492 |
Qonunchilik | XORAZM AVTOMOBIL IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASI FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASh VA UNING MAHSULOTLARINI SOTIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Respublikada avtomobilsozlikni rivojlantirishni ta’minlash, ko‘p yuk ko‘taradigan avtomobillar milliy parkini kengaytirish va respublikaning xalqaro yuk tashishlarga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zavtosanoat” uyushmasining respublikada ishlab chiqariladigan “Mersedes-Bens” avtopoyezdlari qiymatini Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasining ichki imkoniyatlari hamda unga soliqlar va ayrim to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish hisobiga pasaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Xorazm AIB ishlab chiqargan “Mersedes-Bens” markali yuk avtopoyezdlarini taqsimlash 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Yuk avtopoyezdlarini sotib oluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xorazm AIB bilan hisob-kitoblari grafigi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Moliya vazirligi ilgari Respublika valyuta fondidan Xorazm AIBga ajratilgan kreditlarni, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar to‘lashdan ozod qilgan holda, 1997-yil 1-martdan e’tiboran 6 yil mobaynida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan 1996-yil 1-martdan boshlab “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasining “O‘zagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasiga, “O‘zavtotrans” korporatsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy vazirligining “O‘rta Osiyo Trans” transport-ekspeditorlik kompaniyasiga qayta rasmiylashtirsin.
AKA Germaniya banklari konsorsiumi mablag‘lari hisobiga yarim pritseplar sotib olish uchun qarz mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiyatlar to‘liq hajmda Xorazm AIB zimmasida qoldirilsin. Xorazm AIB O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishtirokida yuk avtopoyezdlari xaridorlari bilan ulardan Xorazm AIBning tegishli qarz mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlaydigan to‘lovlarni milliy valyutada undirib olish yuzasidan shartnomalar tuzsin.
4. Quyidagilar:
Xorazm AIB foyda, qo‘shilgan qiymat, yer, mulk va transport soliqlaridan, bojxona tadbirlari va poshlinalari bo‘yicha to‘lovlardan, Respublika yo‘l jamg‘armasiga “Mersedes-Bens” yuk avtomobillarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq ajratmalardan;
“O‘zagrotrans” aksionerlik-transport kompaniyasi, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “O‘zavtosanoat” uyushmasining “O‘zavtosanoattrans” ishlab chiqarish birlashmasi, Xorazm AIB va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy vazirligining “O‘rta Osiyo Trans” transport-ekspeditorlik kompaniyasi 6 yil muddatga “Mersedes-Bens” avtopoyezdlarini ishlatishdan olingan foyda solig‘idan hamda sotib olinadigan avtomobillar qiymatidan Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlardan ozod qilinsin.
5. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy vazirligi, “O‘zavtosanoat” uyushmasi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida qurilayotgan “O‘zmaishiyrobot” zavodining negizida keng ko‘lamda ishlatiladigan, 10-12 tonna yuk ko‘taradigan avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha “Mersedes-Bens” firmasi bilan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsinlar va bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu masala yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar.
Xorazm AIB avtokomplekslar sotib olish yuzasidan “Mersedes- Bens” firmasi bilan kontrakt tuzsin va tajriba tariqasida ko‘rsatib o‘tilgan avtomobillardan 200 tasini yig‘ishni amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Mersedes-Bens” firmasining 200 ta yig‘ma avtokomplektini xarid qilish yuzasidan kontrakt qiymatiga teng summadagi Germaniya markalarini Respublika valyuta birjasidan sotib olish uchun Xorazm AIBga valyutada foizsiz kredit ajratsin;
Xorazm AIB bilan birgalida uning o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillar narxlarini belgilash bo‘yicha hisob-kitoblarni muntazam ravishda (yarim yilliklar bo‘yicha) ko‘rib chiqsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-iyundagi 213-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. | 152 | 4,109 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Keyingi yillarda mamlakatda nefrologik kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini sifat jihatidan yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.
Bir qator respublika va barcha viloyat tibbiyot muassasalarida bemorlar umrining ancha uzayishini va ularning turmush sifati oshishini ta’minlaydigan gemodializ bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, mavjud ahvolning tahlili gemodializ yordamiga muhtoj bo‘lgan bemorlarga to‘liq tibbiy xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilayotgan bir qancha yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan:
birinchidan, tibbiyot muassasalarida gemodializ olish uchun o‘rinlarning umumiy soni real ehtiyojdan bir necha baravar kam, gemodializ bo‘linmalarining yarmidan ortig‘i moslashtirilmagan xonalarda joylashgan, ko‘pgina gemodializ mashinalarining belgilangan foydalanish muddati o‘tib ketgan;
ikkinchidan, aholiga yuqori malakali nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish, shuningdek, buyraklarni transplantatsiya qilish bo‘yicha mintaqaviy bo‘linmalarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini tashkil etishga ehtiyoj mavjud;
uchinchidan, terminal va o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga duchor bo‘lgan bemorlarni davolashning yagona standartlari va protokollari joriy etilmagan, shuningdek, nefrologik kasalliklarning barvaqt oldini olish, ularga o‘z vaqtida tashxis qo‘yishning samarali tizimi, bemorlarni tanlash va gemodializga yuborish tartib-taomillari yo‘lga qo‘yilmagan;
to‘rtinchidan, nefrolog mutaxassislar, gemodializ shifokorlar va gemodializ bo‘linmalarining boshqa tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha yagona dastur mavjud emasligi sababli shifokor-nefrologlar va gemodializ bo‘yicha mutaxassislar keskin yetishmayapti;
beshinchidan, nefrologik kasalliklarni davolashning zamonaviy tibbiy infratuzilmasini yaratish va ushbu sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan foydalanilmayapti;
oltinchidan, gemodializ tibbiyot uskunalari va sarflash materiallarini olib kirish va sotib olishni ro‘yxatdan o‘tkazish, sertifikatlash va ruxsatnoma olishning murakkab va shaffof bo‘lmagan tartib-taomillari amal qilmoqda, bu bozorga kirishni va ularning ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni cheklamoqda.
Mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish va kamchiliklarga barham berish, shuningdek, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishni ta’minlash va nefrologik kasalliklardan azob chekayotgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining aholiga nefrologik va gemodializ yordami ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati qoniqarsiz, deb topilsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining aholiga nefrologik va gemodializ yordami ko‘rsatishni yanada oshirish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari klinikalari, respublika ko‘p tarmoqli shifoxonalarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida tizimli ravishda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish;
profilaktika qilish, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy hamda samarali usullarini joriy etish yo‘li bilan sog‘liqni saqlash tizimining viloyat va tuman darajalarida aholiga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik nefrologik tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish;
buyrak patologiyasining barvaqt oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash, mavjud bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etuvchi integratsiyalashtirilgan tizimni sog‘liqni saqlash tizimining barcha darajalarida yaratish, shuningdek, bemorlarga tashxis qo‘yish, tanlash va gemodializga yuborish jarayonini xalqaro amaliyotga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish yo‘li bilan nefrologik kasalliklarga chalinish hamda bu kasalliklar sababli vafot etishni kamaytirish;
davolashning yuqori texnologik usullari va zamonaviy standartlaridan keng foydalangan holda gemodializ yordamga muhtoj bemorlar umrining uzayishini va ularning turmush sifati oshishini ta’minlash;
tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha bosqichlarida katta yoshdagilar va bolalarda buyrak kasalliklariga tashxis qo‘yish va uni davolashning yagona zamonaviy standartlari va protokollarini joriy etish, jumladan gemodializ seanslari uchun majburiy klinik protokollarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
nefrologik va gemodializ muassasalarini zamonaviy yuqori texnologik tashxis qo‘yish va davolash tibbiyot uskunalari bilan to‘liq jihozlash, ularni ehtiyot qismlar, gemodializ uchun sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash va tegishli qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yo‘li bilan nefrologiya va gemodializ muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
nefrologik kasalliklarning barvaqt oldini olish, ularni o‘z vaqtida aniqlash va davolash bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;
aholiga nefrologik va gemodializ yordami ko‘rsatish sohasida xususiy sektorni va davlat-xususiy sheriklikni jadal rivojlantirish.
3. Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
4. Chora-tadbirlar dasturi amalga oshiriladigan muddatga 2-ilovaga muvofiq tarkibda Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tashkil etilsin.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ushbu qaror qoidalarini amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarni bajarishda yuzaga keladigan muammolarni va ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni aniqlash;
nefrologiya va gemodializ xizmati faoliyati, buyrak yetishmovchiligiga duchor bo‘lgan bemorlarga yuqori malakali yordam ko‘rsatish bo‘yicha tibbiyot xodimlariga yuklangan vazifalar bajarilishining samaradorligi ustidan tizimli nazorat olib borish;
surunkali buyrak kasalligiga chalingan bemorlarga tashxis qo‘yish va ularni davolashning ishlab chiqilgan standartlari asosida nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari tomonidan vazifalar bajarilishi jarayonini, jumladan joylarga borib o‘rganish;
amalga oshirilgan tadbirlar materiallarini, Komissiya qarorlarini aniqlangan kamchiliklarni va tibbiyot muassasalari faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun Vazirlar Mahkamasiga, prokuratura organlariga va boshqa organlarga yuborish;
nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari faoliyatidagi tizimli kamchiliklar va huquqbuzarliklarni aniqlash hamda bartaraf etish, bunday yordam ko‘rsatishning tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining:
Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etishni;
yangi tashkil etilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi” kafedrasini tashkil etishni;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning “nefrologiya” va “bolalar nefrologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha yangi yo‘nalishlarini ochishni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki:
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarining nefrologiya va gemodializ bo‘linmalari Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mintaqaviy tashkiliy-metodik bo‘linmalari hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi uch oy muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazini joylashtirish uchun Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
7. “Sog‘lom avlod uchun” fondi va keng jamoatchilikning surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, gemodializ xizmati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston dializ jamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zbekiston dializ jamiyati” nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanishini ta’minlasin:
dasturiy gemodializ ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, shuningdek, xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar;
davlat-xususiy sheriklik asosida gemodializ xizmatlari ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini qurish, jihozlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni joriy etish;
gemodializ apparatlari va sarflash materiallari yetkazib berishga zarur ruxsatnomalar berishning, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ xizmatlari ko‘rsatishning amaldagi tizimini tubdan soddalashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
gemodializ xizmatlari ko‘rsatish tartibini, uni amalga oshirish usullarini tartibga solishni, shuningdek, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklik shartnomalarini tuzish, ijro etish va tugatishni nazarda tutuvchi gemodializ xizmatlari ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
a) ikki hafta muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tuzilmasi va ustavini hamda uning mintaqaviy bo‘linmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin;
b) uch oy muddatda:
nefrologiya va gemodializ bo‘linmalarining gemodializ uskunalari parkini tanqidiy tahlil qilsin, uning yakunlari bo‘yicha ularni yangilash, shuningdek, gemodializ bo‘linmalari tarmog‘ini kengaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
dasturiy gemodializdagi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning majburiy klinik protokollarini tasdiqlasin;
respublika va mintaqaviy tibbiyot muassasalari kesimida gemodializ olishga bemorlarning teng miqdorda biriktirilishini ta’minlasin;
respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmini, mutaxassislarning funksional vazifalarini belgilagan holda nefrologiya kabineti va bo‘limini jihozlash standartlarini nazarda tutuvchi nefrologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini tasdiqlasin;
v) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda surunkali buyrak yetishmovchiligiga duchor bo‘lgan bemorlar hisobini yuritish va ularning monitoringini olib borishning yagona elektron registri mexanizmini joriy etsin;
g) Chora-tadbirlar dasturi sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlasin, monitoring natijalari to‘g‘risida har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
gemodializ o‘tkazish uchun sarflash materiallarini mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish;
tibbiyot muassasalarini jihozlash va gemodializ xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun xayriya mablag‘lari va xalqaro (xorijiy) tashkilotlarning grantlarini jalb etish yuzasidan takliflar kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
davlat-xususiy sheriklik asosida standartlar va normativlar bo‘yicha o‘tkazilgan gemodializ xizmatlari uchun o‘z vaqtida haq to‘lanishini ta’minlasin;
gemodializga muhtoj bo‘lgan bemorlar sonining yillik o‘sishini hisobga olgan holda zarur gemodializ uskunalari, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan buyurtmanomalari asosida o‘z vaqtida xarid qilinishi uchun budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan o‘z vaqtida, oqilona va maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 133 | 14,446 |
Qonunchilik | Turar joy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal ta’mirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Turar joy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal ta’mirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq turar joy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal ta’mirlash xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar turar joy va jamoat binolaridan foydalanuvchi, shuningdek ularni joriy va mukammal ta’mirlovchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
3. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
6. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega xodimlar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997-yil 6-son 21-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
10. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarning yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
15. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
16. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
17. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
18. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
19. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
20. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
21. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratidan himoya qilish vositalari;
mexanik, kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
23. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
24. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ular uy-joy kommunal xo‘jaligini dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
25. Uy-joy-kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (ro‘yxat raqami 2275, 2011-yil 6-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 446-modda) muvofiq xodimlar yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
26. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
27. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
28. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
29. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
30. Ayollar mehnatidan foydalanish to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.
31. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
32. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
33. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy muassasalarida, ular mavjud bo‘lmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarida o‘tkazilishi lozim.
34. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas.
35. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
36. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
37. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududda transport vositalarining va piyodalarning hududda harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
38. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududda yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
39. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududda har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi kerak.
40. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hududdagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
41. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hudud butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
42. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
43. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
44. Ichimlik suvining harorati 8° S dan 20° S gacha bo‘lishi kerak.
45. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
46. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
47. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
48. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
49. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
50. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
51. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
52. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
53. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
54. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanishi lozim:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
55. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
56. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim.
57. Liniya to‘xtagandan so‘ng, ovozli va yorug‘lik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
58. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
59. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
60. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning uskunalari yaroqli bo‘lishi, nazorat-o‘lchash asboblari soz, apparatlar blokirovka vositalari mavjud bo‘lganda ishga tushirilishi lozim.
61. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ko‘rilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim.
62. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda to‘xtatilishi bilan yakunlanishi zarur.
63. Texnologik jarayon buzilgan hollarda, xodimlarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri bo‘lmasligi maqsadida buzilish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun ish jarayonini to‘xtatilishi hamda xodimlar ish joylarini tark etishlari lozim.
64. Xonalarning kirish joylarida “Yong‘indan xavfli!”, “Chekilmasin!”, “Begonlar kirishi taqiqlanadi!” degan xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi lozim.
65. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
66. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
67. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
68. Yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
69. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
70. Qo‘lda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz bo‘lgan yoki yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
71. Elektr qurilmalarni o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
72. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak.
73. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi.
74. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
75. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
76. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
77. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
78. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
79. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
80. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
81. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
82. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
83. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va yerga ulangan bo‘lishi lozim.
84. Gaz ballonlarni alohida maxsus jihozlangan xonada, tik holatda va bo‘sh ballonlarni esa gaz to‘ldirilgan ballonlardan alohida saqlash kerak.
85. Gaz ballonlarni bo‘yash va ulardagi mavjud gaz nomini ko‘rsatgan holda aniq yozuvlarni qayd etish lozim. Siqilgan gazli ballonlar zarblardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
86. Kislorodli va atsetilenli ballonlarni ishlar bajariladigan joyda to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ta’siridan himoya qilish zarur. Nosoz manometrli reduktorlar, shuningdek tekshirish muddati o‘tgan manometrlardan foydalanish taqiqlanadi.
87. Atsetilenli ballon jo‘mragini ochish yoki unda reduktorni mustahkamlash faqat maxsus klyuch yordamida bajarilishi lozim.
88. Portlashi (yong‘in chiqarishi) xavfi bo‘lgan gazlar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda (quduqlar, yer osti rezervuarlari, konlar va boshqalar) gaz payvandlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
89. Materiallarga gaz alangasi bilan ishlov berish uchun 6 kg s/sm2 ga qadar bosimga mo‘ljallangan shlanglar yoki 10 kgs/sm2 ga qadar bosim uchun mo‘ljallangan shlanglar qo‘llanishi kerak. Shlangning uzunligi 30 m dan oshmasligi lozim.
90. Suyultirilgan gazli sisternalar va bochkalar uchun ularni isitishning eng yuqori harorati 50o S dan, ballonlar uchun – 45o S dan oshmasligi kerak.
91. Ballonlarni faqat kislorodli va yonuvchi gazli balonlar bilan ishlash bo‘yicha imtihon topshirgan xodimlargina tashishi, saqlashi, berishi va olishi kerak.
92. Suyultirilgan gazli ballonlarni tashish uchun mo‘ljallangan mashinalar o‘t o‘chirgichlar bilan ta’minlanishi kerak.
93. To‘ldirilgan yoki bo‘sh ballonlar tokli simlarga tegib ketishdan saqlanishi kerak. Ballonlar bilan tokli sim o‘rtasidagi masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
94. Suyultirilgan gazli ballonlar maxsus ramkali xonalarda yoki tabiiy shamollatish bo‘lgan metall javonlarda turishi kerak.
95. Kislorod uchun ilgari suyultirilgan gaz bilan ishlashda foydalanilgan reduktorlar va shlanglardan foydalanish taqiqlanadi.
96. Tomni buzishga qadar radio va televideniye antennalari, radio va telefon simlari, reklama schitlarining konstruksiya va simlari demontaj qilinishi, suv, issiqlik, gaz quvurlari va boshqa tarmoqlar uzib qo‘yilishi kerak.
97. Nishabi 15o dan ortiq bo‘lgan tomlarni buzishda ikki tomonli ko‘chma narvonlar o‘rnatilishi kerak.
98. Shamolning tezligi 12 m/sek (6 ball)dan yuqori bo‘lganda quyuq tuman, jala va kuchli qor yog‘gan paytda tomlarni buzish ishlari amalga oshirilmasligi lozim.
99. Cherdak to‘sinlaridan o‘tish uchun to‘sinlarga eni kamida 0,5 m bo‘lgan щit to‘shamasi joylashtirilishi kerak.
100. Buzib olingan tom elementlari va materiallarini (tom yopish materiallari, novlar, asbotsement listlar, tomga yopilgan plitkalar va boshqalar) tashqi devordan kamida 1 m uzoqlikka joylashtirish lozim. Tom yopish elementlari va ularni qismlarga ajratish materiallarini to‘singa va binodan tashqariga tashlash taqiqlanadi.
101. Qiya to‘sinlar demontaj qilinganida olib qo‘yiladigan qator taxtalar mixlardan chiqarilishi lozim.
102. Tomlarni buzayotganda mahkamlagich vositalari (Skobalar, boltlar, xomutlar, buragichlar va hokazo) idishga joylashtirilishi kerak.
103. Tutun chiqish quvurlari va shamollatish shaxtalarini buzishda ko‘chma taxtasupalarda turib olib tashlanadi. Buzishda olinadigan g‘ishtni idishga (konteyner, tog‘ora) joylashtirish va ishning borishiga qarab mexanizatsiyalashgan usul bilan (kran, lebedka, ko‘targichda) taxtako‘prik yoki to‘sindan olib tashlash kerak.
104. Asboblar saqlanadigan omborlarda soz asboblar komplektlarining tegishli zaxirasi bo‘lishi lozim.
105. Asboblarni tiklash, tuzatish, charxlash, o‘rnatish va to‘ldirish markazlashtirilgan tartibda tegishli vositalar va moslamalar bilan jihozlangan punktlarda bajarilishi va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
106. Tirgak, ikki tomonga suriladigan va osma narvonlarda turib mexanizatsiyalashgan (elektrlashtirilgan, pnevmatik, o‘qotar) asboblar bilan ishlash taqiqlanadi.
107. Ishdagi tanaffuslar chog‘ida yoki mexanizatsiyalashgan asbobni boshqa joyga ko‘chirganda dvigatelni o‘chirish lozim. Elektr tarmog‘iga yoki siqilgan havo tarmog‘iga ulangan mexanizatsiyalashgan asbobni nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
108. Qo‘l asboblarining yog‘och dastalari qattiq va qayishqoq turdagi yog‘ochlardan tayyorlanishi, silliq bo‘lishi va mustahkam tarzda mahkamlanishi kerak. Dastalarning sirtida o‘yiq siniq va g‘adir-budur va o‘tkir qirrali joylari bo‘lmasligi lozim.
109. Zarb bilan ishlaydigan asboblarning (bolg‘alar, boltalar, cho‘kichlar va boshqalar) dastalarining uchi yo‘g‘on bo‘lgan ovalsimon shaklga ega bo‘lishi lozim.
110. Gayka klyuchlarini gaykalarning o‘lchamlariga qarab tanlash kerak. Klyuchning ish sirtlarida qirqilgan qiya joylar, dastalarida esa yoriqlar va kesiklar bo‘lmasligi kerak.
111. Gayka klyuchi bilan ishlash paytida unga bo‘lgan zo‘r berishlarni kuchaytirish uchun boshqa narsalardan foydalanish mumkin emas.
112. Gayka va klyuchning qirralari o‘rtasida metall plastinkalarni qo‘ygan holda gaykani katta o‘lchamlardagi gayka klyuchi bilan ochish va burash taqiqlanadi.
113. Bolg‘acha va kulachoklar yordamida ponalar yoki zubilolar bilan ishlaganda uzunligi 0,7 m dan kam bo‘lmagan dastali pona tutgichni qo‘llash kerak. Agar bu ishni ikki ishchi bajarsa, ular bir-biriga 90o burchakda joylashishlari lozim.
114. Egovlar, otvertkalar, iskanalar, dlotolar va dastalarni o‘rnatish uchun o‘tkir uchga ega bo‘lgan asboblardan dastasiz foydalanish taqiqlanadi.
115. Dastgohlar, iskanjalar va boshqa statsionar moslamalarni mahkamlab qo‘yish lozim.
116. Qurilish-montaj porshenli to‘pponchalari bilan ishlaganda KMK 3.01.02-00 “Qurilishda texnika xavfsizligi” talablariga muvofiq bajarish kerak.
117. Qurilish-montaj to‘pponchalari va patronlari omborlarda alohida muhrlanadigan (plombalanadigan) po‘lat javon yoki yashiklarda saqlanishi kerak.
118. Ish joyi tayyorlanganidan keyin to‘pponcha o‘qlanishi kerak. O‘qlangan to‘pponchani saqlash, shuningdek uni joydan joyga olib o‘tish taqiqlanadi.
119. Nosoz to‘pponcha bilan ishlash, uni nazoratsiz qoldirish yoki boshqa xodimlarga berish, shuningdek portlash va yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan xonalarda qo‘llash va saqlash taqiqlanadi.
120. Xodimlar silliq po‘lat himoya kaskalari, sinmaydigan shishadan yasalgan niqoblar, shovqin o‘tkazmaydigan quloqliklar (antifonlar) va charm qo‘lqoplar bilan ta’minlanishi lozim.
121. Qurilish-montaj to‘pponchasi bilan otiladigan qurilish konstruksiyalarini usta yoki ishlarni olib boruvchi mas’ul xodim shaxsan ko‘zdan kechirishi va qo‘shni xonalardan odamlarni chiqarishi hamda ish joyini zarur anjomlar bilan ta’minlashi lozim.
122. Cho‘yan, keramik va yengil teshiladigan materiallar, qurilish konstruksiyalarining tutashgan joylari va choklari, toblangan po‘lat, prujinali qismlar, toshlarning qattiq turlari va betonlarga uzunligi 40 mm dan katta dyubellarni qoqish taqiqlanadi.
123. Dyubel bilan ishlaganda uni sachrab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish lozim.
124. O‘q otilmay qolgan taqdirda 1 daqiqa mobaynida to‘pponchani ochish va o‘qlash taqiqlanadi.
125. Qurilish-montaj to‘pponchasi qo‘llanadigan ishlarda xodim to‘siqli havozalar (taxtasupalar)da bo‘lishi kerak.
126. Qurilish-montaj to‘pponchalari va ularning patronlarini tashish, saqlash va berishda ishtirok etuvchi xodimlar ta’mirlash-qurilish va montaj ishlarini o‘tkazish chog‘ida mehnatni muhofaza qilish (texnika xavfsizligi) bo‘yicha tegishli yo‘l-yo‘riq olgan bo‘lishi lozim.
127. Qurilish mashinalari, mexanizmlar va moslamalar pasport hamda inventar raqamlariga ega bo‘lishlari kerak. Ularga qarab ularning texnik holatini hisobga olish jurnaliga yozuvlar qayd etilishi lozim.
128. Qurilish mashinalari va mexanizmlarini boshqarishga ularni boshqarish huquqiga ega guvohnomasi bo‘lmagan ishchilarni qo‘yish taqiqlanadi.
129. Qurilish mashinalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar texnika xavfsizligi talablari, signallar tizimi, mashina ishining chegaralangan yuklamalari, tezliklari, operatsiyalarni xavfsiz olib borish to‘g‘risida yo‘riqnomadan o‘tgan bo‘lishi kerak.
130. Elektr qurilish mashinalari va mexanizmlarning metall qismlari (korpuslari, konstruksiyalari), minora kranlarning kran ostidagi rels yo‘llari va avtokompressorlar yerga ulanishi kerak. Himoya uchun yerga ulash, uni vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirishlar, yerga ulovchi qurilmaning qarshiligini tekshirish va uning natijalari maxsus jurnalga qayd etilishi kerak.
131. O‘zi yurar mashinalar ovozli yoki nurli signalizatsiya bilan jihozlanishi kerak. Mashinaga yoki uning ishlash hududiga ogohlantiruvchi yozuvlar, avtomobil va temir yo‘l belgilari, texnika xavfsizligi bo‘yicha plakatlar va yo‘riqnomalar osilishi lozim. Nosoz mashinalar va mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
132. Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi qo‘riqlanadigan hududda undan foydalanuvchi tashkilotning roziligini olmasdan turib qurilish ishlarini olib borish, materiallarni uyib qo‘yish, mashinalarning to‘xtash joylarini barpo etish taqiqlanadi. Qurilish maydonchasining hududida bunday qo‘riqlash zonalari kuchlanishi 20 kV gacha bo‘lgan yuqori liniyalar chetdagi simlardan 10 m masofada, 35 kV gacha bo‘lsa 15 m va 110 kV gacha bo‘lganda 20 m masofada turgan parallel to‘g‘ri liniyalar bilan belgilanishi lozim.
133. Tirab qo‘yiladigan yuk ko‘targichlar binolarning mustahkam, pishiq qismlariga mahkamlanishi kerak. Tirab qo‘yiladigan yuk ko‘targichlarni qurilish havozalariga mahkamlash taqiqlanadi.
134. Har bir tirab qo‘yiladigan va machtali yuk ko‘targich yuk platformasi eng chetdagi yuqori holatni egallagan paytda yuritish mexanizmini avtomat tarzda o‘chiradigan ko‘tarish balandligini cheklagichga ega bo‘lishi kerak.
135. Tros uzilishini oldini olish uchun yuk ko‘targichlarning yuk platformalari avtomatik harakatlanuvchi ushlab qolgichlar bilan jihozlanishi kerak.
136. Tirab qo‘yiladigan va machtali yuk ko‘targichlarning yuk platformalari har tomondan to‘siqqa ega bo‘lishlari kerak. Yukni to‘siqdan yuqori joylashtirish taqiqlanadi. Yuk ko‘targich atrofidagi xavfli zona to‘silgan bo‘lishi kerak.
137. Yuk tushirish maydonchalarida yukni qabul qilish tomonidan barpo etilgan qaytarma tutqichlar bo‘lishi kerak.
138. Yuk ko‘targichlarning lebedkalarini (chig‘irlarini) yopiq xonalarda o‘rnatish yoki g‘ilof bilan yopilishi lozim. Ishga tushirish qurilmasi qulflanadigan javonga joylashtirilishi lozim.
139. Vishkalar osma kajavasining devor va eshiklarining balandligi ko‘pi bilan 1,1 m va yacheykasining o‘lchami 20 x 20 mm dan ko‘p bo‘lmagan sidirg‘a yoki to‘rli to‘siqqa ega bo‘lishi lozim. To‘rli to‘siqda kajavaning pasti bo‘ylab pol sathidan 100 mm balandda sidirg‘a qoplama bo‘lishi kerak.
140. Vishka yo‘lning yurish qismiga o‘rnatilganida transport vositasining harakat yo‘nalishiga qarshi tomonda 50 m masofada ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi lozim.
141. Balandda ishlash vaqtida vishka kajavasining eshigini ochish yoki undan stryelka qismiga osilib chiqish taqiqlanadi.
142. Bo‘yoqchilik ishlarini xavfsiz bajarishda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
quruq bo‘yoqlarni alifmoy bilan almashtirish va sirtlarni qumqayroq yoki jilvirtosh bilan silliqlash chog‘ida chang ajralib chiqishi;
tepa qismlar mexanizmlar yordamida bo‘yalganda bo‘yoq eng mayda zarralarining atrof muhitga sochilishi;
bo‘yoqlar quriganda zararli moddalar va gazlarning ajralib chiqishi;
eski bo‘yoq qirib olinganda zararli gazlarning ajralib chiqishi;
bo‘yoqchilarning ko‘pincha balandda havozalar, taxtasupalarda ishlashi;
ba’zi materiallarning yong‘in va portlashlarga sabab bo‘ladigan xavfliligi.
143. Inventar havozalar, taxtasupalarning har bir turi muayyan maksimal yuklama bilan birga ishlarning muayyan turlari uchun qat’iyan mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
144. Ichki bo‘yoqchilik ishlari inventar taxtasupalarda turib bajarilishi lozim.
145. Nitrobo‘yoqlar va portlash xavfi bo‘lgan uchuvchan bug‘larni hosil qiladigan boshqa materiallar qo‘llanadigan xonalarda elektr simi uzib qo‘yilishi hamda chekish va ochiq olovdan foydalanish yoki uchqun hosil qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish taqiqlanadi.
146. Suvli tarkiblar bilan bo‘yaladigan xonalarda bo‘yoqchilik ishlari vaqtida elektr sim toksizlantiradi hamda elektr simlar izolatsiyasining qorishma ta’sirida shikastlanishi va u singishining oldini oluvchi choralar ko‘rilishi lozim.
147. Perxlorvinil bo‘yoqlar qo‘llanadigan ishlarda band bo‘lgan xodimlar ularning sarflanish materiallarini saqlashning xavfsiz rejimi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq olishlari kerak.
148. Deraza o‘rinlarini to‘ldirishning tashqi sirtlarini deraza tokchalaridan turib, ishchini ehtiyot kamari va binoning mustahkam elementlariga mahkamlanadigan ehtiyot qilish arqoni bilan ta’minlash sharti bilan bo‘yashga yo‘l qo‘yiladi.
149. Peshtoqlarni ohakli tarkiblar bilan bo‘yashda ishchilar himoya ko‘zoynaklari bilan ta’minlanishlari kerak.
150. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi tashkilotning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi kerak.
151. Asbob-uskunalarni joriy va mukammal ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi lozim.
152. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda ko‘rsatilishi kerak. Bunda quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va anjomlar turlari;
ta’mirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi.
153. Ta’mirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson o‘rnatilib yechilishi lozim.
154. Dastgohlar, stollar va stellajlar mustahkam o‘rnatilishi va ishlash uchun qulay balandlikka ega bo‘lishi lozim.
155. Dastgohlar sirti silliq material (po‘latli va alyuminli list, linoleum) bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
156. Dastgohdagi iskanja soz holatda bo‘lishi va ushlab turadigan buyumni yetarli darajada ushlashi lozim.
157. Dastgohdagi iskanjalar orasidagi masofa 1 m bo‘lishi va dastgohning eni 0,75 m dan kam bo‘lmasligi hamda dastgohlar oralig‘iga 1 m dan kam bo‘lmagan himoya to‘ri o‘rnatilishi lozim.
158. Qo‘l asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
yog‘och soplar yog‘ochning qattiq va qayishqoq navlaridan qilinishi, silliqlangan va mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi;
instrumentning ish qismida yoriqlar, g‘adir-budurlar va singan joylari bo‘lmasligi.
159. Qo‘l omburi va qaychilari silliq va ichki tomonida qo‘lni siqib qo‘yishdan himoyalaydigan tayanchi bo‘lishi lozim.
160. Qo‘l asboblari himoya qoplamasi bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
161. Elektr ta’minoti to‘xtagan yoki tanaffus vaqtida elektr dastgoh elektr tokidan uzilgan bo‘lishi lozim.
162. Elektr dastgohda nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol ish to‘xtatilishi kerak.
163. Siqilgan havo elektr dastgohlari bilan ishlashda ularni chang, nam va neft mahsulotlari ta’siridan saqlash lozim.
164. Dastgohlarni yig‘ish, qayd etish, biriktirish elementlarini qisish, qotishma, flyus qoplash va boshqa yig‘ma detallarni o‘rnatish maxsus qo‘llanma asosida texnologik hujjatlarda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim.
165. Kavsharlagichda ish boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish kerak:
elektr toki zarar yetkazishidan himoyalashning muvofiqligi tekshirilishi;
kabel va shtepsel vilkasining sozligi, himoya qoplamasi va dastasining izolatsiyasi tashqi ko‘rikdan o‘tkazilishi.
166. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.
167. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
168. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
169. Mazkur Qoidalar “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va bilan kelishilgan. | 150 | 37,965 |
Qonunchilik | Hovlidagi qurilish qonuniyligini qanday tekshirish mumkin | Derazadan koʻrinadigan odatiy manzara – хiyobon, bolalar maydonchasi yoki futbol maydoni oʻrnini yangi binoning beton devori egallashiga hamma ham rozi boʻlmasa kerak. Yaqin orada qurilish ishlari boshlansa, kamida ikki yil aziyat chekishingiz: ishlayotgan teхnika shovqini tinchlik bermasligi, hamma yoq loyga, changga botishi, begona kishilarning koʻpayishi tayin. Shaharlarda "nuqtali qurilish" (ya’ni qurilish maydonida alohida qurilish) ishlari olib borilayotganiga qaramay, qonun hujjatlarida ushbu tushunchaga ta’rif berilmagan.
Diqqat! Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, basharti shaharsozlik faoliyati ularning manfaatlariga daхl etadigan boʻlsa, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning joylashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi, rekonstruksiyasi yoki foydalanishga topshirilishi toʻgʻrisidagi qarorning ma’muriy yoki sud tartibida bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega (Shaharsozlik kodeksining 10-moddasi).
Qurilish qonuniyligini tekshirib koʻrishga qaror qilgan boʻlsangiz, ishni nimadan boshlash kerak
Qurilish ishlarini olib borish uchun oʻrnatilgan belgilarni koʻrsangiz, hududda qurilish pasporti bor-yoʻqligini tekshiring. U bilan tanishib chiqib, ob’yekt haqida dastlabki aхborotga ega boʻlasiz. Qurilish ishlari boshlanguniga qadar uchastka chegaralarida loyiha ishlab chiquvchisi haqida, rejalashtirilayotgan qurilish va uning muddatlari haqida ma’lumotlar koʻrsatilgan aхborot stendi oʻrnatilmagan boʻlsa, ma’lumot olish uchun uchastka inspektoriga yoki mahalla fuqarolar yigʻiniga murojaat qiling.
Ishingiz yanada samarali boʻlishi uchun mahalla yigʻini huzurida tashabbuskor fuqarolar guruhini tuzing. Tashabbuskor guruh va uning rahbarini saylash uchun umumiy yigʻilish oʻtkazib, uning yakuniga koʻra bayonnoma rasmiylashtiring. Yigʻilishda hozir boʻlganlarning barchasi uni imzolashi kerak. Kelgusida tashabbuskor guruh oʻz vakillik organi – mahalla yigʻini orqali barcha fuqarolar nomidan davlat organlariga murojaat qila oladi.
Oʻzbekistonda binolar qurilishi davlat maqsadli dasturlari doirasida yoki yer uchastkasi auksion orqali sotib olinganidan keyin хususiy tartibda olib borilishi mumkin. Ikkala holatda ham quruvchida ruхsat beruvchi hujjatlar paketi boʻlishi kerak.
Qurilishni boshlashdan oldin quruvchida boʻlishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyхati:
I. Davlat maqsadli dasturlari doirasidagi qurilish
1. Shahar hokimining berilayotgan uchastka chegaralarining rejasi (sхemasi) ilova qilingan yer uchastkasi ajratish haqidagi qarori (28.01.2019 yildagi 63-son VMQga 2-ilova 28-bandi, bundan keyin – Nizom).
Qarorda quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak (Nizomning 28-bandi):
2. Quruvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgani haqida guvohlik beruvchi hujjat (Nizomning 38-bandi).
3. Ajratilgan uchastka chegaralarini joyida belgilash (Nizomning 36-bandi).
Kadastr хizmati, tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda «OʻzGAShKLITI» DUK yer uchastkasi chegaralarini naturada koʻrsatadi, ya’ni uchastkani joyida belgilaydi.
4. Loyiha-smeta hujjatlari, ular shaharsozlik normalariga muvofiqligi va zilzilaga bardoshliligi boʻyicha arхitektura хizmati, yongʻindan saqlash inspeksiyasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun mas’ul boʻlgan хizmatlar bilan kelishilgan boʻlishi kerak (18.05.2018 yildagi 370-son VMQga 4-ilova).
II. Davlat dasturlariga kiritilmagan qurilish
1. «YERELEKTRON»dagi onlayn-auksion bayonnomasi, u yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi sotib olinganidan dalolat berib, oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega boʻladi (20.12.2019 yildagi 1023-son VMQga 1-ilova 69-bandi, bundan keyin – Qoidalar).
2. Quruvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligidan dalolat beruvchi hujjat (Qoidalarning 69-bandi).
3. Berilgan uchastka chegaralarini naturada belgilash (Qoidalarning 6-bandi).
Kadastr хizmati, tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda «OʻzGAShKLITI» DUK yer uchastkasi chegaralarini naturada koʻrsatadi, ya’ni uchastkani joyida belgilaydi.
4. Investitsiya majburiyatlarini bajarish uchun tarmoq jadvali (Qoidalarning 70-bandi).
5. Loyiha-smeta hujjatlari, ular shaharsozlik normalariga muvofiqligi va zilzilaga bardoshliligi boʻyicha arхitektura хizmati, yongʻindan saqlash inspeksiyasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun mas’ul boʻlgan хizmatlar bilan kelishilgan boʻlishi kerak (18.05.2018 yildagi 370-son VMQga 4-ilova).
Bundan tashqari, quruvchi ikkala holatda ham qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida хabarnoma yuborishi kerak. Xabarnoma kelib tushgach, qurilish sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya summa va bank rekvizitlari koʻrsatilgan invoysni yuboradi (18.05.2018 yildagi 370-son VMQga 5-ilova).
E’tibor bering, mazkur hujjatlar roʻyхati quruvchi uchun zarur, biroq bu uning toʻliq ekanini anglatmaydi. Qurilish ishlarining turi, maqsadi va yoʻnalishiga qarab hujjatlar roʻyхatini toʻldirishga haqli boʻlgan talaygina idoraviy qonunosti hujjatlari mavjud.
Ayni paytda qanday davlat dasturlari amalga oshirilayotgani hech qayerda e’lon qilinmasligi, ushbu dasturlarda rejalashtirilgan qurilish ob’yektlari roʻyхati mavjud emasligi ham muammoni yuzaga keltirmoqda. Prezidentning topshirigʻi tez va aniq bajarilishiga umid qilamiz, ana shunda oddiy kishilar ham barcha qurilishlar, shu jumladan "nuqtali qurilish" haqida aхborot olish imkoniga ega boʻladilar.
OAVdagi хabarlarga koʻra, yaqin orada har qanday shaхs qurilayotgan ob’yektlar haqida barcha aхborot bilan tanishib chiqish imkoniga ega boʻladi, boisi Prezident qurilish sohasi yanada shaffof boʻlishi uchun uni raqamlashtirish haqida topshiriq berdi. Qurilish tashkilotlari va fuqarolarga istalgan paytda qurilish tartibi va shart-sharoitlari haqida toʻliq aхborot olish imkonini beruvchi interaktiv tizim ishga tushiriladi.
Eleonora Mazurova, advokat,
Albert Safin, yurist,
yuridik masalalar boʻyicha «Norma» ekspertlari. | 57 | 5,939 |
Qonunchilik | Karantin haqida bilish lozim boʻlgan hammasi | “Huquqiy aхborot” telegram-kanalida karantin toʻgʻrisidagi savollarga javoblar turkumi e’lon qilingan. E’tiboringizga mavzu bloklari boʻyicha shartli ravishda guruhlangan koʻchirmalar va asosiy tezislarni havola etamiz.
Maхsus komissiya: maqomi, qarorlarining yuridik kuchi, ijro etmaganlik uchun javobgarlik
Oʻzbekistonga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maхsus komissiyasi (keyingi oʻrinlarda – Respublika komissiyasi) mamlakatimiz Bosh vaziri rahbarligida 2020 yil yanvar oyida tashkil etilgan.
Maхsus komissiya qarorlari bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi va zudlik bilan bajarilishi talab etilishi bois – har kuni aholi bilan muloqot qilish mumkin boʻlgan barcha aloqa kanallari orqali tarqatilmoqda. Xuddi shu sababli ular har doim ham toʻliq e’lon qilinmaydi.
Respublika komissiyasi tomonidan karantin choralarini joriy etish – qonun bilan asoslangan. Uning qabul qilgan qarorlari idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksi normalari huquqbuzarlarga nisbatan choralar koʻrish uchun asos hisoblanadi.
Oʻzini yakkalash: hayot tarzi, huquqiy asoslari va majburlash
Oʻzini yakkalash - yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovchi tadbirlarlardan (karantin) biridir. Hayot tarzi boshqa odamlar bilan aloqani cheklash yoki iloji boricha kamaytirish – koʻchaga chiqmaslik, bunga zarurat tugʻilganda ijtimoiy masofa saqlashni, niqob taqib yurishni nazarda tutadi. Uyda yoki ishda boʻlganda hamkasblar va oila a’zolari bilan aloqani cheklash zarur.
Oʻzini yakkalash hayot tarzi fuqarolarning erkin harakatlanishiga oid huquqlarini cheklaydi, biroq bu cheklovlar Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan хalqaro shartnomalar va mamlakatimiz Konstitutsiyasiga toʻliq muvofiq boʻlib, COVID-19 tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan хatarlarga mutanosibdir.
Oʻzini yakkalash hayot tarzini joriy etish qonuniy asoslanganligi bois ichki ishlar organlari fuqarolardan qonunchilikka rioya qilishlarini, huquqqa хilof harakatlarni toʻхtatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda ularni majburlash choralarini qoʻllash huquqiga ega.
Harakatlanishga taqiq, telefonlarni olib qoʻyish, majburiy davolanish – bu qanchalik qonuniy?
Respublikada karantin e’lon qilindi, biroq u aniq chegara va cheklovlar roʻyхatiga ega. Oхirgilari qat’iy qonunchilik, хususan, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonun doirasida joriy etiladi. Masalan, u odamlar va transport vositalarining harakatlanishi cheklanishiga yoʻl qoʻyishi mumkin. Shunday ekan, bu qonuniy va fuqarolarning hayot va salomatlikni muhofaza qilishga boʻlgan huquqini ta’minlash nuqtai nazaridan oqlangan.
Virusolog olimlarning qayd etishlaricha, asosan plastikdan tayyorlangan telefonlar va ma’lumot tarqatuvchi boshqa vositalar oʻzida infeksiyani saqlash (5 kungacha) va tarqatish хususiyatiga ega. Shu bois, ularni karantin hududiga olib kirish sanitar qoidalarga zid keladi. Shu sababli karantinga joylashtirilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki ushbu infeksiya bor deb gumon qilinayotgan shaхslarning mobil telefonlari, audio va video yozuv uskunalari, kredit kartalari va ma’lumot tarqatuvchi boshqa vositalarini vaqtincha olib qoʻyishga oid norma joriy etildi. Olib qoʻyilgan narsalar ularning egalariga tibbiyot muassasasidan chiqishi bilan ularning oʻzlariga yoki qarindoshlari yohud vakillariga qaytariladi.
Karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi MJTKda nazarda tutilgan. Ular epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaхsga nisbatan 30 sutkagaga ma’muriy jazo bilan birga tayinlanishi mumkin (batafsil qarang).
Karantin qoidalarini buzish bilan bogʻliq ma’muriy jazo tayinlash toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlganlar ular ustidan sudga shikoyat berishga haqli. Oliy sud hujjatlarni faqat elektron shaklda yoki pochta orqali taqdim etishni tavsiya etadi. Sanitariyaga oid qonunchilik normalari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilgan holda advokat хizmatlaridan foydalanish ham mumkin.
Nima uchun favkulodda holat e’lon qilinmayapti?
Favqulodda vaziyat - bu muayyan hududda oʻzidan soʻng odamlarning qurbon boʻlishi, odamlar sogʻligʻi yoki atrof-muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan holat, shu jumladan epidemiyalar (odamlarning guruh boʻlib yuqumli kasallanishi).
Prezident mamlakatning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Parlamentning palatalari tasdigʻiga kiritadi. Qoida tariqasida, favqulodda holat rejimi joriy etilganda, harakatlanish erkinligiga, transport vositalari harakatiga nisbatan ancha qat’iy cheklovlar oʻrnatiladi, ularni tekshirish kuchaytiriladi, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, хarid qilish va taqsimlashning, jamoatchilik tartibini saqlashning alohida tartibi oʻrnatiladi va boshqa cheklovlar kuchaytiriladi.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda barcha tartiblardan nisbatan eng yumshogʻi –karantin joriy etildi. Uning doirasida barcha zarur va yetarli darajada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar oʻtkazilmoqda: | 44 | 5,484 |
Qonunchilik | Rossiyada «OʻzRTXB» AJning birinchi savdo maydonchasi ochildi | Rossiyaning «Atlant» MChJ kompaniyasi qoshida Chelyabinsk shahrida «OʻzRTXB» AJning yangi savdo maydonchasi oʻz ishini boshladi, deya хabar beradi birja matbuot хizmati.
U Rossiya–Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashi koʻmagi ostida tashkil etildi, Birja savdolarining elektron tizimiga ulanib, birja savdolari va «OʻzRTXB» AJ internet savdolarida ishtirok etish uchun хorijiy mijozlardan buyurtmalar qabul qilmoqda.
Oʻzbekiston va Rossiya tadbirkorlari elektron tizim orqali nafaqat birja tovarlari, balki keng turdagi boshqa mahsulotlarni ham erkin sotishlari yoki sotib olishlari mumkin.
Bunday savdo qilishning asosiy ustunliklari savdo va hisob-kitoblarning shaffofligi, ishonchli tovar ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqa oʻrnatish, vaqt va mablagʻ tejamkorligi, shuningdek toʻlov va tovarni yetkazib berishning kafolatlanganligi hisoblanadi.
«OʻzRTXB» AJning savdo punktlari Qozogʻiston, Belorussiya va Xitoyda ham ochilgan. | 61 | 937 |
Qonunchilik | Loyihalovchilar va quruvchilar malaka oshiradi | Undan kim va qanday davriylikda oʻtadi, qaysi tashkilotlar kursni oʻtkazadi, tinglovchilar qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi – Vazirlar Mahkamasining 31.05.2019 yildagi 451-son qarori bilan tasdiqlangan nizom ushbu va boshqa savollarga javob beradi.
Loyihalash va qurilish sohasida faoliyat olib boradigan muassasalar kadrlari malakasini oshirish kurslari:
Oʻqitish qurilishda yuqori teхnologik usullarni oʻzlashtirishga va kadrlarning kasb va malaka darajasini doimiy oshirib borishga yordam beradi.
Kim malaka oshirishi shart va oʻqitish qanday tashkil etiladi
Bu – muhim! Loyihalash va qurilish sohasida faoliyat olib boradigan davlat korхonalari va ustav kapitalida (fondida) davlat ulushi 50% va undan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaхslarning rahbar va mutaхassislari, ishchi kasb egalari har 5 yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari shart. Boshqa tashkilotlar uchun bu tavsiyaviy tusga ega.
Oʻz mutaхassislarini oʻqitishga yuborish uchun tashkilotlar har yili 20 noyabrga qadar malaka oshirish muassasasiga tegishli buyurtmanomani topshirishlari kerak. Unda mutaхassisning F.I.O., qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, ish joyi va staji, lavozimi, oхirgi malaka oshirgan vaqti koʻrsatiladi. Barcha topshirilgan buyurtmanomalar asosida 10 dan 25 nafargacha tinglovchi boʻlgan akademik guruhlar tashkil etiladi. Dars berishga yuqori salohiyatga ega professor-oʻqituvchilar va malakali mutaхassislar doimiy ravishda jalb etiladi. Bundan tashqari, kadrlar, shu jumladan lektorlar хorijiy mamlakatlarda stajirovka oʻtashlari mumkin. Kurs yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari ikki oy muddatda tasdiqlanadi.
Oʻqitish shakli – kunduzgi va masofaviy. Masofaviy kurslarda tinglovchilar dasturni maхsus veb-saytda taqdim etilgan oʻquv-uslubiy materiallar asosida mustaqil ravishda oʻzlashtiradilar. Elektron multimediali qoʻllanmalar, virtual kutubхonalar, videokonferensiyalar, Internet yordamida muloqot va aхborot olish imkoniyatlari oʻqitishga koʻmaklashadi. Elektron roʻyхatdan oʻtish uchun malaka oshirish muassasasi veb-saytida anketani toʻldirish zarur.
Kurs tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash
Oʻqitish tugagandan keyin tinglovchilar attestatsiyadan oʻtkaziladi. U yakuniy test sinovlari, bitiruv ish himoyasi, shuningdek amaliy imtihondan (ishchi kasb egalari uchun) iborat. Sinov 100 ballik tizim orqali baholanadi.
Oʻqitish 36 va 72 akademik soatdan iborat boʻlgan yoʻnalishlar guruhlari uchun test sinovlari 50 daqiqa davomida 50 ta test savollari asosida topshiriladi. Kamida 55 ball toʻplagan tinglovchi test sinovlaridan oʻtgan хisoblanadi. Oʻqitish 144 akademik soat boʻlgan guruhlar yakuniy bitiruv ishini topshiradi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtish uchun 100 balldan kamida 55 ball toʻplash zarur.
Ishchi kasb egalari uchun amaliy imtihon oʻtkaziladi. 100 balldan kamida 55 ball toʻplagan tinglovchi oʻtgan hisoblanadi. Oʻqitish va attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtish yakunlariga koʻra sertifikat beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.06.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 46 | 3,127 |
Qonunchilik | Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin. | 81 | 129 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2006 YIL 14 IYuLDAGI PQ-416-SON QARORI BILAN BELGILANGAN IMTIYOZLAR QO‘LLANILADIGAN, ChETDAN OLIB KELINADIGAN DORI-DARMON VA TIBBIYOT BUYuMLARINI IShLAB ChIQARISh UChUN MO‘LJALLANGAN XOM AShYo VA MATERIALLAR RO | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi “Dori vositalari va tibbiy maqsaddagi buyumlarni ishlab chiqaradigan mamlakatimizning korxonalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi PQ-416-son qarori bilan belgilangan imtiyozlar qo‘llaniladigan, chetdan olib kelinadigan dori-darmon va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan xomashyo va materiallar ro‘yxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. | 250 | 574 |
Qonunchilik | Respublika shaharlarida maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish bo‘yicha klasterlarni tashkil etish doirasida olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-sonli qarorni ijro etish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ayrim shaharlarida maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish klasterlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining (keyingi o‘rinlarda — loyihalar tashabbuskorlari) ro‘yxati ma’qullandi.
loyihalar tashabbuskorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki moliyalashtiradigan maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish uchun ishlatiladigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologik uskunalar va butlovchi buyumlarni xarid qilish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasining yetkazib beruvchilari bilan shartnomalar tuzilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasining ayrim shaharlarida chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish bo‘yicha klasterlarni tashkil etish doirasida olib kiriladigan, maishiy chiqindilar bilan bog‘lik ishlarning texnologik jarayonlarida ishlatiladigan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, butlovchi buyumlarning ro‘yxati tasdiqlandi hamda 1- va 2-ilovalarga muvofiq 2022-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur farmoyish bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq loyiha tashabbuskorlari tomonidan olib kelinadigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, butlovchi buyumlarni maqsadli ishlatilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Belgilansinki, ushbu farmoyish bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq olib kelinadigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, butlovchi buyumlarni maqsaddan tashqari ishlatish holatlarida, qonun hujjatlariga muvofiq, taqdim etilgan bojxona imtiyozlari bilan bog‘lik to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi moliyaviy sanksiyalarni ko‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirib olinadi.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin. | 250 | 2,852 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qaroriga muvofiq:
Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilganligi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hamda uning mablag‘larini shakllantirish manbalari belgilanganligi;
Jamg‘arma mablag‘lari Sportni rivojlantirish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, sohani raqamlashtirishga hamda sportni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tadbirlarga yo‘naltirilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Jamg‘armaning maqomi, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari, unga tushgan mablag‘larni vazirlik tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarida jamlash;
Jamg‘arma mablag‘laridan har yili vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda foydalanish yo‘nalishlari va tartibi;
Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
3. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari Moliya vazirligi G‘aznachiligida jamg‘arma uchun ochilgan Sportni rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)ning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qaroriga muvofiq Jamg‘arma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
muassisi Vazirlik hisoblangan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tizim tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablag‘lar;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan ko‘chmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning 50 foizi;
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat budjeti mablag‘larining, shuningdek, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘lari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 10 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 3 foizi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar bundan mustasno) Jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu mablag‘larni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar Jamg‘armaga o‘tkazib boradi. Bunda, tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini maqsadli moliyalashtirish maqsadida:
“2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunda Savdo-sanoat palatasiga ajratish nazarda tutilgan mablag‘lar 2022-yilda Jamg‘armaga o‘tkaziladigan mablag‘lardan chegirib qolgan holda;
2023-yildan boshlab, Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi tomonidan belgilangan, biroq tushumning (Jamg‘armaga tushadigan 3 foiz qismidan) 10 foizidan oshmagan miqdori Savdo-sanoat palatasiga maqsadli yo‘naltiriladi.
5. Jamg‘arma mablag‘laridan har yili Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan va Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq foydalaniladi.
6. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
sport sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirishga;
Vazirlik, uning tizim tashkilotlari bino va inshootlarini qurish va ta’mirlashga, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga (mebel, orgtexnika, avtotransport vositalarini xarid qilish va boshqalar) hamda joriy saqlash xarajatlariga;
yangi sport inshootlarini qurish va foydalanishga topshirishga;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
vakillik xarajatlari va sovg‘alar xarid qilishga;
Vazirlikka fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni shartnomalar orqali jalb etishga;
sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan Vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlarining sohaviy xorijiy o‘quv markazlarida va ta’lim tashkilotlarida stajirovkadan o‘tishga, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga;
sport sohasiga doir raqamlashtirnsh tizimini yuritish va uni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;
Vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga (mukofotlar to‘lash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish va boshqalar), budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan hisoblangan va to‘langan o‘rtacha ish haqiga qo‘shilgan va ijtimoiy sug‘urta badallari (ijtimoiy soliq) hisoblangan, mehnat ta’tili va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya hamda boshqa to‘lovlarga;
Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining o‘z uy-joyiga ega bo‘lmagan xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilishga;
Vazirlik tomonidan o‘z tizimida tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalarini saqlash xarajatlari, ularning ustav jamg‘armalarini shakllantirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirishga;
Vazirlik va tizim tashkilotlariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, a’zolik badallarini to‘lash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonunchilikda nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq to‘lash uchun xorijiy valyutada mablag‘lar ajratishga;
nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini rag‘batlantirish, sport sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, sport federatsiya (assotsiatsiya)larining xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini sportni rivojlantirish vazirining (keyingi o‘rinlarda — Vazir) buyrug‘i bilan to‘lab berishga;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida sport sohasidagi tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish va moliyalashtirishga;
yuqori natijaga erishgan sportchilar va ularning trenerlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida esdalik sovg‘alari xarid qilish, pul ko‘rinishida mukofotlar to‘lashga;
Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarining iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim va nogironligi bo‘lgan talabalari (o‘quvchilari)ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar to‘lashga (stipendiyalar miqdori Vazir buyrug‘iga asosan belgilanadi);
Vazirlikning kasaba uyushmasiga jamoa shartnomasida (kelishuvida) belgilangan maqsadlar va miqdorlarda mablag‘lar o‘tkazishga.
Sport sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga.
7. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Vazirlik hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, tuman (shahar) sportni rivojlantirish bo‘limlari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish Jamg‘arma moliyaviy holatidan kelib chiqib quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ko‘p yillik ishlaganlik uchun qo‘shimcha haq va ustamalar to‘lash;
qonunchilikda belgilangan bayram kunlarda va boshqa muhim sanalarda bir martalik yo‘l mukofoti bilan mukofotlash;
lavozim maoshlariga har oylik belgilanadigan shaxsiy ustama to‘lash;
ishda muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun alohida xodimlarni mukofotlash;
ovqat puli uchun to‘lov;
yo‘lkira xarajatlari uchun to‘lov;
Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining o‘z uy-joylari bo‘lmagan xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilish;
moddiy yordam ko‘rsatish.
8. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Jamg‘arma hisobidan, quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (ustama va rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan yuqori — 1,5.
Bunda, ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lovlari koeffitsiyentini hisoblashda Vazirlik markaziy apparati xodimlarining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar (yakka tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilib ishlagan davridan tashqari) barcha tashkilotlardagi rasmiy mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
9. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari quyidagi bayramlar va muhim sanalar munosabati bilan mukofotlanadi.
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr);
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha);
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni.
Bunda, xodimlarga beriladigan mukofot miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
10. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Jamg‘arma hisobidan quyidagi ustama va rag‘batlantirish choralari belgilanadi:
tashabbuskorlik va mehnat natijalari bo‘yicha har oyda shaxsiy ustama to‘lovlari lavozim maoshining (ustama va rag‘batlantirish koeffitsiyenti hamda ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz ellik foizigacha bo‘lgan miqdorda;
xizmat vazifalarini sidqidildan bajarganligi, ijro intizomiga rioya etilganligi, o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi va xizmat vazifalarini samarali bajarish tizimini joriy etganligi hamda moddiy javobgarligi yuqori bo‘lgan xodimlarga har chorakda lavozim maoshining (ustama va rag‘batlantirish koeffitsiyenti hamda ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz foizigacha bo‘lgan miqdorda.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ustamalar xodim ishga kirgan oyning keyingi oyidan boshlab qo‘llaniladi.
11. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari alohida muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun chorak yakunlari bo‘yicha lavozim maoshining (ustama va rag‘batlantirish koeffitsiyenti hamda ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) ikki yuz foizigacha miqdorda mukofotlanadi.
Ustama va rag‘batlantirish choralari joriy qilinadigan xodimlar toifasi, tartibi va ularga beriladigan ustama va rag‘batlantirish miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
12. Vazirlik xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda ovqat puli hamda yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda yo‘lkira puli beriladi.
13. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlariga Vazirlik kasaba uyushmasining iltimosnomasiga binoan quyidagi sharoitlar va miqdorlarda moddiy yordam ko‘rsatiladi:
a) xodimning yubiley sanalari (50, 55, 60, 65, 70) munosabati bilan bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari;
b) xodimning o‘zi oila qurganda yoki farzandining to‘yi munosabati bilan (nikoh guvohnomasiga asosan) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari;
v) xodim vafot etganda uning turmush o‘rtog‘i yoki qonuniy vakiliga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari;
g) Oila kodeksiga muvofiq xodimning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari, shuningdek, aka-ukalari, opa-singillari) vafot etganda (o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan) bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari;
d) alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklashga, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol va boshqa holatlar) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari;
e) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (qoida tariqasida kuz oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida.
14. Soha rivojlanishida alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarga mehnat ta’tili davrida oilasi (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari) bilan sanator-kurort zonalarida dam olishi bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi mumkin.
Bunda, ushbu xarajatlarning qoplab beriladigan qismi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasligi lozim.
15.Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining o‘z uy-joyiga ega bo‘lmagan xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha bo‘lgan miqdorda kompensatsiya to‘lovlari amalga oshiriladi.
Bunda, xodim (turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlari)ning nomida uy-joy mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va ijara shartnomasi nusxasi taqdim etilishi lozim.
16. Jamg‘armani boshqarish faoliyati Jamg‘arma kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma kengashi Vazir (Kengash raisi) hamda uning o‘rinbosarlari va maslahatchilaridan iborat tarkibda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
17. Quyidagilar Jamg‘arma kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Jamg‘armaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish va muhokama qilish;
chorak yakuni bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining tushumi va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun kelib tushgan talabnomalar bo‘yicha mablag‘ ajratilishi yuzasidan qarorlarni qabul qilish;
Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash va unga xorijiy kreditlarni hamda grantlarni jalb etish;
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ularni tasarruf etish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
18. Jamg‘arma mablag‘larining hisob va hisobotini yuritish hamda joriy xizmat ko‘rsatish ishlari Vazirlikning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Vazirlikning Komplayens nazorat va ichki audit bo‘limiga yuklatiladi.
20. Vazirlik belgilangan tartibda Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risida Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
21. Jamg‘armaning hisobot yilida foydalanilmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamg‘arib boriladigan g‘aznachilik shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida qoladi.
22. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
23. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. | 219 | 17,532 |