id
stringlengths
1
7
url
stringlengths
31
410
title
stringlengths
1
147
text
stringlengths
1
177k
text_len
int64
1
177k
2277
https://uz.wikipedia.org/wiki/Buyuk%20Ipak%20yo%CA%BBli
Buyuk Ipak yoʻli
Buyuk Ipak yoʻli – qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasi. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan – boʻyra, yurgan – daryo“. Harakatlanish – bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar – Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari Tarixi Qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitalararo karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk Ipak yoʻli atamasi ushbu yoʻldan tashilgan qimmatbaho mahsulot – Xitoy ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar boʻlishgan. Buyuk ipak yoʻli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli“ atamasi qabul qilingan. Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. Iskandar Maqduniy (qarang Aleksandr Makedoniyalik) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻlining sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sugʻdiyona mamlakati istilo etilishi bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻlining markaziy qismini – Oʻrta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar Klavdiy Ptolomeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqdangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107—114-yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga kõra, Buyuk ipak yoʻli 2 kat (kiyem) ga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning janubiy va Afgʻonistonning shimoliy-gʻarbida joylashgan qadimiy viloyat) dan boshlangan. Ariyadan yoʻl shimolga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri xarobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shimoliy Afgʻonistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shimoliy tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. Birinchisi, shimoldagisi boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga ketilgan. Ikkinchisi, janubdagisi esa Surxondaryo vodiysi boʻylab komedlarning togʻli oʻlkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl TaklaMakon choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qadimiy poytaxti – Chananga olib borgan. Bu yerdan yoʻl ehgimol shimoli-gʻarbga Koreya va Yaponiyaga ketgan boʻlsa kerak. Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻlining Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra Poykend, Marv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi shimoliy qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib oʻtib, Shimoliy Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni „varvar“ – german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan uzoq vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni astasekin Kavkazorti va Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yoʻlining tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki bu yoʻlning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi. 1987-yil YuNESKO madaniy taraqqiyot boʻyicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yoʻli – muloqot yoʻli“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi – Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, ushbu buyuk qitʼalarda yashovchi koʻp sonli xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Koʻplab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990-yil oktabr; Buxoro, 1996-yil fevral) va seminarlar oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli y. boʻylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar taʼmirlandi. Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yoʻli y.ni oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan. Maye, BMT va YuNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997-yil mayda Oʻrta Osiyoni Eron bilan bogʻlagan Saraxs – Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish imkoniga ega boʻldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda (qarang Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yoʻlagi (TRACECA)). Navbatdagi vazifa – Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻlining „temir yoʻl“ varianti toʻla tiklangan boʻladi. Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻlini tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995-yil 2-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi (yana qarang: Buyuk ipak yoʻli sayyohlik yoʻnalishlari)." Manbalar Havolalar Silk Road Atlas (University of Washington) „The Silk Road“, a historical overview by Oliver Wild The Silk Road Journal, a freely available scholarly journal run by Daniel Waugh „The New Silk Road“ – a lecture by Paul Lacourbe at TEDx Danubia 2013 Escobar, Pepe (February 2015). „Year of the Sheep, Century of the Dragon? New Silk Roads and the Chinese Vision of a Brave New (Trade) World“, an essay at Tom Dispatch Buyuk Ipak yoʻli Oʻzbekistondagi Jahon merosi obʼyektlari Afgʻonistonning qadimiy tarixi Iroqning qadimiy tarixi Pokistonning qadimiy tarixi Qadimgi xalqaro munosabatlar Eronning iqtisodiy tarixi Yevrosiyo tarixi Xuroson tarixi Ipak Savdo yoʻllari
10,355
2278
https://uz.wikipedia.org/wiki/Fiqh
Fiqh
Fiqh (arabcha — bilish, tushunish) – musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi islom ta’limotining bir sohasidir. Islom huquqshunoslari o‘zlariga taqdim etilgan savollar bo‘yicha Qur’on va sunnatni tafsir qilish (ijtihod) orqali shariatni kengaytiradi, rivojlantiradi va hukmlar (fatvo) bilan amalga oshiriladi. Majoziy maʼnoda fiqh islomiy huquqiy hukmlarni ularning manbalaridan olishni bildiradi. Ammo, faqih faqat zohiriy ma’no bilan qanoatlanmasligi kerak, tashqi ko‘rinishini biladigan kishi faqih bo‘lmaydi. Shunday qilib, shariat musulmonlar tomonidan o‘zgarmas va ma'sum deb hisoblansa, fiqh xato va o‘zgaruvchan deb hisoblanadi. Fiqh fanlari anʼanaviy tarzda ,,Us’ul-al-fiqh”, huquqiy talqin va tahlil usullariga boʻlinadi. Furu'ul-fiqh (fiqhning tarmoqlari), bu tamoyillar asosida hukmlarni ishlab chiqish, ilohiy irodani anglash yoʻlidagi insoniy saʼy-harakatlarning mahsulidir. Zamonaviy davrda sunniy amaliyotda to‘rtta, shia amaliyotida ikkita mashhur fiqh maktabi (mazhab) mavjud. Fiqhni o‘rgangan kishi faqih (ko‘plik fuqaho) deb ataladi. Etimologiyasi Fiqh so‘zi arab tilidan “فقه” so‘zidan olingan bo‘lib, ,,chuqur tushunish” yoki ,,to‘liq tushunish” ma’nolarini bildiradi. Tarixchi Ibn Xaldun fiqhni ,,Xudoning qonun-qoidalarini bilish bo‘lib, ular qonunga bo‘ysunish bilan bog‘liq bo‘lgan kishilarning talab (vojib), gunoh (harom), tavsiya etilgan (mandub), ma’qul bo‘lmagan (makruh) yoki neytral (mubah) amallariga taalluqli bo‘lgan amallari haqidadir deb ta'riflaydi. Zamonaviy arab tilida esa fiqh islom huquqshunosligini anglatadi. Tarixi Fiqh so‘zi atama sifatida Qur’on va hadislarda qo‘llanilgan. Fiqh islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. Fiqhning qaror topishi Muhammad (s.a.v.) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Birinchi musulmonlar (sahobalar) eshitdilar va itoat qildilar hamda Islomning bu mohiyatini keyingi avlodlarga (Tobi’in va Tabi’ at-Tobi’inlar yoki vorislar), musulmonlar va Islom Gʻarbiy Arabistondan bosib olingan oʻlkalarga shimol, sharq va gʻarbda tarqalib, u yerda tizimlashtirilgan va ishlab chiqilgan. Ilk musulmon huquqshunosi Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy “ar-Risola” kitobida islom huquqshunosligining nazariya va metodologiyadagi asosiy tamoyillari aks ettirilgan. Kitobda qonunning to‘rtta ildizi (Qur’on, Sunnat, ijmo va qiyos) batafsil bayon etilgan. Ikkinchi darajali huquq manbalari keyingi asrlarda ishlab chiqildi va takomillashtirildi, ular asosan fiqhiy afzallik (istihson), avvalgi payg‘ambarlar qonunlari (shara man qablana), davomiylik (istishab), kengaytirilgan o‘xshatish (maslaha mursala), mahalliy urf-odatlar (urf) va Payg‘ambar so‘zlari (qavl as-sahobiy), vositalarni to‘sish (sadd) kabilardan iborat. Zayd ibn al-Hasanning ,,Majmu’ al-fiqh”, Molik ibn Anasning ,,al-Muvatta”, Ibn Hanbalning ,,al-Musnad” kitoblari fiqhga oid dastlabki asarlar hisoblansa-da, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. Fiqh ilmi X asrga kelib, mustaqil fan sifatida shakllangan. Fiqh bilan shug‘ullanuvchi, uni o‘rganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqa mashhur faqihlar hisoblangan. Fiqh islom huquqshunosligi sifatida 2 sohada – shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al-fiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furu’ al-fiqh)dan iborat bo‘lgan. Islomning sunniylik yo‘nalishi huquqshunosligida 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik va hanbaliylik vujudga kelgan. Fiqhda boshqa maktablar ham mavjud edi, biroq 14-asrga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan. O‘rta asrlarda va yangi davrda Fiqhga oid asarlar orasida fatvo to‘plamlari ko‘paydi. Al-Kuduriyning (1037 y.vaf.et.) ,,Muxtasar”, Qozixonning (1196 y.vaf.et.) ,,Fatovo”, Burhoniddin Marg‘inoniyning ,,Hidoya”, Ibn Bazzozning (1414 y.vaf.et.) ,,Fatovo” asarlari bunga misol bo‘ladi. Ular ichida ,,Hidoya” asari hanafiylik mazhabida katta shuhrat qozongan amaliy qo‘llanmadir. ,,Hidoya”ga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining ko‘p asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal bo‘lgan, ko‘pincha ma’murlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798 y.vaf.et.) ,,Kitob al-xaraj”i yoki boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658 –1707) amri bilan 1669-yilda bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan ,,al-Fatovo al-Hindiya” asari va boshqalar. Islom mamlakatlari huquq tizimida fiqhning roli doimo bir xil bo‘lgan emas. Jumladan, XVI asrda Usmonli turk saltanatida va XVII asr ikkinchi yarmida boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning kridalari juda keng va izchil qo‘llanildi. Biroq umuman fiqh huquqshunoslik bilan to‘la-to‘kis mos kelgan emas. Fiqhning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan biron-bir tarzda qo‘llab-quvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqihlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hozirgi vaqtda islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmoqda, bu esa fiqh ta’sir doirasining muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday bo‘lsa-da, fiqhning ayrim tarmoqlari, tartib-qoidalari va me’yorlari ko‘pchilik aholisi musulmon bo‘lgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida biron-bir tarzda qo‘llaniladi. Islom huquqi o‘z vaqtida bugungi g‘arb qonunchiligi rivojiga ham ta'sir o‘tkazgan. Xususan, VIII asrda musulmon huquqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan norasmiy qiymat uzatish tizimi keyinchalik fransuz huquqidagi aval va Italiya huquqidagi avallo kabi fuqarolik qonunlarida rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatdi. VII-IX asrlarda rivojlangan islom huquqidagi vaqf ingliz trast huquqidagi trastlarga sezilarli oʻxshashlik bilan ajralib turadi. Masalan, har bir vaqfning voqif (oʻtroqchi), mutavillisi (ishonchli), qozi va foyda oluvchilari boʻlishi shart edi. Salib yurishlari davrida Angliyada XII-XIII asrlarda ishlab chiqilgan ishonch qonuni Yaqin Sharqda uchragan vaqf institutlari taʼsirida boʻlgan salibchilar tomonidan kiritilgan. Huquqiy pretsedent metodologiyasi va qiyos orqali fikr yuritish ham islom, ham umumiy huquq tizimida o‘xshashdir[5]. Bu ta’sirlar ba’zi olimlarning islom huquqi ,,yaxlit bir butun sifatida umumiy huquq”qa asos solgan bo‘lishi mumkin degan fikrga olib kelgan. Adabiyot Burhoniddin Margʻinoniy, Hidoya, T., 2000; Abdul Vahhob Xallof, Usul ul-fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari), 1—2 qism, T., 1997; 3—4 qism, T., 1999; Juzjoniy A. Sh., Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqihlari, T., 2002; Saidov A., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Xusniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000. Manbalar Islom
6,852
2279
https://uz.wikipedia.org/wiki/Laptop
Laptop
Laptop (yoki noutbuk) - mobil foydalanish uchun moʻljallangan qoʻlda koʻtarib yuriladigan kichik shaxsiy kompyuter turi. Asosan, quyidagi firmalar noutbuklari koʻp tarqagan: Dell Acer Hewlett-Packard Lenovo Sony Samsung Apple Asus Kompyuter Informatika
263
2280
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mannheim
Mannheim
Mangeym, Manxaym — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 308,9 ming kishi (1998). Lyudvigsxafen shahri bilan birgalikda sanoat aglomeratsiyasini tashkil etadi. Nekkar daryosi Reyn daryosiga quy-ilish joyidagi port. Mashinasozlik (stanoksozlik va avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari, elektrotexnika), kimyo, toʻqimachilik, qogʻoz, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Rangli metallurgiya rivojlangan. Metalldan quyma buyumlar, poʻlat konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Un-t, muzeylar (Kunstxalle, Reys) bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 766 yildan tilga olingan. 1607-yildan shahar maqomini olgan. 18-asrga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Mannheim Germaniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni — 144,96 km2. 313 174 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Germaniyaning sanoati koʻp boʻlgan shaharlaridan biri. Ludwigshafen va Heidelbergga yaqin. Bu yerda Berlindagi kabi turklar koʻp yashaydilar. Hoqon Chalhonoʻgʻli (:en:Hakan Çalhanoğlu) Germaniya va Turkiya futbol oyinchisi va Bayer 04 klubi yarim himoyachisi. Geografiyasi Hududi Mannheimning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan. Demografiyasi Manbalar Germaniya shaharlari
1,261
2294
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mezarkabul
Mezarkabul
Pentagram (Turkiyadan tashqarida Mezarkabul) Turk heavy metal/power metal guruhi boʻlib, aʼzolari Murat İlkan (vokal), Hakan Utangaç, Metin Türkcan, Tarkan Gözübüyük va Cenk Ünnüdir. Tarixi Pentagram 1986 yili Istanbulda gitarist Hakan Utangaç va barabanchi Cenk Ünnü tomonidan tashkil etilgan. 1987 yilda bassist Tarkan Gözübüyük guruhga qoʻshiladi va ular jonli koncertlar berishni boshlashadi. Ularning birinchi relizi 1990da boʻlib oʻtadi(Pentagram albomi). 1992da esa ikkinchi gitarist Demir Demirkan va vokalist Ogün Sanlısoy jamoaga qoʻshiladi. Shu yili ular oʻzlarining Trail Blazer albomini chiqarishadi, muxlislari soni esa ham Turkiya, ham dunyoda keskin oshib boradi. Keyingi uch yilni vatanlarida va dunyo boʻylab turlarda oʻtkazishdi. 1995da vokalist Murat İlkan Ogün oʻrniga keladi va ular yangi, Anatolia albomi ustida ish boshlashdi. Anatolia Turkiyada 1997da chiqarildi va bir necha hafta oʻtgach Century Media Pentagramning jahon boʻylab relizini tashkil etdi . Ular 1998da Popçular Dışarı (tarjimasi Popchilar tashqari) nomli jonli albomini chiqarishdi. Gitarist Demir Demirkan guruhni tark etgach, vaqtinchalik Onur «Mr. Cat» Pamukçu bilan almashtirildi. Ular keyingi albomlarini yozishni 2000da Istanbuldagi oʻz studiyalarida boshlashdi. Gitarist Metin Türkcan guruhga rasman shu tayyorgarliklar paytida kelib qoʻshildi. Ular 17 qoʻshiq chiqarib, Ularni ikkita CDga boʻlishga qaror qilishdi. 2001da Unspoken albomining dunyo boʻylab relizi boʻlib oʻtdi. Bir Turkiyada faqatgina 2002da chiqarildi. Turkiyada ular Pentagram nomini ishlatishadi. Biroq AQSHda Pentagram, degan doom metal guruhi boʻlganligi uchun ular xorijda Mezarkabul (tarjimasi MozorQabul) nomi bilan taniqli. Tarkibi Hozirgi tarkibi Murat İlkan — Vokal (1995 — bugun) Hakan Utangaç — Gitara (1986 — bugun) ** Metin Türkcan — Gitara (2000 — bugun) Tarkan Gözübüyük — Bass (1987 — bugun) Cenk Ünnü — Baraban (1986 — bugun) ** ** asos solgan aʼzolar. Sobiq aʼzolar Ogün Sanlısoy — Vokal (1992—1995) Demir Demirkan — Gitara (1992—1998) Onur «Mr. Cat» Pamukçu — Gitara (1998—2000) Diskografiya <table border="2"> </tr> Yil Nom 1990 Pentagram </tr> 1992 Trail Blazer 1997 Anatolia 1998 Popçular Dışarı (Live) 2001 Unspoken 2002 Bir </table> Tashqi saytlar Rasmiy sayt MetalStorm Entry Fan site Heavy metal guruhlar Turk heavy metal guruhlari
2,359
2298
https://uz.wikipedia.org/wiki/Chat
Chat
Chat (ingl. chat - "suhbat") — internetda bevosita gaplashish sayti yoki portali. Hozirgi kunda bu matn, ovoz va kamera yordamida ham amalga oshiriladi. Internet
162
2299
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tatariston
Tatariston
Tatariston yoki Tatarstan (), Tatariston Respublikasi () — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika, Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. Maydoni 67 847 ming km², Aholisi 4 001 625 mln. kishi (2023). Poytaxti — Qozon shahri. 43 tuman, 14 respublika darajasidagi shaharlardan iborat. Respublika Kirov, Ulyanovsk, Samara va Orenburg viloyatlari, Boshqortiston Respublikasi, Mariy Respublikasi, Udmurt Respublikasi va Chuvash Respublikalari bilan chegaradosh. Davlat rasmiy tili: tatar, rus tillari Davlat tuzumi Tatariston — respublika. Davlat rahbari prezident (Rais). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati Tatariston hududining aksariyat qismi Volganing soʻl sohilidagi tekislikdan iborat. Chekka jan.sharkda BugulmaBelebey qirlari, oʻng sohilda Volga boʻyi qirlari joylashgan. Neft, gaz, bitum, gips, ohaktosh, dolomit, qoʻngʻir kumir, torf konlari bor. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —13° dan —15° gacha, iyulda 19—20°. Yillik yogʻin — 400–450 mm. Asosiy daryolari — Volga va Kama hamda Kamaning irmoqlari — Vyatka, Ij, Oq Idil. Quyi Kama va Samara suv omborlarining bir qismi Tatariston hududida. Tataristonning shim. qismi oʻrmon zonasida, jan. kismi oʻrmondasht zonasida joylashgan. Tuprokdari podzol, kulrang oʻrmon va qora tuproqlar. Butun hududning 16% oʻrmon (togʻterak, oq qayin, lipa, eman, zarang daraxtzorlari). Hayvonot dunyosi: boʻri, tulki, bugʻu, tiyin, burunduk,, sugʻur, quyon, qushlardan karqur, kaklik, toʻxtatuvaloq va boshqa Quyi Kama milliy bogʻi, VolgaKama qoʻriqxonasi tashkil etilgan. Aholisi Aholisi, asosan, Tatarlar 53,2 %,Ruslar 39,7 %,Chuvashlar 3,08 %,Udmurtlar 0,62 %,Ukrainlar 0,48 %, Mordova 0,51 %,Mariylar 0,50 %, Boshqirtlar 0,36 %)dan iborat. Chuvash, mordova, udmurt, ukrain va boshqalar ham yashaydi. Shahar aholisi 76%. Dindorlari — musulmon sunniylar va provaslav xristianlari. Yirik shaharlari: Qozon, Naberejniye Chelni, Almat, Nijnekamsk, Zelenodolsk. Tatariston aholisi 2023-yilda Rosstat ma'lumotlariga ko'ra — 4 001 625 ming(2023) kishini tashkil etadi. Shahar aholisi — 76,74 % (2023). Aholi zichligi — 58,98 kishi./km²(2023) Tarixi Tatariston hududida odam ilk paleolit davridan yashay boshlagan. Tosh davrining barcha bosqichlariga xos manzilgohlar topilgan. 6—7-asrlarda Tataristonning Turk xoqonligi bilan aloqasi kuchaygan. 9-asrgacha hozirgi Tatariston hududida major (madyar) qabilalari yashagan. Keyinchalik ularni VolgaKama bulgʻorlari surib chiqargan. 10—14-asrlarda Tatariston Volga Kama Bulgʻoriyasi tarkibiga kirgan. 1236-yil moʻgʻullar bostirib kelgan va u 1241-yilda Oltin Oʻrda xonligiga qoʻshib olingan. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida Qozon tatarlari shakllana bordi va Oltin Oʻrda barbod boʻlgach, Tatariston hududida Qozon xonligi tashkil topdi (1438). Rus qoʻshinlarining yurishlari (1545—52) natijasida Qozon xonligi bosib olindi. 1708-yilda Qozon guberniyasi tashkil etildi. 18— 19-asrlarda oʻlkada sanoat va madaniyat rivojlandi. Movut toʻqish, kemasozlik, koʻnchilik, mis eritish, sovungarlik korxonalari barpo etildi. 1804-yil Qozon universiteti ochildi. 1861-yil dehqonlar islohotidan keyin dehqonlarning Bezdna qoʻzgʻoloni boʻlib, uni talabalar ham qoʻllab-quvvatladilar. Tatariston mehnatkashlari 1905-07 yillardagi inqilobda faol qatnashdilar. 1917-yil fevral inqilobidan soʻng milliy demokratik tashkilotlar, jumladan, tanikli inqilobchi M. Vaxitov boshchiligida Musulmon sotsialistik qoʻmitasi tuzildi. 1917-yil 26 oktabr (8 noyabr)da Qozonda Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918—19 yillarda Tatariston hududi 2 marta oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920-yil 27 mayda RSFR tarkibida Tatariston ASSR tashkil etildi. 1990-yil 27 avgustda Tatariston Oliy Kengashi respublikaning davlat suverenitetini eʼlon qildi. 1992-yildan Tatariston Respublikasi deb atala boshladi, 1991-yil prezident lavozimi taʼsis etildi. Xoʻjaligi Tatariston — Rossiya Federatsiyasi tarkibida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan respublikalardan biri. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 46,2%, qishloq xoʻjaligi.niki 7,5%, qurilishniki 8,2%, transportniki 5,1%. Qishloq xoʻjaligi donchorvachilik yoʻnalishida rivojlangan. Burdoy, suli, grechixa, javdar, arpa, qand lavlagi, kungaboqar, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavot, texnika va yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Gʻarbda bogʻdorchilikka eʼtibor beriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Quyonchilik va asalarichilik rivojlangan. Sanoati Katta neft konlari ochilishi tufayli iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Romashka, Shugurovo, Bavli va Zay daryosi boʻylaridagi neft va gaz konlari ishga tushirildi. Nijnekamsk neft kimyosi sanoatining yirik markaziga aylandi. Qozon shahridagi Kreml, nekamskshina" ishlab chiqarish. birlashmalari). Kime sanoati (Qozondagi sintetik kauchuk va roʻzgʻor kimyosi, Mendeleyevskdagi kimyo zdlari), mashinasozlik va metall ishlash (Naberejniye Chelnidagi koʻp yuk ortiladigan mashinalar, Qozon, Bugulma, Yelabuga, Chistopol, Zelenodolskdagi kompressor, neft va transport mashinauskunalari, gaz apparatlari, stanok, EHM, vertolyot, soat va sovutkich ishlab chiqarish.), motorsozlik (aviadvigatellar), tibbiyot (kimyofarmatsevtika birlashmasi, davolash asbobuskunalari) sanoati rivojlangan. Yengil sanoatda koʻnpoyabzal, moʻynachilik, tikuv, trikotaj, zigʻir tolasini qayta ishlash va boshqa, oziq-ovqat sanoatida goʻsht, sut, sariyogʻpishloq, qandshakar tarmoklari yetakchi hisoblanadi. Bu tarmoklarning korxonalari Qozon, Zelenodolsk, Chistopolda joylashgan.Yogʻochsozlik sanoati durust rivojlangan. Elektr energetika sanoati mazut va tabiiy gaz negiziga qurilgan (Nijnekamsk va boshqa issiqlik elektr stansiyalari). Transporti Tataristonda avtomobil, temir yoʻl, havo transporti rivojlangan Transport yoʻli uzunligi — 879 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi — 12357 km. Volga, Oq Idil, Vyatka daryolarida kema qatnaydi (ichki suv yoʻllari uzunligi — 933 km). Qozon shahrida xalqaro aeroport bor. Tatariston hududida bir necha yirik neft va gaz quvurlari, jumladan Almatdan Sharqiy Yevropaga tortilgan neft quvuri, shim.gʻarbda Urengoy—Markaziy Rossiya va Urengoy — Pomari—Ujgorod qitʼalararo gaz quvurlari oʻtadi. Tibbiy xizmati Tataristonda 15 ming shifokor aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Har 10 ming aholiga 44 shifokor toʻgʻri keladi. Asosan shifokorlar Qozondagi tibbiyot institutida, undan tashqari yana boshqa universitetlarda ham tayyorlanadi. 150 dan ortiq sanatoriya-kurort muassasalari, jumladan, Bakirovo, Vasilyevo, Ijevsk mineral suvi. "VarziYatchi" kurortlari, Tarlovkadagi iqlimiy kurort mavjud. Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari 20-asrning 90 yillari oxirida 24 mingdan koʻproq maktabda 500 mingdan ziyod, 65 ta oʻrta maxsus oʻquv yurtida 55 ming oʻquvchi, 15 ta oliy oʻquv yurtida 70 mingga yaqin talaba taʼlim oldi. Muhim oliy oʻquv yurtlari: Qozon Federal Universiteti, texnika, tibbiyot, texnologiya unversitetlari, veterinariya-tibbiyot akademiyasi. Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Qozon ilmiy markazi, neft ilmiy tadqiqot va loyiha instituti, kompressor mashinasozlik ilmiy ishlab chiqarish. birlashmasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Qozonda Tatariston birlashgan davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat muzeyi, Adabiyot muzeyi, Bugulmada oʻlkashunoslik muzeyi va boshqa muzeylar bor. Adabiyoti Tatariston yozma adabiyoti boy tarixga ega. Shoir Gʻalining "Yusuf va Zulayho" dostoni (13-asr boshi), muallifi nomaʼlum boʻlgan "Kesikbosh" va "Taqvodorlarga nasihat" asarlari bizgacha yetib kelgan. Qozon xonligi Rossiyaga qoʻshib olinishi va xalqning istibdodga qarshi kurashi adabiyotda oʻz aksini topdi ("Pugachyov haqida qoʻshiq" va boshqalar). Oʻrta asrlarda tatar mumtoz adabiyoti sufiylik ruxida davom etdi. 19-asr tatar sheʼriyatida realizm uslubi qaror topdi. Abdujabbor Qandaliy (1797—1860), Miftohitdin Oqmulla (1831—95) va Yakov Yemelyanov (1848—99) shu oqimning atoqli namoyandalaridir. 19-asr oxirlarida maʼrifatparvarlik harakati kuchaydi. Qayum Nosiriy (1825—1902) adabiy va ilmiy-maʼrifiy asarlari bilan zamonaviy tatar tiliga asos soldi. Shu davrda dastlabki roman va dramalar paydo boʻldi. 20-asr boshlarida A.Toʻqay, O.Ibrohimov, M.Gʻafuriy va boshqa adiblar tatar xalqining ogʻir ahvoli va istibdodga qarshi kayfiyatini, adolatga boʻlgan orzu-umidlarini ifoda etdilar. Oktabr inqilobidan soʻng tatar adabiyoti ham sovet adabiyoti oʻzanidan borishga majbur boʻldi. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va uning dahshatlarini tasvirlagan tatar adiblari F.Karim, A.Alish, O.Qutuylar orasida Musa Jalil alohida ajralib turadi. Uning fashistlar zindonida yozgan "Maobit daftari" sheʼrlar kitobi muallifga abadiyat keltirdi. 20-asrning 2-yarmida ijod qilgan shoirlardan I.Yuzeyev, Sh.Galiyev, S.Sulaymonova, R.Xarisov, yozuvchilardan N. Fattoh, G.Muxametshin, dramaturglardan Y.Aminov, S.Shakurov, T. Minullinlar xalq hayotini imkon qadar haqqoniy yoritishga intildilar. Tatariston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy va ayniqsa adabiy aloqalar uzoq oʻtmishda boshlangan. Ikki xalqning yozma va ogʻzaki ijodiyoti bir-biriga yaqin. Tatar yozuvchilariga Alisher Navoiy ijodining taʼsiri kuchli boʻlgan. Adiblardan Muhammadyor, A.Qandaliy, Q.Nosiriy, O.Ibrohimov, A.Toʻqay va boshqa Navoiy asarlarini gʻoyat qiziqib oʻrganganlar. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida ikki xalqning adabiy va madaniy aloqalari rivojida tatar matbuotining roli katta boʻldi, tatar tilidagi gaz. va jurnallari Turkistonda keng tarqaldi. H.H.Niyoziy, Soʻfizoda, Mirmuhsin, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻzbek adiblari tatar matbuoti va adabiyotidan bahramand boʻldilar. A.Toʻqay, O.Ibrohimov, F.Amirxon, Musa Jalil va boshqa tatar yozuvchilarining nazmiy va nasriy asarlari oʻzbek tiliga, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Eʼtibor Oxunova, Ulug'bek Hamdam va boshqalarning asarlari tatar tiliga tarjima qilingan. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Tatariston hududida neolit davriga mansub qush va hayvonlarning haykalchalari, naqshin guldor sopol idishlar, jez davriga oid bezak buyum va idishlar topilgan. Volga boʻyi bulgʻorlarining Suvara, Bilyar, Bulgʻor va boshqa shaharlarida mudofaa inshootlari, toʻgʻri burchakli turar joylarning qoldiqlari, imoratlarning vayronalari (10—13-asrlar) saqlanib qolgan. Oltin Oʻrda xonligi xukmdorligi davrida (13-asr oʻrtalari) gʻisht va toshdan Oʻrta Osiyo meʼmorligi uslubiga yaqin boʻlgan rasmlar, rangdor keramika, naqshli oʻymakorlik bilan bezatilgan qalʼa, saroy, hammom, maqbaralar qurilgan. Qozon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingach, rus meʼmorligining taʼsiri kuchaydi (Qozon Kremli, 16-asr). 18-asrda qisman barokko uslubi yoyildi, 19-asrda rus klassizmining taʼsiri sezildi (Qozon universiteti, 1825—30). 20-asr boshlarida qorishiq meʼmorlik - rayem boʻldi, yogʻoch uylar koʻproq qurildi. Amaliy bezak sanʼati turlaridan zargarlik, zardoʻzlik, patsiz gilam toʻqish, charmdoʻzlik, tosh va yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. 20-asrning 20-yillaridan Tatariston meʼmorligi umumittifoq yoʻnalishidan bordi. Eski shaharlar (Qozon, Bugulma, Chistopol va boshqalar) qayta qurildi, yangi shaharlar (Nijnekamsk, Naberejniye Chelni va boshqalar) barpo etildi. Jamoat binolaridan Qozondagi Matbuot uyi (1933—37, meʼmor S.Pen), Musa Jalil nomidagi opera va balet teatri (1933 — 56, meʼmor N. Skvorsov va I. Gaynutdinov), Qozon shahridagi stadion (1960, meʼmor P.Sanachin va boshqalar), konservatoriyaning konsert zali (1967, meʼmor M. Agishev va boshqalar), sirk (1967, meʼmor G. Pichuyev) qurildi. 19-asrda rangtasvir va grafika sanʼati (L. Kryukov, V. Turin) rivojlana boshladi. 1895-yil Qozonda ochilgan rassomlik maktabida P. Benkov, N.Feshin va boshqalar dars berdi. 20-asr boshlarida M. Galeyev, G. Gumarov kabi dastlabki grafik bezakchilar voyaga yetdi. 20-asrning 20—30-yillarida rassomlar (rangtasvirchi, haykaltarosh va fafik B.I. Urmanche, haykaltarosh S. Oxun, grafik F. Tohirov) ijod qila boshladi. 60—90 yillarda I.Rafiqov, G.Rahmonqulov, L.Fattohov, X.Yoqubov, N.Odilov, R.Nigmatullina, V.Malikov, 3. Gimayev, K. Nafikov kabi rassomlar, I. Kolmogorseva, I.Yazinin kabi grafiklar ijodi mashhur boʻldi. Musiqasi Tatariston professional musiqasi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida vujudga kelgan. Musiqiy folklorda qoʻshiqchilik asosiy oʻrin tutadi: uzun kuy (lirik ashulalar), qisqa kuy (hazil va oʻyin qoʻshiqlari), takmak (lapar), munojot (diniy qoʻshiqlar), bayt (epik termalar) va boshqalar. Hozirgi xalq qoʻshiklarining aksariyati garmon yoki bayan joʻrligida ijro etiladi. Cholgʻu asboblari: quray (nay turi), changqoʻbiz, mandolina, domra, gusli va boshqa 1920-yillardan G.Kamol nomidagi musiqali teatr Tatariston milliy musiqa madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Teatr musiqasi, ommaviy qoʻshiq janrlari rivojiga S. Saydashev katta hissa qoʻshgan. "Soniya", "Ishchi" kabi dastlabki tatar operalari shu teatrda qoʻyildi. 20 yillardan musiqa texnikumlari, radiomarkaz, opera studiyasi ochildi; 1937-yil A. Toʻqay nomidagi filarmoniya, ashula va raqs ansambli, Xalq ijodi uyi, 1939-yil Tatariston opera va balet teatri tashkil etildi. Opera janrini N. Jiganov, X.Valiullin, M. Muzafarov, J. Fayzi, baletni F.Yarullin va boshqa, musiqiy komediyani J. Fayzi rivojlantirdilar. A. Abbosov, Z.Bayrasheva, A. Izmaylova, G.Kaybitskaya, M. Bulatova, F.Nasriddinova, M.Rahmonqulova, Z.Xizmatullina, V.Sharipova kabi xonandalar, X.Fazlullin, J.Sadrijiganov kabi dirijyorlar, M. Nigmedzyanov, Z. Saydasheva, J. Fayzi kabi musiqashunoslar mashhur. Musiqa kadrlari Qozon pedagogika institutining musiqa fakultetida, konservatoriya va uning huzuridagi maxsus maktabda, musiqa maktablarida tayyorlanadi. Teatri Xalq oʻyinlari va tomoshalari Tatariston teatr sanʼatining ilk manbalari boʻldi. Milliy teatr 19-asr oxiri— 20-asr boshlarida shakllana boshladi, dastlabki havaskor teatr truppalari vujudga keldi. 1906-yil Qozonda tatar tilidagi birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1920-yil turli teatr jamoalari asosida "Birinchi namunali tatar davlat truppasi" (1939-yildan G.Kamol nomidagi Tatariston akademik teatri) tuzildi. 20—30 yillarda tatar teatri tez surʼatlar bilan rivojlandi. Ketma-ket teatrlar: "Sabanchi" (1920), "Eshchi" (1932), Kuchma teatr (1933), G.Kamol nomidagi teatrning qishloq filiali, Menzeli qishloq teatri (1935) tashkil etildi. Ularning sahnasida mahalliy dramaturglardan K.Tinchurinning "Amerikalik", "Yelkansiz qayiq", "Kandra daryosida", F.Burnashning "Keksa Kamol", Tatariston Izzatning "Uchqunlar", "Oqimlar", shuningdek, U.Shekspir, F.Shiller, P.Bomarshe, N.Gogol pyesalari qoʻyildi. 50—60 yillarda rej.larning yangi avlodi (M.Salimjonov, P.Isanbet, R.Tumashev, M. Mustafin) teatr sohasida ish boshladi. Boshqa xalqlarning, shu jumladan, Oʻzbekistonning teatr jamoalari bilan ijodiy aloqalar kengaydi, gastrol safarlari uyushtirildi: G.Kamol nomidagi Tatariston akademik drama teatri Toshkentga bir necha bor kelib, oʻz spektakllarini namoyish etdi. O'z navbatida O'zbekiston davlat ansanbllari ham Qozon shahriga gastrol safarlarini uyushtiradilar. Qozonda yosh tomoshabinlar teatri, Tatariston drama va komediya teatri, qoʻgʻirchoq teatri, Tatariston sayyor drama teatri ishlaydi. Teatr sanʼatining tanikli arboblari: X.G. Abjalilov, F.Xalitov, Sh.Biktimirov, V.Pavlova, G.Shamukov va boshqalar. Manbalar Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublikalar Tatariston
15,415
2310
https://uz.wikipedia.org/wiki/Payg%CA%BBambar
Paygʻambar
Paygʻambar (forschadan — xabar keltiruvchi, xabar yetkazuvchi) —xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni biladigan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning taqdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambarlar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta — Jabroildir. Baʼzida Alloh Paygʻambarga bevosita vahiy yuborishi, u bilan gaplashishi ham mumkin. Paygʻambarlarning adadi Qurʼon, hadis va tarixiy kitoblarda qatʼiy koʻrsatilmagan. Baʼzi manbalarda ular 124 mingta deyilgan. Qurʼonda Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad kabi Paygʻambarlarning nomi zikr etilgan. Aksariyat Paygʻambarlarning nomi Tavrot va Injilda ham qayd etilgan. Paygʻambarlarning birinchisi Odam (as), oxirgisi Muhammad (s.a.v) sanaladi. Paygʻambarlar har qanday gunohlardan pok hisoblanadilar. Qur’onda Muhammad ismi 4 marta, Muso ismi 136 marta, Iso ismi 25 marta, Nuh ismi 43 marta nozil etilgan. Qur’onda nomi zikr etilgan paygʻambarlar: 1.1 Odam آدم 1.2 Idris (Enoch) ادريس 1.3 Nuh (Noah) نوح 1.4 Hud (Heber) هود 1.5 Solih (Shelah) صالح 1.6 Ibrohim (Abraham) ابراهيم 1.7 Lut (Lot) لوط 1.8 Ismoil (Ishmael) اسماعيل 1.9 Is’hoq (Isaac) اسحاق 1.10 Yaʼqub (Jacob) يعقوب 1.11 Yusuf (Joseph) يوسف 1.12 Ayyub (Job) أيوب 1.13 Shuayb (Jethro) شعيب 1.14 Muso (Moses) موسى 1.15 Horun (Aaron) هارون 1.16 Zulkifl (possibly Ezekiel) ذو الكفل 1.17 Dovud (David) داود 1.18 Sulaymon (Solomon) سليمان 1.19 Ilyos (Elijah) إلياس 1.20 Alyasa (Elisha) اليسع 1.21 Yunus (Jonah) يونس 1.22 Zakariyo (Zacharias) زكريا 1.23 Yahyo (John the Baptist) يحيى 1.24 Iso (Jesus) عيسى 1.25 Muhammad محمد Manbalar Adabiyotlar Paygʻambarlar qissasi, Toshkent, 1993 Hazrati paygʻambar hayoti, Toshkent, 1997-yil. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Islom Din
2,095
2313
https://uz.wikipedia.org/wiki/Katoviste
Katoviste
Katowice (talaffuzi: ) — Polshadagi shahar. Mamlakatning janubida joylashgan bu shahar tarixiy boʻlib, Kłodnica va Rawa daryolari boʻyida joylashagan. 1865 yilida shahar maqomini olgan. 1954 va 1956 yillar orasida Katowice Stalinogród - "Stalin shahri deb yuritilardi". Bu nom polsha communistlari tomonidan berilgandi. Shaharda 315,123 aholi yashaydi. Shahar xokimi Piotr Uszok. Koʻp yillar davomida nemislar tomonidan boshqarilgan boʻlib 1918 yilgacha Olmoniya ichida boʻlgan. Bu yerda Airport Muchowiec deb nomlanadigan havo bandargoxi bor. Eski binolari ko'mir qazish va metallurgiya markazi boʻlgan. Rayonlaris Katowice lik taniqli odamlar Hans Bellmer, surrealist photographer Henryk M. Broder, journalist Maria Goeppert-Mayer Kurt Goldstein, neurologist Jerzy Kukuczka Kazimierz Kutz Franz Leopold Neumann Hans Sachs Ekizak Shaharlari Cologne (Germany) Groningen (Netherlands) Miskolc (Hungary) Mobile, Alabama (USA) Odense (Denmark) Ostrava (Czech Republic) Saint-Etienne (France) Tashqi web sahifalar The Municipal Council of Katowice The Commercial Website of Katowice Katowice, Silesia A webcam view of Katowice Hotel in Katowice Tram in Katowice Polshadagi shaharlar
1,220
2325
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20tarixi
Oʻzbekiston tarixi
Oʻzbekiston tarixi ilk paleolit davridan boshlanadi. Paleolit, mezolit va neolit davrlari Fargona vodiysida Selungur gʻorining muhim topilmasi bu qadimgi odam „Gomo erektus“ (Fargʻonatrop)ning bosh kosaxonasi parchasi, Markaziy Osiyo qadimgi odamining suyak qoldiqlari xisoblanadi. Oʻzbekistonda yuqori paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi. Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻori, Qoʻtirbuloq makoni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻori, Koʻlbuloq makoni, Xoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan. Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Sarmishsoy — Oʻzbekiston hududidagi eng koʻp va beqiyos qoya tosh rasmlarini saqlab qolgan vodiydir. Bu yerda 6-7 ming yil avval qoyatoshlarga bitilgan 10 mingdan ortiq petrogliflar topilgan. Tasvirlar oʻzida ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi davr voqea-hodisalarini qamrab olgan. Bular odamlarning ish jarayoni, turli marosimlar, ov manzaralari, qurol-aslahalar, oʻsha davrlarda foydalanilgan kiyim-kechak va taqinchoqlar, kiyik, qulon, jayron, sher, arslon, qoplon va itlarning xatti-harakatlari orqali mohirona aks ettirilgan. Oʻrta Osiyoning janubiy hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shimolda yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy qoldiqlari dastlab qadimgi Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan. Oʻzbekistoning tosh davri tarixi bilan arxeolog olimlar shugʻullangan (P.Okladnikov, David Lev, T.Mirsoatov, M.Qosimov, Oʻtkir Islomov, A. P. Derevyanko, K. A. Kolobova, V. Ranov, Mavlon Juraqulov, K.Kraxmal, B.Sayfullaev, N.Xolmatov). Eneolit va bronza davri Baqtriya-Margʻiyona madaniyati miloddan avvalgi XXIII-XVIII asrlarda janubiy Oʻzbekiston, Sharqiy Turkmaniston, Afgʻoniston shimolida mavjud boʻlgan bronza davri sivilizatsiyalaridan biridir. Bunday sivilizatsiyaning mavjudligi haqidagi fikr 1976-yilda arxeolog V. I. Sarianidi tomonidan eʼlon qilingan. Baqtriya-Margʻiyona madaniyati bizning davrimizda hind-yevropaliklar kelguniga qadar mahalliy madaniyat sifatida qaraladi. Bu madaniyat boʻyoqsiz kulolchilik buyumlari, ikki qavatli kulolchilik ustaxonalari, mis va bronza quyma buyumlar (pichoq, xanjar), aravachalarning loydan yasalgan modellari, tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari bilan ajralib turadi. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik sanoati shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligini koʻrsatadi. Markaziy Osiyoning bronza davri tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Viktor Sarianidi, Vadim Masson, Sergey Tolstov, Y.Zadneprovskiy, A.Isakov, M.Itina, Boris Litvinskiy, Ahmadali Asqarov, Аnatoliy Sagdullaev, Temur Shirinov). Qadimgi Baqtriya Baqtriya — Amudaryoni yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlari hamda Afgʻonistonning shimoliy qismini oʻz ichiga olgan. Shimolda Sugʻd, janubda va janubi-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Margʻiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. Baqtriya miloddan avvalgi VI—IV asrlarda Ahamoniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi III asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi II asrda toharlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan. Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-Uillyams, Boris Litvinskiy, Аnatoliy Sagdullaev, Shaul Shaked. Qadimgi Xorazm Xorazm Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimgi davlat va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri). Miloddan avvalgi VIII asrda janubdan kelgan xorazmiylar Amudaryoning quyi oqimidagi mahalliy aholi bilan aralashgan. Milet Gekatiyning yozishicha, Xorazm nomi Ahamoniylargacha boʻlgan davrda tilga olingan . S. Tolstovaning soʻzlariga koʻra, Orol dengizi aholisi haqida oʻzlarining oʻtmishini janubiy hududlar bilan bogʻlaydigan afsonalar boʻlgan va ehtimol bu qadimgi Mitanni tarixi bilan bogʻliq. Miloddan avalgi I ming yillik oʻrtalarida koʻchib kelganlar va mahalliy massaget qabilalari bilan aralashib, ularga oʻz nomlarini berganlar. Mil. av. V asr oxiri esa, Xorazm alohida satraplik hisoblangan va miloddan avvalgi IV asr boshlarida mustaqillikka erishgan. III asrda tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibida boʻlgan. Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baqtriyadan janubda Areyadan sharqda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farqli oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, baqtriyaliklardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sugʻorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari — dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan. Mil. av. IV asrning 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Miloddan avalgi 328-yil bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼaada boʻlgan. Keyinchalik (305-yildan) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi(beti)da tojdor hukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. I asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar milodiy VIII asrgacha zarb etilgan. Xorazm davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qadimgi davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi. Beruniy viloyatida Akchaxon-Qalʻa yodgorligi oʻrganilib, u yerda III asrning oxiridan boshlab saroy ochilgan. Rasmlarning kʻopchiligi miloddan avvalgi II-II asrning boshlarigan oiddir. Uning zallaridan birida balandligi olti metrga teng boʻlgan odamlar tasvirlangan noyob devor rasmlari topildi. Ulardan biri — boshida katta toj kiygan odamning tasviri. Koʻylakning yoqasi odamlar va hayvonlar manzaralari bilan bezatilgan. U koʻylak kiygan, uni xoʻroz boshlari maskali odamlarning rasmlari bilan bezatilgan. Shimlarda uzun oyoqli va uzun boʻyinli qushlar bilan takrorlanadigan naqsh mavjud. Qadimgi Xorazm tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey Tolstov, Yahyo Gʻulomov, Yuriy Rapoport, Bella Vaynberg, Vadim Yagodin, Iso Jabborov, M.Mambetulaev, M.Kdrniyazov). Makedoniyalik Iskandarning Oʻrta Osiyoga yurishi Makedoniyalik Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl etilgan. Soʻng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Aleksandr Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon koʻtarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan (qarang Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha taʼqib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329-328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi. Miloddan avvalgi 328 yilda Iskandar oʻzining sarkardasi va doʻstlaridan biri Klitni Samarqandda tungi ziyofat vaqtida oʻldirgan. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328-327 yil boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan qal’alardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang Soʻgʻd qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr soʻgʻdlik Oropiyni Soʻgʻdiyona hokimi etib tayinlab, oʻzi Hindistonga yurish qiladi. Makedoniyalik Iskandar tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Anatoliy Sagdullaev). Salavkiylar davlati Salavkiylar davlati, mil.av. 312 — 64-yil Gʻarbiy Osiyoda ellinlik (yunon-makedon) davlatlarining bittasi. Poydevorini Selevk I Nikator qoʻygan. Poytaxti — Selevkiya, keyinchalik Antioxiya boʻldi. Selevkiylar sulolasini davlatining tarkibiga Suriya, Mesopatamiya, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron togʻli oʻlkasi, Markaziy Osiyoning bir qismi kirdi. Selevkning merosxoʻri Antioxning onasi Soʻgʻd malikasi Apama edi. Selevk va Apama miloddan avvalgi 324 yilda Suzada turmush qurishgan. Baʼzi taxminlarga qaraganda Apama Spitamenning qizi boʻlgan. Yunon-Baqtriya podsholigi Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 250 yil — mil. av. 140—135 yillar). Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Miloddan avalgi 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu. Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy Gʻarbiy Hindiston ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shimoliy Afgʻonistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylatlgan. Yunon-Baqtriya podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog va manbashunos olimlar shugʻullangan (Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Shokir Pidaev, Boris Staviskiy, Boris Litvinskiy, Аnatoliy Sagdullaev). Kangyuy Qangʻ davlati, qadimgi xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi. K.Shoniyozovning fikricha, Q.d. sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Q.d.ning jan. hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. K. Shoniyozovning yozishicha, kangyuylar koʻchmanchi turkiyzabon qabilalar bilan birlashib, Soʻgʻd va Oʻrta Sirdaryoning oʻtirgan aholisining dastlabki turkiyzabon qatlamini tashkil etgan. Qadimgi Qangʻ tarixi bilan tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Sergey Tolstov, Yahyo Gʻulomov, Karim Shoniyozov, Yuriy Buryakov, Iso Jabborov, M.Filanovich, G.Bogomolov). Kushonlar davlati Kushon podsholigi — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi kadimgi davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yoxud oʻrtalarida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuyechji) miloddan avvalgi 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida bir asr davomida 5 qabilaga boʻlinib yashagan. Boʻlardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan. Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qadimgi Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, ikki asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi. Kanishka I davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoʻshtiylik va boshqa dinlar ham oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi. Kushon podsholigi tarixi bilan mashhur arxeolog olimlar shugʻullangan (Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Edvard Rtveladze, Lazar Albaum, Shokir Pidaev, Baxodir Turgʻunov, T.Annaev, Boris Staviskiy, Nikolas Sims-Uillyams). Eftaliylar davlati Eftaliylar (eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, yeda) — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asr — VI asrlarda davlat barpo etgan qabila ittifoqi. Kanadalik sinolog Edvin Pulliblank eftalitlarni, Eroniyzabon xalqlar taʼsirida boʻlgan turkiy qabilalar deb hisoblagan. Eftaliylar xioniylar (350 yil) va kidariylardan (380 yil) keyin Oʻrta Osiyoga koʻchishning uchinchi toʻlqinini tashkil etganligi odatda qabul qilingan. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, buning oʻrniga milodiy 350-360 yillarda koʻchmanchilar koʻchib oʻtishning katta toʻlqini boʻlishi mumkin. 5 asrda Eftaliylar Soʻgʻdiyona hududini bosib oldilar. 479 yillarda eftaliylar Samarqand viloyatini egallab olishgan. 484 yildayoq taniqli efalit hukmdori Axshunvar sosoniylar podshosi Peroz I ni magʻlubiyatga uchratdi. Turk xoqonligi Turk xoqonligi Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan. Oʻz davrida „Oʻn Oʻq xoqonligi“ deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan. Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi. Birinchi turkiy shoir, yozuvchi va tarixchi Yoʻllugʻ tegin (7-asr oxiri — 8-asr boshlari) boʻlib, u Kul-tegin, Bilga-xoqon va Qutlugʻ Eltaris-xoqonlar sharafiga bitiklar muallifi boʻlgan. Yozuvlarda turklarning madaniy darajasi, ularning adabiyoti, tarixiy bilimlari aks etgan. VII-VIII asrlarda manbalarda Oʻzbekiston hududidagi bir qator turkiyzabon qabilalar: turklar, kumidjiya, qarluqlar, xalajlar, argu, turkashlar nomlari qayd etilgan. VII-VIII asrlarga oid turkiy ismlar va unvonlar Baqtriya hujjatlarida uchraydi: xoqon, tapaglig eltabir, tarxon, tudun, Kutlug Tapaglig Bilga savuk, Kera-tongi, Tongaspar, turkiy etnik ismlar: xalach, turk VIII asr oʻrtalarida Buxoro vohasining turkiy hukmdorlari bir qator turkiy-Soʻgʻd tangalarini zarb qilganlar, ularga „Xoqon pullari“ yozuvi tushirilgan. Oʻrta Osiyo vohalari turklari oʻzlarining tanga pullarini chiqarganlar: turk, turkesh, tuxus turk-soʻgʻd tangalari. Soʻgʻd hududida 8 asr boshidagi xujjatlar orasida turkiy tilda runik alifbosida yozilgan hujjat topilgan. Fargʻona vodiysi hududida qadimgi turkiy tilda 20 dan ortiq runik yozuvlar topilgan. Bu VII-VIII asrlarda mahalliy turkiy aholi oʻzlarining yozma anʼanalariga ega boʻlganligidan dalolat beradi. Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov). Soʻgʻd Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud — Oʻrta Osiyodagi qadimgi tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor muqaddas miloddan avvalgi 7-6 asrlarda qadimgi „Avesto“da tilga olingan. 4-8-asrlarda soʻgʻdlar Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari savdosida asosiy vositachi boʻlganlar va butun Buyuk ipak yoʻli boʻylab muntazam xalqaro karvon savdosini tashkil etganlar. Soʻgʻd bu davrlarda kichik davlatlar konfederatsiyasi va erkin shaharlar hamdoʻstligidan iborat boʻlgan va ular orasida Samarqand, Maymurgʻ, Kesh, Naxshab, Ishtixon, Kushaniya, Buxoro ajralib turgan. Xitoygacha boʻlgan butun yoʻl boʻylab, janubdagi Xotan va Sharqiy Turkiston orqali Lob Nor va Yettisuv shimoligacha soʻgʻd mulkiy hududlari tarkib topgan va ular 9-asrgacha mavjud boʻlgan. Soʻgʻdlarning Turkiston va Xitoydagi eng yirik mulklari ularning alohida jamoalar boʻlib yashagan Kucha, Chanan, Lanchjou, Dunxuan, Loyan kabi shaharlarda mavjud boʻlgan. Soʻgʻd tarixi va madaniyati bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Larisa Baratova, Sh. Kamoliddinov, Vladimir Livshits, Boris Marshak, Olga Smirnova, Valentina Raspopova, Lazar Albaum, Aleksandr Belenitskiy, T.Lebedeva, Galina Shishkina, Amriddin Berdimurodov, H.Oxunboboyev, Pavel Lurie). Arablar tomonidan Movarounnaxrni fatx etilishi Qutayba arablarning boxiliylar qabilasidan boʻlib, Arab xalifaligining dunyoni fath qilish qilish uchun yoʻllagan mujohidlar qatorida ishtirok etgan. 704-yilda Xuroson noibi etib tayinlangan. U arablarning Oʻrta Osiyoga islomni yoyish maqsadida qilingan gʻazotlarining bosh tashkilotchisi boʻlib, ushbu harakatlarga boshchilik qilgan. Oʻzidan avvalgi noiblardan farqli oʻlaroq, Movaraunnahrni zabt etishda misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan. 708-yilda Kesh, 709-yilda Buxoro, 712-yilda Xorazm va Samarqand, 713-yilda esa Shosh (Toshkent) egallangan. 714-yilda Qutayba qoʻshinlari Fargʻona vodiysini fath qilgan. Somoniylar davlati Somoniylar davlati (875-999) — Movarounnahr va Xurosondagi oʻrta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni boshqargan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bogʻliq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni oʻz ichiga olgan. Somoniylar davlatining eng mashhur hukmdori Ismoil Somoniy boʻlgan. U butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy 907 yilgacha hukmronlik qildi. Somoniylar davri tarixi va madaniyati bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Mixail Masson, Galina Pugachenkova,E.Bertels, Ubaydulla Karimov, Muzaffar Xayrullayev, Shamsiddin Kamoliddinov). Qoraxoniylar davlati Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati (840-1212) — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bagʻrida tashkil topgan turkiy davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qd.ning barpo etilishida turkiy qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan. Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi. Mahmud Qoshgariy Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072-74) yaratdi va turkshunoslik ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi. Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, 11 — 12-asrda oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan. Yusuf Xos Hojib (11 asr) Qoraxoniylar davrining mashhur turkiy shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi boʻlgan. 1069-70 yillarda yozib tugallangan „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatidagi turkiy adabiyot namunasidir. Qoraxoniylar davlati va madaniyati tarixi bilan qator olimlar shugʻullangan va koʻplab kitob va maqolalar eʼlon qilishgan. Qoraxoniyalarning siyosiy tarixiga oid V.Bartold, Boris Kochnev, Elena Davidovich, Fedorovlar yirik tadqiqotlat olib borishdi. Qoraxoniylar davri madaniyati va arxeologiyasiga oid Aleksandr Bernshtam, M.Masson, G.Pugachenkova, Oleg Bolshakov, Solih Mutallibov, L.Rempel, Nina Nemtseva, Karl Baypakov, Yuriy Buryakov, A.Anorboev, Sh. Kamoliddinov, Y.Karevlar chuqur tadqiqotlar olib borisgan. Oʻzbek etnonimi Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan. XII asr arab tarixchisi Usama ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115—1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi . Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Ildegizidlar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210—1225) boʻlgan 1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jaloliddin qoʻshinlarining etakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi. Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek Xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek Xon davridan ancha oldin 1289-yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining reydini eslatib oʻtadi. 1360-yillarda, Dasht-i-Qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. 1360-yillarda „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dasht-i-Qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Buyk shoir Alisher Navoiy (1441—1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan. Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali, Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas. Mazmuni: Shoh toj va xilʼatli men tomosha qilamanmi, menga boshiga qalpoq (doʻppi), egniga yaktak kiygan oʻzbegimning oʻzi boʻlsa bas. Xorazmshoxlar davlati Khorazmsholar davlati tarixi bilan ozarbayjonlik akademik olim Ziyo Buniyotov (1921-1997) shugʻullangan va katta monografiya nashr qilgan. 1077-yilda Malikshoh Anushtegin Garchoini Xorazmga noib etib tayinlaydi va Xorazmda Anushteginiylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Anushteginlar turkiylar sulolasidan boʻlib, oʻsha paytda, Osiyoda hukmronlik qilgan uch buyuk sulola: Anushteginlar, Saljuqiylar va Gʻaznaviylar bir negizdan kelib chiqqan. Qutbiddin Muhammad (1097-1127 yy.) „Xorazmshoh“ unvonini tiklab, shu nom bilan ulugʻlansa ham Saljuqiylarning sadoqatli noibi boʻlib qoldi. Qayta tiklangan xoramshoh mansabiga sazovor boʻlgan Anushtegin nabirasi Otsiz Xorazm mustaqilligi yoʻlida astoydil harakat qilgan. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 yy.) saljuq sultoni Sanjarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. U mugʻombir diplomat va qatʼiy sarkarda boʻlib, mustaqil tashqi siyosat yuritadi. Chunonchi, u oʻz hukmdori Sanjarning ruxsatisiz qipchoqlar va turkmanlarga qarshi urush boshlaydi. 1156-yili Otsiz vafot etadi va uning oʻgʻli Elarslon (1156-1172 yy.) xorazmiylar davlatini mustahkamlashni davom ettirib, Dixistonni tevarak-atrofdagi yerlarga qoʻshib oladi. 1195-yili Tekesh abbosiy xalifa qoʻshinini tor-mor qilib, Iroqga bostirib kiradi. Oʻz mamlakati hududlarini ikki karra kengaytirgan va qudratli davlat barpo etgan xorazmshoh Tekeshni Xorazmning eng isteʼdodli hukmdori deb eʼtirof etish mumkin. Uning siyosati kamchiliklaridan biri qipchoq harbiy aristokratiyasiga koʻrsatilgan homiylik boʻlgan. Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar (1077-1231-yillar): 1. Anushtegin Garchoi 1077-1097 yy. 2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y. 3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy. 4. Otsiz 1127-1156 yy. 5. Elarslon 1156-1172 yy. 6. Sultonshoh Mahmud 1172-y. 7. Takash 1172-1200 yy. 8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy. 9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy. Moʻgʻullar istilosi Moʻgʻullar istilosi Chingizxon boshchiligida moʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-asr oxiriga qadar davom etgan. 1219-1221-yillarda Oʻrta Osiyo xalqlari boʻysundirildi. Samarqand, Urganch, Termiz va boshqa shaharlar vayron qilindi. 1222-yilda xorazmshohlar davlati yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi. Amir Temur va Temuriylar davlati 1370-yilda Amir Temur markazi Samarqand shahrida boʻlgan mustaqil davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U Oltin Oʻrda, Hindiston, Turkiyaga bir necha muvaffaqiyatli yurishlar qiladi. Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan.da Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan. Amir Temur davri tarixi bilan mashhur adabiyotchi, tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Aleksandr Yakubovskiy, Mixail Masson, Galina Pugachenkova, E.Bertels, L.Rempel, Muzaffar Xayrullayev, Utkir Alimov, Asom Oʻrinboyev, Sabohat Azimjonova, Turgʻun Fayziev, Ubaydulla Uvatov, Omonulla Boʻriev). Oʻzbek xonliklari Buxoro xonligi 1500-yilda Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi oʻrnatiladi. 1533-yilda davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga koʻchirilgandan soʻng mamlakat Buxoro xonligi nomi bilan mashhur boʻladi. Xonlik tasarrufiga dastlab Movarounnahr, Janubiy Turkiston, Fargʻona va qisqa muddat Xorazm hududlari kiradi (Xorazmda 1511-yilda Xorazm Shayboniylari hukmronligi oʻrnatiladi). Shayboniy hukmdorlarning eng yirik namoyondalari Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II boʻlgan. Shayboniy oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlangan) bizgacha yetib kelgan. Abdullaxon II tarixga oʻzidan ulkan iz qoldirishga erishdi: oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Uning davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan. Shayboniylar zamonida Buxoro xonligining Hindiston (Boburiylar), Turkiya (Usmonlilar), Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan va hattoki, Eron Safaviylariga qarshi, Usmonlilar bilan harbiy ittifoq oʻrnatilgan. 1599-yildan Buxoro xonligi boshqaruvi Shayboniylardan Ashtarxoniylar (Joniylar) qoʻliga oʻtadi. Ashtarxoniylarning eng yirik namoyondasi Imomqulixon boʻlgan. Joniylar davrining mahshur oʻzbek shoirlari orasida Soʻfi Olloyor(1644-1724), Mashrab, Turdilarni tilga olish mumkin. 1756-yildan Buxoro xonligi boshqaruvi toʻlaligicha Mangʻitlar sulolasining birinchi vakili boʻlgan va xon deb eʼlon qilingan Muhammad Rahimning qoʻliga oʻtadi. Muhammad Rahimxon oʻlimidan soʻng uning amakisi Doniyolbiy xon unvonini qaʼbul qilmaydi va soxta xonlarni taxtga koʻtarib davlatni ularning nomidan otaliq unvonida boshqaradi. Ushbu holat Shohmurodning amir deb eʼlon qilingani qadar davom etadi. Buxoro xonligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Roza Mukminova, Mahkam Abduraimov, Boʻriboy Ahmedov, A.Semenov, P. P. Ivanov) Buxoro amirligi 1785—1920-yillar oraligʻida davlat nomi Buxoro amirligi deb yuritilsada, yevropaliklar tomonidan, anʼanaviy ravishda, Buxoro xonligi deb ham atalishda davom etadi. 1785-yilda Shohmurod davlatni boshqarishda amir unvonini qaʼbul qiladi. U xalq orasida amiri maʼsum, yaʼni begunoh amir nomi bilan mashhur boʻladi. Amir Shohmuroddan keyin davlatni boshqargan taniqli amirlar: Haydar va Nasrullaxonlardir. 1863-yilda Buxoro va Samarqandga vengrialik sharqshunos Arminiy Vamberi tashrif buyrgan va oz xotiralarini nashr qilgan. Amir Muzaffar hukmronligi davrida, aniqrogʻi 1868-yilda amirlikning shimolidagi hududlar, xususan Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari Rossiya imperyasi tomonidan egallab olinadi. 1873-yilda esa Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi ustidan oʻz protektoratini oʻrnatadi. U Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga urinadi. Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan amirlar Abdulahadxon va Olimxonlar davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda Mangʻitlar sulolasiga barham topadi va Buxoro amirligi tugatiladi. Buxoro amirligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (Vasiliy Bartold, Vasiliy Vyatkin, Mahkam Abduraimov,L.Rempel, P. P. Ivanov, A.Semenov, Naim Norqulov, Xalim Turaev) Xiva xonligi 1511-yildan boshlab Xorazmda Arabshoxiylar (Xorazm Shayboniylari) hukmronligi oʻrnatiladi. Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Ushbu sulolaning eng yirik vakili Abulgʻoziy Bahodirxon boʻlgan. Uning davrida markaziy hokimiyat mustahkamlandi va Xivaga mutlaq poytaxt maqomi berildi. Shundan keyin mamlakat yozma manbalarda Xiva xonligi nomi bilan zikr etiladi, ammo rasmiy hujjat va zarb qilingan tangalarda Xorazm nomi yoziladi. 1740-yilda Eron shoxi Nodirshox Xorazmga bostitrib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1763-yildan boshlab Xorazm boshqaruvi oʻzbek Qoʻngʻirotlar sulolasi qoʻliga oʻtadi. Sulolaning ilk vakillari Muhammad Aminbiy va Avaz soxta xonlarni taxtga koʻtarib, ular nomidan davlatni inoq unvonida boshqarishadi. Faqatgina Eltuzar hukmronligi davridan boshlab sulola vakillari xon unvonini qabul qilishni boshlashadi. Qoʻgʻirotlarning alohida vakillari xorazmshox unvonini ham qaʼbul qilishgan. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. Muhammad Rahimxon II xonlikning soʻnggi mustaqil hukmdori hisoblanadi. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniny jihatdan oʻsishi koʻzga tashlansada, aynan shu davrda, yaʼni 1873-yilda xonlik hududining bir qismidan ayrildi va Rossiya imperiyasi protektoratiga aylandi. Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan xonlar Muhammad Rahimxon II va Asfandiyorxon davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda oʻzbek Qoʻngirotlar sulolasi barham topadi va Xiva xonligi tugatiladi. Qoʻqon xonligi Xonlikka 1709-yil oʻzbeklarning ming urugʻiga mansub Shohruxbiy tomonidan asos solingan deb hisoblanadi. U rivoyatlarga koʻra kelib chiqishi Bobur avlodi Oltin beshikka borib taqaladi. Uning avlodlaridan biri Abduraim Diqantoʻda qishlogʻiga koʻchib oʻtdi va taxminan 1732-yil Qoʻqon shahriga asos soldi. Shahar avvaliga Eskiqoʻrgʻon, keyinchalik Qalʼai Raimboy deb nomlangan. Abduraim Buxorodagi ichki nizolardan foydalanib, u yerga hujum uyushtiradi, Samarqandga qarovchi baʼzi qishloqlarni, Kattaqoʻrgʻonni egallab, Shahrisabzgacha boradi, lekin, u yerning hokimi bilan sulh tuzadi va hokimning jiyaniga uylanib Xoʻjandga qaytadi, oxir-oqibatda taxm 1740-yilda oʻz qoʻl ostidagilardan biri tomonidan oʻldiriladi. Bundan tashqari fors shohi Nodirshox 1740-yil Buxoroni boʻysundirib, qoʻqonliklarni Samarqanddan quvib yuboradi. Abduraimning ukasi Abdukarimbiy endigina Qoʻqon deb atala boshlagan (1740) Eskiqoʻrgʻonga koʻchib oʻtadi (Aslida esa, „Qoʻqon shahri“ atamasi anchagina qadimiy boʻlib, u haqda 10-asrda arab sayyohlari Istaxriy va Ibn Havqal Axsi shaharchasi va Shosh daryosi (Sirdaryo) yaqinida joylashgani haqida yozishgan, yaʼni bu joy hozirgi Qoʻqonning oʻrnidadir. Demak, shaharga „asos solganlar“ unda shunchaki oʻrda (saroy) qurishgan va qalʼa devorlari bilan oʻrab olishgan, degan taxminlar ham yoʻq emas). Abdulkarim va Norboʻtabiy zamonlarida xonlik hududi kengaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, 1774-1798-yillar oraligʻida Abdulkarim ham, Norboʻtabiy ham Xitoyga boj toʻlab turganlar. Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimxon togʻda yashovchi tojik qavmlarining koʻmagi bilan Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismini oʻziga boʻysundirdi, Xoʻjand (hozirgi Leninobod), Toshkent shular jumlasidandir. 1809-yil u oʻz ukasi Umarxon tomonidan oʻldiriladi. 1821-yil Umarxonning 12 yoshli oʻgʻli Muhammadali (Madalixon) taxtga oʻtiradi. Uning hukmronlik davrida xonlikning hududi anchagina kengaydi. Xonlik oʻziga shimoliy Qirgʻiziston va janubiy Qozogʻiston hududlarini qoʻshib oldi. Bu yerlarni boshqarish uchun 1825-yil Pishpak va Toʻqmoq qalʼalari barpo etildi. Quqon xonligini eng mashhur oʻzbek shoirasi Nodira (1792 — 1842) boʻlgan. „Komila“ va „Maknuna“ taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — oʻzbeklarning ming qabilasidan boʻlgan. 1842-yil Buxoro amirligi hukmdori Nasrullaxon Qoʻqon xonligini qoʻlga kiritdi. Shu yillarda Madalixonning jiyani Sheralixon isyon koʻtaradi, bu isyon keyinchalik fuqarolar urushiga va etnik nizolarga sabab boʻladi. 1845-1858-yillarda (va yana 1865-yil) taxtga Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorxon oʻtiradi. 1855-yildan boshlab mahalliy hokimlarning oʻzboshimchaligi va zulmlaridan charchagan qirgʻiz va qozoq qavmlari ruslar tarafga ogʻa boshlaydilar. Oqibatda xonlikning Rossiya harbiylari bilan bir necha marta qurolli toʻqnashuvlari yuzaga keladi. 1866-yil Rusiya imperiyasi Toshkentni, keyingi yil Xoʻjandni egallaydi. Bu vaqtda Toshkent begi Yoqubbek Xitoy tazyiqidan vaqtincha ozod boʻlgan Qashqarga qochib ketadi. 1868-yilgi Rusiya bilan savdo kelishuvlari Qoʻqon xonligini iqtisodiy jihatdan Rusiya iqtisodiga qaram qilib qoʻyadi. 1873-1876-yillarda Xudoyorxonning ichki siyosatidan norozi boʻlgan xalq gʻalayon koʻtaradi. Qoʻzgʻolonni oʻzini taxt vorisi deb eʼlon qilgan Poʻlatxon boshqaradi. Isyonchilar avvaliga Rusiyadan yordam kutishadi, ammo Rusiya ularga yordam qoʻlini choʻzishdan bosh tortadi. Bundan ranjigan Poʻlatxon 1875-yil taxtni egallagach, Rusiyaga qarshi siyosat yuritadi, Natijada 1876-yil martida Rusiya imperiyasining generallari Kaufman va Skobelev ham harbiy kuch tashlab, qonuniy xonni himoya qilish bahonasida Qoʻqonni qamal qilishadi. Poʻlatxon tutib, qatl qilinadi, Qoʻqon xonligi tugatiladi. Sobiq Qoʻqon xonligining yerlari Rusiya Turkistonining Fargʻona viloyati tasarrufiga oʻtadi. Quqon xonligi tarixi bilan qator tarixchi olimlar shugʻullangan (V.Velyaminov-Zernov, V.Nalivkin, Vasiliy Bartold, Rashid Nabiyev, P. P. Ivanov, A.Semenov, Shodmon Vohidov, T.Beysembiev, B.Bobojonov, Scott Levi). Sovet hukumati Turkiston ASSR 1917-yil 7- dan 8-noyabrga oʻtar kechasi Petrogradda Oktabr inqilobi nomi bilan tarixga kirgan qoʻzgʻolon uyushtirildi. Shu kech poytaxti Moskva shahri boʻlgan Rossiya Sovet Sotsialistik Federativ Respublikasi (RSFSR) tuzildi. Turkiston General Gubernatorligi oʻrnida RSFSR tarkibidagi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston Muxtoriyati) tuzildi. Sobiq Rusiya imperiyasi protektoratlari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligi vaqtincha mustaqil boʻlib qoldilar. 1920-yil 26-avgustda Turkiston muxtoriyatining Sirdaryo va Yettisuv qismlarida RSFSR qaramogʻidagi Qirgʻiziston ASSR (Qirgʻiziston Muxtoriyati) tashkil qilindi. Buxoro va Xorazm XSR 1923-yil SSJI tarkibiga Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari qoʻshildilar (SSR sifatida). 1924-yil sentabrida Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari sotsialistik respublikalarga aylantirildi, lekin bir oy oʻtib, Oʻzbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari tashkil etilishi munosabati bilan chegaraviy boʻlinishlarga uchrab, viloyat maqomini oldilar. Oʻzbekiston SSSR tarkibida 1923-yildan 1929-yilgacha guberniyalar oʻrnida oʻlkalar va viloyatlar (SSJI davrida yozilgan barcha oʻzbek tilidagi rasmiy hujjatlarda „viloyat“ soʻzi „oblast“ tarzida, „tuman“ soʻzi „rayon“ tarzida uchraydi), volostlar va uyezdlar oʻrniga tumanlar tashkil qilindi. Boshqaruv ishini yengillashtirish maqsadida viloyatlar muntazam ravishda boʻlinib borildi. Oʻrta Osiyodagi respublikalar ham milliy yoki diniy qarashlardan kelib chiqib boʻlindi. 1924-yil 14-oktabrda Buxoro SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi va Qirg'iziston ASSR tarkibidan Qora-Qirg'iz avtonom oblasti ajratildi. 1924-yil 27-oktabrda rasman Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzildi. Oʻzbekiston SSR tarkibiga Buxoro SSR (Tojikiston ASSR bilan birga) va boʻlib yuborilgan Xorazm SSRning uchdan bir qism hududi qoʻshildi, qolgan qismlardan biriga Qirgʻiziston ASSR tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston AO tuzildi, qolgan uchinchi qism hududda Turkmaniston SSR tashkil etildi. Shu tariqa Oʻzbekiston ittifoqdosh respublika maqomida SSJI tarkibiga qoʻshildi, Oʻzbekiston SSRning birinchi poytaxti 1924-yilda Samarqand shahri boʻldi. 1930-yilda poytaxt Toshkent shahriga koʻchirildi. 1926-yil 1 fevralda Qirgʻiziston ASSR Qozogʻiston ASSRga oʻzgartirildi va Qora-Qirgʻiz AO uning tarkibidan ajratib olinib, oʻrniga Qirgʻiziston ASSR tuzildi. 1929-yil 16 oktabrda Oʻzbekiston SSR tarkibidan Tojikiston ASSR ajratib olindi va oʻrniga Tojikiston SSR tuzildi. Tojikiston SSR 1929-yilning 5 dekabrida SSJI tarkibiga qoʻshildi. 1936-yilning 5 dekabrida Qirgʻiziston ASSR va Qozogʻiston ASSR rasman RSFSR tarkibidan ajratilib, Sovet Sotsialistik Jumhuriyatlar Ittifoqiga SSR sifatida qoʻshildi, Qoraqalpogʻiston AO esa, Avtonom SSR sifatida Oʻzbekiston SSR tarkibiga kirdi. SSSR tarkibida Oʻzbekiston hukumati boshliqlari Oʻzbekiston SSR tuzilgan sanadan boshlab, 1925-yil fevral oʻrtalarigacha rasman respublika boshligʻi Fayzulla Xo'jayev boʻlgan. (1896 — 15.03.1937). 1925-yil 17 fevraldan Yo'ldosh Oxunboboyev (01 (13).07.1885 — 28.02.1943) Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroqoʻmi Raisi (1938-yil 21 iyuldan Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi) etib tayinlandi va umrining oxirigacha mazkur lavozimda qoldi 1938-yilning 19-dan to 21-may sanasigacha Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi lavozimida vaqtinchalik Usmon Yusupovich Yusupov (01.03.1900 — 07.05.1966) boʻldi. 1943-yil 22 martdan 1947-yil 14-martgacha Prezidium Raisi Abduvali Mo'minov boʻldi. 1947-yil 17 martdan 1950-yil 21-avgustga qadar OʻzSSR Prezidiumi Raisi lavozimida Amin Ermatovich Niyozov (1903-1973) ish yuritdi. Oʻzbekiston Sharof Rashidov davrida 1950-yil 21-avgustdan OʻzSSR Raisligiga Sharof Rashidovich Rashidov (24.10 (06.11).1917 — 31.10.1983) tayinlandi va umrining oxirigacha oʻz lavozimida qoldi. Sharof Rashidov tomonidan mamlakat rahbarligi davrida Oʻzbekistonning yutuqlari: 1977-yilda Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi metro qurildi. 1967-yilda Markaziy Osiyoda eng yirik oltin koni topildi. Markaziy Osiyoda birinchi marta Samarqandda Arxeologiya institutiga asos solindi. Tarixda birinchi marta Mirzo Ulugʻbekka yodgorlik oʻrnatildi. Samarqandning tashkil topishi tarixi muzeyi tashkil etildi. 4 jildli Oʻzbekiston tarixi yozildi va nashr etildi. Sh. Rashidov vafotidan soʻng, Oʻzbekistonning koʻp jildli tarixi nashr etilmagan. Birinchi marta Alisher Navoiy haqida oʻn qismli videofilm suratga olindi. Mirzo Ulugʻbek haqida birinchi marta ikkita film suratga olindi. Abu Rayxon Biruniy, Ibn Sino, Hamza haqida filmlar suratga olingan. Markaziy Osiyoda birinchi marta 14 jildli milliy entsiklopediya nashr etildi. Oʻzbekiston 1983-1991-yillarda Ammo, shuni ham taʼkidlash joizki, rasman respublika boshliqlari 1959-yildan to 1970-yilgacha Yodgor Sodiqovna Nasriddinova (26.12.1920), 1970-78-yillarda Nazar Matkarimovich Matchonov (01.01.1923), 1978-83-yillarda Inomjon Buzrukovich Usmonxoʻjayev (21.05.1930) boʻlishgan. Rasmiy Moskva tomonidan uyushtirilgan, Gdlyan va Ivanovlar tomonidan olib borilgan „tozalash ishlari“ natijasida mamlakatning keyingi boshliqlari tez-tez almashtirib turildi. 21.12.1983 — 09.12.1986 Oqil Umrzoqovich Salimov (1928) 09.12.1986 — 09.04.1988 Rafiq Nishonovich Nishonov (15.01.1926) 09.04.1988 — 06.03.1989 Poʻlat Qirgʻizboyevich Habibullayev (14.10.1936) 06.03.1989 — 24.03.1990 Mirzaolim Ibragimovich Ibragimov (1928) 1990-yil 24 martda Oʻzbekiston SSR prezidenti lavozimiga tantanali ravishda Islom Abdugʻaniyevich Karimov keldi va oʻzbek xalqini yangi gʻoya — mustaqillik sari intilishga undadi. Mustaqil Oʻzbekiston 1991-yil SSSR boʻlinib ketishi oqibatida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi vujudga keldi. Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi. Turli islomiy radikallar jumhuriyat tepasiga chiqishga urinib koʻrishdi, ammo barcha harakatlari besamar ketdi, 1999-yil ushbu radikallar terroristik harakatlarni boshlashdi. Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti davrida mamlakat oʻz bayrogʻiga (1991), tamgʻasi (1992), konstitutsiyasiga (1992) ega boʻldi. Sovet tuzumi oʻrniga hokimlar va mahalla instituti bilan yangi maʼmuriy tizim yaratildi. 1996-yilda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. 2007-2011-yillarda „Temuriylar davri yozma yodgorliklarini Oʻzbekistonda va undan tashqarida oʻrganish“ fundamental tadqiqot loyihasi amalga oshirildi, uning doirasida Amir Temur va temuriylar davri qoʻlyozmalariga oid boshqa mamlakatlarda saqlangan materiallar va maʼlumotlar toʻplandi. Qatagʻon qurbonlarini xotirlash muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1 mayda qabul qilingan „Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisida“gi farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8 noyabrdagi 387-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. „Qatagʻon qurbonlari xotirasi“ muzeyining ahamiyatini inobatga olgan holda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5 maydagi farmoni bilan muzey ekspozitsiyasi yangilandi. Muzey 20-asrning 20-yillari boshidan 1930-yillarning oxirigacha qatagʻon qilinganlarning qatl etilishi sodir boʻlgan joyda joylashgan. 2020-yil 9 mayda Toshkentda Gʻalaba bogʻi ochilgan. Fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini nishonlash uchun bogʻ tashkil etish tashabbusi Prezident Sh. M.Mirziyoevga tegishli. Olmazor viloyatida joylashgan bogʻ 12 gektardan ziyod maydonni qamrab olgan. U ikkita tematik qismdan iborat — birinchisi, oʻzbeklarning janglarda qatnashishini, ikkinchisi — respublikaning front orqasidagi hayotini aks ettiradi. Zulfiya Zokirovaning, uning qahramon oʻgʻillari sharafiga „Mardlik sari“ yodgorligi yaratildi. Ushbu mavzuda „Ilhak“ badiiy filmi suratga olingan. Manbalar Oʻzbekiston Tarix
46,890
2340
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yahoo%21
Yahoo!
Yahoo! — Bir qator xizmatlar taklif etuvchi Amerika kompaniyasi, Yahoo! Directory internet-portal bilan biriktirilgan; Ushbu portal mashhur xizmat Yahoo! Mail Internetdagi mashhur elektron hatni oʻz ichiga oladi. Yaqinda hat interfeysining yangi versiyasi ishga tushirildi, u AJAX ga asoslangan. Yahoo! kompaniyasi 1994-yil yanvar oyida Stanford universiteti aspirantlari David Filo va Jerry Yang tomonidan asos solingan, 2-mart 1995-yil da korporatsiyaga aylandi. Kompaniya bosh ofisi Sunnyvale shahri, shtat Kaliforniya, AQShda joylashgan. Alexa Internet va Netcraft statistik maʼlumotlariga koʻra bugungi kunda Yahoo! Internetda kirishlar boʻyicha birinchi veb-sayt hisoblanadi. Yahoo! global veb-saytlar tizimi kuniga 3,4 mlrd. ver-sahifa talablarni qayta ishlaydi (2005-yil oktabr oyi maʼlumotlariga koʻra). Yana qarang Yahoo! Messenger Manbalar Havolalar Yahoo.com Blog Yahoo Yahoo rustilida
909
2342
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xizmat%20Daraja%20Shartnomasi
Xizmat Daraja Shartnomasi
Xizmat Darajasi Shartnomasi XDSh (inglizcha Service Level Agreement(SLA)) 2 tomon xizmat ko'rsatuvchi va xizmatdan foydalanuvchi o'rtasidagi yozma shartnoma. XDSh tomonlar o'rtasidahi xizmat darajasinni belgilaydi. Bu hujjat formal va murakkab xarakterga ega. Xizmat turiga ko'ra turlicha ko'rinishda bo'lishi mumkin. XDSh odatda IT sohasida qo'llaniladi, ayniqsa Internet service sohalarida. Odatda XDSh xizmat darajasi belgilangan darajadan tushib ketganda, jazolar va choralar belgilaydi. Shartnomaga kirishdan oldin xizmat sifati talabga javob berishi kerak. Sifat boshqaruvi (quality management) servis sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. XDSh sifatni ta'minlab, xaridorni kafolatlaydi. XDShdagi dasturiy ta'minotlar XDSh Boshqaruvini yaxshilashda qo'llaniladigan dasturlar to'plami: DigitalFuel Gomez, Inc. IBM Tivoli Managed Objects Microbit Oblicore Remedy XDSh quyidaglarni o'z ichiga oladi Maqsad Shartnoma hamkori Umumiy O'zgarish tarixi Xizmat tarkibi Xizmat ko'rsatuvchining javobgarliklari Xaridorning javobgarliklari Xizmat tayyorligi Standartlar Ish-planlash / -Kutish Service-Level-Sonlari Monitoring va axborot Boshqa tushunchalar Tashqi shartnomalar Kengayuvchi menejment Narx boshqaruvi Shartnoma vaqti Imzo XDSh uchun ba'zi Misollar Odatda XDSh dan Outsourcing-shartnomalarida keng qo'llaniladi. Quyida bunda bir nechta misol: E-Mail Enterprise-Resource-Planning (ERP) E-tijorat (E-commerce) To'lovlar tizimi E-Payroll (oylikni elektron hisoblash) Moliyaviy ma'lumotlar xizmati Financial Information Services Telekommunikatsiya Manbalar Havolalar The Service Level Agreement An outline of the usual core elements of an SLA Basic information about SLAs Informatika Boshqaruv
1,745
2344
https://uz.wikipedia.org/wiki/Email
Email
Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtlargacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi.E-meil hamma joyda kerak bo'ladi. Xattoki "Google, You tube, Instagram, Facebook,Twitter"larga ham emeil bilan kiramiz.E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail XX asrning 60-yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi. Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91-yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun "Oʻzbekiston pochtasi" aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi. Elektron pochta ( yoki email, electronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi. Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi. Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin. Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli (relay serversiz): Xat yaratilishi; Pochta bilan ishlovchi programma yuboruvchining SMTP-serveri bilan bogʻlanishi; SMTP-serverga informatsiya kimga mo'ljallanganligi va yuboruchisi kimligini uzatish; SMTP-server bilan xatining kim va kimga yuborilayaotganligi toʻgʻri ekanligini tekshirish; Yuborilayotgan xatni navbatga qoʻyish; Pochta serverlari haqida DNS-soʻrov qabul qiluvchining domeni (MX-yozuvi) uchun; Yuboruvchining SMTP-serveri qabul qiluvhining pochta serverlari bilan ulanishinig urunishlari, agar urunishlar muvaffaqiyatsiz boʻlsa, urunishlar qaytarilsdi; Muvaffaqiyat li urunishda xatni uzatish, agarda muvaffaqiyatsiz boʻlsa xatni boshqatdan uzatib koʻrishga navbatga qoʻyish; Qabul qiluvchining domeni bilan SMTP-server orqali qabul qilishi; Xatni spamga oʻhshashligini rekshirish; POP3, IMAP yoki boshqa protokollar bilan ishlovchi xatrarni saqlovchi modulga uzatish; Qabul qilib oluvchi POP3 yoki IMAPserver bilan bogʻlanib, autentifikatsiyadan oʻtib qabul qilish. Elektron pochta (e-pochta), internet orqali xabarlar, fayllar va boshqa ma'lumotlarni almashtirish uchun ishlatiladigan elektron xizmatdir. E-pochta xizmatlari foydalanuvchilarga xat yozish, qabul qilish, fayllarni ulashish va qo'llab-quvvatlash imkoniyatini beradi. Odatda, foydalanuvchilar e-pochta xizmatlarini brauzerlarda yoki xususiy dasturlar orqali ishlatishadi. Elektron pochta xizmatlari Gmail, Yahoo Mail, Outlook, va boshqalar kabi turli xizmatlar orqali taqdim etiladi. Elektron pochtani uzatish protokollari IMAP POP3 SMTP UUCP E-mail bilan ishlash uchun programmalar Eudora Mail Evolution KMail Mozilla Mail Mozilla Thunderbird Netscape Mail Novell GroupWise Opera Mail Outlook Outlook Express TheBat! Yana qarang Hula CommuniGate Pro Spam WebMail Mail.Ru MAPI MIME PSKmail Samsung Contact vCard Gmail Havolalar Rossiya FederatsiyasiC 822 — Standard for ARPA Internet Text Messages Rossiya FederatsiyasiC 2142 — Mailbox Names for Common Services, Roles and Functions Rossiya FederatsiyasiC 2368 — The mailto URL scheme Rossiya FederatsiyasiC 2822 — Internet Message Format Elektron pochta haqida hamma narsa. *
4,616
2347
https://uz.wikipedia.org/wiki/Walmart
Walmart
Wal-Mart Stores, Inc. – Amerika kompaniyasi, dunyodagi eng yirik chakana savdo bilan shugʻullanuvchi kompaniyalardan biri. Bosh ofisi – Bentonvilla, Arkanzas shtatida joylashgan. Kompaniya 1962-yil Rodjers shahri(shtat Arkanzas) da Sem Volton tomonidan asos solingan. Boshqaruv: Wal-Mart ning 40% yaqin aksiyalari kompaniya asoschisi Sem Voltonning merosxoʻrlariga tegishli. Direktorlar kengashi raisi – S. Robson Walton. Bosh boshqaruvchi – H. Lee Scott. Asosiy faoliyat turi: Wal-Mart – chakana savdo bilan shugʻullanuvchi dunyoda eng yirik kompaniyalardan biri, uning tarkibiga 14 ta davlatda 6782 ta magazinlar kiradi. (2007-yil fevral oyi maʼlumotlariga koʻra). Bular qatoriga oziq-ovqat va xojalik mollari sotuvchi gipermarketlar va universamlar ham kiradi. Wal-Mart strategiyasi-maksimal mahsulotlar asortimenti va minimal narxlar(optom narxlariga yaqinlashtirish) hisoblanadi. AQSH chakana savdo bozorida Wal-Martning asosiy raqobatchilari bu – Kmart va Target hisoblanadi. Wal-Mart savdoda RFID-belgilari tehnologiyasini ishlatish boʻyicha lider hisoblanadi. 2004-yil natijalariga binoan eng yirik kompaniyalar ichida Wal-Mart daromad hajmi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. 2006-yilda kompaniya umumiy ishchilari soni – 1,6 mln kishini tashkil etdi. Kompaniya oboroti 2005-yilda $312,4 mlrd ni tashkil etdi va sof foydasi - $11,2 mlrdni tashkil etdi. Manbalar Havolalar Official E-Commerce Website Official Corporate Website Official Public Relations Website AQSh shirkatlari
1,502
2348
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sam%20Walton
Sam Walton
Samuel Moore Walton (29-mart, 1918 – 5-aprel, 1992) Amerika chakana savdosi, Wal-Mart and Samʼs Club doʻkonlari asoschisi. Qarang Walton oilasi Manbalar Havolalar A Sam Walton biography by University of St. Francis college student Kelly Fitzgerald "Retail Success Story" article "Sam Walton: Made in America". Excerpts, Insights article Time 100 Builders & Titans: Sam Walton 7-Dec. 1998-yil Business Week Sam Walton: The King of the Discounters 9-avgust 2004-yil Sam Walton School of Business at University of Arkansas Suratlar Sam Walton - Made in America Milliarderlar AQSh milliarderlari
612
2403
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20bayroqlari
Oʻzbekiston bayroqlari
Buxoro Xiva Turkiston muxtoriyati Turkiston ASSR Oʻzbekiston SSSR
71
2408
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xo%CA%BBjand
Xoʻjand
Xoʻjand (1936-91 yillarda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati markazi. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻ oʻrtasida, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Dushanbe shahrigacha 341 km. Aeroport bor. Aholisi 167,4 ming kishidan koʻproq (2013), asosan, tojiklar va oʻzbeklar tashkil qiladi. Aholisi Tojikistonning ikkinchi eng katta shahri boʻlib hisoblanadi (Dyushanbedan keyin). Shahar aglomeratsiyasi 573 400 tashkil qiladi. Aholisi 1989-yil 160,000 kishini tashkil qilgan lekin 2000-yilga kelib aholi soni 149,000 kishi boʻlib qoldi. Tarixi Xoʻjand Oʻrta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan boʻlib, mil.av. 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil. av. 6—4-asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. av. 329-yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan. Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha shahar 7-asrning 2-yarmida Xoʻjand nomi bilan mashhur boʻlgan (Xoʻjand orqali Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan). 8-asrda Arab xalifaligi, 13-asrda moʻgʻullar imperiyasi, 14—15-asrlarda Temuriylar, 16-asrda Shayboniylar, soʻngra Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1866-yilning 24-mayida shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari bosib olgan. Hoʻjand 1924-yilda Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng Oʻzbekiston tarkibiga kirgan, 1929-yil dan Tojikiston tarkibiga oʻtkazilgan. Shahar faxrlari Oʻtmishda Hoʻjandda kustar ipakchilik rivojlangan. Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida Oʻrta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Xitoy va Oʻrta dengiz[ havzasidagi mamlakatlar bilan bogʻlab turishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shahardan oʻnlab tarixiy shaxslar, Temur Malik, munajjim va riyoziyotshunos Abdumahmudi Hoʻjandiy (10-asr), shoirlardan Mahasti Hoʻjandiy (12-asr), Kamol Hoʻjandiy (14-asr), Muhammadaminxoʻja Koshif (1825 — 87), Abdullo Fayoz (1847—1934), Asiriy; geograf va sayyoh Hoji Yusuf Mirfayozov (1842—1925), faylasuf olim Muhammad Osimiy (1920—96) va boshqalar yetishib chiqqan. Iqtisodi Xoʻjand — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniyat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoatlari. Ipak kombinati, poyabzal, mebel fabrikalari, konserva va goʻsht, sut kombinatlari, yogʻmoy ekstrakt, pilla, paxta tozalash, sirli idishlar, avtotaʼmirlash va boshqa zavodlar, qurilish materiallari, shisha ishlab chiqarish, matbaa korxonalari, mebelsozlik fabrikalari, „Panjshanbe“ bozori faoliyat koʻrsatadi. Ijtimoiy soha 20 dan ziyod umumiy taʼlim maktabi, 5 oliy oʻquv yurti, Tojikiston Fanlar Akademiyasining, Respublika yozuvchilar uyushmasining boʻlimlari, 10 dan ziyod oʻrta maxsus bilim yurti, kasb-hunar bilim yurtlari, madaniyat saroyi, musiqali drama va xalq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshxoʻja Asiriy nomidagi viloyat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻi, mexmonxonalar mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Shayx Muslihiddin maqbarasi (14-asr), shahar qalʼasi (Oʻrda qoldiqlari, 7—8-asrlar) saqlangan. Manbalar Havolalar Xoʻjand shahrining rasmiy sayti http://www.virtualtourist.com/travel/Asia/Tajikistan/Viloyati_Leninobod/Khujand-1431593/TravelGuide-Khujand.html Tojikiston shaharlari Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Aleksandr asos solgan shaharlar
3,427
2460
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20yetakchilari%20ro%CA%BByxati
Oʻzbekiston yetakchilari roʻyxati
Bu jadval O‘zbekiston tarixidagi yetakchilarni aks ettirgan Movarounnahr Oʻzbek Xonliklari Davlatlarning feodal tuzilishiga koʻra bugungi Oʻzbekiston hukmdorlari xon, amir, xoqon yoki beklar deb nomlangan. Rossiya Imperiyasi tarkibida Turkiston General-Gubernatorligi Turkiston Oʻlkasi Sovet Boʻlinish Turkiston Oʻlkasi Turkiston Sovet Federativ Respublikasi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Sovet Ittifoqi tarkibida va mustaqillikdan keyin Davlat boshliqlari Hukumat boshliqlari Oʻzbekiston Kommunistik Partiya rahbarlari Mustaqillik Oʻzbekiston tarixi Oʻzbekiston siyosati Davlat rahbarlari roʻyxatlari Yetakchilari roʻyxati *
656
2475
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sharof%20Rashidov
Sharof Rashidov
Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-oktabr eski hisob boʻyicha) 1917 — 31-oktabr 1983) — sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi. Jizzax ped. texnikumini (1935), Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gaz.da masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir (1937-41,1943). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-yil noyabr — 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944-47), „Qizil Oʻzbekiston“ gazeta muharriri (1947- 49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949-50). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (195059). Oʻzbekiston KP MK 1kotibi (1959 83). KPSS MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961-83). 2 marta Mehnat Qahramoni (1974, 1977). Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1yirik asari — „Chegarachi“ dostoni 1937-yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuygʻulari bilan sugorilgan „Qaxrim“ sheʼrlar toʻplami 1945-yilda chop etildi. Rashidov davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri — qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Gʻoliblar“ qissasini (1953) yozdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida front orqasida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan „Boʻrondan kuchli“ (1958) va „Qudratli toʻlqin“ (1964), „Gʻoliblar“ (1972) romanlarini yaratdi. Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan „Kashmir qoʻshigʻi“ lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi. Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oqlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi koʻchalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. „Chigʻatoy“ qabristoniga dafn etilgan. Rashidov siyosatga qadar Sharof Rashidov Oktabr inqilobidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan. Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937-41-yillarda Samarqand viloyatining „Lenin yoʻli“ gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan. 1941-42-yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Oʻzbekistonga sovet-olmon frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943-44-yillarda „Lenin yoʻli“ gazetasida muharrir. 1944-47-yillarda Oʻzbekiston KP(b) Samarqand viloyati qoʻmitasi kotibi. 1947-49-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ respublika gazetasida maʼsul muharrir. Rashidov siyosiy arbob sifatida 1949—1950-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950-1959-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi oʻrinbosari. 1959-yil mart oyidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi. U 1937—1938-yillardagi Oʻzbekiston ziyolilari vakillarining (begunoh mahkumlarni) reabilitatsiya qilish tashabbusi bilan chiqqan. KPSS XIX-XXIV syezdlari delegati; 1956-yildan MK aʼzoligiga nomzod, 1961-yildan KPSS MK aʼzosi. Sharof Rashidov 1960-yillardan boshlab xalqaro siyosat maydonida chiqishlar qila boshladi. 1962-yilda Kuba inqirozi paytida u Fidel Kastro bilan muzokaralarda sovet delegatsiyasiga rahbarlik qildi. 1961-yildan MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, 1966-yil aprelidan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi MK Siyosiy burosi aʼzoligiga nomzod. 1966-yil apreldan KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod. III-X chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati. 1970-yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi. 1966-yilda Toshkentda A.Kosigin vositachiligida Hindiston Bosh vaziri L.Shastri va Pokiston Prezidenti Muhammad Ayubxon o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu muzokaralarni tayyorlashda Sharof Rashidov ham ishtirok etgan. Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan. Rashidov davrida Oʻzbekistonda sanoatning rivojlanishi Rashidovning nomi uning rahbarligi davrida sodir boʻlgan mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi bilan bogʻliq. Sharof Rashidov davrida bartilgan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi dunyodagi eng yirik beshta aviatsiya korxonalaridan biriga aylandi. Bu yerda yiliga 60 dan ortiq yirik samolyotlar ishlab chiqarilgan. Toshkent traktor zavodida yiliga 21 mingdan ortiq traktor, „Tashselmash“da 10 mingdan ortiq paxta terish kombaynlari ishlab chiqarilgan. 1969-yilda Oʻzbekistonda Muruntov oltin koni oʻzlashtirildi, undan yiliga 100 tonna oltin qazib olindi. Rashidov davrida Oʻzbekiston yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan industrial-agrar respublikaga aylandi, ogʻir sanoat oʻn barobar oʻsdi. Yirik issiqlik elektr stansiyalari (Toshkent, 1971-yildan, Sirdaryo, 1975-yildan, Navoiy, Angren DUKlar) va gidroelektr stansiyalari (Chorvoq, 1972-yildan) qurildi, gaz (Gazli koni, 1961-yildan) va neft qazib olish oʻzlashtirildi. Mashinasozlik sohalari sezilarli darajada (elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, aviatsiya) rivojlandi. Rashidov davrida O‘zbekistonda madaniyat taraqqiyoti Rashidov davrida 1966-yildan boshlab O‘zbekiston poytaxti Toshkent qayta qurildi. Yangi muzeylar, bog‘lar, teatrlar, yodgorliklar barpo etildi. 1970-yilda Samarqandning 2500 yilligi nishonlandi, shu munosabat bilan Samarqandda yirik tadbirlar o‘tkazildi, shahar tarixi muzeyi, opera va balet teatri ochildi. 1977-yilda Oʻrta Osiyoda birinchi marta Toshkentda metro ochildi. 1969-yilda Samarqandda temuriylar davri sanʼati tarixiga bagʻishlangan xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi. 1973-yilda mashhur olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi keng nishonlandi, badiiy film suratga olindi. Oʻzbekistonda Sharof Rashidov rahbarligidagi ilmiy-tadqiqot institutlari soni 1960-yildagi 64 tadan 1980-yillarning boshlarida 100 taga yetdi. Sharof Rashidov tashabbusi bilan Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib Arxeologiya instituti tashkil etilgan. Rashidov yozuvchi sifatida 1945-yili Sharof Rashidovning — „Mening nafratim“ nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi. „Gʻoliblar“ povestida (1951) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi; xuddi shu mavzu „Boʻrondan kuchli“ romanida (1958) ham rivojlantiriladi. 1964 yilda nashr qilingan „Buyuk toʻlqin“ romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. „Kashmir qoʻshigʻi“ romantik povestida (1956) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi. 1950-yili Rashidovning publitsistik maqolalaridan iborat „Tarix kelishuvi“ nomli toʻplami, 1967-yili „Doʻstlik ramzi“ nomli kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb muammolariga bagʻishlangan. Paxta ishi Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“ degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Gdlyanning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. „Oʻzbek ishi“ natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi. Rashidov haqida zamondoshlari V.Boldin (M. Gorbachyov yordamchisi va KPSS MK boʻlim boshligʻi) — Rashidov haqida. "Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat qilardi: „Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi“. Gorbachyov esa: „Baribir koʻproq topshiringlar“. (Kommersant — Vlast, 15 may 2001, 61 bet.).. Oilasi Qizi Sayyora Rashidova — Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi direktori, kimyo fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi. 1993 — yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan Fan arbobi“ faxriy unvoni; 1997—yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni; 1999-yilda "Doʻstlik ordeni, „2003-yilda “El-yurt hurmati " ordeni sovrindori. 1995-2015-yillarda Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili lavozimida ishlagan. 100dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan. Qizi Rashidova Gulnora Sharafovna — tarix fanlari nomzodi. Turmush oʻrtogʻi Abdulaziz Komilov — diplomat, Oʻzbekistonning 1994-2003 va 2012-2022-yillardagi tashqi ishlar vaziri. Qizi Rashidova Svetlana Sharafovna (1952-2021), tarix fanlari nomzodi. Turmush oʻrtogʻi Alisher Vohidov — diplomat, 1994-2007-yillarda Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili boʻlgan. Oʻgʻli Rashidov Ilhom Sharafovich. Xotirasi Toshkent shahrining Mustaqillik maydoni yonidagi koʻchaga Rashidov koʻchasi nomi berildi 2016-yil 23-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori bilan Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga „Sharof Rashidov tumani“ nomi berildi 2017-yil 27-mart kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning „Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash haqida“gi qarori qabul qilindi. Shu yilning 6-oktyabr kuni Jizzax shahrida Sharof Rashidovning haykali ochildi. Manbalar Havolalar Sharof Rashidovga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi Oʻzbekiston siyosatchilari Oʻzbekiston yetakchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Sovet yozuvchilari Oʻzbekistonda paxta ishi
11,739
2484
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sobir%20Kamolov
Sobir Kamolov
Sobir Kamolovich Kamolov (1910-yil 19-aprel (2-may) Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi — 1990-yil 6-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek davlat va partiya yetakchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi (1957—1959 yillar) MK birinchi kotibi. Taʼlim 1936-yilda Toshkent marksizm-leninizm institutini, 1949-yilda Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi MK qoshidagi Oliy partiya maktabini tugatgan. Tarjimai hol Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati qoraqalpoq. 1925-yildan 1929-yilgacha Toshkentda qurilish ishchisi (boʻyoqchi, suvoqchi) va kundalik ish bilan shugʻullangan. 1926-yilda komsomol safiga o‘tdi. 1929—1930-yillarda — Oʻzbekiston KP (b) Oktabr okrug qoʻmitasi (Toshkent) partiya kabineti targʻibotchisi. 1930—1936-yillarda komsomol ishida: 1930-yilda Oʻzbekiston komsomolining Novobuxara tuman komiteti kotibi, 1931-1933-yillarda Oʻrta Osiyo komsomol qoʻmitasining ommaviy-xoʻjalik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, 1933-yildan 1936 yilgacha Qoraqalpogʻiston komsomol komitetining 1-kotibi. 1937-yildan — partiya va sovet ishlariga rahbarlik qilgan. 1936-yilda Toshkent marksizm-leninizm institutini tamomlagach, Farg‘ona viloyati KP (b) Toshloq tuman qo‘mitasining 1-kotibi etib saylandi. 1937—1938-yillarda Fargʻona viloyati KP (b) Margʻilon raykomining 1-kotibi. 1938-yilda Oʻzbekiston KP (b) Fargʻona viloyat qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri. 1938—1939-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Fargʻona viloyat qoʻmitasining 2-kotibi. 1939—1940-yillarda Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissari. 1940—1941-yillarda Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisining oʻrinbosari. 1941-yil apreldan 1946-yil oktabrgacha Oʻzbekiston KP (b) Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining 1-kotibi. 1946—1949-yillarda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy taʼlim maktabi talabasi. 1949-yil sentabr—1950-yil aprel Oʻzbekiston KP (b) Fargʻona viloyat qoʻmitasining 1-kotibi. 1950—1955-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi. 1955-yil 22-dekabrdan 1957-yil 30-dekabrgacha Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisi. 1957-yil 28-dekabrda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari VI plenumda Muxitdinov Muhiddinov oʻrniga Oʻzbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi etib saylandi. Nuriddin Muhiddinov KPSS Markaziy Komiteti kotibi etib saylanganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, Sobir Kamolov respublikada kadrlarni keng miqyosda mahalliylashtirishni boshlagan. Mahalliy aholi buni milliy „uygʻonishdan oldingi“ davrining boshlanishi sifatida qabul qilgan. Uning oʻziga xos belgisi musulmon marosimlarini (sunnat qilish, nikoh va ota-bobolarining urf-odatlari boʻyicha oʻliklarni dafn etish) bajarishga urinishlar edi. Uning davrida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti madaniyat bo‘limi mudiri o‘zbek yozuvining kirill negizini arab alifbosiga almashtirish masalasini yuqori partiya instansiyalariga kiritgan. Bunday „mahalliychilik“ hech qanday qoʻllab-quvvatlanmadi va Moskva vakili boʻlgan M. A. Suslova tomonidan qoralandi. 1959-yil 15-mart kuni Sobir Kamolov „siyosiy jihatdan ishonchsiz unsurlar sababli xodimlarni toʻsib qoʻygani“ va „millatchilik koʻrinishlariga murosa va homiylik koʻrsatgani munosabati“ bilan egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan. 1959-yil martidan 1962-yil aprelgacha Farg‘ona viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi. 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston SSR non mahsulotlari bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari. 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston SSR non mahsulotlari vazirining 1-oʻrinbosari. 1970—1980-yillarda Oʻzbekiston SSR taʼminot vaziri oʻrinbosari. 1980-yil may oyidan boshlab u federal ahamiyatga ega shaxsiy nafaqaxoʻr. Toshkentda dafn etilgan. 1946—1962-yillarda SSSR Oliy Kengashining 2-5-chaqiriq deputati. 1956—1961-yillarda KPSS Markaziy Komiteti aʼzosi. Manbalar Adabiyotlar BSE. 2-e izd. T. 51. M., 1958. Gosudarstvennaya vlast SSSR. Visshie organi vlasti i upravleniya i ix rukovoditeli. 1923—1991 gg. Istoriko-biograficheskiy spravochnik /Sost. V. I. Ivkin. M., 1999. Vdovin A. I. Russkie v XX veke. M., 2004. Gazeta Oʻzbekiston yetakchilari Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Qizil Yulduz ordeni sohiblari Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Lenin ordeni sohiblari Toshkentda vafot etganlar 1990-yilda vafot etganlar 6-iyunda vafot etganlar Toshkentda tugʻilganlar 1910-yilda tugʻilganlar 2-mayda tugʻilganlar
4,448
2560
https://uz.wikipedia.org/wiki/Samarqand%20davlat%20universiteti
Samarqand davlat universiteti
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (Samarqand universiteti, qisqacha: SamDU) — Samarqanddagi oliy oʻquv yurti boʻlib, keng sohalardagi mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi. Oʻzbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1927-yil 22-yanvarda Samarqandda Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 3 boʻlim (fizikamatematika, tabiiygeogr. va ijtimoiyiqtisodiy), 11 oʻqituvchi, 4 kafedra bilan ish boshlagan Institutda taʼlim 4 yillik boʻlgan. Institut qoshida 1929-yil noyabrda ishchilar fakulteti, 1930-yil yanvarda ishchilar universiteti (kechki va sirtqi) hamda 1 va 2darajali maktab oʻqituvchilari uchun malaka oshirish instituti tashkil etildi. 1930-yil 22-yanvarda Oliy pedagogika instituti Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (pedakademiya)ga aylantirildi va u taʼlimning ft tizimiga oʻtdi. 1933-yil 20-yanvarda Oʻzbekiston davlat ped. akademiyasi Oʻzbekiston davlat universiteti (Oʻzbekiston Davlat Universiteti)ga aylantirildi. Maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda universitet qoshida tashkil etilgan kechki pedagogika instituti muhim rol oʻynadi. Keyinchalik bu institut negizida Samarqand pedagogika instituti (1992-yil Samarqand Davlat Universiteti bilan birlashtirildi), 1935-yil tibbiyot fakulteti negizida Samarqand tibbiyot instituti tashkil etildi. Shuningdek, universitet negizida SamarqanddaQ.x., Tijorat, Chet tillar institutlari ham tashkil topdi. 1941 i. universitetga Alisher Navoiy nomi berildi. Ikkinchi jahon urushi davrida (1941-yil noyabrdan 1944-yil oktabrgacha) Toshkentda Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarkibida faoliyat koʻrsatdi. 1960-yildan Oʻzbekiston Davlat Universiteti Samarqand davlat universiteti (Samarqand Davlat Universiteti) deb atala boshladi. Unt tarkibida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, oʻzbek filol.si, rus filol.si, tojik filol.si, geogr., kimyo, mexanikamat., fizika, biol., informatika va informatsion texnologiyalar, ped. va boshlangʻich taʼlim, kasbiy taʼlim, musiqa, jismoniy madaniyat ftlari, 73 oʻkuv laboratoriya, 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi, axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi, oʻquv diagnostika markazi, maxsus sirtqi boʻlim, metrologiya, patentshunoslik boʻlimlari, 8 qiroatxona va instituternetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona (3 mln. asar), Alisher Navoiy, zool., arxeologiya, geogr., universitet tarixi muzeylari bor. universitetda 34 yoʻnalish boʻyicha aspirantura (1930-yil tashkil etilgan) va 4 yoʻnalish boʻyicha doktorantura mavjud. Untda 30 yoʻnalish boʻyicha (mat., mexanika, huquqshunoslik, oʻzbek, rus, tojik filol.si, kimyo, iktisodiyot, menejment, fizika, elektronika, biol., ekologiya, tuproqshunoslik, geogr., boshlangʻich taʼlim, ped.psixologiya, mehnat taʼlimi, defektologiya, tarix, falsafa, huquq va maʼnaviyat asoslari, musiqa, amaliy mat., informatika va boshqalar) bakalavrlar, 61 ixtisoslik boʻyicha (informatika, musikiy taʼlim, pedagog, psixologiya, boshlangich taʼlim, dialektika va bilish nazariyasi, umumiy tarix, ijtimoiy falsafa, siyosat falsafasi, Vatan tarixi, arxeologiya, tarixshunoslik, aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti, zool., botanika, oʻsimliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, bio-kimyo, biotexnologiya, nazariy fizika, issiklik fizikasi va molekulyar fizika, kvant elektronikasi, geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, nazariy mexanika, suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi, noorganik kimyo, organik kimyo, fizik geogr., matematik taxlil, differensial tenglamalar, matematik mantiq, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, geom. va topologiya, mat. fanini oʻqitish metodikasi, amaliy mat. va axborot texnologiyasi, hisoblash mat.si, matematik modellash, optimallashtirish va optimal boshqaruv, qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, tuproqshunoslik, agrotuprokshunoslik va agrofizika, ekologiya va boshqalar) magistrlar tayyorlanadi. 2003/2004 oʻquv-yilida 9320 talaba taʼlim oldi, 930 oʻqituvchi, jumladan, 88 fan doktori va professor, 468 fan nomzodi va dotsent ishladi. 1930-yildan „Ilmiy asarlar“ toʻplami (1998-yildan „Samarqand Davlat Universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi“), 1957-yildan „Samarqand universiteti“ gaz. nashr etiladi. Fakultetlar Matematikamatika Fizika Biologiya Geografiya va ekologiya Tarix Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar Kimyo Raqamli texnologiyalar Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi Yuridik Filologiya Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim Sport faoliyati va san'at Inson resurslarini boshqarish Xalqaro ta'lim dasturlari Kafedralar Bakalavr yoʻnalishlari Magistratura yoʻnalishlari Mashhur bitiruvchilar Barot Boyqobilov Oydin Amin Umariy Otaxo'jayev Akbar Qosimovich Mirkarim Osim Abdullayev Vohid Abdullayevich Zokirov Qodir Zokirovich Yahyo Gʻulomov Hamid Olimjon Asqad Muxtor Orifov Ubay Orifovich Umarov Saidkomil Hamroyevich Bahodir Matlyubov Omon Matjon Dushan Fayziy Ibrohim Moʻminov Tolib Moʻminov Mirtemir Tursunov Narzullayev Normurod Sharof Rashidov Shirinqulov Toshpoʻlat Abdulla Sagitov Miyonbuzruk Solihov Vladimir Naumovich Vapnik Manbalar Havolalar Universitet sahifasi Oʻzbekistondagi universitetlar
5,325
2573
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Kommunistik%20partiyasi
Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistlik Respublikasi Kommunistik Partiyasi (OʻzSSR KP, Oʻzbekiston Kompartiyasi) – kommunistik partiya, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining (KPSS) Oʻzbekiston SSR hududidagi boʻlimi. 1925-yil 13-maydan 1991-yil 3-sentyabrgacha respublikada hukmron va yagona qonuniy partiya boʻlgan. 1991-yil 14-sentyabrda partiya KPSS safidan chiqqan. Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Buxoro SSR Kommunistik partiyasi, Xorazm SSR Kommunistik partiyasi va Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kommunistik partiyasining vorisi hisoblangan. 1994-yilda tuzilgan Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi oʻzini Oʻzbekiston Kompartiyasining vorisi deb hisoblasa-da, rasman Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasining vorisidir. Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining Birinchi kotiblari Manbalar 1925-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Oʻzbekiston siyosiy partiyalari Oʻzbekistonning sobiq siyosiy partiyalari
989
2578
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Vatan%20taraqqiyoti%20partiyasi
Oʻzbekiston Vatan taraqqiyoti partiyasi
Vatan Taraqqiyoti Partiyasi (VTP) 1992 yil mart oyida tuzilgan. Aʼzolari soni 35 mingdan ortiq. Partiyaning maqsad va vazifalari uning nomida aks etgan boʻlib, vatan taraqqiyotiga xizmat qiladi, jumladan: erkin bozor munosabatlari asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va maʼnaviy mustaqilligini rivojlantirish; demokratik jamiyat taraqqiyotini jadallashtirishga qadam-baqadam taʼsir koʻrsatish; ziyolilar, tadbirkorlar va dehqonlar manfaatini ifoda etish; xususiy mulkchilikni har tomonlama muhofaza qilishni rivojlantirish; faoliyatda hamisha amaliy tajriba hamda sogʻlom aql-idrokka tayanib ish koʻrish. Partiya oʻz nashriga ega boʻlib, bu «Vatan» gazetasidir. Partiya huzurida jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, tahlil-axborot markazi ishlab turibdi. Partiya ilgʻor ziyolilar, tadbirkorlar, xususiy mulk egalari, fermerlar va dehqonlarni oʻz safiga birlashtirgan. 2000 yilda partiya «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi bilan birlashib, Fidokorlar nomi ostida faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston siyosiy partiyalari Oʻzbekistonning sobiq siyosiy partiyalari
1,075
2581
https://uz.wikipedia.org/wiki/Adolat%20sotsial-demokratik%20partiyasi
Adolat sotsial-demokratik partiyasi
Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi („Adolat“ SDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yil 18-fevralda partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, dasturi va ustavi qabul qilingan va shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Partiyaning bosh maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish va pirovardida, Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsial-demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi. Qonun ustuvorligini taʼminlovchi adolatli ijtimoiy munosabatlar oʻrnatilgandagina odil jamiyat qurish mumkin boʻladi. „Adolat“ partiyasi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni bajarishni oʻzining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Partiya oʻrtahol va kam taʼminlangan aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy irodasini namoyon etishga intiladi. Partiyaga 50411 kishi aʼzo (2005-yil 1-yanvar). Ular 3120 dan ortiq boshlangʻich partiya tashkilotlariga birlashgan. Partiya aʼzolari: 30,1 % — ziyolilar, 24,1 % — ishchilar, 10,3 % — dehqonlar va qishloq xoʻjaligi xodimlari, 11,4 % — nafaqachi va pensionerlar, 10,2 % — xizmatchilar, 7,4 % — tadbirkorlar, 6,4 % — talabalardir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hamda mamlakatning deyarli barcha shahar, tumanlarida partiya Kengashlari faoliyat koʻrsatmoqda. Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyat partiya tashkilotlari yirik tashkilotlardir. Qurultoy — partiyaning oliy organi. U partiya Siyosiy kengashi tomonidan kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi. Siyosiy kengash doimiy ishlovchi partiya rahbar organidir. „Adolat“ SDPning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 10 deputatdan tashkil topgan. Fraksiya rahbari — partiya Siyosiy kengashi birinchi kotibi D. Gʻ. Toshmuhamedova. „Adolat“ gazetasi partiyaning nashriy organidir. „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi: xuquqiy demokratik davlat qurish; mamlakat mustaqilligini mustahkamlash; Vatanga sodiq xizmat qilish; adolatli fuqaroviy jamiyat qurish; siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya talablariga hamda mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qoʻshish. „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 47 ovozga (1998-yilga) ega boʻlib, ular partiyaning parlamentdagi fraktsiyasini tashkil etadi. Manbalar Adolat sotsial-demokratik partiyasi Oʻzbekiston siyosiy partiyalari 1995-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
2,733
2582
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Xalq%20Birligi%20jamoatchilik%20harakati
Oʻzbekiston Xalq Birligi jamoatchilik harakati
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Birligi jamoatchilik harakati (Xalq Birlig) 1995 yil may oyida Oʻzbekiston jamoatchiligining tashabbusi bilan tashkil qilindi. «Xalq birligi» — siyosiy partiya emas, balki umumxalq harakati boʻlib, siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Harakatning asosiy maqsadi: demokratik, xuquqiy davlat va adolatli fuqaroviy jamiyat yaratish uchun kurashda Oʻzbekistonda istiqomat qilib turgan barcha millat va elatlarni jipslashtirish. «Xalq birligi» harakati Oʻzbekiston Baynalmilal madaniy markazi, milliy madaniy markazlar, respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» markazi bilan hamkorlikda ish olib boradi, «Turkiston - umumiy uyimiz» xalqaro harakat ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlaydi. Matbuot organi — «Birlik» va «Единство» gazetalari. Oʻzbekiston siyosiy partiyalari
804
2584
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Fidokorlar%20milliy%20demokratik%20partiyasi
Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (Fidokorlar MDP) 1999-yil 4-yanvarda tashkil etilgan. Bu partiya oʻz nomi bilan vatan fidokorlarini, vatan ravnaqi uchun kuyib, yonib yashaydigan Oʻzbekiston fuqarolarini birlashtirdi. «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi oʻz maqsad va niyatlari bir xil boʻlganligi uchun «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bilan birlashdi va hozirda «Fidokorlar» nomi ostida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. 1999-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlarda partiya deputatlikka oʻz nomzodlarini qoʻydi. 2000-yil yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomidan prezidentlikka Islom Abdugʻaniyevich Karimov nomzodi koʻrsatildi. Oʻzbekiston fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 25-iyulda roʻyxatga olingan va shu yil Dasturi hamda Ustavi qabul qilingan. Partiyaning asosiy maqsadi erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati negizlarini barpo etish, aholi turmush darajasini taraqqiy topgan davlatlardagi xalqlarning turmush darajasiga yetkazish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin olishiga amaliy hissa qoʻshishdan iborat. FMDP kelajakka yoshlar nazari bilan qaraydi. Yoshlarni yuksak maʼrifatli, bilimdon, gʻoyaviy-siyosiy jihatdan hushyor, maʼnaviy barkamol boʻlib voyaga yetishini taʼminlashga intiladi va yoshlar manfaatini himoya qiladi. Partiyaning oliy organi qurultoy, u qoida tariqasida, 5 yilda 1-marta chaqiriladi. Zaruratga qarab qurultoy maqomiga ega boʻlgan partiya konferensiyasi oʻtkazilishi mumkin. Partiyaning rahbar organi qurultoy tomonidan saylanadigan Markaziy kengashdir. Markaziy kengash yigʻilishlari oraligʻidagi davrda partiyaning kundalik faoliyati Ijroiya kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi. FMDPning 12 viloyat partiya tashkiloti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, 203 tuman va shahar, 3500 boshlangʻich partiya tashkiloti bor. FMDP aʼzolarining umumiy soni 61750 kishidan iborat (2004-yil noyabr), ularning 65 foizini yoshlar (40 yoshgacha boʻlganlar) tashkil etadi. FMDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 18 deputatdan iborat, fraksiya rahbari A.S. Tursunov, FMDP fraksiyasi Oʻzbekiston liberaldemokratik partiyasi, "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi bilan birga parlamentda "Demokratik blok"ka birlashgan. Partiyaning nashri — "Fidokor" gazetasi Shoira Umarova. Oʻzbekiston siyosiy partiyalari Oʻzbekistonning sobiq siyosiy partiyalari 2008-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
2,695
2595
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Kamolot%20Yoshlar%20Jamg%CA%BBarmasi
Oʻzbekiston Kamolot Yoshlar Jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar jamgʻarmasi Oʻzbekiston yoshlarining nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi boʻlib, 1996 yil 17 apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil topgan. Jamgʻarmaning asosiy vazifasi — yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, madaniy, xuquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish, hayotga tadbiq etish, davlat, hukumat dasturlari, islohotlarni bajarishga koʻmaklashish, yoshlarni Konstitutsiya, qonunlar, davlat va hukumat qarorlarini hurmat qilish, ularga amal qilish ruhida tarbiyalash, yoshlar uchun yangi ish joylari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalalarini oʻrganish hamda mazkur masalalarni hal etishda hukumat idoralari, hokimliklar, vazirliklar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish. Jamgʻarmaning viloyat, shahar va tumanlarda boʻlimlari mavjud. «Kamolot» jamgʻarmasining jamoatchilik markazlari joylarda 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar istagi va tashabbusi bilan tashkil topishi mumkin. Uning mablagʻi turli ixtiyoriy pul oʻtkazish va xayriyalar hisobiga tashkil topadi, noshirlik, oʻyinlar va boshqa tadbirlar hisobiga boyib boradi. {pass} Oʻzbekiston siyosiy partiyalari
1,225
2597
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Ma%CA%BCnaviyat%20va%20ma%CA%BCrifat%20markazi
Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Oʻzbekiston «Maʼnaviyat va maʼrifat» jamoatchilik markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 288-Qaroriga asosan tashkil etilgan. Markaz respublika jamoatchiligi bilan hamkorlikda ish yurituvchi, byudjet ajratmalari va xoʻjalik hisobidagi mablagʻlar asosida faoliyat koʻrsatuvchi tashkilotdir. Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: Mumkin yuksak isteʼdod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yoʻnaltirish; millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni, yurtimizni tinchlik, barqarorlik hamda fuqarolar totuvligini, mintaqa xalqlarining mushtarak maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy ildizlarini tadqiq va tahlil asosida targʻib etish; mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, eʼtiqod, gʻoyalarni oʻrganish, sogʻlom dunyoqarash hamda siyosiy madaniyatni shaklantirishda ishtirok etish; jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotning ommaviy-axborot vositalarining oʻzaro samarali hamkorligiga koʻmaklashish; maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga doir maʼruzalar uyushtirish, anjuman va suhbatlar oʻtkazish. Matbuot organi — «Tafakkur» jurnali. Markaz qoshida «Oltin meros» xalqaro jamgʻarmasi, «Maʼnaviyat» nashriyoti va «Jahon adabiyoti» jurnali tashkil etilgan. «Kasb maʼnaviyati» oʻquv kurslari muvaffaqiyat bilan ishlab turibdi. Oʻzbekiston siyosiy partiyalari
1,391
2599
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro%20qizil%20xoch%20va%20qizil%20yarim%20oy%20jamiyati
Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyati
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatiga Shveysariyada asos solingan. Bu jamiyat halokat qurbonlariga yordam berish, jamiyatning yordamga muhtoj qatlamlariga har tomonlama yordam berish, birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilish, Xalqaro Inson Xuquqi boʻyicha bilimlarni tarqatish, qurolli toʻqnashuvlar davrida esa harbiy tibbiyot xizmatchilariga koʻmaklashish vazifalarini bajaradi. Bu jamiyatning belgisi - Shveysariya bayrogʻi ranglarining teskari koʻrinishidir (Shveysariya bayrogʻida qizil rangga oq xoch belgisi chizilgan). "Qizil Xoch" va "Qizil Yarim oy" belgilarining hech qanday farqi yoʻq. Lekin koʻp davlatlar yarim oy belgisini tanlaganlar. Hozirda juda koʻp davlatlarda Milliy Xalqaro Qizil Yarim Oy jamiyatlari tashkil qilingan. Bu jamiyatlar oʻz davlatlarining muammolarini bartaraf etishga koʻmaklashib, davlat rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy milliy jamiyati 1925-yil 14 noyabrda tuzilgan. 1992-yil 28 may - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisida"gi Farmonga imzo chekdi. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy milliy jamiyatining faxriy Prezidenti qilib Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov saylandi. Bu jamiyatning hozirgi kundagi faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri - Oʻzbekiston Yoshlar Qizil Yarim Oy jamiyatini tuzish. Bu jamiyatning asosi Yoshlar Markazlari va klublar boʻladi. Bu Markazlar Niderlandiya, Shvetsiya, Finlandiya Qizil Xoch jamiyatlari va Xalqaro Qizil Xoch jamiyati bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Yoshlar Markazlari yoshlarning oʻqishi, bilim olishi uchun sharoit yaratish, giyohvandlik va OITSning oldini olish yoʻlida katta ishlar qilmoqdalar. Manbalar Havolalar
1,754
2604
https://uz.wikipedia.org/wiki/Akmal%20Ikromov
Akmal Ikromov
Akmal Ikromovich Ikromov (1898-yil, Toshkent – 1938-yil 15-mart) – davlat va siyosat arbobi. O’zbekiston hukumat rahbarlaridan biridir. Hayoti Ikromov Akmal 1898-yil Toshkent shahrining Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent shahrida oʻqituvchi (1918-1919), „Izchillar toʻdasi“ va „Chigʻatoy gurungi“ aʼzosi, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919-1921). Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921-1922). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan. 1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda oʻqidi. 1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan Oʻzbekiston Kommunistlar Partiyasi Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi (1929-yil dekabr – 1937-yil sentyabr). 1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashining O’rta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, 1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod. OʻzSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi (1925-1937). A. Ikromov 1919—1924-yillarda imkoniyati doirasida oʻzbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. U mohir publitsist sifatida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini, xususan paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurulishga doir koʻplab nazariy maqolalar, ilmiya asarlar yozgan. Ikromov oʻz faoliyati davomida Oʻrta Osiyo byurosi va Markazning koʻrsatmalariga amal qilishga majbur boʻlgan. 1925—1927-yillarda oʻn sakkizlar guruhi, inogʻomovchilikka qarshi gʻoyaviy kurash olib borgan. Stalinning birinchi 5 yillik rejasi davomida A. Ikromov Oʻzbekistonda Islom diynini yoʻqotish va ateizmni targʻib qilishning eng asosiy yetakchisi boʻlgan. Oʻzbekistonda yer-suv islohati, majburiy jamoatlashtirish, respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va boshqa tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni „burjua millatchiligi“ da ayblagan. Ikromov garchi bolshevistik gʻoyadan chekinmagan boʻlsa-sa, mustabid tuzum qatagʻonchilari uni ayab oʻtirmadilar. 1937-yil sentabrda Toshkentda qamoqqa olindi. Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblanadi va Kommunarkada otib tashlanadi. 1957-yil 3-iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi A. Ikromovni aybsiz deb topdi va u oqlandi. Ikromov xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shahridagi tumanga, yirik koʻchaga, mahallalar va maktablarga uning nomi berilgan. Toshkent va Samarqandda haykali oʻrnatilgan. Repressiya Akmal Ikromov 1937-yil 20-sentyabrda hibsga olingan va soʻroq paytida oʻz aybiga iqror boʻlgan. Akmal aksilinqilobiy terroristik tashkilotda ishtirok etishda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilingan. Baʼzi manbalarga koʻra, 1938-yil 13-martda, boshqalarga koʻra, 15-martda „Kommunarka“ poligonida qatl etilgan. Oilasi Ikromovning birinchi rafiqasi Boy Ibrohimxoʻjaning qizi Hanifa boʻlgan. Ularning bir nafar Anvar (ikkinchi ismi Urgut) ismli oʻgʻli bor edi. Uning ikkinchi rafiqasi Moskva shifokorining qizi Yevgeniya Lvovna Zelkinadir (1900-1938). U yahudiy boʻlgan. Qizil professorlar instituti bitiruvchisi, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissarining oʻrinbosari va Kommunistik partiyaning agrar instituti Sharqiy boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. „Na agrarnom fronte“ jurnali tahrir hay’ati aʼzosi boʻlgan. Zelkina 1930-yil „Ocherki po agrarnomu voprosu v Sredney azii“ kitobini yozgan. Eri Akmal Ikromov hibsga olinganidan keyin qatagʻon qilingan va 1938-yil 28-martda oʻlimga hukm qilingan. Ularning oʻgʻli Komil Ikromov yozuvchi boʻlgan. Mukofotlar va unvonlari Akmal Ikromov Lenin ordeni bilan taqdirlangan. Xotirasi 1972-yilgacha Gʻijduvon shahriga Akmalobod nomi berilgan. Sovet davrida bu nom Samarqanddagi Oʻzbekiston SSR madaniyat va sanʼat tarixi davlat muzeyiga berilgan. Toshkent shahrida Akmal-Ikromov tumani (1977-2005) mavjud boʻlib, Uchtepa tumani deb nomlanadi. Ikromovo qishlogʻi va Ikromovskiy tumani hozirgi Juma shahri va Past Dargʻom tumanidir. Samarqand viloyatining Loish qishlogʻi Akmal Ikromov nomida boʻlgan. Samarqandda Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi avval Akmal Ikromov koʻchasi deb atalgan. Manbalar 1898-yilda tugʻilganlar Toshkentda tugʻilganlar 1938-yilda vafot etganlar 13-martda vafot etganlar Moskvada vafot etganlar Oʻzbekiston yetakchilari Qatl etilgan siyosatchilar Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotiblari Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotiblari Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotiblari Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari Oʻzbekiston inqilobchilari
5,111
2607
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pavel%20Yakovlev
Pavel Yakovlev
Yakovlev Pavel - OʻzSSR KP MK Birinchi kotibi lavozimida ishlagan. Manbalar Oʻzbekiston yetakchilari
103
2610
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muloqot
Muloqot
Muloqot Oʻzbekiston: Omaviy Maʼlumotlar Vositalari Ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo’yicha ma’lumot almashinishidan iborat bo’lgan o’zaro tasir etishidir. Muloqot- odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi.Muloqotning turi va shakllari turlicha: Masalan bu bevosita "yuzma yuz" va bilvosita texnik vositalar ya'ni telegram , telefon ,imo , watsapp,xabar va h.k orqali amalga oshadigan professional faoliyat jarayonidagi amaliy dialog 2 kishi suxbati , monolog 1 kishi , polilog koʻpchilik suxbati. Muloqotning vazifalari: Insonlar oʻzaro bir birlarini tushunishlarini ta'minlash ; Ijtimoiy tajribaga asos solish; U yoki bu faoliyatga tayyorlash ya'ni ruhlantirish
758
2617
https://uz.wikipedia.org/wiki/Qurilish
Qurilish
Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi. Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obyektlar Qurilish mahsu-lotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Qurilishlarga boʻlinadi. Qurilish Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Qurilish sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi. 2003-yilda yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000-yilda 6,1%), xalq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Qurilish hissasiga toʻgʻri keladi. Qurilish xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi. Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi. 2003-yilda respublikaning asosiy kapitalini koʻpaytirishga 1867,4 mlrd. soʻm miqdorida investitsiyalar kiritildi. Bu mablagʻning 1236,1 mlrd. soʻmi (65,1%) ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, takomillashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirildi. Barcha mulkchilik shakllaridagi Qurilish tashkilotlari tomonidan jami 808,1 mlrd.soʻmlik Qurilish ishlari amalga oshirildi (shundan 717,4 mlrd. soʻmi yoki 88,8% nodavlat mulkchilik shaklidagi Qurilish tashkilotlari hissasiga toʻgʻri keladi). Qurilish ishlari umumiy hajmidan 76,9% yangi qurilishlar, faoliyat koʻrsata-yotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 23,1% kapital, joriy taʼmirlash ishlariga toʻgʻri keladi. Oʻrta va kichik biznesga mansub qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan Qurilish ishlari hajmi 350,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi (respublika boʻyicha bajarilgan qurilish ishlari umumiy haj-mining 43,4%). Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sano-ati tashkil etadi (qarang Kurshshsh materi-allari sanoati). Qurilishlar quyidagi turlarga ajratiladi: Bino qurilishi (turar-joylar, jamoat binolari). Sanoat qurilishi (korxona va fabrikalar). Yoʻl-transport qurilishi (yoʻl, koʻprik, tunnellar). Gidrotexnik qurilish (gidroelektrik stansiya, damba, kanallar). Qurilish
4,411
2634
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tahorat
Tahorat
Tahorat — namoz oʻqish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish jarayoni. Xususiy shakli sifatida tayammum koʻriladi. Islomda tahoratning ikki turi mavjud: vuzuʼ — kichik tahorat — qoʻloyoq va yuzni yuvish; gʻusul — katta tahorat — toʻla yuvinish, choʻmilish. Tahoratning 4 ta farzi bor; yuzni yuvmoq; ikki qoʻlni tirsak ila qoʻshib yuvmoq; ikki oyoqni toʻpigʻi ila qoʻshib yuvmoq, boshning toʻrtdan bir qismiga mas'h tortish — ikki qoʻlni hoʻllab surtmoq. Bu farzlardan birortasi bajarilmasa, tahorat haqiqiy boʻlmaydi. Tahoratning farzlaridan boshqa uning sunnat va vojiblari ham boʻladi. Tahorat oladigan har bir kimsa suvni keragidan ortiq ham, oz ham sarf qilmasligi; suvni yuzga shapillatib sochmasligi; tahorat qilayotganda oʻrinsiz gaplashmasligi; iflos yerda tahorat olmasligi kerak. Tahorat qilish uchun suv topilmasa tayammum qilinadi. Tahorati bor kishida quyidagi holatlardan biri yuz bersa tahorati buzilgan hisoblanadi: vujudning biron yeridan qon, yiring, suv chiqsa; ogʻzi toʻlib qussa; tupurgan vaqt tupugini yarmidan koʻpi qon boʻlsa; kichik va katta hojatga borsa va orqadan yel chiqarsa; bexush yoki mast boʻlsa; namoz vaqtida kulsa; uxlasa. Tahoratni buzadigan holatlar roʻy bersa, tahoratni boshqatdan qilish lozim boʻladi. Tahoratning oʻzi ham iboday sanaladi shuning uchun kishi tahoratni mukammal qilishga harakat qilishi kerak. Tahoratda suvni extiyojdan ortiqcha ishlatish qatʼiyan man qilinadi, bu borada hadis ham mavjud: Bir kuni Paygʻambar Alayhissalom, Saad r.a oldidan oʻtayotganlarida Saad r.a koʻp-koʻp suv ishlatib tahorat olayotgan edi. Shunda paygʻambarimiz unga qarata: „Ey Saad bu nima isrofgarchilik“, deya tanbeh berdilar, shunda Saad r.a: „Yo Rasululloh tahoratda ham isrof bormi?“, dedi. Shunda paygʻambar Alayhissalom: „Ha oqib turgan daryoning oldida boʻlsang ham suvni extiyojdan ortiqcha ishlatma“, dedilar. Jarayon Tahorat uchun suv hozirlagandan keyin: Qibla tomonga qarab, ichida „Tahorat olishni niyat qildim“ deyiladi. „Auzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym“, deyiladi. Qoʻllar bandigacha 3 marta yuviladi. Oʻng qoʻlda suv olinib, ogʻiz 3 marta gʻargʻara qilib chayiladi va misvok qilinadi. Burunga oʻng qoʻl bilan 3 marta suv tortilib, chap qoʻl bilan qoqib tozalanadi. Yuz 3 marta yuviladi. Avval oʻng qoʻl tirsaklar bilan qoʻshib ishqalab yuviladi, soʻngra chap qoʻl. Hovuchga suv olib, toʻkib tashlab, hoʻli bilan boshning hamma qismiga masx tortiladi. Koʻrsatkich barmoq bilan quloqlarning ichi, bosh barmoqlar bilan esa quloq orqasi masx qilinadi. Ikkala kaftning orqasi bilan boʻyin masx qilinadi. Chap qoʻl bilan oʻng oyoqni oshiq qismi bilan qoʻshib, barmoqlar orasini ishqalab 3 marta yuviladi, keyin chap oyoq. Qibla tomonga qarab, ichida „Ashhadu an La ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh“ deyiladi. Manbalar
2,838
2635
https://uz.wikipedia.org/wiki/Namoz
Namoz
Namoz () — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi besh rukndan biri. Namoz musulmonlarga meʼroj kechasi (qarang Isro va meʼroj) farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) namoz oʻqish farz hisoblanadi. Namoz oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qurʼon oyatlaridan tilovat qilishda duolar oʻqish, rukuʼ, sajda, tiz choʻkib oʻtirish, salom berishlarni oʻz ichiga oladi. Namozning bir necha turlari mavjud. Masalan, farz, vojib, sunnat, nafl, ishroq, tahajjud, qazo, shukri vuzu, janoza va boshqa qoʻshimcha namozlar borki, ularni ado etish musulmon kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat namozlari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi namozlar sirasiga kiradi. Namoz oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. Namoz qiblaga — Makkadagi Kaʼba ibodatxonasiga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — joynamozdan foydalanish odatga aylangan. Namozni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin juma kunidagi juma namozini masjidda jamoa bilan oʻqish tavsiya etiladi. Jamoa boʻlib namoz oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri (imom) imomlikka oʻtadi. Namoz paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yoʻtalish (uzrsiz), turli harakatlar qilish va boshqa mumkin emas. Kasal va nogironlar namozni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar. Islomdagi mazhablar koʻrsatmalarida namoz oʻqish qoidalarining bir-biridan farq qiladigan jihatlari bor. Oʻzbekistonda namoz, asosan, hanafiylik mazhabiga muvofiq oʻqiladi. Jarayon Tahorat qilib boʻlgandan keyin namoz oʻqiladi. 1. Qiblaga yuzlanib, qoʻllarni koʻtarib"اَللهُ اَكْبَرُ" (Allohu akbar) deyiladi. 2. Sano duosi oʻqiladi. 3. Avval Fotiha surasini, soʻngra boshqa biror sura (zam sura) oʻqiladi. 4. „Allohu akbar“ deb ruku qilinadi va rukuda 3 marotaba: „سُبْحَانَ رَبِّيَ الْعَظِيمِ“ „Subhana robbiyal-aʼziym“ (Ulugʻ Robbim pokdir!) deyiladi. 5. Rukuʼdan boshni koʻtarib: „سَمِعَ اللهُ لِمَنْ حَمِدَهُ، رَبَّناَ وَ لَكَ الْحَمْدُ“ „Sami’allohu liman hamidah, Robbana-a valakal hamd“ (Alloh Oʻziga hamd aytuvchini eshitdi. Ey Parvardigorimiz! Senga hamd(lar) boʻlsin) deyiladi. 6. „Allohu akbar“ deb sajda qilinadi va sajdada 3-marta „سُبْحَانَ رَبِّيَ الْأَعْلَى“ „Subhana robbiyal aʼla“ (Eng oliy zot boʻlmish Parvardigorim barcha aybu nuqsondan pokdir) deyiladi. 7. „Allohu akbar“ deb sajdadan boshni koʻtarib oʻtiriladi va: „رَبِّ اغْفِرْ لِي“ „Robbigʻ-firli“ deyiladi. 8. Biroz jalsada boʻlib, „Allohu akbar“ deb ikkinchi marta sajda qilinadi va sajdada „Subhana Robbiyal-aʼla“ deyiladi. 9. „Allohu akbar“ deb ikkinchi rakatga turiladi. Namozni boshlashdan oldin ado etilishi lozim boʻlgan toʻqqizta shart bordir: 1. Islom. 2. Aql. 3. Tamyiz (esni tanishlik). 4. Tahoratli boʻlish. 5. Najosatlardan poklanish. 6. Avratni yopish. 7. Namoz vaqtining kirishi. 8. Qiblaga yuzlanish. 9. Niyat. Namoz turlari Manbalar Oʻqish uchun Islom Shariat Mazhablar Namoz Islom atamalari Chala maqolalar
3,061
2636
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tashahhud
Tashahhud
Tashahhud — namozda qaʼda (oʻtirish) vaqtida oʻqiladigan duo (attahiyyot). Tashahhud quyidagichadir: „اَلتَّحِيَّاتُ لِلَّهِ وِ الصَّلَوَاتُ وَ الطَّيِّبَاتُ، اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَِّبيُّ وَ رَحْمَةُ اللهِ وَ بَرَكَاتُهُ، اَلسَّلاَمُ عَلَيْنَا وَ عَلَى عِبَادِ اللهِ الصَّالِحِينَ، أَشْهَدُ أَلاَّ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَ أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَ رَسُولُهُ“. „Attahiyyatu lillahi vas-solavatu vat-toyyibat. Assalamu alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu alayna va ala 'ibadillahis-solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh“. Maʼnosi: „Qutlovlar, salovotlar va (hamdu sanoda ishlatiladigan) toyyib-pokiza goʼzal soʻzlar (amallar) Alloh uchundir. Ey Nabiy! Sizga Allohning salomi, rahmati va barakoti boʻlsin. Bizga hamda Allohning solih bandalariga salom boʻlsin. Guvohlik beramanki Allohdan oʻzga iloh yoʻq va Muhammad Uning bandasi hamda rasulidir“. Manbalar Islom
961
2638
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tayammum
Tayammum
Tayammum - islom dinida tahorat olish usuli, yuvinish uchun toza suv taqchilligi yuzaga kelganda odatiy tahorat o`rnida bajariladi. Tayammum (arab.) — poklanishning bir turi. Suv boʻlmaganda qum yoki tuproq bilan tahorat qilib, ramziy poklanish. T.da 4 farz bor: niyat qilish; tuproqning toza joyini tanlash; ikki qoʻlni tuproqqa urib, yuzga surish (avval chap qoʻl bilan oʻng qoʻlga, soʻng oʻng qoʻl bilan chap qoʻlga mashtortiladi); yana kaftlarni toza tuproqqa urib, ikki qoʻlni tirsaklarigacha mash qilish (uch marotaba). Tayammum qilishni qasd qilgan kishi ikki qo'li bilan barmoqlarini ochgan holda pok yer jinsiga bir marta uradi va barmoqlarining ichini yuziga surtadi, kaftlarining ichi bilan ikki qo'lini ishqalaydi. Yuz va qo'l uchun ikki marta qo'lini yerga ursa ham bo'ladi. Ammo birinchi ko'rinish hadisda kelgan. Islom
836
2645
https://uz.wikipedia.org/wiki/Misr
Misr
Misr (rasmiy nomlanishi: Misr Arab Respublikasi ()) Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan davlatdir. Maydoni 1 million 14 ming km². Aholisi 102 million kishi. Poytaxti — Qohira shahri. Maʼmuriy jihatdan 27 viloyatgaga boʻlinadi. Isroil, Falastin, Sudan va Liviya davlatlari bilan chegaradosh. Misr shimolda Oʻrta yer dengizi, sharqida Qizil dengiz joylashgan.Misr davlati ham islom davlatlaridan biri va aholisining asosiy qismi musulmon. Misr davlati- pul birligi Misr funti. Davlat tili- arab tili. Prezidenti- Abdulfattoh as-Sisiy. Misrda yetti moʻjizadan biri yaʼni Misr piramidalari joylashgan. Davlat tuzumi Misr — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1971-yil 11-sentabrdagi referendumda maʼqullangan, keyinchalik unga oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2014-yildan Abdulfattoh as-Sisiy). Vakolat muddati — 6 yil. Cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi. Tabiati Misr hududining deyarli xammasi choʻl zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5 % (35 ming km²) Nil daryosi deltasi va vodiysiga toʻgʻri keladi. Relyefi va geologik tuzilishi jihatidan Misr hududi shartli ravishda toʻrt zonaga boʻlinadi: 1) Liviya choʻli; 2) Arabiston choʻli; 3) Sinay yarim orol; 4) Nil daryosi vodiysi va deltasi. Relyefi, asosan, tekislik; Qizil dengizga yaqin yerlar togʻlikdir. Liviya choʻli platosining balandligi shimolda 100 m, janubda 600 m, janubi-gʻarbda 1000 m gacha boʻlib, yer yuzasi qum va toshloq. Arabiston choʻli yassitogʻligi sharqda 700 m gacha koʻtarilgan, bu yerda balandligi 2000 m gacha boʻlgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100- 200 m. Yassitogʻlik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (Misr chegarasida) janubda 1-3 km, deltaga yaqin joyda 20-25 km. Sinay yarim orolning U, qismini At-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning janubda balandligi 2641 m gacha boʻlgan togʻlar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganets, mis, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Sinay yarim orolda kumir konlari mavjud. Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik kontinental choʻl iqlimi, yogʻin ahyon-ahyondagina yogʻadi. Haroratning sutkalik farqi katta. Masalan, choʻlda kunduzi temperatura 50° boʻlsa, kechasi 0°. Oʻrta dengiz boʻyida subtropik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryogʻin. Eng issiq oylari (iyul—avgust)ning oʻrtacha harorati Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanvar— fevral)ning temperaturasi Iskandariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Aprel va may oylarida 50 kungacha choʻl shamoli (xasmin) esib turadi. Oʻrtacha yillik yogʻin Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yogʻin aksari qisqa muddatli jala boʻlib yogʻadi. Mamlakatdan birgina Nil daryosi oʻtadi. Uning suvi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgach, mamlakat janubda Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda sizot suvlardan keng foydalaniladi. Mayda koʻl koʻp. Nil deltasida kanallardan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim kanallarda kema qatnaydi. Janubdan shimolga tomon dastlab sariqqoʻngʻir choʻl tuprogʻi, soʻngra boʻz tuproq (arablar bodiya — „choʻl“ tuprogʻi deyishadi), taqir boʻz tuproq, shoʻrxoklar, Nilning delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning gʻarbiy qismida koʻchma qumlar bor. Nil vodiysi va deltasining tuprogʻi juda unumdor. Misr hududining katta qismi suvsiz va oʻsimliksiz choʻllardir. Kserofit va lishayniklar, qisman daraxtsimon usimliklar, Liviya choʻlining shimolda qishda efemerlar oʻsadi. Koʻproq butasimon va oʻt oʻsimliklar tarqalgan. Nil vodiysida, asosan, madaniy oʻsimliklar ekiladi. Oʻrta dengiz sohillarida chalov, choʻl piyozi, naʼmatak, yantoq va boshqa bor. Hayvonlardan sudraluvchilar, jumladan, kaltakesak koʻp. Choʻllarda chiya-boʻri, tulki, sirtlon va boshqa hayvonlar uchraydi. Nil boʻyida gʻoz, oqqur, oʻrdak, shuningdek, yirtqich qushlar bor. Aholisining 98 % misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (qibt)lar (mahalliy xristianlar) Misrning tub aholisi boʻlib, mamlakatga kelgan arablar bilan aralashib ketgan qadimgi misrliklarning avlodlaridir. Greklar, armanlar, italyanlar, inglizlar, fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili, deyarli butun aholi shu tilda gaplashadi. Aholi, asosan, islom dinining sunniylik yoʻnalishida; xristianlar 10 % ni tashkil etadi. Aholining 43,9 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoiliya, Tanta, Suvaysh, Al-Mansura, Damanxur, Al-Mahallat-ul-Kubro. Tarixi Misr — insoniyat tamadduni (sivilizatsiyasi)ning ilk makonlaridan biri (qarang Misr, Qadimgi Misr). 3—4-asrlarda Misr Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Rim imperiyasi yemirilgach (395), Vizantiyaning bir viloyati boʻlib qoldi. VII-asr boshlarida butun Misr aholisi Vizantiyaning rasmiy pravoslav cherkoviga qarshi boʻlgan xristianlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (qibt) tilida soʻzlashar edi. Shu davrda Misrni sosoniylar, 639—642 yillarda esa arablar bosib oldi va mamlakatda islom dini tarqala boshladi. Keyinchalik tuluniylar (868—905), abbosiylar (905—935), ixshidiylar (935—969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969—1171)da Falastin, Shom (Suriya) va Gʻarbiy Arabiston Misrga qaram boʻlgan. 1113-yil salib yurishi qatnashchilari Misrga bostirib kirdi. Shimoliy Suriya va Iroqdagi saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146—74) salibchilarga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160—71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171-yil ayyubiylar sulolasi (1171—1250)ning asoschisi Salohiddin taxtga chiqdi. 1174-yil esa u sulton nomini oldi. 1187-yilda Suriya va Misr harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi va Falastin bilan Suriyani ulardan ozod qildi. Misrda XIII-asr yarmigacha Ayyubiylar, XIV—XV-asrlarda mamluklar hukmronlik qildi. 1517-yilda turk sultoni Salim I Misrni egallab, uni Usmonli turk davlati tarkibiga qoʻshib oldi. XVIII-asr 2-yarmidan Usmonli turk saltanati tanazzulga uchray boshladi. Bundan foydalangan mamluk beklaridan Alibey mustaqil davlat tuzishga erishdi (1769), Alibeyning vafotidan soʻng taxt uchun kurash kuchaydi. XVIII-asr oxiri — XIX-asr boshlarida Fransiya va Angliya Misrni bosib olishga harakat qildilar. 1798-yilda Misrni Napoleon armiyasi egalladi. 1801-yilda ingliz floti fransuz floti ustidan gʻalabaga erishdi. 1805-yilda hokimnyat Muhammad Ali posho qoʻliga oʻtdi. Muhammad Ali Misrni kuchli, mustaqil davlatga aylantirish maqsadida mamluk beylariga qarshi kurash olib bordi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirdi. Bu davrda birinchi movut, toʻqimachilik fabikalari, metallurgiya, qand, oyna zavodlari qurildi. Yevropa usulidagi maktablar ochildi, yoshlar gʻarb davlatlariga oʻqishga yuborildi. Fransuz harbiy maslahatchilari yordamida armiya qayta tuzildi. Mahalliy aholi armiyaga olina boshladi (ilgari faqat yollanma askarlar boʻlar edi). Muhammad Ali Suriya, Falastin va Arabiston yarim orolning bir kismini bosib oldi (1831—33). Turkiyaga qaramlikdan qutulish uchun 1831-yilda unga qarshi urush ochib, turk armiyasini magʻlubiyatga uchratdi. Lekin Angliyaning ikkinchi Turkiya-Misr urushi (1839—40)ga aralashuvi natijasida Misr armiyasi yengildi. Bundan tashqari, Angliya 1838-yilgi ingliz-turk savdo bitimidagi shartlarni Misrga maj-buran qabul qildirdi. Bu esa mamlakatga ingliz mollari koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochib berdi. Suvaysh kanali ishga tushirilishi (1869) bilan Angliya va Fransiya Misrda zoʻr berib oʻz hukmronligini oʻrnatishga urindi. 1882-yil inglizlar armiyasi Misrni egallab oldi va xalq qoʻzgʻolonini sha-fqatsiz bostirdi. Mamlakatda mustamlaka tartibi oʻrnatildi. Inglizlar bank va moliya ishlarini, irrigatsiya qurilishlari, aloqa yoʻllarini oʻz qoʻllariga oldi. Misr faqat paxta yetishtiradigan davlatga aylanib qoldi. 20-asr boshlarida Mustafo Komil (1874— 1908) rahbarligida milliy ozodlik harakati avj oldi. Ammo mustamlakachilar xalq harakatini bostirdilar. 1914-yilda Misrda Britaniya protektorati oʻrnatildi. 1918-yilda Zagʻlul Saʼd boshchiligida „Misr delegatsiyasi“ (keyinchalik „Vafd“) partiyasi tuzildi. Bu partiya 1919—1924-yillarda inglizlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga boshchilik qildi. Xalqning kurashi natijasida ingliz protektorati bekor qilinib, Misr mustaqil podshoxlik deb eʼlon qilindi (1922). 1923-yil Misr konstitutsiyasi kabul etildi. Bu konstitutsiya parlament tuzishni nazarda tutdi. U ayrim erkinliklar — siyosiy tashkilotlar tuzish va matbuot erkinligini berdi, shu bilan birga, podshohga deputatlar palatasini tarqatish, parlament chaqiriklari muddatini surish, vazirlarni tayinlash va boʻshatish huquqini ham berdi. Shunday boʻlsada, Angliya Misrda oʻz mavqeini, yaʼni davlat idoralari hamda harbiy kuchlar ustidan nazoratini, mamlakatda ingliz armiyasini saqlab qoldi. Parlament saylovida „Vafd“ partiyasi gʻalabaga erishdi va Zagʻlul Saʼd boshchiligida yangi xukumat tuzildi. Biroq mamlakatda milliy ozodlik kurashi toʻxtamadi. 1936-yil Angliya bilan Misr oʻrtasida shartnoma tuzildi. Shartnomaga muvofiq, inglizlar Misrni bosib olishni toʻxtatdilar, lekin mamlakatda harbiy bazalar va armiya sakdash huquqini oldilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Misr Italiya-Germaniya va Angliya armiyalari oʻrtasidagi jang maydoniga aylandi. Urushdan keyin Misrda milliy ozodlik harakati yanada kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49)da mamlakatda reaksiya avj oldi, soʻl vafdchilarni, talabalar harakati rahbarlarini qamash boshlandi. Bunga qarshi xalq harakati yanada avj oldi. Parlament 1936-yil gi Angliya-Misr shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Shundan keyin Angliya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Misr xalqi mustamlakachilarga qarshi partizan urushini boshladi. 1952-yil 23-iyulda Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi „Zubbot alahror“ („Ozod zobitlar“) uyushmasi armiyaga tayanib, davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Davlat hokimiyati Inqilobga rahbarlik kengashi ixtiyoriga oʻtdi. General Misr Najib kengash raisi va hukumat rahbari etib tay-inlandi; amalda kengashga Nosir rahbarlik qildi. Yangi hukumat agrar islohot oʻtkazib, fallohlarni yer bilan taʼminladi, mamlakatni industrlashtirish, iqtisodiy mustaqillikka erishish siyosatini olib bordi. 1953-yil 23-iyunda Misr respublika deb eʼlon qilindi. 1953-yil oʻrtalarida yangi tuzum rahbarlari orasida ikki oqim — Najib boshchiligidagi eski demokratiya va J. A. Nosir rahbarligidagi inqilobiy demokratiya tarafdorlari paydo boʻldi. Zidsiyat keskinlashib, natijada Najib hukumatdan chetlatildi, Jamol Abdul Nosir bosh vazir boʻlib qoldi (1954). Angliya — Misr shartnomasi (1954)gamuvofiq, 1956-yil 18-iyunda oxirgi ingliz askari Misrdan chiqib ketdi. Misrning siyosiy suvereniteti tiklandi. 1956-yil 23-iyunda Misr Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi va Jamol Abdul Nosir prezident etib saylandi. Prezident Suvaysh kanali kompaniyasi davlat ixtiyoriga olinganligini eʼlon qildi. Shunday qilib, iqtisodiy taraqqiyot dasturini mablagʻ bilan taʼminlashning muxim manbai qoʻlga kiritildi. Shundan keyin Misrga qarshi Angliya—Fransiya —Isroil tajovuzi boshlandi. Xalq bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻaldi. Tinchliksevar xalqlarning talabi bilan ingliz, fransuz (1956-yil dekabr) hamda Isroil (1957-yil mart) armiyasi Misrdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1958-yil 1-fevralda Misr va Suriya hukumatlarining oʻzaro kelishuvi natijasida yangi unitar (birlashgan) davlat — Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) tuzildi. Suriyada 1961-yil 28-sentabrda davlat toʻntarishi oʻtkazilib, Suriya BAR tarkibidan chikdi. Misr BAR nomini saqlab qoldi. 1971-yil sentabrdan BAR Misr Arab Respublikasi deb nomlandi. 1963-yilda J.A.Nosir rahbarligida Arab Sotsialistik Ittifoqi (ASI) tuzildi. ASI 1952-yil iyul inqilobining maqsad va tamoyillarini ximoya qilish, qolokdikni tugatishni oʻzining asosiy burchi deb bildi. 1964-yil 23-martda yangi muvaqqat konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq, hamma korxonalar xalqniki deb hisoblandi. Shu bilan birga, xususiy va kooperativ mulk xdm saqlanib qoldi. J. A. Nosir prezidentligi davrida muhim ijtimoiyiqtisodiy islohotlar oʻtkazildi. Banklar, koʻpgina yirik va oʻrta savdo hamda sanoat kompaniyalari davlat ixtiyoriga olinishi, keng miqyosda yangi korxonalar qurilishi tufayli iqtisodiyotda qudratli davlat sektori barpo etildi. 1967-yil bahoridaYaqin Sharqdagi mojaro keskinlashdi. 5—10-iyun kunlari Isroil qoʻshinlari Sinay yarim orolni bosib olib, Suvaysh kanalining sharqiy sohiliga yetib keldi. Xalqaro jamoatchilik va avvalo BMT Xavfsizlik Kengashining talabi bilan urush harakatlari toʻxtatildi. Ammo urush natijasida Misrning iqtisodiyotiga katta talafot yetdi. Urush tufayli Suvaysh kanali zonasidagi iqtisodiy hayot izdan chiqdi. Kanaldagi kema qatnovi 1975-yilgacha toʻxtab qoldi. 1968-yil 30-martda J.A.Nosir Isroil tajovuzi oqibatlarini tugatish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish dasturini bayon qildi. 2-may umumxalq referendumi bu dasturni maʼqulladi. 1970-yil 28-sentabrda J.A.Nosir vafot etdi. Oʻsha yil 15-oktabrda A. Sadat prezident etib saylandi. Uning davrida bozor munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotning xususiy sektorini kuchaytirish va faollashtirish, mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va avvalo isteʼmol mollari hamda xizmatlar hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yoʻlini amalga oshirishga kirishildi. Biroq 1967-yil „olti kunlik“ urushda Isroil tomonidan bosib olingan Misr yerlarini (Sinay yarim orolni) qaytarib olish muammosi hal boʻlmay qolayotgan edi. 1973-yil oktabrda Misr armiyasi Suvaysh kanalidan oʻtib, uning sharqiy sohiliga tushdi. Urush natijasida muammoni hal etishning iloji boʻlmagach, oʻt ochish toʻxtatildi va 1974-yilda qoʻshinlarni bir-biridan yiroklashtirish haqida bitim imzolandi. 1979-yilda Kemp-Devid (AQSH)da tuzilgan sulx. shartnomasi asosida Isroil uzi bosib olgan yerlarni Misrga qaytarib berdi. Bu sulhga boshqa arab davlatlari qarshi chikdi va Misrni Arab davlatlari uyushmasidan chiqardi. 1981-yil 6-oktabrda A. Sadat diniy tashkilot aʼzolari tomonidan oʻldirildi va oʻsha yil 13-oktabrda Husniy Muborak prezident etib saylandi. Yangi rahbariyat ichki siyosiy vaziyatni, xalq noroziligini yumshatish tadbirlarini koʻrdi, ijtimoiy turmushni birmuncha erkinlashtirdi, iqtisodiyotni sogʻlomlashtirish yoʻlida katta qadamlar qoʻydi. Misr tarmoqlarini jadal rivojlantirish orq-ali iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni bartaraf etish yoʻli tutiddi. Mamlakatni zamonaviy bozor munosabatlarini shakllantirish yoʻlidan rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Xalqaro maydonda ogʻir-vazmin va epchil siyosat oʻtkazila boshladi. Jumladan, Qoʻshilmaslik harakati, Arab davlatlari uyushmasi, Islom konferen-siyasi tashkiloti bilan hamkorlik faollashtirildi. Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini davom ettirish, arab-isroil mojarosini bartaraf qilish Misr tashqi siyosatining asosiy masalasi qilib qoʻyildi. 1989-yilda Misrning Arab davlatlari uyushmasiga aʼzoligi tiklandi. Misr — 1945-yildan BMTaʼzosi. OʻzRsuverenitetini 1991-yil 26-dekabrda tan olgan va 1992-yil 23-yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23-iyul — Inqilob kuni (1952). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Milliy demokratik partiya, 1978-yilda tashkil etilgan; Milliy taraqqiyparvar (soʻl) partiya, 1976—77 yillarda tuzilgan; Mehnat partiyasi, 1978-yilda asos solingan; Liberallar partiyasi, 1976—77 yillarda tashkil etilgan, 1990-yil yanvargacha Liberalso-sialistik partiya deb atalgan; „Al-Vafd“ partiyasi, 1978-yilda tuzilgan; „Al-Umma“ („Millat“) partiyasi, 1983-yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan. Misr mexnat federatsiyasi kasaba uyushmasi, 1957-yilda asos solingan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi. Iqtisodiyoti Misr — agrar-industrial mamlakat. Jahon bozoriga yuqori sifatli uzun tolali paxta va undan toʻqilgan gazlamalarni koʻp miqdorda yetkazib beradi. XIX asr 70-yillar oxiri 80-yillar boshlarida neft qazib olish va eksport qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga koʻmaklashuvchi tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor kuchaydi. 90-yillarning oʻrtalarida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,5 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 20 % ga yetdi. Sanoati mustaqillikka erishgunga qadar, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat edi. Iskandariyada neftni qayta ishlovchi, avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, Suvaysh-Qohira neft quvuri mavjud. 1952-yildan beri 1000 dan ortiq yangi sanoat obʼyektlari ishga tushirildi. Sanoat korxonalari, asosan, Qohira, Iskandariya va Nil deltasidagi boshqa yirik shaharlarda joylashgan. 1958-yilda Qohira yaqinida qurilgan Hulvon metallurgiya zavodi mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu zavod Asvon yaqinidan qazib olingan sifatli temir (40—60 %) rudasi asosida ishlaydi. Asvon shahrida yiliga 300 ming t poʻlat ishlab chiqaradigan metallurgiya markazi bor. Mashinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr kabellari zavodi va metall buyumlar ishlab chiqarish fabikasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, poʻlat quvurlar zavodlari, Iskandariyada toʻqimachilik sanoati uskunalari zavodi, Qohirada velosiped va televizor zavodlari, Port-Fuod, Iskandariyada kemasozlik korxonalari, keyingi yillarda ishga tushirilgan avtomobil, traktor, sovitkich, metall qirqish stanoklari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Suvaysh, Qohira, Iskandariya, Tanta shaharlari neftni qayta ishlash markazlaridir. Kime sanoati faqat mineral oʻgʻit ishlab chiqarishdan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuzaʼbaldagi zavodlar yiliga 200 ming t superfosfat ishlab chiqarish quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat chiqaradigan zavod mavjud. Abuzaʼbalda qurilgan antibiotiklar zavodi farmatsevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmatsevtika korxonasi qurildi. Bulardan tashqari, Asvonda kalsiy, Su-vayshda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda zavodlari, Xulvonda kokskimyo zavodi bor. Qurilish ashyolari sanoati korxonalari Hulvon, Al-Maʼsara, Al-Tur va Iskandariya atroflarida boʻlib, asosan, sement ishlab chiqaradi. Yirik toʻqimachilik korxonalari AlMahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat shaharlaridadir. Oziq-ovqat sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlaydi. Armant, Koʻm-Umboʻ, Adfu shaharlarida yirik qand zavodlari bor. Asvon gidroenergetika majmuiga kiruvchi elektr styalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan elektr styalar yiliga oʻrtacha 525 mlrd. kVtsoatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqaradi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligi, asosan, Nil deltasi va vodiysida rivojlangan, bu yerda 3 mln. gektarga yaqin (mamlakat hududining 3 %) maydonda yiliga 2-marta, Asvon toʻgʻoni qurilgandan beri 3-marta (qishda ham) ekin ekib, hosil olinadi. Birinchi navbatda koʻproq daromad keltiradigan sholikorlik va paxtachilik (ingichka tolali paxta tayyorlash boʻyicha dunyoda 1-oʻrin) rivojlangan. Bundan tashqari, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, dukkaklilar va sabzavot, shakarqamish, xashaki ekinlar ekiladi. Sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon), xurmo, banan, anjir, uzum, asosan, mamlakat shimolda yetishtiriladi. Tabiiy yaylov va yem-xashak kamligi sababli chorvachilik yaxshi rivojlanmagan. Oʻtroq aholi (dehqonchilik vohalarida) qoramol (sut uchun), qoʻy, echki va xonaki parranda, koʻchmanchilar esa tuya, qoʻy va echki boqadi. Asal-arichilik rivojlangan. Nil daryosi va ichki koʻllarda, shuningdek, Oʻrta dengizda baliq ovlanadi. Transporti Mamlakat ichida yuklar, asosan, avtomobil transportida (85 %) tashiladi. Yuk tashishning salkam 10 % temir yoʻllarga, 5 % chasi suv transportiga toʻgʻri keladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 48,8 ming km. Eng muhim avtomagistrallari: Qohira — Iskandariya, Iskandariya — Marso Matruh, Qohira — Suvaysh, Suvaysh — Port-Said, Qoqira — al-Gʻardaqa, Qohira — Asyut. Transport yoʻli uzunligi — 8,8 ming km. Asosiy temir yoʻl magistrallari: Qohira — Asvon, Qohira — Iskandariya, Qohira — Suvaysh, Port-Said — Ismoiliya. Nil va magistral kanallardagi kema qatnovi yoʻllari uzunligi — 3 ming km dan ortiq. Dengiz savdo flotining tonnaji — 1,68 mln. tonna dedveyt. Tashqi savdo yuklari, asosan, xorijiy dengiz kemalari va samolyotlarda tashiladi. Asosiy dengiz porti — Iskandariya (Oʻrta dengizda), boshqa yirik portlari — Port-Said va Suvaysh (Suvaysh kanalida), Ras-Shukeyr va Safaga (Qizil dengizda), Qohirada yirik xalqaro aeroport bor. Misr chetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyuminiy va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sement, metall, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH. Chet el say-yohligi anchagina daromad keltiradi. Pul birligi — Misr funti. Tibbiy xizmat aralash tarzda tashkil etilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi, muhofazalarda sogʻliqni saqlash departamentlari bor. Mamlakatda bepul tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar universitetlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta farmatsevtika fakultetida, shuningdek, chet ellarda tayyorlanadi. Oʻrta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Universitetlarning tibbiyot fakultetlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkaziladi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Misrni 7-asrda arablar istilo qilganidan keyin islom diniy maktablari koʻplab ochila boshladi. 10-asrda al-Azhar musulmon universitetga asos solindi. Dastlabki dunyoviy oʻquv yurtlari 19-asr 2-yarmida paydo boʻldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etildi. 4 yillik boshlangʻich maktab eng koʻp tarqalgan oʻquv yurti edi. 1952-yildan keyin boshlangʻich va oʻrta maktab isloh qilindi. 1956-yilda barcha bolalarga 6 yoshdan majburiy bepul boshlangʻich taʼlim berish haqida qonun qabul qilindi. 1962-yilgi dekret maktabgacha tarbiyadan to oliy oʻquv yurtigacha boʻlgan barcha davlat oʻquv yurtlarida bepul taʼlimni joriy etdi. Endilikda bolalar uchun 6 yoshdan boshlab 6 yillik boshlangʻich taʼlim, soʻngra 3 yillik toʻliqsiz tayyorlov maktabi, 3 yillik toʻliq oʻrta maktab mavjud. Barcha bosqichlarga ega boʻlgan xususiy maktablar bor. Hunartexnika tayyorgarligi hunar bilim yurtlari, hunar markazlari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, shuningdek, 5 yillik texnika maktablarida olib boriladi. Oliy taʼlim tizimiga universitet, institut va 4 yillik kollejlar kiradi. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan 2 yillik texnika institutlari ham bor. Mamlakatdagi 14 ta untning eng yiriklari: K,ohira, Ayn ushShams, Iskandariya universitetlari, Qohiradagi Amerika universitet, Al-Azhar universitet. Eng yirik institutlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika institutlari, Asvondagi industrial institut va boshqa Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), Misr institutining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy majlis kutubxonasi (1924), Qohira universitet kutubxonasi (1908), Iskandariya universitet kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon universitet kutubxonasi, Iskandariyadagi Munitsipal kutubxona (1892). Yirik muzeylari: Islom sanʼati muzeyi (1882), Geol. muzeyi (1899), Misr muzeyi, Zamonaviy sanʼat muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), Transport yoʻli muzeyi (1933), Harbiy muzey — hammasi Qoxirada, Iskandariyadagi Yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892). Ilmiy muassasalari: Qohiradagi Misr instituti (1798), Misr va texnologiya akademiyasi (1971, tarkibida ilmiy tadqiqot markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya markaziy tadqiqot instituti, Okeanografiya va baliq ilmiy tadqiqot instituti, Astronomiya instituti, Neft tadqiqot instituti, Axborot va hujjatlashtirish milliy markazi mavjud). Qohirada Ped. tadqiqotlari milliy markazi, al-Jizada Arab tili akademiyasi, qishloq xoʻjaligi tadqiqot markazi va boshqa bor. Matbuoti, telekoʻrsatuvi va radioeshittirishi Misrda vaqtli nashrlar soni 300 dan oshadi. Eng yiriklari: „Alaqrom“ („Ehrom“, kundalik gazeta, 1875-yildan), „Al-axbor“ („Xabarlar“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Al-jumhuriya“ („Respublika“, kundalik gazeta, 1953-yildan), „Al-aholi“ (kundalik gazeta, 1978-yildan), „Axbor al-Yaum“ („Kun yangiliklari“, kundalik gazeta, 1944-yildan). „Alahror“ („Liberallar“, haftalik gazeta, 1977-yildan), „Al-Vafd“ („Delegatsiya“, haftalik gazeta, 1984-yildan), „Axer saa“ („Soʻnggi soatda“, haftalik jurnal, 1934-yildan), „Alka-vakib“ („Yulduzlar“, haftalik jurnal, 1952-yildan), „Oktobr“ („Oktabr“, oylik jurnal, 1976-yildan) — hammasi arab tilida; „Jurnal d’Ejipt“ („Misr gazetasi“, fransuz tilida chikadigan kundalik xususiy gazeta, 1936-yildan), „Ijipshn gazett“ („Misr gazetasi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1880-yildan), „Ijipshn meyl“ („Misr pochtasi“, ingliz tilida chikadigan gazeta, 1910-yildan) va boshqa Yaqin Sharq axborot agentligi (MENA), Misrning rasmiy axborot agentligi, 1955-yildatuzilgan. Misr radioeshittirish va telekoʻrsatuv uyushmasi 1928-yilda tashkil etilgan. Adabiyoti eng qadimgi adabiyotlardan boʻlib, miloddan avvalgi 3ming yillikda paydo boʻlgan. Qadimgi Misr va qibt adabiyoti rivojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovchi qoʻshiklar kabi adabiy yodgorliklarning koʻpgina namunasi shoxlar sagʻanalari devorlariga yozib qoldirilgan. Oʻrta va Yangi shoxlik (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) papiruslarida yozilgan koʻpgina rivoyatlar saqlangan. Ularning mu-alliflari maʼlum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, masal, epos, ishqiy lirika kabilar. Milodiy 7—15-asrlarda arab adabiyoti shakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi Misr adabiyoti turklar hukmronligi (16—18-asrlar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-asr boshlaridan Misr adabiyoti Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurash taʼsirida arab tilida rivojlandi. 19-asrning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosabati bilan Misrda dunyoviy maktablar ochildi, kitoblar nashr etila boshladi, birinchi arab gaz. chop etildi. Ana shu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi maʼrifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarshi chiqib, ijtimoiy islohotlarning zarurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837—1904) oʻz sheʼrlarida ingliz mustabidlariga qarshi kurashishga chaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 — 1932) va „shoirlar amiri“ Ahmad Shavqiy (1869—1932) ham oʻz asarlarida inglizlar hukmronligiga qarshi kurashni tasvirladi. Yangi Misr adabiyoti va publitsistikasining asoschisi Mustafo Komil (1874— 1908) ham oʻsha davrning yirik maʼrifatparvaridir. 1919—24 yillarda Misr xalqining inglizlarga qarshi qoʻzgʻolonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-yillar Misr adabiyotida maishiy mavzudagi novellalar asosiy oʻrinni egalladi. Uning asoschisi „Shayx Juma va boshqa hikoyalar“ nomli ilk novellalar toʻplami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adiblar ham mehnatkashlarning inglizlar hukmronligiga qarshi kurashini aks ettiruvchi asarlar yaratib, milliy ozodlik gʻoyalariga sodiq qoldilar. 20-yillarda Misr adabiyotida maishiy mavzudagi dramalar ham paydo boʻddi. Misr Tay-murning „Halokat“, Farax Antuanning „Yangi va koʻhna Misr“, Antuan Yazbekning „Uyda boʻron“ va „Qurbon“ pyesalarida zamonaviy mavzular oʻz ifodasini topgan. 20—30-yillarda atoqli dramaturg Ahmad Shavqiy qadimgi Misr adabiyoti tarixiga oid „Kleopatraning oʻlimi“, „Antara“ kabi sheʼriy temperaturagediyalar yaratdi. 30-yillarda sheʼriyat taraqqiyotida „Apolo“ („Apollon“) toʻgaragi muhim roloʻynadi. Misr adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Bu davr adabiyotida demokratik gʻoyalarni kuylagan bir qancha isteʼdodli yoshlar paydo boʻldi. Tinchlik va kelajak uchun kurash adiblarning asosiy mavzui boʻldi. 40— 50-yillar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon ashSharkaviy ijodi asosiy oʻrinni egallaydi. Hamisiyning „Qonli koʻylak“, „Qotmagan qon“, „Biz oʻlmaymiz“ va Sharkaviyning „Bayroq“, „Markaziy koʻcha ortidan“ kabi toʻplamlarida milliy mustaqillik uchun kurash aks etgan. Xuddi shu mavzu romantik ruxda Yusuf asSiboyining „Yuragimni qaytarib ber“ va Ishoq Abdul Quddusning „Oʻyimizda erkak bor“ asarlarida oʻz ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaishiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgacha va undan soʻnggi davr haqida yirik asarlar yaratdi. „Ovloqkoʻchalar“, „Ibtido va institutiho“ nomli romanlari va „Bayn al-Qasrayn“, „As-Sukkariya“ trilogiyasi adibga shuhrat keltirdi. U 50-yillarda tanqidiy realizm anʼanalarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi „Kuzgi bedanalar“, „Yoʻl“, „Gado“ kabi romanlar yozdi. Misr jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirishga urinish adabiyotdagi asosiy yoʻnalishdir. 60—90-yillar adabiyotning dolzarb mavzudagi asarlari orasida al-Hitaniyning „Zaʼfaron“ koʻchasidagi hangomalar", al-Kuayidning „Misr diyoridagi jang“, „Qishki tush“, S Ibrohimning „Avgust yulduzi“ romanlari bor. Meʼmorligi Misr qadimgi meʼmoriy yodgorliklarga boy mamlakat. 4 ming yillik rivojlanish davrini oʻz ichiga oluvchi Qadimgi Misr meʼmorligida ehrom, maqbaralarning nodir shakl va turlari yaratildi. Bular jahon sanʼatining noyob namunalaridir. Yunon- Rim davri (milodiy 300 yil)da qadimgi meʼmoriy anʼanalar bilan yonma-yon yangi meʼmoriy obidalar yuzaga keldi. Xristianlik esa Bavit, Vodiy Na-trun, Soʻhoj sahrolaridagi monastirlarda aks ettirildi. Misrga arablar kelishi natijasida musulmon meʼmorligining rivojlanishiga asos solindi. Masjid, shoh saroyi, hammomlar va harbiy qalʼalar shahar meʼmorligining asosiy unsurlari boʻlib qoldi. Nilning sharqiy qirgʻogʻida qurilgan Fustat qalʼasi (640—41) arablarning Misrda qurgan dastlabki meʼmoriy inshootidir. 8—9-yillardayoq toʻgʻri burchakli, hovlili, atrofi ustunli ayvonlar bilan oʻralgan oʻziga xos masjid binolari paydo boʻldi (Amir masjidi, 641 — 827; Ibn Tulun masjidi, 876—79 va boshqalar). Fotimiylar Fustatni bosib olib, uning shimolda Misrning hozirgi poytaxti — Al Qohira (gʻolib)ni qurdilar (969). Fotimiylar (10—12-asrlar) va ayyubiylar (12—13-asrlar) davridan Qohirada koʻp masjidlar, inshootlar, shu jumladan, Qohiraning uch shahar darvozasi, Qohira qalʼasi qolgan. Mamluklar davri (13—16-asr boshlari)da katta masjidlar, madrasalar qurilishi mu-him oʻrin egalladi. Bu binolar bezagida koshinkorlik, tosh va oyna katta oʻrin oldi. 16-asrdan imoratlar, asosan, turk anʼanalari asosida qurildi. Masalan, Muhammad Ali masjidi (qalʼada, 1630—48). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misr meʼmorligida qadimgi milliy anʼanalarni tiklashga intilish kuchaydi. Biroq, ayni vaqtda Yevropa klassitsizmining ham taʼsiri zoʻraydi. Suvaysh kanalining qazilishi (1835—69) bilan yangi shaharlar: Port-Said, Suvaysh, Ismoiliya qurildi. Misrning oʻziga xos sharoitida Yevropa meʼmorligini tatbiq etish tajribasi faqat tashqi sifatlarni yuzaki ravishda qabul qilish yoʻli bilangina bordi. 20-asr boshlarida Qohira Gezir va Rod o.larida qurilgan yangi binolar hisobiga ancha kengaydi. 20-asrning 30—50-yillarida Misrning ijtimoiy va madaniy hayotida oldinga siljish yuz berishi natijasida Misr meʼmorligida zamonaviylik asosiy oʻrin egalladi. Iskandariya qayta qurilib, sharqda al-Muntaz, gʻarbda Ras at-Din qalʼalari bilan tutashdi. Oralikda istirohat bogʻlari, sport klublari qurildi. Misr xalqining mustaqillik uchun kurashi utmishdagi milliy merosni ijodiy tiklash bayrogʻi ostida oʻtdi. An-Naxda „Uygʻonish“ nomini olgan bu harakat, ayniqsa, adabiyot va sanʼatga kuchli taʼsir etdi, meʼmorlik ham bundan chetda qolmadi. Shu davrdagi Misr meʼmorlari oʻzining yangi yoʻnalishida jahrn zamonaviy meʼmorligining nazariya va amaliyotini inobatga olib bordi. Krxira (1955) va Iskandariya (1958) shaharlarini qayta qurish rejasi tuzildi. 60-yillarda yangi meʼmorlik uchun olib borilgan kurash, asosan, gʻalaba qozondi. Zamonaviy uslubda koʻpgina jamoat binolari (Qo-hira aeroporti, Iskandariyada „Falastin“ mehmonxonasi, Qohiraning yangi Madinat-an-Nosir tumani, 1959—62, bosh meʼmor Sayd Karim), Hukumat uyi, universitet shaharchasi, kasalxonalar, 100 ming oʻrinli stadion, sayyohlar markazi qurildi. Ularda oʻrta asr arab meʼmorligi anʼanalaridan ham foydalanilgan. Tasviriy sanʼati Misrda qadimgi sanʼat obidalari koʻp saqlangan (qarang Misr, Qadimgi Misr). Musulmon tasviriy sanʼ-atining bizgacha yetib kelgan ilk na-munalari fotimiylar davriga mansubdir. Fustatdagi hammom devoriga chizilgan rasmlar, tosh, yogʻoch, fil su-yagiga oʻymakorlik usulida ishlangan sozandalar, raqqosalar, chavandozlar qiyofalari, ov va ziyofat manzaralari, miniatyuralar, „Maqomot“ kitobiga ishlangan suratlar shu jumlaga kiradi. Ularning tasviriy uslubida yunon va qibt sanʼati anʼanalari taʼsiri seziladi. Oʻrta asr manzarali-amaliy sanʼatida kashta, toʻqima yoki bosma gulli matolar, rangbarang gulli so-pol buyumlar, togʻ billuridan tarashlab va oʻyib naqshlangan idishlar, sirkorlik bilan ishlangan shisha buyumlar, nafis oʻyma va qadama anjomlar, jimjimador yogʻoch mehroblar, minbarlar yasash keng urf boʻldi. Misrdagi arab sanʼatining barcha turlarida naqsh va husnixat alohida oʻrin oladi. 10— 12-asrlar sanʼat asarlarining bezaklarida odam va jonivorlar tasviri koʻp uchraydi, keyingi davrlarda esa tabiat va oʻsimliklar tasviri, turli chiziqdar ustunlik qildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misrda yangi tasviriy sanʼat vujudga keldi. Bu voqea, bir tomondan, yangi davrdagi yevropalik ustalar tajribasi va sanʼatini oʻzlashtirish, ikkinchi tomondan, milliy ozodlik harakati taʼsirida qadimgi va oʻrta asr milliy badiiy anʼanalarini qayta tiklash muddaosi bilan izoxlanadi. Zamonaviy Misr sanʼati nisbatan yosh. Ilk davrda u gʻarb modern oqimlari taʼsirida boʻlsada, tezlikda milliy anʼanalar va qadimgi merosni oʻrganishga kirishdi. Yangi sanʼ-atning asoschilari Mahmud Muxtor va Mahmud Saidning ijodi 20-asrning 20—30-yillarida gullash davrini boshdan kechirdi. Bularga 40-yillarda yangi davr sanʼatining yirik vakili Muhammad Nagʻi qoʻshildi. Ularning ijodi oʻz xalqining qadimgi badiiy madaniyatiga intilishi, insonparvarligi va xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Muxtorning yirik asarlaridan „Uygʻonayotgan Misr“ monumenti keng shuhrat qozongan. Nagʻining „Efiopiya hayotidan parcha“, „Pardoz“, „Qohiradagi koʻprik“ va boshqa asarlari mashhur. 1952-yilgi inqilob yosh realist rassomlar: manzarachi Georg Sabax, Labib Tadros, Said as-Sadr, portretchi Husan Bakar, Latif Nasim, Muhammad Uvays va boshqalarning ijodiga keng yoʻl ochdi. 50-asrlar rassomligida bezak kartinalar ham keng tarqaldi. Mashhur Jamol as-Sagʻinning „Ozodlik“, „Tinchlik gʻalabasi“, „Afrikaning uygʻonishi“ kabi ramziy haykallari muallifning insonparvarlik, xalq gʻalabasiga ishonchidan dalolat beradi. Haykaltaroshlardan Misr Muso, A. Usmoniy, haykaltarosh va rassom Dia Sakkoflar milliy mavzuni ifodalashning realistik usullariga murojaat etadilar. Baʼzi yosh rassomlar Gʻarbdagi eng yangi modernistik oqimlar yoʻlidan borishga intiladi. Anʼanaviy manzarali-amaliy sanʼat turlari, suyak, yogʻoch, metall oʻymakorligi, zargarlik, toʻquvchilik, kulollik taraqqiy etgan. Suratkashlik ham rivojlandi: Abdul Vofiy, Fuod, Izzat, al-Buxgoʻri, Zuxdiy Roha va boshqa xalq amaliy sanʼatida chinni, oyna, tosh va zamonaviy sintetik materiallardan foydalanila boshladi. Qohiradagi nafis sanʼat maktabi badiiy institutga aylantirildi. Musiqa — Misr madaniy qayotining ajralmas qismi. Qadimgi dramatik diniy janrlardan tortib maqamlargacha mashxur. Arab maqamlari Sharkdagi boshqa xalqlar orasiga ham yoyilgan. Cholgʻu as-boblari benihrya xilma-xil. Mustamlakachilik asorati Misr madaniyati taraqqiyotiga gʻov boʻldi. Said Darvish (1892—1923) yangi Misr musiqasining qaldirgʻochidir. Uning yorqin vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlari koʻpgina arab mamlakatlariga yoyilgan. „Al-Barux“, „Shahrizoda“, „Oʻnlik gʻishtin“ kabi musiqali sahna asarlari Misr zamonaviy musiqasiga asos boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misr musiqasida konsertlar katta oʻrin oldi. Yangi konsert janrlari vujudga keldi. 1910—20 yillarda arab operettasi degan janr yuzaga keldi. Kompozitor S. Darvish bu janrning eng atoqli ar-bobi edi. 1914-yilda Koxirada asos solingan musiqa klubi keyinchalik Sharq musiqasi maktabiga (1929-yildan Arab musiqasi institutiga) aylantirildi. 1927-yilda Misr musiqa jamiyati tashki l etildi. 1952-yil inqilobidan soʻng Misr musiqiy hayoti jonlandi. Bir qator oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida musiqachilar tayyorlana boshladi. 60—80-yillarda, ayniqsa, shaharlarda ommaviy musiqa keng yoyildi. Qohira konservatoriyasi poytaxt opera teatrining milliy kad-rlar oʻchogʻidir. 1962-yilda Kohirada Operetta teatri ochilgan. Misr musiqasida yangi gʻoyaviybadiiy zamin kuchaydi, mahalliy mavzularga eʼtibor koʻpaydi. Misr sanʼatkorlari orasida Um Kulsum, Shams, Sagʻira, Shodiya, Fayz, Ahdam, Saboh singari yakkaxonlar mashhur. Teatri Misrda teatr sanʼati unsurlari eng qadimgi diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda soya teatri boʻlgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning taniqli arbobi edi. Bu davrda qoʻgʻirchoq teatrlari ham keng yoyildi. „Araguz“ qoʻgʻirchoq teatri, ayniqsa, mashhur boʻldi. 1869-yilda Suvaysh kanali tantanali ochilishi munosabati bilan Opera teatri qurildi va J. Verdining „Rigoletto“, 1871-yilda „Aida“ operalari koʻrsatildi. 1869-yilda Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va oʻzining arab tilidagi operettasini koʻrsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional drama teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dramaga asos boʻldi. Koʻpgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. Misr teatri taraqqiyotining keyingi davri J. Abyod, Misr Taymur, Yu. Vahbiy, T. Alxakim kabi isteʼdodli teatr arboblari nomi bilan bogʻliq. 1920-yilda „Al-Ezbakiya“ teatri, 1923-yilda Y. Vahbiy boshchiligida „Ramzes“ teatri, 1933-yilda „Milliy truppa“, 1935-yilda Alxakim boshchiligida „Milliy teatr“ tashkil etildi. Misr sekin-asta arab teatr madaniyatining markaziga aylandi. 1952-yilgi inqilobdan keyin arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarish milliy sanʼat, jumladan, teatr sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. Qohiradagi Milliy teatr, Xalq teatri, „Arab teatri“ kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi. Teatr sanʼati instituti (1952), „26-iyul teatri“ (1959), „Al-Jumhuriya“ (1961) teatri ochildi. Qohirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, „Kleopatra“ teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik truppalari ham mashhur. Teatrlar repertuarlaridan Yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. Alxakim, Misr Taymur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda jahon klassiklarining asarlari oʻrin olgan. Ularda Misr koʻcha xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna sanʼatining boshqa turlari kabi xalq raqs sanʼati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta oʻrin beradi. Mumtoz baletga qiziqish Misr sahnasiga Gʻarb mumtoz baletining kirib kelishi bilan boshlandi. Mamlakatda xususiy balet maktablari tashkil etildi, qobiliyatli yoshlar balet sanʼatini oʻrganish uchun Yevropa shaharlariga yuborildi. 1959-yilda milliy xoreografiya maktabi ochildi. Kinosi 1896-yilda Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xorijiy filmlar koʻrsatilgan. 1912-yilda hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki arab badiiy filmlari — „Jar yoqasida“ va „Uzilgan gul“ 1917 va 1918-yillarda ekranga chiqarilgan boʻlsada, ularni muttasil ishlab chiqarish 1927-yildan boshlangan. Ilk arab ovozli filmlari („Laylo“, rejissor A. Jalol; „Qalb qoʻshigʻi“, rejissor J. Abyod va Nadra; „Boylarning bolalari“, rejissor Misr Karim) 1931-yilda Parijda suratga olingan. 30-yillar oxiri — 40-yillar boshida milliy kinoni rivojlantirish harakati boshlandi. 1935-yilda Qohirada „Misr“ milliy kinostudiyasining ochilishi bilan arab kinematografiyasi tez rivojlana boshladi. 1927—38 yillar mobaynida 70 ta kinofilm, 1952-yildan esa har yili 60—70 tadan kinofilm ishlab chiqarildi va Misr kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boshladi. „Yurakdagi oʻq“, „Oq gul“ (rejissor Misr Karim), „Doʻzax osmoni“, „Jamila“ (rejissor Yu. Shaxin), „Iroda“ (rejissor K. Salim), „Sevgi va koʻz yoshlari“ (rejissor K. ash-Shayx), „Qora koʻzoynak“ (rejissor X. Mustafo) kabi arab filmlari mamlakat va chet el kinoekranlarida shuhrat qozongan. 1963-yilda Kino, radio va telekoʻrsatuv bosh boshqarmasi tuzildi. 60-yillarda G. Barakatning „Gunoh“, T. Salohning „Qahramonlar kurashi“, S. Sayfining „Sevish mavridi emas“ filmlarida xotin-qizlar ozodligi masalasi, Yu. Shaxin, K. ash-Shayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonishi muammolari koʻtarildi. 70—80-yillarda ekranga chiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmush jumboqlari, maorif islohoti va boshqa mavzularga bagʻishlangan. 1975-yildan milliy kino festivallari, 1976-yildan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam oʻtkazila boshladi. Misrning koʻplab filmlari Jeneva, Bayrut, Toshkent kinofestivallarida oltin sovrin va faxriy yorliqdar bilan taqdirlangan. Mamlakatda 8 ta kinostudiya, 350 ta kinoteatr bor. Manbalar BMT aʼzolari Arab davlatlari
41,374
2646
https://uz.wikipedia.org/wiki/Senegal
Senegal
Senegal, Senegal Respublikasi (République du Sénégal) — Gʻarbiy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 196,2 ming km². Aholisi 15,6 mln. kishi (2016). Poytaxti — Dakar shahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (region)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi Senegal — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001-yil 7 yanvarda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Abdulay Vad), u umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati Senegal hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Shim.dagi sohil chizigʻi tekis, janubida daryolarning estuariylari bilan biroz parchalangan. Senegal hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, shimolida quruq va janubida nam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida deyarli oʻzgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yillik yogʻin shimolida 250–300 mm dan janubida 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqoʻngʻir tuproklar koʻproq uchraydi. Shimolida chala choʻl oʻsimliklari usadi, krlgan joylarda savannalar va siyrak oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bogʻlarda chiyaboʻri, sirtlon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot koʻp. Qirgʻoq boʻyi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saqlash maqsadida Juj, NiokoloKoba, DeltaSaluma va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan. Aholisi Aholisining koʻpchilik qismini (87%) gʻarbiy atlantika tillari oilasiga kiruvchi volof, fulbe, serer, diola va boshqa xalqlar tashkil etadi; arablar, yevropaliklar (asosan, fransuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksariyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Tiyes. Tarixi Senegal hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda bu yerlar toʻla yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9—18-asrlarda Senegal hududida bir necha davlat paydo boʻlgan. 15-asrda bu yerga portugallar bostirib kirib, fil suyagi, aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-asrdan qul savdosini avj oldirgan. 17-asrdan fransuzlarning kirib kelishi boshlangan. 1895-yil S hududi Fransuz Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Birinchi jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939— 45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi vaqtida Senegal hududi "Ozod Fransiya"ning tayanch bazalaridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi boʻldi. Urushdan soʻng S.da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1958-yil referendum natijalariga koʻra, Senegal Fransiya hamjamiyati tarkibidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublikaga aylandi. 1959-yil yanvarda S va Fransiya Sudani Mali Federatsiyasiga birlashdi. 1960-yil 4 apreldagi bitimga muvofiq, Federatsiyaga mustaqillik berildi. 20 avgustda Senegal Federatsiyadan chikdi va mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. Senegal 1960-yildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 4 aprel — Mustaqillik kuni (1960). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Sotsializm va birlik harakati partiyasi, 1981-yil asos solingan; Demokratik ittifoq — Mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Milliy demokratik birlashma partiyasi, 1976-yil tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957-yil asos solingan sobiq Senegal mustaqilligi afrikaliklar partiyasi yoʻlining davomchisi, taʼsis qurultoyi 1981-yil oʻtkazilgan; Senegal demokratik partiyasi, 1974-yil tuzilgan; Senegal sotsialistik partiyasi, 1948-yil asos solingan; Demokratik yangilanish partiyasi, 1997-yil tashkil etilgan. Senegal meqnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1969-yil tuzilgan. Iqtisodiyot Senegal — iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 19%, sanoatning ulushi 17%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%. Senegal eksporti qiymatining yarmiga yaqini qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3/4 qismi shu sohada band. Yer yongʻoq yetishtirish va uni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega (dunyoda yetakchi oʻrinlardan biri). Tariq, maniok, sholi, batat, makkajoʻxori, moyli palma, paxta ham yetishtiriladi. Mevachilik va sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Qoramol, qoʻy, echki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoatida fosforit (asosan, eksportga), osh tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Senegal sanoati, asosan, yer yongʻoqni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday korxonalarning aksariyati Yashil Burun yarim orolda joylashgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik va poyabzal (Dakarda) ishlab chiqarish rivojlangan. Sement, mebel, taxta tilish, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida oʻgʻit ishlab chiqarish) va neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik qad. soha hisoblanadi. Temir yoʻllar uz. 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti — Dakar. Chetga yer yongʻoq moyi, kunjara, fosforit chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va asbobuskuna, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Fransiya, Kamerun, Italiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — afrika franki. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil topgan. Birinchi boshlangʻich maktab 1816-yil, birinchi kollej 1843-yil ochilgan. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963-yil 6 yoshdan 12 yoshgacha majburiy boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktab 6 yillik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 yil: 4 yil toʻliqsiz oʻrta (kollej) va 3 yil toʻliqoʻrta (litsey). Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktabida (3 yil), texnika kollejida (4 yil), texnika litseyida (7 yil) amalga oshiriladi. Oliy taʼlim tizimida Dakar universiteti (1949), Gor mutatsiya universiteti faoliyat koʻrsatadi. Ularda oʻqish muddati 4 yildan 6 yilgacha. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy maʼmuriy maktab, Tiyesda politexnika maktabi va boshqa bor. Kutubxonalari: Dakarda Senegal arxivi kutubxonasi bilan (1913), Qora Afrika fundamental institutining kutubxonasi (1938), universitet kutubxonasi (1952), Tiyesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika sanʼati muzeyi (1936), Qora Afrika Fundamental instituti muzeyi, Gorda Tarix muzeyi, Dengiz muzeyi (1959) va boshqa Ilmiy muassasalarning kupi Dakar universiteti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi Qora Afrika Fundamental instituti. Bundan tashqari, Milliy arxiv (1913), Milliy sanʼat instituti (1972), Fantexnika tadqiqotlari byurosi, Qishloq xoʻjaligi instituti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari bilan birga), Paster instituti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantirish va rejalash muammolari instituti (1963), Tropik oʻrmonni oʻrganish markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va boshqa bor. Matbuoti, radioeshittirishi va telakoʻrsatuvi Eng muhim gaz. va jur.lari: "Soley" ("Quyosh", kundalik umummilliy gaz., 1970-yildan), "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Senegal" ("Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi", hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856-yildan), "Sopi" (haftalik gazeta), "Daan doole" ("Mehnatkash", oylik gaz., 1982-yildan), "Karfur" ("Chorraha", 2—3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984-yildan), "Politisyen" ("Siyosatchi", oylik hajviy gaz., 1977-yildan), "Yunite Afriken" ("Afrika birligi", oylik gaz., 1974-yildan), "Afrika" (oylik jur., 1962-yildan), "Gestu" ("Tadqiqot", 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), "Taksau" ("Qoʻzgʻol", oylik jur., 1977-yildan), "Etiopik" (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975-yildan). Senegal axborot agentligi — SAA — hukumat axborot agentligi; Senegal radioeshittirish va telekoʻrsatuv boshqarmasi — xukumat mahkamasi, 1972-yil tuzilgan. Adabiyoti fransuz va mahalliy tillarda. S.da baxshigriotlar ijro etadigan qad. ogʻzaki sheʼriy anʼana mavjud. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv paydo boʻla boshladi. Bakari Dialloning oʻz hayoti asosida yozgan "KuchSahovat" qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan soʻng Usmon Sose Diopning "Karim" (1935), "Parij saroblari" (1937) romanlari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy sheʼriyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50—60-yillarda Abdulay Saji, Shayx Hamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini koʻrdi. U. Semben "Vatanim mening, oʻktam xalqim mening", "Harmattan — issiq shamol" romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bagʻishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim Sourang, dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolarga, xalqning qahramonona oʻtmishiga koʻp eʼtibor berdilar. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati Oʻrta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland boʻlmagan doirasimon daxmalar, toʻgʻri burchakli va doira kesimli megalitmengirlar (12—14-asrlar, Tambakunda yaqinida), zoʻr mahorat bilan ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabbadan toʻrtburchak shaklda ishlangan tomi toʻrt nishabli chaylalar boʻlib, sirti va ichi loy bilan suvaladi (garbiy tumanlarda), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida oʻtoʻlan bilan yopiladi, toʻgʻri burchakli bostirma kulbalar ham uchraydi (sharqiy tumanlarda). Peshayvon bilan oʻralgan choʻziq doirasimon turar joylar jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va koʻk rangda jonivorlar va zamonaviy texnika — samolyot hamda paroxod rasmlari bilan bezatiladi. S.ga islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasida Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va toʻrt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shimoliy Afrikaning oʻrta asrlar meʼmorligi uslubida qurilgan. 20-asrda shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, fabrika, meqmonxona, maʼmuriy binolar qurishga kirishildi. Koʻp qavatli uylar oftob toʻsqich qurilmalar bilan tropik iqlimga moslab fransuz funksionalizmi ruhida qurildi. 1960-yildan keyin 1 — 2 qavatli beton uylardan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda anʼanaviy badiiy xunarmandchilik (yogʻochdan roʻzgʻor anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbogʻlar, timsoh va ilon terisidan buyumlar yasash), badiiy toʻquvchilik urf boʻlgan. Ular "Dakar rassomlik maktabi" uslubida ziynatlanadi. Musiqasi Senegal musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, SyerraLeone va boshqa mamlakat xalqlari musiqasi bilan birga rivojlanib kelgan. 12-asrdan arab, 15—16-asrlardan yevropaliklar musiqasi taʼsiri sezila boshlagan. Senegal xalqining cholgʻu asboblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 membranali baraban, shaqildoq, tartarak, qoʻngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qoʻshiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulugʻlovchi tarixiy ertak qoʻshiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qoʻshiklari mavjud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat jan. xalqlarida koʻp ovozlilik Senegal musiqasiga xos xususiyatdir. Anʼanaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-asrning 60-yillaridan musiqa sanʼati muammolari bilan shugʻullanuvchi oʻquv va ilmiy muassasalar paydo boʻla boshladi. Radioeshittirish (1926-yildan) va telekoʻrsatuv (1964-yildan) musiqiy eshittirishlarga katga eʼtibor beradi. Dakarda turli sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi. Teatrining rivojlanishida xalq baxshilari — griotlar koʻp ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar maktablarda tashkil etildi. 1933-yil Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektakllar fransuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, Senegal teatri rivojlanib, Afrika mamlakatlari orasida yetakchi boʻlib qoldi. 1961-yil Milliy balet ansambli tashkil etildi, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965-yil Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj topdi. 1969-yil Havaskorlik teatri federatsiyasiga aylantirildi. Kinosi 20-asrning 50 yillarida Fransiyada taʼlim olayotgan afrikalik talabalar hayotini tasvirlovchi "Senadagi Afrika" (1955, rejissyorlar P. Vyeyra, M.Sarr) filmi Senegal kinematografiyasi boshlanishiga turtki boʻldi. Senegal mustaqilligi eʼlon qilingach, "Millatning tugʻilishi" (1961) va "Lamb" (1963, rejissyor P. Vyeyra), "Tubadagi katta ibodatxona" (1961, rejissyor B. Sengor) va boshqa hujjatli filmlar yaratildi, ularda xalqning mustaqillik va milliy madaniy anʼanalar uchun kurashi aks ettirildi. Yozuvchi va rejissyor U. Sembenning "Aravachali kishi" (1963) filmi xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini qozondi. "...lik qoratanli" (1966), "Mandat" (1968), "Sedda" (1977) va boshqa filmlarida rejissyor eski va yangi mustamlakachilikka karshi kurash jarayonida milliy ongning oʻsishi muammolarini koʻtarib chiqdi. Keyingi yillarda "Ayol" (rejissyor M. Traore), "Bezori" (rejissyor J. Mambeti), "Karim", "Baks" (rejissyor M. Tiam), "Sertifikat" (rejissyor T. Av), "Getitey" (rejissyor S.Nyay) badiiy filmlari yaratildi. Manbalar
13,553
2654
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston%20Respublikasi%20davlat%20gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi — davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. Izoh Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan, uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „Oʻzbekiston“ deb yozib qoʻyilgan. Yana qarang O‘zbekiston gerblari Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbek SSR Gerbi Oʻzbekiston Manbalar Havolalar Oʻzbekiston davlat bayrogʻi // Heraldicum.ru Oʻzbekiston: Mamlakatning birinchi rahbarlari (gerbni qanday qabul qilganlar) Davlat gerblari Oʻzbekiston: Davlat ramzlari
1,321
2681
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbek%20alifbosi
Oʻzbek alifbosi
Oʻzbek arab alifbosi Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920chi yillarda ayrim Turkiy davlatlar arab yazuvidan voz kechib lotin yozuviga oʻta boshladilar. Birinchi boʻlib Ozarbayjon 1922-yilda lotin yozuvida oʻtdi, 1928-yilda esa Turkiya lotin yozuvini qabul qildi. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. Arab alifbosi آ ا أ ء ب پ ت ث ج چ ح خ د ذ ز ژ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن و ٶ ۇ ۉ ە ة ى ي ې ٸ Yanalif 1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) oʻtilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan. Kiril yozuvi 1940-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik. 1940-yildan 1991-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi. Lotin alifbosi Lotin yozuviga koʻchish Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan. Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan. Alifbolardagi mosliklar Qoidalar Ts (Ц) harfi Soʻz boshida yoki soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin S yoziladi. Lekin soʻz oʻrtasida unli tovushdan keyin Ts yoziladi. Misol uchun Ye (Е) harfi Soʻz boshida yoki soʻz urtasida unli tovushdan keyin Ye yoziladi. Lekin soʻz oʻrtasida undosh tovushdan keyin E yoziladi. Misol uchun Qattiq X va yumshoq H harflari Kirill Ҳ harfi lotincha H yoziladi. Kirill X harfi lotincha X yoziladi. Misol uchun Istisnolar Ya (Я) harfi Сентябр soʻzi lotincha sentabr yoziladi. Октябр soʻzi lotincha oktabr yoziladi. Bosh harflar Misol uchun Abbreviaturalar Misol uchun Oʻzbek alifbosi islohoti Oʻzbek alifbosi yoki imlo qoidalarini isloh qilish boʻyicha bir qancha takliflar ilgari surilgan. VIII-IX asrlar oraligʻida oʻzbeklarning ajdodlari qadimgi uygʻur, xorazm va Oʻrxun-Enasoy yozuvlarini qoʻllagan. Oʻrta Osiyo arablar tomonidan egallanganidan soʻng, arab alifbosi isteʼmolga kiradi. 1928—1940-yillarda lotin alifbosi amalda boʻlib, 1940-yilda SSSRdagi boshqa koʻplab tillar singari oʻzbek tili ham kirill yozuviga oʻtkazildi. Oʻzbekiston mustaqil boʻlganidan keyin, 1993-yilda lotin alifbosiga qaytildi. Tarix Eski oʻzbek yozuvi Eski oʻzbek yozuvi arab grafikasiga asoslangan boʻlib, u quyidagi harflarni oʻz ichiga olgan: ى ﻩ و ن م ل ک ق ف غ ﻉ ﻅ ﻁ ﺽ ﺹ ش س ژ ز ر ﺫ د خ ﺡ چ ﺝ ت ﺕ پ ب آ ا . XIX asrda /g/ tovushi uchun گ hamda /ŋ/ tovushi uchun ڭ harflari kiritilgan. Biroq oʻshanda oʻzbek yozuvining aniq meʼyorlari boʻlmagan va turli nashrlar har xil imlo qoidalaridan foydalanishgandi. Qoʻqonlik maʼrifatchi Ashurali Zohiriy oʻzining 1916-yilda nashr etilgan „Imlo“ darsligida shunday deydi: "Bizning hozirgi (eski) imlomizda qoida degan narsa aslo rioya etilmagʻonligidan har kim oʻzicha qanday yozmoqni xohlasa, oʻshanday yoza bergʻon; bu adabiyotimizning kengayishiga sad boʻlib, yoshlarimizning qiynalishidan boshqa ajnabiy millatlarning qoshida tilimizning masxara qildirib, madaniy tillarga baho qoʻygʻonda, qimmati hech boʻlishiga sabab boʻldik. Shunga binoan bul „Imlo“ risolasini yozdim. Eng zarur qoidalarni darj etdim… „hoye rasmiya“ni imlomizgʻa kirgʻizdim." 1919-yilda Toshkentda Fitrat boshchiligida til-imlo va adabiyot masalalari bilan shugʻullanuvchi toʻgarak-seminar — „Chigʻatoy gurungi“ jamiyati tashkil topadi. Bu xakda „Ishtirokiyun“ gazetasi shunday yozgan edi: "Toshkentda yosh buxoroliklarning faol aʼzolaridan Fitrat afandi ila o‘zbek yoshlari tarafidan „Chigʻatoy gurungi“ nom(li) yangi bir jamiyat tuzilgan. Milliy ishlar komissariati tarafindan tasdiq etilib ishka kirishkan. Bu jamiyatning maqsadi: Turkistondagi eski va yangi turkiy asarlarni jam qilib, turkiy tilini ixyo qiluv haqinda materiyol hozirlamok, lugʻat va adabiyot dunyosin boyitmoqdir". «Chigʻatoy gurungi» jamiyati faoliyatida alifbo va imlo masalalari alohida o‘rin tutadi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: 1) eski o‘zbek tilidagi 8-9, yangi o‘zbek tilidagi 6-7 unli fonema faqat 3 ta harf - ا (alif), و (vov), ي (yo) bilan ifodalangan; 2) ayrim harflar polifonemali grafema tarzida qo‘llangan: و (vov) harfi «v» undoshini va «u», «o‘» unlilarini (demak, uchta fonemani), ي (yo) harfi ham uchta fonemani - «i», «e (ye)» unlilarini va «y» undoshini ifodalagan; 3) «t» undoshi uchun ikki harf - ت (te), ط (to); «s» undoshi uchun uchta harf - ث (se), س (sin), ص (sod) ; «z» undoshi uchun esa to‘rtta harf - ذ (zol), ز (ze), ض (zod), ظ (zo) qo‘llangan; 4) har bir harfning to‘rt xil shakli - so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida yoki yolgʻiz holda qo‘llanadigan allograflari bo‘lgan. Bunday holat maorif-ta’lim ishlarida va yozuv amaliyotida qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan, ravon o‘qish ko‘nikmalarining shakllantirilishiga halaqit bergan. «Chigʻatoy gurungi» jamiyati ayni shu qiyinchiliklarni hisobga olib, alifbo va imlo muammolari bilan shugʻullanishga majbur bo‘lgan. Jamiyatning «Imlo to‘dasi» a’zosi Elbek tomonidan «Bitik yo‘llari» kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o‘zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga «u» unlisi uchun, «o‘» unlisi uchun), «o» unlisi uchun, «a» unlisi uchun, «i» unlisi uchun, «e» unlisi uchun harflarini kiritish tavsiya etiladi. Manbalar Havolalar Qaysi biri toʻgʻri: O'zbekiston, O’zbekiston, O`zbekiston yoki Oʻzbekiston?, Ozodlik radiosi Lotin alifbomizdagi ba’zi harflar oʻzgaradi(mi?), Zamin Oʻzbek lotin yozuvi muammolari: internetdagi muhokamalar , Hamza Foziljonov Qaysi biri toʻgʻri: „sentabr“ yoki „sentabr“? , Xushnudbek Xudayberdiyev Oʻzbekiston
6,594
2683
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekistonning%20tashqi%20siyosati
Oʻzbekistonning tashqi siyosati
O‘zbekistonning tashqi kursi 2005-yilning o‘rtalarida Andijondagi xalq g‘alayonlarining bostirilishi natijasida mamlakat xalqaro yakkalanib qolganidan keyin keskin o‘zgardi. 2012-yilda “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Neytrallik eʼlon qilindi. BMT AQSh va boshqa Gʻarb davlatlari bu voqealarni mustaqil tergov qilishni talab qilib, Oʻzbekiston hukumatini qoʻzgʻolonni bostirishda begʻaraz kuch ishlatganlikda ayblab keldi. Yevropa Ittifoqi va AQSh Kongressi O‘zbekistonga qarshi sanksiyalar kiritdi. 2005-yil 23-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekistonni Andijon voqealari ishtirokchilariga nisbatan ta’qib qilinayotganini qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi. BMT rezolyutsiyasida u ommaviy hibsga olishlardan xavotir bildirdi va haddan tashqari shafqatsizlik koʻrsatgan yuzlab odamlarning oʻlimiga hukumat qoʻshinlarini aybladi. Rezolyutsiyaning qabul qilinishi AQSh tashabbusi bilan chiqqan. Unga 73 davlat ovoz berdi, 58 davlat betaraf qoldi. Ozarbayjon, Belorussiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya qarshi ovoz berdi. Biroq, 2009-yil oktyabr oyida embargo va boshqa cheklovlar bekor qilindi. AQSh 1992-yildan buyon AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasida yaqin munosabatlar rivojlanib, chegara va mintaqaviy xavfsizlik dasturi, iqtisodiy aloqalar, siyosiy va fuqarolik jamiyati masalalari, Oʻzbekiston xalqiga ingliz tilini oʻrgatish kabi sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, farovonlik va xavfsizlikni taʼminlashda Qoʻshma Shtatlarning muhim hamkori hisoblanadi va Qoʻshma Shtatlar ushbu maqsadlarga erishish uchun Oʻzbekistonga xavfsizlik sohasida yordam koʻrsatadi. Mintaqaviy tahdidlarga quyidagilar kiradi: giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi, terrorizm va ekstremizm. O‘zbekiston NATOning Afg‘onistondagi tinchlikparvar kuchlari uchun, birinchi navbatda, foydalanish uchun elektr energiyasi va temir yo‘l infratuzilmasini ta’minlash orqali asosiy hamkor hisoblanadi. 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan so‘ng va Qo‘shma Shtatlar shafeligida “global aksilterror koalitsiyasi” tuzilganidan so‘ng, O‘zbekiston 2001-yildan buyon AQShni terrorizmga qarshi kampaniyasida qo‘llab-quvvatladi va o‘z hududini AQSh va NATO qoʻshinlari, Oʻzbekiston va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlar iliqlashdi. Mamlakat rahbari Islom Karimov AQShga bir necha bor tashrif buyurdi. O‘zbekiston Qo‘shma Shtatlarning strategik hamkori hisoblanib, ularning katta moliyaviy yordamidan bahramand bo‘ldi. Xitoy O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Andijon voqealaridan keyin birinchi bo‘lib Xitoyga tashrif buyurgan prezident bo‘ldi. 25-may kuni XXR raisi Xu Szintao va Karimov o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. G‘arbning bosimi fonida Xitoy rahbariyati O‘zbekiston Prezidenti tarafini oldi. Karimov “Jenmin Jibao” gazetasiga bergan intervyusida Andijon voqealariga xorijdan yo‘naltirilgan va moliyalashtirilganini ta’kidlagan: “Jinoyatchilar va ularning orqasida turgan kuchlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda vaziyatni beqarorlashtirishni maqsad qilgan”. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kun Tsyuan Pekin “Oʻzbekiston rasmiylarining terrorizm, separatizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini” qoʻllab-quvvatlashini tasdiqladi. Karimovning 2005-yil 25-mayda Xitoyga tashrifi chogʻida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao Oʻzbekiston hukumatiga yagona Xitoy tamoyiliga sodiqligi va Xitoy xalqini vatanni birlashtirish yoʻlidagi intilishlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi: “O‘zbekiston bundan keyin ham “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi”, – dedi, Karimov bunga javoban Xitoyni O‘zbekistonning haqiqiy do‘sti va do‘stona qo‘shnisi, deb atadi. Mustaqillikka erishganidan buyon uning mamlakati Xitoy bilan doimo yaqin hamkorlik qilib kelganini ta’kidladi. Xu Szintao Xitoy o‘zbek xalqi tanlagan taraqqiyot yo‘lini hurmat qilishini ta’kidladi.. “O‘zbekiston tomoni Xitoyning xalqaro munosabatlardagi roli ortib borayotganini yuksak qadrlaydi”, – dedi Karimov. Rossiya 2005-yilgi inqiroz davrida Rossiya dastlab Oʻzbekiston rasmiylarining harakatlarini qoʻllab-quvvatladi va Oʻzbekistonning xalqaro yakkalanishidan Markaziy Osiyoda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun foydalandi. Rossiya hukumati Oʻzbekiston soʻroviga koʻra 2005-yilning iyun oyida Ivanovo shahrida Andijon voqealarida ishtirok etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan bir guruh shaxslarni qoʻlga oldi. 2006-yilning avgustida Rossiya Bosh prokuraturasi xalqaro tashkilotlar ushbu shaxslarni siyosiy qochqinlar deb tan olganiga qaramay, Rossiyadan siyosiy boshpana olishdan bosh tortgan 12 nafar Oʻzbekiston fuqarosi va bir nafar Qirgʻiziston fuqarosini Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qarorini eʼlon qildi. O‘zbekiston prokuraturasi ularni “ekstremistik jinoiy hamjamiyatda ishtirok etish, ekstremistik faoliyatga ommaviy chaqiriqlar, terrorizm, qo‘poruvchilik, qotillik, tartibsizliklar va o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy sotib olishda” aybladi. O‘zbekiston ularga “qiynoqqa, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga duchor bo‘lmaslik” va ularga nisbatan “o‘lim jazosi” qo‘llanilmasligini kafolatladi. 2005-yil 9-iyun kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Ivanov Bryusselda boʻlib oʻtgan Rossiya-NATO Kengashi yigʻilishida “xalqaro islom terrorizmi” kuchlari Andijonda Oʻzbekiston hukumatiga qarshilik koʻrsatganini aytdi. U O‘zbekiston rasmiylari harakatlarining qonuniyligini xalqaro tergov o‘tkazishga qarshi chiqdi. Ivanovning soʻzlariga koʻra, xalqaro tashkilotlar tartibsizlikni bostirish uchun rasmiylarning harakatlarini emas, balki uning oʻzi qanday sharoitlarda boʻlganini tekshirishi kerak edi: “Bizda juda ishonchli maʼlumotlar bor: Andijonda sodir boʻlgan barcha voqealar Afgʻoniston hududidan ilhomlantirilgan. Islomiy tashkilotlarning qurollangan jangarilari guruhi, jumladan Tolibon ham uzoq vaqtdan beri Oʻzbekistonga bostirib kirishga hozirlik koʻrmoqda... Oxir oqibat, bu strategik muhim mintaqada xalqaro terrorizm tahdidini to‘xtatish haqida bormoqda”. Rossiya hukumati Andijon voqealarini tergov qilishni tartibsizliklarni qoʻzgʻatuvchilar va “xalqaro terrorizm” oʻrtasidagi aloqalarni qidirishga qisqartirishga chaqirdi. May oyi o‘rtalarida tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shunday degan edi: “Oʻzbekistonda qurolli ekstremistlar guruhini kim va qanday maqsadda toʻplagani boʻyicha eng chuqur tekshiruv oʻtkazish kerak”. Oʻzbekiston oʻz navbatida GUUAM tashkilotidan chiqishini rasman eʼlon qildi, uning pozitsiyalari Rossiyaga qarshi boʻlib bordi. Oʻzbekiston oʻz navbatida GUUAM tashkilotidan chiqishini rasman eʼlon qildi, uning pozitsiyalari tobora Rossiyaga qarshi boʻlib bordi, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga aʼzo boʻlish niyati borligini eʼlon qildi, 2005-yil 14-noyabrda Rossiya bilan ittifoqchilik shartnomasini imzoladi, Qarshida AQSh Harbiy-havo kuchlarining Xonobod bazasi 2001-yildan beri Afgʻonistondagi operatsiyalarni havodan qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanilgan va 2006-yildan boshlab Rossiya qoʻshinlari foydalanishi uchun tayyor boʻldi. Islom Karimov 2005-yilning yozidan buyon maʼlum bir davlatdagi qoʻzgʻolon yoki qoʻzgʻolonni bostirish uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan xalqaro tezkor harakat kuchlarini yaratish zarurligini tobora koʻproq taʼkidlab keldi. Aynan shu g‘oya 2005-yil oktabr oyida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaga asos bo‘ldi. Tojikiston Turkmaniston Pokiston Germaniya 2005-yil 23-noyabrda O‘zbekiston o‘z hududidan yana bir harbiy bazani – Germaniya Afg‘onistondagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanayotgan Termizdagi logistik ta’minot stansiyasini olib chiqishni talab qildi. O‘zbekiston NATOni ushbu blokning harbiy samolyotlari uchun havo hududini yopayotgani haqida rasman xabardor qildi. Termiz aeroporti uchun Germaniya ijara shartnomasi 2002-yilda imzolangan. Bu kelishuvga ko‘ra, Germaniya kontingenti Afg‘onistondagi vaziyat yakuniy hal etilgunga qadar shu yerda qolishi kerak edi. Braziliya Yana qarang O‘zbekistonning diplomatik aloqalari Manbalar Havolalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tashqi siyosatining maqsad va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi saytida Moskva bilan ittifoq: Toshkent geosiyosiy tanlov qildi, “RIA Novosti”, 15.11.2005 Adabiyotlar Mavlonov I. R. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati // MDH mamlakatlarining tashqi siyosati / Muh.-yor. D. А. Degterev, K. P. Kurilev. — M.: “Aspect Press« nashriyoti, 2017. — 411-453 b. Oʻzbekiston siyosati
8,752
2699
https://uz.wikipedia.org/wiki/Avesto
Avesto
Avesto — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligi. A. (Avesto) (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha „Zend-Avesto“, yaʼni „tafsir qilingan matn“ deb ataladi) — Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami. Zardusht diniga amal qiluvchilarning  muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. „Avesto“da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. „Avesto“ oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqizta hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (miloddan avvalgi VII–III asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi (4 dan 1 qismi) yetib kelgan. Tiklangan matnga „Zand“ nomi bilan sharhlar bitilgan. „Avesto“ toʻrt qismdan iborat: Yasna („Diniy marosimlar“), Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad („Barcha Ilohlar haqidagi kitob“), Vendidad („Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi“). Yasna tarkibiga kirgan madhlar „Gatlar“ (ayrim manbalarda „gohlar“) deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. „Avesto“ insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy va boshqa xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. Oʻzbekistonda „Avesto“ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida „Avesto“ taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari OʻR Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov va boshqalarning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda „Avesto“ning 2700-yilligi nishonlandi. „Avesto“ vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqida yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi. Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik maʼlumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, Xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan. A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan maʼlumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri– 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qoʻshilib borgan. A.ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (III–VII asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat boʻlgan. A. hajmi katta kitob boʻlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – „Kichik A.“ (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (VII asr) Zardusht dini ruhoniylarining bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay shahrida oʻz jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Zardusht izdoshlari jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni oʻz ichiga oladi. A.da bayon etilgan gʻoyalarga koʻra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, yaʼni yorugʻlik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik Xudosi Ahuramazda yer, oʻsimlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi toʻxtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa oʻzgarishlar qaysi kuchning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning oʻzaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron boʻlgan abadiy yorugʻlik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron boʻlgan abadiy zulmatdan tashkil topadi. A. taʼlimotiga koʻra, birinchi inson Govamard (hoʻkiz-odam; forscha Qayumars) boʻlib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda oʻlim boʻlmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima gʻururga berilib, man etilgan sigir goʻshtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh koʻtaradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qoʻrgʻon (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) oʻrtasidagi kurash davri boʻlgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda gʻalaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror boʻladi, oʻlganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati „ezgu fikr“, „ezgu soʻz“ va „ezgu amal“ Muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topadi. Zardusht izdoshlarining ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi. A. oʻzbek, umuman Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam toʻgʻrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyatlarini oʻrganishda muhim va yagona manba. „Bu nodir kitob bundan 300 yil muqaddam ikki daryo oraligʻida, mana shu zaminda umrgoʻzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan maʼnaviy, tarixiy merosidir“ (I. A. Karimov, „Adolatli jamiyatsari“. T., 1998, 39—40-betlar). Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi „Avesto“ yaratilganining 2700-yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi (1999-yil noyabr). „Avesto“ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan oʻrnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror eʼlon qilib (2000-yil 29-mart), „Avesto“ning 2700-yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga koʻra 2001-yilning oktabr oyida Oʻzbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v Oʻzbekistane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960;Sagdullayev A. S.,Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov. Nashr qilingan adabiyotlar Avesto. Oʻzbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.)-T.:2001. „Avesto“dan (tarj. M. Ishoqov). Oʻzbek tili va adabiyoti jurnali, 1999, # 2-4 Ilmiy adabiyotlar Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.-T.:1969 Abu Bahr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: 1966 A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. – T.: 1971 H. Homidov. „Avesto“ fayzlari. – T.: 2001 N. Rahmonov. „Avesto“ning paydo boʻlishi. – „Oʻzbekiston ovozi“ gaz., 2001, 26-may. N. Rahmonov. „Avesto“: Zamin, vatan demakdir. – „Oʻzbekiston ovozi“ gaz., 2001, 25-sentabr. Manbalar Oʻzbekiston adabiyoti
8,285
2700
https://uz.wikipedia.org/wiki/Moniylik%20tavbanomasi
Moniylik tavbanomasi
Moniylik tavbanomasi (Xuastuanift) — 3-6 asrlar. Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan. Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi aʼzolarining madhiyasi va nizomi hamdir. Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni oʻz ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini oʻzgartirmagan holda davom ettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qoʻyishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab boʻladi. Moddiy olam esa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uygʻunlashtirilgan holda tasvirlanadi. Moniylik sheʼrlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk sheʼriyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqardi. Nashr qilingan manbalar: Z. Asmussen. Xuastuanift. Kopenhgagen, 1960. Ilmiy adabiyot: L.Yu. Tugusheva. Poeziya drevnix uygurov. «Tyurkologicheskiy sbornik», — M.: 1972. N. Rahmonov. Ruhiyatdagi nur murodi. «Sharq Yulduzi» jurn, 2001, # 3. Oʻzbekiston adabiyoti
1,307
2702
https://uz.wikipedia.org/wiki/Joomla%21
Joomla!
Joomla! bu Open-Source Web Content Management Systemasi (WCMS) boʻlib, Open-Source-Proyekt Mambodan ajrashib chiqqan. Joomla! PHPda yozilgan boʻlib, oʻz maʼlumotlarini MySQL Ma'lumotlar Bazasida joylaydi. Joomla! Open-Source-Lisenziyasi orqali tekin tarqatiladi. Joomlani sozlash juda oson. Manbalar Weblinks Joomla.org — Joomla! web sahifasi (inglizcha) Joomla 1.5 Alpha API (inglizcha) Internet Kross-platformali dasturlar Veb-freymvorklar
448
2704
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBrxun-Enasoy%20obidalari
Oʻrxun-Enasoy obidalari
Oʻrxun-Enasoy obidalari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XV asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan. Yirik Oʻrxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 yil Turk xoqonligi (551—745)ning lashkarboshisi sharafiga oʻrnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulugʻ bitikdan iborat. Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabgʻach, Tibet, Sugʻd, Turgash, Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi. Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan. Nashr qilingan manbalar: Eng eski turk adabiyoti namunalari (Tuzuvchi prof.Fitrat). — T.: 1927;Yeniseyskaya pismennost tyurkov. -M,L.: 1952;Qadimgi hikmatlar. — T.: 1987. Ilmiy adabiyot: Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. -M.: 1951;I.V.Stebleva. Poeziya tyurkov U1-U111 vv. —M.:1964;I.V.Stebleva. Poetika drevnetyurkskoy literaturi i ee transformatsiya v ranneklassicheskiy period. — M.: 1976;A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — T.: 1971.N.Rahmonov. Inson ruhining sadosi. — T.: 1986;N.Rahmonov. Koʻhna bitigtoshlar. — T.: 1990:N.Rahmonov. Turk xoqonligi. — T.: 1993. Oʻzbekiston adabiyoti Havolalar Oʻrxun-Enasoy Bengütaşları
2,210
2708
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbek%20adabiyoti
Oʻzbek adabiyoti
Qadimgi Yodgorliklar Milodiy 7 asrgacha Avesto „Avesto“ — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. „Avesto“da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. Moniylik tavbanomasi Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, „Xuastuanift“ („Moniylik tavbanomasi“) uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan. Oʻrxun-Enasoy obidalari Oʻrxun-Enasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan. 8-13 asrlar Ahmad Yassaviy Ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona sheʼriyat boshlovchisi. 11 asrning soʻngida Sayram qishlogʻida Shayx Ibrohim oilasida tugʻilgan. Shayx Arslonbobdan taʼlim olgan. Buxoroda Yusuf Hamadoniyga uchinchi xalfa boʻlgan, shayxlikni Hamadoniyning toʻrtinchi xalfasi Abduxoliq G`ijduvoniyga topshirib, Yassiga qaytgan. Oltmish uch yoshida chillaxona qazdirib, „buyuk turk piri olamdan etakni silkkan“ (Alisher Navoiy). Oʻgʻuznoma „Oʻgʻuznoma“ dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida ikkita kitobiy doston boʻlib, „Dada qoʻrqut kitobi“ va „Oʻgʻuznoma“dir. Mahmud Qoshgʻariy Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al–Qoshgʻariy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. Qoshgʻarda tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan. „Devonu lugʻotit-turk“ asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. „Devon“da tilga olingan „Javohirun-nahvi fi lugʻatit-turki“ („Turkiy tillarning nahv qoidalari“) asari bizgacha etib kelmagan. Yusuf Xos Hojib (Bolasogʻuniy) Ilk turk dostonnavisi Bolasog`unda tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan „Qutadg`u bilig“ („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u O`R FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning „mutaqoribi musammani mahzuf“) vaznida yozilgan Adib Ahmad Yugnakiy Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi. Nosiriddin Rabgʻuziy Yirik adib va dinshunos. Xorazmning Raboti Oʻgʻuz qishlogʻida tugʻilgan, u yerda qozilik qilgan. Moʻgʻul istilosi davrida yaratilgan birdan-bir yirik asar „Kisasul-Rabgʻuziy“ muallifi. Asar moʻgʻul hukmdori Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan hijriy 710 yilda (mil. 1310 yil) yozilgan.. Oʻzbek Mumtoz Adabiyoti (XIV Asr-XIX Asrning Birinchi Yarmi) Temuriylar davri adabiyoti (14-15 asrlar) Temuriylar davri adabiyoti (14-15 asrlar) Sayfi Saroyi Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan. Lutfiy 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi. Xorazmiy Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari „Muhabbatnoma“ (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan. Husayniy (Husayn Boyqaro) Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi. Alisher Navoiy Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi. Atoyi Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir. Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli. Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi. Sakkokiy 15 asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan. Gadoiy Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining taniqli namoyandasi, 1403-04 yillarda tugʻilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri. 16 asr-19 asrning birinchi yarmi Shayboniy Taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining asoschisi, „hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon“ (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Muhammad Solih Oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida iz qoldirgan isteʼdodli shoir, Shayboniy saroyida „amirul-umaro“, „malikush-shuaro“ unvonlarini olgan. Ubaydiy Taniqli shoir, davlat arbobi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Buxoroda tugʻilgan, Shayboniyxonning jiyani. Buxoro xoni sifatida (1533—1539) mamlakatda obodonchilik va madaniy-maʼrifiy ishlarni yuksaltirgan. Abulgʻozi Bahodirxon Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603) tugʻildi. Oʻn uch yoshligidan (1616) boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulgʻozi 1644 yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644 yil aprelda vafot etadi. Soʻfi Ollohyor Yirik oʻzbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi. Samarqandning Minglar qishlogʻida (1644) tugʻilgan. Oʻn yoshlarida Buxoroga oʻqishga boradi, 25 yoshida Buxoro bojxonasida bojgir boʻlib ishlaydi. Keyinroq Shayx Navroʻz qoʻlida 12 yil tahsil oladi. 1721 yilda Surxondaryo Vaxshivorda vafot etadi. Qabri oʻsha yerda. Boborahim Mashrab Ulugʻ oʻzbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan. Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqiydi. 1665 yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673 yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmud Qatagʻon tomonidan (1711) dorga osiladi. Muhammadniyoz Nishotiy Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazm (1701)da tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash`or“ kabi manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni (1903) OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi. Xoʻjanazar Huvaydo Isteʼdodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda. Nurmuhammad Andalib Isteʼdodli adib, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning „Firdavsul-iqbol“, Bayoniyning „Shajarayi Xorazmshohiy“ asarlarida fikrlar bor. Shermuhammad Munis Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida (1778) tugʻildi. 1800 yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis „Firdavsul-iqbol“ nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi. Jahon otin Uvaysiy Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qoʻqonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Margʻilonda vafot etadi. Amiriy (Amir Umarxon) Yirik oʻzbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis va davlat arbobi. Amirsaid Muhammad Umarxon Qoʻqonda tugʻilgan, Qoʻqon xoni Olimxonning ukasi. Davlat arbobi sifatida Margʻilon hokimi (1807—1810), Qoʻqon xoni (1810-22) boʻlgan. 1808 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira) ga uylangan. „Devon“ tartib bergan, „Umarnoma“ dostonining muallifi. Asarlari turli bayozlarda ham eʼlon qilingan, uning torshirigʻi bilan „Muhabbatnoma“ majmuasi tartib berilib, Usmonli xalifasi Maxmud II ga tortiq qilingan. Nodira (Komila) Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda oʻsha paytda Margʻilon hokimi boʻlgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi. Muhammadsharif Gulxaniy Taniqli oʻzbek adibi, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Oʻratepada (ayrim manbalarda Namangan viloyatida) tugʻilgan, hayot yillari nomaʼlum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning torshirigʻi bilan yozilgan. U haqda Fazliyning „Majmuai shoiron“, Vozehning „Tuhfatul-ahbob“, Avazmuhammad Attorning „Tarixi jahonnoma“ asarlarida maʼlumot bor. Muhammad Rizo Ogahiy Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tugʻildi. Uch yoshligida otasi oʻlib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan isteʼfo beradi. Qolgan umrini ijodga bagʻishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi. Yangi Oʻzbek Adabiyoti (XIX Asrning Ikkinchi Yarmi — XX Asr) Milliy uygʻonish davri (19 asrning ikkinchi yarmi 20 asrning boshi) Komil Xorazmiy Komil 1825 yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan. Muhyiddin Muhyi Muhyi Qoʻqon adabiy muhitiga mansub shoir boʻlib, ikki tilda ijod qilgan. Sheʼrlari turli mavzularda. Asosan ishq, tarkidunyochilik va xilvatnishinlik kayfiyatida. Yusuf Saryomiy Saryomiy 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asr boshlari oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan. Feruz (Muhammad Rahimxon II) Feruz shoh-shoir. Xiva xoni. Adabiyot va sanʼat rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, sanʼatkor ham talabchan muxlis boʻlgan. Muqimiy Muqimiy milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. Zavqiy Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy oʻrin egallaydi. Zavqiyning „Kelmasa kelmasun netay?“ radifli gʻazali oʻzbek mumtoz adabiyotining goʻzal anʼanalarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi. Furqat Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirdi. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi. Is’hoqxon Ibrat Ishoqxon Ibrat 19 asr ikkinchi yarmi va 20 asr boshlarida yashab ijod etgan maʼrifatparvar shoir, publitsist, tarixshunos, tilshunos, olim, sayyoh, ilk oʻzbek matbaachilaridan. Tabibiy Ahmad Tabibiy Xorazm adabiy muhitiga mansub shoir. Tabibiy ijodida tazkiranavislik anʼanalari oʻz rivojini topdi. Anbar otin Anbar Otin-XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoira. Jadid adabiyoti davri (1905—1930 yillar) Siddiqiy Ajziy Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandda tugʻilgan. Madrasa taʼlimini olgan. Karimbek Kamiy Karimbek Sharifbek oʻgʻli Kamiy — Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti birinchi davriga mansub shoirlardan biri. Mahmudxoʻja Behbudiy Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi. Rahmonberdi Madazimov Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) Oʻzgan shahrida tugʻilgan. Yozgan kitoblari: „Oʻshning tavsifi“, 1914 yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori kanselyariyasi qoshidagi nashriyoti, "Ismlar imlosi", 1915 yil, Toshkent shahri, Turkiston oʻlkasi general-gubernatori devoni qoshidagi nashriyoti. Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli Munavvarqori 1878 yili Toshkentda tugʻilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo qabristoniga pinhona koʻmildi. Abdulla Avloniy Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida tugʻildi. Madrasa taʼlimini oldi. Soʻfizoda, Muhammadsharif Muhammadsharif Soʻfizoda 1880 yilda Chustda hunarmand oilasida tugʻildi. Tavallo Toʻlagan Xoʻjamyorov Tavallo 1883 yili Koʻkcha dahasida dunyoga keldi. „Beklarbegi“ madrasasida, rus-tuzem maktabida oʻqidi. 1910-yillardan vaqtli matbuotda sheʼr va maqolalari bosila boshlagan. 1914 yili Toshkentda „Nashriyot“ shirkatini tuzishda ishtirok etadi. 1915 yilda esa „Turon“ jamiyatida faoliyat koʻrsatadi. Hoji Muin Hoji Muin milliy uygʻonish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan isteʼdodli vakili, jurnalist, shoir, dramaturg va tarjimon. Sidqiy Hondayliqiy Sidqiy Xondayliqiy 1884 yilda tugʻildi. 1903 yilda oʻqishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda sheʼr mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shugʻullanadi. Abdurauf Fitrat Fitrat Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi oʻzbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. Hamza Hakimzoda Niyoziy Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir, dramaturg, adib va muallim. Abdulla Qodiriy Abdulla Qodiriy oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon. Saidahmad Vasliy Samarqandiy Saidahmad Vasliy Samarqandiy 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan. Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon Oʻzbek yangi sheʼriyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon. Sovet davri adabiyoti (20 asrning 30-80 yillari) Gʻafur Gʻulom 1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan. Oybek Oybek — 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tugʻilgan Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. „Bolalik xotiralarim“ (1963) asarida bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, 20 asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk sabogʻi, saboqdoshlarini tasvirlaydi. Abdulla Qahhor Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentabrda Qoʻqonda tugʻildi. Oldin eski maktabda, „Istiqbol“ maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi. Mirkarim Osim Toshkentda ziyoli oilasida tugʻildi. „Shamsulurfon“ maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) oʻqidi. Sanʼat, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻldi, matbuot tahririyatlarida ishladi. Maqsud Shayxzoda Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga mansub boʻlib, 1908 yilda Oqtosh shahrida vrach oilasida tugʻilgan. Oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgan 1921—1925 yillarda Boku dorulmualliminida oʻqigan. Keyin Dogʻistonning Darband, Boʻynoq shaharlarida muallimlik qilgan. Shu davrda millatchi sifatida sudlanib, Toshkentga surgun qilinadi. Turli tahririyatlarda xizmat qiladi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi pedagogika institutida ishladi. 50-yillarning boshida shoʻrolarga qarshi faoliyatda ayblanib, 25 yilga qamaldi. Shaxsga sigʻinish fosh etilgach, 1956 yilda qamoqdan chiqarildi. Hamid Olimjon Isteʼdodli shoir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. „Koʻklam“ nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1928 yilda bosilib chiqqan. Sheʼrlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi. Mirtemir Oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlogʻida tugʻildi. Oʻn bir yoshida qishlogʻidan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil koʻrdi. 1925 yilda oʻzbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga oʻqishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida oʻtadi. Shoir ozod etilgach, turli oʻquv muassasalarida oʻqituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir boʻlib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi. Izzat Sulton Adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Otaxonovich Sultonov 1910 yilda Oʻsh shahrida tugʻildi. 14 yoshida Toshkentga kelgan oʻspirin „Narimonov“ nomli maktabda oʻqidi, taʼlim-tarbiya texnikumini bitirdi (1929), maktabda oʻqituvchi boʻldi (1930). 1930 yilda SAGUning ijtimoiy fakultetiga oʻqishga kirdi. „Batrak“ gazetasida mas`ul kotib boʻldi (1931). 1932 yilda oʻzining ilk adabiy-tanqidiy maqolasini „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida chop ettirdi. Aspiranturadagi oʻqishni (1934—1937) jurnalistlik, tanqidchilik faoliyati bilan qoʻshib olib bordi: „Kambagʻal dehqon“ gazetasi tahririyatida ishladi. 1937 yildan Izzat Sultonovning qizgʻin ijtimoiy faoliyati boshlandi: Til va adabiyot institutining direktor oʻrinbosari (1937—1942), Oʻzbekiston respublikasi Xalq komissarlari soyuzi qoshidagi radioeshittirish Davlat qoʻmitasi raisi muovini (1942—1943), Toshkent badiiy filmlar studiyasi direktori (1943—1945), Oʻzbekiston Ministrlar Soveti raisining madaniyat ishlari boʻyicha oʻrinbosari (1945-1948) Usmon Nosir 20 asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan talantli shoir Usmon Nosir 1912 yilning 13 noyabrida Namanganda tugʻildi. Otasidan etim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931 yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti(OʻzDU)ning filologiya fakultetida oʻqidi. Zulfiya Oʻzbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tugʻilgan. Oʻrta maktabdan soʻng pedagogika institutida va aspiranturada taʼlim olgan. 1938—1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik Oʻzdavnashrda boʻlim boshligʻi, 1950 yildan 1980 yilga qadar „Saodat“ jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan. Nazarmat Nazarmat (Egamnazarov Nazarmat) 1917 yil Nov qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Oʻrta maʼlumotni oʻz qishlogʻida, oliy maʼlumotni Samarqand Davlat universiteti filologiya fakultetida oldi (1936—1941). Urush qatnashchisi, leytenant, vzvod komanderi, moto-oʻqchi batalon komandiri oʻrinbosari (1942—1944), oʻzbek tilida chop etilfdigan harbiy gazeta muhbiri (1945). Orden va medallar bilan taqdirlangan. Matyoqub Qo'shjonov Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlogʻida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), Oʻzbekiston Respublikasi FAning aʼzosi (1979), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977). Asqad Muxtor Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida tugʻilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida oʻqigan. Soʻng 1938 yilda Samarqanddagi OʻzDU filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. 1943—1945 yillarda Andijon pedogogika institutida oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir boʻlib ishlagan. Said Ahmad Mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining „Samarqand darvoza“ mahallasida tugʻilgan. Shukrullo Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentabrda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi — Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli emchi boʻlgan. Onasi — Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan. Mirmuhsin Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „Sharq Yulduzi“, „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallarining bosh muharriri boʻlgan. Odil Yoqubov Odil Yoqubov 1926 yili Qozogʻistonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya frontiga joʻnagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951—1956 yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan. „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa mas`ul vazifalarda ishlagan. Pirimqul Qodirov Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktabrda Turkiston tizma togʻi etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi. 1951 yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954 yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi. Ibrohim Gʻofurov Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻofurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1956—1961 yillarda SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961—1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. Oʻrinboy Rahmonov Shoir Oʻrinboy Rahmonov (1910-1980) Oʻsh shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 17 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1927 yildan boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini bajargan: artist, rejissyor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pesalar va qoʻshiqlar uchun sheʼrlar yozgan. Oʻrinboy Rahmonov boʻsh vaqtlarida Oʻsh va Sulaymon togʻi goʻzalligi xaqida koʻplab sheʼrlar yozgan. Oʻrinboy Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor, shoir boʻlishiga asosiy sabab shoir Xoʻjanazar Huvaydo (1704-1780 yillar) qarindoshi boʻlgan. Mustaqillik davri adabiyoti (20 asrning 90-yillaridan) Rauf Parfi (1943-2005) Rauf Parfi (taxallusi — Oʻzturk) 1943 yil 27 sentabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, Gʻafur Gʻulom nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida, „Jahon adabiyoti“ jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi „Oʻzbekiston xalq shoiri“ dir (1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan. Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning „Ozodlik lavhalari“ („Alvohi intiboh“), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning „Uch sarboz“ va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan. Asarlari: „Karvon yo‘li“ (1969, birinchi sheʼriy kitobi), „Aks — sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko‘zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1989), „Tavba“ (2000) kabi to‘plamlari, „Sukunat“ (1991), „Adashgan ruh“ dostoni, „Hijrat“, „Men yolg‘izman“, „Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar“, „Ona Turkiston“ (1992), „Turkiston ruhi“ (1993), „Saylanma“ (1993), „Tong otmoqda“, „Shoir“, „Xato qildim“, „Cho‘lpon“, „Yomg‘ir yog‘ar“ (bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi sheʼrlari, „Abdullajon“ marsiyasi va boshq. Ahmad A'zam Ahmad Aʼzam — yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist 1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan. 1971 yili Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan. Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin „Guliston“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali redaksiyalarida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan, „Birlik“ xalq harakati hamraisi, „Erk“ demokratik partiyasi bosh kotibi boʻlgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar). 1995 yildan Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, „Oʻzbekiston“ telekanali bosh direktori, „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan. Oʻzbekiston televideniyesida yuzlab koʻrsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: „Oʻzlik“, „Xalqning koʻngli“, Toʻrtinchi hokimiyat" . „Oyning gardishi“, „Bu kunning davomi“, „Asqartogʻ tomonlarda“, „Soyasini yoʻqotgan odam“, „Oʻzi uylanmagan sovchi“ degan nasriy asarlar, „Mas’ul soʻz“ degan adabiy-tanqidiy maqolalar toʻplamidan iborat kitoblari bosilgan. Xurshid Davron Xurshid Davron(1952-yil 20-yanvarda Samarqandda tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, jurnalisti, tarixchisi, tasavvufshunosi, yozuvchisi va tarjimoni. Xurshid Davronning butun ijodi ona Turkiston va Samarqand tarixi bilan yoʻgʻrilgan. Uning „Samarqand xayoli“, „Sohibqiron nabirasi“, „Shahidlar shohi yohud Shayx Kubro tushlari“ asarlari Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur hayoti va faoliyaning ayrim bosqichlariga, Turkiston tasavvuf maktablari tarixiga bagʻishlangan. Xurshid Davron dramaturgiya sohasida ham ijod qiladi. „Bobur sogʻinchi“, „Algʻul yulduzi“ (Mirzo Ulugʻbek) pʼyesalarining muallifi. „Bobur sogʻinchi“ asari 2003-yilda Muqimiy nomidagi musiqiy-drama teatri va 2004-yilda Oʻzbekiston sanʼat institutining talabalar teatri sahnasida qoʻyilgan. Chop etilgan kitoblari: „Qadrdon quyosh“ — Sheʼrlar toʻplami,1979 "Shahardagi olma daraxti — "Sheʼrlar toʻplami,1979 „Tungi bogʻlar“ — Sheʼrlar toʻplami,1981 „Uchib boraman qushlar bilan“ — Sheʼrlar toʻplami,1983 „Toʻmarisning koʻzlari“ — Sheʼrlar toʻplami,1984 „Bolalikning ovozi“ — Sheʼrlar toʻplami,1986 „Qaqnus“ — Sheʼrlar toʻplami,1987 „Polet odinokoy ptitsi“ — Sbornik stixov,1989 „Samarqand xayoli“ — Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar,1991 „Sohibqiron nabirasi“ — Tarixiy hikoylar va qissalar,1995 „Shahidlar shohi“ (Shayx Kubro tushlari" — Tarixiy-maʼrifiy qissa,1998 „Bahordan bir kun oldin“ — Sheʼrlar toʻplami,1997 „Bibixonim qissasi“ — Tarixiy hikoyalar va qissalar,2007 „Shayx Kubro tushlari“ — Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr,2008 Shuningdek,Xurshid Davronning oʻndan ortiq jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari ham nashr etilgan. Shavkat Rahmon (1950-1996) XX asr o‘zbek sheʼriyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentabrda Oʻsh shahrida tug‘ilgan. Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik edilar. 1966 yil o‘rta maktabni bitirgach, ikki yil ketma-ket ToshDUning filologiya fakultetiga o‘kishga hujjat topshiradi, lekin tanlovdan o‘ta olmaydi. Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov eʼlon qilingach, o‘z sheʼrlarini yuboradi va tanlovdan o‘tadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdieva, Murod Muxammad Do‘st, Sobit Madaliev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1975 yilda o‘qishni tugatib, Toshkentga keladi va bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Shavkat Rahmon 1996 yil 2 oktabrda uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi. 1996 yilda shoirga „Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berildi, vafotidan so‘ng „Saylanma“ si (1997) nashr qilindi. Asarlari: „Rangin lahzalar“ (1978), „Yurak qirralari“ (1981), „Ochiq kunlar“ (1984), „Gullayotgan tosh“ (1985), „Uyg‘oq tog‘lar“ (1986), „Xulvo“ (1987) kabi sheʼriy kitoblari, Federiko Garsia Lorka sheʼrlari tarjimalari va boshq. Husniddin Sharipov 1933 yil 10 fevralda Namanganning Pop shahrida tugʻildi. Namangan qishloq xoʻjalik texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xoʻjalik institutini (1954) tugatgan. Oʻrmon-melioratsiya injeneri. Omon Muxtor Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoro shahrida tugʻilgan. 1958 yil maktabni, 1964 yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika boʻlimini tugatgan. Bolalar gazetasi, Oʻzbekiston radiosi, Kino qoʻmitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983 yildan „Sharq yulduzi“ jurnalida ishlab keladi. Hozirgi kunda jurnalning Bosh muharriri. Usmon Azim Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Halima Xudoyberdiyeva Shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Boyovutdagi „Taraqqiyot“ jamoa xoʻjaligida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos shoira sifatida tanildi. 1975—1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi. Ozod Sharafiddinov Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929 yil 1 martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962) asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib qilishga intildi. O. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: „Isteʼdod jilolari“ (1976), „Adabiy etyudlar“ (1968), „Abdulla Qahhor“ (1988), „Birinchi moʻjiza“ (1979). Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan „Yalovbardorlar“ (1974) Umarali Normatov Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952—1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959—1962). Naim Karimov Oʻzbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tugʻuldi. U 1955 yilda SAGU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. Yo'ldosh Sulaymon Yoʻldosh Sulaymon (Yoʻldoshali Sulaymonov)1935 yli 12 avgustda Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanidagi Mingtosh Qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning hayotga, adabiyotga qiziqishi odamlarga muhabbati oʻquvchilik chogʻlarida (1944—1954) shakllangan edi. Fargʻona institutida oʻqigan yillarida (1955—1960) ilk sheʼrlari, hikoyalari, maqolalari matbuotda chop etila boshladi. Institutni tugatgach, u 27 yil „Fargʻona haqiqati“(sobiq „Kommuna“) gazetasi tahririyatida mehnat qildi. Erkin Vohidov Taniqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, bir yildan soʻng onasidan ajralgan. Toshkentlik togʻasi Karimboy Sohiboev qoʻlida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali „Yoshlik“ning asoschisi (1982). Tursunboy Adashboyev Shoir Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU) ning jurnalistika fakultetida (1962—1968) oʻqigan. Moskvadagi Adabiyot institutida ham tahsil olgan. Shukur Holmirzaev Isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi. 194O yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar qishlogʻida tugʻilgan. 1957—1962 yillarda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetiga oʻqigan. Soʻng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jurnallarning tahririyatlarida ishladi. Abdulla Oripov Atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan. Oʻtkir Hoshimov Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoʻmita raisi. Oydin Hojieva 1942 yil 22 aprelda Buxoroning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Boʻston qishlogʻida tugʻildi. 1965 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini bitirdi. Begali Qosimov Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942 yil 19 dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Devov qishlogʻida tugʻilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Milliy umiversiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti bilan bogʻliq: 1958—1963 yillarda talaba, 1963—1968 yillarda aspirant, 1966 yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. Muhammad Ali Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda Andijonning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, professor (1993—1994), Halqaro oltin meʼros hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1992—2002) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi. Tohir Malik Tohir Malik Abdumalik oʻgʻli Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tugʻilgan, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir „Sharq“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir. Anvar Obidjon Anvar Obidjon 1947 yil 8-yanvarda fargona viloyati Oltiariq tumanidagi Pologʻon qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Anvar 1946—1966 yillarida Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979 yillarda ToshDUning jurnalistika fakutetida sirtdan oʻqigan. Togʻay Murod Togʻay Murod — Togʻaymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948 yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Dablat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966—1972). U respublika radiosida muharrir (1972—1976), „Oʻzbekiston fizkulturachsi“ gazetasida tarjmon (1976—1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982—1984) boʻlgan. 1985—1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan. Azim Suyun Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948 yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. I chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Rahimjon Otaev (Otauli) Oʻzbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilayotgan taniqli adib, tarjimon, publitsist va munaqqid. U 1949 yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlogʻida tugʻilgan. 1973 yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Oʻrta maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida uslubchi, Respublika Matbuot va axborot agentligida maslahatchi muharrir boʻlib ishlagan. 1983 yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi. Erkin Aʼzam 1950 yil 10 avgustda togʻli Boysunda tugʻildi 1972 yil Toshkent Davlat universiteti (Xozir Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotida tahririyat mudiri boʻldi. 1992—1994 yillarda Oʻzbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari. 1995 yildan „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi derutati. Sharof Boshbekov Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida 1951 yil 4 yanvarda tugʻildi. 1974 yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983—1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986—1987) adabiy xodim boʻldi. Xurshid Doʻstmuhammad Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad (Xurshid Doʻstmuhammedov) 1951yilda Toshkent shahrida tugʻlgan. Oʻrta maktabni, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) Jurnalistika fakultetini tamomlagan (1968—1973). Filologiya fanlari nomzodi „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1973—1984), „Yosh kuch“ jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (1986—1995) boʻlib ishlagan. Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tugʻildi. Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyatida (1978—1980), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980—1986), Adabiyot va sanʼat nashriyotida, „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasida (1986—1993) ishladi. Hayriddin Sultonov Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlogʻida 1956 yil 18 yanvarda tugʻilgan. 1973 yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi (1972). U „Guliston“ (1974—1980), „Yoshlik“ (1982—1985) jurnallarida, Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1980—1982, 1985—1993) faoliyat koʻrsatdi. Adabiyot Oʻzbekiston adabiyoti
40,742
2709
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Yassaviy
Ahmad Yassaviy
Yassaviy, Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan. Ijodi ayo doʻstlar nodon birla ulfat boʻlib bagʻrim kuyib jondan toʻyib oʻldim maʼno toʻgʻri aytsam egri yoʻlga boʻyin toʻlgʻar qonlar yutib gʻam zahriga toʻydim maʼno. Biografiyasi Yassaviy tugʻilgach, koʻp oʻtmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashgʻul boʻladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga koʻchib borgach, ustozi Arslon bobo bilan uchrashadi va undan tahsil oladi („Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim…“). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal oʻzlashtirgan. Oʻsha zamonlarda ilm-maʼrifatning Movorounnahrdagi markazlaridan boʻlgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yigʻilishgan. Arslon bobo koʻrsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sofiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur oʻrganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslahat boʻlib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan oʻrin oladi. Alisher Navoiy Yassaviy toʻgʻrisida „Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob gʻoyatsiz va shoh-u gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish“, — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf gʻoyalarini omma koʻngliga chuqur singdirish maqsadida sheʼriyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning taʼkidlashicha, Yasaviyning „adabiyotda tutgan yoʻli sodda xalq shoirlarimizning tutgʻon yoʻlidir… Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan sheʼrlar bilan barobar“. U yozgan asari Nafaqat turkiy Xalqlarga balki butun Dunyoga Nasihat boʻladigan asar yozgan Ijodi Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — „ilmi laduniy“, yaʼni ilmi gʻaybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega. Yassaviyning oʻzi „Devoni hikmat“ nomi bilan biron bir kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan tartib berilgan. Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yoʻq, degan daʼvoni ilgari surishga asos bermaydi. Soʻfi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan: Shariatda edi ul oftobe, Qolibdur bizga ul erdin kitobe. „Devoni hikmat“da ilohiy ishq va oshiqlik, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. „Devoni hikmat“dagi barcha sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida maʼlum oʻzgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning oʻnlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan gʻoyaviy, axloqiy, maʼnaviymaʼrifiy va mafkuraviy yoʻnalishni oʻzgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan oʻnlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning „Javohir ul-abror min amvojil bihor“ asari ham toʻla tasdiqlaydi. Yassaviyning faqat ijodiyoti emas, qancha umr koʻrib, qachon vafot etganligi ham bahsli. U hikmatlaridan birida „Yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim“, deydiki, bu soʻzlar tarixiy haqiqatdan koʻra, manoqibiy mazmunga ega. Bundan tashqari, 125 yillik uzoq bir umrning yarmidan koʻpini „yer osti“da („Oltmish uchda yer ostiga kirdim mano“, deydi Yassaviy) oʻtkazish aql bovar etmas hodisadir. Lekin koʻpchilik tadqiqotchilar uning vafot tarixini 1166—67 yil deb qayd etishgan. Uzoq vaqt mobaynida Yasaviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. Asarlarini nashr qilishga yoʻl qoʻyilmadi. Oʻtgan asrning 70-yillarida Yasaviyning milliy madaniyat, til va adabiyot tarixidagi xizmatlarini toʻgʻri baholash yoʻlidagi urinishlar esa qoralandi. Mustaqillik arafasida, xususan, Oʻzbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlab turli gazeta va jurnallarda „Devoni hikmat“dan namunalar eʼlon qilingan boʻlsa, 1990—92 yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qoʻliga yetkazildi. Ushbu nashrlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda ham bu buyuk mutasavvifning hayoti, adabiy-maʼrifiy faoliyati, izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirdi. 1993-yil Oʻzbekistonda Yassaviyga bagʻishlab ilmiy anjumanlar oʻtkazilib, maʼruzalar matni alohida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yassaviyning shaxsiyati, tariqati, sheʼriyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosilib chiqdi. Oʻzbekistondagi bir qancha koʻcha va mahalla Yassaviy nomi bilan ataladi. Yassaviylik tariqatining asoslari „Faqrnoma“ (ayrimlar Yassaviyga nisbat beradilar), „Maslakul-orifin“, „Lamaʼot“, „Samaratul-mashoyix“, „Javohir ul-abror“ kabi manqaba va risolalarda aks etgan. „Devoni hikmat“ kitob shogirdlari tomonidan tartib berilgan. Unda ilohiy ishq gʻoyasi va maʼrifiy mazmun yetakchilik qiladi. Hikmatlar maʼno va mohiyat eʼtibori bilan Qurʼoni karim va Muhammad alayhissalom hadislariga chuqur bogʻlangan. „Devoni hikmat“ning 20dan ortiq nusxalari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Asar qoʻlyozmalaridan eng qadimgisi 17 asrga tegishli. Yassaviy merosi va tariqati xorijda L. Massignon, A. Arberri, M. Smitt, X. Kisling, F. Mayer, A. Shimmel, R. Xartman, F. Koʻprulu, J. Trimingem, K. Eraslon, Idris Shox, Devin Di Uis; Rossiyada A. Krimskiy, I. Petrushevskiy, E. Bertels; Oʻzbekistonda Fitrat, A. Saʼdiy, E. Rustamov, B. Qosimov, I. Haqqulov, N. Hasanov tomonidan oʻrganilgan. Qabri Qozogʻistonning Turkiston shahrida, 14 asrda Amir Temur tomonidan taʼmirlangan. Turkistonda Ahmad Yassaviy nomidagi turk-qozoq universiteti mavjud. Badiiy ijodda ham Yassaviy obrazini yaratish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Yozuvchi Saʼdulla Siyoyev „Yassaviyning soʻnggi safari“ romanining 1-kitobini (1994) chop ettirdi. Sheʼrlar Manbalar Nashr qilingan manbalar Ahmad Yasaviy. Hikmatlar (nashrga tayyorl. I Haqqul. — T.: 1991). Ahmad Yasaviy. Devoni hikmat (nashrga tayyorl. A.Abdushukurov). — T.:1992. Oʻzbek adabiyoti namunalari (tuz. prof. Fitrat). — T.: 1928; Ahmad Yasaviyning yangi topilgan hikmatlari. „Jahon adabiyoti“ jurn. 2002, № 10. Ilmiy adabiyot Fitrat. Ahmad Yasaviy. „Tanlangan asarlar“ (nashrga tayyorl. H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000; A.Saʼdiy. Yasaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994. E. Rustamov. Ahmad Yasaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurn. 1972, № 4-5; I.Haqqul. Ahmad Yasaviy. Hayoti va ijod yoʻli. — T.: 2001. N.Hasanov. Turkiyada yassaviyshunoslik. -T.:1999. Turkiy shoirlar Chigʻatoy tilida ijod qilgan shoirlar Qozogʻistonlik oʻzbeklar Tasavvuf namoyondalari
7,088
2710
https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBg%CA%BBuznoma
Oʻgʻuznoma
"OʻGʻUZNOMA" — turk shajarasi va ularning hukmdori Oʻgʻuz xoqon haqidagi epik yodgorlik; kitobiy epos. Uygʻur yozuvida bitilgan. Asarning asl nusxasi taxminan 15-asrda koʻchirilgan, Parij kutubxonasida saqlanadi. "Oʻ."ning turli variantdagi versiyalari bor. Uning eng koʻp tarqalgan varianti Abulgʻozi Bahodirxonning "Shajarayi turk" (1669) asarida saqlangan. "Oʻ." koʻp tillarga, jumladan, nemis (Doyets, 1815), rus (V.V.Radlov, 19-asrning oxiri; A.M.Shcherbak, 1959) va boshqalar tillarga tarjima qilingan. "Kitobi dadam Qoʻrqut"ning ham bir bobi "Oʻ." nomi bilan ataladi. «Oʻgʻuznoma» dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida ikkita kitobiy doston boʻlib, «Dada qoʻrqut kitobi» va «Oʻgʻuznoma»dir. Doston eski uygʻur-turk yozuvida bitilgan, asl matni Parij milliy kutubxonasida saqlanadi. Dostonga urugʻchilik jamiyatidagi mif va afsonalar asos boʻlgan. Tuzilish jihatidan «Oʻgʻuznoma» Kul tigin yodgorligiga oʻxshash. Dostondagi mifologik qatlam, oʻgʻuzning aniq bir geografik muhitdagi faoliyati shundan dalolat beradi. «Oʻgʻuznoma»ning boshlanmasida ham shunday xususiyat mavjud boʻlib, urugʻlarning paydo boʻlishiga oid afsonalar bilan turkiy urugʻlardan Ashin urugʻining paydo boʻlishiga oid afsona oʻrtasidagi uygʻunlik, qadimgi turk davridagi kultlar — daraxt, boʻri, osmon kultlarining qadimgi turkiy yodnomalarda va «Oʻgʻuznoma»da umumiyligi ham mazkur dostonning taraqqiyot yoʻlini belgilaydi. «Oʻgʻuznoma» ikki qismdan iborat. Birinchi qism mifologik qatlam boʻlib, bunga Oʻgʻuzning gʻayritabiiy tugʻilishi va gʻayritabiiy ulgʻayishi, yovuz shunqorga qarshi kurashishi va uni oʻldirishi lavhalari kiradi. Ikkinchi qismi esa tarixiy dostonlarga xos voqealardan iborat. Bu qismga Oʻgʻuzning uylanishi, farzandlarining tugʻulishi, jang lavhalari va turli mamlakatlarni bosib olishi, oʻgʻillariga oʻz qoʻl ostidagi yurtlarni boʻlib berishi lavhalari kiradi. Ilmiy adabiyot A.M. Sherbak. Oguz-name. Muxabbat-name. L.: 1959. N. Rahmonov. «Oʻgʻuznoma» (yoki xoqon haqida doston). «Sharq Yulduzi» jurn. 1987, # 4. Oʻzbekiston adabiyoti
2,087
2712
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yusuf%20Xos%20Hojib
Yusuf Xos Hojib
Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun — ?) — turkiy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. „Qutadgʻu bilig“ dostoni muallifi. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. 1069-70-yillarda yozib tugallangan "Qutadgʻu bilig" („Saodatga boshlovchi bilim“) asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923-yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6520 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning „mutaqoribi musammani mahzuf“) vaznida yozilgan Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham „Qutadgʻu bilig“ kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan. Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“, 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham koʻtardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti anʼanalari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy oʻzlashtirgan holda yaratilgan. „Shohnoma“ kabi mutaqorib vaznida yozilgan va „Turkiy Shohnoma“ nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va toʻrtliklardan iborat). „Qutadgʻu bilig“ — XI asr soʻz sanʼatining nodir namunasi boʻlib, unda oʻz davrining ilgʻor ijtmoiy-siyosiy, maʼnaviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil maʼlumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosogʻunda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavgʻoch Bugʻroxonga takdim etgan. Bugʻroxon muallifni taqdirlab, unga „Xos Hojib“ („Eshik ogʻasi“) unvonini bergan. Shundan keyin shoir „Yusuf Xos Hojib“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga toʻgʻri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham ogʻir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan. Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-maʼrifat targʻiboti asardagi toʻrt ramziy qahramon Kuntugʻdi (adolat), Oytoʻldi (baxt), Oʻgdulmish (aql) va Oʻzgʻurmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan. Jahon turkologiyasida asarga ilk turk didaktik dostoni sifatida yondashish mavjud (Iosif Fon Xammer, V. Radlov, A. Kononov, I. Stebleva). Martin Xartman, A.Vamberi, F.Koʻprulu, Zaki V.Toʻgʻon, Rashid Rahmati Arat v.b. tomonidan nashr va tarjima qilingan. Oʻzbekistonda asarning toʻla matni izoh va hozirgi tilga tarjimasi bilan nashr etilgan. Fitrat, Q.Karimov, Gʻ.Abdurahmonov, B.Toʻxliev va boshqa olimlar tadqiq etgan. Nashr qilingan manbalar Qutadgʻu bilig (Nashrga tayyorl. Q. Karimov). -T.: 1971. Qutadgʻu bilig (nasriy bayon muallifi B.Toʻxliev). — T.: 1990. Ilmiy adabiyot Fitrat. Qutadgʻu bilig. „Tanlangan asarlar“. (nashrga tayyorl. H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000. Kononov A. Slovo o Yusufe iz Bolosoguna i ego poemi „Kutadgu bilig“. Jurn."Sovetskaya tyurkologiya". 1970. № 4. B.Toʻxliev. „Qutadgʻu bilig“ning poetikasi masalalari. — „Oʻlmas obidalar“ toʻpl. — T.: 1989. B.Toʻxliev. Bilim — ezgulik yoʻli. — T.: 1997. Q. Karimov. Ilk badiiy doston. — T.: 1976. Mallayev N., Oʻzbekadabiyotitarixi, T., 1976; Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995; Homidiy H., Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999. Manbalar Qutadgʻu bilig ,T., 1971; 1990. Turkiy shoirlar Shoirlar
3,653
2713
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ahmad%20Yugnakiy
Ahmad Yugnakiy
Yugnakiy, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlogʻi — 13-asr 1-yarmi, ?) — turkiy shoir, mutafakkir. Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi. Boshqa taxminlarga qaraganda Fargʻona vodiysining Yugʻnoq qishlogʻida tugʻilgan, «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovgʻalari») asari Fargʻona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bagʻishlangan. Navoiyning taʼriflashicha, tugʻma koʻr boʻlgan. Asarning arab va uygʻur yozuvidagi qoʻlyozma nusxalari (XV asrda koʻchirilgan) Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qurʼon va Hadis hikmatlarining badiiy sharhidir. Taʼlimiy doston janriga mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda turli qarashlar mavjud. Asarining toʻla matni (izoh va nasriy bayon) eʼlon qilingan, rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Koʻprulu, N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va oʻzbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor. Tarjimai holi haqida deyarli maʼlumot yoʻq. "Hibat ulhaqoyiq" ("Haqiqatlar tuhfasi") asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yu. haqida baʼzi maʼlumotlar mavjud. Undan maʼlum boʻlishicha, Adib Ahmad Yugnak degan soʻlim va bahavo joyda tugʻilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy boʻlgan. Kitobi adabdan iborat boʻlib,nomi —"Hibat ulhaqoyiq". Kitob koshgʻariy tilda sheʼriy yoʻl bilan yozilgan. "Qutadgʻu bilig"dan 1—2 a. keyin yaratilgan bu asar oʻzbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" tazkirasida Yu.ni Oʻrta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qoʻyib, uning tugʻma koʻrligi xususida soʻzlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroʼtt oʻgʻli Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida ham "Hibat ulhaqoyiq"dan parchalar keltiradi. "Hibat ulhaqoyiq" asari shoir haqidagi maʼlumotlarni birmuncha toʻldirishga, Yu. yashab ijod etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi. YU. tugʻilgan joy olimlar oʻrtasida koʻp tortishuvlarga sabab boʻlgan. Samarqand, Fargʻona va Turkistonda Yugnak degan joy borligi aytilsada, koʻpchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu fikrning toʻgʻriligini tasdiqlaydi. 12-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim asSamʼoniy "AlAnsob" ("Nasabnoma") kitobida yozadi: "Bu nisba (taxallus) "Yugʻanak"dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad alYugʻanakiy mashhurdirlar". Shoir "Hibat ulhaqoyiq"ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Mashhur sharqshunos olim Ye.E.Bertels bu asar qadimiy oʻzbek adabiy tilidan mumtoz oʻzbek adabiy tiliga oʻtishda bir koʻprik boʻlganini aytadi. Asar tilida qadimiy turkiy soʻzlardan koʻra, arab va fors soʻzlarining koʻp qoʻllangani shundan dalolat beradi. Yu. bu asari bilan oʻzbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshgan. "Hibat ulhaqoyiq" 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1bobi Allohga hamd, 2bobi Muhammad (sav) naʼti va choryorlar taʼrifiga, 3bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bagʻishlangan. 4bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan soʻng asosiy qismga oʻtiladi. 5bob — maʼrifatning foydasiyu jaholatning zarari, bbob — til odobi, 7bob — dunyoning oʻtkinchiligi, 8 bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10boblar turli masalalarga bagʻishlangan boʻlib, 11bob — kitobning xotimasi (asarning 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan koʻchirilgan nusxasida 11 bob mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qoʻshilib ketgan). YU. oʻzini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan. "Hibat ulhaqoyiq" ilk bor uygʻur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari koʻp boʻlib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha maʼlum qoʻlyozmalardan 3 tasi (biri uygʻur yozuvi, ikkinchisi arab va uygʻur yozuvi, uchinchisi esa arab yozuvi bilan bitilgan) toʻliq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yil Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning Toʻpqopi kutubxonasidagi nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozmalar eʼtiborli nusxalar hisoblanadi. Asarni 1marta turk olimi Najib Osimbek topib (inv. №4757), nashr ettirgan (qisqartirilgan nashri — 1906, toʻliq nashrlari1916, 1925). Keyin 1951 va 1992 yillarda uni R.R. Arat soʻzboshi, izohlar va 6 ta nusxasining faksimilesi va Turkiyada 16-asrda koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan nashr ettirgan. Oʻzbekistonda asardan parchalar Fitrat, Oybek, P.Shamsiyev, S.Mutallibovlar tomonidan oʻzbek adabiyoti namunalaridan tuzilgan majmualarda eʼlon qilingan. Soʻng u Q.Mahmudov tomonidan alohida kitob holida eʼlon qilindi (1968; 1971). Oʻtgan asr oxirlarida uygʻur olimlari H.Temur va T.Ayyub, qozoq olimlari E.Qurishjonov va boshqaSogʻindiqovlar uni asl matni, tarjima va fotonusxalari bilan nashr ettirganlar. Shuningdek, Ye.E.Bertels, Fitrat, Fuod Koʻprulu, T.Takin, E.Rustamov, N.Mallayev, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Rustamov, M.Imomnazarov, B.Toʻxliyev, N.Rahmonov, I.Haqqulov, G.Xoʻjanova va boshqalar Yu. va "Hibat ulhaqoyiq" haqida u yoki bu darajada tadqiqot ishlarini olib borganlar. Manbalar Hibat ulhaqoyiq, T., 1968, 1971; Qadimgi obidalar, T., 1972; Qadimiy hikmatlar, T., 1987; XI—XIV asrning turkiy yodgorliklari, T., 1994. Adabiyot Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat [Mukammal asarlar toʻplami], 17j., T., 2001; Abdurauf Fitrat, "Hibat ulhaqoyiq" [Tanlangan asarlar, 3 j.li], 2j., T., 2000; Mahmudov Q., Ahmad Yugnakiyning "Hibat ulhaqoyiq" asari haqida, T., 1972; M a l l a ye v N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1976; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1978; Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995; Xoʻjanova G., "Hibat ulhaqoyiq" haqiqatlari, T., 2001. Ergash Ochilov. Nashr qilingan manbalar Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq. Kitobda: Q. Mahmudov. Ahmad Yugnakiy va uning «Hibatul-haqoyiq» asari toʻgʻrisida. — T.: 1972; Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq (nashrga tayyorl. Q. Mahmudov) -T.: 1972. Ilmiy adabiyot Fitrat. Hibatul-haqoyiq.. «Tanlangan asarlar». (nashrga tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000; Q.Mahmudov. XII—XIII asrlar adabiy manbalarining fonetikasi. — T.: 1994; H.Boltaboev. Butun ehtimollarning kuchlisi. «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati», 1997. 13 iyun. G.Xoʻjanova. «Hibatul-haqoyiq» haqiqatlari. — T.: 2001. Turkiy shoirlar XII asr shoirlari Qoraxoniylar madaniyati
6,787
2715
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sayfi%20Saroyi
Sayfi Saroyi
Sayfi Saroyi (arabcha: قصر الصيفي — Sayfi Saroyi — (1321-1398)) — turkiy shoir va tarjimon. Hayoti Sayfi Saroyi — Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida hunarmand-qurolsoz oilasida dunyoga kelgan. Boshlang'ich ta'limni o'z qishlog'ida olgan bo'lajak shoir tahsilni davom ettirish uchun Oltin O'rdaning markazi - Saroy shahriga boradi. Bu yerda u o'z davrining barcha ilmlarini egallaydi, iste'dodli shoir sifatida taniladi. Amir Temur va To'xtamish o'rtasidagi o'zaro urushlar tufayli Oltin O'rdada vujudga kelgan notinchlik sababidan u avval Eron, Turkiyaga boradi, so'ng Misrga o'tib, turg'un bo'lib qoladi - 1396 yili shu yerda vafot etadi. O'z davrining fozil olimi va yetuk shoiri bo'lgan Sayfi Saroyi fors-tojik va arab tillarini mukammal bilgan. Mavlono Qozi Muhsin, Mavlono Is'hoq, Mavlono Imod Mavlaviy, Ahmadoja as-Saroyi kabi shoirlar bilan yaqin bo'lib, she'riy mushoiralar qilgan. Faoliyati Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq ogʻzaki poetik ijodini mukammal oʻrgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. Sayfi Saroyi Saʼdiyning "Guliston‟ asarini oʻzbek tiliga birinchi boʻlib Misrda tarjima qilib, yarim original, falsafiy-axloqiy "Gulistoni bit-turkiy‟ asarini yaratgan (1391). Saʼdiy asarining asosiy magʻzini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qitʼa va baytlar bilan toʻldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning koʻpchiligi didaktik mazmunda. Shoir pand-nasihat qilish yoʻli bilan adolat va osoyishtalik oʻrnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qatʼiy qonun-qoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin deb oʻylaydi. Shu maqsadda toʻgʻrilik, rostgoʻylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni targʻib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qadimiy turkiy tilni oʻrganishda ham muhim manbadir. Uning yagona qoʻlyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida (inv. № 1553), fotonusxasi, "Suhayl va Guldursun‟ dostoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Qo'lyozma XX asr avvalaridan o'rganila boshlagan. 1954 yili turk olimi Farididdin Nafis O'zluk uning faksimil nusxasini nashr ettirgan. Sayfi Saroyi oddiy va sodda xalqona tilda, yengil va ravon uslubda ijod qilgan. Shoir she'rlari nozik kuzatishlar, ohorli hayotiy tashbehlarga boy. Talmeh, tazod, tanosib, irsoli masal, tajnis, tashxis, mubolag'a, lutf kabi she'riy san'atlardan mahorat bilan foydalangan. Ilmiy-adabiy merosi Sayfi Saroyidan bizga 10 dan ortiq g'azal, 2 qasida, 2 qit'a, ikki bayt she'r, "Suhayl va Guldursun" dostoni (82 bayt, 1394) hamda "Gulistoni bit-turkiy" (1390-91) nomi bilan tarjima qilingan Sa'diy Sheroziyning "Guliston" asari tarjimasi yetib kelgan. Bu meros O'zbekistonda 3 - marta 1968, 1973 va 1986 yillarda nashr etilgan. Nasrullo Davron Sayfi Saroyi ijodi bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) "Turk adabiyoti namunalari‟da berilgan. "Suhayl va Guldursun‟ dostoni oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega. Doston xalq afsonasi "Guldursun‟ asosiga qurilsada, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan. "Sindbodnoma‟ning oʻzbek tiliga qilingan tarjimasi saqlanmagan. Sheʼrlarida vatanparvarlik, odamiylik, inson qadr-qimmati, doʻstlik, muhabbat motivlari bilan birga ijtimoiy mavzu ham kuylangan ("Kungul‟, "Topilmas‟, "Erur‟ va b.). Nashr qilingan asarlari Sayfi Saroyi. Sheʼrlar, Guliston. — T.: 1968; Sayfi Saroyi. Gulistoni bit turkiy. Kitobda: 14 asr Xorazm yodnomalari. — T.: Fan, 1973; Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun. Kitobda: Uch bulbul gulshani. — T.: Gʻafur gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1986. Manbalar Adabiyotlar Sheʼrlar, Guliston, T., 1968. Mallayev N., Õzbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, T., 1976; Õzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1977. Õzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978. Adiblar Shoirlar Turkiy shoirlar Xorazmda tugʻilganlar
4,078
2716
https://uz.wikipedia.org/wiki/Lutfiy
Lutfiy
Lutfiy (1366-yil, Hirot – 1465-yil) yoki Mavlono Lutfiy — oʻzbek shoiri, orif va mutafakkir. Oʻz zamonining „malik ul-kalomi“. Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb koʻrsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan „Funun ul-balogʻa“ asari topilgach, undagi „maʼdan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy“ jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent boʻlgan, degan fikr ham ilgari surildi. Lutfiyning hayot yoʻli singari, ijodiy taqdiri ham juda ibratli: u 99 yil yashagan. Umrining asosiy qismi oʻqish, oʻrganish va badiiy ijod mehnati bilan oʻtgan. Shoir hayotiga oid lavhalar Alisher Navoiyning „Majolisun-nafois“, „Holoti Sayid Hasan Ardasher“, „Nasoyimul-muhabbat“, Xondamirning „Makorimul-axloq“ kabi asarlarida bor. Navoiyning „Majolis unnafois“ tazkirasida maʼlumot berilishicha, Lutfiy umrining oxirlarida „oftob“ radifli bir sheʼr yozgan, oʻsha zamonning koʻp shoirlari unga tatabbuʼ qilganlar, ammo ulardan hech biri Lutfiyning „panjasiga panja“ ura olmaganlar. Navoiyning yozishicha, Lutfiy 90 yoshdan oʻtganda, Abdurahmon Jomiy otigʻa radifi „suxan“ sajʼ qasidaye aytib erdiki, zamon xushgoʻylari barcha xoʻbliqqa musallam" tutmishlar („Nasoyim ul-muhabbat“). Lutfiy ham zohiriy-dunyoviy, ham diniy tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan, davr va zamoniga ochiq nazar bilan qarashga qodir, haqiqat va maʼrifatga sodiq ijodkor edi. Navoiy soʻzi bilan aytganda, u forsiy va turkiyda naziri yoʻq“ shoir boʻlgan. Lutfiy garchi oʻz ona tili — turkiy tilda yaratilgan sheʼrlari bilan mashhurlikka yetishgan boʻlsada, forsiyda ham oʻzining shoirlik iqtidori va mahoratiga koʻpchilikni iqror eta olgan. Ikkinchidan, Lutfiy sheʼriyat bilan tariqatni, majoz bilan haqiqatni uygʻunlashtirgan edi. Ammo u soʻnggi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, oʻzbek sheʼriyati xazinasini biri biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechogʻlik „maʼruf va mashhur“ boʻlmasin, „darveshlik tariqini dagʻi ilikdan“ (Navoiy) chiqarmagan edi. Xuddiki shu narsa uning nafaqat oʻz zamondoshlari va ijod ahli orasida, balki davr hukmdorlari oldida ham yuqori mavqega koʻtarilishiga bir asos boʻlgan. Lutfiy ijodi Haqiqatan ham Lutfiyning sheʼriyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin sheʼriyat. Bizgacha shoirning 16–20-asrlar mobaynida koʻchirilgan turkiy devonining 33 qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan boʻlib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxoʻjayevning aniqlashi boʻyicha, Lutfiy qalamiga mansub sheʼrlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) gʻazal janrida yozilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Lutfiy gʻazalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik anʼanalar bilan xalq ogʻzaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning gʻazallarida milliy his-tuygʻular nurlanib, insoniy dard, armon, qaygʻu va shodlik tasviri takrorsiz bir taʼsirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki gʻazallarida, ruboiy, tuyuq, qitʼa, fardga oʻxshash boshqa janrlardagi sheʼrlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning – zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikr-u tuygʻularini tarannum etgan. Shoirning: Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, — kabi misralari sodda, ogʻzaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiy tarzda yozilgan. Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning kasb-u holini tasvirlashdan iborat boʻlsada, shoir deyarli har bir sheʼrida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga oʻxshamaydigan badiiy sanʼatlarni qoʻllaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal sanʼati namoyon boʻlgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qitʼalarini ham sanʼat namunasi maqomiga koʻtara olgan. Yaqin-yaqingacha „Gul va Navroʻz“ dostoni Lutfiy asari deb kelingan edi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu doston muallifi Haydar Xorazmiy ekanligi aniqlandi. Lutfiy — turkiy sheʼriyatda maktab yaratgan sanʼatkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olishgan. Roqim, Amiriy, Sultonxon toʻra Ado, Tabibiy singari shoirlarning devonlaridan. Lutfiy gʻazallari ilhomida bitilgan muhammaslar joy olgan. Lutfiy sheʼriyatining taʼsiri faqat Oʻrta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga ham yetib borgan. Atoqli turk olimi M. F. Koʻprulizodaning eʼtirof etishicha, Lutfiyning sheʼrlari yolgʻiz chigʻatoy shoirlari orasida emas, balki „Harobot“ muallifi Ziyo Poshoga qadar boʻlgan usmonli turk shoirlari orasida ham zavq bilan oʻqilgan. 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, „Malikul-kalom“ (Navoiy), tuyuq janrining ustasi. Lutfiydan katta adabiy meros qolmagan. Manbalarda shoirning 200 dan ortiq asar yozgani aytiladi, biroq bizgacha birgina devoni maʼlum (Turkiyaning Koʻniyo shahrida saqlanadi). Sharafiddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“(1437) asarini Shohruh Mirzoning taklifi bilan sheʼriy tarjima qilgan. Shoir ijodi bilan Fitrat, E.Rustamov, E.Fozilov, S.Erkinov, Y.Is’hoqov, E.Ahmadhoʻjaev va boshqalar shugʻullanganlar. Nashr qilingan asarlari Lutfiy. Devon. – T.: 1965. Lutfiy. Sensan sevarim. – T.: 1987. Adabiyot E.Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine 15 veka. – M.; 1963. S.Erkinov. Lutfiy. Hayoti va ijodi. – T.: 1965. X.Zarif. Lutfiy va Navoiy. Kitobda: Ulugʻ oʻzbek shoiri. – T.: 1948. S. Erkinov, H. Muhammadxoʻjaev. Turkiyda yagonai davron. „Til va adabiyot taʼlimi“ jurn.-1996, № 4. Tanlangan asarlar [2-nashri], T., 1968; Sensan sevarim… T., 1987. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkiy shoirlar 1366-yilda tugʻilganlar 1465-yilda vafot etganlar
5,934
2717
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorazmiy
Xorazmiy
Xorazmiy, Xofiz Xorazmiy (XIV asr) — o‘zbek shoiri. Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari «Muhabbatnoma» (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan. «Muhabbatnoma» oshiqning oʻz maʼshuqasiga yozgan sheʼriy maktublari shaklida tuzilgan. Asar 11 nomadan iborat boʻlib, sakkiz nomasi oʻzbek tilida, uchtasi (4, 8,11) fors tilida yozilgan. Asarning ikki — arab va uygʻur yozuvidagi nusxalari mavjud. Ular Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Asar tarkibida gʻazal, masnaviy, qitʼa, munojot, fard va boshqa janrlar ham uchraydi. «Muhabbatnoma»ning 1508-yil koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasi qayta nashr etilgan, uning asosida ilmiy tadqiqot ishlari (A.Samoylovich, S.Qosimov, A.Sherbak) olib borilgan. Oʻzbek adabiyotining Navoiygacha boʻlgan atoqli vakillaridan, noma janrining asoschisi. Hayoti va ijodi haqida ayrim maʼlumotlar uning bizgacha saqlanib qolgan yagona asari "Muhabbatnoma" orqali yetib kelga’ "Muhabbatnoma" Oltin Oʻrda xoni Jonibekning hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabekning taklifi bilan 1353 yilda yozilgan. "Muhabbatnoma"ning "Bayoni voqeni aytur" qismidan maʼlum boʻlishicha, X. ilgari ham koʻp sheʼrlar yozgan, ayniqsa, muhabbat mavzuidagi asarlari bilan shuxrat qozongan, lekin ular forsiyda yozilgan boʻlib, Muhammad Xoʻjabek shoirdan ishqiy mavzuda turkiycha kitob yozib berishni iltimos qilgan. X. asarining maydonga kelishida Avhadiy Marogʻaviyning forscha yozilgan "Muhabbatnoma" dostonining taʼsiri boʻlgan. Lekin Avhadiyda nomalar oshiq va maʼshuqa nomidan yozilgan boʻlsa, X.da oshiqning mahbubasiga yoʻllagan sheʼriy nomalari jamlangan. Har bir maktub muallifning chuqur kechinmalari, murojaati bilan boshlansada, unda maʼshuqa husnu jamoli, feʼlatvorining mubolagʻali tasviri birinchi oʻringa chiqadi. Nomalar mohiyat eʼtiboriga koʻra, vasf bilan madhning sintezidan iborat. Asar bilan Navoiy ham tanish boʻlgan. "Muhokamat ul-lugʻatayn"da turkiy tilning boyligini isbotlamoq maqsadida "Muhabbatnoma"dan misol keltiradi. "Muhabbatnoma"ning 2 ta qoʻlyozma nusxasi (uygʻur va arab yozuvlarida) maʼlum. Shulardan eskisi uygʻur yozuvidagi nusxa boʻlib, Britaniya muzeyida (inv. № 8193) saqlanadi. Nusxa Shohruxning Hirotdagi sarkardasi Mir Jaloliddin topshirigʻi bilan Bakir Mansur tomonidan 1432 yilning martida Yazd shahrida koʻchirilgan. Oʻnta noma berilgan. 364 baytdan tarkib topgan. Asarning arab yozuvidagi 2nusxasi ham Britaniya muzeyida saqlanadi (inv. №Add 7914), 1508—09 yillarda koʻchirilgan, 474 baytdan tarkib topgan. Mafoiylun mafoiylun fauvlun vaznida yozilgan. "Muhabbatnoma" keyingi shoirlarga katta taʼsir koʻrsatgan. Xoʻjandiy ("Latofatnoma"), Yusuf Amiriy ("Dahnoma"), Sayyid Ahmad ("Taashshuqnoma") unga nazira bitganlar. Manbalar Muhabbatnoma, T., 1959; Muhabbatname, M., 1969. Adabiyot Mallayev N. M., Uzbekadabiyotitarixi, T., 1965; Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1977. Begali Qosimov Sherbak A.M. Oguzname, Muhabbatname. — L.: 1959. Xorazmiy. Muhabbatnoma. Kitobda: Muborak maktublar. — T.: 1987. Qosimov S. Xorazmiy ijodi. Nomz.diss. avtoref. -T.: 1950; Yo.Ishoqov. Xorazmiy. Kitobda: Oʻzbek adabiyoti tarixi. T.1. -T.: 1977. Xorazm shoir va yozuvchilari
3,360
2723
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bobur
Bobur
Bobur (taxallusi) toʻliq ismi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. U 1483-yil 14-fevral–1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari, ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta xotini boʻlgan. Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim. Hayoti va ijodi Boburning otasi – Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi – Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzo naslidan boʻlsa, ona tomonidan Tugʻluq Temurxonning oʻgʻli Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi. Otasi tomondan: Amir Temur koʻragon (1336-1405) Mironshoh Mirzo (1366-1408) Sulton Muhammad Mirzo (1408-1449) Sulton Abu Said koʻragon (1424-1469) Umarshayx Mirzo koʻragon (1456-1494) Bobur (1483-1530) Onasi tomondan: Tugʻluq Temurxon (1329-1362) Xizr Xoʻjaxon (1358-1399) Muhammadxon (? – 1416) Sharalixon (taxtga chiqmagan) Uvaysxon (1418-1425-yillarda) Yunusxon (1468-1487) Yunusxonning qizi Qutlugʻ Nigorxonim (1457-1504) Bobur (1483-1530) Boburning onasi oʻqimishli boʻlgan va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi. Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur soʻfiy – Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil iyun). Movarounnahr taxti uchun kurash Movarounnahr XV asr oxirida oʻzaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdan koʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) boʻysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3-yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Boburning Andijonni qayta egallashi Bu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494-yil iyul) dan keyin taxtga oʻtirgan Sulton Mahmud Mirzo Samarqandda davlatni 5-6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan soʻng 43 yoshida vafot etdi. Uning oʻrniga Buxoroda hokim boʻlgan oʻgʻli Boysungʻur oʻtiradi. 1495—1496-yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497-yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan soʻng Samarqandni egallaydi, Boysungʻur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda ogʻir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Hatto ekkulik don ham topish mushkul edi. Bobur qoʻshinni taʼminlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz oʻgirib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga oʻtadilar. Andijondan koʻngli notinch boʻlgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda ogʻir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan soʻng, uni tark etishga qaror qiladi, ammo Xoʻjandga yetganda Andijon ham qoʻldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga oʻtganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, togʻasi Mahmudxon koʻmagida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi. Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qoʻshiniga salbiy taʼsir etib, koʻpchilik bek, navkarlar (700—800 kishi) Boburni tark etadi. Oʻziga sodiq kishilar (200—300) bilan qolgan Bobur maʼlum muddat Xoʻjandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib olish rejasini tuza boshlaydi. Maʼlum muddat oʻtgach, Bobur Xoʻjandga qaytadi, koʻp oʻtmay, Margʻilonni qoʻlga kiritadi hamda Andijonni egallash tadbirlarini koʻradi. Nihoyat, 2 yildan soʻng (1498-yil iyun) uni qayta qoʻlga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida „Xoʻjand suvining Axsi tarafi viloyatlarini…“ qoldiradi, Andijon tarafi viloyatlarini oʻz tasarrufiga oladi. Samarqandni bosib olish uchun qilingan harakatlar Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi. U 1499-yil Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabzgacha bosib boradi, katta oʻlja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan koʻp oʻtmay, katta kuch bilan Movarounnahrga qaytgan Shayboniyxon Buxoro va Qorakoʻlni egallaydi (1499-yil), Sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1500-yil), biroq shahar aholisi va zodagonlarining maʼlum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Fargʻona hokimi Boburga maktub yoʻllab, Samarqandni ishgʻol qilishga daʼvat etganlar. Bobur 1500-yil kech kuzida oʻz qoʻshini (240 kishi) bilan Samarqandga yetib kelgach, aholi unga peshvoz chiqib, shahar darvozalarini ochib beradi. Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Qisqa vaqt ichida Samarqandning barcha tumanlari, Qarshi va Gʻuzor shaharlarida Bobur hokimligi eʼtirof etiladi, ammo shaharda oziq-ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlangan edi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon katta kuch toʻplab, yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501-yil aprelda Zarafshon boʻyidagi Saripul qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda Bobur qoʻshinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamal qilinib, u toʻrt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur 1501-yilning 2-yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, Toshkentga, Mahmudxon huzuriga yoʻl oladi. Temuriy, Boburiy va Shayboniy sulolari Shayboniyxonning bobosi Abulxayrxon 1451-yilda Temuriylar davlatida Boburning bobosi Abu Saidning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan. Shu bilan birga, Abulxayrxonning qizi Xonzoda Abu Saidga turmushga chiqqan. Uning qizidan nabirasi Temuriylar oilasining Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasida dafn etilgan. Oʻzbek xoni Abulxayrxon 1450-yilda Ulugʻbekning qizi Robiya sulton begimga (1485-yil vafot etgan) uylangan. Ularning nikohidan Suyunchxoʻjaxon, Koʻchkunchixon va Oq Burun sultonlar tugʻilgan. Suyunchxoʻjaxon va Koʻchkunchixonlar shayboniylar orasida katta nufuzga ega boʻlib Turkiston, Toshkent va Movarounnahrni idora etganlar. Koʻchkunchixon Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Shayboniylar davlatini boshqargan. Shayboniyxon Boburning amakivachchasi, Mahmudxonning qizi – Oysha Sulton xonimga uylangan, u Mugʻul xonim nomi bilan tanilgan va xon umrining oxirigacha uning hurmatli rafiqasi boʻlgan. Boburning yana bir amakivachchasi, Qutluk Xonim, shayboniyzoda Jonibek Sulton bilan turmush qurgan. 1519-yilda Bobur sheʼriy toʻplamining qoʻlyozmasini Samarqandga Koʻchkunjixonning oʻgʻli, shoir Poʻlat Sulton Shayboniyga yuboradi. 1520-yillarda Bobur shayboniylar bilan yaxshi munosabatlarni oʻrnatdi. Boburning oʻzi taʼkidlaganidek, 1526–1527-yillarda Hindistonni bosib olish paytida oʻzbek sarkardalari – sultonlar: Qosim Husayn Sulton, Bihub Sulton, Tang Atmish Sulton, shuningdek, Gʻozipurdan Mahmudxon Nuxani, Baba Kashka, Tulmish Oʻzbek, Qurbon Chaxri uning tarafida jang qilishgan. 1528-yilda Shayboniylar Boburga elchilarni yuborib, uni Hindistondagi gʻalabasi bilan tabriklaydilar. Movarounnahrni tark etishi Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501–1504-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur bo‘ladi. Kobulni egallashi Bobur 200-300 kishilik navkari bilan Hisor togʻlari orqali Afgʻonistonga oʻtadi va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib Gʻazni va Kobulni egallaydi. Bobur Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qoʻshinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom oʻrnatadi. Kobulga, umuman Afgʻonistonga Bobur oʻz yurti kabi qaradi, qurilish, obodonlashtirish, kasbu hunar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. „Bogʻi Shaxroro“, „Bogʻi Jahonoro“, „Oʻrtabogʻ“, „Bogʻi vafo“ va „Bogʻi Bobur“ kabi oromgohlar tashkil etdi. Shahar ichidagi Bolo Hisor qalʼasini oʻz qarorgohiga aylantirib, uni qayta taʼmirlatdi, yangi imoratlar qurdirdi va oilasi bilan shu qalʼada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tugʻiladi. 1506-yil bahorda vafot etgan Qutlugʻ Nigorxonim Mirzo Ulugʻbek shu yerda bunyod ettirgan „Bogʻi Navroʻziy“ga dafn etiladi. Bobur Afgʻonistonda bir fotih sifatida emas, balki shu yurt, el obodonligi va ravnaqi uchun jon kuydirgan tadbirli hukmron sifatida qizgʻin faoliyat koʻrsatdi. Uning manfaatlari yoʻlida odilona va oqilona ish tutdi. Afgʻonistondagi amaliy faoliyatiga koʻra, Bobur butun Xuroson va Movarounnahrda qudratli davlat boshligʻi va muzaffar sarkarda sifatida katta obroʻ orttira bordi, mintaqadagi siyosiy hayot eʼtiborli oʻringa koʻtarildi. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora koʻrish masalasida Sulton Husayn Boyqaro barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat yigʻiniga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni koʻrsatuvchi dalildir. Bobur shu taklif boʻyicha Hirotga otlanadi. Husayn Boyqaroning toʻsatdan vafot etishiga (1506-yil) qaramay, u Hirotga boradi va temuriy hukmdorlar bilan uchrashib muzokaralar oʻtkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon qoʻshinlariga toʻsiq qoʻyish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birin-ketin magʻlubiyatga uchrab, saltanatni batamom qoʻldan chiqaradilar. 1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi, ammo bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi. Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib boradi, oʻz qoʻshinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qoʻlga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi, ammo Eron shohi Ismoil Safaviy bilan qattiq toʻqnashuvda (1510-yil) yengiladi, oʻzi ham Marvda halok boʻladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qoʻshin kiritib shayboniylarga ketma-ket zarar yetkaza boshlaydi. Bobur shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511-yil bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktabr boshida esa Samarqandni yana qoʻlga kiritadi. Boburning shia yoinaldshiagi eroniylar raʼyi bilan ish tutishi aholida norozilik tugʻdiradi. 1512-yil 28-aprelda Koʻli malik jangida Ubaydulla Sulton boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512-yil kuzida Bobur shoh Ismoil yuborgan Najmi Soniy laqabli lashkarboshi bilan Balxda uchrashib, Amudaryodan kechib oʻtib, avval Huzar (Gʻuzor) qalʼasini oladi, soʻng Qarshiga yurish qiladi, shahar uzoq muddatli qamaldan soʻng taslim boʻladi, shahar himoyachilari qattiq jazolanadi. 1512-yil 24-noyabrda Gʻijduvon jangida Bobur shayboniylardan yana yengilib, Kobulga qaytishga majbur boʻladi. Bobur Movarounnahrni egallash ilinjidan uzil-kesil umidini uzadi va butun eʼtiborini Hindistonga qaratadi. Hindistonni egallashi 1519-yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5-6 yil davomida bir necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1525-yilda Bobur 12 ming qoʻshin bilan Hindistonga yurish boshladi .1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan koʻp oʻtmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini oʻziga boʻysundiradi. Agrani oʻziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi. Hindiston ravnaqi uchun qoʼshgan hissasi Bobur Hindistonda ham, xuddi Afgʻonistonda boʻlganidek, koʻplab ijtimoiy xayrli ishlarni amalga oshirdi, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tarqoqlik va parokandalikka, oʻzaro ichki nizo, qirgʻinlarga barham berib, viloyatlarni birlashtirdi, markazlashgan davlatni mustahkamlash va yurtni obodonlashtirishga, ilmu hunar va dehqonchilikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratdi. Qurilish ishlariga boshchilik qildi.U turli g'azallar muallifi sanaladi. Shoir sifatida ijodiy faoliyatining boshlanishi Boburning oʻz guvohligiga koʻra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; „Ul fursatlarda birorikkirar bayt aytur edim“, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular oʻrtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toʻplana boshlashi ham shu yillarga toʻgʻri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur oʻrtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgʻin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va koʻp vaqti jangu jadallarda oʻtgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgʻin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chogʻlarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanʼat va ijod ahlini oʻz atrofiga toʻplab, homiylik qilgan, ularni ragʻbatlantirgan. Adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olim-u fozillar davrasida boʻldi, xususan, ijod ahliga, kasb-u hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Ijodi Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim“ radifli gʻazali va „Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“ misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yor-u diyor sogʻinchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosoʻzliklaridan nola badiiy tahlil etiladi. Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gʻazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husn-u latofati, sharqona odob-u axloqi, noz-u karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi. Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning 1518—1519-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan. Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan. „Mubayyin“ asari 1521-yil Hindistonga yurishlari davrida Bobur „Mubayyin“ asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti boʻyicha qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturul-amal sifatida moʻljallangan „Mubayyin“da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari „Boburnoma“ ustidagi ijodiy ishini 1518—1519-yillarda boshlagan. Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, „Xatti Boburiy“, shuningdek musiqa sanʼati va harb ishlariga maxsus bagʻishlangan qator risolalari ham boʻlgan, ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. „Xatti Boburiy“da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan. Boburning zaharlanishi 1526-yil 21-dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Loʼdiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qoʻshtiradi. Shuning asoratimi yoki koʻp yillik mashaqqatli va qoʼnimsiz hayot taʼsirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527-yil oktabrida Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur oʻzi eʼtiqod qoʻygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan „Volidiya“ asarini sheʼriy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon boʻlgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning oʻz eʼtiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sogʻayib ketgan. Bu yillarda u „Boburnoma“ fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi-yangi gʻazal-ruboiylar yaratdi, oʻz iborasi bilan aytganda, „Hindistongʻa kelgali aytqon ashʼorni“ tartibga solib, shuningdek, „Volidiya“ tarjimasini, „Xatti Boburiy“ bilan bitilgan namuna va qitʼalarni Movarounnahr va Afgʻonistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va boshqalarga yuboradi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri boʻlgan. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539-yil), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan „Bogʻi Bobur“ga qoʻyildi. Bobur farzandlari Boburning qizi Gulbadan Begim (1522, Kobul −1603, Dehli) Markaziy Osiyodan oʻrta asrlarda etishib chiqqan yagona ayol-tarixchi. Boshqa farzandlari: Fahrinisobegim (1502—1502), Humoyun (1508—1556), Mehr Jahonbegim, Ishan ad-Davlatbegim, Barbul Mirzo (1518—1521), Faruk Mirzo (1526—1527), Gul Bargbegim, Masuma Sultonbegim, Kamron Mirzo (1509—1557), Gul Izarbegim, Muhammad Askari Mirzo (1517—1554), Sulton Ahmad Mirzo (1517—1525), Shohruh Mirzo (1522—1527), Gul Rangbegim (1511/1515 – 1534-yildan keyin), Gulchehrabegim (1515/1517—1557), Abu Nosir Muhammad Hindol Mirzo (1519—1551), Alur Mirzo (1524—1529). Mustaqillik yillarida Bobur yodi Bobur Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng oʻz yurtida haqiqiy qadr-qimmat topdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga koʻra 1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi tantanali nishonlandi. Andijon shahrida Bobur nomida teatr, kutubxona, milliy bogʻ („Bogʻi Bobur“) bor. Bobur milliy bogʻi majmuasida „Bobur va jahon madaniyati“ muzeyi, shoirning ramziy qabr maqbarasi bunyod etilgan. Shahar markazida (muallifi Ravshan Mirtojiyev) va Bobur bogʻidagi yodgorlik majmuida (muallifi Qodirjon Salohiddinov) shoirga haykal oʻrnatildi. Andijondagi markaziy koʻchalardan biriga, shuningdek Toshkentdagi istirohat bogʻi va koʻchaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bogʻiga Bobur nomi berildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali taʼsis etildi. Sharqshunos olim Ubaydulla Karimov bu medalning birinchi sovrindori boʻldi. Bobur ijodini oʼrganish Bobur ijodini oʻrganish 1958-yil yoʻlga qoyilgan. Bu yili Toshkentda katta ilmiy anjuman tashkil qilingan. Sharof Rashidov Bobur ijodini oʻrganish uchun alohida eʼtibor qilgan. Bobur asarlari nashr qilingan va Hamid Sulaymonov Bobur miniatyuralarining nusxalarini xorijdan olib kelib nashr qilgan. Sharqshunos Sabohat Azimjonova Bobur xayoti va tarixi toʻgrisida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fundamental monografiy nashr qilgan. Bobur nafaqat buyuk sarkarda, shoh balki buyuk shoir boʻlgan. Bobur haqida oʻzbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov „Yulduzli tunlar“asarini yozgan. Bu asar aynan Boburning yoshligidan to vafot etgunga qadar voqealarini oʻz ichiga qamrab oladi. Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (23-dekabr 1993-yil) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirgan. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Mazkur maʼlumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (Z. Mashrabov, S. Shokarimov: „Asrlarni boʻylagan Bobur“; S. Jalilov: „Boburning Fargʻona davlati“, „Bobur va Andijon“; Qamchibek Kenja: „Hind sorigʻa“; X. Sultonov: „Boburning tushlari“, „Boburiynoma“; R. Shamsuddinov: „Boburiylar izidan“, „Boburiylar sulolasi“; T. Nizom: „Uch soʻz“), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: „Bobur izidan“, „Muqaddas qadamjolar“; T. Roʻziyev: „Bobur salomi“, „Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya“; T. Hamidov: „Iftixor“) yaratildi. Jamgʻarmaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), Oʻsh (Qirgʻiziston), Toshkent, Namangan (Oʻzbekiston) shaharlarida boʻlimlari mavjud. 1998-yil Jamgʻarmaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, Gʻaybulloh as-Salom, Neʼmatilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afgʻoniston), Maʼmurjon Toʻxtasinov, Ravshan Mirtojiyev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzayevga berilgan. Nashr qilingan asarlari Bobur. Tanlangan asarlar. -T.: 1958; Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: Fan, 1965-66; Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989; Bobur. Muxtasar. Toshkent, 1971; Babur. Traktat ob aruze (rodg. I.Steblevoy). — M.:1972; Bobur. Devon. -T.: Fan. 1994; 6. Bobur. Mubayyin. — T.: 2001. Adabiyot Boburnoma, T., 1989; Baburname (2izdaniye, dorabotannoye), T., 1993; Kitobssalot, T., 1993; Kitobzzakot, T., 1993; Kitoblhaj, T., 1993; Devon, T., 1994; Mahrami asror topmadim, T., 1995. Abdulahad Muhammadjonov, Abdurashid Abdugafurov, OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Azimjonova S, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maqolalar toʻplami, T., 1995; Axmedov Bobur, Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. (Pismennie pamyatniki), T., 1985; Samoylovich A., Sobraniye stixotvoreniy imperatora Babura, Petrograd, 1917; Stebleva I. V., Semantika gazeley Babura, M., 1982; Yoqubov H., Zahiriddin Muhammad Bobur, T., 1949;Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hasanov S, Boburning Aruz risolasi, T., 1981; Mashrabov Z., Shokarimov S, Asrlarni boʻylagan Bobur, T., 1997; Vohidov R., Biz bilgan va bilmagan Bobur, T., 2000. X.Yoqubov. Bobir. -T.:1941; V.Zohidov. Bobirning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi haqida. Kitobda: Bobir. Bobirnoma. -T.:1960; Azimdjanova S. Indiyskiy divan Babura. T.: Fan, 1966. X.Nazarova."Boburnoma" tilining sintaktik qurilishi. Dokt. diss. — T.: 1980; Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. — M.: 1983. H.Qudratullaev. Boburning adabiy-estetik qarashlari. -T.: Fan, 1983; S.Hasanov. Boburning „Risolayi aruz“ asari. -T.:1986; Xayriddin Sulton. Boburiynoma. -T.:1996; Gʻaybulloh as-Salom, N.Otajon. Jahongashta „Boburnoma“. — T.:1996; U.Erskin. Hindistonda Bobur davlati (Ingliz tilidan Gʻ.Sotimov tar.). — T.: 1997: R.Sharma. Boburiylar saltanati (Ingliz tilidan Gʻ.Sotimov tar.).. -T.: 1999. Manbalar Havolalar Bobur asarlari, OʻzLib kutubxonasi „Boburnoma“, OʻzLib kutubxonasi Boburshunoslik (The International Electronic Platform). 1483-yilda tugʻilganlar 1531-yilda vafot etganlar Movaraunnahr hukmdorlari Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston tarixi Turkiy hukmdorlar Shoirlar Turkiy shoirlar Boburiy hukmdorlar Adabiyot Adabiyot tarixi Geografiya Hindiston Pokiston Afgʻoniston Imperiyalar Sulolalar Temuriylar sulolasi
26,610
2729
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sakkokiy
Sakkokiy
Sakkokiy (arabcha: سككوكي — Sakkokiy — (XIV asr oxiri XV asr boshida yashagan)) — turkiy shoir. Hayoti Sakkokiy (XV asr) — turkiy shoir. Ismi, tugʻilgan va vafot etgan yillari nomaʼlum. XV asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movarounnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: „Turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bagʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur“ („Xutbai davovin“). Sakkokiy xalqining boy ogʻzaki ijodini, salaflari asarlarini puxta oʻrgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida koʻp ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat goʻzalliklarini tasvirlagan. Gʻazallarida maʼno va shakl birligini saqlab, soʻz oʻyinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan. Bunday gʻoyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon boʻlgan. Sakkokiy oʻzbek adabiyotida qasida janriga asos solgan shoirlardan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulugʻbekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar va boshqalar) yozgan va zamonasining ulugʻ shaxslarini madh etgan. Qasidalaridan birida Ulugʻbekni xalqning mehribon hukmdori, maʼrifatparvar va buyuk olim sifatida ulugʻlaydi. Shunday maʼrifatparvar podshoh bilan zamondosh boʻlganidan faxrlanadi va: Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga, Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi, degan misralarini yozgan. Sakkokiyning adabiy faoliyati zamondoshlari Lutfiy, Gadoiy, Atoiy kabi Navoiy ijodiga ham katta taʼsir koʻrsatgan; oʻzbek dunyoviy lirikasini ham mazmun, ham shakl jihatdan boyitgan. Sakkokiy gʻazallarining oʻziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir gʻazallarining asosiy qahramoni oshiq, magʻshuqa va raqib timsollari. Shoir gʻazallari va qasidalari devon qilib toʻplangan boʻlsada, toʻliq nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Sakkokiy devoni Londonda, Britaniya muzeyida va Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 7685) saqlanadi. Faoliyati va ijodi XV asr birinchi yarmida yashab ijod etgan eng yirik shoirlardan biri Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida juda oz malumot saqlanib qolgan. Sakkokiyning oʻz devoni va Alisher Navoiyning „Majolisun-nafois“ va „Xutbai davovin“ asarlari, Shayx Ahmad Taroziyning „Funun ul-balogʻa“si uning yashagan davri, adabiy faoliyati va XV asr adabiy hayotida tutgan oʻrni haqida birmuncha malumot beradi. Shu bilan birga, shoir Yaqiniy oʻzining „Oʻq va yoy“ munozarasida Sakkokiyni „turk (oʻzbek) shoirlarining mujtahidi (gʻayratlisi)“ deb tariflab, uning bir baytini keltiradi. „Sakkokiy“ — shoirning taxallusi boʻlib, uning asl ismi malum emas. Sakkokiy soʻzi „sakkok“ (pichoqcha) soʻzidan olingan boʻlib, „iy“ shaxs oti yasovchi qoʻshimchasi bilan „pichoqcha yasovchi“ degan maʼnoni bildiradi. Binobarin, shoir hunarmand oilada tugʻilgan boʻlishi mumkin. Shayx Ahmad Taroziyning „Funun ul-balogʻa“ asari orqali oʻzbek adabiyoti yangi shoirlar nomlari, asarlari bilan boyib, koʻpgina ilmiy muammolar oʻzining yechimini topdi. Bu asar orqali biz qoʻlimizdagi qoʻlyozmalarda boʻlmagan Sakkokiyning bir necha baytlari, bir ruboiysi bilan tanishish sharafiga muyassar boʻldik. Yana bir muhim tomoni shundaki, bu asarda Mavlono Sakkokiy „Sayroniy“ nisbasi bilan tilga olingan . Biz tadqiqotlar jarayonida bu soʻzning maʼnosini izohlash uchun bir nechta manbalarni qaradik. Bu soʻzga yaqin „kezish“, „aylanish“ maʼnosini bildiradigan „sayr“ soʻzidan boshqa soʻzni topa olmadik. Sakkokiy qasidalaridan 4 tasi Mirzo Ulugʻbekning ishonchli amirlaridan biri, oʻsha vaqtdagi Turkiston shahrining shimolida mavjud boʻlgan Sabron viloyati hokimi Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan. Adabiyotshunoslar, jumladan, adabiyotshunos olim E.Rustamov Sakkokiyni maʼlum davr uning saroyida yashagan deb maʼlumot beradi. Qasidalardan birida shoir mamduhga qarata, „boyqushlar uyi boʻlgan xarob Turkiston sizning muborak himmatingizdan bogʻi Eramga aylandi“, — deb, yana bir qasidasida „Turkiston eli oʻz xojasini topdi“, — deb lutf etadi. Demak, Turkistonning xarobligi, boyqushlar uyiga aylanganligi shoirni iztirobga solganligi, uni obod etgan amirni madh etishi bir tasodif emasga oʻxshaydi. Chunki, bu baytlarni vatani taqdiridan tashvishga tushgan, voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan kishigina yozishi mumkin. Biz „Funun ul-balogʻa“ning A.Hayitmetov domla nashrga tayyorlagan varianti bilan kifoyalandik, mulohazalarni bayon etishda ham shu variantga tayanamiz. „Sayroniy“ soʻzi arab alifbosida — ﺳﻳﺭﺍﻧﻰ shaklida yozilsa, „Sabroniy“ soʻzi — ﺳﺑﺭﺍﻧﻰ shaklida yoziladi. Yaʼni, „yoy“ va „be“ harflarining 1ta nuqta hisobiga farqlanishini hisobga olsak, bu soʻz qoʻlyozmada notoʻgʻri yozilgan boʻlishi, yoki biror sabab bilan tushib qolgan, kirill alifbosiga esa „Sayroniy“ tarzida oʻgirilgan boʻlishi mumkin. Demak, shoir nafaqat, Sabronda maʼlum vaqt yashagan, balki, shu yerda tugʻilgan va shuning uchun ham Sabroniy nisbasi bilan atalgan. Sakkokiy devonida 810 hijriy, ramazon oyining Qadr kechasi — milodiy 1407, yanvar oyida Amir Temurning nabirasi podsho Xalil Sultonga (1405-1409) bagʻishlab yozilgan bir qasida boʻlib, unda: Tarixqa sakkiz yuz dogʻi oʻn erdiyu qadr axshomi, Bir oy tugʻuldi dunyoda kim mamlakatda xon erur. degan misralar bor. Qasida janri, birmuncha, ogʻir, shoirdan barkamollik talab etadigan janr boʻlganligi sababli adabiyotshunoslar ushbu qasidani Mavlono Sakkokiy maʼlum ijodiy tajriba toʻplagan chogʻida, chamasi oʻttiz yoshlarida yozgan degan xulosani ilgari surishadi. Shoirning Xalil Sulton va Mirzo Ulugʻbeklarga bagʻishlagan qasidalarining badiiy jihatdan oʻta pishiqligi mazkur temuriyzodalar hukmronlik qilgan yillar Sakkokiy ijodiy faoliyatining eng choʻqqisi boʻlganligi anglashiladi. Uning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan bir qasidasidagi: „Falakqadro! Maning xud yoʻq hunardo fazlim, asrosang, Valekin piri ojizman, mani Tangri uchun asro“ baytiga nazar solsak, Mirzo Ulugʻbek hukmronlik qilgan davrda shoirning yoshi ancha ulugʻ boʻlganligini („piri ojiz“), shunday goʻzal qasidalar bagʻishlagan Mirzoning fojiali oʻlimi toʻgʻrisida biror narsa yozmaganligidan shoir 1449-yilgacha vafot etgan deya taxmin qilish mumkin. Sakkokiyning ijodi, xususan, Ulugʻbek hukmdorlik qilgan davrda (1409-1449) kamol topdi. Malumki, bu davrda Samarqand poytaxt sifatida barcha ilm va adabiyot ahlini oʻzida jamlagan edi. Sakkokiy mana shu shoirlar jumlasidan boʻlib, gʻazalnavislikda sanatkorlik mahoratini yaxshi egallab, oʻzbek qasidachiligining asoschilaridan biri boʻldi. Navoiy „Badoeʼ ul-bidoya“ devoni debochasida oʻzbek shoirlaridan Sakkokiy va Lutfiyning kitobxonlarga manzur boʻlib, shuhrat qozongani haqida bunday deydi: „Uygʻur iborati fusahosindin va turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda begʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur va devonlari mavjud boʻlgʻay“ . Bizgacha Sakkokiy qasidalari va gʻazallari jamlangan devonining 2 ta notoʻliq, deyarli bir xil: Britaniya Muzeyida (taxminan XVI asr oʻrtalarida koʻchirilgan nusxa) 2079, Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida (1937 yil Shoislom kotib tomonidan koʻchirilgan nusxa) 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxalar yetib kelgan. Shoir devonining toʻliq nusxasi haligacha topilmagan. Sakkokiy XV asr qasidagoʻy shoirlar ichida eng koʻp qasidalari bizgacha yetib kelgan shoir boʻlib, Navoiy negadir shoirning qasidachilikdagi oʻrni, yoki qasidalari haqida hech narsa demagan. Bu holatni oʻsha davrda sodda, „turkona“ turkiy qasidalar yuksak badiiylikda yozilgan forsiy qasidalarning soyasida qolgan deb baholash mumkinmikan? Chunki, Navoiy oʻziga ustoz deb bilgan, har bir baytidan xabardor boʻlgan Lutfiyning 4 ta turkiy madh qasidasi bor ekanligi toʻgʻrisida ham biror narsa yozib qoldirmagan. Sakkokiy devoni davr anʼanasiga binoan hamd va naʼt bilan boshlanadi. Avval qasidalar keyin gʻazallar tartiblanadi. Devonda 11 madh qasida: 1tasi Xoja Muhammad Porsoga, 1tasi Xalil Sultonga, 5tasi Ulugʻbek Mirzoga (keyingi yillarda adabiyotshunoslar shoirning „Keldi“ radifli qasidasi Ulugʻbek mirzoga emas, Shohrux sultonga bagʻishlangan degan fikrlarni ilgari surishmoqda. Ammo devonda ushbu qasida „Dar madhi Ulugʻbek mirzo…“ sarlavhasi bilan keltirilgan. Shuningdek, ikki qasida bir oʻrinda keltirilib, keyingi qasida sarlavhasiz boʻlganligi uchun bir necha yillar davomida 1ta hisoblanib, shoirning Ulugʻbek mirzoga bagʻishlangan qasidalari 4ta sanalib kelinar edi), 4tasi yuqorida tilga olingan Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan. Jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi. 1958 yilda adabiyotshunos olim Q.Munirov tomonidan nashrga tayyorlangan shoirning „Tanlangan asarlari“ ga 56 ta gʻazal, „Oʻzbek adabiyoti boʻstoni“ seriyasida nashr etilgan „Hayot vasfi“ kitobiga 55 gʻazal, har ikki nashrda ham „Keldi“ radifli qasidasi kiritilgan. Toshkent qoʻlyozma nusxasida ham Britaniya Muzeyi qoʻlyozma nusxasida ham 57 tadan gʻazal mavjud. „Mevlana Sakkaki divani“ da Toshkent qoʻlyozma nusxasining 41-42 betlari nima uchundir berilmay, 52 ta gʻazal sanalgan . Toshkent qoʻlyozma nusxasi chiroyli va tushunarli xatda yozilgan. Ammo qoʻlyozmaning oʻzida xatolar mavjud. Shuning uchun juda koʻp koʻchirilgan nusxaga oʻxshaydi. Baʼzi oʻrinlarda soʻzlarni matn ichidagi maʼnosidangina anglash mumkin. Shuningdek, devondagi sheʼrlardan tashqari, bir qator boshqa manbalarda Sakkokiyga nisbat berilgan gʻazallar, baytlar mavjud. Jumladan, „Mevlana Sakkaki divani“da Shayxzoda Abdurazzoq Baxshi tomonidan Sakkokiyga nisbat berilgan Sulaymoniya kutubxonasi, Ayosofiya boʻlimida 4757 raqam ostida saqlanuvchi bir majmuadagi 3 gʻazal matni keltirilgan. Ular „Ey zulfi zanjirim biror devonalarni yod qil…“, „Ey mening koʻnglumni zulfitek parishon aylagan…“, „Ey orizi bargi gulu vey qomati sarvi suman…“ matlaʼlari bilan boshlanadi. Alisher Navoiy „Majolis un-nafois“da Sakkokiyga nisbat qilinadigan quyidagi matlaʼni keltiradi: Ne nozu bu ne shevadur, ey jodu koʻzluk shoʻx-shang, Kabki dariy, tovusda yoʻq, albatta, bu raftoru rang. Bu matlaʼ, shuningdek, „gof“ harfi bilan yakunlanuvchi gʻazal ham har ikki nusxada mavjud emas. Yaqiniyning „Oʻq va yoy“ munozarasida keltirilgan "Yana Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididur, mening munosibi holimga aytur. Nazm: "Jonim fido boʻlsun sening gʻamzang oʻqina nechakim, Har necha qoshing egmasi oʻqtek boʻyumni „yo(y)“ qilur" baytini ham „el olgan“ deyish mumkin. Shayx Ahmad Taroziy „Funun ul-balogʻa“ asarida Sakkokiyga nisbat berilgan quyidagi baytlarni: Ey soching shaydo koʻngullarning savodi aʼzami, Halqa-halqa ruhning sarmanzalidur har xami … Soldi kuygan koʻngluma ul englari gulnor nor, Boʻlmadi hargiz manga ul dilbari ayyor yor … Boʻstonda gul yuzunggʻa oʻzni har dam oʻxshatib, Boʻlmish araq to gʻarqu hanuz infioli bor … Sanuvbaroki, sening labingda muncha xavos, Kim ani soʻrsa balodin topar jahonda xalos … Yuzung guli muzayyan etar husn bogʻini, Xoling savodi nahv qilur koʻz charogʻini … Atlas erur saqollari, barcha bulutlari nasaj, Garchiki durru donadur ogʻzini ochsa toʻdasi … Sarv ne had birla sarkashlik qilur qadding bila, Bilgurur maydon ichinda har kishining poyasi . va quyidagi ruboiyni: Gul yuzungni koʻrsa bulbul dar chaman, Kechib oʻz savdodisin boʻlgʻay chu man Lablaringgʻa teng tutar oʻzni aqiq Bilmasu behuda soʻzlar ul Yaman . Keltiradi. Taroziy keltirgan shoirning faqatgina „Sarv ne had birla sarkashlik qilur qadding bila, Bilgurur maydon ichinda har kishining poyasi“ bayti bor gʻazal qoʻlyozmalarda mavjud xolos. Adabiyotshunoslikda turkiy qasidachilik anʼanasi bilan Mavlono Sakkokiyning nomi yonma-yon tilga olinadi. Chunki, shoir eng goʻzal va koʻp qasidalar yaratganligi bilan mashhurdir. Uning hamd qasidasi 22 bayt, naʼt qasidasi 24 bayt, Muhammad Porsoga bagʻishlangan qasidasi 21 bayt, Ulugʻbek Mirzo madhi deb berilgan „Keldi“ radifli qasidasi 34 bayt, "Tilor koʻnglum oʻzni solsavu boʻlsa zulfina lolo " misrasi boshlanadigan qasidasi 26 bayt, „Keldi maymunu humoyun iydi olam boʻldi shod“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 21 bayt, „Necha qilgʻoy koʻngul mulkin asir ul turki gʻoratgar“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 41 bayt, „Sabo keldi safo birla, ketur, ey soqiy sahboni“ qasidasi 54 bayt, Xalil Sultonga bagʻishlangan qasidasi 30 bayt, Xoja Tarxonga bagʻishlangan „Rabeʼ keldiyu qildi jahonni shodu xurram“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 43 bayt, „Bu kun saharda keturdi anvid bodi sabo“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 43 bayt, „Ey falak, charx urgil, iqbol oldi yuzindin niqob“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 36 bayt, „Nedur ul koʻzakim aning ichra bor obu hayot“ misrasi bilan boshlanadigan qasidasi 12 bayt, jami qasidalar 407 bayt yoki 814 misrani tashkil etadi. Navoiyga qadar devon tuzishda janrlar tartibi arab devonchiligi singari asosan qasidalar bilan boshlangan. Xususan, Sakkokiy devoni ham qasidalar bilan boshlangan. 22 baytlik sarlavhasiz hamd qasida devon boshida keltirilgan. Shu kunga qadar shoirning hamd va naʼt qasidalari boshqa qasidalari qatoriga qoʻshilmagan. Yaʼni, shoirning 11 ta qasidasi mavjud deb hisoblangan. sheʼrni Taroziyning „oʻn navʼ“ (qasida, gʻazal, qitʼa, ruboiy, masnaviy, tarjeʼ, musammat, mustazod, mutavval, fard), deb uning har qaysisida agar Tangri azza va jallaga hamd aytsalar, oni tavhid derlar. Va agar Muhammad Mustafo alayhissalot vas-salomni vasf qilsalar, naʼt derlar, agar Tangri hazratinda tazarruʼ qilsalar, munojot oʻqurlar… degan fikriga tayansak va Sakkokiyning hamd (22 bayt), naʼt (24 bayt) qasidalarida shoirning falsafiy, diniy-tasavvufiy va insonparvarlik qarashlari ham oʻz aksini topganligini hisobga olib, adabiyot nazariyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda shoir qasidalari 11ta emas, 13ta deb hisoblashga asos boʻla oladi. Yangi nashrga shoirning qasidalarini ham kiritdik. Shoirning „Keldi“ radifli qasidasi haqida munozarali fikrlar mavjud. Adabiyotshunoslar ushbu qasida Ulugʻbek mirzoga emas, Shohrux Sultonga bagʻishlangan degan fikrni ham ilgari surmoqda. Xususan, K.Ergashev „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasining 1997 yil 25 iyul sonida „Qasida kimga bagʻishlangan?“ sarlavhali maqolasida bu haqda jumladan, shunday deydi: "Bu fikr dastlab sharqshunos olim Ye. E.Bertels tomonidan ilgari surilgan boʻlib, u oʻzining „Temuriylar davrida turkiy sheʼriyat“ nomli tadqiqotida ushbu qasidaga Ulugʻbekka bagʻishlangan asar sifatida toʻxtalib oʻtgan edi. Keyinchalik bu fikr boshqa adabiyotshunoslar tomonidan qabul qilindi va shu kunga qadar yuqoridagi qasida… „Ulugʻbek madhi“ degan sarlavha ostida berilib kelinyapti". Avvalo taʼkidlash lozimki, qasida devonda „Dar madhi Ulugʻbek Mirzo navvarallohu marqadahu“ sarlavhasi bilan berilgan. Bu balki kotiblar xatosi bilan boʻlgandir. Yana bir jihat borki, qasida Shohrux sultonga bagʻishlangan degan fikr uygʻotadi. Bu ham boʻlsa, qasidada shoir mamduhga „Nabitek sharʼiy ishingda…“, „Malaktek zuhdu toatda ishingni muntaho qilding“, „dinning qoʻrugʻidur sharif zoting“, „kishvarkushoy“, „getiysiton“, „shahi sohibqiron“ kabi gap va birikmalar bilan murojaat etadi. Maʼlumki, Shohrux Sulton islom shariatini, din ishini mahkam tutgan, dunyoni zabt etishga loyiq kuch-qudrati boʻlgan, yaʼni sohibqiron podshohlardan edi. Ulugʻbek mirzo esa birmuncha dunyoviy ilmlar bilan shugʻullangan, olim podshohlardan edi. Sakkokiyning mirzoga bagʻishlangan qasidalarida shoir mamduhga nisbatan „Mugʻis ud-dinu vad-dunyo“, "Din qaviy boʻldiyu boʻldi bidʼat ahligʻa roshod ", „Qilur din ishini ravshan, Bihishti soni(y) dunyoni“ kabi birikmalarni ishlatadiki, ushbu oʻxshatishlarni qiyoslasak, Shohrux sulton din homiysi, dunyoni zabt etuvchi jahongir podshoh sifatida, Ulugʻbek mirzo esa din va dunyo homiysi, diniy va dunyoviy ishlarni baravar yuritgan olim podshoh sifatida koʻrinadi. Ammo matn va manba yuzasidan qarasak, qasidani Ulugʻbek mirzoga bagʻishlangan deb hisoblashimiz zarur. Qoʻlyozma nusxada xatoliklar tufayli „Keldi“ radifli qasidasining quyidagi Raʼiyat qoʻy erur, sulton anga choʻpon, yogʻiy boʻri, Boʻri oʻlgoyu qoʻy tingoy, chu Musotek shubon keldi. bayti, barcha nashrlarda, xususan, 1988 yil Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr etilgan „Hayot vasfi“ kitobida „Raʼiyat qoʻy erur, sulton anga choʻpon, yo boʻri“ shaklida berilgan . Bizningcha, birinchidan, shoir, misrada uch narsa: „xalq“, „sulton“, „dushman“ni uch narsaga: „qoʻy“, „choʻpon“, „yogʻiy“ga oʻxshatsa (bu keyingi misrada ham aniq berilgan), ikkinchidan, „… yo boʻri“ shaklida vazn talabi buziladi. Yaʼni „yo“ — bir boʻgʻin, „yogʻiy“ — ikki boʻgʻinli soʻz. Shuning uchun ham nashrda „yogʻiy“ shaklida berdik. Devon tartibi boʻyicha soʻnggi qasida Arslon Xoja Tarxonga bagʻishlangan boʻlib, 11 baytlik lugʻz nasib bilan boshlanadi. Unda shoir mamduhni obi hayot bilan toʻla koʻzaga qiyos etib, qandu nabot undan hasrat suvini yutadi, oti goʻzal, zoti goʻzal, jismi nozik, vasfi xushdir, unga bu ismu jismu vasfi zot loyiqdir deydi. U ot emas, ammo, undan yaxshi urugʻ tugʻar, u qush emas, nima uchundir barcha aʼzosi qanot, u agar shirin soʻzidan bir ogʻiz bayon etganini eshitgan kishi qandu shakarga iltifot qilmaydi deydi. Soʻnggi ikki baytda bu muammoning javobi chiqariladi: Shakli sheʼrini muammodir aning mushkul base, Tabtek shahkarlikindin ochlur ushbu mushkilot. Odil Arslon Xoja Tarxon dinu dunyo lazzati, Sharʼu din jinsi erur, ul jism ichra bu hayot. Qasida shu yerda uzilib qolgan. Yaʼni qasidaning nasib va gurezgoh qismi bor, boshqa qismlari yoʻq. Keyingi sahifadan gʻazallar keltirilgan. Devonlarda gʻazallar „Kunilarmen“ radifli biror sabab bilan matlaʼsi tushib qolgan gʻazal bilan boshlanib, „Ey labung eglik koʻngullarning davou marhami“ misrasi bilan boshlanuvchi gʻazal bilan tugaydi. Devonda 2 ta „nun“, 15 ta „hoyi havvaz“, 40 ta „yoy“ harflari bilan tugallanuvchi, jami 57 gʻazal mavjud. Toshkent qoʻlyozma nusxasida Britaniya nusxasidan farqli ravishda „Sochingdin nofa doim kin ichinda“ deb boshlanuvchi gʻazalning soʻnggi 2 bayti, „Ey bodi sabo, bizdin ayit yor qoshinda“ deb boshlanuvchi gʻazalning soʻnggi toʻrt bayti yoʻq. Sakkokiy g‘azallarida keltirilgan ko‘pgina badiiy tasvirlar va o‘xshatmalarni Ali-sher Navoiy, Bobur va boshqa shoirlarning g‘azallarida ham uchratish mumkin. Sakkokiy faqat lirik sheʼrlar yozish bilan chek-lanib qolmay, yuqorida aytganimizdek, go‘zal qasidalar yozgan va bu qasidalar u yashagan, ijod etgan davrdagi ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Sakkokiy ajoyib lirik sheʼrlar va betakror qasidalar ijod etgan hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining ravnaq topib, gullab-yashnashiga maʼlum hissa qo‘shgan buyuk shoirlardan biri sifatida tarixda muhrlandi. Mavlono Sakkokiy Alisher Navoiyga qadar ijod etgan shoirlarning eng mashhuri boʻlib, bizgacha yetib kelgan kam miqdordagi, ammo badiiy jihatdan yuksak sheʼriy merosi (13 qasida, 60 gʻazal) ning oʻzi ham uning naqadar ulugʻ shoir boʻlganligini tasdiqlaydi. Shoir nafaqat gʻazalchilikda oʻz ovoziga ega boʻlgan, balki turkiy qasidachilikning ilk goʻzal va mukammal namunalarini yaratgan shoir sifatida ham mumtoz adabiyotimiz tarixida nom qoldirgan ijodkorlardandir. Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi katta oʻqituvchisi Xasanova Mashxura Jumanovna Nashr qilingan asarlari Sakkokiy. Gʻazallar. — T.: 1966; Sakkokiy. Gʻazallar, qasida. Kitobda: Hayot vasfi. — T.: 1988 Mavlono Sakkokiy devoni. T.: Yangi asr avlodi. 2017 (nashrga tayyorlovchi va soʻngsoʻz muallifi M.Xasanova) Manbalar Adabiyotlar Oʻzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978. Rustamov E., Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka, M., 1963; Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 1kitob, 2nashr, T., 1976; Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001. Oʻzbekistonlik yozuvchilar Shoirlar Turkiy shoirlar
20,131
2730
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gadoiy
Gadoiy
Gadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha nomaʼlum) (1403/04 – 15-asr oxiri) – oʻzbek shoiri. Gʻazal janri, aruz ilmi va sheʼriyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (oʻzbek) va qisman fors tilida gʻazal, qitʼa, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy oʻz ijodi bilan 15-asr oʻzbek mumtoz sheʼriyati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, uning gʻazallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim gʻazal va qitʼalarida shoirning oʻz hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. Sheʼriyatida „charx jafosi“, „roʻzgʻor javri“dan figʻon, „gʻurbat mehnati“ va „rohiblar tazyiqidan“ shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy sheʼrlari aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda vazni yengil, shux va uynoqi. „Devoni Gado“ asari Gadoiyning 15-asr 2-yarmi – 16-asr boshlarida nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan „Devoni Gado“ asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 gʻazal, 1 mustazod, 1 qasida, 5 qitʼa, tuyuq kirgan. „Devon“dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli Halil Sulton madhiga bagʻishlangan. Devon qoʻlyozmasi Parij Milliy kutubxonasida (inv. № 981), mikrofilmi va fotonusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Gadoiyning forsiydagi sheʼrlari Fahri Hiraviyning „Radoyif ul-ashʼor“ tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy sheʼrlari Turkiya (1960) va AQSH (1971) da bosilib chiqqan. Nashr qilingan asarlari Gadoiy. Sheʼrlar (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). – T.: 1965; Gadoiy. Devon (nashrga tayyorl. E.Ahmadxoʻjaev). – T.: 1973; Adabiyot E. Ahmadxoʻjaev. Gadoiy hayoti va ijodi. – T.: 1978; E.Ahmadxoʻjaev. Gadoiy devonining nodir nusxasi haqida. „Adabiy meros“ jurnali − 1972, № 2; Gʻanieva S. Shoir Gadoiy. „Oʻzbekiston madaniyati“ gazetasi 1962-yil 1-sentabr. E. Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine 15 veka. – M.:1963.
1,888
2731
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Solih%20%28ma%CA%BCnolari%29
Muhammad Solih (maʼnolari)
Muhammad Solih maʼnosini anglatuvchi bir nechta ism: Muhammad Solih (tarixchi) — XIV asr shoiri. Muhammad Solih — siyosatdon.
128
2734
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Shayboniy
Muhammad Shayboniy
Muhammad Shayboniy (Shayboniyxon) (1451-yil, Oʻzbek xonligi — 1510-yil 12-dekabr, Marv) — davlat arbobi, sarkarda va oʻzbek shoiri. Hazrati imom uz-Zamon xalifat ur-Rahmon (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligini oʻrnatgan. Ismi Uning haqiqiy ismi V. V. Bartoldning fikriga koʻra — Shohbaxt Muhammad, boshqa: R. G. Mukminova, V. P. Yudin va Edvard Allworth kabi tadqiqotchilar fikrlariga koʻra esa — Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan. Shayboniy — sheʼriy taxallusidir. По данным современника Шейбани-хана — Мулла Шади, и востоковедов: В. П. Юдина, Р. Г. Мукминовой Шейбани-хан также носил поэтическое прозвище — Шахбахт (королевское счастье). Shayboniyxonning zamondoshi — Mulla Shodiy va sharqshunos olimlar: V. P. Yudin, R. G. Mukminovalarning yozishicha, Shohbaxt (shoh baxti) ham Shayboniyxonning sheʼriy taxallusi bo‘lgan. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasida yozilishicha, Shaxbaxt taxallusi unga Abulxayrxon tomonidan berilgan. U asos solgan sulola tarixda Shayboniylar nomi bilan tanilgan, ammo bu sulola vakillaridan hech biri Muhammad Shayboniy avlodi bo‘lmagan. Tarjimai holi Oʻzbek ulusi hukmdori Abulxayrxonning (1428—1468) oʻn bir oʻgʻli boʻlib, ulardan biri Shayboniyxonning otasi Shohbudogʻ boʻlgan. Shayboniyxonning onasining ismi Oq Qoʻzi biyim boʻlgan. Tarixchi Kamoliddin Binoiyning yozishicha, Shohbudog‘ sulton to‘ng‘ich o‘g‘liga Sulton Muhammad Shayboniy ismini qo‘ygan, taxallusi esa „Shohbaxt“ boʻlgan. Manbalarga ko‘ra, Shayboniyxonning nasabnomasi quyidagicha: Chingizxon oʻgʻli Joʻchixon, Joʻchixon oʻgʻli Shaybon, Shaybon oʻgʻli Baniyol Bahodur, Baniyol Bahodur oʻgʻli Yis Buka, Yis Buka oʻgʻli Jochi Bukaxon, Jochi Bukaxon oʻgʻli Shohibekxon, Shohibekxon oʻgʻli Abduloʻg‘lon, Abduloʻg‘lon oʻgʻli Mingtemurxon, Mingtemurxon oʻgʻli Fuladxon, Fuladxon oʻgʻli Ibrohimo‘g‘lon, Ibrohimo‘g‘lon oʻgʻli Davlatshayx o‘g‘lon, Davlatshayxo‘g‘lon oʻgʻli Abulxayrxon, Abulxayrxon oʻgʻli Shohbudogʻxon, Shohbudogʻxon oʻgʻli Abulfath Muhammad Shayboniyxon boʻlgan. Qizig‘i shundaki, „Tavorixi Guzidayi Nusratnoma“ da Shayboniyxon Mingtemur bobosining xotini Ismoil Somoniy avlodidan bo‘lgan Jandibekning qizi ekanligi qayd etilgan. Shayboniyxonning otasi Shohbudog‘xon o‘qimishli odam bo‘lib, uning buyrug‘i bilan fors tilidagi asarlarni turkiy tilga tarjima qildirgan. Hokimiyatga kelishi Muhammad Shayboniy Oʻzbek xonligi hukmdori Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan. Ukasi Sulton Muhammad bilan birga Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. Muhammad Shayboniy 1480-yillarda Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. U 1490-yillardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnahrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Muhammad Shayboniy Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi shaharlarini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Muhammad Shayboniy qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini ham egallagan. Vafoti 1510-yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Safaviylar shohi Ismoil I Safaviyning 70 ming kishilik askari bilan Muhammad Shayboniy qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va xonning oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland sufaga dafn qilingan. Baland sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Keyinchalik Shayboniylar daxmasi deb nomlangan. Shayboniyxon unvonlari va uning diniy siyosati Shayboniyxon chiqargan tangalarda u olgan unvonlar: „Eng buyuk sulton, rahmdil [Allohning] podshohi, din himoyachisi“; „Oʻz davrining imomi, rahmdil [Allohning] hokimi Abulfath“. Yozuvlar har-xil boʻlib, ikkinchisida ancha aniqroq, teokratik fikr ifodalangan va sarlavhada Shayboniyxon oʻz davrining imomi“ ekanligi taʼkidlangan. Shayboniyxon eroniylar va turkiylarni milliy asosda ajratmagan, balki paygʻambarning „hamma musulmonlar birodardir“ degan hadislariga amal qilgan. Nufuzli diniy arboblardan biri, asli yamanlik amir Sayyid Shamsiddin Abdulloh al-Arabiy al-Yamaniy al-Hadramautiy (Mir-i Arab nomi bilan mashhur) Shayboniyxonning homiyligidan panoh topgan, devon majlislarida doimiy ishtirok etgan va uning yurishlarida xonga hamrohlik qilgan. Ijodi Muhammad Shayboniy 1501-1507-yillarda Turkistonda markazlashgan davlat qurdi. U saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. Uning oʻzi oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan. Undan koʻchirilgan nusxa Oʻzbekiston milliy universiteti Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud. Muhammad Shayboniy haqida Tarixi guzida, Binoiyning Shayboniynoma, Hasanxoja Nisoriyning Muzakkiri ahbob, Muhammad Solihning Shayboniynoma va Boburning Boburnoma asarlarida maʼlumotlar bor. Hukmdor shoirning ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F. Koʻprulu, Y. Ekman, O. Akbiyik, Y. Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E. Axmadxoʻjaev va I. Bekjon uning Bahrul-hudo nomli qasidasini topishdi. Adabiyot Istoriya Uzbekistana, T.3. Tashkent, 1993. Bartold V. V., Sochineniya, T2 (chast 2), M., 1964. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994; ERASLAN Kemal (1991), Şibânî Han’ın ʹBahru’l-Hüdâʹ Adlı Eseri. Türk Kültürü Araştırmaları Muharrem Ergin’e Armağan, Yıl: XXVIII/1-2, s.103-177 KARASOY, Yakup (1998), Şiban Han Dîvânı (İnceleme-Metin-Dizin-Tıpkıbasım), Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları Malikov A.M., Torlanbayeva K.U. Nekotoryye osobennosti kul'turnoy identichnosti Sheybani-khana i monumental'noye stroitel'stvo v Samarkande v nachale XVI veka // Zolotoordynskoye obozreniye. 2022. T. 10, № 2. S. 391–413. Mukminova R. G., K istorii agrarnykh otnosheniy v Uzbekistane XVI v. Po materialam «Vakf-name». Tashkent. Nauka. 1966 Norik B.V. Rol' shibanidskikh pravitely v literaturnoy zhizni Maverannakhra XVI v. // Rakhmat-name: Sb. statey k 70-letiyu R. R. Rakhimova. SPb.: MAE RAN, 2008. S. 226–267. Semyonov A. A. K voprosu o proiskhozhdenii i sostave uzbekov Sheybani-khana // Trudy akademii nauk Tadzhikskoy SSR. Tom XII. 1953. — C.3-37 Semyonov A. A. Sheybani-khan i zavoyevaniye im imperii Timuridov //Materialy po istorii tadzhikov i uzbekov Sredney Azii. Trudy AN Tad SSR, XII, vyp. I.- Stalinabad, 1954. Fitrat A.. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000. A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46. Manbalar Oʻzbekiston tarixi Buxoro xonligi hukmdorlari Shayboniylar Oʻzbekistonlik shoirlar 1451-yilda tugʻilganlar 1510-yilda vafot etganlar Madrasa asoschilari Madrasada dafn etilganlar Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
7,301
2738
https://uz.wikipedia.org/wiki/Boborahim%20Mashrab
Boborahim Mashrab
Boborahim Mulla Vali oʻgʻli yoki taxallusi boʻyicha Mashrab (1640 yoki 1653 yoki 1657-yil, Namangan – 1711-yil Balx) – oʻzbek shoiri va mutafakkiri, tasavvuf adabiyotining yetuk namoyondasi. 1665-yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673-yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi qatagʻon tomonidan 1711-yil dorga osiladi. Mashrab nomi XVIII XIXasrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda zikr etiladi (masalan, Bade Samarqandiyning „Muzokir ul-as'hob“ida). Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat „Devoni Mashrab“, „Devonai Mashrab“, „Eshoni Mashrab“, „Hazrati shoh Mashrab“ nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi nomaʼlum) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht-rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday boʻlsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yoʻlini nisbatan toʻla va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlarining koʻpgina qismini oʻzida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Quyidagi asarlarda ham Mashrab haqida ayrim maʼlumotlar uchraydi: „Tazkirat ul-avliyo“ (Majzub Namangoniy), „Tazkirai qalandaron“ (Is'hoq Bogʻistoniy), „Muzakkiri as'hob“ (Maleho Samarqandiy), „Muntaxab ut-tavorix“ (Hakimxon Toʻra), „Ansob us-salotin“ (Mirzo Olim). Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba – „Qissai Mashrab“dir (boshqa nomlari „Shoh Mashrab“, „Devonai Mashrab). Uning koʻpgina qoʻlyozma va toshbosma nusxalari mavjud. Hayoti Boborahim Mashrab qachon tugʻilgani borasida olimlar orasida har-xil fikrlar mavjud. Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik oʻtkazadi. Mashrab din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor boʻlgan So'fi Eshon Mulla Bozor Oxund (xoʻja Ubaydullo) qoʻlida diniy taʼlim oladi, so'fiy tariqatlar boʻyicha bilimini oshiradi, forsiy tilni oʻrganadi. Taxminan, 1665-yillarda Mulla Bozor Oxund tavsiyasiga koʻra, oʻsha zamonda katta obroʻga ega boʻlgan yirik din arbobi qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xo'ja eshon huzuriga boradi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yoʻnalish ruhidagi sheʼrlarning koʻpchilik qismi Ofoq Xo'ja dargohida va uning targʻibot saboqlari taʼsirida yaratilgan. Ofoq Xo'ja shaxsiy xislat-fazilatlarini madh etuvchi, uni „pir-u rahbar“ deb tan oluvchi bayt-misralar mujassam boʻlgan gʻazal va muxammaslar ham („Koshki“, „Oʻzum“ radifli gʻazallar, „Qolmadi“ radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir. Mashrab taxminan 1672–1673-yillarda Ofoq Xo'ja dargohini tark etadi. Qissalarda qayd etilishicha, bunga Mashrabning piri dargohidagi kanizaklarning biriga koʻngil qoʻygani, sevib-sevilgani sabab boʻlgan. Ammo Mashrabning ogʻir jismoniy jazolanib quvilishi zaminida pir bilan murid oʻrtasida jiddiy gʻoyaviy ziddiyatlar boʻlgan deyilsa, haqiqatga muvofiq boʻladi. Mashrab piri dargohidan ketgach, deyarli 40 yillik umrini doimiy safarda, turli oʻlkalarda darbadarlikda oʻtkazadi. Qoʻnimsiz hayotga yuzlangan shoir, asosan, ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Oddiy xalqning qashshoq hayoti, zulm-u sitam ostidagi oh-u nolasi shoir qalbini larzaga soladi („Dili tigʻi sitamdin pora boʻlgʻon xalqni koʻrdum“…). Mashrab asarlarining aksariyati chuqur ijtimoiy yoʻnalishga ega boʻlib, oʻsha davr hayoti, jamiyatdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas bogʻliq. Xususan, u baʼzi ruhoniylarning kirdikorlari va hiylagarliklarini fosh etadi, tekinxoʻr mulkdorlar va johil amaldorlarning zoʻravonlik faoliyatlarini tanqid qiladi. Mashrabning bu tur asarlari qoʻldan qoʻlga, ogʻizdan ogʻizga oʻtib, tez tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham Mashrabning biror qishloq yoki shaharga kelishi izsiz qolmagan, odil kambagʻal xalq uni quvonch-xursandchilik va qiziqish bilan qarshi olgan. Shoir qoʻnimsiz hayotining soʻnggi manzili Balxda ham hokim tabaqa va mutaassib shayx-mullalar Mashrabni jisman yoʻqotish payiga tushadilar. Shu teskarichi guruhlarning rasmiy fatvosi va Mahmudbiy qatagʻonning hukmi bilan dorga osiladi. Ijodi Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha maʼlum asarlarining oʻzi ham Mashrabning favqulodda noyob isteʼdod egasi ekanligidan dalolat beradi. Mashrab ijodi sheʼriyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy sanʼatning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi. Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va maʼnaviy kamolotini ulugʻlashga, ezgulik va goʻzallikni madh etishga bagʻishlangan sheʼriy merosida gʻazal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba, masnaviy, ruboiy, taʼrix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni uchratamiz. Ammo Mashrab, avvalo, mohir gʻazalnavis hamda koʻplab shoʻx va jarangdor mustazodlar, oʻynoqi va jozibador murabba' hamda xalq gʻam-u hasratiga hamdardlik hissi bilan yoʻgʻrilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrugʻ chiqargan. Mashrabning juda koʻp gʻazallari xalq qoʻshiqlaridek sodda va jarangdor, joʻshqin va taʼsirchandir. Mashrab oʻzbek adabiyoti tarixida eng koʻp mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir mustazodlari ham, xuddi gʻazallari kabi shoʻx va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir. Mumtoz sheʼriyatda murabba' turining uzil-kesil mustahkamlanishi va takomilida Mashrab ijodining oʻrni katta. Mashrabning romantik koʻtarinkilik ruhi ufurib turgan asarlarini adabiyot tarixida murabba turida yaratilgan eng yetuk namunalar jumlasiga kiritish mumkin. Mashrabning gʻazal, mustazod va murabba'larida ishq-muhabbat vafo-sadoqat mavzui yetakchi oʻrinda tursa, muxammas va musaddaslarida chuqur ijtimoiylik ustunlik qiladi, taqdirning kemtikligi va hayotning nosozliklaridan, davr (charx, falak) va adolatsiz muhitning shaxs boshiga tinimsiz keltirayotgan jabr-u jafosidan shikoyat, taʼqib-tazyiqidan norozilik dardli, ammo qatʼiy va keskin ifodalanadi. Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy gʻoyalar ham, oʻsha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohang-taʼkidlari ham sezilarli oʻrin egallaydi. Shoir sheʼrlarida Allohning mavjudligi, bor-u birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yaratganligi uzil-kesil va qatʼiy tan olinadi, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning oʻzgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi taʼlimot toʻla-toʻkis qabul qilinadi. Mashrab fors tilida ham bir necha sheʼriy turlarda yetuk namunalarni yaratgan. Mashrab ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi shoirlar uning gʻazallariga taxmis va naziralar bogʻlashgan. Mashrab qoldirgan adabiy meros toʻla aniqlanib, oʻrganilgan emas. Baʼzi tadqiqotchilar juda koʻp sheʼriy hikoyat va gʻazallarni oʻzida jamlovchi „Mabdai nur“ nomli yirik asarni shoirga nisbat beradilar. Shoir merosi, asosan,„Qissai Mashrab“asari orqali yetib kelgan. Asarda Rindiy, Umar, Mahvash, Zinda va Mansur taxalluslari ham uchraydi. „Mabdai nur“ va „Kimyo“ asarlari muallifligi borasida munozara mavjud. 1997-yilda „Mabdai Nur“ (Jaloliddin Rumiy „Masnaviyi maʼnaviy“siga sharh) Boborahim Mashrabning asari sifatida chop etildi. Mashrab ijodini oʻrganish Mashrab ijodi haqida rus sharqshunoslari N.I.Veselovskiy, N.S.Likoshin, V.L.Vyatkin; oʻzbek adabiyotshunoslari Izzat Sulton, V.Zohidov, I.Moʻminov, Gʻafur Gʻulom, A.Hayitmetov, V.Abdullaev, A.Abdugʻafurov, E.Shodiev, I.Abdullaev, J.Yusupovning tadqiqot va maqolalari bor. Mashrab hayoti va ijodi haqida bir necha badiiy asarlar (roman, qissa, dostonlar va sahna asarlari) yaratilgan, shoirning asarlaridan namunalar qator xorijiy tillarga tarjima qilingan. Mashrab asarlari bir necha marta chop etilgan (1958, 1960, 1963, 1971, 1979, 1990). Xotira Oʻzbekistonning turli shahar va viloyatlarida Mashrab nomida istirohat bogʻlari va kinoteatrlar, maktab va kutubxonalar, koʻchalar va jamoa xoʻjaliklari bor. Afsuski, 2019-yilda Toshkentda tashkil qilingan shoirlar xiyobonida boshqa shoir va yozuvchilar qatorida Mashrabga haykal qo'yilmadi. Mashrab. "Mabdai Nur". -T.: 1994; Adabiyotlar Muhsin Zokiriy, Boborahim Mashrab, T., 1966; Abdugʻafurov A.,
8,870
2739
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammadniyoz%20Nishotiy
Muhammadniyoz Nishotiy
Muhammadniyoz Nishotiy – Taniqli oʻzbek shoiri, liro-epik sheʼriyat tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazmda 1701-yilda tugʻildi. Ijodiy merosidan lirik sheʼrlari va „Husnu Dil“ dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va muxammasoti Nishotiy“, „Bayozi mutafarriqa“, „Bayozi majmuai ash’or“ kabi manbalarda jamlangan. 1903-yilda Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni OʻR FA ShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi. Yirik asari „Husnu Dil“ dostoni Buxoroda 1778-yil yozilgan. Husn va Dil sarguzashtining syujeti Sharq adabiyotida mashhur boʻlib, Yax’yo Saboq Fattohiy, Abdurahmon Mushfiqiy tomonidan ham shu nomda asarlar yozilgan. Doston 62 bobdan 15584 misradan iborat. Dostonning qahramonlari Fuod (arabcha, koʻngul), Husn, Aql, Ishq, Nazar, Himmat, Sabr, Vafo, Hayol, Gʻamza, Raqib, Nomus kabi ramziy timsollar orqali muallifning axloqiy-taʼlimiy gʻoyalari ifodalangan. „Qushlar munozarasi“ asari ham allegorik — majoziy harakterga ega boʻlib, 300 misradan iborat. Shoir 14 qushning oʻzaro bahsu-munozaralari orqali oʻz qarashlarini bayon etadi. Nishotiy adabiy merosi V.Abdullaev, B.Valixoʻjaev, M.Qosimova va boshqalar tomonidan oʻrganilgan. Nashr qilingan asarlari Nishotiy. Husnu Dil. Lirika. -T.: 1967. Nishotiy. Qushlar munozarasi. Jurn. «Guliston». −1970. № 1. Adabiyot Qosimova M. Muhammadniyoz Nishotiy. — T.: 1976; Valixoʻjaev B. Oʻzbek epik poeziyasi tarixidan. — T.: 1975; Abdullaev V. Nishotiy. Kitobda: Saylanma. — T.: 1982. Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonlik shoirlar
1,536
2740
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xo%CA%BBjanazar%20Huvaydo
Xoʻjanazar Huvaydo
Xoʻjanazar Huvaydo (1704—1780) Isteʼdodli oʻzbek shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi. Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan. Nasl-nasabi oʻshlik boʻlib, otasi Gʻoyibnazar Sharq olamida mashhur qashqarlik Ofoq Xojaning muridi boʻlgan. Huvaydo dastlab Chimyonda, keyin Qoʻqon madrasalarida tahsil oldi. Chimyonda (1780) vafot etgan, qabri oʻsha yerda. Huvaydoning devoni yetib kelgan, uning bir necha nusxalari bor. Devonga shoirning gʻazal, ruboiy, toʻrtlik, muxammas, musaddas, musamman, mustazod, masnaviy kabi sheʼriy janrlarda yaratgan asarlari va „Rohati dil“ dostoni kiritilgan. Doston 30 bobdan va Ibrohim Adham qissasidan iborat. „Rohati dil“ diniy-taʼlimiy asar. Unda islom va tasavvuf taʼlimotining umuminsoniy gʻoyalari ibratli hikoyatlar vositasida bayon etiladi. Huvaydo asarlarining qoʻlyozma nusxalari turli fondlarda saqlanmoqda. (Devoni Huvaydo. SamDU FK, inv. № 3903; Bayozi Haziniy OʻR FA ShI inv. № 4184..). Adabiyotshunoslikda Huvaydo ijodini oʻrganish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Asarlari nashr etilgan. OʻzMUda ham Huvaydo ijodini oʻrganish borasida chuqur tadqiqotlar olib borilmoqda. Devoni tabdil etilgan. Asp. E.Rahmonov „Rohati dil“ dostoni poetikasi" mavzusida ilmiy-tadqiqot (ilm. rahbar prof. H.Boltaboev) olib bormoqda. Nashr qilingan asarlari Huvaydo. Devon. — T.: OʻzMU, Oʻzbek mumtoz adabiyoti kaf., inv.29; Bayozi Haziniy. OʻR FA ShI, inv. 4184; Huvaydo. Tanlangan sheʼrlar. — T.: 1961; Xoʻjanazar Huvaydo. Rohati dil. — T.: 1994. Ilmiy adabiyot Jalolov T. Bonu. — T.: 1961; Oʻzbek adabiyoti. 3-jild. — T.:, 1978; N.Jumaxoʻja. Huvaydo merosining maʼnaviy-maʼrifiy mohiyati. -T.: 1995. Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonlik shoirlar
1,729
2741
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nurmuhammad%20Andalib
Nurmuhammad Andalib
Nurmuhammad Andalib (1711-1770) — isteʼdodli oʻzbek adibi, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning „Firdavsul-iqbol“, Bayoniyning „Xorazm shohiy“ asarlarida fikrlar bor. Andalibning turkiy devoni va bir qancha dostonlari bizgacha yetib kelgan: „Zaynul-arab“, „Yusuf va Zulayho“, „Layli va Majnun“, „Oʻgʻuznoma“, „Sayyid Nasimiy“, „Saʼd Vaqqos“ va boshqalar. Andalib asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida 1392, 1169, 1198, 1387, 7054, 299, 6759, 1103, 6973, 6998, 1155, 1188, 6993, 1918 raqamlari ostida saqlanadi. Andalib ijodiga munosabatda uni turkman shoir degan qarash ham mavjud, uning asarlari Turkmanistonda ham mashhur. Uning ijodi X.Koʻr oʻgʻli, V.Abdullaev, B.Axundov, A.Ulugʻberdiev, G.Nazarov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan. Nashr qilingan asarlari Andalib. Tanlangan asarlar. Ashxabad, 1963. (B.Axundov, A.Ulugʻberdiev nashrga tayyorlagan). Andalib. Yusuf va Zulayho. Ashxabad, 1973 (Geldi Nazarov nashrga tayyorlagan.) Oʻzbek adabiyoti. T.: 1959. 4-5-tom. Adabiyot Kor-ogli. Uzbekskaya literatura. M.: Visshaya shkola, 1978. Oʻzbek adabiyoti tarixi. T.: Fan, 1978. B. 333-367. Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonlik shoirlar
1,243
2743
https://uz.wikipedia.org/wiki/Uvaysiy
Uvaysiy
Uvaysiy (asl ismi Jahon; xalq orasida Jahon otin sifatida tanilgan) (1779 – Margʻilon – 1845) – atoqli oʻzbek shoirasi, oʻzbek shoirlari murabbiysi, maʼrifatparvar. XVIII-XIX asrlarda Oʻrta Osiyodagi hozirgi davlatlar oʻrnida Buxoro, Qoʻqon va Xiva xonliklari mavjud edi. XIX asr boshlarida, Qoʻqon xonligi taxtiga Umarxon oʻtirgan davrda ilm-maʼrifat, adabiyot, ma- daniyat rivojlandi. Shu bilan birga, xonlikdagi ichki ziddiyatlar, oddiy xalqqa adolatsiz munosabat oʻlkada ogʻir ijtimoiy muhitning paydo boʻlishiga ham olib keldi. Jahon otin (taxallusi Uvaysiy, Vaysiy, 1779-1845) Margʻilonda tavallud topgan. Uvaysiy oilasidagi maʼrifatli muhit uning kelajakda yetuk shoira va oʻz davrining bilimdon ayoli boʻlib ye- tishishida muhim ahamiyat kasb etgan. Shoira- ning onasi zamonasining oʻqimishli ayollaridan biri boʻlib, otinlik qilgan, yaʼni qizlarga taʼlim be- rish bilan shugʻullangan. Jahonning yoshligidan bilim olishga ishtiyoqi baland boʻlib, dastlabki savodini oʻz oilasi yordamida chiqargan, otasi va akasidan musiqa, sheʼriyat ilmini oʻrgangan. Keyinchalik Uvaysiy Qoʻqon xoni Umarxon- ning rafiqasi, shoira Nodirabegim va boshqa ijod- kor ayollarga sheʼriyat ilmidan dars berdi. Oʻzi esa muammo sheʼrda fikrni yashirin ifodalash sanʼatini mukammal egalladi. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiy oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, soʻngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat ilmini oʻrgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. U, ayniqsa, aruzni, muammo (sheʼrda fikrni yashirib ifodalash) sanʼatini mukammal egallagan. Qoʻqon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotin-qizlarga sheʼriyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning maʼlumot berishicha, Uvaysiy Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga borgan. 1842-yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. 65 yoshida Margʻilonda vafot etgan. Tarjimayi holi Jahon 1779-yilda Margʻilon shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Qaynar Devona (boshqa manbada Siddiqbobo) degan kishi boʻlib, asli Kosonda tugʻilgan, keyinchalik Margʻilonga koʻchib kelgan. Onasi Chinnibibi maktabdor ayol boʻlgan. Jahon ilk saboqni onasidan olgan, avval xalfalik, soʻng onasining qoshida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat nazariyasini oʻzlashtirgan. Otasi unga adabiyotdan dars bergan, sheʼr nazariyasini oʻrgatgan. Jahon turkiy va forsiy tilda yozgan klassik shoirlar ijodini oʻrgangan. Hojixon ismli kishi bilan turmush qurgan, turmushidan Muhammad ismli bir oʻgʻil („Majnun“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan) va Quyoshxon ismli bir qiz („Xokiy“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan) farzand koʻrgan. Manbalarda shoiraning eri nodon va johil kimsa sifatida taʼriflanadi. Eri bilan kelisha olmagan Jahon u bilan ajrashib, otasining uyiga qaytib kelgan hamda asosiy vaqtini kitob oʻqish va „Uvaysiy“ taxallusi bilan sheʼrlar yozishga sarflagan. Umarxon saroyiga kelib qolishi Uvaysiyning Qoʻqon xoni saroyiga borib qolishi sabablari (yoʻllari) haqida turli manbalarda turlicha fikrlar bor. Ularning qaysi biri haqiqat ekani aniqlanmagan. Fikrlardan biriga koʻra, Qoʻqon xoni Umarxon saroyidagi adabiy muhit dovrugʻi tildan-tilga koʻchib, Margʻilongacha yetgan. Oʻz shoirlik salohiyatini sinab koʻrishni istagan Uvaysiy otasidan Qoʻqonga borish uchun ruxsat soʻragan, avvaliga otasi bunga rozi boʻlmagan. Qayta-qayta iltimos qilavergach, ota qizining adabiyotga boʻlgan qiziqishini soʻndirmaslik uchun rozi boʻlgan va uni bir maktub bilan qoʻqonlik doʻstining uyiga yuborgan. Bu xonadonda Uvaysiy bir necha kun saroy shoirlari toʻplanib, adabiy suhbat qiladigan vaqtni aniqlab olgan. Qoʻqonlik homiysining maslahati bilan eski paranji yopinib, kampir qiyofasida mushoira boʻlayotgan Umarxon saroyiga borgan. Saroy soqchilari uni toʻxtatib, shoh shoirlar majlisida ekanini aytadilar va saroyga kelishdan muddaosi nimaligini soʻraydilar. Kampir qiyofasidagi shoira soqchiga bir xat uzatib, uni xonga topshirishini iltimos qiladi. Soqchi saroyga kirib, xonga bor voqeani aytadi va „kampir“dan olgan xatini unga uzatadi. Umarxon xatni ochib, ichida xusnixat bilan yozilgan gʻazalni koʻradi. U baland ovozda saroyga toʻplangan yuzlab shoirlarga gʻazalni oʻqib beradi, gʻazal hammaga maʼqul boʻladi. Shundan soʻng kampir qiyofasidagi Uvaysiyni saroyga taklif etadilar. Majlis ahli shoiraning gʻazaliga yuksak baho beradi. Shunda shoira ustidagi paranjini boshidan oladi. Xon Uvaysiydan nima maqsadda kelganini soʻraganida, Uvaysiy boshidan oʻtgan hamma gaplarni unga aytib beradi. Bu hikoyani eshitib, xon va saroy ahli shoiraning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishi, shijoatliligiga tahsin aytadilar. Shundan soʻng, Umarxon Uvaysiyni saroydagi xonimlarga murabbiy etib tayinlagan va ular shugʻullanishlari uchun alohida joy qilib bergan. Shu tariqa Uvaysiy Umarxon saroyida oʻz oʻrniga ega boʻlgan. Moddiy ahvoli Umarxon Uvaysiyga atab Margʻilonda muhtasham uy qurdirib bergan. Shoiraning avlodlari bu uyda 1941-yilga qadar yashaganlar. Shunga qaramay, Uvaysiy ancha nochor kun kechirgan. Xon tomonidan unga bir tanob yer vaʼda qilingan ammo, bu vaʼda bajarilmagan. Sheʼrlaridan birida Uvaysiy oʻgʻli Muhammad choponi yoʻqligidan el qatori iydda koʻchaga chiqolmaganini, qizi esa koʻylak va roʻmol istab yigʻlaganini yozib oʻtgan. Manbalardan birida keltirilishicha, moddiy ragʻbatga erisha olmagan Uvaysiy kecyinchalik saroydan ketib, dehqonchilik bilan kun kechirgan. Boshqa bir manbada esa, shoira Amir Nasrullo Qoʻqonni bosib olganidan soʻng Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagani yozilgan. Umarxon shoiraning yolgʻiz oʻgʻli Muhammadni Qoshgʻarga surgun qilgan. Oʻgʻlini sogʻingan Uvaysiy quyidagi satrlarni bitgan: Oradan bir qancha vaqt oʻtib, Uvaysiyning oʻttiz yoshlardagi qizi Quyoshxon qiz farzand tugʻayotib olamdan oʻtgan. Shundan soʻng Uvaysiy yolgʻiz nabirasi Xadichabegimni boqish, tarbiyalash bilan band boʻlgan. Ammo nabirasi 11 yoshga toʻlar-toʻlmas, oʻzi ham vafot etgan (taxminan 1850-yillar). Ijodi Uvaysiy 4 devon tuzganligi maʼlum. Lekin bu devonlarning asl qoʻlyozmalari topilmagan. Uvaysiy mumtoz oʻzbek sheʼriyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammaslar bogʻlagan. Shoiraning adabiy merosida 269 gʻazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining gʻoyaviy mavzu doirasi teran va koʻp qirrali. Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson taqdiri, shaxs erki va maʼrifatparvarlik gʻoyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni eʼzozlash, odamlarni tabiat va xayot noz-neʼmatlaridan bahramand boʻlishga undash, doʻstlik, vafo va sadoqat haqidagi ulugʻvor niyatlarini Qurʼon oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning sheʼrlarida tariqatning talab va qoidalariga taalluqli boʻlgan talqinlar koʻp uchraydi: Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogoh,Qabih guftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi. Uvaysiy oʻz asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb toʻrida avaylovchi vafodor yorni ulugʻlaydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar tong ufqdan bosh koʻtarib, oʻzining otashin nuri bilan olamga, odamlarga oʻz mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish sanʼati orqali eng goʻzal tuygʻular silsilasini yaratadi. Uning lirik qahramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq. Uning anor haqidagi mashhur chistoni oʻzining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida koʻzga tashlanadi: Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yoʻq nishon,Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar,Yuparida parda tortugʻliq tururlar, bagʻri qon. Liroepik asarlari Uvaysiy hayotlik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur boʻlgan va zamondoshlarining eʼtiborini qozongan. Lirik sheʼrlaridan tashqari, uning „Shahzoda Hasan“, „Shahzoda Husan“ kabi liroepik asarlari va „Voqeoti Muhammad Alixon“ kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bogʻliq voqealar asosida yaratilgan. Uvaysiy asarlari oʻzining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yoʻlida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan koʻchirilgan 3 nusxa qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon universiteti kutubxonasida saqlanadi. Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin sheʼriy asarlari mavjud. Uning bir devoni OʻR Fanlar akademiyasi ShIda saqlanadi (inv.№ 1837). Unga shoiraning gʻazal, muxammas, musaddas, murabbaʼlari va „Shahzoda Hasan“ hamda „Voqeoti Muhammadalixon“ dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan. „Shahzoda Hasan“, „Shahzoda Husayn“ kabi dostonlari mavjud, „Voqeoti Muhammadalixon“ nomli tarixiy asari tugallanmagan. Shoira ijodiga nazar Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. „Majmuai shoiron“ tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi. Ijodini izchil ilmiy yoʻnalishda oʻrganish 30-yillarda boshlangan. Uvaysiy ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, I.Haqqulov, E.Ibrohimova v.b. tomonidan oʻrganilgan. Nashr qilingan asarlari Uvaysiy. Devon. –T.: 1963; Uvaysiy. Koʻngil gulzori. – T.: 1983. Izohlar Manbalar Adabiyotlar 1781-yilda tugʻilganlar Margʻilonda tugʻilganlar 1845-yilda vafot etganlar Chigʻatoy tilida ijod qilgan shoirlar Turkiy shoirlar Oʻzbekistonlik shoirlar Oʻzbekistonlik shoiralar Qoʻqon xonligi shoirlari Oʻzbek xonliklari madaniyat va sanʼat namoyandalari
9,934
2748
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nodira
Nodira
Nodira, (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon — 1842, Qoʻqon) — oʻzbek shoirasi, maʼrifatparvari va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — oʻzbeklarning ming qabilasidan, Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon hokimligini beradi va uni 1807-yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda sheʼr yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. Nodiraning turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan. 1810-yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822-yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842-yil Buxoro amirligi hukmdori Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi. Ijodi Nodiraning sheʼriy merosi bir nechta devonlarining qoʻlyozmalari orqali yetib kelgan. Oʻzbekcha sheʼrlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas, ruboiy, fard kabi koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan. Nodira hayoti va ijodini oʻrganish oʻz davridanoq boshlangan. Hakimxon Toʻraning „Muntaxabut-tavorix“, Avazmuhammad Attorning „Tuhvatut-tavorix“, Ishoqxon Toʻraning „Tarixi Fargʻona“, Mushrifning „Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin“ kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning „Voqeoti Muhammadalixon“, Nodir-Uzlatning „Haft gulshan“ nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli maʼlumotlar bayon etilgan. Davlatni idora qilishi 1822-yilda Umarxon vafot etib, uning oʻgʻli, 14 yoshli Muhammad Alixon (Maʼdalixon) taxtga koʻtarildi. Lekin davlatni, asosan, Nodiraning oʻzi idora qildi. U madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intildi. Nodiraning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida Nodiraning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan koʻrsatib berilgan: "Asar yozishdan maqsadim Nodiraning oqila, fahmli, ilm va soʻzning qadriga yetadigan donishmand ayol ekan-ligini koʻrsatishdir... Umarxon vafotidan soʻng bu iffat sadafining in-jusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa oʻtishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bogʻiga borib, Fargʻona, Toshkent, Xoʻjand, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, hattotlar, naqqoshlarni oʻz xizmatiga chaqirtirib keldi". Nodira bir necha kitoblarni koʻchirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi. Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini oʻzi shaxsan koʻzdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni "Zarrin qalam"lik mansabiga koʻtargan. Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga eʼtibor bergan. Goʻristoni kalondagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Moxlaroyim madrasasini bino ettirgan. Buxoro amirligi hukmdori Amir Nasrulloh 1842-yilda Qoʻqonni egallab, Maʼdalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar oʻgʻli Muhammad Aminxonni va Nodirani oʻlimga hukm etadi. Adabiy merosi Nodiraning adabiy merosi oʻz gʻoyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz sheʼriyatning goʻzal namunalaridandir. Uning toʻla boʻlmagan oʻzbekcha devoni Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Devonga Nodiraning 109 (yoki 1704 misra) gʻazali kiritilgan. Nodiraning uzi yozgan debochada tarjimai holiga oid baʼzi muhim maʼlumotlar berilgan. 19-asrda koʻchirilgan, hozirgi Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda Nodiraning "Komila" taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) gʻazali borligi aniqlangan. 1962-yilda Namanganda shoiraning mukammal devoni topildi. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan bu devon shoiraning merosini toʻliq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning "Nodira" taxallusi bilan yozgan 180 sheʼri jamlangan (shulardan 136 tasi oʻzbek tilida, 44 tasi tojik tilida). Jumladan, 11 muhammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarjiʼband, 1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida Nodiraning "Maknuna" taxallusi bilan yozilgan, 333 gʻazaldan iborat bir devoni mavjud. Bugungi kunda biz Nodiraning oʻzbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz. Sheʼriyati Nodira sheʼriyatining asosini lirika tashkil etadi. Nodira muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U goʻzallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu figʻonlarini kuyladi. Shoira oʻzini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yogʻdu ekanligini kuyladi: Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et! Nodiraning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuygʻular doirasidan yuqori koʻtarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. Nodira insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning fors-tojik tilidagi „Mebosh“ radifli gʻazalida vafo mavzui keng doirada qalamga olinadi. Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi hislatlarni maʼrifat, yaʼni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli hislatlarni oʻz ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitqadamlik bilan koʻngil ganjinasida asramogʻini obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan maxrum boʻlar ekan, u riyo yoʻliga kirib ketadi. Nodira oʻz ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yoʻnalishiga asoslangan bir butunlik orqali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhabbat yoʻlidagi ruhiy dunyosini ham juda goʻzal va jonli misralarda ifodalab beradi. Nodira sheʼrlarida islom ruhi, tasavvuf taʼlimi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urugʻini qidiradi. Nodira saroyda yashasa ham, oʻzini maʼnaviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edi. Shuning uchun ham u gʻazallaridan birida: "Meni saltanat masnadida koʻrib, gumon etmang ayshu farogat bilan", deydi. Nodira olimlar, shoirlar, ayniqsa, shoiralarni oʻz himoyasiga olgan. Shoira oʻz devonlarining "hamnishin olima afifalar, fozila hamsuhbat sharifalarning maslahatlari va tashabbuslariga koʻra jamlangani"ni oʻzbekcha devoniga yozgan soʻzboshisida qayd etib oʻtadi. Nodira mumtoz sheʼriyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning oʻzbekcha, forsiycha va tojikcha gazallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira gʻazallarining asosiy qismi 7—9 baytlidir. Nodira mumtoz adabiyot anʼanalarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. Nodira oʻz gʻazallarida koʻproq "mukar-rar" (soʻzning takrorlanib kelishi) va "qoʻsh mukarrar" usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tash-beh, istiora, tazod, tadrij, tashhis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qoʻllangan. Nodira fors-tojik tilida ham goʻzal, taʼsirchan sheʼrlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan oʻzbek tilidagi gʻazallaridek yuksak darajada yozilgan boʻlib, shoira ijodini yana ham keng va toʻlaroq oʻrganishda muhim rol oʻynaydi. Shoira ijodiga nazar Nodira ijodiga boʻlgan qiziqish shoira xayotlik davridayoq boshlangan. Mashhur shoira Dilshod (1800–1905) Nodiraga maxsus gʻazallar bagʻishlab, uni „ilm-adabi va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari gʻazalxoni, shakar sochuvchi bulbul“ deb taʼriflaydi. Nodira gʻazallariga juda ʻ koʻp shoirlar naziralar yozganlar, muhammas bogʻlaganlar. Oʻzbek adabiyotida va sahnada Nodiraning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning „Nodira“, Turob Toʻlaning „Nodirabegim“ musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning ssenariysi asosida „Nodirabegim“ filmi yaratildi. Shoira asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. Gʻazallari oʻzbek maqomlari va xalq kuylariga solingan. Oʻzbekistonning shahar va qishloqlarida koʻplab koʻchalar, kinoteatr, maktab va kutubxonalar Nodira nomi bilan yuritiladi. Ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan. Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohkoʻchalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qoʻyilgan. Adabiyot Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, 1-kitob, 2nashr, T., 1970; Abdullayev V., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, 1967; Qa-yumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Qodirova M., Davr Nodirasi (Nodiraning hayot va ijod yoʻli), T., 1991; Maʼna-viyat yulduzlari, T., 2001. A.Qayumov. Qoʻqon adabiy muhiti. -T.: 1961; M.Qodirova. Nodira. -T.: 1965. Nashr qilingan asarlari Nodira. Devon. -T.: 1963; Nodira. Ey, sarvi ravon. -T.: 1992; Komila -Nodira. -T.: 2002. Manbalar http://kitobam.com/cr/nodira-mohlaroyim/ Sheʼrlar, T., 1958; Devon, T., 1963; Asarlar (2 j.li), 1-j., T., 1968; 2-j., 1-2-kitob, T., 1971; Devon (forstojik tilidagi gʻazallar), Dushanba, 1967; Uvaysiy va Nodira, T., 1994. Shoirlar Oʻzbekiston shoirlari Oʻzbekistonlik shoiralar Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari Madrasa asoschilari
9,500
2751
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gulxaniy
Gulxaniy
Gulxaniy (taxallusi, asl ismi Muhammad Sharif) (taxminan 18-asrning oxiri – Qoʻqon – 19-asrning 20-yillari) – oʻzbek mumtoz shoiri, oʻzbek adibi, masalnavis, oʻzbek adabiyotida satirik maktab yaratuvchilaridan biri. Hayoti Hayoti va ijodi haqida „Majmuai shoiron“ (Fazliy Namangoniy), „Tuhfat ul-axbob“ (Qori Rahmatulloh Vozeh), „Sabot ul-bashar va tarixi muhojiron“ (Dilshod Otin) kabi asarlarda ayrim maʼlumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning „Koʻhiston mulkidan“ ekanligini taʼkidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. Gulxaniy Namangan va Qoʻqonda yashagan, oz vaqt hammomda oʻt yoquvchi – goʻlax vazifasida ishlagan (taxallusi shundan). Qoʻqon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda boʻlgan (1801–1810). Mustaqil mutolaa yoʻli bilan mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Olimxon vafotidan (1811) soʻng taxtga oʻtirgan Amir Umarxon (Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning gʻazallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan soʻng vataniga qaytib, koʻproq oddiy insonlarga manzur boʻluvchi sheʼrlar yoza boshlagan. Oʻtli hajvlarni yaratgan. Ijodi Gulxaniy oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turk va fors tillarida ham asarlar bitgan. Bizgacha bir necha gʻazali, hajviyalari hamda „Zarbulmasal“ („Yapaloqqush“ hikoyasi) nasriy asari yetib kelgan. Gʻazallari Gʻazallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, bahor, real hayotiy manzaralar oʻz ifodasini topgan („Barmogʻim“, „Ey toʻti“, „Lola koʻksidek bagʻrim...“). „Bideh“ (bergil, ber menga) radifli gʻazalida shoir navkarlik davridagi hayotini tasvirlagan. Bu gʻazalga chuqurroq nazar tashlansa, muallif katta ijtimoiy masala — oʻz davrining harbiy tartibi, rasm-rusumlari haqida fikr yuritganligini kuzatish mumkin. Gʻazalida lirik qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasiga koʻtarilgan. Gulxaniy oʻzining zoʻr isteʼdodi, tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xalqchil ijodkor sifatida koʻringan. Shoirning bizga maʼlum gʻazallarining ayrimlari Amiriy sheʼrlariga nazira tarzida yaratilgan boʻlib, ular oddiy taqlidchilik doirasida qolmay, barkamol mustaqil badiiy asar darajasiga koʻtarilgan. Gulxaniyning sheʼriy ijodi, garchand, hajman katta boʻlmasada, 19-asr oʻzbek milliy adabiyoti rivojiga samarali taʼsir koʻrsatdi. „Zarbulmasal“ asari „Zarbulmasal“ asari nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning topshirigʻi bilan yozilgan. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardanfoydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyoʻgʻlining quda-anda boʻlishi sarguzashtlari majoziy, oʻtkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning oʻzaro murakkab munosabatlari asosida oʻz davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan. „Zarbulmasal“da „Kalila va Dimna“ da sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarlarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. „Zarbulmasal“ ning bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud, ular OʻR FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon topilgani aytilsada, biroq u topilmagan. Xotira Gulxaniy ijodi A.Qayumov, M.Salye, Fitrat, B. Karimov, R.Muqimov, F.Ishoqov, M. Qoʻshjonov, M. Qoʻshmoqov, A. Asrorov v. b. olimlar tomonidan oʻrganilgan. Shoir nomi Qo'qon shahri va Toshkent shahar Shayxontohur tumanlarida joylashgan ko'chalarga berilgan. Adabiyotlar Muqimov R., Gulxaniyning hayoti va adabiy faoliyati, Samarqand, 1955; Zohidov V., Oʻzbek adabiyoti tarixidan, T., 1961; Ishoqov F., Gulxaniy va uning adabiy merosi, T., 1974. Abdurashid Abdugʻafurov. Nashr qilingan asarlari Gulxaniy. Zarbulmasal (nashrga tayyorl. F.Ishoqov). - T: 1958; Oʻzbek adabiyoti. 4 jildlik 3-jild. - T: 1959; Gulxaniy. Tanlangan asarlar. - T.: 1951, 63b. Adabiyot Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-jild. — T.: 1978; F.Ishoqov. Gulxaniy va uning „Zarbulmasal“ asari. — T.: Fan, 1972; F.Ishoqov. Maktabda Gulxaniy ijodini oʻrganish. — T.: 1986; M.Qoʻshjonov. „Zarbulmasal“ asarining badiiy xususiyatlari. Kitobda: Mohiyat va badiiyat. — T.: 1974; M.Qoʻshmoqov. Mulla Gulxaniy. „Sharq yulduzi“ jurnali 1991, № 1. Manbalar Tanlangan asarlar. Zarbulmasal va gʻazallar, T., 1960.
4,348
2765
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ipak%20yo%27li%20radiosi
Ipak yo'li radiosi
Ipak Yoʻli Radio - Loyihasi oʻz faoliyatini 1998-yili Tojikistonda boshladi. 1999-yili uning faoliyat qamroviga Oʻzbekiston va 2004-yili Qirgʻiziston qoʻshildi. YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi qoshida hamda bir qator xalqaro tashkilotlarning koʻmagi bilan Ipak Yoʻli Radio loyihasi Markaziy Osiyo mamlakatlari tinglovchilariga qator taʼlimiy radio dasturlar taqdim etib kelmoqda. Ipak Yoʻli Radio Loyihasining asosini Oʻzbekiston va tojikistonlik ijodkorlar hamkorligida yaratib kelinayotgan radiodramalar tashkil etadi. Oʻzbekiston va Tojikistondagi har bir radio drama voqealar rivoji reportajlari sifatida tanilgan qisqa reportajlar bilan birga efirga uzatiladi. Ushbu reportajlar radio dramaga yangi gʻoyalar berish va mavzularni tadqiq qilish bilan birga uning hayotiyligini ham taʼminlaydi. Manbalar Radiolar
825
2787
https://uz.wikipedia.org/wiki/Imom%20Abu%20Dovud
Imom Abu Dovud
Abu Dovud Sulaymon ibn Ash'as ibn Ishoq al-Azdiy Sijistoniy hujjat bilan hukm qiluvchi, huffoz- larning sayyidi, hadislarni tahlil etuvchi «Kitobi Sahih» deb tan olingan olti muhaddisning biridurlar. Nisbatlari Basra qishloqlarining biri bo'lgan Sijistongadir. Bu zot hijratning 202-yili Basrada tavallud topdilar. Hadislarni to'plashda Iroq, Xuroson, Shom, Misr, Arabiston Jazirasi kabi yurtlardagi ulamolar huzurida bo'lib chiqdilar. 221-hijriy sanada Kufaga safar qildilar va ana shu yerdagi kishilardan ham hadislarni eshitib rivoyat qildilar. Ulamolar bu zotda bo'lgan sifatlarni ko'p zikr qilishadi. Amr ibn Ali Bohiliy: «Imom Abu Dovud duosi ijobat bo'luvchi kishilardan edilar»-deb aytadilar. Muhammad ibn Sa'd Zuhariy: «Bu zot obid, taqvoli, fozil, solih, pok kishilardan edilar»-deb aytadilar. Abu Hotim ar-Roziy: Bu zotdek tazarru'li va bu kishidek hujjati ishonchli kishini ko'rmaganman»- deganlar. Abu Dovudning «Sunan» kitoblari to'g'risida ham ulamolar g'oyatda maqtov fikrlar bildirishgan: Zakariyo Soniy aytadilar: «Kitobulloh Islomning asli, «Sunani Abu Dovud» Islomning ahdidir». Ulug' zotlardan Xattobiy: «Bu kitob ikkita sahih kitobdan ko'ra faqihroq va hadis ilmida buning singari kitob tasnif etilmagan»-deb aytadilar. Imom Abu Dovud hammasi bo'lib 50000 hadis rivoyat qilib, bulardan 4800-ta sahih hadisni «Sunan» kitoblariga kiritdilar. Imom Abu Dovudning «Sunan» kitoblariga ko'plab sharh va muxtasarlar yozildi. Bu zot hadislarni Muslim ibn Ibrohim, Sulaymon ibn Xarb, Abu Umar Havziy, Abu Valid Tayolisiy, Abu Muammar al-Muaqqad, Abdulloh ibn Maslama al-Qa'nabiy, Ahmad ibn Hanbal, Usmon ibn Shayba, Amr ibn Avn, Hishom ibn Ammor Dimashqiy, Rabiy' ibn Nofi' Halabiy, Ahmad ibn Solih Misriy va boshqa bir nechta jamoat kishilardan eshitdilar. Imom Abu Dovuddan Termiziy, Nasaiy, o'g'illari Abdulloh, Ahmad ibn Muhammad ibn Horun, Ali ibn Husayn ibn Abd, Muhammad ibn Muhammad ad-Davriy, Ismoil ibn Muhamad Saffor, Ahmad ibn Salmon Najjor va boshqa bir necha kishilar rivoyat qiishdi. Imom Abu Dovud hijratning 275-yili, Shavvol oyining 16-kunida Basrada vafot etdilar. Manbalar Islom
2,118
2790
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ibn%20Moja
Ibn Moja
Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid Ibn Moja ar-Rabʼiy al-Qazviniy ( ; (t. 209/824, 273/887) odatda Ibn Moja nomi bilan mashhur bo'lib, o'rta asrlarda forscha bo'lgan hadis olimi bo'lgan. U sunniy islomning oltita kanonik hadis to'plamining oxirgisini - Sunan Ibn Mojani tuzgan. Biografiyasi Ibn Moja 824-yilda hozirgi Eronning Qazvin viloyati Qazvin shahrida tug‘ilgan. CE/209 Hijriy Rabiʼa qabilasidan boʻlgan ( mavlo ) oilaga. Moja otasining laqabi bo'lib, bobosining laqabi emas, onasining ismi ham emas edi, buni da'vo qilganlarning aksi. Oxiridagi hāʼ talaffuzda toʻxtaganda ham, davom etishda ham unlisiz boʻladi, chunki u arabcha boʻlmagan ism. U o'z shahrini tark etib, Islom olami bo'ylab Iroq, Makka, Levant va Misrni ziyorat qildi. U Ibn Abu Shayba (u orqali as- Sunanning chorak qismi o‘tgan), Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr, Jubora ibn al-Mug‘allis, Ibrohim ibn al-Munzir al-Mug‘allim, Ximamibahn, Ibrohim ibn al-Munzir al-Muhamibun, Himamibahn, Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayrdan ta’lim olgan. Ular davridan Rumh, Dovud ibn Rashid va boshqalar. Abu Yaʼlo al-Xaliliy Ibn Mojani "ishonchli ( siqah ), koʻzga koʻringan, kelishilgan, diniy obroʻli, ilm va yod olish qobiliyatiga ega", deb maqtadi. Yozgan kitoblari Imom Ibn Moja hammasi boʻlib 32 ta kitob yozganlar. Shulardan eng mashhurlari: «Sunani Ibn Moja» (hadis kitoblari), «Tafsiri Ibn Moja» (tafsir kitoblari), «Tarixi Ibn Moja» (tarix kitoblari). U zotdan Muhammad Iso al-Abhariy, Abu Umar Ahmad ibn Muhammad al-Madaniy, Ali ibn Ibrohim al-Qatton, Sulaymon ibn Yazid al-Foliy, Abu Toyyib Ahmad ibn Ruh al-Bagʻdodiylar dars olishgan va hadis rivoyat qilishgan. Ibn Mojaning oʻzlari va kitoblari toʻgʻrisidagi ulamolar koʻp maqtovli soʻzlarni aytishgan. Abu Yaʼlo al-Halimiy aytadilar: «Ibn Mojaga odamlar ishonib, hadis ilmida u kishiga suyanadilar». Muhammad ibn Jaʼfar al-Kattoniy oʻzlarining «Risolati al-mustatrofa» kitoblarida shunday keltiradilar: «Ulamolar Ibn Mojaning „Sunan“ kitoblarini ishonchli, kuchli va fiqh ilmida katta foyda berishini koʻrib, oltinchi sahih kitob»,- deb tan olishdi". Ibn Tohir aytadilar: «Kimki Ibn Mojaning hadis kitoblariga qarasa, boblari koʻpligi, bir hadis qayta takrorlanmasligi va hadislarning chiroyli tartibda yozilganligini koʻrib, haqiqatda u zotni hadis jamlashda va kitob yozishda qanday yaxshi yoʻl tutganlarini biladi. Bu kitob juda mashhur boʻlmasa ham, oʻziga yarasha obroʻ-eʼtibori bordir». Sunan 1500 bob va 4000 ga yaqin hadisdan iborat. Uni tugatgandan so'ng, u o'z davrining hadis olimi Abu Zur'a ar-Roziyga o'qib berdi va u shunday dedi: "Menimcha, odamlar buni qo'llariga olishsa, boshqa to'plamlar yoki ularning ko'pchiligi ham bo'lar edi”. Shogirdlar va qilgan ba'zi ishlari Ibn Moja koʻplab shogirdlar yetishtirgan boʻlib, u keng qamrovli olim boʻlgan. Ibn Moja oʻz asrigacha yashagan kishilar hamda shaharlar haqida "Kitab ut-Tarix" ("Tarix kitobi"), Qurʼon sharhi hisoblanmish "Tafsir al-Qurʼon al-Karim" ("Qurʼoni Karimga tafsir") asarlarini yozgan. Ibn Mojaning asosiy asari — "Kitab us-Sunan"ni musulmon olimlarining koʻpchiligi "Sihah as-sitta" ("Olti sahih hadislar toʻplami") ga oltinchi toʻplam sifatida kiritgan. Bu asar 32 qism, 1500 bobdan iborat boʻlib, unda 4341 ta hadis jam qilingan, ulardan 3002 tasi beshta "Sahih" toʻplamlarida berilgan hadislar bilan mos keladi. 1339 ta hadis esa qoʻshimcha hisoblanadi. Ibn Mojaning "Kitob as-Sunan" asariga Hofiz Jaloliddin as-Suyutiy (1505-yil v.e.) va Shayx as-Sindi Al-Madiniy (1725-yil v.e.) sharhlar yozishgan. Vafot etishi Zahabiyning yozishicha, Ibn Moja taxminan 887 yil 19 fevralda/ ramazon oyiga sakkiz kun qolganda, hijriy 273 yil yoki al-Kattoniyning yozishicha, 887/273 yoki 889/275 yillarda vafot etgan. . U Qazvin shahrida vafot etgan. Adabiyotlar Suhaib Hasan Abdul G'affor, Sunan Ibn Mojaga tayangan holda musulmonlar orasida hadis tanqidi, IFTA va targ'ibot bo'yicha Islomiy tadqiqotlar bo'yicha raisligi: Riyod 1984 yil.ISBN 0-907461-56-5 . Braun, Jonatan AC 'Ibn Mojaning kanonizatsiyasi: sunniy hadis kanonini shakllantirishda sahihlik va foydalilik'. 169–81-betlar Écriture de l'histoire et processus de canonization dans les premiers siècles de l'islam . Rejissyor Antuan Borrut. Revue des mondes musulmans et de la Méditerranée 129. Aix-en-Provence: Universitaires de Provence matbuoti, 2011 yil. Robson, Jeyms. “Ibn Mojaning “Sunan” asari naql”, Semitshunoslik jurnali 3 (1958): 129–41. Manbalar Havolalar MuslimScholars.info saytidagi bioma'lumotlar Sunnah.com saytida tarjimai hol Sunan Ibn Moja - Onlaynda qidirish mumkin Sunan Ibn Moja Imom Ibn Mojaning tarjimai holi theclearpath.com saytida Abu `Abdulloh Muhammad ibn Yazid Ibn Moja ar-Rab`i al-Qazviniy: Sunan Ibn-i Moja – 3 jild – Shayx Muhammad Qosim Amin tarjimasi Imom Ibn Mojaning tarjimai holi at-tawhid.net Tarix Islom
4,836
2791
https://uz.wikipedia.org/wiki/Anas%20ibn%20Molik
Anas ibn Molik
Anas ibn Molik ibn Nadr al-Xazraji Al-Ansoriy ( (taxminan 612 - taxminan 712) islom payg'ambari Muhammadning taniqli sahobiyi (sahoba) edi. Biografiya Yasribning Xazraj qabilasining Najjor urug'idan bo'lgan Anas ibn Molik Muhammad payg'ambar hijratdan o'n yil oldin tug'ilgan. Otasi Molik ibn Nadr musulmon bo'lmagan holda vafot etgandan so'ng, onasi Ummu Sulaym yangi musulmon bo'lgan Abu Talha ibn Sobitga turmushga chiqdi. Anasning bu nikohdan o'gay ukasi Abdulloh ibn Abu Talha edi. 622 yilda payg'ambar Madinaga kelganida, Anasning onasi uni payg'ambarga xizmatkor sifatida taqdim etadi. 632 yilda payg'ambar vafotidan keyin Anas janglarda qatnashdi. U zot Paygʻambar alayhissalomning koʻzga koʻringan sahobalarining oxirgisi boʻlgan. Anas ibn Molik hijriy 93 (milodiy 712) yili Basrada 103 (qamariy) yoshda vafot etgan. Ziyoratgoh Anas ibn Molik ziyoratgohi Iroqning Basra shahrida joylashgan. Anas ibn Molikning qabri oddiy xonaqohdir. Biroq ziyoratgoh portlovchi qurilmalar bilan vayron qilingan. Masjid va ziyoratgoh jiddiy shikastlangan va devorlari vandalizm bilan bo'yalgan bo'lsa-da, majmua haligacha sunniy musulmonlar tashrif buyuradigan mashhur joy bo'lib qolmoqda. Yana qarang Sahoba Anas ibn Nazor Eslatmalar Ansoriylar 709-yilda vafot etganlar 612-yilda tugʻilganlar Sahobalar
1,312
2794
https://uz.wikipedia.org/wiki/UzAutoMotors
UzAutoMotors
UzAutoMotors (1996—2008-yillarda), UzDaewooAuto (2008—2019-yillarda), GM Uzbekistan — Janubiy Koreyaning „Daewoo“ va Oʻzbekistonning „OʻzAvtoSanoat“ kompaniyasi hamkorligida ochilgan qoʻshma yillik quvvati 200,000 avtomobilni tashkil etadi. Qozogʻiston va Ozarbayjonda ishlab chiqarish filiallari mavjud. 2021 hamda 2022-yillarda Qozogʻiston avtomobil savdosida mutlaq yetakchi. U ilgari qisman General Motorsga tegishli boʻlgan va 2019-yilda Oʻzbekiston hukumati tomonidan sotib olingan va nomi „UzAuto Motors“ deb oʻzgartirilgan. 2023-yil fevraliga kelib kompaniya Toshkent respublika fond birjasida IPO oʻtkazdi. Tarixi Kompaniya 1992-yilda Oʻzbekiston davlat „OʻzAvtosanoat“ aksiyadorlik jamiyati va Janubiy Koreyadagi Daewoo oʻrtasida tashkil etilgan boʻlib, dastlab „Uz-DaewooAuto“ nomi bilan tanilgan. Kompaniya 1996-yil 19-iyulda Asakadagi yangi yig'ish zavodida avtomobillar ishlab chiqarishni boshladi. Uz-DaewooAuto kompaniyasi Uz-Daewoo brendi ostida avtomashinalar ishlab chiqargan. Oʻzbek avtomobil sanoatini tashkil etish tashabbusi 1990-yillarning boshlariga va O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov prezidentlik davriga borib taqaladi. 2001-yilda Daewoo qulab tushgach, mulkdorlar oʻzgarganidan soʻng, 2008-yil mart oyida yangi qoʻshma korxona oʻrnini bosuvchi “GM Uzbekistan” tashkil etildi va Nexia va Matiz avtomobillari Chevrolet koʻkrak nishoni ostida sotildi. Asaka zavodida ishlab chiqarilgan GM Korea Chevrolet modellarining keng assortimenti. Daewoo kompaniyasi General Motors tomonidan sotib olindi va GM Daewooga aylandi. Keyinchalik, 2008-yilda, kompaniya nomi GM Uzbekistan deb oʻzgartirildi. Qo'shma korxona "O'zAvtosanoat" AK (75%) va General Motors (25%)ga tegishli edi. GM Uzbekistan 2011-yilning birinchi yarmida 106 334 dona avtomobil ishlab chiqargan. Nomi va egasining oʻzgarishini hisobga olgan holda, kompaniya 2015-yilgacha Uz-Daewoo markali avtomobillarni ishlab chiqarishni davom ettirgan boʻlsa-da, modellar assortimentiga oʻzgarishlar kiritildi. Baʼzi modellar hali ham Chevrolet sifatida sotiladi. GM Uzbekistan 2008-yil 27-noyabrda ishlab chiqarishni boshladi. Shu kuni birinchi yigʻilgan avtomobil Chevrolet Lacetti boʻldi, bu OʻzAvtosanoat tomonidan ishlab chiqarilgan 1.000.000-yigʻilgan avtomobil ham boʻldi. Chevrolet kompaniyasi Asaka shahrida Chevrolet Spark M300 avtomobilini ishlab chiqardi, hozircha bu model faqat eksport uchun moʻljallangan. 2008-yildagi kelishuvga koʻra, “GM Powertrain Uzbekistan” Toshkentda, 2011-yil noyabr oyida GM Uzbekistanning Asaka shahridagi avtomobil ishlab chiqarish zavodidan dvigatel zavodini ochdi. Zavod GMning Oʻzbekistondagi birinchi dvigatel zavodi boʻlib, butun dunyo boʻylab GM kichik yengil avtomobillarida foydalanish uchun yiliga 225 000 dona 1,2 va 1,5 litr Daewoo S-TEC motor ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yana bir zavodda Uz-DaewooAvto va Chevrolet Lacetti avtomobillari uchun 200 ming dona old-orqa va yon oynalar ishlab chiqarildi. 2014-yilda Xorazm viloyatining Pitnak shahrida Damas/Labo mikrovanlari va Chevrolet Orlando mikroavtomobillarini ishlab chiqaradigan uchinchi ishlab chiqarish korxonasi ochildi. 2010-yilda GM Uzbekistan yigʻish zavodida 5 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlandi. GM Uzbekistan 2011-yilda mahalliy miqyosda 121 584 dona avtomobil sotdi va bu mamlakat Chevrolet uchun sakkizinchi yirik bozorga aylandi va 225 000 dan ortiq avtomobil ishlab chiqardi. Mahsulotlari Rossiya va boshqa MDH mamlakatlariga ham eksport qilinib kelmoqda. 2012-yilda ishlab chiqarish liniyasiga Chevrolet Malibu va Chevrolet Cobalt qo'shildi, 2013-yilda Daewoo Gentra modeli, 2014-yilda Chevrolet Orlando avtomobili va 2015-yilda Chevrolet Nexia T250 modellari ham ishlab chiqarila boshladi. 2019-yilda Oʻzbekiston hukumati kompaniyani sotib oldi va nomi “UzAuto Motors” deb oʻzgartirdi. 2020-yilda UzAuto Chevrolet Equinox, Trailblazer, Traverse va Tahoe yoʻltanlamaslarini import qilishni boshlab, agar talab yetarli boʻlsa, ularni mahalliy mijozlar uchun ishlab chiqarish niyatida ekanligini aytib oʻtgan. UzAuto 2020-yilda Ravon brendidan voz kechib, uni Chevrolet Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4) va Lacetti (R5/Gentra) sifatida yana Chevrolet brendiga birlashtirdi. 2021-yil aprel oyida kompaniya Rossiya bozori uchun Chevrolet rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish rejasini eʼlon qildi. 2021-yil avgust oyida Bo Andersson kompaniyaning bosh ijrochi direktori etib tayinlandi. 2022-yildan beri kompaniya xalqaro sanksiyalar tufayli Rossiya va Belarus bozorlariga eksport qilishni toʻxtatdi. Logistik cheklovlar tufayli Ukrainaga eksport ham vaqtincha toʻxtatildi. 2022-yil oktyabr oyida kompaniya ichki bozorda IPO oʻtkazish niyatini eʼlon qildi. Noyabr oyi oxirida kompaniya oʻz narxlarini eʼlon qildi. Ushbu IPO hukumat tomonidan yaqin bir necha yil ichida rejalashtirilgan uchta „Xalq IPO“laridan biri boʻladi. 2022-yilda Fitch Ratings kompaniya reytingini „BB-, Outlook Stable“ darajasiga koʻtardi. Rahbariyat Bugun.uz nashrining keltirishicha, „Oʻzavtosanoat“ Bo Anderssonni oʻzining eng yirik korxonalari — „UzAutoMotors“ va „UzAutoMotors Powertrain“larning bosh direktori etib tayinladi. Qayd etilishicha, u Shvetsiya Harbiy Akademiyasi hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi. Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavr diplomini olgan. Bo Andersson avtomobilsozlik sohasidagi top-menejer boʻlib, sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning „Saab Automobile AB“ kompaniyasida boshlagan. 1993-yildan 2009-yilgacha xarid yoʻnalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001—2009-yillarda „General Motors“ning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan. 2009-yildan 2013-yilgacha „Gruppa GAZ“ korxonasiga prezidentlik qilgan. Bu davrda Andersson «Gruppa GAZ» biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqa olgan. 2014-yildan 2016-yilgacha „AvtoVAZ“ prezidenti etib tayinlangan. „Gruppa GAZ“da boʻlgani kabi Andersson „AvtoVAZ“da ham toʻliq transformasiyani amalga oshirgan. U „AvtoVAZ“ni tark etgach, eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan „Yazaki Europe, Africa, North & South America“ korporasiyasiga 4 yil rahbarlik qilgan. Bunga qadar „UzAutoMotors“ bosh direktori etib Rustam Rajabov tayinlangandi. U kompaniyaning 2021-yildagi natijalari koʻrib chiqilgunga qadar, biroq 2022-yil 30-iyundan kech boʻlmagan, bir yillik muddatga tayinlangandi. Kompaniya tarixidagi barcha avtomobil modellari Hozirda ishlab chiqarilayotgan modellar Chevrolet Damas (1996—h.v) Chevrolet Labo (1996—h.v) Chevrolet Spark (avvalgi model nomi Ravon Spark/R2) (2010—h.v) Chevrolet Cobalt (avvalgi model nomi Ravon Cobalt/R4) (2013—h.v) Chevrolet Lacetti (avvalgi model nomi Ravon Gentra/R5) (2003—h.v) Chevrolet Nexia 3 (T250) (avvalgi model nomi Ravon Nexia/R3) (2015—h.v) Chevrolet Onix (2022—h.v) Chevrolet Tracker (2022—h.v) Hozirda import qilinayotgan modellar Chevrolet Malibu - 9-avlod (2020—h.v) Chevrolet Trailblazer 2-avlod (facelift) (2020—h.v) Chevrolet Tahoe - 5-avlod (2020—h.v) Chevrolet Equinox - 3-avlod (facelift) (2020—h.v) Chevrolet Traverse - 2-avlod (facelift) (2020—h.v) Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan modellar Daewoo Tico (1996—2001) Daewoo Nexia (N100, 1996—2008) Daewoo Nexia II (N150, 2008—2016) Chevrolet Epica (2008—2011) Chevrolet Orlando (2014—2018) Ravon Matiz R1 (2001—2018) Chevrolet Captiva (2008—2018) Chevrolet Malibu (Gen 8) (2013—2016) Chevrolet Malibu (Gen 9) (2017—2019) Chevrolet Tracker (2018—2020) Gallery Hozirda ishlab chiqarilayotgan modellar Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan modellar Manbalar Oʻzbekistonning avtomobilsozlik kompaniyalari va korxonalari Shirkatlar Avtomobil ishlab chiqaruvchilar 2008-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
7,723
2795
https://uz.wikipedia.org/wiki/Daewoo%20Nexia
Daewoo Nexia
Daewoo Nexia — Opel kompaniyasi tomonidan (keyinchalik, Daewoo kompaniyasi tomonidan) ishlab chiqarilgan avtomobil. Nexia — Oʻzbekistonda UzDaewoo korxonasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil. Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoati rivojlanganidan soʻng, yurtimizda ularga talab yanada ortdi. Yana qarang Nexia II Manbalar Havolalar Uz-DaewooAvto Daewoo avtomobillari
391
2797
https://uz.wikipedia.org/wiki/Daewoo%20Tico
Daewoo Tico
-{Daewoo Tico}- -{(Daewoo Fino)}- — 1996-2004-yillarda Oʻzbekistonning -{UzDaewoo}- korxonasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil -{Daewoo Damas}- oʻrnini bosuvchi sifatida taqdim etilgan -{Tico}- kichik va samarali shahar avtomobili sifatida ishlab chiqilgan. Uning uzunligi atigi 3,4 metr va ogʻirligi taxminan 700 kg edi. Kichik oʻlchamiga qaramay, -{Tico}- beshtagacha yoʻlovchini sigʻdira oladigan keng salonga ega edi. Mashina bir qator funksiyalar, jumladan, konditsioner, rul gidravlik kuchaytirgichi va elektr oynalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular o‘sha paytda kichik avtomobillarda bo‘lmagan. -{Tico}- 41 ot kuchiga ega 0,8 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Bu dvigatel -{Tico}--ning shahar boʻylab bemalol harakatlanishi uchun yetarli quvvatni ta'minladi, shu bilan birga yoqilg'i tejamkor edi. Mashina 130 km/soat tezlikka erishgan, bu o'lchamdagi kichik mashina uchun juda mos edi. Manbalar
910
2798
https://uz.wikipedia.org/wiki/Matiz
Matiz
Daewoo Matiz - mini (ayniqsa, kichik sinf) shahar avtomobili. General Motors (Daewoo) ning Janubiy Koreya bo'linmasi, shuningdek litsenziyaga ega boshqa avtomobil zavodlari tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan. 2015 yildan beri mashina Chevrolet Spark deb nomlanadi. Matiz Oʻzbekistonda ham ishlab chiqariladigan yengil avtomobil rusumidir. Manbalar Daewoo avtomobillari
387
2805
https://uz.wikipedia.org/wiki/Eclipse
Eclipse
Ochiq dartur yaratuvchi tashkilot. Misol uchun JAVA dasturlarini yozish uchun bepul programma. Qarab ko`ring: http://www.eclipse.org/ Informatika
149
2811
https://uz.wikipedia.org/wiki/Komil%20Xorazmiy
Komil Xorazmiy
Komil Xorazmiy (taxallusi; asl ismi Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund oʻgʻli) (1825 — Xiva — 1899) — oʻzbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi. Jahon madaniyatining Xorazmdagi ilk targʻibotchilaridan biri. Xiva madrasasida oʻqigan. Arab va fors tillarini mukammal bilgan. Sharq adabiyoti namoyandalari ijodini, mumtoz musiqani, xattotlik sirlarini qunt bilan oʻrgangan. 25—30 yoshlarida shoir sifatida tanilgan. Ogahiy uning nomini oʻzining "Gulshani davlat" kitobiga kiritgan. Xiva xoni Sayd Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II uni mirzaboshilik vazifasiga koʻtargan. Rossiya bilan Xiva xonligi oʻrtasida imzolangan sulh shartnomasi (Gandimiyon shartnomasi) K.X. qoʻli bilan yozilgan (1873). Soʻngra saroyda devonbegi (1873—80), mirzaboshi lavozimlarida ishlagan (1880-yildan). Komil 1825-yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan. K.X. Sharq mumtoz musiqasi, xususan, maqomchilik anʼanalarini rivojlantirishga homiylik qilgan, oʻzbek kuylarini yozib olish uchun "Tanbur chizigʻi" deb ataluvchi nota tizimini joriy etgan. Bu oʻziga xos notada "Rost" maqomining bosh qismini yozgan. Oʻgʻli Mirzo Muhammadrasul otasi boshlagan ishni davom ettirib, Xorazm "Shashmaqom"ining qolgan ashula va cholgʻu yoʻllarini toʻla notaga olgan. "Rost" maqomiga bogʻlangan "Murabbai Komil" va "Peshravi Feroʻz" kuylarining notasi bizgacha yetib kelgan. K.X. Moskva va Peterburg sh.lariga 2 marta safar qilgan (1873, 1883). 1891, 1896— 97 yillarda esa Toshkentga kelib, bu yerdagi madaniy yangiliklar haqidagi "Dar bayoni taʼrif va tavsif Toshkand" ("Toshkent taʼrifi va tavsifi bayonida") qasidasini bitgan. Bu qasida oʻzbek adabiyotida ijtimoiy taraqqiyotni aks ettirgan dastlabki yirik sheʼriy asarlardan boʻlib, unda yangi, zamonaviy madaniyat ulugʻlanadi. K.X. Sharq mumtoz shoirlari anʼanalari ruhida lirik sheʼrlar yozgan, devon tuzgan. Bu devonda 8000 misradan ortiq sheʼr boʻlib, ular gʻazal, murabba, muhammas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida, muammo kabi janrlarda yozilgan. Ularda chin insoniy fazilatlar ulugʻlangan, jaholat qoralangan, ishqmuhabbat tarannum etilgan. K.X.ning deyarli barcha janrdagi asarlarida ijtimoiy tanqidga keng oʻrin berilgan, ayrim misralari aforizm darajasiga koʻtarilgan ("Falak zulmi bir yonu, bir yon alar..." va boshqalar). Shayx Sulaymon Buxoriy oʻzining mashhur "Lugʻoti chigʻatoyi va turki usmoniy" ("Chigʻatoycha va usmoniy turkcha lugʻat") asarida K.X.ning ijodidan oʻrinli foydalangan va Xorazm shevasidagi koʻpchilik soʻzlarning maʼnosini uning sheʼrlari orqali izohlab bergan. K.X. 1865-yilda Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiynmng (adabiy taxallusi Mumtoz) "Mahbub ul-qulub" (bu asar ayrim manbalarda "Mahfiloro" — "Majlisga ziynat beruvchi" deb ham yuritiladi) hamda 1869—70 yillarda Faxriddin Ali Sayfiyning "Latoyif at-tavoyif" ("Turli toifalarning latifalari") asarlarini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy "Hamsa"sining birinchi Xorazm toshbosma nashriga soʻzboshi yozgan. K.X. devoni qoʻlyozmalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. №1849, 1025). M.Yunusov, F.Karimov, A.Hayitmetov va boshqa olimlar K.X. ijodini tadqiq etganlar. Komil — lirik shoir. Uning lirikasida insoniy muhabbat va fazilatlar ulugʻlanadi. Hajviy sheʼrlarida fuzalo va juhalo qiyoslanadi. «Komil», «Ikki shoʻx» va «Qasidai Navroʻz» kabi maʼrifatparvarlik asarlari muallifi. Komil — bastakor va musiqashunos sifatida «Murabbai Komil», «Peshravi Feruz» va «Tanbur chizigʻi (notasi)» kabi asarlarni yaratgan. Tarjimonlik sohasida esa Barxurdor Turkman Mumtozning «Mahfiloro», Safiyning «Latoyif ut-tavoyif», Mirxondning «Ravzat us-safo» singari yirik asarlarini tarjima qilgan. Manbalar Devon. T., 1975. Komil Xorazmiy, Tanlangan asarlar. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1961. Komil. Devon. Toshkent, 1975. Asrlar nidosi. Toshkent, 1982, 393—408 betlar. Ilmiy adabiyot Yunusov M. Komil Xorazmiy. Toshkent, 1960. Yusupov Sh. Komil haqida yangi maʼlumot. «Sharq yulduzi», 1968, 7-son. Hayitmetov A., Moʻminova V. «Jaholatga yov boʻlib». Qarang: Komil. «Devon». Toshkent, 1975. Soʻzboshi, 3-14 betlar. Yunusov M., Komil Xorazmiy, T., 1960; Asrlar nidosi [majmua], T., 1982. Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar 1825-yilda tugʻilganlar 1899-yilda vafot etganlar Xorazm Oʻzbekistonlik shoirlar
4,418
2812
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhyi
Muhyi
Muhyi (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund oʻgʻli) (1835, Qandahor, Afgʻoniston — 1911, Andijon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. M. 19-asrning 60-yillari oʻrtalarida Andijon shahrida yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta oʻgʻli Nasriddinbek (1865 — 75) M.ga „Toj ush-shuaro“ („Shoirlar toji“, 1869) faxriy unvonini bergan. 1871-yil haj ziyoratidan soʻng u „Hoji Muhyi“ taxallusini olgan. 1876-yilda Qoʻqon xonligi tugatilgach, M. Qoʻqonda, Soibzoda hazrat madrasasida yashagan. Muhyidan salmoqli ijodiy meros qolgan. Bular jumlasiga shoir devonining turli kotiblar tomonidan koʻchirilgan 6 qoʻlyozma nusxasini, M.ning oʻzi tuzgan 1 sheʼriy toʻplamni kiritish mumkin. Forsiy va turkiy devonlari 1 muqovada 1912-yilda Toshkentda, Por-sev matbaasida chop etilgan. Forsiy devonida 242 gʻazal, 6 qasida, 4 masnaviy, 91 qitʼa, 19 fard va 3 ruboiy bor (230 sahifa), turkiy devoni esa 148 gʻazal, 1 musaddas, 1 murabbaʼ, 74 qitʼa, 1 qasida va 11 mufradot (130 sahifa)dan tashkil topgan. Muhyi, asosan, lirik sheʼrlar yozgan. Gʻazaliyotida Navoiy, Lutfiy, Soʻfi Olloyor ijodining taʼsiri seziladi. Satirik asarlarida, xususan, mashhur Viktor voqeasi haqidagi muhammasida oʻlkaga kirib kelayotgan rus sarmoyadorlarining kirdikorlari, ularga ishonib aldangan mahalliy boylar qajv ostiga olingan.. Manbalar Adabiyotlar Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy,3-kitob, Toshkent, 1998. Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Shoirlar 1835-yilda tugʻilganlar 1911-yilda vafot etganlar
1,546
2815
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yusuf%20Saryomiy
Yusuf Saryomiy
Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur oʻgʻli) (1840-yil, Chimkent viloyati Saryom (hozirgi Sayram) qishlogʻi — 1912-yil) — XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan. Tahsili Toshkent va Buxorodagi madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qoʻqon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. „Beklar begi“ madrasasida oʻqigan va unga atab sheʼrlar yozgan („Dar taʼrifi manzari madrasai Bek az Yusuf“). Faoliyati Yusuf Saryomiy xattotlik — kotiblik bilan kun koʻrgan, kosibchilik, muhrdorlik bilan ham shugʻullangan. Ijodiyoti Shoir sheʼrlari hayotligida „Bayoz“ (1893), „Armugʻoni Xislat“ (1911), „Bayozi Muhallo“ (1912), „Bayozi Haziniy“ (1912) kabi bayozlarda bosilgan. 1914-yil Tavallo Yusuf Saryomiy sheʼrlarini toʻplab, „Devoni Mavlavii Yusuf Saryomiy“ nomi bilan nashr etgan. Uning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Andijon adabiyot va sanʼat muzeyida saqlanadi. Kitobga Rasulmuhammad Shoshiy oʻgʻli Mulla Oʻtab xattotlik qilgan. Xotirasi Sayram tarixi haqidagi xilma-xil maʼumotlarga boy, biroq anʼanaviy diniy mazmunda bitilgan „Risola“ni Yusuf Saryomiyga nisbat beradilar. Xalq orasida shoirning gʻoyat hozirjavob, nohaqlikka murosasiz ekanligini tasdiq etuvchi koʻplab rivoyatlar, afsonalar yuradi. Koʻplab gʻazallari („Yaliyali“ kabi) hozir ham el orasida mashhur. Yusuf Saryomiy nomida koʻcha va maktab bor. Shoirning ijodiy merosi Tavallo tomonidan tuzilgan „Devoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy“ (1914-yil)da jam boʻlgan. Asarlari Saryomiy Yusuf Sheʼrlar. Sayram, 1990. Oʻzbek adabiyoti. 4-tom, 1-kitob. Toshkent, 1959. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-tom. Toshkent, 1978. Yusuf Saryomiy, Tanlangan asarlar (matn, soʻzboshi, lugʻat, izoh) Toshkent, Maʼnaviyat, 2002. Tanlangan asarlar, Toshkent, 2002. Adabiyot Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, Toshkent, 1998; Karimbek Kamiy, Dilni obod aylangiz…, Toshkent, 1998. Ilmiy adabiyotlar Zufarov S. Nodir qoʻlyozmalar. „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnali, 1954-yil 4-son. Zufarov S. Saryomiy izidan. „Toshkent oqshomi]]“, 1988-yil 18 iyun. Qosimov B. Muhabbat ahlining gulshani. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990-yil 5 oktabr. Mirxoldorov M. Sayramlik shoir. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1990-yil 10 avgust. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Qozogʻistonlik oʻzbeklar Oʻzbekistonlik shoirlar Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Beklarbegi madrasasida tahsil olganlar
2,560
2816
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muhammad%20Rahimxon%20II
Muhammad Rahimxon II
Feruz, Muhammad Rahimxon II (1845 – Xiva – 1910) – Xorazm (Xiva) xoni (1864–1910); oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasidan, shoh va shoir, bastakor. Biografiyasi 1864-yilda otasi Said Muhammadxon vafotidan keyin hokimiyat tepasiga Muhammad Rahimxon II keldi. U ziyoli hukmdor, yoshligida Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida tahsil olgan. Uning ustozlari atoqli oʻzbek shoiri va tarixchisi Ogahiy edi. Muhammad Rahimxon II davrida Rossiya, Usmonlilar imperiyasi, Eron va Afgʻoniston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilgan. Muhammad Rahimxon II Xorazmning oxirgi mustaqil xoni edi. 1873-yilda qarshiliklarga qaramay, xonlik Rossiya protektorati ostida qoldi. 1896-yildan general-leytenant, 1904-yildan otliq general. 1902-yilda imperator Nikolay II ga „Oliy hazrat“ unvonini berdi. Xiva shahridagi Arab Muhammadxon madrasasida tahsil koʻrgan, davlat, huquq ilmini zamonasining mashhur mudarrisi, shoir va olim, Yusufxoʻja oxun va boshqalardan ilm oʻrgangan. Ogahiy Feruzga ustozlik qilgan, unga sheʼriyat sirlarini oʻrgatgan, tarix, tarjima ilmidan saboq bergan. Otasi Sayid Muhammadxon vafotidan soʻng (1864) Xiva taxtiga oʻtirgan. Bu voqea munosabati bilan Ogahiy Feruzga bagʻishlab qasidalar bitgan. 1873-yil Xiva xonligiga K. P. fon Kaufman boshchiligidagi Rossiya armiyasi hujum qilib, xonlikning asosiy shaharlari va poytaxtni bosib olgan. Gandimiyon shartnomasi (1873-yil 12-avgust)ga koʻra, Xiva xonligi podsho Rossiyasiga qaram boʻlib qolgan. Feruz ana shunday murakkab sharoitda yarim asrga yaqin muddat davomida Xiva xonligini boshqargan. Feruz saroyga adabiyot va sanʼat arboblarini toʻplagan. Ogaqiy, Komil, Tabibiy va boshqalar taʼsirida oʻzi ham Feruz (baxtli, gʻolib) taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Feruz kitobat ishlariga katta ahamiyat bergan: devon tuzish, tarix yozish, tarjima ishlarini rivojlantirgan. Xorazmda tarjima maktabi yaratgan. Fors va arab adabiyotining eng nodir tarixiy, adabiy, ilmiy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildirgan. Uning hukmronligi davrida Ogahiy va Bayoʻniylar tomonidan Xorazm tarixiga oid asarlar yozilgan. Komil Xorazmiy mumtoz maqomlar uchun nota yozuvini ixtiro qilgan. Xivada bosmaxona (toshbosma) tashkil ettirgan. Unda Xorazm shoirlari haqidagi „Majmuat ushshuaro“ tazkirasi, Alisher Navoiy asarlari, Xorazm shoirlari devonlari nashr qilingan. Feruz Hindiston, Arabiston, Eron, Turkiya savdogarlari orqali Xorazmga chet ellardan noyob kitoblar keltirtirgan va ularni koʻp nusxalarda koʻchirtirgan, tarix va adabiyotga oid kitoblardan iborat boy kutubxona yaratgan. Feruz meʼmorlik, naqqoshlik, xattotlik kabi sanʼat turlarini ham rivojlantirgan. Bu davrda fotografiya va kino sanʼati vujudga kelgan, obodonchilik ishlari amalga oshirilgan. Feruz 1871-yil Kyxira Ark qarshisida oʻz nomi bilan ataluvchi 2 qavatli Madrasa qurdirgan (qarang Muhammad Rahimxon madrasasi). Feruzning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan 30 dan ortiq Madrasa, masjid, minora, xonaqolar qad rostlagan. Feruz yerlarni suv bilan taʼminlash, bogʻrogʻlar barpo etish ishiga ham alohida ahamiyat bergan. Uning buyrugiga muvofiq, Qoʻngʻirot tumani sarhadida katta ariq bunyod etilgan. Hozirda ushbu ariq „Xon arigi“ deb ataladi. Feruz mumtoz sheʼriyatning anʼanaviy janrlarida lirik sheʼrlar yaratgan. Sheʼrlari, asosan, ishq-muhabbat mavzuida. Ishq va hayot, sevgi va sadokat Feruz ijodining gʻoyaviy asosini tashkil qiladi. Ular ohangdorligi, tasviriy-ifodaviy boʻyoqlarga boyligi va shaklan rangbarangligi bilan ajralib turadi. Uning koʻpchilik gʻazallari oʻz zamonasida sozandalar va guyandalar tomonidan kuyga solib kuylanib kelingan. Sheʼrlariga „Devoni Feruz“ nomi bilan tartib bergan (1879). Bu devon Muhammad Sharif tomonidan qayta kuchirilgan (1900). Feruzning uzi Paxlavon Mahmudning 350 ruboiysini qoʻlda koʻchirib, kitob holiga keltirgan. Feruz Shashmaqom kuylarini oʻrgangan, saroyda maqom ansamblini tuzgan. „Navo“, „Dugoh“, „Segoh“ maqomlariga bogʻlab kuylar yaratgan. Feruz Sayd Mahruyjon majmuasitsati Sayid Mohi Ruyi Jahon maqbarasida dafn qilingan. Sheʼrlar devoni nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. № 3442, 1119)da saqlanadi. Shoir sheʼriyatining bosh mavzui – ishq. Uning „Ul oy vasfini vird etsam zabonda“, „Olsa jonim qoshu ko`zing, ikki lab“, „Soldi olam ichra g`avg`o, ey malaksiymo, ko`zing“, „Gulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur“ kabi ishqiy gʻazallari juda mashhur. Oʻzbek qoʻngʻirotlari sulolasi vakillari orasida Muhammad Rahimxon II alohida ajralib turdi. Shu bilan birga, Xorazmda uning hukmronligidan oldin ham madaniy anʼanalar mavjud boʻlgan: asarlar tarjima qilingan, qoʻlyozmalar koʻchirilgan, turli kutubxonalar tashkil etilgan. Muhammad Rahimxon II, sharqning boshqa hukmdorlari singari, shariat qonunlarining homiysi boʻlishga intilgan. Xorazm saroyi tarixchisi, shoir Muhammad Yusuf Bayoniyning yozishicha, Xiva shahrida uning qoshida oʻn beshdan ortiq masjid va madrasalar qurilgan. Madrasalardan biri uning shaxsiy mablagʻlari evaziga qurilgan va uning sharafiga Muhammad Rahimxon II madrasasi deb nomlangan. Bu yillarda tarixchi Ogahiy Xorazm tarixini yozgan. Xorazmning mashhur kishilari qatorida bastakor, xattot, rassom Komil Xorazmiy (1825–1899) ham bor edi. Muhammad Rahimxon davridagi Xiva xonlari arxivi 1873-yilda Peterburgga olib ketilib, keyinchalik P. P. Ivanov tomonidan topilgan. 1874-yilda Xorazmda Muhammad Rahimxon II homiyligida Otajon Abdalov litografik kitoblarni chop etish boʻyicha Oʻrta Osiyoda birinchi bosmaxona tashkil etadi. Unda nashr etilgan ilk kitoblardan biri Alisher Navoiyning „Xamsa“, shoir Munisning „Devon“i va boshqalardir. Vafoti 1910-yilda Muhammad Rahimxon II vafot etdi va hokimiyat tepasiga uning oʻgʻli Asfandiyorxon (1910–1918) keldi. Rasmlari Nashr qilingan asarlari: Feruz Muhammad Rahimxon. Ne boʻldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1991. Feruz Muhammad Rahimxon. Ne boʻldi, yorim kelmadi. Toshkent, 1994. Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Toshkent. Adabiyot Rahim Davlatyor, Matrasul Shoʻxnazar. Feruz. Shoh va shoir qismati. Toshkent, 1993. Avaz Komil. „Garchi erurman toleʼi Feruz“. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, 1994-yil 30-sentabr. Jumaxoʻja Nusratullo, Adizova Iqboloy. Feruz adabiy muhiti. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, 1994-yil 1-iyul. Manbalar Oʻzbekistonlik shoirlar Xorazm hukmdorlari Xorazm madrasalarida tahsil olganlar Arab Muhammadxon madrasasida tahsil olganlar Madrasa asoschilari
6,410
2817
https://uz.wikipedia.org/wiki/Muqimiy
Muqimiy
Muqimiy (asl ism-sharifi Muhammad Aminxoʻja Mirzaxoʻja oʻgʻli) (1850-yil, Qoʻqon – 1903-yil 25-may, Qoʻqon) – oʻzbek shoiri va mutafakkiri. Oʻzbek demokratik adabiyoti asoschilaridan biri. Hayoti Muhammad Aminxoʻja Muqimiyning otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi esa xoʻjandlik boʻlib, ular Qoʻqonda yashagan. Muqimiy boshlangʻich maʼlumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxoʻjada sheʼriyatga havas uygʻotgan. Muqimiy Qoʻqon shahridagi Nodira tomonidan qurdirilgan "Mohlaroyim" madrasasida, soʻngra Buxoro madrasalaridan birida oʻqigan (1864—1865; 1875—1876). 1876-yilda Qoʻqonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan. U mahkamadagi faoliyati davomida amaldorlarning qallobliklarini befarq kuzata olmasdan oʻzining „Tanobchilar“ satirasini yozgan. Ijodi 70-yillar oxirlarida Qoʻqonga qaytgan va ijod bilan shugʻullangan. Otasi vafotidan soʻng moddiy ahvoli ogʻirlashgach, „Hazrat“ madrasasining kichik bir hujrasiga koʻchib oʻtgan (1885), butun umri qashshoqlikda kechgan. Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887-1888, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur oʻrgangan. Almaiy, Nodim kabi ilgʻor ruxdagi ijodkorlar bilan aloqa bogʻlab, ijodiy hamkorlik qilgan. Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, sanʼatpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil anʼanalardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan oʻrgandi, ular gʻazallariga muhammaslar bogʻladi. Jomiyni oʻziga ustoz bildi. Oʻzbek, fors mumtoz shoirlari anʼanalarini davom ettirdi. Oʻzbek adabiyotida demokratik yoʻnalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bogʻliq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilgʻor fikrli shoirlar oʻzbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar. Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sugʻorilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. Sheʼrlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda doʻstlik, sadoqat, samimiyat vafodorlik, sabot va matonat ulugʻlangan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan („Kelur oxir seni ham yoʻqlagʻudek bir zamon yaxshi“ va boshqalar). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud boʻlgan sheʼrlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan. Muqimiy lirik shoir. Muhabbat mavzusi uning lirikasida asosiy oʻrin tutadi. „Oshiq boʻlibman“, „Ayrilmasun“, „Oʻzim har joydaman“, „Aqlu hush uchdi boshimdin…“ kabi sheʼrlari bunga misol. Hajviyoti Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit oʻrtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yoʻnalishni maydonga keltirgan. Bu uning xajviyotida koʻproq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga boʻlinadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan („Tanobchilar“, „Toʻy“, „Moskovchi boy taʼrifida“, „Hajvi Viktor boy“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar)- „Saylov (Adabiyot)“, „Dar mazammati zamona“ va boshqalarda oʻlkaga kirib kelayotgan kapitalistik va gʻayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari koʻrsatilgan. Baʼzan, oʻsha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan („Hajvi halifai Mingtepa“). Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, harobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan („Devonamen“, „Koʻsamen“ „Hayron qildi loy“, „Pash-shalar“, „Shikoyati bezak“ va boshqalar). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi oʻzgarishlarga yangicha munosabat aks etgan („Taʼrifi pech“, „Aroba qursin“, „Loy“ va boshqalar). Sayohatnoma asari Muqimiy oʻzbek adabiyotiga ishchilar mavzusini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi („Maskovchi boy taʼrifida“, „Voqeai Viktor“ va boshqalar). Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli „Sayohatnoma“ asarini yozdi. Asar yengil, oʻynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining ogʻirligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni maʼqullab, goʻzallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 sheʼriy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. Sheʼrlari qoʻlyozmalar, bayozlar, 20-asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan. Ijodi Muqimiy ijodini oʻrganish, asarlarini toʻplash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov „Devoni Muqimiy“ toʻplamini 1907-yilda nashr qildirgan. 1910—1912-yillarda esa „Devoni Muqimiy maa hajviyot“ nomi bilan boshqa asarlari toʻplam sifatida bosib chiqarilgan. Gʻofur Gʻulom, Oybek, Xodi Zarifov, Homil Yoqubov, H. Razzoqov, Gʻulom Karimov, Abduqodir Hayitmetov va boshqalar Muqimiy ijodini Oʻrganishgan. Sheʼrlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Muqimiyning aksariyat gʻazallari ashulaga aylangan. Nomini abadiylashtirish Qoʻqon shahrida Muqimiyning uy-muzeyi tashkil etilgan. Fargʻona viloyatidagi shaharchaga, Toshkent koʻchalaridan biriga hamda Oʻzbek davlat musiqali drama teatriga Muqimiy nomi berilgan. Muqimiyga bagʻishlab Sobir Abdulla „Mavlono Muqimiy“ romani va „Muqimiy“ dramasini yaratgan. 2021-yilda Oʻzbekfilm kinostudiyasi tomonidan Muqimiyning hayotiga bagʻishlangan „Muqimiy“ nomli 110 daqiqalik film suratga olingan. Nashr qilingan asarlari Muqimiy. Tanlangan asarlar. T., 2011 Muqimiy. Asarlar. T., 1974. Adabiyotlar Yoqubov H., Oʻzbek demokrat shoiri Muqimiy, T., 1953; Zarifov H., Muhammad Amin Muqimiy, T., 1955; Karimov F., Muqimiy. Hayoti va ijodi, T., 1970; Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 3-kitob, T.. 1975. Karimov Gʻ. Muqimiy hayoti va ijodi. T., 1970. Ahmedov S. Oʻzbek demokratik adabiyotida sheʼriy hikoya. T., 2023 Karimov F., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3kitob, T., 1966, 1975, 1987. Asarlar toʻplami 2-jlid, T., 1960-1961; Asarlar, T., 1974. Oʻzbekfilm kinostudiyasi Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonlik shoirlar Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar Qoʻqon madrasalarida tahsil olganlar Mohlaroyim madrasasida tahsil olganlar Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
6,740
2818
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zavqiy
Zavqiy
Zavqiy (taxallusi; asl ism sharifi Ubaydullo Solih oʻgʻli) (1853 – Qoʻqon – 1921) – oʻzbek lirik shoiri. Qoʻqondagi „Madrasai oliy“ va „Madrasai chalpak“da tahsil olgan (1870–1874). Maxsidoʻzlik bilan shugʻullangan. Maʼlum muddat mirzalik qilgan, Xoʻjand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarida boʻlgan. Togʻasi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903-yil Qoʻqonga qaytgan. Zavqiy mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirgan, Qoʻqon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodira, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Sheʼrlari Zavqiyning gʻazal, muhammas, muvashshaxlari („Aylab keling“, „Radifi Zavqiy“ va boshqalar)da oʻzi yashagan muhit va tuzum, mehnat axlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuygʻularini qaramaqarshi qoʻyadi („Yuzingni koʻrsatib avval“, „Bodai vasling“ va boshqalar), kishilarni turmush goʻzalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi. Zavqiyning bir qancha sheʼrlari („Kajdor zamona“, „Ajab zamona“, „Abdurahmon shayton“ va boshqalar)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor maʼmuriyati himoyasida boʻlgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. Zavqiyning „Muncha koʻp“ radifli hamda „Ajab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi“ misrasi bilan boshlanuvchi muhammaslari 19-asr boshlari sheʼriyatidagi eng oʻtkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi. Asarlari Zavqiy ijodiy merosida oʻzbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta oʻrin tutadi („Yangi Qoʻrgʻon qishlogʻi“, „Suv janjali“, „Shohimardon sayohati“ ). Bu asarlar Muqimiyning „Sayohatnoma“si taʼsirida yozilgan. Zavqiy Muqimiyning hajvchilik yoʻlini davom ettirib, oʻzbek adabiyotida hajviy yoʻnalish taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi („Obid mingboshi haqida hajv“ va boshqalar). Zavqiyning „Voqeai qozi saylov“ (1909–1910), „Qahatchilik“ (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. „Ajab ermas“ radifli muhammasi 20-asr boshlari oʻzbek sheʼriyatida muhim hodisa boʻldi. Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator sheʼrlari („Taʼrifi kalish“, „Otim“, „Fonus“, „Sigirim“, „Pashshalar“ va boshqalar)da zaharxanda bilan kuladi. Zavqiyning „Voqeai qozi saylov“, „Qahatchilik“ dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir. Gʻazal va muhammaslari Shoirning ishqiy gʻazal va muhammaslari oʻsha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan („Yor kelur zamona yoʻq, kelmasa-kelmasun netay?!“, „Kulbam aro, ey maxliqo, bir yoʻl xirom aylab keling“ va boshqalar). Xotira Zavqiyning sheʼrlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda ogʻzaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qoʻqon shahridagi bir mahalla, qishloq, maktab va koʻchaga Zavqiy nomi berilgan. Ilmiy adabiyotlar Razzoqov H. Zavqiy. Hayoti va ijodi. T., 1955. Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. T., 1987. Oʻzbekistonlik yozuvchilar Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar Qoʻqon madrasalarida tahsil olganlar
3,208
2819
https://uz.wikipedia.org/wiki/Furqat
Furqat
Furqat (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli) (1859, Qoʻqon —1909, Yorkent) — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan biri boʻlgan. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini oʻrgangan. 8 yoshida Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“ asarini yod oladi. 14 yoshida madrasa talabasi boʻladi. Furqat 1873—1876-yillarda madrasada oʻqigan. Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur oʻrgangan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan. 1876-yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahridagi savdogar togʻasining iltimosiga koʻra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik oʻzi ham kichik doʻkon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan. Ijodining boshlanishi Furqat Yangi Margʻilonda ijodkor sifatida toʻla shakllandi, oʻz gʻazallariga „Furqat“ taxallusini qoʻyib, shuhrat qozona boshladi. Bu yerda oʻtkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilgʻor adabiy-estetik tushunchalarining shakllanishida ham muhim bir bosqich boʻldi. 80-yillarning boshlarida Furqat Qoʻqonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi boʻlgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda boʻladi, ular uyushtirib turadigan adabiy majlislar, sheʼriyat kechalarining faol ishtirokchisiga aylanadi. Furqatning Qoʻqondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz sheʼriyat anʼanalari ruhida koʻplab ishqiy gʻazallar, muxammaslar yaratgan. Alisher Navoiy asarlariga goʻzal nazira va taxmislar bogʻlagan, uning sheʼrlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng oʻrin egallay boshlagan („Boʻldi“ radifli muxammasi va boshqa sheʼrlarida). Furqat xalqning siyosiy huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qaygʻurgan („Ne jurm oʻttiki bizdin, bunchalik Fargʻona tang boʻldi?...“). Qoʻqon xonligining uzil-kesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bogʻliq holda yaratilgan: „Demish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?“ misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir. Toj-u taxtdan, shaʼn-u shavkat va aʼyonlardan maxrum boʻlgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzu keng oʻrin egallaganining isbotidir. Ijodiy merosi Furqatning ijodiy merosida anʼanaviy sheʼriy turlar, oʻzbek mumtoz adabiyotidagi asosiy mavzular yetakchi oʻrin egallaydi. Uning gʻazal va muxammaslari, bogʻlagan taxmislari oʻzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan oʻquvchini maftun etadi. Furqat sheʼrlarida ona yurt tabiati va bahor goʻzalligi, joʻshqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning maʼnaviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Masalan, „Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman boʻlsa“, „Umr xush oʻtmas bahor ayyomi sahro boʻlmasa“, „Surmadin koʻzlar qaro, qoʻllar xinodin lolarang“, „Jannatning gullaridan gulzoringiz chiroylik“, „Koʻngul dardigʻa topmay boraman hargiz davo istab“, „Fasli navbahor oʻldi ketubon zimistonlar“ kabi misralar bilan boshlanuvchi gʻazallari, „Etti falak“, „Biri“, „Istar koʻngul“, „Doʻst“, „Kokulung“ radifli muxammaslari, Navoiy gʻazallariga taxmislari davr sheʼriyatining ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi. Furqat sheʼriyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zoʻravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada eʼtibor topib, donolarning xor-zor etilishidan norozilik esda qolarli badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan. „Charx kajraftorning bir shevasidan dogʻmen:Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadur“ kabi barkamol misralar shoir ijodidagi ijtimoiy yoʻnalishni aks ettiradi. „Bormasmiz“ radifli sheʼrida esa oʻzbek milliy ruhiyati badiiy ifodalangan. Mashhur „Sayding qoʻyaber, sayyod...“ musaddasida esa shoir shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni qatʼiy qoralaydi. Furqat xuddi shu yillarda „Xammomi xayol“ risolasini yozadi. „Chor darvesh“ hikoyatini forschadan tarjima qiladi. „Nuh manzar“ nomli sheʼriy kitob yaratadi. „Bulardin boʻlak har xil gʻazaliyotim Fargʻona muzofotigʻa (yaʼni, yon atrof qishloq-shaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) boʻldi“, deb yozadi shoir. Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor sheʼrlarini toʻplab, majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning oʻzi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas. Shoir Toshkent shahrida Furqat taxminan 1886—1887-yillarda Margʻilonga borib, u yerdagi Masjidi jome hujrasida istiqomat qilgan, yor-u birodarlari koʻmagida kichik doʻkon ochgan boʻlsa-da, asosan, sheʼriyat bilan shugʻullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, Xoʻjajon Rojiy, Muhammad Umar Ulshdmy Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurgan. Furqat ilk bor gazeta bilan tanishib, uning „Toshkent shahrida bosma boʻlgʻon“ ligini shu yerda biladi. Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan oʻzgarishlarga, sekin-asta yoyila borayotgan fan va texnika namunalariga qiziqish uygʻonadi, yangiliklar bilan bevosita tanishish, oʻz koʻzi bilan koʻrish ishtiyoqi zoʻrayadi. 1889-yil boshlarida Toshkent safariga chiqadi, Xoʻjandda toʻxtab, Toshxoʻja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot muxlislari bilan uchrashadi, adabiy kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889-yilning iyunida Toshkentga keladi. Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan birida yashaydi. Koʻzga koʻringan olim, fozillar bilan tanishadi. Sharifxoʻja eshon tavsiyasi bilan maʼlum muddat „Farhat“ (shodlik, xursandlik) taxallusida sheʼrlar yozadi, lekin koʻp oʻtmay, eski taxallusiga qaytadi. Furqat Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor maʼmurlari shoirning teatr, gimnaziyaga, turli konsertlarga kiritishni uyushtirdilar, koʻrgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan oʻzgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy oʻzgarish boʻladi va bu hol uning ijodida oʻz badiiy ifodasini topadi — maʼrifatparvarlik, yevropacha ilm-madaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir sheʼrlarining yetakchi gʻoyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatning koʻp asrli oʻzbek adabiyotiga yangi mavzular, yangi gʻoyalar olib kirishiga zamin boʻldi. Toshkentda ochilgan erlar gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va sanʼat oʻchoqlarini, tobora koʻproq kirib kelayotgan fan-texnika yangiliklarini kuzatish oqibatida uning „Ilm xosiyati“, „Gimnaziya“, „Vistavka xususida“, „Akt majlisi xususida“, „Toshkent shahrida boʻlgʻon nagʻma bazmi xususida“, „Suvorov“ va boshqa asarlari maydonga keldi va ularning barchasi 1890-yillarda Turkiston viloyatining gazetasida chop qilindi. Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va yevropacha maorif-madaniyatning targʻibotchisi sifatida namoyon boʻladi; oʻz vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilgʻor xalqlar qatoridan oʻrin olishga daʼvat etadi. Biroq Furqat ayrim zamondoshlari singari rus istilochilik siyosatining asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, Yevropa madaniyatparvarligi orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon ekanligini soʻngroq tushunib yetdi. Xuddi shu yillarda yaratilgan „Shoir ahvoli va sheʼr mubolagʻasi xususida“ asarida Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida ran ochib, sheʼriyatda realistik tasvir masalasini koʻtardi. Publitsist sifatidagi faoliyati Furqat haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890-yildan boshlandi. „Turkiston viloyatining gazeti“ ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita qatnashdi. Bir yildan koʻproq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilgʻor maʼrifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida oʻz maqolalarini eʼlon qildi. Masalan, 1891-yil 1-yarmida „Xoʻqandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. Oʻzi yozgoni“ publitsistik asarini yozib, shu gazetada eʼlon qildi. 1891-yil mayda Samarqandga bordi, osori atiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar yoʻlladi, keyin Buxoroda boʻldi. Iyulda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u atayin qaytib kelmaydigan qilib oʻz yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891-yilning iyulida Marv—Ashxobod—Boku—Batumi orqali Istanbulga bordi. Doʻstlariga yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan „Sabogʻa xitob“ sheʼriy maktubida vatan ishtiyoqi, doʻstlar sogʻinchi, gʻurbat azoblari va yolgʻizlik motivlari birinchi oʻringa chiqqan. -- Shoir sayohati == Furqat Istanbuldan Bulgʻoriya va Yunonistonga oʻtdi. Bolqon yarim orolining qator shaharlarida boʻldi. 1892-yilning martida Istanbuldan Oʻrta dengiz orqali Arabistonga — Makka, Jidda, Madina shaharlariga bordi. Makkadagi haj ziyorati munosabati bilan „Hajnoma“ asarini yaratdi. Soʻng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat qildi. Uning bu davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, ona yurt sogʻinchi va iztiroblari aks etgan. „Adashganman“ radifli hamda „Kashmirda“, „Bulbul“ deb nomlanuvchi lirik sheʼrlar turkumi shu jihatdan oʻziga xos hijronnomadir. 1893-yil martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkentda turgʻun yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan xabardor boʻlgan shoir dorivor oʻsimliklar bilan savdo qiluvchi doʻkon ochdi, ijodiy ish va xattotlik bilan shugʻullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi bilan yashadi. Avval boshlagan „Sayohatnoma“ asari ustidagi ishni Yorkentda davom ettirdi. Lekin bu asar hanuz topilgani yoʻq. U yerdan Toshkentga publitsistik asarlar, turli mavzudagi xat-maqolalar, Fargʻona va Toshkentdagi yor-doʻstlariga maktublar yoʻllab turgan. Furqat oʻzbek matbuoti tarixida felyeton janrini boshlab berdi („Hind nayrangbozi Yorkendda“, 1905). Barkamol lirikasi, jozibali nasri va publitsistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Furqat ona vatanidan uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkentning Dongdor qabristoniga koʻmilgan. 1990-yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan. Xotira Furqatning sheʼrlari kitob holida dastlab 1913-yilda Muqimiy sheʼrlari bilan birga bayoz holida toshbosmada bosilgan edi, 50–80-yillarda koʻp bor nashr etildi. Shoir hayoti va ijodi haqida qator ilmiy asarlar yozildi, dissertatsiyalar yoqlandi, opera librettosi, kinossenariy va boshqa yaratildi. Oʻzbekistondagi bir qator qishloq, tuman, maktab, koʻcha va xiyobonlar, bogʻlar uning nomi bilan ataladi. Adabiyotlar Furqat va Muqimiy haqida maqolalar, T., 1958; Abdugʻafurov A. Zokirjon Furqat. T., 1977. Rasul Xolid, Furqat. Tanqidiy biografik ocherk. T., 1959. Yusupov Sh. Furqat yoʻllarida. T.: Adabiyot va sanʼat, 1984. Yusupov Sh. Oʻzbek maʼrifatrarvarlik adabiyoti va Furqat. T., 1992. Yusupov Sh. Xudoyorxon va Furqat. T.: Sharq, 1997. N.Jabborov. „Jahon basti kushodi ilm birla…“, (Furqat hayoti va ijodining xorijda oʻrganilishi) Jahon adabiyoti, 2001, 8-son, 122–129-betlar. N.Jabborov. Furqat nega Furqat? Yoshlik, 2001, 5-6 son. 39–41-betlar. N.Jabborov, Furqat merosi va Xitoy manbalari, Sharq yulduzi. 2001, Ikkinchi fasl, 121–127-betlar. N.Jabborov, Furqat sheʼriyatida Qur’oni karim oyatlarining talqini. Imom al-Buxoriy saboqlari, 2000, 2-son, 138–139 betlar. N. Jabborov, Furqat „Tanlanma asarlar“ning Shinjong nashri xususida. Oʻzbek tili va adabiyoti, 2001, 5-son,61–64-betlar. N. Jabborov, Vatan ishtiyoqin tortaram. Tafakkur, 2002, 1-son, 48–57-betlar. N. Jabborov, Tiramohda bahor orzusi. Yoshlik, 2002, 3-son. N. Jabborov, Furqat istilochini maqtaganmidi? Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. 2002-yil 22-fevral. Manbalar Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1959. Furqat. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1980. Furqat. Asarlar majmuasi. Ikki jildlik (arab imlosida). Toshkent, 1990. Sayohati Furqat. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1990-yil 14-dekabr. Furqat. Qavoidi Chin va umuroti siyosiy. Sharq yulduzi, 2001, Ikkinchi fasl. Tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 1959; Asarlar majmuasi [2 j.li], T., 1991. Oʻzbekistonlik yozuvchilar Shoirlar Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar Qoʻqon madrasalarida tahsil olganlar
12,877
2822
https://uz.wikipedia.org/wiki/Anbar%20Otin
Anbar Otin
Anbar Otin — qoʻqonlik shoira. U 1870—1915-yillarda yashab ijod etgan. Hayoti Anbar Otin Farmonqul qizi Qoʻqonda kambagʻal kosib oilasida tugʻilgan. Otasi Farmonqul asli margʻilonlik boʻlib, shoira Uvaysiyning jiyani boʻlgan. Onasi Ashurbibi qoʻqonlik bir kosibning qizi boʻlgan. Ijodi Anbar 7 yoshidan boshlab oʻz mahallasidagi Dilshod otinning maktabida taʼlim oladi. Navoiy va Uvaysiylarni ustoz deb hisoblagan. 1905-yilda Anbar Otin devon tuzib, unga 41 gʻazal, 4 muxammas, bir qit’a, bir mustahzod va sheʼriy tarjimai holini kiritgan. Anbar Otin — lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuygʻularini oʻziga xos kuylovchi shoira. Shoiraning devoni mavjud. Shoira ijodida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari koʻtarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng oʻrin egallaydi. Asarlari Asarlari: „Mushoira“ nomli risola, „Qoralar falsafasi“ („Falsafai siyohon“), „Alifbo“, „Ey goʻzal Fargʻona, oʻzinga kel endi shod qil“ va boshqalar Adabiyotlar Anbar Otin. Sheʼrlar. Risola. Toshkent, 1970. Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964. Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975. Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980. Havolalar www.ziyouz.com saytida Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonlik shoiralar
1,334
2826
https://uz.wikipedia.org/wiki/Munavvarqori%20Abdurashidxon%20o%CA%BBg%CA%BBli
Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli
Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi, XX asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Oilasi Toshkent shahrining Shayxontohur dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilada tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon oʻgʻli mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. U oilada uchinchi oʻgʻil boʻlgan. Munavarqori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib savodini chiqardi. Shuningdek, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon (1875—1954) ham unga muallimlik qilishgan. Tahsili Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlim-tarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qurʼon boʻlgan. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida oʻqigan. 1885—1890-yillarda Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, imomlik va muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasidatahsilni davom ettirgan. Ilmiy-siyosiy faoliyati 1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1903-yildan jadid maktablari ochib, dars bergan. Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan „Adibi avval“ („Birinchi adib“, 1907) alifbe kitobi, „Adibi soniy“ („Ikkinchi adib“, 1907). Unda „Himmatli faqir“ sheʼri keltirilgan) oʻqish kitoblari bir necha bor nashr qilingan. 1904-yildan ijtimoiy siyosiy, madaniy hayotga aralasha boshlagan. 1906-yildan „Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy“, "Taraqqiy" gazetalarida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida "Xurshid" gazetasini tashkil etgan. 1908-yil uning „Sabzazor“ (toʻplam), „Yer yuzi“ (geografiyadan), „Tajvidal Qur’on“ (Quronni oʻqish usulini oʻrgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qoʻllangan. "Shuhrat" (1907), „Tujjor“ (1907), "Osiyo" (1908) gazetalarini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Soʻng "Sadoyi Turkiston" (1914—1915) gazetada masʼul muharrir muovini, "Al-isloh" jurnali (1915—1917)da maxfiy muharrir, "Najot" va "Kengash" (1917) gazetalarida masʼul muharrir. Munavvarqori ibn Abdurashidxon turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U „Jamiyati Imdodiya“ (1909), „Turon“ (1913), „Turkiston kutubxonasi“ (1914), „Umid“ (1914), „Maktab“ (1914), „Koʻmak“ (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shuʼbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahri maorif noziri, Sharq xalqlari syezdi (1920, Boku) delegat va hayʼati aʼzosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920—1921), Toshkent shahri ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi pedagogika texnikumi, ayollar pedagogika institutida muallim (1923—1925), Samarqand shahri muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Toshkent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927—1928). Munavvarqori ibn Abdurashidxon bir qancha darslik muallifidir. Uning chop etilgan darsliklari: ((„Birinchi muallim“)) ((„Ikkinchi muallim“)) ((„ Turkiy Guliston yoxud axloq“)) „Adibi avval“ (1907) „Adib us-soniy“ (1907) „Usuli hisob“ (1911) „Tarixi qavm turk“ (1911) "Tajvid" (1911) „Havoyiji diniya“ (1912) „Tarixi anbiyo“ (1912) „Tarixi islomiya“ (1912) "Yer yuzi" (1916—1917) 4 qismdan iborat „Oʻzbekcha til saboqligi“ (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga, 1925—1926, 4-qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914-yilda taraqqiyparvar oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini jamlab, „Sabzavor“ nomi bilan sheʼriy toʻplam nashr etgan. Munavvarqori ibn Abdurashidxon ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida tanilgan. Misralarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Munavvarqori ibn Abdurashidxon oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan. Yevropa savdo-sanoat, ilm-fanini oʻrganishga chaqirgan, maʼnaviy qoloqlikni qoralagan. Chor va shoʻro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi izchil kurash olib borgan. Shoʻroyi Islom" tashkilotining ideologi, rahbari, shuningdek, „Turk adam markaziyat“, „Ittihod va taraqqiyot“, "Milliy ittihod", „Nashri maorif“ kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori boʻlgan. Shu sababli Qoʻqon shahrida tashkil topgan Turkiston muxtoriyatini (1917) qoʻllab-quvvatlagan. Umr boʻyi oʻz Vatanini mustaqil koʻrishni istagan. Vafoti Munavvarqori 1929-yil 6-noyabrda nohaq millatchilikda ayblanib, qamoqqa olinadi. Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991-yilda rasman reablitatsiya qilingan. Manbalar Adiblar Shoirlar Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Mir Arab madrasasida tahsil olganlar Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Eshonquli dodho madrasasida tahsil olganlar 1898-yilda tugʻilganlar 4-noyabrda tugʻilganlar 1931-yilda tugʻilganlar 23-aprelda vafot etganlar Oʻzbek adabiyoti Oʻzbekistonlik shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Toshkent shahrida tugʻilganlar Jadidlar Oʻzbekiston tarixi Gazetalar Jurnallar Jamiyat Tashkilotlar Qatagʻon qurbonlari Sovet yozuvchilari
5,934
2827
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tavallo
Tavallo
Tavallo (taxallusi; asl ism-sharifi Toʻlagan Xoʻjamyorov) (1883 – Toshkent, Rossiya imperiyasi — 1937-yil 10-noyabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — turkistonlik maʼrifatparvar shoir, publitsist. Jadidchilik harakati namoyandasi. Bolaligi va faoliyati Tavallo 1883-yil Toshkentning Koʻkcha dahasida, Obi Nazir mahallasida Xoʻjamyor Jiyanboyev oilasida tugʻilgan. Avval eski maktabda savod chiqargan, soʻng Beklarbegi madrasasida va rus-tuzem maktabida oʻqigan. 1900-yil 17 yoshida mol savdosi bilan shugʻullanuvchi otasining maslahati bilan Prjevalsk shahriga borib, Usmonbek Solihjonboyev degan kishining qoʻlida prikazchik boʻlib ishlagan. 1909-yil otasining vafotidan soʻng Toshkentga qaytib, shahar savdo shirkatlaridan birida ish yurituvchilik qilgan. Oilasi Tavallo Zuhra ismli ayolga uylangan, ular Rahbar, Sanobar ismli ikki qiz va Maqsud, Mahmud ismli ikki oʻgʻil farzand koʻrishadi. Publisistik faoliyati Oʻzbek va fors adabiyoti klassiklarining ijodini, shuningdek, arab va fors tillarini oʻrgangan. 1905-yildan „Turkiston viloyatining gazeti“, „Sadoi Fargʻona“, „Taraqqiy“ kabi gazeta va jurnallarida sheʼr va maqolalari bilan muntazam qatnashgan. 1910-yillardan vaqtli matbuotda „Tavallo“ taxallusi bilan sheʼr va maqolalari bosila boshlagan. 1914-yil 30-avgustda Munavvarqori, Abdulla Avloniy, M. Podshoxoʻjayev, Husanxoʻja Dadaxoʻja oʻgʻli (yozuvchi Said Ahmadning otasi), Saidabdullo Saidkarim oʻgʻli Saidazimboyev, Komilbek Norbekov (jami 12 kishi)lar bilan birgalikda Toshkentda „Nashriyot“ shirkatini tuzib, kitob chiqarishni yoʻlga qoʻygan. 1915-yilda esa Avloniylar tashabbusi bilan tuzilgan „Turon“ jamiyatida faoliyat koʻrsata boshlagan. 1918–1919-yillarda Toshkentning dastlab Eski shahar, soʻng Yangi shahar ijroiya qoʻmitalarining aʼzosi boʻlgan. Keyinchalik turli xoʻjalik ishlarida ishlagan. Ijodi Tavalloning ijodkor sifatida shakllanishida Toshkent adabiy muhitining roli katta boʻlgan. Unga sayramlik shoir Yusuf Saryomiy ustozlik qilgan. Taxallusni ham unga Yusuf Saryomiy bergan. Tavallo sheʼrlarida millat va Vatan tushunchalari keng oʻrin egallagan („Yordam etmak kuni yetdi siza Turon ahli…“). „Ravnaq-ul Islom“ (1916) sheʼriy toʻplami uning hayotlik davrida chop etilgan. Toʻplamga 70 ta sheʼr kiritilgan. Asar turkchilik, islomchilik ruhida. Vazn va ohang anʼanaviy – aruzda. Ushbu toʻplam 1993-yili professor Begali Qosimov tomonidan soʻzboshi va izohlar bilan qayta nashr qilindi. Vafoti Tavallo 1937-yil 14-avgustda Tavallo aksilinqilobiy „Turon“, „Shoʻroyi islom“ „Ittihodi taraqqiy“, „Milliy ittihod“, „Milliy istiqlol“ tashkilotlarining aʼzosi, „Millionerning oʻgʻli“, „sheʼrlarida millatchilik gʻoyalarini ilgari surgan“likda ayblanib, qamoqqa olinadi. 1937-yil 10-noyabrda NKVD qoshidagi uchlik hukmi bilan otib tashlangan. 1968-yil 18-oktabrda oqlangan. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Beklarbegi madrasasida tahsil olganlar
2,924
2828
https://uz.wikipedia.org/wiki/Hoji%20Muin
Hoji Muin
Hoji Muin (1883–1942) – milliy uygʻonish davri Samarqand adabiy muhitining samarali ijod etgan isteʼdodli vakili, jurnalist, shoir, dramaturg va tarjimon. Xayoti Hoji Muin 1883-yil 19-martida Samarqand shahrining Ruxobod mavzeida tugʻilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Madrasada Saidahmad Vasliydan taʼlim olgan. Rus tilini, Evropa madaniyatini mustaqil oʻzlashtirgan. 1901-yildan oʻqituvchilik faoliyati boshlanadi. 1903-yili oʻz mahallasida „usuli jadid“ maktabi ochgan. Ushbu maktab uchun 1908-yili „Rahnomai savod“ nomli alifbo nashr ettirgan. 1913-yildan Behbudiyning „Samarqand“ gazetasida va „Oyna“ jurnalida ishlay boshlaydi. 1914-yili „Tarbiyat“ nomi bilan oʻz uyida xususiy „usuli jadid“ maktabi ochgan. Ijodi Hoji Muin 10-yillardan boshlab oʻzbek va tojik tilidagi sheʼr va maqolalari bilan matbuotda koʻrina boshlaydi. 1914-yili „Guldastai adabiyot“ sheʼriy toʻplami bosilib chiqadi. Faoliyati 1916-yili Hoji Muin koʻplar qatori mardikorlikka olinib, front orqasidagi qora ishlarga yuboriladi. 1917-yil mayida Fevral voqealari bergan imkoniyat tufayli ona yurtiga qaytadi, matbuotda ishlay boshlaydi. Fitrat bilan birga „Hurriyat“ gazetasida ishladi. 1918-yil 11-iyunida „Mehnatkashlar tovushi“ gazetasini yoʻlga qoʻydi. Unda mas’ul muharrir boʻlib ishladi. Uning tashabbusi bilan ushbu gazetaga ilova sifatida 1920-yilning 1-yanvaridan „Tayoq“ nomli kulgili jurnal taʼsis etiladi. 1922-yildan „Zarafshon“ gazetasining tahrir hay’atida ishlaydi. 1924-yilning 1-iyunida samarqandlik isteʼdodli hajvchi yoshlarning butun bir avlodini tarbiyalab etkazgan „Mashrab“ kulgili jurnaliga asos soladi. 1926-yili „Ovozi tojik“ gazetasiga adabiy xodim va musahhih boʻlib oʻtadi, uning qoshida chiqa boshlagan „Mulla Mushfiqiy“ hajviy jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Sevgan ishi oʻqituvchilikni ham davom ettiradi. 1929-yili aksilshoʻroviy faoliyatda ayblanib, olis Sibirning Karek okrug Pugachan rayoniga surgun qilinadi. Adib oʻz vataniga 1932-yilda qaytib keladi. Oʻzbekiston davlat nashriyotining tojik boʻlimida adabiy xodim va tarjimon boʻlib ishlaydi. 1934–37-yillarda „Qizil yulduz“ nomli harbiy gazetada xizmat qildi. Yana shoʻro hukumati tomonidan ayblanib, 10 yilga hukm qilinadi va 1942-yil 21-iyulida Perm oblastining Solikamsk shahrida vafot etadi. Adib 1963-yilda oqlandi. Asarlari „Ijodiy tarjimai holim“ (1937) risolasida 1907–1937-yillar davomida 23 xil gazeta va jurnalda adabiy, ilmiy va ijtimoiy mavzularda 200 maqola, 400 turli xabarlar, 1500 ga yaqin oʻzbekcha tojikcha sheʼrlari bosilganini xabar qiladi, asarlarining toʻla roʻyxatini keltiradi. Asosiy asarlari: „Sheʼrlar toʻplami“-1400 misraʼ, „Eski va birmuncha yangi sheʼrlar toʻplami“-1500 misraʼ, „Alfozi mutarodifa“ (arabcha-forscha-turkcha-oʻzbekcha lugʻat), „Oʻzbekcha maqollar“, „Tojikcha maqollar“, „Tarjimai ahvol“ (maqolalar toʻplami), „Tanqidiy maktublar“, „Alifbolar taʼrixchasi“. Adibning „Behbudiyning tarjimai holiga oid materiallar“, „Taraddudoti zavjot“ („Koʻp xotin olish“), „Xotiralarim“ asarlari tugallanmay qolgan. Savodsizlikni tugatish uchun kurash yillarida „Oʻqitgʻuvchi“(1925), Tojikiston xalq maorifi komissarligining topshirigʻiga koʻra Ismatulla Rahmatullazoda bilan hamkorlikda tojikcha „Rahbari besavodon“(1925) nomli alifbolar tuzadi. Dramalari Hoji Muin dramaturg sifatida 7 drama yozdi. „Juvonbozlik qurbonlari“, „Boy ila xizmatkor“, „Qozi ila muallim“ pesalari saqlangan emas. Qolganlari: „Toʻy“ (Nusratulla Qudratulla oʻgʻli bilan hamkorlikda), „Eski maktab-yangi maktab“, „Mazluma xotin“, „Koʻknori“ oʻz davrida nashr qilingan. Tarjima asarlari Hoji Muin tarjimon hamdir. Turkchadan „Xulosai qavoidi forsiy“ni, forschadan „Buxoro sayohati“ (Fitrat)ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „Chaqirilmagan qoʻnoq“ hikoyasi chop etilmagan asarlari sirasiga kiradi. Bu asarlarning ayrimlari yoʻqolgan. 1915-yili Hoji Muin boshlangʻich maktablarning 3-sinfi uchun zamondosh Turkiston shoirlari sheʼrlaridan „Yangi adabiyot“ majmuasini tuzadi. U jurnalist sifatida yuzlab maqolalar qoldirdi. Ularning qamrovi keng: oddiy xabardan adabiy-biografik ocherkkacha, luqmadan dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarni koʻtarib chiqqan munozaragacha bor. Jaholatni qoralash, ilm-maʼrifatni ulugʻlash, milliy ozodlik va mustaqillik gʻoyalari Hoji Muin asarlarining leytmotivini tashkil etadi. Shoir ijodiga nazar Hoji Muin hayoti va ijodini tadqiq etish bilan OʻzMU olimlari professor B. Qosimov va dotsent Sh.Rizaev shugʻullanib keladilar. B. Qosimovning „Milliy uygʻonish: jasorat, maʼrifat, fidoyilik“ kitobida Hoji Muinga alohida toʻxtalingan. Sh. Rizaev 1997-yili adibning „Eski maktab, yangi maktab“, „Mazluma xotin“, „Koʻknori“, „Toʻy“ kabi dramalarini nashr ettirdi. Nashr qilingan asarlari Hoji Muin. Toʻy. Mazluma xotin. Eski maktab, yangi maktab. Koʻknori. — Sh. Rizaev. Jadid dramasi. T.: Sharq, 1997. Adabiyot Sh. Rizaev. Jadid dramasi. T.: Sharq, 1997. B. Qosimov. Hoji Muin qismati. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2002-yil 19-iyul. B. Qosimov. Milliy uygʻonish: jasorat, maʼrifat, fidoyilik. T.: Maʼnaviyat, 2003. Oʻzbekistonlik yozuvchilar
5,086
2829
https://uz.wikipedia.org/wiki/Sidqiy%20Hondayliqiy
Sidqiy Hondayliqiy
Sidqiy Hondayliqiy (1884–1934) — 1884-yilda tugʻilgan. 1903-yilda oʻqishni davom ettirish niyatida Toshkentga keladi. Ayni paytda sheʼr mashq qila boshlaydi. Tarjima bilan shugʻullanadi. Sidqiyning ilk sheʼrlari ishqiy sheʼrlar edi. Shoir „Shavkat“ taxallusi bilan ikki toʻplam („Tuxfai Shavkat“, T., 1913; „Savgʻoti Shavkat“, T., 1914) nashr ettirdi. Bir qator sheʼrlariga „Shevan“ („nola“, „figʻon“) taxallusini qoʻydi. Lekin soʻngroq barcha asarlarini Sidqiy taxallusi bilan chop etdi. Hatto eski gʻazallarini ham tahrir qilib, „Sidqiy“ga oʻzgartirgan, devoninini nomini „Devoni Sidqiy“ atagan edi. Sidqiy 1934-yili vafot etdi. Sidqiy serqirra, sermahsul ijodkor. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan shoir tarjima bilan ham jiddiy shugʻullangan („Ming bir kecha“, Saʼdiy Sheroziyning „Boʻston“i). Shoir poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy siyosiy sheʼrlar tashkil qiladi. Hajviy asarlarining aksariyati voqeiy va deyarli hammasi poraxoʻr qozilar, taʼmagir, tovlamachi amaldorlar, riyokor ruxoniylar haqida, ijtimoiy siyosiy sheʼrlari esa davrning muhim voqealariga bagʻishlangan. („Muxoraba“, „Rabo(t)chilar namoyishi“, „Rabo(t)chilar kelishi“, „Toza hurriyat“ kitobi). Sidqiy nasriy asarlar ham yozdi. „Tazkirai Imomi Aʼzam“, „Sad irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy“, „Mezoni shariat“, „Zarbumasali Sidqiy“ anʼanaviy nasrda yozilgan. Shuningdek, u „Hikoyai latifa“, „Bahrom va malikai Gulandom“, „Karimo tarjimasi“, „Ming bir kecha“, „Ajoyib ul-maxluqot“, „Oʻgʻri va qozi“ kabi bir qator nasriy asarlarni tarjima qildi. Mumtoz adabiyotimizda tarjimai hol harakteridagi asarlar yozish anʼanasi qadimdan maʼlum. Sidqiy ham shu janrda qalam tebratib, 1924-yili „Holoti Sidqiy“ni yozdi va uni „Iktisob“ asariga yetti bet hajmda ilova qildi. Nashr qilingan asarlari Sidqiy Xondayliqiy. Navbahor. Gʻazallar, doston, hikoyalar, qaydlar. T., 1984. Sidqiy Xondayliqiy. Tanlangan asarlar (matn, soʻzboshi, lugʻat), 2-jild. T.: Maʼnaviyat, 1998. Adabiyot Qosimov B. Sidqiy Xondayliqiy. -Navbahor. 192—232-betlar. Jalolov A. Inqilobiy davr oʻzbek adabiyoti va Shavkat ijodi. T.: Fan, 1987. Oʻzbekistonlik yozuvchilar
2,138
2830
https://uz.wikipedia.org/wiki/Hamza%20Hakimzoda%20Niyoziy
Hamza Hakimzoda Niyoziy
Hamza Hakimzoda Niyoziy (6-mart, 1889-yil, Qoʻqon, Qoʻqon uyezdi, Fargʻona viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 18-mart, 1929-yil, Shohimardon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek sovet adabiyotining taniqli namoyandasi, shoir, yozuvchi, pedagog, teatr va jamoat arbobi. Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi (1926-yil). Birinchi oʻzbek dramaturgi va zamonaviy oʻzbek musiqa shakllarining asoschisi. U Gʻafur Gʻulom, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va Mahmudxoʻja Behbudiylar bilan bir qatorda zamonaviy oʻzbek adabiyoti ilk rivojining yetakchi namoyandalaridan biri sifatida koʻriladi. Hamza ijodini 1905–1906-yillarda boshlagan. Niyoziy dastlab maktabda, keyin madrasada tahsil olgan. Kogonda matbuotda ishlagan. Toshkentga kelib, 1910-yili usuli jadid maktablarining oʻquv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida, keyin 1911-yil Qoʻqon shahrining Hojibek guzarida va 1914-yil Margʻilonda ochgan. Bolalar uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“, „Qiroat kitobi“ kabi kitoblar yozgan. 1913–1914-yillarda chet ellarda boʻlgan. Niyoziy oʻzbek tilidan tashqari boshqa koʻplab tillarni, jumladan arab, fors, rus va turk tillarini ham bilgan. Uning asarlari, odatda, ayollar huquqlari, ijtimoiy tengsizlik va xurofotning tarqalishi kabi ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan. Niyoziy Shohimardonda vafot etgan. Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1967-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi ulkan yutuqlarni eʼtirof etish maqsadida Hamza nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Oʻzbekistondagi koʻplab muassasalar, jumladan, Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, uchta teatr, bir qancha maktab va koʻchalar uning nomi bilan atalgan. Hayoti Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yil 6-martda Qoʻqon shahrida tabiblar oilasida tugʻilgan. Solkashon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896–1906), keyin 8 oy davomida Namangan madrasasida (1908) tahsil olgan. Hamzaning otasi Ibn Yamin Niyoz oʻgʻli ham oʻz zamonining savodli kishilaridan boʻlgan. Yoshligida dehqonchilik bilan kun kechirgan, soʻngra Buxoroga borib tabiblikni oʻrganib kelgan, xalq orasida „hakimcha“ laqabi bilan tanilgan. Hamzaning „Hakimzoda“ taxallusi otasining shu laqabidan olingan. 1909-yilda Oʻrta Osiyo musulmonlari madaniyatining oʻsha paytdagi markazi boʻlgan Buxoroga boradi. U yerda Hamza mashhur ustozi Ikromchi-domla bilan arab tilini toʻliq oʻrganib tugatmoqchi bo‘lgan, ammo Hamzaning rejalari buxorolik sunniylar va shaharda yashovchi shialar oʻrtasidagi nizolar tufayli barbod boʻladi. Toʻqnashuvlarda qatnashmaslik uchun Hamza shaharni tark etadi. Bir oyga yaqin Kogondagi bosmaxonada ishlaydi. Keyin 1910-yilda Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining oʻquv dasturlari bilan tanishgan. Soʻng Toshkentning Qashqar mahallasida, 1911-yilda Qoʻqonda, 1914-yilda Margʻilonda va yana Qoʻqonda maktablar ochgan, bolalarga dars bera boshlagan. Kambagʻallarning farzandlariga bepul maktab tashkil etgan. Yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun „Yengil adabiyot“, „Oʻqish kitobi“ (1914) va „Qiroat kitobi“ (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan. U bir shaharda usuli savtiya maktabini ochish ortidan quvgʻun qilingan boʻlsa ham, boshqa shaharda yana shunday jadid maktabini tashkil qildi, koʻproq kambagʻallarni, shuningdek, ularning farzandlarini oʻqitishga intildi. Hamza 1913–1914-yillarda chet ellarda, xususan, Hindiston, Afgʻoniston, Turkiya, Suriya va Arab mamlakatlarida boʻlgan, Madina va Makkada ham sayohatda boʻlgan, haj amallarini bajargan. Qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida oʻqituvchi, „Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shuʼbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“ jurnallarida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissyor (1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920). 1920-yil oxirida Buxoroga boradi. Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibot-tashviqot shuʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), 1921-yil soʻngida Toshkentga va undan Xorazmga oʻtadi. U yerda kasaba uyushmasining madaniy-maorif shuʼbasida ishlaydi. Xorazmdan Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan qozoq bolalari uchun maktab-internatda faoliyat koʻrsatadi. 1925-yili Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi. 1926-yildan erkin ijod bilan shugʻullangan. 1926-yilda Hamza Oʻzbekistonning Xoʻjayli shahrida Sovet Ittifoqidagi birinchi bolalar uyini tashkil etgan, keyinchalik bu joy uning nomi bilan atalgan. Niyoziy 1917-yilgi bolsheviklar inqilobini qoʻllab-quvvatlagan. Ushbu inqilobdan soʻng u 1920-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasiga (Bolsheviklar) qoʻshildi va boshqa narsalar qatorida Qizil Armiya askarlarining oʻyin-kulgilari uchun teatr qoʻshinini tashkil qildi. Niyoziy oʻzbek tilidan tashqari boshqa koʻplab tillarni, jumladan arab, fors, rus va turk tillarini ham bilgan. 1928-yil avgustdan Shohimardonda targʻibot-tashviqot ishlari olib borgan. Ijodi, jadidchilik va hurriyat orzusi Hamzaning adabiy ijodi madrasada oʻqib yurgan kezlarida, 1905–1906-yillarda boshlangan. Niyoziyning dastlabki asarlarida kuchli sotsial-demokratik yoʻnalishlar va ijtimoiy adolatsizlik keskin qoralangan. Uning asarlarida asosan ayollar huquqlari, ijtimoiy tengsizlik va xurofotning keng tarqalishi kabi istak ijtimoiy masalalari yoritilgan. Hamza 1908-yilda qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza boshlagan. Hamzaning ijodiga, Fotih Karimiyning „Vaqt“, Ismoil Gaspralining „Tarjimon“ gazetalari, Rizo Faxriddinning „Shoʻro“ jurnali, shu qatori, Toshkentda oʻzbek tilida chiqa boshlagan Ismoil Obidiyning „Taraqqiy“, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining „Xurshid“, Abdulla Avloniyning „Shuhrat“ gazetalari kuchli taʼsir koʻrsatadi. Ushbu yozuvchilar bilan tanishadi, ular taʼsirida jadidchilik harakatiga kelib qoʻshiladi. Jadidchilik harakatining asoschisi boʻlmish Ismoil Gaspirali vafot etganida Hamza marsiya yozib, „Dod qil davri falaqdin, botdi xurshidi jahon“, deb yozadi. Hamza Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlini „maʼnaviy ustoz“, „muhtaram ustozi oliy“, deb ataydi. Hamzaning ilk sheʼrlari va maqolalari mana shu gazeta va jurnallarda bosiladi. Matbuotdagi faoliyatidan tashqari Hamza „Maktab“, „Ilm ista“, „Kitob“, „Qalam“, „Oʻqi“, „Toʻgʻrisoʻz bola“, „Bolaning yomon boʻlmogʻiga sabab boʻlgan onaning jazosi“, „Hikoya“, „Toshbaqa va chayon“, „Hikoyat“ singari tarbiyaviy mazmunda boʻlgan koʻplab sheʼrlar ham yozgan. Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan „Haqiqat kimda?“ degan „roman“ ham yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda gʻazallar yoza boshlagan. Baʼzi manbalarda esa sheʼr yozishni 1899-yildan, Furqat va Muqimiy — oʻzbek maʼnaviyatshunoslari ijodidan ilhomlanib yoza boshlagani taʼkidlanadi. Hamzaning inqilob yillaridan oldingi asosiy asari tojik va oʻzbek tillarida yozilgan sheʼriy „Devon“ (1905–1914) asari vafot etganidan soʻng nashr qilingan. Hamza ushbu asarni ham „Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan. Asarga jami 214 ta sheʼr kiritilgan. „Devon“ning baʼzi gʻazallarida sharqiy sheʼriyatga xos muhabbat, diniy tematika orqali maʼrifatga chaqirish kabi mavzular oʻrin egallaydi. Hamzaning ilk nashrdan chiqqan asarlarida ham ushbu mavzular koʻtarilgan: „Ramazon“ (1914), „Yangi baxt“ dostoni (1915), „Zaharlangan hayot“ (1916). 1914-yilda „Sadoi Turkiston“, „Sadoi Fargʻona“ kabi roʻznomalarda, „Oyna“ jurnalida maʼrifatga chorlovchi ocherk va publitsistik maqolalari chiqadi. Uning „Bidʼatmi, maʼjusiyatmi?“ (1914) ocherki shular jumlasidan edi. Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „Gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915–1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Toʻplamda Hamzaning inqilobiy-demokratik maʼnaviyatshunoslik yoʻlidan inqilob jangchisi tomon oʻtgani bilinadi. Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning „Boy ila xizmatchi“ pyesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida „qayta tiklangan“ bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan. 1917-yil 25-aprelda „Ulugʻ Turkiston“ roʻznomasida Hamzaning „Turkiston muxtoriyatina“ nomli sheʼri bosiladi. Unda „Toʻrt yuz yillik Romanovlar“ sulolasining taxtdan agʻdarilishi va rus-burjua demokratik inqilobining gʻalabasi haqida yozadi. 1903–1904-yillar oraligʻida yozilgan koʻplab asarlari 1929-yilda vafotidan keyin topilgan. Hamzaning 1916- va 1920-yillarda yozilgan „Loshman fojialari“, „Fargʻona fojialari“, „Boy ila xizmatchi“ kabi asarlari yoʻqolgan. Faqat „Loshman fojialari“ning „Istibdod qurbonlari“ degan qismi va „Boy ila xizmatchi“ dramasining afishasi saqlanib qolgan. Teatrlarda qoʻyilib kelgan „Boy ila xizmatchi“ dramasini esa dramaturg Komil Yashin afishada aks etgan mazmun boʻyicha qayta tiklagan. Bu variantning yuzaga kelishi, yaʼni muallifi tirik boʻlmagan, asl nusxasi yoʻqolgan asarning boshqa bir inson tomonidan tiklanishi jahon adabiy tajribasida koʻrilmagan hodisadir. Shoir Miraziz Aʼzam Komil Yashin Hamza ijodini targʻib qilishda qanchalik katta rol oʻynagan boʻlsa, uning ijodini buzib koʻrsatishga ham oʻz hissasini qoʻshganligini taʼkidlagan. 1927-yillarda „Oʻzbek xotini tilidan“, „Oʻzbek xotin-qizlariga“, „Ozod xotin-qizlar qoʻshigʻi“, „Bu kun — 8-mart“, „Xotin qizlar ovozi“, 1928-yilda esa „Hujum“, „Muborak“, „Uzilgan chechaklar“, „Tursunoy marsiyasi“ kabi sheʼrlar yozdi. Musiqa Hamzaning qalamiga bir necha oʻnlab qoʻshiqlar mansub. Ammo musiqiy merosining barchasi ham saqlanib qolmagan. U butun Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilib, xalq qoʻshiqlarini toʻplagan. Baʼzi qoʻshiqlari 1931-yil „Fargʻona, Buxoro va Xiva qoʻshiqlari“ toʻplamidan joy olgan. Qoʻshiqlarining ayrimlari taniqli oʻzbek sanʼatkorlaridan yozib olingan. Sahna asarlari Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning „Yangi saodat“ (1914-yil, nashri — 1915-yil) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan, lekin bu asar aslida maʼrifatchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa boʻlib, unda kambagʻal yigitning (Olimjon) ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan. Hamza 1914–1916-yillarda „Oʻch“ (1914), „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ (1915), „Ilm hidoyati“, „Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi“, „Ochlik qurbonlari“ (1916), „Muxtoriyat yoki avtonomiya“ (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan. 1915–1916-yillarda yozgan „Feruzaxonim“, „Ilm hidoyati“, „Loshman fojiasi“ kabi qator drama va komediyalardan ayrimlarini oʻzi tuzgan truppasida sahnalashtirgan. „Oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda „oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi sifatida koʻkka koʻtarilgan. Hamza nomi bilan bogʻlanib kelingan Oʻlka sayyor drama truppasi aslida Skobilev (Fargʻona) sayyor truppasi deb atalib, unga Gʻafur Musaxonov rahbar boʻlgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissyor va suflyor boʻlib xizmat qilgan. Shu vaqtda u „Kim toʻgʻri?“, „Tuhmatchilar jazosi“, „Boy ila xizmatchi“, „Ishchilar hayotidan“ (1918), „Loshmon fojiasi“ (1916–1918, 3 boʻlimli), „Fargʻona fojiasi“ (1918–1920, 4 boʻlimli), „Qizil qon ichida yosh goʻdaklar“, „Mahbus toʻraning holi“ (1919) singari pyesalarni yozgan (bu asarlarning aksari yoʻqolgan). Agar Hamza „Zaharli hayot“ dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan boʻlsa, „Tuhmatchilar jazosi“, ayniqsa, „Boy ila xizmatchi“ singari pyesalarida realizm tomon yaqinlashgan, ammo Hamza koʻp oʻtmay, targʻibot va tashviqot yoʻnalishidagi „Pastki shoʻrolar saylovi munosabati ila yozilgʻon Choʻpcharlar“, „Pastki shoʻrolar tuzmasida saylovgʻa kirolmagan bir eshon oʻpkasiga javoban“, „Burungi saylovlar“ (1926) singari pyesa va inssenirovkalarni yozishga katta eʼtibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi toʻgʻrisidagi soxta gʻoyasiga ishonib, „Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari“ (1927) pyesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik gʻoyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan, biroq 1926-yilda Hamza oʻzbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: „Maysaraning ishi“ komediyasi va „Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi“ dramasini yaratgan. Ushbu asarlarda oʻzbek ayolining inqilob yillaridan avvalgi hayoti haqida gapiriladi. Oʻlimi 1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Shu yili Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shugʻullanadi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilikni boshdan kechiradi. 1929-yil 18-martda Niyoziy Shohimardonda Hazrat Ali maqbarasi poyida oʻldirilgan. Hamza oʻlimi haqida tarixchilar turlicha fikr bildirgan. Ayrimlar u millatchilar va islom fundamentalistlari tomonidan toshboʻron qilib oʻldirilganligini taʼkidlashsa, yozuvchi Nabijon Boqiy Hamzaning oʻlimi haqida shunday deydi:…Qotillik boʻlgan, lekin qotillikni uyushtirganlar boshqa, jazolanganlar boshqa. Dindorlar jazolanadi. Dindorlarning aloqasi yoʻq. Aroq ichib, nasha chekib yurgan odam dindor boʻladimi? Ular dindan chiqib ketgan odamlar. Hamzaning oʻlimiga dindorlarning aloqasi yoʻq. Lekin oʻshanda Hamza bahonasida dindorlar mahv etilgan. Majaqlab, yanchib tashlangan… Xotira Niyoziy oʻziga xos oʻzbek adabiyotining eng muhim ilk namoyandalaridan biridir. U birinchi oʻzbek dramaturgi, zamonaviy oʻzbek musiqa shakllarining asoschisi, shuningdek, oʻzbek sotsrealizmining asoschisi hisoblanadi. Hamza haqida doston (Oybekning asari, 1948), roman (Komil Yashinning asari, 1989), teatr spektakli (Komil Yashin va A. Umariy asari, 1941), hujjatli filmlar (ssenariy muallifi Laziz Qayumov, rejissyor N. Otaullayeva, 1960) yaratilgan. Shuningdek, 1961-yilda rejissyor Zohid Sobitov Komil Yashinning shu nomli pyesasi asosida shoir hayoti haqida „Hamza“ badiiy filmini suratga olgan. 1965-yilda oʻzbek teatrining tugʻilishi haqida „Momaqaldiroqda tugʻilganlar“ badiiy filmi suratga olindi, uning bosh qahramoni Hamza Niyoziy prototipi boʻlgan. Hamza ijodi bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti professori Laziz Qayumov beri shugʻullangan. Shuningdek, 1977–1984-yillarda Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotiga bagʻishlangan rejissyor Shuhrat Abbosovning „Olovli yoʻllar“ kinoromani tasvirga olinadi. Ushbu kinoroman Komil Yashinning „Hamza“ asariga asoslangan boʻlim, umumiy 5 ta filmdan iborat. Filmda bosh rolni Oʻzbekiston xalq artisti Oʻlmas Alixoʻjayev ijro etgan. Niyoziy 1926-yilning 27-fevralida birinchilardan boʻlib Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi unvoniga sazovor boʻldi. 1929-yilda Toshkent koʻchalaridan biriga Hamza nomi berilgan. 1931-yilda Toshkentdagi Oʻzbek Davlat akademik drama teatriga Hamza nomi berildi. Qoʻqon shahar oʻzbek drama teatri va Namangan davlat pedagogika institutiga ham Hamza nomi berilgan. Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1967-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi ulkan yutuqlarni eʼtirof etish maqsadida Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotini taʼsis etdi. Oʻzbekistondagi koʻplab muassasalar, jumladan, Toshkent metropoliteni bekati, uchta teatr, shirkat xoʻjaliklari, bir qancha maktab va koʻchalar uning nomi bilan atalgan. Qoʻqonda Niyoziyning ikkita muzeyi bor. Ushbu muzeylardan biri 1959-yil ochilgan. 1968-yilda Toshkent shahrining yangi tashkil etilgan tumani Hamza sharafiga nomlangan. 1979-yilda Niyoziy tavalludining 90 yilligiga bagʻishlangan SSSR pochta konverti, 1989-yilda Niyoziy tavalludining 100 yilligiga portreti tushirilgan SSSRning pochta markasi va 1 rubllik esdalik tangalari chiqarilgan. Olay tizmasining dovoni Hamza nomi bilan atalgan. Shoir oʻldirilgan Shohimardonda uning qabri bilan birga maqbara barpo etilgan. Sovet davrida 1990-yillarda buzib tashlangan maqbara yonida Hamza haykali oʻrnatilgan. Hamza sharafiga 1982-yili Rossiyaning Navashino shahrida kema ishlab chiqarilgan. Shohimardonda Fargʻona viloyati oʻlkashunoslik muzeyining Shohimardon boʻlimi mavjud. Muzey Hamza tavalludining 100 yillik yubileyi kunlari ochilgan. 2014-yil Oʻzbekiston milliy kutubxonasida Hamza tavalludining 125 yilligi munosabati bilan koʻrgazma tashkil etilgan. 2019-yil 26-mart kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Hamza Hakimzoda Niyoziyning 130 yilligi munosabati bilan ilmiy-nazariy anjuman boʻlib oʻtgan. Unda taniqli adabiyotshunos olimlar, akademiklar, yozuvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishgan. 2022-yil yozuvchi Nabijon Boqiyning Niyoziy hayoti haqidagi „Qizil toshboʻron“ kitobi chop etiladi. Hamza nomining olib tashlanishi 1990-yillar boshida Toshkent tibbiyot instituti binosi ro‘parasida joylashgan Niyoziy haykali buzib tashlandi. Shu yili Hamza koʻchasi nomi „Zarqaynar“ nomiga oʻzgartirildi. 1991-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Hamzaning sovet targʻibotchisi sifatidagi faoliyatining ahamiyati qayta koʻrib chiqildi va shu yili Hamza nomidagi mukofot bekor qilindi. Oʻzbekiston respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 2001-yil 21-sentyabrdagi farmoniga asosan Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatrining nomi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri nomiga oʻzgartildi. 2012-yilda Hamza shahri nomi Tinchlik nomiga oʻzgartirildi. 2014-yil 29-avgustda Toshkent shahrining Hamza tumani „Yashnobod tumani“ deb oʻzgartirildi. 2015-yili Toshkent shahar hokimligining 2015-yil 16-iyundagi qarori bilan „Hamza“ metro bekati nomi „Novza“ga oʻzgartirildi. Oilasi Otasi Ibn Yamin Niyoz oʻgʻli (1840–1922) oʻzbek, tojik, fors tillarini bilar, adabiyotga qiziqar edi. 16 yoshida dehqonchilikni tashlab, Buxoroga borib, eskicha xalq shifokori boʻlib qaytgan. Rus shifokorlari bilan aloqada boʻlgan va yangi tibbiyot amaliyotlarini oʻrgangan. Buxoroga qaytganida Hamzaning onasi Jahonbibi Rabiboy qiziga (1858–1903) uylangan. Jahonbibi tabib ham boʻlgan. Hamza Komilaxon ismli qizga uylanadi. Ularning Abbosxon ismli oʻgʻli boʻlishgan Yana qarang Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli Furqat Oʻzbek tili Manbalar Qoʻshimcha oʻqish uchun . . . . . . . . . . . . . Havolalar Hamzaning badali. Atoqli sanʼatkor Bahodir Yoʻldoshev bilan Hamza haqida suhbat Salohiddin Mamajonov. Hamza dindor boʻlganmi? (1990) Hamza Hakimzoda Niyoziy kim edi: dahriymi yo dindor? Adeeb Khalid: Printing, Publishing, and Reform in Tsarist Central Asia. 1994 Mark Dickens: Uzbek Music . 1989 Mark Dickens: The Uzbeks . 1990 Oʻzbekiston xalq yozuvchilari Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonlik shoirlar Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar Namangan madrasalarida tahsil olganlar Jadidlar Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari Rossiya imperiyasi inqilobchilari Oʻzbekiston inqilobchilari Bolsheviklar Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Qatagʻon qurbonlari Sovet yozuvchilari
19,764
2831
https://uz.wikipedia.org/wiki/Saidahmad%20Vasliy%20Samarqandiy
Saidahmad Vasliy Samarqandiy
Saidahmad Vasliy Samarqandiy (1869–1925) — 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan. Vasliy oʻzbek, arab va fors tillarida darsliklar tuzgan. Vasliy shu tillarda birday ijod ham qilgan. Forsiydagi „Armugʻoni doʻston“, oʻzbekchadagi „Devoni turkiy“ kabi devonlar, „Nazmus silsila“ (forscha), „Adab ud-din“ (oʻzbekcha) sheʼriy asarlar, tilshunoslikka oid „Muqaddimai sarfu nahvu arabi ham namunai sarfu nahvu forsiy“ kitobi mashhurdir. Vasliy publitsist sifatida oʻz davri matbuotida ijtimoiy-maʼrifiy mavzularda koʻplab chiqishlar qilgan. Adabiyot „Imomi Aʼzam“. Toshkent, 1991. Manbalar Gʻ. Gʻulom. Vasliy. Mukammal asarlar toʻplami. II tom. Halilov S. 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlarida oʻzbek va tojik adabiy aloqalari. SamDU, 1978. Xoʻjaeva M. Hamza va Vasliy. „Sharq yulduzi“, 1970, 2-son. Xoʻjaeva M. Shoir va mudarris Vasliy. OʻzAS. 1990-yil 5-iyul. Oʻzbekistonlik yozuvchilar 1869-yilda tugʻilganlar 1925-yilda vafot etganlar
1,027
2834
https://uz.wikipedia.org/wiki/C%2B%2B
C++
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa oʻz navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967-yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun moʻljallangan edi. Ken Thompson oʻzining B tilida BCPL ning koʻp hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til boʻlgan. Yani oʻzgaruvchilarning maʼlum bir tili boʻlmagan — har bir oʻzgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. Oʻzgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi boʻlgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qoʻlladi. C oʻzidan oldingi B va BCPL tillarining juda koʻp muhim tomonlarini oʻz ichiga olish bilan bir qatorda oʻzgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bogʻlangan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa boʻladi. 1983-yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989-yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo boʻyicha keng tarqatish maqsadida 1990-yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi oʻzgarishlar yoki umuman oʻzgarishlarsiz juda koʻp kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda koʻp qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan, lekin eng asosiysi u obyektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni taʼminlash uchun ob’ektli dasturlash gʻoyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlar orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa koʻp ob’ektli dasturlshga yoʻnaltirilgan tillar paydo boʻldi. Shulardan eng koʻzga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob’ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga oʻhshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob’ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob’ektli dasturlash falsafasi paydo boʻlganiga ham yigirma yildan oshayapti. C++ funksiya va ob’ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni oʻrganish ikki qismga boʻlinadi. Birinchisi bu C++ ni oʻzini oʻrganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob’ekt/funksiyalarni qoʻllashni oʻrganishdir. Dasturlash tillari Kross-platformali dasturlar Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tillari
3,096
2843
https://uz.wikipedia.org/wiki/MySQL
MySQL
MySQL (oʻqilish „May es kyu el“). Relyatzional maʼlumotlar bazasini boshqarish sistemasi. Turli operatsion sistemalarda qoʻllanishga moslashtirilgan Open-Source-mahsulot boʻlib, koʻpchilik dinamik web-sahifalar uchun asos hisoblanadi. MySQL Shvetsiyadagi MySQL AB firmasi tomonida yaratilgan boʻlib, 2008-yilning fevralida Sun Microsystems tomonida sotib olingan. Endlikda dastur kodini yaratisgda ushbu firma javobgar. MySQL Server ochiq, yani tekin dasturiy taʼminot boʻlib, General Public License himoyasidadir. MySQL AB/Sun firmasi dastur kodiga mualliflik huquqiga egaligi sababli, ushbu dasturiy taʼminotning kommerzial turi ham bor.MySQL nomining kelib chiqishi aniq emas. 1996-yildan beri koʻplab biblioteka va tool (vosita)lar nomi oldida My prefiksi qoʻyila boshlangan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra esa firmani tashkil qilganlardan biri hisoblanuvchi Monty Wideniusning qizi ismidan va SQL, yaʼni Structured Query Language (Strukturaviy soʻrovlar tili) birikmasidan tashkil topgan. Unix, MacOS X va Linixdan tashqari, MySQL Windows, OS/2 va i5/OS (avvalgi OS/400) uchun ham moslashtirilgan.Windows uchun esa baʼzida ayrim cheklanishlar uchraydi. MySQl koʻpincha web-servis uchun maʼlumotlarni saqlashda qoʻllaniladi, webserver Apache va PHP bilan birgalikda ishlatiladi. MySQL hozirda 6.000.000 dan ortiq foydalanuvchilar va kuniga 35.000 dan ortiq download qilinadigan dunyonig eng mashhur maʼlumotlarni boshqarish sistemasidir. WebLinks MySQL Bosh Sahifasi (ingliz tilida) MySQL xaqidahgi russcha sayt MySQLning ruscha dokumentatsiyasi Software Database Master MySQL Yönetim Yazilimi (Türk) Informatika Internet Kross-platformali dasturlar
1,657
2850
https://uz.wikipedia.org/wiki/Ma%CA%BClumotlar%20bazasi
Maʼlumotlar bazasi
Maʼlumotlar bazasi — markazlashtirilgan maʼlumotlar ombori. Maʼlumotlarni oʻqish, saqlash, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan. O´zining tezligi bilan ajralib turadi. Eng mashhur maʼlumotlar bazasiga Oracle, MsSQl, MySQL va boshqalar kiradi. Yana qara Maʼlumotlar tuzilmasi Qoʻshimcha Ling Liu and Tamer M. Özsu (Eds.) (2009). "Encyclopedia of Database Systems, 4100 p. 60 illus. . Gray, J. and Reuter, A. Transaction Processing: Concepts and Techniques, 1st edition, Morgan Kaufmann Publishers, 1992. Kroenke, David M. and David J. Auer. Database Concepts. 3rd ed. New York: Prentice, 2007. Raghu Ramakrishnan va Johannes Gehrke, Database Management Systems Abraham Silberschatz, Henry F. Korth, S. Sudarshan, Database System Concepts Teorey, T.; Lightstone, S. and Nadeau, T. Database Modeling & Design: Logical Design, 4th edition, Morgan Kaufmann Press, 2005. Havolalar DB File extension — information about files with the DB extension Informatika
979
2853
https://uz.wikipedia.org/wiki/G%CA%BBafur%20G%CA%BBulom
Gʻafur Gʻulom
Gʻafur Gʻulom (1903-yil 10-may–1966-yil 10-iyun) – oʻzbek yozuvchisi va shoiri. 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida dehqonlar oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim olgan. 1916-yilning kuzida Gʻafur oʻqishga kiradi. Onasining vafotidan soʻng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur boʻlgan. Koʻplab kasblarda oʻzini sinab koʻrgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi boʻlib ishga kiradi, soʻngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.1919-yildan 1927-yilgacha u oʻqituvchi, maktab direktori, Maʼnaviyat uyushmasi ishchilari raisi boʻlib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan. Ijodi 1923 yil yozilgan „Feliks farzandlari“ sheʼrida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi oʻz hayotini ifodalaydi, „Maorif va oʻqituvchi“ oynomasida esa „Goʻzallik qayerda“ nomli ikkinchi sheʼri nashr qilinadi. „Dinamo“ (1931), „Tirik qoʻshiqlar“ (1932) toʻplamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy oʻziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuygʻular „Qish va shoirlar“ (1929), „Non“ (1931), „Toshkent“ (1933), „Qutbda saylov“ (1937), „Men Yahudiy“ (1941), „Qish“ (1941), „Xotin“ (1942), „Afsuski, afsusni qoʻshib koʻmmadi“ (1945) singari sheʼrlarida aks etdi. „Bogʻ“ (1934), „Sogʻinish“ (1942), „Kuz keldi“ (1945), „Kuzgi koʻchatlar“ (1948) singari sheʼrlarida obod bogʻ, saxiy bogʻbon, umiddagi kelajak gavdalanadi. Ota timsolida aks etgan „Sen yetim emassan“ (1942), „Sogʻinish“ (1942), „Biri biriga shogird, biri biriga ustod“ (1950), „Sizga“ (1947), „Bahor taronalari“ (1948) singari sheʼrlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi. „Netay“ (1930), „Yodgor“ (1936), „Shum bola“ (1936-1962) qissalari, „Hiylai sharʼiy“ (1930), „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan. 1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy aʼzo boʻldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini („Navoiy va zamonamiz“ (1948), „Folklordan oʻrganaylik“ (1939), „Jaloliddin“ dramasi haqida" (1945), „Muqimiy“ (1941) yoritib berdi. Vatan himoyachisi mavzusi Gʻofur Gʻulomning 1941 – 1945 yillardagi keyingi ijodida yanada rivojlandi va chuqurlashdi . Shu bilan bir qatorda, u odamlarni „bor sabri, bor iqtidori“ni fashistlar ustidan gʻalabaga qaratishga chorlaydi. Shoir urushdan keyingi davrlardagi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida oʻzbek ayolining rolini alohida taʼkidlab oʻtdi. „Ikki akt“ dostonida u qishloqlarning qayta joylashuvini madh etarkan, oʻzbek dehqonchiligi va ularning kelajak orzu tuygʻularini ifodalaydi. Ushbu mavzu „Qoʻqon“ dostonida ham yangraydi. Oʻz vaqtida u xalqda ommabop boʻlgan va qishloq xoʻjaligini mustahkamlash kurashida targʻibot vazifasini bajargan Gʻafur Gʻulom oʻzining juda yaxshi sheʼrlarini bolalar va oʻsmirlar uchun bagʻishlagan: „Ikki bolalik“, „Bilaman“, „Seni Vatan kutmoqda“. Urush yillarida Gʻofur Gʻulom „Sen yetim emassan“, „Seni kutyapman, oʻgʻlim!“, „Vaqt“, „Kuzatish“, „Ayol“, „Bizning koʻchada ham bayram boʻlajak“ kabi ajoyib sheʼrlar yaratgan. „Seni kutyapman, oʻgʻlim!“ sheʼrida shoir front ortida oʻzlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan gʻalabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi. Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga boʻlgan muhabbati buyuk maʼno kasb etgan. Bu – ota-onasini yoʻqotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan gʻamxoʻrligi haqida soʻz boruvchi ajoyib „Sen yetim emassan“ sheʼrida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan „Bahaybat“, „Gʻalabachilar qoʻshigʻi“, „Vaqt“, „Xotin“ sheʼrlari yuqori fuqarolik sheʼriyatining namunalari hisoblanadi. Ular „Sharqdan kelmoqdaman“ toʻplamidan joy olgan. Urushdan keyingi yillar Gʻafur Gʻulom bir qator sheʼriy toʻplamlarini nashrdan chiqaradi: „Yangi sheʼrlar“, „Oʻzbekiston olovlari“, „Onalar“, „Oʻzbek xalq gʻururi“, „Tong qoʻshigʻi“, „Yashasin, tinchlik!“, „Bu – sening imzoing“. Ushbu toʻplamlardan joy olgan sheʼrlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, oʻzbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini koʻrsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari – dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar. Gʻafur Gʻulom – tinchlik, doʻstlik va xalq baxtining joʻshqin kurashchisi. Shoir tinchlik uchun kurashga bagʻishlangan toʻplam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: „Dunyo minbaridan“, „Yashasin, tinchlik!“, „Bu – sening imzoing“ va boshqalar. Gʻafur Gʻulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur. Gʻafur Gʻulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta taʼsir koʻrsatgan. Gʻofur Gʻulom oʻzining maqolalaridan birida shunday yozadi: "Men… rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning koʻplab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin „men uchun vazn, lugʻat, timsol, sheʼrning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan“ Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman". Mayakovskiy satirasidagi dargʻazab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bagʻoyat ulkan tuygʻu kuchidan tashqari, men oʻzimda… uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolagʻalar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va maʼno ifodaliligini oshiruvchi sheʼr qurilishidan ham oʻzbek sheʼr tuzimida foydalanishimga toʻgʻri keldi". Bular Gʻofur Gʻulomning koʻplab sheʼrlarida namoyondir, masalan: „Turksib yoʻllarida“, „Ona yer“, „Yashasin, tinchlik!“. Gʻafur Gʻulom ijodining urushdan keyingi davri oʻzbek adabiyoti rivojida muhim oʻrin egalladi. Urushdan avvalgi davrlarda uning sheʼrlarida urushdan oldin ular tomonidan yaratilgan narsalarni qoʻlda qurol bilan himoya qilayotgan, yerda tinchlik istayotgan odamlarning ichki kechinmalari va oʻy-xayollari tasvirlangan. Shoirning urushdan keyingi davr lirikasi uning urush yillar lirikasining mantiqiy davomi va rivoji hisoblanadi, „Unutma, Vatan seni kutmoqda!“ va „Gʻalaba bayrami“ sheʼrlari – shoirning mazkur ikki ijodiy davrining bogʻlovchi halqasi kabidir. Gʻulom 1966-yilning 10-iyunida vafot etdi. Chigʻatoy qabristoniga dafn etildi. Oilasi Turmush oʻrtogʻi Olmos Gʻofurovna – Axmedov Qudratilla Axmedovich, 1995 yilda vafot etgan, Oʻzbekistonning atoqli davlat arbobi boʻlgan. Oʻgʻli – Ulugʻ Gʻulomov (1933 yil 1 oktyabr – 1990 yil 15 martda vafot etgan), yadro fizigi, Oʻzbekiston SSR FA akademigi, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori. Oʻgʻli – Qodir Gʻulomov (1945-yil 17-fevralda Toshkent shahrida tugʻilgan), maʼlumoti – yadro fizigi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, Quyosh fizikasi instituti direktori, keyinroq – Oʻzbekiston mudofaa vazirining birinchi fuqarolik vaziri (sh. 2000 yil 29 sentyabrdan 2005 yil 18 noyabrgacha)[4][5]. Qizi – Olmos Gʻofurovna Ahmedova (Gʻulomova), 1938 yil 3 iyulda tugʻilgan, rassom, muzey direktori. Gʻafur Gulyama, uch farzandi bor, Durbek Qudrattilaevich Ahmedov – iqtisod fanlari doktori, Joʻrabek Qudratillaevich Ahmedov – irrigatsiya muhandisi, Gavharshodbegim Qudratillaevna Rustamova (Ahmedova) – tarix fanlari nomzodi, siyosatshunos. Qizi – Toshxon Gʻofurovna Yoʻldosheva (Gʻulomova). Asarlari „Hiylai sharʼiy“ (1930) „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965) „Netay“ (1930) „Yodgor“ (1936) „Shum bola“ (1936-1962) Sheʼrlar toʻplamlari: „Gulnoza“ (1929) „Dinamo“ (1931) „Xitoy rasmlari“ (1932) „Jonli qoʻshiqlar“ (1932) „Oʻzbekiston“ (1936) Sharqdan kelganlar (1943) „Biz tirik odamlarmiz“ „Ustalar kuchga ega boʻlganda“ „Sheʼrlar“ (1949) „Oʻrtoq Stalinga“ (1950) „Oʻrtoq Stalinga“ (1951) „Moskva – dunyo qal’asi“ (1951) Sheʼrlari: „Turksib yoʻllari haqida“ „Vatan“ „Yashasin dunyo!“ „Qish va qor“ (1929) „Non“ (1931) „Toshkent“ (1933) „Bogʻ“ (1934) „Shimoliy qutbdagi saylovlar“ (1937); „Bilib qoʻyki, seni vatan kutadi“ (1941) „Men yahudiy“ (1941) „Qish“ (1941) „Sen yetim emassan“ (1942)[9]; „Ayol“ (1942) „Sogʻinch“ (1942) „Afsuski, pushaymonlar koʻmilmagan“ (1945) „Kuz keldi“ (1945) „Vaqt“ (1945) „Siz – yosh“ (1947) „Hammasi sizniki“ (1947) „Bahor ohanglari“ (1948) „Kuzgi koʻchatlar“ (1948) „Assalom kommunizmga!“ (1949) „Yoz“ „Pol Robesonga“ (1949) „Kim oʻrganadi, kim oʻrgatadi“ (1950) „Vatan baxti“ (1951) „Yangi Yerda bayram“ (1957) „Yodgar“ (1961); „Lenin va Sharq“ (1961). Adabiyotlar Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Toshkent, „Fan“, 1963. Akbarov A. Gafur Gulyam. Toshkent: „Yosh gvardiya“, 1974. Sharafiddinov O. Xalq baxtining otashin kuychisi. Gʻafur Gʻulom. Asarlar, 10 tom, Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978, 180-229. Havolalar Gʻafur Gʻulomga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi Gʻafur Gʻulom ijodi Gʻafur Gʻulom hayoti haqida 1903-yilda tugʻilganlar 1966-yilda vafot etganlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi) kishilari Toshkentlik yozuvchilar Oʻzbekiston romanchilari Oʻzbekistonlik erkak shoirlar Oʻzbekiston tarjimonlari Oʻzbekistonlik erkak qissa yozuvchilar Oʻzbek tiliga tarjima qilgan adiblar Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Sovet yozuvchilari
9,602
2854
https://uz.wikipedia.org/wiki/Oybek
Oybek
Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905.1.10 — Toshkent — 1968.07.1) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930). Hayoti Oybek mehnat faoliyatini talabalik yillaridan boshlab, oʻrta maktab, texnikum va ishchilar fakultetlarida (1925-1927), va Xalq xoʻjaligi, Qishloq xoʻjalik va Pedagogika institutlarida til va adabiyot fanlaridan dars beradi, Toshkent institutining iqtisod fakultetida esa assistent sifatida xizmat qiladi (1930-1935-yillarda). Ayni paytda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti (1933-yil) va Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiyot institutida (1934-1937-yillarda) ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. 1937-yilda Sovet davlati qatagʻon siyosatining avj olishi Oybekning „millatchi“ va „milliy ittiqodchilar“ga xayrixoh kishi sifatida ishdan haydalishi hamda tazyiqqa uchrashiga sababchi boʻladi. Kambagʻal oiladan chiqqanligi va internatda tarbiyalanganligi tufayli qatagʻondan omon qolgan Oybek 1938-yil oxiridagina Oʻzbekiston oʻquv-pedagogika nashriyotiga tarjimon-muharrir sifatida ishga qabul qilinadi. 1941-1945-yillar urushining boshlanishi bilan u yana nomatlub shaxs sifatida quvgʻinga uchraydi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi bilan akademiyaning gumanitar boʻlimiga (1935-1951-yillar), Hamid Olimjon vafotidan keyin esa Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi hayʼatiga rais, „Sharq yulduzi“ jurnaliga bosh muharrir (1945-1959-yillar) etib tayinlanadi; Til va adabiyot institutining direktori (1950-1952-yillar) hamda „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnalining bosh muharriri (1958-1968-yillar) vazifasini bajaradi. 50-yillar avvalida yana qatagʻon toʻlqinining boshlanishi bilan Oybek insult xastaligiga uchraydi va uzoq, davom etgan xastalik oqibatida vafot etadi. Sheʼriyati Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. „Cholgʻu tovushi“ degan birinchi sheʼri 1922-yil „Armugʻon“ jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Choʻlpon, shuningdek, „yosh usmonlilar“ sheʼriyati taʼsirida boʻlib, ular ruhidagi sheʼrlaridan iborat „Tuygʻular“ (1926-yil) va „Koʻngil naylari“ (1929-yil) toʻplamlarini eʼlon qilgan. Oybek dastlabki ijodida davrning oʻtkinchi mavzulariga bagʻishlangan sarbast sheʼrlar yaratgan, ularning aksariyati „Mashʼala“ (1932-yil) toʻplamidan oʻrin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta eʼtibor berib, „koʻngil lirikasi“ namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, „Yevgeniy Onegin“ sheʼriy romanini tarjima qilishi (1936-yil) jarayonida orttirgan tajribasi tufayli va Aleksandr Pushkin asarlaridagi lirizm taʼsirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan, oʻzbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oʻziga simirgan sheʼrlari nafaqat shoir sheʼriy ijodining, balki umuman oʻzbek lirikasining shoh namunalaridan biri boʻldi. Shoir bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygʻu va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheʼriyat tilini nafosat yogʻdulari bilan jilolantirib yubordi. Dostonlari Bir tomondan, lirik harorat, ikkinchi tomondan, epik koʻlam Oybek sheʼriyatiga xos xususiyatlardir. U lirik sheʼriyat bilan bir qatorda dostonnavislik sohasida ham izlanishlar olib borib, „Dilbar — davr qizi“ (1932), „Oʻch“ (1933), „Baxtigul va Sogʻindiq“ (1934), „Qahramon qiz“ (1936), „Gulnoz“, „Kamonchi“, „Navoiy“ (1937) singari dostonlarni yozdi. Shoir bu dostonlarida oʻz davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiy-maʼnaviy masalalarini koʻtarish bilan birga tarixiy oʻtmish mavzuiga ham murojaat etdi. Oybekning liro-epik sheʼriyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir sanʼatkor ekanini namoyish etadi. „Oʻch“ va „Navoiy“ dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak „Qutlugʻ qon“ va „Navoiy“ romanlari uchun oʻziga xos eskiz vazifasini oʻtadi. Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937-38-yillarda yozuvchilar va ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan yondashish tamoyili kuchaydi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan lirik sheʼrlari burjua sheʼriyati namunalari, deb baholandi. Davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bu harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek ham, „koʻngil sheʼriyati“ga tamomila zid oʻlaroq, „fajdanlik sheʼriyati“ deb atalgan sheʼriyat namunalarini yaratishga majbur boʻldi. Shunga qaramay, Oybekning ilm-fan va texnikani egallashga daʼvat etuvchi hamda vatanparvarlik va mehnatsevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan „Oʻzbekiston“, „Dneprostroy“, „Fanga yurish“, „Raisa“, „Qizlar“ singari oʻnlab sheʼr va dostonlari 30-40-yillar oʻzbek sheʼriyatida muhim voqea boʻldi. Oybek 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida „Qizlar“ (1947) dostonidan tashqari, „Hamza“ (1948), Pokiston taassurotlari asosida „Zafar va Zahro“ (1950) va „Haqgoʻylar“ (1952) dostonlarini yaratdi. 60-yillarda shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida „xrushchyovcha“ harorat jilvalari koʻringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana „sof lirika“ning guzal namunalarini taqdim etadi, Xirosima fojiasiga bagʻishlangan „Davrim jarohati“ (1952), „Guli va Navoiy“ (1968) dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir uzining bu asarlari bilan 60-yillar oʻzbek sheʼriyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qoʻshadi. Nasriy merosi Oybekning nasriy merosi 5 roman („Qutlugʻ qon“, „Navoiy“, „Oltin vodiydan shabadalar“, „Quyosh qoraymas“ va „Ulugʻ yoʻl“), 4 qissa („Shonli yoʻl“, „Hyp qidirib“, „Bolalik xotiralarim“ va „Bola Alisher“) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. Oybekning roman janridagi dastlabki tajribasi — „Qutlugʻ qon“ asari yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida , 1938-yilda, qisqa muddatda yozilgan va 1940-yilda nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan toʻyingan bu asarda oʻzbek xalqining Birinchi jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi tomondan, oʻlkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi toʻlgan xalqning norozilik namoyishi bilan chiqishi yoki qoʻzgʻolon koʻtarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining Oʻrta Osiyo aholisini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi farmoni 1916-yil qoʻzgʻolonining gurullab yonishi uchun bir turtki boʻldi. Oybek romanda Yoʻlchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning oʻzaro munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qoʻzgʻolonning kelib chiqish sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini taʼkidlab koʻrsatish maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora boʻyoqlardan koʻproq foydalandi. 1937-yil tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz nashr etishi amrimahol edi. Oybek bu asari bilan Abdulla Qodiriy, Chulpon va Sadriddin Ayniy boshlab bergan tarixiy romannavislik anʼanasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq harakterini oʻzida mujassamlantirgan Yoʻlchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari bilan boyitdi. „Qutlugʻ qon“ oʻzbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir. „Navoiy“ romani Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga koʻp bor murojaat etgan. Uning 1942-yil Ikkinchi jahon urushining qizgʻin bir paytida „Navoiy“ romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulugʻ shoir, balki 15-asrdagi Xuroson hayotini ham puxta oʻrgangan adib bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan gavdalantirib bergan. Oybek Navoiy obrazini 15-asr Xurosonida roʻy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning oʻzaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. Oybek mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. „Navoiy“ romani keyinchalik oʻzbek adabiyotida „Ulugʻbek xazinasi“, „Koʻhna dunyo“ (Odil Yoqubov), „Yulduzli tunlar“, „Avlodlar dovoni“ (Pirimqul Qodirov) singari tarixiy-biografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi. „Quyosh qoraymas“ romani Oybekning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati tasviriga bagʻishlangan „Quyosh qoraymas“ (1943-1959) romani alohida eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Gʻarbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan boʻlsada, urush toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji boʻlmagani uchun, uni 50-yillarda — xastalik paytida yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar doʻstining obrazini yaratish orqali Sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qoʻpol xatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining „toʻp yemi“ boʻlayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi. Adib „Oltin vodiydan shabadalar“ (1949) romanida urushdan keyingi davr qahramoni obrazini, „Qutlugʻ qon“ romanining davomi sifatida yozilgan „Ulugʻ yoʻl“ (1967) asarida esa Yulchi va Gulnorlarning 20-yillardagi izdoshlari obrazini yaratishga intildi. Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan boʻlmasin, adib shu davr hayotini mukammal oʻrgangan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi sifatida namoyon boʻladi. Oybekning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy shaxsni Vatan va xalq manfaatlari yoʻlida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining roʻyobga chiqishi yoʻlida zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi. Dramaturgiya Oybek ozgina boʻlsada, oʻz kuchini dramaturgiyada ham sinab koʻrdi. U urush yillarida Chingizxon istilosiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib vatandoshlarida fashizmga qarshi kurash maylini ragʻbatlantiruvchi „Mahmud Torobiy“ operasi librettosini yozdi (1944) va shu mavzu boʻyicha drama teatrlari uchun „Gʻalvirchi“, rus adibi va adabiyotshunosi A. Deych bilan hamkorlikda esa rus tilida „Xalq qalqoni“ pyesalari ustida ishladi. Oybek bu asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtai nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon boʻldi. Maqolalari Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqolalar tashkil etadi. Oʻzbek xalqi tarixi va oʻzbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni Oybek oʻzining adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qadimgi davridan to oʻtgan asrning 60-yillariga qadar kechgan shakllanish va taraqqiyot yoʻliga bagʻishlangan koʻplab maqolalar eʼlon qildi. Bu maqolalarning katta bir qismi Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti va ijodini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, ular keyinchalik Oybekning „Navoiy gulshani“ maqolalar toʻplamini tashkil etdi. Bu maqolalar navoiyshunoslikning oʻzbek adabiyotshunosligining muhim bir sohasi sifatida shakllanishi va rivojlanishiga hissa boʻlib qoʻshildi. Shu bilan birga Oybek Yozuvchilar uyushmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar boʻlimining raisi sifatida Navoiyning 500 yillik yubileyini tashkil etish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. A. Deych bilan birga rus tilida Navoiyga bagʻishlangan turkum maqolalar chop etdi (bu maqolalar mualliflarning 1968-yilda nashr etilgan „Alisher Navoiy. Literaturno-kriticheskiy ocherk“ kitobidan oʻrin olgan). Yirik adabiyotshunos Oybek „Abdulla Qodiriyning ijodiy yoʻli“ (1935) monografiyasi va boshqa maqolalarida 20-asr oʻzbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini,Alexander Pushkin, Lev Tolstoy va Maksim Gorkiy singari rus adabiyoti namoyandalarining oʻzbek yozuvchilariga taʼsiri masalalarini yuqori ilmiy-nazariy saviyada oʻrgandi. Mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyoti yutuqlarini qardosh xalqlarga tanishtirishda Oybekning rus tilidagi maqolalari ayriqcha ahamiyatga molik. Tarjimalari Serqirra ijod sohibi Oybek jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilib, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy asos solgan oʻzbek tarjima maktabini oʻzining yuksak darajadagi tarjimalari bilan boyitdi. Oʻzbek kitobxoni Oybek tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J. B. Molyerning „Tartyuf“, Alexander Pushkinning „Yevgeniy Onegin“, Mixail Lermontovning „Maskarad“, „Dovud Sosunli“ arman eposi, G. Geyne, I. A. Krilov, V. G. Belinskiy, E. Verharn va boshqalarning asarlari bilan tanishdi. Xotira Oybek oʻzining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatidagi faoliyati bilan oʻzbek xalqining madaniy yuksalishiga katta hissa qoʻshdi. 1980-yilda adib yashagan uyda Oybek uy-muzeyi tashkil etilgan va unga haykal oʻrnatilgan. Toshkentdagi maktab, xiyobon va metro bekatlaridan biri Oybek nomi bilan atalgan, Termiz davlat unversiteti, Toshkent viloyatidagi jamoa xoʻjaligiga Oybek nomi berilgan. Oybek vafotidan keyin „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan(2001). Adabiyotlar Bat L., Koshchanov M., Aybek. Kritikobiograficheskiy ocherk, M., 1966; Yoqubov H., Adibning mahrrati, T., 1966; Karimov N., Oybek, T., 1985; Karimov N., Oybek gulshanida qilgan gʻunchalar, T., 1985. Yoqubov H. Adibning mahorati. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1966. Qoʻshjonov M. Oybek mahorati. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965. Karimov N. Oybek. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985. Saidnosirova Z. Oybegim mening. T.: Sharq, 1994. Manbalar Havolalar „Sovet Oʻzbekistoni“ 28-fevral 1962-yil Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonlik shoirlar Shoirlar Adabiyotshunoslar Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Akademiklar
14,372
2857
https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla%20Qahhor
Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhor (1907-yil 17-sentyabr, Qoʻqon–1968-yil 25-may, Moskva) – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan keyin internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchi-batrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qoʻqonga borib, dastlab oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; koʻp oʻtmay „Yangi Fargʻona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chigʻiriq“ hajviy boʻlimiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). Soʻng uning bir qancha hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yoʻl“ jurnallari va „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga kiradi (1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Oʻzdavnashrda muharrir va tarjimon (1935–1953). 1954–1956-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va oʻsha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi. Ijodi Abdulla Qahhor ijodi sheʼriyat bilan boshlangan boʻlsada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. „Boshsiz odam“ (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Abdulla Qahhorning dastlabki ijodidagi „Qishloq hukm ostida“ qissasi (1932) shoʻro mafkurasi asosida yozilgan. Uning „Boshsiz odam“ hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy oʻtmish aks ettirilgan. „Qoʻshchinor chiroqlari“ (1951) romanida (dastlabki varianti „Qoʻshchinor“, 1946) jamoalashtirish davrining voqealari badiiy tasvirlangan. „Sarob“ romani Abdulla Qahhorning 30-yillardagi ijodida uning birinchi romani – „Sarob“ muhim oʻrinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini koʻrsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi oʻzbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va maʼnaviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. „Sarob“ keng mavzuli roman boʻlgani uchun yozuvchi oʻzining badiiy niyatini yalangʻoch holda koʻrsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari koʻrinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan. Mashhur asarlari Abdulla Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. „Olam yasharadi“ nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932-yilda bosilgan. Abdulla Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar eʼlon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. Abdulla Qahhorning nasriy asarlari orasida „Qoʻshchinor chiroqlari“ romani hamda „Sinchalak“ (1958), „Oʻtmishdan ertaklar“ (1965) va „Muhabbat“ (1968) qissalari muhim oʻrin tutadi. Undan tashqari „Boshsiz odam“, „Anor“, „Bemor“, „Oʻgʻri“, „Dahshat“, „Millatchilar“, „Sanʼatkor“, „Adabiyot muallimi“, „Oʻjar“, „Asror bobo“ kabi oʻnlab hikoyalar yozgan. „Shohi soʻzana“ (1949), „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962), „Ayajonlarim“ (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan. Komediyalari Abdulla Qahhorning isteʼdodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri – qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Shohi soʻzana“ („Yangi yer“, 1949–1953) komediyasini yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu komediyada qoʻriq yerlarning – Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishidan koʻra baʼzi kishilar ongidagi shoʻrning bartaraf etilishi mavzui birinchi oʻringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi oʻzbek adabiyotidagi asosiy konflikt – yangilik bilan eskilik oʻrtasidagi ziddiyat bu komediyada oʻzining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asarda Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy boʻyoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni oʻziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham oʻynalib, oʻzbek teatr sanʼatining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bundan ilhomlangan yozuvchi „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962) hamda „Ayajonlarim“ (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan, „Tobutdan tovush“da oʻsha davr uchun xos boʻlgan illatlar hajv oʻti ostiga olindi. Ayniqsa soʻnggi asarda Abdulla Qahhor oʻziga xos nozig tuygʻu bilan jamiyatdan poraxoʻrlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yoʻqotish istagida uning ayrim koʻrinishlarini sahnaga olib chiqdi, u „Soʻnggi nusxalar“ nomi bilan ham sahna yuzini koʻrdi. Tarjima asarlari Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida oʻzbek tilini nozig his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U oʻzining nasriy asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz imkoniyatlarini namoyish etishning ajoyib namunalarini berdi va oʻz ijodi bilan oʻzbek tili oʻzbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qoʻshdi. Abdulla Qahhor hayotining soʻnggi kunlarida shoʻro jamiyatida shaxsga sigʻinishning avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi „Zilzila“ qissasi ustida ish olib bordi. Lekin uni tugata olmadi. Abdulla Qahhor tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, Lev Tolstoy, Gogol, Chexov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirgʻiz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, fransuz, chex, polyak, bolgar, rumin, arab, hind, [[vetnam tili vetnam]] tillarida chop etilgan. Mukofotlari Abdulla Qahhor Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati."Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2000). Uning nomi Toshkent va Qoʻqondagi bir necha koʻcha, maktab va jamoa xoʻjaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan (1987).<ref>* Sharafiddinov O. Abdulla Qahhor. Toshkent. „Yosh gvardiya“, 1988. Nashr etilgan asarlar Abdulla Qahhor. Asarlar (5 tomlik). -T. : Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 1987–1989. Abdulla Qahhor „Zilzila“,— „Sharq yulduzi“, 1996, 11–12-son. Abdulla Qahhor internetdagi elektron kutubxonalarda OʻzLib kutubxonasi Adabiyotlar Qoʻshjonov M. Abdulla Qahhor mahorati. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1984. Sanjar Sodiqov. Soʻz sanʼati jozibasi. Toshkent. „Oʻzbekiston“, 1996. Sanjar Sodiq. Abdulla Qahhor ijodi va adabiy tanqid. Toshkent, „Universitet“, 1996. Normatov U. Abdulla Qahhorni anglash mashaqqati. Toshkent. „Universitet“, 1999. Qoʻchqorov R. Men bilan munozara qilsangiz. -T. Maʼnaviyat nashr. 1999. Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. – T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Manbalar Havolalar Nekrolog Oʻzbekistonlik yozuvchilar Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Sovet yozuvchilari
7,901
2860
https://uz.wikipedia.org/wiki/Hamid%20Olimjon
Hamid Olimjon
Hamid Olimjon (Hamid Olimjonovich Azimov) (1909-yil 12-dekabr, Jizzax – 1944-yil 3-iyul, Toshkent; „Forobiy“ qabristoniga qayta dafn etilgan) – oʻzbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida Samarqanddagi bilim yurtida (1923–1928), Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida (1928–1931) oʻqigan va ayni paytda „Zarafshon“ gazetasida boʻlim mudiri (1926–1927). „Yoshlar“ gazetasida (1931), „Qurilish“ va „Sovet adabiyoti“ jurnallarida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1932–1934), Til va adabiyot instituti (1934–1937) va Oʻquvpedagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–1939), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939–1944). Tarjimai holi Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzaxda tugʻilgan. Asarlari Hamid Olimjonning soʻz sanʼatiga qiziqishi onasi Komila ayaning ertaklari hamda bobosi Mulla Azim xonadoniga kelib turuvchi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlining doston va termalari asosida shakllangan. Dastlabki asarlari – „Koʻklam“ (sheʼrlar, 1929), „Tong shabadasi“ (hikoyalar, 1930). „Olov sochlar“ (1931), „Poyga“, „Oʻlim yovga“ (1932), „Daryo kechasi“ (1936), „Sheʼrlar“ (1937), „Oʻlka“, „Oygul va Baxtiyor“ (1939), „Baxt“ (1940), „Qoʻlingga qurol ol!“, „Ona va oʻgʻil“ (1942), „Ishonch“ (1943) sheʼriy toʻplamlari muallifi. Sheʼrlari Hamid Olimjon ijodining 1-davrida hikoyalar yozgan boʻlsada, uning isteʼdodi koʻproq lirik sheʼriyat tabiati bilan uygʻun boʻlgan. Dastlabki sheʼrlarida yangi adabiyot va yangi adabiy shakllar yaratish gʻoyasi hukmronlik qilgan. 30-yillarning oʻrtalariga kelib, hayotiy va ijodiy tajribasi oshishi bilan Hamid Olimjon ona-yurt tabiatidan, jamiyat va xalq hayotidan olgan boy taassurotlarini lirik sheʼr doirasida yorqin badiiy ifodalash sanʼatini egallay boshlagan („Kuychining xayoli“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Holbuki, tun…“, „Ishim bordir oʻsha ohuda“ va boshqalar). Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan ijodida 20-asr oʻzbek lirikasining yaxshi namunalari hisoblangan „Oʻrik gullaganda“, „Sevgi desam…“, „Tinim-sizdir yolgʻiz shabboda…“, „Shodlikni kuylaganimning sababi“, „Oʻzbekiston“ singari lirik sheʼrlarini yozgan. Bu sheʼrlar gʻoyaviy mundarijasi, shakli, goʻzal tili va uslubi bilan eʼtibor qozongan. Dostonlari 1916-yil Jizzax qoʻzgʻolonining shafqatsizlik bilan bostirilganini koʻrgan shoir 30-yillarda sovet mamlakatida olib borilgan qurilishlar, roʻy bergan iqtisodiy va madaniy oʻzgarishlarni koʻrib, kelajakka katta umid bilan qaragan. Hamid Olimjon qalbi va shuurini egallagan shunday nekbin tuygʻu va xayollar uning ijodida romantik tasvir metodining shakllanishiga sababchi boʻlgan. Shoir faqat lirik sheʼrlaridagina emas, balki shu davrda yaratgan „Ikki qizning hikoyasi“ (1937), ayniqsa, „Zaynab va Omon“ (1938) dostonlarida ham voqelikni shu metod yordamida tasvir etishga intilgan. Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937) hamda „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939) dostonlarini xalq ertaklari motivlari asosida yaratgan. Bu asarlar erksevarlik gʻoyalari, oʻz taqdirini xalq va mamlakat taqdiri bilan bogʻlagan qahramonlari hamda badiiy jozibasi bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida Hamid Olimjon oʻzbek folklori uchun xarakterli boʻlgan ona va oʻgʻil obrazlaridan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodiga xos tasvir usuli va vositalaridan yana ham keng foydalanib xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozgan („Qoʻlingga qurol ol!“, „Sharqdan Gʻarbga ketayotgan doʻstga“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“ va boshqalar). Ayni paytda u romantik tasvir usulidan foydalangan holda „Sevgi“, „Sen tugʻilgan kun“, „Jangchi Tursun“, „Roksananing koʻz yoshlari“ singari sheʼr va balladalarini yaratgan. Pogodin, Uygʻun va Sobir Abdulla bilan hamkorlikda „Oʻzbekiston qilichi“ (1942) dramasini yozgan, front safari (1943-yil, fevral) taassurotlari asosida esa publitsistik maqola va ocherklarini eʼlon qilgan. „Muqanna“ tragediyasi Hamid Olimjonning „Muqanna“ (1943) tragediyasi ham urush davrining ijtimoiy buyurtmasi asosida maydonga kelgan. Hamid Olimjon ushbu asarning markaziy qahramonlari – Muqanna, uning sevgilisi Guloyin va boshqa qahramonlar obrazlari orqali har bir mamlakatning mustaqilligi masalasi xalq taqdiri, shu xalqning ozodligi, farovonligi va kelajagi bilan bogʻliq gʻoyat muhim ijtimoiy va siyosiy masala ekanligini koʻrsatib bergan. Oʻzbek madaniy merosiga qoʻshgan hissasi Hamid Olimjon adabiy ijod bilan birga IT ishlari bilan ham mashgʻul boʻlgan. Ammo u shu davrda yozgan maqolalarida vulgar sotsiologizm taʼsiridan chiqib keta olmay, ayrim millatparvar yozuvchilar ijodini qoralagan. 30-yillarning 2-yarmida esa Hamid Olimjon „Alpomish“ xalq eposini nashrga tayyorlash va Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan uning adabiy merosini oʻrganish jarayonida mumtoz oʻzbek adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodiga katta mehr bilan yondashgan va madaniy merosimizning bu oltin sahifalarini toʻgʻri ilmiy pozitsiyadan turib talqin etgan. U Navoiy komitetining masʼul kotibi sifatida ulugʻ shoir merosini oʻrganish va asarlarini rus tiliga tarjima qilish ishiga katta hissa qoʻshgan. Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlangan „Alpomish“ dostoni (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli) esa uzoq yillar davomida xalq ogʻzaki ijodi asarlarini oʻrganish va ilmiy nashrini tayyorlash ishida asos boʻlib xizmat qilgan. Tarjima asarlari Hamid Olimjon adabiy ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etgan. U Pushkinning „Kavkaz asiri“ va „Suv parisi“ dostonlari, Mikhail Lermontovning „Zamonamiz qahramoni“ qissasidagi „Bela“ va Gorkiyning „Chelkash“ hikoyalari, N.Ostrovskiyning „Poʻlat qanday toblandi“ romani, A.Korneychukning „Platon Krechet“ pyesasi, shuningdek, Bayron, Pushkin, Shevchenko, P.Tichina, M.Bezimenskiy, M.Svetlov, K.Simonov, V.Inber kabi shoirlarning ayrim sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oilasi Turmush oʻrtogʻi: Zulfiya Isroilova (1915—1996) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1984). Qizi: Hulkar Ukasi: Sarvar Azimov (1923—1994) — sovet va oʻzbek yozuvchisi, davlat arbobi va diplomat. Xotira Hamid Olimjon 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasining Adabiyotchilar uyi, Samarqanddagi viloyat teatriga Hamid Olimjon nomi berilgan. Toshkent shahrida shoir nomi bilan atalgan maydonda unga haykal oʻrnatilgan (1990). Ushbu hudud yaqinidagi mahalla ham adib nomi bilan ataladi. Mashhur asarlari „Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“, „Ishim bordir oʻshal ohuda“ singari goʻzal sheʼrlari mashhur. „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937), „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939), „Zaynab va Omon“ (1938) kabi dostonlar va „Muqanna“ (1942), „Jinoyat“ (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Nashr etilgan asarlari Mukammal asarlar toʻplami (5 jildlik). Toshkent, „Fan“, 1975–1984. Manbalar Adabiyotlar Karimov N. Hamid Olimjon. Toshkent, „Yosh gvardiya“, 1990. Karimov N. Hamid Olimjonning poetik mahorati. Toshkent. „Fan“, 1964. Mamajonov S. Shoir dunyosi. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1972. Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Abdurahonov A. Alangaga aylangan uchqun. „Kamalak“ adabiy-tanqidiy ilmiy toʻplamda. -T. 1990. Azimov S. Hamid Olimjon abadiyati. T., 1967; Sen elimning yuragida yashaysan [H.Olimjon haqidaxotiralar], T., 1973; Mamajonov S, Shoir dunyosi, T., 1974; Karimov N., Goʻzallikningolmos qatralari [H.Olimjon lirikasi], T., 1979; Karimov N., Hamid Olimjon. Shoir hayoti va ijodidan lavhalar. T., 1979. Naim Karimov. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000. Asarlar [5j.li], 1–5-j.lar, T., 1970– 72; Mukammal asarlar toʻplami [Yuj.li], 1 – 10-j.lar, T., 1979-84. Havolalar Pravda Vostoka 03.07.1954 Toshkent oqshomi 25.05.1980 Oʻzbekistonlik shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonda yoʻl-transport hodisasi qurbonlari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari
8,340
2861
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mirtemir%20Tursunov
Mirtemir Tursunov
Mirtemir (taxallusi; asl ism–sharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5, Turkiston — 1978.25.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1971), oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir. Mirtemir Tursunov 1910-yilning 30-mayida Turkiston shahri yaqinidagi qishlogʻida tugʻildi. Eski maktabda taʼlim olgach (1919–1920), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920–1923) va Oʻzbek erlar bilim yurtida (1925–1929) tahsil koʻrgan. 1929-yil Samarqandga borib Oʻzbekiston MIK raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning kotibi boʻlib xizmat qilgan va ayni paytda, Pedakademiyaning til va adabiyot fakultetida oʻqiy boshlagan. U shu yillarda „Qizil qalam“ adabiy tashkilotining aʼzosi sifatida Botu, Oltoy singari „millatchilar“ bilan aloqada boʻlganligi uchun GPU tomonidan hibsga olingan (1932.8.8.). Qamoqdan ozod boʻlgach, „Yangi hayot“ gazetasida adabiy xodim (1936), respublika radioqoʻmitasida bosh muharrir (1941). Oʻzdavnashrda muharrir (1942), Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943–1944), Yozuvchilar uyushmasida boʻlim mudiri va maslahatchi (1957–1964), badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1965–1966) lavozimlarida xizmat qilgan. Sheʼriy toʻplamlari Mirtemirning „Shu'lalar qoʻynida“ (1928), „Zafar“ (1929), „Qaynashlar“ (1930), „Kommuna“ (1931), „Tong“ (1932), „Kipriklarim“, „Yodgorlik“ (1978) va boshqa sheʼriy toʻplamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari oʻrin olgan. Shoir qalamiga mansub „Dilkusho“, „Suv qizi“, „Oysanamning toʻyida“, „Surat“ (1957) dostonlari va „Qoraqalroq daftari“ sheʼriy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechogʻlik keng ekanini koʻrsatadi. Dostonlari 30-yillar oʻzbek sheʼriyatida doston janri katta mavqe kasb etadi. Mirtemir ham shu davrda „Barot“ (1930), „Xidir“ (1932), „Dilkusho“, „Suv qizi“ (1937), „Oysanamning toʻyida“ (1938), „Qoʻzi“ (1939) kabi dostonlarni yozadi va ularning aksarida oddiy mehnat axli vakillari obrazini yaratadi. Umuman, Mirtemirning sheʼr va dostonlariga xos xususiyat shundaki, u oddiy kishilar hayoti va mehnatida „sheʼriyatbop“ jihatlarni, ular ruhiy olamidagi goʻzallik jilvalarini oʻziga xos noziklik va zakiylik bilan koʻradi va aks ettiradi. Bu mirtemirona fazilat shoir ijodining urushdan keyingi davrida, ayniqsa, yorqin koʻrinadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi adabiy siyosat natijasida Mirtemirga ijod etish va yozgan asarlarini eʼlon qilish imkoni berilmagan. Natijada u tarjima va tahrir ishlari bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan. Qoraqalpoq sheʼriyatidan qilgan tarjimalari va „Qaraqalpoq daftari“ (1959) sheʼriy turkumining katta muvaffaqiyat qozinishi Mirtemirning „erkin“ ijodkorlar safiga qaytishi va ijodiy yasharishiga sababchi boʻldi. „Qoraqalpoq daftari“da (1957) namoyon boʻlgan xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik gʻoyalari shoirning qozoq, qirgʻiz va turkman diyorlariga qilgan safarlari taʼsirida yozilgan sheʼrlarida katta mahorat bilan davom ettirildi. Mirtemirning „Qoraqalpoq daftari“ turkumidan oʻrin olgan „Surat“ lirik qissasi esa 60–70-yillarda oʻzbek sheʼriyatida doston janriga eʼtiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Sheʻrlari Mirtemirning 60–70-yillarda yaratgan aksar sheʼrlari 20–asr oʻzbek sheʼriyatining tom maʼnodagi durdonalaridir. U shu davrda sheʼriy texnikani mukammal egallagan shoir sifatidagina emas, balki tarix va Vatan tuygʻulari bilan yashagan, shu muqaddas tuygʻularni yonar soʻz bilan ifodalagan shoir sifatida ham shuhrat qozondi. Mirtemir oddiy mehnat axliga ruhan yaqin, uning tabiatini, maishiy xayotini, tilining kamalak ranglarini, dilidagi orzu va armonlarini yaxshi bilgan, inson qalbidagi ruhiy kolliziyalarni teran his qilgan va tasvirlagan shoirdir. Mirtemirning chin maʼnoda xalq shoiri, milliy shoir boʻlganligi uning, ayniqsa, „Betobligimda“, „Bitta oʻzim bilaman“, „Toshbu“, „Bulut“, „Onaginam“, „Shudring“, „Barqut“, „Yali–yali“, „Ratti“, „Armon“, „Chirildoq“, „Sutdek oydin“, „Men kelgum“, „Hayda“, „Ona yurtim“, „Ona tilim“, „Koʻklamda“, „Pattining hasratlari“ singari oʻzbek ayollariga xos mehr–muhabbat, or–nomus, malohat, sabr-toqat va mehnatsevarlik fazilatlari kuylangan sheʼrlarida oʻz tajassumini topgan. Mirtemir bu va boshqa sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga xos xalqchillik ruhini behad darajada oshirdi. Ayni paytda Mirtemir sheʼrlari syujetliligi, tasvir etilayotgan zamon va makonning aniqligi, lirik qahramon ruhiy olamining yorqinligi va bokiraligi bilan ajralib turadi. Qoʻshiqlari Mirtemir sheʼriy ijodining muhim bir qismini qoʻshiqlar tashkil etadi. Shoir Katta Fargʻona kanali qurilishiga bagʻishlangan „Yali–yali“, shuningdek, „Bogʻ koʻcha“, „Bir goʻzal“, „Qaro koʻzli“, „Oʻynasin“, „Boqishi“, „Ustina“ singari qoʻshiqlar bilan oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼati ravnaqiga bebaho hissa qoʻshdi. Shu bilan birga, Mirtemir bir qancha publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi. Mirtemir oʻtgan asrning 60–yillarida oʻzbek sheʼriyatiga kirib kelgan talaygina yoshlarga ustozlik qilib, oʻzining adabiy maktabini yaratdi. {{she'r|Matn= Yaltirar suyri tepa, yaltirar qir uzunchoq, Kelinlar taqinchogʻi, uzuk koʻzlarimi yo? Chor atrof sabzalarda jimir–jimir koʻzmunchoq, Boʻy–boʻy dilrabolarning suzuk koʻzlarimi yo? Yoʻq bu giryon koʻzlarning yarqiro Tarjimalari Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta oʻrin egallaydi. U Abay, Mahtumquli, Berdaq sheʼrlaridan tashqari, qirgʻiz xalqining „Manas“ eposini (hamkorlikda), Shota Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon“ (hamkorlikda), Aleksandr Pushkinning „Ruslan va Lyudmila“, „Oyimqiz qishloqi qiz“, M. Lermontovning „Ismoilbek“, „Savdogar Kalashnikov haqida qissa“, N.A.Nekrasovning „Rusiyada kim yaxshi yashaydi“ kabi doston, qissa va ertaklarini, G. Geyne, A. M. Gorkiy, Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Samad Vurgʻun va boshqalarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „Karmen“ va „Ulugʻbek“ operalari, „Natalka–poltavka“, „Bayadera“, „Keto va Kote“ singari musiqali dramalar Mirtemir tarjimasida oʻzbek tilida sahnalashtirilgan. Mukofotlari Mirtemir Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti (1977) laureati. „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (2002). Toshkentdagi koʻcha va Andijon viloyati, Boʻz tumanidagi maktablardan biri Mirtemir nomi bilan atalgan. Shoir tugʻilgan Eski Iqon qishlogʻida Mirtemir uy–muzeyi barpo etilgan. Naim Karimov. Asarlari 4 jildlik. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980–1983. Adabiyot Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. –T.: „Yozuvchi“, 2000. Karimov N. va boshqalar 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. –T.: „Oʻqituvchi“, 1999. Azizov Q. Mirtemir. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Oʻdabiyot va sanʼat nashriyoti, 1969. Halilov T. Mirtemir mahorati. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980. Gʻafurov I. Ona yurt kuychisi. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1970. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Qozogʻistonlik oʻzbeklar Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureatlari
7,064
2863
https://uz.wikipedia.org/wiki/Usmon%20Nosir
Usmon Nosir
Usmon Nosir (1912–1944) – oʻzbek shoiri, tarjimon, dramaturg. Bolaligi Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida tugʻildi. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi internatda tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Taʼlimi Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. Qatagʻon 1937-yil 13-iyulda shoir „xalq dushmani“ sifatida hibsga olinib, 58-modda bilan sudlanadi va avval Zlatoust qamoqxonasiga, soʻngra Vladivostok va Magadan lagerlariga joylashtiriladi. 1943-yilda Kemerovo viloyatining Mariinskiy tumanidagi lagerga yuboriladi. 1940-yil 20-avgustda Usmon Nosir Magadan qamoqxonasidan Iosif Stalin nomiga ariza yuboradi va unda u uning „ishini“ qayta koʻrib chiqishni soʻraydi. Bu ariza Iosif Stalin, Lavrentiy Beriya tomonidan koʻrib chiqildi va ular tomonidan maʼqullandi. Oʻzbekiston rahbari Nosirov Usmon „ishini“ qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida buyruq oladi. 1944-yil oxiriga kelib komissiya tuzilib, Usmon Nosir begunoh deb topiladi va reabilitatsiya qilinadi. Vafoti Ammo shoir reabilitatsiya qilingunga qadar yashamadi. U 1944-yil 9-martda vafot etadi va 15-martda Kemerovo viloyatida yashovchi A. M. Sirota tomonidan Suslovo qishlogʻi (hozirgi Pervomayskoye qishlogʻi) qabristoniga dafn qilinadi. Har yili Kemerovo viloyatining Kemerovo shahrida shoir xotirasiga bagʻishlangan adabiy oʻqishlar boʻlib oʻtadi. U yerda Usmon Nosirning uy-muzeyi mavjud boʻlib, unda shoirning sheʼrlari oʻqiladi. Yana u yerda Usmon Nosirga haykal ham oʻrnatilgan. 2003-yilda atoqli oʻzbek shoiri va dramaturgi Usmon Nosir tavalludining 90 yilligi, 2022-yilda esa 110 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Ijodi Bolaligidan sheʼrlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning „Quyosh bilan suhbat“ (1932), „Safarbar satrlar“ (1932), „Traktorobod“ (1934), „Yurak“ (1935), „Mehrim“ (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda „Norboʻta“ (1932) va „Naxshon“ (1935) kabi dostonlari va „Atlas“, „Zafar“, „Soʻnggi kun“, „Dushman“ kabi dramalari bosildi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Shoirning: singari misralari bunga misoldir. Oʻzbek sheʼriyatida tuygʻularni bor boʻyicha, dolgʻali koʻrsatish anʼanasi yoʻq edi. Milliy sheʼriyatimiz odob, andisha qoliplaridan chetga chiqmaslikka urinardi. Usmon Nosir ana shu qoliplarni buzishga jur’at qilgan birinchi shoir boʻldi. Shoirning oʻz tuygʻularini: tarzida tasvirlashi miqyosi, koʻlami va taʼsirchanligiga koʻra mislsiz poetik hodisa edi. Shoirning: „Ilhomimning vaqti yoʻq selday keladi, Jalloddek rahm etmay dilni tiladi, Ayondir bir kuni aylaydi xarob“ shaklidagi iqrori, ayni vaqtda, ulkan badiiy kashfiyot hamdir. Usmon Nosir sheʼriyatiga xos eng rangin xususiyatlar uning „Yurak“, „Nil va Rim“, „Monolog“, „Nasimaga deganim“, „Yana sheʼrimga“, „Begona“, „Yoshlik“ singari oʻnlab bitiklarida yorqin namoyon boʻlgan. Nomini abadiylashtirish Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida Usmon Nosirga haykal oʻrnatilgan; Manbalar Shoirlar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekistonlik shoirlar
3,498
2864
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zulfiya
Zulfiya
Zulfiya Isroilova (1-mart 1915-yil — 1-avgust 1996-yil) — „Zulfiya“ nomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965) va Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1984). Taʼlim 1931-yil Xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirib, 1934-yil tugatgan. 1935-yil Oʻzbekiston SSR Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga oʻqishga kirgan. Faoliyati 1938—1940-yillarda Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir, Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941—1950), „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ (qarang „Saodat“ jurnali) jurnalida boʻlim mudiri (1950—1953), bosh muharrir (1954—1985) boʻlib ishlagan. Ijodi Uning ilk sheʼri 1931-yilda „Ishchi“ gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „Sheʼrlar“, „Qizlar qoʻshigʻi“ (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) toʻplamlari bilan bogʻliq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi. 1940-yillar oxirida eʼlon qilingan Sovet Ittifoqining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyotiga ham katta zarar keltirdi. Zulfiya badbin kayfiyatlar — pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida taʼna toshlari ostida qoldi. Shundan keyin u, boshqa qalamkash birodarlari singari, „davr gʻoyalari“ni ifodalovchi sheʼrlar yozishga oʻtdi. Lekin koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollari hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida sheʼr va publitsistik maqolalar yozdi, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi, insoniy haq-huquqlarining poymol boʻlmasligi uchun kurashdi. 1950-yillarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. „Mushoira“, „Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush“, „Qozogʻiston oʻlanlari“, „Men chizolmagan surat“ singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yil lardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. „Oʻylar“ (1965) sheʼriy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili „Visol“ (1972), „Yillar, yillar…“ (1975) sheʼriy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. U yana doston janriga qaytib, ustoz Oybekning soʻnggi safariga bagʻishlangan „Quyoshli qalam“ (1970) dostonini yaratdi. Ayni paytda shoira bolalarga bagʻishlangan turkum sheʼrlar ham yozdi („Lolaqizgʻaldoq“, 1975). Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun „Semurgʻ“ pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon“ operasi librettosini yozdi. Tarjimalari A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov. N. A. Nekrasov, M. Voqif, L. Ukrainka, M. Dilboziy, S. Kaputikyan, E. Ognetsvet, M. Karim, P. Amrita, Y. Bagryana va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari koʻplab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Mukofotlari Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning „Kirill va Mefodiy“ (1972) ordeniga sazovor boʻlgan. Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan. Nashr qilingan asarlari Tanlangan asarlar (3 jildlik). Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983—1986. Oilasi Turmush oʻrtogʻi — Hamid Olimjon publitsist, adabiyotshunosi va jamoat arbobi. Qizi — Hulkar Akasi — Karimjon Isroilov. Akasi — Normat Isroilov NKVD Xorazm boʻlimida ishlagan. 1937-yil qatag'ong uchrab, Toshkentda otib tashlangan. Nabirasi — Lola Muhiddinova — tarixchi va tarjimon. Manbalar Havolalar Biografiyasi (ruscha) Adabiyotlar Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975; Zulfiya [bibliografiya], Toshkent, 1977; Sultonova M., Zulfiya, Toshkent, 1985; Ibrohimov M., Quyoshli sheʼriyat ijodkori, Toshkent, 1986; Ehtirom [nashrga tayyorlovchilar: Rahima Shomansurova, Raʼno Rahmonova], Toshkent, 1995. Naim Karimov. m. G. Gulyama, 1983. Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965. Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. Toshkent: „Yozuvchi“, 2000. Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985. Oʻzbekistonlik shoiralar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Oʻzbekiston xalq shoirlari 1915-yilda tugʻilganlar 1996-yilda vafot etganlar Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari Sovet yozuvchilari
5,430
2865
https://uz.wikipedia.org/wiki/Nazarmat%20Egamnazarov
Nazarmat Egamnazarov
Nazarmat (Nazarmat Egamnazarov; 1917.7.11, Tojikiston, Xoʻjand, Nov qishlogʻi) — shoir, jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). Samarqand universitetini tugatgan (1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. „Qizil Oʻzbekiston“ (1947–1954), „Toshkent haqiqati“ gazetasi tahririyatida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954–1985). Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida boshlangan. „Yoshlik zavqi“ (1941), „Vatan ishqi“ (1949), „Yashil dalalar“ (1955), „Sir boʻyi — nur boʻyi“ (1959), „Togʻdagi gulxanlar“ (1962), „Nay sadosi“ (1965), „Bahor qoʻshigʻi“ (1968), „Shahrimiz bolalari“ (1970), „Mangu olov“ (1972) sheʼriy toʻplamlari muallifi. Koʻplab sheʼrlari qoʻshiq boʻlgan. „Yurakdagi oʻq“ dostoni (1965) va „Sayyod jasorati“ qissasi (1973) Ikkinchi jahon urushi mavzuida. Abulqosim Firdavsiy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Mirzo Tursunzoda, Mirshakar va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Nazarmatning shoir boʻlishida akasi Ashurmat Nazarovning (1913–1964) taʼsiri kuchli. Shoirning ilk toʻplami — „Yoshlik zavqi“ 1941-yilda chop etildi. Shundan beri Nazarmatning 20 ta sheʼriy, 8 ta nasriy, 10 ta tarjima asarlari toʻplamlari chop etildi. Uning „Sir boʻyi - nur boʻyi“ (1959), „She'rho“ (1977), „Gul va gulxan“ (1997), „Zamin chiroyi“ (2001) toʻplamlari ijodkorga shuhrat keltirdi. „El yurt hurmati“ ordeni, „Jasorat“ medali sohibi. Unga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berilgan. Asarlari Mangu olov. Sheʼr va dostonlar. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1987. Gul va gulhan. Saylanma asarlar. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti 1997. Ona koʻrsatgan yoʻl. Ocherk va xotiralari. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti 1997. Dilnoma. (Yozuvchilar Nazarmat ijodi haqida) T: Yozuvchi, 2002 yil. Manbalar Oʻzbekistonlik yozuvchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
1,849