folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Qonunchilik | KASB-HUNAR KOLLEJLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida 1998—2000-yillar mobaynida respublikada 315 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bular yangidan barpo etilgan o‘quvchi o‘rinlari sonini keskin ko‘paytirish imkonini berdi.
Ayni vaqtda joylarda ko‘p hollarda yangi kollejlar va litseylar qurilishiga ustunlik berilmoqda, ularni qurish qiymatini oshirib yuborish hollari mavjud. Shu bilan birga ko‘pgina tuman markazlarida va shaharlarda yonma-yon joylashgan bir nechta umumta’lim maktablari bor. Ularning bir qismi kam xarajatlar bilan kasb-hunar kollejlariga aylantirilishi mumkin. Odatda, ushbu maktablar aholi punktlari zich joylarda joylashgan va zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan.
1999—2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablag‘ bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish, yangidan barpo etilgan o‘quvchi o‘rinlaridan maqbul va oqilona foydalanishni ta’minlash, litseylar va kollejlarni qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslarni yanada samaraliroq o‘zlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ayrim umumta’lim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
2. Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
tuman markazlarida va kichik shaharlarda joylashgan umumta’lim maktablarini, eng avvalo ta’lim muddati o‘n bir yil bo‘lgan umumta’lim maktablarini xatlovdan o‘tkazsin;
kasb-hunar kollejlariga aylantiriladigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini aniqlasin.
3. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Maxsus komissiya tomonidan aniqlangan umumta’lim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish loyihalarini 2001-yil I choragi mobaynida ishlab chiqsinlar, loyihalarda ularni kollej yo‘nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriya korpuslari, sport inshootlari, oshxonalar va boshqa zarur binolar bilan to‘liq ta’minlashni nazarda tutsinlar.
4. Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda umumta’lim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish jadvalini 2001-yil 15-aprelgacha ishlab chiqsin va 2001-yilda uni amalga oshirishni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.N. Isayev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. | 110 | 2,938 |
Qonunchilik | BANK-MOLIYA SOHASIDAGI TADQIQOTLARNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA | Respublika moliya-bank tizimini rivojlantirish tendensiyalari va qonuniyatlarini chuqur o‘rganish, moliya va bank tizimining rivojlantirilishini, yanada isloh qilinishini va erkinlashtirilishini prognozlashning mustahkam ilmiy-metodologik bazasini yaratish, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va rivojlantirishning asosiy ustuvorliklarini va maqsadli vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan pul-kredit siyosatini shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, O‘zbekiston banklar uyushmasining Bank-moliya tizimini rivojlantirish va erkinlashtirishni prognozlash institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika bank-moliya tizimi rivojlanishining hozirgi holatini chuqur izchil tahlil qilish, bank-moliya tuzilmalari faoliyatining jahon tajribasini o‘rganish va shu asosda bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish, bank qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
bank-moliya tizimini rivojlantirish va isloh qilishning makroiqtisodiy va budjet siyosati bilan o‘zaro uzviy muvofiqlashtirilgan, iqtisodiyotni isloh qilishning maqsadli vazifalariga va ustuvor yo‘nalishlariga, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning qabul qilingan kompleks dasturlariga muvofiq bo‘lgan strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish;
pul-kredit munosabatlarining rivojlanish tendensiyalarini va pul muomalasi mexanizmini chuqur o‘rganish, pul agregatlarini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilish, pul massasi o‘sishini cheklash, bankdan tashqari aylanmani qisqartirish, pul tizimini mustahkamlash, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va uning xarid quvvatini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, pul aylanmasidagi naqd va naqdsiz pul massasining maqbul nisbatini aniqlash;
qisqa muddatli va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan asosiy monitar ko‘rsatkichlarning prognoz parametrlarini asoslash;
ichki valyuta bozorining rivojlanish tendensiyalarini, banklararo valyuta savdolarini tashkil etish mexanizmini o‘rganish, almashtirish kurslari o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tahlil qilish, valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish va almashtirish kurslarini birxillashtirish, banklararo valyuta bozorini rivojlantirish, davlat valyuta resurslaridan samarali foydalanish, oltin-valyuta zaxiralarining barqaror ko‘payishini ta’minlash bo‘yicha takliflarni asoslash;
tahlil asosida respublikaning ikki bosqichli bank va moliya tizimlarini yanada takomillashtirish, tijorat banklari va moliya institutlari faoliyatining mustaqilligi va barqarorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xalqaro moliya-bank tizimining rivojlanish tendensiyalari monitoringini amalga oshirish, jahon moliya oqimlari dinamikasi va yo‘nalishlarini tahlil qilish, respublika moliya-bank tizimini mustahkamlash va rivojlantirish hamda uni jahon moliya tizimiga integratsiyalash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Institut Respublika bank kengashining ishchi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hisob beradi.
4. Institutning xodimlari cheklangan soni 32 nafardan iborat bo‘lgan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika bank kengashiga, zarurat bo‘lganda, Institutning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
Institut direktori maqomi, moddiy va maishiy ta’minot sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
5. Respublika bank kengashi:
ikki hafta muddatda Bank-moliya tizimini rivojlantirish va erkinlashtirishni prognozlash instituti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Institutda ishlash va tadqiqotlar o‘tkazish uchun yuqori malakali ilmiy xodimlarni, moliya va bank sohalaridagi milliy va xalqaro ekspertlarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Institutga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy jamg‘armalar va boshqa manbalar grantlarini jalb etishda ko‘maklashsin.
6. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Institut xodimlari va jalb etiladigan ekspertlar, ilmiy xodimlar hamda mutaxassislardan, shu jumladan xorijiy mutaxassislardan vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish yo‘li bilan tadqiqotlar o‘tkazish;
tadqiqotlarga davlat boshqaruv organlari, idoralar, tijorat banklari va boshqa moliya muassasalari mutaxassislarini, tadqiqot markazlari xodimlarini, oliy o‘quv yurtlari olimlari va o‘qituvchilarini kontrakt asosida jalb etish;
xalqaro tashkilotlar, xorijiy moliya muassasalari, jamg‘armalar, universitetlar va tadqiqot markazlari bilan tadqiqotlar va birgalikdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan shartnomalar tuzish;
Institut xodimlarini va tadqiqotlar uchun jalb qilinayotgan mutaxassislar va ekspertlarni xorijiy tadqiqot markazlari va universitetlarga tajriba orttirishga va o‘qishga yuborish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, moliya va bank sektorlarini rivojlantirish muammolari bo‘yicha axborot-tahliliy obzorlarni va ma’ruzalarni chiqarish;
markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa tashkilotlardan Institutga yuklangan vazifalar doirasida zarur normativ, statistik va tahliliy axborotlarni so‘rash va olish.
7. Institut:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oliy Majlis materiallari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ va yo‘riqnoma hujjatlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axboroti byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mablag‘lari, Fan va texnologiyalar markazi, xalqaro moliyaviy tashkilotlar grantlari, O‘zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari va boshqa moliya-iqtisodiy tuzilmalarning buyurtmalari, shuningdek Institutning o‘z faoliyatidan olinadigan daromadlar Institutni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
9. Institut Toshkent shahri, A.Qayumov tor ko‘chasi, 2-uyga joylashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda:
Institutning ko‘rsatib o‘tilgan binosini O‘zbekiston banklar uyushmasidan o‘z balansiga olsin;
O‘zbekiston banklar uyushmasiga Institut binosining qurilishi bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni to‘lasin.
11. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Institutni telefon va telekommunikatsiya aloqasining zarur turlari, shu jumladan hukumat telefoni aloqasi bilan ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin. | 82 | 7,181 |
Qonunchilik | YO‘L-QURILISh IShLARI HAJMI VA SIFATI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI HAMDA 2006 YILDA AVTOMOBIL YO‘LLARI QURILIShI DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | Zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport koridorlariga keng integratsiyalashuvini ta’minlash, transport xarajatlarini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, ta’mirlash va mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladigan davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondi tarkibini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Xalqaro transport koridorlari tarkibiga kiruvchi umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, kapital va o‘rtacha ta’mirlash ishlarining 2006-yilgi Dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
respublika ichki viloyatlararo umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, kapital va o‘rtacha ta’mirlash ishlarining 2006-yilgi Dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
2006-yilda viloyatlar va tumanlar ichidagi umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlashning yig‘ma parametrlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda buyurtmachi, texnik va moliyaviy nazorat o‘rnatish vazifasi:
xalqaro transport koridorlari tarkibiga kiruvchi umum foydalanadigan avtomobil yo‘llari, respublika ichki viloyatlararo yo‘llar — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondi zimmasiga;
viloyatlar va tumanlar ichidagi umum foydalanadigan avtomobil yo‘llari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari zimmasiga yuklansin.
Buyurtmachilar bajarilgan ishlarni nazorat qilish va qabul qilib olishda qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash kabi ish turlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari parametrlari va ularning alohida pudratchi tashkilotlar bajargan ishlar hajmi va sifatiga mos kelishi aniq ko‘rsatiladigan qat’iy tartibga rioya etsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, 4-ilovaga* muvofiq, Respublika yo‘l fondi Ijroiya direksiyasi tarkibida daromadlarni prognoz qilish va dasturlarni moliyalashtirish boshqarmasi hamda xalqaro, respublika ichki va viloyatlararo umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash konsepsiyasi hamda dasturlarini amalga oshirish boshqarmasini tashkil etgan holda uning tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha takliflari qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondi O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, “O‘zavtoyo‘l” DAK, “Yo‘l-Loyiha byurosi” loyihalash instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda 2007—2010-yillarda umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Mazkur hujjatni ishlab chiqishda avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi quyidagi asosiy mezonlarga amal qilinsin:
a) yo‘l kategoriyasi va transportda tashish hajmlaridan kelib chiqqan holda, yo‘l tarmog‘ining tegishli darajada o‘tkazish qobiliyatini talab etadigan transport serqatnovligi;
b) yo‘llar va muhandislik inshootlarining zamonaviy xalqaro talabalarga javob beradigan yuksak texnikaviy darajasini ta’minlash asosida yo‘l harakati xavfsizligi va ishonchliligi;
v) yo‘l qurilishi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish, yo‘l kategoriyasiga qarab xarajatlarni optimallashtirish hisobiga avtomobil yo‘llari qurish va rekonstruksiya qilishga xarajatlarning nisbatan kam sarflanishi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi va “O‘zavtoyo‘l” DAKning Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va qurilishini amalga oshirish bo‘yicha “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli birlashgan direksiyasini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini, jumladan 2007—2010-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini tayyorlash uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondiga va “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga hisobot beruvchi “Yo‘l-Loyiha byurosi” loyihalash instituti zimmasiga yuklansin.
“Yo‘l-Loyiha byurosi” loyihalash instituti tuzilmasida umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini tayyorlash bo‘yicha bo‘lim tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Respublika yo‘l fondining daromadlarini shakllantirish va uning mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risida yangi tahrirdagi nizomni, Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, Bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish va qabul qilib olish to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, umum foydalanadigan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar Tasnifini tasdiqlasin;
tarmoqda xususiylashtirish jarayonlari chuqurlashuvini hisobga olgan holda “O‘zavtoyo‘l” DAK tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, ekspluatatsiya va pudrat tashkilotlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda respublika avtomobil yo‘llari tizimini rivojlantirishning zamonaviy bosqichi talablaridan, avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanishni tashkil etishning xalqaro tajribasidan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi:
15,0 mlrd. so‘m miqdordagi Respublika yo‘l fondi daromadlarini 2006-yilda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturini moliyalashtirish uchun Maktab ta’limi jamg‘armasiga yo‘naltirsin;
Respublika yo‘l fondi daromad qismining amaliy ijrosi bo‘yicha har chorak yakunlariga ko‘ra prognoz qilingandan ortiq tushumlardan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritsin.
10. “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-216-son qarorining 4-ilovasiga 2006-yilda avtomobil yo‘llari qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan kapital mablag‘larning limitlarini hisobga olgan holda 5-ilovaga* muvofiq tegishli o‘zgartishlar kiritilsin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 164 | 6,953 |
Qonunchilik | 2001-yil 31-mayda Minskda imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatining imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida | 2001-yil 31-mayda Minskda imzolangan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatining imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilinsin. | 176 | 142 |
Qonunchilik | “Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidal | O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-son “Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 492-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
1. Buyruqning nomi, muqaddima va 1-bandidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy, sud yoki harbiy organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari, shu jumladan sobiq yuqori mansabdor shaxslar;”;
g) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 3-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarini to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish hamda to‘xtatib turilgan kunning o‘zida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish;”;
sakkizinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshidagi “va ularning yaqin qarindoshlari” degan so‘zlar “, ularning oila a’zolari va ularga yaqin bo‘lgan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 4-bandning birinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
j) 5-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish tartibini nazarda tutuvchi ichki qoidalarni ishlab chiqishlari kerak.
Ichki qoidalar mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning baholanishidan kelib chiqib tuzilishi kerak.
Ichki qoidalar va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.”;
z) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tayinlangan mas’ul shaxs haqidagi ma’lumotlarni har yili 15-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik palatasi deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishlari shart.”;
i) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
l) 10-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishning” va “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar tegishli ravishda “, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning” va “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 11-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “eng kam oylik ish haqi” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
n) 111-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirilishi);”
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar yuqori mansabdor shaxslarning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslarga ham yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rishlari shart.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini to‘xtatishi va bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi lozim.”;
o) 171-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
p) 173 -bandda:
birinchi xatboshi “terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlardan keyin “yoxud ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda Asillik palatasi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishi lozim.”;
r) 174 -bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoxud Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi tashkilotlar yoki Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”;
uchinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “haqiqiy egasi” degan so‘zlar “benefitsiar mulkdori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar;”;
s) 18-bandda:
ikkinchi — yettinchi xatboshilardagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“identifikatsiyalashni tugatish imkoni bo‘lmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha u bilan ishga oid munosabatlarni o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar olinganda;
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga yoki terrorizmni moliyalashtirishga yoxud ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud bo‘lgan barcha holatlarda.”;
t) 20-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatilishi va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yilishi lozim, agarda:”;
u) 201-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
f) 26-bandning birinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
x) quyidagi mazmundagi 263-band bilan to‘ldirilsin:
“263. Pul o‘tkazmalari va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tug‘ilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan foydalanish mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.”;
ts) 271-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ch) quyidagi mazmundagi 272-band bilan to‘ldirilsin:
“272. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar ichki va tashqi vaziyatlar o‘zgarishini inobatga olgan holda ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy ravishda monitoring qiladi va baholab boradi, shuningdek ish samaradorligini ta’minlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsda ichki audit xizmati mavjud bo‘lgan taqdirda, ichki nazorat faoliyati samaradorligini monitoring qilish ushbu xizmat tomonidan amalga oshiriladi.”;
sh) 28-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi bilan kelishilgan. | 250 | 13,700 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekis | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, “raqamli iqtisodiyot” va “elektron hukumat” sohalarini yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda zarur shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son Farmonida:
a) 1, 3, 4, 6 va 61-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — Texnopark) axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi”;
v) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Innovatsiya markazi” so‘zlari “Texnopark” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “yagona ijtimoiy to‘lovni” so‘zlari “ijtimoiy soliqni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “Innovatsiya markazi” so‘zlari “Texnopark” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foizli stavka bo‘yicha fuqarolarning sug‘urta badallariga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 10 va 12-bandlardagi “Innovatsiya markazi” so‘zlari “Texnopark” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmonida:
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“telekommunikatsiya va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida axborot xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish”;
v) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5598-son Farmonida:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
b) 2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilardagi “Agentlikning”, “Agentlikda” va “Agentlik” so‘zlari tegishlicha “Vazirlikning”, “Vazirlikda” va “Vazirlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5624-son Farmonida:
a) 7-banddagi “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi” so‘zlari “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band va 13-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
v) 9-bandda:
“a” kichik banddagi “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazining” so‘zlari “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “Agentlik” so‘zi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun aniq sohalar (ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqalar) bo‘yicha har yilgi tanlovlarni o‘tkazadi”;
g) 11-bandning uchinchi xatboshisidan “, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning samarali faoliyat yuritishi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5635-son Farmonining 3-ilovasi 11-bandi quyidagi mazmundagi 11.1., 11.1.1., 11.1.2., 11.1.3. va 11.2.-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonining 1-ilovasi 8-bandi “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“o‘quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish maqsadida umumta’lim maktablarining asosiy o‘quv dasturlariga doimiy o‘zgartirishlar kiritish;
axborot texnologiyalari sohasidagi tashkilotlarning o‘quv jarayonlariga qatnashishini rag‘batlantirish orqali umumta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish;
maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasini keng hududda joriy qilish”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5930-son Farmoni 14-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning” so‘zlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003-son Farmonida:
a) 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalida e’lon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi”;
b) 3-ilovaning:
4.1.2-pozitsiyaning “Mas’ul davlat organlari” ustuni “Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4.1.3-pozitsiyaning “Mas’ul davlat organlari” ustuni “Davlat xizmatlari agentligi (U Muxammadiyev)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Koreya Respublikasining Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi moliyaviy ishtirokida “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni ishlash markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2783-son qarori rus tilidagi matni 2-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Sentr razvitiya i vnedreniya kompyuternix i informatsionnix texnologiy “Uzinfokom” so‘zlari “GU “Sentr upravleniya proyektami elektronnogo pravitelstva” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-son qarorida:
a) 9-banddagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga” so‘zlari “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi” so‘zlari “blokcheyn texnologiyasini joriy etish va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari” so‘zlari “kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3989-son qarorining 3-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” so‘zlari ““Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarori 18-ilovasining rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4112-son qarorining 3-ilovasi (Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxati)dan 5 — 8 va 10-11 pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi PQ-4193-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarorida:
a) 2-bandning “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning “b” kichik bandidagi “Agentlikning” so‘zi “Vazirlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 12-bandning birinchi xatboshisidan “va Agentlik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning 5, 7, 8, 10, 11, 12 va 18-pozitsiyalaridagi “LBMA (D. Li)” va “LBMA (D. Li), Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi (N. Dexkanov)” so‘zlari tegishlicha “Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)” va “Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4321-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 3-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish:
davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, elektron hamkorligini ta’minlash uchun idoraviy va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish qismida — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish qismida — O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi;
idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish qismida — vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi”;
v) 4-bandning “a” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4328-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DMning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 4 va 7-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
g) 6-banddagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) ilovada:
35-banddan “Yagona milliy loyiha boshqaruvi axborot tizimi orqali” so‘zlari chiqarib tashlansin;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Loyihani foydalanishdan chiqarib tashlash uchun mazkur Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga loyihani foydalanishdan chiqarish bo‘yicha taklif kiritadi. Bunda, Vazirlik taklifni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va loyihadan foydalanishning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarasizligi yoki maqsadga muvofiq emasligi, jumladan texnik vositalar va dasturiy ta’minot samaradorligining pastligi kabi bir nechta sabablarni topganda loyihani foydalanishdan chiqarib tashlash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori ustidan tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
2-ilovaning grifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3-ilovaning grifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-ilovaning grifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4463-son qarori 4-ilovasining 14, 16 va 17-pozitsiyalaridagi “Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)” so‘zlari “Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son qarori 1-ilovasining 7-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK” so‘zlari “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2455-son qaroriga 36-ilovaning 25-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-2791-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3245-son qarori 7-bandi, 12-bandi birinchi xatboshisi hamda 13-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3549-son qarori 2-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarori 3-bandi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-son qaroriga 7-ilovaning 11-bandi. | 250 | 19,517 |
Qonunchilik | Yangi toʻqimachilik хom ashyosi ishlab chiqarish Namangan viloyatida 2018 yilda ishga tushiriladi | Prezidentning 6.10.2017 yildagi PQ-3314-son “Toʻqimachilik sanoati хom ashyo bazasini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga binoan «Namangan sharbati» MChJ QK aralash toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni boshlaydi. 2018 yilda:
Umumiy qiymati 92 mln.AQSh dollarilik ushbu loyihani moliyalashtirish «Namangan sharbati» MChJ QKning 30 mln.AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining TIF MB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 62 mln.AQSh dollari miqdoridagi mablagʻi hisobiga amalga oshiriladi.
«Namangan sharbati» korхonasiga 1.01.2022 yilgacha soliq va bojхona imtiyozlari taqdim etildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 7.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz. | 97 | 1,064 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 6-maydagi 379-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalarida ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:
davlat strategik zaxirasi va Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika ta’minoti markaziy bazasida mahsulotlarni saqlash hamda ularni yangilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tegishli bo‘linmalarda ovqatlanishni ta’minlash uchun mahsulotlarni autsorserlarga, transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, amalda xarid qilingan narxlarda berish (tarqatish);
shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (shu jumladan doimiy joylashish punktlarida, dala sharoitlarida, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda hamda boshqa holatlarda) tashkillashtirish maqsadida tegishli zarur lavozimlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari shtatlariga kiritish yo‘li bilan saqlab turish;
ovqatlanishi autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarining ro‘yxatini belgilash.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-fevraldagi 107-son qarorining 2 va 3-bandlari hamda qarorga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichkiishlar vazirligining tegishli bo‘linmalaridagi xodimlar va harbiy xizmatchilar, kursantlar, tinglovchilar, akademik litsey o‘quvchilari, maktab-internat, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, shuningdek, vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanadigan shaxslarning (keyingi o‘rinlarda ovqatlanuvchilar deb ataladi) ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
autsorsing — buyurtmachining ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish vazifasini shartnoma asosida autsorserga o‘tkazish;
autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmati ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalari.
3. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
statsionar va dala sharoitida oziq-ovqat ta’minoti;
quruq mahsulotlar ta’minoti.
4. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish buyurtmachining oziq-ovqat xizmati tomonidan autsorser xizmatini jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
5. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish uchun pul mablag‘lari yillik buyurtmalar bo‘yicha belgilanadi va autsorsing xizmatlari uchun kelishilgan hisob-kitoblar, oziq-ovqat me’yori narxlari belgilangan me’yorlar asosida yil bo‘yicha rejalashtiriladi.
6. Autsorsing xizmati buyurtmachining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
7. Autsorsing xizmati ko‘rsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya qilish buyurtmachi tomonidan ta’minlanadi.
8. Autsorserlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni o‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega bo‘lgan, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
9. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
yuridik shaxs ekanligi;
autsorsing xizmati bo‘yicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga egaligi;
moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va yig‘imlardan qarzdorligi mavjud emasligi;
statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati ko‘rsatish uchun yetarli moddiy-texnika va logistika bazasiga egaligi;
shtatida yetarli ish tajribasiga va ko‘nikmaga ega xodimlar mavjudligi.
10. Autsorserlarni tanlab olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
11. Autsorserlarni tanlash natijalari maxsus komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlangan kunning ertasidan kechiktirmay ovqatlanuvchilarning ovqatlanishini tashkil qilish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tegishli bo‘linmalari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun buyurtmachiga yuboriladi.
12. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy o‘rganish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
13. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland bo‘lsa, buyurtmachi autsorser bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni o‘rganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.
14. Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan e’tiboran kuchga kiradi.
15. Bayonnoma qarorlarning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
16. Autsorsing xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma buyurtmachi va autsorser o‘rtasida kalendar yil uchun yozma shaklda ikki nusxada tuziladi.
Shartnomada ovqatlanuvchilarning soni, bir nafar ovqatlanuvchi uchun tasdiqlangan me’yorlardagi kunlik oziq-ovqat qiymati, kalendar kuni va jami yillik (yoki bir chorak) summa aks ettiriladi.
17. Oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha bozor narxlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan har oyning 1-kuniga qadar Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari tomonidan olinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘zgarganda yoki boshqa asosli holatlarda shartnomaga tegishli o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
18. Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan to‘lov boshlangan oyning dastlabki o‘n bank kuni davomida xizmatlar ko‘rsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda ko‘rsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga ko‘ra to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorserni tanlash, autsorser va buyurtmachi o‘rtasida hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
19. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalaridagi ovqatlanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda autsorserlarga davlat strategik zaxirasidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini hamda bo‘linmalarining yordamchi ho‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida berishga yoki realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi.
20. Harbiy hududdan tashqarida xizmatni olib borayotgan shaxsiy tarkibga tayyor taomlarni yetkazib berish ichki ishlar organlari bo‘linmalarining kuch va vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
21. Autsorsing xizmatlari asosida ovqat bilan ta’minlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
22. Autsorser tomonidan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari tegishli muvofiqlik sertifikatlari bilan tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablariga javob berishi shart.
23. Buyurtmachiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati yuzasidan nazorat autsorser ishtirokida buyurtmachining tibbiy hamda oziq-ovqat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi, bunda qabul qilish dalolatnomasi tuzilib, u mahsulot sifatini tekshirgan shaxslar tomonidan imzolanadi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
24. Autsorser xodimlari:
sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishi, ularni to‘g‘ri saqlashi va belgilangan me’yorlar asosida sarflashi;
belgilangan me’yorlar asosida taom tayyorlash texnologiyasiga qat’iy amal qilishi, ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasligi;
taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etishi;
oshpazlik sohasida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va o‘z malakasini doimiy ravishda oshirib borishi zarur.
Autsorser xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va tibbiy daftarchaga ega bo‘lishi shart.
Mazkur bandda belgilangan talablarga rioya qilmagan shaxslarning autsorser tomonidan xizmat ko‘rsatishga jalb etilishi taqiqlanadi.
25. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha javobgarlik autsorserga yuklanadi.
26. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanish tartibi buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi.
27. Taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida tuziladi, autsorser va buyurtmachi rahbari tomonidan imzo chekilib tasdiqlanadi.
28. Taomnoma uch nusxada tuziladi — birinchi nusxasi autsorserga, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga hamda uchinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi.
29. Taomlar ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi, saqlanadi va tarqatiladi.
30. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanishi kun mobaynida sutkalik ovqatlanish me’yorlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining to‘g‘ri taqsimlanishi, shuningdek, kun tartibi bo‘yicha qat’iy belgilangan vaqtda ovqatlanish tashkil etilishi lozim.
31. Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish autsorser va buyurtmachi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
32. Ovqatlarni tarqatish boshlangunga qadar buyurtmachi vakillari tomonidan ovqatlar sifati, shuningdek, oshxona binosining sanitariya holati, oshxona idishlari va inventarlari tekshiriladi. Buyurtmachi vakillari tekshiruv natijalarini ovqatlarni tayyorlash sifatining nazorat kitobida aks ettiradi. Bunda uning sifati to‘g‘risidagi xulosa har bir ovqat pishirish (nonushta, tushlik, kechki ovqat) uchun alohida yoziladi va har bir tayyorlangan taomdan brokiraj olinadi.
33. Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
34. Komissiya tarkibi Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi oziq-ovqat ta’minoti bo‘limi, buyurtmachining ta’minot va boshqa bo‘linmalari xodimlaridan shakllantiriladi.
35. Komissiya:
autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, shaxsiy tarkib o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadi;
monitoring natijalaridan kelib chiqib buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi;
oshxona va omborlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘radi;
tayyor taom va oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan kunlik me’yorlarga mos bo‘lishini hamda sifatini o‘rganadi, zarur holatlarda chetdan mutaxassislar jalb etadi.
Komissiya buyurtmachi tomonidan yuklangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
36. Autsorsing sharoitida ovqatlanuvchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash ovqatlanuvchilar yetib kelishi va ketishini hisobga olgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish bo‘yicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik me’yor summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi:
nonushta uchun — 25 %;
tushlik uchun — 50 %;
kechki taom uchun — 25 %.
38. Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari akademik litseyi o‘quvchilari, maktab internat tarbiyalanuvchilari hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilarini ovqatlantirish bo‘yicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik me’yor summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi:
nonushta uchun — 20 %;
ikkinchi nonushta (yoki tushlik) uchun — 20 %;
tushlik uchun — 40 %;
kechki ovqatlanish uchun — 20 %.
39. Agar ovqatlanuvchilarning oziq-ovqat ta’minotini tashkil qilish bo‘yicha jami xarajatlar ovqatlanish payogi o‘rniga pul kompensatsiyasining belgilangan miqdoridan oshib ketsa, mavjud tafovut ovqatlanuvchilardan undirilmaydi, xarajatlar esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
40. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobiga tashkil etilganda ular uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan me’yorlardan oshmasligi lozim.
41. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish;
ijaraga olingan bino va inshootlarning ichki qismida texnik jihatdan jihozlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
ovqatlanuvchilarning soni va ovqatlanish jadvalini belgilangan tartibda olish;
olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi munosabati bilan shartnomaga o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilishini talab qilish;
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;
ovqatlanuvchilar doirasiga kirmaydigan shaxsiy tarkibga pullik xizmat ko‘rsatish.
Autsorser qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
42. Autsorser:
ovqatlanuvchilarning oziq-ovqat ta’minotini uzluksiz, shu jumladan, zarur holatlarda, dam olish va bayram kunlari hamda dala sharoitida amalga oshirishi;
oziq-ovqat mahsulotlarining yangi va sifatli bo‘lishini ta’minlashi;
sog‘liq uchun zararli va yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanmasligi va taomlarni tarqatmasligi;
dala sharoitida ko‘chma oshxona faoliyatini to‘liq tashkil etgan holda shaxsiy tarkibning oziq-ovqat ta’minotini amalga oshirishi;
ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni o‘z hisobidan ta’mirlashi, shuningdek, mulkni saqlash xarajatlarini qoplashi;
autsorsing xizmati ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilishi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlashi;
maxfiylik tartibiga qat’iy rioya qilishi lozim.
Autsorserga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
43. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
autsorserdan shartnoma shartlarini bajarish bilan bog‘liq jarayonda qatnashuvchi shaxslar (oshxona xodimlari) ro‘yxatini olish;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
ovqatlanish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish;
autsorserning ishlab chiqarish faoliyatiga aralashmagan holda shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
44. Buyurtmachi:
autsorserga ovqatlanuvchilarning sonini va ularning ovqatlanish jadvalini o‘z vaqtida taqdim etishi;
shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Buyurtmachi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
45. Oshxonada joylashgan moddiy-texnika vositalari buyurtmachi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Dalolatnoma ikki nusxada buyurtmachi komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
46. Quyidagilar autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan oshxona binosiga qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
yetarli o‘ringa ega bo‘lgan, texnologik jihozlar bilan ta’minlangan, texnik holati belgilangan me’yorlarga mos bo‘lgan ovqatlanish binosining mavjudligi;
mahsulotlarni saqlash uchun omborlarning mavjudligi;
taom tayyorlash uskunalari, oshxona mebellari va ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan boshqa jihozlarning mavjudligi.
47. Belgilangan foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan va yaroqsiz holatga kelgan moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan hisobdan chiqariladi.
48. Ovqatlanishning autsorsing shartlarida amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
49. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorserning tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda bekor qilishiga asos bo‘ladi.
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 193 | 18,186 |
Qonunchilik | Tajribasiz tadbirkorlarning 7 хatosi | Bilim darajasi, faoliyat sohalari va biznes koʻlamidagi tafovutga qaramay, yosh rahbarlar, binobarin, aynan shu qaytariladigan хatolarni sodir etishadi. Ulardan eng tipiklari sharhini taqdim etamiz.
1. Savodli buхgalter bilan toʻgʻri oʻzaro hamkorlikning mavjud emasligi
Yosh rahbarlar, qoidaga koʻra, hali oʻzlari moliyaviy savodхonlikka va buхgalteriya hisobi tushunchasiga ega emaslar. Ularning jamoasiga yaхshi bosh buхgalter qabul qilingan taqdirda, ular bilan ishlab ketish qiyin kechadi. Tajribasiz rahbarga buхgalter ortiqcha ehtiyotkorlik qilayotgan va mas’uliyatdan qochayotgandek tuyuladi, shuning uchun oхirigacha eshitmay, uning har qanday gʻoyasini boshdanoq yoʻq qilishga tayyor boʻladi.
Yosh tadbirkor loyihani u koʻrib turgan koʻrinishda roʻyobga chiqarish foydadan koʻra koʻproq ziyon keltirishga qodir ekanligiga ishonishni хohlamaydi. Tajribasizlik bois yosh kompaniyaning mehnat va moliyaviy resurslari rejalashtirilayotgan koʻlamga yetmay qolishini u tushunmaydi. Tajribali iqtisodchi bularning hammasini koʻra biladi hamda oʻz rahbariga oʻzining mulohazalari va shubhalarini izhor qiladi.
Koʻpincha bunday qarama-qarshilik bir buхgalterni ishdan boʻshatish va yosh, tajribasiz, biroq direktorning barcha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor boshqa buхgalterni ishga olish bilan tugaydi. Keyin buхgalteriya hisobida va hisobotlarda хatolarni, tekshiruvchi organlar tomonidan jarima sanksiyalarini, biznes boʻyicha hamkorlardan talabnomalarni hamda boshqa talay salbiy oqibatlarni kutish mumkin.
2. Oʻzining betakror gʻoyalarini bepul tarqatish
Start Up formatidagi uchrashuvlarga tashrif buyurish urf boʻlmoqda. Oʻzining shaхsiy yoki oʻzlashtirgan gʻoyasidan ilhomlangan yosh tadbirkorlar uni bunday uchrashuvlarda taqdimot qilishga shoshiladilar. Avval yozganimizdek, startaplar tadbirkorni boʻlgʻusi investor bilan “yaqinlashtirish” maqsadida tashkillashtiriladi.
Investorlarga oʻzining betakror gʻoyasi yoki chet elda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan biznesni Oʻzbekistonda real moslashtirish imkoniyati haqida soʻzlab bergan holda, ular oʻz loyihalariga mablagʻ jalb qilishni koʻzlashadi. Xatar shundan iboratki, ajoyib gʻoyani kimgadir mutlaqo bepul sovgʻa qilib yuborish va bu haqda faqatgina ma’lum vaqt oʻtgandan keyin bilish yoki umuman bilmay qolish mumkin. Agar yosh tadbirkorda gʻayratdan boʻlak hech narsa boʻlmasa, u holda investorga u nima uchun kerak? Agar gʻoyaga, dasturiy ta’minotga, tajriba namunasiga va h.k.ga patent olingan boʻlsa, kichik, biroq yoʻlga qoʻyilgan ishlab chiqarish mavjud boʻlsa hamda pullar faqat koʻlamni kengaytirishga yetmayotgan boʻlsa, bu boshqa gap.
Kompaniya хodimlari muhim aхborot chiqib ketishining boshqa manbasi boʻlishi mumkin. Oʻz rahbarining uzoq muddatli rejalaridan voqif boʻlib, yovuz niyatda boʻlmasada, uni tashqarida oshkor qilib qoʻyishlari mumkin. Tajribali rahbarlar hali endi ishlab chiqilayotgan gʻoyalar toʻgʻrisida hamma хodimlarga ham aytaverishmaydi. Bejizga koʻp kompaniyalarda хodimlardan tijorat sirini, shu jumladan korхonaning joriy loyihalari va istiqboldagi rejalari toʻgʻrisidagi ichki aхborotni oshkor qilmaslik toʻgʻrisida yozma majburiyat olinmaydi.
3. Yaхshi oʻylanmagan chet el tajribasini joriy qilishga urinish
Chet elda shaхsan boʻlib yoki хorijlik tadbirkorlar bilan muloqot qilib yoхud Internetda yangi gʻoyalar bilan tanishib, yosh tadbirkor “u yerda” yaхshi ishlayotgan va oʻz egalariga daromad keltirayotgan, biroq tovar yoki хizmat sifatida “bu yerda” hali mutlaqo taqdim qilinmagan loyihani amalga oshirish ishtiyoqida boʻlishi mumkin.
Xorij biznes-gʻoyasini joriy qilishga urinishda eng katta muammo mazkur faoliyatni tartibga soladigan normativ-huquqiy bazadagi tafovutlarni oʻz vaqtida payqamaslik hisoblanadi. Koʻp hollarda, avval хatolarga yoʻl qoʻyib yosh tadbirkor bunday tafovutlar mavjudligini bilib oladi, va, nihoyat, unga yoqib qolgan gʻoya oʻsha mamlakat qonunchiligida mazkur soha lozim darajada tartibga solinganligi uchun “u yerda” ravnaq topayotganligini tushunadi. Milliy qonunchilikni oʻrganmay, unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni kuzatib bormay turib, qandaydir biznesni barpo etish umuman qiyin, bu yoʻnalishda birinchilardan boʻlish haqidaku gapirmasa ham boʻladi.
Xususan, Norma.uz portali tadbirkorlar, yuristlar, iqtisodchilar va aholining juda keng qatlamini milliy qonunchilikda sodir boʻlayotgan barcha oʻzgarishlar, koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari toʻgʻrisida qulay shaklda tezkor хabardor qilishga moʻljallangan. Ekspert materiallari u yoki boshqa normalarni qoʻllashning amaliy jihatlari yuzasidan tushuntirishlar taqdim qiladi. Mualliflik sharhlari bozordagi vaziyatni yoritadi, dolzarb ijtimoiy masalalarni koʻtaradi, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida roʻy berayotgan muhim voqealar haqida хabardor qiladi. Kompyuter ekranidan oʻqish ularga noqulay boʻlganlar iхtisoslashtirilgan davriy nashrlar obunachilari boʻlishlari mumkin, ularda barcha keltirilgan mavzular atroflicha yoritiladi.
4. Uzoq oʻylash va shoshilinch ravishda qabul qilingan qarorlar
Qaror qabul qilishda shoshma-shosharlik va sustkashlik – bu har qanday tajribasiz ishbilarmon urilishi mumkin boʻlgan oqibati yaхshi ham, yomon ham boʻlishi mumkin boʻlgan ishdir. Shunday vaziyatlar borki, unda biznes-qaror juda tez qabul qilinishi kerak (sotib olish, sotish, ulushga kirish, faoliyat turini oʻzgartirish, restrukturizatsiya qilish va sh.k.), shuning uchun bu darhol amalga oshirilmasa, qulay fursat boy beriladi hamda bunday imkoniyat boshqa hech qachon qaytmaydi.
Boshqa vaziyatlarda esa, aksincha – qanchalik qiziqtiradigan taklif boʻlmasin, kafolatlar qanchalik ishonchli tuyulmasin, qaror qilishga shoshilmagan ma’qul.
Ikkala holatda ham oqil va ishonchli maslahatchilar, tajribali va “siz tomonda oʻynaydigan” insonlarga ega boʻlish foydali. Agar bunday doʻstlar (hamkorlar, qarindoshlar, хodimlar, balki hatto raqobatchilar ham boʻlishi mumkin) yosh tadbirkorda boʻlsa, yaхshi. Agar ular boʻlmasa, bunday vaziyatni tushunish qobiliyati unga tajriba bilan kelishini kutishga toʻgʻri keladi. U kelguncha esa koʻp narsalar sodir boʻlishi mumkin.
5. Toʻgʻri rejalashtirishsiz qarz mablagʻlaridan foydalanish
Zamonaviy dunyoda faoliyatni boshlash yoki uni kengaytirishda qarz mablagʻlaridan foydalanmaydigan muvaffaqiyatli va rivojlanayotgan kompaniyalar juda oz. Biroq ulardan foydalanish va qaytarish boʻyicha aniq rejasiz hatto yaхshi gʻoya va malakali хodimlar mavjud boʻlgan taqdirda ham chuv tushish mumkin. Aхir har qanday qarz mablagʻlari oldindan shartlashilgan muayyan muddatga taqdim qilingan pul hisoblanib, ular foydalanilganlik uchun foizni hisobga olgan holda qaytarilishi lozim.
Biznes jarayonlarni rejalashtirish va qarz mablagʻlarini hisobga olish singari mavzularning oʻziga bir yoki ikkita hajmli sharhlar kamlik qiladi. Ushbu sharhda ularni mufassal koʻrib chiqishning imkoni yoʻq, biroq qarz mablagʻlaridan foydalanishda хatoga yoʻl qoʻyish talay istiqbolli biznes tashabbuslarning sinishining sababi hisoblanishini aytib oʻtmaslik mumkin emas.
6. Ishonch va hamkor soʻzlariga umid qilish
Ishonch – ayniqsa biznesni hamkorlikda yuritish хususida soʻz borganda juda zaif dastak hisoblanadi. Ishonch vaqt mobaynida erishilishi va tekshirilishi lozim, agar u istisnosiz barchaga va eng qisqa muddatlarga tarqatiladigan boʻlsa, bu endi ishonch emas, balki soddalik hisoblanadi, soddalik esa - uning sohibi ham ziyon koʻrishi mumkin boʻlgan хislatdir.
Amaliyotning koʻrsatishicha, kelishuv yuridik kuchga ega boʻlishi va kerakli paytda taqdim qilish uchun har qanday dastlabki kelishuvni (istak, qoʻshma rejalar, majburiyat, qoʻllab-quvvatlash va homiylik qilish va’dasi) ham har qachon qogʻozda lozim darajada qayd qilishning iloji yoʻq.
Mazkur holatda soʻz sotish, sotib olish, yetkazib berish haqida bormayotir – har qanday bitim bir ma’noda qonuniy tarzda rasmiylashtirilishi kerak. Soʻz bir taraf uchun katta umid, boshqa taraf uchun esa, umuman olganda nima boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisidagi yengil-yelpi gap boʻlgan umumiy ishlarni rejalashtirish haqida bormoqda. Ogʻizda tuzilgan kelishuvlar eng muhim boʻlishi kerak emas. Ularni nazarda tutish mumkin, biroq ularga jiddiy umid qilish mumkin emas.
7. Tez daromad olish ilinjida sifat standartlarini pasaytirish
U yoki boshqa tovarlar sifatidan norozi boʻlgan iste’molchilardan qaysidir ishlab chiqaruvchi “aynibdi” degan soʻzni eshitish mumkin. Amaliyotda bu bozorga sifatli tovar bilan chiqib, u yerda muayyan ulushga ega boʻlib, хaridorlar orasida brendning taniqliligi hamda ommaviyligiga erishib, ishlab chiqaruvchi katta foyda ketidan quvish va tannarхni pasaytirish maqsadida hech narsadan tap tortmasligini bildiradi. Bunday siyosatning natijasi oʻzini koʻp kuttirmaydi. Bir marotaba aldangan хaridor boshqa hech qachon qaytib kelmasligi mumkin.
***
Pirovardida qaysi sohada mashgʻul boʻlmasin va uning biznesi koʻlami nechogʻlik boʻlmasin har bir tadbirkor uchun doim mustaqil oʻqib bilim orttirish muhimligini qayd etishni хohlardik. Turli seminarlar, kurslar va treninglarda vaqti-vaqti bilan oʻz malakasini oshirish, kasbiy bilimlarni yangilab borish kerak. Aхir teхnologiyalar rivojlanmoqda, raqobat kurashi usullari noziklashib bormoqda, qonunchilik bazasi takomillashmoqda. Bularning barchasi haqida oʻz vaqtida хabardor boʻlish lozim.
«Norma» professional rivojlanish markazi oʻquv kurslari va seminarlari sizga bunda yordam berishi mumkin. Yaqin vaqtlar uchun rejalashtirilgan mavzular jadvali bilan havola boʻyicha oʻtib tanishish mumkin. E’tibor qarating, dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari va gazetalarimiz obunachilari uchun seminarlar va vebinarlar bonus sifatida bepul, kurslar esa 50 foizli chegirma bilan taqdim qilinadi.
Saida JONIZOQOVA, muхbirimiz. | 36 | 9,723 |
Qonunchilik | Hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda hududiy sog‘liqni saqlash muassasalarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, aholiga, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Viloyat tibbiy diagnostika markazi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi to‘g‘risidagi Nizom va uning tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga ko‘ra:
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining faoliyati aralash tarzda — Davlat budjeti mablag‘lari, o‘z daromadlari va jalb qilinadigan manbalar (grantlar, homiylik mablag‘lari va boshqalar) hisobiga moliyalashtiriladi;
Viloyat tibbiy diagnostika markazining faoliyati pulli konsultatsiya-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan o‘z daromadlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va qishloq vrachlik punktlarining faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Bunda budjet mablag‘lari markazlarga belgilangan tartibda ajratiladi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining aholining imtiyozga ega bo‘lgan toifalariga tibbiy yordam ko‘rsatish, markazlarni asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlash xarajatlariga haq to‘lash esa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini, viloyat tibbiy diagnostika markazlarini, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini va qishloq vrachlik punktlarini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy, moliyaviy va boshqa tadbirlar bajarilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
markazlar faoliyati monitoringini tizimli asosda olib borsin va mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etsin;
tarmoqni rivojlantirish respublika dasturlarida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot va diagnostika markazlarining faoliyatini tashkil etish va ularni moddiy-texnik jihatdan jihozlash, markazlarni rivojlantirishga investitsiyalar, grantlar va moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarini jalb etish chora-tadbirlarini ustuvor asosda nazarda tutsin;
markazlar faoliyati aniq muvofiqlashtirilishini va ular tomonidan diagnostika va bemorlarni davolashning yagona standartlariga rioya qilinishi, davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari, boshqarishning iqtisodiy metodlari, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning ilg‘or tashkiliy shakllari va usullari joriy etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
Amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har chorakda, chorakdan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq faoliyat ko‘rsatib turgan viloyat kasalxonalari va ayrim ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari bazasida tashkil etiladi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar, ambulatoriya konsultativ-diagnostika tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi.
2. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
3. Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar.
4. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
5. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ham tatbiq etiladi.
6. Quyidagilar markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadi hisoblanadi:
aholining kasalliklarning asosiy yo‘nalishlari (rejali xirurgiya, terapiya, kardiologiya, otorinolaringologiya va boshqalar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali diagnostika, davolash va profilaktika tibbiy yordami ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
viloyat tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy metodlari va texnologiyalari joriy etilishini metodik ta’minlash.
7. Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar.
8. Belgilangan maqsadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, kreditlarni, qarz mablag‘larni, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb qilish;
budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga Davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish;
qonunchilikka, Markaz faoliyati maqsadlariga va faoliyati predmetiga zid bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
9. Markaz ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlarning, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil ravishda, Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilashga haqli.
10. Markaz:
aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi:
tekin asosda — davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj, imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarga (ushbu Nizomga ilova), shuningdek ambulatoriya yordami ko‘rsatishi;
pulli asosda (qonunda belgilangan hollarda — tekin asosda) — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (mazkur bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi;
diagnostika va davolashning tasdiqlangan standartlariga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashi;
muntazam ravishda Markaz xodimlarini hamda viloyat davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi;
ilg‘or tibbiyot muassasalarining ish tajribasini o‘rganishi, umumlashtirishi va ommalashtirishi;
Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash, texnika xavfsizligi, ijtimoiy ta’minot va muayyan ijtimoiy muhofaza shartlarini kafolatlashi;
Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanishi, ularning saqlanishini ta’minlashi;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini, hisobotni yuritishi shart.
11. Markazning tuzilmasi ilova qilinadi*.
12. Markazga rahbarlikni tegishli ma’muriy hudud hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh vrach amalga oshiradi.
13. Bosh vrach o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Markaz bosh vrachining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda Markaz bosh vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
14. Markaz bosh vrachi belgilangan tartibda Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkillashtiradi, Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Markaz mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va Markaz faoliyatining natijalari uchun shaxsan javob beradi.
15. Markaz bosh vrachi bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organi bilan kelishgan holda uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
16. Markazning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Markaz faoliyatining maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni tasarruf etadi, bunda budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
18. Markazning mol-mulki asosiy vositalar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
19. Markaz vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida, tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirish uchun foydalangan holda ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalarni va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
20. Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
21. Markazni moliyalashtirish aralash tarzda — Davlat budjeti mablag‘lari (tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda) Markazning o‘z daromadlari va jalb qilinadigan manbalar (grantlar, homiylik mablag‘lari va boshqalar) hisobiga amalga oshiriladi.
Bunda budjet mablag‘lari Markazga belgilangan tartibda ajratiladi, aholining imtiyozga ega bo‘lgan toifalariga tibbiy yordam ko‘rsatish, markazlarni asbob-uskunalar va texnika bilan jihozlash, shuningdek budjet mablag‘lari hisobiga mukammal ta’mirlash xarajatlariga haq to‘lash esa G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
22. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
23. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, ular vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
24. Markaz davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
25. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. G‘irt yetimlar.
2. I va II guruh nogironlari.
3. Bolalikdan nogironlar.
4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.
5. 1941—1945-yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari.
6. Yoshiga ko‘ra ishlamayotgan pensionerlar.
7. Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda nogiron bo‘lgan shaxslar.
8. Baynalmilal jangchilar.
9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari.
10. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar.
11. Chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha 15—17 yoshdagi o‘smirlar va chaqiriq yoshidagi (18—27 yoshar) shaxslar.
1. Ushbu Nizom viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq faoliyat ko‘rsatib turgan viloyat bolalar kasalxonalari bazasida tashkil etiladi hamda bolalarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar, ambulatoriya konsultativ-diagnostika xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek o‘zining faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlarga ega bo‘ladi.
Markaz tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik, o‘quv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini Markazning maqsadi va faoliyatiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
5. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga ham tatbiq etiladi.
6. Quyidagilar markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadi hisoblanadi:
bolalarning kasalliklarning asosiy yo‘nalishlari (rejali xirurgiya, pediatriya, kardiorevmatologiya, otolaringologiya va boshqalar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali diagnostika, davolash va profilaktika tibbiy yordami ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
viloyat bolalar tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning zamonaviy metodlari va texnologiyalari joriy etilishini metodik ta’minlash.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarni tekshirish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ yordam ko‘rsatish;
bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar yordam ko‘rsatish;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari mutaxassislariga konsultativ va tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;
ma’muriy hudud davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiy texnologiyalarni va boshqarishning iqtisodiy metodlarini joriy etish;
tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;
tibbiyot muassasalarida davolash-profilaktika jarayoni sifatini ekspertizadan o‘tkazish;
aholining umumiy kasallanishi va o‘limini, mehnatga qobiliyatini yo‘qotgan holda kasallanishini, nogironligini o‘rganish;
tibbiy yordamni rivojlantirish maqsadli dasturlarini shartnoma asosida ishlab chiqish va bajarish.
8. Belgilangan maqsadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, kreditlarni, qarz mablag‘larni, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb qilish;
budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilash;
bolalar kasalliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga Davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish;
qonunchilikka, Markaz maqsadlariga va faoliyati predmetiga zid bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
9. Markaz ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlarning, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil ravishda, Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilashga haqli.
10. Markaz:
tekin asosda — bolalarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi;
pulli asosda (qonunda belgilangan hollarda — tekin asosda) — xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi;
diagnostika va davolashning tasdiqlangan standartlariga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashi;
Markaz xodimlarini hamda viloyat davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi;
ilg‘or tibbiyot muassasalarining ish tajribasini o‘rganishi, umumlashtirishi va ommalashtirishi;
Markaz xodimlariga qonunchiliklf nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash, texnika xavfsizligi, ijtimoiy ta’minot va muayyan ijtimoiy muhofaza shartlarini kafolatlashi;
Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanishi, ularning saqlanishini ta’minlashi;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini, hisobotni yuritishi shart.
11. Markazning tuzilmasi ilova qilinadi*.
12. Markazga rahbarlikni tegishli ma’muriy hudud hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh vrach amalga oshiradi.
13. Bosh vrach o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Markaz bosh vrachining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri bilan kelishgan holda Markaz bosh vrachi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
14. Markaz bosh vrachi belgilangan tartibda Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkillashtiradi, Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Markaz mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va Markaz faoliyatining natijalari uchun shaxsan javob beradi.
15. Markaz bosh vrachi bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organi bilan kelishgan holda uning o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
16. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Markaz faoliyatining maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni tasarruf etadi, bunda budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
18. Markazning mol-mulki asosiy vositalar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
19. Markaz vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida, tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirish uchun foydalangan holda ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalarni va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
20. Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
21. Markazni moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga, uning xarajatlariga haq to‘lash esa G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiriladi.
22. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga hamda Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
23. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
24. Markaz davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
25. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom viloyat tibbiy diagnostika markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Viloyat tibbiy diagnostika markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq, faoliyat ko‘rsatib turgan viloyat diagnostika markazi bazasida tashkil etiladi hamda aholiga konsultativ-diagnostika xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasasi hisoblanadi.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan gerbli muhrga, shuningdek o‘zining faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlarga ega bo‘ladi.
Markaz tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik, o‘quv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi o‘z munosabatlarini Markazning maqsadlari va faoliyati vazifalariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
5. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi tibbiy diagnostika markaziga ham tatbiq etiladi.
6. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadi hisoblanadi:
kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish;
zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy diagnostika asbob-uskunalaridan foydalangan holda aholiga qulay konsultativ-diagnostika xizmati ko‘rsatish.
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kasallarni tadqiqotlarning zamonaviy, yuqori texnologiyali asbobli va laboratoriya metodlari yordamida tekshirish;
tadqiqotlar va kompleks diagnostika xulosalari natijalarini berish;
davolash-diagnostika jarayonining uzluksizligini ta’minlash maqsadida viloyat davolash-profilaktika muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
ma’muriy hudud diagnostika xizmatlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda diagnostika tadqiqotlari sohasida zamonaviy metodologiyalarni joriy etish;
barcha darajalardagi diagnostika xizmatlarining moddiy-texnika salohiyatini rivojlantirish, ularga o‘zlashtirilgan va diagnostika markazida joriy etilgan tibbiyot texnologiyalarini berish;
tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;
qonunchilikda taqiqlanmagan hamda Markaz maqsadlariga va faoliyati predmetiga javob beradigan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
8. Markaz aholiga konsultativ va davolash-diagnostika xizmatlarini to‘lov asosida ko‘rsatadi.
9. Belgilangan maqsadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, kreditlarni, qarz mablag‘larini, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb qilish;
budjet mablag‘lari va pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish;
qonunchilikka, Markaz maqsadlariga va faoliyati predmetiga zid bo‘lmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
10. Markaz ko‘rsatiladigan pulli tibbiy xizmatlarning, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlariga tariflar va narxlarni mustaqil ravishda, Sog‘liqni saqlash vazirligi va tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilashga haqli.
11. Markaz:
aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishi;
aholiga diagnostika va davolashning tasdiqlangan standartlariga muvofiq konsultativ-diagnostika va davolash yordami ko‘rsatilishini ta’minlashi;
Markaz xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi;
o‘z faoliyati sohasi bo‘yicha ilg‘or ish tajribani o‘rganishi, umumlashtirishi va ommalashtirishi;
Markaz xodimlariga qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash, texnika xavfsizligi, ijtimoiy ta’minot va muayyan ijtimoiy muhofaza shartlarini kafolatlashi;
Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanishi, ularning saqlanishini ta’minlashi;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini, hisobotni yuritishi shart.
12. Markazning tuzilmasi ilova qilinadi*.
13. Markazga rahbarlikni tegishli ma’muriy hudud hokimining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor amalga oshiradi.
14. Direktor o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. Markaz direktorining o‘rinbosarlari sog‘liqni saqlash hududiy organi bilan kelishgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Markaz direktori belgilangan tartibda Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkil etadi, Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Markaz mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va Markaz faoliyatining natijalari uchun shaxsan javob beradi.
16. Markaz direktori bo‘lmagan hollarda uning vazifalarini sog‘liqni saqlash hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda uning o‘rinbosarlardan biri bajaradi.
17. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Markaz faoliyat maqsadlariga muvofiq o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni tasarruf etadi, bunda budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
19. Markazning mol-mulki asosiy vositalar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
20. Markaz vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida, tushgan mablag‘lardan Markazni rivojlantirish uchun foydalangan holda ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalarni va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
21. Pulli konsultatsiya-diagnostika xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan tushumlar, korxonalarning, nodavlat jamoat tashkilotlarining xayriya va ixtiyoriy badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazning daromad manbalari hisoblanadi.
22. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
23. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sog‘liqni saqlash, soliq va moliya organlari, o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan, ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
24. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi (keyingi o‘rinlarda Birlashma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq markaziy tuman (shahar) kasalxonasi, ko‘p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi (Toshkent shahrida) negizida tashkil etiladi.
2. Birlashma o‘z faoliyatida ikki tomonlama — tegishli hudud hokimligiga va sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organiga bo‘ysunadi.
3. Birlashma davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan gerbli muhrga, shuningdek o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa atributlarga ega bo‘ladi.
Birlashma tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha klinik o‘quv bazasi hisoblanadi.
4. Birlashma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Quyidagilar Birlashmani tashkil etish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
yagona tashkiliy-metodik rahbarlikni va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishni ta’minlaydigan sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining zamonaviy tashkiliy tuzilmasini yaratish;
davolash-profilaktika, sanitariya-ma’rifiy tadbirlarni reabilitatsiya qiluvchi tibbiy xizmatlarni amalga oshirishda qishloq vrachlik punktlariga, oilaviy poliklinikalarga va boshqa tibbiyot muassasalariga metodologik yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi darajasini tashkil etish.
6. Birlashmaning asosiy vazifalari:
aholiga sifatli dastlabki ambulatoriya-poliklinika yordami ko‘rsatish;
dastlabki shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni, bemorlarni statsionar davolashni, shuningdek qishloq vrachlik punktlariga, oilaviy poliklinikalarga, tuman (shahar)ning boshqa tibbiyot muassasalariga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
kasalliklarning, eng avvalo, yuqumli va virusli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini hamda ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
samarali sanitariya-epidemiologiya nazoratini ta’minlash;
bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda diagnostika va davolash standartlarini joriy etish, shuningdek tuman (shahar) tibbiyot muassasalari tomonidan ularga rioya etilishini nazorat qilish;
aholi o‘rtasida oilada tibbiy madaniyatni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish;
tibbiyot kadrlarini joy-joyiga qo‘yish, ulardan oqilona foydalanish, ularning malakasini oshirish hamda ularni tarbiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tuman (shahar) sog‘liqni saqlash muassasalarini prognozlashtirish, moliyalashtirish va ularning moddiy-texnika ta’minotini tashkil qilish.
7. Birlashma belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
o‘zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Birlashma xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
qonunchilikka, Birlashma faoliyatining maqsadlari va predmetiga zid bo‘lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
8. Birlashma:
aholiga bepul asosda yuqori malakali konsultatsiya hamda davolash-profilaktik tibbiy yordam ko‘rsatishi;
bemorlarni zamonaviy talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika qilishi hamda davolashni ta’minlashi va rivojlantirishi;
Birlashma xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirishi;
Birlashma xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan shartlarini kafolatlashi, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va muayyan ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi;
Birlashmaning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan maqsadli foydalanishi, uning saqlanishini ta’minlashi;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritishi shart.
9. Birlashma tuzilmasi ilova qilinadi*.
10. Quyidagilar Birlashmaning asosiy tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi:
tumanlar (shaharlar)da — shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga ega bo‘lgan markaziy tuman (shahar) kasalxonasi, ko‘p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar (shaharlarda), dispanserlar, akusherlik komplekslari, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, xususiy tibbiyot muassasalari;
Toshkent shahrida — ko‘p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar, dispanserlar (bemor o‘rinlari fondisiz), chaqaloqlar uylari, xususiy tibbiyot muassasalari.
11. Birlashmaga rahbarlikni tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Birlashma boshlig‘i — markaziy tuman (shahar) kasalxonasi bosh vrachi, Toshkent shahrida esa — Birlashma boshlig‘i amalga oshiradi.
12. Tumanlar (shaharlar)dagi Birlashma boshlig‘i ko‘p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi mudiri — ambulatoriya-poliklinika yordami bo‘yicha o‘rinbosarga ega bo‘ladi. Birlashma boshlig‘ining o‘rinbosari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari bilan kelishgan holda Birlashma boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Birlashma boshlig‘i belgilangan tartibda Birlashma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkil qiladi, Birlashma nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Birlashma mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi hamda Birlashma faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
14. Birlashma boshlig‘i bo‘lmaganda uning vazifasini o‘rinbosar bajaradi.
15. Birlashmaning moliya-xo‘jalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Birlashma o‘z mol-mulkiga egalik qiladi, undan faoliyati maqsadlariga muvofiq foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga budjet mablag‘lari hamda budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
17. Birlashma mol-mulki asosiy fondlardan, shuningdek boshqa moddiy boyliklardan va moliyaviy resurslardan iborat bo‘ladi.
18. Birlashma vaqtincha foydalanilmayotgan xonalarni, ulardan aholiga tibbiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanish maqsadida, shartnoma asosida ijaraga berish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
19. Davlat budjeti mablag‘lari, xayriya ehsonlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Birlashmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
20. Birlashma xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Birlashmaning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
22. Birlashmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 126 | 38,112 |
Qonunchilik | “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 29-iyunda qabul qilingan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 112 | 545 |
Qonunchilik | Sovuq suv uchun tariflar oshiriladi | Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korхonasi 21 iyuldan vodoprovod va shahar kanalizatsiyasidan foydalanganlik uchun tariflar oshirilishini ma’lum qildi.
Deklaratsiyaga muvofiq, 2017 yil 21 iyuldan Toshkent shahri boʻyicha yangi tariflar joriy qilindi:
Vodoprovod suvi 1 m3 uchun = 285 soʻm;
Kanalizatsiya хizmatlari 1 m3 uchun = 155 soʻm.
Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti boʻlgan koʻp qavatli uylarda hisoblagich boʻyicha toʻlovni amalga oshirganda:
1 kubometrning qiymati 500 soʻmni tashkil qiladi,
markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti boʻlmaganda – 345 soʻm.
Xususiy sektordagi uylarda bir kubometr uchun tarif:
kanalizatsiya bilan 345 soʻmni,
kanalizatsiyasiz 190 soʻmni tashkil qiladi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda 15 iyuldan elektr energiyasi va gaz uchun tariflar oshiriladi. | 35 | 796 |
Qonunchilik | Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish haqida | Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning ekologiya hamda aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament so‘rovini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha 2022-yilning 15-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yozma javob taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi (B. Tajiyev) parlament so‘roviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, 2022-yilning 1-apreligacha Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik va biologik muhitini yaxshilash, undan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, qonunchilikka muvofiq “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK tashkil etilib, ko‘llar tizimining qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida baliq yetishtirish parvarishxonalari, inkubatsiya sexlari hamda baliq o‘stirish havzalarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan (keyingi o‘rinlarda — Ko‘llar tizimi deb yuritiladi) foydalanishda qator muammoli masalalar saqlanib qolmoqda.
Xususan, ko‘llar tizimining suv hajmi 1994-2000-yillarda 44 mlrd m3 bo‘lib, hududning umumiy maydoni 350 ming gektarga, uzunligi 250 kilometrga yetgan bo‘lsa, “Chordara” suv omboridan 2013-2021-yillarda ko‘llar tizimiga suv tashlanmaganligi bois suv hajmi qariyb 34 mlrd m3ga tushib qolgan.
Shuningdek, ko‘llar tizimida yillik suvlarning parlanishi 10 foizni tashkil etmoqda. Ko‘llar tizimidagi suvning sathi 2 metrga pasayib, minerallashganlik darajasi so‘nggi 10 yilda 5,1 g/l dan 8,6 g/l gacha oshgan. Hozirgi vaqtga kelib, ko‘llarning eng oxirgi qismi bo‘lgan Boymurod hududi atrofida 12 g/l ni tashkil etadi.
Suv sathining pasayishi va suv tarkibining sho‘rlanishi natijasida ayrim qirg‘oq bo‘ylari 15 — 50 metrga ortga chekinib, 15 — 20 sm gacha tuz qatlami hosil bo‘lgan. Bu esa kuchli shamol vaqtida tuzli changlarga sabab bo‘lmoqda, qishloq xo‘jaligi yerlari ekin maydonlariga va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ko‘llar tizimida baliqchilik sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.
Baliqlantirish va baliq ovlash, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, intensiv texnologiyalarni joriy etish, ko‘lning atrof hududida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmagan.
Baliq zaxiralarini saqlab qolish va himoya qilish bo‘yicha nazorat tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida noqonuniy baliq ovlash holatlari ortib bormoqda.
Baliq ovlash konturlarini ijaraga berish, ijara haqini undirish, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ovlash qoidalariga rioya qilishni nazoratga olish, baliq ovlashda foydalanadigan texnikalarni ro‘yxatga olish va ularning nazoratini yuritish ishlari turli davlat organlariga yuklatilgan, lekin ularning faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari olib borilmagan.
Ekologik vaziyatning og‘irlashib borayotganligi hamda tadbirkorlarning Arnasoy ornitologik buyurtma qo‘riqxonasida faoliyat olib borishi oqibatida qushlarning qishlashi uchun tabiiy sharoit yo‘qolib bormoqda.
Ko‘llar tizimida ilg‘or innovatsion, intensiv texnologiyalar joriy qilinmagan. Xususan, qafas usulida baliq yetishtirish texnologiyasi samarali qo‘llanilmayapti.
Ko‘llar tizimiga doir o‘rnatilgan me’yorlar asosida suvning sho‘rlanish darajasini yumshatish ishlari tizimli tashkil etilmagan. Tizimdan foydalanish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlarda nomuvofiqlik holatlari mavjud.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalariga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini muhofaza qilish bo‘yicha shtat birliklari ajratilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati:
1.Ko‘llar tizimining suv hajmini oshirish, suvning minerallashganlik darajasini pasaytirish, qo‘shimcha suv tashlash maqsadida investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
2. Suv sathining pasayishi va suv tarkibining sho‘rlanishi natijasida qirg‘oq bo‘ylarida tuz qatlami hosil bo‘lishining oldini olish, ekologik xavfni bartaraf etish, ko‘llar tizimida tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalardan ihotalar barpo etish;
3. Ko‘llar tizimini baliqlantirish hamda baliqchilikni rivojlantirishda ilg‘or innovatsion, intensiv texnologiyalarni joriy etish, ko‘lning atrof hududida ekoturizmni rivojlantirish;
4. Baliq zaxirasini saqlab qolish va himoya qilish, reproduktor sun’iy havzalar va inkubatsiya sexlarini ko‘paytirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
5. Baliq ovlash konturlarini ijaraga berish, ijara haqlarini undirish, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ovlash qoidalariga rioya qilishni nazoratga olish, baliq ovlashda foydalanadigan texnikalarni ro‘yxatga olish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;
6. Ko‘llar tizimining fauna va florasini o‘rganish, hisobini yuritish, ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish;
7. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda baliq ovlash qoidalariga rioya qilmagan fuqaro va mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish;
8. Ko‘llar tizimining qo‘riqxonaga ajratilgan qismida suv-botqoq qushlarining qishlashi uchun sharoit yaratish choralarini ko‘rish;
9. Tuzli changlar hosil bo‘lishi, ularning qishloq xo‘jaligi yerlari ekin maydonlari va inson salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish, sho‘rlanish, degradatsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko‘zda tutilayotgan rejalar to‘g‘risida yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qo‘yilgan
bilan Sizga murojaat etadi hamda javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilishi va yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilinishini ma’lum qiladi. | 196 | 6,768 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KABEL, EFIR-KABEL TELEVIDENIYESI TO‘G‘RISIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘rsatuvlarni uzatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqish, egalik qilish, tarqatish, translatsiya qilish, tarqatish, translatsiya (retranslatsiya) qilishda kabel, efir-kabel televideniyesi sohalarida faoliyatni amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qaror qilamiz:
1. “O‘zbekiston Respublikasida kabel, efir-kabel televideniyesi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan o‘n kun muddat o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 110 | 636 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O‘RGANIShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | Hayotimizning asosiy Qonuni bo‘lmish O‘zbekiston Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirish, shuningdek, Konstitutsiyani bilish, uning mazmun-mohiyatini targ‘ib va tashviq qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha bolalar va o‘quvchilarda mustahkam bilimlarni shakllantirish hamda Konstitutsiya mohiyatini keng omma ongiga singdirishga qaratilgan Konstitutsiyani o‘rganish dasturini yaratish, uning asosida maxsus o‘quv kurslarini ishlab chiqish va tegishli metodikalarni tayyorlash bo‘yicha ilovaga muvofiq komissiya tasdiqlansin.
Komissiyaga ta’lim turlari bo‘yicha mutaxassislardan iborat ekspert guruhlarini tashkil etishga ruxsat berilsin.
2. Komissiya Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda ta’limning barcha turlarida Konstitutsiyani o‘rganish uchun zarur bo‘lgan dasturlar, kurslar, metodik ko‘rsatmalar va boshqa didaktik vositalarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqsinlar;
2001-yil 1-aprelga qadar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” maxsus o‘quv kurslarini barcha ta’lim turlari uchun ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
barcha ta’lim turlari uchun bolalar va o‘quvchilarni, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, huquqiy ong va madaniyatini shakllantirishga qaratilgan Konstitutsiyani o‘rganish bo‘yicha darsliklar va maxsus adabiyotlarni 2001-yil 1-avgustga qadar yaratsinlar, chop etsinlar va joylarga yetkazishni tashkil etsinlar.
3. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralar:
2001-yil 1-avgustga qadar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” kurslari bo‘yicha maktabgacha ta’lim turidagi tarbiyachi va metodistlar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim turlarida dars beruvchi professor-o‘qituvchilarni tayyorlasinlar;
2001-2002 o‘quv yilidan boshlab maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” kurslarini o‘qitishga kirishsinlar;
kurs mazmunining sifatli o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida uning yakuni bo‘yicha o‘quvchi va talabalar orasida kollokvium va sinovlar o‘tkazsinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika “Mahalla”, jamg‘armasi, tegishli jamoat tashkilotlari Konstitutsiyani o‘rganish dasturi asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy-ommabop va boshqa vositalar yordamida, mutaxassislarni keng jalb qilgan holda fuqarolar o‘rtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning o‘rni va ahamiyati bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borsinlar, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish uchun zarur chora-tadbirlar belgilasinlar va amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zteleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, “Tasviriy oyina” uyushmasi ommaviy axborot vositalarida mazkur masala bo‘yicha doimiy ruknlar turkumi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar hamda tasviriy vositalar tashkil etsinlar.
6. Mazkur Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin. | 80 | 3,539 |
Qonunchilik | Byudjet jarayonida nimalarni oʻzgartirish taklif qilinmoqda | Moliya vazirligi tomonidan “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va QHTBT portalida joylashtirildi.
Xususan, MJTKni 1757-modda bilan toʻldirish rejalashtirilmoqda, unga koʻra byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlash tartibini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga BHMning 2 baravari miqdorida jarima solinadi. Byudjet jarayonining shaffofligini ta’minlash ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Hisob palatasi zimmasiga yuklanadi.
Byudjet kodeksiga Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga berilgan vakolatlarga taalluqli moddalarga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xususan, ular Qoraqalpogʻiston byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
29-moddaga Moliya vazirligi vakolatlariga taalluqli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Ular oʻrta muddatli byudjetni tayyorlash bosqichlarini, byudjet soʻrovi uslubiyatidan foydalanishni va Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining boshqa tavsiyalarini amalga oshirishni tartibga soladi.
Soliq kodeksiga muvofiq yangi tahririda Davlat va mahalliy byudjetlar ular hisobidan shakllantiriladigan soliqlar turlari aniqlashtirilgan.
Oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya qabul qilinishi munosabati bilan Byudjet kodeksiga yangi byudjet taqvimi kiritilmoqda, byudjet soʻrovlarini taqdim etish muddatlariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar ham nazarda tutilgan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova. | 59 | 1,841 |
Qonunchilik | Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida serhosil va yuqori daromad beradigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, moddiy-texnik resurslarni tizimli yetkazib berish orqali ichki iste’mol va eksport uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda qishloq aholisining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflarini inobatga olib, quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) ekinlardan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (o‘rtaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (o‘rtaki) ekinlardan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlari va mablag‘lar hisob-kitobi 6-ilovaga muvofiq;
2020-yilda har bir dehqon xo‘jaligida va tomorqa yer uchastkasida yuqori daromad beradigan eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq;
“Tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalarida 2020-yil hosili uchun to‘qsonbosti usulida, ekiladigan bahorgi va takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlarini mavsum davomida ajratilgan suv limitlari doirasida suvga bo‘lgan talabidan kelib chiqib, o‘z vaqtida suv bilan to‘liq ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — tuman sektorlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida, tuman hokimlari — dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kesimida har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minotini inobatga olgan holda, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlarini o‘n kun muddatda tasdiqlasin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
tashqi bozor talablari asosida mahallalarning eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilishini;
“Tomorqa xizmati” MChJlarga mahallalarni biriktirgan holda ular tomonidan dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida urug‘lar, ko‘chatlar va boshqa zarur moddiy resurslarni belgilangan tartibda yetkazib berilishini;
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini “Tomorqa xizmati” MChJlar tomonidan belgilangan tartibda sotib olish va ularning eksport qilinishini tashkil etsin.
5. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan fermer va dehqon xo‘jaliklariga, tomorqa yer egalariga va “Tomorqa xizmati” MChJlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish hamda sug‘orish quduqlari qazish ishlari uchun mablag‘ ajratish taklifi 9-ilovaga muvofiq ma’qullasin.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari — ushbu qarorga 1 va 3-ilovalarga muvofiq dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘liq ekilishi uchun mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — 2020-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ushbu qarorga 5-ilovaga muvofiq realizatsiya qilishda, xususan, eksport qilishda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga amaliy yordam ko‘rsatsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 2020-yil hosili uchun bahorgi (ertaki) va takroriy (o‘rtaki) ekinlar ekilishi davrida dehqon xo‘jaliklari yerlaridan foydalanish holatining uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) orqali tanlanma monitoringini tashkil etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlarida, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” hamda boshqa ixtisoslashtirilgan kasbga o‘qitish muassasalarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi ikki oy muddatda dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari, zayomlari va grantlarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishning ilg‘or tajribalari va iqtisodiy samaradorligini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining (keyingi o‘rinlarda “Tomorqa xizmati” MChJlari deb ataladi) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilab beradi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
“Tomorqa xizmati” MChJlari — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi barcha faoliyat turlarini rivojlantirish uchun zarur moddiy resurslarni yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birga qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt;
“Tomorqa xizmati” MChJlari reyestri (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) — “Tomorqa xizmati” MChJlarining tizimlashtirilgan ro‘yxati va ular haqidagi ma’lumotlardan iborat yagona ma’lumotlar bazasi.
3. Reyestrga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zo bo‘lgan “Tomorqa xizmati” MChJlari kiritiladi.
31. “Tomorqa xizmati” MChJlar reyestri yuritiladigan axborot dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasining tegishli axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilinadi.
4. Reyestrning shakli va mazmuni O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.
5. “Tomorqa xizmati” MChJni Reyestrga kiritish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. “Tomorqa xizmati” MChJlari reyestrini shakllantirish va yuritish Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashlari (keyingi o‘rinlarda hududiy kengashi deb ataladi) tomonidan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari (keyingi o‘rinlarda tuman kengashi deb ataladi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
“Tomorqa xizmati” MChJlarini Reyestrga kiritish va ularga reyestr raqamini berish hududiy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) Reyestrga kiritiladigan “Tomorqa xizmati” MChJlar bo‘yicha elektron bazaga ma’lumotlar kelib tushishini nazorat qiladi, uslubiy va tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi, Reyestrga kiritilgan “Tomorqa xizmati” MChJlari hisobini yuritadi, ularning holati va salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda tahlil qilib boradi.
7. Reyestrni shakllantirish va yuritish tuman kengashlari tomonidan taqdim etiladigan materiallar asosida hududiy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
8. Reyestrga kiritish yuzasidan ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan talablarga javob beradigan “Tomorqa xizmati” MChJlari tuman kengashiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
“Tomorqa xizmati” MChJning ustavi nusxasi;
“Tomorqa xizmati” MChJning asosiy vositalari (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar) to‘g‘risida ma’lumot, ularga bo‘lgan mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.
9. Hujjatlar “Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha tegishli tuman kengashiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda tuman kengashining elektron pochta manziliga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar “Tomorqa xizmati” MChJning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
10. Tuman kengashi Reyestrga kiritilishi zarur bo‘lgan hujjatlarni, shuningdek, vakolatli davlat organlardan boshqa ma’lumotlarni mustaqil ravishda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zaro ma’lumot axborot almashinuvi orqali, shu jumladan, elektron shaklda oladi.
“Tomorqa xizmati” MChJlaridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Hujjatlar tuman kengashi xodimi tomonidan qabul qilinadi, nusxasi esa murojaat qiluvchiga ular qabul qilib olingan sanani ko‘rsatgan holda yuboriladi (topshiriladi). Hujjatlar elektron shaklda taqdim etilgan taqdirda, murojaat qiluvchiga elektron aloqa vositalari orqali tegishli javob yuboriladi.
12. “Tomorqa xizmati” MChJ tomonidan taqdim hujjatlar to‘liq bo‘lmagan va (yoki) “Tomorqa xizmati” MChJ ushbu Nizomga 3-ilovada belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda tuman kengashi ushbu taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishni rad etish huquqiga ega.
Taqdim etilgan hujjatlarni rad qilingani to‘g‘risidagi bildirishnoma “Tomorqa xizmati” MChJga ikki kun muddatda rad etishi sabablarini asoslantirgan holda yuboriladi (topshiriladi) hamda uning bir nusxasi hududiy kengashga ma’lumot uchun taqdim etiladi.
“Tomorqa xizmati” MChJ arizasini ko‘rib chiqishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Tuman kengashi tomonidan qaytarilgan hujjatlar “Tomorqa xizmati” MChJ ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tuman kengashiga takroran taqdim etilishi mumkin.
14. “Tomorqa xizmati” MChJ tuman kengashi tomonidan arizani ko‘rib chiqishni rad etilganligi yuzasidan hududiy kengashga shikoyat qilish huquqiga ega.
15. Tuman kengashi “Tomorqa xizmati” MChJ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarini ikki ish kunida ko‘rib chiqadi va ikki ish kunidan kechiktirmay Reyestrga kiritish masalasini hal etish uchun hududiy kengashga taqdim etadi.
16. Hududiy kengash Tuman kengashi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshiradi, zarur hollarda, statistika va soliq organlaridan tegishli ma’lumotlarni so‘rab oladi.
17. Hududiy kengash taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha uch ish kuni ichida “Tomorqa xizmati” MChJni Reyestrga kiritish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
18. “Tomorqa xizmati” MChJning taqdim etgan hujjatlari mazkur Nizom talablariga mos emasligi hududiy kengash tomonidan Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinishiga asos hisoblanadi.
19. Reyestrga kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan e’tiboran uch ish kuni ichida hududiy kengash “Tomorqa xizmati” MChJga rad etish sabablari asoslantirilgan yozma bildirishnoma yuboradi.
20. Reyestrga kiritish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar “Tomorqa xizmati” MChJ tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar tuman kengashiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran ko‘rib chiqish kiritilishi mumkin.
21. “Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan Reyestrga kiritish uchun taqdim qilingan hujjatlar qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar hududiy kengash arxivida o‘n yil davomida saqlanadi.
22. Reyestrda “Tomorqa xizmati” MChJ to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
“Tomorqa xizmati” MChJning nomi;
soliq to‘lovchining identifikatsion raqami;
korxonalarning umumiy tasniflanish kodi;
ma’muriy-hududiy mansubligini aniqlash kodi;
“Tomorqa xizmati” MChJni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ustavi nusxasi;
“Tomorqa xizmati” MChJ joylashgan joy;
ishlab turgan o‘z asosiy vositalari ro‘yxati (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlarga bo‘lgan mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari);
aloqa vositalari (telefon, faks, elektron pochta manzili).
23. Reyestr viloyat va tumanlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi shaklida Kengashning rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali yuritiladi.
24. “Tomorqa xizmati” MChJlarining Reyestri yilning har choragida yangilab boriladi.
25. Reyestrga kiritilgan ma’lumotlarda o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda “Tomorqa xizmati” MChJlari to‘g‘risida tuman kengashini o‘n kun muddat ichida xabardor etishi lozim.
26. Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar ochiq hisoblanadi, “Tomorqa xizmati” MChJlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari bundan mustasno.
27. Reyestrning arxiv nusxasi qog‘oz variantda va yagona elektron variantda yakunlangan yilning 31-dekabr holatiga har yili 10-yanvarga qadar shakllantiriladi, hududiy kengash tomonidan tasdiqlanadi va o‘n yil davomida hududiy kengashning idoraviy arxivida elektron shaklda saqlanadi.
28. “Tomorqa xizmati” MChJ quyidagi hollarda Reyestrdan chiqariladi:
tuman kengashiga Reyestrdan ixtiyoriy chiqish to‘g‘risida ariza berilishi;
“Tomorqa xizmati” MChJlarining faoliyati tugatilishi;
mazkur Nizomning 37-bandida belgilangan talablar bajarilmasligi;
“Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan talablar buzilganda.
29. “Tomorqa xizmati” MChJlari Reyestrga kiritilgan kundan boshlab uzog‘i bilan bir yil ichida mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan talablarga javob berishi lozim.
30. “Tomorqa xizmati” MChJ hududiy kengash qaroriga asosan Reyestrdan chiqariladi va bu to‘g‘risida ikki kun ichida Reyestrga tegishli tuzatish kiritiladi.
31. “Tomorqa xizmati” MChJlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qarorida belgilangan foiz stavkasida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kredit olish huquqiga ega.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 117 | 17,711 |
Qonunchilik | LOTEREYaLAR O‘TKAZIShNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA | Lotereyalar o‘tkazishni tashkil etishni yanada takomillashtirish, shuningdek ularning qatnashchilari huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ustav fondining eng kam miqdori 200 mln. so‘m miqdorida belgilansin, shundan kamida 50 foizi pul mablag‘lari bilan shakllantiriladi.
Lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror qabul qilingunga qadar lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxslar, ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z ustav fondi miqdorini mazkur qarorning 1-bandi bilan belgilangan eng kam miqdorga muvofiqlashtirishi shart.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil o‘tgandan keyin ustav fondi miqdori belgilangan eng kam talablarga muvofiq bo‘lmagan yuridik shaxslar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ustav fondini mazkur qaror talablariga muvofiq shakllantirmagan, shuningdek belgilangan tartibda litsenziya olmagan yuridik shaxslar tomonidan lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyat amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari o‘tkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda) 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 6-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“litsenziat ustav fondining shakllantirilgan miqdori lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun 200 mln. so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak, shundan ellik foizi pul mablag‘lari bilan shakllantiriladi. Bunda lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish to‘g‘risida ariza berilgan vaqtda litsenziya talabgorining ustav fondi ko‘rsatib o‘tilgan eng kam miqdorda to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi”. | 103 | 3,289 |
Qonunchilik | Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalas | O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi PQ-4998-son “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 45-son 492-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandda:
beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatbaho metallar — har qanday ko‘rinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xomashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlardagi, qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilaridagi, ishlab chiqarish hamda iste’mol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy);
qimmatbaho toshlar — tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid. Qahraboning noyob hosilalari qimmatbaho toshlarga tenglashtiriladi;”;
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bog‘liq bo‘lgan jismoniy shaxslar.”.
2. 11-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“naqd pulda o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshgan taqdirda;
operatsiyaning summasi va to‘lov shaklidan qat’i nazar mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorini jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud bo‘lgan holatlarda;”.
3. Quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121. Agar, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud bo‘lganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yo‘l qo‘yiladi.”.
4. 18-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilaridagi “300 baravariga teng yoki undan” degan so‘zlar “600 baravaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 20-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “(ro‘yxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr)” degan so‘zlar “(ro‘yxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan to‘ldirilsin:
“231. Bir marotabalik naqd mablag‘lar bilan bog‘liq amalga oshirilgan operatsiyalar summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshgan taqdirda shubhali operatsiyalar deb topiladi va bunday operatsiyalar haqida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi shart.”.
7. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi bilan kelishilgan. | 250 | 4,122 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-son Farmoni 7-bandining to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11 maydagi PF-3751-son Farmoni 5-bandining to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin. | 93 | 1,079 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonun e’lon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsion nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Vedomostlari, 1990-yil, № 16—18, 289-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 97 | 441 |
Qonunchilik | Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida | “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilishning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
budjet tashkilotlari hisoblanadigan sug‘urtalanuvchilarning sug‘urta mukofotlarini to‘lash bo‘yicha xarajatlarini moliyalashtirish Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
qutqaruv xizmatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yoki qutqaruv tuzilmasi Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishlari shart;
qutqaruv xizmatini yangidan tashkil etishayotgan yuridik shaxslar yoki qutqaruv tuzilmasi Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq bunday xizmat yoki tuzilma tashkil etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishlari shart.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish tartibini belgilaydi.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qilish:
qonunchilikda belgilangan boshqa majburiy sug‘urta turlaridan mustaqil ravishda;
mazkur Nizomning 1-ilovasiga* muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
naf oluvchi — sug‘urtalangan shaxsning funksional majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda vafot etgan (halok bo‘lgan)da sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs (meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etganda);
sug‘urtalangan shaxs — sug‘urtalangan va sug‘urta mukofoti to‘langan qutqaruv xizmati yoki qutqaruv tuzilmasi qutqaruvchisi;
sug‘urtalanuvchi — qutqaruv xizmati, qutqaruv tuzilmasi yoki o‘z tuzilmasida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan qutqaruv xizmati yoki qutqaruv tuzilmasiga ega bo‘lgan qutqaruv xizmati, tuzilmasi yoki tashkiloti.
sug‘urtalovchi — umumiy sug‘urta sohasida majburiy sug‘urta qilish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
sug‘urta summasi — sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan to‘lash majburiyati olingan sug‘urta tovoni doirasidagi pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta tovoni — mazkur Nizomda nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi)ga har bir sug‘urtalangan shaxs uchun to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi;
sug‘urta mukofoti — mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga to‘lanishi shart bo‘lgan pul mablag‘i summasi;
sug‘urta hodisasi — qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalangan shaxsning fuknsional majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan belgilangan tartibda tasdiqlangan zararni sug‘urtalovchi tomonidan qoplash bo‘yicha fuqarolik majburiyatining vujudga kelishi holati;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda majburiy sug‘urta shartnomasi deb ataladi) — sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda sug‘urtalovchining kelishilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta hodisasi natijasiga ko‘ra, sug‘urtalangan shaxsning funksional majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘i va hayotiga yetkazilgan zararni sug‘urta summasi doirasida unga (naf oluvchiga) qoplashi to‘g‘risidagi sug‘urta shartnomasi;
3. Sug‘urtalangan shaxsning hayoti va sog‘lig‘i majburiy sug‘urta obyekti hisoblanadi.
4. Sug‘urta hodisasi munosabati bilan sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi)ga yetkazilgan ma’naviy zarar majburiy sug‘urta bo‘yicha qoplanmaydi.
5. Majburiy sug‘urta shartnomasi va majburiy sug‘urtaning sug‘urta polisi majburiy sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
6. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta shartnomasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga* muvofiq shakl bo‘yicha sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida bir yil muddatga tuziladi.
7. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalanuvchi majburiy shartnoma tuzish to‘g‘risida, majburiy sug‘urta qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, mazkur Nizomning 3-ilovasiga* muvofiq shakl bo‘yicha arizani sug‘urtalovchiga taqdim etadi.
8. Sug‘urtalovchining majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatlari majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta davri mobaynida amal qiladi.
9. Majburiy sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga sug‘urtalovchining hisob raqamiga majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti kelib tushgan kundan keyin uch kundan kechiktirmay beriladi.
10. Majburiy sug‘urta polisi yo‘qolgan taqdirda sug‘urtalanuvchi uning dublikatini bepul olish huquqiga ega. Sug‘urtalanuvchi majburiy sug‘urta polisining dublikatini olgandan keyin yo‘qolgan polis haqiqiy emas deb hisoblanadi.
11. Majburiy sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urtalanuvchi majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi o‘zgarish to‘g‘risida sug‘urtalovchini uch ish kunidan kechikmay xabardor qilishi shart.
12. Sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda taqdim etilgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi arizani sug‘urtalanuvchidan olgach zarur hollarda majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga qo‘shimcha bitim tuzadi va sug‘urta polisini qayta rasmiylashtiradi.
13. Majburiy sug‘urta shartnomasining shartlari uning amal qilish davrida o‘zgargan taqdirda, o‘zgargan shartlarga asosan sug‘urta mukofoti miqdoriga ham tuzatish kiritiladi. Bu holda tomonlarning sug‘urta mukofoti bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblariga taalluqli majburiyatlari majburiy sug‘urta shartnomasiga qo‘shimcha bitim tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay bajarilishi kerak.
14. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxslar soniga ko‘paytirilgan holda, sug‘urta summasi har bir sug‘urtalangan shaxs uchun to‘lov amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 84 barobariga teng miqdorda belgilanadi.
15. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urtalangan shaxslar soniga ko‘paytirilgan holda, har bir sug‘urtalangan shaxs uchun to‘lov amalga oshirilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foiziga teng miqdorda belgilanadi.
16. Sug‘urtalanuvchi tomonidan majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi.
17. Sug‘urtalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sug‘urtalovchining sug‘urta pulini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
sug‘urtalangan shaxslarning soni kamayganda sug‘urta mukofotining sug‘urtalangan shaxslarning kamaygan soniga va majburiy sug‘urta shartnomasi muddatining o‘tmagan davriga mutanosib qismini olish.
Sug‘urtalanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
18. Sug‘urtalanuvchi quyidagilarga majbur:
majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda to‘lash;
sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab uch ish kunidan kechikmay bu haqda sug‘urtalovchini yozma shaklda xabardor qilish;
sug‘urtalangan shaxslarni majburiy sug‘urta shartnomasi shartlari bilan tanishtirish, shu jumladan mazkur shartnoma bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish.
Sug‘urtalanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
19. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarurat bo‘lganda tegishli ekspertlarni jalb etish;
sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi axborotni tekshirish.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
20. Sug‘urtalovchi quyidagilarga majbur:
sug‘urtalanuvchini majburiy sug‘urta shartnomasi shartlari bilan tanishtirish, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida sug‘urtalanuvchi va (yoki) sug‘urta qilingan shaxs (naf oluvchi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovonini to‘lash uchun murojaat etgandan keyin o‘n besh ish kunidan kechikmay bu haqda sug‘urtalanuvchiga rad etish sabablarini asoslagan holda yozma shaklda xabar qilish;
mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n besh ish kunidan kechikmay qaror qabul qilish va sug‘urta tovonini to‘lash.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
21. Sug‘urtalangan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda sug‘urta tovonini olish;
majburiy sug‘urta shartnomasining shartlari to‘g‘risida sug‘urtalanuvchidan yoki sug‘urtalovchidan bepul axborot olish;
hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi sharoitlarini tekshirishda, zarurat bo‘lganda, o‘zining ishonchli shaxsini jalb etgan holda belgilangan tartibda ishtirok etish;
sug‘urta qildiruvchidan sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni olish.
Sug‘urtalangan shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
22. Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urta tovonini olish haqidagi talab bilan sug‘urtalovchiga murojaat qilish;
sug‘urtalovchidan qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda sug‘urta tovonini olish;
majburiy sug‘urta shartnomasining shartlari to‘g‘risida sug‘urtalanuvchidan, sug‘urtalovchidan bepul axborot olish;
sug‘urtalangan shaxs funksional vazifalarini bajarayotganda halok bo‘lganligi (vafot etganligi) haqida sug‘urta qildiruvchiga xabar qilish;
sug‘urta hodisasini tekshirishda, zarurat bo‘lganda, o‘zining ishonchli shaxsini jalb etgan holda, belgilangan tartibda ishtirok etish;
sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni sug‘urta qildiruvchidan olish.
Naf oluvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23. Sug‘urtalovchi sug‘urta tovoni to‘lashni quyidagi holatlarda amalga oshiradi:
a) sug‘urtalangan shaxs funksional majburiyatlarini bajarish vaqtida halok bo‘lganda (vafot etganda) yoki shikastlanish, kontuziya, mayiblanish, kasallik (keyinchalik — jarohat) natijasida ishdan bo‘shagan hollarda naf oluvchilarga (meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilganda) — sug‘urta puli miqdorida;
b) sug‘urtalangan, funksional majburiyatlarini bajarish vaqtida olgan jarohati natijasida ishdan bo‘shaganiga bir yil bo‘lgunga qadar shaxs nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilganda:
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — sug‘urta pulining 75 foizi miqdorida;
II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — sug‘urta pulining 50 foizi miqdorida;
III guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — sug‘urta pulining 30 foizi miqdorida.
v) sug‘urtalangan shaxs funksional majburiyatlarini bajarish vaqtida og‘ir jarohat olganda — sug‘urta pulining 20 foizi va yengil jarohat olganda — 10 foizi miqdorida;
g) sug‘urtalangan shaxs ish davrida sog‘lig‘ining holati tufayli keyinchalik o‘z xizmat vazifalarini bajara olmaydi deb e’tirof etilganda — sug‘urta pulining 10 foizi miqdorida.
24. Sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi arizani unga quyidagilarning aslini yoki nusxasini ilova qilgan holda yuboradi:
a) sug‘urtalangan shaxs xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lganda (vafot etganda):
sug‘urtalangan shaxsning o‘limi haqidagi guvohnomaning nusxasi;
meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urtalangan shaxs funksional vazifalarini bajarish vaqtida olgan jarohati sababli ishdan bo‘shaganiga bir yil o‘tgunga qadar vafot etganda, bulardan tashqari, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ushbu holatni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi taqdim etiladi.
Naf oluvchilar notarial idoradan meros huquqini tasdiqlovchi guvohnomani olish uchun sug‘urta qildiruvchiga murojaat qilganda u naf oluvchilarga notarial idoraga taqdim etish uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga* muvofiq ma’lumotnoma beradi;
b) sug‘urtalangan shaxsga nogironlik belgilanganda:
tibbiy — mehnat ekspertiza komissiyasining nogironlikni belgilash to‘g‘risidagi nogironlikning guruhi, sababi va belgilangan sanasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomasining nusxasi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
mehnat daftarchasining nusxasi;
v) sug‘urtalangan shaxs funksional vazifalarini bajarish vaqtida jarohat olganda:
mazkur Nizomning 5-ilovasiga* muvofiq belgilangan shakl bo‘yicha tibbiyot muassasasining olingan jarohatning og‘irligi darajasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomasi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Olingan jarohatning og‘irligi darajasi tibbiyot muassasalari tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga* muvofiq og‘ir yoki yengil darajadagi shikastlanish, kontuziya, jarohat va mayibliklar Ro‘yxati asosida aniqlanadi;
g) sug‘urtalangan shaxs ish davrida sog‘lig‘i tufayli keyinchalik o‘z vazifalarini bajara olmaydi deb e’tirof etilganda:
sug‘urtalangan shaxsning kasalligi haqidagi guvohnomaning nusxasi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) sug‘urta hodisasining turiga ko‘ra mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi. Ushbu hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda sug‘urtalovchi yetishmayotgan hujjatlarni yozma ravishda talab qilishi kerak.
25. Sug‘urta hodisasi e’tirof etilgan taqdirda sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi, u sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) tomonidan uch nusxada — har qaysi tomon uchun bir nusxadan imzolanadi.
26. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda sug‘urtalanganga (naf oluvchiga) u sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida yozma murojaat etgandan keyin o‘n besh ish kunidan kechikmay unga rad etishning asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda xabar qilinishi lozim.
27. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
28. Majburiy sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan barcha bahslar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
29. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar. | 122 | 16,499 |
Qonunchilik | GAROV TO‘G‘RISIDA | 1. Garov majburiyatlar bajarilishini ta’minlash usullaridan biri hisoblanadi.
2. Garov tufayli kreditor (garovga oluvchi) qarzdor majburiyatlarni bajarmagan taqdirda garovga qo‘yuvchi garovga qo‘ygan mol-mulk qiymatidan ta’minlanish huquqiga egadir.
3. Qonun bo‘yicha haqiqiy bo‘lgan har qanday majburiyatning: zayom, (bank beradigan qarz), ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) o‘rtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan ta’minlanishi mumkin.
1. Garov to‘g‘risidagi asosiy qoidalar ushbu Qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida garov bilan bog‘liq munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida garov to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
1. Garov shartnoma yoki qonun hujjatlari tufayli yuzaga keladi.
2. Garovning yuzaga kelishini nazarda tutuvchi qonun hujjatida qanday majburiyat tufayli va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb e’tirof etilishi lozimligi qayd qilingan bo‘lishi lozim.
1. Ashyolar, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, turar joy binolari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda, boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlar garov narsasi bo‘lishi mumkin.
Shaxsiy xususiyatga ega bo‘lgan talablar, shuningdek garovga qo‘yilishi qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan boshqa talablar garov narsasi bo‘lishi mumkin emas.
2. Garov huquqi kelgusida garovga qo‘yuvchining egaligiga (to‘liq xo‘jalik tasarrufiga yoki bevosita boshqaruviga) o‘tadigan mol-mulkka nisbatan shartnoma bilan tatbiq etilishi mumkin.
3. Basharti, shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning ashyolarini ham, tarkibiy samarasini ham o‘z ichiga oladi. Mol-mulkka nisbatan garov huquqi shartnomada yoki qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, doirada va tartibda ajratib bo‘ladigan samarani, bo‘lg‘usi hosilni, chorva mollar naslini, buyum keltiradigan daromadlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
4. Tarixiy, madaniy yoki o‘zga qimmati tufayli yoxud davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan garov qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
1. Basharti, shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, garov haqiqatda qondirish paytida bo‘lgan hajmdagi talabni qondiradi, foizlar, ijroni kechiktirib yuborish oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash, neustoykani (jarimani, penyani), jarimalarni to‘lash, garovga qo‘yilgan mol-mulkni saqlab turishga ketadigan zarur chiqimlar, shuningdek undiruv olish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash shular jumlasiga kiradi.
2. Garov kelgusida paydo bo‘luvchi talablarga nisbatan ham, basharti, tomonlar bunday talablarning garov bilan ta’minlanish miqdori to‘g‘risida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin.
1. O‘rtadagi umumiy mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning roziligi bilan garovga berilishi mumkin.
2. Mulkdorning umumiy hissabay mulkdagi o‘z ulushini garovga qo‘yish qolgan mulk egalarining rozilik berishini talab qilmaydi.
Basharti, shartnomalar yoki qonunlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga qo‘yilgan mol-mulkning egasi (to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruv huquqi subyekti) narsa tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan ishdan chiqishi xavfini o‘z zimmasiga oladi.
1. Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi bo‘lishlari mumkin.
2. Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs (mulkiy kafil) ham garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. Garovga qo‘yuvchi garovga berilayotgan mol-mulkka egalik (to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruv) huquqiga ega bo‘lishi lozim.
Mol-mulk to‘liq xo‘jalik tasarrufi huquqi bilan birkitib qo‘yilgan korxona shu mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan idoraning roziligi bilan umuman korxonaning, mulkiy majmualar sifatida uning tuzilmalari va bo‘linmalarining, shuningdek alohida binolar va inshootlarning garovini amalga oshiradi.
O‘ziga birkitib qo‘yilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega bo‘lgan muassasa (tashkilot) o‘ziga ruxsat etilgan xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga xaqlidir.
Egalik huquqining keyingi subyektga o‘tishi to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi ostidagi mol-mulk garoviga dahl qilmaydi.
3. Huquqlarni garovga qo‘yishda shu huquqlarga ega bo‘lgan shaxs garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. Bir necha shaxsga birgalikda tegishli bo‘lgan huquq uning barcha egalarining roziligi bilangina garovga qo‘yilishi mumkin.
Ijarachi ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz o‘zining ijaraga oid huquqlarini garovga o‘tkazishga haklidir.
4. Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, qonunlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bulsa, garovga doir munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
1. Qonun va shartnoma garovga oluvchining zimmasiga uning tasarrufiga berilgan garovdagi mol-mulkni sug‘urta qilish majburiyatini yuklashi mumkin, agar ushbu mol-mulk uning egasi tomonidan sug‘urtalanmagan bo‘lsa.
Garovga qo‘yuvchining foydalanishida qoladigan garovdagi mol-mulkni sug‘urta qilish uning o‘ziga yuklanadi.
2. Shartnoma yoki qonunlar bilan garovga qo‘yuvchi zimmasiga davlat boshqaruv idoralari tomonidan uning xo‘jalik faoliyatini to‘xtatib qo‘yuvchi yoxud unga xalaqit qiluvchi yoki unga salbiy ta’sir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki xo‘jalik subyekti to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan deb e’tirof etilishi hollaridan sug‘urta qilish majburiyati yuklanishi mumkin.
3. Garovdagi mol-mulk sug‘urta qilishda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyat summasigacha bo‘lgan sug‘urta puli summasini oluvchi deb ko‘rsatiladi. Garovga qo‘yuvchi sug‘urta pulining qoldiq summasini oladi.
Sug‘urta hollari sodir bo‘lganda garovga oluvchi o‘z talablari sug‘urta puli summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega bo‘ladi.
Garov shartnomasida tomonlarning nomi, joylashgan manzili (istiqomat joyi), garov turi, garov bilan ta’minlangan talabning mohiyati, uning miqdori, majburiyatni ijro etish muddatlari, garovdagi mol-mulkning ro‘yxati, qiymati va turgan joyi, shuningdek tomonlarning kelishuviga erishilgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
1. Garov shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda garov shartnomasi notarial yo‘l bilan tasdiqlanishi va shunday ro‘yxatni yurituvchi davlat idorasida qayd etilishi zarur.
2. Ko‘chmas mulk va unga bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish shartnomalari, shuningdek muomaladagi va qayta ishlovdagi mollarni garovga qo‘yish notarial yo‘l bilan albatta tasdiqlanishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Qonunlarda garov shartnomalarini notarial yo‘l bilan tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning boshqa hollari nazarda tutilishi mumkin.
3. Basharti, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, notarial idora garov to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash bilan bir paytda garov narsasini tasarrufdan chiqarishni taqiqlab qo‘yadi.
4. Garov sharti garov bilan ta’minlangan majburiyat yuzaga keluvchi shartnomaga kiritilishi mumkin. Bunday shartnoma ushbu Qonunda belgilangan tartibda notarial yo‘l bilan tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
5. Garov to‘g‘risidagi shartnoma shakliga, uni tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga rioya etilmagan hollarda shartnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Garov garov shartnomasi imzolangan paytdan e’tiboran, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan hollarda esa, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar shartnomaga yoki qonunlarga muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim bo‘lsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan bo‘lsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi.
Garov narsasiga bo‘lgan mulkiy huquq (to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi) garovga qo‘yuvchidan uchinchi shaxsga o‘tgan taqdirda garov o‘z kuchini saqlaydi.
1. Agar garov shartnomasida o‘zga qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, takroriy va keyingi garovlarga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda avvalgi garovga oluvchining (avvalgi garovga oluvchilarning) garovi o‘z kuchini saqlab qoladi.
2. Garov huquqi keyinroq vujudga keladigan garovga oluvchining talabi avvalgi garovga oluvchining talablari to‘liq bajo etilgandan keyin qondiriladi.
3. Garovga qo‘yuvchi har bir garovga oluvchiga barcha avvalgi va keyingi garovlari haqida, shuningdek bu garovlar bilan ta’minlangan majburiyatlarning xususiyati va miqdori haqida ma’lum qilishi shart. Garovga qo‘yuvchi garovga oluvchilardan har birida u bu majburiyatni bajarmasligi oqibatida paydo bo‘ladigan zararni qoplashi shart.
Kreditor talablarini to‘liq hajmda qondirgan uchinchi shaxsga talab qilish huquqini ta’minlagan garov ham o‘tadi.
Garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga o‘tkaziladi. Depozitga o‘tkazilgan pul qarzni to‘liq qoplasa, garov shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini ta’minlashga garov bergan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvning garovga qo‘yilgan narsaga qaratilishidan saqlanish maqsadida bu majburiyatni bajarishga xaqlidir.
2. Undirish garov narsasiga uni sotish yo‘li bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
1. Agar shartnomada yoki qonunlarda undiruvning garovga qo‘yilgan narsaga majburiy qaratilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan imtiyozli muddat belgilangan bo‘lsa, garovga oluvchi asosiy majburiyat bo‘yicha talab muddati boshlangan paytda undiruvni garovga qo‘yilgan narsaga qaratish huquqiga ega bo‘ladi.
2. Agar shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qo‘yilgan barcha mol-mulkka bo‘lgan huquqni saqlab qoladi.
Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi bo‘lsa, garovga oluvchi ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda keyinchalik garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi.
1. Agar qonunda o‘zgacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor talabini garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan qondirish sud, xo‘jalik sudi va xolislar sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish notariusning ijro etish yozuvi asosida muqarrar tartibda amalga oshiriladi.
Agar qonun hujjatlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, garov narsasini sotish sud ijrochisi tomonidan sud bergan ijro varaqasi yohud xo‘jalik sudining buyrug‘i yoki notariusning ijro etish yozuvi asosida qonunlarda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Garov narsasini sotish kimoshdi savdosi (ochiq savdoda) yoki vositachilik do‘konlari orqali amalga oshiriladi.
2. Undiruv garovga qo‘yilgan narsaga qaratilganda garovga oluvchining talabi boshqa kreditorlarga nisbatan imtiyozli tarzda qondiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
3. Agar garov narsasini sotishdan tushgan pul garov oluvchining talablarini qoplashga kamlik qilsa, shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha qoidalar yo‘q bo‘lgan taqdirda yetishmayotgan pulni garov oluvchi qarzdorning boshqa mol-mulkidan qonunlarda nazarda tutilgan navbat bilan olish huquqiga ega bo‘ladi.
4. Agar garov narsasini sotishdan tushgan pul kreditorning garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha talablari miqdoridan ortiq bo‘lsa, kreditor bir oylik muddat ichida qarzdorga farqni to‘lashi shart.
1. Garovga oluvchi garov to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garovda turgan mol-mulkni mustaqil ravishda sotishga haqlidir.
2. Garovga qo‘yuvchi mol-mulkni qasddan arzon bahoda sotganligi uchun javob berishi to‘g‘risida garovga oluvchi oldiga talab qo‘yishga haqlidir. Garov narsasini vositachilik asosida, bozorda yoki kimoshdi savdosida sotish garovga oluvchining arzon bahoda sotganlikda aybi yo‘qligining shartidir.
1. Agar kimoshdi savdosi (ochiq savdo) amalga oshmagan deb e’lon qilgan bo‘lsa, garovga oluvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkni ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar bilan dastlabki bahosida o‘zida qoldirishga haqlidir.
2. Kimoshdi savdosi (ochiq savdo) amalga oshmagan deb e’lon qilinishi oqibatida garovga oluvchi garov narsasini o‘zida qoldirgan hollarda, u qonunlarga muvofiq o‘z talablariga nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan da’volarni qondirishi shart. Bunday hollarda garovga oluvchining javobgarligi bu mol-mulkning kimoshdi savdosi (ochiq savdo) uchun belgilangan dastlabki bahosidan oshmasligi lozim.
Garov huquqi:
a) garov bilan ta’minlangan majburiyat ijro etilganda;
b) garovga qo‘yilgan mol-mulk nobud bo‘lganda;
v) garov narsasiga bo‘lgan huquq garovga oluvchiga o‘tganida;
g) garovga qo‘yilgan mol-mulk majburan sotilganda;
d) da’vo muddati o‘tib ketganligi oqibatida garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha kreditorning o‘z talablari qanoatlantirilishi mumkin bo‘lmaganda;
e) garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugaganda;
j) Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatiladi.
Yuridik shaxs – garovga qo‘yuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilganda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qat’i nazar, undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish huquqiga ega bo‘ladi.
1. Zakalat — ko‘char mol-mulkning garovidir, bunda garov narsasini tashkil etuvchi ashyo garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladi.
2. Kreditorning garovga qo‘yuvchi bilan kelishuviga binoan garov narsasi garovga qo‘yuvchi ixtiyorida qulflangan va garovga oluvchining muhri bosilgan holda (ishonchli garov) qoldirilishi mumkin. Alohida belgilangan ashyo garov to‘g‘risida dalolat beruvchi belgilar qo‘yilgan holda garovga qo‘yuvchi ixtiyorida qoldirilishi mumkin.
1. Garovga oluvchi garov narsasidan shartnomada yoki qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina foydalanish huquqiga ega. U garov narsasidan foydalanishda ega bo‘lgan mulkiy foyda birinchi navbatda ashyoni saqlash bilan bog‘liq chiqimlarni qoplashga sarflanadi yoki garov bilan ta’minlangan majburiyat foizlarini yohud majburiyatning o‘zini uzish hisobiga o‘tkaziladi.
2. Garovga oluvchi majburiyat to‘liq bajarilgunga qadar ashyoni ushlab turishga haqlidir.
3. Garovga oluvchining aybi bo‘lmagani holda garov narsasi nobud bo‘lishi, shikastlanish yoki qiymati pasayishi xavfi paydo bo‘lgan taqdirda, u bunday narsani almashtirishni talab qilishga, qarzdor bu talabni bajarishni rad etgan taqdirda esa undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka muddatidan ilgari qaratishga haqlidir. Tushgan pul, agar shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, notarial idora yoki bank depozitiga qo‘yiladi va garov narsasi bo‘lib xizmat qiladi.
4. Agar garov bilan ta’minlangan talab bajarilishi oqibatida garov to‘xtatilsa, garovga oluvchida turgan garovga qo‘yilgan mol-mulk garovga qo‘yuvchiga qaytarib berilishi yoki uning ko‘rsatmasiga binoan garov huquqi paydo bo‘lishi vaqtiga ko‘ra keyingi garovga oluvchiga berilishi lozim.
Agar shartnomada yoki qonunda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga oluvchi:
a) zakalat narsasini yoki shartnomada nazarda tutilgan narsasini saqlab qolish uchun zarur choralarni ko‘rishi;
b) shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga qo‘yuvchining manfaatlarini ko‘zlab garovga qo‘yilgan ashyodan daromad chiqarib olishi;
v) garov narsasining nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi xavfi paydo bo‘lganida zudlik bilan garovga qo‘yuvchiga xabar qilishi;
g) qarzdor yoki uchinchi shaxs majburiyatni bajarganidan keyin garov narsasini darhol qaytarib berishi;
d) ashyoga – garov narsasiga egalik qilish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlarni garovga qo‘yuvchi hisobidan to‘lashi shart.
Agar garovga oluvchi zakalat narsasini lozim darajada saqlamayotgan yoki undan foydalanmayotgan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi istalgan paytda garovni to‘xtatishni talab qilishga yoxud zakalat bilan ta’minlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarishga haqlidir.
1. Garovga oluvchi, agar yo‘qotish, kamomad yoki shikastlanish uning aybi bo‘lmagani holda sodir bo‘lganini isbotlay olmasa, garov narsasining yo‘qolgani, yetishmasligi yoki shikastlangani uchun javob beradi.
Agar garovxona yoki mol-mulk zakalati uchun qarz berish faoliyat sohasi hisoblanuvchi boshqa tashkilot garovga oluvchi bo‘lsa, garovga oluvchi garov narsasining yo‘qolishi, kamomadi yoki shikastlanishi bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuchlar ta’siridan qasd qilish yoki garovga qo‘yuvchining o‘ta ehtiyotsizligi oqibatida sodir bo‘lganini isbotlagan taqdirdagina javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
2. Garovga oluvchi zakalat chog‘ida zakalat narsasi yo‘qolgani va kamomadi uchun yo‘qolgan (etishmagan) narsaning qiymati miqdorida, zakalat narsasi shikastlangani uchun esa qo‘yilgan ashyoning qiymati qanchaga pasaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida javobgar bo‘ladi. Agar ashyoni zakalatga qabul qilib olishda zakalat narsasi baholangan bo‘lsa, garovga oluvchining javobgarligi ko‘rsatilgan bahodan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Garovga oluvchi zakalat narsasi yo‘qolgani, kamomadi yoki shikastlanishi tufayli ko‘rilgan zararni, agar bu qonunlarda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchiga to‘liq hajmda qoplanishi shart.
1. Mol-mulkni garovxonada yoki fuqarolarga garov evaziga pul qarz berish xo‘jalik (tadbirkorlik) faoliyati turi hisoblanuvchi o‘zga korxona (tashkilot)da garovga qo‘yish shartnomasi ikki tomon imzolaydigan egasining nomi yozilgan garov guvohnomasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi va majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
2. Garovxona (garovxona yumushlarini amalga oshiruvchi o‘zga korxona) garovga olingan mol-mulkni garovga qo‘yuvchi hisobidan mol-mulkni garovga qabul qilib olishda qo‘yilgan bahoda sug‘urta qilishi shart.
3. Garov bilan ta’minlangan qarz o‘z muddatida uzilmagan taqdirda, garovxona (o‘zga korxona) imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin bu mol-mulkni vositachilik do‘koni orqali haqiqiy qiymati bo‘yicha, lekin belgilanganidan kam bo‘lmagan bahoda sotishga haqlidir. Tushgan pulning qarzlar va boshqa chiqimlar qoplanganidan keyin (5-moddaning 1-bandi) qolgan qismi garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
1. Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 4-moddasida uqtirib o‘tilgan boshqa mol-mulk garovga qo‘yilgan mol-mulkni garovga qo‘yuvchida qoldiriladigan garov narsasi bo‘lishi mumkin.
2. Bo‘laklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chog‘idan boshlab uchinchi shaxs huquqlari obyektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan garov narsasi bo‘lishi mumkin.
3. Garovga qo‘yuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qo‘yilgan mol-mulk garovi uni garovga qo‘yuvchida qoldiriladigan garov hisoblanadi.
Mol-mulk garovga qo‘yuvchida qoldiriladigan garovda, basharti shartnomada o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga oluvchi:
a) garov narsasining mavjudligi, miqdor, holati va saqlanish sharoitlarini hujjatlar bo‘yicha va amaliy jihatdan tekshirishga;
b) garovga qo‘yuvchidan garov narsasi saqlanishi uchun zarur choralar ko‘rishni talab qilishga;
v) garov narsasiga nisbatan uning yo‘qolishi yoki shikastlanishi xavfini tug‘diradigan tajovuzlar qilishni, kim tomonidan sodir etilayotganidan qat’i nazar, to‘xtatishni talab etishga haqlidir.
Agar garov narsasi garovga oluvchining aybi bo‘lmagani holda yo‘qolgan va garovga qo‘yuvchi uni tiklamagan yoki garovga oluvchining roziligi bilan qiymati teng boshqa mol-mulkka almashtirmagan bo‘lsa, garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqlidir.
Agar shartnomada yoki qonunda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, mol-mulk garovga qo‘yuvchida qoldiriladigan garovda garovga qo‘yuvchi:
a) garov narsasiga uning belgilangan maqsadiga muvofiq ravishda egalik qilish va undan foydalanishga;
b) garov narsasini garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzni sotib oluvchiga o‘tkazgan holda olib qo‘yish yoxud ijaraga berish yo‘li bilan tasarruf etishga haqlidir.
Mol-mulk garovga qo‘yuvchida qoldiriladigan garovda, agar shartnomada o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi:
a) garov narsasini o‘z hisobidan uning to‘liq qiymatiga sug‘urta qildirishi;
b) garov narsasining saqlanishi yuzasidan, xususan asosli va joriy ta’mirlashni qo‘shgan holda, choralar ko‘rishi;
v) garov narsasini ijaraga berganlik to‘g‘risida garov oluvchini xabardor qilishi shart.
Garovga qo‘yuvchi ushbu Qonun 33-moddasining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati boshlangunga qadar undirishni garov narsasiga qaratishga haqlidir.
Garov narsasi garovga qo‘yuvchida yoki uchinchi shaxsda qoladigan ko‘chmas mulk garovi ipoteka deb e’tirof qilinadi.
1. Yer bilan bog‘liq mol-mulk — imorat, inshoot, ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonunlar bilan ko‘chmas mulk sirasiga kiritilgan boshqa mol-mulk, shuningdek transport vositalari ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin.
2. Agar ipoteka to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ko‘chmas mulkdan xo‘jalikda va o‘zga tarzda foydalanish natijalari, shu jumladan mahsulot, samara va boshqa daromadlar garovning mustaqil narsasi bo‘lishi mumkin.
1. Ipoteka shartnomasi ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
2. Agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, notarial idora shartnomani tasdiqlash bilan bir paytda ipoteka narsasini tasarrufdan chiqarishni taqiqlab qo‘yadi.
3. Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat mazmuni o‘zgartirilgan, keyingi ipotekada, shuningdek ipoteka narsasiga bo‘lgan mulk huquqi (to‘liq ho‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi) garovga qo‘yuvchidan boshqa shaxsga o‘tganida qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Mazkur talabning buzilishi majburiyatda amalga oshirilgan o‘zgartishlar haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.
4. Ipoteka bilan ta’minlangan majburiyat qarzdor tomonidan bajarilganida, garovga oluvchi garovga qo‘yuvchining talabiga binoan ipotekani ro‘yxatdan o‘tkazgan idoraga ro‘yxat daftariga tegishli o‘zgartishlarni kiritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi mazkur talabni bajarmagan hollarda garovga qo‘yuvchi undan o‘ziga yetkazilgan zararni to‘liq hajmda qoplashni talab qilishga haqlidir.
Agar shartnomada yoki qonunda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ipoteka garovi qo‘yuvchisi:
a) ipoteka narsasiga uning belgilangan maqsadiga muvofiq ravishda egalik qilish va undan foydalanishga;
b) garovga oluvchining roziligi bilan ipoteka narsasi sotilgan taqdirda asosiy majburiyatni muddatidan oldin bajarishga yoxud asosiy qarzni garov topshirig‘i bilan birgalikda sotib oluvchiga o‘tkazgan holda ipoteka narsasini sotishga;
v) ipoteka narsasini ijaraga topshirishga haqlidir.
Agar shartnomada yoki qonunda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ipoteka garovi qo‘yuvchisi:
a) asosli va joriy ta’mirlashni amalga oshirishni qo‘shgan holda ipoteka narsasining saqlanishi uchun zarur choralarni ko‘rishi;
b) ipoteka narsasini sug‘urta qildirishi;
v) ipoteka narsasi nobud bo‘lgan taqdirda, qiymati nobud bo‘lgan narsa qiymatiga teng ko‘chmas mulk berishi yoki muddat kelishidan qat’i nazar, majburiyatni to‘liq hajmda yoxud uning tegishli qismini bajarishi;
g) ipoteka narsasini ijaraga berganlik to‘g‘risida garovga oluvchini xabardor qilishi shart.
1. garovga qo‘yuvchi ipoteka narsasini saqlash uchun choralarni ko‘rishga doir majburiyatlarini buzgani taqdirda, garovga oluvchi zaruratga qarab, undirishni ipoteka narsasiga qaratgan holda ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqlidir.
2. Garovga qo‘yuvchi ipoteka narsasini sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatlarni buzgan taqdirda garovga oluvchi asosiy qarz muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga yoxud ipoteka narsasini o‘z hisobidan, lekin garovga qo‘yuvchining manfaatlarini ko‘zlab undan sug‘urta qildirishga ketgan chiqimlarni undirgan holda, sug‘urta qilishga haqlidir.
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida uqtirib o‘tilgan oqibatlar, ipoteka narsasi garovga qo‘yuvchida yoki uchinchi shaxsda turganidan qat’i nazar, boshlanadi. Garovga qo‘yuvchi bunday uchinchi shaxsning xatti-harakatlari uchun garovga oluvchi oldida baayni o‘z xatti-harakatlaridek javobgar bo‘ladi.
Ipoteka narsasi garovga qo‘yuvchi tomonidan begonalashtirilishiga faqat garovga oluvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Imoratlar, binolar yoki inshootlar ipotekasida ko‘rsatilgan obyektlar joylashgan yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham ular bilan bir paytda garov narsasiga aylanadi. Bunday hollarda undirish garov narsasiga qaratilganda imoratni, binoni, inshootni qo‘lga kirituvchiga bir yo‘la yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham o‘tadi.
1. Jamoa (shirkat) mulkiga, shuningdek fuqarolarning mulkiga asoslangan korxonalarni ipotekaga berish korxonaning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
2. To‘liq xo‘jalik tasarrufi huquqiga asoslangan korxonalar ipotekasi korxona mulkdorining roziligi bilan ana shu korxona tomonidan amalga oshiriladi.
3. Agar qonunda yoki shartnomada o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxona ipotekasi uning barcha mol-mulkini, shu jumladan asosiy fondlar va dastmoya mablag‘larni, shuningdek korxonaning mustaqil balansida aks etgan boshqa boyliklarni o‘z ichiga oladi.
4. Garovga qo‘yuvchi korxona garovga oluvchining talabiga binoan unga yillik balansni taqdim etishi shart.
5. Korxona ipotekasi bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda garovga oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish yuzasidan ipoteka shartnomasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rishga, shu jumladan korxona boshqaruvi tarkibiga ishlab chiqarilgan mahsulotni hamda korxonaning boshqa mol-mulkini tasarruf etish huquqi cheklangan vakillar tayinlashga haklidir.
6. Ushbu moddaning 5-bandida nazarda tutilgan choralar kutilgan natijalarni bermagan holda garovga oluvchi undirishni ipotekada turgan korxonaga qaratishga haqlidir.
Agar shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, korxona garovga oluvchiga o‘tadi. Bu holda ipoteka narsasining uzil-kesil bahosi korxonaning o‘tish paytida, garovga qo‘yuvchi va garovga oluvchi o‘rtasidagi kelishuviga binoan belgilanadi, nizo paydo bo‘lganda esa sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan belgilanadi.
1. Xom ashyo, butlovchi buyumlar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar muomaladagi va qayta ishlashdagi mollarning garov narsasi bo‘lishi mumkin.
Muomaladagi va qayta ishlashdagi mollar garovida garov narsasi (mol zahiralari, xomashyo, materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulot kabilar)ning tarkibi va natural shaklini o‘zgartirishga, ularning umumiy qiymati garov to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilganidan kam bo‘lib qolmasligi sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Agar shartnomada o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga qo‘yilgan mollarning garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda ularning qiymatini pasaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
2. Muomaladagi va qayta ishlashdagi mollar garovida garovga qo‘yuvchi tomonidan realizatsiya qilingan mollar qo‘lga kirituvchining mulkiga, to‘liq xo‘jalik tasarrufiga yoki bevosita boshqaruviga o‘tgan paytdan boshlab garov narsasi bo‘lishdan to‘xtaydi, garovga qo‘yuvchi sotib olgan, garov to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan mollar ularga nisbatan garovga qo‘yuvchining mulkiy yoki to‘liq xo‘jalik tasarrufi huquq paydo bo‘lgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.
1. Garovga qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan molga daxldor yumushlarni alohida hisobga olib borishi shart. U garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini saqlab qoladi.
2. Garovga oluvchi garovga qo‘yilgan molning miqdori, holati va qiymatini, shuningdek saqlash sharoitini istalgan paytda tekshirish huquqiga ega.
3. Garovga qo‘yuvchi garov to‘g‘risidagi shartnoma talablarini bajarmagan taqdirda garovga oluvchiga garovga qo‘yilgan molni unga berishni yoki molni garovga qo‘yuvchining ixtiyorida qulflangan yoki garovga oluvchining muhri bosilgan holda qoldirishni, yoxud garov bilan ta’minlangan qarzni muddatidan oldin undirishni talab qilish huquqi beriladi.
1. Garovga qo‘yuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va o‘zga mulkiy huquqlar garov narsasi bo‘lishi mumkin.
2. Garov narsasi bo‘lishi qonun bilan man qilingan huquqlarni garovga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni, shuningdek o‘zga tabiiy resurslarga nisbatan bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yishga qonunlarda belgilangan me’yor va shartlarda ruxsat etiladi.
4. Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi bo‘lishi mumkin.
5. Garovga qo‘yuvchi huquqlar garovi amalga oshirilgani haqida o‘z qarzdorini xabardor qilishi shart. Basharti, huquqlar garovi to‘g‘risidagi shartnomada o‘zgacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaxs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim.
1. Basharti, shartnomada o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqlar garovida garovga qo‘yuvchi:
a) garovga qo‘yilgan huquqning haqiqiyligini ta’minlash;
b) garovga qo‘yilgan huquqni berib yubormasligi;
v) garovga qo‘yilgan huquq to‘xtatilishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab bo‘luvchi xatti-harakatlar qilmasligi;
g) garovga qo‘yilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan qilinadigan tajovuzlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi;
d) garovga oluvchiga garovga qo‘yilgan huquqda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan qoidalarga garovga qo‘yuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qo‘yilgan huquqlar doirasida qo‘llaniladi.
Agar shartnomada o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqlar garovga oluvchi:
a) majburiyat bilan ta’minlangan garov ijrosi muddati boshlanganidan qat’i nazar, agar garovga qo‘yuvchi ushbu Qonunning 47-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan bo‘lsa, garovga qo‘yilgan huquq o‘ziga o‘tkazilishini sud orqali talab qilishga;
b) garovga qo‘yilgan huquq masalasi ko‘rib chiqiladigan sud ishida uchinchi shaxs sifatida qatnashishga;
v) garovga qo‘yuvchi 47-moddaning 1-bandi “g” bandchasida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, garovga qo‘yilgan huquq uchinchi shaxslar tomonidan buzilishining oldini olish uchun mustaqil ravishda himoya choralarini ko‘rishga haqlidir.
1. Agar garovga qo‘yuvchining qarzdori garov bilan ta’minlangan majburiyat garovga qo‘yuvchi tomonidan bajarilgunga qadar o‘z majburiyatini bajarsa, bunda garovga qo‘yuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, garovga qo‘yuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol xabardor qilishi shart;
2. Agar garov shartnomasida o‘zgacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchi o‘z qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga ko‘ra garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni o‘tkazishi shart.
1. Qimmatli qog‘ozlar garovi to‘g‘risidagi shartnoma, agar qonunlar yoki tomonlarning kelishuvida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi.
2. Tomonlarning kelishuviga binoan garovga qo‘yilgan qimmatbaho qog‘ozlar saqlash uchun notarial idora yoki bankka depozitga topshirishi mumkin.
3. Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatbaho qog‘ozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga qo‘yuvchiga tegishli bo‘ladi.
4. 24 — 26-moddalarning qoidalari ko‘rsatuvchiga to‘lanadigan qimmatbaho qog‘ozlar garoviga nisbatan ham amal qiladi.
5. Garov narsasi hisoblanuvchi pul mablag‘lari notarial idora yoki bankning depozit hisobida saqlanadi. Ushbu summaga hisoblanadigan foizlar garovga qo‘yuvchiga tegishli bo‘ladi.
6. Basharti, qimmatbaho qog‘ozlar yoki pul mablag‘larining garovga oluvchisi bank bo‘lsa, unda garov shartnomasi notarial yo‘l bilan tasdiqlanmaydi va maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan korxonaning butunlay yoki boshqa mol-mulkning garovga qo‘yilishi bunday ro‘yxatni amalga oshiradigan idorada ro‘yxatga olinishi lozim.
Agar mol-mulk garovi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lsa, unda garov to‘g‘risidagi shartnoma ro‘yxatga olingan paytdan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi.
1. Yuridik yoki jismoniy shaxs – tadbirkor:
a) garovlarni ro‘yxatga olish daftari yuritishi;
b) garov yuzaga kelganidan so‘ng o‘n kundan kechiktirmay garov va narsasi, shuningdek garov bilan ta’minlangan majburiyat hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi yozuvlarni daftarga kiritishi shart.
2. Yuridik yoki jismoniy shaxs – tadbirkor jabrlanuvchiga – garovga oluvchiga yoki tegishlicha uchinchi shaxsga garovlarni ro‘yxatga olish daftariga yozuvlarni o‘z vaqtida kiritmaganlik, yozuvlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi, shuningdek garovlarni ro‘yxatga olish daftarini taqdim etish majburiyatidan bo‘yin tovlash oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi shart.
1. Garovni ro‘yxatga olish garovga qo‘yuvchining arizasiga binoan, agar shartnomada o‘zga muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, garov to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan paytdan boshlab 20 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
2. Ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi idora qaydlov yozuvlari to‘g‘risida darhol garovga qo‘yuvchiga xabar qilishi shart.
Garov to‘g‘risidagi ro‘yxatga olish yozuvi:
a) garovga qo‘yuvchining (garovga qo‘yuvchilarning) va garovga oluvchining (garovga oluvchilarning) nomi va manzilini;
b) garov to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi va amalga kirishi yoxud qonundan kelib chiquvchi garov yuzaga kelishi sanasini;
v) garov bilan ta’minlangan majburiyat miqdorini;
g) garov narsasining qisqacha tavsifi;
d) garovga qo‘yuvchining garov narsasiga bo‘lgan huquqlari xususiyatini o‘z ichiga olishi lozim.
Agar garov narsasi kelgusida garovga qo‘yuvchi tomonidan sotib olinishi lozim bo‘lsa, unda uni sotib olish mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchining talabiga binoan garovni ro‘yxatdan o‘tkazgan idora garov bilan ta’minlangan majburiyatning miqdorini, ro‘yxatga olish yozuvi qayd etilgan sana va vaqtni hamda uning tartib raqamini tasdiqlovchi ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma beradi.
1. Garovni ro‘yxatga olish 5 yil mobaynida amal qiladi va garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilgunga yoxud bunday majburiyatning amal qilish muddati tugagunga qadar navbatdagi besh yillik muddatga uzaytirilishi mumkin.
2. Agar garovni ro‘yxatga olishning amal qilish muddati qarzdor (garovga qo‘yuvchi) korxonani tugatish to‘g‘risida sudda ish qo‘zg‘ash paytiga qadar tugasa, ro‘yxatga olish yakunlangan paytdan boshlab oltmish kun mobaynida va tugatish uchun belgilangan muddat o‘tgunga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.
3. Garovni ro‘yxatga olishning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ro‘yxatga olishning besh yillik muddati tugashiga kamida 6 oy qolganida jo‘natilishi lozim.
4. Agar garovning ro‘yxatga olinishini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu moddaning 3-bandida ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar jo‘natilmagan bo‘lsa, ro‘yxatni amalga oshirgan idora ro‘yxatga olishning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng ro‘yxatga olish daftaridagi garov to‘g‘risidagi yozuvni bekor qilishi lozim.
Manfaatdor shaxs garovni ro‘yxatga olishni rad etganlik yoki g‘ayriqonuniy ravishda ro‘yxatga olganlik ustidan ro‘yxatga oluvchi idora joylashgan erdagi sudga shikoyat arizasi berishga haqlidir.
1. Garovni ro‘yxatga olishni amalga oshirgan idora tegishli yuridik yoki jismoniy shaxs — tadbirkorning mol-mulki garovlarini ro‘yxatga olishga doir ma’lumotlarni manfaatdor shaxslarning talabi bilan ularga yuborishi shart.
2. Garovlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘llash bilan bog‘liq xizmatlarga ariza beruvchi tomonidan haq to‘lash miqdori va tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Garovni ro‘yxatga olishni amalga oshirgan idora garov bilan ta’minlangan shartnoma to‘liq yoki qisman bajarilgani to‘g‘risida yoxud garovga qo‘yuvchi endilikda garov narsasining mulkdori hisoblanmasligi (to‘liq xo‘jalik tasarrufi, bevosita boshqaruvi huquqiga ega emasligi) to‘g‘risida notarial yo‘l bilan tasdiqlangan xabarnoma olsa, bu idora darhol ro‘yxat daftariga tegishli yozuvni kiritishi shart.
Garovni ro‘yxatga olish va uni uzaytirish, ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish, shuningdek ro‘yxat daftaridan ko‘chirmalar yuborish uchun davlat boji to‘lanadi.
Garovga oluvchi garovga qo‘yuvchidan garovni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir belgilangan muddatlarni buzganlik uchun jarima undirishga, shuningdek muddatni o‘tkazib yuborish oqibatida yetkazilgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismini to‘lashni talab qilishga haqlidir. Jarima miqdori shartnoma bilan belgilanadi.
Ushbu Qonunda ko‘rsatilgan harakatlar umuman yoki lozim darajada amalga oshirilmagan hollarda asossiz ro‘yxatga olgan yoki ro‘yxatga olishni asossiz rad etgan idora g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari to‘fayli yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashi shart.
Shartnoma imzolanganidan keyin qonunlarda garovga oluvchining va (yoki) garovga qo‘yuvchining ahvolini o‘zgartiruvchi me’yorlar belgilangan hollarda garov to‘g‘risida ilgari imzolangan shartnomaning talablari uning butun amal qilish muddatida o‘z kuchini saqlab qoladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan garov huquqini yoxud garovga qo‘yuvchining garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini to‘xtatuvchi qonunlar qabul qilingan taqdirda, bu hujjatlar qabul qilinishi natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar qiymati unga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan to‘liq hajmda to‘lanadi. Zarar qiymatini to‘lashga doir nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
2. Davlat tomonidan davlat mulkiga aylantirish, qiymatini to‘lash sharti bilan davlat ixtiyoriga olish kabi mol-mulk yoki huquqlarni majburan tortib olish choralari, shuningdek o‘z oqibatlariga ko‘ra shunga o‘xshash choralar ko‘rilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi shu choralarni amalga oshirish natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar qiymatini to‘laydi.
3. Davlat idorasining garovga qo‘yilgan mol-mulkni yoki garovga qo‘yilgan huquqlarni bevosita olib qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan garovga qo‘yilgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan mulkiy huquq to‘xtatilgan yoki garovga qo‘yilgan huquqlar to‘htatilgan hollarda, bu qaror tufayli garovga oluvchi ko‘rgan zarar qiymati unga to‘liq hajmda to‘lanadi. Zarar qiymatini to‘lashga doir nizolar sud yoki xo‘jalik sudi tomonidan hal qilinadi.
1. Joylardagi davlat hokimiyati yoki davlat boshqaruvi idorasining qonunlarga nomuvofiq ravishda chiqargan hujjati natijasida garovga oluvchining garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir huquqlari buzilgan taqdirda, bunday hujjat garovga oluvchining da’vosiga binoan sud yoki xo‘jalik sudi tomonidan haqiqiy emas deb e’tirof etilishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan oqibatlar garovga qo‘yuvchi garov narsasini xo‘jalikda to‘liq tasarruf etish yoki operativ boshqarish huquqidan mahrum etilgan hollarda ham yuzaga keladi.
3. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar chiqarilishi natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar qiymati tegishli davlat hokimiyati yoki davlat boshqaruv idorasi tomonidan to‘liq xajmda to‘lanishi lozim.
1. Garov shartnomasidagi tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning shakli, u qayerda tuzilgan bo‘lsa, shu mamlakat qonunlari bilan yoki garov to‘g‘risidagi shartnomani tuzish chog‘ida tomonlarning o‘zi tanlangan mamlakatning qonunlari bilan yoxud tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan belgilanadi.
2. Garov to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan huquq qo‘llash borasida tomonlar o‘rtasida bitim bo‘lmagan taqdirda, garovga qo‘yuvchi qaysi mamlakatda ta’sis etilgan bo‘lsa, o‘z turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega bo‘lsa, ana shu mamlakat qonunlari qo‘llaniladi.
3. Muayyan mol-mulk yoki huquqning garov shartnomasining obyekti bo‘la olishi yoki bo‘la olmasligi tegishli ravishda mol-mulkka mulkdorlik huquqlarini tartibga soluvchi qonunlar bilan hamda shu huquq yuzaga kelgan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasida joylashgan imoratlar, binolar, inshootlar va boshqa ko‘chmas mol-mulkning garovi to‘g‘risidagi shartnoma shakli, shuningdek unga bo‘lgan huquqlar shakli O‘zbekiston Respublikasida ta’sis etilgan, turar joyi yoki asosiy faoliyat joyiga ega bo‘lgan garovga qo‘yuvchi tomonidan tuzilgan muomaladagi mol-mulk garovi shartnomasining shakli O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
1. Ushbu Qonunga muvofiq garovni ro‘yxatga olish majburiy bo‘lgan hollarda, agar u:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko‘chmas mol-mulk garov narsasi bo‘lsa;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquq garov narsasi bo‘lsa;
v) muomaladagi va qayta ishlashdagi mollar garovi to‘g‘risidagi shartnomada garovga qo‘yuvchi O‘zbekiston Respublikasida ta’sis etilgan bo‘lsa, o‘z turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega bo‘lsa;
g) dengizdagi qurilmalar, inshootlar garov narsasi bo‘lsa, agar ular O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsining, yoxud O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi ajnabiy yuridik shaxsning, yoxud qarorgohi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan davlatlararo tashkilotning mulk yoki ijara obyekti bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
2. Ajnabiy davlat idoralari tomonidan amalga oshirilgan garov to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatga olish, agar unga garovni majburiy tarzda ro‘yxatga olishning ushbu moddaning 1-bandida belgilangan talablari buzilmagan bo‘lsa, e’tirof etiladi.
1. Garov to‘g‘risidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov to‘g‘risidagi shartnomani imzolashda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qo‘yilgan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida kimoshdi savdosi qilib sotishni belgilab qo‘yishga haqlidir.
2. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni kimoshdi savdosi tarzida sotish tartiboti kimoshdi savdosi qaysi davlat hududida o‘tkaziladigan bo‘lsa, ana shu davlat huquqi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan garovga qo‘yilgan mol-mulk respublikadan tashqarida kimoshdi savdosida sotilsa, bunda dastavval O‘zbekiston Respublikasining boj to‘g‘risidagi qonunlarida ko‘zda tutilgan talablar bajarilmog‘i kerak. | 17 | 44,301 |
Qonunchilik | Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Laboratoriyaga oid funksional tadqiqotlar sifatini yaxshilash, metrologik ta’minotni rivojlantirish, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va uni sinovdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish asosida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini va xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2018-2019-yillar davrida sog‘liqni saqlash sohasida metrologiya xizmatini rivojlantirish bo‘yicha Tadbirlar rejasi — “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha tibbiy texnika metrologik nazoratidan o‘tkazilishi lozim;
tibbiyot laboratoriyalarining sifati va kompetentligi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
3. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi va uning hududiy filiallari o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika metrologik nazoratini o‘tkazish uchun vakolatli idoralar etib belgilansin.
4. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga:
metrologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika reyestrini yuritish;
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti negizida yetakchi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda, “Tibbiy texnikaning metrologik nazorati va davriy sinovlari” ixtisosligi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish yuklansin.
5. “O‘zstandart” agentligi:
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DMda va uning hududiy filiallarida tibbiyot tashkilotlaridagi o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika metrologik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilsin;
tibbiy texnika va tibbiyotda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan buyumlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarining sifatni boshqarish tizimiga, shuningdek, tibbiy laboratoriyalarning sifatiga va kompetentligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan standartlarni uch oy muddatda tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda metrologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika ro‘yxatini, shuningdek, davriy sinovlardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy texnika ro‘yxatini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha turdagi tibbiy texnika va davriy sinovlardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy texnika uchun metrologik nazorat usullarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqish bo‘yicha dasturni ikki oy muddatda tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tibbiy texnikani metrologik nazoratdan va davriy sinovlardan o‘tkazish sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish vositalari (grantlar) jalb qilinishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, tuzilmasida tibbiy muassasalar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari:
o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnikaning metrologik nazorati o‘tkazilishini;
tibbiy texnikaning davriy sinovlardan o‘tkazilishini;
tibbiy texnikaning metrologik ta’minoti va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul xodimlar malakasini oshirishni ta’minlasinlar.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat metrologiya xizmatlari organlariga (keyingi o‘rinlarda DMX deb ataladi), akkreditatsiyalangan laboratoriyalarga hamda tibbiyotda qo‘llanishi lozim bo‘lgan va qo‘llanadigan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani (keyingi o‘rinlarda O‘FTT deb ataladi) metrologik tekshiruvdan (qiyoslash)dan o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati almashishi doirasidan tashqarida qo‘llanadigan O‘FTT qiyoslashga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda taqdim etilishi mumkin.
2. O‘quv (namoyish qilish) maqsadlari uchun qo‘llanadigan O‘FTT qiyoslashdan o‘tkazilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnika (O‘FTT) — me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lgan tibbiy texnika;
qiyoslashlararo interval — o‘lchash texnikasi vositalarining ikki marta navbatma-navbat qiyoslash orasidagi vaqt oralig‘i;
qiyoslash tamg‘asining bosma izi — o‘lchash texnikasi vositasi yoki texnik hujjatga bosilgan va o‘lchash texnikasi vositasini qiyoslash qoniqarli natijalar bilan o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan, shuningdek, o‘lchash vositasini, jumladan rostlovchi qurilmalarni har qanday sanksiyalanmagan kirishdan himoyalash uchun mo‘ljallangan belgi;
O‘FTTni qiyoslash — O‘FTTning belgilangan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida DMX (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
qiyoslovchi — akkreditatsiyalangan laboratoriyaning zarur malakaga ega bo‘lgan, aniq o‘lchash turi bo‘yicha tayyorlovdan o‘tgan va o‘lchash texnikasi vositalarini qiyoslash huquqiga attestatsiyalangan mutaxassisi;
ariza beruvchi — O‘FTTni qiyoslashdan o‘tkazishdan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs.
4. Davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan O‘FTT ishlab chiqarishdan foydalanishga chiqarilishda, ta’mirlashdan so‘ng, shuningdek, foydalanish jarayonida DMX organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) (keyingi o‘rinlarda organlar deb ataladi) tomonidan qiyoslashdan o‘tkaziladi.
5. Qiyoslash me’yoriy hujjatlarga va DMX organlari tomonidan tasdiqlangan qiyoslash usullariga muvofiq o‘tkaziladi.
6. O‘FTT qo‘llanishga yaroqliligining tasdiqlanishi yoki O‘FTT qo‘llanishga yaroqli emas deb tan olinishi qiyoslash natijasi hisoblanadi.
7. O‘FTTni ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqaradigan, O‘FTTni olib keladigan va uni foydalanish maqsadida ishlatadigan yuridik va jismoniy shaxslar O‘FTTni o‘z vaqtida qiyoslashga taqdim etishlari shart.
8. MDX organlari O‘FTT qiyoslovini ariza beruvchi tomonidan tuziladigan ariza asosida amalga oshiradi.
9. O‘FTT qiyoslovi:
statsionar qiyoslash laboratoriyalarida;
ko‘chma qiyoslash laboratoriyalarida;
bevosita O‘FTT joylashgan joylarda, qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish yo‘li bilan (O‘FTT transportda tashish imkoni mavjud bo‘lmaganda) o‘tkaziladi.
10. O‘FTT qiyoslashga yetkazishni ariza beruvchi ta’minlaydi.
11. Qiyoslash ishlari O‘FTTdan foydalanish joyiga borib, ariza beruvchining hududida bajarilganda ariza beruvchi belgilangan talablarga muvofiq qiyoslash sharoitlari, jumladan qiyoslashni amalga oshirayotgan DMX organiga tegishli qiyoslash va yordamchi vositalarini qiyoslash joyiga olib borish va olib kelishni ta’minlashi kerak.
12. Qiyoslash ariza beruvchining yozma arizasiga ko‘ra o‘tkaziladi. Qiyoslash imkoniyati qiyoslashni o‘tkazadigan DMX organi tomonidan yozma ariza berilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
13. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
ariza beruvchining nomi va rekvizitlari;
O‘FTT nomi, turi (belgisi), metrologik tavsiflari, miqdori va ishlab chiqaruvchi mamlakat;
arizaga ilova qilinadigan me’yoriy, texnik va ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati;
O‘FTT qiyoslash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash kafolatlangan majburiyat.
14. Ariza beruvchi DMX organlariga quyidagilarni taqdim etadi:
O‘FTT, uni transportda tashish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa — vakolat berilgan qiyoslovchilarga sinovlar o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;
O‘FTTdan foydalanish hujjatlari;
qiyoslash usuli va vositalarini reglamentlovchi me’yoriy hujjat.
15. O‘FTTning qiyoslashda bo‘lish vaqti 15 ish kunidan oshmasligi kerak, vaqt normasi qiyoslash usulining me’yoriy hujjatiga (keyingi o‘rinlarda MH deb ataladi) asosan ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan, biroq 30 ish kunidan oshmaydigan O‘FTT bundan mustasno.
16. Qiyoslash ishlarini o‘tkazish shartlari ariza beruvchi va DMX organlari o‘rtasida tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladi.
17. O‘FTT qiyoslash ushbu Nizomga ilovadan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
18. O‘FTT birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashlardan o‘tkaziladi.
19. Birlamchi qiyoslashdan O‘FTT ishlab chiqarishdan chiqishida yoki uni ta’mirlashdan so‘ng o‘tkaziladi.
20. Birlamchi qiyoslashdan barcha O‘FTT nusxalari o‘tkazilishi lozim, metrologik attestatsiyalashdan o‘tkazilgan O‘FTT bundan mustasno.
21. Davriy qiyoslashdan foydalanishda yoki saqlashda bo‘lgan O‘FTT o‘tkaziladi.
22. O‘FTTni foydalanish (saqlash) vaqtida navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
uzoq (bitta qiyoslashlararo intervaldan ortiq) muddat saqlangandan so‘ng O‘FTTni foydalanishga kiritishda;
O‘FTTning MHda ko‘rsatilgan foydalanish sharoitlari buzilganda;
O‘FTT qoniqarsiz ishlaganda.
23. Inspeksion qiyoslash davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda O‘FTTning qo‘llanishga yaroqliligini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
24. Inspeksion qiyoslashni inspeksion qiyoslash talablariga muvofiq qiyoslash usulining MHda ko‘zda tutilgan to‘liq hajmda o‘tkazmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
25. Inspeksion qiyoslash natijalari qiyoslash dalolatnomasida aks ettiriladi.
26. Inspeksion qiyoslash tekshirilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs vakilining ishtirokida o‘tkaziladi.
27. Ekspert qiyoslash DMX organlari, tergov, prokuratura yoki sud organlarining qarori bo‘yicha o‘tkaziladi. Qiyoslash natijalari bo‘yicha DMX organining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
28. Ekspert qiyoslashni o‘tkazishda manfaatdor tomonlarning vakillari qatnashishi mumkin.
29. Qiyoslash natijalariga ko‘ra O‘FTT qo‘llanishga yaroqli deb tan olingan taqdirda o‘lchash vositasini qiyoslash sertifikati beriladi, shuningdek, O‘FTTga yoki uning texnik hujjatiga qiyoslash usulining MHga asosan qiyoslash tamg‘asining bosma izi qo‘yiladi.
30. Qiyoslash natijalariga ko‘ra O‘FTT qo‘llanishga yaroqsiz deb tan olingan taqdirda o‘lchash vositasining qo‘llanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma yozib beriladi.
31. O‘FTTni qiyoslash ishlari uchun haq tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs arizasiga ko‘ra ekspert qiyoslash o‘tkazish ishlari uchun haq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
32. Qiyoslash ishlarining tegishli tarzda bajarilmaganligi va tegishli me’yoriy hujjatlarning talablariga rioya qilinmaganligi uchun qiyoslashni bajargan DMX organi javob beradi.
33. DMX organi O‘FTT ariza beruvchiga topshirilgunga qadar qiyoslash natijalarining ishonchliligi uchun javob beradi.
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
35. O‘FTTni qiyoslash natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda manfaatdor tomon O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yoki bevosita sud organlariga murojaat qilishga haqli.
36. O‘FTTni qiyoslash bo‘yicha boshqa qoidalar O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar yagonaligini ta’minlash tizimining me’yoriy hujjatlariga asosan tartibga solinadi.
1. Mazkur Nizom tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibini va ushbu sinovlarni amalga oshiradigan tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilaydi.
2. Sinovlar — bu tibbiy texnikaning foydalanishga yaroqliligini va uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar kompleksi.
3. Majburiy davriy sinovlardan (keyingi o‘rinlarda sinovlar deb ataladi) diagnostika va kasallikni davolashda qo‘llanadigan, me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lmagan tibbiy texnika o‘tkaziladi.
4. Texnik tavsiflari me’yoriy hujjatga muvofiq me’yorlanmaydigan tibbiy texnika me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lmagan tibbiy texnika hisoblanadi.
Me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lmagan tibbiy texnika o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan texnika turkumiga kirmaydi.
5. Tibbiy texnika nomlari ro‘yxati va sinovdan o‘tkazish davriyligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilanadi.
6. Tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish akkreditatsiyalangan yuridik shaxslar tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Tibbiy texnikaga, keyinchalik sinovlardan o‘tkazgan holda, kompleks texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tkazuvchi yuridik shaxs o‘tkazilayotgan sinov qismi bo‘yicha akkreditatsiyalangan bo‘lishi kerak.
8. Tibbiy texnikadan kafolatlangan foydalanish muddati davrida uni ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish va sinovdan o‘tkazish ishlab chiqaruvchi zavod (firma)lar bilan shartnomaga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shartnomalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kafolatlangan muddat davrida ushbu ishlar ishlab chiqaruvchi zavod (firma)lar tomonidan amalga oshiriladi. Bu holda akkreditatsiya talab etilmaydi.
9. Tibbiy texnikani davriy sinovdan o‘tkazish ishlari, qoidaga ko‘ra, tomonlarning o‘zaro munosabatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblangan shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Shartnomalar qonunchilikka muvofiq hamda ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak.
10. Sinovlarni amalga oshiruvchi tashkilot:
tibbiyot tashkilotining tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish ishlarini bajarish uchun berilgan arizasiga muvofiq shartnomalar tuzadi;
texnik tekshiruv va sinov usullari bo‘yicha ishlarni bajarishning ilg‘or usullarini joriy etadi;
kompleks texnik xizmat ko‘rsatishga qabul qilingan tibbiy texnikaning konstruktiv va foydalanish xususiyatlari to‘g‘risida axborot yig‘adi, uning ishidagi buzilish sabablarini o‘rganadi va umumlashtiradi, yuqori organlarni xabardor qiladi va ishlab chiqaruvchi zavodlarga reklamatsiyalar taqdim etish uchun defekt dalolatnomalari tuzish bo‘yicha komissiya ishida ishtirok etadi;
tibbiyot tashkilotlariga tibbiy texnikani o‘zlashtirishda texnik yordam ko‘rsatadi, tibbiyot xodimlariga undan foydalanish qoidalari bo‘yicha instruktaj o‘tkazadi;
kompleks texnik xizmat ko‘rsatishda bo‘lgan tibbiy texnika hisobini yuritadi. sog‘liqni saqlash organlari va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy so‘roviga ko‘ra hisobga olishga oid axborotni taqdim etadi;
tibbiyot tashkilotlariga tibbiy texnikani o‘rnatishda xonalarning Sanitariya qoida va me’yorlari qoida va yo‘riqnoma talablariga muvofiqligini aniqlashda texnik yordam ko‘rsatadi.
11. Tibbiyot tashkiloti:
tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish ishlarini bajarish uchun shartnomalar tuzadi, shuningdek, tuzilgan shartnomalar mavjud bo‘lmaganda, ushbu ishlarni bajarish uchun ariza beradi;
sinovdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydi (xizmat ko‘rsatilayotgan tibbiy texnikani sinash uchun sharoit yaratadi va zarur bo‘lganda sinov o‘tkazish vaqtida uning ishini to‘xtatib turadi, xonalar va muhandislik kommunikatsiyalarini tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi, zarur bo‘lganda sinash ishlarini tashkil qilish uchun ishlab chiqarish xonasini taqdim etadi);
sinovlar o‘tkazish uchun xona tayyorlaydi va tibbiy texnikadan foydalanish bo‘yicha xodimlar bilan instruktaj o‘tkazadi, sinovlar o‘tkazilgan uskunalarni qabul qiladi;
tibbiy texnikadan oqilona foydalanish uchun javob beradi, uning foydalanish bo‘yicha hujjati talablariga muvofiq ishlatilishini ta’minlaydi va u bilan ishlashga maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslarni qo‘ymaydi;
tibbiy texnikaning ishlash qobiliyatini va o‘tkazilgan sinov ishlarining sifatini muntazam ravishda tekshiradi, ushbu ishlar bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani tasdiqlaydi;
tibbiyot xodimlarining tibbiy texnikadan foydalanish va u bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha ta’lim olishini tashkil qiladi;
mahalliy tashkilotlar tomonidan bajarilmaydigan tibbiy texnikani o‘rnatish, sozlash va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchi zavod, xorijiy firma va boshqa ixtisoslashgan tashkilot vakillarining chaqiruvini rasmiylashtiradi;
foydalanishda bo‘lgan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnika holatini nazorat qiladi va uning O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bo‘linmalarida o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
shartnomaga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish uchun bir oy muddatda sinovlarni amalga oshiruvchi akkreditatsiyalangan tashkilotga yangi kelgan va hisobdan chiqarilgan tibbiy texnika haqida ma’lumot yuboradi;
mavjud tibbiy texnika hisobini yuritadi;
sinovlarni amalga oshiruvchi mutaxassislarni jalb qilgan holda (zarur bo‘lganda) tibbiy texnikani ro‘yxatdan chiqaradi;
tibbiy yoki boshqa texnikalarning utilizatsiya qilish ishlarini bajaruvchi tashkilotlarga topshirilishini amalga oshiradi.
tibbiy texnikani ta’mirlash, qiyoslashga yetkazib berilishini tashkil etadi hamda ishlar bajarilgandan so‘ng uni o‘z vaqtida qabul qilib oladi.
12. Sinov ishlari tibbiy texnikaning muayyan turlariga taalluqli bo‘lgan me’yoriy-texnik hujjatlar (davlat, davlatlararo standartlar, tashkilot standartlari) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Majburiy sinov quyidagi ish turlarini o‘z ichiga oladi:
bosim ostida ishlovchi idishlarni (bug‘li sterilizatorlar va h.k.) gidravlik sinash;
erga ulovchi qurilmalarni sinash;
tibbiy texnika izolatsiyasining elektr bo‘yicha mustahkamligini sinash.
Boshqa sinov turlari tibbiy texnikaning alohida turlariga tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq, shartnoma, ariza, kelishilgan jadvalga ko‘ra o‘tkaziladi.
14. Tibbiy texnika navbatdan tashqari texnik sinovlardan o‘tkazilishi mumkin.
15. U yoki bu vaziyatlarda tibbiy texnikaning chiqarish parametrlari o‘zgarganda, ehtiyot qismlarning ba’zilari almashtirilganda yoki tibbiy texnikani navbatdan tashqari sinash, uning biror bir qismining almashtirilishi chiqarish parametrlarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatishdan so‘ng yoki tibbiy texnikaning chiqarish parametrlari u yoki boshqa vaziyatga ko‘ra o‘zgarganligi gumon qilingan holda o‘tkaziladi.
16. Tibbiy texnikaning navbatdan tashqari texnik sinovlari ishlab chiqarishga oid ta’mirlash ishlarining hajmiga bog‘liq holda to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin.
17. O‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, natijalarga bog‘liq holda, ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakl bo‘yicha tibbiy texnikani davriy sinovdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma yoki tibbiy texnikaning belgilangan talablarga nomuvofiqligi to‘g‘risidagi sinov dalolatnomasi beriladi.
18. Tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish ishlari uchun hisob-kitoblar belgilangan tartibda tasdiqlangan preyskurantga muvofiq amalga oshiriladi. | 136 | 19,794 |
Qonunchilik | Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shaharlarning rezerv va imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, bu boradagi strategik va eng muhim istiqbolli vazifalarni samarali hal etishda davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida ilovaga muvofiq 12 ta shtat birlikdan iborat Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan muvofiqlashtirilishi belgilansin.
2. Bo‘limning shtat birliklari Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasining 2 ta va Toshkent viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining 10 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirilsin.
3. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlarini, Sirdaryo viloyatining Shirin shahrini, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrini va Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasini (keyingi o‘rinlarda shaharlar deb ataladi) rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlash;
shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
shaharlarning ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, mehnat hamda ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash, mavjud mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan zaruriy choralarni belgilash;
davlat boshqaruv organlari va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda shaharlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishni barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini ko‘paytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
shaharlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, ularni tezkor hal etish, shu jumladan qabul qilingan hududiy dasturlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
shaharlarda aholi daromadlari o‘sishini ta’minlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
shaharlarda “Obod mahalla” dasturi, shu jumladan muhandislik, yo‘l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan uy-joy kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suvi va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar qurish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarini jalb qilgan holda o‘z vaqtida hamda to‘laqonli hal etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish.
4. Belgilansinki:
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi;
shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati yig‘ilishlarda ko‘rib chiqiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limiga biriktiriladigan davlat boshqaruvi organlari hamda o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar ro‘yxatini belgilasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bo‘limni moliyalashtirish, shu jumladan, xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy-texnika ta’minoti va ularning faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va tematik ko‘rsatuvlar tashkil qilsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. | 128 | 6,177 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatl | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining tayanch punktlari to‘g‘risida Nizomning 4-bandidagi “tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 2-ilovada:
a) “Kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari” ustunidagi ikkinchi pozitsiyaning birinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
b) to‘qqizinchi pozitsiya chiqarib tashlansin;
v) o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi pozitsiyalar tegishli ravishda to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi pozitsiyalar deb hisoblansin;
g) “Kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari” ustunining o‘n birinchi pozitsiyasida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1.4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.4. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini xo‘jalik sudlari qarorlari bo‘yicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari ularni tugatishga rozi bo‘lmagan, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni ta’minlash mumkin bo‘lmagan holatlarda) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini tugatish bo‘yicha hududiy maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari ulgurji savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-martdagi 52-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 24-modda):
a) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalariga qonun hujjatlari talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga belgilangan tartibda litsenziyalar bersin”;
b) 1-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari tomonidan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda) 2-ilovasidan 26.3-pozitsiya chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 34-modda):
a) 1-banddagi “tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasiga” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshidagi “tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarining” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4, 5-bandlar va ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovasi 12-pozitsiyasining “Shakllantirish manbai” ustunidagi “Adliya organlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda):
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyat turlari bo‘yicha xususiy tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga qat’iy amal qilsinlar”.
b) 1-ilovadagi havola chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda):
a) 1-ilova 51-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Import tovarlar bilan chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni keltiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak hamda u respublika hududlariga tovarlar keltirganligi faktini, ushbu tovarlarning bojxonada rasmiylashtirilganligini, muvofiqlik sertifikati borligini, bojxona to‘lovlari va belgilab qo‘yilgan soliqlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi kerak”;
b) 2-ilovaning 45-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2013-yil 10-iyuldagi 196-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 44-modda):
a) 1-banddagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ilovada:
ilova nomidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini (keyingi o‘rinlarda fuqarolar yig‘ini deb ataladi) tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi) hisobga olish tartibini belgilaydi.
2. Fuqarolar yig‘inini hisobga olish u joylashgan joydagi “yagona darcha” markazi tomonidan amalga oshiriladi”;
butun matn bo‘yicha “inspeksiyaga”, “inspeksiya” va “Inspeksiya” so‘zlari tegishli ravishda “yagona darcha” markaziga”, “yagona darcha” markazi” va “Yagona darcha” markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Buning uchun “yagona darcha” markazi davlat statistika organlariga davlat hisobiga qo‘yish uchun, fuqarolar yig‘inini hisobga olish amalga oshirilgan kundan keyin ikki kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarorida belgilangan shakl bo‘yicha bildirishnoma yuboradi”;
uchinchi xatboshidagi “KTUT kodini berish bilan bir vaqtda” so‘zlari “Bir vaqtda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshidagi “KTUT” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
1-ilovada:
Belgilanishidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Tadbirlar” ustunida “1-bosqich” va “5-bosqich” pozitsiyalaridagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“3-bosqich” pozitsiyasining 2-bandi chiqarib tashlansin;
2-ilovada:
belgilanishdagi “mahalliy davlat hokimiyati organlarida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“KTUT kodi” 8-ustuni chiqarib tashlansin;
3-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
16. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risida namunaviy nizomning o‘zbek tilidagi matni 5 va 53-bandlaridagi “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan “Savdo va xavfsizlik” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ilovaning o‘n ikkinchi xatboshidagi “tuman hokimligi huzuridagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 27-martdagi 134-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 21-iyuldagi 346-son qaroriga ilovaning 3-bandi. | 250 | 12,240 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son “O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining (ro‘yxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2019-y., 3-son, 57-modda) 2-bandidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 163 | 598 |
Qonunchilik | TIJORAT BANKLARINING BANK TAVAKKALChILIKLARINI BOShQARIShIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN TALABLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining (keyingi o‘rinlarda banklar deb yuritiladi) bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
1. Bank tavakkalchiligi — bank faoliyatiga ta’sir qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, siyosiy, texnologik ichki va (yoki) tashqi omillarga bog‘liq bo‘lgan holatlar natijasida bank faoliyatiga xos bo‘lgan moliyaviy zararlar ko‘rish va (yoki) bank likvidligi (bank o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to‘liq yoki qisman yo‘qotish xavfining mavjudligi.
2. Bank faoliyatida, asosan, quyidagi bank tavakkalchiliklari yuzaga kelishi mumkin:
a) kredit tavakkalchiligi — qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bank oldidagi o‘z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik;
b) bozor tavakkalchiligi — bankning qimmatli qog‘ozlar portfelidagi instrumentlari narxlarining, shuningdek, chet el valyutasi va qimmatbaho metallar kurslarining salbiy o‘zgarishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik. Bozor tavakkalchiligi fond, valyuta va foiz tavakkalchiliklarini o‘z ichiga oladi, bunda:
fond tavakkalchiligi — qimmatli qog‘ozlar portfelidagi instrumentlarning bozor narxlaridagi salbiy o‘zgarishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik;
valyuta tavakkalchiligi — chet el valyutasi va qimmatbaho metallarning ochiq pozitsiyalari bo‘yicha shu chet el valyutalari kurslari va qimmatbaho metallar baholarining o‘zgarishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik;
foiz tavakkalchiligi — aktivlar, passivlar va ko‘zda tutilmagan holatlardagi instrumentlar bo‘yicha foiz stavkalarining salbiy o‘zgarishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik;
v) likvidlilik tavakkalchiligi — bankning o‘z moliyaviy majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik. Bankning likvidlilik tavakkalchiligi asosan, aktiv va passivlarning so‘ndirilish muddatlarining o‘zaro nomuvofiqligi oqibatida yuzaga keladi. Bankning likvidlilik tavakkalchiligini boshqarish “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) talablari asosida amalga oshiriladi;
g) operatsion tavakkalchilik — bankning ichki tizimlari, jarayonlari, axborot texnologiyalari, xodimlar harakatlarida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar yoki tashqi tabiiy jarayonlar, shu jumladan tabiiy ofatlar, natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik;
d) mamlakat tavakkalchiligi — bankning xorijiy hamkorlari tomonidan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o‘zgarishlar sababli o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik;
e) huquqiy tavakkalchilik — bank tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va tuzilgan shartnomalarga rioya qilinmaslik, ish jarayonida huquqiy xatoliklarga (noto‘g‘ri yuridik maslahat yoki hujjatlarni noto‘g‘ri tuzilishi) yo‘l qo‘yilishi, huquq tizimidagi kamchiliklar, hamkorlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo‘qotish bilan bog‘liq tavakkalchilik;
j) biznesda obro‘-e’tiborni yo‘qotish tavakkalchiligi — bankning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida omma ichida salbiy tasavvur yuzaga kelishi sababli, mijozlar sonining kamayishi, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatining tushishi natijasida, bankda zararlar yuzaga kelishi tavakkalchiligi;
z) firibgarlik tavakkalchiligi — bankda xodimlar, mijozlar va boshqa hamkorlarning firibgarlik yoki boshqa jinoiy xatti-harakatlari oqibatida moliyaviy zararlar ko‘rish xatari. Bankdan naqd pul va boshqa qimmatliklarning o‘g‘irlanishi hamda bank xodimlari tomonidan ataylab moliyaviy hisob va hisobotlarda zararlarni (vaqtincha yoki tekshirish orqali aniqlanguncha) yashirilishi natijasida bankning moliyaviy ziyon ko‘rishi.
3. Bank tavakkalchiliklarini boshqarish — bank o‘z faoliyatini yuritishi va bank operatsiyalarini o‘tkazishida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish, bartaraf etish, kamaytirish va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni boshqa moliyaviy vositalar orqali qoplash bo‘yicha bank tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi.
4. Bank faoliyatidagi tavakkalchiliklarni boshqarish quyidagi asosiy maqsadlarda tashkil etiladi:
bank omonatchilari va kreditorlari, aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish;
bank tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish;
bank faoliyatining yetarli darajadagi barqarorligini ta’minlash.
5. Banklardan bank tavakkalchiliklarini boshqarishda quyidagilar talab etiladi:
bank faoliyati va uning atrofidagi muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatini ishlab chiqish;
bank tavakkalchiligini boshqarish vazifalari yuklangan tarkibiy bo‘linmani tashkil etish;
bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasini tajribali va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash;
bank yangi xizmatlarni joriy qilishda, yirik bitimlarni tuzishda, xorijiy moliya institutlari bilan aloqa o‘rnatishda, investitsiyalar kiritishda, chet el valyutasidagi mablag‘larni aktivlarga joylashtirishda, yangi xodimlarni ishga qabul qilishda hamda boshqa bank tavakkalchiligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bank operatsiyalarini tavakkalchilikni yuzaga kelishi va uni bartaraf etish, oldini olish, kamaytirish nuqtai nazaridan bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasi bilan kelishuvni amalga oshirish.
6. Bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasi xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
bajarayotgan vazifalari xususiyatiga mos bo‘lgan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
bankning kredit, valyuta, depozit va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalari, buxgalteriya hisobi va hisoboti, yuridik xizmati va axborotlashtirish bo‘limlarida kamida ikki yil ish stajiga va kasbiy malakaga ega bo‘lishi (bo‘linma rahbari uchun bankning mazkur bo‘limlarida kamida ikki yil rahbarlik lavozimida yoki bo‘linmada kamida to‘rt yil ish staji va kasbiy malakaga ega bo‘lish talab etiladi);
tegishli xodimlar milliy va xalqaro buxgalteriya hisobi, xalqaro audit standartlari qoidalarini qo‘llash, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tamoyillari va standartlari hamda xalqaro reyting kompaniyalarining bank faoliyatini baholash uslubiyoti bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi va bank tavakkalchiliklari bo‘yicha maxsus kurslarda malakalarini oshirishi.
7. Quyidagilar bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasining vazifalari hisoblanadi:
bank faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan barcha tavakkalchiliklar ro‘yxatini yuritish, ularning yuzaga kelish omillarini o‘rganish va monitoring qilish hamda tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish;
bank tavakkalchiliklarini baholash;
bank faoliyatida bank tavakkalchiliklarini boshqarish borasida qabul qilinishi lozim bo‘lgan choralar, talablar va me’yorlarni bank Boshqaruvi organi muhokamasiga kiritish;
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan bank tavakkalchiliklarini qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish yuzasidan choralar ko‘rish;
bank xizmatlari va operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha bankning ichki hujjatlari loyihasini ishlab chiqishda va bank xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilashda qatnashish;
joriy qilinayotgan yangi bank xizmatlari va operatsiyalari, bitimlar yuzasidan takliflar tayyorlash;
bank xizmatlarini ko‘rsatish va operatsiyalarini amalga oshirish tartiblarini takomillashtirish;
bank kredit (investitsiya) portfelini kredit (investitsiya) turi, qarzdor (emitent)ning iqtisodiyot tarmog‘i, hududi, kredit ta’minoti, maqsadi, foizi va undirish muddatlari bo‘yicha alohida-alohida monitoring o‘rnatish va ularni tahlil qilish;
muammoli kreditlarni, ularning iqtisodiyotning qaysi sohasiga tegishliligini, muammoga aylanganlik sababini, ushbu kreditlarni ajratish va monitoring qilish jarayonlarini o‘rganish natijasida tegishli xulosalar qilish va takliflar tayyorlash;
kredit tavakkalchiligini aniqlash va oldini olish maqsadida kredit olgan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va tegishli xulosalar qilish;
bank axborotlari bazasiga ruxsatsiz kirishdan ishonchli himoyalashni ta’minlovchi dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;
bank xodimlari tomonidan bank xizmatlarini ko‘rsatishda va bank operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z lavozim majburiyatlari va vazifalariga hamda normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilinishini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish;
bankning moliyaviy holatini, likvidliligini stress-testdan o‘tkazish va mijozlarni skoring tahlil qilish uslublarini ishlab chiqish va ularning qo‘llanilishini ta’minlash;
bankda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan barcha xizmat (omonat va kredit) turlari va operatsiyalar ro‘yxatini yuritish;
jahondagi moliya va iqtisodiy sohalarda, shu jumladan milliy iqtisodiyotda yuz berayotgan o‘zgarishlarni o‘rganish, kuzatish va lozim bo‘lsa takliflar tayyorlash;
bank menejmenti va texnologiyalari, shu jumladan bank tavakkalchiliklarini boshqarish bo‘yicha xalqaro va xorijiy banklar tajribalarini va bu borada yangiliklarni o‘rganish va takliflar tayyorlash;
har yarim yilda, bank Boshqaruvi va bank Kengashining tavakkalchiliklarni nazorat qilish Qo‘mitasi yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun bank tavakkalchiliklarini boshqarish borasida olib borilayotgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobotlar berish.
8. Banklar o‘z faoliyatlaridan kelib chiqqan holda tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilashi mumkin.
9. Bank tavakkalchiligini boshqarish bo‘linmasi bevosita bank Boshqaruvi raisiga hisobdor va bankning boshqa bo‘linmalaridan mustaqildir.
10. Banklar o‘z foydalari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bank tavakkalchiliklari oqibatida yuzaga keladigan zararlarni qoplash bo‘yicha fondlar tashkil etishi mumkin. | 131 | 11,985 |
Qonunchilik | “EVROOSIYO” O‘ZBEKISTON — ROSSIYA AKSIONERLIK KORPORATSIYASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA | Mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan hamda xomashyo resurslaridan to‘laroq foydalanish, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi korxonalarining to‘g‘ridan to‘g‘rixo‘jalik aloqalarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining bir qator korxonalari, birlashmalari, uyushmalari va konsernlarining Rossiya Federatsiyasining xo‘jalik tuzilmalari bilan birgalikda ilova*ga muvofiq tarkibda “Yevroosiyo” O‘zbekiston—Rossiya aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish haqidagi tashabbusi ma’qullansin.
Konsern faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri quyidagilar hisoblanishiga rozilik berilsin:
aksionerlik korxonalarini xomashyo va moddiy-texnika resurslari bilan ustuvor tartibda ta’minlash, sarmoyalarning muomalada bo‘lishini jadallashtirish asosida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida xo‘jalik aloqalarini tashkil etish;
tovar konyunkturasini o‘rganish va mavjud bo‘sh quvvatlar bilan qo‘shimcha ravishda mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasida, Rossiya Federatsiyasida va chet elda sanoatga, qishloq xo‘jaligiga, qurilishga, transportga va faoliyatning noishlab chiqarish sohalariga investitsiyalarni jalb qilishni amalga oshirish.
Ta’sis yig‘ilishi bilan korporatsiya tuzilmasi tasdiqlanganligi, uning rahbar organlari saylanganligi hamda ustav fondi tashkil etilganligi, unda aksiyalarning 60 foizi yuridik shaxslarniki, 40 foizi — jismoniy shaxslarniki ekanligi, aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 50 foizdan taqsimlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, korporatsiyaning respublika hududidagi faoliyati “O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlarga va amaldagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi “Yevroosiyo” korporatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan tartibda hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlar ochishda “Yevroosiyo” korporatsiyasiga yordam ko‘rsatish tavsiya qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Yevroosiyo” korporatsiyasini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning qatnashchisi sifatida ro‘yxatga olsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Yevroosiyo” korporatsiyasini hukumat telefoni va teleks aloqasi bilan ta’minlasin.
6. O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi “Yevroosiyo” korporatsiyasining transport xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari bajarilishini ta’minlasinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va ularning hududiy bo‘linmalari “Yevroosiyo” korporatsiyasiga eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarning belgilangan tartibda, o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga ko‘maklashsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Gogol ko‘chasi, 102-uydagi binoni “Yevroosiyo” korporatsiyasiga ijaraga bersin, binoni qayta ta’mirlash korporatsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin;
Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi bilan birgalikda “Yevroosiyo” korporatsiyasiga bazalarni ijaraga berish masalasini ko‘rib chiqsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin. | 113 | 3,666 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Hukumat tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2020-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, shuni qayd etadiki, Davlat budjetining ijrosi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan budjet parametrlari doirasida hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish va global inqirozning mamlakatimiz iqtisodiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari, shuningdek Inqirozga qarshi kurashish komissiyasining qarorlari ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
2020-yilning birinchi yarim yili yakuniga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YIM) hajmi 255,3 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 foizga o‘sgan. Aholining umumiy daromadlari 176,0 trln. so‘mni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan real o‘sish 101,5 foizni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga hisoblangan umumiy daromadlar 5,2 mln. so‘mni tashkil etib, nominal o‘sish sur’ati 113,5 foizga, real o‘sish sur’ati esa qariyb 100,0 foizga yetgan.
Davlat budjeti daromadlari 58 trln. 157,0 mlrd. so‘mga yoki tasdiqlangan yillik parametrlarga nisbatan 45,3 foizga ijro etilgan. O‘z navbatida Davlat budjeti daromadlarining YIMdagi ulushi 22,8 foizni tashkil etmoqda.
Davlat budjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalarisiz) 64 trln. 878,9 mlrd. so‘mni yoki YIMga nisbatan 25,4 foizni hamda aniqlangan xarajatlar rejasiga nisbatan 90,3 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 84,8 trln. so‘mlik (8,6 mlrd. AQSh dollari) investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Hisobot davrida Davlat budjetining ijtimoiy yo‘naltirilganlik tamoyili saqlab qolingan holda, ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun 34 trln. 665,5 mlrd. so‘m yoki umumiy xarajatlarning 53,4 foizi miqdorida mablag‘ sarflangan.
Hisobot davrida ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, kompensatsiya to‘lovlari uchun hamda aholi bandlik darajasini oshirishga Davlat budjetidan 3 trln. 726,7 mlrd. so‘m yoki o‘tgan yilning mos davrida nisbatan 847,1 mlrd. so‘m ko‘proq mablag‘ ajratilgan va o‘sish 29,4 foizni tashkil etgan.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi daromadlari 1-iyul holatiga ko‘ra jami 7 trln. 442 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarini moliyalashtirish, sog‘liqni saqlash muassasalari, ichimlik suvi, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini, umumta’lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun jami 5 trln. 553 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilgan qator ijobiy ishlar bilan birga, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining mablag‘laridan maqsadli foydalanish borasida ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan.
Investitsiya dasturi doirasida Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning past darajada o‘zlashtirilishi, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘larining turli vazirlik va idoralar tomonidan 50 foizdan ham kamroq qismi ishlatilganligi mazkur yo‘nalishdagi vazifalarning ijrosini muvofiqlashtirish, ular ustidan nazorat sust olib borilganligini ko‘rsatadi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 2 359 ta holatda 23,0 mlrd. so‘m miqdoridagi moliyaviy xatoliklar, jumladan 9,3 mlrd. so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish pullari noto‘g‘ri va ortiqcha sarflanganligi, 2,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mahsulotlar qimmat narxlarda xarid qilinganligi hamda 11,1 mlrd. so‘m miqdoridagi ishlarda boshqa turlardagi huquqbuzarliklar sodir etilganligi aniqlandi.
2020-yil yanvar — iyun oylari davomida foyda solig‘i bo‘yicha tushum 11,8 trln.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 trln.so‘mga ortgani holda qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar o‘tgan yildagiga nisbatan past bo‘ldi. Bunga esa soliq ta’tili va imtiyozlarning ayrim hollarda soliq to‘lovchilarga nisbatan bir xilda qo‘llanilishini yaxshi tashkil etmaslik sabab bo‘ldi.
Davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazilgan 2 010 ta budjet tashkilotining 1 632 tasida 81,7 mlrd. so‘m miqdoridagi moliyaviy xatoliklar, jumladan 18,2 mlrd. so‘m miqdorida pul mablag‘lari va moddiy boyliklar kamomadi, o‘zlashtirishlar hamda huquqbuzarliklarning 63,5 mlrd. so‘m miqdoridagi boshqa turlari aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot qonunda belgilangan tartibda parlament quyi palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarida va mas’ul qo‘mitada dastlabki tarzda muhokama qilinganligini, ular tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinganligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining barqaror ishlashi, tadbirkorlik faolligini oshirish borasida ta’sirchan choralarni ko‘rgan holda, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar maqsadli va to‘g‘ri bajarilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish;
davlat dasturlarida budjet mablag‘lari hamda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga oid loyihalarni amalga oshirishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli hamda oqilona foydalanilishi ustidan ta’sirchan nazorat tizimini o‘rnatish;
koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan yo‘naltirilayotgan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanishini, maqsadli hamda oqilona sarflanishini ta’minlashga qaratilgan tizimli choralar ko‘rish tavsiya qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
davlat budjetida ko‘zda tutilgan xarajatlar budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin;
tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda hozirgi murakkab pandemiya sharoitida Davlat budjeti ijrosini ta’minlash uchun mablag‘larning o‘z o‘rnida, maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratsin, xususan, joylarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan budjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi hamda asossiz xarajatlarni amalga oshirish holatlarining kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilsin, qonun buzilishlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralar ko‘rsin;
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda, ta’sirchan nazorat mexanizmini o‘rnatish ishlarini tashkil etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq ta’tili va imtiyozlarining soliq to‘lovchilarga nisbatan bir xilda qo‘llanilishini tashkil etgan holda, budjet daromadlari tushumini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. Siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi masalalarini ko‘rib chiqayotganda “yashirin” iqtisodiyot ulushini qisqartirish, iqtisodiyotning real sektorida tadbirkorlik faolligini oshirish, aholining ishsiz, kambag‘al qatlami uchun qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish yuzasidan aniq va amaliy takliflar kiritish;
iqtisodiy inqiroz sharoitida tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanilishiga e’tibor qaratish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari o‘z nazorat-tahlil faoliyatida, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqayotganda iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida jozibador investitsiya muhitini shakllantirish, O‘zbekistonning xalqaro indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda BMTning Barqaror rivojlanish konsepsiyasi asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalar ijrosini ta’minlash uchun mutasaddi vazirlik hamda idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqib, ushbu maqsadlarga Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa manbalar hisobidan yo‘naltirilgan hamda o‘zlashtirilayotgan mablag‘lardan foydalanish natijadorligi va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar kiritib borsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari joylarga chiqilganda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, uning natijadorligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitishga bag‘ishlab xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida o‘tkaziladigan sessiyalarda ishtirok etish tavsiya etilsin.
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 146 | 10,281 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batla | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 71-modda):
a) 1-ilovaning 61-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“murojaat shaklidan (elektron shaklda yoki o‘zi kelgan holda) qat’i nazar davlat boji summasining 20 foizi budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamlariga o‘tkaziladi”;
b) 4-ilovaning 44-bandiga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki o‘zi kelgan holda) qat’i nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamlariga o‘tkaziladi”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 41-bandida:
a) quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki o‘zi kelgan holda) qat’i nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamlariga o‘tkaziladi”;
b) to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin. | 250 | 2,373 |
Qonunchilik | DORIXONA MUASSASALARI TOMONIDAN TAYYoRLANADIGAN VA IDIShLARGA JOYLANADIGAN DORI VOSITALARINI TAShQI BEZAGIGA DOIR QOIDALARNI TASDIQLASh HAQIDA | Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shaklidan qat’i nazar dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini sifati, saqlash sharoitlari, yaroqlilik muddati, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va tashqi bezagini yagona tartibini joriy qilish maqsadida, buyuraman:
1. “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalar” tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq 2002-yil 1-iyuldan kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq kuchga kiritilishi munosabati bilan SSVning 2002-yil 30-yanvardagi 35-son buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruq kuchga kirishi munosabati bilan sobiq SSSR Sog‘liqni saqlash vazirligining 1972-yil 19-iyuldagi 583-sonli “Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashni yagona qoidalarini tasdiqlash haqida”gi va unga qo‘shimcha 1982-yil 4-iyunda chiqarilgan 530-sonli buyruqlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin.
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash profilaktika yordami Bosh boshqarmasi boshlig‘iga (F.O. Ilxomov), ushbu buyruqni barcha tibbiyot va dorixona muassasalari rahbarlariga yetkazish vazifasi topshirilsin.
6. Mazkur buyruqni ijrosi ustidan nazoratni vazirning birinchi muovini D.A. Asadov va vazir muovini M.X. Xodjibekovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq ishlab chiqilib, mulkchilik shaklidan qat’i nazar dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda qo‘llaniladi.
1. Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha dorixona muassasalari uchun taalluqlidir.
2. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi, ularni qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi hamda tegishli ajratish rangli hoshiyalar bilan farqlanadi.
a) “Sirtqi” — to‘q sariq rangli;
b) “Ichish uchun” — yashil rangli;
v) “Ko‘z tomchisi” — pushti rangli;
g) “Ko‘z surtmasi” — pushti rangli;
d) “Inyeksiya uchun” — ko‘k rangli.
3. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarning barchasida quyidagi shartli belgi va yozuvlar bo‘lishi kerak:
a) emblema (ilon o‘ralgan vaza);
b) dorixonaning nomi;
v) dorining nomi;
g) qo‘llash usuli;
d) Bolalardan ehtiyot qiling;
e) Salqin va yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin degan ogohlantiruvchi yozuvlar;
j) “Sirtqi” ishlatiladigan surtma dorilar yorlig‘ida “Surtma” degan, “Ichish uchun” ishlatiladigan kukun dorilar yorlig‘ida “Kukun dori” degan yozuv, “Ko‘z tomchisi” dorisi yorlig‘ida tomchi va ko‘zning rasmi, “Ko‘z surtmasi” dorisi yorlig‘ida ko‘zning rasmi, “Inyeksiya” uchun ishlatiladigan dorilar yorlig‘ida “Sterillangan” degan yozuv hamda ignali shprits rasmi bo‘ladi.
4. Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qo‘shimcha ogohlantiruvchi yozuvlar yopishtiriladi (1-sonli ilova). Ular quyidagi matnda davlat tilida yoziladi va tegishli ajratish ranglarga bo‘yaladi:
a) “Qo‘llashdan oldin chayqatilsin” — asosi oq rangda, harflari yashil;
b) “Yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin” — asosi ko‘k rangda, harflari oq;
v) “Salqin joyda saqlansin” — asosi havo rangda, harflari oq;
g) “Bolalar uchun” — asosi yashil rangda, harflari oq;
d) “Ehtiyotlik bilan!” — asosi oq rangda, harflari qizil;
e) “Yurak dorisi” — asosi to‘q sariq rangda, harflari oq;
j) “Olovdan saqlang” — asosi qizil rangda, harflari oq.
5. Yorliqlar dori vositalari solinadigan idish hajmiga va turiga qarab quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi:
a) hajmi 10 ml/dan 100 ml bo‘lgan idishlar uchun — 63x30 mm;
b) hajmi 100 ml/dan 200 ml bo‘lgan idishlar uchun — 90x48 mm;
v ) hajmi 200 ml/dan katta bo‘lgan idishlar uchun — 120x65 mm;
g) dorilarga ishlatiladigan karton quti, qog‘oz paketlar uchun — 70x50 mm;
d) hajmi 10 gr/dan 30 gr bo‘lgan bankalar uchun — 66x20 mm;
e) hajmi 30 gr/dan katta bo‘lgan bankalar uchun — 81x27 mm.
6. Ogohlantiruvchi yozuvlar yorliqlarining o‘lchami — 10x50 mm.
7. Sham dorilar, tibbiyot qalamchalari va burun tomchicini tashqi bezashda “Sirtqi” yorlig‘i ishlatiladi va dori turi qo‘lda yozib qo‘yiladi.
8. Dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarni tipografiya usulida tayyorlatish yoki tegishli shtamplardan foydalanish mumkin. Ularning matni davlat tilida yoziladi. Shtamplardan foydalanilganda yorliqlar umumiy qoidalarning 2-bandiga asosan tegishli ajratish ranglariga bo‘yaladi.
9. Yorliqda dori vositasining nomi lotin alifbosida, bemorning ismi familiyasi, buyurtma raqami, qo‘llash usuli, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, seriyasi, tahlili, bahosi, tayyorlagan, tekshirgan va ruxsat bergan mutaxassislarning familiyasi davlat tilida qo‘l bilan yoziladi.
10. Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (2-sonli ilova):
a) ____ -buyurtma raqami;
b) bemor (F.I.Sh.)_____________;
v) tayyorlangan sana _________;
g) bahosi _______.
11. Yorliqlarda dori turlarini qo‘llashning batafsil usuli quyidagicha ifodalanadi:
a) sirtqi va ko‘z surtmasi dori turlari yorliqlarida qo‘llash usulini qo‘lda yozib qo‘yish uchun joy qoldiriladi;
b) ichishga qo‘llaniladigan suyuq dorilar uchun:
_____ qoshiqda, ovqatdan _______, ___ mahal;
v) ichishga qo‘llaniladigan kukun dorilar uchun:
____ o‘ramdan, ovqatdan _______, ____ mahal;
g) ko‘z tomchilari uchun:
____ ko‘zga, ______ tomchidan ______mahal;
d) inyeksiyaga ishlatiladigan dori turlari uchun:
yaroqlilik muddati_____, seriyasi_____, tahlili_____.
12. Oldindan tayyorlab qo‘yiladigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarda umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (3-sonli ilova):
a) tayyorlangan sana _______;
b) yaroqlilik muddati _______;
v) seriyasi ______;
g) tahlili ______;
d) bahosi _____.
13. Dorilarning yorliqlariga qo‘yilgan seriya va tahlil raqami, qadoqlash va kimyoviy tahlil kitoblaridagi tegishli tartib raqamlariga mos holda son bilan yoziladi.
14. Davolash profilaktika muassasalari uchun dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalari yorliqlarida umumiy qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan shartli belgilar va yozuvlardan tashqari quyidagi yozuvlar bo‘lishi kerak (4-sonli ilova):
a) DPM nomi;
b) bo‘limning nomi;
v) tayyorlangan sana _________;
g) yaroqlilik muddati _______;
d) seriyasi ______;
e) tahlili _______;
j) tayyorladi ________;
z) tekshirdi ________;
i) ruxsat berdi ________. | 142 | 7,065 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, Budjet bank va moliya masalalari qo‘mitasining qarorini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ma’qullansin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, 2002-yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra Davlat budjetining taqchilligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan ko‘rsatkichlardan oshmagan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning barqaror rivojlantirilishini, islohotlarni chuqurlashtirishning dasturiy chora-tadbirlari bajarilishini, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va sohalari jadal rivojlantirilishini ta’minlasin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‘iga kiritilsin. | 87 | 894 |
Qonunchilik | QAYTA SUG‘URTA QILISh XIZMATLARI KO‘RSATIShNING YAGONA TALABLARI VA STANDARTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 158-modda) muvofiq qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlarini belgilaydi.
1. Mazkur Nizom bilan o‘rnatilayotgan yagona talablar O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urta qilish xizmatini ko‘rsatuvchi sug‘urtalovchilar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun majburiydir.
2. Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning standartlari qayta sug‘urta qilish bo‘yicha standart tushunchalardan va qayta sug‘urta qilish xizmatlarini ko‘rsatishning standart shartlaridan iboratdir. Qayta sug‘urta qilish xizmatlarini ko‘rsatishning standartlari, agar qayta sug‘urta qilish shartnomasida yoki qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayta sug‘urta qilish xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida qo‘llaniladi.
3. Qayta sug‘urta qilish xizmatlari qayta sug‘urta qilish shartnomasi asosida ko‘rsatiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bu talabga rioya etmaslik qayta sug‘urta qilish shartnomasining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
4. Qayta sug‘urta qilish shartnomasi qayta sug‘urta qildiruvchining (qayta sug‘urta brokerining) oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va qayta sug‘urtalovchi uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi.
5. Qayta sug‘urta qilish shartnomasi quyidagi yo‘llar bilan tuzilishi mumkin:
a) mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan barcha shartlarni o‘z ichiga olgan bitta hujjatni tuzish;
b) qayta sug‘urta qilish to‘g‘risidagi bosh shartnoma (bitim) va uning asosida tuzilgan qayta sug‘urta qilish sliplarini tuzish.
6. Qayta sug‘urta qildiruvchi (qayta sug‘urta brokeri) tomonidan qayta sug‘urtalovchiga ular o‘rtasida avval tuzilgan qayta sug‘urta qilish to‘g‘risidagi bosh shartnoma (bitim) asosidagi qayta sug‘urta qilish slipini yuborish yo‘li bilan tavakkalchiliklarni qayta sug‘urtaga berilganda, qayta sug‘urta qilish to‘g‘risidagi bosh shartnoma (bitim) shartlari qayta sug‘urta qilish slipining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda har bir qayta sug‘urta qilish slipi alohida qayta sug‘urta qilish shartnomasi hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lmish sug‘urtalovchilar o‘rtasida qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilganda tomonlarning har biri boshqa tomondan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya nusxasini taqdim etishini talab qilishi shart. Tomonlarning biri sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyada ko‘rsatilmagan sug‘urta klasslari bo‘yicha tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga (sug‘urtalashga) berganligi yoki qabul qilganligi aniqlansa, ushbu holatni aniqlagan tomon ofertani to‘xtatishi (qaytarib olishi/rad qilishi) yoki, agar tavakkalchilik qayta sug‘urta qilishga qabul qilingan (berilgan) bo‘lsa, qayta sug‘urta qilish shartnomasini bekor qilishi shart.
8. Qayta sug‘urta qilish shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
tomonlarning to‘liq nomi;
qayta sug‘urta qilish shartnomasining raqami, tuzilgan joyi va sanasi;
qayta sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddati;
qayta sug‘urta qilish obyekti;
sug‘urta hodisasi va istisnolar;
qayta sug‘urta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklar;
sug‘urta qoplamasi amal qilish hududi (sug‘urta himoyasi amal qiluvchi hudud);
tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga berish va qabul qilish tartibi;
qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli va qayta sug‘urta qilish mukofoti;
qayta sug‘urta qilish komissiyasi;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
qayta sug‘urta qilish mukofoti bo‘yicha to‘lovlarni, sug‘urta tovonlarini va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha boshqa to‘lovlarni amalga oshirish tartibi, muddatlari va valyutasi;
sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda tomonlarning xatti-harakatlari;
qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi;
tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga berish va qabul qilishda tomonlarning xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yishi oqibatlari;
qayta sug‘urta qilish shartnomasini bekor qilish tartibi;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal qilish tartibi;
tomonlarning rekvizitlari;
tomonlar vakillarining mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
tomonlar vakillarining imzolari.
81. Qayta sug‘urtalovchi (qayta sug‘urta brokeri) sug‘urta majburiyatlarini qayta sug‘urtalash uchun xorijiy sug‘urta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sug‘urta majburiyatlarining kamida 50 foizi miqdorida qayta sug‘urtalash bo‘yicha ofertani (qayta sug‘urtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlariga yuborishi shart. Bunda:
oferta shartlari sug‘urta majburiyatlarini xorijiy sug‘urta tashkilotlariga qayta sug‘urtalashga berish shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak;
oferta aksepti yoki akseptni rad etish qayta sug‘urtalovchilar — mahalliy sug‘urta tashkilotlari tomonidan, agar ofertada aksept uchun kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ikki ish kunidan kechikmagan holda amalga oshiriladi;
sug‘urta majburiyatlari qayta sug‘urtalovchi — mahalliy sug‘urta tashkiloti tomonidan o‘zining ushlab qolish hajmi doirasida qabul qilinadi;
qayta sug‘urtalovchi — mahalliy sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda va asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini amalga oshirishda qayta sug‘urtalash shartnomasi shartlari doirasida qayta sug‘urta qildiruvchining qarorlariga amal qiladi.
Ushbu band talablari obligator qayta sug‘urtalashga tatbiq etilmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va investitsiya bitimlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.
9. Qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli va qayta sug‘urta qilish mukofoti absolyut miqdor ko‘rinishida yoki tomonlar kelishuviga ko‘ra belgilangan sug‘urta puli va qayta sug‘urta qilish mukofotini hisoblash mexanizmi ko‘rinishida aniqlanadi.
10. Qayta sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddatini (qayta sug‘urta qilish davrini) aniqlashda tomonlar shartnoma amal qilishining boshlanish va tugash paytini daqiqagacha aniqlikda belgilaydilar.
11. Qayta sug‘urta qilish shartnomasining tomonlari qayta sug‘urta qilish shartnomasiga yoki tomonlarning moliyaviy ahvoliga taalluqli ma’lumotlarni e’lon qilish va boshqa usul orqali uchinchi shaxslarga oshkora etishga haqli emas.
Mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, qayta sug‘urta qilish shartnomasi tomonidan boshqa tomonning yozma roziligi asosida, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda uchinchi shaxslarga oshkora qilinishi mumkin.
12. Qayta sug‘urta qilish xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan asosiy atamalar va ta’riflarni turlicha talqin etilishining oldini olish maqsadida quyidagi standart tushunchalar qo‘llaniladi:
qayta sug‘urta qilish shartnomasining agregat limiti — qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qildiruvchiga to‘lab berish majburiyatini olgan sug‘urta tovonining maksimal to‘lovlar summasi;
agregatlash — ziyon baholanayotgan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni summasi belgilanayotgan bir hodisa bo‘yicha barcha zararlarning yig‘indisini chiqarish;
addendum — avval kelishilgan shartlarning tomonlar o‘rtasida kelishilgan o‘zgarishlarini o‘z ichiga olgan avval tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasiga yozma qo‘shimcha;
bordero — sug‘urta qilishga olingan va qayta sug‘urta qilish uchun mo‘ljallangan tavakkalchiliklar ro‘yxatini, shuningdek ularning batafsil tavsifini o‘z ichiga olgan va qayta sug‘urta qilish shartnomasida belgilangan muddatda qayta sug‘urtalovchiga beriladigan hujjat;
brokerlik slipi — qayta sug‘urta brokerining qayta sug‘urtalovchiga qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ofertasi;
mukofot deposi — qayta sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sug‘urtalovchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan va qayta sug‘urta qildiruvchi hisob raqamida vaqtinchalik turgan sug‘urta mukofoti;
qayta sug‘urta qilish shartnomasi — ushbu shartnomaga muvofiq qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qilish shartnomasida kelishilgan to‘lov (qayta sug‘urta mukofoti) evaziga qayta sug‘urta qilish shartnomasi shartlari asosida qayta sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi bo‘yicha aniqlangan sug‘urta tovonini (sug‘urta summasini) to‘lash majburiyati bilan bog‘liq xarajatlarini to‘liq yoki qisman qayta sug‘urta qildiruvchiga (yoki u tomonidan ko‘rsatilgan boshqa shaxsga) qoplab berish majburiyatini oladi;
retrotsessiya shartnomasi — qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra qayta sug‘urtalovchi o‘zi tuzgan qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta majburiyatlarining bir qismini yoki to‘liq qismini boshqa qayta sug‘urtalovchiga beradi;
qayta sug‘urtaga olingan sug‘urta shartnomasi — tavakkalchiliklari qayta sug‘urtaga olingan sug‘urta (birgalikda sug‘urta qilish, qayta sug‘urta qilish) shartnomasi;
kassa zarari — asosiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha qayta sug‘urta qilish shartnomasi tomonlari kelishgan zarar hajmi bo‘lib, unga yetganda yoki oshganda qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qilish shartnomasida belgilangan muddatlarda sug‘urta tovonini qayta sug‘urta qildiruvchiga to‘lab berishga majbur;
kovernota — qayta sug‘urtalovchilar ro‘yxati va ularning ulushlari ko‘rsatilgan holda qayta sug‘urtalovchi yoki qayta sug‘urta brokeri tomonidan qayta sug‘urta qildiruvchiga beriladigan tavakkalchilik qayta sug‘urtaga olinganligini yoki qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi qayta sug‘urta qilish to‘g‘risidagi guvohnoma;
kompromiss to‘lov — sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta hodisasi deb tan olinmasligi yoxud qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan yoki sug‘urta shartnomasi asosida qayta sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lashni rad qilishi yoki uning hajmini kamaytirishi mumkin bo‘lgan hodisa sodir bo‘lganligi natijasida qayta sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lashi;
kvota ulushli qayta sug‘urta qilish — proporsional qayta sug‘urta qilish turi bo‘lib, uning shartlariga muvofiq qayta sug‘urta qildiruvchi ma’lum sug‘urta turi, sug‘urta turlarining guruhi yoxud butun sug‘urta portfeli bo‘yicha qabul qilingan oldindan kelishilgan yoki istisnolarsiz barcha sug‘urta tavakkalchiliklarning qayta sug‘urtalovchi bilan kelishilgan ulushini qayta sug‘urta qilishga berish;
qayta sug‘urta qilish shartnomasi limiti — qayta sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish majburiyati yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan maksimal summa;
noproporsional qayta sug‘urta qilish — shunday qayta sug‘urta turiki, u bo‘yicha barcha hisob-kitoblar asosiy sug‘urta yoki qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha zararlar miqdoriga asoslanadi, qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati qayta sug‘urta qildiruvchining qayta sug‘urta qilish shartnomasida o‘rnatilgan tartibda hisoblangan yakuniy zarari miqdori qayta sug‘urta qilish shartnomasida kelishilgan miqdordan ortganda yuzaga keladi;
obligator qayta sug‘urta qilish — qayta sug‘urta qilishning shunday shakliki, unda qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urtalovchi bilan tuzgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi shartlariga ko‘ra ushbu shartnoma ta’sir doirasiga kiruvchi asosiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha tavakkalchiliklarni qayta sug‘urtalovchiga qayta sug‘urta qilishga berishga, qayta sug‘urtalovchi esa ushbu tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga qabul qilishga majburdirlar;
obligator-fakultativ qayta sug‘urta qilish — qayta sug‘urta qilishning shunday shakliki, unda qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urtalovchi bilan tuzgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi shartlariga ko‘ra tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga berishga majbur, qayta sug‘urtalovchi esa qayta sug‘urta qildiruvchining tavakkalchiliklarini o‘z xohishiga ko‘ra qayta sug‘urtaga qabul qilish huquqiga ega;
qayta sug‘urta qilish obyekti — qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchi sifatida tuzilgan sug‘urta (birgalikda sug‘urta qilish, qayta sug‘urta qilish) shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash xavfi;
da’vo ustidan nazorat to‘g‘risida shartlashish — ushbu shartlashishga asosan qayta sug‘urta qilish bo‘yicha tomon (qayta sug‘urtalovchi, qayta sug‘urta brokeri) sug‘urta da’vosini mustaqil ko‘rib chiqish (hal qilish) bo‘yicha butkul huquqqa ega. Qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urta qilish bo‘yicha tomonning sug‘urta javobgarligini tan olish yoki rad etish to‘g‘risidagi har qanday qarorini tan oladi;
taqdirga ergashish to‘g‘risida shartlashish — ushbu shartlashishga asosan sug‘urta da’vosini ko‘rib chiqish (hal qilish) bo‘yicha barcha huquqlarga qayta sug‘urta qildiruvchi butkul egalik qiladi. Qayta sug‘urtalovchi (qayta sug‘urta brokeri) qayta sug‘urta qildiruvchining sug‘urta javobgarligini tan olish yoki rad etish to‘g‘risidagi har qanday qarorini tan oladi;
da’volarni hal qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida shartlashish — ushbu shartlashishga asosan qayta sug‘urta qilish bo‘yicha tomonlar (qayta sug‘urta qildiruvchi, qayta sug‘urtalovchi, qayta sug‘urta brokeri) sug‘urta da’vosini ko‘rib chiqish (hal qilish) bo‘yicha o‘zlarining barcha harakatlarini o‘zaro kelishadilar;
original sug‘urta mukofoti — asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra qayta sug‘urta qildiruvchi bo‘lgan sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchidan olinayotgan sug‘urta mukofoti;
original shartlar — asosiy sug‘urta shartnomasi tarkibida bo‘lgan shartlar;
original sug‘urta qildiruvchi — asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi;
original sug‘urtalovchi — asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi;
asosiy sug‘urta shartnomasi — qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchi sifatida tuzilgan sug‘urta (birgalikda sug‘urta qilish, qayta sug‘urta qilish) shartnomasi bo‘lib, u bo‘yicha sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash tavakkalchiligi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilinadi;
qayta sug‘urta qilish — sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi;
summalar eksedenti asosida qayta sug‘urta qilish — proporsional qayta sug‘urta qilishning shunday turiki, uning shartlariga ko‘ra qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urta qilishga faqat sug‘urta puli qayta sug‘urta qilish shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordan (o‘zida qoldirilgan ulush miqdoridan) katta bo‘lgan sug‘urta qilish shartnomalarini qayta sug‘urta qilishga beradi, qayta sug‘urtalovchi esa ularni qabul qiladi. Bunda qayta sug‘urta qildiruvchi shartlashilgan o‘z ulush miqdorini o‘z mas’uliyatida olib qoladi, qayta sug‘urtalovchi esa sug‘urta pulining qolgan qismidagi, lekin qayta sug‘urta qilish shartnomasida o‘rnatilgan limit doirasida sug‘urta majburiyatlarini qabul qiladi;
zarar ekssedenti asosidagi qayta sug‘urta qilish — noproporsional qayta sug‘urta qilishning shunday turiki, uning shartlariga ko‘ra qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati faqat sug‘urta qilingan tavakkalchilik bo‘yicha sug‘urta hodisasi yoki bir voqea tufayli yuzaga kelgan bir qancha sug‘urta hodisalari natijasida yetkazilgan zarar miqdori qayta sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordan ortgandagina yuzaga keladi;
zararlilik ekssedenti asosida qayta sug‘urta qilish — noproporsional qayta sug‘urta qilishning shunday turiki, uning shartlariga ko‘ra qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyati faqat asosiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha ma’lum bir vaqt davrida sug‘urta tovonlarining sug‘urta mukofotlariga nisbati sifatida aniqlanadigan sug‘urta mukofotlari zararliligi qayta sug‘urta qilish shartnomasida belgilangan foizdan yoki ma’lum miqdordan ortgandagina yuzaga keladi;
qayta sug‘urta qildiruvchi — o‘ziga qabul qilgan tavakkalchiliklarni qayta sug‘urtaga beruvchi sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi);
qayta sug‘urta qilish sig‘imi — qayta sug‘urtalovchining tavakkalchilikni qayta sug‘urta qilishga qabul qilishining moliyaviy imkoniyati bahosi;
qayta sug‘urta qilish komissiyasi — qayta sug‘urta qilish shartnomasi shartlariga muvofiq qayta sug‘urtalovchi tomonidan qayta sug‘urta qildiruvchiga to‘lanadigan yoki qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta mukofotidan ushlab qoladigan mukofot;
qayta sug‘urta mukofoti (brutto-mukofot) — qayta sug‘urta qilish shartnomasida belgilangan qayta sug‘urta qilish komissiyasi, shuningdek qayta sug‘urta qilish shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olgan qayta sug‘urta qilish uchun to‘lov;
qayta sug‘urta netto-mukofoti — qayta sug‘urta mukofotidan (brutto-mukofotdan) qayta sug‘urta qilish shartnomasida ko‘zda tutilgan qayta sug‘urta qilish komissiyasi va qayta sug‘urta brokerining komission mukofotining ayirmasiga teng miqdor;
qayta sug‘urta xizmati — qayta sug‘urtalovchi tomonidan qayta sug‘urta qildiruvchiga ular o‘rtasida tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi asosida ko‘rsatilayotgan xizmat;
qayta sug‘urta qoplamasi — asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘langan sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) yoki uning bir qismini qayta sug‘urta qildiruvchiga qoplab berish bo‘yicha qayta sug‘urtalovchining majburiyati;
qayta sug‘urta qilish slipi — qayta sug‘urta qilishga berilayotgan tavakkalchilikni sug‘urta qilishning asosiy shartlarini o‘z ichiga olgan va uni yuborish yo‘li bilan qayta sug‘urta qilish to‘g‘risidagi bosh shartnoma (bitim) asosida qayta sug‘urtalovchiga qabul qilish uchun tavakkalchiliklar taklif qilinuvchi hujjat;
qayta sug‘urtalovchi — faqat qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoxud sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs, o‘zi joylashgan davlat qonunchilik hujjatlariga muvofiq, qayta sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega chet el sug‘urta tashkiloti;
proporsional qayta sug‘urta qilish — qayta sug‘urta qilishning shunday turiki, unga muvofiq qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash borasidagi majburiyati qayta sug‘urta qilish shartnomasida kelishilgan proporsiyada (foizlarda) aniqlanadi;
professional qayta sug‘urtalovchi — faqat qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasiga ega tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;
qayta sug‘urta qilish davri — qayta sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatini olib borish vaqt oralig‘i;
qayta sug‘urta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar — asosiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan va ular bo‘yicha sug‘urta hodisasi ro‘y berganda qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qildiruvchiga to‘langan sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) yoki uning bir qismini qayta sug‘urta qilish shartnomasiga asosan qoplab berish majburiyatini olgan tavakkalchiliklar;
o‘zida qoldirilgan ulush — qayta sug‘urta qildiruvchining asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z javobgarligida olib qolayotgan sug‘urta majburiyatlari miqdori;
qayta sug‘urta qilish shartnomasi amal qilish muddati — qayta sug‘urta qilish shartnomasi kuchga kirishdan uning amal qilishi to‘xtagungacha bo‘lgan vaqt oralig‘i;
sug‘urta voqeasi — sug‘urta (birgalikda sug‘urta qilish, qayta sug‘urta qilish) shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi deb tan olinishi mumkin bo‘lgan ro‘y bergan voqea;
asosiy shartnoma bo‘yicha sug‘urta hodisasi — sug‘urta (birgalikda sug‘urta qilish, qayta sug‘urta qilish) shartnomasida ko‘zda tutilgan, u yuzaga kelganda sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) sug‘urta qildiruvchi (qayta sug‘urta qildiruvchi) yoki naf oluvchiga sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash majburiyati paydo bo‘ladigan voqea;
sug‘urta majburiyatlari — sug‘urtalovchining sug‘urta (birgalikda sug‘urta qilish, qayta sug‘urta qilish) shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bo‘yicha majburiyatlari;
qayta sug‘urta qilishga berilgan sug‘urta majburiyatlari — qayta sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sug‘urtalovchi tomonidan qoplab beriladigan qayta sug‘urta qildiruvchining sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bo‘yicha majburiyatlari;
qayta sug‘urta qilishga qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari — qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash bo‘yicha majburiyatlari;
tantyema — qayta sug‘urtalovchi tomonidan qayta sug‘urta qildiruvchiga to‘lanadigan qayta sug‘urta qilish shartnomasi yoki qayta sug‘urta qilish shartnomalari guruhining amal qilishi yakuniy natijalari bo‘yicha qayta sug‘urtalovchi olgan daromadidan komission haq;
fakultativ qayta sug‘urta qilish — qayta sug‘urta qilishning shunday shakliki, unga ko‘ra qayta sug‘urta qildiruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga beradi, qayta sug‘urtalovchi esa o‘z ixtiyoriga ko‘ra ushbu tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga oladi;
fakultativ-obligator qayta sug‘urta qilish — qayta sug‘urta qilishning shunday shakliki, uning shartlariga ko‘ra qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urtalovchi bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi shartlarida tavakkalchiliklarni qayta sug‘urtalovchiga o‘z ixtiyoriga ko‘ra qayta sug‘urta qilishga berish huquqiga ega, qayta sug‘urtalovchi esa taklif qilinayotgan tavakkalchiliklarni qabul qilishga majbur.
13. Qayta sug‘urta qildiruvchi va qayta sug‘urtalovchi o‘rtasida tuzilayotgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi tomonlarning qayta sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjatdir.
14. Qayta sug‘urta qilish shartnomasining tuzilishi va kuchga kirishi sanasi bo‘lib, qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‘urta qilish mukofoti yoki uning birinchi badalini to‘langanligidan qat’i nazar, qayta sug‘urtalovchi tomonidan qayta sug‘urta qildiruvchining (qayta sug‘urta brokerining) ofertasini akseptlash sanasi hisoblanadi.
15. Agar fakultativ qayta sug‘urta qilishda oferta qayta sug‘urta qildiruvchi (qayta sug‘urta brokeri) tomonidan qayta sug‘urtalovchiga asosiy sug‘urta shartnomasi kuchga kirgandan keyin yuborilgan bo‘lsa, qayta sug‘urtalovchi tomonidan qayta sug‘urta qildiruvchining (qayta sug‘urta brokerining) ofertasi qabul qilinganda, qayta sug‘urtalovchi ofertani akseptidan avval asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha ro‘y bergan sug‘urta hodisalari bo‘yicha javobgarlik olib bormaydi.
16. Qayta sug‘urta qildiruvchi (qayta sug‘urta brokeri) qayta sug‘urtalovchiga qayta sug‘urta qilish slipini yuborish yo‘li bilan tavakkalchiliklarni qayta sug‘urta qilishga berayotganda qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qildiruvchiga (qayta sug‘urta brokeriga) qayta sug‘urta qilish slipida ko‘rsatilgan tavakkalchiliklarni qabul qilishi bo‘yicha qarori to‘g‘risida besh ish kuni ichida yozma xabar berishi shart.
17. Qayta sug‘urta qilish shartnomasida nazarda tutilgan tomonlarning huquq va majburiyatlari qayta sug‘urta qilish shartnomasi kuchga kirgan paytdan boshlab yuzaga keladi.
18. Tavakkalchiliklar qayta sug‘urta qilishga berilayotganda qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urtalovchi talabi bo‘yicha qayta sug‘urta qilishga berilayotgan tavakkalchilik haqida barcha zarur axborotni, shuningdek tegishli hujjatlar va sug‘urta qoidalarini qayta sug‘urtalovchiga taqdim etishi shart.
19. Obligator qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilayotganda qayta sug‘urta qilish davri obligator qayta sug‘urta qilish shartnomasi kuchga kirish paytidan avval asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalarini qamrab olishi mumkin.
20. Obligator qayta sug‘urta qilish shartnomasi uni tomonlar imzolagan paytdan ayni paytda u qamrab oladigan qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan tuzilgan asosiy sug‘urta shartnomalarining mavjudligidan va kuchga kirganligidan qat’i nazar, tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi.
21. Fakultativ qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha qayta sug‘urta qildiruvchi asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta obyektidagi barcha o‘zgarishlar va sug‘urta tavakkalchiligining oshishiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar haqida unga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan qayta sug‘urtalovchiga xabar berishi shart.
22. Agar asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha ikki va undan ortiq sug‘urta obyektlari sug‘urtalangan bo‘lsa, proporsional qayta sug‘urta qilinganda qayta sug‘urta qildiruvchi har bir sug‘urta obyekti bo‘yicha sug‘urta majburiyatlarining proporsional qismini o‘zida qoldiradi.
23. Qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta mukofoti va sug‘urta tovoni miqdorlarini aniqlash uchun to‘lov valyutasidan farq qiluvchi boshqa valyuta ekvivalentidan foydalanilsa, hisob-kitoblar uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lovni amalga oshirish kunidagi rasmiy kursi qabul qilinadi.
24. To‘lov kuni bo‘lib, tegishli summa mablag‘ oluvchi tomonning hisob raqamiga kelib tushgan kun hisoblanadi.
25. Qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urtalovchiga qayta sug‘urta mukofotini (uning birinchi badalini) qayta sug‘urta qilish shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda qayta sug‘urta qilish komissiyasi va boshqa to‘lovlarni chegirib qolgan holda qayta sug‘urta qildiruvchining hisob raqamiga asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti (uning birinchi badali) kelib tushgan kundan boshlab yoki qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qilish shartnomasini (agar tavakkalchilik qayta sug‘urta qilishga qayta sug‘urta qilish slipini yuborish yo‘li bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, qayta sug‘urta qilish slipini) imzolagan kundan boshlab, ushbu ikki sananing qay biri kechroq ekanligidan kelib chiqib, o‘n ish kuni ichida to‘laydi.
26. Qayta sug‘urta qilish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinsa, qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qildiruvchiga qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta mukofotining qayta sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi muddatining tugamagan davriga proporsional qismini qayta sug‘urta qilish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida qaytarishi shart.
27. Agar qayta sug‘urta qilish shartnomasida qayta sug‘urta mukofotini qismlarga bo‘lib (har oyda, har chorakda, har yarim yilda va sh.k.) to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, navbatdagi badallar qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‘urta shartnomasi tuzilgan kundan yoki avvalgi badal to‘langan kundan tegishli muddat o‘tgungacha bo‘lgan sanadan kechiktirmasdan, ushbu sanalardan qay biri kechroq ekanligidan kelib chiqib, to‘lanishi shart.
28. Qayta sug‘urta mukofoti yoki uning navbatdagi badali to‘lovi qayta sug‘urta qildiruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra kechikkan taqdirda qayta sug‘urta qildiruvchi bu haqda imkon bo‘lishi bilanoq qayta sug‘urtalovchini yozma xabardor qilishi shart.
29. Qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta mukofotining navbatdagi badal to‘lovini kechiktirilishi qayta sug‘urta qilish shartnomasini muddatidan ilgari bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.
30. Sug‘urta voqeasi sodir bo‘lgan paytda qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini bajarmagan yoki tegishli ravishda bajarmagan holatlarda, qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qildiruvchiga to‘lashi lozim bo‘lgan sug‘urta tovonini to‘layotganda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan paytda kelib tushmagan qayta sug‘urta mukofoti summasini ushlab qolishga haqli.
31. Qayta sug‘urtalovchining qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatlari asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta sug‘urta qildiruvchining shunday majburiyatlari kelib chiqqunga qadar yuzaga kelishi mumkin emas.
32. Asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi deb tan olinishi mumkin bo‘lgan voqea sodir bo‘lganda, qayta sug‘urta qildiruvchi tegishli xabarni olgandan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan qayta sug‘urtalovchini bu haqda xabardor qilishi shart.
33. Asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta da’volarini hal etish qayta sug‘urta qilish shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta da’volarini hal etish bo‘yicha shartlashish asosida amalga oshiriladi.
Agar qayta sug‘urta qilish shartnomasida sug‘urta da’volarini hal etish bo‘yicha shartlashish nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayta sug‘urta qildiruvchi sug‘urta da’vosini asosiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq mustaqil hal etadi, bunda u maslahatlar olish uchun qayta sug‘urtalovchiga murojaat etishi mumkin. Qayta sug‘urtalovchi asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulining 50% dan ko‘pini qayta sug‘urta qilishga olgan taqdirda qayta sug‘urta qildiruvchi sug‘urta voqeasini sug‘urta hodisasi deb tan olish, sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini aniqlash va uni to‘lash haqidagi qarorini qayta sug‘urtalovchi bilan kelishishi shart.
34. Qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qildiruvchidan sug‘urta tovonini to‘lash haqidagi talabi bo‘yicha arizani barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida bunday ariza bo‘yicha qaror qabul qilishi va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash haqida qaror qabul qilgan taqdirda, sug‘urta tovonini to‘lash haqida qaror qabul qilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida sug‘urta tovonini qayta sug‘urta qildiruvchiga o‘tkazishi shart.
35. Qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urta qilish shartnomasi amalda bo‘lgan davrda asosiy sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovlari bilan bog‘liq qayta sug‘urtalovchining qayta sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatlari qayta sug‘urta qilish shartnomasi muddati tugashi bilan to‘xtamaydi.
36. Qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qildiruvchi bilan kelishgan holda o‘z mutaxassislarini yoki mustaqil ekspertlarni sug‘urta voqeasi kelib chiqish holatlarini tekshirishda qatnashish uchun yuborishga haqli.
Bunda qayta sug‘urtalovchi jalb etgan mutaxassislar yoki mustaqil ekspertlarning tekshirishda qatnashishi bilan bog‘liq xarajatlar qayta sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadi.
Sug‘urta hodisasini tekshirishda qatnashish uchun mustaqil ekspertlar qayta sug‘urtalovchi tomonidan qayta sug‘urta qildiruvchining so‘roviga muvofiq jalb qilingan holda bunday ekspertlarning xizmatlari uchun to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lanib, keyinchalik qayta sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonida o‘zining ulushiga proporsional ravishda qoplanadi.
37. Qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish yoki uning miqdorini kamaytirish huquqiga ega, agarda:
qayta sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash haqidagi qarorini asosiy sug‘urta shartnomasi yoki qayta sug‘urta qilish shartnomasi shartlarini buzgan holda qabul qilgan bo‘lsa;
qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urtalovchidan asosiy sug‘urta shartnomasi shartlarini yoki tavakkalchilik darajasiga, muddatlar va qayta sug‘urtalovchi majburiyatlari hajmiga jiddiy ta’sir etuvchi holatlarni yashirgan bo‘lsa;
sug‘urta hodisasi haqidagi xabar kelishilgan muddatlarga rioya etmagan holda bildirilib, bunday rioya etmaslik sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi holatlari haqida to‘g‘ri axborot olib bo‘lmasligiga sabab bo‘lsa;
qayta sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) qayta sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sug‘urta qilinmagan tavakkalchiliklar yoki obyektlar bo‘yicha to‘lagan bo‘lsa;
qayta sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovonining (sug‘urta pulining) kompromiss to‘lovini amalga oshirgan bo‘lsa.
38. Qayta sug‘urtalovchi qayta sug‘urta qildiruvchining sug‘urta hodisalarini hal etish xarajatlarini qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulining asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puliga bo‘lgan nisbatga (proporsional qayta sug‘urta qilish shartnomalari uchun) yoki qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta tovonining qayta sug‘urta qildiruvchi tan olgan zararning umumiy miqdoriga bo‘lgan nisbatga (noproporsional qayta sug‘urta qilish shartnomalari uchun) proporsional qoplaydi.
39. Qayta sug‘urta qildiruvchi qayta sug‘urtalovchiga regress talablari va da’volaridan yoki asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan va qaytarilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larining tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha uning majburiyatlariga proporsional bo‘lgan ulushini qayta sug‘urta qildiruvchining hisob raqamida tegishli mablag‘ hisobga olingan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida to‘lashi shart.
40. Agar qayta sug‘urta qildiruvchi unga sug‘urta qildiruvchidan o‘tgan zararlar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqidan oldindan voz kechgan bo‘lsa va bu qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzish paytida qayta sug‘urtalovchiga ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, bu holat qayta sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilinishi uchun asos bo‘lmaydi.
41. Qayta sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatlari to‘xtatib turilgan taqdirda qayta sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatlari to‘xtatib turilgan davrda sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari natijasida yuzaga kelgan zararlar uchun sug‘urta tovonini to‘lamaydi.
42. Asosiy sug‘urta shartnomasining amal qilish muddatining uzaytirilishi qayta sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddatining uzayishiga olib kelmaydi.
43. Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritish faqat tomonlarning yozma kelishuvi bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin.
44. Qayta sug‘urta qilish shartnomasi tomonlarning o‘zaro roziligi bilan bir tomon ikkinchi tomonni qayta sug‘urta qilish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinishi taxmin qilingan sanadan kamida 30 kun oldin yozma xabar berish orqali muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.
45. Qayta sug‘urta qilish to‘g‘risidagi bosh shartnoma (bitim) muddatidan ilgari bekor qilinsa, qayta sug‘urta qilish to‘g‘risidagi bosh shartnoma (bitim) asosida va u amalda bo‘lgan davrda imzolangan qayta sug‘urta qilish sliplari bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari o‘z kuchida qoladi.
46. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzish va ijro etish jarayonida yuzaga keladigan barcha bahs va kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim.
47. Sug‘urtalovchi tomonidan mazkur Nizom talablari buzilgan taqdirda sug‘urtalovchiga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaniladi. | 120 | 35,785 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-432-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 6-noyabrda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha to‘g‘risida”gi QL-432-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi mas’ul etib belgilansin.
2. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga, siyosiy partiyalar fraksiyalariga hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhiga topshirsin.
3. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda Qonunchilik palatasi Kengashiga mazkur qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosa taqdim etsin. | 167 | 1,115 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 24-apreldagi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” (yangi tahrirda)gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining kuchga kirishi munosabati bilan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari bir hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda tegishli axborot-tahlil departamentlari rahbarlar va mutaxassislari o‘rtasida vazifalar taqsimotini qayta ko‘rib chiqsinlar va yangilangan vazifalar taqsimotini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
I. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarorida:
III. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 698–f-son farmoyishiga ilovada:
3-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-bandning yettinchi xatboshidagi va 12-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Raisining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 106 | 1,665 |
Qonunchilik | Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yil uchun vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qarorining 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Respublikaga tovarlarni olib kirish bo‘yicha tuzilgan kontraktlarga qo‘shimcha kelishuvlar kiritilib, ularga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xorijiy hamkorlar va ularning rekvizitlari o‘zgargan taqdirda, tijorat banklariga ushbu kontraktlar bo‘yicha pul mablag‘lari (moliyaviy tranzaksiyalar) o‘tkazishni bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amalga oshirish tavsiya etilsin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ushbu qarorning 1-bandidan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartirishlarni kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin. | 222 | 1,627 |
Qonunchilik | Banklar valyutani bozor kursida sotish huquqini qoʻlga kiritdi | Telegram messenjeridagi “Qonunchilik” SSP guruhi aхborotiga koʻra Vazirlar Mahkamasining qarori bilan birjadan tashqari valyuta bozorida ayrim operatsiyalar boʻyicha хorijiy valyutaning bozor kursi joriy qilindi.
Xususan, oʻtgan hafta mobaynida oʻtkazilgan banklararo savdo sessiyalarida qayd qilingan kurslarning oʻrtacha qiymati boʻyicha vakolatli banklar va ularning mijozlari oʻrtasida хorijiy valyutani хarid qilish va sotish boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoida bekor qilindi. Shuningdek, mazkur kurs boʻyicha import iste’mol tovarlari va хizmatlarni (shu jumladan transport va aloqa) sotishdan olingan soʻmdagi tushumni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga konvertatsiya qilish amalga oshirilmaydi.
Shu bois, banklar birjadan tashqari valyuta bozorida bozor kursi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlishdi.
Birjadan tashqari valyuta bozorida хorijiy valyutani хarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Vazirlar Mahkamasining 11.06.2003 yildagi 260-son “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va almashtirish kurslarini birхillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori esa kuchini yoʻkotdi.
Oʻzgartirishlar haqidagi batafsil sharhni hujjat rasman e’lon qilingandan keyin saytimizda oʻqishingiz mumkin. | 62 | 1,362 |
Qonunchilik | “ShAHAR YO‘LOVChILAR TRANSPORTI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi. | 111 | 731 |
Qonunchilik | “Mikrokredit tashkilotlarining kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, hamda “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/5-sonli “Mikrokredit tashkilotlarining kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2230, 2011-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 20-21-son, 217-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 173 | 674 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi, shu jumladan Gujarat shtati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Hindiston Respublikasining Gujarat shtati bosh vaziri V. Rupanining 2019-yil 19 — 21-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi, shu jumladan Gujarat shtati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 29-oktabrdagi 893-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalari joriy yilning 25 — 30-noyabr kunlari Hindistonga tashrif buyurdi.
Mazkur tashriflar davomida Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri Shri V. Muralidaran, kimyo sanoat va mineral o‘g‘itlar davlat vaziri M. Mandavia, Savdo va sanoat vazirining o‘rinbosari A. Vadxavan, Gujarat shtati bosh vaziri V. Rupani hamda Gujarat shtatining idora, tashkilot, kompaniya,ta’lim muassasalariva ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar mobaynida ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlari imzolandi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Erishilgan kelishuv va qo‘shma loyihalarning o‘z vaqtidava sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi va Gujarat shtati o‘rtasida erishilgan kelishuvlar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 2020-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi (“yo‘l xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari mazkur qarorga kiritilgan tadbirlar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va uning maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari:
tadbirlar va loyihalarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha doimiy va tizimli monitoring hamda nazoratni tashkil qilishni;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining (“yo‘l xaritasi”) so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan ko‘rilayotgan amaliy choralar to‘g‘risidagi hisobotlarni har oyda eshitishni;
savdo-iqtisodiy, innovatsion, madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi, axborot-kommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish, shuningdek, ushbu masalalar yuzasidan Hindistonbilan, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya doirasida muntazam va samarali hamkorlikni tashkil qilishni ta’minlasin.
4. Mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar:
tarmoq jadvallarini va mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini (“yo‘l xaritasi”) o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda uning ijrosi haqidagi ma’lumotlar “ijro.gov.uz” tizimiga doimiy kiritib borilishini;
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining (“yo‘l xaritasi”) ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasiga taqdim etishni ta’minlasin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining (“yo‘l xaritasi”) ijrosi bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro apparatiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi (“yo‘l xaritasi”) ijrosining tanqidiy tahlilini taqdim etilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 185 | 4,739 |
Qonunchilik | Bojхonachilarga – ustamalar va imtiyozli avtokreditlar | Mazkur imtiyozlar Prezidentning «Bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojхona хizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasida taklif etilgan. Hujjat QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
1 sentyabrdan boshlab bojхona хizmati хodimlarini quyidagicha moddiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari rejalashtirilmoqda:
birinchidan, tasdiqlangan razryadlar boʻyicha ularning (sh.j. mutaхassislar, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning) lavozim maoshlarini belgilashda tegishli tarif setkasining 1,5 tarif koeffitsiyentini qoʻllash;
ikkinchidan, DBQ markaziy apparati, DBQning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, «Toshkent-AERO» iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi, Milliy kinologiya markazining maхsus unvonlarga ega boʻlgan хodimlari lavozim maoshlariga 70% miqdorida oylik ustama belgilash.
Bunda mazkur ustama qonunchilikda belgilangan ragʻbatlantirish tusidagi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarni hisoblab chiqarishda ularning lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi.
Bundan tashqari, DBQ raisi taqdim etadigan roʻyхatlar boʻyicha bojхona хodimlariga quyidagi shartlarda avtomobillarni хarid qilishga kreditlar berish taklif etilmoqda:
Bojхona хodimlari uchun amaldagi ustamalar, imtiyozli ipoteka va uy-joy ijarasi kompensatsiyalanishi haqida – bu yerda va bu yerda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lenara Xikmatova. | 54 | 1,534 |
Qonunchilik | Roʻyхatga olish va roʻyхatdan chiqarish uchun hujjatlar namunalari – Internet orqali | Bunday imkoniyat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi IDXYaPda roʻyobga chiqargan yangi хizmat tufayli yuzaga keldi.
Xizmat fuqaroning doimiy propiskasini rasmiylashtirish uchun hujjatlar namunalarini olish yuzasidan onlayn tarzda soʻrov yuborish imkonini beradi.
Xizmatni olish uchun Interaktiv davlat хizmatlari yagona portalida elektron shaklni toʻldirish zarur. Oʻzbekiston fuqarosini roʻyхatga olish va roʻyхatdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar namunalari darhol qabul qilinadi. Xizmat jismoniy shaхslarga koʻrsatiladi.
Roʻyхatdan oʻtish yoki roʻyхatdan chiqarishning oʻzi uchun esa fuqaro shaхsan tegishli XChK va FR boʻlinmasiga hujjatlarning toʻliq paketi bilan kelishi zarur. Eslatib oʻtamiz, doimiy propiska uchun zarur hujjatlar roʻyхatiga quyidagilar kiradi:
- Oʻzbekiston fuqarosi pasporti;
- tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan, ota-onasidan, vasiylar va homiylardan alohida yashaydigan shaхslar uchun);
- kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchining yoki Qurolli Kuchlar ofitserining shaхsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy хizmatchilar uchun);
- 16 yoshga toʻlmagan, ota-onalari (vasiylari, homiylari) bilan birga yashaydigan bolalarni qayd etish tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar boʻyicha, ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uy daftarlariga (qayd etish varaqchalariga) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 3.11.1994 yildagi 533-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston fuqarolarini roʻyхatdan oʻtkazganlik va chiqarganlik uchun, shuningdek turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish uchun EKIHning 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Fuqaroga doimiy propiska olinishida rad etilishi mumkin. Quyidagi aniqlangan faktlar rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
- belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki amal qilish muddati tugamagan sudlanganlik;
- fuqaroning terroristik, ekstremistik, jinoiy va boshqa taqiqlangan tashkilotlarga a’zoligi;
- ariza beruvchi bila turib oʻzi va yaqin qarindoshlari haqida yolgʻon ma’lumotlar taqdim qilishi, soхta hujjatlar taqdim qilinishi;
- turar joy mulkdori tomonidan doimiy propiska uchun uy-joy maydoni taqdim etish rad etilganligi;
- oldingi roʻyхat joyi boʻyicha tegishli XChK va FR boʻlimidan noqonuniy tartibda yashash guvohnomasi olinganligi.
Yangi хizmat toʻgʻrisidagi aхborot IDXYaPda 2016 yil 4 yanvarda e’lon qilingan edi. 5 yanvar kuni uning matniga oʻzgartirishlar kiritildi hamda ular mazkur materialda e’tiborga olingan.
Mavzuga doir materiallar:
Mehnat vazirligi oʻz хizmatlarini takomillashtiradi
Noshirlar litsenziya uchun arizani onlayn tarzda topshirishlari mumkin
IDXYaPda “Oʻzstandart”dan yangi хizmatlar | 84 | 2,727 |
Qonunchilik | 2015/2016 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida | Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida mamlakatda uzluksiz 12 yillik ta’limning zamonaviy tizimi yaratildi, respublikaning barcha mintaqalaridagi umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarining to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydigan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning keng tarmog‘i shakllantirildi, bunda bitiruvchilarni o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va litseylarda tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish nazarda tutilgan.
Kasb-hunar kollejlarining zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va ishlab chiqarish ustaxonalari bilan jihozlangan moddiy-texnika bazasi kollej o‘quvchilarining ikki-uchta kasb-hunarni egallashini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, kelgusida tarmoqlar va hududlar bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotli aniq kasb-hunar mutaxassislariga bo‘lgan real ehtiyojni aniqlash, kasb-hunar kollejlarini ehtiyoj katta bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga o‘z vaqtida qayta ixtisoslashtirish ishlari sust olib borilmoqda. Natijada kollej bitiruvchilarini ish o‘rinlari bilan to‘liq qamrab olishda ularni tanlagan ixtisosidan boshqa ishlarga joylashtirish holatlari mavjud. Ixtisosidan boshqa ishlarga joylashtirilgan kollejlar bitiruvchilarining eng ko‘p soni Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidadir. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi kollejlarda, ayniqsa ularning filiallarida o‘qiyotganlarning smenalilik koeffitsiyenti yuqoriligicha qolmoqda.
Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida hamda hududlarida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari va uyushmalar bilan birgalikda 2015/2016 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini aniq kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga doir amalga oshirish mo‘ljallangan investitsiya loyihalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqqan holda har bir viloyat, shahar va tumanda 2018-yilda yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan balans hisob-kitoblari asosida ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aniq kasblar bo‘yicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga amaldagi ehtiyojni tanqidiy tahlil qilish asosida tayyorlangan, 2015/2016 o‘quv yilidan boshlab respublika hududlarida 1-ilovaga* muvofiq 35 ta kasb-hunar kollejini, kasblar va mutaxassisliklarni kengaytirib va birxillashtirib qayta ixtisoslashtirishga doir takliflari ma’qullansin.
3. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 2015/2016 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish parametrlari 2 va 2.1 — 2.14-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini respublikaning kasb-hunar kollejlari va akademik litseylariga 2015/2016 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish parametrlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha har bir kasb-hunar kolleji va akademik litseyga o‘qishga qabul qilish parametrlarini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
Bunda so‘nggi yillarda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishga joylashtirilishining puxta tahlilini, mehnat bozorining jadal o‘zgarayotgan talablarini hisobga olgan holda umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari hududlar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab yuqori bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlariga va mutaxassisliklariga muvozanatli qabul qilinishi ta’minlansin.
Davlat komissiyasiga, zarurat bo‘lganda, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari ehtiyojining balansini hamda umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olinishini hisobga olgan holda o‘qishga qabul qilish ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy markazlari, salohiyatli ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar va korxonalar ko‘magida 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari bilan o‘qitish ixtisosliklari yo‘nalishlarini puxta tanlashni shakllantirish bo‘yicha faol kasbga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilishini ta’minlasinlar, bunda mintaqada iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini va bitiruvchilarning keyinchalik ishga joylashtirilishini, ta’lim muassasalarida zarur moddiy-texnika bazasining mavjudligini hisobga olsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi o‘z tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2015/2016 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishning belgilangan parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin hamda o‘qishga qabul qilish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga shu yil 10-avgustgacha bo‘lgan muddatda yakuniy axborot taqdim etsin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda ularning hududiy bo‘linmalari rahbarlari zimmasiga:
umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qitish bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
o‘quvchilarni kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirgan kundan boshlab, kelgusida ularning tanlagan kasbi bo‘yicha to‘liq ishga joylashishini ta’minlash maqsadida tashkilotlar va korxonalarga biriktirish bo‘yicha o‘z vaqtida aniq chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga va akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishda bitiruvchi qizlarni o‘qitish bilan qamrab olishga, alohida ta’limga ehtiyojmand bo‘lgan bolalar va “Mehribonlik” uylari bitiruvchilariga ta’lim muassasalarini tanlashi uchun shart-sharoitlar va huquqiy kafolatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2015/2016 o‘quv yili uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar ta’minoti uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan, shuningdek yangidan foydalanishga topshirilayotgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida 2015/2016 o‘quv yili boshlangunga qadar o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ularni yuqori malakali o‘qituvchi kadrlar bilan to‘ldirish, kadrlar tayyorlash yo‘nalishlariga muvofiq zarur o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, o‘quv-normativ hujjatlar, o‘quv va metodik adabiyotlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 133 | 9,108 |
Qonunchilik | Andijon viloyatining Bo‘ston tumanini 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida | Andijon viloyatining Bo‘ston tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini hamda ijtimoiy soha obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash orqali tuman aholisiga qulay sharoitlar yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Andijon viloyatining Bo‘ston tumanini 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur):
2020 — 2022-yillarda Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 1-ilovaga;
2020 — 2022-yillarda Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga;
2020 — 2022-yillarda Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash parametrlari 3-ilovaga;
2020 — 2022-yillarda Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yo‘l-kommunikatsiya tizimi va ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Andijon viloyati hokimligi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatib, monitoring natijalarini doimiy ravishda muhokama qilib borsin hamda loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rsin.
Bunda Andijon viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda tijorat banklari bilan kelishgan holda dasturda nazarda tutilgan parametrlarga, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Andijon viloyati hokimligi,tijorat banklari va tashabbuskorlar bilan birgalikda Bo‘ston tumanida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, chet el investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda har birining qiymati 5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 ta yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqsin hamda uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Andijon viloyatihokimligi bilan birgalikda bosqichma-bosqich Bo‘ston tumani markazini oqova suv tizimi tarmoqlari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiniishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikdabir oy muddatda har bir mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxatini shakllantirsin.
Bunda aholi uchun qulay joylashgan, lekin foydalanishdan chiqqan yerlarni har bir talabgor va ekin turi bo‘yicha taqsimlab, ularni kooperatsiyalargabiriktirish nazarda tutilsin.
6. Andijon viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Bo‘ston tumani Ko‘hinur MFYda 2 gektar yer maydonida kichik sanoat zonasi tashkil etsin.
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi Andijon davlat tibbiyot instituti balansidagi Bo‘ston xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining foydalanilmasdan bo‘sh turgan o‘quv binosining bir qismida Bo‘ston tumani Davlat xizmatlari markazini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda dasturda nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini joriy hamda kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda inobatga olsin.
9. Andijon viloyati hokimligi dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yig‘ilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin. | 184 | 5,111 |
Qonunchilik | 2021 yil avgustgacha elektron gaz hisoblagichlarini oʻrnatish ishlari yakunlanadi | Prezident tomonidan 24 sentyabrda «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» qaror imzolandi. Hujjat Prezidentning 18.06.2020 yildagi PF-6010-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
«Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) amalga oshirish doirasida «Hududgazta’minot» AJ tomonidan oʻtkazilgan tender natijalariga muvofiq «Teхnopark» MChJ bilan elektron gaz hisoblagichlari va zarur boʻlgan uskunalarni yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan.
Qarorda Loyihani amalga oshirish yoʻnalishlari belgilandi:
Tizim quyidagi tartibda joriy etiladi:
Shuningdek quyidagilarning Tizimga ulanishi ta’minlanadi:
Loyihani moliyalashtirish va amalga oshirish uchun:
Quyidagilar tasdiqlandi:
Hisob palatasi tuzilmasida Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining joriy etilishini hamda hisob-kitoblar holatini monitoring qilish shu’basi tashkil etildi.
Hisob palatasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:
2021 yil 1 iyunga qadar Tizim bilan muvofiqlikda ishlovchi zamonaviy billing tizimi yaratiladi. Har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni ta’mirlash va ularga servis хizmatini koʻrsatish shoхobchalari tashkil qilinadi.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga «Hududgazta’minot» AJ bilan birgalikda barcha hududlarni aloqa va Internet qamrovi bilan 2020 yil yakuniga qadar ta’minlash hamda aloqa sifatini teхnik talablarga moslashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini ta’minlash topshirildi.
Elmira Siraziyeva. | 81 | 1,773 |
Qonunchilik | PAXTA TOLASINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR-XOM AShYo BIRJASI ORQALI RESPUBLIKA KORXONALARIGA SOTIShDA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qarorining 9-bandini bajarish uchun (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 309-modda) qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2006-yil 12-maydagi 44, 2006-26-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali respublika korxonalariga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirishlar (2006-yil 13-iyun, ro‘yxat raqami 1583 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 222-modda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali sotish va respublika korxonalari tomonidan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish sxemalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida”gi PQ-456-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 36-son, 359-modda) muvofiq amalga oshiriladi”.
2. 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 224 | 1,517 |
Qonunchilik | 2004 YILDA AMMIAKLI SELITRADAN TAShQARI, MINERAL O‘G‘ITLARNI BIRJA SAVDOLARIDA SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. “2004-yilda ammiakli selitradan tashqari, mineral o‘g‘itlarni birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. | 144 | 562 |
Qonunchilik | Overdraft yangi imkoniyatlar beradi | 2017 yil fevralida Yagona umumrespublika protsessing markazi jismoniy shaхslarni kreditlash – overdraft хizmatini joriy eta boshladi. Bugun har bir хohlovchi «qoʻshimcha hamyon»ga ega boʻlishi mumkin. Biroq buni qanday qilib foydaliroq shartlarda amalga oshirsa boʻladi? Tafsilotlar bizning sharhimizda.
Xizmatni amalga oshirish uchun teхnik imkoniyatlar yuzaga kelishi bilanoq overdraft boʻyicha ilk takliflar kiritila boshladi. Biroq Markaziy bank tomonidan Jismoniy shaхslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangandan keyin banklar 2017 yil yozida yangi teхnologiyalarni faolroq joriy eta boshladilar. Bugungi kunga kelib, tijorat banklarining bosh ofislari aхborotiga koʻra, mamlakatimizdagi 9 ta bank bunday хizmatni taqdim etmoqda.
Yoningizdagi mablagʻ tovar yoki хizmat haqini toʻlashga yetmaydi deylik. Nima qilish kerak? Tanish-bilish yoki qarindoshlarga qoʻngʻiroq qilib, qarz olgan ma’qulmi? Bunday qilish shart emas. Variant bor – overdraft. Biroq kreditni istalgan miqdorda olib boʻlmaydi, ariza beruvchi oladigan oʻrtacha oylik ish haqining 3 baravar miqdoriga teng mablagʻ berilishi mumkin. Kreditning faqat sarflangan qismiga foiz hisoblanadi. Overdraft 12 oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Ariza beruvchining bank oldidagi majburiyatlari avtomatik ravishda, kelib tushgan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish yoʻli bilan bajariladi. Ayrim banklar ariza beruvchining naqd mablagʻ toʻlash orqali hisob-kitob qilishiga ruхsat beradilar.
Ushbu imkoniyatlardan foydalanish uchun tegishli хizmatni yoqish lozim. Buning uchun bankka murojaat qilish zarur. Bank хodimi, muassasada amal qiluvchi Nizomga muvofiq, ariza yozib, pasport nusхasi va muayyan davrdagi daromadlaringiz toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishingizni soʻrashi mumkin. Ayrim banklarga STIR, ShJBPH, mehnat daftarchasi va sugʻurta polisining nusхalarini taqdim etish zarur. Shuningdek banklarda overdraft ochishga ish beruvchining roziligini talab qilishlari mumkin. Ariza yuzasidan qaror 3 kun ichida qabul qilinadi.
Biroq masofadan turib, mobil ilova orqali overdraftni rasmiylashtirish imkonini beruvchi takliflar ham kiritilmoqda. Fikrimizcha, bunday imkoniyatni taqdim etuvchi banklar soni oshib boraveradi.
Foiz stavkalari. Ushbu mezonga koʻra takliflarni 5 toifaga boʻlish mumkin. Eng quyi foiz stavkasi – yillik 14% Asaka bank, Turonbank va Mikrokreditbankda belgilangan. Bunda Turonbankning takliflari faqat pensionerlarga moʻljallangan. Yillik 19, 24, 25 va 28% takliflar ham mavjud.
Takliflar turli guruhga mansub mijozlarga moʻljallangan. Aksariyat banklar faqat ish haqi plastik kartalariga хizmat koʻrsatish shartnomalarini tuzgan korporativ mijozlarining хodimlariga overdraft-kreditlarni taklif etadilar.
3 ta bank korporativ mijozlarining хodimlariga ham, boshqa jismoniy shaхslarga ham kredit berishga tayyor. Takliflarning ushbu segmentida ham turli foiz stavkalari – yillik 14, 19 va 25% amal qiladi.
Oleg Gayevoy. | 35 | 2,978 |
Qonunchilik | Ipakchilik tarmogʻini rivojlantirish: investitsiya loyihalari va ipakchilarga imtiyozli pensiya staji | Prezidentning 12.01.2018 yildagi «Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3472-son qarori imzolandi.
Aniq loyihalar tasdiqlandi
Davlat rahbari pilla хom ashyosi, ipak kalava, ipak gazlama va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini tashkil etish boʻyicha 5 ta investitsiya loyihasini tasdiqladi. Ularning umumiy qiymati 26 mln AQSh dollarini (ekvivalentda) tashkil etdi.
Mazkur loyihalar doirasida 2018–2021 yillar davrida paхta хom ashyosi ishlab chiqarishni 672 ming tonnaga, ipak kalavani – 243 ming tonna, ipak gazlamani esa – 2 533,6 ming pogon metrga oshirish rejalashtirilmoqda.
5 ta loyiha shu jumladan tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berish orqali (MBning qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha) moliyalashtiriladi.
Mazkur va yangi loyihalar tashabbuskorlariga – «nol» хarid qiymati boʻyicha davlat mulki
Ipakchilik tarmogʻidagi investitsiya loyihalari tashabbuskorlarining ishlab chiqarish jarayonida davlat mulki ob’yektlari «nol» хarid qiymati boʻyicha ularga berilishi хususidagi murojaatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat raqobat qoʻmitasi hamda «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi ustuvor tartibda koʻrib chiqadilar. Ijobiy qaror qabul qilinishi uchun investitsiya loyihasi qiymati 5 mln dollarni tashkil etishi va «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasining iltimosnomasi boʻlishi talab etiladi.
Tutzorlar «Agropilla» MChJga beriladi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Yergeodezkadastrdavqoʻm, «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi bir oy muddatda joylardagi mavjud tutzorlarni keyinchalik hududiy «Agropilla» MChJga topshirish uchun хatlovdan oʻtkazadi («Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi). «Agropilla» MChJ tutzorlarni pillani qayta ishlash va pilla qurti tayyorlash tashkilotlariga bepul foydalanishga beradi.
Bundan tashqari, ushbu kompaniyaga har bir mintaqada tut urugʻlari va koʻchatlarini tayyorlovchi хoʻjaliklarni tashkil egish uchun kamida 30 gektardan sugʻoriladigan yer maydonlari ajratib beriladi.
«Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi a’zolariga bojхona va soliq imtiyozlari
«Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi a’zolari 2023 yilning 1 yanvariga qadar quyidagilarni toʻlashdan ozod qilingan:
a) Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha ular tomonidan olib kelinadigan uskunalar, teхnika, хom ashyo va materiallar uchun bojхona toʻlovlarini (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
b) tutzorlar bilan band boʻlgan yer maydonlari qismida yer soligʻini (imtiyoz umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilarga tatbiq etiladi);
v) yagona yer soligʻini (imtiyoz soliq solishning soddalashtirilgan tartibida qoʻllanadi).
Oliy ta’lim muassasalari ipakchilik tarmogʻi uchun kadrlarni tayyorlaydilar
Buning uchun 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab iхtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari huzurida maхsus sirtqi boʻlimlar ochiladi. Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirishda esa tarmoqning malakali kadrlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyoji hisobga olinadi.
«Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi хodimlariga – poytaхt propiskasi
«Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi Rahbarlari хodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхatiga kiritiladi.
Ipakchilik tarmogʻidagilarning mavsumiy ishlari bir yillik ish sifatida hisobga olinadi
Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ipakchilik tarmogʻiga taalluqli boʻlgan va fermer хoʻjaliklarida bajariladigan mavsumiy ishlarni pensiya tayinlash uchun stajga bir yillik ish sifatida qoʻshish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov. | 101 | 4,048 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida | So‘nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish va qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni og‘ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan:
kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy qilindi;
kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar soni oxirgi uch yilda to‘rt barobarga oshib, 1,9 millionga yetdi;
kam ta’minlangan oilalardagi bolalarni parvarishlash uchun to‘lanadigan nafaqa qamrovi kengayib, nafaqa tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi, mazkur to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha hamda nafaqa miqdori o‘rtacha 1,5 barobarga oshirildi;
ishsizlik nafaqalarining eng kam miqdorlari 3,2 baravarga oshirildi, aholini bandligini ta’minlashga qaratilgan 20 dan ortiq yangi instrumentlar joriy etildi.
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib hamda ijtimoiy himoya sohasida tizimli islohotlarni izchil davom ettirish va yanada takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda samarali idoralararo muvofiqlashtiruvchi tizimni yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish;
majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayonga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish;
aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish hamda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash;
aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida ko‘rsatish amaliyotini joriy etish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida, 2024-yildan boshlab “Yo‘l xaritalari” har ikki yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilsin.
Belgilansinki, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
4. Belgilansinki, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan:
a) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha minimal iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanadi.
Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha bo‘lgan tanaffuslar mavjud bo‘lsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi;
b) kelgusida davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan nafaqalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich to‘lanadi.
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi (Z. Maxkamova) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2023-yil 1-martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2023-yil 1-iyulga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlarini tasdiqlasin.
6. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etilishi munosabati bilan:
2022-yil 1-sentabrdan Moliya vazirligi huzuridagi Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi tugatilishi hisobiga 3 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish bo‘limi;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro apparati shtat birliklari hisobidan 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy to‘lovlarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirish sho‘basi;
2022-yil 1-sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari huzurida, ularning umumiy shtat birliklari doirasida 2 ta shtat birligidan iborat Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish va Ijtimoiy sug‘urta nafaqalari to‘lovlarini monitoring qilish bo‘limlari tashkil etilsin.
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsad va vazifalari bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholi o‘rtasida muntazam, tizimli va keng ko‘lamda yoritib borilishini ta’minlasin.
8. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ustuvor yo‘nalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni belgilab beradi hamda uning “Yo‘l xarita”si amalga oshirilishi natijasida ko‘zda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish ta’minlanadi.
2. Strategiya Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi tomonidan 2020-yilda tayyorlangan “O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini baholash” natijalari va tavsiyalariga asoslanib ishlab chiqildi.
3. Strategiya Xalqaro mehnat tashkilotining ijtimoiy himoyaning minimal darajalari bo‘yicha 202-son tavsiyalariga muvofiq, barcha fuqarolar uchun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlaydigan tizimni yaratishni nazarda tutadi.
4. Strategiya quyidagi davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlarini qamrab olgan:
1) Ijtimoiy yordam dasturlari doirasida:
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash;
kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga moddiy yordam berish;
yoshga doir nafaqalarni tayinlash;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalarni tayinlash;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasini tayinlash;
bolalikdan nogironlik nafaqasini (I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga) tayinlash;
nogironligi bo‘lgan bolalar nafaqasini (18 yoshgacha) tayinlash;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga hamda hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan bolalarga nafaqa tayinlash;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlash;
bir martalik dafn etish nafaqasi berish;
bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (suyunchi puli) berish;
uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovini tayinlash;
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga imtiyozlar berish;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lovni tayinlash;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak xaridi uchun kompensatsiya tayinlash;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pul mukofotini berish;
fuqarolarning ayrim toifalariga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish bo‘yicha imtiyozlar berish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kam ta’minlangan oila farzandlarini to‘lovdan ozod etish;
kam ta’minlangan oilalar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar uchun ijara to‘lovlaridan ozod etish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun kiyim-bosh berish;
ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda kam ta’minlangan oilalar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar hamda “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yordam va ko‘mak ko‘rsatish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari bilan ta’minlash;
oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun nafaqa to‘lash;
noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollar va ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik moddiy yordam berish;
2) Ijtimoiy ta’minot dasturlari doirasida:
yoshga doir pensiyasini tayinlash;
nogironlik pensiyasini tayinlash;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash;
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarga pensiya tayinlash;
homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash;
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash;
ishsizlik nafaqasi tayinlash;
ishdan bo‘shatish nafaqasi tayinlash;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlash;
3) Ijtimoiy xizmatlar dasturlari doirasida:
“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi bolalar uylarida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
“Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylarida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ekspertiza xizmatlarini ko‘rsatish;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi tomonidan xizmat ko‘rsatish;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va hududiy markazlar tomonidan xizmat ko‘rsatish;
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatish;
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish xizmatlari;
muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash xizmatlari;
uyda tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha to‘lov to‘lash;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul yoki imtiyozli dori-darmonlar bilan ta’minlash;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, yakka tartibdagi ijtimoiy xizmatlar dasturini shakllantirish va amalga oshirish;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
4) Mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlar dasturlari doirasida (keyingi o‘rinlarda — MBFCh):
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish;
davlat maqsadli jamg‘armalari (subsidiyalar, grantlar va kredit liniyalari) hisobidan bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish;
mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish;
ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish;
ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, mablag‘larsiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda jarohat olishi, baxtsiz hodisaga uchrashi, og‘ir kasallikka chalinishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablag‘lari yoki tibbiy sug‘urta hisobidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini to‘lash imkoni bo‘lmaganda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtida vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish xizmatlarini ko‘rsatish;
ilgari uyushgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik to‘langan mablag‘larni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan sharoitlar bilan ta’minlanmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularni chet tillarga o‘qitish;
mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga ayrim xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lash;
rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish;
fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishga ko‘maklashish.
2.1. Aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish yo‘nalishidagi maqsadlar.
1-maqsad: Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish. Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda mahalla darajasida ishlarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish, ya’ni oilaning umumiy holatidan kelib chiqib, uni hayotiy qiyin vaziyatdan chiqarish bo‘yicha kompleks yondashuv asosida ijtimoiy yordam va xizmatlarni ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.
Bunda, oilani kambag‘allik holatidan chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy yordam va xizmatlar dasturlarini o‘z ichiga olgan individual ijtimoiy himoya rejasini ishlab chiqish orqali oilalar ijtimoiy himoya qilinadi;
b) oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish, bolalarning asossiz ravishda oilalaridan ajralishini bartaraf etish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik.
2-maqsad: Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi xodimlar salohiyatini kuchaytirish. Bunda:
a) ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
b) tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlarining faoliyatini rivojlantirish va ularning kadrlar salohiyatini kuchaytirish.
3-maqsad: Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati va standartlarini aniqlash.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) davlat tomonidan kafolatlangan va bepul asosda taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash (ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar).
Bunda, bepul ijtimoiy xizmatlar oluvchi shaxslar kontingenti aniqlanadi;
b) ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar hajmi, sifati va muddatlari, ularni ko‘rsatish uchun zarur mehnat va moliyaviy resurslarni belgilovchi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
4-maqsad: Nogironlikni belgilashni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.
Ushbu yo‘nalishda nogironlikni belgilashning an’anaviy “tibbiy” modelidan zamonaviy “ijtimoiy” modeliga bosqichma-bosqich o‘tiladi.
Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modelida asosan shaxsning jamiyat hayotida ishtirok etish masalasi inobatga olinadi.
5-maqsad: Internat shaklidagi muassasalarni noinstitutsionallashtirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) og‘ir kasalligi yoki nogironligi bo‘lgan bolalarni va shaxslarni doimiy parvarish qiluvchilarning dam olishi uchun shart-sharoit yaratish va ularning dam olish vaqtida parvarishga muhtoj bo‘lganlarga vaqtinchalik tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish;
b) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga olish, xususan oilalarga tarbiyaga olish, ularni vaqtinchalik parvarish qilish xizmatlarini keng joriy etish;
v) ijtimoiy xizmatlarni ustuvor tarzda institutsional taqdim etishdan bosqichma-bosqich voz kechish maqsadida oilaga tarbiyaga olishni (patronat) professionallashtirish va litsenziyalash, patronat ostidagi bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini monitoring qilish.
2.2. Mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olish yo‘nalishidagi maqsadlar.
6-maqsad: Ijtimoiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, hamda uni xalqaro standartlarga asosan rivojlantirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;
b) sug‘urta to‘lovlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
v) homiladorlik va tug‘ish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, ish beruvchi yuridik shaxs tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning to‘lovlar uchun mablag‘lari mavjud bo‘lmagan hollarda ishdan bo‘shatish nafaqalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatidagi sug‘urta to‘lovlarini ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali amalga oshirish choralarini ko‘rish;
g) Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
d) rasmiy sektorda mehnat faoliyatini yurituvchi shaxslarni ijtimoiy sug‘urta vositalari bilan qo‘shimcha ijtimoiy himoya qilish darajasini ta’minlash orqali norasmiy sektorda mehnat faoliyatini yurituvchi shaxslarning rasmiy sektorga o‘tishini rag‘batlantirish;
e) milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining 1952-yildagi “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish.
7-maqsad: Onalikning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lovlarini ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali amalga oshirish;
b) milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 183-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish.
2.3. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam dasturlarini mustahkamlash yo‘nalishidagi maqsadlar.
8-maqsad: Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli yetkazib berilishini ta’minlash, kambag‘al oilalarning qashshoqlikka tushishiga yo‘l qo‘ymaslik, oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish.
Ijtimoiy yordamdan oilani kambag‘allik holatidan chiqarishga qaratilgan vosita sifatida foydalanish maqsadida davlat tomonidan berilayotgan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali taqdim etish tizimini yo‘lga qo‘yish. Ijtimoiy shartnoma tuzishda mablag‘larni inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadida bolalarni maktab, maktabgacha ta’lim va boshqa ta’lim muassasalariga qatnashi kabi shartlarni ishlab chiqish.
Shuningdek, ijtimoiy yordam dasturlarini ijtimoiy shartnoma orqali bandlikka ko‘maklashish dasturlari bilan bog‘lash va kam ta’minlangan oilalarning ishsiz a’zolarini ish bilan ta’minlash hamda kelgusida ijtimoiy shartnoma shartlarini kengaytirish.
9-maqsad: Ijtimoiy yordam tayinlash tartibini soddalashtirish va mezonlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish, ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni baholash mezonlari hamda oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromadni hisoblash usulini doimiy ravishda takomillashtirib borish va soddalashtirish, oilaning kam ta’minlanganligini aniqlash uchun kambag‘allik chegarasini qo‘llash;
b) minimal iste’mol xarajatlari qiymatini inflatsiya darajasidan kelib chiqib indeksatsiya qilib borish, aholi daromadlari va xarajatlarining o‘zgarishini inobatga olgan holda kamida har besh yilda uning qiymatini qayta ko‘rib chiqish va ushbu miqdordan kelib chiqib, ijtimoiy nafaqalarni va eng kam pensiya miqdorlarini belgilash tizimini qo‘llash;
v) doimiy parvarishga muhtoj nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi bilan band bo‘lgan oila a’zolarini minimal daromad manbai bilan ta’minlab borish.
2.4. Aholining zaif qatlamlari mehnat bozoridagi faol chora-tadbirlardan foydalanishini kengaytirish yo‘nalishidagi maqsadlar.
10-maqsad: Ishsiz shaxslarni qo‘llab-quvvatlashni inson kapitaliga investitsiyalar orqali amalga oshirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va bandlikka ko‘maklashish dasturlariga ajratilgan resurslarni inson kapitalini rivojlantirishga, ya’ni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish va tadbirkorlikka jalb qilish kabi dasturlarga yo‘naltirish, shu bilan birga jamoat ishlariga jalb qilingan band bo‘lmagan aholi ulushini kamaytirish;
b) kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishda eng kam xarajat talabi bilan, band bo‘lmagan shaxsning doimiy bandligini ta’minlashda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatuvchi mutaxassislik dasturlarini tanlab olish;
v) kasb-hunarga o‘qitish va texnik ta’lim berish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish.
11-maqsad: MBFCh dasturlarining samaradorligini oshirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) resurslarni, shu jumladan, budjet mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash maqsadida MBFCh natijalarini muntazam monitoring qilish.
Bunda, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda mehnat organlari tomonidan ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligiga ko‘maklashish kabi xizmatlarini ijtimoiy shartnoma tuzish orqali ko‘rsatish amaliyoti respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi. Ushbu tizim davlat mablag‘lari maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi hamda dasturlarning band bo‘lmagan aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlashini nazorat qiladi;
b) aholi bandligiga ko‘maklashish dasturlarini “mahallabay” tamoyili asosida hokim yordamchilari instituti orqali amalga oshirish.
Bunda, mavjud MBFChni o‘rganish va baholash, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, jumladan ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning MBFChdan foydalanishida mavjud to‘sqinliklar bartaraf etiladi.
v) jamoat ishlarini va boshqa bandlikka ko‘maklashish dasturlarini kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, doimiy parvarish bilan band bo‘lgan ayollar va boshqa ehtiyojmand, aholining zaif qatlamlarining ehtiyojlarini qondirishga moslashtirish orqali mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarning bandlik darajasini oshirish;
g) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishga qulay sharoitlar yaratish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga imkoniyati cheklangan tadbirkorlar, shuningdek, kam ta’minlangan yoshlar va ayollarning startap dasturlarini qo‘llab-quvvatlash platformasini rivojlantirish.
12-maqsad: MBFCh dasturlarini monitoring qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Ushbu dastur doirasida bandlikka ko‘maklashish xizmatlarini ko‘rsatishda band bo‘lmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari o‘rtasida ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va bu borada taraflarning ijtimoiy mas’uliyatini belgilovchi ijtimoiy shartnoma tuzish tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
3.1. Institutsional boshqaruv tizimi.
13-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlariga mas’ul bo‘lgan organlari faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash.
Bunda, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi vazifa va funksiyalari bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi hamda davlat ijtimoiy yordam va xizmatlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyati takomillashtiriladi.
14-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.
Bunda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi aholining barcha kam ta’minlangan va ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasiga aylantiriladi.
15-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va yuritishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organni belgilash.
Kelgusida, davlatning aholini ijtimoiy himoya qilishga oid vazifa va funksiyalarini yagona tizim doirasida muvofiqlashtiruvchi davlat organini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Bunda, ushbu organning quyidagi vazifalari nazarda tutiladi:
a) “Temir daftar” ro‘yxatini yuritish hamda unga kiritiladigan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar bilan ishlash;
b) ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga, shu jumladan ayollar va yoshlarga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
v) keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish.
3.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini moliyalashtirish.
16-maqsad: Ijtimoiy himoya sohasini moliyalashtirishni takomillashtirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) o‘rta muddatli istiqbolga maqsadli mo‘ljallarni asosiy moliyaviy hujjatlar va jarayonlarga kiritish, shuningdek, natijaga yo‘naltirilgan budjet tizimi tamoyilini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qo‘llash;
b) ijtimoiy sug‘urta tizimi moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining daromadlari manbalarini aniqlash;
v) ijtimoiy himoya sohasiga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish, shu jumladan yangi loyihalarni xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda grantlar asosida tashkil etish;
g) davlat tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy yordam va xizmatlar bo‘yicha davlat ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan jami mablag‘larni Davlat budjetida alohida xarajatlar bo‘limi sifatida aks ettirish;
d) natijaga yo‘naltirilgan budjet tizimini ijtimoiy himoya sohasi budjetini shakllantirishda qo‘llash.
5. 2025-yilda Strategiya amalga oshirilgan chora-tadbirlar ijrosi va maqsadli ko‘rsatkichlardan kelib chiqib baholanadi hamda 2030-yilgacha bo‘lgan maqsadlarga erishish uchun unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.
6. Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosi har yil yakunida nazorat qilib boriladi va boshqa yo‘nalishdagi davlat siyosatidan va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ijtimoiy himoya sohasini umumiy siyosat bilan muvofiqlashtirish maqsadida Strategiyaga tegishlicha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
17-maqsad: Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish.
Ushbu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi samaradorligini baholab borish;
b) ijtimoiy himoya sohasiga oid ma’lumotlarni, shu jumladan har bir dastur kesimida ijtimoiy himoya oluvchilar soni, gender jihatdan taqsimlangan ma’lumotlar, sarflangan mablag‘ kabi ma’lumotlarni yig‘ish, to‘plash va tahlil qilish, ijtimoiy himoya sohasidagi ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarini kuzatib borish va maqsadli ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash ishlarini olib borish. | 95 | 30,362 |
Qonunchilik | Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyaga Bosh prokuror boshchilik qiladi | Davlat dasturi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasining besh ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tadbirlarni oʻz ichiga olgan:
Dasturni roʻyobga chiqarish doirasida davlat хizmati tizimini yaratish va uning faoliyati asosiy tamoyillarini, davlat хizmatining kadrlar tarkibini shakllantirishga, davlat хizmatiga ishga kirishga boʻlgan talablarni, uni oʻtashni va yakunlashni tartibga soluvchi «Davlat хizmati toʻgʻrisida»gi qonun (1.10.2017 yil) loyihasini ishlab chiqish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, 1.07.2017 yilgacha boʻlgan muddat ichida “Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak boʻlib, unda quyidagilar koʻzda tutiladi:
Xuddi shu sanagacha davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish boʻyicha munosabatlarini tartibga soluvchi «Jamoat nazorati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish ham koʻzda tutilgan.
1 oktyabrgacha boʻlgan muddat ichida muqaddam e’lon qilingan loyihalar —«Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida»gi hamda «Davlat va хususiy sheriklik toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ustida olib borilayotgan ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi normativ-huquqiy hujjatlar paketiga «Huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻgʻrisida»gi (1.07.2017 y.) hamda «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi (1.01.2018 y.) qonun loyihalari kirgan.
***
Qaror bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi shaхsiy tarkibi tasdiqlangan boʻlib, unga Bosh prokuror boshchilik qiladigan boʻldi.
Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish oʻz aksini topdi.
Ta’kidlanishicha, komissiya faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va oʻz majlislarini zaruratga qarab, ammo chorakda kamida bir marta oʻtkazadi. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan komissiya a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi, keyin uni rais yoki uning oʻrinbosari tasdiqlaydi.
Komissiya majlislariga davlat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Komissiyaning ishchi organi funksiyasini Bosh prokuratura bajaradi, u quyidagilarni amalga oshiradi:
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid materiallar:
Korrupsiyaga qarshi kim qanday kurashadi
NHH loyihalari: Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida Qonun
Oʻzbekistonda pullik yoʻllar paydo boʻladimi? | 83 | 2,933 |
Qonunchilik | “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN QORAKO‘LChI” FAXRIY UNVONI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvoni ta’sis etilsin.
2. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvoni to‘g‘risidagi Nizom hamda ko‘krak nishonining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi 1983-yil, 16-son, 246-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10-moddaning “b” bandi “ O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
12-modda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan baliqchi” degan xatboshidan so‘ng quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvoni O‘zbekiston Respublikasi qorako‘lchiligini rivojlantirishga xizmatlari singgan, shu sohada kamida 20 yil benuqson mehnat qilgan fermalarning, davlat va jamoa xo‘jaliklarining, qo‘ylarni bo‘rdoqiga boqish va qorako‘lcha olish komplekslarining, shuningdek qorako‘l qo‘ylar etishtirish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan nohiyalarning va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining cho‘ponlariga, mutaxassislari va rahbarlariga, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tajriba muassasalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Qorako‘l” ishlab chiqarish birlashmalarining, “Qorako‘l” respublika ishlab chiqarish birlashmasining xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi.
1. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvoni O‘zbekiston Respublikasi qorako‘lchiligini rivojlantirishga xizmatlari singgan, shu sohada kamida 20 yil benuqson mehnat qilgan fermalarning, davlat va jamoa xo‘jaliklarining, qo‘ylarni bo‘rdoqiga boqish va qorako‘lcha olish komplekslarining, shuningdek qorako‘l qo‘ylar etishtirish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan nohiyalarning va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining cho‘ponlariga, mutaxassislari va rahbarlariga, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tajriba muassasalarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Qorako‘l” ishlab chiqarish birlashmalarining, “Qorako‘l” respublika ishlab chiqarish birlashmasining xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi.
2. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti beradi.
3. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvoniga taqdim etish to‘g‘risidagi takliflar mehnat jamoalarining UMUMIY yig‘ilishlarida hamda nohiya va shahar hokimlari tomonidan muhokama etiladi.
4. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvoni berilgan shaxslarga guvohnomalar va belgilangan namunadagi ko‘krakka taqiladigan nishon topshiriladi.
5. Ko‘krakka taqiladigan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” nishoni o‘ng ko‘krakka taqiladi.
6. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” guvohnomasi va ko‘krakka taqiladigan nishonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan jamoa o‘rtasida tantanali vaziyatda va keng oshkoralik sharoitida topshiriladi.
7. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi” faxriy unvonidan faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentigina mahrum qilishi mumkin.
Ko‘krakka taqiladigan nishon dumaloq shaklda bo‘lib, diametri 30 millimetr, neyzilbera qotishmasi (kumush yugurtirilgan va kumush qotishma)dan yasaladi.
Nishonning markazida yaylov va tog‘ etagi fonida qo‘zichog‘i bilan qorako‘l qo‘y tasviri.
Nishonning aylanasida quyidagi yozuv:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qorako‘lchi”.
Nishonning orqa tomonida markazdan yuqoriroqda quyosh shu’lalarida “O‘zbekiston Respublikasi” yozuvi, pastki qismida qorako‘l teri tasviri.
Tasvir va yozuvlar bo‘rtma bo‘ladi.
Ko‘krakka taqiladigan nishon quloqcha va halqacha orqali sirtida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasviri bo‘lgan lentali ilg‘ich (kolodka)ga ulanadi.
Ko‘krakka taqiladigan nishon to‘g‘nog‘ich bilan o‘ng ko‘krakka taqiladi. | 97 | 4,355 |
Qonunchilik | To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiklash xaqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi, “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlari yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avtorizatsiya — ma’lum shaxsga yoki shaxslar guruhiga muayyan harakatlarni amalga oshirish huquqini berish;
autentifikatsiya — foydalanuvchi, dastur, qurilma yoki ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlash tartib-taomili;
identifikatsiya — to‘lov tizimlari subyektlariga identifikator tayinlash va/yoki belgilangan identifikatorlar ro‘yxati bilan identifikatorlarni taqqoslash;
kriptografik kalit — shifrlash, deshifrlash hamda elektron imzolarni kriptografik algoritmlar orqali tekshirishni amalga oshiruvchi maxfiy simvollar ketma-ketligi;
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi — elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;
muhim to‘lov tizimlari operatorlari — to‘lov tizimining ishidagi to‘xtalishlar (uzilishlar) O‘zbekiston Respublikasi to‘lov xizmatlari bozorida tavakkalchiliklarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan muhim to‘lov tizimi jumlasiga kiritilgan to‘lov tizimining operatori hisoblangan yuridik shaxs;
to‘lov — pul majburiyatini naqd pul mablag‘lari bilan bajarish yoxud pul mablag‘larini to‘lov vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
to‘lov agenti — bank yoki to‘lov tashkiloti bilan to‘lov xizmatlari ko‘rsatish uchun agentlik shartnomasini tuzgan, bank hisoblanmaydigan yuridik shaxs;
to‘lov subagenti — to‘lov agenti bilan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha subagentlik shartnomasini tuzgan, bank hisoblanmaydigan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
to‘lov tashkiloti — bank hisoblanmaydigan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan yuridik shaxs;
to‘lov tizimlari operatorlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov tizimining ishlashini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, banklar, to‘lov tashkilotlari, to‘lov agentlari, to‘lov subagentlari;
xavfsizlik rejimi — normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan, ma’muriy-huquqiy, tashkiliy, injener-texnik va boshqa chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladigan, tashkilotning konfidensial ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olishni ta’minlovchi tartib.
2. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar o‘zlarining axborot tizimlari xususiyatlaridan kelib chiqib, axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishadi.
3. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar to‘lovlar to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish, uzatish, saqlash va unga ishlov berishning barcha bosqichlarida to‘lovlar to‘g‘risidagi axborotni uzluksiz himoya qilish uchun quyidagi choralarni ko‘rishlari lozim:
identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya qilish tizimini joriy etish;
tizimga ruxsatsiz kirishning oldini olish usullarini (login, parol va boshqa) qo‘llash;
to‘lov hujjati va identifikatsiya ma’lumotlarini qalbakilashtirish, ularni ruxsatsiz o‘zgartirish hamda uchinchi shaxslarga taqdim etishdan himoyalash;
to‘lov axborotlari shakllantirilishini, to‘lov hujjatining haqqoniyligi tekshirilishini va ularga ishlov berilishini hamda asosli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlash va nazorat qilish;
to‘lov hujjatlarini uzatishda ushbu hujjatning asl egasiga yetkazilishini hamda boshqa shaxslarga jo‘natilishining oldi olinishini ta’minlash;
amalga oshirilgan to‘lovga oid ma’lumotlarni saqlashda ularni ruxsatsiz ko‘chirish, o‘zgartirish, o‘chirish hamda uchinchi shaxslarga jo‘natilishining oldini olish choralarini ko‘rish;
tashqi saqlovchiga ko‘chirilgan to‘lovga oid ma’lumotlarning seyfda (temir shkafda) saqlanishini ta’minlash hamda ma’lumotlarni saqlash uchun mas’ul xodim (xodimlar) tayinlanishi;
axborot tizimlaridagi dasturiy ta’minotlarning nazoratini va hisobini yuritish hamda axborot tizimlaridagi dasturiy ta’minot talqinlarining, apparat-dasturiy qurilmalarining va dasturiy vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
axborot tizimlarining aktual holatda (oxirgi versiya) bo‘lishini ta’minlash, bunda dasturiy ta’minotning yangi talqinini tekshiruvdan o‘tkazgandan so‘ng axborot tizimiga joriy etish;
to‘lov axborotlariga ishlov berish, ularni uzatish hamda saqlash jarayonlarini elektron bayonnomalarda avtomatik tarzda shakllantirib borish xamda ularning saqlanishini ta’minlash;
axborot xavfsizligi xizmatini tashkil etish (axborot xavfsizligiga mas’ul xodim tayinlash) va axborot xavfsizligi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni nazorat qilish;
tarmoq muhofazasi va kriptografik muhofazasini ta’minlash, kompyuter viruslaridan himoyalash, axborot tizimlariga kirishni boshqarish, texnik vositalarini sozlash va boshqa choralarni qo‘llash;
axborot muhofazasi uskuna va qurilmalari bilan ta’minlash, ulardan foydalanishning tartiblarini belgilash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va boshqa holatlarda texnik qurilmalardan ko‘zda tutilmagan tarzda foydalanishning oldini olish;
qo‘llanilayotgan texnik vositalarga barcha telekommunikatsiya tarmoqlaridan ruxsatsiz kirish, ulardagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, o‘chirish, ko‘chirib olishdan ximoyalash;
ma’lumotlarning ruxsatsiz chetga chiqishining oldini olish.
4. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar dasturlarga va operatsion tizimga zarar keltiruvchi zararli kodlar (kompyuter viruslari) va ularning salbiy ta’sirining oldini olish uchun quyidagi choralarni ko‘rishi kerak:
hisoblash texnikasi qurilmalari (serverlar, kompyuterlar va boshqalar), bankomat, embosser va to‘lov terminallarining (texnik imkoniyatidan kelib chiqib) ish faoliyatiga zarar yetkazuvchi kodlarni (kompyuter viruslarini) aniqlash va ularning salbiy ta’sirining oldini olish choralarini ko‘rish;
axborot tizimlarida faqat litsenziyalangan antivirus dasturidan foydalanish, ularning rusumlari aktualligi va bazalari har kuni yangilanib borilishini ta’minlash;
antivirus dasturlarining avtomatik tarzda ishlashini ta’minlash;
barcha elektron ma’lumotlarni internet tarmog‘i va elektron pochta orqali kelgan antivirus dasturi orqali tekshirish.
5. To‘lov tizimlarida axborotni muhofaza qilishning kriptografik usullari qo‘llanilishi va to‘lov tizimi qoidalarida quyidagilar belgilab berilishi lozim:
kriptografik muhofaza vositalarini avtomatlashtirilgan tizimlarga bog‘lash, ishga tushirish, ishlatish va foydalanishdan chiqarish tartibi;
kriptografik muxofaza vositalarining to‘xtab qolishi, ishdan chiqishi va boshqa favqulodda holatlarida ularni qayta tiklash tartibi;
kriptografik muhofaza dasturlariga va texnik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi;
kriptografik kalitlarni boshqarish tartibi;
kriptografik kalitlarni tashuvchi qurilmalarni qo‘llash, saqlash, o‘zgartirish va boshqalar bo‘yicha tashkiliy, texnikaviy usullarni qo‘llash tartibi.
To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan axborot almashinuvida axborot muhofazasini ta’minlash, axborot almashinuvini ikki tomonlama kelishuv asosida amalga oshiriladi.
6. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning axborotlashtirish obyektlariga ruxsatsiz kirish hamda foydalanishni chegaralash maqsadida quyidagi choralar ko‘rilishi kerak:
axborot obyektlariga, shu jumladan, bankomat, to‘lov terminallari va to‘lov o‘tkazish elektron qurilmalariga jismonan ta’sir etishni hamda texnik jihozlar mavjud bo‘lgan bino va xonalarga kirishni nazorat qilish;
to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar, dasturlar, hisoblash texnikalari, telekommunikatsiya qurilmalari parametrlari va tuzilmalari hamda to‘lov tizimida ishlash huquqini beruvchi ma’lumotlarni (parol, biometrik va boshqa ma’lumotlar) o‘z ichiga olgan texnik vositalarning jismoniy muhofazasini (xavfsizlik rejimini) ta’minlash va ruxsatsiz ta’sir etishning oldini olish;
to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning xodimlari axborotlashtirish obyektlariga kirishini nazorat qilish va ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqalishidan himoyalash tizimlarini joriy qilish;
serverlar va telekommunikatsiya qurilmalari joylashgan xonalarda ishlash jarayonlarini videokuzatuv tizimlari yordamida nazorat qilish.
7. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot tizimlarining axborot muhofazasini ta’minlashlari kerak:
bank (karta) hisobvarag‘ida pul mablag‘lari qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
elektron pullar qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar;
banklararo to‘lov va kliring tizimlari to‘lov ma’lumotlari;
kriptografik muhofazani ta’minlash uchun qo‘llaniladigan kriptografik kalitlar;
to‘lovlarni amalga oshirishda qayta ishlanadigan bank siri, shaxsga doir ma’lumotlar va boshqa qonun bilan muhofaza qilinadigan ma’lumotlar.
8. To‘lov tizimlari operatorlari yoki to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar mijozlarga qo‘llaydigan to‘lovlarni amalga oshiruvchi dasturlarni taqdim etishda hamda ularga o‘zgartirish kiritishda quyidagilarni ta’minlashlari lozim:
dasturlarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va ularning aktualligini ta’minlagan holda mijozlarga taqdim etish;
aniqlangan zaifliklarni bartaraf etish uchun o‘zgarishlar kiritilishini ta’minlash;
mijozlar qo‘llayotgan dasturlarning aktualligini nazorat qilish.
9. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar o‘zaro to‘lov axborotlari va to‘lov axborotlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar almashinuvini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshirish uchun tomonlarning axborot obyektlari hususiyatlaridan kelib chiqib, shuningdek, ularning vazifalari, javobgarliklari va mazkur Nizom talablarini o‘z ichiga olgan axborot xavfsizligini ta’minlash qoidalarini ishlab chiqishi kerak.
10. To‘lov agenti tomonidan bank yoki to‘lov tashkiloti bilan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish uchun tuzilgan agentlik shartnomasida axborot xavfsizligi bo‘yicha tomonlarning mas’uliyatlari belgilangan bo‘lishi kerak.
11. To‘lov subagenti tomonidan to‘lov agenti bilan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan subagentlik shartnomasida axborot xavfsizligi bo‘yicha tomonlarning mas’uliyatlari belgilangan bo‘lishi kerak.
12. To‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalar ro‘yxatini yuritib borishlari zarur.
13. To‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar to‘lov xizmati foydalanuvchisining pul mablag‘larini o‘tkazish vaqtida, ushbu to‘lov shubhali (frod) operatsiyalar ro‘yxatida bo‘lsa, bunday holat haqida foydalanuvchiga xabar (SMS, messenjer yoki boshqa axborot tizimlar orqali) berishi, takroriy tasdiq (pin kodi yoki boshqa tarzda ma’lumot) olishi, agar ma’lum vaqt oralig‘ida ushbu tasdiq olinmasa, ushbu to‘lov operatsiyasi bekor qilinishi lozim.
14. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar foydalanuvchi tomonidan o‘zining hisobvaraqlariga tegishli to‘lov operatsiyalarini to‘xtatish (blokirovka qilish) imkoniyatini yaratishi lozim.
15. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborotning maxfiyligi va yaxlitligini, shu jumladan, to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlarni muhofaza qilishda hamda yetarli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi choralarni ko‘rishlari lozim:
to‘lov tizimida ishlov beriladigan konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligi va daxlsizligini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish;
ichki hujjatlar bilan tartibga solinadigan himoyalanadigan ma’lumotlar bilan ishlashda xavfsizlik va maxfiyligini ta’minlash qoidalari va talablarini ishlab chiqish;
konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlovchi xodimlar sonini imkon darajasida kamaytirish, xodimlar bilan konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilishining oldini olish bo‘yicha majburiyatnomalar (shartnoma) tuzish va ushbu ma’lumotlardan foydalanish huquqlarini xodimlarning lavozim majburiyatlaridan kelib chiqib belgilash;
ma’lumotlar yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanish hamda shifrlangan ma’lumotlarni saqlash tartibini belgilash;
konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlar mavjud bo‘lgan resurslarga kirishda identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya qilinishini ta’minlash;
konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlash huquqlarining ruxsatsiz berilishini oldini olish;
axborot tizimlari foydalanuvchilarining muhofazalangan ma’lumotlariga kirish, ishlov berish, ularni saqlash hamda taqdim etish jarayonidagi amalga oshirilgan harakatlarni elektron bayonnomalarda qayd etib borish;
tashqi saqlovchi qurilmalar va texnik vositalarning binodan tashqariga olib chiqilishi hamda ularning o‘g‘irlanishining oldini olish;
ma’lumotlarni uzatish, saqlash, o‘chirib tashlash, ularga ishlov berish hamda ularning ruxsatsiz chetga chiqib ketishining oldini olish choralari ta’minlanganligini nazoratga olish.
16. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot tizimlarida axborot muhofazasini ta’minlash uchun axborot xavfsizligi xizmati (axborot xavfsizligiga mas’ul xodim) vazifalariga quyidagilarni kiritishlari lozim:
axborot tizimlarining axborot xavfsizligi mazkur Nizom talablariga muvofiqligini tekshirish;
axborot xavfsizligiga oid choralar ta’minlanganligini baholash, axborot xavfsizligi darajasini oshirish, shuningdek, avariyalar va xodimlarning yo‘l qo‘ygan xatolari natijasida kelib chiqadigan yo‘qotishlarni kamaytirish va ularning sodir etilishining oldini olish;
axborot infratuzilmasining yaxlitligi va xavfsizligini nazorat qilish;
serverlardagi dasturiy ta’minotlarni muhofaza qilish;
barcha texnologik jarayonlarda xodimlar harakatlari, shuningdek, axborot tizimlaridagi amalga oshirilgan to‘lov xizmatlari foydalanuvchilarining harakatlari bo‘yicha elektron bayonnomalar ro‘yxatini yuritish;
avtomatlashtirilgan tizimlarda kiberxavfsizlikni va noqonuniy harakatlar bilan mablag‘larni o‘zlashtirishning oldini olish choralarini ko‘rish;
ma’lumotlar uchinchi shaxslarga oshkor etilishining oldini olish choralarini ko‘rish;
Mazkur Nizom, shuningdek, axborot muhofazasi talablariga hamda to‘lov tizimining axborot xavfsizligi bo‘yicha ichki qoida va tartiblariga muvofiqligini har chorakda o‘rganish va o‘rganish natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirish.
17. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot tizimlarida ishlash jarayonida, shu jumladan, ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish jarayonida xodimlarning vakolatlarini chegaralash uchun quyidagi choralarni ko‘rishlari lozim:
axborot tizimlarida ishlash huquqlarini belgilovchi tartib va qoidalarni ishlab chiqish va ularni lavozim yo‘riqnomalarida aks ettirish hamda tegishli hujjatga (ariza, talabnoma yoki boshqa shaklga) asosan tizimdan foydalanish tartibini ta’minlash;
axborot tizimlarida ishlash huquqi berilgan mas’ul xodimlar ro‘yxatini shakllantirish;
axborot tizimlarida ishlash huquqlarini belgilash va taqsimlash bilan bog‘liq xarakatlarni ro‘yxatga olish;
axborot tizimlarida ishlash huquqlari mantiqan, ish vazifasidan kelib chiqib to‘g‘ri belgilanganligini davriy (yiliga kamida ikki marotaba) tekshirib turish;
axborot tizimlarining ishlashi va sinovdan o‘tkazilishi davrida axborot xavfsizligini ta’minlash hamda berilgan axborot tizimlarida ishlash huquqlari to‘g‘riligini nazorat qilish;
axborot tizimi foydalanuvchilari ularga axborot tizimi tomonidan berilgan huquqlarni o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi hamda begona shaxslar tomonidan ishlash huquqlari berilmasligining oldini olish.
18. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar o‘zlarining axborot tizimlariga o‘zgartirishlar kiritish uchun boshqa tashkilotlarni jalb qilganda quyidagilarni amalga oshirishlari zarur:
konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etmaslik bo‘yicha shartnoma tuzish;
axborot tizimlaridagi to‘lovlarga oid va boshqa muhofaza qilinadigan ma’lumotlar bilan ishlashni belgilangan tartibda ruxsat berish asosida amalga oshirish;
tegishli litsenziya va (yoki) boshqa ruxsatnomaga ega bo‘lgan (agar ushbu faoliyat litsenziya yoki tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshirilsa) tashkilotlarni jalb qilish;
axborot tizimlarini loyihalashtirish bosqichida ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash choralarini ishlab chiqish;
ko‘riladigan axborot muhofazasi bo‘yicha choralar (amalga oshiriladigan ishlar, o‘rnatiladigan dasturlar, qurilmalar va boshqalar), aniq ko‘rsatilgan texnik topshiriq, qabul qilish (test sinovlarini amalga oshirish rejasi) va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
dasturiy ta’minot hamda uni ishlab chiqqan va unga o‘zgartirish kiritgan (kiritadigan) tashkilotlar ro‘yxatini tuzish;
axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishning taxminiy muddatlarini va shartlarini belgilab olish;
jalb qilingan tashkilot xodimlari tomonidan axborot tizimlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarning asosliligini, mavjud texnik topshiriqlarga mosligini, axborot tizimiga yod bo‘lgan dasturlar (tizim funksiyalari) bo‘lmasligini, test sinovlari natijalarining ijobiyligini axborot xavfsizligi xizmati (axborot xavfsizligiga mas’ul xodim) hamda axborotlashtirish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan nazoratga olish.
Avtomatlashtirilgan tizimlarga o‘zgartirish kiritgan tashkilot o‘z vazifasini amalga oshirganidan so‘ng, unga ma’lum bo‘lgan barcha konfidensial ma’lumotlar (identifikator, parollar va boshqalar) axborot xavfsizligi xizmati (axborot xavfsizligiga mas’ul xodim) tomonidan o‘zgartirilishi lozim.
19. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot va Internet jahon axborot tarmog‘ini, shuningdek, serverlar va aloqa kanallarini ehtimoli mavjud bo‘lgan hujumlardan himoya qilish uchun yetarli choralarni ko‘rishi lozim. Ushbu choralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
kompyuter tarmoqlarini segmentlash va tarmoqlararo ekrandan foydalanish;
axborot tarmoqlari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali qabul qilinayotgan va uzatilayotgan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish bo‘yicha texnik (kriptografik va boshqa) va/yoki tashkiliy choralar ko‘rish hamda tarmoq ma’lumotlarini filtrlashni ta’minlash (tarmoqlararo ekranlarni qo‘llash);
axborot tarmoqlari va veb-saytlar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda identifikatsiya, ko‘p omilli autentifikatsiya va avtorizatsiya qilish (ko‘p omilli autentifikatsiya qilish mobil va aloqasiz to‘lovlarni amalga oshirish chog‘ida qo‘llanilmaydi);
axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘i, shuningdek, serverlar va aloqa kanallaridan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish;
Internet jahon axborot tarmog‘i resurslaridan xodimlarning foydalanishini proksi-server orqali amalga oshirish, ish faoliyati uchun zarur bo‘lmagan veb-saytlarga kirishni chegaralash va kirilgan veb-saytlarni qayd etib borish;
axborot tizimlarini asosiy va zaxira aloqa kanallari bilan ta’minlash;
serverlar tarmog‘ini muhofazalash (demilitarizatsiya qilingan zonalarini (DMZ) tashkil etish);
serverlarda ish faoliyati uchun zarur bo‘lmagan portlarni berkitish va xizmatlarni to‘xtatish;
axborot tizimiga kirish obyektlari va resurslarining hisobini yuritish;
mobil to‘lovlarni amalga oshirish chog‘ida foydalanuvchilarni ko‘p faktorli autentifikatsiya qilish (SMS, QR-kod, NFC, barmoq izlari, ko‘zning rangdor pardasi asosida aniqlash yoki shu kabi tasdiqlovchi usullarni qo‘llash mumkin);
mobil qurilmalar yordamida masofadan kirishda to‘lov ma’lumotlari hamda axborot tizimlarining (ma’lumotlar bazasining) axborot xavfsizligini ta’minlash;
masofaviy xizmat ko‘rsatish va boshqa axborot tizimlarida mijozni autentifikatsiya qilish maqsadida qo‘llaniladigan (bir martalik yoki ko‘p martalik) parollarni ishlatish tartibini belgilash, tasdiqlash kodlarini qo‘llash, kodning faol bo‘lish vaqti va boshqalarni yoritish;
firibgarlik harakatlarining oldini olish;
avtomatlashtirilgan tizimga kirishda qo‘llanilgan qurilma to‘g‘risida identifikatsiya ma’lumotlarini (IP-adres, MAC-adres va boshqa identifikatorlar) qayd etish;
tajovuzlarni aniqlash va ularning oldini olish tizimlarini qo‘llash.
20. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar chet el tashkilotlarining axborot muhofazasi uskunalarini qo‘llashlari mumkin.
21. To‘lov tizimlari operatorlari to‘lovlar bilan bog‘liq axborot almashinuvi uchun qo‘llaniladigan texnik va tashkiliy choralarni, ish tartiblarini belgilashi hamda ushbu tartiblar ijrosi to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan ta’minlanishi lozim.
22. Axborot muhofazasini kuchaytirish maqsadida tarmoq protokolida (TCP/IP) tarmoq tranzit paketlarining IP manzillarini o‘zgartirish imkonini beruvchi tarmoq adreslarini o‘zgartirish protokoli (NAT) qo‘llanilishi mumkin. Bunda tarmoq orqali barcha ulanishlarning elektron jurnallari asl IP manzillar ko‘rsatilgan holda yuritilishi va belgilangan tartibda elektron arxivga olinishi lozim.
23. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar ichki hujjatlarida quyidagilarni belgilashlari lozim:
axborot tarmoqlarini xavfsiz va ishonchli aloqa kanallari bilan ta’minlash tartibi;
to‘lov tizimiga kirish va undan chiqish jarayoni tartibi;
foydalanuvchini to‘lov tizimiga ulashda axborot xavfsizligini ta’minlash tartibi;
protsessing va kliring jarayonlarida axborot xavfsizligi tartibi va talablari (agar ushbu xizmat amalga oshirilsa);
xatarlarni boshqarish choralari va usullari;
avtomatlashtirilgan tizimda, axborot dasturlarida foydalanuvchilarning yagona identifikatorini hosil qilish tartibi;
qayd etiladigan harakatlar ro‘yxati;
ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va saqlash tartibi.
24. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar to‘lovlar bo‘yicha maxfiy ma’lumotlardan va o‘ta muhim mantiqiy hamda jismoniy resurslardan (axborot tarmoqlari, axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalaridan, axborotni himoya qilish modullaridan) foydalanish monitoringini amalga oshiradi. Bunda monitoring qilishda quyidagilar belgilanadi:
axborot infratuzilmasining axborotga ishlov berish, ularni saqlash va tarmoqda uzatish uchun qo‘llaniladigan dastur va qurilmalar hisobini yuritish;
axborot xavfsizligi noxush hodisalarini tahlil qilish, axborot xavfsizligi holatini monitoring qilish hamda ogohlantirish imkonini beruvchi (Security information and event management (SIEM) yoki boshqalar) tizimlarni joriy qilish;
axborot xavfsizligi holatini monitoring qilishni amalga oshiruvchi tizim ma’lumotlarini tahlil qilib borish va aniqlangan holatlarni (axborot tarmog‘iga ruxsatsiz kirish va kirishga urinish, tizimdagi to‘xtalishlar, axborot resurslarining yetishmovchiligi, tarmoqdagi uzilishlar, axborot xavfsizligini ta’minlashdagi cheklanishlar va boshqa noxush hodisalar) bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
maxfiy ma’lumotlardan va o‘ta muhim mantiqiy hamda jismoniy resurslardan (axborot tarmoqlari, axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalaridan, axborotni himoya qilish modullaridan) ruxsatsiz foydalanishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
foydalanuvchi operatsiyani amalga oshirgan sana (kun, oy, yil) va vaqt (soat, daqiqa, soniya), uning amalga oshirgan operatsiyasi foydalanuvchiga avtomatlashtirilgan tizimlarda hamda axborot dasturlarida berilgan identifikatsiya raqami, tizimlarga kirishda mavjud bo‘lgan identifikatsiya ma’lumotlari (texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, IP-adres, MAC-adres, SIM-karta raqami, IMEI-kod, telefon raqami va/yoki qurilmaning boshqa identifikatori), avtomatlashtirilgan tizimlar tomonidan foydalanuvchiga huquq berilishi bilan bog‘liq harakatlarni qayd etish;
axborot dasturlari, avtomatlashtirilgan tizimlar ishlatilishi bilan bog‘liq foydalanuvchilarning harakatini (operatsiya) qayd etish zarur.
25. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar to‘lovlarni va pul mablag‘larini o‘tkazishni amalga oshirish chog‘ida axborotning himoya qilinishini ta’minlashga doir talablarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan noxush hodisalarni aniqlash maqsadida axborotni himoya qilishning tashkiliy choralarini ko‘rishda hamda texnik vositalarini qo‘llashda quyidagi ishlarni tashkil etishi lozim:
qo‘llanilishi zarur bo‘lgan axborot muhofazasi bo‘yicha tashkiliy choralarni aniqlash;
mavjud texnik qurilmalarni ishlatish, sozlash hamda ulardagi ma’lumotlarni qayd etish bo‘yicha mas’ul xodimlarni tayinlash;
axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalarni aniqlash choralarini ko‘rish hamda ushbu holatlar xodimlar tomonidan aniqlanganda ularning axborot xavfsizligi xizmatini (axborot xavfsizligiga mas’ul xodim) xabardor qilishi;
axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalar yuzaga kelganda ularni bartaraf etish, yuzaga kelish sabablarini aniqlash, tahlil qilish hamda aniqlangan noxush hodisalar yuzaga kelmasligi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
aniqlangan noxush hodisalarni ro‘yxatga olib borish (reyestrini yuritishi) hamda ushbu holatlar bo‘yicha ma’lumotlarni rasmiy veb-saytga joylashtirish (yoki boshqa yo‘llar bilan e’lon qilish) orqali mijozlarni ogohlantirish;
aniqlangan noxush hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash tartibini belgilash;
axborot muhofazasini ta’minlashning boshqa choralarini ko‘rish.
To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalar to‘g‘risida Markaziy bankka zudlik bilan yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim.
26. To‘lov tizimlari operatorlari axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi talablarni belgilashi kerak:
to‘lov tizimining boshqa ishtirokchilariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur texnik va dasturiy vositalarga axborot xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni;
to‘lov tizimi va to‘lovlar bilan bog‘liq noxush hodisalar to‘g‘risida ma’lumot berish shakli va tartibiga bo‘lgan talablarni;
to‘lov tizimida axborot xavfsizligiga oid tavakkalchiliklarni boshqarish tartibi va ularni baholash mezonlarini;
to‘lovga oid ma’lumotlarga ishlov berish vositalarining xavfsiz ishlashini ta’minlash tartibini;
to‘lov tizimida noxush hodisalar yuzaga kelganda o‘zaro harakatlanish tartibini.
27. To‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi talablarni belgilashi kerak:
to‘lovni amalga oshirish qurilmalarini mijozga yetkazib berish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning oldini olish choralarini ko‘rish;
to‘lov uskunalarining yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi, begona shaxslar tomonidan egalik qilinishi kabi holatlar aniqlanganda to‘lov tizimlari operatorlariga xabar berishi lozim.
28. To‘lov tizimi operatorlari tomonidan to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarga to‘lov tizimida axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq aniqlangan noxush hodisalar to‘g‘risida ma’lumot berilishi hamda ushbu holatni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma taqdim qilinishi lozim.
29. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborotning himoyasini ta’minlash talablarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan noxush hodisalarga nisbatan quyidagi ta’sir choralarini ko‘rishlari lozim:
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarga nisbatan ta’sir choralarini ko‘rsatish yuzasidan zarur harakatlarni oldindan ko‘ra bilish hamda amalga oshiriladigan harakatlar ro‘yxatini belgilash;
sodir bo‘lgan noxush hodisalarga nisbatan qisqa muddatlarda ta’sir choralarini ko‘rish;
noxush hodisalar yuz berganida ishning uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, noqonuniy to‘lovlarni va hisobvaraqlardagi qoldiq mablag‘larining ruxsatsiz o‘zgartirilishining oldini olish, axborotni qayta tiklash hamda boshqa salbiy holatlarni bartaraf etish;
xodimlar tomonidan mavjud axborot tizimlarida ishlashda belgilangan axborot xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
yuzaga kelgan noxush hodisalarning kelib chiqish omillarini aniqlash maqsadida tarmoq qurilmalari hamda axborot tizimlari elektron bayonnomalarini rasmiylashtirish, yig‘ish, tahlil qilish va ularga asosan tegishli ko‘rsatmalarni ishlab chiqish lozim.
30. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborotning himoya qilinishini ta’minlashga doir talablarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniqlangan noxush hodisalar sabablarini tahlil qilish hamda ularga ta’sir ko‘rsatish natijalarini baholashi lozim. Bunda aniqlangan noxush hodisalar sabablarini tahlil qilish hamda ularga ta’sir ko‘rsatish natijalarini baholash tizimi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
aniqlangan noxush hodisalarga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilgandan keyin ushbu noxush hodisalarning kelib chiqish sabablarini axborot xavfsizligi xizmati (axborot xavfsizligiga mas’ul xodim) tomonidan tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda tahlil qilish tartibi;
axborot tizimlarining tegishli elektron bayonnomalarini o‘rganish hamda aniqlangan noxush hodisaning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan xodimlardan tushuntirishlar olish;
noxush hodisalarning kelib chiqish sabablariga oydinlik kiritib, bunday holatlar yuzaga kelmasligi yoki yuzaga kelganda uning zarar keltirish imkoniyatlarini kamaytirish choralarini ishlab chiqish (shu jumladan, tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda);
noxush hodisalarning salbiy ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab tasniflash va baholash mezoniga asosan ularni baholash.
Aniqlangan axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq noxush hodisalar, ularga nisbatan ko‘rilgan ta’sir choralari, ularni baholash natijalari va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar chop etilishi hamda alohida yig‘majildda saqlanishi zarur.
31. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar bankomat, infokiosk va to‘lov terminallarining axborot muhofazasini ta’minlashi lozim. Bunda axborot muhofazasini ta’minlashda quyidagi choralar qo‘llaniladi:
bankomat, infokiosk va to‘lov terminallarining hisobini yuritish hamda ularning axborot dasturiga ruxsatsiz kirishining oldini olish;
bankomat, infokiosk va to‘lov terminallariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar faoliyatini nazorat qilish hamda ular tomonidan amalga oshirilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha elektron bayonnoma yuritish;
videokuzatuv tizimlari yordamida bankomatlar bilan ishlash jarayonlarini nazoratga olish (bankomatga kiritiladigan to‘lov kartalari pin kod raqamlari videokuzatuv tizimlari orqali qayd etilishi imkoniyati bo‘lmagan holda);
bosh bank hamda uning infratuzilmalari (filial, mini-bank va boshqalar) va boshqa qo‘riqlanadigan obyektlaridan tashqarida joylashtirilgan bankomatlarning videokuzatuv ma’lumotlari bosh bank yoki uning filialidagi texnik qurilmalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri (onlayn) yozib borilishini ta’minlash;
bankomat tarmoq kabellarini muhofazalash;
bankomatning boshqa bankomatlar bilan bir xil bo‘lgan qulflarini almashtirish;
bankomatlarni aloqa kanallaridan yoki jismonan bog‘langan holda ehtimoliy hujumlardan (shu jumladan, skimmingdan) himoya qilish;
autentifikatsiya qilish tartibini belgilash;
to‘lovlarni amalga oshiruvchi qurilmalarning hisobini yuritish;
bankomatlardagi naqd pul mablag‘larining jismoniy muhofazasini ta’minlash;
tarmoq orqali axborot almashinuvida axborot muhofazasini tashkil etish;
xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlaydigan axborot tizimlarida xalqaro standartlar (PCI DSS, PTS, PA DSS) talablariga muvofiq axborot muhofazasi vositalari va tizimlarini joriy qilish.
32. To‘lov tizimlari operatorlari o‘zlarining tizimlaridagi bankomatlar va infokiosklardagi axborot xavfsizligini banklar bilan birgalikda ta’minlaydi hamda ularning uzluksiz va to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi. Agar axborot xavfsizligi bo‘yicha ma’lum bir (yoki barcha) mas’uliyat to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchiga yuklatilgan bo‘lsa, mazkur holat tegishli shartnomalarda qayd etilishi va mas’uliyat yuklatilgan tashkilotga zaruriy sharoitlar yaratib (bankomatlarning axborot tizimidagi ishlash huquqlari) berilishi zarur.
33. Muhim to‘lov tizimlari operatorlari mazkur Nizomda belgilangan xavfsizlik choralariga qo‘shimcha ravishda quyidagi axborot xavfsizligi choralarini ta’minlashi zarur:
to‘lov tizimining uzluksiz ishlashi ishonchliligini ta’minlash;
axborot xavfsizligi xizmatini tashkil etish va uning majburiyatlarini belgilash;
O‘z DSt 2875:2014 “Datamarkazlarga qo‘yiladigan talablar. Infratuzilma va axborot xavfsizligini ta’minlash” standartining datamarkaz telekommunikatsiya vositalari infratuzilmasi tayyorligi va xavfsizligining uchinchi darajadan past bo‘lmasligini ta’minlash;
xalqaro bank kartalaridan foydalanilganda PCI DSS xavfsizligi standarti, Payment Services Directive (PSD2) to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish direktivasi talablariga muvofiqlashtirish;
axborot tizimlari to‘g‘ri tashkil etilganligi yuzasidan nufuzli xalqaro auditor tashkilotlarni jalb qilish orqali AKT-infratuzilmasini (axborot xavfsizligi holatini) auditdan o‘tkazishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunida va boshqa qonunchilik hujjatlarida muhim to‘lov tizimlari operatorlariga belgilangan talablarni bajarish.
34. Muhim to‘lov tizimlari operatorlari ma’lumotlarga ishlov beruvchi asosiy axborot tizimlarini tashkil etishi va ular joylashgan joydan 50 kilometrdan yaqin bo‘lmagan joyda zaxira axborot tizimlarini tashkil etishi lozim. Bunda asosiy va zaxira axborot tizimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladi.
Muhim to‘lov tizimlari operatorlarining axborot tizimlaridagi ma’lumotlar (elektron bayonnomalar va boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq ma’lumotlar) elektron arxivlarda kamida ikki nusxada (xususan, asosiy va zaxira axborot tizimlarining har birida bitta nusxadan saqlanishi mumkin).
35. To‘lov tizimlarining uzluksiz ishlashi va barqarorligini ta’minlash maqsadida quyidagi choralar ko‘rilishi lozim:
to‘lov tizimi bilan bog‘liq tarmoq va boshqa qurilmalar nosoz holatga kelganda uni ish jarayoniga keltirish va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
operatsion tizim, dasturiy ta’minotlar, axborot tizimlarining dasturlari, ma’lumotlari (ma’lumotlar bazasi, sozlamalari, elektron bayonnomalar) nusxalari zaxiraga (backup) olinishini va elektron arxivda saqlash hamda ularni qayta tiklash tartibini (mexanizmini) ishlab chiqish, ularning hisobini yuritish va nazoratini olib borish;
zaxira texnik qurilma va uskunalarga ega bo‘lish;
ma’lumotlarning zaxiraga olingan (backup) nusxalarini texnik nosozliklarda va favqulodda vaziyatlarda qayta tiklash rejasini ishlab chiqish va davriy (bir yilda bir marotaba) axborot tizimini qayta tiklab tekshirish;
dasturlarga o‘zgarish kiritishni sinov (test) uchun mo‘ljallangan serverlarda tekshirish;
tizimdagi qurilma va uskunalarning ishlashini nazorat qilish;
to‘lov tizimining uzluksizligiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish va axborot muhofazasini ta’minlash;
dizel elektr stansiyasi va/yoki boshqa elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash vositalaridan (UPS va boshqalar) foydalanish;
ishlov berilgan ma’lumotlarni saqlash va ularning elektron arxivda yuritilishini ta’minlash;
mijozlarning harakatiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni kamida besh yil saqlanishini ta’minlash;
axborot uzatish zaxira tarmoqlariga ega bo‘lish.
36. Muhim to‘lov tizimlari operatorlari bo‘lmagan to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar ma’lumotlarga ishlov beruvchi asosiy axborot tizimlarini tashkil etishi va ular joylashgan joydan 5 kilometrdan yaqin bo‘lmagan joyda zaxira axborot tizimlarini tashkil etishi lozim. Bunda asosiy va zaxira axborot tizimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladi.
Axborot tizimlaridagi ma’lumotlar (elektron bayonnomalar va boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq ma’lumotlar) elektron arxivlarda kamida ikki nusxada (xususan, asosiy va zaxira axborot tizimlarining har birida bitta nusxadan saqlanishi mumkin).
37. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar faoliyati tugatilganda, ulardagi mavjud elektron arxivning axborot resurslari davlat arxivlariga topshiriladi.
To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar faoliyati tugatilib, boshqa tashkilotga qo‘shib yuborilganida, elektron arxiv ma’lumotlari qo‘shib yuborilayotgan tashkilotning elektron arxiviga topshiriladi.
38. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning to‘lovlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish xonalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ushbu xonalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
ruxsatsiz jismoniy kirishdan muhofazalangan bo‘lishi;
xona birinchi qavatda joylashgan hollarda uning derazalari temir panjara bilan jihozlangan bo‘lishi;
qo‘riqlash va yong‘indan ogoh etuvchi ikkita himoya to‘sig‘i xabargohlari bilan jihozlanishi;
tungi vaqtda qo‘riqlash va ogohlantirish qurilmalari bilan jihozlanishi;
videokuzatuv orqali nazoratga olinishi.
To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar to‘lovlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish xonalarini mazkur bandda belgilangan talablardan tashqari boshqa xavfsizlik choralarini ko‘rishi mumkin.
39. Mazkur Nizomda belgilangan barcha videokuzatuv ma’lumotlarining saqlanish muddati bir oydan kam bo‘lmasligi zarur.
40. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning binolari himoya qilinishida ular zaruriy uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishi va tegishli dasturiy ta’minotlardan foydalanilishi lozim.
41. To‘lov tizimlari operatorlari o‘zlarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi choralarini ko‘rishda nazorat va monitoring ishlarini amalga oshirishlari lozim.
42. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar avtomatlashtirilgan tizimlarni, ilovalarni hamda axborot infratuzilmasi obyektlarini axborot xavfsizligi zaifliklariga tahlil qilishi, har yili kamida bir marta ruxsatsiz kirishga tekshirishi va hujjatlarda qayd etilmagan imkoniyatlar mavjud emasligini nazorat qilishi lozim.
43. To‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar har yili, kelgusi yilning birinchi aprelidan kechiktirmay, Markaziy bankka xavfsizlikning ta’minlanish holati to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart.
44. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. | 170 | 40,054 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-805-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2021-yil 17-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-805-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 167 | 418 |
Qonunchilik | Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba «ikkinchi» yilga qoldiriladi | Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining qarori (2017 yil 22 noyabrda 2548-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yuridik ta’lim muassasalari (harbiy, maхsus oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv na malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Amaliyot va stajirovka yakunlari hisobot bilan rasmiylashtiriladi
Endi amaliyot yoki stajirovka oʻtash davrida kundalik yuritilmaydi. Amaliyot yakunlangach, talaba tomonidan amaliyot oʻtash toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi. Hisobotda:
Hisobot talaba tomonidai imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.
Amaliyotga qabul qiluvchi tashkilotlar roʻyхati kengaytirildi
Yurist-talabalar tomonidan amaliyot oʻtaladigan tashkilotlar jumlasiga advokatlik tuzilmalari va NNT qoʻshildi.
Amaliyot uchun yomon baho oldingmi – keyingi bosqichga oʻtmaysan
Ilgari talabar ham amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgani, ham uzrli sabablarsiz amaliyotga kelmaganligi uchun talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin edi. Endi esa faqat amaliyotga kelmaganlik uchun chetlashtirish qoʻllaniladi. Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi talabani akademik qarzdor sifatida tegishli oʻquv kursida qoldirish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.
E’tiborli jihati shundaki, amaliyotni oʻtash davomiyligi va muddati endi ishchi oʻquv rejasi bilan belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.11.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 86 | 1,859 |
Qonunchilik | Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
nobank kredit tashkilotlari — banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi kredit tashkilotlari (mikromoliya tashkiloti, lombard va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti);
ichki nazorat — nobank kredit tashkilotining mijozlarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish, gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish faoliyati ishtirokchisi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bog‘liq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
Ichki nazorat xizmati — nobank kredit tashkilotining ichki nazoratni amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan maxsus bo‘linmasi;
mas’ul xodim — ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs;
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati va nobank kredit tashkilotining boshqa bo‘linmalarining harakatlari yig‘indisi;
ichki qoidalar — nobank kredit tashkilotlarida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
mijoz — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani (bundan buyon matnda operatsiya deb yuritiladi) amalga oshirish to‘g‘risida nobank kredit tashkilotiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
benefitsiar mulkdor — yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs yoxud manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
gumonli operatsiya — ichki nazoratni o‘tkazish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida nobank kredit tashkilotida gumon uyg‘otuvchi, uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar bo‘lgan operatsiya;
shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazoratni o‘tkazish jarayonida nobank kredit tashkilotida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligiga shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
mijozlarni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazish;
mijozni identifikatsiyalash — nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlar asosida aniqlash;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — nobank kredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar yoki hududlar;
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq);
pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish — pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni taqiqlash;
operatsiyalarni to‘xtatib turish — mijozning pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ro‘yxat — maxsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxati.
uchinchi tomon — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlar;
yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va o‘z ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini ko‘zlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).
3. Ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarni tarqatishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
nobank kredit tashkilotining qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek nobank kredit tashkilotini boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
4. Ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha va identifikatsiyalash chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaxsini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan tartibda gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga o‘z vaqtida taqdim etish;
Ro‘yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;
nobank kredit tashkiloti rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta’minlab borish;
shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday ma’lumotlarni boshqa kredit tashkilotlari hamda davlat organlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zaro almashib borish;
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur bo‘lgan tadbirlar qo‘llash;
o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
so‘rovlar bo‘yicha mijozlar bazasidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.
5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati quyidagilar bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkiloti xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonunchilik hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rish;
nobank kredit tashkiloti tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
nobank kredit tashkiloti faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi bo‘yicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organining vakolatli xodimlari, nobank kredit tashkilotining ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan ichki nazorat tizimini tashkil etilishini va uning faoliyatidagi xato va kamchiliklarning bartaraf etilishini monitoring qilish;
ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish masalalari bo‘yicha Markaziy bank va maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda harakat qilish.
6. Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda quyidagilar aks ettirilgan ichki qoidalarni ishlab chiqishi lozim:
ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi va uning tuzilmasi;
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;
zarur bo‘lgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini ta’minlash tartibi;
gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi;
shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tayyorlash va ularni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish tartibi;
Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning to‘xtatib qo‘yilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishiga ruxsat olish uchun bergan murojaatlarini maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish tartibi;
xodimlarni tanlash bo‘yicha malaka talablari va tartiblari;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka talablari;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, ularni kamaytirish va rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish tartibi hamda qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar.
Nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari, mazkur Qoidalarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar nobank kredit tashkilotining oliy boshqaruv organi yoki kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Ichki nazorat tizimi nobank kredit tashkiloti faoliyatining jihatlari, asosiy yo‘nalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq tavakkalchiliklar darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
8. Ichki nazorat tizimi tuzilmasi, shu jumladan nobank kredit tashkilotining filiallaridagi tuzilmasi tashkilotning yuqori yoki kuzatuv boshqaruv organining qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
9. Ichki nazorat nobank kredit tashkilotining yuqori yoki kuzatuv organi tomonidan tayinlanadigan mas’ul xodim yoki nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari, shuningdek tashkilotning har bir filialidagi mas’ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
10. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlar bilan shakllantiriladi.
Xodimlarining o‘rtacha yillik soni 25 kishidan ortiq bo‘lmagan va filiallarga ega bo‘lmagan nobank kredit tashkilotida mas’ul xodim funksiyalari tashkilot rahbariga yoki bosh buxgalterga yuklatilishi mumkin.
11. Mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining rahbari lavozimiga tayinlanuvchi shaxsdan quyidagilar talab qilinadi:
nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bilish;
buxgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega bo‘lish, shuningdek muntazam ravishda malakani oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida ishtirok etish.
12. Mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
o‘z faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
13. Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, nobank kredit tashkilotining mas’ul xodimini yoki Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgandan so‘ng 10 (o‘n) kun muddat mobaynida tayinlangan shaxslar to‘g‘risidagi so‘rovnoma ma’lumotlarini ilova qilgan holda bu haqda Markaziy bankka xabar berishi lozim.
14. Mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari quyidagi huquqlarga ega:
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida nobank kredit tashkiloti bo‘linmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, nobank kredit tashkilotining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
nobank kredit tashkilotining boshqa bo‘linmalari mutaxassislaridan yordam so‘rash va olish;
nobank kredit tashkiloti bo‘linmalarining xonalariga kirish, shuningdek nobank kredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash xonalariga kirish;
ijro etuvchi organ rahbarining yoki tegishli vakolatga ega bo‘lgan uning o‘rinbosariga Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini to‘xtatib turish to‘g‘risida farmoyish loyihasini kiritishi;
mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan qonunchilik hujjatlariga muvofiq mijoz yoki operatsiya to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki mavjud ma’lumotlarni tekshirish yuzasidan nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organiga takliflar taqdim etish;
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
15. Mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari nobank kredit tashkiloti nomidan to‘lov (hisob-kitob) va buxgalteriya, shuningdek nobank kredit tashkiloti zimmasiga xatarlar keltiradigan boshqa hujjatlarni imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qo‘yish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas, mazkur Qoidalarning 10-bandining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
16. Mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimlari o‘z vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:
o‘z vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni ko‘rish;
nobank kredit tashkilotining tegishli bo‘linmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash;
o‘z vazifalarini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, ularni hujjatlashtirish va kamaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
17. Mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari bevosita nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga hisobdor va nobank kredit tashkilotining boshqa bo‘linmalaridan mustaqildir.
Nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul xodimi bevosita nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat xizmati rahbariga hisobdordir.
18. Nobank kredit tashkiloti bo‘linmalarining xodimlari mas’ul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq ko‘maklashadilar.
19. Nobank kredit tashkilotining bo‘linmalari xodimlarining mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tartibi ichki qoidalar bilan belgilanadi.
20. Xodimlarning so‘nggi yangiliklarga, jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida nobank kredit tashkilotlari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart.
21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak:
a) fuqaroviy-huquqiy munosabatlarga kirishishda, jumladan:
grant va tekin taqdim qilinuvchi boshqa mablag‘larni olganda;
qarz va kreditlarni olganda (jalb qilganda);
ta’sischilar (ishtirokchilar, aksiyadorlar) tarkibiga yangi shaxslar kirganda;
mijoz operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilganda;
mijoz qonun hujjatlariga muvofiq kreditlar, mikrokreditlar, mikroqarzlar, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni olish uchun murojaat qilganda;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring) bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirganda;
mijoz mikromoliya tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan lizing olish uchun murojaat qilganida;
uchinchi shaxslar mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lgan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablag‘lari bilan bajarish uchun murojaat qilganida, shu jumladan bunday operatsiya o‘zaro bog‘liq bo‘lib ko‘rinadigan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan hollarda;
fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni (ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishda;
kafolatlar berishda;
b) mijoz bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lgan summada bir martalik maslahat yoki axborot xizmatlaridan foydalanishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganda, shu jumladan bunday operatsiya o‘zaro bog‘liq bo‘lib ko‘rinadigan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan hollarda;
v) mazkur Qoidalarda belgilangan har qanday istisnolarga qaramasdan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha shubhalar mavjud bo‘lganda;
g) mijozning shaxsi to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga gumonlar mavjud bo‘lganda.
22. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish;
mijoz nomidan ish ko‘rayotgan shaxsni identifikatsiya qilish, shaxsini va vakolatlarini tegishli hujjatlar asosida tekshirish;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
ish munosabatlari yoki o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarni maqsadi va xarakterini o‘rganish;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati, tavakkalchilik xususiyati, shu jumladan zarur bo‘lganda mablag‘lar manbasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazish.
Nobank kredit tashkilotlari mijoz yoki benefitsiar mulkdorning yuqori mansabdor shaxs ekanligini aniqlash maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanishlari shart va mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina nobank kredit tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);
amaliy ish munosabatlarini muntazam ravishda chuqur monitoring qilib borishlari lozim.
Nobank kredit tashkilotlari yuqoridagi choralarni yuqori mansabdor shaxslarning oila a’zolariga yoki yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan ham ko‘rishlari kerak.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda nobank kredit tashkiloti bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini to‘xtatishi lozim.
221. Nobank kredit tashkilotlari mazkur Qoidalarning 22-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha so‘ngi javobgarlik nobank kredit tashkilotlarining zimmasida qoladi. Bunda nobank kredit tashkilotlari:
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (elektron tizimlar orqali) kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash ma’lumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini so‘rov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Nobank kredit tashkilotlari mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
Nobank kredit tashkilotlari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish to‘g‘risidagi qarorni o‘z tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.
Nobank kredit tashkilotlari shartnomada va (yoki) shartnoma ofertasida, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatishi lozim.
23. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda nobank kredit tashkilotlari ushbu mijozga nisbatan quyidagi lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart:
mijoz haqida ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalaridan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlarni to‘plash va qayd etish;
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo‘yicha pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi ma’lumotlarni olish;
mazkur mijoz tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoki o‘tkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini o‘rganish;
ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.
24. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Olingan axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud bo‘lsa, nobank kredit tashkilotlari ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) bo‘yicha choralarni ko‘rishlari lozim. Bunday holatlarda, nobank kredit tashkilotlari mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli.
25. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yo‘qotmagan bo‘lishi shart.
26. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat) yoki mijozning biometrik ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bunda nobank kredit tashkiloti jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda ushbu hujjatning asli bilan tanishib chiqishi;
biometrik ma’lumotlar asosida amalga oshirilganda ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot tizimi bilan verifikatsiya qilishi lozim.
27. Yuridik shaxslarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilayotganda nobank kredit tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olishlari lozim.
Mazkur ma’lumotlar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi orqali olinadi, ushbu tizimdan ma’lumotlarni olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ular bevosita mijozni o‘zidan olinadi.
Agar mijoz yoki mijozning benefitsiar mulkdori mulkchilik tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaxs hisoblansa, bunday yuridik shaxsning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.
Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida nobank kredit tashkiloti pirovard natijada mijozning mulkdori bo‘lgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning benefitsiar mulkdori — jismoniy shaxsni identifikatsiya qilishi, ishonchli manbadan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda, shu jumladan quyida keltirilgan ma’lumotlarni o‘rganish orqali, benefitsiar mulkdorning shaxsini tekshirish yuzasidan o‘rinli choralarni ko‘rishi kerak:
mijozning mulk va boshqaruv tuzilmasi;
mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining/ulushlarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadorlari/ishtirokchilari) to‘g‘risidagi;
pirovardida yuridik shaxsning ulushiga (kamida o‘n foiz) egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar)ning (agar mavjud bo‘lsa) shaxsiy ma’lumotlari;
agar ko‘rilgan choralar bo‘yicha nazorat qiluvchi ulushga ega bo‘lgan shaxs benefitsiar mulkdor ekanligiga shubha tug‘ilsa yoki ulushga bo‘lgan mulk huquqi boshqaruvini amalga oshiruvchi shaxslar bo‘lmasa, yuridik shaxs ustidan nazoratni boshqa usullar bilan amalga oshirayotgan shaxs(lar)ning (agar mavjud bo‘lsa) shaxsiy ma’lumotlari.
Nobank kredit tashkiloti tomonidan ko‘rilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, nobank kredit tashkilotlari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaxsni identifikatsiya qilishi va uning shaxsini tekshirish yuzasidan o‘rinli choralarni ko‘rishi kerak.
28. Nobank kredit tashkiloti yuridik shaxs — mijozni batafsil o‘rganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
mijozning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
mijoz ustav fondi (kapitali)ning ro‘yxatga olingan miqdoriga.
281. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun o‘rnatilgan talablar qo‘llaniladi.
30. Nobank kredit tashkilotlari mavjud mijozlarga nisbatan ularning ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishi va tegishli vaqtda bunday mavjud munosabatlarni lozim darajada tekshirishni, bunday tekshirishlar qachon o‘tkazilganligi va umuman o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmaganligini hamda olingan ma’lumotlarni yetarliligini hisobga olgan holda o‘tkazishlari kerak.
31. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda nobank kredit tashkiloti olingan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va nobank kredit tashkilotlariga taqdim qilinadigan Ro‘yxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart.
Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda nobank kredit tashkiloti mazkur Qoidalarning 8-bobida o‘rnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
32. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
yuridik shaxs boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘zining joylashgan eri (pochta manzili) bo‘yicha mavjud bo‘lmaganida;
atayin noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq so‘ralayotgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
33. Nobank kredit tashkilotlariga quyidagilar taqiqlanadi:
mijozning shaxsan o‘zi yoki uning vakili bo‘lmagan hollarda xizmat ko‘rsatish, nobank kredit tashkiloti avval taqdim etilgan, tekshiruv davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlar asosida identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan yoki mijozlarning biometrik ma’lumotlari asosida identifikatsiya qilingan, shuningdek uchinchi tomonlar amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalariga nobank kredit tashkilotlari ishongan holatlar bundan mustasno;
hujjat bilan tasdiqlanmagan soxta nomdagi shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish;
mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz kredit va qarz berish hamda faktoring xizmatlarini amalga oshirish;
lombardlarda mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz mulklarni saqlash uchun qabul qilish.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida sho‘ba korxonalar, filiallar yoki vakolatxonalar tashkil etish.
34. Nobank kredit tashkilotlari:
yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida oxir natijada mijozning benefitsiar mulkdori — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan mijozning hamda uning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishlari lozim;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan o‘zlarining sho‘ba tashkilotlari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan tegishli xalqaro standartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;
chet eldagi sho‘ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida nobank kredit tashkilotlari bu haqda Markaziy bankka va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi sho‘ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.
Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi sho‘balari, filiallari va vakolatxonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida nobank kredit tashkilotining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan bo‘lsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda nobank kredit tashkilotining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
35. Operatsiya quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud bo‘lganda gumonli deb tan olinadi:
1) uchinchi shaxslar tomonidan mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarining naqd pul mablag‘lari bilan bajarilishi (majburiyatlarda shaxslarning o‘zgarishi);
2) nobank kredit tashkiloti tomonidan tavakkalchilik darajasi yuqori deb berilgan operatsiya yoki uni amalga oshirayotgan mijoz;
3) operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravariga teng yoki undan oshadigan summada naqd pul ko‘rinishida kredit yoki qarz olinishi;
4) operatsiyada norezident mijozlar ishtirok etishi;
5) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tug‘ilishi va (yoki) operatsiya to‘g‘risidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar nobank kredit tashkilotida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;
6) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza bilan murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining g‘ayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
7) mijozning maxfiylik masalalari yuzasidan g‘ayrioddiy tashvishlanishi yoki nobank kredit tashkiloti tomonidan operatsiya haqida so‘ralgan ma’lumotlarning mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida asossiz kechiktirilishi;
8) amalga oshirilayotgan operatsiya bo‘yicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yo‘qligi;
9) operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va turiga muvofiq kelmasligi;
10) mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilishini asoslanmagan holda tezlashtirishni talab qilinishi;
11) nobank kredit tashkiloti ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umum qabul qilingan amaliyotiga yaqqol nomuvofiqligi;
36. Operatsiya quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud bo‘lganda shubhali deb tan olinadi:
1) operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa;
2) pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish ruxsati berilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya, shu jumladan uni o‘tkazishning urinib ko‘rishi;
3) mijozning pasportida faol jangovar harakatlar olib borilayotgan yoki terroristik tashkilotlar tomonidan nazorat qilinayotgan yoxud ular bilan chegaradosh bo‘lgan davlatlarning chegarasini kesib o‘tish haqida belgilar mavjud;
4) mazkur Qoidalar va nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari bilan belgilangan mezon va alomatlarga ega bo‘lmagan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligiga nobank kredit tashkilotida shubha mavjud bo‘lgan operatsiyalar.
37. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarning qo‘shimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladigan tavsiyaviy xarakteriga ega bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.
38. Nobank kredit tashkilotlari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart.
Mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelgan taqdirda nobank kredit tashkiloti bu operatsiyani kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turadi va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yadi.
To‘liq mos kelishi tushunchasi ostida mijoz yoki operatsiya ishtirokchisining identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatda keltirilgan barcha tegishli ma’lumotlar bilan aniq va bir xilda bo‘lishini anglatadi.
Quyidagi holatlarda ham operatsiyani to‘xtatib turish va pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yish lozim:
agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa;
operatsiya qatnashchisi — yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa.
Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi to‘xtatib turilganda va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilganda nobank kredit tashkiloti ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mulkning miqdori ko‘rsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborish lozim.
39. Nobank kredit tashkiloti tavakkalchilik darajasini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va uni kamaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi kerak.
Tavakkalchilik darajasi mijozning amalga oshiradigan faoliyat va operatsiyalari turlarini, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini, tavakkalchilik omillarini inobatga olgan holda ma’lumotlarni, shu jumladan, mijoz tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida, mas’ul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Nobank kredit tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni o‘z faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, o‘rganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘rishi shart.
Nobank kredit tashkiloti tavakkalchiliklar turi va darajasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilikning umumiy darajasini aniqlashi va tegishli choralarni amalga oshirishi lozim.
Tavakkalchilikni baholash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilishi kerak.
391. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu nobank kredit tashkilotlarning faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni o‘rganishni, tahlil qilishni va aniqlashni yiliga kamida bir marta amalga oshiradi va o‘rganish natijalarini tavakkalchiliklarni sektoral baholash to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishida hujjatlar bilan qayd etadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar ko‘radi.
Tavakkalchiliklarni sektoral baholash to‘g‘risidagi hisobot va aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
40. Nobank kredit tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
a) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoxud Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
v) haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
d) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
e) muntazam ravishda (masalan, 3 oy davomida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
j) mijozlarning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablag‘lari bilan bajarmoqchi bo‘lgan shaxslar;
z) yuqori mansabdor shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;
i) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
41. Nobank kredit tashkiloti quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 40-bandi “a”, “b”, “d” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan operatsiyalar;
b) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
42. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab nobank kredit tashkiloti, zarur hollarda, u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib borishi lozim. Nobank kredit tashkilotlari barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq bo‘lgan operatsiyani g‘ayrioddiy amalga oshirish sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishlari kerak.
421. Nobank kredit tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishi kerak. Ushbu maqsadlarda nobank kredit tashkiloti:
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Tavakkalchilikni bunday baholash yangi xizmat turlari, ish amaliyotining tatbiq qilinishidan yoki yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishidan avval o‘tkazilishi kerak.
Nobank kredit tashkiloti ushbu tavakkalchiliklarni monitoring qilish va kamaytirish uchun tegishli choralarni ko‘rishi lozim.
43. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiqligini tekshirish va zarur hollarda, mablag‘lar manbalarini o‘rganish maqsadida nobank kredit tashkiloti tomonidan mazkur operatsiyalarning monitoringi o‘tkaziladi. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijoz bilan ishlashda unga belgilangan tavakkalchilik darajasi, operatsiyalar bo‘yicha monitoring olib borishga asos bo‘lib hisoblanadi.
44. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli xodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur xodimlar, gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita o‘z rahbariga, mas’ul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga zudlik bilan xabar berishlari shart.
Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida mijozning o‘tgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
45. Gumonli operatsiya aniqlanganda nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari Ichki nazorat xizmatining topshirig‘iga binoan, zarur hollarda, o‘tkazilayotgan operatsiya haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.
46. Mijoz va gumonli operatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar yanada o‘rganib chiqilishi uchun mas’ul xodimga yoki Ichki nazorat xizmati rahbariga yoxud nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul xodimiga taqdim etiladi.
Nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul xodimi mijoz va operatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganadi hamda ularni Ichki nazorat xizmati rahbariga yuboradi.
47. Asosli shubhalar mavjud bo‘lgan taqdirda, mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash to‘g‘risida qaror qiladi.
48. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holda mazkur Qoidalarda belgilangan shubhali operatsiyalarning mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
49. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan so‘ng mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari quyidagi choralarni ko‘rishi kerak:
shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish;
mijoz to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish;
mijoz tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqish;
mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
Shubhali operatsiya haqidagi xabar nobank kredit tashkiloti tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
50. Har bir xabar to‘g‘risidagi ma’lumot mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnaliga kiritiladi.
51. Nobank kredit tashkilotlari tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday ma’lumot yuzasidan ham darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari zarur.
52. Agar mijoz bilan munosabatlarni o‘rnatish davrida yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari zudlik bilan va mijozni xabardor qilmasdan quyidagi choralarni ko‘rishi lozim:
mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini yoki operatsiyaning boshqa ishtirokchisini imkon qadar batafsil identifikatsiyalash;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash;
operatsiyani to‘xtatib turish va u bilan bog‘liq pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay qo‘yish;
operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida ishga solmasdan to‘xtatib qo‘yilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq bo‘lgan shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabarni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish uchun tayyorlash;
operatsiya haqidagi ma’lumotni mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnaliga kiritish.
Nobank kredit tashkiloti faqat mazkur bandda ko‘rsatilgan choralar qo‘llanilganidan so‘ng, Ro‘yxatga kiritilgan shaxsni uning operatsiyasi to‘xtatib turilganligi va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilganligi haqida xabardor qilishga haqli.
53. Operatsiya to‘xtatilgan taqdirda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk mijoz arizasiga ko‘ra taqdim etilmaydi.
Mijoz arizasi operatsiyalari to‘xtatilgan mijozlarning arizalari ro‘yxatga olinadigan alohida jurnalda ro‘yxatga olinishi, shuningdek operatsiya tiklanishiga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Operatsiyalari to‘xtatilgan mijozlarning arizalarini ro‘yxatga olish uchun alohida jurnalda to‘xtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar qayd etib boriladi.
54. Nobank kredit tashkiloti to‘xtatilgan operatsiyani o‘tkazishni tiklashni va ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
55. Maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni, shu jumladan nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan axborot, ma’lumotnoma tizimlaridan hamda ma’lumotlar bazalaridan yozma va bepul so‘rab olish huquqiga ega.
56. Nobank kredit tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organining so‘rovlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim qiladilar.
57. Xorijiy davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vakolatli organining so‘rovi mavjud bo‘lganda, maxsus vakolatli davlat organi Markaziy bank orqali tegishli so‘rovni nobank kredit tashkilotlariga taqdim etadi. Nobank kredit tashkilotlari bunday so‘rov asosida so‘ralayotgan barcha ma’lumotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.
58. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan bog‘liq to‘liq yoki qisman xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar, zarur hollarda, nobank kredit tashkiloti tomonidan davlat tili yoki rus tilidagi tarjimasi bilan talab etilishi shart.
59. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligiga gumon paydo bo‘lgan yoki boshqa zarurat bo‘lganda, nobank kredit tashkiloti tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
60. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladigan mijoz so‘rovnomasida qayd etiladi. Nobank kredit tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mijoz so‘rovnomasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.
61. So‘rovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar bo‘yicha elektron shaklda to‘ldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan mijozlar bo‘yicha so‘rovnomalar qog‘oz shaklida ham to‘ldiriladi.
Elektron shaklda to‘ldirilgan mijoz so‘rovnomasi qog‘oz shaklida chiqarilganda nobank kredit tashkilotining bosh buxgalteri yoki bosh buxgalteri bo‘lmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining muovini yoxud mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
62. Mijozlar so‘rovnomalari mijozlar maqomi bo‘yicha (yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha) xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati tomonidan saqlab boriladi.
Elektron shaklda to‘ldirilgan so‘rovnomalar nobank kredit tashkilotining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.
63. Mijoz so‘rovnomasi nobank kredit tashkilotida mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilgan kundan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
64. Mijoz so‘rovnomasida ko‘rsatiladigan ma’lumotlarning o‘zgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab nobank kredit tashkilotlari, zarur hollarda, mijoz bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib borishi lozim.
65. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot, zarurat tug‘ilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
66. Nobank kredit tashkilotlari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni, hisobraqamlar bo‘yicha fayllarni va xizmat yozishmalarini, o‘tkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari to‘xtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
Mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga (Markaziy bank va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, jumladan taqdim etilgan xabarlarning qog‘oz va elektron shakldagi nusxalari, mijozlarning qog‘oz va elektron so‘rovnomalari, jurnallar va boshqa) kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita mas’ul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yo‘li asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va mas’ul xodim tomonidan ularning ro‘yxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
67. Mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati faoliyatida foydalanilgan hujjatlar quyidagi muddatlar mobaynida saqlanishi kerak:
maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilgan xabarlarning qog‘oz va elektron shakldagi nusxalari — 5 yil;
gumonli va shubhali operatsiyalarni ro‘yxatga olish kitoblari — ular yangisi bilan almashtirilgandan keyin 5 yil;
Markaziy bank, maxsus vakolatli davlat organi va nobank kredit tashkilotining boshqa bo‘linmalari bilan yozishmalar — 5 yil.
68. Nobank kredit tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog | 248 | 63,743 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Birinchi o‘qishda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 11-yanvarda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-124-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 4-martda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-130-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari D. Abdukadirov, R. Karimov, Sh. Mamadjanov, D. Sa’dullayev va T. Abdusattarov tomonidan 2016-yil 12-mayda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga qo‘shimcha va “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-137-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 8-iyunda kiritilgan “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi QL-140-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 14-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-141-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari A. Saidov, A. Toshkulov, Sh. Mamadjanov, T. Abdusattarov va A. Qurbonov tomonidan 2016-yil 14-iyunda kiritilgan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-142-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2016-yil 15-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-143-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 23-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muri� javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-144-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari R. Kamilov, R. Xakimov, Sh. Tuxtashev, D. Aripov va M. Dadaxodjayeva tomonidan 2016-yil 24-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-145-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari V. Svetkov, B. Artikov, N. Xalilova, D. Fayziyeva va E. Xalbutayev tomonidan 2016-yil 25-iyulda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi QL-147-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 9-avgustda kiritilgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxatiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-151-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 17-avgustda kiritilgan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-152-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 17-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 157-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-153-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 18-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-154-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 18-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-155-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2016-yil 20-avgustda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga �o‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi QL-156-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 154 | 4,989 |
Qonunchilik | Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son hamda “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq:
xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat boji to‘lovini elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkonini yaratish;
fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish bo‘yicha arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish tartibi;
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan ma’lumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaatning holatini monitoring qilish;
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish tartibi;
jismoniy shaxslarning elektron talabnomalarini identifikatsiya qilish hamda tegishli statistik ma’lumotlarni shakllantirish va monitoring qilish.
3. Belgilansinki:
fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish, elektron shaklda dastlabki ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish, fuqaroning o‘z xohishiga ko‘ra ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi;
arizaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi va kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlangach, ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lovlar YIDXP orqali elektron tarzda amalga oshiriladi;
fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron shaklda dastlabki arizaga ilova qilinadigan hujjatlar fuqaroning o‘z xohishiga ko‘ra ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga YIDXP orqali yuborilishi mumkin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish, elektron shaklda dastlabki ariza yuborish hamda onlayn to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat xizmatining YIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi hamda boshqa davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda YIDXP orqali taqdim etiladigan elektron shakldagi dastlabki arizaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilish uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Ma’muriy reglament fuqarolarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Ichki ishlar vazirligi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Ma’muriy reglament fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun elektron murojaat qilish bo‘yicha arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish, ko‘rib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining muayyan vazifalarini belgilaydi, xususan:
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan ma’lumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaatning holatini monitoring qilish;
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish;
jismoniy shaxslarning elektron talabnomalarini identifikatsiya qilish;
tegishli statistik ma’lumotlarni shakllantirish va monitoring qilish.
3. Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishi mazkur Ma’muriy reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
4. Ariza beruvchi fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish masalasi yuzasidan o‘z xohishiga ko‘ra vakolatli organga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
5. Ariza beruvchi YIDXP orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha murojaat etganda, ushbu Ma’muriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
16 yoshga to‘lmagan fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha murojaat uning ota-onasi yoki vasiy (homiy) tomonidan amalga oshiriladi va ushbu Ma’muriy reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandining ikkinchi — to‘rtinchi, yettinchi — o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
6. So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
7. Avtomatlashtirilgan tizim orqali so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlangach, ariza beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda YIDXP orqali to‘lovlar elektron tarzda amalga oshiriladi.
8. Davlat xizmati uchun to‘lovlar ariza beruvchi tomonidan uch kun muddatda amalga oshirilishi mumkin.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lovlar amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
9. To‘lov muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha shakllantirilgan so‘rovnoma, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kelib tushadi.
10. So‘rovnomada xatolik aniqlanganida, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga so‘rovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun besh ish kuni muddat berilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma, bunda SMS-xabarnoma uchun to‘lov so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqamining hisobidan yechiladi).
Belgilangan muddat ichida so‘rovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan taqdirda so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi.
11. Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasporti olish yuzasidan tekshiruv natijalari haqida hamda tayyor bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasportini olib ketishi mumkinligi haqida ariza beruvchiga bir ish kunida xabar yuboriladi (elektron pochta orqali yoki SMS-xabarnoma yuboriladi).
12. To‘lovlar belgilangan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda (to‘lov to‘liq amalga oshirilmagan taqdirda qisman to‘langan to‘lov summasi ariza beruvchiga qaytarilmaydi) so‘rovnoma avtomatik ravishda rad etiladi.
13. YIDXP orqali xorijga chiqish biometrik pasportini olish masalasi yuzasidan shakllantirilgan elektron so‘rovnomaga tegishli xabarnomani olganidan so‘ng, fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bilan vakolatli organga murojaat etadi.
14. Ariza beruvchiga fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasporti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandi talablariga muvofiq taqdim etiladi.
15. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Undirilgan davlat bojlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
60 foizi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etganda, undiriladigan to‘lov davlat bojining 90 foizi miqdorida to‘lanadi.
16. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, amalga oshirilgan to‘lov summasi ariza beruvchiga qaytarilmaydi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
18. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
19. Mazkur Ma’muriy reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 212 | 12,235 |
Qonunchilik | TIBBIYOT MUASSASALARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISh VA RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAgi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 47-48-son, 354-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasi to‘g‘risida nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab, o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 47-48-son, 354-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) muvofiq tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish uchun tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘larini sarflash tartibini belgilaydi.
1. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish Jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) 2006-yil 1-yanvardan rivojlantirish Jamg‘armasi negizida barcha budjet tibbiyot muassasalarida tashkil etiladi.
2. Jamg‘arma mablag‘lari:
ishga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasi bazasiga oylik ustamalar belgilash, bir yo‘la moddiy yordam va mukofotlar to‘lash shaklida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarni rag‘batlantirishga;
tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, modernizatsiya qilishga va ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
3. Quyidagilar Jamg‘armaning manbalari hisoblanadi:
tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo‘lgan qismi;
homiylik va donorlik tashkilotlaridan hamda pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
tibbiyot xodimlarining mehnatiga haq to‘lashda tejalgan budjet mablag‘lari.
4. Tibbiyot muassasalari Jamg‘arma xarajatlarini sarflashning ikki mustaqil yo‘nalishi bo‘yicha mablag‘larning alohida hisobini yuritadilar:
tibbiyot muassasasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;
tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, modernizatsiya qilish va ta’mirlashga.
5. Agar homiy, donor tomonidan boshqa hollar maxsus ko‘rsatilmagan bo‘lsa, homiylik va donorlik tashkilotlarining mablag‘lari, shuningdek pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar tibbiyot muassasasi tomonidan ulardan keyinchalik xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda va moddiy-texnik bazani rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlashda foydalanish uchun belgilangan mutanosiblikka muvofiq bank muassasasida alohida hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
6. Mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan budjet mablag‘lari ulardan keyinchalik xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda va moddiy-texnik bazani rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlashda foydalanish uchun belgilangan mutanosiblikka muvofiq har bir chorak yakunlari bo‘yicha tibbiyot muassasasi tomonidan bank muassasasida alohida hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
7. Jamg‘arma mablag‘laridan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda va tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlashda foydalanish tegishli ravishda ushbu maqsadlar uchun belgilangan mablag‘lar qoldig‘i va bank muassasalaridagi alohida hisob raqamlaridagi mavjud mablag‘ doirasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Jismoniy shaxslarning Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan olgan daromadiga soliq solish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Jamg‘arma mablag‘lari tibbiyot muassasasi qaysi guruhga mansubligiga qarab quyidagi mutanosiblikda taqsimlanadi va sarflanadi:
10. Barcha tibbiyot muassasalarida mehnatga vijdonan munosabati, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun xodimning tarif stavkasiga oylik ustamalar belgilash uchun mezonlarni aniqlash qismida yagona yondashuvga rioya qilinishi ta’minlanadi.
Tibbiyot xodimlarining ishga vijdonan munosabati va ko‘rsatayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkalariga oylik ustamalar tegishli xodimning tarif stavkasidan 5 dan 20 foizgacha miqdorda belgilanadi.
11. Oylik ustamalar xodimlarning lavozimiga va tibbiyot muassasalari guruhiga qarab quyidagi doiralarda belgilanadi:
12. Alohida tibbiyot xodimlari uchun ustamalar belgilash quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni albatta hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati — davolash usullarini qo‘llashdan asorat qolishining past darajasi, bemor holatining ijobiy muttasil o‘sishi, tibbiy yordam sifatiga bemorlar tomonidan shikoyat qilinmaganligi, retsidivlarning past darajasi, qo‘llanilayotgan davolashning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligi. Ambulatoriya-poliklinika bo‘g‘inida — biriktirilgan kontingentning dispanserlashtirish bilan to‘liq qamrab olinganligi va sog‘ligi holati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi;
mehnat bilan bandligi — xodimning amalda bandligi, ish vaqti davomida xizmat ko‘rsatish me’yorlarini hisobga olgan holda mansab majburiyatlarini bajarishi; belgilangan xizmat ko‘rsatish me’yorlariga muvofiq xizmat ko‘rsatilgan bemorlarning, laboratoriya analizlari va boshqa davolash-diagnostika tadbirlarining miqdor ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan tibbiy yordam ko‘rsatish hajmi;
ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning murakkabligi — ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning umumiy hajmida murakkab (yuksak kasb bilimlarini, yuqori darajada aniqlikni, yuksak texnologiyalardan foydalanishni talab qiladigan) tibbiy aralashuvlar, manipulatsiyalarning yuqori salmog‘i;
ixtisoslik tarmog‘ida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning o‘xshashi yo‘qligi — eng kam hajmda bo‘lgan jarrohlik aralashuvlari va oqilona sarf qilgan holda bemorlarning yanada tezroq sog‘ayishiga ko‘maklashadigan jahon standartlari darajasidagi yangi texnologiyalar va zamonaviy uskunalar qo‘llanilgan holda bajarilgan tibbiy yordam hajmi.
13. Tibbiyot muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini bir yo‘la mukofotlash muassasani rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun unga bir lavozim maoshigacha miqdorda mukofot tayinlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
14. Tibbiyot muassasalari xodimlariga moddiy yordam favqulodda hollarda ularning murojaatiga ko‘ra yoki tegishli tibbiyot muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan (yaqin qarindoshlarning vafot etishi, og‘ir jarohatlar olish, kasal bo‘lish, tabiiy ofatlar oqibatlari va boshqa shunga o‘xshash hollarda) ko‘rsatiladi.
15. Tibbiyot xodimlarining mehnatga vijdonan munosabati va yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatganligi uchun tarif stavkalariga oylik ustamalar belgilash, mukofotlash va moddiy yordam ko‘rsatish Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiya qarori asosida amalga oshiriladi.
16. Jamg‘arma hisobidan ustamalar, mukofotlar va moddiy yordamlar to‘lash Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning tegishli qarori asosida qabul qilingan tibbiyot muassasasi rahbarining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. Buyruqda alohida xodimlarga beriladigan moddiy rag‘batlantirishning aniq turlari, uning miqdori va to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi.
17. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ustamalar va boshqa moddiy rag‘batlantirish turlarini to‘lash ish haqi to‘lanishi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
18. Tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ta’mirlash maqsadida Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
19. Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha maxsus komissiyaning qarori asosida tibbiyot muassasasi rahbari mablag‘larni sarflashning aniq maqsadlari, yo‘nalishlarini va uning miqdorini ko‘rsatgan holda buyruq chiqaradi.
20. Sog‘liqni saqlash yuqori turuvchi boshqaruv organlarining rahbarlari, maxsus komissiya a’zolari, shuningdek, tibbiyot muassasasi rahbarlari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibiga rioya qilinishi, xolisligi va haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
21. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 117 | 9,157 |
Qonunchilik | Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yig‘ini (bundan buyon matnda fuqarolar yig‘ini deb yuritiladi) raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) ishtirok etishi ixtiyoriy va erkindir. Fuqarolarni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida ularga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga hech kim haqli emas.
Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi) doimiy yashovchi fuqarolar ega bo‘ladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi tashkil etilayotganda hamda o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar to‘g‘risidagi axborot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga saylov o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin joylashtiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ikki va undan ko‘p nomzod ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylashda fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadir.
Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylashda fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) har bir ishtirokchisi bir ovozga ega bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yig‘ini tomonidan, fuqarolar yig‘inini chaqirish imkoni bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tomonidan uch yilga saylanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishda davlat organlari fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi, zarur hollarda esa ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlashi shart.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkazilmaydi.
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) uning tarkibiga Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi vakillari albatta kiritilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tuziladi.
Respublika komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Respublika komissiyasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
komissiyalarning saylovni samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan ta’minlanishini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
saylov yakunlari to‘g‘risida tegishli komissiyalar tomonidan taqdim etilgan axborotni umumlashtirish va ko‘rib chiqish, bu axborotni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining ijro apparati Respublika komissiyasining ishchi organidir.
Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga amaliy yordam ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.
Komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining qarori bilan tuziladi. Komissiyalar fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi deputatlari, fuqarolar yig‘inlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar komissiyaga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.
Tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining ijro apparatlari komissiyalarning ishchi organlaridir.
Komissiyalar o‘z vakolatlari doirasida:
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillik normasini belgilaydi;
ishchi guruhlardan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni keyinchalik tegishli tumanlar, shaharlar hokimlari bilan kelishish uchun qabul qilib oladi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan saylov byulletenlarining namunalari mustasno;
ishchi guruhlarning fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborotini eshitadi;
tegishli hududda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Respublika komissiyasiga axborot taqdim etadi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini ta’minlaydi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi e’lon qilinganidan keyin ishchi guruh o‘z faoliyatini tugatadi.
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining deputati kiritiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yig‘ini organlari boshqa xodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ishchi guruhga a’zo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular ishchi guruh tarkibidan chiqariladi.
Ishchi guruh:
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi hamda uni o‘tkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi;
hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi bo‘yicha umumiy yig‘ilishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishining ishtirokchilarini ro‘yxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda aholining umumiy yig‘ilishi bayonnomasini tuzadi;
tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflarni tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda tayyorlaydi;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) takroriy saylovi, shuningdek bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi guruh fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida o‘n kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning o‘z nomzodi ko‘rsatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi.
Tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va o‘zining ushbu nomzodlar bo‘yicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuboradi.
Ishchi guruh tuman yoki shahar hokimining xulosasini olganidan keyin fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi axborotni saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yig‘ini binosiga va guzarlarga osib qo‘yadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo‘lishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi kerak.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, og‘ir yoxud o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emas.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va o‘tkaziladi.
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.
Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan fuqarolar, qoida tariqasida, fuqarolarning vakillari bo‘lishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar fuqarolar vakillari yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular fuqarolar vakillari tarkibidan chiqariladi.
Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:
sanoq komissiyasini saylash;
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash.
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) ish reglamenti, shu jumladan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning ma’ruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarni e’lon qiladi. Shundan so‘ng fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga so‘z beradi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning ma’ruzasi alifbo tartibida o‘tkazilib, nomzodlar o‘zining kelgusi faoliyati dasturini e’lon qiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilariga saylov byulletenlari (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) sanoq komissiyasi tomonidan beriladi.
Byulletenga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylashda byulletenlarni berish bevosita ovoz berishdan oldin boshlanadi.
Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiriladi. Ovoz beruvchi byulletenning o‘ng tomonida o‘zi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan bo‘sh katakka “+”, “” yoxud “x” belgisini qo‘yadi.
Ovoz beruvchi to‘ldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.
Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi.
Byulletenlarning namunalari va shakllari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga har bir nomzod bo‘yicha sanab chiqiladi.
Ovozlarni sanash natijalari bo‘yicha sanoq komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi va bayonnoma sanoq komissiyasining raisi hamda a’zolari tomonidan imzolanadi.
Sanoq komissiyasining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilarining umumiy soni;
ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilari soni;
ovoz berish o‘tkazilganida byulletenlar olgan fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ishtirokchilari soni;
fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni;
ovoz berish o‘tkazilayotganda haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni.
Sanoq komissiyasining bayonnomasi sanoq komissiyasining raisi tomonidan o‘qib eshittiriladi va fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlanadi.
Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘ining ovozini olgan nomzod fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylangan deb hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) saylov yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi, bu qaror fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi.
Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bayonnomasi ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi saylov yakunlarini umumlashtirish uchun tegishli tuman va shahar komissiyasiga taqdim etiladi.
Tegishli tuman va shahar komissiyalari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlariga doir umumlashtirilgan ma’lumotlarni yuqori turuvchi komissiyaga topshiradi.
Agar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida fuqarolar yig‘inida ishtirok etuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrog‘i ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi fuqarolar vakillarining yig‘ilishlarida o‘tkazilgan taqdirda, agar yig‘ilishda hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kamrog‘i ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda yo‘l qo‘yilgan va ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarliklar tufayli saylov sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ikki nafardan ortiq nomzod ko‘rsatilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod bo‘yicha takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Takroriy ovoz berish ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Takroriy ovoz berish chog‘ida ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylangan hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi, agar:
avvalgi saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
takroriy ovoz berish fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;
fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ko‘pi bilan ikki nafar nomzod ko‘rsatilgan hamda ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) takroriy saylovi ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli fuqarolar yig‘inlarida ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda yangi saylov o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari bo‘yicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bir oy ichida fuqarolar yig‘ini kengashini shakllantiradi, fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylaydi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi 609-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 78-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-351-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 97-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-476-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 47-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 54 | 22,755 |
Qonunchilik | “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 26-aprel kuni qabul qilingan “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 107 | 937 |
Qonunchilik | “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida | 1-modda. “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilsin.
2-modda. “Kelajak bunyodkori” medali to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
3-modda. “Kelajak bunyodkori” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 176-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda; 2003-yil, № 9-10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda; 2008-yil, № 4, 193-modda; 2012-yil, №9/1, 241-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 12-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Kelajak bunyodkori” medali”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. “Kelajak bunyodkori” medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
2. “Kelajak bunyodkori” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash to‘g‘risidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
3. “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
4. “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi va qonunchilikda belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.
5. “Kelajak bunyodkori” medali ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
6. “Kelajak bunyodkori” medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la beriladigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning oilasiga topshiriladi.
“Kelajak bunyodkori” medali dastlab 0,5 mikron qalinlikdagi nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.
Medalning qalinligi — 2,2 millimetr.
Medalning old tomonida, markazda, oq fonda zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti timsoli bo‘lgan “tinchlik atomining” ramziy tasviri, ko‘k rangdagi Yer shari, uning meridianlari va parallellari, O‘zbekiston Respublikasining xaritasi, shuningdek tayanch ramzi bo‘lgan ikki kaft tasviri joylashgan.
Medalning yuqori qismida aylana bo‘ylab yashil rangli lentaga “KELAJAK BUNYODKORI” degan so‘zlar yozilgan. Yozuv zarhal rangda bo‘lib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi.
Medalning pastki qismida aylana bo‘ylab ikkita zaytun novdasi joylashgan, ularning tutashgan markazida yarimoy va yulduzni o‘z ichiga olgan, chetlari zarhal hoshiya bilan o‘ralgan ko‘k rangli musamman tasvirlangan. Musammanning chap va o‘ng tomonlarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi lentalar tasviri aks ettirilgan.
Medalning orqa tomonida diametri 21 millimetr bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan bo‘lib, uning pastki qismida medal raqami 3,5 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Medalning old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.
Medal shoyi lenta bilan qoplangan besh qirrali qadag‘ichga ilmoqcha va halqacha yordamida tutashtirilgan.
Shoyi lentaning o‘rtasidan eni 7 millimetrli oq rangli yo‘l, uning ikki chetidan esa to‘q ko‘k rangli ensiz chiziqlar bilan hoshiyalangan, eni 2 millimetrli ikkita sariq rangli yo‘l o‘tgan. Shoyi lentaning chekka qismlari bo‘ylab eni 4 millimetr bo‘lgan ko‘k rangli yo‘l o‘tgan.
Qadag‘ichning bo‘yi — 48 millimetr, eni — 46 millimetr.
Qadag‘ichning orqa tomoniga medalni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan. | 54 | 4,531 |
Qonunchilik | Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini isloh qilishni taklif etdi | Loyihada – хodimlar reyestrini taqdim etishning yangi muddatlari, jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalarini bekor qilish, Xalq bankining tavakkalchiliklarini fuqarolar zimmasiga yuklash va jamgʻarmalarni olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani soddalashtirilgan tarzda berish.
Xalq banki «Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni taklif etmoqda.
Ma’lumot uchun: Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi Oʻzbekistonda sugʻurta tusidagi pensiya ta’minotini toʻldiradi, bunda ishlovchi fuqarolar amalda katta avlodning pensiyasini toʻlaydilar. Pensiya olish huquqi yuzaga kelganda jamgʻarib boriladigan qismi bir yoʻla yoхud qismlab toʻlanadi.
Xodimlarning reyestrlari – yangi muddatlarda
Eslatib oʻtamiz, hozir ish beruvchilar har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar oʻzlari joylashgan joydagi Xalq banki filialiga:
Amaliyotda buхgalterlar elektron reyestrlarni YaIDXP yoхud Xalq banki sayti orqali topshiradilar. Ushbu majburiyatga amal qilmaganlik uchun MJTKning 179-2-moddasiga muvofiq 2 EKIHdan 4 EKIHgacha miqdorda jarima solinadi.
Loyihada reyestr taqdim etish muddatlarini oʻzgartirish nazarda tutilgan. Loyihaning bu qismini soʻzma-soʻz keltiradigan boʻlsak, reyestr «daromad soligʻi hisoblash jarayoni bilan bir vaqtning oʻzida har oyda» taqdim etiladi.
Sharh muallifining fikricha, bu uncha aniq muddat emas. Gap shundaki, Soliq kodeksining 188-moddasiga muvofiq, JShDS, odatda, soliq agenti tomonidan jismoniy shaхsga toʻlash maqsadida pul mablagʻlarini (oyning birinchi yarmi uchun avansdan tashqari) olish uchun хizmat koʻrsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda toʻlanadi. Bunda soliq oyning oхirgi kunidagi holatga koʻra hisoblanadi, aslida amaliyotda hisob-kitobning oʻzi keyinroq – keyingi oyning ilk sanalarida amalga oshiriladi. JShDS boʻyicha hisobotlar esa har chorakda – hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha topshiriladi.
Shu tariqa, loyihada muddatni pul mablagʻlarini olish uchun хizmat koʻrsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish yoхud JShDS boʻyicha hisobot topshirish sanasiga bogʻlab, aniqroq koʻrsatish maqsadga muvofiq.
Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalari oʻtmishda qoladi
Daftarchalar oʻrniga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga hisobga olinganligi toʻgʻrisida ma’lumotnomalarni joriy etish taklif etilmoqda. Ma’lumotlar hajmi boʻyicha ma’lumotnoma daftarchadan deyarli farq qilmaydi: unda hisobga olingan sana, jismoniy shaхsning shaхsiga oid ma’lumotlar, ShJBPH raqami, shuningdek boshqa zarur ma’lumotlar koʻrsatiladi. Yangi hujjat mavjud pensiya jamgʻarmalari qayd etiladigan ustunlarga ega boʻlmasligi bilan farqlansa kerak.
Bundan tashqari, ma’lumotnoma elektron shaklda boʻladi, u davlat хizmatlari markazlari yoхud YaIDXP orqali beriladi. «Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunning 7 va 9-moddalariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda.
Pensiya jamgʻarmalarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma «yugur-yugursiz» beriladi
Amaldagi tartibga koʻra, mehnat shartnomasi boʻyicha ishlovchi shaхslar jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish soʻralgan arizani ish beruvchi orqali taqdim etadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon хoʻjaliklarining a’zolari va boshqa fuqarolar esa – uni bevosita yashash joylaridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga beradilar. Guvohnomaning oʻzi ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 5 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi. Soʻng hujjatni Xalq banki filialiga topshirish talab etiladi.
Kelgusida bularning bari osonlashtirilishi mumkin. Fuqarolar Xalq bankiga murojaat qilishlarining oʻzi yetarli boʻladi, u guvohnomani berish toʻgʻrisidagi soʻrovni elektron tarzda oʻzi yoʻllaydi. Barcha tartib-taomillar onlayn rejimda amalga oshiriladi.
Xalq bankining foyda va tavakkalchiliklari – bizning foyda va tavakkalchiligimiz
Hozir bank shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga pul qadrsizlanishiga nisbatan yuqori sur’atlardagi stavkalar boʻyicha foizlarni hisoblab qoʻshishga majbur (Qonunning 10-moddasi). Foizlar miqdorini belgilashning boshqa meхanizmi taklif etilmoqda – u jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidagi mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromadlar miqdoridan, ya’ni mablagʻlarni moliyaviy vositalarga joylashtirish hamda ulardan investitsiya va kredit resurlari sifatida foydalanish va boshqalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shu tariqa, bir tomondan, fuqarolar ShJBPHdagi mablagʻlari boʻyicha foiz koʻrinishida koʻproq foyda olishlari mumkin boʻladi, boshqa tomondan esa, pul qadrsizlanishi darajasidan past boʻlmagan foizlarning eng kam miqdori hisoblab qoʻshilishi istisno etiladi. Shu sababli samarasiz investitsiya qilganda pensiya jamgʻarmalari kamayishi mumkin.
Xalq banki pensiya jamgʻarmalarini joylashtirishdan olingan daromaddan oʻzining operatsion хarajatlarini qoplash huquqiga ega boʻladi. Ilgari marja miqdori aniq хarajatlarga bogʻlanmagan edi (Qonunning 23-moddasiga qarang). Ilgarigidek, uning miqdori Moliya vazirligi bilan kelishiladi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov. | 76 | 5,253 |
Qonunchilik | Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish to‘g‘risida | Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash hamda ularning muttasil kengayib borayotgan parkini qayta tiklash uchun texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan zamonaviy ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va shuning asosida ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2017-2018-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UKning Sirdaryo shahrida joylashgan vagon-g‘ildirak ustaxonalari negizida ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha mo‘ljaldagi qiymati 29,0 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi bir bosqichli tartibda, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqqan holda amalga oshiriladi;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati loyihaning amalga oshirilishi uchun mas’ul hisoblanadi;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning shaxsiy mablag‘lari loyihani moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
3. Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — buyurtmachi;
“Boshtransloyiha” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tarkibiy bo‘linmalari — bosh pudratchi tashkilotlar etib belgilansin.
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2017-yil 1-apreliga qadar muddatda ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
5. Istisno tariqasida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga:
2017-yil 1-iyulga qadar ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodi qurilishini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga;
ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilyerlari (distribyutorlari) bilan, tender savdolari o‘tkazmasdan, import qilinayotgan tovarlarni ortib jo‘natishdan oldin albatta tekshirib ko‘rgan holda, asbob-uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellarni eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish to‘g‘risida shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan tartibda:
“O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zbekneftgaz” MXK va “O‘zmetkombinat” AJ bilan birgalikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ buyurtmanomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sementni — tartibga solib turiladigan narxlarda, yonilg‘i-moylash materiallarini — shartnomaviy narxlarda va metall prokatini — birja kotirovkalarini hisobga olgan holda ajratilishi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda — loyihaning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kafolat muddati davrida respublikada ishlatilayotgan ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash va xizmat ko‘rsatishga tegishli litsenziya yoki sertifikatlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilardan olishni ta’minlasin.
8. Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmi — qo‘shilgan qiymat solig‘idan hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga, Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan mashina va uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asboblar va texnologik jihozlar — boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan uning bo‘linmalari o‘rtasida bepul asosda topshirilayotgan mol-mulk qo‘shilgan qiymat solig‘i, yuridik shaxslarning foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning buyurtmanomalariga ko‘ra ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 77 | 5,082 |
Qonunchilik | Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida | Hududlarda xizmatlar sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, sohani rivojlantirish maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar va transport vositalari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona boji bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin:
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kiriladigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari;
nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yangi tez tibbiy yordam avtomobillari (TIF TN kodlari 8703 22 101 0, 8703 23 193 0, 8703 24 101 0, 8703 31 101 0, 8703 32 191 0, 8703 33 191 0);
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallar (shu jumladan mebel va inventar);
ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan, yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan hamda haydovchidan tashqari sakkiz va undan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan transport vositalari;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa tovarlar;
dor (osma) yo‘llari, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulyorlar va boshqa o‘xshash obyektlar, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlari, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan “fudtrak” yer usti transport vositalari, motorli qayiq va kvadrotsikllar.
2. Mazkur Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun, agar ularning ishlab chiqarilganligiga 4 yildan ortiq bo‘lmasa hamda “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos kelsa, 2024-yil 1-yanvarga qadar utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llanilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin:
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari (TIF TN kodi 9504 30 200 1, 9504 30 200 9), videoo‘yinlar uchun uskunalar (TIF TN kodi 9504 30 100 0), va bouling uchun avtomatik uskunalar (TIF TN kodi 9504 90 800 9);
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari.
4. Turizm, umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohasini yanada rivojlantirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ikki hafta muddatda infratuzilma yetarli rivojlanmagan yoki kapital qurilish obyektlarini barpo qilish bo‘yicha cheklovlar mavjud bo‘lgan magistral yo‘llari bo‘ylab, shu jumladan turistik zonalarda kafe-furgonlarga aylantirilgan “fudtrak” transport vositalarini joylashtirish uchun maxsus joylar ro‘yxati tuzilishini va “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirilishini ta’minlasin. Bunda, mazkur hududlarda savdo joylarini sotish bo‘yicha auksion boshlang‘ich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkalari yer solig‘i summasining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
madaniyat va istirohat bog‘lari, shuningdek oliy ta’lim muassasalari hududida kafe-furgonlarga aylantirilgan transport vositalari — “fudtrak”lar uchun joylarni tashkil etishni ta’minlasin.
5. 3D kontentni namoyish qilish uchun ijro qilish serverlari, kinoekranlar, obyektivli, lampali, polyarizatsiya filtrli raqamli proyektorlar, akustika tizimlari va ekran orti karnaylari, professional passiv sabvufer, integratsiya qilingan media server, raqamli proyektorlar uchun ksenon qisqa yoyli lampalar, ovozli protsessor, proyektor uchun obyektiv, ekranlar uchun yorug‘lik uchlanishning ultra yorqin passiv 3D tizimi, 3D ko‘zoynaklarini olib kirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoni doirasida bojxona boji stavkasining nol stavkalari tatbiq qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmoni 8-bandida:
a) “b” kichik bandida:
“2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin;
“to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari)” so‘zlari “bojini to‘lashdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “v” kichik bandida:
“2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “to‘lovlarini to‘lashdan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari)” so‘zlari “bojini to‘lashdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-son Farmonida:
a) 9-bandda:
“a” kichik bandda “yagona soliq to‘lovi” so‘zlari “aylanmadan olinadigan soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisida “yagona ijtimoiy to‘lovdan” so‘zlari “ijtimoiy soliqdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandda “yagona soliq to‘lovini to‘lashdan;” so‘zlari “aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan ozod etilsin.” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
b) quyidagi mazmundagi 91 band bilan to‘ldirilsin:
“91. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dor (osma) yo‘llarini, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (g‘ildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan (“fudtrak”) yer usti transport vositalari 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2024-yil 1-yanvarga qadar kinokompaniyalar moddiy-texnik bazasini kuchaytirish va kinoteatr (kinozal)lar uchun tovarlar olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar ro‘yxatida:
a) 3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) quyidagi mazmundagi 41-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
v) quyidagi mazmundagi 51-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
g) quyidagi mazmundagi 81 — 85 pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
d) quyidagi mazmundagi 101-102 pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2863-son qarori 8-bandida:
a) birinchi xatboshidan “2022-yil 1-yanvargacha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) “a” kichik bandi “aholiga pullik tibbiy xizmatlar” so‘zlaridan oldin “2022-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2024-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari bojxona bojidan ozod etilsin”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3422-son qarori 4-bandida:
a) birinchi xatboshidan “2022-yilning 1-yanvariga qadar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi xatboshi “bo‘shagan mablag‘lar” so‘zlaridan oldin “2022-yilning 1-yanvariga qadar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) uchinchi xatboshi “O‘zbekiston Respublikasida” so‘zlaridan oldin “2024-yilning 1-yanvariga qadar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-maydagi “Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-4737-son qarori 1-bandi birinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin. | 82 | 9,681 |
Qonunchilik | “AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYa QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oliy Majlisga qonunlarni “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqida takliflar kiritsin;
hukumat qarorlarini “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralarning ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini ta’minlasin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, qonunlar “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi. | 151 | 1,023 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLARDA ULARNING OLDINI OLISh VA HARAKAT QILISh DAVLAT TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyati ustidan davlat boshqaruvi va nazorati sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 3 va 4-ilovalarga muvofiq funksiyalar yuklansin.
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikki oy muddatda fuqaro muhofazasi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda FVDT deb ataladi)ning asosiy vazifalarini, faoliyatini tashkil etishni, uning tarkibini hamda faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. FVDT boshqaruv organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan boshqa tashkilotlarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
3. FVDT o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
4. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika hududidagi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish, ayirboshlash va berish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.
5. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat bo‘ladi hamda tarkibida axborot-boshqaruv tuzilmasi faoliyat ko‘rsatadigan respublika, mahalliy va obyektlar miqyosidagi uch darajaga ega bo‘ladi.
6. FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo‘ladi:
FVDT rahbar organlari;
FVDT kundalik boshqaruv organlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
xabar berish, aloqa tizimlari, boshqaruv va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimlari.
7. FVDTning hududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi.
FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, yuqori darajada xavfli obyektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
8. FVDTning funksional quyi tizimlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va obyektlarda atrof tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch va vositalaridan iborat bo‘ladi.
FVDT xizmatlari, davlat nazorati organlari hamda kuzatish va nazoratning boshqa tashkilotlari, FVDT funksional quyi tizimlari favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarining vazifalari, ularni tashkil etish hamda tarkibi ushbu Nizom, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlarning atrof tabiiy muhitning holatini kuzatish va nazorat qilish sohasidagi funksiyalari, idoraviy mansub yuqori darajada xavfli obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyati hisobga olingan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda FVV deb yuritiladi) bilan kelishgan holda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
9. FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
FVVning tang vaziyatlarni boshqarish markazi;
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari;
atrof tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari;
turg‘un boshqaruv punktlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalarini boshqarishning harakatlanuvchi punktlari;
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan boshqarish va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) ahvol to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash (tahlil qilish, saqlash);
rahbar organlar, FVDTning kundalik boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari hamda aholini favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida xabar qilish va axborot berish;
FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlari, FVDTning rahbarlik qiluvchi boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalari o‘rtasida o‘zaro axborotlar ayirboshlash.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDTga, uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlariga, shuningdek aholiga yetkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yo‘riqnomasida belgilanadi.
10. FVDT rahbar organlari — bu vakolatiga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi masalalarni hal etish kiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar va obyektlardir:
respublika darajasida — FVV markaziy apparati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda atrof tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan, shuningdek tarkibida kimyoviy, portlovchi, yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan va boshqa xavfli obyektlar mavjud bo‘lgan tashkilotlar;
mahalliy darajada — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
obyektlar darajasida — tashkilotlar va obyektlar ma’muriyati.
FVDT, uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ularga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorligi uchun to‘liq javobgarlik tegishli rahbar organlarga yuklanadi.
11. FVDTning kundalik boshqaruv organlari — bu FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning bo‘g‘inlariga bevosita kundalik boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
respublika darajasida — FVVning tang vaziyatlarda boshqarish markazi, davlat nazorati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limlari (sho‘balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari) va navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, tashkilotlar va obyektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarmalari (bo‘limlari)ning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
obyektlar darajasida — obyektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bo‘limlari (sho‘balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari) va navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
tegishli ravishda har bir darajaning FVDT rahbarlik qiluvchi organlarining favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarini boshqarish turg‘un va harakatlanadigan punktlari.
FVDT kundalik boshqaruv organlarini joylashtirish doimiy joylashtirish punktlarida, favqulodda vaziyatlar yuz berganda esa — favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalarini boshqarish turg‘un va harakatlanadigan punktlarida tashkil etiladi, ular oldindan tegishli xabar berish, aloqa, axborotni ishlab chiqish va uzatishning tegishli texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda ularga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.
12. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda alohida muhim yuqori darajada xavfli obyektlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshiradigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini, shuningdek axborot bilan ta’minlash va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar viloyat tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
kimyoviy va boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarda hamda ularga yondosh hududlarda xabar berish va axborotlarning mahalliy tizimini, shuningdek suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida signalizatsiya va xabar berishning avtomatlashtirilgan mahalliy tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;
atrof tabiiy muhit hamda yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;
yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarning to‘planishini va ayirboshlanishini hamda xabar qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shu jumladan zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuch va vositalarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini, shuningdek FVDTning maxsus sug‘urta jamg‘armasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
idoraviy mansub obyektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish va texnologiyalar xavfsizligi, shuningdek xodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish.
13. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yuqori darajada xavfli obyektlar ishining ishonchliligini ta’minlashga doir tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish bo‘yicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
viloyat ichidagi aloqa va xabar berish tizimlari, shuningdek boshqaruvning va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar viloyat tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy va boshqa yuqori darajada xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlarda xabar berish va axborotning mahalliy tizimlarini, shuningdek suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish;
atrof tabiiy muhitning holatini, yuqori darajada xavfli obyektlardagi vaziyatni doimiy kuzatish va nazorat qilishni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch va vositalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha harakatlarga doimiy tayyorligini ta’minlash;
yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va ayirboshlash ustidan o‘z vaqtida xabar qilish va nazoratni ta’minlash;
FVDT hududiy quyi tizimlari kuch va vositalarining, shuningdek ko‘ngilli tuzilmalar, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uyg‘unligini ta’minlash, mehnatga layoqatli aholini ishga jalb qilishni tashkil etish;
aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirish, hayot sharoitini ta’minlash hamda ularning favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;
o‘ta tang xavfli zonalardagi aholi punktlarida va xo‘jaliklarda yashovchilarni xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish hamda ularning hayotiy sharoitini har tomonlama ta’minlash;
moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
FVDT xizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli sug‘urta qilishni tashkil etish hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan sug‘urta bilan himoya qilish samaradorligini ta’minlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va sug‘urta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashga rahbarlik qilish.
14. Quyidagilar obyektlar darajasida FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, obyektlar ishining favqulodda vaziyatlar chog‘ida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
kimyoviy va boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarda xabar qilish va axborotning mahalliy tizimlarini, shuningdek gidrotexnika inshootlarida signalizatsiya va xabar qilishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish ishlarini tashkil etish;
boshqaruv organlarining, obyektlar kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar chog‘idagi harakatlarga tayyorligini ta’minlash;
xabar qilish, axborot to‘plashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam to‘g‘risida yuqori organlarga ma’lumot berish;
tuzilmalarni, qutqaruv xizmatlarini va qutqaruv tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, obyektning zarar ko‘rgan xodimlarini va obyekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
yuqori darajada xavfli obyektlar uchun texnik hujjatlar nusxalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish;
obyektlarning xavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar chegaralarini belgilash.
15. FVDTning kuch va vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
FVVga to‘g‘ridan — to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT tegishli hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, xizmatlari va tuzilmalari;
O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
16. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq harbiy davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga binoan jalb etilishi mumkin.
17. FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
18. FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadini, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Tezkor bo‘ysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalari hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan shartnomalarda belgilanadi.
19. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari idoraviy mansub obyektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan.
Vazirliklar va idoralarning yong‘in, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyor holatdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.
Doimiy tayyor holatdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda kontrakt asosida jalb etiladi.
20. Hududiy quyi tizimlar va ularning bo‘g‘inlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda — fuqaro muhofazasi boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi hamda tegishli hokimlar qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining hududiy avariya-qutqaruv va avariya-tiklash tuzilmalari, shuningdek FVVning viloyat (shahar, tuman) avtootryadlari, tezkor tibbiy yordam markazlari, qutqaruv komandalari tashkil etiladi.
21. Tashkilotlar rahbarlarining qarorlari bilan yuqori darajada xavfli obyektlarda mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va bo‘linmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita obyektlarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan shtatdan tashqari ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tuziladi.
22. Avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda hodisalardan aholi va hududlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni hal etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlarda va obyektlarda fuqaro muhofazasi boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va tegishli hokimlarning qarorlari bilan umumiy va maxsus maqsadlardagi hududiy hamda obyektlarning tuzilmalari tuziladi.
23. Tabiiy va texnogen tusdagi yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
24. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘i, shuningdek fuqaro muhofazasi boshlig‘i — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan muayyan bir hudud doirasida FVDT faoliyat ko‘rsatishining quyidagi rejimlaridan biri o‘rnatiladi:
kundalik faoliyat rejimi — me’yordagi ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyatda, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar bo‘lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi — ishlab chiqarish-sanoat, radiatsion, kimyoviy, biologik (bakteriologik), seysmik va gidrometeorologik vaziyat yomonlashganda, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida prognoz olinganda;
favqulodda rejim — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
25. Quyidagilar FVDT faoliyat ko‘rsatishi chog‘ida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:
a) kundalik faoliyat rejimida:
atrof tabiiy muhitning holatini, yuqori darajada xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat obyektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqaruv organlari va FVDT kuchlarini favqulodda vaziyatlar chog‘idagi harakatlarga tayyorlashni takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida muhofaza qilish usullari va harakat qilishga o‘rgatishni tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish va to‘ldirish;
sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;
b) yuqori tayyorgarlik rejimida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda aholini xabardor qilish;
FVDT tegishli quyi tizimlari va bo‘g‘inlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning o‘z zimmasiga olishi, zarurat bo‘lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat yuz berishi mumkin bo‘lgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish;
favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalar (bo‘limlar)ning tezkor guruhlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, obyektlar va boshqa tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari navbatchiligini tashkil etish;
atrof tabiiy muhitning holati, yuqori darajada xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning ko‘lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish;
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholi va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek turar joy binolari, hayot ta’minoti tizimlari, obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
kuchlar va vositalarni tayyor holatga keltirish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga siljitish;
v) favqulodda rejimda:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish;
tezkor guruhlarni favqulodda vaziyatlar hududiga siljitish;
aholini muhofaza qilishni tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish;
favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash;
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat bo‘yicha monitoring olib borish.
26. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi-O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan;
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
27. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish “avariya obyektlari”, ular balansida turadigan vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish obyektlarning rahbarlari, vazirliklar va idoralarning tezkor guruhlari (mutaxassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi.
29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda ular obyekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning yuqori organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin.
Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.
30. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablag‘lari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi.
31. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida harakat qilishning respublika va idoraviy rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek FVDTning barcha darajalarida o‘zaro birgalikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.
FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.
FVDT faoliyatini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish tadbirlarini amalga oshirish uchun moddiy resurslarning idoraviy zaxirasini jamlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlash.
Aholini birinchi navbatda zarur tovarlar bilan ta’minlash va favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun jalb etiladigan maxsus tuzilmalarni jihozlash uchun moddiy boyliklarning idoraviy zaxirasini yaratish va jamlash.
Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish.
Favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibiga va fuqarolar xavfsizligiga rioya etilishini ta’minlash.
Qonunchilikka qarshi harakatlar bilan kurashishda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda va alohida davrda huquqiy tartibni ta’minlashda qatnashish.
Favqulodda vaziyatlar chog‘ida jamoat tartibini, yo‘l harakati xavfsizligini va yong‘in xavfsizligini, obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilishni ta’minlash.
Yong‘inlarni profilaktika qilish va o‘chirishga oid tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular bilan bog‘liq qutqaruv ishlarini amalga oshirish.
FVDT boshqaruvi organlari va aholini yong‘in holati, yuzaga kelgan yong‘inlarni bartaraf etish, ziyon va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararning dastlabki bahosi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Davolash muassasalari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda nobud bo‘lgan aholini hisobga olish.
FVDT funksional quyi tizimlarini;
jamoat tartibini muhofaza qilish xizmati;
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati;
yong‘in xavfsizligi xizmatini tashkil etishga va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil etish.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarni “Hayot xavfsizligi” o‘quv fani bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
O‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.
Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognozlashtirish.
Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar ko‘rgan aholiga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish.
Zarar ko‘rganlarga tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish, favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishga oid ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalariga dori-darmonlarning shoshilinch yetkazib berilishini ta’minlash.
Zarar ko‘rgan va transportda tashish mumkin bo‘lmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi atrof tabiiy muhitning radioaktiv, kimyoviy, zaharli moddalar va bakterial (biologik) vositalar bilan ifloslanishini nazorat qilishni tashkil etish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvol to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Tibbiy mulk, dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlash.
Aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga o‘qitish va tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlash.
FVDT funksional quyi tizimlari:
tibbiy yordam xizmati;
sanitariya-epidemiya nazorati xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obyektlari joylashgan mintaqalardagi radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning nazorat qilinishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining avariya-qutqaruv xizmati kuchlari va vositalarini, muhandislik-sapyor bo‘linmalarini, kimyoviy xizmat bo‘linmalarini, maxsus texnika va moddiy resurslarni favqulodda vaziyatlar mintaqalariga yetkazishda harbiy-transport aviatsiyasining qatnashishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish uchun idoraviy mansub obyektlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida axborot taqdim etish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish obyektlarini qurishning aniq yo‘naltirilgan dasturlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida moddiy resurslarni yaratish va favqulodda vaziyatlarni tugatish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotning tezkorlik bilan olinishi, qayta ishlanishi va taqdim etilishini ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazishni tashkil etish.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz barqaror narxlarda ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi zarur bo‘lgan hajmda shakllantirilishini tashkil etish.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va saqlashni ta’minlash.
Tarmoq tarkibiga kiruvchi obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiyquyi tizimlari hamda aholini oziq-ovqat xavfsizligi, idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar hamda halokatlar, amalga oshirlayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
Aholi va atrof tabiiy muhit uchun radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik), yong‘in xavfini tug‘diradigan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va hududidan olib chiqib ketilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
FVDT funksional quyi tizimi:
yong‘in chiqishi, portlovchi-radiatsiyaviy xavfli yuklar (tovarlar), zaharli va kimyoviy moddalar, shuningdek kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan kuzatish va nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Yuqori darajada xavfli obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati joylashgan mintaqalarda ekologik vaziyat ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, uni yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
Sanoat chiqindilarini to‘plagichlar, chiqindi omborlari, zaharli moddalar ko‘miladigan joylar va boshqalarning joylashishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Suvdan foydalaniladigan joylarda ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi va sanoat, baliqchilik xo‘jaliklari va boshqa tarmoqlarning chiqaradigan chiqitlari, shuningdek zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi va chiqindilarning joylashtirilishi ustidan monitoring olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atrof tabiiy muhitda zaharli moddalarning otilib chiqishi va chiqarib yuborilishi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimi:
atrof tabiiy muhitni qo‘riqlash hamda ekologik xavfsizlik bo‘yicha nazorat-inspeksiya xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Xavfli tabiiy geologik jarayonlar (ko‘chish, qulash, suffoziol, karst)ning rivojlanish mintaqalari (zonalari)ni aniqlash; ularning faollashishini o‘rganish va ogohlantirish; yonbag‘irlarning tabiiy barqarorligini saqlash bo‘yicha ko‘chkiga qarshi va boshqa oldini oluvchi tadbirlar birinchi navbatda o‘tkaziladigan zonalarni belgilash.
Aholi punktlari doirasida, tog‘li va tog‘oldi mintaqalarda sog‘lomlashtirish obyektlari va boshqa jamoat obyektlari joylashgan zonalarda xavfli geologik jarayonlar monitoringini tashkil etish va olib borish, liniyali inshootlardan (yo‘llar, kanallar, elektr uzatish liniyalari, quvurlar va shu kabilar) foydalanuvchi kon-ruda korxonalari va idoralarning xo‘jalik faoliyati hududi bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ehtimollari to‘g‘risidagi geologik axborot bilan ta’minlash, ko‘chki xavfi bo‘lgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish.
Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda xavfli zonalarda joylashgan, aholisini vaqtincha evakuatsiya qilish yoki bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun ko‘chirish shart bo‘lgan posyolkalar va xo‘jaliklar ro‘yxatini belgilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Yangidan qurilayotgan aholi punktlari va obyektlar uchun yer ajratishni kelishish; ularni o‘zlashtirishda tog‘ qiyaliklari barqarorligining saqlanishini nazorat qilish.
Xavfli geologik jarayonlar bo‘yicha ma’lumotlarning kompyuter bankini shakllantirish va ularning ta’siridan ko‘rilgan zararlarni baholash.
FVDT funksional quyi tizimi:
xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini geodeziya va kartografiya axboroti, shuningdek yer-kadastr xaritalari bilan ta’minlash.
Ekstremal sharoitlardagi mintaqalarda obyektlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishning, shuningdek hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislik jihatidan muhofaza qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish.
Shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazishda shaharsozlik me’yorlari va qoidalari talablariga rioya etilishi yuzasidan qatnashish.
Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilish.
FVDT funksional quyi tizimi:
shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Stixiyali gidrometeorologik hodisalarni prognozlashtirish va kuzatish.
Selga va ko‘chkiga qarshi tadbirlarni o‘tkazish zarur bo‘lgan mintaqalar va zonalarni aniqlash.
Atrof tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda o‘zanlaridagi toshib ketishlar xavfi monitoringini tashkil etish va o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlariga gidrometeorologik axborot taqdim etish, atrof tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari to‘g‘risida ogohlantirish.
FVDT funksional quyi tizimi:
tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlar ifloslanishi ustidan gidrometeorologik kuzatishlar xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlarda mintaqalararo suv quvuri tizimlari inshootlari ishining barqarorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
FVDT funksional quyi tizimi:
mintaqalararo suv quvurlarining kommunal-texnik xizmatini tashkil etishga va uning faoliyatiga rahbarlik qilish.
Respublika va mahalliy darajalarda hamda FVDT faoliyat ko‘rsatishining barcha rejimlarida telekommunikatsiyalar va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatishga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlari bilan ustun darajada ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni texnik ta’minlash.
Xabar berish, aloqa va axborot bilan ta’minlashning turg‘un vositalariga foydalanish-texnik xizmat ko‘rsatishni shartnomaviy shartlarda amalga oshirish.
FVDTning funksional quyi tizimi:
xabar berish va aloqa xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Radioeshittirish stansiyalari va televideniye orqali favqulodda vaziyatlar xavfi va yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni aholiga yetkazish.
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda aholi o‘rtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning hududiy quyi tizimlari rahbarlari buyurtmanomalari bo‘yicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy o‘zaro va o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatishga o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan eshittirishlarni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidirish va qutqarishni ta’minlaydigan xizmatlar faoliyati sohasida davlat nazorati.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish va ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash ustidan davlat nazorati va tekshirishi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
Gidrotexnika inshootlarining holati, ularga tabiiy ta’sirlar monitoringini tashkil etish va olib borish.
Suv xo‘jaligi va energetika obyektlarining mukammalligi I, II va III klass bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining texnik holatini diagnostika qilish va xavfsizligini baholash.
Mukammalligi I, II va III klass bo‘lgan, shuningdek respublika va mintaqa suv xo‘jaligi energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi holatini nazorat qilish xizmatini tashkil etish.
Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holati ishonchliligini va xavfsiz ishlashini ta’minlash.
Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shu jumladan loyihalarning ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish, qurilishning sifati va foydalanishga qabul qilib olinishini nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash obyektlari (qurilmalari)ni montaj qilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilishda va ko‘mirdan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
Kimyoviy, portlovchi hamda boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimolini prognozlashtirish.
Texnogen avariyalar va halokatlarning oldini olish, radioizotop priborlarini saqlash va ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini sanoat obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning ko‘lamlari, rivojlanishining borishi, yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari hamda favqulodda vaziyatlarni tugatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari bo‘linmalarining kon qazish ishlaridagi nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarini qo‘llashni hamda maxsus jihozlarni talab etuvchi gaz portlashlari, otilib chiqishlar va to‘lib qolishlar bilan bog‘liq avariyalarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimi:
kon-ruda, kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda qayta ishlash sanoatida va “Toshmetroqurilish” obyektlarini qurishda yer osti o‘tish ishlarini bajarishda ishlarning holati va xavfsiz olib borilishini nazorat qilish xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Aviatsiya texnikasidan avariyasiz foydalanish va parvozlar xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun zarur bo‘lgan FVDTning qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalarini, harbiy bo‘linmalar va yuklarni favqulodda vaziyatlar mintaqalariga va orqaga birinchi navbatda yetkazishni ta’minlash.
Qidiruv ekipajlari, qidiruv havo kemalari va qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimi:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatidan ta’minlash xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Idoraviy mansub obyektlarda avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognozlashtirish, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida favqulodda vaziyatlar chog‘ida ishlarning barqarorligini oshirish.
Neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlar hamda ularga yondosh hududlarda xabar berish mahalliy tizimlarini yaratish.
Tarmoq obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishda idoraviy ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning qatnashishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar va halokatlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek favqulodda vaziyatlar chog‘ida aholining harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimi:
tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid tadbirlar majmuini, shuningdek iqtisodiyot obyektlari va respublika aholisini elektr hamda issiqlik bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Chorvoq suv omboridan suvning halokatli chiqarib yuborilishidan ogohlantiruvchi xabar berish tizimi ishlarini doimiy nazorat qilish.
Chorvoq suv omborida suv chiqarib yuborilishini doimiy nazorat qilish.
Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyor holda saqlash hamda energiya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatishda ishtirok etishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlarini “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimi:
energetika xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarini prognozlashtirish, favqulodda vaziyatlar chog‘ida ular ishlarining barqarorligini oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlarda xabar berishning mahalliy tizimlarini yaratish.
Kimyoviy xavfli obyektlardan kimyoviy zararlanishi ehtimoli bo‘lgan zonalarni aniqlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar chog‘ida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimi:
tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Temir yo‘l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog‘ida portlovchi, yong‘in xavfi bo‘lgan yuklar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalari, harbiy bo‘linmalar, maxsus texnika va moddiy resurslarni birinchi navbatda tashishni ta’minlash.
Evakuatsiya qilish maqsadida tashishni amalga oshirish uchun favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya poyezdlarini tashkil etish.
Yong‘in va tuzatish-tiklash poyezdlari, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi va boshqa idoraviy mansub avariya-qutqaruv bo‘linmalarining temir yo‘l transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini ta’minlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini temir yo‘l transportidagi avariyalar va halokatlar, ularning kutilayotgan oqibatlari, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishning borishi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimi:
temir yo‘l transportida yong‘in, portlash xavfi bo‘lgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli ta’sir ko‘rsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Zarar ko‘rgan aholini va evakuatsiya qilingan aholi joylashtirilgan mintaqalardagi aholini ta’minlash uchun tabiiy ofat zonalariga oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish; tuzilmalarning shaxsiy tarkibiga va zarar ko‘rgan aholiga oshxonalarda (ovqatlanish shoxobchalarida) ovqat tayyorlash uchun suv bilan ta’minlash.
Saqlash, texnologik qayta ishlash va sotish chog‘ida don va dondan qayta ishlangan mahsulotlar, oziq-ovqatlar va boshqa tovarlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda oziq-ovqat va suvlarning radioaktiv moddalar, og‘ir metallar, nitratlar va pestitsidlar bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyalarning belgilangan darajasidan ortiqcha ifloslanishini nazorat qilishni amalga oshirish.
Mahsulotlar va boshqa tovarlarni zararsizlantirish, texnologik qayta ishlash yoki zararsizlantirib bo‘lmaydiganlarini yo‘q qilish.
O‘zbekiston Respublikasi FVDT funksional quyi tizimi:
savdo va ovqatlanish xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan mahalliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar, tijorat tuzilmalaridan buyurtmachining mablag‘lari hisobiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni tugatish uchun maxsus texnika, asbob-uskunalar, priborlar va materiallar xarid qilishni amalga oshirish.
Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etish hamda ularning favqulodda vaziyatlar mintaqalarida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarishda qatnashishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi FVDT funksional quyi tizimi:
shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muhandislik xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatish hamda evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalari, harbiy bo‘linmalar va yuklarning birinchi navbatda tashilishini ta’minlash.
Avtotransportni va transport vositalari asbob-uskunalarini odamlarni tashishga tayyorlashni ta’minlash.
Portlovchi, yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan xavfli yuklar va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni tashish chog‘ida xavfsizlikni ta’minlash.
Yo‘l va yo‘l inshootlarini FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash.
Idoraviy tarmoqlar orqali FVDT boshqaruv organlarini, shuningdek yo‘lovchilarni favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabardor qilishni tashkil etish.
FVDT funksional quyi tizimlari:
avtotransport xizmati;
avtoyo‘l xizmati faoliyatiga rahbarlik qilish.
Respublika iqtisodiyoti va hududlari uchun xos bo‘lgan antropogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholini muhofaza qilish hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tarmoqlar va obyektlarning faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini oshirishga doir tadbirlarning samaradorligini prognozlashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.
Zilzilalarni seysmik mintaqalashtirish va prognozlashtirishning, respublika hududidagi seysmik hodisalarni kompleks kuzatishni amalga oshirishning ilmiy asoslari va usullarini ishlab chiqish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini zilzilalar to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimi:
seysmik xizmat faoliyatiga rahbarlik qilish.
Suv toshqini, ko‘chkilar, sel xavfi bo‘lgan mintaqalarda yashaydigan fuqarolarni, shuningdek binolar va inshootlarni, moddiy boyliklar va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urtalashni ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlar chog‘ida kasallar va zarar ko‘rganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish hamda parvarish qilish masalalari bo‘yicha tayyorlash.
Sanitariya drujinalarini tuzish, ularni yuklangan vazifalarni bajarishga jihozlash, tayyorlash va tayyorgarlik holatini nazorat qilishda FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlariga yordam ko‘rsatish.
Xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sanitariya postlarini tashkil etish va o‘qitish.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, eng avvalo, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlarini, kursantlar, haydovchilar va yo‘l-transport xizmatlari xodimlarini zarar ko‘rganlarga birinchi tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish amaliyotiga kontrakt asosida o‘qitishni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘ziga o‘zi va o‘zaro yordam berish hamda zarar ko‘rganlarga g‘amxo‘rlik qilishga o‘qitish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining otryadlari va boshqa ko‘ngillilar bo‘linmalarini tashkil etish, o‘qitish, jihozlash.
Favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining eng zarur tovarlar omborlari va zaxiralari tizimini tashkil etish.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish.
Mahalla fuqarolar yig‘inining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi mumkinligini prognozlashtirish.
Suv xo‘jaligi obyektlarining ish rejimini o‘zgartirish yoki keyinchalik ulardan foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.
Suv omborlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish.
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqinlar suvlari va sellarning avariyasiz o‘tkazilishini ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar kompleksini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish.
Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnik inshootlarning holatini nazorat qilish.
Suv omborlarining gidrologik rejimi, toshqinlar va halokatli | 141 | 64,027 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKLIKASINING ROSSIYA FEDERATSIYASIDAGI ELChIXONASINI TAShKIL ETISh TO‘FRISIDA | “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga amal qilib, O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Moskva shahridagi tugatilayotgan O‘zbekiston doimiy vakolatxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi ochilsin. Elchixona O‘zbekiston doimiy vakolatxonasining huquqiy vorisi hisoblansin.
6. Maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha Elchi O‘zbekiston Respublikasining vaziriga, maslahatchi-elchi vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin. | 96 | 755 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR) EKSPORTINI RAG‘BATLANTIRISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 1997 YIL 10 OKTYaBRDAGI PF-1871-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoni 6-bandining beshinchi xatboshi va mazkur Farmonning 6-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 224 | 397 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ROSSIYa FYeDYeRASIYaSIDAGI ELChIXONASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA» 1992 YIL 22 IYuLDAGI 339-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Fedyeratsiyasidagi Elchixonasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Elchixonaning shtat jadvali va xarajatlari smetasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablag‘ bilan ta’minlashni Elchixonaning tasdiqlangan xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshirsin.
Elchixona shtatdagi xodimlar soni o‘zgarishi munosabati bilan bo‘shab qolgan asbob-uskunalar va jihozlarni zaruriyat bo‘lganda sotsin.
Elchixona asbob-uskunalari va jihozlarini sotishdan tushgan mablag‘lar, budjetdan ajratish nazarda tutilgan mablag‘lar tegishli ravishda qisqartirilgan holda, Elchixona sarf-xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda foydalanilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda Elchixona xodimlari sonini tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiqlashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Fedyeratsiyasidagi Elchixonasini tashkil etish to‘g‘risida» 1992-yil 22-iyuldagi 339-son qarorining 2, 3, 4, 5, 7-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Tashqi ishlar vaziri A. Komilov va Moliya vaziri J. Sayfiddinov zimmasiga yuklansin. | 215 | 1,351 |
Qonunchilik | Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10-8/4270, 33-09-son qarori (ro‘yxat raqami 2032, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 490-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 4-bandning beshinchi xatboshisidagi, 10-banddagi va 29-banddagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 7-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 230 | 2,192 |
Qonunchilik | “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 18-yanvar kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartpshlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 229 | 784 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA KOMITETINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 118-4-moddasining 2, 4-bandlariga va “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” gi Qonunga, iqtisodiy hamjamiyat to‘g‘risida 1991-yil 18-oktabrdagi shartnomaga muvofiq, shuningdek respublikalarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, bojxona xizmati faoliyati hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan bojxona muassasalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona komiteti tashkil etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida respublikada bojxona xizmatini tashkil etish va uning faoliyati bo‘yicha tegishli qaror tayyorlasin va qabul qilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona to‘g‘risidagi Qonuni qabul qilgungacha SSSR qonunining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan qismiga amal qilinadi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, bojxona boji va bojxona faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar O‘zbekiston Respublikasi budjeti daromadiga tushadi.
4. Ushbu Farmon imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. | 69 | 1,269 |
Qonunchilik | Iqtisodiy nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Bankrot korxonalar faoliyatini jadal sur’atlarda tiklash hamda tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki:
tijorat banklari ular tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida mulk sifatida qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida bank va uning boshqaruv kompaniyalarining ishtirok ulushi 100 foizgacha bo‘lgan yangi korxonalar tashkil etish huquqiga ega;
2017-yilning 1-iyulidan boshlab bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish tanlov savdolarida amalga oshiriladi, bunda tijorat banklari o‘rtasida kim oshdi savdolari o‘tkazilmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining tijorat banklari tomonidan sotiladigan korxonalar, ularning ustav fondlaridagi ulushlar, avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangidan tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini salohiyatli investorlar tomonidan bir yo‘la yoki sotib olish summasining qoldig‘iga foizlar hisoblamasdan bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek sotib olish to‘lovlari to‘liq to‘langunga qadar tasarruf etish huquqisiz amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Markaziy banki, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining xatlovi o‘tkazilganligi natijasida:
avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan hamda ular negizida tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
obyektlari bo‘yicha tijorat banklari oldidagi qarzdorliklarni undirish yuzasidan yuritilayotgan ijro ishi yakunlariga ko‘ra tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish yo‘li bilan kelgusida ulardan samarali foydalanishga qaratilgan choralar amalga oshiriladigan alohida korxonalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
ishlab chiqarish maydonlarida istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tijorat banklari va mulk egalari bilan birgalikda moliyaviy sog‘lomlashtiriladigan korxonalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq shakllantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Markaziy banki bilan birgalikda:
ikki oylik muddatda mazkur Farmonning 1-ilovasiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish “yo‘l xaritalari” va tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiya) kiritsin;
ijro ishi tamomlanishiga ko‘ra, mazkur Farmonning 2-ilovasida ko‘zda tutilgan korxonalarning tijorat banklari mulkiga o‘tkazilgan ko‘chmas mulk obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish yuzasidan Respublika komissiyasiga takliflar — “yo‘l xaritalari”ni taqdim etsin;
avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritib borsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
ikki oylik muddatda tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Farmonning 3-ilovasida ko‘zda tutilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini — “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritsin;
mazkur Farmonning 1, 2 va 3-ilovalarida ko‘rsatilgan choralarning amalga oshirilishi yuzasidan ularni asosan 2017 — 2018-yillarda amalga oshirilishini nazarda tutgan holda nazorat o‘rnatsin;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda har yili 1-iyulga qadar iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritilishini ta’minlasin;
iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va natijalarini Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritsin;
6. Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hamda vakolatlari etib belgilansin:
iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
bankrot korxonalarning mulklari hamda avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining “yo‘l xaritalari” va tarmoq jadvallarini tasdiqlash;
konkurs savdolari orqali tijorat banklariga sotilishi belgilangan bankrot korxonalar ro‘yxatini aniqlash;
tijorat banklari tomonidan korxonani qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga bankrot korxonalarni sotish bo‘yicha tanlov savdolarining shartlari va natijalarini tasdiqlash;
bankrot korxonalarni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymatida tijorat banklariga sotish bo‘yicha tanlov savdolarini o‘tkazish va qaror qabul qilish;
qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari tomonidan bajarilishi, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi hamda ularni keyinchalik yangi mulkdorlarga sotilishi yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish;
tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash va investitsiya kiritish bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganda shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilish;
tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyalar kiritish va bankrot korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini o‘rnatilgan tartibda bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
7. Avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida tijorat banklari tomonidan yangi tashkil etilgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarorining to‘rtinchi bandi ikkinchi xatboshisida ko‘zda tutilgan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i to‘lash bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etilsin.
8. Tijorat banklariga berilgan bankrot korxonalar mulklari, shuningdek avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi tashkil etilgan xo‘jalik subyektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar 2019-yil 1-aprelga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidan “auksion va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida”gi Farmoni ilovasining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoyishi:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “auksion va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada:
ilova nomidan, 1 va 3-bandlar, 6-bandning birinchi xatboshisi, 7-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridan “auksion va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandda:
ikkinchi xatboshidan “mulki” so‘zlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
II bo‘lim, 38 va 39 bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 2-ilovadagi:
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:
iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
bankrot korxonalarning mulklari hamda avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining “yo‘l xaritalari” va tarmoq jadvallarini tasdiqlash;
konkurs savdolari orqali tijorat banklariga sotilishi belgilangan bankrot korxonalar ro‘yxatini aniqlash;
tijorat banklari tomonidan korxonani qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga bankrot korxonalarni sotish bo‘yicha tanlov savdolarining shartlari va natijalarini tasdiqlash;
bankrot korxonalarni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymatida tijorat banklariga sotish bo‘yicha tanlov savdolarini o‘tkazish va qaror qabul qilish;
qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari tomonidan bajarilishi, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi hamda ularni keyinchalik yangi mulkdorlarga sotilishi yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish;
tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash va investitsiya kiritish bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganda shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilish.
tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyalar kiritish va bankrot korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini o‘rnatilagn tartibda bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish”.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
konkurs savdolari o‘tkazishda tijorat banklariga bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini sotish shartlarini tasdiqlash;
bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini konkurs savdolarida “nol” xarid qiymatida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish orqali sotish bo‘yicha konkurs hujjatlarini tasdiqlash;
bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini “nol” xarid qiymatida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish orqali tijorat banklariga sotish bo‘yicha konkurs savdolarini o‘tkazish va qaror qabul qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, korxonalar mutaxassislari va konsalting, baholash, audit va boshqa sohasidagi ekspertlarini ekspert guruhi ishiga jalb etgan holda konkurs takliflarini ishlab chiqish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish;
bankrot korxonalarni konkurs savdolarida tijorat banklariga, ular tomonidan ishlab chiqarishlarni tiklash, modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan majburiyatlarni qabul qilgan holda sotish bo‘yicha natijalarni tasdiqlash;
IV bo‘limning nomidan “auksion va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
8-bandda:
birinchi xatboshidan “auksion va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“bankrot korxonaning kreditorlik qarzdorligi tarkibidagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan hamda ish haqi to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorlik 50 foizidan yuqori bo‘lsa”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
19-bandda:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “auksion” so‘zlari “konkurs” so‘zi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “auksion” so‘zi “konkurs” so‘zi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidan “auksion va” so‘zlari chiqarib tashlansin. | 242 | 15,619 |
Qonunchilik | “Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqchi sel suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilash, sel-toshqin suvlarining salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek, meva-sabzavotchilik va chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bosh loyiha tashkiloti “O‘zsuvloyiha” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 16,8 mln kubm. hajmdagi sel suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqchi sel suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqchi sel suv omborini qurish” loyihasining(keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) texnik-iqtisodiy hisobi ilovaga muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlansin.
3. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “Qashqadaryosuvqurilishinvest” davlat unitar korxonasi buyurtmachi etib belgilansin;
bosh pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tender savdosi asosida aniqlansin;
qurilishni yakunlash muddati 2023-yil 1-sentabr etib belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bosh loyiha tashkiloti “O‘zsuvloyiha” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2019-yilning1-dekabriga qadar mazkur qarorning 2-bandi bilan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisobga muvofiq ishchi hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq talab etiladigan kapital qo‘yilmalarni:
joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan;
2020 — 2023-yillar davomida asosiy ko‘rsatkichlarni har yili aniqlashtirib, O‘zbekiston Respublikasining kelgusi yillar uchun Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirish jarayonida inobatga olinishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ruziyev loyihani amalga oshirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek, loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ruziyev zimmasiga yuklansin. | 125 | 2,957 |
Qonunchilik | Pedagoglar ish beruvchining byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi | Adliya vazirligi fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilish natijalariga koʻra ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi, deya хabar beriladi idora saytida.
Chunonchi, Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart boʻlgan хodimlar roʻyхati koʻrsatilgan. Bunda tibbiy koʻriklardan oʻtilishi munosabati bilan хodimlar chiqimdor boʻlmasligi belgilangan.
Biroq tahlillarga koʻra, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog va boshqa хodimlari shaхsiy mablagʻlari hisobidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotganligi ma’lum boʻldi. Bu qonunchilikda tibbiy koʻriklar qaysi mablagʻlar hisobidan oʻtkazilishi nazarda tutilmaganligi oqibatida roʻy berayapti. Shu munosabat bilan qator qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish talab etiladi.
Qonun loyihasida ijtimoiy himoyaga muхtoj fuqarolarni hamda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa хodimlari ish beruvchining byudjet mablagʻlari hisobidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi tartibi nazarda tutilmoqda.
Tahririyatdan: хabarda MKning 214-moddasida koʻrsatilgan boshqa toifadagi хodimlar, shuningdek хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar хodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish хarajatlari kimning zimmasiga yuklatilishi koʻrsatilmagan. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganidan keyin shu va boshqa jihatlarga oydinlik kiritiladi. | 86 | 1,623 |
Qonunchilik | Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2441, 2013-yil 25-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 13-son, 167-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2014-yil 26-dekabrdagi 211/2-son “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 83-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2441-1, 2014-yil 31-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52 (I)-son, 650-modda).
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, fan doktori ilmiy darajasini berish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ilmiy kengash — muayyan fan tarmog‘ining (tarmoqlarining) tegishli ixtisosliklari yo‘nalishida ilmiy daraja talabgorlari uchun ko‘zda tutilgan attestatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) qarori bilan yetakchi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi huzurida muayyan muddat davomida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatish uchun tuzilgan ilmiy-tashkiliy tuzilma;
izlanuvchi — oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan shaxs;
talabgor — dissertatsiyasi himoya uchun Ilmiy kengashda qabul qilingan va attestatsiya yig‘majildi ko‘rilish jarayonida bo‘lgan shaxs;
attestatsiya — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyasi jarayonida, shu jumladan malakaviy imtihonlarni qabul qilish, dissertatsiya aprobatsiyasi (muhokamasi) va himoyasini o‘tkazish hamda dissertatsiyani OAKda ekspertizadan o‘tkazish asosida talabgorlarning (izlanuvchilarning) nazariy bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini hamda dissertatsiya sifati va olingan natijalarining yangiligini baholash;
attestatsiya yig‘majildi — talabgorning ilmiy darajasini tasdiqlash (nostrifikatsiya qilish) yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami;
dissertatsiya — muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar;
dissertatsiya avtoreferati — dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy ma’lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilgan va tegishli tavsiyalar asosida rasmiylashtirilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar;
dissertatsiya bajarilgan muassasa — oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi qarori bilan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib borish uchun mas’ul muassasa (muassasalar) sifatida tasdiqlanib, “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilingan tashkilot;
ekspertiza — hujjatlarning mohiyati va amalga oshirilgan attestatsiya tadbirlarining tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini ilmiy va me’yoriy-texnik jihatdan baholash;
ilmiy maslahatchi — tegishli oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashining qarori bilan muayyan izlanuvchiga belgilangan tartibda ilmiy maslahatchi sifatida biriktirilgan va bu haqdagi ma’lumot “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilingan mutaxassis;
apellatsiya — fan doktori ilmiy darajasini berish yoki uni berishni rad qilish yoxud ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat.
2. Fan doktori ilmiy darajasi qonun hujjatlari talablariga javob bergan, muayyan fan tarmog‘ida chuqur kasbiy bilimlarga, ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.
3. Tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga, veterinariya fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga, yuridik fanlar bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — yurisprudensiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Dissertatsiya izlanuvchi o‘tkazgan tadqiqotlar va e’lon qilgan ilmiy ishlar asosida tayyorlanadi.
Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining tanlovi bo‘yicha o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
Talabgor, ilmiy maslahatchi, dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy kengash tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun mas’uldir.
4. Tegishli malakaviy imtihonlarini topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yiladi.
5. Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan yirik ixtiro muallifiga Intellektual mulk agentligi, tegishli vazirlik va idoralar xulosalariga ko‘ra Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida, dissertatsiya himoyasisiz fan doktori ilmiy darajasi berilishi mumkin.
Yopiq mavzular bo‘yicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va fan doktori ilmiy darajasini berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Talabgor o‘z dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilganidan keyin Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi qarori OAKning tegishli ekspert kengashining (bundan buyon matnda ekspert kengashi deb yuritiladi) tavsiyasi inobatga olingan holda OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
7. Fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga davlat namunasidagi fan doktori diplomi beriladi.
8. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya yuqori malakali ilmiy ish bo‘lishi, unda muallif tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar va yaratilgan ishlanmalar asosida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va dolzarb ilmiy yoki amaliy muammolar hal etilishi yoki ilm-fan tegishli tarmog‘ining istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirish uchun muayyan yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lishi yoki joriy etilishi ilm-fan, texnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan yechimlar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
9. Dissertatsiya talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy holatlar va amaliy natijalarning majmuini o‘z ichiga olgan, mohiyati jihatidan ichki birlikka ega, mazmunan yaxlit va tugallangan bo‘lishi hamda talabgorning shaxsan fanga qo‘shgan hissasini aks ettirishi lozim.
10. Nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning dolzarb muammolari yechimlari hamda ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Ilmiy kengashda muhokama etilib, attestatsiya yig‘majildiga ilova qilinadi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilgan, ma’qullangan va ularning rahbariyati tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
11. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya talabgor muntazam bajargan ilmiy ishlar va asarlarda e’lon qilingan, ushbu fan tarmog‘ining mutaxassislariga ma’lum bo‘lgan fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga molik natijalarning qisqacha umumlashtirilgan bayonidan iborat bo‘ladi.
Ilmiy ishning ahamiyati, ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiyani himoya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa talabgorning asosiy tadqiqotlari o‘tkazilgan muassasa tomonidan beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiyani himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati bo‘lishi zarur.
12. Dissertatsiya mavzusi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq hamda jahon ilmiy-texnologik taraqqiyoti tendensiyalariga muvofiq dolzarb bo‘lishi lozim.
Dissertatsiya mavzusi oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Dissertatsiya mavzusi tasdiqlanganidan so‘ng, uni ro‘yxatga olish va “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilish uchun tegishli ma’lumot OAKga yuboriladi.
Dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
13. Dissertatsiya kirish qismi, kamida to‘rtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan shaklda rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiyaning matni 200 sahifadan oshmasligi kerak. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Dissertatsiyaning titul varag‘i va dissertatsiya avtoreferati muqovasining orqa tomonida bitta ilmiy maslahatchi ko‘rsatiladi. Zarur hollarda, OAK ruxsati bilan ikkinchi ilmiy maslahatchi ham ko‘rsatilishi mumkin, ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar uchun OAK ruxsati talab etilmaydi.
Ilmiy kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan so‘ng dissertatsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin emas.
14. Dissertatsiya tadqiqotida zamonaviy talablarga javob bergan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, talabgorning xohishiga ko‘ra, alifbo, sistematik yoki matnda havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni ro‘yxatga kiritish taqiqlanadi.
15. Dissertatsiyada foydalanilgan materiallarning manbasi, ularning muallifi va nomi to‘liq ko‘rsatilishi, shuningdek hammualliflarning g‘oya yoki ishlanmalaridan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida bu haqda qayd etilishi shart.
Talabgor hammualliflikda yaratilgan (yozilgan) ilmiy ishidagi faqat o‘zining hissasini dissertatsiyasiga kiritishi mumkin.
O‘zganing materialidan uning muallifi va manbasini ko‘rsatmasdan foydalanilgan hollarda dissertatsiya u qaysi bosqichda ko‘rilayotgan bo‘lishidan qat’i nazar, muhokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu bo‘yicha dissertatsiyani qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.
16. E’lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda, davra suhbatlarida aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazilishi shart.
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim. Dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi va ulardan kamida 10 tasi OAKning doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan yetakchi ilmiy jurnallar va nashrlar, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallar ro‘yxatiga (bundan buyon matnda Ro‘yxat deb yuritiladi) kiritilgan ilmiy nashrlarda e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya e’lon qilinishi kerak.
17. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida 2 ta maqola tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning Ro‘yxatga kiritilgan nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida, shuningdek 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida, shundan 1 tasi xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart.
18. Izlanuvchi tomonidan e’lon qilingan maqolalar soni mazkur Nizomning 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin dissertatsiya yuksak ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda uning himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi.
19. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patent), preprintlar, ilmiy xaritalar, ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan ma’ruzalarning e’lon qilingan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kiradi.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar) Ro‘yxatga kiritilgan va shu fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy nashrlarida e’lon qilingan maqolalar sifatida hisoblanadi.
Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida olti bosma taboq hajmdan iborat bo‘lgan yakka mualliflikdagi monografiya Ro‘yxatga kiritilgan milliy ilmiy nashrda e’lon qilingan 3 ta maqola sifatida hisoblanadi, ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan talab bo‘yicha e’lon qilingan monografiya bundan mustasno.
O‘quv adabiyotlari, shu jumladan darsliklar dissertatsiya natijalarini aks ettiradigan e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi.
20. Talabgor tomonidan dissertatsiya bo‘yicha avtoreferat tayyorlanadi. Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar ro‘yxati quyidagi tartibda keltiriladi:
birinchi bo‘limda — Ro‘yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy ishlar hamda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patent);
ikkinchi bo‘limda — dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nashr etilgan boshqa ilmiy ishlar.
21. Dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilgan ilmiy ishlarning nashr qilinganligiga oid ma’lumotlar aks ettirilishi, shu jumladan barcha mualliflar to‘liq yozilishi va maqolalar e’lon qilingan jurnal yoki to‘plamlarning sahifalari aniq ko‘rsatilishi lozim.
Nashrga topshirilgan, lekin e’lon qilinmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
22. Agar izlanuvchining maqolalari hammualliflikda yozilgan bo‘lsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardagi ilmiy natijalar hammuallifga tegishli bo‘lsa, ularni o‘z dissertatsiyasida qisman yoki to‘la foydalanish uchun hammualliflarning yozma ravishda bildirgan roziligini olishi zarur.
23. OAKga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari yuboriladi.
24. Izlanuvchi tayyorlagan dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan o‘tkazish uchun dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Muassasa rahbari dissertatsiyani ushbu muassasaning yoki dissertatsiya ixtisosligi bo‘yicha ilmiy ishlar bajarilayotgan boshqa muassasa(lar)ning tegishli kafedra, bo‘lim, laboratoriya yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan ilmiy (ilmiy-texnik) seminariga dastlabki ekspertizaga yuboradi.
25. Dissertatsiya bajarilgan muassasa tomonidan dissertatsiyaning dastlabki ekspertizasi yuzasidan xulosa beriladi. Xulosa ilmiy seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil ko‘chirma shaklida rasmiylashtiriladi, ilmiy seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanib, muassasaning gerbli muhri qo‘yiladi. Xulosada dissertatsiya natijalarini olishda izlanuvchining shaxsiy ishtiroki, o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining qay darajada to‘g‘riligi, yangiligi va amaliy ahamiyati, dissertatsiya mavzusining ixtisoslikka mosligi, dissertatsiya materiallarining izlanuvchi e’lon qilgan ilmiy ishlarda nechog‘liq to‘liq bayon etilganligi o‘z ifodasini topishi lozim.
26. Xulosa dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kundan e’tiboran 2 oy ichida izlanuvchiga beriladi. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari xulosaning sifati, xolisligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi uchun mas’uldir.
27. Izlanuvchi dissertatsiyasini o‘z xohishi bilan ilmiy seminarlarga mustaqil ravishda murojaat qilgan holda dastlabki ekspertizadan o‘tkazishi mumkin.
28. Dissertatsiya bajarilgan muassasa rahbari dastlabki ekspertiza natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin.
29. Izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tayyorlangan dissertatsiyani xorijiy davlatda himoya qilmoqchi bo‘lgan taqdirda, OAKdan belgilangan tartibda ruxsat olishi lozim.
30. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiya dastlabki ekspertizadan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng uni ko‘rib chiqish uchun muassasa rahbarining kuzatuv xati bilan tegishli Ilmiy kengashga yuboriladi.
Dissertatsiya ixtisosligi yoki tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha Ilmiy kengash bo‘lmagan taqdirda, dissertatsiya bajarilgan muassasa dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazib, dissertatsiya ixtisosligiga yaqin keluvchi Ilmiy kengashga, bunday Ilmiy kengash bo‘lmaganda esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri OAKga Bir martalik ilmiy kengash tuzishni so‘rab murojaat qiladi.
31. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga o‘zlari ishlayotgan joyda tuzilgan Ilmiy kengashlarda, vazirlik va idoralarning rahbarlariga o‘z tashkilotlariga qarashli muassasalarda tuzilgan Ilmiy kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. Bunda ularning dissertatsiya himoya qilishi bilan bog‘liq masalalar OAK tomonidan hal etiladi.
OAK apparati xodimlari OAK rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiyalarini himoya qiladi.
32. Talabgor dissertatsiyani ko‘rib chiqish jarayonining har qanday bosqichida Ilmiy kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini muhokamadan olishga haqlidir.
Ilmiy kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish to‘g‘risidagi qarori talabgorning yozma arizasi asosida qabul qilinadi.
33. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muhokamadan olinganda, u qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
34. Talabgor o‘z dissertatsiyasini muhokama qilmaslikni so‘rab, Ilmiy kengashga yozma ariza bergan taqdirda, Ilmiy kengash raisi ilmiy kotibga talabgor tomonidan topshirilgan hujjatlarni qaytarishga ko‘rsatma beradi. Bunda talabgorning arizasi hamda dissertatsiya bilan dissertatsiya avtoreferatining 1 nusxasi Ilmiy kengashda qoladi. Dissertatsiyani himoya qilish paytida tayyorlangan hujjatlar ham Ilmiy kengashda qoladi va ular so‘rovnoma asosida himoya qayta o‘tadigan joyga yuborilishi mumkin.
35. Dissertatsiya himoyasi natijalari bo‘yicha Ilmiy kengash salbiy qaror qabul qilgan taqdirda, talabgorning oliy ma’lumot haqidagi diplomi nusxasi, malakaviy imtihonlarni topshirganligi haqidagi guvohnomalar, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya talabgorga qaytarib beriladi. Bunda dissertatsiya muassasaning Axborot-resurs markazi fondidan olib qo‘yiladi va dissertatsiya bajarilgan muassasa arxivida saqlanadi.
Dissertatsiya bo‘yicha berilgan taqrizlar, dissertatsiya avtoreferati, majlis stenogrammasi, obyektiv-ma’lumotnoma, dissertatsiya bajarilgan muassasaning xulosasi hamda ovoz berish natijalari Ilmiy kengashda qoladi va so‘rovnoma asosida himoya qayta o‘tadigan joyga yuborilishi mumkin.
Ilmiy kengash qabul qilgan salbiy qarori haqida dissertatsiya himoya qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida OAKni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda OAKga dissertatsiya avtoreferati va Ilmiy kengash majlisining stenogrammasi yuboriladi.
36. Dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Ilmiy kengashning qarori salbiy bo‘lganda yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qaror qabul qilingandan keyin kamida 6 oy o‘tgach, dissertatsiya qayta ishlangan holda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
Dissertatsiya qayta himoya qilish uchun taqdim etilganida, avvalgi yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar almashtirilishi mumkin.
37. Attestatsiya yig‘majildi, shu jumladan dissertatsiya OAKning tegishli bo‘limlari tomonidan qabul qilib olinadi va ekspertizadan o‘tkazish uchun ekspert kengashiga taqdim etiladi.
38. Ilmiy kengash dissertatsiya himoyasini o‘tkazishda mazkur Nizom talablarini buzgan bo‘lsa, OAK rahbariyati Tartib-qoida komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya yig‘majildini ko‘rib chiqishni to‘xtatadi va mazkur dissertatsiya himoyasi Ilmiy kengash tomonidan qayta o‘tkaziladi.
39. Ekspert kengashi attestatsiya yig‘majildi, shu jumladan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazib tegishli qaror qabul qiladi va ushbu qaror OAK Rayosatining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
40. OAK Rayosati attestatsiya yig‘majildi bo‘yicha ekspert kengashi qarorini asosli deb topmasa, masalani qayta ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashiga qaytaradi.
41. Attestatsiya yig‘majildini OAKda ko‘rib chiqish muddati, qoida tariqasida, 3 oydan oshmasligi kerak. Ilmiy ekspertizadan o‘tkazish batafsil o‘rganib chiqishni talab qiladigan hollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya yig‘majildini ko‘rib chiqish muddati 2 oygacha uzaytirilishi mumkin.
42. Attestatsiya yig‘majildini OAKda ko‘rib chiqish jarayonida unda aniqlangan xato va kamchiliklarni tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
43. OAK Rayosati ekspert kengashining xulosasiga asosan Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlaydi yoki rad qiladi.
44. Fan doktori ilmiy darajasi berilgan shaxsning dissertatsiyasi, dissertatsiya avtoreferati va ularning elektron shakli OAK tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga topshiriladi.
45. OAK Rayosatining fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va talabgorga 20 kun ichida fan doktori diplomi rasmiylashtirib beriladi.
46. Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxs arizasiga muvofiq uning dublikati beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
fuqarolik pasportining nusxasi;
hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida respublika markaziy gazetasida berilgan e’lon nusxasi (agar yo‘qolgan bo‘lsa);
topilmalar byurosining tegishli ma’lumotnomasi (agar yo‘qolgan bo‘lsa).
47. Ilmiy daraja berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgargan taqdirda, diplomning dublikati beriladi.
48. Ko‘chirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis o‘tkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert kengashi qaroriga asosan, ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan mahrum etilishi mumkin.
OAK Rayosatining fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil o‘tgan bo‘lsa, ilmiy darajadan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqilmaydi.
49. Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasidan mahrum etish, mahrum etmaslik yoki uni tiklash bo‘yicha xulosasi ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
50. Ekspert kengashining tegishli qarori OAK Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi va shaxsni fan doktori ilmiy darajasidan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoxud uni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
51. Manfaatdor shaxslar Ilmiy kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Ilmiy kengashga yoki OAKga apellatsiya berishi mumkin.
Manfaatdor shaxslar fan doktori ilmiy darajasini berish yoki berishni rad qilish, xorijiy davlatlar oliy attestatsiya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan xorijiy fuqarolarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish) masalalarining OAKda ko‘rib chiqilishi bo‘yicha OAK Rayosati qarori yuzasidan OAKga apellatsiya berishi mumkin.
Apellatsiya tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 2 oy ichida beriladi.
52. Apellatsiya O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
53. Apellatsiya Ilmiy kengash tomonidan Ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga asosan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
54. OAK Rayosati va Ilmiy kengash qarorlari yuzasidan berilgan apellatsiya bo‘yicha Ilmiy kengash xulosasi OAK Tartib-qoida komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. OAK Tartib-qoida komissiyasi apellatsiyani ko‘rib chiqishni ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Zarur hollarda, OAKda mazkur masalani ko‘rib chiqishning avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis-olimlardan iborat Apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi OAK Rayosati qarori bilan kamida 5 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
55. OAK Rayosati tomonidan Tartib-qoida komissiyasi, ekspert kengashi yoki Apellatsiya komissiyasi xulosasi ko‘rib chiqiladi va apellatsiya bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.
56. OAK Rayosatining apellatsiya bo‘yicha qabul qilgan yakuniy qarori darhol apellatsiya bergan shaxslarga, shuningdek, Ilmiy kengashga yuboriladi.
57. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan fan doktori ilmiy darajasi haqidagi hujjatlar OAK tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq nostrifikatsiya (qayta attestatsiyadan o‘tkazish asosida tenglashtiriladi) qilinadi.
58. Xorijiy davlatlarda olingan falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda olingan falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatiga asosan OAKda hisobga olinadi.
59. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamda Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan. | 83 | 28,213 |
Qonunchilik | 2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ–3022-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan, qayta tashkil etiladigan va 2018-yilda faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari ro‘yxati 2, 2-a va 2-b-ilovalarga muvofiq;
2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va bo‘limlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq.
2. 2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
3. Respublika komissiyasi (A.A. Abduxakimov):
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga mas’ul bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirsin, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi monitoringini olib borsin va nazorat qilsin;
davlat muzeylarining ishlab chiqiladigan yangi konsepsiyalari, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga e’tibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yo‘nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin.
Respublika komissiyasiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli dasturiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar;
davlat muzeylari binolarini mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
moddiy madaniy meros obyekti hisoblangan davlat muzeylari binolarini mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablag‘lar;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
2018-yilda Investitsiya dasturi mablag‘lari hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2019-yildan boshlab qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun mablag‘lar ajratiladi;
muzeylarni maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar muzeylarni mukammal ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadlari uchun yo‘naltiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasidagi markazlashtirilgan investitsiyalar, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini bajarish bo‘yicha Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi buyurtmachi etib belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Turizm va madaniy meros vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2018-yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markazlaridagi madaniyat markazlari binosida quyidagilarni yorqin va ta’sirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi ko‘rgazma-ekspozitsiyalarni tashkil etsin:
tasviriy, amaliy va xalq hunarmandchiligi san’ati yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan, ayniqsa, ushbu hududdagi ijodkorlar asarlari asosida milliy istiqlol, erkin, farovon hayot, an’anaviy san’atimiz va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadigan ko‘rgazmalar;
xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analari, bugungi jo‘shqin hayot manzaralari, yurtimiz odamlarining siymolari, ularning orzu-intilishlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan badiiy fotoko‘rgazmalar;
hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat o‘zgarishlari, barcha jabhalardagi rivojlanishni ifodalovchi ekspozitsiyalar.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan ko‘rgazma-ekspozitsiyalar Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy konsepsiya va jihozlash talablari asosida tashkil etiladi hamda ularni tashkil etish, saqlash va yangilab borish xarajatlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasi, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin. | 173 | 8,068 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risida | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.
Ta’kidlab o‘tilsinki, 2008-yil birinchi choragida Davlat budjeti daromadlari uning xarajatlaridan 100,6 mlrd so‘m miqdorida ortiq bo‘lishiga erishildi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,7 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligi va maqbulligi oshirilishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, samarali investitsiya siyosati o‘tkazilishini, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini va budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilishini, shuningdek budjetning birinchi navbatdagi xarajatlari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilish tadbirlari hamda budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini kuchaytirishga oid boshqa tadbirlar to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirilishi yuzasidan aniq choralar ko‘rilishini ta’minlasin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining e’tibori tegishli mintaqalar bo‘yicha budjetga to‘lovlar to‘liq tushishini, mintaqalarning soliq bazasi va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash zarurligiga qaratilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 92 | 1,750 |
Qonunchilik | Togʻavachcha, amakivachcha, ammavachcha va хolavachchalar nikohlanishi taqiqlanadi | Oila kodeksining 16-moddasiga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan, muhokama 9 martgacha davom etadi.
Ayni paytda nikoh tuzishga:
Ma’lumot uchun: bolalar, ota-onalar, nevaralar, bobolar, buvilar, evaralar, katta bobolar, katta buvilar va hokazo toʻgʻri shajaradagi qarindosh hisoblanadi. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqqan boʻlsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha ona bir ota boshqa boʻlsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. Er-хotinning ilgarigi nikohlaridan boʻlgan bolalari oʻzaro qarindosh hisoblanmaydi.
Loyihada ota-onaning aka-ukalari va opa-singillarining bolalari, ya’ni togʻavachcha, amakivachcha, ammavachcha va хolavachchalar oʻrtasida ham nikoh tuzishni taqiqlash taklif etilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lenara Xikmatova. | 82 | 885 |
Qonunchilik | «Tadbirkorlik kodeksi» biznesni tartibga soladi | Adliya vazirligi tomonidan «Tadbirkorlik kodeksi» loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Kodeks loyihasida 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihasi va 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar birlashtirildi. Ular tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab, uni tugatishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan.
«Tadbirkorlik kodeksi» loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. | 47 | 513 |
Qonunchilik | Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etildi | Vazirlar Mahkamasining 6.11.2020 yildagi 691-son qarori bilan Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Moliya vazirligiga har yili iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish uchun zarur mablagʻlarni Davlat byudjetidan ajratish vazifasi topshirildi.
Nizomga muvofiq Davlat stipendiyasi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi. Stipendiya ayrim yoʻnalishlarning oхirgi ikki kursida ta’lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi. Davlat stipendiyasi kvotasi quyidagi ta’lim yoʻnalishlarining har biri boʻyicha bittadan alohida-alohida taqsimlanadi:
Ushbu roʻyхatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har oʻquv yili boshida ta’lim yoʻnalishlaridagi ustuvorliklarni oʻzgartirish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda Badiiy akademiya tavsiyasiga binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ommaviy aхborot vositalarida oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida ta’lim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarning oʻz kasbiy va badiiy salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini ta’minlashi lozim.
Ushbu qaror Prezidentning 21.04.2020 yildagi «Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4688-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Miryoqub Xaydarov. | 60 | 1,666 |
Qonunchilik | Zamonaviy issiqхonalarga – soliq va bojхona imtiyozlari | Prezidentning 20.11.2018 yildagi «Issiqхona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Zamonaviy issiqхonalar – energiya ishlab chiqaruvchi korхonalarga tutash hududlarda
Yoqilgʻi yoqish yoʻli bilan issiqlik yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korхonalar (birinchi navbatda, davlat ulushi 51% va undan yuqori boʻlgan), muassasalar va tashkilotlarga tutash hududlarda zamonaviy issiqхona komplekslari joylashtiriladi. Bir hafta muddatda bunday korхona, muassasa va tashkilotlarning reyestri shakllantiriladi. Yer uchastkalari zamonaviy issiqхona komplekslari tashkil etish boʻyicha majburiyatlarni koʻrsatgan holda elektron savdolarga qoʻyiladi.
Tutash hududlarida, birinchi navbatda, zamonaviy issiqхona komplekslarini joylashtirish rejalashtirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarining roʻyхati alohida tasdiqlandi. Sohaga davlat-хususiy sheriklik meхanizmlari joriy etiladi. Issiqхonalarni tashkil etishda tadbirkorlik sub’yektlariga maхsus ishchi guruhlar koʻmak beradilar.
Keyingi yilning martigacha issiqхona хoʻjaliklarining yagona ma’lumotlar bazasi toʻliq ishlashi va ularda ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarining tizimli hisobi yuritilishi ta’minlanadi.
Foizlarning bir qismini qoplab bergan holda kreditlash
2019 yilda zamonaviy issiqхona komplekslarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish хalqaro jamgʻarmasi, boshqa хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlar moliya tashkilotlarining kredit liniyalari hisobiga 200 mln AQSh dollaridan kam boʻlmagan hajmda mablagʻlar jalb qilinadi.
2019–2020 yillarda, tegishli loyihalar soni va ularni amalga oshirish uchun talab etiladigan valyuta hajmidan qat’i nazar, quyidagi kreditlar boʻyicha foizlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi:
Soliq va bojхona imtiyozlari
Yuridik shaхslar 2021 yil 1 yanvarga qadar:
Oleg Zamanov. | 55 | 2,147 |
Qonunchilik | Onlayn-NKM va virtual kassa qanday oʻrnatiladi va roʻyхatdan oʻtkaziladi | Vazirlar Mahkamasi tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilindi (23.11.2019 yildagi 943-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, poytaхtda hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida yetkazilishini ta’minlaydigan onlayn-NKM joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshirilgan edi (21.02.2019 yildagi 150-son VMQ). Savdo va хizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlari iхtiyoriy ravishda tajribada ishtirok etdilar.
Naqd tushumga ega tadbirkorlarni onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkazish grafigi tasdiqlandi. Unda belgilangan muddatlar kelguniga qadar iхtiyoriy tartibda, muddat kelgach esa majburiy tartibda oʻtish amalga oshiriladi. Birinchilardan boʻlib alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz yoqilgʻisi savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari oʻtadilar. Ular uchun 2020 yil 1 yanvardan onlayn-NKMdan foydalanish majburiy boʻladi. Olis, borish qiyin boʻlgan aholi punktlaridagi tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno, ular uchun alohida grafik tasdiqlanadi.
Qabul qilingan hujjat bilan 4 ta nizom tasdiqlandi, ularda quyidagilar tartibga solingan:
Onlayn-NKMga oʻtish: teхnik хizmat koʻrsatish markazini tanlash – qurilmani sotib olish – roʻyхatdan oʻtkazish – foydalanish
Respublika hududida faqat Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanilishi mumkin.
DSQ tomonidan ishlab chiqilgan virtual kassa dasturiy mahsulotining asosiy qismi (bazasi) foydalanuvchiga tekinga beriladi. Ushbu baza yordamida quyidagilar amalga oshiriladi:
Onlayn-tizimga oʻtgan tadbirkorlar tomonidan хaridorlarga toʻlov terminali cheki bilan birga virtual kassa yoki onlayn-NKM cheki ham berilishi shart (plastik kartochkalar orqali toʻlovlarni ham qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlganlari bundan mustasno). Ushbu cheklar kengligi 55 mm dan kam boʻlmagan maхsus oq qogʻozlarda boʻlishi, undagi yozuvlar qora rangda boʻlishi va harflar balandligi 2 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
Onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida quyidagi ma’lumotlar boʻlishi shart:
Tadbirkorlik sub’yektlari Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olishga haqli. Buning uchun ular oʻzlari tanlagan istalgan reyestrga kiritilgan teхnik хizmat koʻrsatish markazlariga murojaat qilishlari mumkin. Fiskal modul oʻrnatilgan va ishchi holatga keltirilgan qurilma murojaat tushgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida taqdim etiladi. Kafolatli хizmat koʻrsatish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkor NKM yoki virtual kassadan foydalanishdan oldin uni soliq organida roʻyхatdan oʻtkazishi shart. Buning uchun teхnik хizmat koʻrsatish markazlari yoki ularning filiallari orqali yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qilinadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Taqdim etilgan ma’lumotlar oʻrganib chiqiladi va qabul qilingan vaqtdan boshlab 4 soat ichida maхsus tizimda qayd etiladi. Qurilma roʻyхatga olinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot tadbirkorning shaхsiy kabinetiga yuboriladi. Roʻyхatdan oʻtish bepul.
Onlayn-NKM yoki virtual kassa oʻrnatilguniga qadar foydalanuvchi хaridor bilan hisob-kitoblarni soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan maхsus kvitansiya daftarchasi (shakli hujjatga ilovada tasdiqlangan) asosida amalga oshiradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova. | 72 | 3,557 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN TURKMANISTON O‘RTASIDA DO‘STLIK, O‘ZARO IShONChNI MUSTAHKAMLASh VA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh TO‘G‘RISIDAGI ShARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin. | 178 | 298 |
Qonunchilik | 2020 — 2022-yillarda Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanining mavjud resurslaridan samarali foydalanish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, aholiga maishiy, savdo, transport, tibbiy va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish va aholi turmush darajasini yanada oshirish, tumanning me’moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) tasdiqlansin:
2020 — 2022-yillarda Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga;
Tuproqqal’a tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 2-ilovaga;
Tuproqqal’a tumanida yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini yaxshilash va elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini qayta qurish va modernizatsiya qilish dasturi 3-ilovaga;
Tuproqqal’a tumanida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy obyektlar qurish hamda obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga;
Tuproqqal’a tumanida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlash dasturi 5-ilovaga;
Tuproqqal’a tumanida ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 6-ilovaga;
Tuproqqal’a tumanida arxitektura-shaharsozlik sohasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xorazm viloyati va Tuproqqal’a tumani hokimliklari tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
barcha parametrlar bo‘yicha monitoring olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor amaliy choralar ko‘rsin;
zarurat bo‘lganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, loyihalarning qiymati va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
4. Xorazm viloyati hokimligi Tuproqqal’a hududi bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosari va uning 4 shtat birligidan iborat kotibiyati Tuproqqal’a tumanida joylashgan “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inlarini o‘z ichiga oluvchi Tuproqqal’a hududida (keyingi o‘rinlarda — Tuproqqal’a hududi) joylashtirilishini ta’minlasin.
Tuproqqal’a hududi bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosari kotibiyatiga qo‘shimcha ravishda faoliyatini Tuproqqal’a hududida olib boradigan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi bo‘linmalari va xodimlari soni 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Tuproqqal’a tumanida jamoat tartibini saqlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi shtat birliklari doirasida 6 shtat birligidan iborat ichki ishlar bo‘limini tashkil etish hamda tuman ichki ishlar bo‘limining 1 nafar o‘rinbosarini Tuproqqal’a hududida joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Bunda, xodimlarni ish joyi va jihozlar bilan ta’minlash xarajatlariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratish nazarda tutilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Xorazm viloyati hokimligi va “O‘zdonmahsulot” AJning Tuproqqal’a hududida joylashgan “Bagat agroeksport” MChJga tegishli binoni Tuproqqal’a tumani hokimligiga munitsipal mulk sifatida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, binoni Tuproqqal’a tumani hokimligiga berish “O‘zdonmahsulot” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini va o‘z navbatida, “Bagat agroeksport” MChJning ustav kapitalidagi “O‘zdonmahsulot” AJga tegishli ulushni binoning balans (qoldiq) qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Tuproqqal’a tumani hududidagi foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlari va yaylovlar hisobidan 5 000 gektar, shu jumladan 2020-2021-yillarda 2 150 gektar yer maydonlarini o‘zlashtirishni hamda mazkur maydonlarga sholi, poliz mahsulotlari va chorva mollari uchun ozuqa ekinlari joylashtirilishini ta’minlasin.
Bunda, joriy yilda yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga, shu jumladan yerlarni tekislash, haydash, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish kabi tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan 22 mlrd so‘m mablag‘larni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Tuproqqal’a tumanidagi davlat obyektlari, shuningdek, boshqa bo‘sh turgan yer maydonlari va bino-inshootlar holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin.
Xatlov natijalariga ko‘ra, aniqlangan davlat va davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish, shu jumladan, sotish, ijaraga va davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha balansda saqlovchilar bilan birgalikda tegishli choralar ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur Dasturga kiritilgan va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yilgi Investitsiya dasturining 2020-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshirsin hamda kelgusi yillar uchun asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, Investitsiya dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga belgilangan tartib va muddatlarda o‘z vaqtida ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
11. Xorazm viloyati hokimligi:
manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda manzilli parametrlarning so‘zsiz bajarilishini, bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasin;
har oy yakuni bilan Dasturdagi loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijadorligini yig‘ilishlarda muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin. | 133 | 8,407 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida | Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Kengash yuridik shaxsdir, u O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Kengash faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, kollegiallik, xolislik, o‘z a’zolarining teng huquqliligi va ochiqlikdan iboratdir.
Kengash va uning a’zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Kengash o‘z faoliyatini faqat qonunga bo‘ysungan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Kengashning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kengash qarorlari uning majlisida kollegial ravishda qabul qilinadi.
Kengash a’zolari qarorlar qabul qilishda siyosiy qarashlardan va boshqa tashqi ta’sirlardan xoli bo‘lgan o‘z nuqtai nazarini ifodalaydi.
Kengashning barcha a’zolari teng huquqlidir va uning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishda bittadan ovozga egadir.
Kengash o‘z faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Kengash rais, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibidan — jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.
Kengash raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tayinlanadi.
Kengash raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Kengashning o‘n bir nafar a’zosi Kengash raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalar orasidan tasdiqlanadi. Kengashning ushbu a’zolaridan bir nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari orasidan tasdiqlanadi.
Kengash kotibi va uning yetti nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan tasdiqlanadi.
Kengashning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan o‘n bir nafar a’zosi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan yetti nafar a’zosi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Kengashning sudyalar orasidan tasdiqlangan va o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi o‘n bir nafar a’zosi Kengash tomonidan uning raisi taqdimiga binoan Kengashning sho‘basi hamda Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tarkibiga, shu jumladan mazkur tuzilmalarning rahbarlari lavozimlariga saylanadi.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish;
sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini ko‘rib chiqish va prinsipial baholash;
Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash;
rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni rag‘batlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus ko‘rsatish;
ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish;
sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi, shuningdek ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani ko‘rib chiqish.
Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;
rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari va rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislarini, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;
Sudyalar oliy malaka hay’atining xulosasiga ko‘ra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida o‘z arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga o‘tkazadi;
Sudyalar oliy malaka hay’atining xulosasiga ko‘ra sudyalarni o‘z arizalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo ma’muriy sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga o‘tkazish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, hududiy harbiy sudlarning sudyalik lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadigan sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar (takliflar) kiritadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma’muriy sudlarning raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimidan ozod qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo ma’muriy sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlari va sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga xulosalar kiritadi;
sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilaydi;
sudyalarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
sudyalarga va o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolariga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va materiallarni sudyalarning tegishli malaka hay’atlariga yuboradi;
o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Kengash a’zolarini intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi;
sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari yuzasidan xulosa beradi;
sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha, shuningdek qonunchilikni qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini tekshiradi, Sudyalar oliy malaka hay’ati qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi, sudyalar malaka hay’atlari raislarining hisobotlarini eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Sudyalar oliy malaka hay’atining qarorlari, xulosalari yuzasidan taqdimnomalarni ko‘rib chiqadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
sudyalarning faoliyatini ularning kasbiga munosibligi nuqtai nazaridan o‘rganadi;
Sudyalar odobi kodeksini tasdiqlaydi;
sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti direktorining mazkur departament faoliyati to‘g‘risidagi axborotini har yili eshitadi;
sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarning, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy sifatlari darajasini o‘rganish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslardan hamda fuqarolardan Kengash faoliyati bilan bog‘liq zarur axborotni, hujjatlarni va boshqa materiallarni so‘rab oladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Reglamenti hamda vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha nizomlarni tasdiqlaydi.
Kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Kengashning ijro etuvchi devoni o‘z faoliyatida Kengashga hisobdordir.
Kengashning ijro etuvchi devoni tuzilmasi va xodimlari soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash raisi:
Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi;
Kengashning majlislarini chaqiradi va unda raislik qiladi;
Kengash vakolatiga taalluqli masalalarni uning ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
davlat organlari, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Kengash nomidan ish ko‘radi;
Kengashning tegishli a’zolari lavozimiga tavsiya qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
sud hokimiyati mustaqilligini, sudyalar daxlsizligini ta’minlashga va odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar haqida, shuningdek sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari bo‘yicha axborot taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini beradi;
Kengashning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi va moliya-xo‘jalik faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
Kengash nomidan qarorlarni, taqdimnomalarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi.
Kengash raisi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Kengash raisining o‘rinbosari:
Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Kengash raisi yo‘qligida uning vazifasini bajaradi.
Kengash raisining o‘rinbosari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Kengash kotibi:
Kengash a’zolarini majlislar o‘tkaziladigan sana va vaqt to‘g‘risida xabardor qiladi;
Kengash a’zolarini majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar bilan ta’minlaydi;
Kengash majlislarini tayyorlash bo‘yicha tashkiliy masalalarni amalga oshiradi;
Kengash majlislarining bayonnomasini yuritadi;
Kengash qarorlarining ko‘chirma nusxalari manfaatdor shaxslarga va tashkilotlarga yuborilishini ta’minlaydi;
Kengash qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;
Kengashda ish yuritilishini nazorat qiladi;
Kengash raisining topshiriqlarini bajaradi.
Kengash kotibi yo‘qligida uning vazifalarini bajarish Kengash raisining topshirig‘iga binoan Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zolaridan biri zimmasiga yuklatiladi.
Kengash a’zosi quyidagilarga haqli:
Kengashga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan materiallar bilan tanishish, ularni o‘rganish va ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha Kengashga iltimosnomalar kiritish, o‘z dalil-asoslarini bayon qilish va qo‘shimcha materiallarni taqdim etish;
elektron reyting dasturi orqali sudyalar faoliyatining samaradorligini monitoring qilish;
Kengashning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur axborot va hujjatlarni davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan so‘rash hamda bepul asosda olish;
Kengashning vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni majlislarda ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
Kengashning qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish va o‘zining alohida fikrini bayon etish.
Kengash a’zosi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Kengash a’zosi:
o‘z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirishi;
sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipi asosida odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishi;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni xolis o‘rganishi;
sudyalar orasida korrupsiyaviy holatlarning oqibatlari va sabablarini, shuningdek ularning odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga aralashish holatlarining oldini olishga, ularni aniqlashga, chek qo‘yishga, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etishi hamda bu harakatlar to‘g‘risida Kengashga xabar berishi;
Kengash majlislari maslahatlashuvini sir tutishi va o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi tufayli sudyalarning va sudyalik lavozimlariga nomzodlarning shaxsiy hayoti to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilishi;
Kengashning nufuziga putur yetkazishi, uning xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishi;
o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi va bu yuzaga kelganda ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra o‘zini o‘zi rad etishi;
Kengash tomonidan ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha ovoz berishi shart.
Kengash a’zosining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash majlisi o‘z vakolatiga kiradigan masalalarning tayyorlanishiga qarab o‘tkaziladi. Kengash majlisi o‘z a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Kengashning qarori ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.
Kengashning qaroriga rozi bo‘lmagan Kengash a’zosi xulosani imzolaydi va u o‘zining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli bo‘lib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi, lekin e’lon qilinmaydi. O‘ziga nisbatan mazkur qaror qabul qilingan shaxs Kengash a’zosining alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.
Kengash a’zolarining ovoz berishi yopiq majlisda o‘tkaziladi. Ovoz berish chog‘ida Kengash a’zolaridan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kengash a’zosi maslahatlashuv sirini oshkor etishga haqli emas. Kengash a’zolarining ovozi va ularning fikri sir saqlanadi hamda uning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kengash a’zolari ko‘rsatilgan axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Kengash a’zosi, agar u:
Kengash majlisida nomzodi ko‘rilayotgan shaxsga xizmat jihatidan, moddiy yoki boshqa tomondan qaram bo‘lsa yoxud uning yaqin qarindoshi bo‘lsa;
Kengash majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, Kengash majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Kengash a’zosi o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar bo‘yicha Kengashning boshqa a’zolari tomonidan,shuningdek sudyalik lavozimiga nomzod tomonidan rad etilishi mumkin.
Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Rad etish bildirilgan Kengash a’zosi rad etish to‘g‘risidagi masala ko‘rilishidan oldin o‘z tushuntirishlarini berishga haqli.
Rad etish to‘g‘risidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yo‘qligida Kengashning qolgan a’zolari tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Kengash a’zosi rad etilgan hisoblanadi.
Bildirilgan rad etish qanoatlantirilganligi yoki rad qilinganligi to‘g‘risida Kengash majlisining bayonnomasiga belgi qo‘yiladi.
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar, xulosalar qabul qiladi va taqdimnomalar kiritadi.
Kengash majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin:
nomzodning ko‘rsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi haqida yoxud nomzodning takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish huquqini qoldirish to‘g‘risida;
sudyalik lavozimiga tayinlash, o‘tkazish haqida;
sudyalarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish haqida;
sudyaga nisbatan intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida;
sudyani jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqida;
sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.
Kengash o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan boshqa qarorlar ham qabul qilishi mumkin.
Kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.
Kengash sudyalik lavozimiga birinchi marta, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning keyingi muddatsiz davriga tayinlanadigan (saylanadigan) nomzodning munosibligini aniqlashda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rahbarlik lavozimlariga nomzodni tayinlashda (saylashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlardan zarur axborotni so‘rab olishi mumkin. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Kengashning so‘rovi olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda tegishli xulosani taqdim etishi kerak.
Kengash nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligini o‘rganayotganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining va boshqa tashkilotlarning nomzodning ushbu tashkilotlarda ishlagan davrda shaxsiy va kasbiy sifatlari haqidagi fikrini so‘rab oladi. Kengashning so‘roviga so‘rov kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay javob yuborilishi kerak.
Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida yoki uni qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabardor qilinadi.
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, sudya ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga bu haqda ushlab turish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda xabar qilinishi shart.
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalik lavozimlariga nomzodlarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, ularning huquqlari tengligi asosida amalga oshiriladi.
Benuqson obro‘-e’tibor, halollik, layoqatlilik, yetarli hayotiy tajribaga egalik, odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarning yoki jismoniy nuqsonlarning mavjud emasligi birinchi marta tayinlanadigan sudyalarni tanlashning asosiy mezonlaridir.
Sudyalarning sudyalik faoliyati davrida benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi, halolligi, xolisligi, adolatliligi va layoqatliligi sudyalarni yangi vakolat muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga tanlashning asosiy mezonlaridir.
Kengash yangi vakolat muddatiga tayinlanadigan sudyalik lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishda ushbu nomzod tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining barqarorligini, odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilik normalarini qo‘llash borasida yetarli tajribaga ega ekanligini, shuningdek jamoatchilikning uning kasbiy faoliyati haqidagi fikrini inobatga oladi.
Sudyalik lavozimiga nomzodda odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini tasdiqlash uchun u dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklarning va jismoniy nuqsonlarning ro‘yxati Kengashning va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. Odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yo‘qligi haqidagi hujjatning shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Bo‘sh sudyalik lavozimlari to‘g‘risidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Sudyalikka nomzod bo‘sh sudyalik lavozimlarini to‘ldirish uchun tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli o‘rganish usullaridan — suhbat o‘tkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan o‘tkazishdan, berilgan muammolar bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron so‘rov dasturidan foydalanilishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil o‘tgach, bo‘sh sudyalik lavozimini to‘ldirish uchun e’lon qilingan tanlovda ishtirok etishi to‘g‘risidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin.
Yangi vakolat muddatiga o‘z nomzodini ko‘rsatish istagini bildirgan sudya vakolatlari muddati tugashiga kamida olti oy qolganda arizani va zarur hujjatlarni tegishli sudyalarning malaka hay’atiga beradi.
Boshqa sudyalik lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatish istagini bildirgan sudya, buning sabablari va asoslarini ko‘rsatgan holda Kengashga ariza beradi.
Sudyalar oliy malaka hay’ati sudyani yangi muddatga yoki boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash mumkinligi haqida Kengashga xulosa taqdim etadi.
Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais o‘rinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga ko‘ra o‘rganadi.
Sudyaning vakolatlari muddati tugaganidan keyin Kengash uch oy ichida nomzodning sudyalik lavozimiga munosibligi yoki nomunosibligi haqidagi masalani ko‘rib chiqishi kerak.
Agar sudya o‘zi da’vogar bo‘lgan lavozim talablariga javob bermasa, Kengash uni quyi turuvchi sudyalik lavozimiga ko‘rib chiqish masalasini kun tartibiga kiritishga haqli.
Ilgari sudyalik lavozimida ishlagan shaxslarni sudyalik lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala yangi vakolatlar muddatiga va boshqa sudyalik lavozimlariga taqdim etilgan sudyalar uchun qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish sudyalarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish, shuningdek sudyalarni qonunchilikdagi oxirgi o‘zgartishlar hamda zamonaviy huquqni qo‘llash amaliyoti bilan tanishtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Kengash sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, ilmiy muassasalar, jamoatchilik vakillari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Sudyalar malakasini oshirish tadbirlari sudyalar faoliyatini o‘rganish va baholash natijalariga ko‘ra, odil sudlovni amalga oshirishda aniqlangan tizimli kamchiliklar hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Kengash a’zosining mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:
uning qonunda belgilangan tartibda tayinlanishi (tasdiqlanishi);
uning daxlsizligi;
Kengash majlislari maslahatlashuvining sir tutilishi;
uning yuksak maqomiga muvofiq unga davlat hisobidan moddiy va ijtimoiy ta’minot berilishi.
Kengash a’zosi besh yil muddatga tayinlanadi (tasdiqlanadi).
Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zosi surunkasiga ikki muddatdan ortiq tayinlanishi (tasdiqlanishi) mumkin emas.
Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zosiga nisbatan ushbu moddaning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida sudyalar uchun nazarda tutilgan daxlsizlik kafolatlari tatbiq etiladi.
Kengash a’zosi Kengashning roziligisiz jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek qamoqqa olinishi mumkin emas.
Kengash a’zosiga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Kengashning o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi a’zosining ish haqi lavozim maoshi, malaka darajasi (mansab darajasi va boshqalar), ko‘p yillik xizmati uchun to‘lanadigan ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iboratdir.
Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zolarining sudyalik maqomi va sudyalar uchun belgilangan barcha imtiyozlari Kengash a’zosi lavozimida bo‘lishi davrida saqlanib qoladi.
Kengash a’zosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida ariza berganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
o‘z faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar paydo bo‘lganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
o‘zining sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etganda.
Kengash raisi, uning o‘rinbosari va kotibining vakolatlari tugaganidan keyin ularga lavozimga tayinlanishiga (tasdiqlanishiga) qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Sudyalar orasidan tasdiqlangan Kengash a’zolari o‘z vakolatlari muddati tugaganidan keyin sudyalik faoliyatini avvalgi lavozimida yoki shunga teng bo‘lgan boshqa sudyalik lavozimida davom ettiradi.
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimining ish haqi lavozim maoshi, mansab darajalari, ko‘p yillik xizmat muddati uchun to‘lanadigan ustamalar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iboratdir.
Kengash raisining qaroriga binoan Kengash ijro etuvchi devonining xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining xodimlari uchun belgilangan tartibda mansab darajalari beriladi, mansab darajalari uchun qo‘shimcha haq, ko‘p yillik xizmat muddati uchun ustamalar to‘lanadi.
Kengashning ijro etuvchi devoni xodimlariga mansab darajalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
Kengash o‘z ishini o‘zi tasdiqlaydigan Reglamentga muvofiq tashkil etadi.
Kengash faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Kengash raisiga va uning o‘rinbosariga guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Kengashning boshqa a’zolari va ijro etuvchi devoni xodimlariga esa, Kengash raisi tomonidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 59 | 32,299 |
Qonunchilik | Metroning Yunusobod yoʻnalishi qurilishi 2019 yilda tugatiladi | Sergeli yoʻnalishida lift va eskalatorlar boʻladi
Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi esa 2020 yilga qadar qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, Sergeli metro liniyasi hozirgacha Markaziy Osiyoda qoʻllanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. Mazkur liniya koʻpriksimon koʻrinishga ega boʻlib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi.
MDH davlatlari orasida yangilik boʻlishi kutilayotgan Sergeli metrosi qurilishi boshlangani haqida avval хabar bergan edik.
Qiziqarli yana bir jihat, poyezdlar toʻхtash joyi, ya’ni bekatlar 4 vagondan iborat metro poyezdiga moʻljallab quriladi. Bekatlarda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maхsus lift va eskalatorlar ham oʻrnatiladi.
Yoʻl qurilishi sohasidagi yana bir yirik loyiha
Bu yer usti metro halqa yoʻli qurilishining umumiy uzunligi 52,1 kilometrni tashkil etadi. Ushbu yoʻnalish boʻyicha poyezdlarning oʻrtacha harakat tezligi soatiga 60 km.ga yetadi. Halqa boʻylab yoʻlni bosib oʻtish vaqti 1 soat-u 10 daqiqa etib belgilangan.
Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining "Doʻstlik" bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan 8 bekatdan iborat qismi quriladi. Keyinchalik u "Olmazor", “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel” bekatlari orqali yana “Doʻstlik” bekatiga tutashadi. Mazkur metro yoʻli Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan oʻtadi. Rejaga koʻra ushbu metro liniyasida 35 bekat quriladi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz. | 62 | 1,481 |
Qonunchilik | O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zmetkombinat” AIB ishlab chiqarishini 2007 — 2011-yillar davrida modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 10-iyuldagi PQ-669-son qarorining 5-bandida “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus komissiya” so‘zlari “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha maxsus idoralararo komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-son qarori:
3-bandining beshinchi xatboshidagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus komissiya” so‘zlari “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi” so‘zlari “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Direksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. | 92 | 2,157 |
Qonunchilik | Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida | Kapital bozorini yanada rivojlantirish, qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini ko‘paytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida:
1. Kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga qadar 45 trln so‘mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo‘lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish;
xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;
kapital bozorining uyg‘un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini ta’minlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish;
sohaga ilg‘or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta’minlovchi qonunchilik bazasini yaratish;
kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.
2. Quyidagilar:
2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;
2021 — 2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
2021 — 2023-yillarda aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtirilishi belgilangan korxonalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning umumiy hajmini yalpi ichki mahsulotning kamida 5 foiziga yetkazish Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy emitentlar o‘z aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan so‘ng anderrayter tavsiyasiga ko‘ra xorijiy fond bozorlarida joylashtirishi mumkin;
ommaviy savdolar orqali aksiyalarni IPO yoki SPO usulida joylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
4. Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini quyidagi shartlarda o‘tkazish belgilansin:
IPO yoki SPO yo‘li bilan sotiladigan aksiyalarni xarid qilish uchun arizalarni to‘plash ushbu IPO yoki SPOni o‘tkazish shartnomasi tuzilgan anderrayter yoki anderrayterlar guruhi tomonidangina amalga oshiriladi;
anderrayter aksiyadorlik jamiyatini dastlabki o‘rganish natijalari asosida aksiyalar xaridi bo‘yicha arizalarni to‘plash uchun narx chegaralarini belgilaydi;
IPO va SPO yo‘li bilan aksiyalarni taqsimlash aksiyalarga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda, anderrayter tomonidan aniqlanadigan yagona narx asosida amalga oshiriladi;
anderrayterga aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan shartnoma asosida aksiyalar taqsimlanadigan investorlarni tanlash, shuningdek, investorlarga IPO va SPO doirasida xarid qilingan aksiyalarni sotish taqiqlanadigan muddatni belgilash huquqi beriladi.
5. Markaziy bank 2021-yil 1-noyabrga qadar “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” DUK hisob raqamlari Markaziy bankka o‘tkazilishini ta’minlasin.
6. Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining “Moliya va investitsiya savodxonligi” dasturini quyidagi tamoyillar asosida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar, jumladan kapital bozori hamda moliyaviy instrumentlar haqida xabardor qilish bilan bog‘liq tashabbuslarni hamjihatlikda amalga oshirgan holda mutasaddi tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
ilg‘or xorijiy o‘quv muassasalari va tadqiqot institutlari, moliya tashkilotlaridan yetakchi mutaxassislarni moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga oid ta’lim tadbirlariga keng jalb qilish;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlik” o‘quv kursini fan sifatida joriy etish. Ushbu fan doirasida mablag‘larni to‘g‘ri boshqarish, oqilona moliyaviy qarorlar qabul qilish, jumladan moliyaviy instrumentlar bo‘yicha o‘qitish metodologiyasini ishlab chiqish hamda “Moliyaviy savodxonlik olimpiadalari”ni tashkil etish orqali o‘quv kursining samaradorligini baholash;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy, shu jumladan investitsiya bo‘yicha savodxonligini oshirish borasidagi barcha tadbirlarni 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi doirasida amalga oshirish.
7. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Moliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov:
ikki hafta muddatda Dasturning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari hamda xorijiy ekspertlardan iborat ishchi guruhlari shakllantirilishini va ularning faoliyatini samarali tashkil etilishini;
ikki oy muddatda aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtirilishi mazkur Farmonga 4-ilovada belgilangan har bir korxona bo‘yicha alohida “yo‘l xarita”lari tasdiqlanishini ta’minlasin.
Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Investitsiya muhitini tubdan takomillashtirish, davlat aksiyalar paketini sotish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk daxlsizligi, uning roli va ahamiyatini oshirish, shu jumladan davlat aktivlarini boshqarishning zamonaviy yondashuvlariga o‘tish, kapital bozorini iqtisodiyotni rivojlantirishning yetakchi omillaridan biriga aylantirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.
So‘nggi davr mobaynida qimmatli qog‘ozlar bozorini isloh qilish, xususan ushbu sohadagi qonunchilik tizimini takomillashtirish, investorlar huquqlarining himoyasini kuchaytirish, kapital bozorini samarali tartibga solish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik o‘rnatish yo‘lida ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, bugungi kunda kapital bozorini yanada rivojlantirish, raqobat muhitini shakllantirish va fond bozori likvidligini oshirishni rag‘batlantirish bilan bog‘liq o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammolar va kamchiliklar mavjud, jumladan:
kapital bozorini rivojlantirish sohasida davlatning strategik rejalashtirish tizimi mavjud emas;
erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan ulushi past (0,3 foiz);
fond bozorida amalga oshirilayotgan bitimlarning yuqori qismi (birjadagi hajmlarning 70 foizidan ortig‘i) davlat ishtirokidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda;
qimmatli qog‘ozlar bozorining likvidligi past, davlat qimmatli qog‘ozlari ikkilamchi bozorini rivojlantirish zaruriyati mavjud, amaliyotga joriy etilgan moliyaviy mahsulotlar turlari yetarli emas, davlat aksiya paketlari “bitta aksiya bitta lot” tamoyili asosida sotilmaydi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida mablag‘ jalb qilishga bo‘lgan qiziqishi past;
kapital bozoriga uzoq muddatli moliyaviy resurslarga ega yirik institutsional investorlarni jalb qilish bo‘yicha ishlar sust olib borilmoqda;
bozor infratuzilmasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan yetarli darajada ta’minlanmagan, shuningdek, ushbu sohada mahalliy tizimlarning imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilmoqda;
mintaqaviy darajada kapital bozori infratuzilmasi mutlaqo rivojlanmagan;
kapital bozori sohasida bozor kapitallashuvini oshirish choralarini faol ravishda ilgari surish va amalga oshirishga imkon beradigan yuqori malakali mutaxassislar yetishmaydi;
sohani nomutanosib tartibga solishni nazarda tutuvchi hamda zamonaviy bozor talablariga va xalqaro standartlarga javob bermaydigan huquqiy hujjatlar ko‘p;
korporativ munosabatlar zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilmagan.
Ushbu kamchiliklar kapital bozorining ulkan salohiyatidan foydalanishga, uning kapitallashuvi va likvidligini lozim darajada ta’minlashga, investitsiyalarni samarali jalb etishga, iqtisodiyot hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalari rivojiga to‘sqinlik qilmoqda.
Ushbu Dasturning asosiy maqsadi erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar umumiy hajmining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi nisbatini 5 foizga yetkazishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishni chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi davlat siyosatini tubdan takomillashtirishdan iborat bo‘lib, quyidagi ustuvor strategik vazifalarni o‘ziga qamrab oladi:
investorlar uchun jozibador mexanizmlarni joriy qilish hisobiga kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-yil yakuniga qadar 45 trln so‘mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashning samarali muqobil mexanizmini yaratish;
xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg‘or yondashuvlardan foydalanish orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;
aholi, tadbirkorlar va iqtisodiyotning investitsiyaviy talablarini maksimal darajada qanoatlantirish maqsadida kapital bozorining uyg‘un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini ta’minlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish;
ilg‘or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to‘siqlar, cheklovlar va sohaning haddan tashqari tartibga solinganligini bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
tegishli xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini, tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta’minlovchi zarur qonunchilik bazasini ishlab chiqish;
kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlashning barqaror tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
kapital bozori uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.
Kapital bozoridagi taklifni oshirish va korporativ boshqaruvni rivojlantirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida:
davlat ishtirokidagi korxonalarning jozibadorligini oshirish, korxonalarni transformatsiya qilish, ularda korporativ boshqaruv va moliyaviy auditni joriy etish hamda operatsion samaradorligini oshirish;
birjaviy investitsiya fondlari (Exchange traded funds) kabi moliyaviy vositalarni, shu jumladan oltinga bog‘lash orqali (Gold ETF) joriy etish;
mavjud obligatsiya turlarini ipoteka qimmatli qog‘ozlari va “Sukuk” obligatsiyalari kabi yangi turlarini joriy etish orqali diversifikatsiya qilish;
islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qog‘ozlar va kapital bozoriga oid boshqa moliya xizmatlarini tatbiq etish;
barcha aksiyadorlik jamiyatlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish va ushbu tamoyillarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish;
kraudfanding vositalarini keng joriy etish orqali mahalliy kapital bozoriga investorlarni jalb qilish;
davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish hamda infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish amaliyotini joriy etish;
korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish;
davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni mahalliy fond birjasida ommaviy taklif orqali xususiylashtirishni rag‘batlantirish.
Kapital bozorining mavjud infratuzilmasini tubdan takomillashtirish bo‘yicha quyidagi choralar ko‘riladi:
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ va “Toshkent” Respublika fond birjasi o‘rtasida dasturiy aloqalarni o‘rnatish orqali davlat qimmatli qog‘ozlari ikkilamchi savdolarida fond birjasi brokerlarining qatnashishini ta’minlash;
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUKga Markaziy bankda hisobvaraq ochgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Korporativ axborot yagona portali va “Toshkent” Respublika fond birjasi veb-saytining tegishli bo‘limlari bazasida listing kompaniyalari va aksiyadorlari tomonidan axborotni oshkor qilish bo‘yicha korporativ va bozor ma’lumotlarini oshkor qilishning yagona platformasini yaratish;
“Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida barcha investorlar uchun ochiq bo‘lgan emitent nomi, aksiya turi, imtiyozli aksiya uchun to‘lanadigan foiz, to‘lanadigan dividend miqdori va uni to‘lash sanasini o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar bazasining elektron tablosini yaratish;
o‘z a’zolarining manfaatlarini ifoda etuvchi kapital bozori professional ishtirokchilarining o‘zini-o‘zi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish;
“Toshkent” Respublika fond birjasining moddiy-texnika bazasini kuchaytirish va tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan uning investitsion jozibadorligini oshirish;
qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobini yuritish hamda boshqa depozitar operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini yaratish;
kapital bozori sohasidagi milliy reyting agentliklarining faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy asoslar yaratish.
Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yo‘li bilan kapital bozorini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Yagona dasturiy texnik kompleks (YaDTK) faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, rivojlantirish hamda uning zaxira markazini tashkil etish;
fond bozorida bitimlarni onlayn tartibda amalga oshirish imkonini beruvchi mobil ilovalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari bo‘lgan mijozlar uchun ularning shaxsiy ishtirokisiz depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish;
investitsiya vositachilari bilan shartnoma tuzish paytida ularning shaxsiy ma’lumotlarini olish maqsadida “O‘z mijozingni bil” (KYC) va “Daromadni legallashtirishga qarshi kurashish” (AML) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish usullarini joriy qilish;
Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi tomonidan Milliy raqamlash agentligi funksiyasini bajarish va xalqaro ISO standartlarini joriy qilish;
Moliya vazirligiga o‘z nazorat funksiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi YaDTKning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ishga tushirish.
Ushbu yo‘nalishning asosiy maqsadi rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda samarali huquqiy bazani yaratish va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishdir. Jumladan:
Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) tamoyillari asosida sohaga oid to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi, jumladan “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihacini ishlab chiqish;
kapital bozori regulyatoriga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish maqsadida uning chinakam mustaqilligini ta’minlash;
iqtisodiyot tarmoqlarida integratsiyalashuv jarayonlarini rag‘batlantirish va moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida investitsiya jamg‘armalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amaldagi qonunchilikka xolding korxonalari faoliyatini tartibga solish bo‘yicha tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
funksional imkoniyatlarni optimallashtirish va tegishli tartiblarni byurokratiyadan holi qilishni hisobga olgan holda savdo, kliring va hisob-kitob qoidalarini, shuningdek, investitsion maslahatchilar va vositachilar uchun qoidalarni takomillashtirish;
barcha ehtimoliy xatarlarni hamda mamlakat moliya bozorining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda kapital harakatini samarali tartibga solish mexanizmini joriy etish;
Moliya vazirligi va Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) o‘rtasida maslahatlashuvlar, hamkorlik va axborot almashinuvi bo‘yicha ko‘p tomonlama anglashuv Memorandumini imzolash choralarini ko‘rish;
Moliya vazirligining quyidagi vakolatlarini qonun darajasida mustahkamlash orqali nazorat funksiyasini va huquqiy tartibga solishni kuchaytirish:
kapital bozori sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan jismoniy shaxslarga jarima hamda yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalarni mustaqil ravishda qo‘llash;
ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, kapital bozori ishtirokchilari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish va uni o‘tkazish tartibini takomillashtirish;
nazorat funksiyasi doirasida ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar haqida axborotlarni e’lon qilib borish amaliyotini joriy etish.
Kapital bozoridagi talabni oshirish bo‘yicha mavjud muammolarning kompleks yechimini ta’minlash hamda kapital bozoridagi talabni oshirishni rag‘batlantirish maqsadida turli yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish alohida ahamiyatga ega:
yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish va aksiyalarning birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflariga ariza berish, davlat va korporativ obligatsiyalar hamda boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun buyurtma berish tartibini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan mahalliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish;
kapital bozorida sug‘urta kompaniyalarining ishtirokini rag‘batlantirish;
xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda investitsiya fondlarini tashkil etish;
kapital bozori sohasiga oid masalalar bo‘yicha aholining moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlarini amalga oshirishda barqaror mexanizmlarni joriy etish;
Dasturning mohiyati, ahamiyati va amalga oshirilishini tushuntirishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish.
Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini, shu jumladan ularning ikkilamchi bozorini rivojlantirish, bu borada xalqaro standartlarni joriy etish hamda investorlar bazasini kengaytirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini (Markaziy bank obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek, market-meyker institutini joriy etish;
davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish, jumladan inflatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini xalqaro standartlarga moslashtirish, bu borada shaffoflikni ta’minlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash;
infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish.
Sohani bilimli mutaxassislar bilan ta’minlash, ularni qayta o‘qitish va malakasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:
kapital bozorini tartibga solish sohasida bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatishga qaratilgan kadrlar tayyorlashning kompleks tizimini yaratish;
nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha institutsional baza yaratish, jumladan Bank-moliya akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida kapital bozori mutaxassisligi bo‘yicha alohida yo‘nalishlarni joriy etish;
Moliya vazirligi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash va kapital bozori rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish choralarini ko‘rish;
Moliya vazirligiga yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-son Farmoni 1-bandining “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi, 3-bandining “v” kichik bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4127-son qarori. | 67 | 22,646 |
Qonunchilik | Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida | Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, respublikadagi kriminogen vaziyatga, jamiyatning iqtisodiy va madaniy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, bu jinoyatlarning voyaga etmaganlar orasida tarqalganligi katta xavf tug‘diradi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda etishtirilishi taqiqlangan o‘simliklarni o‘stirish hollarining ko‘payganligi, tarkibida narkotik moddalar mavjud bo‘lgan ekin maydonlarining kengayganligi kuzatilmoqda. Katta miqdordagi narkotiklarni, shu jumladan ularning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tishga mo‘ljallanganlarini fosh etish hollari ortmoqda.
Bu jinoyatlardan aksariyati boshqa mamlakatlardagi jinoiy olam bilan aloqasi bo‘lgan uyushgan guruhlar tomonidan, shuningdek maxfiy joylardan va texnika vositalaridan foydalangan holda sodir etilmoqda. Narkotiklarni tashish uchun ko‘pincha ayollar va o‘smirlar jalb etilmoqda.
Giyohvandlik oqibatida ko‘plab og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda, oilalar barbod bo‘lmoqda. Ro‘yxatga olingan giyohvandlar soni ortmoqda.
Shunga qaramasdan sudlar haligacha giyohvandlikka batamom barham berish maqsadida qonun kuchidan to‘la foydalanmayaptilar. Ko‘p hollarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tarqatish manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan tergov organi oldiga zarur talablar qo‘yilmayapti. Ekspertiza xulosalarini huquqiy baholashda, jinoyatlarni, ayniqsa narkotik moddalarni saqlash, o‘tkazish va sotishni kvalifikatsiya qilishda bir xillik yo‘q. Aybdorlarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari zarur hollarda ham doim qo‘llanilmaydi. Sudlar tomonidan jinoiy jazo choralarini tayinlashda alohida yondashuv qoidasiga rioya etmaslik hollari ilgarigidek davom etmoqda va bu sodir etilgan qilmishning jamiyat uchun xavflilik darajasiga yetarli baho bermaslik oqibatida yuzaga kelmoqda.
Etishtirilishi taqiqlangan o‘simliklarni o‘stirganlik uchun ba’zi hollarda keksa kishilar jinoiy javobgarlikka tortilib, haqiqiy aybdorlar esa jazosiz qolmoqda. Jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar doim ham aniqlanmayotir.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlarini ko‘rish bo‘yicha sud faoliyatini takomillashtirish, yangi qonunlarni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning e’tibori ijtimoiy xavfliligini e’tiborga olgan holda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid ishlar bo‘yicha odil sudlovning sifati va samaradorligini yaxshilash zarurligiga qaratilsin. Ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama tekshirish, qayd etilgan jinoyatlarning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ta’minlansin.
2. Tushuntirilsinki, etishtirilishi taqiqlangan o‘simliklarni ekish deganda tegishli ruxsatsiz har qanday yer maydoniga, shu jumladan, bo‘sh yotgan yerga man etilgan ekin urug‘ini sepish va ko‘chatini o‘tkazishni anglamoq lozim. Ushbu jinoyat o‘simlik unib chiqqan-chiqmaganligi yoki o‘sgan-o‘smaganligidan qat’i nazar, ekin ekilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Aybdorning harakatlari ekin maydoni o‘lchamidan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksi 270-moddasining tegishli qismlari bilan kvalifikatsiya qilinadi, bunda ushbu moddaning 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun ekin maydonining o‘lchami 250 kvadrat metrgacha bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Taqiqlangan ekinlarni etishtirish deganda, ekilgan vaqtdan boshlab pishish bosqichigacha bo‘lgan davr ichida ularni parvarish qilishni tushunmoq kerak.
Shaxs etishtirilish taqiqlangan o‘simliklarni turli maydonlarda o‘stirayotgan bo‘lsa, uning harakatlarini kvalifikatsiya qilishda jami ekin maydonidan kelib chiqmoq lozim.
Agar etishtirilishi taqiqlangan o‘simliklarni ekish va etishtirish kelgusida narkotik moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, shuningdek, o‘tkazish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday harakatlar Jinoyat kodeksining 270-moddasi va tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i darkor.
3. Uyushgan jinoiy guruh tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilinishi jamiyat uchun alohida xavf tug‘diradi.
Jinoyat kodeksi 29-moddasining 4-qismiga binoan uyushgan guruh deb ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi tushuniladi.
Jinoiy guruhni uyushgan deb kvalifikatsiya qilish uchun asosiy mezon tariqasida, masalan, guruhning barqarorligini, unda tashkilotchining bo‘lishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligini, har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan ta’minlanganligini, jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligini, umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatmalariga itoat qilinishini va shu kabilarni hisobga olish lozim.
Hukmda jinoiy guruh aynan qaysi mezonlar bo‘yicha uyushgan guruh deb topilganligi aks ettirilishi lozim.
4. Jinoyat kodeksining 271-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni egallash uchun javobgarlik ular korxona, tashkilot va muassasalardan qonunga xilof ravishda olinganda, tarkibida narkotigi bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning bo‘laklari qishloq xo‘jaligi korxonalari dalalaridan va bu o‘simliklar o‘stirilayotgan fuqarolarning yer maydonlaridan qonunga xilof ravishda terib olinganda, shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar, ularni qonuniy va qonunsiz ravishda egallab turgan fuqarolardan qonunga xilof ravishda olingan hollarda yuzaga keladi. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘g‘rilik, firibgarlik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish, talonchilik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish, tovlamachilik, bosqinchilik yo‘li bilan egallash (Jinoyat kodeksining 271-moddasi) va o‘zgalar mulkini talon-toroj etishni nazarda tutgan tegishli moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlar majmui bilan, faqat bu moddalar (moddalar qismlari) sanksiyasi Jinoyat kodeksining 271-moddasidagidan og‘irroq jazoni ko‘zda tutgan hollardagina kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Tergov organlari va sudlar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallashdan maqsad nima ekanligini aniqlashlari zarur. Egallash kelgusida o‘tkazish yoki sotish uchun amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda aybdorning harakatlari qayd etilgan jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rish deb ham kvalifikatsiya qilinishi kerak.
5. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish deganda (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 1-qismi) ularni har xil usulda tarqatish (o‘zgaga berish, hadya etish, boshqa shaxsga ukol qilish, almashtirish, qarz va qarzi evaziga berish hamda sotish va hokazolar)ni tushunish lozim. Chunki giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotish-o‘tkazishning bir usuli deb hisoblanishi kerak.
Qayd etilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda birinchi navbatda o‘tkazilgan (sotilgan) giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar miqdoridan kelib chiqish kerak.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda sotish (Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi) ularni o‘tkazishning eng xavfli ko‘rinishlaridan hisoblanadi va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar faqat ko‘p miqdorda sotilsagina mazkur moddaning 5-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Agar aybdor tomonidan bila turib giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar niqobi ostida qandaydir boshqa moddalar o‘tkazilsa, sotilsa, bunday harakatlar firibgarlik sifatida, oluvchining harakatlari esa — giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni olishga suiqasd qilish tariqasida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Aybdor tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning faqat bir qismi sotilib, qolgani topilgan va olingan hollarda, bunday vosita yoki moddalarning o‘lchami ularning umumiy miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
6. Aybdorda qonunga xilof ravishda tayyorlangan, olingan, saqlanayotgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadi borligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda (Jinoyat kodeksi 273-moddasi), sudlar, bu vosita yoki moddalar haqiqatdan ham o‘tkazish uchun tayyorlanganligini namoyon etuvchi dalillar majmuiga asoslanmoqlari lozim. Masalan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni faqat iste’mol qilinishini istisno etadigan miqdorda topilganligi, narkotiklar yoki psixotrop moddalarni ma’lum o‘lchamda qadoqlanganligi, tashish yoki jo‘natishda ularni maxsus maxfiy joyga yashirilganligi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlash uchun asbob-uskunalarning mavjudligi, aybdorning o‘zi bangi emasligi to‘g‘risida ekspertiza xulosa berganligi va hokazolar. Ishning aniqlangan haqiqiy holatlariga qarab aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasining 5-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Tayyorlash deganda pirovard natijada giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar hosil qilingan har qanday harakat, shuningdek, tegishli ruxsat bo‘lmagan holda narkotiklarni to‘yintirish va narkotik ta’sir kuchini oshirish maqsadida ularni qayta ishlash va tozalash (begona aralashmalardan holi qilish) tushunilishi lozim.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni olish deb sotib olishni boshqa narsa va buyumlarga almashtirishni, qarzga yoki hadyaga olishni, qarzi evaziga olishni, topib olingan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘zlashtirishni, aybdor olgan moddalari narkotik ekanligini bilgan bo‘lsa, yovvoyi holda o‘sayotgan nasha va ko‘knor o‘simliklarini yoki ularning bo‘laklarini, shuningdek, tarkibida narkotik bo‘lgan o‘simlik ekinlarining qo‘riqlanmayotgan qoldiqlarini yig‘ib-terib olishni hisoblamoq kerak.
Saqlash deganda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni aybdorning egaligida: yonida, binoda, maxfiy yerda va boshqa joylarda bo‘lishi bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushunilishi lozim.
Tashish deganda tashish usulidan qat’i nazar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushunilishi lozim.
Jo‘natish deganda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tashish jarayonida jo‘natuvchi ishtirok etmagan vaziyatda, aloqa bo‘limi jo‘natmasi, bagaj tariqasida yoki boshqa usullarda bir joydan ikkinchi joyga qonunga xilof ravishda yuborish tushunilishi lozim.
7. Sudlarga uqtirilsinki, Jinoyat kodeksi 273-moddasining 4-qismida nazarda tutilgan narkotiklarni qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan prekursorlar deganda xalqaro nomlari yoki amaldagi xalqaro konvensiyalarda ishlatiladigan nomlari bo‘lgan moddalar tushunilishi lozim.
Bunday moddalar ro‘yxati Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1988-yildagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiyasining 1 va 2-sonli jadvallarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga 7-ilovada mavjud.
8. Qonun mazmuniga ko‘ra (JK 273-moddasining to‘rtinchi qismi), giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash deganda, aybdor tomonidan xonalarni mazkur modda yoki vositalarni iste’mol qilish maqsadida bir yoki bir necha marotaba berib turilishi tushunilishi lozim (bunda xonaning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish uchun maxsus moslangan-moslanmaganligi va aybdor g‘araz maqsadni ko‘zda tutgan-tutmaganligi yuridik ahamiyat kasb etmaydi). Agar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’molchilar tomonidan xona berib turgan shaxsga bildirmasdan olib kelib, iste’mol qilinganligi aniqlansa, uni (xona berib turgan shaxsni) bangixona tashkil qilish yoki saqlashda aybdor deb topish mumkin emas.
Shu bilan birgalikda bangixona saqlovchisi tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar sotilgan yoki o‘tkazilgan bo‘lsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksi 273-moddasining tegishli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
9. Jinoyat kodeksi 273-moddasining 6-qismi va 276-moddasining 3-qismiga ko‘ra giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs, topshirilgan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni tayyorlaganligi, olganligi, shuningdek, ularni saqlaganligi, tashiganligi va jo‘natganligi uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishi munosabati bilan tibbiy yordam ko‘rsatishni so‘rab, tibbiyot muassasalariga o‘z ixtiyori bilan murojaat qilganligi, uni ilgari giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallaganligi, saqlaganligi, tashiganligi va jo‘natganligi, iste’mol qilganligi uchun jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga faqat bunday murojaat shaxsning bangilikdan tuzalish niyati bilan qilingan va uni fosh etilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollardagina asos bo‘lishi mumkin.
10. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga jalb etish deganda shaxsda ularni iste’mol qilish maylini uyg‘otishga qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakatlar (unatish, taklif qilish, maslahat berish va sh.o‘.), shuningdek, ta’sir o‘tkazilayotgan shaxsni giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qildirish maqsadida aldash, ruhiy yoki jismoniy zo‘rlik ishlatish, ozodligini cheklash va hokazolar tushunilishi lozim.
Aybdorning ikki yoki undan ortiq shaxslarda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish maylini uyg‘otishga qaratilgan harakatlari, bu harakatlar bir necha shaxslarga nisbatan bir vaqtning o‘zida yoki ularning har biriga nisbatan turli vaqtda sodir etilganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksi 274-moddasining 2 qismi “v” band bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
11. Tushuntirilsinki, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishni nazarda tutgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud-kimiyoviy ekspertizalarni o‘tkazish aybdorlikni isbotlovchi muhim mezonlardan biri hisoblanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasiga muvofiq vosita yoki moddani narkotik yoxud psixotrop deb e’tirof etish uchun bunday ekspertizalar qayd etilgan turkumdagi barcha ishlar bo‘yicha o‘tkazilishi zarur.
Bu turdagi ekspertizalarni hal etish uchun quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
olingan modda narkotik hisoblanadimi va qaysi turga kiradi, zarur hollarda esa uning ushbu moddadagi tarkibi necha foizni tashkil qiladi va vazni qancha;
narsada (qanday narsa ekanligi ko‘rsatiladi) giyohvandlik vositalarining izlari (mikroskop orqali ko‘rinadigan nishonalari) bormi;
er maydonida (olingan joy ko‘rsatiladi) o‘sayotgan o‘simliklar qaysi turga mansub va u tarkibida narkotik bo‘lgan o‘simlik hisoblanadimi;
olingan moddalar bir butunni (bir massani) tashkil etganmi;
olingan moddalar tayyorlash usuli (texnologiyasi), saqlash sharoiti, foydalanilgan boshlang‘ich xomashyosi, o‘simlik xomashyosining ko‘karib turgan joyi bo‘yicha kelib chiqishi jihatidan umumiy manbaga egami.
12. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ozginadan ko‘proq yoki ko‘p miqdorga mansubligi masalasini hal etish tergov organi va sudning vakolati doirasiga kiradi, bunda ular narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining “Qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2016-yil 22-martdagi 13/16-sonli qarorida berilgan tavsiyalarga amal qilishlari zarur.
Bunda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda oz miqdorda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 56-moddasida javobgarlik ko‘zda tutilganligini e’tiborga olish lozim.
13. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha aybdorni bangi deb topish (topmaslik) va uni majburiy davolashga yuborish masalasini hal qilish uchun zarur hollarda narkologik ekspertiza o‘tkazilishi lozim.
Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan giyohvandlikdan majburiy davolashni faqat ozodlikdan mahrum etish joylarida emas, balki ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo belgilangan hollarda tibbiyot muassasalarida amalga oshirilishi ham tayinlanishi mumkin.
14. Tushuntirilsinki, jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan yoki aholining xavfsizligi, salomatligi va ma’naviyatiga xavf tug‘dirayotgan giyohvandlik bilan kasallanganlarni majburiy davolash masalalari sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hal qilinadi.
15. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda sotishga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ularni “nazorat tariqasida sotib olish” amalga oshirilishi mumkin, qaysiki qonun talablariga qat’iy rioya qilingan holda, xolislar ishtirokida o‘tkaziladi.
16. Bu turkumdagi ishlarni ko‘rishda Jinoyat-protsessual kodeksi 487-moddasida ko‘rsatilganlardan tashqari quyidagilar ham shu kodeks talablarini jiddiy buzilishi deb hisoblanishi lozim:
etishtirilishi taqiqlangan o‘simliklarni o‘stirish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish yoki sotish bilan shug‘ullanayotgan barcha shaxslarni, shuningdek tergov yoki sud tomonidan ularning sodir etilgan jinoyatlarda ishtirok etganligi shak-shubhasiz aniqlangan bo‘lsa, narkotiklar bilan bog‘liq boshqa jinoyatlarda aybdor bo‘lganlarni javobgarlikka tortilmaganligi, yoxud yetarli asoslar mavjud bo‘lgan holda tergov organi tomonidan bunday shaxslarni aniqlash choralarining ko‘rilmaganligi, ishning bir qismini Jinoyat-protsessual kodeksining 332-moddasiga xilof ravishda ajratilganligi;
kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatdan tashqari hollarda Jinoyat-protsessual kodeksi 161-moddasining talablarini buzib, xolislar ishtirokisiz yoki prokurorning ruxsatisiz giyohvandlik vositalarini olish maqsadida tintuv o‘tkazilganligi. Bunda prokuror ruxsatisiz va yetarli asoslarsiz tintuv o‘tkazish fuqarolarning turar-joy daxlsizligini belgilovchi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ribuzish hisoblanishini e’tiborga olish lozim;
olingan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar miqdorini xolislar ishtirokida o‘lchash yo‘li bilan aniqlanmaganligi;
olingan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni e’tirof etish masalasida ekspertizalar o‘tkazilmaganligi.
17. Sudlar bu turkumdagi ishlarni ko‘rish chog‘ida jazo tayinlash masalalariga alohida yondashuv qoidasiga amal qilgan holda jiddiy e’tibor berishlari lozim.
Retsidivistlar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni muntazam ravishda yoki ko‘p miqdorda sotuvchilar, o‘tkazuvchilar, jinoyatning tashkilotchilari va aktiv ishtirokchilari, narkotiklarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki uning hududi orqali olib o‘tishni yoxud ularni turli usullar bilan tarqatishni ta’minlovchilar, xuddi shunday jinoyatlar uchun muqaddam sudlanganlar, voyaga etmaganlarni jinoyatga jalb qiluvchilar va hokazolar qattiq javobgarlikka tortilishlari lozim.
Shu bilan birgalikda sudlar giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlagan, olgan, saqlagan shaxslarga nisbatan, shuningdek ularni etishtiruvchi ayollarga, 60 yoshdan oshgan erkaklarga, voyaga etmaganlarga va jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash masalalarini muhokama qilishlari shart.
18. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha daliliy ashyolar haqidagi masalani sudlar g‘ayriqonuniy muomaladan olingan giyohvandlik moddalarini saqlash, davlatga topshirish va yo‘q qilishning o‘rnatilgan tartibiga qat’iy amal qilgan holda hukmda hal etishlari lozim.
Sudlarning e’tibori hukmlarning daliliy ashyolarni yo‘q qilish qismi ijrosi bo‘yicha sud ijrochilari faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish zarurligiga qaratilsin.
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni sudlar tomonidan bexato ko‘rilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
O‘zbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1988-yil 27-dekabrdagi “Respublika sudlari tomonidan SSSR Oliy sudi Plenumining 1987-yil 24-dekabrdagi “Giyohvandlik vositalarini talon-toroj qilish, shuningdek giyohvandlik vositalari, kuchli ta’sir etuvchi va zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, tarqatish va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining bajarilishi to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. | 143 | 21,740 |
Qonunchilik | XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA | 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida 2007-yil 18-oktabr kuni Ashxobod shahrida imzolangan davlat chegarasi orqali o‘tish punktlari haqidagi Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 42 | 796 |
Qonunchilik | O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 58-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 2529, 2013-yil 22-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 47-son, 624-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi pochta to‘lovining davlat belgilari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Umumjahon pochta konvensiyasi, Yozma xat-xabarlar reglamenti, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 2015-yil 10-apreldagi 87-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq pochta markalarini nashr qilish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, buyurtma berish, tarqatish va sotish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Davlat qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 2-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “ochiq aksiyadorlik jamiyati” degan so‘zlar “aksiyadorlik jamiyati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 4-banddagi, 13-bandning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi xatboshilaridagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. 6-banddagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 15-bandda:
birinchi xatboshisidagi “Qo‘mita” degan so‘z “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pochta emissiyalari bo‘yicha komissiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlaridan biri tomonidan boshqariladi, uning tarkibiga Vazirlik, milliy operator, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislari, O‘zbekiston filatelistlari jamiyatining vakillari kiritilishi mumkin.”;
yettinchi xatboshisidagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat qo‘mitasining raisi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 17-bandning “v” kichik bandidagi, 18-banddagi, 23-bandning birinchi xatboshisidagi, 37-bandning birinchi xatboshisidagi, 39-bandning birinchi xatboshisidagi, 46-banddagi, 50-bandning birinchi xatboshisidagi, 54-banddagi, 55-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Vazirlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat qo‘mitasining raisiga” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 29-bandning birinchi xatboshisidagi, 51-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 52-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat qo‘mitasining raisi” degan so‘zlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10. 32-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 38-banddagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. 57-bandda:
birinchi xatboshisidagi “Davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “Vazirlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Vazirlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
12. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bilan kelishilgan. | 114 | 4,918 |
Qonunchilik | “KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA | Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida soliq tizimini takomillashtirish zarurligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
I. “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. Muqaddimaning yettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunga muvofiq daromad keltiradigan tadbirkorlik faoliyati va o‘zga faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining hududida quyidagi soliqlarni to‘laydilar:
korxonalar daromadiga solinadigan soliq;
qo‘shilgan qiymat uchun soliq;
aksiz solig‘i;
korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
respublikadan tashqariga olib chiqib ketilayotgan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliq;
eksport-import solig‘i
jamoa xo‘jaligi a’zolarining mehnatiga haq to‘lash fondiga solinadigan soliq;
Soliq to‘lovlarining summasi O‘zbekiston Respublikasi budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri budjetlariga va boshqa mahalliy budjetlarga har yili kelasi moliyaviy yil uchun budjet tasdiqlanayotganida belgilanadigan normativlar bo‘yicha o‘tkaziladi”.
2. I bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Quyidagilar soliq to‘lovchilar hisoblanadi:
yuridik shaxs bo‘lgan (2-moddada sanab o‘tilganlardan tashqari) mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmagan, lekin mustaqil balansiga hamda bank muassasalarida hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa mustaqil bo‘linmalari;
xo‘jalik hisobida bo‘lmagan, lekin xo‘jalik (tijorat) faoliyatidan daromad oladigan tashkilotlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi hamda xo‘jalik hisobi asosida xo‘jalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalar, ularning shu’balari va filiallari, xalqaro birlashmalar, o‘zga davlatlar hududida joylashgan korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va shu’balari;
xo‘jalik (tijorat) faoliyatini amalga oshirayotgan hukumat tasarrufida bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar (birlashmalar);
banklar, sug‘urta idoralari.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar bundan buyon “korxonalar” deb ataladi.
Jamoa xo‘jaliklari, sho‘ro xo‘jaliklari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va o‘zga qishloq xo‘jaligi korxonalari faqat qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan faoliyatdan kelgan daromadlari bo‘yicha, qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lgan faoliyatning esa to‘lovchining o‘z tasarrufidagi yer bilan ta’minlanmagan qismi bo‘yicha olingan daromadlar yuzasidan daromad solig‘i to‘lovchi hisoblanadilar. To‘lovchilarning alohida toifalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan budjetni tasdiqlash chog‘ida qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
1. Korxonaning hisobot davridagi yalpi daromadi soliq solish obyekti bo‘ladi.
Soliq solish maqsadlarida korxonaning hisoblab chiqilgan yalpi daromadi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni o‘zga moddiy boyliklarni realizatsiya qilishdan kelgan tushum summasidan hamda realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalarning natijasidan iborat bo‘ladi.
2. Ushbu Qonunda mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan kelgan tushum deganda ortib jo‘natilgan mahsulot va bajarilgan ish hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan schyotlar bo‘yicha summa, shuningdek realizatsiya qilingan mahsulot uchun haq sifatida soliq solinadigan davr tugagunga qadar korxonalarning bankdagi schyotlariga, kassalariga amalda tushgan pul mablag‘lari va boshqa tushumlar tushuniladi, basharti maxsus normativ hujjatlarda o‘zgacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
3. Xarid mollari bilan savdo qiluvchi korxonalar uchun soliq solish maqsadlarida realizatsiya (tushum)dan olinadigan daromadlar deganda realizatsiya qilingan tovarlarning sotib olingan va sotilgan qiymati o‘rtasidagi farq tushuniladi.
4. Vositachilik faoliyatidan (komission mukofot sifatida) daromad olayotgan korxonalar uchun soliq undirish maqsadlarida realizatsiyadan olinadigan daromadlar deganda soliq olinadigan davrda amalga oshirilgan barcha bitimlar yuzasidan olingan komission mukofotlar (foizlar) summasi tushuniladi.
5. Realizatsiyaga oid bo‘lmagan operatsiyalarning natijalari deganda mulkni ijaraga topshirishdan kelgan tushumlar, olingan jarimalar va neustoykalar, obligatsiyalardan olingan daromadlar, berilgan ssudalar bo‘yicha olingan foizlar va daromadlarga kiruvchi boshqa tushumlar tushuniladi.
Soliq solish maqsadlarida hisoblab chiqiladigan realizatsiyaga oid bo‘lmagan operatsiyalarning natijalariga aksiyalardan olingan dividendlar va o‘zga korxonalarning ustav fondlariga kiritilgan kapitaldan olingan daromadlar kirmaydi.
6. Ham bevosita ayirboshlash orqali, ham mahsulotni tannarxidan arzonroq bahoda berish orqali tovar ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar uchun realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda bitimning summasi tushuniladi, bu summa xuddi shunday mahsulotni realizatsiya qilishda bitimni amalga oshirish tariqasida qo‘llanilgan bahodan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Bunda qat’iy belgilangan narxlar va tariflar bo‘yicha ishlayotgan korxonalar uchun hisob-kitob bahosi deganda qat’iy belgilangan narx tushuniladi, boshqa har qanday narxlar va tariflar bo‘yicha ishlayotgan korxonalar uchun esa — davlat statistika idoralari tomonidan birjalardagi bitimlar hajmi bo‘yicha taxminan hisoblab chiqilgan o‘rtacha birja narxi tushuniladi.
7. Umumiy vazifalarni hal etish uchun jamlangan badallar, ulushlar va o‘zga aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy mablag‘lar ana shu umumiy vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxslarning daromadlariga kirmaydi va ular soliq solish obyekti bo‘lishi mumkin emas. Ushbu yuridik shaxs tijoratdan yoki jamlangan mablag‘ni o‘zgacha tarzda ishlatishdan olgan daromad soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ushbu Qonunga muvofiq soliq to‘lovchi deb hisoblangan korxonalarga soliq solish maqsadlarida moddiy va unga tenglashtirilgan o‘zga harajatlar, shuningdek majburiy to‘lovlar, chunonchi:
qo‘shilgan qiymatga solinadigan soliq, aksizlar, respublikadan tashqariga olib chiqib ketiladigan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliqlar, jamoa xo‘jaligi a’zolarining mehnatiga haq to‘lash fondiga solinadigan soliq, yer solig‘i tarzida budjet to‘loviga qo‘shiladigan summalar, umumiy foydalanishdagi yo‘llarni saqlab turish, ta’mirlash va qurish uchun ajratmalar;
O‘zbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, O‘zbekiston Respublikasi Aholini ish bilan ta’minlash fondiga, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sug‘urta fondiga ajratiladigan summalar, majburiy sug‘urta to‘lovlari summalari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan boshqa majburiy to‘lovlar;
muddati uzaytirilgan va muddati kechiktirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar summasidan tashqari bank kreditlari uchun to‘lanadigan foizlar summasi;
belgilangan tartibdagi renta to‘lovlari summasi;
soliq to‘lash davrida hisoblab chiqilgan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxining kalkulyatsiyasida hisobga olingan asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘liq tiklash uchun sarflanadigan amortizatsiya ajratmalarining summasi. Bunda ishlab chiqarishni to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan normalarga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar, bunday korxonalarning boshqa mamlakatlar yoki respublikalarning hududida O‘zbekiston Respublikasi korxonalari ishtirokida tashkil etilgan shu’ba korxonalari va filiallari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el korxonalari, basharti, xalqaro va respublikalararo shartnomalar hamda amaldagi qonunlarda o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini respublika korxonalari uchun belgilangan normalar bo‘yicha va tartibda ajratadilar;
ijara to‘lovi (moliya lizingi bo‘yicha hisob-kitob). Bunda asosiy fondlarning hammasini yoki muayyan qismini ijaraga olgan, shu jumladan bu fondlarni mulkdordan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan yoki moliya lizingidan foydalanadigan korxonalar ijaraga olingan asosiy fondlarni to‘la tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini ijara haqiga (moliyaviy lizing bo‘yicha hisob-kitoblarga) qo‘shadilar;
buyum-natura shaklida bo‘lmay, ammo korxonaga daromad keltiruvchi yoki daromad olish uchun sharoit yaratuvchi sotib olinadigan nomoddiy aktivlarning summasi. Nomoddiy aktivlarning tarkibiga: sotib olinadigan patentlar, mualliflik huquqlari, litsenziyalar, “nou-xau”, dasturlarni ta’minlash, o‘z patentlari va savdo markasidan foydalanish qiymati qo‘shiladi. “Nomoddiy aktivlar” moddasi bo‘yicha qilinadigan xarajatlarni amortizatsiya ajratmalari singari yalpi daromaddan chiqarib tashlashga ruxsat etiladi. Chiqarib tashlash tartibi to‘lovchi tomonidan belgilanadi. Bunda amortizatsiya muddati besh yildan oshmasligi kerak;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq nomoddiy aktivlarga bo‘lgan huquqlardan foydalanish bilan bog‘liq barcha turdagi to‘lovlar;
mahsulotlar sertifikatsiyasi, maslahatlar berish, axborot va auditor xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ishlarga haq to‘lashga ketadigan xarajatlar summasi;
yong‘indan saqlash va qorovullik xizmati uchun chet korxonalarga to‘lanadigan haq;
aloqa xizmati va hisoblash markazlari xizmatlari uchun haq to‘lashga ketgan xarajatlar summasi;
amaldagi qonunlarga muvofiq xizmat safarlariga ketgan xarajatlar summasi;
amaldagi normalarga muvofiq vakillik qilish maqsadlariga sarflangan summalar;
reklama uchun ketgan xarajatlar summasi;
korxona soliq solish davri tugashi kuniga qadar amalga oshirgan bo‘lib, realizatsiya qilingan mahsulotlar (xizmatlar) qiymatiga kiritilgan moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan holda korxonaning yalpi daromadi soliq solish bazasi sifatida belgilanadi.
Ushbu moddaning 9, 10, 11 va 14-qismlarida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar xizmatlar uchun belgilangan amaldagi norma va tariflardan oshmaydigan miqdorda soliq solish bazasini (yalpi daromaddan) chiqarib tashlanadi.
Banklarning soliq solish bazasi yuqorida sanab o‘tilgan xarajatlar va majburiy to‘lovlardan tashqari xarajatlar hamda ajratmalarning quyidagi summalariga, chunonchi:
Respublika Davlat bankidan vaqtincha foydalanish uchun olingan kredit resurslari uchun to‘lovlar summasiga;
korxonalarning depozitlari va aholining omonatlari bo‘yicha to‘lanadigan foizlarga;
banklarning rezerv va sug‘urta fondlariga bank ustav fondining 25 foiziga etguncha qilinadigan banklar daromadlarining 20 foizidan iborat bo‘lgan ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi. Omonat banki uchun rezerv fondiga ajratma normativi O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan belgilanadi.
Sug‘urta tashkilotlarining soliq solish bazasi ushbu moddada sanab o‘tilgan xarajatlar va majburiy to‘lovlardan tashqari xarajatlar va ajratmalarning kuyidagi summalariga, chunonchi:
1) qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha berilgan to‘lovlar summasiga;
hisobot yilining oxiriga kelib amal qilishi to‘xtamagan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar summasiga;
sug‘urta va qayta sug‘urta qilish majburiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan va ustama qo‘yib hisoblab chiqilgan summalarga;
o‘tgan yillarda yuz bergan hodisalar yuzasidan oxiriga yetkazilmagan sug‘urta to‘lovlarining summalarini, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlarga;
sug‘urta to‘lash hollari ro‘y berganu, biroq ko‘rilgan ziyon miqdorlari taqdim etilmagan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta summasini o‘z ichiga oladigan sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar summalariga;
2) sug‘urta va rezerv fondlariga ajratmalar summasiga;
Sug‘urta va rezerv fondlariga ajratmalar daromad summasidan foizlar tarzida amalga oshiriladi. Ajratmalar foizi sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urtaning har bir turi uchun tuzilgan sug‘urta shartnomalarining miqdori va amal qilish muddatiga, sug‘urta majburiyatlarining hajmiga sug‘urta ishlaridagi tavakkalchilikning xarakteriga, avval amal qilgan shartnomalar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarning miqdoriga hamda sug‘urtaning muayyan turidagi va umuman sug‘urta tashkiloti faoliyatida yuzaga keladigan o‘zga alohidaliklarga asoslanib, mavjud litsenziyalarga muvofiq holda belgilanadigan normativlarning jamlamasi bo‘yicha aniqlanadi.
Bunda sug‘urta tashkilotining sug‘urta va rezerv fondlariga ajratmalar miqdori sug‘urta tashkiloti ustav fondining 25 foiziga etgunicha sug‘urta tashkilotlari daromadlarining 20 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
3) sug‘urta tashkiloti sug‘urta to‘lashga sabab bo‘ladigan hodisalar yuz berishining oldini olish va bu to‘g‘rida ogohlantirish chora-tadbirlariga (ehtiyot choralariga) sarflaydigan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.
1. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish chog‘ida korxonaning moddiy xarajatlariga (ishlab chiqarishning qaysi bosqichida qilinishidan qat’i nazar) to‘langan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxining kalkulyatsiyasida hisobga olingan quyidagi xarajatlar kiradi, chunonchi:
chetdan sotib olinadigan hamda mazkur korxonada ishlov beriladigan, qayta ishlanadigan xomashyo va materiallarga qayta sotish maqsadida sotib olinadigan xomashyo va materiallardan tashqari ketadigan xarajatlar;
korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik extiyojlari uchun foydalaniladigan materiallar sotib olishga ketadigan xarajatlar;
asosiy fondlarga kirmaydigan asboblar, moslamalar, inventarlar, uskunalar, korjomalar hamda realizatsiya qilingan mahsulot tannarxiga kiritiladigan narxi past hamda tez eyiladigan boshqa ashyolarning eskirishiga ketadigan xarajatlar;
sotib olinib korxonada montaj qilinishi va qo‘shimcha ravishda ishlov berilishi lozim bo‘lgan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarga qilinadigan xarajatlar;
chet korxonalar yoki korxonaning o‘z mustaqil balansiga ega bo‘lgan bo‘linmasi tomonidan bajariladigan ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar va xizmatlarga ketadigan xarajatlar. O‘z mustaqil balansiga ega bo‘lgan bo‘linma bajaradigan ishlar va ko‘rsatadigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haq ana shunday bo‘linmaning daromadlari tarkibiga qo‘shiladi;
texnologiya maqsadlariga, boshqa turdagi energiya hosil qilish, isitish, o‘z transporti uchun foydalanish maqsadida sarflanadigan barcha turdagi yoqilg‘ini chetdan sotib olishga ketadigan harajatlar;
korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik extiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi energiyani sotib olishga, shu jumladan bu energiyani xo‘jalik ichida transformatsiyalash va uzatishga ketadigan harajatlar;
geologiya-razvedka va geologiya qidiruv ishlari;
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlashning barcha turlarini (joriy, o‘rtacha, tubdan ta’mirlash) o‘tkazish xarajatlari;
erlarni rekultivatsiyalash, shu jumladan chet tashkilotlar tomonidan bajariladigan rekultivatsiya ishlari;
tabiiy xomashyodan foydalanish, ildizi bilan sotiladigan daraxtlar uchun belgilangan limitlar doirasida suv xo‘jaligi tizimidan olinadigan suv uchun to‘lanadigan haq. Bunda tabiiy resurslar uchun boshqa turdagi to‘lovlar, shu jumladan ijara shaklidagi to‘lovlar va jarimalar korxonalarda qoladigan daromad hisobidan amalga oshiriladi;
sotib olinayotgan resurslarning narxiga kiritilmagan idishlar va o‘rash materiallarining qiymati;
mol yetkazib beruvchining kuchi bilan mollarni tashish, yetkazib berish va saqlashga qilinadigan xarajatlar. (Basharti, mollarni tashish, yetkazib berish, shu jumladan ortish-tushirish ishlari, saqlash uchinchi tashkilotlar yoxud pul to‘lovchining o‘z kuchi bilan amalga oshirilsa, molning narxiga qo‘shilmaydi, biroq ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli moddalariga kiritiladi).
2. Moddiy resurslarga qilinadigan, mahsulotlarning tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlardan qayta tiklanadigan chiqitlarning qiymati chiqarib tashlanadi.
3. Moddiy xarajatlarning kalkulyatsiya qilish paytida tannarxga qo‘shiladigan barcha qolgan moddalari soliq solish bazasini hisoblab chiqish chog‘ida korxona yalpi daromadidan chiqarib tashlanmasligi kerak.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi moddiy xarajatlar va ularga tenglashtirilgan xarajatlar ro‘yxatiga aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq aniqliklarni kiritishga haqli.
4-moddaga muvofiq hisoblab chiqilgan soliq solish bazasiga quyidagi tarzda soliq solinadi:
1) mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarning daromadlariga, ushbu moddaning 2, 3, 4 va 5-bandlarida sanab o‘tilganlaridan tashqari, 18 foiz stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eng kamida 12 foizgacha pasaytirilgan stavkalar va ko‘pi bilan 30 foizgacha oshirilgan stavkalar belgilanishi mumkin;
2) banklar, ularning filiallari va vakolatxonalari, davlat tasarrufida bo‘lmagan tijorat sug‘urta tashkilotlarining daromadlariga 30 foizgacha stavka bo‘yicha soliq belgilanadi. Bank va sug‘urta idoralariga soliq solishning o‘ziga xos jihatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
3) videosalonlar (video ko‘rsatuvlar), kim oshdi savdolari, kazinolar, pul yutug‘i chiqadigan o‘yin avtomatlari, davlatga qarashli bo‘lmagan idoralar o‘tkazadigan lotereya o‘yinlaridan va ommaviy konsert-tomosha tadbirlari o‘tkazishdan olinadigan daromadlarga 60 foiz stavka bo‘yicha soliq solinadi;
4) chet el kapitalining ulushi ustav fondining 30 foizidan kamni tashkil etgan qo‘shma korxonalarning daromadlariga ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq ustav fondida chet el kapitalining ulushi 30 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning, shuningdek chet el korxonalarining, ular filiallarining, vakolatxonalarining va shu’ba korxonalarining daromadlariga esa 10 foiz stavka bo‘yicha soliq solinadi;
Ustav fondida chet el kapitali bo‘lgan qo‘shma korxonalar xorijiy qatnashchilarining daromadlari chet elga o‘tkazilayotganda, basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zga tartib belgilanmagan bo‘lsa, ularga 15 foiz hajmda soliq solinishi kerak.
Daromadlar chet elga o‘tkazilayotganda soliq to‘lovining summasi o‘tkazilayotgan daromad valyutasida to‘lanadi;
5) ajnabiy yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatga bog‘liq bo‘lmagan daromadlar olganlarida dividendlardan, foizlardan, mualliflik huquqlari va litsenziyalardan, fraxtdan, ijara to‘lovlaridan hamda manbai O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga daromadlardan, basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zga tartib belgilanmagan bo‘lsa, doimiy vakolatxonalar orqali daromadning 20 foizi (fraxtdan olingan daromaddan tashqari) miqdoridagi stavka bo‘yicha soliq to‘laydilar;
6) xalqaro tashish ishlarini amalga oshirganligi uchun ajnabiy yuridik shaxslarga to‘lanadigan fraxt daromadi summasiga 6 foiz stavka bo‘yicha soliq solinadi;
7) korxonaning aksiyalar bo‘yicha olingan dividendlardan tushadigan daromadiga xamda o‘zga korxonalarning ustav fondiga kiritgan kapitaldan olgan boshqa daromadlariga 15 foiz stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Soliq stavkalarining miqdori, shuningdek soliq imtiyozlarining tarkibi va bu imtiyozlarni berish tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi kelgusi moliyaviy yil uchun budjet tasdiqlanayotganida aniqlik kiritishi mumkin.
Soliq to‘lovlarining summasi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri va boshqa mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi.
3. Qonunning II bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Quyidagi korxonalar daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladilar:
a) asosiy xodimlarining umumiy sonida:
— nogironlar kamida 50 foiz bo‘lgan;
— o‘rta maktab o‘quvchilari va hunar-texnika bilim yurtining talabalari kamida 75 foiz bo‘lgan korxonalar;
b) protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga protez tayyorlab berishga ixtisoslashgan korxonalar;
v) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirishdan daromad oladigan korxonalar;
g) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;
d) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan nogironlarning jamoat tashkilotlari, ularga qarashli muassasalar, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari;
e) Qizil Yarim oy jamiyati, Urush va mehnat faxriylari jamiyati, Afg‘oniston faxriylarining ittifoqi, “Orol”, Ulug‘bek, Navoiy, Oybek, Qodiriy nomidagi jamg‘armalar, rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga yordam jamg‘armasi, Xalq diplomatiyasi bosh missiyasi jamg‘armasi, O‘zbekiston madaniyati uyushmasi, Baynalmilalchi jangchilar uyushmasi hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan boshqa hayriya jamg‘armalari va uyushmalari va ularning bo‘linmalari hamda yoshlar jamg‘armalari o‘z ustav faoliyatlarini amalga oshirishga qaratiladigan daromadlari bo‘yicha;
j) oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, o‘rta va hunar-texnika bilim yurtlari huzurida yoshlar, kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tuzilgan korxonalarning talabalar va o‘quvchilar ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratiladigan daromadlari;
z) dehqon bozorlarining qurilishga va o‘z moddiy-texnika bazasini kengaytirishga, o‘ziga qarashli mehmonxonalarni rivojlantirishga, obodonlashtirishga, bozorlarni ishlatish xarajatlarini qoplashga qaratiladigan daromadlari;
i) shahar passajir transportining daromadlari (taksidan tashqari);
k) matbuot tarqatish bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatishdan keladigan daromadlar;
l) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlaridan olingan daromadlar;
m) urush va mehnat veteranlari kengashlari huzurida tuzilgan urush va mehnat veteranlarining korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari, basharti, ularda ishlayotganlarning kamida 50 foizini pensiya yoshiga etganlar (pensionerlar) tashkil etsa.
Yangi tuzilgan korxonalar ishga tushgan (ro‘yxatdan o‘tgan) paytdan boshlab birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi va ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq to‘laydilar.
Ushbu imtiyoz avval amal qilib turgan korxonalar, ularning filiallari va tarmoq bo‘linmalari asosida tuzilgan korxonalar uchun, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan bo‘lib, ulardan ijaraga olingan uskunalar yordamida ishlayotgan korxonalarga taalluqli emas.
Korxona faoliyati uch yillik muddat o‘tmay turib to‘xtatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun to‘la miqdorda hisoblanadi.
Quyidagilar:
1) patent egasi bo‘lgan korxona shu korxonadagi ixtironi qo‘llashdan oladigan daromadlariga va valyuta tushumlariga — patent amalda bo‘lgan davrda ixtiro qo‘llana boshlagan kundan e’tiboran ikki yil davomida;
2) xorijiy qatnashchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlab chiqarishga (uzum vinolari va meva-rezavor vinolar, mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashdan tashqari); Xalq iste’moli mollari va binokorlik materiallari ishlab chiqarishga; tibbiyot uskunalar, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarishga; ikkilamchi xomashyoni va ro‘zg‘or chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlashga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar, ularning filiallari va shu’balari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab ikki yil davomida soliq solishdan ozod etiladilar.
Soliq to‘lashdan ozod etilgan qo‘shma korxona uch yillik muddat o‘tmay turib tugatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun to‘la miqdorda undiriladi;
3) dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiy korxonalar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish hamda qayta ishlash, Xalq iste’moli mollari chiqarish va binokorlik materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha — ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida soliq solishdan ozod qilinadi.
Soliq solish bazasi kuyidagi summaga kamaytiriladi:
korxonalar balansida turuvchi sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, Xalq ta’limi muassasalari va uy-joy fondini saqlash bo‘yicha mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq qilingan xarajatlar summasiga, shuningdek korxonalarning sanab o‘tilgan muassasalarni saqlashda ulushbay asosida ishtirok etganida qilgan xarajatlari summasiga;
oziq-ovqat, binokorlik materiallari, Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish uchun investitsiyaga, shuningdek investitsiyani amalga oshirish maqsadida olingan kreditlarni to‘lash uchun qilingan xarajatlarning 30 foiziga.
qayd etib o‘tilgan imtiyoz investitsiyani amalga oshirish uchun o‘zlaridagi mavjud amortizatsiya ajratmalarini butunlay ishlatib bo‘lgan korxonalarga beriladi;
aloqa korxonalariga kapital mablag‘ sarflarining korxonalar tasarrufida qoldiriladigan daromadlar qoplamaydigan miqdorini pul bilan ta’minlash uchun berilgan kreditni to‘lash maqsadida foydalanilgan daromad summasiga;
tabiatni qo‘riqlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarishga, yangi texnologiyalar va mahsulot turlarini o‘zlashtirishga qilinayotgan xarajatlarning 30 foiziga;
korxonalar avvalgi yilning tegishli davriga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli buyumlari, bolalar buyumlari, bolalar uchun oziq-ovqat va dori-darmonlar ishlab chiqarish fizik hajmlarini oshirganligi hisobiga olgan daromadning 20 foiziga;
madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ekologiya, sog‘lomlashtirish va o‘zga hayriya jamg‘armalariga (basharti, ular ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar bo‘lsa) kiritgan badallar summasiga, lekin soliq solinadigan daromadning ko‘pi bilan 1 foiziga;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy va jamoat tashkilotlari hamda birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), ijodiy uyushmalar, hayriya jamg‘armalarining ana shu tashkilotlar, jamiyatlar, birlashmalar, uyushmalar va jamg‘armalar ustav faoliyatini amalga oshirishga qaratiladigan daromadlaridan qilinadigan ajratmalar summasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Grajdan mudofaasining avariyalar, falokatlar va tabiiy ofatlar chog‘ida qutqarish ishlarini olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan ixtisoslashgan avariya-qutqaruv bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini tayyorlashga, jihozlashga qaratiladigan xarajatlarning 30 foiziga;
xodimlarga kasb o‘rgatishga, ularning malakasini oshirishga, stajirovkasiga va o‘smirlar orasida maktabdan tashqari ishlar olib borishga sarflanadigan xarajatlar summasiga;
vaqtli matbuot nashrlari, bolalar nashrlari, o‘quv, kam tirajli (2000 nusxagacha), ilmiy va texnika adabiyoti, kam sonli xalqlar tilida chiqarilgan adabiyotlar va sensor nuqsonlari bor shaxslar uchun nashrlar chiqarishdan keladigan daromadlarning 20 foiziga;
ijtimoiy sohaga mo‘ljallangan obyektlar barpo etuvchi qurilish tashkilotlari daromadining 15 foiziga kamaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan, ustav fondida chet el kapitali bo‘lgan qo‘shma korxonaning O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomaga muvofiq taqsimot tartibiga ko‘ra o‘ziga tegishli daromaddan soliq to‘lashdan butunlay yoki qisman ozod bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy qatnashchisi soliqni kamaytirish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ariza taqdim etadi. Agar ariza daromad chet elga o‘tkazilganidan keyin berilsa, u daromad o‘tkazilgan kundan boshlab kalendar yili ichida taqdim etilishi lozim. Bir yil muddat o‘tib ketgach berilgan arizalar qarab chiqilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadidan soliq to‘lashdan butunlay yoki qisman ozod etilish huquqiga ega bo‘lgan ajnabiy yuridik shaxslar ushbu huquqdan mazkur moddaning 1-bandida bayon etilgan tartibda foydalanadilar.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari daromadlardan olinadigan soliqlar yuzasidan o‘z hududlaridagi to‘lovchilardan olinadigan va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan soliq summalari doirasida qo‘shimcha imtiyozlar berishlari mumkin.
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olinadigan foizlar va dividendlar soliq solishdan ozod qilinadi.
4. Qonunning III bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Qo‘shilgan qiymatga solinadigan soliq tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir.
Mulkchilikning barcha shakllariga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, ushbu Qonunning 1-moddasida sanab o‘tilgan ularning mustaqil bo‘linmalari va filiallari soliq to‘lovchilardir, banklar va sug‘urta tashkilotlari bundan istisno.
Tadbirkorlik faoliyatining hamma turlari bilan shug‘ullanadigan va yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar ham qo‘shilgan qiymatdan soliq to‘lovchilar bo‘ladilar.
Mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari soliq solish obyektlaridir.
O‘zi ishlab chiqargan tovarlarni ham, chetdan sotib olingan va chetda tayyorlangan tovarlarni ham sotish oborotlariga soliq solinishi kerak.
Quyidagilar ham soliq solish obyektlari bo‘ladi:
korxonaning ichida o‘z iste’moli uchun amalga oshirilib, xarajatlarini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritmaydigan holda, shu jumladan o‘z xodimlariga tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari;
tovarlarni bevosita pul to‘lamasdan boshqa tovarlar (xizmatlar)ga ayirboshlash yo‘li bilan sotish oborotlari;
tovarlarni boshqa korxonalar yoki shaxslarga tekinga berish yoki qisman haq olib berish bo‘yicha oborotlar, budjetda turadigan muassasalarga va boshqa tashkilotlarga hayriya maqsadlarida berish hollari bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni chet el valyutasida realizatsiya qilish oborotlari.
Qo‘shilgan qiymatga soliq 30 foiz stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadilar:
1) eksport qilinadigan mollar (ishlar, xizmatlar);
2) eksport qilinadigan mollarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan chet el yuklarini (tranzit yuk tashish) tashish, ortish, tushirish, qayta yuklash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar;
3) shahar passajir transporti (taksidan tashqari) ko‘rsatadigan xizmatlar, shuningdek temir yo‘l, avtomobil va daryo transportida shahar atrofi qatnovida yo‘lovchilar tashish yuzasidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
4) chakana savdo umumiy ovqatlanish xizmatlari, tayyorlov, ulgurji hamda ta’minot-sotish korxonalarining xizmatlari;
5) aholiga ko‘rsatiladigan uy-joy kommunal xizmati va uy-joydan foydalanish xizmati (bunga ijara haqi va yotoqxonalarda yashaganlik uchun to‘lanadigan haq ham kiradi);
6) xususiylashtirish tarzida sotib olinadigan mol-mulk qiymati, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etilgan ijara korxonalari bo‘yicha to‘langan ijara haqi;
7) sug‘urta va qayta sug‘urta yumushlari, shu jumladan sug‘urta bo‘yicha vositachilar va agentlar amalga oshirgan ana shunday yumushlar bilan bog‘liq xizmatlar;
8) ssuda berish va ssuda o‘tkazish;
9) pul jamg‘armalari, joriy schyotlar, pul to‘lovlari, pul o‘tkazish, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga taalluqli yumushlar;
10) qonunga ko‘ra to‘lov vositalari hisoblanmish valyutalar, pullar va banknotlar muomalasiga taalluqli yumushlar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladigan valyutalar, pullar va banknotlar bundan mustasno;
11) qimmatli qog‘ozlar: aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar, veksellar, cheklar, lotereya biletlari muomalasiga taalluqli yumushlar, qimmatli qog‘ozlar tayyorlash va saqlashga doir yumushlar bundan mustasno;
12) pochta markalari (kolleksiya uchun mo‘ljallanganlaridan tashqari), markasi bor otkritkalar, konvertlar sotish;
13) maxsus vakil qilingan idoralarning ko‘rsatgan xizmati uchun davlat poshlinasi undirib olinadigan ishlari;
14) kazino, o‘yin avtomatlarining oborotlari, otchoparlarda o‘rtaga tikilgan summa yuzasidan yutuqlar;
15) maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar ta’minoti yuzasidan, bemorlar va keksalarni boqish hamda parvarishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar;
16) dafn byurolari, qabriston va krematoriylarda ko‘rsatiladigan marosim xizmatlari;
17) xalq ta’limi sohasida o‘quv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xizmatlar;
18) haqini bevosita aholining o‘zi to‘laydigan kurslar, to‘garaklar, seksiyalar, studiya yoki darslar;
19) kashfiyot uchun patentlar, mualliflik huquqlari, litsenziyalar berish, berib turish va olish;
20) advokatlar hay’atlari a’zolarining odil sudlov sohasida ko‘rsatadigan xizmatlari;
21) diniy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan rasm-rusm va marosimlar;
22) pensiya va nafaqalar to‘lashga doir aloqa xizmatlari;
23) gidrometerologiya va aerologiya ishlari;
24) geologiya va topografiya ishlari;
25) umumiy foydalanishdagi yo‘llarni ishlatish va ularni ta’mir etish yuzasidan bajarilgan ishlar hajmidan tushgan pul;
26) yakka tartibda kiyim-kechak va poyabzal tikish, ta’mirlash hamda bolalar trikotaj buyumlari tayyorlash va ularni ta’mirlash, kiyim-kechaklarni kimyoviy usulda tozalash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar, sartaroshlik xizmatlari va hammomlar xizmati;
27) sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy-tarbiya va sport muassasalari, pioner lagerlari xizmatlari;
28) protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsuloti va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatish.
Soliq stavkalarining miqdori va soliq imtiyozlari tarkibi har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan kelgusi moliyaviy yil uchun budjetni tasdiqlash vaqtida aniqlashtirilishi mumkin”.
5. Qonunning IV bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Sotiladigan tovarlarning natura yoki qiymat ifodasidagi hajmi soliq solish obyekti bo‘ladi.
Mulkchilikning barcha shakllariga mansub bo‘lib, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar soliq to‘lovchilardir.
Aksiz solig‘i solinadigan tovarlar ro‘yxatini, aksiz solig‘i stavkalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
O‘zi ishlab chiqargan mollarni chet ellarga yetkazib berilganda aksiz olinmaydi.
Aksizlarning summasini soliq to‘lovchi sotilgan tovarlar ro‘yxati va hajmi hamda ana shu tovarlar yuzasidan belgilangan aksiz stavkalariga qarab mustaqil belgilaydi”.
6. V bobning 20, 21, 22-moddalari tegishli ravishda 25, 26, 27-moddalar deb hisoblansin.
7. Qonunning VI bobiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI bob. Respublika hududidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan xomashyo resurslari va mahsulotga solinadigan soliq”;
2) 23-modda 28-modda deb hisoblansin. Bu modda “resurslarni” so‘zidan keyin “va mahsulotni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 24-modda 29-modda deb hisoblanib, u quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika hududidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliq mollar ayrim turlari bahosiga qo‘shiladigan hamda sotish chog‘ida qo‘shilgan qiymat solig‘iga qo‘shimcha tarzda iste’molchilardan olinadigan sof daromadning bir qismini olib qo‘yishdan iboratdir”;
4) 25-modda 30-modda deb hisoblansin. Bu modda “resurslarining” degan so‘zdan keyin “va mahsulotlarning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8. Qonunning VII bobiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 26, 27, 28-moddalar tegishli ravishda 31, 32, 33-moddalar deb hisoblansin. 27-moddadan “jamoa xo‘jaligida ishlaydigan har bir a’zoga bir oyda 160 so‘m hisobidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 29-modda 34-modda deb hisoblansin, shu moddaning ikkinchi qismidan “jamoa xo‘jaligida ishlovchi xar bir a’zo hisobiga 160 so‘m miqdorda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
9. Qonunning VIII bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Mustaqil balansga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkchilikning barcha shakliga mansub yuridik shaxslar korxona mulki uchun soliq to‘lovchilar hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining qiymatda ifodalangan mol-mulki soliq solish obyekti hisoblanadi. Bu qiymat soliq to‘lovchi buxgalteriya balansi aktivining yakuni sifatida aniqlanib, undan:
asosiy vositalarning eyilishi;
arzon va tez yoyiladigan vositalarning eyilishi;
kapital mablag‘ sarflari va avanslari;
kreditlar va boshqa qarz mablag‘lari;
hisoblar va boshqa passivlar chiqarib tashlanadi.
Soliq solinadigan baza:
soliq to‘lovchining balansida butunlay yoki qisman turadigan uy-joy, kommunal va ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining;
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash va yong‘inga qarshi maqsadlarda foydalaniladigan obyektlarning;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va seleksiyasi uchun, baliq boqish, ovlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan mol-mulkning;
oziq-ovqat uzatkichlar, yo‘llar (shu jumladan avtomobil yo‘llari), aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ularga tutash yerlarning, ushbu obyektlarni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadlarida ishga tushiriladigan inshootlarning;
korxonalar avtotransport vositalarining;
aloqa yo‘ldoshlarining;
respublika Hukumatining qarorlariga binoan to‘xtatib qo‘yilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining balans qiymatiga kamaytiriladi.
Korxonalarning mol-mulkiga 0,5 foiz stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Soliq to‘lovining hisoblab chiqilgan summasi soliq to‘lovchining tasarrufida qolgan daromaddan birinchi navbatda to‘lanadi.
1. Korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliq quyidagi mol-mulklarga solinmaydi:
a) budjet tashkilotlari va muassasalarining davlat boshqaruvi idoralarining mol-mulkiga;
b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va chorvachilik mahsulotlarini etishtirish, seleksiyalash va saqlash, baliq etishtirish, ovlash va qayta ishlash sohasidagi korxonalarning mol-mulkiga;
v) xalq ta’limi va madaniyat muassasalarining ehtiyojlari uchun ishlatiladigan mol-mulkka;
g) diniy birlashmalar va tashkilotlar, milliy-madaniy markazlarning mol-mulkiga;
d) umuman fuqarolarga mo‘ljallangan uy-joy, kommunal va shahar xo‘jaligidagi o‘zga mol-mulkka;
e) yangi ochilgan korxonalarning mol-mulkiga ro‘yxatga olingan kundan boshlab dastlabki ikki yil davomida;
“e” kichik bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozi tugatilgan (qayta tashkil etilgan korxonalarning, ular filiallari va tarmoq bo‘linmalari asosida tuzilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan korxonalarga (basharti, ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan uskunalar bilan ishlasa) taalluqli emas.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari mol-mulki o‘z hududlarida joylashgan soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha imtiyozlar berishlari mumkin.
Mol-mulkka solingan soliq mahalliy budjetga kiritiladi”.
10. Qonunning IX bobi chiqarib tashlansin, X va XI boblari esa IX va X boblar deb hisoblansin. Bu moddalardan “oborot solig‘i” degan so‘zlar chiqarib tashlansin, “foyda” degan so‘z esa “daromad” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. Muqaddimaning birinchi va to‘qqizinchi qismlaridagi hamda 43-moddaning 6-bandidagi “Qoraqalpog‘iston ASSR” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | 164 | 39,818 |
Qonunchilik | Pul va boshqa ashyolar pochta orqali qanday joʻnatiladi? | Pul oʻtkazmalarini amalga oshirish tartibi haqida
Hujjatda хalqaro pul oʻtkazmalarining yangi tasnifi tasdiqlandi. Joʻnatishning usuliga qarab ular quyidagi turlarga boʻlinadi:
Xalqaro pul oʻtkazmalari bilan almashish хizmatlarini taqdim etish uchun belgilangan pochta aloqasi operatori boshqa mamlakatlarning belgilangan pochta aloqasi operatorlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalar tuzadi. Xalqaro pul oʻtkazmalari bilan almashish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Xalqaro pul oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (toʻlash) muddatlari shartnomalarda belgilanadi.
Pul oʻtkazmalarini joʻnatish хizmatlari uchun haq toʻlash naqd pul bilan hamda naqdinasiz hisob-kitoblar yoʻli bilan, shu jumladan plastik kartalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ustama toʻlovli pul oʻtkazmalarini joʻnatish хizmatlari uchun haq toʻlash pochta joʻnatmasining joʻnatuvchisi tomonidan ustama toʻlovi bilan ushbu pochta joʻnatmasi qabul qilingan joyda amalga oshiriladi.
Plastik kartalardan foydalanib, jismoniy shaхslardan qabul qilingan pul oʻtkazmalari yuborilayotgan summani oluvchining plastik kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.
Pul oʻtkazmalari, shu jumladan хalqaro pul oʻtkazmalari pochta aloqasi ob’yektlarida mamlakatimiz hududida muomalada boʻlgan pul belgilari bilan toʻlanadi.
Xalqaro pochta joʻnatmalari haqida
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, tezkor pochtaning хalqaro joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq "EMS" tezkor pochta tizimi boʻyicha, "EMS" koʻp tomonlama namunali kelishuvi yoki ikki tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta almashish joylari pochta aloqasi sohasidagi maхsus vakolatli organ tomonidan Davlat bojхona qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.
Qiymati e’lon qilingan posilkalar va хalqaro хatlar, mayda paketlar, moʻrt va katta posilkalar, "Exspres" (Shaхsan topshirilsin) belgisi boʻlgan yozma хat-хabarlar joʻnatmalari va posilkalar, "Frans de taxes et de droits" (Tariflar va yigʻimlar undirmasdan) belgili yozma хat-хabarlar joʻnatmalari va posilkalar, shuningdek "A remettre en main propre" (Oʻz qoʻliga topshirilsin) belgili qiymati e’lon qilingan buyurtma joʻnatmalari, хatlar va posilkalar faqat ularni qabul qilish ruхsat etilgan mamlakatlarga joʻnatish uchun qabul qilinadi. Bu mamlakatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Umumjahon pochta ittifoqining хalqaro byurosi tomonidan хabar qilinadi.
Javobgarlik haqida
Pochta, kuryerlik joʻnatmalarida yoki pul oʻtkazmalarida manzilning toʻgʻri va toʻliq yozilganligi uchun ushbu pochta, kuryerlik joʻnatmalari yoki pul oʻtkazmalarining joʻnatuvchilari javobgar boʻladilar. Buzilishlar pochta, kuryerlik joʻnatmasi yoki pul oʻtkazmasi joʻnatuvchisi tomonidan manzilning toʻliq boʻlmagan va notoʻgʻri yozilganligi bilan bogʻliq boʻlsa, operator va provayderlar javobgar hisoblanmaydi.
Da’volar haqida
Da’volar ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi va belgilangan tartibda roʻyхatga olinadi.
Ariza beruvchi da’vo berishda quyidagi hujjatlardan birini taqdim etishi kerak:
Da’voda taqdim etilgan hujjatdagi ma’lumotlar koʻrsatiladi. Da’vo bilan foydalanuvchining oʻzi emas, balki u ishonch bildirgan shaхs murojaat qilgan holda, da’voga ishonchnoma ilova qilinadi.
Pochta joʻnatmalari oʻlchamlari haqida
Ichki хatlarning (kichik, katta format va formatga mos boʻlmagan) va posilkalarning cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligining yangilangan qiymatlari tasdiqlandi.
Hujjatga boshqa qator tuzatishlar ham kiritilgan
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin orada «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
NHH loyihalari: pochta aloqasi elektron tijoratni rivojlantirish uchun | 56 | 3,892 |
Qonunchilik | “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida | 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-589-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 883-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “ikkinchi qismida” degan so‘zlar “ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar;
fermer xo‘jaliklari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun subsidiyalar;
advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to‘lash xarajatlari”;
to‘rtinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar tarkibiga kiritilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining budjetlararo transfertlari miqdorlarini ko‘paytirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar qayta tashkil etilgan taqdirda ushbu Qonunga o‘zgartishlar kiritilmaydi”;
uchinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
2) 11-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkazilishi mumkin”;
3) 14-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga o‘zgartishlar kiritilmaydi”;
4) 3-ilovaning I-bo‘limi:
I-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlariga ushbu Qonun talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartishlar kiritsin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 152 | 3,165 |
Qonunchilik | 2008 va 2009-yillarda OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA FOIZSIZ BUDJET SSUDALARINI AJRATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA | Budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutlarni qoplash uchun oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy ko‘mak berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi:
1. 2008 va 2009-yillarda oliy ta’lim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutlarni qoplash uchun 2008 va 2009-yillarda oliy ta’lim muassasalariga foizsiz budjet ssudalarini ajratish tartibini belgilaydi.
1. Foizsiz budjet ssudalarini (bundan keyingi o‘rinlarda budjet ssudalari deb yuritiladi) ajratish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan faqat ish haqi, yagona ijtimoiy to‘lov va stipendiyalar to‘lash bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi.
2. Oliy ta’lim muassasalariga budjet ssudalari o‘z tizimida bo‘lgan tegishli vazirlik va idoraning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan yozma talabnomalariga muvofiq ajratiladi.
3. Budjet ssudalarining manbai bo‘lib respublika budjeti daromadlarining belgilangan rejaga nisbatan orttirib bajarilgan qismi hisoblanadi.
4. Budjet ssudalarini ajratish uchun talabnomalar bilan murojaat qilish uchun asos bo‘lib mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni qoplash uchun oliy ta’lim muassasalarining ular tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish hisobidan shakllanadigan budjetdan tashqari mablag‘larining yetishmasligi yoki mavjud emasligi hisoblanadi.
Budjet ssudasini ajratish uchun talabnoma mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
5. Budjet ssudasi ajratish to‘g‘risidagi yozma talabnomaga tegishli oliy ta’lim muassasasining rahbari, bosh buxgalteri va moliya-reja bo‘limi boshlig‘ining imzolari bilan tasdiqlangan budjet ssudasiga bo‘lgan ehtiyojning asoslantirilgan hisob-kitoblari ilova qilinadi.
Budjet ssudasiga bo‘lgan ehtiyojning hisob-kitoblari mazkur Nizomning 2-ilovasidagi keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
6. Budjet ssudalarini ajratish to‘g‘risidagi talabnomalarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet ssudasini ajratish uchun zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab yetti ish kuni ichida amalga oshiriladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha tegishli ravishda 2008 va 2009-yillarda kutilayotgan budjetdan tashqari mablag‘larning kamomadi hisobga olinadi.
7. Zarurat tug‘ilganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun qo‘shimcha ma’lumot va hisob-kitoblar so‘ralishi mumkin.
8. Budjet ssudasi ajratilishi uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq xulosa rasmiylashtiriladi.
Ijobiy xulosada ajratilishi taklif etilayotgan budjet ssudasining miqdori ko‘rsatiladi.
Salbiy xulosada budjet ssudasi ajratilmasligining aniq sabablari va asoslari ko‘rsatiladi.
9. Budjet ssudasi ajratilishi rad etilganligi haqida oliy ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan salbiy xulosa rasmiylashtirilgandan so‘ng rad etilishning aniq sabablari va asoslari ko‘rsatilgan yozma xabardor etiladi.
10. Ijobiy xulosa mavjudligida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladigan oliy ta’lim muassasasiga budjet ssudasini ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
11. Budjet ssudasi ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng mutasaddi moliya vaziri o‘rinbosari va tarkibida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan tegishli vazirlik yoki idoraning rahbari o‘rinbosari hamda oliy ta’lim muassasasining rahbari imzolari bilan tasdiqlanadigan budjet ssudasini ajratish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
12. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari ssuda qaytarilishining 2011-yildan boshlanishini nazarda tutadigan va budjet ssudasi ajratilishi to‘g‘risidagi shartnomaning ilovasi hisoblanadigan qaytarish jadvaliga muvofiq belgilanadi.
13. Ajratilgan budjet ssudasi summasi oliy ta’lim muassasasi hisobiga tegishli vazirlik va idoralarning budjet ssudasi mablag‘larini ajratish talablariga muvofiq har oy qismlarga bo‘lib o‘tkazib beriladi.
14. Ajratilgan budjet ssudasi mablag‘lari oliy ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochiladigan talab qilib olinguncha maxsus depozit hisob raqamiga budjet ssudasini ajratish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda o‘tkazib beriladi.
15. Budjet ssudasini qaytarish qat’iy ravishda budjet ssudasini ajratish to‘g‘risidagi shartnomaning ilovasida keltiriladigan qaytarish jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
16. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan budjet ssudalari o‘z vaqtida qaytarilmaganda qarzdorlikni undirish oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatlari buzilganda har bir kechiktirilgan kun uchun o‘z vaqtida qaytarilmagan budjet ssudasi summasining 0,05 foizi miqdorida jarima solinadi.
17. Budjet ssudalarini qaytarish muddatini uzaytirish oliy ta’lim muassasasida ssudani qaytarish imkoniyatini inkor etuvchi moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hollarda amalga oshiriladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish haqidagi bildirgi oliy ta’lim muassasasi tomonidan beriladi va mazkur Nizomning II-bo‘limida o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Ko‘rsatilgan bildirgi budjet ssudasini qaytarish muddati boshlangunga qadar kamida ikki hafta oldin kiritilishi lozim.
18. Budjet ssudasini qaytarish muddatini uzaytirish mazkur Nizomda budjet ssudasini ajratish uchun belgilangan tartib va shartlar asosida rasmiylashtiriladi.
Bunda budjet ssudasini ajratish to‘g‘risidagi shartnomaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.
19. Budjet ssudasini qaytarish muddati uzaytirilganda qaytarish muddati uzaytirilgan budjet ssudasidan foydalanish uchun foiz to‘lanishi nazarda tutilmaydi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjet ssudasini ajratish uchun kiritiladigan talabnomalarning to‘g‘riligi va asoslantirilganligi, shuningdek ajratilgan budjet ssudasini maqsadli sarflanishi va o‘z vaqtida qaytarilishiga oliy ta’lim muassasalari hamda tarkibida ushbu muassasalar bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsiy javobgardir.
21. Ajratilgan budjet ssudalaridan maqsadsiz foydalanilganlik faktlari aniqlanganda tegishli oliy ta’lim muassasalari, shuningdek tarkibida ushbu muassasalar bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Maqsadsiz foydalanilgan budjet ssudasi mablag‘i muddatidan oldin undirib olinadi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar va oliy ta’lim muassasalari budjet ssudasini ajratish davrida hamda uning qaytarilishi muddati mobaynida belgilangan tartibda har chorakda kamida bir marotaba ajratilayotgan budjet ssudalari bo‘yicha qarzdorlikning solishtirma dalolatnomalarini tuzadi.
23. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan budjet ssudasi mablag‘larini o‘zlashtirilishini monitoring qilish zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti Bosh boshqarmasiga budjet ssudalari mablag‘larini ajratish muddatlari va miqdorlarini aniqlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Ajratilgan budjet ssudalaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi tomonidan tizimli ravishda amalga oshiriladi. | 132 | 8,176 |
Qonunchilik | “TELEKOMMUNIKATSIYALAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. | 94 | 491 |
Qonunchilik | BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTISh KIRITISh HAQIDA | O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-y., № 2, 36-modda), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 12-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartish kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun muddat o‘tgach amalga kiritilsin.
3. Ushbu qaror ijrosi ustidan nazorat Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D. Rasulov zimmasiga yuklatilsin. | 101 | 766 |