folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotogalereya: Tabiat haqidagi haqiqatni aks ettiruvchi suratlar
Dunyo odamlarni hayratlantirishdan to‘xtamaydi. AdMe atrof-muhitdagi hayratlanarli narsalar va holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
63
137
Foto
“Pokiston monumenti”ni tomosha qilgan Prezident, nishonlangan bo'salar festivali, Janubiy Koreyada o'rmon yong'inlari — 4 mart suratlari
Polshaning Przemisl shahri temir yo'l stantsiyasida Ukrainadan kelgan yaqinini kutib olgan ayol. Ukrainadagi urush milliondan ortiq odamni o'z uyini tashlab chiqishga majbur qildi. Shavkat Mirziyoev 4 mart kuni “Pokiston monumenti” milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Islomobod shahridagi bu majmua qariyb 3 gektar maydonni egallagan, uch yil davomida qurilib, 2007 yilda ochilgan. Yodgorlikning shakli gul barglariga o'xshaydi. To'rtta yirik barg Pokistonning to'rt provintsiyasini ifodalaydi. E'tiborlisi, majmua boburiylar me'morchiligi an'analari asosida barpo etilgan. Bu yerda tarix muzeyi ham bor. Prezident Jo Bayden 2021 yilgi jinsiy tajovuz va jinsiy zo'ravonlikka qarshi majburiy arbitrajni tugatish to'g'risidagi qonunni imzolaganidan so'ng jurnalist, yozuvchi va ayollar huquqlarini himoya qilish bo'yicha advokat Gretchen Karlsonga qalamni topshirdi. Si Tszinpin xitoy xalq Siyosiy Konsultativ Kengashining ochilish majlisiga tashrif buyurdi. xitoyda bahor kelishi munosabati bilan ajdarho raqsi ijro etilmoqda. Avstraliyada yuz bergan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Janubiy Koreyada o'rmon yong'inlari yuz berdi. Yong'inlarini o'chirish uchun maxsus xizmat jalb etilgan. Rim Papasi Vatikanda ommaviy ovoz berish marosimini o'tkazdi. Indoneziyaning Bali orolida an'anaviy bo'salar festivali o'tkazildi. Angliyada Dalton-Mills to'qimachilik fabrikasi yonib ketdi. U yerda Peaky Blinders va “Daunton Abbatligi” filmlari suratga olingan.
136
1,559
Foto
#trashtag fleshmobi: ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari chiqindilarni yig‘ishtirib, “avval va keyin” nomli suratlarni internetga joylamoqda (foto)
10-mart kuni Reddit foydalanuvchisi “barcha zerikkan o‘smirlar” uchun challenge uyushtirdi. U foydalanuvchilardan chiqindi tozalashdan “avval va keyin”gi holat aks ettirilgan suratlarni internetga joylashni so‘ragan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
145
247
Foto
Irina Viner va Alina Kabayeva Toshkentga tashrif buyurdi (foto)
21-aprel kuni Toshkentdagi Gimnastika saroyida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi doirasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda Rossiya Federatsiyasining badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Jamoa bilan birgalikda Toshkentga uning bosh murabbiyi va Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner yetib keldi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi. Shu kuni Jahon kubogi bosqichining rasmiy ochilish marosimiga faxriy mehmon sifatida Alina Kabayeva ham yetib keldi. Samarqandda tug‘ilgan Irina Viner badiiy gimnastika bo‘yicha uch karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 1992-yildan u Moskvada yashab keladi va 2001-yildan Rossiyaning badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoasiga murabbiylik qiladi. Uning shogirdi Alina Kabayeva esa badiiy gimnastika bilan Toshkentda shug‘ullanishni boshlagan, 1995-yildan Moskvaga ko‘chib o‘tib, sport karyerasini Irina Viner rahbarligi ostida davom ettirgan.
63
964
Foto
Dunyo aholisining pandemiya sharoitida yangi hayot tarziga ko‘nikayotganini aks ettiruvchi suratlar
Aksariyat davlatlarda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantin yumshatilmoqda. Savdo markazlari, restoranlar, istirohat bog‘lari va bolalar maydonchalari qayta ochilmoqda. Biroq endi insonlarning hayot tarzi avvalgidek bo‘lmaydi. TravelAsk dunyo aholisi pandemiya sharoitida yangi hayot tarziga qanday moslashayotgani aks etgan suratlarni e’lon qildi. Bangkokdagi qahvaxonada mijozlarga qahvani uzatishning yangicha usuli o‘ylab topildi. Yaponiyadagi barda sanitar ishlov berilayotgan tashrif buyuruvchi. Bangkokdagi bankda ayrim o‘rindiqlarga o‘yinchoqlar o‘tqazib qo‘yildi. Rim shahrida sport zalida odamlar karantindan so‘ng shunday shug‘ullanmoqda. Bruklin aholisi bir-biri bilan masofa saqlagan holda dam olmoqda. Madrid shahridagi vokzalda poyezd kutuvchilar uchun oyoqlar rasmi chizib qo‘yildi. Niderlandiyadagi maktabda bir-biridan ajratib qo‘yilgan o‘quvchilar. Portugaliyadagi istirohat bog‘idagi o‘tlar ustida masofa saqlash kerakligini anglatuvchi belgilar paydo bo‘ldi. Germaniyadagi futbol maydoniga tomoshabinlarning kartondan qirqilgan suratlari o‘rnatildi. Indoneziyada masofa saqlagan holda guruchga navbatga turgan odamlar. Italiya ko‘chalarida piyodalar hamda velosipedchilarni bir-biridan ajratib turuvchi chiziqlar paydo bo‘ldi. Fransiyaning Burbur kommunasidagi qariyalar uyida yashovchilar hamda mehmonlarni bir-biridan ajratib turuvchi to‘siq paydo bo‘ldi.
99
1,420
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng hashamatli 9 ta limuzin (foto)
TravelAsk dunyodagi eng qimmatbaho limuzinlar haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. El Dorado Cadillac Limo 22 metrli Eldorado limuzini 1982-yilda ishlab chiqarilgan. Uning ichida barcha qulayliklar, hatto SPA-salon ham mavjud. Biroq u muyulishlarda qayrila olmagani uchun, avtomobildan faqat ko‘rgazmalarda foydalaniladi. Jet-limuzin Narxi: 1 million dollar 16 metrli transport vositasi o‘zida Mercedes va Boeing’ni jamlagan. U ichiga 50 kishini sig‘dira oladi. Mini Cooper limuzini Narxi: 1,35 million dollar Qozog‘istonlik taniqli shaxsga tegishli ushbu limuzin oynalari oltin bilan qoplagan, salon Swarovski toshlari va san’at asarlari bilan bezatilgan. Ultra Kustom Coach Narxi: 1,8 million dollar Ultra Kustom Coach’ning uzunligi 21 metr, u 1996-yilda Kaliforniyada yaratilgan. Diskotekaga mo‘ljallangan limuzin Narxi: 2,5 million dollar Ushbu avtomobil kecha va bazmlarga mo‘ljallangan va 40 kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Limuzin 22 tonna og‘irlikka ega. U dunyodagi eng og‘ir limuzin sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.  “Kadillak-1”  Narxi: 3 million dollar Ushbu avtomobilda bemalol urushga borsa bo‘ladi. U ko‘zdan yosh oqizuvchi granata otadigan jihozlarga, xususan pulemyotga ega. Limuzinda AQSh prezidentlari harakatlanadi. Unda har ehtimolga qarshi Trampning qoni saqlanadi. Amerika orzusi Narxi: 4 million dollar 30 metrli avtomobil dunyodagi eng uzun limuzin hisoblanadi. Unda jakuzi, basseyn, karavot va vertolyot maydonchasi bor. Betmobil Narxi: 4,2 million dollar Avtomobilni betmen va hashamatli avtomobillar ishqibozi yaratgan. Bruney sultonining “Rolls-Roys”i Narxi: 14 million dollar Ushbu limuzin Bruney sultoni Xassanal Bolkiaxning buyurtmasiga binoan ishlab chiqarilgan.
58
1,721
Foto
Fotogalereya: Dunyoqarashni besh daqiqada kengaytiradigan suratlar
Kishilarning atrofidagi narsalar ba’zan ular o‘ylagandan ko‘ra o‘zgacha bo‘ladi. AdMe ana shu o‘zgacha tomonni ko‘rsatuvchi suratlarni taqdim etdi.
66
147
Foto
Sahrodagi motopoyga, Marsga tayyorgarlik koʻrayotgan kosmonavtlar, bekor boʻlgan lokdaun — 11 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Polshada Yevropa Ittifoqi tarafdorlari namoyish oʻtkazmoqda. Hindistonning Kalkutta shahrida Durga Puja festivali davom etmoqda. «Greenpeace» ekoharakati a‘zolari Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning haykaliga neft surtib chiqdi. Meksikada ot minish boʻyicha tarixiy musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Isroildagi fazo poligonida Marsni oʻrganishga moʻljallangan Yevropa va isroillik astronavtlar tayyorgarlik jarayonidan oʻtmoqda. Livanning Sidon shahridagi neft omborlaridan birida yongʻin kelib chiqdi. Avstraliyaning Sidney shahridagi restoranlar uch oydan koʻp davom etgan lokdaundan keyin oʻz eshiklarini mijozlarga qayta ochmoqda. Marokashda boʻlib oʻtayotgan rallida qatnashayotgan chililik poygachi Pablo Kuintilla. Braziliyaning San Paolo shahrida koronavirusdan vafot etganlar uchun oʻrnatilgan yodgorlik oralab oʻtayotgan odam. Shaharda 38 ming kishi kasallikdan vafot etgan. Polshada kuzning ilk qirovlari barglarga hujum qildi.
111
1,000
Foto
Fotogalereya: Meksikadagi o‘liklar kuni
Meksikada eng mashhur bayramlardan biri — O‘liklar kuni sharafiga paradlar bo‘lib o‘tdi. Bayram 1—2-noyabr kunlari nishonlanadi va o‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan. TJournal bu yilgi paraddan lavhalarni taqdim etdi.
39
217
Foto
Kutilmaganda ro‘y bergan kulgili voqealar aks etgan suratlar (foto)
Har kimning ajablangani, hayratlangani, xursand bo‘lgani yoki aksincha, xafa bo‘lgani aks etgan suratlari mavjud. Albatta, ular kutilmaganda ro‘y beradi va kadrga muhrlanadi. Ularni oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin ham tomosha qilib, zavqlanish mumkin. AdMe  ana shunday suratlarning bir nechtasi bilan bo‘lishdi. Har qanday bayramni unutilmas kunga aylantiradigan insonlar borligi shubhasiz. Jarrohning noodatiy ishxonasi. “Mening kuchugim” deb nomlangan mushuk kartinasi. Ko‘pchilik hozir aprel deb o‘ylaydi, bu shunchaki 105-yanvar. Men parhezni boshlaganim uchun hattoki koinot ham qarshidek. Agar buning o‘rniga lotereya chiptasini sotib olganimda edi... Yeryong‘oqli shirinlikda yeryong‘oqning o‘zi yo‘q. Ammo murojaatimga nisbatan kompaniya xodimlari ushbu shirinliklarni yubordi. Abrau-Dyurso shampan vinosi zavodining tunnellariga ekskursiya. Umidsizlikning ko‘rinishi. Dengiz qirg‘og‘iga bo‘ron chiqarib tashlagan toshlar. Bola boshidan. Katalog bo‘yicha buyurtma berilgan tort tug‘ilgan kunda boshqacha ko‘rinishda yetib keldi. Odatiy jihozning noodatiy ko‘rinishi. Kamchilikni hamma sezdimi? Hammaga ham haydovchining kimligi qiziq bo‘lsa kerak.
67
1,173
Foto
Fotogalereya: Yovvoyi tabiatning eng quvnoq suratlari
Comedy Wildlife Photography Awards tanlovining 2018-yilgi filnalchilari ma’lum bo‘ldi. Tanlovda yovvoyi tabiatning hajviy suratlari ishtirok etadi. G‘oliblar 15-noyabrda e’lon qilinadi. TravelAsk ana shu finalchilarning ijod namunalarini taqdim etdi.
53
250
Foto
Toshkentdagi Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi faoliyati — suratlarda
AOKA va Milliy gvardiya tomonidan 25 yanvar, seshanba kuni bir qator OAV vakillari va jurnalistlar uchun Toshkent shahridagi Temurbeklar maktabi harbiy-akademik litseyiga press-tur tashkil etildi. Unda ishtirok etgan “Bugun.uz” muxbiri muassasa faoliyati va o'quvchilarning ta'lim jarayonidan fotoreportaj tayyorladi. Qayd etilishicha, ushbu maktabga o'quvchilar 9-sinfni bitirganidan so'ng, ma'lum imtihonlar asosida qabul qilinadi. Yiliga 100 nafar o'quvchi qabul qiladigan muassasaga 2021 yil 1250 nafardan ortiq hujjat kelib tushgan. Ayni paytda esa 100 nafar birinchi kurs va 100 nafar ikkinchi kurs o'quvchisi ta'lim oladi. “Yoshlar o'rtasida bizning maktabga bo'lgan qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Maktabimiz umumta'lim maktablaridan farq qiladi, chunki biz oliy harbiy ta'limga, shu bilan birga fuqarolik oliy ta'lim tizimiga o'quvchilarni tayyorlaymiz. Ta'lim tizimimiz ikkita: aniq fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishida olib boriladi. Hozirgi kunda Temur tuzuklarini alohida maxsus kurslarda o'rganish, psixologiya, huquqshunoslik fanlarini ham yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda. Bizda faqat o'quv jarayoni bo'lmaydi, kunning ikkinchi yarmida o'quv-mashg'ulotlari olib boriladi”, — dedi Temurbeklar maktabi tarix o'qituvchisi Islom Inoyatov. Ta'kidlanishicha, hukumatning tegishli qarori bilan Temurbeklar maktabini tamomlagan o'quvchilarga oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun imtiyozlar beriladi. Maktab xodimi “Bugun.uz” muxbiriga uning tartibi borasida ma'lumot berdi. “Temurbeklar maktabi o'quvchilari uchun berilgan imtiyozdan foydalanish uchun avval o'zlari yashab turgan tumanda tibbiy ko'rikdan o'tadi, bilimi tekshirilishi uchun diktant yozdiriladi, so'ng jismoniy tayyorgarlik tekshiruvi va psixologik testdan o'tib kelishi lozim. Ushbu bosqichdan so'ng viloyat bosiqichida ham shunday imtihonlardan o'tadi va undan so'ng hujjatlarini bizga yuborishadi. Biz esa ularni Davlat test markaziga yuboramiz”, — dedi Islom Inoyatov. Uning so'zlariga ko'ra, imtiyoz yiliga 100 nafar o'quvchiga beriladi. Testlardan o'tolmaganlar esa odatiy abiturientlar qatori oliy o'quv yurtlariga imtihon topshiradi. Bundan tashqari, imtiyozga ega bo'lmagan o'quvchilarga harbiy oliygohlarga topshirganda yiqqan baliga 30 foiz, fuqarolik OTMlari bo'lsa, 15 foiz qo'shib beriladi. “Yoshligimdan Vatanni himoya qilishdek sharafli kasb egasi bo'lishni orzu qilardim. Otam ham shu kasb egasi va men ham ularga havas qilib, shu dargohga kirdim. Biroq shunday holatlar bo'lardiki, Yangi yil kechalari bayramni ularsiz kutishga majbur bo'lardik, ko'p oilaviy tadbirlarni dadamsiz o'tkazardik. Shunga qaramay, orzu qilgan kasbimga erishishdan chekinmadim. Eratlab soat sakkiz yarimda darslar boshlansa, kechqi soat yettiga qadar o'qish-o'rganish bilan band bo'lamiz”, — dedi maktab o'quvchisi Zaylobiddin Valiev.   Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston oliy harbiy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning yangi tartibi belgilangandi. Shuningdek, O'zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoev raisligida xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tgani xabar qilingandi.
71
3,138
Foto
Foto: Har kuni tarixiy liboslarda qishloq bo‘ylab sayrga chiqadigan angliyalik er-xotin
Angliyada yashovchi er-xotin har kuni turli davrlarga oid teatr liboslarida sayr qiladi, deb yozadi BBC. Bakingemshir grafligida yashovchi 45 yoshli liboslar ustasi Izabella Pitcher har kuni eri Lukas bilan tarixiy kiyimlarda sayrga chiqadi. Ayolning aytishicha, karantindan avval turli tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan, shuning uchun ko‘plab tarixiy liboslar tayyorlab qo‘yilgan edi. Pandemiya tufayli barcha tadbirlar bekor qilindi. Liboslar ustasining aytishicha, kiyimlarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish kerak. Qishloqdoshlari esa uning eri bilan har kunlik moda namoyishini kutib o‘tiradi. U hazil tariqasida so‘nggi hafta ichida bir yil davomida ko‘rmagan qishloqdoshlarini ham ko‘rganini aytadi. Ayol qishloqdoshlari bilan masofa saqlagan holda ko‘rishishlarini ham ma’lum qilgan.  Amerikalik ayol Instagram’dagi “layk”lar uchun har kuni yangi oqshom libosidagi surati bilan bo‘lishadi (foto)
87
916
Foto
Test: Jonivorlarni qulog‘iga qarab farqlay olasizmi?
Jonivorlarni qulog‘iga qarab farqlay olasizmi? Unda BuzzFeed tayyorlagan bu test siz uchun. Testning yuklanishini biroz kuting. Error while processing playbuzz: 0 Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
52
319
Foto
Fotogalereya: Qirolicha va mamlakatning birinchi xonimlarining kundalik ko‘rinishi
Odamlar mamlakat birinchi xonimlari, qirolichalari va malikalarini bashing kiyimlarda ko‘rishga o‘rgangan. Ammo bu ayollar oddiy sayrga otlansa qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Aslida ular ham oddiy odamlar kabi qulay kiyimlarni afzal ko‘radi. AdMe ularni kundalik kiyimlarida tushgan suratlarini taqdim etdi. Xitoy birinchi xonimi Pen Liyuan Iordaniya qirolichasi Raniya Fransiya birinchi xonimi Brijit Makron AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp Yaponiya malikasi Masako Monako knyaginyasi Sharlen Daniya taxt vorisi Meri Niderlandiya qirolichasi Maksima Ispaniya qirolichasi Letisiya Belgiya qirolichasi Matilda Sasseks gersoginyasi Megan Kembrij gersoginyasi Ketrin
82
674
Foto
Fotogaleryea: Urush nafaqat insonlar, balki hayvonlarga ham ta’sir ko‘rsatgan
Urush nafaqat mamlakatlar tarixida, balki odamlar yuragida ham iz qoldiradi. Qirg‘inbarot janglarda mardlik va jasurlik, sadoqat va do‘stlik, mehr va o‘zaro yordam har qachongidan ham ko‘proq qadrlanadi. Gap faqat insonlar haqida ketmayapti. Axir urush hayvonlarni ham chetlab o‘tmaydi. Ular ham uyini yo‘qotadi, ochlikka duchor bo‘ladi, qo‘rquv va og‘riqlarni his qiladi, ba’zi jasur hayvonlar esa urushda jang qiladi. Ko‘p hayvonlar askarlar bilan birga jang qilgan, boshqalari esa insonlarni odam bo‘lib qolishiga yordam bergan, qalbini isitgan va ruhiy madad bergan. Hayvonlar ham fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan. Travel Ask ana shunday rasmlarni taqdim etdi.
77
691
Foto
Fotogalereya: Qishning mo‘jiza ekanligini isbotlovchi suratlar
AdMe qish faslining go‘zal manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
62
72
Foto
Foto: O‘z-o‘zini izolyatsiyalash mavzusidagi eng yaxshi suratlar
Agora rasmlar almashish servisi o‘z-o‘zini izolyatsiyalash mavzusida o‘tkazilgan #StayHome xalqaro fototanlovining eng yaxshi suratlari bilan bo‘lishdi. Suratlar professional ijodkorlar bilan bir qatorda havaskorlar tomonidan ham taqdim etilgan: ayrim suratlarda balkondagi qo‘shnilar tasvirlangan bo‘lsa, ayrimlari izolyatsiya vaqtini maroqli o‘tkazishga bag‘ishlangan, yana bir qismi insonlardagi turli hissiyotlarni — quvonch, qayg‘u zerikish, sevgini namoyon etadi. “Tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlashning ispancha usuli” “Dam olish uchun uyda o‘tkazilgan maksimal vaqt” “Kelinglar, uy qurib, kino ko‘ramiz” “Sahroyi Kabir bilan uyda zavqlaning”  Uxanda o‘quvchilar maktabga qaytmoqda. Karantindan keyingi o‘qish — suratlarda “Kosmonavtlar” “Yuksak aloqa” “Opa-singillar” “Qahramon” “Uyda qol va o‘yna” “Kuniga bitta surat” “Kambag‘allik va epidemiyada omon qolish” “Niqob tikish vaqti” “Tomga chiqib kuylayotganlar”  Muxlislariga cho‘ntak puli berayotgan Nilufar Usmonova, Munisaning dushmanlariga murojaati, Turkiyada e’tirof etilgan o‘zbek xonandasi. Mashhurlar karantinda “Uyda qol, xavfsizlikda bo‘l” “Kitoblar bilan uyda qoling” “Kasallik qarshisida ko‘proq boshpanasizlar zaifdir” “Karantin vaqtida bolalar uy ichida”
64
1,249
Foto
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan olingan va har qanday tanlovda g‘olib bo‘lishi mumkin bo‘lgan ajoyib suratlar
Chiroyli suratga olish uchun qimmatbaho uskunalar ham, professional fotograf ham bo‘lishingiz shart emas. Ajoyib kadrni smartfonda ham olish mumkin, asosiysi kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish va o‘sha lahzani ushlab qolish. “Men bu rasmni 6 yil oldin iPhone’da olganman. Rasmda Monblan tog‘iga (4807 m) ko‘tarilayotgan gid”. “Xotinim va qiziquvchan o‘g‘lim yomg‘ir ostida” “Quyosh botishini suratga olayotgan edim, skeytbordchi suratga mukammal tushishini kutmagan edim” Qordagi sham “Men ozuqa uchun sho‘ng‘iyotgan o‘rdaklarni suratga olish uchun 200 ga yaqin kadr oldim. Bu surat eng yaxshisi”. “Ekspeditsiya paytida muz g‘orini suratga oldim. Ko‘zlarim bunday manzaraga ishonch hosil qilishi uchun o‘zimni chimchilab ko‘rdim”. “Birinchi qor yog‘ayotgandi. Men xotinim va o‘g‘lim fastfud do‘koniga ketayotgandk. Bu manzarani ko‘rgach, kamerani oldim va suratga tushirdim” “O‘zimni dengiz va pushti ko‘l o‘rtasida dron bilan suratga oldim”. “Qor fonidagi soyalar kontrasti e’tiborimni tortdi va dron yordamida bu kadrni oldim” “Anchadan beri shunday suratga tushishni xohlardim va bir kuni shunday ham bo‘ldi” Piyodalar yo‘lkasi “Muzlatkichdan shishadagi suv oldim, ichiga qarasam, muzli g‘orga o‘xshadi va tezda suratga oldim” “Bo‘ron bir nechta daraxtlarni qulatib, tunnelni to‘sib qo‘yibdi” “Quchoqlashib turgan surikatlarni suratga olishga muvaffaq bo‘ldim”. Qor bo‘roni paytidagi ko‘prik “O‘zimni shu holda 1,5 soat davomida suratga oldim, shunda shamning erigan qoldiqlari uzunroq bo‘ladi. Xavotirlanmang, kuyganim yo‘q. Sham past erish haroratiga ega, birinchi qatlam biroz issiq edi, keyin esa hech narsani sezmaysiz”.
121
1,645
Foto
Dunyoning sayyohlar uchun eng xavfli bo‘lgan 10 ta nuqtasi (fotogalereya)
AdMe sayyoraning xotirjamlik bilan ta’tilni o‘tkazib bo‘lmaydigan burchaklari ro‘yxatini tuzdi. Bu yerda sayyoradagi eng yuqori harorat qayd etilgan  — +56,7 daraja. O‘lim Vodiysida bir kecha-kunduz suvsiz yashash o‘limga olib kelishi mumkin. Afrika qit’asidagi Efiopiya davlati shimolida Danakil deb nomlanuvchi cho‘l bor, uni Yerdagi do‘zax deb ham atashadi. Gap shundaki, bu yerda havo 50, ba’zan 60 darajagacha, yer esa 70 darajagacha qizib ketishi mumkin. Bundan tashqari, sahro hududida ko‘plab vulqonlar bo‘lib, ular vaqti-vaqti bilan oyoq ostidan qaynab chiqadi, shu tufayli, bu yerda qum ustida yurayotib, kuyib ketish hech gapmas. Vulqonlar hosil qilgan daralardan zaharli bug‘lar chiqadi, oltingugurt kislotasi va gazdan iborat ko‘llar ham mo‘l. Danakilning Arab tektonik plitasi darz ketgan yerda joylashgani bularning barchasiga sababchidir. Bu yerda halok bo‘lish yoki gazlardan zaharlanib, sog‘liqni yo‘qotish turgan gap. Sayyoradagi eng xavfli joylardan biri sifatida AQShning Nyu-Gemshir shtatidagi Vashington tog‘i tan olingan. Bu yerda 1934-yilda shamolning Yer yuzasidagi rekord darajali tezligi qayd etilgan — soatiga 372 kilometr! Bu yerda shamol yil bo‘yi kuniga o‘rtacha 16 soatdan esadi. Shiddatli shamol odamni yerga qulatishi mumkin. Bundan tashqari, bu joyning yana bir o‘ziga xosligi — havo harorati -40 darajagacha ham tushib ketishi mumkin. Indoneziyaning Sumatra orolidagi faol vulqon. Bu yerda vulqon otilishi juda tez-tez kuzatiladi, u yaqin oradagi qishloqlar va shaharlarning minglab aholisini boshpanasiz qoldiradi. Atlantika okeanida joylashgan orol ilonlarga to‘lib-toshgan: ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bir kvadrat metr maydonga bittadan beshtagacha sudralib yuruvchi to‘g‘ri keladi. Buning ustiga bu yerda eng xavfli ilonlardan biri — orol botropsi yashaydi. U juda qisqa vaqt ichida o‘ldirishga qodir, chunki uning zahri tananing tezlikda jonsizlanishiga olib keladi. Ilonlarni orolning hamma joyida uchratish mumkin: ular yerda o‘rmalaydi, daraxt shoxlarida osilib yotadi yoki butalar soyasiga yashirinadi. Ular asosan, hech narsadan gumon qilmay, daraxt shoxiga qo‘nadigan qushlar bilan oziqlanadi. Ko‘rinishidan juda manzarali joy, ammo bog‘dagi har qanday o‘simlik yoki hasharotga tegib ketish natijasida qichishish, toshma va sog‘liqning yomonlashishi kelib chiqishi mumkin. Bu yerda zaharli gazlarning yuqori konsentratsiyasi mavjud bo‘lib, u barcha tirik jonzotlarni xavf ostida qoldiradi. AQSh ushbu hududda atom quroli sinovlarini o‘tkazgani tufayli, bu yerda radiatsiya darajasi anomal tarzda yuqori. Atollda uzoq vaqt qolish natijasida onkologik kasalliklarni orttirish xavfi yuzaga keladi. Bu yerdagi timsoh fermasi xo‘jayini yarim yopiq solni ijaraga beradi, u yerda turib, sayyohlar timsohlarni tomosha qilishi va ularga ozuqa tashlashi mumkin. Afar tumanida joylashgan Erta Ale vulqoni — sayyoradagi eng notinch joylardan biri. Yer doimiy ravishda harakatlanadi, jarliklar esa ishonib bo‘lmas tezlik bilan hosil bo‘ladi.
73
2,985
Foto
Fotogalereya: 2012-yilda halokatga uchragan Costa Concordia kemasining bugungi ko‘rinishi
2012-yilning 13-yanvaridan 14-yanvariga o‘tar kechasi Costa Concordia kruiz layneri O‘rtayer dengizida, Italiyaning Jilyo oroliga yaqin yerda halokatga uchradi. Uning bortida 4200 kishi bor edi. Ayrimlarga bu fojia rosa 100 yil muqaddam, 1912-yilning 13-aprelidan 14-apreliga o‘tar kechasi halokatga uchragan “Titanik” kemasini eslatib yubordi. Kruiz kemasi kapitani bergan ma’lumotga ko‘ra, layner navigatsion xaritada aks ettirilmagan qoyalarga urilgan, buning oqibatida borti yorilib, suv ostiga g‘arq bo‘lgan. Fojia oqibatida bir qancha odam nobud bo‘lgan. “Zamonaviy Titanik”da barcha yo‘lovchilarga yetarli miqdorda qutqaruv qayiqlari topilmagan. Bundan tashqari, ekipaj a’zolari qayiqlarni suvga to‘g‘ri tushira olmagani oqibatida ular ham suvga to‘lib qolavergan. Ayrimlar taqdirini o‘z qo‘liga olib, qirg‘oqqacha suzib borishga qaror qilgan. “Titanik”dan farqli ravishda, Costa Concordia suv ostida ko‘p yotmadi. Tez orada 300 metrli laynerni qirg‘oqqa olib chiqishga qaror qilindi. Germaniyalik suratkash Jonatan Danko Kiyelkovski  dengizdan olib chiqilgan kema qoldiqlaridan noyob fotoreportaj tayyorladi. U tushirgan suratlar TravelAsk saytida taqdim etildi. Layner suv ostidan chiqarilmoqda. Costa Concordia’dagi barcha xonalar xarob ahvolda, go‘yo kema o‘n yillab suv ostida yotganday. Costa Concordia suv ostiga g‘arq bo‘lgan tarixdagi eng yirik kema hisoblanadi. 6122 zavod raqamini olgan kema qurilishi Italiyaning Fincantieri kemasozlik korxonasi tarafidan uch yil davomida olib borildi. 2005-yil 2-sentabrda kema birinchi marta suvga chiqarildi. An’anaga ko‘ra, yangi kemaning “tug‘ilgan kuni” nishonlanganida uning bortiga shampan shishasi urib sindiriladi. Ammo o‘sha kuni shisha sinmadi, bu esa juda yomon belgi hisoblanadi. Layner halokatini tekshirgan ekspertlar kema nega yo‘nalishdan chekinib, qirg‘oqqa xavfli masofaga yaqinlashganini tushuna olmadi. Bu faktni tushuntirar ekan, layner kapitani Franchesko Skettino fojia kuni Jilyo orolida yashaydigan sobiq kapitan bilan salomlashish uchun qirg‘oqqa yaqinlashganini tan oldi. Kruiz laynerining hududi juda keng. 15 ta palubada 4 ta hovuz, 1450 ta kayuta, 5 ta restoran, kazino, fitnes markazi va boshqa narsalar joylashgan edi. Fojia oqibatida yetkazilgan zararning umumiy summasi 1,5 milliard yevroga baholanmoqda. Costa Concordia’ni suv ostidan ko‘tarish uchun kema sohibi bo‘lgan kompaniya kamida 600 million yevro sarflagani aytilmoqda. Kayutalardan biri. Vayron bo‘lgan konsert zali. Eski hashamat izlari.
89
2,500
Foto
Moskvada ekstremal sportga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi (foto)
Moskva muzeyida mavsumning eng ekstremal deb atash mumkin bo‘lgan ko‘rgazma loyihasi — S-Fest ochilmoqda, deb yozadi Afisha Daily. U ekshen-sport-fotografiya va kinoga bag‘ishlangan. Nashr ko‘rgazmada taqdim etilgan ba’zi fotosuratlar bilan bo‘lishdi.
66
251
Foto
Xarid qilgan mahsulotlari hafsalasini pir qilgan insonlar tomonidan olingan suratlar
Yangi narsa sotib olish ba’zida tavakkal qilishga o‘xshaydi. Shunday bo‘ladiki, internet do‘konda chiroyli ko‘ylakka buyurtma berasiz, nihoyat kelganda, uning o‘lchami bir xil emasligi yoki bichimi fotosuratdagidek ko‘rinmaydi. Yoki mazali yegulik sotib olasiz, lekin u o‘ramdagi rasmga umuman o‘xshamaydi. Birinchi marta biror narsa sotib olish oson emas. “Bitta ham shokolad bo‘lagi chiqmadi” “Rostini aytsam, bu basseyn boshidanoq xotinimga shubhali darajada arzon ko‘ringandi” “Internetdan yangi poyabzal sotib oldim” Quyosh nurini o‘tkazmaydigan pardalar “Oxirgi marta internet orqali oyoq ostiga gilamcha sotib olgandim” Ba’zi ishlab chiqaruvchilar tejamkorlik haqida ko‘p narsa biladi “Hech bo‘lmaganda barglari burama-ku” “Yangi boshmoqlarimni yaxshi ko‘raman!” “Bugun yangi brendning shokoladli pechenyelarini tatib ko‘rdim” “Biroz hafsalam pir bo‘ldi” “Do‘stim menga devorga mo‘ljallangan gobelen sovg‘a qildi, ammo uni ochganimda...” “Bir do‘stim eBay orqali Gonkongdan yuborilgan iPad’ni 5 dollarga sotib oldi. O‘zimni kulgidan to‘xtata olmadim” “Mukammal bo‘lishini kutmagan edim, lekin bunaqa chiqishi xayolimga ham kelmagandi” Ko‘nglimni qoldirgan shokolad “Ichidagi kremi qani?” “Kechki ovqatni intiqlik bilan kutgandim” Kichkintoy Yoda umuman boshqacha ekan Bu migrenga qarshi muzli qalpoq bo‘lishi kerak edi “Yegim kelib, sotib olgandim, ammo keyin...”
84
1,388
Foto
Sony World Photography Awards tanlovi talqini bo‘yicha dunyoning 16 ta eng yaxshi surati (foto)
Sony World Photography Awards fotolar tanlovida dunyoning turli mamlakatlaridan minglab fotograflar ishtirok etadi, deb xabar beradi AdMe. Joriy yilda ushbu tanlovga 319 561 ta surat taqdim etildi. Quyida tanlov talqiniga ko‘ra, 16 ta eng yaxshi surat e’tiboringizga havola etiladi. “Namibning buyuk devori”. Paranuy Pitxayarungsarit, Tailand. “Oldinga yo‘l” Chin Bun Leng, Singapur. “Sen uxlayotganingda”. Martin Stranka, Chexiya. “Uchar baliq tutish tarmoqlari”, Denni Vong, Malayziya. “Kiritish minorasi”, Yangi Janubiy Uelsdagi suv ombori”. Kris Raund. Avstraliya “Quyosh tutilishi jarayoni”. Vensze Syao, AQSh. “Emilning portreti”. Nik Dolding, Buyuk Britaniya. “Lofoten formasi”. Mikkel Beyter, Daniya. “So‘lakli jiraf”, Pedro Jark Krebs, Peru. “Bolqonda erta kuz”. Veselin Atanasov, Bolgariya. “Brom tog‘lari go‘zalligi”, Chjo Vin Xlain, Indoneziya. “Haq huquq talashish”. Pyotr Sabol, Xorvatiya. “Qora teshik”, Deymon Bekford, Finlyandiya. “So‘zsiz sayohat”. Jeyms Gifford, Botsvana. “Model”. Bassam Allam, Misr. “Mutafakkir”. Ingrid Vekemans, Belgiya.
95
1,075
Foto
O‘z vaznining teng yarmini yo‘qotib, tamoman boshqa ko‘rinishga ega bo‘lgan insonlar (foto)
Ortiqcha vazn kishining tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. To‘la insonlarning vazn tashlashi ularning butunlay boshqa insonga o‘xshab qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. “Ikki yil ichida 198 kilodan 77 kiloga ozdim”. “Parhez qildim, sport bilan shug‘ullandim va xayolan o‘zimni semiz deb bilmay qoldim. Natijada 113 kiloga ozishning uddasidan chiqdim”. “Hozir 29 yoshdaman, 19 yoshimdagidan ikki baravar — 60 kiloga ozdim”. “Uch yilda erishgan natijam”. “Bir vaqtlar hatto do‘konga piyoda bora olmas edim”. “Uch yilda 204 kilodan 77 kiloga ozdim”. “74 kilo ozganimdan keyin qora ko‘ylagim o‘zimga yarashadigan bo‘lib qoldi”. “Ikki yil o‘tib, xuddi shu natija”. “61 kiloga ozdim”. “Ikki yilda 11 kilo vazn tashladim. Va nihoyat yuzim kadrda to‘liq ko‘rinadi”. “17 oylik harakatning natijasi o‘laroq 122 kilo ozishning uddasidan chiqdim”.
91
857
Foto
Fotogalereya: Toshbaqalar orasidagi maxluqlar (video)
Toshbaqalar odatda beozor, yuvosh va yoqimli hayvon hisoblanadi.  Ammo ularning orasida maxluq sifatlari ham bor. Kayman va grif toshbaqasi agressiv toshbaqalar hisoblanadi. Travel Ask ularning rasmini taqdim etdi. Grif toshbaqasi Kayman toshbaqasi
53
252
Foto
Erkak ota bo‘lishi haqida fotosessiya chog‘ida xabar topdi (foto)
24 yoshli Brianna Dou homilador ekanligidan xabar topgach, bu haqda darhol turmush o‘rtog‘i Brendonga aytmadi, unga o‘zgacha syurpriz hozirlamoqchi bo‘ldi, deb yozadi “Barbara.babyblog.ru”. Brianna to‘ylarida fotosuratchilik qilgan Samanta Boosni chaqirib syurprizli fotosessiya uyushtirishga qaror qildi. Belgilangan kuni er-xotin bog‘da fotosuratchi bilan uchrashdi, u ularga bittadan taxta berib, o‘sha paytdagi hissiyotlarini tasvirlovchi uchta so‘zni yozishni so‘radi, shundan so‘ng ular o‘z taxtalarini bir-biriga berdi. Brendonning taxtasida “Sevgilim, yoqimtoyim, shirinim” so‘zlari bitilgan bo‘lsa, Brianna “Siz ota bo‘lasiz” degan jumlani o‘z taxtasiga tushirgan edi. Brendon yozuvni o‘qib, o‘z hissiyotlarini tutib tura olmadi va yig‘lab yubordi, so‘ng rafiqasini uzoq quchdi. Ushbu ajoyib lahzalarning barchasi endi Doular oilasining oilaviy arxivida saqlanadi.
65
876
Foto
Fotogalereya: Dunyo mamlakatlari politsiyalari
Dunyo mamlakatlari politsiyasining formasi turlicha ko‘rinishga ega. AdMe ana shu xizmat xodimlarining suratlarini taqdim etdi.
46
127
Foto
Mushuk bilan selfi tushayotgan vazir, daraxtlar ostida qolgan mashinalar, yonib ketgan shifoxona — 13 iyul suratlari
E‘tiboringizga kunning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Iroqning Nosiriya shahrida koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxona issiqlik sabab kislorod ballonlarining portlashi oqibatida yongʻin ostida qoldi. Natijada ellikka yaqin bemor vafot etgan. AQShning Oregon shtatida oʻrmon yongʻinlari yuz berdi. Yongʻinni oʻchirishda samolyotlardan ham foydalanilmoqda. Angliyalik muxlislar futbolchi Markus Rashford surati tushirilgan devor oldiga unga dalda beruvchi soʻzlar yozilgan qogʻozlar va gullar olib kelmoqda. Futbolchi Yevropa chempionati finalida penaltilar seriyasida toʻpni darvozaga yoʻllay olmadi. Shveysariyaning Syurix shahrida kuchli shamol va toʻfon natijasida daraxtlar sinib, mashinalarni bosib qoldi. Turkiyaning Izmir shahri sohillarida otliq polisiyachilar nazorat tadbirlarini olib bormoqda. Napoleonning Moskvaga yurishida u bilan birga kelgan ofiserlardan birining jasadi qoldiqlari Rossiyadan Fransiyaga qaytarildi. Xitoyning Hunan provinsiyasidagi Grand Kanyondan arqonda sakrayotgan turist. Vellingtonda koʻngilli qutqaruvchilar yetim qolgan kosatkaga yordam koʻrsatmoqda. Yangi Zelandiya tashqi ishlar davlat kotibi Kris Sid Londondagi safari chogʻida mushuk bilan selfi tushmoqda. Rossiyalik kinoijodkorlar Yuriy Kolokolnikov, Choʻlpan Hamatova, Ivan Dorn va Yuliya Peresild Fransiyadagi Kan kinofestivali paytida suratkashlardan yashirinmoqda.
116
1,377
Foto
Fotogalereya: Mashhur va nufuzli shaxslar saqlangan qamoqxonalar
Saudiya Arabistonida 5-noyabr kuni korrupsiyada gumonlanib, 11 nafar shahzoda, bir qator oliy mansabli shaxslar va nufuzli ishbilarmonlar qo‘lga olingani haqida ma’lum bo‘ldi. Korrupsiyada ayblanayotganlar mamlakatdagi eng yaxshi mehmonxonalardan biriga joylashtirildi. Buning uchun Ritz Carlton mehmonxonasidan 100 dan ortiq mehmon chiqarib yuborilgan. “Kommersant” mashhur va nufuzli shaxslar jinoyat sodir etgani uchun saqlangan joylar suratlari jamlanmasini taqdim etdi.  Dunyodagi eng hashamdor “qamoqxona”. Qo‘lga olingan saudiyalik shahzodalar 5 yulduzli mehmonxonaga qamaldi (foto+video) 2016-yilda Isroil sobiq bosh vaziri Exud Olmert pora olganlikda ayblanib, oqsuyaklar uchun mo‘ljallangan “Maasiyagu” qamoqxonasiga jo‘natilgan. Bu yerda beton to‘siqlar yo‘q, tikanli simlarni esa evkalipt daraxtlar yashirib turadi. Siyosatchining kelishidan oldin qamoqxona bir million dollar sarflab, ta’mirlangan va mebellar o‘zgartirilgan. 2011-yildan 2016-yilgacha xuddi shu qamoqxonada nomusga tegish jiinoyati uchun Isroilning sobiq prezidenti Moshe Katsav saqlangan. U uzoq vaqt qamoqxona kiyimini kiyishdan bosh tortgan va yahudiylikning asosiy bayramini hamda o‘g‘lining nikoh to‘yini oila davrasida nishonlash uchun ta’til olgan. Filadelfiyada 1929-yilning may oyida qo‘lga olingan gangster Al Kapone bir yillik qamoq jazosini o‘tash uchun shahar qamoqxonasiga jo‘natilgan. Mashhur jinoyatchining kamerasi saqlashning qulay sharoitlarda taqdim etilgan “Avenyu xiyoboni bloki” qanotida joylashgan edi. Xususan, mafiya boshlig‘ining xonasi yaxshi isitilgan, yaxshi mebel va gilamlar bilan jihozlangan va devorlarga moy bo‘yoqda chizilgan suratlar osilgan edi. Bundan tashqari Al Kapone radiodan musiqa eshitishi mumkin bo‘lgan. Hozirgi paytda xohlovchilar sayyohlik guruhi tarkibida bu xonani borib ko‘rishi mumkin. 2000-yilning 13-iyunida “Media-Most” xoldingi rahbari Vladimir Gusinskiy firibgarlikda gumonlanib, hibsga olingan. Mediamagnat Butirskiy qamoqxonasida uch kun saqlangan. Bu vaqt ichida uning kamerasida televizor, muzlatgich va elektr ustara paydo bo‘lgan. Uning ortida esa sutka davomida ofitserlar tinimsiz navbatchilikda turgan. Vladimir Gusinskiyning o‘zi muassasaning kattasi etib tayinlangan va mahbuslarga “Media-Most” jurnalining sonlarini bepul tarqatishga kelishgan. 2014-yilning may oyida Paragvay sudi narkobaron Jarvis Ximenes Pavaoni sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. 2016-yilning yozida uning “Takumbu” qamoqxonasida saqlanish sharoitlari ma’lum bo‘ldi. Kamera uchta xonadan iborat bo‘lib, katta ekranli televizor bilan jihozlangan. Shuningdek, u yerda oshxona, majlislar zali, kiyim ilinadigan javon, kichik kutubxona va hatto yugurish yo‘lakchasi ham bo‘lgan. Xonada gitara, filmlar va seriallar disklarining kolleksiyasi bo‘lgan. Uning ustunlik tarafi pul ishlab olishga ham imkon bergan. Bir martalik besh ming dollarlik to‘lov va oylik 600 dollar ijara haqi evaziga Ximenes boshqa mahbuslarga xonalardan birida yashashga ruxsat bergan. Chili diktatori Augusto Pinochetning safdoshlari uning o‘limidan so‘ng qotillik va harbiy jinoyatlarda ayblanib, qamalgan. Mahbuslar nufuzli “Kordilyera” qamoqxonasiga joylashtirilgan. Ularda internetdan, kabelli televideniyedan va tennis kortidan foydalanish imkoniyati bo‘lgan. 2013-yilda maxfiy politsiyaning sobiq rahbari o‘z intervyusida qamoqxonadagi qo‘riqchilar uning hassasini ushlab turish uchungina kerakligini ma’lum qilgan. Mahbuslar barbeku kechasi uyushtirmoqchi bo‘lgani va o‘z qarindoshlarini taklif qilmoqchi bo‘lgani haqidagi xabar katta noroziliklarga sabab bo‘lgan. Chili rahbariyati mahbuslarni oddiy qamoqxonaga o‘tkazishga qaror qilgan. Pinochet razvedkasining sobiq rahbari Odlaner Mena bu haqda xabar topib, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan. Norvegiyalik terrorchi Anders Breynik 77 kishining o‘limi uchun 2012-yilda 21 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan va muddatni cheksiz uzaytirish imkoniyati bo‘lgan “Ila” qamoqxonasiga joylashtirilgan. Breynikni saqlash sharoitlari boshqalarnikiga qaraganda yengilroq bo‘lgani uchun u eng maksimal jazoni olgan va bu Norvegiyadagi birinchi holat bo‘lgan. Breynikning bir kishiga mo‘ljallangan kamerasida uchta xona bor: yotoqxona, kabinet va trenajor xonasi. U internetdan, televizordan va videoo‘yinlardan foydalanishi mumkin. Biroq terrorchining o‘zi bu sharoitlardan bir necha marta shikoyat qilgan. Breynik sovuq qahvadan, havo namlantirgichning yo‘qligidan va derazadan ko‘rinadigan manzaraning xunukligidan norozi bo‘lgan. Kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobar 1991-yilda o‘zi uchun qurdirgan ”La Katedral” qamoqxonasiga qamalgan. Mahbusning saqlanish joyi, diskoteka, suzish havzasi, jakuzi, sauna va futbol maydonidan iborat kompleks bo‘lgan. Eskobar qamoqxonani bemalol tark etishi va u yerdan o‘zining kokain biznesini boshqarishi mumkin bo‘lgan. Sheriklari 1992-yilda uni o‘marib ketganida, Eskobar ularni mazkur qamoqxonaga olib kelgan va urib o‘ldirgan. Kolumbiya hukumati Eskobarni oddiy qamoqxonaga ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilgan, biroq Eskobar qochib qolishga ulgurgan. 2017-yilning 5-noyabrida Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumonlanib, 11 nafar shahzoda, 4 nafar amaldagi va 38 nafar sobiq vazir qo‘lga olindi. Tergov vaqtida ular besh yulduzli Ritz Carlton mehmonxonasiga joylashtirildi. Biroq hibsda saqlanayotganlar mehmonxonaning ba’zi xizmatlaridan foydalana olmaydi: ular tunni foyyedagi matraslar ustida o‘tkazdi. Yopinchiq vazifasini esa gilamlar bajardi. Ayni vaqtda Ar-Riyoddagi Ritz Carlton’da rasman 16-noyabrgacha xona band qilib bo‘lmaydi.
64
5,552
Foto
Kun fotosi: Xitoyning ajoyib peyzajlari
TravelAsk Xitoyning Ninguo shahridagi sarvlarning qush parvozi balandligidan qaralgandagi suratini taqdim etdi. Sarv — doimo yashil rangda bo‘luvchi daraxt va butalar oilasiga mansub. Uning to‘q yashil bargi qadim zamonlardan buyon qayg‘u ramzi hisoblanib kelinadi va shu sababli sarvlar janubiy iqlimdagi qabristonlarda o‘stiriladi. Bundan tashqari uning manzarali daraxt sifatida o‘stiriladigan Cupressus sempervirens L, hamda xona o‘simligi sifatida parvarish qilinadigan Cupressus macrocarpa turlari ham mavjud.
39
516
Foto
Fotogalereya: Qari itlar yangi xo‘jayinli bo‘lishi uchun ularga bepul sartaroshlik qiluvchi nyu-yorklik grumer
Nyu-yorklik professional grumer (jonivorlar yungini parvarish qiluvchi mutaxassis) Mark Imxov egasiz, ko‘chada qolib ketgan keksa itlarga yordam berishning o‘ziga xos yo‘lini topdi. AdMe’ning yozishicha, u jonivorlar saqlanadigan muassasalarga borib, u yerdagi jonivorlar o‘ziga yangi ega topa olishi uchun, ularga bepul sartaroshlik qiladi.
110
341
Foto
Zolushka, Bell va boshqa Disney malikalari uslubidagi bahoriy obrazlar (foto)
Qishki qalin va qo‘pol liboslardan charchagan ayol-qizlar, bahorda har doimgidan ham boshqacharoq ko‘rinish, tamoman boshqacha imijga ega bo‘lmoqchi bo‘ladi. O‘zgarishga qaror qilgan, ammo ishni nimadan boshlashni bilmayotganlar uchun esa multfilmlardagi malikalardan ilhomlanish tavsiya qilinadi. Ariel Arielniki singari ayollarga xos jozibali ko‘rsatadigan och ko‘k libos nafaqat kundalik sayrlar, balki restoranga borish uchun ham ayni muddao. Yenglari keng va belga urg‘u beradigan bluzkaga moslangan keng yubka atrofdagilarni bee’tibor qoldirmasligi aniq. Oyoq kiyim sifatida baletka tanlash va sochlarni bog‘ichli zakolka bilan yig‘ish obrazni esda qolarli bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Rapunsel Rapunsel uslubida kiyinish uchun yenglari fonar shaklidagi och pushti rangli libos ustidan xuddi shu rangdagi korset kiying. Noodatiy poyabzal va aksessuarlar bilan obrazni yakunlang. Zolushka Zolushka uslubida kiyinish restoran yoki teatrlarga borish yoki bahorda shunchaki sayr qilish uchun ham a’lo variant. Buning uchun keng bichimli libos, atlas matodan tikilgan qo‘lqoplar bilan minimal uslubdagi taqinchoqlardan foydalaning. Mulan Mulan uslubida kiyinish ayniqsa, kundalik obrazlar uchun yaxshi tanlov. Mosh rang kurtka bilan qora charm etik va yupqa sviterni moslab bemalol kechki salqindagi sayrlarga chiqishingiz mumkin. Bell Sohibjamol Bell uslubida kiyinish uchun esa yoqalari keng bo‘lgan bluzka ustidan jinsi matoli ko‘ylak yoki sarafan kiying. Qulay baletka kiyish va romantik ko‘rinishingizga sabab bo‘ladigan taqinchoq taqishni unutmang. Pokaxontas Jasur Pokaxontas singari kiyinish uchun, yelkaning bir tomoni yopiq turadigan ko‘ylak ustidan qalin kamar taqing. Qulay poyabzal va olovrang toshli zanjir sizni boshqalardan ajralib turishingizga sababchi bo‘ladi.
77
1,791
Foto
Xitoy pandemiya sharoitida Yangi yilga tayyorlanmoqdareportaj
Xitoy 12 fevralda kirib keluvchi Yangi yilni nishonlashga tayyorgarlik koʻrmoqda. Xitoy taqvimiga koʻra, 2021 yil Buqa yili boʻlib, mamlakatda rasmiy dam olish kunlari 2021 yilning 11 fevralidan 17 fevraliga qadar davom etadi. Bayram tantanalari esa an'anaviy ravishda 16 kun boʻladi va 12 fevraldan 26 fevralgacha oʻtkaziluvchi fonarlar festivali bilan birga nishonlanadi. XXR Sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasining ma'lum qilishicha, bayram arafasida mamlakatda koronavirus infeksiyasining yangi holatlari aniqlanmagan. Avvalroq JSSTning Uxanda koronavirus kelib chiqishi holatini qanday tekshirayotganligi xabar qilingandi.
61
626
Foto
Sharqiy sohildagi mojaro, Filippinda boʻshab qolgan koʻchalar, 50 yoshli oʻquvchi, poezd halokati — 2 aprel suratlari
Bir necha oʻn yillardan buyon Isroil Falastin hududi, jumladan, Iordan daryosining sharqiy qirgʻogʻida noqonuniy ravishda koloniyalar tashkil qilib kelmoqda. Bunga qarshi xalqaro tashkilotlar va jahon hamjamiyati oʻz noroziliklarini bildirib keladi. Ammo amaliy jihatdan hamon biror-bir chora koʻrilgani yoʻq. Bunga qarshi esa faqatgina Falastin xalqi qarshilik qilmoqda. Bugun ham falastinliklar Isroil kolonizasiyasiga qarshi harakatlarni amalga oshirdi. Bugun koʻplab nasroniylar Muqaddas juma bayramlarini nishonladi. Koronavirus pandemiyasi davriga toʻgʻri kelayotgan bu bayramlar oʻzgacha atmosferada oʻtkazilmoqda. Filippinda ham odamlar mazkur bayramni cherkovlar tashqarisida oʻtkazdi. Shu bilan birga, mamlakatda koronavirusga qarshi kurash tadbirlari oʻlaroq karantin e'lon qilingan. Karantin sabab poytaxt Manila koʻchalari huvullab qoldi. Ilm olishning erta-kechi yoʻq. Esingizda boʻlsa, oʻtgan yillarda Oʻzbekistonda ham 90 yoshli otaxonlar OTMga oʻqishga kirishga hujjatlar topshirgan edi. Nigeriyada ham 50 yoshli onaxon ilm olishga kirishdi hamda oʻrta maktabga qatnashni boshladi. Bundan tashqari, uning oʻz shaxsiy biznesi bor. U tikuvchilik qilish va ip sotish bilan ham shugʻullanadi. Poezd eng xavfsiz transport vositalaridan biri, desak yanglishmagan boʻlamiz. Ammo, shunga qaramay, mazkur transport vositasi bilan halokatlar uchrab turadi. Xususan, bugun Tayvanda yoʻlovchi poezdi halokatga uchradi. Halokat tunneldan chiqishda sodir boʻlgan. Natijada 50 nafarga yaqin yoʻlovchi halok boʻlgan.
117
1,517
Foto
Malayziyada yirik suv toshqinlari yuz berdi. 25 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi (foto)
Malayziyada yirik suv toshqinlari oqibatida 25 mingdan ortiq odam uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Bernama agentligi xabar berdi. Mahalliy hokimiyat suv bosgan hududlardan aholini evakuatsiya qilish uchun 66 mingdan ortiq politsiya xodimlari, armiya va o‘t o‘chiruvchilarni jalb qilgan. Toshqinlarda mamlakatning Selangor shtati eng ko‘p zarar ko‘rgan, ushbu hududdan 15 ming kishi 100 dan ortiq yordam markazlariga evakuatsiya qilingan. Tabiiy ofat tufayli o‘nlab avtomobil yo‘llari yopildi, quruqlikdagi qatnovlar to‘xtatildi, deyiladi xabarda. Avvalroq Braziliya shimoli-sharqida kuchli yomg‘ir suv toshqinlarini keltirib chiqargandi. Oqibatda minglab odamlar vaqtinchalik boshpana izlashga majbur bo‘lgan, kamida yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan. Dekabr boshida Avstraliyaning Kvinslend shtatini suv bosib, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgandi, mingga yaqin kishi uylarini tashlab ketgan.
93
920
Foto
Dunyo samolyotlarining eng hashamatli 7 ta kabinasi qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Qulay parvoz qilish — birinchi klassda uchish, degani. Biroq birinchi klass kabinalari orasida shundaylari borki, ular bilan hatto shaxsiy samolyotning qulayliklari ham tenglasha olmaydi. AdMe barcha qulayliklarga ega shunday hashamatli kayutalar suratlarini taqdim etdi. Kenglik — Singapur havo yo‘llarining ustun jihati hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda qizil daraxtdan ishlangan va yuqori sifatli teri bilan qoplangan karavotlar ham keng, alohida kupelar ham keng. Menyu aviakompaniyaning tarkibiga butun dunyoga mashhur bosh oshpazlar kiruvchi Xalqaro oshpazlar kengashi tomonidan nozik did bilan tuzib chiqilgan. Qatar havo yo‘llarining birinchi klassi par ko‘rpali eng qulay karavotlarga ega. O‘nta taomdan iborat tushlik ikra, lobsterlar, arab oshxonasi taomlari va eng yaxshi shokoladni o‘z ichiga oladi. Qolaversa, ichimlik va gazaklarga ega bar ham mavjud. Avstraliya lyuksida parvoz qilish davomida sizga nafaqat pijama, balki yuz uchun krem ham berishadi. Agar sizni pijama va yuz uchun krem hayratda qoldirmasa, sizga massaj va spa ham taklif qilishlari mumkin. Ha, samolyotning ichida. Birinchi klass, aniqrog‘i, brilliant klass butun boshli uydan yaxshiroq ko‘rinishga ega. Ikki o‘rinli karavot, eng yaxshi yeguliklar va to‘liq servis. Bu yerda shaxsiy dush, hojatxona va mehmonxona ham bor. Haqiqiy lyuksga xos bo‘lganidek, bu yerda har bir o‘rindiq oxirgi texnika bilan jihozlangan va to‘liq avtomatlashtirilgan. Barcha boshqaruv 23 dyuymli ekran orqali bo‘lib, undan o‘zingizga tushlik yoki o‘z o‘rindig‘ingizni karavotga aylantirishni buyurtma qilishingiz mumkin. Yaponiya birinchi klassi daraxt va tabiiy teridan qoplamaga ega. O‘rindiqlar karavotga ham aylanadi va samolyotning qolgan qismidan to‘sib qo‘yish imkoni mavjud. Shuningdek, katta ekran orqali barcha zarur narsalarni buyurtma qilish mumkin. Fransiyaning La Premiere lyuksi, kutilganidek, restoranga o‘xshaydi va u yerda o‘zingizga istalgan narsani buyurtma qilishingiz mumkin. Shundan keyin o‘rindiqlar qulay divan yoki karavotga aylanadi, unda televizor ko‘rish yoki kitob o‘qish uchun joy yetarli.
82
2,098
Foto
Turkiyada dunyodagi eng xavfli tog‘ yo‘li ochiladi (foto)
Yaqinda Turkiyada yangi turistik yo‘nalish — dunyodagi eng xavfli yo‘l ochiladi, deb yozmoqda TravelAsk. Turkiyada ochiladigan yo‘l hatto Boliviyadagi mashhur O‘lim yo‘lini ham ortda qoldirmoqda. Derebashi aylanma yo‘li Turkiya shimoli-sharqidagi Sangali tog‘idan o‘tadi. Yo‘lning 13 ta xavfli burilishi bor. Ushbu hududda tuman, yog‘ingarchilik va yer ko‘chishlari tez-tez sodir bo‘ladi, sovuq mavsum boshlanishi bilan yo‘l yarim yilga yopib qo‘yiladi. Shunga qaramasdan, Sangali tog‘i Turkiyaning eng manzarali hududlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda ayni paytda turistik obyektlar qurilishi boshlangan. Yaqin orada tog‘ga sayyohlar va alpinistlar tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.
57
684
Foto
Fotogalereya: Mukammallik aks etgan suratlar
AdMe turli darajadagi va ko‘rinishdagi mukammalik aks etgan suratlarni taqdim etdi.
44
83
Foto
Foto: Odamlar bilan uyg‘unlikda yashayotgan Turkiyaning it va mushuklari
“Pandemiya sharoitida turizm” loyihasi doirasida Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga tashrif buyurgan o‘zbekistonlik jurnalist hamda blogerlarning diqqat e’tibori shak-shubhasiz ushbu mamlakatda emin erkin yurgan jonivorlarga ham qaratildi. Turkiyada ko‘cha hayvonlari haqiqatda ham ko‘p. Deyarli har qadamda it va mushuklarni uchratishingiz mumkin. Ayniqsa provinsiyalarda ular ko‘pchilikni tashkil etadi. Ushbu mamlakatda it va mushuklarni juda sevib, alohida mehr bilan munosabatda bo‘lishlarini bir qarashdayoq anglash qiyin emas. O‘rtayer dengizi bo‘yida yurgan it o‘zbekistonlik bloger Umid G‘ofurovning yoniga kelib erkalana boshladi. Turkiyada hech bo‘lmasa bir marta bo‘lganlar bilishadiki, itlarning qulog‘ida chip shaklidagi maxsus nishonlar borligini payqash qiyin emas. Bu it tibbiy ko‘rik, sterilizatsiya hamda vaksinatsiyalardan o‘tganligini anglatadi. Davlat it va mushuklar haqida haqiqatda ham qayg‘uradi, o‘tgan ketganlar ham qo‘rqmasdan ularni silashi mumkin. Odatda ular shunchaki o‘zlariga ma’qul hududlarda aylanib, daraxt yoki binolar soyasida uxlashadi. Odamlar yaqiniga kelib muloyim munosabatda bo‘lishadi. Shaharlarning deyarli barcha burchaklarida it va mushuklar uchun ozuqa hamda suv idishlarini uchratasiz. Ulardagi ozuqalar doimiy ravishda mahalliy aholi hamda hududlarning maxsus mas’ul tashkilotlari tomonidan yangilab boriladi. Itlardan farqli ravishda mushuklarni bu yerda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib sterilizatsiya qilishga hojat yo‘q, deb bilishadi. Mushuklar iloji boricha turli tamaddixonalar yaqinida yurib, odamlarning boqishlarini kutishadi. Istanbulning Beyo‘g‘li tumani ko‘chalarida yurgan daydi it. Turkiyada, shuningdek, bo‘shagan plastik idishlar evaziga ko‘cha jonivorlarini boquvchi maxsus apparatlar ham bor. Bu bilan hukumat “bir o‘q bilan ikki quyonni uradi”, ya’ni ham hududlar ifloslanishini kamaytiradi, ham hayvonlar och qolmasligi ta’minlanadi. Istirohat bog‘lari, jamoatchilik joylarida mushuklar uchun maxsus uychalar ham mavjud, ularda asosan mushuklarning bolalari yashaydi, ammo katta mushuklar ham mazza qilib vaqtichog‘lik qilishiga guvoh bo‘lish mumkin. Turkiyada, shuningdek, xo‘jayinlari tomonidan tashlab ketilgan uy hayvonlari uchun reabilitatsiya markazlari ham faoliyat yuritadi. Ularning ba’zilarida mushuk va itlar klassik musiqalar yordamida davolaniladi. “Taqsim” maydonida odamlarning yonida yotgan it. Istanbulning Do‘lmabaxche saroyi yaqinidagi tamaddixonada yurgan mushuk. Istiqlol ko‘chasida ko‘cha yegulik sotuvchilaridan ovqat kutayotgan mushuk. Istiqlol ko‘chasida ko‘cha yegulik sotuvchilaridan ovqat kutayotgan mushuk. Sulton Ahmad masjidi yaqinida oftobdan bahra olayotgan mushuk. Sulton Ahmad masjidi yaqinida o‘ziga yegulik tutib olgan mushuk. Mushuk o‘ljasini paqqos tushirish uchun joy qidirmoqda. Ayo Sofiya ibodatxonasi yaqinidagi do‘kon yonida o‘tirgan mushuk. Sulton Ahmad maydonida odamlar ketidan ergashib ketayotgan it. Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalariga kirish yo’lagida turgan it. Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalariga kirib ketayotgan mushuk. Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalari hududida sayr qilib yurgan it. Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalarida odamlar yoniga kelgan mushuk. Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonida yurgan mushuk. Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonida yurgan va panada o‘tirgan mushuklar. Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuk. Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuklar.  Pandemiya bilan yashayotgan Turkiya — suratlarda Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuk. Bir-biri bilan oyna ortidan “suhbatlashayotgan” mushuklar. Odamlar qoldirib ketgan yegulikni oyna ortidan yeyishga urinayotgan mushuk. Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida yurgan it. “Kaleichi” bandargohida uysiz mushuklar uchun tashkil qilingan uychalar. Bandargoh hududidagi joy uchun “kurash”. O‘rtayer dengizi bo‘yida yurgan it o‘zbekistonlik bloger Umid G‘ofurovning yoniga keldi. O‘rtayer dengizi bo‘yida yotgan it. Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida yurgan itlar. Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida turgan maxsus belgi. Yo‘llarda, transport vositalari o‘tadigan hududlarda mana bunday shakldagi belgilar bo‘lib, ular mushuklarning to‘satdan paydo bo‘lib qolishi mumkinligidan ogohlantiradi. Bu haydovchilarning xushyorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu g‘oya Yalova shahri provinsiyasi mahalliy o‘z-o‘zini idora qilish organlari hamda transport xizmati nazorati idoralarining tashabbusi bo‘lgan. Antaliya arxeologiya muzeyida masofa saqlashdan ogohlantiruvchi belgi yonida yotgan mushuk. Antaliya arxeologiya muzeyida masofa saqlashdan ogohlantiruvchi belgi turgan o‘rindiq ostida yotgan mushuk. Antaliya arxeologiya muzeyidan chiqib kelayotgan mushuk. Antaliyaning “Dyuden” sharsharasi hududi yaqinida yurgan mushuklar. Istanbulning Beyo‘g‘li tumani ko‘chalarida yurgan daydi it. “Taqsim” maydonida odamlar qo‘lidan yemak yeyayotgan it.
72
5,079
Foto
30 yanvar — O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tavallud topgan kun
Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 26 yanvardagi qarori bilan Birinchi Prezident Islom Karimov tavallud topgan sana — 30 yanvar kunini keng nishonlash belgilangan. “O'zarxiv” agentligi axborot xizmati sana munosabati bilan Islom Karimovning arxiv hujjatlarida saqlanayotgan suratlarini “Bugun.uz”ga taqdim etdi. “Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlangan nutqida Birinchi Prezidentimiz boshchiligida qo'lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzumizni amalda ta'minlagan olamshumul voqea ekanini ta'kidlagandi. O'zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivida saqlanayotgan foto hujjatlar asosida foto ko'rgazma sizning e'tiboringizga havola etilmoqda”, deyiladi agentlik xabarida.
76
714
Foto
Fotogalereya: Insonni hayratga soluvchi suratlar
AdMe kulgili va yurakni hayajonga soluvchi, bir marta tomosha qilgandan so‘ng unutib bo‘lmaydigan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
48
129
Foto
Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya birinchi xonimlarining uchrashuvi (foto)
27-aprel kuni Koreya yarim orolida tarixiy voqea sodir bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. KXDR yetakchisi Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In qurolsizlantirilgan hududda joylashgan Pxanmunjom qishlog‘ida uchrashdi. Ular muzokaralar o‘tkazdi, ramziy ma’noda daraxt ekdi, yuzma-yuz gaplashib oldi, qo‘l siqishdi, ammo asosiysi — yarim orolda tinchlik jarayonini boshlab beradigan deklaratsiyani imzoladi. Uchrashuv ziyofat bilan yakunlandi, unda ikki mamlakat rahbarlariga ularning rafiqalari — Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning xotini Li Sol Chju va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning xotini Kim Jonsuk hamrohlik qildi. “Gazeta.ru” fotoreportajida Shimoliy va Janubiy Koreya birinchi xonimlarining uchrashuvidan lavhalarni ko‘rish mumkin.
74
772
Foto
Fotogalereya: Erondagi elita qatlamining hayoti
Erondagi ko‘plab hududlarda yashovchi aholi insonparvarlik yordamiga muhtoj bo‘lsa ham, uning elita qatlami o‘ziga to‘q yashaydi. AdMe ana shu qatlamning hayotiga e’tibor qaratdi. Maroqli dam olish
47
198
Foto
Yigitlar Instagram’dagi suratiga oshiq bo‘lgan qizlarning asl ko‘rinishini fosh qildi (foto)
Ijtimoiy tarmoqda qizlariga oshiq bo‘lgan yigitlar endi ularni har kuni qanday holda ko‘rishga majbur bo‘layotganini ko‘rsatdi. Bu haqda Wday ajoyib fotojamlanma tayyorladi. Yigitlar qizlarining tashqi ko‘rinishi Instagram’dagi namunalardan qanday farq qilishini #kutilganhaqiqat chellenjida ko‘rsatishga qaror qilgan. Albatta, ba’zi rasmlarda qahramonlarni umuman tanib bo‘lmaydi. Yuzi uchun niqob yoki karavotda o‘tirgan holatlari va bunday xiyonatli taqqoslashlar ta’sirli ko‘rinadi. Instagram / @happiest_lady O‘zlarining eng sevimli blogerlariga yozishdan qo‘rqqan erkaklar shuni tushunishlari kerakki, hatto eng aqlga sig‘maydigan Instagram go‘zallariga ham yuvilmagan sochlar, kir libos begona emas. Hayotiy sherigi bo‘lmagan qizlar ham umidsizlikka tushishi noto‘g‘ri. Chunki bu qiyinchilik sevgini tarmoqdan ham topish mumkinligining bevosita isbotidir.
92
872
Foto
Putin–Bayden uchrashuvi, qayta ochilgan Tojmahal, dengizda qutqarilgan migrantlar — hafta suratlari
E'tiboringizga haftaning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Isroil polisiyasi Sharqiy Quddusda oʻtgan isroillik ultra oʻng kayfiyatdagilar namoyishi chogʻida falastinliklarni qoʻlga olmoqda. Koronavirus pandemiyasidan soʻng qayta ochilgan Hindistondagi Boburiylar davriga oid Tojmahal majmuasi oldida suratga tushayotgan turistlar. Hindiston koronavirus keng tarqalgan davlatlardan biri boʻlgan. Daniyalik futbol muxlislari Yevropa chempionatining ilk uchrashuvida hushidan ketib yiqilgan Kristian Eriksen hurmatiga uning ismini yozib chiqdi. 16 iyun kuni Jenevaning «Villa La Grange» qasrida AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti xodimlari Oʻrta dengizda qolib ketgan muhojirlarni qutqarib qoldi. Vindzor saroyida oʻtgan harbiy parad paytida askarlarni kuzatib turgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II. Isroil prezidenti Reuven Rivlin (markazda), yangi bosh vazir Naftali Bennet (chapda), tashqi ishlar vaziri Yair Lapid (oʻngda) hamda boshqa hukumat vakillari mamlakatda tuzilgan yangi koalision hukumatni qutlamoqda. Indoneziyada dafn xizmati xodimlari koronavirusdan vafot etgan bemorlarni koʻmib boʻlgandan soʻng qabristonda dam olmoqda. Mamlakatda kasallik bilan bogʻliq holatlar koʻpaygani aytilmoqda. Komlumbiya poytaxti Bogotada hukumatga qarshi namoyishlarda polisiya tomonidan namoyishchilarga qarshi suv sepilmoqda. Suvning zarbidan namoyishchilardan biri yerga qulayotgan vaziyat. Suv balosidan asrasin, degani shu boʻlsa kerak. Xitoy oʻz kosmik stansiyasini qurish maqsadida fazoga raketa uchirdi.
99
1,620
Foto
Pekin ko'chalarini dezinfektsiya qilayotgan xodim, narkotik izlayotgan it, qordan tozalanayotgan yo'llar — 27 aprel suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Frantsiyaning qayta saylangan prezidenti Emmanuel Makron Parij yaqinidagi Serji Pontuaz shahrida aholi bilan uchrashdi. Suratda uni topa olmasangiz, hayron qolmang. Bu migrantlar eng ko'p yashaydigan shaharlardan biri hisoblanadi va u xalqdan qo'rqmaydi. NASA va Space-x xKSga Crew-4 missiyasini yubordi. Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi Bayt ul Mukarram masjidi xodimi iftorlik paketlarini tayyorlamoqda. Hindiston poytaxti Nyu-Dehli yaqinidagi chiqindixonada chiqindilarni saralayotgan ayol. Uning orqasida esa ulkan tutun ko'rinib turibdi. Indoneziya poytaxti Jakartadagi vokzallardan birida avtobus kutib turgan yo'lovchilarning yuklari orasidan narkotik moddalarni izlayotgan xizmat iti. Ukrainaning Borodyanka shahri qabristonida dafn qo'shig'ini kuylashga tayyorgarlik ko'rayotgan ayollar. Urugvay poytaxti Montevideo osmoni chaqmoq sabab yorug'likka burkandi. Pekin ko'chalarini dezinfektsiya qilayotgan sanitariya xizmati xodimi. xitoy koronavirusning yangi to'lqiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Salvador poytaxti San-Salvadorda vaqtinchalik ushlab turish joyidan qamoqxonaga olib ketilayotgan xavfli jinoyatchilar. Turkiyaning Aydintepa tumanidagi qor bosib qolgan yo'llar qordan tozalanmoqda.
125
1,265
Foto
Jahonning turli burchaklarida quyoshli kunlar necha kun davom etadi?
Tabiatda yomon ob-havoning o‘zi yo‘q. Shunchaki har kim o‘zini turli iqlim sharoitida qulay his qiladi: kimdir quyoshni sevsa, ba’zilarga bulutli havo ko‘proq yoqadi. AdMe nashri jahonning turli burchaklarida yiliga o‘rtacha necha kun Quyosh nur sochib turishini aniqlashga urindi. O‘zingizga ma’qul shaharni tanlab oling. Ha-ya, aytmoqchi, O‘zbekistonda quyoshli kunlar soni, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 280 kundan 320 kungacha. Kamida.
68
436
Foto
Fotogalereya: Jasur turistlargina tashrif buyura oladigan maskanlar
AdMe faqatgina “yuragida o‘ti bor” sayyohlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan g‘aroyib maskanlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Suyaklar ibodatxonasi Ushbu kichkina ibodatxona Evora shahrida joylashgan (Portugaliya) bo‘lib, dunyodagi eng mashhur yodgorliklardan biri hisoblanadi. Ibodatxonaning bunday nomlanishiga uning ichki devorlari odam suyaklari va chanoqlari bilan qoplangani sabab bo‘lgan. Suyaklar ibodatxonasi XVI asrda fransuz rohiblari tomonidan qurilgan bo‘lib, bu orqali ular o‘zining izdoshlariga hayot qisqaligi haqidagi fikrni tushuntirishga harakat qilgan. Xoya-Bachu o‘rmoni Xoya-Bachu o‘rmoni Transilvaniyada joylashgan va turli paranormal hodisalari bilan mashhur. Afsonalarga ko‘ra, o‘rmonning bu kabi nomni uning ichiga qo‘ylari bilan birga kirib yo‘qolib ketgan cho‘pon sharafiga olgan. Bu joydan hech qanday hujum va qarshilik izlari topilmagan. Ko‘plab tadqiqotchilarning tasdiqlashicha, noma’lum sabablarga ko‘ra o‘rmonda bo‘lganlar qo‘rquv, vahimani his qilgan va turli ovozlarni eshitgan. Xochlar tog‘i Xochlar tog‘i — Litvadagi muqaddas joy. Bu yerdagi tekislikka ko‘plab xochlar o‘rnatilgan. Ularning aniq soni noma’lum, biroq 90-yillardagi hisob-kitoblar bo‘yicha ularning soni 50 mingga yaqin. Muqaddas joy qabriston emas, shunga qaramay bu yerda tez-tez yangi xochlar paydo bo‘lib turadi. Kaminito-del-Rey El Caminito del Rey ispanchadan “Qirollik yo‘lagi” deb tarjima qilinadi. Ushbu yo‘lak betondan, temiryo‘l relslari va toshlardan qurilgan. Yo‘lak Chorro va Malagadagi Gaytanexo sharsharalari orasida joylashgan. Uning uzunligi 3 kilometrni, eni esa 1 metrni tashkil etadi. U 1905-yilda to‘g‘on qurilishi bilan shug‘ullanuvchi ishchilar uchun yordamchi yo‘l sifatida qurilgan. Osma tobutlar Sagada qachonlardir okeanning bir qismi bo‘lgani sabab, bu yerda ko‘plab g‘orlar mavjud. Bundan tashqari Sagadada ko‘plab qoyalar va osma tobutlar bor. Osma tobutlarga dafn qilish — juda qadimiy odat. Mahalliy aholi tog‘lar narigi dunyoga narvon bo‘lib xizmat qilishiga ishongan.
67
2,024
Foto
Fotogalereya: AQSh sobiq prezidenti Barak Obama yozda qanday “dacha”da dam olgan?
Barak Obama oilasi bilan 2013-yilning yozida AQShning Viskonsin shtatida joylashgan hashamatli yozgi dala-hovlisida o‘z ta’til vaqtini o‘tkazganidan so‘ng, uy haqida keng jamoatchilik xabar topgan. OAVlar darrovgina uyga “Yozgi Oq uy” deb nom ham berib olgan. Ushbu qarorgoh Martaning Uzumzorlari (Martha’s Vineyard) deb nom olgan orolda joylashgan bo‘lib, hovlisida katta basseyn hamda okean bo‘yidagi shaxsiy sohilga ega. Uyning derazalaridan poyoni yo‘q okeanga ajoyib manzara ochiladi. Oila a’zolari oqshomlari bir joyda yig‘ilish uchun, uyning qoq markaziga o‘tinli kamin ham qurilgan. Umumiy maydoni 0,21 gektarni tashkil qilgan uy hududi Yangi Angliyaning klassik arxitekturasi bilan birga zamonaviy estetikasini uyg‘unlashtira olgan. Oshxona hamda mehmonxonaning devorlari shiftidan yerigacha bo‘lgan qismi to‘liq oynadan ishlangani uchun xonalar yorug‘ va fayzli ko‘rinishga ega. Yo‘laklar (koridor) qimmat suratlar bilan bezatilgan bo‘lib, huddi muzeyda yurganingizdek taassurot uyg‘otadi. Barak Obamaning “dacha”si deb e’tirof etilgan uy 2017-yil oxirida 22,5 million dollarga baholanib, sotuvga qo‘yilgandi. Biroq, bugunga kelib uy sotilgan-sotilmagani haqida hech qanday aniq ma’lumotlar yo‘q.
81
1,213
Foto
Moskva osmoniga 3 ta quyosh chiqdi (foto)
Moskva shahri va Moskva viloyatining ba’zi hududlari aholisi noodatiy optik hodisa bo‘lgan galoning guvohi bo‘ldi. Osmonda uchta quyosh paydo bo‘ldi. “RIA Novosti” hodisa guvohlarining suratlarini ulashdi. Kamalak doirasining yorqin qismlari osmonda uchta quyosh borligi illyuziyasini paydo qiladi. Avvalroq Qozog‘istonda ham shunday hodisa kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.
41
380
Foto
Kun fotosi: Suriyadan qaytarilgan o‘zbekistonlik ayol Vatan tuprog‘ini tavof qilmoqda
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar O‘zbekiston fuqarosi: ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Vatanga qaytarildi. Ular 30-may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi. “Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, ta’lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
85
647
Foto
Amerikada orqa panjalarida nuqson bilan tug‘ilgan toshbaqaga fingerbordning g‘ildiraklari o‘rnatildi (foto+video)
AQShning Delaver shtatida istiqomat qiluvchi Rendi Bets farmatsevtika kompaniyasi vakili bo‘lib ishlaydi. U bo‘sh vaqtida toshbaqalarni parvarishlash bilan shug‘ullanadi. Ikki oy oldin Bets orqa panjalari deyarli ishlamaydigan toshbaqani boqib oldi, deb xabar beradi Meduza. Xeliks ismli toshbaqa yaxshi harakatlana olmagan, ovqat yeyishi va boshqa toshbaqalar bilan muloqotida ham muammolar kuzatilgan. Xeliksni o‘ldirishni rejalashtirishgan, biroq ish jarayonida tez-tez orqa va bel jarohatlariga duch keladigan Betsda boshqa g‘oya paydo bo‘lgan. U Xeliksning muguz sovutiga fingerbordning g‘ildiraklarini qotirib qo‘ygan — va bu foyda bergan. Kichkina toshbaqa tezda harakatlanishni o‘rganib olgan va unda ovqat yeyish bo‘yicha muammo boshqa kuzatilmagan. View this post on Instagram Bets maxsus xavfsiz yelimdan foydalanadi. G‘ildirakchalarni yechish kerak bo‘lganida toshbaqa sovutidagi yelimni ehtiyotkorlik bilan ko‘chiradi. View this post on Instagram Avgust oyining o‘rtalarida mahalliy telekanallar uchun Xeliks haqida sujetli film ishlangan. Uning nomiga Instagram va Facebook’da sahifalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hozirda Xeliksning ko‘plab muxlislari ham paydo bo‘lgan. View this post on Instagram
113
1,252
Foto
Fotogalereya: Bir asrdan ortiq yashaganlar
Chexiyalik fotograf Yan Langer “Asr yuzi” nomli fotoloyiha yaratgan. Suratkash 100 yildan ortiq yashagan kishilarni suratga olgan va bu suratlarni ana shu kishilarning yoshligidagi suratlari bilan taqqoslagan. AdMe ana shu suratlarni taqdim etdi.
42
246
Foto
Sayyohlar oqimi tufayli aholisining tinchi va ekologiyasi buzilayotgan 5 mamlakat
Turizm dahshatli kuchdir. U shunday kuchdirki, mamlakat mavqeyini yaxshilashga, shuningdek, uning ekologiyasini yo‘q qilishga qodir. So‘nggi o‘n yil ichida juda ko‘p filmlar suratga olindi. Endi “Sumerki” va “Taxtlar o‘yini” filmidagi joylar kabi “Joker”dagi zinalar ham sayyohlar ro‘yxatiga qo‘shildi. Quyida sayyohlar tomonidan xavf ostida bo‘lgan mashhur joylar haqida ma’lumot beramiz. Islandiya So‘nggi o‘n yillikda Islandiyadek mashhur joyni topish qiyin edi. Biroq turizmning atrof-muhitga va mahalliy aholining hayot sifatiga salbiy ta’siridan jiddiy xavotirlar yuzaga kela boshladi. Bu holat aholisi atigi 360 ming kishilik mamlakatda jiddiy iqtisodiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Moviy ko‘rfaz kabi ba’zi diqqatga sazovor joylar haddan tashqari ifloslangan hisoblanadi. Maldiv orollari Hozirgi kunda Maldiv orollari tropik hashamat ramziga aylangan. Bu yerdagi ko‘plab uylar mahalliy aholi bilan emas, balki sayyohlar bilan to‘lgan. Buning oqibati atrof-muhitning ifloslanishida namoyon bo‘lmoqda. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi va dengiz sathining ko‘tarilishi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Ba’zi manbalarga ko‘ra, mamlakatdagi ko‘plab orollar shu asr oxirigacha suv ostida qolishi mumkin. Amsterdam, Gollandiya Avvaliga “Men Amsterdamman” installyatsiyasi shunchaki ramziy yozuv edi, ammo shov-shuvlarga sabab bo‘lgani tufayli olib tashlandi. Bu shaharda sal bo‘lsa-da, sayyohlar oqimini kamaytirish uchun qilingan. Bundan tashqari, 2020-yildan boshlab Amsterdamning mashhur qizil chiroqli mavzesi bo‘ylab sayr qilish ham taqiqlangan. Bronks, Nyu-York, AQSh “Joker” filmida mahalliy mavze zinalari tasvirga olingandan keyin ko‘plab sayyohlar Bronks tinchligini buza boshladi. Har bir sayyoh shu zinada suratga tushish uchun to‘xtaydi. Ular yaqin atrofdagi uylar aholisi har kuni ushbu zinapoyadan foydalanishlarini xayollariga ham keltirmaydi. Petra, Iordaniya “Indiana Jons va so‘nggi salib yurishlari” filmining avj nuqtasi Iordaniyaning Petra shahrida suratga olingan. Xazina izlovchilarning barcha tasavvurlarini uyg‘otishga qodir manzara. Bu joy haqiqatan ham sayyohlar oqimi tinmaydigan maskanlardan biri hisoblanadi.
81
2,172
Foto
Xarobaga aylangan maqbaralar, 11 zilziladan 8 tasida omon qolgan yagona masjid, vinosi bilan dunyoga tanilgan qishloq — Ozarbayjonning Shamaxa viloyatidan fotogalereya
“Uch bahodir va Shamaxa malikasi” multfilmini biror marta tomosha qilmagan odam kam topilsa kerak. Shamaxa qayerda ekanini bilarmidingiz? Ozarbayjondagi 66 tumandan biri — Shamaxa mamlakat sharqida joylashgan bo‘lib, Quba, Xizi, Qobuston, Hojig‘abul, Aqsu, Ismoilli tumanlari bilan chegaradosh. Bu maskan tarixida o‘n bir marta kuchli zilzila ko‘rgan. Biroq Shirvonning iqtisodiy va ma’muriy poytaxti va Ipak yo‘lidagi muhim shaharlardan bo‘lgani sabab Shamaxa har safar aholi tomonidan qayta tiklangan. O‘zining Juma masjidi, Pir-Mardakon, Shaxondon qabristoni, Yetti gumbaz maqbaralari, afsonaviy Bug‘urt qal’asi xarobalari, Guliston qal’asi, Kallaxona qishlog‘idagi 8 ta maqbara majmuasi kabi muhim tarixiy obidalari, “Safari park”, “Alpaka Azerbaycan” singari qo‘riqxona, fermalari, Shirvon vino zavodi bilan mashhur Shamaxaga sayohat qilgan “Daryo” fotomuxbiri Dilruh Isomiddinova ushbu sirli va go‘zal viloyatdan fotogalereya tayyorladi. Ozarbayjon tog‘larining “Safari Park”dagi eng yuqori nuqtadan ko‘rinishi. Juma masjidi minorasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu masjid 743–744-yillarda qurilgan. Aytishlaricha, Juma masjidi Ozarbayjonda bo‘lgan 11 zilziladan 8 tasida omon qolgan yagona obida hisoblanadi. Masjidning ikkita eshigi bo‘lib, biri asosiy, ikkinchisi xotin-qizlar uchun alohida ochilgan. Juma masjidining ichki ko‘rinishi. Juma masjidining ichki ko‘rinishi. Shamaxa qabristonlaridagi qabr toshlarida qizil, pushti rangdagi tasmalar bog‘langanini ko‘rish mumkin. Shamaxalik ayollar. Qorabog‘ uchun jangda kurashib, oyog‘ini shikastlagan askar va uning qizalog‘i. Shamaxalik bolakay. E’tiborga loyiq jihat shuki, ozarbayjonlarning kiyimlari, kundalik buyumlari, transport vositalari va eshik-derazalari – har joyda davlat bayrog‘i tasvirini ko‘rish mumkin. Shamaxa shahrining umumiy manzarasi. Kallaxona qishlog‘idagi majmua maqbaralaridan biri. Majmua 8 ta sakkiz burchakli tosh maqbaradan iborat bo‘lib, ularning har biri piramidasimon chodir bilan qoplangan. Vinolari bilan mashhur Shirvon vodiysi yo‘llarida yurarkansiz, har ikki tomoningiz tokzorlar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Demirchi (Temirchi) qishlog‘i minorasi. Demirchi qishlog‘idagi ustaxonasida temirga ishlov berayotgan temirchi-usta. Temirchi ustaxonasida yasalgan barcha buyumlar unga yondosh do‘konda sotiladi. Demirchining eski ko‘chalari. Demirchilik ayol. Demirchilik ayol. Xarobaga aylanib qolgan Yetti gumbaz maqbaralari majmuasi. Har yerda qadimiy qabr toshlari yotganini ko‘rish mumkin. Safari park”da saqlanadigan Shoh laqabli bug‘u. Safari parkdagi alpaka. Safari parkda boqiladigan lamalar to‘dasi. Meysari qishlog‘idagi Shirvon vino zavodi. Shirvon vinolari Ozarbayjondagi eng yangi vino ishlab chiqaruvchilardan biri va mamlakatda Yevropa Ittifoqidan organik ishlab chiqaruvchi sertifikatini olgan birinchi kompaniya hisoblanadi. Muallif: Dilruh Isomiddinova
167
2,899
Foto
Politsiyaga Facebook’da 1000 ta repost yig‘ilgan taqdirda taslim bo‘lishni va’da qilgan jinoyatchi so‘zining ustidan chiqdi (foto)
Oktabr oyining boshida amerikalik Maykl Zaydel doimiy ravishda Redford shahri politsiyasini Facebook’da kalaka qilgan. Champagne Torino taxallusi ostida yashiringan Maykl politsiyachilarga ularning yaxshi ishlamayotganini va ularning sahifasini o‘zidan boshqa hech kim qo‘llab-quvvatlamasligini yozgan, deb xabar bermoqda TJournal. Redford politsiyasi departamenti ikkita jinoyat uchun Mayklni hibsga olishga order borligini ma’lum qilgan: u odamga hujum qilishda va mast holda avtomobil boshqarishda ayblangan. Maykl bir necha marta o‘zini tutishi va politsiyaga taslim bo‘lishdan bosh tortgani uchun ogohlantirilgan, biroq u kalaka qilishda davom etgan. Keyin esa politsiya Zaydeldan kelgan shaxsiy xabarni e’lon qilgan. Xabarda Zaydel agar departamentning sahifasi 1000 ta repost yig‘a olsa, taslim bo‘lishga va’da bergan. Shuningdek, u o‘zi bilan o‘nta yumshoq kulcha olib kelishini va maktab oldidagi chiqindilarni tozalashni va’da qilgan. Redford departamenti Facebook’dagi obunachilariga murojaat qilib, jinoyatchini tutishda yordam berishni so‘ragan. Foydalanuvchilar garovni qo‘llab-quvvatlagan va bir soatga yetmasdan kerakli miqdordagi repost yig‘ilgan. To‘qqiz kun ichida xabar taxminan 4,5 ming marta repost qilingan. Politsiyachilar hazilomus surat bilan obunachilarga minnatdorchilik bildirgan. Shundan so‘ng Zaydel va’dasini bajarmagan, politsiyachilar esa uni “so‘zida tura olmaydigan kishi” bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilgan va yana bir marta foydalanuvchilarga minnatdorchilik bildirgan. Garovdan qariyb 10 kundan o‘tgach, jinoyatchi baribir politsiya bo‘limiga kelgan va o‘zini topshirgan. Zaydel, va’da qilganidek, o‘zi bilan bir quti yumshoq kulcha va bitta katta teshik kulcha olib kelgan. Zaydelning ishi bo‘yicha 21-oktabrda Michigan okrug sudida sud majlisi bo‘lib o‘tadi. Agar u jarima to‘lasa, 40 kunga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, agar to‘lashdan bosh tortsa, bu muddat 70 kun bo‘lishi mumkin. Sud jinoyatchining maktab oldidagi chiqindilarni tozalash haqidagi va’dasini eslab, buni ham jazoga qo‘shishi mumkin.
130
2,052
Foto
Makkaning qush parvozi balandligidan olingan 12 hayratlanarli surati
Saudiya Arabistoni hududida joylashgan Makka shahri, xususan, u yerdagi Ka’batulloh butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas qadamjo hisoblanadi. TravelAsk’ning yozishicha, shaharga har yili millionlab ziyoratchilar tashrif buyuradi. Haddan tashqari gavjum joylarda, baxtga qarshi, ko‘ngilsiz hodisalar ham yuz berib turadi. Xususan, 2015-yil sentabrida Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida, 2,1 ming kishi halok bo‘ldi. Fojiadan so‘ng bu yerda fotosuratchi Ahmad Mas’ud tashrif buyurib, muqaddas shaharni havodan suratga oldi.
68
538
Foto
Foto: Hindistondagi 4 qavati suv ostida joylashgan saroy
Hindistondagi Jal-Mahal saroyining katta qismi sun’iy ko‘l ostida yashiringan. Afsonaga ko‘ra, suv ombori qurish va xalqni qurg‘oqchilikdan qutqarish maqsadida saroy suv ostida qoldirilgan, deb yozadi TravelAsk. Rajastan shtatidagi Amer shahrida joylashgan Jal-Mahal yoki Suv saroyi XVIII asrning ikkinchi yarmida Savay Madho Singx II tomonidan qurdirilgan va yozgi qarorgoh sifatida foydalanilgan. Afsonaga ko‘ra, bu ajoyib saroy qurilganidan so‘ng Hindistonda dahshatli qurg‘oqchilik yuz bergan. Shundan so‘ng maharoja daryoga tog‘on qurishga va sun’iy ko‘l yaratishga qaror qilgan. Suv ombori to‘lganidan so‘ng saroyning to‘rt qavati suv ostida qolgan. Bugungi kunda saroyning yuqori qismigina ko‘rinadi. Aslida esa saroy joylashgan Man Sagar suv ombori Jal-Mahaldan ancha avval qurilgan. XVI asrning oxirida Hindistonda haqiqatdan ham dahshatli qurg‘oqchilik yuz bergan hamda hosilsizlik va ocharchilik kelib chiqqan. Shundan so‘ng Dabavati daryosida 1610-yilda Man Sagar sun’iy ko‘li hosil qilingan. Saroy esa Man Sagar mavjud bo‘lgan vaqtda qurilgan. Saroy shunday loyihalashtirilganki, uning pastki qismi suv ostida qolishi kerak bo‘lgan. Qurilish vaqtida suv omborining suvi chiqarib yuborilgan. Dastlabki to‘rt qavati suv o‘tkazmaydigan tosh bloklaridan qurilgan, saroyning tom qismida esa ochiq ayvon joylashgan. Bugungi kunda Jal-Mahal Rajastan shtatidagi sayyohlar tomonidan borib ko‘riladigan asosiy yodgorliklardan biri hisoblanadi.
56
1,450
Foto
Fotogalereya: Irlandiyaning sehrli manzaralari
Irlandiya faqatgina betakror tabiati bilan mashhur emas. U o‘ziga xos tarix, madaniyat va mifologiyaga ham egadir. Bu yerdagi har bir o‘rmon, har bir qasr, har bir tegirmonning o‘ziga yarasha tarixi va siri bor. “Zumrad orol”ning tabiati yolg‘iz qolishga ishtiyoqmandlar uchun yaratilgandek: yozda ham esib turadigan sovuq shamollar, yakkam-dukkam qoyalar, yovvoyi tabiat va Atlantika to‘lqinlari. Yolg‘izlikni xush ko‘rmaydigan sayyohlar esa Dublinning mashhur pablarida o‘ziga yaxshi suhbatdosh topishi mumkin. Irlandiya manzaralari — AdMe fotogalereyasida. Kashel qoyasi — Irlandiya qirollarining qadimiy qarorgohi. Karrik-a-Rede osma ko‘prigi. Atlantika okeani qirg‘og‘idagi Moxer qoyalarida kamalak. Moxer qoyalari. Lox-Korrib ko‘li va Kong daryosi sohillaridagi Eshford qasri. Sohilbo‘yi. Gigantlar yo‘li — sohilbo‘yidagi tabiat yodgorligi: o‘zaro birlashgan 40 ming bazalt ustun. Qadimda vulqon otilishi natijasida vujudga kelgan. Uiklou shahri suv ombori. Skellig orollari. Danlyus qasri vayronalari uzra shimol yog‘dusi. Tepaliklar. Irlandiyada yoz. Dingl shahridagi ko‘tarma. Tungi Dublin. Uiklou shahri bandargohi. Dunagor qasri. Glanuert ko‘prigi, Kork grafligi. Bear halqasi, Kork grafligi. Ben Balben tog‘i, Slaygo grafligi. Goluey grafligi. Lox-Suilli ko‘li sohilidagi mayoq.
46
1,310
Foto
Hind aktrisalari Vijayantimala va Shridevi o‘rtasida qanday o‘xshashliklar bor?
30 yil vaqt bilan 13-avgustda Hindistonning janubida tavallud topgan aktrisalar Vijayantimala va Shridevining karyerasida ajoyib o‘xshashliklar bor. Shridevi 1963-yil Minampattida, Vijayantimala esa Triplikanda dunyoga kelgan. Har ikkala aktrisa ham kinosanoatda bolaligidan suratga tusha boshlagan. Vijayantimala 13 yoshida “Hayot” filmida rol ijro qilgan. Shridevi “Thunaivan” filmida suratga tushganida 4 yoshda bo‘lgan. Debyutidan ikki yil o‘tib Vijayantimala ijrosidagi hind filmi — “Bahor” ekran yuzini ko‘rgan. Uning muvaffaqiyatidan keyin mamlakat janubidagi boshqa aktrisalarga Bollivudda yo‘l ochilgan. Shridevining hind kinosanoatidagi ilk kinosi tamil filmi “O‘n olti yoshda”ning remeyki Solva Sawan bo‘lgan. Film ekran yuzini ko‘rganida uning yoshi 16 da bo‘lgan. Avvalroq “Juli”(1975) filmida bosh qahramonning singlisini gavdalantirgan. Ikkala aktrisa ham ilon haqidagi mashhur filmlarda suratga tushgan. Vijayantimala “Nagin” musiqiy filmida raqib qabila vakilining o‘g‘liga ko‘ngil qo‘ygan sardorning qizi sifatida ko‘rinish bergan. Shridevi esa 1986-yilda “Nagina / Sehrli olmos” filmida qaylig‘ining qasosini olish uchun odamga aylanadigan ilon — Rajni rolini ijro qilgan. 1986-yilda filmning ikkinchi qismi “Sehrli olmos. Ikkinchi film” taqdim qilingan. Ikkala aktrisa ham raqsga tushish borasida o‘z ishining ustasi bo‘lgan. Vijayantimala “Amrapali” (1966) filmida professional darajada raqsga tushgan bo‘lsa, Shridevi 1989-yilda suratga olingan “Chandni” filmida o‘z ijrosi bilan ommani lol qoldirgan.
79
1,528
Foto
Fotogalereya: Makiyajsiz tanib bo‘lmaydigan mashhurlar
Omma ko‘plab mashhur ayollarning makiyaj ostidagi qiyofasini taniydi. AdMe nashri mashhur ayollarning kundalik hayotdagi makiyajsiz qiyofasi aks etgan jamlanmani taqdim etdi.
54
174
Foto
Milliarderlarning eng qimmat o‘yinchoqlari (foto)
Barcha milliorderlar ham zamonaviy avtomobil yoki qimmatbaho san’at asarlarini yig‘ishga qiziqavermaydi. Insider Pro shu kabi milliarderlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. 2004-yilda Stiv formaldegidga konservalangan akula uchun 8—12 million dollar sarflagan. 2013-yilda Tesla rahbari Ilon Mask 1977-yilda ishlangan Jeyms Bond haqidagi “Meni sevgan josus” filmida foydalanilgan suvosti kemasini sotib oldi. Ushbu o‘yinchoq unga 866 ming dollarga tushdi. 126 metrli Octopus kemasi Microsoft asoschilaridan biri Pol Allenga tegishli. Geyts 1994-yilda Leonardo da Vinchiga tegishli bo‘lgan ushbu qo‘lyozmani 30,8 million dollar sotib olgan. Virgin Group asoschisi 0,3 kvadrat kilometr maydonga ega Neker oroliga egalik qiladi. Unga tashrif buyurgan mehmonlar Necker Nymph suvosti kemasida dengiz ajoyibotlarini tomosha qilishlari mumkin. 2012-yilda milliarder deyarli 300 million dollar sarflab Lanay orolining 98 foiz aksiyasini sotib olgan. Bu yerda u barqaror ekotizimni yaratish niyatida. Kubanga Gulfstream V, Boeing 757 hamda Boeing 767 samolotlari tegishli. U 1999-yilda Gulfstream samolyotini onlayn savdo orqali sotib olib Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Bunga qadar hech kim 40 million dollardan ortiq mablag‘ga onlayn savdoni amalga oshirmagan edi. Google boshqaruv kengashining raisi Erik Shmidtga tegishli 60 metrli Oasis kemasini bir haftaga 400 ming dollar evaziga ijaraga olish mumkin.
49
1,416
Foto
Fotogalereya: Har qanday odamning yuzida tabassum uyg‘otuvchi suratlar
AdMe har qanday odamning ham yuzida tabassum uyg‘otuvchi g‘aroyib suratlarni yig‘ib taqdim etdi.
70
96
Foto
Yondirilgan AQSh bayrog'i, qayta ochilgan raqs klublari, xorvatiya qirg'oqlaridagi aviatashuvchi kema — 11 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Frantsiyada yengil hamda yuk mashinasi haydovchilari majburiy vaktsinatsiya va cheklovlarga qarshi norozilik namoyishi o'tkazmoqda. Urugvayda “Las Ilamadas” karnavali o'tkazilmoqda. Venesuelada kamera ob'ektiga tushib qolgan kalibri qushi. Tehronda diniy rahnamolar Eron inqilobining 43 yilligi munosabati bilan AQSh bayroqlarini yoqib yubormoqda. Angliyadagi tog' sigiri. AQShga tegishli “Garri Trumen” aviatashuvchi kemasi xorvatiya qirg'oqlari yaqinidan suzib o'tmoqda. Buyuk Britaniyada kun chiqishi. Italiyada raqs klublari yana qaytadan ochilmoqda. Kaliforniyada o'rmon yong'inlarini o'chirish davom etmoqda. Avstraliyada olimlar koalalarni yo'qolib ketish xavfida bo'lgan hayvonlar ro'yxatiga kiritdi. 2019-2020 yillarda yuz bergan o'rmon yong'inlari bu turdagi jonivorlarning hayotiga zomin bo'lgan edi.
123
872
Foto
Yaponiyalik ayol mushugini har kuni kiyintirib, u bilan birga ovqatlanadi (fotogalereya)
Kospley (mashhur qahramonlar libosiga kiyinib olish), ovqat va mushuklar – ijtimoiy tarmoqlardagi postlar uchun eng mashhur mavzu sanaladi. Yaponiyalik Ri Matsuining Instagram sahifasi yuqoridagi uchta mavzuni birlashtiradi, deb yozadi Afisha Daily. Ko‘rinishidan, Maro laqabli mushukning kiyinib suratga tushishi nafaqat Instagram’dagi foydalanuchilarga, balki jonivorning o‘ziga ham yoqadi. Ri Matsui mushukning beparvoligini suratga tushish muhabbati sifatida qabul qilib, 7 oyligidan har kuni uni kiyintirib keladi. Yaponiyalik ayol obunachilariga jahonning turli oshxonalari (asosan Yaponiya) taomlari bilan tanishtiradi, Maro esa ular fonida oshpaz sifatida turib beradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
88
762
Foto
Fotogalereya: Insoniyat haqida ko‘p ma’no anglatadigan haykallar
Haykallar istalgan shaharning tashrif qog‘ozi bo‘lib xizmat qiladi. Ularni ko‘rish uchun sayyohlar uzoq mamlakatlardan keladi. Haykaltarosh o‘z asarini faqat chiroy uchun emas, balki tomoshabinlarga qandaydir muhim ma’noga ega xabarni aytish uchun yaratsa, muxlislari ko‘payadi. AdMe ana shunday haykallarning rasmini taqdim etdi. 1. Kvadrat bosh 2. Layk 3. Jasur qizcha 4. Kvant odam 5. Pichoqdan yasalgan farishta 6. Bruschatka tozalayotgan qariya 7. Blokadadagi Leningrad bolalariga 8. Yo‘lovchi tashish kemasi dengizchilariga yodgorlik 9. 1977—2005-ga o‘tish 10. Natsistlar tomonidan o‘ldirilgan 90 nafar reyxstag deputatiga yodgorlik 11. “Biz g‘alaba qozondik!” 12. Sayohatchilar 13. Singan stul
64
712
Foto
Melaniya Tramp Oq uyning bog‘ida maktab o‘quvchilari bilan sabzavot ekdi (foto)
AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp Vashington maktablaridan birining o‘quvchilari bilan jamoat tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilar Oq uyning bog‘ida sabzavot ko‘chatlari o‘tqazdi va u yerda hosil yig‘di. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Melaniya Tramp mashur modelyerlarning hashamdor ko‘ylaklaridan voz kechib, har kunlik odatiy kiyimda ishchi qo‘lqoplar va kurakcha bilan qurollangan holda Oq uy bog‘idagi maktab o‘quvchilari qatoriga qo‘shildi. Oq uy tomonidan qayd etilishicha, karam, no‘xot, rediska, ismaloq va boshqa ekinlar o‘tqazilgan. Bundan tashqari, hamma birgalikda pishgan hosilni ham yig‘gan. Bog‘ga tashrif buyurganlarning barchasiga ketish oldidan sovg‘a sifatida kichkina bankada asal berilgan. Oq uy hududidagi oshxona bog‘i deb ataluvchi  bog‘ni sobiq prezident Barak Obamaning rafiqasi Mishel 2009-yilda ochgan. Gullar bilan birga sabzavot va mevalarning bir necha turi o‘suvchi bog‘ning hududi 260 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bog‘ va kichik poliz bolalarning semirishiga qarshi kurash dasturi doirasida o‘ylab topilgan.
79
1,079
Foto
Fotogalereya: O‘ziga xos hazil hissiga ega mashhurlar
AdMe o‘ziga xos hazil hissi yo‘g‘rilgan suratlari orqali Instagram’dagi muxlislarini shod etuvchi mashhurlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
53
145
Foto
Beixtiyor kulishga yoki yig‘lashga undaydigan lahzalar aks etgan suratlar
Quvonch va qayg‘u hamisha inson hayotida uchraydigan tuyg‘ulardir. Ularga duch kelgan inson o‘sha vaqtda bularni sezmasligi mumkin. Ammo kadrlarda muhrlangan lahzalar barcha xotiralarni yodga solishi shubhasiz. “Bir yildan buyon diydorlashmagan do‘st bilan uchrashuv”. “Mening mushugim mashhur mem bo‘lish uchun tug‘ilgan”. “2020-yil bobom va buvim uchun ayriliqqa boy yil bo‘ldi. 8 oy deganda yuz bergan uchrashuvda olingan surat”. Baxtli Luz o‘zining yangi tug‘ilgan malikalari bilan. “Agar sizni hech narsa ajablantirmasa, mana bu albinos-yenotni tomosha qilishingiz mumkin”. “Oilaga yangi kuchukcha olingan kun”. “Bir necha oydan buyon bobom va buvim bilan ko‘risha olmagandik. Va nihoyat ular bilan video aloqa o‘rnatdik”. “16 yillik oilaviy hayot. Tashakkur aytish vaqti keldi”. Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida qo‘l so‘rash marosimi. “Alsgeymer kasalligiga chalingan buvim bilan. U meni kimligim tugul, o‘zini ham eslolmaydi. Lekin qo‘limni ushlab, qayta qo‘yib yubormadi. Men uni juda ham yaxshi ko‘raman”. “Otamning tug‘ilgan kuni uchun bergan sovg‘amga munosabati”. “Haqiqiy sevgi abadiyligi bilan o‘lchanadi”. “Muolaja vaqtida ham ular meni yolg‘iz qoldirmaydi, ikki soat mobaynida yonimda bo‘ladi. Misha mushugim hamda Agata kuchugim”. “Bobom va buvimning 73 yillik umri. Ular ushbu suratga mening to‘yimda tushgan. Bobom 95 yoshda edi”. “Yolg‘iz qolgan buvining tug‘ilgan kunida. U 90 yoshni qarshi oldi. Uni o‘rindiq oldida uchratganimda 6-dekabr kuni 90 yoshga to‘lishini aytdi va meni ham mehmonga taklif etdi. Men u kunni orziqib kutdim, sababi uning uchun kichik ziyofat tashkillashtirgan edim. Bu uning so‘nggi tug‘ilgan kuni bo‘lib qolmasligidan umidvorman”. “Mushukchaning ko‘zlari ko‘rmay qolgan, ammo unga doim yordam berishadi”. “Otam hamda kuchugim bu dunyodagi eng sevimlilarimdir”.
73
1,834
Foto
Foto: Paxta terimiga chiqqan samarqandlik sudyalar
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudlarining sudyalari paxta terimiga chiqdi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan. Sudyalar paxta yig‘im-terimida o‘z hissasini qo‘shish uchun 1-oktabr kuni Payariq tumanidagi dalaga chiqqan.
50
299
Foto
Tabiat ilhomi kelganida yaratgan 17 ta jonivor (fotogalereya)
AdMe tabiatan betakror bo‘lgan yagona nusxadagi jonivorlar suratlari bilan bo‘lishdi.
61
85
Foto
Fotogalereya: Zamonaviy Xitoy arxitekturasining noodatiy inshootlari
Zamonaviy Xitoy o‘zining ulkan zavodlari, sanoqsiz shaxtalari, tekstil sanoati bilan mashhur. Biroq Xitoy o‘zining jozibador va go‘zal arxitektura ishnootlari bilan ham kishini hayratga soladi. “Layfxaker” Xitoydagi eng ajoyib binolar suratlarini yig‘ib taqdim etdi. Xarbin shahriga qurilgan ushbu ajoyib opera teatri o‘zining qishgi festivallari bilan mashhur. U ikkita zaldan iborat bo‘lib 79 000 kvadrat metr maydonni egallagan. Katta zaliga 1600 tomoshabin, kichkinasiga 400 tomoshabin sig‘adi. Ushbu minora Shanxay shahridagi ulkan osmono‘par minoralardan biri. Binoning balandligi 632 metr, maydoni esa 380 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Minoradan turli kompaniyalarning ofislari, ko‘ngilochar va savdo markazlari, mehmonxonalar, sartaroshxonalar va do‘konlar joy olgan. Uxan Xitoy markaziy qismida joylashgan aholisi bo‘yicha eng katta shahar. U o‘z tarixi aks etgan 2011-yilda qurilgan muzeyi bilan mashhur. 330 000 metr kvadrat joyni egallagan ushbu kompleks beshta binodan iborat. Pastki qavatlari ko‘ngilochar savdo markazlariga, 12-qavatdan yuqorisi esa ofislar uchun mo‘ljallangan. Ordos shahri 2003-yilda qurila boshlagan. Loyiha bo‘yicha shahar bir million kishiga mo‘ljallangan, biroq hozirda u yerda 20 ming odam istiqomat qiladi. Ushbu muzey turistlarni o‘ziga jalb qiluvchi asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri. Ushbu ko‘p tarmoqli sport kompleksini tashqi ko‘rinishi sabab ko‘pincha “Qush uyasi” deb atashadi. Kompleks 2008-yilgi Olimpiada o‘yinlari oldidan qurilgan. Stadionning qurilish ishlari 325 million yevroga baholangan. Bu mehmonxona negadir “taqa” nomini olgan. Inshoot xitoylik taniqli arxitektor Ma Yansong loyihasi asosida qurilgan. Qurilish ishlari 2014-yilda yakunlangan. Bino Sheraton tarmog‘iga 1,5 millard dollarga tushgan. Ushbu mehmonxona dunyodagi eng qimmat mehmonxonalari o‘ntaligidan joy olgan. Milliy sahna san’atlari markazini “tuxum” deya atashadi. Bu noodatiy bino titandan ishlangan. Inshoot dunyoning eng yaxshi 69 arxitektorlari ichidan tanlab olingan Pol Andre loyihasi asosida qurilgan. Milliy sahna san’ati markazi uchta zaldan iborat: opera zali (2 416 kishiga mo‘ljallangan), musiqiy (2 017) va teatr uchun (1040). Ushbu bino dunyodagi eng katta yaxlit bino deya topilgan. Umumiy maydoni 1,76 million metr kvadratni tashkil etadi, balandiligi 100 metr, eni 400 metr va uzunligi 500 metrga teng. Bino 18 qavatdan iborat bo‘lib deyarli temir va oynadan qurilgan. Fushun shahridagi ushbu bino uzukni eslatadi. Tashqi diametri 170 metrga, ichki diametri esa 150 metrga teng. Yuqori qismida tomosha maydoni joylashgan. Uni qurishda 16 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.
68
2,646
Foto
Dunyoning eng go‘zal ayollari pardozsiz qanday ko‘rinadi? (fotogalereya)
Dunyoga mashhur aktrisa, qo‘shiqchi va modellarni pardozli holatda ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. Ammo AdMe bu go‘zallarning Instagram’lariga nazar tashlab, ular tabiiy holatda ham latofatli ekanligiga ishonch hosil qilishga taklif etadi.
72
237
Foto
Shohrux reperning o‘n yillik tanaffusdan keyingi ilk konsertidan fotoreportaj
Shohrux reper 24—25-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining 10 yillik katta tanaffusdan keyingi ilk konsert dasturini taqdim etmoqda. Dasturning birinchi kunida 45 dan ortiq qo‘shiq kuylandi. Bu qo‘shiqlarning qariyb har biriga muxlislar jo‘r bo‘ldi, reper qaysidir qo‘shiqni butunligicha, boshqa birining esa faqat naqorotini muxlislar bilan kuyladi. Aksariyat qo‘shiqlarning ijrosi vaqtida zaldagi barcha muxlislar o‘rinlaridan tik turib, reperni olqishladi. Konsertdagi qo‘shiqlar, avval ma’lum qilganidek, jonli ijroda kuylandi — faqat musiqa fonogramma bo‘ldi, xolos. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
77
662
Foto
Adolat tantanasi, ko'zni quvnatuvchi lolazorlar, Malayziyada Ramazon — 21 aprel suratlari
2020 yilning 25 may kuni AQShning Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floydni tizzasi bilan bo'g'ib o'ldirgan politsiyachi Derek Shovin ustidan sud jarayoni davom etmoqda. Bugun bo'lib o'tgan sudda u aybdor deb topildi va endi unga qanday jazo berilishi masalasi qoldi. Sud qarorini amerikaliklar xursandchilik va ko'zda quvonch yoshlari bilan qabul qildi. Mana, ikkinchi yildirki, musulmonlar uchun muborak Ramazon oyi koronavirus pandemiyasi sharoitida o'tmoqda. Bu o'ziga xos davr barcha uchun sinov bo'lmoqda. Ba'zi davlatlarda masjidlarda namozlar ham o'qilmayapti. Malayziyalik musulmonlar shunday sharoitda ochiq maydonlarda iftorlik qilishni ma'qul ko'rmoqda. Insonlar bir-birining ruhini ko'tarish maqsadida yo'l bo'ylarida iftorliklar tashkil qilmoqda. Bir necha kundan buyon Hindistonda koronavirus bilan bog'liq holatlar keskin oshmoqda. Kunlik ko'rsatkichlar 250 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. O'likxonalarda joy yetishmasligi bilan bir qatorda, shifoxonalar kislorod ballonlari tanqisligi muammosiga duch kelmoqda. Shunday sharoitda sanoatda ishlatiladigan kislorod ballonlaridan foydalanishga to'g'ri kelmoqda. Bugungi suratlarimizni Germaniya lolazorlari bilan nihoyalaymiz. Shunchaki tomosha qiling va zavq oling deb qolamiz.
89
1,249
Foto
Shimoliy Karolina shtatida timsohlar muzlab qoldi (foto+video)
Hayvonlarning ahvoli yaxshi, ular aynan mana shu tarzda qishni boshdan kechiradi, deya xabar beradi “TJournal”. Shallotte River Swamp Park’da timsohlar o‘zi yashaydigan botqoq bilan birga muzlab qolgan. Chetdan qaraganda ular go‘yo o‘likday ko‘rinadi: harakat qilmaydi va hech narsaga munosabat bildirmaydi, tepalikda esa ularning yuzlari va burunlar ko‘rinadi. Aslida ular chuqur uyquga ketgan bo‘lib, boshining bir qismini nafas olish uchun tashqarida qoldiradi. Bu holatda ular bir necha oy qoladi: ushbu davr mobaynida ularda modda almashinuvi sekinlashadi va shu sababli organizm ozuqaga muhtojlik sezmaydi. Bundan tashqari ular quvvatni ushlab turish uchun tana haroratini pastlatadi. Muz eriganida esa timsohlar tirilib, odatiy hayot tarziga qaytadi.
62
761
Foto
Fotogalereya: Omon qolgan birinchi yetti egizak 20 yoshga to‘ldi
Bundan 20 yil oldin, 1997-yilning 19-noyabrida Makkoylar oilasida yettita farzand dunyoga kelgan: Kennet, Aleksis, Natan, Brendon, Natali, Joel va Kelsi. Bu barcha bolalar omon qolgan tarixdagi birinchi yetti egiz hisoblanadi (ikki nafari miya yarim shari falaji bilan tug‘ilgan). AdMe 20 yoshga to‘lgan yetti egizning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Oilada yetti egiz tug‘ilguniga qadar Makkoylarning bir nafar qizi — Mikeyla Mari bo‘lgan, biroq Bobbi ko‘proq farzandli bo‘lishni istagan, shu sababli u maxsus terapiyaga rozi bo‘lgan. Makkoylar oilasida yetti egiz tug‘ilgach, ular gazeta-jurnallar, televideniye diqqat markaziga tushgan. Ularni hatto o‘sha vaqtda AQSh prezidenti bo‘lgan Bill Klinton ham tabriklagan. Shuningdek, ularga uy sovg‘a qilingan, moddiy tomondan yordam berilgan va barcha yettita farzandning kollejda o‘qishi uchun oldindan pul to‘langan. Kennet mahalliy kollejlardan birida o‘qimoqda va kelajakda quruvchi bo‘lish niyatida. Aleksis falajga uchragan farzandlardan biri. Hozirda u hassa yordamida harakatlanmoqda va mahalliy kollejlardan birida “maktabgacha ta’lim” darajasini olmoqda. Brendon — yetti nafar farzand ichida kollejda daraja olishni istamagan yagona farzand. U armiyada xizmat qilishni ma’qul ko‘rgan. Kelsi egizlar dunyoga kelganida Gannibal-Lagranj universiteti tomonidan va’da qilingan stipendiyadan foydalangan va kelajakda artist bo‘lish niyatida. Natan — falajga uchragan ikkinchi farzand — 2005-yilda umurtqasini operatsiya qildirib, yurishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda u Gannibal-Lagranj universitetida kompyuter texnologiyasi bo‘yicha ta’lim olmoqda. U ham Gannibal-Lagranj universiteti stipendiyasidan foydalangan va opasi kabi “maktabgacha ta’lim” darajasini olish niyatida. Joel ham Natan kabi Gannibal-Lagranj universitetida kompyuter texnologiyasini o‘rganmoqda.
64
1,828
Foto
Tarmoqlarda Apple’ning yangi shtab-kvartirasi suratlari paydo bo‘ldi (foto+video)
Joriy yilda Apple kompaniyasining bosh ofisi qurilishiga 5 milliard dollar sarflangan Apple Park kompleksiga ko‘chib o‘tadi, deb xabar berdi “PopMech” nashri. Apple “kosmik kema” dizaynida qurilgan o‘zining yangi shtabini ochilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aynan shu yerda yangi iPhoneX’ning taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Apple o‘zining yangi shtab-kvartirasining bir qismini jamoatchilik uchun sentabr oyida ochgan edi, biroq kompleksning qolgan qismida ishlar hali davom etmoqda. Apple bosh direktori Tim Kuk Apple Park qurilishiga 5 milliard dollar ketganini ma’lum qilgan. Bino bir vaqtning o‘zida 13 ming xodimga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Kompleksda velotrassalar va yugurish uchun yo‘laklar mavjud. Bundan tashqari xodimlar istagan vaqtlarida tennis o‘ynashlari yoki basketbol maydonchasidan foydalanishlari mumkin. Kompleksni ko‘kalamzorlarshtirish ishlari hamon davom etmoqda. Apple Park hududiga 9000 ta daraxt, jumladan, mevali daraxtlar — o‘rik, olma, olcha ko‘chati ekiladi. Kampus hududiga kompaniya xodimining ruxsatnomasisiz kirishning iloji yo‘q, biroq tashrif buyuruvchilar uchun maxsus Markaz tashkil etilgan. Bino tomlari quyosh batareyalari bilan qoplangan. Umumiy miqdorda ular 17 megavatt energiya ishlab chiqarishi mumkin, bu esa kunduz kuni sarflanadigan maksimal energiyaning 75 foizini qoplaydi.
81
1,333
Foto
Yoqib yuborilayotgan jasadlar, shifoxonaga aylantirilgan maktab. Koronavirus o‘choqlaridan biri Hindistondagi vaziyat — suratlarda
Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh, Braziliya va Rossiyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda virusni yuqtirganlar soni 585 ming nafarga yetdi. Hozirda barcha shaharlarda cheklov choralari kuchaytirilmoqda. Reuters mamlakatdagi ayni kundagi vaziyat aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. Hindistonning Nyu-Dehli shahrida koronavirusdan vafot etgan ayol yoqilmoqda. Tez yordam mashinasi haydovchi Muhammad Amir Xon himoya vositalarini almashtirmoqda.  Mumbaydagi qabristonga olib ketilayotgan koronavirus qurbonining jasadi. Nyu-Dehlidagi kasalxonada Allohdan shifo so‘rayotgan bemor. Nyu-Dehlida tibbiyot xodimi koronavirusga test topshirish markaziga aylantirilgan maktabda keksa ayoldan surtma olmoqda. Nyu-Dehlida koronavirusdan vafot etgan erkakning jasadi krematoriy oldida mashinadan tushirilmoqda. Mumbaydagi vayronalarda yashovchilarning tana harorati tekshirilmoqda. Kalkuttada koronavirus tarqalganidan so‘ng diniy marosim bekor qilinganidan norozi hindistonlik erkak. Nyu-Dehli shahrida koronavirusdan vafot etgan bemorning jasadi krematoriyga olib ketilmoqda. Nyu-Dehlidagi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida koronavirusga chalingan bemorga qarayotgan shifokorlar. Mumbaydagi xaroba uylar orasida yurgan tibbiyot xodimi. Nyu-Dehlidagi kasalxonada koronavirusga test topshirayotgan erkak. Koronavirusdan vafot etgan otasining jasadini dafn qilishdan avval ko‘rgan erkak qarindoshlaridan taskin olmoqda. Koronavirusga chalingan bemorlar davolanishiga mo‘ljallangan markaz. Nyu-Dehlida koronavirusdan vafot etgan qarindoshi dafn etilgan qabr oldida duo qilayotgan bolalar. Mumbay shahridagi xaroba uylarda yashaydigan fuqarolarni tekshirishga tayyorlanayotgan tibbiyot xodimi. Nyu-Dehlida koronavirusdan vafot etgan erkakni yoqishga hozirlik ko‘rilmoqda. Mumbaydagi graffitilar oldidan o‘tayotgan niqobli ayol. Nyu-Dehlida koronavirusdan vafot etgan inson haqqiga duo o‘qiyotgan musulmonlar. Mumbaydagi xaroba uylarda yashovchilar bilan suhbat o‘tkazayotgan tibbiyot xodimlari. Nyu-Dehli shahrida koronavirusdan vafot etgan bemorning jasadi krematoriyga olib ketilmoqda.
130
2,152
Foto
Fotogalereya: Zilziladan keyin paydo bo‘lgan “o‘rilgan sochli” to‘nka
Yangi Zelandiyada 2016-yilning 13-noyabrida yuz bergan kuchli va davomli zilziladan keyin Murivey plyajida ikki metrli g‘alati obyekt paydo bo‘ldi. Uning tashqi ko‘rinishi soch o‘rimlariga juda o‘xshab ketadi. Zilzila natijasida tektonik plitalarning siljishi yuz bergan va ular yuzaga qadimiy daraxt to‘nkasini chiqarib tashlagan. TravelAsk ana shu to‘nka suratlarini taqdim etdi.
69
381
Foto
Fotogalereya: Dunyo shaharlarining hayratga soluvchi akslari
Biror narsaning aksini suratga olish va unda ajoyib manzarani muhrlay olish o‘zgacha bir san’at. TravekAsk ana shunday san’at namunalarini taqdim etdi.
60
151
Foto
Fotogalereya: Yashirin ravishda suratga olingan Shimoliy Koreya
Xalqaro suratkashlar jamoasi Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi va yopiq davlat bugungi kunda qay ahvolda ekanligini yashirin ravishda suratga oldi. Tashrif davomida qo‘lga kiritilgan suratlarni aka-uka Lyumerlar markazidagi katta ko‘rgazmada tomosha qilish mumkin. Suratlarning ba’zilarini Afisha Daily to‘plab taqdim etdi.
63
323
Foto
Foto: 2018-yildagi birinchi super Oy
1-yanvardan 2-yanvarga o‘tar kechasi sayyora aholisi 2018-yildagi birinchi super Oyni kuzatdi. “RIA Novosti” ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan olingan suratlarni jamladi.
36
183
Foto
Fotogalereya: Rossiyaning eng go‘zal styuardessalari
Styuardessalik juda ko‘p qizlarning orzusi bo‘lsa-da, hammaga ham nasib qilavermaydi. Chunki bort kuzatuvchi nafaqat bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak, balki tashqi ko‘rinishi ham doim chiroyli va tartibga javob beradigan bo‘lishi lozim Travel Ask Rossiyadagi eng go‘zal styuardessalarning rasmlarini taqdim etdi.
52
321
Foto
Har bir qizning telefonida boshqalarga ko‘rsatib bo‘lmaydigan suratlar borligini isbotlovchi holatlar (foto)
Ideal odamlar bo‘lmaydi, hatto haqiqiy go‘zallarning ham omadsiz fotosuratlari bor. Odatda qizlar bunday rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdan uyaladi. Ammo ular orasida shunday suratlarini namoyish etishga o‘zida jur’at topa olgan jasur qizlar ham bor. Aynan bir inson ekanligiga ishonish qiyin... “Yigitimning aytishicha, bu mening haqiqatan ham uni qo‘rqitadigan qiyofam”. “Do‘stlarim tomonidan saqlab qo‘yilgan surat” “Suratlar bir kunda olingan. Qarang, qanchalik kontrast” To‘ydagi fotosuratlar “Suratkash sifatida men doimo samimiy hissiyotlarni ko‘rsatishga harakat qilaman” Yoqimli selfi qilishga qarshi old kameraning tasodifiy suratga olishi “Iyagim oyning yuza qismiga o‘xshaydi” “Singlim yubormoqchi bo‘lgan makiyaj, parik va kiprik yopishtirilgan qiyofam” “Men va mening yana bir qiyofam” “Men turlicha bo‘la olaman” “Umuman olganda, men regbi bilan shug‘ullanaman” “Burun teshiklarim kattaligini endi sezdim” Rakurs va yorug‘lik ko‘p narsani hal qiladi “Va nihoyat, men boshqa qiyofaga kira olish iste’dodimni namoyish eta oldim” “Ma’nolarga to‘la yuz ifodam. Bir necha soniya farq bilan olingan surat”
108
1,142
Foto
Foto: Plastik butilkalardan tayyorlangan “Suv parilari dengizi”
Amerikalik suratkash Benjamin Fon Vong chiqindilar yig‘ish markazi tomonidan berilgan o‘ng minglab rangli plastik butilkalardan “dengiz” yaratib, uning ichiga suv parilari kiyimidagi model qizlarni joyladi, deb xabar bermoqda TJournal. “Suv parilari plastikni yomon ko‘radi” (Mermaids Hate Plastic) loyihasi orqali suratkash ekologik muammolarni unutmaslikka chaqirdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har bir amerikalik yiliga o‘rtacha 167 dona plastik butilkadan foydalanadi. Katta miqdordagi plastik chiqindilar okeanga chiqadi va suvni ifloslantiradigan boshqa narsalardan tashqari ko‘proq zarar yetkazadi. Buning oqibatida okeanda yashovchi jonzotlar va butun ekotizim jabr ko‘radi. Loyihani tayyorlashda suratkashga ko‘ngillilar yordam berdi. Ular bir necha kun davomida butilkalarni etiketka va kirlashdan tozalab, ularni ranglarga ajratdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
63
1,022
Foto
Fotogalereya: Bayram kayfiyatini beruvchi Yangi yil yeguliklari
Yangi yil dasturxonini bezash uchun ko‘p vaqt va kuch kerak bo‘ladi. Dasturxonni bezash uchun ba’zan bir necha xil yegulikning o‘zi ham kifoya qiladi. AdMe dasturxonni ana shunday bezay oladigan yeguliklar suratlarini taqdim etdi.
63
230
Foto
Fotogalereya: Budapeshtning haqiqiy go‘zalligi ortidan 5 yil “quvgan” suratkash
Suratkash Mark Mervay Vengriya poytaxti Budapeshning haqiqiy go‘zalligini taqdim etish uchun kerakli lahzalarni kutishga besh yil vaqtini sarfladi, deb xabar berdi Rosphoto. “Men uchun eng go‘zal onlar quyosh ufqdan bosh ko‘targanida va kun ajoyib daqiqalardan boshlanganida. Shuningdek, men uchun kunning yakunlanishidagi vaziyat ham alohida ahamiyatga ega. Bu xuddi ajoyib o‘tgan kun uchun ‘rahmat’ degandek”, — deydi Mark Mervay.
79
433
Foto
Jahonga mashhur Gollivud yulduzlari maktab bitiruv oqshomida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
Dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan yulduzlar bashang liboslarda qizil yo‘lakda ko‘rinish beradi. Ammo ular ham barcha insonlar kabi bir vaqtlar maktabga borgan, birinchi hayot darslarini olgan, do‘stlar orttirgan, sinfdoshiga ko‘ngil qo‘ygan. Shuningdek, barcha singari maktabning bitiruv oqshomida ishtirok etgan. Quyida millionlab muxlislar ko‘nglidan joy olgan aktyor va aktrisalar o‘quvchilik davrida qanday ko‘rinishda bo‘lganini e’tiboringizga havola etamiz. Mettyu Makkonaxi Kim Kardashyan Jorj Kluni Kler Deyns Bryus Uillis Anjelina Joli Bred Pitt Lili-Rouz Depp Patrik Shvarsenegger Jessika Alba Jeremi Renner Beyonse Jiji Xadid Terri Kryus Uill Ferrell Brendi va Kobi Brayant Bruno Mars Teylor Svift Skarlett Yoxansson Jennifer Eniston Sofi Terner
95
778
Foto
Rossiyada muhojirlar qamoqxonasidagi o‘zbekistonliklarga iftorlik dasturxoni uchun palov tarqatildi (foto)
Artyom shahridagi maxsus qamoqxonada 60 ga yaqin mehnat muhojirlari Rossiyani koronavirus epidemiyasi sabab tark eta olmayapti. Jamoatchilik faollari Hayit arafasida musulmonlarni xursand qilish maqsadida ularga iftorlik dasturxoni uchun palov pishirib tarqatdi. O‘zbekistonliklarning Rossiyadagi “Adolat” jamoatchilik tashkiloti rahbari Bahodir Nurakov Ramazon oyida musulmonlarning bir-birini xursand qilishi ezgu amallardan ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus qamoqxonadagi 60 nafar muhojirning yarmi o‘zbeklar, lekin jamoatchilik faollari tayyorlagan iftorlik dasturxoni muassasadagi barchaga mo‘ljallangan. “Ushbu muassasada Rossiya hududidagi ro‘yxatga olingan muddati tugagan kishilar yashamoqda. Migratsiya xizmati ularni maxsus qamoqxonaga joylashtirgan. Odatda bu kabi masalalar bir oy ichida hal qilinardi va xorijliklar uyga qaytardi, ammo ular koronavirus pandemiyasi tufayli muassasada 2-3 oydan beri yashab kelmoqda. Hammasi qachongacha davom etishi esa noma’lum”, – deydi Nurakov. Palov Artyomdagi “Samarqand” kafesi yonida katta qozonda damlangan. 80 porsiya osh tayyorlash uchun 10 kilogramm guruch va shuncha mol go‘shti sarflangan. Osh O‘zbekistondan keltirilgan lazer guruchidan tayyorlangan. Palov tayyor bo‘lgach, mevalar, sabzavotlar, o‘zbek nonlari va alkogolsiz ichimliklar maxsus muassasaga eltib berilgan.  Moskva viloyati musulmonlar birlashmasi muhtoj odamlarga 15 tonna oziq-ovqat tarqatdi
106
1,455
Foto
Fotogalereya: Fotoshop ustalarining mahorati aks etgan suratlar
AdMe fotoshop ustalari tomonidan mahorat bilan o‘zgartirilgan turli suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
63
102
Foto
Xalqaro suratkashlar kuniga: Ko‘zni quvnatuvchi fotosuratlar
Dunyoni fotosuratlarsiz tasavvur etish mushkul. Biz ular yordamida tarixni bilishimiz, hissiyotlarimizni yetkazishimiz, osmon jismlari va tabiatni tomosha qilishimiz mumkin. 19-avgust Xalqaro suratkashlar kuni. Sana tasodifan tanlanmagan. 1939-yilning shu kunida Fransiyada suratni chop etishning ilk usuli dagerotip kashf etilgan. Depositphotos xalqaro fotobanki zamonaviy suratlarning turli janrlardagi namunalaridan iborat fotojamlanmani taqdim etdi.
60
453
Foto
Lojuvard sohildagi muhtasham koshona: Jorj va Amal Kluni xarid qilmoqchi bo‘lgan uyni ko‘zdan kechiramiz (foto)
Ayni vaqtda London va Italiyadagi Komoda yashaydigan Amal va Jorj Klunilar Fransiyaning janubidan narxi 7,9 million yevroni tashkil qiladigan uy sotib olmoqchi. Juftlik Brinolda joylashgan mazkur uyni xarid qilsa, Bred Pittga qo‘shni bo‘ladi. Maydoni 172 gektarni tashkil qiladigan uy hovuz, tennis korti hamda 10 gektarlik uzumzorni o‘z ichiga oladi. Fransiyaning janubiga xos an’anaviy uslubda qurilgan mazkur turar joy devoriga tokzor chirmashib o‘sganini ko‘rish mumkin. Agar Kluni xaridni amalga oshiradigan bo‘lsa, hamkasbi Bred Pitt bilan tez-tez ko‘rishib turishi aniq. Aktyorlar “Oushenning do‘sti” filmida birga suratga tushgan. Suratga olish ishlari asosan Italiyada Kluni yashaydigan Komo ko‘li yaqinida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda yaxshi bilgan Bred shahar bo‘ylab Jorjni faqat janob Kluni yoki Denni Oushen deb murojaat qilishlarini va aslo uning ko‘ziga tik qaramasliklarini so‘ragani aks etgan e’lonni yopishtirib chiqqan. “Bred shaharning barcha aholisi ko‘rishi uchun e’lonlarni shaharning barcha telefon ustunlariga yopishtirib chiqqan. Ertasi kuni mahalliy gazetalarda mening yulduzlik kasaliga chalinganim haqidagi xabarlar chiqqan”, — degan aktyor.
111
1,174
Foto
Moskvada Stalinni yod etish, Rojdestvoga tayyorlanayotgan bolalar xori, Tramp tarafdorlarining Finiksdagi tadbiri — 21 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi tarafdorlari Iosif Stalin tavalludining 142 yilligi sharafiga u dafn etilgan joyga gul qo'yishdi. Londondagi Avliyo Pavel soborida Rojdestvo oldidan tayyorgarlik ko'rayotgan bolalar xori. Germaniyaga ayozning kirishi. Chunsin hayvonot bog'ida 6 oylik panda bolasining namoyishi. Dunyodagi birinchi SMS 225 000 dollarga kim oshdi savdosiga qo'yildi. Tomskda “Lenta” gipermarketi yonib ketdi. Yong'in binoning butun maydonini qamrab oldi — 5200 kvadrat metr. Yong'in oqibatida hech kim jabrlanmadi, xaridor va sotuvchilar o'z vaqtida evakuatsiya qilindi. Isroil qishgi “Karmel” to'foniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Donald Tramp tarafdorlari “hammasidan oldinda Amerika” nomli tadbirni Finiksda o'tkazishdi. Galitsiya, Ispaniyadagi Kosta-da-Mortening qoyali Atlantika sohilida dengiz baliqchiligi. Qishgi tengkunlikda Dorset grafligi, Korf qal'asi yonida olib borilgan yoga mashqlari.
135
992
Foto
Foto: Sayyohlar e’tiborini jalb etuvchi dunyo shaharlari arxitekturasining o‘ziga xosliklari
Zamonaviy shaharlar kosmik tezlikda rivojlanmoqda. Ko‘p qavatli binolarda barpo etilgan bog‘lar, rang-barang shaharlar, hayratlantiruvchi ko‘priklar va balandlikda joylashgan hovuzlar buning isboti. Yaxshiyamki, zavqlanish hamda foydalanish uchun ajoyib binolarni yaratadigan mutaxassislar bor. Shahar gullari – Isroil Ushbu jonli qurilmalar Quddusdagi Vallero maydonida o‘rnatilgan. Ular eski shahar hududlarini yangilash loyihasining bir qismidir. Arxitektorlar tomonidan o‘ylab topilgan bu gullar har safar odamlar uning ostidan o‘tganda ochiladi, hech kim bo‘lmasa, so‘lib qoladi. Maydon gullar bilan yanada go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lgan. Qizil eshiklar – Shotlandiya Shotlandiyada ko‘pincha kirish eshiklari qizil rangga bo‘yalgan. Shunday qilib, uy egalari to‘lovni to‘liq to‘lagani va ushbu turar joyning huquqli egasiga aylangani haqida xabar beradi. Polsha va Litva o‘rtasidagi portal Polshaning Lyublin shahri va Litva poytaxti Vilnyus aholisi endi raqamli portal orqali bir-birining hayotini kuzatishi mumkin. Bu doimiy ravishda mamlakatlar o‘rtasida translyatsiya qiluvchi kameraga ega katta dumaloq ekran. Loyiha ijodkorlari kelajakda bunday portallarni butun dunyo bo‘ylab o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Uylar devoridagi ulkan freska – Meksika Meksikaning kichik Pachuka shahri uzoq vaqtdan beri xavfli joyga aylangan. U yerda qashshoqlik va jinoyatchilik avj olgan, bu mahalliy aholining hayotida aks etdi. Ammo bu bir guruh faollarga yoqmadi va ular mahalliy hokimiyatni shaharga yangi hayot kiritishga ko‘ndirdi. 200 ga yaqin ko‘p qavatli xaroba uylar iste’dodli ko‘cha rassomlari tomonidan san’at asariga aylantirildi. Marketxol – Niderlandiya Marketxol ham turar joy, ham ofis binosi bo‘lib, uning asosiy xususiyati yopiq bozor maydonidir. Loyiha ot taqasi shaklida yaratilgan bo‘lib, uning ichki qismi xarid qilish joylari uchun tom vazifasini bajaradi. Zamonaviy kutubxona – Xitoy Xitoyning Tiyaszin Binxay kutubxonasi madaniy shahar hududini yaratish bo‘yicha yirik loyiha doirasida qurilgan. Sharsimon auditoriya va kaskadli kitob javonlarini o‘z ichiga olgan arxitektura obyektining maydoni 33 700 kvadrat metrni tashkil etadi. Juyi ko‘prigi – Xitoy Uzunligi 100 metr, 140 metr balandlikda joylashgan ko‘prik 2019-yilda qurilgan. Loyiha shu qadar ajoyib ediki, dastlab ko‘plab sayyohlar ushbu tuzilmaning mavjudligiga shubha qildi. Ammo tubsizlik ustidan osilgan ko‘prik haqiqat ekanligi ma’lum bo‘lgach, bu me’moriy mo‘jizani ko‘rishni istaganlarning soni ortdi. Ko‘prik muhim ijtimoiy funksiyani ham bajaradi. U sun’iy Juyi orolini materik bilan bog‘laydi, suv, gaz va elektr energiyasini uzatishga xizmat qiladi. Royal mehmonxonasi – Singapur Royal mehmonxonasi Singapur markazida joylashgan bo‘lib, bog‘lar bilan bezatilgan. Manzara xuddi sehrlangan o‘rmondek taassurot qoldiradi. Vertikal bog‘ – Ispaniya Madrid xiyobonlaridan biridagi vertikal bog‘ shaharning tashqi ko‘rinishini bezashdan ko‘ra insonlarning zavqlanishiga ko‘proq xizmat qiladi. Yam-yashil o‘simliklar gaz ifloslanishini kamaytiradi, havo namligi va kislorod darajasini oshiradi. Samoviy hovuz – Buyuk Britaniya Sky Pool – Londondagi ochiq hovuz bo‘lib, u 35 metr balandlikdagi turar joy majmuasining ikkita obyekti orasida joylashgan. Ushbu uylarning aholisi Temza, Britaniya parlamenti va boshqa diqqatga sazovor joylarning ajoyib manzarasini tomosha qilib, suvda suzishlari mumkin. Zavoddan parkka – Avstraliya Ushbu markaziy park Sidney chekkasida joylashgan. Bu bino avvallari pivo zavodi bo‘lgan, hozir esa ekologik toza turar joy binosiga aylandi. Uning yuzasida vertikal bog‘lar va o‘simliklar mavjud. Bino, shuningdek, kam uglerodli elektr stansiyasi va ichki suv aylanma inshooti bilan jihozlangan. Daraxtdagi uy – Italiya Italiyaning Turin shahridagi turar joy binosi beton o‘rmon o‘rtasidagi haqiqiy vohaga o‘xshaydi. Unga 150 tup daraxt va boshqa ko‘chatlar ekilib, bino aholisining iqlim sharoitini yaxshilangan. “Tropik orol” – Germaniya “Tropik orol” akvaparki Berlin yaqinida joylashgan. Bu maskanda haqiqatan yana ko‘p narsalar mavjud. U yerda sharsharalar, yam-yashil tropik bog‘lar, kichik orollar va ekzotik kulbalarni ko‘rish mumkin. Bu okeandagi haqiqiy orol inson tomonidan yaratilgan me’moriy mo‘jiza ekaniga ishonish qiyin. Kanzas jamoat kutubxonasi – AQSh Kanzas kutubxonasi kitob javoni ko‘rinishida yaratilgan bo‘lib, uning balandligi 7-8 metr bo‘lgan 22 jilddan iborat. Bino bir vaqtlar bankka tegishli bo‘lgan, biroq keyinchalik rekonstruksiya qilish va kutubxonani bu yerga ko‘chirishga qaror qilingan. Shahar aholisiga yangilangan obyektning bezagi va faxriga aylanadigan adabiy asarlarni tanlash taklif qilindi.
92
4,658
Foto
Ayollarga go‘zal va yosh ko‘rinishiga hissa qo‘shadigan vizajistning ijod namunalari (foto)
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida faoliyat yuritadigan vizajist Pasha Kondrashin makiyajlari bilan nozik jins vakillariga go‘zallik baxsh etadi. Unga asosan yoshi katta ayollar murojaat qiladi. Bir urinishda mijozlarini Gollivud yulduziga aylantira oladigan Pashaning ijod mahsuli muhrlangan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
91
335
Foto
Faqat Alek Bolduin emas: insonlar o‘limiga sabab bo‘lgan mashhurlar (foto)
Turli sabablarga ko‘ra boshqalarning o‘limiga sabab bo‘lgan taniqli shaxslar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Vinus Uilyams 2017-yil tennis yulduzi Vinus Uilyams avtohalokatga uchragan. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatda bir odam halok bo‘lgan. Sportchi Florida shtatidagi Palm-Bich-Gardenda ketayotgan vaqt boshqa mashina bilan urilgan. Mashinani boshqargan ayol tirik qolgan, ammo uning 78 yashar turmush o‘rtog‘i reanimatsiyaga tushgan. Oradan 2 hafta o‘tib vafot etgan. Politsiya xodimining hisobotiga ko‘ra baxtsiz hodisaga Vinus Uilyams sababchi bo‘lgan. Keytlin Jenner Keytlin Jenner 2015-yil fevralda Malibuda avtohalokatga uchragan. Guvohlarning aytishicha, Keytlinning mashinasida oq avtomobil orqasida ketayotgan bo‘lgan. Keyin esa qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan. Undan keyin ortidan boshqa mashina kelib urgan. Oq mashinaning haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Avtohalokatda ishtirok etgan boshqa 7 nafar ishtirokchi esa jarohat orttirib olgan. Keytlinning o‘ziga esa hech nima qilmagan. Metyu Broderik 1987-yilda aktyor va uning “Ferris Byullarning dam olish kuni”dagi hamkasbi Jennifer Grey Irlandiyada hordiq chiqarayotgan bo‘lgan. Yanglishib ko‘chaga kirib ketgan Broderik qarshi tomondan kelayotgan mashinaga urilib ketgan. Undagi haydovchi va yo‘lovchi orttirilgan jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Sudning yakuniy xulosasiga ko‘ra Mettyu oqlangan, ammo uzoq vaqt davomida fojia sabab o‘zini yomon his qilib yurgan. Don King Amerikalik boks promouteri Don King ikki nafar odamning hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan. Birinchi holatda o‘zini himoya qilish uchun bosqinchiga o‘q uzgan. Ikkinchi safar 600 dollar qarz olgan sportchi Sem Gerrotni o‘z qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin Don King 3 yil qamoqda o‘tirib chiqqan. Sid Vishes Ingliz pank-rok guruhi a’zosi Sid Vishes 1978-yil Nensi Spanjenni o‘ldirib qo‘ygan. Birinchi ko‘rsatmasida u mehmonxona nomerida uni o‘lik holda topganini ma’lum qilgan. Keyinroq esa qizga pichoq qadagani, ammo uni o‘ldirmoqchi bo‘lmaganini tan olgan. Qotillikda ayblangan Sid Vishes, narkotik moddani haddan ortiq qabul qilgani tufayli vafot etgan. Brendi Xonandaning Avatef Abudixajni hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan avtohalokatga aloqasi bo‘lgan. Marhumni Brendli qolib boshqa avto urganiga qaramay, guvohlar xonanda barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgani va bir necha marta “Men to‘xtashim kerak edi”, — deb ta’kidlaganini ma’lum qilgan. Maykl Jeys Aktyor 2014-yil Los-Anjelesda farzandlarining ko‘z o‘ngida rafiqasi Eypril Jeysni o‘ldirganlikda ayblanib hibsga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘q ovozini eshitganidan keyin qo‘shnilar 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Mayklning o‘zi ham qotillik haqida xabar berish uchun politsiyaga xabar bergan. Jeysning aytishicha, hammasi er-xotin o‘rtasidagi nizo sabab kelib chiqqan. Aktyor rafiqasini unga xiyonat qilgan deb hisoblagan. Ijodkor sudda o‘zini aybdor deb tan olmagan. 2016-yilda u 40 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. Alek Bolduin Aktyor Alek Bolduin “Zang” (Rust) filmini suratga olish maydonchasida operator Galin Xatchins va rejissor Joel Sousga tasodifan o‘q uzgan. O‘q uzilgan qurol rekvizit sifatida ishlatilayotgan bo‘lgan. Oqibatda 42 yashar Xatchins va 48 yoshli Sous yaralangan. Nyu-Meksiko universitetining shifoxonasiga vertolyotda olib borilgan Xatchins hayotdan ko‘z yumgan. Tez yordam mashinasida Santa-Fedagi Kristus Sent-Vinsent tibbiyot markaziga yuborilgan Sousning esa ahvoli og‘ir ekani aniqlangan. Keyinchalik Alek Bolduin suratga olish maydonchasida yuz bergan hodisa va operatorning o‘limi yuzasidan izoh bergan.
74
3,601
Foto
Pantone instituti 2018-yilning asosiy rangini e’lon qildi
Ranglarni aniqlovchi Pantone tadqiqot markazi 2018-yilda asosiy rang — binafsha Ultra Violet rangi bo‘lishini aniqladi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, 18-3838 rangi orginallik ramzi hisoblanadi, u ijodiy izlanishlarni ilhomlantiradi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning asosiy rangi deya yashil Greenery rangi topilgan edi.
57
361
Foto
Foto: Bangladeshda dunyodagi mashhur brendlar uchun teri tayyorlash jarayoni
Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi Xazaribagx tumani dunyodagi eng yirik teri markazlaridan biri sifatida tan olingan. AdMe ana shu tumandagi hayot aks etgan suratlarni taqdim etdi.
76
183